ZiyoUz - Haqiqiy o'zbekona forum

Umumiy bo'lim => Islom => Rasululloh SAV va sahobalar => Mavzu boshlandi: Govegastar 10 Noyabr 2010, 16:14:09

Nom: Saodat sarhadlaridan savol.
Yuborildi: Govegastar 10 Noyabr 2010, 16:14:09
Bismillahir rohmanir rohiym.


1-savol. Payg'amdar a.s ga birinchi sut onalik qilgan ayol kim?
Nom: Re: Saodat sarhadlaridan savol.
Yuborildi: Habib 10 Noyabr 2010, 16:19:40
Bismillahir rohmanir rohiym.


1-savol. Payg'amdar a.s ga birinchi sut onalik qilgan ayol kim?
Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва салламни оналаридан бир ҳафта кейин энг биринчи эмизган аёл Абу Лаҳабнинг чўриси Сувайба бўлган. Ўша пайтда унинг ҳам Масруҳ исмли гўдаги бор эди. Сувайба бунгача Ҳамза ибн Абдул Муттолибни ва кейин Абу Салама ибн Абдул Асад Махзумийни эмизган.

МАНБА (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=4130.35;wap2)
Nom: Re: Saodat sarhadlaridan savol.
Yuborildi: Govegastar 10 Noyabr 2010, 17:41:59
Javob to'g'ri. Marhamat savol berishingiz mumkin. Hohishingizga qarab albatta. Savollar sanalarga nisbatan o'sish tartibida, yoki qisman bo'lsada shu doirada bo'lsa... 
Nom: Re: Saodat sarhadlaridan savol.
Yuborildi: Secret 08 Avgust 2011, 12:17:12

     Ð¯ÑÑ€Ð¸Ð±Ð³Ð° ҳижрат қилишда Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам, Абу Бакр розийаллоҳу анҳу ва йўлбошловчидан бошқа яна ким бор эди?
Nom: Re: Saodat sarhadlaridan savol.
Yuborildi: Muhammad Yusuf 08 Avgust 2011, 16:16:54
Menimcha . Abu Bakr r.a.ning o'g'illari ham bor edi.
Nom: Re: Saodat sarhadlaridan savol.
Yuborildi: Secret 08 Avgust 2011, 16:29:03
 
 yo'q
Nom: Re: Saodat sarhadlaridan savol.
Yuborildi: Rabella 09 Avgust 2011, 00:50:36
Omir ibn Fuhayra - Abu Bakrning ozod qilgan qullari
Nom: Re: Saodat sarhadlaridan savol.
Yuborildi: Secret 09 Avgust 2011, 04:21:12
                        :asl3:

   Ð¢Ñžғри! (http://s19.rimg.info/95a16381739cb728dd62fcc965a2ff3f.gif) (http://smajliki.ru/smilie-1244846919.html)

 Next: Ҳошим ва Абдулмутталиб уруғларига қарши уюштирилган қамални Қурайш раисларидан кимлар бузишга ҳаракат қилган?


Nom: Re: Saodat sarhadlaridan savol.
Yuborildi: Secret 18 Avgust 2011, 23:05:41

  Javob:
1)  Ҳишом ибн Амр;
2)  Зуҳайр ибн Абу Умайя;
3)  Мутъим ибн Адий;
4)  Абул Бахтарий ибн Ҳишом;
5)  Замъа ибн Асвад.                (“Ар-раҳийқул  махтум”)

  Next: Paygambarimizning (s.a.v) azvoji muhtaramalari orasida bir ayol bulganki doimiy bir sifati bilan boshqalari orasida maqtangan u ayolning ismi nima? Va maqtanishiga sabab bulgan sifatlari nima edi?
Nom: Re: Saodat sarhadlaridan savol.
Yuborildi: Muallim 18 Avgust 2011, 23:49:14
  Next: Paygambarimizning (s.a.v) azvoji muhtaramalari orasida bir ayol bulganki doimiy bir sifati bilan boshqalari orasida maqtangan u ayolning ismi nima? Va maqtanishiga sabab bulgan sifatlari nima edi?

:bsm3:
    Зайнаб бинти Жаҳш (Ñ€.а) Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам'нинг бошқа аёлларига: “Сизларни аҳлларингиз никоҳлаб берган, мени Аллоҳ таоло етти осмоннинг устидан никоҳлаб берган” - деб фаҳрланар эдилар.
Nom: Re: Saodat sarhadlaridan savol.
Yuborildi: Secret 19 Avgust 2011, 18:19:00

         TO'G'RI!!!

 Next: Payg'ambar (s.a.v) Madinaga qilgan hijrat safarlarida Eron shohi Kisroning uzugini kimga va’da qilganlar?
Nom: Re: Saodat sarhadlaridan savol.
Yuborildi: AsiRa 19 Avgust 2011, 18:24:06

         TO'G'RI!!!

 Next: Payg'ambar (s.a.v) Madinaga qilgan hijrat safarlarida Eron shohi Kisroning uzugini kimga va’da qilganlar?

Suroqa ibn Molik ga.
Nom: Re: Saodat sarhadlaridan savol.
Yuborildi: Secret 19 Avgust 2011, 18:36:05

    TO'G'RI! Suroqa ibn Molik. Payg'ambarimiz Muhammad s.a.v. ga Madina safarida yo'l ko'rsatgan Suroqa ibn Molikka Eron podshohi Kisroning bilaguzugi bir kun senga tegajak, olam ahli buyrug'ingga bo'ysungaylar, deya bashorat qiladilar. Hazrati Umar davrlarida butun Eron fath qilinadi. Shunda hz. Umar Kisroning bilaguzugini Suroqaga taqib qo'yadilar.

    Next:Rasululloh amakilarini sanang?
Nom: Re: Saodat sarhadlaridan savol.
Yuborildi: Rabella 20 Avgust 2011, 00:16:34
1. Abbos ibn Abdumuttalib
2. Hamza ibn Abdumuttalib
3. Abu Tolib ibn Abdumuttalib
4. Zubayr ibn Abdumuttalib
5. Horis ibn Abdumuttalib
6. Hajl ibn Abdumuttalib
7. Muqavvim ibn Abdumuttalib
8. Diror ibn Abdumuttalib
9. Abu Lahab ibn Abdumuttalib

Otalari Abdulloh, amakilari Abu Tolib va Zubayrlarning onalari - Fotima bint Amr ibn Oiz.
Nom: Re: Saodat sarhadlaridan savol.
Yuborildi: Secret 20 Avgust 2011, 00:27:20

  TO'G'RI!!!

  Next: Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам бутун араблар ичида елкаси ерга тегмаган, тенги йўқ паҳлавон билан яккама-якка курашиб, кетма-кет уч бор уни енгадилар. Ўша паҳлавоннинг исми нима?
Nom: Re: Saodat sarhadlaridan savol.
Yuborildi: azizbek_mx 20 Avgust 2011, 05:51:20
Rukona
Nom: Re: Saodat sarhadlaridan savol.
Yuborildi: Secret 20 Avgust 2011, 08:59:22

    TO'G'RI!!!

  Next: Пок ва Ñ‚Ñžғри эканлиги Қуръон билан собит бўлган аёл ким? Далил?
Nom: Re: Saodat sarhadlaridan savol.
Yuborildi: Muhammad Yusuf 20 Avgust 2011, 10:14:54
Oyisha r.a. onamiz.
Ularga tuxmat qilinganda, Olloh taolo onamizning pok ekanliklarini oyatlar orqali ma'lum qildi :
Nur surasi : 11-21 -oyatlar.
Nom: Re: Saodat sarhadlaridan savol.
Yuborildi: Secret 20 Avgust 2011, 10:46:58

Oyisha r.a. onamiz.
Ularga tuxmat qilinganda, Olloh taolo onamizning pok ekanliklarini oyatlar orqali ma'lum qildi :
Nur surasi : 11-21 -oyatlar.

