forum.ziyouz.com

Kutubxona => O'zbek adabiyoti => O'zbek nasri => Mavzu boshlandi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:02:37

Nom: Abdulla Qodiriy. O'tkan kunlar (roman)
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:02:37
O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy

(http://www.ziyouz.com/images/books/utgan_kunlar.jpg) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=34)

Muallif: Abdulla Qodiriy
Hajmi: 684 Kb
Fayl tipi: pdf, zip
(http://www.ziyouz.com/components/com_remository/images/download_trans.gif) Saqlab olish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=34)
Online o'qish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=625.0)
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:03:01
O'TKAN KUNLAR
O'zbeklar turmushidan tarixiy ro'mon

Abdulla Qodiriy

(http://ziyouz.com/rasmlar/articles/utgan_kunlar.jpg)

Abdulla Qodiriyning aytishicha: "Bu kitobni bir marta emas, besh marta o'qish kerak. Shunda siz turmushni, tarixni, siyosatni, odobni, tilni o'rganasiz".

YOZG'UVCHIDAN

Modomiki, biz yangi davrga oyoq qo'ydiq, bas biz har bir yo'sunda ham shu yangi davrning yangiliklari ketidan ergashamiz va shunga o'xshash dostonchiliq, ro'monchiliq va hikoyachiliklarda ham yangarishg'a , halqimizni shu zamonning "Tohir-Zuhra"lari, "Chor daveshlari", "Farhod-Shirin" va "Bahromgo'r"lari bilan tanishdirishka o'zimizda majburiyat his etamiz.
Yozmoqqa niyatlanganim ushbu- "O'tkan kunlar", yangi zamon ro'monchilig'i bilan tanishish yo'lida kichkina bir tajriba, yana to'grisi bir havasdir. Ma'lumki, har bir ishning ham yangi-ibtidoiy davrida talay kamchiliklar bilan maydong'a chiqishi, ahllarining etishmaklari ila sekin -sekin tuzalib , takomulga yuz tutishi tabi'iy bir holdir. Mana shuning daldasida havasimda jasorat etdim, havaskorlik orqasida kechaturgan qusur va xatolardan cho'cib turmadim.
Moziyg'a qaytib ish ko'rish xayrlik, deydilar. Shunga ko'ra mavzu'ni moziydan, yaqin o'tkan kunlardan, tariximizning eng kirlik, qora kunlari bo'lg'an keyingi "xon zamonlari"dan belguladim.

Abdulla Qodiriy (Julqunboy)


BIRINCHI BO'LIM
***************************************

1. OTABEK YUSUFBEK HOJI O'G'LI

1264-nchi xijriya, dalv oyining 17-nchisi, qishki kunlarning biri, quyosh botkan, tevarakdan shom azoni eshitiladir... Darbozasi sharqi-janubiga qaratib qurilgan bu dong'dor saroyni Toshkand, Samarkand va Buxoro savdogarlari egalaganlar, saroydagi bir-ikki hujrani istisno qilish bilan boshqalari musofirlar ila to'la. Saroy ahli kunduzgi ish kuchlaridan bo'shab hujralariga qaytkanlar, ko'b hujralar kechlik osh pishirish ila mashg'ul, shuning uchun kunduzgiga qaraganda saroy jonlik: kishilarning shaqillashib so'zlashishlari, xaholab kulishishlari saroyni ko'kka kutargundek.

Saroyning to'rida boshqalarg'a karag'anda ko'rkamrak bir hujra, anovi hujralarga kiyiz to'shalgani holda, bu hujrada qip-qizil gilam, uttalarda bo'z ko'rpalar ko'rilgan bo'lsa munda ipak va adras ko'rpalar, narigilarda qora charog' sasig'anda, bu hujrada sham' yonadir, o'zga hujralarda yengil tabi'atlik, ser-chaqchaq kishilar bo'lg'anida bu hujraning egasi ham boshqacha yaratilishda.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:03:10
Og'ir tabi'atlik, ulug' gavdalik, ko'rkam va oq yuzlik, kelishkan qora ko'zlik, mutanosib qora qoshlik va endigina murti sabz urgan bir yigit. Bas, bu hujra bino va jixoz yog'idan, ham ega jihatidan diqqatni o'ziga jalb etarlik edi. Qandog'dir bir xayol ichida o'lturg'uchi bu yigit Toshkandning mashxur a'yonlaridan bulg'an Yusufbek hojining o'gli — Otabek.

Saroy darbozasidan ikki kishi kelib kirgach, ulardan biravi darboza yonidari kimdandir so'radi:

— Otabek shu saroyga tushkanmi?

Bizga tanish hujra ko'rsatilishi bilan ular shu tomong'a qarab yurdilar. Bu ikki kishining bittasi gavdaga kichik, yuzga to'la, ozroqqina soqol-murtlik, yigirma besh yoshlar chamalik bir yigit bo'lib, Marg'ilonning boylaridan Ziyo shohichi deganning Rahmat otlik o'g'lidir, ikkinchisi: uzun bo'ylik, qora cho'tir yuz-lik, chag'ir ko'zlik, chuvak soqol, o'ttuz besh yoshlarda bulgan ko'rimsiz bir kishi edi. Bu yigit yaxshig'ina davlatmand bo'lsa ham lekin shuxrati nima uchundir boylig'i bilan bo'lmay, «Homid xotinboz» deb shuxratlangan, kishilar Homid orqasidan so'zlashkanda uning otiga taqilg'an laqabni qo'shib aytmasalar yolg'iz «Homidboy» deyish ila uni tanitaolmaydirlar. Homidning Ota-bek bilan tanishlig'i bo'lmasa ham Rahmatka yaqin qarindosh — Ziyo shohichining qaynisi, Rahmatning tog'asi.

Ular hujraga kelib kirdilar. Otabek kelguchilarni ulug'lab qarshiladi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:03:18
— Bizni kechirasiz, bek aka,— deb Rahmat uzr aytdi, — vaqtsiz kelib sizni tinchsizladik.

Otabek ularga yuqoridan joy ko'rsatar ekan, yoqimlik bir vaziyatda:
— Tinchsizlamadingizlar, bil'aks quvontirdingizlar, — dedi, — shahringizga birinchi martaba kelishim bo'lgani uchun tanishsizliq, yolrizliq meni juda zeriktirgan edi.

Shu orada hujraga bir chol kirib ul ham mehmonlar bilan so'rashib chiqdi. Bu chol Hasanali otlik bo'lib oltmish yoshlar chamasida, cho'ziq yuzlik, do'nggirok peshonalik, sariqq moyil, tugarak qora ko'zlik, oppoq uzun soqollik edi. Soqolining oqlig'ig'a qaramasdan uning qaddida keksalik alomatlari sezilmas va tusida ham uncha o'zgarish yo'k edi.

Otabek mehmonlarni tanchaga o'tquzib fotihadan so'ng Hasanalidan so'radi:
— Tuzikmisiz, ota?
— Xudoyga shukur,— dedi Hasanali,— boyag'idan bir oz yengilladim. Mazmuni is tekkan ekan.
— Ba'zi yumishlar buyursam...
— Buyuringiz, og'lim.
— Rahmat, ota, bulmasa bizga choy qaynatib bersangiz-chi.
— Xo'b, begim.

Hasanali chiqdi. Rahmat Otabek bilan yana bir kayta sog'liq surashkandan keyin so'radi:

— Bu kishi kimingiz bo'ladir, bek aka? Otabek Rahmatning savoliga javob bermay eshikka qaradi. Hasanalini hujradan uzoqlatib so'ngra javob berdi:
— Qulimiz.

Bu so'zdan nima uchundir Homid ajablangan edi.

— Qulingiz?
— Shundog'.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:03:35
Hasanalini bolaliq vaqtida Erondan kishi o'g'irlab kelguchi bir turkman qo'lidan Otabekning bobosi o'n besh tillo barobariga sotib olg'an edi. Hasanalining Otabeklar oilasida qulliqda bo'lg'anig'a elli yillar chamasi zamon o'tib, endi Otabeklar oilasining chin bir a'zosi bo'lib ketkan. Xo'jasi Yusufbek hojiga, ayniqsa xo'jazodasi, Otabekka itoat va ixlosi tom bo'lib, buning evaziga ulardan ham ishonch va hurmat ko'rar edi. Hasanali o'ttuz yoshliq vaqtida sotib olg'an bir cho'riga uylantirilgan bo'lsa ham, ammo o'g'ul-qizlari bo'lmag'an, bo'lsalar ham yoshliqda o'lib ketkanlar. Shuning uchun bo'lsa kerak, Otabekka ixlos ko'yib unga o'z bolasi kabi qarar: «O'lganimdan keyin ruhimga bir ka-lima qur'on o'qusa, bir vaqtlar Hasanali ota ham bor edi deb yodlasa, menga shunisi kifoya» deb qaror bergan va hozirdan boshlab Otabekka bu to'g'rida siporishlar berib, undan samimiy va'dalar olib yurg'uchi oq ko'ngillik bir qul edi.

Hasanali ustida bo'lg'an xaligi gapdan keyin Rahmat so'radi:.

— Toshkanddan nimalar keltirdingiz, bek aka?
— Arzimagan narsalar: gazmol, kalapoy afzali va bir oz qo-zon.
— Marg'ilonda gazmol bilan kalapoy afzalining bozori chaqqon,— dedi Homid.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:03:42
Otabek miqrozi bilan sham' so'xtasini kesib tuzatdi. Orada yotsirashka o'xshash bir hol bor, nima uchundir bir so'zlab ikki to'xtar edilar. Bu o'ng'aysiz holatdan chiqish va so'zni so'zga ulab yuborish uchun Rahmat tirishkandek ko'rinar edi.
— Marg'ilonni qanday topdingiz, bek aka, xushlandingizmi, yo?..

Bu savolning javobiga Otabek ikkilangandek va o'ng'aysizlang'andek bo'ldi.
— Nima desam ekan... Marg'ilonni har holda... xush ko'rdim, Marg'ilon Turkistonimizning to'qug'uchiliq hunarida birinchi shahridir.

Ikkilanib berilgan bu javobdan Homid bilan Rahmat bir-birlariga karashib oldilar. Otabek bu holatni sezdi va o'zining so'zini kulgulikka olib izoh berdi:

— Kelgan kunimdan Marg'iloningizni xushlamay boshlag'an edim. Chunki tanishlarim yo'k, musofirchilik bilinib qolayozgan edi. Endi bu soatdan boshlab Marg'ilondan roziman, negaki, yo'qlab kelguchi sizning kabi qadrdonlar ham bo'lur ekan.
— Kechiringiz, bek aka,— dedi Rahmat,— men sizning Mar'gilon kelganingizni bu kun otamdan eshitdim. Yo'ksa, albatta sizni zeriktirmas edim.
— Aniqmi?
— Tug'ri gap,—dedi Rahmat,—otam Toshkand borg'anlarida to'pto'g'ri sizning eshikingizga tushsinlarda, siz saroyga tushing. Bu taraf bilan sizdan o'pkani biz qilsaq arziydir.
— Haqqingiz bor,— dedi Otabek,— ammo birinchidan sizning havlingizni so'rog'lab topish menga qiyinroq kurindi, undan so'ng molimizni ortqan tuyakashlar shu saroyg'a tayinlang'an edi-lar.
— Har holda bu uzr emas.
   
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:03:48
Hasanali dasturxon yozib qumg'on kirgizdi. Odatiy takalluflar bilan dasturxon va choyga qaraldi. Homid nonni shirniga bulg'ar ekan, so'radi:
— Yoshingiz nechada, bek?

Otabekning labi qimirlamasdan choy quyib o'lturgan Hasanali javob berdi:
— Bekka xudo umr bersa, bu yil hamduna bo'lsa to'ppa-to'g'ri yigirma to'rt yoshg'a q'adam qo'yadirlar.
— Yigirma to'rt yoshg'a kirdimmi, ota,—dedi bek,—chindan ham necha yoshg'a kirganimni o'zim bilmayman.
— Yigirma to'rt yoshg'a kirdingiz, bek.

Homid tag'in so'radi:
— Uylanganmisiz?
— Yo'q.

Hasanali Otabekning yolg'iz «yo'q» bilan to'xtashig'a qanoatlanmadi va bu to'g'rida o'z tomonidan izohlar berishni lozim ko'rdi:
— Bek uchun bir necha joylar'ga qiz aytdirmak istalingan bo'lsa ham,— dedi,— avval taqdir bitmaganlik, undan keyin bekning uylanishka bulg'an qarshiliqlaridan bu kungacha to'y qilolmay kelamiz. Ulug' ho'jamizning qat'iy niyatlari bu safardan qaytg'ach, bekni uylandirishdir.
— Manimcha, uylanishdek nozik bir ish dunyoda yo'kdir,—dedi Rahmat va Otabekka yuz ugirdi. Uylangach xotining tab'ingga muvofiq kelsa bu juda yaxshi; yo'qsa munchalik og'ir gan dunyoda bo'lmas.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:03:55
Otabek Rahmatning bu so'zini samimiyat bilan qarshiladi.

— So'zingizning to'g'rilig'ida shubxa yo'k,— dedi,— ammo shuni ham qo'shmoq kerakki, oladirg'an xotiningiz sizga muvofiq bo'lishi barobarida er ham xoting'a muvofiquttab' bulsin.
— Xoting'a muvofiq bo'lish va bo'lmasliqni uncha keragi yo'k,— dedi Homid e'tirozlanib,—xotinlarg'a «er» degan ismning o'zi kifoya... Ammo jiyan aytkandek, xotin degan erga muvofiq bo'lsa bas.

Rahmat kulib Otabekka qaradi. Otabek ham istehzolik tabassum orasi Homidga ko'z qirini tashladi.
— Uylanishdagi ixtiyorimiz,—dedi Rahmat,—ota-onalarimizda bulg'anliqdan oladirg'an kelinlari ug'illarig'a yoqsa emas, balki uning ota-onalari uzlarig'a yoqsa bas. Bu to'g'rida uylanguchi yigit bilan er qilg'uchi qizning lom-mim deyishka haq va ixtiyorlari bo'lmay, bu odatimiz ma'kul va mashru' ishlardan emasdir. Masalan, men: ota-onamning yoqdirishlari bilan uylandim... Ammo xotinim ota-onamg'a muvofiq bo'lsa ham menga muvofiq emas, siz aytkandek, ehtimol men ham xotinimg'a muvofiq emasdirman... So'zingiz juda to'g'ri, bek aka.

Otabek Rahmatning so'zini ixlos bilan eshitdi va «sen nima deysan?» degandek qilib Homidga qaradi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:04:02
—Jiyan,—dedi Homid Rahmatka qarab,—boshlab uylanishing albatta ota-onang uchun bo'lib ulardan ranjib yurishingni o'rni yo'q. Xotining ko'nglingga muvofiq kelmas ekan, muvofiqi-ni olib xotinni ikki qil. Bunisi ham kelishmasa uchunchisini ol. "Xotinim muvofiq emas deb zorlanib, xasratlanib yurish er kishining ishi emas.

Rahmat Otabekka kulimsirab qaradi-da, tog'asig'a javob berdi:

Xotin ko'paytirib, ular orasida azoblanishning nima xikmati bo'lsin?—dedi.—Bir xotin bilan muhabbatlik umr kechirmak menimcha eng ma'qul ish. Masalan ikki xotinliqning bittasi sizmi? Uyingizda har kun janjal, bir daqiqa tinchlig'ing'iz yo'q.

— Seningdek yigitlar uchun albatta bitta xotin ham ortiqchaliq qiladir,— deb kuldi Homid.— Ko'b xotin orasida azoblanish uzi nima degan so'z? Qamchiningdan qon tomsa, yuzta xotin orasida ham rohatlanib tiriklik qilasan. Men bu kungacha ikki xotin o'rtasida turib janjalg'a to'ygunimcha yo'q, ammo xotinni uchta qilishg'a ham o'yim yo'q emas.
— Sizga taraf yo'q, tog'a. Homid mag'rur bir tusda Otabekka qaradi. Otabek uning so'zidan kulimsiragan edi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:04:10
Hasanali palovg'a urnash uchun tashqarig'a chiqdi. Otabek mehmonlarga choy quyib uzatdi. Homidning xaligi so'zidan keyin oradag'i bahs kesilgan edi. Uchavlari ham bir narsaning xayolini surgandek ko'rinar edilar. Bir necha vaqt shu holda qolishib Rahmat tog'asidan so'radi:

— Mirzakarim aka qizini erga berdimi, eshitdingizmi?

Bu savoldan nima uchundir Homidning chehrasi buzildi va tilar-tilamas javob berdi:
— Bundan xabarim bo'lmadi. Gumonimcha, bermagandir. Rahmat so'zdan chetda qoldirmas uchun Otabekni ham orag'a oldi:
— Bizning Marg'ilonda bir qiz bor,— dedi,— shundog' ko'hlik-ki, bu o'rtada uning o'xshashi bo'lmas, deb o'ylayman.

Homid bir turlik vaziyatda yer ostidan jiyaniga qaradi. Tog'asining holidan xabarsiz Rahmat so'zida davom etti:
— Shahrimizda Mirzakarimboy otlig' bir savdogar kishi bor, bu shuning qizidir. Balki siz Mirzakarim akani tanirsiz, u bir necha vaqt Toshkandda qutidorliq qilib turg'an ekan?
— Yo'q... Tanimayman.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:04:17
Homidning yuzidagi boyag'i holat yana ham kuchlanib go'yo toqatsizlang'andek ko'rinar edi, Rahmat davom etti:

— Uning havlisi poyafzal rastasining burchagidagi imoratdir. O'zi davlatmand bir kishi; Toshkand ashroflarining ko'blari bilan aloqador bo'lg'anliqdan balki otangiz bilan tanish chiqar.
— Ehtimol,— dedi Otabek va nima uchundir g'ayriixtiyoriy bir tebrandi. Uning yuzida bir o'zgarish va vujudida bir chayqalish bor edi. Undagi bu o'zgarishdan Rahmat xabarsiz bo'lsa ham, ammo Homid uni yer ostidan ta'qib etar edi. Bu ta'qib Otabekdagi haligi o'zgarishni payqabmi yoki tasodifiymi edi, bu to'g'rida bir mulohaza aytish, albatta mumkin emas. Yana bir necha vaqt jim qoldilar.
— Endi biznikiga qachon mehmon bo'lasiz, bek aka?

Rahmatning bu so'zi bilan Otabek xayolidan bosh ko'tardi:

— Xudo hohlag'an vaqtda bo'larmiz...
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:04:24
— Yo'q, bek aka,— dedi Rahmat,— siz aniqlab bir kunni ta'yin qilingiz, biz bu yerga sizni taklif qilg'ali kelganmiz.
— Ovora bo'lmoqning nima zarurati bor?
— Bunda ovora bo'lish degan narsa yo'q. Iloji bo'lsa sizni bu saroydan havlig'a ko'chiramiz. Hozirga bir kunni ta'yin qi-lib bizga mehmon bo'ling-chi... Otam sizning bilan o'lturishib Toshkand ahvoloti to'g'risida so'zlashmakka mushtoqdirlar.
— Bu saroydan sizlarnikiga ko'chishim og'ir,— dedi Otabek,— ammo otangizning ziyoratlariga borishg'a har qachon hozirman.
— Sog' bo'ling, bek aka, boradirg'an kuningizni ta'yin qila olasizmi?
— Ma'lumingiz, kechalari bo'sh bo'laman, shuning bilan birga otangiz qaysi vaqtni ixtiyor q'ilsalar ijobat etishdan o'zga choram bo'lmas.
— Salomat bo'lingiz,— dedi Rahmat,— shuni ham sizdan so'rayin: o'lturishka begona kishilar ham aytilsa mumkinmi, ozor chekmasmisiz? Chakirilg'anda ham o'zimizga yakin va ahl kishilar bo'lur, masalan, Mirzakarim qutidor kabi.

Bu vaqt Otabekning tusiga xaligidek o'zgarish chikdi ersa-da, lekin sezdirmaslikka tirishib javob berdi:
— Manim uchun farqsiz.

Oshdan so'ng mehmonlar xayrlashib chiqdilar.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:04:36
2. XON QIZIG'A LOYIQ BIR YIGIT

Otabek o'zi bilan ko'rishkan mundagi ikkita yot kishini tanimag'anliqdan bir-ikki qayta ularni ko'z ostidan kechirdi. Buni payqag'an Ziyo shohichi ularni Otabekka tanitdi:

— Amaklaringizni siz tanimag'andirsiz albatta,— dedi.— Bu kishi otangizning yaqin do'stlaridan Mirzakarim qutidor. Bu zot Andijon savdogarlaridan Akram hoji.

Mirzakarim ismlik qirq besh-elli yoshlar chamasida qora qosh, qora ko'z, ko'rkam yuz, yaxshig'ina kiyingan bir kishi bo'lib, Akram hoji elli besh yoshlar orasidag'i bir keksa edi. Otabek qaytadan Mirzakarim qutidorni ko'zdan kechirdi:

— Ota qadrdonlari bilan tanishdirg'aningiz uchun rahmat, amak,—dedi va Akram hoji bilan Mirzakarim akaga tavozulandi.— Otam sizlardek yaqin do'stlariga salom aytishni menga amonat topshirg'an edilar.
— Rahmat, sog' bulsinlar.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:04:44
Majlis Ziyo shohichining uyida Otabekning mehmondorchilig'i uchun yig'ilg'an, yu'qorida ismlari o'tkan zotlardan boshqa Homid, Rahmat ham Hasanali bor edilar. Tanishdirishdan so'ng Otabek bilan qutidorning ko'zlari bir-birlariga tez-tez uchrasha boshladilar. Qutidor nimanidir Otabekdan so'ramoqqa og'zini juplab tursa ham Akram hoji bilan Ziyo shohichining alla narsa to'g'risidag'i gaplari keti uzilmay davom etar edi. Ularning ko'zi uchunchi to'knashishda qutidor kulimsirab quyib so'radi:
— Meni eslay olasizmi, bek?

Otabek diqqat va e'tibor bilan qutidorni kuzatib javob berdi:
— Yo'q, amak.
— Necha yoshg'a bordingiz?
— Yigirma to'rt yoshg'a...

Qutidor o'zicha nima to'g'risidadir hisob yuritdi-da:
— Voqe-an siz meni eslay olmassiz, - dedi. — Men Toshkandda qutidorliq qilg'an vaqtimda taxminan siz besh olti yoshliq bo'la edingiz"¦ Go'yoki men Toshkandda kechagina turg'andek va kechagina sizning havlingizda mehmon bo'lg'andekman"¦ Ammo haqiqatda oradan o'n besh yigirma yil o'tib siz ham katta yigit bo'lg'ansiz, umr-otilg'an o'q emish.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:04:52
— Siz bizning xavlida bo'lg'anmisiz?
— Kub martabalab mehmon bo'ldim,—dedi qutidor,—ul vaqtda bobongiz ham hayotda edilar.

Bu ikkisining so'zlariga quloq solib chetda o'lturgan Hasanali ham gapka aralashdi:
— Amakingiz bizning xavlig'a kelib turadirgan vaqtlarida siz yosh bola edingiz, bek,— dedi. Amakingiz sizni saroylarga ham olib tushar edilar.

Otabek uyaluv aralash kulimsirab qutidorg'a qaradi:
— Taassufki eslay olmayman,— dedi. Qutidor tag'in nimadir aytmakchi bo'lg'an edi, Akram hoji unga yo'l bermadi:
— Hoji akamiz bu kunda qanday ish bilan mashg'ullar?

Otabek:
— Toshkand begi yonida mushovir sifati bilan turadirlar.
— Azizbek bu kunda ham Toshkandga xokimdir?
— Shundog'.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:05:07
— Sotqi bek ketsin, Aziz bachcha deng,— dedi Homid va Akram hojiga qarab kuldi.— Yaqing'inada Musulmon cho'loqning bazmi shu Aziz bachcha bilan qizir edi,—dedi, ulug' bir narsa kashf etkandek mag'rur, majliska qarab chiqdi. Homidning zaruratsiz ayb tekshirishi majliska yotroq tuyilgan bo'lsa kerak bir-birlariga qarashib oldilar. Bu o'rinsiz tekshirish majlisni bir oz sukutka yubordi-da, so'ngra Akram hoji savolida davom etti:
— Hokimingiz juda zolim emish, bu to'g'ri so'zmi?
— To'g'ri so'z,— dedi bek.— Azizbek zulmidan aholi juda to'yg'an.

Otabekning bu javobidan yolg'iz Akram hojigina emas balki, majlisning boshqa a'zolari ham ajablandilar. Otasining valine'mati bo'lg'an bir bekning zulmini iqror etish haqiqatan ham taajjubka loyiq edi. Azizbekning Turkiston xonlig'ining eng zolim va mustabid sanalg'an beklarining biri va uning o'z qaramog'ida bo'lg'an Toshkand aholisiga qilg'an zulmlari Farg'onaga doston, ammo Akram hojining bu savoli Azizbekning eng yaqini bo'lg'an bir kishining o'g'lini sinab ko'rishlik uchun edi. Bu sinash natijasi Akram hojining taajjubini ortdirdi va buning sirrini bilishka qiziqsindi:

— Otangiz Azizbekning mushoviri ekan,— dedi Akram hoji,— nima uchun uni bir oz bo'lsa ham yulg'a solmaydir?
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:05:14
— Kechiringiz amak,—deb Otabek kulimsiradi, — siz otamning mushovirlig'ini boshqacharoq onglarg'ng'a uxshadingiz... Biz-ning beklarga xukm vaqtida ham mushovir bo'lmo1 imkonsiz narsadir. Otam Azizbekning mushoviri va yaqin musohibi sanalsa ham va lekin bu juz'iy ishlardaginadir, buning uchun sizga bir misol keltiray, bu ish shu yaqin oralardag'ina bo'ldi: Toshkanddagi jum'alik gap majlislaridan birida bir kishi Azizbekni maxtar va bu maxtovg'a qarshi ikkinchisi «nega muncha maxtaysan, Azizbekning asli bir bachcha-da» der. Ularning bu muzokaralarini chetdan eshitib turgan xufiyalardan biri bu suzni Azizbek-ning kulog'ig'a etkuzar. Ertasiga Azizbek mazkur ikki kishini uz xuzuriga oldirib maxtovchig'a ulug' mansab ato qilar va ikkinchisini ulimga buyurar... Bu xukm majlisida hozir turgan otam maxkumning gunoxini surag'anida Azizbek jallodga baqirar:

— «Tezroq olib chiq!» Otam tag'in qulliq qilg'anida jallodga buyurar: «Qo'lingdag'ini bushatib, o'rnig'a hojini olib chiq!»—Mana kurdingizmi, otamning qadru qiymatini.

— Bulmasa aholi xong'a shikoyatnoma yozmaydirmi?
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:05:22
— Nechanchi shikoyatnomani suraysiz,—dedi Otabek,—Azizbekdan zulm, jafo kurganlar bilan birlikda endi uninchi shikoyat-nomamizni yuborg'andirmiz... Lekin xonning yulboshchisi bo'lg'an kishining uzi zulmda Azizbekdan necha zina baland urinni ishg'ol etkuchi kimsa bo'lsa, biz qandog' qilayliq. Ammo shunisi ham borki, shu keyingi vaqtlarda Azizbek Qo'qonning yorlig' va farmonlarini iltifotsiz qoldira boshladi. «Itoatdan bosh tortmasin...» degan muloxazada yozg'an shikoyatlarimizdan markazning ko'z yumishi ham extimoldir. Har holda Toshkand aholisi Azizbek istibdodidan ortiq to'yindi, kimdan kumak so'rashg'a ham bilmaydir.

Yusufbek hojining qanday odam ekani ayniqsa Akram hoji-g'a onglashilib bu to'g'rida ortiq bahs qilinmadi va suz boshqa xususlarga o'tdi.

Ziyofat samimiyat bilan chaqirilg'anliqdan dasturxon qadrlik mehmonga maxsus turlangan edi. Ziyo shohichi bilan o'g'li Rahmatning har zamon mehmonlarni dasturxonga qistashlari boshqalarning ishtiholarini ochishg'a sabab bo'lsa ham, ammo bizning Otabekka sira ham asar qilmas, xayollanib o'lturar edi. Ul nima to'g'rida xayol surib, qaysi to'g'rida o'ylar edi?—buni bilish qiyin bo'lsa ham biroq uning hozirgi ba'zi harakatlari diqqat-ni jalb etarlik edilar: xayol surar ekan uning ko'zlari ixtiyorsiz kabi qarshisidag'i qutidorg'a qaraydirlar, qutidorning ko'zi o'ziga tushdi deguncha ko'zini undan olib dasturxondagi ko'ngli tilamagan narsalarga urina boshlaydir... Otabekning bu holini majlisdagilar sezmasalar-da, ammo Homid uni ta'kib etkandek edi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:05:30
— Savdo bilan qanday shaharlarga bordingiz, bek?— deb qutidor so'radi.
— Uzimizning shaharlardan ko'pini ko'rdim,—dedi bek,— o'ris shaharidan Shamayga ham bordim.
— Ha, ha, siz Shamayga ham bordingizmi?—deb Ziyo shohichi ajablandi.
— O'tkan yil borg'an edim,— dedi bek,— borishim noqulay bir vaqtg'a to'g'ri kelib ko'b mashaqqatlar chekdim.
— Chin savdogar siz emishsiz,— dedi qutidor,— biz shu yoshqa kelib xali o'zimizning kattaroq shaharlarimizni ham ko'ralmadik; siz o'risning Shamayigacha borg'ansiz.

— Yurgan daryo, o'lturgan bo'ryo emish,—dedi Akram hoji. O'ris shaharlariga borib savdo qilg'uchilar Turkistonda juda oz hisobda bo'lib, chet ellarni ko'rgan Otabek majliska tansiqlandi. O'rislar to'g'risida alla qanday xayoliy rivoyatlar eshitib yurgan qutidor va Ziyo shohichilarning Otabekdan haqiqiy holni bilgilari kelib, undan Shamayda ko'rib, kechirganlarini so'radilar. Otabek Shamay xotirotini so'zlab berdi. O'rislarning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotlarini eshitkuchilarni tongg'a qoldirib, ortiq tafsiloti bilan aytib chiqg'ach:

— Shamayga bormasimdan ilgari o'z hukumatdorlirimizni ko'-rib; boshqalar ham shundaydir, deb o'ylar edim,—dedi bek,—lekin Shamay manim bu fikrimni ost-ust qilib, o'zimni ham butunlay boshqa kishi yasadi. Men o'risning idora ishlarini ko'rib, o'z idoramizning xuddi bir o'yinchiq bo'lg'anlig'ini iqror etishka majbur bo'ldim...
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:05:39
Bizning idoramiz bu kungi tartibsizligi bilan ketabersa holimizning nima bo'lishig'a aqlim yetmay qoldi. Shamayda ekanman qanotim bo'lsa, vatanimga uchsam, to'ppa-to'g'ri xon o'rdasiga tushsam-da, o'risning hukumat qonunlarini birma-bir arz qilsam, xon ham arzimni tinglasa-da, barcha elga yorlig' yozib o'risning idora tartibini dasturulamal etishka buyursa, men ham bir oy ichida o'z elimni o'risniki bilan bir qatorda ko'rsam... Ammo o'z elimga kaytib ko'rdimki, Shamayda o'ylag'anlarim, oshiqqanlarim shirin bir xayol emish. Bu yerda so'zimni eshitkuchi birav ham bo'lmadi, bo'lsalar ham; «Sening orzungni shu xonlar eshitadimi, shu beklar ijro qiladimi?» deb meni ma'yus qildilar. Ilgariroq men ularning gapiga bovar qilmay yursam ham so'ngg'idan to'g'ri so'zni aytkanlarini bildim. Darhaqiqat mozoristonda «xayyya alal-falah» xitobini kim eshitar edi.

Majlis Otabekning Shamay taassurotini maroq bilan eshitkan, shu kungacha hech kimdan eshitilmagan uning fikrlariga ajablangan edi. Istiqbol qayg'usi tushiga ham kirmagan bu Turkiston otalari Otabekning daruni dildan chiqarib aytkan gaplaridan hissasiz qolmadilar.

— Amiri Umarxondek odil poshsho bo'lsa,—dedi qutidor,— biz ham o'risdan oshib ketar edik.
   
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:05:46
Ziyo shohichi:
—Bizning bu holga tushishimiz uz fe'li xuyimizdan.

Akram hoji:
—To'g'ri.

Homid ham boshqalardan qolishmas uchun: «Xudo kofirning dunyosini bergan» deb qo'ydi.

—Manimcha, o'risning bizdan yuqoridalig'i uning ittifoqidan bo'lsa kerak,— dedi Otabek,— ammo bizning kundan-kunga orqag'a ketishimizga o'z ora nizo'imiz sabab bo'lmoqda, deb o'ylayman, boshqa xil aytkanda Ziyo amakimning fikrlari qisman' to'g'ri. Oramizda bu qo'rqunch holatka baxaqqi tushunadirg'an yaxshi odamlar yo'q, bil'aks buzg'uchi va nizo'chi unsurlar tomir yoyib, har zamon sodda xalqni xalokat chukurig'a qarab tortadirlar. Bu kungi kora chopon va kipchoq nizo'larini sizga bir timsol o'rnida ko'rsatayin: o'ylab ko'rilsin, bu nizo'lardan bizga qanchaliq foyda va qipchoq og'aynilarg'a nima manfaat xosil bo'lmokda? Faqat bundan foydalang'uchilar ikki xalq orasig'a adovat urug'ini sochib yurg'uchi bir necha e'vogar boshluqlarg'inadir. Masalan Musulmonqulni kim holis odam, deb o'ylaydir?— uning yurt uchun qon to'kishdan boshqa nimaga foydasi tegdi? Musulmonqul o'z g'arazi yo'lida orada yo'q nizo'larni qo'zg'ab kuyavi Sheralixonni o'ldirdi, gunohsiz Murodxonni shahid etdi, qo'y kabi yovvosh Toshkand hokimi Salimsoqbekni o'ldirib, o'rniga Azizbekdek zolimni belguladi va o'zini mingboshi e'lon qilib, aqlsiz bir go'dakni (Xudoyorni) xon ko'tarib el elkasiga mindi. Tuzuk, agar Musulmonqul bu ishlarni bir yaxshi maksadni kuzatib qilg'anda, zolimlarni o'rtadan ko'tarib, yurtka osoyish berganda unga kim nima deya olur edi? Holbuki, Toshkand tarixda misli ko'rilmagan Azizbek kabi vaxshiyni faqat shu Musulmonqul qo'lidan oldi. Basharti Musulmonqul chin inson bo'lsa, insondan vaxshiy tug'ilg'anini hech kim eshitkan chiqmas. Modomiki, o'z g'arazi yo'lida istibdod orqali el ustiga hukmron bo'lg'uchilar yo'qotilmas ekanlar, bizga najot yo'qdir, magar shunday ‘garazchilarni ular kim bo'lsalar ham ish boshidan quvlash va ular o'rniga yaxshi va holis odamlarni o'tquzish najotimizning yagona yo'lidir.
   
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:05:53
Otabek majliska tamoman yangi va eshitilmagan fikrlarni so'zlab ketdi, ular bekning og'zig'a anqayishib qolg'an edilar. Darhaqiqat o'z ora bitmas nizolarning asli mansha'ini ul yax-shi onglab tahlil qilar va durust qiymat berar edi. Uning shu yusun mulohaza va fikrlari majliska chuvalg'an ipning uchini topib bergandek bo'lib, lafzan bo'lmasa ham ma'nan ularning taxsin va olkishlarini oldi.

Otabek xuftan namozi uchun tahorat olishg'a mehmonxonadan chikg'an edi, uning keticha:
— Otaning bolasi-da,—deb Ziyo shohichi mehmonlarga qarab qo'ydi.
— Umri uzoq bo'lsin,—dedi Akram hoji,—yigitlarimiz ichida eng aqllig'i ekan... Agarda xon ko'tarish manim qo'limda bo'lsa edi, xon qilib Otabekni ko'tarar edim... O'zi o'qug'anmi?

Bu maxtovlar bilan terisiga sig'may ketkan Hasanali javob berdi:
— Toshkand Beklar begi madrasasining peshqadam mullabachchalaridan edi, lekin uch yilcha bo'ldi, ho'jamiz madrasadan olib savdo ishiga ko'ydilar.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:06:00
— Xudo har narsadan ham bergan yigit ekan,— dedi qutidor. Ahli majlis Otabekni ko'klarga ko'tarib maxtar edi, lekin Homid bu maxtashlarg'a ishtirok etmas va nimadandir g'ijing'an-dek ko'rinar edi. Shu orada qutidorning «uylanganmi?» deb Hasanalidan so'rashi Homidga yana boshqacha holat berdi. Hasanalining surag'uchig'a bekning qiz yoqtirmaslig'ini sabab ko'rsatib shu kungacha uylanmay kelganligini tafsili bilan hikoya qilib berishidan so'ng ul toqatsizlang'andek bo'ldi:

— Balki begingizning tama'lari xon qizidadir,—dedi istexzo bilan Homid,— bundog' yigitlar uylanganlarida ham kishi qizini umr bo'yi azob ichida o'tkazadirlar...

Sababiga tushunish kiyin bo'lg'an bu istexzoga qarshi Hasanali sukut qilmadi:

— Men uning xon qizini olish maqsadi borligini bilmayman,—dedi kulimsirab,—biroq ul xon qizini olsa arzimaydirgan yigit emas... Xatto zarharid quli bo'lg'anim holda menga ham kattig' so'z aytishdan saqlang'an bir yigit o'z nikohida bo'lg'an ozod bir qizg'a albatta zahmat bermas, deb o'ylayman. Ba'zi xotin uradirgan va xotin ustiga xotin olib, xotinlarig'a zulm qiladirg'an xayvonsifat kishilardan bo'lib ketishi menimcha ehtimoldan juda uzoqdir, inim mulla Homid...
   
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:06:08
asanali o'tkan faslda Homidning o'z og'zidan xotinlariga qarshi qamchi ishlatkanini eshitkan edi. Shunga binoan uning bu oxirg'i jumlasi Homidni yerga qaratib, lom deyishka majol bermay qo'ydi. Ziyo shohichi qaynisi Homidga «tuzatildingmi»? degandek qilib qaradi va Hasanalidan afu so'radi:
— Kechirasiz, ota,—dedi,—bizning Homidboy shunaqa qo'lansa gaplar uchun yaratilg'an odam.

Qutidor ham Hasanalining ko'nglini ko'tarib tushdi:
— Gapingiz to'g'ri, ota,—dedi,—Otabek xon qizig'a loyiq bir yigit ekan.

Bahslashish uchun Homidga yo'l qolmag'an edi. Bir turlik iljayib yer tegidan Hasanaliga ko'z tashladi.
   
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:06:15
Oshdan keyin boshlab Homid, so'ngra boshqa mehmonlar tarqalishdilar. Otabek bilan qutidorning yo'llari bir bo'lg'anlikdan birgalashib ketdilar. Qutidor havlisiga qayrilar ekan, bek bi-lan xayrlashdi:

— Albatta birisi kun biznikiga marhamat qilasiz, tuzikmi?
— Xo'b, amak.
— Bizniki mana shu burchakdagi eshik... Qaytag'a bu kun biznikida qolsangiz bo'lmasmi-a?
— Rahmat... Xayr, salomat bo'lingiz.

Ular to'xtab so'zlashqan o'rinlaridan xayrlashib uzoklashg'ach shundagi bir burchakdan choponig'a burkangan bir kishi chiqib, xaligilar kelgan tomong'a qarab yurdi...
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:06:44
3. BEK OSHIQ

Saroy tinch uyquda, tun yarim. Hasanali hujraning uzun burama qulufini ochib ichkariga sham' yoqdi va bekning to'shagini yozib uning kirib yotishini kutib turdi. Ammo Otabek nima uchundir tez kira bermadi. Hujra eshigini ochilg'anidan, sham' yoqilib, o'rin yozilg'anidan go'yo xabarsiz kabi ustunga suyalg'ancha qotib turar edi.
— O'rningizni yozdim, bek.

Otabek bu so'z bilan hujraga kirdi va borib to'shagi yonig'a ulturdi. Hasanali bekning yeshinib yotishini kutib turar, chunki uni yotquzib yokilg'an sham'ni o'zi bilan narigi hujraga olib chiqmoqchi edi. Biroq Otabek to'shagi yonig'a o'lturdi-da, yana o'ylab qoldi...

Otabek bir necha kunlardan beri Hasanalining ko'ziga boshqa-cha ko'rinar edi.
   
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:06:54
Hasanali Otabekda shu kungacha ko'rilmagan qiziq bir holatka besh-olti kundan beri ajabsinib yurar edi. Hasanalini ajabsindirgan holat ham bekning shuning singari xayol ichida barchani unutib qo'yishi va boshqa ishlarga e'tibor va parvosizligi edi.

Hasanali bekning hozirg'i ipidan-ninasigacha bo'lg'an qiziq holini uzoq kuzatib turdi. Lekin Otabek xayol surishdan zerikmasa ham Hasanali kuzatishdan zerikdi:

— Menda yumishingiz yo'qmi? Otabek bu gapni onglamadi shekillik Hasanalining yuziga ko'tarilib qaradi-da, yana ko'zini bir nuqtag'a tikib qoldi. Bu holatdan Hasanalining andishasi ortib, bekning bunchalik angravlanishig'a qanday ma'no berishni ham bilmas edi. Otabek shu holda tag'in kanchag'achadir o'lturdi, nihoyat uyqudan uyg'ong'an kishidek so'chib o'zini kuzatkuchiga qaradi:

— Chikib yotmaysizmi?
— Menda yumishingiz yo'qmi?
— Nima yumishim bo'lsin, sham'ni ham olib keting.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:07:02
Hasanali sham'ni olib, o'z hujrasiga chiqdi. Uning hujrasi Otabekniki bilan bir qatorda bo'lib, gazmol, poyafzal va shuning singari mollar ila to'lg'an va Otabekdan boshqa, alohida hujrada turishi ham shu mollarni saqlab yotish uchun edi. Xasanali o'rnini yozar ekan «tavba» deb qo'ydi.

Yo'qorida suzlang'anidek Otabekdagi bu holatni birar xaftalardan beri payqasa ham hozirg'idek andishaga tushmagan va bun-chalik diqqat etmagan edi. Xujazodasidagi bu holat uni har turlik mulohazalarga olib keta boshladi. To'shagi ustiga o'lturib, oq soqolini o'ng qo'li bilan tutamlab o'ylar edi: savdo tug'risida birar xato qildimi, Ziyo shohichinikida taomdan tuzukroq totinmadi, birar og'rig'i bormikin... Musofirchilikda og'risa... Ammo bu mulohazalarining bittasiga ham o'zi kanoatlanmadi. Zero savdo to'g'rilari undan yashirin emas, og'rig'anda ham albatta shikoyat eshitar edi.
   
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:07:10
O'ylab-o'ylab bir narsaga ham aqli etalmagach, o'rnidan turib toqchada yonib turgan sham'ni o'chirdi. Hujra orqa-o'ngni ajratib bo'lmaslik qorong'ilandi. Qorong'ida turtinib hujra eshigiga keldi-da, avaylab g'ijirlatmay eshikni ochdi va sekingina tashqarig'a bosh chiqarib saroyni kuzatdi. Kishi yo'qliqqa qanoat hosil etib, mahsichan oyog'ini ohista qo'yib Otabek hujrasining yonida to'xtadi, saroyni yana qarab chiqdi. Saroy qop-qorong'i, tinch uyquda, ammo bu tinchlikni saroy otxonasidagi otlarning kart-kurt xashak chaynashlari va atrofdagi xo'rozlarning qichkirishlarig'ina buzar edilar. Hasanali sekingina daricha ostig'a yotib hujra ichiga quloq soldi. Hujra ichi tinch edi. Oradan uch-to'rt daqiqa fursat o'tib hujradan ship etkan tovush eshitmadi. Tag'in bir necha daqiqa quloq uzmay turib, so'ngra o‘rnidan qo'zg'almoqchi bo'lg'an edi, ichkaridan «ufff» degan ixrash eshitdi. Hasanalining quloqlari tikkayib o'rnidan turdi, ko'zi olalang'an edi:

— Bek og'rik,—dedi ko'ngildan va jazmlanib hujra eshigi-ga yurib keldi. Eshikni ochib Otabek yonig'a kirmakchi edi. Eshikni itarishka borg'an qo'lini qoldirib «balki og'rik emasdir» deb to'xtaldi. Yana kiraymi, yo'qmi, deb ikkilanib turg'andan keyin yurib o'zining hujrasiga keldi. Ammo Otabek to'g'risidag'i tashvishi boyag'idan o'n kayta ortqan edi. Yeshinib uxlarg'a yotqan bo'lsa ham bekning xususi uni ko'z yumg'ali ko'ymadi. Bek to'g'risida har turlik xayollarga bormoqda edi. Yusufbek hojining: «O'g'lim, YOsh, sen dunyoning issiq-sovug'ini tatig'an va manim ishongan kishimsan. o'g'limning har bir holidan xabar olib turish sening vazifangdir», deb ta'kidlashi, Otabekning onasi — O'zbek oyimning yoshliq ko'z bilan: "œSeni xudog'a, Otamni senga topshirdim!"—deb yolborishlari, zorillashlari uning quloqlari ostida takrorlang'andek bo'lar edilar. Uxlab ketalmadi. Ko'ynakchan egniga choponini yopinib o'rnidan turdi, hujradan chiqib Otabek darichasi ostig'a yana kelib o'lturdi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:07:19
Tun ayoz, izg'irik yel to'rt tarafka yugurib jon achitmakchi bu-lar edi. Hasanali yarim yalang'och holda junjayib daricha ostida, izririk kuchog'ida o'lturar edi. Ul yegan sovug'ig'a iltifot etmas, vujudini izg'irikka topshirib, fikrini hujra ichiga yuborg'an edi. Hujra ichiga bir muncha quloq solib ulturgandan keyin, uzun tin olib boshini tirqishdan uzdi, Otabekning pishillab uxlag'an tovshini eshitib bir darajada tinchlandi. Vasvasadan ariyozg'an bo'lsa ham o'rnidan kuzg'almadi, nima uchundir tag'in ham sovuqqa junjib o'ltura berdi. Oradan yana bir necha daqiqa fur-sat o'tib, Hasanali tamom tinchlandi, ham turib ketmakchi bo'ldi va shu holatda ichkaridan uykusirash eshitdi:
— «... qora ko'zlari, kamon qoshlari .. .»

— A-a-a,— dedi Hasanali va qaytadan qulog'ini tirqishg'a olib bordi. Endi uning butun borlig'i quloq bo'lib aylangan, uzini unutib barcha diqqati hujra ichiga og'qan edi. O'rtadan ko'b fursat o'tmadi, boyag'i uyqusirash yana takrorlandi:

— «Oy kabi yuzlar, kulib boqishlar, cho'chib qochishlar... Uff». Hasanali uchun birinchida onglashilmay qolg'an ma'nolar bu keyingi gap bilan yeshildi. Hasanali endigi o'lturishni ortiqcha topib o'rnidan turdi, hujrasiga kirar ekan boshini chayqab uzicha so'zlandi:
— Bek oshiq.
   
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:07:31
O'rni ustiga choponini yopdi-da, ko'rpasi ichiga kirib o'lturdi va «chindan oshiqmi?» degan savolni ko'nglidan kechirdi. Tanish bo'lmag'an bir shaharda kimning bo'lsa ham qizig'a uchrashsin, besh-olti kun ichida bu yanglig' uykuda ham... masalaga bu jihat bilan qarab bekning ishqig'a ishongusi kelmas edi. Ammo ikkinchi tomondan qulog'i ostida bekning o'z og'zidan eshitilgan — «kulib boqishlar, cho'chib qochishlar...» jumlalari takrorlang'andek bo'lib Xujazodasidagi bir necha kunlik o'zgarishka muhabbatdan boshqa hodisa, deb ma'no beralmas edi. Bu ikki turlik masalalarning o'ng-tersini aylandirib muhokama qildi va o'lchadi. Hasanalining o'zi tarozuning ishonmaslik pallasida bo'lsa ham — «kulib boqishlar, cho'chib qochishlar» hamon quloqlari ostida takrorlanar edilar. Tun tong otarg'a yaqinlashg'an, uning uyquliq miyasi hech bir turlik bu muammoni yesha bilmas edi. Ko'b o'ylasa ham bir karorg'a kela olmadi. Ammo ertaga bekning o'zini sinab ko'rmakchi bo'lib ko'zi uyqug'a ketdi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:07:43
4. MARG'ILON HAVOSI YOQMADI

Ertalabki choy hozirlang'an. Otabek xomush o'lturub Hasanali ersa uning holini ta'qib etmakda edi. Oradag'i so'zsizlik bir piyoladan choy ichkuncha buzilmadi. Oxirda Hasanali Otabekning tusiga bir necha qayta kutarilib qo'ydi.
— Bir necha kundan beri xomushroq kurinasizmi?

Otabek savol tashlag'uchira qarab oldi va tasdiq ishorasini berib:
— Bilmadim,— dedi va bir oz to'xtab izoh berdi.— Xomushligim sizga ham sezildimi, bilmadim... Marg'ilon havosi mizojimga to'g'ri kelmaganga o'xshaydir...
— Aytkaningizdek,—dedi Hasanali.— Marg'ilonning havosi buzik ekan, bir-ikki kundan beri manim ham ahvolim o'zgarib boshladi. Marg'ilondan tez jo'namasaq men ham ishdan chikadirg'an o'xshayman...

Bu gapdan keyin Hasanalining ko'zi bekka tikilgan edi, agar tundagi uyqusirash Hasanalining o'ylag'an ehtimoliga to'g'ri kelsa o'zining haligi so'zi Otabekka bir o'zgarish berishida shubha, qilmas edi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:07:50
Otabek boshi berk ko'chada qolg'andek bo'ldi, javobg'a qiynaldi:
— Ketamiz,—dedi bir oz o'ylag'andan keyin,—mol baholari to'g'risida bitisha olmay turamiz—olg'uchilar arzon so'raydirlar. Shuning uchun tag'in bir necha kun qolishimizg'a to'g'ri kelarmikin... Bilmadim...

Hasanalining sinashi nihoyatiga yetkandek bo'ldi, xatto yuqoridag'i javobni eshitkan vaqtida nima uchundir o'zini bir turlik kulgidan arang to'xtatib qolg'an edi. Yana o'rtada xomushlik hukm surib, Hasanali ishni tuzikrak ochish va yo shu ko'yi qoldirib ketaberish talashida edi. Hasanali bekning har bir sirriga o'zini mahram hisoblag'anliqdan, darhaqiqat Otabekka mahram bo'lishg'a loyiq bir mehribonchiliqqa ega bo'lg'anlikdan xo'jazodasi bilan ochiq so'zlashish fikriga keldi. Bir necha daqiqa mukaddima uchun reja qurib o'lturgandan so'ng tilga keldi:
— O'g'lim, Otabek.
— So'zlangiz.
— Aytingiz-chi, men sizning kimingiz?
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:07:59
Otabek, Hasanalining maqsadig'a tushunolmay majxul unga nazar tashladi:
—Sizmi?—deb kulimsiradi.—Otam bo'lmasangiz ham meni otaliq muhabbati bilan suygan sodiq va mehribon bir kishimsiz — ya'ni ma'naviy otam.
— Barakalla, ug'lim,— dedi Hasanali,— javobingiz o'z o'ylag'animchadir. Endi sizdan shuni ham so'rayin: xo'jasig'a sodiq bir qul, sizning ta'biringizcha ma'naviy bir padar o'z o'g'lig'a yomonlik sog'inarmi, bu to'g'rida javob beringiz-chi?

Otabek kutilmagan bu savoldan ajablandi:
— So'zingizga tushunolmadim, ota,—dedi,—shundog' bo'lsa ham javob beraman: bu kungacha siz yolg'iz mengagina emas—bizning oilamizga otaliq mavqi'ida turib, yaxshiliqdan boshqani sog'inmay kelasiz.

Hasanali tusini buzmadi:
—Ilgariroq balki shundog' bo'lgandir, ammo endi, ayniqsa siz...
— Ayniqsa men... ochib so'zlangiz.
— Ayniqsa sizning menga saqlag'an ishonchingiz tugalganga o'xshab, o'zimdan kandog' kamchilik o'tkaniga hayratdaman.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:08:06
— Qiziq gaplar so'zlaysiz,—dedi Otabek, taajjubi ortqan edi.— Menga qandog' yomonlik sog'indingizki, sizga ishonchim bitsin? Vasvasalanishning o'rni yo'q, mundan so'ng ham sizning xayrixohona kengashlaringizga, ham vujudingizga muhtojman, amonatim, boshqam mundan keyin ham ona qornida saqlang'andek sizda saqlanishig'a ishonaman va bunga sizning ham amin bo'lishingiz kerak, ota.
— Lekin... til bilan ko'ngil boshqa-boshqadir, o'g'lim...

Otabek bu ters va qo'rs muqobaladan toqatsizlandi:
— Yanglishasiz, ota.
— Yanglishmayman, bil'aks bilib, qanoatlanib so'zlayman.
— Tilim bilan ko'nglimning boshqalig'ini isbot qilingiz.

Hasanali ginalik qiyofada qoshlarini chimirdi va:
— Mendan yashirib yurgan bir sirringiz bor,—dedi.
— Sizdan yashirg'an bir sirrim bor?
— Bor o'g'lim, bor,— dedi Hasanali,— agar da'vongiz to'g'ri bo'lsa, menga chindan o'z kishim deb qarasangiz o'sha sirni yashirmangiz.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:08:14
Otabek tusatdan o'zgarib, boyag'i asabiylik holatini yo'qotti, shundog' bo'lsa ham o'zini yig'ib kulgan bo'ldi:
— Hali shunaqa sizdan yashirin sirrim bormi?
— Bor.
— Bulmasa marhamat qilib kashfingizni so'zlangiz.

Hasanali piyolani og'zig'a ko'tarib, choyni xo'pladi, kashfini ochti:
— Marg'ilong'a kelgan kunlardan boshlab sizda qiziq bir holat bor,—dedi,—siz bu holatni «Marg'ilon havosi yoqmadi» deb ta'bir qilsangiz ham men mundan boshqa narsalar payqayman...

Otabek o'ziga kattig' tikilib turg'an Hasanalidan yuzini chetka burishka majbur bo'ldi. Go'yo bu sehrgar chol hamma sirni betdan o'qub olar edi. Hasanalini hamon o'ziga tikilib turg'aninn bilib-manglayini kashig'an bo'ldi:
— Xo'sh, davom etingiz...
— Bu sirringizni mendan yashirmoqchi bo'lasiz,—dedi tamom qanoat bilan Hasanali, chunki, endi o'z kashfiga juda ishong'an edi.—Xayr, yashirmoqqa ham balki haqqingiz bordir... Ammo shu ko'yi sir saqlash bilan birar natijaga yetish mumkinmi?
— "¦
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:08:22
Otabek qip-qizil qizarib gunohkorlardek yerga karag'an edi. Hasanalining yuziga padarona tarahhum tusi kirib, keksalarga maxsus ohangdor bir tovush bilan bekning ustidagi og'ir yukni ola boshladi:

—Aybi yo'q, o'g'lim,—dedi,—muhabbat juda oz yigitlarga muyassar buladirg'an yurak javharidir. Shuning bilan birga ko'b vaqtlar kishiga zararlik ham bo'lib chiqadir. Shuning uchun kuch sarf kilib bo'lsa ham unitish, ko'b uylamasliq kerakdir.

Bu keyingi gap bilan Otabek ko'tarilib Hasanaliga qaradi va uzok, tin olib yana yerga boqdi. Go'yo buning ila «unitish mumkin emas» degan qat'iy so'zni aytkan edi. Orag'a so'zsizlik kirdi. Ikkisi ham fikrga tolg'an edi. Hasanalining ortiqcha berilib o'ylag'an kezda soqolini qayirib tishlaydirgan bir odati bo'lib, hozir ham soqolini yamlash bilan mashg'ul edi. Uzoq, o'ylag'andan so'ng ishning ochilmay kolg'an qismini yeshishni boshqa vaqtg'a qoldirmoqchi bo'ldi. Chunki Otabek shuning o'ziga ham yaxshigina qizarinib, bo'rtingan edi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:08:33
5. KIROYI KUYAVING SHUNDOG' BO'LSA

Poyafzal bozori va uning burchagidagi havli... O'kug'uchi albatta bu havlining egasi bilan tanish chiqar. Ko'rimsiz, chirk bosib qorayg'an, juda ko'b xizmat qilib keksaygan, ochib-yopkanda anvo'i—turlik dodi-faryod qiladirg'an, bunda sanalg'an sifatlarini bir yerga jamlab natija chikarg'anda «sharti ketib, parti kolg'an» bir darbozaning ostonasidan uch-to'rt qadam ichkariga kirilsa Buxoro zindonlaridan birini xis etilur va qorong'u yo'lakning nihoyatidagi yorug'liqqa tomon oshiqilur. Qoqilib, suqilib yo'lak zindonidan qutiling'ach bir ulug' ariq yoqasiga, o'rdadek havliga chiqilur va rohat tin olinur. Havlining kun chiqarida kun botishg'a qaratib soling'an, uncha maxtarlik bo'lmasa ham ammo zamonasining olding'i binolaridan hisoblang'an bir ayvon bilan bir uyga ko'z tushadir. Sahn va binolar kishi zotidan bo'sh, shuning uchun bu havli oilaning tashqarig'i qismi — mehmonxona ekanligi onglashilur. Sahnning tun va kun botar jihatlari kichkina hujralar bilan o'ralg'an va bu hujralarning barcha eshiklari yopiq va qulflang'an holda bo'lib mollar bilan bandligi va uy egasining davlatlik kishi bo'lg'anlig'i bilinur. Havlining janub tarafi do'konlar orqasi, ammo katta tup gilos yog'ochlari qoplab yotadirlar.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:08:42
Endi biz tashqari havlini qo'yib mehmonxonaning yonidan ichkariga kiramiz. Ichkari havlining yo'lagi ham narigisidek usti va bag'ri yopiq— korong'u, yo'lakning nihoyatiga borib o'ngga yurilsa axtaxonag'a, chapka yurilsa birinchi martaba kirganimizdek ulug' bir havliga chiqarmiz. Havlining to'rt tarafi turlik extiyoj binolari bilan va to'rdagi binoning ikki biqini katta uylar bilan o'ralg'an bo'lib shu ikki uyning orasig'a o'lturgan qoshinkor va naqshin chorxari ayvon bu havlining birinchi mar-taba ko'zga chalinadirg'an ortiqliqlaridandir. Shu chorxari ayvonning o'rta bir yerida, ustiga atlas ko'rpalar yopilg'an tanchaning to'rida devorga suyanib, avrasiga qora movut sirilgan sovsar po'stin kiyib bir kishi o'lturadir. Bu kishi bilan ikkinchi martaba tanishib o'lturmaymiz, chunki, bu odam o'kug'uchi bilan tanishkan—Mirzakarim qutidor. Tanchaning ikki biqinida ikki xotin: bulardan bittasi ichidan atlas ko'ynak, ustidan odmi xon atlas guppi kiygan, boshig'a ok dakanani xom tashlag'an, o'ttuz besh yoshlar chamaliq go'zal, xush bichim bir xotin. Yuzidan muloyimlik, eriga itoat, to'g'rilik ma'nolari tomib turg'an bu xotin qutidorning rafiqasi — Oftob oyim, ikkinchisi yetmishlardan o'tkan bir kampir, Oftob oyimning onasi — Oysha bibi. O'chok boshida ko'polg'ina, qirq besh yoshlar chamaliq yana bir xotin choy qaynatib yuradir. Bu xotin ersa oilaning cho'risi — To'ybeka. Biz bular bilan tanishishni shu yerda qoldirib ayvonning chap tarafidagi daricha orqaliq uyga kiramiz, ham uyning to'riga soling'an atlas ko'rpa, par yostiq quchogida sovuqdan erinibmi va yo boshqa bir sabab bilanmi uyg'ok yotqan bir qizni ko'ramiz. Uning qora zulfi par yostiqning turlik tomonig'a tartibsiz suratda to'zg'ib, quyuq jinggila kiprak ostidari timqora ko'zlari bir nuqtag'a tikilganda, nimadir bir narsani ko'rgan kabi... qop-qora kamon, o'tib ketkan nafis, qiyig' qoshlari chimirlgan-da, nimadir bir narsadan cho'chigan kabi... to'lg'an oydek g'uborsiz oq yuzi bir oz qizilliqg'a anlangan-da, kimdandir uyalg'an kabi... Shu vaqt ko'rpani qayirib ushlagan oq, nozik qullari bilan latif burnining o'ung tomonida, tabi'atning nihoyatda usta qo'li bi-lan qo'ndirilran qora holini qashidi va boshini yostiqdan olib o'o'lturdi. Sariq rupoh atlas ko'ynakning ustidan uning o'rtacha ko'kragi bir oz kutarilib turmoqda edi. Turib ulturgach boshini bir silkitdi-da, ijirg'anib qo'ydi. Silkinish orqasida uning yuzini to'zg'ig'an soch tolalari o'rab olib jonso'z bir suratka kirgizdi. Bu qiz suratida ko'ringan malak qutidorning qizi—Kumushbibi edi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:08:49
Kumushbibi bir necha kundan beri sovuq havo tegdirib, bosh og'rig'i va ko'z tinishka o'xshash og'riqlardan shikoyat qilib yurar, shuning uchun onasi «tinch uxlasin, ortik urinmasin» deb bu kun namozga ham uyg'otdirmag'an edi.

Kumush kiyinib uydan chiqdi, To'ybeka tomonidan hozirlanib berilgan issig' suv bilan yuzini yuvdi. Uyiga kirib artinib, tuzatingach ayvonga chiqdi. Ayvondagilarga salom berib otasining yonig'a kelib o'lturdi.

Qutidor qizini kuzatdi:
— Tuzikmisan, qizim?
— Yo'q, otajon, boshim hamon og'rib turadir.

Qutidor qizining peshonasini ushladi:
— Ey-xa, Kumush, hali issig'ing bor, dedi. — O'zingni teja qizim, o'rningni kalin qilib burkanib yot, terlasang yorisharsan, qizim. To'ybeka, Kumushning choyini oqlab berchi.

Oftob oyim erining so'zini kuchlab tushdi:
— Issig'i bor, yuzi ham qizarib, bo'rtib turibdir.

O'zining ruhsiz tovshi bilan Oysha buvi ham gapka aralashdi.
— Nax kechasi bilmapsiz, nax meni qo'rqutib enka-tenkamni chiqardi. Isitmasi aralash allanuchka so'zlarni aytib chiqdi...
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:08:57
Kumushbibi yalt etib buvisiga qarab qo'ydi.
— O'sha harorati g'arizaniki hammasi,— dedi qutidor.— Men bu kun birar xakimdan so'rab q'karaychi... Ol qizim, shu piyoladagi choyingni ichchi,—dedi va tag'in bir kayta qizini kuzatdi.

Choyni ichib bo'lg'andan keyin qutidor fotixa o'qub urnidan turdi:
— Men senga aytib qo'yay, Kumush,—dedi turar ekan qutidor Oftob oyimg'a.—bu kunga bir mehmon aytkan edim. Cho'ringni chiqarib mehmonxonani tozalat. Anovi yangi koplag'an ko'rpalaringni ber, tanchaga o'shani yopsin. Katta gilamni ham chiqar, uyingda mevalaring bor edimi?
— Bor.
— Bor bo'lsa yaxshi. Bir ozdan so'ng et olib kirguzarman, varaqi pishirib qo'yingiz.

Oftob oyim varaqi pishirishdan bu kungi mehmonning uncha-muncha kishi bo'lmag'anlig'ini bildi.
— Qanaqa mehmon edi?
— Sen tanimassan, toshkandlik bir yigit, tag'i shu erdagi uch-to'rtta og'aynilar. Tuzikmi, aytkanlarimni uqdingmi?
— Uqdim-uqdim.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:09:05
Kumushbibi otasining so'ziga iltifot qilmadi. Qutidor do'koniga junag'andan keyin Oftob oyim To'ybekani mehmonxonag'a buyurdi va o'zi hamir qilishg'a o'lturdi. Kumushbibi xomush edi. Bir narsa to'g'risida o'ylarmidi yoki bosh og'rig'isi kuchlikmidi, har holda namozshom gul kabi yopiq edi. Qarshisida o'lturg'an buvisining o'tkan-ketkandan qilg'an hikoyalariga erinibgina quloq berar va ko'nglini ochish uchun aytilgan qiziq so'zlariga iljayish bilan javoblanar edi.

Kumushbibi o'zining bir soatcha vaqtini shu ko'yi kechirdi, so'ngra o'rnidan turib kichkina latif oyoqlarig'a otasining yaqindagina olib bergan qala kavshini kiydi va oshxona yumishi bi-lan qorishib yotqan onasining oldig'a bordi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:09:13
Kumushbibi endi o'n yettini qo'yib o'n sakkizg'a qadam bosqanliqdan bo'yi ham onasig'a yetayozg'an, ammo jussasi onasig'a ko'ra to'laroq edi. Onasining yumishig'a bir oz qarab turg'anidan keyin tashqarig'a tomon ketdi. Ayvonning bir chetidan mehmonxonada gilam to'shab uringan To'ybekaga qarang'an bo'ldi-da, ayvonning o'rta ustuniga kelib suyandi. Endi boyag'ig'a qarag'anda bir oz yengillangan sumon, jon olg'uchi qora ko'zlari harakatlana boshlag'an, bo'g'riqqan qizil yuzlari ochilinqirag'an edilar. Ayvon ustu-niga suyang'ach, qora kiyig' qoshlarini chimirib ko'cha yo'lak tomong'a qaradi, bir oz qarab turdi-da, ayvondan yerga tushib yo'lak tomong'a, ariq bo'yig'a ketdi. Suv bir do'konning ostidan chiqib, bu havlida uch-to'rt quloch chamasi ochiq havoda oqar va ko'prik-tom ostig'a ketar edi. Kumushbibi ariq bo'yidan bir o'rinni ko'zladi-da, sakrab narigi yuziga o'tdi va cho'nqaydi. Uning ko'zlari muloyimg'ina suv ustiga og'dilar. Ariqning musaffo tiniq suvi yovoshg'ina oqib kelar, Kumushbibining qarshisig'a yetkanda go'yoki, uning ta'zimi uchun sekingina bir charx urib qo'yar, o'z ustida o'lturgan sohiraning sihriga musaxhar bo'lg'an kabi tagi bir kattaroq doirada aylangach, oxistag'ina ko'prik ostig'a oqib ketar edi. Ariq suvining nihoyatsiz bu harakatini uzoq ko'zdan kechirib o'lturg'ach, qo'l uzatib suvdan oldi va yuzini yuvdi. Uning yuzini o'pib tushkan suv tomchilari bilan ariq harakatka kelib chayqaldi, go'yoki suv ichida bir fitna yuz bergan edi... Ikkinchi, uchunchi qaytalab yuz yuvishda bu fitna tag'i ham kuchaydi...
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:09:19
Nozik oyoqlar toldilar shekillik, sadaf kabi oq tishlarini bir-ikki qaytalab chaydi, ariq bo'yini va uning suvlarini tashlab ketdi.

Boyag'ig'a karag'anda anchagina yengillanib ichkariga kirdi, harakatlari ham bir muncha o'zgargan edi. Oysha buvi undagi bu o'zgarishdan suyindi:
— Yengil tortdingmi, qizim?
— Shukur...
— Endi ortiq urinma qizim, tinch o'ltur.

* * *
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:09:29
* * *

Qish kunlari bir tutam, «ha deguncha» kech bo'ladir. Bu kun ham «ha deguncha»ga ham qolmay kech bo'lg'an, mehmonlarning kelishkaniga yarim soatlab vaqt o'tkan edi. Qutidor mehmonlarni ixlos va samimiyat bilan kutar, ziyofat quyuq-suyqqlari bilan to'la-to'kis davom etar edi. To'ybeka ichkari bilan tashqarig'a yugurib dasturxon yangilar, choy tashir edi. Xizmat tugala yozg'andan keyin To'ybeka o'zining sovub kolg'an oshini yemak uchun Oftob oyimlar yonig'a o'lturdi.

So'zdan so'z chiqib Oftob oyim To'ybekadan so'radi:
— Mehmonlar qanaqa kishilar ekan, tanidingmi?
— Nax siz yosh mehmonni ko'rmabsiz, dunyog'a kelmabsiz,—dedi To'ybeka o'ngu ters osh chaynab,— bir chiroylik, bir aqllik, tag'in o'zi hammadan yuqorida o'lturadir; hali yigirmaga ham bormag'andir, mo'ylabi ham endigina chiqa boshlag'an... Nax bizga kuyav buladirg'an yigit ekan,—dedi va Kumushka qarab kulib ko'ydi. Bu so'zdan Oftob oyim ham kulimsirab qizig'a qaradi:
— Ana Kumush, sen eshitdingmi, opangning so'zini. To'ybeka senga er topqan, sen bo'lsang boshim og'riydir, deb yotasan.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:09:40
Kumushbibining sezilar-sezilmas kulimsirashidan yoqutdek irinlari ostidag'i sadafdek oq tishlari ko'rinib ketdi ersada, biroq uning bu holi tezlik bilan tundliqqa alishindi.
— Qolg'an xizmatlaringizning bittasi endi menga er topish edi.

To'ybeka Kumushning tundlanishini elamadi:
— Ey... singlim, hali sen bilmaysan,—dedi,—u yigitni bir ko'rgin-da, xu, deb ketabergin... sen tugil, shu yoshim bilan menim ham unga tekkim keldi,—dedi va xaxolab yubordi.

Kumushbibi chirt etib yuzini To'ybekadan o'girdi.
— Tezroq tegib qoling.
— Koshki edi tegalsam,— dedi To'ybeka,— men uning bir tukiga ham arzimayman. Ammo sen bo'lsang uning bilan tenglashar eding. «Teng-tengi bilan, tezak qopi bilan» xa-xa-xa!..

To'ybekaning shuningdek hangamalari boshqa vaqtlarda Kumushni yaxshigina kuldirsa ham hozir unga yotishib kelmadi shekillik, achchig'lang'an ko'yi yotish uchun uyiga kirib ketdi. Oftob oyim «bachcha-machchadir» deb uylag'an edi. Shuning uchun bu to'g'rida so'z ochmadi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:09:47
— Tashqaridan xabar olingiz-chi, opa,—dedi Oftob oyim,— choy kerak bo'ldimikin.

To'ybeka nari-beri oshini eb tashqarig'a chiqib ketdi. Oradan daqiqa vaqt o'tkan yo o'tmagan edi xovliqib ayvonga keldi;
— Tuf-e, qurib ketsin, jonim chiqib ketdi-ya!

Bir soatdan beri joynamozdan qo'zg'almay tasbih, ag'darib o'lturgan Oysha buvi To'ybekani boshdan-oyog' kuzatib yana ishiga mashg'ul bo'ldi. Oftob oyim iltifotsizgina kulimsirab tanchadan so'radi:
— Nima bo'ldi, nega muncha qo'rqish?

To'ybeka damini rostlab ustunning tegiga o'lturdi:
—Pochchamdan dasturxonni olib qoqish uchun gilosning yonidan o'tarmanmi, allakim baloga turtinib ketdim. Qurkkanimdan oz qoldiki, dodlab yuborsam... Chamasi mehmonlarga qarab turgan ekan.
— Kimbalo ekan?
— Qorong'uda yaxshi ajratolmadim, tusini g'ira-shira anovi qora Homidra o'xshatdim. Tag'i umi boshqami xudo bilsin, shatir-shutir qildi-da, chiqib ketdi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:09:53
* * *

Qutidor mehmonlarni jo'natib yotish uchun cheshinar ekan, Oftob oyim so'radi:
— Chiroylik yigit, aqllik yigit, deb maxtiy-maxtiy To'ybekaning ichagi uzildi, u kim edi?
— Mehmonimiz o'sha edi,— dedi qutidor,— toshkandlik Yusufbek hoji otlig' yaqin oshnamning o'g'li.
— To'ybekaning maxtag'anicha bormi, o'zi?
— Bor,— dedi qutidor va g'italandi, — xudo kishiga ug'il bersa shundayini bersin-da.

Oftob oyim kula-kula To'ybekaning Otabek to'g'risida so'zlagan gaplarini va Kumush bilan bo'lg'an mojarosini so'zlab chiqdi. Qutidor ham kulgidan o'zini to'xtatolmas ekan:
— Tentagingning aqli balo, kiroyi kuyaving shundog' bo'lsa,— dedi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:10:05
6. TOSHKAND USTIDA QONLIQ BULUTLAR

Bu kunlarda Marg'ilonda shunday xabar chiqib qoldi: «Toshkand xokimi bo'lg'an Azizbek Qo'qong'a qarshi bosh ko'targan. Xon tomonidan xiroj (zakot, soliq) uchun yuborilg'an devon beklarini o'ldirgan!» Ikkinchi kun bu xabar tag'i ham boshqacha to'n kiydi: «Musulmonqul Normuhammad qushbegiga besh ming sipoh qo'shib, Toshkand ustiga jo'natkan!»

Bu xabarlar xalq, tomonidan juda oddiy, ortiqcha sovuqqonliq bilan qarshi olindilar. Bu voqi'aga hech kim ajabsinmadi va bunda favquloddaliq ko'rmadi. Xalq bunga xaqli edi, chunki, bunday tinchsizliklarni endi ko'ra-ko'ra juda ham o'rganib qolg'an, bu kun bo'lmasa ertaga o'zining botir boshisining, oftobachasining xullas kim bo'lsa ham beklaridan birining shunday tinchsizlik chiqarishig'a «mumkin va bo'ladirg'an ish» deb qarar edi. Ammo biz Otabekni bu to'g'rida xalq bilan birgalashtira olmaymiz. Chunki ul bu xabarga sovuqqonliq bilan qaray olmas edi va qaray olmadi. Bu xabarni eshitar ekan, yeb turgani og'zida, yutkani bo'g'zida qoldi: bunday o'zboshimchalik orqasidan o'zining ochiq ko'zi, o'tkir zehni orqaliq mudhish, falokatlik manzaralar ko'rar, millatini — xalqini — musulmonini qo'rqunch jar, tegsiz jahannam yoqasida, yiqilish oldida topar edi-da, seskanib «o'zing saqla tangrim!» der edi. Bu xabarni eshitkandan so'ng gangib esini yo'qotdi. Yarasi yangilandi:

Oq, bilan qorani ajratolmag'an fuqaroning bir necha g'arazg'u mustabidlar kayfi yo'lida bir-birisining qonig'a tashna bo'lishlari va natijada istiqbolning vahim ko'rinishlari!
   
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:10:22
Shunday qayg'ular ichida bo'kib o'lturar ekan Hasanali qo'lida bir maktub bilan hujraga kirdi. Maktubni Otabekka uzatib — «Toshkanddan emish, otangizdan bo'lsa kerak» dedi. Otabek xatni ochdi: katta qog'ozda, yo'g'on qalam bilan yozilg'an uzun bir maktub edi. O'qudi( aynan):

«Huvalbori...ko'zimizning nuri, belimizning quvvati, hayotimizning mevasi o'g'limiz mulla Otabekka yetib ma'lum va ravshan bo'lg'aykim, alhamdulilloh biz duogo'y padaringiz, mushtipar onangiz va yaqin do'stlaringiz munda hak taoloning hifzi himoyatida sihat va salomat bo'lib ko'z nurimizning duoyi jonini subhi shom, balki aladdavom rabbulolamindan rajo va tamanno etmakdamiz. Janobi haq bod fursatlarda, yaqin va sa'id soatlarda to'kis-tugallik birlan diydor ko'rishmakka nasib va ro'zi qilsin, omin yorabbulolamin. Ba'da so'zimiz: o'glim, Marg'ilong'a sihhat va salomat yetish maktubingni olib haq taologa shukurlar qildik. Bizning Toshkanddan ahvol so'rasang, balki Marg'ilong'a ham eshitilgandir, munda Azizbek qandog'dir bir kuchka tayanib Qo'qong'a isyon etdi. Xazina hisobini olish uchun kelgan devon beklarini o'ldirib o'rda darbozasiga osdi, bunga qarshi Qo'qon ham tinch yotmag'an bo'lsa kerak. Bu kun Kirovchidan besh ming sipoh ila Normuhammad qushbegini Toshkand ustiga buyurilg'anlig'in eshitdik. Fuqaroning tag'in qandog' ko'rguliklari bor ekan, o'glim!

Kechagina qonliq qilichini fuqaro ustida yurguzib turg'an Azizbekka uning tig'i zulmi bilan qora qonig'a belanilgan o'glining, otasining, onasining, og'asining mazlum gavdasi tuproq ostida hali chirib bitmay turib bu kun xalq yana Azizbekka, o'sha qonxo'rg'a o'z qoni bilan yamin etdi; Azizbekni to o'zining bir tomchi qoni qolgunchalik himoya qilmoqqa ond ichdi. Azizbekning buyrug'i bilan kecha o'rda tegiga barcha Toshkand xalqi yig'ilg'an, bu yig'inda ulamolar ham bor, fuzalo ham bor; xulosa, shaharning har bir sinfidan ham hozir edi. Azizbek o'rda qorovulxonasidan turib fuqarog'a salom qildi. Azizbekning salomiga musharraf bo'lg'uchilarning ko'zlaridan yoshlar oqmoqda edi. O'g'lim, sen bir qadar oq bilan qorani ajrata olasan, yozg'anlarimi diqqat bilan o'qi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:10:33
Azizbek o'rda darbozasig'a osilg'an ikki gavdani ko'rsatib so'radi:
«Fuqaro! Ko'rasizmi bu ikki gunohkorni, nima uchun bu jazog'a mustahiq bo'ldilar?»

Xalq:
«Bilmaymiz, taqsir»

Azizbekning o'zi javob berdi:
«Bular Musulmon cho'loqni sarkardalaridan, qipchoqlarning yo'lboshchilaridan va qora choponning dushmanlaridan bo'lg'an ikki to'ng'izning gavdalari! Men bularni siz qora chopon fuqarom tomonidan o'ch uchun o'ldirdim, siz qora chopon og'aynilarning qipchok: qo'lida shahid bo'lg'an qarindoshlaringizning ruhlarini shodlandirmoq uchun o'ldirdim! Yoki bu harakatim adolatdan emasmi, fuqaro!»

Xalq javob berdi:
«Adolat! Xo'b kilg'ansiz, taqsir! Qipchoqlarning jazolari shunday bo'lmog'i kerak!»

Azizbek maqsadg'a ko'chdi:
«Siz qora choponliklarg'a holisona qilg'an bu xizmatimga qarshi albatta qipchoqlar qasdimga tusharlar, meni Toshkand hokimligidan azl etmakchi va qo'llaridan kelsa xatto o'ldirmakchi bulurlar! Siz bu ehtimolga qandog' qaraysizlar?!»
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:10:46
Xalq o'zining quyidag'i javobi bilan ko'kni ko'tardi:
«Bir tomchi qonimiz qolg'uncha yo'lingizda jon beramiz! Qipchoqlarda had bo'lg'aymiki, biz tirik turgan joyda sizning bir tola mo'yingizni ham qilsinlar!»

Azizbek xalqqa tashakkur aytib yarasini yordi:
«Rahmat fuqaro. Eshitamanki, qipchoqlar Normuhammad qushbegi qo'l ostida Toshkand ustiga harakat boshlagan emishlar, unga qarshi bizning hozirlanishimiz kerakmi, yo'qmi fuqaro?!»

Xalq:
«Kerak, albatta kerak, taqsir! Agar ruxsat bersangiz bu kundan boshlab qo'rg'onlarni tuzata beramiz!»

Azizbek:
«Rahmat fuqaro! Orqamda sizningdek fuqarom turganda menga hech bir qayg'u yo'qdir!»

Xalq:
«Siz omon bo'lib osoyish o'ltursangiz qipchoqqa yo'l bermaymiz, taqsir! Qo'rg'on tuzatishka fotiha beringiz taqsir!»
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:11:02
Azizbek fotiha berdi. Xalq urush hozirlig'ig'a kirishdi. Ana, o'glim, bizning xalqning holiga yig'lashni ham bilmaysan, kulishni ham! Har holda Toshkand ustiga yana qonliq bulutlar chiqdi, ishning oxiri nima bilan tinchlanar — bu bir xudog'ag'ina ma'lumdir. Boshqa so'zlardan ham ortiqroq esingga shuni solib o'tayki, siyosat to'g'rilarida o'ylanibroq so'zla! Arzimagan sabablar bilan talaf bo'lg'an jonlarni hamisha ko'z oldingda tut! Sen bilan manim ko'ngillarimizdagi yaratg'uchig'ag'ina ma'lum bo'lib, ammo Farg'onada meni Azizbekning sherikidir, deb o'ylashlari va seni bir fitnachining o'g'li, deb tanishlari ehtimoldan yiroq emasdir, shu jihatlarni mulohaza qilib oyog' bos! Bu tinchsizlik vaqtida sen bilan manim hayotimizning tahlika osti-da bo'lganlig'ini unutma! Shuni ham aytib ko'yayki, bu tinchsizlik bosilmag'uncha Toshkandga kelmasliging maslahatdir. Toshkand tinchlangandan keyin (agar salomat bo'lsam) o'zim xabar yuborurman. Munda barcha yoru do'st salomat, mendan Hasanaliga salom ayt! Addoi otang Yusufbek hoji. Toshkand 27 dalv oyida 1264-nchi yilda yozildi».

Otabek maktubni tugatib, tushunmay o'tkan jumlalarini qayta ko'zdan kechirar ekan, Azizbek voqi'asi ustiga kelganda ixtiyorsiz «tulki» deb yubordi.

«... bosilmag'uncha Toshkandka kelmasliging maslahatdir!»— bu jumlani o'kug'anda,— undog' bo'lsa sira tinchimangiz,— dedi-da, yovoshg'ina iljayib qo'ydi...
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:11:13
7. MAJBURIYAT

Qo'qondan har kun deyarlik xabarlar kelib turar edi. «Qo'qon sipohi tomonidan Toshkand o'raldi» degan xabarga endi o'n besh kunlab vaqt o'tkan edi. Ammo xanuz—«Toshkand olindi» degan gap yo'q edi.

Kechadan beri kishilar og'zida: «Normuhammad qushbegi yaralang'an, Qo'qon yigitidan bir yarim minggi qirilg'an» degan xabar yurib ketdi. Chamasi Azizbek osonlik bilan jon beradirg'an ko'rinmaydir.

Anovi yarasining ustiga Toshkand foji'asi kelib qo'shilg'ach, Otabek tag'in ham xayolchanlang'an, tag'in ham xomushligini ortdirg'an edi. Xatto ba'zi kunlar hujrasidan tashqarig'a chiqmas, ki-shilar bilan so'zlashmas, boshqacha aytkanda kundan-kunga go'shanishinlikka yaqinlashib borar edi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:11:20
Bu kun ertalabki choydan so'ng Hasanali kechagi fikrini chinlab amalga oshirmoqchi bo'ldi. Chunki Otabekdagi o'zgarish — kun-dan-kunga rangining siniqib borishi, hujradan chetka chiqmaslig'i, xomushligi va boshqalar Hasanalini yaxshig'ina ko'rquvg'a solg'an, o'zining faqat tomoshachig'ina bo'lib yurishidan rizosizlang'an edi. Durust, ul Otabekning muhabbatiga voqif bo'lg'anidan beri bir daqiqa ham uni o'zining ko'z o'ngidan uzoq tutmag'an: maxbubasi kim, kimning qizi, birar ebini qilsa mumkinmi?— Mana shuningdek masalalarni tekshirib, bilib ham uylab kelgan edi. Ammo bu to'g'rida Otabekning ko'magiga chinlab bel bog'lashdan uni ba'zi ehtimollar to'xtatib: «Otabek yosh, yoshlar muhabbati uchar qush, balki, bu kun-erta unutib ham yuborar» kabi mulohazalarda bo'lingan edi. Nihoyat Otabekdagi o'ychanlik va o'zgacha hollarning kundan-kunga kuchayib borishi Hasanalini haligi mulohazadan voz kechdirib, boshqa yo'sunlarni qaratmoqqa majbur etdi.

Garchi uning qarori bir nuqta ustida to'xtagan bo'lsa ham shu holda tinib turmadi, yana yuz turlik boshqacha yo'sunlarni o'yladi, ming turlik xayollarga borib qaytdi, ammo ularning bittasini ham Otabek og'rig'iga em deb topmadi va nihoyat:

— Ko'raychi, qadamim muborak bo'larmikin,—deb qo'ydi. Kechlik oshni o'tkazgach, Hasanali o'z hujrasidan kiyinib chiqdi-da, Otabek yonig'a kirdi. Otabek «Boburnoma» mutolaasi bilan mashg'ul edi. Ba'zi bir ehtimollarga qarshi o'zining niyatini bildirmay:

— Menda yumishingiz yo'qmi, bek?—deb so'radi Hasanali.— Hammomga bormoqchi edim...
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:11:28
Otabek ko'zini kitobdan uzmay javob berdi:
— Yumishim yo'q, boraveringiz.

Hasanali chiqdi. Qosh qorayib, qorong'u tushayozg'an edi. Havo bulut, achchig', sovuq yel to'rt tomong'a yugurar, onda-sonda qor uchqunlarini quvlab ziriqtirar edi. Eruv vaqtida yarim beldan loy kechishka to'g'ri keladirgan ko'chalarning loyi qatqaloqlang'an, shuning uchun yurg'uchi qiynalmas, aksincha olachalpoq qor pag'alarini bosishdan vujudka kelgan oyog' ostidari «g'arch-g'urch» tovushlari kishiga bir turlik kayf, musiqaviy yengillik berar edilar. Do'konlar yopiq bo'lsalar ham choyxonalar ochiq, kishilar o'rtaga gulhan solib, choyxonachining bachchasini gohi o'zlariga xon ko'tarib va gohi «xon qizi» deb ham qo'yadirlar. Xon saylag'uchilar orasida yosh yiritlar bor bo'lg'anidek, katta sallalik mullanamolar, yetmish yoshlik keksalar ham ko'rinadirlar... Qish kechalari juda uzun, shuning uchun choyxonalar obod; xalq lazzatlanib bachchaning tabarruklangan choyini ichadir, husniga tamosho qilib xudoning qudratiga hayron qoladir...
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:11:35
Hasanali Ziyo shohichining tashqarisig'a kelib kirdi-da, mehmonxona darichasiga qaradi. Daricha tirqishidan ko'rilgan yorug'lik mehmonxonada kishi borliqni bildirar edi. Hasanali tuzatinib oldi va ichkariga kirdi. Ziyo shohichi namoz o'qumoqda bo'lib, mehmonxona chet kishidan holi edi. Bu tasodufdan Xasanali suyindi va Ziyo akaning namozni bitirishini kutib o'lturdi. Ziyo shohichi yonig'a salom berib joynamozdan orkasig'a qarab qo'ydi. Fotihaga qo'l ko'tardi. Fotihadan so'ng kelib Hasanali bilan so'rashdi:
— Keling ota, tinchlikmi?
— Shukur, tinchlik.

Tancha tevaragiga o'lturishdilar. Bir muncha vaqt so'zsiz edi-lar. Ziyo shohichi bu vaqtsiz tashrifka tushuna olmay «nima qilib yurasan?» degandek etib, bir necha qayta Hasanaliga qarab oldi.

— Ajablanmangiz, boy aka, kelishimda bir majburiyat bor.
— Sizni Otabek yubordimi?
— Yo'q, o'zim keldim, boy aka.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:11:42
Ziyo shohichi yana tushuna olmadi. To'g'risi ham Hasanalining bu kelishi Ziyo aka uchun yot bir ish edi. Chunki, Hasanali Otabek-ning quli. Qullar bilan jiddiy muomalada bo'linmok Ayniqsa Ziyo shohichilardek odamlarg'a favqulodda bir ish. Buning ustig'a majburiyat ostida o'zicha kelishi...

Ziyo akaning boshi qotib oxirda so'radi:
— Majburiyatingiz?

Hasanali kulimsirab oldi:
— Majburiyatimni eshitsangiz balki ishonmassiz.
— Xo'sh.
— O'zingizga ma'lumki,—dedi tuzuklanib Hasanali,—Marg'ilon kelganimizga yigirma besh, bir oylar chamasi fursat o'tdi. Shundan beri Otabek dardmand.

Ziyo aka ajablangan edi:
— Qanday dardmandlik, Otabek sog'-ku?
— To'g'ri aytasiz,— dedi Hasanali,— ammo men ham uning dardiga bir necha kunlab tushunmay yurgan edim.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:11:50
— Xo'sh, dardi?
— Muhabbat.
— Muhabbat?
— Muhabbat,— deb takrorladi Hasanali.— Shu yigirma besh kunlik bir muddatning ichida ul butunlay odamgarchilikdan chiqayozdi. Bu o'rtada qanday tashvishlarga tushmadim, so'rasangiz.
— Kimga muhabbat ko'yg'an, xabaringiz bo'ldimi?
— Bo'ldi. Qutidorning qizig'a.
— Xa-xa-a!—deb yubordi Ziyo aka va bir oz o'ylang'andan keyin so'radi,— buni siz aniq bilasizmi?
— Aniq bilaman.
— O'zi aytdimi?
— O'zi aytmasa ham shunga yaqinlashdirdi.
— Otabek qizni qayerda ko'rgan?
— Afsuski buni bila olmadim.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:11:58
Hasanalining kelish majburiyati va nima uchun kelganligi Ziyo akaga yaxshi onglashildi ersada, yana shunday bo'lsa ham so'radi:
— Endi nima qilmoqchisiz?
— Huzuringizga kelishimning bosh sababi ham shundadir,— dedi Hasanali. Bu to'g'riga siz qanday yo'llar ko'rsatasiz va ni-ma kengashlar berasiz, albatta shunga qarab bir ish qilamiz, deb xizmatingizga keldim.

Ziyo aka o'ylab qoldi. Qiziq gap, deb bir-ikki qayta nos otib oldi. Bu orada Hasanali boshdan-oyoq hikoyani so'zlab chiqdi.

— Nozik gap,—dedi oxirda Ziyo aka,—agar biz Otabekni bu yerdan uylandirib ko'ysak, hoji bizdan xafa bo'lmasmikin?

Ko'b yashang, boy aka. Qulingiz ham bu to'g'rida ko'b o'yladim. Xafa bo'lsa nima chorakim, biz shu ishka majbur bo'lg'an bo'lsak. Shuning bilan birga Yusufbek hoji ham unchalik aqlsiz kishilardan emaski bu gapka xafa bo'lsa. Ammo men qutidor ko'nadimi, yo'qmi, deb bu tomonni o'ylab turibman?
   
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:12:36
Ziyo aka yana o'ylanib bosh qashindi:
— Aytkaningizdek masalaning bu tarafi ham nozik,—dedi,— ammo qutidorning Otabekka qarashini yaxshi bilsam ham o'rtada yirog'lik masalasi bor... Qizimni musofirga bermayman, deb qo'yarmikin, bilmadim...
— Menimcha qutidorning oldidan bir yo'li o'tilsin,—dedi Hasanali,— agarda ko'nib xo'b desa-ku xayr, ko'nmagan taqdirda bu xabarni Otabekka etkuzsak zora shuning bilan ko'ngli sovib tushsa.

Hasanalining bu so'zi Ziyo akaga ham ma'qul bo'lib tushdi:
— Bo'lmasa, qutidornikiga qachon borilsin, deysiz?
— Bundagi ixtiyor sizdadir.

Ziyo aka o'ylab turdi-da, yuziga kulgi chiqardi:
— Hozir boramiz,—dedi,—biz ham umrda bir sovchilik, qilaylik.

Ziyo aka kiyinish uchun qo'zg'algan edi. Hasanali undan so'radi:
— Manim ham birga borg'anim ma'qulmi yoki yolg'iz o'zingiz?

Ziyo aka qo'l silkib:
— Sizning borishingizdan zarar yo'q,— dedi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:13:26
8. QUTLUG' BO'LSIN!

... Ziyo shohichining kulib aytkan so'zlariga qutidor sira ham tushunmas va kutilmagan mehmonlarning kelish sababini so'ramoqdan iymanar edi.

Olovni qo'yaturib, qudalarga dasturxon olib chiqingiz. Ziyo shohichining bu kulguligidan so'ng qutidor tanchaga olov qalashni qo'yib dasturxon buyurish uchun ichkariga qo'zg'aldi. Uning ketidan Hasanali: «Taqdir bitkan bo'lsin-da»—deb qo'yg'an edi, shohichi qat'iy qilib; «Inshoolloh bitar, shundog' yigitni kuyavlikka qabul qilmag'an bir kishini biz odamg'a sanamay-miz»— Dedi.

Qutidor qaytib chiqdi... Ziyo aka bilan Hasanali ma'noli qilib bir-birlariga qarashib olmoqda edilar. Qutidor ayniqsa Ziyo akaning og'zini poylab, ko'ngli chaqirilmag'an mehmonlardan tushunmog'i qiyin bo'lg'an bir ma'noni sezmakda edi. Oradag'i so'zsizlik uzoqqa cho'zilabergach, qutidor Hasanalidan so'radi.
   
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:13:35
— Bek salomatmi?

Ziyo aka so'z o'nqovi kelganini payqab Hasanalining jim turishig'a ishorat qildi va o'zi javob berdi:
— Bizning sizga chaqirilmag'an mehmon bo'lishimiz ham Otabekning sog'lig'i uchundir.

Qutidor bu javobdan bir narsa tushunolmadi va shuning uchun qaytalab so'radi:
— Otabek sog'mi?
— Bu kungacha Otabek salomat,—dedi Ziyo aka salmoqlab,— ammo bekning mundan keyingi sog'lig'i sizning qo'lingizda qolg'ang'a o'xshaydir.

Qutidor yana tushunolmay taajjub bilan mehmonlarga qarab oldi.
— Tushunolmadim...
— Ya'ni Otabek bu kungacha salomat,—dedi Ziyo aka yana.—Ammo mundan keyinigi sog'lig'i sizning qo'lingizda...
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:13:41
— Menim qo'limda?
— Sizning ixtiyoringizda.
— Otabek kabi bir yigitning sog'lig'i har bir aqlli kishi uchun maqsad bo'lsa ham,—dedi taajjub bilan qutidor,—lekin so'zingizning shunisi qizirdirkim, bir yigitning sog'lig'i ikkinchi bir kishining ixtiyorida bo'lsin.

Ziyo aka boyag'i vaziyatini buzmadi:
— Ajablanmangiz, o'rtoq,—dedi,—bekning mundan keyingi sog'lig'i sizning ixtiyoringizda; bu o'yin emas—to'g'ri gap.

Qutidor to'sindan muddaoning kim va nima to'g'risida bulganlig'ini payqab qoldi va o'zida bir turlik o'ngg'aysizlik sezdi. Ziyo aka To'ybekaning yozg'an dasturxonini tuzatib, kulchalarni sindirdi. Hasanali bilan qutidorni nonga taklif kilib o'zi maqsadni ochiqroq onglatmoqchi bo'ldi:
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:13:48
— Muhabbat degan narsa juda oz kishilarga nasib bo'ladirg'an bir durri bebahodir,—dedi Ziyo aka. — Qadrdoningiz Yusufbek hojining o'gli Otabek — bir necha kunlardan buyon pinxoniy bir dard bilan og'rir edi. Ko'rinishda uning quli, ammo haqiqatda Otabekning ma'naviy padari bo'lg'an Hasanali ota uning maxfiy dardining asli omilini izlaydir, bekning o'zi bo'lsa uz holi to'g'risida hech narsa sezdirmay dardini yashiradir. Shundog' qilib Xo'jasig'a ixloslik Hasanalining tajribalik kuzatishidan bekning maxfiy dardi uzoqqa qocholmay natijada sir ochiladir... Shari'at ishiga sharm yo'q, deydirlar o'rtoq, agarchi siz bilan menga bir muncha og'irrok bo'lsa ham yana so'zlab o'tishga xojat bor: kunlardan bir kun taqdir shamoli yuradirda bir kimsaning iffat pardasi ostida o'lturgan qizining yuzidagi niqobni ko'tarib ikkinchi tomondan bizning Otabekni shu afifaga ro'baro' qiladir. Shu daqiqadan boshlab bekda u afifaga qarshi bir ishq, ham chin bir ishq tug'uladir...

Ziyo shohichi o'z tomonidan ham yana bir muncha gaplarni qo'shib-chatib, so'zini tugatdi. Qutidor yaxshig'ina o'ngg'aysizlang'an edi. Qutidorg'ina emas, sovchilar ham o'ngg'aysizlang'an edilar. Masalaning noziklig'iga uchavlari ham tushunarlar va shuning uchun ittifoq qilg'andek chuqur bir sukutka ketkan edilar.
   
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:13:54
Garchi muddao kun kabi oshkora bo'lg'an bo'lsa ham nima uchundir qutidor yana uzini tag'ofilg'a solib so'radi:
— U kimning qizi emish?

Ziyo shohichi qutidor tarafidan o'ziga beriladirgan shu savolni kutib turg'an edi.
— Sizning karimangiz,—dedi.

Qutidor o'zining joysiz savolidan o'kinib yerga qaradi. O'rtada tag'in so'zsizlik, o'ngg'aysizlik boshlandi. Bir necha fursat shu yo'sun jimgina o'lturishkandan keyin yana Ziyo shohichining o'ziga gapirishka to'g'ri keldi:
— Biz o'zimizning bu kelishimizda sizning uchun dunyoga orzug'uliq bir o'g'ul xadiya etkanimizdek, inshoolloh qaytishimizda ham Otabek uchun mujassamai iffat bo'lgan bir rafiqa tuxfa qilarmiz.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:14:01
Bu so'zdan keyin Hasanalining yuragi bezillay boshladi. Chunki shu daqiqada qutidor og'zidan yo rad va yo qabul javobi eshitar edi. Ikkinchi tomonda, kutilmagan bu sovchilikka ishonishni-da, ishonmasni-da bilmay shoshib o'lturgan qutidor ham o'zining og'zig'a tikilib turg'uchi ikki kishiga qanday javob aytish uchun garangsigan edi.

— Otabek kabi bir yigitni o'g'ul qilish sharafiga noil bo'la olsam o'zimni eng baxtlik otalardan sanar edim,—dedi nihoyat qutidor,— ammo bu to'g'ridagi hamma ixtiyor o'z qo'limda bo'lmay orada ko'krak suti berib o'sdirg'an xotin ham bor... Bu ish uchun yolg'iz o'zim qabul javobi bersam-da, onasi bir chekkada qoldiril-sa ehtimol puxta ish qilmag'an bo'larmiz. Agar maslahat ko'rsalaringiz bu to'g'rida uning bilan kengashib ko'rar edim...

Qutidorning javobidan samimiyat va ixlos ma'nolari tomib turar edi. Javobni eshitkan sovchilarning tomirig'a umid qonlari yugurub ketdi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:14:08
— Bu ot savdosi emas, umr savdosi burodar,— dedi Ziyo aka,— yangamiz bilan kengashingiz, Otabek va otasi to'g'rilarida bilganlaringizni so'zlangiz, shundan keyin xo'b o'ylashib bizga javob beringiz.

Shu gapdan keyin qutidor mehmonlarni qoldirib ichkariga kirdi. Kumushbibi uxlashka yotkan edi. To'ybeka bo'lsa o'zining o'choq boshi yonidari uychasini titratib xurrak otar edi. Qutidor uy eshigini ochar ekan ayvonda o'zini kutib o'lturgan Oftob oyimg'a dedi:
— Sham'ni olib kirchi oldimg'a.

Uy jixozga g'oyatda boy, go'yo muzaxona tusini berar edi. Taxmonda turlik rangda atlas va shohilardan qoplang'an ko'rpalar, taxmon tokchalarig'a uyilgan par yostiqlar, qator-qator xitoyi jononlar: kosalar, ko'zalar, chinni choydishlar, laganlar, kumush hinlik xanjar va qilichlar, qalkon va siparlar, dorga soling'an turlik-turlik er va xotin kiyimlari: po'stin, chakmon va boshqalar, qip-qizil gilam va shohi ko'rpachalar kishi ko'zini qamashdirar darajada edilar.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:14:15
Oshiqib og'zini poylag'an Oftob oyimg'a qutidor bir iljayib qo'ydi-da:
— Xotin, sen hali eshikdagi sovchilardan xabarsizdirsan?— dedi.

Oftob oyim erining «sovchi» xabarini oddiyg'ina qarshiladi, chunki endi ikki-uch yildan beri uylariga kun sayi sovchilar jamoasi yog'ilib yotqanliqdan bu sovchilar ham o'shalarning birisi-dir, deb o'ylag'an edi:

— Xayrlik bo'lsin, kimlar sovchi? Qutidor yana bir kulib qo'ydi:
— Ziyo shohichi, tag'in senga noma'lum bir kishi. Oftob oyim bu kungi sovchilarning qutidorg'a boshqacharoq o'zgarish berganlarini payqadi va buni erining samimiyat ham oshiqishidan sezdi:
— Kim uchun kelganlar?
— Bundan o'n besh kunlar ilgari biz bir Toshkandlik savdogar yigitni mehmon qilg'an edik, balki esingdadir?
— Esimda bor, To'ybeka maxtab kirgan yigit.
— O'lma xotin,— dedi qutidor,— ana shu yigit uchun kelganlar.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:14:23
Bu so'zdan Oftob oyim bezong'lab tushti va eriga qarshi rizosizlik vaziyatini oldi:
— Musofir-ku?!

Oftob oyimning bu so'zi bilan qutidor bosh qashib oldi va umidsiz bir tovushda:
— Men ham shunisiga hayron bo'lib qoldim,— dedi.— yo'qsa o'zi ayni biz kidirg'an, har to'g'rida ham yetuk bir yigit edi.

Oftob oyim boshqa xotinlarimizdek erining ra'yi va hohishini, umuman butun shaxsini extirom qilg'uchi bir xotindir. Shuning uchun erining hozirgi ra'yini garchi o'z tilagiga bus-butun zid topsa ham yolg'iz «musofirlik» masalasi bilangina gapka xotima bermay, boshqa taraflardan ham kamchiliklar topib asoslik suratda qutidorning Otabekka tomon haroratlanayozg'an yuragiga sovuq suv sepmakchi bo'ldi:
— O'zi qanday kishining o'gli, otasi sizga tanishmi?
   
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:14:30
Oftob oyimning bu savoli o'zi uchun zararlik bo'lib chiqdi. Chunki qutidor, Yusufbek hojining qanday kishi bo'lg'anlig'ini, bu kunda qaysi ishda ekanligini va o'ziga bo'lg'an munosabatini mayda-chuyda tafsilotlari bilan so'zlab chiqib, so'zi oxirida:
— «Yigitning naslini aybsitib bo'lmaydir, to'g'risig'a ko'chkanda bu yigit naslan bizdan allaqancha yuqorida turadir»,—deb qo'ydi.

Oftob oyim endi ikkinchi turlik yo'l bilan ketdi:
— Uylanganmi, yo'qmi?
— Uylanmagan. Buni qaysidir bir majlisda uning qulidan eshitkan edim.
— Yoshi nechalarda bor?
— Ko'b bo'lsa yigirma besh yoshlarda bo'lur, bo'lmasa yigirma ikki-yigirma uchlardan oshkan emas.
— Nima majburiyatda bizga kuyav bo'lmoqchi, Toshkanddan qiz topilmag'anmi?
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:14:37
— Topilsa ham yoqtirmas ekan, — dedi qutidor va o'ngg'aysiz holatda voqi'ani shipshitib chiqdi. Masalaning bu yanglig' boshlanishig'a va buning ustiga erining moyillanishiga Oftob oyim nima deyishni bilmay qoldi. Tuzik, erining maylini anchagina dalil va sabablarga suyanib bo'lgan bir mayl ekanini onglagan, kuyav buladirg'an yigitni uzlarig'a o'g'ulliqqa loyiq bir kimsa ekanini ham yaxshi tushungan edi, ammo hozir bu gaplardan ham ilgariroqda «musofirlik» masalasi turar; bir necha yillardan beri muvofiq kuyav izlay-izlay nihoyat Toshkandlik bir musofirga berish xo'rlig'i Oftob oyim uchun og'ir edi.
— Endi qanday kengash berasan, xotin?

Oftob oyim o'z fikrini ochiq aytishka yuraksina olmas, eri-ning ko'ngli olinishidan qo'rqar, ammo — «musofir» masalasiga jonu dildan qarshi edi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:14:44
— Siz muvofiq ko'rgan bir ishka qarshi tushib, ra'yingizni qaytarolmayman,— dedi ko'b o'ylagandan keyin Oftob oyim,— chunki nima bo'lganda ham sizning otaliq ismingiz bor, ham ko'broq ixtiyor sizning qo'lingizdadir. Men albatta ko'zingizning oqu qorasi bo'lg'an yolg'iz qizingizni yaramas, bo'lmag'ir kishiga tutib berarsiz, deb bilmayman. Bu jihat bilan bu ishka rizolig'im bilinsa ham biroq qarshilig'im shundadirki, kuyav toshkandlik bo'lg'andan so'ng qizingizni o'zi bilan birga olib ketar va siz bilan meni yolg'iz bolamizdan ayirar... Bunga qolg'anda sizni bilmasam-da, ammo mening bunday judoliqqa sira toqatim yo'qdir... Mana shu tarafni yengilroq o'ylag'ang'a o'xshadingiz, jonim.
— So'zlaring to'g'ri, xotin,—dedi o'ylab qutidor,—lekin taqdir bitkandanmi, nimadan bo'lsa ham bu yigitka qarshi ko'nglim jizillab turadir. Bu fikrim senga ma'qul tushadimi, yuqmi, har holda biz endi uzoq o'ylashib o'lturmaylik-da, uz hohishimizcha qilib javob beraylik: masalan, sovchilarga rizolig'imizni bildirib, ammo Kumushni Marg'ilondan olib ketmaslikni shart qilaylik. Agar shartimizni qabul qilsalar yolg'iz bolamiz ikki bo'lib — ayni bizning muddaomiz; yo'q, qabul qilmasalar ul vaqtda kinalari o'zlaridan bo'lsin, mana bu maslaxatka nima deysan, xotin?
— Musofirlig'i?..
   
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:14:51
— Biz ta'nani kuyav qilmaymiz,—dedi qutidor,—bizga chin yigit kerak, xalq «musofirga berdi» deb so'z qilsa-qil-sin.

Oftob oyim eridagi maylni boshdayoq payqag'an edi, shuning uchun tilar-tilamas «o'zingiz bilasiz» javobini berdi. Javobni olib qutidor sovchilar oldig'a chiqdi va ma'lum shartni ularga e'lon qildi. Bu shartni Otabek ismidan Ziyo shohichi qabul etib qutidorni Otabekdek bir yigitni kuyav qilishi bilan tabrikladi va shu takallufsiz sovchilik ila umr savdosi bitkan hisoblandi. Ikki yoshnnng muhabbatlik, uvalik-juvalik bo'lishlarig'a duo qiling'ach sovchilarg'a zarrin to'nlar kiydirildi. Hasanali qutidorg'a o'zining minnatdorchilig'ini aytib tugata olmas, so'z oralarida uni duolar bilan g'ark etmakda edi.

— To'nlar muborak bo'lsin.
— Sizga kuyav o'g'ul muborak bo'lsin.

Qutidor ixlos va samimiyat bilan:
— Qutlug' bo'lsin,— dedi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:15:04
9. QARSHILASH

Bu kungi kutilmagan tun Hasanali otani gangitkan, uning keksa ko'zlari uyqu bilan tamom chaplashib olg'an edilar. Ul bu xabarni ertaga ertalab qaysi yo'sun bilan bekka bildirish yo'llarini o'ylar edi. Bu favqulodda suyinch xabarni bekning qaysi yo'sunda qarshilashini o'ylar edi. Bu xabarni eshitish bilan Otabekda ko'riladirg'an o'zgarishlarni, hollarni, harakatlarni... barchasini birma-bir ko'nglidan kechirar edi. Bu gapni eshitkach, haftalab hujra ichidan chiqmay yotkan bekni ko'chalarda, bozorlarda, qutidor uylarida shodlanib, ruhlanib yurganini ko'rar edi. Bu o'ylarni tugatkandan keyin uning ko'zlari uyqu sari yumila boshlab, qarshisig'a Otabek kelib to'xtar edi: «Ota, men sizning bu kilg'an yaxshilig'ing'izni sira unutmasman» deb minnatdorlik qilg'andek bo'lar edi. Hasanali uyg'onib ketar va qaytadan shu to'g'rida o'ylab boshlar edi: «Bechora. Suyganing tug'risida o'ylay-o'ylay boshlaring og'rib, ohlar tortib yotadirg'andirsan... Yordamching yo'qlig'idan umiding kesilib, xasratingni kimga aytishni bilmaydirg'andirsan. Qayg'irma begim, Hasanali otang u to'g'rida ham seni yodidan chiqarmadi... Bu kecha sening qayg'uliq kechalaringning eng keyingisi va oydinliq ham she'riyatlik tunlaringning arafasidir, begim».
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:15:13
Hasanalining kuzlari tag'in uyqug'a ketar, qarshisig'a Otabek bilan ko'hlik, ko'rkam bir qiz kelib chiqar va ikkisi unga qarab iljayishar edilar: «Bizning chin otamizsiz» degandek bo'lar edilar. Hasanalining yana uyqusi qochar edi.

— Yoshim oltmish to'rtka yetdi, o'g'ul-qizim bo'lmadi... Dunyodan charog'chisiz boraman... Darvoqi Otabek menga o'g'ullik qilmasmi, xotini menga qiz bo'lmasmi, ularning bolalari meni «bobo» deb ketimdan yugurmasmikinlar? Tuproq ostlarida unutilib yotqan kezlarimda: «Bir vaqt Hasanali otamiz ham bor edi», deb yodlasalar, yaxshilik bilan eslasalar yetar menga shu.

Tunlar uzoq, tongni otdirib, Otabekni quvondirishg'acha sabr chidamas, ko'z yumishg'a haligidek xayollar mone' bo'lar edilar. Shu yo'sun yarim uyqu holatda tongni otdirib so'yintirish soatlari ham etdi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:15:19
Choydan keyin hujrasiga chiqib ketkan Hasanali kultug'ida bir narsa bilan kirib bek qarshisig'a o'lturdi. Otabekdagi sukut, xayol, fikr kabi holatlarni yulib, yulqib olib, ular o'rniga chechak donalari ekib, umid suvlari sepmakchi edi. Hasanali:
— Endi muborak bo'lsin, sizga,—dedi.

Otabek tushunolmay Hasanaliga qaradi. Hasanali iljaygan ko'yi qo'ltug'idag'i zarrin choponni olib sandal ustiga qo'ydi.
— Bu qanday chopon?— deb so'radi bek.
— Muborak bo'lsin, dedim-ku.
— Nima muborak bo'lsin?
— Sizga iffatlik va sevimlik rafiqa bilan qutidordek qayin ota. Hasanaliga kelin.

Otabek qiziq holatda qoldi: bir turlik titrab ketdi, ko'z-lari qinidan chiqar darajaga yetdi. G'ayriixtiyoriy qo'zg'alib o'lturgandan keyin so'radi:
— Bu nima degan so'zingiz?
   
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:15:26
— Nima deganimni so'ramangiz va deganimga ishonaberingiz, — dedi kulib Hasanali, — men sizni qutidorning qizig'a uylandirishka qaror qilib, qarorimni ham bu kun kechasi Ziyo shoichi bilan amalga oshirdim... ya'ni qutidorning qizig'a sizning uchun unashib keldik.

Otabek gangib, shoshib so'radi:
— Qaysi qizig'a unashib keldingiz?
— Qutidorning yolg'iz qizig'a, — dedi Hasanali, — bundan xotirjam' bo'lingiz, bek. Ziyo shohichi ertalabki choyni ichib borarman degan edi, biz uning bilan hali to'y kengashlarini qilamiz.

Otabekning tusida hursand va xafalig'i majhul bir holat bor edi. Unashish masalasiga qarshi tushmaganidek, so'yinchini ham oshkor qilmadi...
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:15:32
* * *

Kumushbibi uyqudan turib, favqulodda bir holga uchraydir:
— Bir kechada hammaning tushiga «to'y» kirib chikg'an.

To'y uchun yangi ko'rpalar qoplamoqchi bo'ladirlar, par to'shaklar olmoqchi bo'ladirlar, kuyav uchun qanday kiyim yarashmog'i ham bahs qilinadir. Oftob oyim eriga oltin kamar olmoqqa buyuradir... Tavba, demay chora yo'q: Oftob oyimlarning kuyavlari kim, qaysi qizlarini erga beradirlar, ularning Kumushdan ham boshqa qizlari bormi?— Ularning qizlari yolg'iz, demak Kumush erga beriladir... Tushunarlik gap emas:
— Erga kim tegadir?
— Kumush.

Kumushbibi kuyavni yoqtiradirmi, yo'qmi? Bu to'g'ida uning fikrini bilish kerakmi, emasmi? . — So'zlash ham kerak emas, bildirish ham.
— Nega?

Chunki odat shul! Kumush ota-ona yoqtirg'an kishiga rozi bo'lish uchun majbur!
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:15:39
Kumushbibi kuyavning kim bo'lg'anlirini To'ybekaning shu so'zlaridan so'ng payqab oldi:
— Mana bekachim,— dedi kulib To'ybeka.— To'ybeka opangni sen hech narsaga sanamaysan. Biroq uning nafsilamrda karomati bor. Opang bir narsani tiliga va yo ko'ngliga oldimi, darrav farishtalar «omin!» deydirlar. Anovi kungi yosh mehmonni senga maxtasam achchig'landing, ammo kelib-kelib bu kun seni o'shanga berdilar... Endi mundan keyin To'ybeka opangg'a ixlos qo'y, beka-chim!

Bu xabarni eshitkuchi Kumushbibining qora ko'zlari jiq yoshg'a to'lib, kipraklari yosh bilan belandilar.

— Yig'lama bekachim,—dedi To'ybeka,—biz bilamiz sizning ko'z yoshlaringizning nimaga ekanin: erlar suyinganda kulsalar, sizga o'xshash qizlar yig'laydirlar; sizning yig'lag'aningiz—quvong'aningiz... Meni erga berganlarida senga o'xshash men ham yig'laran edim, ammo ichimdan nikoh kunining tezroq kelishini kuta-kuta o'lgan edim.
   
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:15:46
— Toqatim tugadi, opa,—dedi Kumush,—ortiq so'zlamangiz.
— So'zlamayman,—dedi To'ybeka,—lekin sirasini so'zlayman... Oh, ko'rsang edi bir kuyavni. Qanday chiroylik, qanday aqllik ekanini bilar eding, bekachim. Yulduzingiz nax bir-biringizga to'g'ri tushkan ekan, ikkingizning ham bir-biravingizdan kamligingiz yuq.

Kumushbibi ortiq chidalmadi, qo'rqunch bir tovush bilan xayqirdi:
— Oh, o'laman, ko'b so'zlama!

Kumushning bu tovshig'a Oftob oyim bilan Oysha kampir uydan yugurishib chiqdilar:
— Nima bo'ldi, nima bo'ldi?

Kumushbibi onasi bilan bibisining uydan chiqishlari ila boshini sandalning ko'rpasiga burkab, yotib oldi. To'ybeka juda qo'rqqan edi:
— Qallig'i to'g'risida so'z ochkan edim, men bilan urishdi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:15:53
Oftob oyim To'ybekani qarg'ab berdi:
— Sen aqlsiz o'lgur, Kumushni uyaltirg'ansan! Tinch yursang seni birav bir nima qiladimi? Bor, ishingga bor!

Onalar Kumushning bu xayqirig'ini uyalg'ang'a yo'ydilar-da, yana uyga kirib bisot kavlashka, to'y hozirlig'ini ko'rishka mashg'ul bo'ldilar.

