forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Umumiy => Forumdoshlar hayoti => Mavzu boshlandi: Mo'min Mirzo 24 Iyul 2011, 05:55:31

Nom: Forumdan chiqdim...
Yuborildi: Mo'min Mirzo 24 Iyul 2011, 05:55:31
Assalomu alaykum.
Muborak Ramazon oyi kirib kelishiga ham mana bir hafta qoldi.
Ibodat oyini ibodat bilan o'tkazishga astoydil bel bog'lab kutib turibmiz.
Forumlar odamni qiziqtirib qo'ygan, bo'sh vaqt bo'ldi deguncha teldan internetni yoqib forumga kirib ketish refleks amalga oshadigan holatga aylandi.
36-38kunga chiqdim, endi Iydi Ramazonda ko'rishamiz, inshaalloh.
Ramazonda taomlanishga etibor beringlar, shundagina ancha salomatlikni tiklab olamiz.
Meva ustidan yo yog'li ovqat ustidan suv ichish, tuxum bilan sut qatiq (okroshkadan ham)ni istemol qilish, ertalab yog'li ovqatlar yeyishdan saqlanaylik.

Barcha forumdoshlarni kelayotgan Ramazon oyi bilan tabriklab qolaman.
Iftorlarda duoning bir chetida biz gunohkor dangasalarni ham eslab, ofiyat so'rab o'tinglar.
Alloh bunday vaqtda til uchida so'ralgan duoni ham qabul qiladi.

Biror gap bo'lsa, bemalol [email protected] pochtamizga yo mail agentimizga yozaveringlar.
Nom: Re: Forumdan chiqdim...
Yuborildi: azizbek_mx 24 Iyul 2011, 06:08:52
Ramazondagi har kunlik taomlanish ma'ruzalaringizdan umid qilib ötirgandik...