forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Fikr va mulohazalar => Mavzu boshlandi: dilfuz 18 May 2011, 18:56:09

Nom: Bola qulog'iga azon o'qish
Yuborildi: dilfuz 18 May 2011, 18:56:09
 Assalomu alaykum.Bu mavzu bo'yicha ma'lumot balki aytilgandir lekin men topa olmadim.2 ta bolam bor ;3 va 5 yoshda.Ularning qulogiga azon o'qitish kerakmi?Shu haqda ma'lumot bersangiz.
Nom: Re: Bola qulog'iga azon o'qish
Yuborildi: AbdulAziz 18 May 2011, 19:13:07
Янги туғилган боланинг қулоғига азон ва такбир айтиш

Рофеъ розияллоҳу анҳудан ривоят қилинади.
«Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васалламнинг Фотима розияллоҳу анҳонинг туққан боласи Ҳасан ибн Алининг қулоғига азон айтаётганларини кўрдим».
Абу Довуд ва Термизий ривоят қилган.
Ушбу ҳадиси шарифга биноан янги туғилган фарзанднинг ўнг қулоғига азон, чап қулоғига иқома айтмоқ мандубдир. Аллоҳнинг зикри янги туғилган боланинг қулоғига кирган биринчи нарса бўлиши қандай ҳам яхши. Албатта, бу улуғ нарсанинг ўзига яраша баракаси бўлади.
Ҳусайндан ривоят қилинади:
«Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам:
«Кимнинг боласи туғилса-ю, унинг ўнг қулоғига азон, чап қулоғига иқома айтса, унга Умму Сибён зарар етказа олмас», дедилар».
Абу Яъло ривоят қилган.
Умму Сибён болаларга зиён етказадиган жин тоифасидир.

Савол: Асаалому алайкум  рахматуллоху ав баракотух.
Чакалоклигида азон айтилмаган булса. Еши 10 га етган булса азон чакириса буладими. Ёки кечми.

Жавоб: Кеч.

Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф.
Manba (http://savollar.islom.uz/smf/index.php/topic,7735.msg63301/topicseen.html#msg63301)
Nom: Re: Bola qulog'iga azon o'qish
Yuborildi: dilfuz 18 May 2011, 19:32:00
Bildirgan fikrlaringiz uchun rahmat.Nima deb o'ylaysiz mening bolalarim uchun ham kechmi?nega shu narsani oldinroq o'ylamabman
Nom: Re: Bola qulog'iga azon o'qish
Yuborildi: Mo'min Mirzo 18 May 2011, 21:44:46
Ko'ngilni cho'ktirmang.
Muhimi bolalarga Islomni sevdirish kerak.
Agar yaqin atrofda masjid bo'lib, azon eshitilib tursa qanday yaxshi. Agar eshitilmasa xo'jayiningiz bolalarga kunda 5 vaqt azon aytaversinlar.
Men bolamiz tug'ilgandan beri har namoz vaqtida (agar uhlamayotgan bo'lsa) azon aytaman, yig'layotsa jimib qoladi. jim o'tirsa, qo'llarini qoqib o'ynab qoladi.
Nom: Re: Bola qulog'iga azon o'qish
Yuborildi: Best friend 18 May 2011, 23:49:38
Bildirgan fikrlaringiz uchun rahmat.Nima deb o'ylaysiz mening bolalarim uchun ham kechmi?nega shu narsani oldinroq o'ylamabman
Mo'min Mirzo akaning gaplariga qo'shilaman. Islomda har narsaning ilojisi bor! Aytish noqulayu lekin, aytaman: Ibrohim a.s. yetmish yoshdan o'tganlarida o'zlarini o'zlari sunnat qilgan ekanlar.
Nom: Re: Bola qulog'iga azon o'qish
Yuborildi: BelleQizcha 19 May 2011, 02:25:33
Hm... fikrimcha juda kech..


Chunki jiyanim tug'ulganida, (hozir ikki yoshda) Masjida aytishgandi-kiy, Musulmon chaqolaqa uch kunga qadar azon aytish Shart! uch kundan kiyin esa juda kech...
Yana Allah o'zi bilguvchidur
Nom: Re: Bola qulog'iga azon o'qish
Yuborildi: Best friend 19 May 2011, 07:48:12
 Nega birovni umidsiz qilasizlar? Birovning umidini so'ndirish yahshi narsa emas-ku?

Rasululloh s.a.v. dedilar: "Alloh taoloning rahmatidan umid qilguvchi gunohkorlar, gunohkorlarni Alloh taoloning rahmatidan noumid qilguvchi kimsalardan yahshiroqdir". (Ibn Mas'ud rivoyati)
Nom: Re: Bola qulog'iga azon o'qish
Yuborildi: Abdumuhaymin 19 May 2011, 08:50:41
Hechdan ko'ra kech yaxshi!
Nom: Re: Bola qulog'iga azon o'qish
Yuborildi: Музаффар 19 May 2011, 09:09:45
Аввало бу саволдан бирор исломий илм сгаси бслган инсондан жавоб олиб беришга харакат қилайлик азиз форумдошлар. Опамиз жуда схши фикр қилибдилар. Агар фарзандлари хусусида шундай нистда сканлар, у кишидан Оллох рози бслсин.
Ўз шахсий фикрларингиз билан бундай нозик масалада чалкашлик келтириб чиқарманглар. Лайғамбаримиз хам айтганларку "битта оқил, илмли киши юзта обиддан афзалроқ" деб. Имконисти бор юзерлар бу масала юзасидан илми кучли, ислом билимдонларидан ссраб берганларинг маъқулроқ бслса керак.

