forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Umumiy => Forumchilar blogi => Mavzu boshlandi: AL_laziz87 27 Noyabr 2010, 20:16:31

Nom: Ko'ngil tubidan anglangan baxt!
Yuborildi: AL_laziz87 27 Noyabr 2010, 20:16:31
Ko’ngil. Ufqqa intilar!"¦
Cheksiz orzu umidlar"¦
Yozib xayot asarin"¦
"¦Tangrim bizga tikalar"¦

Assalomu alaykum! Ushbu blogda ko’nglimiz tubidan anglagan baxtni yozamiz!
Nom: Re: Ko'ngil tubidan anglagan baxt!
Yuborildi: AL_laziz87 27 Noyabr 2010, 20:33:12

Baxtni angladikmi?
Assalomu alaykum! Bir tanishim doim xayiralishdan oldin baxtli bo’ling duya xayirlashardi uning bunday tarzda xayirlashuvi meni mushaxadaga chorlardi: Men baxtlimanmi?, unga qanday erishiladi? Shu kabi savollarga javob izlashga xarakat qildim! Baxt —baxt tushunchasi keng qamrovli deb qabul qilinadi, aslida esa umrimizni bezab turgan arzimas omillar xam baxtli ekanimizdan darak beradi. Baxtli bo’lish uchun o’sha baxtga intilmoq va muximi o’sha baxtni xis etmoq kerak!......
Nom: Re: Ko'ngil tubidan anglagan baxt!
Yuborildi: AL_laziz87 27 Noyabr 2010, 20:38:20
              "œBaxt izlagan baxtsizlar"
Ushbu mavzuni ochishimga eng katta sabab bo’lgan, o’z boshimdan kechirgan manabu voqea sabab"¦.
"¦Ish yuzasidan Andijon viloyatidagi bir tumaniga borgandim. U yerda bir keksa otaxon bilan suxbat qurib qoldim! Suxbat yakunida U menga shunday so’zlarni ayitdi: Dunyoviy ilmdan ancha savotli ekansan, o’z ishingni ustasi ekanliginga esa shubxam yo’q, lekin baxtli bo’lish uchun baxtsizlikni unitmoq kerak diya suxbatni yakunladi. O’z ishlarimni yakunlab yo’lga qaytar ekanman yo’lda faqat bir narsani oy’lardim Otaxon bilan bo’lgan suxbatning yakunini. Nima uchun bunday dedi men baxtliman yoki baxtsizman deb unga ayitmadimku yoki ko’zlarimda baxtsizlikni sezdimi? Naxotki meni baxtsiz deb o’yladi. Agar shunday diya o’ylagan bo’lsa nimaga? Shu kabi savollar menga umuman tinchlik bermadi"¦suxbatni qayerida xato qilganimni o’ylab oxiriga yetolmadim..
Ikki kun o’tdi shu xayollar bilan yana ish yuzasidan o’sha tumanga bordim otaxon bilan ko’rishar ekanman sabrim chidamasdan nima uchun bunday deganini so’radim"¦Ozgina skut cho’mdi va menga kulimsirab shunday dedi: Baxt qayoqda? Oraga ya’na skunat cho’mdi"¦Otaxon..Gap boshlashimni bilaman..gapimni bo’ldida o’yla yaxshilab o’ylagin shunda Baxtli bo’lish uchun baxtsizlikni unutmoq kerak va baxt qayerda degan savollarga javob olasan faqat uzoq o’ylama qancha umring qolganini bilmaysan dedida men boray Namoz vaqti yaqin deb ketdi"¦.
O’yladim. Odatda baxt nima? degan savollarga javob izlardim..Bugun esa savol boshqacha edi. Baxt qayoqda? Abadiy, yakuni yo’q baxt, Bunday baxt faqat jannatda. Seskanib ketdim.  Ikki kun oldin Otaxon ushbu gaplarni ayitganda Asr Namoziga Azon ayitilayotgani esimda"¦ Otaxon suxbatni yakunlaymizmi desa men axmoq tushunib olsaiz o’zizga foyda ertga dakument qilishda qiynalmaysiz degan so’zlarni ayitganimni esladim... Bu dunyo baxti, pul, topish uchun xarakatida o’sha tumanga boribmanu abadiy baxt uchun chaqirilayotgan azonga amal qilib 1 chaqirim narigiyoqdagi masjidga bormaganimni eslab ko’zimdan yosh chiqdi. Anglab yetgandim. Baxtli bo’lish uchun faqatgina bu dunyoni emas bu dunyoda baxtsiz bo’lsakda oxiratdagi baxtimiz uchun ishlashimizni angladim, moshinaga borib o’tirganimda shafyor yigit qayoqqa ishxonaga boremi degan savolni berdi"¦ Savol berdi-yu Ko’zimdagi yoshlarni ko’rib xayron bo’ldi.. Bu dunyo baxti uchun, buyurgan amallaringni unnutganimiz uchun kechir Olloxim!
Nom: Re: Ko'ngil tubidan anglagan baxt!
Yuborildi: Robiya 27 Noyabr 2010, 20:53:02
:as:

MashaALLAH, bloglar muborak, forumdosh.. Manfaatli bo'lsin!

Ilohim HAQIQIY BAXTga yetish jami mo'min-musulmonlarga nasib etsin!

:amn:
Nom: Re: Ko'ngil tubidan anglagan baxt!
Yuborildi: BelleQizcha 27 Noyabr 2010, 23:16:30
Juda chiroylik,blog lazizbek!
Moro bolsin!
Nom: Re: Ko'ngil tubidan anglagan baxt!
Yuborildi: afifa 28 Noyabr 2010, 08:16:47
Assalamu alaykum.bloglar muborak bo'lsin.SIZNI Oxirat dunyo baxti sizga nasib qilsin!
Baxtsizlik bu o'tmishda qolgan yomonlik,gunoxlar, benamoz o'tgan kunlar,xullas boshingiz sajda ko'rmay o'tish shu baxtsizlik,kelgan musibatlarga sabr qilmaslik baxtsizlik,xayotidan,taqdiridan nolishlik baxtsizlik!xaqiqiy baxt Iymonlik,sabrlik,taqvolik mana shular Baxtlilik.XAMMAMIZGA baxt ato qilsin, baxtdan bebaxra qolmasin!
Nom: Re: Ko'ngil tubidan anglagan baxt!
Yuborildi: siddiqa 29 Noyabr 2010, 23:22:23
 :as:

Manfaatli bo'lsin .

Bir ko'zi ojiz tanishimiz bor ,o'qishni ,ham bitirib oldilar .Doim kulib turuvchi chehrasini ,viqor bilan hadis aytishini ,ko'r bo'lsam ham nega endi barmoqlarim bo'la turib Allohni kitobini o'qimasakanman,eshita ola turib eshitmasakanman  degan opani eslasam .o'zimga O'zim SIDDIQA SEN NOSHUKURSAN deb aytib qo'yaman .
Nom: Re: Ko'ngil tubidan anglagan baxt!
Yuborildi: Hadija 30 Noyabr 2010, 09:38:05
 :jaza: Alloh hayirli, barokatli va davomli qilsin!
   

