ZiyoUz - Haqiqiy o'zbekona forum

Ilm va ziyo => Intellekt => Mavzu boshlandi: maknuna 15 Iyun 2006, 16:20:08

Nom: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: maknuna 15 Iyun 2006, 16:20:08
YAQINLARGA ZARARI KO‘PROQ

Sigaretaning zarari haqida aytilmagan gap qolmadi, ammo shunga qaramasdan chekuvchilar ko‘p. Shveytsariya shifokorlarining ta’kidlashiga qaraganda, sog‘lom kishi kashanda bilan bitta uyda 3—5 yil yashashi mumkin. So‘ngra u ham chekish tufayli kelib chiqadigan kasalliklarga duchor bo‘lmay iloji yo‘q, deb xabar beradi «Noye Syurxer saytuna» gazetasi.

Bunday ofatdan saqlanishning birdan-bir yo‘li esa yaqin kishilarning kashandalardan ajralib, alohida uyda yashashidir.

Mavzu arxivi (http://ziyouz.proboards20.com/index.cgi?board=intell&action=display&thread=1139978235&page=1)
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Mohinur 05 Avgust 2006, 07:42:15
NIKOHDAN O‘TISHGA... TRAMVAYDA

Uylanish va turmushga chiqish orzusida yurgan yigit-qizlar xorijiy rusumdagi mashinalarda nikohni qayd qilish idoralariga borishni xush ko‘rishadi. Garchand dab­daba-yu as’asa baxtni bel­gilamasa ham, tantanavorlik bilan turmush qurish bugungi yoshlarning tabiatiga xosdir.

Novokuznetsk shahrida yashovchi bo‘lg‘usi yosh kelin-kuyovlar bu an’anadan voz kechdilar. Ular nikohlari rasmiylashtiriladigan joyga tramvayda borishga qaror qilishdi. Turfa rang sharlar, plakatlar bilan bezatilgan tramvayga nafaqat kelin-kuyov, balki har ikkisining ota-onasi-yu tog‘a-ammasi, singlisi-yu akasi, opasi-yu ukasi, hattoki buvi va buvalari ham joylashib olgan edilar.

Shahar bo‘ylab to‘y sayoha­tini kelin-kuyovlarning taklifi bilan ular ishlaydigan 3-tramvay deposi rahbariyati tashkillashtirdi, deb xabar beradi «Kuznetskiy trakt» gazetasi.

Darvoqe, xorij mashi­nalaridan ko‘ra tramvayda borib nikohdan o‘tish esda qolarli voqea bo‘lsa kerak.
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Mohinur 05 Avgust 2006, 07:42:22
ITLARINGIZNI CHO‘MILTIRING

Jonivorlar mehrtalab, agar inson g‘amxo‘rlik ko‘rsatmasa, ularning holi nima kechardi? It, mushuklar faqat ovqat­lantirishga emas, balki boshqa jihatdan parvarish qilishga ham muhtoj. Masalan, cho‘miltirish. Agar e’tibor bergan bo‘lsan­giz, yuvintirilgan jonivorlar nihoyatda yoqimtoy ko‘rinadi. Italiyalik Roberto Chioni yaratgan itlarni cho‘miltiruvchi moslama ham ana shu maqsadga xizmat qiladi.

It kirib cho‘milib chiqishi mumkin bo‘lgan moslama uning ustidan suv quyish, quritish imkoniyatiga ega. Chioni itlarning katta-kichik­ligiga qarab ushbu mashi­naning bir qancha turlarini yaratmoqchi. Hozircha bu moslamadan tajriba tariqasida foydalangan itboqarlar aniq xulosa aytganlari yo‘q. Aftidan, ular o‘z itlarining hammayog‘i yopiq kameraga kirib ke­tishidan jiddiy qo‘rquvga tushishmoqda. O‘z bizne­sining rivojlanishini tilab turgan Chioniga omad kulib boqish-boqmasligini esa vaqt ko‘rsatadi.
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Mohinur 05 Avgust 2006, 07:42:29
HAZILKASH O‘G‘RI

Filadelfiyadagi firmalardan biriga o‘g‘rilik uchun kirgan kishi rostdanmi yoki yolg‘ondanmi, o‘zi haqidagi ma’lumotlarni qaydlar kitobiga yozib qoldirdi: «Jon Smit. 23 dan 20 minut o‘tganda kirdi, 23 u 45 daqiqa bo‘lganda chiqib ketdi. Bu yerga kirishdan maqsadi — seyfga «hujum». Qo‘lga kiritilgan natija: 77426 dollaru 60 sent».

Ajabo, o‘g‘rilikning bunday shakli nimani anglatar ekan? Balki bunday yozuvlar bilan aynan o‘zini bezovta qilmasliklari uchun imkoniyat yaratdimikan, deb xabar beradi Bolgariyada chiqadigan «Paralleli» jurnali.
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Mohinur 05 Avgust 2006, 07:42:48
YOLG‘ONDAKAM YONG‘IN

Polyak millatiga mansub 16 yoshdagi uch nafar o‘spirin o‘t o‘chiruvchilar ko‘ngilli drujinasida o‘zlarining nimaga qodirliklarini isbotlash maqsadida ataylabdan yong‘in uyushtirdilar. Ular oziq-ovqat magazini, gazeta do‘koni, o‘rmon uchastkasi, axlat tashlanadigan joy, tashlandiq holatdagi uyga o‘t qo‘yishdi va o‘t o‘chirish idorasiga zudlik bilan qo‘ng‘iroq ham qildilar. O‘t o‘chiruvchi mashina yetib kelgan joyda haligi ko‘ngillilar ham hoziru nozir bo‘lishib, o‘zlarining nimaga qodir ekanliklarini ko‘rsatishdi. Qizig‘i shundaki, haqiqiy o‘t o‘chiruvchilar yong‘in hodisasining ataylabdan uyushtirilgani, ko‘ngillilar o‘zlarini bir ko‘rsatib qo‘ymoqchi bo‘lishganini sezmadilar ham, deb xabar beradi «Trud» gazetasi.
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Mohinur 05 Avgust 2006, 07:43:00
TUSHLAR BIR—BIRIDAN FARQLI

Britaniyadagi psixologik tadqiqot markazi olimlari ayollar va erkaklarning tush ko‘rishlari o‘rtasida yer bilan osmoncha farq bor, degan xulosaga kelishdi. Markaz a’zosi Filipp Xodsonning fikri shunday: «Ayollar ko‘pincha tushlarida bolalik damlarini yoxud ota-onalarini, chiroyli manzaralarni ko‘rishadi. Erkaklar esa ish, pul yoki avtomobil haqida ko‘proq o‘ylaganlari uchun bu holatdan uyquda ham xalos bo‘lolmaydilar».

Tadqiqotchilar, hattoki aynan shu holat o‘g‘il va qiz bolalarda ham farqlanishini kuzatdilar. 600 nafar 10 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlarning tushlari bir xil bo‘lib chiqmadi, ya’ni qizlarning tushlariga ota-onalari, har xil mo‘’jizalar kirgan bo‘lsa, o‘g‘illar esa ulkan-ulkan hayvonlarni, velosipedlarni ko‘rishgan.
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Mohinur 05 Avgust 2006, 07:43:12
SHOVQIN—SURON TAQIQLANADI

Ko‘psonli yo‘lovchilarning arz-dodidan so‘ng Xabarovsk shahar hokimiyati amaldorlari qat’iy qoidani joriy qilishga majbur bo‘ldilar. Bunga avtobus, tramvay, trolleybus haydovchilarining shovqin-suron bilan rul boshqarishlari, ya’ni «qars, badabang» musiqa yoki qo‘shiq qo‘yib, yo‘lovchilarni bezor qilishlari sabab bo‘ldi. Qo‘shiq va musiqalar milliy ruhda bo‘lsa, ehtimol, yo‘lovchilarda norozilik kayfiyati tug‘ilmas edi. Tushunarsiz, allaqaysi davlatniki.

Umuman, haydovchining rul boshqarish paytida «madaniy hordiq» chiqarishi xavfsizlikni keltirib chiqarishi mumkin. Hokimiyatdagi amaldorlar aholidan tushgan shikoyatni xuddi shunday xulosalab, qoidani buzgan shofyorlarga qat’iy jazo joriy qilishdi. Kimda-kim transport vositasida odatdagi tartibni saqlamasa, avtoulovni boshqarish huquqidan mahrum qilinadi.
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Mohinur 05 Avgust 2006, 07:43:18
YO‘LBARS UCHUN MILLION DOLLAR

Avstraliyada chiqadigan jurnallardan birida kimda-kim hozirgi paytda Tasmaniyada uchraydigan yo‘lbarsni tutib keltirsa, unga salkam bir million dollarlik mukofot puli berilishi ma’lum qilingan edi. Ma’lumotlarga qaraganda, bu turning eng so‘nggi avlodi 1936 yillardayoq yo‘qolib ketgan. Demak, ayni paytda uni ko‘rish, jilla qursa suratga tushirib olishning o‘zi ham katta gap. Afsuski, bu yo‘lbarsni «qo‘lga tushirish» yo‘lidagi xohish-istaklar zoe ketmoqda.

Tabiat shaydolarini million dollar qiziqtirishi, tabiiy. Zero, hademay bu noyob turning qo‘lga olingani haqida xushxabar tarqalsa, ajab emas.
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Mohinur 05 Avgust 2006, 07:45:02
TO‘G‘RI TAQING VA TANLANG

Keyptaun universiteti olimlari ko‘zoynakdan foydalanuvchi kishilarning ko‘rish qobiliyatiga bu asbob qanday ta’sir etishi ustidagi tadqiqotlariga nuqta qo‘ydilar.

Qora ko‘zoynak taqish moda tusini olgani sir emas. Ammo, bunday ko‘zoynakni yorug‘likka nisbatan juda ta’sirchan va ko‘rish qobiliyati kasallangan kishilar taqishi kerak. Shuningdek, odatdagi sharoitdan farqliroq, masalan, sovuq o‘lkalarda ham bunday ko‘zoynak qo‘l kelishi mumkin. Quyosh vannasini qabul qilayotganda ham qora ko‘zoynak taqish maslahat beriladi, chunki o‘tkir ultrabinafsha nurlar ko‘zga salbiy ta’sir o‘tkazadi. Ammo bunday vosita avtomobilni kechki payt boshqarayotgan kishiga mutlaqo tavsiya etilmaydi. Sababi ma’lum.

Ko‘zoynakni gardishsiz taqish mumkin emas. Uning linzasi, aslida ko‘zni har xil tashqi ta’sirlardan saqlaydi. Ko‘zoynakni ko‘z atrofiga qisib taqish kerak emas, aks holatda u turli teri kasalliklarini ham keltirib chiqarar ekan.
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Mohinur 05 Avgust 2006, 07:45:10
60 DAQIQA MUZLAGAN SUVDA

Buni hatto tasavvur qilish qiyin. Odatdagi sharoit bo‘lsa-ku mayli, ammo atrofi muz bilan qoplangan suv havzasiga tushgan kishining roppa-rosa bir soat qimirlamay turishini tomosha qilish avvalo ayanchli, qolaversa, hayratlanarli.

Moskvalik Karim Diab degan kishi aynan shu ishning uddasidan chiqdi. Rossiya chiniqish va suv sporti bo‘yicha federatsiyasining bu musobaqasiga ishtirok etishga faqat morjlar jur’at etishdi. Ammo shartni bajarishga kelganda, morjlarning barchasi yo junjikib, yo suzib ketib, yo qimirlab o‘z imkoniyatlarini boy berishdi.

Ha, bu aytishga oson. Muzday suvda qimirlamay, tishni tishga qo‘yib, so‘zsiz, imo-ishorasiz turish azob emasmi?
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Mohinur 05 Avgust 2006, 07:45:19
DALADA O‘TKAZILGAN OPERATSIYA

Surgutlik jarrohlar dala sharoitida odatdagidan tashqari, ya’ni odamni emas, balki otni operatsiya qilishga muvaffaq bo‘ldilar.

Gap shundaki, Beliy Yar posyolkasidagi ot sporti klubining «a’zosi», «Xaral» laqabli ot bir oycha tobi qochib yurdi. Uni qorin og‘rig‘i bezovta qilardi, veterinariya vrachlari ham uning dardiga malham bo‘lolmadilar. Agar surgutlik jarrohlarga murojaat qilinmaganida, Xudo bilsin, jonivorning holi ne kechardi?

Klub raisi Nikolay Dishaevning ta’kidlashicha, «Xaral»ga bir yillik tanaffus kerak. Eng muhimi, operatsiya muvaffaqiyatli tugadi. Ma’lum fursatdan so‘ng otning o‘z karerasidagi «faoliyati» davom etadi.
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Mohinur 05 Avgust 2006, 07:45:49
GULLAR ICHIShNI YOQTIRADIMI?

Bemorga alohida parvarish kerak. Nemis xonimlaridan biri tobi bo‘lmay yurgan erining ruhini qanday ko‘tarishga boshi qotib, uning sevimli gullari—fialka parvarishiga o‘z e’tiborini qarata boshladi. Shunday qilishi kerakki, gullarning yayrab-yashnashidan erining kayfiyati ko‘tarilsin.

Suvga jinday solingan aroq va konyak balki gullarni tezlikda o‘stirib yuborar. Ha, bunisi chinakam mo‘’jiza. Fialkalar o‘smadi-yu, oqlari och sariq tusga kirdi, havo ranglari esa noformon ko‘rinish kasb etdi. Ayol gullarni o‘simlikshunoslarga ko‘rsatganida, ular bu jumboqning sababini topolmay, yelka qisishdi, deb yozadi nemislarning «Zyuddoyche tsaytung» gazetasi.
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Mohinur 05 Avgust 2006, 07:46:13
«MAMA» DEYDIGAN MUSHUK

To‘rt yildan beri moskvalik Malaxovlar oilasining a’zosiga aylangan «Barsik» laqabli mushuk «gapiradigan» odat chiqardi. Albatta, hali uning so‘z boyligi ko‘p emas, ammo tunda tasodifan uyg‘onib, «Anya, turgin» deya iltijo qilishi... g‘oyatda ajablanarli? To‘qqiz yashar Anya esa uning iltijosini eshitmaydi, qotib uxlaydi. Uning o‘rniga onasi turadi va «Barsik» tomon beixtiyor qadam boshlasa, jonivor sekingina «mama» deydi. Uy bekasi Valeriya to‘lqinlanib ketganidan yugurib uning oldiga keladi va mushukni hojatxonaga kiritadi. So‘ngra «Barsik» kardon korobkaga sakrab kiradi-da, uyqusini davom ettiradi.

«Onajon» so‘zi qaysi tilda jaranglamasin, ayollarning kayfiyatini ko‘tarib yuboradi. Ayniqsa, bu so‘zning tilsiz jonivorlar tomonidan aytilishi chinakam mo‘’jiza-da...
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Mohinur 05 Avgust 2006, 07:46:27
QO‘NG‘IZDAN QO‘RQMANG

Afrikaga fotoapparat va videokamera bilan sayohatga jo‘nayotgan kishilarga, odatda bir-biridan qiziqarli maslahatlar beriladi. Bolgariyalik jurnalistlarning navbatdagi «instruktsiyasi» qo‘ng‘izlarni qanday aldash bilan bog‘liq.

«Agar sizga qo‘ng‘iz «hujum» qilib qolsa, u yetib ololmaydigan joyga chiqib olishga harakat qiling, masalan, ulkan daraxt tepasida jon saqlang. «Agar atrofda daraxt ko‘rinmasa, qoyalarga osilishga intiling. Agar qoya ham uchramasa, qo‘ng‘izni qandaydir boshqacha usul bilan aldashga urinib ko‘ring», deyiladi bu maslahatlarda.

Qo‘ng‘iz bilan aynan qanday usulda «kelishish» kerak? Eng yaxshi usul balki undan qo‘rqmaslikdir.
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Mohinur 05 Avgust 2006, 07:46:39
EGASIGA QARAGANDA AQLLI

20 ming rubllik jarima! Axloq tuzatish bilan bog‘liq yarim yillik jazo! Hammasi silliqqina ketayotgan edi. 170 kilolik bug‘u o‘ziga tegishli bo‘lib turuvdi. Sirning fosh bo‘lishiga esa... iti sababchi.

Voqea tafsiloti kundek ravshan. Brakoner uyga qaytayotganida Alekseev tuman ichki ishlar idorasi xodimlari tomonidan to‘xtatildi. Qo‘lida ro‘yxatga olinmagan qurol. Birgalikda uning uyiga kelib, tintuv o‘tkazila boshlangan paytda saroydagi it vovullab berdi. Hali bug‘u go‘shtidan o‘z o‘ljasini ololmagan it to‘xtovsiz hurar edi. «Ish» shu darajaga borib yetdiki, it o‘z egasining man qilingan hayvonni otib bu yerga keltirganidan to‘liq ogoh etib qo‘ydi. Aslida xo‘jayin ana shu itini boqish uchun ham ov qilib qaytgan edi-da. To‘g‘risini aytganda, tirik jonzotga jabr-sitam yetkazish ham qonunan, ham hayotiy jihatdan qoralanadi. Demak, it egasiga qaraganda oqilona ish qilibdi: qing‘irlikni fosh etish ham savob.
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Mohinur 05 Avgust 2006, 07:46:48
POCHTA MARKASI YIG‘ISH JINOYAT EMAS

Hindistonlik Jastin Everetta Qozon shahridan uchib ketayotganida, bojxona xodimlari uni madaniy boyliklar josusi sifatida qo‘lga olishdi. Uning sumkasidan hech qanday hujjati bo‘lmagan uch jildli pochta markalari topildi. Bu matohni u o‘z qiziqishiga ko‘ra ko‘p yillardan beri yig‘ar va o‘zi bilan olib yurardi. Qozonga uchib kelganida kollektsiya o‘ziga xalaqit berishini sira o‘ylab ko‘rmagan Jastin transport prokuraturasi ta’qibiga uchradi. Ammo Hindiston fuqarosining bu markalarni Qozon muzeyiga sovg‘a qilish niyatida olib kelganini bilishgach, bojxona xodimlari jinoiy ishni yopishga majbur bo‘ldilar.

Har qanday harakatni ham jinoiy ish deb baholamaslik kerak ekan. Aks holda bizga o‘xshab ortiqcha va keraksiz chiqimga yo‘liqish hech gap emas, deb xulosa chiqarishdi bu voqeadan bojxona xodimlari.
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Mohinur 05 Avgust 2006, 07:47:08
MEHRNING HAM CHEKI BOR

Kishinyovdagi klinikalardan biriga keltirilgan o‘n oylik qizcha bexush edi. Ota-onasining ham qo‘rquvdan rang-ro‘yi bir holatda. Shifokorlar uni zudlik bilan jarrohlik stoliga yotqizishdi.

Ma’lum bo‘lishicha, qizchaning oyoq suyaklari shikastlangan. Bunga esa, bolaning otasi — yigirma yoshdagi yigitcha sababchi bo‘lgani oydinlashdi. U qizchasini shu qadar yaxshi ko‘rganidan har kuni uyning shiftiga tekkuday darajada balandga otar, natijada bolaning boshi potologga tegar, tabiiyki, bundan shikastlanish kelib chiqar edi.

Ko‘za kunda emas, kunida sinar deganlaridek, hadeb balandga otilavergan go‘dak kunlarning birida jarohatlandi va shoshilinch ravishda shifoxonaga keltirildi. Baxtlari bor ekan, jarrohlik operatsiyasi muvaffaqiyatli yakunlandi.

Bu voqea kishiga «Mehrning ham cheki bor» degan hikmatni eslatadi.
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Mohinur 05 Avgust 2006, 07:47:16
BALIQ PO‘STLOG‘IDAN KROSSOVKA

Argentinalik oyoq kiyimi ishlab chiqaruvchi tadbirkorlar baliq terisidan krossovkaning ilk namunasini havola etishdi. Ular braziliyaliklar bilan bu borada sira raqobatlasha olmayaptilar. Shimollik qo‘shnilarning oyoq kiyimi ishlab chiqarish texnologiyasi ancha mukammal bo‘lib, narxlari xaridorlarni ancha qoniqtiradi. Mana, endi argentinaliklar ulardan sifat bobida ancha ilgarilaydigan ko‘rinadi. Shimoli-g‘arbiy hududda joylashgan La-Rioxa provintsiyasida baliq terisidan tayyorlangan krossovkaning 500 jufti sotuvga chiqarildi.

Bu oyoq kiyimi cho‘ziluvchan va sigir terisiga qaraganda ikki karra pishiq. Narxi import oyoq kiyimlarnikidan ikki marta arzon. Ammo maqtanishga erta, bu mahsulotning “taqdiri” vaqt hukmiga havola.
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Mohinur 05 Avgust 2006, 07:47:33
MEHR MUHIMMI, ZARAR...

Hayvonlar ham mehr talab. Ammo ularni asrab-avaylayotgan kishi, avvalo, yon-atrofdagilar haqida ham o‘ylab ko‘rishi lozim bo‘ladi. Voronejning Marshak ko‘chasida yashovchi 67 yoshdagi Aleksandra Konopuxina degan onaxonning miyasidan bunday fikr o‘tmagan ko‘rinadi. Qo‘ni-qo‘shnilar kampirning boquvidagi 20 ta it va 30 ta mushukning dastidan ko‘chaga chiqishga qo‘rqadilar. Pensiya pulidan boshqa daromadi bo‘lmagan onaxon jonivorlarni qanday boqayotganiga hamma taajjubda. Qo‘ni-qo‘shnilar 12 yildan beri turli idoralarga murojaat qilishmoqda. Javob esa bir xil: Rossiyada hayvonlarga nisbatan shafqatsizlarcha munosabatda bo‘lish qonunan taqiqlanadi.

Jonivorlarga mehr-shafqat ko‘rsatish odamlarga ma’nan zarar yetkazish orqali bo‘layotganiga qanday qaraysiz?
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Mohinur 05 Avgust 2006, 07:47:42
XO‘ROZLARNING XO‘ROZI

Qozonning qaysidir shaharchasida tovuq yili munosabati bilan bellashuv o‘tkazildi. Xo‘rozboqarlar ham anchagina ekan, keti uzilmasdi. «2005 yilning oltin xo‘rozi» deb nomlangan bu tanlov hay’ati muhim shartlarni inobatga olishni mo‘ljallardi. Ya’ni, xo‘roz patlarining rangi, ovozining o‘tkir va tiniqligi, panjalarining tozaligi, eng muhimi «tarbiyalanganlik» va xarakteri ham.

Birinchi o‘ringa Gilfanov degan kishining «Pentan» laqabli xo‘rozi munosib deb topildi. Oila a’zolari uni uyda «Gilfanchik» deb ham erkalashar ekan. Aftidan, «Pentanning tarbiyasi» bilan egasi astoydil shug‘ullangan ko‘rinadi. Chunki xo‘roz, ularni sinab ko‘rish uchun keltirilgan tovuqlarga shu qadar «iltifot» ko‘rsatdiki, hakamlar hay’ati «qoyil» degan ma’noda bosh chayqashdi.

Gilfanchik bu yerda ham har tong kallayi saharlab qichqirgani kabi o‘zini ko‘rsatishga muvaffaq bo‘ldi. Bu xo‘rozning qichqirig‘i uzoq, davomli va o‘ziga xosligi bilan ajralib turardi. Gapning qisqasi, haqiqiy xo‘roz!
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Mohinur 05 Avgust 2006, 07:47:50
TYULYENNING TUG‘ILGAN KUNI

Okeanlarda yashovchi jonvor— tyulenlarning qachon dunyoga kelgani kimni ham qiziqtirardi? Ammo ularning hayotiga haddan ziyod qiziquvchi okeanshunoslardan bir guruhi yaqinda Murmanskdagi ulkan suv havzalaridan birida bundan roppa-rosa 17 yil muqaddam dunyoga kelgan “Filipp” laqabli tyulenning tug‘ilgan kunini nishonlashdi.

“Filipp” o‘zining tavallud topgan kunida “artist”ligini har tomonlama namoyon qildi. Xuddi valsga tushgandek suvda xirom ayladi, okeanga otilgan koptokni goh u, goh bu tomonga dumalatdi. Balandlikka sakrashni-ku qo‘yavering. Ko‘rsatgan tomoshasi uchun unga tashlangan sovg‘a-salomlarning cheki yo‘q edi.

300 kilo og‘irlikdagi kulrang tyulen arktika hayvonot olami ichra tsirk “artisti” bo‘lib, mahalliy bolalarga ermakdir. Eh-he, uni tasvirlab chizilgan suratlar butun bir galereyani tashkil qiladi. Bitta jonzotga bo‘lgan e’tibor bundan ziyod bo‘lmasa kerak.
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Mohinur 05 Avgust 2006, 07:48:11
JONIVORLARGA MUZQAYMOQ

Itlarning muzqaymoqqa ta’bi qalay ekan? Bu juda ham qiziqarli savol. Jonivorlarga shu darajada mehrini bergan odamlar borki, ularning yotish-turishiyu yeydigan xo‘raklari haqida ham qayg‘urishadi.

Katta daromad orttirish orzusida yurgan tadbirkorlardan ikki nafari itlar uchun muzqaymoq ishlab chiqarishga qaror qildi. Ularning kuzatishiga qaraganda, itboqarlar o‘z jonivorlariga hali bunday yegulikni umuman tortiq etishmagan. Demak, bu shov-shuv uyg‘otishi ham mumkin va natijada mahsulot xaridorgir bo‘lishiga shubha yo‘q.

Muzqaymoq go‘sht bo‘lagiday kattalikda bo‘lib, cho‘ntakka solish uchun juda qulay. Go‘sht hidi gupurib turadi, kim bilsin, balki mol, cho‘chqa va qush go‘shti ham aralashtirilgandir. Har qalay egasi muzqaymoqni itga tutishi bilan paqqos tushirsa kerak. Yangi mahsulot muvaffaqiyat qozonsa, mushuklarga ham muzqaymoq ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda. Muzqaymoq tarkibiga, albatta, valerian solinadi, bu esa ham ishtaha ochadi, ham tinchlantiruvchi vositadir, deb xabar beradi Belgiyada chiqadigan «Suar» gazetasi.
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Mohinur 05 Avgust 2006, 07:48:20
AKKUMULYATORLI ETIK

Qachonlardir pedalsiz velosiped yaratishga ishqiboz bo‘lgan Fyodor Sichev degan kishi bu gal baliqchi, ovchi va favqulodda vaziyatlarga tayyor turadigan qutqaruvchilar uchun piyma etik ixtiro qildi. Uning odatdagi etiklardan farqi shundaki, cho‘ntakka joylashtirilgan akkumulyator orqali isitiladi.

