forum.ziyouz.com

Jamiyat va inson => Pazandalik => Mavzu boshlandi: Ansora 26 Aprel 2011, 13:51:02

Nom: "Oshxonada bir marta shunday qiziq voqea bo'lgandi" deydiganlar bormi:)
Yuborildi: Ansora 26 Aprel 2011, 13:51:02
 :as:

Azizlar, ko'pchiligimiz (ayol qizlar har kuni) oshxonaga hayotimizda kam bo'lsa ham kirib, bir narsalar pishirib, tayyorlashga harakat qilganmiz.

Bazan oshxonada juda qiziq voqealar bo'lib turadi (Chustiy janoblarini hayotlari oshxona bilan bog'liq bo'lganligi uchun u kishini taassurotlari liq to'la bo'lsa kerak)

Kelinglar, bu mavzuda oshxona, yegulik tayyorlash jarayonida sodir bo'lgan xotiralarimizni yozaylik:)
Nom: Re: "Oshxonada bir marta shunday qiziq voqea bo'lgandi" deydiganlar bormi:)
Yuborildi: Музаффар 26 Aprel 2011, 19:23:00
Ошхонада бир марта шунақа воқеа бслганди:
Овқатга туз солишим, кейин чой дамлашим керак сди...
у пайт талаба сдим, хаёлимда навбатдаги сессисни ёпиш фикр-зикри,
тузни чамалаб солиб, қслимни чайқаб, кейин чой дамлаб дадамни олдиларига қсйдим. Дадам чойни қайтариб қусрканлар "хех, чойингни ранги чиқмапти, қуруқ чой солдингми сзи?" дедилар. Ман "Ха" дедиму қозонни димлаш учун қарасам овқатни ичида шама юрипти!
Шунақа қилиб, чойнакка туз дамлаб, тушликка шамали димлама тайёрлаганман...
Nom: Re: "Oshxonada bir marta shunday qiziq voqea bo'lgandi" deydiganlar bormi:)
Yuborildi: Best friend 26 Aprel 2011, 20:58:50
 Bishkekka borganimda bir akam bilan o'zimizcha devzirada osh qilmoqchi bo'ldik. Qo'y go'shtiyu qo'y yog'ilarni bozordan opkelib oshni damladik. Lekin shovla bo'lib qolsa maylidikuya, mastava bo'lib qolibdi. Eh attang deb o'tirsak, Amakim kelib qoldi O'shdan. Amakim o'tirib: "Mastava bo'lsa zo'r ketardida", deb qolsa bo'ladimi. Menam shartta bor dedimu quyib kirdim. O'ziyam mahallaga yetadigan bo'lgandida :D.
Nom: Re: "Oshxonada bir marta shunday qiziq voqea bo'lgandi" deydiganlar bormi:)
Yuborildi: Shuhrat_ 26 Aprel 2011, 22:51:54
 :as:
Bir kuni bizni xovlimizda maxalliy exson edi
exson naxorga edi ,oshpaz bomdoddan oldin chiqib ovqatni boshladila,tamat suradila tuz suradila man uzingiz olavering
dedim,xullasi tong yorishay deganda,qozonni oldiga borsam
oshpaz tuzila yaxshimas ekan dedila ,nimaga deb qarasam
oshpaz aka tuzni urniga jiyanimni kashasidan solibtila,oshxonada tuzni yonida
edi tuzni urniga kasha solibtila :7
kegin tuz soldila ,lekin osh judayam mazali buldi
Nom: Re: "Oshxonada bir marta shunday qiziq voqea bo'lgandi" deydiganlar bormi:)
Yuborildi: siddiqa 26 Aprel 2011, 23:37:27
 :as:

uyda ko'picha qolgan yog'ni bankaga quyib qo'yardik .Ayni yoz chillasi ammamni katta o'g'illari kelishlari bilan oshhona kirdilarda "choyam borakan kakraz deb "  shu ko'tardila ,shu ko'tardila bankani .Yog'ni stol ustiga adashib qo'ygan kamina joyiga qo'ymagandim ,sekiiiiiinnnnnnnn gina chiqib kettim va o'sha akamni nimadiiir nimadirrrr degan ovozlari eshitilardi   :10 :10 :10
Nom: Re: "Oshxonada bir marta shunday qiziq voqea bo'lgandi" deydiganlar bormi:)
Yuborildi: ummugulsumm 26 Aprel 2011, 23:59:40
buni tasavur qilyapman bu hol mendayan bulgan......
Nom: Re: "Oshxonada bir marta shunday qiziq voqea bo'lgandi" deydiganlar bormi:)
Yuborildi: Chustiy 27 Aprel 2011, 01:57:35
Buni oldin ham yozgan edim, blogda...