Kumushbibi bir necha fursatkacha shu ko'yi burkanib yotdi. So'ngra o'rnidan turib tashqari havliga qarab ketdi. Kub yig'lag'anliqdan ko'zlari qizarg'an, qovoqlari shishkan, yuzlar bo'rtqan edi. Ammo bu o'zgarishlar uning husnini, latofatini bir zarra ham kamitmay balki, o'n qayta oshirg'an edilar. Tashqarig'a chiqg'andan keyin ayvonning tumshug'ig'a kelib o'lturdi va o'ng qo'lining kaftiga yuzini olib fikrga toldi. Shu holda uzoq qoldi. Shundan keyin ul qo'lini yuzidan bo'shatdi-da, entikib dam oldi va kimnidir izlagandek, kimnidir kutkandek tevaragiga qarab quydi...

— Ariq bo'yi, sirlik ariq bo'yi.
   
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:15:59
Yoshlik ko'zlar ariq bo'yig'a tushib, nozik oyoqlar ariq bo'yi tomong'a harakatlandilar. Ul ariq bo'yiga etkach, ma'lum o'ring'a sakrab o'tdida, cho'nqaydi. Bir hovuch suv olib yuzidan to'kib tushirdi va ohistagina yo'lak tomong'a qarab olgandan keyin suvning oqishig'a ko'zini tikdi. Kumushning dardini hech kim bilmas uning xayoliga hech kim tushunmas, magar shu ariq bo'yi tushungandek, bilgandek... Sirlik ariq bo'yi unga nimalarnidir so'zlar, undan nimalarnidir tinglar, bunga chetdan hech kim voqif bo'la olmaydir-da, bo'lmog'i ham mumkin emas.

Ko'zlaridan oqqan marvarid tomchilarini shu sirlik ariq suvi bilan yuvdi, bir martabagina yuvdi emas — qaytalab-qaytalab yuvdi. Boyag'i achchig'idan bir muncha tinchlanib, ko'z qizilliklari ketkan holda bitta-bitta bosib ichkariga qaytdi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:16:11
10. TO'Y, QIZLAR MAJLISI

Qutidorning tashqarisig'a er mehmonlar, ichkarisig'a xotin mehmonlar to'lg'anlar, ular quyuq, suyuq oshlar, holva, nisholdalar bilan izzatlanadirlar. Tashqarida bir qo'sha sozandalar dutor, tanbur, g'ijjak, rubob, nay va amsoli sozlar bilan dunyoga jon suvi sepib shaharning mashhur xofizlari ashula aytadirlar. To'y juda ham ruhlik...

Ichkarida xotinlar majlisi: onalarcha aytkanda, ular qum-tuproqdek ko'b, biroq majlisning borishida tartib yo'q, havli yuzi va uylar xotinlar bilan to'lg'an, qaysi havli yuzida bir tovoq oshni yeb o'lturadir, kim yig'lag'an bolasini ovitish bilan ovora, birav yor-yor o'qub, tag'in bittasining quvonchi ichiga sig'may xaholab dunyoni buzadir, xullas bag'-bug' yetti qat ko'kdan oshadir...

Oftob oyim qayg'uliroq, tusi bir oz siniqqan sumon... Mehmon kutib charchag'anidanmi, nimadan bo'lsa ham juda kalavlagan, Ba'zan qiladirg'an ishidan ham yanglishib ketkani, masalan, uyga kirmakchi bo'lib tavanxonaga kirib kolg'ani ko'riladir. To'yga kelgan xotinlarning «To'ylar muborak, kuyav o'q'ul muborak!» deb surashlariga ham ishonchsiz bir ohangda «Qutlug' bo'lsin», deydir.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:16:18
Oftob oyim donxonaning eshigidan turib xotinlar orasidan kimnidir o'z yonig'a chaqirdi. Yoshi ellidan oshqan, kulgusi ichiga to'lib toshqan bir xotinni duvurdan chiqib, o'ziga qarab yurganini ko'rgandan keyin donxonag'a kirdi. Xotin ham ichkariga kirgach, Oftob oyim eshikni qiya bekladi-da, qayg'uliq bir boqish bilan xoting'a qaradi.
— Nega qayg'uliq ko'rinasan, Oftob?

Oftob oyim uzoq tin olib eshikka qaradi va yarimtovush bilan:
— Shu choqda ichimg'a charog' yoqsalar ham yorimaydir-da, egachi,— dedi va ko'ziga jiq yosh oldi.
— Nega?
— Qizim to'g'risidan...
— Qizingg'a nima bo'ldi?
— Unashilg'anig'a bu kun yettinchi kun,—dedi Oftob oyim,— shundan beri Kumushingiz tun ham yig'laydi, kun ham, sababini so'rasam sira javob bermaydir-da, do'lonadek ko'z yoshisini qila beradir. Bu kun tag'in yig'isi oshib tushdi. Haytovur yalinib, yalpog'lanib arang hammomga yubordik.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:16:25
Xotin Oftob oyimning bu gapidan hayron bo'ldi va o'ylab so'radi:
— Nimabalo, kuyaving ko'rksizmi?
— O'zim ko'rmadim,—dedi Oftob oyim,—ammo ko'rguchilarning so'zlariga qarag'anda o'xshashsiz ko'rkam, tengsiz aqlli bir yigit emish... Otasining o'zi yigitni yaxshi ko'rib kuyav qilg'an edi.
— Kumushning o'zi yigit to'g'risidan hech narsa bilmaydirmi?
— Biladir,—dedi oyim,—uning oldida biz jo'rttaga kuyavni maxtashamiz, lekin bu maxtovlarni eshitgusi kelmay, qaytag'a yig'isinig'ina ortdiradir.

Xotinning ham bu gapdan hayrati ortdi va bunda qanday sir borlig'ig'a aqli yetmadi. Oftob oyimni yupatish uchun o'tkan-ketkandan va boshda yig'lab erga tekkan qizlarning chimildiqda yigit bilan apoq-chapoq bo'lishib ketkanlaridan hikoya qildi:
— Qayg'irma Oftob,— dedi,— kuyaving bunchalik suluk bo'lsa, gap-so'zda tengi bo'lmasa, hali chimildiqda qizingning pechak guldek (chirmovich o'ti) bo'lib eriga chirmashkanini ko'rarmiz.
   
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:16:32
— Oh, opajon,—dedi, umidsizcha oyim,—manim bunga ko'nglim chopmaydir.
— Chopsin, Oftob. Men bunday yig'lok qizlarning ko'pini ko'rdim, shunday qizlarning uyalmay-suyalmay chimildiqda xatto yigitdan ham ortdirib harakat qilg'anlarini ham ko'rdim, sening qizing ham shularning bittasi, qayg'irma Oftob.
— Ilohi shunday bo'lsin-da.
— Bo'ladi-bo'ladi,— dedi kulib xotin,— shoshmachi, Oftob. Agar qizing men aytkandek o'zgarib ketsa menga nima berar eding?
— Sizga bosh-oyog' kiyim.
— So'zingdan qaytma, Oftob. Pechak guldek bo'lib eriga chirmashkanini ko'rarmiz hali, xudo ko'rsatsa, bor, o'ynab-kulib mehmonlaringni kut!..

Shundan keyin ikavi donxonadan chiqib xotinlar orasig'a kirdi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:16:39
* * *

Qizlar majlisi — gullar, lolalar, to'tilar, qumrilar majlisi! Bu uyda — Kumushbibining tog'asining uyida qizlar maj-lisi, gullar majlisi!

Bu uyga o'ttuz-qirq chamaliq qizlar yig'ilg'anlar, yig'ilishdan maqsad: qizlar o'zlarining eng latif, eng go'zal bir a'zolarini bu kun xotinliq olamiga uzatmoqchidirlar. Bu uzatish majlisini jonlik, ruhlik o'tkazmak uchun barcha qizlar o'zlarining eng asil, eng nafis kiyimlarini kiyib, favqulodda yasanib, husn olamini yana bir qat, yana bir qayta bejabdirlar. Agar bu uyga kirib, bu majlis a'zolarini bir martaba ko'zdan kechirsangiz,. hozirdanoq aytib qo'yish mumkinki, albatta esingiz chiqib ketar:

Bu gulmi, ko'xlik? Yuq narigisi! Undan ko'ra bunisi! Barisidan ham uttasi!.. Ana shunday qilib esdan ham ajrarsiz, gul tanlashda bir qarorga kelalmay el ichida kulgiga ham qolursiz, rasvo ham bo'lursiz.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:16:46
Mana, majlis a'zolari shunaqangri bir-biravidan o'toq malaklar, parilar edilar. Majlisning shoiralari, o'yinchilari, childirma va dutorchilari—barchasi ham hozir bo'lib faqat Kumushbibigina hammomdan qaytmag'an edi. Shuning uchun majlis ochilmag'an, ochilsa ham ruhsizroq, Kumush kelgach, majliska ruh kirishiga barcha ishonadir va uni to'zimsizlanib kutadir.

Kimdir, oradan bittasi «kelishdi!» deb yubordi. Barcha qiz-lar uyning darichasi yonig'a uymalashib havliga qaradilar. Chindan ham ul yonida ikki yangasi bilan kelgan edi. Shu choqda bizga Otabek kerak edi! Nega desangiz ul kelsin edi-da, suyganini bir ko'rsin edi; hammom bilan ul... faqat jongina so'raydir, majruh ko'kslarga o'qqina otadir... Boshdag'i oq shohi ro'ymol, ichdagi oq shohi ko'ynak, ustdagi oq kumush zarrin sirilgan po'stin, baqbaqalarni o'rab o'pib turgan yoka qunduzlarining kelishkani, solinib tushkan qora jinggila sochlarning bo'yin tevaragiga chirmashkani, xom nuqra yuzlarning bo'g'riqqani...
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:16:56
Yangalar Kumushni havlidan turib qizlarg'a topshirdilar:
— Mana Kumushbibi — sizlarga, qizlar! Kumushning ko'nglini yaxshilab ochinglar, qizlar!

Ikki-uch qiz chopib havlig'a tushdilar-da, Kumushbibidan paranjini olib uyga boshladilar. Yangalar Kumushni qizlarg'a topshirib ketdilar. Havli er va xotindan bo'sh, yolg'iz qizlarg'ag'ina xoslanib qoldi.

Kumushbibi boshlag'uchi qizlar bilan uyga kirdi, undan ongqan atir islari bilan uy to'ldi. Qizlar o'zlarining bir turlikkina so'zlashishlari bilan Kumush ila ko'risha boshladilar:
— Esonmisiz, sarupolar muborak?

Kumushbibining qizlarg'a bergan javobi eshitilar, eshitilmaslik edi:
— Qutlug'...
   
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:17:07
Kumushbibi uyning to'riga o'tkuzildi. Qizlar uyning tevaragiga o'lturishib olg'andan keyin orag'a nima uchundir bir jimjitlik kirdi. Qizlar ma'noliq qilib yer ostidan Kumushka qaraydirlar. Majlisda bir xil ma'yusiyat. Qizlar nimani o'ylaydirlar va nima to'g'risida ma'yuslanadirlar, bu ersa qizlarning bizga noma'lum bo'lg'an ichki sirlaridir.

Qizlar ipka chizilg'an guldek uy tevaragini olg'anlar, buning ustiga yovoshliq, o'ychanliq ularning tuslariga ma'naviy bir husn va jiddiyat berib, birga yuz husn qo'shqan edi. Agar biz shu kezda zarshunoslik uchun yeng shimarsak, ya'ni gulni — guldan ajratadurg'an bo'lsak boyag'idek esankirab, mutaraddid qolmaymiz, chunki Kumushbibi lolalar ichidagi bir gul va yo yulduzlar orasidari to'lg'an oy edi.

Orada hamon boyag'i jimjitlik hukm surar edi.

Har bir majlisning jonlandirg'uchi, idora kilg'uchi bir-ikki qahramoni bor bo'lg'anidek, bu qizlar majlisi ham shunday qahramonlardan holi emas edi. Majlisni bunchalik ruhsizlanib, ma'yusiyat ichida qolishig'a Gulsinbibi chidab turolmadi:
— Biz nima uchun yig'ildiq-da, nimaga yer chizishib o'lturamiz!—dedi.—Biz bu yerga aza ochkali keldikmi?
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:17:14
Gulsinning yonig'a Xonimbush qo'shilishdi:
— Kub o'ylashmang, o'rtoqlar!—dedi,—baribir bu gap hammamizning ham boshimizda bor! Tur Savra! Havlig'a olov yoqib childirmangni qizit!— Anorgul, sen dutoringni ol! Kumushbibi, siz uncha xayol surmang, kulib o'lturing. Baribir ertaga joysiz chekkan qayg'ingizdan o'kinarsiz!—dedi-da, majlisni ost-ust kuldirib yubordi. Kumushbibi ham ixtiyorliq, ixtiyorsiz bu kulgulikka tortilib, uning yovoshkina iljayishidan yoqutdek lablari ostidag'i sadaf kabi oq, tishlari bir oz ko'rinib qo'ydilar.

Shu gapdan keyin majliska kutilmagan bir ruh kirdi. Anorgulning qo'lidari dutor «O'rtoqlar» kuyini tanlarga larza be-rib, tarona qildi. Xonimbibi qizlarg'a qistatib o'lturmay o'rnidan sakrab turdi-da, o'ynab ham ketdi. Dutor yonig'a childirmaning chertmagi kelib qo'shilg'andan keyin bazm tag'in ham jonlandi. Chapaklar ham ko'tarildi. O'yin qizib borar edi, uyning daricha eshiklari beklanib tokchalarg'a sham' yoqilgandan so'ng, bazmning ruhi yana oshdi. El bilan o'ynashib yong'an sham' nuri qizlarni alla qanday ajib holatka qo'ymoqda, majlis ersa «Alif laylo» hikoyalaridagi «parilar» bazmini xotirlatmoqda edi. Dutor «Ifor» kuyini chalib, childirma ham nozik yo'l bilan unga qo'shilisha bordi. O'yin ham bir turlik nazokat kasb etib, Gulsinbibi yo'rg'alay ketdi. Dutor ko'ngilning alla qanday ingichka joyini qitiqlaydir, childirma yurakni nimagadir oshiqdirib, Gulsin qizning yo'rg'alashi borlik a'zoni zirillatadir. B'azm juda qiziq, juda ko'ngillik edi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:17:25
Kumushbibini ham bu qiziq bazmdan boshqalardek xissa oladir, so'yinib quvonadir, deb o'ylanmasin, chunki vujudi qizlar-bazmi ichida bo'lsa ham xayoli alla qayoqlarda uchib yurgandek, ko'zlari o'ynag'uchi qizlarda bo'lsa ham, ammo haqiqatda boshqa bir narsani ko'rgandek... Ko'rinishdan natija chiqarib aytkanda, bu qiziq majlis uning uchun bazm o'rnini emas, aza joyini tutqandek...

Ikki soatlik qiziq bir bazmdan so'ng qizlar charchadilar-da, o'yinni to'xtatdilar. Gulsin bilan Xonimbibi endi dutor bilan qo'shiqqa o'lturdilar. Gulsin o'zining qo'ng'uroqdek tovshi bilan «Yig'larman» quyidan boshladi:

O'rtoqlarim, qo'lg'a olsam torimni,
Beixtiyor yodlaydirman yorimni!
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:17:45
Ikkinchi qaytarib aytishda unga Xonimbibi qo'shilishdi. Bir-turlik, bir oxanglik nafis, musiqaviy tovushlar kishining borliq vujudiga, qon tomirlarig'a ajoyib bir o'zgarish bergan edialar. Shu choqqacha mo'ltayib, xayol ichida shp'ng'ib o'lturg'an Kumushbibi bir seskandi-da, qo'shiqchi qizlarg'a qaradi.

Qizlar ikkinchi baytka utdilar:

Bir ko'rinib yag'mo qilg'an ko'nglimni,
Qaytnb yana ko'ralmadim norimni!


Shu vaqt kutilmagan joyda Kumushning ikki ko'zi jiq yoshqa to'lg'an edi. Uchunchig'a o'tdilar:

Agar ko'rsam edi yana yorimni,
Bag'ishlardim hama yo'g'u borimni!
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:18:38
To'rtinchi:

Bilurmikin, bilmasmikin u zolim:
Kunlar-tunlar tortqan ohu zorimni!


Kumush toqatsizlang'an edi...

Beshinchi:

Chinin ayting o'rtoqlarim menga siz,
Qayta boshdan ko'rarmanmi yorimni?


Keyingi:

Ketdi toqat, ketdi sabrim... ketdilar...
Sindirarman urib yerga torimni!
   
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:18:47
Bu keyingi baytka quloq solg'uchi qolmadi. Chunki yonidagi qizg'a osilib yig'lay boshlag'an Kumushbibiga har kim taajjubda, har kimning ko'zi, qulog'i shunda edi.

— Nima bo'ldi, Kumush?
— Nega yig'laysiz, Kumush opa?
— Birar joying og'riydirmi, Kumush?

Kumushbibi o'z ustiga duv yig'ilgan qizlarga ko'zini ochib qaradi-da, xushyor tortqanlardek bir harakat qilib qo'ydi va tez-tez cho'ntagidan ro'ymolini olib ko'z yoshisini quritdi.
— Nega yig'lading-a?

Bu savolni berguchi Gulsinga Kumush kuch bilan iljayib qaradi-da:
— O'zim...— dedi.
— Voy sho'rginangga sho'rva to'kilsin, Kumush!— dedi Gul-sin,— men shunday erni topib teksam boshim ko'kka yetar edi!
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:18:53
Gulsinning gapiga qizlar kulishdilar. Kumush juda xafa ko'ringanlikdan uning ko'nglini ochmoqqa to'g'ri kelar edi. Shuning uchun boshqa o'yinlarni qo'yaturib majlisning eng qizik tarafi bo'lib sanalgan lapar aytishka ko'chdilar. Gulsin kuyav ro'lini o'ynar, Xonimbibi Kumush ro'lida, ikkisining bir-birisiga qarab o'qishqan laparlari barchani kuldirib, ichaklarni uzar darajada. Biroq Kumushning tishining oqini ko'rish juda qiyin, uning hamma ishi faqat mungg'ayib xayollanishqina...

Qizlarg'a to'yxonadan oshlar, tavanlar kelib tortildi. Oshdan keyin yangalar kelib, qizlardan Kumushni so'radilar. Qizlarning: «yo'q, biz Kumushbibini sizlarga bermaymiz!» deb o'ynab aytkan so'zlari Kumushbibiga chindek bo'lib eshitilar, yangalar bilan uydan chiqar ekan, ko'mak so'ragandek qizlarga termulib qarar edi. Shu yo'sun qizlar o'zlarining bir o'rtoqlarini xotinliq dunyosiga uzatib, majlisdan tarqalishdilar.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:19:06
11. KUTILMAGAN BAXT

Kumushbibidan vakolat olish ham juda qiyin bo'ldi. Domlaning: «Sizkim Kumushbibi Mirzakarim qizi nafsingizni toshkandlik musulmon Otabek Yusufbek hoji o'g'lig'a bag'ishlamoqning: «Sizkim Kumushbibi Mirzakarim qizi nafsingizni topshirdingizmi?» degan so'rog'i olti, yetti qaytarilg'andan keyin, shunda ham yangalar qistog'i ostida arang uning rizolig'i olindi.

Kechki soat beshlarda qutidorning havlisi to'rt ko'z bilan kuyav kelishini kutadir. Kuyav uchun palovlar, quyuq-suyuq oshlar necha turlik ne'matlar hozirlanib, bular ham kuyavning intizorida turadirlar. Nihoyat soat besh yarimlarda kuyav keldi. Yigirma-o'ttuz chog'liq yosh yigitlar — Rahmatning o'rtoqlari, ular orasida Otabek — kuyav ko'rindi: boshida simobi shohi salla, ustidan qora movut sirilgan sovsar po'stin, ichida o'zining Shamayda tiktirgani osmoni rang movut kamzul, movut shim: oyog'ida qalapoy afzali, belida Kumushbibining usta qo'li bilan tikilgan shohi qiyig'... Yuzlar qizil, og'iz irpaygan, ko'zlar o'ynab allakimni qidiradir. Oshlarini yeb bo'lsalar ham jo'rttaga kuyav ko'rish uchun o'lturg'an mahalla kishilari bir-birlarini turtishib: «Tuzuk-tuzuk, kuyavlikka arzigundek, chaki chakkiga tushmapti, olmayu-anor» deyishdilar. Tomda kuyav kutib o'lturg'an xotinlar ichidan Oftob oyimning egachisi oshiqib singlisi yonig'a tushdi-da: «Oftob, darrav isiriq hozirla, kuyavingni yomon ko'zdan o'zi asrasin!» dedi. Qutidor eshik ostida qo'l qovishtirib mehmonlarni kutib oladir, yer ostidan kuyaviga ko'z qirini tashlab, kishiga sezdirmay o'zicha kulisirab qo'yadir. Mehmonxona ayvonida oq soqolliq, ko'rkam siymo va og'ir tabi'atlik domla bilan? Ziyo shohichi, Hasanali, qiz vakili va tag'in bir necha kishilar o'lturadirlar. Yigitlar kuyavni domlalar qarshisig'a kelturib» to'xtatkandan keyin Otabek vakili bo'lg'an Ziyo shohichi bilan Kumush qiz vakili Muhammadraxim oralarida mahr masalasi ochiladir. Ko'b tortishqandan so'ng quyidag'i mablag'lar mahr qilib belgulanadirlar: uch yuz oltin pul, mundan keyin olib berish va'dasi bilan Marg'ilondan o'rdadek bir havli, sog'ish uchun sigir, asbobi ro'zg'or...
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:19:12
Bunga Otabek ham o'z rizolig'ini bildiradir. Domla xutba boshlaydir forsiycha o'qulg'an hamd, salavot va boshqalardan so'ng xutba eng nozik bir o'ring'a kelib to'xtaydir: «Sizkim Otabek Yusufbek hoji o'g'li Kumushbibi Mirzakarim qizini o'zingizga shar'iy xotinliqqa qabul qilasizmi?»— fors tilida so'ralg'an bu savol Otabekning kulgusini qistatib ko'nglidan kechiradir:
— Qabul qilasizmi-ya?

Ul birinchi so'roqdayoq — «uchib, qo'nib qabul qilamiz» deb javob bermakchi bo'lsa ham biroq xalqning— «ulib turg'an ekan» deb qiladirg'an ta'nasidan cho'chib, javob bermaydir. Yana bir qayta yuqoridag'i «siz kim falonchi...» jumlasi domla tarafidan takrorlanadir. Kuyavlarga uchunchi so'roqda javob berish odat hukmida bo'lsa ham, Otabek bu takallufka chidalmaydir. Go'yo uchunchi so'roq o'rnig'a «Endi olmas ekansiz Kumushbibini...» deb majlis buziladirg'andek seziladir-da, hamma tovshi-ni qo'yib, barchag'a eshitdirib «Qabul qildik!» deb yuboradir.

Domla alhamdulilloh, alhamdulilloh... bilan nikohni tugatib majlis tomonidan kelin bilan kuyavning haqlarig'a duo boshlanadir, hamma duog'a qo'l ko'tarib, xatto tomdag'i tomoshachi xotinlarg'acha «omin»ga ko'maklashadirlar va shundan keyin nikoh majlisi yopiladir. Yigitlar kuyavni mehmonxonara olib kiradirlar, ziyofat boshlanadir.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:19:19
Otabekda bir daqiqag'a bo'lsin to'zim bo'lmag'an bir vaqtda bir necha soatlarga qarab cho'zilg'an bu tomoq majlisi bilan albatta ul yaxshi chiqisha olmaydir. Xuftanga yakin bana'ji bir isht?xo bilan yeyilib bo'shatilg'an lagan, tovoqlar olinib dasturxonlar yig'ildi. Bizningcha bir yarim soat, Otabekcha allaqancha yil hisoblang'an bir fursat o'tib, nihoyat yangalar kuyav so'radilar. Ikki yoshg'a muhabbatlik umr so'rab fotiha o'qilg'andan so'ng Otabek ichkariga uzatildi.

Hasanali mehmonxona ayvonida bekni kutib turar edi:
— Endi kuyavlik muborak bo'lsin, begim?
— Qutlug' bo'lsin.

Hasanali boshdan-oyoq bekni kuzatdi, otalik muhabbati bilan bekning orqasini siladi va yoshlik ko'zlari bilan duo qilib unga ruxsat berdi. Otabek yangalar kutib turg'an tarafka yurdi. Ul hozir qiziq holatda edi: bu nima gap, tushimi, o'ngimi» nima gaplar o'tib, nimalar bo'lmokda, bo'lib turg'an ish haqiqatmi?
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:19:26
Biz ichkariga kiramiz: havlining ikki tomoni to Kumushbi-bining uyigacha qator kuyav kutkan xotinlar, bola-chaqalar bilan to'lg'an. Ba'zan kutkuchi xotinlarning qo'lida yonib turg'an sham. Kuyav tushadirg'an uy to'y mollari bilan juda ham bejalgan. Yuqorida yozilib o'tilgan qutidor uyining aksar jixozlari shu uyga, Kumush qiz uyiga ko'chirilgan. Bir bulargina emas xotin-qizlar qo'li bilan chatib ishlangan turlik ziynat chodirlari bilan ham bejalgan, shipda katta qandil, qandilda o'ttuzlab sham'lar yonib uyni sirlik bir holatka qo'yadirlar. Burchakda qizlar majlisida ko'rilgan oq kiyimlar bilan Kumushbibi turadir... Uning husni bejalgan uyning oqlari, ko'klari, sariqlari va qizillari bilan tovlanib xayoliy bir siymoda... Ko'z yoshlarini oquzib yangasining so'ziga quloq osmaydir. Tashqaridan eshitilgan «kuyav! kuyav!» so'zi bilan tag'in ham uning ko'z yoshisi ko'payib tusi ham o'zgardi. Yangasi Kumushni shu holda qoldirib o'zi yugirganicha eshikka chiqdi. Kuyav kelar edi: ikki tomonni sirib olg'an xotin-qizlar o'rtasidan Otabek kelar edi. Uning ketidan Oftob oyimning egachisi isiriq tutatar edi. Xotinlar qo'llarida sham' bilan unga qarar va uzatib qolur edilar. Kuyav uyning yonig'a etdi. Uning yuzi uyatidan juda qizarg'an, qochqali joy topolmas edi. Shu kezda uyning eshigi ochildi-da, yanga to-monidan qarshilandi.

— Kiringiz, bek.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:19:41
Otabekning yurak urishi ehtimol yangasiga ham eshitilar edi... Otabek uyga kirgandan keyin yangasi tashqari chiqib, eshikni o'zi ko'rarlik qiya qilib yopdi... Uyning to'rida yonini Otabekka berib ro'ymolining uchini tugibmi, yirtibmi Kumushbibi turadir va kim keldi, deb yonig'a qaramaydir. Ro'ymol tugish bilan mashg'ul latif qo'llarni chet qo'l kelib siqdi:
— Jonim.

Kumushbibi begona qo'ldan seskandi va qo'llarini qutqazmoqqa tirishib:
— Ushlamangiz,—dedi ham siquvchi qo'ldan qutilish uchun orqaga tislandi.

Titragan va qovjiragan bir tovushda:
— Nega qochasiz? Nega qaramaysiz?—dedi bek. Kumushbibi shu choqg'acha qaramag'an va qarashni ham tilamagan edi. Majburiyat ostida, yovqarashi bilan sekingina dushmaniga qaradi... Shu qarashda bir muncha vaqt qotib qoldi. Shundan keyin bir necha qadam bosib Otabekning pinjiga yaqin keldi va esankiragan, hayajonlang'an bir tovush bilan so'radi:
— Siz o'shami?
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:19:48
— Men o'sha,— dedi bek. Ikkisi ham bir-birisiga beixtiyor termulishib qoldilar.

Kumushbibi og'ir tin olib:
— Ko'zlarimga ishonmayman,—dedi.

Otabek ko'zlarini to'ldirib qarab:
— Men ham,— dedi.

Shu vaqt ikki lab o'z-o'zidan bir-birisiga qovishdi... Kichkina nozik qo'llar yelka ustiga, kuchlik qo'llar qo'ltiq ostig'a yopishtilar.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:19:55
umushbibi Otabekning yuziga uzoq tikilib turdi-da:
— Kutilmagan bir baxt,— dedi va o'zining otidek bir narsaning tovshi kabi qilib kulib yubordi. Bu kulish havlilargacha eshitildi. Qiya ochilib turg'an uy eshigi ham qattiqqina beklandi. Kumushbibi Otabekning qo'lidan ushlab quyida yozib qo'yilg'an dasturxon yonig'a boshladi:
— Siz bo'lg'anlig'ingizni ilgaridan bilganimda boshqacha qarshilar edim,—dedi.
— Boshqa deb o'yladingizmi?
— O'ylash qayerda, siz bo'lursiz, deb ko'nglimga ham kelmagan edi,—dedi-da, tag'in kulib yubordi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:20:02
Dasturxon yonida Kumushbibining latif bilagiga Otabek oltin uzuk solur ekan, ul yerga qarag'an holda edi.

— Men sizga hech narsa ham hozirlamag'an edim...
— Hozirlamag'aningiz uchun o'kinasizmi?
— "¦
— O'kinmangiz,— dedi bek,— sizdan bir narsani so'rasam ayamassiz?
— Ayamayman.

Otabek Kumushbibining lablari ustidagi qora holig'a ishorat qilib:
— Shu yerdan bir o'pish bersangiz siz ham katta esdalik hozirlag'an bo'lur edingiz,— dedi.

Kumushbibi qizarindi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:20:16
* * *

Otabek Marg'ilon kelganning ikkinchi kuni poyafzal bozorida bo'lg'an edi. Asr namozning vaqti o'tib borg'anliqdan ul shundagi do'kondorlarning birisidan tahorat olish uchun suv so'radi. Ko'chadagi suv ariqning tegidan — soy oqar, shuning uchun undan foydalanish qulay emas edi. Do'kondor unga suvning qulay o'rnini ko'rsatdi: «Mana shu burchakdagi darbozadan ichkariga kirsangiz ariqning yuza joyini topib tahorat olursiz» dedi. Otabek do'kondorning ko'rsatishicha qutidorning tashqarisig'a kirdi. Shu vaqt tasodufan nima yumish bilandir mehmonxonadan chiqib kelguchi farishtaga ko'zi tushdi. Kumush ham ariq yoqasig'a kelib to'xtag'an chingilin yigitka beixtiyor qarab qoldi. Ixtiyoriy emas, g'ayri ixtiyoriy ikkisi ham bir-birisidan bir muncha vaqt ko'z ololmadilar. Oxirda Kumush nimadandir cho'chig'andek bo'ldi, yengilgina bir harakat bilan o'zini ichkari yo'lak tomong'a burdi. Bu burilishdan uning orqa o'ngini tutib yotqan qirq kokillari to'lqinlandilar. Kumush ichkariga qarab chopar ekan, yo'l ustidan ariq bo'yida qotib turg'an yigitka yana bir qarab qo'ydi va bu qarashda unga yengilgina bir tabassum ham hadya qildi... Kumush ichkariga kirib ko'zdan g'oyib bo'ldi, lekin Otabek yana bir necha daqiqa yerga mixlangandek qotib turdi...
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:20:23
Oxirda ko'zini katta ochib o'tkan daqiqada uchrashkani xayoliy go'zalni istab xayollandi. Biroq haqiqat boshqacha edi. Tahorat olmoq uchun ariq bo'yig'a o'lturdi. Ammo ko'zi xayol yashiring'an yo'lakda edi. Tahoratlanib bo'ldi, yana ko'zini o'sha tarafdan uzolmadi. Artinib olg'andan keyin yana oyog' ustida to'xtab qoldi. Yashiring'an go'zal ikkinchi qayta ko'rinmadi, ehtimolki, Otabekni ipsiz bog'lab, O'ZI qaysi burchakdan bo'lsa ham asiriga tamosho qilar edi.

Ko'b kutdi, asr namozini qazo qilib kuch bilan qutidor uyidan chiqdi va shu daqiqadan boshlab unda muhabbat mojarosi tug'lg'an edikim, bu yog'i ukug'uchimizga ma'lumdir. Kumushbibining yuqorida «Siz o'shami?» deb so'rashi shunga binoan bo'lib, ammo unga masalaning onglashilmay qolishi va chin baxtni bil'aks kutib olinishi qiziq edi. Shunday qilib ikki yoshning birinchi ham sof muhabbatlari qovishish bilan natijalandi.
   
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:20:30
12. CHAQIMCHILIQ

Bu kun yetti kun... Otabek qutidorning qizig'a uylandi. Ul bu xabarni Qo'qondan qaytishda eshitkan edi. O'zining qiiyofatiga yarasha qo'rqunch yo'llar izlar ekan, quloqlari tegi-da «...qizig'a uylandi»— jumlasi takrorlanib turg'andek bo'lar edi.

Uning Qo'qondan qaytishi ikkala xotini uchun ham ulug' bir falokat bo'ldi. Chunki arzimagan bir sabab bilan ikkalasi ham yaxshig'ina tayoq yeb oldi. Shuning uchun ikki kundash uning oldig'a kirishdan qo'rqib, yana to'g'risi uning sovuq aftini ko'rishdan jirkanib havlining chet-chetida yurarlar, ikki kundash bilittifoq unga o'lim so'rarlar; «Qo'qonda o'lsa, o'lugini itlar yesa biz achinarmi edik» deyarlar edi.

Ul o'lturgan ko'yi nima to'g'rida bo'lsa ham juda bosh og'ritib-o'ylar edi. Shu choqda uning tusidan yirtqichlik, bir gunohsizning ustiga xujumga hozirlang'an vaxshiylik belgulari ko'rilur edi. Har holda ul yaxshiliqqa emas, qandog' ham bo'lsa bir vaxshiylikka yo'llar, rejalar izlar edi. Oxiri uning yuzida istexzolik bir iljayish ko'rildi-da, bir narsaga qaror qo'yg'andek bir harakat yasadi va o'rnidan sakrab turib qoziqdag'i kirlab ketkan sallasini qo'lig'a oldi va havliga chiqdi. Tashqarisida besh do'konlab ish tukib turg'an xalfa shogirdlariga ba'zi ta'limotlarni bergach, bir ulug' darboza orqaliq ko'chaga yurdi. O'ralib bitmagan sallasini tuzata-tuzata tor, kirdi-chiqdilik ko'chalar bilan shaharning kunbotar tomonig'a, beklar maxallasiga qarab ketdi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:20:37
Beklar mahallasining boshlanishida, janubga qaratib qurilg'an ulug' bir darbozaning yonida ikki nafar miltiq va qilichlik yigit so'zlashib turar edilar. Bularning yoniga bizga ma'lum kishi kelib to'xtadi va ulardan so'radi:
— Bek uydamilar?

So'zning beliga tepkani uchun yigitning birisi o'shshayib so'rag'uchig'a qaradi, ikkinchisi qo'llari orasidari miltig'i bilan ichkariga ishorat qilib javob berdi:
— Bor!

Darbozadan ichkariga kirilgach, saroy kabi bir havli, ayvonda o'n beshka yaqin yarog'liq yigitlar to'nkalardan gulxan solib, isinib ulturmakda edilar. Ul to'rdagi ayvon orqaliq yuriladirgan uyning eshigida turg'uchi yigit og'asining yonig'a bordi va qo'rboshi bilan uchrashmak orzusida bo'lg'anlig'ini aytib undan kirishka ijozat so'radi. Yigit og'asining raxbarligi bilan ichkariga kirdi: boshig'a ko'k salla cho'lg'ag'an, egniga o'ratepaning bosmasidan chakman, beliga kumush kamar bog'lab kumush qinlik qilichini» tizasiga boskan, qora tanlik bo'lsa ham ko'knorimi, taryakmi iste'molidan yuzi sarg'ayg'an qirq-elli yoshlar chamaliq bir kishi yorliq sumon bir yozuvni o'qub o'lturmoqda edi. Qurboshi kelguchining salomiga e'tiborsizg'ina javoblang'an bo'ldi-da, ruhsiz bir-tovush bilan:
— Nima qilib yuribsan?—deb so'radi.
— Taqsir, sizga arz bor.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:20:44
Yigit og'asi kelguchini qoldirib chiqdi. Kelguchi eshik yonida oyog' ustida qo'l bog'lab turar edi.

— Qanday arzing bor?
— Taqsir... ijozat bersangiz o'ltursam...
— Xo'b, o'ltur.

Kelguchi ko'b tutulib tusi o'ngg'an gilam ustidan yurib borib qo'rboshi qarshisig'a tavozi' bilan o'lturdi. Qurboshi qo'lidag'u yozuvni buklab qo'ynig'a tiqdi-da, kelguchini yer ostidan kuzatdi.

— Qayerliksan?
— Taqsir... shu yerlik, Marg'ilonliq
— Oting nima?
— Taqsir... Homid.
— Nima kasb qilasan?
— Ustakorlik.
— Yaxshi, arzingni gapir?
   
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:20:51
Homid o'zining tovshig'a yasama bir oxang berib arzini boshladi:

— Janobi padari arus shahanshohi Musulmonqul baxodir zamoni adolatlarida ham,—dedi Homid,—qora choponliqlar xanuz tinch yotmay yurtni qipchoq og'alarig'a qarshi oyog'landirmoqchi bo'ladirlar, ishni yana tadbirsiz qora choponlar qo'lig'a olib mamlakatni buzg'unlikka solmoqchi bo'ladirlar... Biz bunday buzuqilar yolg'iz Toshkanddagi Azizbek bilan uning yo'lboshchisi bo'lg'an Yusufbek hoji, deb bilar edik. Biroq ularning urug'i bizning Marg'ilong'a ham sochilg'an ekan. Qo'rboshining ko'zi ola-kula keldi:
— Nima deysan? U kim ekan Marg'ilonda?!
— Bittasi mashxur buzuqi toshkandlik Yusufbekning hozirda Marg'ilonda turg'uchi o'g'li—Otabek ismlik bir yigit, ikkinchisi uning hammaslaki va qayinotasi bo'lg'an Mirzakarim qutidor.
— Hali-ya?
— Shundog', taqsir.
— Sen bu gapni qayog'dan bilding?
— Shu kunlarda ularning bir majlislarida bo'lgan edim, taqsir...
— Xo'sh, xo'sh, majlisda?
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:20:59
— Majlisda ko'b gaplar o'tdi, taqsir,—dedi Homid,—majlisning boshlug'i bo'lg'an Otabek qipchoqlarning zulm va ta'addisini, qipchoqlardan ishni olmoq uchun Toshkandda Azizbek va o'z otasi boshliq bilfe'l ish boshlag'anlarini so'zlab, Marg'ilonning ham mundan so'ng oyoqqa qalqishi kerakligini aytdi... Majlis ahli, ayniqsa Mirzakarim uning so'zini kuchlab tushdi. Agar bu ishning oldini olinmasa, hukumat va mamlakat uchun natija qo'rqunchdir, taqsir.
— Majlis kimnikida edi?

Homid tarafidan kutilmagan bir savol. Homid o'ziga berilgan bu savol qarshisida taraddudlanib qoldi. Chunki majlis o'rnini aytsa pochchasi bilan jiyani Rahmatning ham qo'lg'a tushishlari aniq va buning bilan ul O'Z oyog'ig'a bolta qo'yg'an bo'lar edi. Shu mulohaza yuzasidan ul tutilikdi:
— Majlis o'rni yodimda yo'q, taqsir.

Mantiqsiz bu javobga qarshi qo'rboshi achchig'i bilan baqirdi:
— Yodimda yo'q?!

Homid garangsidi va bir xil sinik tovushda:
— Esimda bo'lsa ham nozik bir joy edi, taqsir,— dedi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:21:05
— Nozik bir joy edimi!—deb qo'rboshi zaharxanda qildi,— agar aytmasang o'sha muttahamlar tiqiladirg'an chuqurg'a sen ham tashlanasan.
— Kechiringiz, taqsir.

Qo'rboshi yirtqichlardek bo'kirdi:
— Kechirish yo'q!

Homid uchun eng keyingi choradan boshqa iloj yo'q edi—cho'ntak kavlashka tutindi va yuz mashaqqat bilan yonchig'ini chikardi. Yonchiqdan o'nga yaqin oltinlarni sanoqsizcha olib, qo'rboshirg'a uzatdi:
— Taqsir... sizga atag'an nazrimiz edi...

Homid kavlana boshlarandanoq qo'rboshining ustidan sovuq suv sepilgan edi. Ul oltinlarni yonig'a solib joylag'ach tovshi ham eski holig'a qaytib, so'zlar ham muloyim tortdi.
— Demak, nozik joy edi, degin Homidboy.
— Taqsir...
— Badbaxtlar shunday maslahat qildilarmi hali?
— Taqsir... Bu ishning oldini olinmasa natija yomon albatta.
   
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:21:12
— Albatta biz o'sha buzuqilarning jazolarini berarmiz.. — Men xozir borib bekka arz qilay, shu kechadan qoldirmay qo'lg'a olamiz muttahamlarni,— dedi qo'rboshi.

Homidning chehrasi ochilib ketkan edi. Qo'rboshi o'zining imo va ishorasig'a o'tkanlikdan uning ko'zida o'ch olish quvonchlari va undan keyingi Homidning o'ziga ma'lum bo'lg'an bir baxt umidlari o'ynar edilar. Qo'rboshi tokchadan davot, qalam olib oldig'a qo'ydi-da, yozuvg'a hozirlanib so'radi:
— Aytchi Homidboy, muttahamlar kimlar edi?
— Bittasi toshkandlik Yusufbek hojining o'g'li—Otabek.

Qo'rboshi yozdi:
— Ha-ha! Hali Yusufbek hojining o'g'li degin. Bizning Marg'ilonni ham qong'a botirmoqchi ekan-da, muttahamlar, ikkinchisi?
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:21:19
— Shu kunlarda Otabekka qizini bergan Marg'ilonlik Mirzakarim.
— Pes-pesni qorong'ida topqan ekan, uchunchisi?
— Otabekning quli—Hasanali.
— To'rtinchisi?

Homid bir oz o'ylab javob berdi:
— Bilmadim... Hozir Marg'ilondami, yo'qmi andijonlik Akram hoji.

Qo'rboshi yozdi:
— Ish katta ekan, tag'in?
— Endi yo'q, taqsir,— dedi Homid va so'ziga shuni ham qo'shdi,— Otabek bilan Mirzakarim qo'lg'a olinsalar ilonning boshi yanchilgan hisoblanib, o'zgalarning qo'lidan ish keladirgan odamlar emas, taqsir.

Qo'rboshi yozuvni bitirib qo'ynig'a tiqdi —«Bo'lmasa ish bitdi, ertaga erta bilan mojaroni eshitarsan»—dedi. Homid o'rnidan turib qo'rboshig'a qulliq qilib chiqdi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:21:30
13. QAMOQ

«Yormozor» mavzi'ida shahar qo'rg'onig'a tiralib soling'an o'rda. O'rda darbozasining Sahni botmonlab hisoblang'an mevazor bo'lib, bunda olma, o'rik, nok va tut yog'ochlari xilig'ina bor edilar. Darbozannng ikki biqinini o'rab olg'an loyig'a gullar, naqshlar tushirilib ishlangan sakkiz gazlar yuksaklikda o'rda qo'rg'oni, darbozaning ikki burchida alachami, bo'zdanmi uzun choponlar kiyib, boshlarig'a quloqchin ko'ndirg'an, qayish kamar ustidan qilich tiqinib miltiqlarig'a suyang'an ikki yigit ko'rinadirlar — bular navbatchi o'rda qorovuli, qorong'i tushishka yaqinlashqanliqdan qiya yopilib turg'an darbozani kimdir, ichkaridan «bittasi zichlab yopdi-da, kuch sarf qilib darbozaning zo'r zanjirini sharaq-shuriq etib bog'ladi. Hozir bizga o'rda ichiga kirish mumkin bo'lmag'ani uchun qo'rg'onning tashqari tegrasida aylanib turaylik: darbozaning so'l bikinig'a qarab ikki yuz adim ketsak qo'rg'on devori tugalab, burchka etiladir. Qo'rg'on burchiga qorovul turish uchun maxsus manora shakilli joy yasalg'an bo'lsa ham hozirda navbatchidan holidir. Shundan keyin bir bo'shliq yer bilan qo'rg'onning janubiga qarab ketiladir. To'rt yuz adimlab borilg'ach, qo'rg'onning sharqi-janubi burchiga etilib, bu burchini ham anovisidek qorovulsiz topiladir. Bu burchdan qarag'an kishiga qo'rg'onning g'arbi-janubi burchi ham ko'rinib, shu yo'sunda o'rdaning to'rt burchini aylanib chikilsa bir ming olti yuz adim bosilg'an bo'lib o'rdaning g'arb tomonidan biz tanishqan o'rda darbozasig'a kelinadir.
   
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:21:41
Hozir qorong'i ham o'bdan tushkanliqdan kishi-kishini tanimasliq darajada edi. Boyag'i darboza ustida ko'ringan qorovullar hamon qora haykal kabi qotib turar edilar.

Shahar ichidan o'rda darbozasig'a qarab kelmakda bo'lg'an bir necha ot oyog'larini eshitib qorovullardan bittasi —«tuyoq tovshimi?» deb, ikkinchisiga savol tashlab qo'ydi. Ikkinchi qorovul mo'ralab-mo'ralab yo'lg'a qaradi:
— Uch otliq ko'rinadir.
— Vaqtsiz kelguchi kim ekan?
— Bunday vaqtda qo'rboshidan boshqa kishi kelmas edi, ehtimol o'shadir.

Darvoqi qo'rboshi o'zining ikki yigiti bilan yetib keldi va otidan qo'nib jilovini yigitining qo'liga berar ekan, qorovullarg'a buyurdi:
— Darbozani ochsinlar!
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:21:48
Qorovullar ichkarig'a xabar bergandan so'ng darboza ochilib, qo'rboshi ichkarig'a kirdi. O'rdaning tevarak masohatini biz chamalab ko'rgan edik, shuning uchun o'rdani qay daraja keng bo'lishi ham bizga qiyosan ma'lum. Ammo o'rdaning ko'proq qismi darboza tomonida qoldirilib, janubka tortilg'an xatti mustaqim bir devor bilan bo'ling'an edi. Narigi tomon o'rdaning ichkari qismini tashkil etib, unda bek—xokim oilasi turar edi. O'rdaning tashqarig'i qismining uch tarafi (janub, sharq, g'arb) binosiz, faqat qo'rg'on devorlarining zinalari edi. Ammo imorat qismi darboza bilan bir qatorda bo'lib, so'l biqinida devonxona, uning qatorida bo'yig'a qirq, eniga yigirma olchin joy olgan o'n besh darichalik kattakon chorxari uy, ichida elli chog'liq bek. yigitlari gulxan solib o'lturar edilar. Bu uyning qatori oshxona, otxona va shuningdek xojat uylarini tashkil etar edi-lar.

Qo'rboshi darbozabon yonida to'xtab, undan so'radi:
— Bek ichkaridamilar?

Darbozabon darbozani kuchanib yopar ekan, javob berdi:
— Bilmadim, taqsir.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:21:56
O'rdaning charog'chisi darboza yaqinidag'i mash'ala yog'ochig'a o't berib, butun o'rda ichi yorib ketdi. Qo'rboshi darbozaning o'ng tarafiga qarab yurdi. Bu tomonda nihoyatda ziynatlanib bino qiling'an oliy imoratlar bo'lib, shahar ustalarining hamma san'at va mahoratlari shu binolarda gavdalanur edi. Qo'rboshi birinchi eshik yonida turgan yarog'liq qorovuldan o'tib, kichikrak, — naqshlik bir uyga kirdi. Ikkinchi eshikdan o'tib, ulug' bir zolga chiqdi. Zol juda nafis ishlangan edi: oltin qandildagi ellilab sham'larning nuri bilan munaqqash devorlarning oltin, kumush, ko'k-qizil, oq-pushti, sariq-qora gullari yulduzlardek yashnab, uyga bir xayoliylik berar edilar. Uyning ostig'a to'shalgan qizil lola gullik gilam kishini go'yo bir chamanda xis etdirar edi. Zolning to'rida, kichkina haldor bir eshikcha yonida, atlas ko'rpacha ustida o'n besh yoshlar chamaliq, qizil duxobadan kiyingan ko'rkam bir o'g'lon palov yeb turar edi.

Qurboshi eshikdan kirar ekan, o'g'long'a qarab kulimsiradi:
— Ha, Axmadxon, siz shu yerda ekansiz,—dedi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:22:03
Axmadxon joyidan qo'zg'almadi:
— Men hamisha shu yerda, qani oshg'a.
— Rahmat. Qushbegi ichkaridadirlar?
— Ichkaridalar,—dedi Axmadxon,—men to'yib qoldim, kelsangizchi.
— Bo'lmasa tabarruk qo'lingiz bilan bitta oshatsangiz.

Axmadxon qo'lig'a siqquncha osh olib qo'rboshig'a tutti, qo'rboshi ixlos bilan Axmadxonning qo'lidan oshadi... Ul oshnig'ina emas, xatto Axmadxonning qo'lini ham oshaydirg'an edi.

Kub fursat o'tmadi. To'rdagi kichkina eshik ochilib ichkaridan to'la yuzliq, o'sik qoshliq, og'ir karag'uchi ko'zlik, siyrak soqol, o'rta bo'ylik, ustidan kimxob to'n kiyib, beliga qilich oskan kirq besh yoshlar chamasida bir kishi ko'rindi. Axmadxon bilan qo'rboshining o'rinlaridan turib ta'zim qilishlaridan bu zotning kim ekanlig'i bilinar edi. Bu kishi kelib atlas ko'rpacha ustiga o'lturdi va o'zining salmoq tovshi bilan:
— Qalay, Holiqbek,— dedi,— yurtlaringiz tinchlikmi, o'lturing.
   
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:22:19
— Xudoyga shukur, davlatlari ko'lankasida,—deb qo'rboshi tavozi'landi va ko'l qovishtirib qushbegining yakinig'a cho'kkaladi. Axmadxon bo'sh laganni dasturxoni bilan ko'tarib qushbegi kelg'an eshikdan chiqdi.
— Kechagi ug'rilar nima bo'ldi, qo'lg'a tushirdingizmi?
— Davlatlari ko'lankasida... O'grilardan bittasi tutildi, davlatlari yori bersa qolg'anlari ham ushlanur, deb o'ylayman.
— Boshqa nima xabarlar bor?

Qo'rboshi yuziga jiddiylik holati berdi:
— Davlatlari yori bersa hukumatimiz uchun qo'rqunch bo'lg'an buzuqilar uyasini topqandekman,— dedi.

Qushbegi o'ziga o'ngg'aysizliq bermakda bo'lg'an qilichini tizasiga olib hamon sovuqqonliliq bilan so'radi:
— Qanday buzuqilar uyasi?
— Qanday buzuqilar uyasi bo'lsin, taqsir,—dedi qo'rboshi,— dunyoda qora choponliklardan ham kuchlirak buzuqilar bo'ladimi?..
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:22:26
Qushbegi kutarilinqirab oldi va ko'zlari bir oz kattaroq ochildi:
— Xo'sh?
— Ma'lumingiz ulardan Azizbek bilan Yusufbek Toshkandda bilfe'l isyon chiqarib yotadirlar. Biroq ular shuning o'zigagina qoniqmay Marg'ilonni ham buzish fikriga tushkanlar va shu maqsadda bu erga odam ham qo'ndirg'anlar.
— Odami kim, tanidingizmi?
— Tanidim, taqsir,— dedi qo'rboshi mag'rur bir ohangda,— Yusufbek hojining o'gli va o'zimizning Marg'ilondan ham yana bir necha buzuqilar.
— Yusufbek hojining o'gli?
— Taqsir... ismi Otabek.

Qushbegining ko'zi yondi... Manglay etlari tirishib, so'l qo'l bilan soqolini tutamlab fikrga ketdi. Bu xabar unga boshqacha ta'sir bergan edi: Toshkandning Qo'qong'a qarshi isyon kilg'an bir zamonida, isyonchilardan biri ham birinchisi bo'lib tanilg'an Yusufbek hojidek bir kimsaning o'z o'g'lini Marg'ilonga yuborib, bunda ham isyon chiqarish qasdida bo'lmogi uningcha juda yaqin va shubhasiz edi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:22:41
— Ul hozir qayerda turadir?
— Mirzakarim qutidor ismlik bir kishinikida.
— Mirzakarim bilan qanday aloqasi bor emish?
— Barakalla, taqsir,—dedi qo'rboshi,—Otabekning Marg'ilondan topqan eng yaqin kishisi shu qutidordir. Mundan bir necha kun ilgari Otabekka o'z qizini berib kuyav ham qilibdir. Aytishlaricha Otabekning barcha rejalari shu qutidor bilan kengashib bo'lar ekan.
— Ularning tevaragiga kimlar yig'ilg'an?

Qo'rboshi qo'ynidagi yozuvni olib qushbegiga uzatdi:
— Hozircha menga ma'lum bo'lg'an buzuqilar shunda.

Qushbegi yozuvg'a ko'z yugurtirib ro'yxatdagi kishilarni darhol keltirishga buyurdi. Qurboshi qulliq qilib chiqg'ach, yana bir qayta yozuvni o'qub fikrga toldi.
   
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:22:55
* * *

O'tabboy qushbegi hozirg'ina ichkari o'rdadan qaytib chiqg'an edi. Shu orada qo'rboshi kirib unga qulliq qildi:
— Keltirdim, taqsir. Biroq, ikkisini topolmadim.

Qushbegi chidamsizlik bilan:
— Otabekni-chi?—deb so'radi.

Qo'rboshi muzaffarona javob berdi:
— Tutdim, taqsir, qutidorni ham.
— Olib kiringiz.

Qushbegi tinchlandi, qo'rboshi daxlizdan tashqarig'a ishorat berdi va qaytib qushbegiga ruxsat qullig'i ado qildi va undan izn olib o'lturdi. Eshikdan ikki qurollik yigit muhofazatida Otabek va qutidor ko'rinib bekka qulliq qildilar. Qushbegi yarog'lik yigitlarni qaytishga buyurib, gunohkorlarni yovoshg'ina qilib o'z oldiga chaqirdi. Otabekda tushunmaslikdan boshqa o'zgarish sezilmasa ham qutidor juda qo'rqqan, rangi o'chkan edi.. Ikkisi tenglikda qushbegiga qarshi cho'kkaladilar.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:23:01
Otabekni ortiqcha bir diqqat bilan ko'z tegidan o'tkarg'ach, qushbegi so'radi:
— Otabek degan sizmi?
— Taqsir, man.
— Toshkandlik Yusufbek hojining o'g'lisiz?
— Taqsir.
— Xozir Marg'ilonda turasizmi?
— Taqsir.
— Marg'ilon kelganingizga ko'b bo'ldimi?
— Qirq kunlar chamasi.
— Marg'ilong'a nima yumish bilan kelgan edingiz?
— Savdogarchilnk bilan, taqsir.
— O'zingiz yolgizmi?
— Bir kishim bor edi.

Qushbegi qo'lidagi ro'yxatka qarab oldi va davom etdi:
— Hasanali kim bo'ladir?
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:23:08
Otabekdagi boyag'i tushunmaslik bir shubhaga alishindi. Ammo parvosizcha jayobini beraverdi:
— Qulimiz bo'ladir, Toshkanddan kelgandagi yo'ldoshim shu siz aytkan Hasanali edi.
— Hasanali bu kunda qayerda?
— Marg'ilonda.
— Siz bilan birga turadimi?
— Yo'q. Saroyda bir muncha mollarimiz bo'lar edi, saroyda mollarg'a qarab turadir.
— Bu kishi kimingiz?
— Qayin ot'amiz.
— Ko'bdan berimi?
— Bu kun sakkizinchi kun...
— Ilgari o'zingiz uylangan edingizmi?
— Yo'q
— O'zingiz toshkandlik bo'laturib nima majburiyat ostida Marg'ilondan uylandingiz?

Bu savoldan Otabek bir oz o'ngg'aysizlanib to'xtadi. Ammo bu o'ngg'aysizlanishdan qushbegining oldida boshqa bir haqiqat ochilgandek bo'ldi:
— Javob beringiz.
— Taqdir, taqsir.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:23:16
Qushbegi bir oz o'ylab olib yana savol berdi:
— Marg'ilonda kimlarni taniysiz?
— Marg'ilonda uch-to'rt kishidan boshqa odamni tanimayman.
— Akram hojini tanirsiz?
— Taniyman. Uning bilan bir necha majlislarda o'lturishkan edim.
— Bu kunda Akram hoji oshnangiz qayerda?
— Bilmadim, taqsir,—dedi va qayin otasiga qaradi.

Qutidor javob berdi:
— Akram hoji bu kunlarda Andijonda bo'lsa kerak, taqsir.
— Xo'b. Otabek, siz javob beringiz: Akram hoji bilan bo'lg'an majlislaringiz kimnikida edi?

Otabek bunday so'roqlarning bekorga emasligini payqab, buning tegida qanday bo'lsa ham bir gap borlig'ig'a ishondi:
— Birinchi majlisimiz mundan bir oy chamasi burun Ziyo aka deganning uyida, ikkinchisi (qutidorga imo qilib) bu kishinikida bo'lg'an edi. Shu majlislarda Akram hoji ham bor edi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:23:22
— Ziyo akanikida bo'lg'an majlisinngizga kimlar ishtirok qildi?
— Men, Ziyo shohichi, bu kishi (qutidor),—dedi va bir oz o'ylanib oldi,—3iyo akaning o'gli -- Rahmat, Akram hoji, Hasanali, Homid ismlik yana bir kishi.

Homid ismini eshitkan qurboshi tasdiq qilg'andek bir harakat yasab qo'ydi. Qushbegi qo'rboshira yer tegidan ko'z yuborib oldi-da, davom qildi:
— Ikkinchi majlisingizda kimlar bo'ldi?
— Ikkinchi majlisimizda boyag'i kishilarg'ina bo'ldi. Faqat Homid yo'q edi.
— Boya, Marg'ilon kelganimg'a necha kun bo'ldi, dedingiz?
— Qirq kunlar chamasi.
— Yaxshi,— dedi qushbegi,— aytingiz-chi, qirq kunlab Marg'ilonda qolishingizning sababi nima edi?
— Ma'lumki, hozir Toshkand qamal (muxosara) holatidadir. Shunday vaqtda Toshkandga qaytish o'zi aqlsizlik bo'lar edi.
— Qorachoponchi bo'lg'aningiz uchun,— dedi istehzo qilib qush-begi,— qipchoq og'aynilardan qo'rqdingizmi?
— So'zingizga tushunolmayman,—dedi kulib Otabek.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:23:29
Bu gapni oddiy kishiga aytkandek qilib so'zladi. Qutidor uning bu aytkan gapidan emas, kulishidan nihoyat darajada qo'rquvg'a tushib o'zida issig'liq-sovug'liq bir holat xis etkan edi. Hokimlarga garchi to'g'ri bo'lg'anda ham dag'alroq so'z aytish o'limni tilash bilan teng edi. O'tabboy qushbegi zamona xokimlarining tuzugi bo'lsa ham, ko'b bo'lmasa ozroq ularning ta'siri bunda ham bor edi. Otabekning bu gapidan qizishdi:
— Qipchoq dushmani bo'lg'an otangiz Yusufbek hojini unutdingizmi. Otangizning sizga bergan vakolati qaerda qoldi?
— Qipchoq dushmani kim, otam kimga qanday vakolat bergan, xudo haqqi uchun ochib so'zlangiz, yo'qsa yorilaman, taqsir!
— O'zingizni tag'ofulga solmangiz, bek yigit,—dedi qushbegi,— otangizning kim ekanini, sizni Marg'ilonga nima uchun yuborg'anini, qutidor bilan munda qanday ishlar qilmoqda bo'lg'anlig'ingizni, barchasini hujjatlari bilan bilamiz. Siz marg'ilonliq og'aynilarni qipchoqlarg'a qarshi oyoqlandirmoqchi bo'lasiz, buni ham yaxshi bilamiz!..

Otabek: — Yo ollo!
Qutidor: — Yo ollo!
   
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:23:37
Otabek azbaroyi bo'g'ilib ketkanidan ko'kimtil tovlang'an, qutidor bezgaklardek titray boshlag'an edi. Otabek o'zini kuch bi-lan yig'ishtirdi:

— Bunda zo'r tuxmat bor, taqsir,—dedi,—otamni qipchoq dushmani va meni Marg'ilon og'aynilarini isyonga hozirlash uchun kelgan, deb o'ylaysizmi?
— O'ylamaymiz, ammo yaxshi bilamiz. Qutidorning sizga ni-ma uchun qizini berib, kuyav qilg'anig'a ham yaxshi tushunamiz.

Qutidor suratdek qotib qoldi, Otabek bo'lsa o'zidagi hayajonni kuch hol bilan tarkatishg'a tirishar edi. Qushbegi bilan qo'rboshi bu ikki gunohkorni ta'qib etar, ulardagi har bir harakatni o'zlaricha bir narsaga yo'yar edilar.

Uch-to'rt daqiqalik sukutdan keyin Otabek tilga keldi:
   
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:23:45
— Biz bu daqiqada sizning fikringizcha go'yo bir ig'vogar, go'yo bir isyonchi bo'lib tanilib turibmiz,—dedi bek,—chindan ham shundog' kishilarmizmi, yo'qmi buni albatta sizning tekshirishlaringiz, haqiqatlaringiz ko'rsatar. Men sizning qilichingiz ostida o'limdan qo'rqib yoki sizga xushomad uchun so'zlamay hukumat kishilarimiz orasida tushunadirg'an bir odam bo'lg'anlig'ing'iz vajidan otamning ham o'zimning qanday fikr va maslak kishisi ekanligimizni aytib o'tmakchi bo'laman: biz na qipchoqlarg'a tarafdor bir kishi va na shaharlik og'aynilarg'a. Bu ikkn firqa bizning nazarimizda bir-birisidan mumtoz, idora ishida biri-biridan ortiqroq xalqlar emasdir. Shunga binoan Turkiston xalqlarining istiqbollarini bu ikki firqaning bittasiga havola qilish baayni qo'yni bo'riga topshirish qabilidan bo'ladir. Nega desangiz, har ikki tomonning ish boshig'a intilg'an kishilarning ko'kragiga qo'l solib ko'rsangiz, birisining faqat el talamoq, boylik ortdirmoqqag'ina bo'lg'an g'arazini, ikkinchisining ko'rkli xotinlar, yuqori turmishlar uchun bo'lg'an maqsadinig'ina ko'rib, ikki oradan «elni tinchitay, el ham rohat tirikchilik qilsin» degan uchunchi bir oliy maqsadni charog' yoqib axtarsangiz ham topolmassiz. Mana biz, taqsir, shu keyingi ishda ko'rilmasa ham faqat shirin xayollardag'ina yurgan oliy firqaga o'zimizda tarafdorliq xis etamiz. Otamning Azizbekka yaqin turishi qipchoq dushmani, qorachopon tarafdori bo'lg'anidan emas, balki boyag'i maslakka bir xizmat qilmok uchundir. Taassufki, otamning Azizbekdan bo'lgan umidi bo'shka ketdi: bu kun ul o'zining yaramas xayoli yo'lida xondan yuz o'girdi va bu orada qancha gunohsizning qoni to'kilishiga sabab bo'lmoqdadir. Manim bu so'zlarimga ishoning, ishonmang ixtiyor albatta sizdadir. Ammo bundog' eng jo'n bo'xton bilan qoralanishimga vijdonim qarshisida so'ng daraja muazzabman, taqsir!
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:23:51
Qushbegi Otabekning bu gaplaridan yaxshig'ina taraddudga tushkan edi, ammo —«Azizbekning otalig'i va kengashchisi» bo'lgan Yusufbek hojining o'gli bo'lishi uning miyasini qotirg'an, balki, bu gaplar shunday ehtimollarga qarshi dastur qilib berilgan bo'lmasin, degan fikrga kelgan edi. Otabekning yuqoridag'i gaplaridan so'ng bo'lgan undagi o'zgarish ham faqat bu ishni yaxshilab tekshirish va hozirdan bir hukm bermaslikkina bo'ldi.

— Har holda sizning yaxshi niyatlik kishilar bo'lmag'anlig'ingiz ko'zimiz o'ngidadir,—dedi qushbegi,—shuning uchun to xaqiqat oshkor bo'lgunchalik har ikkingiz zindonda qolarsiz.

Otabek bir so'z aytmay sukut qildi. Qutidor «chora yo'qmi?»-degandek qilib kuyaviga qaradi. Qushbegining ishorati bilan yigitlar hozir bo'lib, gunohkorlar zindonga jo'natildilar. Qushbegining —«Ertaga uyida majlis qurilganlarni va bu majlisda ishtirok qilgan boshqalarni ham qo'lga olib, huzurimga keltiringiz!» degan amridan so'ng qo'rboshi ham ruxsat olib chiqdi.
   
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:24:03
14. NAJOT ISTAB TOSHKANDGA

Bu kun sakkiz kundan beriga—«kutilmagan bir baxt» egasi bo'lib olgan Kumushbibi uchun bu hol kutilmagan bir baxtsizlik, kutilmagan bir falokat edi. Endigina «Bekni uylantirdim, suyganiga qo'shib quvontirdim» deb bu uylantirishning husni va qubhini tuzukrakkina o'ylay olmagan Hasanali uchun ham bu voqi'a kichkina gap, ozgina kayg'u emas edi. Ko'zining oqu qarosi, yolg'iz qizini maxtovlik kuyavga berib, qizi bilan kuyavining bir daqiqa ham bir-birlaridan ajrasha olmag'anlarini ko'rib ko'ylagiga sig'may yurgan Oftob oyim uchun kuyavigina emas xatto erining ham bu vartaga tushmog'i chiday olarliq bir hol emas edi. Kumushbibi o'zining «kutilmagan bir baxti» uchun ishonmag'anday bo'lib yurar edi. Chindan ham mundan keyin qaytadan qovishmog'ig'a ishonmay qo'ydi. Hasanali «qutildim» degan edi, yana tog'dek kayg'uh'a tutildi. Oftob oyimning suyingani ichiga tushdi.

Kumushbibi bilan -Oftob oyimning bu falokatka qarshi topqan-tutqanlari yolg'iz ko'z yoshi to'kishkina bo'ldi. Bu falokatning og'irlig'i yana o'zining tog'dek kattaligi bilan Hasanalining ustig'a tushdi. Kumushbibi eri bilan otasining najotlarini kimdan kutishni bilmas edi-da, qora ko'zlarini jiq yoshg'a to'latib— «endi nima qilamiz?» degandek Hasanaliga termular edi. Qutidor oilasida boshqa er zoti bo'lmag'anliqdan Oftob oyim qarindoshlaridan «jonkuyar» deb tanilg'an kishi Kumushning tog'asi Axmadbek bo'lib, ul ham umrining ko'pini Qo'qondami, Xo'janddami o'tkarar, shuning uchun undan ham yori kutish uzoq gap edi. Mana bu jihatdan ham Kumush va onasining birdan bir ishong'anlari yana Hasanalining o'zi edi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:24:10
Barcha og'irliq Hasanalining ustida. O'zingning tug'ilib o'sqan yeringda og'a-inilaring, bilish-tanishlaring bo'lib har nuchikda ulardan shuningdek og'ir kunlarda so'z bilan, ish bilan bir yordam ola bilasan. Ammo bizning Hasanali Toshkandda emas — Marg'ilonda, musofaratda, kishilarini tanimag'an bir shaharda. Boshda Hasanali Ziyo shohichi bilan uning o'g'li Rahmatdan yaxshig'ina umid tutkan, har holda ulardan boshqa tayanarlik; kishim yo'q, deb o'ylag'an edi. Baxtka qarshi bu fikrdan ham tezda qo'l yuvdi: Ziyo aka bilan Rahmat ham qo'lg'a olindilar va Hasanalining o'zi ham qidirila boshlandi. Hasanali va Kumushbibilarning qayg'ulari yana bir qat oshti, qo'rqunchi ustiga qo'rqunch qo'shildi. Hasanali ham Otabeklar bilan birlikda birinchi kun qo'shilib qamalg'an bo'lar edi, biroq uning saroyda bo'lishi ular-dan ajralib qolishig'a sabab bo'lg'an edi. Qo'rboshi yigitlari tomonidan Hasanali ham qidirilib boshlang'ach, ulardagi «balki bu kun, erta bo'shatib yuborarlar» degan umid ham bo'shg'a chiqdi. Boshda Hasanali o'z erki bilan hukumatka topshirilib, maxbuslarg'a jazo kelsa birlikda tortib, qutilish muyassar bo'lsa birga qutilishg'a o'ylab qarag'an edi. Uning bu fikriga Kumush bilan onasi qarshi tushdilar: «Sizning ozod yurishingiz maxbuslar uchun balki foydali bo'lar» dedilar. Hasanalining o'zi ham ularning ra'yini muvofiq topdi. Biroq uning tashvishi ikki qat oshdi: har daqiqa xadukda, qo'rboshi yigitlaridan qochib yashirinishg'a, har soat joy yangilashka majbur edi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:24:20
Hasanali kunlarini tomoqsiz, tunlarini uyqusiz kechira boshladi: «Otabeklar nega qamaldilar, qanday gunohlari bor ekan? Otabekning ipidan-ninasigacha bo'lg'an sirri unga ma'lum emasmidi?— Bu jihat bilan o'ylag'anda —«Qutidorlarning birar ishlari balosiga qoldiyov»— deb fikr qilar edi. Bu falokatni umumiyroq tekshirib boshlasa, xalq og'zida maqol o'rnida iste'mol qiling'an «Ajalingning yetishi qilg'an yozig'ingdan emas — bek akangning qonsirashi» degan gap ko'ngliga tushar edi-da, beixtiyor uflab yuborar edi.

Oradan besh kunlab o'tdi, maxbuslar zindon balosidan quti-la olmag'anlaridek, ularning qamalish sirlari ham hech kimga bilinmadi. Hasanali shu besh kun ichida maxbuslarning najotlari yo'lida qora pullik ish chiqara olmag'anidek, bundan keyin ham bir ish qila olishig'a ko'zi yetmay qoldi. Chunki qo'rboshi yigit-laridan saqlana olishning o'zi ham unga katta vazifa darajasida edi.
   
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:24:31
Nihoyat Marg'ilonda turish fikridan qaytib, Toshkand jo'nash xayoliga tushdi. Bu kunlarda ham Toshkand tinchsizligi bir taraflik bo'lmag'an, xanuz Toshkand Qo'qon sipohlari tomonidan muhosara holatida ekanligi to'g'risida xabarlar kelib turmoqda edi. Hasanali bu gaplardan xabarsiz emas, Toshkandga kirib olishning qay daraja qo'rqunch bo'lg'anlig'i ham uning ko'z o'ngida edi. Ish shundog' bo'lsa ham ul Toshkand jo'nash uchun o'zida bir majburiyat xis etar, najot yo'llarini endi Toshkanddan izlamasa boshqa chora yo'q edi. Qarorni shunga berib, bu fikrini Kumush bilan Oftob oyimg'a so'zladi. Ularda epaqalik bir miya, Hasanaliga yo'l ko'rsatadirg'an ixtiyor qolmag'an, topkanlari faqat yig'i edi. Hasanalining «Siz bilan manim qo'llarimizdan bir ish chiqadirg'an o'xshamaydir. Nima bo'lsa ham men Toshkand borib, najotni o'sha yerdan izlamasam bo'lmas» deyishiga qarshi Kumushbibi bir xil siniq tovushda:

— Marg'ilondan topilmag'an najot Toshkanddan topilsin-mi?—dedi.
— Biz endi shunga majburmiz, qizim,—dedi Hasanali,— qayin otangiz ehtimol buning birar chorasini topar.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:24:38
— Biz endi shunday qolaberamizmi, agar zolimlar...—dedi-da, Kumush so'zining oxirini aytalmay o'krab yubordi. Hasanali ham o'zini kuch hol bilan yig'idan bosar ekan, Kumushni yupatdi:
— Unday bo'lmag'ir xayollarga tushmang, qizim,—dedi,—qushbegi boshqalarg'a qarag'anda insofliq xokimdir. Xudo hohlasa, men Toshkanddan qaytkuncha ular ham zindondan qutilurlar.

Bu kun kechasi ul yo'l tayyorliqlarini ko'rdi. Minib ketishi uchun qutidorning saman yo'rg'asini belguladi. Ertasi ertalab Marg'ilonning Qo'qon darbozasidan birinchi galda chiqg'uchi Hasanali bo'ldi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:24:50
15. TOSHKAND QAMALDA

Bu kun Toshkand qamalining elli birinchi kuni. Sovuq bir oz yumshab tushkan, quyosh ochiq havoda harakat etmakda edi. Yerlar erib, hamma yoq shilt-pilt loy, qo'rg'on kungiralaridagi qirovlar bug'qa aylanib ko'kka ko'tarilmakda edilar.

Bu kun tongdan boshlab, Toshkandning Samarqand darbozasi tomonidan bo'lg'an qo'qonlilarning hujumlari o'zlari uchun so'ng darajada halokat bilan tugalgan. Qo'qon sipohlari endigi hujumgacha shikast-rextlarini tuzatish, yaralarini bog'lash, damlarini olish uchun qo'rg'on yonidan qayoqqadir, qo'shlarig'a ketkanlar. Qaramoqqag'ina emas so'zlashka ham daxshat: Kamolon dar-bozasi bilan Samarqandgacha bo'lg'an qo'rg'on ostlari (bu ikki darboza oralari besh yuz adim keladir) boshsiz va ishtondan boshqasi tunalgan inson gavdalari bilan to'libdir. Bu ochiq mozoristonni qo'rg'on kungiralari ustida mudofa'adan so'ng charchab, quyoshda jilinib o'lturgan sallalik, qalpoqlik va va popoqlik Toshkand mudofi'lari ming turlik shodliqlar ichida tomosha qiladirlar. Bu ikki darboza orasida ikki xil holat hukm suradir—qo'rg'on ostlarida jahannam dahshati bilan yalang'och, boshi tanidan olinib qora qonig'a belangan odam gavdalari yotib, qo'rg'on ustida ikkinchi kishilar dunyo shodlig'i ichida suzadirlar.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:25:04
Qo'rg'on ustidagi qahramonlardan bittasi kula-kula bir sarkardani otib o'ldirganligini so'zlab: «Padar la'natini o'zim xo'bam otdim-da, otning ustidan uch gaz ko'tarilib yiqildi!» deydir. Tag'in bittasi o'liklar ichidan kimnidir ko'rsatib: "œAna, ana, xov ana! O'sha qipchoqqa o'q tegib o'lib o'lalmay, yurib yuralmay ingrab yotqan ekan. Qilichim bilan boshini shartta kesib, belidagi oltin kamari va ustidagi kimxob po'stunini olib chiqdim!" deydir. Har kim bu kungi urushdagi o'zining erliklari bilan, qo'lga tushirg'an oltin kamari, yoqut ko'zlik uzugi, sovsar po'stuni, kumush qinli qilichi va boshqa o'ljalari bilan maxtanadir.

Shu vaqtda qo'rg'on ustidan qo'shiq tovshi eshitiladir:

Zamoning zamon bo'lsin —yor,
Aziz beging omon bo'lsin — yor.

Dardiga davo topmay — do'st
Normating yonib o'lsin — yor!

   
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:25:12
Biz endi shu o'liklar yoni bilan qo'rg'on bo'ylab bir oz ilgariga yursak olti gaz yuksaklikda, besh gaz kenglikda, ikki yoni sakkiz gazlik qo'rg'on devori bilan o'ralg'an, kunbotarg'a qaratib qurilg'an Samarqand darbozasi yonida to'xtarmiz. Tevaragimizdan dushmanning hujum qilish qo'rqunchi bo'lganlikdan biz ortiqcha chidamsizlik bilan darbozani qoqa boshlarmiz:
— Ochingiz bek aka, tezroq ochingiz!

Darboza beklari bizga iltifot qilmay o'ltura beradirlar. Bizning o'n besh daqiqalik jon achchig'ida qaxshag'animizdan keyin darbozabonlardan bittasi zerikib sekingina qo'rg'on devoriga chiqadir-da, mo'ralab bizga qaraydir. Ul bizni aniq, toshkandlik bo'lg'animizg'a ishonsa darbozaga soling'an nortuyaning boshidek qulfni ming mashaqqat bilan ochib, zanjirini tushuradir. Biz o'zimizni ichkariga olg'ach, darbozabon o'zining xazmi ko'targan qadar bizga po'ng'illaydir-da, darbozani berklash harakatiga tushadir. Endi biz darbozaning hay'atiga qaraymiz: oshlang'an qo'y po'stagidan po'stun kiyib, beliga butun bir bo'zdan belbog' bog'lag'an va belbog'ig'a yarim gaz chamaliq kalid oskan, turkman popoqlik bir kishi. Shundan keyin biz darbozaning o'ng tomonig'a qarab yuruymiz. Darbozadan o'n besh adimlar narida, shiyponga o'xshash to'rt tarafi ochiq bir binoda darboza beklari gulxan solib, chilim chakib o'lturadirlar. Biz qo'rg'onning osti bilan ilgarilashda davom etamiz. Endi biz boyag'i mudofi'larni ichkaridan ko'ramiz: mudofi'lar qo'rg'onning eng yuqorig'i pog'onasida o'zlarining turlik tus va bichiqdagi kiyimlari bilan qaysilari shashvar tutib, qaysilari miltiq ushlab, qo'rg'on kungirasiga suyanib, boshlarini quyoshg'a berib o'lturadirlar. Qo'rg'onning Kamolon darbozasigacha bo'lg'an quruq o'rinlari shuningdek mudofi'-lar bilan to'lg'an bo'lib, o'ziga bir turlik ko'rinish tashkil etadir.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:25:19
Kamolon va Samarqand darbozalarining o'rta bir yeri bo'lgan qo'rg'on ostida kimxob to'n kiyib, simobi salla o'rag'an, beliga kumush kamar bog'lab, qilich taqing'an bir bek oldidag'i bir uyum narsaga ishorat qilib yonidag'i bir yigitka nimanidir uqdirmoqda edi. Biz yana elli-oltmish adim yurib haligi so'zlashib turg'an beklar yakinig'a borsak, qo'rg'on tashqarisida ko'rgan daxshatlarimizni o'zining ko'lagasida qoldiraturg'an yana bir «daxshatlar tepasi»ga ko'zimiz tushadir-da, qo'rquvimizdan soatlab xushimizni yo'qotib qo'yishg'a majbur bo'lamiz. Uch-to'rt yuz inson boshidan turg'uzilg'an bir tepa. Qarichg'a keladirgan uzun soqollar, boshdag'i xun olud siyrak sochlar, bo'zarg'an yuzlar, qong'a belanib, yarim ochiq holda qorachiq o'rnini qo'rqunch bir oqliq bosqan ko'zlar dunyoga va shu hayotka la'nat o'qug'andek qaraydirlar. Ayniqsa bir bosh, ehtimolki hali yigirma yilni ham o'tmagandir, murti ham chiqmag'an. Xun olud quyuq qoshlari ostidari yarim ochiq ko'zlari kimnidir izlagandek qaraydir... Yarim ochiq irinlari ichidagi oq tishlari bilan tilini g'archcha tishlagan-da, go'yo shu turmushda, shu besar xalq ichida tug'ilg'ani uchun «attang» o'quydir.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:25:26
Bu boshlar uyumi ustida turg'an qo'rg'on begisi yonidari yigit-ka boshlar orasidan birini ko'rsatib, o'z tanishlaridan bir bekning boshi bo'lg'anlig'ini so'zlaydir. Shu paytda Kamolon darbozasi tomonidan yarog'lang'an uchta otliqning ot choptirib kelganlari ko'rilib, qo'rg'on ustida o'lturgan mudofi'lar ichida olag'ovur qo'pti:
— Hudaychi, Sulaymon hudaychi! —deyishdilar.

Hudaychi qo'rg'on begi qotig'a yetib, bek xazratlarining hozir yetib kelishlariga bashorat berdi, yana otining boshini burib yigitlari bilan orqag'a qaytdi. Hudaychiboshining xabaridan bu kungi ulug' muzaffariyatni qutlag'ali Azizbekning kelishi ma'lum bo'lar edi.

Hudaychi jo'nag'ach, qo'rg'on begining paytavasiga qurt tushib, tipirchilab qoldi va u yoqdan-bu yoqqa yugira boshladi:
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:25:33
— Xoy qo'rg'on ustidagi azamatlar! Hozir bo'lingiz, yasov tortingiz, bek keladirlar! Xoy Husaynbek, darbozabonlarg'a yugir, hozir tursinlar! G'anibek yuzboshi, siz yigitlaringizni tartiblangiz! Yasovulboshi, hozir bo'lingiz!

Qo'rg'onning qo'ruq o'rnidagi qahramonlar harakatka keldilar, yuqori qo'ruqdan bir pog'ona quyig'a tushib saf-yasov tortdilar. Shovqin-suron orasida qo'rg'on begi ot ustida qo'rg'onning u boshidan-bu boshig'a chopib:
— Hozir bo'l, yigitlar! Tartibingni tuzat, salomga tayyorlan!— deb qichqirib yurar edi.

Qahramonlar qo'llaridari mil-tiq, shashvar, oybolta, qilich va nayzalari bilan tizilishib oldilar. Safning o'rta yeridan yashil bayroq ko'tarildi. Shuning bilan Aziz parvonachining istiqbolig'a lozim va vojib bo'lg'an barcha tartib va tantanaga hozirlanilg'an bo'lindi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:25:45
16. AZIZBEK

Oradan uch-to'rt daqiqa o'tkandan keyin Kamolon tarafidan bir yuz chamaliq sarkarda va yigitlari bilan Azizbek ko'rindi. Tilla jabduqli qizil ayg'irg'a mingan, quyosh yog'dusi bilan tur-lik tuska kirib tovlanadirg'an, yoqa va etaklariga oltin uqa tutilg'an kimxob to'n kiyib, belidagi oltin kamarga kumush qinli jazoiri qilich osqan, boshig'a oq shohidan salla o'rab, oyog'larini kumush uzangiga tiragan, siyrak qoshlik, cho'qqi soqol, bug'doy ranglik, qirq besh-elli yoshlar chamaliq bir kishi edi. Uning orqasidan qora otg'a otlanib, zangori movutdan uqaliq to'n kiyg'an, kumush kamarning o'ng tomonig'a qilich, so'lig'a tufangcha qistirg'an, boshig'a barra popoq kiyib, jin yalag'an deganlaridek qoshsiz, qoramtil yuzlik, ikki chakagining ustida bir oz, iyagida bir oz siyrak, ko'rimsiz qora soqolliq, ko'zlari ichiga botig'roq, ammo qon quyilg'an sumon bir kishi kelar edi. Bu kishi Azizbekning amiri lashkari va o'ng qo'li bo'lg'an Rayimbek dodxoh edi. Uning qatoridag'i ikkinchi kishi kichikrak saman otka otlanib, ustiga Buxoroning ola bayroq matasidan chopon kiyib, kamar o'rniga choponini tugmalagan, boshig'a katta salla o'rab, qamchi sopi bilan egarning koshig'a takya qilg'an; to'la ko'rkam yuzlik, katta malla ko'zlik, uzun mosh-guruch soqollik mullanamo bir zot bo'lib, bu kishi yaroqsiz edi. Azizbek orqasidan kelguchi bu ikki otliqdan so'ng sipohlar turkumi boshlanib, zangor movut-dan tizagacha tushkan kalta kamzul, qizil movutdan shim, oyog'da sag'ri etik, boshda Rayimbek dodxohning boshidag'idek popoq ammo ust tomoni qizil movutdan, oq qayishdan kamar, so'lig'a qilich osilib, o'ng tomonig'a tufangcha qistirilg'an har qatorda to'rttadan otliq kelmakda edilar. Sipohlarning keksaliklari to'g'risidag'i nuqsonni e'tiborga olinmasa, ko'rinish muntazam edi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:25:52
Qo'rg'on ustida yasov tortqan qahramonlar qo'l bog'lab ikki bukilgan sumon ta'zim bilan Azizbekni ilgariga o'tkaza boshladilar. Azizbek ularga qarshi oltin soplik qamchisini ko'kragiga ko'ndalang ko'yib boshi bilan ham javob ishorasi berib oldinlar edi. Shu kezda boshlar uyumi yonida turg'an qo'rg'on begisi otidan yerga tushib jilovini qovishtirilg'an qo'llari orasig'a oldi. Boshlar uyumi bilan Azizbek orasi qirq-elli ot adimi qolg'an edi. Azizbek qahramonlarning salomlariga javob qaytarishni ham unutib, ko'zini kesik boshlarg'a tikdi. Azizbekning orqasidari sarkarda va sipohlar ham bu daxshat uyumiga egarga qiyshiq o'lturub tomosha qilib kelar edilar. Azizbek kishilari bilan boshlar yonig'a kelib to'xtadi.

Azizbek bir muncha vaqt boshlarg'a tomosha qilib turdi-da, qarshida qo'l bog'lag'an qo'rg'on begiga qarab iljaydi:
—Barakalla g'ayratlaringizga,—dedi Azizbek,—bu kun qipchoqlarg'a rustamona javob berib, o'zlarini ham itdek qirg'ansiz. Bunchalik g'ayrat ko'rsatkan fuqarolarg'a rahmat, dunyo turguncha tursinlar!
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:25:59
Azizbek tashakkurini bitirgach, hudaychi qo'rg'on ustidagi qahramonlarg'a hamma tovshini qo'yib qichqirdi:
— Bek janoblari bu kungi rustamona g'ayratlaringizga pahmat aytib, haqlaringizga duo qiladirlar!

Mudofi'lar dunyoni buzib javob berdilar:
— Qulliq taqsir, qulliq! Taqsirimiz dunyo turguncha turib, soyai davlatlari boshimizdan kam bo'lmasin!

Azizbek qamchisini ko'ndalang qo'yib mudofi'larga qulliq qildi va hudaychiga buyurdi:
— Qo'rg'on begiga kimxob to'n, yuzboshilarg'a atlas chopon, boshqa yigitlarga uch tangadan pul in'om berilsin.

Hudaych'ining xabaridan so'ng mudofi'lar javob qaytardilar:
— Davlatlari ziyoda bo'lsin!
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:26:07
Xazinachilar sipohlar orqasidan ikki otni yetaklashib hudaychi yonig'a yetdilar. Bir otning ustiga choponlar ortilg'an, ikkinchi otdag'i katta xurjinning ikki ko'zi liq tanga edi. Boshlab hudaychi ot ustidan bir kimxob to'nni olib, qo'rg'on begiga kiydirdi. Qo'rg'on begi to'nni kiyib Azizbek hakig'a uzun duo qildi. So'ngra hudaychi bir yigitka to'n qo'ltiqlatib, ikkinchi yigitka tangalardan oldirib qo'rg'on begi bilan birga qahramonlar yonig'a chiqdi. Qurron begining ko'rsatishicha kimga uch tanga pul, kimga adras chopon ulashilib boshlandi.

Azizbek ot ustida boshlar uyumi tevaragida aylanib Rayim-bek dodxoh va ola-bayroq to'nlik kishiga o'zining tanish sarkardalaridan bo'lg'an kimlarningdir boshlarini ko'rsatmakda, tirik vaqtlarida nima ishlarda bo'linib va qora choponlilarg'a qanday zulmlar qilg'anlarini so'zlamakda edi. Azizbekning bu gaplarini Rayimbek dodxoh samimiy eshitsa ham ola-bayroq to'nlik odam «taqsir, taqsir» bilan javob berib, boshlar uyumidan jirkangan sumon egarining qoshig'a ko'zini tikib turmoqda edi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:26:18
Yarim soatlik bir fursatdan keyin qo'rg'onning boshdan-oyoq yasov tortqan qahramonlarig'a in'omlar ulashilib bitdi-da, hudaychi o'zining quruq xurjini bilan Azizbek qotig'a kelib qulliq qildi. Azizbek qarshisida qo'l bog'lab turg'an qo'rg'on begidan so'radi:
— Yigitlaringizning barchasi ham quruq qolmadimi?
— Davlatingiz soyasida, taqsir.
— Qipchoqlarning bu kungi hujumi qay vaqtda bo'ldi?
— Tong yorir-yorimas Oq tepa tomonidan to'p ota boshladilar,— dedi qo'rg'on begi,—o'n besh daqiqa o'tar-o'tmas otliq qipchoq qo'shinlari ko'rinib Samarqand darbozasig'a yugirdilar. Shungacha men ham davlatingiz soyasida ikki darboza oralarig'a merganlarni yayratqan edim. Boshlab Samarqand darbozasi qo'rug'idan otishg'a buyurdim. Merganlar o'n besh daqiqa orqasini uzmay miltiqqa o't berib turdilar. Qipchoqlar bizning tomondan otilg'an miltiq o'qlarig'a chidalmay, Samarqand darbozasini tashlab, Kamolon darbozasiga yuzlandilar. So'ngra davlatlari ko'lankasida Kamolon qo'rug'idag'i merganlarni ishka qo'ydim. Bir soat chamasi otishkandan so'ng yov bizning o'qimizg'a chidal-may, ikki darboza orasida uch-to'rt yuz o'lik qoldirib, qochishg'a majbur bo'ldi. Bizdan yolg'iz besh kishi o'lib, to'qqiz kishi yaralandi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:26:26
Azizbek juda zavqlang'an edi, yana bir qayta barakalla o'qub, so'radi:
— Normat qipchoq ko'rindimi?
— Yo'q taqsir, qo'rg'on yakinig'a yo'lamadi, yo'lag'anda...
— O'shanga hozir bo'lmoq kerak.
— Davlatlari yori bersa, albatta bizning muddao ham shunda...

Azizbek o'z og'zi bilan mudofi'larg'a «Men sizlardan rozi!» deb qichqirdi va mudofi'larning qiy-chuv duolari ostida sipohlari bilan Samarqand darbozasiga tomon harakat qildi.

Bu kun Azizbek g'olibiyat daldasida qo'rg'onlardan bir aylanib chiqmoqchi edi. Shuning uchun Samarqand darbozasidan o'tib qo'rg'on osti bilan Chaqarg'a qarab yurishdnlar. Qo'rg'on Chaqarning chuqur jarlik arig'ig'a taqalib tugalar edi. Chaqar suvi ustiga qo'rg'on tiklash mumkin bo'lmay, jarning usti qo'rg'ondan tabi'iy bo'sh edi. Ammo jarning narigi tomoni bir tepadan iborat bo'lib, janub biqini ma'lum Chaqar suvi bilan, g'arbi Bo'z suv va Ko'kcha arig'i bilan o'ralg'an burun kabi bu tepa-qo'rg'onsiz ham dushmanning hujumig'a o'nrg'aysiz edi. Tepa ustida sipoh turishi uchun bir necha binolar soling'an, janubi-g'arbig'a qaratib bir, g'arbg'a karatib bir va sipmoli-g'arbig'a qaratib yana bir; barisi uchta to'p qo'yilg'an edn. Bu tepa ustida doimiy to'pchi va qorovullar turar edilar.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:26:52
Azizbek sipohlari ila jarga tushdi va suv kechib xaligi tepaga yuzlandi. To'pchi, qorovullar ko'zdan kechirilib, ularga bir necha tangadan in'om berildi. Shundan keyin tepaning kun chiqishiga qarab qaytdilar. Chunki tepaning boshqa tomonlari yuqorida aytilg'andek bir necha terak bo'yi jarlik bo'lg'anliqdan Ko'kcha darbozasig'a o'tish uchun Suzuk ota mozori yaqini bilan Ko'kcha arig'ig'a tushilur va undan keyin Ko'kcha qo'rg'onlarig'a qaytib kelinur edi.

Ko'kcha qo'rg'onlari qo'rug'ida anovi qo'rg'onlarnikidek mudofi'lar ko'b bo'lmasa ham, yo'q ham emas edilar. Hudaychi Azizbekdan ilgariroqda qo'riqchilarni ogohlantirib borar, miltiq, shashvar tutkan yosh va keksa muhofizlar uni salomlab qarshi olar edilar va Azizbekning «Rahmat fuqarolarim!» so'zini eshitib yaxshig'ina taltayishib qolar edilar. Shu ravishda Ko'kcha, Chig'atoy, Sakbon, Qorasaroy, Taxtapul, Labzax darbozalarini o'tib, eng keyin Qashqar darbozasig'a yetdilar. Qashqar darbozasi o'rdaga yaqin bo'lgani uchun munda muhofiz va sipohlar talayg'ina bor edilar. Ularning salomlarig'a ko'milib, Azizbek Qashqar darbozasining muyushiga yetkan ham edi, tashqaridan kimningdir darbozani oshig'ich taq-taq urgani eshitilib, Aziz-bekning oti xurkibmi, qo'rqibmi ketiga burulib to'xtadi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:27:00
Boshqalar ham to'xtashga majbur bo'ldilar. Azizbek qarshisida qo'l bog'lab turg'an darboza begiga baqirdi:
— Nega qapab turasan, darboza ustiga chiq, kim ekan u it?!

Darboza begi yugurib qo'rg'on devoriga chiqdi:
— Taqsir, bir chol!
— Darbozanrni ochib, ichkariga ol!—dedi Azizbek. Darboza ochildi. Tashqaridan saman otini yetaklab Hasanali kirdi-da, kutilmagan ish ustidan chiqg'ani uchun qo'rqib, Azizbekka salom berdi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:27:18
17. YUSUFBEK HOJI

Rayimbek dodxohning yonidagi bizga tanish ola-bayroq to'nlik kishi Hasanalini ko'rishi hamono:
— Ha-a-a, bizning Hasanali-ku!—dedi,—kel, Hasan ko'rishaylik, Otabek esonmi?

Hasanali kelib ko'rishdi, Yusufbek hoji ko'rishar ekan, Azizbekka dedi:
— Bu bizning kishimiz taqsir, Marg'ilondan keladir.

Azizbek labini tishlab qoldi. Chunki darboza taqillatib, otini xurkitkan Hasanalini jallodga topshirish niyati, albat-ta yo'q emas edi. Yusufbek hojininr so'ziga javob bermay yo'lida davom etdi. Hasanali sipohlar orqasidan, Yusufbek hoji Aziz-bek ketidan o'rdaga qarab yurdilar. O'rda darbozasiga yetkandan keyin kutib turg'an o'rda beri Azizbekning qo'ltig'idan olib ot-dan tushirdi. Azizbek o'rda ichig'a kirmakda ekan, Yusufbek hoji otdan qo'nib so'radi:
— Menga ruxsatmi, bek?

Azizbek yo'l ustidan hojiga qaradi:
— Ruxsat, ertara choyni o'rdaga kelib iching.
— Yaxshi, taqsir.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:27:24
Yusufbek hoji sipohlardan birining qo'ltiqlashi bilan otig'a minib, narida kutib turg'an Hasanaliga qarab yurdi. Sipoh-lar ham o'rda ichiga ot yetaklashib kira boshladilar.

Yusufbek hoji Hasanalining vaqtsiz ham Otabeksiz qaytishidan tashvishlangan va qanday bo'lsa ham bir falokat yuz berganiga ishong'an edi:
— Nera vaqtsiz kelding, Otabek sog'mi?— deb so'radi.

Yusufbek hoji Hasanaliga yetmasdanoq bu savolni berdi, Hasanali eshitmadimi yohud eshitsa ham eshitmaganga solindimi, har nuchuk javob bermadi.
— Nega indamaysan?
— Otabek salomat...
— Bo'lmasa nega vaqtsiz kelding, Otabek qani?

Otabekning qamalishidan xabar berish Hasanali uchun juda og'ir tuyilgan edi. Nihoyat ko'zidagi yoshini artdida:
— Otabek Marg'ilon hokimi tarafidan qamaldi,—dedi.
— Nega, nega?— dedi hoji, otidan sachrab yiqilishg'a yetkan edi.— Sababi nima?
— Sababi ma'lum emas.
— Astag'firulloh,—deb qo'ydi hoji, o'zini bir oz to'xtatkan edi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:27:31
Hasanali Otabekning Marg'ilon borg'anidan tortib, qamalishig'acha bo'lg'an hikoyalarini so'zlab ketdi. Yusufbek hoji bekning uylanishini ham oddiy gaplar qatorida eshitib o'tkardi.

— Marg'ilonda turib bir ish chiqarishg'a ko'zim yetmagandan keyin Toshkand kelishka majbur bo'ldim,—dedi Hasanali va shu gap bilan mojaroni so'zlab tugatdi. Hoji voqi'ani eshitib, chuqur bir mulohaza ichida borar edi. Uning qanday kishi bo'lg'anini Toshkandning yetti yosharidan etmish yosharig'acha bilganlikdan guzar va mahallalarda unga duch kelgan kishilar joylaridan turib salom berarlar, hoji bo'lsa javob qaytarishni bilmas, go'yo kishilarni ham ko'rmas edi. Nihoyat shu holda ko'b yurgach, orqasida kelmakda bo'lg'an Hasanaliga qarab otining boshini burdi va:
— Otabek bilan birga qamalg'anlarni necha kishi deding?— deb so'radi.
— Uch kishi: biri Mirzakarim qutidor, ikkinchi Ziyo shohichi, uchunchi Rahmat.
— Yaxshi, sen bu to'rtavining o'lturishlarida bo'lg'anmiding?
— Bo'lg'an edim.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:27:38
— Nima va qaysi to'g'rilarda so'zlashdilar, Otabek qipchoqlarg'a qarshi so'zlamadimi?
— So'zlamadi. Boshqalarning ham bu to'g'rida so'zlari bo'lmadi.
— Ularning majlislarida bo'lmag'an vaqting ham bo'ldimi?
— Har bir o'lturishlarida men hozir edim.
— Yaxshi, sen ular bilan qay yerlarda o'lturishding?
— Birinchi martaba Ziyo akanikida bo'ldik, ikkinchi...
— To'xta, Ziyo akanikida mehmonlar necha kishi edilar?
— Qutidor, Otabek, andijonlik Akram hoji, men, Ziyo akaning qaynisi—Homid degan birav. Ziyo aka va uning o'gli... Hammasi yetti kishi.

Yusufbek hoji otining yolini qamchisi bilan tarar ekan, uch-to'rt daqiqa o'ylab qolib, so'ngra so'radi:
— Ikkinchi o'lturish qaerda bo'ldi?
— Ikkinchi o'lturish Ziyo akanikidan ikki kun so'ng qutidornikida bo'ldi. Bu majlisda ham o'sha birinchidagi kishilar edilar yolg'iz Homid yo'q edi.
   
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:27:46
— Tag'in qaerda o'lturishdingiz?
— Boshqa joyda o'lturishmadik... Mundan yigirma kundan ke-yin to'y bo'ldi. To'yda albatta bunday so'zlar gapurishilmaydir.
— Ikkinchi majlisingizda kim xali, Homid dedingmi, nega yo'q edi?
— Bilmadim, nega yo'q edi... Qutidor aytmagan bo'lsa kerak.
— Qamalruchilar: Otabek, qutidor, Ziyo aka, Rahmat; shundog'mi?
— Shundog', hoji.
— Seni ham qo'rboshi yigitlari qidirdilar?
— Qidirdilar.
— Akram hoji Andijon ketkan edi. Shuning uchun uni topolmadilar, shundog'mi?
— Shundog'.
— Homidni-chi?
— Uni qidirmadilar shekillik... Otabek q'amalg'andan so'ng alla qayerda ko'rgandek bo'laman.
— Bizga kelin bo'lmishni, go'zal, dedingmi?
— Ilohi Otabek salomat qutilsin, muhabbat qo'yg'anicha bor...
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:27:52
— Kelinning suluvligi Marg'ilonda ma'lum ekanmi?
— Ma'lum ekan, tillarda doston ekan.
— Homid uylangan yigitmi, bildingmi?
— Uylangan. Bizning hujraga kelganda, ikki xotini borlig'ini o'z og'zidan eshitkan edim.
— Homid sizning hujraga nima uchun kelgan edi?—deb so'radi hoji, nega buni boya so'zlamagan eding?
— Esimdan chiqibdir,—deb uzr aytdi Hasan, — Homid Rahmat bilan birga Otabekni Ziyo akanikiga taklif qilg'ali kelgan edi va biz ularga osh-suv qilib junatkan edik. Ammo ularning unday-bunday so'zlari bo'lmag'an, to'g'riliqcha kelib ketkan edilar.
— Yaxshi, o'sha Homidni sen qanday odam, deb o'ylaysan?
— Qo'lansa so'zlik, ichi qoraroq bir yigit edi, — dedi Xasanali, bir oz borg'ach so'radi: — Otabekning ishini og'ir, deb o'ylamassiz?
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:27:59
Hoji javob bermadi, Ul javob bergali ham qo'rqar edi. Uningcha ish juda nozik, g'oyatda qo'rqunch edi. Chunki, Marg'ilon zindonida yotg'uchi qipchoq dushmani bo'lg'an Azizbek otalig'ining o'g'li edi. Toshkandning isyon chikarg'an bir zamonida Otabekdek bir yigitning Marg'ilonda qanday gunoh bilan bo'lsa-bo'lsin ushlanishi har jihatdan ham mudhish edi.

Ul o'g'lining qutilishi yo'lida har bir mulohaza ko'chasiga kirib chiqmoqda, ammo har birisidan ham bo'sh va umidsiz qaytmokda edi. Eng so'ng o'g'lig'a hujum qilg'an bu falokatning tadbiridan aqli ojiz qoldi, miyasi ishlashdan to'xtadi va shundan so'ng — «Parvardigoro, keksaygan kunlarimda dog'ini ko'rsatma» dedi va ko'z yoshlari bilan soqolini yuvdi.

— Hasanali, zinhor uning qamalg'anini onasi bilmasin.
— Albatta.

Shundan so'ng otlarini yetaklashib ichkariga kirdilar.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:28:12
18. JAR

... Bu kun soat o'n ikkida Otabek ila qutidorning isyonchiliq gunohi bilan dorg'a osilishlarini jarchi shaharga xabarlab yurar va xalq og'zida Otabeklarning emish-memish hikoyalari edi.

Homid ila birgalashib kirgan mirshabni qo'rboshi tashqarig'a chiqmoqg'a buyurdi-da, Homidni o'lturishka imladi.

Qo'rboshi nimanidir so'zlamoqchi bo'lsa ham, negadir uning tili osonlik bilan harakatka kelmas va o'zi ham bir turlik o'ngg'aysizlikda edi. Nihoyat qo'rboshi o'ziga bir turlik jasorat berdi:
— Bobolar: «Dunyoniki mirikam ikki» deganlar,—dedi,—to'g'risi ham shundog' o'zingni yuz yoqg'a ursang ham tiriklikning yana bir boshqa yamog'i chiqib turadir...

Tuyg'un Homid qo'rboshining nima maqsadi borlig'ini payadi:
— To'g'ri so'zlaysiz, taqsir,—dedi,—dunyoniki hamisha mirikam ikki, shu yetishmaslik balosidan to'yib, ba'zi vaqtlarda kishining dunyodan chiqib ketkusi kelib qoladir. Yaxshikim, dunyoda oshna, og'ayni degan kimsalar bor... Agar shular bo'lmasa-chi, kishi allaqachon dunyodan chiqib ketadir. Shuning uchun men og'aynilarni ko'zlarim ustida tutaman, ularni muhtojlik chog'larida ko'rsam, o'zimni garav qo'yib bo'lsa ham ehtiyojdan chiqarishg'a tirishaman.
   
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:28:21
Qo'rboshi tizzasi ustiga ko'ndalang ko'yg'an qilichining ikki tarafidan bosib, bir qo'zg'alib qo'ydi:
— Bali, bali, mulla Homid, munday og'aynilarning sadaqasi ketsang ham arzir, — dedi, tomoqlarini qirib qo'ydi.— Shu kunlarda o'g'ilchalarning yoshi etib, sunnati nabiyunani bajo keltirish taqozo etadir... To'y keraklaridan ko'pini tadorik qilg'an bo'lsam ham, yetishmagan yerlari ham ko'b. Shuni sizning kelishingiz oldida o'ylab o'lturar edim...
— Bek aka,— dedi Homid va tusiga yasama kulish chiqardi; — siz achchig'lansangiz ham aytay: beklar zoti kishiga sira ham oshna bo'lmas ekanlar. Ayniqsa siz hamon o'zinggizning beklig'ingizga borib, istig'nongizni eskicha olib borasiz. Boshingizda shunchalik qayg'ingiz bo'lur emish-da, bir og'iz menga aytmas emishsiz?

Qo'rboshi Homidning zakovatiga qoyil bo'lib iljaydi:
— Yo'q, yo'q, mulla Homid, — dedi, — bu yoqda gap bor: hukumat xizmatida turganingdan keyin yuz yoqning mulohazasini qilar ekansan...
— Tuzik, bek aka, ammo manim oshnachilig'im tamom boshqacha-dir,—dedi Homid va yonchig'ini chiqarib bir qo'lidan ikkinchi qo'liga oltinlarni sanab tushira berdi.
   
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:28:28
Qo'rboshining ko'zi oltinlar ustida o'ynab bular barakasida qiladirg'an sunnat to'yisini, Marg'ilon beklari oldida ortdiradirg'an obro'sini o'ylamoqda edi. Oltinlardan yigirmatasi ajratilgach, sanoqqa ishonmay ko'rib turg'anim tushmi, deb uyqusiradi. Homid oltinlarni uzatdi, — mana, bek aka, bu arzimagan oltin holis oshnalig'imizning bog'lanishidir, yana yetmagani bo'lsa qarab turmasmiz.

Qurboshi titrab, qaxshab oltinlarni joyladi. Homiddan nihoyatda xursand edi:
— Xo'sh, mulla Homid, endi bu kungi hangamalardan so'zlashayliq, — dedi bek. — Pochchangiz ila jiyaningizning bu ishka oralashib qolg'anlari yomon bo'ldi-da.

Bu so'zdan Homidning yuziga qayg'irish alomati chiqdi va e'tibor bilan qo'rboshining og'zig'a qaradi.

Qo'rboshi davom etdi:
— Bu ikki begunohning qamalishlarig'a ham o'sha yaramas sabab bo'ldi. Yo'qsa ularni qamoqqa olishg'a qushbegi buyurmas edi. Ammo kechagi qushbegiga so'zlag'an so'zingiz Otabek ila qayin otasini o'limga mahkum qilg'anidek, pochchangiz ila jiyaningizni bir qadar oqlaydir. Shuning uchun men borg'an so'ng bo'ladirg'an hukm majlisida ehtimol qarindoshlaringizni qutqazishg'a muvaffak, bo'lurman. Har holda qarindoshlaringizning qattig' jazo tortishlari shubhalikdir, siz payqadingizmi, yo'qmi kecha men jarchig'a bu kungi osilg'uchilarni Otabek ila Mirzakarim bo'lg'anlig'ini ta'yinlagan edim.
   
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:28:35
— Marhamatingizga qulliq, — dedi Homid, — ammo shundog' bo'lsa ham qarindoshlarim to'g'risida xavfdaman... Buning boshqacharog' bir ebini topib bo'lmasmikin?

Boyag'i mukofotlar qo'rboshini chinlab bosh og'ritishg'a majbur etar edi. Bu to'g'rida ul ancha o'ylab oldi:
— Kecha qushbegi oldida Otabeklarni qay ravishda ayblab so'zlagan edingiz, tag'in bir eshitib ishning rejasini olay-chi?
— Qushbegiga so'zlag'anim shunday edi — «Otabek aytdi: endi bizning Toshkand xalqi qipchoqlarning jabru zulmi va tadbirsiz idorasi ostida yotib juda to'ydi. Boshlab Toshkanddan qipchoq balosini yo'qotish uchun Azizbek va otam boshliq isyonga tayyorlandilar. Shu maqsadda Marg'ilon og'aynilarini ham qipchoqlarg'a qarshi oyoqlandirmoq uchun meni bu yerga yubordilar. Biz tokay qipchoqlar qo'l ostida ezilamiz va bir hovuch dalatoblarg'a bosh egamiz, dedi. Otabekning bu so'ziga qutidor va Akram hojilar qo'shilishib, unga bu yo'lda yordamlashmakchi bo'ldilar. Ammo men bo'lsam bu gapka qarshi tushib: sizlarning bu fikrlaringiz yanglishdir, biz uch yil bo'yi janobi O'tabboy qushbegining qo'l ostlarida yashab hech bir zulm ko'rmadik. Shu holda hukumat ustiga yakdomimiz kufroni ne'mat bo'lur, dedim. Otabek menga qattig' so'zlar aytdi. Pochcham ila jiyanim bo'lsa manim fikrimda edilar, ammo uyimizga kelgan mehmon, deb ularga ochiq qarshilik qilmadilar. Bu majlisdan keyin men bir necha vaqt Otabek va yo'ldoshlarining qonlari to'kilmasin deb bu gapni ichimga solib yurdim. Biroq Toshkandda Azizbek va Yusufbek hojilar isyoni boshlangandan so'ng o'zimning bu ishimni hukumatimiz uchun xiyonat bilib, qo'rboshi janoblariga xabar berdim. O'zimning sodiqona bu xizmatim evaziga janoblaridan ojizona o'tinchim shul-ki, bu sirni sizlarga bildirguchi men bo'lg'anlig'imni o'zlaridan boshqa kimarsa bilmasin, xatto muttahamlar ham sezmasinlar» — mana, faqirning Otabeklarni ayblashim va qarindoshlarni oqlashim xulosasi shundan iboratdir.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:28:42
— Barakalla,—dedi qo'rboshi,—sizning bu gaplaringiz juda ham o'rinlik tushkan, men ishonamankim, Ziyo aka bilan Rahmat qutilurlar.
— Buni nimaga suyanib aytasiz?
— Suyanchig'imiz ma'lum,—dedi qo'rboshi,—qushbegiga Otabek ila qutidorni osmoq fikrini bergan bu so'z, pochchangiz bilan jiyaningizni nechuk qutqarmasin.
— Pochcham bilan jiyanim ilgarigi suroqda qanday javob bergan edilar, buni xotirlay olasizmi?
— Ularning javoblari kechagi sizning oqlashingizg'a sira ham qarshi kelmaydir. Chunki ular majlisda bunday so'z bo'lmadi, deb tondilar. Bu ersa o'z uylariga kelgan mehmonlarni rioya qilishlari bo'lib chiqadir-da, yana ish sizning oqlashingizg'a yopishib keladir.

Homid tag'in bir mulohazaga tushkan edi. Uning bu holini kuzatib turgan qo'rboshi:
— Endi ortiq o'ylamangiz, mulla Homid,—dedi, orada siz qo'rqarlik hech bir ish yo'q.

Homid nimadir aytmakchi bo'lar edi-da, o'ngg'aysizlanib to'xtar edi. Bir-ikki qayta og'zini juplab qarasa ham yana so'zlay olmadi. Qo'rboshi uning bu holidan xabar topdi:
— Gapuring, gapuring, munda yot kishi yo'q. Qo'rboshining bu so'zi daldasida Homid jasoratlandi:
— Bu kun hukm majlisida pochcham ila jiyanim so'zlaridan yanglishib ketsalar nima bo'ladir?
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:28:50
— Nega yanglishsinlar, ular bilganlaridan ortiqni albatta so'zlamaslar. O'lim degan narsa ko'z o'ngiga kelib to'xtagandan keyin Otabekdek mehmonlar rioyasi ko'ngildan quvilur, so'zning to'g'risini aytishka majbur bulurlar va ish ham sizning ayblash, oqlashlaringiz ruhiga kelib to'xtar.

Homid yana ham o'ngg'aysizlanib tushdi, o'zining ichki sirriga shu chokg'acha tushuna olmagan qo'rboshig'a la'natlar o'qur ekan:
— Ayblash, oqlash so'zlarimning ruhini siz bir yoqqa ko'yaberingda, ishning ichki tomonini mulohaza qiling, qo'rboshi aka,— Dedi.

Xoin ila sotilg'an ko'zlar to'qnashdilar-da, bir-birisidan ma'no olishdilar va oraga bir necha daqiqa so'zsizlik, jimjitlik kirdi. Qo'rboshi chindan ham bu o'ringacha Homidning ichki sirrig'a muttaliq bo'lmag'an, qo'liga kilg'an oltinlarni ham yolg'iz uning qarindoshlarining qutilishlari yo'lidagi choychaqalar deb bilar edi. Ammo endi ilgari va hozirda kissaga tushkan oltinlarni Otabek ila qutidorning qon baholari ekanligini s'ezib vijdoni to'lqinlanayozdi va mutaraddid bo'ldi. Qo'rboshining bu holi Homidni ma'lum ikki yo'l ustida qoldirgan edi. Bu ikki yo'l ustida qolg'an Homid sarosima edi. O'zini jaxannamga yuborish va najotka chiqarish ixtiyori qarshisidagi bekning qo'lida edi. Unga tez-tez qarar va hol tili bilan unga yana ko'b oltinlar va'da qilar edi. Bu va'dalarni Homidning yuzidan o'qugan qo'rboshi—«ikki kishining xun baholari!» deb qichqirmoqda bo'lgan vijdon sadosini eshitib o'lturmadi:
— Endi bunga qarshi qanday yo'llar ko'zlaysiz?
   
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:28:59
Homid o'zining najot tomoniga og'ishkanini sezib entikdi:
— Qushbegiga qilgan ayblash, oklash yo'llarimni pochcham ila jiyanimga tushundirish kerak, deb o'ylayman.
— Tushundirsak tag'in yaxshi.
— Rahmat, bek aka, undog' bo'lsa vaqt qochirmasdan ularning yonlarig'a tushib, to hukm vaqtig'acha uqdira olasizmi?
— Mumkin, o'zingiz tushsangiz yana yaxshi. Homid boshini chayqadi:
— Otabek ila qutidorlarninggina emas, xatto pochcham ila jiyanimning ham manim bu ishlarda ishtirokim borligini bilmasliklari kerakdir.
— Ma'qul. Ammo bunda sizning maqsadingizga qarshi bir gap borkim, hukm chog'ida qushbegi sizni yo'qlasa nima bo'ladir? Bu taqdirda ular sizning bu ishni omili bo'lg'anlig'ingizni bilmaslarmi?
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:29:11
Masalaning bu tomoni ham Homid uchun yomon edi. Farishtadek sof holda qolmoqchi bo'lgan Homidning bu hol sirrini ochar, yuzidagi niqobini olishg'a, raqiblar ila yuzma-yuz kelishka majbur etar edi:
— Hukm majlisida bo'lmaslig'imni uxdangizga ololmaysizmi?
— Uxdaga olmoq qiyin, — deb bosh chayqadi qo'rboshi, — ammo bu bir ehtimolginadir, chunki, qushbegining bir narsaga qaror bergach, ortiq tekshirib o'lturadirgan odati yo'qdir.

Homid uzok o'ylab turmadi, yuzidagi sovuq bir uzgarish ichida:
— Mayli, basharti yuzlashmoqqa to'g'ri kelganda ham men hozir, — dedi, shundan so'ng ajralishdilar.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:29:22
19. HUKMNOMA

O'tkir, qonsirag'an xanjarini beliga osib, oyboltasini ko'targan jallod qushbegining hukmiga muntazir edi. Qushbegining o'ng tomonida qo'rboshidan tortib shahar a'yonlari, qarshisida Otabek, qutidor, Ziyo shohichi va uning o'g'li Rahmat — gunohkorlar va ularning orqasida muhofiz yigitlar.

Otabek bilan qutidorning gunohlari ulug' bo'lg'anliqdan qo'llarida kishan, Ziyo aka bilan Rahmatning qo'llarida bu narsa yo'q edi. Qutidorning yuziga o'lik tusi kirgan, Otabek bo'lsa garangsigan kiyofatda. Anovilar o'zlarini bir muncha tetik tutmoqda edilar.

