forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Madaniyat => Kino olami => Mavzu boshlandi: maknuna 15 Iyun 2006, 16:33:44

Nom: Sevimli kinofilmlarimizdan ta'sirli iqtiboslar
Yuborildi: maknuna 15 Iyun 2006, 16:33:44
Assalomu alaykum!
Ushbu mavzuda siz o'zingiz sevib tomosha qilgan kinofilmlardan olingan ta'sirli fikrlarni yozishingiz mumkin.

O'zim boshlab bersam:

— Bu ham Allohning bir bandasi. Nega uning raqami 786chi ekanligini bilasizmi? 786 - bismillohning belgisi! Shu raqam mana shu mahbusga nisbatan ham Allohning mehr-muhabbati borligini ifodalayapti. Siz ham unga rag'bat ko'rsating!

Vir va Zaara
(Hindiston) filmidan.

Mavzu arxivi (http://ziyouz.proboards20.com/index.cgi?board=liter&action=display&thread=1141627928)
Nom: Re: Sevimli kinofilmlarimizdan ta'sirli iqtiboslar
Yuborildi: shoir 27 Iyun 2006, 05:13:04
— Yaxshimisan, Paro. Oradan qancha kunlar o`tdi. Ko`rishmaysanmi?
— Kunlar? Sen uchun shundaydir. Lekin men uchun 10 yilu 6 oy, 4 kunu 6 soat. Sen meni unutvording.
— Yo`q, Paro.
— Yolg`on! 10 yilda atigi 5 ta xat oldim. Bir yilda to`rtta fasl bor. Har faslda loaqal bittadan maktub yozganingdayam...
— Gaplaring ma’noli. Aqling kirib qopti. Ha, aqling kirib qopti.
— Dengizga intilgan suv tez orada daryoga aylanadi.
— Unda nega yuzingni yashiryapsan?
— Ko`p yillik firoqdan so`ng bugun oy to`lishdi. Ko`rsang hushingni yo`qotasan deb qo`rqyapman.
— Hatto oy ham sendan kamtarroq.
— Ha-da! Axir uni dog`lari bor.
— Bo`pti, Paro unda oy chiqqanda yuzingga boqaman. Ko`ramiz, nima hushimni oladi? Oy nurimi yo seni g`ururingmi? Paro, yoningga hech kimni yo`latmayman.

Devdas (Hindiston) filmidan.
Nom: Re: Sevimli kinofilmlarimizdan ta'sirli iqtiboslar
Yuborildi: shoir 27 Iyun 2006, 05:13:21
— Ha, London butunlay boshqacha! Bu yerda hamma narsa katta. Odamlaram, suhbatlaram, ko`chayu binolar, malika saroyi, hatto qushlaram, hamma-hammasi. Qayerga qarama, g`uj-g`uj odam. Bilasanmi, Paro, odamlar Londonda hayotlaridan juda ham mamnun.
— Sen-chi?
— Menam. Nega so`rayapsan?
— Shunchaki, aytchi, qishlog`imizni hech esladingmi?
— Yo`q... Haligi... Ahyon-ahyonda. Yotoqxonada ovqatlanayotib, onam yopgan nonni esladim. Kimdir bir-biri bilan urushsa, otamni esladim. Shu xolos. Ha, kechqurun sayrga chiqqanimda Dharandasning aravasini, uyqusiz tunlarda esa buvimni, faqat shularni esladim.
— Dev... a...
— Ha, nima?
— Meni-chi?
— Sirayam. Ha bir marta eslagan bo`lsam eslagandirman. Lekin, nimaga, qachon?...
— Nahotki eslamagan bo`lsang?
— Odam o`zi uchun qadrli narsani eslaydi. Kechirasan-u, sen ... men uchun ...
— Shunaqa degin. Demak sen qadrlisan.
— Ha!
— Shuning uchun ham bitgan maktublaringni kuniga besh marta o`qidim. Bir yilda qancha o`qigan bo`laman?
— Agar...
— O`n yildachi?
— Ko`paytirsak... Agar...
— 18250 marta. Qadrli bo`lganing uchun ham o`n yil avval seni noming bilan sham yoqqan edim. Shu damgacha uni so`nishiga yo`l qo`ymadim. Necha soat yongan bo`ladi?
— Agar, hisoblab ko`rsak...
— 87600 soat. Qadrli bo`lganing uchun ham har lahzada seni eslardim. Bir kunda necha lahza boir, bilasanmi?
— Hozir... hozir aytaman... hozir...
— Hisobga yo`q ekansan.
— Hey, Paro. Har qalay seni eslagan ekanman.
— Qachon?
— Har nafas olganimda. Inson unutganlarinigina eslashga urinadi. Tentakkinam, meni eslagan lahzalaringni sanab o`tiribsan-a? Axir bu lahzalarni menam boshimdan o`tkazdim. Sham yoqqan senu, yongan men bo`ldim. Ha! 87600 soat!..

Devdas (Hindiston) filmidan.
Nom: Re: Sevimli kinofilmlarimizdan ta'sirli iqtiboslar
Yuborildi: shoir 27 Iyun 2006, 05:13:55
— Paro, nima bo`ldi? Bemahalda nima qilib yuribsan. Qo`rqmadingmi?
— Bugun men narsadan qo`rqmayman.
— Sharmanda bo`lishdanammi?
— Ha, seni yoningda ekanman sharmanda bo`lishdanam qo`rqmayman.
— Bu yerga nega kelding?
— Nega daryolar dengizga oshiqadi? Nega kungaboqar quyoshga intiladi? Paro ham o`zligini, oilasi sha’nini unutib, tunligiga qaramasdan, nega mahbubi poyiga panoh istab keldi? Barcha savollarning javobi bitta...
— Javob bitta! Savollar ko`p-da!
— Toki birga ekanmiz savolga o`rin yo`q!
— Birga bo`lishimizni xohlashmayapti.
— Sen nimani xohlaysan?
— Baxtli bo`lishingni. Paro, otam bizning munosabatlarimizni tushunmaydi.
— Uni ko`ndiramiz.
— Agar rozi bo`lishmasa-chi?
— Sevishganlar bu haqda o`ylamaydilar.
— Olov bor joyda tutun ko`tariladi. Paro! Men oilalarimiz orasida ko`tarilgan alanga tutunida yo`q bo`lib ketishimizni istamayman. Eshityapsanmi?
— Nima bo`lganda ham yo`qoladigan menman. Sen bilanam, sensizam.
— Yur, seni kuzatib qo`yaman.
— Kuzatib qo`yasan? Sharmandalikdan qo`rqmaysanmi?