Nom: Re: Ko'ngil tubidan anglagan baxt!
Yuborildi: JaviK 30 Noyabr 2010, 14:58:49
Mening bahtim namozda

...Bir kun tush ko`ribman, tushimda juda qorong`u zulmat ichida yurar ekanman. Oyog`imga nimalardir sanchilyapti, yuragimni tez urushidan ovozi o`zimga eshitalotgan edi. Bu yerdan qanday chiqaman deb o`ylayatgan cho`gim Uzoqdan bir nur ko`rina boshladi, Shu nurga qarab intila boshladim, oyog`imdan nimalardur chaqayotganga o`hshardi lekin menga buni qizig`i yo`q edim meni shu holatimda faqatgi shu nurga yetib olsih niyati edi. Nur taralayotgan tomon yaqinlashar ekanman nur mendan uzoqlasha bordi. yorug`likka yetay deganimda oyog`imdan bir narsa torta boshladi, va meni tubsiz chuqurga tortayotgan edi, Qo`rqib ketdim , qattiq qichqirdim va uyg`onib ketibman. Uyg`onganimda esa yonimizdagi masjid muazini Bomdod namoziga aytayotgan azoni eshitildi.

           O`tmishim yodimdan o`tdi, o`tgan yili do`stim bilan ish boshladik, Do`stim namozhon, taqvoli yigit edi, menga ham namozni o`rgata boshladi. doim masjidda birga namoz o`qir edik. Alloh ishimizni rivojini berib ishimiz yurishib ketdi, firmamizni kenggaytirdik. Asta sekin dushmanlar ham chiqa boshladi, do`stingman deb ichingga kirar ekanda seni yo`ldan urar ekan. Har kuni maishat, yig`ilish bohona ulfatchilik, Do`stim esa meni bu yo`ldan qaytarar men esa g`aflatga tobora bota boshlar edim. Do`stim bilan oramiz buzildi va firmani bo`lishib oldik. men tobora botib borar edim. Namozimni unutdim. Alloh ham meni unutdi. Ishimdan ayrildim, Oilam buzildi, bu dardlarni ko`tara olmay Onajonim vafot etdi. ichkillika mukkasidan ketgan bir inson bol`ib qolgan edim. Atrofimdagi ulfatlarim ham meni tashlab ketdi. Qorongu honada o`zim qoldim.

O`rnimdan turim oynaga qaradim. Yuzimdan nur ketgan edi, Shu payt o`limni esladim. Qabr azobi, Ohiratni esladim. Allohni oldida qanday javob beraman. Shunda tushimni esladim, Nahot zulmat ichra meni chorlayotgan nur bu Allohning menga rahmatidur. Asta yuvindimda tahorat oldim, Masjid tomon qadam tashlar ekanman, Ichimda Allohdan gunohlarimga mag`firat so`rardim. Namoz o`qidim. Sajdaga borar ekanman ichimda qandaydur ovoz yo`qotgan bahtingni topding. Alloh Ihlos bilan tavba qilganlarni kechiradi deya ovoz chiqardi. Ko`nglim tog`dek ko`tarildi va masjid eshigi oldida Do`stimni uchratdim meni ko`rib ko`ziga yosh olib meni bag`riga bosib qaytganing rost bo`lsin dedi. yorug`llikka chiqqaning Allohning rahmati dedi. shunda do`stim so`zi davomida bugun tushida meni ko`rgani va meni zulmatdan u tomon harakatlanayotganimni ko`ribdi, U yorug`lik tomnda meni chorlayotgan men esa unga qarab yugurar ekanman, tushini nihoyalatmay ko`zimga yosh oldim. birga ishga yo`l oldik. Men yo`qotgan bahtimni namozimdan topganimi ichimdan his qildim. Allohim o`zingga shukur.
 
Nom: Re: Ko'ngil tubidan anglagan baxt!
Yuborildi: Zamiraxon 30 Noyabr 2010, 23:36:39
 :as:

Javik, Allohim sizdan rozi bo'lsin, omin! Judayam ta'sir qildi. Allohim hidoyat yo'liga kirmaganlarning bu nurli yo'lda yurishlarida sizni sababchi qilsin. Mashaallah!!!
Nom: Re: Ko'ngil tubidan anglagan baxt!
Yuborildi: Sevdo 01 Dekabr 2010, 13:14:28
Assalomu alaykum forumda hali yangiman,shu sabab kamchiliklaga yul quysam aybga buyurmaysizlar.Bir dugonamga dinimiz,namoz,iymon nima ekanini tushuntirgan edim,yashayapman shu kungacha baxtliman deb yurardim,ammo o'lik singari yashapman,peshonam shu yoshimgacha sajdaga tegmabdi,qushtirnoq ichidagi musulmon bulganimdan afsusdaman deb kuziga yosh oldi,Alloh marhamatli mana InshaAlloh namozni,dinimizni urganishga mahkam bel bog'ladi.Asl baxt albatda Allohimni tanish ekanini angladi.
Nom: Re: Ko'ngil tubidan anglagan baxt!
Yuborildi: Hadija 01 Dekabr 2010, 13:26:08
Assalomu alaykum forumda hali yangiman,shu sabab kamchiliklaga yul quysam aybga buyurmaysizlar.Bir dugonamga dinimiz,namoz,iymon nima ekanini tushuntirgan edim,yashayapman shu kungacha baxtliman deb yurardim,ammo o'lik singari yashapman,peshonam shu yoshimgacha sajdaga tegmabdi,qushtirnoq ichidagi musulmon bulganimdan afsusdaman deb kuziga yosh oldi,Alloh marhamatli mana InshaAlloh namozni,dinimizni urganishga mahkam bel bog'ladi.Asl baxt albatda Allohimni tanish ekanini angladi.

 :jaza:  :ms: Alloh sizdan ham, dugonangizdan ham rozi bo'lsin! Sizdek Baxtli, da'vatchi solihlarning asl sifatli sonlarini ko'paytirsin!...
Nom: Re: Ko'ngil tubidan anglagan baxt!
Yuborildi: Saliha 02 Dekabr 2010, 17:52:20
Allah hayirli qilsin
Nom: Re: Ko'ngil tubidan anglagan baxt!
Yuborildi: Mirоlim 02 Dekabr 2010, 18:18:31
:bsm:

 :as:

Hamshaxar birodarim blog muborak bo'lsin, Allohim hayrli qilsin.


Bir yigit yig'lap, hafa bo'lip, Abdumalik ibn Marvonning huzurlariga keldi.

- Ey Amir al-Muminin "Men ulkan gunoh qildim, endi tavba qilsam bo'ladimi?"- dedi.

- Nima gunoh qilding dep so'ragan edi.

- Gunohim juda ulkan-, dedi.!

- U nima ekan?, Alloh Taologa tavba qil, U zot bandalarining tavbalarini qabul qiladi va

kechiradi-, dedi.

- Ey Amir al-Muminin "Men qabrlarga o'girlikka tushar edim va men g'aroyip ishlarni

ko'rdim"-, dedi yigit.

- Nimalarni ko'rding dep so'ragan edi va boshidan kechirganlarini yigit so'zlap berdi.

- Bir kecha bir qabrni kavladim, qarasam mayyitning yuzi qiblaga teskari bo'lip qolipti,

undan qo'rqip endi chiqmoqchi bo'lgan edim.

- Shu payt qabrda kimningdur "Nima uchun mayyitning yuzi qiblaga teskari bo'lib

qolganini so'ramaysanmi? "-, deganini eshitdim.

- "Nima uchun teskari bo'lip qolgan",- dep so'ragan edim.

- "Chunki u namozga be e'tibor edi, unga o'xshaganlarning jazosi shu" dedi.

- So'ng boshqa qabrni kavladim, qarasam mayyit to'ng'izga aylanip, bo'ynidan

kishanlangan, zanjirband qilingan ekan, undan qo'rqip endi chiqmoqchi bo'lip turgan

edim, kimdur:

- "Uning qandey amal qilganini, nima uchun a'zoblanayotganini so'ramaysanmi" dedi.

