forum.ziyouz.com

Ilm va ziyo => Ma'rifat => Mavzu boshlandi: leonardo1024 11 Fevral 2011, 20:18:27

Nom: Obro'li bo'lishning 32QOIDASI
Yuborildi: leonardo1024 11 Fevral 2011, 20:18:27
Kishi obro'sini oshiruvchi 32 qoida

1-QOIDA  
Odamlarni qilgan ishiga shaxsiy fikringizni bildiring, masalan: "Bu ish maqul, yoki bu juda xunuk ish bo'libdi..." va hkz kabi fikr bildiring

2-QOIDA  
Shoshilmay Sekin gapiring, ammo tez fikrlang

3-QOIDA.
Hech kimdan narsa so'ramang, ayniqsa sizdan kuchli odamlardan...

4-QOIDA.  
Odamlarni ismiga etiborli bo'ling, ko'rishganda ismi bilan murojaat qiling.

5-QOIDA.
 Gapirayotganingda suhbatdoshingni ko'ziga qarab gapiring. chunki ko'zni qochirish qo'rqoqlikni malum qiladi...

6-QOIDA.  
Unutmang ! Buyuk odam g'oyalar haqida gapiradi, Oddiy odam voqealar haqida gapiradi, Nodon odam odamlar haqida gapiradi....
Dasturxon atrofida yoki boshqa davrada hech qachon birovni hayotini muhokama qilmang.

7-QOIDA.  
Hech qachon o'zingiz haqingizda gapirmang, Faqat so'ragandagina gapiring.

8-QOIDA.  
Hech qachon birovni orzulari yoki rejalari ustidan kulma,

9-QOIDA.  
"Yo'q"  so'zini  ishlatishdan qo'rqma. Birovni iltimosini bajarging kelmasa
Ochiqchasiga YO'Q deyaver...garchi u eng yaqin do'sting bo'lsa ham.
Bahona qidirish obro'ni to'kadi.

10-QOIDA.
Hech qachon ko'p savdolashma. saxiy bo'l

11-QOIDA.  
Senga savol berishsa javob berishdan oldin ozgina vaqt o'tkaz, garchi javob tayyor bo'lsa ham. Seni ozgina kutishlariga majbur qil.

12-QOIDA.  
Birinchi bo'lib salom ber, ammo qo'l berishda shoshilma, Senga qo'l uzatilgandagina sen ham uzat.

DAVOMI SAL KEYINROQ >>>
Nom: Re: Obro'li bo'lishning 32QOIDASI
Yuborildi: Mo'min Mirzo 12 Fevral 2011, 00:58:39
Maslahatlar yaxshiku, lekin... 10-qoidaga:
Supermarketlarga kirgandaku mumkin, chunki magazinlarda narh talashilmaydi, asl narh qo'yilgan bo'ladi.
Bozor yo shu kabi savdo majmualarida... hech bir biznesmen odam savdolashmasdan narsa sotib olavermaydi, biznesmenlar har qancha boy bo'lsada tiyin ustida talashadi.
Sahiy bo'lish esa boshqa masala, buni savdoga aloqasi yo'q. Agar savdoda "sahiy" bo'lib pulidan voz kechaversa, bunday odamdan biznesmen chiqmaydi, o'zi ham boy emas balki boyning bolasi, yo pulning betiga qaramaydigan, pul topib aql topmagan toifadan bo'ladi.
Sahiylik zakotda, hayru-ehsonda, sadaqada, bechoralarga haj yo'llanmasi olib berish, ota-ona, farzandlarga yaxshi sharoit yaratib berish bilan o'lchanadi.

12-QOIDA...ga har qancha o'qib fikrlasam ham tushunmadim, salom berishda avvalgi bo'lish, qo'l uzatishda keyingi bo'lishning hikmati bormi?
Nom: Re: Obro'li bo'lishning 32QOIDASI
Yuborildi: ibnUyayna 12 Fevral 2011, 03:39:53
Gap bu yerda sunnatga amal qilish haqidamas,obroli bolish haqida Mo`min Mirzo.
Nom: Re: Obro'li bo'lishning 32QOIDASI
Yuborildi: ubaydullo 12 Fevral 2011, 12:52:41
ODAMLAR ICHIDA XAR QANAQA NO QULAYLIK  TUG'ILSA XAM SIR BOY BERMANG.
AKIS XOLADA SIZGA NO QULAYLIK TUG'DIRGAN ODAM O'ZINI NO QULAY XIS ETADI  YO XIJOLAT BO'LADI
Nom: Re: Obro'li bo'lishning 32QOIDASI
Yuborildi: leonardo1024 12 Fevral 2011, 13:28:07

12-QOIDA...ga har qancha o'qib fikrlasam ham tushunmadim, salom berishda avvalgi bo'lish, qo'l uzatishda keyingi bo'lishning hikmati bormi?
Mo'min Mirzo,
Bir kuni kursdoshim kelib domlaga salom berib ham qo'lini uzatdi , shunda domla unga qarab - "Og'ayning bilan bunday ko'rishasan" deb qo'lini  qaytardi...

