forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Islom => Islomiy kitoblar => Mavzu boshlandi: maknuna 13 Avgust 2006, 08:00:52

Nom: Fotimaxon Sulaymonqori qizi. Ayol mukarramdir
Yuborildi: maknuna 13 Avgust 2006, 08:00:52
Fotimaxon Sulaymon qori qizi

AYOL MUKARRAMDIR

Toshkent
Movarounnahr – 2004

Mundarija

Ayol – Alloh nuri (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=596.msg12327#msg12327)
Insonning yaratilishi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=596.msg12333#msg12333)
Tarixda ayolning o’rni (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=596.msg12338#msg12338)
Davrimizda ayol (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=596.msg12349#msg12349)
Islomda ayolning o’rni va qadr-qimmati (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=596.msg12353#msg12353)
Islomiy oila farog’ati (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=596.msg12369#msg12369)

Ayol – Alloh nuri
(muharrir muqaddimasi)

Bismillahir rohmanir rohim

Alloh taolo birinchi ayol – Havvoni erkak, ya’ni Odamning qovurg’asidan yaratgan. Men bu holatdan ham bir ilohiy hikmat tuyaman. Inson tanasini qovurg’asidan ajratib bo’lmaganiday, erkakni ham ayoldan ayirish juda qiyin! Alloh taolo insoniyat silsilasini davom ettirish uchun ayolga onalik baxtini, imkonini bergan. Ayol erkak uchun lazzatli hayot va taskin, osoyishtalik timsoliga aylangan. Qur’oni karimda shunday deyilgan:

“Alloh shundayin zotki, Sizlarni bir jondan (Odamdan) yaratdi va u orom osoyish topsin, deb uning o’zidan juftini vujudga keltirdi”. (A’rof,189) Yana Qur’oni majidda shunday deyiladi: “Ular (ayollar) Sizlarning libosingiz. Sizlar ular uchun libossiz (ya’ni, er-xotin bir-biriga kishi libosga muhtoj bo’lgani kabi muhtojdirlar)”.(Baqara,187)
Nom: Re: AYOL MUKARRAMDIR. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: maknuna 13 Avgust 2006, 08:01:08
Insoniyatning oxirgi Payg’ambari Muhammad alayhissalom ayol nomini ulug’lash, uning sha’nini ko’tarish, xotin-qizlarning huquqini belgilab berishda faqat Islom ummatigagina emas, balki kishilik jamiyatiga ibrat va namuna bo’lib kelyaptilar. U zotdan rivoyat qilingan hadisni bir eslang: "œO‘z xotiniga mehr-shafqatli bo’lgan kishilar oralaringizdagi eng yaxshi kishilardir". Payg’ambar alayhissalomdan «Nimani yaxshi ko’rasiz?» deb so’rashganida: «Ayolni, xushbo’y narsalarni va namozni», deb javob qaytarganlar. Buni shoir chiroyli satrlarga shunday muhrlagan:

Xotin-qizlar, xushbo’ylar mehri,
Bu dunyoda dilga bo’ldi jo.
Ko’nglim xushi, ko’zim qorasi,
Dil yupanchi namozda ammo.


Payg’ambar alayhissalomning ayollari ham u zotga nisbatan cheksiz hurmat, sadoqat, itoat, muhabbat namunalarini ko’rsatishdi. Birinchi zavjalari Xadichai Kubro qabilaning eng baobro’, badavlat, nasabli va go’zal ayollaridan edi. Bu oqila ayol Muhammad alayhissalomning to’g’ri so’z, halol, xushhulq va rostgo’yliklari tufayli o’zi sovchi qo’yib, u zotga turmushga chiqdi. Butun boyligini, mehr-muruvvatini qo’sh-qo’llab tutdi. U zotning Islom dinini yoyish yo’lidagi mashaqqat-azoblariga sherik bo’ldi, qiyin kunlarda yupanch, dalda berdi, chinakam safdosh va sirdosh bo’ldi. Kenja zavjalari hazrati Oisha (r.a.) Payg’ambar alayhissalomdan eng ko’p rivoyat qilgan safdoshlaridan bo’ldilar. U zotning ko’rsatma va da’vatlarini Islom ummatiga yoyishda eng ko’p jonbozlik qildilar. Payg’ambar alayhissalomning qizlari Fotimai Zahro ham imom Hasan va Husaynlarday tabarruk insonlarni hayot bergan, tarbiyalagan eng oliyjanob ayol sifatida tarix qatlariga muhrlanganlar.
Nom: Re: AYOL MUKARRAMDIR. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: maknuna 13 Avgust 2006, 08:01:35
Ammo jaholat va kufr hukmron bo’lgan zamonlarda ayolning holiga voy edi. Unga bir buyum, erkaklarning ko’ngilxushi sifatida qaralardi. Islomgacha bo’lgan arab dunyosida qiz farzandlarni tiriklay ko’mish odat tusiga kirgandi. Ayollarni cho’ri sifatida olib sotishardi, tanfurushlik qilib, pulini xojasiga topshirishga majburlashar, xotinlari sonini ko’payirib, ularni xo’rlashar, zulm ko’rsatishar edi.

Hatto, o’zini ancha madaniyatli va hur fikrli sanagan G‘arb olamida ham ayollarning holiga maymunlar yig’lardi. Unga bir xizmatkor yoki bir buyum sifatida qaralardi. "œShaytonning urg’ochisi", degan nomlar bilan kamsitib, xo’rlashardi. Hatto, G‘arb mamlakatlaridan birining parlamenti "œAyolni inson, deb hisoblash kerakmi-yo’qmi?" degan masalani muhokama qilgan ekan. Nasroniy olimlar erkaklarni yo’ldan ozdirguvchi, bolalarni yamlamay yutuvchi bu dunyoni "œayol dunyo", deb ta’riflagan ekanlar.

Ammo Islom qonunlari asosida yashay boshlagan o’lkalarda ayolning mavqei oshdi, sha’ni ulug’landi, huquqi kengaydi. Uning jamiyatdagi huquqlari haqida gapirmay qo’yaqolaylik, hatto, oiladagi huquqlarining kengligi va adolatparvarligi hozirgi G‘arb tadqiqotchilarini ham hayratga solyapti. Islom shariatiga ko’ra, erkak xonimining ro’zg’or, kiyim-kechak, yemak-ichmak sohasidagi barcha sarfu-xarajatlarini, ehtiyojlarini zimmasiga oladi, uning ruxsatisiz Hajga ham ketolmaydi, agar ayoli bolani emizishni xohlamasa, bu ishga boshqa ayolni pulga yollaydi, xonimiga yaxshi muomalada bo’lib, uning nuqson-ayblarini, sirlarini yashiradi va hokazo.
Nom: Re: AYOL MUKARRAMDIR. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: maknuna 13 Avgust 2006, 08:01:51
Sharqda ayolni ulug’lamagan, uning sha’niga biror og’iz madhiya, maqtov bitmagan allomayu shoirni, fuzalo-mutafakkirni topish qiyin. Mavlono Jaloliddin Rumiy dunyoni hayratga solgan shoh asari "œMasnaviy"sida shunday yozadi:

«Ayol Alloh nuri, oddiy jononmas,
Yaratur, yaralgan oshufta jonmas».


Yolg’izlikni faqat o’ziga munosib ko’rgan Alloh taolo butun mavjudotlarni juft-juft qilib yaratgan. Shu jumladan, insonni ham. Ammo barcha zohir va botin narsalarni qamrab olgan juftlik qonuni insonlarda yuksak kamolot cho’qqisiga ulangan. Erkak va ayolning, oshiq va ma’shuqaning bir-biriga intilishi, bir-biriga muhabbatida Allohga intilmoqning, ilohiy ishqning namoyon bo’lishi Sharq adabiyotida, so’fiylar she’riyatida o’z go’zal ifodasini topgan. Sharq she’riyatida Yusuf va Zulayho, Farhod va Shirin, Layli va Majnun, Vomiq va Uzro, Tohir va Zuhro kabilar mashhur oshiq-ma’shuqlardir. Ana shu sevgi rivoyatlarining barchasida ayol timsoli Alloh ishqida kuyib-yonishlarning, intilish-talpinishlarning ilohiy xotimasiga aylangan, ular siymosida Alloh taoloning sifatlari zohir bo’lgan.
Nom: Re: AYOL MUKARRAMDIR. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: maknuna 13 Avgust 2006, 08:01:59
Barcha zamonlarda ayollar sha’niga bo’lmag’ur tuhmatlar, kamsitishlar qilib kelindi, ular xo’rlandi, jaholatga otildi. Ammo Alloh taolo ularni xo’rlatib qo’ymadi, aksincha, ularning maqomini yuqori ko’tardi. Insoniyatga Iso alayhissalomni hadya etgan bokira ayol Maryam, kufr va kibrga berilib, o’zini buyuk qudrat sohibi atagan Fir’avnni bu razil yo’lidan qaytarmoqchi bo’lgan xotini Osiyo, oxirgi payg’ambar Muhammad alayhissalomga cheksiz yordam ko’rsatgan, yupanch va sodiq-hamdard bo’lgan Xadichai Kubro kabi ayollar "œjannatiy" maqomini olishdi. ayollar orasida so’fiylikning tamal toshini qo’ygan Robi’a al-Adaviyya, Imom Ja’fari Sodiqning kelini, olima va avliyo Sayyida Nafisa, nishopurlik yirik so’fiy olima Fotima, xotirasiga Agradagi "œToj Mahal" obidasi tiklangan malika Mumtoz Mahal, siyosat, ilm-fanlar bobida javlon urgan yuzlab, minglab ayollarning shijoati, zakovati, taqvosi kimlarni lol qoldirmagan, deysiz?

Shu o’rinda ulug’ so’fiy ayol, buyuk taqvo egasi basralik Robia al-Adaviyya bilan bog’liq bir rivoyatni keltirsam: "œBir kuni bir ulug’ kishi Robia oldiga kelib, uni sinamoq uchun shunday dedi: "œYo Robia, buncha ulug’lanmasang! Axir ayolsan, hargiz ayol zotiga payg’ambarlik kelmadi. Barcha fazilatlar erkaklarga kelibdi. Payg’ambarlik tojini erlar, eranlar boshiga qo’ydilar va kamarini ularning bellariga bog’ladilar". Robia aytdi: "œBu aytganlaring to’g’ridir. Ammo "œmenlik" da’vosi ham hargiz ayoldan kelmadi. "œVa ana Robbikum ul a’la" da’vosi erdan keldi. (Fir’avn shunday degandi, ya’ni: "œMen sizning yuksak Robbingizman".) Hech bir ayol muxannaslik nomini taqmadi. Muxannaslik va manmanlik—kibr erdadir".
Nom: Re: AYOL MUKARRAMDIR. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: maknuna 13 Avgust 2006, 08:02:07
Bunga qo’shimcha qilib, Mavlono Jomiyning yana bir hikmatga to’la so’zlarini keltirib o’tish joiz: "œQuyoshning muannas /jenskiy rod/ga mansubligi ham uni xiralashtira olmaganligi singari Oyning muzakkar /mujskoy rod/ga mansubligi ham uning darajasini oshira olmaydi".

Olmoniyalik taniqli olima Annamarie Shimmel xonim "œJonon mening jonimda" nomli kitobida yozadi: "œIslom jamiyatida eng katta hurmatga loyiq zot—ayol, aniqrog’i, ona hisoblanadi. Bu hol Payg’amg’ar alayhissalomning "œJannat — onalarning oyog’i ostidadir", degan hadisi shariflarida ham yaqqol bayon etilgan. Islom dini nozil etilgan kundan boshlab hozirgi kungacha taqvodor, o’qimishli va yolg’iz Alloh taoloni sevguvchi ayollar bo’lgan, bor va  bo’ladi".