       TO'G'RI!!!

  Next: Ҳабашистонга иккинчи марта ҳижрат қилган мусулмонларни орқага қайтариб олиб келиш ва бошқа мусулмонларга ибрат бўлсин деб, оғир азоблар билан қийнаш мақсадида қурашийлар қимматбаҳо совға-саломлар билан иккита уддабурон кишини Нажоший (Ҳабашистон императори) ва давлат арбоблари ҳузурига юборишади. Ўша икки киши ким эди?

Nom: Re: Saodat sarhadlaridan savol.
Yuborildi: Muhammad Yusuf 20 Avgust 2011, 11:11:06
1.Amr ibn Os va 2.Abdulloh ibn Abu Robia
Nom: Re: Saodat sarhadlaridan savol.
Yuborildi: Secret 21 Avgust 2011, 08:45:07

  TO'G'RI!

 
Nom: Re: Saodat sarhadlaridan savol.
Yuborildi: Oymoma 22 Avgust 2011, 06:26:19
Assalomu alaykum. Ruhsat bersangiz men ham bir savolni bersam:
Rasulalloh s.a.v. guvohligini  ikki kishining guvohligiga teng  qilgan saxobiy kim ???
Nom: Re: Saodat sarhadlaridan savol.
Yuborildi: azizbek_mx 22 Avgust 2011, 11:32:14
Abu Bakr Siddiq r.a.
Nom: Re: Saodat sarhadlaridan savol.
Yuborildi: Secret 22 Avgust 2011, 17:56:01

       Huzayma ibn Sobit

  
Nom: Re: Saodat sarhadlaridan savol.
Yuborildi: Oymoma 22 Avgust 2011, 20:03:38
Iqtibos
   Huzayma ibn Sobit
-tög'ri!

Savol:Qur'oni Karimda birgina surada "basmala(bismilloh)" aytilmaydi, bu qaysi sura?
(..nima sababdan aytilmaydi, bu ösha zamondagi voqealarga daxldor, shu haqda ham agar bilsangiz yozinglar).
Nom: Re: Saodat sarhadlaridan savol.
Yuborildi: azizbek_mx 22 Avgust 2011, 20:49:55
tavba surasida. Voqeani bilmayman, bilganlar yozinglar
Nom: Re: Saodat sarhadlaridan savol.
Yuborildi: Oymoma 22 Avgust 2011, 23:18:51
Assalomu alaykum, ikkalasi ham tög'ri javob, Alloh ilmngizni yanada ziyoda qilsin!
Nom: Re: Saodat sarhadlaridan savol.
Yuborildi: Oymoma 22 Avgust 2011, 23:28:11
Ijozatingiz bilan navbatdagi savolni bersam:
Hazrati Ali bir kofir bilan uzoq urushib , nihoyat uni yerga yiqitibdilar. Endi öldirmoqchi bölganlarida ösha kofir hazrati Alining muborak yuzlariga tupuradi. Hazrati Ali shundan keyin dushmanni qöyib yuboradilar.

Nima uchun öldirmasdan qöyib yuboradilar?
Nom: Re: Saodat sarhadlaridan savol.
Yuborildi: Oymoma 23 Avgust 2011, 03:41:19
Assalomu alaykum,
Eng_ojiz_banda javob tög'ri, hazrati Ali r.a. Jahllarini chiqargani uchun, shaxsiy adovatlari yölida öldirgilari kelmaydi..

Ilmingiz bundanam ziyoda bölaversin!
Nom: Re: Saodat sarhadlaridan savol.
Yuborildi: Oymoma 23 Avgust 2011, 05:04:56
Assalomu alaykum..

Savol:Islom kelganidan keyin qaysi saxoba "La ilaha illalloh" kalimasini kabai muazzamada ilk bora baralla aytgan?
Nom: Re: Saodat sarhadlaridan savol.
Yuborildi: Oymoma 23 Avgust 2011, 10:21:34
-Tög'ri!

Javobiz uchun rahmat..

Haqiqatdan ham bu shaxs Abu Zarr G'ifori r.a. hazratlari edilar...

Musulmon bölganidan keyin Rasulalloh s.a.v.dan ruhsat olib, kalimai tavhidni kabani yonida hammaga ee'lon qilib aytadilar, natijada payg'ambarimiz qörqan xodisa röy beradi, Abu Zar G'iforiyni rosa kaltaklashishadi..
  Ikkinchi kun yana chiqadilar, yana kalimani ayni shunday tarzda baland ovoz bilan aytadilar, yana uni kaltaklashishadi, uni zörg'a qutqarib qolishadi, uchinchi kun ham shunday böladi...
***

   Endi savolni siz berasizmi?
Nom: Re: Saodat sarhadlaridan savol.
Yuborildi: Shuhrat_ 23 Avgust 2011, 10:44:28
 :asl3:
Alloh taoloni  jamolini birinchi bulib kurishlarini (payg'ambarimiz s.a.v.tomonlaridan) bashorat qilingan sahoba.??
Nom: Re: Saodat sarhadlaridan savol.
Yuborildi: Oymoma 23 Avgust 2011, 11:11:16
Assalomu alaykum,

Javob: bu saxoba Közlari ojiz Abdulloh ibn maktum bölsalar kerak. Vallohu a'lam..
Nom: Re: Saodat sarhadlaridan savol.
Yuborildi: Oymoma 23 Avgust 2011, 13:19:35
Assalomu alaykum, savol berish bizgami:)

 Savol:Umrlarini oxirigacha Payg'ambarimiz s.a.v.ni  Sirlarini yashirgan sahbiy kim ?
Nom: Re: Saodat sarhadlaridan savol.
Yuborildi: AbdulAziz-Solih 23 Avgust 2011, 15:17:02
Vaalaykum salam wr wb.
Bu sahobiy Huzayfa ibn Yaman r.a
sir munofiqlar haqida edi adawmasam.
Nom: Re: Saodat sarhadlaridan savol.
Yuborildi: Oymoma 23 Avgust 2011, 15:30:22
-javob notög'ri..
Nom: Re: Saodat sarhadlaridan savol.
Yuborildi: AbdulAziz-Solih 23 Avgust 2011, 15:37:10
Unda Muoz ibn Jabal r.a
maruzadan ewitgandim
Nom: Re: Saodat sarhadlaridan savol.
Yuborildi: Oymoma 23 Avgust 2011, 15:49:29
Men aytgan sahobaning bu sirni yashirishlari ulamolar orasida juda ham mashhur, ham tahsinga loyiq..

Sirni yashirish bobida tarbiyaviy ahamiyatga ega..
Nom: Re: Saodat sarhadlaridan savol.
Yuborildi: Shuhrat_ 23 Avgust 2011, 16:28:10
 :asl3:
savolizga ozging yordam bervori iltimos.
Savol javobsiz qolishi mumkin
Nom: Re: Saodat sarhadlaridan savol.
Yuborildi: Oymoma 23 Avgust 2011, 17:53:19
Vaalaykum assalom,

Bu saxoba Payg'ambarimiz hizmatlarida bölganlar..
Nom: Re: Saodat sarhadlaridan savol.
Yuborildi: Oymoma 23 Avgust 2011, 18:47:05
Savolimga javob topasizlarmi, yoki özim aytib qöya qolaymi..?
Nom: Re: Saodat sarhadlaridan savol.
Yuborildi: AbdulAzim 23 Avgust 2011, 21:12:16
Anas ibn Molik r.a bo'lsalar kerak unda.
Nom: Re: Saodat sarhadlaridan savol.
Yuborildi: Oymoma 24 Avgust 2011, 05:28:57
Assalomu alaykum .