Eron Prezidenti Ahmadinajot bir davlatning ayol ministri bilan uchrashganda, ayol birinchi qo'l uzatgan, Ammo Musulmonlarni qoidasiga to'g'ri kelmagani uchun Eron prezidenti ayolga bosh egib qo'ygan... Ayol esa xijolatda qolgan
Demoqchimanki, har xil millatni va davlatni salom berish odoblari bo'ladi... darhol qo'l bermaslik kerak

Arab shayxlari bilan uchrashganda, ularga birinchi qo'l uzatish katta hurmatsizlik hisoblarkan...

Xulosa sizdan

Nom: Re: Obro'li bo'lishning 32QOIDASI
Yuborildi: Lobar AZIZ 12 Fevral 2011, 14:29:18
juda yaxshi maslahatlar. Deyl Karnegining qarindoshi emasmisiz?:))))))
Nom: Re: Obro'li bo'lishning 32QOIDASI
Yuborildi: leonardo1024 12 Fevral 2011, 19:49:18
Cheh_MIK,

Bu qoidalarni men turli donishmandlar gapidan olib terma qildim.
Sizga Taalluqli bir qoudani aytsam bu aynan sizga tegishli
0-QOIDA
Nuqson emas, afzallik izlang... pessimist bo'lish ham bir tomondan yaxshi...

ChekMIK, xop OK, endi mana bularni tahlil analiz qilingchi


DAVOM etamiz
13-QOIDA
Hech qachon ovoz chiqarib kulma, Hamma gapga kulaverma...

14-QOIDA
Biror xonadnga mehmon bo'lganingda, Xonadagi narsalarga diqqat bilan qara va xonadagi biror jihozni maqtab qo'y, Masalan, Chiroyli pardani, Xonaning shinamligini, Kitoblarni va hkz

15-QOIDA.
Muzokara, suhbat yoki uchrashuvga chiqsang, hech qachon nima haqida gapirishni oldindan o'ylamang. Doim o'sha vaziyatdan va suhbatdoshning fikridan kelib chiqib gapiring.

16-QOIDA
Xonada Shovqin bo'layotgan payt gapirma. Hamma tinchigandan keyingina gap boshla.

17-QOIDA.

Sen bilan umumiy qiziqishlari bo'lmagan (ya'ni til topisholmaydigan) odamlar bilan birga yurma. o'zingga yoqadigan kishilar davrasida yur.

18-QOIDA.
"Ertaga qilaman"- degan iborani unut. Bu seni dangasa qiladi. Ertangi kun o'z rejalari bilan keladi. Sen uchun eng qimmatli fursat bu - BUGUN.

19-QOIDA.
Agar senga noo'rin savol berishsa yoki savolga javob berishni hohlamasang:
Bunday degin: Nega bu haqda so'rayapsiz?

20-QOIDA.
Bahona yoki sabab qidirma,  imkoniyat qidir
Nom: Re: Obro'li bo'lishning 32QOIDASI
Yuborildi: leonardo1024 12 Fevral 2011, 19:50:34
juda yaxshi maslahatlar. Deyl Karnegining qarindoshi emasmisiz?:))))))
Qarindoshi emasmanu, lekin muxlisiman
Nom: Re: Obro'li bo'lishning 32QOIDASI
Yuborildi: Dilafruza 12 Fevral 2011, 21:01:58
hmmm, inson doim samimiy bo'lishi kere.
Obro' uchun o'zida yo'q sifatlani  ko'rsatishga intilish noto'g'ri.
Obro'li bo'lsih uchun odob, ilm va saxiylik kere, xalos.