"œAyol mukarramdir" deb nomlangan mo’’jaz risola ham ayol haqida. Uning jamiyatda tutgan o’rni, Islom dinining va hozirgi zamon hazorasining (tsivilizatsiyasining) ayolga munosabati to’g’risida. U ana shu dolzarb masalaga xolis, adolat nuqtai nazaridan yondashuvi bilan barcha kitobxonlarga manzur tushadi, degan umiddamiz.
Tavfiq Allohdan!
Nom: Re: AYOL MUKARRAMDIR. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: maknuna 13 Avgust 2006, 08:02:24
Insonning yaratilishi

Alloh taolo Yerni yaratishi bilan unga jinlarni joylashtirdi. Jinlar yer yuzida fasod chiqargach, Alloh taolo farishtalardan bir lashkar bilan Iblisni yubordi. Ular jang qilib, jinlarni orollarga va tog’larga surdilar.

Faqat Iblis kibr bilan hech kim qilolmaydigan ishni bajardim, deb o’yladi. Farishtalar Alloh taoloning bilgani — Iblisning kibrini, kekkayganini bilmadilar.

So’ng Alloh taolo farishtalarga «Muhaqqaq, Men yer yuzida (O‘zimga) bir xalifa yaratmoqchiman», deyishi bilan malaklar: «Jinlar kabi u ham yerda buzg’unchilik qiluvchi, qon to’kuvchi bo’ladimi?» dedilar.

Alloh taolo: «Shubhasiz, Men bilganni bilmassiz», ya’ni siz bilmaganni, Men bilguvchiman, dedi.
Janobi Haq Odamni yaratmoqni murod qilishi bilan yerga xitoban marhamat qildiki: «Men sendan xalifa yaratmoqchiman, ulardan Menga toat qiluvchilarni jannatga, isyon qiluvchilarni jahannamga joylayman».

Alloh taolo yerning turli: oq, qora, qizil tuprog’idan, baland-past, yaxshi-yomon, serhosilu hosilsiz, yumshoq va qattiq joylaridan, ba’zi tog’lardan keltirishni amr etdi.*
Nom: Re: AYOL MUKARRAMDIR. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: maknuna 13 Avgust 2006, 08:02:44
Alloh taologa tuproq keltirilganda, uni qora, hidli balchiqqa aylantirib, undan Odamni (a.s.) yaratdi. Odam (a.s.) qirq kecha tashlangan bir jasad holida yotdi. Iblis kelib oyoqlariga urar, urganda, Odam gavdasidan sado chiqardi. Farishtalar Odam (a.s.) jasadi yonidan o’tisharkan, surati go’zalligiga, bo’yi uzunligiga hayratlanishardi. Ular hali bunga o’xshash suratni ko’rmagan edilar. Iblis g’ashlanib: «Sen qanday ish uchun yaratilding?» deya unga teginardi.

Odam (a.s.) juma kuni asrdan so’ng yaratildi. Yer jinsidan yaratilgani uchun «Odam», deyildi. Janobi Haq Odamga (a.s.) ruh pufladi, nafha — puflash Odamning (a.s.) bosh tarafidan keldi va qaysi joyiga tegsa, o’sha joy et va qonga aylandi. Alloh taolo ruh puflagach, Odam (a.s.) eshitib, ko’rib, tanib va so’zlay boshladi.

Alloh taolo marhamat etadi:
«Biz insonni (Odam Atoni) qora balchiqdan (olib, so’ng) quritilgan loydan yaratganmiz» («Hijr», 26).

«Ey insonlar, darhaqiqat, Biz sizlarni bir erkak (Odam) va bir ayol (Havvo)dan yaratdik hamda bir-birlaringiz bilan tanishishlaringiz uchun sizlarni (turli-tuman) xalqlar va qabila-elatlar qilib qo’ydik"¦» («Hujurot», 13).

«Ey odamlar! Sizlarni bir jon (Odam)dan yaratgan va undan jufti (Havvo)ni yaratgan hamda ikkisidan ko’p erkak va ayollarni tarqatgan Robbingizdan qo’rqingiz!"¦» («Niso», 1).
Nom: Re: AYOL MUKARRAMDIR. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: maknuna 13 Avgust 2006, 08:02:53
Hadisi sharifda: «Ayol erkakning qobirg’a suyagidan yaratildi», deyilgan.

Chegarasiz, poyonsiz borliq olamni yaratgan, yo’qdan bor etgan Oliy Qudrat sohibi mavjudotni jufti bilan yaratdi. Bu haqda Qur’oni karimda shunday marhamat qilinadi:

«Yer undiradigan narsalardan, (odamlarning) o’zlaridan va yana ular bilmaydigan narsalardan iborat barcha juftlarni yaratgan (Alloh)ga tasbeh aytilur» («Yosin», 36).

«(U) osmonlar va Yerning ilk yaratuvchisidir. U sizlar uchun o’zlaringizdan bo’lmish juftlarni yaratdi va chorva hayvonlaridan ham juft-juft (yaratdi). U sizlarni o’shanday (juftlikda) ko’paytirur» («Sho’ro», 11).

Janobi Haq O‘z zotidan mustasno vahdoniyatini barcha hashamati bilan namoyon qilmoq uchun har yaratilmishni boshqasi bilan to’ldirgandir. Yer ko’kning, kecha kunduzning, urg’ochi erkakning to’ldiruvchisi va bir jihatdan tenggi, sherigi emasmi?

Shuurli bir shaklda bir-birlariga eshlik qilmoq uchun yaratilganiga shubha bo’lmagan eng uyg’un juft ham, albatta, erkak bilan ayoldir.
Nom: Re: AYOL MUKARRAMDIR. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: maknuna 13 Avgust 2006, 08:03:04
Ibn Abbos, Ibn Mas’ud va boshqa sahobai kiromlardan (r.a.) rivoyat etiladiki: «Odam (a.s.) jannatga o’rnashgan, ammo yolg’iz edilar. Huzur topadigan oilalari yo’q edi. Bir gal oson uyquga ketdilar. Uyg’ondilaru bosh taraflarida o’tirgan ayolni ko’rdilar. Alloh taolo uni Odam (a.s.) uxlayotganlarida, qobirg’a suyagidan yaratdi. Odam (a.s.) unga «Sen kimsan?», dedilar. Ular: «Ayolman», deb javob berdilar. Odam (a.s.): «Sen ne uchun yaratilding?» dedilar. Ular: «Sen men bilan huzur topishing uchun», dedilar».

Bu hodisani tomosha qilayotgan farishtalar Odam (a.s.) ilmini tekshirmoq, sinamoq uchun so’radilar: «Uning ismi nima?» Odam (a.s.): «Havvo», dedilar. «Yaxshi, nechun Havvo ismi berildi?» «Chunki tirikdan yaratilgandir», deya javob berdilar.

Bundan so’ng Alloh taolo dedi: «Biz yana aytdik: «Ey Odam, sen jufting (Havvo) bilan jannatda yashangiz va xohlagan joylaringizda undan (ne’matlaridan) bemalol tanovul qilingiz. Faqat mana bu daraxtga* yaqinlashmangiz, (aks holda) zolimlardan bo’lib qolursiz». Bas, shayton ikkisini vasvasa bilan, turgan joylaridan (jannatdan) chiqardi. Biz (ularga) aytdik: «Bir-birlaringizga (kelajak zurriyodingiz bilan o’zaro) dushman bo’lib (Yerga) tushingiz! Ma’lum vaqtgacha (ajal yetguncha) sizlar uchun Yerda barqarorlik va (undan) foydalanish (bordir)» («Baqara», 35-36).

Shayton Odam (a.s.) bilan Havvoning har ikkisini vasvasa qildi, ularni yalong’och holda tushirdi va fikridan qaytardi hamda aslida mamnu’ (ma’n etilgan) daraxt mevasidan yegizdi.

«Bas, (Odam bilan Havvo) undan yeyishlari bilan avratlari ochilib qoldi va o’zlarini jannat yaproqlari bilan to’sib oldilar. Odam Parvardigoriga osiy bo’lib, yanglishdi. So’ngra Parvardigori uni poklab, tavbasini qabul etdi va hidoyat qildi» («Toha», 121-122).
Nom: Re: AYOL MUKARRAMDIR. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: maknuna 13 Avgust 2006, 08:03:30
Tarixda ayolning o’rni

Turli zamonlarda ayolning ijtimoiy ahvoli, jamiyatdagi o’rni har xil bo’lgan. Tarixda har doim ham ayolga inson sifatida qaralmagan. Hatto, Alloh taolo payg’ambari Iso Masihga (a.s.) Injil nozil bo’lgan davrda ham ayol haq-huquqlari to’la bo’lmagan va bari ham ado etilmagan. Butun yer yuzida ayolga adolat bilan qaraydigan jamiyat yo’q edi. Qadimgi Hindistonda ayol turmush qurish, meros va boshqa hech qanday haqqa ega emasdi. U nopok tamoyilga, zaif fe’lga, yomon axloqqa ega, deb hisoblanar, shu sababli Manu III qonuni uni bolaligida otasiga, yoshligida eriga, erining vafotidan so’ng ham o’g’liga yoki erining aqrabosidan bir erkakka qaram bo’lmoqqa majbur etardi. Hatto, ba’zi joylarda eri o’lgach, ayolga yashash ta’qiqlanardi. Marhum eri bilan tiriklayin yoqib yuborishardi.

Hindlarning muqaddas kitobi «Veda»da ayol momaqaldiroqdan, o’limdan, zahardan va ilondan ham yomonroq maxluq sifatida tasvirlanadi.

Buddaviylik asoschisi Budda avvallari ayolni dinga qabul qilmasdi. Yaqin do’sti bo’lgan amakivachchasi Ananda:
— Ayollarga qanday muomala qilamiz? — deb so’rashi bilan oralarida shunday suhbat bo’ldi:
—  Ularga hech qaramaysan!
— Agar qarashga majbur bo’lsak-chi?
— Suhbatlashmaysan.
— Suhbatlashishga majbur bo’lib qolsak-chi?
— U holda ulardan juda ehtiyot bo’lasan, saqlanasan.
Nom: Re: AYOL MUKARRAMDIR. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: maknuna 13 Avgust 2006, 08:03:40
Ananda ayollarni himoya etardi, uning qat’iyligi bilan Budda ancha taraddudlardan so’ng ayollarni diniga qabul qiladigan bo’ldi. Faqat buning buddachilar jamoati uchun bir talay tahlikalar keltirganini doim so’zlashardi.

Budda bir gal Anandaga shunday dedi:
 — Ayolni bu dinga qabul qilmaganimizda, buddachilik (buddizm) sof holda uzoq asrlar davom etardi. Endi oramizga ayol kirgach, bu din uzoq yashaydi, deb ayta olmayman.

Mesopotamiya va unga yaqin hududlarda ayolning ahvoli quyidagicha bo’lgan: masalan, shumerlarda zino qilgan ayol na o’ldirilardi va na eridan ajrashga hukm qilinardi. Faqat erining ikkinchi uylanishiga e’tibor berishmasdi. Aybdor ayol esa oiladagi yuksak maqomidan mahrum etilardi.