Qahraton qish, o‘ranib-chirmansang ham izillagan sovuq taningni qaqshatadi. Kimki, Fyodor amaki yaratgan etikni kiysa, sovuq pisand emas. Etik har o‘n besh minutda isitiladi. Bu «nou-xau» ayniqsa, baliqchilarning xotinlariga qo‘l kelmoqda. Chunki ayollar erkaklarga qaraganda sovuqqa chidamsizroq. Ayniqsa, kun bo‘yi savdo rastalarida turadigan kishilarga ham isituvchi etik juda qo‘l kelayapti.

Mijozlar xursand, buyurtmalar yanada alomat. Ular Fyodor amakidan isish xususiyatiga ega stul kutishyapti. Ajab emas, shunday stulcha ham dunyoga kelib qolsa...
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Mohinur 05 Avgust 2006, 07:48:44
YANGI YILGA NASTARIN

Ko‘pchilik «siren» deb tilga oluvchi buta madaniy o‘simlik hisoblanib, aprel oyida gullaydi. Ammo boshqirdistonlik Lidiya Solixova degan ayol undan yangi yil archasini bezashda foydalandi. Nastarin gullar xuddi daraxtdan hozir uzilgandek xushbo‘y hid taratar edi. Xo‘sh, beka bunga qanday qilib erishdi ekan?

Kuzda shoxidan qirqib olingan nastarinni u tselofanga ehtiyotlab o‘rab, xolodilnikka qo‘ygan. 1 dekabrda shoxni chiqarib, sovuq suv solingan idishga joylashtirgan. Ma’lum muddatdan so‘ng iliq shakarli suvga solingan nastarin yayrab-yashnab ketgan. Har ikki-uch kunda suvi almashtirilgach, shoxda gulcha paydo bo‘ladi. Shunday qilib, qishki nastarin Liliya xolaning uyini muattar isga to‘ldirib yubordi. «Izlagan imkon topadi» deganlari shudir-da...
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Mohinur 05 Avgust 2006, 07:49:19
SANAB, SANOG‘IGA YET

Oshiqlar o‘z ma’shuqasiga albatta gul sovg‘a qilishadi va bu muhabbat izhori sifatida qabul qilinadi. Ayniqsa, uzoq muddatli hijron damlaridan so‘ng yigitning sevgilisiga gul uzatishi juda zavqli manzara. Portugaliyalik Manuel Birranto mahbubasi bilan roppa-rosa 513 kun ko‘rishmagandan so‘ng diydorlashuvni orziqib kuta boshladi. Salkam bir yarim yillik hijron damlaridagi arazni nima bilan yumshatsaki, sevgilisi uni tushunib, gunohidan kechsa.

Buning eng oson yo‘li semiz guldasta yasash, degan xayolga keldi Manuel. 518 dona atirgul sotib olgach, diametri 1,2 metr guldasta yasattirdi. Guldasta yasovchilar atirgulni sanab charchashdi va zo‘rg‘a sanog‘iga yetishdi. Guldastaning og‘irligi 30 kilodan kam emas edi. Oshiq yigit bo‘lg‘usi rafiqasini hamon sevishini isbotlash uchun guldastani u yashaydigan shaharchaga vertolyotda keltirdi. Hartugul mahbubasi ham uning bu qahramonligini bajonidil qabul qildi.

Alqissa, araz-ginalar chetga surilib, dunyoda eng semiz guldastani sevgilisiga izhor etgan yigitning muhabbat dostoni mamlakat tarixida qoladigan bo‘ldi.
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Mohinur 05 Avgust 2006, 07:49:32
TIMSOH YENGILDI

Dengiz jonzoti — timsohni ko‘rganda, kimning ham es-hushi chiqmaydi, deysiz! Ammo Afrikaga tijorat ishlari bilan borgan Mak Basko timsohni bitta hamla bilan yengganiga ishonasizmi?

Mak dengizda cho‘milayotib, suzishga astoydil berilib ketdi shekilli, qirg‘oqdan ancha uzoqlashdi. Chayqalib turgan dengizda uning sohiblari — timsohlar ham suzib yurishardi. Ulardan biri Makka tashlanib qoldi. Xavfli vaziyatni qanday bartaraf qilish mumkin? Jon shirin, ammo o‘lim bir qadam narida. Himoyaning shunday usulini tanlashi kerakki, yirtqich undan o‘z ixtiyori bilan uzoqlashsin. Bu tishlari bilan yirtqichga zarba berish usulidir, boshqa yo‘l yo‘q.

Shunday qilib, Mak jon holatda dengiz hayvonining burnini tishlab oldi va timsoh uni butunlay qo‘yib yubor­maguncha tishlab turaverdi. Makka ham, timsohga ham jon shirin, kim kimni yengar ekan? Hayot-mamot jangi bo‘lishini kutmagan timsoh yigitni qanday qo‘ldan chiqarib, qanday ortga jo‘nab ketganini o‘zi ham payqamay qoldi.

Bunday holatda odam timsohni emas, timsoh odamni yengishi muqarrar edi. Ammo aql bilan ish tutilsa, aksinchasi ham bo‘lishi mumkin ekan.
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Mohinur 05 Avgust 2006, 07:49:49
30 DARAJA SOVUQDA... YALANGOYOQ

Xitoyning shimoliy provintsiyalaridan birida yashovchi Szin-Sunxua roppa-rosa 40 yoshni “urib” qo‘ydi. Shunisi diqqatga sazovorki, u o‘z tengqurlariga nisbatan obdon chiniqqan. Masalan, u to‘rt soat mobaynida 30 daraja sovuqda yalangoyoq va bitta ichki kiyimda turib, hammani qoyil qoldirishi mumkin. Qo‘ni-qo‘shnilari uni har kuni qor qotgan yo‘laklarda 2—3 kilometr yugurishiga ham guvoh bo‘lishadi.

Sovuqqa chidamlilik har qanday odamda ham kuzatilmaydi. Szin-Sunxua ham aslida oddiy odam, sovuqqa dosh berish qobiliyatini esa ozuqa bilan bog‘liq holda rivojlantiradi. U iste’mol qiladigan taomnoma tarkibida hamisha qo‘y go‘shti, asal va olma bor. Sovuq bilan o‘zini chiniqtirib kelgan xitoylik janob ana shu yeguliklarni muntazam ravishda iste’mol qilib, mahalliy qahramonga aylandi, deb xabar beradi nemislarning “Velt am zonntag” jurnali.
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Mohinur 05 Avgust 2006, 07:50:06
ERIMAY TURIB, ULGURISH KERAK

Biz bilan siz ko‘radigan sumalak bir metrga yetmasa kerak. Ammo Xakasiya tomonlardagi ko‘pqavatli uylarning tomida osilib turgan muz parchalari Ginnesning rekordlar kitobidan joy olishga arziydi: har biri 4 — 5 metr.

Kunduz tomlarni qoplagan qor barxanlari erish oqibatida hosil bo‘layotgan sumalaklar, to‘g‘risini aytganda, tomosha qilishga arziydi. Ayni paytda bu aholi uchun xavf tug‘dirishi ham ehtimoldan xoli emas.

Xo‘sh, sumalaklar bilan qanday kurashish kerak? Mahalliy kommunal xizmat bo‘linmasi bir kampirning boshiga tushib ketgan muz parchasidan keyin hushyor tortib, “Ehtiyot bo‘ling, sumalak!” degan e’lon bilan ko‘pqavatli uylarning pod’ezdlarini “bezab” chiqishga majbur bo‘ldi.

Sumalaklar rekordlar kitobiga tez kunlar ichida kiritilishi kerak, aks holda erigach, ulgurmay qolish hech gap emas.
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Mohinur 05 Avgust 2006, 07:50:13
ILOJI BORMIKAN?

Tinib-tinchimas olimlar inson umrini uzaytirish haqidagi bahs-muno­zarani hamon davom ettirishmoqda. Yetmishga yetib, saksondan sakrash, to‘qsonda to‘q yurib, yuz bilan yuzlashish hammaga ham nasib etavermaydi. Massachusetdagi univer­sitetlardan birining olimlari shuni aniqlashdiki, inson organizmining qarish jarayoni 95 yoshgacha juda tez davom etib, shundan keyin jindek sustlashar ekan. Aslida shuncha yil umr ko‘rishga hamma ham erishmaydi. Qarish jarayonini bir necha o‘n yillarga qisqartirish mumkin emasmikan? Muammo shunda. U 40-50 yoshgacha juda tez qarisa-yu, keyin bu jarayon sustlashsa... Shunday qilinsa, kishi 150-175 yilgacha bemalol umr ko‘rishi mumkinga o‘xshaydi. Buning iloji topilarmikan?
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Mohinur 05 Avgust 2006, 07:50:21
QADRI BALAND QUSH

Biz qadrlaydigan qushlar sirasiga qaldirg‘och, musicha, bulbul, to‘ti, laylak, turnalar kiradi. Hattoki yirtqich bo‘lsa ham, burgutni-da ko‘klarga ko‘taramiz. Xitoyliklar uchun esa oddiygina chumchuq eng aziz qush ekan. Dehqonchilik serdaromad bo‘lgan 60-yillarda Xitoy dehqonlari chum­chuqlarga qiron keltira boshlashgan. Ular bu qush barcha zararli hasharotlar, asosan ekin-tikinning jami kushandalari bilan oziqlanishi haqida eshitishmagan, shekilli. Hozir esa, aksi bo‘layapti. Mahalliy dehqonlar, qo­laversa, Xitoydagi shu sohaga aloqador tash­kilotlar Vetnamdan chumchuqlar to‘dasini «Vatanlariga qaytarish» haqidagi shartnomani imzolashdi.
Qisqasi, Xitoyda chum­chuqqa ozor yetkazgan kishiga qonun asosida jazo beriladi.
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Mohinur 05 Avgust 2006, 07:50:48
AYLANADIGAN UY

Odamlar yashaydigan uy barcha shart-sharoitlarga ega bo‘lishi kerak. Lekin qishda turar-joylarni isitish ancha jiddiy muammoga aylanadi. Yangi Zelandiya quruvchilarining iste’molchilarga taqdim etayotgan uyi aylanib turadigan platformaga ega. Uning ichiga shunday qurilma o‘rnatilganki, havo harorati past bo‘lganda, uy ichida turib u quyosh nur sochayotgan tomonga qarab aylantiriladi. Albatta, ko‘p qavatli uylarda bunday moslamaning o‘rnatilishi boshqalarga noqulaylik tug‘dirmaydimi, degan savol tug‘iladi.

Bu uy hozircha sinovda. Qurilish firmalari mutaxassislaridan iborat maxsus komissiya, shifokorlar va turarjoyda yashayotganlar shu xususda o‘z fikrlarini bildirishmoqda. Agar ular ma’qul topsa, bunday moslamali uylarni ko‘plab qurishga ruxsatnoma beriladi, bu esa aholi uchun birmuncha qulay, deb xabar beradi Shveytsariyada chiqadigan “Veltvoxs” gazetasi.
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Mohinur 05 Avgust 2006, 07:50:56
AVVAL TO‘LA, KEYIN HAYDA

Norfolk shahridagi avto­mobillarni kreditga beradigan kompaniyalardan biri mijozlar bilan ishlashning samarali usulini o‘ylab topdi.

Kreditga berilgan har bir mashinaga shunday uskuna o‘rnatildiki, agar mijoz ko‘r­satilgan qarz pulini to‘la­magan bo‘lsa, bu axborot zudlik bilan avtomatik ravishda kompaniyaga uzatiladi. Har bir to‘lovda mijozga beshta raqamdan iborat kod beriladi. Navbatdagi badalni to‘lash zarurati tug‘ilganda, ushbu kod raqami klaviatura qurilmasida terilmay turaveradi.

“Yu-es-ey tudey” gaze­tasida yozilishicha, kompa­niyaning bu usulni qo‘llashi natijasida mijozlarning qarzni to‘lamasdan yurish holati bir muncha qisqargan.
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Mohinur 05 Avgust 2006, 07:51:04
300 YILLIK TAOM

Har bir millatning milliy taomlari bor va tabiiyki, uning ilk bor tayyorlangan davri haqida ko‘pchilik o‘ylab ham o‘tirmaydi. Ukrainalik tarixchi Grigoriy Gordienko o‘z xalqining eng xushxo‘r va eng ommaviy taomi — borshni 300 yillik tarixga ega, deb hisob­lamoqda.

Karam sho‘rva uch asr­dan beri tayyorlanayot­ganiga mamlakatda deyarli hech kim e’tibor bermaydi. U avloddan avlodga o‘tib, bugungi ukrainaliklarning ham oshxonasidan o‘z o‘r­nini topib oldi. Pazandalar borshning o‘nlab xillarini ixtiro qilishdi: sabzili, kabachkali, sarimsoqpiyozli. Qaysi tur bo‘lishidan qat’i nazar, karamsiz tayyor­lanmaydi. Ammo bari xushxo‘r, betakror, har bir oilaning taomnomasida birinchi o‘rinni ishg‘ol etadi.

Tarixda nomi qolgan ofitser Ivan Kotlyarevskiy o‘z kitobida, “Ukrainaliklar sho‘rvaning bu xilisiz yashay olmaydilar, agar uni uch kun ichmasalar, oshqozonlari “g‘alayon” ko‘taradi” deb yozib ketgan ekan.

Borsh — o‘z yo‘liga, o‘z xalqining dasturxoniga, ammo bizning oshdan qo‘ymasin!
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Mohinur 05 Avgust 2006, 07:51:12
ENG QARI BO‘YDOQ

Yigitlarga uylanish, qizlarga turmushga chiqish hayotning abadiy qonuni va buni hech kim rad etolmaydi. Ana shu qonuniyat mavjud ekan, yer yuzida hayot davom etadi. Ammo odamlar orasida uylanmagan va turmushga chiqmaganlari ham uchrab turadi.

Ukrainalik Grigoriy Nestor shu toifaga mansub. Biror marta ham uylanmagan bu kishini ko‘rsangiz, quvnoq, tetik, qo‘shiq aytishni xush ko‘radi, chekmaydi, ichmaydi, vaqtida ovqatlanish va dam olish uning doimiy shiori.

Shunday qilib, Grigoriyga Xudo umr bermoqda. Tanish-bilishlari qari bo‘ydoqning uzoq umr ko‘rishi haqida so‘rasalar, u bitta haqiqatni ochiqdan-ochiq tan oladi: «Agar uylanganimda edi, er-xotinlar orasida bo‘ladigan janjal va mojarolardan men ham xoli bo‘lmas edim. Xotin kishining «ming‘ir-ming‘iri» ko‘pligini tengqurlarimdan ko‘p eshit­ganman. Uylangan, bola-chaqali bo‘lganimda, ehtimol, men bu yorug‘ olamni alla­qachon tark etgan bo‘larmidim. Ko‘rib turganingizdek, bo‘y­doqligim uchun hamon tirik­man».

Qari bo‘ydoqning falsafasini kim qanday qabul qilar ekan?
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Mohinur 05 Avgust 2006, 07:51:36
G‘AROYIB UY

Yaxna, spirtli, shirin va mi­neral ichimliklardan bo‘shagan idishni ko‘pchilik chiqindi sifatida tashlab yuboradi. To‘g‘ri, shishadan yasal­ganlarini xarid qiluvchi shoxob­chalar bor, ammo plastmassa idishlar bir martalik deb baholanganidan ishlab chi­qarish korxonalarida qabul qilinmaydi ham.

Georgiy Vashenko degan kishi yaqinda «Nauka i texnika» jurnalida qiziqarli maqola o‘qib qoldi. Jurnalda aytilishicha, bo‘shagan idishlardan uy-joy tiklash mumkin. Buning uchun plastmassa emas, balki shi­shadan yasalgan idishlar lozim bo‘lar ekan. Shunday qilib, Vashenkoning butun qarin­dosh-urug‘i-yu tanish-bilish­laridan to‘plagan shishalari ikki ming donadan oshib ketdi. Endi bemalol turar joy tiklasa bo‘ladi, jurnalda idishlar soni 2000 tadan kam bo‘lmasligi kerak, deb aytilgan.

Mana, ikki qavatli uy ham tayyor! Hali bunaqasi bo‘l­magan. Shishadan tiklangan uy devori quyosh nurida ko‘zni qamashtiradi. Ammo bu uyda yashashning sira iloji yo‘q, u ko‘rgazma uchun. Odam oyog‘ini qo‘yishi bilan shishalar shaqir-shuqur qilib, uy vayron bo‘lib ketishi hech gap emas, deb xabar beradi ITAR—TASS axborot agentligi.   
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Mohinur 05 Avgust 2006, 07:53:09
PINGVIN — “POLKOVNIK”

Edinburg hayvonot bog‘ida yashovchi Nils-Olaf laqabli pingvin Norvegiya Qirollik armiyasining faxriy “polkovnigi” deya e’lon qilindi. Norvegiya harbiylari bu pingvinni 1972 yildan beri biladilar. Shuncha vaqtdan beri bu jonivorga sidqidildan qilgan xizmati uchun ikkita medal ham berilgan, Edinburg hokimiyati esa Antarktidaning bu “arzandasi”ga yodgorlik ham o‘rnatgan.

Hozirgi Nils o‘zining qarindoshlaridan ko‘ra ancha chaqqon chiqib qoldi. Balki unga tug‘ilishi bilan berilgan “serjant” unvoni bunga imkon yaratgandir. 12 yil mobaynida u hayvonot bog‘idagi zinalar bo‘ylab chiroyli harakat qildi va “polkovnik”lik cho‘qqisiga chiqdi.

Nilsga faxriy mukofot topshirish marosimi Shotlandiyada bo‘lib o‘tdi. Tantanalar-ku, o‘z yo‘liga-ya, ammo shunday sharafga muyassar bo‘lganidan pingvin “janobi oliylari”ning xabarlari bormikan!
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Mohinur 05 Avgust 2006, 07:53:17
SAMOLYOTDA TUG‘ILGAN BOLA

Moskvadan Los-Anjelosga uchayotgan samolyotda Yer yuzining yangi mehmoni dunyoga keldi. Oy-kuni yaqinlashgan ona Lyudmila Yanulis hamma yo‘lovchilar qatori eson-omon o‘z manziliga yetib olishni Xudodan tilab ketmoqda edi. Shifokorlarning taxminiga ko‘ra, chaqaloq tug‘ilishiga hali vaqt bor edi. Ammo taxmin hamisha ham to‘g‘ri chiqavermaydi. Lyudmilani bortda to‘lg‘oq tutib qoldi. Butun ekipaj bir tanu bir jonga aylanib, ayolga yordam ko‘rsatdi.

Bu voqeani tasavvur qilishning o‘zi mushkul. Havo layneri Yer sathidan 10680 metr balandlikda uchib ketyapti. Hech kim, hattoki uchuvchilar ham bu vaziyatda ortiqcha talvasaga tushganlari yo‘q. Tug‘ruq muvaffaqiyatli yakunlandi, onaning ham, chaqaloqning ham ahvoli yaxshi. Yeru osmon o‘rtasida chaqaloqning dunyoga kelishi kam uchraydigan hodisa, deb xabar beradi bu haqda “Trud” gazetasi.
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Mohinur 05 Avgust 2006, 07:53:25
ANTIQA MINORA

Qadimda qaysidir hududlarda qurilgan minoralar bugungi avlodga o‘tmishdan so‘zlab turadi. Ammo odamlardan yasalgan minorani ko‘rganmisiz? «Jonli mino¬ra»da ishtirok etishga har kimning ham jur’ati yetmaydi.

Barselonadagi ommaviy bayramlardan birida har yili ana shunday minorani namo¬yish etish rasm hisoblanadi. Bu bilan shug‘ullanadigan alohida guruh bor. Xo‘sh, odamlardan quriladigan minora qanday ko‘rinishda, dersiz.

100 yoki 200 kishi yig‘ilib, bir-birining yelkasiga chiqib oladilar va shu tariqa minora ko‘rinishidagi antiqa shakl hosil bo‘ladi. Tomosha qilish-ku oson-a, ammo ishtirokchilarning eng pastki qavatida turganlarga oson tutib bo‘lmasa kerak. Albatta, bunday paytda tepadagilarning o‘z tanalarini bor og‘irligi bilan emas, sal o‘zgalarni ayagan holatda turishi muhimdir. Aks holda pastda turganlar dodlab yuborishi aniq. Harqalay «jonli minora»ga o‘zini tikkanlar bir-birlarini ayaydilar va qo‘llab-quvvatlaydilar. Va bunda ko‘zda tutilgan olqishlarga ko‘milish maqsadi ham ish beradi.
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Mohinur 05 Avgust 2006, 07:53:33
DOLLARLI SEYF —METALLOMGA

Belorussiya metallurgiya zavodi ishchilari turli-tuman temir-tersaklarni saralash jarayonida hech qayeri shikastlanmagan seyfga duch kelishdi. Vo ajabo! Bu matohni qaysi boyvachcha bu yerga topshirib ketgan ekan? Axir bus-butun seyfni bo‘laklarga bo‘lish uvol-ku.

Ammo zavodga kelgan buyum xuddi bankka topshiri¬ladigan pachkali pul buzilib, qaytadan sanalgani kabi qirqilishga, bo‘laklarga bo‘li¬nishga mahkumdir. Qirqish sexi ishchilari seyfni maxsus asbob-uskunalar yordamida buzishar ekan, ko‘zlari katta-katta ochilib ketdi: uning ichidan pachka-pachka dollar chiqdi. Sanab ko‘rishsaki, yigirma ming. Buni ko‘rgan ishchilardan biri, deyarli aql-hushidan ayrilayozdi. To‘g‘ri, u bu boylikning ma’lum qismini yon-atrofidagilar bilan bo‘lishdi, lekin asosiy qismini o‘ziga oldi.

Tverdan kelgan seyf ichidagi pullar kimga tegishli ekanligi noma’lum. Nahotki, shuncha jamg‘armaning egasi uni chiqitga chiqarib, zavodga jo‘natgan bo‘lsa?
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Mohinur 05 Avgust 2006, 07:53:42
IKKI BOSHLI ILON

Filadelfiyadagi hayvonot bog‘ida ikki boshli ilonni ko‘rish mumkin. Ajdarholar haqida afsonalar to‘qilgan, ularning bir emas, 7-8 ta boshi bo‘lgan. Bu dahshatli jonzotlarning chindan ham bor-yo‘qligi noma’lum. Ammo ikki boshli ilonning shu kecha-kunduzda Filadelfiya hayvonot bog‘ida yashayotganligi rost.

Kelib-ketuvchilar ikki bosh bilan yashash unga oson emasligini payqaydilar. Chunki uning bitta boshi uxlasa, ikkinchi boshi yon-atrofni olazarak bo‘lib kuzatadi. Hattoki bitta tanadagi bu ikki boshning fe’l-atvorlari ham turlicha: biri muloyim, ikkinchisi qandaydir serjahl. Ammo ularning ishtahalari bir xil va aynan bir vaqtda yeyishdan to‘xtaydi.
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Mohinur 05 Avgust 2006, 07:53:49
TOVADA TENNIS O‘YNOVCHILAR

Tennis raketka bilan o‘ynalishi hammaga ma’lum. Yekaterinburg shahridagi tumanlardan birida stol tennisi bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqa ishtirokchilari qariyalar bo‘lib, ular raketka o‘rnida “jaz-juz” qilish uchun ishlatiladigan tovadan foydalanishdi. Keksalarning o‘yinini tomosha qilish chindan ham maroqli edi. Tovaning bandidan ushlab, tennis sharikchasini qarama-qarshida turgan “raqibi”ga otish odatdagi o‘yinlardan baribir farqli bo‘ldi.

Eng yaxshi o‘yinchi sifatida Nadejda Kojuxova e’tirof etildi. U hattoki musobaqa ishtirokchilari orasidagi ikki choldan ham abjirroq chiqdi. “Men tovada yengil-yelpi taomlar tayyorlashni xush ko‘raman. Shu bois ham, u mening qo‘limda xuddi raketka singari harakat qildi”, dedi u mamnuniyat bilan.
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Mohinur 05 Avgust 2006, 07:54:05
DOIRA SHAKLIDAGI TURAR JOY

Braziliyadagi turli imoratlar qurish bilan shug‘ullanadigan «Moro» kompaniyasi direktori Alkir Moroning yangilikka o‘ch matbuot xodimlariga bergan intervyusi surat bilan yana ham jonliroq chiqqan. Suratda 11 qavatli dum-dumaloq bino aks etgan. Ammo uning tagida to‘g‘riburchakli blok joylashgan bo‘lib, bunda liftning shaxtasi va zinalarga o‘rin berilgan.

Dumaloq binodagi har bir xonadon 287 kvadrat metr joyni egallaydi. Narxi esa 300 ming AQSH dollariga hisob-kitob qilingan. Sharoit jihatdan esa har bir xonadon egasining boshi ko‘kka yetishi mumkin. Chiroqlar, konditsionerlar masofadan turib yoqiladi va o‘chiriladi. Bir so‘z bilan aytganda, mo‘’jiza. Alkir Moroning aytishicha, binodagi har bir xonadonni sinchiklab ko‘zdan kechirish uchun kamida bir soat lozim bo‘ladi.

AQSH, Kanada, Avstraliyada xuddi shunday ko‘rinishdagi restoranlar ishga tushirilgan. Ammo turar joy binosi birinchi bo‘lib, Braziliyada tiklandi va boshqa imoratlardan ajralib turadigan xususiyatlariga ko‘ra tarix sahifasidan o‘rin oladigan bo‘ldi.
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Mohinur 05 Avgust 2006, 07:54:16
UMR BO‘YI O‘QIB-O‘RGAN

Pskovda chiqadigan “Kuryer” gazetasi, Aleksandr Frolov degan kishining 27 ta tilni bilishi haqidagi qiziqarli ma’lumotni e’lon qildi. U eng so‘nggi fin tilini 63 yoshida o‘rganishga kirishibdi.

Aleksandrning fikricha, hech bir tilni o‘rganishda kishi o‘zini qiynamasligi kerak. Kuniga atigi 15 daqiqa til o‘rganishga vaqt sarflash hafta mobaynida ikki soat shug‘ullanishga nisbatan yengil ko‘chishi mumkin ekan.

Frolov ko‘pfarzandli dehqon oilasidan chiqqan. Ko‘p yillar o‘qituvchilik qildi. Ayni paytda Markaziy Osiyo xalqlari — tojik, qozoq, o‘zbek, turkman, shuningdek, tatar, eston, latish, litva tillaridan “quling o‘rgilsin” tarjimalar qiladi.

Ha, til o‘rganish bobida har qanday kishiga Frolov qo‘llagan usul juda qo‘l kelishi mumkin.
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Mohinur 05 Avgust 2006, 07:54:25
YANA TO‘RTTA G‘ILDIRAK KERAKMI?