Oshxona hangomalari


 

Balkim bunday holat, deyarli barcha soha vakillarida bordir...Jumladan bizi sohada ham, yangi kelgan shogirdlarni azgina qiynash bor, qiynash deganda unaqa mashaqqat va aziyat berish emas, balki har hil hazillar bilan imtihondan otqazish bor...

 

Hozir yosh ulgayibmi, yoki boshqa sabablar tufaylimi uncha hazillashamay qoydik, o;zim hozirda shogirdlarni unaqa qimiman, ammo oldinlari, yangi shogird kesa somsa zor chiqadi deb, shogirga uch to;rt kg unni berib bir kosa bir kosa olib yoki pichoq bilan choptirardik yoki juva berib oz ozdan juvalab chiqishardi :) bunday rozigrishlani odatda yoshi kotta ustozlarimiz etishardi :)Yoki ziravorchilaga, bazan magazinlaga yuborib, tutruq op ke diyishardi bechora bunaqa narsayam borakanda deb borib, sotuvchiga tutrug;iz bormi desa, sotuvchi v hayrone... ;D

 

yoki bolmasam, boshqa oshxonaga yuborib, hamirni kislotasini op ke, deb yuborishsa, u yodagila bitta idishga shlakablokmi, boltami yoki biror narsani o;rab berib, ochmagin havosi chiqib ketadi deyishardi, yoki bitta kosaga to;ldirib suv soberib, qolinga tukib yuborma kuyduradi, ehtiyot bol, tokib yuborma deyishsa, yangi kegan shogird huddi dor ustida ehtiyot bolib yurgande sekin kelardi :)

 

Yoki somsani qolipini op ke deb yuborishsa, baland kotta stolni ustini berib yuborishardi dumaloq bolardi, huddi anu tanga topib olgan tarakanga oxshab kochani o;rtasida stolni ustini dumalatib kelishardi ;D

 

Roppa rosa o;n yil oldin, biz endi yangi shogird tushgan paytimiz, mangayam bo;lka nonni dumaloq qolipini berib mana buni ho;jayinga :u paytda parkentskiy bozorda edik: oborib ber ekan deyishgandi, manam indami kotarib ketaerganman ustozga itoat etib :) ming shukurki, bozokom osha paytda oz honasida bozor hodimlarini yigib majlis otqazvotgan ekan :) oynadan korib qolgandim, sekin ortga qaytgandim, oshanda oynaga diqqat qimaganimda bozorkomni oldiga kirib ketardim qolipni kotarib :)

 

Eh ajoyib davrlar edida....

 
Nom: Re: "Oshxonada bir marta shunday qiziq voqea bo'lgandi" deydiganlar bormi:)
Yuborildi: Sofdil 27 Aprel 2011, 02:35:39
 :as:

10 yilla bub qoldi bu voqeaga...

Ulpatla bn Chorvoga chiqqanidik.
Dimlamani dondiraman dip azgina maqtanip quyganidim, amalda kursatishga turi keldi :).

U paytda pahta yo opchiqqanidik. Hullas dimlama qo'ling o'rgilsin bup pishti kech soat 10-30 laga, tuziyam joyda, ziravorla bn hullas ot i do.
Faqat yoni dog'lash esdan chiqqanakan :).