Yana shumer huquqiga ko’ra, bir ayol eriga: «Sen mening erim emassan», desa, ya’ni ajrashmoqni istasa, u ayol daryoga tashlanardi. Faqat erkak xotiniga: «Sen mening xotinim emassan», deydigan bo’lsa, erkak unga bir miqdor kumush pul berishi lozim edi.
Nom: Re: AYOL MUKARRAMDIR. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: maknuna 13 Avgust 2006, 08:03:49
Azaldan akadlarda bir erkak ayolning bolasini tushirishga majbur qilib, natijada u ayol o’lsa, o’sha erkakning qizi o’limga mahkum etilardi. Chunki akadlarga ko’ra, ayolga muqobil erkak o’ldirilmaydi, ayolga muqobil ayol, hur erkakka muqobil hur erkak, qulga muqobil qul o’ldirilardi.

Bu huquqqa ko’ra, birovning jinoyati boshqaga ko’chirilmoqda. Aybdor, jinoyatchi erkak o’rniga ma’sum bir qiz o’ldirilmoqda.

Ko’hna Bobildagi Hammurapiy qonunlari aslida shumer qonunlarining o’zginasi. Faqat keng qamrovli va mukammal. Bu qonunda oila huquqi jihatidan ayol foydasiga ba’zi moddalar kiritilgan. Qonun yolg’iz ayol bilan turmush qurishni asos qilgani holda, ba’zi vaziyatlarda birdan ziyod ayolga uylanishga ruxsat etilgan.

Shu bilan birga agar bir odam birovning qizini o’ldirsa, o’z qizini u odamga cho’ri va xizmatchi sifatida berishi kerak bo’lardi.

Miloddan oldingi 1800-1700 yillar orasida Onado’lida yashagan xatitlarda uyda bolalarga hokim faqat ota edi. Istasa, bolalarni tovon, badal sifatida boshqasiga bera olardi. Er o’lganda, ayol oiladagi qarindoshlariga topshirilardi. Bunga aloqador qonunning 193-moddasida shunday deyiladi:

«Agar bir kishi o’lib, xotini tul qolsa, avval ayol erning erkak qarindoshiga turmushga chiqadi. Bu o’lsa, uning otasiga, ota o’lsa, er qarindoshining o’g’liga (erning jiyaniga) turmushga chiqish majburiyatida edi».

Shu qonunda yana shunday deyilgan: «O‘lgan otasidan qolgan o’gay onaga uylanish ayb emasdir».
Nom: Re: AYOL MUKARRAMDIR. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: maknuna 13 Avgust 2006, 08:03:58
Bundan tashqari, tul xotinga erining qarindoshlari ham uylanishga haqli bo’lgan. Mehnatga to’lanadigan haq jihatidan ayol erkak haqqining yarmini olardi.

Qadimgi Yunonistonda ayol xor va xaqir sanalardi. Qonun jihatidan bozorda sotiladigan va olinadigan mol turidan, narsadan uning farqi yo’q edi. Madaniy haqlarga oid turli erkinliklardan va hurriyatdan mahrum edi, butun umri davomida bir erkakning obro’si ostida bo’lib, turmush va turmush qurish ishlari o’sha erkakka topshirilardi. O‘sha erkak istagan biriga er sifatida taklif etar va ayolni zo’rlab tasarrufiga olardi. Erkak kishi barcha mol-mulkning idorachisi edi. Uning roziligisiz ayol hech bir tasarruf huquqiga ega emas edi. Ajralish ishlarida er mutloq haq hisoblanardi. Faqat ba’zi istisno hollardagina ayol ham ajralishni talab eta olardi. Faqat bu istak oldiga bir necha to’siqlar ham qo’yilardi. Bu to’siqlardan biri — ayol ajralishni talab  qilib mahkamaga bormoqchi bo’lsa, erkak yo’lini to’sib, zo’ravonlik bilan uyga qaytarardi.

Spartaliklar esa ayolga, masalan, merosda, kelin sepida va muomalada ba’zi huquqlar, madaniy haqlar bergandilar. Faqat bu ularning ayollarni hurmat qilganlari sababli emasdi. Sparta harbiy joy bo’lganligi uchun erkaklar davomli urush, jang bilan mashg’ul bo’lardilar. Sita (maxsus biror narsa bilan shug’ullanuvchi shahar, o’lka, davlat)da bo’lmaganlaridan, tasarruf etishni majburan ixtiyorsiz ayollarga qoldirishardi. Shu sababli spartalik ayol Afina va boshqa Yunon shaharlarida yashagan ayollarga qaraganda erkinroq edi.

Yunon madaniyati cho’qqiga chiqqach, ayollar ahvoli yanada yomonlashdi. Fahsh yoyildi. Ayollar bir zavq vositasi va shahvatlarni qondiradigan ermak holiga tushdi. Turmushdan maqsad, faqat zavq va shahvat qondirish bo’lib qoldi. Farzand ko’rish maqsadi yo’qoldi. Spartada jinsiy jozibasi bo’lgan ayollar eridan boshqa erkaklar bilan g’ayri mashru’ aloqalarga zo’rlanadigan bo’ldi.
Nom: Re: AYOL MUKARRAMDIR. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: maknuna 13 Avgust 2006, 08:04:11
Aflotunning fikricha: «Ayol qo’ldan-qo’lga o’rtalikning moli bo’lib o’tishi kerak».

Vaqti bilan jamiyatda Lut qavmida bo’lgani kabi erkakning erkak bilan munosabatga kirishishi yoyildi. Nihoyat, Yunon madaniyati bu axloqsizlik va buzuqlik sababidan tarix sahnasidan tushib ketdi.

Rumliklarda tug’ilgan bola xoh o’g’il, xoh qiz bo’lsin, ota buni oilaga qabul qilish majburiyatini olgandi. Hatto, bola tug’ilar-tug’ilmas, eng avval otaning oyoqlariga qo’yilardi. Ota uni quchib, yuqori ko’tarsa, qabul qilganiga dalil edi. E’tibor bermasa, bola tark etilgan hisoblanardi. U holda bola bir umumiy maydonga tashlanar  yoki «tangri» haykallari yonida qoldirilardi. Bola erkak (o’g’il) bo’lsa, xohlagan farzand qilib olardi. Agar qiz bo’lsa, ko’pincha uni hech kim olmas, u esa ochlikdan, suvsizlikdan, issiqdan, sovuqdan halok bo’lardi. Oilada ota mutloq hokim edi. Bolalarni istaganicha tasarruf etardi. Qizning mulk tutish haqqi yo’q edi. Moli bo’lsa, oila raisining moliga qo’shib qo’yilardi.

Miloddan 4 yil avval va milodiy 65 yillar orasida yashagan Rum mutafakkiri va faylasufi Sineka Rumdagi ajrashish razolatlarini qayg’u ichida shunday tasvirlaydi: «Zamonamizda Rumdagi ajrashish hodisasi endi ayb sanalmayapti. Ayol hisobsiz marta erkaklarga turmushga chiqa oladi».

O‘sha davrdagi Rum ayoli birin-ketin, qatorasiga, bir necha bor nikohlanishi va xohlaganicha er almashtirishi mumkin edi.
Nom: Re: AYOL MUKARRAMDIR. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: maknuna 13 Avgust 2006, 08:04:26
Milodiy 43-104 yillarda yashagan Marsal ismli rumlik adib qisqa muddat ichida o’nta er o’zgartirgan  bir ayol to’g’risida so’z yuritadi. Boshqa ba’zi yozuvchilar esa besh yilda 8 marta er almashtirgan ayol haqida hikoyalar yozishgan.

U davrdagi nikohsiz munosabatlar chirkin va ayb sanalmasdi. Ko’ngildan hayo tuyg’usi ko’tarilgan edi. Shunchalikka borildiki, hatto, axloq muallimlari ham zinoni odatiy, oddiy ish, deb ataydigan bo’lishdi.

Jamiyatni ushlab, tutib turuvchi ma’naviy va axloqiy ustunlarning qulashi natijasida Rum xalqi orasida erotizm, yalong’ochlik, fahsh epidemiya tusini oldi.

Bu fahsh va erkin zino shunchalar tarqaldiki, Rum qaysari Taibror davrida aslzoda Rum oilalariga, ayollariga oddiy ayollar bilan qarindoshlikni ma’n etuvchi qonun chiqdi. Shu axloqiy va ma’naviy tanazzul Rum imperiyasining barbod bo’lishiga olib keldi.

Ko’rinib turganidek, ayol va erkak aloqalarining oila tartibidan chiqib, erkin qarovsiz holga keltirilishi jamiyatning har jihatdan inqiroziga olib keldi. Ma’naviyat va axloqdan uzoqlashgan jamiyat esa moddiy jihatdan ham qulaydi.
Nom: Re: AYOL MUKARRAMDIR. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: maknuna 13 Avgust 2006, 08:04:33
Qadimgi yahudiylar qiz bolaga xizmatchi sifatida qarashardi. Otasi uni sotish huquqiga ega edi. Otasining o’g’il farzandi bo’lmagandagina qizi meros olishi mumkin edi. Ajralish huquqi adolatsiz holda erga tegishli edi. Yahudiylar ayolni la’nati hisoblashardi. Ularning e’tiqodicha, momo Havvo hazrati Odamni (a.s.) yo’ldan ozdirib, jannatdan tushishlariga sabab bo’lgandi.

Yahudiylar hayz ko’rgan ayollar bilan birga o’tirishmas, birga ovqatlanmas va bir xonada bo’lishmasdi. Hayzli ayolga ifloslik tashuvchi sifatida qarashardi.

Buzilgan Tavrotda shunday yozilgan: «Ayol o’limdan achchiqdir (yomondir). Alloh nazdida yaxshi kishi xotinidan qutilgan odamdir. Ayollar orasida yaxshisini topolmadim».

Eronda, Sosoniylar davlatida qiz qarindosh bilan turmush qurish joiz edi. Qon — qarindoshlikning, onalarning, qiz qarindoshlarning hurmatga munosib xususiyatlari yo’q edi.

Chinda ayol inson sanalmas, hatto, ism qo’yilmasdi. Ayol 1, 2, 3, deb raqam bilan chaqirilardi. O‘g’il bolalar maqbul hisoblanar, qiz bolalarni to’ng’izdan battar ko’rishardi.
Nom: Re: AYOL MUKARRAMDIR. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: maknuna 13 Avgust 2006, 08:04:40
Xristian dini ham boshda odamlarni Rum jamiyatida tarqalgan fahsh va razolat dahshatiga yo’lladi. Jamiyat axloqsizlikka yuz burdi. Uning tanazzuliga sabab ayol, deya hukm etdilar. Chunki u jamiyatga aralashar, istagan shaklda ko’ngilxushlik qilar, erkaklar bilan xohlagan holda munosabatga kirisha olardi. Bu holatni ko’rgan qirol va poplar "œAyol iflos", deya iddao etdilar. «Uning go’zalligidan ehtiyot bo’lish lozim. Zero, u fitna va g’urur uchun iblisning qurolidir», dedilar.

Pop Trotilyon shunday degan: «U inson nafsiga shaytonni kiritgan. U erkakni Alloh taqiqlagan daraxtga yaqinlashtirgan. Allohning qonunlarini buzgan, erkakni chirkinlashtirgan».

Pop Sustam shunday deydi: «Uning gunohkor ekani muqarrar, muhaqqaqdir. Ayol qiziqarli ofatdir. Uy va oila uchun tahlikadir. G‘addor bir sevgili, sirli, noma’lum davomli musibatdir».

Ayni nasroniylikda rohiblik aqidasi, ya’ni bo’ydoq o’tish fikri ayol haqidagi manfiy qarashlar natijasidir.

Nasroniy olami milodiy V asrda quyidagi masalani muzokara etish uchun bir anjuman o’tkazdi. «Ayol mavhum, ruhsiz bir jismmi? Yo ruhi bormi?» Natijada shunday qarorga keldilar: «Masihning onasidan tashqari barcha ayollar jahannam azobidan qutiluvchi emaslar».