Devdas (Hindiston) filmidan.
Nom: Re: Sevimli kinofilmlarimizdan ta'sirli iqtiboslar
Yuborildi: shoir 27 Iyun 2006, 05:14:11
— Ota, nega uni haqorat qildingiz?
— Kechasi soat ikkida qo`shni xonadoniga kirgan qizni fohisha demay nima deb atash mumkin?
— Ota... axir u ham odam farzandi.
— Yalangoyoqlarni xonadonimga yaqinlashtirmayman.
— E’tiroz bildiraman. Ular ham siz kabi yerda yashaydilar.
— Ularning yerlari yo`q
— E’tiroz bildiraman, ular ham siz ichgan suvni ichishadi.
— Bo`ldi, bas qil, oilamiz sha’ni deb yalangoyoqlarga quda bo`lmayman.
— E’tiroz bildiraman...

Devdas (Hindiston) filmidan.
Nom: Re: Sevimli kinofilmlarimizdan ta'sirli iqtiboslar
Yuborildi: shoir 27 Iyun 2006, 05:14:26
— Paro, Men nima qilishni bilmay qoldim. Go`yo tarozi pallasida turgandayman. Men seni baxtli qilishni istayman. Lekin bu bilan otamni qahrini keltiryapman. Sen ular meni duoibad qilishlarini xohlamaysan-ku! Daryo nega dengizga oshiqadi? Nega kungaboqar quyoshga intiladi? Bu savollarga javob axtargandan ko`ra ularni yo`q qilishimiz afzal emasmi? O`rtamizda esa hech qanday muhabbat yo`q edi deb bil. Nima bo`lib o`tgan bo`lsa shunchaki bolalik edi. Bugundan boshlab sen men uchun qo`shnining qiz, men esa sen uchun do`sting Devman.

Devdas (Hindiston) filmidan.
Nom: Re: Sevimli kinofilmlarimizdan ta'sirli iqtiboslar
Yuborildi: shoir 27 Iyun 2006, 05:14:41
— Devdas, kel, shu ichishni tashlayqol, nima qilasan ichib.
— Qachonki seni unuta olganimdagina ichishni tashlayman.
— O`tinaman, ichishni tashla, Dev. Va’da ber, ichmayman deb.
— Men bilan birga ketaman deb senam va’da bera olasanmi?
— Axir, mening oilam, erim bor...
— Ha, sen katta xonadonning katta bekasisan. Endi orzularing ham, suhbatlaring ham, hatto bolalaring ham katta-katta... Kel, men senga bir narsa ko`rsataman. Yur, ko`r mana bu narsalarni. Men bularni ko`z qorachimday asrab kelaman. Mana bu...
— Mening qo`ng`iroqcham.
— Esingdami, yoshligimizda sening oyog`ingdan o`g`irlab qo`ygandim, sen uni so`rab ortimdan kechgacha yalinib yurganding...
— Devdas, yur seni uyimga olib ketaman, ichishni tashla!
— Yo`q, seni uyingga borolmayman. Lekin o`limim oldidan albatta ostonangga bosh qo`yib kelaman!
— Va’da ber. Qo`limga qo`llaringni qo`yib va’da ber.
— Va’da beraman!

Devdas (Hindiston) filmidan.
Nom: Re: Sevimli kinofilmlarimizdan ta'sirli iqtiboslar
Yuborildi: shoir 27 Iyun 2006, 05:15:10
Paro esa darvoza tomon intilardi. Birdan darvozalar yopildi. Paro darvozaga urilib, yum-yum yig`lardi. Darvoza ortida esa Devdas jon taslim qilardi. Uning oxirgi so`zi esa "œParo!" bo`ldi.

Garchi dilda ming g`uluv, dog`dir,
Muhabbat bir muqaddas bog`dir.
Yur, shu bog`da bir dam yuraylik,
Ishqdan tole qasrin quraylik.

Sen gul eding, men bir bolari,
Tushdir endi bularning bari.
Endi jonim, meni kutmagil,
Kutma, lekin hech unutmagil!


Devdas (Hindiston) filmidan.
Nom: Re: Sevimli kinofilmlarimizdan ta'sirli iqtiboslar
Yuborildi: Ziyo 04 Iyul 2006, 03:24:42
Men yetti yuz sakson oltinchi mahkum
Turma darchasidan ko'chaga boqgum.

Kunlar, oylar, yillar o'tgani sari
Ko'z oldimga kelar otam bog'lari.

Bu oftob onamning yoshlik ko'zidir,
Yomg'irlar u ko'zning sog'inch so'zidir.

Jondan o'tar ekan bu sovuq kunlar
Lori gulxanini qo'msayman tunlar.

Tushimga har kecha kirar bir dilbar,
O'zin shamsiya der, meni Vir atar.

U aytar: "Bu sening vataning emas",
Lek mening yurtimga qiladi xavas.

Men yetti yuz sakson oltinchi mahkum
Panjara ortidan yorimga boqgum.

Uning nazarida bizlar bir juft gul,
Va bir-birimizga o'xshaymiz butkul.

Umid uyg'otadi duo singari
Uning kulib aytgan sirli so'zlari.

Agar shodmon bo'lsam u ham suyunar,
Men uchun hammadan ko'proq kuyinar.

Uning va'dalari, ahdu paymoni,
Go'zal ko'rsatadi menga dunyoni.

G'ayrat jo'sh uradi bilaklarimda,
Himmat paydo bo'lar yuraklarimda.

O'zga yurtdagi bir begona g'uncha,
Nimaga men uchun qayg'urar buncha.

Uning nazdida biz bir juft guldaymiz,
Birga quvnagaymiz, birga kulgaymiz.

Men yetti yuz sakson oltinchi mahbus
Panjaradan ko'kka boqarman tuyqus.

Osmon orzularim uning orzusi,
U mening dilimning shimol yog'dusi.

Qalbi ezgulikka to'la bu dildor,
Men uchun hattoki o'limga tayyor.

Mening heshlarimga qilay deb xizmat
O'z azizlaridan kechgan u, rahmat!

