forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Umumiy => Forumdoshlar hayoti => Mavzu boshlandi: Sadulla 22 May 2011, 06:27:28

Nom: Ziyouz abiturientlari
Yuborildi: Sadulla 22 May 2011, 06:27:28
                                                  :asl3:


Faqat talabalar uchun mavzusiga havas qilib mana shu mavzuni ochishni o'ylab yurgandim.5036 ta forumdoshlar orasida talabalar qatori abiturientlar ham oz emas mani pikrimcha.Bu yerda abiturientlarga taluqli hamma narsa haqida fikr almashsak yaxshi bo'lardi.Keyin har bir forumdosh abiturient qaysi o'qishni pushkaga olganini,yo'ge qaysi o'qishga hujjat topshirishni tanlagani bilan o'rtoqlashsa(agar sir bo'lmasa albatta (bu yerda pishloq nazarda tutilmayapti  :D )),o'sha o'qishdagi talabalar kerakli maslahatlar berishsa yaxshi bo'lardi  ;) .Masalan men Sharqshunoslik institutiga hujjat topshirmoqchiman,u yerdan talabalar bormikan forumimizda  ???.

Hamma abiturientlarga talaba bo'lishlik baxtiga yetishib,FAQAT TALABLAR UCHUN mavzusiga ko'chish nasib qilsin  ;D ;D ;D
Nom: Re: Ziyouz abiturientlari
Yuborildi: azizbek_mx 22 May 2011, 08:43:53
Bor bo'ling og'a :-)
Bizam harakatdamiz Namangan Muhandislik ped.institutiga. Algebradan jadal tayyorgarlik ketopti
Nom: Re: Ziyouz abiturientlari
Yuborildi: Sadulla 23 May 2011, 05:53:16
 :asl3:

Abiturient aforizmlaridan:

Birovni xatosini kutguncha,o'z bilimingni kuchaytir  ;)
Nom: Re: Ziyouz abiturientlari
Yuborildi: Sadulla 29 May 2011, 05:44:36
 :asl3:

Abiturientlarimiz juda ham band ko'rinishadi,ularni tushunsa bo'ladi abiturient bo'lish oson emas  ;) .Abiturient bo'lmoq,talabalik uyiga kirish uchun zinaga qo'yilgan ilk qadamdir degan ekan bir mavlono  :D.Shu zinadan qoqilmay o'tib olishni hammaga tilab qolaman.Imtihonlar oldinroq bo'lishi mumkin degan mish-mish hamma yerni kezib yuribdi.Aniq gap esa hali ham yo'q,shunig uchun tayyorgarchilikni susaytirmay,kutishdan boshqa iloj yo'q.
Nom: Re: Ziyouz abiturientlari
Yuborildi: Lobar AZIZ 30 May 2011, 17:54:16
Manam ab... ab... abiturientman.... Faqat juda yomon abiturientmandeee (ishdan ortib o`qishga tayyorlanolmayapman :'( ) Buyog`i tavakkal (boshi kalmas lekin  ;D )
Nom: Re: Ziyouz abiturientlari
Yuborildi: akula 30 May 2011, 19:53:10
Barcha abuturentlarga omad tilab qolamiz uqishga kirib ketila !!!
Nom: Re: Ziyouz abiturientlari
Yuborildi: Sadulla 03 Iyun 2011, 09:21:15
 :asl3:

Manam ab... ab... abiturientman.... Faqat juda yomon abiturientmandeee (ishdan ortib o`qishga tayyorlanolmayapman :'( ) Buyog`i tavakkal (boshi kalmas lekin  ;D )

Qaysi o'qishni tanlaganingizni aytmabsiz Lobar AZIZ,yo uyam tavakkalmi  :D

Barcha abuturentlarga omad tilab qolamiz uqishga kirib ketila !!!

Omin.Hammaga nasib qilsin.

Habib akani bergan habarlaridan keyin imtixon kuniga deyarli aniqlik kiritildi.Imtixon oldinga surilmasligiga bir ikkitaa o'zimmi faktlarimdan keltiray,bular albatta taxminiy:
1.Agar imtixon 1-avgustdan oldin bo'lganida,qabul komissiyasi ham o'z ishini erta boshlagan bo'lardi(qabul komissiyasi imtixon kunidan deyarli 1.5 oy oldin boshlanadi).
2.Test markazi ham hamma abiturientlarga testlar uchun kerakli narsalarni tayyorlashi uchun ham ko'p vaqt ketadi.O'tgan yilgi abiturientlar soni 360mingdan oshib ketganini hisobga olsak albatta.
Shularga e'tibor bersak imtixon kuni o'z vaqtida bo'lishi extimoli kattaroq.
Nom: Re: Ziyouz abiturientlari
Yuborildi: azizbek_mx 04 Iyun 2011, 06:53:14
Shu narsani menam bilolmay yuruvdimda. Biladiganla aniqlik kiritib yuborishsa bo`lardi... Ikki-uch oydan beri tinimsiz tayyorlanganlar biror haftagina dam olishgayam qo`rqib qolishdi
Nom: Re: Ziyouz abiturientlari
Yuborildi: Bonuxon 04 Iyun 2011, 09:49:18
Mmmanam abiturent disam buladi Xudo xoxlasa niyat bor! Lekin manam Lobar aziz (opa) ga uhwap tayallanmiyamman :-D Xudo xoxlasa islom unv.ga yoki Xadi4ayu Kubroga!
Sa'dulla qaysi fakultetga?
Nom: Re: Ziyouz abiturientlari
Yuborildi: Sadulla 04 Iyun 2011, 11:42:07
 :asl3:

Shu narsani menam bilolmay yuruvdimda. Biladiganla aniqlik kiritib yuborishsa bo`lardi... Ikki-uch oydan beri tinimsiz tayyorlanganlar biror haftagina dam olishgayam qo`rqib qolishdi

Mish-mishlarga ishonmang Abdulaziz,imtixon surilishi kichkina narsamas.Agarda rostan ham imtixon surilsa buni televizor orqali e'lon qilishadi,buning uchun oldin qaror chiqishi kerak,shuning uchun bemalol tayyorlanavering.

Mmmanam abiturent disam buladi Xudo xoxlasa niyat bor! Lekin manam Lobar aziz (opa) ga uhwap tayallanmiyamman :-D Xudo xoxlasa islom unv.ga yoki Xadi4ayu Kubroga!
Sa'dulla qaysi fakultetga?


