forum.ziyouz.com

Jamiyat va inson => Pazandalik => Mavzu boshlandi: Ansora 29 Sentyabr 2010, 14:58:37

Nom: Oshxonada lozim bo'ladigan foydali maslahatlar:)
Yuborildi: Ansora 29 Sentyabr 2010, 14:58:37
 :as:

Azizlar, "Foydali maslahatlar" mavzusi bor, lekin oshxona va taomlar bilan bog'liq maslahatlarni alohida mavzuda joylasak, qidirib vaqtimiz ketmaydi, deb o'ylab, yangi mavzu ochishga qaror berdim.

Nom: Re: Oshxonada lozim bo'ladigan foydali maslahatlar:)
Yuborildi: Ansora 29 Sentyabr 2010, 15:03:32
1. Yangi tova sotib olganingizda avvalo ichiga bir miqdor sirka solib qaynating. Shunday qilsangiz, kelajakda qizartmalaringizni tovaga  yopishib qolishini oldini olgan bo'lasiz.

2. Siqilgan limon qobiqlarini tashlamasdan qirg'ichdan o'tkazing, shakar bilan aralashtiring va bankaga solib muzxonaga qo'ying. Bu aralashma uzun muddat aynimaydi. Tort yoki shirinlik qilayotganingizda vaqtingiz ketmaydi:)
Nom: Re: Oshxonada lozim bo'ladigan foydali maslahatlar:)
Yuborildi: Ansora 29 Sentyabr 2010, 15:05:57
3. Pishloqni oson qirmoqchi bo'lsangiz, 15 daqiqa muzxonaga qo'ying.

4. Pechenyelaringiz yumshab qolgan bo'lsa, ularni bir necha daqiqa duxovkada "qotiring".
Nom: Re: Oshxonada lozim bo'ladigan foydali maslahatlar:)
Yuborildi: Ansora 29 Sentyabr 2010, 15:09:54
5. Tomatingiz judayam nordon bo'lsa, ichiga 1 dona sabzini qiring. Sabzi nordonligini oladi.

6. Qo'ziqorinlaringiz yana ham lazzatli bo'lsin desangiz, tozalagandan keyin ustiga tuz va limon suvi seping. 5 daqiqadan keyin pishirishingiz mumkin:)
Nom: Re: Oshxonada lozim bo'ladigan foydali maslahatlar:)
Yuborildi: yoqutxon 29 Sentyabr 2010, 16:41:17
Ajoyib!!!! Juda to'g'ri o'ylab ochibsiz.Mendan ham ba'zi maslahatlar:
7. Qo'ziqorinlarni kilolab olgan bo'lsangiz. Ularni birinchi navbatta qaynatib qo'ying, chunki qo'ziqorin tez ayniydi. Qaynatib qo'ysangiz hohlagan payt taomlar uchun ishlatsangiz bo'ladi.
8. Noningizni suvi ketib qolgan bo'lsa, mantiqasqon listlariga terib, 10-15 daqiqa parda ushlang. Shundan so'ng dasturxonga yangi uzilgan nonday tortib, oila a'zolaringizni hursand qilasiz.
Nom: Re: Oshxonada lozim bo'ladigan foydali maslahatlar:)
Yuborildi: Sakiina 29 Sentyabr 2010, 17:43:34
bodiringni postini archishdan oldin ohirgi tomonini (yani dumini) dumaloq shakilda kesib  bir biriga oq kupigi chiquncha ishqalasangiz achigi ketadi
Nom: Re: Oshxonada lozim bo'ladigan foydali maslahatlar:)
Yuborildi: Shukrona 01 Oktyabr 2010, 09:02:14
Assalomu alykum.Kapalak opa albatta bu mavzuni sizdan kutgandik.Alloh rozi bo'lsin.
Mandan ham bazi maslahatlarni qabul qilila:
1)Muzlatilgan sabzavotlani muzidan tushirmay to'g'ri qaynoq suvga soling.Shunda ular mazali bo'lib,vitaminlari yaxshi saqlanadi.
2)Agar sabzavotla tuzli suvda pishirilsa,vitaminlarning 70%i yo'qoladi.Shuning u-n pishish oldidangina tuz seping.
3)Kartoshka yaxshi artilishi u-n uni tuzli sovuq suvda biroz ushlab turing.
Hozircha shular.Allohdan barchangizning oshxonangizga halolidan barokatli rizq so'rab qolamiz.
Nom: Re: Oshxonada lozim bo'ladigan foydali maslahatlar:)
Yuborildi: Shukrona 02 Oktyabr 2010, 07:42:18
Assalomu alaykum.
1)Past olovda qovurilgan tuxum mazali chiqadi.
2)Sho'rvaga solingan kartoshka ezilib ketmasin desangiz, bir necha joyiga sanchqi suqib qo'yin.
3)Ortib qolgan osh, shovla, qovurma kabi taomlar qayta isitiladigan bo'lsa, ularga bir bosh piyozni maydalab to'g'rab qo'shib yuborin.Bu ovqatning ta'mini asl holiga keltiradi.Alloh dasturxoningizga baraka bersin.
Nom: Re: Oshxonada lozim bo'ladigan foydali maslahatlar:)
Yuborildi: BelleQizcha 02 Oktyabr 2010, 08:32:56
Suti qaynatish oson, lekin toshib ketishi tez-tez uchrab turur,
Buni oldini olish uchun, qozoni chetiga ozgina yog' surtib qoysez toshmaydi.

