forum.ziyouz.com

Ilm va ziyo => Darsxona => Internet => Mavzu boshlandi: Usmon 16 Sentyabr 2011, 19:01:38

Nom: O'zimiz sayt yaratamiz!
Yuborildi: Usmon 16 Sentyabr 2011, 19:01:38
Bu mavzu sayt yaratishga bag'ishlanadi.

Saytni localhost (o'z kompyutermizda) loyihalashtirishdan tortib, to hostingga qo'yguncha barcha qadamlar haqida atroflicha ma'lumot berishga harakat qilaman va barcha qiziqqanlarni davraga taklif aylayman.

Shunaqilib, boshladik bo'masa....


P.S. Usmon Toship bu sohada profilikka da'vogar emas :-)
Nom: Re: O'zimiz sayt yaratamiz!
Yuborildi: Usmon 16 Sentyabr 2011, 19:10:43
Qandaydir sayt yaratish fikri ko'pchilikda paydo bo'lgan bo'lsa kerak... Masalan, biror mavzuga bag'ishlangan o'zimizning saytimiz bo'lsa, uning o'ziga yarasha auditoriyasi bo'lsa, dilkash insonlar deganday.... yoki bo'lmasa tijorat maqsadida... yoxud, masalan, o'z firmamizning vizitka sayti va h.k....

Shunday qilib bu borada Birinchi qiladigan ishimiz avvalo istakning paydo bo'lishi :-) Bu endi tabiiy hodisa, bizga bog'liq emas, qolganlarini esa o'zimiz amalga oshiramiz.

Ikkinchi qo'yadigan qadamimiz sayt maqsadini, uning konceptini, strukturasini, taxminiy auditoriyasini, moliyaviy manbaini aniqlab olish bo'ladi. Qisqa qib aytganda ishlab turgan saytmizni ko'z oldimizga keltira olishimiz kerak, bu qog'ozga tushirilgan bo'lsa, undan-da yaxshi.
Nom: Re: O'zimiz sayt yaratamiz!
Yuborildi: Usmon 16 Sentyabr 2011, 19:24:35
Endi maqsad aniq, koncept bor...boshni qashiymiz....

Bu yerda o'zimiz tayyorlaydigan bo'lsak ham, yo'limiz 2ga bo'linishi mumkin:
1) Buning uchun maxsus dasturlardan foydalanamiz ...
masalan, Adobe Muse 0.8 Build 653, A4DeskPro Website Builder 5, Adobe Dreamweaver degandey.... Bularni mana bu (http://mysoft.uz/index.php?cat=41&ccat=99) joydan olishingiz mumkin.
2) Tayyor divijok (CMS - content management system) olib, uni lokalizatsiya (tarjima) qilib o'zingizga moslab ishlatishingiz mumkin.

Men 1-so'qmoqdan umuman yurmaganim uchun u haqda biror narsa deya olmayman..

Ashindey qilib... Uchinchi qiladigan ishimiza... Saytimiz mazmuni va mantig'iga qarab dvijok tanlash!
Nom: Re: O'zimiz sayt yaratamiz!
Yuborildi: Usmon 16 Sentyabr 2011, 19:32:21
Dvijoklar har hil - bepuli ham bor, sotiladigani ham...
Endi biza studentmiza... Bir porsa osh, 24ta qoshiq digandeyy...

Xullas, tekinlari (opensource) ichidan bizga eng mos keladiganini tanlaymiz..Masalan.. menga eng yoqadigani Joomla, uning yordamida butun boshli portallar yaratib tashlasa bo'ladi.. Shaxsiy blog uchun Wordpressdan afzali bo'lmasa keray, Bundan tashqari forumlar uchun phpb3 yoki smf... Dvijoklar haqida sal batafsilroq ma'lumot mana bu threadda bor: Qaysi dvijokni tanlay? (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=6147.0)
Nom: Re: O'zimiz sayt yaratamiz!
Yuborildi: Usmon 16 Sentyabr 2011, 19:38:00

Mana 4-qadamgayam keb qoppiz....Dvijok tanlash marosimi tugadi... demak birortasini tanladik. Men o'zimning Joomlamni tanladim...

