forum.ziyouz.com

Jamiyat va inson => Salomatlik => Bolalar tibbiy tarbiyasi => Mavzu boshlandi: Ansora 24 Sentyabr 2011, 12:52:42

Nom: Bolangiz maktabda charchab qolyabdimi? Unga qanday yordam berish mumkin?
Yuborildi: Ansora 24 Sentyabr 2011, 12:52:42
Zamonaviy maktabdagi yuklamalar juda jiddiy ekanligi hamda maktab o'quvchilarining salomatliklari unchalik yaxshi emasligi o'qituvchilar uchun ham, ota-onalar uchun ham sir emas. Axir o'n birinchi sinfga yaqinlashgan sari sog'lom maktab o'quvchilarining miqdori ham kamaya boshlaydi. Xo'sh, o'z salomatliklarini saqlash, shu bilan birga maktab dasturi, o'qituvchilar va ota-onalarning barcha talablarini bajarishga ulgurishlari uchun bolalarga qanday yordam berish mumkin?

1. Bola aniq kun tartibiga amal qilishi kerak. U uy vazifasini o'z vaqtida bajarishi shart. Yaxshisi vazifalarning katta va eng qiyin qismini kechqurunga qoldirgan ma'qul. Bolani uy vazifasini kunduzi mustaqil ravishda bajarishga o'rgating, kechqurun esa, bajarilgan masalalarni tekshirish hamda tushunarsiz bo'lgan mavzular va fanlarni o'zlashtirishda unga yordam bering. Vazifalarni bajarish tartibini qatiqqo'llik bilan nazorat qilish shart emas. Bolada erkin harakat qilish imkoniyati bo'lishi lozim, shunda u qachon va nima qilishni o'zi mustaqil ravishda hal etaadi. Agar bola o'zini sog'lom his qilsa, rejalashtirilgan barcha vazifalarni bajarishi kerak. Aks holda dangasa va ish kunini rejalashtira olmaydigan bolaga ega bo'lishingiz mumkin.
Nom: Re: Bolangiz maktabda charchab qolyabdimi? Unga qanday yordam berish mumkin?
Yuborildi: Ansora 24 Sentyabr 2011, 12:53:10
2. Maktab o'quvchisining ovqati muvozanatlashtirilgan hamda vitaminlarga boy va miya faol tarzda iste'mol qiladigan moddalarni to'ldirishga qaratilgan bo'lishi kerak. Go'sht, sut va qatiq mahsulotlari, albatta, maktab o'quvchisining menyusida bo'lishi shart. Tabiiyki, meva va sabzavotlar haqida ham unutmang, ular mahalliy yoki o'z tomorqangizda yetishtirilgan bo'lsa, yanayam yaxshi. Gazli ichimliklar, pirojniylar va boshqa sintetik shirinliklar iloji boricha kamroq bo'lsin. To'g'ri ovqatlanish nafaqat miya, balki oshqozon va rivojlanayotgan butun organizm uchun ham juda foydali.

3. Bola toza havoni faqat sayrga chiqqanida olishi mumkin. Bolani tez-tez va uzoqroq vaqtga sayr qilishga qo'yib yuboring. Agar bolaning xavfsizligi uchun qo'rqsangiz, u bilan sayrga chiqing yoki hech bo'lmaganda, dam olish kunlari tabiat qo'yniga sayohat qiling yoki farzandingiz bilan yaqin-atrofdagi yerlarni o'zlashtiring. Kislorod yetishmovchiligi miya faoliyatiga hamda bolalar salomatligiga salbiy ta'sir qiladi. Miyaning kislorod bilan yetarlicha to'yinishi bolaga maktabdagi qiyin vazifalarni uddalashiga yordam beradi.
Nom: Re: Bolangiz maktabda charchab qolyabdimi? Unga qanday yordam berish mumkin?
Yuborildi: Ansora 24 Sentyabr 2011, 12:53:29
4. Bola ko'proq harakatlanishiga imkon bering - agar ko'chada istagancha yugurishning iloji bo'lmasa, hatto uy tartibsiz holatga kelsa ham, uyda sho'xlik qilsin. Uyni keyin yig'ishtirish mumkin, bola esa yig'ilib qolgan energiyani chiqarib tashlaydi, shu jumladan salbiysini ham, va yangi ijobiy quvvatga to'yinadi. Shuningdek, kunduzgi jismoniy faollik tunda yaxshi uxlashiga va, umuman olganda, har qanday maktab stresslari va yuklamalariga qarshi mustahkam va chidamli bo'lishiga yordam beradi.

5. Dam olish va ta'til kunlarida bola uchun to'laqonli hordiqni tashkil eting. To'laqonli hordiq degani - bu faol, ya'ni televizor yoki kompyuter oldida o'tmaydigan hordiq degani. Do'stlar bilan tabiat qo'ynida dam olish yoki maktabdagidan farq qiluvchi boshqa faoliyat turlarini o'zlashtirish (masalan, sportning yangi turi, kashtachilik, duradgorlik va hokazolar) orqali maktab yuklamalaridan chalg'ish mumkin.

Yuqoridagi tavsiyalarga amal qilish maktab o'quvchisiga maktab yuklamalarini osonroq yengib o'tishga, o'quv dasturini yaxshiroq o'zlashtirishga, ota-onalarga esa o'zlarining sevimli farzandlari uchun xotirjam bo'lishga imkon beradi.

znaikak.ru