ҚИЗИМ, ҚАЙАОАААГ - ТИЛЛО
Қизгинамни узатдим,
Уз уйига кузатдим,
Кетарда бир ссз айтдим:
Қизим, қайнонанг - тилло.
Аразлаб келар кизим.
Жовдираб турар ксзим,
Безиллаб турар ксзим,
Дедим: қайнонанг - тилло.
Дер: "Қайнонам тили сқ,
Койиб, нолиб, урар дсқ,
Кснгил билан иши йсқ... "
Дедим: қайнонанг - тилло.
— Кечирмас, бурни осмон,
Арим схши, у - ёмон
— Бекор айтибсан, нодон, -
Дедим, Қайнонанг - тилло.
Икки кслдан чиқар қарс,
Мулойим бсл, келгин паст,
"Хсп бслади ", десанг бас,
Қизим, қайнонанг - тилло.
Арз килиб келгандасм,
Хар нима дегандасм,
Қизим ҳақ бслгандасм,
Дедим: - Қайнонанг - тилло.
Кутиб олиб сзини,
Бошламасдан ссзини,
Бекитаман оғзини:
Қизим, қайнонанг - тилло.
Қайнаб келса, "бор", - дедим,
"Сенга уйим тор", -дедим,
"Лешона бозор ", - дедим,
Дедим: Қайнонанг - тилло.
Қизгинамни оврайман.
Телефондасм сайрайман,
Уйкумдасм жоврайман:
Қизим, қайнонанг - тилло.
Чархни бузган - парраси,
Қизни бузган - онаси,
Бузмай слсин - онаси,
Қизим, қайнонанг - тилло.
Уйини-уй бслсин деб,
Айрилмоқни ксрмай сп, .
Битта билан стсин, деб,
Дедим: Қайнонанг - тилло.
Қиз узатиб тсйлабман,
Қутилдим деб уйлабман,
Бекорларни суйлабман,
Қизим, Қайнонанг - тилло.
Қизингмидур сғлингдир-
Бари юрак қсрингдир,
Тинчмаса шсрингдир,
Қизим, Қайнонанг - тилло
Марҳабохон йиғлаб дер:
Юрагим қони - бу шеър,
"œТиллахонга "œ инсоф бер,
Қизим, Қайнонанг - тилло
Тугамайди ғавғоси,
Адо қилди савдоси,
Қиз туққаннинг жазоси-
"œҚизим, Қайнонанг — тилло"
Marhabo Karimovaning "Dunyoning bir qavati" nomli she'rlar to'plamidan olindi
Manbaa (http://makush-bekajon.blogspot.com/2011/01/blog-post_24.html)
Qaynona — kelin janjalimi ? Ona- bola do’stligimi ?
Qaynona-kelin , qaunona-quyov so'zlari birga tiliga olinganda noxushlik,yoqimsizlik his qilinadi.Hayotning ma'lum bir bosqichida kelin , boshqa bir bosqicnda qaynona bo'lgan ayolning hamjinsi bilan murosa qila olmasligiga sabab nima? Nimalarga e'tibor berilsa baxtli oila bo'lishi mumkin ? Bizning qaydlarimiz quyidagilar.Fikrimizga ko'shilarmikansiz?
Keksalar ruhiyatini u qadar yaxshi bilmasliklarini e'tiborga olib, avvalo kelinlarga, so'ngra qaynonalarga murojat qilamiz.
· Suyukli kelinlar,turmush o'rtog'ingizga, uyingizga ,farzandlaringizga muhabbat bilan bog'lanishingiz,fidoyi tartibli, saranjom-sarishta bo'lishingiz qaynonanda ishonch tuyg'usini xosil qiladi, yakka-yu yagona o'g'lining "ishonchli qo'llarda, baxtiyor ekanligini" o'ylab shu "qo'l" ning sohibasini dilbandlari qatorida ko'radi.
· Shuni yodda tuting-ki ,qaynonangizga ko'rsatadigan xurmatingiz, mehringiz vaqti kelib keliningizdan qaytadi.
· Turmush o'rtog'ingiz ( bilan birga u)ning sevimli onasini "ona"deb biling.O'z manosi bilan qaunona "ona"
· O'z onangizning koyishlari, tanbehlari qalbingizda iz qoldirmagani kabi qaynonangizning " jonkuyarliklari"ni ham saxiy qalb bilan kechiring.
· Juda jaxlingiz chiqqanida odob saqlang. Turmush o'rtog'ingiz "Qur'on" tili bilan onasiga"uf" ham deya olmaganidek, siz ham sabrli bo'ling. Buning mukofoti bu dunyoda halovat ,oxiratda adabiy saodat bo'lajak. Juda g'azablangan, nafratlangan paytlaringizda hazrat Ouisha onamizning yodga oling.Beadabligi bilan nom chiqargan xizmatkori o'lganda "U men uchun bir sinov edi,sabr qilib jannatdagi darajamni orttirar edim .Shu imkoniyatdan mahrum bo'ldim" deb yig'lagan , xammani hayratga slogan edi.Bu fikr sizga ko'p narsani ifoda etishi lozim. Jannatga aylantira olishni eplolmasak, dunyo jannat emas-ku"¦
· Onangizning kamchiliklarini O'zgalardan, ayniqsa, turmush o'rtagingizdan yashirishga qanchalik urinsangiz, qaynonangizga nisbatan ham xuddi shunday yo'l tuting.Shunda farzand qatorida ko'rilasiz. Sir saqlash, sirdosh bo'lishni undan boshlang.
