forum.ziyouz.com

Jamiyat va inson => Pazandalik => Mavzu boshlandi: Ansora 10 Mart 2011, 15:12:06

Nom: Oshxona, taomlar bilan bog'liq so'zlarni O'zbekchalarini topib, ishlataylik:)
Yuborildi: Ansora 10 Mart 2011, 15:12:06
 :as:

Azizlar, O'zbek oshxonasi o'ziga hos, boy. Lekin oshxonada ishlatiladigan so'zlarni har doim ham O'zbekchasini bilavermaymiz.

Kelinglar bu mavzuda bu muammoni hal qilishga harakat qilaylik.

Masalan ozgina oldin Turk tilidagi "Galeta unu" so'zini "quritilib, maydalangan non uvog'i" deb yozdim. Bu aslida qanday bo'ladi?
Nom: Re: Oshxona, taomlar bilan bog'liq so'zlarni O'zbekchalarini topib, ishlataylik:)
Yuborildi: Ansora 10 Mart 2011, 15:17:21
Chustiy so'ragan "salfetka" -qo'l sochig'i bo'ladimi?

Duxovka listi-nima bo'ladi? Duxovkani o'zi nima bo'ladi. Chustiy-tandir degandilar adashmasam bir joyda:)
Nom: Re: Oshxona, taomlar bilan bog'liq so'zlarni O'zbekchalarini topib, ishlataylik:)
Yuborildi: ree7 10 Mart 2011, 15:33:48
"quritilib, maydalangan non uvog'i" - oddiy talqonmi?
Nom: Re: Oshxona, taomlar bilan bog'liq so'zlarni O'zbekchalarini topib, ishlataylik:)
Yuborildi: Ansora 10 Mart 2011, 15:40:26
"quritilib, maydalangan non uvog'i" - oddiy talqonmi?

Aslida o'hshaydi, lekin yirikroq. Keyin tolqondan farqi duxovkada non qizartirib olinadi. Sababi tezda nam tortmasligi uchun.

(http://s012.radikal.ru/i319/1103/eb/90d5f01d959a.jpg) (http://www.radikal.ru)

shu rasmda ko'rganingizday pishiriqlarda ishlatiladi. Undan tashqari tovuq go'shti ham bulanib, qizartirilsa go'sht kuymaydi va lazzatli bo'ladi.
Nom: Re: Oshxona, taomlar bilan bog'liq so'zlarni O'zbekchalarini topib, ishlataylik:)
Yuborildi: muxlisa 10 Mart 2011, 15:57:30
 :as:

Duxovkani Chustiyning saytida dimxona deb o'qigan edim. Lekin bir joyga borib dimxona deydigan bo'lsam, manga g'alati qarashmasmikan deb o'ylab qolaman...

Salfetkani - qo'l sochiq deyilsa, unda vlajnie salfetkini nima deyish mumkin??  
Nom: Re: Oshxona, taomlar bilan bog'liq so'zlarni O'zbekchalarini topib, ishlataylik:)
Yuborildi: Ansora 10 Mart 2011, 15:58:21
:as:

Duxovkani Chisytiyning saytida dimxona deb o'qigan edim. Lekin bir joyga borib dimxona deydigan bo'lsam, manga g'alati qarashmasmikan deb o'ylab qolaman...

Salfetkani - qo'l sochiq deyilsa, unda vlajnie salfetkini nima deyish mumkin??  

Nam sochiq-da : )

Dimxona edi- tog'ri aytasiz:) lekin bu hammomni ham eslatarkan:)
Nom: Re: Oshxona, taomlar bilan bog'liq so'zlarni O'zbekchalarini topib, ishlataylik:)
Yuborildi: Shoxruh Mirzo 10 Mart 2011, 15:59:33
Rahmatli Hojiboyni Tojiboyevni bir gapi esimga tushdi:

Direktor-diriktr,

Velosiped-volasapid, bo'lganiday,

oshxonadagi so'zlarni ham sal buzibroq talafuz qilsa menimcha o'zbekchalashsa kerak:)
Nom: Re: Oshxona, taomlar bilan bog'liq so'zlarni O'zbekchalarini topib, ishlataylik:)
Yuborildi: Ansora 10 Mart 2011, 16:01:48
O'zi aslida Ziyouzga atamalar bilan ishlaydigan olimlarni ham taklif qilish kerak. Biz Xalqmiz, bizdan olib bizga qaytarib berishsin : )

Rostdan ham bu jiddiy muammo. Chustiyga saytlarida yordam bermoqchi edim bazi retseptlar bilan juda qiynaldim.