U aytar: "Bu sening vataning emas",
Lek mening elimga qo'ygandir xavas.

Uning nazdida biz bir juft lolamiz,
Faryodimiz birdir, birdir nolamiz.

Men yetti yuz sakson oltinchi mahkum
Turma darchasidan ko'klarga boqgum...

Vir va Zaara (Hindiston) filmidan
Nom: Re: Sevimli kinofilmlarimizdan ta'sirli iqtiboslar
Yuborildi: Ziyo 04 Iyul 2006, 03:24:59
Bu kitob bugun bilan erta o‘rtasida mavjud bo‘lgan osuda oraliq haqida. Bu kitob bir avlod bilan ikkinchi avlod o‘rtasida uzilib qolgan ko‘prik haqida. Bu kitob bir vaqtlar jigarbandarini mindirib, o‘ynatib yurgan, ammo hozirda bukchaygan yelkalar haqida. Bu kitob farzandlarini jajji qo‘lchalaridan tutvolib, bir zamonlar alla aytib, jim qolgan lablar haqida o‘kinch bilan yozilgan.

Zamon o‘zgardi. Hayotam o‘zgardi. Bizning yoshimizdagi tengdoshlar bilishadi. Bugungi kunda o‘tmish sarqiti deb hisoblangan odatlarimizning hammasiga biz ishonardik. Onalar oyog‘i ostida jannatni ko‘rardik. Endi odamlar juda dono, yoshlarimiz juda iqtidorli, o‘ta qobiliyatli bo‘pketishgan. Ular uchun erishilgan har qanday yutuq, go‘yoki pillapoyadan ko‘tarilgandek ko‘tarilaverishsa... Bordi-yu yo‘llarida nafi yo‘q narsa uchrasa, uydagi keraksiz bo‘lgan stulmi, singan idish-tovoq, eskirgan kiyim-kechak, sarg‘ayib ketgan gazet kabi shu zahoti axlatxonaga oborib tashlashadi.

Lekin... hayot aslo pillapoyamas. Hayotni unga qiyoslab bo‘lmaydi. Mening fikrimcha, hayot ulkan bir daraxt misoli. Uning tomiri esa ota-ona hisoblanadi. Daraxt har qancha katta bo‘lmasin, agar tomiri kesilsa, tamom:! U ortiq ko‘karmaydi, qurib bitadi.

Endi oddiy bir savol bilan sizlarga murojaat qilsam. Ota o‘z farzandining quvonchi, kamoli uchun toganini sarf qiladi-yu, lekin o‘sha farzandga padarning ko‘zlaridan nur ketgan chog‘ida unga suyanchiq bo‘lish og‘irlik qilarkan. Nimaga ota bolasining ilk qadam tashlashiga ko‘mak beradi-yu, ammo belidan quvvati ketganda nia uchun farzandigamas, hassaga tayanadi? Bir umr o‘z bolalariga shodlik ulashgan ota-onani ne sababdan qon yig‘lashdek zulmga duchor qiladi? Bizga mehr ko‘rsatisholmas ekan, mehrimizni tortib olish huquqini ayting, kim berdi? Ular kim bo‘ptiki, parvardigor muhabbat rishtasi ila birlashtirgan ota-onasini bir-birlaridan ayirib, alohida yashashga majbur qilishadi? Nahot inson xudodan shuning uchun farzand so‘rasa? Qaytar dunyo derlar. Bizning boshga tushgan savdo ertaga albatta ularning ham boshlariga tushadi. Ular ham bir kun keksayib shu savolni berishadi.

Keyin yana bir gap: Bizning tashvishimizni qilmang. Agar biz bolalarimizni tarbiyalab voyaga yetkazgan ekanmiz, o‘qitgan, oilali qilolgan ekanmiz, o‘zimizniyam boqib olamiz. Hech kimsaga muhtoj yerimiz yo‘q. Men taqdirdan minnatdorman. Shuning uchun minnatdormanki, u menga ajoyib jufti halol nasib etdi. Shu ayol hayot yo‘limni yoritdi. Har qanday qiyinchiliklarga bardosh berdi. Men bu ayol qashisida bosh egaman.

"Bog'bon" filmidan (Hindiston)
Nom: Re: Sevimli kinofilmlarimizdan ta'sirli iqtiboslar
Yuborildi: Ziyo 04 Iyul 2006, 03:25:15
- Parvo qilma, bola. Bularning barisi mayda odamlar. Men bularga o'xshaguncha o'zimni osaman. Bular dunyoni pul bilan o'lchaydi. Somsa bilan o'lchaydi. Men esa dunyoni sen bilan o'lchayman, polvon!

"Dev bilan pakana" filmidan (O'zbekiston mahsuloti).
Nom: Re: Sevimli kinofilmlarimizdan ta'sirli iqtiboslar
Yuborildi: Ziyo 04 Iyul 2006, 03:25:29
- Bugungi san'at eng katta biznes. Rohatoy katta sahnaga chiqishi kerakmi? Kerak! Konsertlarga chiqshi kerakmi? Kerak! Kim uni bepul chiqaradi? Puli bo'lmasa nima qilsin? Sen chiqarsang -seniki, men chiqarsam - meniki! Uniyam tushunish kerak.
Sotiboldiyev uni albatta televizorga chiqaradi. Keyin... biror kecha birga yotadi. Balki yotishga ham ulgurmas. Bundan kattarog'i ilib ketadi. Agar omadi yurishib ketsa Rohatoy bironta prokurorga ikkinchi yo uchinchi xotin bo'ladi. Tushunaman, chiroyli qiz. Sotiboldiyevga xayf.
Gapni rosti Rohatoy sanga to'g'ri kelmaydi, Polvon. Bir umr qo'riqlab, nosqovoqday belingga tugib yurolmaysan-ku! G'ijjagini sindirsan ko'ngli og'riydi. Sindirmasang, duch kelganga o'ptirishga majbur...