· Qalbingiz buyurmasa ham "Sovg'a bering, sovg'a berish muhabbatni kuchaytiradi" amriga bo'ysunib qaynonangizga ma'qul bo'ladigan sovg'alar oling.Tez-tez ko'rgani boring.
· Xos bir masalada tortishmang. Yumshoq ohangda "Siz haqsiz,lekin men mana bunday deb hisoblayman" deng.Sukut saqlang ( jim bo'ling).
· Nimani gapirishingiz emas ,qanday aytishingiz ham muhim . Harakatingiz, mimikangiz, ovozingiz toniga ham e'tibor bering.
· Turmush o'rtog'ingizdan uning onasiga xurmat, muomala masalasida tanbeh eshitmaslikka harakat qiling. Har bir ogohlantirish va majburan qilgan harakatlaringiz nafratga zamin hozirlaydi.
· Biz ko'rmasak-da, "yashirin kameralar" ham lahzada hayotimizni sarhisob qiladi. Robbimiz uning rizosi uchun qilingan harakatlarni biladi, zarradek yaxshilik, yoki yomonlik izsiz yo'qolmaydi. Unutmang.
Izoh: Bu qaydlardagi " kelin " so'zi o'rniga " kuyov" so'zini ham ishlatish mumkin.
Manba (http://ru.baxt.uznet.biz/Qaynona-kelin-janjalimi-Ona-bola-dostligimi)
KELIN BO'LISH ILMI
(http://s47.radikal.ru/i115/1104/20/fe86f1eab7c7.jpg) (http://www.radikal.ru)
KELIN BO'LGUVCHI OYIM !
Qiz uzatish bir ko'chatni joyidan sug'urib olib,boshqa boqqa ko'ndirish demakdir.Bir tilnigina uqadigan qushchangni mutlaqo boshqa tilda sayraydiganlar to'piga qo'shish, qovurg'alaring orasida o'stirgan gulira'noingni to'rt tommondan elvizak urib turgan sahnda qoldirish demakdir! Seni u yoqdan bu yoqqa ko'chirayotgan bog'bonlarning va xaridorlarningga unchalik qiyin emas !
Hamma jabr, hamma urinish-surinishlartomirlari uzilayotgan ko'chat,ona uyidan uchirma bo'layotgan polapon - senga, senginaga yuklagay. Axir birgina ko'ylat tikishni bilish uchun , bemorga igna sanchish, mashinaga murvat o'rnatish uchun, qo'y-chi, to'p tepish sirlarini o'rganish uchun ham yillab o'qiydilar,zahmat chekadilar. Kelinlik-birovning uyiga ,birovning qalbiga beozor o'rnashish, yangi odamlarga o'zini tushuntirish, ularni ham tushuna olish, bir honadonning fayzi,keragiga aylanish,suyaklaringning qatidan "farzand" degan shirin jonni yasab olish va uddalab uning suyagini qotirish demakdir. Bu taqdiringda inqilobiiy burulish emasmi ?! Bunga tayyorlanish, ilm kerak emasmi ?
Oy qizim ,sening toifang uchun kelinlik ilmi- bahtli bo'lish ilmi, boshqacha aytganda ,bahtsizlikdan qitulish ilmidir.Va u serqirra, ko'p bobli ilmdir.Biz bu risolachada shu daryodan bir hovuchginasini uzatmoqdamiz,xolos. Umid qilaylikki,saodatmand bo'lishingda o'gitlarimiz senga yordamchi bo'lsin !
* * *
" Hamma narsa niyatga bog'likdir" deyiladi Qur'oni karimda. Avvalo , baland va chiroyli niyat qil . Xuddi quriyotgan ekiniga yomg'ir so'rayotgan dehqonday, bemor bolasiga shifo tilayotgan ona kabi ixlos bilan niyat qil !
Ota-onang, yaqinlaring, hattoki bolachaqangdan ham xohlagan narsangni so'rolmaysan, hammasi hisob-kitobli. Faqat Yaratgandangina istsgsningcha tilashing mumkin. Uning dargohi keng va ugina beminnat muruvvatga qodirdir ! Niyatingni ulug' qilaver. Ixlos bilan niyatlar qilganing sari jismingda o'sha darajada faoliyat uyg'onadi.
* * *
Har ishni boshlashdan avval "Uni ,albatta a'lo darajada bajaraman !" deb niyat qil va shunday qilishingga ishon, mana ko'rasan , shunday bo'ladi ham !
