forum.ziyouz.com

Jamiyat va inson => Salomatlik => Bolalar tibbiy tarbiyasi => Mavzu boshlandi: Ansora 19 Yanvar 2011, 17:47:29

Nom: 1 yoshgacha bo'lgan bolalar ovqatlanishida e'tibor berishingiz kerak bo'lganlar!
Yuborildi: Ansora 19 Yanvar 2011, 17:47:29
 :as:

Aziz ota-onalar. Farzandlarimiz 6-oyini to'ldirdagnidan keyin sekin-asta qo'shimcha yeguliklar bera boshlaymiz. Bu vaqt oralig'ida e'tibor berishimiz
kerak bo'lgan bazi xususiyatlar haqida ushbu mavzuda yozib borsak, foydadan xoli bo'lmaydi.

Masalan: 1 yoshgacha bolaga tuzli ovqat bermang, chunki bolani vujudidan tuzni eritib, tashqariga chiqaradigan modda faqat 1 yoshdan keyingina hosil bo'larkan.

Yana 1 yoshgacha bolaga asal, tuxumni oqini bermang.

Nom: Re: 1 yoshgacha bo'lgan bolalar ovqatlanishida e'tibor berishingiz kerak bo'lganlar!
Yuborildi: Mo'min Mirzo 19 Yanvar 2011, 21:05:06
Va alaykum assalom. Tuxumku tushunarli, lekin asalning qanday zararlari bor? Oz miqdorda ham mumkinmasmi?
Nom: Re: 1 yoshgacha bo'lgan bolalar ovqatlanishida e'tibor berishingiz kerak bo'lganlar!
Yuborildi: Ansora 20 Yanvar 2011, 14:18:12
Va alaykum assalom. Tuxumku tushunarli, lekin asalning qanday zararlari bor? Oz miqdorda ham mumkinmasmi?

Turk tilidagi javob:

1 yaşından önce bebeklere neden bal verilmez?

1 yaşından küçük bebeklere kesinlikle bal verilmemelidir. Bal kolostridyum botalium adı verilen bir bakteriyi üreten bakteri sporlarını barındırır. Bu bakteri bebeklerde botulizm adı verilen tehlikeli bir zehirlenmeye neden olabilir.

Bebek botulizmi nadir görülen ancak bebeğin sinir sistemini etkileyerek ölüme yol açabilen bir tür gıda zehirlenmesidir. Yetişkinlerin aksine bebeklerin sindirim sisteminde botulizm sporlarını kontrol eden ve bakterinin çoğalmasını ve zehir üretmesini önleyen faydalı bakteriler henüz gelişmemiştir.

Botulizm belirtileri şunlardır:

Düzelmeyen kabızlık

Bebeğin kolları, bacakları ve boynunun gevşeklik

Kas zayıflığı nedeniyle bebeğin ağlamasının cansız ve zayıf olması

Bebeğin güçlü bir şekilde emememesi ve beslenememesi

Bebeğin sürekli yorgun, cansız olması

Botulizm sporları iyi pişirilmemiş yiyeceklerde de üreyebilir. Bu nedenle bebeklere iyi pişirilmemiş herhangi bir yiyeceğin verilmesi de risklidir.



O'zbekcha qisqachasi: Asalda kolostridyum botalium nomli bakteriyani vujudga keltiradigan bakteriya sporlari mavjud bo'lib, bu bakteriya Botulizmni kelib chiqishiga sabab bo'larkan, Alloh saqlasin...