Matematika bilan uncha chiqishomiman  :( ,shunga filologiyaga topshirvomman,Xudoxohlasa koreys tili yo'nalishiga.
Nom: Re: Ziyouz abiturientlari
Yuborildi: Sadulla 28 Iyun 2011, 07:01:14
 :asl3:

Bo'ladigan ishni bo'lgani yaxshi deb,kecha o'qishga hujjat topshirib keldik eson-omon.Hozircha qabul komissiyasi unchalik odamlar bilan gavjum emas,qabul boshlanganiga endi bir hafta bo'lganiga shunday bo'lsa kerak.Hujjatlarni topshirvolib,endi bemalol tayyorgarlikni davom ettirsak ham bo'ladi.Forumdoshlar duolaringizda biz abiturientlarni ham esalb o'tishingizni so'rab qolamiz. Duotalab abiturientlardan...
Nom: Re: Ziyouz abiturientlari
Yuborildi: azizbek_mx 28 Iyun 2011, 07:43:10
men naq uch marta borib keldim hujjat topshirgani, lekin men hoxlagan iqtisod yo'nalishi bo'yicha qabul rejasi yetib kelmagani bois, haliyam topshirolmadim. Taxminimcha, 1 iyuldan keyin boshlanib qolsa kerak. Duolaringizga muhtojmiz...
Nom: Re: Ziyouz abiturientlari
Yuborildi: Safida 28 Iyun 2011, 08:44:21
 :asl3:HAMMA ABITURIENTLARGA OMADLAAR O'QIWGA KIRIB OLILAR!!!
Nom: Re: Ziyouz abiturientlari
Yuborildi: Sadulla 17 Iyul 2011, 11:01:52
 :asl3:

Qabul komissiyasi tugashiga uch kun qoldi.Abiturient forumdoshlar hamma hujjatlarni topshirib bo'ldimi? Bu yog'iga lekin hujjat topshirish juda qiyin bo'ladi.Bir hafta oldin borganimda  institut oldida odam to'la edi,hozir esa tasavvur qilyapman  :o Jum'a kuni Muallimni imtixonlari bo'lgan edi,yaxshi o'tib olgan bo'lsinlar ishqilib tafsiltlarini kutib qolamiz.Bir haftadan keyin Xudoxohlasa menda ham og'zaki imtixonlar bo'ladi.Muborak Shabon oyida abiturientlarni duo qilish esdan chqimasin,barchamizga talaba bo'lsih nasib etsin inshalloh!
Nom: Re: Ziyouz abiturientlari
Yuborildi: Akbarjоn 17 Iyul 2011, 11:25:00
:as:

Saytlarni kuzatayotib bir ikkita abuturientlar uchun kerakli narsalarni ko'rib qoldim
(http://uzmedia.net/uploads/posts/2011-07/thumbs/1309601904_xxx.jpg)
http://uzmedia.net/main/685-abiturentlar-uchun-testlar-toplami.html

Biologiya (http://file.uznet.net/index.php/files/get/BMNI9vk9p2/.pdf)

Ingliz tili (http://file.uznet.net/index.php/files/get/oFH_hR02-_/.pdf)

Kimyo (http://file.uznet.net/index.php/files/get/UowmFuvNBx/.pdf)

Ona-tili (http://file.uznet.net/index.php/files/get/Yo0X1NWoMs/.pdf)

Fizika (http://file.uznet.net/index.php/files/get/uIHAoDxr_Y/.pdf)

matematika (http://file.uznet.net/index.php/files/get/ttB4hsGnBj/.pdf)

http://uzmedia.net/main/715-abiturentlarga.html



Sal kech qolgan bo'lsak ham joylayverdim.  Balki foydasi tegib qolar.
Nom: Re: Ziyouz abiturientlari
Yuborildi: Bonuxon 17 Iyul 2011, 11:27:05
Man paywanbi kuni xujjatlarimi topwirdim qiyin4iliksiz! Xudo xohlasa buyog'i xam qiyin4iliksiz utsin!
Sadulla mani singlimam warqwunoslikka topwirdi turk filalogiyasiga!
Muallim qaysi inst.ga topwirganla?
Xammaga omad duoyingiz umidida duogöyingiz!
Nom: Re: Ziyouz abiturientlari
Yuborildi: Муслимшухрат 17 Iyul 2011, 12:22:46
 Ukalar harakat qililar,har qancha qiyin bòlsa ham öqilar.Xudo omadlarini bersin ilohim.
Silarga havasim kelyapti.
Bizga ham nasib qilgandi bir mahallar abiturent bolish,öqishga ham kirganmiz kontrakt asosida lekin òqolmaganmiz. Afsus. Haligacha afsus qilamanu ,taqdir ekan biz rozimiz ahvolimizdan .
 Iloyim hechkim afsus chekmasin. Hammalaringga omad tilab qolaman.
Nom: Re: Ziyouz abiturientlari
Yuborildi: Akbarjоn 17 Iyul 2011, 12:36:32
Abuturientlar manabu saytga ham kirib turinglar
Davlat test markaziningrasmiy sayti

http://dtm.uz/index.html

bu yerdan kerakli ma'lumotlaringizni olishlaringiz mumkin
shuningdek imtihon topshirib bo'lganliklaringizdan keyin test natijalarini ham bilishliklaringiz mumkin

http://dtm.uz/uz/result
Nom: Re: Ziyouz abiturientlari
Yuborildi: bir_qizcha 17 Iyul 2011, 12:53:51
Assalomu alaykum wr wb!!!
Rasayaam havas qildim abuturientlaga,afsus TALABALIK ko'chasidan o'tish nasib qimadi,ommo Taqdirimizdan ham rozimiz,Shukr.Omadilarni bersin,InshaAlloh albatta duodamiz )
Nom: Re: Ziyouz abiturientlari
Yuborildi: Mirоlim 17 Iyul 2011, 14:03:23
:bsm3:

 :asl3:

Men ham kecha hujjatlarni topshirib, suhbatdan o'tdim. Endi 21- iyul kuni Imtihonga kirish uchun ruhsatnoma berar ekan.

Bizning madrasada imtihon kuni 25-26- iyul kuni bo'lar ekan inshaAlloh.