G‘arb mamlakatlari nasroniylikni qabul qilganlarida, dindorlarning qarashlari ularga ta’sir etdi. Milodiy 586 yilda Frantsiyada ayol haqida bir anjumanda shunday bahs bo’ldi: «Ayol insonmi yo inson emasmi?» Natijada shunday qaror qilindi: «Ayol inson, lekin u faqat erkakka xizmat etmoq uchun yaratilgan».
Nom: Re: AYOL MUKARRAMDIR. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: maknuna 13 Avgust 2006, 08:04:48
Frantsuz inqilobi  XVIII asr poyonida qullikdan, zulmatdan qutulganini e’lon qilar ekan, bu shavqat ayolga taalluqli emasdi. Frantsuz madaniy qonuni mana shu hujjatni qabul qildi: «Sabiy (go’dak), telba va ayol bundan mustasnodir». Frantsuz qonunchiligida turmush qurgan ayolga o’z qo’l mehnati uchun tasarruf huquqi faqat 1907 yil 13 iyulda qabul etilgan bir qonun bilan mustahkamlangan.

Angliyada ayol Injilga qo’l tekkiza olmasdi. Bu vaziyat qirol Xenri VII (1509-1547) zamoniga qadar davom etdi. Uning zamoniga kelibgina, ayollar Injil o’qiy boshladilar.

Bu vaqtgacha ingliz qonunida ayollar fuqaro sanalmasdi. Mulkiyat haqlari yo’q edi. Hatto, peshona teri bilan topgan mollarini tasarruf qilish huquqiga ham ega emas edilar.

Johiliyat davrida, ya’ni Islom kelmasdan avval Arabiston yarim orolida o’rta va quyi tabaqalarda ayolning hech qanday ahamiyati va qadr-qiymati yo’q edi. Bu holat tug’ishdan, tug’ilishdan boshlanardi. Bir oilada o’g’il bola dunyoga kelsa, sevinishar, xursandchiliklar qilishar, qiz tug’ilsa, uyalishar, go’yo ayb qilganday bir holga tushishardi. Bilxossa, quyi tabaqalarda ayolning eri oldidagi qadri erining molichalik emasdi. Johiliyat zamonida arab erkaklari ayol bilan bir xonada o’tirishmasdi. Ular bilan birga yeb-ichmasdilar. Hatto, ba’zan hayz ko’rgan ayol vaqtincha uydan uzoqlashtirilardi. Johiliyat davrida arablar uch narsada: otda, ayolda, uyda xosiyat yo’q, deb ishonishardi.
Nom: Re: AYOL MUKARRAMDIR. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: maknuna 13 Avgust 2006, 08:04:56
Xotinidan ajrashgan er ayoli oxirigacha qiynalsin, deb uning boshqasiga turmushga chiqishiga to’sqinlik qila olardi. Shuning uchun idda muddati tugaydigan vaqtda uni yana nikohiga olar va takror qo’yardi. O‘sha vaqtlarda qabul qilingan idda muddati bir yil bo’lganidan, ajrashish cho’zilib ketardi. Er bu holni uch bor takrorlay olardi. Erning o’limidan so’ng esa, ayollar bir yil motam tutishardi va bir yil idda kutishardi. Shahardagi joriya (cho’ri)larning ahvoli yana ham og’ir edi. Ba’zi joriya sohiblari ularni fahshga yo’llar va topgan pullarini olib qo’yishardi.

Johiliyat davrida ayolga hurmat cho’ldagi badaviy hayotda bir oz ko’proq, shahardagi madaniy hayotda esa tamoman aksincha edi.

Makkaga nisbatan Madinada ayolning ahvoli yaxshiroq edi. Bu holga hazrati Umar (r.a.) shunday ishorat qilganlar: «Biz qurayshlarning odatimiz ayollarimizga hukm etmoq edi. Biz Madinaga vosil bo’lgach, madinaliklarni uy boshqarishda ayollar hokim bo’lgan bir qavm sifatida ko’rdik. Va ayollarimizga ularning odati yuqa boshladi».

Arab erkaklari hech qanday chegarasiz xohlaganlarigcha uylana olardilar.
Nom: Re: AYOL MUKARRAMDIR. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: maknuna 13 Avgust 2006, 08:05:04
Quraysh va Hind kabi ba’zi qabilalarda qiz bolalarni tiriklayin ko’mib yuborish odati bor edi. Bu ishni ular yo’qsillik qo’rquvidan yo qizning nomunosib birovga turmushga chiqib, oilaga shu tariqa dog’ tushirajagini, yo urushda asr tushib, nomus-sha’ni bulg’anishini o’ylab qilishardi. Ko’chmanchi arablar yashab qolgan qizlariga jun kamzul kiydirib, tuya yoki qo’y boqtirardilar. O‘ldirmoqni istaganlarini tug’ilishi bilanoq o’ldirishardi. Ba’zan esa olti yoshlarga kirganda, unga go’zal liboslar kiydirib, "œQarindoshlarnikiga olib boraman", deya cho’lda avvaldan hozirlangan chuqurga tashlab, ustidan tuproq tortib yuborishardi. Ba’zi rivoyatlarga ko’ra, homilador ayollarni chuqurda tug’dirishar, agar tug’ilgan bola qiz bo’lsa, o’sha chuqurga ko’mib kelishardi.

Johiliyat davrida ota qizining istagini hisobga olmasdan, yoshiga qaramasdan, xohlaganiga turmushga berib yuborardi. Uylanadigan erkakning otasi yoki yaqin qarindoshi qizning otasidan uni so’ragani borardi va bu ishga «xitba», deyilardi. Yuzlashib, qiz beriladigan bo’lsa, bir mahr tayinlanar, shundan keyin turmush qurilardi. Arablarda yana bundan boshqa bir talay botil va chirkin nikoh shakllari uchrardi.

Johiliyat davri arablari o’z onalari, qizlari, xolalari, ammalariga nikoh qilinmasdilar. Bu ta’qiq islomiyatda ham davom etgan. Faqat bunga muqobil ikki qiz qarindoshni birgalikda nikohlariga olishardi. Nikoh xususida yomon ishlardan biri — o’gay onalariga uylanish edi. Bir arab xotinini qo’ysa yoki o’zi o’lsa, katta o’g’li o’gay onasiga uylanmoqchi bo’lsa, libosini o’sha xotin ustiga tashlar va shu tariqa mahr bermasdan, unga uylanib olardi. Bu o’g’il istasa, o’gay onani boshqasiga turmushga berar va mahrini o’zi olishini shart qilib qo’yardi. Hatto, marhumning o’g’li kichik bo’lsa, u ulg’ayguncha o’gay ona ushlab turilar va bola ulg’aygach, masala hal etilishi kutilardi. Faqat ayol ertaroq harakat qilib, o’z qabilasiga qochib qolsa, bu asoratli vaziyatdan qutilardi.
Nom: Re: AYOL MUKARRAMDIR. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: maknuna 13 Avgust 2006, 08:05:18
Davrimizda ayol

1789 yilda Buyuk Frantsiya inqilobi ro’y berib, inson huquqlari bayonnomasi qaror qilinganda, Parij ayollari milliy majlisga bir ariza bilan murojaat etishdi. Bu arizada erkaklarga oid haq-huquqlarda ularni teng hisoblashishlarini so’rashgandi. Hech kutilmagan bu katta odim o’sha zamonning fikrlovchi odamlariga va olimlariga og’ir botdi. Ana shu kundan e’tiboran, G‘arbda erkak bilan ayol o’rtasida jiddiy bir kurash boshlangan va ayollar o’z da’volarini quvvatlamoq va dalillamoq uchun qo’llaridan kelganicha, turli vositalardan foydalanishga harakat qiladilar.

Bu mujodala bilxossa 1848 yildan so’ng asta-sekin ayollar foydasiga ilk natijalar bera boshladi. Jamiyat hayotida ayollar uchun sharaflarni ko’tarmoq imkoniyatlari ochilib, turmushga chiqish va ajrashish bilan aloqador qattiq, qo’pol qonunlar biroz yumshay boshlagandi. Natijada ayol tarix bo’yi mahrum etilgan ba’zi iqtisodiy va ijtimoiy haqlarga yetishdi. Ayolni maxluq sifatida ko’rgan eskicha fikrlash asta-sekin yo’qola boshladi.

Afsuski, bu tadbirlarda hali xato qoida va asoslar juda ko’p edi. Ayol-erkak munosabatlarida ayolning fitratiga, ruhiy va jismoniy tuzilishlariga uyg’un kelmagan tomonlar ko’p edi. Zotan, barcha ijtimoiy masalalarda G‘arb ko’pincha shunday yo’l tutadi.
Nom: Re: AYOL MUKARRAMDIR. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: maknuna 13 Avgust 2006, 08:05:37
587 yilda ayolda ruh bor yoki yo’qligi to’g’risida Frantsiyada diniy kengash chaqirilgan bo’lsa, hozirda esa shu davlat ayolning ham inson sifatida, uning tabiiy va madaniy haqlarda erkak bilan teng ekanini ko’rib chiqarkan, ayolni ayollik mohiyatidan chiqaribroq, erkaklashtirib va undan ham oshirib, ilohiylashtirishga qarab ketgan.

Frantsuz inqilobidan boshlab, to hozirgacha davom etib kelgan ayol haqlari da’vosi davrimizda uchta ulkan natijaga erishgan:
Ayol va erkak tengligi;
Ayolning iqtisodiy mustaqilligi;
Erkin hayot.

Bu natijalar ilk qarashda ayol haqlarida katta bosqichday ko’rinsa ham, aslida vaziyat kutilganidek emas, hatto, ba’zi joylarda vaqti-vaqti bilan zamonaviy ayol ahvoli ilk va o’rta asrlarning xo’rlangan, haq-huquqlari toptalgan ayoldan ham yomonroq hollarga tushganligi ayondir.

Ayol va erkak tengligi. Ayollar bilan erkaklarning teng bo’lishi fikri endi davrimizda faqat huquqiy jihat bilan cheklanmasdan, balki madaniy hayotda erkakning faoliyati sohasiga doxil bo’lgan har ishning ayollar tarafidan ham ado etilishi mumkinligi talqin etilmoqda. Tenglik tushunchasining bu shaklda xato bir tafsir va tashxisga tobe bo’lishi natijasida ayol, yaratilishiga ko’ra fitriy va tabiiy vazifalarini bir chetga surib, g’aflatga tushdi, fitrat talab etadigan qonun-qoidalarni birlashtiruvchi hukmlardan toydi. Buning ustiga, ayol boshda mohiyati majhul (noma’lum) tenglikka erishib, madaniyatning davomiyligini ta’minlaydigan asosiy vazifalaridan uzoqlashdi. Shu tariqa ayol o’zi o’z shaxsiyatini bunday o’rinsiz faoliyatlar ichida yo’qotdi. Saylovlarda qatnashmoq, uyda, oilada, fabrikada ishlamoq, jamiyatning ko’ngilxushliklariga berilmoq, klublarda raqsga tushish, qo’shiq maydonlarida o’zini ko’rsatish va olqish olish uchun, o’zini namoyish qilib, yana turli faoliyat sohalarida qatnashib, ayolligini yo’qotdi.
Nom: Re: AYOL MUKARRAMDIR. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: maknuna 13 Avgust 2006, 08:05:46
Ahvol shunday bo’lgach, oila haqida mustahkam bir tushuncha qoladimi? Na bolalar tarbiyasi, na mushtarak hayot davomiyligini ta’minlash uchun qilinadigan ishlar va na uydagi tartib-intizom saqlanib qoladi. Xullas, ayol o’zining ayolligidan, ya’ni ayollikka xos faoliyatidan tashqariga tashlab qo’yildi. Ayol, balki bir ichki sezgi bilan asl faoliyati va burchi bu emasligini anglayotgandir, lekin shunga qaramasdan, shu o’zgarib ketgan hayot va faoliyatini davom ettirmoqda.