Nom: Re: Obro'li bo'lishning 32QOIDASI
Yuborildi: leonardo1024 12 Fevral 2011, 22:01:04
Dilafruza,
Gapingiz haq, Navoiyning bir gapi bor
"Ko'ringaning kabi bo'l yoki bo'lganing kabi ko'ring" - ya'ni birovni obraziga kirma
Nom: Re: Obro'li bo'lishning 32QOIDASI
Yuborildi: KHALIL 12 Fevral 2011, 22:20:42
Dilafruza,
Gapingiz haq, Navoiyning bir gapi bor
"Ko'ringaning kabi bo'l yoki bo'lganing kabi ko'ring" - ya'ni birovni obraziga kirma

Bu gap Navoiniki emas Mavlono Rumiyniki...

Bir kishi etkan ekan agar odamlarni eng obrulisi bo'lsan taqvo qil, agr eng boyi eng kuchlisi bo'lmoqchi bo'lsang Tavakkal qil Eng hori bo'moqchi bo'lsang Allohga osiy bo'l bundan kotta horlik yoq deb... manimcha Hazrati Alini gaplari bo'lish kerak wollohu alam.
Nom: Re: Obro'li bo'lishning 32QOIDASI
Yuborildi: BelleQizcha 12 Fevral 2011, 22:43:17
uhum uhum..BElleQizchani etadigan gaplari bor ekan. Mavzu juda yaxshi, bundagi qoidalar ham og'zi uchida aytilmaganini  ko'rishimiza mumkin.
lekin, hamma insonlar, shunday qolishsa insoninlikni yu alohidaligini sog'inib qolamiza.
Albttta qoidalarizda anchasida jon bor.. qimmirlab turibdi..
Lekin Shuni unutmang,har bir inson o'zi bolganinligi uchun, va yunikligilidan odami esda qoladi.
t
Nom: Re: Obro'li bo'lishning 32QOIDASI
Yuborildi: smartboy_uz 12 Fevral 2011, 23:17:03
:as:

Bir hadis esimga tushib ketdi:
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytganlar:
"Alloh seni yaxshi ko'rishini istasang, dunyoda zohid bo'l!
Odamlar seni yaxshi ko'rishlarini istasang, ulardagi narsalarga nisbatan zohid bo'l!"

("Izhad fiddunya yuhibbukalloh, vazhad fiymaa 'indannaasi yuhibbukannas!")

Ya'ni, bu yerdagi dunyoda zohid bo'lish degani, dunyoni qo'lingga joylasang joylaku, lekin qalbingga joylamagin, degani.

Odamlardagi narsalarga nisbatan zohid bo'lish degani ularga ta'magirlik qilmaslik, degan ma'nodadir, vallohu a'lam.
Nom: Re: Obro'li bo'lishning 32QOIDASI
Yuborildi: Abu Muso 13 Fevral 2011, 00:39:07
 :as:

А­й барча мулкнинг сгаси А оббим! Хоҳлаган кишингга мулк берурсан ва хоҳлаган кишингдан

мулкни тортиб олурсан, хоҳлаган кишингни азиз қилурсан, хоҳлаган кишингни хор қилурсан.

Барча схшилик Сенинг қслингда. Албатта, Сен ҳар бир нарсага қодирсан.
   (Оли Имрон - 26)
Nom: Re: Obro'li bo'lishning 32QOIDASI
Yuborildi: BelleQizcha 13 Fevral 2011, 00:53:09
 torisi bitta gap-de ...
qari bilgani pari bilmiydi diyishadi,
kelila shu leanardoni qoidalarni to yozganlarigacha jim turib turiyli. iyin batafsil gaplashamiza
iyimi?
Nom: Re: Obro'li bo'lishning 32QOIDASI
Yuborildi: Margiloniy 13 Fevral 2011, 01:10:55
Keltirilayotgan qoidalarning hammasi ham yomon emas, lekin hammasini ham yaxshi deb bo'lmaydi.

mavzu nomini o'zgartirsangiz menimcha tanqidiy fikrlar kamayadi. Masalan, "odamlar bilan yaxshi munosabatda bo'lishga xizmat qilishi mumkin bo'lgan maslahatlar" deb atang.

Hech kimni fikriga qaramasdan yozavering, man siz tarafman Janob Leo :1
Nom: Re: Obro'li bo'lishning 32QOIDASI
Yuborildi: BelleQizcha 13 Fevral 2011, 01:32:56
Keltirilayotgan qoidalarning hammasi ham yomon emas, lekin hammasini ham yaxshi deb bo'lmaydi.

mavzu nomini o'zgartirsangiz menimcha tanqidiy fikrlar kamayadi. Masalan,  " deb atang.