Tabiiyki endi uni yuklab olamiz... odatda dvijoklar juda "og'ir" emas... Bor-yo'g'i 5-6 MB .. bor ana 10 MB bo'ladi xolos...
Nom: Re: O'zimiz sayt yaratamiz!
Yuborildi: Usmon 16 Sentyabr 2011, 19:45:53
Ko'chirb oldik dvijokni endi nima qilamiz??? Bo'ldi endi kompyuterni o'chirib uxlaymiz...allayooo ....derdimu endigina 7.30 bo'pti

Dvijokni shundoq holichayam hostingga qo'yib, qolganini internetda davom ettirsa ham bo'ladi, lokigin menimcha oldin o'z shaxsiy kompyuterimizda sinovdan o'tkazib, kerakli moslamalarni kiritib, tarjimalarini qilib, tatapoya qilgach hostingga qo'ygan ma'qul deb hisoblayman. Omalekin interneti VIP bo'ganla hostingga qo'yishgacha bo'gan etaplarni tashab ketishsayam bo'lovradi...

Shu tariqa beshinchi qadamimiz kompyuterimizni o'z-o'ziga virtual server qilib qo'yish.
Bunda men hammaga ma'lum va mashhur Denwer djentelmenlar paketidan foydalanganman. Oxirgi versiyasini mana bu  (http://www.denwer.ru/dis/Base/latest?from=site)yerdan olamiz.
Nom: Re: O'zimiz sayt yaratamiz!
Yuborildi: Usmon 16 Sentyabr 2011, 19:55:01
Denwerni oldik, ustanovka qildik....

endi o'zimiz serverga aylandik desayam bo'lovradi...
ishonmasez, Operada http://localhost deb yozing, bunga o'zingiz ham amin bo'lasiz. Denwerni ustanovka qilgach, instruksiyalarini yaaaaxshilab (!), sinchiklab o'qib chiqamiz.

Odatda Denwer C:\ da Webservers papkasini yaratadi. Bu papkani ichida Home papkasi bo'ladi shuni ichida masalan ajoyib.uz digan papka ochsak-da, ajoyib.uzni ichida www digan papka ochsak, kegin ashi wwwni ichida index.html digan fayl tashab qo'ysak, operada http://ajoyib.uz ga kirsak, shu index.htmlni obrabotka qiladi... Buning uchun albatta Denwer ishlayotgan bo'lishi shart. Bu hali qadam emas :-)
Nom: Re: O'zimiz sayt yaratamiz!
Yuborildi: Usmon 16 Sentyabr 2011, 19:59:56
endi saytimiz nomiga moslab, o'sha homeni ichida ajoyib.uz degan papka, uning ichida esa www degan papka ochamiz... Boya ko'chirib olgan dvijokimizni (dvijok odatda zip, gzip yoki tar arxivda bo'ladi) o'sha papkaning ichiga raspakovka qilamiz (arxivdan chiqaramiz). E'tibor bering www ning ichida dvijok fayllari bevosita turishi kerak, alohida yana papka ichida emas.... Masalan Joomla.zip ni raspakovka qilganda Joomla digan yangi papka ochib keyin arxivdan chiqaradigan bo'lsa, bu Joomla papkasini emas, uning ichidagi fayllar va papkalarni www ga ko'chirishimiz lozim.
Nom: Re: O'zimiz sayt yaratamiz!
Yuborildi: Usmon 16 Sentyabr 2011, 20:06:22
tepadagi beshinchi qadam ekanligini eslatish o'zimni esimdan chiqibdi  ;D