Hursand bo'ldim!!!
Nom: Re: Ziyouz abiturientlari
Yuborildi: Akbarjоn 21 Iyul 2011, 09:13:32
Abiturientlar diqqatiga

DTM Test programma
Davlat imtihoni topshiruvchilar uchun real imtihon topshirish programasi

siz ushbu programani o'rnatib kerakli oliy dargohni va yo'nalishni tanliysiz xamda shu yonalishga daxldor bo'lgan 3 ta fan bo'yicha 36 tadan imtihon testlarni topshirasiz va oxirida qaysi fandan qancha bal olganingiz, umumiy balaringizni chiqairb beradi

imkoniyatlaringizni chamalab olishingizga yordam beradi

ko'chirib olish uchun quyidagi tugmani BOSING (http://dump.uz/downloadf-0c71216b131-rar.html)
Nom: Re: Ziyouz abiturientlari
Yuborildi: Akbarjоn 25 Iyul 2011, 07:23:06
43 kishi shu programani ko'chirib olishibdi

lekin shularni ichidan bitasigina uni ustanovka qilish ishlatib ko'rganiga ishonaman xalos :)

qolganlari shunchaki ko'chirib olishibdi xalos ;)

chunki ko'chirib olgan kishi yana qaytib savol bilan muroojat qilishi keragidida ;D
Nom: Re: Ziyouz abiturientlari
Yuborildi: azizbek_mx 25 Iyul 2011, 07:34:22
Mana men beraman savolni. Gurux bilan parol sörayapti, qanday kiritaman? qaydan olaman? Haligacha ishlatolmadim
Nom: Re: Ziyouz abiturientlari
Yuborildi: Sadulla 30 Iyul 2011, 14:14:52
 :asl3:

Mana eson-omon DTMni ham olib kelib oldik.Negadir institutda odam kamroq,yo men DTM olishga bir kun kech borganimga shunday tuyuldimi, baribir tushunmadim.Imtixon bir kunga ko'chirilgani kimga qanaqa bilmadimu lekin buning katta ahamiyati yo'q meni fikrimcha.1 kun keyin,1 kun oldin ustasiga farqi yo'q  :D Bu yil o'tgan yildagidan ham ko'p odam o'qishga kirish uchun hujjat topshiribdi,shunga test markazi ham rejadaigdan ko'proq test tayyorlayotgandir balki.Nima bo'lganda ham hammaga Olloh o'zi madad bersin,o'qishlarga qiynalmay kirib olish nasib etsin!
Nom: Re: Ziyouz abiturientlari
Yuborildi: Usmon 02 Avgust 2011, 08:58:46
Ҳамма абитуриентларга омад. Адолатли бслсин ҳамма имтиҳонлар ишқилиб...
Nom: Re: Ziyouz abiturientlari
Yuborildi: azizbek_mx 02 Avgust 2011, 13:22:01
mana imtixondanam qutulib oldik. Lekin nazorat qattiq böldi, yahshiyam hech narsa olib kirmadim. Endi buyog'i nasibamizga köra, inshaalloh...
Nom: Re: Ziyouz abiturientlari
Yuborildi: roma89 02 Avgust 2011, 15:09:56
barcha Abiturentlarga omad tilab qolaman uqishga kirib ketila iloyim !!! uzimni singlim ham abiturent duodamiz uqishga kirib ketishilar uchun !!!
Nom: Re: Ziyouz abiturientlari
Yuborildi: BilmasOY 02 Avgust 2011, 22:46:33
Hamma abituriyentlarga omad tilayman! Muborak Ramazon oyida duodamiz, InshaAlloh o'tib ketasizlar!!
Nom: Re: Ziyouz abiturientlari
Yuborildi: NANO 03 Avgust 2011, 23:01:25
kimda qanaqa tassurot testdan keyin! :)
Nom: Re: Ziyouz abiturientlari
Yuborildi: azizbek_mx 03 Avgust 2011, 23:12:49
testdan keyin yelkadan tog' tushdi. Rosti, hayajonlanmadim ham. Röza tutganim ancha foyda berdi, anchadan beri miyamni tinchlantirolmasdim, miyamda nimadir guvillayverardi, fikrimni bir joyga töplolmasdim. Ramazonni 1, 2 kunlari ancha yahshilandi. Imtixongayam xotirjam kirdim. Nazoratni mahkam ushlashdi bizi gruppada. Tel., shpargalkala olib qöyildi. Menda hech narsa yogidi. Testdan chiqib, boshqa döstladanam xabar olib, uyga jönadim. Inshaalloh, nasibamiz qöshilgan bölsa, kirib olamiz Xudo hoxlasa
Nom: Re: Ziyouz abiturientlari
Yuborildi: akula 04 Avgust 2011, 00:25:57
testdan keyin yelkadan tog' tushdi. Rosti, hayajonlanmadim ham. Röza tutganim ancha foyda berdi, anchadan beri miyamni tinchlantirolmasdim, miyamda nimadir guvillayverardi, fikrimni bir joyga töplolmasdim. Ramazonni 1, 2 kunlari ancha yahshilandi. Imtixongayam xotirjam kirdim. Nazoratni mahkam ushlashdi bizi gruppada. Tel., shpargalkala olib qöyildi. Menda hech narsa yogidi. Testdan chiqib, boshqa döstladanam xabar olib, uyga jönadim. Inshaalloh, nasibamiz qöshilgan bölsa, kirib olamiz Xudo hoxlasa

negadir bizni davlatda shu egzamen uqishga kirish problema bop qogan, abiturentlar uchun faqatgina 1 marta imkoniyat buladi moscowda egzamenga kirdim bu yerda savollar ham juda oson berishgandi kuzim yumib turib yechib tashuvdim agar utolmaganimda 2-egzamen bulardi bizada esa 1 marta nega bizada shunaqa europachalik emas ? tem bole pora olish ham avj olgan ..
Nom: Re: Ziyouz abiturientlari
Yuborildi: Bonuxon 08 Avgust 2011, 18:39:06
Bizda nmagadir nazorat yahwi bumadi... Aytsam tilim kuyar, aytmasam dilim digan gap bormidi...?!
Nma bugandayam duoyingizga muhtojman...
Nom: Re: Ziyouz abiturientlari
Yuborildi: Usmon 08 Avgust 2011, 18:51:36
ehh, nazorat, nazorat... Shu joyida bitta narsa esimga tushib ketdi..
Yaqinda bo'lgan Qirg'izlar bilan futbol o'yiniga kaminayam adashib tushgandim, ajoyib voqeani guvohi bo'ldim...
Paxtakor atrofidagi panjara yaqinida odamlar uyoqdan-buyoqqa yugurgan... 5 minutdan keyin putbol boshlanadi, bileti yo'qlar tiqilib yotipti.
Shunda "Yoshlik" sport majmui oldidagi panjaraning stadion tomonida bir talay melisaga ko'zim tushdi. Panjaraning ko'cha tomonida esa 25-30 kishi to'planib turibdi. Yo'limiz o'sha yoqdan edi, o'tib borayotsam melisalar ichida bitta yoshrog'i bitta kattarog'iga qarab baqiryapti:
- Shuni kirg'izvoring, mani tanishim
Kattarog'i:
- Yo'q, kirmaydi hech kim
- Kirg'izvoring deyamman hech qayeriz kamayib qolmaydi-ku
- Yo'q kirmaydi o't sen joyingga
- Ey, inson, bu mani ammamni o'g'li, shunichun aytyamman, kirg'izvoring endi
- Yo'q dedim-ku, borsang-chi, hozir buni kirg'izsam qolganlarniyam kirg'azishga to'g'ri keladi
- Man sizga aytyammanu, man bundan pul olib qo'ymaganman, ammamni o'g'li deb....
- YO"Q.....

