forum.ziyouz.com

Jamiyat va inson => Salomatlik => Bolalar tibbiy tarbiyasi => Mavzu boshlandi: Ansora 06 May 2011, 13:52:57

Nom: So'rovnoma: "Farzandingiz qaysi kasbni tanlashini xohlardingiz, nima uchun?"
Yuborildi: Ansora 06 May 2011, 13:52:57
 :as:

Bazan oramizda gaplashib qolamiz, "bolam do'xtir bo'sin, bolam shu bo'sin, bu bo'sin" deb...

Siz farzandingizni qaysi kasbni tanlashini xohlardingiz, nima uchun:)
Nom: Re: So'rovnoma: "Farzandingiz qaysi kasbni tanlashini xohlardingiz, nima uchun?"
Yuborildi: Lobar AZIZ 06 May 2011, 14:34:16
yaxshi tadbirkor bo`lishini hohlardim. Vatan ravnaqiga hissa qo`sha oladigan, sohasini gullatib yashnatadigan...
Mayli, hobbisi jurnalistika bo`la qolsin:)))
Nom: Re: So'rovnoma: "Farzandingiz qaysi kasbni tanlashini xohlardingiz, nima uchun?"
Yuborildi: AbdulAziz 06 May 2011, 14:51:08
Bizning AbdulAziz doimo qo'lini bokserlarga o'xshab, musht qilib, qimirlatgani qimirlatgan. Uydagilar hazillashib, bokser bo'ladi, shekilli deyishyapti. Lekin men buni xohlamayman. Kuchli bo'lsin, kurash turlari bilan shug'ullansin, Vatanini, oilasini himoya qiladi, lekin buni kasb qilib olmasin.

Yana bir xususiyati, Qur'on o'qisangiz, ajoyib ovozlar chiqaradi. Onam qori bola bo'ladi deyaptilar. Men ham chin dildan shuni istayman.

Katta bo'lsin, ilm olsin, dinimiz, Vatanimizga xizmat qiladigan biron kasbni o'zi tanlasa, inshaalloh biz fotiha beraveramiz :)
Nom: Re: So'rovnoma: "Farzandingiz qaysi kasbni tanlashini xohlardingiz, nima uchun?"
Yuborildi: Ansora 17 May 2011, 19:12:46
Biz ham albatta eng boshda halol, peshona teri bilan pul topishini Yaratgan Egamdan so'raymiz.

Qaynonam eng kichkina qaynimni doimo "meni doktor bolam" deb suyarkanlar, mana xozir tibbiyotda 3-kursni 1 oydan keyin tugatadi inshalloh.

Abdulaziz Ensar tug'ilganda yolg'ondakam amakisi og'ziga tupirib qo'ydi, qaynonamni istaklari bilan:) yani qaynonam judayam doktor bo'lishini xohlayabdilar.

Men esa Diniy bilimlarni puxta egallab, turli xil kitoblar yozishini judayam xohlardim...undan tashqari diplomat bo'lishi ham bazan o'ylab qolaman, lekin oilasiga vaqt ajrata olmasligini o'ylab, voz kechaman...

Dadamizga qolsa ham doktor bo'lsin, amakisini yonida burnini ishqab ish o'rgansin, deyabdilar:)
Nom: Re: So'rovnoma: "Farzandingiz qaysi kasbni tanlashini xohlardingiz, nima uchun?"
Yuborildi: azizbek_mx 17 May 2011, 22:15:30
Iqtibos: Kapalak
Dadamizga qolsa ham doktor bo'lsin, amakisini yonida burnini ishqab ish o'rgansin, deyabdilar:)

Ancha hazilkash ekanlar... tasavvur qilib ko`rib, rosa kulibmana  ;D
Nom: Re: So'rovnoma: "Farzandingiz qaysi kasbni tanlashini xohlardingiz, nima uchun?"
Yuborildi: NANO 17 May 2011, 22:45:10
...
Nom: Re: So'rovnoma: "Farzandingiz qaysi kasbni tanlashini xohlardingiz, nima uchun?"
Yuborildi: Aqoid 17 May 2011, 23:36:48
Endi bizni og'limiz Man.utd ning eng zo'r o'yinchisi bo'lsa zo'r bo'lardida. Har ehtimolga qarshi eslab qolilar: bo'lajak futbol yulduzi Abdulboriy Nurmuhammad.(inshaalloh)
Nom: Re: So'rovnoma: "Farzandingiz qaysi kasbni tanlashini xohlardingiz, nima uchun?"
Yuborildi: Ansora 01 Mart 2012, 14:21:57
 :asl3:

Songgi paytlarda uni bunga qoshib, aralashtirib (ohirida ichibam qoyadi) oshpazlik qilganday bolyabdiyov:)

Mayli joni sog bolsin, Chustiy akasidek oshpaz bolib yursa nimasi kam boladi:)