-Anas ibn molik,

Qanday sirni yashirganliklarini aytib bera olasizmi?
Nom: Re: Saodat sarhadlaridan savol.
Yuborildi: Muhammad Yusuf 25 Avgust 2011, 18:03:12
Assalomu aleykum ! Mavzu juda ham qiziq va foydali bo'lyapti. Davom ettiringlar. . .
Nom: Re: Saodat sarhadlaridan savol.
Yuborildi: Oymoma 25 Avgust 2011, 18:42:51
Assalomu alaykum,

Anas r.a.ni sirni berkitganlari

Kichkina Anas bir kuni uyiga kech keldi, onasi havotir olib kutib ötirgan ekan.
-Qayerda eding ög'lim- deb söraydi.
- "Rasulalloh s.a.v. Bir ish bilan bir joyga jönatdilar" -deb javob berdilar..
-Qayerga jönatdilar?- deb onalari söraganda,
-"buni aytolmayman, Rasulalloh buni hech kimga aytma, bu sir " dedilar -deydilar..
 Onalari:"unday bölsa hech kimga aytma, Rasulallohning siri bölib qolsin" deb aytadilar.

Rasulalloh s.a.v. Vafot etganlaridan keyin  odamlar bu sirni bilishga  juda  qiziqishadi. Ammo Anas r.a.dan hech kim sörab bila olmaydi..

   Anas r.a. Soch soqoli oqarib qarilik yoshiga yetadilar. Ölim töshagida yotganlarida hizmatini qilayotgan eng yaqin hizmatchisiga:
- agar bu sirni kimgadur aytishim kerak bölganida,albatta, senga aytgan bölar edim. Lekin bu sirni endi qabrimga olib ketaman- deydilar..

Asirlar böyi bu sirni nimaligiga odamlar juda qiziqishgan. Lekin hech kim bilmaydi.

Alloh u zotdan rozi bölsin..
Nom: Re: Saodat sarhadlaridan savol.
Yuborildi: Oymoma 26 Avgust 2011, 07:15:04
Savol:
Islom dining dastlabki vaqtlarida  musulmonlar va mushriklar orasida ilk bora  qon tökilishiga sabab bölgan urushda  kim, qaysi sahoba ishtirok etgan ??
Nom: Re: Saodat sarhadlaridan savol.
Yuborildi: Muhammad Yusuf 26 Avgust 2011, 07:56:19
Sa'ad ibn Abu Vaqqos r.a.
Nom: Re: Saodat sarhadlaridan savol.
Yuborildi: Oymoma 26 Avgust 2011, 08:04:30
-tög'ri! Tabriklayman..
 Lekin, tafsilotlarini aytmaysizmi?
Nom: Re: Saodat sarhadlaridan savol.
Yuborildi: Secret 26 Avgust 2011, 10:07:31

    :bsm3:

 Ð‘ир куни оқшомга яқин Абу Дубб водийидан ўтаётганлар бир қанча ёшларнинг ғаройиб
хаттиҳаракатлар билан машғул эканликларини кўриб қолдилар. Тўхтаб, кузата бошладилар. Бу
орада ёшлар намоз Ñžқиб бўлдилар. Ахнас ибн Шарик исмли йўловчи уларга мурожаат этди:
— Нималар билан шуғулланганингизни сўрасам бўладими?
—Кўриб турганингдай, ибодат қилаётирмиз.
—Ғаройиб ҳодиса.. санамингиз қани?
—Қанақа санам?
— Биродар, «қанақа санам»Ð¸Ð½Ð³ нимаси? Одатдаги санамда.
—Биз оддий санамларга сиғинмаймиз.
Абу Суфён суҳбатта аралашди:
—Яъни, буюк Хубал каби, Лот ва Уззо каби санам демоқчи.
—Улар ҳам боягибояги тош эмасми? Бошқа тошлардан нима фарқи бор уларнинг?
Баҳс шу йўсинда қизиб кетди. Келганлар ҳалиги мусулмон ёшларнинг устидан кула
бошладилар. Вазият тобора кескинлашар эди. Саъд тезда асабийлашди.
—Ҳозироқ даф бўлинглар бу ердан! — дея шиддатланди.
—Войвой, кўрқиб кетдик. Нима, бизни қувиб юбормоқчимисан? — дея мазах қилишди
улар.
— Албатта! Тез йўқолинглар бу ердан!
— Маълум бўлдики, сен калтак егинг келяпти экан, эй Саъд. Сени бир оз тарбиялаб
қўймасак бўлмайдиганга ўхшайди, токи тилингни ҳадеб узайтиравермагин.
Юқорироқда бир калла суяги турарди. Саъд уни олмоқчи бўлиб чўзилди. Олдию энг
олдинда турган йигитнинг бошига тушириб юборди. Суяк қаттиқ тушиб, ҳалиги йигитнинг
бошини ёрди, юзи қора қонга беланди.
бўлди.
Илоҳий ваҳий келганидан бери мушриклар билан илк бор юз берган Ñ‚Ñžқнашув мана
шундай содир бўлди. Бу йўлда биринчи марта қон Саъд ибн Абу Ваққос томонидан оқизилди.

                                                                                                                      Саодат асри қиссалари
 
Nom: Re: Saodat sarhadlaridan savol.
Yuborildi: Muhammad Yusuf 26 Avgust 2011, 10:53:33
Rasululloh s.a.v. bir janozada ishtirok ettilar va mayyitning haqqiga : Qarindoshlik munosabatda hayr-mukofot topasiz , . . . . ! deya duo qildilar . U inson kim edi ?
Nom: Re: Saodat sarhadlaridan savol.
Yuborildi: Muhammad Yusuf 29 Avgust 2011, 10:46:43
javob :
Qarindoshlik munosabatda hayru mukofot topasiz, amakijon ! - deya amakilari Abu Tolibning haqlariga duo qilgan edilar.

Savol :
,, Ey mo'minlar, to gapirayotgan gaplaringizni bilmaguningizcha mast holingizda namozga yaqin kelmanglar ! (Niso, 43) bu oyatning nozil bo'lishiga qanday voqea sabab bo'lgan?
Nom: Re: Saodat sarhadlaridan savol.
Yuborildi: Oymoma 31 Avgust 2011, 00:52:36
Assalomu alaykum.
Savol:
Qur'oni karimda mö'minlarga ularning  qanday sifatlari bilan murojaat qilingan.
Nom: Re: Saodat sarhadlaridan savol.
Yuborildi: Lu`lu` 31 Avgust 2011, 06:52:48
 :asl3:
Росулуллох с.а.в. меърожлари олдидан "Кукрак ёрилиш вокеаси"даги хикмат нима?
Nom: Re: Saodat sarhadlaridan savol.
Yuborildi: Muhammad Yusuf 31 Avgust 2011, 09:04:35
Assalomu aleykum !
Menimcha, Rasulolloh s.a.v.dan shaytoning nasibasini olib tashlash, poklash . Bu orqali ba'zilarning iymonini va ba'zilarning esa kufri ziyoda bo'lgan !
 Olloh bilguvchi.
Nom: Re: Saodat sarhadlaridan savol.
Yuborildi: Oymoma 31 Avgust 2011, 11:45:20
Assalomu alaykum, barchangizga bugungi kun muborak bölsin!
Savol:Rasulalloh s.a.v. Abu Bakr siddiq r.a. bilan Hijrat safarlarida (Makkadan madinaga) kim yöl körsatuvchilik qilgan?
Nom: Re: Saodat sarhadlaridan savol.
Yuborildi: Secret 31 Avgust 2011, 12:48:50

  Dayil ibn Bakr urug‘idan Abdulloh ibn Urayqitni  (Nurul yaqin)
Nom: Re: Saodat sarhadlaridan savol.
Yuborildi: Oymoma 31 Avgust 2011, 12:59:21
-Tög'ri! :)

Alloh ilmingizni ziyoda va manfaatlik qilsin!
Nom: Re: Saodat sarhadlaridan savol.
Yuborildi: Lu`lu` 31 Avgust 2011, 15:47:24
Assalomu aleykum !
Menimcha, Rasulolloh s.a.v.dan shaytoning nasibasini olib tashlash, poklash . Bu orqali ba'zilarning iymonini va ba'zilarning esa kufri ziyoda bo'lgan !
 Olloh bilguvchi.