- "Nima uchun" dep so'ragan edim.

- "U tirikligida hamr(ya'ni mast qilivchi ichimlik) ichar edi va tavba qilmay vafot etgan"-

dedi.

Keyin boshqa qabrni kavladim.

Qarasam Mayyit olov qayish bilan yerga bog'langan va tili gardanidan chiqip turgan

ekan.

Undan qo'rqip endi chiqmoqchi bo'lip turgan edim.

- "Uning nima uchun bu ahvolga tushganini so'ramaysanmi "- degan nido keldi.

- "Nima uchun bunday"- deb so'radim.

- "U sidikdan saqalanmas va odamlar orasida gap taship chaqimchilik qilip yurar edi,

unga o'xshaganlarning jazosi shu" - dedi.

So'ng yana bir qabrni kavladim.

Qarasam mayyit olovda kuyyotgan ekan, undan qo'rqip endi chiqmoqchi bo'lip turgan

edim, kimdir:

- "Uning nima uchun bu ahvolga tushganini so'ramaysanmi"- dedi.

- "Nima uchun bu ahvolda dep so'ragan"- edim.

- "U Namozni tark qilgan edi"- dedi.

Keyin yana bir qabrni kavladim.

Qarasamki qabr ko'z ilg'edigon joygacha kengaygan, ko'zni qamashtiradigon darajada

yorug', mayyit esa ajoyip liboslarda, nurli so'rida uhlap yotar edi , uning haybati bosip,

endi chiqip ketmoqchi bo'lgan edim, kimdir:

- "Uning nima uchun bundek izzat- ikromga sazovor bo'lganini so'ramaysanmi"- dedi.

- "Nima uchun izzat- ikromga sazovor bo'ldi?"- dep so'ragan edim.

- " Chunki u itoatli Yigit bo'lip, Alloh Azza va Jallaga itoat va ibodatda ulg'aygan edi"-

dedi.

Shunda Abdulmalik: "Albatta bu hikoyatda osiylar uchun ibrat va itoatkor bandalar

uchun bashorot bordir"- dedi.

Mazkur hikoyatda zikr qilingan aybu- nuqsonlarga yo'l qo'yayotganlar darhol tavba

qilishlari va itoatga o'tishlari lozim.

Alloh bizlarni ham, sizlarni ham itoatkor bandalardan qilip, fosiqona ishlardan chetlatsin.

Albatta U marhamatli, sahovatli zotdir.

 
Bu hikoyatni H.Hamidovni "Qabrdan nigoh"- deb nomlagan mediadan eshtip, yozip blog

uchun taqdim ettim, eshtiganlar uchun takror, eshtimaganlar uchun ibrat bo'ladi

inshaAlloh  Alloh yaxshisini bersin sizu- bizga.

Birinchi a'zob yoki rohat joyi bu albatta qabr.

Qabrda rohatlanishga nasib etsa bu bir baxt, Alloh hammamizga nasib aylasin.
Nom: Re: Ko'ngil tubidan anglagan baxt!
Yuborildi: BelleQizcha 03 Dekabr 2010, 12:37:41
Bazilar baxtni kulishda korsa,bazilar sevganlarini yokiy yaqinlarini kozlarida korishadi! Bazilar baxtni pulda korishsa bazilar baxtni kichkina uyida korpachasida koradi! Bazilar baxtni uzoq deb bilishsa bazilar yainda bazilar esa vaqtda korishadi!
Bazilar baxtni yashash deb bilishsa bazilar otkinchi deb bilishadi!
Baxt,buni so'z bilan tushuntirib berilmasa kerak!
Lekin eng shirin baxt manimcha mayus ko'zli kulib turgan yosh bollada bo'sa kerak!
Nom: Re: Ko'ngil tubidan anglagan baxt!
Yuborildi: Lobar AZIZ 03 Dekabr 2010, 13:54:14
бир пайтлар, илҳом келганда ёзилганди...