Sababi bazi so'zlarni tom ma'nosida yoza olmadim. Balki bu meni kamchiligimdir. Necha yildan beri faqat Turk tilida retsept o'qiganim uchun O'zbekchasini topib yozishga qiynaldim. O'zbek tilidagi saytlarda ham asosan Rus tilini "qolibi"  bilan yozishadi.
Nom: Re: Oshxona, taomlar bilan bog'liq so'zlarni O'zbekchalarini topib, ishlataylik:)
Yuborildi: muxlisa 10 Mart 2011, 16:06:32
Yaxshi talab. Lekinular kelguncha o'zimiz ham u-bu deb tarjima qilib turili..

Xo'p, vzbivalkani nima deb tarjima qilish mumkin? Urg'ichmi?  :)
Nom: Re: Oshxona, taomlar bilan bog'liq so'zlarni O'zbekchalarini topib, ishlataylik:)
Yuborildi: Ansora 10 Mart 2011, 16:12:07
Yaxshi talab. Lekinular kelguncha o'zimiz ham u-bu deb tarjima qilib turili..

Xo'p, vzbivalkani nima deb tarjima qilish mumkin? Urg'ichmi?  :)

İlgari bir mavzuda shu so'zni "tuxum ko'pirtirgich" deyishgandi:) chunki asosan tuxumni ko'pirtirganda ishlatiladi. Boshqa tavsiyalar bo'lsa kutamiz o'rtoq yosh olimlar:)
Nom: Re: Oshxona, taomlar bilan bog'liq so'zlarni O'zbekchalarini topib, ishlataylik:)
Yuborildi: AbdulAziz 10 Mart 2011, 16:36:00
Hozirgidek, qog'oz salfetkalar avval o'zbeklarda ishlatilmagan.
Uning o'rniga sochiq, durra kabi matodan qilingan sochiqlar ishlatilgan. Matodan qilingan salfetkalar hozir ham mavjud.

Kapalak opa aytgandek, oddiy qo'lsochiq tarjimasi juda chiroyli chiqaveradi.

Взбывалка ni oddiygina ko'pirtirgich desa ham bo'ladi.
Nom: Re: Oshxona, taomlar bilan bog'liq so'zlarni O'zbekchalarini topib, ishlataylik:)
Yuborildi: AbdulAziz 10 Mart 2011, 16:41:43
:as:

Masalan ozgina oldin Turk tilidagi "Galeta unu" so'zini "quritilib, maydalangan non uvog'i" deb yozdim. Bu aslida qanday bo'ladi?

Buni qotgan non uni desangiz bo'ladi.
Yoki kulcha uni.
Chunki qotirilgan kulcha non unini ham ruschada galeta deyilarkan.
Nom: Re: Oshxona, taomlar bilan bog'liq so'zlarni O'zbekchalarini topib, ishlataylik:)
Yuborildi: Saliha 10 Mart 2011, 17:05:18
:as:

Duxovkani Chisytiyning saytida dimxona deb o'qigan edim. Lekin bir joyga borib dimxona deydigan bo'lsam, manga g'alati qarashmasmikan deb o'ylab qolaman...

Salfetkani - qo'l sochiq deyilsa, unda vlajnie salfetkini nima deyish mumkin?? 

galati qarashmasa keragu..tushunishmasdan nima dedin- deyishsa..yana duhovka deyishizga to'ri keladi.. : ) man birinchi eshitishim dimhonanai.. :o
Nom: Re: Oshxona, taomlar bilan bog'liq so'zlarni O'zbekchalarini topib, ishlataylik:)
Yuborildi: Saliha 10 Mart 2011, 17:07:37
:as:

Masalan ozgina oldin Turk tilidagi "Galeta unu" so'zini "quritilib, maydalangan non uvog'i" deb yozdim. Bu aslida qanday bo'ladi?