Янада тушунарлирок этилса, Росулуллох с.а.в.га намозни меърожда берилишидаги хикмат нафакат бадан, балки калбни хам поклашдир. Росулуллох с.а.в.дан 1 томчи кора кон олингач, тилла жомдан илму хикмат ва иймон жойланган.Демак,5 махал тахоратда вужудни поклаганимиздек, калбни хам поклаш вазифамиздир.
Nom: Re: Saodat sarhadlaridan savol.
Yuborildi: Oymoma 01 Sentyabr 2011, 06:36:03
Javoblar uchun rahmat:)

Yana bir savol tög'rirog'i sizlarni mulohazaga chorlamoqchiman.

Hadis:
Anasa r.a.dan
..."Bir kecha Madiyna qattiq dahshatga tushdilar. Odamlar ovoz chiqqan tomon yura boshladilar.
Nabiy s.a.v. ularning oldidan chiqdilar. Ösha tomondan qaytib kelayotgan ekanlar. Ul zot ulardan oldin ovoz chiqqan tomonga borgan ekanlar. Ul zot Abu talhaning egarsiz otini minib, böynilariga qilich osib olgan ekanlar.
   "Qörqmanglar! Qörqmanglar!"- dedilar  Ul Zot"


Savol: ushbu hadisdan Paygambarimizni qaysi sifatlarini körmoqdasizlar.
Nom: Re: Saodat sarhadlaridan savol.
Yuborildi: Shokir 01 Sentyabr 2011, 07:34:42
Javoblar uchun rahmat:)

Yana bir savol tög'rirog'i sizlarni mulohazaga chorlamoqchiman.

Hadis:
Anasa r.a.dan
..."Bir kecha Madiyna qattiq dahshatga tushdilar. Odamlar ovoz chiqqan tomon yura boshladilar.
Nabiy s.a.v. ularning oldidan chiqdilar. Ösha tomondan qaytib kelayotgan ekanlar. Ul zot ulardan oldin ovoz chiqqan tomonga borgan ekanlar. Ul zot Abu talhaning egarsiz otini minib, böynilariga qilich osib olgan ekanlar.
   "Qörqmanglar! Qörqmanglar!"- dedilar  Ul Zot"


Savol: ushbu hadisdan Paygambarimizni qaysi sifatlarini körmoqdasizlar.


:asl3:
Anas ibn Molik (r.a.)
aytadilar: Rasululloh (s.a.v.)
xilqatda ham, axloqda ham
odamlarning eng yaxshisi,
eng javonmardi va eng
shijoatlisi
edilar.
Nom: Re: Saodat sarhadlaridan savol.
Yuborildi: Oymoma 01 Sentyabr 2011, 08:46:33
  Islom tarihida birinchi iymon keltirgan ayol Hadicha r.a.onamiz bölganlar. Birinchi namoz öqigan bolakay qaysi sahobiy bölganlar?
Nom: Re: Saodat sarhadlaridan savol.
Yuborildi: Oymoma 01 Sentyabr 2011, 09:11:15
Payg'ambarimizdan eng köp hadis rivoyat qilgan saxobiylar kimlar?
Nom: Re: Saodat sarhadlaridan savol.
Yuborildi: Muhammad Yusuf 01 Sentyabr 2011, 10:40:17
Savol :
Rasululloh s.a.v. Ali k.v.ga bir kunya bilan murojaat qildilar. Ali k.v . bu  kunya bilan chaqirishlarini judaham yaxshi ko'rardilar. Bu kunya . . . .
Nom: Re: Saodat sarhadlaridan savol.
Yuborildi: Rabella 01 Sentyabr 2011, 20:15:09
Payg'ambarimizdan eng köp hadis rivoyat qilgan saxobiylar kimlar?

1- Abu Hurayra (Abdurahmon Soxr Addavsiy) r.a.    -  5374 ta hadis rivoyat qilgan
2- Abdulloh ibn Umar    r.a.                                 -  2630  ta hadis
3- Anas bin Malik          r.a.                                - 2286 ta hadis
4- Aisha bint abi Bakr    r.a.                                -  2210 ta hadis
5- Abdulloh bin Abbos  r.a.                                  - 1610 ta hadis
6- Jobir bin Abdulloh    r. a                                  - 1540 ta hadis
7- Abu Said Xudriy      r.a                                   - 1170 ta hadis 
8- Abdulloh ibn Mas'ud r.a                                   - 848 ta hadis
9- Abdulloh ibn Amr ibn Oss r.a                            - 700ta hadis
Nom: Re: Saodat sarhadlaridan savol.
Yuborildi: Oymoma 01 Sentyabr 2011, 21:51:37
Assalomu alaykum. Mukammal va chiroyli javoblar uchun rahmat!

Keyingi savol:Payg'ambarimiz s.a.v. kim bilan köproq suhbatlashishni yaxshi körar edilar?
Nom: Re: Saodat sarhadlaridan savol.
Yuborildi: MUSLIM_uz 02 Sentyabr 2011, 00:17:00
Assalomu alaykum v,r v.b
savol
mashabimiz imomi hazsati 'Imomi A'zam'ni uz ismlari nima bulgan va imomi A'zam nomiga qanday ne4a yowlilarda erwkanlar?
Nom: Re: Saodat sarhadlaridan savol.
Yuborildi: Muhammad Yusuf 02 Sentyabr 2011, 16:22:10
Menimcha, Xz Xadicha r.a. bilan suhbatlashishni yaxshi ko'rganlar. Olloh bilguvchi.
Nom: Re: Saodat sarhadlaridan savol.
Yuborildi: Oymoma 02 Sentyabr 2011, 17:12:34
Assalom alaykum

Javob: Payg'ambarimiz s.a.v. Jabroil a. bilan suhbatlashishni yaxshi körar ekanlar.

Ibn Abbos r.a. rivoyat qiladi.
"... U bilan Qur'on öqishar edi. Bas, qachon U zotga Jabroil alayhissalom muloqot qilsa, esgan shamoldan ham sahiyroq bölib ketar edilar"
. /imom buxoriy va muslim rivoyatlari/.
Nom: Re: Saodat sarhadlaridan savol.
Yuborildi: Oymoma 02 Sentyabr 2011, 21:05:48
Assalomu alaykum.
Savol:Rosulalloh s.a.v.ning eng kichik amakilarining ismlari?
Nom: Re: Saodat sarhadlaridan savol.
Yuborildi: Mo'min Mirzo 02 Sentyabr 2011, 21:54:39
Va alaykum assalom. Abbos r.a.
Nom: Re: Saodat sarhadlaridan savol.
Yuborildi: MUSLIM_uz 02 Sentyabr 2011, 23:05:45
islom olamini brin4i el4isi qaysi sahobi buganla
Nom: Re: Saodat sarhadlaridan savol.
Yuborildi: Secret 03 Sentyabr 2011, 05:51:22

islom olamini brin4i el4isi qaysi sahobi buganla

     Mus'ab ibn Umayr r.a.

Nom: Re: Saodat sarhadlaridan savol.
Yuborildi: Lu`lu` 04 Sentyabr 2011, 08:08:44
Мискинлар онаси - Уммул масокийн номини олган онамиз р.а. ким?
Nom: Re: Saodat sarhadlaridan savol.
Yuborildi: Lu`lu` 04 Sentyabr 2011, 09:14:07


 :asl3:

Bu onamiz - Hazrati Zaynab bint Huzayma (r. anho) onamiz.


 :asl3: тугри. Баъзилар Росулуллох с.а.в. аммаларининг кизлари Зайнаб бн адаштиришади. Лекин  Зайнаб бинт Хузаймага Расулуллох с.а.в. 4-хижрийда уйландилар ва орадан 3 ой ўтиб Зайнаб онамиза вафот этадилар. Уларнинг жанозасини Расулуллох укийдилар ва Бакиъга дафн этадилар.
Nom: Re: Saodat sarhadlaridan savol.
Yuborildi: Govegastar 05 Sentyabr 2011, 07:14:46

  Assalomu alaykum.