Qushbegi o'zining yozilib qo'yilg'an hukmnomasini qo'liga olib o'qishg'a hozirlandi. Hamma tip-tinch, yerga qarag'an edi:
— «Menkim Marg'ilon xokimi O'tabboy qushbegi o'z hukmimni xoqon ibni xoqon janobi oliy Xudoyorxon ismi shariflaridan eshitdiraman...»

Xudoyor ismini eshitkuchi a'yon uning ta'zimi uchun o'rinlaridan turib yana o'lturdilar.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:29:32
Qushbegi hukmini o'qudi: «E'timodliq bir kishining shaxodatiga binoan toshkandlik Yusufbek hojining o'gli — Otabek, bu kunda xonimizg'a qarshi bosh ko'targan Aziz parvonachi va o'z otasining vakolatlari bilan Marg'ilon kelib, bu yerdagi fuqarolarni ham xon janobig'a qarshi oyoqlandirmoqchi bo'lg'an Otabekning bu harakati ululamir bo'lg'an janobga yog'iyliq bo'lib, uni, ya'ni Otabek Yusufbek xoji o'g'lini o'lim jazosi bilan jazolash taqozo etadir. Ikkinchi, Otabekka yo'lda ko'makchi bo'lib yurgan Marg'ilon fuqarosi Mirzakarim qutidor ham shu jazoga sazovor tutiladir. Ziyo shohichi bilan o'g'li Rahmat bu bogiylikdan xabardor bo'laturib, vaqtida hukumatka ma'lum qilmag'anlari uchun bir yildan zindon jazosiga maxkum bo'lurlar!»

— Xaqsiz jazo, — deb Otabek kulimsirab qo'ydi... Qutidor bo'lsa chin o'lik tusiga kirg'an edi.

Ziyo aka bilan o'g'li zindonga jo'natildilar va Otabek bilan qutidor jallod qo'liga topshirildilarda, shuning ila hukm majlisi tamom bo'ldi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:29:38
Oradan o'n daqiqa chamasi fursat kechkan edi, qushbegining a'yonga so'zlab o'lturgan hikoyasini tezroq bitishini kutmakda bo'lgan qo'rboshi nihoyat chidalmay o'rnidan turdi va:
— Dor ostiga borib hukm ijrosi vaqtida hozir turishimga ijozatlari bo'ladirmi?—deb so'radi. Ul bu so'zni tugatar-tugatmas o'rda qorovuli Pirmat ko'rindi-da, qushbegiga qulliq qildi:
— Bir xotin kishi arzim bor deydir, kirsinmi?

Qushbegi qo'rboshig'a ruxsat ishorasini berib, Pirmatka dedi:
— Kirsin.

O'xshamagan yerda bir xotinning arzga kelishi qo'rboshining ko'ngliga shubha soldi. Majxula xotinning qanday arzi bo'lganlig'ini bilib ketishka tilasa ham qushb'egidan ruxsat olib qo'yg'ani uchun maxkamadan chikishg'a majbur edi. Qo'rboshi maxkama eshigidan dahlizga chiqar ekan, eskigina paranjiga o'ralgan bir xotin qushbegi to'g'risiga to'xtab, bukilib ta'zim qildi. Xotinda hayajon va entikish holatlari bor edi. Shuning uchun qo'rboshining boyag'i shubhasi yana kuchaydi, qushbegining ko'zidan yo'qolib turish maqsadida o'zini eshikning orkasig'a olib ketmay to'xtadi.

Xotin shoshilib kavshini yeshdi-da, eshik ostida nimanidir paranji ichidan axtarindi. Xotinning bu harakatiga tushunolmay ajablangan qushbegi:
— Ichkariga kirib arzingizni so'zlang, opa,— dedi. Xotin ichkariga kirdi va qushbegi oldiga borib unga nimadir berdi-da, orkasig'a qaytib eshik yonig'a kelib turdi. Xotinning berib ketkan narsasi uch, to'rt buklangan bir qog'oz edi. Qushbegi sekin-sekin qog'oz taxlarini ocha boshladi...
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:29:45
— Xudo rizosi uchun tezroq. Yo'qsa... ikki gunohsizning qonlarig'a botarsiz!

Xotinning bu so'zidan a'yon bir-birlariga qarashdilar. Qushbegi tez-tez qog'oz taxlarini ochib bitirdi va yo'g'on qalam bilan yozilg'an uzun bir maktubni o'qumoqqa oldi. Maktubni o'qub chikish uzoqqa cho'zilg'anliqdan xotin nihoyatda toqatsizlang'an edi. Oxirda qushbegi maktubning so'ngrog'ig'a kelib to'xtadi-da, chaqirdi:
— Pirmat, Pirmat! Pirmat yugurib kirdi.
— Labbay, taqsir!

Qushbegining tovshida shu choqg'acha eshitilmagan bir holat bor edi:
— Darrav haligi osilish uchun yuborilg'an gunohkorlarning orqasidan ot bilan yugir! Dor ostidan bo'lsa ham qaytarib kel! Buyrug'imni qo'rboshig'a aytsang unar!

Pirmat kullik qilib daxliz tomong'a qaradi:
— Qo'rboshi ham shu yerdalar, — dedi.
— Chaqir!
   
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:29:53
Daxlizdan qo'rboshi kirib qulliq qildi.

— Xizmat, taqsir.
— Yaxshi, siz ketmagan ekansiz, — dedi qushbegi, — Pirmat bilan borib, darhol boyag'i gunohkorlarni qaytarib kelingiz.

Shubhasini bekorga bo'lmag'anini sezgan qo'rboshi yonida tik turg'uchi Xoting'a qarab oldi:
— Sabab, taqsir?
— Sababini surishtiradirg'an vaqt emas, chop dedim, chop! Qo'rboshi qulliq qilib Pirmat bilan chiqdi. Uning keyinidan qushbegi «padar la'nat» deb so'kinib a'yonlarga qaradi. Endi xotinning xayajoni bir oz bosila tushkan edi. Qushbegi qo'lidag'i xatni yana o'kushg'a tutindi. A'yoni shahar bunchalik ishka yaragan qushbegining qo'lidag'i maktubga va uni keltirguchi Xoting'a qarashmokda edilar. Qushbegi maktubni ikkinchi martaba o'qub chiqib Xoting'a qaradi:
— O'lturingiz, singlim,— dedi.

Xotin o'lturmakchi bo'lgan edi paranji ichidan uning atlas ko'ylaklari va nafis oq qo'llari ko'rinib ketdi. Qushbegi yer ostidan xotinni kuzatdi-da, ko'lidag'i maktubning orqa, o'ngini tekshirib qaradi. Maktub anchagina uring'an, qog'ozi shaloqlangan edi. So'ngra xotindan so'radi:
— Qutidor bilan Otabekning kimi bo'lasiz, singlim?
— Qutidorning qizi, Otabekning xotini.
   
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:29:59
u so'zni eshitkuchi a'yon bir-birlariga qarashib qo'ydilar.

— Buni nega ilgariroq olib kelmadingiz?

Qushbegining bu savolidan Kumushbibi qo'rqunch bir ma'noni ongladi. Go'yo «ish o'tkan so'ng kelibsan» degandek tushungan edi. Shuning uchun ul titroq bir ovoz bilan so'radi:
— Endi yaramaydimi?
— Yo'q, yo'q, qizim, — dedi qushbegi, — men nega kecha va o'tkan kunlarda olib kelmadingiz demakchiman.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:30:06
Kumushbibi bir entikib qo'ydi va o'zini to'xtatib:
— O'zim ham bu maktubni shu bu kun ko'rdim, — dedi.
— Maktubni ilgari ko'rmagan edingizmi?
— Ko'rmagan edim.
— Maktub qayerda ekan?
— Uning eski kamzulining cho'ntagida ekan.
Shu gapdan keyin qushbegi maktubni o'ziga yaqin o'lturg'an Azim ponsadboshig'a uzatdi:
— Siz ham o'qub ko'ring-chi, ponsad, — dedi va Kumushdan so'radi,— o'qug'anmisiz?
— O'qug'anman.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:30:41
— Eringizning hukumatka qarshi harakatini ilgari ham bilar edingizmi?
— Qanaqa harakatini?
— Masalan, biz otangiz bilan eringizni nima uchun osmoqchi bo'ldik?
— Haqsiz, gunohsiz!
— Bu maktub bilan eringizni o'limdan qutila olishini siz-ga kim aytdi?
— O'zim bildim.
— Bo'lmasa ilgaridan eringizning o'sha harakatini ham bilar ekansiz-da?
— Yo'q, taqsir, — dedi Kumush. Qushbegining maqsadig'a endi tushunib olgan edi, — men onam bilan to shu kungacha ularning nima gunoh bilan qamalganlarini bilalmay xasratda edik. Faqat bu kun kishilarning og'zidan eshitib bildikki, siz uni Toshkanddan isyon chiqarg'ali kelguchi deb gunohkor qilur ekansiz. Onam bilan manim baxtimga kutmagan joydan mo'jizadek bu maktub topildi-da, men xizmatingizga yugirdim...—Kumush so'zini tugata olmadi, chopishidan xalloslag'an Pirmat daxlizdan ko'rinib, bekka qulliq qildi:
— Dor yonidan qaytishdilar!
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:30:50
Kumushbibi sachrab Pirmatning yuziga qaradi va uzok tin olib qo'ydi. Shu choqg'acha xat o'qub o'lturgan ponsadboshi maktubdan yaxshi asarlangan edi. Maktubni yonidag'ig'a berar ekan, qushbegiga dedi:
— Bu xat toshkandlik Yusufbek to'g'risidag'i fikrimizni tamom o'zgartadir, taqsir! Uning Azizbek tomonlik bir kishi ekanligi Farg'onaning har bir xos va omi og'zida naql qilinsa ham ammo hech bir kimsa uning ichiga kirib chikmag'andir. Har kimning ko'nglidagini yolg'iz bir Xudodan boshqa kim bilsin!

«Yov ko'chsa botir ko'payar» qabilidan shu choqg'acha lom demay o'lturgan shahar a'yonlari ham masalani onglab, so'zga aralasha ketdilar:
— Xudo xaqni noxaq qilmadi, bechora yosh yigitning xaqsizga qoni to'kilmadi.
— Qutidordek qo'ymizoj bir odamning bunday zo'r ishka oralashkanlig'ig'a aql ham bovar qilmas edi.

Guyo bu so'zlar Kumushbibining o'chkan charog'ini qaytadan yoqarlar, umid osmonining yo'qolib, yashirinib ketkan yulduzlari yana qaytadan o'z o'rinlariga kelib qo'ng'andek bo'lurlar, uning ko'z o'ngida joy olg'an qoraliqlar shu yoqila boshlag'an najot sham'lari partavi bilan o'z-o'zlaridan yo'qolg'andek ko'rinarlar edi.
   
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:30:58
Daxliz eshigi ostida bir durkum oyoq tovushlari eshitilib qo'rboshi ko'rindi.

— Kelishdilar, taqsir, kirsinlarmi?

Qushbegi javob berish o'rniga maktubni olib ko'rpacha ostig'a yashirdi va Kumushbibini tanbixladi: «Majlisda manim ruhsatimdan boshqa so'zlashingiz otangiz bilan eringizning o'limlarini tilashingizdir, tushundingizmi?» Kumush qabul ifodasini bergandan so'ng qushbegi daxlizda qarab turgan qo'rboshig'a «Kirsinlar» dedi.

Kumushbibi ularni boya yo'l ustida, yigitlar orasida ko'rgan bo'lsa ham biroq daxshat ichida faqat o'rdaga qarab yugira bergan edi. Endi «Kirsinlar» jumlasini eshitgach, yuragi ortiqcha shopirinib ketdi, uning istiqbolig'a turishni va bo'ynig'a osilib yig'lashni tilasa-da, qarshisidag'i «olabo'jilar» bunga moni' edilar. Shu vaqt yigitlar oldida, qo'llarida kishan bo'lg'ani holda Otabek bilan qutidor kirdilar.

— Yigitlar, siz chiqingiz! Qo'rboshi, siz kishanlarni yeshingiz! — deb buyurdi qushbegi.
   
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:31:07
O'zining mundan keyingi ko'rguliklarini fojialar vodiysida ko'rgan qo'rboshi boshlab kishan kalidini qutidor qo'liga soldi. Kalidni burar ekan, uning qo'li dir-dir qaltiramoqda edi. Homidning noma'lum bir g'arazi yo'lida qurbon qilinayozg'an va bu g'arazda o'zining ham ishtirokining borligig'a qoyil bo'lg'an qo'rboshi ishni bu yanglig' akslanishidan sirning ochilg'anini muqarrar bilib, o'zini shu soat jallod qo'lig'a topshirilishini aniq kutmakda edi. Ming balo bilan qutidor qo'lini bo'shatib, gal Otabekka yetdi. Otabek qo'llarini bo'shatg'uchi qo'rboshining bunchalik titrab, qaltirashidan o'z raqiblaridan bittasi shu kishi bo'lg'anini o'yladi. Garchi o'zining najoti hali qorong'u ersa-da, qo'rboshini bir sinab ko'rish uchun hamma kuchini ikki ko'ziga yig'dida, unga qaradi. Favqulodda daxshat kasb etkan uning ko'zlari qarshisida qo'rboshining gunohkor ko'zlari chiday olmadilarda yerga boqdilar, Otabekning bu sinashi o'z fikrining to'g'ri bo'lishi bilan natijalandi.

Qushbegining buyrug'i bilan ikki gunohkor tiz bukib o'lturdilar. Qo'rboshi ham to'rbasini yo'qotkan gadoydek qushbegining chap yonig'a, Kumushbibining yuqorisig'a borib o'lturdi. Otabek va qutidorning ko'zlari Kumushbibiga tushkan bo'lsa ham o'z qayg'ulari bilan bo'lib unga iltifot qilmag'anlar, xokim mahkamasida paranjilik xotinning nima qilib yurganligidagi favkuloddalik ham eslariga kelmagan edi. Dor ostidan qaytish sirri, qo'ldan kishanlarni olinish sababi ularni juda shoshirg'an, shuning uchun qushbegining og'zig'a qarag'an edilar. Qushbegi bo'lsa negadir uzoq o'ylab o'lturar, tezda gap ochmas edi. Bu holdan butun majlis ahli qabziyatda, qirq quloq bo'lib uning og'zig'a tikilgan edilar. Ammo bu holga qo'rboshi jonu dildan tarafdor, shu holda bir necha kunlab emas, yillab so'zsiz qolishni tilar edi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:31:15
— Otabek, — dedi qushbegi so'z boshlab, — qo'lg'a oling'an kuningiz menga o'zingiz bilan otangizning qanday kishilar bulg'aningizni, ya'ni maslakingizni so'zlag'an edingiz. Ammo biz o'shal so'zlaringizga dalil va isbotsiz ishona olmaymiz. Sizni dor ostidan qaytarib kelishimiz ham o'shal da'vongizga birar is-botingiz bormi yoki quruq bir gapmi, deb hukmning ijrosini bir oz fursatka to'xtatishdir. Endi siz o'shal da'vongizni isbot qila olasiz-mi?
— O'shal kungi manim so'zlag'anlarim, otam bilan manim ichki sirlarimiz edi, — dedi bek, — albatta bunga guvoh va isbot topish qiyindir. Agarda otam kelib manim so'zimni quvvatlag'anda ham bari bir siz, o'g'lini qutqazish uchun so'zlaydir, der edingiz-da, ig'vogarlarning gapiga ishonib o'z hukmingizni qila berar edingiz.

Yashindek bo'lg'an uning bu suzlaridan qushbegi o'zini arang to'xtatdi:
— Demak, usha so'zlaringizni isbot qilish uchun hujjatingiz yo'q?
— Yo'q. ... Isbot uchun vijdonimdan boshqa shohidim yo'q.
— Yaqin orada Toshkanddan birar narsa olganmidingiz?
— Ya'ni nima?
— Masalan xat.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:31:22
Otabek ko'b o'ylay olmadi, butun borlio'i bilan harakat qilib qichqirdi:
— Oldim, oldim! Isbotim ham bor! A'yoni shahar uning bu holiga chidab turolmay ko'zlariga yosh oldilar.

Otabek yana dedi:
— Odam qo'shsangiz men keltiray guvohimni!
— Tinchlaningiz, Otabek, — dedi qushbegi, Otabek bir oz o'zini yig'ib olg'andan keyin so'radi, — nima olg'an edingiz?
— Maktub.
— Kimdan?
— Otamdan.
— Qachon?
— Toshkandda isyon boshlanish oldidan.
— Undan keyin-chi?
— Olmadim.
— Otangiz o'sha xatida nimalardan bahs qilar edi?
— Tushunmagan Toshkand xalqini Azizbekning makriga uchkanidan, eng oxirda... — asarlanib to'xtab oldi, — manim shu holga-tushmog'imni karomat qabilidan so'zlab, menga bir muncha nasixatlar ham qilg'an edi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:31:30
Otabekning bu so'zidan keyin ponsadboshi — «endi bo'lar» degandek qilib qushbegiga qaradi. Qo'rboshi ersa Otabekning ustida hali bunchalik tergashlar borligi uchun o'zini bir oz to'xtatib qoldi. Qushbegi ko'rpacha ostidan xatni olib Otabekka ko'rsatdi:
— Bu qanaqa maktub, taniysizmi? Otabek ko'rguchi ko'zlariga ishonmag'andek:
— Taniyman, — dedi, — ta'rifini sizga so'zlag'anim, otam mak tubi! Taajjub, buni sizga kim keltirdi, taqsir?

Qushbegi yengilgina iljayib Kumushbibiga ishorat qildi:
— Najot farishtasi, — dedi. Qutidor bilan bek yalt etib Kumushka qaradilar. Endi Kumush ortiq chidab turolmadi:
— Otajon, men qizingiz!

Otabekning qulog'iga eshitilgan bu tovush uning yuragini ingichka yeriga borib tekkan edi. Esini yo'qotib turgan qayin otasig'a qaramay:
— Sizmi, Kumushmi?—deb so'radi.
— Men, men!
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:31:39
Bu savol-javob ila ikki vujudning hamma xasratlari, alamlari bir-birlariga onglashilg'an, ikki tovushning bir-birisiga kelib qo'shilishidan ikkisiga ham til bilan onglatib bo'lmaslik bir hol yuz bergan edi.

— Bu senmi, qizim?
— Men, otajon!

Bu o'ringacha boshqa bir mulohazada o'lturgan qushbegi ularning so'zlarini bo'lib, Otabekdan so'radi:
— Qulingiz Hasanalini nega shu kungacha topib bo'lmadi?
— Qamalg'an kunimdan beriga undan xabarim yo'q, taqsir, — dedida, Otabek Kumushka qaradi.
— Bu kun o'n ikki kun Hasanali ota Toshkand ketmishdir, shundan beri undan darak bo'lmadi, — dedi Kumush.
— Toshkand ketishka uni nima majbur qildi? — deb o'rinsiz bir savol bergan edi qushbegi, Kumushbibi uning nima uchun ket-kanligini aytib qanoatlantirdi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:31:47
Masala yana xat ustiga utib, Otabek qushbegidan so'radi:

— Qo'lingizdari maktub bilan ehtimol biz oqlang'an chiqarmiz? — Qushbegidan tasdiq ishorasini olib davom etdi. — Hozir biz sizning adolatlik hukmingizdan bir narsani so'raymiz: ul shuldurkim, bizning to'g'rimizda yomon maqsad bilan sizga chaqimchiliq qilg'uchi ig'vogar va g'arazgo'lar bu majliska hozirlansinlarda, o'zlarining mash'um kashflarini va yo ko'rgan-eshitkanlarini isbot qilib bizni qayta boshdan dor ostig'a yuborsinlar. Bilaks isbot qilolmas ekanlar, bizga qazigan chukurlarig'a o'zlari yiqitilsinlar! Adolatingizdan bizning talabimiz shul, — dedi va qo'rboshig'a qaradi. Uning yuzida qurqish va iztirob alomatlari ko'rdi.
— Talabingiz o'rinlik, — dedi qushbegi, — ammo xasmingizni bu majliska hozirlash uchun vaqtimiz ozdir va lekin bu kun uni qo'lg'a olarmiz va birisi kun beshovingizni bir yerga jamlab o'z hukmimizni berarmiz, — dedi. Kumushbibiga yuzini o'girdi. — Qizim, sizning bunchalik zakovat va jasoratingizga otangiz bilan eringiz har qancha tashakkur aytsalar va o'zlarining mundan so'nggi umrlarini sizning bahshishingiz, deb bilsalar arzir. Men ham sizning bu xizmatingiz evaziga eringiz bilan otangizni hozirdan boshlab ozod qildim. Ammo Otabek ish bir taraflik bo'lguncha o'zining qochmaslig'i uchun kafil berishka majburdir.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 04:31:57
Hamma mol va mulki bilan qutidor Otabekka kafil bo'ldi va qushbegining xaqig'a duo qilib, uchavlari maxkamadan birgalashib chiqdilar.

— Ziyo aka bilan o'gli Rahmatni bo'shatingiz, so'ngra anovini qo'lg'a olingiz!— degan amrni olib, qo'rboshi ham siljidi. Shuning ila bu kungi hukm majlisi tamom bo'lib, shahar a'yonlari taajjub ichida tarqala boshladilar.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 26 Noyabr 2006, 07:50:49
20. ISTIQLOL DARDI

Yetmish kunlik bir muhosaradan keyin uch ming sipohni bir yarim mingga tushurib, bir
yarim ming sipohni Toshkand qo‘rg‘onlari ostida qurbon berib, Normuhammad qushbegi
quruq qaytishg‘a majbur bo‘ldi.
Bu yetmish kunlik qamal vaqtida Azizbekning sodiq fuqarolari bo‘lg‘an toshkandliklar
aztahidil unga xizmat qilib, jonbozliq ko‘rsatib, nihoyat qipchoqlarni umidsiz Qo‘qong‘a
qaytarishg‘a noil bo‘ldilar. Noil bo‘ldilar, ammo o‘zlari ham yaxshig‘ina bo‘lib qoldilar.
Yetmish kunlik bir qamal, yetmish kunlik chetdan va eng ozi qishloqlardan munosabatni
uzib turish, albatta Toshkandni bo‘ldirib qo‘yg‘an edi. Bu yetmish kunlik bir qamal
Toshkandning hali yig‘ishtirib kira olmag‘an donlarini, ekinlarini yov qo‘lida qoldirdi. Savdo
ishlari butunlay to‘xtab, savdogarlar zo‘r falokatka uchradilar. Kosib, faqir xalqning holi
juda yomon edi: nonsiz, donsiz, kiyimsiz, suvsiz, alohozalqiyossiz bo‘lib eng oxirgi
chekka yetkandagina qamal balosidan «yaltirasin, qaltirasin» muzaffariyat bilan qutildilar.
Xalq o‘zining bu yetmish kun ichida tortqan mashaqqat va azoblarini qipchoqlar ustidan
chalg‘an g‘alabasi bilan bir daraja yuv-di-da, kasbiga, ekin-tikiniga urinib ko‘rishni o‘yladi,
to‘g‘risi o‘ylay ham olmadi...
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 26 Noyabr 2006, 07:51:05
Azizbek, mundan keyingi Toshkandning mustaqil hukmdori Azizbek! Qipchoqlarg‘a
chalg‘an g‘alabasi uchun ul terisiga sig‘maydir... Ul endi «Qipchoqlar Toshkandni olib
qolsalar...» degan mudhish xavfdan qutilg‘an, ul endi Toshkand va atrofining xoni, xoqoni!
Endi duxoba va atlaslar ustidagina o‘lturmoqqa qanoatlanmay o‘z sha’niga, o‘z qudratiga
muvofiq tojlar, taxtlar yasamoqchi. O‘zining eski mahramiga ko‘ngli to‘lmay boshqa bir
o‘yinchi, ashulachi, husndor bir mahram topmoqchi va o‘zining bu mashhur mahrami bilan
yer yuziga (Turkiston va Buxoroga) dong‘, shuhrat chiqarmoqchi!
Azizbek endi juda xotirjam’ edi. Qipchoqlarning qaytadan Toshkand ustiga kelishlarini
ehtimol ham tutmas edi. Chunki o‘zining qipchoqlarg‘a bergan zarbasini ularga yuz yilsiz
o‘ngg‘alish bermas, deb bilar edi.
Hamma ish joyida, lekin bir narsagina ko‘ngilning ingichka yerini jarohatlaydir. Azizbek
ko‘ziga hozir yorug‘ dunyo qorong‘u, bu qorong‘uliq ichida boyag‘i shirin xayollar,
ishlatiladirgan toju taxtlar va boshqalar ko‘rinmay qoladirlar: yetmish kunlik qipchoq urushi
ming turlik yo‘llar bilan yig‘ilg‘an xazinani barbod bergan, xazina qipchoqlar ustidan g‘alaba
va istiqlol mastliklari yo‘lida qurig‘an, fuqaroning jon otib, qipchoqlarni qirib yo‘g‘ganlari
uchun in’omlarga, ehsonlarga va oziq-ovqatlarg‘a qurbon qiling‘an.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 26 Noyabr 2006, 07:51:23
Mana shu edi Azizbekning ko‘z o‘nglarini qoron-g‘ulatadirg‘an jarohat!
Bu ishning kengashiga emas, berilgan qarorni amalga oshirib berishlik uchun Yusufbek
hojiga yigit yuborib, hozir uni to‘rt ko‘z bilan kutib o‘lturar edi. Nihoyat yarim soatlik bir
kutishdan so‘ng Yusufbek hoji eshik ostidan ko‘rindi. Azizbek odatiy qarshilash yonig‘a bir
navozish ham ilova qilib, hojiga yuqoridan joy ko‘rsatdi. Bu favqulodda navozish sababini
o‘ylamoqqa hojining vaqti yo‘q, chunki o‘zining qayg‘usi o‘ylashqa, fikrlashqa yetarlikdir.
Ko‘zining oqu qorasi bo‘lg‘an Otabekning holi nima kechti, qorong‘i zindonlarda, rutubatlik,
zax yer ostlarida ochlikdan, tashnalikdan, sovuqlikdan aziz ko‘kragini yerga berib jon
berdimikin?— Zolim beklar, qonxo‘r hokimlar, rahmsiz jallodlar, mash’um dorlar va qo‘rqoq
xalqlar orasida keksa otasini, mushtipar onasini ko‘ralmay dunyodan ketdimikin?
— Mana shunday ming turlik vasvasalar ichida qarshisidag‘i Azizbekni ham unutmoqda
edi. Azizbek bo‘lsa «javohir qadalg‘an tojlar, oltin taxtlar, nozanin parivashlar, dong‘dor
mahramlar» haqidag‘ina o‘ylar edi.
— Hoji, — dedi Azizbek so‘z ochib, — manim sizni o‘rdag‘a chaqirg‘anim sababini
albatta bilmagandirsiz?
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 26 Noyabr 2006, 07:51:36
Yusufbek hoji xayolidan ko‘z ochdi:
— Taqsir... chaqirishingiz albatta fuqaroning tinchlig‘i, raoyoning1 rohati,
hukumatning barqaror turmog‘i uchundir.
Hojining bu so‘zi Azizbekni yashindek urdi. Uning ko‘z o‘nglari qorong‘ilanib, haligi
shirin xayollar tag‘i qorong‘iliqda yashirindilar. Ul ortiqcha o‘ng‘aysizlandi va tilar-tilamas:
— Shundog‘... — dedi va bir oz o‘ylanib qolgandan keyin: — yetmish kunlik qamal
bilan xazinamiz juda g‘ariblandi, hatto shu keyingi kunlarda sipohlarning ozig‘i uchun ham
qiynalib qoldiq. Mana shu to‘g‘rilarda sizni kengashka chaqirg‘an edim, — dedi.
— Ma’qul, taqsir.
— Men bu to‘g‘rida bir qarorg‘a ham kelib qo‘ydim.
— Qarorlari muborak bo‘lg‘ay.
— Qarorim shundan iboratdirkim, ertadan boshlab yurtka o‘ttuz ikki tangadan soliq
sochasiz.
Yusufbek hoji yurt besaranjomlig‘i va o‘g‘ul qayg‘usi bilan asabiylashkan edi.
Azizbekning bu ablahona qaroriga qarshi qizishdi. Azizbekning bu zolimona buyrug‘ig‘a
qarshi qattig‘ so‘zlar aytishka o‘ylasa ham achchig‘ini qanday kishiga aytilishini o‘ylab, o‘zini
bir oz yig‘di.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 26 Noyabr 2006, 07:51:45
— Taqsir, amringizga qarshi tushadirg‘an joyim yo‘q,— dedi, — lekin shunisini bir oz
o‘ylamoq kerakki, yurt yetmish kun qamal kechirdi. Onadan tug‘ma azoblar, ochliqlar
o‘tkardi va o‘tkarmakda. Menga qolsa bu kunlarda o‘ttuz ikki tanga emas, o‘ttuz ikki qora
pul solish ham og‘irdir. Yurt besh-o‘n kun orqa-o‘ngini olsin, so‘ngra... — Hoji so‘zini tugata
olmadi, hojining ters so‘ziga chidalmagan Azizbek vahshiylarcha hayqirdi:
— Nima deysan?!
Hoji ishning bunchalik yomong‘a ketishini o‘yla-mag‘an edi. Shu daqiqada ishning
oldini olmasa, endi gap faqat Azizbekning jallod chaqirishig‘a kelib qoldi:
— Taqsir, siz yig‘, der ekansiz ertaga emas, bu kundanoq yig‘a boshlayman. Yurt qani
bermasinchi? Faqat menga sizning buyrug‘ingiz kifoyadir.
Bu so‘z Azizbekka sihr kabi ta’sir qildi, dahlizda turg‘uchi yigit orqaliq jallod
chaqirishg‘a jo‘blangan tili o‘z zarariga harakatlandi:
— O‘rda begiga ayt, hojiga bir kimxob to‘n chiqarib kiydirsin! — dedi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 26 Noyabr 2006, 07:51:57
* * *

Yusufbek hoji egnida kimxob chopon bilan o‘rdadan chiqdi. O‘rdadagi «Chopon
muborak bo‘lsin!» deb so‘rag‘uchilarg‘a istehzo iljayishi ostida bir turlik muhmal javob
berar edi. Ul o‘rda ko‘prugidan o‘tar ekan, boyag‘idek qilib o‘zicha yana bir kulimsirab
qo‘ydi va telbalarcha o‘z-o‘ziga so‘zlanib ketdi: «O‘ttuz ikki tangadan soliq yig‘, emish...
Bir haftadan keyinga qolmasin emish... Soliq yig‘ishda qarshiliq qilg‘anni darraga yotqizish,
muvofiq ko‘rilganda osdirish haqqi ham menga berilgan emish... Go‘yo Yusufbek ham
o‘zidek bir qonxo‘rg‘a, bir zolimga aylansin emish... Men qonxo‘rliq uchun xudoning farz
qilg‘an hajini ado qilmadim; oldimda o‘g‘lum bor, menda boshqalarning o‘g‘lini darraga
yotqizish chog‘ida ko‘ndalang keladirgan vijdon bor, din bor, diyonat bor. Bizning xalqni
yer yutsin. Azizbekning tulkiligiga uchdida, uning kechagi zulmlarini unutdi, yetmish kunlab
bir zamon jon berib, jon olib nihoyat xizmat haqqi uchun o‘ttuz ikki tanga mukofot, eng
keyingi burda noningni ham ber!»
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 26 Noyabr 2006, 07:52:12
21. INQILOB

Yusufbek hoji ustida boyag‘i kimxob to‘ni bilan Shayxantahurning Zanjirlig‘iga yetib,
guzarda yig‘ilib o‘lturgan va o‘ziga salom berish uchun o‘rinlaridan turgan xalqqa xitob
qildi:
— Uying kuysin, musulmonlar! Yaxshi deb yo‘lida jon berganing Azizbek, bu kun
senlarga yaxshilig‘ingni o‘ttuz ikki tanga soliq bilan qaytarmoqchi bo‘ldi. Hozir senlarga ikki
yo‘l: o‘g‘ul, qizingni sotib bo‘lsa ham o‘ttuz ikki tangani Azizbek xazinasiga to‘lash yoki es
borida etakni yopib Azizbekni oradan ko‘tarish... Uying kuydi, musulmonlar!
— O‘ttuz ikki tanga!
Xalq Yusufbek hojidan bir zarra yomonliq yoki bo‘lmag‘ir bir kengash eshitmagan va
shuning uchun ul qayoqqa yursa, shu yoqqa borishqa hozir turar edi. Ayniqsa o‘ttuz ikki
tanga dovrug‘i guzar ahlining yuraklarini uyushdirib, buni eshitish bilanoq isyonga qo‘l
qo‘ydilar.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 26 Noyabr 2006, 07:52:21
Boshlab Zanjirliq xalqi ko‘chalarga chip1 tashlash, Azizbekka qarshi urush hozirligi
ko‘rish xayoliga tushdi. Yusufbek hoji to Eski Jo‘vaga yetkuncha o‘zining yuqoridag‘i so‘zini
ko‘y, guzar xalqig‘a takrorlab kelmakda edi. Eski Jo‘vada azim bir jamoat yig‘ib, Azizbek
bilan bo‘lgan mojarosini so‘zladi va ustidagi kimxobni ko‘rsatib istehzo tariqasida:
— Soliqni bermangiz demayman, chunki sizning itoatingiz menga bundog‘ to‘nlar
berar! — dedi.
Xalq nihoyatda qizishdi. Go‘yo birisi quvrag‘an to‘qayg‘a o‘t turtdi. Ho‘lu quruq
deganlaridek katta-kichik barobar yonmoqqa oldi.
— Yaxshilig‘imizni unutdi, do‘ng‘iz! O‘ttuz ikki tan-gani yaxshilab beraylik biz unga! Ozi
bir oy o‘tmas-danmi, andishasiz?! — degan so‘zlar eshitila boshladi. Darrov uch kishini
Sebzor, Ko‘kcha va Beshyog‘och dahalariga xabar uchun jo‘natildi. Yo qirilib bitish va yo
Azizbekni oradan ko‘tarishka fotiha o‘qildi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 26 Noyabr 2006, 07:52:30
Orada bir soat ham o‘tmadi, butun do‘konlar yopilib, Toshkand ko‘chalari chiplar bilan
to‘ldi. Barcha yarog‘langan, urushka hozir edi. Shaharning olalanish xabari o‘rdaga ham
eshitildi. Ishni kichkina deb o‘ylag‘an Azizbek shahardan ahvol olish uchun Rayimbek
dotqoni elli chog‘liq yigit bilan buyurdi. Ahvol olg‘uchilar Zanjirliqqa yetish bilan naq ishning
qay darajaga yetkanini payqadilar: ko‘chalar chip bilan to‘lg‘an, chip orqalari shashvar,
miltiq, xanjar, nayza ushlagan olomon bilan liq edi. Rayimbek dotqoning «Chiplarni
yig‘ishtiringiz, o‘zlaringiz tarqalishingiz!» deb aytkan yaxshi so‘ziga quloq solg‘uchi
bo‘lmadi. Dotqo dag‘allik qilgan edi, olomondan bittasi miltiq otib, ikki sipohni yiqib ham
qo‘ydi.
Kechki soat to‘rtlar, asrdan bir oz ertaroq hukumat askari bilan xalq orasida urush
boshlandi. Yarim soatlik otish, chopishdan so‘ng sipohlar Zanjirliq olomonlarini qochirib,
Baland masjid chipiga yetdilar. Jon achchig‘ig‘a uchragan Azizbek o‘rdaga bir muncha
sipoh qoldirib, butun kuchini yig‘ishtirg‘an holda Rayimbek dotqo ko‘magiga yetishdi.
Buning ila sipohlar tag‘in ham kuchayib, olomonni Xadraga qarab surishka muvaffaq
bo‘ldilar. Xadra chipida qonliq urushlar boshlandi. O‘ttuz ikki tanga soliq xavfida olomon
ham Beshyog‘och, Sebzor, Ko‘kcha dahalaridan o‘ziga har zamon yarog‘liq yordamlar olib
turmoqda edi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 26 Noyabr 2006, 07:52:40
Bu kun kechasi Toshkand qon ichida, mahallalarda bo‘lg‘an hukumat kishilari xalq
tomonidan o‘ldi-riladirlar, uylariga o‘t qo‘yilib mollari talong‘a tushadir. Shaharning yuraklik
yigitlari Xadra chipiga qarab chopadirlar, yuraksiz va keksalar guzar va mahallalarga
to‘nkalardan gulxan solib, «o‘ttuz ikki tanga» qayg‘usida olomong‘a muzaffariyat tilaydirlar.
Yarim kechalar vaqti olomon Xadradan Eski Mis-karlikka qarab surilishka majbur bo‘ldi.
Kutilmagan bu surilishlar Yusufbek hojini katta tashvishka solib qo‘ydi. Mundan so‘ng
xalqning o‘ziga ishonib turolmay Toshkandni ololmay qaytqan Normuhammad qushbegiga
yordamga yetib kelish uchun chopar yugurtirdi.
Eski miskarlikda ikki taraf ham tong otdirdilar. Ertalab yana qonli urushlar boshlandi.
Ammo xalq endi o‘zini ancha tutib qolgan va har daqiqa to‘rt tarafdan yangi kuchlar olib
turar edi. Shuning uchun sipohlar bir adim ilgari bosolmay qoldilar. Ammo xalq sipohlarni
bossa bosqundek tovranar1 edi. Bu holdan nihoyatda bo‘g‘ilg‘an Rayimbek dotqo qilich
yalanglab, sipohlar oldida olomong‘a qarab yugurdi. Biroq uning bu g‘ayrati o‘zi uchun
halokat bilan natijalanib, Usta Mo‘minjon ismlik bir miltiq ustasining otqan o‘qi bilan
ko‘kragidan yaralanib yiqildi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 26 Noyabr 2006, 07:52:51
Rayimbek dotqo Azizbek hokimiyatining tiragi edi. Uning qatlidan so‘ng sipohlardan
ruh tushti. Hatto Azizbekning buyrug‘ig‘a ham quloq solmay to‘sto‘ska qochib boshladilar.
Nihoyat Azizbek ham yonidag‘i qirq, ellik sodiq kishilari bilan qochib, o‘rdaga qamalishg‘a
majbur bo‘ldi. Yusufbek hoji boshliq yer va ko‘kka sig‘mag‘an muzaffar xalq o‘rda
tevaragini qurshab tushdi. Azizbek tezda berilmagani uchun minglab xalq o‘rda atrofidan
siljimay, hatto oshsuvlarini ham shunda yeb xotirjam’ yotib oldilar.
Azizbek uchun kutilmagan falokatlar yuz bergan edi. Qochib qutilish mumkin bo‘lg‘ani
holda tuzoqqa tush—kandek o‘rdaga ham qamalib bergan edi. Nima qilsin, qanoti yo‘qki
uchib qutilsa... Qamalishining ikkinchi kuni o‘rda tomiga chiqti, eng keyingi, ham eng
pastarin chorani ko‘rmakchi edi bu xoqon. Boshlab fuqarog‘a salom berdi, so‘ngra siniq va
ojiz qolgan bir tovush bilan xalqqa uzr aytdi:
— Endi o‘zimning qilmishlarimdan pushaymon bo‘ldim... Men sizlarning qilg‘an
yaxshiliqlaringizni unutqan ekanman... Sizlar o‘zlaringizning bu ishlaringiz bilan manim
ketkan aqlimni yana miyamga o‘rnatdingiz... Rahmat fuqaro... Gunohimni kechiringiz,
qilmishlarimdan pushaymon bo‘ldim, fuqaro!
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 26 Noyabr 2006, 07:53:00
Ammo xalq bunday yolborishlarg‘a, tavba-tazarru’-larga quloq solmadi, chunki ish
o‘tkan, g‘isht qolipdan ko‘chkan edi:
— Endi esing kirdimi, o‘g‘ri? Burundan o‘ylab ish qilsang boshingda bu balolar yo‘q edi!
Sen bizlarga nima ishlarni qilmading? Kun sayin necha gunohsizlarni osdirg‘an, kesdirgan,
bolalarimizni yatim, onalarimizni qon yig‘latqan sen emasmisan? Xanjaringni xayf ko‘rib
mahallarga1 chayon solig‘i solg‘an, og‘alarimizni chayon zahri bilan o‘ldirgan kim edi? Ket
to‘ng‘iz, ket, tavba qilish zamoni o‘tdi, taqdiringga sen ham tan ber! — der edi xalq.
Xalq shuningdek gaplar bilan yuz yoqdan unga hujum qilib, hatto adabsiz so‘zlar bilan
ham so‘kar edi. Azizbek hamon «Tavba qildim, fuqaro!» jumlasi bilan uzrini aytib turar edi:
— Siz yaxshilarim, bu qisqa o‘ylashingiz bilan o‘z oyog‘ingizg‘a o‘zingiz bolta urib, yana
qipchoqlar qo‘liga qaram bo‘lasiz! Manim tavbamni loaqal o‘zlaringiz uchun qabul qilingiz!
Azizbekning bu so‘zlaridan keyin olomon tag‘i qizishib, quyidagi so‘zlari bilan ko‘kni
ko‘tardi:
— Ikki qayta aldanish yo‘q! Sendek itdan bizga qipchoq yaxshi!
Xalqning bu javobi ishning ne darajaga yetkanini onglatarliq edi. Shu gapdan keyin
Azizbek tamom umidsizlanib, dunyolarcha ma’yusiyat ichida tomdan tushib ketdi.
Yusufbek hojining Normuhammad qushbegiga yuborg‘an chopari Kirovchi yaqinida
unga yetkan va qushbegini tamomi sipohlari bilan Toshkandga qaytarg‘an edi. Alamzada
qushbegi bu so‘yinch xabardan uchib-qo‘nib Azizbekning o‘rdaga qamalishining uchunchi
kuni karnay-surnay bilan yetib keldi. Olomon yonig‘a qipchoq sipohlari kelib qo‘shilg‘andan
keyin o‘rdaga bosib kirdilarda, Azizbekni ushlab ham oldilar.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 26 Noyabr 2006, 07:53:10
Yetmish kun bir muddat ovora qilib, minglab kishi qonini to‘kishka sabab bo‘lg‘an
Azizbekni Qo‘qong‘a olib borib topshirish Normuhammad qushbegi uchun qiymatli edi. Ul
o‘rdada o‘lturar ekan, bunday ulug‘ dushmanni qo‘lg‘a tushirishning bosh omili bo‘lg‘an
Yusufbek hojiga o‘z minnatdorchilig‘ini aytib tugata olmas, uning bu xizmatini xon bilan
Musulmonqulg‘a so‘zlab, unga katta bir martaba olib berishka va’dalar berar edi. Albatta
Yusufbek hojiga bu va’dalarning hech ahamiyati yo‘q, faqat ul o‘g‘lining sog‘lig‘ini bilsa va
Marg‘ilon zindonidan uning qutqarilishig‘a va’da olsa, uning uchun dunyolarcha martaba va
hurmat edi. Qushbegining va’dasiga iltifotsiz quloq berib turdi-da:
— Iltifotingiz uchun rahmat, qushbegi, — dedi. — Men endi dunyodan o‘tayotgan bir
kishi; endigi mansablarg‘a uncha qiziqa olmayman. Agar manim qilg‘an xizmatim shunday
iltifotlarga loyiq ko‘riladigan bo‘lsa, jon janobidan so‘raydirg‘an bir necha tilaklarim bor.
— So‘rangiz hoji, xon bermaganda ham olib berishka men kafil.
— Manim birinchi xolis tilagim, albatta mazlum xalq tilidan bo‘ladir: mundan so‘ng
Toshkand hokimlig‘iga har qanday bo‘lmag‘ir odam qo‘yilmasin.
— Jon janobining hamma maqsadi ham shunda. Chunki, biz Azizbek kabilardan
xalqnig‘ina emas, balki, o‘zimizni ham qiynatdirmoqdamiz.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 26 Noyabr 2006, 07:53:22
Toshkand bekligi to‘g‘risida ko‘b muzokara va mu-solahadan1 keyin Yusufbek hoji o‘z
yarasi ustida to‘xtaldi. Ul birinchi martaba o‘laroq o‘zining ichki kasalini hoziq2 deb
Normuhammad qushbegiga ochdi. So‘zlar ekan, yuragi mash’um bir ehtimolning
dahshatidan titrar, tili ham osonliq bilan harakatlanmas edi. Zero o‘zining bu o‘tinchini
qush uchkan so‘ng otilmoqchi bo‘lg‘an sopqon qabilidan hisoblar va foydasiz bir iltimos deb
cho‘chir edi.
— Agar manim bu xizmatim jon janobining marhamatiga loyiq ko‘rilur ekan, — dedi
hoji, — menga eng manzur bo‘lg‘an mukofot — o‘g‘limning ozod qilinishidir. Dunyo
mojarosidan qo‘l yuvmoqchi bo‘lg‘an bir otag‘a keksaygan kunlarida farzand dog‘ini
ko‘rmas-likning o‘zi ham ulug‘ mukofotdir, — dedi va ko‘ziga yosh oldi. Bundan qushbegi
ham nasibasiz qolmay mu-taassir3 Yusufbek hojiga tasallo berdi:
— Qo‘rqmangiz hoji, — dedi, — Marg‘ilon hokimi o‘rinsiz qon to‘kuvchi kishi emasdir.
Qo‘qonga borg‘ach, birinchi ishim o‘g‘lingizni qutqarish bo‘lsin, joysiz qayg‘ulanmangiz,
hoji.
— Qulluq, qushbegi, agar bu xizmatni o‘z zimman-gizga olur ekansiz, ustimga katta
minnat qo‘yg‘an bo‘lasiz... Biroq men qo‘rqamankim, siz Qo‘qong‘a borib yetkuncha ish
vaqtidan o‘tsin...
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 26 Noyabr 2006, 07:53:30
Qushbegi ham bu to‘g‘rida o‘ylab qoldi va hojining ehtimolidan cho‘chib, shu soatda bir
maktub bilan Qo‘qong‘a chopar yubormoqchi bo‘ldilar, bu ishning muvofiq kishisi albatta
Hasanali bo‘lg‘anliqdan chopar bo‘lib belgulandi. O‘n besh kunlardan beriga shunday
xizmatni kutib yotqan Hasanali otning boshini Qo‘qon tomong‘a qarab qo‘ydi-da, daqiqa
ichida ko‘zlarga ko‘rinmas bo‘lib ketdi.
Bir kun keyin Normuhammad qushbegi ham bir muncha sipohni Toshkandda qoldirib,
Qo‘qong‘a jo‘nash harakatiga tushdi. Toshkand olomonining talablari bilan Azizbekning ikki
oyog‘idan arqon bilan bog‘lab otning chovig‘a sudratma qildilar.
Sipohlar Qo‘qong‘a qarab harakat qilar ekan, Qo‘qon darbozasiga to‘lg‘an xalq
Azizbekning ot oyoqlari ostida sudralib ketishiga huzurlanib tomosha qilar edi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 26 Noyabr 2006, 07:54:26
22. «BIR G‘ARIBI BECHORA»

Bu tarixdagi xon o‘rdasi Qo‘qonning bu kunda Xoda bozor atalg‘an o‘rnida edi.
Ro‘monning o‘n uchunchi faslida Marg‘ilon o‘rdasining ta’rifi yozilg‘anliqdan va bu o‘rdaning
ham tashqarig‘i aylanasi o‘sha o‘rda qabilidan bir tusda, bir uslub va bir vus’atda
bo‘lg‘anliqdan bu o‘rinda yana qog‘oz qoralash ortiqchadir. O‘rda darbozasi, navbatchi
qorovul, darboza sahnining kengligi — barchasi ham o‘shal o‘rda singari, ammo buning
tashqarig‘i ko‘rinishidag‘i ortiqlig‘i to‘rt burchida qadalib turg‘an navbatchilari edi. O‘rda
darbozasidan ichkariga kirilgach, bundagi tuzilish Marg‘ilondag‘idan tamoman deyarlik
boshqacha bo‘lib chiqar, shunga binoan bu yer bilan tanishmoq ehtiyoji tushar edi.
O‘rdaning ichkarigi o‘ng, chap biqinlari sipoh turish uchun soling‘an binolar va sahnida
biz Toshkandda ko‘rib tanishqan ravishcha kiyimlik sipohlar (yigitlar) turkim-turkim bo‘lib,
ponsad boshilar qaramog‘ida qilich urish mashqini ta’lim olmoqda edilar. O‘rdaning belidan,
ya’ni shimoldan sharqqa qarab bir xatti mustaqim bilan devor va bul devorning ikki tarafini
barobar— ling tashlanib, o‘rdaning ichkari qismig‘a xon saroyiga kiriladirgan darboza
qurilg‘an edi. Bu darboza eskirgansumon ko‘rinsa ham asli yaratilishdag‘i nafislik, me’moriy
san’atkorlik o‘chayozg‘an bo‘lsa ham, biroq undagi ivir-jivir sirlar, o‘yma naqshlar hali ham
kishini hayron qoldirarlik edilar.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 26 Noyabr 2006, 07:55:06
Ayniqsa darbozaning ikki biqinidag‘i «o‘girmagul» tarzi bilan ishlangan guldastalar, darboza ravoqidag‘i ganchdan qabartirilib yasalg‘an bo‘rtma naqshlar, gullar hali o‘zlarining nafosatlarini unchalik yo‘qotmag‘an edilar. Quyosh g‘arbga qarab og‘qan, uldastalar ustiga qo‘ndirilg‘an oltin hilol alomatlari quyosh nuri bilan ko‘zni elitarlik darajada yashnar edilar. Darbozaning ikki yonidag‘i maxsus ishlangan qorovulxona — sufachalarda ikki nafar navbatchi turar edi. Navbatchidan o‘tib, darbozaga kirilsa gunbaz ravishida yo‘lak, o‘ngg‘a yurilsa devonxonag‘a, so‘lg‘a ketilsa xon mahkamasiga chiqiladirda, mahkama bo‘sag‘asida yana haligidek ikki nafar navbatchiga uchrashiladir. Marg‘ilon o‘rdasida ko‘rganimizdek bir dahliz, ammo bu o‘zining naqshlari, gullari, anvo’i sirlari, oliyliq va ko‘rkamligi bilan Marg‘ilonnikini ko‘lagada qoldirarliq edi ersa-da, eskirganligi uning ortiqlig‘ig‘a xalal bermakda edilar. Dahlizdan ichkariga qaralsa bir munaqqash va muzayyan zol, ikki tomonida xonning shog‘ovul boshilari, yasovul boshilari, dasturxonchi va oftobachilari, tunqator va parvonachilari otaliq va mehtarboshilari va tag‘i alla qancha vazir-vuzarolari qator tizilishib o‘lturmakda edilar. Zolning uchunchi darichasidan narig‘i tomon bir yupqa munaqqash devor bilan ajratilgan bo‘lib, ichkariga kiriladirgan eshiksiz bir yo‘l, bu yo‘l bilan haligi devor ikkiga ajralib, har bir bo‘lim devorning o‘rtasida kishi boshi sig‘arliq bir tuynuk, bu tuynuklar yonida qo‘lig‘a oybolta ushlagan ikki nafar jallod qotib turar edilar. Shu jallodlar orasidan o‘tib uchunchi bo‘limga kirilsa, qarshida yarim gazlar yuksaklikda to‘rt oyog‘liq oq marmardan yasalg‘an taxt ustida oltin kamarga taqilg‘an oltin sopliq qilichini tizasi ustiga ko‘ndalang qo‘yib, qizil duxobadan tikilgan po‘stun kamzul ustidan adras to‘n kiygan, boshig‘a simobi shohi salla o‘rag‘an o‘n sakkiz yoshlar chamaliq, cho‘ziqqina yuzlik, bug‘doy ranglik xon o‘lturar edi. Bu Xudoyor edi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 26 Noyabr 2006, 07:56:10
Xonning so‘l tomonidag‘i oltin hallik kursi kishidan bo‘sh, o‘ngdagi — ichki saroyga kiradirgan eshikcha yonidag‘i kursi ustida O‘ratepa chakmani ustidan qayish kamar bog‘lab, soddag‘ina qilich taqing‘an, boshig‘a oq barra popoq kiyib, basharasidagi burni yuzi bilan bir qatorda deyarlik tekis yaratilg‘an, o‘rtacha soqol, qisiq ko‘z, bug‘doy rang, o‘rta yoshliq bir qirg‘iz— Musulmonqul o‘lturar va hozirg‘ina hudaychi tarafidan o‘ziga topshirilg‘an ariza va maktublardan ochib o‘qur edi. O‘qub turg‘an arizasi ahamiyatsiz bo‘lsa kerak qog‘ozni ikkiga yirtdi-da, oyog‘ining ostig‘a tashladi va ikkinchi maktubni ochdi. Bunisi O‘sh hokimi tarafidan yozilgan edi:
«Davlatimiz stuni, padari arus shahanshohi Musulmonqul bahodir huzurlariga nomai humoyun barobari O‘sh madorisotida tahsilda bo‘ling‘an faqir qirg‘iz tullobig‘a
marhamat buyurg‘anlari hadoyo tullobning darajai ilmiyalarini imtiyozan taqsim qilindilar.
Ashaddu5 faqir va ehtiyojda avqoti6 talx mururiga majbur va masbur o‘lg‘an qirg‘iz
mullalari padari arus shahanshohining altofi shohonalaridan riqqatka kelib obidiyda
qildilar va Haq taolo dargohi vasi’asidan aduvi badkirdorlariga zafaryob
bo‘lmoqlarini va Zolona yashab Amir Temur Ko‘ragondek jahongir bo‘lmoqlarig‘a duo va
niyoz etdilar. Ba’da xotiri otir oliylarig‘a maxfiy qolmag‘aykim, shahar va atrof ellarimiz
davlati azimai qaviyalar soyai himoyatida nobob bid’ahdlar xavotir va xavfidan tinchdir.
Noma oxirida yosh shohimiz janobi xoqoni xavoqin, sultoni salotin hazratlariga padari arus
shahanshohining panohi himoyatlarida ko‘b yillar davru davron, ofiyat va salomatlik tilab
navkarlari...»
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 26 Noyabr 2006, 07:56:42
Musulmonqul Xudoyorga O‘sh ahvolini so‘zlab, uchunchi maktubni ochdi, bu maktub
xususiy bir kishidan bo‘lsa kerak, muhr va o‘zga takalluflardan xoli edi:
«Mazlumlar dodig‘a, maqhurlar faryodig‘a o‘zining adolatlik qilichi bilan yetishquchi
Musulmonqul qipchoq xizmatlariga... ko‘zlarim zulm yoshi bilan jiq, ko‘nglim davlat xoinlari
qo‘rqunchidan titragan bir holda qalam tebrataman. Davlatning sodiq bir fuqarosi, ixloslik
bir yigiti davlat ustiga o‘zining mudhish zarbasini tashlab turg‘an bir bad’ahd o‘g‘lini
o‘shandog‘ki otasining vakolati birlan ikkinchi bir tinch, ulug‘larg‘a mute’, farmonbardor
bir shahar ahlini oyog‘landirmoq bo‘lg‘an edi. Uni isbotlari, shohidlari birlan dor ostig‘a
tortquchi sodiq bir qulni ko‘klarga ko‘tarish o‘rniga qamamoq va oyog‘ig‘a zulm zanjirini
urmoq bo‘ladirlar... Musulmonqul janobidek bir bahodirdan andisha qilmay uning
dushmanlarini sarfaroz aylab do‘stlarini g‘amgin qiladirlar.
Maktubning tumanlik ma’nosiga tushuna olmag‘an Musulmonqul bu o‘rinda to‘xtadida,
maktubning oxirig‘a ko‘z tashlab oldi:
«Bungacha manim hayajon va qayg‘u orasida yozg‘an yo‘llarima balki
tushunmagandirsiz, buning uchun g‘azablanmay bu gunohimni sizga sodiq bir qullig‘im
yo‘lig‘a kechirursiz. Bu kundagi Toshkand isyonining boshliqlaridan bo‘lg‘an Yusufbek hoji
Azizbek nonko‘rning mashvarati birlan marg‘ilonliqlarni ham janobingizga qarshi
oyoqlandirmoq maqsadida o‘z o‘g‘lini munda yuborg‘an ekan. Faqir sodiq qulingiz bu
e’vagar yigitning tevaragiga o‘z tarafdorlarini yig‘ib qurg‘an bir majlislariga rost kelib va
uning Marg‘ilonga nima uchun kelganligini payqab, nihoyatsiz xavfka tushdim. Uning
so‘zlari qipchoqlarni yo‘qotib, hukumatni shaharliklar qo‘lig‘a olish edi. Qipchoqlar xayrixohi
kamina qulingiz bu sirni ichimga yutolmay, bir necha vositalar birlan Marg‘ilon hokimi
O‘tabboyga bildirdim. O‘tabboy qushbegi Yusufbek hojining o‘g‘li bo‘lg‘an mazkur Otabek
bilan uning tarafdori va qayin otasi Mirzakarim otliq kishini qo‘lg‘a olib zindon qildi.
Qushbegining chaqirishi bilan huzuriga hozir bo‘lib, Otabek og‘zidan nimaiki eshitkan
bo‘lsam bir-bir so‘zlab berdim. Xolis shahodatim so‘ngida Otabek bilan qayin otasi
Mirzakarimni qushbegi osib o‘ldirishka buyurdi. Ammo O‘tabboyning kisai xiyonatiga
Mirzakarimning havlisidan kelib tushkan bir xalta oltinlar barobariga dor ostig‘a yetkan
e’vogarlarni o‘limdan ozod qildi, davlatning sodiq qullaridan bo‘lg‘an kaminai xolisni
muttahamlar yeriga zindon qilmoq va osib o‘ldirmoq bo‘ldi. Chunki kamina qulingizning
sizga shikoyat qilishimdan benihoyat qo‘rqar erdi. Ammo davlatlari yori berib, sadoqatlik
xizmatkorlaringizdan bo‘lg‘an Marg‘ilon qo‘rboshisining yordami birlan O‘ttaboyning
changalidan arang qutilishg‘a muvaffaq bo‘ldim...»
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 26 Noyabr 2006, 07:56:52
Maktubning shu yeriga yetkanda Musulmonqul xatdan bosh ko‘tardi. Hozir uning
kipriksiz qisiq ko‘zlariga o‘tlar yonmoqda edi. Qichqirdi:
— Chilim!
«Shundog‘ qilib sizning o‘z kishingiz bo‘lg‘an O‘tab-boy tuz haqingizni unutdi. Bir
hamyon oltin deb dushman-laringiz tarafiga o‘tdi. Sizning xayrixoh qullaringizdan bo‘lg‘an
biri o‘z shahrini tashlab Qo‘qon qochmoqqa va ulug‘ dargohingizga sig‘inmoqqa majbur
bo‘ldi. Men, xolis qulingiz o‘zimning sadoqatim evaziga bunday mukofot olg‘anim uchun
qayg‘irmayman va lekin O‘tabboy va Otabek kabi xoinlarni kundan-kunga kuch olib davlati
shahriyorig‘a dahshatlik bir falokat tug‘dirishlaridan qayg‘iraman. Bu maktub sodiq bir
qulning xolis sadoqatidan bir namunadir. Men shuning ila shoyad o‘z bo‘ynimdag‘i vazifani
ado etkan bo‘lurman. Shoyad davlat dushmanlarini o‘z oyog‘laridan yitib1 ketishlariga
sabab bo‘lg‘an bo‘lurman.
O‘zimning bu xizmatim evaziga bir mukofot olish muddaosida bo‘lmag‘animdan va
nimaiki janoblari yo‘lida mashaqqat chekkan bo‘lsam o‘zimning bir vijdoniy vazifam deb
bilib, bu maktubda o‘z otimni yozishg‘a ham tilamadim. Yosh xonimizga tinch va shavkatlik
davr, davlat xoinlariga o‘lim tilab bir g‘aribi bechora».
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 26 Noyabr 2006, 07:57:10
Musulmonqul nihoyatda tutoqqan edi. Hozirgi borliq alamini tamakudan oladirg‘andek
hudaychi keltirgan chilimga yopishdi-da, shig‘-g‘ etdirib, sarxonani sindirish darajasiga
yetkuzib tortdi. Og‘zidan pag‘a-pag‘a tutun chiqarar ekar, xatning mazmunini Xudoyorg‘a
so‘zladi. Toshkand ustiga yuborg‘an sipohlari bilan Normuhammad qushbegini nihoyat
Toshkandni ololmay qaytish xabarini eshitib, so‘ng darajada ma’yusiyat ichida o‘lturgan
Musulmonqul uchun bu maktub yara ustiga tuz sepish qabilidan tag‘in ham alamlik bo‘lib
tushkan edi.
— Xudaychi!
— Labbay taqsir!
— Mirzani chaqir! — dedi Musulmonqul, so‘ngra qo‘lidagi maktubni taxig‘a solar ekan,
Xudoyorg‘a dedi:— Eshitdingizmi, o‘g‘lim! Azizbek bilan Yusufbek bizga nimalar qilmoqchi
bo‘ladirlar? O‘zimizning sodiq kishimiz, deb o‘g‘lag‘an O‘tabboy ham dushmanlarimiz bilan
birgalashib boshlag‘an... Xayr qo‘llaridan kelganni qilib ko‘rsinlarchi, biz ham mundan keyin
o‘shandoq ko‘rnamaklar bilan qiladirg‘an muomalamizni bilarmiz.
O‘z saltanatiga raxna solishdan iborat bo‘lg‘an bu xabarlardan Xudoyorxonning
mutaassir bo‘lg‘anlig‘i belgusiz, ul bu gapni eshitmasdan ilgari qanday bo‘lsa, hozirda ham
shu holda o‘zgarishsiz edi. Musulmonqulning yonib turg‘an, o‘tdek tutoqib so‘zlag‘an gapini
sukut bilan kechirmaslik uchungina bo‘lsa kerak quruq va shirasiz qilib:
— Hammadan ham O‘ttaboyni aytingiz, ablah bir odam ekan, — dedi, — meni
siylamag‘anda ham sizni rioya qilsa kerak edi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 26 Noyabr 2006, 07:57:21
— Yaxshiliq qilg‘an kishingdan hech bir yaxshiliq qaytmas ekan, — dedi Musulmonqul.
— Jumladan, bittasi ko‘z o‘ngimizda — Azizbek. Men uni yoshlig‘idan boshlab o‘z qo‘limda
o‘stirdim, Toshkand hokimligidan Salimsoqbekni olib1 uning o‘rniga hokim tayinladiq. Biroq
shunchalik yaxshiliqlarimizg‘a qarshi natijada bizga yog‘iy2 bo‘ldi, bo‘lsin; ul Toshkandning
o‘zigagina qanoatlanmay Marg‘ilon bilan ham ish qilmoqchi bo‘lsa, bunisini ham biz
ko‘raylik.
Mirzaboshi kirib xong‘a qulliq qildi va Musulmonqulg‘a qarab qo‘l bog‘ladi.
Musulmonqul yana xumori bo‘lg‘an edi — «Chilim!» deb tashqarig‘a qichqirdi, so‘ngra
mirzoboshig‘a dedi:
— Hozir Marg‘ilon hokimi O‘tabboy qushbegiga bir xat yozib, chopar bilan yubor. Xatni
olg‘an zamon Yusufbek hojining o‘g‘li Otabek deganni olib huzurimizga kelsin!
Mirzobashi qulliq qilib orqasi bilan yurib chiqdi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 26 Noyabr 2006, 07:57:37
23. MUSULMONQUL

Arkoni davlat yig‘ilib, Xudoyor taxtiga mingan, Musulmonqul xon bo‘lmasa ham
xonliqdan-da yuqori bir kuchka molik bo‘lg‘an siyosat kursisiga o‘ltirgan edi. Boshlab otaliq
kirib xong‘a salom berdi va uning haqig‘a uzun duo qilib chiqdi. Otaliqdan so‘ng o‘zga a’yon
birma-bir kirib, duo qilib chiqa boshladilar. Duoxonlarning eng so‘ng‘ida xudaychi ko‘rindi,
salom va duodan keyin yuzini Musulmonqulg‘a o‘girib:
— Marg‘ilon hokimi O‘tabboy qushbegi huzuri oliylarig‘a kirish uchun izn so‘raydir! —
dedi.
Hamma fikri zikri O‘tabboy ustidagina qolg‘an Musulmonqul bu xabarni eshitish bilan
kuchlik bir tin olib hudaychiga qaradi:
— Yolg‘iz o‘zimi yoki yonida kishilari ham bormi? — deb so‘radi. Hudaychi yana bir
qulliq qildi:
— O‘n chog‘liq yarog‘liq yigitlari ham bor.
— Tag‘in-chi?
Yarog‘siz yana bir yigit ham ko‘rindi.
— O‘tabboyning o‘zini huzurimizga kirgiz, — dedi Musulmonqul, qulliq qilib chiqa
boshlag‘an hudaychini yana to‘xtatib so‘radi: — O‘tabboyning yigitlari o‘rdaning
tashqarisidami, ichkarisida?
— Taqsir, ichkarisida.
— Yaxshi, qushbegi bizning yong‘a kirgandan so‘ng o‘rda yigitlari ularga hozir
bo‘lsinlar!
Hudaychi qulliq qilib chiqdi. Uning ketidan Musulmonqul tovshig‘a muzaffariyat ohangi
berib xong‘a dedi:
— O‘g‘rilarning ikkisi qopqonga tushdi, xon!
— Tole’imiz.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 26 Noyabr 2006, 07:58:04
Qushbegi kirdi. Xong‘a ikki bukilib ta’zim qilg‘ach, kelib uning qo‘lini o‘pdi.
O‘tabboyning muloqoti uchun Musulmonqul ham go‘yo hech narsa ko‘rmagandek o‘rnidan
turib uning bilan quchoqlashib ko‘rishdi. O‘taboy Musulmonqulning ko‘rsatishi bilan xonning
chap tomonidag‘i kursiga o‘lturdi. Ul Musulmonqulning samimiy muloqotidan qo‘rquvliq
yuragini bir qadar to‘xtatib olg‘an edi. Kursidan yana turib xong‘a qulliq qilib boz o‘lturdi.
Musulmonqul qushbegini yer tegidan kuzatar ekan so‘radi:
— Yurtlaringiz tinchliqmi, o‘zingiz ham sog‘-misiz?
— Alhamdullilloh, yosh shohimizning davlatlari va husni tavajjuhlari soyasida yurtimiz
tinchliq, fuqaromiz javobi oliyning duoyi jonlari bilan mashg‘ullar.
Xudoyor ozg‘ina ishorat bilan unga tashakkur bil-dirdi. Bunga qarshi qushbegi kursidan
qo‘zg‘alib qulliq qildi. Musulmonqul murtini silab nimaningdir mulohazasida edi. Uning bu
holi birar daqiqag‘a cho‘zilg‘anliqdan Xudoyor bilan qushbegi uning og‘zig‘a tikilgan edilar.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 26 Noyabr 2006, 07:58:18
— Sizning xabaringiz bo‘ldimi, yo‘qmi biz Tosh-kand ustiga yuborg‘an Normuhammad
qushbegidan juda yaramas bir xabar oldiq, — deb Musulmonqul O‘tabboyga qaradi, undan
xabarsizlik javobini olg‘ach, so‘zida davom etti; — Normuhammad qushbegi uch ming
sipoh bilan yetmish kun Toshkandni qamab yotib, nihoyat bir ish chiqara olmay odamlari
bilan qaytmoqqa majbur bo‘libdir. Azizbek bilan Yusufbek hojilarning aztahidil qarshiliqlari
bizning kishilarni quruq qaytarishg‘a majbur qilibdir. Mana shuning uchun mundan keyin
bizning boshqa bir yo‘l bilan ish ko‘rmagimiz taqozo qiladir... Kecha biz kimdandir Yusufbek
hojining o‘g‘li bo‘lg‘an Otabek deganni sizning Marg‘ilonda deb eshitdik. Mundan so‘ngg‘i
Toshkand to‘g‘risida ko‘radirgan tadbirlarimiz uchun uning keragi bo‘lur, deb o‘ylab siz
bilan birga uni huzurimizga chaqirg‘an edik... — Bu joyda qushbegi Musulmonqulni
to‘xtatdi-da, kuldi, so‘ngra Xudoyorg‘a dedi:
— Otabek ustida ancha mojarolar bo‘lib o‘tdi. Buning hikoyasi uzun, alhol
mingboshining ra’ylarini eshitaylik... davom qilingizchi.
— Otabek o‘zingiz bilan birgami? — deb so‘radi Mu-sulmonqul, birgalik javobini olib,
tamom xotirjam’ bo‘lg‘an holda davom etdi: — Yuqorida aytkanimdek minba’d3 tadbir yo‘li
bilan Azizbekni yo‘qotishdan boshqa choramiz yo‘qdir. Bizning bu keyingi rejamiz yo‘lida ish
beradirgan kishi bo‘lsa ul ham menga qolsa shu Otabek bo‘lur. Chunki boshqalarg‘a
qarag‘anda uning Toshkand borishi va Azizbekning yaqin odamining o‘g‘li bo‘lg‘ani uchun
uning bilan aloqada bo‘lishi, zahar berish va yo boshqacha bir yo‘l bilan uni oradan ko‘tara
olishi, unga eng qulay bir ishdir. Og‘riqning tuzalasi kelsa emchi o‘z oyog‘i bilan kelur,
deganlaridek, Otabekni Marg‘ilonda bo‘lish xabarini eshitib xon bilan men juda
quvonishdiq... mana sizni chaqirishdan bo‘lg‘an maqsadimiz shudir. Yana sizning bu
haqdag‘i ra’yingiz nima bo‘lsa eshitamiz.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 26 Noyabr 2006, 07:58:38
Musulmonqulning bu so‘zlariga O‘tabboy qushbegi tamom ishong‘an, ammo Xudoyor
ersa uning ilgarigi maqsadini yaxshi bilganlikdan bu so‘ngg‘i gaplar bilan nihoyatda
taraddudga tushkan edi. To‘g‘risi ham Musul-monqulning bu keyingi gapi kishini
mutaraddid qilmay qo‘ymas edi.
— Bu fikringiz menimcha ham ma’qul, — dedi qushbegi, — ammo bunda bir gap bor,
ul ham: Otabek bu vazifani o‘z bo‘yniga oladimi, yo‘qmi masalasidir. Chunki Otabekning
Azizbek tarafdori bo‘lg‘anlig‘iga shu o‘rtada o‘zim tegshirgan bir ish meni shubhaga
tushuradir. Shundog‘ki, mundan yigirma besh kunlar ilgari, qo‘rboshimning xabar berishi
bilan Azizbek tarafidan Marg‘ilonda to‘polon chiqarg‘ali kelgandir, deb o‘ylab, yonidag‘i bir
necha kishilari bilan zindonga soldirdim. Uning Yusufbek hojining o‘g‘li bo‘lishi ham o‘sha
mulohazamning to‘g‘rilig‘iga meni ishontirar edi. Yana qo‘rboshig‘a Otabek ustidan shikoyat
qilg‘uchining shahodati bilan bu shubhamga ishonib, mundan besh kun ilgari Otabek bilan
uning qayin otasi Mirzakarim degan marg‘ilonlikni o‘lim jazosiga hukm qildim.
Gunohkorlarni dor ostig‘a olib ketkanlariga bir muncha fursat o‘tkan edi, mahkamaga bir
xotin hozir bo‘lib, qo‘limga bir maktub berdi. O‘qub qarasam, Azizbek Toshkandda
Qo‘qong‘a qarshi isyon chiqarmog‘i bo‘lib yurgan fursatda Yusufbek hoji tomonidan o‘g‘li
Otabekka yozilg‘an bir maktub bo‘lib manim qo‘l, oyog‘imni bo‘shashdirdi. Chunki bu
maktub Yusufbek hojining Azizbekka tamomdan qarshi bir kishi bo‘lg‘anlig‘ini onglatar edi.
Gunohkorlarni dor ostidan qaytarishg‘a majbur bo‘ldim. Men faqat shu maktub dalolatiga
bovar qilib, gunohkorlarni bo‘shata bermay, qo‘limdan kelgancha yana tekshirib tergadim.
Otabekning so‘zlari kishini tamom ishontirarliq darajada maktubga muvofiq edi. Shundog‘
bo‘lsa ham faqat Mirzakarimni ozod qilib, keyingi tergashlar tamom bo‘lg‘unchaliq Otabekni
kafilga berdim. O‘zining biror adovati uchun bunday gaplarni qo‘zg‘atib yurgan bo‘lmasin,
deb haligi menga shahodat berganni ushlab Otabek va boshqalar bilan yuzlashdirmoqchi
bo‘lganimda nima sababdandir ul qochdi. Shu kungacha uni topib bo‘lmadi. Muning
qochishi garchi bu shahodatning birar adovat yuzasidan bo‘lg‘an si’oyat1 ekanini onglatar
edi ersa ham men yana hanuz Otabekni kafolatda saqlar edimki, janobi oliydan bu xabar
yetdi. Darhol Otabekni yigitlardan o‘ratib saodatxonai shahanshohiga jo‘nadim. Otabekning
Marg‘ilon mojarosi shundan iborat bo‘lib, manimcha Otabek ustida hali shunday tergovlar
borayotqan bir vaqtda unga bundog‘ javobgarlik vazifani topshirish qalay bo‘larikin,
deyman...
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:20:09
Otabek hudaychi orqasidan kirib xong‘a ta’zim qildi va qo‘l bog‘lab to‘xtadi. Otabek
Musulmonqul otini, uning yirtqichlig‘ini yaxshi bilsa ham, ammo shaxsan o‘zini ko‘rmagan,
shuning uchun xonning yonidag‘i xoqong‘a iltifot etmadi. Uning bu iltifotsizligi
Musulmonqulg‘a asarsiz qolmadi-da, achchig‘i ustiga achchig‘, kek ustiga kek qo‘shildi va
shular ichida yasalib chiqg‘an bir istehzo iljayishi va bir tovush bilan:
— Manga qarang, bek yigit, — dedi. Otabek o‘ziga qarag‘ach: — Siz kim bo‘lasiz? —
deb so‘radi. Ul hanuz boyag‘i masxara holatda edi.
— Men Otabek.
— Dunyoda Otabekdan ko‘pi bormi, siz qanday Otabek?
— Otabek Yusufbek hoji o‘g‘li.
— Ha-a-a, shundog‘ deng-chi... Toshkandlik Yusufbek hojikim, Azizbegimizning
gumashtasi bo‘lg‘an zoti sharifning o‘g‘illari?
Otabek bu cho‘ltog‘ supurgini tanidi va uning isteh-zolarini payqadi. U bundan so‘ngg‘i
ko‘rguligini tamom ma’nosi bilan onglab, ma’nosiz bu savollarga javob berib o‘lturishdan
sukutni xayrlik topdi. Go‘yo o‘zining bu sukuti bilan Musulmonqulg‘a ma’nolik bir javobni
ifoda qilar edi. Chindan ham Musulmonqul bu sukutdan tahqirlandi, tutuni ko‘kka ko‘tarilar
ekan baqirdi:
— Nega javob bermaysan?!
— Siz meni qanday tanig‘an bo‘lsangiz-bo‘lingiz, men o‘shandog‘ kishining o‘g‘li, —
dedi bek. — Men bilan otam siz bilan qushbegiga bir necha turlik bo‘lib tanilsaqla, o‘z
vijdonimiz oldida bir turlikkinadirmiz! Shuning uchun siz tilagan tarafingizga hukm
qilingizda, buyrug‘ingizni beraveringiz!
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:20:24
Musulmonqulning yuzidagi boyag‘i achchig‘lar yerini bir zavqlanish vaziyati oldi.
Kulimsirash ichida Otabekni kuzatar ekan:
— Dav yuraging bor ekan, yigit... Hayfki, gunohing bo‘yningda1, — dedi va chaqirdi:
— Jallod!
Eshik yonida kutib turgan oyboltaliqlar harakatlandilar:
— Xanjarimiz qonsirag‘an!
Jallodlarning oldida kirgan hudaychi xong‘a arz qildi:
— Toshkanddan bir chopar bor, huzuringizga kirish uchun izn so‘raydir!
Xudoyor Musulmonqulg‘a qaradi. Musulmonqul ersa Otabekni jallodga topshirish
uchun o‘nglang‘an tilini qisishg‘a majbur bo‘ldi. — Kirsin! — dedi va o‘zidan amr kutib
turgan jallodlarga: — Bir ozdan so‘ng, — dedi, chiqib turmoqqa ishorat qildi. Negaki,
choparning Toshkanddan bo‘lishi bu hukmda bir oz shoshmasliqni istar, chopar vositasi
bilan ham bu hukm ehtimol haqlik bir hukm bo‘lib chiqar va Musulmonqul ham loaqal o‘z
umrida bir martaba bo‘lsa-da, o‘rinliq qon to‘kkan bo‘lar edi.
Otabek garangsigansumon devorga suyangan, mundagi allaqanday ma’nolarni
onglatqan taxt, toj, xon, bek kabi lash-lushlar uning ko‘z o‘ngida qora pullik qadru
qiymatsiz... To‘g‘risi ul ajib bir tabi’atka kirgan, uning vujudi quruq va hissiz... Yo‘q, ul
sezsa-da, bilsa-da, go‘yo oyog‘, qo‘li bog‘lanib bo‘g‘izlanishga hozir-langan bir qo‘y kabi
qayralayotgan pichoqqa butunlay parvosiz, qo‘rquvsiz tomosha qilar edi. Bu turmish, bu
hokimiyat, cheki ko‘rinmagan bu qorong‘iliq... uning uchur sira qiziqarliq emaslar: ul yo‘q
edi — tinch edi, ul keldi — tinchimadi, ul yana yo‘q bo‘lsa ehtimol yana tinchir edi. Mana
shuning uchun ham ul bezraygan edi. Faqat... faqat shu turmishdagi biravgina uning
ko‘nglidan tezroq yuvilmas va yuvilishi ham qiyindek... Nihoyat, bundan ham qutilg‘andek
bo‘ldi. Ammo... ammo so‘ng nafasida uning bilan vido’lashsa, bo‘g‘zig‘a xanjar botar ekan,
uning yuziga qarabqina ko‘zi nursizlansa... Uning hamma orzusi shu edi hozir.
Hudaychi choparni boshlab kirdi. Chopar nomani tiz bukib Xudoyorg‘a topshirg‘ach,
orqasiga qaytib, ko‘zini devordagi bezrayganga tashlamasunmi... Ul o‘zining xon huzurida
bo‘lg‘anini ham unutdi-da, o‘zini Otabek ustiga tashladi, Toshkand choparining bu
kutilmagan harakati xonni, Musulmonqulni, qushbegi ham hudaychini va olding‘i zolda
o‘lturgan a’yonni bir hayratda qoldirg‘an edi. Otabekning tasallo berishi bilan Hasanali
undan qo‘l tortdi ersada, biroq undan hayajon, yig‘i hali arimagan edi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:21:06
— Adab! — deb qichqirdi Musulmonqul, so‘ngra o‘ziga qarab qo‘l bog‘lag‘an
Hasanalidan so‘radi, — sen kimning chopari?
— Normuhammad qushbegining.
— Qayerdan?
— Toshkanddan, taqsir.
Musulmonqul taajjub ichida o‘ziga Xudoyor tomo-nidan uzatilg‘an nomani oldi. Ochib
kishi eshitarlik qilib o‘qudi:
«Yosh xonimizg‘a va padari arus shahanshohi Musulmonqul bahodir huzurlariga. Yosh
shohimizning baxt va tole’lari ruhsiz tanlarimizga qayta boshdan ruh, ma’yus
ko‘ngillarimizga qaytib chiqmasliq umid bag‘ishladi. Faqir qullari mundan to‘rt kunlar ilgari
Toshkanddan sipohlar bilan umidsiz qaytishga majbur bo‘lib, ul to‘g‘rida huzurlariga xabar
ham yuborg‘an edim. Shu holda biz sipohlar bilan Kirovchi yaqinig‘a yetkan ham edik,
orqamizdan bir chopar Toshkandda Azizbekka qarshi isyon boshlang‘anini, bizni ko‘mak
uchun Yusufbek hojining Toshkandga chaqirg‘anlig‘ini so‘zlab, uning ismidan bir maktub
berdi. Men darhol sipohlarni Toshkand qaytishga buyurdim-da, xabar olg‘ani ikkinchi kuni
Toshkandga yetdim. Biz Toshkandga kirganda Yusufbek hoji boshliq olomon Azizbekni
o‘rda ichiga qamab yotar ekanlar. Olomon, ayniqsa, Yusufbek hoji bizni juda yaxshi
qarshiladilar. Biz borg‘andan keyin o‘rdaga bosib kirdik-da, Azizbekni ushlab oldiq. Boshda
men Yusufbek hojini balki, Toshkand bekligi uchun ta’malanur deb o‘ylag‘an edim. Ammo
uning butun o‘rda va xazina, ashyo va yaroqlarini manim qo‘limg‘a topshirishi bu fikrimni
bo‘shka chiqardi. Yusufbek hoji nihoyatda ta’masiz, xalq manfaatini kuzatkuchi bir odam
ekan. Binoan alayhi1 uning to‘risidag‘i bizning sui zanlarimiz2 xato bo‘lib chiqadir. Uning
Azizbekka qarshi xalqni oyoqlandirishi ham bizning Toshkanddan jo‘nashimizning ikkinchi
kuni Azizbekning nechog‘liq siqilg‘an xalq ustiga o‘ttuz ikki tangadan chochkan solig‘i
bo‘libdur. Toshkand xalqi Azizbekning hiylasiga aldanib, bizga yog‘iyliq qilg‘ani uchun
pushaymon va uning zulmidan qutilg‘ani vajdan xursanddir.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:21:15
Men Yusufbek hojining bunchalik katta xizmati evaziga xon hazratidan ulug‘ bir
martaba olib berishka va’da bergan edim. Ul bunga qarshi uzr aytib, Toshkandga insoflik
bir bek belgulansa, manim uchun kifoya, dedi. Uning xon janobidan kutkan bir marhamati
bor ekankim, shu yaqinda savdo bila Marg‘ilonda yurgan yolg‘iz o‘g‘lini nomalum bir sabab
ila O‘tabboy qushbegining qamag‘anlig‘ini eshitibdir. Uning bu xizmatini birar mukofotka
arzigulik ko‘rsalar, o‘shal qamoqda bo‘lg‘an o‘g‘lini ozod etmas uchun xon hazratlarining
iladirg‘an inoyatlari har bir narsadan ham unga azizroq bir mukofot bo‘lur. Faqat
qulingizcha ham Yusufbek hojining davlatimiz ustiga qo‘yg‘an bu minnati kichkina gap
emasdir. Binoan alayhi uning o‘g‘li garchi o‘lim jazosig‘a sazovor bo‘lsa ham, marhamati
shohonaning jo‘shg‘a keltirilishi biz navqarlariga ham muvofiq ko‘riladir. Vaqtincha
Toshkand bekligiga Qo‘shdodqoni belgulab, yoniga bir muncha sipohlar berdim. O‘zim
Azizbekni olib tezda xizmatlariga yursam kerak, Normuhammad qushbegi, muhr".
Musulmonqul maktubni tugatdi-da, uyatsiz ravishda Otabekka qarab iljaydi va hudaychiga
buyurdi.
— Ikkita zarrin to‘n keltir!
Otabekning mo‘jiza qabilidan so‘ng daqiqalarida ikkinchi qayta qutilishni ko‘rgan
O‘tabboy qushbegi beixtiyor yoqasini ushladi. Xudoyorxon ham yirtqich qayinotasining
changalidan qutilg‘anini tabrik qil-g‘andek Otabekka kulib boqdi.
Musulmonqul oqsoqlanib, o‘z qo‘li bilan Otabekka zarrin to‘n kiyguzar ekan:
— Otangizning katta xizmati soyasida o‘limdan qutilg‘aningizdek zarrin to‘nliq ham
bo‘ldingiz, — deb yana bir qayta uyatsizlandi.
Tag‘in bir necha kun turib qaytmoq uchun Otabek Marg‘ilong‘a, Hasanali ota Yusufbek
hojini tinchitish uchun Toshkandga jo‘nadilar.

Birinchi bo‘limining so‘ngg‘i
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:21:29
U Z R

Ro‘mon deb sizga taqdim qilingan bu narsa dunyog‘a kelishi bilanoq baxtsizlikka
uchray boshlag‘an edi: besh yillab bosila olmay yotdi. Nihoyat, bu kun bosilishi muyassar
bo‘lg‘anida ham turlik zarbalarga uchradi; imlosi uch-to‘rtta imlochilarimiz tomonidan
tuzatilib (!) ajoyib bir quroq holiga keldi, musahhihlarimizning musohalalari2 orqasida
texnika jihati ko‘z ko‘rib quloq eshitmagan bir yo‘sunda chiqdi. Bularning sababi bosilish
chog‘ida o‘zimning hozir bo‘la olmag‘anlig‘im bo‘ldi. Ammo bu o‘rinda o‘zimning jaholatim
to‘g‘risida aytib turishni lozim ko‘rmayman-da, faqat o‘qug‘uchilarning afvularini so‘rayman.
Ro‘monning ikkinchi bo‘limini bunday xatolardan sof bo‘la olishig‘a va’da bera
olmasam-da, ammo bosilish taqdiri noshir qo‘lida bo‘lg‘anlig‘ini bildirib qo‘yaman.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:22:08
Ikkinchi bo‘lim

Azizbek Toshkanddan jo‘natildi. Uning yeriga Qo‘qondan Normuhammad qushbegi
belgulanib keldi.
Azizbekni qo‘lg‘a tushurib berish bilan qipchoqlar nazdida ham Yusufbek hojining
qadru qiymati yuqorilang‘an edi. Ammo o‘zining mansab suymasligi vajhidan yana eskicha
 «Yusufbek hoji» bo‘lib qola berdi. Shuning bilan birga Azizbek yonida qanday mavqi’
tutkan bo‘lsa, Nor-muhammad qushbegi oldida undan ham yuqoriroq va ma’noliroq e’tibor
qozondi. Uning har bir ra’yiga Normuhammad qushbegi qonunan majbur bo‘lmasa-da,
ammo ma’nan bir majburiyat his etar edi: o‘rinsizga kishi o‘ldirishlar, vaqtsiz ham o‘rinsiz
soliq solishlar, behuda o‘rda usrofotlari, bo‘lmag‘ur taqiqlar va ortiqcha diniy takallufotlar
bir muncha ebka olindilar.
Uch yillab Azizbek istibdodida ezilgan Toshkand xalqi erkin nafas oldi: savdo-sotiq,
ekin-tikin va kasbikor ko‘tarilib boshladi. Odamlar jonlang‘andek bo‘lib bu holni:
«Zamon-zamon dorilamon,
Normat to‘ram bo‘lsin eson!» —
deb boshlag‘an ularning ashulalari ham ifoda qilar edi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:22:27
1. OTA-ONA ORZUSI

O‘zbek oyim elli besh yoshlar chamaliq, chala-dumbul tabi’atlik bir xotin bo‘lsa ham,
ammo eriga o‘tkirligi bilan mashhur edi. Uning o‘tkirligi yolg‘iz erigagina emas, Toshkand
xotinlarig‘a ham om edi. O‘zga xotinlar uning soyasiga salom berib to‘ylarida, azalarida,
qisqasi, tiq etgan yig‘inlaridag‘i uylarining to‘rini O‘zbek oyimg‘a atag‘an edilar. Bir bugina
emas, qiz chiqaraturg‘an, o‘g‘ul uylantiradirg‘an, sunnat to‘yi qila-dirg‘an xotinlar o‘z
to‘ylarini O‘zbek oyim kengashidan tashqari jo‘nata olmas edilar. O‘zbek oyim aralashqan
to‘ylik xotinlarning ko‘ngillaridagi orzu havaslari ham erlari tomonidan kamchiliksiz
bajarilar, chunki «O‘zbek oyim shundog‘ buyurdilar» degan so‘z erlar uchun ham farz kabi
eshitilib, O‘zbek oyimning aytkanicha hozirlik ko‘rila boshlanar edi. Bu tomondan
qarag‘anda O‘zbek oyimning o‘tkirligi erlar tomonidan ham tasdiq etilganligini iqror
qilishg‘a to‘g‘ri keladir.
O‘zbek oyim uncha-muncha to‘yu azalarga «kavshim ko‘chada qolg‘an emas» deb
bormas edi. Shuning uchun xotinlar o‘z to‘ylarini O‘zbek oyim ishtiroki bilan o‘tkazib olsalar,
o‘zlarini shaharning eng baxtlik xotinlaridan sanab «maning to‘yimni bek oyim o‘z qo‘llari
bilan o‘tkazdilar» degan jumlani majlislarda iftixor o‘rnida so‘zlab yurar edilar. O‘zbek
oyimning obro‘si yolg‘iz shular bilangina cheklanib qolmas, uni o‘rda xonimlari ham ehtirom
qilib o‘zlarining «onaxonlari» deb bilar edilar. Shunga ko‘ra qaysi bir vaqtlarda o‘rda
yasovullari Yusufbek hojining eshigiga arava ko‘ndalang qilib «o‘rda begi oyim buyurdilar",
deb O‘zbek oyimning yasanib chiqishini kutar edilar. Bu tomon bilan qaysi bir majlislarda
O‘zbek oyim xotinlarning eslarini ham chiqarib yuborar edi: «Kecha o‘rda bek oyimdan
menga arava kelgan ekan, fe’lim aynab turg‘an edi, bormay aravadan bo‘sh qaytardim...
Bo xudo, o‘rda bekachi bo‘lsa o‘ziga, dedim» der edi. Ikkinchi vaqtda: «O‘tkan kun o‘rdaga
borg‘an edim; xonimlar yotib qolasiz deb qo‘ymadilar, noiloj bir kecha yotib keldim", deb
so‘z orasig‘a qistirib ketar edi. Bu so‘zlarni eshitkuchi xotinlar o‘zlarining qandog‘ bir
xotinning suhbatiga noil bo‘lg‘anlarini o‘ylab, O‘zbek oyimning ehtiromini tag‘in ham
kuchaytirar edilar.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:22:51
Ul o‘z uyida o‘lturg‘anida ham ustidagi atlas ko‘ynak bilan adras mursakni, oq shohi
dakana bilan kahrabo tasbihni qo‘ymay, qish kunlari tanchadan par yostiqqa suyalib, yoz
kunlari ayvonning to‘riga yoslanib Hasanalining xotini bo‘lg‘an Oybodoqqa, cho‘ri qiz
Hanifaga xamirni achitmaslikni, palovni qirmoch oldirmasliqni tanbihlabkina o‘lturar edi.
Otabekning Marg‘ilondan uylanib qo‘yishi otasi uchun uncha rizosizlikka mujib1
bo‘lmasa ham, ammo uning o‘g‘ul to‘yisidan boshlab, Toshkand qizlarini ost-ust qilib u
«buning qizi yaxshi bo‘lsa ham, uy-joylari yaramas ekan; buning uy-joylari tuzik bo‘lsa
ham, qizi ko‘rksiz ekan; buning qizida, uy-joylarida tuzik, biroq zoti pas ekan» deb qiz,
quda, uy, joy, nasl va nasab tekshirib yurg‘uchi O‘zbek oyimning Otabekni uylandirib
buning orqasidan ko‘raturgan orzu-havas, to‘yu tomoshalarini shartta kesib qo‘yg‘an bu
uylanishka nima deyishi va qanday qarashi albatta ma’lum edi. Bittayu bitta o‘g‘li Marg‘ilon
degan joyda, allakimlarning qo‘lida, asli noma’lum kishilarning qizig‘a uylansin-da, bu kunerta
o‘g‘lumning orzu-havasini ko‘raman, deb entikib o‘ltirg‘an va o‘g‘ul boqib katta qilg‘an
ona — O‘zbek oyim ikki qo‘lini burniga tiqib qarab qolabersin...
Bu xabarni Hasanalidan eshitkan kunlari ul bu ishka chidab turolmadi: «Endi menga
mundog‘ o‘g‘ul kerak emas... Oq sutimni oqqa, ko‘k sutimni ko‘kka sog‘dim... Endi
Toshkandga kelmasin ul o‘zboshimcha betiyuq!" deb baqirib-chaqirib, yig‘lab-sixtab, dardu
hasratni boshig‘a kiyib oldi. Oradan o‘n besh kun o‘tar-o‘tmas Marg‘ilondan Otabek keldi.
Uch oylab ko‘rmagan o‘g‘lini quchog‘ig‘a olib ko‘rishmak o‘rniga undan yuzini o‘gurib, san
kimsan, keldingmi, deb so‘ramadi va salomiga alik ham olmadi. Go‘yo uxlamoqchi bo‘lg‘an
tovuqdek hurpayib oldi. Otabek onasining araziga al-laqachon tushungan, ham shu holni
Marg‘ilondayoq kutkan edi. Bir-ikki qayta uzr aytib ko‘rgandan so‘ng O‘zbek oyimning
epaqag‘a kelishiga ishonmay qoldi va shuning uchun ul ham go‘yo bilmagan, tushunmagan
kishidek yuriy berdi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:23:00
Turg‘an gap, Otabekning Marg‘ilong‘a uzoq bormay turishi mumkin emas edi. O‘rtadan
ikki hafta o‘tar-o‘tmas otasig‘a allaqanday bahona ko‘rsatib, yo‘l hozir-lig‘ini ko‘ra
boshlaydir va onasig‘a bildirmayoq Mar-g‘ilon jo‘naydir. O‘zbek oyim o‘g‘lining «o‘lganni
ustiga chiqib tepish» qabilidan bo‘lg‘an bu harakatidan tutuni ko‘kka chiqib, borliq qahru
g‘azabini eri ustiga to‘kadir: «Siz qarib esingizni yeb qolibsiz, o‘g‘lingizni marg‘ilonliqqa
topshirib qo‘yib, yana el ichida boshingizni ko‘tarib yurmakchi bo‘lasizmi?..» deydir.
Yusufbek hojining qiziq bir tabi’ati bor: xotin bilangina emas, umuman uy ichisi bilan
har qanday masala ustida bo‘lsa bo‘lsin uzoq so‘zlashib o‘lturmaydir. Otabekmi, onasimi,
Hasanalimi, ishqilib uy ichidan birartasining so‘zlari va yo kengashlari bo‘lsa, kelib hojining
yuziga qaramasdan so‘zlab beradilar; maqsad aytib bitkandan so‘ng sekingina ko‘tarilib
uning yuziga qaraydirlar. Hoji bir necha vaqt so‘zlag‘uchini o‘z og‘zig‘a tikiltirib
o‘lturg‘andan so‘ng, agar ma’qul tushsa «xo‘b» deydir, gapka tushunmagan bo‘lsa «xo‘sh»
deydir, noma’qul bo‘lsa «durust emas» deydir va juda ham o‘ziga noma’qul gap bo‘lsa bir
iljayib qo‘yish bilan kifoyalanib, mundan boshqa so‘z aytmaydir va aytsa ham uch-to‘rt
kalimadan nariga oshmaydir. Uy ichi uning bu fe’liga juda yaxshi tushunganliklaridan
ko‘pincha bir og‘iz javob olish bilan kifoyalanadirlar. Ammo Otabek bilan birar to‘g‘rida
so‘zlashmakchi bo‘lsa, uni aksar mehmonxonaga chaqirib yoki chaqirtirib oladir. O‘zbek
oyim yuqoridag‘i o‘zining itob1 va xitobiga eridan bir iljayib qo‘yish javobini olib dami ichiga
tushadilar va chor-nochor o‘ttuz kunlab bir zamonni o‘zicha marg‘ilonliqni qarg‘ash bilan
kechiradir. Otabek Toshkandga qaytib kelib, «endi araz bitkandir» degan o‘yda onasig‘a
salom beradir. Araz bitish qayerda, O‘zbek oyimning o‘g‘lig‘a qarshi kinasi tag‘in bir necha
qat ortqan, ammo bu gal salom berguchiga bir qaraydir-da, «O‘g‘lim, menga salom berib
nima qilasan, marg‘ilonliq onangning duosini ol!» deb yuzini chetka o‘guradir. Ul onasining
bu kinoyasini kulgulik bilan kechirib, yana eskicha arazda qolaveradirlar. Otabek yana o‘n
besh kunni o‘tkazib, tag‘in bir nozik sababni o‘rtag‘a tashlab onasining ruxsatisiz
Marg‘ilong‘a jo‘nab soladir. Tag‘in O‘zbek oyimning rangi o‘chkan, qoni qochqan: tovoqni
kosaga, cho‘michni piyolaga urib dodi faryod: «Siz otamisiz, nimasiz axir, o‘g‘lingizni tiyib
olish sira esingizga keladimi? O‘g‘lingizning bu ishi bechiz emas: marg‘ilonliq sihr qildimi,
jodu qildimi, haytovur siz shu yo‘sunda yuruy bersangiz, erta-indin o‘g‘uldan ajralasiz. Bu
kalvak o‘g‘lingiz marg‘ilonliqning eshigida qul bo‘lib yotib oladir...» Ammo Yusufbek hoji
xotinning so‘zini bu gal ham elamaydir, faqat: «Qo‘yaber, xotin, o‘zi sog‘ bo‘lsa, bir kun
esini topar», deb qo‘yadir. Bir yarim oylar vaqtni Marg‘ilonda o‘tkazib, tag‘in Otabek
Toshkandga keladir. Tag‘in ona-bola oralarida kina-kudurat... Tag‘in araz... O‘n besh kun
o‘tmasdan yana Andijon safari, yana O‘zbek oyimning fig‘oni falakka... Marg‘ilonliqning
sihrchi-joduchisiga o‘lim tilash; meni o‘g‘limdan ajratsa o‘zi ham suyganidan ajrasin,
qarg‘ish...
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:23:25
Nihoyat oradan bir yil chamasi vaqt o‘tib Marg‘i-long‘a qatnash yetti-sakkizga yetkach,
O‘zbek oyimning g‘idi-g‘idisi bilan bo‘lsa kerak Yusufbek hojida ham bir o‘zgarish ko‘rila
boshlaydir. Xotinining: «O‘g‘ul o‘sdirishni, o‘g‘ul tiyishni bilmaysiz» deb shiltalashiga:
«Nima qil, deysan endi?» deb so‘raydir.
— Biz Otabekni Toshkanddan uylandirib boshini bog‘lamasaq, kun sayin uning
Marg‘ilon yugirishidan qutila olmasmiz. Toshkanddan uylansa suv quyg‘andek tinar-qolar;
Marg‘ilon balosini esidan ham chiqarar... — deydir O‘zbek oyim. Ya’ni hamisha yuragini
shopirtirib, miyasini mashg‘ul qilg‘an muddaoni aytib solish fursatini qochirmaydir.
— O‘g‘ling qaytsin-chi, bo‘lmasa...
Erining bu so‘ziga O‘zbek oyim ortiqcha qizishadir, labi-labiga tegmay bobillab beradir:
— Siz shu kungacha barcha ixtiyorni o‘g‘lingizga topshirib, bolani bola qilmadingiz, bir
xudbin qildingiz... O‘g‘ul o‘sdirish bu turda bo‘lmas; ul tilasin-tilamasin shartta-shartta
tilaganingizcha qilingizda, qarab turaberingiz. Siz o‘zingizning shu «o‘g‘ling bilar» degan
gapingiz bilan qancha yaxshi joylardan qolib, nihoyat marg‘ilonliq balosig‘a yo‘liqdingiz...
Endiki ixtiyor manda: ul kelguncha bir yaxshi joyga unashayin-da, kelgandan so‘ng to‘yni
ham jo‘natib yuborayliq!
— Turatur-chi...
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:25:30
Hojining bunchalik bo‘sh kelishi O‘zbek oyimg‘a qanot-quyruq bergandek bo‘ldi va
mundan so‘ng tinib-tinchib turolmadi. Shu gapning ikkinchi kuni Hasanalini qo‘yardaqo‘
ymay arava qo‘shdirib shaharning to‘rt tomonig‘a qiz ko‘rish uchun yurib ketdi.
Marg‘ilonliq kelinning ta’rifini Hasanalidan ko‘b eshitkan edi. Otabekning ko‘nglini o‘sha
go‘zal marg‘ilonliqdan sovitish yo‘lida undan ham ko‘hlik, undan ham suluk qiz topish
ko‘yiga tushdi. Shunga ko‘ra unga uncha-muncha qiz yoqmay, shahardagi ko‘b eshiklarni
sanashg‘a to‘g‘ri keldi. Yettinchi martaba ko‘chaga chiqishda Olim ponsad deganning qizi
yoqa tushib hojiga arz qilindi. Hoji boshda xotinining bu gapiga kuldi, undan keyin
«turatur, o‘g‘ling kelsin», dedi. O‘zbek oyimning bobillashi kuchayabergach: «Nima qilsang
o‘zing bil, basharti o‘g‘ling ko‘nmasa men zo‘rlamayman!» dedi. O‘zbek oyim eriga yalinib
boshladi:
— Bir so‘zlig‘ingizni qo‘ying, er; o‘zi aslzoda, loaqal bir og‘iz o‘g‘lingizga aytib o‘tishka
va’da bering-chi,— dedi.
— Yaxshi. Va’da ham berayin, ammo san unashmay tur.
— Unashmayman, lekin o‘g‘lingizga unashdiq, deb eshitdirarmiz... Tuzikmi?
— Ma’qul.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:25:43
Shu o‘lturishdan so‘ng O‘zbek oyim juda ham jonlanib ketdi va ertasiga Olim
ponsadnikiga qarab yana arava qo‘shdirdi. Bu ikkinchi sovchiliqda go‘yo qudachalardek
qarshi olindi. Olim ponsadboshilar: Yusufbek hojig‘a quda bo‘lar ekanmiz, deb juda ham
tipirlashib qolg‘an va izzat-ikromni haddan oshirg‘an edilar. Yegan og‘iz uyalar qabilidan
O‘zbek oyim ham muomalani qudalarcha qildi, hatto: «Bek otangiz bilan men so‘zni bir
joyiga qo‘ydiq. Faqat ish Otabekning kelishiga qoldi» deb qo‘ydi. Kechqurun uyga qaytib
bu aytkan so‘zini hikoya qilg‘an edi, hoji labini tishlab qoldi va: «Sanga sira aql bitmay
ketar ekan-da», dedi.
Bir oylab kechikkandan so‘ng Otabek qaytib keldi va bu kelishining vijdon azobi va
tilamagan bir taklifni eshitish uchungina emas, balki qabul qilish uchun bo‘lg‘anlig‘ini
payqadi. Ul bu gapni onasining ilgarigi achimsiq so‘zlarini va arazlarini tugalganidan va
o‘rniga chuchuk so‘zlar, silliq muomalalar bitib «eson-sog‘ keldingmi, bolam»laridanoq
sezgan edi. Bunday bo‘lmag‘ur taklifni eshitmas uchun o‘zini chetka olib, otasi, ayniqsa
onasig‘a yo‘liqishdan qochib yurishka majbur bo‘ldi. Ikki oradag‘i bu qochish-quvish ishi
uzoqqa cho‘zilmay, bir kun mehmonxonada ota-o‘g‘ul so‘zlashib o‘lturganning ustiga
O‘zbek oyim kelib kirdi va o‘lturmasdanoq hojiga imlab qo‘ydi. Bu imqo‘qni Otabek
payqamag‘an bo‘lsa ham lekin anuv gapni aniq shu majlisda ochilishig‘a ko‘zi yetib, chiqib
ketishning ilojini qilolmadi. O‘zbek oyim kelib kirgandan so‘ng Yusufbek hoji bir necha vaqt
o‘ylab qoldi. O‘zbek oyim depsinib-depsinib eriga qarab olar edi. Anchagina so‘zsiz
o‘lturg‘andan so‘ng hoji muloyimona so‘z ochdi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:25:52
— O‘g‘lim, hali san eshitdingmi, yo‘qmi haytovur biz saning ustingdan bir ish qilib
qo‘ydiq...
Otabek ma’lumki, ularning «qilib qo‘ygan yoki qilmoqchi bo‘lg‘an ishlarini» albatta bilar
edi. Shundoq ham bo‘lsa bilmaganga solindi:
— Aqllik kishilarning o‘g‘ullari ustidan qilg‘an ishlari albatta noma’qul bo‘lmas, — dedi.
Hoji o‘g‘lining bu javobidan yerga qaradi va nima deb davom qilishni bilmay qoldi.
Istehzo aralash xotinig‘a qarab oldi. Yana orag‘a jimjitlik kirdi. Bu so‘zsizlik ma’nosig‘a
O‘zbek oyim tushuna olmag‘an edi. Bir oz qarab o‘lturg‘ach, yuragi qaynab ketkandek
bo‘ldi:
— Biz saning uchun Olim ponsadboshining qizig‘a unashib qo‘ydiq... Endi san bilan to‘y
maslahatini qilishmoqchi edik...
Otabek onasig‘a bir og‘iz so‘z demay, ma’nolik qilib otasig‘a qarab oldi. Hoji
uyatliksumon «shundog‘» deb qo‘ydi.
— Sizlarni ranjitib bo‘lsa ham bir martaba uylangan edim-ku? Endi...
— San uylansang biz ranjirmidik? — dedi kulib hoji.
— Ranjimasalaringiz...
Hoji tuzuklanib o‘lturib oldi:
— Bu ranjishdan emas, hojatdan o‘g‘lim.
— Nima hojat?
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:27:12
—Hasanalining so‘ziga qarag‘anda, qayin otang qizini Toshkandga yubormas ekan.
O‘g‘il o‘sdirib katta qilg‘an onangning bo‘lsa oldig‘a kelin qo‘yg‘usi keladir...
Otabek onasig‘a qaradi:
— Bu kungacha kelinsiz ham yashab keldingiz, bundan keyin ham shusiz turib bo‘lardiku,
— dedi.
O‘zbek oyim marg‘ilonliq tomonidan sihrlangan o‘g‘lig‘a qarshi qizishib ketdi. Bir
yillardan beri ichiga yig‘ib kelgan kinasini to‘kib berdi:
— Man sani bu umid bilan boqib katta qilmag‘an edim... San bizning naslimizni
ko‘tarish o‘rniga, yerga urib bulg‘ading. Biz sani Marg‘ilon andisiga bunchalik mukkadan
ketishingni o‘ylamag‘an edik, adabsiz... o‘zingga qolsa shu marg‘ilonliqni xoting‘a hisoblab
ketaberar ekansan-da, uyatsiz!..
Otabek ham qizishdi:
— Xotin bo‘lmasa nima, axir?!
— Qoshliq, ko‘zlik bir andi!
— Andi deganingiz nima o‘zi?
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:27:32
Yusufbek hoji o‘g‘lini bosish o‘rniga javob ber, degandek qilib iljaygan holda xotiniga
qaradi. O‘zbek oyim «andi» ma’nosini bildirib, andilarning sihrini rad qilish uchun bir oz
tutiliqib qiynaldi:
— Andi... andi... o‘zi xitoymi, nima balo... o‘zi qalmoqdan tarqag‘an bo‘ladir...
Tushunmagan bo‘lsang, lo‘lilarning bir toyifasi...
Bu javobga Yusufbek hoji o‘zini xaxolab kulishdan to‘xtata olmag‘anidek, Otabek ham
kulib yubordi. Xotinining tirnoq ostidan kir izlab va da’vosining isboti uchun g‘o‘ldirashidan
ortiqcha kulib kayflangan Yusufbek hoji ko‘ziga chiqg‘an yoshlarni artar ekan, jiddiyat bilan
o‘g‘lig‘a dedi:
— O‘g‘lim, san onangning gapiga achchig‘lanma. Ul har narsa desa faqat Marg‘ilondan
uylanganingga qarshilig‘idan aytadir. Ammo mendan so‘rasang, Marg‘ilondag‘i na qudamiz
va na kelinimizni hech bir vajh bilan kamsita olmayman, balki bizga quda bo‘lmoqqa eng
muvofiq kishilar edi, balli o‘g‘lim, deyman. Saning tinib-tinchishing, o‘sib-unishing uchun
quvonmag‘an ota-ona sog‘qa hisoblanmaydir. San bunga yaxshi ishon. Ammo bizning
hozirgi ba’zi bir ra’ylarimiz sanga yotishib kelmas ekan, bunga haqqing ham bor, lekin
ikkinchi tarafdan bizni ham haqsiz tashlab qo‘yma. O‘g‘lim, bizning sandan boshqa umid
nishonimiz, hayot quvonchimiz yo‘q. Dunyoda ko‘rib o‘taturg‘an barcha orzumiz, havasimiz
faqat sangagina qarab qolg‘an. Biz xudoi taolog‘a minglab shukur aytamizkim, san
boshqalarning farzandidek eslik-hushlik bo‘lding; kishilardek sen bilan iftixor qilolmasaqda,
san orqalik xijolat chekmasimizga ishondik. Ayniqsa onangning saning tufayli
kechiraturgan umidlari tobora ortib bordi. Bu kun onang saning oldingg‘a tiz cho‘kib va
onang ko‘ngli uchun men ham orag‘a tushib sandan so‘raymiz: san o‘z xohishing yo‘lida
uylangan ekansan, rafiqang sanga muborak bo‘lsin. Eslilik da’vosida yurgan ota-onang
tilagi albatta shundan boshqa bo‘lmas. Shu bilan birga saning sababi vujuding bo‘lg‘an bir
kishi o‘z hayoti ichida bolasi orqaliq bir orzu-havas kechirmakchi... Uning bu orzusig‘a haq
berasanmi, yo‘qmi yana ixtiyor o‘zingda...
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:27:48
Hojining bu so‘zi O‘zbek oyimg‘a nechog‘liq yoqqan bo‘lsa, Otabekni shu qadar yerga
qaratqan edi. Hoji o‘zidan oshirib so‘zlag‘an bu so‘zlarini shu gap bilan tamomladi:
— Bilgan topib so‘zlar, bilmagan qopib, deganlaridek, onangning aytmakchi bo‘lg‘an
so‘zi faqat shu edi. Boyag‘i gaplari bo‘lsa o‘z haqqini himoya yo‘lida uning popisalarigina
bo‘lib, mendan ham ko‘ra onangning fe’lini o‘zing yaxshi bilasan...
Otabek hamon sukutda, O‘zbek oyim bo‘lsa boshi bilan «shundog‘» ishorasini berar
edi. Yusufbek hoji yuqorida o‘tkan gaplarni quruq va asossiz so‘zlamag‘an, balki shu
turmushning rukn va asosini bir daraja aytib o‘tkan, Otabek esa buni shu muhitning bir
o‘g‘li bo‘lib eshitkan edi. To‘g‘risi ham ul dadasi tomonidan so‘zlangan haligi qonung‘a
qarshi chiqish uchun lozim bo‘lg‘an kuchka molik emas; bas, kuchsizlikning natijasi esa
sukut edi. Ul bir tomondan shunday orzu-havas uchun bola o‘sdirg‘an ota-onani
mukofotlandirmakchi va otasi aytkan xijolat chekdirmayturg‘an o‘g‘ullardan bo‘lmoqchi edi
ersa ham, ikkinchi yoqdan o‘zini asir etkan shahlo ko‘zlar unga nafratlanib qarag‘andek
bo‘lurlar, go‘yoki vafosiz, va’dasiz, deb qichqirarlar edi. To‘g‘risi ham uni ota-ona
mukofotiga qarshi oyoqlandirmoqchi bo‘lg‘an narsa haligi ko‘zlargina, ammo uning bu
isyonnamo harakatidan boshqa unsurlar qidirish va chiqarish o‘rinsiz tushar edi. Ota-ona
orzusini ifo etishdan1 bir soniya ham o‘zining ko‘z o‘ngidan xayoli ketmagan anuv ilohiy
muhabbat uchun hech bir turlik kamchilik kelmasiga ishonsa ham hozir uning yuragini
boshqa bir haqiqat tirnay boshlag‘an va vijdonini faqat shu masalagina o‘rab olg‘an edi.
Otabekcha eng nozik sanalg‘an bu masala qaroshidag‘i javob kutib o‘lturg‘uchilarni nihoyat
zeriktirdi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:27:59
— Bizni kutdirma, o‘g‘lim.
Otabek mag‘lub bir boqish bilan bu so‘zni aytkuchi otasig‘a qaradi va yalinchoq bir
ohangda javob berdi:
— Men sizlarning orzularingizni bajarishka — agar xursandchilig‘ingiz shu bilan bo‘lsa
— har vaqt hozirman. Ammo bir bechoraga ko‘ra-bila turib jabr ham xiyonat...
Hoji o‘g‘lining maqsadig‘a darrov tushuna olmadi va so‘radi:
— Kimga, xotiningg‘ami?
— Yo‘q, sizning oladirg‘an keliningizga. O‘g‘lingizning vujudi bilan orzuingizni qondirish
oson bo‘lsa ham keliningiz qarshisida meni bir jonsiz haykal o‘rnida tasavvur qilingiz.
Yusufbek hoji yalt etib xotinig‘a qaradi. O‘zbek oyimning bo‘lsa oladirg‘an keliniga
e’timodi yuqo-rilig‘idan o‘ylab-netib turmadi:
— Mayli, bolam; buyoqni hozir san o‘ylamay qo‘y,— dedi.
Otabek bir og‘iz so‘z aytmay sukut qildi, Yusufbek hojining esa o‘g‘lining so‘zini
to‘g‘rilig‘ig‘a, keyindan yuz ko‘rsataturg‘an ko‘ngilsiz ishlarga aqli yetsa ham, ammo bir
mulohaza yuzasidan istiqbolning qorong‘i ishlarini hozir uncha mulohaza qilib ko‘rmadi:
— Juda to‘g‘ri aytasan, o‘g‘lim; biroq onangning bir mulohazasizligiga boshdayoq men
labimni tishlab qolg‘an edim. Hozirda ham shu holda qolmoqqa majburman, — dedi va: —
Biz hozir andi-shaning bandasi, men emas onang biravni ishondirib qo‘yg‘an: bizning
oiladan lafsizlik chiqishi menga ma’qul ko‘rinmaydir.
Otabek ota-ona orzusig‘a o‘z ta’biricha jonsiz haykal bo‘lib rizoliq berdi. Ammo o‘z
rizolig‘ining sharti qilib to‘ydan ilgari Marg‘ilon borib kelishni va bir daraja ularga aytib
o‘tishni, shundan so‘ng to‘y boshlashni ahd qildi. Ishning yengil ko‘chishiga so‘yingan ona
Otabek-ning bu shartiga lom demasdan ko‘ndi va orzuliq to‘yni tez boshlash uchun o‘g‘lini
Marg‘ilon ketmakka qistay boshladi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:28:34
2. UNUTMAYSIZMI?..

