forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Fikr va mulohazalar => Mavzu boshlandi: Qodiriy 12 Aprel 2011, 14:53:49

Nom: Ð’ugunning-"Alpomish"lari
Yuborildi: Qodiriy 12 Aprel 2011, 14:53:49
Biz asli kimlarning avlodidanmiz? Bu savol hozirgi kunda qalbida ozgina milliy g'ururi bor har bir ózbekni bot-bot bezovta qilishi tayin. Alpomish, Najmiddin Kubro, Temur Malik kabi jahon xalqlariga mardlik timsoli bólib kelayotgan zotlarning ma'naviy vorisi hisoblanmish ayrim  xorij yoshlaridan "ibrat" olayotgan "takoy" òg'lonlarimizni kòrib, nima uchun biz ularga ergashib, qòllarimizga, bòyinlarimizga ayrim jonivorlarni boshqalarga ozor bermasligi uchun bog'lab qòyishda ishlatiladigan narsalarni osib yurishimiz kerak, axir biz jahon svilizatsiyasiga salmoqli hissa qòshgan, bugungi kunda muhim hisoblanayotgan fanlarning asoschilari bòlgan millat farzandlarimiz-ku, nega ular bizga emas biz ularga havas qilmoqdamiz? Degan óyga bora-bora kòproq tòxtalishga tòg'ri kelmayaptimikin?
Nom: Re: Ð’ugunning-"Alpomish"lari
Yuborildi: Aqoid 12 Aprel 2011, 21:50:15
Qulog'iga, bo'yniga, qo'liga zanjir osib olgan bu "zanjirband sher"lar ertadan kalta sho'rtik kiyishni boshlaydi ko'cha-ko'yda. Mana sizga yana bitta og'riqli nuqta. Buyam haligindaqa "kasallik"ka chalinishga olib keladida ularni. Astag'firulloh!
Nom: Re: Ð’ugunning-"Alpomish"lari
Yuborildi: muxlisa 13 Aprel 2011, 10:54:20
Biz asli kimlarning avlodidanmiz? Bu savol hozirgi kunda qalbida ozgina milliy g'ururi bor har bir ózbekni bot-bot bezovta qilishi tayin. Alpomish, Najmiddin Kubro, Temur Malik kabi jahon xalqlariga mardlik timsoli bólib kelayotgan zotlarning ma'naviy vorisi hisoblanmish ayrim  xorij yoshlaridan "ibrat" olayotgan "takoy" òg'lonlarimizni kòrib, nima uchun biz ularga ergashib, qòllarimizga, bòyinlarimizga ayrim jonivorlarni boshqalarga ozor bermasligi uchun bog'lab qòyishda ishlatiladigan narsalarni osib yurishimiz kerak, axir biz jahon svilizatsiyasiga salmoqli hissa qòshgan, bugungi kunda muhim hisoblanayotgan fanlarning asoschilari bòlgan millat farzandlarimiz-ku, nega ular bizga emas biz ularga havas qilmoqdamiz? Degan óyga bora-bora kòproq tòxtalishga tòg'ri kelmayaptimikin?

 :as:

maktabda o'qib yurgan paytimda Jaloliddin Manguberdi haqida kichkina bir qissa o'qigan edim.  o'sha paytda jasoratiga, shijoatiga, sadoqatiga qoyil qolib, haligacha tasavvurimdagi Jaloliddin Manguberdini haqiqiy qahramon, ya'ni supergeroy sifatida esliman. uyimizda tvni ota-onamlarni ruxsati bilan ko'rardik. ruxsat berilgan ko'rsatuvlarni faqat. kitobni esa qancha o'qisen, o'qiyver..
 hozir e'tibor bersam, maktab yoshidagilar ko'proq kino ko'rishga ishtiyoqli. endi kinolarni taqossalab ko'ring-de, chet el filmlaridagi aksariyat bosh qahramonlarining obrazini bizani o'zbekfilmdagi qahramonlari bilan. ularni kiyinish stili, gapirish stili, avtomobilini haydashi, yashavotgan uylarining komforti, hatto tashavotgan qadami (poxodkasi) odamni mahliyo qilib qo'yadi. bizani kinolardagi aktyorlarni hadeb hingirlashi, o'xshamagan qiliqlari odammi ensasini qotiradi. tarixiy filmlarimizdagi qaysi obrazni qoyillatib ishlashgan? grimini umuman o'xshatishmidi. kostyumlarini qaysi tukuvchi tikkan? hayronman. loaqal, ovoz berishni eplashmidi. 
siz etvotgan "Alpomishlar" kimga taqlid qilsin?  ko'zidayam, gapidayam o'ziga ishonchi kuchli bo'lgan tarixiy shaxsni ko'rsata olgan chet el aktyorigami yoki boshiga o'xshamagan qalpoq kiyib olgan Amir Temurgami???

