forum.ziyouz.com

Ilm va ziyo => Ma'rifat => She'riyat => Mavzu boshlandi: Muhammad Yusuf 25 Iyun 2011, 21:07:00

Nom: Xudoga aytib beraman
Yuborildi: Muhammad Yusuf 25 Iyun 2011, 21:07:00
MEHRIBON VA RAHMLI  OLLOH NOMI BILAN BOSHLAYMAN!


Musulmonlik undoq ish ermas
Munofiqlik unga bo'lar kas
Gar da'vatlar quloqqa kirmas
Yig'la fosiq bo'lib qoldim deb

Farq yoqolsa ne xarom , halol
Yig'lar ko'kda holingga hilol
Namoz qazo bo'lsa bemalol
Yig'la fosiq bo'lib qoldim deb

Mol dunyo deb uxlay olmasang
Din deb yurak tig'lay olmasang
Qur'on o'qib yig'lay olmasang
Yig'la fosiq bo'lib qoldim deb

Osiylikka tutinsang sarmast
Bilki, qadim darding tuzalmas
Yolg'on so'zga yuzing qizarmas
Yig'la fosiq bo'lib qoldim deb

Do'stingga gar islomni ravo
Ko'rmayotgan bo'lsang, bil aslo
Mo'minlikka qilmagin da'vo
Yig'la gunohimni kechirgin deb

Gar qalbingda ilmdan g'urur
Yo'llaringni yoritmagay nur
 Musulmonman deb shodlanmay tur
Yig'la gunohimni kechirgin deb. . . .
Nom: Re: Hudoga aytib beraman
Yuborildi: azizbek_mx 25 Iyun 2011, 23:58:18
aka mavzu nomi sal g'alatiroqmasmi? Shirkka o'xshab ko'rinib ketdi, astag'firulloh. To'g'ri tushundingiz deb umid qilaman
Nom: Re: Hudoga aytib beraman
Yuborildi: Muhammad Yusuf 26 Iyun 2011, 00:13:38
Munojat degan ibodatni bilasizmi?
Shu ibodatga moslab nom berdim.

Har kim dunyoni o'z ko'zi bilan ko'radi.
Rahmat.
Nom: Re: Hudoga aytib beraman
Yuborildi: Best friend 26 Iyun 2011, 00:47:18
Xudoga hammasin aytib beraman!

Dunyoda yashashga qo'ymasangiz gar,
Shu sizga buyursin qaytib beraman.
Ammo arimagay ko'nglimdan kadar,
Xudoga hammasin aytib beraman.

Fitratda tug'ildim, vale' tarbiya,
Mudhish bir holatga soldiku soya.
Sof ta'lim neligin bilmadim deya,
Xudoga hammasin aytib beraman.

Yoshlikda g'am nima bilmay yurgandim,
Bog'chani eng oliy dargoh bilgandim.
Kalima o'rniga qo'shiq o'rgandim,
Xudoga hammasin aytib beraman.

Quvnab yo'l tushganda maktabim tomon,
Jami' ilmlarga izladim imkon,
Ammo nimaligin bilmadim Iymon,
Xudoga hammasin aytib beraman.

So'ng oliy bilim yurt o'ziga chorlar,
Muhabbat atalmish go'zal bahorlar.
Ustozlarim dindan etgan bezorlar,
Xudoga hammasin aytib beraman.

Allohga hamd bo'lsin qutqardi O'zi,
Qalbimga sochildi hidoyat tuzi.
Shunda yaqinlarim burdilar yuzin,
Xudoga hammasin aytib beraman.

Aroqli to'ylarga bormay qolsam gar,
Otamga la'nat der eng yaqin jigar.
Ko'zimdan yosh emas oqqanda zahar,
Xudoga hammasin aytib beraman.

Yodimda o'zini eng zo'r er degan,
Namozxon bo'ldingmi, deya jerkigan.
Bo'g'zimga qadalib yovuz sher kelgan,
Xudoga hammasin aytib beraman.

Xaq so'z yetkazilsa mard jo'vonsherlar,
O'zingcha nelarni so'ylading derlar.
Kecha kim eding, deb yuz burgan ellar,
Xudoga hammasin aytib beraman.

Alloh ruhsat, degan oyatni bilib,
Hayotga tadbiq et, gar desam kulib,
Ayol zoti minar g'azabga to'lib,
Xudoga hammasin aytib beraman.