Ayolning iqtisodiy mustaqilligi. Ayol iqtisodiy mustaqillikka erishgach, tabiiyki, erkakka muhtoj bo’lishdan qutiladi.

Azaldan erkak oilaning barcha ehtiyojini ta’min etmoqqa mukallaf edi. Tashqarida ishlar, pul topar va uyga keltirardi. Ayol uyning tartib-intizomi bilan mashg’ul edi. Bu usul davrimizga kelib, G‘arb dunyosida o’zgardi. Endi ayol ham erkak kabi ishlab pul topishga majbur. Bunday katta o’zgarishdan so’ng er-xotin orasidagi bog’liqlik faqat jinsiy hayot bilangina cheklanadi. So’z ochganimiz hayot tarzi uchun ham ayol va erkak orasida boshqa bir bog’lanish qolmagan, boshqa omildan asar endi yo’q.

O‘zi ishlab pul topgan ayol albatta shaxsiy xarajatlarini ham o’zi ado etadi. Dunyo hayotida boshqa birov tomondan ta’minlanishga ehtiyoji qolmagan. Unda endi nima qoldi? Faqat bir narsa: jinsiy istagini qondirmoq...
Nom: Re: AYOL MUKARRAMDIR. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: maknuna 13 Avgust 2006, 08:05:55
Masala bunday tus olgach, ayol axloqiy va qonuniy tartiblarga qay darajada rioya qila oladi? Avvalo, oila mas’uliyatini ko’tara oladimi?

Axloqiy tenglik g’oyasi bilan bu tushuncha atrofidagi to’siqlar ham o’rtadan ko’tarilgach, ayol ko’ngil xushlik ortidan chopmasdan ne qilsin? Bunday sharoitda extiroslarni qondirish uchun duch kelgan imkoniyatdan foydalanmaydimi? Bu xususda har choraga murojaat qilmaydimi, tadbir axtarmaydimi? Ko’chalarda, jamoat joylarida chiroyli ko’rinmoq, har kimga yoqmoq maqsadida turli mas’uliyatdan qochib, yelkasidagi barcha yuklarni olib tashlamasdan boshqa ne qilardi?!

Hozirda G‘arb dunyosida yuz minglab yosh qizlar, ayollar turmush qurmaslik fikridalar. Bu ayollar ko’ngil istaklari sabab turmush qurmaydilar. Ko’pchiligi turli sabablarga ko’ra, masalan, qisqa muddat oshiqlik jozibasiga berilib, oila qurmoqdalar. Faqat bu turmush va nikoh marosimlari umr bo’yi davom etadigan bir turmushga asos bo’lmayapti. Shubhasiz, bu natija tabiiydir. Chunki er-xotin har xususda bir-biridan ehtiyojsizdirlar. Extiros tuyg’ularidan tashqari bir-biriga zarur emas. Bu hislar ham bir-ikki munosabatdan so’ng soviydi. Kichik bir ixtilof, hatto, aloqalarning ozgina zaiflashishi juftlarning ajralib ketishiga kifoya bo’lmoqda. Turmush, nikoh bitimlari ko’p o’tmasdan ajrab ketish bilan natijalanmoqda.
Nom: Re: AYOL MUKARRAMDIR. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: maknuna 13 Avgust 2006, 08:06:09
Islomda ayolning o’rni va qadr-qimmati

Muhammad (s.a.v.)ga vahiy kelish arafasida dunyoda ikki katta davlat — Rum va Eron bir-birlari bilan raqobatlashar, boshqa xalq va elatlar ustidan hukmlarini o’tkazishar edi. Rum nasroniy davlat, Eron esa otashparastlar yurti edi. Bu davlatlarning qonunchiligi buzuq, inson haq-huquqlari poymol edi, ichki nizolar oqibatida kuchsizlanib qolgan edilar. Arabiston yarim oroli goh u, goh bu davlatning qo’shinlari bilan harbiy to’qnashuvlarga duch kelib turardi. Shu vaziyatda Muhammad (s.a.v.)ga vahiy kelishi, Islom diniga da’vatning boshlanishi, dinning shakllanishi VI-VII asrlarda Arabistonda ijtimoiy-siyosiy hayotni muolaja qiluvchi bir dastur sifatida qarshi olindi. Hayotning barcha jabhalarini qamrovchi Islom ayollar haq-huquqlariga ham katta e’tibor berdi. Ayol eng munosib o’rnini Islomdan topdi.

Islomda ayolning haqlari quyidagicha ado etilishi lozim:

1. Ayollarga yaxshi muomalada bo’lish, ularga nisbatan xushmuomala, shirin so’z, muloyim munosabatda bo’lish, nohaqlik va qo’pollik qilmaslik kerak. Bu xususda Payg’ambarimiz (s.a.v.) shunday marhamat qilganlar: «Mo’minlarning eng to’la ishonchlisi xushxulqlisidir. Sizlarning yaxshilaringiz ayollarga, zavjalariga yaxshi muomalada bo’lganlaringizdir».

Payg’ambarimiz (s.a.v.): «Ayollar xususida Allohdan qo’rqingiz. Zero, siz ularni Allohdan omonat o’laroq olgansiz», deganlar.

Hadislarda kelishicha, Payg’ambarimiz (s.a.v.) ayollarga va bolalarga duch kelganlarida, salom berardilar, ya’ni salom bilan muqobalada bo’lgandilar.
Nom: Re: AYOL MUKARRAMDIR. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: maknuna 13 Avgust 2006, 08:06:36
2. Ayollarni urmaslik. Qur’oni karimning: «Xotinlarning itoatsizligidan qo’rqsangiz, avvalo ularga nasihat qilingiz, so’ng (bu ta’sir qilmasa,) ularni yotoqlarida tark etingiz, so’ngra (bu ham kor qilmasa,) ularni (majruh bo’lmagudek darajada) uringiz. Ammo sizlarga itoat qilsalar, ularga qarshi (boshqa) yo’l axtarmangizlar.* Albatta, Alloh juda oliy va ulug’ zotdir»* («Niso», 34) oyatida aytilganidek, itoatsiz ayolni tarbiya va so’nggi chora sifatida qattiq og’ritmasdan urishga izn berilgan. Lekin, Muhammad (s.a.v.) o’zlari ayollarini urmaganlar va xotin kishini urganlarga ham qarshi turganlar. «Ne bo’ldi erkaklarga, xotinlarini qul kabi uradilar, holbuki, ayni kun so’nggi (tun)da latiflashadilar», degan hadis ham so’zimizning isbotidir.

 Shuningdek, ayollarga ham erlariga ozor bermaslik amr etilgan. Maoz ibn Jabaldan (r.a.) aytilganiga ko’ra, Rasululloh (s.a.v.) shunday marhamat qiladilar: "œQaysi bir ayol (mo’min) eriga ozor berganda, u kishining hur jufti (bu ayolga): «Alloh sening joningni olsin, u kishiga ozor, aziyat berma. Chunki, shubhasiz, u sening yoningda mehmon-musofirdir, sendan ayrilib, tezda yonimizga keladi», deydi".
Nom: Re: AYOL MUKARRAMDIR. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: maknuna 13 Avgust 2006, 08:07:06
3. Islomda ayol va bolalarni o’ldirish ma’n etilgan. Qur’oni karimda shunday marhamat qilinadi: "œ(Ey insonlar), bolalaringizni qashshoqlikdan qo’rqib o’ldirmangiz, ularga ham, sizlarga ham Biz rizq berurmiz. Ularni o’ldirish, shubhasiz, katta xatodir" («Al-Isro», 31). "œO‘z bolalarini ilmsizlik qilib, johilona o’ldirgan va Allohga tuhmat qilib, ular uchun Alloh rizq qilib bergan (hayvonlar)ni haromga chiqarganlar, albatta, (o’zlariga) ziyon qildilar. (Ular) haqiqatdan adashdilar va to’g’ri yo’lga yuruvchi bo’lmadilar" («An’om», 140).

Islom huquqida, hatto, urush vaqtida ayol va bolalarni o’ldirish taqiqlangan. Hazrat Payg’ambar (s.a.v.): "œKimki ikkita qizni voyaga yetguncha boqsa, jannatga men bilan birga kiradi", deb o’rta va ishora barmoqlarini yonma-yon qilib ko’rsatdilar".
Nom: Re: AYOL MUKARRAMDIR. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: maknuna 13 Avgust 2006, 08:07:18
4. Ayollarning ilm olishlari. Ayol va erkak musulmonlarga ilm o’rganmoq farzi ayndir. Qur’oni karimda faqatgina ayollarning o’ziga xos, fitratiga muvofiq kelgan Allohning xitoblaridan tashqari (masalan, avratlarini to’sish, bola emizish, idda muddati, taloq to’g’risida va hokazo) qolgan barcha oyatlar Alloh taoloning bashariyatga, erkag-u ayolga qilgan xitoblaridir. Ilm haqidagi chaqiriqlar ham shular jumlasidandir. Islomda iymondan keyingi farzi aynlardan biri ilm olishlikdir ("œfarz" bajarilishi shart degan ma’noni ham anglatadi). Zero, Jabroil (a.s.)ning Payg’ambarimiz (s.a.v.)ga yetkazgan birinchi kalomi ham "œO‘qi!" bo’lgan. Alloh taolo bandasini tafakkur qilib, borliqqa qarab, tahlil bilan O‘zini tanishini xohlaydi. Ko’r-ko’rona, taqlidiy iymon keltirishlikni xush ko’rmaydi. Payg’ambarimiz (s.a.v.) "œIlmni Chinda bo’lsa ham borib, olinglar", deganlar. Vaholanki, o’sha paytda Chin (Xitoy) butlar va butparastlar o’lkasi bo’lgan. Lekin ular bunday deyishga qo’rqmadilar, chunki borliqda Allohning qudratini namoyon etib turguvchi son-sanoqsiz dalillarni aqli bilan taammul qilgan inson Uning vahdoniyatiga iymon keltirgach, Robbisiga shirk keltirmaydi, aksincha, Haq talabida bo’ladi. Hozirda musulmonlar orasida ilm deganda, faqat diniy ilmlar tushuniladi. Bu xato tushuncha. Islomda diniy, dunyoviy, degan gaplar bo’lmagan. Ilm sohalarga bo’lingan, xolos: fiqh, hadis,  faroiz, tib, handasa, tarix, falakiyot ilmlari va hokazolardir. Musulmonlar Qur’on va sunnatga amal qilgan vaqtlarida ularning orasida ilmning barcha sohalarida dunyoga tanilgan allomalar yetishib chiqqan. Bunga o’zimizning vatandoshlarimiz Al-Xorazmiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Ulug’bek, Zamaxshariy va boshqa ko’plab olimlarning nomlarini keltirish mumkin.
Nom: Re: AYOL MUKARRAMDIR. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: maknuna 13 Avgust 2006, 08:07:26
Oxirgi asrlarda musulmonlar tarafidan ilmiy kashfiyotlar qilinmay qo’ydi. Bugungi kunda o’lkamizda nafaqat musulmon ayollarning, hatto, erkaklarning ham ilmga rag’batlari past. Islom dini erkaklargina qiladigan og’ir kasblarni ayollarga farz qilmagan. Lekin ayollarga xos ba’zi ishlarni erkaklarga xos ba’zi ishlar bilan tenglashtirib, ular bilan teng savob olishni joriy qildi. Masalan, hozir tug’ruqxonalarda erkak doyalar ishlab yurishibdi. Shularning o’rnini ayollar egallasalar, o’rtadan gunoh ko’tarilib, savobli, xayrli ish bo’lardi. Chunki ayolning dardini erkakdan ko’ra, ayol ko’proq tushunib, undan ko’ra, yaxshiroq yordam bera oladi.