Buni qotgan non uni desangiz bo'ladi.
Yoki kulcha uni.
Chunki qotirilgan kulcha non unini ham ruschada galeta deyilarkan.

galeta- suhari bomidimi  ::) ruschasiga..man chunki goshlaga shuni olib qo'llanaman..
Nom: Re: Oshxona, taomlar bilan bog'liq so'zlarni O'zbekchalarini topib, ishlataylik:)
Yuborildi: Chustiy 10 Mart 2011, 17:41:39
Duhovka lug`atda temir tandir deya yozilgan ekan, bir muharrir opamiz esa uni dimhona deyish mosroq tushadi degan edilar.

Yuqorida Kapalak opa aytgan quritilgan non maydasini ruschada panirovka deydi o`zbekchada esa talqon deyiladi.

Salfetka qo`l sochiq deb tarjima qilinar ekan

Voronka suyuqlik quygich ekan :)

Hozirda ba`zi so`z va ziravorlarni tarjimasiga qidirib yurimmiz

Priprava nima deyiladi? :)
Nom: Re: Oshxona, taomlar bilan bog'liq so'zlarni O'zbekchalarini topib, ishlataylik:)
Yuborildi: registan 10 Mart 2011, 18:06:19

Hozirda ba`zi so`z va ziravorlarni tarjimasiga qidirib yurimmiz

Priprava nima deyiladi? :)

Priprava - ziravor emasmi? :)
Nom: Re: Oshxona, taomlar bilan bog'liq so'zlarni O'zbekchalarini topib, ishlataylik:)
Yuborildi: Solihatun 10 Mart 2011, 22:23:20
Duhovka lug`atda temir tandir deya yozilgan ekan, bir muharrir opamiz esa uni dimhona deyish mosroq tushadi degan edilar.

Yuqorida Kapalak opa aytgan quritilgan non maydasini ruschada panirovka deydi o`zbekchada esa talqon deyiladi.

Salfetka qo`l sochiq deb tarjima qilinar ekan

Voronka suyuqlik quygich ekan :)

Hozirda ba`zi so`z va ziravorlarni tarjimasiga qidirib yurimmiz

Priprava nima deyiladi? :)
Балки  "зиравор" дейилар?!
Nom: Re: Oshxona, taomlar bilan bog'liq so'zlarni O'zbekchalarini topib, ishlataylik:)
Yuborildi: Chustiy 10 Mart 2011, 23:16:58

Hozirda ba`zi so`z va ziravorlarni tarjimasiga qidirib yurimmiz

Priprava nima deyiladi? :)

Priprava - ziravor emasmi? :)

Man yanglishibman :)
Paprikani o`ylab pripravani yozvorimman :)
Paprika dimoqchiydim... ;)
Nom: Re: Oshxona, taomlar bilan bog'liq so'zlarni O'zbekchalarini topib, ishlataylik:)
Yuborildi: Ansora 11 Mart 2011, 13:29:27

Hozirda ba`zi so`z va ziravorlarni tarjimasiga qidirib yurimmiz

Priprava nima deyiladi? :)

Priprava - ziravor emasmi? :)

Man yanglishibman :)
Paprikani o`ylab pripravani yozvorimman :)
Paprika dimoqchiydim... ;)

Paprika-unchalik ahchchiq bo'lmagan qizil garmdori ekan. Inglizcha so'z ekan. Garmdorini vatani-Meksika.

http://tr.wikipedia.org/wiki/Biber

http://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%9A%D0%B0%D0%BF%D1%81%D0%B8%D0%BA%D1%83%D0%BC

http://en.wikipedia.org/wiki/Capsicum

Azteklerga borib taqalarkan tarixi. Menimcha Paprika deb ishlatilib, izoh keltirsangiz bo'lsa kerak.
Nom: Re: Oshxona, taomlar bilan bog'liq so'zlarni O'zbekchalarini topib, ishlataylik:)
Yuborildi: Saliha 12 Mart 2011, 00:51:24


Yuqorida Kapalak opa aytgan quritilgan non maydasini ruschada panirovka deydi o`zbekchada esa talqon deyiladi.





galeta-Сухарь.. yani noni qatgani..
galeta uni-крошки хлеба..yani non ushogi..parchalari..
kurutulmuş ekmek kırıntıları---сухари панировочнс‹е...sizla etmochili quritilgan non maydasi..
panirovka, siz etmochili tolqon bo'sa kerey..
Nom: Re: Oshxona, taomlar bilan bog'liq so'zlarni O'zbekchalarini topib, ishlataylik:)
Yuborildi: Chustiy 12 Mart 2011, 02:28:38


Yuqorida Kapalak opa aytgan quritilgan non maydasini ruschada panirovka deydi o`zbekchada esa talqon deyiladi.





galeta-Сухарь.. yani noni qatgani..
galeta uni-крошки хлеба..yani non ushogi..parchalari..
kurutulmuş ekmek kırıntıları---сухари панировочнс‹е...sizla etmochili quritilgan non maydasi..
panirovka, siz etmochili tolqon bo'sa kerey..