   Mashhur toif duosi o'qilgan paytda (joyda) payg'ambar s.a.v o'sha atrofdagi kimning bog'iga kiradi (Toif halqi tahqirlashlaridan keyin) va ul oztning oldiga uzum keltirgan odam kim, u odam qaysi dinda bo'ladi, unga payg'ambar a.s ga uzum keltirishni kim buyuradi.

  Aniq javob sizlardan (o'zimham aniq bilmayman :)
Nom: Re: Saodat sarhadlaridan savol.
Yuborildi: Best friend 05 Sentyabr 2011, 09:26:52

  Assalomu alaykum.

   Mashhur toif duosi o'qilgan paytda (joyda) payg'ambar s.a.v o'sha atrofdagi kimning bog'iga kiradi (Toif halqi tahqirlashlaridan keyin) va ul oztning oldiga uzum keltirgan odam kim, u odam qaysi dinda bo'ladi, unga payg'ambar a.s ga uzum keltirishni kim buyuradi.

  Aniq javob sizlardan (o'zimham aniq bilmayman :)
U inson nasroniy bo'ladi va Islomni qabul qiladi. Yana bilmadim Alloh bilguvchi. Bir joyda shunday o'qigandim adshmasam. To'liqroq javobni boshqalardan kutamiz...
Nom: Re: Saodat sarhadlaridan savol.
Yuborildi: Lu`lu` 05 Sentyabr 2011, 09:42:29

 U inson nasroniy bo'ladi va Islomni qabul qiladi. Yana bilmadim Alloh bilguvchi. Bir joyda shunday o'qigandim adshmasam. To'liqroq javobni boshqalardan kutamiz...

 :asl3:Росулуллох с.а.в. Тоифга Зайд бн кетадилар. Уша вактларда Макка ва Тоиф мушриклари бир-бирлари бн адоватда эди.Росулуллох даъватлари ва кейинги огир холатларида Тоиф ахлини дуо килишларини сабаби, манимча, икки кабилани адовати янада кучайиб кетмаслик булса керак.
Лекин Росулуллохга узум олиб келган одам богнинг бойини кули эди. Уза кул Юнус а.с.ни юртларидан булганига ва Росулуллохнинг Юнус а.с. хакларидаги илтифотларига иймон бн жавоб килади
Nom: Re: Saodat sarhadlaridan savol.
Yuborildi: Lu`lu` 05 Sentyabr 2011, 09:54:00
                                     :asl3:

Мана бу линкда Тоиф хакида анчагина маълумотлар бор экан, укигандашундок куз унгидан утгандек  маконлар гавдаланаркан

http://islom.uz/content/view/1197/141/
Nom: Re: Saodat sarhadlaridan savol.
Yuborildi: Shokir 05 Sentyabr 2011, 12:31:32

  Assalomu alaykum.

   Mashhur toif duosi o'qilgan paytda (joyda) payg'ambar s.a.v o'sha atrofdagi kimning bog'iga kiradi (Toif halqi tahqirlashlaridan keyin) va ul oztning oldiga uzum keltirgan odam kim, u odam qaysi dinda bo'ladi, unga payg'ambar a.s ga uzum keltirishni kim buyuradi.

  Aniq javob sizlardan (o'zimham aniq bilmayman :)
va alaykum assalam
Toif bilan Makkani o'rtasida bir bog' bor edi. U bog' Qurayshlik  Shayba va Utba ibnu Robialarniki edi.Payg'ambarimiz Muhammad s.a.v.ga uzum keltirgan inson Addos Naynavolik nasroniy qul bo'ladi, Shayba va Utba uzum olib borib berishga buyuradi.
Nom: Re: Saodat sarhadlaridan savol.
Yuborildi: Shokir 05 Sentyabr 2011, 14:19:51
...Toif bilan Makkani o'rtasida bir bog' bor edi. U bog' Qurayshlik  Shayba va Utba ibnu Robialarniki edi.
Payg'ambarimiz Muhammad s.a.v.ga uzum keltirgan inson Abbos Naynavolik nasroniy qul bo'ladi,
Shayba va Utba uzum olib borib berishga buyuradi.

 :asl3:

Batafsil ma'lumotlar uchun barchaga tashakkur...

Ninovalik Abbos midi, Addos midi...

:vsl3:
Addos edi... :3
Nom: Re: Saodat sarhadlaridan savol.
Yuborildi: Muhammad Yusuf 22 Sentyabr 2011, 20:21:49
Savol: jannatning 8ta darvozasi bor bir sahobiy mana shu 8ta eshikning barchasidan jannatga kiradi bu sahobiy kim?
Nom: Re: Saodat sarhadlaridan savol.
Yuborildi: Muallim 22 Sentyabr 2011, 21:29:13
Savol: jannatning 8ta darvozasi bor bir sahobiy mana shu 8ta eshikning barchasidan jannatga kiradi bu sahobiy kim?

    Абу Бакр Сиддиқ разияллоҳу анҳу: "Ё Расулуллоҳ с.а.в, бир киши жаннат эшикларининг барчасидан чақирилиши мумкинми?" - деб сўрадилар. У Зот: "Ҳа! Сен ўшалардан бўлишинга умид қиламан" - дедилар.

    Барча саҳобалар Набий соллаллоҳу алайҳи васаллам ўз уйларида ўтирганда изн сўраб кирар эдилар... Агар ичкаридан изн бўлса, кирар, бўлмаса, қайтиб кетар эдилар.
    Савол: Хоҳлаган пайтларида пардани кўтариб кириб бораверишлари мумкин бўлган саҳобий ким эди?
Nom: Re: Saodat sarhadlaridan savol.
Yuborildi: Mirоlim 22 Sentyabr 2011, 22:05:25
    Савол: Хоҳлаган пайтларида пардани кўтариб кириб бораверишлари мумкин бўлган саҳобий ким эди?

:asl3:

Бу саҳоба Абдуллоҳ ибн Масъуддир Ñ€.а.

Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам Абдуллоҳ ибн Масъуд розияллоҳу анҳуга бошқа ҳеч кимга бермаган имтиёзларни берган эдилар.
У зот Абдуллоҳ ибн Масъуд розияллоҳу анҳуга: «Ð¡ÐµÐ½Ð¸Ð½Ð³ менинг ҳузуримга кириш изнинг, ҳижобни кўтаришинг», деган эдилар.

Nom: Re: Saodat sarhadlaridan savol.
Yuborildi: Muallim 22 Sentyabr 2011, 23:54:36
    "Агар маъқул кўрсангиз, менга икки ракъат намоз Ñžқиб олишимга ижозат беринглар", - деди. Улар:
    "Майли Ñžқиб ол", - дейишди.
    Ð£ киши яхшилаб икки ракъат намоз Ñžқидилар ва жаллодларга кулимсираб туриб:
    "Аллоҳга қасамки, агар ўлимдан қўрқаяпти, дейишларингни мулоҳаза қилмаганимда, кўпроқ Ñžқиган бўлар эдим", - дедилар.  

    Ð£ÑˆÐ±Ñƒ сўзларнининг муаллифи бўлган саҳобий разияллоҳу анҳунинг исмлари?
Nom: Re: Saodat sarhadlaridan savol.
Yuborildi: ree7 23 Sentyabr 2011, 00:23:02
    "Агар маъқул кўрсангиз, менга икки ракъат намоз Ñžқиб олишимга ижозат беринглар", - деди. Улар:
    "Майли Ñžқиб ол", - дейишди.
    У киши яхшилаб икки ракъат намоз Ñžқидилар ва жаллодларга кулимсираб туриб:
    "Аллоҳга қасамки, агар ўлимдан қўрқаяпти, дейишларингни мулоҳаза қилмаганимда, кўпроқ Ñžқиган бўлар эдим", - дедилар.  