Odatda mashinalarning g‘ildiragi to‘rtta bo‘lishiga hammaning ko‘zi ko‘nikkan. Tokioda ochilgan xalqaro avtosalondagi sakkiz g‘ildirakli yengil mashina barchaning bu ko‘nikmasini tonggi tumandek tarqatib yubordi. Yaponiyadagi universitetlardan birining kashfiyoti hisoblangan “Elika” avtomobili an’anaviy mashinalardan barcha jihatlari bilan ustundir. U soatiga 250 km. yurish quvvatiga ega bo‘lib, agar uni 120 km.ga tushirish zarurati tug‘ilsa, buning uchun 4 daqiqa kifoya. Hozircha ilk namuna nusxasi ishlab chiqarilgan, narxi 250 ming dollar turuvchi mashina hademay, Tokio shahri ko‘chalarida harakatlana boshlaydi.
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Mohinur 05 Avgust 2006, 07:54:38
QARILIKNING DAVOSI

Britaniyalik olimlar ajinga qarshi dori o‘ylab topishdi. Buning siri — infraqizil nurlardir. Ko‘z atrofining nozik qismlarida o‘tkazilgan tajribalar shuni ko‘rsatadiki, bu usul 95 foiz yaxshi samara berdi. Tibbiyotchilarning ta’kidlashicha, «O‘rdak panjasi» deb nomlangan infraqizil nurlanish natijasida ko‘z atrofidagi tirishlar yo‘qolib, mijoz o‘n yilga yosharar ekan. Ma’lum bo‘lishicha, infraqizil nurlar ta’sirida teri o‘z elastikligini kuchaytiradi va egiluvchan hamda silliq bo‘lib qoladi.

Sanderlend shahri olimlari esa ajoyib asbob yaratishdi. Bu asbob bilan kishi ajinlarga qarshi mustaqil kurashishi mumkin. Mahsulot 110 funt (200 dollar atrofida), narxi baland bo‘lishiga qaramay mijozlardan birortasi ham uni qaytarib kelgani yo‘q. Hattoki, asbob ko‘z atrofidagi nozik terigaki ijobiy ta’sir etmoqdami, uni terining boshqa yerlarida ham qo‘llasak bo‘lmaydimi, deyishmoqda ular.

Mashinkadan foydalanish juda oson: uni har kuni terining kerakli joyiga 15-30 daqiqa to‘g‘rilab qo‘yilsa bo‘lgani. Qarabsizki, kayfiyatingizni tushirayotgan alomatlar qarilik hisobiga bittaga kamayadi.
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Mohinur 05 Avgust 2006, 07:54:46
GAPIRUVCHI PULLAR

Avstraliyalik talaba qiz Eymi Xinvud savob ishga qo‘l urdi. Uning elektron ixtirosi ko‘zi ojizlarga asqotadi, chunki ko‘ra olmaydigan odamlar, tabiiyki, puldagi yozuvlarni ham o‘qiy olmaydi. Eymi yasagan asbob esa aynan shunday odamlarga pulning nominalini ovoz chiqarib aytadi va ularga pul hisob-kitobida qulaylik yaratadi. O‘zining kashfiyoti evaziga Eymi allaqachon «Fresh Innovators award» nomli mukofotni ham qo‘lga kiritdi. «Avstraliya pullarini ko‘zi ojizlar farqlashi qiyin, chunki ularda hech qanday bo‘rtib chiqqan belgilar yo‘q. Paypaslaganda hammasi bir xildek tuyuladi», deydi Xinvud.

Asbob pullarni ranglar yordamida ajrata oladi. Asosiy farq pulning aynan rangida bo‘lgani bois, Eymi boshqacha usul qo‘llolmagan. Mashinaga 20 dollarlik pulni aniqlashni «o‘rgatish» uchun u 50 dona shunday qog‘ozlarni sinovdan o‘tkazdi. So‘ngra uskunaga maxsus dastur kiritdi. Kashfiyotchi qizning fikricha, kattaroq miqdordagi pullardan ham tajribada foydalanib ko‘rish kerak. Faqat talaba bo‘lgani bois, unda bunday pullar hozircha topilmaydi. Eymining so‘zlariga qaraganda, asbob sotuvga ham chiqib ulgurgan.
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Mohinur 05 Avgust 2006, 07:54:54
DENGIZ QAROQCHILARI

Somali qirg‘og‘ida dengiz qaroqchilari Tailand kompaniyasiga tegishli bo‘lgan bortida 24 kishisi bor yuk kemasini qo‘lga olganlar, deya xabar beradi «Reyters».

Asosan Tailand fuqarolari bo‘lmish ekipajni qutqarish uchun qaroqchilar garov puli talab qilmoqdalar. Seshanba kuni ichiga shakar ortilgan yuk kemasi Braziliyadan Yamanga yo‘l olgan edi. Juma kuni Somali qirg‘og‘i yaqinidan suzayotgan kema mahalliy dengiz qaroqchilarining qurolli hujumiga duchor bo‘ldi. Xalqaro dengiz Byurosi (IMB) ma’lum qilishicha, bu so‘nggi oy ichida Somali qirg‘og‘ida yuz berayotgan yettinchi talonchilikdir.

O‘tgan hafta qaroqchilar bortida yevropalik turistlari bo‘lgan yo‘lovchi kemasiga ham «tashlangan» edilar. Yetarli darajadagi xavfsizlik imkoniyatlariga ega bo‘lgan kema tezsuzar katerlarda avtomatlardan o‘q otib hujum qilgan qaroqchilardan bir amallab xalos bo‘lgan edi.

Xalqaro Dengiz Byurosi Somali va mazkur mintaqadagi boshqa mamlakatlarning hokimiyatlariga o‘z dengiz chegarasidagi xavfsizlikni ta’minlashni talab qildi.
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Mohinur 05 Avgust 2006, 07:55:02
BEZOVTA BO‘LISHNING HOJATI YO‘Q

Penza shahrida yashovchi ayol brilliant ko‘zli uzugini yo‘qotib qo‘ygach, kuchukchasini veterinar vrachga keltirdi, deb xabar beradi mahalliy «Reporter» gazetasi. Voqea tafsiloti esa quyidagicha.

Ayol kechki payt uzugi solingan mo‘jazgina barqut qutichani stol ustida qoldirdi, yonida esa uzugi. Qaytib kelsa, jurnal stoli ustida uzugi yo‘q, pastda esa g‘ijimlangan quticha.

«Biz itning oshqozonini tasvirga tushirdik va u yerda brilliant ko‘zli uzuk yotganini ko‘rdik», degan xushxabar bilan yuzlandi bu ayolga veterinar shifokor Ivan Davidenko. Ortiqcha bezovtagarchilikka hojat yo‘q. Qimmatbaho buyumni mushukdan qaytarib olish eca u qadar mushkul ish emas.
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Mohinur 05 Avgust 2006, 07:55:32
AYIQPOLVON MULTFILM KO‘RDI

O‘rmonda ishlaydigan Tom Bakli (Alyaska) televizor qarshisida o‘tirar ekan, deraza ortida qandaydir sharpa turganini ilg‘adi. Burilib qarasa, ulkan ayiqpolvon. U o‘rmonchiga e’tibor ham bermas, ikki ko‘zi go‘yoki ekranga mixlangandek edi.

Multfilm kattalarga ham, kichiklarga ham yoqadi. “Lip-lip” qilib qisqa kadrlarda namoyish qilinadigan multfilmlar demak, ayiqpolvonga ham asalday yoqib tushdi. Tomosha yakunlanishi bilan “qiyshiq oyoq” daraxtlar orasiga g‘oyib bo‘ldi, deb yozadi bu haqda Chexiyada chiqadigan “So vas zayma” jurnali.
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Mohinur 05 Avgust 2006, 07:55:39
MUZLATILGANI FOYDALIROQ

Leypsig universiteti olimlarining yaqindagina matbuotda e’lon qilingan xulosasiga ko‘ra, yangi uzilgan meva va sab¬zavotlarga nisbatan ular¬ning muzlatilgani foy¬daliroq ekan. Ular bunday fikrga ikki xil ko‘rinishdagi mahsulotning tarkibini sinchiklab tekshir¬gan¬laridan so‘ng kelishdi. Xususan, muzlatilgan yashil no‘xat, gulkaram, mak¬kajo‘xori, sabzidagi vitaminlar hozir uzib olinganiga qaraganda mo‘l-ko‘l bo‘lib chiqdi. Sababi, muzlatilganda sabzavot va mevalar tarkibidagi turli xil mineral o‘g‘itlar «o‘lar» ekan. Shu bois, do‘konlarda turgan qimmat mahsulotlarni yangi deb xarid qilish sog‘liq uchun unchalik foydali emas, deb xabar beradi nemislarning «Bild» gazetasi.
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Mohinur 05 Avgust 2006, 07:55:50
MUSHUKDAGI KLINIK O‘LIM

Odamda behush yotib, go‘yoki narigi dunyoga ravona bo‘lgandek holat kuzatiladi. Ammo xuddi shunday voqea hayvonlar hayotida ro‘y bersa-chi?

Moldaviyaning aholi punktlaridan birida «Ke¬sha» laqabli mushuk kutil¬maganda o‘z egalarini lol qoldirdi. Uyga qaytgan «Kesha» uyquga ketdi va deyarli qimirlamay qo‘ydi. Demak, uni ko‘mish kerak. Butun xonadonning sevimli a’zosiga aylangan jonivor¬ni ko‘mish marosimi ham tantanavor tus oldi. Yig‘i-sig‘i, vidolashuvda ayti¬ladigan gaplar...

Shunday qilib, «Kesha»-ni chuqurchaga ehtiyot qilib qo‘ydilar. Kutilma¬ganda jasad qimirlab qoldi! Aza quvonchga aylanib ketdi deng. Jonivor yana chuqurchadan chiqarilib, uyga olib ketildi.

Keshaning «klinik o‘limi» qayta tirilish bilan barham topib, mehribonlariga yana quvonch baxsh etdi, deb yozadi Kishinev gazeta¬laridan biri.
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Mohinur 05 Avgust 2006, 07:55:57
MAYMUNLARGA ISHONISHMOQDA

Amerika politsiya maxsus xizmati o‘z ishiga maymunlarni jalb qilmoqchi. Arizona shtatining Mesa shahrida janubiy amerikalik kaputsin oilasiga mansub maymunlarga razvedkachi vazifasi yuklatiladigan bo‘ldi. Politsiyachilar zarur tadqiqot ishlari olib borishlari uchun 100 ming dollar miqdorida pul ajratilishiga rozilik berishdi. Ularning fikricha, to‘rt yildan so‘ng aniq ijobiy natijani olish mumkin. Maymunlar maxsus o‘q to‘suvchi ko‘ylak kiyib, radiouzatgich bilan jinoyatchini tutishga yuboriladi. Og‘ir bo‘lmagan vazni va tana tuzilishining mosligi maymunlarga odam, robot eplolmagan ishlarni qilishiga imkoniyat yaratadi. Ko‘plab kaputsinlar allaqachon kasal boqish, aravachadagi nogironlarga mehribonlik ko‘rsatish, ovqat tashish, chiroqni o‘chirish, yoqish va hatto soch tarashga o‘rgatilmoqda. Politsiyachilar maymunlarning o‘tkir zehni, aql-idroki va odamnikiga o‘xshash chaqqon, epchil qo‘llariga tan berishdi. Shuningdek, politsiyachilar qulfni ochish, binoni sinchiklab qidirish va yaradorlarga yordam berish mahoratini egallash ham maymunlarga xosdir, degan xulosaga kelishdi.
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Mohinur 05 Avgust 2006, 07:56:04
STULCHA BILAN AVTOBUSGA

Kishinyovdagi marshrutli taksi va avtobus haydovchilari bu kampirni juda yaxshi taniydilar. Chunki uning qo‘lida doimo yig‘iladigan stulcha bor.

Avtobuslar hamisha tirband. Yoshi o‘tib qolgan kishilarga joy berish haqida yigit-qizlar unchalik ham o‘ylayvermaydi. Xo‘sh, nima qilish kerak, “bez” bo‘lib o‘tirganlarga joy istab qarash ham foyda bermay qo‘ydi. Momo buning chorasini o‘ylab topdi, u hech qachon salonga birinchi bo‘lib kirishni o‘ylamaydi. Garchand salon tirband bo‘lsa ham yo‘lovchilarni surib-surib, stulchasini qo‘yishga joy topadi.

“Qarib qoldim, turib ketolmayman, oyoqlarim toliqadi, yoshlarga joy ber, deb qarab turishdan yomoni yo‘q. Eng qulayi stulcha bilan yurish”, deydi kampir konduktorlarga.
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Mohinur 05 Avgust 2006, 07:56:11
JAZOLAB BO‘LMAYDIGAN O‘G‘RI

Amerika banklaridan birida 5 ming dollar pul yo‘qoldi. Ikki xodimdan shubhalanishdi va ular ishdan ham olindi.

Bankda navbatchilik muntazam joriy qilingan. Tushlik mahali ham bu yer nazoratsiz qolmaydi. Ajabo, kim o‘margan bo‘lishi mumkin? Shubha ostiga olingan xodimlar tavba-tazarru qilishsa ham ishonmadilar. Aslida o‘g‘ri... to‘tiqush edi.

Ochiq turgan panjarali derazadan ichkariga uchib kirgan to‘tiqush stol ustida turgan qog‘ozlar bilan ishi bo‘lmay, suratli ko‘k pullar solingan yashikka tumshug‘ini tiqib, og‘ziga siqqanicha qistirdi-da, uchib chiqdi.

O‘sha kuni navbatchilik qilgan politsiya xodimining xabaridan so‘ng to‘tiqush boquvchi xonadonlarda birma-bir tekshiruv o‘tkazildi. Bir talay to‘tiqushlarni boqayotgan janobning qanotli do‘sti o‘g‘ri bo‘lib chiqdi.

Afsuski, “o‘g‘ri”ni sudga sudrashning iloji yo‘q...
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Mohinur 05 Avgust 2006, 07:56:20
11 KUN DARAXT TEPASIDA

It bilan mushuk bir-biriga dushman. Ayniqsa, mushuk itdan juda qo‘rqadi, qopib olaman deb tashlansa, sho‘rlik “sichqonning dushmani” daraxt tepasiga chiqib olib, ko‘p kunlar qolib ketishi ham mumkin ekan.

Metallurgiya tumanida istiqomat qiluvchi onaxonlardan biri “Ksyusha” laqabli mushugi bilan sayr qilib yurardi. Qo‘shni itlardan biri mushukka “hujum” qilib qoldi. Mushuklar esa bunday paytda daraxtga chiqib olish bo‘yicha “chempion”. Itdan yurak oldirgan Ksyusha daraxtga sakrab chiqib olishga oldi-yu kech kirib, tong otsa-da, pastga tushay demasdi.

Mushukning egasi uni har kuni pastga tushirish uchun harchand urinmasin, bari zoye ketardi. Sho‘rlik bitta shoxga shunday o‘tirib olgan ediki, it unga xavf sololmasdi. Jonivorni pastga tushirish uchun o‘t o‘chiruvchilarni chaqirishga to‘g‘ri keldi. Qutqaruvchilar o‘t o‘chirishda asqotadigan narvonga chiqibgina, Ksyushani pastga tushirishga muvaffaq bo‘ldilar.

Alqissa, mushuklar uchun 11 kun “tuz” tatimaslik qahramonlikdir.
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Mohinur 05 Avgust 2006, 07:56:28
18 YOSHLI SHAHAR MERI

Michigan shtatidagi Ximdeyl shaharchasi meri lavozimiga 18 yoshdagi maktab bitiruvchisi Maykl Seshns da’vogar bo‘ldi. Maykl amaldagi tartib-qoidaga ko‘ra bo‘lib o‘tadigan saylovlarga o‘z nomzodini qo‘ydi.

Avvaldan ana shu maqsadni ko‘zlab yurgan yigitcha yoz bo‘yi ishlab topgan pulini saylov kompaniyasiga sarflashni mo‘ljallardi va shunday qildi ham. Bu uning saylovoldi dasturlarini targ‘ib-tashviq etishga yetarli bo‘ldi. Nomzod o‘z dasturi va uning ahamiyati haqida saylovchilari bilan qahvaxonayu kir yuvish shaxobchalarida ham, dorixonayu xiyobonlarda ham uchrashuv uyushtiraverdi. Targ‘ibot ishlari shu darajada tashkillashtirildiki, saylovchilar Mayklning shaharcha turmush tarzini keskin o‘zgartirib yuborishiga ishondilar. Uning eng diqqatga sazovor g‘oyasi shunda ediki, buvi va buvalar o‘z farzandlari uchun yelib-yugurib, jonini jabborga berib mehnat qilishgan. Endi ular uchun ko‘proq g‘amxo‘rlik ko‘rsatish kerak.

Shunday qilib, saylovoldi dasturi barchaga ma’qul kelgan Maykl eng yosh shahar meri sifatida qayd etildi.
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Mohinur 05 Avgust 2006, 07:56:35
OLTI YILDIRKI VELOSIPEDDA

Italiya fuqarosi — 62 yoshdagi Yanush River, mana olti yildirki, velosipedi bilan yo‘lda. Bu vaqt mobaynida u du¬nyo¬ning 55 ta mamlakatiga sayohat qilib, shu kecha-kunduzda Polsha va Boltiqbo‘yi, so‘ngra Rossiyada bo‘lishni mo‘ljal qilib turibdi.

Yanush jami 20 ta tilni biladi, bir kunda uch dollardan ko‘p pulni sarflamaydi. Bu uning kamtarligidan, boriga shukr qilishidan dalolat beradi. Uning keyingi maqsadi Avstraliyani «ishg‘ol» etish. Velosi¬peddagi sayohatini u Pekindagi Olimpiada o‘yinlariga ulab yubor¬moqchi. Uyiga esa 2008 yildan avval qaytmoqchi emas.
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Mohinur 05 Avgust 2006, 07:56:43
BO‘RI BOQISH OSON EMAS

Jonivorlarning bo‘lgani yaxshi, axir tabiat o‘simlik va hayvonot dunyosi bilan go‘zal-da. Ammo yirtqich hayvonlarni boqish inson uchun oson ish emas. Bunday qiyinchilik Der¬bishka posyolkasi (Qozon) aholisi boshiga tushdi. Furgonchaga minib olgan o‘rmon xodimlari hayvonot dunyosi ishqibozlariga bo‘ri, tulki, ayiqlarni «sovg‘a» tariqasida ulashib chiqa boshladi. Bular orasida bo‘rini boqish mashaqqatga aylandi. Unga go‘sht, sabzavot, nonlar kor qilmas, katta-katta o‘lja — qo‘y, sigir, cho‘chqa, qisqasi, gavda jihatdan o‘zi bilan teng bo‘lgan hayvonlarga talabgor edi.

Yirtqichlarga nisbatan mehribonlik Derbishka posyolkasida uzoq davom etmaydiganga o‘xshaydi.
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Mohinur 05 Avgust 2006, 07:56:51
AVTOBUSDA KOMPYUTER

Sankt-Peterburg ko‘chalarida yuruvchi avtobuslardan biriga kompyuter o‘rnatilgani ko‘pchilikda taajjub uyg‘otmoqda. Elektron uskunaga jamoat transportidagi barcha vazifalar yuklangan. Masalan, kompyuter bosh va oxirgi bekatdagi dispetcher xonalari bilan bog‘langan bo‘lib, yo‘nalishni nazorat qiladi. Avtobusning harakat tezligi, yo‘lovchilar soni ham kompyuterning “nazaridan” chetda qolmaydi. Eng muhimi, haydovchining harakati: u bekatlarda to‘xtab, eshikni qanday ochib-yopadi, yo‘lovchilar bilan muomalada qo‘pollik qilmaydimi? Elektron nazoratchining haydovchilarni tartibga soladigan yana bir jihati shundaki, ichgan-ichmagani to‘g‘risidagi axborotni zudlik bilan dispetcherga uzatadi. Agar haydovchi ichgan bo‘lsa motor zudlik bilan o‘chirilishi mumkin.

Hozircha kompyuter-nazoratchi eksperimentda. Agar u tajribadan muvaffaqiyat bilan o‘tsa, shahar ko‘chalaridagi barcha avtobuslarga o‘rnatiladi. Bu hol xizmat madaniyatini yuksaltirishga, har xil ko‘ngilsizliklarning oldini olishga imkon yaratsa, ajab emas.
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Mohinur 05 Avgust 2006, 07:56:58
MARHUMNING BIZNESI

Do‘konga kirib kelgan militsiya xodimlari spirtli ichimlik sotishga litsenziyasi bo‘lmagan tadbirkorni shubha ostiga olishdi. Litsenziya bo‘lmasa, anavi shishalar qaerdan paydo bo‘ladi?

Sotuvchining hujjatlarini tekshirib ko‘rishganida... hammasi ayon bo‘ldi. Bundan ikki-uch yil muqaddam Arxangelskda yashovchi tadbirkor ayol o‘z tanishidan ishonch qog‘ozi olib, uning nomidagi do‘konni ijara uchun rasmiylashtirib ish yurita boshlagan edi. Oradan ko‘p o‘tmay ishonch qog‘ozi muallifi bandalikni bajo keltiradi. Ayol esa hamon o‘sha ishonch qog‘ozi asosida ish yuritib kelmoqda edi. Hattoki sotuvchi bir necha bor marhumning nomidan soliq ham to‘lagan. U buni bilib qilganmi, bilmay qilganmi, yolg‘iz xudoga ayon.
Haqiqat sudda oydinlashsa kerak.
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Mohinur 05 Avgust 2006, 07:57:38
VANNA UCHUN «JANG»

Qozon shahrida yashovchi pensioner ayol uyini ta’mirlash vaqtida boloxonasi tagiga chiqarib qo‘ygan cho‘yan vannaga ko‘z-quloq bo‘lib turmaganida, bu matohidan ayrilib, xudoga dodini aytib qolaverardi. Har tugul kampir pishiqqina ekan. U sal nariroqda turgan “Gazel” avtomashinasidagi kishilarga shubha bilan qarab-qarab qo‘yar, ora-chirada ustalar bilan chalg‘ib ham qolardi.

Kampir ko‘rinmay qolgach, ayni muddaoligini sezgan tovlamachilar 40 rubl berib yollagan daydini ishga solib, vannani joyidan qo‘zg‘atishni boshlagan edilarki, uy bekasi yugurib pastga tushdi. Uchta barzangiga kuch-quvvatdan qolgan zaifa bas kela olarmidi?

Kampir zudlik bilan nav-batchi militsiyaga sim qoqdi. Cho‘yan vanna uchun davom etgan “jang” ularning aralashuvi bilan egasining manfaatiga hal bo‘ldi, deb xabar beradi “Vechernyaya Kazan” gazetasi.
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Mohinur 05 Avgust 2006, 08:04:13
Eng yengil odam (cha!)

Pakanagina, atigi 67 sm bo‘yli Lyusiya Ksarate (1863-1889, Meksika) tug‘ilganida 1,1 kg edi. 17 yoshida bu xonimcha taroziga tushib ko‘rdi va amin bo‘ldiki, haliyam kichkina-mittigina ekan (2.13kg). So‘ng semirishga qaror qildi va bunga erishdi ham. 20 yoshida uning og‘irligi 5,9 kg.ga yetdi.

Kattalar orasida o‘ta ozg‘inlik —Sammond (miya ostidagi o‘sishga ta’sir ko‘rsatuvchi ichki sekretsiya bezi kasalligi) tufayli yuzaga keladi. Va bunda kishining normal vazndan 65-70% kam vaznga ega bo‘lish kuzatiladi. Masalan, AQShlik Emma Shaller xonimning bo‘yi 157 sm bo‘lgani holda, vazni 20 kg.ni tashkil etgan. Ko‘ryapsizmi, 65 % normadan kam. Yana bir amerikalik janob Eddi Mosher esa bo‘yi 170 sm, og‘irligi 22 kg bo‘lgani uchun zamondoshlari uni «skelet-odam» deb atashgan ekan.
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Mohinur 05 Avgust 2006, 08:04:23
BO‘YI BO‘YIGA MOS EMAS EKAN!

Er-xotinlar orasida bo‘y jihatdan eng katta tafovut frantsiyalik Roben Pretu va Nataliya Lyusiuslar o‘rtasida kuzatilgan. Ular 1990 yil 14 aprelda nikohdan o‘tishar ekan, odamlarni ularning to‘ylaridan ko‘ra ko‘proq bo‘ylari qiziqtirib qoldi. Sababi, kuyovto‘ra Fabenning bo‘yi 188,5 sm bo‘lgan holda, kelinposhsha Nataliyaxon bor-yo‘g‘i 94 sm bo‘yga ega edi. Oradagi farqni qarang: 94,5 sm. Bo‘ylari-ku mos kelmapti, ko‘ngillari ko‘ngillariga mos kelgan bo‘lsin-da, ishqilib!
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Mohinur 05 Avgust 2006, 08:04:34
Vazn jihatdan er-xotinlar orasida eng katta farqqa ega juftlik

Amerikada yashagan ekan. Jon Brouer Minnox va uning rafiqasi Jannat 1978 yil martda o‘zlarini tarozida torttirib ko‘rganlarida, Janob Brouer naqd 635 kg tosh bosdi. Jannatxonim esa atigi 50 kg keldi, xolos. Oradagi farq 585 kg bo‘lib va bu farq dunyodagi barcha er-xotinlar vazni orasidagi farqlar ichida eng yuqori ko‘rsatkich edi. Umuman olganda, Jon «eng semiz odam» bo‘lib tarixda qoldi. Lekin bilasizmi, uni hayotda rohatlanib kun kechirgan deb bo‘lmaydi.

Bolaligidanoq semizlik kasali uni ko‘p qiynay boshlaydi. E’tibor bering, u 1963 yil, endigina 22ga to‘lgan paytida bo‘yi 185 sm, og‘irligi 178 kg edi. Yillar o‘tgan sayin u tag‘in «og‘irlashib» bordi. 1976 yili 442 kg tosh bosgan bechora Minnox semirishda yana davom etdi va faqat 1983 yili, ya’ni, qazoi qadari yaqinlashganidagina ancha ozib ketdi. Vafot etganida u 362 kg edi.
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Mohinur 05 Avgust 2006, 08:04:46
FAMILIYANING MA’NOSI NIMA?

«Familiya» so‘zi lotinchada, ya’ni qadimgi rimliklar tilida «oila» ma’nosini anglatgan. Hozir esa «familiya» deganda biz bitta odamning ismini emas, balki ma’lum avlodga oid nomni nazarda tutamiz. Bu avlodda familiya ota-onadan bolalarga o‘tib boradi.

Dastlab familiyalar, ya’ni avlodlar nomi bo‘lmagan. Chunki qadimda odamlar kichik-kichik to‘da, ovul bo‘lib yashashar, hamma bir-birini ismidan bilardi. Bir xil ismlar bo‘lsa ularning ismini yoniga laqab qo‘yib aytishardi.