O`sha quritilgan non parchasini maydasini bir so`z bilan talqon deyishadi :)

Chorsuda Gumbazni ichiga borib quritilgan non parchasi yoki maydasi desangiz ham o`sha talqoni beradi, talqon desangiz ham o`sha talqonni beradi :)
Faqat uniyam qanaqasi aynan kerakligini oldindan aniqlab olish kerak, chunki ularda ham biroz yirik yanchilgani, biroz mayin yanchilgani bo`ladi...

Oshxona uchun ishlanadigan panirovkani ham har hili bo`ladi noniki, bug`doy, jo`hori va h,k uni ham aniqlab olish kerak...
Nom: Re: Oshxona, taomlar bilan bog'liq so'zlarni O'zbekchalarini topib, ishlataylik:)
Yuborildi: BelleQizcha 12 Mart 2011, 02:59:07
salat-achuchuuu dib bilaman
mikraondni-isitgich
haladilnik-muzlatgich
-tarelka-likopcha
chisnok-sarimsopiyoz
-saryog'-maska
shashlik-kabob
oshhonada ottirib shulani tarjima qib otturdu hudo  hohlasa
Nom: Re: Oshxona, taomlar bilan bog'liq so'zlarni O'zbekchalarini topib, ishlataylik:)
Yuborildi: muxlisa 12 Mart 2011, 15:09:15
 :as:

Oshxona bn bog'liq hamma so'zlarni ham o'zbekchalashtirish qiyin.. o'sha duxovka so'zini shundayligicha qoldirilgani ma'qul bo'lsa kerak, chunki tandir bn duxovkani farqi katta.. "marinad" so'zini lug'atda "ziravorli sirka-moyi" deb tarjima qilingan ekan.. undan ko'ra marinad deyilgani yaxshi, manimcha..

Bundan tashqari ba'zi so'zlar boshqa millatlardan kirgan, m-n: qahva arabcha so'z. patnis podnos ruschadan..

K.Maxmudovning "Qiziqarli pazandalik" degan kitobidan shularni o'qigan edim.. tilimizdagi  "samovar", "choynak", "piyola" so'zlari ruschadan olingan. chunonchi,  "sam"-o'zi, "o"- so'z bog'lovchi harf, "var"-varit-qaynatmoq bo'lib, "ozi qaynatadigan" ma'noni anglatadi... ", "choynak" aslida "chay-nik", yani chay va -nik suffiksi, "piyola" esa "pit" fe'lidan olingan ekan...

 shunday so'zlar borki, ularni to'g'ri tarjima qildik deganimizda ham baribir tilimizga o'rnashgan variantini ishlataveramiz. bir gazetada aeroport so'zini o'zbekcha qilib tayyoragoh deb tarjima qilingan ekan. lekin kim hozir tayyoragoh deydi, hamma aeroport deyishga o'rgangan. ha keyin tayyora so'zi ham arabcha so'zdan olingan..

shuning u-n ba'zi terminlar tarjimasiz o'z holicha qolgani yaxshi deb o'ylayman. shunday qilsak, o'zimizni ham boshqalarni ham qiynamasdik. bu mani fikrim...
Nom: Re: Oshxona, taomlar bilan bog'liq so'zlarni O'zbekchalarini topib, ishlataylik:)
Yuborildi: ан-Насафий 12 Mart 2011, 17:34:07
Ассалому алайкум ва раҳматуллоҳ!

salat - 1. италснча salato - тузли, тузланган. 2. Салат - витаминларга бой бир йиллик кскат
haladilnik - русча - Совутгич
tarelka - немисча Teller. Ликопча

                                                               "Ўзбек тилининг изоҳли луғати"дан.
Nom: Re: Oshxona, taomlar bilan bog'liq so'zlarni O'zbekchalarini topib, ishlataylik:)
Yuborildi: Ansora 15 Mart 2011, 15:50:06
Yaqinda qaysidir mavzuda bir yozuvchini gaplarini o'qigandim:

"Biz yoshlarimizga milliy tuyg'uni singdira olmayabmiz"

Ha, biz 100 yilga yaqin vaqtdan beri tashqaridan kelgan tayyor so'zlarni ishlatishga o'rgatildik.