shunda yoshrog'i haligi "ammasini o'g'li"ga qarab, qani yur buyoq tomondan deb nariroqqa olib ketdi....

ikkalasi ham o'zicha haq...

shunaqa elementar narsalardan boshlanarkan deb o'ylab qoldim...
Nom: Re: Ziyouz abiturientlari
Yuborildi: Sadulla 10 Avgust 2011, 09:01:07
 :asl3:

Bizda nmagadir nazorat yahwi bumadi... Aytsam tilim kuyar, aytmasam dilim digan gap bormidi...?!
Nma bugandayam duoyingizga muhtojman...

Nazorat hamma yerda har xil bo'lgan shekilli.Bizda nazoratni bo'sh qo'yishmadi,ba'zi joylarda xatto telefondan foydalangani uchun dalolatnoma yozib abiturientlarni chiqarib yuborishibdi.Meni atrofimdagilar ham qo'rqib o'tirishdi,chunki har daqiqada tekshiruvchilar kirib kelishi mumkin edida,lekin men bemalol o'tirdim,berkitadigan narsa bo'lmagandan keyin qo'rqishga ne xojat  :D
Nom: Re: Ziyouz abiturientlari
Yuborildi: NANO 10 Avgust 2011, 10:03:54
Mani telefonim o'zim bilan edi!

Hehc kim tekshirmadi! 8)
Nom: Re: Ziyouz abiturientlari
Yuborildi: Usmon 10 Avgust 2011, 13:50:34
Ba'zi joylada amallasa, o'zi bilan 2 tagacha telefon, 1 ta Laptop (gaplashsa, wi-finiyam yoqib berisharkan), uch bosma taboqqacha shpargalka, kichkina spravochnik kitobchaladan 6 tagacha va 3 tagacha repetitor qo'shib obkirib ketishga ruxsat berishibdi...tssssshhh hech kim bilmasin-a...
Nom: Re: Ziyouz abiturientlari
Yuborildi: Bonuxon 10 Avgust 2011, 14:26:57
Ba'zi joylada amallasa, o'zi bilan 2 tagacha telefon, 1 ta Laptop (gaplashsa, wi-finiyam yoqib berisharkan), uch bosma taboqqacha shpargalka, kichkina spravochnik kitobchaladan 6 tagacha va 3 tagacha repetitor qo'shib obkirib ketishga ruxsat berishibdi...tssssshhh hech kim bilmasin-a...
bu oddiy haqiqat...
Nom: Re: Ziyouz abiturientlari
Yuborildi: Bonuxon 10 Avgust 2011, 14:30:11
Nazorat hamma yerda har xil bo'lgan shekilli.Bizda nazoratni bo'sh qo'yishmadi,ba'zi joylarda xatto telefondan foydalangani uchun dalolatnoma yozib abiturientlarni chiqarib yuborishibdi.Meni atrofimdagilar ham qo'rqib o'tirishdi,chunki har daqiqada tekshiruvchilar kirib kelishi mumkin edida,lekin men bemalol o'tirdim,berkitadigan narsa bo'lmagandan keyin qo'rqishga ne xojat  :D
Warqwunoslikda singlimi gruppasidayam nazorat yahwi bumagan kup4ilik tel.da foydalanibmuw...
Nom: Re: Ziyouz abiturientlari
Yuborildi: ibnUyayna 10 Avgust 2011, 14:48:28
LAP-TOP dislami ?! yana 1ta qaytarvoriyla adashmadilami??
Nom: Re: Ziyouz abiturientlari
Yuborildi: Usmon 10 Avgust 2011, 14:54:49
LAP-TOP  ::)
Nom: Re: Ziyouz abiturientlari
Yuborildi: Elcom 10 Avgust 2011, 17:25:14
TerDu Moliyada katta  o`yinlar bo`lib o`tdi  ,  Moliyaga  5000$ ko`kiga  joyiga kirib testlarni bajarib chiqishdi  ,100% garantiya  bergan
Nom: Re: Ziyouz abiturientlari
Yuborildi: AL_laziz87 13 Avgust 2011, 22:55:03
Аатижалар сълон килинибдику бугун! Кимда канде натижа. Хаёжонланмасдан схшилаб текширинглар натижани. Хаммага омад
Nom: Re: Ziyouz abiturientlari
Yuborildi: Mr.ZI 13 Avgust 2011, 23:30:00
Аатижалар сълон килинибдику бугун! Кимда канде натижа. Хаёжонланмасдан схшилаб текширинглар натижани. Хаммага омад
Qatda jovobla bor?
Nom: Re: Ziyouz abiturientlari
Yuborildi: Secret 14 Avgust 2011, 00:37:56

        :asl3:                             

       TEST NATIJALARI (http://www.dtm.uz/uz/result)

       HAMMAGA OMAD!
Nom: Re: Ziyouz abiturientlari
Yuborildi: Mr.ZI 14 Avgust 2011, 00:54:18
bilaman bo`ttaligini , eskilariyu bula
Nom: Re: Ziyouz abiturientlari
Yuborildi: Elcom 14 Avgust 2011, 07:55:11
Аатижалар сълон килинибдику бугун! Кимда канде натижа. Хаёжонланмасдан схшилаб текширинглар натижани. Хаммага омад
Qatda jovobla bor?
Javoblar bugun 9:00 da  Serverga  kiritiladi
Nom: Re: Ziyouz abiturientlari
Yuborildi: Akbarjоn 14 Avgust 2011, 08:24:57
Аатижалар сълон килинибдику бугун! Кимда канде натижа. Хаёжонланмасдан схшилаб текширинглар натижани. Хаммага омад
Qatda jovobla bor?
Javoblar bugun 9:00 da  Serverga  kiritiladi