dvijokni www papkaning ichiga arxivdan chiqarib qo'ydik, endi bemalol operamizda http://ajoyib.uz ga kiramiz... kirdimi??? urreeee... bu hali dvijokni o'zi emas...bu hozircha uni o'rnatish jarayoni...instruksiayalani sinchiiiiklab o'qib dvijokni o'rnatamiz (o'rnatayotganda kiritgan ma'lumotlarni u-bu joyga yozib qo'yishni maslahat beraman, masalan...database nomi, foydalanuvchi nomi va paroli degandaydaaa endi...)
O'rnatish jarayoni silliq kechgan bo'lsa mana shu oltinchi qadam bo'ladi... endi darsimizani shu joyida paused qib turamiza, maniyam uyim bor :-) ertaga davom ettiramiz
Nom: Re: O'zimiz sayt yaratamiz!
Yuborildi: Musannif Adham 18 Sentyabr 2011, 16:56:07
Assalomu Alaykum.

Usmon hormang. Yaxshi ish boshlabsiz. Mana shuni oxirigacha davom etdiring. Men va boshqa forumdoshlar kuzatib boryapmiz. Bu postni ham yozganlaringizni o'qiyotganimni bildirish uchun yozdim.  :) Off-top uchun uzr. Keyinroq o'chirib tashlarman.

Davomini kutib qolamiz. Faqat iltimos: oxiriga yetqazing. Shundoq qolib ketmasin.
Nom: Re: O'zimiz sayt yaratamiz!
Yuborildi: Usmon 19 Sentyabr 2011, 00:03:20
Assalomu alaykum, e'tibor uchun rahmat... o'rnatish jarayonida muammo chiqqan bo'sa, shu yerda yozavering, birgalashib yechimini qidiramiz, chiqmagan bo'sa - undanam yaxshi :-)

Xullasi kalom 6ta dovondan oshib ishni qoyillatib qo'ygach, choyni xo'rillateeeb, monitorga tikileeeb o'tiribmiz...

kimdir Joomla qo'ygandir, kimdir Wordpress, yana boshqa birovga faqat forum kerak bo'lsa, smf yoki phpbb3 va hk...

Darsni buyog'i faqat Joomla haqida bo'ladi (chunki muallif bu CMS bilan jiddiy ishqiy munosabatlarda bo'lgan), lokigin
boshqalari bo'yicha savol tug'ilib qolsayam, qo'ldan kegancha deganday....
Nom: Re: O'zimiz sayt yaratamiz!
Yuborildi: Usmon 19 Sentyabr 2011, 00:08:22
Joomla ni ruscha lokalizatsiyasi (tarjimasi)ni mana bu linkdan olishingiz mumkin: http://joom.ru/download/viewcategory/4

U yerda turli versiyalari bor. Hozirda eng ommaviy va ko'pchilik extensionla mos keladigan versiya bu 1.5. Eng yangisini olaman desangiz hozircha 1.7  ungayam ancha extensionlar bor.
Nom: Re: O'zimiz sayt yaratamiz!
Yuborildi: Usmon 19 Sentyabr 2011, 00:57:15
Endi shu saaal ortga qaytib oltinchi qadamni batafsilroq yoritishga harakat qiloviz...judayam mavhum bo'p qopti...

Bu qadam Joomlani localhostga o'rnatish edi.

Masalan man Denwerni o'rnatayotganda ishchi fayllar uchun joyni C:\Webservers (by default) tanladim. Shunga mos holda mening ajoyib.uz saytim uchun joy bu C:\WebServers\home\ajoyib.uz\www\ bo'ladi. Demak men yuklab olgan joomla dvijokimni shu joyga arxivdan chiqaraman.

Arxivdan chiqargach, Denwerni ishga tushiramiz (Start Denwerni bosish orqali)

endi Operaga kirib, ajoyib.uzga kiramiz (Shu yerda diqqat, Denwer ishlayotganda barcha faol "setevoye podklyucheniye"larni o'chirib turgan ma'qul). Hammasini to'g'ri bajargan bo'lsak quyidagi manzara namoyon bo'ladi:

(http://i080.radikal.ru/1109/f6/c39685abcef4.jpg) (http://www.radikal.ru)
Nom: Re: O'zimiz sayt yaratamiz!
Yuborildi: Usmon 19 Sentyabr 2011, 01:01:03
O'zimizga kerakli tilni tanlab, Daleeni bosamiz. Ko'pchiligimizga kerak bo'lgan o'zbek tili ro'yxatda yo'q, shu sababli boshqa bir o'zimiz tushunadigan tilni (menda rus) tanlab turamiz, o'zbek tiliga qanday o'girishga keyinroq batafsil to'xtalamiz.