Vaqt o‘tishi bilan odamlar ko‘paydi. Shaharlar vujudga keldi. Odamlarning uzoq-uzoqlarga safar qilishlari qiyinlasha bordi. Faqat ism yoki laqabga ega bo‘lish kamlik qildi. Natijada familiya paydo bo‘ldi.

Dastlab familiyalar faqat boy odamlarda bo‘lgan. Qadim zamonlarda arablarda familiya shaxsning yuqori tabaqaga mansubligini, zodagonligini bildiruvchi, oddiy, mehnatkash xalq vakillaridan yuqori turganligini ko‘rsatuvchi belgi sifatida qo‘llanilgan.
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Mohinur 05 Avgust 2006, 08:17:38
Yanvar – Ma’bud Yanus sharafiga «yanvarius» deb atalgan. Rimliklarning e’tiqodicha, ikki yuzli Yanus har bir narsaning boshi va oxirining homiysi bo‘lgan emish.

Fevral – lotincha «februarus» so‘zi tozalanish, poklanish ma’nosini bildiradi.

Mart – bu oy dehqonlar va chorvadorlar homiysi Mars sharafiga atalgan «martius» so‘zidan olingan.

Aprel - «Apfire» so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, o‘z in’omlarini namoyon qiluvchi degan ma’noni bildiradi.
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Mohinur 05 Avgust 2006, 08:17:56
May - Ma’buda Mayya «Mayus» ismidan olingan go‘zallik, shod-xurramlik oyi hisoblanadi.

Iyun – Yupitering xotini - ma’buda Yunona sharafiga qo‘yilgan. Afsonalarga ko‘ra, Yunona ayollar homiysi, er-xotinlar qo‘sha qarishi, uvali-juvali bo‘lishining tarafdori.

Iyul – Rim davlat arbobi va lashkarboshisi Yuliy Sezar sharafiga shunday atalgan.

Avgust – Rim imperatori Oktavian Avgust sharafiga qo‘yilgan.
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Mohinur 05 Avgust 2006, 08:18:13
Sentyabr – Qadimda rimlilarning o‘n oylik taqvimida yetti oy bo‘lib, lotincha «september» ( 7 ) so‘zidan olingan.

Oktyabr – Qadim rimliklar taqvimida sakkiz oy lotincha «oktober» ( 8 ) degan ma’oni beradi.\

Noyabr – lotincha «november» ( 9 ) so‘zidan olingan, qadimgi rimliklar taqvimida to‘qqizinchi oyni anglatgan.

Dekabr – lotincha «detsember» so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, o‘n degan ma’noni bildiradi.
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Mohinur 05 Avgust 2006, 08:23:51
Har bir millatning milliy taomlari bor va tabiiyki, uning ilk bor tayyorlangan davri haqida ko‘pchilik o‘ylab ham o‘tirmaydi. Ukrainalik tarixchi Grigoriy Gordienko o‘z xalqining eng xushxo‘r va eng ommaviy taomi — borshni 300 yillik tarixga ega, deb hisoblamoqda.

Karam sho‘rva uch asrdan beri tayyorlanayotganiga mamlakatda deyarli hech kim e’tibor bermaydi. U avloddan avlodga o‘tib, bugungi ukrainaliklarning ham oshxonasidan o‘z o‘rnini topib oldi. Pazandalar borshning o‘nlab xillarini ixtiro qilishdi: sabzili, kabachkali, sarimsoqpiyozli. Qaysi tur bo‘lishidan qat’i nazar, karamsiz tayyorlanmaydi. Ammo bari xushxo‘r, betakror, har bir oilaning taomnomasida birinchi o‘rinni ishg‘ol etadi.

Tarixda nomi qolgan ofitser Ivan Kotlyarevskiy o‘z kitobida, “Ukrainaliklar sho‘rvaning bu xilisiz yashay olmaydilar, agar uni uch kun ichmasalar, oshqozonlari “g‘alayon” ko‘taradi” deb yozib ketgan ekan.

Borsh — o‘z yo‘liga, o‘z xalqining dasturxoniga, ammo bizning oshdan qo‘ymasin!
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Mohinur 05 Avgust 2006, 08:24:57
Ko‘zoynakdan kishilar qadim zamonlarda ham foydalanganlar. Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, ko‘zoynak birinchi marta Xitoyda yaratilgan. So‘ngra Misr, Hindiston va boshqa Sharq mamlakatlarida ham kishilar katta qilib ko‘rsatuvchi shishalardan foydalanishgan. XVI—XVII asrlarga kelib ko‘zoynak ko‘p mamlakatlarga tarqaldi. Bu vaqtga kelib aniq fanlar — matematika, fizika, mexanikaning tez rivojlanishi tufayli ko‘zoynak ishlab chiqarish ham taraqqiy etdi. Shu bois, ko‘zoynaklar ommaviy tarzda urf bo‘ldi.

Ko‘zoynaklarning foydali ahamiyati beqiyosdir. Juda kuchli yorug‘lik, masalan, quyosh, elektr payvandlash, shu kabi o‘tkir nurlar kishi ko‘ziga uzoqroq vaqt ta’sir etsa, ko‘zidan yosh oqa boshlaydi va qizarib, og‘riq paydo bo‘ladi. Yuqorida keltirilgan nurlar ta’siridan maxsus ko‘zoynak yordamida saqlanish mumkin.

Shuning uchun ham tog‘li qor cho‘qqisiga ko‘tarilganda va qalin qor yoqqanda rangli ko‘zoynak taqib olish foydali. O‘tkir yorug‘lik bilan ishlovchilar qora ko‘zoynak taqishlari zarur. Aks holda ko‘z tezda zararlanishi mumkin. Ko‘zni turli chang-to‘zon va zararli tutunlardan saqlash uchun maxsus ko‘zoynaklar mavjud. Ular oddiy rangsiz shishadan ishlanadi va ko‘z sohasini butunlay qoplab oladi. Bunda chang-to‘zon yon tomonlardan ham ta’sir eta olmaydi.
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Mohinur 05 Avgust 2006, 08:25:49
Germaniya, Yaponiya kabi davlatlar o‘z iste’dodli yoshlariga alohida sharoitlar yaratib berishga harakat qiladi. XX asr ikkinchi yarmidagi fan-texnika yutuqlarining asosi sifatida ham mutaxassislar bu e’tiborni alohida tilga olishadi. Biroq rivojlangan Frantsiya davlatidagi aynan shu sohadagi o‘ziga xos tizim kishini mulohaza yuritishga majbur etadi.

Gap shundaki, Frantsiyada iste’dodli bolalarni saralab olish va ularga alohida e’tibor berish siyosatiga norozilar ko‘pchilikni tashkil etadi. Buning ustiga Frantsiya olim va pedagoglari bunday siyosat, birinchidan, turli guruhdagi yoshlarning tabaqalashuvi, ijtimoiy psixologik muhitning beqarorlashuviga va oxir-oqibatda ijtimoiy nizolarning kelib chiqishiga sabab bo‘lishini, ikkinchidan esa, jamiyatda sun’iy ravishda ajratib qo‘yilgan iste’dodli yoshlar orasida takabburlik, ya’ni boshqalarga nisbatan bepisandlik alomatlarining paydo bo‘lishi, insoniy fazilatlar tanazzuliga olib kelishi mumkinligini ta’kidlaydilar. Shuning uchun Frantsiyada iqtidorli bolalar jismonan nosog‘lom, hatto aqlan zaif o‘quvchilar bilan bir sinfda o‘qitiladi. Agarda ta’lim jarayoni jismoniy sog‘¬lom va iqtidorli bolalarni qoniqtirmasa, ular darsdan so‘ng qo‘shimcha mashg‘ulotlarga qatnashishlari mumkin.
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Mohinur 05 Avgust 2006, 08:32:42
X-XI asrlarga kelib G‘arb tezlik bilan Sharq olimlarining fandagi yutuqlarini o‘rganishni boshlagani tarixdan ma’lum. Albatta, bunda tarjimonlar mahorati ham ko‘p narsani hal qilardi. Shunday tarjimonlarning ozmi-ko‘pmi «mahorati» o‘laroq, mohiyat qay darajada o‘zgarganligi ma’lum bo‘lmasa-da, ammo mualliflarning ismlari yaxshigina o‘zgargan. Masalan, Muso-al Xorazmiy nomini «Algorazmi», «Algorifm», «Algoritm» kabi o‘ndan ortiq nomda tarjima qilishgan bo‘lsa, kitobi tarjima qilinganida muallifining nomi tanib bo‘lmaydigan darajada o‘zgarib ketgan hollar undan ham ko‘p. Misol uchun, Abu Bakr Ar-Roziy — Babakar Razes, Az-Zar¬qaliy — Arxazil, An-Nasaviy — Nasuenskiy, Abu Bashar Al-Balxiy — Albumasr, Ibn Boja — Avempas kabi.

Qiziq tomoni shundaki, nomlari yuqoridagidek o‘zgarganini ko‘rgan ayrim mualliflar ham kitob aynan o‘zlariniki ekaniga dastlab shubha bilan qarashgan va tarjimon guvohligida kitobni varaqlab, unda haqiqatan ham o‘z nazariyalarining tarjimasi aks etganining shohidi bo‘lgachgina ishonishgan.
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Mohinur 05 Avgust 2006, 08:32:52
Shubhasizki, bashoratli tushlar inson miyasiga o‘zga o‘lchamdagi vaqt-makondan uzatiladi. Rumin yozuvchisi, «paranormal holatlar» bo‘yicha bir necha kitoblar muallifi, tush ta’birlashning ashaddiy ishqibozi Ion Suguyning bunga ishonchi komil.

«Ko‘pchilik hayotida ba’zi bir muhim voqealar tushida oldindan ayon etilganiga guvoh bo‘lgan, — deb ta’kidlaydi Suguy. — Bir kuni Buxarestdan 500 chaqirim uzoqda yashovchi opamni tushimda ko‘rdim. U oppoq kelinlik libosida bir ko‘rindiyu, keyin qop-qora devorga singib ketdi. Ertalab meni uyg‘otishganida:

— Ha, bilaman, Dora olamdan o‘tdi, — dedim. Buni qarangki, fojia aynan men tush ko‘rayotgan vaqtda yuz beribdi.

Bundan tashqari, ko‘p ilmiy kashfiyotlar olimlarga tush orqali ayon etilgan», — deydi Suguy.
Inson hayotining deyarli chorak qismi — yigirma yildan ko‘prog‘i uyquda o‘tadi. Ana shu muddatning ming daqiqasi bashoratli tushlar ko‘rishga, maxsus ma’lumotlarni uzatishga mo‘ljallangan ekan.
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Mohinur 05 Avgust 2006, 08:33:00
London yaqinidagi Stiveneydj shaharchasida yashovchi 68 yoshli Izabel Varli jahondagi eng ko‘p tatuirovka qilingan momo hisoblanadi. Boshidan to tovonigacha, butun badani rangli rasmlar bilan «bezalgan».

* * *

Buyuk Britaniyalik 105 yoshli Persi Errousmis va uning 100 yoshli xotini Florens 2005 yil 1 iyunida to‘ylarining 80 yilligini nishonlab, «Rekordlar kitobi»ga kirishdi.
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Mohinur 05 Avgust 2006, 08:33:10
Tumshuqchasidan dumining uchigacha 15,2 sm bo‘lgan Heaven Sent Brandy laqabli kuchukcha nafaqat AQSh, balki dunyodagi eng mayda it(cha) hisoblanadi.

* * *

28 yoshli xitoylik Yuy Chjenxuan eng uzun soch erkakdir. Gipertixoz kasalligiga duchor bo‘lgan Yuyboy yaxshi eshitishi uchun do‘xtirlar uning quloqlarini kirib qolgan sochlardan tez-tez tozalab turishadi.
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Mohinur 05 Avgust 2006, 08:33:26
Britaniyalik Garri Terner yaqinda yuziga 153 ta qistirgichni qistirgandan so‘ng oshnalari unga «Elastik» deb laqab qo‘yishgan.

* * *

AQShlik Jon va Greyg Rayslar jahondagi eng mitti va balki eng boy egizaklardir. 86 sm bo‘yga ega ushbu katta yoshli «mittivoy»larning shaxsiy firmasi bo‘lib, ko‘chmas mulk savdosi va teleprodyusserlik bilan shug‘ullanishadi.
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Mohinur 05 Avgust 2006, 08:33:37
Perulik teleboshlovchi Fulvia Selika Siguas Sandoval 64 marotaba jarrohlik operatsiyasini boshidan o‘tkazgan. Shundan so‘ng ham u Lima shahar meri saylovida o‘z nomzodi bilan ishtirok etishga kuch topa oldi.

* * *

Afrikada yashovchi Lach laqabli ho‘kizning shoxlari dunyodagi eng uzun shox bo‘lib, 95,25 sm.ni tashkil qiladi.
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Mohinur 05 Avgust 2006, 08:34:20
MATEMATIK ChAQALOQLAR

Gapirish va ovqat yeyishga hali o‘rganmagan bolalar kattalarni hayron qoldiradigan bir jihatga ega ekanlar. Bu — ulardagi tug‘ma shakllangan matematik qobiliyatdir. Mutaxassislarning xulosasiga ko‘ra, ular tili chiqqunga qadar sonlarni bir-biridan farqlay olish layoqatini egallab bo‘lishadi. Shimoliy Karolina shtatidagi Dyuk universitetida faoliyat yuritayotgan shifokorlar o‘tkazgan tajriba shunday fikrni keltirib chiqardi. Tadqiqot ishlarida 20 nafar yetti oylik mittivoy ishtirok etdi. Ularga «look» (qara) so‘zini talaffuz qilayotgan ayollarning ikki xil videotasviri namoyish etildi. Bir xil vaqt ichida ko‘rsatilgan kliplarning dastlabkisidagi odamlarning soni ikki nafar, ikkinchisida uch nafar edi.

«Yosh matematik»larning 60 foizi bunday vazifani uddalashdi. Ular tanlagan variantda videoyozuvdagi ayollarning soni audioyozuvga mos tushgandi.

«Bu odamga matematik qobiliyat tug‘ma tarzda o‘tadi degan natijaga kelish uchun ma’lum ma’noda zamin yaratdi», — deydi tadqiqotchi olimlardan biri.
   
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Mohinur 05 Avgust 2006, 08:34:28
Xalqimiz orasida «Sog‘ tanda — sog‘lom aql» degan so‘z yuradi. Yaqinda angliyalik mutaxassislar xuddi shu hikmatni isbotlashga urinib ko‘rishdi. Faqat sal boshqacharoq yo‘l bilan.

«Insonlar salomatligining darajasi ularning qaysi ijtimoiy guruhga mansubligi va moddiy ahvoliga qarab farqlanadi», — deyishadi ko‘pchilik. Olimlar olib borgan tekshiruvlar esa biz uchun azaliy bo‘lgan yuqoridagi maqolning yangicha isbotini keltirib chiqardi. Ularning fikricha, salomatlik garovi birinchi navbatda intellektual salohiyat, bilim va aqlning saviyasida ekan.

O‘rta tabaqadagi ziyolilar ishchi sinfiga nisbatan ko‘proq yashashi va sog‘ligidan kamroq shikoyat qilishi aniqlangan. Buyuk Britaniyadagi Tibbiyot tadqiqotlari kengashining bir guruh vakillari 1987 yilda 1347 nafar erkak va ayolni ro‘yxatga olishgandi. Ular o‘sha paytda 56 yoshda bo‘lishgan. O‘n yetti yil mobaynida ularning salomatligi va tafakkur darajasi bir-biriga bog‘liq tarzda o‘rganildi. Nazorat ishlari Glazgo va Edinburg universitetlarida olib borildi.

Moddiy ahvoli boshqalarga nisbatan yomonroq bo‘lganlarning kasal bo‘lishi va o‘lish xavfi yuqoriligiga ishonuvchilarning fikriga qarshi o‘laroq olimlar boshqacha xulosaga kelishdi. «Umr ko‘rish uzunligi dunyoqarashga ham bog‘liq. Axloq, fe’l-atvor va muomala madaniyati insonning qanday ekanligini aniqlashga yordam beradi», — deydi tajriba rahbari.

Kasallikka chalinish xavfi ham xuddi shu jihatlarning darajasiga qarab belgilanadi. Masalan, yoshlikdan aqlan yaxshi rivojlangan odamlar intellektual salohiyati pastroq shakllanganlarga nisbatan chekishni ko‘proq tashlashgan.

Haqiqatan ham, o‘zligini anglagan, o‘zini har holda tushuna oladigan har qanday odam salomatligini qadrlashni, u haqda qayg‘urishni biladi.
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Mohinur 05 Avgust 2006, 08:34:34
21-A NOMLI QIZALOQ

So‘nggi tadqiqotlarga ko‘ra britaniyalik ota-onalar yangi tug‘ilgan go‘daklariga turli magazin yoki yeguliklar... nomlarini qo‘yishga o‘rganib bormoqdalar.

Shu boisdanmi hozir Buyuk Britaniyadagi eng mashhur ism — «marka»lar ham — Ikea va Moet bo‘lmoqda. Umuman olganda esa oxirgi 12 oy ichida fuqarolikni qayd etuvchi aktlar reestrida bunday hol har besh kishidan biriga to‘g‘ri kelayotgani kuzatilgan. Britan matbuotining fikricha, bu holni ota-onalar farzandiga ism tanlaganda ko‘proq mashhur odamlarga, ular bolalariga qo‘yayotgan ismlarga taqlid qilishidadir, deb hisoblaydilar.
Masalan, aktrisa Gvinet Peltrou qizining ismini Apple — Olma deb qo‘ygan. Shu boisdan ham Britaniya bog‘chalarida kichkintoy O‘rikvoy, Bananxon, Shaftolijonlarni uchratish yangilik bo‘lmay qolgan. Bundan tashqari Karamel yoki Shardonna degan ismlar ham ommaviylashib bormoqda. O‘tgan yili 79 nafar qizaloq shardonna shirinligi ismiga ega bo‘ldilar. Shu tarzdagi ekzotikaga intilish ayrim ota-onalarni haddidan oshirib yuborayapti. Masalan, yaqinda bir britaniyalik yosh ota qizini 21-A ismi bilan qayd ettirdi.

To‘g‘ri, bolalarni o‘zgacha ismlar bilan atash har doim ham urf bo‘lib kelgan. Garchi o‘zbeklarda Teshavoy, Boltavoy, Anor, Olmaxon kabi ismlar allaqachon oddiy ismlar qatoriga o‘tib ketgan bo‘lsa-da, tan olmay iloj yo‘qki, baribir dunyodagi eng uzun va g‘aroyib, ya’ni 622 harfdan iborat ism eng qisqartib aytilgandagi miss S.Ellen Jorjiana Ser-Lekkenga (1979 yilda tug‘ilgan, Montana, AQSh) tegishliligicha qolmoqda.
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Mohinur 05 Avgust 2006, 08:34:44
AJABTOVUR QONUN

Bundan bir necha asrlar muqaddam dunyodagi deyarli barcha ayollar muntazam ravishda foydalanadigan kosmetika, ya’ni pardoz-andoz to‘g‘risida qonun qabul qilingan ekan. Ushbu qonun XVII asrning boshida Britaniya parlamenti tomonidan qabul qilingan bo‘lib, unda shunday deyilgan: «Ayollarning pardoz-andozdan foydalanishi qat’iyan man etiladi». Ushbu qonun e’lon qilinganidan keyin Angliya qirolining biror fuqarosini pardoz-andoz, upa-elik, sun’iy tish, baland poshna va shu kabilar bilan qiziqtirib, o‘ziga maftun qilgan hamda uylanishga ko‘ndirgan ayollarning hammasi, qanday tabaqaga mansubligidan qat’i nazar, jodugar va shu kabi boshqa jinoyatchilar qatori jazoga tortiladi hamda ayblov hukmi chiqarilgandan keyin bunday nikohlar bekor qilingan hisoblanadi». Upa-elik ishlatadigan ayolga nisbatan bunday o‘ta qattiqqo‘llik tarixda juda kam uchraydigan holdir. Biroq bu qonun chiqishidan oldin ham, keyin ham ayollar «jalb etish» vositalaridan foydalanaverganlar. Bundan 4000 yil muqaddam misrliklar ko‘p miqdorda xushbo‘y maylar va yuzga surtiladigan har xil bo‘yoqlar olish sirini bilganlar. Rimdagi oliy tabaqaga mansub nazokatli xonimlar qosh bo‘yog‘i sifatida chumolining kuydirilgan tuxumidan, lab bo‘yog‘i sifatida esa simob sulfiddan tayyorlangan bo‘yoq, surik deb ataladigan qizg‘ish-jigarrang bo‘yoq, hatto timsoh axlati aralashtirilgan qo‘rg‘oshindan ham foydalanishgan. Rimliklar yuzi va badanini xayolga ham kelmaydigan bo‘yoqlar bilan bezashgan.

Rim hukumati ag‘darilgandan keyin kosmetika san’ati uzoq vaqtlargacha unutilib, XII asrda yangidan kelib chiqadi.

XVI asr oxiri — Genrix III davri Frantsiyada pardoz-andoz va upa-elikdan foydalanishda erkaklar ayollardan qolishmagan. Lyudovik XV davrida ham shunday bo‘lgan.
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Mohinur 05 Avgust 2006, 08:34:51
ENG QATTIQ QO‘RIQLANADIGAN QAMOQXONA

Bu — AQShdagi «Supermaks» qamoqxonasidir. U Kolorado shtatining Pueblo shahri yaqinidagi o‘rmonda joylashgan. Eng zamonaviy kuzatuv moslamalari bilan to‘liq jihozlangan ushbu qamoqxonaning po‘latdan yasalgan 1400 ta eshigi bo‘lib, ularning har biri masofadan turib boshqariladi.

U yerda mahbuslar sutkasiga 23 soat o‘z kameralarida yotadilar. Faqatgina 1 soat vaqt ularga tikanli sim va qo‘riqlash minoralari bilan o‘ralgan qamoqxona ichida «sayr» qilish uchun beriladi. Shunda ham ular qo‘llari kishanlangan holda, qattiq kuzatuv ostida bo‘ladilar.
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Mohinur 05 Avgust 2006, 08:34:59
QAMOQXONA — TO‘YXONA?!

2000 yil 14 iyunda Braziliyaning San-Paulu shahrida joylashgan «Karandiru» qamoqxonasida 120 nafar mahbusning nikoh to‘yi bo‘lib o‘tdi. Ular uchun turmaning 6-bloki o‘ziga xos bezatilib, cherkov vazifasini o‘tab berdi.

O‘sha kuni kuyovto‘ralar pidjak kiygan va galstuk taqqan, qamoqxonada kiyiladigan maxsus och sariq shimlarda g‘oyatda «ochilib» ketgan edilar. Lekin baribir ular ozodlikda yurib uylanganlar his qiladigan go‘zal tuyg‘uni lazzatlanib tuymagan bo‘lsalar kerak... Ozodlikka ne yetsin!
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Mohinur 05 Avgust 2006, 08:35:06
43 YILU 10 OY

Bu — Janubiy Koreyalik Kim Sun Munning Seul qamoqxonasida o‘tirib chiqqan vaqti.

1951 yilning oxirlarida qamalgan Kim Sun Mun uchun qamoqxonada juda ko‘p narsa, jumladan, gazeta o‘qish va televizor ko‘rish taqiqlangan edi. Shimoliy Koreya kommunistlari bilan aloqadorlikda ayblanib jazoga mahkum etilgan bechora Kim, nihoyat, 1995 yilning avgustida 70 yoshida ozodlikka chiqarildi.
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Mohinur 05 Avgust 2006, 08:35:14
100 MINGDAN 25 TASI JINOYaTChI!

Sloveniya — aholisiga nisbatan mahbuslari eng kam bo‘lgan mamlakatdir. Uning aholisi 2 mln. bo‘lgan holda, mahbuslari soni bor yo‘g‘i 500 ta. Bu — har 100 ming sloveniyalikdan 25 nafari qamoqda degani.
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: forumnnb 05 Avgust 2006, 13:23:58
Mashhur adib Xans Kristian Anderson deyarli bitta so`zni ham to`g`ri yoza olmagan ekan!
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: forumnnb 05 Avgust 2006, 17:24:57
Ayollar miyasining og`irligi 1860 yilda 1245gramnni taskil etgan bo`lsa, hozirga kelib 1270 grammni tashkil qilar ekan....
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Mohinur 06 Avgust 2006, 08:48:20
60 YIL TUTUN ICHIDA

Gap kashandalardan biri haqida. Yaramas illatga berilgan kishining undan xalos bo‘lishi muammo. Ammo irodasini ishga solganlar chekish balosidan xalos bo‘la oladilar.
«Qahramonimiz» — 89 yoshdagi Nikolay Yazikov o‘z hayotining 60 yilini tutun ichida o‘tkazib kelardi. Urush yillarida havas uchun chekib ko‘rgan yosh yigit keyinchalik uning «quliga» aylanib qoldi. Nikolayga bu odatni tashlashi uchun nasihat qilmagan odam qolmadi: xotini, bolalari, qarindosh-urug‘lari. Ammo hammasidan uning kashandaligi ustun kelaverdi.
... Mana, bir necha oydirki, kashanda umuman chekmayapti. Ofarin! Tutun ichidagi hayotga nahotki nuqta qo‘yilgan bo‘lsa?
Hammadan ko‘proq xursand bo‘layotgan cholning kampiri. «Tinchgina uxlaydigan bo‘ldim, yo‘tal balosi ham yo‘qoldi, pulning tejalganini aytmaysizmi?», deydi boshi ko‘kka yetgan onaxon.
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Mohinur 06 Avgust 2006, 08:48:28
FLORA VA FAUNA BOG‘INING ERKATOYLARI

Insoniyat hayotining ma’lum bo‘lagi hisoblangan jonivorlar hamisha mehr va e’tiborga muhtoj. Krasnoyarskiy o‘lkasidagi flora va fauna bog‘i bir talay yirtqich hayvonlar saqlanadigan makon bo‘lib, har yili davlat byudjetidan ularga tegishli miqdorda mablag‘ ajratiladi.
Shunisi e’tiborga molikki, hayvonot bog‘ida dunyoga kelayotgan yangi mehmonlarga alohida iltifot ko‘rsatilmoqda. Masalan, 150 kilolik Varvara laqabli sher bolasini o‘ziga umuman yaqinlashtirmay qo‘ydi. Shundan so‘ng uning jajjigina, ko‘rinishidan mushukka o‘xshaydigan bolasi sun’iy oziqlantirila boshlandi.
Ushoqsimon kenguru, mehrtalab yo‘lbarschalar ham bog‘ xizmatchilari tomonidan ko‘rsatilgan mehribonlik og‘ushida o‘sishmoqda. Ekzotik hayvonlar bo‘limining vetvrachi Irina Kolenchenkoning fikriga qaraganda, jajjigina jonivorlarni boqib katta qilish chaqaloqni parvarishlashdan anchagina qiyin.
Hayvonot bog‘ida yangi tug‘ilgan jonivorlarga laqab topish bo‘yicha tanlov ham e’lon qilingan.
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Mohinur 06 Avgust 2006, 08:48:39
KAMALAK JILOLI GUL

Meksikada sutka davomida rangini bir necha bor o‘zgartiradigan g‘aroyib gullar o‘smoqda.
Tongda ular oq, keyin pushti, tushga kelib to‘q qizil, kechga borib esa binafsharang tusga kiradilar. Tunda bu gullar yana oq rangga «qaytadilar».
Bolgariya gazetasi «Exo»ning yozishiga qaraganda, ular faqatgina oq tusga kirganlaridagina o‘z hid-tarovatini taratishar ekan.
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Mohinur 06 Avgust 2006, 08:48:52
GO‘YOKI BAXT KELTIRARMISH...