Nom: Re: Oshxonada lozim bo'ladigan foydali maslahatlar:)
Yuborildi: Shukrona 04 Oktyabr 2010, 08:25:17
Assalomu alaykum.
1)Agar pishirig'ingiz tegi kuygan bo'lsa,uni qirg'ichning mayda tishi orqali ketkizishingiz mumkin.
2)Tvorogli pirogni pishirayotganda ustida yoriqlar paydo bo'lmasligi u-n uni isitilmagan gaz pechiga solib,sho'ng olovni yoqish kerak.
Nom: Re: Oshxonada lozim bo'ladigan foydali maslahatlar:)
Yuborildi: Shukrona 04 Oktyabr 2010, 08:29:57
1)Agar bodring achiq bo'lsa,uni archib,shakar qo'shilgan sutda ushlab turing.Achchig'i ketadi.
2)Yorilgan pomidor pix bog'lamasligi uchun yorilgan joyiga tuz sepib qo'ying.
Nom: Re: Oshxonada lozim bo'ladigan foydali maslahatlar:)
Yuborildi: yoqutxon 05 Oktyabr 2010, 22:54:25
Xantal kukunini suv bilan emas sut bilan aralashtirsangiz u mayinroq va sekinroq quriydigan bo'ladi.

Barraligini yo'qotgan sabzavotlarni 1-1,5 soat 3-4 choy qoshiq uksus qo'shilgan muzdek suvda qo'yib qo'ysangiz  Svejiy bo'lib qoladi.




Nom: Re: Oshxonada lozim bo'ladigan foydali maslahatlar:)
Yuborildi: BelleQizcha 06 Oktyabr 2010, 02:07:29
Agar qattiq achigan bo'sa magazinga borib qaytarib kelin.
Nom: Re: Oshxonada lozim bo'ladigan foydali maslahatlar:)
Yuborildi: shirin_a 06 Oktyabr 2010, 03:59:19
 :bs1:
 :as:
Chet davlatlarning oshxonalarida tutundan signal chaladigan narsasi bor. Maslahatim ovqat qilishdan oldin o`sha signalizatsiyani o`chirib ovqat qilin, aks holda ovqatning hididan ham signalizatsiya ishlab ketadi.
Signalizatsiya yoq uylada ovqat qilsez, oyna va eshiklarni yopib qo`yin bo`lmasa boshqa xonalarga ovqat hidi urib ketadi.  :)
Nom: Re: Oshxonada lozim bo'ladigan foydali maslahatlar:)
Yuborildi: yoqutxon 06 Oktyabr 2010, 07:58:12
Agar qattiq achigan bo'sa magazinga borib qaytarib kelin.
Belle honim mana shu maslahatga gap yo'q lekin ::) :D
Nom: Re: Oshxonada lozim bo'ladigan foydali maslahatlar:)
Yuborildi: yoqutxon 14 Oktyabr 2010, 17:18:30
1) Kotlet farshiga tuhumning faqatgina sarig'ini qo'shing. Chunki kotletlarni qovurish jarayonida tezroq pishib go'shtni siqib suvini chiqarib yuboradi, nayijada kotletlar quruq bo'lib chiqadi.