Ishqib Daleeni bosgach keyingi bosqich ochiladi:

(http://s59.radikal.ru/i163/1109/c9/f656aa63d6d6.jpg) (http://www.radikal.ru)

Bu yerda asosan tepa qismidagi ro'yaxtda hammasi "DA" turgan bo'lsa bo'ldi, qolgani muhim emas.
Nom: Re: O'zimiz sayt yaratamiz!
Yuborildi: Usmon 19 Sentyabr 2011, 01:05:00
Keyingi etap: Litsenziya haqida ma'lumot, bu GNU GPL litsenziya bo'lgani uchun o'qib ham o'tirmay, Daleeni bosamiz, ekranda mana bu bosqich chiqadi.

(http://s44.radikal.ru/i105/1109/d3/dc81dcf92a7e.jpg) (http://www.radikal.ru)


Tagiga chizib qo'ygan joylarimga diqqat qiling. Sozlamalarni men ko'rsatgandek qo'yganingiz ma'qul, ularni saytni xostingga olayotganda o'zgartiramiz baribir.
Nom: Re: O'zimiz sayt yaratamiz!
Yuborildi: Usmon 19 Sentyabr 2011, 01:08:54
Keyingi bosqich FTP nastroykasi, unda ham Daleeni shunday bosib yuborish kifoya, chunki localhostda baribir FTPdan foydalanmaymiz :-)

6-bosqichda biroz to'xtashga to'g'ri keladi.
Diqqat: siz o'z saytingiz nomini, o'zingizning e-mailingizni va parolni kiritasiz. Parolni eslab qoling. Tagiga chizib qo'yilgan "Ustanovit demo dannye" tugmasini bosishni tavsiya etaman, o'rganishda yordam beradi!

(http://s013.radikal.ru/i323/1109/e9/0fd2e7f30cad.jpg) (http://www.radikal.ru)
Nom: Re: O'zimiz sayt yaratamiz!
Yuborildi: Usmon 19 Sentyabr 2011, 01:12:16
Ana endi yakunlovchi bosqich:

1) loginingiz "admin" ekaniga e'tibor bering (parolingizni boya kiritgan edingiz)

2) ...ajoyib.uz\www\ papka ichidan Installations papkasini o'chirib, keyin "Sayt" tugmasini bosing!

(http://s60.radikal.ru/i170/1109/43/79a8b7fd3ddb.jpg) (http://www.radikal.ru)
Nom: Re: O'zimiz sayt yaratamiz!
Yuborildi: Usmon 19 Sentyabr 2011, 01:13:47
Hammasini to'g'ri bajargan bo'sez, mana bu narsa monitorda paydo bo'ladi... QO"RQMANG! shu saytimizning dastlabki ko'rinishi :-)

(http://s016.radikal.ru/i337/1109/1d/aedadd9b040f.jpg) (http://www.radikal.ru)
Nom: Re: O'zimiz sayt yaratamiz!
Yuborildi: Usmon 19 Sentyabr 2011, 01:17:35
Keyingi postlarda Xudo xohlasa, quyidagilarni yoritib o'tamiz:

1) Back-end va Front-end - u nima?

2) Joomla 1.5ni qanday qilib o'zbek tiliga o'giraman?

3) Sayt dizaynini o'zgartirmoqchiman...