Gollandiyada yangi yilning birinchi kunlaridan boshlaboq iyun oyi oltinchi kunida nikohdan o‘tish istagini bildirib, fuqarolik holatlari dalolatnomalarini qayd qilish idoralariga tushayotgan arizalar soni ko‘payib ketdi. Xo‘sh, buning sababi nimada?
Nikohini aynan o‘sha kuni rasmiylashtiradigan yoshlar go‘yoki ketma-ket keluvchi bir xil raqamlarda baxt bor, deb bilishmoqda, ya’ni 06.06.06. Birgina Ensxed shaharchasidagi arizalar soni 17 taga yetdi. Bu esa odatdagi tushadigan arizalardan 8 baravar ko‘pdir. Rotterdamda esa 14 juft kelin-kuyov yilning aynan shu kunida turmush qurish istagida ekan. Arnxemda 9 ta juftlik o‘z taqdirlarini 6 iyun kuni tutashtirish niyatida ekanligi ma’lum bo‘ldi. Utrext, Groningen, Nijmegen shaharchalarida ham «da’vogarlar» kam emas.
Amsterdamdagi bo‘lg‘usi kelin-kuyovlarning arizasida nafaqat 2006 yilning 6 iyunida, balki ertalabki soat 6 da nikohdan o‘tish istagi bayon qilingan. Ammo bunisi hammasidan «oshib» tushdi. Bu taklif nikohni rasmiylashtiruvchilar tomonidan qat’iy qarshilikka uchradi: ertalabki soat 6 ish kunining boshlanishi uchun haddan tashqari barvaqt.
Arizalar shu tariqa tushaversa, oqibati nima bilan yakunlanishi hech kimga ma’lum emas. Mahalliy hokimiyat vakillari qattiq tashvishda. Bir kunning o‘zida yuzlab kelin-kuyovlarni tantanali ravishda nikohdan o‘tkazishning o‘zi bo‘lmaydi.
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Mohinur 06 Avgust 2006, 08:48:59
QAYSI  XO‘ROZ CHIROYLI?

Kolumbiyada go‘zallik bo‘yicha o‘tkaziladigan tanlovlar xilma-xil bo‘lib, gullar, matolar, itlarga bag‘ishlanadi. Hattoki uy hayvonlaridan xo‘roz ham bunday ajoyib-g‘aroyib tadbirning qahramoniga aylanishi mumkin.
Unchalik katta bo‘lmagan Sutateks shaharchasidagi xo‘rozlar tanlovida biri-biridan ko‘rkam bo‘lgan 50 ta jonivor o‘z egalari bilan tashrif buyurdi. G‘olib chiqish uchun ishtirokchi bir nechta shartlarga javob berishi kerak edi. Masalan, u ko‘chada o‘z qaddi-qomatini qanday namoyish etadi? Qadam tashlashlari joyidami? Og‘irligi ham shunga yarasha bo‘lsin. Patlaridagi rang-baranglik, jilodorlik va ularni hurpaytirish muhim ahamiyatga ega.
Tabiiyki, hakamlar hay’ati tomonidan qo‘yilgan bu shartlarga hamma xo‘rozlar ham javob bera olmas edi. Bunday baxtga «Asulexo» laqabli xo‘roz muyassar bo‘ldi. Uning vazni 5 kilo bo‘lib, oyoqlari tikligidan boshqa sheriklari oldida tetik, kelishgan ko‘rinardi.
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Mohinur 06 Avgust 2006, 08:49:35
SHOXDA TURGAN HO‘KIZ

Ispaniyada buqalar jangi bo‘ladi, bilasiz. Bu o‘yinni chidaganga chiqargan. Buqaning shafqatsizligidan mayib-majruh bo‘lib qolganlar ham yo‘q emas. Sevilya shaharchasidagi musobaqada jonivorlardan biri shoxi bilan yerga qadalib qolgan lahzada qarsak yog‘ilib ketdi. Atigi bir daqiqa! Buqa go‘yoki o‘ziga olqish yog‘ilganini sezgandek, darhol o‘nglanib oldi va maydon bo‘ylab yugurishda davom etdi. Mutaxassislar ho‘kizning shoxi bilan yerga qadalib qolishini juda noyob, ya’ni akrobatik etyud deb baholashmoqda.
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Mohinur 06 Avgust 2006, 08:49:42
ILON BOLALARI MAYDONDA

Yosh tabiatshunoslar stansiyasida tug‘ilgan 5 ta iloncha bu yerni tark etdi. Sababi, ular tuxumdan chiqqan paytiga nisbatan ancha yiriklashdi, ya’ni uzunligi 1,5 metrga yetib qolayozdi. Sudralib yuruvchilar yirtqichligiga borib, stansiya xodimlarining tartib-intizom o‘rnatishiga «qarshilik» qilishmoqda. Ular ko‘pqavatli uylar yerto‘lasidagi kalamush va sichqonlarni ovlash bilan ovora. Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyo to‘qayzorlarida uchraydigan bu ilonlar borib-borib 8 metrli bahaybat sudralib yuruvchiga aylanadi. Bir yarim metrlik bolalari esa hozircha «holva».
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Mohinur 06 Avgust 2006, 08:49:51
ISHQI TUSHSA, QIYIN EKAN...

Kurskda yashovchi 80 ni qoralab qolgan Klavdiya Abramova har qanday ayozda ham suvga sho‘ng‘ishi, xumoridan chiqquncha suzishi mumkin. O‘ylamang, u yoshligidan boshlab suzishga berilmagan, nafaqaga chiqdi-yu, suvda suzishni xobbiga aylantirib oldi va bunga endigina o‘n yildan oshdi. Agar u suzish bilan shug‘ullanmay, qarilikni bo‘yniga olib, uyda o‘tirsa edi, hozirgidek ruhan tetik yurmagan bo‘lardi. «Men anchagina yoshardim», deydi mamnuniyat bilan Klavdiya momo.
Shunisi e’tiborga molikki, suzuvchi kampir Hind okeanidan tashqari barcha ummonlarni «qo‘ldan o‘tkazdi». Uning endigi orzusi Muz okeanini «ishg‘ol etish»dir, deb xabar beradi «Kurskiy kuryer» gazetasi.
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Mohinur 06 Avgust 2006, 08:49:58
ANTIQA BELLASHUV

Rio-de-Janeyroda bo‘lib o‘tgan bellashuvda 138 nafar o‘zlarini xunuk hisoblagan erkaklar ishtirok etishdi. Yurish-turishning almoyi-aljoyiligi, sochning pala-partish holati, tana tuzilishidagi beo‘xshovlik va boshqalar har bir ishtirokchiga daxldor bo‘lib, raqiblaridan ustun chiqish fikriga da’vogarlar mahkam «yopishib» olgan edilar. Ayni paytda kuldira olish san’ati ham inobatga olindi.
Tobisu Galao degan kishi birinchi mukofot egasi bo‘ldi. U o‘zining ulkan quloqlari, uzun, go‘shtli burni bilan barchaning diqqat-e’tiborini tortdi. Ayni paytda u gitara ham chalar ekan. Hakamlar hay’ati uni xuddi shu jihati uchun ham g‘olib deb topishdi. Axir xunuk odamda ham yaxshi fazilat bo‘lishi kerak-da.
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Mohinur 06 Avgust 2006, 08:50:11
QURBAQA TERISI — SHIFOBAXSH

Olimlar Markaziy va Janubiy Amerika hududida qurbaqaning tamoman yangi turiga duch keldilar. U odatdagi qurbaqadan ancha farqli, ya’ni uzunligi 25 sm. Ularning terisi zaharli modda bilan qoplangan.
Janubiy amerikalik hindular bu qurbaqa terisidagi zahar-
dan o‘q bilan jarohatlangan paytda foydalanishadi. Buni ispan va portugal jangchilari ham yozma ravishda tasdiq-
lashadi. Ular aborigenlar otishmasidan shikastlanish-
ganda ana shu qurbaqa terisi juda qo‘l kelgan ekan, deb xabar beradi Argentinada chiqadigan «Kronika» gazetasi.
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Mohinur 06 Avgust 2006, 08:50:31
KO‘ZA KUNIDA SINDI

Mixaylovka qishlog‘ida o‘g‘rilik sodir etilmoqchi bo‘lgan do‘konda o‘qituvchi-
ning tishlari... noxushlikni bartaraf etdi.
Do‘konga niqob bilan kirib kelgan nusxalarning shovqin-suronidan bezovtalangan o‘qituvchi tezlikda yetib keldi. Bunday vaziyatda qanday ish tutishning hadisini olgan o‘g‘ri shoshilinch ravishda barmoqlarini «dushman»ning og‘ziga tiqdi. Axir u tovush chiqarmasligi kerak edida. Ammo «raqib» ham bo‘sh kelmadi. U o‘g‘rining barmoqlarini shu darajada qattiq tishladiki, bittasi naq uzilib ketgudek bo‘ldi. Ko‘za kunida sindi, bosqinchi hushidan ketdi, kim oq, kim qora, buni organ xodimlari hal qiladi, deb yozadi «Mariyskaya pravda» gazetasi.
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Mohinur 06 Avgust 2006, 08:50:52
IT QOPGANGA... MUKOFOT

«Ehtiyot bo‘ling, qopag‘on it bor!» degan yozuv Mariy Eldagi Parangin aloqa bo‘limida ishlovchi pochtachilarni endilikda aslo qo‘rquvga solmaydi. Bu tuman sug‘urta idorasi xodimlarining himmati tufayli amalga oshadigan yaxshi ish bo‘ldi.
Ishga qabul qilinganidan so‘ng har bir aloqachi 100 ming rublga qo‘shimcha ravishda sug‘urta qilinadi. Agar birorta xonadonning qopag‘on iti xat tashuvchiga tashlanib, ozgina shikast yetkazsa, uning nafaqat mehnatga layoqatsizlik varaqasiga to‘liq pul to‘lanadi, balki ko‘rgan zarari ham undirib beriladi.
Yaqinda pochtachilardan biri tan jarohatini olgan edi, sug‘urtachilar unga yetkazilgan zararni 10 ming rublga chaqishdi. Avvalo, itdan-ku har kim o‘zi ehtiyot bo‘lishi lozim, mabodo u hujum qilib qolsa, pul to‘lanishi xizmatchilarga mukofotday gap.
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Mohinur 06 Avgust 2006, 08:51:00
ILON  — «MEHMON»

Italiyalik  ishchi  Rentso Cheski ertalab ishga  ketish oldidan  o‘z krovati yonida  uzunligi  taxminan  bir metr keladigan  ilonning kulcha bo‘lib yotganini ko‘rib, esxonasi  chiqib ketdi. Qo‘rqib ketgan Rentso sekingina  tayoq topib keldi-da, sudralib yuruvchiga  hujum boshlamoqchi bo‘ldi. Sharpani sezgan “mehmon” shkaf ortiga bekinib oldi. Olishuvga hojat qolmadi.
Uy egasi  Italiyada  qutqaruvchilik vazifasini  bajaruvchi  o‘t o‘chiruvchilarga  qo‘ng‘iroq qildi. Ular esa Rentsoni  ichib olgan deb  o‘ylashdi shekilli, ”tez yordam”ga sim  qoqishni maslahat berdilar. Faqat Rentso qasam ichganidan so‘nggina  o‘t o‘chiruvchilar zudlik bilan  yetib keldilar. Uy atrofini  qurshab olgan qutqaruvchilar  ilonni  maxsus asbob vositasida tutib oldilar-da, Trento shahridagi  tabiiy fanlar  muzeyiga topshirishdi. Muzey ekspertlari  ilonning unchalik xavfli  turi emasligini ta’kidlashmoqda.
Ilonning  o‘z uyiga qanday  kirib qolganligi  Cheskini hamon o‘ylantiradi. Ha, bunga  sudralib yuruvchilarni  o‘z xonadonida asrovchi  qo‘shnisi aybdor. Aftidan, qo‘shnisi  bir xil muhitga ko‘nikkan ilonni zeriktirmaslik uchun  Rentsonikiga  “mehmonga” yuborgan  ko‘rinadi.
Endi esa  jonivorning  sayohatiga muzeyda nuqta  qo‘yiladigan bo‘ldi...
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Mohinur 06 Avgust 2006, 08:51:15
XUDO BERGAN BO‘Y

Dunyoda  “eng” so‘zi  qo‘shib  aytiladigan  shaharlar, daryolar, tog‘lar va  qaysidir jihati bilan  ajralib turuvchi  kishilar alohida  qayd qilinadi va ular  haqdagi axborotlar  juda qiziqarli. Haddan tashqari pakanalik yoki terakday uzun bo‘yli  bo‘lish  yon-atrofdagilarning  diqqat-e’tiborini tortadi. Bo‘yning ham me’yorida bo‘lgani yaxshi.
Eng  uzun bo‘ylilar ro‘yxatida  xitoylik  Bao Sishunya ham bor. Uning  bo‘yi  2 metru  36 sm. bo‘lib, Ginnesning  rekordlar kitobidan  joy olishga arziydi. U o‘zining  tanish-bilishlari  bilan  xuddi  tog‘ning  ustida  turib gaplashgandek  muloqotga kirishadi. “Pastdagilar” aslida normal  kishilar bo‘lishsa ham Baoning  oldida  xuddi yosh boladek ko‘rinadilar. Bao  o‘zining  bu ajralib turuvchi xususiyati bilan  Xenan provintsiyasida istiqomat  qiluvchi  Van  Fenizyun bilan  “raqobatla-
shishiga” hali erta. 25 yoshdagi Van 150 kilo vaznda bo‘lib, bo‘yi  2 metru  55 sm.ga  yetgan.
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Mohinur 06 Avgust 2006, 08:51:22
MAXMUTOVNING BOTINKASI

Hammani hayron qoldiradigan oyoq kiyimini yaratish fikri uni anchadan beri bezovta etib yurardi. Valeriy Maxmutov odatdagidan farqlanadigan botinka yasab, Rossiyaning rekordlar kitobidan joy olishni niyat qilgan edi, shunga erishdi.
Maxmutov bu botinkani “dunyoga keltirish” uchun roppa-rosa to‘qqiz oy urindi. “Oksford” deb nomlangan bu oyoq kiyimi 240-o‘lchamda bo‘lib, uzunligi 163 sm. Vazni ham shunga yarasha: uch pud. Faqat rekordlar kitobi uchungina yaratilgan botinka odatdagi xom ashyodan ishlangan.
Oyoq kiyimining favqulodda bu nusxasini Maxmutov yaxshi niyat bilan “Oltin qo‘lli ustalar” ko‘rgazma-yarmarkasiga yubordi. Ko‘rgazmada qo‘l mehnatining bu namunasi “Rossiyaning eng yaxshi qiziqishi” nominatsiyasiga sazovor bo‘ldi.
Yaqin kunlar ichida Maxmutov jajjidan ham jajji Zolushkaning tuflisini  rekordlar kitobiga taqdim etmoqchi. Ajab emaski, mitti oyoq kiyimi ham shov-shuvga sabab bo‘lsa...
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Mohinur 06 Avgust 2006, 08:51:30
MAYMUNLARGA... VINO?

Lipetsk hayvonot bog‘i mutaxassislari sovuqdan bezovta bo‘layotgan maymunlarga qo‘shimcha ratsion sifatida kagor vinosini berishmoqda. Hech narsaga aralashtirilmagan ichimlik jonivorlarga juda yoqib tushdi shekilli, o‘zlariga ajratilgan bo‘lmada u yoqdan-bu yoqqa sakrab o‘ynay boshladilar.
“Biz ularga birinchi marta vino berdik, maqsad ularning qattiq qish havosida shamollamasliklarini ta’minlash. Bir kecha-kunduzda bittasiga yuz gramm kifoya. Boshqa mintaqalarda bu usul allaqachon o‘zini oqlamoqda, hattoki filni aroq bilan siylayotgan hamkasblarimiz ham bor. Issiqsevar hayvonlarni sovuq kunlarda asrab-avaylashning o‘zi bo‘lmaydi. Qanotli, yirtqich va sudralib yuruvchilarga bunday ichimlik tavsiya qilinmaydi”, deydi direktor Aleksandr Osipov.
Vino ayrim maymunlar uchun qo‘shimcha ovqat, ayrimlari uchun isitadigan ichimlik. Ishqilib, hayvonot bog‘ining erkatoylari bu ichimlikka o‘rganib qolib, xumori tutganda bezovta bo‘lmasa edi...
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Mohinur 06 Avgust 2006, 08:51:47
AYOL — MAYMUNNING ONASI

Taajjublanayapsiz, maymunning onasi maymun bo‘lishi kerak. Ammo ayrim holatlarda parvarishga muhtoj jonzotlarga “onalik” qilish odamzot gardaniga ham tushishi mumkin-da...
“Reyter” agentligidan tarqatilgan xabarga ko‘ra, yaqinda Sidney hayvonot bog‘ida dunyoga kelgan maymuncha onasiz qoldi. “Loki” nomi berilgan jonivorning onasi uni dunyoga keltirdi-yu, joni uzildi. Maymunchaga endi kim g‘amxo‘rlik qiladi, degan savol hayvonot bog‘i ma’muriyatini zarracha ham tashvishga solmadi. Yetakchi ekspert Luiza Grossfeld unga “onalik” qilishini aytdi.
Ayni paytda maymuncha Luiza xonimning kaftlariga joylashgan holatda parvarishlanmoqda. Hozircha u o‘zini-o‘zi boshqara olmaydi. Ishqilib, mustaqil kun kechirishga o‘rgangan paytida u “onam” deb Luizaga osilib olmasa bo‘lgani...
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Mohinur 06 Avgust 2006, 08:52:06
BADMINTON — «QARIMAGAN» O‘YIN

Angliyalik sport o‘yinlari bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar eski hujjatlarni titkilab, badminton bundan juda ko‘p asrlar muqaddam ham o‘ynalganini aniqlashdi. Bu — 1078 yilga borib taqalar ekan.
O‘sha vaqtlarda ham bu o‘yinning qoidalari bugungidek ko‘rinishda bo‘lib, qiziquvchilarni yanada o‘ziga rom etgan. Demak, 9 asr muqaddam boshlangan o‘yin aslo «qarigani» yo‘q, aksincha yoshargan. Chunki badminton bilan hozirgi vaqtda asosan, yoshlar shug‘ullanishadi.
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Mohinur 06 Avgust 2006, 08:52:14
66 YOSHDA BIRINCHI FARZAND

Bir yil muqaddam ruminiyalik Adriana Iliesku 66 yoshda o‘zining birinchi farzandini ko‘rishga muyassar bo‘lgan edi. Bu ayol juda ko‘p yillar farzandsizlikdan azob chekkandi va nihoyat, yuzlariga ajin tushib, kuch-quvvatdan qolgan bir paytda orzusi ushaldi. Sabr qilsang, g‘o‘radan holva bitar, deganlari shudir balki.
Oradan bir yil o‘tdi. Qari onaning 1 kilo 400 gramm vazn bilan dunyoga kelgan qizalog‘i juda yaxshi o‘sayapti. Achinarlisi, uning sherigi ona operatsiya qilingan paytda nobud bo‘lgandi. Ishqilib, uzoq yillar mobaynida kutilgan bolaning umri uzoq bo‘lsin-da.
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Mohinur 06 Avgust 2006, 08:52:34
SOG‘LIK UCHUN MUKOFOT

Rossiyadagi avtomobil zavodining 13 ming kishilik jamoasi o‘z sog‘liklari uchun mukofot puli olmoqdalar. Bundan ikki yil muqaddam muassasa rahbariyati “Ish vaqtidan samarali foydalangani uchun-loyihasini ishlab chiqib, xodimlarga buni ma’lum qilgan edi. Mukofot puli yil davomida biror marta ham kasal bo‘lmagan xodimga beriladi. Rag‘batlantirish har bir xodimning yillik ish haqi o‘rtacha miqdoridan kelib chiqib, besh foiz miqdorida belgilanadi. Rahbarlar va mutaxassislar uchun esa uch foiz.
Shunday qilib,  ikki yil mobaynida hech kim “kasal” bo‘lmadi. Natijada ish unumdorligi uch baravar oshdi.
To‘g‘ri, minglab odamlar ishlaydigan jamoada ikki yil ichida hech kim kasal bo‘lmasligi mumkin emas! Balki betob bo‘lganlar ham mukofot olamiz, deb ishlashga majbur bo‘lishgani ehtimoldan xoli emas.
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Mohinur 06 Avgust 2006, 08:53:11
IBODATXONANING MITTI NUSXASI

Isaakov ibodatxonasining ulkan ko‘rinishda ekanligi  ma’lum. Kishinyovda yashaydigan 83 yoshdagi Anatoliy Mixaylidi degan otaxon bundan 30 yil muqaddam ana shu ibodatxonaning mittigina nusxasini yaratishga ahd qilgan edi.
Mana, shuncha muddat o‘tdi va yillar mobaynida Mixaylidining aqlu zakovati evaziga dunyoga kelgan ushbu mitti ibodatxona endilikda hamma-hammani hayratga solmoqda. 36 ming dona gugurt qutisi, 5 mingta to‘g‘nog‘ich va sakkizta taqinchoq bilan tiklangan shedevr «bino» Mixaylidini mashhur qilib yubordi. Bino ichida qulflanadigan saroylar mavjud.
Qariya yaratgan Isaakov ibodatxonasining mitti nusxasini ko‘rishga kelayotganlar son-sanoqsiz.
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Mohinur 06 Avgust 2006, 08:53:19
BALIQ — ENG YAXSHI DORI

Yaponlar o‘zlarining uzoq umr ko‘rishlari bilan faxrlanishadi. Bu mamlakatda ayollar o‘rtacha 83—85, erkaklar 77—79 yil yashashi kuzatilmoqda. Ko‘p yillar hayot kechirishning siri to‘g‘ri ovqatlanish ekanligi haqida aytilsa ham, aynan qaysi taom bunga zamin yaratishi aniqlanmagan edi.
Kobe shahri universiteti olimlari uzoq umr ko‘rish bo‘yicha tadqiqot olib borganlarida, dengiz mahsulotlari, xususan, baliq bu borada insonga beminnat ko‘makchi bo‘lishini aniqladilar. Baliq mahsulotlari yurak-qon, rak kasalliklari oldini olishda muhim vosita, shu bois, suv jonzotini ko‘proq iste’mol qiling, deb maslahat beradi yapon olimlari.
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Mohinur 06 Avgust 2006, 08:53:25
KELIB —KETUVCHILARGA HURMAT

Sin dinastiyasi davridan qolgan 300 yillik guldon Kembrij muzeylaridan birida saqlanib kelardi. Yaqinda kelib-ketuvchilardan biri ushbu vazaning yoniga ilashib qolgan botinka bog‘ichini tortaman deb, ehtiyotsizlikdan sindirib qo‘ydi. Eksponat parcha-parcha bo‘lib ketdi. Ammo shunga qaramasdan muzey xodimlari siniqlarni butlab qo‘yishga va’da berdilar. Bu esa, ularning kelib-ketuvchilarga nisbatan hurmat-e’tibori naqadar baland ekanligini ko‘rsatadi.
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Mohinur 06 Avgust 2006, 08:53:32
OLIMPIYA O‘YINLARI TRAMVAYI

Sankt-Peterburg shahri bo‘ylab harakat qilayotgan tramvay 2006 yilgi olimpiada o‘yinlari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, bunga har qanaqa yo‘lovchi ham chiqavermaydi. Shahar tramvay deposi ma’muriyati uni yo‘lovchi tashish maqsadida emas, balki olimpiya o‘yinlarining o‘tmishi va buguni bilan kimning taqdiri bog‘liq bo‘lsa, buni faxr-iftixor sifatida nishonlash kerak, degan niyatda tashkil qildi.
Shunday qilib, tramvayning ilk yo‘lovchilari avvalgi olimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan sportchilar bo‘lishdi. Ushbu transport vositasiga chiqqan o‘yinchilar uning turli plakatlar va ramziy belgilar bilan bezatilganini ko‘rib, qoyil qolmay ilojlari yo‘q. Salonda, shuningdek, musobaqalarning qachon, qayerda bo‘lgani va qancha ishtirokchi qatnashgani to‘g‘risidagi jadval ham o‘rin olgan.
Tramvayni bezashga 2002 yilgi figurali uchish bo‘yicha olimpiya chempioni Yagudinning loyihasi asos qilib olingan.
Tramvayning shahar bo‘ylab sayohatga chiqishi sportchilar sonining oshishi, umuman, sog‘lom turmush tarzining rivojlanishi uchun xizmat qiladi.
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Mohinur 06 Avgust 2006, 08:53:40
ENG YAXSHI «PIYODA»

Britaniya yo‘l xizmati xodimlari o‘tkazgan alomat musobaqada odamlar bilan birgalikda uy hayvonlari ham qatnashib, nazoratchilarni hayratda qoldirishdi.
Musobaqa shartiga ko‘ra, jonivorlar ham, piyodalar ham belgilangan punktdan katta shossega yo‘l harakati qoidalarini buzmasdan yetib kelishlari kerak edi. Albatta, g‘oz, kuchuk, mushuk bu qoidalarni bilmaydi. Shunga qaramasdan, musobaqa mutlaq g‘olibligi uyda boqilayotgan g‘ozlardan biriga nasib etdi. Svetoforning o‘chib-yonishiga, mashinalarning harakatiga qarab, bu jonivor kezi kelganda to‘xtadi, kezi kelsa sabr-toqat bilan yugurmasdan manzilga eson-omon yetib keldi.
Musobaqa g‘oliblari safidan afsuski, aqlli piyodalar joy olmadi, deb xabar beradi antiqa tadbir haqida Chexiyada chiqadigan «Mladi svet» gazetasi.
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Mohinur 06 Avgust 2006, 08:53:46
ALOMAT SOVG‘ALAR

Londonda ochilgan do‘konlardan biri “Katta g‘oyalar” deb ataladi. Bu yerda odatdagi sanoat mollari sotilsa-da, ularning o‘lchami juda ham ulkan. Boshqacha aytganda, foydalanish uchun emas, balki esdalik sifatida olib qo‘yishga arziydi. Xaridorlar 4 litr pivo sig‘adigan krujkani, uzunligi 1,5 metr keladigan tennis raketkasini, 3 kilogrammlik gugurt qutisiga solingan 1,5 metrlik cho‘pni xuddi shu do‘kondan xarid qilib, yaqinlariga tuhfa qilishi mumkin. To‘g‘ri, hayratomuz bu narsalarning narxi amaldagi baholardan ancha yuqori, ammo yaqin kishisini o‘zining alomat sovg‘asi bilan xursand qilmoqchi bo‘lgan kishi pulini aslo qizg‘anmaydi.
Do‘kon sotuvchisi Syuzen Sheppard ulkan-ulkan esdalik sovg‘alarini xaridorlarga pullash bilan ovora.
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Mohinur 06 Avgust 2006, 08:53:53
DO‘STLARNI TO‘G‘RI TANLA!

