forum.ziyouz.com

Kutubxona => O'zbek adabiyoti => Mavzu boshlandi: forumnnb 18 Avgust 2006, 20:23:20

Nom: O'tkir Hoshimovning "Dunyoning ishlari" qissasi haqida
Yuborildi: forumnnb 18 Avgust 2006, 20:23:20
Assalomu alaykum!

Men o`n marta o`qisam yana o`qigim keladigan asar bor - "Dunyoning ishlari". Shu haqda sizlar bilan o`rtoqlashgim keldi, fikrlaringiz bo`lsa marhamat!!!  :)
Nom: Re: Dunyoning ishlari!
Yuborildi: zulayxo 19 Avgust 2006, 09:28:39
Sizga ham Ollohning salomlari bo'lsin
U qanday kitob muallifi kim?!  To'g'risi bu kitob haqida eshitmaganman.
Nom: Re: Dunyoning ishlari!
Yuborildi: Munira xonim 19 Avgust 2006, 09:38:12
Assalamu alaykum!
"Dunyoning ishlari"- bu asar muallifi agar adashmasam, O'tkir Hoshimov.
Juda ham zo'r, insonlarga ko'p foydasi tegadigan asar.
Bu asar asosida ancha yillar oldin videofilm ham ishlangandi.
Juda zo'r chiqqan edi.
Lekin juda ko'p yillardan buyon bunday narsalarni Tvdan olib tashlashganmi,
namoyish qilmay qo'yishdi.
Hozirda bunday filmlar ishlasholmaydi, shunday bo'lgandan keyin shunday asarlardan tayyorlangan eski filmlarni bo'lsa ham namoyish qilib turishlari lozim edi, lekin afsus....
Nom: Re: Dunyoning ishlari!
Yuborildi: forumnnb 23 Avgust 2006, 18:00:52
Assalomu alaykum!
Menimcha biz hali bunday filmlar ishlashga tayyor emasmiz. G`.G`ulomning "Shum Bola" videofilmini ko`rib to`g`risi hafsalam pir bo`ldi. Kayfiyatim buzildi.  Shunday zo`r asar..........  "Dunyoning ishlari"ga keladigan bo`lsak, uning videofilm qilib ishlanganini sizdan eshitdim. Menimcha bunday asarlarni film darajasiga ko`tarish uchun dastlab tayyor bo`lishimiz kerak(har taraflama...)
Nom: Re: Dunyoning ishlari!
Yuborildi: forumnnb 23 Avgust 2006, 18:04:14
U qanday kitob muallifi kim?!  To'g'risi bu kitob haqida eshitmaganman.

Uning Muallifi O`. Hoshimov. Sizga yaxshi maslahat, shu kitobni o`qib chiqing, hayotga bo`lgan munosabatingiz keskin o`zgaradi. Bu asarda o`zbek harakteri, o`zbek ayoli shnday chiqoyli ochib berilganki, xullas yuz marta eshitgandan, bir marta o`qigan yaxshi.......
Nom: Re: Dunyoning ishlari!
Yuborildi: Shoxjahon12 24 Avgust 2006, 09:32:55
Assalomu alaykum!

Men o`n marta o`qisam yana o`qigim keladigan asar bor - "Dunyoning ishlari". Shu haqda sizlar bilan o`rtoqlashgim keldi, fikrlaringiz bo`lsa marhamat!!!  :)

Albatta, bu asardan ta'sirlanmay bo'lmaydi. Bu asarni hissiyotsiz o'qish mumkin emas.  "Dunyoning ishlari" asarini ONAga qo'yilgan abadiy yuksak ehtirom ramzi deyish mumkin.
Nom: Re: Dunyoning ishlari!
Yuborildi: AbdulAziz 24 Fevral 2010, 08:31:20
(http://ziyouz.com/rasmlar/literature/dunyoning_ishlari.jpg)

Bu qissa katta-kichik novellalardan iborat. Biroq ularning barchasida men uchun eng aziz odam — onam siymosi bor. Bundagi odamlarning hammasini o‘z ko‘zim bilan ko‘rganman. Faqat ba’zilarining ismi o‘zgardi, xolos. Bu odamlarning qismati ham qaysidir jihati bilan onamga bog‘langan.
Dunyodagi hamma onalar farzandiga munosabat bobida bir-biriga juda o‘xshaydi. Bas, shunday ekan, bu asar sizlarga bag‘ishlanadi aziz Onajonlar!
Muallif


Dunyoning ishlari

(http://www.ziyouz.com/images/books/dunyoning_ishlari.jpg) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=7)