"Dev bilan pakana" filmidan (O'zbekiston mahsuloti).
Nom: Re: Sevimli kinofilmlarimizdan ta'sirli iqtiboslar
Yuborildi: Ziyo 04 Iyul 2006, 03:25:43
"Erkaklar yo'q joyda ayollar erkakka aylanadi"

"Chayongul" filmidan (O'zbekiston mahsuloti).
Nom: Re: Sevimli kinofilmlarimizdan ta'sirli iqtiboslar
Yuborildi: Ziyo 04 Iyul 2006, 03:25:58
Odam so'yayotgan "qassob":
- Kechir. Bunaqa qarama menga. Ishim shunaqa bo'lgani bilan o'zim ko'ngilchan odamman. Sen esa birinchisi ham emassan, oxirgisi ham. Dunyoda qimor degan narsa bor ekan, hali ne-ne yigitlar senga o'xshab, "Rossiyaga ketadi". Lekin xatni bekor yozding-da. Endi seni hech kim qidirmaydi. Hech kim sendan xavotir ham olmaydi. Bardam bo'l. Meni qo'limdan keladigani bitta yaxshilik: pichoqni tortaman-u, uyog'iga o'tkazib yuboraman. Qo'rqma, qiynamayman.

"O'yin" filmidan (O'zbekiston mahsuloti).
Nom: Re: Sevimli kinofilmlarimizdan ta'sirli iqtiboslar
Yuborildi: Ziyo 04 Iyul 2006, 03:26:54
— Otam qishloqni tark et dedi. Hamma Paroni tark et dedi. Paro sharobni tark et dedi. Bugun esa onam uyni tark et dedi. Kuni kelar, Xudoyim ham bu dunyoni tark et deydi. Bu uyda meni hech qanday haqim yo`q, oyi. Meni haqim sizda. Uni mendan hech kim tortib ololmaydi. Hatto siz ham!

"Devdas" filmidan
Nom: Re: Sevimli kinofilmlarimizdan ta'sirli iqtiboslar
Yuborildi: Laylo 25 Sentyabr 2006, 16:26:56
(http://www.tulumba.com/mmTULUMBA/Images/VI343231IC561_500.jpg)

Yosh qizcha:
- Dada, nega biz yakshanba kunlari cherkovga borib ibodat qilmaymiz?
Ota:
- Biz musulmonmiz-ku, qizim. Biz masjidga boramiz. Cherkovga nasroniylar boradi.
Yosh qizcha:
- Unda nega masjidga bormaymiz?...
Ota:
- Nega bormas ekanmiz, boramiz. Sen hali yoshsan. Men pensiyaga chiqib olay, keyin ikkalamiz birga boramiz...

* * *

Hadicha:
- Universitetda o'qishni boshlaganimda mendan bir yosh katta akam to'satdan vafot etdi. Men o'sha paytda dunyoning tinimsiz o'zgarib turishini, insonning o'tkinchi mavjudot ekanligini, tabiat oldida naqadar ojizligini seza boshladim. Bunday ma'nosiz hayotimni o'zgartirish yo'llarini izlab yurgan paytlarimda Metin turmushga chiqishni va Islomga kirishni taklif qildi. Musulmon bo'ldim.
Sen bilan ilk bor namoz o'qiganimda ilgari hech qachon tuymagan holatdan qalbim yumshab, to'yib-to'yib yig'ladim. Ammo keyingi namozlarimda bu tuyg'uni topa olmay qoldim. Nimadir yetishmayotgandek bo'ladi. Ammo nima?... Ishoning Oyisha, o'sha birinchi sajdadagi ilohiy halovat tuyg'usini yana topish uchun kerak bo'lsa butun umrimni namoz bilan o'tkazishga tayyorman.

* * *

Qur'oni karimdan hijob haqidagi huklar o'qiladi.
Zuhol:
- Ana endi siz hurmatli Oyisha, u paytdagi erkaklar axloqsiz edi, hozirgi kunda sharoit o'zgargan deb afsata sotayotganlar gapiga rioya qilasizmi? Yoki Qur'oni karimning amri va payg'ambarimiz sunnatlarigami?
Oyisha:
- Unday bo'lsa men, kelinoyim va boshqa yuzi ochiq yurgan ayollar musulmon hisoblanmas ekan-da?
Malohat:
- Zuhalning gapidan unday ma'no kelib chiqmayapti. Dilida iymon keltirgan har bir ayol yuzi ochiq bo'lsa ham musulmondir.
Zuhol:
- Ammo hijobda yurganlar faqatgina qaddi qomatini yashirish uchungina emas, balki Alloh taoloning hukmlariga xolis bo'ysunibgina o'ranib yurganliklarini aslo esingdan chiqarma.
Oyisha:
- Lekin bunday kiyinib yurish hozirgi kunda qiyin-da... Albatta, juda ochiq yurish ham noto'g'ri. Ammo, bunday kiyinish... Hamma ustingdan kuladi, masxara qiladi...
 
Daniyalik kelin filmidan
Nom: Re: Sevimli kinofilmlarimizdan ta'sirli iqtiboslar
Yuborildi: Laylo 25 Sentyabr 2006, 17:05:47
Metin:
- Islom insonlarning qalblariga mustahkam o'rnashgan mukammal va so'nggi dindir. Shubhalarga aslo o'rin berma, bu dindan hech qachon qaytma.
Hadicha:
- Eng so'nggi, eng mukammal din... Hammangiz shu gapni qaytaraverasiz. Oyisha, siz va boshqalar fikri qotib qolgan odamlar ekansiz. Shu paytgacha 5 minut o'tirib, Islom qanday din ekanligini fikr qilganingizga yoki bir bet kitob o'qib biron narsa o'rganganingizga ishonmayman.

* * *

Hadicha:
- Islom diniga oida urf-odatlaringiz yo'qmi? Kelganimga bir oycha bo'ldi. Kiyimingiz, ovqatingiz, yurish-turishingiz, to'ylaringizgacha xristianlarnikidan farq qilmaydi. Men musulmon bo'ldim. Lekin bironta odam menga Islomdan hech nima o'rgatmadi...