Xorijlik mutaxassis Kerol Gleyzerning fikriga ko‘ra, uyda jonivorlar asrashning ijobiy jihatlari ko‘p ekan. Masalan, ular surunkali kasallikni bartaraf etishda o‘ziga xos vazifani o‘taydi. It parishonxotirlikni, qo‘rquvni, yurak hamda revmatizm kasalliklarining juda zo‘rayib ketmasligi uchun sharoit tug‘diradi. Iti bor uy egalari doimo harakatda bo‘lishadi, bu esa ko‘rib turganingizdek, salomatlikni mustahkamlaydi. Sichqonning dushmani — mushugi bor kishining asablari o‘z-o‘zidan tinchlanadi va qon bosimi ham me’yorda bo‘ladi.
Qanotli jonivorlar — kanareyka va to‘tiqushlar to‘shakka mixlanib yotgan bemorlar umrini ma’lum darajada uzaytirar ekan. Qushlar charx urib sayraganda, kimning kayfiyati ko‘tarilmaydi, deysiz? Akvarium baliqlari ham asabni tinchlantiruvchi vosita. Shu bois, jonivorlar bilan hayot kechiring, deb yo‘l-yo‘riq ko‘rsatadi xorijda chiqadigan nashrlardan biri.
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Mohinur 06 Avgust 2006, 08:54:01
G‘OZ... RULGA O‘TIRADI

Yovvoyi g‘ozlardan birining ovdan so‘ng avtomobillarga xizmat ko‘rsatuvchi shoxobchaga tushib qolishi... ajoyib-g‘aroyib hodisa sifatida baholanmoqda. Avtome-
xaniklar aslida uchta g‘ozni mo‘ljalga olgan edilar, afsuski, ularning bittasi abjirroqligi tufayli “omon” qoldi. Jonivor butunlay begona muhitga moslashguncha jiddiy qiyinchiliklarni boshdan kechirdi. Mashina tuzatuvchilar g‘ozni yaxshilab davolab, issiqqina xonada o‘ziga keltirganlaridan so‘ng u yangidan-yangi qiliqlari bilan nafaqat bu yerda ishlovchilarni, balki mijozlarni ham hayratga sola boshladi. Ba’zan u kelib-ketuvchilarga qarab shu darajada bo‘ynini cho‘zib qichqirardiki, jahldor g‘oz qarshisida hamma jim qolardi. Ba’zan esa kulgili tarzda eshigi ochiq turgan mashinaga o‘tirib, go‘yoki rul boshqarmoqchi bo‘lardi. Ana bunisi shov-shuv qilishga arziydi. Mijozlar mashina haydashga ishqiboz g‘ozga xaridor ham bo‘lishmoqda, ammo mexaniklar aqlli jonivorni arzimas pulga sotib yuborgilari yo‘q.
Shoxobcha ma’muriyati bahor boshlanishi bilan darvozaga shunday e’lon osib qo‘yishmoqchi: “Ehtiyot bo‘ling, bu yerda jahldor  g‘oz bor!”. Ishqilib, ustaxona sershov-
qin va gavjum tomosha maydonchasiga aylanib ketmasa bo‘ldi.
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Mohinur 06 Avgust 2006, 08:54:07
OMON QOLGANIGA SHUKR

Zaharli ilon chaqqan kishining omon qolishi favqulodda hodisa. Janubiy Afrikaning Durban shaharchasidagi maktablardan birida 15 yoshli o‘spirin o‘quvchi zaharli mamba ilonining hujumiga duch keldi. Uch metrli bahaybat ilon futbol o‘ynayotgan bolakaylardan Sibususni tanladi, bu ham ko‘rgilik-da. U oyog‘i tagiga shiddat bilan o‘rmalab kelgan ilonni sezmadi. Mamba bir lahzada bolaning oyog‘ini iskanjaga oldi va chaqib oldi. Yetib kelgan “tez yordam” zaruriy dori-darmonlar bilan bolani hushiga keltirdi va o‘n daqiqadan so‘ng Sibusus nafas ola boshladi.
Bu — oqibati kamdan-kam holatda yaxshilik bilan tugaydigan hodisa. Oddiy ilonni ko‘rganda, qanchalik talvasaga tushamiz-u, uch metrlik mambaning zahridan omon qolish ham Xudoning marhamati!
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Mohinur 06 Avgust 2006, 08:54:15
KELIN-KUYOV KO‘LDA

Uylanmoqchi bo‘lgan va turmushga chiqish orzusidagi yigit-qizlarning xayolini shirin orzu band etib oladi: to‘yimizni qanday qilib esda qolarli tarzda o‘tkazsak bo‘ladi?
Murmanskda yashovchi va bir-biri bilan topishgan yigit-qizning to‘yi boshqalarnikiga umuman o‘xshamadi. Odatda nikohlari rasmiylashtirilgach, kelin-kuyovlar restoranda bu voqeani nishonlashadi. Qo‘llariga nikoh to‘g‘risidagi guvohnomani olgach, Nikolay va Natalya bu unutilmas sanani «yuvish» uchun stolga emas, balki  ko‘lga oshiqdilar. Kelin-kuyov sira ikkilanmasdan o‘zlarini Semenov ko‘liga otishdi. Oppoq libos, yap-yangi kostyum-shimning dabdalasi chiqdi. To‘y ana shunisi bilan qiziq va esda qolarli bo‘ldi!
Nikolay va Natalya qish havosi bo‘lishiga qaramay sovqotmaganlarini aytishardi. Balki bu hayajon tufaylidir. Hartugul to‘ylarini ko‘lda suzish bilan nishonlagan kelin-kuyovlar kasal bo‘lib qolmasin-da...
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Mohinur 06 Avgust 2006, 08:54:27
BIR KISHILIK AVTOMOBIL

Biri-biridan ixcham va biri-biridan antiqa avtomobillar ishlab chiqarayotgan kunchiqar mamlakat — Yaponiyada yana bir shov-shuv... Mashinalar ko‘rgazmasiga keltirilgan mittigina avtomobil tuxum shaklida bo‘lib, faqat bir kishi uchun mo‘ljallangan. U soatiga 40 km. tezlik bilan harakatlana oladi va yoqilg‘i o‘rnida vodorod ishlatiladi. Atrof-muhit ifloslanishiga bu mitti mashina umuman «hissa» qo‘shmaydi.
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Mohinur 06 Avgust 2006, 08:54:35
MOTSART SHARAFIGA

Buyuk kompozitor Motsart tavallud topgan kunning 250 yilligi oldidan Tokiodagi zargarlik buyumlari do‘konlaridan birida filarmoniyani aks ettiruvchi ulkan tort yasatildi. Uni yasatish uchun 1,6 million dollar miqdoridagi tangalar lozim bo‘ldi.
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Mohinur 06 Avgust 2006, 08:54:50
ZUKKOLIKDA TENGI YO‘Q

Maktab o‘quvchisi Shahzod Qodirov Qozon hayvonot bog‘iga bir yil mobaynida bepul kirib-chiqish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.
Bog‘ ma’muriyati tomonidan e’lon qilingan tanlovda ishtirok etgan Shahzod zukkoligi bilan katta yoshdagi kishilardan ham ustun chiqdi.  Yangi tug‘ilgan ayiq bolasiga munosib nom topishda Shahzod tanlov hay’ati tomonidan qo‘yilgan shartni to‘g‘ri anglaganligi tomoshabinlarni qoyil qoldirdi. Ayiqchaning otasi Permyak laqabli ayiq bo‘lib, onasining «ismi» Malishka edi. Yangi mehmonga qo‘yilishi kerak bo‘lgan ismda «P» va «M» harflari ishtirok etishi va bundan qandaydir ma’no anglashilishi kerak edi.
Shunday qilib, Shahzod o‘ylab topgan ism — Pomposhka.
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Mohinur 06 Avgust 2006, 08:55:08
7 MILLIONLIK CHARXPALAK

Hozirda hajman dunyoda birinchi o‘rinda turgan charxpalakning diametri 153 metrga teng. Charxpalak Xitoyning Szyansi provintsiyasida barpo etilgan. Mahalliy ommaviy axborot vositalari xabariga ko‘ra, uning qurilishi uchun 57 million yuan, boshqacha qilib aytganda 7 million dollardan ko‘proq mablag‘
sarflandi.
Bundan avval eng baland charxpalak Londonda, deb hisoblanardi. Uni ortda qoldirgan inshoot egalari bo‘lmish Xitoy rasmiylari hozirda yangi charxpalakni Ginnesning rekordlar kitobiga kiritishni mo‘ljallamoqda.
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Mohinur 06 Avgust 2006, 08:55:25
SAUDIYOGA SAYOHATGA

Saudiya  har yili deyarli 1,5 million sayyohni mamlakatga jalb etish maqsadida sayyohlik vizalarini beradi... Tarixda birinchi bor Saudiya Arabistoni podshohligi mamlakatga sayyohlik maqsadida tashrif buyurishni istovchi xorijliklar uchun vizalar berishga qaror qildi. Bu  haqda davlatning sayyohlik bo‘yicha oliy qo‘mitasi bosh kotibi shahzoda Sulton bin Salman bin Abdulaziz Dubayda bo‘lib o‘tgan  “Arab sayyohligi bozori” ko‘rgazmasi matbuot anjumanida ma’lum qilgan. Uning aytishicha, yangi tashabbus Saudiya Arabistoniga sayyohlarni jalb etish borasida muhim qadam  hisoblanadi va u xorijliklarga istalgan vaqtda mavjud
tartiblarga amal qilgan  holda mamlakatga tashrif buyurish imkoniyatini beradi. Ma’lumotlarga ko‘ra, yangi viza qoidalari amalga tatbiq etilgan birinchi yili Saudiyaga 1,5 million sayyoh  kelishi kutilmoqda.
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Mohinur 06 Avgust 2006, 08:55:33
PEKIN POLISIYASIDA LINGVISTIK MUAMMO

Pekin politsiyasi 2008 yilgi Olimpiada  o‘yinlarida xavfsizlikni ta’minlash uchun tayyorgarlik ishlarini boshlab yubordi. Bu  haqda Xitoyning «Sinxua» axborot agentligi ma’lumot bergan. Tayyorgarlikning asosiy  qismi turli terrorchilik  hujumlariga  qarshilik ko‘rsatish usullarini  qayta ishlashga bag‘ishlanadi. Tayyorgarlik dasturida jami 40 mingdan ortiq  politsiyachilar ishtirok etmoqda. “Olimpiada-2008” vaqtida xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha maxsus guruh  rahbari Syan Veyaning aytishicha, Pekin jinoyatchilikning past ko‘rsatkichi bilan ajralib turadi, lekin turli favqulodda  holatlarga tayyor turish uchun shaharga kuchli antiterroristik bo‘linmalar kerak bo‘ladi. Tayyorgarlik dasturi ikki yilga mo‘ljallangan bo‘lib, u uch asosiy bosqichga bo‘linadi. Birinchi bosqichda politsiyachilarning jismoniy tayyorgarligiga e’tibor  qaratiladi. Keyin esa favqulodda  holatlarni bartaraf etish bo‘yicha amaliyot  o‘taladi. Uchinchi bosqichda esa Pekin tartib posbonlarining lingvistik imkoniyatlarini kengaytirish nazarda tutiladi. Ingliz tili bilan birgalikda ayrim politsiyachilarga nemis, frantsuz, arab tillarini  ham o‘rganish taklif etilayapti. Ma’lumotlarga ko‘ra, 2007 yilda Pekin politsiyachilarning 60 foizi  o‘z fikrlarini ingliz tilida tushuntirib bera olish darajasida bo‘ladilar.
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Mohinur 06 Avgust 2006, 08:55:40
«ARAVAKASH» PULT BILAN BOSHQARILADI

Yaponlar yana bir kashfiyotga qo‘l urdi. Ma’lumki, kunchiqar mamlakatning tarixiy shaharlari o‘z rikshalari, ya’ni aravalarga qo‘shiladigan odamlari bilan mashhur. Ular ot boylanishi kerak bo‘lgan aravani o‘zlari tortib yuradi.
Biroq endilikda bu noyob tarixiy kasb ham robotlarga topshirilishi mumkin. ITAR-TASS xabariga ko‘ra, Fukuoka prefekturasida aravakash-robotlar yaratilgan.
Ular aeroportlarda odamlarga yuk tashishda yordam bermoqda. Bu robotlar o‘z egasi ortidan uning yukini ko‘tarib yurishi mumkin bo‘lib, oddiy pult orqali boshqariladi.
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Mohinur 06 Avgust 2006, 08:55:47
FUTBOL TO‘PI — UY

Binokorlik sohasidagi barcha an’analarni larzaga solgan  holda  Afrikaning Malavi davlati poytaxtida istiqomat  qiluvchi gollandiyalik arxitektor Yan Sonki o‘z uyini futbol to‘pi ko‘rinishida barpo etdi. U to‘rt qavatdan iborat bo‘lib, yozda salqin, qishda esa issiq. Yan faqatgina futbolni juda yaxshi ko‘rgani uchun emas, balki kuni bilan ishda band bo‘lib, stadionga borishga vaqt topolmagani uchun  ham shunday uy  qurgan emish.  Qolaversa, uning aytishicha, bir xildagi uylar uning xafsalasini pir qilgan, boshqa to‘rtburchak  qutisifat uylar yonida esa futbol to‘pi shaklidagi uy kishi kayfiyatini ko‘tarishi aniq. «Mayli, uyim doimo sevimli sportim haqida eslatib tursin», - deydi Yan. Uning uyi bitishi bilan mahalliy hududdagi diqqatga sazovor joylardan biriga aylandi va sayyohlarni o‘ziga jalb eta boshladi. «Ular odam bunday uyda yashay olishiga ishonmaydi, - deydi tabassum bilan Yanning xotini Tokozani. – Sayyohlar doimo mendan yotoqxona va oshxonani ko‘rsatishimni so‘rashadi». Sonkining oilasi endi umrbod Malavida qolmoqchi.  Hozircha farzand-
lari bo‘lmagan xonadon barchani yashil chim ustidagi futbol to‘piga taklif etadi.
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Mohinur 06 Avgust 2006, 08:55:54
TIMSOHNING O‘LIMI

Totasha laqabi bilan yuritiluvchi timsoh Yaroslav viloyatidagi hayvonot bog‘laridan birida yashardi. Xodimlar uning ajalidan besh kun burun o‘lishini sira ham xayollariga keltirmagan edilar.
Timsoh mahalliy muzey-hayvonot bog‘ining yerto‘la qismida saqlanardi. Isitish tarmog‘i qattiq sovuq tufayli kuchsizlangach, ertalabga qadar harorat minus uch darajaga tushib ketdi va bu arzanda timsohga salbiy ta’sir qildi. Ertalab ishga kelgan xodimlar Totashaning harakatsiz yotganini ko‘rib ajablanishdi, hattoki uning nafas olayotgani ham sezilmasdi. Timsohning qo‘shnisi — echkiemar esa omon qolgan.
Zudlik bilan vannadagi iliq suvga solingan timsoh baribir o‘ziga kelmadi. Qiziq, nima uchun echkiemar omon qolganu undan gavdasi kam bo‘lmagan Totasha jon taslim qilgan? Aftidan, echkiemar  sovuqdan burishib qolgach, qum orasiga yashirinib olganga o‘xshaydi, aks holda minus uch daraja sovuqda u ham omon qolishi gumon edi.
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Mohinur 06 Avgust 2006, 08:56:02
DIYDOR G‘ANIMAT

Axloq tuzatish muassasalaridan birida mahbuslar uchun qulaylik yaratildi. Ular endi o‘z yaqinlari, qarindosh-urug‘lari bilan «Uchrashuv» qahvaxonasiga boradigan bo‘lishdi.
Koloniya ma’muriyati bu ishga o‘tgan yilning yozlarida qo‘l urgan edi. Qahvaxonaning bezatilishi ham chakki emas: yevropacha ta’mirlangan bu joyda stol, stullar, bar maydonchasi, kartina va gullar ko‘zga tashlanadi.
Qahvaxonaga kirish uchun mahbus avvalroq buyurtma beradi. Bunda unga muassasa ma’muriyati tomonidan belgilangan uchrashuv vaqti hisobga olinadi. Kirish uchun chipta narxi 100 rubl bo‘lib, bolalarga tekin. Assortiment rang-barang: limonad, choy, qahva, buterbrod va xot-dog. Albatta, diydorlashuv daqiqasi shirin, ammo bu vaqtga ketgan sarf-xarajat mahbusning cho‘ntagiga ta’sir ko‘rsatmasdan qolmaydi, ya’ni uning hisob raqamidan ushlab qolinadi. Pul ketsa ketar, ammo shu o‘rinda diydorlashuvning g‘animat ekanligini ta’kidlash shart.
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Mohinur 06 Avgust 2006, 08:56:10
ITLAR XONISHI

Kanadaning Viktoriya shaharchasida bo‘lib o‘tgan tanlov hali dunyoning boshqa burchaklarida qayd qilinmagan bo‘lsa kerak. Tadbirga itlar taklif etildi va ular o‘zlarining «kuylash» mahoratini namoyish qildilar. Hakamlar hay’ati bir ovozdan Tippi laqabli itni g‘olib deb topishdi. Chunki u fortepianoda itlar uchun yaratilgan sonataga jo‘rovoz bo‘lib, shu darajada mahorat bilan hurdiki, tomoshabinlar olqishi yog‘ilganida xo‘jayini entikib ketdi.
Tanlov-ku, itlarning «qo‘shiq aytish» san’atini yaxshigina sinab ko‘rdi, ammo ushbu jonivorlarga «dushman» hisoblangan mushuklarning sho‘ri quridi. Kuchuklar ustma-ust va qattiq hurganda cho‘chib ketgan mushuklar shahar bo‘ylab tumtaraqay qochishdi. Hayvonlarni himoya qilish jamiyati buning uchun tanlov tashabbuskorlarini javobgarlikka tortishga ham tayyor turibdi.
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Mohinur 06 Avgust 2006, 08:56:17
YAXSHIYAMKI, QUTQARUVCHILAR BOR

Bir yarim yashar zumrasha o‘zi bilmagan holatda vannaga kirib ketgan onasini bilib-bilmay sirtidan qulflab qo‘ydi. Bir lahzaga kirgan ayol bolasining qilmishidan ancha vaqt vannada qolib ketishga majbur bo‘ldi. Eshikni ming taqillatsin, bolasi tushmagur bu yerga kelishni xayoliga ham keltirmas, baqir-chaqirdan zarracha «qilt» etmasdi. Buni eshitgan qo‘shnilar zudlik bilan militsiya, «tez yordam» va qutqaruv xodimlarini chaqirishdi.
«Biz yetib kelganimizda, onaning qichqirig‘idan biror noxush voqea sodir bo‘lganmikan, deb qo‘rqib ketdik. Aslida vahima qilishga arziydigan gap emas ekan», deydi bu voqea tafsiloti haqida Magnitogorsk qidiruv-qutqaruv xizmati bo‘linmasi boshlig‘i Oleg Zaxarov.
Yaxshiyamki, qutqaruvchilar bor, aks holda nima qilib qo‘yganini bilmaydigan yoshdagi kichkintoy o‘z onasini tutqunlikda qancha vaqt ushlardi?
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Mohinur 06 Avgust 2006, 08:56:24
YUVILMAYDIGAN KIYIM

Yangi mato bakteriyalar va zaharli moddalardan himoya qiladi...
Kaliforniyadagi  Devis va Kornell universitetlari olimlari mazkur mato sinovlarini ikki yildan so‘ng o‘tkazmoqchi. Olimlarning aytishicha, u bakteriyalarni o‘ldiradi, zararli moddalar ta’sirini bartaraf etadi. Shu bilan birgalikda teriga ham nafas olish imkonini beradi.
Yangi to‘qimachilik mahsulotining siri shundaki, unda  buzuvchi molekulalar va teshikli membranalardan iborat himoya qatlami mavjud.
Ajabtovur gibrid matodagi teshikchalar tanaga havo o‘tkazadigan darajada katta va bakteriyalar kira olmaydigan darajada kichikdir.
Bakteriyalar yoki zaharli moddalar mato tarkibidagi membrana bilan to‘qnash kelgach, undagi xlor molekulasi (N-Halamines) ta’siriga uchraydi — ular o‘ladi.
Laboratoriya tadqiqotlari shuni ko‘rsatdiki, kashf etilgan matoning bir grami ikki daqiqa mobaynida bir millionta bakteriyani o‘ldirishi mumkin. 
Matoni bir necha kun, hatto bir necha hafta yuvmay kiyib yurish mumkinligi esa uning qo‘shimcha ustunliklari, deya hisoblanmoqda. Matoni yuvish  uchun uning himoya qatlamini olib, tozalashning o‘zi kifoya.
Olimlarning mazkur kashfiyoti birinchi navbatda qishloq xo‘jaligi xodimlari uchun mo‘ljallanmoqda. Istiqbolda esa harbiylar, shifokorlar, qutqaruvchilar uning egasi bo‘lishi mumkin.
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Mohinur 08 Avgust 2006, 07:00:03
3,5 MING DOLLARLIK QOVUN

Yaponiyaning Xokaydo oroli hududida yetishtirilgan ikki dona qovun 3,5 ming dollardan baholandi. Demak, ikkita qovun 7 ming AQSH dollari, yaponlar puliga hisoblaganda, 800 ming ienaga baholandi. Xo‘sh, qovunlar narxining shu darajada yuqoriligiga sabab nima?
Mutaxassislar bu poliz mahsulotini juda kam uchraydigan nav deb baholashmoqda. Auktsionda sotuvga chiqarilgan qovunlar aslida internetda ham o‘z saytiga ega bo‘lib, xaridorlarining ko‘pligi shundan. Auktsion tashkilotchilarining fikriga ko‘ra, Xokaydo qovunlarining narxi yana ham oshishi mumkin.
Bir savol tug‘iladi: hali so‘yilmagan qovunning ta’mi ham shunga yarashamikan?
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Mohinur 08 Avgust 2006, 07:00:13
MAYMUNLAR QIZIQISHI

Maymunlarni odamzotning ajdodlari degan taxmin yuradi. Buning qanchalik rost-yolg‘onligini hech kim bilmaydi. Xorijlik olimlar Afrika maymunlarining o‘yinchoqlarga qanday munosabatda bo‘lishini kuzatdilar. Erkak maymun o‘yinchoq mashina atrofidan ketolmay qoldi. U mashinani yurgizib ko‘rar, goh ustini, goh ostini  aylantirib tomosha qilardi. Urg‘ochisi esa qo‘g‘irchoq qarshisida sehrlangandek turardi. Bir payt u qo‘g‘irchoqni quchoqlab oldi-da, egniga urib, erkalay boshladi. Har ikkala maymun suratli kitobchani qiziqib varaqlashga kirishdi.
Tadqiqotchilar odamzotning rivojlanish bosqichlari, hattoki xislatlari ham maymun bilan bog‘liq ekanligiga shubha qilmadilar. Erkak va urg‘ochi maymun — shuning isboti.
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Mohinur 08 Avgust 2006, 07:00:21
ENG ULKAN QO‘ZIQORIN

Shveysariyadagi institutlardan birida olimlar qo‘ziqorinning mutlaqo yangi turini yaratishga muvaffaq bo‘ldilar. Uning umumiy o‘lchovi gektarlab maydonni band qiladi, buni tasavvur qilish qiyin, faqat ko‘rish kerak. Bu qo‘ziqorin Shveysariya milliy bog‘idagi haqiqiy mo‘jizadir.
Qo‘ziqorinning asosiy qismi yer tagiga yashiringan bo‘lib, ustki qismidagi semiz ninalar tayoqchaga o‘xshab ketishi kishi diqqatini jalb qiladi. Qo‘ziqorinni yaxshi ko‘radiganlar xursand bo‘lmay qo‘ya qolishsin, u iste’mol qilishga mo‘ljallanmagan, bu — tomoshabop nav, deb sharhlaydi yangilikni «Veltvoxe» gazetasi.
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Mohinur 08 Avgust 2006, 07:00:29
40 YILDAN SO‘NG MO‘JIZA

40 yillik azob-uqubat — yorug‘ olamni ko‘rolmaslik bartaraf qilindi.  Bunga ko‘z mutaxassisi Uilyam Dobele erishdi. Bu shifokor o‘z bemori uchun sun’iy ko‘z yaratdi.
Dobele yaratgan sun’iy ko‘zoynak ultratovushli videokameraga ulangan. Ko‘zoynak bemorning bel qismiga o‘rnatilgan minikompyuterga signal uzatgach, u atrofni ko‘ra boshlaydi.
Bemor borliqni ko‘rayapti, ammo tabiiy ravishda emas, qirq yillik qorong‘ulikning sun’iy holda bo‘lsin, bartaraf etilishi unga chinakam baxt!
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Mohinur 08 Avgust 2006, 07:00:41
TOSH ASRINING STOMATOLOGIYASI

Qadimgi davrda odamlar tishlarini parmalatishgan, degan taxmin Pokiston hududida olib borilgan arxeologik qazilmalar jarayonida kelib chiqdi. Olimlar bundan ming-ming yillar muqaddam kishilar tishlarini qanday davolatishgani bilan qiziqdilar. «Nature» jurnalida e’lon qilingan maqolaga qaraganda, o‘sha paytlarda parma aynan shu maqsadda ishlatilgan. Ushbu maqolada 9 kishining kalla suyagidagi tishlar sinchiklab o‘rganib chiqildi. Ko‘rinadiki, qadimiy parmalar nafaqat bezash jarayonida, balki tishni mustahkamlashga ham xizmat qilgan. Bu qattiq qorishma tishga bir millimetr qalinlikda yopishtirilgan. Tishlarni plombalashning bu qadimiy usuli hozirgi odamlarga juda ham qiziq.
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Mohinur 08 Avgust 2006, 07:00:50
HAMMA ME’YORIDA UXLASIN