Botulizm haqida: http://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%91%D0%BE%D1%82%D1%83%D0%BB%D0%B8%D0%B7%D0%BC

Voyaga yetgan insonlarda bu bakteriyalarga qarshi kurasha oladigan kuch bo'larkan, lekin 1 yoshdan kichkina bolalarni hazm qilish sistemasi zayif bo'lgani uchun bu  tur bakteriyaga qarshi kurashadigan kuch hali rivojlanmagan bo'larkan.
Nom: Re: 1 yoshgacha bo'lgan bolalar ovqatlanishida e'tibor berishingiz kerak bo'lganlar!
Yuborildi: Ansora 20 Yanvar 2011, 14:31:38
O'g'limga 6-oydan keyin doktori yog'siz qatiq agar topa olsam Sutash Babymix chaqaloqlar uchun mahsus qatiq berishim mumkinligini aytdi. Meva soklarini ham o'zim uyda siqib berishim kerakligini, olma, mandalina va apelsindan boshlashim mumkinligini tayinladi.

Biz boshda Babymix topa olmadik va o'g'lim biz iste'mol qiladigan qatiqdan yeya boshladi. Bir necha kundan keyin ikki yanog'ida toshmaga o'hshagan qizil dog'lar paydo bo'ldi, doktorga olib bordik. Bolani sut mahsulotlariga allergiyasi borligi aniqlandi. Bir muddat qatib bermadik, Babymixni 1 haftalardan keyin berdim, bu safar yoqdi.
Demak bolaga kattalarni qatig'i og'ir kelibdi.

O'zingiz o'ylab qarang, dunyoga kelganiga endigina 6 oy bo'lgan, sutdan boshqa narsani tatib, hazm qilib ko'rmagan bolaga albatta juda ko'p narsa og'ir keladi.
Qo'shimcha smeslar ham sutday, hazmi oson.

Bundan tashqari bolaga 12 oygacha mol suti bermang, deyishadi doktorlar. Chunki bu sutda boladagi temir moddasini eritadigan element bo'lib, bolada kamqonlikni keltirib chiqararkan...!!!
Nom: Re: 1 yoshgacha bo'lgan bolalar ovqatlanishida e'tibor berishingiz kerak bo'lganlar!
Yuborildi: Ansora 03 Fevral 2011, 19:48:31
1. Bolaga 1-marta berayotgan yegulikni bolangizni qorni ochligida bering, shunda siz bu yegulikni yoqtirib, yoqtirmaganini bilib olasiz.

2. Har yangi yegulikni birma-bir boshlang. Miqdori esa 1 qoshiqdan ko'p bo'lmasin.
Yaxshi ko'rib yegandan keyin miqdorini ortirib borishingiz mumkin. Yeguliklarni bir-biriga aralashtirmasdan berishingizdan bosh maqsad bolalarni qaysi moddalarga qarshi allergiya borligini aniqlash uchundir.

3. Bola yeyishni xohlamagan yegulikni majburlab bermang. 2-3 haftadan keyin yana berib ko'ring.

4. 1 yoshgacha bolalarga yangi uzilgan sabzavot-mevadan yegulik tayyorlab bering. Muzxonada uzoq muddat turgan moddalar yoki konserva mahsulotlar aslo bermang.

5. Tayyorlangan yeguliklarni saqlash muddati 2 soatdan oshmasin. Sababi-bolalarni oshqozon hazm organlari hali to'liq kuchga to'lmagani uchun kutib qolgan yeguliklar ular uchun og'ir kelishi mumkin.
Nom: Re: 1 yoshgacha bo'lgan bolalar ovqatlanishida e'tibor berishingiz kerak bo'lganlar!
Yuborildi: Ansora 03 Fevral 2011, 19:56:26
6. Yeguliklarni tayyorlashda qaynagan suv ishlating.

7. Qo'shimcha yeguliklarni qoshiq yordamida yediring. Biberonda bermang.

8. Bolani ovqatlanishida ishlatiladigan idishlarini 2-3 kunda bir qozonda qopqog'ini yopib qaynating. İdishlar plastik bo'lmasligi kerak.

9. Meva-sabzavot pyuresi tayyorlaganingizda vitaminlari kamaymasligi uchun iloji bo'lsa shisha qirg'ichdan foydalaning.

10. Bolani ovqatlantirayotgan paytingizda shoshilmang, buni bola sezgani uchun uni ishtahasi yo'qolib, qusishi mumkin.