    Ушбу сўзларнининг муаллифи бўлган саҳобий разияллоҳу анҳунинг исмлари?

Hubayb ibn Adiy
Nom: Re: Saodat sarhadlaridan savol.
Yuborildi: Oymoma 23 Sentyabr 2011, 02:21:43
Savol:
Saxobalar,
Tobe'inlar,
Taba'a tebe'inlar,
.....?
.....?
.....?

Bularni kim töldira oladi?
Nom: Re: Saodat sarhadlaridan savol.
Yuborildi: Govegastar 26 Sentyabr 2011, 20:26:40
Biriga birmi ? Balki biriga birnechtadandur. Bo'lmasam bu biriga barisini bitishni bildirar, bildirvoring.
Nom: Re: Saodat sarhadlaridan savol.
Yuborildi: Oymoma 27 Sentyabr 2011, 21:05:48
Mana bu odamlar ulamolar nazdida qanday sifatga egalar ?
1. Söfiylar kimlar?
2. Avliyolar kimlar?
3. Ummiylar kimlar?
4. Soliklar kimlar?
Nom: Re: Saodat sarhadlaridan savol.
Yuborildi: Best friend 28 Sentyabr 2011, 02:13:17
"Tasavvuf va So'fiylik haqida"
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
(hafizahulloh)
Ba'zi savollardan namunalar:
1. Inson shiddatga tushganida, boshiga kulfat
kelganida yoki shunga o'xshash voqelar ro'y
bersa, marhum yoki tirik shayxdan yordam
so'rashi to'g'rimi?
2. Shayxini har erda hoziru-nozir deb bilish
haqiqatga qanchalik to'g'ri keladi?
3. Ularni o'liklar deb atamangiz mazmunidagi
oyatni tafsiri qanday? Ba'zilar shayxlarining
vafotidan keyin ham qo'llay oladi, deganida shu
oyatni dalil qiladilar.
4. Ba'zilarning o'lgan shayxi kelib shaharni
aylantirar emish...
5. Shayxlarining suratlariga bay'at qiladiganlar
haqida.
6. Hozirgi kundagi mavjud tasavvufga dinning
munosabati qanday?
7. Turli tariqatlarga mansub muridlar ko'pincha
bir-birlari bilan tortishib janjal qilib turishadi.
Shayxlar ham shunday. Bu to'g'rimi?
8. Shayxlik maqomi kim tamonidan, qay
holatlarda beriladi? Bu savolga ahli tasavvufning
javobi qanday? (Shayxlik otadan farzandga
o'tadigan narsami?)
9. "Tariqat"ning ma'nosi yo'l demakdir. Ammo
yo'llar juda ko'p va qaysisi to'g'ri manzilga olib
borishini qandy bilamiz?
10. Shariat doirasida, ustozdan o'rgangandek zikr
qilib yursam tariqatdagi birodarlarim tanbeh
berishadi tariqatda bo'lishim shartligini aytishadi.
Shu gap to'g'rimi?
Tasavvuf haqida savol-javob video dasturi asl
manbasi: http://islom.uz/content/view/856/131/
Tasavvuf nima va u asli sof holida qanday bo'lishi
kerak?
So'fiylarning yolg'on da'volarga raddiyalar.
So'fiylarning Islom dinida o'ylab topgan ham
amallarda, ham e'tiqodda bid'atlarini fosh etish.
So'fiyla rga va tariqat yo'lida yurganlarga yoki
ularga hayrixohlarga nasihatlar.
Ushbu video turli so'fiylik tariqatlari vakillari
bid'atlari va buzuq e'tiqodlari haqida.
RUTUBE.RU saytida kichraytirilgan FLV shaklida
ushbu video darsni Internetda tomosha qilish:
http://rutube.ru/tracks/1263478.html?
v=11a43af4b5 8866e51b78b31f0e508ba5
Davomiylik - 58:42 daqiqa
FLV video faylni saqlab olish (download): http://
flv.rutube.ru/11a43af4b58866e51b78b31f0e50
8ba5.flv FLV Fayl hajmi -100.38Mb
Nom: Re: Saodat sarhadlaridan savol.
Yuborildi: Best friend 28 Sentyabr 2011, 04:11:50
Авлиёлар ва уларнинг кароматлари
ҳақ эканига иймон келтириш Аҳли сунна вал-
жамоа йўлининг эътиқод асосларидан
саналади.
“Анбиёлар учун оят-мўжизалар, авлиёлар
учун кароматлар борлиги ҳақдир. Аммо
Иблис, Фиръавн ва Дажжол каби Аллоҳнинг
душманларига берилган, хабарларда ривоят
қилинган, бўлган ва энди бўладиган ишларни
мўжиза ҳам, каромат ҳам деб
айтмаймиз…” (Алфиқҳул-акбар).

 Avliyolar Qur'on Karimda Allohning do'stlari ekani, Allohning do'stlari esa taqvodorlar ekani ko'p bor ta'kidlanadi. Jumladan Anfol surasining 34 oyatida shunday deyiladi:   "...Holbuki, uning valiylari emaslar. Uning valiylari taqvodorlardan o'zga hech kim emas..."
 Valiy so'zi yaqin ma'nosini anglatadi. Alloh taolo yana Baqara surasining 257 oyatida ham taqvodorlar Allohning avliyosi - do'sti ekanini, Allohga yaqin ekanini bayon qiladi. Ibnul Qayyum rahimaxulloh o'zlarining kitoblarida valiylikni "Om valiylik" va "Xos valiylik"ga bo'ladilar. Om valiylikka Allohga iymon keltirgan solih, taqvodor barcha mo'minlar kiradilar, Xos valiylikka esa dunyoning har bir ishidan Allohning roziligini ustun qo'yadigan, kechalari ham kunduzlari ham Alloh roziligini ko'zlab yuradigan, odamlar uning haqda gapirishlariga zarra parvo qilmay Allohga bo'lgan muhabbati tufayli faqat uning roziligini maqsad qilgan, dardi faqat Allohning muhabbati bo'lgan, nafsni jilovlagan zotlar kiradilar va ularning yana bir belgisi adashgan yo'llardan yiroq bo'ladi. Ammo ular ham gunoh qiluvchi bo'ladi, gunoh qilmaydigan bandalar esa faqat payg'ambarlardir. Ularni umuman adashmaydi deyish payg'ambarlarga tenglashtirishdir. Payg'ambarlar gunohlardan himoyalangan bo'ladilar. Valiylar esa boshqa mo'minlardan martabalari baland bo'lgani tufayli ularda shariatga zid ishlar juda kam bo'ladi, kam bo'lsa ham ammo bo'ladi. Shuning uchun ularning gaplari ham Kitob va Sunnatga solishtirib ko'riladi va to'g'ri kelsa qabul qilish vojib bo'ladi.
 Valiylarga ba'zan g'ayritabiy ishlarni qilishni Alloh nasib etadi ammo, Allohning valiylaridan tashqari Shayton valiylari ham bo'lib, ular o'zlaricha "mo'jizalar" - sehr jodu ko'rsatadilar. Shuning uchun ulamolar Allohning valiylarini g'ayritabiy ishlar bilan emas balki, Kitob va Sunnatga tushadigan solih amallari, go'zal hulqlari, o'ziga hos sifatlar bilan ajralib turadi deyishadi.
Nom: Re: Saodat sarhadlaridan savol.
Yuborildi: Best friend 28 Sentyabr 2011, 05:04:16
Ummiylar deb Muhammadning s.a.v. ummatlari atalsa kerak?
Nom: Re: Saodat sarhadlaridan savol.
Yuborildi: Nazrul Islom 29 Sentyabr 2011, 07:46:56
                                                     :asl3:
Nasroniylikdan Islom hidoyatiga qaytgan sahobiylardan kimlarni bilasiz?
Nom: Re: Saodat sarhadlaridan savol.
Yuborildi: Secret 04 Oktyabr 2011, 21:37:26
                                                     :asl3:
Nasroniylikdan Islom hidoyatiga qaytgan sahobiylardan kimlarni bilasiz?