Бахт


  Севган йигити томонидан навбатдаги ишқий мактуби ҳам жавобсиз қолган дугонам чуқур оҳ тортиб столга бошини қссди:
- Уф-ф"¦ Аақадар бахтсизман-а"¦
Демак бахт муҳаббатда сканда? —сйлаб қоламан мен. Ааҳотки бахт деганлари фақатгина севишдан иборат бслса? Астагина ёнимда стирган "œғамбода"ни туртаман:
- Аилу, бахт нима сзи?
- А?!
- Бахт"¦
- Сен севган одам сени ҳам севса, шу бахтда"¦
Ааҳот? Бахт тушунчаси шунчалар жснми?
Уйда, қсғирчоғининг сочларини гоҳ у ёққа, гоҳ бу ёқа тараб стирган беш сшар жиснчамни гапга солдим.
- Лола, бахт нима сзи?
Жиснчам аввал менга ҳайрон бслиб қаради, кейин бурро-бурро тилда гапира бошлади.
- Кеча адамла ичмий келдила, кейин манга ко-отта сйинчоқ опкелдила! Ҳаммамиз уришмий, ҳуйсанд бсйиб стийдик. Агар бугун манга вада қилган шоколадларини опкесала, ман бахтли бслайди-им"¦
О-о, ана сизга бахт"¦ Демак гсдак учун бахт тушунчаси шундай. А­ътирозга ҳожат йсқ.
Молхонада минғирлаб қсшиқ айтганча сигир соғаётган снгамнинг қсшига бордим. Бечора снгам"¦ Олти йил аввал келин бслиб тушганларида қанчалар сулув, қанчалар гсзал сдилар-а"¦ Оппоқ, нозиккина қслларида қсш-қсш тилло узуклар ёғду сочарди. Лабларида табассум, ксзларида муҳаббат бор сди. Бугун-чи? А­ҳ-ҳе, сал нобопроқ чиқиб қолган акамнинг ҳурмача қилиқларига чидайвериб не аҳволга тушиб қолибдилар-а"¦ Юзларига ажин ҳам оралагандай бслибди"¦
— Ҳа, Саодатой, нега тикилиб қолдингиз?
— Янга, бахт дегани нима сзи?
— И-е, тинчликми? —снгам маҳзунгина жилмайдилар. Уларнинг жилмайиши кулгудан ксра йиғига кспроқ схшаб кетди.
 - Ўзим"¦
- Жа-а одамидан ссрадингиз-ку"¦ —снгам чуқур ҳсрсинганча сут тсла челакни олиб ҳовлига чиқдилар. — Яхшими, ёмонми бошимда срим, қсйнимда фарзандим бор. Аёл учун бахт оиласининг тинчлиги, фарзандларининг камолида, Саодатой"¦ Акангиз бир кунгина ичмай келса, тинчгина бир дастурхона атрофида стирсак, бир оғиз ширин ссз"¦
Янгам ссзини оҳирига етказа олмади, дарвоза куч билан тепилганидан даранглаб кетди.
- Аоди-и! Онангни"¦ қаттасан!!!
Янгам ранглари бсзарганча сут челакни шоша-пиша кстариб дарвозахонага югурдилар. О-о, пастки қовоқлари салгина кскариб қолганини снди пайқадим"¦ Бечора снгам"¦
Демак бахт ссзининг маъносига сна ета олмадик"¦
Кеч тушгач, ҳумори чиққунча снгамни бсралаб ссккан акам, оҳири чарчади чоғи, ҳовлидаги ссрига чсзилиб қолди. Чиқмаган жондан умид, балки бахт нелигини мана шу нодонгина акам билар?
- Ака, чой ичинг.
- Опке!
Акам пиёлани ютиб юборгудай чойни симиради.
- Тинч юрибсан-ми? Ану қассобни сғли ортингдан юрибди деб сшитдим?!
- Йсғ-е, ака"¦
- Ўзингга қара, санисм, унисм ссйиб ташийман"¦
- Ака-а"¦
- Аима?!
- Бахт нима сзи?
- Томинг жойидами? —акам бесҳшов ҳиринглади. Оғзидан гупиллаб ароқ ҳиди келди. — Шунисм билмайсанми? Чснтагингда сримтага етарлик пулинг бслса, уйга келганингда шаллақи ҳотининг "œқаттейдиз, қатта юрибсиз, у йсқ-бу йсқ" деб бошингни қотирмаса"¦ Бахт дегани шу-да! Менда бахт нима қилсин?! Бахт бойларда бслади, тушундингми? Ахволимга қара! Тенгдошларим Жипларда юрибди, қасрларда сшашспти! Чунки отаси босиб қсйган! Меничи? Аимам бор? Аа пулим, на обрсйим"¦ А­, онасини"¦
Акамнинг бахт ҳақида кайф аралаш ссқиган фалсафасидан кснглим айниди. Билолмадим, унинг  оғзидан келаётган бадбсй ҳиддан кснглим айнадими, ёки ссзларидан?
Ҳозиргина снгам билан акамнинг орасига тушиб, ажратиб қсйган, жанжал тинчигач кснгли бир оз тинчиб хонасига кириб кетган онамнинг қошига бордим.
Ха, болам, тузукмисан? Қани бу ёққа стир-чи?
Мен онамнинг меҳр анқиб турган тиззаларига бош қсйдим.
Онам-а"¦ Бир ёруғ кун ксрмай стасптилар бу дунёдан. Онани сратмасин скан. Болаларини катта қилиб, уй-жойли қилгунча срим жонини адо қилади. Болаларининг оиласини тинчлигини сйлаб қолган жонини ҳам бошига етади. Бу-ку майли-с, набираларининг тсйига атаб сандиқ тслатиб юришларига нима дейсиз.
Юздаги ҳар бир ажин ҳар бир дардан нишона дейишади. Онамнинг юзига термулганчга ундаги сон саноқсиз ажинларни санамоқчи бсламан. Йсқ, санаб адоғига етолмайман. Ааҳот шунча дардлари бслса?!
- Она, бахт дегани нима?
Онам "œқсй!" дегандек қсл силкийдилар. Қистайвергач, аранг тил ёрадилар:
— Ха, болам-а"¦ Сенларнинг камолингни, сзларингдан тиниб-тинчиб кетганларингни ксрсам бахтлиман-да"¦ Опанг сғил тсйи қилиб беринг, қайнонам ола қараш қиласпти дейди. Унгасм қийин, икки овсининг олдида тили қисиқ бслиб қолишини истамайди. Атаганим бор, учма-уч етиб қолади"¦
Кеча катта аканг келиб сғлимнинг контракт пулини тслай олмаспман, уч кун ичида топиб бериш керак деб дардини ёрди. Тишимни кавагида асраб юрганларимни бериб юбордим. Майли, сғли сқимишли, сқишни ташлаб юборса бслмайди.
Кенжа аканг-ку, адо қилди мени"¦ Ичмаган куни йсқ, уни дастидан ксчада бош кстариб юролмай қолдим. Янганг бечора бор дардини ичига ютади. Акангнинг бу юришидан сенинг ҳам бахтинг очила қолмади қизим"¦ Ашинг йигирма бешга чиқди. Сенисм тиниб-тинчиганингни ксрсам-у, бу дунёдан армонсиз кетардим"¦
Бсғзимга соққадай тош тиқилиб қолди. Сирғалибгина хонамга чиқиб кетдим"¦
Тонгда ишга кетаётиб ксчамиздаги Шермат жиннини ксриб қолдим. Шермат жинни ёши қирқларга бориб қолган киши. Айтишларича уйига қсшилиб, ёшгина хотини, икки боласи ёниб кетгач телбага айланиб қлган скан. Шермат жиннининг ҳеч кимга зарари тегмайди. Узун толҳивични от қилиб миниб олади-да, ксчаларни чангитиб югуриб юраверади. Болаларнинг срмаги у"¦
Мана, югуриб ёнимга келиб, қизғиш тилини чиқариб мени майна қилди.
-Қалайсан, Содат-подат?
Кирланиб, соқоллари тиканакдек ссиб кетган юзларига ачиниб қарадим. Шу рапидадек қорайиб кетган юзида кишини ҳайратга солар даражада тоза ксзлари порлаб турарди. Ҳудди гсдакларникидек беғубор ксзлар"¦
- Шермат ака, бахт дегани нима?
- Шермат бир зум "œот"идан тушди-да, осмонда арғимчоқ солиб учаётган турналарга ишора қилди.
- Ҳув-в, ана бахт! Учи-иб кетди"¦ Бала-андга! У узо-оқда! Унга ҳеч ким етолмайди! Етолмайди!!!
- Шермат жинни сна "œот"ига минди-да, турналарнинг ортидан бақирганча елиб кетди"¦
Бахт ҳақида мен сшитган снг тузук жавоб шу бслди.
Чинакам бахтга ҳеч ким етолмайди"¦
У узо-оқда"¦
Лобар Азизхсжаева
Nom: Re: Ko'ngil tubidan anglagan baxt!
Yuborildi: Lobar AZIZ 03 Dekabr 2010, 14:10:03
Бахтсизлик таъмини тотмаган инсон бахтнинг таъмини ҳис столмайди
Nom: Re: Ko'ngil tubidan anglagan baxt!
Yuborildi: AL_laziz87 05 Dekabr 2010, 13:22:54
Baxt sog'liqqa o'xshaydi: U bor bo'lsa, anglay ololmaymiz.!
Ba'zilar o'zi bilmagan xolda baxtli yashaydi. Ba'zilar bor o'zini juda xam baxtli deb biladi,aslida esa qorabotqoqqa botib borayotganini anglay olmaydi.Ba'zilar xuddi burnini tagida turgan ko'zoynagini qidirayotgan qari kampir kabi baxtini allaqandaydur joylardan izlaydi.....Erimaydigan muz bo'lmagani kabi, bu dunyoda abadiy baxt xam yo'q!
Nom: Re: Ko'ngil tubidan anglangan baxt!
Yuborildi: JaviK 12 Dekabr 2010, 09:53:54
O`zini bahtsiz hisoblaydigon inson, hech qachon baht nima ekanligini bilmay o`tadi....
Nom: Re: Ko'ngil tubidan anglangan baxt!
Yuborildi: Lu`lu` 23 Dekabr 2010, 11:29:52
Хидостга сришиб, тавхид йулида юриш катта бахт. Бу бахтни сса, факат Аллоҳнинг Узигина беради.
Nom: Re: Ko'ngil tubidan anglangan baxt!
Yuborildi: azizbek_mx 25 Dekabr 2010, 08:05:27
Kunim bir qolipga tushib qolgan. Har kuni ertalab ishga jo'nayman, kech qaytaman. Namozni ham unutib yuborganman... Forumga kirib, ibratli postlarga ko'zim tushadiyu, butun vujudim muzlab ketadi. Lekin baribir o'zimni ibodatga majburlay olmayman...
Ana shunday kunlarning birida kompimniyam yangilab oldim. Endi maza qilib musiqa eshitib ishlayman, deb o'yladimda, ro'yhatini tera boshladim. Nogoh, kataloglar orasida ma'ruzalarga ko'zim tushdi. Hamma ishlarimni tashlab, jon qulog'im bn tinglashga tushdim.