kitobdan yo boshqa joydan ibrat topomagandan keyin, kinolardagi geroylarga oz bo'lsa-da o'xshash u-n xech bo'maganda bo'yniga zanjir taqadida.. ularni ham chunsa bo'ladi.. 
Nom: Re: Ð’ugunning-"Alpomish"lari
Yuborildi: azizbek_mx 13 Aprel 2011, 20:32:25
Gap aylanib yana kinoga taqaladiya... :(
Nom: Re: Ð’ugunning-"Alpomish"lari
Yuborildi: Hadija 14 Aprel 2011, 10:43:26
Qaysidir bir kuni internet saytlari va forumlarini o'qib turib bir narsani o'qib qoldim. unga ko'ra bir musulmon o'zbek yigiti chet elda o'qib o'sha yerlik xristian qiziga dinga kirgazmasdan uylanibdilar va vaqt o'tib Allohim ularni farzand bilan siylabdi. U musulmon yigitning berayotgan savolini o'qishning o'zi bir achinarli hol haliku uning holiga tushish... U yigitining savoli shunday edi: "Qaynonam o'g'limni cho'qintirmoqchi l-n man buni hohlamayman cho'qintirmaysan desam qizimni sendan ajratib olaman" degan shartni qo'yibdi. Man endi nima qilay farzandimni yetim qilishni istamayman deb yozgan ekanlar.
Bilmadim bu qanchalik rost yoki yolg'on ammo yaqin kunlarda huddi shu kabi boshqa din vakilasiga uylanayotgan o'zbek yigitilari ham ko'plab uchrayotganini eshityapman. Yana bir misol, kecha bekatda tramvay kutib o'tirsam bir o'zbek yigit va rus qizi ikkalasining bekatda qilayotgan ishi va bir-biriga aytayotgan gaplarini ko'rgan odam yoqa ushlab o'zbek yigitiga hayf deb yubordi shekilli.
Ho'p balki o'sha rus qizini yoqtirgandir yoki boshqa, hech bo'lmasa diniga kirgizsa yoki bo'lmasa hech bo'lmaganda o'zbek qizlariga hos hayo va iffat to'g'risida tushuntirganida edi haqiqiy o'zbek yigitiga sal bo'lsada o'xshagan bo'larmidi?!...
Nom: Re: Ð’ugunning-"Alpomish"lari
Yuborildi: Муҳаммад Соҳиб 15 Aprel 2011, 14:11:05
Бир форумда "Зиёли инсон ким" деган мавзуда бахс бораётган сди. Шунда бир киши Америка кинофильм ижодкорлари маҳсули бслган сериал қаҳрамонининг ҳаректерини муҳокама қилиш таклифини сртага ташлади. Мен "биз у ғайридийн бслган кимсанинг ҳарактерини муҳокама қилиб, Зиёли инсон кимлигини билиб нима қиламиз, сзимизнинг Имом Бухорий, Ибн Синоларни муҳокама қилиб, бу хақда фикр алмашсак тсғри бсларди" десам, "Қачонгача стмиш билан сшайсиз", "Дийн ажратишни нима кераги бор" сна фалон фулон деган маломатларга қолдим.  Мен уларга стмиш билан сшашни смас, балким  Ўша Бухорий, сша Ибн Сино, Ўша Термизийларни қандай касб, қандай ҳарактер бутун дунёга зиё таратадиган даражага олиб чиққанини срганишни таклиф қилгандим. Бизнинг ёшлар, орамиздаги тенгдошларимиз хатто илм-маърифатли инсон бслиб етишишда ҳам сзларига ибрат сифатида сз авлодларини смас, Қандайдир ғарб кино маҳсули қаҳрамонини сайлаб олишаётган паллада бугундан Аажмиддин Кубролар кутиш бироз ғалатироқ. Валлоҳу аълам.
Nom: Re: Ð’ugunning-"Alpomish"lari
Yuborildi: Nоdirbek 15 Aprel 2011, 14:25:52
Shu "Step Up" filmi chiqdiyu, ko'pchilik shimini past tushirib, osiltirib kiyishni odat qildi.
Nom: Re: Ð’ugunning-"Alpomish"lari
Yuborildi: Aqoid 15 Aprel 2011, 16:52:57
Tirnoq o'stiradigan erkaklar ham borakan.  Sababi nima ekan?
Yo "xattot"larmikin?
Nom: Re: Ð’ugunning-"Alpomish"lari
Yuborildi: siddiqa 16 Aprel 2011, 07:24:09
Tirnoq o'stiradigan erkaklar ham borakan.  Sababi nima ekan?
Yo "xattot"larmikin?