2) Pishloq biroz suvsizlanib yani ozgina eskirib qolgan bo'lsa uni sutga solib qo'ying shunda pishloq o'zining avalgi holatiga qaytadi.

3) Pomidorni po'stlog'idan ajratib olishingiz yengillashishini hohlasangiz, pomidorni archlashdan avval qaynoq suvga solib so'ng sovuq suvga solib oling.



Nom: Re: Oshxonada lozim bo'ladigan foydali maslahatlar:)
Yuborildi: yoqutxon 23 Oktyabr 2010, 06:01:48
Assalom aleykum. Turli hil souslar yoki pishiriqlar reseptida ko'pincha oq vino ham yozilgan bo'ladi. Avvalari bunday taomlarni ummuman tayyorlamasdim. Lekin yaqinda bir pazanda opadan oq vinoning o'rnini shakarning sirka(uksus)dagi eritmasi bosishim bilib oldim. endi oq vino qo'shiladigan barcha pishiriq, souslarni shun day eritma solib tayyorlayapman. Hamma muslima opa-singillarga tavsiya qilaman.

Nom: Re: Oshxonada lozim bo'ladigan foydali maslahatlar:)
Yuborildi: yoqutxon 23 Oktyabr 2010, 06:03:42
Piyoz  to'g'rash jarayoni ko'z yoshlarsiz o'tmaydi albatta . lekin ko'z yosh to'kmaslikning bir necha yo'lli bor!
1) Piyoz to'g'rayotganingizda yoningizga bir piyola suv olvoling. Suvdan ichib tursangiz bunday holatdan qutilasiz.
2) Piyozlarni archlab holodilnikka qo'yib qo'ying( Ovqat qilishdan 2-3 soat oldin.)

Nom: Re: Oshxonada lozim bo'ladigan foydali maslahatlar:)
Yuborildi: yoqutxon 08 Noyabr 2010, 19:19:49
 :as:
Ovqatning rangini qizartirish uchun ishlatiladigan tomat bankasini ochganimizdan so'ng, bir necha  kun o'tib tomatning ustgi qismi mog'orlashni boshlashi mumkin. Lekin bunday holat yuz bermasligi uchun tomatning ichiga pista yog'ini quyib qo'yishingiz mumkin.
Nom: Re: Oshxonada lozim bo'ladigan foydali maslahatlar:)
Yuborildi: Ansora 08 Noyabr 2010, 19:28:12
Baliq qorurganimizdan so'ng, baliq hidi osonlikcha tovadan ketmaydi. Shuning uchun baliq uchun alohida tova yoki qozon ishlating. Yo bo'lmasa, idishingizni ko'piklab yuvgandan keyin quritib, limon bilan arting.
Nom: Re: Oshxonada lozim bo'ladigan foydali maslahatlar:)
Yuborildi: Ansora 08 Noyabr 2010, 19:29:06
Tuz nam tortib qolmasligi uchun tahta idishda saqlang.
Nom: Re: Oshxonada lozim bo'ladigan foydali maslahatlar:)
Yuborildi: Sakiina 08 Noyabr 2010, 21:46:35
oshni(har qandae ovqat) tuzi baland bosa (shor) ichiga bir bosh piyoz tashlansa shorligini tortib oladi
Nom: Re: Oshxonada lozim bo'ladigan foydali maslahatlar:)
Yuborildi: Ansora 03 Dekabr 2010, 19:42:58
Baliq qovurgan yog'ingizni ko'pi bilan 2 marta ishlating.