Kechqurun soat 3 lagacha uhlomadik, faqat mineralka ichip, tarvuz yep tong ottirdik.
Shu bo'yi ulfatla qozonga yaqinlashtirishmidi mani :))
Nom: Re: "Oshxonada bir marta shunday qiziq voqea bo'lgandi" deydiganlar bormi:)
Yuborildi: Lobar AZIZ 27 Aprel 2011, 12:40:03
                 BOMBA

Bundan bir necha yil oldin bo`lgandi. Qandaydir pishiriq tayyorlayotgan edim, sgyushonniy molokoni idishi bilan suv ichiga solib, qanatishga qo`ydim-u, o`zim doimgidek kitobni ichiga kirib ke-e-etdim:))
O`qishga berilib ketganimdan necha soat o`tganini ham bilmay qolibman, bir mahal oshxonadan BO-O-O-OOOOONGG-G-GG!!! etgan tovush eshitildi. Qo`rqqanimdan, yuguriiib kirsam....
Kastryulda suvi qolmagach sabri chidamagan yaramas "moloko" "uchmoqchi" bo`lib sakragan, qopqog`i poqillab ochilib, ichak chavog`i butun oshxonani bejabdi.... ;D

bir marta "bomba"ning qaynatilgan tuxum ko`rinishdagisi ham sodir bo`lgandi :7
Nom: Re: "Oshxonada bir marta shunday qiziq voqea bo'lgandi" deydiganlar bormi:)
Yuborildi: Ansora 27 Aprel 2011, 12:52:53
Assalomu alaykum, forumdoshlar postlarga gap bo'lishi mumkinmas:)

Men ham bir necha kun oldin bo'lgan voqeani yozay:)

Baqlajon va qiymali "Baqlajon musakka" degan taom pishirmoqchiydim. Odatda go'sht, qiyma olganimdan keyin muzlatgichga tselofanga biror ovqatlik qilib qo'yaman, muzi oson erisin deb. Ohirgi marta qassobni qog'oziga o'rab qo'ygandim, yani ichi ko'rinmaydi.

Tushlik paytlarida bir parcha qiymani chiqarib oshxonaga qo'ydim. Yaxshigina eridi, xatto suvi oqdi, qiziq dedim, qiymani bunchalik suvi oqmasdi:) ishim ko'p bo'lgani uchun e'tibor bermadim.

Piyozni qovurib bo'lgandan keyin qiymani solaman deb bir ochsam, qiyma emas, go'sht ekan!
Birdan shok bo'ldim, qiymaligidan shunchalik amindim.
Bir tarafdan ho'jayinimni ishdan kelishlariga oz qolgan, go'shtni maydalab to'g'radim, qiyma odatda 10 daqiqada tayyor bo'ladi, go'sht esa bilasiz, 40 daqiqa aga qattiq bo'lsa, 1 soatgacha pishishi kerak. Ham taomni shakli umuman buziladigan bo'ldi, chunki qiyma muloyim bo'lgani uchun baqlajonni ustiga yopishib turishi kerak edi, go'sht esa...

Xullas o'sha kuni ham ho'jayinim ovqatni kech qolib yedilar, men esa yomon hijolat bo'ldim :3

