forum.ziyouz.com

Jamiyat va inson => Salomatlik => Bolalar tibbiy tarbiyasi => Mavzu boshlandi: Ansora 07 Mart 2011, 14:40:27

Nom: Bola teri bilan bog'liq muammolar
Yuborildi: Ansora 07 Mart 2011, 14:40:27
Bolaning teri kattalarnikidan farq qiladi, shuning uchun bolaning teriga alohida ahamiyat berish lozim.

Birinchidan, bolada ter chiqaruvchi bezlar rivojlanmagan bo'ladi. Shuning uchun bola badanidan issiqlikni ter orqali emas, o'pkasi orqali chiqaradi. Quruq yoki issiq havo o'pka orqali badan issiqligini chiqarishga to'sqinlik qiladi va bolaning hali yaxshi rivojlanmagan ter bezlariga og'irilik tushib, bola teriga ziyon yetadi.
 
Ikkinchidan, bola terining eng yuqori qismi kattalarnikiga nisbatan ingichka bo'ladi. Shuning uchun arzimagan kimyoviy yoki mexanik ziyon bola teriga qattiq ta'sir ko'rsatishi mumkin.

Uchinchidan, bola teri yog'lar (lipidlar)ga boy bo'ladi. Bu yog'lar kattalar uchun zararsiz bo'lgan moddalarni (kimyoviy poroshok, siydik, kal) bola terida tez parchalab yallig'lanish oson hosil bo'lishiga olib keladi.

Bola terining do'stlari:

1. Harorati 20 gradus atrofida, va namlik darajasi 50-70% bo'lgan xona;

2. Sifatli paxta tolasidan qilingan kiyim;

3. Yalong'och bo'lish - bola terini toza havo bilan kontakt qildirish lozim;

4. Nam gigienik salfetkalar;
Nom: Re: Bola teri bilan bog'liq muammolar
Yuborildi: Ansora 07 Mart 2011, 14:40:52
Bola terining dushmanlari:

1. Quruq va issiq havo;

2. Siydik va kal;

3. Teri bilan munosabatda bo'lgan kimyoviy moddalar (kir yuvish vositalari, xlorli suv, sintetik kiyim, sifatsiz  parvarish anjomlari);

4. Bola teri uchun mo'ljallanmagan sovun;

5. Mexanik ziyon keltiruvchi omillar: kiyimga ishqalanish, gilamda emaklash, gigiyenaga rioya qilmaslik.

Krem, losyon, yog'larga kelsak, bu moddalarni ehtiyoj bo'lsagina ishlatish lozim, ya'ni qor yog'ayotgan ko'chaga chiqmoqchi bo'lsangiz albatta quruqdan saqlovchi maxsus kremni bolaning ochiq teriga surtib qo'ygan ma'qul. Bolaning teri siydik va kal bilan doimiy kontaktda bo'lgan joylarni ham maxsus vositalar bilan parvarish qilish lozim.   
Lekin ehtiyoj bo'lmaganda turli xil krem va losyonlardan foydalanish kerak emas. Yangi tug'ilgan chaqaloqni cho'miltirib bo'lgach oddiy sterillangan o'simlik yog'i bilan parvarish qilsa yetarli bo'ladi. 

Manba: www.uzbaby.com