Daniyalik kelin filmidan
Nom: Re: Sevimli kinofilmlarimizdan ta'sirli iqtiboslar
Yuborildi: Shahina 26 Sentyabr 2006, 07:50:40
Assalomu alaykum!
tashakkur, laylo!
Judayam ta'sirli iqtiboslar ekan.
Nom: Re: Sevimli kinofilmlarimizdan ta'sirli iqtiboslar
Yuborildi: mutaallimah 06 Avgust 2007, 03:16:33
Assalomu alaykum!
-Modomiki o'lib yo'q bo'lib ketarkanmiz hayvondan nima farqimiz bor?
-Farqimiz tariximizda!!
(O'rtada kulgu ko'tarildi)
-Serpil, o'lim haqida o'ylab ko'rganmisan?
-Yo'q, nega o'ylashim kerak ekan?
(Siz yolg'iz emassiz!) turk filmi
Nom: Re: Sevimli kinofilmlarimizdan ta'sirli iqtiboslar
Yuborildi: mutaallimah 06 Avgust 2007, 03:34:12
-Hijobga kirmoqchiman!!!
(biroz sukutdan so'ng)
-Qaroring qat'iymi?
-Albatta, o'zligimga, e'tiqodimga teskari holatda yashayotgandayman! Qachongacha qalbimdagi ilohiy hislarga, dinimga, iymonimga qarshi holatda yashayman?! Agar e'tiqodim buyurganidek yashay olmasam o'zimga bo'lgan ishonchimni yo'qotaman.. Bu esa men uchun o'lim bilan barobar.. munofiqlik qilolmayman!!
-E'tiqod bilan hayot kechirish osonamas.! Ro'mol o'rasang seni tushunmaydilar.. masxara qiladilar.. uyda ota-onang.. universitetda o'qituvchilaring.. kursdoshlaring malomatiga qolasan.. nafs va shayton senga qarshi isyon qiladi hali yoshsan..
-Mayli ketay, yondirilay, lekin chidayman!!! Bila turim Allohga qarshi turolmayman!!.. Deylikki qarshi ham turdim lekin onamdan, dugonalarimdan, nafsimdan qutula olamanmi??!! O'zimni yalang'ochday his qilyapman...!
-Shu jo'shqinliging va irodang bilan shu qadar buyuksan-kii....... Solih, qanot saslarini eshityapsanmi???
(Siz yolg'iz emassiz!)
Nom: Re: Sevimli kinofilmlarimizdan ta'sirli iqtiboslar
Yuborildi: mutaallimah 06 Avgust 2007, 03:42:27
-Biz kimmiz Serpil?... Kimmiz??? fohishamizmi yo jinoyatchimi?? ularga nima qildik ahir?......
(Siz  yolg'iz emassiz!)
Nom: Re: Sevimli kinofilmlarimizdan ta'sirli iqtiboslar
Yuborildi: mutaallimah 06 Avgust 2007, 03:53:04
-Ho'sh aytchi.. bu ro'molni nima uchun o'ragansan?
-Sizdek madaniyatli kishining bunday savol berishi noo'rin!
-Hm.hm E'tiqodim amri desang kerak buni.. Aaa Shundaymi!!??
-Taajjub.. qayerdan bildingiz???
-Savollarimga zarda bilan andresiv javob berayotganingni sezayapsanmi?
-Ya'ni quturganday..??
-Haa shunday..
-Sizchi janobi professor! bu yerga razilona, iblisona vazifani bajarish uchun kelganizzi sezmayapsizmi?! Bu yerga kelishizdan maqsad menga jinni degan muhr bosish shundaymi?
(Siz yolg'iz emassiz!)
Nom: Re: Sevimli kinofilmlarimizdan ta'sirli iqtiboslar
Yuborildi: AbdulAziz 21 Avgust 2007, 07:38:55
- Xullas bizga kechgacha suradigan arava kerak.
- E, nima, arava? Nima balo? Sindizmi uka?
- Po'lat egiladi, lekin sinmaydi, aka.
- Saal ko'proq egilibsizmi, deyman-a?
- Egildim, lekin qulluq qiladigan darajada emas!

"Po'sht, arava" filmidan ("Ozbektelefilm", ssenariy muallifi: Murod Muhammad Do'st)
Nom: Re: Sevimli kinofilmlarimizdan ta'sirli iqtiboslar
Yuborildi: AbdulAziz 21 Avgust 2007, 07:39:05
Militsioner:
- Patenting bormi?
Zulfiqor:
- Assalomu alaykum komandir. Aravakashlik yangi kasb. Mehnat vazirligida hisobga olinmagan. Soliqchilar ro'yxatiga kiritilmagan.
- Xo'sh...
- Lekin bizda patent bor aka.
- Qani?
Zulfiqor (bloknot orasiga nimanidir qistirib):
- Mana marhamat. Bu shu haftani patenti. keyingi haftani patentini keyinroq olasiz, komandir. Patentni o'zini opqolib, muqovasini qaytarib berseyiz. Aybga buyurmaysiz, odat bu. Buvam rahmatlidan qolgan odat. Buvam rahmatli Sarag'ochda mol sotardilar. Lekin biron marta arg'amchisini bermaganlar.
Militsioner (boshqa aravakashlarga qarata):
- Bor ishlarini qillaring...
Asror:
- Nima buvangiz molfurush bo'lganmilar?
- Buvam molfurush bo'lganlar. Buvim Amir Olimxonning kenja qizi bo'lganlar.
- Hehe, yolg'on gapiryapsiz-a?
- Melisaga rost gapirish shartmi galvars!
- Buvam qaroqchi bo'lganlar. Buvingni choynagiga chumak o'rnatganlar. Yo buviyz stakanda choy ichkanmilar?
- Yo', buvimla artist bo'ganlar.
- Ey-ha, Abror doirachini artistga uylangani yodindan chiqibdi. Shundoq kulturniy oilani bolasi ekansan, nima qilib aravaga aralashib yuribsan?
- Buvam tushumi yaxshi bo'ladi, deydilar.
- Tushum, tushum, deb churrakni tushurib qo'ymagin, ukam!

"Po'sht, arava" filmidan ("Ozbektelefilm", ssenariy muallifi: Murod Muhammad Do'st)
Nom: Re: Sevimli kinofilmlarimizdan ta'sirli iqtiboslar
Yuborildi: AbdulAziz 21 Avgust 2007, 07:39:34
- Do'xtirlar suyak ikki joydan darz ketdi debdi.
- Ayturadi ular, do'xtirlar palataga yotqizvolib pul shilishni biladi, nomardlar.