Nasib bo'lsa uydan myasorubka olib kelaman ;D
Nom: Re: "Oshxonada bir marta shunday qiziq voqea bo'lgandi" deydiganlar bormi:)
Yuborildi: Best friend 27 Aprel 2011, 12:59:31
 Kapalak. Yahshi mavzu ochibsiz zeriktirmidigan.
Bir talaba do'stim bor edi, ikkalamiz birga Oliygohning oshxonasiga kirib, menuni qarasak Лечень degan taom turibdi. Nima ekan bu deb rosa o'ylanib, keyin shuni yeb ko'raylikchi deb, shunga buyurtma berdik. Tayyor degandi, olgani borsak jigar ekan. Ikkalamiz ham jigarni unchalik suymasdik, qorin ochligidan va pul ketganidan  :D yeb qo'ya qoldik. O'shanda bilgandim "Jigar"ning ruschasi "Лечень" bo'lishini ;D. Haligacha o'sha do'stim bilan hazillashib yuramiz "Pechen yemaylikmi" deb.
Nom: Re: "Oshxonada bir marta shunday qiziq voqea bo'lgandi" deydiganlar bormi:)
Yuborildi: Nurdinboy 27 Aprel 2011, 16:49:37
    E, bu oshxona deganlari bizga hech manzur bo'lmadi-bo'lmadi-da. Hamma voqealar menda bo'lgan ekan, mundoq o'ylab qarasam.
    Toshkentga kelganimga hech qancha bo'lmagandi. 1-kurs edim. Qarindoshimnikiga bordim. Akamning o'zlari ekan. Kelioyim Uchqo'rg'onga ketibdilar. Akam (xolamning o'g'li) ovqat qilchi, degandilar, DIMLAMA qilaman deb kartoshkali atala qildim.  :5 :D ???
     Keyin Ikra qilishni ya'ni Kartoshka, piyoz, baqlajon, balgarskiy, pomidor... navbati bilan pishirib ikra qilishni o'rgatdilar. O'rgangunimcha 5-kun shu ovqatni qilaverdim, qilaverdim. E, me'damga tegib ketti.  :o ???
     ***
    Qisqa muddatlik tanaffusdan so'ng yaqinda qishda hovli(kvartira)da gaz o'rnatilmagandi, o'choqda o'rtog'im bilan mastava qilmoqchi edik, u chiqqunicha... yog' o't olib ketti :o :o. :D
     Yana qayta yog' dog' qilib, piyozni qo'g'rib olib oshnam "endi sol anavi kartoshka va savzini" degandi... kartoshkani kraxmali ketsin deb suv quyib qo'ygan ekan. Men uning ustida sabzi borligi uchun (kun qorong'i ham edi-da) ko'rmasdan suv-puvi bilan...  :D :D
     Hullas oshxona bizga emas ekan. Kamiga yaqinda yana bir voqea bo'lib oshxonadan bezillab qoldim.
     
E men kech tuhum va ko'katlarni aralashtirib Yashil tuxum degan ovqat borakan, osonroq deb shuni pishirmoqchidim. O'xshamadi. Piyoz ham kuydi, tuxum ham bir oz kuydi, tag'inam yana ikkita tuxum qo'shuvdim ancha o'ziga keldi. Kechup va moyonezlar ham ming urinishmasin zeb bag'ishlay olmadilar.

   Hullas oshxona bilan hech murosamiz kelishmadi-kelishmadida...
Nom: Re: "Oshxonada bir marta shunday qiziq voqea bo'lgandi" deydiganlar bormi:)
Yuborildi: BelleQizcha 27 Aprel 2011, 17:27:37
Bu mavzuni tochniy chustiy ochganla dib o'ylagandim.. lekin chuchvarani hom sanabman..
Qochib qolgan Tovuq!!
yoz paytlarimidi... Butun tovuq olib kelishgandi.. tozalab, qozonga sogandik.. tovuq qozondan kotta!!
Hali suv ham qaynamagndi.. o'shanda, yer qimirlashni sezdik.. ko'chaga qarasak hamma ko'chada,.. bizayam qozoni o'chirib, ko'chaga qarab yugurdik..
ikki soatlardan kiyin kelsak, tovuq qozonda yo'q!!
faqat ikki bosh piyoz minan kartoshka turibdi.. shu-shu tovuq topilmadi..
bir ikki hataladan kiyin, ko'chaga chiqsam, Azim tovuqimiz, quyoshda zagar ovotgan bo'gandi..
 ;)
Nom: Re: "Oshxonada bir marta shunday qiziq voqea bo'lgandi" deydiganlar bormi:)
Yuborildi: Nurdinboy 27 Aprel 2011, 17:42:18
Ha, o'zi nuqul oshxonada shunaqa bo'lardi. Bir marta dadam tovuq sho'rva qilamiz tovuqni so'y, deganlarida birinchi so'yishim, desam "o'rgan!!!" deganlaridan keyin oshxona orqasida "bismillahi ollohu akbar!!!" deb endi pichoq tortsam, o'tmay o'tiribdida. Pitillab, qochob qoldi, :o :o :o
    Dadam chiqsalar o'zim qochishim kerakligigni o'ylab shart oyog'idan bir amallab tutdim! Qarasam hali o'tin maydalaganimda bolta kunda ustida qoganakan shart borib...
Nom: Re: "Oshxonada bir marta shunday qiziq voqea bo'lgandi" deydiganlar bormi:)
Yuborildi: azizbek_mx 29 Aprel 2011, 12:54:36
Biz paqat tuxum pishirishi bilarkanmiz xolos :D
Nom: Re: "Oshxonada bir marta shunday qiziq voqea bo'lgandi" deydiganlar bormi:)
Yuborildi: Музаффар 29 Aprel 2011, 15:36:38
Biz paqat tuxum pishirishi bilarkanmiz xolos :D
институтга кириб олиб квартира ёки ётокхонада турсангиз олтин тустовуқ таёрлашнисм хам срганиб кетасиз, макарон тайёрлашни устаси фаранги бсркетасиз...
Nom: Re: "Oshxonada bir marta shunday qiziq voqea bo'lgandi" deydiganlar bormi:)
Yuborildi: Safida 29 Aprel 2011, 23:25:49
MAN 1 kuni astoydil wirin ow qilaman deb shovla qilib qoyagandim  :)ln juda ham wirin shovla bogan ekan :13
Nom: Re: "Oshxonada bir marta shunday qiziq voqea bo'lgandi" deydiganlar bormi:)
Yuborildi: Sofdil 30 Aprel 2011, 14:37:12
MAN 1 kuni astoydil wirin ow qilaman deb shovla qilib qoyagandim  :)ln juda ham wirin shovla bogan ekan :13