4) Menga kerak bo'lgan imkoniyat Joomlada yo'qmi? Joomla va uning add-on (extension)lari hamda ularning 1001 xil imkoniyati
Nom: Re: O'zimiz sayt yaratamiz!
Yuborildi: Nazrul Islom 19 Sentyabr 2011, 05:42:56
1) Buning uchun maxsus dasturlardan foydalanamiz ...
masalan, Adobe Muse 0.8 Build 653, A4DeskPro Website Builder 5, Adobe Dreamweaver degandey.... Bularni mana bu (http://mysoft.uz/index.php?cat=41&ccat=99) joydan olishingiz mumkin.
Assalomu alaykum!
Yuqoridagi link ishlamayapti, tekshirib bera olmaysizmi? Oldindan rahmat!
Nom: Re: O'zimiz sayt yaratamiz!
Yuborildi: Usmon 19 Sentyabr 2011, 09:05:26
Menda ishlayapti lekin.. balki O'zbekistondan tashqarida kirmasa kerak...unda mana bu linklarni qarab ko'ring:
- Adobe Muse (http://muse.adobe.com/)
- A4DeskPro Website Builder (http://www.a4deskpro.com/)
- Adobe Dreamweaver (http://www.adobe.com/cfusion/tdrc/index.cfm?product=dreamweaver)
Nom: Re: O'zimiz sayt yaratamiz!
Yuborildi: Usmon 26 Sentyabr 2011, 14:46:59
Kimgadir  Joomla 1.5ni uzbekcha lokalizatsiyasi keray bo'p qosa, beraman...mabododeee....
Nom: Re: O'zimiz sayt yaratamiz!
Yuborildi: azizbek_mx 26 Sentyabr 2011, 21:33:54
Okaginam mana menga kerey... menga bervoring
Nom: Re: O'zimiz sayt yaratamiz!
Yuborildi: Usmon 26 Sentyabr 2011, 23:31:05
Emilizga drujba tashavordim, qoganini o'sha tomonlada gaplashvolarmiz
Nom: Re: O'zimiz sayt yaratamiz!
Yuborildi: Abdul_bosit 19 Oktyabr 2011, 21:21:13
 :asl3: Katta Raxmat Usmon oka !!! Juda kerakli ma'lumotlar ekan! Faqat nega bu mavzuni davom ettirmayapsiz?
Nom: Re: O'zimiz sayt yaratamiz!
Yuborildi: Usmon 19 Oktyabr 2011, 22:36:02
bitta o'zim qo'rqvatudimdeee...... qiziqsayiz, davom ettiroviz..
Nom: Re: O'zimiz sayt yaratamiz!
Yuborildi: Abdul_bosit 19 Oktyabr 2011, 22:38:48
Raxmat. Agar malol kelmasa juda zo'r bo'lardi.
Nom: Re: O'zimiz sayt yaratamiz!
Yuborildi: Usmon 20 Oktyabr 2011, 09:21:12
bo'lle... unda kuting va biz qaytamiz :-)
Nom: Re: O'zimiz sayt yaratamiz!
Yuborildi: Abdumuhaymin 20 Oktyabr 2011, 21:14:24
bo'lle... unda kuting va biz qaytamiz :-)
Qaytgan bo'seyz boshlovuring oka, muhlislariz kopayib ketti...
Nom: Re: O'zimiz sayt yaratamiz!
Yuborildi: Abdumuhaymin 15 Noyabr 2011, 23:13:57
Qoraka, bu mavzuyiz chala qop kettide, yo forum fondi ochilishini kutvosmi  :)
Nom: Re: O'zimiz sayt yaratamiz!
Yuborildi: Musannif Adham 16 Noyabr 2011, 09:52:54
Usmon, bo'shashmang. Biz "hormang" deb turibmiz-ku. Davomini kutamiz.