DTM.uz ga kirtiladimikan
Nom: Re: Ziyouz abiturientlari
Yuborildi: Mr.ZI 14 Avgust 2011, 09:09:13
9 dan oshdiyu , kirsan eskilarini ko`rsatvottiyu!
Nom: Re: Ziyouz abiturientlari
Yuborildi: Lobar AZIZ 14 Avgust 2011, 09:16:57
Qo'rqyapman.......
Nom: Re: Ziyouz abiturientlari
Yuborildi: azizbek_mx 14 Avgust 2011, 09:42:23
kirolmapman ;D
Nom: Re: Ziyouz abiturientlari
Yuborildi: IXLOS 14 Avgust 2011, 10:36:04
Uzr, u yerga umuman kirib bo'lmayapti-ku...
Nom: Re: Ziyouz abiturientlari
Yuborildi: Akbarjоn 14 Avgust 2011, 10:40:23
kirolmapman ;D

Кираолмаслик бу унчалик қайғуга ботишга сабаб бсладиган нарса смас (гарчи бу гап қуруқ гапдай туюлса хам шундай)

Ўқишга кириш мухим смас хаёида сз срнини топиш  мухим, қаннчадан қанча кишилар сқишга кириб хаётда сз срниларини топиб кетаолишмасбди

кспчилик жумладан мен хам биринчи урунишда сқишга кираолмаганман :)

иштиёқ ва кучли харакат бслса кейинги йили албата сқишга кирасиз

Аллоҳ насиб қилсин шу кунларни
Nom: Re: Ziyouz abiturientlari
Yuborildi: UzMuslim 14 Avgust 2011, 11:12:16
Suyunchi Suyunchi.
Nom: Re: Ziyouz abiturientlari
Yuborildi: Ansora 14 Avgust 2011, 12:34:07
Suyunchi Suyunchi.

Uka,o'zingiz uchunmi suyunchi yoki boshqasigami:)
Nom: Re: Ziyouz abiturientlari
Yuborildi: UzMuslim 14 Avgust 2011, 12:55:29
Opajon o'qishga kirganlar uchunde Suyunchi.Bizha Suyunchi olish nasib etmagan Opajon.
Nom: Re: Ziyouz abiturientlari
Yuborildi: Ansora 14 Avgust 2011, 12:58:13
Opajon o'qishga kirganlar uchunde Suyunchi.Bizha Suyunchi olish nasib etmagan Opajon.

Uka, noumid shayton...
Nom: Re: Ziyouz abiturientlari
Yuborildi: ЖАМШИДЖОН 14 Avgust 2011, 14:23:02
4064557 nomer iltimos tekshirib berilar o'tibmizmi, yo yiqilibmizmi yana
Nom: Re: Ziyouz abiturientlari
Yuborildi: AL_laziz87 14 Avgust 2011, 14:28:50
4064557 nomer iltimos tekshirib berilar o'tibmizmi, yo yiqilibmizmi yana

Javob Varaqa raqamingiz. Vash nomer lista otveta:4064557

Vuz: Tosh DIU

BALL: 159,1

Siz talabalikka tavsiya etilmadingiz. Vi ne nabrali dostatochnoe kolichestvo ballov.
Nom: Re: Ziyouz abiturientlari
Yuborildi: Sadulla 14 Avgust 2011, 15:16:09
 :asl3:


Afsus abiturientlik davri yana bir yilga cho'ziladigan bo'ldi  :(

172,8 ball ham sharqshunoslik instituti uchun kamlik qildi,atigi 4.1 ball yetmadi.

Mayli har ishda hikmat bor degan gapga amal qilib ko'ngilni cho'ktirmasligimiz kerak,aytishadiku oyning 15 beshi qorong'u bo'lsa,15 yorug'.Endi keyingi 15 likni kutamiz  ;)

O'qishga kirgan forumdoshlarni tabriklayman,kirolmaganlarga esa sabrli bo'lishlarini tilab qolaman.
Nom: Re: Ziyouz abiturientlari
Yuborildi: Elcom 14 Avgust 2011, 17:26:16
Men xam kira olmadim !!!
Nom: Re: Ziyouz abiturientlari
Yuborildi: registan 14 Avgust 2011, 17:51:05
Kirganlarni talabalik baxti bilan tabriklayman, kirolmaganlarga sabr va yana 1 yil vaqtlarini unumli o'tqizishlarini tilayman.
Nom: Re: Ziyouz abiturientlari
Yuborildi: As-Samarqandiy 14 Avgust 2011, 19:53:13
Assalomu alaykum Abuturentlar,

Talaba bo'lganingiz bilan chin dildan muborakbod etaman. Eson omon a'lo baholar bilan tugatib olish hammangizga nasib etsin!

Qisqa bo'lsa ham samimiy tilaklarni qabul qilib oling.

Hurmat bilan As-Samarqandiy

Nom: Re: Ziyouz abiturientlari
Yuborildi: Bonuxon 14 Avgust 2011, 23:14:06
Öqiwga kirdim dp sizlardan suyun4i omoq4idim afsuski wu bizam el qatori yiqilibmiz :-D xa mayli qazoi qadar...
Nom: Re: Ziyouz abiturientlari
Yuborildi: ibnUyayna 29 May 2012, 20:09:09
Bu yil kimlar abituriyent?Kim qaysi oqishga topshirvoti?
Nom: Re: Ziyouz abiturientlari
Yuborildi: Sadulla 01 Iyun 2012, 11:25:07
 :asl3:

Bu yil kimlar abituriyent?Kim qaysi oqishga topshirvoti?

O'tgan yilgi abiturientlar o'qishga sho'ng'ib ketishganga o'xshaydi forumga ham kam kirishyapti.

Mirolim anchadan beri ko'rinmayaptilar ular ham o'tgan yili abiturient edilar.

Azizbek_mx ham bu yil qattiq tayyorlanyaptilar shekilli,shunga forumda bir oyda bir marta post qoldiraman deb o'zlariga so'z berganlar  shekil :)

O'tgan yili ЖАМШИДЖОА,AL_laziz87,Elcom,NANO va boshqalar abiturient edilar,shular qatorida kamina ham.Men bu yil ham abiturientman,qolganlarni esa hozircha bilmayman.
Nom: Re: Ziyouz abiturientlari
Yuborildi: Fayzulloh 01 Iyun 2012, 14:16:08
:asl3:


O'tgan yili ЖАМШИДЖОН,AL_laziz87,Elcom,NANO va boshqalar abiturient edilar,shular qatorida kamina ham.Men bu yil ham abiturientman, qolganlarni esa hozircha bilmayman.