Kartoshka qovurgan yog'ingizni esa 3-4 marta ishlatishingiz mumkin.
Nom: Re: Oshxonada lozim bo'ladigan foydali maslahatlar:)
Yuborildi: Ansora 03 Dekabr 2010, 19:48:02
İshlatilgan limon qobiqlarini quyoshda quritib, qozon, kastrulkalarni sirtini yuvishda ishlatsangiz idishlaringizni yaltiradi.

Muzlatgichingizni yana ham yaxshi muzlatishini xohlasangiz muzlatgichni ichiga bir halta tuz qo'ying. Sababi tuz namni tortib olib, muzlatgichingizni yana ham yaxshi ishlashiga yordam beradi.
Nom: Re: Oshxonada lozim bo'ladigan foydali maslahatlar:)
Yuborildi: Ansora 03 Dekabr 2010, 19:49:56
Gazli ichimliklarni gazi chiqmasligi uchun ularni muzlatgichga teskari joylang.

Yalpizni to'grab ishlatmoqchi bo'lsangiz tog'ragandan keyin ustiga biroz shakar seping, yalpizni hidi yana ham o'tkirlashadi.
Nom: Re: Oshxonada lozim bo'ladigan foydali maslahatlar:)
Yuborildi: Ansora 03 Dekabr 2010, 19:52:58
Tuxumning oqini qanchaligini hammamiz ham bilavermaymiz, bir dona tuxumni oqi 30 gr ekan:)

Kolbasalar bazan ustidagi terisi oqarib, quriy boshlaydi, siz kolbasalarni limon bilan arting.
Nom: Re: Oshxonada lozim bo'ladigan foydali maslahatlar:)
Yuborildi: Ansora 03 Dekabr 2010, 19:55:18
Guruch, fasol va shunga o'hshash mahsulotlarni qopqoqli bankalarda saqlang. Qurt tushmasligi uchun bankani ichiga 3-4 dona sarimsoq tishi solib qo'ying.

Bazan bankalarni ocholmay qiynalamiz, bunday holda siz bankani tagiga qattiq shaklda uring:)
Nom: Oshxona qanday bo'lishi kerak?
Yuborildi: Habib 27 Dekabr 2010, 16:01:36
Ahli oilasi uchun yahshi sharoitlar yaratib berishda quyidagi maqola ancha asqotar ekan. Ilindim...

Ошхона
(http://www.countryliving.com/cm/countryliving/images/Tp/kitchen-reno-1-de.jpg)

Ошхона ишларидан снг ксп вақт оладигани овқат тайёрлашдир. Овқат тайёрлаш учун ошхонада махсус жиҳозлар бслиши лозим; уларнинг турлари ва слчами уй (квартира) тузилиши ва оила аъзоларининг сонига боғлиқ бслиб фойдаланиш учун қулай қилиб жойлаштирилиши зарур. Бундай жиҳозлар маҳсулотлар ва идишларни ювиш қурилмаси, маҳсулотлар ажратиб тайёрланадиган ва ошхона идишлари сақланадиган стол-шкаф, қуруқ маҳсулотлар сақланадиган осма шкафлар, жавонлар, шунингдек газ плита ва музлатгичдан иборат. Ювиш қурилмаси тагидаги шкафга чиқиндилар учун қопқоқли челак қсйиш тавсис стилади. Агар ошхона каттароқ бслса, у ерга қсшимча жиҳозлар: иссиқ овқатларни сузиш ва схна таомларни солиш учун зарур бслган идишлар қсйиладиган стол-шкаф, овқатланиш столи, стуллар ва бошқаларни жойлаштириш мумкин. Газ плитасининг юқорисига ошхонанинг ҳавосини тозалайдиган ҳавотозалагич (слектрофильтр) срнатиш керак. Ювиш қурилмаси плита билан ёнма-ён жойлашмагани маъқул. Акс ҳолда унга сув сачраши мумкин. Лолга қсйиладиган ошхона жиҳозлари полдан бир хил баландликда (снг қулай баландлик 85 см) бслиши керак. Деворга қоқиб срнатиладиган шкафлар иш столи юзасидан 55 см баландга жойлаштирилиши лозим. Агар шкаф пастроқ жойлаштирилса, ишлаётганда халал беради, баландроқ жойлаштирилса, юқори токчалардан фойдаланишда ноқулайлик туғдиради.
 
