forum.ziyouz.com

Kutubxona => Boshqa kitoblar => Mavzu boshlandi: Ansora 28 Avgust 2011, 14:01:41

Nom: O'zbek o'gloni - Said Ahmad.
Yuborildi: Ansora 28 Avgust 2011, 14:01:41
 :asl3:

Said Ahmadni (Alloh rahmat etsin) ismlarni har eshitganimda yuragimda har doim bir iliqlik paydo bo'ladi. Befarq qaray olmayman bu ismga.

Bolalik chog'larim, 12-13 yoshlarim, Andijon buvimni uylarini, yoz issiq'ida ayvonlarida mukka tushib "Ufq" romanini juda katta hayajon, bazan yuzimda nim tabassum, bazan ko'zimda yosh bilan o'qigan chog'larimni eslatadi bu ism.

Inson bolasini dardi shunchalik ham "zavqli" anglatiladimi, ayting hurmatli o'quvchi?

Kelinglar, bu mavzuda, tom ma'noda adabiyotimizni ustozlaridan biri bo'lgan, Said Ahmad haqlarida, u kishing o'lmas, zabardast asarlari haqida fikr yuritaylik.
Nom: Re: O'zbek o'gloni - Said Ahmad.
Yuborildi: azizbek_mx 29 Avgust 2011, 12:23:46
assalomu alaykum! Mavzu uchun raxmat. Ustoz qalamiga mansub asarlardan ilk bor Kiprikda qolgan tong asarini öqigandim. Ta'sirli, badiiy tasvirga boy, ba'zan hayajonlantiruvchi, goh kuldirib, goh yiglatuvchi sahnalariga mahliyo bölib öqigandim. Badiiy tilda oz-moz bölsada, gaplarimni ifoda etishni shu kishidan örgandim desam yanglishmayman.
Nom: Re: O'zbek o'gloni - Said Ahmad.
Yuborildi: Aqoid 29 Avgust 2011, 12:46:28
Yozuvchilarning qaysidur yig'inida amakim adib b-n birga o'tirib suhbat quribdilar. Amakimiz adibdan bir asaridagi qahramon haqidagi axborotnomada berilgan savolni so'rasalar, Said Ahmad : asarni o'qiganmisan debdi. Amakim ha desa, unda mendan so'rab nima qilasan, men o'qimaganman degan ekan. Juda hazilkash inson edilar deb xotirlaydi amakim
Nom: Re: O'zbek o'gloni - Said Ahmad.
Yuborildi: Ansora 10 Sentyabr 2011, 12:12:01
Nahotki Said Ahmad va asarlari haqida boshqa a'zolarimizni fikrlari bo'lmasa ???
Nom: Javob: O'zbek o'gloni - Said Ahmad.
Yuborildi: Muxsiya 05 Iyun 2013, 17:38:21
Said Ahmad yumor janrining piri edi. Ming yildan keyin Kelinlar qo'zg'oloni asarini o'qiganizda ham qayta qayta yangi ma'nolarini kashf etib, yangicha xulosalarga kelasiz. 8 sinfdalik paytimda Ufq romanida towbaqaning towkosasi qanday paydo bo'lganini o'qiganimda garchi to'qima bo'lsayam xuddi haqiqatdek tasavurimda waklangan. Qoplon hikoyasidagi laganbardor xodim, Sobiq hikoyasidagi davrning og'riqli nuqtalarini yumor bn ifodalanishi bu har qanday yozuvchining qo'lidan keladigan ish emas. Faqat tug'ma talantga ega yozuvchiga xos.
Nom: Javob: O'zbek o'gloni - Said Ahmad.
Yuborildi: NANO 05 Iyun 2013, 22:20:32
Toshbaqaga yaxwigina tarif berilgandi! O'sha davrda bu qiyosni ancha mumcha odam chunib yetmagandi. Xozir xam chunib yetishmasa kerak. :)