Uning bu galgi Marg‘ilon yo‘liga qo‘zg‘alishi ortiqcha bir og‘irliq bilan, ikkilanish bilan
o‘ralg‘an edi. Kumushbibi uchun dunyoga sig‘masliq bir shodliqning, ko‘rguchi ko‘zlariga
ishona olmasliq bir baxtning bu gal ko‘tarib bo‘lmayturg‘an bir qayg‘u, chidab
bo‘lmayturg‘an bir hasrat bo‘lib borishini ul yaxshi tushunar edi. Har bir gal Marg‘ilon
borg‘anida olib boraturg‘an nafis sovg‘alari bu gal juda zaharlik, ortiqcha alamlik bir
sovg‘ag‘a aylangan, Kumushbibi bu sovuq kundash sov-g‘asini ko‘rganda ehtimol... nimalar
bo‘lar va qandog‘ hollarga tushar edi. Bu mudhish sovg‘ani ehtimolki, uning ota-onalari
ham qabul qilmaslar: birdan-bir yolg‘iz qizlari uchun bunday gapning yarashmasini aytib:
«Sovg‘ang ham kerak emas, o‘zing ham» degan javob bilan yuziga ham urarlar. Mana,
uning bu galgi og‘ir harakati va qo‘zg‘alishig‘a nimalar sabab edi.
Bu og‘riqqa orzu egalarining qistoqlari nihoyat berdi. Ya’ni chor-nochor bu tuturiqsiz
sovg‘ani ko‘tarib yo‘lg‘a tushishka majbur bo‘ldi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:28:58
Otning boshini o‘z ixtiyoriga qo‘yg‘an, ilgarigidek yurak oshiqishlari ichida otni tez
yurishka qistamay suvga tushkan nondek bo‘kib-bo‘shashib, yuz xil sovuq, yaramas
xayollar qo‘lida ezilib, o‘zining dunyoda bormi-yo‘qmilig‘ig‘a ham tushunmay keta beradir.
Hozir ko‘klam kunlari: qirlar, tog‘lar, soylar; ko‘k-qizil, oq-qora, sariq-zangor, pushtigo‘
las va tag‘in allaqancha ranglik chechaklar bilan ustlarini bejab, qishi bilan to‘nggib1
arang yetishkan oshiqlarig‘a yangi hayot, yangi umid beradilar. Qish bo‘yi alla qaysi go‘r
ostlarida junjib chiqg‘an qush zotlari: chumchuqlar, chittaklar, to‘rg‘aylar, sa’valar va
boshqa allaqancha qush durkumlari o‘z to‘plari bilan vijir-vijir, chug‘ur-chug‘ur sayrab
kuladirlar, yer yuzini tutkan chechak gilamlari ustini o‘pib yalaydirlar, yotib cho‘qiydirlar,
sapchib uchadirlar... uzoq-uzoqdan kakku qush ham arzi vujud qiladir: «kakku-kakku».
Poyonsiz qirlarning nihoyatsiz bijir-bijir ko‘rib to‘ymasliq ko‘k gilamlari va ularning
dimog‘larg‘a majburiy iskatkan davo islari, yoqimliq hidlari har qandog‘ ishdan
chiqayozg‘an hayot egasini ozg‘ina bo‘lsa ham epka ola biladirlar. Shuningdek, bu chechak
qirlari o‘z bag‘rida suzib borg‘an Otabekni ham o‘ziga qaratmay qo‘ymaydir. Uning fikri
anuv qorong‘uliqlar ichida suzma ham ko‘zi chechak va sabzalar tomoshasida, dimog‘i
hidlar istishmomida2, qulog‘i qushlar nag‘masida bo‘ladir. Nima bo‘lsa ham tevaragidagi
ko‘klam bejaklarini ko‘zdan kechira boradir. Bora-bora fikri ham shu ko‘rinishlardan hissa
olmoqqa boshlaydir.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:29:34
— Hov ana bir qaldirg‘och, to‘g‘rig‘a qarab o‘qdek otilib boradir, uchkan yo‘lida vijirvijir
sayrab ham qo‘yadir. Qaldirg‘ochning qayg‘usi yo‘q, suyganining oldig‘a tezroq yetish
uchun shoshadirg‘andir: sayrog‘i ham suyganining ko‘rish shodlig‘i uchundir... Baxtlik
qaldirg‘och: olg‘an sovg‘asi ham qo‘rqunch emasdir, ota-onasining ham orzu-havaslari
yo‘qdir. Ularning turmush qonunlari juda yengil, ikav-ikav, suygan-suyganni oladirlar-da
tog‘larda, yerlarda, ko‘klarda uchib yuruyberadirlar. Men ham shu qaldirg‘ochdek uning sari
otilib, vijir-vijir sayrab uchar edim.
Uning qaldirg‘ochliq qanoti ota-ona mukofoti bilan qayrilg‘an. Unga uchkali erk
bermaydir-lar. Lekin hayvon uning qayrilg‘an qanotig‘a qaramasdan o‘zining eski adim
tashlashida qirlar, tog‘lar oshib suvlar kechadir; yetti-sakkiz qayta borib kelgan tanish
shahariga intilgandan intila beradir. Bu oshishlar, bu kechishlar o‘zga vaqtlarda Otabek
uchun huzur va oshiqish bag‘ishlag‘an bo‘lsalar, bu gal uni nafratlandiradirlar, bormay
qaytish fikri halidan-hali ko‘ngliga kelib turadir.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:29:44
Uzoqda qo‘sh haydab yurgan yigitning ashulasi eshitiladir: «Ikki yorni ajratuvchi bu
falakning gardishi!» Ruhlik, kuchlik ko‘krakdan chiqg‘an bu ashula tevarakni zir-r etdirib
yuborg‘andek, Otabekka ham boshqacha bir ta’sir beradir. Go‘yo bu dehqon uning
istiqbolidan hikoya qilg‘andek bo‘ladir. Bu bayt dehqonning og‘zidan yana takrorlanib tag‘in
tevarakni yong‘iratadir.1 Endi Otabekning ko‘nglidan bir gap ham o‘tib ketadir: «Ikki yorni
ajratquchi bu falakning gardishi emas, ota-onaning orzusi!» O‘zining sirlik ma’nosig‘a
Otabekning istiqbolini olib ko‘ringan bu bayt nihoyat uni yig‘latadir. Ko‘z yoshlari yuzi
orqaliq egarining qoshig‘a va otining yolig‘a toma boshlaydir...

* * *
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:29:54
Marg‘ilong‘a to‘rt qo‘nib kirar edi, bu gal oltinchi qo‘nishda yetdi. Tevarakdan asr azoni
eshitilgan vaqtda otdan qo‘ndi. Otini qutidorning yo‘lagiga yetaklar ekan, negadir yuragi
o‘ynab ketdi. Bu gal o‘z odatidan o‘n kunlar chamasi kechikkani uchun «balki kutib o‘lturg‘
andir» deb o‘ylab haligi yurak o‘ynog‘isi tag‘in ham kuchaydi va yo‘lakdan mehmonxona
havlisig‘a chiqg‘ach, ixtiyorsiz otining bo‘ynig‘a suyalib to‘xtamoqqa majbur bo‘ldi.
Chindan ham ul ayvonning oldida kutib o‘lturgan edi. Xayolot ichida Otabekning kelib
kirganini sezmay ham qoldi. Nihoyat, qora ohu ko‘zlarni to‘ldirib bunga qaratib olg‘ach,
o‘rnidan turdi-da, ichkari havlisig‘a burilib keta berdi. Bu burilish ma’nosig‘a Otabek allaqachon
tushunib qolg‘an, bu o‘zining kechikib uni zoriqdirg‘ani uchun... Kechikish uchun
bunchalik araz qilg‘an bu go‘zalning kundash uchun qandog‘ holga tushmog‘i ma’lum edi.
Otabek tamom bir esankirashda qoldi. Otini axtaxonag‘a bog‘lab, sovg‘a-salom to‘ldirib
kelgan ipak xurjinni ko‘tarib ichkariga kirdi. Suyukli kuyavni yo‘lakda ko‘rgan Oftob oyim
qilib turg‘an yumishini uloqtirib Otabekning oldig‘a yugurdi, jonini ming tasadduq qilib
ko‘rishkach, kechikkani uchun nechog‘liq tashvishlar tortib va qandog‘ tushlar ko‘rganini
labi-labiga tegmay so‘zlay ketdi. Allaqayoqlarda yurgan To‘ybeka ham yugura kelib
so‘rashmoqqa uyalsa ham, ammo «chiroylik yigit»ning qo‘lidag‘i xurjinni oldi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:30:03
Oftob oyim yugura-yugura qat-qat ko‘rpachalar solib, kuyavni o‘lturishka taklif qildi va
qarshilashni har galgidan ham oshirib yubordi. Lekin Otabek bu qarshi olinishlarg‘a juda
ishonchsiz qarar, bu kun bo‘lmasa ertaga «ota-ona orzusi» bilan bu siylanishlarni birdan
o‘zgarib ketmagiga imon kelturib, qaysi yo‘sunda o‘lturib olg‘anini ham payqamas edi.
Oftob oyimning bir qancha yaxshi tilaklar bilan bo‘lg‘an duosiga ham ishonchsiz qo‘l
ko‘tardi va mash’um «orzu»ning bundog‘ yaxshi duolarni ost-ust qilishini o‘yladi. Fotihadan
keyin Oftob oyim tovoqni xurmaga, xurmani tovoqqa urushdirib kuyavga qatiq olib chiqdi
va Otabekning ichmaganiga ham qo‘ymay «ichingiz, yo‘l g‘uborini oladir» deb qistay
boshladi. So‘ngra To‘ybekani choy qaynatishg‘a buyurib o‘zi kuyavi bilan so‘rashdi:
— Otangiz, onangiz salomatlarmi?
— Shukur, sizga salom aytdilar.
— Hasanali otam sog‘mi, nega siz bilan kelmadi?
— Shukur, sog‘, ba’zi ishlar bilan bo‘lib kelolmadi,— bu javobni berish homono
ko‘nglidan kechdi: «Nega yolg‘on gapirasan, Hasanali to‘y harakatlari bilan mashg‘ul
emasmi...»
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:30:21
Otabekning kirib o‘lturganiga bir necha daqiqa fursat o‘tkan bo‘lsa ham hamon
Kumush uydan chiqmadida, arazini qattig‘ ushlagancha o‘lturib oldi. Oftob oyim kuyavi
yuzida ko‘rilgan o‘ychanliqni Kumushning uydan chiqmag‘anlig‘ig‘a yo‘yib qizini chaqirdi:
— Kumush! Qallig‘ing keldila-ya, chiqib so‘rashishni ham bilmaysan!
Oftob oyimning shu yo‘sun chaqirishi uch-to‘rt qaytalab bo‘lsa-da, Kumush
eshitmaganga solinib arzimagan narsalar bilan shug‘ullang‘an bo‘lib chiqa bermadi.
Otabekning yuzidagi o‘ychanliqqa razm qo‘yg‘an sayin Oftob oyimning haligi shubhasi
ulg‘aya bordi, kuyavning ko‘zini shamg‘alat qilib qizining oldig‘a kirdi va shivirlab Kumushni
urisha boshladi: «Esingni yedingmi qizim, ering sani deb Toshkand degan shahardan
kelsayu, san kim keldi deb oldig‘a chiqmasang. Tur, chiqib so‘rash, arazlab ketib qolsa
nima qilasan?» Oftob oyimning bu keyingi so‘zi chindan ham Kumushni o‘ylatib qo‘ydi:
«...Ketib qolsa nima qilaman?» degan jumlani ko‘nglidan kechirdi-da, onasidan ilgariroq
go‘yoki, ayvon toqchasidan bir narsa oladirg‘andek bo‘lib, o‘ziga termulib turg‘an Otabekka
yer ostidan sekingina bir kulib boqdi va toqchadag‘i keraksiz bo‘lg‘an bir piyolani olib, yana
uyga kirib ketdi.
O‘zbek oyimning sihirchi-joduchi deb qarg‘ashi ham hikmatsiz bir gap emas.
Kumushbibining bu kulib qarashi Otabekka ajib bir inqilob yasag‘an edi. Undagi oniy bu
o‘zgarish juda qiziq va sira ishonmasliq edi. Ul bu yer tegidan bir kulib boqish ta’siri bilan
ustidagi tog‘dek bosib yotqan «orzu»ni ag‘darib solg‘an va qushdek yengil tortqan edi.
Uning oniy bu o‘zgarishi shundan iborat edi: «Ularning orzu va rizoliqlari, bu rizoliq
sharofati bilan topiladirg‘an savob, yurtning yuqori-quyi gaplari — barchasi ham
Kumushning yolg‘iz shu birgina kulib qarashi oldidan o‘tabersin!»
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:30:31
Oniy bu o‘zgarishdan so‘ng taraddudsiz shu qarorni ko‘nglidan kechirdi: «Ularning
orzularini bularga so‘zlamayman-da, Toshkandlariga ham bormayman».
Undagi bu o‘zgarish oniy bo‘lg‘anidek juda jiddiy ham edi. Ko‘ngliga necha kunlardan
beri uzala tushib yotqan bu chigil «bir kulib boqish» sihri bilan yeshilgan va Marg‘ilonda
doimiy turg‘unliqqa deb tugilgan edi... Bu o‘zgarishdan keyin onadan tug‘ma bo‘lib yengil
tortdi, go‘yoki mundan so‘ng o‘ziniki bo‘lg‘andek qilib ishonch va sokit1 ko‘zlari bilan uyga
qaradi. Shu vaqt uy ichidagi sitamgar pari o‘zining sihirlik ko‘zlari bilan Otabekka yana kulib
qarab turar edi-da, go‘yoki shu kulish bilan o‘z sihrining qaysi darajalarda kuchlik
bo‘lg‘anini so‘zlab faxrlanar edi.

* * *
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:30:45
O‘rtadan o‘n besh kunlar vaqt o‘tdi. Kumushning qaytalab so‘rashig‘a:
— Chindan-chindan: mundan so‘ng Toshkand bormayman, — degan javobni berar edi.
Kumush bu gapka ajablanar, to‘g‘risi, shodlanar edi.

* * *

Marg‘ilon kelganning yigirmanchi kuni. Otabek hozirg‘ina qayoqqadir chiqib ketkan edi.
Qutidor odatig‘a qarshi bozordan kunduz soat uchlarda qaytib keldida, Otabekni so‘radi,
yo‘qlig‘ini bilgandan so‘ng xotinini mehmonxonag‘a boshlab chiqdi.
— Tinchlikmi? — deb so‘rag‘uchi Oftob oyimg‘a so‘yinch va yo quvonchlig‘i bilinmagan
bir vaziyat bilan javob berdi:
— Tinchlik.
Mehmonxonada eru xotin yonma-yon o‘lturishdilar. Oftob oyim bu boshi-oyog‘i yo‘q
ishdan yorilar darajasiga yetayozgan edi.
— Otabekdan hech bir so‘z eshitdingmi? — deb so‘radi qutidor.
— Qanday so‘z eshitay, har qachon so‘zlaydir, albatta men eshitaman.
— Toshkand to‘g‘risida hech gap aytmaydimi?
— Toshkandga bir gap bo‘lg‘anmi?
— Toshkandga hech gap bo‘lmag‘an, — deb kulimsiradi qutidor. — Manim muddaom
boshqa to‘g‘rilarda. Qizingdan ham hech gap eshitmadingmi?
— Hech gap... Ha, aytkandek kecha, erining mundan keyin Toshkand bormaslig‘ini
so‘zlag‘andek bo‘lg‘an edi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:30:56
Qutidor bir ishka tushungandek ko‘zini o‘ynatib oldi va so‘radi:
— Endi Toshkand bormas emishmi?
— Bilmadim; chinmi, chin emasmi, haytovur qizingizdan eshitkandek bo‘lg‘an edim.
Nima, ota-onasi bilan urishib kelganmi?
— Yo‘q, — dedi qutidor va cho‘ntagidan bir narsani ola-ola aytdi, — men bu kun
Toshkanddan qiziq bir xat oldim.
— Kimdan?
— Qudangdan, — dedi qutidor va xatni ocha-ocha,— shuni sanga o‘qub
bermakchiman, — dedi.
— Axir o‘zi nima gap? — deb so‘radi Oftob oyim.
— Eshitsang bilasan.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:31:02
 «Qudamiz Mirzakarim qutidorg‘a va qudachamiz xonimg‘a yetub ma’lum bo‘lg‘aykim,
bizlar munda sog‘-salomatdirmiz va ul jonibdagi1 siz hurmatlik va izzatliklarni parvardigori
olamdin sihhatlaringizni saloti xamsa2 oldida so‘rab turmoqdamiz. Ba’da maxfiy
qolmag‘aykim, kuyav o‘g‘lingiz xizmatlariga yuborilg‘an edi. Inshoolloh, salomat yetkan
bo‘lsa kerak. Ammo siz hurmatlularga ma’lumdir, bizning shul Otabekdan o‘zga farzandimiz
bo‘lmay, dunyoda o‘zimizdan keyin qoldiraturg‘an tuyoqimiz va ko‘z tikkan orzu-havasimiz,
umid hadafimiz3 faqat shul Otabekdir. Muhtaram siz burodarimizning shul yagona
o‘g‘limizni farzandlikka qabul qilib, ammo bizning kelin bolamizni Toshkandga
yubormag‘anlari bizning janoblaridin bo‘lg‘an minnatdorlig‘imizni va yana o‘g‘limizg‘a
bo‘lg‘an marhamatlarini bir oz tugallay olmadilar. Ammo kaminalari bu xususdagi aybni
sizning ustingizga butunlay yuklay olmaymiz, zeroki, bizning boshimizda bo‘lg‘an «yolg‘iz
tuyoqliq» savdosi sizning ham boshingizda bordir. Nachukkim, Otabekning ko‘p umri
Marg‘ilonda o‘tib, bizlarni ham siz o‘ylag‘an og‘irliqqa solmoqdadir. Birodari aziz, siz manim
bu so‘zlarimdin xafa bo‘la ko‘rmangiz, zeroki, faqiringiz bu so‘zlarni bir yo‘sin kelish vajhidin
yozib o‘tdimiz. Dunyo orzu-havas uyi derlar. Yuqorida bayon qiling‘anidek va o‘zlari
bilganlaridek, ayniqsa qudachalarining dunyoga kelib kutkani shu yolg‘iz o‘g‘ulning orzuhavasidir.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:31:11
Janoblari bul ishka haq berurlarmi, yo‘qmi, ammo azizlarning ruxsatlarini
olmasdanoq Otabekni Toshkanddan ham taalluqdor qilmoqchi bo‘lib, bul ma’niga ba’zi
harakatlarini qilib qo‘ygan erdik. Ammo bizlarning bul ra’yimizga o‘g‘lingiz qarshi tushib
harchand rad qilsa ham nihoyatida onasining so‘zini yerda qoldirmasliq uchun qabul qilg‘an
erdi. Ammo bul to‘g‘risidag‘i siz janoblarining ruxsatlaringiz ba’dida javob bermakchi bo‘lib,
xizmatlariga ketkan erdi. Siz hurmatlular bul ma’nini savob toparsizlarmi-yo‘qmi, bu jihati
yana marhamatlaringizga bog‘liqdir. Bu maktubni yozishdan qasdimiz1 shulkim,
Otabekning u ikkinchi taalluqqa aslo ra’yi bo‘lmay va yana sizlarga aytmay bul tarafda
bizlarni xijolat chekdirib qo‘yarmi, deb o‘yladiq. Burodari kiromi, siz dunyo ko‘rgan bir
kishisiz, onasining bu talabini xo‘b mulohaza qilib ko‘ringiz, bu to‘g‘ridag‘i ra’yi o‘g‘lingizga
qarag‘anda ham faqirlaricha sizlarda bo‘lg‘ani vajhidin albatta ko‘ndirishka sa’y va ko‘shish2
qilursiz, deb ishonamiz. Otabekning ikkinchi taalluqi to‘g‘risida kelin bolamizg‘a bildirilmasa
xo‘b erdi. Bizlarning xursandchiliklarimiz yo‘lida Otabek bilan birga Toshkand tushib, o‘z
qo‘llari bilan to‘yimizni o‘tkazishingizga ishonib Yusufbek hoji va qudachalari. 17-nchi savr3
oyida 1265-inchi hijriyada yozildi».
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:31:23
Qutidor xatni o‘qub bitirdida, xotinig‘a qaradi. Oftob oyimg‘a bu xat muzlik suvga
sho‘ng‘utib olish ta’sirini bergan va o‘lturgan yerida sirra bo‘lib qotib qolg‘an edi. Otalar
uchun bundog‘ gaplar unchalik yomon ta’sir bermasa-da, xotinlarg‘a qanday asar qilishi
bilgulukdir. Oftob oyim uchun go‘yoki qizining birar aybi uchun bu ishka majbur
bo‘ling‘andek, Kumush esa endi eriga suyumsiz, ishdan chiqg‘an va burchakka tiqilg‘an
uvadadek bo‘lib ko‘rina boshlag‘an edi. Maktubni eshit-kan quloqlari yanglish eshitkandek
bo‘lar edi.
— Tag‘in o‘qub ko‘ringiz-chi...
Qutidor xotinining so‘zidan kuldi:
— Qaytarib o‘qishning foydasi yo‘q, xatning maqsadi san onglag‘andek, — dedi.
Oftob oyim boshi yanchilg‘an ilondek to‘lg‘andi:
— Qizim ustiga kundash?!
Qutidor qafaska yangi soling‘an qushdek urinmakka olg‘an xotinini bosmoq bo‘ldi:
— Ortiqcha urinma, ilgari haqiqatka tushun-chi...
— Haqiqati nimasi?
— Bunda gap bor.
— Nima gap bor?
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:31:31
— Agar bu ishda kuyavingning ham izi sezilganda edi, san emas man ham bu gapka
chidamas va qizim ustiga tushkan bu og‘ir masalani tinchlik bilan qarshi olmas edim.
Ammo bunda kuyavingning ishtiroki ko‘rilmay, shuning ila manim damim kesilib qoldi. Hali
uning qizingg‘a: «Mundan keyin Toshkand bormayman», deb aytkanini so‘zlab eding-a?
— Yolg‘onmi, chinmi, — dedi Oftob oyim tilar-tilamas, — eshitkandek bo‘lg‘an edim.
— Eshitkandek bo‘lg‘an bo‘lsang ham bu so‘z chindir, — dedi qutidor, — nega desang,
xatining mazmunidan ham onglashiladirkim, bu ikkinchi uylanishka Otabek butunlay qarshi
bo‘lib, faqat bu gap qudalaringninggina ishlaridir. Shuning uchun kuyavingning uylanishini
qizing ustiga chin ma’nosi bilan kundash deb bo‘lmaydir.
Oftob oyim kutmagan joyda qutidor tamoman Otabekni ikkinchi uylantirish tarafida
turib so‘zlar va o‘lganning ustiga chiqib tepar edi.
— Agar Otabek bu ikkinchi uylanishka rizo bo‘lsa edi, birinchidan ruxsat olish uchun
Marg‘ilong‘a kelib yurmas...
— Shoshmang-chi, — dedi Oftob oyim, — o‘zingizcha nimani so‘zlay yotibsiz?
— Bu ikkinchi uylanishda Otabekning rizosizligini.
— Kuyavingizning rizolig‘i bo‘lmasa xudo xayrini bersin, vassalom.
— Gap unda emas-da, — dedi kulib qutidor.
— Nimada? — dedi qizishib Oftob oyim. — Qizingiz ustiga kundash balosini o‘z
qo‘lingiz bilan yuklamakchi bo‘lasiz shekillik!
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:31:43
Qutidor sovuqina qilib kulib qo‘ydi:
— Tushunmay yotibsan, xotin.
— Hamma gapka tushunib turibman.
— Tushungan bo‘lsang bu xatka nima deb javob beramiz?
— Bizga ma’qul emas, deng.
— Ma’qul emas, deyish bilan ish bitmaydir, birarta dalil ko‘rsatish kerak.
— Toparsiz, axir dalilni.
Qutidor tamoman to‘nni teskari kiyib olg‘an xotinig‘a qarab boshini qashib oldi:
— Xatda ikkinchi uylantirish uchun bo‘lg‘an sababni qizimizni Toshkand
yubormag‘anlig‘imizda ko‘rsatila-dir, — dedi qutidor. — San aytkancha kuyaving
Toshkanddan ikkinchi uylanmasin-da, Kumushni qudalaring oldig‘a turg‘un qilib yuborayliq,
tuzikmi?
— Nega men yolg‘iz qizimni Toshkandga yuboray, — dedi ko‘zini olalandirib, — biz
qizimizni berishda Marg‘ilondan tashqarig‘a olib ketmas va’dasi bilan berganmiz.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:31:51
— Bu gaping to‘g‘ri-ya, — dedi qutidor, — men ham Kumushni Toshkand yubormoqqa
qarshiman. Gap bu yerda: biz Otabekdan bu va’dani olg‘an choqda, «Ota-onang‘dan
kechasan, ikkinchi uylanmaysan» degan va’dani ham olg‘anmi edik?
— Bunday va’dani bergan bo‘lsin-bo‘lmasin, — dedi entikib, — suyub olg‘andan so‘ng
ikkinchi uylanish so‘zini ham og‘zig‘a olmasin.
— Kim aytdi sanga, og‘zig‘a oldi, deb?
— Hech kim aytmagan bo‘lsa ham siz orag‘a tushmang deyman, o‘z oyog‘ingizga
o‘zingiz bolta qo‘ymang, deyman.
— Pichoqni o‘zingga ur, og‘rimasa boshqag‘a, degan bir gap bor, — dedi jiddiy
vaziyatda, — mendan ham san yaxshiroq tushunib turibsanki, agarda bizning rizoligimiz
bo‘lmas ekan, Otabek sira ham ikkinchi uylanmaydir. Masalan, biz ikav — qudalarning
o‘rnida bo‘lib, yolg‘iz o‘g‘limiz boshqa bir shaharda, biz tanimag‘an bir qizg‘a uylanib
qolg‘anda — o‘ylab qara, chiday olurmi edik. O‘g‘limiz ko‘nmaganda ham o‘z shahrimizdan
ikkinchi uylantirishka kirishmasmi edik. Bu tilagimizga qarshi tushib o‘g‘limizni o‘z shahri va
o‘z uyida olib o‘lturg‘uchi qudalarimizg‘a la’nat o‘qub o‘lim tilamasmi edik?
Bu so‘z Oftob oyimni bir oz o‘ylatib qo‘ydi. Lekin hali ham oyoq uzatmag‘an edi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:32:01
— Endi nima qilmoqchisiz?
— Nima qilar edim, — dedi qutidor, endi hamma ixtiyorni o‘z qo‘lig‘a olib qo‘yg‘an edi,
— Otabek ko‘nmaganda ham ko‘ndirib, o‘zim birgalashib Toshkand tushaman...
— Qizingiz bechoraga...
— Qizimga hech gap yo‘q. Hali ham izzati, hurmati o‘z qo‘lida.
— Qurib ketsin shu dunyoning ishlari!
— Qizingni Toshkand jo‘natishka ko‘n bo‘lmasa.
Oftob oyim javob berish o‘rniga o‘krab-o‘krab yig‘ladi.

* * *
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:32:10
Qayin ota, qayin ona, kuyav... Bu uch burchaklik o‘lturmishdan Otabek ko‘nglida necha
turluk shubha tug‘ilmoqda edi. Bu odatdan tashqari chaqiriq nega me-hmonxonag‘a bo‘ldi?
Nega Kumush bu o‘lturishka chaqirilmadi? Qayin onasi nega unga termulib boqadir?
Qutidor tomonidan shu orada ul kutmagan bir savol ham tashlanib qo‘yildi.
— Otabek, uyalmay, tortinmay javob beringiz; bu gal Toshkanddan chiqishingizdagi
asl maqsadingiz nimaga edi?
Otabek tarafidan kutilmagan bu savol uni shoshirdi va nima deb javob berishni bilmay
qoldi.
— O‘zim... sizlarni ko‘rish uchun.
— To‘g‘risini so‘zlangiz, bek, — qutidor bu gapni yarim jiddiy qilib kulib aytdi. Chunki
Otabekni shu yo‘sun ba’zi yoqlardan ta’min etmakchi va unga bu to‘g‘rida jasorat
bermakchi edi.
— Aytdim-ku.
— To‘g‘ri aytmadingiz...
Otabek shoshqan holda edi:
— Toshkanddan chiqg‘animdagi maqsadni so‘zlash sizlarga bir behuzurlik berganidek
o‘zimga ham og‘ir... U to‘g‘rida qat’iy bir qarorg‘a kelganim uchun sizlarga so‘zlab o‘lturish
ham foydasiz, — dedi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:32:21
Oftob oyim eriga qarab oldi, qutidor yovoshqina bir tovush bilan so‘radi:
— So‘zlash og‘irmi?
— Mengagina emas, hammamizga ham og‘ir...
— Agarda biz rizoliq bersamiz-chi?
Erining bu jasoratiga qarshi Oftob oyimning yuziga rizosizliq belgusi chiqdi. Otabek
ersa seskanib uyqudan uyg‘ong‘andek bo‘ldi va ikkilanib so‘radi:
— Siz nimaga rizoliq berasiz?
— Bu gal Toshkanddan nima maqsadda chiqg‘an bo‘lsangiz — o‘shanga.
Otabek xijolat bilan ter chiqardi:
— Toshkanddan nima maqsadda kelganimni bilasizmi?
— Bilamiz, — deb kuldi qutidor.
— Sizni bunday ishka rizoliq uchun kim va nima majbur etadir?
— Hech kim majbur qilmaydir, — dedi kulib qutidor,— majbur qilg‘an narsa: shunday
kunlar uchun o‘g‘ul o‘sdirg‘an ota-onaning rizoliqlarig‘ina, balki sizni ham shu gap majbur
qilar.
— Otam bilan onamning rizoliqlari uchun shundan boshqa sabab qurib qolg‘anig‘a
nima deyishimni ham bilmayman. Garchi Toshkandda ekan chog‘imda bu rizoliq yo‘lig‘a bel
bog‘lang‘an bo‘lsam ham, endi bu bel bog‘lashni butunlay o‘rinsiz bo‘lg‘anig‘a tushundim...
Oftob oyim oz qoldiki, «to‘g‘ri!» deb qichqirsin. Ammo qutidor xotinig‘a xo‘mrayib
qaradi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:32:28
— Qisqaroq o‘ylaysiz, Otabek, — dedi, — otangiz bizga murojaat qilmag‘anda edi, biz
bu ishda betaraf qolsaq bo‘lar edi. Hozirda biz ham sizning so‘zingizga qo‘shilsaq siz emas,
yomon otliq biz bo‘lamiz.
— Uning mulohazasini qilmang.
— Nega qilmayliq?
— Hamma aybni manim ustimga yuklab javob yozingiz.
Qutidor kuldi va so‘radi:
— Toshkandda ekan chog‘ingizda otangizning taklifini qabul qilg‘an edingizmi?
— Qabul qilg‘an edim.
— Bizning ruxsatimizni olg‘ali Marg‘ilong‘a ham kelgan edingiz, shundog‘mi?
— Shundog‘...
— Barakalla, Marg‘ilong‘a kelib bu gapdan aynadingiz-a?
— Aynadim...
— Endi Toshkandga Marg‘ilondan aynab borasiz?
— ...
— Mana ko‘rdingizmi, faqat bu ishda bizgina yomon otliq bo‘lamiz. O‘zingizning shu
xatongiz uchun ham bu gapni qabul qilmoqqa majbursiz.
Otabek nima deb aytishdan ojiz qoldi va o‘zining bolaliq harakatidan seskandi va
xijolat orasida so‘radi:
— Otam sizga qachon xat yozg‘an edi?
— Kecha oldim. Demak, ko‘ndingiz?
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:32:40
— Men bu gapka durustlab o‘ylamasdan javob beralmayman.
— Qancha o‘ylasangiz ham javobingiz birgina bo‘lishi kerak; ya’ni rizoliq.
Qutidorning bu so‘zi juda ham qat’iy edi. Bu qat’iyatni onglag‘uchi ko‘ngildan
chiqarayozg‘an bu masalani chinlab o‘ylamoqqa majbur edi. Nima bo‘lg‘anda ham
ko‘nglining bir chekkasini kirlatib yotqan bu «ota-ona orzusi» bir tomondan qaralg‘anda
juda yengil ko‘chkan edi. Ammo ikkinchi tomondan masalaning yeshilmagan o‘rinlari ham
bor edi.
— Yaxshi, — dedi, — men sizning taklifingizga ko‘nayin, ammo ko‘nishning va
rizoliqning zaruri qizingizda emasmi?
Shu choqqacha mungg‘ayib o‘lturgan Oftob oyim yalt etib eriga boqdi, yana cheksiz bir
mehribonchiliq nazari bilan Otabekka qaradi.
— Siz qizimizning andishasini qilib o‘lturmangiz, bek, — dedi qutidor, — bu ishni eng
yaxshisi unga bildirmaslikdir, keyinroq o‘zi ko‘nikib ketar, bu taraflardan tashvish lozim
emas.
— Yo‘q, — dedi bek, — men bu ishka basharti ko‘nganimda ham qizingizdan
yashirmayman.
— Nega?
— Negaki uning rizolig‘ini olmasdan turib, bu ishka oyog‘ qo‘yishim mumkin emas.
— Agar ko‘nmasa-chi?
— Ko‘nmasa, men ham ko‘nmaslikka majburman.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:32:49
Bu uzil-kesil so‘zdan qutidor o‘ylab qoldi. Oftob oyim bo‘lsa, qizining qadrini bunchalik
arshlargacha ko‘tarmakda bo‘lg‘an yigitka o‘zida cheksiz muhabbat, poyonsiz ehtirom
sezmakda va nima uchundir yig‘lag‘usi va kuyavi yuzidan o‘pkusi kelmakda edi.
— Tuzik, — dedi qutidor, — uning rizolig‘ini o‘zingiz olmoqchimisiz?
— Yo‘q, negaki qizingiz uchun haqorat bo‘lg‘an bu so‘zni aytish manim qo‘limdan
keladirgan ish emas, — dedi. Eru xotin bir-birlariga qarashib qo‘ydilar. Keyingi so‘zni aytib
bitirgach, Otabekning ko‘ziga yosh kelgan edi. O‘zining holidan uyaldi shekillik, ularning
oldidan turib tashqarig‘a chiqdi. Ul chiqg‘andan so‘ng eru xotin yana yarim soatcha
janjallashib o‘lturdilar.

* * *
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:32:58
Xuftan namozidan so‘ng yangilangan tashvishlarni bir oz unutdirar umidi ila poychirog‘
yonig‘a o‘lturib, Fuzuliy devonini varaqlar edi. Ammo Fuzuliyning rang-barang she’rlari
ustida qanoatlanib to‘xtamas, hamon varaqlag‘andan-varaqlar edi. Shoirning nafis she’rlari
hozir uning uchun tuzsiz so‘zlar yig‘indisidan boshqa bir narsa ham emas edilar. Ul shu
vaqt to‘sindan kitobni yopdi-da, ayvong‘a quloq soldi. Chunki hozirgina so‘zlashib o‘lturgan
Kumush bilan onasining tovushlari o‘chkan edi. Ul bu holdan shakllandi. Ayvondan onabolaning
qayoqqadir yo‘qolg‘anlarini payqag‘ach, tusida o‘zgarish bo‘lg‘ani holda qaytib
kelib o‘lturdi. Nima uchundir hozir unda birar foji’aga tushkuchining holati bor edi. Kishi
iztirobka tushkan kezlarda tilab emas, ixtiyorsiz ba’zi bir yo‘sunsiz ishlarga urinadir.
Shuningdek, ul ham jiddiy bir ravishda Fuzuliy mutolaasiga berildi.
Ul o‘zining shubhasidagi gapka qoni’1, oradan yarim soatlab emas, bir soatlab vaqt
o‘tib borg‘an bo‘lsa ham bu unga zerikarlik emas, tez kelgandan kelmagani yaxshi;
yaxshiliqmi, yomonliqmi haytovur bo‘ladirg‘an ko‘ngilsiz gapni kechikkani yaxshi... Fuzuliyni
yaxshilab o‘qush kerak. Shuning uchun ham ma’nolik she’rlardan boshini ko‘tarmaydir-da,
go‘yoki aytarsiz kitobka mixlangan...
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:33:12
Kumushning uyga kelib kirgani ham unga sezilmay qoldi. Ul qushlar kabi latif tovush
chiqarmasliq qilib gilam ustidan yurib keldi-da, sekingina sham’ yonig‘a — Otabek
qarshisig‘a o‘lturdi. Uning ko‘ynagining chiqarg‘an yengilgina shamoli bilan yonib turg‘an
sham’ «lop» etdi-da, ko‘rishkandek, o‘ynashqandek bo‘ldi. Bu holdan kitob ustiga
mukkadan ketib o‘lturg‘uchi cho‘chib ko‘tarilib qaradi. Qarshisida: Fuzuliy ta’biricha sebi
zanaxdoni2 negadir qizarib, novaki mijgoni ko‘z yoshlari bilan juftlangan haligi pari edi...
Birinchi qarashdayoq kutkan ishining to‘g‘rilig‘ig‘a inondi va osiylar1 kabi ko‘zini yerga tikdi.
Ul Kumushdan itobomiz so‘zlar, achchig‘ xitoblar kutar; birinchi itobdayoq ota-ona
gunohiga tavba qilishg‘a hozirlanar edi. Ammo ish ul kutkuncha chiqmadi. Kutilmagan
joyda, go‘yoki uni bu og‘ir holdan qutqarmoqchi bo‘lg‘andek:
— Fuzuliy yaxshi kitob, — dedi Kumush, — men ham yolg‘iz qolg‘an kezlarimda bu
kitobdan boshimni ololmas edim, sizammi?
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:33:34
Bu oliyjanob go‘zalga nima deyishni bilmas, qayerdan so‘z boshlashqa hayron edi:
— Kim yig‘latdi sizni?
— Yig‘labmanmi?
— Ko‘zingiz, kiprakingiz...
— O‘zi shunaqa...
— Yig‘latg‘an men emasmi?
— Kitobni nega yopdingiz? Ochib o‘qung, men eshitay.
— Ota-ona rizolig‘ini bir tomchi ko‘z yoshingizga arzitdimmi?
— Men rozi, men ko‘ndim, — dedi daf’atan Kumush, bu so‘zni nimadandir
qo‘rqg‘andek shoshib aytdi.
— Ko‘ndingiz... nega, a?
Otabek hayrat va taajjub ichida edi.
— Negaki, — dedi Kumush, — men sizga ishonaman...
— Shuning uchun...
— Shuning uchun ko‘ndim...
— Ko‘nglingiz farishtalar ko‘nglidek.
— Sizning ham ko‘nglingiz...
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:33:43
Ikki jon, ikki yurak go‘yoki bittadek bir-birisini onglar, birisidan-birisiga o‘tib yurar edi
shu vaqt.
— Bo‘lmasa nega yig‘ladingiz?
Bu savoldan Kumush bir muncha o‘ngg‘aysizlanib, uyat aralash bir tabassum bilan:
— O‘zim... — dedi va keyinidan o‘zining hamma tilak va shartlari ma’nosini jam’i
bo‘lg‘an, — menim unutmaysizmi? — degan so‘rog‘ini berdi. Ul nima deb aytishka so‘z
topolmay qoldi. Chunki yurak sirini ifoda qilarliq jumla topish mumkin emas edi. Javob
berish o‘rniga o‘zicha so‘zlandi:
«Ota-ona orzusi...»
— Bilaman, — dedi ovutquchi tovush bilan Kumush.
— Manim orzumni ham bilasizmi?
Kumush Otabek yaqinig‘a surildi va tirsaklari bilan uning tizzasiga yonboshlab
erkalandi...

* * *

Qutidor tarafidan ertaga Toshkand jo‘nash e’loni berildi. Ikkisining hamma vaqtlari
sham’ yonida so‘zlashib kechdi...
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:33:57
3. QOVOQ DEVONANING BELBOG‘I

Och qoring‘a salimsoq yeb, ko‘kchoy ichishdan zerikkan kishilar choyxonaga Qovoq
devonaning kirishi bilan unga so‘z qota qoldilar:
— Keling-keling, devona!
— Bir kosa choylaring bormi, xo‘vari?
— Bor-bor, avliya, bitta bachcha bo‘lsangiz idishi bilan sizniki.
Qovoq devona deganimiz o‘rta yosh, siyrak soqol, qotma, kun issig‘lig‘ig‘a qarshi
o‘chakishkandek boshig‘a eski telpak, egniga paxtasidan boshqasi to‘zib ketkan guppi
chopon kiyib, yangi bo‘z belboqni besh-olti aylandirib bog‘lag‘an va unga besh-oltita chilim
qovoqdan tortib to suvqovoq, nosqovoq va tomosha qovoqlarg‘acha osqan; qovoqlarning
og‘irlig‘idan arang harakat qiladirg‘an o‘z zamonasining mashhur bir devonasi edi. Bu
devona Toshkandning barchasiga ma’lum; beklardan, boylardan; qisqasi, shaharning
katta-kichigidan o‘ziga ixlosmandlar ortdirg‘an va ko‘blarning tarafidan qilg‘an karomatlari
rivoyat etilgan bir majnun edi. Shahardagi har kim uning oshnasi, karomati bilan beparvo
bo‘lg‘anlar ham uning qiziq harakatlariga va tutal so‘zlariga qiziqar edi. Bu choyxonadagilar
ham shu keyingi sinfdan edilar.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:34:20
Birarta ixlosmand qo‘lidan boplab tomoq yegan bo‘lsa kerak, hozir o‘shaning
chanqovini bosmoq fikrida edi.
— Bachchang kim, bachchang? Onam meni bachchalik uchun tug‘mag‘an...
Choyingdan ber, choyingdan!
— Onangiz sizni nima uchun tuqqan?
— Xonning qo‘yini boqish uchun, qovoqlarni belga taqish uchun; choyingdan berchi,
xo‘vari!
Devonaga bir piyola choyni ichishka ham tinchlik bermadilar. Ulardan bittasi ko‘zni
shamg‘alat qildida, belidagi qovoqdan bittasini yulib ham qochdi. Ish yomonga aylandi.
Quvlab tutolmadi. So‘ngra kelib yana bir kosa choyni ichdi va unga-bunga qovog‘i
to‘g‘risida iltimos qilib qaradi. Bo‘lmag‘ach, qovog‘ini qo‘msab ho‘ngir-ho‘ngir yig‘lamoqqa
oldi. Ermakchilarning kutkani ham faqat uning yoshi mishig‘ig‘a, mishig‘i tupugiga qo‘shilib
yig‘lashi edi.
Qovoqni yulib qochqan tomdan kelib sufaning ustidagi so‘riga qovoqni osdi va o‘zi
tushib devonaning yonig‘a keldi:
— Qovoq o‘g‘risini ushladingizmi, devona?
— Yo‘q, uka! Qovog‘imdek shishib o‘lsin, qochqancha ketdi!
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:34:28
Birav Eski Jo‘vada ko‘rganligini va qovoqqa minib ketayotqanini so‘zladi. Ikkinchisi
«zap qovoq edi-da» degan edi, uchinchisi «attanga» deb qo‘ydi. Devonaning o‘pkasi
shishib ketdi. Ermakchilar uning yuragiga galma-gal o‘t yoqar edilar.
— Qovog‘ingizning o‘zi bu iqlimda yo‘q narsa edida,— dedi birav. Devona qovog‘ining
tarjumai holini so‘zlab berdi:
— Dadam musallas qovoq, oyim mosh qovoq, men bel qovoq... — dedi. Kulishdilar.
Ermakchilardan bittasi yuqorida osilg‘an qovoqni ko‘rsatib ajablandi:
— Iyi-iyi, anuv kimning qovog‘i-ya?
Devona suyukli qovog‘ini so‘rida ko‘rib quvona ketdi:
— Voy xo‘varingni... jinnilar, voy esi yo‘q xo‘varilar! Qovog‘imni ber jinnilar!
— Tuzik-tuzik, avliya. Qovog‘ingizni tushirib bersam nima berasiz?
— So‘rag‘aningni ol, jinni... Oyim qishlog‘ig‘a bek bo‘l, tentak: tilla jabduqliq ot min,
jinni...
— Men Oyim qishlog‘ining bekligi uhdasidan chiqolmayman. Qovoqlaringizning kasbini
aytib bersangiz bo‘ladi manga. Devona bu shartka ko‘ndi, qovoq tushirilib, devonaning
qo‘lig‘a eson-omon tegdi. Mahbuba ortiqcha bir ehtiyot va e’tibor bilan belga — boshqa
yo‘ldoshlari yonig‘a tugildi.
— Qani, endi bo‘lsin, devona!
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:34:38
Qovoq devona belidagi qovoqlardan bitta egri maymog‘ini ko‘rsatib: — Manov
Musulmon cho‘loq, — dedi, uning yonidag‘i kichkina tomosha qovoqni turtib: bunov,
Xudoybachcha (Xudoyorbachcha), — dedi, suv qovog‘ini erkalab «Nor kalla»
(Normuhammad qushbegi), — dedi. Qolg‘an ikkita silliq qovoqchalarni «nosqovoq, yupqa
tomoq», deb qo‘ydi. Ermakchilar kulishdilar. Bu qovoq o‘g‘rilari ichidan tezroq qochib
qutilish uchun ketishka intilgan edi, biravi ushlab qoldi.
— To‘xtang hali, gap bor! — devona so‘kinib to‘xta-di.— Manavi belingizdagi belboqni
qayerdan o‘g‘irlab oldingiz?
— Qo‘y, juvonmarg bo‘g‘ur!
— O‘tkan kuni o‘g‘irlatqan belbog‘ing shu emasmi, Karimqul? — deb yonidag‘ig‘a
qaradi ermakchi.
— Ha, ha, xudda o‘g‘irlatqan belbog‘im, tutdik o‘g‘-rini!
Qovoq devona xudda belbog‘idan ajrayturg‘andek ikki qo‘li bilan beliga yopishdi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:34:47
— Saniki bu emas, tentak!
— Yo‘q, xudda maniki shu, yesh, bo‘lmasa mirshab chaqiraman.
— Xo‘varingni... nima deydi, bu!
— To‘g‘ri ayt, buni qayerdan o‘g‘irlading?!
Devona belbog‘ining tuguniga aztahidil yopishqani holda:
— O‘g‘irlamadim, tentak, hoji pochchangni to‘yidan oldim, jinni! — dedi.
— Hoji pochchang kim? Yolg‘on so‘zlama, o‘g‘ri!
— Hoji pochchangni tanimaysanmi, tentak?
— Toshkandda hoji pochchadan ko‘pi bormi, o‘g‘ri?
— Esing ketibdi, jinni... Yusufbe hojing-chi. Axir; to‘y bo‘ldi, bazm bo‘ldi, o‘g‘ul
uylandi... qo‘y, juvonmarg, bo‘g‘ur!
Devona ermakchilar qo‘lidan arang qutilib chiqdi. Ammo ularning ichidagi ko‘zini
bog‘lag‘an bir kishi nima uchundir devonaning orqasidan ergashdi. Choyxonadan
anchagina uzoqlashqan edilar.
— Devona! — deb chaqirdi haligi ergashuvchi.
Devona o‘ziga qarab kelguchi bu ko‘z og‘rig‘ini tanidi. Suyukli qovoqlar ustiga kelgan
balo bo‘lmasin uchun, ketar ekan, qovoqlarini ehtiyotlab ushladi:
— Nima deysan, ko‘z og‘rig‘i?
— Qo‘rqmangiz, devona! — dedi ko‘z og‘rig‘i va adimlarini tezlatdi.
— Nima ishing bor?
— To‘xtang.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:34:58
Devona arang to‘xtadi. Ko‘z og‘rig‘i uni cho‘chitmas uchun naridan turib yonchig‘ini
kavliy berdi.
— Sizga nazrim bor.
Bu so‘zni eshitib, devona yo‘lg‘a tushdi. Ko‘z og‘rig‘i uning ketidan yugirdi va:
— Mang! — deb pul ko‘rsatdi. Devona iltifotsiz ketabergan edi: — To‘xta deyman! —
deb do‘q urdi. Devona narida to‘xtadi:
— Kelma, kelma, ko‘z og‘rig‘i!
Ko‘z og‘rig‘i o‘n adimcha narida turdi:
— Hali, kim o‘g‘lini uylantirdi, deding?..
— Kim uylantirdi, deding?
— Aytding-ku choyxonada!..
— Aytding-ku choyxonada...
— Belboqni qayerdan olding?
— Buving berdi.
— To‘g‘ri ayt!
— To‘yga keldingmi?
— To‘yga keldim...
— Yusufbenikigami?
— Yusufbenikiga.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:35:09
— Belbog‘ing yo‘qmi?
— Yo‘q.
— To‘y o‘tkanda kelibsan.
— Yusufbe qaysi o‘g‘lini uylantirdi?
— Nechta o‘g‘li bor?
— Nechta o‘g‘li bor!
— Bitta... Qorategindan keldingmi, opang omanmi?
— Omon... qachon uylantirdi?
— O‘zing uylanganmisan?.. Qorategindan necha kunda kelding?
— Besh kunda. Qachon uylantirdi?
— Eshakka minibmi, yayov?
— Eshakka minib.
— Nashang bormi?
— Bor.
— Qitta ber-chi.
— Beraman, oldin ayt; qachon uylantirdi?
— To‘y o‘tkanda kelibsan, tentak... Manga-chi, bir tog‘ora osh tegdi.
— Bozordan osh olib bersam yeysanmi?
— Yuzingga qachon chechak chiqdi?
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:35:16
Ko‘z og‘rig‘i bu tutal so‘zlardan asabiylashib ketdi:
— Qachon uylantirdi deyman?
— To‘y o‘tkanda kelibsan dedim-ku... Bir hafta bo‘ldi, o‘n kun bo‘ldi, bir oy bo‘ldi. Ha,
ha, charlari endi bo‘lar emish... charlarga bor. Qorategin.
— Toshkanddan uylantirdimi?
— Xi, xi, xi, ahmoq. Toshkanddan bo‘lmay, Qorategindan uylantirsinmi?
Shundan keyin ko‘z og‘rig‘i choyxonaga qaytdi...
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:35:37
4. JODUGAR HINDI

Qayin otasining og‘rig‘an kasalidan tuzala olmay va yo tezroq o‘lib tiriklarni qutultirmay
«charlar» balosi bilan o‘zini ipsiz bog‘lang‘ani uchun so‘ng chekda si-qilg‘an, shunga ko‘ra
onasig‘a achitib so‘zlamakda edi:
— O‘ylab-boqing onajon! Bir bechora sizning orzuingizni deb, qizi ustiga kundash
yukladi va birgalashib to‘yingizni o‘tquzishdi. Ish kuchidan qolib, o‘n kunlab Toshkandda
yurdi. Nima bo‘lg‘anda ham biravning yaxshilig‘ini bilish kerak edi.
O‘zbek oyim o‘zining bir haftalik so‘zini takrorlar edi:
— Endi nima qil deysan bolam, o‘tquzmay ketishing uyat.
— Uyat deysiz-da, uyatka o‘zingiz tushunmaysiz.
O‘zbek oyim o‘g‘lining ters so‘zidan qizishdi.
— Juda hovliqa berma, o‘g‘lim. Charlar ham o‘tar, andining yuzini ham ko‘rarsan!..
— Onajon, — dedi Otabek, — sizning zaharlik so‘zlaringizga nima deyishka ham
hayronman... Billoki, maning hovliqishim siz aytkancha bo‘lsa... xoti-nimnig‘ina emas,
uning ota-onalarini andishasida shoshaman. Ularning ko‘ngillariga gap kelmasin degan
mulohazada hovliqaman. Men sizning orzungizga butunlay qarshi tushib, Toshkandingizni
tilga olmasliqqacha borg‘animda o‘sha bechoralar sizning rioyangiz bilan meni bu yerga
sudrag‘andek qilib olib keldilar... Uyatni bilsangiz, eng ozi shuning andishasi kerak
emasmi?
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:35:45
— Bo‘lmasa charlarni kutmagin-da, yugira qol, — dedi O‘zbek oyim, — marg‘ilonliqning
o‘kchangdan1 urg‘anlig‘i aniq ekan.
Otabek kamoli bo‘g‘ilg‘anidan sukut qilishg‘a majbur bo‘ldi, chunki bu orzu havas onasi
yarani har zamon kattaroq ocha borishg‘a juda ham usta va bu ustaliq uning barcha
kutkanlarining kundan-kunga bo‘shka chiqa borg‘anlig‘idan edi. Ayniqsa unga hozir butun
ma’nosi bilan sir onglashilib, marg‘ilonliqning jodusini juda ham kuchlik ekaniga imon
keltirdi. O‘g‘lining orzu-havasini ko‘rdi — ko‘rish bo‘lsa — orzulag‘andan ortiq. Biroq bu
orzu-havas orqasidan kutilgan marg‘ilonliq balosidan o‘g‘lini qutqarish masalasi uning
tilagicha bo‘lib chiqmadi-da, yana marg‘ilonliqning sihri o‘tkirlik qildi... Nikoh kuni
Otabekning kiyimlarini juhud domladan o‘qutishlar, marg‘ilonliqdan sovitib toshkandlikka
isitishlar — barchasi ham hozir o‘z ajzlarini2 unga iqror qilar edilar. Keyingi «beshbosh»
domlaning bergan tutatqi, ezib ichki, duo va tumorlari ham negadir ta’sir asarini
sezdirmadilar...
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:35:58
O‘zbek oyim marg‘ilonliqning domlasini kuchlik ekanida shubha qilmasa ham, ammo
bir ishka juda hayron edi: juhudning qilg‘an jodusini — juhud, musulmon domlanikini —
musulmon daf’ qila olur edi; nega bular asar qilmaydi sira? — Hozir O‘zbek oyim buning
sirrini o‘ylab topolmas edi. Bu boshi berk ko‘chada ul uzoq qamalib qolmadi — buning
sirrini daf’atan topdi, ham juda to‘g‘ri topdi: «Marg‘ilonliqning domlasi juhud ham emas,
musulmon ham emas — hindi! Hindilarning ham hannosi3: bas, hannosining sihrini na
musulmon domlasi qaytarsinu, na juhud. O‘shal hindining o‘zi qaytarmasa, o‘zga iloj yo‘q!»
Nima qilmoq kerak? Toshkandda birarta hindi dom-lasi yo‘qki, ilojini qilib bersa... Endi
xotin boshi bilan marg‘ilong‘a murojaat qilsunmi?
Boshqa tushkanni ko‘z ko‘rar, degan so‘z bor. O‘zbek oyim ham boshig‘a tushkan bu
kulfatni ko‘rishka majbur edi: «Shu galdan qoldirmay Otabekning yonig‘a Hasanalini
qo‘shib Marg‘ilong‘a yuboraman, Hasanali u yerdagi hindi domlag‘a uchrashib, Otabek
ustidagi sihr-jodularni yeshdirsin... Hindi har qancha olsa ham mayli, bisotdan u-buni sotib
pul qilib beraman».
Otabek onasining qarshisida boyag‘i sukutka ketkanicha jim o‘lturar edi. O‘zbek oyim
haligi kashfiyotdan qutilib bu to‘g‘rida so‘ngg‘i qarorini ham berib bo‘lg‘ach, Otabekka dedi:
— O‘g‘lim... yangi uylangan oting bor. Manim oldimda o‘lturib nima qilasan? Bechora
yolg‘iz o‘lturibdir.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:36:05
Otabek onasig‘a bir qarab oldi-da, javob bermadi.
— Bor, bolam, bor. Yaxshi emas bu ishing... — O‘zbek oyim so‘zini bo‘lib daricha
yonig‘a kelib to‘xtag‘an Oybodoqqa qaradi.
— Sutchoy tayyor bo‘ldi, suzib kiraymi?
— Ikki kosani kelinlik uyga ber, men bilan Hasanalinikini shu yerga keltir.
Oybodoq keta boshlag‘an edi, Otabek uni to‘xtatdi:
— Manikini ham shu yerga olib kir, — dedi. Oybodoq O‘zbek oyimg‘a qaradi. O‘zbek
oyim o‘g‘lig‘a xo‘mraydi. Otabek xo‘mrayishg‘a iltifot qilmay, Oybodoqqa «shundoq qil»
ishorasini berdi.
— Bo‘lmasa kelinnikini ham shu yerga berib, o‘zini chaqir. Hasanali uyida ichsin, —
dedi O‘zbek oyim. Oybodoq ketkach, o‘g‘lidan so‘radi: — bu nima qiliq, bolam?
— Qiliq emas.
— Kelin bilan birga ichsang nima bo‘lar edi? Biravning bolasini munchalik xorlash
yaxshi emas.
— Bundan xorlag‘anliq chiqmaydir. O‘zini shu yerga chaqirdingiz — ish bitdi.
O‘zbek oyim tag‘in nimadir aytmakchi edi, Oybodoq dasturxon ko‘tarib kirib qoldi.
— Kelinga aytdingmi?
— Aytdim.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:36:24
Dasturxon yozilib, tushlik choy keldi. O‘zbek oyim kosasiga non tashlab ko‘zi eshikda,
ya’ni kelinni kutar edi. Kelin eshikdan ko‘ringach, o‘g‘lig‘a «qarshi ol» degandek qilib qarab
qo‘ydi. O‘n yetti yoshlar chamaliq, kulchalik yuzlik, oppoqqina, o‘rtacha husnlik Zaynab
qayin onasining tilak va sha’niga loyiq tavozi’ — odoblar bilan bitta-bitta bosib dasturxon
yonig‘a keldi. Qayin ona tomonidan «o‘lturing» ruxsati berilganidan so‘ng, qisilib-qimtinib
tovush chiqarmayg‘ina o‘lturdi. O‘zbek oyimning ko‘zi o‘g‘lida. O‘g‘li bo‘lsa choyga non
ho‘llab yemoqda edi. Bir-ikki qayta xo‘mrayib-xo‘mrayib o‘g‘lig‘a qaradi-da, uning ko‘zini
uchrashdira olmag‘andan keyin, unga so‘z qotishg‘a majbur bo‘ldi:
— Charlaring ham bo‘la qolmadiki, qayin otangni borib ko‘rsang. Yoki charlarsiz ham
ko‘ra qolasanmi?1
Zaynab ko‘zini eriga tikib qoldi. Otabek salqing‘ina onasig‘a javob berdi:
— Ko‘rsam bo‘ladir... — dedi va kulimsiragansumon Zaynabka qaradi. Zaynab ham
kulgan bo‘ldi. Shu kichkinagina kulimsirash O‘zbek oyimni ancha tinchitdi. Ammo
musohaba shuning bilan to‘xtalib, orag‘a yana boyag‘i jimjitlik kirdi. O‘g‘lining miridan sirini
ajratib o‘lturg‘uchi ona yana olazarak og‘rig‘ig‘a yo‘liqdi. Zaynabning ko‘zi tez-tez Otabekka
tushar, u bo‘lsa xo‘r-xo‘r choyni ichar edi. Bu holdan O‘zbek oyim ich-etini yeb, yutkan
luqmasining mazasini ham bilmas, qisqasi o‘lturish so‘zsiz, go‘yo tuzsiz va ma’nosiz edi. Bu
ma’nosizlik tadbirini ko‘rish yana O‘zbek oyim ustida:
— Kelin poshshog‘a tilla uzuk buyurdingmi?
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:36:32
— Buyurdim. Erta-indin bitib qolar. — Otabek so‘zni cho‘zmoqqa yo‘l qo‘ymadi. Ammo
onasi gapdan gap chiqarib, so‘zga so‘z ulamoqchi edi:
— Tilla chochpopugingiz bor edimi?
Zaynab eriga qaradi va iymanibgina javob berdi:
— Yo‘q.
— Yo‘q bo‘lsa olib beraman, — dedi Otabek. O‘zbek oyim anchagina jonlanib oldi.
Tag‘in undan-mundan so‘z urintirmoqchi bo‘lg‘an edi, uncha muvaffaqiyatlik chiqmay
boshladi. Sutchoydan so‘ng qumg‘onda choy keldi. Zaynab birinchi piyolaga quyib o‘rnidan
turdi va qayin onasig‘a ikki qo‘llab uzatdi, ikkinchi piyolani to‘l-dirib o‘rnidan turmoqchi
bo‘lg‘an edi, uni Otabek to‘xtatdi.
— Mundan keyin choy berishda o‘rningizdan turib o‘lturmang, — dedi. — O‘lturgan
yeringizdan bersangiz ham bo‘ladir.
Lekin bu gap qayin onag‘a yoqmadi, e’tiroz qildi:
— Nega undog‘ deysan, bola. O‘rindan turib choy berish odamzodning ziynatidir,
kelinlarning bor-yo‘g‘i kelinligi ham shunda-ku!
— Sizning uchun ham o‘lturib choy bersin, demayman; ammo bu takallufning menga
keragi yo‘q, — dedi va qo‘lidag‘i choyni tez-tez ichib bo‘shatdi. Fotiha o‘qub o‘rnidan turar
ekan: — Albatta, sizga o‘rnidan turib choy berishi lozim... — dedi va chiqdi. Bu gapni
Zaynab chinga hisoblag‘ani uchun boshqa narsa payqamag‘an, ammo O‘zbek oyim bo‘zarib
qolib darav esiga hindining jodusi kelib tushkan edi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:36:41
Shu o‘lturishdan bir soatcha keyin O‘zbek oyim uyni xolilatib Hasanalini o‘z oldig‘a
chaqirtirib kirdi. Hasanali bu chaqirtiriqdan bir narsa ham sezmagan, chunki,
xo‘jabekasining ichki sirriga uncha oshno emas; charlar maslahatidir, deb o‘ylamoqda edi.
O‘zbek oyim uyning eshigini beklab keldi-da, Hasanalining yaqin-rog‘ig‘a o‘lturdi va yarim
tovush bilan muddaoni ocha boshladi.
— Endi ish Toshkand domlalari bilan bitaturg‘anga o‘xshamaydi... O‘ylab qarasam,
Marg‘ilonliqning domlasi hindi ekan. Shuning uchun noiloj sani oldimg‘a chaqirtirdim. San
ham odamsumon gapimga tushunib, bu to‘g‘rida aqling yetkancha zehningni yugirtirgin...
O‘zingga ma’lumki, kundan-kunga marg‘ilonliqni unutish o‘rniga har soat unga esi boradir.
Bu hollarning barchasi o‘sha hindining jodusidan bo‘lib, muakkillar1 Otabekning bo‘ynidan
sirtmoq solib Marg‘ilong‘a tortadirlar...
Hasanali xo‘jabekasining ko‘bdan beri domlaxo‘ja bilan sargardon bo‘lib yurishini bilsada,
ammo uning «hindi, sirtmoq solib tortish» kabi so‘zlariga tushunmadi. Bekasining fe’li
xo‘yini yaxshi bilgani uchun, ya’ni uning qarg‘ashidan qo‘rqib tushunmaganligini bildirmadida,
«qani gapning tegi qaerg‘a borar ekan», deb jim, quloq solg‘an bo‘lib o‘ltura bedi.
Ammo O‘zbek oyim so‘zini haligi yerda to‘xtatib: «San shunga nima kengash berasan?»
degan savolni berdi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:36:51
— Men nima der edim... Siz nimani ma’qul ko‘rsangiz shuda, — dedi. Hasanalining
tushunmaslik orqasida bergan bu javobi O‘zbek oyimg‘a nihoyatda yotishib keldi:
— Barakalla, Hasan. Ana shuning ilojini o‘zing qilasan.
— Yaxshi...
— Erta-indin charlar bo‘lib o‘tsa, albatta Otabek Marg‘ilong‘a yugiradir. Shu vaqtda san
ham bir narsani bahona qilib birga Marg‘ilon borasan-da, qaerdan bo‘lsa ham o‘sha hindini
topasan va nazrini berib yaxshilab qaytartiriq qildirasan...
— Kimni?
— Kimni bo‘lar edi, Otabekni-da.
— Nega?
— Tushunmadingmi?
— Tushunish bo‘lsa — tushundim... Shunchaki aniqlab olmoqchiman-da.
— Marg‘ilonliq-ku Otabekni hindi domladan o‘ziga bog‘latib qo‘yibdir. Ana shuni san
ham payqab yurgandirsan-ku?
— Payqamag‘an bo‘lsam ham ammo maqsadingizga endi tushundim, — dedi kulib
Hasanali. — Niyatingiz Otabekni marg‘ilonliq kelindan sovitish.
— Barakalla, — dedi O‘zbek oyim, — sovitishgina emas, uning changalidan Otabekni
uzil-kesil qutqarish.
Hasanali hayron bo‘ldi. Chunki xo‘jabekasining marg‘ilonliqqa munchalik adovati bor
deb o‘ylamas edi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:36:59
— Nega endi?
— O‘g‘limni marg‘ilonliqlarning qo‘lig‘a berib qo‘y-mayman-da, axir. Burun Toshkandda
xotini bo‘lmag‘an bo‘lsa — endi bor, mundan keyin andi kelinga bizning muhtojligimiz
yo‘q...
— Xayr, endi nima qilmoqchisiz?
— Nima qilishim kundan ham ravshan, — dedi O‘zbek oyim va tamom qanoat va
ishonch bilan boyag‘i maqsadni takrorladi: — o‘zingga aytkanimdek, Mar-g‘ilondag‘i hindi
domlaning o‘zidan bir martaba qaytariq qildirsaq marg‘ilonliqning sir-jodulari botil1 bo‘lib,
Otabek o‘z-o‘zidan andini taloq qilib yuboradir...
— Siz marg‘ilonliq hindi domlaning o‘g‘lingizga qilgan jodusini qaerdan bildingiz?
O‘zbek oyim bu savol bilan o‘zining kashfidan bir oz shubhalandi-da, ishonchsizroq
qilib:
— O‘zim bildim, — dedi.
— O‘zingiz qayoqdan bilasiz, axir birav aytkandir sizga?
— O‘z aqlim bilan topdim.
Hasanali o‘zini tutolmay kulib yubordi:
— Lekin shunga qolg‘anda aqlingiz bir oz yanglishibdir...
— Nega?
— Negaki ikki o‘rtada sihirchi hindi ham yo‘q, sihir qildirg‘uchi marg‘ilonliq ham,
Otabek ham sihirlangan emas.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:37:07
— Nega bo‘lmasa Otabek hadeb uylansa ham Mar-g‘ilonga oshiqaberadir?
— Buning sababini hali ham bilmaysizmi?
— Bilaman, sihir-jodu quvvati.
— Joduni kim qildiradir?
— Qayin otasi, qayin onasi, qolabersa xotini.
— Yanglishasiz, oyi.
— Nega yanglishaman?
— Sihir-jodu qilishdan ularning maqsadi nima, deb bilasiz?
— Kalvak o‘g‘limning aqlini o‘g‘irlab, pulini yemakchilar.
— Pulini yemakchilar? — deb kuldi Hasanali. — Marg‘ilonlik qudalaringizning davlati
oldida biznikini yo‘q, desa bo‘ladir. Undan keyin men yaxshi bilamanki, ular Otabekka uch
pullik ham ro‘zg‘or qildirmaydirlar. Buni o‘zim yaxshi bilganimdek o‘g‘lingizning o‘zidan ham
«ularning ro‘zg‘or qildirmag‘anlaridan juda siqilaman» degan so‘zini necha qayta eshitdim.
Shuni ham yaxshi bilmoq kerakkim, o‘sha jodugor qudalaringiz yomon kishilar
bo‘lg‘anlarida Otabekni Toshkanddan uylantirish siz o‘ylag‘ancha qulay ish bo‘lmas edi.
O‘g‘lingizning Marg‘ilon borg‘andan so‘ng va’dasidan aynaganini albatta hojidan eshitkan
bo‘lsangiz kerak...
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:37:16
O‘zbek oyim yengilayozgan bo‘lsa ham, ayniqsa Hasanalidan til qisib qolg‘usi kelmas
edi. Go‘yoki shuncha o‘tkan gaplarga qiymat bermagandek:
— Men buning sirrini endi xo‘b bilib oldim, — deb qo‘ydi.
Hasanali kuldi.
— Bilsangiz ham yanglish onglabsiz, chunki buning sirri siz o‘ylag‘ancha emas.
— Qandog‘?
— O‘g‘lingizning har zamon Marg‘ilong‘a oshiqmog‘i... ayniqsa bu gal qayin ota, qayin
onalaridan andisha qilibdir. Undan keyin...
— Undan keyin?
— Undan keyin katta keliningiz o‘g‘lingizning ko‘z ochib ko‘rgani.
— Ko‘z ochib ko‘rgani? — dedi O‘zbek oyim va istehzolanib kuldi. — Zaynab o‘sha
marg‘ilonliqcha bo‘lmapti, degin?
— Men qayog‘dan bilay... Ehtimol o‘g‘lingizcha shundaydir...
— O‘zing ularning ikkisini ham ko‘rgansan, indallo1 so‘zla: ulardan qaysi birisining
husni ortiq?
Hasanali bu savol qarshisida nima deb aytishka bilmay qoldi...
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:37:26
— Muhabbat degan narsa husnga qaramaydir.
— Qaraydirmi, yo‘qmi, sandan uni so‘rayotqanim yo‘q. Qaysi birisi ko‘hlikrak deb
so‘rayman?
Hasanali qiynaldi va gapni boshqag‘a chalg‘itish uchun:
— Endi maslahat nima bo‘ldi? — deb so‘radi.
— Oldin so‘zimga javob ber-chi, yer yutkur!
— Savolingiz qiziq, nima deb javob berishga hayronman... To‘g‘risini aytaymi?
— To‘g‘risini!
— To‘g‘risini indallo so‘zlasam, — dedi va qiynalib to‘xtadi, — har bir gulning isi o‘z
yo‘lig‘a.
— To‘g‘risini deyman!
— Anuv keliningizning o‘lsa o‘ligi ortiq...
— Gapirma-gapirma, — dedi O‘zbek oyim, — boshda shu marg‘ilonliq balosiga o‘zing
sababchi bo‘lg‘anmisan, hali ham o‘shaning tomonini olib so‘zlaysan! Sandek soqoli uzun,
aqli qisqadan kengash so‘rab o‘lturg‘an men ham ahmoq!
Hasanalining chalg‘itishi va hayron bo‘lishi O‘zbek oyimning tabi’atini yaxshi bilgani
uchun edi. Ul o‘z xohishiga teskari kelgan haqiqatni ko‘rmaydirgan qiziq bir tabi’atka molik
edi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:37:32
— O‘zingiz to‘g‘risini so‘zlatib, tag‘in nega mendan xafa bo‘lasiz, oyi, — deb muqobala
qila boshlag‘an edi, O‘zbek oyim yana gurullab ketdi:
— Bo‘ldi-bo‘ldi... tuzingni ichib, tuzlig‘ingga tupurganni xudoy ko‘tarsin, — dedi.
Hasanali xo‘jabekasining qarg‘ish va koyishi ostida kula-kula uydan chiqdi.
Bu musohaba ko‘rinishda O‘zbek oyimg‘a uncha o‘zgarish bermagandek sezilsa ham,
lekin ruhan uni ancha bo‘shashdirg‘an edi.

* * *
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:37:44
Shu gapdan bir hafta chamasi keyin va charlar kutishning o‘n beshinchi kunlari edi.
Otabek meh-monxonada toqchadag‘i kitoblar orasidan qandaydir bir kitobni axtarar ekan,
Hasanali uning yonig‘a kirdi.
— Panjshanba kun charlar emish, xabarini berib ketdi.
Otabek kitoblardan birini sug‘urib oldi va varaqlar ekan, «charlari ham qursin», deb
qo‘ydi. Ko‘nglidan kechirdi: — «Bu kun dushanba bo‘lsa, tag‘in orada to‘rt kun bor».
— Mana bu xat ham sizga emish, — dedi-da, Hasanali unga bir maktub uzatdi, —
boya birav berib ketkan edi, — dedi va shoshib-pishib qazo bo‘layozg‘an asr namozini
o‘qush uchun joynamoz yozdi. Otabek maktubning unvoniga ko‘z tashladi: «Toshkandda...
mahallasida turg‘uchi Otabek Yusufbek hoji o‘g‘lig‘a tegsin». Kim tomondan yozilg‘anligi
unga ma’lum bo‘lib, qo‘lidag‘i kitobni toqchag‘a qo‘ydi va shosha-pisha xatni ochdi.
Katta qog‘ozda tussizroq siyoh bilan yozilg‘an uzun bir xat. Uning ko‘zi yozuv ustida
suzdi. Suzgan sayin negadir uning tusida ulug‘ bir o‘zgarish, vujudida bir titroq voqi’ edi.
Bu xat unga so‘yinch berar edimi, dahshatmi o‘zidan boshqag‘a majhul edi. Shu majhul
o‘zgarishlarning so‘ng chekiga borib yetkandan keyin xatdan ko‘zini oldi va ixtiyorlikmi,
ixtiyorsizmi, haytovur bor tovshicha «qo‘rqutmoqchi!» deb yubordi. Bu so‘z bilan Hasanali
ham nari-beri namozini bitirdida, joynamozdan burilib qaradi:
— Nima gap?
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:37:52
— Hech gap yo‘q, — dedi Otabek va esankirash vaziyatida unga qaradi:
— Qo‘rtqutmoqchi, dedingiz-ku, xat kimdan?
— Xatmi? — dedi va shuning ila bir oz esini o‘ziga yig‘ib olg‘andek bo‘ldi, — xat
keliningizdan... Qo‘r-qutmoqchi bo‘lib ba’zi bir kinoyalarni yozibdir...
Bu gapni aytkandan so‘ng xatni buklay berdi. Ha-sanali fotiha o‘qub Otabek yonig‘a
keldi.
— Kinoyalar yozishi kechikkaningiz uchundir, — dedi. Otabek tasdiq ishorasini
bergandek bosh silkib qo‘ydi.
— Ayniqsa shu gal kechikishingiz bechora kelinga og‘ir tushib kinoyalar yozishg‘a
majbur bo‘lg‘an, — dedi Hasanali: — Anig‘i ham bechoraga juda og‘ir, «kundash— xotin
zotining o‘lumi» deganlar. Endi, nima bo‘lg‘anda ham orangizda oz qoldi, charlarni o‘tkaza
jo‘naysiz-da. Otabek javob bermadi, chunki Hasanalining keyingi so‘zidan rizo bo‘lmag‘an
edi.
Hasanali uni tinchitish uchun: — Agar ko‘nglingiz tinchimasa, — dedi kulib, — siz ham
kinoyalik bir xat yozib beringiz. Xat keltirguchi ertaga xabar olib o‘tishini bildirgan edi.
Otabek bu so‘zdan bir oz jonlang‘andek bo‘ldi. Chunki uning ko‘ngliga bu kinoyalik
maktubni jo‘rttaga yozilg‘an bo‘lg‘anlig‘i kelib tushgan edi.
— Bu gap to‘g‘rimi? — deb so‘radi.
— To‘g‘ri. Ertaga erta bilan kelib, xat bo‘lsa olib ketmakchi edi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:38:00
— Yaxshi, — deb kulimsiradi Otabek, — ertalab kelsa xat beraman.
Hasanali mehmonxonadan chiqg‘ach, o‘zini to‘xtatib olg‘ani holda ikkinchi qayta xatni
ko‘zdan kechirdi:
«Vafosizga. Men o‘zimning bu maktubimni ko‘z yoshlarim bilan yozaman. Negaki
hozirda manim yolg‘iz ko‘z yoshlarimgina emas, butun borlig‘im siyohdir. Men endi
og‘izlardag‘i «vafo» so‘ziga ishonmayman. Chunki men o‘zimning vafosiga ishong‘anim bir
yigitdan ulug‘ vafosizlik ko‘rdim. Uyatimdan ko‘zlarimni ocholmayman. Negaki yeru ko‘klar,
tog‘u toshlar va dunyodagi barcha narsalar manim aldang‘anim uchun kulib masxara
qilg‘andek qaraydirlar... Bu kunimdan, bu hasratimdan qutilish uchun o‘zimga ajal
chaqiraman. Lekin ajal ham men sho‘rlikdan nafratlangandek, go‘yo ul ham menga
vafosizlik qiladir.
Begim, garchi achchig‘lansangiz ham aytishka majburman: sizda vijdon, insof, rahm,
va’da, vafo, yaxshiliqni bilish, boring-chi, odamgarchilikdan hech gap yo‘q emish. Bil’aks
siz: hiylakor bir tulki, og‘zi qon bir bo‘ri, rahmsiz bir jallod, uyatsiz bir yigit!
Sizni hiylakor dedim: esingizda bormi, sodda otamni, go‘l onamni qandog‘lar qilib
aldadingiz? Yodingizda bormi, sham’ yonida meni aldab aytkan so‘zlaringiz, bergan
va’dalaringiz, «manim orzum» deb qilg‘an xitoblaringiz, to‘kkan ko‘z yoshlaringiz?.. Bas, bu
hiylalar, bu makrlar sizdan boshqa kimda topilsin?
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:38:10
Sizni og‘zi qon bir bo‘ri dedim: chunki sizda rahm yo‘q. Siz o‘zingizning zaharlik
tishlaringiz bilan mazlumlar ko‘ksini, bayovlar bag‘rini chok etasiz; yangi ochilg‘an gullarni,
endi bosh tortqan lolalarni vaqtsiz so‘ldirasiz, ochilib bitmay o‘ldirasiz!
Sizni uyatsiz dedim: ilgarigi vahshatingiz bilan o‘zingizning haqqingiz bitkanligini
bilaturib ham yana uyalmay-qizarmay vijdonsizlar amrini berasiz va uyatsizlig‘ingizni yana
bir qat ortdirasiz!
Men sizning ba’zi bir da’volaringizga hayron qolaman: otam Toshkandda ekan chog‘da
bu gapni aytishka uyalg‘an emishsiz... Go‘yo buning ila nomuslik bo‘lib ko‘rinmakchisiz
shekillik?!
Onam ba’zi vaqtlarda:
Yangi yor topqanda do‘stlar, eskidan kechmoq kerak,
Eskini o‘lgan sanab, latta kafan bichmoq kerak
baytini o‘qub qo‘yar, men bo‘lsam ul vaqtlarda buning ma’nosiga tushunmas edim.
Ammo... endi bu baytni kimga aytilganiga va uning ma’nolariga xo‘b tushunmakdaman.
Tashlandiqliqning so‘ng o‘tinchi qilib sizdan shuni so‘rayman: uchunchi yor topqanda
ikkinchi bechoraga ham shunday uyatsizlik qilinmasa edi. Bu tilagim uchun ajablanmangiz,
chunki, «pichoqni o‘zingga ur, og‘rimasa o‘zgaga sol», deydirlar.
Sizga yangi yor, menga uyatsizlikning qurboni bo‘lish muborak. Kumush emas,
Tuproqbibi yozdim. 17-javzo, 1265-inchi yil Marg‘ilon».
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:38:34
5. XIYONAT

Qutidorning Toshkanddan yolg‘iz qaytib kelishi Kumushni ancha entikdirgan edi.
Ammo Otabekka voqi’ bo‘lg‘an uzr masalasi bir qadar uni tinchitdi. Ishonar-ishonmas
shubha va vasvasalardan bir oz aridi: «Ul meni unutmagan, va’dalari chin, so‘zlari to‘g‘ri...
Ul ham meni suyar ekan...» deb burung‘i odati bilan gohi erining yo‘lig‘a chiqib kutmakka
ham boshladi.
Otasining kelishining sakkizinchi kuni edi. Ul bu kechasi ko‘rgan ba’zi bir tushlarini
uning bu kun kelishiga yo‘ydi-da, ertalabdan turib sochlarini yeshdi. Sochlari orasidag‘i
chigillarini diqqat bilan tarab, jom yonig‘a o‘lturdi. Uning nafis qora sochlari orqa-o‘ngiga
to‘zg‘ib ajib bir manzara berdilar. Sochini qatiqlab va sovunlab yuvgach, onasidan ikkita
qilib o‘rdirdi. Oftob oyimning: «Nega qirq kokil qilmaysan?» deb so‘rashig‘a: «Qizingiz endi
qizlik davridan o‘tib, kelinlik davriga kirdi. Qizingizning mundan so‘ng kuyavingizdan
boshqa sovchilari ham yo‘q», deb kuldi. Ammo bu ikki o‘rim soch qirq kokiliga qarag‘anda
juda ham o‘ziga kelishib tushib, unga yana bir qayta ulug‘vorliq va oliyliq bag‘ishladilar.
Sochini o‘rdirg‘andan keyin uyiga kirdi-da, kiyimlar taxlangan toqcha yonig‘a to‘xtadi.
Ravoqliq toqchada uning o‘n besh chamaliq asl ko‘ynaklari uyulgan edi. Sariq rupoh atlasini
kiyishka chog‘lab ko‘rgan bo‘lsada, biroq ko‘ynakni olg‘an yerida bu fikridan qaytdi.
Qizilni... ko‘kni... olma gullini... qisqasi qaysi birisini kiyishka taraddudlandi. Ko‘ynaklar
ichida o‘ziga yarashmaydirg‘ani yo‘q: oq olma uchun bargi ham, guli ham bir...
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:38:47
Uning o‘ziga sariq atlas xush kelsada, biroq hozir o‘z xohishini bir yoqqa qo‘yaturib Otabek
ko‘nglicha kiyinishka qaror berdi. Chunki Otabek ko‘pincha qora ko‘ynak kiyishka qistar
edi. Sovsar guli qora atlas ko‘ynagini kiyib, boshig‘a zangor shohi ro‘ymolini soldi va
marvarid ko‘zlik kichkina oltun halqani qutidan olib qulog‘ig‘a taqdi. Shu soddagina
yasanishdan so‘ng, ikkinchi toqchada tirog‘liq turg‘an ko‘zgi yonig‘a bordi. Ko‘zgi ichidan
to‘zg‘ib, chuvalib ko‘ringan soch tolalarini to‘g‘rilab o‘zini kuzatdi. Ko‘zgi ichidan ko‘ringan
malak o‘z egasini ham kayflandirib sekingina iljayib qo‘ygan edi, narigi yoqdag‘i fitnai
davron ham sadafdek oq tishlarini yoqut kabi irinlari orasidan ko‘rsatkandek bo‘ldi. Bu
husnga otaliq vazifasini o‘tag‘andek ko‘ringan latif burni yonidag‘i qora xolini tabiiylig‘ig‘a
ishonmag‘andek qashib ko‘rdi va ko‘zgi yonidan jo‘nadi. Jo‘nar ekan, «...chiroylik bo‘lsa
ham menikidek xoli yo‘qdir», deb ko‘nglidan kechirdi.
Kechki olov vaqtida tashqari hovlisida u-buga ovora bo‘lib yurar edi. Bu kungi ko‘rgan
tushi uni ortiq ishontirgan, shuning uchun To‘ybekaning tashqari havlida qiladirg‘an
yumishini ham o‘zi bajarmoqda, To‘ybekadan suv sepdirib o‘zi yer supurar ekan, quloqlari
yo‘lak tomondan eshitiladirgan oyoq tovushlarida edi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:38:56
Havlidagi ikir-chikir ishlarni tamomlag‘ach, ayvonning oldig‘a o‘lturib tuzatindi,
tuzatinar ekan yo‘lakdan yurib kelmakda bo‘lg‘an bir oyoq tovshini eshitib yuragi nima
uchundir oshiqinib-shopirinib ketdi. Oyoq tovshi ichkariga yaqinlag‘an sayin ul o‘zida titroq
aralash bir hol sezar edi. Nihoyat, yo‘lakdagi oyoq tovshi tugalib, Kumush kutmagan joyda
paranjilik bir xotin kelib chiqdi. Kumush uzoq bir entikib qo‘ydi.
Xotin Kumushka qarab kelar edi. Ul yerdan bichib olg‘andek pak-pakana, burni yuzi
bilan barobar deyarlik tep-tekis, ko‘zi qoqqan qoziq o‘rnidek chup-chuqur, og‘zi qulog‘i
bilan qoshiq solishar darajada juda katta, yuzi qirq yillik og‘riqlarnikidek sap-sariq, qirq
besh yoshlar chamasida bir xotin edi. Kumushbibi o‘ziga tomon kelguchi bu dahshatlik
xotinni umrida birinchi martaba ko‘rar edi. «Nima qilib yuribti bu och arvoh!» deb o‘yladi.
Xotin o‘n adimlab uzoqdan yuziga sovuq va tushda qo‘rqarliq bir kulgi tusi berdi. Dimog‘i
bilan «qix» etib qo‘ydi.
— Xi-xi-xi, aylanay sizdan, poshsha qiz! Mirzakarimboyning havlilari shumi? — deb
so‘radi. Kumush «shu» javobini bergandan so‘ng o‘zi bilan ko‘rishmakchi bo‘lg‘an bu xotin
oldig‘a ikki adim yurib tilar-tilamas yelkasini tutdi. Uning to‘g‘ri mavzun1 qomatiga yerdan
bichib oling‘an mudhish xotinning qo‘llari zo‘rg‘a yetdi-da, «esonmisiz, poshsha qiz» deb
so‘rashdi. Xotin paranjasi bilan ayvonning oldig‘a o‘lturib olg‘ach, «uff» deb chayqaldi va
«ancha yo‘l ekan, tinkalarim qurib ketdi-ya?» deb shikoyatlandi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:39:05
— Mirzakarimboyning havlilari aniq shumi?
— Shu.
— Siz kimlari bo‘lasiz boyning?
— Men, qizlari.
— Qix... sizga bersam ham bo‘lar ekan, — dedi xotin va yonchig‘idan bir xat chiqardi.
— O‘g‘lim Toshkand bilan Marg‘ilon orasida qatnab oliq-sotiq qiladir. Bu gal Toshkanddan
qaytishida birav unga shu xatni berib, Mirzakarimboyning havlilariga tez yetkuzib berasiz,
deb iltimos qilibdir. Qix, xi-xi, aylanay sizdan poshsha qiz, qix... Maxtang‘uliq bo‘lmasin,
o‘g‘lim ham o‘zimga o‘xshash biravning xizmati yo‘lida o‘lib qutiladir: bu kun tush vaqtida
Toshkanddan keldi-da, onasi bilan so‘rashishni ham bilmay shu xatni qo‘limg‘a tutqizdi.
«Jon ona, o‘zim yo‘lda juda urinib keldim, sanga adabsizlik bo‘lsa ham darrav
Mirzakarimboynikini so‘rog‘lab shuni eltib ber, berguvchi tez berasiz deb o‘tingan edi»,
dedi. Men ham ko‘ngilchangman, aylanay poshsha qiz, kasaldan yaqinda turganim uchun
bir qadam bosishg‘a toqatim bo‘lmasa ham savobdan quruq qolmayin, deb surgala-surgala
havlingizni so‘rog‘lay-so‘rog‘lay topqunimcha o‘lib bo‘ldim... qix... — dedi. Kumush xatni
xotinning qo‘lidan olib rahmat aytdi va xatning unvoniga1 ko‘z tashladi: «Marg‘ilon
shahrida sokin2 Mirzakarim qutidor havlisig‘a».
— Yanglishmabsiz, oyi.
— Nega yanglishay aylanay sizdan, poshsha qiz. Ulug‘ dargohlaringizni ko‘chadagi har
kim bilar ekan, — dedi xotin va yaltoqlanib o‘rnidan turdi. — Endi men ketaqolay,
bolag‘inam yo‘ldan och kelib, bir qoshiq issiqqa zoriqib o‘lturgandir.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:39:15
— Ichkariga kiring, choy qaynatayliq.
— Rahmat, poshsha qiz. Anchon icharmiz choy bo‘lsa... qix. Bir ko‘rgan bilish, ikki
ko‘rgan tanish, deydirlar...
Kumushbibi xotinni ortiqcha qistab o‘lturmadida, yo‘lakkacha kuzatib bordi. Xotin
yo‘lakka burilar ekan qayrilib to‘xtadi:
— Bu dunyoda shunaqa hojat chiqarishlardan topqanmiz, agar Toshkandgami,
Qo‘qong‘ami otan-gizning xat-patlari bo‘lsa o‘g‘lim bajonudil olib ketadi. Shu o‘rtalarg‘a
kelib qolsam xabar olib o‘taymi? — deb so‘radi. Kumushning «yo‘q» deyishka og‘zi bormay
«maylingiz, og‘ir kelmasa» deb javob berdi. Xotin yo‘lakka burildi. Kumush ayvon tomong‘a
qaytar ekan oshiqib xatni ochti. Xat kichikroq qog‘ozda o‘lchavlik so‘zlardan iborat edi.
«Kumushbibi binti1 Mirzakarimboyga — zavji2 toshkandlik Otabek Yusufbek hoji
o‘g‘lidan. Otangiz Toshkandda ekan vaqtida men bu ishni ochmoqqa og‘irsing‘an, to‘g‘risi
uyalg‘an edim. Ma’lumingiz Toshkanddan uylanganimdan so‘ng yolg‘iz boshimg‘a ham
Toshkanddan, ham Marg‘ilondan ikki xotin ushlab turish og‘irliq qila boshladi. Shuning
uchun bu ikki xotinning birisidan kechishka to‘g‘ri kelib, nihoyat turmishim uchun yengil va
orzumga muvofiq bo‘lg‘an bir narsaga qaror berdim. Ul ham toshkandlik xotinim bilangina
qolib, sizni taloq qilish edi. Maktubni olg‘an kuningizdan boshlab o‘zingizni mendan begona
va nikohimdan tashqari hisoblasangiz bo‘ladir. Manim bu taloq xatimni albatta shariat
peshvolari shar’iy hisoblab iddangiz3 bitish bilan sizga boshqa er qilmoqqa ixtiyor bersalar
kerak. Otabek Yusufbek hoji o‘g‘li.
13-inchi javzo4, 1265-inchi yil, Toshkand».
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:39:24
...Ul bu maktubni o‘zining so‘ng tomchi kuchi bilan o‘qub tamom qildi-da, jonso‘z5 bir
tovush ila «uyatsiz!» deb qichqirdi va yerga yiqilib o‘zidan ketdi... Yiqilishda qo‘lidan
chiqg‘an qog‘oz parchasi shamol bilan uchib borib boshi yonig‘a tushdi. Yo‘lak panasidan
mudhish bashara chiqib bir-ikki qayta unga kulib qarag‘ach, yo‘qoldi...
Bozordan qaytqan qutidor yerda hushsiz yotqan qizi ustiga dahshat ichida yugurib
keldi. Chakkasini zax yerga berib yiqilg‘an va kesak kabi hissiz qizini jon holatda
quchog‘ig‘a oldi. «Qizim... Kumush... ko‘zingni och!» Ammo Kumushdan javob yo‘q edi.
Dahshati yuz daraja ortqan holda Kumushni ko‘tarib olib ichkariga yurdi. Uyda Oftob oyim
bilan To‘ybeka qiychuv qo‘pordilar. Ayvong‘a yotqizg‘an bo‘lsalar ham Kumushni o‘ziga
keltirish chorasini bilmay, to‘g‘risi nima chora ko‘rishni eslari topmas edi. Barakat bersinki,
esi yarim bo‘lsa ham To‘ybeka umrida birinchi ish qildi: sovuq suv keltirib Kumushning
manglay va ko‘ksiga sepkan edi, seskanib o‘ziga keldi. Hushdan ajralayozg‘an bechoralar
bu holdan so‘ng bir oz jonlang‘andek bo‘ldilar. Kumushni sovuq ter bosib bir necha vaqt
jim yotdi, shundan keyin ohistag‘ina o‘nglanib yotib olg‘ach, ko‘zini ochdi.
— Nima bo‘ldi qizim, ko‘zingga bir narsa ko‘rin-dimi?
Kumush ko‘zini yumdi-da, entikib qo‘ydi. Javob bermadi. Bu savol otasi tomonidan
ham berilgandan so‘ng:
— Meni tashqaridan kim olib keldi? — deb so‘radi.
— Men, qizim!
— Yonimda hech narsa ko‘rmadingizmi?
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:39:35
Qutidor bu savoldan boshqa gap tushundi:
— Yo‘q, qizim, sen o‘zing yolg‘iz yotar eding.
— Shundoq yo... — dedi. So‘zining so‘ngg‘ini aytalmadi.
— Gapur, gapur, qizim.
— Yonimda bir xat bor edi... meni bu holg‘a qo‘yg‘uchi shu xatdir, — dedi, bu so‘zni
nihoyatda kuchlanib aytdi.
Vaqt xuftanga yaqinlashg‘an edi. Qizining haligi javobi bilan sabrsizlikka tushkan
qutidor qo‘lig‘a sham’ olib tashqarig‘a chiqdi va yerdan xatni oldi. Qizini bunchalik falokatka
solg‘an xatni olg‘an yeridan qo‘zg‘almayoq o‘qub chiqdi. Xat haqiqatan jonso‘z edi.
Qutidorning ham oz qoldikim, hushi boshidan uchsin... So‘ng chekda xo‘rlang‘an va
favqulodda chayqalg‘an yuragi bilan ixtiyorsiz «makkor, insofsiz!» dedi. Ko‘z o‘nglari
qorong‘ulanib bir necha vaqt serraygancha qoldi. Yana «yaxshiliqni bilmagan haromzoda»
deb qo‘ydi. Boya bu xatdan xabarsiz edi. Endi qizining oldig‘a kirib, uning betiga qarash
unga juda ham og‘irlashqan, chunki bu foji’aning bosh omili deb o‘zini tanig‘an edi. Borib
ayvonning oldig‘a o‘lturdi va boshini qo‘llari orasig‘a oldi. Bu xo‘rlik, bu odatdan tashqari
uyatsizlik bechora qutidorni juda ezgan; nima qilmoqg‘a, xo‘rlang‘an, tahqir etilgan qizini
ne yo‘sunda yupatishka, bu qora kunlarni qandog‘ qilib o‘tkazishka bilmas edi. Shu holda
ne vaqtg‘achadir qoldi. Erining kechikishidan xavfka tushib, Oftob oyim uning yonig‘a
chiqqanda ham ul boyag‘i holda edi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:39:44
Eru xotin qizlarining yonig‘a kirdilar-da, uning oyoq tomonig‘a o‘tib sekin-sekin
o‘lturishdilar. Anchagina bir-bilariga qarashib qolg‘ach, Oftob oyim olg‘an taassurotini
ichiga yutaberishka chidalmadi-da, yog‘murdek ko‘z yoshini to‘ka berdi. Qutidor ham
xotinini kutib turgandek ko‘z yoshlari bilan soqolini yuvmakka oldi. Ko‘zi yumuq bo‘lsa ham
ularning hozirgi hollarini sezib yotg‘an Kumushningda qaynab chiqg‘an ko‘z yoshlari ikki
chakkasidan yostiqg‘a oqib tusha boshladi. Shu choqda na uchundir toqchada yonib
turg‘an sham’ ham lip-lip qildi-da, o‘chdi... Shuning ila bu havlini chin ma’nosi bilan
qorong‘uliq bosdi.

* * *
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:39:52
Bu voqi’aning uchunchi kuni Kumushbibi yillab yotg‘uchi og‘riqlardek sarg‘ayib ozg‘an,
endigina g‘unchadan chiqayozgan bu yosiman gulni xoin qo‘llarning zahri so‘litkan, fasod
o‘chog‘ining uyatsiz mufsidlari1 husn bog‘ining bu yangi erkasini ishong‘an va ko‘z tikkan
jihati ismidan tahqir qildirib umidsiz bir vujud yoki jonsiz bir haykal holig‘a qo‘yg‘an edilar.
Uning ko‘zlarida doimiy bir ma’yusiyat, arimas bir huzn,2 har onda bir entikib chayqalish
edi. Oftob oyim ham so‘ng chekda xo‘rlang‘an esa-da, lekin unga bu xo‘rliqdan burun u-bu
bilan qizini ovitish, uning ko‘nglini ochib bu sovuq, uyat gapni unutdirish, har holda
ko‘zining oqu qorasi bo‘lg‘an Kumushni birar kasalga chalinmaslig‘i yo‘lida tirishish
muhimroq edi. Va ikki gapning birida «Ortiq o‘ylama, qizim... Esingdan chiqar, endi xafa
bo‘lg‘aning bilan sira foydasi yo‘q», der edi. Kumush bo‘lsa hushsizlarcha onasining og‘zig‘a
ag‘rayar va har qachon ma’yus edi. Kumushning bu holi bechora onaning yuragini uzar,
yuz xil vasvasalarga solar edi.
— Kumush, — dedi Oftob oyim tushlik choydan ke-yin, — qaytag‘a tog‘angnikiga borib
kelmaymizmi?
— Nima qilamiz tog‘amnikida?
— Nima qilar edik. O‘ynab kulamiz, qayg‘ularingni ko‘chaga tashlaymiz.
Kumush onasining so‘ziga nima uchundir kuldi va «mayli» dedi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:40:04
— Tur bo‘lmasa, yuz-qo‘lingni yuvib otlan, xudo o‘lim bersin uyatsiz eringga.
Kumush muloyimg‘ina qilib onasig‘a qarab oldi. O‘rnidan turib To‘ybeka hozirlab
bergan obdasta yonig‘a yuvinish uchun o‘lturdi.
Ular tamoman yo‘lg‘a hozirlang‘an edilar, yo‘lak tomondan o‘tkan kun xat keltirgan
xotin ko‘rindi. Kumushning ko‘ziga bu xotin ofat kabi ko‘rinsa ham, ammo ikkinchi tarafdan
ul so‘yindi. Onasini kelguchi xotin bilan tanishdirib, kim bo‘lg‘anlig‘ini so‘zladi.
— Xi-xi, aylanay boyvuchchalardan... Shundog‘ qizimnikiga o‘tkan edim, qix...
alva’ddayn1, deb yo‘l ustidan burilib kirdim... deb puchuq xotin so‘zlanib kelar edi. Onabola
qo‘lg‘a olg‘an paranjini yerga qo‘yishg‘a majbur bo‘ldilar. Xotin Kumush bilan
ko‘rishkach, aching‘ansumon so‘radi: — Ha, aylanay, poshsha qiz, sizga nima bo‘ldi, juda
o‘zingizni oldirib qo‘yibsiz?
Puchuqqa joy ko‘rsatib, Oftob oyim javob berdi:
— Bir-ikki kundan beri tobi yo‘q.
— Xudoy saqlasin, xudoy saqlasin, — dedi xotin, — qix... bevaqt kelib sizlarni yo‘ldan
to‘xtatdimmi... xayr, xudo singlimni yomon ko‘zdan asrasin, — deb fotiha o‘qudi.
— Xush kelibsiz, — dedi Oftob oyim...
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:40:14
— Xushvaqt bo‘linglar, aylanay, qix... — dedi xotin va Kumushka qarab davom etdi, —
anuv kungi so‘zingiz bilan yo‘ldan qayrilib kirgan edim. Ertaga o‘g‘lim Toshkand
jo‘namoqchi, otangizning xat-patlari bo‘lsa... qix.
Kumush javob berish o‘rniga onasig‘a qaradi. Qizining qarashidag‘i ma’noga tushungan
Oftob oyim «yuboraturg‘an xatimiz yo‘qdir», deb javob bedi. Bu so‘z bilan puchuq xotin
g‘ilt etib Kumushka qarab qo‘ydi. Kumush onasini unga xabarsiz ko‘rsatib javob berdi:
— Otamning xatlari yo‘q, meniki bor, ozg‘ina kutishka vaqtingiz bo‘lsa, yozib berar
edim.
Puchuqning kelishidan maqsadi faqat shu yozib beriladirgan xatgina edi. Kumushning
o‘tinchi unga moy kabi yoqib tushdi:
— Yozib bering aylanay, poshsha qiz, boraturg‘an joyimdan kechiksam-da, savobi borku,
qix... — dedi. Kumush xotindan minnatdor bo‘lib uyiga xat yozish uchun kirdi.

* * *

Yuqorida Otabek tomonidan oling‘an maktubning haqiqati mana shu yo‘sun
xiyonatning natijasi edikim, biz endi xiyonat qahramonlari bilan o‘qug‘uchini tanishdiramiz.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:40:28
6. ISITMA ORASIDA

Saratonning ikkinchi kuni... Marg‘ilonning shimolida bo‘lg‘an B... mahallasining
kunchiqar tomonida janubga qarab burulg‘an tor ko‘chaning yuqorig‘i burchagida otining
tizginini ushlagani holda bir yigit kiyimiga o‘lturgan chang-to‘zonlarini qoqar edi. Yigitning
uzoqqina yo‘ldan kelganligi, uning kiprak va qoshlarig‘a, ham endigina chiqa boshlag‘an
soqol-murtlariga o‘lturg‘an to‘zonlardan bilgulik edi. Yigirma ikki yoshlar chamasida bo‘lg‘an
bu yigit sariq tanlik, ukkining ko‘zidek chaqchayib, o‘ynab va yonib turg‘an qizil ko‘zlik,
yuziga parchinlangandek yuza (puchuq) burunlik, manglayi qancha tashqarig‘a o‘sib
chiqg‘an bo‘lsa, yuzi o‘shancha ichkariga ketkan, qisqasi vaqtsizroq yaratilib qolg‘an bir
maxluq edi. Burchakda yerdan ikki yarim gazlar yuksalikda kunbotishg‘a qaratib qurilg‘an
ikkita ko‘rimsiz bir betlik eshiklar yuzlariga yopiq holda edilar.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:40:41
Ma’lum yigit boshidag‘i qalpog‘ini qo‘lig‘a oldida, haligi eshiklarning o‘ng
tomonidag‘isini ochib, oti bilan ichkariga yurdi. Eshik ortiqcha tor bo‘lg‘ani uchun ot
siqilibkina o‘tdi-da, endi uzung‘ina usti ochiq yo‘lak boshlandi. Yo‘lakdan so‘ng havli edi.
Havlining sharq va janub tomonlari buzilib-yorilib yotqan eski xaroba imoratlar bo‘lib, havli
yuzi turlik axlatlar bilan bulg‘anch, go‘yo yillardan beri tozalanmag‘an, supurgi
ko‘rmagandek edi. Havlining o‘rta yerida pakanagina baliq tut o‘sib, ostig‘a kul va boshqa
axlatlar to‘plang‘an edi. Havlining kunbotar tomonida xarobaliqdan ozg‘ina berida bo‘lg‘an,
boyag‘i yo‘lakka tiraltirib soling‘an ikki darichalik bir uy, bu uy qatorida bir ayvon bo‘lib,
shuning ila bu havlining tikkaygan binosining hisobi tamom edi. Bu xonadonning oshxonasi
bo‘lmag‘ani uchun bo‘lsa kerak haligi ayvonning bir burchagiga o‘choq qurulg‘an. Tutunlar
bilan ayvon deganimiz qob-qora is, go‘yo ayvon bo‘lg‘anig‘a ond ichmakda. Buning ustiga
o‘choq boshidag‘i tovoq-qoshiqlar, tog‘ora va qozonlar tartibsiz ravishda iflos yotarlar,
qozon tevaragida uymalashmakda bo‘lg‘an uch-to‘rtta tovuqlar mundagi ifloslikni yana bir
qat oshirmoqda edilar. Ayvonning narigi yonidag‘i daricha orqaliq uyga kirilur edi. Uyning
yarmisi quruq yer — qora shibdan iborat bo‘lsada, ammo to‘rida chaqich bog‘lab
yiltiramakda bo‘lg‘an — kir, yulduz kabi ilma-teshuk jafokash oq kiyiz, ham taxmondag‘i
eski sandiq ustiga yig‘ib qo‘yulg‘an bir to‘da paxtasi chiqg‘an uvadalar ko‘rpa-yostiq otini
o‘z ustilariga olur edilar. Bitta toqchadag‘i cheti uchkan, qoni qochqan uch to‘rtta piyola va
bir qora qumg‘onni, ikkinchi toqchadag‘i umrida yuvinib ko‘rmagan qora mis barkashni,
bo‘sh qoziqlar ko‘ngli uchun osilg‘an bittagina kir dasturxonni tilga olish bilan bu havlining
butun jihoz-amloki ro‘zg‘orini1 yozib chiqilg‘an bo‘linur, burchakdagi toqchada qattig‘ non
mujib o‘lturg‘uchi sich-qonni ko‘rsatib o‘tilmasa, bu uyda boshqa jonliq zot ham ko‘rinmas
edi. Qarshidag‘i bo‘g‘oti tushib o‘rtasi yemirilgan, devorlaridan baqa sallasi unib chiqg‘an
xaroba binolarning o‘nda-so‘nda ko‘rilmada bo‘lg‘an eski naqshlaridan va sirlaridan bu
oilaning ilgarida davlatlik bir xonadon bo‘lg‘anlig‘i, ammo bu kunda ortiqcha faqirlikda
yashag‘anlig‘i onglashilur edi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:40:48
Yigit otini tut yog‘ochig‘a bog‘lab, uyga tomon yurgan ham edi, burchakdagi xaroba
uydan o‘zini tuzatib o‘qug‘uchining qutidor havlisida ko‘rgani pakana xotin go‘yo onalarning
«ziyondosh albasti»laridek xunuk qiyofada yigitka qarab yugirib kela boshladi. Xotin yigit
bilan eson-sog‘liq so‘rashqach, ikkisi uyga kirdilar. Yigit to‘nini yeshib uyning to‘riga irg‘itdi,
boshidan qalpog‘ini olib qoziqqa ildi. Shundan so‘ng, ikkisi ham o‘lturishdilar.
— Qalay, — deb so‘radi xotin, — ishing o‘ngidanmi?
— Chakki emas.
— O‘zi hozir shu yerda edi. Eblab kelsa shu edi, deb tashvishlanib o‘lturdi. San kelur
oldingdag‘ina chiqub ketkan edi.
— Uyga ketdimi?
— Bilmadim, kelib qolsa kerak. O‘zi ham qatnay-qatnay o‘layotibdir, kecha qayta kelibketdi,
qix...
— Nimadan tashvishlanadir?
— Ishni aytkanimdek qilolmasa, hamma mehnat to‘rt pul, deydir.
Yigit kulimsirab olg‘ach, so‘radi:
— O‘zimizning ishlar qalay?
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:40:57
Bu savoldan xotinning yuziga umidsizlik tusi kirdi:
— Bilmadim, do‘stdanmi, dushmandanmi haytovur olding ochilmay turadir, sovchiliqqa
chiqmag‘an kunim yo‘q, qix... Yomon qo‘shnini yer yutsin; Marayim ku-dingchi1
bo‘shashqandek bo‘lg‘an edi, uni ham qo‘shnilar o‘lgur aynatibdilar... Homidboy bo‘lsa bu
kun unashsalaring ertaga to‘yni boshlaymiz deydir, qix... — Bu so‘zdan yigitning ko‘zlari
olayib allanechuk tuska kirdi.
— Qaysi qo‘shni ekan, u?
— Qurib ketsin, yomon qo‘shnilar, qix... Man sanga qaysi bir qo‘shnini tutib beray,
hammasi ham aynatar emish.
— San manga o‘sha... ni ko‘rsatib ber, tobini olib qo‘yay o‘sha onangni...
Ikkisi shu mojaroda edilar. Yo‘lakdan kirishdayoq tutka bog‘lang‘an o‘zining otidan
odamning kelganini bilgan Homid ayvondan aylanib kirishka sabri chidamay, darichadan
oshib uyga kirdida, yigit bilan quchoqlashib ko‘risha ketdi. O‘lturar-o‘lturmas Homid undan
so‘ray boshladi:
— Xo‘-o‘-o‘sh, Sodiq polvon, ishlar qanaqa, Toshkandda nima gaplar bor?
— Nima gaplar bo‘lsin. Toshkandda tinchlik. Bahona bilan Toshkandni ham ko‘rib
oldiq.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:41:09
— Eshigini topa oldingizmi?2
— Topdim. Aytkaningizdek, uning eshigini Toshkandda har kim bilur ekan.
— Bulmasa, xatni ham topshirg‘andirsiz?
— Topshirdim.
— Bali sher, xatni qo‘lingizdan kim oldi?
— Bir chol.
— Yuzi cho‘ziqroq, chakkasi siqiqroq choldir.
— Xuddi o‘zi.
— Xatini ham ololdingizmi? — dedi va sabrsizlanib Sodiqning og‘zig‘a tikildi. Sodiq
yuziga mag‘rur bir tus va ovozig‘a muzaffariyat ohangi berib «xatini ham oldim», javobini
aytdi. Bu javobdan so‘ng Homidning og‘zining tanobi juda ham qochqan va Sodiqning
yelkasiga qoqa boshlag‘an edi. Sodiq qo‘ynidag‘i xatni olur ekan, ishlatkan hiylasini hikoya
qildi:
— Xatni cholg‘a berdim-da, ertaga Marg‘ilon ketaman, xat bersalaringiz bemalol,
dedim. Chol bir oz o‘ylab olg‘andan keyin, hozirg‘a xatimiz yo‘q, sizga malol kelmasa erta
bilan bir xabar olib ketmaysizmi, o‘zingiz hozirda qayerda turibsiz, deb so‘radi. Man
og‘irsing‘ansumon o‘ylanib oldim va xo‘b, dedim, qo‘shxonam uzoq bo‘lsa ham bir xabar
olib o‘tarman, dedim. Ishning o‘nglanishiga quvonib, bir kechani choyxonada kechirib,
ertasiga va’da vaqtig‘a yana bordim, imon topkur otam xatni muzdek qilib tayyorlatib
qo‘yg‘an ekan, Marg‘ilon qayerdasan, deb bir ot, bir qamchi jo‘nay soldim.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:41:16
Homid xatni olur ekan, Sodiqning yelkasiga qoqib «rahmat, rahmat», deb qo‘ydi va:
«Biz ham sizning harakatingizda», degan so‘zni ham qo‘shib qo‘ydi. Xatni ochar ekan,
Homidning yuzida quvonch aralash bir jiddiyat mushohada etilar edi.
«Umidim yulduzi, orzum chechagi, hayotim tiragi Kumushimga!
Kinoya va achchig‘lar bilan to‘liq bo‘lg‘an maktubingizni oldim. Xatni yozg‘an
chog‘ingizda tamom bir o‘t ichida, g‘azab dengizida suzg‘anlig‘ingiz gavdalanib ko‘z
o‘ngimdan o‘tdilar. O‘tdilargina emas, hatto menga shunchaliq ta’sir etdilarkim, go‘yo
malikasining g‘azabiga uchrag‘an qul qay darajada es-hushidan ayrilsa, qilar ishidan, o‘ylar
o‘yidan yanglishsa, maning-da hozirgi holim buning yuz daraja yuqorisig‘a yetdi. To‘g‘risi
zahar olud maktubingizga odamlarcha tushuna olmadim va tushunishka ham luzum
ko‘rmadim, chunki g‘azab ustida aytilgan so‘zlar aqlli kishilarcha loyiqi muhokama va
mutolaa bo‘lolmas, gulxandan so‘ng alanga hisobini hech bir vaqtda olinmas. Lekin
maktubingizning bir o‘rniga nima ma’no berish uchun tamoman ojiz qoldim: «Ilgarigi
so‘zingiz bilan o‘zingizning haqqingiz bitkanligini bilaturib ham yana uyalmay, qizarmay
vijdonsizlar amrini berib qo‘yasiz-da, uyatsizlig‘ingizni yana bir qat oshirasiz...» va «Otam
Toshkanda ekan kezda bu gapni aytishka uyalg‘an emishsiz», «go‘yo buning bilan
nomuslik, uyatchan bir yigit bo‘lib ko‘rinmakchisiz shekillik?!»
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:41:26
Bu so‘zlaringiz bilan nima demakchi bo‘lasiz, taningiz sog‘mi? Durust, man otangizga
birga ketalmasligimni, charlarni uch-to‘rt kun kutib qolishimni bir necha vaqt aytalmay
yurdim va nihoyat otangiz ketishka ruxsat so‘ray boshlag‘ach, otam orqaliq uzrimni
aytirdim, bas, bunda qanday uyatsizlik bo‘lsin, gumonimcha isitmangiz qattig‘ ushlag‘an
ko‘rinadir va bu telbalarcha maktubingizni isitma orasida yozg‘on o‘xshaysiz...»
Homid maktubning bu o‘rniga yetkanda ixtiyorsiz xaxolab yubordi-da, «voy ahmoq»
deb qo‘ydi. Puchuq xotin bilan Sodiq kulib unga qarasalar ham ul iltifotsiz o‘qushida davom
etdi:
«Maktubni isitma orasida yozg‘aningizg‘a tamoman qanoat qildim. Shuning uchun sizni
ayblashka haqqim yo‘q, ham siz ma’zursiz.1 Bu kinoya va zaharlik maktubni yozishg‘a sizni
majbur etkan, meni hiylakor tulki, og‘zi qon bo‘ri, uyatsiz yigit... va tag‘in alla qancha
martabalarga mindirilishlarimning bosh omili albatta otangizdan ham eshitkan bo‘lsangiz
kerak, shu kungacha charlar balosi bilan tutqun bo‘lishim orzu-havas qayin otasining og‘rib
yotish shumligidir. Nihoyat sizning achchig‘ xatingiz barakasida bu kun charlar xabari ham
kelib qoldi. Siz maning bu xatimni o‘qub, gunohlarimni yarlaqab2 turg‘an kezlaringizda,
albatta man Marg‘ilon yo‘lida bo‘lsam kerak. Onangizning o‘quyturg‘an bayti maning
sha’nimga tamoman teskari, chunki ota-ona orzusi hech bir vaqt yangi yorlik vazifasini
o‘tay olmas va hamisha boshqalarning orzu-havasi bo‘lib qola berar. Siz o‘zingizni tuproq
bilan tenglashdirmakchi bo‘lg‘ansiz, lekin man hozir Kumushka ham qanoatlanmay Oltinbibi
deb atamoq fik-riga tushdim...
Borlig‘im muhabbatingiz alangasi bilan tutashqani holda zavjingiz Otabek. 26 javzo,
1265-nchi yil. Toshkand».
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:41:35
Maktubning bosh tomonini o‘qug‘anda Homidning yuzida ko‘rilgan shodlik o‘zgarishlari
xatning oxiri bilan negadir yuvilg‘andek va shodliq o‘rnini chuqur bir mulohaza olg‘andek
bo‘ldi. Bir-ikki daqiqaliq fikrdan so‘ng Otabekning «Siz maning bu xatimni o‘qub
gunohlarimni yarlaqab turg‘an kezlaringizda, albatta man Marg‘ilon yo‘lida bo‘lsam
kerak...» jumlasini ko‘zidan o‘tkazdi-da, Sodiqdan so‘radi:
— Toshkanddan chiqg‘aningizga necha kun bo‘ldi?
— Olti kun.
Sodiqning javobi uning ustidagi yukni tag‘in ham og‘irlashtirg‘andek sezilib ul boshini
quyiga engashtirdi va chuvoq soqolini tuzatib fikrda qoldi. Homiddagi keyingi o‘zgarishdan
xabarsiz taxmondag‘i uvadalarni tuzatish bilan ovora bo‘lib yurgan puchuq xotin Homidning
yonig‘a o‘lturib, xunuk bir iljayish orasida so‘radi:
— Qalay, Homidboy, ishlar o‘ngdanmi? Poshshanisaga endi sovchiliqqa
boraveramizmi?
Homid umidsizcha boshini chayqadi va salmoqqina qilib javob berdi:
— Ishimiz hali u darajaga yetkan emas, biz hozir faqat sovchining yo‘lidag‘i birinchi
g‘ovnig‘ina buzdiq.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:41:43
Homid puchuq xotin orqaliq Kumushning xatini oldirish bilan o‘zining birinchi martaba
yuborg‘an xiyo-natnomasini favqulodda bir muvaffaqiyat bilan natijalanganligini sezib,
Otabek ko‘kragiga ham qo‘l solib ko‘rmak va uning Kumushbibiga bo‘lg‘an munosabatini
bilib, ham shunga qarab ish yuritmak uchun Kumushning maktubini Sodiq orqaliq
Toshkandga yuborg‘an, Sodiq esa o‘qug‘uchig‘a ma’lum maktubni Otabekka topshirib,
Otabekning Kumushka yozg‘an maktubini ham olib kelgan ediki, yuqorida bu xat Homid
tomonidan o‘qulib o‘tdi.
Otabekning bu maktubi ortig‘i bilan o‘zining Kumushka bo‘lg‘an munosabatining
hamon eski holida boqiylig‘ini e’lon qilar va o‘zining osonliq bilan raqibka berilmasligini
so‘zlar edi. Bu yo‘lda birinchi qadamini muvaffaqiyat bilan bosqan Homid keyingilarini
birinchidek ketishi uchun qayg‘ulanar edi. Bu kun-erta Otabek kelar-da, Kumush bilan
topishar. Xiyonatnomaning o‘ziniki bo‘lmag‘anlig‘ini isbot etib, Homidning o‘ylag‘an ishini
yana keyinga siltar yoki butunlayga Homidning umidini uzar — mana bu ochiq, ko‘rinib
turgan ehtimol emas, haqiqat oldida ul hayron va bunga qarshi tadbir o‘ylash bilan garang
edi. Ul bu to‘g‘rida uzoq o‘ylab turmadi, bir narsaga qaror qo‘yg‘an kabi fikrdan ko‘zini
ochdi va puchuq xoting‘a dedi:
— Jannat opa, bir chilim beringiz-chi, — Jannat opa chilim solish uchun qo‘zg‘alg‘ach,
Sodiqqa dedi: — Inim Sodiqboy, ishimiz juda xom hali.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:41:51
Sodiqning qizil ukki ko‘zlari o‘ynab javob berdi:
— G‘am yemang, aka, xom bo‘lsa o‘bdan pishitarmiz, o‘lmasak.
Sodiqning bu javobi Homidning ishonchini moyla-g‘andek bo‘ldi, to‘ppisini boshidan
olib namatka tashlag‘ach, minnatdorlik ohangi bilan:
— San bilan Jannat opam tirik bo‘lsalaringiz pishitarmiz, albatta! — dedi va Jannat opa
qo‘lidag‘i chilimni olib takir-tukir qilib pishitdi va shi-g‘-g‘-g‘ etdirib sarxonani sindirib
yuborar darajada ichiga tortg‘ach, og‘zidan chiqg‘an pag‘a-pag‘a tutunlar orasida chilimni
Sodiqqa uzatib, Jannat opag‘a dedi: — Opa, siz tag‘in bir martaba qutidorning uyiga xat
olib boraturg‘an bo‘ldingiz...
— Qix, jonim bilan aylanay. Sodiq olib kelgan xatnimi?
Homid kuldi.
— Yo‘q, opa, agar bu xatni olib borsangiz, shunchalik qilg‘an ishlarimiz birpul degan
gap bo‘ladir. Ilgarigi gal yozdirib berganimdek o‘z rejamizga muvofiqlab Otabek tilidan
yana birini o‘martirib beraman.
— Xi-xi-xi, aylanay, qix... Man bu ishlarni qayoqdan bilay, Homidjon.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:42:05
— Albatta bilmaysiz. Lekin mundan so‘ng yaxshi bilmog‘ingiz kerak, ozg‘ina yanglishib
ketsangiz ham hamma qilg‘anlarimiz shamolg‘a uchadir, undan so‘ng...— to‘satdan bu
o‘rinda Homidning esiga o‘zining bir xatosi kelib tushdi: birinchi gal Otabek tilidan yozg‘an
soxta xatini uning qo‘l yozuvini mulohaza qilmasdan yuborg‘an va bu kungacha bu sirni
qutidor, Kumushbibilar tomonidan sezilib qolishidan qo‘rqib kelmakda edi. Endi bu ikkinchi
soxta xatni yozdirishda garchi hozir Otabekning qo‘lyozmasi o‘z qo‘lida bo‘lsa ham yana
qo‘rqunchi yo‘q emas edi. Endigi xatni nihoyatda ehtiyot bilan nusxaga qarab yozdirishni
ko‘nglidan o‘tkazdi-da, yana qaysi to‘g‘ridadir uzoq o‘ylab olg‘ach, Sodiqqa dedi:
— Inim Sodiqboy, sizga ham yana katta bir xizmat bor, basharti...
— Kishining xizmatidan qochqan yigit emasman!
Homid Sodiq bilan Jannat opag‘a qarab oldi va: — Shundoqmi? — deb
ishonmag‘ansumon takror so‘radi, undan ijobiy javob olg‘ach, yonini kavlashdira berib: —
Jannat opa, — dedi Sodiq horib qorni ochib kelgan ko‘rinadir, man ham ertadan beri
tomoq yegan emasman, biz Sodiq bilan so‘zlashib o‘ltursak-da, siz mana shu pulga
guzardan chiqib bir chorak1 et keltirib, sho‘rba qilib bersangiz. — Jannat opa paranjisini
yopinib etka ketdi, so‘ngra Homid Sodiqdan takror so‘radi:
— Kishining xizmatidan qochqan yigit emasman, deng-chi? — negadir Homid
Sodiqning takror-takror: «qochqon odam emasman, sinamasdan xizmatini aytabering»,
deyishiga ishonmas edi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:42:13
Nihoyat:
— Basharti sizga buyuradirg‘an xizmatim bu kungacha qilg‘an ishlaringizdan tamoman
boshqa va og‘ir bo‘lsa-chi», — dedi. Sodiq Homidning maqsadig‘a tushungandek bo‘ldi va
o‘ylab turmay:
— Odam o‘ldirishmi? — deb so‘radi. Homid Sodiqqa ishonmag‘ani holda bir daqiqa
chamasi qarab turdi, so‘ngra tevaragiga alang‘lab olg‘ach, hazil tariqasida:
— Basharti odam o‘ldirish bo‘lsa-chi? — deb so‘radi.
— Bu kungacha ikkitasini joylashdirdim, uchunchiga o‘tsa nima qiladi? — dedi Sodiq va
mag‘rur kulib qo‘ydi. Bu so‘zdan so‘ng Homid ustidagi yukni otqandek so‘lish olib qo‘yg‘an
edi.
— Man kishining xizmatini unutaturg‘an yigit emasman, — dedi Homid va davom qildi,
— o‘g‘ul bola uchun o‘g‘ul bolalig‘im, yomon uchun yomonlig‘im bor, basharti shu xizmatni
bajarib berishni bo‘yningga olsang, ond bilan aytamanki, davlatimning yarmisi saniki
bo‘lsin!
Sodiq o‘lturgan joydan qo‘lini Homidga uzatib «qaytmaysizmi?» deb so‘radi. Homid
qo‘lini olib «so‘z ham bir, xudo ham bir» javobini berdi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:42:21
Shu kunning ertasidan boshlab, Sodiq qutidorning eshik oldi tevaragida Otabekni
kutmakchi, ul kelib yo‘lakka kirdi deguncha orqadan borib uning ishini saranjomlamoqchi
edi. Sodiqning fikricha, bu ishni darbozadan tashqarida bajarish muvofiq bo‘lsa ham, nima
uchundir Homid bunga ko‘nmay qutidorning uzun qorong‘i yo‘lagini qulay bilmish edi.
Sodiqning «qay vaqtda kelar ekan?» savoliga:
— Albatta, shaharning darbozasi ertalab ochilib, shom bilan yopiladir, gumonimcha
ertalab Qo‘qondan chiqsa, asr vaqtlarida Marg‘ilong‘a kiradir, — dedi va so‘z oxirida orada
so‘zlanib o‘tilgan shartni yana ta’kidladi.
— Yaxshi o‘yla, Sodiq. Olam hodis qo‘lg‘a tushib qolsang, so‘roq kezida aybni faqat o‘z
bo‘yningga olib, orag‘a meni qotishtirmaysan.
— Xotirjam’ bo‘ling, Sodiq deganingiz bunday xumsalikni jallodning qo‘lida ham
qilmas, azbaroyi xudo.
— Undan so‘ng ikkinchi shart: bu sir faqat ikkimizning oramizdag‘ina qoladir, o‘zing
ham sezgan bo‘lsang kerakkim, Jannat opani etka ovora qilishim uni ham bu sirdan
tashqarida tutish uchun edi.
— Ko‘nglingizni mendan juda to‘q tutabering, aka! Avg‘oni xanjaringizni beraman
degan edingiz-a?
— Sho‘rba pishguncha kelturaman, — dedi Homid va ketdi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:42:34
7. QUVLANISH