Dunyoda eng kam uxlovchi millat yaponlar ekanligi kuzatilmoqda; sutkasiga olti soat. Chindan ham, surunkali uyqusizlik yaponlarning jiddiy muammosidir. Me’yorida uxlamaslik ishda unumdorlik bo‘lishiga xalaqit berishini hisobga olgan ayrim kompaniyalar qisqa lahzalik uyquning qonuniy ravishda amalga oshirilishini ta’minlaydilar. Bu esa ish qobiliyatining tiklanishiga ko‘mak beradi.
Darhaqiqat, Tokio va boshqa shaharlarda yarim soat uchun 4,5 dollar to‘lanadigan uyqu salonlari ham ochib qo‘yilgan, bu esa  ijobiy tajriba deb baholanmoqda. Buni ta’lim muassasalari ham bajonidil qo‘llab-quvvatlamoqda. Birinchilardan bo‘lib bu tashabbus ijrosiga kirishgan Meyzena maktabi o‘quvchilari tushlik mahali yoppasiga musiqa tinglab, uyquga ketdilar. Butun maktabda orom olish soatlarining belgilanishi ijobiy samara keltirdi; oradan bir yil o‘tar-o‘tmas o‘quvchilarning o‘zlashtirish va davomat darajasi keskin ko‘tarildi.
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Mohinur 08 Avgust 2006, 07:00:58
MEHR KO‘RSAT, MEHR KO‘RASAN

Itlar — insonning vafodor va sodiq do‘sti. Petalum shaharchasida jonivorning bu turi bilan odamzot o‘rtasidagi iliqlikni yana bir karra namoyish etuvchi antiqa musobaqa bo‘lib o‘tdi. Archi laqabli it bu tanlovda o‘z egasini shu darajada siyladiki, bunaqasi hali bo‘lmagan. It xonimning bo‘ynida o‘tirishiga shart-sharoit yaratdi va ular birgalikda yugurishdi. Xo‘sh, Xizer Pipls xonimga jonvorning shunchalik «izzat-ikrom» ko‘rsatishiga sabab nima?
Ayol itlar boqiladigan maskanda Archini uchratib, uni bir qarashdayoq yoqtirib qoldi va uyga itni olib keldi. Shunday qilib, eng badbashara itning mehriboni topildi. Itboqarlar boshlig‘i Piplsga uni bu yerga qaytib olib kelmasligi uchun pul to‘ladi.
Alqissa, hakamlar hay’at Xizer xonimning jonivorlar bilan munosabati boshqa ishtirokchilarnikidan ustun ekanligini e’tirof etdi. Unga esdalik sovg‘asidan tashqari, 1000 dollar pul ham berildi.
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Mohinur 08 Avgust 2006, 07:01:05
KELIN-KUYOV SHAHZODALAR

O‘rta asrlarga xos to‘y marosimi Vladivostokda bo‘lib o‘tdi. «Dorogoe udovolstvie» jurnalida ishlaydigan Kseniya kuyov bola Alekseydan ot muhayyo qilishini talab etdi. Oppoq otda kelinchak kuyov tomon yurib kelar ekan, Aleksey uning nozik barmoqlariga uzuk taqib  qo‘ydi. Shunda Keseniya unga rozilik berdi.
Ayni paytda hayajonli daqiqalar videoga ham olingan edi. Shunday qilib, uch yil muqaddam bir-biri bilan tanishgan kelin-kuyovlarning to‘yi odatdagidan boshqacharoq nishonlandi. Kelinchak unutilmas kunni shu tarzda nishonlash oila mustahkaligining sharti, deb hisoblaydi. Ishqilib, shunday bo‘lsin.
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Mohinur 08 Avgust 2006, 07:01:12
MUZQAYMOQLI POCHTA MARKASI

TBWA reklama agentligining Germaniya bo‘limi mutaxassislari  Hdagen-Dazs  muzqaymoq ishlab chiqaruvchilari uchun ajoyib reklama kampaniyasini o‘ylab topdilar. Mazkur kampaniya Avstriya pochtalarining biri bilan hamkorlikda o‘tkazilmoqda.
O‘ziga xos tadbir doirasida Nyu-York, Gavayi, Afrika va boshqa hududlarga jo‘natiluvchi pochta markalari seriyasi iste’molga chiqarilgan.
55 yevrotsent turuvchi ushbu markalarni yopishtirish uchun tilingizga tekkizganingizda Hdagen-Dazsda ishlab chiqarilgan muzqaymoq yoki yana boshqa shirinliklar ta’mini his qilishingiz mumkin. Betakror ta’m yelim qavatiga “qamab qo‘yilgan”.
TBWA xodimlarining aytishicha, ana shu yo‘l bilan iste’molchilarda ortiqcha kaloriyalarsiz boshqa ta’mlarni totib ko‘rish imkoniyati paydo bo‘ladi, shuningdek, bu mahsulotlar reklamasi uchun ham katta xizmat qiladi.
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Mohinur 08 Avgust 2006, 07:01:19
GUGURTDAN QURILGAN UY

Germaniyalik Eberxardt degan tinib-tinchimas odam Ginnesning rekordlar kitobiga kirishni orzu qilgan shekilli, o‘z hovlisi atrofida ko‘pchilikni hayratda qoldiradigan mo‘jiza yaratdi.
Minglab gugurt qutilaridan tiklangan uy rosmana hovlini eslatadi. Unda mehmonxona, oshxona, bolalar uchun mo‘ljallangan bo‘lmalar, hattoki hojatxona ham bor. Devor shkaflari, deraza, eshik... Qisqasi, hashamatli uy. Ranglar shu darajada uyg‘unlashtirilganki, Elburt Eberxardtning dizayn san’atini yaxshigina egallaganligi sezilib turadi.
Xo‘sh, yashash uchun emas, tomosha qilish uchun yaratilgan imoratga qancha gugurt qutisi sarflandi ekan? Bir yarim million. «Koshona» egasining bu gugurt qutilarni to‘plash uchun sabr-toqat topa olganligi ham barchada taajjub uyg‘otadi, deb xabar beradi «Zyuddoyche tsaytung» gazetasi.
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Mohinur 08 Avgust 2006, 07:01:25
YETTI TUYOQLI BUZOQ

Rossiyadagi bo‘rdoqichilik fermalaridan birida dunyoga kelgan buzoqchaning bir oyog‘ida to‘rtta tuyoq borligi hamma-hammani ajablantirdi. Hali bunaqasi bo‘lmagan.
Ferma xodimlari unga «Mutant» deb nom berdilar. Bu chaqmoq va radiatsiya oqibati bo‘lsa kerak, degan taxmin bor. Sotnikov hududi Chernobilga ancha uzoq bo‘lsa ham radiatsiya ta’sir ko‘rsatganligi aniq. «Mutant» mutaxassislarda ham katta qiziqish uyg‘otmoqda. Buzoqchaning ishtahasi karnay. Agar u o‘rnidan turadigan bo‘lsa, oddiy oyoqlarini ishlatadi, to‘rt tuyoqli antiqa oyog‘ini shalviratib oladi. Tezda tolib qolgan uch oyog‘i bilan yotish buzoqchaga rohat bag‘ishlaydi shekilli, ko‘pincha yotib oladi.
Ferma xodimlari yetti tuyoqli buzoqni go‘sht kombinatiga topshirish niyatida. Ortiqcha tuyoqlar buzoqchaga tashvish keltiradiganga o‘xshaydi.
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Mohinur 08 Avgust 2006, 07:01:33
BIRI OQ, BIRI QORA

Ikki tomchi suvdek bir-biriga o‘xshash egizaklar yaqinda Los-Anjelesning Traydi shaharchasida dunyoga keldi. Ba’zi egizaklar bir-biridan andak farqli bo‘lishadi. Er-xotin Kayli va Remilar xonadoniga quvonch keltirgan qizaloqlarning rangidagi yer bilan osmoncha farq barcha-barchani ajablantirardi. Chunki ularning biri qordek oppoq, ikkinchisi shokolad rangida.
Qizaloqlarning rangidagi katta farqlanishdan oila sohiblari mutlaqo ajablanishgani yo‘q. Chunki egizaklarning buvisi oq, buvasi esa qora tanli. «Qazisan-qartasan, o‘z naslingga tortasan» deganlaricha bor. Mutaxassislar bunday egizaklar har 50 yilda faqat bir marotaba tug‘ilishini ta’kidlashmoqda.
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Mohinur 08 Avgust 2006, 07:01:41
AQL BOVAR QILMAYDI

Uzun sochli ayollar hamisha hammaning diqqat-e’tiborini tortib keladi. Xitoylik xonim Jang Zong sochi u qadar uzun bo‘lmasa ham juda pishiq va baquvvat ekanligini ko‘rsatishga qaror qildi. Buning uchun xonim mahalliy matbuot nashrlariga shunday mazmundagi e’lonni berdi: «Sochlarim bilan 3 ta mashinani tortaman. Qiziqqanlar tomoshaga tashrif buyurishi mumkin».
Maydonda tumonat odam. Barchaning nigohi 100 ot kuchiga ega uchta mashinani sochiga ip bog‘lab, uni avtomobilga ulab tortayotgan ayolda! Jang Zong soch tolalari uzilib ketishidan qo‘rqibmi, ipni ushlab, uchta mashinani inqillab-sinqillab tortib borardi. Shu tariqa 20 metrlik masofani bosib o‘tdi.
Tomoshadan so‘ng zamonaning qahramoni bo‘lishni, mashhur odam sifatida tilga tushishni istagan bu xonimning sog‘ligida muammolar uchramasmikan?
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Mohinur 08 Avgust 2006, 07:01:49
«ISTE’DODLI» CHO‘CHQA

Luiza laqabi bilan ataluvchi cho‘chqa Germaniyaning Gannover shahrida tug‘ilib va o‘sib, «mashhurlik» pog‘onasiga chiqdi. Dastlab u giyohvand moddalarni hidlab, uning mashqini oldi. Keyinchalik uni mahalliy kinoijodkorlar cho‘chqa o‘ynashi kerak bo‘lgan epizodga taklif qilishdi. Luizaning 70 marotaba televideniega chiqishi va Gannover opera teatrining spektakllarida o‘ynashi uning o‘zi bilib-bilmay amalga oshirgan yutuqlaridir.
Nemislarning «Oylenshpigel» jurnali ko‘pchilikni lol qoldiradigan shunday yangilikni e’lon qilgan: hali yer yuzida bu qadar «iste’dodli» cho‘chqaga hech kim duch kelmagan.
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Mohinur 08 Avgust 2006, 07:01:56
GUVOHNOMASIZ HAYDOVCHI

Har qanday texnika rulini boshqarish uchun haydovchilik guvohnomasi talab qilinadi va buning uchun qisqa muddatli kurslarda o‘qish kerak. 50 yildan beri mashina rulini boshqarib kelayotgan janubiy afrikalik Yan Klopper yaqinda, ya’ni 75 yoshida haydovchilik guvohnomasini olishga muvaffaq bo‘ldi. Shu paytgacha unda bu hujjat yo‘q edi va hech qanday qoidaga xilof ish qilmagani bois, avtomobil nazorati xodimlarining na dashnomiga, na jarimasiga duch keldi.
Yan Klopperga xotini qayta-qayta aytaverganidan so‘ng imtihon topshirishga qaror qildi va savollarning barchasiga aniq-tiniq, to‘g‘ri javob berdi. Imtihon oluvchilar bir-birlariga qarab yelka qisishdi: qarib qolganda bu odamga mashina boshqarish nima uchun kerak? Ular bilishmasdiki, keksa shofyor rul boshqarish uchun emas, balki tajribasi qay darajada ekanligini bilish uchun imtihon topshirgan edi.
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Mohinur 08 Avgust 2006, 07:02:03
KO‘ZA KUNIDA SINDI

Odamlarni laqillatib, ne ko‘yga soladigan firibgarlardan biri 40 ming rubl ishlab topishga topdi-yu, oxiri voy bo‘lishini o‘ylab ham ko‘rmadi.
U o‘zi taniydigan va biladigan pensionerlarga qo‘ng‘iroq qilib, o‘g‘li yoki nevarasi yo‘l transport hodisasida baxtsizlik sodir etganini, buning uchun tegishli idoraga kelib, 1,5 — 2 ming rubl miqdorida pul to‘lashi lozimligini talab qildi. Aks holda boshqa ko‘ngilsizliklar bo‘lishi mumkinligini ham aytdi. Bunga laqqa ishongan ota-ona, qarindoshlar shoshilinch ravishda pul yig‘ishib, aytilgan manzilga keltirishdi. Pulni olish uchun rasmiylashtirayotgan firibgarning aslida kimligi bilan «baxtsiz hodisadan aziyat chekayotganlar» qiziqishmadi ham.
Shunday qilib, ikki oy mobaynida 40 kishi laqqa tushdi. Ko‘za kunda emas, kunida sinadi, deganlaridek, hiyla-nayrang orqasidan kun ko‘rmoqchi bo‘lganlarni kimdir o‘g‘li orqali aniqlab, firibgarning iziga tushdi. Qancha odamni laqillatgan firibgarning sho‘riga sho‘rva to‘kildi, deyavering.
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Mohinur 08 Avgust 2006, 07:02:11
TAOMINI KO‘RIB, BAHO BERING

Psixologlarning fikriga ko‘ra, yegan taomiga qarab, kishining fe’l-atvoriga baho berish mumkin ekan. Tadqiqotdan ma’lum bo‘ldiki, achchiqni muttasil iste’mol qiluvchilar o‘zlarini ko‘proq o‘ylaydigan xudbinlar ekan. Qandolatchilik mahsulotlari oldida o‘zini tiyolmaydiganlar anchagina romantik bo‘lib chiqdi. Sho‘rtakni yaxshi ko‘ruvchilar ijod qilishga moyil. Oldiga nima qo‘yilsa yeydigan kishilarga berilgan ta’rif barchani hayratda qoldirdi: bugun rahmdil va aziz, ertaga esa naq iblisning o‘zi.
Ikkinchi va uchinchi guruhga mansub bo‘lgan ma’qulroq, birinchi va to‘rtinchi toifaga kirishdan Xudo asrasin!
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Mohinur 08 Avgust 2006, 07:02:18
UCH QO‘LLI BOLA UCHINCHI QO‘LIDAN AYRILDI

Xitoylik uch qo‘li bor bolani operatsiya qilib, ikkita chap qo‘lidan birini ajratib olishdi, deb xabar beradi Associated Press. Shifokorlar ikki qo‘ldan qaysi birini olib tashlash kerakligi ustida ancha bosh qotirishdi, chunki ikkalasi ham bir xil rivojlangan edi. Hozir bolakay qayta tiklanish terapiyasi kursidan o‘tmoqda.
Bosh jarroh Chen Bochanning aytishicha, Shanxayning bolalar tibbiy markazida o‘tkazilgan 3 soatlik operatsiya muvaffaqiyatli yakunlangan. Hozirda shifokorlar bolaning kelajagi haqida aniq hech nima ayta olishgani yo‘q.
Bunaqa bolalarning aksariyat qismi yo chala tug‘ilib go‘dakligida nobud bo‘ladi yoki ota-onasi ularni abort qildirishga qaror qilishadi. Bu bolaning onasi esa biror marta ham ultratovush tekshiruvidan o‘tmagan. Shunisi ma’lumki, bolakayning bitta buyragi yo‘q. Undan tashqari, agar bola tirik qoladigan bo‘lsa, suyagi egilib ketishi ham mumkin.
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Mohinur 08 Avgust 2006, 07:02:26
FUTBOLNING YANGI VATANI

Ma’lumotlarga qaraganda, xokkeyning vatani Kanada, futbol esa inglizlar o‘ylab topgan o‘yin. Ammo Jaypurdagi (Hindiston) tarixiy muzey direktori, doktor Ashok Kumer boshqa bir taxminni bildirmoqda. Eramizga qadar bo‘lgan davrda Hindiston hududini boshqargan shoh-vazirlar maxsus maydonchalarda xokkey va futbolga o‘xshab ketadigan o‘yinlar bilan mashg‘ul bo‘lishgan.
Haqiqatan ham shundaydir, deya bu fikrni tasdiqlaydi ekspertlar. Biroq xokkey va futbolning qaerda ilk bor o‘ynalishidan qat’iy nazar, bugungi kunda millionlab kishilarni ohanrabodek o‘ziga tortadi.
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Mohinur 08 Avgust 2006, 07:02:34
OLISHUV

Nijegoroddagi «Limpopo» hayvonot bog‘ida yashovchi Sasha va Masha laqabli kengurular «farzand» ko‘rishdi. Jonivorlar o‘z kichkintoylarini begona ko‘zdan asrashga qat’iy kirishganliklari bog‘ xizmatchilarini ajablantirardi. Yangi mehmon uch oyga qadar onasining qornidagi «sumka»dan chiqmadi.
Kunlarning birida ona kenguru yotgan maydoncha setkasiga qopag‘on it tashlanib qoldi. Bunday paytda kenguru o‘zi qolib, bolasining hayotini saqlashga jon-jahdi bilan urinishi tabiiy. Kelib-ketuvchilardan birining «erkatoyi» bo‘lgan it Mashaning o‘zini emas, balki bolasini o‘lja qilmoqchi edi. Olishuv boshlanib ketdi. Ona kenguru bolasini «sumka»sidan chiqardi, kim bilsin nima maqsadda? Balki bolasi o‘zini ancha eplab qolgani uchundir, balki himoya  uchundir. Har tugul it bilan kengurularning olishuvi ko‘ngildagidek yakunlandi. Kenguru bolasi yana o‘z joyiga  olib qo‘yildi, it egasiga esa bu yerga jonivorni olib kirgani uchun jarima solindi.
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Mohinur 08 Avgust 2006, 07:02:41
MAYMUNLAR SEZGIR EKAN

Afrikadagi hayvonot olami bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar maymunning turli o‘simliklardagi shifobaxsh xususiyatni to‘g‘ri va aniq bilishi haqidagi xulosaga keldilar. «Yashil dorixona» tarkibiga kiruvchi o‘simliklardan biri shifobaxsh moddalarga boy bo‘lib, oshqozon-ichak yo‘lla-
riga joylashib olgan parazitlarni yo‘qotishda xuddi antibiotiklar singari xususiyatga ega.
Zoologlar Afrika hududida yashovchi maymunlarning aynan shifobaxsh o‘simlikni izlab topishiga ishonishmoqda. Agar dorivor o‘tdan alohida xususiyatni payqasa, maymunlar bu haqdagi ma’lumotni o‘zidan keyingi avlodga albatta yetkazar ekan, deb xabar beradi Janubiy Afrikaning «Star» gazetasi.
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Mohinur 08 Avgust 2006, 07:02:50
BALIQ 360 MILLION YOSHDA

Krasnoyarsk o‘lkashunoslik muzeyiga keltirilgan eksponat qazib olingan baliq gavdasi ekanligi tomoshabinlarning hayratini oshirmoqda. Uni tabiat shaydosi Gennadiy Tatarchenko suv omboriga ancha uzoq qirg‘oqdan topib keltirdi. U muzeyni boyitgani uchun o‘zida yo‘q xursand.
Baliqlarning bu ajdodi yuqori baholanmoqda. Uning jabrasi, qanot va dumlari yaxshi saqlangan, yoshi taxminan 360 million yilga teng, deb taxmin qilinmoqda. Paleontolog Olga Yakunina baliqlarning yashash shart-sharoitini miridan sirigacha o‘rganish taklifini bildirdi. Bu esa muzeydagi eksponat haqidagi taxminlarni oydinlashtiradi.
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Mohinur 08 Avgust 2006, 07:02:57
SUHBAT SHAPALOQDAN YAXSHI

Rostov-Donda ochilgan klub qoshida  past bahoga o‘qiydigan o‘quvchilarning ota-onalari yig‘ilishadi. Har juma kuni bu yerga o‘z farzandining o‘qishidan qattiq tashvishga tushadigan ota-onalar to‘planishib, «ikki»dan qanday qutulish bo‘yicha psixolog bilan suhbat quradilar.
Ta’lim markazi mutaxas-
sislari  bolani past baho olganligi uchun shapaloq yoki xivich bilan urish umuman vaziyatni  o‘zgartirmasligini ta’kidlashmoqda. Kaltak yegan bola ruhan ezilib, ota-onasi bilan battar o‘chakishib qoladi. Vujudga kelgan muammoni bartaraf etishdagi eng yaxshi usul bu suhbat ekanligi  ota-onalarga  uqtirilmoqda. Janjal chiqqan uydan fayz-baraka qochadi. Ota-onalar bu klubda o‘z farzandlarining  «uch» olgan kunini nishonlashadi. Rosmana «besh» va «to‘rt» ham zabt etiladi, qachonki, shapaloq yoki xivich bilan emas, shirin gap bilan bola ko‘ngliga yo‘l topilsa.
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Mohinur 08 Avgust 2006, 07:03:22
ENG ULKAN CHIG‘ANOQ
 
Yaponiya orollarida  baliqchilik qilib kun ko‘radigan kishilar eng ulkan chig‘anoqqa  duch kelishdi. Uning uzunligi bir metr, og‘irligi esa 292 kilo.
Chig‘anoq mutaxassislarga taqdim etilganida shu narsa ma’lum bo‘ldiki, nafaqat Yaponiya orollarida, balki yer yuzida hali bunaqasi uchramagan.
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Mohinur 08 Avgust 2006, 07:03:34
JUFTIGA HAM SHAFQAT YO‘Q

Alyaskaning Teylor shahridagi  banklardan birida o‘z xizmat vazifasini bajarib turgan Bill Miller niqob kiygan o‘g‘rini qo‘lga oldi. Yechintirib qarasa, xotini. Qonun hamma uchun barobar ekanligini  xotiniga uqtirdi-da, bank xizmatchisi uni qamash uchun organ xodimlariga topshirdi.
Burch va qonun tushunchasiga, qaniydi, hamma joyda shunday qaralsa.
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Mohinur 08 Avgust 2006, 07:03:41
OLTIN HAFTA

Yaponlar o‘z ta’tilini 29-apreldan boshlanib 5-mayda tugaydigan, bayramlarga boy bo‘lgan «oltin hafta» ichida o‘tkazishga harakat qiladilar. «29-aprel — o‘simliklar kuni, 3-may — urushni rad qilishni rasman e’lon qilgan yapon konistitutsiyasi qabul qilingan sana. 5-may esa bolalar kuni. Yoqimli ta’tilni ishdan bir yoki ikki kun javob olib cho‘zish ham mumkin», — deydi Osaka universitetining o‘qituvchisi Tanaka Eychi.
Bahorning go‘zal kunlarida yaponlarga xushkayfiyat ulashib keluvchi bu «Oltin hafta» keyingi yilgacha unutilmas xotiralarga boy bo‘ladi.
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Mohinur 08 Avgust 2006, 07:03:50
BEPUL GAZETALAR

Kitobxonlikning tushib ketganligi dunyo ziyolilarini tashvishga solayotgan, hatto aholining elita qismi orasida ham bu ko‘rsatkich keskin susayib borayotgani e’tirof etilayotgan bir paytda Norvegiya va Shvetsiyada chiqayotgan bepul gazetalar aholini mutoalaga chorlashning ajoyib usuli bo‘lib xizmat qilmoqda. Qulay, ixcham va qiziqarli gazetalar ma’lum bir tarmoqdagi tashkilot va firmalar tomonidan nashr etiladi.
O‘zlari ishlab chiqarayotgan mahsulotlar haqida atroflicha ma’lumot hamda reklamalar joylashtirish evaziga bepul gazetalarni tarqatish tarmoq ma’muriyatiga ham yaxshigina daromad keltiruvchi manba hisoblanadi. Shuning uchun ular bepul nashrlarni odamlar gavjum bo‘lgan bekat va matbuot do‘konlarida tarqatishadi.
Aholi esa ularni uydan ishga yetib borguncha hamda ishdan uyga yetib kelguncha  o‘qib chiqishar ekan. Bu orqali ular jamiyatda yuz berayotgan yangiliklardan ham boxabar bo‘ladi va eng muhimi, mutoaladan uzoqlashmaydi.
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Mohinur 08 Avgust 2006, 07:04:00
QUYOSHNING RAMZDOSHI NE?

Hech vaqt taqvimda (.) belgisiga ko‘zingiz tushganmi? Bu belgi qadimgi Shumer ieroglif yozuvlarida uchraydi, nomi «RA», ma’nosi esa «quyosh»dir. Bu belgi keyinchalik nonning ramzi sifatida qo‘llaniladigan bo‘ldi. Ko‘p xalqlar buni qabul qilib, nonni aynan shu shaklga o‘xshatib yasashga harakat qilishgan. O‘zimizning o‘zbek nonlari ham shu shaklga monand. Ayniqsa, zog‘ora va gijda nonlarini ko‘rganmisiz, doira, o‘rtasida esa nuqtasi bor.
Nimaga quyosh bilan non  bir belgi orqali ifodalanadi? Birinchidan, ikkalasi ham bir-biriga shaklan mos, har ikkalasi ham insonlar uchun zarur, Quyosh bo‘lmasa, non yetish-
tirish mumkin emas, nonsiz hayot kechirish qiyin.
Nonni zuvala qilib, shar shaklida pishirish dunyodagi barcha xalqlarda hanuzgacha saqlanib qolgan. Bu ham nonni quyosh ramzida tasavvur etishning yorqin misolidir. Bizda nonning yuzlari bir san’at asaridek bezaladi.
Patir nonlarining yuziga quyuq chakich-nonlar urilishi — quyosh jimirlashining ramziy ifodasidir. Shirmoy hamda lochira nonlar chetlarini pichoqda kesib, parraksimon yasash ham quyoshdan nur taralayotganining ramziy ko‘rinishidir. O‘zbekiston — quyoshli yurt. Quyosh nonlari  pishiriladi bu yurtda. Shu bois ham, non va quyosh bir xil ramz bilan tasvirlanadi.
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Mohinur 12 Sentyabr 2006, 10:26:02
QOR GULLAYDIMI?