  Salmon Forsiy r.a.
Nom: Re: Saodat sarhadlaridan savol.
Yuborildi: Oymoma 05 Oktyabr 2011, 17:35:14
Savol:
Rasulimiz (s.a.v) ning bolaliklaridagi shom safarida bir yahudiy olim körib taniydilar. Kelajakda Allohning elchisi bölishini bashorat beradi. Shu yahudiy olimning ismi nima bölgan? 
Nom: Re: Saodat sarhadlaridan savol.
Yuborildi: Mirоlim 05 Oktyabr 2011, 18:18:44
Savol:
Rasulimiz (s.a.v) ning bolaliklaridagi shom safarida bir yahudiy olim körib taniydilar. Kelajakda Allohning elchisi bölishini bashorat beradi. Shu yahudiy olimning ismi nima bölgan? 

:asl3:

Bu yahudiyning ismi Buhayro bo'lgan.
Nom: Re: Saodat sarhadlaridan savol.
Yuborildi: Rabella 05 Oktyabr 2011, 20:31:03
Savol:
Rasulimiz (s.a.v) ning bolaliklaridagi shom safarida bir yahudiy olim körib taniydilar. Kelajakda Allohning elchisi bölishini bashorat beradi. Shu yahudiy olimning ismi nima bölgan? 

Asl ismi Georgiy bo`lib , arablarda Jirjis deyilgan.
Bahiyro nomi bilan mashhur bo`lgan.
Bahiyro ko`pchilik manbalarda "fu`ayla" kichraytirish vaznida "Buhayro" deb o`qib kelingan.
Lekin muhaqqiq ulamolar  Bahiyro deb o`qishni eng  to`g`ri deb sanashgan..
Nom: Re: Saodat sarhadlaridan savol.
Yuborildi: Oymoma 07 Oktyabr 2011, 21:39:24
Alloh ilmingizni ziyoda qilsin!

Savollarga javoblar yaxshi tarzda ketyabdi:-)

Endi, savol sizlardan ~

??
Nom: Re: Saodat sarhadlaridan savol.
Yuborildi: Rabella 09 Oktyabr 2011, 17:45:01
Savol:
"Zot an-niqotayn" deb nomlangan sahobiya ayol kim va nima uchun bunday nom olgan?
Nom: Re: Saodat sarhadlaridan savol.
Yuborildi: Abdulhafiz 09 Oktyabr 2011, 19:33:13
Savol:
"Zot an-niqotayn" deb nomlangan sahobiya ayol kim va nima uchun bunday nom olgan?

Javob:

“Zotun nitoqayn”, yani, “Ikki belbog’li xonim” nomini Asmo binti Abi Bakr r.anho olganlar. Rasululloh sallallohu alayhi vassallam va Abu Bakr r.anhuni Yasribga kuzatishayotganda, ovqat solingan xalta va meshning og’zini belbog'lariini yirtib bog’ladilar. Rasululloh (s.a.v.) unga jannatda ikki belbog’ ato etilishini xushxabarini berdilar.
Nom: Re: Saodat sarhadlaridan savol.
Yuborildi: Mirоlim 09 Oktyabr 2011, 19:41:51
 :bsm3:

:asl3:
Savol:
"Zot an-niqotayn" deb nomlangan sahobiya ayol kim va nima uchun bunday nom olgan?

Бу саҳобия аёл Ровий Асмо бинти Абу Бакрдир Ñ€.а

Асмо (Ñ€.а.) Ҳз. Абу Бакр ас-Сиддиқнинг (Ñ€.а.) қизларидир.
Ҳз. Оиша (Ñ€.а.) билан ота бир опа-сингилдир. У Ҳз. Оишадан (Ñ€.а.) ўн беш ёш катта.
Илк мусулмонлардан бўлган Асмога (Ñ€.а.) Расули Акрам (с.а.в.): «Ð·Ð¾Ñ‚ун нитоқайн» яьни «Ð˜ÐºÐºÐ¸ белбоғли» деган лақаб берганлар.

Ривоятга кўра ҳижрат қилиш учун йўлга тайёргарлик кўрилаётганда озиқ-овқат ҳамда сув тўлдирилган мешларнинг оғзига боғлаш учун ип топилмай қолади.
Шунда Асмо (Ñ€.а.) отасининг буйруғи билан белидаги белбоғини ечиб, иккига бўлади ва иккала идишнинг ҳам оғзини боғлайди.
Расулуллоҳ (с.а.в.) унинг бу ҳаракатидан мамнун бўлиб «ÐÐ»Ð»Ð¾ҳ таоло шу белбоғингнинг ўрнига жаннатда иккита белбоғ берсин», деб унга илтифот кўрсатганлар.


P.s Diqqat – siz xabar yozguningizga qadar mavzuga yangi javob yozildi. Siz o'z xabaringizni o'zgartirishingiz mumkin.

Abdulhafiz akam sal chaqqonlik qiliptilar  :D.
Nom: Re: Saodat sarhadlaridan savol.
Yuborildi: Muallim 09 Oktyabr 2011, 20:57:22
:bsm3:
    Пайғамбаримиз соллаллоҳу алайҳи васалламга мазкур уч буюк саҳобийнинг шаҳид бўлганликлари ҳақидаги машъум хабар етганида у зот кўзларидан ёш тўкиб йиғлаганлар... Унинг шаҳид бўлганлиги ҳақидаги хабар етганда ҳаққига дуо қилганлар ва: "Биродарингизга дуо қилинглар. Батаҳқиқ, у жаннатга шошилиб, кириб кетди", деганлар.

    Савол: Расулуллоҳ с.а.в ушбу Мўъта ғазотида шаҳидлик мартабасига эришган қайси саҳобий разияллоҳу анҳу ҳақларида жаннатга шошилиб кириб кетди деб марҳамат қилганлар?
Nom: Re: Saodat sarhadlaridan savol.
Yuborildi: Mirоlim 09 Oktyabr 2011, 21:18:31
:bsm3:

 :asl3:

    Савол: Расулуллоҳ с.а.в ушбу Мўъта ғазотида шаҳидлик мартабасига эришган қайси саҳобий разияллоҳу анҳу ҳақларида жаннатга шошилиб кириб кетди деб марҳамат қилганлар?

Росулуллоҳ (с.а.в) Мўьта ғазотида шаҳидлик мақомига етишган саҳобийлардан бири Зайд ибн Ҳориса (Ñ€.а) ҳақларида шундек марҳамат қилганлар.