"bugun xitoydan islomni endigina qabul qilgan 12 yigit turkiyaga kelishdi. Hali ular muqaddas dinimiz shartlarhdan behabar, faqatgina Alhamdulillah va Allohu Akbar deyisha olardi holos. Hatto namozda o'qiladigan suralarni ham bilishmas, shu sabab, dinni yaxshi tushunadigan biror olimni izlab yurishardi. Va nihoyat, bir hoji imomning huzuriga borishdi. Hikoyaning davomini uning o'zidan eshitsak...
Hitoyliklarni birin ketin qoidalar bn tanishtira bordik, hatto ismlarini ham o'zgartirib, birini Muhammad, birini Hasan kabi har birini yangi nom bilan atay boshladik. Bularning orasida Muhammad alohida ajralib turardi, doim ko'zida yosh bilan ibodatda bo'lardi. Ular bilan Haj safariga bordik. Bolalarcha baxtiyor, goh kulishar, goh yig'lashardi. Bir kuni Muhammad aroq haqida so'rab qoldi, unga islom dinida qanday qaraladi? Men esa unga sharob islomda harom qilingani va uni hchish va sotish ham gunohligini aytdim. Shu kuni kechqurun mehmonxonaga qaytganimizda Muhammad xitoydagi ukasiga qo'ng'iroq qildida, aroq zavodini darhol yopishni buyurdi. Ukasi bunday qilolmasligini, katta zarar ko'shlarini ta'kidlamasin, baribir hoziroq yopishni buyurib go'shakni qo'ydi. Ertasi kun bomdodda Payg'ambarimiz s.a.v. Jannat bog'chasi deya ta'rif bergan namozni o'qish un jam bo'ldik. Ikkinchi bor sajdaga borganimizdan keyin Muhammad sajdadan boshini ko'tarmadi. Sajdada uzildimi deb o'yladim, yo'g'e, hali yosh yigit... Uni sekingina turtib ko'rsam yon tomonia yiqilib tushdi..."
..
Nom: Re: Ko'ngil tubidan anglangan baxt!
Yuborildi: azizbek_mx 25 Dekabr 2010, 08:17:03
"zudlik bn uni shifoxonaga olib bordik. U olamdan o'tgan edi...
Tashqariga chiqib nima qilarimizni bilmay turganimizda, shifoxona yoniga bir mashina kelib to'xtadi. Uning egasi katta obro' egasi ekanini mashinasi markasidan ham bilsa bo'lardi. Shifoxona xodimlari ham u kishini hurmat bn qarshi olishdi. Keyinchalik bilsak, u kishi Shayx hazratlari ekan. Shifoxona xodimlaridan, bu yerda biron xitoylik olamdan o'tdimi deb so'radilar. Biz, uni taniysizmi, biz uning do'stlarimiy, deb so'rasak u kishi, kechqurun tushimga Payg'ambarimiz s.a.v kirdilar va buyurdilar, bu yerda bir xitoylik ummatim olamdan o'tadi, turginda janozasiga xozirlan!...."
ma'ruzaning shu yeriga yetganimda ko'zlarimdan shashqator yoshlar quyilib kela boshladi. Men uchun bundan ortiq baxt yo'q, chunki Olloh qalbimni yumshatib qo'ygan edi. Shu kundan buyon doim shu hikoyani eslab, namozni kanda qilmaslikka harakat qilyapman. Xudoga Shukr, ishlarim ham yaxshi. Allaqanday o'tkinchi hislar sabab o'zimni botqoqqa botirib yurgan ekanmam.... Duo qiling birodar, menga ham insof bersin. Sizday forumdoshlarim borligidan baxtiyorman...
Nom: Re: Ko'ngil tubidan anglangan baxt!
Yuborildi: AL_laziz87 25 Yanvar 2011, 12:09:59
Узоқ-узоқлардаги бир қишлоқда ёш йигит сз ишини бошлади. Яъни, икки ксчанинг чорраҳасида савдо қилишга киришди. У жуда оқкснгил, меҳрибон йигит сди. Ҳамма уни схши ксрарди. Аарсаларни ундан олишиб, танишларига ҳам тавсис қилишарди.
Ҳалиги йигит бир йилни ичида мамлакатнинг бир томонидан иккинчи томонига етадиган, халқларни бир-бирига жипслайдиган занжир ҳосил қилганди. Орадан йиллар стди...
Кунлардан бир куни сша киши ҳасталаниб, шифохонага ётқизилди. Врачлар уни текшириб, ксп сшамаслигини айтишди.
Шунда ҳалиги киши ёнига уч сғлини чақириб, уларга қуйидагича топшириқ берди:
Мен бир неча йиллар тер тскиб, сратган фирмамга ичинглардаги биттанглар бошлиқ бсласизлар. Лекин, қайсингиз снг лойиқ сканингизни билиш мақсадида ҳар бирингизга бир доллардан бераман. Ушбу бир долларга ҳоҳлаган нарсангларни олишинглар мумкин. Лекин, бир шартим: бугун кечга бу ерга келганингларда, олган нарсанглар мана шу хонани бошдан-оёқ тслдириб туриши керак!
Учала сғил ҳам бундай нуфузли фирмага сга бслиш илинжида ҳасжонлана бошлади. Аиҳост, учаласи ҳам шаҳарга бориб, пулларини ишлатишди. Кечга қайтганларида оталари ссради:
Қани, тснғич сғлим, пулингга нима олдинг?
Ўғли жавоб берди:
Дсстимнинг даласига бордим. Лулимни унга бериб, икки қоп сомон олдим. Кейин чиқиб, сомонларни олиб кирди-да, хонага соча бошлади...
Хона бир онда учиб юрган сомонга тслди. Лекин, ксп вақт стмасдан ҳалиги сомонлар ерга тушди. Яъни, ота айтгандай: хонани бошдан-оёқ тслдиролмади.
У киши иккинчи сғлига юзланди: Ўғлим, сен пулингни нима қилдинг?
Мен бир ксрпа-ёстиқ тикадиган одамни уйига бордим. Икки дона ёстиқ сотиб олдим, - деди иккинчи сғил. Ва, хонага иккита ёстиқ опкелиб, ичидан парларни (патларни) чиқариб, ер билан битта қилиб хонага соча бошлади. Ҳамма ёқ пат билан тслса-да, лекин, дарров ерга тушиб, сна хонани тслдиролмади...
Шунда ота учинчи сғлидан ссради: Сен пулингни нима қилдинг?
Учинчи сғил бундай деб жавоб берди:
Сиз берган сша бир долларни олиб, бир дсконга бордим-да, майдалатиб олдим. 50 яентини муқаддас жойга садақа қилдим. 20 яентини шаҳримиздаги иккита ёрдам ташкилотига бердим. Яна 20 яентини заифларга тарқатдим. Шундай қилиб, 10 яентим қолди. Унга сса иккита нарса олдим.
Бола қслини чснтагига солиб, бир гугурт қутиси ва битта шам чиқарди.
Хонанинг чироғини счириб, шамни ёққан сди: хона шам ёруғи билан тслди!
Хона сомон ёки патлар билан смас, бошидан-охиригача нур билан, ёруғ билан тслган сди!
Ота бениҳос хурсанд сди!
Жудасм схши, сғлим! Фирманинг бошлиғи  сен бсласан. Чунки, сен  ҳаётдаги снг муҳим нарсани биласан, съни сз ёруғингни сочишни! Бу  жудасм муҳим...
Nom: Re: Ko'ngil tubidan anglangan baxt!
Yuborildi: AL_laziz87 05 Mart 2011, 13:01:35
Podishox o’z askarlari bilan tunda ketayotgan ekan shunda yo’lda bir toshga o’xshagan narsa ko’rishibdi, shuna podishox hohlasalaring olinglar hohlasalaring olmenglar debdi shunda bazlar bitta olibdi. Bazlar esa ikkita uchta olishibdi. Olmaganlar ham bo’libdi. Shundan so’ng ular yo’lida davom etishibdi. Ancha yurgandan so`ng yerga yoruqlik tushibdi va olgan narsalarini ko’rishganda u narsa oltin ekanligini bilishibdi.
Shudan so’ng olmaganlar shunaqangi afsus qilishdiki bitta olsam bo’lmasmidi deb, bitta olganlar esa ikkita olganimda edi ikkita olganlar uchta uchta olganlar to’rtta olmabman deb afsus qilishibdi. Qanay baxt qurik qoldik deb ox urishibdi........
Biz ham bu dunyodan o’tib u dunyoga borganimizda shunday afsus qilar ekanmiz. Alloxning farz amali 5 vaqt namozni o’qimaganlar nega o’qimadim 5 vaqt namozni o’qiganlar nega nafl namozlarini o’qimadim 5 vaqt va nafl namozini o’qiganlar esa nimaga juma namoziga bormadim nimaga zakot bermadim nimaga ro’za tutmadim deb afsus qilar ekan.
Biz ham bu dunyoda yo’ldamiz yo’limizda Alloxning bizga buyurgan farzlari bu oltin bu oltindan ko’piroq olvolaylik u dunyoda kamroq afsus qilamiz.... Chinakam baxtga yetishelik........