Hammaga tegishli aytilgan so'zlar,
Xaqdan olib qochamng jovdirar ko'zlar.
Qiyomat kelganda ko'rasiz, do'stlar,
Xudoga hammasin aytib beraman.

 Hayrulla Hamidov
Nom: Re: Hudoga aytib beraman
Yuborildi: azizbek_mx 26 Iyun 2011, 07:32:37
xudo bexabar qolibdimi, siz aytib bersangiz? Astag'firulloh.... Shunday deyish to'g'rimikin?
Nom: Re: Hudoga aytib beraman
Yuborildi: Muhammad Yusuf 26 Iyun 2011, 08:51:54
Assalomu aleykum!

Ollohga shukurki ! Siz etgan fikr hayolimdanam o'tgani yo'q.
Uzr. Siz bu mavzuni noto'g'ri tushunibsiz !
Nom: Re: Hudoga aytib beraman
Yuborildi: azizbek_mx 26 Iyun 2011, 09:32:36
men na olimman va na tolibi ilmman, ilm olish ilinjidagi oddiy bir bandaman. Mulohazam noto'g'ridir lekin tushuntirib bermaguningizcha fikrimni o'zgartirolmayman.
Nom: Re: Hudoga aytib beraman
Yuborildi: registan 26 Iyun 2011, 10:24:39
Mavzu nomini shirkka aloqadorlik joyi yo'q, faqat... "Hudo" emas "Xudo" bo'ladi nazarimda.
Nom: Re: Xudoga aytib beraman
Yuborildi: Best friend 26 Iyun 2011, 11:45:26
xudo bexabar qolibdimi, siz aytib bersangiz? Astag'firulloh.... Shunday deyish to'g'rimikin?
:asl3:

 Xudo hamma narsadan xabardordir! Lekin baribir Qiyomat kuni biz so'roq savol bo'lganimizda Men uchun nimalar qilding? deb so'rar ekan. Aslida Alloh kuzatib turganini hammamiz bilamiz. Alloh so'roq savolsiz ham hukm chiqarishga haqli. Lekin baribir so'raydi. Biz payg'amabrlarni xususan payg'ambarimizni s.a.v. Allohga munojot qilganini yahshi bilamiz.
 Biz iloji boricha dardimizni Allohga aytishga harakat qilishimiz kerak. Ammo bugungi kunda bunday insonlar juda kam, chunki tavakkul qila oladigan inson dardini aytadida Allohga. Misol uchun dardimizni biron insonga aytamiz. U inson agar dushman bo'lsa, battar bo'l deyishi aniq. Endi do'st bo'lsachi, do'st nima qiladi, albatta o'zimizdan ko'ra ko'proq siqiladi, lekin hamma narsani ham hal qilib berish qo'lidan kelmaydi albatta, bundan esa battarroq eziladi. Lekin biz dardimizni Allohga aytsak, u bizning muammolarimizni hal qilib beradi, chunki u zot har narsaga qodirdir. Mana shunday Allohga dardini aytish munojot deyiladi lekin, bunday munojot dunyoviy bo'lgandan ko'ra, din ishiga, oxiratga taaluqli bo'lgani afzalroq... Agar tushintirolgan bo'lsam hursandman. Qayerlaridadir xato qilgan bo'lsam Alloh o'zi kechirsin...
Nom: Re: Xudoga aytib beraman
Yuborildi: azizbek_mx 26 Iyun 2011, 14:19:22
aytib berish bilan munojot qilishning o'rtasida tafovut bordir axir?
Nom: Re: Xudoga aytib beraman
Yuborildi: Best friend 26 Iyun 2011, 14:32:54
 Hamma narsa to'g'rima to'g'ri tushinilaversa, unda juda ko'p narsalar chalkashib ketadi. Xudoga aytib beraman degan gapni menimcha Hayrulla Hamidovni she'rlaridan olgan bo'lsalar kerak. Hayrulla Hamidov bu she'rida ba'diy yondoshgan. Qandaydir noananaviy yo'nalishda yozgan. Lekin ma'no jihati o'zgarmidi baribir. Xudoga gapirilganmi, aytilganmi, duo qilingami hammasi munojotdir. Allohga murojat qilishimiz munojot hisoblanadi. Keyin hohlaymizmi, hohlamaymizmi baribir bir kun hammasini Xudoga aytib beramiz. Chunki u kunda a'zolarimiz bizga bo'ysunmaydi. Tillarimiz gapiraveradi. Hamma hammasini Xudoga aytib beradi... Kim kimdan zulm ko'rgan bo'lsa u kunda Xudoga aytib beradi. Va Alloh odil hukmni ijro etadi... Vallohua'lam
Nom: Re: Xudoga aytib beraman
Yuborildi: birborekan 26 Iyun 2011, 14:33:59
Menimchayam mavzu nomini yanayam chiroyli qo'yish mumkin. Xuddi yosh bola ko'chada birov urganda borib dadasi yoki onasiga aytib beraman, hali ko'rasla deganday bopqopti.
Nom: Re: Xudoga aytib beraman
Yuborildi: Lu`lu` 27 Iyun 2011, 00:40:13
Menimchayam mavzu nomini yanayam chiroyli qo'yish mumkin. Xuddi yosh bola ko'chada birov urganda borib dadasi yoki onasiga aytib beraman, hali ko'rasla deganday bopqopti.