Hech kimni fikriga qaramasdan yozavering, man siz tarafman Janob Leo :1
"odamlar bilan yaxshi munosabatda bo'lishga xizmat qilishi mumkin bo'lgan maslahatlar" yana ikkita uchta so'z qoshardiz kaltaro bolardi,...
Manam leanardo de vince ni ballet qilaman/
Nom: Re: Obro'li bo'lishning 32QOIDASI
Yuborildi: leonardo1024 13 Fevral 2011, 16:26:55
ChehMik,
Tahlil qilishingizga gap yo'q.

"Shu bilan obro' osharmikan..." - debsiz
Bu qoidalar Hammasi obro' oshirish uchun emas, Balki Obro'ni yuqotishdan asrash uchun ham foydalaniladi.
Nom: Re: Obro'li bo'lishning 32QOIDASI
Yuborildi: Mo'min Mirzo 13 Fevral 2011, 21:13:48
O'zingiz yozgan mana shu gapga mos tushmaydi yuqoridagi maslahatlar. (Aslida,Rumiyning bu gapi 100% to'g'ri bo'lmasa ham)
(Asli : "Asling kabi ko'rin,yoki ko'ringaning kabi bo'l" )

Chehmik nimalar deyapsiz. Mavlono Jaloliddin Rumiy biror savolga javob berganlari yo'qki "to'g'ri bo'lmasa ham" deysiz. Mavlono Jaloliddin Rumiyning tavsiyasida:
Qanday bo'lsang shunday ko'rin, qanday ko'rinsang shunday bo'l!

Mavlono Rumiyning bizga tarjimalari-izohlari bilan kelgan "Masnaviyu Manaviy"sidagi to'liq matni mana bunday keltirilgan:
Shafqatu marhamatda quyosh kabi bo'l!
Boshqalarning aybini yashirishda tun kabi bo'l!
Sahovat va jo'mardlikda oqar suv kabi bo'l!
Shiddat va g'azabda o'lik kabi bo'l!
Tavoze' va hoksorlikda tuproq kabi bo'l!
Qanday bo'lsang shunday ko'rin, qanday ko'rinsang shunday bo'l!


Bu tavsiyalarning hammasi oyat va hadislarga asoslangan!!!
Nom: Re: Obro'li bo'lishning 32QOIDASI
Yuborildi: leonardo1024 13 Fevral 2011, 21:21:08
Mo'min Mirzo,
Shu yuqoridagi she'rning oxirgi qatori, (Qanday bo'lsang shunday ko'rin...) o'zidan avalgi (yuqoridagi qatorlar) nasihatlarni inkor etyaptiku

Maslan , Tuproq kabi saxiy bo'l deyilgan, Lekin Kishi asli xasis bo'lsa, o'zini saxiy qilib ko'rsatmasin degan gap kelib chiqadi.
Nom: Re: Obro'li bo'lishning 32QOIDASI
Yuborildi: azizbek_mx 13 Fevral 2011, 22:04:47
Kishi obro'sini oshiruvchi 32 qoida

1-QOIDA  
Odamlarni qilgan ishiga shaxsiy fikringizni bildiring, masalan: "Bu ish maqul, yoki bu juda xunuk ish bo'libdi..." va hkz kabi fikr bildiring

Demak, o`zingizni aqlli ko`rsatish kerak ekanda, a?

2-QOIDA  
Shoshilmay Sekin gapiring, ammo tez fikrlang

Osonmas, lekin yaxshi fikr.

3-QOIDA.
Hech kimdan narsa so'ramang, ayniqsa sizdan kuchli odamlardan...

o`zidan o`zgaga muhtoj qilmasin, lekin bu mendan kuchli, undan kamligimni bildirib qo`ymay, deyishlik bu kibrdan darak emasmikin...deb o`ylanib qoldim


5-QOIDA.
 Gapirayotganingda suhbatdoshingni ko'ziga qarab gapiring. chunki ko'zni qochirish qo'rqoqlikni malum qiladi...

Inson qalbi muloyim bo`lmaguncha, chin mo`min bo`lolmasa kerak, yana Vallohu a'lam...

9-QOIDA.  
"Yo'q"  so'zini  ishlatishdan qo'rqma. Birovni iltimosini bajarging kelmasa
Ochiqchasiga YO'Q deyaver...garchi u eng yaqin do'sting bo'lsa ham.
Bahona qidirish obro'ni to'kadi.

Ochiq ko`ngillik va yordamsevarlik mo`minga xosdir.