Islom kelmasdan oldin va undan keyin ham ancha vaqt hali dunyoda o’qish-yozishni biladiganlar ko’p emasdi. Arabistonda ham vaziyat shunday edi. Faqat Qur’oni karim amri bilan boshlangan ilm va madaniy faoliyat tez sur’at bilan ilgarilay boshladi. Hazrat Payg’ambarimizga (s.a.v.) vahiy kotiblar kun sayin ko’payar, boshqa mo’minlar ham o’qish-yozishni havas qilishardi.

Islom olamida birinchi darsxonalar, madrasa va masjidlar ochilib, ilk ustoz Hazrati Payg’ambarimiz (s.a.v.)ning o’zlari bo’ldilar. U zotga ergashgan sahobiylar ko’plab mo’minlarni diniy va dunyoviy bilimlar bilan boyitishga muvaffaq bo’ldilar. Bu diniy va boshqa bilimlarni tahsil etishda ayol-erkak ajratilmagan. Chunki Islomda ilm olishda ayol-erkak tengdir.

Imom Saraxsiy (r.a.) marhamat qiladilar: "œAlloh taologa iymondan so’ng, eng quvvatli farz — ilm talab etishdir. Chunki Rasululloh (s.a.v.): "œIlm talab etmoq har musulmon erkak va ayol uchun farzdir", deb buyurganlar.
Nom: Re: AYOL MUKARRAMDIR. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: maknuna 13 Avgust 2006, 08:07:36
Ilm — nubuvvatning merosidir. Payg’ambarlar ilmni meros qoldiradilar. Erkaklar nubuvvat merosida qanchalik haq sohibi bo’lsalar, ayollar ham shunchalik haq sohibidirlar.

Ilmning fazilati to’g’risida Alloh degan: "œAlloh taolo sizlarning orangizdagi iymon keltirganlarni va ilmni yuksaltirganlarni bu dunyoda yorlaqab, martabasini ulug’ qilgaydir, oxiratda jannatga kirmoqlikni nasib etgusidir". Yana boshqa oyati karimada esa: "œYo Robbiy, ilmimni ziyoda qilgaysan, deb ayt!" — deyilgan.

Asri saodatda sahobiyalar o’rtasida ilmlari, zehnlari bilan ajralib turgan ayollardan Hazrat Oisha, Hafsa, Ummu Salama, Karima bintul Mikdol, Ummu Kulsum binti Uqba, Oisha binti Sa’d (r.a.)larning nomlari tarixda qolgan.

Shubhasiz, shariatning uch amal tayanchi bor. Bular: ilm, amal, ixlos. Shu uch ju’zdan har biri haqiqiylashsa, shariat haqiqiylashadi. Bir kishida bu uch ju’z bilan shariat vujudga kelsa, Alloh roziligi qozonilgan bo’ladi.

Maymuna (r.a.) (shu ma’noda) amr qildilar: "œArabchani o’rganing va o’rgating!"

To’rt xalifa zamonlari o’tib ketgach, Islom davlatlarida soxta din peshvolari tarafidan ayollarning ilm olishini ta’qiqlaydigan uydirma hadislar ham yuzaga keldi. Holbuki, Rasululloh (s.a.v.) va Horun ar-Rashid davrlarida ayollar ilm tahsilining cho’qqisida bo’lganlar.
Nom: Re: AYOL MUKARRAMDIR. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: maknuna 13 Avgust 2006, 08:07:44
Kimki "œMuslima ayollarning ilm olishini din ta’qiqlagan yoki ta’qiqlaydi" iddaosini ilgari sursa, bilingizki, u kimsa Islomga xiyonat etgan.

Islom keltirgan ilm inqilobi ayollar uchun bir najot eshigidir. Madinada yangi tuzilgan Islom jamiyati va davlatida o’qib-yozadigan ayollar ham oz emasdi. Mashhur sahobiya Ash-Shifo binti Abdulloh al-Adaviyya islomdan avval o’qish-yozishni bilardi. So’ng bir qancha sahobiyalarga o’rgatdi (masalan, Hafsa binti Umar al-Foruq). O‘zi shu tariqa islomda ilk muallima bo’ldi. Ash-Shifodan tashqari o’qish-yozishni biladigan Hazrat Oisha, Hafsa, Ummu Salama, Karima bintul Miqdol, Ummu Gulsum binti Uqba va Oisha binti Sa’d kabi sahobiyalar zikr etilgan. Ular Muhammad (s.a.v.) so’zlarini tushunib olib, odamlarga yetkazar edilar.

Olima sahobalar yonida shoiralar ham bor edi. Hazrati Payg’ambar (s.a.v.) qizi Fotima az-Zahroning sut qarindoshi Ash-Shayma bintul Horis as-Sa’diyya, Al-Hafsa binti Amr ibnish-Sharid, Atiqa binti Zayd va Najiya binti Jundub al-Aslomiy shoira sahoba ayollardir. Tarixda Islom olamida mashhur ayollar Misr, Ispaniya va Afrikadagi mamlakatlarning bir qanchasiga daxldorlar. Molik bin Anasdan rivoyat etgan Obida al-Madaniyya, Imom Buxoriyning "œAl-jome as-sahih"ini Makkada rivoyat etgan Karima al-Marvaziyya mashhurdirlar.

Tasavvuf sohasida ham ko’zga ko’ringan ayollar bo’lgan, bulardan mashhurlari Robia al-Adaviyya, andalusiyalik Fotimalar ma’lum.
Nom: Re: AYOL MUKARRAMDIR. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: maknuna 13 Avgust 2006, 08:07:51
Garchi yuqorida ilmli, iste’dodli sahobiyalarning nomlari keltirilgan bo’lsa-da, Arabistonda o’qish-yozishni biladigan erkak va ayollar sanoqli edi. Ayollar kelib, Payg’ambarimiz (s.a.v.)dan ilm o’rgatishlarini iltimos qilishgan.

Bir ayol hazrat Payg’ambarimiz (s.a.v.)ga dedilar: "œSo’zingizni tinglashimizga imkon bo’lmayapti (so’zlaringizni erkaklar yetkazmoqdalar), bevosita o’zingizdan eshitaylik, bir kunni tayin qiling, kelaylik, Alloh sizga o’rgatganini bizga o’rgating".

Hazrati Payg’ambar (s.a.v.) bu murojaatni yaxshi qarshiladilar va ayollarga alohida dars o’tishni qabul qilib, buyurdilar: "œFalon kun, falon yerda to’planinglar!" Ular to’plandilar. O‘sha kun kelgach, va’z-nasihat aytdilar, ba’zi diniy ishlarni buyurdilar: "œEy xotinlar, orangizda 3 ta bolasi o’lgan birorta ham xotin bo’lmasa kerak, mabodo bo’lsa, uni o’sha bolalari parda bo’lib, do’zax o’tidan asragaydir", - dedilar. Shunda bir xotin: «Ikkita bo’lsa—chi?" - dedi. Rasululloh (s.a.v.): "œIkkita bo’lsa ham (parda bo’lgaydir)", dedilar (bu gap otalarga ham taalluqli).

Abu Hurayra (r.a.): "œBalog’atga yetmagan uchta farzandni nazarda tutganlar", - deb rivoyat qiladilar. Payg’ambarimiz (s.a.v.) ayollarga Alloh o’rgatganidan o’rgatdilar va shu tariqa islomda ayollarga oid ilk madrasa barpo bo’ldi.
Nom: Re: AYOL MUKARRAMDIR. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: maknuna 13 Avgust 2006, 08:08:11
5. Ayollarning haqlari. Hazrat Payg’ambar (s.a.v.) aytganlar: "œAyollarning erkaklar zimmasidagi haqqi yaxshi taom va kiyim berishlaridir".

Qur’oni karim deydi:
"œRobbingiz Uning O‘zigagina ibodat qilishlaringizni hamda ota-onaga yaxshilik qilishni amr etdi. (Ey, inson) agar ularning biri yoki har ikkisi huzuringda keksalik yoshiga yetsalar, ularga "œUf..." dema va ularni jerkma! Ularga (doimo) yoqimli so’z ayt!" (Al-Isro, 23). Qur’onda marhamat qilingani kabi hazrati Payg’ambar (s.a.v.): «Eng ko’p kimga yaxshilik ko’rsatish kerak?, deb so’ragan bir sahobiyga "œOnangga", deya uch bor takrorlaganlaridan so’ng, "œOtangga", dedilar.

Islomda ona yoki ayol haqqiga e’tibor shu qadarki, ona mushrik bo’lsa-da, bu haqqini yo’qotmagan bo’ladi. Faqat ota-ona farzandiga yo er xotiniga Islomdan tashqari, ya’ni Islomga zid amr va talqinda bo’lsalar, u holda ularga itoat qilinmaydi. Allohga isyon qiluvchilarga itoat etilmaydi. Bu hadisi sharifda ochiq aytilgandir: "œAllohga isyon etgan kimsaga itoat etish yo’qdir".

Boshqa bir hadisi sharifda shunday marhamat qilinadi:
"œUlar (ya’ni, boshingizdagilar)dan kim sizga Allohga isyon qilmoqni amr etsa, zinhor (bu xususda) u kimsaga itoat etmang".
Nom: Re: AYOL MUKARRAMDIR. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: maknuna 13 Avgust 2006, 08:08:28
Islomning ayol haqlari xususida keltirgan yangiliklari va qo’ygan asoslarini shunday tartiblashimiz mumkin: yaratilish jihatidan, Allohning maxluqi bo’lish jihatidan ayol bilan erkak teng.

"œEy, odamlar! Sizlarni bir jondan (Odam)dan yaratgan va undan jufti (Havvo)ni yaratgan hamda u ikkisidan ko’p erkak va ayollarni tarqatgan Robbingizdan qo’rqingiz!"¦" (Niso, 1).

Rasululloh (s.a.v.) ham bir hadisi shariflarida ayol bilan erkak orasidagi tenglikni shunday bayon etganlar: "œAyol-erkak barcha insonlar taroq tishlari kabi bir-birlariga tengdirlar". Boshqa bir hadisi sharifda esa shunday: "œAyol-erkak — barcha musulmonlar qarindoshdirlar. Bir kishining boshqa bir kishiga nisbatan taqvodan boshqa hech bir ustunligi yo’qdir".

Islomga ko’ra, ayol va erkak bir butunning ikki parchasi kabidir. Bir-birlarini to’ldiradilar. Chunki hadisi sharifda: "œAyollar erkaklarning (to’ldiruvchi) parchasidir", deyilgan.

Oyati karimada esa shunday deyilmoqda: "œ"¦Ular sizlar uchun libos, sizlar ular uchun libosdirsizlar"¦" (Baqara, 187). Qur’oni karim shu tariqa ayolni noto’g’ri, nopok hukmlardan xalos etib, erkakka turmush o’rtog’i etdi. Qur’oni karim bu hukmi bilan ayol insonmi-yo’qmi deb tortishgan Ovro’padagi qarashlarni yakson qildi.
Nom: Re: AYOL MUKARRAMDIR. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: maknuna 13 Avgust 2006, 08:08:35
Islom ayoldan la’natni ko’tarib tashladi, inson o’g’lining, Odamning jannatdan chiqishiga, la’natlanishiga ayol sabab bo’ldi, degan e’tiqodni ham rad etdi.