"Po'sht, arava" filmidan ("Ozbektelefilm", ssenariy muallifi: Murod Muhammad Do'st)
Nom: Re: Sevimli kinofilmlarimizdan ta'sirli iqtiboslar
Yuborildi: AbdulAziz 21 Avgust 2007, 07:39:45
- "Aroba" shirkati siz bilan shartnoma tuzmoqchi. 
- E, nimalar deyapsiz-a. Ana, mingtasi tashqarida ishlayapti, shartnomasiz.
- Boshqalar bilan ishim yo'q, biz bilan shartnoma tuzasiz. Pulini olib, patta berasiz har kuni.
- Hey, aravachilar bilan shartnoma tuzilmaydi. Biz ruxsat bersak, ishlaydi. Bo'lmasa, ana katta ko'cha, toshini tersin! Xo'pmi!
- Iye, shumi mehnat ahliga bo'lgan munosabat. Siz o'zi oxirgi qonunni o'qidizmi? (Devordagi rasmga qarata) Yo qonunga qarshimisiz?
- Eee, yo'g'e, Zulfiqorbek. Biz hecham qarshi emasmiz.
- Ha, bu boshqa gap.

"Po'sht, arava" filmidan ("Ozbektelefilm", ssenariy muallifi: Murod Muhammad Do'st)
Nom: Re: Sevimli kinofilmlarimizdan ta'sirli iqtiboslar
Yuborildi: AbdulAziz 21 Avgust 2007, 07:39:54
- Hey, zakonniy ekansiz-u, shef. Qonunni qayoqdan bilasiz-a?
- Qonunni bilish shart emas. Beting qalinroq bo'lsa bas.
- Lekin qaysi qonun deb so'rab qolsa-chi?
- So'ramaydi, qo'rqadi.

"Po'sht, arava" filmidan ("Ozbektelefilm", ssenariy muallifi: Murod Muhammad Do'st)
Nom: Re: Sevimli kinofilmlarimizdan ta'sirli iqtiboslar
Yuborildi: AbdulAziz 21 Avgust 2007, 07:40:07
- Shuncha ish, shuncha sayohat... 50 tadan olmasak bo'lmasakan, opoqi.
- manga 20 tayam yetadi.
- Qani, oldik.
- Xudoni o'zi kechirsin, baniyat shifo (!)
- So'raganni aybi yo'q, Mastura Rahbarovna. Namoz ham o'qib turasizmi?
- Yana 20 ta quy-chi... Namoz o'qishga vaqtim yo'q. Lekin hajga ikki marta borib kelganman.

"Po'sht, arava" filmidan ("Ozbektelefilm", ssenariy muallifi: Murod Muhammad Do'st)
Nom: Re: Sevimli kinofilmlarimizdan ta'sirli iqtiboslar
Yuborildi: AbdulAziz 21 Avgust 2007, 07:40:19
- Safarqul, anau to'g'ri tarozing ko'rinmaydi?
- Yo'-yo', turibdi, ana, hov ana.
Zulfiqor:
- Hov ana, xaridor oyog'i yertmaydigan joyda...
Mastura Rahbarovna:
- San-chi, Zulfiqor o'g'lim, to'g'ri tarozini olib, bozorni o'rtasiga o'rnat.
- Xo'p bo'ladi, bugunoq o'rnatamiz.
- Safarqul, 4 ta sog' tarozi topiladimi yo hammasi o'zingga o'xshaganmi?
Zulfiqor:
- Safarqul akam xaridorlarni o'ylab, bozorni o'rtasiga to'g'ri tarzoi o'rnattirdilar. Olgan xaridinglarni o'lchab ko'ringlar. Tarozini halolligiga, to'g'riligiga Safarqul akamiz kafil. Uyalmanglar. Qani opajon, nima oldiz?
- Uzum oldim.
- Qancha uzum oldiz?
- 1,5 kilo.
- Yaxshi, 1,5 kilo. Mana hozir tortib ko'ramiz. Mana: 950 gramm. Bu tarozi aldamaydi.
- Voy, naga 900 gramm chiqarkan?..

"Po'sht, arava" filmidan ("Ozbektelefilm", ssenariy muallifi: Murod Muhammad Do'st)
Nom: Re: Sevimli kinofilmlarimizdan ta'sirli iqtiboslar
Yuborildi: AbdulAziz 21 Avgust 2007, 07:40:32
- Chiq. san kir. Pasporting. Propiskeng bormi?...
Bularni orasida haligidek, namozxonlari yo'qmi?
- Qazoi qarzini qo'shib, har hayitda namoz o'qishadi. Demak, yiliga ikki marta. Lekin maslahatchimiz namozxon!
- Kim? Familiyasi nima?
- Familiyasi Shorahbarova Mastura.
- Mastura opoqimlarmi?
- Ha-da!
- Opoqimlarni firmasi demaysizmi? Unday bo'lsa boshqa savolim yo'q.

"Po'sht, arava" filmidan ("Ozbektelefilm", ssenariy muallifi: Murod Muhammad Do'st)
Nom: Re: Sevimli kinofilmlarimizdan ta'sirli iqtiboslar
Yuborildi: AbdulAziz 21 Avgust 2007, 07:40:43
- Oka, eting, dushmanizi eting, bir yilga pravasini reshat qiptashiyman.
- Iyi... Siz gaishnikmisiz?
- Ha.
- Unda nimaga bozorda pasport tekshirib yuribsiz?
- Uchaskovoy bor-u, hasharga etuvdi. Qarashib yurudim.

"Po'sht, arava" filmidan ("Ozbektelefilm", ssenariy muallifi: Murod Muhammad Do'st)
Nom: Re: Sevimli kinofilmlarimizdan ta'sirli iqtiboslar
Yuborildi: JaviK 25 Noyabr 2007, 07:52:19
nazira yur senga bir narsa ko`rsataman
ho` anavi sigirni ko`ryapsanmi?
shomurodni sigiri o`tgan yili qo`shni qishloqqa sotgan edi
shomurodni 5 yosh bolasi bor, har kuni ertalab sigir daryodan kechib o`tib 5 ta bolaga yarasha sut sog`ib olmaguncha turaveradi.

Suyunchi filimidan
Nom: Re: Sevimli kinofilmlarimizdan ta'sirli iqtiboslar
Yuborildi: kanishka 23 Yanvar 2008, 01:31:51
Majlislar zali, barcha sarkardalar yig`ilgan.
...
Klit: Tushun, Aleksandr, axir ular - Osiyoliklar, varvarlar, bizni ular bilan tenglashtirishga haqqing yo`q...

Aleksandr: (Klitni devorga qisib oladi) Sening ulardan qayering ortiq?! Nimang bor, ularda yo`q, bema`ni g`ururingdan boshqa, albatta?