Mayli bazi so'zlar boshda quloqqa xush kelmas, har bir yangilik boshda sevilmaydi. Lekin vaqti kelib xalqni tiliga o'rnasha boradi.

Turk tilida "kompyuter" deyishmaydi "bilgisayar" yani bilimni o'lchadigan asbob ma'nosida. Boshda hamma kulgan bo'lishi mumkin. Lekin xozir hamma mamnun.

Xuddi shunday uslubni bizni O'zbek tilimizda ham qo'llash tarafdoriman.

Tilga e'tibor-elga e'tibordir, unutmaylik.
Nom: Re: Oshxona, taomlar bilan bog'liq so'zlarni O'zbekchalarini topib, ishlataylik:)
Yuborildi: muxlisa 17 Mart 2011, 13:53:05
 :as:

Mayli, bir fikrimni aytdim-da:)

Tarjima qilinadigan so'zlar bor edi. shularni o'zbekchasini topolmadim.

Yagoda -bularga malina, qulubnay, yejevika kabilar kiradi..
Jelatin - mevali jele qilishda ishlatiladi ko'pincha..
Vanilin, essentsiya - keks, tort, kremlarga solinadi..
Tsukati - shakar qiyomida qaynatilgan tsitrus po'choqlari.. mana shularni o'zbekchada bir so'z bilan nima deb atash mumkin?
Nom: Re: Oshxona, taomlar bilan bog'liq so'zlarni O'zbekchalarini topib, ishlataylik:)
Yuborildi: ан-Насафий 19 Mart 2011, 15:16:57
Ассалому алайкум ва раҳматуллоҳ!

     Ягода - А езавор
     Желатин - ? wiki (http://ru.wikipedia.org/wiki/Желатин)
     Ванилин - ? wiki (http://ru.wikipedia.org/wiki/Ванилин)
     А¦укати - ? wiki (http://ru.wikipedia.org/wiki/А¦укатс‹)
Nom: Re: Oshxona, taomlar bilan bog'liq so'zlarni O'zbekchalarini topib, ishlataylik:)
Yuborildi: Ansora 11 Iyul 2011, 13:05:46
ejavika maymunjon
zemlyanika yer tut
malina ho'jag'at
smorodina qorag'at
golubika golubika
klubnika qulupnay

yagoda rezavor mevalar deb tarjima qilinar ekan...
Nom: Re: Oshxona, taomlar bilan bog'liq so'zlarni O'zbekchalarini topib, ishlataylik:)
Yuborildi: Chustiy 10 Oktyabr 2011, 17:36:15
резавор мевалар ичида крс‹жовник дегани бор скан. шу крс‹жовникни узбекчасига нима деб таржима килинган?
Nom: Re: Oshxona, taomlar bilan bog'liq so'zlarni O'zbekchalarini topib, ishlataylik:)
Yuborildi: Abu Muso 10 Oktyabr 2011, 20:09:50
резавор мевалар ичида крс‹жовник дегани бор скан. шу крс‹жовникни узбекчасига нима деб таржима килинган?

 :asl3:

Ituzumi emasmi?
Nom: Re: Oshxona, taomlar bilan bog'liq so'zlarni O'zbekchalarini topib, ishlataylik:)
Yuborildi: Ansora 11 Oktyabr 2011, 18:54:05
резавор мевалар ичида крс‹жовник дегани бор скан. шу крс‹жовникни узбекчасига нима деб таржима килинган?

Chustiy, ituzimmi, qorag'atmi:)
Nom: Re: Oshxona, taomlar bilan bog'liq so'zlarni O'zbekchalarini topib, ishlataylik:)
Yuborildi: Chustiy 14 Oktyabr 2011, 01:25:39
Қорағат бу смородина, итузум сса бошқа нарса, манима у резавол мевалар турига кирмаса керак...
Крижовник деб ссзни асл ҳолича қолдирилган скан луғатларда....