Safida unda shovla qisez Mastava bo'larkande a ? :)
Nom: Re: "Oshxonada bir marta shunday qiziq voqea bo'lgandi" deydiganlar bormi:)
Yuborildi: AbdulAziz 30 Aprel 2011, 15:05:57
MASTAVAMI YO...

Birinchi kursga yangi qabul qilinganman. Hali o'qish boshlanmagan-u, ko'ch-ko'ronimni ko'tarib, Toshkanga kevoganman.
Talabalikning boshlanishi arafasidagi ajib hajayajonlar.
Xullas, bir tanishimning uyida vaqtinchalik qo'nim topdim. Ular har shanba-yakshanba bozorga kelishar, boshqa kunlari uyning qorovulchiligi mening bo'ynimda edi.
"Qani ustudent, o'zing uchun o'zing harakat qil" dedim-da, harajat qilib keldim. Bugun bir maza qilib mastava tayyorlab, o'zimni o'zim mehmon qilay dedim-da, ovqatni boshladim.
Masalliqlarni qovurib, bir tuz soldim, so'ng suv quyib, yana soldim. Totib ko'ryapman, hech tuzning mazasi kelmaydi-da.
"Eee, bu shaharning tuzlariyam poddelka ekan", deb yana tuz soldim. Ovqatni totib ko'rdim: sho'rtak emas-ku, lekin sal taxirroq. Shunisiga ham shukur deya, asta kitob varaqlashga tushdim.
Ovqatim nima bo'ldiykan, deb qozonga qarasam: yarim piyoladan ozroq guruch butun qozonni egallabdi va qozondagi suv esa xuddi sovun pufakchalari kabi harakatlanyapti...
Ehhh ustudent-a, men solgan tuz emas, "chaynaya soda" ekan : )
Nom: Re: "Oshxonada bir marta shunday qiziq voqea bo'lgandi" deydiganlar bormi:)
Yuborildi: siddiqa 01 May 2011, 00:47:56
:as:

Faqat yoni dog'lash esdan chiqqanakan :).


Ilk marotaba ovqatga tushirishganida yoz chillasi edi oqosh qilgandim,uyda onam ,opam yo’q ohiri o’zim qildim .ko’rinishi gap yo’q,shundoq ko’rib ichvorasiz ))

muzdekkina qibam qo’ydim,obsluga dahshat faqat ichib 1 maqtavorishsa bo’ldi .

avvaliga akam bechara yoz issiqligigami muzdekkina oqoshdan 2 kosa urvoldila Komosh qanaqa priprava sogansan hidi boshqacha dip qo’yadila orada  :10 :10,  Muzdek bo'lsa hid bilinmasakan e.