P.S. Qo'rqmang, bu mavzuda tanqid qilmayman. Chunki bu mavzuga tishim o'tmaydi.
Nom: Re: O'zimiz sayt yaratamiz!
Yuborildi: Музаффар 05 Yanvar 2012, 00:10:27
Усмон олий жаноблари, давоми қани снди бу амалиётни? кутспмизку. Яхши ишни бошлаб қсйиб срим йслда ташлаб қсймангда тақсир.
Nom: Re: O'zimiz sayt yaratamiz!
Yuborildi: Usmon 17 Yanvar 2012, 21:41:32
Qayaqqa keganim o'zimmiyam esimdan chiqip qoludi :-), material ovomman, davom ettiramiz albatta!!
Nom: Re: O'zimiz sayt yaratamiz!
Yuborildi: Музаффар 18 Yanvar 2012, 22:17:40
Бале мавлоно....!
Nom: Re: O'zimiz sayt yaratamiz!
Yuborildi: Nurdinboy 24 Mart 2012, 10:59:24
Endi maqsad aniq, koncept bor...boshni qashiymiz....

Bu yerda o'zimiz tayyorlaydigan bo'lsak ham, yo'limiz 2ga bo'linishi mumkin:
1) Buning uchun maxsus dasturlardan foydalanamiz ...
masalan, Adobe Muse 0.8 Build 653, A4DeskPro Website Builder 5, Adobe Dreamweaver degandey.... Bularni mana bu (http://mysoft.uz/index.php?cat=41&ccat=99) joydan olishingiz mumkin.
2) Tayyor divijok (CMS - content management system) olib, uni lokalizatsiya (tarjima) qilib o'zingizga moslab ishlatishingiz mumkin.

Men 1-so'qmoqdan umuman yurmaganim uchun u haqda biror narsa deya olmayman..

Ashindey qilib... Uchinchi qiladigan ishimiza... Saytimiz mazmuni va mantig'iga qarab dvijok tanlash!

Usmon aka! Bu programmalarni skachat qilib bo'lmadiya?
Nom: Re: O'zimiz sayt yaratamiz!
Yuborildi: Nurdinboy 24 Mart 2012, 11:00:54
Shu mavzuni ertaroq ko'rishim kerak edi. Jasur aytganda kirmaganakamman
Nom: Re: O'zimiz sayt yaratamiz!
Yuborildi: Usmon 27 Mart 2012, 22:13:17
Yana birgamiz! :-) nega skachat qibo'madi? manda qivotti )))
Nom: Re: O'zimiz sayt yaratamiz!
Yuborildi: azizbek_mx 03 Avgust 2012, 01:44:46
 :asl3:
Ako davom etilu ramazonda:)
Nom: Re: O'zimiz sayt yaratamiz!
Yuborildi: gayrat17 30 Avgust 2012, 20:47:27
Salom. Men bir saytni yurgizmoqchi edim. Geografiya xaqida. Kim sayt dizayni, xosting, domen degan narsalarni tushunadi. Juda murakkab sayt bo'lishi shart emas. eng kamida .php da bo'lsin. .htmlni o'zim xam tushunaman.
Ish xaqi chel el valyutasida. Oldindan to'lanadi.
[email protected] da to'liq gaplashamiz. Faqat tezroq, paxtaga chiqib ketishim mumkin  :)
Nom: Re: O'zimiz sayt yaratamiz!
Yuborildi: Usmon 01 Sentyabr 2012, 10:06:21
NANO
Nom: Re: O'zimiz sayt yaratamiz!
Yuborildi: gayrat17 03 Sentyabr 2012, 16:34:38
Usmon yordam berasizmi, judA "Nano" BO'LISHI SHART EMAS  ;D
Nom: Re: O'zimiz sayt yaratamiz!
Yuborildi: albatros 30 Sentyabr 2012, 15:05:05
Aziz forumdoshlar! Saytdagi test jarayonini tayyorlash haqida ma'lumot kiritsangiz xursand bo'lardim. JavaScriptdami yoki php da farqi yo'q. FAqat natija aniq chiqadigan bo'lsa yaxshi bo'lardi...
Nom: Javob: O'zimiz sayt yaratamiz!
Yuborildi: FusuY 02 May 2013, 10:31:51
Iltimos ''Schoolnuke CMS''
 haqida ma'lumot beringlar,qanday o'rnatiladi?
Nom: Javob: O'zimiz sayt yaratamiz!
Yuborildi: Boyazid 04 Aprel 2015, 19:04:49
Nega jimib qoldik do'stlar?