Odatda biror narsaning pokligi ta’kidlanganida, «qordek oppoq» iborasi ishlatiladi. Biroq yer kurrasining ayrim tog‘lik va pasttekislik yerlarida, shuningdek, Arktika va Antarktidaning muz bilan qoplangan dengizlarida qorning usti qizil , yashil , sariq,  jigarrang va hatto ko‘k yoki qora tusga kirib qolganligiga necha-necha sayyohlar shohid. Shu hodisa ko‘chma ma’noda «qorning gullashi» deb yuritiladi.
Qadim zamonlardan qizil qor to‘g‘risidagi afsona va ertaklar og‘izdan-og‘izga o‘tib keladi. Qizil qor yer kurrasining ko‘p joylarida, xususan, tog‘ cho‘qqilarida ko‘p uchraydi. Jumladan, Kavkaz tog‘larida, Armaniston tog‘larining shimoliy qismida, Bolgariyaning dengiz sathidan 2300-3460 metrgacha bo‘lgan balandliklarida qizil qorni ko‘rish mumkin.
Botanik olimlarning ma’lumotlariga ko‘ra, qizil qor Kamchatkaning doimiy qorli cho‘qqilarida, Sibirda, Tyanshan tog‘laridan 4500 metr balandlikda keng tarqalgan. 1907-yili Tyanshanning Qorchoy tog‘i dovonlaridan birining shimoliy qismi pushtirang qor bilan qoplanganligi, 1927-yili esa shu yerda bir necha metr qalinlikdagi qizil qor to‘shalgan dalalar kattagina maydonni egallaganligi haqida ma’lumot bor.
Xo‘sh, qorning gullashiga sabab nima? Gap shundaki, qor harorati past bo‘lishiga qaramay, uning usti va orasida ko‘z mikroskop vositasidagina ilg‘ay oladigan, juda mayda, bir yoki bir necha hujayrali suv o‘tlari mavjud. Ularning tez ko‘payishi oqibatida rang paydo bo‘lishi aniqlangan. Hozirgi paytda bunday suv o‘tlarining 70dan ortiq turi ma’lum. Chunonchi, Kavkaz tog‘larida uchraydigan rang-barang qorlarda 55, Ufa shahri atrofidagi qorlarda esa 37 turdagi suv o‘t o‘sishi kuzatilgan. Darvoqe, aksariyat rangli qorlarning o‘ziga xos hidi bor. Masalan, oltinrang suv o‘tlarining ko‘payib o‘sishidan baliq yog‘ining hidi anqisa, bir hujayrali  yashil suv o‘tining cheksiz ko‘payishidan yoqimli tarvuz hidi keladi  va u qorni qizil rangga bo‘yaydi. Chunki suv o‘t, aslida yashil bo‘lsa ham, uning tarkibida qizil bo‘yoq modda bor. Ana shu modda suv o‘tni quyoshdan keladigan qisqa to‘lqinli nurlarning halokatli ta’siridan saqlaydi. Qor erishi yoki uning namlanishi natijasida suv o‘ti tez ko‘payadi.
Pasttekisliklarda qor ko‘pincha yashil yoki sariq rangga bo‘yaladi. Arktika va Antarktidadagi muzliklar sharoiti ba’zi suv o‘tlarning o‘sishi uchun qulay hisoblanadi. Bunday suv o‘tlar quyosh nuri yetadigan  muzliklar orasida va ostida ko‘payib , ularni sarg‘ish-jigarrang tusga kiritadi. Ayrim hollarda bir kubmetr muz  orasida shunday suv o‘tlardan bir kilogrammga yaqini to‘planadi.

Zebo NAMOZOVA
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Mohinur 12 Sentyabr 2006, 10:26:16
O‘PKASIZ TUG‘ILGAN BOLA

Sankt-Peterburgda yashovchi er-xotinlar Anatoliy va Irinaning birinchi farzandi... o‘pkasiz dunyoga keldi.
Hali Yer yuzida bunday voqea qayd qilinmagan. Hattoki, boshqorong‘ilik alomatlarini ham sezmagan yosh ona, dastlab hammasi risoladagidek bo‘lganini ta’kidlaydi.  Yigirma uchinchi haftadan boshlab unda bezovtalik boshlangan. Og‘irligi 900 gramm bo‘lgan chaqaloq jarrohlik yo‘li bilan tug‘dirilgan va nihoyatda zaifligining alomati — yig‘lamagan. Shifokorlar bolaning ko‘krak qafasini tekshirib ko‘rganlarida, o‘pkasi bor-yo‘qligi haqidagi aniq xulosaga kelolmadilar. Chunki bola sezilar-sezilmas qimirlar edi. Shu bois, sun’iy nafas oldirishga kirishildi.
Tug‘ilganining ertasi kuniyoq Anatoliy va Irina taomilga muvofiq, uni cho‘qintirdilar. Agar shifokorlardan najot bo‘lmasa, Xudoning marhamatiga umid qilamiz, deyishmoqda ular.
Hozir chaqaloq uch oylik. Muhimi, bola tirik, unga suniy tarzda  havo yuborilmoqda.
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Mohinur 12 Sentyabr 2006, 10:26:47
SHUNAQA!..
Tuya biryo‘la 250 litr suv ichadi.

ANTIQA MUZEY

Ruminiyaning Oraz shahrida antiqa muzey ochildi. Uning kollektsiyalari faqat tuxumlardan iborat. Bu yerda siz 80 ta davlatdan keltirilgan 700 ta tuxumni tomosha qilishingiz mumkin. Eksponatlar ichida eng kichkina 13 millimetrlik chittak tuxumidan tortib, 152 millimetrlik tuyaqush tuxumlarigacha bor.
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Mohinur 12 Sentyabr 2006, 10:26:59
DAHSHATLI KALTAKESAK

«Dinozavr» so‘zi «Dahshatli kaltakesak» degan ma’noni anglatar ekan. Ularning eng uzuni diplodok, eng balandi bronxiozavr, eng kichigi kompsagnatus, eng og‘iri ultrazavr hisoblanadi.
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Mohinur 12 Sentyabr 2006, 10:27:47
ENG KATTA SAHNA VA BINO

Spektakllar bo‘lib o‘tadigan eng katta bino Pekinda joylashgan Xitoy Xalq Respublikasining yig‘ilish saroyi hisoblanadi. 1959 yilda qurilgan ushbu binoning maydoni 5,2 gektarga teng. Inshoot zaliga 10.000 nafargacha odam sig‘ishi mumkin.
Eng katta teatr sahnasi esa Buyuk Britaniyaning Blekpul shahridagi «Opera-xauz»da joylashgan bo‘lib, o‘lchamlari 18x30 metrga teng. Balandligi 33 metr.
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Mohinur 12 Sentyabr 2006, 10:28:05
BAHAYBAT GLOBUSLARNI BILASZMI?

O‘tgan zamonlarda ham o‘tkir zehnli kishilar Yer yuzining tuzilishini, qaysi yurtlar qaerda joylashganini o‘rganish uchun o‘ziga xos globus yasab, undan foydalanganlar. Bizga XI asr boshlarida buyuk bobokalon-
larimiz Abu Rayhon Beruniy tomonidan yasalgan globus ma’lum. U yaratgan globusning diametri taxminan  5 metr bo‘lgan. Bu bahaybat globus o‘sha zamonda yurtlar o‘rtasidagi oraliq masofalarni aniqlashga xizmat qilgan. 
XVIII asr boshlarida Germaniyada ham globus yaratilgan bo‘lib, uning diametri  310 sm, ya’ni, Beruniy yaratgan globusdan ancha kichik  edi. Samarqanddagi O‘zbekiston madaniyat va san’at tarixi muzeyida diametri 117 sm bo‘lgan globus saqlab kelinmoqda. Bu kattakon globusni XIX asrda xo‘jandlik ma’rifatparvar hoji Yusuf Mirfayoz yaratgan.
1984 yilda Toshkent davlat universitetining professori, geografiya sohasida tanilgan mashhur olim Hamidulla Hasanov tashabbusi bilan ajoyib ulkan globus yaratilgan.  “Toshkent globusi” deb nom olgan ushbu globusning diametri 2 m bo‘lib, u   o‘tmishdagi va hozirgi paytlardagidan tamomila farq qiladi.
Odatdagi globuslarda yer yuzining past–balandligi bo‘yoqlarning rangiga qarab aniqlansa, “Toshkent globusi”da esa past–balandliklar sirtining g‘adir–budirligini o‘lchash orqali aniqlanadi. Yer yuzidagi chuqur joylarni va baland tog‘larni bevosita globusda o‘lchash mumkin.
“Toshkent globusi”ni yaratishda fazogirlarning koinotdan turib olgan 200dan ortiq rangli fotosuratlaridan foydalanilgan. Bu globusni Yerning eng o‘xshash andozasi desa ham bo‘ladi. Darhaqiqat, “Toshkent globusi”ga nazar tashlaydigan bo‘lsak, go‘yoki Yer kurrasini koinotdan turib tamosha qilayotgandek bo‘lamiz. Uning nihoyatda go‘zal manzarasi ko‘zingizni qamashtiradi.

Umida YO‘LCHIBOYEVA tayyorladi.
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Mohinur 12 Sentyabr 2006, 10:28:22
BIR-BIRINGIZNI BAG‘RINGIZGA BOSING

Xorijlik oilashunos mutaxassislardan biri Virdjtinie Satir insoniy munosabatlarni rivojlantirishda quchoqlashib ko‘rishishning ahamiyati juda katta ekanligini ta’kidlaydi. Uning fikricha, har bir kishi kuniga to‘rt martadan o‘n ikki martagacha quchoqlashishga zarurat sezishi mumkin ekan.
Xuddi shu fikrga yaqin yana bir xulosa Los-Anjelesdagi tibbiy markaz mutaxassislari tomonidan taklif qilinmoqda: yomon fikrlar inson organizmini zaharlashi, hattoki uning umrini ma’lum darajada qisqartirishi mumkin. Shunisi borki, sizni yaqinlaringiz haddan tashqari erkalab yuborsa, jahlingiz ham chiqishi mumkin-da. Demak, mutaxassislar me’yorida erkalab gapirishni va chin dildan bir-biriga mehr-muhabbat izhor qilishning shakli bo‘lgan quchoqlashib ko‘rishishni maslahat beradilar. Bu usul odamga eng mo‘jizakor doridek ta’sir qilishi ehtimoldan xoli emas.
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Mohinur 12 Sentyabr 2006, 10:28:34
QUYON HAMISHA HAM QO‘RQOQ EMAS

Quyonday qo‘rqoq, deyiladi ayrim odamlarga nisbatan. Aslida quyonning o‘zi hamisha ham beozor yoki himoyasiz bo‘lmas ekan. «Senimi, shoshmay tur» multfilmida jonivorning bu turi bo‘riga qanchalik chap berib, qanaqa nayranglar ko‘rsatganini tomosha qilgansiz.
Sibir tekisliklarida quyon yirtqich qushlar — burgut, kalxat, qirg‘iylardan o‘zini himoya qiladi. Quyon paydo bo‘lishi bilan uni yuqoridan kuzatib turgan yirtqich qush hujum qiladi. Bunday paytda quyon o‘zini talvasaga tushgandek ko‘rsatib, dumalab yotib  qoladi. Yirtqich yerda yotgan jasadga hujum qilgan paytda quyon chapdastlik bilan o‘ngarilib, o‘tkir tirnoqlarini qushning yuz qismiga botiradi. Ana olishuv-u mana olishuv. Qushning ko‘krak qafasiga qattiq botgan o‘tkir tirnoqlar uni halok qilmay qo‘ymaydi.
Bunday «jang»lar har doim ham quyonning g‘alabasi bilan tugamaydi. Xulosa shuki, quyonlarning ichida botirlari ham bor ekan.
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Mohinur 12 Sentyabr 2006, 10:28:47
BULUTLARARO ODIMLASH

Ulkan havo laynerlarining bir shahardan ikkinchisiga uchishida qancha masofa borligi  hisob-kitob qilingan. Lekin yo‘lovchilarga iltifot ko‘rsatuvchi styuardessaning ana shu masofa oralig‘ida qancha marta qadam tashlashini birinchi bo‘lib Skandinaviya aviakompaniyasiga qarashli samolyot xodimasi aniqlashga muvaffaq bo‘ldi.
Kopengagen — Alyaska —Tokio — Dehli — Anqara yo‘nalishi bo‘ylab uchuvchi bu samolyot styuardessasi havo kemasi tepaga ko‘tarila boshlagan lahzadayoq qadamlarini adashmasdan sanab boraverdi. Reys o‘z manziliga yetgan vaqtda u ham sanashdan to‘xtadi: umumiy natija 22 km. Har qalay, bu styuardessaning sog‘ligida katta rol o‘ynaydi, deb xabar beradi Chexiyada chiqadigan «Svet v obrazex» jurnali.
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Mohinur 12 Sentyabr 2006, 10:29:06
KUMUSH BILAN «ZAHARLANISH»

Mushukni haddan tashqari yaxshi ko‘radigan kampir jonivorning bezovtalanayotganidan tashvishlana boshladi. Sho‘rlikka nima bo‘ldi ekan, yoqmaydigan biror narsa yeb qo‘ydimikan?
Mutaxassis — veterinar mushukni o‘z asbob-uskunalari bilan obdon tekshirib ko‘rar ekan, oshqozoniga «begona» nimadir tushganini aytdi. Tasvirda mushukning oshqozonida yaltiragan nimadir ko‘rindi.
Oradan ma’lum muddat o‘tib, bezovtalikka sabab bo‘lgan narsa — kumush zanjir tashqariga chiqdi. Taqinchoq qachon, qanday qilib uning qorin bo‘shlig‘iga tushib qolgan, kampir hayron.
Harqalay, «Marik»ning kumush zanjir bilan «zaharlanishi» egasiga ham ziyon keltirmadi.
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Shahina 04 Dekabr 2006, 23:25:33
OSHQOVOQ

Moskva yaqinidagi qishloqlardan birida yashovchi Nikolay Salakov urug‘ni bundan buyon faqat do‘kondan sotib olishga ahd qildi. Alam qiladi-da!.. Yaqinda bozordan oshqovoq urug‘ini sotib olib dala hovlisiga ekkan edi. Oshqovoq, chunonam o‘sdiki, daraxtdek tarvaqaylab ketdi. Kunlarning birida xayol bilan o‘tib ketayotgan Nikolayning boshiga haligi oshqovoqlardan bittasi uzilib tushib urildi... Miyasi chayqalib ketdi. Oshqovoq naq 5 kilo kelarkan.
Ekspertlar fikricha, bozorda sotilayotgan urug‘larning hammasi sifatsiz, eski, iste’molga yaramaydi. Ayniqsa, arzongarov urug‘ sotib olib inqirozga uchragandan do‘konga chopavergan ma’qul.
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Shahina 04 Dekabr 2006, 23:26:06
SIRKDAGI O‘YIN BAHONA

Britaniyalik sirk artisti Jeyd Xenson navbatdagi chiqishlar paytida, sal bo‘lmasa, baloga qolib ketayozdi. U pichoq otish bo‘yicha eng xavfli nomerni 22 yoshli yordamchisi Yana Radinova bilan sinab ko‘rayotgan edi. Nima bo‘ldiyu bosh atrofiga qadalishi lozim bo‘lgan pichoq to‘ppa-to‘g‘ri qizning peshonasiga rostakamiga sanchildi. Yaralangan Yanani zudlik bilan kasalxonaga olib ketishdi. Qiz endi sirkda ishlamasligini uzil-kesil ma’lum qildi. Uning aytishicha, shu bilan uchinchi marotaba boshidan yarador bo‘lishi ekan.
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Shahina 04 Dekabr 2006, 23:27:02
KULGAN HAMMAGA YOQADI

Xo‘mrayib, qovog‘ini uyub yuradigan kishi kimga ham yoqardi? Aksincha, labida tabassum balqib turadiganlar qayerda bo‘lishmasin, yoqimli taassurot qoldiradilar. Mutaxassislarning fikricha, erkaklarga nisbatan ayollar ko‘proq kular ekan. Aynan shu holatda ularning ustun chiqqanligini isbotlovchi ma’lumotlarni keltiramiz.
Fransiyalik Marina Pikasso bir soat mobaynida kulaverib, ko‘zlaridan «shashqator» yosh oqqan. Moldovalik Zoya Iaos undan atigi 20 daqiqa kam kulgan. Ichagi uzilgudek bo‘lib kulganlardan yana biri Ella Bekxem va britaniyalik Elenora Xyorbest bo‘lib, 15-20 daqiqalik natijaga erishganlar.
Kulish har xil: kimdir miyig‘ida kuladi, kimdir zaharxanda, yana birov qotib-qotib kuladi, qah-qaha urishning ham gashti o‘zgacha. Yuqorida nomlari zikr etilgan ayollar qanday va nima uchun kulganligi muhim emas, balki vaqt bo‘yicha yuqori natijaga erishganlari katta yutuq.
Kishi aqliy va jismoniy mehnatdan so‘ng charchaydi. Bunday paytda asab tolalaridagi horg‘inlikni ko‘p kulib, ko‘z yoshlari orqali chiqarib yuborish foydadan xoli bo‘lmas ekan. Demak, qissadan xissa: asablaringizni taranglashtirmay kulib yuring, ham sog‘lom bo‘lasiz, ham barchaga yoqasiz!
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Shahina 04 Dekabr 2006, 23:27:26
UCH YARIM YILLIK YUGURISH

Yugurishning inson salomatligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini yana bir karra isbotlashga ahdu paymon qilgan ikki nafar ingliz Genri Deyn hamda Robin Keslar nihoyat, uch yarim yil deganda, uzoq muddatli yugurishga nuqta qo‘ydilar. Bu vaqt orasida yuguruvchilar qaysi davlatlarda bo‘lishmadi, deysiz. Yevropa, AQSh, Meksika, Turkiya, Pokiston, Hindiston va Indoneziya, shuningdek, Avstraliya yo‘llarida aniq hisob-kitobga ko‘ra 25750 kilometr masofani sog‘-salomat bosib o‘tishdi.
Albatta, yugurish degani tinimsiz chopish emas. Henri va Robin o‘z kun tartiblariga muvofiq, bir kunda 32 kilometr yugurishardi va har uchinchi kunda to‘liq dam olib, yana yugurishda davom etishardi. Qat’iy tartibga rioya qilish yuguruvchilarning belgilangan marraga sog‘-omon yetib kelishlarida bosh omil bo‘lganligi sir emas.
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Shahina 04 Dekabr 2006, 23:27:42
KIRILL YOZUVI TARIXIDAN

Dastlab qadimgi rus alifbosida faqat 22 ta harf bor edi va ularning barchasi undoshlar bo‘lgan. Keyinchalik ruslarda unli harflar va tovushlarni ishlatishga ham ehtiyoj sezila boshlagan. Shu tariqa greklar o‘ylab topgan unlilar rus alifbosiga ham kirib kelgan. Xuddi shu grek alifbosi butun Yevropa imlosining asosi bo‘lib qoldi.
Rus alifbosi 863 yilda aka-uka Kirill va Mefodiylar tomonidan tuzilgan grek alifbosi asosidagi slavyan yozuvidan kelib chiqqan. Aka-ukalar janubiy slavyan tilini mukammal bilishgani uchun ular Vizantiya imperatori tomonidan Moraviyaga, mahalliy slavyanlarga o‘z ona tilida ibodat qilishni o‘rgatish uchun yuboriladi. O‘shanda muqaddas kitoblarni tarjima qilish uchun yangi alifbo zarur bo‘lib qoladi va natijada tarixda birinchi slavyan alifbolari — glagolitsa va kirillitsa dunyoga keldi.
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Shahina 06 Dekabr 2006, 22:25:55
«ZAMONAVIY DARD» SHIFOXONASI

Hayron bo‘layotgandirsiz, «zamonaviy dard» nima ekan deb? Bu kompyuter bilan bog‘liq kasalliklar tashxisi bo‘lib, dunyo mamlakatlari uchun xosdir, qaysiki joyda zamonaviy texnologiyalar ko‘proq qo‘llanilayotgan bo‘lsa. Xo‘sh, kompyuter bilan muttasil ishlovchilarning sog‘ligida uchrayotgan muammoni bartaraf etish mumkinmi?
Xitoylik psixologlar ana shu masala ustida bosh qotirishib, buning uchun maxsus shifoxona ochish kerak, degan fikrga kelishdi. Ularning taklifi inobatga olindi va ushbu mamlakatda ilk bor kompyuter kasalliklari shifoxonasi o‘z faoliyatini boshladi. Ma’lumotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, har yuz boladan sakkiz nafari kecha-yu kunduz kompyuter qarshisida «mixlanib» o‘tiradi. Ular na maktabga borishadi, na ko‘chaga aylangani chiqishadi. Buning qanday oqibat keltirishi ma’lum.
Ming kishiga mo‘ljallangan yagona shifoxonada bo‘sh o‘rin yo‘q, navbatda turganlar juda ko‘p. Demak, «zamonaviy dard» bilan og‘riganlar ko‘payib ketganligi shifoxonani kengaytirish yoki yangilarini ochish kerakligini ko‘rsatmoqda.
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Shahina 06 Dekabr 2006, 22:26:41
NAYNING NAVOSIGA JONIM TASADDUQ

Namanganlik marhum xushovoz xonanda Habiba Oxunova ijro etgan ushbu qo‘shiq muxlislarning quloqlari tagida hamon jaranglab tursa, ajab emas. Kishiga xush kayfiyat bag‘ishlovchi bu cholg‘u asbobini avstraliyaliklar ham chalishar ekan.
Qizig‘i shundaki, chorvachilik ilmi yaxshi rivojlangan Avstraliyada qo‘ylarning tuyog‘idan nay yasaladi va bu cholg‘u asbobi sozandalarga taqdim etiladi. Nay chalishni va bu bilan odamlarga zavq ulashishni hayotining mazmuniga aylantirgan sozandalar o‘rtasida har yili an’anaviy tanlov o‘tkazilishi yana ham diqqatga sazovordir.
Yaqinda bo‘lib o‘tgan tanlovga Yevropaning turli mamlakatlaridan ikki yuzga yaqin cho‘ponlar va sozandalar tashrif buyurishdi. Qo‘y tuyog‘idan yasalgan nay shu qadar nafis va yoqimli kuy taratar ediki, ishtirokchilar bir-birlarini olqishlashardi. Tanlovda o‘rin olish, sovrindor bo‘lish asosiy maqsad emas, balki nay chaluvchilar sonini ko‘paytirish va shu orqali xalqqa ma’naviy ozuqa ulashishdir.
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Nodi 11 Dekabr 2006, 07:51:45
Hindiston uch oy ichida turli mamlakatlarga parhez taom sifatida iste’mol qilish uchun 60 mlndan ortiq qurbaqa sotdi.

* * *

Xorijda o‘ttiz ming shisha toza Bayqol suvi pullandi. Shisha narxi 5- dollar.
Nom: Re: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Nodi 11 Dekabr 2006, 07:52:08
Hammadan ortiq japang  va farang ayollari umr ko‘rishar ekan.

* * *

Aksariyat go‘daklar soat tungi 24 va 4 oralig‘ida tug‘iladi.
Nom: Javob: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Muxsiya 10 Aprel 2013, 14:49:19
ари аслиа хеч кандай товуш чикара олмайди факатгина дакикасига 400-500 марта катон кокиши натижасида гунгиллаган товушни келтириб чикаради
Nom: Javob: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Muxsiya 10 Aprel 2013, 14:49:57
Лас-вегас казиноларининг бирортасидаям соат йук
Nom: Javob: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Muxsiya 10 Aprel 2013, 14:50:28
Inson ko'zini yummay hech qachon aksira olmaydi
Nom: Javob: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Muxsiya 10 Aprel 2013, 14:53:41
Dunyoda bevaqt o'limni keltirib chiqarayotgan eng katta sabab bu avtomobil halokatidir. Lekin bi falokat turi borki bu faqat sitruq mevalar yetishtiriladigan mamlakatlarda uchraydi lekin dunyodagi hech bir boshqa mamlakatlarda uchramaydi. Bu daraxtdan Kokost mevasining inson boshiga tshib ketishi natijasida miya chayqalkib vafot etishidir. Ushbu mamlakatlarda bevaqt o'limlarning 50% shu sabablidir
Nom: Javob: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Muxsiya 10 Aprel 2013, 14:55:19
kalibra  ayrim hashorotlardan ko'ra  bir necha barobar kichik lekin baribir qush chunki unda qon mavjud. Hashorotlarda esa qon bo'lmaydi
Nom: Javob: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Muxsiya 10 Aprel 2013, 14:59:42
Tadqiqoqlat natijasiga qaraganda ayol kishi kuniga 4500-5000 so' aytadi erkaklar esa 4000-4500 ta so'z aytadi natija deyarli bir xil. Lekin erkaklar asosan mashina, uy, ish, pul kabi narsalar haqida ayollar esa erlari, dugonalari qo'shni vahokazo asosan odamlar ya'ni erkaklar jonsiz narsalan ayollar odamlar haqida gaplashishadi shuning uchun ham ayollarni g'iybatchi, ko'p gapiradi deyishsa kerak.
Nom: Javob: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Muxsiya 10 Aprel 2013, 15:01:13
X asr boshlarida O'zbekiston aholisi 3 mln nafar bo'lgan XXI asrga kelib esa  bu ko'rsatkich salkam 30 mlni tashkil etmoqda
Nom: Javob: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Muxsiya 10 Aprel 2013, 15:02:24
Limon tarkibidagi shahar moddasi miqdori qulupnaynikidan ko'ra ancha ko'proq
Nom: Javob: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Muxsiya 10 Aprel 2013, 15:05:04
bitta tuxumning kaloriyasi 150-200 gr go'shtning kaloriyasi bilan teng (talabalar - go'sht  nimaligini unutganlar uchun) ;)
Nom: Javob: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Muxsiya 10 Aprel 2013, 15:12:00
uyingiz yuqori qavatda bo'lsa va lift ishlamasa hecham qayg'urmang zinadan asta-sekin ko'tariling va zinadan ko'tarilish chog'ida normal nafas olayotganingizga e'tibor bering. Har bir qavatda bir necha soniyagina dam olishni kanda qilmang. Ko'pchiligimiz tez-tez nafas olib zinalarni iloji bo'lsa bir ikkitadan bosib o'tib tezroq ko'tarilishga harakat qilamiz va kerakli qavatga chiqib olgach eshikni qo'n'g'irog'iniyam bosishga holimiz qolmay to'xtab qolamiz. bu yurak va qob bosimi uchun zararlidir. kuchli harakatlanish vaqtida qon tomirlari kengayib qon tez aylanadi. shundan so'ng asta-sekinlik bilan to'xtash zarur yo'qsa qon tomirlari birdaniga torayib kuchli qon boasimini ko'tara olmay yorilishi ham mumkin
Nom: Javob: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Muxsiya 11 Aprel 2013, 16:19:24
бутун жахон согликни саклаш ташкилоти маълумотларига караганда, хар беш россияликдан бири алкогол истеъмолидан улади
Nom: Javob: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Muxsiya 11 Aprel 2013, 16:20:30
Ipone ni yaaratgan Stiv Jobs IPoni uni uyg'ota olmagani uchun matbuot anjumaniga bora olmay uxlab qolgan
Nom: Javob: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Muxsiya 11 Aprel 2013, 16:21:14
Nyu-Yourkda buni tomidan sakrashga uringan kishini o'lim jazosiga hukm qilishlari mumkin
Nom: Javob: Har sohadan bir shingil: qiziqarli ma'lumotlar
Yuborildi: Muxsiya 11 Aprel 2013, 16:21:47
Ko'zoynak 1286 yil yevropada ixtiro qilingan