Uchinchi kundan buyoqqa qutidorning eshigi tevaragidan Sodiq ayrilmas edi... hozir
kechki soat yettilar bo‘lib qolg‘ani uchun bu kun ham uning kelmasligiga qaror bergan va
ketishni chog‘lar edi, lekin uzoqdan kelguchi birar otliqni ko‘rsa balki shu bo‘lmasin, deb
yana kutib qolar edi. Ahvol bilish uchun bo‘lsa kerak, Homid ham otiga qiyshiq minib o‘tib
ketdi. Savol nazari bilan qarag‘an edi, Sodiq boshini chayqab javob berdi. Nihoyat qutidor
ham kundagi vaqtda bozordan qaytib uyiga kirdi. Vaqt shomg‘a yaqinlashib qolg‘anliqdan
bitta-yarimta do‘konlar ham yopilib, o‘tkunchilar ham siyraksib qoldilar. Shuncha
kutkanning o‘n daqiqasi deb bo‘lsa kerak, ul hamon shu o‘rtada aylanib yurar edi.
Poyafzal rastasining sharqqa qarab tortilg‘an ko‘chasi boshidan bir to‘da yigitlar munga
qarab kelar edilar. Boshda ul kelguchilarni tanimag‘an edi, yigitlar yaqinlashib kelgach,
o‘zining o‘rtoqlari ekanini bilib o‘ngg‘aysizlana boshladi. O‘zini ulardan yashirish uchun
qutidorning yo‘lagini jo‘blag‘an ham edi, yigitlardan bittasi: «Bu yerda Sodiq nima qilib
yuribdir» deb yubordi, ikkinchi yigit «Sodiqboy, Sodiqboy!» bilan chaqirishg‘a tutinib,
shuning ila Sodiq burilg‘an joyida to‘xtab qolishg‘a majbur bo‘ldi.
— Nega bu yerda tegirmonchining ishsiz qolg‘an eshagidek junjayib o‘lturibsan, Sodiq?
— dedi bir yigit. Boshqalar buning so‘ziga kulishdilar. Sodiq ham kulgiga ishtirok qilib,
yigitlarning yaqinig‘a keldi.
— Biravda ishim bor edi, shuni kutib o‘lturibman.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:42:44
— Sodiq dedi haligi yigit va Sodiqdan «ha» javobini olg‘ach, — burningmi Risolat
xolamning rapidasi? — dedi. Yigitlar tag‘in ko‘chani ko‘tarib kulishib yubordilar.
— Jur, bazmga!
— Qanaqa bazmga?
— Shamshodbekning bazmiga, hali Shamshodbekning to‘yidan xabaring yo‘qmi? Jur,
Sodiq jiyanim, basharangmi, do‘lda qolg‘an tappimi?
Sodiq ikkilanib javob berdi:
— Man keyinroq boraman.
— Eh xumsa, — dedi yigit va ariqdan sakrab So-diqning yonig‘a o‘tdi. Andijondagi
Qaymoqxon ham kelibti, bazmi jamshid desang-chi, jur! — Yigit Sodiqni sudray boshladi.
Boshqalar ham uning orqasidan itara ketdilar. Sodiq o‘rtoqlarining jabri ostida ilojsizgina
borsa ham, lekin ikkinchi tomondan kutkanini bu kun ham kelmasligiga qarori ham yo‘q
emas edi. O‘n-o‘n besh otlamdan so‘ng o‘rtoqlarig‘a itartirib o‘lturmasdan o‘z ixtiyoricha
yuriy boshladi. Ko‘chaning janubiga qarab borar edilar. Oradag‘i g‘arbg‘a qarab tortilg‘an
ko‘chani ham bosib to‘g‘rig‘a o‘ta boshlag‘an edilar, uzoqdan ot yeldirib to‘g‘rig‘a kelguchi
otliqni ko‘rgan Sodiq ko‘chaning o‘rtasida to‘xtadi. Haligi mushtumzo‘r yigit uni bir turtdida:
— «Yur, yur, itbachcha, jinni-minni bo‘ldingmi?» deb sudray boshladi, boshqalar ham
unga to‘rt tomondan chug‘urchiqdek yopishdilar. Shunday qilib «bechora» Sodiqni o‘z
xolig‘a qo‘ymay ko‘chadan anchagina nariga surgab ketdilar. Ular bu ko‘chadan o‘ttuz-qirq
adimlab uzoqlashg‘an ham edilar, haligi uzoqda ko‘rilgan otliq to‘riq yo‘rg‘asini qarsillatib
katta ko‘chaga chiqdi va yigitlar kelgan tomong‘a — shimolga burildi. Sodiq ketar ekan,
otliqqa burilib qaradi. Hasanalidan xat olg‘ani borg‘anida otxonada ko‘rgan qora to‘riq otni
tanig‘ani on qo‘ltug‘ig‘a kirib olg‘an ro‘dapodan qutilishg‘a tirishib boqdi, lekin uhdasidan
chiqolmag‘ach, ko‘zini yirtqichlarcha chaxchaytirib «it emgan da’yus!» dedi qo‘ltug‘idag‘i
jonlik kishanga...
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:42:55
* * *

Uyoq-buyoqdan shom azoni eshitila boshlag‘an edi. Ma’lum otliq qutidorning
darbozasida otini to‘xtatdida, o‘ng oyog‘ini uzangudan uzdi. Shu vaqtda shom namozidan
qolmas uchun shoshilishib qutidor ham yo‘lakdan chiqib keldi. Otini ko‘chaning o‘rtasida
qoldirib, qayin otasi bilan ko‘rishmak uchun yugirgan kuyavi oldida namozini ham unutkan
qutidor dag‘-dag‘ titrab to‘xtag‘an edi. Ko‘rishmak uchun o‘ziga uzatilg‘an qo‘lni bo‘sh
havoda qoldirib, darbozasi yonig‘a bordi. Bunday muomala oldida Otabekning qanday
holda qolishi izohka uncha muhtoj bo‘lmasa kerak. Ul turgan joyida qoziqdek qoqilib
qolg‘an edi. Qutidorning oldig‘a yurishnida bilmas, so‘zlashka ham tili kelmas edi.
— Bu qanday harakat, ota?
Qutidor titroq va hayajonli bir tovush bilan:
— Uyatsizga maning uyimdan o‘rin yo‘q, uyatsiz bilan so‘zlashishka ham toqatim
yo‘q... Boringiz, maning eshigim yonida to‘xtamangiz! — dedi-da, o‘zini ichkariga oldi va
darbozani yopib shildir-shildir zanjirini bog‘lay boshladi...
Otabek esini boshig‘a yig‘ib, mixlang‘an yeridan qo‘zg‘alg‘anda shom namozi o‘qulib bitkan,
kishilar uylariga qayta boshlag‘anlar edi. Ul moshinavori kelib otig‘a mindi va «chuh» dedi,
lekin ot qo‘zg‘almadi. Ikki-uch qamchidan so‘ng tolg‘a bog‘lang‘an tizgin shart etib uzilib
ketkach, boya yurib ketkan otini o‘tkunchilardan bittasining bog‘lab turg‘anini esladi.
«Chuh» dedi. Ot ko‘chaning sharqig‘a qarab ketdi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:43:05
Bu ketishda uning hushi o‘zida deb aytish qiyin, shuning uchun otning boshini qayoqqa
qarab solg‘ani ham belgulik emas, ehtimolki unga hozir ot yursa bas bo‘lg‘ay. Ot
ko‘chaning ayrilishig‘a yetib «endi qayoqqa yuramiz» degandek to‘xtag‘an edi, egasi yana
«chuh» deb javob berdi. Ot shimolga qarab burildi. Bu ko‘cha bilan uzoq yurgach, oltinchi
faslda o‘qug‘uchi bilan tanishdirilg‘an B... mahallasiga chiqib, ot yana qay tomonga yurishni
so‘rab to‘xtadi.
— Chuh.
Ot ko‘chaning sharqig‘a yurib o‘qug‘uchig‘a ma’lum burchakdagi ikkita eshikdan ham
yana shimolga burib, tor ko‘cha bo‘ylab uzoq ketdi. Vaqt xuftanga yaqinlashib
qolg‘anliqdan qorong‘i o‘bdan tushkan edi. Ot o‘zining bu galgi to‘xtashida egasining chuhchuhiga
ham sirt berib turib oldi va Otabek ko‘zini ochib yo‘l qarashg‘a majbur bo‘ldi.
Otning tor ko‘chaning nihoyatiga yetib yo‘lsizlikdan to‘xtalg‘anini onglag‘ach, o‘tkan
ishlardan o‘ziga hisob bera boshladi. Qayin otasi eshigida otini yo‘lga solg‘anini bir oz
eslasa ham boshqasini bilmas edi. Har holda Marg‘ilonning chetrog‘idagi boshi berk
ko‘chada va katta bir darboza yonida turg‘anlig‘ini tushundi. Otning boshini burishni-da,
burmasni-da bilmay bir oz o‘ylab to‘xtadi. Ul o‘ylab turg‘anda darboza ichkarisidan ikki
kishining xayrlashib ajralishqanlari sezilar edi. Ichkaridagi oyoq tovushi darbozaga
yaqinlasha bergach, ul chiqg‘uchig‘a xalaqit bermas uchun otining boshini chetka burdi.
Otabek to‘xtag‘an o‘rin to‘rt tomondag‘i imoratlar bilan o‘bdan qorong‘i, shuning uchun
darbozadan chiqg‘uchining faqat boshidag‘i oq sallasidan o‘zgasi ko‘zga ilinmas edi.
Chiqg‘uchi darboza yonida turg‘an otliqdan cho‘chibmi va yo o‘zichami so‘radi:
— Kim otda turg‘an?
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:43:15
— Man, — dedi Otabek va o‘zining mantiqsiz javobidan o‘ng‘aysizlanib tuzik javob
berishka og‘zini jo‘blag‘an ham edi, chiqg‘uchi «siz kimsiz?» degan savol bilan uni to‘xtatib
qo‘ydi.
— Man... bir musofir g‘arib, — deb javob berdi-da, negadir tomishka intilgan ko‘z
yoshisini kuch bilan to‘xtatib qoldi. — Marg‘ilong‘a shom vaqtida kirgan edim, ko‘zlagan
joyimni topolmay adashdim...
— Qani bo‘lmasa, juring biznikiga, mehmon, — aytkuchining so‘z ohangidan o‘rtoqliq
bo‘yi kelib Otabekning dimog‘iga ursa ham:
— Rahmat sizga, aka, — dedi, lekin uning bu so‘zi ham o‘rinsiz ketkan edi.
— O‘zingiz adashdim, dedingiz-ku, tag‘in qayoqqa bormoqchi bo‘lasiz?
— Sizga og‘ir kelmasa...
— Og‘irlig‘i yo‘q, yuringiz, — dedi va olding‘a tushib Otabekka yo‘l boshladi: — Man
ham sizga o‘xshagan bir g‘arib.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:43:22
Otabek kishi orqasidan ketdi, oldinma-keyin so‘zlashmasdangina ko‘chaning oyog‘ig‘a
qarab borar edilar. Anchagina yurgach, boshlovchi «otingizga ham joy bor», deb qo‘ydi.
Otabek javob bermadi. Shu ko‘yi so‘zsizgina ko‘chaning burilishiga yetdilar-da, kishi
Otabekni to‘xtashg‘a buyurdi, o‘zi shoshilib o‘qug‘uchig‘a ma’lum Jannat opa eshigining
chap tomonidag‘i ikkinchi eshikni ochish uchun qulfni timiskiladi. Eshikni ochishi bilan:
— Otdan qo‘ningiz, mehmon, — dedi otni Otabek qo‘lidan olg‘ach, — siz xurjiningizni
olib yo‘lakdan to‘g‘rig‘a kiraberingiz, — dedi. Otabek xurjinni ko‘tarib eshikka kirdi, usti
yopiq qop-qorong‘i yo‘lakdan o‘tib kattagina bir havliga chiqdi va xurjunni havlining
o‘rtasig‘a eltib qo‘ydi. Kishi otni burchakdagi usti yopiq oxirg‘ami, sufagami bog‘lag‘ach,
kelib xurjinini oldi.
— Qani ayvong‘a, — deb yo‘l boshladi. Kishi Otabekni o‘tquzg‘ach, tokchadan sopol
lagan bilan qovuqni olib chaqmoq surtdi. Sham’ yoqildi. Bu kishi qirq yoshlar chamaliq,
qonsiz yuzlik, siyrakkina soqollik, qo‘y ko‘z, ko‘b vaqt madrasa riyozatini chekkannamo,
qotma, uzun bo‘ylik bir odam edi. Ayvonning polos va asboblarida uncha boyliq ko‘rilmasa
ham puxta, ozoda, chirk yuqturilmag‘an yo‘sunda yig‘ishtirilg‘anlig‘idan egasining rind1
tabi’atlik ekaniga shahodat bermakda edi. Ayvonning so‘l tomonida ko‘rilgan bir eshik ila
uymi, hujrami, borlig‘i bilinar edi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:43:30
Uy egasi Otabekni yaxshilab ko‘z ostidan o‘tquzg‘ach, so‘radi:
— Qorningiz albatta ochdir, mehmon? — Otabekdan javob kutib turmay o‘zi hukum
ham berib qo‘ydi. — Yo‘l bilan albatta ochiqqansiz, savzi-piyoz va go‘shtlarim hammasi
tayyor, faqat o‘choqqa olov yoqsam, xolos, o‘zim ham hali xo‘rak qilg‘anim yo‘q, ko‘b emas
ozg‘ina, bir chimdimgina qilaman. — Otabekning uzriga quloq bermay oshg‘a urnashka
oldi. Otabek endi o‘tkan ishlarni ko‘z o‘ngidan o‘tkuza boshlag‘an edi. Bu kungi besh daqiqa
orasida bo‘lib o‘tkan voqi’ani hech bir yo‘sun bilan miyasiga sig‘dira olmas, chindan bo‘lg‘an
ish deb o‘ylashg‘a aqli bovar qilmas edi. Lekin quloqlari ostida hozirg‘ina aytilgan
«Uyatsizga maning uyimdan o‘rin yo‘q... Boringiz, eshigim yonida to‘xtamangiz!» so‘zining
sadosi qanday bo‘lsa ham unga bir haqiqatni ochiq so‘zlar va nafsida sezilgan xo‘rlanish va
hayajon buni tasdiqlar, bugina emas yuziga yopilg‘an darbozaning, shildir-shildir qilib
bog‘langan zanjirning sadosi ham bu haqiqatni ta’kidlar edi. Bundan so‘ng Kumushning
zaharlik muammo maktubi bir sidira ko‘z o‘ngidan o‘tib ketdi. Maktubdagi tushunishi qiyin
bo‘lg‘an nukta1 va ishoratlar yana bir qayta zahar sochib o‘tkandek bo‘ldilar. Lekin
bularning barchasini yig‘ib ochiq-oydin bir natija chiqarish kuchidan ojiz, go‘yo isitma
vaqtida bo‘laturg‘an tuturiqsiz, bog‘lanishsiz alji-bilji holatni kechirib, ishni bir-birisiga
bog‘lay bilmas edi. Ammo hozirgi daqiqada unga eng ochiq ta’sir etkan narsa: «Boringiz,
eshigim yonida to‘xtamangiz!» jumlasi bo‘lib, to‘lqinlang‘an izzati nafsi hamisha «qora ohu
ko‘zlarni» ko‘rishka o‘rganmish yurak ko‘zini xo‘rlik pardasi bilan yashirishg‘a tirishar edi.
Voqia’n tug‘ilib erkalikdagina o‘skan, hayotning dag‘al muomalasidan begona, faqat uning
chuchuk so‘zlarinigina tinglab kelgan Otabekka bu xo‘rlik turmishdan birinchi zarba edi.
Shuning uchun Kumushka bag‘ishlang‘an yurak tugunini yeshilg‘an holda ko‘rar, go‘yo
marvarid tugilgan harir ro‘ymol o‘g‘irliqdan so‘ng oyoq ostlarida bo‘m-bo‘sh yotqandek va
egasi shu o‘g‘irlang‘an javohirotining alamini chekib turg‘andek edi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:43:41
Uy egasi oshg‘a savzi bosib, Otabek yonig‘a keldi, ul boshqa hissiyot va fikrlarini
vaqtinchag‘a unutib, o‘zini tetiklikka oldi. Uy egasi Otabek yonig‘a o‘lturar ekan, so‘radi:
— Sizniki qayerda, mehmon?
— Toshkanddan, mulla aka.
— Ismingiz?
Otabek manglayini qashib olg‘ach, javob berdi:
— Shokirbek...
— Marg‘ilong‘a birinchi kelishingizmi?
— Birinchi kelishim...
— Savdo vajhi bilan kelgandirsiz? — uy egasi Otabekning qiyofat va ust-boshidan
savdogarga o‘xshat-qan edi.
— Yo‘q... Man asli Qo‘qong‘a kelgan edim, ammo Marg‘ilonda otam tanishlaridan
bittasida ozroq olasimiz bo‘lib, shu kishiga uchrashib ketayin, deb Marg‘ilong‘a o‘tkan edim,
— Otabek o‘zining yolg‘onlashidan o‘ng‘aysizlanib bir oz to‘xtab oldi: — bu kishining
qayerda turishi manga ochiq ma’lum emas edi va Marg‘ilonda boshqa tanishim
bo‘lmag‘anliqdan va vaqtning kechligidan adashib qoldim...
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:43:48
Uy egasi kuldi:
— Nasibdan qochib bo‘lmaydi, Shokirbek; bu kun kechasi menga mehmon bo‘lishingiz
bor ekan. Uchrashaturg‘an kishingizning oti nima?
— Komilboy...
Uy egasi o‘ylab turdi-da:
— Bizning bu yaqinlarda bunday kishi yo‘q, ehtimol nariga dahadadir, — dedi va turib
oshig‘a qarab ketdi. Otabek o‘zining qip-qizil yolg‘onlashidan vijdoni oldida qizarindi. Ammo
ul bir tomondan bunga majbur ham edi, chunki uning qutidor bilan qamalish va o‘lumga
hukm etilish tarixi butun Marg‘ilong‘a mashhur bo‘lib, haqiqiy ismini yashirmay aytkanda,
ehtimolki boshqa sirlarni ham ochmoqqa to‘g‘ri kelar edi. Uy egasi qozon yonig‘a ketkach,
ul ham o‘rnidan turib havlig‘a tushdi. Ayvonning narigi yoni bilan sharqqa qarab
kirilaturgan bir yo‘lak orqaliq bir boqchag‘ami, maydongami chiqilishini bilib shu yoqqa
yurdi va kichikrak bir mevazorga chiqdi. Kechaning qorong‘ilig‘i ustiga mevalarning quyuq
yaproqlari qo‘shilishib, bu maydon ayniqsa Ota-bekning hozirgi ko‘ngliga yaqinlashib kelar
edi. Uning ko‘ngil mevasi bu kungi qora voqi’a bilan qanday o‘ralib, yo‘qolib ketgan bo‘lsa,
bundagi daraxtlar ham o‘z mevalarini kecha rangi bilan bo‘yab, yashil yaproqlari ila
ko‘mgan edilar, ya’ni bunda o‘skan daraxtlar qanday meva beradir — ajratish qiyin edi. Ul
shu qorong‘izor bilan qo‘shilishib ketkandek va qorong‘iliqning quchog‘iga kira borg‘andek
mevazorning ichkarisiga yuriy bordi. Va nihoyat butoqlari bag‘rig‘a solinib tush-kan bir
daraxtning ostig‘a o‘lturdi va bu o‘lturishda uzoq fursat qotib qolg‘andek harakatsiz edi. O‘n
besh daqiqalardan so‘ng ichiga yel qamalg‘an puvvakdek ufff etib yuborgach, o‘rnidan
turdi. Boqchaning kunbotari bilan xarobazor imoratlarni yonlab yurdi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:43:56
Otabek ayvong‘a qaytib kelganda, uy egasi oshni damlab bo‘lib ayvonda kutib
o‘ltirmakda edi.
— Otingizga ozroq johori berib qo‘ydim.
— Rahmat, mulla aka, — dedi Otabek, uy egasi nimadir so‘zlamakchi bo‘lsa ham
o‘ngg‘aysizlang‘an sumol Otabekka tikilib-tikilib qo‘ymoqda edi.
— Kasbim to‘qug‘uchiliq, Shokirbek, — dedi uy egasi. Otabek so‘zni tugalmaganligini
bilib, uning og‘zig‘a qarab turar edi:
— Doim zaxda o‘lturib ishlaganimdanmi yoki o‘zimning tabi’atimda zaiflik bormi, ish
qilib nima bo‘lsa ham ko‘p vaqtdan beri bedarmon tortib yuribman,— dedi va davom etdi,
— goho ko‘krak ham og‘rib qo‘yadir. Yaqinlarda tabiblarga ko‘rsatkan edim, qoningiz oz,
qimiz iching, xo‘rak oldidan maviz1 isti’mol qiling, deb kengash berdilar. Ularning kengashi
bo‘yun-cha uch-to‘rt kun qimiz va maviz iste’mol qilib boqqan edim, voqi’an bir muncha
foydasi ham ma’lum bo‘ldi. Sizga buni so‘zlab shuni aytmakchimanki, osh oldidan bir-ikki
piyola maviz ichib yuborsam, albatta bunga sizning qarshilig‘ingiz bo‘lmas-a? — dedi va
kuldi.
— Qanday qarshilig‘im bo‘lsin, siz ma’zursiz.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:44:04
Uy egasi iljaygan holda hujraga kirib, o‘zining ta’biricha may emas, bir ko‘vacha
mavizni olib chiqdi, toqchadan piyola olg‘ach, kelib Otabekning yonig‘a o‘lturdi. Mavizni
piyolaga chulduratib quyar ekan, mehmonga yer ostidan mo‘ralab kulimsirab qo‘ydi.
— Sizning ham ichkaningiz bormi?
— Yo‘q.
To‘g‘risi ham Otabek ichkulukdan qattig‘ hazar qilar va bu kungacha mayni o‘ziga
dushman kabi ko‘rib kelar edi. Uy egasi quygan piyolasini simirib yuborg‘ach, sezdirmaslik
qilib seskanib qo‘ydi va:
— Aniq ichmaganmisiz? — deb yana so‘rag‘an edi, Otabek boshni chayqash bilan
kifoyalandi.
— Qattig‘ uzr bo‘lmag‘anda ichmagan ham ma’qul,— dedi va ikkinchi piyolani to‘ldirar
ekan, davom qildi,— lekin bu narsa bir tomondan kishining salomatligiga foyda bersa,
ikkinchi jihatdan tiriklikning qayg‘u va alamlarini-da unutdirib turar ekan. Boshimg‘a
o‘lguncha unuta olmasliq qayg‘u-hasratlar tushdi, Shokirbek. Ayniqsa keyingi yillarda
o‘zimga hech bir qayerdan ovinchoq topolmay, nihoyat shu achchig‘ suv bilan ovinaturg‘an
xolg‘a kelib qoldim, — dedi va uzoq tin olib to‘lg‘izg‘an piyolasini oldig‘a qo‘ydi. Ikkisi ham
bir necha vaqt sukutda qoldilar. Ul ikkinchi piyolani ichkach, Otabekni diqqat bilan kuzatib
chiqdi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:44:12
— Agar yanglishmasam, siz ham bir oz qayg‘uliroq ko‘rinasiz mehmon, bir piyolani
ichib yubormaysizmi?
— Rahmat, mulla aka, — dedi Otabek, ammo o‘zida ta’rifi so‘zlanib o‘tilgan narsaga bir
ehtiyoj seza boshlag‘an va o‘zini ham ma’zurlar qatorig‘a qo‘yayozgan edi. Uning bu holini
uy egasi sezdimi yoki sinab ko‘rmakchi bo‘ldimi, haytovur, uchunchi piyolani to‘ldirib
Otabekka uzatdi:
— Qo‘limni qaytarmang, mehmon. Ikkimiz ham ma’zur ko‘rinamiz.
Otabek uzrini aytib, piyolani olmay turg‘an edi, ul ham piyolani uzatqancha kulib
turaberdi.
— Man mavizni tamom shar’iy qilib tayyorlayman, tunov kun mahallamizning oxunlari
ham halollig‘iga fatvo berib ketdilar.
Otabek piyolani olishg‘a majbur bo‘ldi. Uy egasining aytkanidek maviz juda ham tiniq,
yaxshi chiqg‘an ko‘kchoy kabi musaffo edi. Piyolaga uzoq qarab turmay ichib ham yubordi.
Och qoring‘a tushkan o‘tkir may vijj etdirib me’dani qaynatdi-da, tomoq ostini
lovullatmoqqa oldi. Otabekka birinchi piyolani ichirg‘andan so‘ng, uy egasi oshni suzishka
ketdi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:45:03
8. BAXT VA BAXTSIZLIK

Oshni suzib keltirgach, mehmonni oshg‘a taklif qilishdan burun yana toqchadagi
ko‘vachani olib bir piyolani to‘ldirdi va Otabekka uzatdi.
— Iching buni ham, so‘ngra oshni yeymiz, — dedi. Bu gal uncha qistatishqa to‘g‘ri
kelmadi, birinchi piyola bilan uning ko‘z o‘nglari jimirlashmakka va o‘zida bir yengillik his
etmakka boshlag‘an va bu ikkinchi piyola go‘yo «meni ichsang tag‘in ham yengil tortasan»,
der edi. Otabekning ikkinchi piyolasidan so‘ng oshg‘a o‘lturdilar. Bitta «don» hazmini ham
tasavvur qilmag‘an uning me’dasi ketma-ket tushib turg‘an luqmalarni e’tirozsiz qabul
qilmoqda edi. Bunday ishtihoni, ehtimolki, ul o‘z umrida birinchi martaba ko‘rgandir.
Tomoq orasida uy egasining bergan savollariga yaxshi javob berganidek, o‘zi ham ba’zi
so‘zlarni to‘qib yubormoqda, boyag‘i oz so‘zliliklar o‘rnini ezmalik bo‘lmasa ham mo‘’tadil bir
hol olg‘an edi.
Oshdan so‘ng lagan va dasturxonni yig‘ishtirib olg‘uchi uy egasiga sarxush va qizarg‘an
ko‘zlari bilan uzoq qarab qo‘ydi. Bu qarash unga minnatdorliq va tashakkur qarashi edi.
Uy egasi Otabekning yonig‘a ikkita yostiq olib qo‘ydi va bittani o‘z yonboshig‘a ham oldi.
— Yonboshlangiz bek, — dedi, boshlab o‘zi yonboshladi. Otabek ham unga ergashdi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:45:12
Ikkisining orasidag‘i sham’ yel bilan o‘ynashibg‘ina nur separ, ikkisi ham so‘z qo‘yishqandek
sham’ga ko‘z tikib qanday o‘yg‘adir berilgandek ko‘rinar edilar. Bir necha vaqtdan so‘ng uy
egasi ko‘zini sham’dan oldi va yer ostidan Otabekni kuzatkach, so‘radi:
— Uylanganmisiz, bek?
Otabekning kayfi kuchlikmi edi yoki so‘zni onglamay qoldimi, haytovur shu onda javob
berolmadi.
— Uylanganman.
So‘rag‘uchi bir oz to‘xtab olg‘ach, yana so‘radi:
— Xotiningizga muhabbatingiz bormi?
Otabek bu savol qarshisida garangsib qolg‘andek bo‘ldi, voqi’an orag‘a og‘ir savol
tushkan edi, bilintirmaslik qilib uflab oldi.
— Muhabbatim yo‘q.
— Yaxshi ekan, — dedi uy egasi. Otabek uning bu so‘ziga tushuna olmay, «nega?»
degandek qarab turar edi.
— So‘zimga ajablandingiz shekillik?
— Yo‘q, — dedi Otabek, lekin uning taajjubi uy egasiga ochiq ko‘rinib turar edi.
— Balki muhabbat baxtlik kishilar uchun yaxshidir, lekin o‘z tajribamcha, baxtsiz kishi
uchun badbaxtlikdir. Masalan, siz agar chindan ham xotiningizg‘a muhabbatsiz bo‘lsangiz,
o‘zingiz ham iqror qila olasiz: uyga kirsangiz xotiningiz bordek, ko‘chaga chiqsangiz
yo‘qdek, bas, sizga xotinning og‘irlik va yengilligi birdak. Shundoq emasmi?
— Shundoq, — dedi Otabek, ammo muhabbat to‘g‘risida so‘zlangan bu so‘zlar uning
kayflik ko‘zini ocha yozdilar.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:45:21
Uy egasi davom qildi:
— Men bu so‘zlarni o‘z holimdan chog‘lab aytaman, ehtimolki men yanglisharman, —
dedi va uzoq tin olg‘ach, so‘radi: — Siz uylanganda o‘zingiz yoqtirib uylandingizmi yoki
oradag‘ilarning yoqtirishlari bilanmi?
Otabek so‘rag‘uchining qanday muddaosi borlig‘ig‘a tushunmay qoldi.
— Onamning yoqtirishi bilan.
— Barakalla, — dedi uy egasi va, — manimcha, hamma balo o‘zing ko‘rib, suyib
uylanishda, — dedi va eshitkuchisi kutmagan joyda sukutka ketdi. Otabek bir ko‘ynakni
o‘zidan burun yirtkan kishi to‘g‘risida go‘yo o‘z sarguzashtining eski tarixini mulohaza qila
bosh-lag‘an, qarshisida o‘lturg‘uchini-da, qayin ota eshigidan quvlang‘an kishi deb bilgan
edi. Qayin otang sani ham quvladimi, deb aytmasa ham shunga yaqin bo‘lg‘an «suygan
xotiningiz sizni tashlab ketdimi?» degan savolni berdi. Uy egasi boshini chayqadi:
— Tashlab ketishka — ketdi, lekin o‘z ixtiyoricha emas, — dedi. Otabek bu so‘zdan
so‘ng buning ham qayin otasi yoki qayin onasi tomonidan zulm ko‘rganiga ishong‘an edi.
— Yomon odamning yuzi qursin, — deb qo‘ydi, bu so‘z uy egasiga tushunarlik bo‘lmadi
shekillik, Otabekka savol nazari bilan qarab oldi.
— Ezmalik bo‘lsa ham boshimdan o‘tkanlarni so‘zlab beraymi, mehmon? — dedi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:45:38
O‘z sarguzashti bilan farqsizg‘a o‘xshab ko‘ringan bu hikoyani eshitishka uning ishtiyoqi
ortqan edi:
— Siz so‘zlamasangiz-da, men so‘zlatmoqchi bo‘lib turar edim.
— Manim sarguzashtimda siz kutkan qiziqliq yo‘q. Lekin shunday bo‘lsa ham so‘zlab
berayin, — dedi va yostiqni ko‘kragiga qo‘yib olg‘ach, hikoyasini boshladi:
— Men o‘zim asli qo‘qonliqman. Ota-onamdan yoshliqda yatim bo‘lib, tog‘amning
qo‘lida o‘sdim. Yoshim 17—18 larga borg‘andan so‘ng o‘z kunim o‘zimga qolib, bir
o‘rtog‘imning kengashi bilan bundan yigirma yillar burun Marg‘ilong‘a kelib, bu kungi
ustakorimning otasig‘a to‘quvchiliq hunariga shogird tushdim. To‘rt yil chamasi qilg‘an
xizmatimdan so‘ng haligi ustakorga xalfa bo‘lib ishlay boshladim. Boshqa yigitlardek
ortiqcha o‘rinsiz sarflarim bo‘lmag‘ani uchun oz zamon ichida uch-to‘rt tilla pullik ham
bo‘ldim. Ishimga ixlos bilan qarag‘anim uchun maning to‘qug‘an ishlarim o‘zgalarnikidan
qadrlik yurar va xalq orasida ham otim «usta Alim kichkina» bo‘lib shuhratlangan edi.
Ma’lumki, bofandalar1 oldig‘a ko‘pincha xotin-qizlar kelib, yangi nusxa qidirib yuriydirlar.
Maning to‘qug‘an ishlarim va chiqarg‘an nusxalarim hammaga maqbul, ayniqsa xotin-qizlar
uchun mashhur bo‘lib, har doim to‘quv do‘konim yonidan xotin-qizlar ayrilmas edilar.
Kunlardan bir kun hali kishidan qochar darajaga yetmagan o‘n uch-o‘n to‘rt yoshlar
chamaliq do‘ndiqqina bir qiz kelib, men chiqarg‘an yangi nusxa shohidan so‘radi. Qizning
so‘rag‘an nusxasi to‘qilib va sotilib ketkan edi. Shuning uchun «yo‘q» deb javob berdim.
Qiz ko‘zini jovdiratib turib, «maning uchun to‘qib berolmaysizmi?» deb so‘radi. Men qizning
yuziga qarab, «mumkin emas opa, bir kiyimlik shohi deb nusxa bo‘yash og‘ir», dedim. Qiz
so‘zni aylantirib mendan va’da olishg‘a tirishar edi. Men so‘z orasida yana unga qarab
oldim. Yonimdag‘i xalfalardan bittasi qizg‘a o‘la2, «to‘qib bering, usta, opani xafa
qilmang!» deb qo‘ydi. Uchunchi qarashda o‘zimda qizg‘a qarshi bir yaqinliq his etkan, unga
uzoqqina qarab qolishg‘a majbur bo‘lg‘an edim. Garchi qiz aytkan nusxani tayyorlash og‘ir
bo‘lsa ham qandaydir bir kuch ta’sirida haligi qizg‘a va’da berib yuboribman. Ul chiqib
ketkach, qanday va’da berganimni o‘ylab ko‘rib, va’da kuni kelsa to‘quy olmadim derman,
degan so‘zni ko‘nglimdan o‘tquzdim, lekin qizning gunohsiz o‘ynab turg‘an qora ko‘zlari,
qizil olmadek taram-taram yuzlari hamon ko‘z o‘ngimda ko‘rinib turar edilar va «maning
uchun to‘qib berolmaysizmi?» so‘zi quloq ostimda takror aytilgandek bo‘lar edilar.
Bir necha kun shu yo‘sun ikkilanib yurg‘ach, nihoyat o‘zimga tushunilmagan bir savq3
ostida va’damni ifoga ham boshlabman, bir kiyim shohi, deb o‘ttuz kiyim bo‘laturg‘an
ipakni bo‘yash, tanda, arqoq, go‘la mashaq-qatlari ko‘zimga hech ko‘rinibdir. Va’damdan
ikki kun ilgariyoq shohini to‘qib, uning kelar yo‘lini poylar edim, ul kelmas edi. Nihoyat
va’da kuni ham kelib o‘tdi, kel-madi. Sizga shuni ham aytib qo‘yayki, bir ko‘rgan
kishingizning tusini albatta uzoq fursat xotiringizda tutolmaysiz, lekin bu qiz to‘g‘risida man
tamom boshqacha holatda bo‘ldim: shundoqki, uning qoshini, ko‘zini, tusini,
qo‘g‘urchoqdek qaddini ko‘z o‘ngimda tuta-tuta tamom bir yillik bilishlardek bo‘lib
qolibman. Uning tovush ohanglari qulog‘im xotirasida u daraja yaxshi saqlanmag‘an bo‘lsada,
ammo «maning uchun to‘qib berolmaysizmi?» so‘zini hozirg‘ina eshitkandek bo‘lar
edim.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:45:44
Va’da kunidan uch-to‘rt kun o‘tib ketkan bo‘lsa ham hanuz ul kelmas edi. Men uning
ko‘chasini so‘rab qolmag‘animdan xafa bo‘lar edim. Chunki, shohini o‘zim eltib berishka
ham endi hozirlanib qolg‘an edim. Bu kutish kunlarimda na uchundir yonimdag‘i xalfa
shogirdlar bilan bo‘laturg‘an muomalalarim ham o‘zgara boshlag‘an, ya’ni so‘zlarim dag‘al
va tundlikka aylangan, go‘yo buning ila Alining kekini Validan olar edim.
Nihoyat va’daning beshinchi kuni qiz keldi. Qizni ko‘rish bilan men borliq-yo‘qliq
holatda qolg‘an, bir necha zamon maning uchun so‘z topish ham qiyinlashqan edi. Qiz
shohini so‘ramay menga termulib turar edi. Uning minnatdorchiligini faqat shohi bilan
olmoqchi bo‘lg‘anim uchun bu hol menga og‘ir keldi. «Nega va’daga kelmadingiz?» dedim.
Qiz o‘ng‘aysizlanib, gunohkorlarcha ko‘zini yerga tikkani holda so‘radi:
— Shohini sotib yubordingizmi?
Yonimg‘a qo‘yib o‘lturg‘an shohini qizg‘a uzatdim. Ul shohining orqa-o‘ngini ag‘darib
ko‘rdi va: «Yaxshi to‘qibsiz», deb menga umidsizcha qarab qo‘ydi. Shohini menga berib
qo‘lidagi mayda chaqalarni oldimg‘a to‘kdi.
— Shohingiz qancha pullik?
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:45:55
Men javob o‘rniga chaqalarni sanab chiqdim, bitta oltmish pullik tangasidan boshqasi
bir pullik, besh pullik zang bosqan chaqalar bo‘lib, ko‘p vaqtlardan beri yig‘ilib kelganligi
ma’lum edi. Bergan puli shohining yarim bahosini qoplar-qoplamas bo‘lg‘anlig‘ini aytdim.
— Tag‘in qancha kerak? — deb so‘radi.
— Uch tanga, — dedim. Qizning o‘ychan yuzini yana qayg‘u bosdi. Men uning yuzidan
katta husndor qizlarda ko‘riladigan bir ulug‘liq tomosha qilar edim va uning o‘z va’dasiga
kela olmag‘anlig‘i sirrini onglar edim. Bu yosh farishtani bu holda qoldirishg‘a ko‘nglim
bo‘lmadi va dedim:
— Qolg‘anini qachon olib kelasiz? — Bunga ham tez javob bermadi va javobsizlik bilan
yana o‘z holini menga arz qilg‘andek bo‘ldi.
— Pul topqanda keltirasizmi? — dedim-da, uning javobini kutmay qo‘liga shohini
tutqazdim. Qiz menga ishonmay boshlag‘an edi:
— Menga ishonasizmi?
Men ishonch bildirib o‘lturmadim:
— Uyingiz qayerda?
— Ch... mahallasida.
— Kimning qizisiz?
— Sharif miltiqchining qiziman.
— Otangiz qarib qolg‘anmi?
— O‘lgan. Onam bor.
— Akangiz yo‘qmi?
— Yo‘q. Bitta kichkina o‘g‘ul ukam bor.
— Ismingiz nima?
— Saodat.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:46:08
Shundan so‘ng Saodatni shohi bilan jo‘natib yubordim. Saodat maning bu ishimga
ishonmayg‘ina chiqib ketdi. Xalva shogirdlar: «Tuziksiz-ku usta», deb menga piching
otishdilar. Ammo men Saodat uchun har bir og‘irliqni ko‘targundek ko‘rinar edim...
Uy egasi bo‘lg‘an usta Alim hikoyasini to‘xtatib, Otabekdan so‘radi:
— Hikoyam uzayib ketdi shekillik, zerikdingizmi?
Otabek uni ortiqcha bir e’tibor bilan eshitar edi, sarxushchasiga:
— So‘zlay beringiz, — dedi.
Usta Alim davom etdi:
— Menga uch tanganing ahamiyati yo‘q edi. Ammo Saodat bilan bog‘lanib turishim
uchun bu uch tanga ming tanganing ishini qilar edi. Oradan o‘n kunni o‘tkuzib, uch tanga
bahonasi bilan Saodatning uyiga bordim. Saodat xolasining uyiga ketkan ekan, onasig‘a
o‘zimni tanitib, devor orqaliq anchagina so‘zlashdik: eri o‘lib erkaksiz qolg‘andan, ip yigirib
ovqat o‘tkarganidan va qizining kengashmasdan shohi buyurg‘anidan hasrat qilib ketdi;
so‘zining oxirida yana bir hafta kutib turishimni iltimos qildi. Bir haftadan so‘ng aloqani uzib
qo‘yish maning tinkamni quritaturg‘an bo‘lg‘ani uchun ishni boshqa rejada yurgizmakchi
bo‘lib aytdim: — O‘zingiz ip yigirib, kun ko‘rib turgan bo‘lsangiz, sizga uch tanga emas, uch
pul berish ham og‘ir ekan, agarda sizga ma’qul bo‘lsa ko‘nglimga bir gap keladir,
shundoqki, siz erkaksiz bo‘lg‘aningizdak, men ota-onasiz yolg‘iz yigitman.. Ko‘pincha kir
yuvdirish va yirtiq-yamoq vajhlaridan qiynalaman. O‘sha sizdagi pul evaziga bir necha vaqt
kir-pirimga qarab, yirtiq-yamog‘imni yamab bersangiz, qandoq bo‘lar ekan... Kampir bu
so‘zimni mamnuniyat bilan qabul qildi va ertasi kunga kirlarimni olib kelish uchun Saodatni
yubormoqchi bo‘ldi. Shundoq qilib bu kun bog‘lanishni yaxshi asoska qurib qaytdim.
Ertasiga Saodat kelib kirlarimni olib ketdi. Uch kundan so‘ng yuvilgan kirlarni keltirib,
to‘quv do‘konimning yonida anchagina qarab o‘lturdi. Men uning kelishi uchun har hafta
panjshanba kunini belguladim. Kundan-kun Saodatka qattig‘roq bog‘lana borg‘animni
onglar edim, panjshanbani hayit singari qarshilar edim. Oradan uch-to‘rt hafta o‘tkandan
so‘ng qo‘lig‘a «oyingga eltib ber» deb yigirma-o‘ttiz chaqa pul ham berdim. Saodat bilan
aloqa qilg‘animning to‘rtinchi oyida ramazon hayiti keldi. Fitir ro‘za bahonasi bilan Saodat
uchun sakkiz tepki xon atlas, onasi bilan ukasiga bo‘z ko‘ynak qilib, Saodatlarning uyiga
o‘zim chaqirib bordim. Saodat meni yo‘lakdan qarshiladi va gunohsizcha qo‘limdan tutib
ichkariga boshladi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:46:17
Men: — Saodat, esingni yedingmi, onang mendan qochmaydimi?—
dedim. Saodat tortishida davom etib:
— Qochmaydi, o‘zi menga ustakang kelsa qochmayman, degan.
Men Saodatning yo‘lboshchilig‘i bilan ichkariga kirdim. Ayvonning oldida Saodatning
onasi ip yigirib o‘lturar ekan, qizining qo‘lida begona yigitni ko‘rgach, hayron bo‘lib qolg‘an
edi. Saodat meni havlining o‘rtasida qo‘yib onasining oldig‘a yugurdi va:
— Ustakam-ku! — dedi. Onasi nari-berida dakanasini tuzatib o‘rnidan turdi. Salomalikdan
so‘ng so‘rashdiq. Saodat tegimga ko‘rpacha yozdi, men qo‘ynimdag‘ini olib o‘rtaga
qo‘ydim. Fotihadan so‘ng bir oz yotsirashib, uyalishib ochilisholmay qoldiq. So‘ngra kampir
Saodatning manim to‘g‘rimda aytaturgan so‘zlaridan muqaddima qilib dedi:
— Saodat sizni xudda o‘z akasidek yaxshi ko‘radir, tunov kun iroqi sobun olg‘il, deb
o‘ttuz pul bergan ekansiz. Sobunni olib kelgach, yotib uyqusi kelmadi, voy ustakamdan
aylanay, voy ustakamning umrini xudo baxtimga uzun qilsin, deb butun tongni tong otdirib
duo qilib chiqdi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:46:24
Bu so‘zni kampir so‘zlar ekan, men o‘ng‘aysizlanib ketib yer ostidan Saodatka qarab
qo‘ydim. Saodat qizarib-bo‘zarib chetka burilib olg‘an edi. Kampir davom etdi: — Munchalik
bizning holimizg‘a qayish-g‘aningiz uchun besh vaqt namozning oldida men ham
haqqingizga duo qilishni unutmayman va hafta sayin qilib turg‘an marhamatingizni ko‘rib
o‘ylayman: xudo bandasiga mehribon, holimizning rahmini yeb saxovatlik bu yigitni bizga
uchratdi deb, ko‘nglingizdagi har na tilagingiz o‘ziga ayyondir. Siz yatimlarning rahmini
yesangiz, sizning g‘amingizni o‘zi yesin. Kampir bir uflab olg‘ach, dedi: — Manglayim
sho‘rlik ekan, bolam, Saodatning Qayumjon otliq bir akasi bor edi, yoshi yettiga chiqib,
otasi rahmatlik endigina to‘y qilaman deb turg‘anda, qizamiq degan bir falakat kasal bilan
og‘rib dunyodan o‘tdi, buning ustiga Saodatning otasi ham marhum bo‘lib bizlarni ora
yo‘lda qoldirib ketdi. Loaqal shu bola bo‘lg‘anda ham edi, biz bu yo‘sun og‘ir kunlarga
qolmasmi edik, deb o‘ylayman, — ko‘z yoshisini artib so‘zini bitirdi. — Bandasining qo‘lidan
kelaturgani oh-vohdan nariga o‘ta olmas ekan, bolam!..
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:46:31
Men ko‘ngil ko‘targan bo‘ldim:
— Oldingizda yosh bo‘lsalar ham qizingiz va o‘g‘lingiz bor ekan, bu kun bo‘lmasa
ertaga axir siz ham yorug‘liq kunga chiqib qolarsiz, ona, — dedim va kelturgan narsamni
kampirning oldig‘a surib: — Shu arzimag‘an narsani Saodat bilan ukasiga hayitlikka olib
kelgan edim, bu aybim uchun albatta mendan koyimassiz, dedim.
— Odamgarchilig‘ingizdan o‘rgulay, — dedi kampir va og‘zig‘a kelgan so‘zlar bilan duo
minnatdorchilik qila boshladi. Boyag‘i so‘zdan keyin uyalg‘anicha bizdan uzoqroqda
o‘lturgan Saodat sekingina bizning yong‘a keldi va qog‘ozg‘a o‘ralg‘an kiyimlikni ochib
atlasni oldi. «Bu mengami?» deb mendan so‘radi va javobimni kutib ham turmay yo‘llik
bo‘zni oldi. «Bu Sayfiga», dedi. Uning orasidag‘i odimi bo‘zni ko‘rub: «Bu oyimga», dedi.
Saodat bu narsalarni juda oddiy qilib ko‘rdi va soddacha haligi so‘zlarni aytib qo‘ydi. Go‘yo
bu narsalarni ilgaridan kutkan edi. Atlasni yaxshilab ko‘rib chiqg‘ach, yoqtirg‘andek bo‘ldi,
bir menga va bir atlaska qarab turib nimadir aytmakchi bo‘lsa ham aytalmadi. Men nima
demakchi bo‘lg‘anlig‘ini sezgan edim. Bu orada biz kampir bilan hasratlashib turg‘an edik,
ul kelib so‘zni bo‘ldi:
— Ustaka, — dedi, men qaradim. — Ro‘zamisiz?
— Ro‘zaman.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:46:42
— Ro‘za bo‘lmasangiz choy qaynatar edim, — dedi. Onasi kuldi.
— Choyni hayitda kelganimda qaynatib berarsan, — dedim.
— Hayitda kelsangiz osh ham qilib berar edim, — dedi va onasig‘a qaradi.
— Akangga har narsa qilsang ham arziydir, qizim,— dedi kampir va na uchundir
ko‘ziga yosh oldi, men ham arang ko‘z yoshimni to‘xtatib qoldim.
— Bo‘lmasa bu kun iftor qilaqoling. — Saodatning bu so‘ziga onasi ham qo‘shilishdi.
Men uzr aytdim. Lekin haqiqatda esa, Saodat bilan birga o‘lturib iftor qilishni ko‘ngil istay
boshlag‘an edi. Uzoq so‘zlashib o‘lturdim, bu uydan chiqib ketkim kelmas, bir soat orasida
tamoman ochilib-sochilib ketkan Saodatning bolalarcha qilig‘ini ko‘rib to‘ymas edim. Saodat
goh men bilan, goh atlas bilan mashg‘ul, boyag‘i uyalib turishini bir yoqqa yig‘ishdirib
qo‘yg‘an, onasi bilan meni kuldirib, anchagina ko‘tarilib qolg‘an latif ko‘kragi ustiga
«senginadan aylaniy!» deb atlasni bosib quchoqlar edi. Men bo‘lsa go‘yo atlas emas,
quchoqlang‘uchi o‘zim bo‘lg‘andek kayflanar edim.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:46:50
Men kampir bilan xayrlashib chiqa boshlag‘an edim, Saodat «Panjshanba kun
boraymi», deb so‘radi. Men kampirning oldig‘a qaytib bordim-da, aytdim:—
Saodatingizning bo‘yi cho‘zilib qolg‘an ko‘rinadir, mundan so‘ng maktabdan bo‘shag‘an
vaqtida Sayfini yuborsangiz qalay bo‘lar ekan va qo‘lim bo‘shag‘an kezlarda o‘zim ham
kelib turarman, — dedim. Go‘yo kampir ham mendan shu so‘zni kutib turg‘an ekan,
hamiyatimga va aqlimga tahsin o‘qudi va qizig‘a qaradi. «Ana, eshitdingmi ustakangning
so‘zini, endi vaqt-bevaqt ko‘chaga ham chiqaberma!» dedi. Men chiqaturib Saodatka
qarag‘an edim, mendan o‘pkalagansumon ko‘rindi. Ammo maning bu so‘zim bekorga
emas, balki xalfa shogirdlardan ba’zilarining unga yomon ko‘z bilan qarag‘anlarini
payqag‘anim uchun edi.
Shu yo‘sunda Saodatning onasi ham mendan qochmay qo‘yib, aloqamiz tag‘in ham
qattig‘lashdi. Kutmagan bu muvaffaqiyatim bir necha kungacha ko‘zimdagi uyquni ham
qochirib qo‘ydi. Uch-to‘rt kun go‘yo bu kun-erta Saodatka uylanaturg‘an kabi hovliqib ham
yurdim.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:47:03
Uncha-muncha narsani ayamag‘anim uchun bo‘lsa kerak, tez zamonda go‘yo Saodatlar
oilasining boshlig‘i holini olib qoldim. Jum’a kunlari masallig‘ni ko‘tarib Saodatlarnikiga
borar, Saodatning qo‘lidan osh qildirib yeb qaytar edim. Saodat kundan-kunga o‘sib borar,
shu nusbatda husniga husn qo‘shilar va men battar uning maftuni kesilar edim. Shu holda
oradan ikki yil chamasi fursat o‘tib ketib, Saodat ham o‘n olti yoshlarg‘a yetib qoldi. Endi
maning oshiqona termulishlarim ma’nosini ongliy boshlag‘an, negadir «aka» deb
qilaturg‘an xitoblarnida tark etkan edi. Ikki yildan beri kampirning oldig‘a sovchi kirguzishni
o‘ylab kelgan bo‘lsam-da, ammo nima uchundir Saodatdek qizg‘a uylanish baxtiga
erishmakni o‘zimga tasavvur qilolmas edim. Bu to‘g‘rida bo‘lgan hamma umidim
Saodatning onasidan edi, balki o‘zi so‘z ochar va yokim orag‘a kishi qo‘yar, deb kutar edi.
Orag‘a boshlab o‘zim sovchi qo‘yishdan o‘ngg‘aysizlanar, to‘g‘risi o‘zimga tushunilmagan bir
xavf ostida bu jasoratdan mahrum edim.
Bir kun odatimcha Saodatlar uyiga borg‘an edim. Osh-suvdan keyin kampir Saodatni
o‘choqboshi yumishiga yuborib, menga qarab kuldi:
— Saodatka bir yaxshi joydan kuyav chiqib qoldi. Kecha unashsak unashkundek ham
bo‘lg‘an edik, biroq sizning maslahatingizni olayin, deb sovchilarni qay-tardim, —
demasinmi, ustimdan bir chelak sovuq suv quyg‘andek entikdim, qanday javob berishka
tilim kelmay qoldi. Uzoq vaqt kesak kabi harakatsiz qolg‘ach, kuch orqasida tilimni bazo‘r
shu so‘zga harakatlantirdim:
— Joyi yaxshi bo‘lsa, o‘ylab ko‘rish kerak...
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:47:13
Kuyavning kimning o‘g‘li bo‘lg‘anlig‘ini va qanday kasb qilishini sharh qila boshlag‘an
edi, sabrim tamom bitdi:
— Undog‘ bo‘lsa, kecha sovchilarni bekor qaytaribsiz,— dedim. Kampir manim bu
kinoyamga tushunmag‘an edi:
— Kuyavning tegi-taxti menga ma’qul bo‘lishka bo‘ldi-ya, faqat endi ish sizning
kengashingizga qarab qoldi, siz Saodatka ota bo‘lmasangiz ham lekin otaliqdan yuqori
ishlarni qilib kelasiz. Endilikda Saodatni uzatishda ham otalig‘ingizni ayamangiz, — dedi. Bu
so‘z bilan yana o‘lganning ustiga chiqib tepilgandek bo‘ldim.Chayon kabi meni
zaharlamakda bo‘lg‘an kampirning to‘g‘ri so‘zini eshitib turishka ortiq to‘zalmadim-da,
ertagacha o‘ylab javob berishni aytib kampirning oldidan chiqdim.
Chiqg‘ach, oyog‘i kuygan tovuqdek to‘rt tomong‘a yugura boshladim. Epaqalik bir gap
esimga kelmas edi. Nihoyat, aqlimni boshimg‘a yig‘ib, sirrimdan voqif bir oshnamg‘a
kengash soldim. Ul uzoq o‘ylab turmay, ertasi kunga tomonimdan sovchi bo‘lib kampirning
oldig‘a bormoqchi bo‘ldi. Lekin butun tuni bilan ko‘zimga uyqu kelmay, tikanga ag‘nag‘an
kabi azoblanar edim va sustligim uchun o‘z-o‘zimni so‘kar edim...
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:47:21
Usta Alim hikoyasini bu yerga yetkuzgach, sham’ning so‘xtasini miqroziladi va og‘zini
poylab turg‘uchi Otabekdan «zerikmadingizmi?» deb so‘rab olib, davom etdi:
— Sovchini yuborib tinchiy olmadim, ishka qo‘lim bormas va bir joyda to‘xtab
turolmas, u yerdan turib bu yerga o‘lturar, ming turlik xayol bilan dovdir sifatiga kirgan
edim. Yuborgan kishim tezda qayta bermagach, bir-ikki bora Saodatlar eshigi yonig‘a borib
keldim. Nihoyat, miyam shishib Saodatning uyi yaqinida bo‘lg‘an bir yong‘oqning soyasida
o‘lturg‘an edim, sovchim chiqib qoldi-ku: yuragim orqamg‘a tortib ketdi. Va olding‘a tushib
yuriy berdim, chunki sovchig‘a uchrashib haqiqatni onglash ham menga dushvor1 mushkul
kelgan edi.
— Shoshma-shoshma, ho, kuyav! — dedi sovchim. Hazilmand bo‘lg‘ani uchun ishning
chappa ketkaniga ishong‘an, uning bu «kuyav» degan so‘zini kinoyaga yo‘yg‘an edim,
ketaberdim. Ul orqamdan tez yurib yetdi:
— Qani, to‘nni yesh! — dedi va to‘nimni o‘ziga torta boshladi.
— Yuragim yorilishg‘a yetdi, hazillashma! — dedim.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:47:36
Haqiqatan so‘zi chin ekan, og‘zidan o‘pdim. Jiq to‘lg‘an ko‘z yoshimdan ham uyalib
turmadim. Sov-chim yo‘l bo‘ylab kampir bilan bo‘lg‘an hikoyasini so‘zlab ketdi: Saodatka bir
yildan beri har kun deyarlik sovchilar qatnar, kampir hammasiga ham boshi bog‘liq, deb
javob berib kelar ekan. Shuning barobarida maning og‘zimni poylar yoki kishi qo‘yishimni
kutar ekan. Nihoyat, bir tarafini chin va bir tarafini so‘z olish muddaosi bilan kechagi so‘zni
menga aytgan va shunga qarab ish qilmoqchi bo‘lg‘an. Uzun so‘zning qisqasi kampirning
javobi: bir qizim emas, yuz qizim bo‘lg‘anda ham usta Alimga nazir tortdim — bo‘libdir.
Terimga sig‘mas edim; ikki yillik yurak dardim nihoyat hoziqini topqan edi. Bir necha
kun uyalib kampirning oldig‘a bormay yurgan edim, o‘g‘li orqaliq yo‘qlatdi. Bordim. Lekin
borishimdag‘i sezgularimni sizga bu til bilan tushuntirolmayman. Men borliq yo‘qliq
eshikdan kirganimda, Saodat kir yoyar edi. Meni ko‘rgach, qizarinib ketdi va yoyilg‘an kir
ortig‘a yashirinar ekan, shahlo ko‘zlaridagi sezilar-sezilmas tabassumning farqig‘a bordim.
Kampir bilan uyalishibkina to‘y to‘g‘rilarini so‘z-lashdik. Kampir ortiqcha takalluflar
qilishg‘a yo‘l qo‘ymasa ham, ammo o‘zim Saodatning ko‘ngli o‘ksimasin uchun to‘yni katta
qilishg‘a tarafdor edim. Kampir bilan to‘y va nikoh kunlarini muqim qilg‘ach, men ketishka
turdim. Saodat kir yonida menga bir ko‘ringandan so‘ng, qaytib ko‘rinmagan edi. A, men
bo‘lsam yana uni bir ko‘rmakchi va o‘ziga bir-ikki og‘iz so‘z aytmakchi edim. O‘choqboshida
qozon yuvar ekan, to‘g‘ri oldig‘a yurib bordim. Ul meni sezmadimi yoki sezsa ham
bilmaganga solindimi, haytovur orqasi o‘gurug‘liq engashkan holda ishka mashg‘ul edi. Bir
o‘rim bo‘lib tushkan uzun qo‘ng‘ur sochi uning harakati bilan qo‘ltug‘i ostida o‘ynoqlar edi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:47:47
Anchagina orqasidan tamosho qilib turg‘ach:
— Saodat, — dedim. Qaradi. O‘choqda yong‘an olov issig‘idanmi yoki uyatidanmi
uning yuzi qip-qizil olma edi. Qo‘lidagi sochig‘i bilan oldimg‘a yaqin kelib to‘xtadi. —
Eshitdingmi, — dedim. Yerga qaradi. Uni ortiqcha uyaltirmas uchun eshikka qarab yuriy
boshladim-da: — Maylimi? — deb so‘radim. Javob o‘rniga:
— Osh yemay ketasizmi? — dedi. Bu uning ikkinchi turlik qilib aytilgan «mayli» javobi
edi. Bir bugina emas, qirq yillik qadrdon xotin tomonidan eriga qilinaturg‘an
mehribonchiliqning eng lazzatlisi edi. Chiqar ekanman, «Osh yemay ketasizmi?» so‘zining
kayfiga tamom mas bo‘lg‘an edim.
Usta Alim shu so‘ngg‘i so‘zlarini aytib bitirar ekan, Otabekning qoshlari chimirilib, go‘yo
o‘zining ham shu yo‘sun xotiralarining abadiy qaytib kelmaslik — yo‘qliqg‘a chiqqanlig‘ini
yana bir karra onglar edi. Usta Alim davom etdi:
— O‘n kun orasida hozirlikni bitirib to‘y qildiq. Nihoyat, Saodat meniki bo‘lib, saodatlik
kunlarim boshlandi. Saodatka bo‘lg‘an muhabbatim bir daraja sizga ma’lum bo‘lg‘anliqdan
u kunlardagi mas’udiyatimni ham shu o‘lchavg‘a solib bila olasiz.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:47:55
Rafiqam Saodat chin sa’ida1 edi. Bu yil o‘zimga kutmagan darajada bir kuch va
istiqomat2 ortdirib, to‘y bilan tugalgan boylig‘imni qaytarg‘an edim. Turishka Saodatlar uyi
ortiq torliq qila boshlag‘anliqdan shu havlini (Jannat opa havlisig‘a ishora qilib) hozirg‘i
qo‘shnimizdan sotib olishg‘a muvaffaq ham bo‘ldim. Qayin onam, qaynim va eru xotin shu
havlig‘a ko‘chib kelib tura boshladiq. Kundan-kunga Saodatka bo‘lg‘an muhabbatim
oshqandek kasbim ham unumlik bo‘la boshlag‘an, uylanishimning ikkinchi yili haligi
qo‘shnimizdan o‘zingiz ko‘rgan boqchani ham sotib olg‘an edim. Uylanishimning uchunchi
yili Saodat yuklik bo‘ldi. Eru xotin birimiz ota va birimiz ona bo‘lmog‘imizni o‘ylab quvonar
edik. Kechalari yotib uyqumiz kelmas edi. Nihoyat, Saodatning oy-kuni yaqinlashdi... —
Usta Alim uzoq tin olishdan so‘ng davom etdi: — ... yaqinlashdi... lekin abadiy baxtsizlik
kunlarim, manhus3 soatlarim ham yaqinlashdi... — dedi va so‘zdan to‘xtadi.
— Davom qilingiz, — dedi Otabek, usta Alim bir uflab olg‘ach:
— Saodat boladan qiynalib uch kungacha azoblandida, to‘rtinchi kuni o‘ldi, — dedi.
Otabekning kayfi tarqag‘andek bo‘lib, ko‘zlarini zo‘raytirib ochdi va o‘zini yostiqdan olib
o‘lturg‘ach, so‘radi:
— O‘ldi?!
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:48:01
Usta Alim ko‘z yoshisini artib:
— O‘ldi, — dedi va davom etdi: — dunyog‘a kelib ko‘rgan birdan-bir quvonchimdan
ayrilg‘an edim. Hayotning hamma umrimga kifoya qilarliq mudhish zarbasini shodliq ichida
qarshilag‘an edim. Oylar bo‘yincha ko‘z yoshimni yomg‘ur kabi to‘kdim. Chunki menga
bundan boshqa bir ovinchoq qolmag‘an edi. Ko‘z yoshlarimning tiyilmag‘anini ko‘rgan qayin
onam Saodatning vafotining ikkinchi yili meni zo‘rlab uylantirdi. Lekin bu ikkinchi xotin
menga Saodat bo‘lolmadi. Haqiqatan saodatim ko‘milgan edi. Keyingi yillarda futurdan keta
boshlag‘an qayin onam qizidan yigirma oy so‘ng, o‘n bir yoshliq o‘g‘lini menga tashlab
dunyodan o‘tdi. Qayin onamning vafotidan so‘ng, biylik1 o‘z qo‘lig‘a qolg‘an keyingi xotinim
fahsh2 suratda ro‘zg‘orimni to‘zita bosh-ladi. O‘g‘riliqcha va to‘g‘riliqcha qimorboz akasiga
in’om qilishg‘a kirishdi. Kundan-kunga ishim keyin ketib, ishlaganim ro‘zg‘orga uchurvoq
ham bo‘lmay boshladi. Yomon xotinning shum qadami bilan uyimdan baraka
ko‘tarilganligini va barcha barakalarimni rafiqam Saodat bilan birga ko‘milganligini onglab,
keyingi xotinimni taloq qildim. Endi uchunchi yildirki, xotinsiz yashayman va uylanishni
ham o‘ylab ko‘rmayman. Chunki marhuma Saodat bilan kechirgan kunlarimning totli
xotiralari menga abadiy lazzat bag‘ishlag‘anlaridek, ham achchig‘-achchig‘ yig‘latadirlar.
Uylanishimga kengash berguchi o‘rtoqlarimg‘a: — Men endi dunyodan o‘tkan kishi, bu kun
bo‘lmasa ertaga yor qabri ustida yong‘an sham’da o‘zini halok qilg‘uchi bir parvona, —
deyman.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:48:21
Endigi o‘ylag‘anim faqat qaynimni uylantirish, so‘ngra... so‘ngra yuzni yoruq qilib
Saodat quchog‘iga kirish... — dedi va darmonsizlang‘an kabi yostiqqa yonboshladi.
Ustaning bu so‘ngg‘i so‘zi Otabekni ortiq asarlantirgan, ko‘z chuquri bir-ikki qayta yosh suvi
bilan to‘lib chiqg‘an edi.
Ikkisi ham uzoq jim qoldilar. Otabek o‘z qayg‘usini butunlay deyarlik unutib qo‘yg‘an,
qarshisidag‘i yerga singibkina yotqan mujassam ishqdan ko‘z uzolmay boshladi. Ustaning
moziysida emas, holida ulug‘ bir ma’no ko‘rar edi. Ammo uning istiqbolida bir bo‘shliqdan
o‘zga hech gap uchrata olmasa-da, yana ulug‘ bir ma’no ko‘rgandek bo‘lar edi. O‘z
istiqbolini ham shu ustaniki qabilidan ko‘rmakchi bo‘lsa-da, buning uchun bir narsa
kamdek, yetishmag‘andek kelar, ikkinchi usta Alim bo‘lish uchun bir «o‘ldi» so‘zigina
oradan topolmas edi. Keyinroq bu «o‘ldi» so‘zini qo‘shqan bilan ham usta Alim bo‘lish
qiyinlig‘ini onglay boshladi, chunki Otabek Kumush tomonidan so‘kilgan va tashlang‘an edi.
Holbuki, Saodat so‘kmagan va tashlamag‘an, balki erining bir gunohi sababidan yosh
umrini xazon qilg‘an va usta Alim qayin otasi tomonidan hayvoncha quvlanmag‘an... va
qayin ota tomonidan kuyav yo‘lig‘a tuzoq qo‘yilib, Saodatni chiqarib olish fikriga
tushilmagan, ya’ni orag‘a shaytanat oralamag‘an...
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:48:30
Bu so‘ngg‘i fikrni ul o‘ylamag‘an joydan
ilhom qabilidan to‘qib olg‘an edi, ya’ni o‘zining Toshkanddan uylanishiga qutidor tomonidan
rizoliq berilishini, hatto uning to‘yni o‘z qo‘li bilan o‘tkazib kelishini ilgaridan hozirlanib
kelingan tuzoq, deb tushungan edi. Muhokamasi shu yergacha kelib yetkach, usta Alim
darajasiga yetish uchun o‘zida hech bir munosabat ko‘rmadi... Usta Alim yozib bergan
o‘ringa kirib yotar ekan, o‘z-o‘ziga aytar edi: «Quvlanishg‘a, tahqir etilishka loyiq ko‘rilgan
Otabek usta Alim bo‘lishg‘a ham sazovor emas!» Ul uyqug‘a ketar ekan, yuragi bolalarini
uchurib ketkan karrukning uyasidek bo‘m-bo‘sh edi.

* * *

Otabek ertagi namozga turg‘anda ko‘zi Shamshodbekning bazmidan azonda qaytib
kelib, dong qotib uxlab yotqan Sayfiga tushdi. O‘n besh yoshlar chamasida bo‘lg‘an bu yigit
o‘zining o‘tkur husni bilan Saodatdan xabar berar edi.
Bir-ikki piyola choy ichkan bo‘ldi-da, usta Alim bilan xayrlashdi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:48:41
9. UNUTOLMASA NIMA QILSIN?

Bu gal Otabekning kutilmagan ravishda Marg‘ilon-dan tez qaytib kelishini O‘zbek oyim
o‘zining juhud domladan qildirg‘an jodusining hind sihrini yengganligi, deb so‘yingan edi.
Biroq Otabekning ko‘pisincha mehmonxonada yotib qolishi uni bu to‘g‘rida shubhaga
tushurib qo‘yg‘an va bunda qanday hikmat borlig‘ini bevosita bilib olish uchun birarta
romchi domlag‘a borish fikriga tushkan edi. Yusufbek hojining bo‘lsa bunday mayda
ishlarni tekshirib yurish uchun fursati ham yo‘q, uning Normuhammad qushbegi yonidan
bo‘shag‘an vaqti ponsad va beklarnikida kengash va ziyofatlar bilan tugalar edi. Uning
diqqatini jalb etkan narsa bo‘lsa, ul ham Otabekning tadbirsiz siyosat va ahmoq boshliqlar
mavzu’idan olib qilaturg‘an shikoyat va hasratini keyingi kunlarda jim-jit bo‘lib ketkanligi
edi. Bu kunlarda Otabekka eng yaqin turg‘an kishi Hasanali ota edi. Chunki Otabek bu
keyingi kunlarini mehmonxonada o‘tkazganlikdan Hasanaliga ham uning yonig‘a kirishka va
bir muncha so‘zlashib o‘lturishka to‘g‘ri kela boshlag‘an edi. Shuning uchun Otabekning
qayg‘ulik hollari, uyqusiz mutolaada o‘tkan tunlari va umuman undagi o‘zgarishlar bu
to‘g‘rida Hasanalini o‘ylatsa-da, sababini so‘rashg‘a botirlig‘i yetmas va so‘rashni ham
foydasiz deb bilar edi. Chunki ul Otabekdagi bu hollarning sirrini bilgandek, muhabbati
orasig‘a cho‘b bo‘lib tushkan keyingi uylanishi alamidan deb qaror qo‘yg‘an edi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:48:54
Otabekning orzuliq kelin oldig‘a kirmasligi vajhidan O‘zbek oyim achchig‘landi, nihoyat
achchig‘ig‘a chiday olmag‘an bir kuni mehmonxonada Otabek yotar o‘rnini yozib turg‘an
choqda kirib keldi va yozilg‘an o‘rinni buzib yig‘ib tashladi va:
— Mehmonxonada yotaberib nima qilasan, ichkariga kirib yot! — deb jekirdi. Lekin
o‘g‘li endi ilgarigi Otabek emas edi, onasining jekirug‘ig‘a quloq solmadi-da, qaytadan
o‘rinni yozib boshladi. O‘zbek oyimning g‘azabi tag‘in ham alanga oldi:
— So‘zimni eshitasanmi, kar?!
Otabek sovuqqina qilib javob berdi:
— Kar emasman, lekin sizning bu taklifingiz oldida ham kar, ham ko‘rman. Bu to‘g‘rida
siz endi ortiqcha bosh og‘ritmang!
— Insofsiz, adolatsiz!
Otabek zaharxanda bilan so‘radi:
— Men boshda sizga nima degan edim?
— Nima degan eding?
— Keliningiz mendan yaxshiliq ko‘rmas, demaganmi edim? Siz bilan otam bunga
ko‘nmaganmi edingiz, siz buni inkor qilasizmi?
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:49:02
— Ota-onamdan va’da olg‘anman, deb shunday xoting‘a jabr qilib yura berasanmi?
— Keliningizga jabrni xohlamasangiz va o‘zingiz aytkan insofka qaytsangiz, eng oson
bir yo‘l bor, — dedi va onasidan ma’lum «nima?» deb bilaturgan savolni kutib to‘xtadi.
Ammo O‘zbek oyim so‘roq o‘rniga labini tishlab boshini ikki yelkasiga tebratdi. — Siz
so‘rashni tilamasan-giz-da, men aytay: keliningizga jabrni xohlamasangiz mendan taloq
qildiringiz va bir bechoraga bu yo‘sun azob berib yurmangiz! — dedi va bir oz to‘xtab
davom etdi. — Siz bilgan insofni men ham bilaman. Bir bechorani faqat sizning kayfingiz
uchun azob emas, chekkan xo‘rlig‘ini o‘ylab har kuni bir qat etdan tushaman... Agar o‘z
kayfingizdan kechsangiz, yaxshi bilingizkim, bir emas ikki jonni azobdan qutqarg‘an
bo‘lasiz, onajon! — dedi.
O‘zbek oyim o‘g‘lining bunchalik qat’iy ketishini kutmagan edi va bu yo‘sun qattig‘
muomalani-da Otabekdan birinchi martaba ko‘rar edi. So‘z qaytarishg‘a o‘rin topolmadimi
va yo janjalning ulg‘ayishidan qo‘rqdimi, haytovur uzoqqina istehzolanib qarab turg‘ach,
«esingni yebsan, bolam», dedi-da, mehmonxonadan chiqdi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:49:10
Otabek yolg‘iz mehmonxonada yotib kun kechirish bilangina qolmadi. Kechalari
allaqayoqlarg‘a ketib, yo‘qolaturg‘an odatlar ham chiqardi va bir-ikki qayta ortiqcha mast
bo‘lg‘an holda qaytib, Hasanalini tamom hayratda qoldirdi. Ul Otabekka nasihat qilishni
ham bilmas va bu sirni biravga aytish uchun ham hayron edi.
Bir kun kechasi ul yangi odati bo‘yicha allaqayoqqa ketkan edi. Hasanalining ko‘ngli bu
kun ham bir ishka guvohlik bergandek bo‘lib, ichkarida yotkusi kelmadi, o‘rinni
mehmonxonag‘a yozib, darbozani zanjirlab keldi. Agar bu kun ham ul o‘sha holda qaytsa,
bir narsa demakchi, ya’ni qo‘lidan kelgan nasihatni qilmoqchi edi. Uxlamay kutib o‘lturdi.
Ammo ul tungi soat o‘n bir bo‘lsa ham kelmas, o‘n ikkida ham daraksiz edi. Nihoyat, kutakuta
uyqusi tang qilg‘ach, o‘rniga cho‘zilib kipragini kipragiga ulab yotdi va uxlab ketganini
o‘zi ham sezmay qoldi. Oradan noma’lum bir muddat o‘tib darbozaning so‘naqasiz
taqillashidan cho‘chib uyg‘ondi va yo‘lakka yugurdi. Qorong‘uda zanjirni timiskilar ekan,
«kim?» deb so‘radi va javobig‘a «mmmman» degan sarxush tovushni eshitdi. Bu tovush
uning yuragini uyushdirib yuborg‘an va «bu kun ham shunaqa» degan so‘zni ko‘nglidan
o‘tquzg‘an edi. Zanjirni tushurib, darbozaning bir tabaqasini ochishi hamono shu tabaqag‘a
suyalib turgan Otabek Hasanalining oyog‘i ostig‘a yiqilib tushdi. Hasanali bu kungi kayfning
o‘tacha ketkanligini payqag‘an, yo‘lakni tutib ketgan ichkulik isidan o‘qchiyozg‘an edi.
Otabekni suyab mehmonxonag‘a kelturar ekan, ikki ko‘zi ichkari havlining eshigida, chunki
Yusufbek hojining tunlari tashqarig‘a chiqaturg‘an odatining shu vaqtg‘a to‘g‘ri kelib
qolishidan yuragi taka-puka edi. Otabekni yeshintirar ekan, rizosiz bir ohangda dedi:
— O‘g‘lim, sizga shu shaytoni ishning nima zarurati bor?
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:49:21
Otabek mastlarcha kuldi:
— Mmmenga zarurati bo‘lmasa kkkimga bor?!
— Nima bo‘lg‘anda ham men bu ishingizdan rozi emasman, — dedi Hasanali va
qanday javob eshitishini kutib turdi. Otabek o‘rniga yotib olg‘ach, kuchlik qilib bir uflab
oldi. Hasanali undan javob kutar ekan, bir ozdan so‘ng javob o‘rniga xurrak tovshini
eshitdi... Otabekning kutilmaganda bu yanglig‘ yaramas ko‘chalarga kirib ketishiga hech bir
turlik ma’no beralmay boshi qotsa ham, ammo uning ko‘z o‘ngidan ignaga zo‘rlab taqilg‘an
ip nariga ketmas edi. Undan so‘ng, ikki oylardan beri Marg‘ilonni tilga olmasliqda uni bir oz
shubhaga tushirib, «oralaridan birar sovuqchiliq o‘tdimi ekan», deb ham ko‘nglidan
kechirdi. Otabek bilan birga choy ichish maqsadida ertalab Oybodoqning damlag‘an
choyig‘a bormay, Otabekning uyg‘onishini kutib yurdi. Otabek tushka yaqin uyg‘ong‘ach,
Hasanali choy hozirladi. Dasturxon yozib o‘zini kutib o‘lturgan Hasanali yonig‘a qisinibqimtinib
Otabek keldi. Tundagi holi esiga tushib bo‘lsa kerak, boshini yerdan ko‘tarib
Hasanaliga qaramas va bir og‘iz bo‘lsin so‘z aytmas edi. Otabekning bu holi Hasanalining
nichka yuragiga qattig‘ ta’sir etkan va o‘ylab qo‘yg‘an nasihatlarni unutib, bekzodani bu
og‘ir holdan qutqazish fikrigagina tushkan edi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:49:29
— Yoshlik — beboshlik, degan ekan mashoyixlar, — deb kulib qo‘ydi Hasanali va: —
uy ichidan bitta-yarimtasi sezib qolmag‘ay deb juda xavotirda bo‘ldim... Haytovur hech kim
payqamapti, — dedi. Otabek tashakkur etkansumon Hasanaliga kulib qaradi va o‘zining bu
ketishidan rizosizlik bildirgan kabi entikib tin oldi. Hasanali so‘zni urintirib Otabekni o‘z
holig‘a qo‘ymas edi. Unar-unmasdan bahs qilib, nihoyat, bu unar-unmasning oxirig‘a shu
savolni ham ulab yubordi:
— Bu gal Marg‘ilong‘a kechikdingizmi?
Biz yuqorida ham turtib o‘tkan edikkim, Otabek na Yusufbek hojig‘a, na O‘zbek
oyimg‘a va na Hasanaliga Marg‘ilondan tez qaytib kelish sababini aytmagan, Marg‘ilon
bilan uzil-kesil aloqasi uzilganligini churq etib so‘zlamagan, so‘ralmag‘an so‘zga javob
berilmas qabilidan jim-jit alamini ichkulukdan olibg‘ina yurgan edi. Ikki oydan beri birinchi
martaba Marg‘ilon to‘g‘risidan so‘ralg‘an savol ham faqat shu Hasanalining keyingi so‘zi
bo‘lib, sirni ochish o‘nqovida kelgandek edi. Lekin javob tamom haqiqatka mug‘oyir1 va
kishini hayratka solarliq bo‘ldi:
— Bu kun jo‘namoqchi bo‘lib turibman, — dedi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:49:37
Hasanalining shubhasi bo‘shka chiqdi. Choydan so‘ng ul o‘zining so‘zini amalda
ko‘rsatib, otasidan ham ruxsat olib qo‘ydi va peshindan keyin yo‘lg‘a chiqish uchun hozirlik
ham ko‘ra boshladi. Uning sirrini bilguchi va «Endi Marg‘ilonda nima qilasan?» deb
so‘rag‘uchi orada bo‘lmag‘anidek, ul bu so‘roqni o‘z-o‘ziga ham berib qaramag‘an edi.
Go‘yo burung‘idek Marg‘ilon yo‘lig‘a oshiqib hozirlanar edi...
Yigirma kun o‘tar-o‘tmas Marg‘ilondan qaytib keldi. Bu borishdan birar ish chiqara
oldimi-yo‘qmi, bu to‘g‘rini biz kelasi fasllarning biridan o‘rganarmiz.
Kelib Toshkandda bir hafta chamasi turdi, so‘ngra yonig‘a Hasanalini olib Oqmasjid2
shahriga jo‘nadi. Ul ikki yildan beri to‘xtab qolg‘an savdogarchilik ishini qaytadan
boshlamoqchi edi...
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:49:47
10. BIZDA KIM KO‘P YIG‘LAYDIR?

G‘ayri mashru’3 taloq xati tekkaniga olti oylarcha fursat o‘tib ketkan edi. Kumushning
go‘zallik ta’rifini g‘oyibona eshitib, og‘zining suvi kelguchi xotinliq va xotinsiz orzumandlar
«yotib qolg‘uncha, otib qol!» so‘ziga amal qilib, qutidornikiga sovchilarni turna-qator
yubora boshlag‘an edilar.
Albatta, bunda shubha yo‘qdirkim, Kumushning erdan chiqg‘an xabarini Kumushning
o‘zidan ham ilgari tushungan va Otabekdan ham ilgari sezgan Homidning sovchisi boshqa
sovchilarning muqaddimasi, yoz boshida kelaturgan qaldirg‘ochlarning yo‘lboshchisi edi.
Homidning sovchisi bir martaba kelish bilangina qanoatlanmadi, uch-to‘rt qaytalab kelib
qutidorg‘a Homidning kuyav o‘g‘ul bo‘lish niyatida ekanligini arzu-niyoz qila boshladi.
Natijada Homidboyning sovchisig‘a berilgan javob shu bo‘ldi: «Biz Homidboyni o‘zimizga
kuyav o‘g‘ul qilishdan hech bir mone’lik ko‘rmaymiz. Ammo qizimiz mundan so‘ng er
qilmasg‘a qattig‘ isror1 etadir. Shunga ko‘ra Homidboy bizni kechirsin». Boshqa
sovchilarg‘a ham javob shu edi. Qutidor bilan Oftob oyimning bu javoblari o‘zlaricha emas,
balki Kumushning ko‘ngliga qarab berilar edi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:49:56
Biroq Kumushbibining «Man endi er qilib bo‘ldim, mundan so‘ng erga ehtiyojim yo‘q»,
degan qat’iy javobig‘a ular uzoq quloq solib turolmadilar, chunki uning bu isrorini
«chidamasning so‘zi» deb onglar va tuzukrak joyi chiqg‘anda, erga berishka ham hisoblari
yo‘q emas edi. Shunga ko‘ra, kelgan sovchilarning o‘zlariga yoqmag‘anig‘a gunohning
barini Kumushning bo‘yniga ag‘darib javob berar, ammo ikkinchi yoqdan tuzukrak joyini
ko‘zlar edilar.
Kutilmagan yerga shaharning eng olding‘i a’yon va sarvatdorlaridan2 bo‘lgan Salim
sharbatdor deganning Komilbek ismlik o‘g‘lidan sovchilar kelib qoldi.
Ota-otaning kutkanlari shunday tegu taxtlik kuyav bo‘lg‘ani uchun birinchi martaba
sovchilarni yaxshi so‘zlar va quyuq-suyuq oshlar bilan jo‘natib, ikkinchi kelishka o‘ylashib
javob beraturgan bo‘ldilar. Eru xotin uzoq o‘ylashib turmay (chunki o‘ylashturg‘an joy emas
edi) sovchining ikkinchi kelishida javob berishka qaror qo‘ydilar. Kumushning qarshi
tushmagi to‘g‘risida, albatta, ularning shubhalari yo‘q edi. Shuning bilan birga ota-onaning
so‘zini yerda qoldiradi, deb ham o‘ylamas edilar.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:50:05
* * *

Kuz kunlarining oyog‘i va qish kunlarining boshi edi. Daraxtlardagi sariq barglar to‘kilib
tugalgan, yer yuzi o‘zining qishqi sariq kiyimini kiygan edi. To‘rt tomonining o‘ralg‘anlig‘i
soyasida yaproqlarini to‘kilishdan saqlab qolg‘an bu gilos yog‘ochlari ham bu kun tungi
qora sovuqqa chidalmay, yelning ozg‘ina harakati bilan-da barglarini shirt-shirt uzib
tashlamoqda edilar. Havo ochiq bo‘lib, quyosh tuzukkina ko‘tarilgan, ammo uning o‘zi ham
bu kun uncha ta’siri yo‘q, bu kungi qora sovuq quyosh kuchini-da keskan edi.
O‘rta eshikdan Kumushbibi ko‘rindi. Burung‘i to‘la-lig‘i ketib ozg‘inlang‘an va lekin bu
ozg‘inliq uning husniga kamchilik bermay, bil’aks yuqorilatqanlar. Kamon qoshlari ortiq
mavj urib o‘zini ko‘rsatkan, bir oz bota tushkan shahlo ko‘zlar tag‘in ham tim qoraliq, tag‘in
ham nurlilik kasb etkan edilar. Bu kungi sovuqqa qarshi kiyib olg‘an sovsar po‘stinining
yoqalig‘i kishining hasadini ortdirib, nafis bag‘baqalarni o‘pib yotar edilar. Biroq unda bir
kamchilik bordek ko‘rinar edi: shahlo ko‘zlar burung‘idek o‘ynab turmas va so‘ng chekdagi
bir og‘irliq bilan harakatlanar edi. Bir tomondan qarag‘anda bu og‘irliq-da unga bir oliylik,
ulug‘vorliq bag‘ishlag‘andek. Kelib ayvon muyishig‘a o‘lturdi-da, ko‘zlarini og‘irg‘ina
harakatlandirib, ketma-ket chip-chip etib to‘kilmakda bo‘lg‘an hazonlarg‘a qaradi va har bir
yaproqni yuqoridan kuzatib yerga qo‘ya bordi. Ul yerga tushkan har bir yaproqda o‘zining
tarjumai holini o‘qur, o‘zini-da mavqi’idan ayrilib, hechka chiqib turg‘an shu xazonlardan
ayira bilmas edi. Ayira bilmadi-da, latif ko‘kragini to‘rt enlik ko‘tarib tin oldi va ko‘zlari jiq
yoshg‘a to‘ldi. Yeng ichidan bir-birisiga o‘tquzilg‘an ikki qo‘lini barobar ko‘tarib ko‘z yoshini
artar ekan, ichkari havlidan Oftob oyim chiqib kelar edi. Ul yer ostidan qizig‘a ko‘z qirini
tashlab mehmonxona eshigini ochishg‘a tutindi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:50:13
Oftob oyimning orqasidan Oyshabibi ham
ko‘rindi, kelib Kumush yonida to‘xtab so‘radi:
— Nima qilib tashqarida o‘lturibsan?
— O‘zim, — dedi Kumush qoshlarini chimirib, chetka yuzini o‘girdi.
— Mehmonxonaga kirsang, sen bilan ikki og‘iz maslahatimiz bor edi.
— Nima maslahatingiz bor?
— Oldin kir, bolam, — dedi kampir va Kumushning yelkasiga qoqib turg‘izdi. Ular
ichkaridagi sovchi xotinlarni yolg‘iz qoldirib, Kumushning so‘zini olish uchun tashqarig‘a
chiqg‘an edilar. Ammo Kumush bo‘lsa sov-chilarning oldidan rizosizlig‘ini onglatqandek bir
namoyish bilan ketkan edi. Ul mehmonxonag‘a kirgandan so‘ng ham tersayib tokchalardan
nedir axtarg‘andek yurina boshladi.
— Tokchada san qidirg‘an narsa yo‘q, kelib yonimizg‘a o‘ltur, — dedi Oftob oyim.
O’tkan kunlar Abdulla Qodiriy
116
— O‘lturganimdan sizga bir pullik foyda yo‘q, sov-chingizga o‘zingiz bilgan javobni
beravering!
Oyshabibi qizig‘a ma’nolik qilib bir qarab oldi:
— Bolam, axir ikki og‘iz gap eshit-chi oldin! — dedi.
Kumush o‘ltura bermagach, Oftob oyim qizishdi.
— Qizim, saning bu qarshilig‘ingdan muddaong nima?!
— Siz bilan otamg‘a muddaomni necha qaytalab aytdim-ku: mundan so‘ng bu ishni
xohlamayman.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:50:21
— Dunyodan toq o‘tasanmi?
— Toq o‘tamanmi, yo‘qmi, buni tangri biladir.
— Man saning hali ham o‘sha uyatsiz eringdan ko‘ngil uzolmag‘aningni bilaman.
Saning bu xomtama’lig‘ing koni bolalig‘ingdir. San yaxshi bilki, mundan so‘ng otang ul
uyatsizga o‘z uyidan joy bermaganidek, uyatsizning o‘zi ham uzil-kesil sani tashlag‘andir.
Agar so‘zimga ishonmasang mana buni o‘qub qara, dedi-da, Kumushka bir qog‘oz uzatdi
va davom etdi. — Biz buni san unga xat yozg‘aningdan so‘ng javob o‘rnida olg‘an edik.
Biroq o‘sha vaqtda bu uyatsizning birinchi taloq xatisi ham sanga yetib ortqanliqdan
bunisini sandan yashirg‘an edik. Hamon-da saning umiding kesilmagani uchun bu xatni
ham ko‘rsatmakchi bo‘ldim! — dedi. Kumush qog‘ozni onasidan oldi:
«Matluqam1 Kumushbibiga. Manim birinchi xatim bilan sizning menga qilaturg‘an
erkaliklaringizga bir chek qo‘yilg‘an kabi edi. Lekin bunga tushunmabsizmi va yo
tushunishka tilamabsizmi, haytovur yana ham eski erkaliklaringizni tark etmabsiz.
Xatingizni o‘qur va o‘zimni kulgidan to‘xtata olmas edim. Orzuga ayb yo‘q, deydirlar.
Chekdan oshib qilg‘an hujumlaringiz eski qadrdonlig‘ingiz otig‘a kechiriladir. Endilikda sizga
mendek vafosiz va hiylagar bo‘lmag‘an yangi er topilg‘ay edi, deb addoi Otabek Yusufbek
hoji o‘g‘li, 26 javzo, 1265-nchi yil, Toshkand».
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:50:30
Maktub uning yurak jarohatini qaytadan tirnab tashlag‘an edi. Ko‘z yoshini duv-duv
to‘kib, xatni o‘z taxig‘a soldi va o‘zidan javob kutib turg‘an achasi bilan onasig‘a dedi:
— Men bu uyatsiz yirtqich bilan yarashmoq uchun umid tutmayman, shuning bilan
birga er ham qilmayman!
— Nega? — deb so‘radi onasi.
— Negami? — dedi Kumush va yig‘lag‘an ko‘yi javob berib boshladi: — Negaki men
o‘zimning suygan va muhabbat qo‘yg‘an erimdan buncha uyatsizlik, bu yanglig‘ vafosizlik
ko‘rdim. Endi er degan shu bo‘libdimi? Mundan ko‘ra dunyodan toq o‘tkan yaxshiroq,
yolg‘iz yurgan tinchroqdir. Shuning uchun qizingizg‘a er otidan so‘zlamang-da, yafroq kabi
titrayturg‘an yuragiga dahshat ham solmang!
Bu so‘zdan so‘ng Oftob oyimning onaliq ko‘ngli erib ketkan, ichkarida javob kutib
o‘lturg‘uchi sovchilarg‘a qanday bahona topib kirishni-da o‘ylab ulgurmag‘an edi:
— Yig‘lama, — dedi. Kumushni mehmonxonada qoldirib onasi bilan chiqdi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:50:48
* * *

Salim sharbatdorniki qutidorg‘a nihoyatda ma’qul tushib qolg‘an edi. Shuning uchun
xotini va qizidan so‘rab o‘lturmay bir kun do‘konidan erkak sovchilar bilan bitishib ham
keldi va xotinig‘a «men bu kun fotiha qilib keldim, nima bo‘lg‘anda ham endi qizingni
ko‘ndirmasang bo‘lmaydir», dedi. Ammo Oftob oyimning er otini eshitkanda titray
boshlayturg‘an qizi bilan uchrashmoqqa aslo toqati yo‘q, erining bu so‘zini eshitkanda
tamom o‘zini yo‘qotqan edi. Ul qizini ko‘ndirish uchun qutidorg‘a va’da berganda o‘z holini
ikki yoqdan o‘qtanilg‘an xanjar orasida qolg‘uchig‘a o‘xshatar, qaysi tomong‘a qimirlasa
ham muhlik1 yara olishini aniq bilar edi. Shu kundan so‘ng bechora onaning og‘ir kunlari
boshlandi. Eriga bergan va’dasini aslo bajara bilmas, bul haqda qizig‘a og‘iz ochib so‘zlay
olmas edi. Har kun bozordan qaytib kelib birinchi so‘zi «ko‘ndirdingmi?» bo‘lib qolg‘an
eridan tuni bilan koyish eshitar va kunduzlari Kumushka og‘iz ochishg‘a yuraksina olmay
azoblanar edi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:50:55
Bir necha kundan so‘ng qutidor ham endi o‘z xatosini onglag‘an, chunki har kun
deyarlik Salim sharbatdornikidan kelib to‘y kunini so‘rag‘uchi kishiga turlik-turlik bahonalar
ayta berib zerikkan va uyatidan do‘konga tushishni-da tark qilish fikriga kelayozgan edi. Bir
kun do‘kondan nihoyatda achchig‘lanib qaytdi va Oftob oyimni umrida eshitmagan
so‘kishlar bilan so‘kdi: «Qizingni deb shaharda bosh ko‘tarib yurolmayturg‘an bo‘ldim.
Ko‘ndirsang ko‘ndir, bo‘lmasa mendan umidingni uz, men endi sanlarning dastingdan
shahardan qochib ketmasam bo‘lmaydirg‘an darajaga yetdim!» dedi. Ertasi kun bechora
ona qizig‘a mash’um mavzu’dan so‘z ochishg‘a majbur bo‘ldi. Qizining yonig‘a o‘lturib
so‘zlash o‘rniga yum-yum yig‘lay boshladi. Kumush esa onasini bu holg‘a solg‘an sirdan
voqif, shuning uchun yig‘i sababini so‘rab o‘lturmay, ul ham ko‘z yoshisi bilan yuzini
yuvmakka tutindi. Ona-bola uzoq yig‘lashdilar, ko‘z yoshlari bitkuncha bo‘zlashdilar.
— Bu kunlardan ko‘ra dunyog‘a kelmagan bo‘lsam edi. Bu tirikligimdan ko‘ra, o‘lib
ketkan bo‘lsam edi! — dedi oxirda Oftob oyim.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:51:04
— Yanglish so‘zlaysiz, onajon! — dedi Kumush va: — Siz dunyoda turishka loyiq
edingiz, lekin sizning dunyodan to‘yishingizga va qon-qon yig‘lashingizga sababchi men
bo‘ldim. Men siyoh baxt dunyog‘a kelmagan bo‘lsam edi, sizga munchalik kulfatlar,
munchalik an-duhlar ham yo‘q edi. Shuning uchun siz tangridan so‘rangkim, tezroq men
mash’umani mahv1 etib, sizga uch-to‘rt kun tinchlik bersin, onajon! Sizni bu holda
ko‘rishka va o‘z tilagim yo‘lida sizni qurbon etishka ortiq toqatim bitdi. Tashlandiq bu
qizingiz, qo‘lma-qo‘l yurg‘uchi bu o‘yinchiq qizingiz kimu, sizdek bir mehribon onani qon
yig‘latish kim? Yig‘lamangiz, ona. Sizning to‘kib kelgan ko‘z yoshlaringizning bir tomchisig‘
a ham bu tashlandiq qizingiz arzimas, siz otamg‘a maning rizolig‘imni tashvishlanmay
bildiraveringiz. Ul ham kishilar oldida bu baxtsiz qizining ta’nasiga qolmasin. Siz manim
yuzimga ezilib qaramangiz, o‘ylamay-netmay rizolig‘imni bildiraveringiz! — dedi va yuziga
to‘zg‘ib tushkan sochini to‘g‘rilab olg‘ach, davom etdi:— Agar siz menga ortiq achinsangiz,
rizolig‘imning bir sharti qilib to‘yni kelasi kuzga bo‘lishini aytib o‘tingiz, agarda otam baxtsiz
qizining bu tilagini qabul etsa-etsun, bo‘lmasa manim bu tilagim ham sizning bir tomchi
ko‘z yoshingizga arzimas, onajon, sizning shodlig‘ingiz yo‘lida har bir og‘irliqlarg‘a bu baxti
qaro qizingiz rozidir, onajon!
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:51:14
Oftob oyim Kumushning bu so‘zlariga to‘zib turolmay, qizini bag‘rig‘a bosib quchoqladi,
ona-bola tag‘in shiddatlik ravishda ko‘z yoshig‘a ko‘mildilar...

* * *

Oftob oyimning qat’iy isroriga binoan qutidor ham qizining shartini qabul etkan.
Qudalar ham kelasi kuzgacha kutishka rozi bo‘lg‘an edilar. Demak, kelasi kuzga qutidor
Salim sharbatdor kabi bir kishiga qudalashib olg‘anidek, Kumushbibi ham Otabek o‘rniga
Komilbekni almashdirar edi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:51:27
11. «NAVO» KUYI

Xalqimiz ta’biricha, bu zamonlar «musulmonobod» bo‘lsa-da, biroq bu tantanalik
ta’birni buzib qo‘ya-turg‘an ishlar ham yo‘q emas edi. Xon musulmon, bek musulmon, xalq
musulmon, buning ustiga yurish-turish ham musulmoncha, hukmlar ham shari’atcha edi.
O‘g‘irliq qilg‘an uchun qo‘l kesiladir va yo dorg‘a osiladir. Zoni bilan zoniyalar1 ham
peshtoqdan tashlanadirlar, ichkulik ichkan uchun qirq darra uriladir. Rais afandi
mulozimlariga darra ko‘tartirib, namozsizlarni tekshiradir, farzi ayn bilmaganlarni urdiradir
edi. Ish shunchalik nozik bo‘laturib ham o‘g‘rilar o‘z tirikliklari orqasidan qolmaydirlar. Esh
aka bilan Tosh akaning uylari orqasidan teshilib mollari o‘g‘irlana beradir, peshtoqdan
qopqa bo‘g‘ilib tashlanmoq uchun fohishalar ham yetishib turadirlar. Butun umrida
peshonasi sajda ko‘rmaganlar ham ko‘b, ammo farzi aynning bosh tomonidan to‘rt-besh
jumlani har kim qiynalmasdan sayriy olar edi. Ko‘b kishilarning uylarida musallas bilan
bo‘zalar xumlab qaynab yotsa, ikkinchi tomonda rasmiy suratda ichkulik sotish bilan tiriklik
qilg‘uchilar ham yo‘q emas edilar. Toshkandning Chuqur qishloq degan yerida qozoqlar
tomonidan ochilg‘an va hamisha rustamnamo1 kishilar bilan ayqirib yotqan bo‘zaxonalar
ham yo‘q emas edi.2
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:51:34
Besh oylab Oq masjid safarida yurib ketkach, Otabek to‘g‘ri shu Chuqur qishloq
bo‘zaxonalaridan biriga kelib tushkandek bo‘ldi. Uni kunduz kunlari bo‘zaxonada uchratib
bo‘lmasa-da, ammo bo‘zaxonag‘a kelmagan kechasi juda oz edi. Bo‘zagar Otabekning kim
bolasi ekanligini yaxshi bilgani uchun hamma ishni uning tilagiga qarab qilar, ul keldi
deguncha oddiy bo‘zaxo‘rlar yonig‘a o‘tquzmay o‘zining maxsus hujrasiga olib kirar,
boshqalarg‘a berilaturgan loyqa bo‘zadan bermay, bo‘za-ning guli bilan mehmon qilar edi.
Hozir ham ul shu bo‘zaxonada edi. Endi uchunchi kuvachani tugatib, to‘rtinchini
chaqirg‘an edi. Bo‘zagar kirdi:
— Bo‘za beraymi, bek? — deb so‘radi.
— Bering, — dedi va: — mashshog‘ingizni ham kirgizing!
Vaqt yarim kechadan ham og‘qan, kunduz kunidan beri ichishib charchag‘an
xo‘randalar baqirishib-chaqirishib tarqalishqan edilar. Bo‘zaxona tinchigan edi. Qo‘lma-qo‘l
yurib charchag‘an mashshoq ham bo‘shab, Otabekdan katta-katta ehsonlar ko‘rgani
uchun, vaqtning kechligiga ham e’tibor qilmay kirgan edi. Mashshoq Otabekning sarxush
qo‘lidan bir piyola bo‘zani ichkach, dutorini chertib so‘radi:
— Qanday kuyni chalay, bek aka?
Otabek sarxush tovush bilan jiddiygina qilib javob berdi:
— Bilsangiz, haydalish kuyini chalingiz, ajralish kuyini chalingiz!
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:51:50
Mashshoq ajabsing‘an edi:
— Dunyoda bunday kuylar borlig‘ini umrimda birinchi martaba eshitaman, bek aka!
— Dunyoda bunday kuy yo‘q deb o‘ylaysizmi, siz eshitmagan bo‘lsangiz maning
eshitkanim bor... Bilmasangiz, bilgan kuyingizni chalingiz!
Mashshoq dutorini sozlar ekan, yana so‘radi:
— Bu kuylar yangi chiqg‘anmi?
— Yangi chiqg‘an.
— Qayerda eshitdingiz?
Otabekning kayfi tarqag‘andek bo‘lib, mashshoqqa qaradi:
— Bu kuylarni Farg‘onaning Marg‘ilonida eshitdim...— dedi.
Dutorni sozlash uchun reza kuylardangina olib turg‘an mashshoq, Otabek kutmagan
joyda «Navo»dan boshlab yuborg‘an edi. Kuyning boshlanishi bilanoq uning vujudi zirr etib
ketkandek bo‘lib keyingi piyolasini bo‘shatdi va ixtiyorsiz ravishda dutorning munglik
tovshig‘a berildi. Dutor tovshi qandaydir o‘zining bir hasratini so‘zlag‘andek, hikoya
qilg‘andek bo‘lib eshitilar edi. Yo‘q, bu hasratni ul o‘z tilidan so‘zlamas edi — Otabek tilidan
so‘zlar edi... Otabekning ko‘z o‘ngidan o‘tkan kunlari birma-bir o‘tib boshladilar-da, nihoyat
«anuv» xotiralari, «anuv» hangomalari ham ko‘rinish berib o‘tdilar... Yo‘q, o‘tmadilar...
uning ko‘z o‘ngida kelib to‘xtadilarda, shu ko‘yi turaberdilar... Dutor bu ko‘rinishni uning
ko‘z o‘ngiga keltirib to‘xtatqach, bu foji’aga o‘zi ham chidab turolmag‘andek yig‘liy
boshladi... Dutor quruqqina yig‘lamas edi, balki butun koinotni zirr etdirib va xasta
yuraklarni dirr silkitib yig‘lar edi... Otabek ortiq chidab turolmadi-da, ro‘ymoli bilan ko‘zini
yashirib yig‘lamoqqa kirishdi... Ul ko‘z yoshlarini to‘xtatmoqchi bo‘lar edi. Biroq hozirgi
ixtiyor o‘zida emas edi — hamma ixtiyor dutorning hazin «Navo»sida, toqatsiz yig‘isida
edi... Dutorning nozik torlaridan, tilsimlik yuraklaridan chiqg‘an «Navo» kuyi o‘z nolasiga
tushunguchi Otabekdek yigitlarga juda muhtoj edi. O‘z dardiga tushungan bu yigitka
borg‘an sayin dardini ochib so‘zlar, yig‘lab va ingrab so‘zlar edi... Eshitkuchi esa dunyosini
unutib yig‘lar, kuchini yig‘ishtirib yig‘lar va hasratu alamini ko‘z yoshisi bilan to‘kib yig‘lar
edi...
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:52:02
Nihoyat «Navo» kuyi uning butun tanidagi suvlarini ko‘zi orqaliq to‘kdirdi-da, falakning
teskari harakatidan shikoyat etib qo‘ydi va dunyoda yolg‘iz hasratkina bo‘lmag‘anligini
bildirgandek o‘zining «savt» kuyini yer yuziga shodliq va so‘yinch yog‘dirib arz eta
boshladi. «Navo»ning sihirlik «savt»i Otabekning ko‘z yoshlarini quritdi-da, bir yengillik
bag‘ishladi. «Navo» bilan yuvilib ketkan uning umid gulzorida yangi chechaklar unib
chiqdi...

* * *

Bu o‘lturishdan so‘ng ul bir oylab bo‘zaxonag‘a kelmay ketdi. Marg‘ilondan qaytib
kelgach, yana eski odatida davom eta boshladi...