Одатда, ошхона жиҳозлари тартиб билан жойлаштирилади.
 
Ошхона деворлари намга чидамли бслиши керак. Деворларни мойбсёқ билан бссш кенг тарқалган. Деворларни оч рангларга бссш тавсис стилади, бунда ошхона ксзга кенгроқ ксринади; ҳаво ранг, оч сшил, кулранг (деразалар жануб томонга қараганда) ёки оч новвот, ним пушти, зарғалдоқ (деразалар шимол томонга очилганда) каби рангларга бссш мақсадга мувофиқдир; бсслган деворлар сирти слтироқ бслмагани маъқул — бунинг учун бсёққа скипидар ва бср ксшиш керак. Деворлар мойбсёқ ёки поливинил-аяетат бсёқлардан ташқари гигиеник сифатларга сга бслган плёнкали гулқоғозлар билан пардозланади. Девор шкафлари срнатилади-ган жойлар мустаҳкам, иссиқ ва намга бардошли материаллар (сирли сопол плиталар, ёғоч толали смаль плиталар, безак қаватли қоғоз пластика) билан қопланиши лозим. Уларнинг ранги деворлар ранги билан ошхона мебели рангига мувофиқ бслиши керак. Ошхонада иш жойларининг сунъий ёритилишига алоҳида аҳамист бериш лозим. Аруғлик иш бажарувчининг чап томонидан ёки тепасидан тушиб тургани маъқул.
 
Ошхоналардаги ёритқичлар шипнинг сртасига срнатилади. Ошхонада юмушлар учун қулай шароит сратиш мақсадида қсшимча ёруғлик манбаларини срнатиш маъқул.

Манба (http://doctor.uz/articles/image/uy_shinamligi/oshhona.html)
Nom: Re: Oshxonada lozim bo'ladigan foydali maslahatlar:)
Yuborildi: Ansora 10 Mart 2011, 15:08:53
Pitsangiz lazzatli bo'lish uchun pitsaning maydalangan pishlog'ini duxovkaga qo'yishdan oldin sepmang. Pitsani duxovkadan olishdan 3 daqiqa oldin pishloqni seping.

Hamirdan tayyorlaydigan pishiriqlaringizda foydalanadigan uningizni oldindan elasangiz, un zarralarining orasiga havo to'lib, hamiringiz yana ham yaxshi shishadi.

Milfoy hamiri (yog'li hamir) duxovka listiga yopishmasin, desangiz listni yog'laganingizdan keyin ustiga galeta uni (quritib maydalangan nonni uvog'ini) seping.
Nom: Re: Oshxonada lozim bo'ladigan foydali maslahatlar:)
Yuborildi: Ansora 10 Mart 2011, 15:15:52
Tort pishganidan keyin qolibidan oson chiqishi uchun 10 daqiqa kuting.

Markettan olingan pechenyelarni uyda yaxshi yopiladigan shisha idishlarga joylab saqlasangiz tez namlanmaydi.