Aleksandr filmidan

Nom: Re: Sevimli kinofilmlarimizdan ta'sirli iqtiboslar
Yuborildi: kanishka 23 Yanvar 2008, 01:51:42
Qashqirlar makoni filmidan

Sonunu düşünen kahraman olamaz - Oxirini o`ylagan qahramon bo`lolmaydi.         Aslan amca

Sevildiğini bilmeden önce ölesiye sevme, sonunda sevecekte, ölecekte bir sen olacaksın -  Sevilganingni bilmasdan turib o`ladigan bo`lib sevma, oxirida sevgan ham, o`lgan ham o`zing bo`lasan.          Memati

Azdan az, çoktan çok gider. Diyecek lafım yok - Ozdan oz, ko`pdan ko`p ketadi. Aytadigan so`zim yo`q.           Süleyman Çakır

Vatan bizi ana gibi yetiştirdi. Ananızı sevdiğiniz için pişmanmısınız dıyorsunuz. Hayır, pişman değilim - Vatan bizni ona kabi yetishtirdi. Onangizni sevganingizdan pushaymonmisiz deyapsiz. Yo`q, pushaymon emasman.             Memati.

Son nefesimize kadar hep son sözümüzü sözleyeceğız - Oxirgi so`zimizni oxirgi nafasimizga qadar so`zlaymiz.                     Abdülhey.

Nom: ...ta'sirli iqtiboslar
Yuborildi: lolo 26 Yanvar 2008, 22:39:02
shomurodni sigiri o`tgan yili qo`shni qishloqqa sotgan edi ...
shomurod dimiydi, HOSHIMJONAKA diydi. Ya'ni u Hoshimjonakani sigiri bo'ladide.
Nom: Re: Sevimli kinofilmlarimizdan ta'sirli iqtiboslar
Yuborildi: AL_laziz87 06 Fevral 2008, 19:18:59
Do'sting do'stimdur dushmaning dushmanim Jonpo'lat sendan bir jon qarz bo'ldim
Qashqirlar makoni
Nom: Re: Sevimli kinofilmlarimizdan ta'sirli iqtiboslar
Yuborildi: ZUBAIR 23 Avgust 2008, 18:30:23
-Biz asirlarni o'ldirmaymiz.
-Axir ular bizning asirlarni o'ldiryaptilarku!?
-Ular hech qachon bizga o'rnak bo'lolmaydilar!

"Umar Muxtor" filmidan.
Nom: Re: Sevimli kinofilmlarimizdan ta'sirli iqtiboslar
Yuborildi: siddiqa 30 Mart 2009, 00:56:45

.......Alloh Ahad.......Ahad ........Ahad............
-toshni qo'yinglar(Bilolning ustiga qizigan harsang qo'yildi,u so'zida sobit edi)

Alloh .........Ahad..............Ahad.............Ahad

                               "Risolat "filmidan.
Nom: Re: Sevimli kinofilmlarimizdan ta'sirli iqtiboslar
Yuborildi: Muzayyana 14 Aprel 2009, 11:13:34
(Xonaga kirishi bilan kulgi ko'tarildi...)
-Xudoni balosi bu yana nimasi? Meni sharmanda qildingku!
-............(qiz indmasdan xonasiga kirib ketti)
(Mehmonlar tarqalishayotgan edi...)
-Qo'rqma qizing tuzalib ketadi!
(Onasi qiznng xonasiga kirdi)
-Bugun tug'ilgan kunim ekanligini bilarding a?!
-Bugundan boshlab menga bunday kunlarni farqi yo'q!
-Chetinbey bilan gaplashdim, xali davolanib tuzalib ketasan.
-Nima!!! Oyi hijob o'raganim uchun davolanishim kerakmi?! Hijob o'raganim uchun meni jinnixonaga yotqizasizmi?

"Siz yolg'iz emasssiz" kinofilmidan.
Nom: Re: Sevimli kinofilmlarimizdan ta'sirli iqtiboslar
Yuborildi: Shokir63 18 Aprel 2009, 00:19:32
-Siz o'shamu?

"O'tkan kunlar"
Nom: Re: Sevimli kinofilmlarimizdan ta'sirli iqtiboslar
Yuborildi: Vаrzikiy 23 Aprel 2009, 22:37:19
-Ena Morojniyni non bilan yeydimi
otasi:
-lag`mon bilan qo`shib yeydi wuaxaxaxax
-Voy enang o`rgilsin cho`p bilan yeydi bolam cho`p bilan!

"Tog`lik Kuyov"
Nom: Re: Sevimli kinofilmlarimizdan ta'sirli iqtiboslar
Yuborildi: Muzayyana 02 May 2009, 14:18:46
-Qani Bilol ur!
-Bo'laqolsangchi, ursangchi.
(Qora xabash qul qotib turardi va asta qo'lidan qamchini yerga tashladi.Shunda Ammor qamchini Bilolning qo'liga tutqazib:)
-Ur, Bilol, ur meni, qani uraqol.
Shunda Bilol qamchini zarb bilan yerga urdi.
"Risolat" filmidan

Nom: Re: Sevimli kinofilmlarimizdan ta'sirli iqtiboslar
Yuborildi: siddiqa 03 Iyun 2009, 06:54:15
(ser siz amerikalikmisiz?)

Men O'zbekman .........!

"Vatan "(Zulfiqor Musoqov)
Nom: Re: Sevimli kinofilmlarimizdan ta'sirli iqtiboslar
Yuborildi: Kumush 03 Iyun 2009, 10:11:06
- Ota bo'lib gapiring siz ham o'g'lingizga mundooq.Qanaqa odamsiz?
-O'g'lim ovqatingni yemaysanmi?
(Mahallada duv duv gap filmidan)
Nom: Re: Sevimli kinofilmlarimizdan ta'sirli iqtiboslar
Yuborildi: Kumush 03 Iyun 2009, 10:16:35
- Nechta qo'y oldiz?
- Bitta qo'zi oldim.
- O'NTA QO'Y NIMA BO'LADI?))