* * *
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:52:11
Otabekning o‘sha voqi’adan so‘ngg‘i Marg‘ilon qatnashlari faqat natijasiz quruqqina bir
qatnash edi. Bu qatnashning har birisida usta Alimnikiga tushar, ammo hanuz undan
o‘zining sirrini yashirib, Andijondan qaytib kelishini va yo borishini va yo‘l ustidan ko‘rib
ketish uchun kirganini aytib usta Alimni minnatdor qilar edi. Ul Marg‘ilonda ko‘b to‘xtamas,
bir kun, uzoqqa tortilsa ikki-uch kun turib qaytar, ba’zi vaqtlarda yo‘l ustidan «Xo‘ja Ma’oz»
mozorini ham tunab ketar edi. Uning o‘n kunlab yo‘l mashaqqatini o‘z ustiga olib,
Marg‘ilonda qilaturg‘an ishi shu mashaqqatlar evaziga arzug‘uliq edimi, yo‘qmi, o‘qug‘uchi
buni quyidan onglar:
Marg‘ilondan natijasiz, tamoman bo‘shka qaytib Toshkand kelgach, Kumushni
unutkandek bo‘lib uch-to‘rt kun u-bu bilan ovinib yurar, so‘ngra hafta, o‘n kundan so‘ng
yana Marg‘ilon to‘g‘risida o‘ylab boshlar, o‘ylab o‘yining tegiga yeta olmag‘ach, o‘zini
qayoqqa urishini bilmay qolar, shundan so‘ng hamma alamini Chuqur qishloqqa havola
qilib, o‘n-o‘n besh kun bosim ichkanidan so‘ng ichkulukdan ham lazzatlanmay qolar va
shuning yonida uning ko‘ngli bir narsaning bo‘yini olg‘andek sezinar, go‘yo Marg‘ilon borsa
bir gap bo‘laturg‘andek, bormay qolsa keyinchalikda o‘zi o‘kinaturg‘andek... Shundan so‘ng
to‘satdan Marg‘ilon yo‘lig‘a tushib qolar, yo‘lda borar ekan, o‘zini to‘rt ko‘z bilan kutib
turg‘andek sezilgan Marg‘ilong‘a har nimadir, bir soat ilgariroq yetish uchun oshiqar edi.
Le-kin... lekin Marg‘ilon darbozasidan kirishi ila uning holi o‘zgarib boshlar, yuragi qinidan
chiqar darajada o‘ynamoqqa olur, ayniqsa poyafzal rastasiga yaqinlashgach, uning bu
iztirobi shiddatlanur, poyafzal rastasining yaqini bilan bunchalik o‘zgarishda qolg‘an Otabek
rastaning o‘zida qanday holg‘a tushmog‘ini tasavvurdan ojiz kelur va rasta ko‘rindi
deguncha otining boshini chapka burib yuborar va orqasidan kimningdir «...boringiz,
eshigim yonida to‘xtamangiz... uyatsiz!» tovshi eshitilgandek bo‘lar edi... O‘z-o‘ziga
«haqiqatan men uyatsiz», deb qo‘yar va shuning ila hamma kutilgan-kuzatilgan gaplar,
besh kunlik yo‘l mashaqqatlari havog‘a ketar, hatto xayolda emas, haqiqatda o‘ylab
qo‘yg‘an qayin otasi bilan xotinini shari’atka chaqirish fikri ham unutilar va yo‘qolur,
«hiylagarning yuzini qozixonada ko‘raymi, o‘zi ham qursin, yuzi ham!» der edi-da, otini
to‘g‘ri usta Alimnikiga qarab solar edi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:52:20
Otabek usta Alimni juda yuqori darajaga qo‘yg‘a-nidek, uning majlisi bilan ham ancha
yengillashar, o‘n yillardin beri usta Alim yuragida saqlang‘an va qabrg‘a ham birga ketishi
kutilgan ishq tarixini qayta-qayta eshitkusi kelaberar, usta Alim ham o‘zining o‘lgan Saodati
to‘g‘risidag‘i ipidan-ignasigacha bo‘lg‘an xotiralarini takror-takror hikoya qilib, hikoyasi
oxirida: «Peshonamga sig‘madi-da, o‘ldi», deb qo‘yar, bu so‘z Otabekning ham yuragiga
sovuq suv sepkan ta’sirini berib, ul ham ko‘nglidan: «Manim ham peshonamga sig‘madida,
tiriklayin o‘ldi» degan so‘zni o‘tquzar edi. Shu holda ikki-uch kun usta Alimnikida
turg‘ach, eng so‘ngg‘i martaba Marg‘ilon bilan xayrlashkan kabi shaharning har bir
narsasiga alvido nazari bilan boqar va boshi og‘qan tomong‘a ketkandek Marg‘ilonning
o‘ng‘ay kelgan darbozasig‘a qarab yo‘l olur edi. Qo‘qonda bir-ikki kun, Kirovchida uch-to‘rt
kun, Qurama, Telov va shuningdek, qishloqlarda ham bir necha kunlab qo‘na-qo‘na
nihoyat, Toshkandga kelib yetar yana... yana...
Otabekning Marg‘ilong‘a borib kelishi shu yo‘sunda edi. Uning sirri o‘zidan boshqa
hech kimga ma’lum bo‘lmag‘anliqdan, orada uning holig‘a kulguchi va undan hisob olg‘uchi
birav ham yo‘q, faqat ul hamma hisobni o‘z yuragidan olib, o‘z yuragiga berar edi. Shu
yo‘sun oromsizlik va besaranjomlik ichida uning oy-kunlari o‘tib turar edi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:52:32
12. JONSO‘Z BIR XABAR VA QO‘RQUNCH BIR KECH

Agar olg‘an hisobimiz to‘g‘ri chiqsa, bu gal uning Marg‘ilong‘a quruq qatnab yurishining
yettinchi qaytasi edi. 1267-inchi yilning kuzi — bu voqi’ag‘a o‘n sakkiz, o‘n to‘qquz oylar
o‘tib ketkan edi.
Ertalabki choydan so‘ng, usta Alim o‘zining qaynisi bilan oshxonasi yonig‘a yangigina
qurg‘an to‘quv do‘konlari yonida ipakka ohor berish ila ovora edi. Ammo ul bo‘lsa,
do‘konxonaning ustuniga suyalgan ko‘yi qandaydir bir o‘y bilan mashg‘uldek ko‘rinar,
ustaning Toshkand to‘g‘rilarida bergan savollariga «shundoq, ha, yo‘q, albatta» kabi qisqa
javoblar bilan qarshi turar edi. Ul shu ko‘yi yarim soatlar chamasi so‘zsizlik so‘nggida,
so‘zsizgina ko‘cha eshik tomong‘a chiqib keta boshladi, usta Alim ko‘zini ishidan uzib
so‘radi:
— Yo‘l bo‘lsin, Shokirbek?
Otabek yo‘lak yonidan javob berdi:
— Shaharni bir aylanib kelmakchiman.
— Juda yaxshi, — dedi usta va: — ammo peshindan kechka qolmang, men oshni
damlab sizni kutib o‘lturaman, tuzikmi?
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:52:43
— Tuzik, — dedi Otabek va yo‘lakdan o‘tib eshik oldig‘a — ko‘chaga chiqdi. Chiqishi
bilan narigi eshikdan Sodiq ham ko‘rinib qoldi-da, Otabek bilan to‘qnash keldi. Sodiq
iltifotsizgina unga qarab olg‘ach, shosha-shosha o‘ngdagi tor ko‘chaga yurib ketdi. A
Otabek to‘g‘rig‘a, katta ko‘chaga qarab yurdi. Havo bulut edi.Oq bulutlar bo‘lg‘anliqdan
quyoshning nuri uncha kesilmagan, quyosh to‘r ro‘ymol ichida o‘lturg‘an kelinlar kabi yer
yuziga suzilib qarar edi. Bulutlarning ohistagina say-ridan sezilar-sezilmas hafif1 bir shamol
yurib, yengilgina bir izg‘iriq ham yuzga kelib to‘qunar, bu izg‘iriq kishiga uncha rohatsizlik
bermasa-da, lekin qayerdadir dog‘ qilinmoqda bo‘lg‘an zig‘ir moyining achchig‘ isini
dimog‘qa kelturib urishidan kishiga bir behuzurlik hosil bo‘lar edi. Otabek yo‘lning
ayrilishig‘a borib to‘xtag‘an edi. Yuzidan ikkilanish holati sezilar edi. Bu holat ikki yo‘l ustida
voqi’ bo‘lg‘anliqdan onglanmog‘i yengil, chunki bir tomonda poyafzal rastasining yo‘li,
ikkinchi yoqda to‘g‘ri ko‘cha edi. Uzoq to‘xtab turmay sobit va kuchlik adimlar bilan
poyafzal rastasiga yurdi. Garchi bu ko‘cha uning yuziga qizarib-oqarish va bo‘zaribsarg‘
ayish tuslari berar edi, yana har holda ul sobitqadam edi, o‘sha voqi’adan so‘ng,
onalar ta’biricha, «ilon chiqg‘an» bu ko‘chaga birinchi kirishi, birinchi jasorati edi.
Ko‘chaning burilishida yana bir oz uning adimlari sekinlashsa ham, lekin oldinlashini
qo‘ymay boraverdi. Uzoqdan qutidorning tilsimlik darbozasi ko‘rinib turar edi... Darboza
yonidag‘i mash’um tol daraxti ham nomuborak bir ishka guvohlik bergan kabi bo‘lar edi.
Borliq kuchini asabiyat markaziga yig‘ib, tag‘in bir qayta darbozaga qarab oldi. Bu
qarashida butun o‘tkan kunlarini yana bir qayta xotirlag‘andek bo‘ldi va ihtizozot1 orasida
uflab yubordi. Ko‘ringan gilos yog‘ochlarining ostida bir vaqtlarda kimdir birav uni kutib
olar edi, endi-chi...
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:52:52
Endi kimni kutar ekan?— degan savol miyasini shipirib ketdi... Ul
Kumushni tamoman o‘z muhabbatida boqiy deb bilar va otasining zulmiga mahkum, deb
tushunar edi. Shuning uchun ko‘ringan gilos yog‘ochining kuz bilan sarg‘ayg‘an bargidek
Kumushning za’faron yuzini ko‘rdi, o‘zi uchun emas, uning qalbi parchalang‘andek bo‘ldi.
Hozir ul kutilmagan bir jasoratka molik bo‘lg‘an kabi edi. Kiraymi, deb o‘yladi, bevosita o‘zi
bilan onglashaymi, deb jasoratlandi... Lekin... lekin darbozaning qarshisidag‘i mash’um tol
yog‘ochi unga qarab kulgandek bo‘lar edi: «Boringiz, eshigim yonida to‘xtamangiz, orsiz...»
Ul darbozaga yaqinlashayozgan edi, nimadandir cho‘chib chetka burildi. Chunki
darbozadan chiqib qolg‘an ikki kishini ko‘rib, bularning birini qayin otasi bo‘lib chiqmog‘idan
hurkkan edi. Haytovur chiqg‘uchilar begona odamlar bo‘lib, oldinga toba yuriy boshladilar.
Boyag‘i «...orsiz» jumlasi bilan uning kirish fikri tamoman so‘ngan edi. Ammo «biravlar»
to‘g‘risida nima bo‘lganda ham bir gap eshitmak havasi tug‘ilg‘an edi. Bu chiqg‘uchilar
garchi qutidorning iti haqida bo‘lsa-da, bir ma’lumot beralar-ku, deb o‘yladi va ularga yetib
olish uchun adimlarini kengaytirdi. Ulardan uch-to‘rt adim berida borar edi. Baxtka qarshi
ular churq etmaygina ketar edilar. Nihoyat, yuz adimcha borgandan so‘ng, ulardan so‘z
eshitishka to‘g‘ri keldi; birisi ikkinchisiga dedi:
— To‘y bilan nikohni bu kunga qilg‘animiz yaxshi bo‘ldi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:53:00
— Nima, juvonga ham to‘y boshqa, nikoh boshqa bo‘larmidi? Bordi-keldi bitta juvon
qizi bor-ku, munga to‘yni boshqa, nikohni boshqa qilamiz deganiga hayronman.
— Axir qutidor ham boobro‘ odam-da, — dedi birinchi kishi.
Jonso‘z bu xabarni eshitkan Otabeknnig hushi boshidan uchkan kabi bo‘ldi-da, adim
uzgan joyida mixlangandek qotib qoldi. Go‘yo ustidan bir chelak qaynag‘an suvni
ag‘darg‘an edilar-da, butun terisi oyog‘iga sidirilib tushkan edi... Besh daqiqalab yo‘l ustida
esankiragan, hushsizlangan ko‘yi qotib turg‘ach, moshinavori1 birdan yurib ketdi...
«Kishining xotinini taloqsiz chiqarib ol-da, bu kun erga ber», dedi va telbalarcha nima
uchundir kulib qo‘ydi, o‘z-o‘ziga so‘zlanib Marg‘ilon ko‘chalarida tentaklarcha yugura
boshladi. Uning bu kungi holig‘a qarash yuraklarni yorg‘anidek tasvirga ham qalam kuchi
ojizdir...

* * *
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:53:11
Oyning o‘n beshlari bo‘lsa-da, havoning bulutlig‘i bilan oy ko‘rinmas, chin ma’nosi bilan
qorong‘i kuzning qorong‘i bir tuni edi. Bir necha yuz yillardan beri yashab favqulodda
zo‘rayib ketkan «Xo‘ja Ma’oz» mozorining chakalagi bu qorong‘iliqqa bir manba’ kabi edi.
Kuchlik bir yel turg‘an, qandaydir bir ishka hozirlang‘an kabi to‘rt tomong‘a yugurib yurar
edi. Mozor chakalagining bir burchagida tutab yotg‘an to‘nka yonida sochlari o‘sib soqolig‘a
qo‘shilib ketkan bir devona bu mudhish qorong‘iliqqa qarshi kurashkan kabi gulxanni
yondirishg‘a tirishar, gulxan tavaragidan aylanib qo‘lidag‘i kasavi bilan to‘rt tomonidan
kovlar edi. Yel borg‘an sayin kuchlana bordi, chakalak tartibsiz holg‘a kirib ketdi, bittayarimta
to‘kilmay qolg‘an yaproqlar shitir-shitir to‘kilishka oldilar, qarg‘a va zog‘chalar ayni
uyqu zamonida tinchsizlagani uchun yelga qarshi na-moyish qilg‘andek g‘o-g‘u bilan
chakalak ustidan aylana boshladilar. Yel kuchaygandan kuchayib borar va shu nusbatda
mozor ichi ham yana bir qat qo‘rqunch holg‘a kirar edi, yel ketma-ket bo‘kurar, bunga
chiday olmag‘an shox-shabbalar qars-qurs sinar, keksa yog‘ochlar g‘iyq-g‘iyq etib yolborish
tovshi chiqarar edilar. Yel ortiqcha bir g‘azab ustida edi, yer yuzidagi tikkaygan narsani
bukib-yanchib tashlamoqchi bo‘lg‘andek pishqirar edi. Chinorlardan birisini yerni titratib
yiqitdi, devonaning gulxanini ham to‘nka-po‘nkasi bilan ko‘tarib chakalakning ichiga otdi.
Butun mozor ichini o‘t uchquni ila to‘ldirib, yana ko‘rinishka boshqacha bir tus berdi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:53:24
Mozorni bu holg‘a solg‘andan so‘ng go‘yo shuning uchun g‘ayratlangandek bir oz pasaya
tushdi, och qolg‘an sher kabi pishqirib bo‘kirishlari bosilg‘andek bo‘ldi. Yarim soat chamasi
jonsarakka uchrab uchib yurishka majbur bo‘lg‘an qarg‘alar yelning g‘azabi bosilg‘anini birbirlariga
xabar bergandek g‘o-g‘u bilan eski o‘rinlariga qo‘na boshladilar. Ko‘kni o‘rab olg‘an
qora bulutlar ham to‘s-to‘ska bo‘linib, oy ham qora parda ichidan yarim yuzini ochib yer
yuziga mo‘ralab qo‘ydi. Gumbazning qarshisidag‘i ikki tup keksa chinorning iskelet kabi
quruq shoxlarig‘a yel bilan allaqayoqlarg‘a uchub ketkan boyqushlar to‘pi ham kelib qo‘na
boshladilar. Oy parchalang‘an qora bulutlar bilan bekinmachoq o‘ynag‘an kabi hali ko‘rinib,
hali yashirinar edi. Ul yer yuziga kulib qarag‘anda mozorning chakalak qismiga aytarlik
o‘zgarish bera olmasa-da go‘riston qismidagi do‘mboq qabrlarni va ularning ustidagi
marmar qabr toshlarini chuqur bir sukut ichida ekan, taqdim qilar edi. Boyqushlar uyasi
bo‘lg‘an ikki tup chinorning qarshisida gunbazga ro‘baro‘ qilib soling‘an ayvon-ziyoratxona
bor, ammo oy tik ko‘tarilganlikdan ziyoratxona ichi qop-qorong‘i1 edi. Chinor shoxlari
tasbeh kabi chizilg‘an boyqushlar bilan to‘lg‘an. Ular oy nuridan uncha xursand emaslar,
chunki oy yer yuziga kulib qaray boshlasa, ular boshlarini kaftlari ichiga oladirlarda, dumdumaloq
bo‘lib siqilib ketadirlar. Oy bulutlar ostig‘a kirsa, ular rohatlang‘an kabi chig‘-chig‘-
chig‘, ki-ki-ki qilib sayrab ham yuboradirlar. Bu vaqt shu boyqushlar sayrog‘i ichidan
ingranish kabi bir tovish ham eshitilgandek bo‘ladir.
Masjid manorasidan ruhoniyyat yog‘dirib munglik azon tovshi eshitildi-da, uyqu
quchog‘ida yotqan tabi’at uyg‘onib javob bergan kabi jong‘irab ketdi. «Ollohu akbar»ning
so‘ngg‘i takrorida Otabek ziyoratxona ayvonidan tushdi-da, shildirab oqib turg‘an ariq
yonida tahorat olishka o‘lturdi...
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:53:34
13. KULIB QARAMAG‘AN BAXT

Endi uning umidi ortig‘i bilan uzilg‘an esa-da, yuragining yonishi bosilurliq emas edi.
Ilon chaqqan kishidek dovdir va besaranjom ko‘zlari bilan tevarakka bejo-bejo nazar
tashlar edi. «Nihoyat, otasi o‘z muddaosiga yetdi, qizini yangi kuyavga topshirib tinchlandi,
kecha kechasi u...» der edi-da, mundan keyingi og‘ulik haqiqatini bir turlik ham o‘ziga
singdira olmas va buni o‘ylamaslikka tirishib va o‘zini alaxsitmoqqa o‘la tevaragiga bejobejo
nazar tashlar edi.
Endi Marg‘ilon qatnab yurishlarg‘a xotima berilgandek va Marg‘ilon ham undan «tag‘in
mendan nima ilinjing bor?» deb so‘rag‘andek bo‘lar edi. Ul «Xo‘ja Ma’oz»dan chiqib to‘g‘ri
usta Alimnikiga qarab borar edi va u yerdan otini minib umrlikka Marg‘ilon bilan
vidolashmoqchi edi esa-da, oshna bir kimsa uning ko‘z o‘ngiga ko‘ringandek va begona
rahmsiz bir yigitning quchog‘idan qutilish uchun undan imdod1 so‘rag‘andek bo‘lar edi.
Usta Alim eshigiga yetayozdi. Tom bir ma’yusiyat ichida boshini quyi solg‘an edi, o‘tib
turg‘uchlarni payqamas, laxja cho‘g‘ kabi yonib turg‘an yurak o‘ti bilan sarxushdek edi.
Qarshidag‘i Sodiqning eshigidan chiqg‘uchini ham payqamay qoldi va bir qarab olsa ham
tanimag‘an edi. Otabek usta Alimnikiga kelib kirgach, Sodiqnikidan chiqg‘uchi Homid uning
orqasidan qarab yo‘l ustida qotib qoldi...
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:53:51
* * *

Shokirbekning kecha ertalab chiqg‘anidan beri daraksiz ketishiga tashvishlanib
o‘lturgan usta Alim uni yo‘lakda ko‘rishi bilanoq so‘radi:
— Eyyy, barakalla sizga, Shokirbek, qayog‘larda qolib ketdingiz? Juda ham
tashvishlandim-da o‘zim... Nega bir kunda bunchalik o‘zingizni oldirib qo‘ydingiz?
Chindan ham ul o‘zini tanilmaslik darajada oldir-g‘an, o‘lat tekkan kishilardek ko‘zlari
ichiga cho‘kib ketkan edi. Kirtaygan ko‘ziga kuch bilan kulgi tusi berdi.
— «Xo‘ja Ma’oz»ga borg‘an edim...
— Nima uchun?
— Tunashka.
Usta Alim taajjub ichida yana bir qat uni kuzatib chiqdi:
— Tunadingiz?..
Otabek ayvon peshonasiga o‘lturar ekan, ustani shubhada qoldirmas uchun dedi:
— Ko‘bdan beri bir tunasam, degan xayolim bor edi.
— Buzrukdan so‘rayturg‘an tilaklaringiz bor ekanda,— dedi usta Alim va kuldi. Bu vaqt
ikkisi ham yo‘lakda yurib kelgan oyoq tovishig‘a qaradilar. Qo‘pol qilib boshig‘a salla
o‘ragan, ustag‘a o‘xshash rangsizgina bir yigit kirib kelar edi. Usta Alim kelg‘uchining
istiqboli uchun o‘rnidan turdi: «Eyy, usta Farfi, keling-keling, bormisiz!» dedi. Usta Farfi
salom berib, usta Alim bilan ko‘rishdi. Otabek ko‘rishishga hozirlanmagan ham edi, ammo
kelguchining o‘zi qo‘l uzatdida, «salomatmisiz, mehmon» deb ko‘rishib oldi. Ayvong‘a
o‘lturgach, fotiha o‘quldi. Usta Alim kelguchini xush omadi qilar ekan:
— Siz ham kelar ekansiz-a, usta Farfi, — deb piching otib qo‘ydi. Sog‘u salomatlik
so‘ralib bo‘ling‘andan so‘ng usta Farfi qarshidag‘i yangi qurilg‘an to‘quv do‘konlariga ishorat
qilib dedi:
— Ishlar katta-ku, usta. Do‘konlarni ham qurib yuboribsiz.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:54:00
— Do‘konni qurg‘animizg‘a endi o‘n besh kuncha bo‘lib qoldi. Fotiha o‘qishg‘a
kelarmisiz, deb kutdim, shu choqg‘acha daragingiz bo‘lmadi.
— O‘zingizning boshingizdan o‘tkan, usta, — dedi biravning kafilini olg‘andan so‘ng
ishni tashlab chiqish qiyin, jum’aning sharofatlari bilan oshna-og‘aynilarnikiga borilmasa
boshqa iloji yo‘q, axir o‘zingizning ham boshingizdan o‘tkan-ku.
— Yo‘q-yo‘q, — deb kuldi usta Alim, — men sizga o‘xshab do‘konning ustida sira
tuxum bosqan emasman, simkorni1 ko‘zim qiymaydir desangiz, men ishonar edim.
— Bu gapingiz to‘g‘ri, — dedi kulib usta Farfi, — jo‘jalari tushkir yildan-yilga ko‘payib
boradirlar, qozonni suvga tashlag‘an kunimiz janjal.
Usta Alim dasturxon yozish uchun hujrasiga kirganda usta Farfi Otabekka qaradi.
— Sizniki qayerdan, mehmon?
— Toshkanddan.
— Juda yaxshi, qani yuqoriga chiqing, mehmon, — dedi. Otabek rahmat aytib joyidan
qo‘zg‘almadi. Usta Farfi uni yana bir qat ko‘zdan kechirib olg‘ach, cho‘k-kalashini buzib
chordana qurib oldi. Dasturxon yozilib, ertangi nonishta uchun damlab qo‘yilg‘an choy
olinib kelindi. Usta Alim Shokirbekni yuqorig‘a chiqishg‘a qistasa ham ul kavshini yeshmay
eskicha o‘ltura berdi. Un-dan-bundan so‘zlashib choy ichishka boshladilar. Usta Alim bilan
usta Farfining so‘zlaridan ilgarida bir ustakornikida ishlaganliklari, mundan yigirma kunlar
burun usta Alimning ustakor bilan nima uchundir urishkanligi va shundan so‘ng o‘z uyiga
do‘kon qurib o‘zicha ishlay boshlag‘anlig‘i onglashilar edi. Usta Farfi undan achchig‘lanish
sababini so‘rasa ham ul qanoatlandirarlik javob bermas, faqat «yomon odam ekan,
to‘ng‘iz» bilan kifoyalanar edi. Shu vaqt Otabek qo‘lidag‘i piyolasini bo‘shatdi-da, usta
Alimga dedi:
— Endi menga ruxsat berasiz, usta. Men jo‘nayman.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:54:19
Usta Alim ajabsinib unga qaradi va:
— Nega tag‘in ketmakchi bo‘lib qoldingiz? Uch-to‘rt kun turmoqchi emasmi edingiz? —
deb so‘radi.
— Marg‘ilondag‘i ishlarim bitib qoldi, o‘zim ham zerikib boshladim...
— Bo‘lmasa choy tugalsin, shundan so‘ng sizga ruxsat,— dedi usta Alim va bir piyola
choy to‘ldirib berdi. Otabekning izn so‘rashi bilan bo‘linib qolg‘an savolini usta Farfi davom
etdirdi:
— To‘g‘risini aytingiz-chi, usta, nima uchun ustakor bilan achig‘lashdingiz?
— U sizga aniq aytmadimi?
— Aytmadi. So‘rasam, gapni boshqa tarafka chalg‘i-tadi.
— Imonsiz, aytishka uyalg‘an, — dedi usta Alim va kimgadir nafratlanib qarag‘andek
bujmayib qo‘ydi.
— Haytovur siz bilan achchig‘lashqan sababini so‘ra-sam, gapni chetka buradi.
Usta Alim qo‘lidag‘i piyolasini qult etib bo‘shatdi-da, ustakori bilan achchig‘lashish
sababini so‘zlab berdi:
— Men Homidning qaynim Sayfiga yomon ko‘z bilan qarab yurganini sal-pal sezib
yurar edim... Urisha-turg‘on kunimizning ertalabida Sayfini ilgariroq ishka jo‘natdim-da,
o‘zim nimagadir urinib kechroq qolib bordim. Darbozadan kirishim bilan ishxona ichidan
kimningdir yig‘lab-yolborg‘an tovshini eshitib ajabsindim va ishxona eshigini ochib kirsam,
imonsiz Homid qaynimg‘a zo‘rliq qilib turg‘an ekan. Eshik ochilish bilan cho‘chib Sayfini
bo‘shatdi-da, menga qaradi. Men achchig‘imdan nima deyishni bilmay qolg‘an edim.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:54:26
To‘ng‘uz ishxonadan chiqib boshlag‘an edi: «Sen bilan otangg‘a yigirma yillab xizmat qilib,
nihoyat sendan ko‘rgan yaxshilig‘im shu bo‘ldimi?» dedim. Churq etmay chiqib ketdi.
Nimagadir, siz, Karim va Ortiqboylar ham ishxonaga kelmagan ekansizlar. To‘ng‘uz
vaqtdan foydalanib Sayfiga yopishqan ekan. Mana, oramizdan o‘tkani shul. Uning
orqasidan men ham Sayfini olib chiqib keldim-da, ikkinchi uchrashmay uyga do‘kon qurish
harakatiga tushdim, — dedi. Usta Farfi ham ustakorning bu qilig‘idan nafratlangan edi:
— O‘bba padarla’nati, hali shunaqa ish qildi deng-chi? O‘zi odam emas, hali bu uning
hunarlarining eng pachog‘i, — dedi va tovshini sekinlatib davom etdi: — badbaxt, aqllar
ishonmasliq darajada bo‘lgan har bir yomonliqlarni qilar ekanki, biz bilmas ekanmiz.
Otabek usta Alimning hikoyasini iltifot bilan eshitkan edi. Shuning uchun undan
so‘radi:
— Bu qanday Homid, qora cho‘tir kishi emasmi? Men hali uni qo‘shningiz uyidan
chiqg‘an holda ko‘rgan edim.
Usta Alim ajabsinib Otabekka qaradi:
— O‘sha-o‘sha, siz uni qayoqdan taniysiz?
— Uning bilan allaqayerda so‘zlashkanim bor edi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:54:33
Usta Farfi Otabekka kulgi aralash qarab olib dedi:
— Bo‘lmasa, uning qo‘lansa so‘zlariga xo‘b zavqlan-g‘andirsiz.
Otabek ma’nolik qilib iljaydi. Ularning so‘zi shu yerga yetkanda ro‘ymolda tugiglik bir
narsa ko‘targani holda Sayfi kirib keldi, salomdan so‘ng usta Farfi bilan ko‘rishdi va
Otabekka qarab dedi:
— Kecha sizni kuta-kuta oshlarimiz sovib qoldi, bek aka.
— Men bu kungami, deb o‘ylabman, — dedi kulib Otabek.
Sayfi hovliqib bir narsa deyishka hozirlanar edi:
— Bu kun kechasi hammomning og‘ilida biravni o‘ldirib ketibdirlar, — dedi.
— Kimni? — deb so‘radi usta Alim.
— Kim ekanini bilmadim.
Usta Farfi javob berdi:
— Kelishimda qo‘rboshilar boshliq o‘lukni aravaga ortar ekanlar, o‘ldirilgan Salim
sharbatdorning o‘g‘li bechora Komilbek.
— Tavba, — deb qo‘ydi usta Alim va so‘radi: — o‘ldurg‘uchi ushlanganmi?
— Ushlanish qayog‘da, o‘lukning o‘zini qidira-qidira zo‘rg‘a yarim kechada topqanlar, —
dedi usta Farfi. Otabek bu xabarni sovuqqina eshitib o‘lturar edi va fotiha o‘qub turishka
hozirlanar edi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:54:42
— Gumondor bormi? — dedi usta.
— Gumondor-ku yo‘q, ammo bechoraning o‘lumi juda qiziq kunga to‘g‘ri kelishi ajib, —
dedi usta Farfi va davom etdi: — Kecha Komilbekning Mirzakarim akaning qizi bilan
nikohlari bo‘lmoqchi ekan. Bechora nikohdan ikki soat chamasi ilgariroq yonig‘a bir
o‘rtog‘ini olib hammomga borg‘an va bir onda hammom ichidan yo‘qolg‘an, hatto uning
yonidag‘i kishi ham qayoqqa ketkanini sezmay qolg‘an. Qiznikida hamma tajammulni1
tayyorlab, Komilbekning otasidan tortib nikoh qilaturg‘an qoziyu quzzotlarg‘acha kuyavni
kutib o‘lturar ekanlar. Bir vaqtda haligi birgalashib hammomga tushkan yigit hovliqib
qiznikiga kelgan, kuyav kutib o‘ltirganlar kuyavdan darak so‘rasalar, ul ulardan kuyavni
so‘rag‘an va voqi’ani aytib, hammomda kiyimlarini ham qoldirib bir onda yo‘qolg‘anini
xabar bergan. Shundan so‘ng nikoh-nikohda, osh-oshda qolib kuyavni qidirib ketkanlar.
Nihoyat, yarim kechada hammomning tahoratxonasi yonidag‘i bir og‘ilning oxiridan qonig‘a
belashib yotqani holda topqanlar. Bechora tahorat uchun og‘ilg‘a kirganda tovush
chiqarmasliq yeriga xanjar urib, oxirg‘a tiqib ketkan ekanlar. Juda qiziq gap... Kim
o‘ldirg‘an va nima uchun o‘ldirilgan hech kim bilmaydir,— dedi.
Otabek tamom onglashilmag‘an bir holatda qolg‘an edi. Bu xabardan quvonishg‘a-da
bilmas va xafalanishg‘a ham yo‘l topmas edi. Raqibning o‘ldirilishi uning tamom so‘nib
bitkan umidini yana qaytarg‘andek bo‘lsa ham, nima uchundir ul bu ishdan o‘ziga tinchlik
ortdira olmag‘an, aksincha tinchsizlana boshlag‘an edi. Bu foji’adan ortiqcha asarlangan
usta Alim «voy bechora-bechora», der edi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:54:49
— Birarta dushmani borlig‘i ma’lumdir, axir? — deb so‘rab qo‘ydi.
— Albatta bordir, — dedi usta Farfi va Otabekka qarab qo‘ydi. Bu qarashdan Otabek
borliq-yo‘qliq holg‘a kirgan edi. Usta Farfi davom etdi: — Dunyoda qanday odam yo‘q, deb
o‘ylaysiz, kishining rizqig‘a tupurganlar, oxiratini o‘ylamag‘anlar hamma yoqda ham to‘lib
yotibdir, — dedi, yana Otabekka qarab oldi... Otabek yorilish darajasiga borib qaytdi...
Usta Farfining bu keyingi qarashini usta Alim payqag‘an edi va usta Farfining bu to‘g‘rida
bir narsa bilib-da, so‘zlashka Otabekdan mulohaza qilib to‘xtadimi, deb o‘ylag‘an edi:
— So‘zlay beringiz Farfiboy, bu kishi o‘zimiznikidir,— dedi.
— Nimani so‘zlay berayin?
— Komilbekning dushmani to‘g‘risida bilganingizni.
— Men sizga bir narsani bilaman, dedimmi? — dedi va kulib Otabekka qaradi: — bu
odamning o‘smoqchilashini qarang-a?
Bu so‘z bilan Otabek bir oz yengillashdi.
— Menga bir-ikki qayta qarab olg‘aningiz uchun bilsangiz ham so‘zlashka mendan
yotsindingizmi, deb usta o‘yladilar shekilli, — dedi Otabek.
— To‘g‘risini aytsam, siz bu to‘g‘rida bir narsa bilasiz, lekin so‘zlashka Shokirbekdan
cho‘chib turasiz, — dedi usta.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:54:57
— Quruq tuhmatni qo‘ying-chi, — dedi usta Farfi.
— Quruq tuhmat emas, bilib tuhmat, — dedi usta va:— Shokirbek siz o‘ylagan
kishilardan emas, aslo tap tortmay so‘zlay bering, — dedi.
— Astag‘firulloh, — deb kulib qo‘ydi usta Farfi va bir oz o‘ylab olg‘ach dedi: — Siz bilan
menga shu narsaning nima zarurati bor, usta!
— Avvalo so‘zlamayturg‘an bo‘lg‘andan so‘ng puk berish1 kerak emas, tildan
ilingandan keyin bizga zarurati bo‘lmasa ham bilganni aytish kerak, — dedi usta Alim.
Ayniqsa ustadan ko‘ra ham Otabek sabrsizlana boshlag‘an edi. Hozirgina o‘ylab turg‘an
jo‘nash masalasi ham uning esidan chiqg‘an, chunki raqibining qotili kim ekanligini bilib
olish hammadan ham unga qiziq va ahamiyatli edi.
Usta Farfi endi aytmasa bo‘lmaslig‘ini ongladi, shuning uchun Sayfiga
ishonmag‘ansumon qaradi:
— Jiyan, sen yoshsan hali, sening og‘zingga ishonch yo‘q, — dedi va: — bir oz
do‘koningga borib tur, achchig‘ing chiqsa ham.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:55:05
Usta Alim ham qaynisini turishka ishorat qildi va o‘radan savzi olib to‘g‘rashga buyurdi.
Bola ketgach, usta Farfi ohistagina dedi:
— Agar gumonim to‘g‘ri bo‘lsa, Komilbekning qotili Homiddir.
Bu so‘z Otabekni ajabsintirg‘andek, usta Alimga ham g‘arib eshitilgan edi.
— Homid deysizmi?! — deb so‘radi usta Alim.
— Homid, — dedi, yana sekingina usta Alimdan so‘radi: — siz Umarbekni Homidg‘a
yaqin do‘st ekanligini bilarsiz, albatta?
— Bilaman, hamma vaqt yurish-turishi o‘shaning bilan edi.
— Bali, — dedi usta Farfi, — O‘sha Umarbek bilan oralarig‘a yaqinda bir sovuqliq
tushdi-da, mundan o‘n kuncha ilgari Homidning bir mudhish vahshati to‘g‘risida
Umarbekdan bir sir eshitdim. Homid Komilbekni o‘ldirganda ustida bo‘lmag‘an bo‘lsam
ham, ammo haligi eshitkan sirimnnig dalolatiga qarab albatta Komilbekning qotili Homid
degan fikrga tushdim... Siz mundan uch yilcha ilgari Marg‘ilon kelib Mirzakarim akaning
qizig‘a uylangan Otabek ismlik toshkandlik bir yigitni haligi qayin ota bo‘lmish Mirzakarim
aka bilan qamalib, osilishg‘a hukm qiling‘anlarida dor ostidan qutqarilish voqi’alarini
xotirlaysizmi?.. Albatta yodingizda bo‘lsa kerak, hov, biz Sariboyning do‘konida choy
ichishib o‘lturg‘an edik-ku, yodingizga tushdimi?
— Esimda bor, esimda bor, — dedi usta Alim va Otabekdan so‘radi, — balki siz
tanirsiz, Toshkandda mashhur bo‘lg‘an Yusufbek hoji deganning o‘g‘li.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:55:13
— Taniyman, — dedi Otabek va hikoyani buncha uzoqdan solg‘ani va o‘z ustida gap
yurgizgani uchun tong ajab ichida usta Farfining og‘zig‘a qarab qotqan edi.
Usta Farfi yarim-yarim tovishda davom etdi:
— Ana shu yigitning olg‘an xotini juda ham nozanin bir qiz bo‘lib, bu qizg‘a bizning
Homid ham xaridor ekan. Halig‘i Otabek qizg‘a uylanib qo‘yg‘ach, bizning Homid tikanga
ag‘nab, oradan Otabek bilan Mirzakarim akani ko‘tarish fikriga tushkan va bo‘lmag‘an
chaqimchiliqlar bilan ularni dor ostig‘acha tortishg‘a muvaffaq bo‘lg‘an... (So‘z bu yerga
yetkanda, Otabek bilintirmaslik qilib bir entikib qo‘ydi). Usta Farfi davom etib dedi: —
Ammo xudoning haqini nohaq qilmaslig‘i soyasida bir maktub sababi bilan kutmagan joyda
dor ostidan najotka chiqg‘anlar. Bular oqlang‘ach, Homidning o‘zi qamalaturg‘on bo‘lib
ammo qo‘rboshining yordami orqasida Qo‘qong‘a qochib qutilg‘an va ul yerda ham tinch
yotmay O‘tabboy qushbegini poraxo‘rlikda ayblab, Musulmon cho‘loqqa ariza bergan, —
dedi va so‘zini bu yerda to‘xtatib ustadan so‘radi: — O‘zingiz ham bilsan-giz kerak, Homid
bir kecha yo‘qolib, uch oylab bedarak ketkan va uni qo‘rboshi yigitlari qidirib yurgan edilar.
Usta Alim tasdiq ishorasini berib:
— So‘zlay beringiz, — dedi. Ammo Otabek bu dahshatlik haqiqatni eshitmakda bo‘lg‘an
quloqlarig‘a ishonmas va o‘zini kuch orqasida tutib turar edi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:55:30
Usta Farfi tovshini sekinlatib davom etdi:
— Homidning Musulmon cho‘loqqa bergan arizasidan so‘ng Otabek bilan O‘tabboy
qushbegi Qo‘qong‘a chaqiriladirlar-da, so‘roqdan so‘ng yana oqliqqa chiqadirlar.
Ammo Homid uch oylab Marg‘ilon kelalmay yurgach, nihoyat yana qo‘rboshining
yordami bilan kelishka ham muvaffaq bo‘ladir. Biroq Homid hanuz tinch yotolmaydir.
Fursati kelishi bilan yana bir yomonliq qilmoqqa, qutidorning qizini o‘ziniki etishka o‘ylab
yuradir. To‘ng‘izning baxtiga bu fursat ham to‘g‘ri kelib, yana yomonliqqa yuz qo‘yadir.
Shundoqki, Otabekning Toshkanddan ham uylanganini bilib, uning tilidan bir taloq xati
yozdiradi-da, Mirzakarim akanikiga kirguzadir.
Otabek o‘zini nechog‘liq bosib ushlab kelgan bo‘lsa ham, lekin endi ichidan qaynab
toshib ketkan hissiyo-tini bosolmadi — «vijdonsiz, to‘ng‘uz!» dedi-da, ixti-yorsiz o‘rnidan
turib ketdi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:55:38
Usta Alim ham o‘zini tinch tutolmadi, «Badbaxt, kofir!» deb qo‘ydi. Otabekning
o‘zgarishidan usta Farfi shubhaga tushayozg‘an bo‘lsa-da, lekin usta Alimning ham unga
qo‘shilishi uni o‘ylatib turmadi, Otabek qaytib o‘rniga o‘lturg‘ach, ul davom etdi:
— Bu soxta taloq xati to‘g‘risida Otabekning nima qilg‘anlig‘i Homidga ham ma’lum
bo‘lmaydir. Lekin ish Homidning o‘ylag‘anicha natijalanib, bir necha vaqtdan so‘ng
Mirzakarim akaning qizini taloq qilinishi xabari chiqib qoladir. Oradan uch-to‘rt oyni
o‘tkazub, bizning Homid Mirzakarim akanikiga sovchi kirguzadir. Ammo Mirzakarim aka
uning sovchilarini quruq qaytaradir. Bir necha vaqtdan so‘ng, Homidning soxta taloq xatisi
bilan eridan chiqg‘an qiz Komilbekka beriladir va nima uchundir to‘ylari bir necha vaqtka
kechikib qoladir-da, oradan birar yilni o‘tkazib, nihoyat, kecha ularning to‘y va nikoh kunlari
ekanki, Komilbekning hammomda o‘ldirilgan xabarini eshitib turibmiz. Mana men
yuqoridag‘i sabablarga binoan Komilbekni o‘ldirguchi aniq Homid, deb o‘ylayman, — dedi.
Usta Alim boshini chayqab:
— Bundan shubha yo‘q, nax Homidning o‘zi, — dedi va o‘zicha: — Eh, essiz
musulmonchiliq, shunchalik ham insofsizlik bo‘ladimi, o‘zingning bir emas ikkita xotining
bo‘laturib, tag‘in bir yigitning haloliga ko‘z olaytirish... Yana o‘zingning bo‘ying yetmasligini
bilaturib ham, ikki orada bir gunohsizning qonini to‘kish — eh, shayton bolasi! — deb
qo‘ydi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:55:44
— Bu bir it! — dedi usta Farfi, tomdagi luqmani o‘zi ham yeyolmaydir, boshqag‘a ham
yedirmaydir, nax itning o‘zi!
Otabek o‘z hayotidagi foji’alarning manba’i bo‘lg‘an bir habisni1 nihoyat birinchi
martaba tanib turar edi. Bu palid dushmanga qarshi o‘zida qo‘zg‘alg‘an bitmas-tuganmas
nafrat va g‘azab hissiyotini sirining fosh bo‘lishidan qo‘rqib ichiga yutishka majbur edi.
Shundoq bo‘lsa ham ichda qaynag‘an hissiyot o‘z sharpasini uning yuziga ochiq tashlab
turmoqda, ko‘zi o‘t kabi yonar va yuzi yuz xil tuska kirar edi.
Anchagina oradan so‘z kesilib qolg‘andan so‘ng usta Farfi dedi:
— Siz bilan men shu choqg‘acha Homidning bunday ishlari bor ekanidan xabarsiz
yurganimizga hayron qolaman.
— Hayron qolishg‘a o‘rin yo‘q, — dedi usta Alim, — siz-ku yaqinda kirib ishlay
boshladingiz. Ammo men yigirma yillab shuning uyida qolib sira ham Homidning ichidagiga
tushuna olmas edim va hamisha ko‘zimga dimlangan qorong‘u o‘radek qo‘rqunch ko‘rinar
edi, — dedi va bir oz to‘xtab olg‘ach, bir narsa topqandek harakat yasadi.— Bu gaplarning
bosh omili albatta Homid bo‘lsa ham, lekin bunda uning boshqa yordamchilari ham bor
ko‘rinadir, yodingizda bormi, ko‘pincha chaxchayg‘an ko‘zlik bir yigit ishxonamizga uni
so‘rab borar edi?
— Bilaman, bu kunda ham Homid bilan sermuomala, oti Sodiq bo‘lib, sizning
qo‘shningiz emasmi?
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:55:51
— Otangga rahmat! Ana shu yigit bilan uning onasi bu ishda Homidning eng ishonchlik
yordamchilari bo‘lsa kerakki, ul ikki yildan beri shu qo‘shnimnikiga hamisha qatnab qolg‘on
edi. Sodiqlar o‘z ovqatlarini ham o‘tquzolmag‘an holda faqirlikda yashab yil sayin menga
oz-oz yerlaridan sotib tiriklik qilar edilar. Bir yilcha bo‘ldi, birdan suv olib qoldilar va Sodiq
uylanib ham qo‘ydi. Men haytovur bechora yo‘lini topib oldiyov deb yurar edim. Endi
bilsam, Sodiqni uylantirguchi ham shu Homid ekan, — dedi va Otabekdan so‘radi: — Siz
hali Homidning qo‘shnimnikidan chiqib ketkanligini so‘zlab edingizmi? — Otabek tasdiq
ishorasini bergach, negadir bir entikib qo‘ydi. Haqiqatan usta Alimning bu keyingi so‘rog‘i
uni entiktirarlik edi. O‘tkan kunlarini zahar bilan bulg‘ab kelgan bu mudhish dushmaniga
qaysi yo‘sun bilan javob qaytarish yo‘llarini izlab turg‘an choqda bu savol berilib, Homid
bilan boyag‘i uchrashishini unga xotirlatqan va endi ham kulib qaramag‘an baxtig‘a la’nat
o‘qutqan edi. Ul o‘zining hozirgi hayotini-da ulug‘ tahlika ostida bo‘lg‘anlig‘ini va bu
tahlikaning o‘tkandagilarga qarag‘anda tamoman boshqacha bir dahshatda bo‘lishini onglar
edi.
Usta Alim oshxonag‘a borib osh qilish harakatiga tushkan edi. Otabekning to‘satdan
ketish harakatiga tushib qolg‘anini ko‘rib:
— Bek, shuncha o‘lturganning qatorida yana yarim soatka tahammul1 qilsangiz, oshni
yeb yo‘lg‘a tushasiz. Mana men, savzini ham bosdim, — dedi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:55:57
Otabek qaytib o‘lturmadi va havlining o‘rtasidan turib uzr aytdi:
— Rahmat, usta, men bu kun oshig‘ich yurib, ertalab jo‘nab ketgan yuklarning ketidan
yetib olmasam bo‘l-maydir.
— Oshni tashlab ketsangiz xafa bo‘laman, qirqqa chidagan qirq biriga ham chiday
oladir.
— O‘lturing-o‘lturing, mehmon, — dedi usta Farfi.— Oshg‘a savzi bosildi — pishdi!
— Men ustaning oshini birinchi martaba yeb yot-qanim yo‘q, agar savdogarchilik omon
bo‘lsa, har o‘n besh kunda bir kelib ustaning jonig‘a ham tegaman, — dedi Otabek va
boqchag‘a qarab yuriy berdi.
Usta Alim oshg‘a savzi bosish bilan ovora edi:
— Men sizni zo‘rlamayman, lekin yo‘l ustida qorningiz ochib qolsa, o‘zingizdan
o‘pkalang, — dedi.
Otabek maydonda otini supirib egarlar ekan, maydonning g‘arbidagi xaroba uyning
devoridan bir bosh ko‘tarilib munga qarab turar edi. Mundan uning xabari bormidi, yo‘qmi,
lekin ul bu tomong‘a qaramasdan otini egarlash bilan mashg‘ul edi. Ul egarlanib bo‘ling‘an
otini havlig‘a qarab yetaklay boshlag‘anda, havliga qarab turg‘an bosh ham devordan
quyig‘a tushib yo‘qoldi. Ul otini havlining o‘rtasig‘a qantarib qo‘yib ayvondag‘i xurjun va
po‘stunini olar ekan, usta Farfi bilan xayrlashdi. Otni Sayfi yetaklagani holda usta Alim
Otabekni ko‘chaga uzatib chiqdi va uning qo‘ltug‘idan olib otka mindirar ekan, o‘pkalash
ohangida dedi:
— Oshni tashlab ketkaningizni unutmang, bek.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:56:04
Otabek egarga o‘lturib olg‘ach so‘radi:
— Xafa bo‘ldingizmi?
— Nega xafa bo‘layin, ammo yo‘lda ochiqib qolishingiz uchun sizga achinayotibman.
— Tayyor oshni tashlab ketib, yo‘lda ochliqdan qiynalishimni o‘zim ham tushunib
turibman, usta, — dedi Otabek va, — biroq tuyakashlar bilan Andijonda bu kunga
uchrashish uchun va’dalashkan edim, ularga yetib olib yo‘l xarajatlar uchun bir oz aqcha
bermasam, ya’ni o‘z rohatimni ko‘zlab sizni oshingizni kutib qolsam, besh kishini ko‘ra-bila
turib och qo‘yg‘an bo‘laman.
Usta Alim otning jilovidan qo‘lini olib so‘radi:
— Andijon o‘tkan kezlaringizda yo‘l ustidan kirib turishka va’da berasizmi?
— Bo‘lmasa-chi, — dedi Otabek, — shu o‘n besh kunning ichida sakkiz tepki atlasdan
loaqal ikki ko‘ra yig‘ib qo‘yingiz, yodingizdan chiqarmangiz!
— Yodimda bor, xotirjam’ bo‘lingiz!
— Xayr, xo‘sh!
— Yaxshi qol, Sayfi!
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:56:15
Saman yo‘rg‘a yo‘lga tushdi, chovig‘a odatdan tashqari bir-ikki qayta kelib tushkan
achchig‘ qamchi zarbi bilan bir onda ko‘zdan g‘oyib bo‘lib ketdi. Otabekni uzoqlatib usta
Alim uyga kirgan ham edi, Jannat opaning eshigi ochildi-da, Sodiq ot yetaklagan holda
chiqib keldi. Ul otqa minar ekan, eshik ichida ko‘ringan Homid — «tezroq!» — degan amrni
berdi. Sodiq ham Otabek izicha otini haydab yubordi...
Usta Alim Otabekni kuzatib kelib, ayvon peshonasiga o‘lturar ekan:
— Tabi’ati juda qiziq yigit-da, — deb qo‘ydi.
Usta Farfi so‘radi:
— Bu yigit bilan qanday oshnalig‘ingiz bor?
— Men sizga o‘zog‘i yili bir yigitning Homidning darbozasida adashib yurganligini va
men bilan birga havlig‘a kelib bir kun yotib ketkanligini so‘zlab edim shekillik?
— Ha, ha, hali o‘sha yigit shumi?
— Shu. Shundan beri har bir Marg‘ilon kelganida va Andijon o‘tkanida maning oldimg‘a
kirmasdan ketmaydir. O‘zi juda og‘ir va aqllik yigit, buning ustiga qiziq tabi’ati ham bor, —
dedi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:56:22
— Qizig‘i qanaqa, — deb so‘radi usta Farfi.
— Juda qiziq, — dedi usta va kechagi voqi’ani so‘zlab chiqdi. — Kecha ertalab shaharni
bir aylanib kelayin deb chiqib ketkan va tushlik oshka yetib kelish uchun va’da ham bergan
edi. Men va’da vaqtig‘a oshni damlab o‘lturibman-o‘lturibman, sira kelsa-chi! Nihoyat,
sizdan sal ilgariroq kelib turg‘an edi. So‘rasam: «Xo‘ja Ma’oz»ni tunab qoldim, deydir. Ko‘zi
uyqusizliqdan bir qarich ichiga tushib ketibdir. Juda ham tabi’ati qiziq yigit.
— Yaxshi yigit ekan, — deb qo‘ydi usta Farfi.
Oshni yeb bo‘lg‘anlarida u yoq-bu yoqdan jum’a tovshi kela boshlag‘an edi. Shuning
uchun choy ichib o‘lturishka to‘g‘ri kelmay usta Farfi usta Alimdan ilgariroq namozi jum’aga
qo‘zg‘aldi va eshikdan chiqishi bilan o‘z uyidan kelayotqandek ko‘ringan Homidga
uchrashdi.
— Ha, usta Farfi, baxay? — dedi Homid.
— Usta Alimnikiga kelgan edim.
— Bo‘lmasa ziyofat quyuq ekan-da!
— Quyuq! — dedi kulib usta Farfi, — usta Alim o‘z uyiga do‘kon qurg‘an ekan, gilalab1
yurmasin deb fotihaga kelgan edim.
— Shundoqmi! — deb qo‘ydi Homid. Birgalashib keta boshladilar.
— Bo‘lmasa usta Alim o‘z uyiga do‘kon quribdir, deng-chi!
— Do‘kon quribdir.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:56:29
— Arvoh piri bermasdan-a?
— Qishda arvoh piri qilib bermoqchi! — dedi usta Farfi. Yana bir necha daqiqag‘a
oradan so‘z kesilib qoldi.
— Osh qilib bergandir?
— Albatta.
— Boshqa mehmon ham bor ekanmi? — deb so‘rab qo‘ydi Homid. Usta Farfi
Otabekning Homid bilan uchrashg‘anini xotirlag‘an edi.
— Toshkandlik bir savdogar mehmoni ham bor ekan,— dedi. Masjidga yaqinlashib
qolg‘an edilar. Homid yana nimanidir so‘ramoqchi bo‘lsa ham, usta Farfi shoshib masjidga
burildi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:56:38
14. RAQIB IZIDAN

O‘n olti-o‘n yetti kunlik oy oq bulut ichidan qo‘toslanib2 ko‘rinar edi. Hamma xuftan
namoziga kirib ketkan, ko‘chalar suv quyg‘andek tinch edi. Ko‘chaning bu tinch paytidan
foydalang‘an kabi usta Alimning eshigi yonig‘a kelib to‘xtag‘an kimsaning kim ekanligini
bilish uchun oy yoruqlig‘ig‘a qarshi tushkan bo‘g‘ot xalal berar edi. Bo‘g‘ot panasida va
eshik halqasida qadalib bir muncha vaqt nimanidir kutib turg‘an bu kishi nihoyat,
avaylabgina eshikni ochib o‘zini yo‘lakka oldi. Tag‘in anchagina eshikning ichkarigi qismida
turg‘ach, ochishidag‘i ehtiyot bilan eshikni yopdi.
Oy yoruqlig‘i uch burchak ravishda yo‘lakka tushib turar edi. Bu noma’lum kimsa oyoq
uchi bilan yurib keldi-da, mo‘ralab ayvong‘a qaradi. Ayvonning tokchasida sham’ yonib,
Sayfi o‘rin yozish bilan ovora edi. Noma’lum kimsa yo‘lakning qorong‘i qismig‘a o‘zini olib,
ko‘zini Sayfidan uzmay tura boshladi, Sayfi o‘rnini to‘shab bo‘lg‘andan so‘ng ayvonning
peshonasida yozilib yotqan dasturxon va laganni ko‘tarib hujraga kirdi. Yo‘lakdagi majhul
kimarsa go‘yo shuni kutib turg‘andek oyog‘ uchini onda-sonda tashlab o‘zini maydon ichiga
oldi...
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:56:47
Bargi to‘kilib quruq shoxlari bilan qolg‘an maydon ichi tumanlik oydin, majhul kishi
yuzini oyding‘a berib, xaroba uy ostida qadalib turg‘anliqdan uning kim ekanligini tanish
oson edi. Bu alamzada, zulmdiyda yuz eng so‘ngg‘i kurashka hozirlang‘an bir yigit edi...
Otabek xaroba uy devori yonida so‘ng chekdagi bir e’tibor bilan ichkariga quloq
solmoqda edi. Ichkaridan o‘tin yorib o‘choqqa o‘t qalash harakatlari eshitilar, gohi xotin
kishining tovshi ham kelib qo‘yar edi. Ul bir-ikki qayta ohista adimlar bilan xaroba uylarning
u boshi bilan bu boshig‘a borib keldi, ya’ni ichkariga oshib tushmak uchun qulayroq o‘rin
chog‘lar edi. Xaroba imoratlarning o‘rta bir yeridagi raxnadan oshib tushish qulayroq
bo‘lg‘ani uchun shuning ostig‘a shumshayib o‘lturdi. O‘lturishi hamono qayoqdandir oyoq
tovshi eshitkandek bo‘ldi-da, sekingina o‘lturgan joyig‘a yerga singgandek qilib yotib oldi.
Oyoq tovshi to‘xtab narigi yoqdan usta Alimning tovshi keldi. Usta Alimning xuftandan
qaytib kelganligini ongladi va uning maydonga kirish ehtimoli bo‘lg‘anliqdan shu ko‘yi
yotaberdi.
Vaqt juda sekin harakat qilar edi. Ul o‘zining har bir yurak tepishini sanag‘andek
o‘tkuzar edi. Kuzning yoqimsiz shamoli o‘pkani qichitib, yo‘talni qistatar, ul chalqancha
yotqan ko‘yi og‘zini o‘ramlab ko‘mak kutkan kabi ko‘kka ko‘zini tikkan edi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:56:55
Oradan bir-bir yarim soatlar chamasi vaqt o‘tib ketdi. Tevarakdan «jannat
qushlari»ning birinchi tovshi qichqirilib o‘tdi, shu kezda xaroba havli tomondan bir necha
oyoq tovushlari eshitildi-da, ul o‘rnidan turib quloq solishg‘a majbur bo‘ldi. Bir muncha vaqt
onglashilmag‘an so‘zlashish tovushlari kelib turgach, darichaning g‘iyq etib ochilishidan
so‘ng, bu tovushlar yana ham uzoqlashdilar. Otabek devorg‘a intildi va sekingina yuqorig‘a
ko‘tarildi. Buzuq uyning darichasi-dan narigi qatordag‘i ayvon va undagi o‘choqda yonib
turg‘an o‘t ko‘rindi. Ammo ochiqqina bo‘lib uy ichidan kishilar tovshi kelar edi. Ul
o‘marilmasliq etib devor ustiga mindi va osong‘ina xaroba uy ichiga o‘zini oldi. Chunki uy
tomi o‘pirilib ostig‘a bosqanliqdan uyning sahni juda ham yuza edi. Avaylab uch-to‘rt adim
bosdi-da, uyning buzuq darichasi yonig‘a kelib to‘xtadi va mo‘ralabqina havli yuziga qaradi.
Qarshidag‘i uyning har ikki darichasi ham yopiq, ammo tirqishlaridan sham’ yoruqlig‘i
ko‘rinar va boyag‘ig‘a qarag‘anda sekinroq bir tovushda g‘o‘ng‘ir-g‘o‘ng‘ir so‘zlashish
eshitilar edi. Oradan o‘n besh daqiqa chamasi fursat o‘tib tovushlar bir oz yuqorilashib
kelmakka boshladi. Bu orada uydan qo‘lig‘a lagan ushlagan bir xotin chiqdi-da, qozondan
laganga bir narsani ko‘tara berdi. Otabek go‘yo shuni kutib turg‘andek uzoq bir tin oldi va
o‘zini chetka burdi. Xotin lagan bilan uyga kirib ketkach, ichidan taqing‘an xanjarini qinidan
sug‘urib oldi-da, damini oyding‘a solib boqdi va xanjarining uchini yonboshidan orqasig‘a
o‘tquzib ushladi, yana uyni kutib to‘xtadi. Xotin yana chiqg‘an va toboqlarg‘a sho‘rba suza
boshlag‘an edi. Uyga bir-ikki qatnab suzilgan sho‘rbalarni tashib bitirgan, uyning eshigini
bekladi-da, kirib ketdi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:57:04
Otabek havlining o‘rtasig‘a, tut yog‘ochining yonig‘a kelib to‘xtag‘an va janubda kishi
yo‘qmi, deb alang‘lar edi. Ul bu to‘g‘rida bir qanoat hosil etkach, bitta-bitta bosib kishilik
uyning yo‘lak tomonidag‘i darichasi yonig‘a yetdi va o‘zini so‘ng chekda ehtiyotlab daricha
ostig‘a o‘lturdi. O‘lturishi hamono dimog‘ig‘a ichkulik bilan sho‘rba isi kelib urdi.
Uydagilarning so‘zlarinigina emas, hatto tomoq chaynashlarini ham eshitsa bo‘lar edi.
Ichkaridan kimdir birav shap-shap etib chaynab der edi:
— Endi menga berma, Sodiq, Mutal polvong‘a beraver!
Otabek bu tovushning kimniki bo‘lg‘anlig‘ini bilgan edi.
— Hadeb menga beraverasanlarmi, oralatib Jannat opamga ham berib qo‘y, xa-xa-xa!
— Bizning kampirga bersang qaytarmasdan icha beradir!
— Bersa ichaberaman, qix... o‘zim xotin bo‘lsam ham Mutal polvonlarning o‘nini
qochiraman, qix...
Bu so‘zdan so‘ng, uy ichini kuchlik bir kulgi tovshi qopladi. Kulgi bosilg‘ach, so‘z
boshlandi:
— Endi shuni ichasiz, Homid aka!
— Yo‘q, Sodiqboy inim, men juda ham bo‘lib qoldim, o‘zi ham juda kuchlik chiqg‘an
ekan.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:57:11
— Ichmasangiz qo‘ymayman, nekin...
— Mutal polvonga ber! Siz oling-chi shuni!
— Aniq ichmaysizmi? Kumush opamning salomatligiga ham ichmaysizmi?
Bu so‘zni eshitkan Otabek ixtiyorsiz o‘rnidan turib ketdi. Jannat opaning xi-xi-xi qilib
kulgan tovshi eshitildi.
— Orag‘a nozik bir ismni kelturib solmasang, xudo haqqi ichmas edim. Qani, bo‘lmasa
ber-chi, Kumush apangning salomatligi hammadan ham menga kerakdir.
— Xa-xa-xa, nozik joydan ushladimmi?
Otabek bu so‘zlarni eshitar ekan, zo‘rg‘a-zo‘rg‘a o‘zini darichaga hujum qilishdan bosib
qolg‘an edi. Orada bir muncha mayda so‘zlar so‘zlangach, kimningdir ufff, deb yuborg‘ani
eshitildi.
— Tag‘in nima bo‘ldi, Homid aka?
— Bu kungi gap juda ham meni cho‘chitib qo‘ydi-da, Sodiqboy!
— Maning gapimga nima uchun ishonmaysiz, axir! Yuz martaba sizga aytib yotibmanku,
xumsani darbozadan chiqardim, tag‘in qanchag‘acha orqasidan borib to karvonlarga
qo‘shilib ketkuncha kutdim, so‘ngra qaytib keldim, deb. Agar o‘sha ketishi bo‘lsa, bu kun
xudda Qo‘qong‘a borib yetkan.
— Ey, san bilmaysan, uka!
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:57:19
— Nekin manga qolsa, shu ishdan hech bir qo‘rqaturg‘an gap yo‘q, usta bilan
tanishlig‘i bo‘lsa, uning uyiga mehmon bo‘lg‘andir, savdogarchilig‘i bo‘lsa Marg‘ilong‘a
kelgandir, axir ketib turg‘andag‘i so‘zini o‘z qulog‘ingiz bilan eshitdingiz-ku!
— Bu mulohazang tuzik-ku, biroq men bilan achchig‘lashqan bir kishinikida mehmon
bo‘lishi boshni qotiradir, tag‘in sizlarning havlilaringiz yonida...
— Agar sirringizdan usta Alimning xabari bo‘lsa, ul vaqtda qo‘rqsangiz ham arziydir.
Ammo menga qolsa u xumpar (Otabekni aytadir) Marg‘ilonda xotini borlig‘ini ham unitib
yuborg‘an, deb o‘ylayman.
— Maning bu sirrimni sizdan boshqa hech kim bilmaydir. Umarbek bilan bir oz nariberi
bo‘lib qolg‘an edik, haytovur tag‘in orani ochib yubordiq.
— Undoq bo‘lsa tag‘in nimadan qo‘rqasiz?
— Men uning Toshkand ketishini ko‘z bo‘yash uchun bo‘lg‘an hiylami, deb qo‘rqaman.
— Xayr, ketmagan ham bo‘lsun: ul holda o‘zingiz aytkandek qilib to‘ppa-to‘g‘ri ertaga
Salim sharbatdorning oldig‘a boraman-da, o‘g‘lingni Mirzakarim akaning ilgarigi toshkandlik
kuyavi o‘ldirdi, men o‘z ko‘zim bilan ko‘rdim, deyman. Ana undan so‘ng xumsaning holig‘a
maymunlar yig‘lasin! Agar ul sirringizni bilgan bo‘lg‘anda ham allaqachon kelaturgan ishka
tushunib olib, Marg‘ilondan dumini xoda qildi, desangiz-chi!
— Qix... Sodiqning gapi jo‘yalik, — deb qo‘ydi Jannat opa.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:57:29
Otabek bu so‘z dahshatidan titrab ketkan edi. Sodiq davom etdi:
— Endi ishning bo‘ladirg‘anini o‘ylash kerak, sizning qo‘rqoqlig‘ingizni ko‘rib, mana
Mutal polvon ham uxlab boshlabdir.
— Uxlag‘anim yo‘q, hez, doringdan quy-chi!
— Mutalboy o‘rtoq, — dedi Homid, — biz biravning yaxshilig‘ini unutaturg‘an kishi
emasmiz. O‘rtog‘ingiz Sodiqboy men bilan birgalashib kamlik ko‘rmadi, avvali xudo,
qolabersa men uni uylantirib qo‘ydim... Men birav bilan oshnachiliq qilsam, hatto, undan
jonimni ham ayamay, ko‘nglini olmoqg‘a tirishaman.
Sodiq:
— Mutalboy sizni o‘bdan yaxshi biladir, Homid aka! Sizning qanday xizmatingiz
borlig‘ig‘a ham qong‘an... Ammo uning sizdan bir iltimosi bor ekan.
Homid:
— Nima iltimosingiz bor, Mutalboy?
Mutal (sarxush):
— Bitta ya-ya-ya -rimtadan uch-to‘rt t-t-tanga q-q-qarz-larim bor edi, Homid aka.
Homid:
— Oshnaliq degan uch-to‘rt tanga bilan bog‘lana olmaydir, Mutalboy! Men sizga hali
aytib qo‘ydim: maning oshnalig‘im oshnadan jonni ham ayamasliq bilan bo‘ladir. Uch-to‘rt
tanga emas, muhtoj bo‘lsangiz o‘ttuz-qirq tanga ham so‘ray bering!
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:57:39
Jannat opa:
— Ilohi Homidboy murod-maqsadig‘a yetsin, qix. Oshna-og‘aynidan dunyo ayamaydir!
Bir oz vaqt tanga tovshi eshitilib turg‘ach, Homidning ovozi keldi:
— Mana, Mutal polvon, hozirga oz bo‘lsa ham shuni olib turarsiz, ammo xizmat
haqingiz o‘z yo‘lig‘a bo‘-ladir.
Sarxush:
— R-rahmat, H-homid aka, siz j-jonni ayamasangiz, m-men ham yo‘lingizga boshimni
tikdim, jamshidning arvoyi!
Sodiq:
— Bizning Mutalboy ham quruq yigit emas!
Homid:
— Dasturxonni yig‘ishtirib olingiz-chi, Jannat opa!
Lagan-tovoqning bir-birisiga tekkan tovshi eshitilib, Otabek o‘zini ohistagina yo‘lakka
oldi. O‘choq boshida bir-ikki daqiqa chamasi tovoq-qoshiq va oyoq tovshi eshitilib turg‘ach,
Jannat opa havlig‘a tushib keldi va qo‘lidag‘i dasturxonni tut ostig‘a qoqib ketdi. Otabek
qaytib kelib daricha ostig‘a o‘lturgan ham edi, Homidning shu so‘zini eshitib qoldi.
— Eshikning zanjiriga bir qarab kelingiz-chi, imon topkur Jannat opa!
Sodiq:
— Qo‘rqasiz-da, Homid aka, eshikni o‘zim zanjirlaganman.
Homid:
— San hali yoshsan, inim Sodiqboy, siz chiqabe-ringiz, Jannat opa!
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:57:46
Otabek uchun vaqt ortiq tang va qo‘rqunch edi. Xaroba uyga boray desa, Jannat
opaning ko‘rib qolishi aniq edi. Eshikni ochib chiqib ketay desa, o‘lturishning maqsadi hali
ochilmag‘an bo‘lib, butun mashaqqati shamolg‘a ketar edi. Joni halqumig‘a tiqilib
tevaragiga alang‘ladi va yo‘lakdan nariroqda usta Alimning devorig‘a suyog‘liq turg‘an
zanbilga ko‘zi tushdi. Zanbilning ostig‘a yashirinish juda ham xavfli edi esa-da, ammo
o‘lturishning maqsadig‘a qonmay ketish undan ham xatarlik edi. Sir fosh bo‘la qolsa, uch
dushmanga barobar hujum qilishni bo‘yniga olib qo‘ydi. Uy eshigi ochila boshlag‘anda
zanbilning ostig‘a kirib olg‘an edi. O‘zini nechog‘liq siqib g‘ujanak qilg‘an bo‘lsa ham, ammo
bir qarash bilan zanbil ostida kishi borlig‘ini bilish uncha qiyin emas edi. Zanbil ostida
xanjarini qisimlab, go‘yo sichqonni poylag‘an mushukdek hujumga hozirlanib yotar edi.
Jannat opa yo‘lakka tomon yurib keldi-da, zanbil ostidag‘ini payqamay yo‘lakka burildi.
Oydindan eshikning zanjirligi aniq ko‘rinib turar edi. Shuning uchun eshik yonig‘a borib
o‘lturmay yo‘lakning yarmidan qaytdi. Qaytishi hamono yuqoridan uchib o‘tkan bir-ikki
moshak qushning chev-chev-chev degan tovshini eshitib ko‘kka qaradi. Shimol-sharqig‘a
to‘g‘ri otilib o‘qdek uchib borg‘an moshak qushlarg‘a qarag‘anicha yo‘lak-dan uy tomonig‘a
qayrilib ketkanini o‘zi ham sezmay qoldi. Jannat opa ayvong‘a chiqqanda, Otabek ustidagi
zanbil to‘rt enlik yuqorig‘a ko‘tarilib, tag‘in sekingina uni bosib tushkan edi. Jannat opa
eshikni ochib, uyga kirganda, ul ohistagina zanbil ostidan chiqdi, uning yurak tepishi hali
ham shiddatlik edi. Daricha yonig‘a yurib keldi-da, hamon hujumga hozirlang‘andek
ichkariga quloq solib turdi. Jannat opaning «eshik zanjir» degan tovshini eshitkach, rohat
tin oldi va daricha yonig‘a cho‘nqaydi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:57:53
Homid:
— Bo‘lmasa, dushanba kuni kechasiga bo‘lsin!
Sodiq:
— Biz qaysi kunga desangiz ham hozirmiz!
Mutal:
— Menga qolsa, shu topta borsaq deyman!
Homid:
— Yaxshisi dushanba kun, undan nariga o‘tkani ham yaramag‘andek, berisi ham
foydasiz bo‘ladir, chunki bir-ikki kun bunga hozirlik ham kerak.
Sodiq:
— Tag‘in qanaqa hozirligi bor?
Homid:
— Olib chiqg‘andan so‘ng, uni Marg‘ilon ichida olib turib bo‘lmaydir: to rom qilg‘uncha
birarta qishloqg‘a yuborishka to‘g‘ri keladir. Olib chiqishimiz dushanba kechasining qaysi
paytiga to‘g‘ri kelishini ham hozirdan aytib bo‘lmaydir. Olib chiqg‘an zamon Marg‘ilondan
chiqarilib yuborilmasa, kunduz kuni chiqarish tag‘in xavflik. Kechasi ma’lum, Marg‘ilon
darbozalari yopiq bo‘ladir. Shuning uchun birarta darbozabonni qo‘lga olib qo‘ymog‘imiz,
albatta, kerak...
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:58:13
Sodiq:
— Yaxshi maslahat, qutidornikiga qanaqa qilib tushamiz?
Homid:
— Masalaning bu yog‘ini ham o‘ylashimiz kerak ekan hali!
Sodiq:
— Eng yaxshisi darbozasidan kirish!
Mutal:
— Darbozasidan kirib bo‘lmasa, tomidan oshib tushamiz!
Sodiq:
— Ha-ha-ha, balli, Mutal to‘ram!
Mutal:
— Kulishingni bejo qilma, hez Abdikarim! San hali dunyog‘a kelib nimani ko‘rding-ku,
sanga kulish tushib qoldi! Bu bosh dunyoga kelib nimalarni ko‘rmadi-a? Bunaqanggi
qochiriq ishlarni endi qilib turipti, deb o‘ylaysanmi? Eyxa-x-x, Mutal akang nimalarni
qilmadi? Xa-xa-xa... Musulmonsan otangning arvoyi, Homid aka! Bir kuni Jonkeldiboy
hasratini qilib Hotam to‘raning o‘g‘lini yaxshi ko‘rganligini, diydoriga to‘yolmay besar
bo‘lg‘anini arz qilib qoldi-ku, yonimda Qalandar polvon bor edi, Jonkeldiga, bo‘lmasa o‘n
oqta1 ber bizga, biz Qalandar bilan birga do‘ndiqchangni muhayyo qilib beraylik, dedim.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:58:28
Jonkeldi o‘lib turg‘an ekan, quloq qoqmay xo‘b, dedi. Biz qalandar bilan tunni yarim qildiqda,
Hotam to‘raning havlisiga keldik. Ishning ebini jo‘blab qarasaq juda kashal2, devor —
tosh hamin!3 Oshib tushishning sira o‘nqovi yo‘q. Bu ishkalni ko‘rgan Qalandarning tarbuzi
qo‘ltug‘idan tushib «besh oqtani qaytarish uvol-ku?!» dedi. O‘zimning sal shunaqanggi
kayfim balandroq edi, xanjarchamni qinidan sug‘urib oldim-da, to‘g‘ri Hotam to‘raning
darbozasig‘a borib chaqira boshladim. Bu ishimdan jon-poni chiqib ketkan Qalandar
yonimg‘a kelib turta boshladi: «Hoy, Mutal, sanga nima bo‘ldi?» Men Hotam to‘rani chaqira
berib «tovshingni chiqarma, xoting‘a o‘xshag‘an yigit», dedim. Qalandar yonimda
turolmadi, meni yolg‘uz qoldirib ura qochdi. Bir vaqtda haligi Hotam to‘ra darboza orqasig‘a
kelib «kim» dedi. Men tovshimga shoshilishqan tus berib «Men, men, oching tezroq!»
dedim. Bechora go‘l to‘ra darbozani ochib yuborishi bormi, lip etib o‘zimni ichkariga oldim
va Hotam to‘rani qo‘lidan ushlab havlig‘a boshladim. Bechora endi meni tanig‘an,
avzog‘imning buzuqlig‘ini ham payqag‘an edi. Ke-kirdagiga xanjarimni tirab: «Joningdan
umiding bormi, yo‘qmi, noinsof!» dedim. Juda tili shishib qolg‘an edi xumsaning — «bovv
bovv» deb g‘o‘ldirab javob berardi... «Bir bechora o‘g‘lingni deb ko‘kragini zaxka berib
yotsin-da, san tinchkina o‘g‘lingni olib yot!.. Qani o‘g‘ling, yotqan joyini ko‘rsat!» dedim.
Hotam to‘ra dir-dir qaltirar edi, shu ko‘yi uni ayvong‘a o‘zim yetaklab bordim-da, o‘g‘lini
ko‘rsatdi. Bolani uyqu aralash turg‘uzib kiyintira boshlag‘an edim, bir tomondan ona-si
dodlab qoldi-ku, xanjarimni olib unga yugirdim. «Tovshingni o‘chir, mochaxar... o‘g‘lingni
o‘limg‘a olib borayotqanim yo‘q, nihoyati bir piyola choy ichadi-ku keladi!» dedim. Qisqasi,
ilgari dahshat berib, keyinidan yaxshi gaplar bilan ularni ishontirib, bolani olib chiqdim va
Jonkeldiga topshirib ketdim... Baxtimga o‘sha kuni bitta ham mirshab yo‘liqmadi. Ey-y,
Sodiqcha, san hali nimani ko‘rding-ku, nimangga ishonding, buzoq bo‘g‘uzlag‘andek qilib
bir-ikkitani so‘ygan bilan odam bo‘lding-qo‘ydingmi? Gap bilan bo‘lib zang‘ar kayf ham
tarqab ketdi, qani, quy-chi bir-ikkini!
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:58:35
Homid:
— Sizga qoyilman, Mutal polvon, sizning shuna-qangi ishlaringizni bilib yurganim
uchun bu yerga chaqirtirib keldim-da!
Mutal:
— Shuni bilgan bo‘lsangiz bas, bu ishni menga topshirib qo‘yabering!
Homid:
— Sodiq aytkandek darbozadan kirishni xohlamayman, chunki mirshablarning oyog‘
usti.
Mutal:
— Bo‘lmasa havlining orqasidan tushamiz!
Homid:
— Orqasi havlidir?
Jannat opa:
— Qix, haligi oti qursin... Malikboyning maydoni-da!
Homid:
— Juda yaxshi ekan. Bo‘lmasa tomig‘a shoti yetarmikin?
Jannat opa:
— Qix, juda balan.
Mutal:
— Balan bo‘lsa, zarari yo‘q, osoni uyning tegidan teshamiz, qo‘yamiz!
Homid:
— Qiyin bo‘lmasmikin?
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 27 Noyabr 2006, 07:58:45
Mutal:
— Hammadan ham osoni teshish, mo‘ljalini yaxshi olsaq bas.
Homid:
— Bir-ikki soatda uni teshib bo‘larmidi?
Mutal:
— O‘zi maydonmi, axir?
Jannat:
— Maydon, qix.
Mutal:
— Yaqinida odam yo‘qmi?
Jannat:
— Yo‘q, qix.
Mutal:
— Bali, mo‘ljalni olib bersalaring, ertadan boshlab qazig‘anim bo‘lsin.
Homid, Sodiq:
— Bali, rahmat, polvon!
Majlisning so‘zi shu yerga yetkanda Otabek o‘rnidan turib yo‘lakka keldi. Eshik
zanjiriga qo‘lini olib borg‘ani holda o‘ylanib to‘xtadi va eshikni ochmay orqasig‘a qaytdi.
Xaroba uy orqaliq usta Alimnikiga chiqib ayvon yonida to‘xtadi, ularning xurrak va
pishillashlariga qanoat hosil etkach, oyog‘ uchi bilan yo‘lakka o‘tdi va eshikni ochib chiqdi...

* * *
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 28 Noyabr 2006, 07:09:28
O‘z og‘zidan eshitkanimizdek Sodiq uni, Homidning ta’limoticha Qo‘qon darbozasidan
chiqarib to karvonlarga qo‘shilib olg‘uncha ta’qib etib borgan edi. Otabek bu ta’qibni juda
yaxshi sezganlikdan Sodiq yo‘lda qolg‘andan so‘ng ham yana bir bekat olding‘a borg‘an va
ikkinchi bekatdan yo‘lni chaplab, Toshloq darbozasi orqaliq yana qaytib Marg‘ilong‘a kirgan
edi.
Usta Farfining Homid va o‘zi to‘g‘rilaridag‘i mudhish hikoyasini eshitkach, Marg‘ilonda
qolish va qayin otasining uyiga borib onglashish o‘rniga juda oshig‘ichliq bilan Marg‘ilondan
jo‘nab ketkan bo‘lib ko‘rinishi albatta o‘rinsizga emas edi. Chunki Komilbek o‘ldirilgan bir
kunda Homidning ko‘z o‘ngida qolishi, bilaturib, o‘z-o‘ziga qabr qazish, qabrg‘ina emas
nomusni barbod berish va qotilliq ismini olib xalq oldida sharmanda bo‘lish bo‘lur edi,
nuchukkim, biz yuqorida Sodiq og‘zidan eshitkanimizdek Homid bu tuhmatdan ham
qaytmas va o‘z tuhmatini mahkama oldida mantiqiy ravishda isbot ham qila olur edi. Mana
ul shu mudhish, boshqa tushmog‘i aniq turg‘an halokatning daf’i uchun Marg‘ilondan
oshig‘ich chiqib jo‘nag‘an edi. Orqasidan qiling‘an ta’qibni payqashi esa avvalo bu uning bir
mulohazasi bo‘lg‘an edi, ikkinchi, otini egarlar ekan, devordan o‘zig‘a qarag‘an bosh bilan
bu mulohazasini chinga chiqishini bilgan edi. Uchunchi, ko‘chada usta Alim bilan xayrlashar
ekan, qo‘shnining yo‘lagida ko‘ringan kishi ko‘lagasi yana ta’qib etilishini ta’kidlagan edi.
Marg‘ilondan ikkinchi bekatka qo‘nib, choyxonada bir-ikki choydish choy ichib uzoq
o‘ylag‘an va Marg‘ilong‘a qaytish quruq tuhmatka qolish bilan farqsiz ekanligini yana bir qat
tushungan edi esa-da, Homidni maydonda muzaffar holda qoldirib ketishni hech bir turlik
yuragiga sig‘dira olmag‘an, g‘ayri rasmiy yashirinib bo‘lsa ham Marg‘ilonda turishka va turib
Homidning mundan so‘nggi rejalarini o‘rganishka va shunga qarab kurash boshlashg‘a
qaror bergan, shom bilan asr oralarida Marg‘ilong‘a kirgan edi. Kelib birinchi kelishida
tushkan saroyga joylashqan va joylashib tinchiy olmag‘an, ya’ni ta’qibini bu kundanoq
boshlashg‘a qaror bergan. Homidning yomonliq korxonasi usta Alimning qo‘shnisinikida
bo‘lg‘anlig‘i uchun hech bir taraddudsiz yo‘lni to‘g‘rilab Sodiqnikiga solg‘an ediki, biz
mundan keyingi gaplarni yuqorida ko‘rib o‘tdik.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 28 Noyabr 2006, 07:09:36
Usta Alimning eshigini ochib chiqg‘ach, Sodiqning yo‘lagiga quloq solib g‘o‘ng‘irg‘
o‘ng‘ir kelgan tovushni eshitdi va sekin-sekin yo‘lg‘a tushdi.
Dushman bilan betma-bet uchrashmoq kuni belgulanganlikdan o‘zining bu kungi
kutilmagan muvaffaqiyati to‘g‘risida hech bir taajjublanmas, faqat dushanba kun kechasi
bilan miyasi mashg‘ul edi. Dushanba kun kechasi bir emas, uch dushman bilan kurash
to‘g‘risidag‘ina o‘ylar edi. Bu birga uch masalasi bir oz uning miyasini qotirg‘an; kishilar
yollash, hukumatka bildirish, qutidorni xabardor qilib qo‘yish mulohazalarigacha kelib
yetkan bo‘lsa ham, ammo izzati nafsi bu qo‘rqoqliqqa tamoman zid turar edi. Bora-bora bu
mulohazasini tamoman ko‘nglidan chiqarib tashladi; na kishilar yollayturg‘an, na
hukumatka bildiraturgan va na qutidorni xabardor qilaturg‘an bo‘ldi. Chunki raqib bilan
dildorning uyi orqasida tanho olishmoq, yor oyog‘i ostida qonlik tuproqqa qorishmoq —
uning uchun juda lazzatlik va shoirona tuyila boshlag‘an edi. Saroyga kirar ekan o‘zicha: —
Shirin o‘lim, — deb qo‘ydi.
Garchi kechagi tun «Xo‘ja Ma’oz»ni tunab uyqudan qolg‘an edi, ammo uzoq vaqt bu
kungi gaplarni o‘ylab yotdi. Ul uxlab ketar ekan, o‘zini goh qong‘a belanib yotqan holda,
goh Kumushni erkalab turg‘an holda ko‘rar edi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 28 Noyabr 2006, 07:10:18
15. DUSHANBA KUN KECHASI

Bu kungi kech Otabek bilan Homidning hayot va mamot masalalarini o‘zining qora
quchog‘ig‘a olg‘an qorong‘i bir tun edi va bulardan qaysi birlarining so‘ng soatlari yetkanligi
shu qorong‘i tun kabi qorong‘i edi. Otabek bu ikki holdan tabi’iy birisini bu soat o‘zining
ko‘z o‘ngida ko‘rar va shunga hozirlanar edi esa-da, ammo Homidning xayoli faqat gulgina
iskar, gul sayriga oshiqinar edi...
Olti qarich kenglikda uzundan-uzoq tor ko‘cha, tor ko‘cha boshida kichkinagina bir
eshikcha edi. Shom bilan xuftan o‘rtasida bu ko‘cha boshig‘a bir yigit kelib to‘xtadi-da,
tevaragiga kishi bilmas qilib razm soldi. Ko‘chada hech kim qolmag‘an, yo‘l oyog‘i bosilg‘an
edi esa-da, ul uzoqqina qarshisidag‘i darboza ichlarini, tom ustlarini, devor raxnalarini
kuzatdi va qanoat hosil etib tor ko‘chaga ohista-ohista yo‘l oldi. Tor ko‘chaning yarmisig‘a
yetkach, to‘satdan orqasig‘a qayrilib qaradi... Uning harakati bir narsadan shubhalanib
emas, ammo orqadan dushman ta’qibi bo‘lmadimi uchun edi. Kichkina eshikcha yonig‘a
yetkanda tag‘in haligidek orqasig‘a qarab qo‘ydi. Bir oz o‘ylab to‘xtag‘ach, eshikning o‘ng
tomonidag‘i devorning buzuq yeridan sekingina ko‘tarilib maydong‘a mo‘raladi. Eshikning
qulf va zanjiri bo‘lmay yuziga yopiq holda turg‘an bo‘lsa ham ul eshikka taqilmadi,
mashaqqatlanib devorga mindi. Oy shom yeb yaxshig‘ina qorong‘i tushkan bo‘lsa ham
maydon ichining daraxtsizligi uchun tikkaygan cho‘b ham ajraturliq edi. Maydonni kishidan
xoli bilgach, sekingina devordan o‘zini maydonga oldi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 28 Noyabr 2006, 07:10:28
Maydon ikki tanob kenglikda bo‘lib, janubi qutidor va qo‘shnisining imoratlari
orqasidan va boshqa uch jihati ham shunga o‘xshash binolardan iborat edi. Maydonga
yozda nimadir ekilgan, chuqur-chuqur jo‘yaklar tortilg‘an va yer yomg‘ur bilan ivib, bo‘kib
oyoq ko‘tarib bosishg‘a imkon bermas, har bir oyoq uzg‘anda uch chorak loy barobar
ko‘tarilur edi. Qiynala-qiynala maydonning janubiga o‘tdi. Uning chap qo‘li tomonida bir
uyning orqa devori bir bo‘yra eni kesib tushirilgan bo‘lib qorayib ko‘rinar edi. Ul bu kesilgan
o‘rinni o‘tkan kun kechasi kelib ko‘rib ketkani uchun qaytadan qarab turmadi esa-da, lekin
uning bu binog‘a iltifotsiz qarashi mumkin emas edi. Bu tegi kesilgan bino Kumushning o‘z
uyi bo‘lib, bu uy ichida Otabekning saodatlik kunlarining shirin xotiralari saqlanar va shu
daqiqada ham uning hayot tiragi bo‘lg‘an Kumushbibi o‘lturar edi. Otabek ko‘zini to‘ldirib
binog‘a qaradi, go‘yo bu qarashda ul dunyo malaki bilan vidolashar edi. Uzoqqina binog‘a
qarab olg‘ach, qo‘ynig‘a qo‘l solib bir qog‘oz oldi, xayol ichida qog‘ozning taxlarini tuzikladida, qaytarib yana qo‘ynig‘a tiqdi. Shundan so‘ng binog‘a yana bir ko‘z tashlag‘ach,
maydonning kunbotarig‘a yurib, o‘n besh adimlab haligi joydan yiroqlashdi. Tom
shuvog‘ig‘a loy oling‘an zovur shekillik o‘rinni kechagi kelishida biqinish uchun belgulab
ketkan edi, kelib shunga tushdi-da, qo‘lini chakkasiga qo‘yib yoni bilan yotib oldi. Garchi
osti kesilgan bino bilan Otabek tushib yotqan loyxona bir-birisiga ro‘baro‘ edi. Ammo
imoratlarning ko‘lagasi va kechaning o‘tacha qorong‘ilig‘i orqasida loyxonada kishi
bo‘lg‘anlig‘ini payqash qiyin edi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 28 Noyabr 2006, 07:10:47
* * *

Tun yarim bo‘lib, olding‘i uxlag‘anlar endi bir uyquni olg‘an edilar. Maydon eshigi
ochildi. Biri orqasidan biri yurib ikki ko‘laga maydonga kirdi. Buni payqag‘an Otabek
xanjarini qinidan chiqarib qo‘lig‘a ushlag‘ach, yuz tuban yerga uzandi... Ikki ko‘laga
so‘zsizgina osti kesilgan bino yonig‘a kelib to‘xtadilar. Kelguchilarning biri Sodiq va
ikkinchisi Mutal edi. Tumshug‘ini yerga tirab yotqan mushukdek bo‘lib Otabek ularni
kuzatar edi.
To‘xtag‘ach, shivirlab Sodiq so‘radi:
— Teshilayozg‘anmikin?
— Ozg‘ina qolg‘andir, deb o‘ylayman, negaki, paxsaning enidan bir gaz chamasi joy
ochilg‘an!
Mutal tovshini baralla qo‘yib so‘zlar edi, shuning uchun Sodiq dedi:
— Tovshingni sekinroq chiqarsang-chi!
Mutal belidan teshasini olar ekan, unga javob berdi:
— Hali shundan ham qo‘rqasanmi, balki hali ashulamni ham aytib yuborarman!
— Jinnilig‘ingni qo‘y, Mutal aka! Men ham yoningda turaymi?
— Turasanmi, yo‘qmi — ixtiyor o‘zingda!
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 28 Noyabr 2006, 07:11:37
Mutal kovakka kirib kovlashka tutindi.
— Teshani qattig‘ solma, — dedi Sodiq.
— Menga o‘rgatma, o‘zim bilaman.
Sodiq Mutalning ehtiyotsizligidan qo‘rqdi shekillik, bir oz Mutalning ishiga qarab
turg‘ach, dedi:
— Bo‘lmasa, men eshik yonig‘a borib turay, teshildi deguncha hushtak ber.
— Tuzik, hali Homid kuyaving qayog‘da qoldi?
— Ko‘chaning boshida poylab o‘lturgandir. Hushtagingni eshitkach, uni ham
chaqiraymi?
— Chaqir, — dedi Mutal va shitir-shitir kesak tushira berdi.
Sodiq eshikdan chiqg‘an ham edi, Otabek sekingina boshini ko‘tardi-da, Mutal sari
shuviy1 boshladi. Mutal esa yemirilib tushkan kesaklarni tashqarig‘a surish bilan ovora
edi... Shu vaqt uning qo‘ltug‘i ostidan uzatilg‘an qo‘l hiqildog‘idan ombir kabi siqib oldi...
Mutal kuchli edi, ammo Otabek undan ham kuchlik edi. Sapchib hiqildog‘ini ajratish uchun
bo‘lg‘an Mutalning birinchi harakati bo‘shka ketdi-da, chap biqinig‘a o‘tkir xanjar g‘achcha
botirildi... Ammo ul hamon bo‘shalishg‘a kuchanar edi va kuchli qo‘l battarroq uni siqar edi.
Uch daqiqalik kurashdan so‘ng Mutal bo‘shashdi, ilgarigi kuchanishlardan qoldi va bir-ikki
daf’a to‘lg‘anib jimgina jon berdi. Otabek eshik tomondan ko‘zini uzmag‘ani holda Mutalni
sudrab o‘zi biqing‘an loyxonag‘a olib bordi va qo‘rqibqina hiqildoqdan qo‘lini oldi. Mutalning
boshi shilq etib loyxonag‘a tushdi-da, mangulik uyquga ketkanligi ma’lum bo‘ldi... Otabek
bitta-bitta teshilgan bino yonig‘a kelib eshik tomong‘a hushtak berdi, javob hushtagi
eshitilgach, teshuk ichiga kirib o‘lturdi. Teshukning yuqorisidan bir oz tuynuk ochilgan
bo‘lg‘ani uchun ichkaridan quloqqa yengilcha pishillash eshitilar edi... Sodiq yaqin yetkan
edi, kesmadan uzoqroqda turib shivirladi:
— Teshdingmi, Mutal?
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 28 Noyabr 2006, 07:11:48
— Teshdim, beri kel.
Sodiq kesma yonig‘a kelib engashdi. Engashishi hamono qo‘l hiqildoqqa to‘g‘ri kelgan
edi va xanjar qornig‘a botirilgan edi... Sodiq qo‘lidag‘i xanjarini bir-ikki qayta solib ko‘rsa
ham tegdirish uchun kesmaning tubanlig‘i xalal berdi, lekin o‘zi tetuk edi. Otabek sapchib
kesmadan chiqdi va bor kuchi bilan Sodiqni bosib tushdi... Bosib tushishi hamono allaqaysi
yeri achishkandek sezildi... So‘l qo‘li Sodiqning hiqil-dog‘ida, xanjarlik qo‘li Sodiqning
xanjarlik qo‘lida edi... Bir oz kuchini yig‘ib olg‘ach, hiqildoqni bor kuchi bilan siqa boshladi.
Sodiq xirillar, shunday bo‘lsa ham qo‘lidag‘i xanjarni bo‘shatmas edi. Eshik tomondan
Homid ham ko‘rinib qoldi... Vaqt tang kelgan edi... Sodiqning ko‘kragini qochirib xanjarlik
qo‘lini bo‘shatdi va Sodiqning ko‘kragiga soldi. Sodiqning xanjari bir-ikki qayta uning
orqasiga kuchsiz-kuchsiz kelib tekkan edi. Xanjarini ikkinchi urishda Sodiq bo‘shashdi va
qo‘lidan xanjari tushdi.
— Homid akangga juda ham mehribon ekansan, Sodiq! — dedi bosib yotqan joyidan
Otabek. — Joning-ni ham unga qurbon qilding!
Sodiq ingranib qo‘ydi.
— Kim xirillaydir? — dedi yaqinlashib kelgan Homid.
— Tezroq keling, Homid aka, Otabekni o‘ldirdik! — dedi shoshib Otabek.
— Ah! — deb yurib keldi Homid.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 28 Noyabr 2006, 07:12:02
Otabek Sodiqni qoldirib, Homidning xanjarlik qo‘lini ushlab oldi:
— Mutal o‘ldi. Sodiq ham o‘lim yoqasida. Enda siz bilan ikkimizgina qoldiq!
Homid qo‘lini bo‘shatishka tirishar ekan, Otabek salmoqqina qilib dedi:
— Ortiqcha oshiqmangiz, Homidboy, men sizning xanjarlik qo‘lingizni bo‘shataman
hozir, ammo shungacha siz bilan ikki og‘iz so‘zim bor!
Homid hanuz qo‘lini bo‘shatishg‘a kuchanar edi.
— Kuchanmangiz, Homidboy!
— Mard yigit bo‘lsang, qo‘limni qo‘y!
— Oshiqma, qo‘yaman, — dedi Otabek. Shu choqda oyog‘ ostida yotqan Sodiq
ko‘tarilib-ko‘tarilib o‘zini ot-moqda edi. Otabek Sodiqdan nariroqqa Homidni boshladi.
Homid tig‘izliq bilan surildi. Xanjarlik qo‘li bilan tuynukka ishorat qilib, Otabek so‘z boshladi:
— Siz mendan ham yaxshiroq bilasizki, shu uyda sizni allaqancha mashaqqatlarg‘a
solg‘an, cheksiz joni-vorliqlar ishlatkan va hisobsiz tillalar to‘kdirgan, nihoyat, shu
daqiqag‘a keltirib to‘xtatqan birav uxlaydir. Agarda sizning manim tilimdan yozib bergan
taloq xatingiz durust hisoblanmasa, bu uxlag‘uchi manim halol rafiqam bo‘lib, ikki yildan
beri men ham uning ko‘yida1 sargardonman. Demak, siz bilan maning oramizda shu birav
uchun kurash boradir. Lekin siz shu choqqacha manim ustimdan muvaffaqiyat qozonib
keldingiz: qora choponchi, deb dor ostilarig‘acha olib bordingiz, Musulmonqul qo‘lig‘a
topshirdingiz, bu ishlaringiz foydasiz chiqg‘ach, ismimdan taloqnoma yozib, ikki yillab
rafiqamdan ayirib turishka muvaffaq bo‘ldingiz, bu orada gunohsiz bir yigitni ham
o‘ldirdingiz. Nihoyat, o‘g‘riliq yo‘lig‘a tushib ikki yigitingizni manim qo‘limda halok
qildingiz... Endi menga javob beringiz-chi: bu yomonliqlaringizda siz haqlimi edingiz?
— Haqli edim! — dedi Homid va siltab xanjarlik qo‘lini bo‘shatib chalqancha yiqildi. Ul
qo‘lini bo‘shatqan choqdayoq Otabek ishini to‘g‘rilag‘an, ya’ni Homidning qornini shir
etdirib yorib yuborg‘an edi. Homid holsizlanib yotar ekan, uni besh qadam naridan kuzatib
tek turg‘uchi Otabek zaharxanda ichida «haqlimi eding?» deb so‘radi. Kuchanib «haqli
edim!» dedi Homid va qo‘lidag‘i xanjarni Otabekka otdi, xanjar Otabekning yonig‘a kelib
tushdi...
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 28 Noyabr 2006, 07:13:31

— Haqli edim! — dedi Homid va siltab xanjarlik qo‘lini bo‘shatib chalqancha yiqildi. Ul
qo‘lini bo‘shatqan choqdayoq Otabek ishini to‘g‘rilag‘an, ya’ni Homidning qornini shir
etdirib yorib yuborg‘an edi. Homid holsizlanib yotar ekan, uni besh qadam naridan kuzatib
tek turg‘uchi Otabek zaharxanda ichida «haqlimi eding?» deb so‘radi. Kuchanib «haqli
edim!» dedi Homid va qo‘lidag‘i xanjarni Otabekka otdi, xanjar Otabekning yonig‘a kelib
tushdi...
Otabek kushxona o‘rnidan eshikka qarab qo‘zg‘alg‘an edi, Homiddan besh-olti qadam
narida yotqan Sodiqning «hmmm» degan tovshi eshitildi. Otabek ko‘ngli allanechuklangani
holda maydondan chiqdi...
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 28 Noyabr 2006, 07:13:51
16. O‘ZNI TANITISH

Ertasi kun butun Marg‘ilon deyarlik Malikboyning maydonida voqi’ bo‘lg‘an ishka juda
hayron edi:
— Mutal bilan Sodiq bo‘lsa shaharning tomteshar yigitlaridan, ular qutidornikiga
o‘g‘riliq uchun borg‘an bo‘lsalar borg‘andirlar... Lekin shaharning katta boylaridan
hisoblang‘an Homidning ishi qiziq. Xayr, Homidning o‘g‘riliq hunari ham bor bo‘lsin, bularni
kim o‘ldirgan? Qutidor bo‘lsa ertalab uyqudan turg‘ach, bu hangamani bilibdir, juda ajoyib!

* * *
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 28 Noyabr 2006, 07:14:02
Kuch choshkohga yetkanda Otabek saroy darbozasidan chiqdi. Ul o‘zining so‘l qo‘lini
doka bilan o‘rab bog‘lag‘an va ko‘kragiga ko‘tarib ushlagan edi. Kecha Homid xanjarlik
qo‘lini siltab tortqanda, xanjar uning bosh barmog‘i orasini suyakka yetkuncha shipirib
ketkan edi. Uning oyog‘ olishida ham bir oz oqsoqlanish sezilar edi.
Saroydan ancha uzoqlashqan edi, qarshidan o‘ziga qarab kelguchi Rahmatni ko‘rdi va
chor-nochor so‘rash-moqqa to‘g‘ri keldi:
— Ha, mulla Rahmat, salomatmisiz?
Rahmat oshiqibg‘ina uning bilan ko‘rishdi:
— Qachon keldingiz, bek aka?
— Kelganimga bir-ikki kun bo‘ldi... Nega xafa ko‘rinasiz, mulla Rahmat?
Rahmat uflab oldi:
— Eyyy, bek aka, bizning boshka tushkanni dushmaningizga ham ko‘rsatmasin!
Otabek ajabsinish tusi ko‘rsatib so‘radi:
— Nima bo‘ldi, uy-ichingiz bilan salomatmisiz?
— O‘zingiz bilasiz, bultur padar marhum bo‘lg‘an edilar, bu kun yana boshimizg‘a o‘lim
tushaturg‘an bo‘lib qoldi, tog‘am Homidni allakimlar chavog‘lab ketibdirlar.
Otabek ko‘zini olalantirg‘an bo‘ldi:
— Qayerda, kimlar, yarasi qo‘rqunch emasmi?
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 28 Noyabr 2006, 07:14:10
Rahmat voqi’ani qayerda bo‘lg‘anlig‘ini so‘zlab turmadi:
— Yarasi yomon, hushsiz holda hiqillab yotibdir. Qornini tikdirmakchi bo‘lg‘an edim,
jarroh bo‘lmaydir, dedi.
—Chavog‘lag‘uchini aytmadimi?
— Til bo‘lsa aytadi-da, — dedi Rahmat, — ul yiqi-lib yotqan joyda yana ikki yigitning
o‘lugi bor ekan... Shulardan zarb olg‘anmi deb o‘ylayman.
— Xudo shifo bersin! — dedi Otabek.
Ajralishdilar.
Otabek usta Alimning ko‘chasiga burilg‘ach, Sodiq eshigida uch-to‘rtta bel bog‘lag‘an
kishilarni tobut yasash bilan mashg‘ul ko‘rib tinchsizlanib ketdi. Usta Alimning yo‘lagiga
kirar ekan, Jannat opa bilan yana bir xotinning yig‘i tovushlarini eshitdi...
Janozaga tahorat olish uchun obdasta yonig‘a o‘lturgan usta Alim Toshkand jo‘nab
ketkan Shokirbekni oradan uch-to‘rt kun o‘tmay qaytib kelishiga ajabsingan edi:
— Keling-keling, Shokirbek... Toshkand jo‘na-mag‘anmi edingiz?!
Otabek ayvonning oldig‘a o‘lturar ekan, kuldi:
— Toshkandga borib keldim...
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 28 Noyabr 2006, 07:14:17
Usta Alim uning hazilini fahmladi-da, tahorat ola-ola qiziq voqi’adan so‘z ochdi:
— Marg‘ilondan ketmagan bo‘lsangiz, o‘zingiz ham eshitkandirsiz Shokirbek, siz bilan
menga tarjimai hollari ma’lum bo‘lg‘an Homid bilan Sodiqni va tag‘in Mutal degan yana bir
yigitni Mirzakarim akaning havlisi orqasida o‘ldirib ketibdirlar. Yomonlar o‘z jazalarini
topibdirlar.
— Eshitdim, — dedi Otabek va tag‘in kulib qo‘ydi.
Usta Alim uning bu kulgisiga e’tibor qilmag‘an edi, so‘zida davom etib so‘radi:
— Siz bularni kim o‘ldirgan deb o‘ylaysiz?
— Siz-chi? — dedi Otabek va tag‘in iljayib qo‘ydi.
— Menga qolsa, — dedi usta Alim, — o‘ldirguchi albatta Mirzakarim akaning kuyavi
Otabekdir... zap ish qilg‘an-da, men unga qoyilman. Men uning O‘tabboy qushbegiga
qilg‘an muomalasini eshitib, yuragiga bali degan edim... zap yigit ekan-da!
Otabek o‘ng‘aysizlanib ketdi. Usta Alim yuz-ko‘zini artib Otabekning qo‘lini olib
ko‘rishmakchi bo‘lg‘an edi, ko‘zi o‘ralg‘an dokaga tushdi:
— Qo‘lingizga nima qildi, Shokirbek?
— Pichaq kesib ketdi...
— Yomon kesdimi?
— Sal.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 28 Noyabr 2006, 07:14:25
Usta Alim Otabekning yonig‘a o‘lturdi va:
— Nega Toshkand jo‘namadingiz, birarta mone’ chiqib qoldimi? — deb so‘radi.
— Mone’ chiqib qoldi...
— Qanday mone’? — dedi usta.
— Mone’mi? — dedi Otabek va kulimsirab: — Men sizga bir katta gunoh qilib ketkan
edim... Yo‘lda boraturib gunohimdan o‘kindim-da, sizga tavba qilg‘ali Qo‘qondan qaytdim...
Agar siz gunohimni kechirsangiz, men shu daqiqada Toshkand jo‘nayman.
Usta Alim ajablanib Otabekka qaradi:
— Hazillashasiz...
— Hazillashmayman, agar siz kechiraturgan bo‘lsangiz, gunohimni ham hozir iqror
qilaman.
Usta Alim kulimsirab so‘radi:
— Qani iqror qilingiz bo‘lmasa.
— Ilgari kechirishka va’da berib qo‘yingiz.
— Menga qolsa sizning hech gunohingiz yo‘q... Menga noma’lum gunohingiz bo‘lsa
kechirdim.
— Rahmat, — dedi Otabek va so‘radi: — men kim?
— Sizmi, siz Shokirbek!
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 28 Noyabr 2006, 07:14:38
Otabek uyat aralash kulib qo‘yib dedi:
— Ana usta, manim borliq gunohim sizning shu kungacha meni Shokirbek, deb
bilishingizdagina!
— Bo‘lmasa, siz kim?
— Gunohimni kechirgansiz-a?
— Kechirganman.
— Men siz bilgan Shokirbek emas, toshkandlik Yusufbek hojining o‘g‘li va marg‘ilonliq
Mirzakarim akaning kuyavi — Otabek!
Usta Alim bir oz o‘zini keyinga tashladi va ko‘ziga jiq yosh chiqardi.
— Siz-a? — dedi. Kelib Otabekni quchoqladi... Bu favqulodda holg‘a tushuna olmay
qolg‘an Sayfi ishini to‘xtatib do‘konxonadan qarab turar edi. Usta yig‘lag‘an holda Otabekni
quchoqlab o‘pdi-da, ayvonga ko‘rpacha sola boshladi.
— Nima qilmoqchi bo‘lasiz, usta? — deb Otabek so‘radi.
— Men o‘zimning yangi mehmonimni ko‘rpachaga o‘tquzmoqchi bo‘laman, — dedi
kulib usta Alim.
— Men sizning ko‘rpachangizga ko‘b o‘lturganman, endi menga ortiqcha
takallufingizning hojati yo‘q.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 28 Noyabr 2006, 07:14:47
— To‘g‘ri so‘zlamaysiz, Otabek, bu kungacha manim ko‘rpachamda o‘lturib yurgan
Shokirbek otliq bir yigit edi. Endi men o‘zimning yangi mehmonim bo‘lg‘an Otabekni
siylamoqchi bo‘laman... Qani, Otabek, ko‘rpachaga chiqingiz!
Otabek ustaning latifasiga kuldi-da, ko‘rpachaga chiqib o‘lturdi. Bu vaqt Jannat
opaning «shahid o‘lgan bolam» deb yig‘lag‘an tovushi eshitildi-da, Otabek gunohkor bir
yuz bilan usta Alimga qaradi. Ul esa Otabekning bu qarashidag‘i ma’noni sezgan edi:
— Zap qilg‘ansiz, Otabek, — dedi usta, — yomonlarning jazosi shunday bo‘ladir...
Yoningizda kishilaringiz bor edimi?
— Yo‘q.
Usta Alim Otabekka tushuna olmay qarab turg‘ach, so‘radi:
— Uch dushmanga qarshi yolg‘iz o‘zingiz?
— Yolg‘iz o‘zim! Xudo yomong‘a jazo beraturgan bo‘lsa, shundoq bo‘lar ekan.
Usta Alim tamom ajabda qolg‘an edi:
— Subhonolloh! Qanday yuragingiz bor ekan, Otabek! Qo‘lingizdan boshqa yeringizda
jarohat yo‘qmi?
— Yo‘q. Bo‘ksam ustiga bir oz xanjar uchi tegib o‘tkan bo‘lsa ham ahamiyatsiz.
— Xudoga shukur, Otabek! Sizning bu ishingizdan qayin otangizning xabari bor edimi?
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 28 Noyabr 2006, 07:14:54
— Yo‘q edi. Bu ishni hozirg‘acha bir o‘zim va bir tangri bildi. Endi bu sirni
bilguchilarning uchunchisi siz bo‘ldingiz!
— Astag‘firulloh! — deb qo‘ydi usta Alim, — raqibingiz Homidni birinchi martaba usta
Farfi orqaliq tanig‘aningizmi?
— Birinchi martaba tanishim, — dedi uflab olib Otabek, — bunga ham sizning bilan
bo‘lg‘an oshnalig‘im ko‘mak berganlikdan sizga minnatdorlik qilishdan ojizdirman.
— Sizning aqllar ishonmaslik qahramonlig‘ingizg‘a yuragim qinidan chiqish darajasiga
yetdi! Otabek, Homidning bu keyingi rejasini qayerdan bildingiz?
Otabek kuldi.
— Xudog‘a shukurlar bo‘lsunki, manim tortqan ohlarimni quriqqa yubormay, kutmagan
yerdan sirni bildirdi. Men sizga hikoyamni boshidan so‘zlab beraymi va yo Homidning
rejasini bilishimniginami?
— Boshidan so‘zlangiz, Otabek! — dedi hovliqib usta Alim va ish to‘qish ila mashg‘ul
Sayfini savzi to‘g‘rashqa buyurdi.
Usta Alimni hikoya tinglamak uchun hozirlang‘an ko‘rgach, Otabek dedi:
— Tahoratning sababi yodingizdan ko‘tarildi shekillik!
— Ko‘tarilgani yo‘q, Otabek, yomonning janozasidan yaxshining hikoyasi foydalik
ko‘rinadir... Qani, so‘zdan keling!
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 28 Noyabr 2006, 07:15:03
Otabek o‘zining chin do‘stig‘a birinchi marta Marg‘i-lon kelishidan tortib hikoyasini
so‘zlab ketdi. Uning uch yil ichida boshidan o‘tkanlarini bir soatlik vaqtga cho‘zilib, Sayfi
oshni suzib kelganda yo‘lda uchrashqan Rahmat bilan hikoyasini tugatdi. Usta Alim
Otabekning yelkasiga qoqib der erdi: — Sizda chin yurak bor, do‘stim. Bu yurakingiz bilan
hech vaqt dard qolmaysiz, Otabek! Ammo mendan chin ismingizni yashirib kelganingiz
uchun sizni ayblay olmayman. Biroq jum’a kun kechasi Homid izidan manim havlimga kirib,
menga o‘zingizni bildirmay ketkaningizga xafa bo‘laman, xudoy ko‘rsatmasin bir falokat
yuz berganda nima bo‘lar edi?
Oshdan so‘ng usta Alim shunday fotiha o‘qudi:
— Dushmanlaringizning yo‘q bo‘lg‘anlari chin bo‘l-sin, suyganingiz bilan endi mas’ud
yashang!
Otabek tashakkur etdi. Tag‘in bir oz choy ichib so‘z-lashqandan so‘ng, Otabek
daftaridan ikkita xat chiqarib dedi:
— Sizga og‘ir kelmasa, bir xizmat topshirmoqchi-man, usta!
— Buyuringiz!
Otabek qo‘lidag‘i xatlarni uzatib:
— Men shu soatning ichida Toshkand jo‘nashg‘a majburman. Shuning uchun siz bu
xatlarni qayin otamnikiga o‘z qo‘lingiz bilan eltib berasiz.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 28 Noyabr 2006, 07:15:14
Usta uning bu gapiga tushunolmay qoldi:
— Nega endi Toshkand jo‘naysiz, o‘zingiz...
— O‘zimga mumkin emas, chunki... ikki tomong‘a ham o‘ngg‘aysiz. Men hozir ketishka
majburman, balki o‘zingiz ham onglarsiz.
— Ongladim, — dedi usta va: — gap-so‘z bosilayozg‘ach, kelmakchimisiz?
— Balki... — deb to‘xtadi Otabek, — xatlarning birisi qayin otamg‘a, ikkinchisi unga, —
dedi.
— Xo‘b.
— Qayin otamg‘a yozg‘anim qisqa bo‘lg‘ani uchun siz unga mendan eshitkanlaringizni
so‘zlab qondirarsiz. Qutidor bilan ishingizni tugatib qaytishingizda uning xatini berarsiz,
tuzikmi?
— Ma’qul.
— Uchrashqaningiz to‘g‘risida menga ma’lumot yozsangiz, tag‘in minnatdor qilar
edingiz...
— Bosh ustiga.
Shundan so‘ng ikkisi quchoqlashib ko‘rishkach, vidolashdilar.
Otabek eshikdan chiqg‘anda Sodiqni ko‘mib kelgan kishilar qur’on o‘qub tarqalmoqda
edilar.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 28 Noyabr 2006, 07:15:51
17. XAYRIXOH QOTIL

Mirshablar tomonidan qo‘rboshi mahkamasiga so‘-roqqa olib ketilgan qutidor qaytib
yo‘lakdan kirishi bilan ming xil tashvishda o‘lturg‘uchi Oftob oyim bilan Kumushka qaytib
jon kirgan kabi bo‘ldi. Kumush otasining oldig‘a qanot yozg‘an kabi yugirib, uning soqolini
silar ekan, so‘radi:
— Sizga zarar bermadilarmi, otajon?
— Yo‘q, qizim.
Oftob oyim erining bu so‘zini eshitishi bilan Xo‘ja Bahovaddin yo‘lig‘a o‘gurib qo‘yg‘an
yetti tanga pulini To‘ybekaga berib, darrov eshonnikiga jo‘natdi va shundan so‘ng eridan
so‘radi:
— Sizga ayb qo‘ya olmadilarmi?
— Xudoyg‘a shukur, oqlandim, — dedi qutidor. — Chindan ham menda qanday ayb
bo‘lsunki, o‘zimiz ham bu hangamani uyqudan turib payqag‘an bo‘lsaq. Uyimiz ostini
yomonlar teshkan bo‘lsalar ham ammo kishi sig‘masliq bo‘lg‘anlig‘i meni oqliqqa chiqardi.
Lekin kishi sig‘aturg‘an bo‘lib teshilganda ham meni ayblay olmas edilar, zeroki, uyimiz
ostini teshkan muttahamlar albatta yaxshi niyat bilan teshmagan bo‘lib, molimiz va jonimiz
qasdida ekanliklari ma’lum edi. Basharti qotil men bo‘lib ko‘ringanimda ham molim va
jonim qurug‘ida o‘g‘rilarni o‘ldirganligim uchun yana gunohkor bo‘lmas edim. Har holda bu
foji’a bizga zararsiz bo‘lib o‘tdikim, buning uchun haq taologa qancha shukur qilsak ham
ozdir, — dedi va ayvong‘a chiqib tanchaga o‘lturg‘ach, Kumushdan so‘radi: — achang
kelmadimi?
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 28 Noyabr 2006, 07:17:12
Oftob oyim javob berdi:
— Qattig‘ og‘rib qolibdir, — va so‘radi: — kimlar o‘ldirib ketkanini bila olmadingizmi?
Qutidor ajabsinib xotinig‘a qaradi:
— Qiziq so‘z aytasan-a! — dedi. — Bu ishka butun shahar hayron. Qilni qirqqa
yoradirg‘an donolar ham bir narsa to‘quy olmaydirlar... Ammo manim ko‘nglimga
keladirgani shulki, bizning molimizg‘a ko‘z olayturg‘an o‘g‘rilar besh-olti kishi bo‘lib, uyni
teshayozg‘an vaqtlarida oralarig‘a nizo tushib, bir-birlari bilan pichoqlashqan bo‘lsalar
kerak.
Kumush otasining bu kashfiga qarshi tushdi.
— Bu gapingiz to‘g‘ri emas, ota, — dedi.
— Nega to‘g‘ri emas?
— Negaki, bir-biravlarini o‘ldirishib, bizga zarar bermasdan quruqqina ketmas edilar.
— Tong otib qolg‘andir yoki ular ham holdan toyg‘andirlar, — deb javob berdi qutidor.
— Bu orada Homid nima qilib yuribdir, o‘ziga tuzikkina boy kishi emasmi edi? — dedi
Oftob oyim, bu vaqt Kumush sekingina onasig‘a qarab olg‘an edi.
— Homid tiynati1 buzuq bir yigit edi, — deb javob berdi qutidor. —Ehtimolki, uning
topqan davlati o‘g‘riliq orqasidadir, kishining davlatiga qarab hukm yurutish qiyin.
— Xudoyimdan o‘rgulayki, — dedi Kumush entikib va dahshatlanib, — yomonlarning
jazasini o‘zi bergan. O‘g‘rilar teshib oldimg‘a chiqg‘anlarida men nima qilar edim? Oh,
otajon! Men ajalimdan besh kun burun o‘lar edim. Qizingizdan ajralur edingiz!.. Meni
g‘aflat uyqusi bosmag‘an bo‘lsa, nega bir gazlik paxsani kesar emishlar va boshimdan
tuynuk ochar emishlar-da, men hech narsa sezmas emishman.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 28 Noyabr 2006, 07:18:16
Oftob oyim boshini chayqab:
— Shuni ayt, qizim! — dedi.
Qutidor:
— Xudoning qanday hikmatlari bordirkim, shu kecha-kunduzlarda bizning
tevaragimizda qonli voqi’alar ko‘rila boshladi: bu kun nikoh deganimizda Komilbekni
hammomda o‘ldirib ketdilar (Kumushbibi yuzida bir yengillik ko‘rildi), kecha uyimiz orqasida
bir emas, uch kishi o‘ldirildilar. Xudo oxirini baxayr qilsin endi...
— Inshoolloh, ishning oxiri xayrlikdir, otajon,— dedi Kumush, — chunki bizning
molimizga ko‘z olaytirib yomon niyat bilan uyimiz orqasini teshkuchilarni yer bilan yakson
etdirishi istiqbolimizning xayrlik follaridandir, otajon!
— To‘g‘ri aytasan, qizim, — dedi qutidor.
Kumush o‘zining qo‘ng‘uroqdek tovshi bilan davom etdi:
— Bu maqtullar1 kimlar bo‘lsa bo‘lsin, bizning uyi-miz orqasig‘a yaxshi niyat bilan
kelguchi kishilar emas va bularni tuproqqa qorishdirg‘uchi ham bizga xayrixoh bo‘lg‘an qotil
va yo qotillardir... Bizga muncha yaxshiliq qilg‘an kishi kim bo‘lsa ham xudo ajrini2 bersin!
— dedi.
Qutidor qizining so‘zini kuchlab tushdi.
— Bizga yomon niyati bilan qarag‘an bo‘lsalar, xudo jazalarini berdi. Bizga xayrixoh
bo‘lg‘anlarning ham xayri jazalarini berar, — dedi.
Kumushbibi bu qo‘rqunch uyda yota olmaslig‘ini bildirgani uchun Oftob oyim
To‘ybekadan Kumushning buyumlarini ikkinchi uyga tashita boshladi. Qutidor esa butun
kun mehmonxonasig‘a kelib-ketib turg‘an ko‘ngil so‘rag‘uchi oshna, yor-do‘stlari bilan
ovora bo‘ldi.