Tangemga o'hshab akam  ovqatlangunicha shu qarab turdim  

;D ;D ikkinchi kosani ichganlarida umuman odamla hursanda


bu hursandchiligim oilani boshqa azolari kegunicha davom etgandi afsus ........... :1 :1
Nom: Re: "Oshxonada bir marta shunday qiziq voqea bo'lgandi" deydiganlar bormi:)
Yuborildi: Safida 01 May 2011, 19:05:56
MAN 1 kuni astoydil wirin ow qilaman deb shovla qilib qoyagandim  :)ln juda ham wirin shovla bogan ekan :13


Safida unda shovla qisez Mastava bo'larkande a ? :)+tarafi, mastava bob qolsa ham ertalabga4a bezovta qimide ;)
Nom: Re: "Oshxonada bir marta shunday qiziq voqea bo'lgandi" deydiganlar bormi:)
Yuborildi: Shoxjahon12 01 May 2011, 20:23:14
Musofirchilik-da.... Biiir osh qilmoqchi bo'ldim... Hammasi risoladagidek bo'ldi...Xullas, oshni laganga suzdimu, dasturhonga qo'ydim. Ukam va men, yana  bir do'stimiz... Buni qarang, hammasini bajaribmizu eng muhim narsa tuz solish esdan chiqibdi...Mazali taomlari bilan farzandlarini siylaydigan onajonimu rafiqamning o'rinlari juda bilindi.
Nom: Javob: "Oshxonada bir marta shunday qiziq voqea bo'lgandi" deydiganlar bormi:)
Yuborildi: _IYMONA_ 06 Fevral 2013, 17:10:21
Oshxonada doim qiziq ishlar bo'lib turadi.
Ota-onam bag'rida yashagan davrimda o'xshamay qolgan pishiriqlarimni yugurib borib o'rdak boquvchilarga yetkazardik. O'zi hecham o'xshamasdi qizligimda pishirgan narsalarim.
Bir kuni qizil bolgarskiy tomatni ochgandim, u bechora eskirganakan baklashkani burashim bilan hammayoqqa sachrab, otilib ketsa deng  ;D  Hattoki ko'chagayam sachrabdi. Patalok, kafellar, derazayam qolmagan, ishqilib hammayoq bir daqiqa ichida qip-qizil tusga kirgan. Ota-onam ishdan kelgunlaricha hammayoqni qirtishlaganmiz.

Yana bir kuni palov kuyib kuyindi bo'gan. Esdan chiqib ketgandi, sabzini qovurib suv solibmanu boshqa ishlar bilan ovora bo'lib... Qozon tepasiga kelsam suv qolmagan, sabzi kuyib, qozon tagiga yopishgan. O'shanda onam ishdan kelganlarida rosa gap eshitgandim, och qolganmiz  ;D

Yangi kelinligimda kuchli hayajon bosardi oshxonaga kirishim bilan  : )  Ammo lekin doim maqtashadi pishiriqlarim o'sha kunni o'zida yeyiladi  :)
Begim uchun tayyorlagan taom va pishiriqlarim ham me'yorida chiqadi ko'z tegmasin  :13
Nom: Javob: "Oshxonada bir marta shunday qiziq voqea bo'lgandi" deydiganlar bormi:)
Yuborildi: _IYMONA_ 06 Fevral 2013, 19:42:40
Bu mavzuni o'qiymanu bir kulgi keladi bir kulgi keladiyey...
Eslasam, o'zi onamdan gap eshitmagan kunim bo'lmaganakan qizligimda  ;D
Har kuni ovqatim bir nima bo'lib qolardi, mastavam shovla, bulochkalarim tish o 'tmas bo'lib qolardi, palov guruchi gohida tirik, gohida ezilib ketgan...
Ishqilib, shu mavzu bahona yoshlik paytlarni eslab miriqib kulib oldim  :7
Nom: Javob: "Oshxonada bir marta shunday qiziq voqea bo'lgandi" deydiganlar bormi:)
Yuborildi: Muxsiya 15 Mart 2013, 11:18:37
oshxonadabirinchi qilga ijodim osh bolgan hamma narsasi joyida o'xhsaganu lekin umuman tuz solmagan ekanman, shundan keyin man o'n yil bo'ldiki osh qilgani qo'rqib biror marta osh qilganim yo'q