Islom Litseyi talabasi bilan qilgan suxbatimdan
Nom: Re: Ko'ngil tubidan anglangan baxt!
Yuborildi: Habib 05 Mart 2011, 13:21:47
Мсмин бслиш қандай бахт.... Аллоҳга шукр!
Nom: Re: Ko'ngil tubidan anglangan baxt!
Yuborildi: AL_laziz87 15 May 2011, 17:42:01
O’zgaga jahannam «gullari» nasib bo‘lishini istayotgan odam buning o‘rniga o‘zi uchun jannat rohatini tilagani afzal emasmikin? O’zganing jahannam o‘tida kuymog‘i uning duosi bilan bo‘lmaganidek, o‘zining jannat bog‘larida sayr qilishi yaxshi niyat va amallari bilan ekanligini bilishi ham bir baxtdir.
Nom: Re: Ko'ngil tubidan anglangan baxt!
Yuborildi: Best friend 15 May 2011, 17:50:59
 Odam bolasini faqat Jannat qoniqtiradi, chunki otamiz Odam a.s. Jannatni ko'rganlar va farzandlari hamon shunday baxtni qidirmoqda. Faqat Jannatdagina o'zimizni hech narsaga muhtoj emasligimizni his qilamiz. Jannatda baxtli bo'lishni barchamizga nasib qilsin Robbimiz...
Nom: Re: Ko'ngil tubidan anglangan baxt!
Yuborildi: ummugulsumm 16 May 2011, 00:14:23
    Allohning borligiga,birligiga iymon keltirib,uning rahmatini his qilib yashamoq hayotimizning asl mazmuni.Tahoratda tanamiz yayraydi,namozlarda rohat topamiz.Allohga hamdu sanolar bulsin. Ammo bu buyuk haqiqatdan uzoq,qalblarini muz qoplaganlar,utkinchi dunyo lazzatlari uchungina tiriklar qancha...
    Alloh uzi suygan bandasini iymon nuri ila siylaydi bunday baht barchamizga nasib qilsin INSHALLOH.


Nom: Re: Ko'ngil tubidan anglangan baxt!
Yuborildi: NANO 16 May 2011, 08:13:44
Ko'ngil tubidagi baxt faqat va faqat hotirjamlik... Qolgani qiymatsiz...