* * *
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 28 Noyabr 2006, 07:19:00
Shomdan so‘ng qutidor endigina mehmonlardan bo‘-shab ichkariga kirgan edi,
mehmonxona yig‘ishtirib qolg‘an To‘ybeka qutidor yonig‘a kelib dedi:
— Sizni bir kishi chaqiradir.
— Qanaqa kishi, tanidingmi?
— Tanimadim.
Qutidor erinibgina tashqariga chiqdi-da, mehmon-xonada o‘lturg‘uchi tanish
bo‘lmag‘an kishi bilan sovuqqina ko‘rishib so‘radi:
— Xizmat?
Usta Alim qutidorg‘a kulimsirab olg‘ach:
— Ruxsatsiz mehmonxonangizga kirganim uchun kechirasiz, — dedi.
— Aybi yo‘q, mulla, — dedi qutidor va qarshima-qarshi ulturishdilar.
— Yomonlar suiqasdidan salomat qutilishingiz muborak bo‘lsin!
— Tangriga qulluq bo‘lsin! — dedi qutidor. Mehmonxona qorong‘ilanib ketkani uchun
havli supirib turg‘uchi To‘ybekaga darichadan turib buyurdi: — Sham’ yoqib chiq, To‘ybeka!
Sham’ chiqishini kutkandek usta Alim boshini quyi solib o‘lturar edi. Qutidor «nima
yumishing bor menda» degandek qilib unga savol nazari bilan ko‘z tashlar va qur’on
tinglovchi kishidek bo‘lib o‘lturg‘uchi majhul kishidan taajjublanar edi. Nihoyat, sham’ kelib
tokchaga qo‘ndirilg‘ach, usta Alim muroqabadan1 boshini ko‘tarib qutidorg‘a qaradi:
— Mendan taajjublandingiz, — dedi va qo‘ynidan maktublarni chiqarib bittasini
qutidorg‘a uzatdi, — mendan ham bu maktub ajibroqdir, — deb kuldi. Qutidor xatning
unvoniga ko‘z yugirtirib chiqg‘ach, usta Alim aytkandek taajjub ichida xatni ochdi... O‘qub
bitirgach, ul dahshat va taajjub ichida toshdek qotib qolg‘an edi... Agarda uning yonida
usta Alim bo‘lmag‘anda edi, ehtimol ul qay va qatlarg‘acha serrayib qolar edi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 28 Noyabr 2006, 07:19:10
— Jon va oilangiz dushmani bo‘lg‘an bir badbaxt endi o‘z qilmishining jazasini ko‘rdi,
burodarim Otabek ularning totiqlarini xo‘b boblab berdi, — dedi usta Alim va davom etdi:
— shuning bilan sizning najib2 oilangiz dahshatlik foji’a davrlarini kechirib, endi ma’sud
kunlar arafasiga yetdi. Xatni o‘qub sizning dahshatlanishingiz emas, quvonishingiz,
dushmaningizni yuz tuban qilg‘ani uchun haq taolog‘a shukur aytishingiz kerakdir!
Qutidor hushini boshig‘a yig‘ayozdi va uflab tin olg‘ach, hayajon ichida so‘radi:
— Men bilan Otabekni qamatdirg‘an va dor ostlarig‘a yuborg‘an Homidmi?
— Homid.
— Taloq xati yozg‘uchi Otabek emasmi?
— Hosho va kallo1, Otabek munday gapdan xabarsiz. Uning otidan taloq xati yozg‘uchi
ham shu badbaxt Homid.
Mundan so‘ng qutidor turib ichkariga yugirdi, yarim yo‘ldanoq tanchada o‘lturg‘uchi
Oftob oyim bilan Kumushka qichqirdi:
— Sir ochildi!
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 28 Noyabr 2006, 07:19:18
Ikkisi ham sachrab qutidorg‘a qaradilar-da, birdan so‘radilar:
— Nima, qanday sir?
Qutidor tanchaga borib o‘lturmadi-da, ayvon peshonasidan turib, qo‘lidag‘i xatni yuqori
tovush bilan o‘qub chiqdi:
«Muhtaram qayin otamizg‘a!
Siz bilan meni qorong‘i zindonlarg‘a tushirib, dor ostlarig‘acha tortkan, buning ila
o‘zining vahshiyona tilagiga yeta olmag‘andan keyin manim tilimdan soxta taloq xati yozib
darvoza yonidan haydattirishka muvaffaq bo‘lg‘an va bir gunohsizni shahid etkan Homid
ismlik bir to‘ng‘uzni nihoyat, ikki yillik sargardonligim so‘nggida yordamchilari bilan
tuproqqa qorishdirishg‘a muvaffaq bo‘ldim... Sizning shonli havlingiz yonida voqi’ bo‘lg‘an
bu kurash albatta sizni va uy-ichingiz ham yor-do‘stlaringizni anchagina tinchsizlikka
qo‘yg‘an bo‘lsa kerak. Na choraki, yomonlarni sizning havlingiz orqasida rafiqam qasdida
bo‘lg‘anlari paytida uchratishg‘a to‘g‘ri keldi va men bu ishka majbur qoldim. Buning uchun
albatta meni kechirarsiz umididaman. Faqat sizning tinchsizlanishingiz va mardumning
yuqori-quyi so‘zi bo‘lmasa sizga boshqa zarar bo‘lur, deb o‘ylay olmayman. Sizdan bu ulug‘
gunohim uchun afu so‘rab, haydalg‘an o‘g‘lingiz Otabek Yusufbek hoji o‘g‘li».
Ammo qutidor «haydalg‘an» so‘zini tashlab o‘qudi. Maktub o‘qulib bitkanda Oftob
oyim, ayniqsa, Kumush qutidorning boyag‘i holig‘a tushgan edilar. Kumushning bu
daqiqadag‘i holini qalam bilan chizib ko‘rsatish albatta mumkin emas edi. Ul titrar edi,
ko‘karar edi, to‘lg‘anar edi... Hozirgi eng kuchlik hissiyotini hissiyotning a’lo ifodachisi
bo‘lg‘an yosh bilan to‘kar edi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 28 Noyabr 2006, 07:19:30
Qutidor o‘z tomonidan ham izoh berib chiqdi:
— Men bilan Otabekni qamatib dor ostig‘a yubor-g‘uchi, Otabek tilidan soxta taloq xati
yozib bir-birimizdan judo etkuchi, Komilbekni o‘ldirguchi, uyimiz orqasini teshib Kumush
qasdida bo‘lg‘uchi — hammasi ham shu battol Homid ekan... Ammo badbaxtni ikki kishisi
bilan tuproqqa qorishdirib ketkuchi Otabek ekan!
Oftob oyim titrag‘an tovush bilan:
— Uyatsiz Homid, — dedi.
Kumushbibi:
— Bechora begim, — deb qo‘ydi.
Uchchavi ham yurakni to‘xtatib olish uchun anchagacha jim qoldilar.
— O‘zi esonmikin? — deb so‘radi oxirda Kumush.
— Xatig‘a qarag‘anda sog‘, — dedi qutidor.
Oftob oyim so‘radi:
— O‘zi qayerda emish, xatni sizga kim kelturdi?
Bu savoldan qutidorning esiga mehmonxonada o‘l-turgan usta Alim tushkan edi.
O‘rnidan irg‘ib turdi-da, xotinig‘a javob bermasdan tashqarisig‘a chiqdi. Ul usta Alimning
qarshisig‘a o‘lturganda, mehmonxonaning yuqori darichasi ostig‘a Oftob oyim bilan
Kumush xat keltirguchining so‘zini eshitish uchun kelib to‘xtag‘an edilar.
Qutidor uzr aytdi:
— Kelturgan xabaringiz ta’sirida sizni unutayozibman...
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 28 Noyabr 2006, 07:19:38
— Men buni payqadim, — dedi usta Alim kulib,— shu yo‘sinda makkor Homidning
iblisona dasisasi1 bir oilani tamom ishdan chiqarayozg‘ankim, bu to‘g‘rida ayniqsa sizga
so‘zlash ortiqchadir. Ammo arslon yuraklik Otabek ham badbaxtni shundog‘ yanchib
tashladikim, bu juda oz kishilar qo‘lidan kelaturgan ishdir.
— O‘g‘rilarni o‘ldirganda Otabekning yonida necha kishisi bo‘lgan? — deb so‘radi
qutidor.
Usta kuldi:
— Otabekning tanho o‘zi! — dedi.
— Uch kishiga tanho o‘zi? — qutidor ishonmag‘an edi.
— Azamatning yolg‘iz o‘zi! — deb usta Alim ilgarigi so‘zini qaytaladi.
— Astag‘firulloh... Nega menga bu to‘g‘rida xabar bermagan?
— Sizga xabar berib o‘lturishni yigitlik otig‘a eb bilmay, hatto menga ham bir narsa
sezdirmagan. Men hali bu nuqsoni uchun ayblasam: «Men o‘zimning ashaddiy dushmanim
bilan tanho kurashib yo jon bermakka va yo jon olmaqqa qaror bergan edim. Shuning
uchun hech kimga ham bildirmadim», deydir.
Qutidor bir tomondan dahshatka tushsa, ikkinchi jihatdan Otabekning dov yuragiga
hayron qolar edi.
— O‘ziga jarohat olmag‘anmi? — deb so‘radi qutidor.
— Bo‘ksasi bilan qo‘lidan yaralang‘an bo‘lsa ham zararsizdir.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 28 Noyabr 2006, 07:19:45
Usta Alim qutidorning ba’zi bir e’tirozlariga qarshi Otabekning qutidor tomonidan
quvlang‘anidan tortib, shundan beri Marg‘ilong‘a yetti-sakkiz martaba kelib ketkanini, har
bir kelishida o‘zining uyiga kelib tushkanini va qalin o‘rtoq bo‘lib olg‘anlarini, shundoq
bo‘lsa ham Otabekning o‘zidan chin ismini yashirib yurg‘anini, jum’a kuni usta Farfidan
birinchi martaba o‘z raqibini tanishini, nihoyat bu kungina unga chin ismini ochqanini
so‘zlab chiqdi.
— Taloq xati-ku soxta ekan, — dedi qutidor, — nega biznikiga bir kelgani bilan qaytib
kelmadi ekan?
— Chunki uning so‘ziga qaraganda, siz uni og‘irroq tariqa bilan darbozangiz yonidan
jo‘natqan ekansiz, — deb izohladi usta. — Toshkanddan uylanishida sizning bilfe’l bosh
qo‘shishingizni faqat qizingizni undan chiqarib olish uchun qurilg‘an bir hiyla ekan, deb
o‘ylab, qaytib eshikingizga oyoq bosmag‘an, hatto xotinini qozig‘a chaqirish to‘g‘risida fikri
bo‘lsa ham, siz bilan uchrashishdan qochib bu fikridan ham qaytqan, ya’ni sizning qizingiz
bo‘lg‘ani uchun suygan xotinidan ham kechmakka qaror bergan.
Qutidor hali ham Otabekning ruhiga tushuna olmag‘an edi:
— Mendan o‘zi xafa bo‘lg‘an bo‘lsa, orag‘a kishi qo‘ysa ham bo‘lar edi.
— Shundog‘ qilsa ham bo‘lar edi, — dedi kulib usta Alim, — men hali undan shunday
deb so‘rasam, «O‘zimga ishonmag‘an kishi kishi so‘ziga kirarmidi, deb o‘yladim», deydir.
Kuyavingizning qiziq tabi’atini shundan ham yaxshi bilib olsangiz bo‘ladirkim, shu
choqqacha ota-onalari ham bu foji’adan xabarsiz ekanlar.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 28 Noyabr 2006, 07:19:57
— Qiziq yigit, — dedi qutidor, — mendan ham katta nodonliq o‘tkan.
— Hammasi ham taqdirning ishi, amak, bu orada siz bilan manim hech bir ixtiyorimiz
yo‘q.
— Albatta yo‘q, — dedi qutidor va so‘radi: — o‘zi siznikidami?
— Bu kun peshinda Toshkand jo‘nab ketdi.
Qutidor tushuna olmag‘an edi:
— Nega-nega? — deb so‘radi.
— Nega... sababini men ham yaxshi tushuna olmadim.
— Qaytib keladirgan vaqtini aytkandir?
— Bu to‘g‘rini so‘rag‘an edim, muhmalroq javob berdi,— dedi usta va yonini kovlab
xatni oldi. — Bu xat karimangizga bo‘lsa kerak, endi menga ruxsat, — dedi va fotiha o‘qub
o‘rnidan qo‘zg‘aldi.
— Men sizga dasturxon yozdirishni ham unutqanman, qo‘zg‘almangiz!
— Rahmat, amak, hozircha meni kechirib turasiz, ammo bapirja kattaroq ziyofatni
unutmaysiz, — deb kuldi usta Alim. Qutidor uni ko‘chagacha kuzatib chiqdi.
Kumushbibi daricha orqasidan hamma gapni eshitib olg‘an va hissiyotini yum-yum
yig‘lab o‘tkargan edi.

* * *
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 28 Noyabr 2006, 07:20:10
Oftob oyim Kumush bilan boshlashib ichkariga kirar ekan, so‘radi:
— Homidning yomonlig‘ini bizga ulashdirib yurgan puchuq xotinning shumligi o‘z
boshig‘a yetib, o‘lganlarning bittasi o‘shaning o‘g‘li ekan, bildingmi?
— O‘lganidan menga nima foyda, — dedi Kumush.
Oftob oyim qizig‘a ajablangan edi.
— Foydasini ko‘rib turibsan-ku, axir.
— Foydasi Toshkandga ketib qolg‘animi?
— Ketib qolg‘an bo‘lsa, tag‘in bir kun kelar.
— Kelmaydi, — dedi o‘ksib Kumush, — uning hamma harakati dushmanidan o‘chini
olish uchun ekan.
— Kim aytdi sanga?
— Xat olib kelganning so‘zidan payqadim.
Oftob oyim kuldi:
— Ering sani tashlab ketmas, qo‘rqma qizim, — dedi,— saning boshingg‘a tikilgan bu
balolarni o‘zining shirin jonidan kechib daf’ qilg‘an Otabek, seni sira ham unutmas, sanga
yozg‘an xatini otangdan olib o‘qub ko‘r-chi oldin.
Kumushbibi yig‘idan qizarg‘an ko‘zini katta ochib so‘radi:
— Menga xat yozg‘anmi?
— Haligi kishi sanga atab dadangga bir xat berdi-ku, bilmadingmi?
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 28 Noyabr 2006, 07:20:20
— Bilmadim, — dedi. Chunki ul usta Alimning «muhmal javob berdi» so‘zini eshitkach,
tamoman o‘zini unutib, berilgan xatni payqamay qolg‘an edi.
Ikki yildan beri suratini ko‘z o‘ngidan ketkuza olmag‘an, Otabekning yuzini ko‘ralmay,
so‘zini eshita olmasa ham yozg‘an xatini o‘qub eshitish Kumush uchun katta qiymatka
molik edi. Otasining yo‘lakdan kirishi bilan latif ko‘kragi kuchlik tin olish ila ko‘tarilib
tashlandi-da, go‘yo Otabek bilan uchrashaturg‘andek yuragi o‘ynamoqqa boshladi. Qutidor
kelib tanchaga o‘lturg‘ach, o‘ziga «amonatni topshiring» degan kabi qarab turg‘an
Kumushka xatni uzatdi:
— Sanga xat.
Kumushbibi uyalib-netib turmadi va kimdan, deb ham so‘rab o‘lturmadi, darrov
tokchada yonib turg‘an sham’ yonig‘a borib xatni ocha boshladi. Sham’ qarshisida qizarg‘an
shahlo ko‘zlari, yosh bilan sing‘an jinggila kipriklari, chimirilg‘an to‘sdek qora qoshlari uni
allaqanday bir holga qo‘yg‘an edilar. Qoshi ustiga to‘zg‘ib tushkan sochlarini tuzatib xatni
o‘qudi:
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 28 Noyabr 2006, 07:20:30
«Oy yuzlik rafiqam, qunduz qoshlik ma’shuqam Kumush xonimga!
Shayton ustasi bo‘lg‘an Homidning manim otimdan sizga yozg‘an taloq xatisi ila menga
qarshi yonib ketkan yurakingizning nafrat o‘ti ehtimol endi o‘cha tushkandir. Soxta taloq
xatini olg‘an so‘ngingizda menga xitob qilib yozg‘an fikrlaringizdan ehtimol endi
qaytayozg‘andirsiz... Bu xatni yozar ekan, muhabbatingiz bilan to‘luq bo‘lg‘an yurakim
mudhish bir haqiqat ehtimolidan yafroq kabi titrar va o‘zining to‘lib-toshqan hasratlarini,
faryodlarini ifodasidan adashar edi... Sizga ochib so‘zlay, go‘zal rafiqam: go‘yo manim bu
maktubim sizning Komilbek uchun hasratlik yoshlar to‘kkan, o‘tlik ohlar tortqan
chog‘ingizda erishar-da unutilg‘an, eskirgan bir yurakning arzini tinglay olmassiz va yonib
turg‘an yurak o‘tingiz bilan kuydirarsiz...
Ammo xatimni o‘qumasangiz-da va marhumingiz uchun tortqan ohingiz o‘tida
kuydirsangiz-da, manim uchun farqsizdir. Nega deysizmi? Chunki siz manim shar’iy
rafiqamsiz — yaxshiliq bilan-da va yomonliq bilan-da men buni isbot qilishg‘a hozirman!
Uyingiz orqasida qilg‘an adabsizliklarim, xunxo‘rlik-larim uchun meni kechiringiz...
Chunki men bu vahshiylikni ishlashda ixtiyorsiz edim: hayotingizning, nomusingizning
saqlanishi buni taqozo etar edi... Albatta men ishonamankim, siz manim bu yaxshilig‘im
uchun minnatdorlik qilarsiz. Lekin men bu minnatdorlikka o‘zimni sazovor hisoblay
olmayman.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 28 Noyabr 2006, 07:20:40
Men o‘shal kuni kechasi dushmanlardan birini o‘ldirdim-da, so‘ng darajada zaiflandim,
ikkinchi dushmandan yengilishimni va ko‘yingizda jon berishimni aniq bilib rohatlanib
ketdim... Manim uchun ko‘yingizda va oyog‘ingiz uchida jon berish juda shirin edi va
ko‘bdan beri g‘oyam edi. Shuning uchun yaqinrog‘ingizda o‘lmak uchun, o‘lar ekanman,
so‘ng daqiqamda yana bir martaba bo‘yingizni olib o‘lish uchun dushman tomonidan
uyingizga ochilg‘an tuynukchaga kirdim. Kirdim-da, sizni bo‘yingizni oldim, xafif tin
olg‘andag‘i latif uxlag‘an tovshingizni eshitdim... Shu vaqt subhonolloh... o‘zimda
kutilmagan bir kuch sezgan edim, ikki emas, ikki yuz dushmanga muqobala1 etishka
o‘zimda qudrat ko‘rgan edim... Men o‘zimga bag‘ishlang‘an kuch manba’ini juda yaxshi
onglar edim, mendagi bu o‘zgarish manba’i uy ichida uxlag‘uchi bir malak edi... Siz
edingiz!»
Kumushbibi xatning bu o‘rniga yetkanda qizarinib, bir oz o‘qushdan to‘xtab oldi va
davom etdi:
«Shundan so‘ng ikkinchi dushmanni tuynukdan chiqmayoq ishini bitirdim. Bizning
foji’amizning asl omili bo‘lg‘an Homid esa go‘yo manim qo‘limda mushuk kabi o‘yin
bo‘lg‘an, uni kulib turib, o‘ynab turib tilimlagan edim...
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 28 Noyabr 2006, 07:20:48
Esingizda bormi, meni dor ostidan qutqarib, menga yangi hayot bag‘ishlag‘aningiz? Bu
kecha ham bu ikkinchi o‘limdan qutqarg‘uchi va ikkinchi martaba menga hayot
bag‘ishlag‘uchi yana siz bo‘ldingiz! Shuning uchun minnatdorlik etkuchi siz emas, men
bo‘lishg‘a tegishman!
Sizdan emas, otangizdan bir o‘pkalashim bor: soxta taloq xatini manim o‘z qo‘lim
bo‘lib, bo‘lmag‘anini ajrata olmag‘an. Gumonimcha bu soxta xat sizga ham ko‘rsatilmagan
o‘xshaydir, chunki, ayniqsa, sizning ko‘z o‘ngingizdan bu haqiqat qutila olmas edi... Har
holda taqdirning bunchalik o‘yinlari turg‘an bir zamonda biz nima ham qila olur edik? Bu
to‘g‘rida mendan ham o‘tkan joylari bordirkim, sizning birinchi martaba menga yozg‘an
xatingiz ma’nosidan dahshatlik suratda o‘zimni tag‘ofilg‘a solg‘an va xat kelturguchini
surishtirmasdan javob xati berib yuborgan edim. Shuning ila sizni-da, o‘zimni-da Homid
qo‘lida o‘yin bo‘lmog‘imizg‘a katta yo‘l ochqan edim.
Ba’zi ehtimollarga qarshi siz bilan ko‘rishmak menga muyassar bo‘lmadi. Umrimda
birinchi martaba ko‘ngil orzusig‘a qarshi bordim. Chunki manimcha oradag‘i qora tikon
supirilgan edi. Mundan so‘ng hamisha meniki edingiz. Men Toshkandda yurarman, ammo
ko‘zim o‘ngida sizning haykalingiz! Ajabo, busiz menga mumkinmi?!
Zavjingiz Otabek».
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 28 Noyabr 2006, 07:20:58
Kumushbibi xatni o‘qub tugatdi-da, yugirgilagancha uyiga kirib ketdi. Uning bu
harakatidan qutidor bilan Oftob oyim ajabsinishib bir-birlariga qarashg‘an edilar.
Kumushbibi qo‘lida ikkinchi bir maktub ko‘targanicha uydan chiqdi-da, sham’ yonida ikki
xatni bir-birisiga solishtirib ko‘rdi. Bu xat Homidning Otabek tilidan yozg‘an taloqnomasi
edi. Bu ikki xat birinchi qarashdayoq ikki kishi tomonidan yozilg‘anliqlarini o‘z og‘izlaridan
so‘zlab turar edilar.
Kumushbibi ikki xatni qator ushlab otasig‘a ko‘r-satdi:
— Bularga qarangiz, ota! Bizni nechog‘liq g‘aflat bosqan ekan, — dedi.
Qutidor qizining maqsadig‘a tushunib ikki turli qo‘lni darrav payqab oldi:
— Vijdonsiz, iblis, imonsiz, kofir, — deb qo‘ydi.
Kumushbibi Otabekning xatini buklab cho‘nchagiga soldi-da, soxta xatni sham’ga tutib
yondirar ekan, otasidan so‘radi.
— Shu voqi’adan so‘ng kuyavingiz aniq kelganmi edi?
— Kelgan edi, qizim.
— Bechorani nega haydadingiz-da, nega meni, loaqal oyimni bu kelishdan xabardor
qilmadingiz?
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 28 Noyabr 2006, 07:21:08
— Men uning kelishini boshqa gapka yo‘yib, sizlarga bildirmagan edim...
— Qizimizni taloq qilg‘an bir kishini Toshkand degan joydan eshikingizga kelishi sizga
g‘arib1 tuyulmag‘anmi edi? — deb yana so‘radi Kumush.
Qutidor uyalish va o‘kinish orasida:
— Jaholat kelsa, aql qochadir, qizim, — deb qo‘ydi.
Oftob oyim bilan qutidor Homidning iblisona ishlariga «tavba-tavba» deb muqobala
qilsalar ham, ammo Otabekning favqulodda yurakini so‘z orasida «baraka topkur, umring
uzoq bo‘lg‘ur» bilan qarshi olar edilar. Kumushbibi esa butunlay boshqa qayg‘uda edi. Eru
xotinning so‘zlari Otabekning Toshkandga ketib qolishi to‘g‘risig‘a kelib taqaldi-da, Oftob
oyim Kumushdan so‘radi:
— Senga kelishidan aytkanmi?
Kumushbibi siltalash nazari bilan ularga qaradi va keskin ohangda javob berdi.
— Aytmagan!
Eru xotin ma’nolik qilib bir-birlariga qarashib olg‘ach, orada uzoqqina sukut boshlandi.
Kumush quti-dorg‘a savol nazari bilan bir-ikki qayta qarab ham qo‘ydi.
— Kelib qolsa yaxshi, — dedi nihoyat qutidor, — kelmasa, Toshkandga o‘zimiz
tushamiz-da, — deb xo-tinig‘a qaradi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 28 Noyabr 2006, 07:21:16
Bu so‘z Oftob oyimg‘a yoqmag‘anliqdan yuzini chetka burdi. Ammo Kumush otasidan
rozi qolib, onasig‘a qaradi.
— Qizing har qaysi yerda bo‘lsa ham sog‘ bo‘lsin, — dedi xotinig‘a qutidor. — Eriga
topshirib, sen bilan manim tinchkina duo qilib o‘lturganimiz ma’qul o‘x-shaydir.
— Endi qizingizning bir kami kundash balosi edimi?— dedi sapchib Oftob oyim. Qutidor
xotinig‘a kulib qaradi:
— Eri yaxshi bo‘lsa, kundash balosi nima degan gap?
— Eri ming yaxshi bo‘lsin, baribir kundash kundashligini qila beradir. Mashoyixlar
bilmasdan «kundash» demaganlar.
Qutidor qizig‘a qarab kuldi va xotinini yupatdi:
— Hamma vaqtga emas, qo‘rqma.
— Menga qolsa bir kunni ham ko‘b ko‘raman, kundash bilan kechirilgan kun — kunmi?
— Kuyavingning shuncha qilg‘an jonbozlig‘ini unutdingmi?
— Nega unutay, — dedi Oftob oyim. — Kelsin. Mana bosh usti, bolam bir emas ikki.
Uldurki,1 qizimni kundash ustiga yuborishg‘a tish-tirnog‘im bilan qarshiman.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 28 Noyabr 2006, 07:21:37
— Besh-olti kunga ham-a?
— Necha kunga?
— Menga qolsa bitta-ikkita bolaliq bo‘lg‘uncha tursin, deyar edim. Sen bunga
ko‘nmasang, bir-ikki oy turib kelsin, loaqal. Bir yigit qizingni deb ikki yillab sarson
bo‘lg‘anda qizingni ikki oylik kundash azobidan hayf ko‘rish juda uyat, axir!
Qutidor «bitta-ikkita bolaliq» so‘zini aytkanda Kumush qizarinib yerga qarag‘an edi.
Oftob oyim erining keyingi so‘zi bilan anchagina bo‘shashdi:
— Bir oydan ortiqqa men rozi emasman, shunda ham kuyavimning yaxshilig‘i uchun,
— dedi.
— Ana endi o‘zingga kelding, xotin.
— O‘zimga kelsam-kelmasam shartim haligi, shunda ham o‘zim birga borib kelaman.
— Albatta, o‘zing birga borasan, qudalaring bilan tanishmog‘ing ham zarur.
— Qachon yubormoqchi bo‘lasiz endi? — deb so‘radi Oftob oyim. Qutidor bir oz o‘ylab
olg‘ach, Kumushka qarab javob berdi:
— Otabek bilan ketma-ket chopishmog‘imiz ham uncha ma’qul ko‘rinmaydir. Undan
so‘ng qish kuni arava safari ham qulay ish emas. Shuning uchun oradag‘i uch oy qishni
o‘tkazib jo‘narmiz, — dedi. Kumushning uch oy muddatni eshitgach, juda ham hurpayib
ketkani uchun bo‘lsa kerak, — balki o‘zi ham birar oylarda kelib qolar, — degan so‘zni-da
qo‘shib qo‘ydi.

Ikkinchi bo‘limning so‘ngg‘i
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 28 Noyabr 2006, 07:21:56
Uchinchi bo‘lim

1. MUSULMONQUL ISTIBDODIGA XOTIMA

Musulmonqulning aholi ustiga bo‘lg‘an jabru zulmi haddan tashqari ketdi. Uning
istibdodi o‘zga shahar-larga uncha sezilmasa ham, ammo markaz — Qo‘qon odamlarini
juda to‘ydirdi. Uning o‘z kayficha oyda emas, haftada solib turg‘an soliqlari fuqaroning
terisini shilsa, arzimagan sabablar bilan qora chopon beklarini osdirib, kesdirib turishi xosni
(xavosni) ham esankiratdi. Otig‘ag‘ina xon bo‘lib o‘lturg‘uchi Xudoyor ham osdirish,
kesdirish va yorlaqash o‘z ixtiyorida bo‘lg‘an Musulmonqul maydondan olinmagan fursatda
o‘zining qo‘g‘irchoq sifat yuraberishini tushundi. Ko‘bdan beri unga yuragida kek saqlab
kelib, ammo ne tariqada najotka chiqishini bilmadi. Chunki ul suyanadirg‘an Qo‘qon
beklarini «mana» deganlari Musulmonqul va kishilari (qipchoqlar) tomonidan osilib
kesilganlar, qolg‘anlari tovush chiqarishg‘a majolsiz edilar. Atrof shahar va qishloq beklari
ham aksar qipchoqlardan, ya’ni Musulmonqulning o‘z odamlaridan, ulardan bir ish kutish
yana mumkin emas.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 28 Noyabr 2006, 07:22:04
Shahar xalqining har bir tabaqasi deyarlik Musul-monqul dakkisini yeb kelgan, magar
ulamo xalqi undan juda rozi, zeroki Musulmonqulning birinchi istinodgohi1 o‘zining
qipchoqlari bo‘lsa, ikkinchisi ulamolar edi. Ul ulamo orqaliq o‘z zulmini mashru’ bir tuska
qo‘yg‘an, o‘zi uchun zararlik unsurlarni yo‘qotishda shu ulamolardan «ululamirga bog‘iyliq»
degan fatvoni olishni unutmag‘an edi. Ulamoning bu yanglig‘ istibdodni «bog‘iyliq» rangi
bilan bo‘yab berishi mukofoti uchun Qo‘qon va Andijon kabi shaharlarga ma’lum
madrasalarni bino qilg‘an va bu madrasalarga xizmati bilan tanilg‘an ulamodan mudarrislar
ta’yinlag‘an edi. Ammo Musulmonqulg‘a yaqinlasha olmag‘an, ya’ni uning xizmat va
marhamatidan chetda qolg‘an «nimcha»1 ulamolar ham yo‘q emas edilar.
Aztahidil Musulmonqulning otalig‘idan qutilishni va mustaqil ravishda hukmron bo‘lishni
orzu etkan Xudoyor, nihoyat keyin qayin otasi bilan kurashda o‘ziga birinchi istinodgoh qilib
shu keyingi sinf ulamoni oldi. Musulmonqul balosidan qutilg‘andan so‘ng Xudoyorning
ularga qiladirg‘an in’om va ehsonlari, beradirgan mansablarining naqddek va’dasi
barakasida bu keyingi tabaqa — Qo‘qon mullalari harakatka keldilar.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 28 Noyabr 2006, 07:22:14
Musulmonqul tarafdori ulamolar uning siyosatini shari’atqa qancha mutobiq2 ko‘rsatib
kelgan bo‘lsalar, bu keyingilar ham o‘shancha xilofi shar’iy ekanligini isbotka kirishdilar.
Boshda bu harakat albatta «yeng ichida» bo‘ldi va bu harakatning boshida
Xudoyorning o‘zi turdi. Birinchi galda yashirin ravishda Toshkand, Andijon, Marg‘ilon va
o‘zga shaharlarning ishonchlik ulamo va beklariga Musulmonqul istibdodidan qutulishda
ko‘mak berish uchun murojaatnomalar yo‘llanildi. Bu murojaatnomalarda Musulmonqulning
nomashru’ ishlari, Qo‘qon odamlariga qilg‘an jabru zulmlari sanalgan, keyingi vaqtlarda
xonning o‘zi ham bu zulmlar qarshisida chidab tura olmasliq holg‘a kelganligi so‘zlanilg‘an,
agarda boshqa shahar ulamo va ashrofidan ko‘mak bo‘lg‘an taqdirda bilfe’l
Musulmonqulg‘a qarshi ko‘tarilishka hozir turilg‘anlig‘i aytilgan edi. Ikkinchi galda Qo‘qon
sipohlarining qipchoqdan boshqa qismig‘a yashirin ravishda, umuman anovilarg‘a qarshi
tashviqot yurgizilib boshlang‘an edi.
Andijon, Marg‘ilon, Namangan kabi shaharlardan «xon bu ishni maslahat ko‘rsalar, biz
yordamga hozirmiz» degan quruq va’dalar kelib, ammo Toshkanddagi Yusufbek hoji
to‘dasidan amaliy choralarini ham ko‘rsatilib yozilg‘an javob maktubi oling‘an edi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 28 Noyabr 2006, 07:22:33
Maktubda aytilar edi:
«Siz Xo‘qand ulamoyi kiromlarining Musulmonqul xunxo‘rlig‘idan faryodga kelib va
shari’ati mustafoni orag‘a vosita qilib yozg‘an maxfiy xatlarini oldiq. Biz Toshkand ulamo va
ashrofidin domla Solihbek oxund, mulla Yusufbek hoji, sarkardalardin Qosim va Niyoz
qushbegilar, Karimqul va Muhammadrajab qo‘rboshi ham Qambar sharbatdorlar bir orag‘a
o‘lturishib voqi’an Musulmonqulning zulm va taaddasi Xo‘qand fuqarosi va ayni zamonda
bo‘lak shahar va qishloq, kent aholisi ustiga ham bag‘oyat oshib borg‘anlig‘ini muzokara va
mukolama1 qilishdiq. Biz faqirlari ham Musulmonqul harakati behudasini shari’atga xilof,
yurt va el uchun muzir,2 xaloyiqning osoyish va umr guzaronlig‘i3 vajhiga xalaldir deb
bildik. Bul ma’niga ul tojdor amiralmo‘’minin muvofaqat4 ko‘rsatsalar ul beparhez5 g‘osibi6
taxtu saltanatning haydalmog‘i behroqdir7 va yana Toshkand mardumlari bul to‘g‘rida
haqiqat tomonida sobit qadam bo‘lmoqqa til berishurmiz. Basharti siz kiromlar ul beparhez
zolimning mingboshiliq vazifasidin tard8 etishka azdilu jon bel bog‘lag‘an bo‘lsalaringiz, biz
faqirlarning aqli qosirimizg‘a9 bir andisha keladir. Andog‘ki, Toshkand Xo‘qand hukumatidin
yuz o‘girgan bo‘lib xudnafsiga10 mustaqillik e’lon qilsin. Bu taqdirda itoatdin bosh
to‘lg‘ag‘an Toshkand ustiga albatta Musulmonqul zolim qo‘shin tortar. Ushbu qo‘shin
orasig‘a siz kiromlar o‘z odamlaringizni ko‘broq kirguzishka ko‘shish qilib va yana janobi
tojdor ham birga kelsinlar. Qo‘shin Toshkandga yetkan ba’dida bizlar tashqaridin va sizlar
ichkaridin bo‘lib Musulmonqulni oradin ko‘targaymiz. Bul maslahat faqirlarning aqli
qosirlarimizg‘a ko‘b tafakkurlar ba’dida kelib, yana ra’yi savob o‘zlarida bo‘lg‘ay. Ammo bul
taqdirda qon to‘kilmasdin muddao husulg‘a11 kelurmu deb o‘ylaymiz. Boz maxfiy qolmag‘
aykim, Toshkand begi bo‘lg‘an zot borasida andisha lozim ermas, zero ul odam
fuqaroning osoyishi yo‘lida jonbozliq qilg‘uchi kishidir. Bizlar limaslahatan12 nima desak, ul
bo‘yin to‘lg‘amas. Inshoolloh, bu andishamiz kiromlarga ma’qul tushkan taqdirda janobi
tojdorning hamray’larini olmoq va imkoni bo‘lsa ul janobning ismi shariflaridin bizlarga
pisandnoma yozmoq marjudir.1 Toki bizlar ishonch birlan muddaog‘a shuru’2 qilayliq».
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 28 Noyabr 2006, 07:22:45
Bu xat Xudoyorning qo‘lig‘a tekkandan keyin xatda ko‘rsatilgan tadbirni juda ma’qul
topdi va tezlikda o‘z ismidan tashakkur va pisandnoma yo‘lladi. Ijobatni olg‘andan so‘ng
yuqorida mazkur Toshkand ashroflari bir majlis qurib o‘lturishka Normuhammad qushbegi
(Toshkand hokimi)ni ham chaqirdilar. Majlisda xondan va ulamodan oling‘an
murojaatnomani o‘qub Normuhammad qushbegiga eshitdirdilar. Majliska yig‘il-g‘anlardan
Yusufbek hoji va domla Solihbek oxundlar qushbegining pir, deb inobat qilg‘an odamlari
bo‘lg‘anlari uchun elning osoyishi va mamlakatning obodlig‘i nomiga bu taklifni, ya’ni
Qo‘qong‘a qarshi isyon etkan bo‘lib turishni ul o‘z bo‘ynig‘a oldi. Bundan onglashiladirkim,
Normuhammad qushbegi ham o‘zining valine’mati bo‘lg‘an Musulmonqulning tutkan
siyosatini yurt manfaatiga xilof deb bilibdir.
Uzoqlamay Normuhammad qushbegi Qo‘qondan bosh toblab o‘z oldig‘a mustaqil
hukumat e’lon qilg‘an bo‘ldi va Yusufbek hojilarning o‘ylag‘an tadbirlari ayni kutkan
natijalarni bera boshladi. Itoatdan bosh tortqan Toshkandga qarshi Musulmonqulning tepa
sochi tik turib, adab berish niyatida safar jabdug‘ini tuzdi. Toshkandga qarshi ayniqsa
g‘azablangan bo‘lib ko‘rin-guchi Xudoyor ham bu safarning tadorikini barobar ko‘rishdi va
Musulmonqul bilan birlikda Toshkand ustiga chiqdilar. Yo‘l ustida ham Toshkand bilan
yashirincha so‘z olishib, xatti-harakat chizishib turishdilar.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 28 Noyabr 2006, 07:23:00
Musulmonqul ilg‘ori3 Chirchiq bo‘yiga kelib yetkanda, qushbegi boshluq Toshkand
yigitlari ham suvning berigi yuzida yov kutib turg‘an edilar. Tush chog‘ida ikki yov birbirlarig‘a qarshi kelishdilar. Qo‘qonliqlar dam bermayino Toshkand qo‘shuni miltiqlarg‘a o‘t berdi. Musulmonqul kutmagan joyda qo‘shunidan bir durkumi o‘z ustiga hujum boshlab va bir firqasi Toshkand yigitlari tomoniga qochib o‘tdi. Musulmonqulning o‘z yigitlari
(qipchoqlar) sarosimalikda qolib, Musulmonqulning mudofaasini-da va qochishni-da bilmay
qoldilar. O‘z ustiga chug‘irchiqdek yopirilib kelmakda bo‘lg‘an qo‘qonliq va toshkandliklarga
qarshi o‘zida kuch yo‘qlig‘ini bilgan Musulmonqul bir ot va bir qamchi arang qo‘shundan
chiqib qochdi va bir qancha yo‘lg‘acha quvlandi. Boshluq orqasidan qochmoqchi bo‘lg‘an
qipchoq yigitlariga munodi1 nido qildi:
— Qipchoq og‘aynilar! Bizning hamma adovatimiz Musulmonqulg‘a edi! Siz og‘aynilar
ilgari xon yonida qandog‘ xizmatda bo‘lg‘an bo‘lsalaringiz, endi ham o‘sha vazifada
qolaberasizlar va lekin Musulmonqulg‘a tarafdorlaringiz bo‘lsa, tinchlikcha qo‘shindan chiqib
ketsin!
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 28 Noyabr 2006, 07:23:11
Qipchoq yigitlari ham bir yerga uyushib, o‘z taraflaridan munodi qo‘ydilar.
— Biz Musulmonqulni tanimaymiz! Bizning boshlug‘imiz Xudoyorxondir!
Shundan so‘ng qipchoq va o‘zbek birga aralashib ketdi, go‘yo hamma adovat
Musulmonqul bilan birga ketkandek bo‘lib, ikki xalq bir-biri bilan ko‘rishdi. O‘n minglab xalq
yangidan Xudoyorg‘a itoat izhor etib, chin xonlik bilan uni muborakbod qilishdilar.
Toshkand xalqi izzat-ikrom ostida xonni va Qo‘qon sipohini shaharga tushurib, o‘rdada uch
kun ziyofat berdilar. Ziyofat asno-sida ittifoqning foydalari, tarqoqliqning zararlari
so‘zlanildi. Qushbegi va Yusufbek hojilarning taklifi bilan Musulmonqul o‘rniga O‘ttaboy
qushbegi (Marg‘ilon hokimi) mingboshi belgulanib, to‘rtinchi kun Xudoyorxon qo‘shuni bilan
Qo‘qong‘a qaytdi.

* * *
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 28 Noyabr 2006, 07:23:34
Qish chiqar oldi. Musulmonqul voqi’asidan yigirma kunlar chamasi keyin edi.
Muhammad Rajab qo‘rboshining uyidan ikki-uch qaytalab kishi kelabergandan keyin,
Yusufbek hoji ilojsiz qolib borishg‘a majbur bo‘ldi.
Yig‘inda Muhammadniyoz qushbegi, Qosim mingboshi, Qambar sharbatdor, Karimqul
ponsadlardan tortib Toshkandning yetuklik ashrof va a’yonidan o‘n beshlab odam bor edi.
Mehmonlar uchun meva-cheva, quyuq-suyuq tortildi. Ziyofat to‘kun edi. Yemak asnosida
Niyoz qushbegi so‘zlab yig‘inning maqsadi bilan ahli majlisni tanishdira bordi:
— Og‘alar, inilar! Bilindiki, og‘aynilar bir tan, bir jon bo‘lsalar qipchoq kasofatidan
qutilish uncha qiyin tushmas ekan. Mundan bir oy ilgari biz qanday holda edik?
Musulmonqulning omonsiz qilichi og‘aynining bo‘g‘zida edi. Xudo hoji akamizning umrini
uzun qilib, bola-chaqasining egaligini ko‘rsatsinki, avvalo uning aqllik tadbiri, undan keyin
og‘aynining bir yoqadan bosh chiqarishi soyasida Musulmonqul balosidan yengilgina
qutildik. Ammo bu qutilishni chin qutilish deb bo‘lmaydi. Nega desalaringiz, oq it bo‘lmasa,
qora it tovoq-qoshiqqa tegmakda. Hali biz sahroyi qipchoq elidan uzil-kesil qutilg‘animiz
yo‘q. Anovi Musulmonqul bo‘lmasa, boshqa Alimqulning1 bosh ko‘tarishi aniq, — dedi
qushbegi va dasturxondan cho‘qinib davom etdi. — Normuhammadning ra’yini deb,
hamma ixtiyor o‘z qo‘limizda bo‘lgani holda, O‘tabboyni mingboshi belgulab yuborduq... Bu
ham o‘zimizning eng katta xatolarimizdin. Men o‘sha kundan beri o‘z-o‘zimdan bo‘g‘ilib
yuriyman: Musulmonqulning iti bo‘lmasa, o‘zimizdan mingboshi bo‘larliq odam qurib
qoluvdimi, deyman. Yo‘q, og‘alar, temirni qizig‘ida suqib qolish kerak! Qachong‘acha biz bu
sahroyi itlar bilan sanu manga borishib yuramiz? Yaxshisi shulki, bu bosh og‘rig‘larni bir
varakay oradan ko‘tarib tinchishaylik. Biz shu yerdagi og‘aynilar bilan kengashib bir gapka
to‘xtab qo‘ydiq. Ammo bu maslahatning hoji akamizga ham ma’qul tushmog‘ida shubha
qilmaymiz. Bu o‘yimizga xon ham bir narsa demasa kerak. Qo‘qon, Marg‘ilon, Andijon, O‘sh
va boshqa yerlarning og‘aynilari ham bu gapdan bosh to‘lg‘amaslar. Nega desangiz,
qipchoq degan iflos barchani ham jonidan to‘ydirdi, — dedi va nosqovog‘ini qoqa-qoqa bir
otimini tilining tegiga tashladi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 28 Noyabr 2006, 07:23:42
Yusufbek hoji haligi gap so‘zlang‘anda qo‘lidag‘i piyolasini chayqatib og‘ir bir holat
kechirgan va chuqur bir sukutka ketkan edi. Boshqalar bo‘lsa Niyoz qushbegining so‘zidan
keyin bir ko‘zdan deyarlik hojining yuziga tikilgan edilar. Hoji miq etmay o‘ltura bergach,
Qambar sharbatdor o‘zining xipcha tovshi bilan qushbegining gapini kuchlab tushdi:
— So‘zingiz juda to‘g‘ri, qushbegi, — dedi, — siz aytkandek, bizga ikki yo‘l bor:
qipchoqni qirib yo‘yish va yoki butunlay qipchoq qo‘lida qolib ketish.
Yusufbek hoji ko‘tarilib Qambar sharbatdorga qaradi va majlisni yer ostidan kuzatib
chiqib, yana jim qoldi.
Karimqulponsad hojini turtmak maqsadida:
— Kengashlik ish tarqamas, deganlar. Hoji akamiz o‘ylashib javob bersinlar-chi, axir,
— deb qo‘ydi.
— Bilmadim... — dedi nihoyat hoji, — sizlarning muddaonglarga tushunmadimmi yoki
tushunsam ham o‘zimga yotishib kelmadimi, hayronman.
Niyoz qushbegi boshini qashib oldi:
— Nimasiga hayronsiz, hoji!
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 28 Noyabr 2006, 07:23:53
— Maqsadlaringiz Qambarbekning aytkanidek qipchoqni kesishmi?
Qushbegi ikkilanmay javob berdi:
— Kesish!
— Sizlarni, — deb istehzolanib kuldi hoji, — bu ishka nima va kim majbur qiladur?
Qushbegi yoronlarig‘a qarab oldi:
— Savolingiz qiziq, — dedi, — sababi bizlardan ham ko‘ra sizga ma’lum bo‘lsa kerakku.
— Durust aytasiz, — dedi hoji boshidagi sallasini olib, — Musulmonqulni haydamoqqa
majbur bo‘lg‘an edik — haydadiq. Barcha yomonliq o‘shaning boshi bilan birga ketkandek
qipchoq og‘aynilar ila totuklashdik, qipchoqlarning eski adovatlari bitdi... Bas, bizga tag‘in
nima kerak?
Hojining bu gapi majlisni bir-birisiga alanglatib qo‘ydi. Ammo qushbegi sirni boy
bermas uchun tirishkandek qilib kuldi:
— Musulmonqul endi tinch yotar, deb o‘ylaysizmi?
— Albatta, o‘ylamayman, lekin Musulmonqulni tinchimaydir deb ho‘lu quruq qipchoqqa
tig‘ tortish hech bir aqlg‘a sig‘adirg‘an gap emas. O‘zingiz qushbegi ayting-chi, biz bu
kungacha yomonliqni kimdan ko‘rdik? Qipchoq otlig‘ xalqdanmi yoki uning sanog‘liq
bo‘lg‘an bir necha kishilaridanmi?
— Nafsilamrni aytkanda, biz qipchoq deganning har birisidan ham dakki yeb kelamiz.
— So‘ngizda yanglishliq bor, qushbegi! Agar siz naf-silamrga qarasangiz ikki xalqni birbirisiga
sovuq ko‘rsatib, adovat tuxumini sochib kelguchi bir nechagina odam bor... Menga
qolsa mamlakatni tinchitish uchun shular to‘g‘risida o‘ylash kerak. Nainki, to‘rtta
muttahamni deb butun bir xalqqa hujum qilish!
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 28 Noyabr 2006, 07:24:04
— Siz aytkandek, yomon to‘rttagina emas, hoji! Sahrodan kelgan har bir qipchoq
bizning yelkamizga minmakchi. Bizning tovog‘imizga tumshug‘ini tiqmoq-chi— bunga
qolganda ishni bir oz yengil o‘ylab turibsiz, hoji aka!
Qosim mingboshi:
— Hoji akamning hamma gaplari faqat rahmdillikdan aytiladir, — dedi, — ammo
o‘ylash kerakki, qipchoq bu kungacha ozg‘ina og‘aynining qonini to‘kdimi? Anovi kun
Marajabbek bilan hisoblashib ko‘rsak, Qo‘qonning o‘zidan ikki yilning ichida yetmish sakkiz
bek o‘ldirilibdir. Hali bu hisobka fuqarodan o‘ldirilgan bechoralar kirmaydir.
— Men bu haqiqatlardan tonib turg‘anim yo‘q, mingboshi. Ammo biz senga sen, deb
javob bermasak, bizniki aql va insof doirasidan chiqmasa deyman...
Oradan birav hojining so‘zini bo‘ldi:
— Aql, insof bilan ish qila-qila endi juda to‘ydik.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 28 Noyabr 2006, 07:26:47
Hoji sukut qildi, o‘zining shunchalik gaplarini havog‘a ketib turg‘anini, majlisning Niyoz
qushbegi ruhida borganlig‘ini yaxshi sezdi. Mundan boshqa Niyoz qushbegining bunday bir
fikrga kelishi uchun uni nima majbur qilg‘an — buni ham ochiq ongladi. Niyoz
qushbegining barcha kinasi O‘tabboyning mingboshi belgulangan kunidan boshlang‘anini,
«men turg‘an yerda, qipchoq mingboshi bo‘lsinmi!» degan kek orasida bu fikr faqat uning
tomonidan maydonga chiqarilg‘anlig‘i Yusufbek hojining mulohazasidan o‘tdi. Majlisning
boshqa a’zolarig‘a bo‘lsa, ish yo‘g‘idan yumish chiqarishqa talabgor bekorchilar, deb qaradi.
Albatta, el foydasidan ko‘ra o‘z manfaatini olding‘a surg‘uchi bu cho‘talchi beklarga
qarshi hojining sovuqqonliq saqlay olishi va asabiylashmasligi mumkin emasdi.
— Beklar, — dedi, — manim hamma mulohazam yurt, el manfaati nuqtasidan turib
aytiladir. Men hech bir vaqt inkor qilaolmaymankim, yolg‘iz o‘z g‘arazi yo‘lida ish qilg‘uchi
palid kishilar qipchoqlar orasida bor bo‘lg‘anidek, bizda ham yo‘q emas... Balki anovilarda
o‘nlab bo‘lsa, bizda yuzlab bor. O‘zi bizning ko‘zimizga itdek sovuq ko‘ringan qipchoq
bachcha Normuhammadning el uchun qilib turg‘an to‘g‘ri xizmatini men o‘z umrimdagi
Toshkand beklari orasida birinchi martaba ko‘raman. Buni siz, yaxshilar ham inkor qila
olmassiz. Bas, ayb qipchoqda emas, balki uning manfaati shaxsiyasi yo‘lida ish ko‘rguchi
boshliqlarida va qipchoqlar o‘ylag‘andek gunoh qora choponlilarda bo‘lmay, balki uning
uch-to‘rt ma’nisiz beklarida!.. Burodarlar! O‘rus o‘z ichimizdan chiqadirg‘an fitna-fasodni
kutib, darbozamiz tegida1 qo‘r to‘kib yotibdir. Shunday mashhar kabi bir kunda biz chin
yovg‘a beradirgan kuchimizni o‘z qo‘limiz bilan o‘ldirsak, sen falon deb qirilishsaq holimiz
nima bo‘ladir. Bu to‘g‘rida ham fikr qilg‘uchimiz bormi? Kunimizning kofir qo‘lig‘a qolishi
to‘g‘risida ham o‘ylaymizmi yoki bunga qarshi hozirlik ko‘rib qo‘yg‘anmizmi?!
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 28 Noyabr 2006, 07:27:53
Hoji o‘zini tutolmay ko‘z yoshisini oq soqolig‘a quyib davom etti:
— Mana, burodarlar! Siz o‘z qipchog‘ingiz uchun qabr qazig‘an fursatda, sizga
ikkinchilar tobut chopadir. Biz qipchoqqa qilich ko‘targanda, o‘rus bizga to‘p o‘qlaydir. Siz
dunyoda o‘zingizning yagona dushmaningiz qilib qipchoqni ko‘rsangiz, men boshqa yovni
har zamon o‘z yaqinimg‘a yetkan ko‘raman! — dedi va ro‘ymoli bilan ko‘z yoshisini artib
o‘rnidan turdi. — Agarda dunyodan o‘tayozg‘an bir keksangizning maslahatiga quloq
bersalaringiz bu fikringizdan qayting, burodarlar! Illo Yusufbekni o‘ldig‘a chiqarib, bu shum
ishingizdan meni tashqarida hisoblangiz! — dedi va majlisning o‘lturing, to‘xtang so‘ziga
quloq solmay, o‘lturishni tashlab chiqdi.
Hoji darbozadan chiqmag‘an ham edi, Niyoz qushbegi xaxolab kulib yubordi:
— Voy vahmang qurg‘ir, hoji! Bu kun ko‘knori ichkan ekan, shekillik! — dedi.
Boshliqdan kulgiga ruxsat berilgach, boshqalar ham kulishib, orada ola-g‘ovir
boshlandi.
— Yo‘q, — dedi Qambar sharbatdor, — hoji akaning yoshi qaytib, ko‘ngli juda ham
bo‘shashib ketibdir!
— Voy xo‘vari hoji, — dedi Niyoz qushbegi, — oldidag‘i ovni ko‘rmay, uzoqdagi yovni
ko‘radir!
— Xudda-xudda!
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 28 Noyabr 2006, 07:28:13
Muhammad Rajab qo‘rboshi boshini chayqab Niyoz qushbegiga qaradi:
— Men sizga aytib edim-a, qushbegi, — dedi, — hojini har narsaga ko‘ndirsangiz ham
bu gapka ko‘ndi-rolmassiz, deb.
— Men uni kela bermay ovora qilg‘anidan ham payqag‘an edim.
— Kecha bir oz xomsigan1 edi, — dedi Karimqul ponsad.
— Ish buzildi-da, — deb qo‘ydi Muhammad Rajab qo‘rboshi.
— Nega buziladir? — deb so‘radi qushbegi.
— Sirrimiz ochildi, albatta hoji tinch yotmaydir.
— Sirrimiz hali ochilg‘an emas, — dedi ishonch bilan qushbegi, — agar biz shu
o‘lturgan og‘aynilar boyag‘i gapda sobit qolsaq, sirrimizni yana yashirib ketish mumkin.
— Masalan? — deb so‘radi Qambar sharbatdor.
— O‘sha so‘zimiz — so‘z, ittifoqimiz — ittifoqmi?
Majlis tasdiq ishorasini berib:
— Albatta-albatta! — deyishdi.
— So‘z bitta bo‘ladirgan bo‘lsa, — dedi qushbegi, — hojining ishi juda oson, biz hozir
so‘zni bir joyga yetkuzamiz-da, birimiz hojining oldig‘a borib, masla-hatingizni muvofiq
ko‘rdik, biz yanglishqan ekanmiz, deymiz. Albatta, hoji ishonadir-da, hech kimga so‘zlamay
qo‘yadir. Biz bo‘lsak, yeng ichida hozirlik ko‘ra beramiz, ana xolos.
— Ma’qul gap, to‘g‘ri maslahat!
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 28 Noyabr 2006, 07:28:30
— Ma’qullikka ma’qul, — dedi qushbegi, — ammo gap bu yerdaki, biz aniq ishka bel
bog‘laymizmi?
— Bog‘laymiz, bog‘laymiz!
— Barakalla, — dedi qushbegi, — ma’lum bo‘la-dirki, hammamiz ham yakdil ekanmiz,
endi boshqa gapka o‘tsaq ham bo‘ladir.
— Xonni ko‘ndirib bo‘larmikin? — deb so‘radi Qosim mingboshi.
Qushbegi kuldi:
— Xon ko‘ngan hisob, — dedi.
Bu gap majliska uncha onglashilmadi shekillik, ajablanib bir-birlariga qarashdilar.
— Izoh, qushbegi, izoh!
Qushbegi izoh berdi:
— Men xonni Toshkanddan jo‘natish oldida uning xoli vaqtini topib, bu fikrimni bir
daraja arz qilib o‘tkan edim, — dedi, — bu fikrim xonga juda ma’qul tushkan bo‘lsa kerak,
so‘zimni e’tibor bilan tinglab turdi va javobida: «Yaxshi. O‘ylashib, tadbirlari bilan menga
fikringizni yozing, men ham o‘ylab ko‘rarman», dedi. Menga qolsa bu to‘g‘rida bizdan xabar
kutib xonning uyqusi ham kelmay yotqandir: bizga faqat ishning o‘naqayini topib xondan
tasdiq etdirishgina qolgan.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 28 Noyabr 2006, 07:28:57
— Xon tayyor ekan bo‘lmasa, — dedi kulimsirab Qambar sharbatdor.
— Tayyor ekan, tayyor ekan!
Shundan keyin ishning o‘naqayi to‘g‘risida muzokara va mubohasa boshlandi. Har kim
bir turlik fikr bayon qilib, uzoq bosh og‘ritdilar va natijada xonga quyidagi noma yozildi:
«Tojdori musulmonon, xoqon ibni xoqon shahan-shohi navjuvon, toji sari xushbaxton
huzuri humoyun oliylariga arzi ubudiyat1 adosidan so‘ngra biz faqirul-haqir sadoqatpeshai
benazir qullaridin arzi bandalik shuldurkim, navkarlari doimulavqot2 ul janobga qipchoq
xaloyiqi beparxezidin birar osibi3 yetarmu deb harosidadirmiz.4 Va yana ul haromzoda
sahroyilarning ro‘yi zamindin5 taroshlamay6 turib, ul janobi oliyning ta’mini amniyatlari7
ham biz qullaricha ko‘b xavfu xatar ostida bo‘lg‘andek taxmin qilinadir. Shul mulohaza va
andishalar ba’dida biz Toshkand qullaridin bir nechalarimiz bir yerga jam’ bo‘lishib, durudaroz8
tafakkur va tahayyurlar so‘ngg‘ida azbaroyi ul shahanshohning ko‘b zamonlar
boshimiz soyabon bo‘lmoqlari umidida bar taqdir ul tojdorning xotiri otir daryo
muqotirlariga1 pisand tushib ijobat og‘oz qilsalar, bir ma’nini xo‘b va sadoqat maqosidig‘a
mahbub deb bildik. Andog‘ki, ul xaloyiqi g‘assoblarni o‘n besh sinni solidin bolig‘ va yetmish
yoshidin quyi har bir erkak zotini bilotarahhum qatli om qullaricha sazovordir va illo ul
murtaddin badtar jobir va bexiradlardin11 janobi tojdorg‘a xarro‘z balki har soat xavf
bordir. Ammo bul taqrirni o‘shal muayyan qatli om soati yetmag‘uncha har bir bexirat va
bog‘iy bo‘lmog‘i yaqin majhul odamlardin po‘shida tutilmog‘i marjudir.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 28 Noyabr 2006, 07:29:12
Va lekin ul tojdor bir
soati sa’idi muzaffarni muayyan aylab qalamravlaridagi barcha shahar va ko‘ylar, qishloq
va kentlarning sadoqati zohir va qalbi tohir qullarig‘a maxfiy nomalar ko‘ndirib,
sakbachchalarning qatli omig‘a amri oliylarini darig‘ tutmag‘aylar. Ammo Xo‘qandi firdavs
monandning o‘zida ul shaqovatpeshalar18 behad va behisob nufuska molik bo‘lg‘anlari
vajhidin biz Toshkand navkarlarining i’onati19 beshakku shubha vojibdur. Siz shahanshohi,
o‘shal soati muzaffarni ta’yin aylab, biz qullarig‘a xabar yuborsalar, bunda lozim bo‘lg‘an
odamimizni qoldirib va yana har qayusimizg‘a tegishlik bir yuz, ikki yuz va besh yuz
yigitimizni olib, xaloyiq ko‘zida go‘yo janobi tojdorning Musulmonqul falokatidin ozodliqg‘a
chiqib mustaqil sohibi toj bo‘lg‘anlarini muborakbod qilmoq uchun yurgan bo‘lib,
i’onatlariga yetarmiz va darbozadin kirishimiz on faj’atan ul galai saklarga hujum boshlab,
qatli omga qilich tortarmiz. Va yana maxfiy qolmag‘aykim, Toshkandning alhol beklik
mansabida o‘lturg‘uchi qipchoq Normuhammad borasida qandog‘ farmon ber-g‘aylar, bul
ma’nida ham ishoratini darig‘ tutmasalar qullarini andishadan ozod qilg‘an bo‘lg‘aylar.
Ushbu boloda1 mazkur mahzi samarayi sadoqat aqli qosirlarimiz xusuli natijasini biz
qullarig‘a ushbu nomani qosidi qo‘lidin savob va xato, rad va ijobat, pisand va nopisand
javobini irso qilsalar va yana o‘z fikri bosavoblarini izofa qilib, qusur va xatolarimizni tanbeh
etsalar, biz navkari bejavhar6 va bosadoqati befarosatlarni dunyo-dunyo shodu xurram
qilib, ul soyaboni marhamat va mehriboni boshafqatning xizmatlariga kamari xizmatni berk
bog‘latqan bo‘lur edilar, huval-lohul-musta’in.
Sadoqatingiz majlisiga jam’ bo‘lg‘uchi navkarlaringiz (imzolar)".
Bu noma ertasi kun xonga yuboriladirg‘an bo‘lib, bunga maxsus kishi belgulandi.
Majlisning qo‘rqunchi Yusufbek hojidan bo‘lg‘an uchun unga soxta qarorni eshitdirmak
to‘g‘risig‘a Muhammad Niyoz qushbegining o‘zi bevosita majlisdan chiqib ketdi. Shuning ila
bu majlis tarqaldi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 28 Noyabr 2006, 07:29:24
2. QORONG‘I KUNLAR

Otabek Marg‘ilondan qaytib kelgandan keyin o‘n kunlar o‘tkazib usta Alimdan bir xat
olg‘an edi. Usta Alim xatida qutidorg‘a uchrashqanini hamma mayda-chuydalarigacha yozib
kelib aytar edi: «Siz xiyonatni payqag‘uncha qayin otangizg‘a qandog‘ kina saqlab kelgan
bo‘lsangiz, ul ham sizga o‘shandog‘ kinalik ekan. Meni va oilamni tahqir etdi deb, bu
haqoratni umr bo‘yi unuta olmasligini tushunib, o‘t ichida yurar ekan. Mendan haqiqati
holni onglab juda shoshib qoldi, hatto hushi boshidan uchdi. Ichkaridan aniq ma’lumot
bera olmasam ham, ammo ularning ham qayin otangiz holig‘a tushkanlarini mulohaza
qildim. Qayin otangiz sizning o‘tkan holingizning og‘irligini tasavvur qilolmag‘anidek,
dushmanlaringizga bergan javobingizni taqdir etish uchun ham so‘z topolmas edi. Har
holda orangizdag‘i kinaning dushmaningiz bilan birga supirilg‘aniga shubha yo‘q".
Maktubning yana bir o‘rnida: «Sizning qayerda bo‘lg‘anlig‘ingizni so‘rag‘an edi, men
bilganimni aytdim. Kelarmikin degan edi, bunga ham o‘zingizning o‘shal muhmal
javobingizni berdim. Fikrimcha, qishda bo‘lmag‘anda ham, ko‘klamga chiqib o‘zlari
Toshkand tusharlar, deb o‘ylayman".
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 28 Noyabr 2006, 07:29:35
Xatning oxirida: «Sizdan bir kun so‘ng Homid o‘ldi. Haytovur bir og‘iz so‘zsiz to‘ng‘iz
qo‘pibdi. Men o‘lar chog‘ida ham sizga bir tuhmat to‘qirmi, deb qo‘rqqan edim. Qutidorg‘a
hech bir jarima ortmabdirlar. Maqtul-larning egalari hech kimni tutib ko‘rsatolmag‘anlari
uchun mahkamalar ham ishni tekshirmay qo‘ydilar. O‘ylashimcha, hech kim bilmaganda
ham, sirni o‘lgan Sodiqning onasi bilsa kerak edi. Ammo uning ham dami ichida,
so‘rag‘anlarg‘a xudodan ko‘rdim, deb javob berar emish. Bul xotinning qo‘lidan har bir ish
keladir deb o‘ylab, o‘tkan kun qayin otangizg‘a aytdim: begona xotinni uyingizga
yo‘latmasinlar va chetdan kelgan taomni yemasinlar deb. Har holda yomondan xazar
lozimdir", deb yozar edi.
Bu xatdan keyin Marg‘ilondan tiq etkan xabar bo‘lmadi va oradan ikki oylab fursat o‘tib
ketdi. Shuning uchun Otabekning kunlari quyosh botib chiqg‘an sayin bir
onglashilmovchiliqg‘a, qorong‘uliqg‘a kira borib, har soat achchig‘ va yo chuchuklig‘i
noma’lum bir hol kechirib boshladi. Ba’zi kezlarda ul umid quchog‘ida shoshib qolar edi va
ikkinchi vaqtda yaramas — qora xayollar bilan entikar edi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 28 Noyabr 2006, 07:29:52
Umidlangan kezlarda:
— Oy tuynukdan tubanroqda, bu kun bo‘lmasa erta— chimmati qo‘lida, paranjisi
ustida, sarig‘mi, qorami atlas ko‘ynagi egnida darbozadan kirib kelgandek va
o‘pkalangandek...
Ikkinchi bir vaqtda kimningdir quyidagi gapini eshitar edi:
— Ul o‘zining dushmanlarini o‘ldirish uchungina Marg‘ilong‘a qatnab yurg‘an ekan,
hisobini tugatdi-da, bedarak ketdi, qoldi. Tuzukroq joyi chiqsa berib qolayliq Kumushni...
umri ham o‘tib boradir.
Ana shu qora xayol uni chindan yonib turg‘an bir o‘t ichiga tashlar va shu choq o‘zini
muvoxazaga1 boshlar edi: «Men nega ikki yil sarson bo‘lib yurdim-da, bu sarsonlig‘ning
natijasiga borib chiqg‘anda shunday ahmoq-liqqa tushdim?" der va Marg‘ilon yo‘lini ko‘zlar
edi. Ammo endi unga Marg‘ilon borish o‘naqayi sira kelmas: «Men nega keldim-da, endi
nega boraman va nima deb boraman? Qizingizni Toshkand olib tusharsiz deb ketkan
edim... Siz olib tusha bermaganigizdan keyin o‘zim qaytib keldim deyaymi?" Otabek mana
shunday chuchmal azoblar ichida keyingi kunlarini kechira boshladi.
Oy to‘lmasdan Marg‘ilon qatnab turg‘uchi o‘g‘lini endi uch oylab qo‘zg‘almay qolishi
uchun O‘zbek oyim eskicha yana quvonib ketdi. «Keyingi qildirg‘an issig‘-sovug‘im kor qildi
shekillik, birato‘lasig‘a Marg‘ilonni tiliga olmayoq qo‘ydi. Endi xotinig‘a isib, mehmonxonada
yotishni ham barham bersa... har nuchukda duodan qolmayliq", deb Zaynabni domlanikiga
qistar edi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 28 Noyabr 2006, 07:30:09
Otabek keyingi vaqtlarda savdoga yurishni tark qilib qo‘yg‘ani uchun Hasanali ishsiz
qolg‘an, uzun kun uyda bekor zerikkanlikdan hojiga aytib bir muncha dastmoya bilan
guzardan baqqolliq do‘kon ochgan edi. Otabek ko‘pincha mehmonxonasidagi
kutubxonadan uni-buni o‘qub o‘lturar, o‘qushdan zerikkan kezlarida Hasan-alining
do‘koniga chiqar va guzardan ham zerikkandan keyin boshi og‘qan yoqlarg‘a, Salor
bo‘ylarig‘acha ketar va gohi Chuqur qishloq tomonlarig‘a ham tushar edi. Ammo tushkani
bilan burung‘icha ichmas, ikki-uch, ortib ketkanda to‘rt oyoq2 ila kifoyalanar, ko‘z o‘nglari
oz-oz jimirlashkan, turlik xayollari bir muncha tarqalg‘an holda qaytar va lekin Hasanali
ham uning bu kayfini juda siyrak seza olur edi.
O‘tkan kun Chuqur qishloqqa tushkan edi. Asr vaqtlarida qaytib guzarga keldi-da,
xayolat bilan Hasanali do‘koniga o‘lturdi. Otliq, yayov o‘tkinchilar to‘rt tomong‘a qatnab
turardilar, uning bu kungi kayfi o‘tacharoq ketkan bo‘lsa kerak, ularni g‘ira-shira ko‘zga
ilgandek qaraydir.
Hasanali bir-ikki uni kuzatkandan keyin so‘radi:
— Marg‘ilong‘a nega ketmay yuribsiz?
Bu savoldan uning kayfi tarqalg‘andek bo‘lib, ko‘zlari moshdek ochildi.
— Havsala yo‘q...
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 28 Noyabr 2006, 07:30:19
— Qayin otangiz ko‘nsa, ko‘chingizni olib kelsangiz ham ma’qul edi qatnab
yurg‘andan...
— Qaydam...
Ilgari shunday savol chog‘larida o‘zining yolg‘on javoblaridan juda xafalanar,
Hasanaliga o‘tkan gaplarni birin-birin aytib bergusi va «manim uylanishimga sen sabab
bo‘lg‘an eding, endi uni mendan ajratdilar", deb undan o‘z dardiga davo istagusi kelar edi.
Hozir o‘zidan xafalik, o‘ng‘aysizliq sezmagan bo‘lsa ham boshig‘a «o‘zim borolmasam-da,
Hasanalini yuborishim va kezini topib o‘tkan gaplarni otag‘a hikoya qilishim kerak edi",
degan fikr keldi. Bora-bora bu fikr uning boshig‘a jiddiy o‘rinlashib oldi, shu to‘g‘rida
chinlab o‘ylab ketib kayfi ham tarqalayozdi. Do‘konni yopib, Hasanali bilan birga ketdi —
yo‘lda, mehmonxonada birga o‘lturib osh yedi, dasturxon ustida uning o‘ylag‘ani faqat shu
bo‘lib qoldi. Biroq bu fikr qaror tusiga kirib keta olmadi, daqiqa sayin tarqalib borg‘an
kayfidek turlik mone’larg‘a uchray boshladi:
— Hali Marg‘ilonda ishlar qalayikin? Ular yana aynab qolmag‘anmikinlar? Marg‘ilondan
bir narsa pay-qamay turib, kishini ovora qilishg‘a arzirmikin?..
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 28 Noyabr 2006, 07:30:54
Bu kun quyosh ochiq havoda kezishi uchun jim-jim tovlanib, yer yuziga kulib qaradi.
Ikki kundan beri quyosh betini qoplab, turlik yerlarga jon suvi sepish ila charchag‘an bahor
bulutlari burchak-burchakka tarqalib borar edilar. Uyalaridan chiqish bilanoq chumchuqlar
chirqillashib, musichalar kukulashdilar. Anovi ar-ar terakka uya qo‘yishg‘a o‘ylag‘an bir juft
karruklar ham vijir-vijir qilishib kengash ochdilar. Podachining tovshini eshitib, dalaga
oshiqg‘an onasig‘a ergashib qashqa buzoq ham mag‘rab yubordi. Modasiga tegishkani
uchun tomdagi kaptar ham bo‘qog‘ini chiqarib raqibining tevaragida yag‘rin bera
boshladi... Qisqasi bu kun uyg‘onishdanoq butun koinotning yaxshi tush ko‘rib turg‘anlig‘i
sezilar edi.
Bahorning bu kungi sihirlik kuni Otabekni ham qitiqladi. Choyini naridan-beri tugatib,
Hasanali ketidan guzarga chiqdi. Ul guzarga chiqg‘anda Hasanalining qo‘shnisi bo‘lg‘an Ali
erinibkina do‘kon taxtasini tushirmakda edi. Otabekni ko‘rish bilan do‘kon ochishni
to‘xtatdi:
— Bu kun bo‘shmisiz, bek aka?
— Bo‘shman.
— Bo‘sh bo‘lsangiz, Ming o‘rukka1 — qimizga borar edik, — dedi Ali. — To‘la qozoq
biyalarini yayloqqa solibdir.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 28 Noyabr 2006, 07:31:01
— Do‘koningiz-chi?
Ali tushirgan taxtasini qaytadan joyig‘a qo‘yaberdi:
— Dunyoning ishi bitar emishmi, bek aka. Xo‘b desangiz, do‘konni yopaman.
Otabek yarqirab chiqib kelgan quyoshg‘a qaradi:
— Yoping bo‘lmasa, — dedi.
Otabek Hasanalining do‘koni vositasida Ali bilan yaqinda tanishqan edi. Ul ichi kirsiz,
serkulki, ochiq-qina bir yigit bo‘lub, bek bilan go‘yo ko‘b yillardan beri bo‘lg‘an tanishlarcha
muomala qilar edi.
Bekga bu tasodif juda qulay keldi. Chunki uydan chiqishdanoq uning qasdi bu kunni
dalada o‘tkizmak edi. Et oldilar-da, yayovlashib Ming o‘rukka ketdilar.
«Ming o‘ruk» mavzi’i otidan ham ma’lum, bunda ming chog‘liq o‘ruk daraxti o‘sqan
uchun bo‘lib, Shiblining suvidan boshlab to Salor arig‘ig‘acha qator-qator o‘ruklar edi.
Salorning narigi yog‘i biydek qir, endigina ko‘m-ko‘k o‘t gilami unib chiqg‘an edi. Ming
o‘rukning etagi bo‘lg‘an Salor bo‘yicha uch-to‘rtta qozoq o‘tovlari tikilgan edilar. Ikkisi Salor
bo‘yig‘a yetib, To‘la qozoqning kelinchagiga etni sho‘rva qilish uchun berdilar.
Ali o‘tovdan kiygiz olib, Salor bo‘yiga yozdi. Kelinchak yostiq, ko‘rpacha tashlab berdi,
Otabek hordiq chiqarib yaslandi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 28 Noyabr 2006, 07:31:11
Quyosh ozorsizg‘ina qizdirar edi. Yengilgina eskan shamol dimog‘qa turlik o‘lan islarini
kelturib urar edi. Bir necha qaldirg‘och Salorning oqishi bo‘ylab uchar va uchkan ko‘yi
«valfajri» o‘qur edilar2. Poyonsiz qirning yuqori-quyi o‘rinlari yakrang ko‘kat va ko‘z
ilg‘amaydirg‘an uzoqliqlari tumanlangansumon ko‘rinish berar edilar. Qushlar, qurtlar
sayrashi tabiiy bir soz xizmatini o‘tab kishiga ifodasi qiyin bo‘lg‘an bir sezgi solar edilar.
Otabek tabi’atning shu ko‘rkam va latif ko‘rinishiga maftun bo‘lib, bir oz yotqandan
keyin «ul ham bo‘lsa edi", deb o‘yladi va uzoq tin olib qo‘ydi.
Bu kunning ko‘rkamligidan olg‘an taassurotini Ali ichiga sig‘dirolmadi:
— Zap yaxshi kunmi! — dedi.
Otabek ham shu go‘zallikni o‘ziga tatitmay turg‘an dardidan shikoyatlandi:
— Shunday kunlarda kam-ko‘sting bo‘lmasa...
— Sizning ham kam-ko‘stingiz bormi? — deb Ali kulimsiradi.
— Yo‘q, deb o‘ylaysizmi?
— Hammada bo‘lg‘anda ham, sizda yo‘q deb bilaman.
— Masalan?
— Masalanmi, — dedi kulib Ali, — sizning bilan otangizning obro‘si qushbegida ham
yo‘q, davlat to‘g‘ri-sida bo‘lsa, ochiqarlik yerda emassiz... Ikkita to‘tidek xotiningiz bek
akam uchun sochini tarab o‘lturadir... tag‘in qanaqa kamu ko‘st?
Kishining baxtini yuzakigina ko‘rib hukm qilg‘uchi Ali unga qiziq ko‘rindi va kulib:
— To‘g‘ri aytdingiz! — dedi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 28 Noyabr 2006, 07:31:21
— Shukur qilish kerak, bek aka, — dedi Ali va o‘zining baxtsizligidan, topqanini
ro‘zg‘ordan ortdirolmay, shu kungacha uylanalmay kelishidan hasrat qilib ketdi. Otabek
uning hasratini diqqat bilan eshitdi, hayotning zarbasi har kimning o‘z darajasiga qarab va
lekin istisnosiz1 bo‘lg‘anlig‘ini tushundi.
— Dunyoning ishi shunaqa ekan, mulla Ali, — deb uni yupatib qo‘ydi. Ikkisi ham bir
necha vaqt jim qoldilar.
— Marg‘ilonliq xotiningizdan bolangiz bordir?
— Yo‘q...
— Bo‘lsa ham turmadimi, uylanganingizga ancha yil bo‘lg‘an shekillik?
— Turmadi.
Ali Otabekning kami ko‘stini shu bolasizliqdan deb o‘ylag‘an edi:
— Bolasizliq uchun xafa bo‘lish kerak emas, hali yoshsiz, bek aka!
Otabek javob bermadi. Korsonda1 qimiz keldi. Bek bir-ikki zarangni2 ichkandan keyin,
yamlanib ko‘kka qarab yotib oldi. Ali bor tovshini qo‘yib ashula qildi:
Ko‘zlarim yo‘l ustida, kelmadi yor,
Ushbu keng dunyo ko‘zimga bo‘ldi tor.
Qay qaroqchi oldi yorimning yo‘lin,
Mundagi baxtsiz yigit yo‘l uzra zor...
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 28 Noyabr 2006, 07:35:52
— Qo‘shilishmaysizmi, bek aka?
— O‘zingiz yaxshi aytasiz, to‘xtamang!
Ali borliq ovozi ila hamma hunarini ishlatib, g‘azal tugalguncha ashulani aytib bordi.
— Tuzikmi, bek aka?
— Yaxshi ashulachi ekansiz!
— Undog‘ bo‘lsa ustidan buni ichib yuboring, — dedi kulib, bir zarang qimiz uzatdi. Bek
qimizni bir simirishda bo‘shatdi-da, entikib uzoq qirg‘a qaradi, uzoq qarab turdi-da,
yuqoridag‘i baytni o‘qub og‘iz ichidan ming‘illadi.
Ko‘zlarim yo‘l ustida, kelmadi yor,
Qay qaroqchi to‘sdi yorimning yo‘lin...
— Qo‘qong‘a ketkan sipohlardan darak eshitdingizmi, bek aka?
Otabekning xayoli bo‘linib, Aliga qaradi:
— Eshitmadim.
— Manim akam ham ketkan edi... Oy borib, omon kelishsunlar-da!
— Akangiz yigitmidi?
— Yo‘q, mergan edi. Qo‘qon ketayotgan o‘rtoqlarig‘a qiziqib, borma deganga
ko‘nmadi. Urush ehtimoli yo‘q-mi, shunchaki fotiha uchun ketishkandirlar-a?
— Kim bilsin, — dedi bek va bir oz o‘ylab qolg‘an-dan keyin, — bo‘lmas, — deb qo‘ydi.
Korsondagi qimiz tugab, sho‘rva ham ichildi. Dasturxonni yig‘quvchi kelinchakka o‘g‘ul
tilab duo qiling‘andan keyin, qo‘lig‘a o‘ttuz chaqa surma puli berdilar va qirni aylanish,
binafsha terish uchun turib ketdilar.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 28 Noyabr 2006, 07:36:16
3. QIPCHOQQA QIRG‘IN

Kechki soat to‘rtlarda Qoymas darbozasidan qaytib shaharga kirdilar-da, darbozadan
o‘n adim narida boshi tanidan oling‘an uch kishining gavdasiga yo‘liqdilar. Otabek bu holga
tushunmadi, chunki ahyonda osiladirg‘on gunohkor Eski namozgoh doriga elitilar edi.
Shunga ko‘ra darbozabonni hujrasidan chaqirib so‘radi:
— Bular qanday gunohkorlar ekan?
Darbozabon bekni tanib qo‘l qovishtirdi:
— Taqsir, qipchoqlar.
— Gunohlari nima ekan?
Darbozabon yotgan gavdalarga qarab oldi va bekning yaqinig‘a keldi:
— O‘zlari bilarlar-ku, taqsirimning... begimga aytkulugi yo‘q...
— Gunohlari nima, axir?
— Axir qipchoqlar-da, to‘ram.
Otabek diqqatlandi:
— Qipchoqlar ekanini bildim, ammo gunohlari nima deb sizdan so‘rayapman!
Darbozabon qo‘l qovishtirg‘ancha Otabekka ajablanib qaradi:
— Aniq xabarlari yo‘qmi taqsirimning? — deb yana so‘radi.
— Yo‘q!
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 28 Noyabr 2006, 07:36:24
— Voy-boyov taqsir, bu kun ertalabdan beri ko‘rin-gan qipchoqni so‘yib yurdilar-ku.
Gunohlari surishtirilmadi, taqsir, — dedi va o‘luklarning yonig‘a yurib kelib izoh berdi, —
manovisini uyidan olib chiqib so‘ydilar, manovisi manim yonimda turg‘an darbozabon edi —
rahmatlik. Manovisini tanimayman va lekin o‘zi qipchoq bo‘lsa kerak. Otabek dahshatlanib
yonidag‘i Aliga qaradi, Ali esa yotqan jonsiz gavdalarga qarab labini tishlab turar edi.
— Kimlar o‘ldirdi? — deb Otabek dahshat ichida darbozabondan so‘radi.
— Bu yerga kelguchilar yigirma chog‘liq edilar, o‘zimizning Toshkand yigitlaridan ham
bor, qo‘qonliqlar ham ko‘rinadilar. O‘zlari ham qipchoqni qidiraberib hamma yoqni tozayam
g‘alvir qilib yubordilar-da, taq-sir... Qo‘qonga ketkan beklardanmi, xondanmi, ishqilib,
shunaqa buyruq kepti-da, taqsir... Bizlar xizmatkor odam — nimani bilaylik, to‘ram!
Otabek masalaga tushungandek bo‘ldi va dahshat ichida Ali bilan yo‘lg‘a tushdi. O‘ttiz
qadam bosmay tag‘in ikki o‘lukka uchradilar. O‘n adimda bir jonsiz gavda...
Endi Ali so‘ramay chidamadi:
— Nauzanbilloh1, bu nima degan gap, bek aka?!
— So‘ramang!
— Yo‘g‘-a, — dedi Ali, — axir hammasi ham gunoh-kormikin?
— Gunohkor!.. — deb zaharxanda qildi bek, — Musulmonqulni bilarsiz, albatta?
— Nega bilmay, ikki oy ilgari qochig‘ini ham ko‘rdim...
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 28 Noyabr 2006, 07:36:38
— Bilsangiz, — dedi bek, — bularning hammasi o‘shaning gunohiga o‘ldirilg‘an
o‘xshaydir!
— Shu ham gapmi, xudoyo tavba!
Adim sayin bir o‘lukka uchrar edilar. Ali sanab kelar edi, guzarga yetkanda sanoq
yetmishdan ortdi. Hali bu birgina to‘g‘ri ko‘chaning hisobi bo‘lib, keng Tosh-kandning o‘zga
ko‘chalarini ham hisobga olg‘anda faji’ bir adad tashkil etishi ma’lum. Guzarning ichiga
kirganda qator chizilg‘an qirq chog‘liq o‘luklarni ko‘rdilar...
Kun asrdan og‘ib shomga yaqin, shuning uchun guzardagi do‘konlardan ochug‘i uchto‘
rtta, jumladan, Hasanali ham yarim ochiq do‘konni oldida o‘lturar edi.
— Sog‘ keldingizmi, bek! Biz bu yerda yuz xil vasvasaga tushib tashvish tortdiq, —
dedi Hasanali.
Otabek boshqa xayolda edi. Hasanalining so‘zini go‘yo eshitmagandek so‘radi:
— Bu kun dadam qayerda edi?
— Sizdan keyin o‘rdaga ketkan edilar. Bir soatdan keyin shoshqannamo qaytib
keldilar-da, sizni so‘radilar, shundan so‘ng qayoqqa ketkanlarini bilolmadim.
— Qachondan boshlab qipchoqni so‘ydilar?
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 28 Noyabr 2006, 07:39:01
— Otangizni kelishi bilanoq, — dedi Hasanali va entikib foji’ani hikoya qildi. — Ey...
bek, rahmsizlik bunaqa bo‘lar ekan... Xudda qiyomat bo‘ldi! Bechoralar nima gunoh
qildilarkin? Uyida halol kasbini qilib o‘turg‘anlarg‘acha tutib so‘ydilar... Ey bechoralar,
qanday gunohlari bor ekan?! Yigitlar tutib kelturib turadilar, jallod bosh kesib boradir. Bu
nogahoniy qazodan eslari chiqib ketkan bechoralar yig‘lashadilar... Ayniqsa bir bo‘yoqchi...
xudda xum yonidan tutib kelganlar — qo‘li bo‘yoq... Ey xudo, men nima gunoh qildim, deb
yig‘laydir... Chidab bo‘lmadi, do‘konini yopib qochdim, ko‘plar ham qochdilar... tag‘in bir...
— Bas, — dedi Otabek. Hasanali hikoyadan to‘xtadi, chunki bekning yuragi ezilib oqish
darajasiga yetib, Ali Ota bilan xayrlashmasdanoq qochqan edi...
Uyga borib kechki oshni ham yemadi va otasig‘a ham uchrashmadi, go‘yo shu
yirtqichlar dunyosidan yashi-ring‘andek oq kundayoq to‘shagiga yotib, ko‘rpasiga burkanib
oldi. Uning bu holiga uy ichi tushunganlari uchun, nima qildi, deb so‘ramadilar va yonig‘a
ham kelmadilar...
Yusufbek hoji ertalab choyni Otabek bilan birga ichish uchun mehmonxonag‘a chiqdi.
Otabek tersaygancha kelib choyg‘a o‘lturdi, otasiga salom bermadi. Chunki ul o‘z otasini
qipchoq qirg‘inining bosh omillaridan deb qaror qo‘yg‘an edi. Choy yarimlay yozdi. Oradan
churq etkan so‘z chiqmadi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 28 Noyabr 2006, 07:39:23
Nihoyat, o‘g‘lig‘a yengillik berish niyatida hoji tilga keldi:
— Xafa bo‘lma, o‘g‘lim.
— Sizlarga o‘xshab, — dedi istehzolanib, — quvonaymi?
Hoji o‘g‘lining qandog‘ fikrda va nima uchun tersayganini bildi.
— Yanglishasan, o‘g‘lim.
— Rajabbeknikidagi majlisda, — dedi zaharxanda bilan, — bu yirtqichlarning rejachisi
kim edi?
Hoji entikdi va:
— Rajabbeknikida bo‘lg‘an majlisni sen bilasanmi?..— deb so‘radi.
— Bilaman.
— Bilsang, — dedi hoji, — manim ustimga mundog‘ tuhmat orttirishdan uyal, bola!
— Rajabbeknikida bu kengash bo‘lmag‘anmidi?
— Bo‘lg‘an edi.
— Bo‘lg‘an bo‘lsa, tag‘in nega o‘zingizni quruqqa olasiz?
Yusufbek hoji boladan kulgandek qilib iljaydi.
— Ba’zi yengil muhokamalaring onangnikidan qo-lishmaydir, Otabek! — dedi. —
Majlisdan xabaring bo‘l-g‘an bo‘lsa, kim qaysi fikrda qolg‘anini ham bilarsan?
— Yo‘q.
— Majlisda nimadan bahs qiling‘anini-chi?
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 28 Noyabr 2006, 07:39:49
— Majlisda nima muzokarasi bo‘lg‘anini ham bilmayman va lekin o‘sha majlis faqat
qipchoqlarga qatli om uchun yig‘ilgan ekan, deb kecha ishondim. Majlisingiz a’zolarining
sizdan boshqasi nega yigit to‘plab, Qo‘qong‘a ketdilar va ular Qo‘qong‘a yetmaslaridanoq
nega bu vahshat boshlandi?
— Bu muhokamang to‘g‘ri. Ammo otangni ham shu jonivorlar orasig‘a qo‘shib
o‘ltirishing qisqalig‘ingdir,— dedi. Ko‘ziga yosh oldi. — O‘zing o‘ylab ko‘r o‘g‘lim, o‘z qo‘limiz
bilan o‘zimiznikini kesishimizdan mamlakat uchun qanday foyda bor? Basharti men bu
vahshatka ishtirok qilg‘an bo‘lsam, qaysi aql va qanday manfaatni kuzatib qo‘shilishqan
bo‘laman? Agarda manim yurt so‘ramoqqa va shu vosita bilan boylik orttirmoqqa orzum
bo‘lsa, boshqalardan ham ko‘ra o‘z o‘g‘limg‘a — senga ma’lum bo‘lmasmidi? Nega har bir
narsaga yetkan aqling shunga qolg‘anda oqsaydir. Nega yong‘an yurakimga yana sen ham
zahar sochasan?!
Titralib va to‘lqinlanib aytilgan bu so‘zlar Otabekni o‘kintirdi, o‘lganning ustiga chiqib
tepish qabilidan bo‘lg‘an o‘z hujumining haqsiz ekaniga tushundi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 28 Noyabr 2006, 07:40:00
Yusufbek hoji bitta-bitta yotig‘i bilan majlis haqida bayon qilib, o‘zining qarshi
tushkanini va ularga uqdira olmag‘andan keyin, majlisni tashlab chiqib ketkanini so‘zlab
kelib dedi:
— Biror soatlar so‘ng orqamdan Niyoz qushbegi kelib mendan afu so‘radi va majlisning
u fikrdan qaytqanini, o‘zlarining xatog‘a ketkanlarini aytdi. Men xursand bo‘lib, bu ishning
zararini yana isbot qilib chiqdim. Niyoz men bilan xayrlashar chog‘ida: «Jon hoji aka, endi
gap shu yerda qolsin, bitta-yarimta eshitgudek bo‘lsa, biz yerga qararliq bo‘lmayliq,
o‘lturishning katta iltimosi sizdan shul", dedi. Men bu iblisona aldovga uchib, bu to‘g‘rida
na senga va na Normuhammad qushbegiga og‘iz ochmadim va ularning Qo‘qong‘a fotiha
uchun qo‘zg‘alishlaridan hech bir shubhalanmadim... Eh, shaytonlar!
Hoji bir oz to‘xtab davom etdi:
— Kecha ertalab o‘rdaga borg‘an edim. Sahn yuzida uch-to‘rt yuz musallah1 yigitlarni
biravini kutkan holda ko‘rdim va iltifotsiz qushbegi mahkamasiga kirdim. Kirsam, Qo‘qong‘a
ketkan Qayum ponsad uch-to‘rtta yigiti bilan qushbegining qarshisida turibdir. Qushbegi
qo‘lida bir qog‘oz ushlab, go‘yo es-hushidan ayrilgan kabi qotib o‘ltiribdir. Meni eshikdan
ko‘rib, so‘zsiz-nesiz qo‘lidag‘i qog‘ozni menga cho‘zdi va boshini tebratib qo‘ydi. Men bir
narsaga ham tushunmagan holda borib qog‘ozni oldim... O‘qudim-o‘qudimda, manim
hushim boshimdan uchib, qushbegi holiga tushdim. Bu qog‘oz xonning yorlig‘i edi va
bunda taxminan shunday gaplar bor edi:
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 28 Noyabr 2006, 07:40:15
«Biz Turkiston mamlakatining xoni o‘z qalamravimiz va saltanatimiz uchun qipchoq
toifasini muzir deb bildik. Bu yanglig‘ hukmimizni o‘z qalamravimizda bo‘lg‘an barcha
beklarimizga, hokim va qo‘rboshi va dahboshilarimizga bildirib buyuramizkim, ushbu
farmonimizni olg‘an on darhol o‘n besh yoshdan to yetmish yoshg‘acha bo‘lg‘an qipchoq er
zotini qilichdan kechirgaylar va hech bir silai rahmni vosita qilmag‘aylar. Ushbu hukmimizni
yeriga yetkuzishda sustlik qilg‘an mansabdor bizg‘a itoatdan bosh tortqan hisoblanib, eng
qattig‘ jazoimizg‘a mahkum qilinur. Bu hukmimizni ijro etkuchi Toshkand hokimi
Normuhammad qushbegiga marhamati shohonamiz shuldurkim, garchi sizning qipchoq
qavmig‘a mansubiyatingiz bo‘lsa ham, Musulmonqulni haydashda bizga unutilmasliq
xayrixohliqlar va xizmatlar ko‘rsatdingiz, binoan alayhi siz bu jazodan ma’fudirsiz2 va
sadoqatingizda boqiy qolib amrimizni ijro etishingizda shubha qilmaymiz!»
Qushbegiga qaradim, ul ham manim og‘zimg‘a qarab turar edi. «Buyruqni qachon
oldingiz?» deb so‘radim. Ul javob o‘rniga Qayum ponsadga imladi.
«— Men olib keldim», — dedi Qayum ponsad.
«— Siz Qo‘qondan olib keldingizmi?» — deb so‘-radim. Chunki sen aytkandek besh-olti
kunda Qo‘qong‘a borib-kelish sira aqlg‘a sig‘mas edi.
«— Biz beklar bilan Qo‘qon yo‘lida edik, — dedi Qayum, — yo‘l ustida xondan ushbu
yorliq kelib qoldi. Niyoz qushbegi menga yigit qo‘shib bu hukmnomani ijro qilishda yordam
bermak uchun jo‘natdi».
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 28 Noyabr 2006, 07:40:27
Bu so‘z menga hamma shaytanatni ochib berdi va o‘zimning iblislar tomonidan
aldang‘animni bildim:
«— Ertadan boshlab hukmni ijro qilsaq qalay bo‘larkan?» — deb qushbegiga qaradim.
«— Men ham shuni o‘ylab turib edim...» — dedi qushbegi va Qayumga qaradi.
Qayumning ustodlari ishni keyinga siltashimizni ilgaridan ko‘rib qo‘yg‘an ekanlar:
«— Ertaga qo‘yib bo‘lmas!» — dedi Qayum.
«— Nega?», — dedim.
«— Negaki ertagacha qipchoqlar qochib bitadirlar».
Men Qayumning so‘ziga quloq solmadim-da, qushbegidan ertaning kengashini
so‘rag‘an bo‘ldim. Bu holdan achchig‘lang‘an Qayum yonimg‘a kelib o‘lturdi.
«— Ovora bo‘lmangiz, hoji aka», — dedi.
Uning bu harakatidan achchig‘im qistadi:
«— Sizning bilan manim bu ishka aralashmoqqa haqqimiz yo‘q!» — dedim.
«— Sizniki bo‘lmasa to‘g‘ri, ammo meniki bor!» — dedi Qayum.
«— Buyruq kimning otig‘a?» — dedim.
«— Qushbegining!»
«— Bas, siz bilan men faqat u yordam so‘rag‘andag‘ina ketman ko‘taramiz, boshqa
daxlimiz yo‘q!» — dedim.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 28 Noyabr 2006, 07:40:36
Qayum zaharxanda bilan yonini kavlab ikkinchi bir buyruq chiqardi va menga berib:
«O‘qungiz!" — dedi. O‘qudim.
«— Bas, birinchi buyruqni siz olg‘an ekansiz, nega yana qushbegidan fotiha kutib
o‘lturibsiz?!» — dedim o‘t ichida.
«—Har narsa bo‘lg‘anda ham ulug‘imiz, deb siylab turg‘an edim...» — dedi Qayum.
«— Egasini siylagan itiga suyak tashlar, qilmoqchi-siz-da, barakalla!» — dedim. «—
Boringiz, ustodlaringizning vasiyatini bajaringiz!»
«— Xafa bo‘lmangiz, hoji aka!» — dedi Qayum va qo‘limdan qog‘ozni olib qushbegidan
so‘radi: «— Nima deysiz endi, bek?»
«— Manim kengashimga kirsangiz, ertadan boshlayliq!» — dedi qushbegi,
«— Sira iloj yo‘q, qushbegi! Chunki barcha shahar va kuylarga ham faqat shu — bu
kunga, deb buyurg‘an ekan!»— dedi Qayum.
Qushbegi bilan men go‘yo tog‘ ostida bosiriq bo‘lg‘an edik. Boshimizg‘a hech bir gap
kelmas edi. Qayum o‘rnidan turg‘an holda qushbegidan javob kutar edi. Qushbegi ko‘b
fursat qotib o‘lturg‘andan keyin, Qayumga qo‘li bilan chiqishg‘a ishorat qilib: «—
Bilganingizni qilaberingiz», — dedi. Qayum yonidag‘i yigitlari bilan mahkamadan chiqdi.
Uning chiqishi bilan qushbegiga dedim:
«— Endi nima qilamiz?»
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 28 Noyabr 2006, 07:40:47
 «— Nima qilar edik?»
«— Axir qarab qolaberamizmi, vaqt tang! Qarshig‘a biz ham yigit chiqarayliq!»
«— Qo‘yaberingiz, hoji!»
«— Bechora gunohsizlar kesilabersinlarmi?!»
«— Kesilabersinlar!» — dedi qushbegi. Men iztirob ichida unga tushunolmay qolg‘an
edim. Ul yig‘i ichida tilga keldi:
«— Mamlakatning tinchlig‘i qipchoqlarni kesish bilan hosil bo‘lsa, mayli, kessinlar!
Yurtning obodlig‘i gunohsiz qipchoqning qizil qonig‘a qolg‘an bo‘lsa mayli, o‘ldirsinlar!
Agarda najotimiz qipchoq tuxumini quritishda bo‘lsa— meni ham ossinlar!
Bu palidlarning marhamatiga men ham muhtoj emasman!»
Hozir inodning1 o‘rni emasligini harchand uqdir-moqchi bo‘ldim, ko‘nmadi. Noiloj,
yolg‘iz o‘zim chiqib qo‘limdan kelgancha qipchoqlarni qochirishga harakat qildim, tevarakka
kishilar yo‘lladim. Ammo to‘rt yuz jallodning qarshisig‘a chiqg‘an bir kishining uhdasi
albatta bir kishicha edi. Muttahamlar ko‘b bechoraning yostig‘ini quritishg‘a muvaffaq
bo‘ldilar, — dedi hoji.— Mana, Otabek, haqiqat shul, kishi tushunmasdan turib biravga
tuhmat to‘qimaydir.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 28 Noyabr 2006, 07:40:56
Otabek o‘zining o‘rinsiz gapidan uyalg‘annamo yerga qaradi va bir muncha vaqt fikrga
ketib o‘lturg‘andan so‘ng so‘radi:
— Yirtqichlarning bu qirg‘indan qanday muddaolari hosil bo‘larkin?
— Maqsadlari juda ochiq, — dedi hoji, — bittasi mingboshi bo‘lmoqchi, ikkinchisi
Normuhammad o‘rnig‘a minmakchi, uchinchisi yana bir shaharni o‘ziga qaram qilmoqchi.
Xon ersa Musulmonqulg‘a bo‘lg‘an adovatini qipchoqni qirib alamdan chiqmoqchi. Menga
qolsa o‘rtada shundan boshqa hech gap yo‘q, o‘g‘lim. — dedi va bir oz to‘xtab davom etdi:
— Men ko‘b umrimni shu yurtning tinchlig‘i va fuqaroning osoyishi uchun sarf qilib,
o‘zimga azobdan boshqa hech bir qanoat hosil qilolmadim. Ittifoqni ne el ekanini bilmagan,
yolg‘iz o‘z manfaati shaxsiyasi yo‘lida bir-birini yeb, ichkan mansabparast, dunyoparast va
shuhratparast muttahamlar Turkiston tuprog‘idan yo‘qolmay turib, bizning odam
bo‘lishimizg‘a aqlim yetmay qoldi. Biz shu holda ketadirgan, bir-birimizning tegimizga suv
quyadirg‘an bo‘lsaq yaqindirki, o‘rus istibdodi o‘zining iflos oyog‘i bilan Turkistonimizni
bulg‘atar va biz bo‘lsaq o‘z qo‘limiz bilan kelgusi naslimizning bo‘ynig‘a o‘rus bo‘yindirig‘ini
kiydirgan bo‘larmiz. O‘z naslini o‘z qo‘li bilan kofir qo‘lig‘a tutqin qilib topshirquchi — biz
ko‘r va aqlsiz otalarg‘a xudoning la’nati albatta tushar, o‘g‘lim! Bobolarning muqaddas
gavdasi madfun1 Turkistonimizni to‘ng‘uzxona qilishig‘a hozirlang‘an biz itlar
yaratguchining qahriga albatta yo‘liqarmiz! Temur Ko‘ragon kabi dohiylarning, Mirzo Bobur
kabi fotihlarning, Forobiy, Ulug‘bek va Ali Sino kabi olimlarning o‘sib-ungan va nash’u
namo qilg‘anlari bir o‘lkani halokat chuqurig‘a qarab sudrag‘uchi albatta tangrining qahrig‘a
sazovordir, o‘g‘lim! Gunohsiz bechoralarni bo‘g‘izlab, bolalar yatimxonalarini vayron
qilg‘uchi zolimlar — qurtlar va qushlar, yerdan o‘sib chiqg‘an giyohlar qarg‘ishig‘a
nishonadir, o‘g‘lim!..
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 28 Noyabr 2006, 07:41:08
4. OY ETAK BILAN YOPILMAS

Choy tugalgan edi. Otabek fotiha o‘qub, o‘rnidan qo‘zg‘almoqchi bo‘ldi.
— Turma!
Yusufbek hoji tarafidan berilgan amirona buyrug‘ Otabekni qaytadan o‘lturib qolishga
majbur etdi va otasig‘a «nima xizmatingiz bor?" degandek qilib qaradi. Yusufbek hoji bir
so‘z demasdan sallasini olib tizzasiga qo‘ydi, bosh qashinishib yana sallasini kiydi.
Dadasining salla olib bosh qashinishi keyinidan ko‘pincha o‘zini bir tergov ostida ko‘rar edi.
Shuning uchun yana bir martaba dadasiga qarab qo‘ydi.
Chini bilan ham hojining tusidagi boyag‘i hasrat va qayg‘u alomatlari yo‘qolib, ularning
joyini sharq otalig‘i vaziyati oldi.
— Marg‘ilonda nima ishlar qilding?
Kutilmagan bu savolga Otabek nima deb aytishini bilmay qoldi. Javob o‘rnig‘a xavfli
tomong‘a qaradi.
— Sendan so‘rayapman, Otabek.
— Sizga xabar berguvchi nima ishlar qilg‘animni ham aytkandir...
— Jo‘n odamlar qatorida odam o‘ldirib yurdim, degin? Otabekning yuzida kulimsirash
bilindi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 28 Noyabr 2006, 07:41:19
— Jo‘n odamlar qatorida emas, — dedi, — majburlar qatorida, zo‘rlanganlar qatorida...
Hoji o‘g‘lining kinoyasiga tushunmadi:
— Odam o‘ldirish uchun seni kim zo‘rlab majbur qildi?
— Hali bilmaysizmi?
— Bilmayman, — dedi hoji, — aytishlariga qarag‘anda seni hech kim majbur
qilmag‘an.
— Meni zo‘rlag‘an va majbur qilg‘an edilar, dada, — dedi zaharxanda bilan. — Yo‘qsa,
sizning o‘g‘lingiz bo‘lg‘an bir yigitning sha’niga albatta odam o‘ldirish uyat va nomusdir.
— Kim seni majbur qildi, axir?
— Siz, onam!
— Esing o‘zingdami, yigit?
— O‘zimda, — dedi o‘g‘ul, — siz o‘zingizning orzu-havasingiz yo‘lida meni majbur
qildingiz va dushmanlarimga yo‘lni katta qilib ochib berdingiz, men bu jonivorliqni xohnoxoh
ishlashka majbur qoldim.
— Shundog‘mi, — dedi hoji o‘z gunohi o‘kuliga tushkan holda, — undog‘ bo‘lsa, bizni
kechir, o‘g‘lim.
— Sizni gunohkor qilishga va gunohingizni kechishka manim haqqim yo‘q, dada. Lekin
gunohsiz bo‘laturib, ham yana muvahaza ostig‘a tushkanim uchun o‘zimni mudofaa
qilishga majburman...
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 28 Noyabr 2006, 07:41:29
Hoji labini tishlab, boshini chayqadi.
— Xom sut emgan bandamiz, — dedi, — xayr, bu aybniku bizning bo‘ynimizg‘a
qo‘yasan, darhaqiqat qo‘-yishga haqqing ham bordir... Ammo oralaringg‘a yomonlar
oralag‘an ekan, shuncha muddatdan beri nega meni xabardor qilmading? Yoki bunda ham
birav seni indamaslikka majbur qildimi?
— Hech kim majbur qilmadi, — dedi, — ammo meni shu vartaga tashlag‘an
do‘stlarimdan... ko‘mak so‘rash ham ma’qul ko‘rinmadi...
Hoji boshini quyi soldi. O‘g‘lining keyingi so‘zi unga juda ta’sir qilg‘an edi... Nima
qilsinki, Otabek to‘g‘ri gapni aytar edi...— Biz seni Toshkanddan o‘ylantirsak-da, — dedi
nihoyat hoji, — katta xotiningdan ajratish fikrida emas edik. Agar sen shu xayol bilan
bizdan siringni yashirib kelgan bo‘lsang, katta ahmoqliq qilibsan, bolam.
Otabek dadasining bu keyingi so‘ziga qarshi hech narsa demadi, go‘yo hamma alamini
yuqoridag‘i ikki jumla bilan chiqarib yuborgandek jimgina somi’lik1 darajasiga tushdi.
Ammo natijani tezroq eshitib olish uchun uning yuragi qaynag‘an oshdek shopirilar edi.
Hoji davom etdi:
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 28 Noyabr 2006, 07:41:40
— Kishining boshig‘a bir ish tushkanda, darrov biravdan kengash va yordam so‘raydir.
Hatto ota-onasidan ham sir saqlag‘an bir yigitni o‘z o‘g‘lum bo‘lib chiqg‘ani menga qiziq
ko‘rinadir. Qayin otang menga bir xat yozibdir, o‘qub-o‘qub mazmuniga tushunolmay
hayron bo‘laman. Oy sayin Marg‘ilon borib turar edi-ku, deb o‘ylayman. Xatni ikki-uch
qayta o‘qib chiqg‘andan keyin, bilsam haqiqat shu emish... Mirzakarimning yozg‘anig‘a
qarag‘anda bir muncha yanglishiq undan ham o‘tkan ko‘rinadir va lekin sening bolalig‘ing
oldida uniki holvadir... Yaxshiki, bu aqlsizlig‘ing boshqalarning boshiga ko‘ringan... O‘zing
ayt, agar menga shu kasalingni bir og‘iz bildirsang, men qayin otangg‘a xat yozmasmi
edim, Hasanalini yuborib haqiqatni ochmasmidim va bu taqdirda odam o‘ldirib yurishlarga
qanday hojat qolar edi?
Otabekning boshig‘a bu gaplarning bir harfi bo‘lsin o‘rnashmas va o‘zi kutkan natijaga
borib yetish uchungina qiynalar edi.
— Shunchalik ishlarni qilib, nega oxirda qayin otangg‘a yo‘liqmay kelding?
— Shunga majbur edim.
— Marg‘ilong‘a endi qachon borasan?
Otabek o‘ylanib qoldi. Chunki bu «qachon borish» masalasini yaxshilab yeshmak kerak
edi va uni yeshmak ham qiyin edi, uzoq o‘ylang‘andan keyin:
— Ma’lum emas, — dedi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 28 Noyabr 2006, 07:41:52
Garchi bekning yuragi hozir bo‘lsa ham Marg‘ilong‘a qarab uchishka tayyor edi. Biroq
uning yuragidan ham kuchlik bo‘lg‘an yana bir narsa bu «borish» masalasini chuvaltirib
«ma’lum emas» bir holga qo‘yg‘an edi.
— Qayin otang kelin bolani olib shu hafta ichi yo‘lg‘a chiqmoqchi ekan, — dedi hoji, —
tarixiga qarag‘anda xatning yozilg‘anig‘a o‘n kunlab bor, ehtimolki, erta-indin kelib
qolsalar, to‘rdagi uyni bo‘shatdirib, polos yozish kerak edi...
Ul bu gapni eshitar ekan borliq, yo‘qliq — ish qilib allaqandog‘ qiziq bir holat kechirdi.
Issig‘ bir narsa badaniga tegib ketgandek hurkinib qo‘ydi va «nihoyat, endimi?” degandek
qilib entikdi. Ko‘z o‘ngidan biravning surati o‘tib sarxushlandi va til bilan onglatib bo‘lmasliq
bir sog‘inish chidamsizligi ichida bu ivir-jivir holatdan gangib ko‘z ochdi. Ko‘z ochdi, biroq
o‘ziga «nima deysan?” deb qarab turg‘uchi otasig‘a muvofiq javob berishni bilmadi.
Yusufbek hoji esa o‘g‘lining bu sustlikka o‘xshab ko‘ringan holini yomong‘a yo‘ydi. Marg‘ilon
degan shahardagi katta o‘zini kichik olib qizi ila kelayotgan Mirzakarim akaga o‘g‘lining
xo‘rliq keltirishidan cho‘chidi. Shunga binoan Otabekni epaqag‘a olish uchun unga kulki
tuyulgan bir qancha nasihatlarni chizdi:
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 28 Noyabr 2006, 07:42:22
— O‘g‘lim, — dedi, — siylag‘anni siylash kerak, endi senga qadrsizlang‘an bo‘lsalar,
ammo bizning qoshimizda ularning qadr-qiymatlari yuqori, qutidor bo‘lsa ko‘z ochib ko‘rgan
qudamiz, xotining bo‘lsa bosh kelinimiz. Agar sen meni otam deydirgan bo‘lsang,
shularning ko‘nglini olmoqqa tirish. Qayin otangdan meni quvladi, deb ko‘ngling olinmasin,
chunki u bechora ham bir shaytonning vasvasasi bilan bu xatoga tushkan. Har holda
hurmatlarini bajo keltir, Marg‘ilon degan shahardan sening yuzingni, deb keladirlar.
Otasining bu so‘zlari go‘yo uning istiqboli uchun yaxshi ta’minotlar berar, go‘yo
majburiyat ostida ota nasihatini quloqqa oladirg‘andek bo‘yin egib o‘lturar edi.
— Agar ularning kelish kunlarini aniq bilsak, — dedi hoji, — sen yo‘ldan qarshilab kirar
eding.
Otabek javob bermadi.
— Har holda o‘ttasi kun mo‘ljal, sen chiqmasang ham Hasanali chiqsin yo‘lg‘a.
— Mayli chiqsin, — dedi Otabek.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 28 Noyabr 2006, 07:42:47
5. MAKTUB

Hoji shundan keyin o‘g‘lidan bir daraja qanoatlandi va choyga fotiha o‘qub, o‘rnidan
turar chog‘ida yonidan bir xat chiqarib uzatdi:
— Xatning ichidan chiqdi. Kelindan — senga bo‘lsa kerak, — dedi.
Otabek maktubni olib otasining ketishini kutib qoldi. Xat sakkiz buklanib, qizil ipak
bilan bir-ikki yeridan chatilg‘an va Otabekka atalg‘an edi. Otasining uzoqlashishini kutar
ekan, yuragi yomonlag‘an otdek tipirchilar edi. Tikilgan ipaklarni so‘kdi va maktubni ochib
och ko‘zini ishka qo‘ydi:
«Yusuf savdosida beqaror Zulayho ismidan, Majnun ishqida yig‘lag‘an Layli otidan —
sizga boshimdag‘i sochlarimning tuklaricha behad salom. — Mendan — haddu-hisobsiz
gunoh, sizdan — kechirish. O‘tkan ishga salavot. Chunki shu ikki yil ichida kechirgan qora
kunlarni eska olish manim uchun o‘sha kunlarni qaytadan boshdan kechirishlik singari, ul
kunlarni siz unuting, unutmang, ammo men unutdim. Shuning uchun so‘zimni o‘zimni
oxirg‘i, ham chin baxt islari hidlagan tariximdan boshlayman.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 28 Noyabr 2006, 07:43:06
Siz — qochoqsiz, nari-beri til uchida menga bir narsa yozg‘andek bo‘lib qochqansiz,
ikki yil bo‘ldi Marg‘ilon kelib yurishlaringizni men o‘zimcha yeshdim, lekin topib yeshdim:
sizning barcha mashaqqatlaringiz — dushmanlaringizdan o‘ch olish uchun bo‘lg‘anini
ongladim. Yo‘qsa, meni ko‘rar edingiz, ko‘rgingiz kelmaganda ham boshqalar sizni ko‘rar
edilar, to‘yar edilar... Men kabi baxtsiz, men kabi g‘ovg‘asi ko‘b sizni zeriktirib, jondan
to‘ydirg‘an bo‘lsa ajab emaski, qocha boshlag‘ansiz... Qochsangiz qochib ko‘ringiz, ammo
men bu kundan boshlab biravlarni quvishqa bel bog‘ladim: otam bilan onam rafoqatlarida1
xizmatingizg‘a — cho‘riliqingizg‘a erta-indin yuraman, suyganingiz kundoshim
oldida qadru-qiymatimning nima bo‘lishini ham bilaman... Siz olijanobsiz: eski qadrdonliq
hurmatiga ko‘ngil uchun kulib boqarsiz... Loaqal shugina bilan ham baxtsizni mas’uda
qilarsiz. Ammo... suyganingiz — kenjangizning jerkishlaridan, qarg‘inishlaridan behad
qo‘rqaman, o‘zimda yo‘q qo‘rqaman. Shu yaqin oradag‘i uning bilan bo‘ladirg‘an mas’ud
daqiqalaringizda xudo yo‘lig‘a va’da olingiz — meni og‘ritmasin, raqibam keldi deb
o‘ylamasin. Nihoyati maqsadim ikki do‘stka bir cho‘rilik va shu munosabat bilan biravlarini
ko‘rib yurish...
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 28 Noyabr 2006, 07:43:14
Xatim oxirinda shuni ham aytib qo‘yay: o‘ch qaytib, men ham ko‘chadan haydalmasam
edi, degan xavf hamisha ko‘nglimda. Agar xudo yarlaqab eshikingizda o‘rinlashib olsam,
uyog‘ini o‘zim bilar edim...
Erta-indin ko‘zimga yo‘l ko‘rinur,
Yo‘l bosishliq ko‘ngilga bir umr ko‘rinur...
3-inchi hamal, Marg‘ilon, Kumushingiz yozdi».
Otabekning suyunchi ichiga sig‘masliq, o‘zini yo‘qo-tib qo‘yg‘an holda iljayar edi. Xatni
ikkinchi qayta o‘qub chiqib yana so‘yina boshlag‘an edi, kechagi manzaralar unga ko‘rinish
bergandek bo‘ldilar. Ul seskandi, ko‘z o‘ngidan kechagi mazlum gavdalar birma-bir o‘tib, ul
oshig‘ich ravishda xatni bukladi va ulardan yashirg‘andek cho‘nchagiga tiqdi, irg‘ib o‘rnidan
turib ketdi...
Ko‘chani bir aylanib kelgandan so‘ng, boyag‘i manzaralardan bir oz qutilg‘andek bo‘lib
yana maktub esiga tushdi. Mehmonxonaning darichasiga qiya turg‘an holda xatni yana
o‘qub chiqdi. Lekin bu gal ham xat boyag‘idek so‘yinch emas, kechagi mazlumlarga ta’ziya
tutqandek og‘ir ma’no berdi: «Ammo... suyganingiz — jekirishlaridan, qarg‘inishlaridan
behad qo‘rqaman...» Boya nima uchun so‘yinganiga o‘z-o‘zidan hayron bo‘la boshladi.
Chindan ham maktubning muncha ko‘chirilgan jumlasi, o‘ylab qarag‘anda, hech qanday
quvonchg‘a yo‘l qo‘ymasliq darajada qora ma’nolik edi. Bu jumla kelasidagi onglashilib
bitmagan, lekin bo‘lishi aniqg‘a o‘xshag‘an yaramas va tinchsiz bir hayotning go‘yo
muqaddimasi edi...
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 28 Noyabr 2006, 07:43:32
Otabek Kumush aytkandek kundash, ya’ni Zaynabdan uncha qo‘rqmasa ham, ammo
dardning eng davosizi bo‘lg‘an onasi to‘g‘risida yuragi titradi. Umrining eng qiymatlik
kunlarini og‘ulag‘an, ikki yil bo‘yi davosiz dardga mubtalo qilg‘an, yaramas va ishonchsiz
yo‘llarda sanqishig‘a sabab bo‘lg‘an o‘z onasi emasmidi? Va raqiblarga, dushmanlarga yo‘l
ochib bergan shu onaning orzusi emasmidi?
Butun shaharni alg‘oq-dalg‘oq qilib ko‘hliq qiz qidirg‘an, nihoyat chiroylilikda tanho,
aqllilikda yakto topib, to‘ylar, tomoshalar, orzu va havaslar bilan o‘g‘lig‘a «xotin bu
bo‘libdir!» degan iftixor va mag‘ru-riyat ila taqdim qilg‘an suyukli kelini ustiga go‘yo
o‘chakishkandek bo‘lib keladigan Marg‘ilon parisiga nima va qanday muomala qilar edi.
Kumush kundashning jekirishidangina cho‘chig‘an bo‘lsa, Otabek bu cho‘chishni
o‘zining ko‘lagasida qol-diraturg‘on onasi to‘g‘risida tamom aqlini yo‘qotib qo‘ydi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 28 Noyabr 2006, 07:43:53
6. O‘ZBEK OYIM — OG‘MA, ZAYNABNING DARDI