Изоҳ: Анас розияллоҳу анҳудан ривоят қилинади::
«ÐŸÐ°Ð¹ғамбар соллаллоҳу алайҳи васаллам:
«Ð‘айроқни Зайд олди, мусибатга учради. Сўнгра уни Жаъфар олди, мусибатга учради. Сўнгра, уни Ибн Равоҳа олди, мусибатга учради. Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васалламнинг икки кўзлари ёш тўкар эди. Сўнгра уни Холид ибн Валид амирликни олди ва унга фатҳ берилди», дедилар».
Ҳа, Мўътада шиддатли жанг бўлган. Зайд ибн Ҳориса розияллоҳу анҳу шаҳид бўлганлар.
Байроқни Жаъфар ибн Абу Толиб олиб, лашкарга амирлик қила бошлаганлар. У кишининг ўнг қўллари кесилган, байроқни чап қўллари билан тутиб жангни давом этдирганлар. Чап қўллари ҳам кесилганда, байроқни жағлари билан тутиб турганлар. Сўнгра Жаъфар розияллоҳу анҳу шаҳид бўлганлар. Байроқни Абдуллоҳ ибн Равоҳа олиб, лашкарга амирлик қилган ва шаҳид бўлганлар.
Шунда амирсиз қолган лашкарни Пайғамбаримиз соллаллоҳу алайҳи васалламнинг изнлари бўлмаса ҳам Холид ибн Валид розияллоҳу анҳу бошқара бошлаганлар. У киши оғир вазиятда жуда ҳам оқилона ва усталик билан иш тутганлар. Натижада мусулмонлар учун катта фалокат билан тугаётган жангда Аллоҳ таоло уларга фатҳу нусрат берган.
Мазкур уч буюк саҳобийнинг шаҳид бўлганлари ҳақидаги машъум хабар Пайғамбаримиз соллаллоҳу алайҳи васалламга етганда У зот кўзларидан ёш тўкиб йиғлаганлар.
«Ð¡Ð¸ÑÑ€Ð¸ Аъламун Нубалаа» китобида келтирилишича:
«Ð Ð°ÑÑƒÐ»ÑƒÐ»Ð»Ð¾ҳ соллаллоҳу алайҳи васалламга Зайднинг шаҳид бўлгани ҳақидаги хабар етганда унинг ҳақига дуо қилганлар ва:
«Ð‘иродарингизга дуо қилинглар. Батаҳқиқ, у жаннатга шошилиб кириб кетди», деганлар.


Манба: islom.uz/ Зайд ибн Ҳорисанинг фазли
Nom: Re: Saodat sarhadlaridan savol.
Yuborildi: Muallim 09 Oktyabr 2011, 22:31:27
:bsm3:
Саъд ибн Абу Ваққос розияллоҳу анҳудан ривоят қилинади:
    - Бадр ғазотига чиқишга тайёргарлик бўлаётган пайтда, у ўраниб олган эди.
    - Нима учун бунча ўраниб олибсан? – деб сўрадим ундан:
    - Росулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васалламнинг кўриб қолишларидан қўрқяпман, сен ҳали кичиксан деб қайтариб юборадилар. Мен эса Аллоҳга йўлиқишни истайман! – деди. Шундан кейин Росулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васалламга учрашаганимизда у киши:
    - Сен ҳали ёш экансан, қайт! – дедилар. Шунда у йиғлаб юборди. Буни кўриб Росулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам унга ижозат бердилар.
Унинг кичкиналигидан ҳатто камарини ҳам мен тақиб қўяр эдим. У Бадр жангида шаҳид бўлганида ўн олти ёшда эди.

    Савол: Сўз қайси саҳобий разияллоҳу анҳу ҳақида кетмоқда?
Nom: Re: Saodat sarhadlaridan savol.
Yuborildi: Mirоlim 10 Oktyabr 2011, 10:17:30
:bsm3:

Ассаламу Алайкум ва Роҳматуллаҳи ва Барокатуҳу, эй аҳли Ислом биродарим :)!
    Савол: Сўз қайси саҳобий разияллоҳу анҳу ҳақида кетмоқда?

Бу саҳобий Саъд ибн Аби Ваққоснинг (Ñ€.а) укаси Умайр ибн Аби Ваққосдир (Ñ€.а)

Изоҳ: Ибн ал-Асир “Асад ал-ғоба” китобида ривоят қилишича:
Саъд ибн Аби Ваққос розияллоҳу анҳу:
- Укам Умайр ибн Аби Ваққосни Бадр ғазотига чиқишга тайёргарлик бўлаётган пайтда, Росулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам бизга рўбарў бўлишларидан олдин кўрдим. У ўраниб олган эди.
- Нима учун бунча ўраниб олибсан? – деб сўрадим.
Шунда Умайр:
- Росулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васалламнинг кўриб қолишларидан қўрқяпман, сен ҳали кичиксан деб қайтариб юборадилар. Мен эса Аллоҳга йўлиқишни истайман! – деди.
Шундан кейин Росулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васалламга учрашаганимизда у киши Умайрга:
- Сен ҳали ёш экансан, қайт! – дедилар.
Шунда Умайр йиғлаб юборди. Буни кўриб Росулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам унга ижозат бердилар.
Унинг кичкиналигидан ҳатто камарини ҳам мен тақиб қўяр эдим. У Бадр жангида ўн олти ёшида шаҳид бўлди.
Уни Амр ибн Абду Вудда ўлдирганди.

Манба: “Ошиқлар майдони”- Аҳмад ибн Иброҳим ад-Димашқий ад-Димётий
Nom: Re: Saodat sarhadlaridan savol.
Yuborildi: Mirоlim 10 Oktyabr 2011, 10:26:44
:bsm3:

“Мен қиличлар жаннатларнинг калити эканлиги билан хабарландим, чунки жаннат эшиклари очилишига қиличлар сабаб бўлади.
Душманни қилич билан уриш иззат ва олийликка, жаннатга киришга ва Аллоҳнинг ризолигига эришишга сабаб бўлиб, дўзах ўтидан тўсувчи парда бўлади.
Шунинг учун ҳам саҳобалар қиличлари тилло-кумушлар билан зийнатланмаган эди.

Савол: Бу сўзларни айтган саҳоба ким?

Nom: Re: Saodat sarhadlaridan savol.
Yuborildi: Muallim 10 Oktyabr 2011, 13:53:41
:bsm3:
“Мен қиличлар жаннатларнинг калити эканлиги билан хабарландим, чунки жаннат эшиклари очилишига қиличлар сабаб бўлади.
Душманни қилич билан уриш иззат ва олийликка, жаннатга киришга ва Аллоҳнинг ризолигига эришишга сабаб бўлиб, дўзах ўтидан тўсувчи парда бўлади.
Шунинг учун ҳам саҳобалар қиличлари тилло-кумушлар билан зийнатланмаган эди.

Савол: Бу сўзларни айтган саҳоба ким?

Бу сўзларнинг муаллифи Язид ибн Шажара разияллоҳу анҳу
Nom: Re: Saodat sarhadlaridan savol.
Yuborildi: Oymoma 16 Oktyabr 2011, 08:28:27
Savol:
Jabroil (a.) qaysi sahobaning qiyofalarida odamlarga köringanlar"
Nom: Re: Saodat sarhadlaridan savol.
Yuborildi: Mirоlim 16 Oktyabr 2011, 10:11:27
:asl3:

Savol:
Jabroil (a.) qaysi sahobaning qiyofalarida odamlarga köringanlar"

Жаброил (а.с) Диҳяту ибн Халифа (Ñ€.а), Диҳятул Калбий номи ила машҳур саҳобий қиёфаларида кўринганлар.
Nom: Re: Saodat sarhadlaridan savol.
Yuborildi: Muhammad Yusuf 14 Noyabr 2011, 17:36:52
Rasululloh s.a.v bir sahobiyga jannatdan bir hurmo va'da qilganlar, u sahobiy dunyodagi bor mol-mulklari evaziga jannatdan bir hurmoga ega bo'lganlar. Savol: bu sahobiyning ismlari qanday edi?
Nom: Re: Saodat sarhadlaridan savol.
Yuborildi: Govegastar 05 Mart 2012, 08:44:25

 Abu Dardo r.a
Nom: Re: Saodat sarhadlaridan savol.
Yuborildi: Govegastar 26 Iyun 2012, 23:09:21
Assalomu alaykum. Birodarlar, bu yerdagi savollardan boshqa saytda test o'tkizayapmoqchiman. Bo'ladimi..(rozimisizlar?)
Nom: Re: Saodat sarhadlaridan savol.
Yuborildi: Govegastar 26 Iyun 2012, 23:31:30
Assalomu alaykum. Birodarlar, bu yerdagi savol-javoblardan boshqa saytda savol-javob o'tkazayapman. Bo'ladimi...(rozimisizlar) ?
Nom: Re: Saodat sarhadlaridan savol.
Yuborildi: Secret 01 Oktyabr 2012, 11:52:20

 Rasululloh s.a.v qaysi sahobiyni asalariga o'xshatganlar? Nima uchun?