* * *
Qizoyim, astoydil tilab borginki, borgan joyingga istarangni issiq ko'rsatsin.Sen kuyovning uyiga emas, umringni ko'chirib boryapsan .Chamanzormi,tikonzormi,to yuzga kirguningcha shu er endi senga vatav ! Shu borishda o'zingni yaxshi-yomon holatlarga sozlab borgin. Fe'li tekis bo'lmagan qaynonani ham yomon ko'rmayman, eritib olaman , shu uyga, albatta ko'nikib ketemen,deb niyat qilgin ! Bu niyat senga kechirimlilik, sabr va ko'ngil topishda izlanuvchanlik beradi.
Qaynona — kelin janjalimi ? Ona- bola do’stligimi ?
bo'lishingiz qaynonanda ishonch tuyg'usini xosil qiladi, yakka-yu yagona o'g'lining "ishonchli qo'llarda, baxtiyor ekanligini" o'ylab shu "qo'l" ning sohibasini dilbandlari qatorida ko'radi.
· Shuni yodda tuting-ki ,qaynonangizga ko'rsatadigan xurmatingiz, mehringiz vaqti kelib keliningizdan qaytadi.
· Turmush o'rtog'ingiz ( bilan birga u)ning sevimli onasini "ona"deb biling.O'z manosi bilan qaunona "ona"
· O'z onangizning koyishlari, tanbehlari qalbingizda iz qoldirmagani kabi qaynonangizning " jonkuyarliklari"ni ham saxiy qalb bilan kechiring.
· Juda jaxlingiz chiqqanida odob saqlang. Turmush o'rtog'ingiz "Qur'on" tili bilan onasiga"uf" ham deya olmaganidek, siz ham sabrli bo'ling. Buning mukofoti bu dunyoda halovat ,oxiratda adabiy saodat bo'lajak. Juda g'azablangan, nafratlangan paytlaringizda hazrat Ouisha onamizning yodga oling.Beadabligi bilan nom chiqargan xizmatkori o'lganda "U men uchun bir sinov edi,sabr qilib jannatdagi darajamni orttirar edim .Shu imkoniyatdan mahrum bo'ldim" deb yig'lagan , xammani hayratga slogan edi.Bu fikr sizga ko'p narsani ifoda etishi lozim. Jannatga aylantira olishni eplolmasak, dunyo jannat emas-ku"¦
· Onangizning kamchiliklarini O'zgalardan, ayniqsa, turmush o'rtagingizdan yashirishga qanchalik urinsangiz, qaynonangizga nisbatan ham xuddi shunday yo'l tuting.Shunda farzand qatorida ko'rilasiz. Sir saqlash, sirdosh bo'lishni undan boshlang.
· Qalbingiz buyurmasa ham "Sovg'a bering, sovg'a berish muhabbatni kuchaytiradi" amriga bo'ysunib qaynonangizga ma'qul bo'ladigan sovg'alar oling.Tez-tez ko'rgani boring.
· Xos bir masalada tortishmang. Yumshoq ohangda "Siz haqsiz,lekin men mana bunday deb hisoblayman" deng.Sukut saqlang ( jim bo'ling).
· Nimani gapirishingiz emas ,qanday aytishingiz ham muhim . Harakatingiz, mimikangiz, ovozingiz toniga ham e'tibor bering.
· Turmush o'rtog'ingizdan uning onasiga xurmat, muomala masalasida tanbeh eshitmaslikka harakat qiling. Har bir ogohlantirish va majburan qilgan harakatlaringiz nafratga zamin hozirlaydi.
· Biz ko'rmasak-da, "yashirin kameralar" ham lahzada hayotimizni sarhisob qiladi. Robbimiz uning rizosi uchun qilingan harakatlarni biladi, zarradek yaxshilik, yoki yomonlik izsiz yo'qolmaydi. Unutmang.
Izoh: Bu qaydlardagi " kelin " so'zi o'rniga " kuyov" so'zini ham ishlatish mumkin.
Manba (http://ru.baxt.uznet.biz/Qaynona-kelin-janjalimi-Ona-bola-dostligimi)
Avvalom bor hayirli bo'lsin. judayam chiroyli maslahatlar, haqiqatdan hamma narsani hisob-kitobi bo'lganidey, qilgan yahshilik va yomonligimiza o'zimizga vaqti kelib qaytadi.. shunchun yomon so'z ogizdan chiqquncha, avvalom shu ogzimizdan yomon so'z chiqmasligiga diqqat qilishimiz kerak..bir marotaba yuzchoparlik qilib aytishishga odatlansek, shunga odam o'rganib qoladi. Birinchi o'rinda nafaqat qaynona balki o'sha oilada kelin hurmatini saqlab qolishi kerak--chiroyli hulqi bilan gap eshitmaslikka harakat qilinsa..hammasi yo'lida bo'ladi..
aytishadiyu, agar to'gri bo'lsa, hato bo'lsa uzr..Kelin kerilmasa--Qaynona qaynamidi!!! deb!..