Карични кенг олаверинг Бирбореканжон. Хали куп кунлар олдинда, бунисисм тугри скан бир кун деб тилизни тишлаб колманг. Кани ажрларга етказувчи сабр :3
Nom: Re: Xudoga aytib beraman
Yuborildi: Muhammad Yusuf 02 Iyul 2011, 19:57:08
Bir kun meni qildilar da'vat
Do'stim mo'min bo'lmoqqa shay bo'l
Mo'minlikda topgach halovat
Keldi sado o'lmoqqa shay bo'l.

Aqida bilmagan shaytoni eldir
Ming yil amal qilsa hamki u yeldir.

Aqida bilmay qilingan ishlar
Bugun keng yo'llarni aylamish tarang
O'zin chin mo'min sanaganlarning
Oddiy masalalarda boshlari garang.
 
Xayrulla Hamidov
Nom: Re: Xudoga aytib beraman
Yuborildi: Rabella 02 Iyul 2011, 22:52:09
 :asl3:
Mavzu nomiga undagi postlar mos tushmaganmi? Yoki postlar mavzu nomiga mos tushmaganmi?

Agar mavzu munojot to'g'risida bo'lsa mana bu yerda (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1690.0) Munojot degan mavzu bor ekan...

Uzr-u mavzu boshqa undagi postlar boshqa bo'lib qolibdi...
Nom: Re: Xudoga aytib beraman
Yuborildi: birborekan 03 Iyul 2011, 11:59:50
"Munojot" mavzusida bir qul o'zini gunohlarini aytib, Allohdan avf so'ragan mavzu ekan, bu yerda esa boshqasidan, boshqa narsalardan shikoyat, farqi shunda, shuning uchun bu mavzuni Munojot, demasak ham bo'larkan.
Nom: Re: Xudoga aytib beraman
Yuborildi: Rabella 03 Iyul 2011, 18:03:31
Mavzuni "munojot" deb nomlanishini emas, shunchaki mavzu nomiga mos va xos postlar qoldirilishini so'ragandim..
Mavzu huddi muqovasi almashib qolgan kitobga o'xshab qolibdi..
Nom: Re: Xudoga aytib beraman
Yuborildi: Lu`lu` 29 Avgust 2011, 09:32:40
XUDOGA SOLDIM

Uning qovog‘idan boshimga yoqqan
Qorini Xudoga soldim-da qo‘ydim.
Qonimni qaynatib, jonimni yoqqan
Korini Xudoga soldim-da qo‘ydim.

O‘sha-ku xor kelsa toptagan tikka,
O‘sha-ku zo‘r kelsa darrov bosh bukkan,
O‘shaning Mashrabu Xallojga tikkan
Dorini Xudoga soldim-da qo‘ydim.

Yulduzlar sayriga tortar sanalar,
U hamon urug‘ deb sochar kanalar,
Sillasi qurigan buva, enalar
Zorini Xudoga soldim-da qo‘ydim.

Shudir el haqidan qasrlar qurgan,
Asli-ku, non urgan, asli Haq urgan,
Uning alohida qatorda turgan
Norini Xudoga soldim-da qo‘ydim. 

So‘rasang, iblisga taqalar nasli,
Xoinlik — hunari, kazzoblik kasbi,
Dunyoni yutmoqqa shay turgan nafsi —
G‘orini Xudoga soldim-da qo‘ydim.

Alamim tog‘cha bor, mayda dard emas,
Garchi qasd olmagan yigit - mard emas,
Lekin Xudoyimga yordam shart emas,
Barini Xudoga soldim-da qo‘ydim.
 
Iqbol Mirzo