forum.ziyouz.com

Jamiyat va inson => Salomatlik => Bolalar tibbiy tarbiyasi => Mavzu boshlandi: Ansora 20 Dekabr 2010, 17:11:30

Nom: Bolalar uchun salatlar
Yuborildi: Ansora 20 Dekabr 2010, 17:11:30
Bolalar uchun salatlar

Karamli salat

Bir porsiya uchun: bir karam bargi, 4/1 qism sabzi va shuncha olma, 1,5 qoshiq smetana.

Yangi uzilgan karamdan tayyorlanadigan salat. Karamni mayda qilib solomka tarzida to'g'rab olamiz. Tuz bilan aralashtirib olamiz. Bunday usul uning soki chiqishiga yordam beradi, siqib oling, mayda qilib to'g'ralgan sabzi, olma bilan aralashtirib oling. Shakar va smetana bilan ta'mini rostlang. Bunday salatning ichiga to'g'ralgan qora olxo'ri va danagi tozalab olingan uzum ham solish mumkin.

Yozgi salat ( ikki yoshli bolajon uchun).

Bir porsiya uchun: 4/1 qism yangi qaynatib pishirib olingan karoshka, pomidor, yangi yoki kam tuzlangan bodring, 2 dona rediska, bir bo'lak turp, mayda qilib to'g'rab olingan petrushka, ukrop va piyoz - bir choy qoshiq, 2 choy qoshiq smetana yoki o'simlik yog'i kerak bo'ladi.

Kartoshkani bo'lakchalarga bo'lib chiqing, pomidor va bodringni ham mayda bo'laklar tarzida kesib chiqing. Qirg'ichdan rediska va turpni o'tkazib oling. Barchani birlashtiring, tuz soling va yog' yoki smetana yordamida ta'mini yanada yaxshilang. Tayyor salatni mayda to'g'ralgan ko'katlar bilan bezating.

Ko'k salat (bir yarim yoshli bolajon uchun)

Bir porsiya uchun: 3-4 dona salat bargi, yarimta yangi bodring, 5/1 qism tuxum, smetana yoki kefirdan - yarim choy qoshiq.


Ko'k salat uchun tozalab olingan bodringni mayda qilib to'g'rab olamiz, uning ichiga salatning bargini ham to'g'raymiz, tuxum maydalaymiz va barchasini aralashtiramiz, tuz solamiz va smetana yoki kefir yordamida ta'mini yanada yaxshilab olamiz.

Nom: Re: Bolalar uchun salatlar
Yuborildi: Ansora 20 Dekabr 2010, 17:13:21
Gulkaram

Bir porsiya uchun: 3-4 qoshiq pishirilgan gulkaram, yarimta yangi sabzi, bir navda ukrop, 1 choy qoshiq slivki.

Gulkaramdan tayyorlanadigan salat. Gulkaramni mayda qilib to'g'rang, uning ichiga mayda qirg'ichdan o'tkazib olingan sabzini qo'shing, ustidan slivki qo'shib, salatni maydalangan ukrop bilan bezating.

Kattaroq yoshdagi bolajonlarga bunday salatning ichiga yangi makkajo'xorining pishirib olingan donlarini ham solish mumkin (2 choy qoshiq), slivkilarning o'rniga esa smetana bilan ta'mni rostlash mumkin.

Sabzi va olmali salat

Kerak bo'lgan mahsulotlar: olma , sabzi va shakarli sirop.

Yarimta sabzini qirg'ichdan o'tkazing, olmaning 4/1 qismini ham mayda qirg'ichdan o'tkazib yuborgan holda sabziga qo'shing. Salatni shakarli sirop bilan ta'mini rostlab oling. (yarim choy qoshiq).

Nom: Re: Bolalar uchun salatlar
Yuborildi: Ansora 20 Dekabr 2010, 17:14:08
Go'sht, baliq va sabzavotlardan tayyorlangan salat (ikki yarim yoshdan boshlab)

Bir porsiya uchun: qaynatib pishirilgan mol, tovuq yoki baliq go'shtlari - 30g., yarimta pishgan kartoshka, chorak qism yangi yoki tuzlangan bodring, olma va yangi sabzi, 3-4 barg salat, yarimta qaynatib pishirilgan tuxum sarig'i.

Pishirilgan go'sht, tovuq yoki baliq, kartoshka, bodring va olmani kichkina bo'lakchalar tarzida kesib chiqing. Sabzini qirg'ichdan o'tkazing, salat barglarini ham to'g'rang, tuz soling va aralashtiring, sous bilan ta'mini yanada rostlashingiz mumkin. Salatni bodring aylanalari, salat bargi, tuxum oqini maydalab solib bezatishingiz mumkin.

Sous uchun: smetana - 2 choy qoshiq, o'simlik yog'i - bir choy qoshiq, yarimta pishgan tuxum sarig'i, shakar - yarimta choy qoshiq, pichoq uchida tuz. Barchasini aralashtirib va bir xil massa bo'lgunicha aralashtirasiz.


Sabzavotlardan tayyorlangan taomlar ishtahani ochadi, ushbu taom turini nonushtadan, kechki ovqat yoki go'shtli va baliq taomlariga garnir tariqasida tortiq etish juda foydalidir. Salatlarning chiroyli va o'ziga tortar ko'rinishi bolada katta qiziqish uyg'otadi, hazm etishni yengillashtiradi.

Salatlarni iste'mol qilishdan avval tayyorlanadi, aks holda uning foydali xususiyatlari kamayadi va mazasi esa o'zgaradi.

Pishmagan holda ishlatiladigan sabzavotlarni bolalar uchun salat tayyorlayotganingizda yaxshilab suvda ishqalab yuvish lozim. So'ng qaynagan suvda chayib, undan keyingina po'stini tozalash lozim. Sabzavotlarni po'stlog'i bilan yoki tozalangan ko'rinishda tuzli suvda pishirish mumkin. Lavlagi pishiriladigan suvga tuz solinmaydi. Sabzavotlar suv ostida botirilgan holda bo'lishi lozim.