Undan tayyorlanadigan tort, keks va pechenyelarni hamiriga biroz limon suvi qo'shilsa hamir yana ham yaxshi shishadi.
Nom: Re: Oshxonada lozim bo'ladigan foydali maslahatlar:)
Yuborildi: Ansora 10 Mart 2011, 15:21:18
Hamir ochgandan keyin odatda stolni, marmarni ustini tozalash qiyin bo'ladi. Shuning uchun oson bo'lsin deya hamir yopishgan joylarga biroz tuz seping va namli bez bilan arting.

Tort hamiri tayyorlashda bazan g'adir budir bo'lib qoladi. Bu holda hamirni ichiga 1 dona tuxumni sarig'ini qo'shib hamirga yediring.

Un bilan tayyorlanadigan shirinliklarga oz miqdorda tuz solsangiz mazasi yana ham yaxshi bo'ladi.
Nom: Re: Oshxonada lozim bo'ladigan foydali maslahatlar:)
Yuborildi: Habib 30 Noyabr 2011, 12:52:12
Balki bu maslahatni ko'pchilik bilar. Oshxonadagi gaz plitasini yuvaverish joningizga tekkan bo'lsa, alyumin folgasini ustiga yopib qoying. Ya'ni gaz plitasi ustki qismini qoplang. Shunda hadeb ifloslanmaydi, yuvib charchamaysiz. Folgani olib tashlab, yangisi qo'yasiz, ish bitdi hisob...
Nom: Re: Oshxonada lozim bo'ladigan foydali maslahatlar:)
Yuborildi: BelleQizcha 02 Dekabr 2011, 01:13:17
agar kartoshka yokiy piyoz uyda qomasa, hech ham hovotir olmasdan bozorga chiqib keling.
Nom: Re: Oshxonada lozim bo'ladigan foydali maslahatlar:)
Yuborildi: Humayro 12 Dekabr 2011, 14:19:56
Баъзи сузларни таржима килишда ёрдам берсангизлар, олдиндан рахмат.

квашеннас капуста - тузланган карам(ми?)
кислас капуста -
молочнас кислота -
питательнс‹е составлсюс‰ие -
питательнс‹х вес‰еств -  
сельдерей -
спеяии - зирворлар (ми?)
приправа -
кочан - бош (карамми?)
Морскас водоросль - денгиз усимликлари (ми?)
Nom: Re: Oshxonada lozim bo'ladigan foydali maslahatlar:)
Yuborildi: Humayro 13 Dekabr 2011, 13:04:44
Forumdoshlar bilganlar yordam bersangiz tepadagi savollarga javoblarni, yoki o'zbekcha-ruscha lug'at linkini bersangiz. tarjimamni tugatishim uchun kerak edi.

oldindan rahmat
Nom: Re: Oshxonada lozim bo'ladigan foydali maslahatlar:)
Yuborildi: Ansora 13 Dekabr 2011, 13:17:30
Forumdoshlar bilganlar yordam bersangiz tepadagi savollarga javoblarni, yoki o'zbekcha-ruscha lug'at linkini bersangiz. tarjimamni tugatishim uchun kerak edi.

oldindan rahmat

Humayro, siz bu postni bu mavzuga yozing, ana shunda ko'proq diqqat tortadi:

http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=5783.0

lug'at linki:

http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3228.msg157814#msg157814
Nom: Re: Oshxonada lozim bo'ladigan foydali maslahatlar:)
Yuborildi: Ansora 13 Dekabr 2011, 13:18:49
Mana bunisi Ruscha -O'zbekcha lug'at linki

http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=6371.0
Nom: Re: Oshxonada lozim bo'ladigan foydali maslahatlar:)
Yuborildi: Humayro 13 Dekabr 2011, 14:10:36
Man u mavzuni bilmaganim sabab shu erga yozgandim, uzr. endi bilvoldim.

