forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Umumiy => Mavzu boshlandi: Muhammad Yusuf 16 Avgust 2011, 14:16:42

Nom: Sizlarni Olloh uchun yaxshi ko'raman !
Yuborildi: Muhammad Yusuf 16 Avgust 2011, 14:16:42
Bismillahir Rohmanir Rohim!
Olloh har bir qilayotgan hayrli ishlarimizda madadkor bo'lsin!
Assalomu aleykum ! Aziz Forumdoshlar.
Bu mavzuda Qur'oni Karimdan oyat, hadis,hikmatli so'z, tilaklar ,duolar va boshqa o'zingizga yoqqan mavzuda post qoldirishingiz mumkin. Bu mavzuning ochilishidan maqsad forumdoshlarning bir-birlarini qanchalik yaxshi ko'rishlarini bilish va forumni ham qanchalik sevishlarini bilishdir va yana birodarlik muhabbatlarini yanada oshirishdir.
 Bu ajoyib o'yin tariqasida davom etadi ya'ni: Mavzu shartiga ko'ra: siz qanday mavzuda (albatta foydali) post qilishingizdan qat'i nazar shu mavzuda post qoldirgan boshqa forumdoshlarni va forumni yaxshi ko'rgan hisoblanasiz.
Yana bir narsa: hohlovchilar bir nechta va undan ham ko'proq post qoldirishlari mumkin. Barchangizga omad.

Ps. Bu mavzu boshqa bir forumdan olindi.

O'zim boshlab beraqolay:

Aziz forumdoshlar va forum tashkilotchilari, hurmatli Admin aka barchalaringizni Olloh uchun yaxshi ko'raman !
Nom: Re: Sizlarni Olloh uchun yaxshi ko'raman !
Yuborildi: Secret 16 Avgust 2011, 14:51:25

                                        :asl3:

Rasululloh sallolohu alayhi va sallam aytganlar:"Kimda quidagi uch xislat bo'lsa, unga iymon huzur-halovat baxsh etgaydir:
- Olloh va Rasulini hammadan ko'ra yaxshi ko'rmoq;
- Yaxshi ko'rgan kishisini faqat Ollohmi deb(Olloh yaxshi ko'rgani uchun) yaxshi ko'rmoq;
- Yomon ko'rgan kishisini faqat Ollohni deb(Olloh yomon ko'rgani uchun) yomon ko'rmoq".
Nom: Re: Sizlarni Olloh uchun yaxshi ko'raman !
Yuborildi: Muhammad Yusuf 16 Avgust 2011, 18:49:00
Mo'min-musulmonlarning bu dunyodegi eng katta yutuqlari - taqdiri azalga iymon keltirishlarida.

                   Fozil qori .
Nom: Re: Sizlarni Olloh uchun yaxshi ko'raman !
Yuborildi: Muhammad Yusuf 17 Avgust 2011, 10:18:37
Allohim ! Dunyodan nimaiki nasibam bo'lsa, kofirlarga berdim. Oxiratdan oladigan ulushimni osiy mo'minlarga baxshida qildim. Dunyodan faqat zikringni, oxiratdan faqat jamolingni ko'rishni tilayman .

Robiyatul Adaviya
   (quddisa sirruha)
Nom: Re: Sizlarni Olloh uchun yaxshi ko'raman !
Yuborildi: AbdulAzim 17 Avgust 2011, 11:24:18

                                        :asl3:

Rasululloh sallolohu alayhi va sallam aytganlar:"Kimda quidagi uch xislat bo'lsa, unga iymon huzur-halovat baxsh etgaydir:
- Olloh va Rasulini hammadan ko'ra yaxshi ko'rmoq;
- Yaxshi ko'rgan kishisini faqat Ollohmi deb(Olloh yaxshi ko'rgani uchun) yaxshi ko'rmoq;
- Yomon ko'rgan kishisini faqat Ollohni deb(Olloh yomon ko'rgani uchun) yomon ko'rmoq".


Ushbu hadisdagi uchinchi xislat "katta olov yoqilib, unga tushishi, Allohga biron narsani shirk keltirishdan u uchun sevimliroq bo'lishi" deb keltirilgan ekan "Sunani Nasoiy"da.
Nom: Re: Sizlarni Olloh uchun yaxshi ko'raman !
Yuborildi: Muhammad Yusuf 18 Avgust 2011, 18:42:19
Forumdoshlar sizlarga atab:

Qalbimizdagi iymon nurlarin ziyoda etib
Eng chiroyli tilaklarim sizlarga havola etib
Bizni musulmon qilib yaratgan Ollohga hamdlar etib.
Sizlarni Olloh uchun yaxshi ko'raman.