 :vsl3:
Abiturentlani hammaligiga omad tiliman shu qatori sizgayam alohida omad Sadulla. Allohim shu yili o'qishga kirishizni nasib etsin.

Do'stim bu yiliyam Sharqshunoslikka topshirvosmi?
Nom: Re: Ziyouz abiturientlari
Yuborildi: Sadulla 02 Iyun 2012, 05:32:02

Do'stim bu yiliyam Sharqshunoslikka topshirvosmi?

Ha,yiqilgan kurashga to'ymas  ;)
Nom: Re: Ziyouz abiturientlari
Yuborildi: Maysara 02 Iyun 2012, 16:22:00
Bosh kötarmay dars qiling, har yili abiturent bölaverish ham yaxshi emas. Duo qilib turamiz.
Nom: Re: Ziyouz abiturientlari
Yuborildi: Abdulloh_8800 03 Iyun 2012, 05:54:19
 :asl3:
Gap bow ko'tarmay dars qiliwda emas pewonada bo'lsa InshaAlloh wunday ham kirasiz. Men imtihondan chiqayotib bowimni oynaga urib olganman. O'qiwga kirdim ustimdan kulganlarni birortasini ham guruhimizda ko'rmadim
Nom: Re: Ziyouz abiturientlari
Yuborildi: Dostonbek_N 10 Iyun 2012, 19:31:38
Do'stlar man ham bu yil Jizzax davlat ped.institutiga hujjat topshirmoqdaman. Bu man uchun birinchi imtixon! To'g'risi hammasiga tavakkal qimoqchiman. Chunki ishdan bo'shay olmepman. Lekin o'qishga kirgim keladi! Duo qilinglar!
Nom: Re: Ziyouz abiturientlari
Yuborildi: Sadulla 25 Iyun 2012, 05:22:14
Assalomu alaykum.

HUJJAT TOPSHIRISH VAQTI KELDI!


Biz shu kunga qadar vaqtning tez o‘tib borishi haqida  ko‘p gapirdik. Mana, kutilgan onlar juda ham yaqin qolganiga yana bir ishora sifatida, oliy o‘quv yurtlariga bugundan, 20-iyundan, hujjatlarni qabul qilish boshlandi.

Endi abituriyent do‘stlarimiz qaysi oliy o’quv yurtini tanlasam ekan deb bosh qotirishadi. Ballarni bir- biriga solishtirib, taqqoslashadi.

Oliy o‘quv yurtini tanlash haqida gazetamizning 8-sonida maqola berilgan edi. Shu sababli sizni bu masalada yana bir marotaba boshingizni og‘ritib o‘tirmaymiz, faqatgina mazkur  maqolaga o‘z e’tirozini bildirgan bir muxlisimizning savoliga javob berib o‘tsak:


— Odatda, bir yili o’tish balli 185  yoki undan yuqori bo'lgan oliy o'quv yurtlarining ballari keyingi yili tushadi yoki, aksincha, balli past bo‘lgan  oliy o‘quv yurtlarida juda ham ko'tarilib ketadi. Shaxsan o'zimning  tajribamdan: balli 175 ball atrofidagi fakultetga topshirgandim, o‘sha yili 196 ballga ko'tarilib ketdi.  Xo’sh,  bunday hollarda nima qilish kerak? Ehtimol, balli juda yuqori bo’lgan  joyga hujjat topshirish kerakdir. Chunki bir yil oldingi ma’lumotlarni ko'rgan ko‘pchilik abituriyentlar past balli OTMga hujjat topshirishadi va shu sababli raqobat yana oshib ketadi.

— Albatta, abituriyentlar ko‘p hollarda o‘tgan yilgi ballarga qarab xulosa qilishadi. Lekin bu o‘z nomi bilan o‘tgan yilgi ball, bu yilgi ball emas. Ba’zan  boshqa fakultet va universitetlarga solishtirib ko‘rilganida ball nisbati unchalik o‘zgarmaydi. Ya’ni, qaysidir oliy o‘quv yurtining boshqa oliygohdan balli sezilarli darajada past bo‘lsa, keyingi yil birdaniga ikkinchi oliygohdan ko‘tarilib ketmaydi. O‘tgan yilgi ball solishtirish uchun yaxshi. Lekin  bu yilgi ballni taxmin qilish uchun 3-4 yillik ballarni ham solishtirish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Shunda vaziyat sizga oydinroq ko‘rinadi.

Undan tashqari, u yerga topshiruvchilarning soni kamligi ham ballning pasayishidan dalolat bermasligi mumkin. Biroq nisbatan raqobat kam joyda ball tushish ehtimoli ortadi.

Ballning birdaniga ortib yoki kamayib ketishi, asosan, o‘tish ballari yuqori bo‘lgan yo‘nalishlarda yuz beradi. Yuqori balli joyga hujjat topshirishning o‘ziyoq tavakkal hisoblanadi. U yerda ball oshishi yoki kamayishini, albatta, inobatga olishingiz lozim.

Hujjat topshirishda shoshilish yoki o‘ta xotirjamlikka berilish  yaramaydi. Chunki shoshilinchda  topshirilgan hujjat sizga bir qancha noqulayliklar olib keladi, fikringiz o’zgarib hujjatlaringizni qaytib olaman desangiz, ham o’zingizga, ham  qabul komissiyasi a’zolariga ortiqcha boshog‘riq yaratasiz. Aksiga, o‘ta xotirjamlikka berilib, hujjat topshirishni oxirgi kunga qoldirsangiz, kichik bir kamchilik tufayli hujjatlaringiz qaytarilsa, bu yil talaba bo’lish baxtini  qo‘ldan boy berib qo‘yishingiz mumkin.

Hujjat tayyorlash biroz vaqt talab qiladigan jarayon hisoblanadi. Shu bois hujjatlarni tartibga solish  davomida dars tayyorlash rejangiz buziladi. Bu narsani oddiy qabul qilib, kunduzi yo‘qotilgan vaqtni kechki paytda to‘ldirib olasiz. Quyida esa Oliy o‘quv yurtiga topshirish uchun kerakli bo‘lgan hujjatlar ro‘yxatini keltiramiz:
Ta'lim yo'nalishi, o'qitish tili va shakli ko'rsatilgan ariza;
O'rta yoki o'rta maxsus kasb- hunar ma'lumoti  haqidagi hujjatning asl nusxasi;
086/U-shaklidagi  tibbiy ma'lumotnoma;
3,5 x 4,5 sm hajmdagi 6 dona fotosurat;
Xalqaro va respublika miqyosidagi olimpiada va tanlov g'oliblariga imtiyozli ravishda  o'qishga kirish huquqini beruvchi hujjatning asl nusxasi;
Muddatli harbiy xizmatni imtiyozli tugatganligi haqidagi hujjatning asl nusxasi;
Jismoniy tarbiya institutiga kiruvchi abituriyentlar, yuqorida qayd etilganlaridan tashqari, sport malakasini tasdiqlovchi hujjat, 8 ta fotosurat (maxsus tibbiy ko'rik varaqasi uchun) taqdim qiladilar.