Lolman ,Alloh kechirsin,bitta "xattot"ni kichik barmog'ini naq yarim metr tirnog'ini ko'rib 1 oy ovqat yeyomasam kerak deb o'ylagandim .Astag'firulloh qanaqa qilib ovqatlanadi yon atrofdagilar shart qaychi obkeb obtashamidimi  :10 :10 :10
Nom: Re: Ð’ugunning-"Alpomish"lari
Yuborildi: siddiqa 16 Aprel 2011, 07:29:52

Yaqinda ayrim o'ta zamonaviylar shotlancha yubka ham kiyishdan toyishmaydi .opog'dodam aytardilar yomon badqiliqlarni ko'rsala
qulog'ini tagiga sharaq etib qo'yvorish kk deb  :7 :7
Nom: Re: Ð’ugunning-"Alpomish"lari
Yuborildi: azizbek_mx 16 Aprel 2011, 08:35:13
Odamlar o'zidan ortmaydigan bugungi kunda birovni insofga chaqirish oson ekanmi? Siz kimnidir insofga chaqirsangiz, boshqalar sizni quvvatlash o'rniga, qo'lini cho'ntagiga solib, tomoshabin bo'lishadi... Menimcha, eng yahshi yo'li, o'z ahlimizdan ogoh bo'lib, ularni qing'ir yo'lga kirishlariga yo'l qo'ymaslik... Hammamizga O'zi mustahkam iymon ato etsin. O'shalarning haqiga ham duo qilaylik, zora, xidoyat topishsa...
Nom: Re: Ð’ugunning-"Alpomish"lari
Yuborildi: Nоdirbek 16 Aprel 2011, 23:35:46
opog'dodam aytardilar yomon badqiliqlarni ko'rsala
qulog'ini tagiga sharaq etib qo'yvorish kk deb  :7 :7

Rahmatli tog'am bolaligimizda akam bilan uylariga borganimizda boshimizda do'ppi bo'lmasa, boshingga mix qoqaman deb qo'rqitar edilar. Ayniqsa shortik kiyib borsak, juda jahllari chiqar edi. :)
Nom: Re: Ð’ugunning-"Alpomish"lari
Yuborildi: Qodiriy 29 Aprel 2011, 17:29:59
Ziyoli kishi kim? mavzusida bahslashish uchun garb kino qahramonini tavsiya etish... Bilmadim balki bizning saviyamiz bu borada ancha pastdir. Ilm-ziyoga ega kishi deganda mening tasavvurimda olamdan òtganlariga 5-10 asr bólsa-da, òzlaring quyoshdek tuganmas ilm-ma'rifat ega ekanliklari bilan ikkinchi umrlarini ibrat-la yashab kelayotgan ajdodlarimiz gavdalanadi. Dono xalqimiz bejiz : " Ilmsiz bir yashar-ilmli ming yashar" . Demagan menimcha. Alloh barchamizga ahli islom va inson uchun nafli ilm ziyosidan bahramand aylasin.
Nom: Re: Ð’ugunning-"Alpomish"lari
Yuborildi: Zohid85 12 Mart 2012, 19:25:38
O'zim yigit kishi bo'la turib ba'zi yg'itlarning tutumidan uyalib ketaman. Ko'chada kalta shortikda yurish, tirnoq o'stirish, to-or shimlar kiyish, qandaydir betayinlar surati tushirilgan, zo'ravonlik yo oliftalikni targ'ib qiluvchi so'zlar yozilgan kiyimlar va poyabzallar kiyish, chapillatib saqich chaynash kabi xunuk ishlarni odat qilgan yigitlardan qanday qilib buyuk ishlar talab qilinadi? Aslida o'zim ham oppoq emasman. Shayx xazratlarining 'Baxtiyor oila' nomli kitoblarini o'qib ta'lim-tarbiya, ma'naviyat, shariat, oila ilmi borasida ancha qashshoq ekanimizni his qildim. Alloh o'zi or-nomus va g'urumimizni butun qilsin
Nom: Re: Ð’ugunning-"Alpomish"lari
Yuborildi: Maysara 15 Mart 2012, 20:59:14
Latifalar mavzusidan iqtibos:

Iqtibos
     - Тавба, ҳозирги йигитларга ҳам ҳайронсан. Манави йигитни кийиб олган кийимини қаранг!
     - Бу йигит смас! Менинг қизим.
     - А­ шунақами. Кечирасиз, сиз уни отаси сканлигингизни билмабман.
     - Отаси смас, онасиман!..
Nom: Re: Ð’ugunning-"Alpomish"lari
Yuborildi: Mamur Rasulov 16 Mart 2012, 00:21:38
Biz nechun ilgarigi odamlar bilan hozirgi odamlarni taqqoslaymiza?! Axir hozirgi yoshlar bilan 20 yil oldingi shu yoshdagilar orasida farq juda kattayu!!! Zero bizning dunyoqarashimizni sobiq Ittifoq davri shamg'alat qilib qo'yganini ham unutmasligimiz kerak. Axir ularning shu ahvolga yetishiga o'zimiz imkoniyat yaratib beryapmiz ku! Ularni harakatida, personajida o'zimizning mehnat mahsulimizni ko'ryapmiz va uni hazm qila olmayapmiz. Nima eksang shuni o'rasan.... [email protected]