forum.ziyouz.com

Jamiyat va inson => Salomatlik => Tibbiy qomus => Mavzu boshlandi: JaviK 25 Noyabr 2010, 11:08:00

Nom: O`nta Dahshatli Kasallik
Yuborildi: JaviK 25 Noyabr 2010, 11:08:00
O‘NTA DAHSHATLI KASALLIK

1. Tirik murdalik

Ba’zi odamlar uchragan odamga o‘zlarining allaqachon o‘lganliklarini aytib, arz qilaverishadi. Ularning aytishicha, murdalari hidigacha sezisharmish. Bunday jazavali kasallik sabablarini hali olimlar aniqlashga erishishmagan.
Nom: Re: O`nta Dahshatli Kasallik
Yuborildi: JaviK 25 Noyabr 2010, 11:08:42
2.Vampir kasalligi.  


Ba’zilar doimiy ravishda o‘zlarini quyoshdan olib qochishadi. Sababi, quyosh nuri ta’sirida ularning terisida pufakchalar hosil bo‘ladi. Sal o‘tmay, tanada og‘riq turadi. Teri go‘yoki kuya boshlaydi. Bu vampirizm kasalligini eslatib yuborgani bois kasallikka shunday nom berilgan.
Nom: Re: O`nta Dahshatli Kasallik
Yuborildi: JaviK 25 Noyabr 2010, 11:09:39
3. O‘tkirlashgan refleksiya  


Kasallikning asosiy belgisi shuki, odam kutilmagan shovqindan yoki nimanidir ko‘rib qolsa ham qo‘rqib ketaveradi. Xuddi ortidan birov ta’qib qilayotgandek o‘z-o‘zidan dod soladi. Bu holat ma’lum muddat davom etadi va bemor tinchlanadi. Lekin oradan biroz vaqt o‘tib, yana jazavaga tushadi.
Nom: Re: O`nta Dahshatli Kasallik
Yuborildi: JaviK 25 Noyabr 2010, 11:12:06
4. Blashko chizig‘i


Bu kasallik juda kam uchraydi. Kasallikni 1901 yili nemis dermatologi Alfred Blashko aniqlagan. Blashko chizig‘i tana tarkibida ko‘rinmaydi. Faqat ko‘zga ko‘rinadigan chiziqlar paydo bo‘lsagina, ushbu teri kasalligiga duchor bo‘lganlikni payqash mumkin.
Nom: Re: O`nta Dahshatli Kasallik
Yuborildi: JaviK 25 Noyabr 2010, 11:12:56
5. Allotriofagiya  


Bu kasallikka chalinganlar yeb bo‘lmaydigan narsalarni, masalan, qog‘oz, loy, yelim va shunga o‘xshaganlarni yeyishga o‘zlarida ehtiyoj seza boshlashadi. Dunyo olimlari hali bu kasallikning davosini topishgan emas.
Nom: Re: O`nta Dahshatli Kasallik
Yuborildi: JaviK 25 Noyabr 2010, 11:13:55
6. Ko‘kimtir teri  


1960 yillarda terisi ko‘k odamlar Amerika taraflarda istiqomat qilishardi. Ularning ko‘pchiligi jiddiy kasalga chalinishmagan. Terisi ko‘karganlar hatto, sakson yoshgacha umr ko‘rishgan.
Nom: Re: O`nta Dahshatli Kasallik
Yuborildi: JaviK 25 Noyabr 2010, 11:15:12
7. Alisa sindromi

Kuchli ruhiy tushkunlikni keltirib chiqaradi. Bunday kasallikka uchraganlarning yonida tursangiz, ular sizni yaqindan emas, juda olisdan ko‘rayotganligini aytib charchashmaydi. Aniqrog‘i, ulkan mashinani ro‘parasiga qo‘ysangiz ham bemor yonida chumolidek buyum turganligini ta’kidlayveradi.
Nom: Re: O`nta Dahshatli Kasallik
Yuborildi: JaviK 25 Noyabr 2010, 11:23:15
8. Gipertrixoz  


Shu kasallik bilan og‘rigan bolalar yuzida uzun sochlar o‘sib chiqadi. Bu kasallik bo‘ri sindromi ham deb ataladi. Sochlar tananing boshqa qismlarini ham egallab olishi mumkin.
Nom: Re: O`nta Dahshatli Kasallik
Yuborildi: JaviK 25 Noyabr 2010, 11:24:36
9.Fil kasalligi

Olimlarning aniqlashlaricha, fil kasalligini keltirib chiqaruvchi qurtlar kiyik organizmida mavjud bo‘larkan. Bu kasallik bilan dunyoda 120 nafardan ziyod odam kasallangan. Organizmga joylashib olgan qurtlar yillab yashay olishadi. Kasallik belgisi tanada kuchli og‘riq turishi, qo‘l-oyoqlarning haddan tashqari kattalashib ketishi hisoblanadi.
Nom: Re: O`nta Dahshatli Kasallik
Yuborildi: JaviK 25 Noyabr 2010, 11:28:16
10. Progeriya


Qon buzilishi oqibatida dunyoga kelgan bolalar bir yoshda ham to‘qson yoshli qariya ko‘rinishida bo‘lishi ushbu kasallik belgisidir. Bunday bolalar uzoq yashay olmaydi. Ko‘pi bilan o‘n-o‘n uch yil umr ko‘rishadi, xolos. Progeriya dunyo bo‘yicha 48 nafar odamda kuzatilgan.


Manba (http://www.uzislom.com/index.php?option=com_content&view=article&id=606:odk&catid=148:yk&Itemid=575)