Manba (http://abituriyent.uz/blog/2012/06/hujjat-topshirish-vaqti-keldi)

Do'stlar man ham bu yil Jizzax davlat ped.institutiga hujjat topshirmoqdaman. Bu man uchun birinchi imtixon! To'g'risi hammasiga tavakkal qimoqchiman. Chunki ishdan bo'shay olmepman. Lekin o'qishga kirgim keladi! Duo qilinglar!

Olloh o'zi madad bersin!
Nom: Re: Ziyouz abiturientlari
Yuborildi: Sadulla 03 Iyul 2012, 07:39:50
Assalomu alaykum.

Bakalavrlar tayyorlash qabul kvotalari (2012-2013 o'quv yili) (http://edu.uz/userfiles/a06f17c1-d2ef-492a-8a29-adc3a01d91d5_Qabul_kvotasi_bakalavr_12-13.pdf)


Magistrlar tayyorlash qabul kvotalari (2012-2013 o'quv yili) (http://edu.uz/userfiles/038bc8c2-ea73-45fe-bd94-433230a5436e_Qabul_kvotasi_magistr_12-13.pdf)
Nom: Re: Ziyouz abiturientlari
Yuborildi: Sadulla 10 Iyul 2012, 06:45:19
Assalomu alaykum.

Kecha eson-omon hujjat topshirib keldik.Qabul komissiyasida odam ancha ko'payib qolibdi.Shunga hujjat topshirish ham ozgina qiyin bo'lib qolibdi.Endi hotirjam tayyorgarlikni davom ettirsak bo'ladi.Forumdoshlar duolaringizda abituriyentlarni ham eslab turinglar! (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=4945.0)
Nom: Re: Ziyouz abiturientlari
Yuborildi: Sadulla 14 Iyul 2012, 07:17:26
 :asl3:

Internatdan ancha vaqt online test topshiradigan sayt qidirib(uz saytlarda abituriyentlar uchun)oxiri topdim,ma'lumotlari bu yilniki bo'lmasa ham o'qishga hujjat topshirayotganlarni bilimlarini sinab ko'rishsa bo'ladi:

www.uzvip.uz
 (http://www.uzvip.uz/#)

Saytda test topshirish uchun ro'yxatdan o'tish kerak.
Nom: Re: Ziyouz abiturientlari
Yuborildi: Zulfina 14 Iyul 2012, 09:22:49
 :asl3:

Shu mavzuga kirsam o'zimning abiturientlik paytim esimga tushadi... Xatto shu tushlarimdayam test yoki shu o'qish bilan bog'liq nimalardur bo'lardi.
Kecha ukam abiturientlar safidan talabalar safiga o'tdi. Rosa quvondik, alhamdulillah.

Ziyouz abiturientlari ham imtixonlardan yorug' yuz ila o'tvolishsin ilohim. Barchanggizga O'zi madadkor bo'lsin!
Nom: Re: Ziyouz abiturientlari
Yuborildi: azizbek_mx 16 Iyul 2012, 23:35:08
Döstimdan kelgan sms :) :
Iqtibos
Tengdowlari qatori öynab kulmagan,
Yowlikning goh undan köngli tölmagan,
Kitobni öqiwdan bir zum tinmagan,
ABITURIYENT DÖSTIM TALABA BÖLSIN.
Qölda kitob tunni bedor ötkazar,
Shoshar gar uxlasa vaqtdan yutkazar,
Tinmay izlanadi solsangiz nazar,
ABITURIYENT DÖSTIM TALABA BÖLSIN.
Islombek singari öynab yurmaydi,
Köp öqiydi lekin köngli tölmaydi,
Bu yil öqiwga kirmasa vapwi bölmaydi,
ABITURIYENT DÖSTIM TALABA BÖLSIN.
Nom: Re: Ziyouz abiturientlari
Yuborildi: Sadulla 26 Iyul 2012, 08:19:23
Assalomu alaykum.

Bu yilgi qabul kvotalari va har bir institutga qancha odam topshirganligi:

Abituriyent 2012   (http://dtm.uz/new/index.php?act=a2012)

(Davlat test markazi tomonidan chiqarilgan)
Nom: Re: Ziyouz abiturientlari
Yuborildi: BilmasOY 14 Avgust 2012, 09:53:45
Assalomu alaykum.

Mandat qachon chiqarkan? Qaysi saytdan topsa bo'ladi javoblarni? hech qayerda yo'q-ku! Yoki hali chiqmadimi?? ???
Nom: Re: Ziyouz abiturientlari
Yuborildi: Shuhrat_ 14 Avgust 2012, 13:08:35
Assalomu alaykum.

Mandat qachon chiqarkan? Qaysi saytdan topsa bo'ladi javoblarni? hech qayerda yo'q-ku! Yoki hali chiqmadimi?? ???
Va alaykum assalom.
15-avgust ga chiqarkan, Hudo hohlasa ertaga.
Bizam kutyapmiz ,jiyanla topshirishkan
Nom: Re: Ziyouz abiturientlari
Yuborildi: AbdulAziz 16 Avgust 2012, 09:51:02
Hurmatli abituriyent (yo'g'e talabalar)!
Sizlardan xayrli xabarlar kutyapmiz. Tezroq bizni xursand qilinglar!  : )
Nom: Re: Ziyouz abiturientlari
Yuborildi: Sadulla 16 Avgust 2012, 13:51:36
 :asl3:

 :( :( :( :( :( :( :( :( :( :( :( :( :( :( :( :( :( :( :( :( :( :(

Peshanamizga Sharqshunoslikka kirish yozilmagan shekilli :(
Nom: Re: Ziyouz abiturientlari
Yuborildi: SAHOBEAT 16 Avgust 2012, 16:50:18
menga talaba bo'lish nasib qilmagan shekili :2
Nom: Re: Ziyouz abiturientlari
Yuborildi: AbdulAziz 16 Avgust 2012, 17:17:23
:asl3:

 :( :( :( :( :( :( :( :( :( :( :( :( :( :( :( :( :( :( :( :( :( :(

Peshanamizga Sharqshunoslikka kirish yozilmagan shekilli :(

Siz unda to'g'ridan-to'g'ri Koreyaga topshiravering.
Nom: Javob: Ziyouz abiturientlari
Yuborildi: SAHOBEAT 20 Iyul 2013, 15:39:49
Abuturentlarga omad wu qatorda 6zimgayam
Nom: Javob: Ziyouz abiturientlari
Yuborildi: Sadulla 16 Avgust 2013, 16:54:50
Assalomu alaykum.