Lekin qiziq, bu erda bo'lsa javob bermaymiz deb so'z berishganmi deyman forumdoshlar )

Rahmat yordamingiz uchun. Alloh rozi bo'lsin
Nom: Re: Oshxonada lozim bo'ladigan foydali maslahatlar:)
Yuborildi: azizbek_mx 13 Dekabr 2011, 16:52:44
Javob berishmaydi emas, bu tomonga hammayam e'tibor beravermaydi, menimcha...
Nom: Re: Oshxonada lozim bo'ladigan foydali maslahatlar:)
Yuborildi: Abdumuhaymin 13 Dekabr 2011, 20:23:24
agar kartoshka yokiy piyoz uyda qomasa, hech ham hovotir olmasdan bozorga chiqib keling.
Bozorga chiqshdan oldin pul ham ovolin siz.
Nom: Re: Oshxonada lozim bo'ladigan foydali maslahatlar:)
Yuborildi: Ansora 13 Dekabr 2011, 20:29:50
agar kartoshka yokiy piyoz uyda qomasa, hech ham hovotir olmasdan bozorga chiqib keling.
Bozorga chiqshdan oldin pul ham ovolin siz.

Va mashina minmang, uydagilar och qoladi bo'lmasam:)

Bekorchi gaplar bilan to'ldirmaylar, heyyy barakatopgurlar:)

Baliq qovurganimizda uyda (domda yashaydiganlar albatta) hidi qolishidan shikoyat qilamiz.  Buniyam chorasi bor ekan. Baliq qovura boshlaganingizda alohida qozonda suvni ichiga limon, har xil ko'katlar solib qaynating. Bular baliqni hidini oldini olarkan.
Nom: Re: Oshxonada lozim bo'ladigan foydali maslahatlar:)
Yuborildi: Muxsiya 19 Yanvar 2012, 22:54:00
Аzizlarim men sizlarga maslahat bera oladigan pazanda emasman lekin maslahatlaringizga muhtojman. Tuxumli do'lmani suvda qaynatsam yorilib ketyapti. Buni qande oldini olsam bo'ladi?
Nom: Re: Oshxonada lozim bo'ladigan foydali maslahatlar:)
Yuborildi: Ansora 21 Yanvar 2012, 11:10:16
Аzizlarim men sizlarga maslahat bera oladigan pazanda emasman lekin maslahatlaringizga muhtojman. Tuxumli do'lmani suvda qaynatsam yorilib ketyapti. Buni qande oldini olsam bo'ladi?

Men hech qilib ko'rmaganman, balki Chustiyni oshxona manzillariga qarab ko'rarsiz:)
Nom: Javob: Oshxonada lozim bo'ladigan foydali maslahatlar:)
Yuborildi: Zumrad1995 16 Avgust 2013, 14:40:09
Achitqili hamirni juda issiq joyga
qo'ymang. Aks holda hamir
oshmay, achib qolishi mumkin.
Kartoshka qaynayotgan suvga bir
necha tomchi sirka tomizilsa,
qorayishining oldi olinadi.
Nom: Javob: Oshxonada lozim bo'ladigan foydali maslahatlar:)
Yuborildi: Zumrad1995 16 Avgust 2013, 14:40:50
Novshadil spirti bilan qahva
dog'larini ketkazish mumkin.
Piyoz yoki baliq tozalaganda
qo'lingizdan nohush hid kelib
qolsa, qo'lingizga tuz surtingda,
iliq suvda yuvib tashlang.
Nom: Javob: Oshxonada lozim bo'ladigan foydali maslahatlar:)
Yuborildi: Zumrad1995 16 Avgust 2013, 14:41:49
Qattiq hamir sovuq suv bilan
to'ldirilgan shisha idishda yoyilsa,
tez va tekis yoyiladi.
Nom: Javob: Oshxonada lozim bo'ladigan foydali maslahatlar:)
Yuborildi: Zumrad1995 16 Avgust 2013, 14:43:18
Jigarni qovurishdan avval o'zroq
shakar sepib olsa xam bo'ladi.
Bunda jigar tez pishadi. Lekin
shakarni ko'p sepib yubormang.
Ortiqcha shakar jigarning yaxshi
yetilmay, kuyib qolishiga sabab
bo'ladi.