Nom: Re: Ko'ngil tubidan anglangan baxt!
Yuborildi: Ислoмбек 16 May 2011, 08:27:44
O’zgaga jahannam «gullari» nasib bo‘lishini istayotgan odam buning o‘rniga o‘zi uchun jannat rohatini tilagani afzal emasmikin? O’zganing jahannam o‘tida kuymog‘i uning duosi bilan bo‘lmaganidek, o‘zining jannat bog‘larida sayr qilishi yaxshi niyat va amallari bilan ekanligini bilishi ham bir baxtdir.
Tohir Malik. Akani ijodlariga, Allohimdan yanada kuch quvvat so'rab qolaman.
Nom: Re: Ko'ngil tubidan anglangan baxt!
Yuborildi: AL_laziz87 19 Iyul 2011, 22:06:46
Инсон дунёда бой булиши учун смас, балки бахтли булиш учун сшайди....
Nom: Re: Ko'ngil tubidan anglangan baxt!
Yuborildi: BilmasOY 20 Iyul 2011, 20:15:42
Assalomu alaykum!
  Yaqinda jiyanlarimni o'ynatib o'tirib ularni ko'zidagi quvonchni ko'rdim. Opa-uka (4 va2 yosh) xursandligidan bir-birini quchoqlab shunaqa xursand bo'lib kulishardiki ularni ko'rib shunday jiyanlarim borligi baxt ekanini, ularni shu ko'zlarim bilan aniq ravshan ko'rib turganimni o'zi Baxt ekanini his qildim...
Nom: Re: Ko'ngil tubidan anglangan baxt!
Yuborildi: BilmasOY 20 Iyul 2011, 20:16:38
Va albatta Robbim meni musulmon bandalardan qilib yaratgani bu meni Eng katta BAXTIM!
Nom: Re: Ko'ngil tubidan anglangan baxt!
Yuborildi: AL_laziz87 11 Oktyabr 2011, 15:17:19
Бахт нима - бу ёнингда дустнинг борлиги,
Согинган чогингда интизорлиги,
Бахт нима - онингнинг ёнган кузлари,
Хаётдан миннатдор ширин сузлари,
Бахт нима - гудакнинг илк бор кулиши,
А­нг скин дустларнинг йуклаб келиши,
Бахт нима - дустини кисматини босганида гам...
Косдек килт стмай туролган одам...
Nom: Re: Ko'ngil tubidan anglangan baxt!
Yuborildi: AL_laziz87 12 Yanvar 2012, 15:30:57
Сенга бахтдан тахт тиларман,
Иқболдан бошингга тож"¦ (А­.В)
Машҳур шеър..  Чиройли тилак"¦ Тсйларда ёки бошқа бирон давраларда бошловчилар томонидан кспинча махорат билан сқишади..
"¦ ёки "..ғойибдан келажак бахт бир афсона""¦ Дарвоқе, бахтни биз қандай тушунамиз"¦ У қандай неъмат?
Бахт ва бахтсизликка ҳаётда жуда мисоллар ксп. Турли ва турфа тақдирлар бор.
  Мазкур савол такрор-такрор ссралса-да, бахтни ҳамма сзича ва сзидан келиб чиқиб тушунади.  Бахт формуласининг сзи йсқ"¦ Уни бир қолипга солиб ҳам  бслмайди..Ҳамма бахтни ҳар хил тушунади. Ким бахтни-пул, мол-мулк билан, ким муҳаббат билан, ким ОИЛАДАГИ ТИАЧЛИК-ХОТИА ЖАМЛИК билан слчайди.
Шу ерда шоир айтган (И.Северснин)нинг "œДунёда биргина бахт бор мустаҳкам, Бахт шудир-тополсанг муҳаббатингни" деган ссзларини келтиришни ва ушбу мавзуни бироз шоирона туйғулар, аммо дилимдаги (С.Бухорийнинг) "œБахт нима у? Давлатми? А шуҳратми, савлатми? Бахт нима у, недир бахт? Бахтсизликни енгиш-бахт"! деган ссзларини келтиришни  лозим деб топдим..
СИЗГА БАХТДАА ТАХТ ТИЛАЙ, ДЎСТИМ"¦ Ўйлаб қаралса, дунёда «мен бахтлиман» дейдиганлар жуда ксп. Аммо «бахтсизман, пешонам қурсин» деб нолийдиганларни ҳам баъзида учратиб қоламиз. Аега шундай? Ўзимизни бахтсиз ҳисоблашимизга «бир кам дунё» айбдорми ёки тобора ҳакалак отиб бораётган нафсимизми? Аошукрлар бахтли бслолмайдилар Бахт тушунчаси ҳар ким учун алоҳида мазмун касб стади. Айтайлик, ксзи ожиз одамнинг бахти билан ксз нуридан айрилмаган, соғлом одамнинг бахт ҳақидаги тасаввур ва слчовларида катта фарқ бор. Тсрт мучаси соғ одамларга ҳавас қилиб стадиган ногиронлар учун тана аъзосининг саломатлиги ҳеч нарсага алишиб, ҳеч нимага тенглаштириб бслмайдиган бир бахтдир
Nom: Re: Ko'ngil tubidan anglangan baxt!
Yuborildi: AL_laziz87 25 Yanvar 2012, 20:00:48
"œБахт изласанг"¦"
Ақл сргатиб, айтар бугун ким
кимгадир:
"œБахт-саодат сукутдадир, "œжим-
жим!" дадир.
Ўз уйингда тинч сшасанг, маза ҳар кун,
Муҳожиру қувилганга аза ҳар
кун.
Бахтинг шулдир - сен ҳаммадан
кейин юрсанг,
Қадамингни аста босиб, "œхсп!" деб турсанг.
Бахт изласанг, йсқ қил барча
сътирозинг,
Ҳайдаб юбор ғазабинггу
сҳтиросинг!
Ана шунда топарсан сен бахт қушингни
Ҳушёр бслгин, йсқотмагин сс-
ҳушингни!"
Бу ссзларга жавоб шулки, бу
ҳаётмас!
Тирик инсон сен айтгандай музлаб ётмас.
Ҳаёт деган машаққатдир,
сснгра роҳат.
Сенга қолса, слик уйқу -
истироҳат.
Тирик инсон дину юртга бслур қалқон!
Ҳур кишилар душманларни
қилур толқон!
Билгил, мағлуб косасидан оқар
йиринг.
Бсйин сгма, ҳимос ст ватан, еринг,
Таслим бслма, майли кетсин
йсғу боринг
Лек кетмасин дину иймон,
номус-оринг!
Nom: Re: Ko'ngil tubidan anglangan baxt!
Yuborildi: Хадича 10 Iyul 2012, 09:32:18
Baxt nima? Bu tuyg'uni har kim o'z holicha tasavvur etadi...kimdur uchun sog'lik,kimdur uchun yaqinlar borligi,kimdur uchun Ota Ona,kimdur uchun boylik,kimdur uchun Ilm. Misol, sog'lig'i yuq odam sog'lom odam oldida Baxtsizmi? U ham o'zicha Baxtlidur... Yoki Ota Onasi yo'q odam, bag'ri butun Ota Onasi bor odamdan kura Baxtsizmi? Axir bu ham Qismatku... Man uchun Baxt-bu His etish... Odam uzini Baxtli xis etolsa,uzini Baxtli xisoblasa,har narsada Baxtni kurolsa ana usha Odam Chinakam Baxtlidir... Sog'lig'i busayam,yo Ota Onasi,yaqinlari busayam,dunyo dunyo boyligi busayam uzini Baxtsiz deya jar solib yuruvchilar kammi? Hatto hech nimasi yuq,kambag'al, yaqinlari yo'q,tanasi kasallikka tobe bulgan Darvesh ham baxtlidir... Chunki uni Alloh yaratgan. Shunday ulug' zotni ijod mahsuli bo'lgan holda uzimizni Baxtsiz deb noshukrlik qilsak adolatdan bo'lmas. Hamda ,qalbga Iymon zarrasini sochib, Haqni tanitib quygani uchun qanchalar Baxtlimiz... Baxt turfa xil shohlarga bo'linsa ham, ildizi bittadir... HIS ETISH, SHUKR QILISH...
Nom: Re: Ko'ngil tubidan anglangan baxt!
Yuborildi: Best friend 10 Iyul 2012, 14:00:30
"Albatta, Alloh mo‘minlarning jonlarini va mollarini ulardan jannat barobariga sotib oldi — ular Alloh yo‘lida jang qilishib (kofirlarni) o‘ldiradilar va (o‘zlari ham Alloh uchun shahid bo‘lib) o‘ldiriladilar, (Bunday mo‘minlarga jannat berilishiga) Alloh Tavrot, Injil va Qur’onda O’zining haq va’dasini bergandir. Allohdan ham ahdiga vafodorroq kim bor? Bas, (ey mo‘minlar), qilgan bu savdolaringizdan shod bo‘lingiz. Mana shu haqiqiy buyuk baxtdir." (Tavba. 111)

 Bu dunyoda xech qachon to'la to'kis baxtli bo'la olmaymiz, baxtni faqat va faqat jannatda his qila olamiz. "...Mana shu haqiqiy buyuk baxtdir."
Nom: Re: Ko'ngil tubidan anglangan baxt!
Yuborildi: Mufazzala 10 Iyul 2012, 14:15:37
 :asl3:

Inson hamma narsadan, har qanaqa voqea-hodisadan
o'ziga baxt ("yasab")olishi mumkin. Yetarki buni hohlasin.
Nom: Re: Ko'ngil tubidan anglangan baxt!
Yuborildi: BilmasOY 10 Iyul 2012, 14:19:03
BAXT... BAXT... BAXT...
Baxt nima?. Yoningda do'sting borligi,
Sog'ingan chog'ingda intizorligi.
BAxt nima?. Onangning xumor ko'zlari
Sen uchun aytilgan shirin so'zlari.
Baxt nima?. Shirin uxlab yaxshi tush ko'rmoq,
Do'stlar davrasida doim xush yurmoq.
Baxt nima?. Inson boshiga tushganida g'am
Shu g'amga bardosh bera olsa odam.
Baxt nima?. Elga kelsa ko'rkam bahor,
Ko'klam tusiga kirgan ming yillik chinor...
Eng oliy baxt esa har bir insonning hayotda "MEN BAXTLIMAN" deya olishi!!!
Nom: Re: Ko'ngil tubidan anglangan baxt!
Yuborildi: Best friend 10 Iyul 2012, 14:45:42
BAXT... BAXT... BAXT...
Baxt nima?. Yoningda do'sting borligi,
Sog'ingan chog'ingda intizorligi.
BAxt nima?. Onangning xumor ko'zlari
Sen uchun aytilgan shirin so'zlari.
Baxt nima?. Shirin uxlab yaxshi tush ko'rmoq,
Do'stlar davrasida doim xush yurmoq.
Baxt nima?. Inson boshiga tushganida g'am
Shu g'amga bardosh bera olsa odam.
Baxt nima?. Elga kelsa ko'rkam bahor,
Ko'klam tusiga kirgan ming yillik chinor...
Eng oliy baxt esa har bir insonning hayotda "MEN BAXTLIMAN" deya olishi!!!