Abituriyentlardan nega xabar yo'q?

Xushxabarlarni kutyapmiz.
Nom: Javob: Ziyouz abiturientlari
Yuborildi: Aqoid 16 Avgust 2013, 17:37:55
Bizning shogirdlardan 2 tasidan xabar keldi. 1ta +, 1ta -
Kutyapmiz biz ham
Nom: Javob: Ziyouz abiturientlari
Yuborildi: BilmasOY 20 Avgust 2013, 14:46:21
Assalomu alaykum :)
     Mandat chiqgan kuni yozishga qo'lim tegmadi, ertasi kuniyoq dam olishga ketib qolgandik, u yerda internet antenna chiqmay netga kirish ham qiyinroq bo'ldi bo'lmasam o'sha kuniyoq xabardor qilardim... : )
  Xullas 15-kuni soat kechki 11da xabar keldi mandat chiqibdi deb.O'zimga sig'may ketyapman nima bo'ldiykin kirdimmi kirmadimmi degan xayollar... Kechasi borgani qo'yishmadi.  Eertalab 5dan o'tib institutga bordik. Akam eng avval byudjetlarni ko'rchi dedilar. Rosa qidiraman shekilli deb o'ylagandim. Shundoq qaradim-u... Atigi 2-3soniya ketdi o'zimni raqamimni topishimga : ) Alhamdulillah, ro'yxatda 2-bo'lib turgan ekanman. Byudjet!!! 207,5ball  : ) : ) : ) Ana boshlandi xursandchilik, ko'z yoshlar : ) Shu bilan endi vaqt topdim xursandchiligimni sizlar bilan bo'lishishga)
Nom: Javob: Ziyouz abiturientlari
Yuborildi: Ansora 20 Avgust 2013, 15:12:43
Valaykum assalom. Singlim Alloh muborak aylasin, judayam xursand boldim, xuddi ozim kirganday boshqatdan:)
Bu kunni unutib bolarkanmi:) Rabbim yana ham ulug ilm joylarini nasib aylasin, yuzingiz doimo yorug bolsin.


(http://s18.postimg.org/c4eob8it5/165409_627595717266472_1711866609_n.jpg) (http://postimage.org/)
jpg upload (http://postimage.org/index.php?lang=turkish)
Nom: Javob: Ziyouz abiturientlari
Yuborildi: Хадича 20 Avgust 2013, 18:01:43
Assalamu alaykum.

(http://upislam.com/images/00938268020771864541.gif)

Ana bayramu mana bayram,ana kir yuvadirg'on moshinayu, mana televizor... : ) : )

Tabrikliymiz chin dildan.
Haqiqatan ham munosib ediz byudjetga. Duolarimiz bo'y taratdi,alhamdulillah : ) ; )
Ana og'ir yukdan qutilib oldingiz,endi yanada mas'uliyatli bo'lib,yaxshilab o'qishga bel bog'lasez hammasi yanayam a'lo darajada bo'ladi  :1 : )
Alloh doimo yuzizni yorug' qilib,foydalik ilm bilan siylasin.

P.s. Qachon endi yig'ilamiz mehmondorchilikka... Sentabrgacha mehmondorchilik qilmase keyin vaqtiz bo'lmiydimi deb qo'rqamande  :5 :5 ; ) .
Nom: Javob: Ziyouz abiturientlari
Yuborildi: Muxsiya 20 Avgust 2013, 18:07:18
Tabriklayman xayrli kelsin
Nom: Javob: Ziyouz abiturientlari
Yuborildi: Zumrad1995 20 Avgust 2013, 18:56:16
BilmasOY, chin dildan tabriklayman...

Bizgayam nasib qilsin..
Yuqsin-yuqsin qilib qo`ying:))

Sir bo`lmasa qaysi oliygohga?..
Nom: Javob: Ziyouz abiturientlari
Yuborildi: BilmasOY 20 Avgust 2013, 22:07:44
Katta rahmat, qadrlilarim, birgalikda bo'lsin:) sizlarni yozganlarizni o'qib yana bir marta o'qishga kirganday bo'ldim o'zimam:) Xadicha opa, albatta, hali bir yig'ilamiz, telefonlashamizda:) Zumradxon, rahmat, sizgayam nasib qilsin ilohim, buyam bir baxt ekan:) sirmas, Sharqshunoslikka kirdim, o'zimizni yo'nalish, Ansora opa biladilar a ;)
Nom: Javob: Ziyouz abiturientlari
Yuborildi: Zumrad1995 21 Avgust 2013, 13:24:03
BilmasOY, Aytganingiz kelsin opa..
InshaAlloh izdoshlaringizmizda:))

Endi BilmasOY nomi sizga yarashmaydiku))
Bilag'onOY qilvoling opa;))
Nom: Javob: Ziyouz abiturientlari
Yuborildi: Ansora 22 Avgust 2013, 15:23:15
Yana oqishga kirganlar bormi:)
Nom: Javob: Ziyouz abiturientlari
Yuborildi: Zumrad1995 22 Avgust 2013, 20:33:50
Ansora opa, duo qilib turing, kelasi yili men topshiraman;))
Nom: Assalom-u alaykum!
Yuborildi: Talat Halimov 04 Yanvar 2015, 11:30:03
Assalom-a alaykum do'stlar. Menga DTM test dasturi kerak edi. Ko'rsatilgan manzillardan ko'chirib ololmayapman. Balkim iltifot qilib [email protected] pochta manzilimga tashlab berarsizlar? Oldindan rahmat!
Nom: Javob: Ziyouz abiturientlari
Yuborildi: Muhammad Sanjar 05 Yanvar 2015, 00:56:13
Assalom-a alaykum do'stlar. Menga DTM test dasturi kerak edi. Ko'rsatilgan manzillardan ko'chirib ololmayapman. Balkim iltifot qilib [email protected] pochta manzilimga tashlab berarsizlar? Oldindan rahmat!

Ziyouz forumida ko'rsatilgan linklar eskirgan bo'lsa kerak. Mana bu (http://azamat.uz/dtm-test-dasturi/) saytdan ko'chirib ko'ringchi..