Islomga ko’ra, ayol ham erkak kabi dindosh bo’lishga, ibodat qilishga haqli va buyurilgandir. Qiladigan amaliga qarab mukofotlanadi yoki jazolanadi. Jinsiyat farqi savobining kam bo’lishiga sabab emas. Allohning quli bo’lish yoki Allohga bandalik jihatidan erkak bilan ayol orasida farq yo’qdir.

Din ulamolarining ta’kidlashicha, Alloh taolo iymon keltirganlar soyasida iymon keltirmaganlarni halok qilmayapti, zakot berganlar soyasida zakot bermaganlarni, ro’za tutganlar soyasida ro’za tutmaganlarni, zikr etganlar soyasida zikr etmaganlarni, namoz o’qiganlar soyasida namoz o’qimaganlarni halok qilmayapti.

Ilmga juda e’tiborli bo’laylik. Tish bergan rizqni ham berar, Yaratgan bizni och qo’ymas. Hadisi sharifda marhamat qilingani kabi: "œKim Alloh uchun ilm talabida bo’lsa, Alloh taolo uning rizqini kutmagan yeridan yetkazadi".

Islom ayollarning ilm egallashlari uchun qulayliklar ta’min etmoqda. Maqsad Islom jamiyatining foydali bir a’zosi, millati, vatani, davlatiga manfaat yetkazuvchi inson bo’lib yetishish va yetishtirishdir. Islom ayolni jaholatdan kutqarib, yuksaltirdi, sharafladi. Jamiyat ayollarga hurmat bilan qaraydigan bo’ldi, ayollarning iqtidorlari, qobiliyatlarini erkaklar tan oldilar. Urva bin Zubayr (r.a.) hazrati Oisha (r.a.) haqlarida; "œHazrati Oisha Qur’on hukmlari, she’r va adabiyotni, arab tarixi va uning pog’onalarini boshqa shaxslardan ko’ra ko’proq bilardi", deganlar.
Nom: Re: AYOL MUKARRAMDIR. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: maknuna 13 Avgust 2006, 08:08:42
Hazrat Oisha (r.a.) din borasida bamisoli to’lib-toshgan dengiz, hikmat va shariat ilmiga xazinabon edilar. Payg’ambarimiz (s.a.v.)ning o’sha paytda o’z ilmi, fazli, taqvosi va dunyoqarashi bilan yuqori darajada bo’lgan sahobai kiromlarga qarata: "œEy birodarlar, diningizning yarim ilmini Oishadan olinglar", degan hadisi shariflaridan ham bilsa bo’ladi. Oisha (r.a.) fazlining yuqoriligi, ilmining to’lib-toshganligiga Abu Muso (r.a.)dan keltirilgan ushbu rivoyat ham shohidlik beradi: "œBizlar — Rasulullohning do’stlariga bironta hadisning ma’nosini tushunish mushkul bo’lib qolgudek bo’lsa, darhol Oishaga murojaat etar va undan to’la tushuncha olar edik".

Ato ibn Raboh aytadiki: "œOisha odamlar orasida eng dono va fikri terani edi". Hishom ibn Urva o’z otasidan rivoyat qilib aytadiki: "œFiqh ilmida, tib sohasida va she’r borasida Oishadan bilimliroq kishini ko’rmadim".

Payg’ambarimiz (s.a.v.)ning yana bir ayollari hazrati Zaynab (r.a.) ham o’sha zamonaning buyuk faqihi (huquqshunosi) edi. Madinada esa Binti Abi Salama (r.a.) fiqh sohasining bilimdoni edi.

Islomda ayolning ilm tahsil etishiga qarshi chiqqan erlarga o’rin yo’q. Aksincha, Islomni to’g’ri tushunib unga amal qilgan mo’min erkaklar, avvalo o’zlari ilmli bo’lganlari yoki ilm olayotganlari holda, ayollarga ham ilmni egallashlariga yordamchi bo’ladilar. Bu borada musulmonlar tarixi sharafli sahifalar bilan to’liqdir.

Ayollarni ilm tahsil etmakdan man qilmoq bu jaholat va g’aflatga berilgan erlarning ishidir. Chunki, ayolni ilm olishdan man etmoq din o’rganmoqdan man etmoqdir.
Nom: Re: AYOL MUKARRAMDIR. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: maknuna 13 Avgust 2006, 08:08:53
Alloh taolo Qur’oni karimda shunday marhamat qiladi: "œEy Payg’ambar, qachonki, sizning oldingizga mo’minlar kelishib, sizga o’zlarining Allohga biron narsani sherik qilmasliklariga, o’g’rilik qilmasliklariga, zino qilmasliklariga, o’z bolalarini o’ldirmasliklariga va qo’l-oyoqlari o’rtasida to’qib oladigan bo’htonni qilmasliklariga* hamda biror yaxshi ishda sizga itoatsizlik qilmasliklariga qasamyod qilsalar, siz ularning qasamyodlarini qabul qiling va ular uchun Allohdan mag’firat so’rang! Albatta Alloh kechirimli va rahmlidir" (Mumtahana, 12).

Bu oyati karimadan ma’lum bo’ladiki, ayol Islomning muayyan aqidalariga ergashmoqqa yo’naltirilgan. Ayol ruhan va fe’lan bu aqidalarga amal qilishi, kuzata va anglay olishi uchun o’z-o’zini tarbiyalab, ta’lim olishi Islomning asosiy jihatidir.

Qur’oni karimda Payg’ambarimizga (s.a.v.) xitoban kelgan oyat bor: "œUlar bilan kengashib ish qiling", ya’ni sahobalar bilan kengashib ish qilishlikni Alloh buyurmoqda. Sahobalar orasida esa ayollar ham bo’lishgan va bu amr ularga ham tegishli bo’lgan. Bundan tashqari, Muhammad (s.a.v.) ahli ayollariga hurmat bilan qarab, ular bilan masalahatlashib ish ko’rganlar.

Tabiiyki, musulmonlar shu amrga tobedirlar. Bu oyati karimada faqat erkaklar bilan maslahatlashib, ayollar bilan maslahatlashmaslik  kerak, bunga ehtiyoj yo’q, deydigan biror ishora mavjud emas. Bu oyati karimani faqat erkakka maxsus deyish ayolga muxoliflikdan boshqa narsa emas. Islom olimi Ibni Xozim shunday dedilar: "œHazrat Payg’ambar (s.a.v.) ham erkaklarga, ham ayollarga teng yuborilgandirlar. Allohning xitobi, payg’ambarning xitoblari ayollarga   ham, erkaklarga ham qaratilgandir. Bu xitoblarni ochiq bir nass yoki ijmo bo’lmaguncha erkaklarga maxsus etib, ayollarni tashqarida qoldirmoq joiz emas".
Nom: Re: AYOL MUKARRAMDIR. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: maknuna 13 Avgust 2006, 08:09:01
Payg’ambarimiz (s.a.v.) ahli ayollari bilan maslahatlashib ish ko’rganliklari ma’lum. So’zimiz quruq bo’lmasligi uchun ushbu hadisni keltiramiz. Abu Hurayra (r.a.) rivoyat qiladilar: "œRasululloh (s.a.v.) bunday deb aytdilar: "œKimki Alloh taologa va qiyomat kuniga iymon keltirgan bo’lsa, qo’shnisiga ozor bermasin! Shuningdek, ayollar bilan doimo yaxshilikcha maslahatlashingizlar".

Shu sababdan ayolni kengashdan mahrum etmoq, bevosita Allohga qarshi qullik chegaralaridan o’tmoqdir, haddi ubudiyatiga tajovuz qilmoqdir. Alloh ayollarga bergan bir haqni ularning qo’llaridan olmoqdir.

Rasululloh (s.a.v.) iymon keltirgan mo’min erkak va mo’mina ayollarning bunday ma’siyatga tushishining oldini olish uchun ayol bilan erkak maslahat qilishi kerakligini tashviq etganlar. Haqiqatdan sahih bir hadisda shunday  marhamat qilinadi: "œQizlar bilan bog’liq masalalarda onalari bilan maslahatlashing". Ya’ni, qizlarning otalari qizlarini turmushga chiqarish xususida onalari bilan maslahatlashadilar.

Rasulullohning (s.a.v.) siyratlari ayollar bilan maslahat qilish xususida bir ibrat xazinasidir.

Payg’ambarimiz (s.a.v.) 6 hijriy yilda 1400 sahoba bilan Madinadan Baytullohning ziyorati uchun borganlarida mushriklar Hudaybiya nomli vodiyda yo’lni to’sdilar. O‘sha yerda sulh tuzilib, musulmonlar Ka’bani ziyorat qilmay, qaytib ketadigan bo’ldilar. Payg’ambarimiz (s.a.v.) Hudaybiyada oyoqqa qalqib; "œEy insonlar, turing, qurbonliklaringizni so’ying. Sochlaringizni oldiring va ehromdan chiqing!" deya ashobiga amr etdilar. Ulardan hech biri joyidan qimirlamadi. Payg’ambarimiz (s.a.v.) amrlarini yana bir takrorladilar. Yana qimirlagan bo’lmadi. Payg’ambarimiz (s.a.v.) buyruqlarini uchinchi bor takrorladilar. Yana qimirlagan bo’lmadi. Payg’ambarimiz (s.a.v.) zavjalari Ummu Salamaning yonlariga bordilar. Shunda Ummu Salama: "œYo Rasululloh! Ne bo’ldi?" - deb so’radilar. Payg’ambarimiz (s.a.v.): "œEy Ummu Salama! Xalqning (musulmonlarning) bu qilig’i nedir? Esankiraydigan hol. Ularga: «Qurbonliklaringizni so’ying, sochingizni oldiring va ehromdan chiqing», deb takror-takror aytdim. Ular so’zlarimni eshitar, yuzimga boqisharu amrimni bajarmoqqa turishmadi", deb nolidilar.
Nom: Re: AYOL MUKARRAMDIR. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: maknuna 13 Avgust 2006, 08:09:09
Hazrat Ummu Salama: "œYo Rasululloh! Ko’rganingizdek xalq shu holga tushmoqda. Ey Allohning Payg’ambari! Siz shu ishni bajarmoq istaysizmi? Istasangiz, tez boring, qurbonliklarni so’yguncha, sartaroshni chaqirib, soch oldirguncha ashobdan hech kimga so’z aytmang. Siz qurbonliklarni so’yib, soch oldirsangiz, xalq ham shunday qiladi».

Rasululloh qo’llariga bir nayza olib, baland tovushda "œBismillahi, Allohu akbar!" deya qurbonlik tuyalarini so’ya boshladilar.

Ashob Payg’ambarimiz (s.a.v.) qurbonlik so’yishlarini ko’rishlari bilan darhol turib qurbonlik tuyalarini so’yishga tushdilar.

Hazrat Ummu Salama shunday dedilar: "œQurbonliklarga qarab shunday chopdilarki, to’planganlarini ko’rib, bir-birlarini ezib qo’yishlaridan qo’rqdim".
Nom: Re: AYOL MUKARRAMDIR. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: maknuna 13 Avgust 2006, 08:09:17
Payg’ambarimiz (s.a.v.) Ummu Salamaning o’rinli maslahatlari asosida niyatlarini amalga oshirdilar. Endi Alloh uchun aytaylik, tarixning bu sharafli sahifasi qoshida Hazrat Payg’ambar (s.a.v.) nomlaridan to’qilgan "œAyollarga maslahat soling, lekin ular aytganining teskarisini qiling. Chunki ayollarga qarshi ish tutishda baraka bordir", degan gaplar U zotga (s.a.v.)ga tuhmat emasmi? Bo’hton emasmi? Aytsak—aytmasak, ham bo’hton, ham tuhmat! Rasulullohning (s.a.v.) hazrat Ummu Salama bilan maslahatlari, kengashlari va uning natijasi bunga eng buyuk hujjatdir.