 Eng oliy baxt emas, odam oz bo'sayam o'zini baxtli his qilishi uchun desangiz menimcha qaysidir ma'noda to'g'riroq bo'lar(mi)di.
Nom: Re: Ko'ngil tubidan anglangan baxt!
Yuborildi: JeeS 11 Iyul 2012, 02:56:56
 :bsm3:

Ўзбекистонда тсғилиш, мусулмон юртда тсғилиш, имонда бслиш, бошни саждага қуйиш булар хам бахт. Аллоҳ барчамизни бахтимиздан айирмасин. Омин!
Nom: Re: Ko'ngil tubidan anglangan baxt!
Yuborildi: Abdulhafizaka 11 Iyul 2012, 08:26:21
:bsm3:

Ўзбекистонда тсғилиш, мусулмон юртда тсғилиш, имонда бслиш, бошни саждага қуйиш булар хам бахт. Аллоҳ барчамизни бахтимиздан айирмасин. Омин!
Ha juda to'g'ri fikr mana shularga yana bir qo'shimcha qilmoqchiman, mana shular insonni bahtiligini tushunib etishham bir baht, chunki ushbu ne'matlar atrofimizda juda ko'plarda mavjud, ammo ba'zilar uchun baht o'tkinchi boylikda.
Nom: Re: Ko'ngil tubidan anglangan baxt!
Yuborildi: Best friend 11 Iyul 2012, 11:52:12
Har kimni o'z fikrlash dunyoqarashidan kelib chiqib etsak, Baxtni hamma uzicha tasavvur etadi.bu borada kimgadur fikr singdirish to'g'rimas. Aql ong-mustaqil fikrlawdan qoloq bulib qoladi,agar unga to'siq quysalar. Yoki hafsala yuqoladi,buyoga fikrini yozishga kelganda  : )

 Хадича opa, birinchidan men aql o'rgatmoqchi yoki o'zimni aqlli ko'rsatish maqsadida gapirmadim. Bu dunyoda haqiqiy musulmon odam hech qachon o'zini to'la to'kis baxtiyor his qila olmaydi. To'g'rida, musofir odam - hali o'z VATANiga yetisholmagan odam qanday qilib baxtli bo'lsin? Hasan Basriyning kulayotgan odamlarga nima degnlarini eslang. Ayniqsa ayni zamonda haqiqiy mo'minlar qancha azob - uqubatlarni boshdan kechiryabdi. Qaysi vijdonli mo'min birodarlar qiynalaotganini ko'rib, baxtliman deya oladi? Islom g'arib holda keldi va u g'ariblikka qaytadi. Bir ulamodan: "Mo'min qachon uqubatlardan qutulib, bax-saodatga erishadi?", deb so'raganlarida: "Jannatga yetganda!", degan ekanlar. Meni yana aqllilik qilyabdi demang, bu xar bir mo'minni aqidasi bo'lgan. Chunki eng buyuk baxt bu dunyoda bo'lmasligini odamlar emas, Alloh aytyabdi:

"Albatta, Alloh mo‘minlarning jonlarini va mollarini ulardan jannat barobariga sotib oldi — ular Alloh yo‘lida jang qilishib (kofirlarni) o‘ldiradilar va (o‘zlari ham Alloh uchun shahid bo‘lib) o‘ldiriladilar, (Bunday mo‘minlarga jannat berilishiga) Alloh Tavrot, Injil va Qur’onda O’zining haq va’dasini bergandir. Allohdan ham ahdiga vafodorroq kim bor? Bas, (ey mo‘minlar), qilgan bu savdolaringizdan shod bo‘lingiz. Mana shu haqiqiy buyuk baxtdir." (Tavba. 111)
Nom: Re: Ko'ngil tubidan anglangan baxt!
Yuborildi: Humayro 12 Iyul 2012, 10:06:25
Счастье - в предчувствии счастьс.
съни Бахт - бу бахтни кутишдир.
Nom: Re: Ko'ngil tubidan anglangan baxt!
Yuborildi: Hilol OY 10 Avgust 2012, 21:33:59
BAXTning chegarasi va shakli yoqdir balki. Kim uchundir baxt hisoblangan narsa boshqa inson uchun azob ham bo'lishi mumkin. Lekin ba'zan odamlar kimlarnidir "baxtsiz" deya atashadi, lekin ularning ko'zi uning baxtini ko'rishga qodir emas.

Biz o'zimizni baxtli his etamiz ko'p hollarda, lekin baribir yuragimizni nimadir kemirib turgandek, nimadir kamdek go'yoki...

Alloh hammamizga IKKI dunyo saodatini nasib aylasin!
Nom: Re: Ko'ngil tubidan anglangan baxt!
Yuborildi: xojarnur 04 Sentyabr 2012, 03:16:03
Baxtim...Mehribon Robbim meni bandalari orasidan tanlab Iymon bergani. Albatta buni to'la to'kis baxt deya olmayman,chunki taqdirimni bilmayman. Qalbimdagi yoki xulqimdagi qaysidir kamchiligim sababli bu Iymonni olib qo'ymasmikin.

Do'zaxga tashlanadigan qorilar bor,olimlar bor,shahidlar bor.
Jannatga bir qadam qolganida do'zaxiyning bitta amalini qilib do'zaxiy bo'lib ketadigan kishilar bor. Nastauzu billah.
Robbimning huzuri va Jannatiga erishishlik -keragidan ortiq BAXT.
Baxtli bo'laman deb CHiroyli gumon qilaman xolos.
Nom: Re: Ko'ngil tubidan anglangan baxt!
Yuborildi: Mufazzala 05 Sentyabr 2012, 04:36:09
 :asl3:

Inson noshukur bo'ladi. O'zida boriga emas o'zgada
boriga havas bilan qaraydi. Qoralar oqaraman, deb
terisini almashtirsa, oqlar qorayaman, deb "zagar" oladi.
Semizlar ozaman deb diyeta qilgan yerida oriqlar semiraman
deb davolanadi. Boylar pul bilan bog'liq mashmashalardan to'yib
och bo'lsa ham tinchgina yurgan kambag'al hayotiga havas qilsa,
kambag'allar nega meni faqir qilib yaratding, deb Robbisiga isyon qiladi.

Hulosa:
Alloh berganiga shukur qilib, rozi bo'lib, qanoatda yashashlik-bu katta baxtdir!

Nom: Re: Ko'ngil tubidan anglangan baxt!
Yuborildi: Ansora 08 Sentyabr 2012, 17:26:38
 :asl3:

Yaqinlaringning sog'-salomat yurishi juda katta baxt ekanligini yana bir bor his qildim:(
Nom: Javob: Ko'ngil tubidan anglangan baxt!
Yuborildi: Muxsiya 06 May 2013, 17:00:17
Inson baxtining qadrini birozga bo'lsada undan ayrilganidagina his qiladi
Nom: Javob: Ko'ngil tubidan anglangan baxt!
Yuborildi: Muxsiya 06 May 2013, 17:01:19
Oilam bilan o'tkazgan har daqiqam mening hayotdagi eng baxtli onlarimdir
Nom: Javob: Ko'ngil tubidan anglangan baxt!
Yuborildi: Pofiraxon 03 Noyabr 2014, 08:34:05
Eng shirin baxt payg'ambarimizni tushda körish va salovat aytish bölsa kerak  :2