Muallif: O'tkir Hoshimov
Hajmi: 391 Kb
Fayl tipi: pdf, zip
(http://www.ziyouz.com/components/com_remository/images/download_trans.gif) Saqlab olish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=7)
Online o'qish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1093.0)
Nom: Re: O'tkir Hoshimovning "Dunyoning ishlari" qissasi haqida
Yuborildi: Hadija 14 Sentyabr 2010, 13:02:05
bu kitobni online o'qimoqchi edim, ammo "xato" degan yozuv chiqyapti-ku?! Iltimos, bu kitobni online o'qish imkonini qilib bersangizlar!...
Nom: Re: O'tkir Hoshimovning "Dunyoning ishlari" qissasi haqida
Yuborildi: yoqutxon 16 Sentyabr 2010, 05:18:54
bu kitobni online o'qimoqchi edim, ammo "xato" degan yozuv chiqyapti-ku?! Iltimos, bu kitobni online o'qish imkonini qilib bersangizlar!...
Hadija opa albata bir ilojini qilib ''Dunyoning ishlari''ni o'qib chiqing. Judayam ajoyib, his kechinmalarga boy kitob.
Nom: Re: O'tkir Hoshimovning "Dunyoning ishlari" qissasi haqida
Yuborildi: ibrohim 25 Noyabr 2010, 18:15:20
   ibi, bu yerga ekan-ku, mullo habib rahmat rahmat

O'tkir Hoshimovni "Дела Земнс‹е" digan kitobi

... man ruschasini o'qidim, atak zo'r ekan....
Nom: Re: O'tkir Hoshimovning "Dunyoning ishlari" qissasi haqida
Yuborildi: Nurdinboy 02 Dekabr 2010, 00:42:52
O'.Hoshimovning "Dunyoning ishlari" asari kichik novellalardan iborat. Novella - kichik hajmdagi qissadir. U faqat voqealarning qati' izchilligini talab etadi. Iste'dodli yozuvchi O'.Hoshimov ushbu holatni teran ilg'agan holda badiiy qimmati yuksak pafosdagi asarini yaratdi. Asar janr talabi imkoniyatlariga to'la javob beradi.
Nom: Re: O'tkir Hoshimovning "Dunyoning ishlari" qissasi haqida
Yuborildi: Nurdinboy 02 Dekabr 2010, 00:47:29
Haya, asosiysini unitibmanku... bundan tashqari asarni mehri ummonalr talqini deb atasa ham bo'ladi. Asar ona haqida, o'zbek ayli, o'zbek onasi haqida... har birimizning onamoz haqida. Asarni o'qigan har bir kitobxon bunda o'z onasini tasavvur qiladi, ko'z oldiga keltiradi. Aslida yozuvchi bu asarni o'z onasiga bag'ishlab yozgan. Lekin adabiyotning mojizaviligini qarangki, bu asadan har birimiz o'z onamizni tasavvur qilamiz. Yozuvchining mhorati ham an shunda. 
Nom: Javob: O'tkir Hoshimovning "Dunyoning ishlari" qissasi haqida
Yuborildi: Muxsiya 07 Iyun 2013, 22:56:16
O'zbek onalari haqida yozilgan eng yaxshi asar deb hisoblayman. Buni o'qiganimizda beixtiyor munis onalarimiz ko'z o'ngimizda gavdalanadi.
Nom: Javob: O'tkir Hoshimovning "Dunyoning ishlari" qissasi haqida
Yuborildi: munlu 17 Noyabr 2013, 05:05:53
https://www.facebook.com/pages/D%C3%BCnyan%C4%B1n-%C4%B0%C5%9Fleri-Dunyoning-Ishlari-%D0%B4%D1%83%D0%BD%D1%91%D0%BD%D0%B8%D0%BD%D0%B3-%D0%B8%D1%88%D0%BB%D0%B0%D1%80%D0%B8/633495700015915 (https://www.facebook.com/pages/D%C3%BCnyan%C4%B1n-%C4%B0%C5%9Fleri-Dunyoning-Ishlari-%D0%B4%D1%83%D0%BD%D1%91%D0%BD%D0%B8%D0%BD%D0%B3-%D0%B8%D1%88%D0%BB%D0%B0%D1%80%D0%B8/633495700015915)


http://www.edebi.net/index.php/44-secilmis-yazilar/1786-duenyan-n-isleri-oetkir-hasimov
Nom: Javob: O'tkir Hoshimovning "Dunyoning ishlari" qissasi haqida
Yuborildi: albatros 08 Fevral 2014, 10:57:44
Eng yaxshi ko`rgan asarlarimdan biri bu asar. Yozuvchi, shu qadar mahorat bilan yozganki, asardagi barcha voqealarga o`zingiz ishtirok etasiz. Asardagi, ta`m, hid, boringki barcha tuygùlarni his eta olasiz. Onalarning mehri atalmish eng buyuk tuygù mahorat bilan tasvirlangan.

O`tkir Hoshimovning "Ikki eshik orasi", "Tushda kechgan umrlar" kitoblarini ham elektron varianti saytga qo`yilishini istardim.
Nom: Javob: O'tkir Hoshimovning "Dunyoning ishlari" qissasi haqida
Yuborildi: munlu 16 Mart 2014, 05:05:29
(http://www.edebi.net/images/dergi-ktp/dunyaninisleri.jpg)Dunyoning Ishlari  Turkiyada nashr qilindi.

http://www.edebi.net/index.php/44-secilmis-yazilar/1786-duenyan-n-isleri-oetkir-hasimov