Ayollar haq-huquqlarini Islomdan boshqa din va mafkuralar ko’rib chiqmagan, desak xato qilamiz.  Ayollar haq-huquqlarini talab qilib, dastavval Frantsiya inqilobida 1791 yili "œAyol haqlari" bayonnomasi qabul qilindi. Bu ta’limot avval huquqiy sohada (qonun oldida erkak-ayol tengligi kabi), so’ng siyosiy sohada (saylash-saylanish kabi) muvaffaqiyat qozondi. Lekin bu ta’limotni ko’tarib chiqqanlar ayollarning haqlariga e’tibor beraylik, deb, yildan-yilga ayolning fitratini ham unutib, erkaklashtirishga olib keldilar. Natijada ayol jamiyatda bir ko’ngilxushlik unsuri, reklama materiali, ya’ni namoyish ashyosiga aylanib qoldi. Feminizm ayol ezilishiga qarshi bo’lish o’rniga o’zi ayolga ko’rsatilayotgan zulmga zulm qo’shdi va  faqat erkaklar emas, balki ayolni ayolga zulm qilishga o’rgatdi, tashviq etdi, tashkil qildi.
Nom: Re: AYOL MUKARRAMDIR. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: maknuna 13 Avgust 2006, 08:09:32
Islomiy oila farog’ati

Ayollarni yuksaklarga ko’targan va sharaf tojini kiydirgan Islom dini oila masalasiga ham jiddiy e’tibor beradi. Naslni saqlash, nafsni tiyish, jamiyatni turli axloqiy buzuqliklar va fahshdan asrash, tinch va farovon hayotni vujudga keltirish uchun kurashadi. Islomiy tarbiya er-xotin va farzandlar o’rtasida chinakam muhabbat va mehr-oqibat rishtalarini bog’lash asosiga qurilgan. Payg’ambarimiz Muhammad (s.a.v.): «Uylaninglar va ko’payinglar. Chunki haqiqatan men boshqa payg’ambarlar oldida ummatimning ko’pligi bilan faxrlanaman», deganlar. Boshqa bir hadisda Rasuli akram (s.a.v.) shunday buyuradilar: «Kimki uylanishi uchun sharoiti bo’laturib uylanmasa, u bizdan emasdir».

Madaniyat haqida qoloq tushunchaga ega bo’lganlar dunyoning rohati-yu, nafs istaklarini ma’bud darajasiga ko’targanlar. Unday odamlar bir tarafdan huzur-halovatini buzmaslik, boshqa tomondan esa boylik orttirish xayolida oila qurishni ortiqcha ish, deb biladilar. Bunday kishilar koshonalarda yashaydilar. Xalq oldida biologik ochlik haqida gapiradilar, nufusni ozaytirmoq yo’llarini talqin qilib, oilaga qarshi chiqadilar. Holbuki, bu Shaytoni lain tavsiyasidir.

Dunyo nufuzi har qancha ortmasin, ozuqa javhari tuganmasdir.
Yaratgan Alloh rizq berishga ham qodir. Quruqlikdagi butun ozuqa tugagan taqdirda ham, dengizlardagi ozuqa insoniyatni boqishga yetarli.
Nom: Re: AYOL MUKARRAMDIR. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: maknuna 13 Avgust 2006, 08:09:40
Bugungi kunda Ovro’pa diyorlarida nufuzning ko’p qismi keksayib qolganligidan, aholining navqiron qismi ozligidan xavotirga tushish kuzatilmoqda.

Bugun Amriqo Qo’shma Shtatlarida har soniyada bir jinoyat sodir etilayotir. Har olti soniyada bir ayolga tajovuz qilinayotir. Faranglar ham eng ko’p xavfsiraydigan hodisalari tajovuzdir.

Islom oila masalasiga jiddiy e’tibor bilan qarar ekan, begona erkak va ayolning bir-birlari bilan iloji boricha yuzlashmasliklarini talab qiladi. Zero, musulmon banda nasli va nafsini asrash bilan butun dunyo lazzatlariga -  huzur-halovatga erishadi.

Turli din va qavmlarning qonun-qoidalariga e’tibor qilsak, ayol inson qatoriga qo’shilmaganligini ko’ramiz. Masalan, Hindistonda ayol kishi harom va u poklanishi mumkin emas, deb talqin qilinadi.

Islomda esa  ayol hassos do’st va turmushda rafiqadir. Biz jannatni onalarning oyog’i ostidan qidiramiz. Ayolni tuzatishga harakat qilar ekanmiz, unga qattiq ozor yetkazishdan ehtiyotlanamiz.
Nom: Re: AYOL MUKARRAMDIR. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: maknuna 13 Avgust 2006, 08:09:50
Yangigina oila qurgan yoshlarimiz o’z oilalarining mustahkam va barqaror bo’lishi uchun kurashmoqlari zarur. Solih yigitimizga bir soliha qizni izlar ekanmiz, uning go’zalligi, mol-mulki, martabasini emas, balki taqvosini, axloqi va tarbiya topgan oilasini hisobga olishimiz lozim. Kuyov tanlashda ham xuddi shu xususiyatlarga e’tibor berishimiz zarur. Bir onlik go’zallikka, martabaga uchmoq halovatni buzadi, oxir-oqibatda oila inqirozga yuz tutadi.

Muhtaram Payg’ambarimiz (s.a.v.): "œHadrai  dimandan uzoq turing", deb buyurganlarida, sahobalar "œhadrai diman"ning ma’nosini so’raydilar. U kishi: "œZalolatda o’sgan go’zal ayol", deb javob beradilar. Yaxshi, islomiy tarbiya olmagan moddiy go’zallik zil ketadi. Bizdan biror yigit yoki qizning axloqi so’ralsa, u haqdagi haqiqatni aytish burchimizdir. Zero, to’g’ri so’zlamaslik, haqiqatni yashirish hollari ham uchrab turishi tabiiy. Go’yo bu bilan biz yaxshilik qilmoqchi bo’lamiz. Holbuki, bu yolg’onchilik hayot bilan o’ynashishdir. To’g’ri, kishi bilganni yashirmaydi. Payg’ambarimiz (s.a.v.) "œSoliha bir ayolga uylangan kishi diniy vazifasining yarmini bajargan hisoblanadi, endi dinning yarmini ham bajarsin", deb buyuradilar.

Zamonamizda ayrim musulmon oilalar sep, qalin va boshqa sarf-harajatlarni haddan oshirib, turmushni mushkullashtiradilar. Rasuli Akram (s.a.v.): "œNikohning eng xayrlisi oson bo’lganidir", deb marhamat qiladilar.

Shuni ham unutmaylikki, balog’at yoshidan o’tgan har bir yigit-qizning turmush qurishiga ota-ona javobgardirlar. Payg’ambarimizning qizlari Fotima (r.a.)ning seplari ko’rpacha, yostiq, ko’za, mesh, piyola, elak, sochiq, po’stin, gilam, ikki kiyim va bir ko’rpadan iborat bo’lgan. Ro’zg’oriy ashyolar ehtiyojga ko’ra keyinchalik asta-sekin xarid etilaverishi mumkin.
Nom: Re: AYOL MUKARRAMDIR. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: maknuna 13 Avgust 2006, 08:09:59
Dinimiz ijozatiga ko’ra, nikoh marosimida uzuk taqilib, hadyalar berilishi mumkin. To’ylarimizda ziyofat berilishi  Allohga shukrona aytishday sunnat amallar bilan bir qatorda dinimizda bo’lmagan turli odatlar ham qorishtirib o’tkazilmoqda.

Erkakning o’zi ayoli oldidagi vazifalari — yedirmoq, kiydirmoq, salomatligini saqlamoq, boshpana bilan ta’minlamoq, kelishib ziyorat va xorijga chiqmoq, nomusini himoya qilmoq, ayolini begona ko’zdan asramoq. Ayolning o’z eri (turmush o’rtog’i) oldidagi burchi esa Islomdan chiqmaslik sharti ila itoatli bo’lmoq, hatto, ibodat qilishida ham izn olmoq, unga mutashakkir bo’lmoq, begonalar bilan gaplashmaslik, bolalarni tarbiya qilmoq va erining mol-mulkini qo’riqlamoqdan iboratdir.
Nom: Re: AYOL MUKARRAMDIR. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: maknuna 13 Avgust 2006, 08:10:18
Musulmon ayolga xushxabarlar ko’pdir. Allohning Habibi (s.a.v.): "œBir ayol o’z eriga itoat etsa, Allohning oldidagi burchini ado qilsa va vazifalarini bajarsa, unga shahidning savobi qadar savob yoziladi", deganlar. Yana Payg’ambarimiz (s.a.v.) boshqa bir hadisi shariflarida: "œUchta qizni shar’iy qonunlardan chiqarmay, tarbiya qilib voyaga yetkazgan ona jannatda men bilan birgadir", deb marhamat qiladilar.

G‘arb hazorasining ayolga bo’lgan munosabati ayollarga hurriyat, baxt-saodat berish niqobi ostida uni bir hovuch puldorlar va buzuqlarning ermagiga aylantirib qo’ygani, dunyo sarmoyadorlari ayolning Alloh ato etgan go’zalligidan g’arazli maqsadlarda, nari borsa, o’z molini reklama qilish uchun foydalanayotgani haqida ko’p yozish mumkin. Hurlik, chiroyli hayot va’da qilish bahonasida ayollarning fitriy mashg’ulotlaridan, oila farog’atidan, farzand tarbiyasidan uzib olib, erkaklar bajarishga erinadigan og’ir, mashaqqatli, xo’rlovchi yumush va mehnatlarga solinayotgani haqida ham ko’plab misollar keltirish mumkin. Ammo bu bilan ayolni baxtli qilolmaymiz, o’ksik dillariga taskin berolmaymiz. Asosiy gap ayolning asl maskani — oilasi bag’riga, farzandlari quchog’iga qaytarishda! Unga onalik baxtini, ayol mukarramligini, uning go’zalligi va nazokatini, hayo va iffatini qaytarib berishda qoldi!
Nom: Re: AYOL MUKARRAMDIR. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: AbdulAziz 10 Iyul 2008, 18:39:12
Mundarija

Ayol — Alloh nuri (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=596.msg12327#msg12327)
Insonning yaratilishi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=596.msg12333#msg12333)
Tarixda ayolning o’rni (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=596.msg12338#msg12338)
Davrimizda ayol (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=596.msg12349#msg12349)
Islomda ayolning o’rni va qadr-qimmati (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=596.msg12353#msg12353)
Islomiy oila farog’ati (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=596.msg12369#msg12369)
Nom: Re: AYOL MUKARRAMDIR. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Yuborildi: AbdulAziz 11 Iyul 2008, 16:29:18
Ayol mukarramdir

(http://www.ziyouz.com/images/books/ayol_mukarram.jpg) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=187)

Muallif: Fotimaxon Sulaymon qori qizi

Hajmi: 57 Kb
Fayl tipi: pdf, zip

(http://www.ziyouz.com/components/com_remository/images/download_trans.gif) Saqlab olish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=187)

Online o'qish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=596.0)