Ilmlardan qalbimizga nur olaylik
Oyat, hadis o'rganib huzur olaylik
Insholloh ! Firdavs jannatlarida,
Rasululloh jamoatlarida bo'laylik.
Sizlarni Olloh uchun yaxshi ko'raman.

Insholloh !
Amallarda dunyolarga ibrat bo'lamiz
To'g'ri yo'lda barchamiz sobit qolamiz.
Forumlar ichida eng hayrlilaridan bo'lamiz
Butun dunyoni TAVHIDga chorlab qolamiz.
Sizlarni Olloh uchun yaxshi ko'raman ! ! !

Nom: Re: Sizlarni Olloh uchun yaxshi ko'raman !
Yuborildi: Muhammad Yusuf 24 Avgust 2011, 13:52:15
Assalomu aleykum !
Bu postim ham sizlarga foydali bo'ladi degan umiddaman :

Imom Shofe'iy shunday deydi :
- kim, Qur'oni o'rgansa, qadri ortadi. Kim, fiqh o'rgansa, hurmati oshadi. Kim, hadis o'rgansa, hujjati kuchli bo'ladi. Kim, hisob o'rgansa, fikri yorqinlashadi. Kim, ajoyib narsalarni o'rgansa, yumshoq tabiatli bo'ladi. Kim, nafsini taqvodor qilolmasa, ilmi unga foyda bermaydi.

Hz. Xasan shunday deydi:
- kimki olimlar bilan birga yurib, birga o'tirsa tili biyronlashadi, zehni ochiladi, zehniga o'rnashgan narsalardan benihoya sururlanadi, bilganlaridan foydalanishda kuchli bo'ladi, bilganlarini boshqalarga ifodalab bera oladi.

Qalblar kashfiyoti. II kitob.
Abu Homid G'azzoliy
Nom: Re: Sizlarni Olloh uchun yaxshi ko'raman !
Yuborildi: Muhammad Yusuf 29 Avgust 2011, 11:13:31
Oyisha r.a. Rasulolloh s.a.v.dan rivoyat qiladilar :
,, Uch narsa menga farz qilinib, ummatlarim uchun esa, sunnatdir .
Birinchisi - vitr namozi
Ikkinchisi - misvok qilish
Uchinchisi - tahajjud ibodati''. (''Shahob'').
Nom: Re: Sizlarni Olloh uchun yaxshi ko'raman !
Yuborildi: Mutaallim-2010 29 Avgust 2011, 21:10:23
Asl mo'min-birodarlarni aka ukadek suyish bizlarga ham nasib etsin !



Eslatma:
http://dump.uz/downloadf-3596bfbdcb1-mp3.html
Nom: Re: Sizlarni Olloh uchun yaxshi ko'raman !
Yuborildi: Secret 29 Avgust 2011, 22:08:44

 «Мсмин ва мсминалар бир-бирларига дсстдирлар. Улар схшиликка буюрадилар, ёмонликдан қайтарадилар, намозни тскис адо стадилар, закотни (ҳақдорларга) ато стадилар, Аллоҳ ва Унинг пайғамбарига итоат қиладилар. Ана сшаларга Аллоҳ раҳм қилур. Албатта Аллоҳ Азиз, Ҳакимдир» (Тавба: 71).

Абу Ҳурайра розисллоҳу анҳудан ривост қилинади: А асулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам айтдилар: «Мсмин мсминнинг ойнасидир, мсмин мсминнинг биродаридир, унинг тирикчилиги стмай қолишининг олдини олади ва ортидан (йсқлигида) уни (нг оиласи, моли ва обрссини) сақлайди» (Саҳиҳу сунани Аби Довуд: 4110).
Абуд-Дардо розисллоҳу анҳудан ривост қилинади: А асулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам айтдилар: «Ким биродарининг обрс-номусидан (маломатни, ғийбатни) қайтарса, қиёмат куни Аллоҳ таоло унинг юзидан (бутун жисмидан) дсзах стини қайтаради» (Аҳмад, Термизий ривости, Саҳиҳул-жомиъ: 6262).