10-QOIDA.
Hech qachon ko'p savdolashma. saxiy bo'l

Al Buxoriy, Hadis 2-kitobi. Qomuslar bosh tahririyati, Toshkent-1997 yil

42-bob. Sotuvchi birlan haridor molning o`zlari ixtiyor qilgan narxini bir-birlariga taklif qilmasalar savdo vojib bo`lurmi?

Ibn Umar (r.a.) rivoyat qiladilar: "Rasululloh s.a.v. bunday deb marhamat qildilar: "Sotuvchi birlan haridor molning o`zlari ixtiyor qilgan narxini savdolashib turgan joylarini tark qilgunlariga qadar bir-birlariga taklif qilmoqlari lozimdur, boshqacha qilib aytganda, savdolashib turilgan joyda haridor sotuvchiga "Men taklif qilgan narxga sotsang, sot", yoki sotuvchi haridorga "men taklif qilgan narxga olsang, ol" demog`i lozimdur." "

12-QOIDA.  
Birinchi bo'lib salom ber, ammo qo'l berishda shoshilma, Senga qo'l uzatilgandagina sen ham uzat.

Domlamiz saboq berganlarida, salomlashayotganda Avval "Assalomu alaykum" deya qo`l uzatgan kishiga salomning savobi tegadi, ikki qo`l bilan salomlashib, darrov qo`lni tortish kerak, ikki qo`l bilan salomlashganda ikki qo`l orasidan salomlashuvchilar orasidagi shubha yoki gumonlar to`kilib ketadi, deya ta'lim berganlar. yana Vallohu a'lam...

Nom: Re: Obro'li bo'lishning 32QOIDASI
Yuborildi: Mo'min Mirzo 14 Fevral 2011, 01:38:51
Leonardo umuman tushunmabsizku, qaytadan tafakkur bilan o'qing...
Nom: Re: Obro'li bo'lishning 32QOIDASI
Yuborildi: BelleQizcha 18 Fevral 2011, 23:53:26
Hayot qiziq, ortasi chiziq..
Nom: Re: Obro'li bo'lishning 32QOIDASI
Yuborildi: Akbarjоn 19 Fevral 2011, 07:39:35
adashmasam 32 ta maslaxat edi shekili

qolganlari ko'rinmayabdiku

Narigi forumdagi mavzuingiz ham qolganini kutib qoldi :))
Nom: Re: Obro'li bo'lishning 32QOIDASI
Yuborildi: _NOSTRA_ 01 Iyun 2011, 22:02:44
for:  [leonardo 1024]»»»Zo'r maslahatlar (respect) odam o'zini harakteriga va vaziyatga qarab tanlab olsa va amal qilsa bo'ladi ;) Manimcha rostanam D.Karnegini muhlisi  bo'sez kere,nafaqat Karnegi,Umuman inson psihologiyasini o'rganish ,hayotni qiziqlashtiradi odamda yangi g'oyalar tug'diradi  )))Davom etursinlar manam sizzi kompaniyezdaman)))
for:[ChehMik] »»» Tanqidni Qo'qonchasiga aytganda "Chochib tashesakan"))))
Insooon sal qo'yib berin yozvolishsin hammasini ,tanqidlarizzi ko'rib erinmagan odameee dgim keb ketyaptiii))) ChehMik»»» Luchshe sizam o'qisez yaxshi bo'lardi D.Karnegini "Muomala sirlari"
 kitobini manda bor kere bo'sa sovg'a qivoraman:) ,o'sha kitobda yozilishicha :"Tanqid huddi o'rgatilgan uy kabutariga o'xshedi,qo'yib yuborishing bilan,qachondir albatta o'zinga qaytib keladi..."
Nom: Re: Obro'li bo'lishning 32QOIDASI
Yuborildi: jasur.best 08 Iyun 2011, 18:35:24
Yaxshi maslahat berilibdi. Kimning qaysi kitobidan. Shuni aniq yozinglar. Forumdoshlarimiz tahlil ham qilishibdi. To'g'ri aytishgan, ba'zilari noto'g'ri. Lekin hammasi emas. 2-3 tasi noto'g'ri aytilgan deb, hammasini absurtga chiqarish yaramaydi. Keyin bu maslahatlarning nomini ham biroz o'zgartirish kerakmikan, deb o'yladim. Chunki bularni obro oshirishga nisbatan aloqasi uncha kam. Shuningdek, obroni tushirmaslik bobida ham bu maslahatlar biroz oqsaydi. Bilmadim, lekin menga bunaqa narsalar yoqadi. Davomini kutamiz...