(Mahallada duv duv gap filmidan)
Nom: Re: Sevimli kinofilmlarimizdan ta'sirli iqtiboslar
Yuborildi: AKBARBEK 03 Iyun 2009, 10:58:56
yaratganga shukr
Nom: Re: Sevimli kinofilmlarimizdan ta'sirli iqtiboslar
Yuborildi: AKBARBEK 03 Iyun 2009, 11:03:59
muhabbat [img]va dengiz bir-biriga o'xshash, chunki har ikkisiga sho'ng'ibgina uni his etish mumkin
Nom: Re: Sevimli kinofilmlarimizdan ta'sirli iqtiboslar
Yuborildi: AKBARBEK 03 Iyun 2009, 11:06:16
Marg'ilonda shunday kelinimiz bor ekanu

(O'tkan kunlar)
Nom: Re: Sevimli kinofilmlarimizdan ta'sirli iqtiboslar
Yuborildi: siddiqa 19 Noyabr 2009, 05:10:44
 :as:
Tavba qildim ,tavba qildimmmmmmmm,tavba qildimmm,
kechiiiir.

"Arosat "
Nom: Re: Sevimli kinofilmlarimizdan ta'sirli iqtiboslar
Yuborildi: Shoxjahon12 19 Noyabr 2009, 11:02:56
-Bir paytlar kimdir menga aytgan edi. O'tmishda o'tgan qirollar ana shu yulduzlardan turib bizni kuzatishar ekan.
-O'sha o'liklar bizni kuzatishar ekanmi. Vua-hahahahaha...
-Darvoqe, bema'ni gap...

("Qirol sher")
Nom: Re: Sevimli kinofilmlarimizdan ta'sirli iqtiboslar
Yuborildi: lolo 20 Noyabr 2009, 08:31:03
- Oyi, Dada, mana bu yangi pidjakni o'zimga harid qilib oldim.
- Yaxshi, bu bizdan senga sovg'amiz bo'laqolsin!

Nofilet
Nom: Re: Sevimli kinofilmlarimizdan ta'sirli iqtiboslar
Yuborildi: Shoxjahon12 20 Noyabr 2009, 16:52:12
-Bor, akangni kuzatib qo'y. Har holda qadrdon edilaring. Tag'in narigi dunyoda sendan arazlab yurmasin.
-Xadeb akang-akang deyavermang. Mening akam sizsiz...

("Shaytanat")
Nom: Re: Sevimli kinofilmlarimizdan ta'sirli iqtiboslar
Yuborildi: Nurilla 20 Noyabr 2009, 18:37:30
Hayatımda hep bir şeyi değiştirmeyi hayal ettim..Önce kendimi,sonra ailemi,sonra çevremi,sonra ülkemi...Gördüm ki aslında herşey meğer önceden değiştirilmiş.Kendim değiştirilmişim; ismim farklıymış,ailem değiştirilmiş; ailem farklıymış,çevrem değiştirilmiş; çevrem farklıymış , ve ülkem .. çoktan değiştirilmiş,dönüştürülmüş,kapana kısılmış..Ben dünyanın çok yerini gördüm hakim bey...Çok insan tanıdım..Ben bizim insanımız gibisini hiç görmedim..O kadar iyi kalpli,o kadar temiz,o kadar yetenekli,o kadar becerikli,o kadar saf ve bu kadar akıllı bir millet görmedim..Ama bu kadar sömürülen bir millet de görmedim..Bu milleti sömürenlere bakıyorum..Çapları şu bizim Erhan'ın köyde otlattığı koyunlar kadar bile değil..Ama uşaklıklarının karşılığını iyi aldıkları gibi , uşaklığı da layıkıyla yerine getiriyorlar..Siz bana diyorsunuz ki bunları gör,duy,anla ama sus,anlatma,ve kabul et,ve değiştirme,müdehale etme..Ben bir devlet terbiyesi aldım..Devlet geleneğiyle yetiştirildim..Bu geleneklerin,terbiyelerin içersinde de hiç şüphesiz değiştirmek istediğim hususlar var..En başta devletin milletten üstün tutulması..Çünkü buna gerek yok..Bu millet devletini baş tacı etmiş..16 kere devleti yıkılmış,17.kez devleti kurulmuş..Şimdi siz beni devleti yıkmaya çalışmakla suçluyorsunuz..Bu bir iftiradır..

Anayasal düzeni değiştirmeye çalışmakla suçluyorsunuz..İsnaat edilen bu suçun muhatabı ben değil,1960'da 1980'de silah zoruyla anayasayı değiştirenlerdir..Anayasayı yıkıyorsan,iktidarı ele geçiriyorsan kahramansın,iktidarı ele geçiremiyorsan hainsin..Hainle kahraman arasındaki farkı mahkemeler değil,tarih belirler...Tarihe nerden bakıcaz..1907'den tarihe bakarsak Enver Paşa eşkiyadır..1908'de Hürriyet kahramanı..1914'te başkomutan vekili..1918'de sürgün bir mağlup komutanı..1923'te vatan haini..Şimdi bana bugün söyleyeceğiniz,vereceğiniz hükümün tarihi açısından hiç mi önemi yok..???

Kurtlar Vadisi operasyonu bitmiştir..Yanlışıyla doğrusuyla bu mücadele benim şahsımda Türk milletine aittir..Takdir yüce milletimindir..!!!


Kurtlar vadisi dizi. Polat Alemdar sud zalidagi so'nggi so'zi . Uzr manga turkchasi yoqadi.
Nom: Re: Sevimli kinofilmlarimizdan ta'sirli iqtiboslar
Yuborildi: siddiqa 17 Dekabr 2009, 11:14:00
 :as:

"Yig'layotgan bolaning begonasi bo'lmaydi"

Yig'lamagin (o'zbek film)

kecha kelinoyim ikkalamiz yig'lamagin kinosini ko'rib rossaa yig'labmiz ,tasirli.
Nom: Re: Sevimli kinofilmlarimizdan ta'sirli iqtiboslar
Yuborildi: MASTURA 1 01 Avgust 2010, 23:56:57
Mana buni ko´ring hudosi yerga tushib ketdi! http://uzcinema.com/news/quot_o_39_z_xudosini_yerga_tushurib_yubordi_quot_lol/2010-07-26-13201
Nom: Re: Sevimli kinofilmlarimizdan ta'sirli iqtiboslar
Yuborildi: AL_laziz87 08 Avgust 2010, 15:03:34
uyda endi xamma narsa bor, chiroq xam yondi faqat, faqat quvonch yo'q Oyi...
"Telba"