P.S. Ўзим шахса бир ёши улуғ, кспни ксрган инсондан сшитгандим: Агар бола онасида йиғлаб туғилса, унга исм қсйиб, қулоғига азон чақирилади. Боланинг умри қанча бслишидан қатъий назар! (чунки илганри тиббиёт ривожланмаган пайтларда чақалоқларнинг чала туғилиши ва бу орқали умрининг қисқа бслиши хозиргидан ксп бслган скан) Бу билан у бола хам қиёматда пайғамбаримиз умматлари қаторида бслиши назарда тутилади. Чунки А асулуллох с.а.в "Қиёматда умматларимнинг ксплиги билан фахрланай" деган нист қилганлар.
Nom: Re: Bola qulog'iga azon o'qish
Yuborildi: Habib 19 May 2011, 10:27:48
Bildirgan fikrlaringiz uchun rahmat.Nima deb o'ylaysiz mening bolalarim uchun ham kechmi?nega shu narsani oldinroq o'ylamabman
Cиз мана шу савол билан ҳазратга мурожаат (http://savollar.islom.uz/smf/index.php/topic,7735.0.html) қилинг.  Аки илмли кишига учрашинг.
Nom: Re: Bola qulog'iga azon o'qish
Yuborildi: BelleQizcha 19 May 2011, 17:42:09
Best friend, sovol soralgan, jovob beryapmiz... Bunaqa joyda umidsizlik bolmayapti? Soragan sovollarga togri jovob olsalar ozlariga yaxshi
Yana Allah ozi bilguvchidir
Nom: Re: Bola qulog'iga azon o'qish
Yuborildi: Best friend 19 May 2011, 20:33:38
 Hazratdan so'rab nima qiladilar kech deb javob beribdilarku.

 Kech bo'lsa endi Mo'min Mirzo akaning maslahatiga rioya qiling opa.
Iqtibos
Ko'ngilni cho'ktirmang.
Muhimi bolalarga Islomni sevdirish kerak.
Agar yaqin atrofda masjid bo'lib, azon eshitilib tursa qanday yaxshi. Agar eshitilmasa xo'jayiningiz bolalarga kunda 5 vaqt azon aytaversinlar.
Men bolamiz tug'ilgandan beri har namoz vaqtida (agar uhlamayotgan bo'lsa) azon aytaman, yig'layotsa jimib qoladi. jim o'tirsa, qo'llarini qoqib o'ynab qoladi.
Ko'nglingizni cho'ktirmang faqat. Sahobalarga ham azon aytilmagan vallohua'lam. Chunki johiliyat paytda tug'ilganlar. Lekin qanday inson bo'lishdiya. Birinchi navbatda umidni, ikkinchi navbatda maqsadni uchinchi navbatda amalni qilavering opa...

P.S. Kechirasizlar, yana kichkina bo'lvolib aql o'rgatyapti demanglar. Nima bo'lganda ham noumid faqat Shayton alayhila'na...
Nom: Re: Bola qulog'iga azon o'qish
Yuborildi: ree7 19 May 2011, 22:11:11
Bilishimcha bolani qulogiga birinchi kirgan narsa busin deb azon aytiladi. Katta bugandan keyin ilgari aytilmagan bulsa endi shartmas deyilibdi. Bu narsani farz, qimasa bumidigan muhim amallardan deb tushunib olishlik ham tug'ri bulmasa kerak.
Nom: Re: Bola qulog'iga azon o'qish
Yuborildi: siddiqa 20 May 2011, 21:25:17
Hazratdan so'rab nima qiladilar kech deb javob beribdilarku.

 Kech bo'lsa endi Mo'min Mirzo akaning maslahatiga rioya qiling opa.
Iqtibos
Ko'ngilni cho'ktirmang.
Muhimi bolalarga Islomni sevdirish kerak.
Agar yaqin atrofda masjid bo'lib, azon eshitilib tursa qanday yaxshi. Agar eshitilmasa xo'jayiningiz bolalarga kunda 5 vaqt azon aytaversinlar.
Men bolamiz tug'ilgandan beri har namoz vaqtida (agar uhlamayotgan bo'lsa) azon aytaman, yig'layotsa jimib qoladi. jim o'tirsa, qo'llarini qoqib o'ynab qoladi.
Ko'nglingizni cho'ktirmang faqat. Sahobalarga ham azon aytilmagan vallohua'lam. Chunki johiliyat paytda tug'ilganlar. Lekin qanday inson bo'lishdiya. Birinchi navbatda umidni, ikkinchi navbatda maqsadni uchinchi navbatda amalni qilavering opa...

P.S. Kechirasizlar, yana kichkina bo'lvolib aql o'rgatyapti demanglar. Nima bo'lganda ham noumid faqat Shayton alayhila'na...

Best friendni gaplariga qo'shilaman albatta Habib aka aytgandek ilmli insonlardan ham so'rashlik kk lekin bu narsada umidsizlikka tushish musulmonga yarashmaydi .
,shunaqa muhit ,oilada yashaganlar borki  namozni faqat katta yoshli , ishi qomagan odamlar o'qiydi zerikkanidan deb o'ylashadi astag'firulloh .lekin Alloh hohishi bn hidoyatdan nurlangach tavba va istig'fordalar hozir .