Yusufbek hoji chala-dumbul tabiatlik xotinining fe’li xo‘yini yaxshi bilgani uchun o‘tkan
voqi’larni, ya’ni Otabek sirlarini unga ochmasliqqa qaror bergan bo‘lsa ham, ammo
marg‘ilonliq kelin va qudalarning kelishlaridan xabar berishni lozim deb topdi. Chunki
xotinining marg‘ilonliq kelinga bo‘lg‘an adovatini Otabekdan ham yaxshiroq bilar va uning
«O‘g‘lingiz Marg‘ilondan uylanmadi, bir balodan uylandi!» deb qiladirg‘an shikoyatlarini
hamma vaqt eshitar, doimo issig‘-sovuqchi domla, xo‘jalarnikida bosh og‘ritib yurishini ham
bilar edi. Shuning uchun o‘z tarafidan O‘zbek oyim tushkurni yaxshilab ebka olmoq, yuz
qizaradirg‘an ishlarga qarshi choralarni ko‘rmak fikriga tushdi.
Cholu kampirning har bir o‘lturishlarida so‘z O‘zbek oyim tomonidan boshlandimi,
albatta noqobil o‘g‘ul bilan marg‘ilonliq «andi» kelin ustida bo‘lar va uning uchun eng
ahamiyatlik masala faqatgina shugina bo‘lib ko‘rinar edi.
Boshqa kezlarda kampirning bu to‘g‘ridag‘i dod-hasratini kulgulik bilan va kam
havsalalilik bilan eshitsa ham, ammo bu gal O‘zbek oyimning o‘sha eski ashulasini ortiqcha
bir to‘zimsizlik orasida kutar edi. Kampirning dardi g‘o‘zada, sichqonning ko‘zi donlik
ko‘zada, deganlaridek, bizning O‘zbek oyimizning ham dardi bo‘zada edi. So‘z urindi,
so‘zdan — so‘z chiqdi, nihoyat hojining kutkanidek o‘g‘ul hasrati ham boshlandi:
— Ahmoqingiz bir oz esini yig‘qan ko‘rinadir, — dedi O‘zbek oyim, — haytovur uch
oydan beri Marg‘i-lonni esidan chiqarib qo‘ydi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 28 Noyabr 2006, 07:44:02
Hoji kuldi:
— Issiq-sovug‘ing kor qilg‘andir...
— Bilmadim... Har nechuk suv quyg‘andek bo‘ldi, qoldi. Ilohim em tushkan bo‘lsin...
— Ilohi em tushsin, — deb kuldi hoji.
O‘zbek oyim erining istehzosiga tushunib qoldi va labi-labiga tegmay bobillay ketdi:
— Nega kulasiz? — deb depsindi, — bu kungacha kulib-ku, o‘g‘lingizdan ajrala
yozdingiz. Endi nega siz ham... xudoyo tavba qildim...
— Zo‘ri behuda miyon shikanad.
— Ilohi tojikingiz qursin! — dedi O‘zbek oyim, — men to‘g‘risini aytsam, bu gaplarning
hammasiga siz sabab bo‘lmoqdasiz, er. Yakkash kulish, yakkash kulgi! Undan ko‘ra o‘g‘ulqiz
o‘sdirishg‘a uquvim yo‘q, deb ayting!
Hoji tag‘in kuldi:
— Ha, uquvim yo‘q, oyimcha!
— Kuling-e, kuling! Xudo o‘lim bersin kulguga! — dedi O‘zbek oyim va achchig‘i bilan
yuzini chetka o‘girdi.
— Menga qara, xotin, — dedi hoji jiddiy tusda. O‘zbek oyim qaradi. — O‘rinsiz
chiransang, beling sinadir, deydi tojiklar. Shunga o‘xshash o‘zing joysiz chiranganingdek,
meni ham o‘z yoningg‘a tortmoqchi bo‘-lasan.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 28 Noyabr 2006, 07:45:07
— Bo‘lmasa manim barcha harakatlarim o‘rinsiz ekan-da?
— O‘rinsiz.
— Nega o‘rinsiz bo‘lar ekan?
— Sening muddaong, — dedi hoji, — marg‘ilonliq kelinni o‘g‘lingdan ajratib yuborish
va bu kelining bilan qoldirish — shundog‘mi?
— Albatta shundog‘!
— Mana bu harakatingni o‘rinsiz chiranish, deydilar. Nega desang, bilfarz1 o‘g‘lingni
oldingg‘a olsangda, undan so‘rasang «qaysi xotining bilan bo‘lishni xohlaysan?
Xohlamag‘aningni qo‘y», deb. Ana shu vaqtda o‘g‘ling nima der edi? Nima deyishini o‘zing
ham yaxshi bilsang kerak, xotin!
— Bilaman, — dedi O‘zbek oyim, — marg‘ilonliq-ning domlasi kuchlik. O‘g‘lim
bechoraning boshini aylantirib, ko‘nglini xippa o‘ziga bog‘lag‘an.
Yusufbek hoji o‘zini kulgidan yana to‘xtata olmadi:
— Yaxshi, — dedi, — sen ham-ku uch yildan beri Toshkanddagi hamma
domlaxo‘jalarning eshigiga birma-bir kirib-chiqding. Bas, sen ham nega o‘g‘lingning
ko‘nglini Zaynabka xippa qilib bog‘lay olmading?
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 28 Noyabr 2006, 07:45:32
O‘zbek oyim erining bu savolidan hayron bo‘lib turmadi:
— Marg‘ilonlikning domlasi sihirchi hindi edi. Men bo‘lsam, bu yerdan hindi domla topa
olmadim.
Hoji endi kulmadi. Chunki xotinining holiga achina boshlag‘an edi.
— Bundog‘ aqlsiz ishlarni qo‘yayliq, xotin, — deb muloyimona so‘zlab ketdi, — bir oz
aqlg‘a yon berib ish qilg‘an kishi hech bir vaqt dard qilmaydir. Modomiki, ikkimizning yolg‘iz
ishonchimiz shu o‘g‘limiz ekan va uning sog‘liq, shodlig‘i bizning tirikligimizning tiragi ekan,
bas, bizga lozimi uning xursandlig‘i nima bilan bo‘lsa, shuni axtarishdir. Men yaxshi
bilamanki, sen bu ishlarni faqat o‘g‘lingni ayag‘aningdan qilasan va senda shundan boshqa
hech bir maqsad yo‘q, bu tarafdan qarag‘anda seni ham ayblab o‘lturish oson emas...
Shuni yaxshi bilg‘ilkim, o‘g‘lingning oy sayin Marg‘ilong‘a qatnab turishi seni xafa qilsa,
meni ham sendan battar achchig‘imni qistatar, hatto ba’zi kezlarda so‘kib yuborish
darajalarigacha borib qaytar edim. Ammo sening jahlingni chiqarib kulishim bo‘lsa, faqat
«o‘lganimdan kulaman, yuzimni yerga suraman» qabilidan bo‘lib, bunga sen tushunmas
eding. Nihoyat sen aytkandek jonim hiqildog‘img‘a yetdi-da, o‘g‘lingni bu gal Marg‘i-long‘a
borma, deb yo‘ldan qaytarib qolg‘uchi ham men— o‘zim bo‘ldim...
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 28 Noyabr 2006, 07:46:53
O‘zbek oyim boshini tervatib so‘zni eshitib kelar edi. Bu keyingi so‘zni eshitkandan
keyin boshini ko‘ksigacha yetkuzib, «barakalla, rahmat» degandek qilib qo‘ydi.
Hoji davom etdi:
— Manim bu to‘xtatib yubormay qo‘yg‘animdan xabarsizlig‘ing uchun bo‘lsa kerak,
ko‘ngling dom-laxo‘janing duosiga ketib qoldi va men sening so‘zingdan kuldim. Chunki
haqiqatda buning sababchisi o‘zim edim...
O‘zbek oyim eridan o‘pkaladi:
— Nega axir meni xabardor qilmaysiz?
— Bu to‘g‘rida menda ham ayb bor, — dedi hoji, — sen bilan o‘zimning muddaolarimiz
bir, deb o‘ylag‘anim uchun Otabekni koyib to‘xtatqanimdan so‘ng seng‘a kengash
olmasdanoq qudalaringga bir xat yozg‘an va kelin bolani Toshkandga olib kelishlarini
so‘rag‘an edim. Haytovur so‘zimni yerda qoldirmag‘an o‘xshaylar, bu kun qudadan bitta
javob xati oldim. Aqlli kishilarning sadag‘asi ketsang ham arziydir: «Shu choqqacha sizlarga
ayttirmasdanoq ziyoratlaringizga borishimiz kerak edi. Xatingizni o‘qub nihoyatda xijolat
chekdik, ayniqsa kelin bolangiz bek oyimg‘a qaysi yuz bilan qarayman, deb yuzini yuldi.
Bu adabsizligini borg‘andan so‘ng albatta yuziga solmaslar, deb ishonamiz», deydir...
O‘zbek oyim eriga anqayg‘ancha qarab turar edi. Haqiqatan ham hojining ustalig‘i
O‘zbek oyimdek dumbul tabi’atlik xotinlarni gangitarlik edi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 28 Noyabr 2006, 07:47:10
Ul xotinining javobini kutib o‘tirmasdanoq, tom ustiga tom yopa bordi:
— Qaysi uyni bo‘shatdirsaq ekan? — deb so‘radi va javob kutmasdan, — qudalaringni
nima bilan kutishni bo‘lsa o‘zing bilasan: tuya so‘yib chorlag‘aningda ham kelmaydirgan
kishilar, — dedi.
O‘zbek oyimning miyasi aynadimi yoki o‘zi aytgan sihirchi hindining duosi asar qildimi,
har nuchuk uch yillik adovatlar va kina-kuduratlar barchasi ham allaqayoqg‘a qarab uchib
ketdilar va ularning o‘rnini «ikki kelinlik bo‘lish» masalasi kelib oldi. Uzoq-yaqin xotinlarning
«Hoy, O‘zbek oyimning marg‘ilonliq kelini ham kelibdur, xuddi to‘tining bolasi emish.
Yuringlar, bir ko‘raylik», degan so‘zlari eshitilgandek bo‘ldi. Shu chog‘qacha Zaynabka
yalinib, yalpog‘lanib kun ko‘rib kelgan bo‘lsa, mundan so‘ng bir qo‘sha kelinni o‘zining
oyog‘lari ostida yalinib yurgan holda ko‘rdi.
— Har nima bo‘lganda ham tegi nozik,— dedi oyim,— izzati uchun shu uyimizni
bo‘shatib beramizmi?
— O‘zing bilasan.
— Biz to‘rdagi uyga ko‘chib o‘tsak ham bo‘ladir. Axir tegi nozik..
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 28 Noyabr 2006, 07:47:21
Uch yillik kina va adovat o‘rnida nihoyatda oliy marhamat va mehribonchilik kelib
o‘lturgan edi. Uch yillik emas, uch daqiqalik o‘zgarishdan O‘zbek oyimning yuzi qizarmas va
qizarishni ham bilmas, hatto o‘g‘ul-qiz o‘sdirishni bilmaguchi Yusufbek hojidan allaqancha
yuqorilarda yurar edi. Yusufbek hoji esa xotinidagi bu kulgulik o‘zgarish uchun ajablanmadi
va kulmadi, chunki bu kulki tabi’atka molik bo‘lgan xotin bilan endi o‘ttuz besh yillab birga
yashar edi.
O‘zbek oyimni shu holga keltirgandan keyin undan so‘rab qo‘ydi:
O’tkan kunlar Abdulla Qodiriy
169
— Zaynabka ham bu xabarni yotig‘i bilan aytib qo‘yamizmi?
— Siz bilan men bir ishni muvofiq ko‘rganimizdan keyin Zaynabka chikora1, — dedi
O‘zbek oyim. Mundan uch daqiqa ilgari saodati uchun tirishilgan orzuliq Zaynabning oqibati
ham shu bo‘lib qolg‘an edi.
— Gap unda emas, — dedi hoji, — umr, murosa degan gaplar bor, ayniqsa kundashlik
ishi qiyin, kosa kosaga tekkanda g‘idi-g‘idi gaplar ko‘paysa, bizga emas, o‘g‘lingga ham
tatimay qoladir.
— Chaqir deysizmi?
— Chaqir.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 28 Noyabr 2006, 07:48:11
O‘zbek oyim Zaynab bilan Otabekning kutilmagan ravishda ochilib so‘zlashib
o‘lturganlari ustidan chiqdi.
— O‘g‘ul-qizning kengashimi?
Otabek kulimsirab Zaynabka qaradi, Zaynab esa tuzatinib o‘rnidan turdi va qayin
onasiga joy ko‘rsatib:
— Shunaqag‘a o‘xshaydir, oyi. O‘g‘ul-qizning kengashi xudda shu kunga yig‘ilib qolg‘an
ekan, — dedi va kulimsirab eriga qaradi.
O‘zbek oyim o‘lturmadi va uni-buni surishtirib, o‘ylab turmadi:
— Ikkalasiga bir pardan ko‘ylaklik ol! Birini past, birini baland qilma, bu xotining
bo‘lg‘anda ul ham ko‘z ochib ko‘rganing... Zaynab, sen men bilan jurchi, hoji otang
chaqiryaptilar, — dedi.
Tomdan tarasha tushkandek qilib so‘zlangan yuqo-ridag‘i gaplarga boshda ularning
ikkavi ham tushunmadi. Ammo bir ozdan so‘ng Otabek aytilgan telva-teskari so‘zlarning
ma’nosini onglab oldi, onasining nima bo‘lsa ham Marg‘ilon tarafka og‘ishqanini va o‘zining
kuchlik bir dushmandan qutilayozganini bilib Zaynabni nima uchun chaqirilg‘anini ham
payqadi. Zaynab esa bir nar-sa tushunmagan holda qayin onasi bilan chiqdi.
Qayin ona, kelin qarshisig‘a kelib o‘lturishkandan keyin, hoji Zaynabka qarab oldi.
— Bolam, Zaynab, — dedi, — biz Marg‘ilondagi opang ko‘chini olib kelmakchi bo‘ldiq...
Sen shunga nima deysan?
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 28 Noyabr 2006, 07:48:31
Zaynab yalt etib qayin onasig‘a qaradi, chunki O‘zbek oyimning boyagi gapi endi unga
onglashilg‘an edi. Do‘stni dushman yonida ko‘rib bilinar-bilinmas qilib entikdi.
— Men nima der edim...
— Gap nima deyish va nima demasingda emas, oyim!— dedi hoji, — gap shundaki, ul
kelgan chog‘da egachi-singildek bo‘lib keta olasanmi, deb so‘ramoqchiman.
— Bo‘lib ketarmiz...
— Egachi-singil bo‘lib ketarsiz-a? — deb takror so‘radi qayin ota.
— Bilmadim...
— Nega tag‘in bilmay qolding?
Zaynab bir muncha vaqt o‘ylanib qoldi.
— Qars ikki qo‘ldan chiqadir, — dedi Zaynab, — men yaxshi bo‘lg‘anim bilan opam
yomon bo‘lsa, hozirgi bergan va’damdan nima foyda bo‘lsin.
— Juda to‘g‘ri gapirding, bolam, sendan olg‘an va’dani undan ham olamiz.
Zaynab sukut qildi.
— Zaynab siz o‘ylag‘an kelinlardan emas, — dedi O‘zbek oyim, — xudog‘a shukur, aqlhushi
boshida.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 28 Noyabr 2006, 07:48:42
— Boshqa gaplarni ko‘nglingga kelturma, qizim. Marg‘ilonliq kelin bilan sening bizga
hech bir farqlaring yo‘q, ikkavlaring ham bolamizning qo‘shog‘i — bolamizsiz!
Zaynab boshini irg‘atib qo‘ydi. Yusufbek hojining duosidan so‘ng, Zaynab Otabekning
oldig‘a kirdi.
Otabek Zaynabning yuzidagi ma’yuslikni birinchi ko‘rishdayoq sezdi. Bir oz jimgina
qarshima-qarshi o‘lturishdilar, ikkisiga ham so‘z aytish o‘ng‘aysiz va al-lanarsa mone’dek
edi.
— Nega chaqirg‘an ekanlar? — deb nihoyat Otabek so‘rab yubordi.
— Bilib turib so‘raysizmi? — dedi Zaynab kuchlanib kulgan holda.
— Nimani bilib turib?
— Marg‘ilondan keladirgan kishingizni.
Otabek qiyin holatda qoldi va og‘zig‘a shu gap keldi:
— Munda manim ixtiyorim yo‘q... hamma ishni otam qilayotibdir.
— Otangiz qilsalar ham sizning ko‘nglingizdagicha.
— Nima ko‘nglimdagicha?
— Suyganingiz bilan birato‘lasiga qo‘shilib olish, albatta, sizning ko‘nglingizdagicha...
— Men uni suyamanmi?..
— Albatta suyasiz...
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 28 Noyabr 2006, 07:48:50
Otabek o‘zini tinch ushlagan holda:
— Yanglishasiz! — dedi.
— Hech yanglishmayman,— dedi Zaynab,— siz uylanishdayoq uni suyub olg‘ansiz,
meni bo‘lsa... men: ota-onangizning orzularicha, — dedi va ko‘ziga jiq yosh oldi.
Otabek og‘ir holga tushdi, bu to‘g‘ri so‘z uni tamom esankiratdi va bu haqiqatka qarshi
borish, ya’ni yolg‘onlash yana og‘ir edi. Shunday bo‘lsa ham yolg‘onlamay chorasi bo‘lmadi:
— Boshda... suyub uylanganim siz aytkancha to‘g‘ri, ammo hozir undog‘ emas, —
dedi.
— Ishonmayman.
— Nega ishonmaysiz, ishoning...
Zaynab bir oz unga qarab turg‘andan keyin:
— Ishonmag‘animnnig sababi bor, — dedi.
Otabek tinchsizlandi:
— Sababini... so‘zlang...
— Menga uylanganingizga qancha bo‘ldi?
— Ikki...
— Shu ikki yildan menga bo‘lg‘an aloqangiz bir zar-ra ham o‘zgargan emas, — dedi
Zaynab, — meni xotin o‘rnida ko‘rmaysiz!
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 28 Noyabr 2006, 07:49:18
— Bekor gap...
— Bekor gap emas, jonim, — dedi Zaynab qizishqan holda. — Marg‘ilondan
qaytkandan keyingi kunlaringizni mehmonxonada kechirib kelishingizdan albatta tona
olmassiz. Shu ham umid bilan bir yostiqqa bosh qo‘yg‘an edi, deb manim to‘g‘rimda o‘ylab
qaramas-lig‘ingizning sababi ham o‘zingizga...
Zaynab so‘zini bitira olmadi, chetka qarab ko‘z yoshisini to‘kdi. Otabek go‘yo tog‘
ostida qolg‘an edi.
— Siz tamom boshqacha tushunibsiz...
— Bo‘lmasa, bu gaplarning sababi nima?
— Sababi juda ochiq, — dedi Otabek. Lekin nimani sabab qilib ko‘rsatishni o‘zi ham
bilmas edi.
— Aytingiz axir?
— O‘zingiz ham bilarsiz, deb o‘ylayman.
— Men hech narsa bilmayman.
— Bilasiz!
— Xudo haqqi bilmayman.
— Bilmasangiz... — dedi bek, — bilmaganingiz yaxshi. Sizga o‘z og‘zim bilan iqror
qilishg‘a uyalaman...
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 28 Noyabr 2006, 07:49:26
— Mendan-a, xotiningizdan uyalasizmi?
— Uyalmayinmi?
— Uyalmang.
— Uyalmasam... mizojim zaif...
Zaynab ishonar-ishonmas unga qaradi.
— To‘g‘ri so‘zlamadingiz...
— Ishonmasangiz o‘zingiz biling, lekin haqiqat gap shu, sizdan uzoqda yurishimning
sababi ham shunda.
— Ishong‘animda ham bu hol tashqarida yotib yurishingiz uchun katta sabab bo‘la
olmaydir. Chunki men faqat shuning uchun sizdan o‘pkalamayman, — dedi va ko‘zini
to‘ldirib Otabekka qaradi. — Menga sizning mizojingiz kerak emas... O‘zingiz!.. — dedi va
yig‘lab yolborg‘an holda Otabekning quchog‘ig‘a o‘zini tashladi. Otabek Zaynabning shu
qadar yurak dardi borlig‘ini birinchi martaba bilar edi. Bechora Zaynab jonsiz haykalni o‘pib
quchoqlar va yolborar edi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 28 Noyabr 2006, 07:49:38
7. QUDALARNI KUTIB OLISH

Kechagi kirgan savdogarlardan qudalarning bu kun aniq kirish xabarlarini bilgan edilar.
Nariroqdan kuzatib kirish uchun Hasanali yo‘l ustiga ketkan, Yusufbek hojining o‘zi ish
boshida turib, Oybodoqqa tashqari havlini tozalatar edi. Ichkarida bo‘lsa, O‘zbek oyim
qo‘shni xotinlardan bir nechasini hasharga aytib, hammani joy-joyig‘a qo‘ydirg‘an, havli
yuzini ham yog‘ tushsa yalag‘undek holga kelturgan edi. Ammo o‘z uyini bo‘shatdirib, gilam
solib qo‘yg‘anig‘a endi uch kunlab bor, qudalarning ziyofati uchun kerak bo‘lg‘an hamma
narsalarni ham hozirlatqan, ular kelib tushdi deguncha, bo‘g‘izlatish uchun, deb bir g‘o‘non
qo‘yni og‘ilning ustuniga qantattirib qo‘yg‘an edi. Kumush bilan Zaynabka atalib oling‘an
xon atlaslarga ko‘ngli to‘lmay «har nuchukda tegi nozik, bu bo‘lsa endi ko‘p kiydi, atlasning
yonig‘a yana bir xitoyi latta olingiz», deb marg‘ilonliqning ko‘ynagini bir qo‘sha qildirg‘an,
bitta xitoy jujim mursakni kam ko‘rib, yonig‘a o‘zining qiymat baho zarrin mursagini va
ikkita ro‘ymolga ham qoniqmay, o‘zining kelinligidan o‘rolmay qolg‘an qalmoqi sallachasini
qo‘shqan edi.
Zaynab ham uncha xafa ko‘rinmas, qayin onasining buyruqlarini eski holicha bajarib
yurar va hozirda uyga kirib olib mehmonlar kelib tushdi deguncha, oldilarig‘a yozish uchun
dasturxon yasatar edi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 28 Noyabr 2006, 07:49:49
O‘zbek oyim hasharchi xotindan biriga tandirga o‘t qo‘yishni buyurdi-da, o‘zi
Zaynabning oldig‘a keldi:
— Dasturxoning bitdimi, bolam? — deb so‘radi.
— Bitdi. Tashqarining asali kamga o‘xshaydir.
— Kam bo‘lsa, darrav ombordan keragicha olib chiq, undan keyin xamiringga o‘zing
qara, Oybodoqning qo‘li tegmas, xamir gup berib ketibdi, — dedi va darichadan ko‘tarilib
dasturxonlarni kuzatdi, — dasturxoning tuzik, varaqini esingdan chiqarma, — dedi va o‘rta
yo‘lakda ko‘ringan Yusufbek hojini o‘ziga imladi. — Beri keling.
Yusufbek hoji boshida oq to‘ppisi va egnida oq olacha to‘ni bilan ustidan belini
bog‘lag‘an edi. O‘zbek oyim yonig‘a sekin-sekin yurib keldi:
— Nima gap?
— Dasturxonlarimizga bir qarab qo‘ying-chi?
Hoji parvosizg‘ina qilib qarag‘an bo‘ldi:
— O‘zingga yoqsa bo‘pti, — dedi.
— Qassob aytkanmisiz, tag‘in ular kelgandan so‘ng shoshib qolmayliq.
— Qassob tayyor, hozir bo‘g‘izlatsaq bo‘lmaydimi?
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 28 Noyabr 2006, 07:49:56
— Yo‘q, — dedi O‘zbek oyim, — osh egasi bilan shirin. Ha, aytkandek, qudangiznikiga
yuborg‘an kishingiz keldimi?
Asal uchun shoshib borg‘an Zaynab to‘xtab qayin otasining og‘zig‘a qaradi.
— Borib keldi, — dedi hoji, — Alimbek dalasiga ketkan ekan, xotin qudalar
kelishmakchi bo‘lishibdir.
Zaynab asalga ketdi. Hoji O‘zbek oyimning yonig‘a yurib keldi va sekin so‘radi:
— Zaynab xafa emasmi?
— Nimaga xafa bo‘lar edi.
— Axir, so‘rayman-da.
— Tuppa-tuzik, — dedi O‘zbek oyim, — tashqarin-gizdan Oybodoq qutilayozdimi?
— Qutilib qoldi. Mahalladan ham uch-to‘rtta kishi aytdim, oshni ko‘proq qilish kerak.
— Xo‘b.
Hoji uyon-buyong‘a alang‘lab olg‘andan keyin so‘radi:
— O‘g‘ling qayog‘da, ko‘rinmaydimi?
— Tashqarida edi-ku.
— Boya shuyoqqa kirgandek bo‘lg‘an edi.
— Guzar-puzarga chiqg‘andir, — dedi O‘zbek oyim.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 28 Noyabr 2006, 07:50:07
Oybodoq tashqarini yig‘ishtirib kirdi. Hoji meh-monxonaga chiqib ketdi. O‘zbek
oyimning amricha Oybodoq, Zaynab va hasharchi xotinlar kulcha yasashg‘a o‘lturdilar.
Kun tushdan og‘qanda hamma saranjom oling‘an edi. O‘zbek oyim to‘yga boradirg‘an
xotinlardek yasangan, egnida odimi xon atlas ko‘ynak, boshida oq shohi dakana, ko‘zida
surma edi. O‘zbek oyimning: «Kelinni xor tutar ekan demasinlar, sen ham o‘zingni tuzat»,
deb aytkani uchun Zaynab ham tamom ipaklarga ko‘milib yasang‘an, kecha erga tekkan
yangi kelinlar suratiga kirgan edi.
Zaynabning onasi — Mohira oyim, opasi — Xush-ro‘ybibi va yangasi Hanifanisolar ham
kelishdilar. O‘zbek oyimning ko‘ngil tortar qo‘shnilaridan Karima otin, Sharofat chevar va
Mahinabonular ham yasanib-tusanib chiqdilar. O‘n chog‘liq xotin bo‘lishib sovutmachoq
dasturxonga1 o‘lturishdilar. O‘zbek oyim majliska— marg‘ilonliq qudaning odamgarchilikni
bilishidan, Ota-bekni Toshkanddan uylantirishga qarshi lom-mim demay, qaytag‘a o‘zi
kuyavi bilan birga kelib, to‘yni o‘tkazib ketkanidan, marg‘ilondag‘i obro‘sidan va davlatidan
bahs qilib aytar edi:
— Bechoraning bori-yo‘g‘i peshonasidagi bolasi shu bizning kelinimiz. Otabekni o‘z
bolasidan ham yaxshi ko‘rib, «O‘g‘lim bo‘lsa shundog‘ bo‘lar edi-da, mendan keyin hamma
davlatim shuniki, ilohi omon bo‘lsin», der ekan.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 28 Noyabr 2006, 07:50:39
Mohira oyim allanuchkalangani holatda javob berar edi:
— Ha, aylanay quda, qars ikki qo‘ldan chiqadir, de-ganlar... Buzoq yaxshi bo‘lsa, ikki
onani ham emar ekan...
Quyoshning qizdirishidan changi chiqib ketkan havlig‘a suv sepib turgan Oybodoq
tashqaridag‘i guldir-guldirni eshitdi va chopib mehmonlar o‘lturg‘an uyning darichasi
yonig‘a keldi: «Kelishkanga o‘xshaydirlar», dedi. O‘zbek oyim gapirib turgan so‘zini yarim
yo‘lda qoldirib, o‘rnidan turdi va mehmonlar ham unga ergashdilar. Zaynab bo‘zarg‘an
holatda uyiga yugurib ketdi. O‘zbek oyim boshliq xotinlar havli yuzasiga tushdilar. Mohira
oyim qizi Xushro‘yning qulog‘ig‘a nimadir shivirlab kulib qo‘ydi. O‘zbek oyim o‘rta eshikka
borib yetmagan ham edi, narigi yoqdan qo‘shnining bolasi yugirib kirib qoldi.
— So‘yinchi bering, bek buvi, kennoyim keldila!
O‘zbek oyim cho‘nchagiga qo‘lini solib besh-o‘n pul olib berdi. Bola orqasidan Xasanali
ko‘rindi:
— Qani oyi, ko‘rmanani bering-chi, men sizning qochqoq keliningizni tutib keldim! —
dedi va yo‘lakka qarab: — To‘xtang, to‘xtang, ilgari men so‘yinchimni undirib olay.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 28 Noyabr 2006, 07:50:48
Yo‘lakdan Oftob oyim ko‘rindi. Paranjisi boshida, chashmandi qo‘lida edi. Hasanali
O‘zbek oyim bilan tanishdirdi:
— Bu kishi qudachangiz — Oftob oyim bo‘ladirlar.
O‘zbek oyim Oftob oyim bilan salomlashib quchoq-lasha ketdilar. O‘zbek oyimdan
keyin boshqa xotinlar uning bilan ko‘rishib chiqdilar. Hammaning ko‘zi along-jalong‘ keldi.
Kumushni axtarishar edilar. Kumush hali ichkariga kirgan emas. O‘zbek oyimning ikki ko‘zi
yo‘lakda, Hasanali bir yo‘lakka va bir O‘zbek oyimg‘a qarab nima uchundir ko‘zini qisib
qo‘yar edi. Xotinlar bilan ko‘rishib chetda turgan Oftob oyim qudasi yonig‘a keldi: «Uyalib
turg‘andir» deb kuldi. O‘zbek oyim kulimsirab yo‘lak tomong‘a:
— Hoy, posha kelin! — dedi, — bizlar kutib qoldiq-a, uyalmang bolam! Hasanalining
ko‘rmanasi bo‘lsa tayyor!
Hasanali yo‘lakka qarab imladi. Qip-qizarg‘an holda Kumush ko‘rindi: paranjisi qo‘lida,
qora atlas ko‘ynak egnida, zangor latta mursak ustida, oq shohi ro‘ymol boshida edi.
Shahlo ko‘zlari kulimsirashka yaqin holda uyatlik edilar.
Hasanali tanitdi:
— Mana bu kishi qayin onangiz — bek oyim bo‘ladirlar.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 28 Noyabr 2006, 07:50:57
Kumush salom berdi va qo‘lidag‘i paranjisini yerga tashladi, yugirib kelib o‘zini O‘zbek
oyimning quchog‘ig‘a oldi. O‘zbek oyim ham uni mahkam siqib quchoqlab olg‘an, yuzidan
shap-shap o‘pib aylanib, o‘rgular va tikilib-tikilib nima uchundir yig‘lar edi... Kutib turgan
xotinlar, Mohira oyim, Xushro‘y va Hanifalar Kumushni ko‘rgan on bir-birlariga qarashib
lablarini tishlashdilar...
Qayin ona-kelin bir daqiqa chamasi ko‘rishib qoldilar. So‘ngra Kumush boshqalar bilan
bir-bir ko‘ri-shib chiqdi. O‘zbek oyim har bir xotinni kim bo‘lganini unga tanitib bordi. Eng
keyin orqadan Zaynab ko‘rindi. Chunki ul uydan endi chiqib kelgan edi. O‘zbek oyim kulib
Kumushka qaradi.
— Qani, o‘zing tani-chi, kim ekan bu?
Kumush hayron bo‘lib qolmadi... Ipaklar ichiga g‘arq bo‘lg‘an Zaynabka qarab olib,
unga tomon adim tashladi:
— Zaynab opam! — dedi. Zaynab ham kulimsiragan holda Kumushka yaqinlashib
keldi... Ikki kundash «esonmisiz, omonmisiz, eson-omon yuribsizmi...» so‘z-lari bilan
ozorsiz qilib bir-birining yelkasiga va qo‘ltiq ostig‘a qo‘l yuborishdilar. Ular ko‘rishib
turg‘anda yo‘lakdan Yusufbek hoji ko‘rinib, qochadirg‘an xotinlar o‘zlarini chetka oldilar.
Hoji ularning oldig‘a — yuzaga chiqg‘ach,Oftob oyim salom berib ro‘ymoli bilan tomog‘
ostlarini o‘rab oldi. Hoji qudachasi bilan so‘rashib:
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 28 Noyabr 2006, 07:51:05
— Barakalla, singlim! Haytovur charchamay kelding-larmi, men sizlarni ovora qildimov,
— deb uzr aytib kulgan va uyalib borg‘an qudachasig‘a yengillik bergan bo‘ldi.
— Qani, bek otasi, ko‘rmanani bering-chi! — dedi O‘zbek oyim Kumushni imlab.
Kumush uyalib zo‘rg‘ag‘ina salom berdi va Yusufbek hojining yaqinig‘a kelib bo‘yin
egdi. Hoji qo‘li bilan Kumushning yelkasiga qoqib suydi va Kumushning manglayig‘a tegizib
olg‘an o‘z qo‘lini o‘pdi:
— Bizning Marg‘ilonda ham shunday kelinimiz bor ekan-ku, biz bilmay yurg‘an
ekanmiz-da, — deb tevaragiga qarab kulindi va qo‘lini duog‘a ochdi. — Bizni shunchalik
siylab kelibsizlar, bu yaxshiliqlaringiz bizdan qaytmasa, xudodan qaytsin. Olloh taolo
yoshlarg‘a tinch va barakatlik umr bersin. Ilohim, taqabbul duo1...
Hamma duog‘a yuz siypashdilar. So‘ngra Yusufbek hoji Kumush bilan Zaynabka
qaradi:
— Men sizlarning ko‘rishib turg‘anlaringizni ko‘rib juda quvondim, — dedi. — Mundan
so‘ng ham shu yo‘sunda bir-birlaringizga egachi-singildek bo‘lmoq-laringizni tilayman, —
dedi va O‘zbek oyimg‘a:
— Qani, mehmonlarni ichkariga olinglar, — deb o‘zi tashqarig‘a burildi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 28 Noyabr 2006, 07:51:18
8. ZIMNAN ADOVAT

Shundan keyin O‘zbek oyim olding‘a tushib, qudasi bilan Kumushni uyga boshladi.
Ularning ketidan bosh-qa mehmonlar yurdilar. O‘zbek oyim yo‘l ustidan Oybo-doqqa:
— Tezroq choyingga qara, bechoralarning aravada ichagi uzulg‘andir,— dedi va Oftob
oyim bilan Kumushka,— men sizlardan juda xafaman,— deb qo‘ydi.
Oftob oyim Kumushka qaranib javob berdi:
— Aytsangiz, aytmasangiz biz juda uyatlik bo‘lg‘an-miz.
Uyning dahliziga kirdilar. O‘zbek oyim ularni to‘rga taklif qildi:
— Qani, yuqorig‘a! — dedi.
Oftob oyim to‘rga harakat qilsa ham, Kumush boshqa mehmonlardan uyalib to‘xtadi,
O‘zbek oyim uni qistab tushdi:
— Iymanma, Kumush otin, bu kun-erta bizga yangi kelinsan, uchunchi kundan
boshlab sen mug‘ombirning boshingda tegirmon yurgizishni o‘zim yaxshi bilaman! — dedi.
Oftob oyim va keyindagilar kulishdilar. — Yana hali sen manim sobunimga kir yuvib
ko‘rganing yo‘q! — deb qo‘ydi. Bu gal Kumush ham kulimsirab oldi. To‘rga Oftob oyim va
Mohira qudachalar o‘lturdilar. Oftob oyimning so‘liga Kumush, Kumushning yonig‘a
Xushro‘y, Mohira oyimning o‘ngiga Hanifa, undan keyin Karima otin, Sharofat chevar va
Mahinabonular qator chizilishdilar. Eng oyog‘da O‘zbek oyimning o‘zi o‘lturdi. Karima otin
qo‘l ochib duo qilg‘andan keyin, O‘zbek oyim «Xush kelibsiz» qildi. Mundan so‘ng
hammaning ko‘zi ittifoq qilg‘andek Kumushka tushdi. Kumush uyalib yerga qaradi. Bir
necha vaqt jim qolishib Mohira oyim Oftob oyimdan so‘radi:
— Marg‘ilondan yetib kelguncha ham juda bir yerga yetkandirsizlar?
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 28 Noyabr 2006, 07:51:25
— Uncha charchag‘animiz yo‘q, — dedi Oftob oyim,— o‘zi Marg‘ilondan
Toshkandgacha arava yo‘li o‘n kunlik ekan, biz charchamayliq, deb sekin-sekin o‘n ikki
kunda keldik.
— Yo‘l loydir? — deb so‘radi Mahinabonu.
— Loy emas, — dedi Oftob oyim, — yo‘l juda yaxshi ekan — ikki yoqda ko‘m-ko‘k
maysa, qirlarda lolalar, yo‘lning juda ham tomosha vaqti ekan.
So‘z navbati O‘zbek oyimg‘a keldi:
— Kelmaganlaringizda Otabekni endi sira ham yubormasliqqa qaror qo‘yg‘an edim, —
dedi, — booo xudo, o‘g‘lim, uch yildan beri oy sayin Marg‘ilong‘a qatnab zerikmadingmi,
endi ular ham kelsin axir, deb yo‘ldan to‘xtatqan edim.
Kumush Otabek ismini eshitkach, sekingina ko‘tari-lib qo‘ydi. Oftob oyim Hasanalidan
hamma sirni o‘rganib olg‘an, shuning uchun O‘zbek oyimning dovdirashiga tushundi:
— Yuzimizga solmasangiz ham juda uyatlik bo‘l-g‘anmiz, — dedi.
Zaynab dasturxon ko‘tarib kirdi va mehmonlarga «Xush kelibsiz» aytkandan so‘ng
dasturxonni yozdi. Dahlizdan — Oybodoq qo‘lidan yasalg‘an barkashlarni olar ekan, bir-ikki
qayta yer ostidan Kumushka ko‘z yubordi va Kumushning ko‘zi ham uning keyingi
qarashida to‘qnashib oldi. Barkashlar qo‘yilib bo‘ldi. Oybodoq to‘rt choydish choyni mis
tekligi bilan kirguzib berdi. Zaynab choydishlar yoniga mehmonlarga choy quyish uchun
o‘ltirdi. O‘zbek oyim chiqib borg‘an Oybodoqni to‘xtatib so‘radi:
— Qassob kelganmikin?
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 28 Noyabr 2006, 07:51:39
— Boya kelgan edi. Oyimlardin fotiha olib bersangiz, qo‘yni chiqarib berar edim.
O‘zbek oyim qudachasig‘a qaradi:
— Fotiha berasizmi, quda!
Oftob oyim Mohira oyimg‘a qaradi.
— Fotiha beringiz, oyi!
— Qo‘y sizga atalg‘an, — dedi Mohira oyim. — Fotiha berish sizning haqqingiz, biz
bo‘lsaq fotihani ko‘b berganmiz...
O‘zbek oyim ham «siz bering» degandek qilib Oftob oyimg‘a imladi. Oftob oyim
uyalinqirab fotiha berdi. Oybodoq chiqg‘andan keyin dasturxonga qaradilar va «olingoling
» bilan bir-birlarini qistasha boshladilar. Boyag‘idek ko‘bchilikning ko‘zi Kumushda edi.
Ayniqsa O‘zbek oyim suqlanib unga qarar va tomoqqa qistar edi:
— Ol bolam, ol! Men tomoqdan uyalaturg‘an kishini yomon ko‘raman. Yoki eshikdan
kirishingdanoq sansiray boshlag‘anim uchun xafa bo‘ldingmi?
— Xafa bo‘lish emas, so‘yindim, — dedi Kumush va dasturxondan cho‘qindi.
Oftob oyim:
— Sansirashingiz uch yildan beri Kumushni bolam, deb yurganingizni bizga ochiq
onglatdi. Ayniqsa men buning uchun sizdan minnatdorman.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 28 Noyabr 2006, 07:51:55
Karima otin:
— Kishi o‘z bolasini sansiraydir, begonani ham sansirasin-chi.
Zaynab:
— Meni ham chimildiqdan chiqishim bilanoq sansiragan edilar...
O‘zbek oyim:
— Men yaqin ko‘rgan kishimni sizsiray olmayman.— deb maxtang‘an sumol bo‘lib oldi,
— hoy Kumush, ol, jilla qurisa anuv varaqidan bir-ikkita ye, yuraging uzilg‘andir.
Kumush uzr aytdi:
— Charchadim shekillik, — dedi, — ishtihom bo‘g‘il-g‘ang‘a o‘xshaydir...
O‘zbek oyim kuldi:
— Ishtihong bo‘g‘ilg‘an bo‘lsa charchag‘aningniki emas eringni sog‘inganingniki, —
dedi. Birdan hamma kulib yubordilar. Zaynab ham kulguga ishtirok qildi... Ammo Kumush
yuzini chetka o‘girgan edi. Ehtimolki, qayin onasining zakovatiga ichidan tahsin o‘qur edi.
O‘zbek oyim Oftob va Mohira qudalarni dastur-xong‘a qistadi:
— Oling quda, siz yoshlarni qo‘yabering, bularni yigit asrasa, siz bilan meni tomoq
asraydir.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 28 Noyabr 2006, 07:52:13
Yana kulgi boshlandi. Oftob oyim o‘zini tutolmay kular edi. Kumush ham ochiq kulib,
kulgi orasida Zay-nabka qarab oldi — Zaynab ham kular edi...
Kulgi bosilib tushkandan keyin, Zaynabning yangasi Kumushdan so‘radi:
— Begingiz bilan ko‘rishmaganingizga qancha bo‘l-di?
Kumush dahshatlanib onasig‘a qaradi. Oftob oyim javob berdi:
— Uch oy shekillik.
Xushro‘y o‘zining zolim ko‘zini o‘ynatdi:
— Ha, bo‘lmasa xolam aytkanlaridek ishtihongiz bo‘g‘ilg‘ani o‘shaniki.
— To‘g‘ri, to‘g‘ri! — deyishdi xotinlar.
— Men o‘zim bilaman, — dedi O‘zbek oyim, — jo‘rttaga Otabekni uch oy to‘xtatib
qo‘ydim-ku, axir!
Kumushning ko‘nglidan kechdi: «Aniq bilasiz, jo‘rt-taga to‘xtatdingiz!»
Oftob oyim kulib javob berdi:
— Jilla uniki bo‘lmasa kerak. Manim ham ishtihom bo‘g‘ilg‘andek...
O‘zbek oyimning esiga Otabek tushkan edi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 28 Noyabr 2006, 07:52:47
— Hoy, aytkandek, Otabekni ko‘rdingizmi? — deb Oftob oyimdan so‘radi:
— Yo‘q.
O‘zbek oyim Zaynabka qaradi:
— Tashqaridamikin?
— Yo‘q emishlar... — dedi Zaynab.
O‘zbek oyim ajablandi:
— Boya otang ham so‘rag‘an edilar... — dedi, — qayoqqa ketkan ekan, aqlsiz...
Ertalab senga hech narsa demabmidi?
Kumush Zaynabning og‘ziga tikildi, Zaynab ham unga qarab oldi:
— Ertalab mendan ust to‘nlarini so‘rag‘an edilar,— dedi, — men to‘nni berib qayoqqa
borishlarini so‘rag‘animda, bir joyda ishim bor, degan edilar...
Zaynab zimnan Kumushni chaqib oldi. Kumush loy kabi bo‘shashib, Oftob oyim ham
og‘ir tortdi. Zaynabning qarindoshlari kulgan sumol bir-birlariga qarashib oldilar. O‘zbek
oyim oradan o‘tkan sirni payqadi: «Birarta zarur ishi chiqg‘andir», dedi. Shu vaqt
darichadan Hasanali ko‘rindi, qo‘lida bir mesh qimiz ko‘targan edi, darichadan turib
mehmonlarni «Xush kelibsiz» qildi»1 va qimizni uzatib Oftob oyimg‘a qarab kuldi:
— Qimizni kuyavingiz sizga kirgizdi.
Oftob oyimning hushi o‘ziga kelib, Kumushning yuziga qon yugirdi. Anovilar bo‘lsa,
endi bularning holiga tushib bo‘zrayishdilar.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 28 Noyabr 2006, 07:53:01
Qimiz bilan yengillashkan O‘zbek oyim Hasanalidan so‘radi:
— Qachon keldi?
— Hozir.
— Qayoqqa yo‘qolg‘an ekan, ahmoq?
Hasanali izoh berdi:
— Kecha hoji unga ish buyurg‘an ekanlar. Bilmadim, kecha nima bilan ovora bo‘lib
xizmatni unutkan va bu kun ertalab esiga tushib mehmonlar kelguncha borib kelarman,
deb shunga ketkan ekan. Boradirg‘an joyi uzog‘roqda bo‘lib, kechikkan va yo‘ldan kelaturib
bu gunohiga ikki mesh qimiz olg‘an... Hali qimizni menga berib: «Kirib ayting, juda uyatlik
bo‘ldim kechirsinlar», deydir, — dedi va kuldi.
Karima otin:
— Kechirilmaydir, qimiz o‘zi nima degan gap, — dedi.
Oftob oyim mehmonlarga qarab chiqg‘andan keyin Hasanaliga kulib javob berdi.
— O‘zimiz juda cho‘llab kelgan edik, shuning uchun kechirdik.
— Balli-balli! — dedi Hasanali, — men kechirganingizni chiqib aytaman.
— Chiqib ayting, — dedi Oftob oyim.
— Siz-chi? — deb so‘radi Hasanali Kumushdan.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 28 Noyabr 2006, 07:53:13
Kumush baqadek qotib o‘lturgan Zaynabka qaradi va uyalinqirab javob berdi:
— Men ham kechirdim...
— Sizning ikki boshdan kechirishingizni o‘zim ham bilar edim, — dedi Hasanali.
Bo‘g‘oz-qisir uy ichini kulgi bosdi.
Kulgidan so‘ng O‘zbek oyim:
— Nega o‘zi kirmadi? — deb so‘radi.
— Qayin otasi bilan so‘zlashib o‘lturibdir...
Hasanali ketkandan keyin O‘zbek oyim Oybodoqqa, qimizni mis tog‘orag‘a bo‘shatishka
buyurdi. Qo‘y so‘yilib tayyor bo‘lg‘an edi. O‘zbek oyim qudachasining ra’yini so‘radi:
— Nima buyurasiz?
— Mendan so‘rab o‘lturmang, mehmonlar nimani xohlasalar biz ham o‘shanga yormiz.
O‘zbek oyim tomoq buyurish uchun havliga tushdi. Zaynab mis tog‘orog‘a ag‘darilg‘an
qimizni cho‘michlab kosalarga quyib mehmonlarga tutdi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 28 Noyabr 2006, 07:54:31
9. HOJI ETAK SILKKAN

To‘rda qutidor, uning yonida mahallaning imomi Yunus Muhammad oxund, yurt og‘asi
Pirnazar jallod1 va Sotiboldi otalig‘ yana bir keksa o‘lturar edilar. Pirnazar jallodning yonida
Otabek va Sotiboldi akaning qatorida Yusufbek hoji edilar. Oyog‘da Hasanali meshdan
qimiz quyar edi.
So‘z to‘rtinchi kuni bo‘lib o‘tkan qipchoq qirg‘ini ustida ketib, Yusufbek hoji bu to‘g‘rida
so‘zlar edi.
— Men biz xalqning odam bo‘lishimizdan tamom umidimni kesib qo‘ydim... Esimni
tanig‘animdan beri amal demay, mansab demay faqat shu musulmonlar manfaatini ko‘zlab
kelib, oyog‘ida o‘zini qushbegi, mingboshi olg‘an uch-to‘rtta manfaatparastlardan go‘yo
yosh bola kabi aldandim... Ululamir bo‘lg‘an kishi ham shu manfaatparastlarning xarob
fikrlariga quloq berib, bizdek odamlardan bu to‘g‘rida bir og‘iz kengash so‘rashni unutdi.
Holbuki, Musulmonqul balosidan uni najotka chiqarg‘uchilarning bittasi biz edik. Natijada
ersa so‘zi — so‘z, kengashi — kengash bo‘lg‘anlar shu uch-to‘rtta kalla buzarlar bo‘lib,
bizga o‘xshag‘anlarning darajamiz yosh boladek aldanish ekan...
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 28 Noyabr 2006, 07:57:42
Yunus Muhammad oxund uning so‘zini bo‘ldi:
— Ey hoji, — dedi, — hamma fasod ululamirda, agar ululamir durust odam bo‘lsa,
uch-to‘rtta muttahamning yomonlig‘i hech qayerg‘a bormas va buncha gunohsiz
bechoraning qoni o‘rinsiz to‘kilmas edi. Janobi payg‘ambari xudo hadisi shariflarida
aytadirlarkim, «Bismillahir-rohmanir-rohim qola an-nabiyu alay-hissalom: Izo vasada alamru
ilo g‘ayri ahlihi fantazir as-soata, ya’ni ul sarvari koinot marhamat qilurlarkim, agar
bir qavmning ishi noahl odamg‘a topshirilg‘an bo‘lsa, bas, o‘shal qavmning qiyomatini
yaqin bil, ya’ni halokatiga muntazir bo‘l». Bas, bizning korlarimiz ham ko‘b fursatlardan beri
noahl odamlarning qo‘lig‘a qolib va har zamon ul nobakorlar bizlarning boshimizg‘a anvo’i
kulfatlarni soladirlar. Ilohi kori badlari o‘z boshlari birlan daf’ bo‘lg‘ay.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 28 Noyabr 2006, 07:58:10
— Saddaqta yo rasulilloh1, — dedi hoji va hadisni takrorladi: — «Izo vasada al-amru
ilo g‘ayri ahlihi fantazir as-soata» — voy bo‘lsin biz badbaxtlarning holiga,— dedi. Bir oz
ma’yuslanib to‘xtadi va domla tarafidan bo‘lingan so‘zini shu gaplar bilan tamomladi:
— Shu kungacha bo‘lmag‘anlarg‘a bo‘lishmoqchi bo‘lib umrimning nihoyatiga yetib
qoldim, — dedi. Soqolini tutamladi. — Bu soqol shu el qayg‘usida oqardi. Bu ko‘ngil shu
manfaatparastlar ta’sirida qoraydi. Yoshim oltmish beshka yetib bir vaqt bo‘lsin ibodatimni
janobi haqqa bevosita yo‘naltirg‘animni va ko‘ngil ko‘zim ochilib qilg‘an sajdamni xotirlay
olmayman. Bu aldanishim ersa, haq tarafidan bir tanbeh, bo‘lmag‘anlarg‘a bo‘lishmoqchi
bo‘lg‘anim uchun bir kinoyadir. Endi mundan keyingi besh kunlik umrim dunyo
mojarolaridan etak silkib to‘sha’i oxirat tadorikini qilmog‘im uchun g‘animat ko‘rinadir.
Bu so‘z majliska bir ma’yusiyat berdi. Ko‘b vaqt hammalari sukutda qoldilar. Hojining
gapi ayniqsa Pirnazar akaga ta’sir qilg‘an edi. Ul o‘z hunari ruhida mulohazasini so‘zladi:
— Yomonlarni bitta-bitta, terib-terib bosh kesmasdan elni tinchitish qiyin, — dedi.
Bu so‘zdan keyin majlis ahli hojining og‘zig‘a qaradilar. Hoji kulib qo‘ydi, bir ozdan
keyin:
— To‘g‘ri aytdingiz, jallod, — dedi, — bu taqdirda yoningizda o‘lturg‘an bizning o‘g‘ulni
ham ko‘makingizga chaqira olasiz...
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 28 Noyabr 2006, 07:58:22
Hamma kulib yubordi. Qutidor yer ostidan Otabekka kulimsirab qaradi. Otabek
dadasining kinoyasiga tushunib qip-qizil lavlagidek bo‘ldi. Yaxshiki qutidor va Hasanalidan
boshqa hech kim bu kinoyaga tushunmas edi.
Pirnazar aka jiddiycha Otabekka qaradi.
— Otabek menga o‘xshag‘an jallodkina emas, amiri lashkar bo‘la oladir. Siz fotiha
bersangiz va Otabek amr bersa men xudo haqqi yomonning boshini olishdan qaytsam, —
dedi.
— Bizning kattadan-kichigimizning, — dedi hoji,— topqan-tutqanimiz faqat bosh
olish... Biz o‘ylaymizki, go‘yo bosh olish bilan olam tinchiydir va biz o‘z xohlag‘animizni qila
olamiz. Tuzik, jallod aytkanidek, yomonning boshini olmoqqa men ham qarshi emasman va
lekin buning nozik shartlari bor: avvalo manfaati shaxsiyasidan kechib, faqat el baxti uchun
bosh tikkanlar jamoasi kerak va bu jamoaning o‘z maslaki yo‘lida kuzatkan ma’lum bir
nishonasi bo‘lmog‘i zarur. Ana shundan keyin haligi nishonaga qarab intilishda oyog‘ ostig‘a
elashkan cho‘p-xaslarni supira borish lozim. Mana shundagina to‘kilgan qonlar o‘rinlik va
mashru’, berilgan boshlar chin qurbon hisoblanadirlar. Yo‘qsa, sizning bosh olishingiz ham
anovilarning qirg‘inidan farqlik bo‘lolmas, — dedi va bir oz to‘xtab olg‘andan keyin
afsuslandi, — shu yoshg‘a yetib bu xalq orasida haligi jamoani uch-to‘rt nafardan ortiq
uchratolmadim, afsus.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 28 Noyabr 2006, 07:58:31
Yana bir muncha gaplar o‘tkandan keyin hammalari masjidga chiqib peshinni o‘qub
kirish uchun qo‘zg‘al-dilar. Otabek ham ko‘bchilik bilan birga qo‘zg‘alg‘an edi, Hasanali uni
to‘xtatdi:
— Siz to‘xtangiz, Otabek, — dedi. Kishilar havli yuziga tushkandan keyin, — ichkariga
bir kirib chiq-masangiz ayb bo‘ladir... Boyag‘i ishingizni bo‘lsa zo‘rg‘a yolg‘on-yashiq bilan
ularning ko‘nglidan chiqardim.
Otabek nihoyatda bo‘shashqan holda qaytib o‘rniga o‘lturdi:
— Mayli, bo‘lmasa... — dedi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 28 Noyabr 2006, 07:58:42
10. HASANALINING HIYLASI

Kishi ortiqcha qo‘rqqanda gangib a’zosi harakatsiz va og‘riq holga tushadirkim, albatta
buni biz qattig‘ qo‘rqqandan deb bilamiz. Darhaqiqat, bizning qarshi-mizg‘a yo‘lbars chiqsa,
biz qattig‘ qo‘rqamiz, chunki bizni o‘lum kutadir, inson uchun dunyoda o‘lumdan qo‘rqunch
narsa yo‘q. Binoan alayhi biz bundagi qo‘rquvni tabiiy hisoblaymiz. Ammo qizig‘i
shundakim, bizni dunyo baxti kutkanda, bizga saodat bashorati berilganda nega biz o‘lum
kutkandagi holga tushamiz va uzviy tashkilotimiz (o‘rganizmamiz) birinchidagi holatni
kechiradir?
Otabek ham hozir shu keyingi holatka tushkan edi. Erta bilandan boshlang‘an bu holat
Hasanalining ke-yingi so‘zi bilan tamom bir dahshat kasb etdi va hushsizlarcha o‘lturib
qoldi.
Hasanali kirgandan so‘ng qilinadirg‘an muomalani ta’lim berdi:
— Onangiz bilan Zaynab anovi mojarolaringizdan xabarsizdirlar, buni qayin onangiz
bilan kelinga ham uqdirib qo‘yg‘anman. Ular bilan so‘rashib, so‘zlashqa-ningizda, go‘yo uch
oydan berigina ko‘rishmaganlardek bo‘lingiz.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 28 Noyabr 2006, 07:58:51
Otabek bo‘zarib entikdi:
— Ul-ku oson... — dedi.
— Qiyini qaysi?
— Shu choqg‘acha tushunmadingizmi?
Hasanali Otabekning yuziga uzoq tikilib qoldi...
— Yigit emasmisiz, ey barakalla.
— Yigitlik bilan yurakni to‘xtatish...
Hasanali ham o‘ylab qoldi. Darhaqiqat, Otabekning hozirgi holi nozik edi. Hasanali bir
necha qayta bosh qashinib va soqol tutamlab o‘ylandi. Nihoyat, o‘zicha kulindi:
— To‘xtang bo‘lmasa,— dedi,— men bir ish qilayki...
— Nima ish qilmoqchisiz?
— Siz hozir so‘ramang, ammo shu daqiqadan boshlab ixtiyoringizni menga topishtiring.
Otabek kuchlanib kuldi:
— Nima, axir? — deb yana so‘radi.
— So‘ramang, — dedi Hasanali, — siz tinchkina tahoratingizni olib, namozingizni o‘quy
bering.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 29 Noyabr 2006, 07:30:59
Hasanali shu so‘zni aytib mehmonxonadan chiqdi. Otabek Hasanali tarafidan tashir1
etilgandek, turib tahorat oldi va mehmonxonaga kirib «tarobih» boshladi... Oradan yarim
soat chamasi vaqt o‘tkan edi, Hasanali ichkaridan chiqib keldi.
Otabek esa hanuz ruku’da2, sujudda3 edi.
— O‘qub bo‘lmadingizmi? — deb so‘radi darichadan.
Otabek yonig‘a salom bermasdan unga qaradi. Bu holga Hasanalining kulgusi qistab
kelsa ham, o‘zini zo‘rg‘a to‘xtatti:
— Qani, men bilan yuring.
— Qayoqqa yuraman.
— Ichkariga.
— Tag‘inmi?
Hasanali kuldi:
— Endi kirsangiz bir martaba bo‘ladir, — dedi. — Siz... hozir o‘rta yo‘lakdan sekingina
manim uyimga kirasiz... Xotinlar namoz o‘qub yotibdirlar, sizni hech kim ko‘rmaydir. Siz
kirgandan keyin men eshikni ustingizdan yopib olaman-da, bir ozdan so‘ng oldingizg‘a
kelinning yolg‘iz o‘zini kirguzaman... tuzikmi?
— Tuzik...
— Qani, turing tezroq!
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 29 Noyabr 2006, 07:31:53
Otabek turdi. Uchrashishka hali anchagina vaqt bor, shuning uchun uning yuragi tinch
sumol edi. O‘rta yo‘lakka kirdilar. Oldinda borg‘an Hasanali to‘xtadi va uyning eshigini
ko‘rsatib «o‘ting!» dedi. Otabek uning aytkanicha qilib o‘zini uyga oldi. Hasanali Otabekni
uyga kirguzgandan so‘ng kelib eshikni qiyaroq ravishda yopdi va darichani narigi uydan
qarag‘anda kishi ko‘rinmaslik qilib qiyg‘och ochdi. Shundan keyin ul o‘zicha nimagadir
kulimsirab xotinlar oldiga ketdi.
Otabek kirguzilgan Hasanalining uyi Oybodoq ona tarafidan tozag‘ina yig‘ishtirilib, o‘rta
hollik kishilarning uyidek asbob, jihozlar bilan ziynatlangan edi. Devorlar ganchlangan,
shiplar sirlangan, oyog‘ osti alvon gullik kiyiz bilan to‘shalgan va taxmong‘a kirpo‘sh
ko‘rpalar osilg‘an edi. Otabek kafshini dahlizga yeshdi-da, uy bo‘yicha bir-ikki qayta yurindi
va entikib nafas oldi. Shu vaqt taxmong‘a osilg‘an kirpo‘sh o‘z-o‘zidan qimirlag‘andek bo‘ldi.
Bu qimirlashni Otabek payqamadi. Haligi qimirlag‘an kirpo‘sh birdan ochilib ketib Otabek
cho‘chidi... Birav taxmondan unga qarab kulimsirar edi. Otabek titrar edi... Bir ozdan so‘ng
ikkisi ham o‘zlarini bir muncha to‘xtatdilar-da, bir-birlariga tomon yurishib keldilar va
so‘zsizg‘ina quchoqlashdilar... Otabek sunbul islik sochlardan ruh olar, Kumush go‘yo uning
bag‘rig‘a singib ketkan edi. Bu hol bir daqiqa chamasi davom etkandan keyin bir oz
ajralishqan ko‘yi uyning oyog‘ig‘a yurib bordilar va tiza-batiza o‘lturdilar... Birisi ham so‘zlay
olmas, faqat termulishar edilar. Necha daqiqag‘acha shu holatda bo‘ldilar. Nihoyat,
Kumush kulgi aralash ko‘ziga yosh oldi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 29 Noyabr 2006, 07:32:08
— Siz... qochqoqsiz, — dedi.
— Siz...
— Men?
— Siz quvloqsiz.
— Ajab qilaman, — dedi Kumush va shapalog‘i bilan erining yuziga sekingina urib
qo‘ydi.
— Bu yoqqa ham...
— U yoqqa Zaynab ursin.
— Zaynabning... urishka haqqi yo‘q.
Kumushning ko‘zida haligacha ko‘rilmagan bir shodliq o‘ynadi:
— To‘g‘ri aytasizmi?
— To‘g‘ri aytaman!
— Mana bo‘lmasa, — dedi Kumush. Otabekning ikkinchi yuzini ham silagandek qilib
qo‘ydi. Yana kulimsirashib, termulishib qoldilar...
— Biravning g‘amida kuyib qaridim, — dedi Kumush.
— Bekor aytasiz... Meni aytsangiz to‘g‘ri.
— Siznimi? — dedi Kumush. — Siz endi qirchillabsiz!1
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 29 Noyabr 2006, 07:35:51
— To‘g‘ri gapirmadingiz.
— To‘g‘ri gapirdim.
— Ammo siz...
— Men?
— Keyin aytaman...
Kumush o‘pkaladi:
— Ayting hozir, — dedi va jodu ko‘zini allaqanday holatka qo‘ydi. Otabek javob o‘rnida
Kumushning yuzidan o‘pdi... Kumush o‘zini qutqazib o‘rnidan turdi.
— Yaxshi qoling endi.
Otabek tushunolmay unga qaradi:
— Nima bo‘ldi sizga, qayoqqa borasiz?
— Marg‘ilong‘a...
— Bu kun kech bo‘lib qoldi, ertaga ketarsiz.
Kumush kulib Otabekning yuziga urdi:
— Bizning ovloqda ko‘rishkanimizni, — dedi, — oyim va Hasanali otamdan boshqa
hech kim bilmaydir, ayniqsa Zaynabingiz bilsa yaxshi emas.
— Bilsa nima qiladir?
— Hech narsa qilmaydir... Yaxshi emas-da,— dedi,— bir ozdan keyin chiqib oyim bilan
so‘rashing, kirmaganingiz uchun qayin onalaringiz so‘yinishib o‘layotiptilar.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 29 Noyabr 2006, 07:36:01
Kumush yana bir kulib qarag‘andan keyin uydan chiqdi. Otabek endi tamom o‘zini
bosib olgan, endigi yurak urishi faqat haligi farishta tomong‘a oshiqibqina edi. O‘zi yolg‘iz
qolg‘andan so‘ng nimaga bo‘lsa iljaydi va Hasanaliga ilgarigidan ham quyuqroq o‘zida
muhabbat sezdi. Shu daqiqadan boshlab kechiradirgan mas’ud kunlarini tasavvurdan ojiz
va Zaynab to‘g‘risida o‘ylab ham qaramas, boshqa gap esiga-da kelmas edi. Oradan
Kumushning uyga kirib olishi fursat o‘tkandan keyin, uydan chiqdi va parvosizcha
mehmonlar o‘lturgan uyga bordi. Uning kelishini o‘z uyidan ko‘rgan Zaynab yugirgancha
Otabek orqasidan mehmonlar oldig‘a kirdi. Uydagilar Otabek-ni ko‘rish ila o‘rinlaridan
turganlar, faqat O‘zbek oyim «hap» etkancha o‘lturar edi. Otabek Oftob oyim bilan
ko‘rishdi... Oftob oyim uni quchoqlab yuzidan o‘pdi va ko‘ziga yosh oldi... So‘ngra kichkina
qayin onasi bilan, Zaynabning opasi va boshqalar bilan so‘rashib chiqdi va kulimsiragan
holda Kumushka «esonmisiz...» deb qo‘ydi. Kumush ham «shukur» deb kulindi. So‘rashish
tamom bo‘lg‘andan keyin o‘lturishdilar. Otabek onasining yonig‘a, Zaynab uning yonig‘a
o‘lturdilar. Kumush Zaynabning bu qilig‘ig‘a g‘ijinib bir-ikki qayta yer ostidan unga ko‘z
yubordi.
Fotiha o‘qulib kuyav qayin onag‘a uzr aytdi:
— Avvalo sizlar kelguncha qaytarman, deb ertalab bir gunoh qildim. Undan keyin
mehmonxonadan qo‘zg‘alolmay ikkinchi uyatka qoldim...
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 29 Noyabr 2006, 07:36:15
Oftob oyim:
— Bolamiznikini aybi yo‘q.
O‘zbek oyim:
— Qimiz kirguzib qayin onangning og‘zini ho‘l-lamag‘aningda nax balog‘a qolib eding,
bolam.
Kulishdilar. Karima otin:
— Kumushoy bo‘lsa, sen erimni yashirg‘ansan, deb Zaynabning engka-tengkasini
chiqardi.
Yana kulgu bir-biriga elashdi. Zaynabning boyag‘i ishiga Kumushning g‘ashi kelganini
aytilmasa, hozir ul ham juda ochilg‘an, kular va yer ostidan Otabekka ko‘z qirini tashlar,
Zaynab bo‘lsa Kumushni ta’qib etar edi. Majliska bir oz jimjitlik kirgandan so‘ng Otabek
ham o‘z tomonidan bir kulgu to‘qumoqchi bo‘lib, Zaynab bilan Kumushka qarab oldi:
— Men bir ishka hayronman, — dedi.
— Nimaga? — deb so‘radi Mohira oyim.
— Nega Zaynab semizu Kumush ozg‘in?!
O‘zbek oyim javoblandi:
— Buning hikmatini mendan so‘ra, bolam, — dedi,— Kumushing o‘zingga o‘xshash
serfikr ko‘rinadir, Zaynab bo‘lsa menga o‘xshash quvnoq.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 29 Noyabr 2006, 07:36:53
Otabekni o‘ziga o‘xshatqani uchun Kumush qayin onasidan rozi bo‘ldi. Ammo Zaynab
o‘zini Otabekdan chetka qoqqani uchun O‘zbek oyimga g‘ijindi.
O‘zbek oyimning bu fikriga Karima otin qarshi tushdi:
— Yanglishdingiz, oyi, — dedi, — bundagi farqni Yusuf-Zulayho qissalarini o‘qug‘an
kishi biladir... Uch oy degan fursat ozg‘ina vaqt emas, Kumush xonimning ozg‘ani
sog‘inishniki!
Karima otin qosh qo‘yaman, deb ko‘z chiqarayozdi. Ya’ni Otabek bilan Kumushni
Yusuf-Zulayxoga o‘xshatib, Zaynab va qarindoshlarini o‘t ichiga tashlag‘an edi.
— O‘zbek oyimniki to‘g‘ri, — dedi Mohira oyim, — Zaynab quvnoq, Kumushnisa manim
ko‘zimga ham serfikrga o‘xshab ko‘rinadirlar...
— To‘g‘ri-to‘g‘ri, — dedi Xushro‘y.
Kumush bilan Oftob oyim oradan kechkan sirga tushunib jim o‘lturar edilar. Kumush
yer ostidan Otabekka rizosizcha ko‘z tashladi.
— To‘xtanglar-chi, — dedi Otabek, hamma unga qaradilar, — hech qaysilaringiz ham
topolmadingiz.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 29 Noyabr 2006, 07:37:00
— Topolmag‘an bo‘lsaq o‘zingiz ayting! — dedi Sharofat chevar.
— O‘zlaringiz topolmag‘andan keyin men aytib nima qilay?
— Men topdim, xax shayton! — dedi Karima otin, — qizil gulning ham o‘z oldig‘a, oq
gulning ham o‘z oldig‘a isi bor, demakchi!
Hamma birdan kulishib:
— Xudda-xudda! — deyishdilar.
Otabek kulib o‘rnidan turdi va «topolmadingiz, topolmadingiz» degancha uydan chiqdi.
Kumush bilan Oftob oyimning ko‘nggillari birdek bo‘lsa ham bu kashfdan keyin Zaynab
bilan Mohira oyim ancha yengillashdilar. Bu qiy-chuv orqasidan mehmonlarga quyuq-suyuq
berildi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 29 Noyabr 2006, 07:37:12
11. KUMUSHNING SO‘Z O‘YUNI

Shomga yaqin mehmonlar tarqalishdilar. Mehmon-xonada hoji, qutidor, Hasanali va
Otabek qolg‘an edilar.
Ichkarida O‘zbek oyim mehmonlarni kuzatib bo‘lib, Kumush bilan onasidan ho‘ppak1
olar edi.
— Men sizlardan juda xafa bo‘lg‘an edim. Sizlarni churuk lattaga tugib, tokchag‘a
tashlash darajasiga yetgan edim. Nahotki uch yil bo‘lsayu — bir yo‘li o‘z bilgularingizcha
kelmasalaringiz. O‘g‘lim bechora oy o‘tmasdan bo‘zchining mokisidek qatnab tursa... Axir
manim ham o‘zimga yarasha obro‘m bor. Toshkandda kimsan, Yusufbek hoji deganing
ko‘chiman2. Xudoyorxon ham bir kun kechasi kelib bizga mehmon bo‘ldilar... Qushbegining
uy ichlari bo‘lsa, bir ishni manim kengashimsiz qilmaydirlar... Shuncha obro‘ ko‘rgan bir
kishi kelib-kelib nahotki o‘z qudasidan va kelinidan munchalik obro‘sizlik ko‘rsa...
Shahardagi kattadan kichik ertayu kech quloq-miyamni yeydirki, hoy, marg‘ilonliq keliningiz
keldilarmi, nega shundog‘ keliningiz bo‘laturib Marg‘ilong‘a tashlab qo‘yibsiz? Men bo‘lsam
hech so‘z topolmag‘animdan aytaman: — Kelinimning onasi kasal emish... Ikkinchi vaqtda:
— Kelinim bechora munglug‘1... deyman. Endi ko‘rsam miltiqning o‘qidek, pushti gulning
to‘qidek kelinim bor ekan... Men bu adabsizga tag‘in o‘zim o‘lturgan uyimni bo‘shatib
beribman-a, — der edi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 29 Noyabr 2006, 07:37:20
O‘zbek oyimning dali-g‘ulilig‘idan Oftob oyim va Kumush unga juda o‘zlashib olg‘anlar,
uning so‘ziga goh kulib, goh uzr aytar edilar. Hozir uyda Otabek bo‘lmag‘ani uchunmi,
nimadan bo‘lsa ham har nuchuk Zaynab o‘z uyida kuymalanishib yotar va mehmonlarni
O‘zbek oyimning tanho o‘ziga tashlag‘an edi.
Tokchalarga sham’lar yoqilib, vaqt xuftanga yaqinlashib qolg‘andan so‘ng uyga Otabek
kirdi. Ul kirgandan keyin Oftob oyim bilan O‘zbek oyim ular oldida o‘ltirishni eb bilmadilarda,
sirlashish uchun boshqa uyga chiqib ketdilar. Ularning chiqib ketishini kutib turg‘andek,
qo‘lig‘a bir choydish choy ko‘targani holda Zaynab kirdi va Otabekdan choy ichib, ichmasini
so‘radi. Otabek ichmayman, deb javob bergan edi, Kumush orag‘a tushdi.
— Men ichaman, o‘zingiz ham o‘lturing.
Zaynab uncha qistatmadi, o‘lturib Kumushka choy quyib bera boshladi. Kumush uni
so‘zga solib so‘radi:
— Manim balo-qazodek yetib kelishim uchun xafa bo‘lgandirsiz?
Zaynab Otabekka qarab oldi:
— Nega xafa bo‘lay, — dedi, — siz kelmaganingizda ham o‘zlari borar edilar...
— Bormas edilar! — dedi Kumush, — men bilan urishib kelgan edilar...
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 29 Noyabr 2006, 07:37:27
Otabek Kumushka yer ostidan kulib qaradi, Kumush ham kulib javob berdi.
— Shu kishi birav bilan urishadirlarmi? — dedi Zaynab, — ikki yildan beri menga bir
og‘iz qattig‘ so‘z aytkanlarini bilmayman...
— To‘g‘ri aytasiz, — dedi Kumush, — bu kishi emas, men urishkan edim... Bu kishida
sira gunoh yo‘q va arazimizga bir to‘ng‘uz sababchi bo‘lg‘an edi.
— Kim balo ekan ul? — dedi Zaynab.
— Bizning shaharning eng yaramasi, — dedi Kumush va Otabekdan so‘radi, — siz
eshitdingizmi, yaqinda o‘shani bir bek o‘ldiribdir?
Otabek kulimsiradi:
— Eshitdim...
— O‘sha bekning haqiga eshitkan kunimdan beri duo qilib kelaman...
Zaynab so‘radi:
— Sizlarda qanday dushmanlig‘i bor ekan?
Otabek «endi nima deysan» degandek qilib Kumushka qaradi. Kumush bo‘lsa parvosiz
javob berdi:
— O‘sha to‘ng‘iz uylanmakchi bo‘lib manim bir o‘rtog‘img‘a sovchi qo‘yib yurar edi...
Men ersa o‘rtog‘imni unga tegishdan aynatkan edim. Aynatishim halig‘i to‘ng‘uzning
qulog‘ig‘a yetib meni bu kishiga chaqibdir. Bu kishi bo‘lsa, nega biravni o‘rtasig‘a tushasan,
deb mendan xafa bo‘ldilar...
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 29 Noyabr 2006, 07:37:34
 «Bu kishi» Kumushning yolg‘on uyushdirishidan kuldi, Zaynab ersa erini oqlab tushdi:
— Ayb sizda ekan, — dedi, — siz ham nega biravning o‘rtasig‘a tushasiz?
— Ayb mendalikka menda, — dedi Kumush va Otabekka qaradi. — Nafsilamrga
qarag‘anda ayb bizning oramizg‘a cho‘p bo‘lib tushkan xolamning qizi Zaynabda, shundog‘
emasmi? — deb so‘radi.
Otabek sachrab Kumushka yuz o‘girdi:
— Bu o‘rtag‘a Zaynabni nimaga kelturib tiqasiz, endi?
Kumush kuldi va eski holini buzmadi:
— Siz hovliqmang, bek, — dedi, — tunovi kun xolamnikiga borg‘an edim, xolam qizi
Zaynabdan shikoyat qilib hamma gapni Homid cho‘chqaning qulog‘ig‘a yetkizguchi o‘z qizi
Zaynab gumbaz bo‘lg‘anini birma-bir aytib berdi, bildingizmi?
Otabek zo‘rg‘a-zo‘rg‘a xaxolashdan o‘zini tutib qol-di:
— Nima bo‘lg‘anda ham ayb sizda, nega boshda o‘zingiz bu ishka aralashdingiz, axir?
— dedi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 29 Noyabr 2006, 07:37:42
Zaynab:
— O‘zingizning aralashishingiz chakki-da, — deb qo‘ydi.
Kumush jiddiy tus oldi:
— Siz aytkandek Zaynab gumbazda ham ayb yo‘q, menga qolsa hamma gunoh bek
otam bilan xon oyimda,— dedi. — Orzu-havaslik joyni qidirmasdan qizlarini bir kishiga
berib qo‘ya qolsalar — albatta bu savdolar yo‘q edi... Nahotki ikki yildan beri necha
bechorani zir qatnatib ovora qilsalar, Toshkand qishlog‘i bilan Marg‘ilonning orasi ozg‘ina
yo‘lmi, axir?
Otabek xaxolab yubordi:
— Hamon aybni o‘z bo‘yningizga olmaysiz, astag‘-firulloh...
Zaynab Kumushdan:
— Bek otangiz bilan xon oyingiz kim?
— Haligi men aytkan o‘rtog‘imning ota-onalari... Orzu-havas qidirib bechora qizlarini
qaritib qo‘ydilar.
— Nega siz tayyor kuyavdan o‘rtog‘ingizni aynatdingiz?
— Davlati bo‘lsa ham o‘zi teri namoyish edi... Kishi davlat uchun erga tekkandan yerga
teksin...
— Albatta, — dedi Zaynab.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 29 Noyabr 2006, 07:37:50
Otabek Kumushning so‘z o‘yuniga ajablanar va xoy shayton, degandek unga qarar edi.
Kumush yana tinchiy olmadi:
— Bizning urishib qolishimiz uchun Karim sandiqchining ham daxli bor, — dedi.
Otabek jo‘rttaga so‘radi:
— Qanday daxli bo‘lsin. Sizga qolsa, butun shahar daxldor ekan-da?
— Shoshmang jonim, — dedi Kumush, — nega o‘ylamay-netmay eshigiga bosh urib
kelgan bir yigitni quvlab soladir?
— Astag‘firulloh... uning quvlanishig‘a ham Homid sabab bo‘lg‘an. Homidning
yomonlig‘ig‘a ersa siz sabab bo‘lg‘ansiz...
Zaynab nimadir so‘ramoqchi bo‘lg‘an edi, Kumush unga yo‘l bermadi.
— U ham emas, bu ham emas, — dedi, — hammasi xudoning taqdiri.
Otabek:
— Ana endi to‘g‘ri aytdingiz.
Kumush:
— Ikki o‘rtada dum qidirib quloqdan ham ajralg‘an puchuq oyimning holi ham
xudoning taqdiri!
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 29 Noyabr 2006, 07:38:00
Otabek kuldi. Zaynab keyingi so‘zlarga tushuna olmag‘an, shunga ko‘ra Kumushdan
izohlar olmoqchi edi. Kumush unga izohlar uyushdirishni xohlamag‘anliqdan so‘zni chetka
chalg‘itib yubordi:
— Necha yoshqa kirdingiz, Zaynab opa?
— O‘n to‘qquzg‘a shekillik.
— Hali siz bola ekansiz, — dedi Kumush.
— Siz nechaga kirdingiz?
— Meni so‘ramang, men endi qarib qoldim...
Zaynab unga hasadlanib qaradi va kuchlanib aytdi:
— Hali yoshqa o‘xshaysiz-ku.
— Necha yoshqa kirgan deb o‘ylaysiz?
Zaynab Kumushning to‘lib yetmagan gavdasiga va o‘n olti yoshlar chamaliq g‘ubor
tegmagan husniga hayron bo‘lib, mulohazasini aytishdan qo‘rqdi. Zaynabka qolsa ehtimolki
Kumush o‘zidan ham yosh chiqar edi.
— Men qayoqdan bilay...
— Yigirmaga kirdim.
— Mendan bir yosh katta ekansiz.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 29 Noyabr 2006, 07:38:15
— Sizdan albatta kattaman, — dedi Kumush.
Kumushning «albatta kattaman» degan so‘zini Otabek ichidan tasdiqladi, uning
husndagina emas, aqlda va boshqada Zaynabdan necha barobar yuqorida ekanini o‘yladi.
Orag‘a bir necha daqiqaliq so‘zsizlik kirdi. Otabek yer ostidan Kumushka nigoh tashlar,
Zaynab gilamning popugini chirmab nimaningdir xayolini surar, Kumush bo‘lsa hech kimga
ham qaramay mudrag‘an sumol o‘lturar edi. Kumushni bu holda ko‘rib Otabekning yuragi
achidi...
— Yo‘lda charchag‘an ko‘rinasiz, Kumush.
Zaynab gilamdan ko‘zini oldi, Kumush mudrashdan cho‘chidi...
— Qaydam...
— Biz ketaylik, siz tinchib uxlang, — dedi Otabek.
— Mayli... Xuftanni ham o‘quy olmaydirg‘an o‘xshayman.
— Zarari yo‘q, — dedi, — yolg‘iz qo‘rqmaysizmi... Yoningizda Zaynab yotsinmi?
— Zaynabnisa siz bilan yotsin... Men yolg‘izliqg‘a o‘rganganman...
— Onangizni chaqirib beraylik bo‘lmasa.
— Rahmat.
— Yolg‘iz yotib qolgangizni ayniqsa oyim eshitsa...
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 29 Noyabr 2006, 07:38:23
— Siz bilan Zaynabnisa yolg‘iz yotib qolg‘animni aytmasangiz, hech kim bilmaydir...
O‘rin o‘shami?
Zaynab nimagadir juda ham quvonib ketdi. Shuning uchun bo‘lsa kerak, Kumushni
o‘rin yozishg‘a qo‘ymay o‘zi par to‘shakni olib yerga soldi. Kumush mudrag‘an ko‘yi
Zaynabka tashakkur aytib to‘rdagi burchakka o‘lturib oldi. Otabek berigi burchakdan turib
uni qo‘li bilan yanar va kulimsirab xo‘mrayar edi. Kumush mudrag‘an ko‘yi, suzilgan ko‘yi
iljayib javob berar edi...
O‘rnini solib bitirgandan keyin, Zaynab qanoatlanib uydan chiqmoqchi bo‘lg‘an edi, uni
Kumush to‘xtatdi:
— Zaynabnisa, — dedi, Zaynab qaradi, — bu kishini tashqarig‘a chiqib yotishg‘a
qo‘ymang, tuzikmi?
— Nimaga?
— Nimagaki, dadamning ko‘ngliga gap keladir.
— Xo‘b, — dedi Zaynab va eshitdingmi degandek qilib eriga qarab olg‘andan keyin
uydan chiqdi. Uning keticha Kumush Otabekka qattig‘ qilib aytdi:
— Qani, siz ham uyingizga!..
Zaynab juda ishong‘an holda o‘z uyiga borib yetdi.
— Chindan aytib yotibman, eshitasizmi?
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 29 Noyabr 2006, 07:38:31
Otabek o‘zini g‘aflatka solib Kumushning yonig‘a bordi:
— Siz...
— Men?
— Siz quvsiz...
— Men quv emasman, — dedi kulib Kumush, — men hali urushig‘liq holdaman,
yarashqanim yo‘q.
— Boya nimalarni so‘zladingiz, sir ochiladimi, deb jonim bo‘g‘zimg‘a keldi.
— Nega sir ochilsin? — dedi, — men siz bilan o‘tkan ishlar haqida so‘zlashmoqchi
bo‘lib turar edim — o‘zi jo‘rttaga kirib keldi. Men ham so‘zimni to‘xtatmay jo‘rttaga boshqa
yo‘lda aytib chiqdim. Nima, bir narsa payqadimi?
— Payqamadi-ku... Shundog‘ bo‘lsa ham men juda qo‘rqdim.
— Hali shu yuragingiz bilan uch kishini o‘ldirdingizmi, men ishonmayman, — dedi
Kumush va Otabekning xanjar tekkan qo‘lining chizig‘ig‘a ko‘zi tushdi. — Pichoq yomon
kesipti... Chumchuq so‘ydingizmi? Qani chiqing, men yotaman.
— Yota beringiz.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 29 Noyabr 2006, 07:38:39
— Sizning oldingizda yeshinaymi?
— Uyalsangiz men yuzimni o‘girib turay, — dedi va yuzini chetka burdi.
— Qaramang bo‘lmasa, — dedi Kumush yeshinar ekan, — «bo‘lg‘ani yo‘q, bo‘lg‘ani
yo‘q» degan so‘zni besh-olti qayta takrorladi va o‘ringa kirib olg‘andan keyin ham
«bo‘lg‘ani yo‘q, bo‘lg‘ani yo‘q» deb kular edi.
Otabek nihoyatsiz «bo‘lg‘ani yo‘q» dan zerikib qaradi:
— Aldamchi.
— Bu aldashlar — aldash emas, siz hali qarab turing, qochqoq.
— Aniq qo‘rqmaysizmi yolg‘iz?
— Nega qo‘rqay, ikki yil yolg‘iz yotib, endi juda o‘rgandim... Ehtimol siz yolg‘izliqdan
qo‘rqarsiz.
— Kinoyangiz...
— Bu kinoya emas, to‘g‘ri so‘zim, — dedi Kumush,— men bu holda yolg‘iz ham
emasman...
— Bu nima degan so‘zingiz tag‘in?
— Ya’ni hamrohim bor, deganim — mendan qo‘rqmang, deganim...
Otabek yana tushunmadi...
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 29 Noyabr 2006, 07:38:47
— Hamrohingiz...
— Hamrohimmi? — dedi Kumush, — hamrohim biravning xayoli, biravning fikri. Bas,
bundan ham yaxshi rafiq bormi? Ba’zi vaqtlarda bu yo‘ldosh uyqudan ham shirin.
Otabek «hamroh»ga tushundi va yotib Kumushning yuzidan o‘pdi:
— Lekin men bu so‘zingizga ishonmayman.
— Nega ishonmaysiz?
— Negaki, siz anovi... kechasi hamrohsiz edingiz... Pish-pish uxlar edingiz...
Kumush Otabekning yelkasiga qo‘lini tashladi:
— O‘shal vaqtlarda hamrohsiz uxlag‘anim to‘g‘ri, — dedi, — chunki biravlardan
butunlay umidim kesilgan, hamrohim menga hamisha umidsizlikgina berar, dahshatimnigina
ortdirar edi. Ammo o‘sha kunlarda uyqu menga juda shirin bir narsa bo‘lib
qolg‘an, men uyqudag‘ina biravlarni ko‘rar va kunduzlari ham uyqu qidirar edim. Endi
bo‘lsa yana yo‘ldoshim xayol... Tag‘in nima deysiz?
— Hech narsa demayman... Lekin siz ikki yil burung‘i Kumush emassiz.
Kumush ko‘rpaga burkanib oldi:
— Chiqing... uyqum keldi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 29 Noyabr 2006, 07:38:55
Otabek zo‘rg‘agina o‘rnidan turdi... Ul uzog‘lash-qandan keyin Kumush sekingina
yuzidan ko‘rpani oldi va mudroq ko‘zlari bilan Otabekka kulimsirab qaradi. Otabek
havlidag‘i oyog‘ tovshini eshitib, tokchadag‘i sham’lardan uchtasini o‘chirg‘an edi,
darichadan Zaynab ko‘rindi: «Hali ham shu yerda ekansiz, men sizni tashqarig‘a
chiqg‘ansiz, deb o‘ylabman...» dedi. Otabek javob bermay qolg‘an sham’larni o‘chirdi.
Zaynabning «hali ham shu yerda...» so‘zi bilan Kumushning ko‘zi uyqudan ochilib ketkan
edi... Otabek eshikni yopib chiqdi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 29 Noyabr 2006, 07:39:10
12. KUNDASH — KUNDASHDIR

Kumush qayin otasi bilan qayin onasiga uch-to‘rt kunning ichidayoq o‘zini ko‘rsatib
qo‘ydi, shirin va aqllik muomalalari bilan ularni o‘ziga maftun qildi. Yusufbek hoji «bu odam
farzandi emas — farishta» der, orada Zaynab bo‘lmasa «farishta», deb atamoqqa ham
hozir edi. O‘zbek oyim bo‘lsa eski kina va adovatlarni qaytib kelmas dunyosiga jo‘natdi.
Tevarakdan marg‘ilonliq, kelinni ko‘rish uchun kelguchi xotinlarg‘a muomalani yana ham
yuqoriroqdan turib qila boshladi. Har bir «keliningiz ajabmi?» deb Kumushka suqlang‘uchi
xotinlarg‘a, «Manim chin kelinim Marg‘ilonda edi-da!» der edi. Goho O‘zbek oyimning o‘zi
ham Kumushning husniga va muomalasiga ajablana boshlar, hojini ovlog‘roqda uchratib
qolsa, «alhazar, o‘g‘lingizdan — uylangan xotinini qarang», deb qo‘yar, hoji bo‘lsa, «o‘zing
bilgan sihrchi hindi sening ham boshingni aylantiribdir...» deb iljayganda, O‘zbek oyim
«rost, bu kelinning husnidan ham boshqa yana tag‘in bir alohida xosiyati borg‘a
o‘xshaydir!» deb kular edi. Kumush o‘zini ko‘rgan kelguchi xotinlardan ko‘proq olqish olsa
(albatta oshkora emas), xotinlarning jo‘nashi bilanoq darrov O‘zbek oyim Oybodoqdan
isiriq tutatdirib avval Kumushka, undan keyin ko‘ngli qolmasin, deb Zaynabka soldirar, agar
Otabek ko‘rinib qolsa, uni ham quruq qoldirmas edi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 29 Noyabr 2006, 07:39:46
Egasini siylag‘an itiga suyak tashlar, qabilidan qizlari tufayli qutidor va Oftob oyimlar
ham juda yaxshi izzat ko‘rar edilar. Qutidor kelganidan beri bir soat ham uyda bekor
qolmay, har kun Yusufbek hojining muxlislaridan birining uyida mehmon va hojining
suhbatidan mamnun edi. Oftob oyimni bo‘lsa O‘zbek oyim o‘tqizg‘ali joy topmas, quda so‘zi
o‘rniga — singlim deb xitob qilar, oshni ham uning ra’yini so‘ramasdan buyurmas edi.
Kelganlarining o‘n beshinchi kunigacha shaharning kazo va kazo xotinlarini qabul qilib
o‘tkardilar. Ya’ni Oftob oyim Toshkandning yuz boshi oyimidan tortib, ponsadboshi,
qo‘rboshi to o‘rda oyimlarig‘acha tanishib oldi va ularning har birlaridan kutilmagan
darajada izzat, hurmat ko‘rdi. Bu oyimlarning har birlaridan — «albatta biznikiga mehmon
bo‘lmasdan ketmaysiz, egachi1 degan takliflar ham hisobsiz edi. O‘zbek oyimning lozim
topishicha, bu takliflardan faqat o‘n chog‘lug‘i ijobat etiladirgan bo‘lib va birinchi martaba
Normuhammad qushbegining xotini Sorabek oyimnikiga, ya’ni o‘rdaga borilmoqchi edi.
O‘n oltinchi kun mehmon oyog‘i tovsillanib, O‘zbek oyim Sorabek oyimga o‘zlarining
borishlaridan xabar yubordi va Hasanaliga aravani qo‘shmoqqa buyurdi. O‘rda oyimlarining
turmushlarini ko‘rmagani uchun Kumushning ham ular bilan birga borg‘usi keldi va ertalab
choy ustida Zaynab tilga kelturib, «Zaynabingiz ham boradimi» deb so‘rag‘anida, O‘zbek
oyim: «Zaynab bir martaba borish bo‘lsa borg‘an», deb javob berdi.
— Men-chi?
— Sen ham bormaysan.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 29 Noyabr 2006, 07:39:54
Kumushning ma’yuslanib qilg‘an sukutidan keyin, O‘zbek oyim mundog‘ izoh berib
chiqdi:
— Sen Toshkanddagi Yusufbek hojining kelini bo‘lasan, bolam! Chorlamag‘an joyga
borish uchun sening kafshing ko‘chada qolg‘an emas, — dedi.
Otabek qayoqqadir ot minib ketgan edi. Yusufbek hoji bilan qutidor Solihbek
oxundning Ko‘kaldosh hujrasiga mehmon bo‘lib ketganlar. Faqat bu kun uyda
qoladirg‘anlar — Kumush, Zaynab va Oybodoq edilar.
O‘zbek oyim yo‘lakkacha kuzatib chiqg‘an Kumush bilan Zaynabka qarab arava
yonidan kuldi:
— Ikki kundash uyni xoli topib tag‘in yulishmanglar! Oybodoq, sen kundashlardan
xabarsiz qolma!
Oftob oyim aravaga minar ekan:
— Xudoy saqlasin, oyi! Shukur, ikkalasining ham aql-hushi boshida! — dedi.
— Bular kundash emas — egachi-singil-ku! — dedi otning jilovidan ushlab Hasanali.
— Meni tashlab ketkaningiz alamini Zaynabdan olmasam kimdan olay, — dedi kulib
Kumush va darbozaning halqasi bilan o‘ynar ekan: — a, yulishamizmi?— deb Zaynabdan
so‘radi. Zaynab javob bermadi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 29 Noyabr 2006, 07:40:03
O‘zbek oyim Oybodoqqa ba’zi ta’limotlarni bergandan keyin kelinlariga:
— Tushda issig‘siz qolmanglar! — dedi. Arava qo‘zg‘aldi.
Zaynab ilgariroq, Kumush keyinroq ichkariga qaytib kirdilar. Kundashining so‘zsiz,
nesiz o‘z uyiga kirib ketkani uchun o‘ylanib, bir oz havli yuzida to‘xtadi, so‘ngra bu ham o‘z
uyiga burildi.
Kundan-kunga Zaynabning susayib, o‘ziga begonalashib borg‘anini ul yaxshi onglar
edi. Bu kun bo‘lsa o‘ynab aytkan so‘zi javobsiz ham qoldirilib, bu hol yana uning miyasini
qotirdi. Ko‘nglida bir xiralik bilan borib daricha yonig‘a o‘ltirdi. Zaynabning hasadini
qo‘zg‘atmas uchun Otabek bilan muomalada qilg‘an ehtiyotlari zarracha foyda
bermaganiga hayron, endi qaysi yo‘sunda mirosani sozlash yo‘llarini o‘ylar edi. O‘n besh
kun ichidayoq buncha keskinlashkan Zaynabning ichki adovatining bir oyda qaysi
darajalarga borib yetishini o‘ylar va mirosa bu holda ketgan taqdirda bu uyda uzoq qola
olmasini fahmlar edi. Lekin bu uydan chiqib ketishni, bir-ikki oylab Otabekni Zaynab
qo‘lig‘a topshirib qo‘yishni yana muvofiq ko‘rmas, ya’ni Kumushda ham bir qizg‘anchiqlik
hissi uyg‘ong‘an... Fikri shu yerga yetkanda qaysi kunidir Otabekning Zaynabka
boshqacharoq qilib kulib qarag‘ani va Zaynabning shu vaqtdag‘i oydek jozibalik to‘la yuzi
ko‘ringandek bo‘ldi... Bu ko‘rinishdan so‘ng ul sakrab o‘rnidan turdi-da, tokchadag‘i oynani
oldi va o‘ziga qaradi...
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 29 Noyabr 2006, 07:40:10
Ma’lumki, kishi oynaga boqqanda nechog‘liq aybsiz bo‘lsa ham o‘zini bir kamchiligi
orqaliq ko‘radir. Shunga o‘xshash bir qarashda Kumush ham o‘z-o‘zidan rozi qolmadi.
Shahlo ko‘zlar, o‘siq jinggila kipraklar, qunduz qosh va qora xollar va boshqa latofatlar
o‘ziga pisand bo‘lmadilar... O‘zini Zaynabka qarag‘anda siqiq, yosh, bolasifat ko‘rdi...
Oynani tokchag‘a qo‘yib Zaynabka chinlab hasadlangan holda kelib boyag‘i o‘rniga o‘lturdi.
Anchagina o‘ylab o‘lturg‘andan keyin ko‘ngliga «u meni suysa bo‘ldi-da», degan gap
keldi... O‘zining bu hukmiga rozi bo‘lmadi, go‘yo o‘zining suyilishi bir necha oyliqqag‘ina
o‘xshar, Zaynabning to‘lg‘an oydek yuzi bu suyilishka shu besh-o‘n kunning ichidayoq
xotima beraturg‘andek ko‘rinar edi. Shu ko‘rinish orasida Zaynabni yana o‘z ko‘zidan
yaxshilab o‘tkarmakka va uning husn kuchini sinamoqqa qaror berib o‘rnidan turdi...
Kumush kirganda Zaynab daricha yonida to‘ppi tikib o‘lturar edi.
— Oyim aytkandek, — dedi kulib Kumush, — siz bilan yulishqali keldim.
Zaynab to‘ppisini qo‘yib o‘rnidan turdi:
— Men ham oldingizg‘a chiqaymi, deb turg‘an edim...
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 29 Noyabr 2006, 07:40:18
Kumush istehzo bilan kuldi:
— To‘ppi tikib o‘lturibsiz-ku, manim oldimg‘a chiqarmidingiz, barakalla sizga, — dedi.
Zaynab bir sabab ko‘rsatalmay o‘ngg‘aysiz holda qoldi. Darhaqiqat, uning bu ishi ochiqdanochiq
bolalarcha ketgan edi. Kumush uni o‘ngg‘aysiz holdan chiqarish uchun tikilgan
to‘ppini yerdan olib ko‘rgan bo‘ldi.
— Chokni yaxshi tikar ekansiz, kimga?
— Biravga atag‘anim yo‘q, axir bittasi kiyar... O‘lturing.
Ikki kundash qarshima-qarshi o‘ltirishdilar. Kumush unga tikilib-tikilib qarar edi...
Zaynab boyag‘i o‘ng-g‘aysizliqdan hali chiqib yetmagan, qizarinqirab yerga boqqan edi. Birikki
daqiqani so‘zsiz kechirdilar.
— Chiqmag‘animni ham ko‘nglingizga olibsiz-da, — dedi nihoyat Zaynab.
— Nega ko‘nglimga olay, men yosh bolamanmi, — dedi,— kelganimga o‘n besh kun
bo‘lmasdan o‘zingizni chetka tortib boshladingiz... Men siz bilan egachi-singil bo‘larmiz, deb
o‘ylag‘an edim...
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 29 Noyabr 2006, 07:40:27
— Hali nima bo‘libmiz... Arzimagan gapni ham ko‘nglingizga olabersangiz...
— Bu arzimagan gapmi? — dedi Kumush, — uyda hech kim yo‘qlig‘ini bilaturib
o‘zingizni chetka tortasiz... Bu esa yuzingni ko‘rishga toqatim yo‘q deganingiz bo‘ladir.
— Qo‘ying-chi... O‘zingiz har bir narsani ham ko‘ng-lingizga olaberar ekansiz... men
unaqa emasman...
Boshlanishda anchayin hazilga o‘xshab ko‘ringan bu kinaxonliq kutilmagan joyda bir
tus olib ketdi. Kumush o‘n besh kunlardan beri yig‘ilib kelgan achchig‘ini bir varakay to‘kib
soldi:
— Men ko‘nglimga olsam arziydirganini bilib olaman, — dedi.
— Oldingizg‘a chiqmag‘anim yuzingizni ko‘rmaslik uchun bo‘lg‘anini siz qayoqdan
bildingiz, manim ichimga kirib chiqmag‘andirsiz-ku, axir?
Zaynab ham ancha qizishib oldi. Kumush undan ham oshib tushdi:
— Bilish uchun ichingizga kirib chiqishim shart emas... Ba’zi ishlaringiz ichingizdagini
menga ochiq so‘zlaydir.
— Qaysi ishlarim?
— So‘ramang...
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 29 Noyabr 2006, 07:40:34
— Bilmagan bo‘lsam bildirib qo‘ying, axir.
— Aytsam yana achchig‘ingiz qistaydir...
— To‘g‘ri gap bo‘lsa achchig‘im sira qistamaydir...
Yaqinroqda yumish qilib yurgan Oybodoq eshitmasin uchun sekinroq tovushda:
— Qistamasa aytay, — dedi Kumush, — eringiz manim oldimg‘a kirsa, nega ishingiz
bo‘lsa-bo‘lmasa kirib o‘ltirib olasiz-da, yolg‘iz qolg‘animda kirmaysiz?
— Shundog‘ deyarsiz, deb turg‘an edim o‘zim ham— dedi Zaynab,— kirishimni ham
ko‘nglingizga olg‘an bo‘lsangiz, endi mundan so‘ng kirmaganim bo‘lsin.
— Qani, to‘g‘ri gapka achchig‘ingizning qistamag‘ani?
— Axir, eringiz bilan yolg‘iz o‘ltirg‘aningizda mundan so‘ng kirmayin deyapman-ku.
— Egrilikka olmang, Zaynab, — dedi Kumush, — men bu gapni yonimda erim
bo‘lg‘anda kirma, deb aytmadim, balki boyag‘i so‘zimning isboti uchun aytdim...
Bu o‘rinda ikkisi ham jim bo‘ldilar. Oybodoq darichaga kelgan edi:
— Tushlik osh vaqti bo‘ldimi, nima tomoq qilsamikin?
Kumush Zaynabka qaradi:
— Nima tomoq buyuramiz?
— Sizdan so‘rayapti...
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 29 Noyabr 2006, 07:40:42
— Zaynabnisa yaxshi ko‘rgan tomoqni qilingiz, — dedi Kumush.
— Lag‘mon qilaymi? — deb Oybodoq Zaynabka qaradi.
— Tomoqqa ishtihom yo‘q, o‘zingiz bilganingizcha qilabering.
Oybodoq ketdi. Uning keti bilan Zaynab «tavba» deb qo‘ydi.
— Tavba demang, Zaynab... Bu gaplar ayniqsa siz bilan menga kelishmasa ham
azbaroyi meni yolg‘iz tashlab qo‘yg‘aningizdan aytdim... men sizning uyingizga butun
umrga kelgan emasman... Atigi uch-to‘rt kun qayin ota, qayin onalarimni ko‘rib ketish
uchungina kelganman. Shunchalikka bir-biravimizdan chetlashib, ming‘ayishib yurishimiz
kishiga og‘ir kelar ekan.
Kumushning «uch-to‘rt kuni...» bilan Zaynab yorishib ketgandek bo‘ldi:
— Voy o‘lay, Kumush opa, — dedi Zaynab bo‘shashqan ohangda, — chindan ham
ko‘nglingizga olibsiz deyman. Ko‘nglimda tariqdek yomonlig‘im bo‘lsa, ertagacha yetmayin.
«Ketish» so‘zini eshitib ond ichib boshlag‘an Zay-nabka Kumush ichdan kulib qo‘ydi va
«endi o‘lsam ham ketmay, sen qarab tur!» deb yandi.
Shundan keyin oradan gap-so‘z to‘xtag‘andek bo‘ldi. Kumush tizzasini quchoqlab
nimanidir xayolida, Zaynab bo‘lsa qatimini uzun tortib to‘ppisini tikar edi. Anchagina shu
holatda qatim tortqandan so‘ng Zaynab sekingina qarshisidag‘i g‘ayri rasmiy yovg‘a
yovlarcha qaradi. Uzoqqina qarab turg‘andan keyin o‘ziga ham sezdirmaslik qilib entikdi,
yana uch-to‘rt qatim tortti...
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 29 Noyabr 2006, 07:40:51
— Siz munchalik qo‘rqmasangiz ham bo‘lar edi...
Kumush bir oz javobsiz qoldi va surilib devorga suyaldi:
— Nimadan ham qo‘rqmasam bo‘lar edi?
— Axir... jek ko‘rmasangiz1 ham... deyman-da...
— Men kimni jek ko‘ribman?
— Bilarsiz axir, kimni...
— Uyat, Zaynab!
— Sizniki ham uyat!
Yana ikki kundash hujumga hozirlanishqan xo‘rozlardek bir-birlarining ustlariga
hurpayishdilar.
— Nimam uyat? — deb so‘radi Kumush.
— Men erim bilan o‘lturganda ustimga kirma, de-yishingiz albatta uyat.
— Avvalo men bu so‘zni sizning haligi qilig‘ingizg‘a qarshi aytdim. Agar siz buni chinga
hisoblag‘an bo‘lsangiz, men ham sizdan chinda so‘rayin: siz eringiz bilan o‘lturganda men
ustingizga kirdimmi?
Zaynab bu savolning javobiga qolg‘anda bir oz tutiliqdi. Chunki, Otabek Zaynab yonida
bo‘lg‘anda Kumushning kirganini xotirlay olmadi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 29 Noyabr 2006, 07:40:59
— Siz kirsangiz albatta ko‘kragingizdan itarmas edim, — dedi Zaynab. — O‘zingiz jek
ko‘rganingiz uchun meni ham o‘zingizdek fahmlab kirmaysiz.
— Kishini bo‘g‘asiz, Zaynab! Gapka temirchilik yaxshi emas!
— Gapka temirchilikdan xudoy saqlasin, ota-bobom temirchi o‘tkan emas.
— Kim sizga — otang temirchi deyapti?
— Axir so‘zingizning sirasi shunga keladi-da...
— Tavba, — deb kuldi Kumush, — jek ko‘rasan, deb bir aytasiz, o‘zingdek fahmlaysan,
deb uzib ulaysiz, sen qo‘rqmasang ham bo‘ladi, deb tag‘in nina tiqasiz... Mana shuni gapka
temirchi, deb aytadilar.
— Rost-da axir, siz qo‘rqmasangiz ham...
— So‘zlay bering.
— Axir...
Zaynab o‘zining xatosini ongli va gapuralmay g‘o‘ldiradi. Kumush esa buni sezib
Zaynabning o‘z og‘zidan iqror etdirish ko‘yiga tushdi.
— Men tushundim, — dedi, — sen qo‘rqmasang ham bo‘ladi ering seni yaxshi ko‘radi,
demakchisiz.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 29 Noyabr 2006, 07:41:07
Zaynab ishini to‘xtatib bo‘zrayg‘ancha Kumushka qarab qoldi... Bu xatosini o‘nglash
uchun esiga hech gap kelmas edi:
— Axir... menga o‘xshash sizni ham ishondirib qo‘yg‘andirlar.
— Sizni nimaga ishondirg‘anlar?
— Axir... Men sensiz turolmayman, deb sizga ham aytkandirlar...
— Hech.
— Sizga aytmagan bo‘lsalar... menga yuz qaytalab aytadirlar... U kishini sizga ham
shunaqalar, deb o‘ylabman...
O‘zi aslo ishonmag‘an shuncha yolg‘on gaplarni boyag‘i dovdirash holatida ilhom
ravishda to‘qib yubordi. Uning bu dovdir gaplari g‘alaba qozonmoqchi bo‘lg‘an Kumushni
dovdiratti, boyag‘i oyna yonida tug‘ilgan shubhasi chinga chiqg‘andek bo‘ldi va muhokama
xususiyatini yo‘qotdi. Zaynab to‘g‘ri aytadi, deb o‘yladi, agar uni yaxshi ko‘rmaganda
Toshkandga kelishimni kutib o‘lturarmidi?..
Zaynab bu yolg‘onlash natijasidan qo‘rqib, o‘ngu ters ishiga yopishdi. Kumush moddiy
hayotidan ayrilg‘an jonivordek bo‘shashdi. Oybodoq ona tarafidan ikki kundash o‘rtasig‘a
qo‘yilgan tushlik bir necha vaqt sovib yotdi. Zaynabning qo‘rqa-pisa «oling, opa»sidan
so‘ng ikki taraf ham lagandan chimchigan bo‘lishdilar-da, birin-sirin qo‘lni dasturxon
chetiga artishdilar...
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 29 Noyabr 2006, 07:41:18
Shundan birar soat keyin Otabek qaytib Zaynab tomondan qarshi olindi. Ust to‘nini
yeshib Zaynabka bergandan so‘ng, qaysi uyga kirish to‘g‘risida havli yuzasida bir oz
taradudlanib qoldi. Tevaragida g‘ildirlab yurgan Zaynabning uyiga kiraberish uchun
Kumushning mulohazasini qilar, Kumushning oldig‘a kirmak uchun Zaynabni o‘ylar edi.
Kumush uyda ko‘rinmadi, shunga ko‘ra «uxlag‘andir», deb o‘ylab Zaynab bilan kirdi.
Zaynab oyog‘i olti, qo‘li yetti bo‘lg‘an holda erini to‘rt qavat ko‘rpacha ustiga o‘tquzib,
yoniga uchta par yostiqni uydi. Erining mahsisini artishka ko‘maklashib, yelpib qo‘ymoq
uchun izn so‘radi. Otabek uzr aytib bunchalik mehribonchiliq ma’nosidan cho‘chib qo‘ydi.
Otda kelgan bo‘lsa ham kunning issig‘lig‘idan bir piyola choyga muhtoj edi. Choy so‘zi
og‘zidan chiqmasdanoq Zaynab o‘choq boshig‘a yugurib ketdi. Uning keti bilan
Kumushning uyiga qaradi. Eshik va darichalar ochiq bo‘lsalar ham uyda birav ko‘rinmadi.
Kumush kelgandan beri Otabek kun sayin o‘zini siqiqroq bir doiraga kirib borg‘anlig‘ini
sezar edi. Adimini sanab bosish, bir cho‘qib sakkiz yoqqa qarash kabi ehtiyotlarga
ta’limotsizoq o‘rganib qolg‘an, buning ustiga bir xil o‘ngg‘aysizlig‘i ham yo‘q emas edi...
Uning o‘tkan kunlari, ya’ni Kumushka Marg‘ilonda qiladirg‘an muomala va aloqasi Zaynabka
qorong‘i, shu qorong‘iliqdan foydalanib Zaynab bilan muomalasi o‘zi tilagancha. Ammo
endi o‘sha holatni davom etdirish mumkin emas edi. Kumushka kulib qarasa, Zaynabka
ham shundog‘ qilmoqqa, unga qandog‘ muomala qilsa, bunga ham shundog‘ qilishg‘a
majbur edi. Biroq buning birinchisi yurakdan, ikkinchisi... Birinchisini tavsif qilib ko‘rsatish
nuchukkim, biz shu o‘ringacha ko‘b qog‘ozlarni qoralab kelamiz, o‘qug‘uchini ham
zeriktirmay orqamizdan ergashdirgandek bo‘lamiz, chunki Otabek va Kumush ishqlarida
samimiyat, yana to‘g‘risi she’riyat bor edi. Ikkinchi masala ustiga o‘tib tahlil qilmoqchi
bo‘lsaq, Otabekda majburiyatdan boshqa hech gap topolmaymiz, topgan bilan
o‘qug‘uchig‘a qiziqarliq bir narsa chiqmaydir. Qahramonimizning hozirgi «majburiyati»
sabablarini muhtaram o‘qug‘uchilar yaxshi his etsalar ham yana biz bir daraja o‘z
tomonimizdan ularni sanab ko‘rsatamiz:
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 29 Noyabr 2006, 07:41:26
Din adolatka buyuradir va ota-onaning hurmatlari ko‘ndalang, majburiyatning eng
kuchligi ham nozigi — mundan bir necha hafta ilgari Zaynab avval martaba yurak dardini
ko‘z yoshlari ichida ochib berdi. Hammadan ham mana shu keyingisi Otabekni siqib
tashlag‘an edi. Bu dard ayniqsa Otabekka uch yildan beri sinashta, ul bu dardning
achchig‘-chuchugini uch yil bo‘yi totib kelar va shuning uchun ham boyag‘i og‘irliqni o‘z
ustiga olmoqqa majbur edi...
Zaynab unga ikki piyola choyni ichirgandan so‘ng so‘radi:
— Sizni kech qaytarsiz, deb osh qoldirmag‘an edik, sovug‘roq bo‘lsa ham ozroq olib
qo‘yg‘an edim... yesangiz?
Otabek ochiqib kelgan edi, «mayli, bering», dedi. Boyagi gap bilan yeyilmagan
lag‘mon Otabekning oldig‘a keldi. Ustidagi qiymasi bilan laganning buzilma-g‘anini ko‘rib
Otabek so‘radi:
— O‘zlaring yemadinglarmi?
— Yedik. Kumush opa ham shu yerda edilar... Lag‘monni uncha xushlamas ekanlar,
shekillik, yaxshi yemadilar... U kishi yemaganlaridan keyin men ham yeb o‘lturg‘ali
iymandim...
— Yemagan bo‘lsangiz, siz ham olishing, — dedi bek.
Zaynab eridan iymanmay birgalashdi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 29 Noyabr 2006, 07:41:36
Xo‘rak orasi Otabek Zaynabdan so‘rab, Kumushning uxlab yotqanini bildi. Tomoqdan
keyin Otabek ham bir oz uxlab olish uchun yotdi. Ko‘zi uyqug‘a borg‘ach, faqat shuni kutib
o‘lturgan Zaynab qo‘lida yelpug‘ichi bilan yostiq yoniga keldi. Eri juda uxlab ketkandan
so‘ng yelpiy boshladi... Yelpir ekan, Zaynabning ko‘zi Kumushning uyida edi...
Zaynab o‘zining bu tasodufiy muvaffaqiyatini kundash nazaridan o‘tkuzib olmoqchi va
boyag‘i da’vosini bir daraja amalda ham ko‘rsatmakchi edi.
Zaynab shu holda uzoq fursat erini yelpidi va natijada ma’lum ko‘rukni odatdan
tashqari bir muvaffaqiyat ichida kundash nazaridan o‘tkazdi: nima yumish bilandir uydan
chiqg‘an Kumush Otabekning yostig‘i yonida qo‘lig‘a yelpug‘ich ushlagan Zaynabka ko‘z
qirini tashlab o‘tdi.
Birar soatdan keyin Otabek uyg‘ondi. Zaynab ham kundash yuragini un qilg‘uchi yel
tegirmonini to‘xtat-moqqa majbur bo‘ldi.
Otabek uyga kirganda yostiq betini tartibsiz soch o‘rimlari bilan chulg‘atib Kumush
uxlar edi. Otabek bir necha daqiqa uning uyquliq holatiga termulib qoldi va unga rohatsizlik
bermas uchun sekingina orqasig‘a qayt-di. Uy eshigidan chiqar chog‘ida yana bir qarab
oldi... Endi uyquliq ko‘z ochilg‘an edi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 29 Noyabr 2006, 07:41:44
— Tinch uxlay bering, men ketaman.
Kumush ko‘z yumish o‘rniga yostiqdan boshini uzdi va yerga tushkan ro‘ymolini o‘rab,
o‘lturdi. Uning ko‘zi uyqudan qolg‘an kishilarning ko‘zidek qizarg‘an edi. Otabek qaytib
kirdi.
— Nega qo‘zg‘aldingiz, uxlang, — dedi. Kumush javob bermadi, qovog‘i solig‘ edi. —
Ko‘zingiz qizarib ketipti, uxlay olmadingizmi?
— Tobim yo‘q...
— Xudoy saqlasin, — dedi bek va Kumush yonig‘a o‘ltirdi, — qayeringiz og‘riydir?
— Bilmayman, — dedi. Ko‘zi tokchadag‘i allanarsalarda edi.
Otabek bu ters javobni hazil fahmlab kuldi va Kumushning manglayig‘a qo‘lini tegizdi:
— Nega bilmaysiz?
— Qo‘lingizni oling.
— Nega olay?
— Mendan hazar lozim...
— Sizdan hazar qilmayman...
Kumushning ko‘zida bir turlik g‘iltillash bor edi:
— Zaynabdan-chi? — deb so‘radi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 29 Noyabr 2006, 07:41:51
Otabek daf’atan javob beralmay havli tomong‘a qarab qo‘ydi:
— Buni... mendan ham siz yaxshi bilasiz.
Otabekning alang‘lab javob berishi Zaynabning boyag‘i da’vosini chinga chiqarg‘andek
bo‘lib, Kumush juda ham to‘nini teskari kiydi va yuzini chetka burdi:
— Yalhaqlikni1 qo‘ying.
Otabek bu holga tushunolmay, Kumushning ko‘ziga jiq to‘lg‘an yosh yana uni shoshirib
qo‘ydi. Shundog‘ ham bo‘lsa kulimsirab:
— Uyqudan so‘l yoningiz bilan turibsiz, — dedi.
— Chunki manim o‘ng yonim bilan turg‘uzadigan kishim yo‘q...
— Adovat shuning uchunmi hali? — dedi bek va kulib yubordi.
Kumush ko‘z yoshisini artdi:
— Ha, shuning uchun.
— Shuning uchun bo‘lsa arzimaydi...
Kumush ko‘tarilib ketdi:
— Ikki yuzlamalig‘ingiz va til tegida til saqlag‘a-ningiz ham arzimaydimi?
— Tushunmay yotibman...
— Albatta tushunmaysiz va tushunishni ham tilamaysiz.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 29 Noyabr 2006, 07:42:01
Ul Kumushdan munday ters gaplarni umrida birinchi martaba eshitar edi. Bir onda
necha xil ehtimollarni o‘ylab chiqdi:
— Zaynab sizga bir narsa dedimi?
— Dedi, «Sensiz turolmayman» deb aytkan so‘zla-ringizni ham dedi.
Unga nima bo‘lsa ham ikki kundash o‘rtasidan ancha gaplar o‘tkani bir daraja ma’lum
bo‘lib, Zaynabning yolg‘on-yashiq gaplar bilan Kumush yuragiga o‘t yoqqanini payqadi.
Ammo boyag‘i yarim jiddiy vaziyatini buzmay so‘radi.
— Zaynabning so‘ziga siz ishondingiz?
— Ishonmaydirg‘an gapmi?
— Yaxshi, men unga shunday deb aytkan ham bo‘layin, lekin shunda ham sizning
xafalanishingiz menga qiziq tuyuladir. Ayniqsa sizdan bu gap...
Kumush indamadi. Otabek uning orqa sochidan tutib sekingina yerga bosdi:
— Qani gapuring-chi menga, orangizdan bir gap o‘tdimi, — deb so‘radi.
— Ha o‘tdi, — dedi Kumush va chetka qarab kulimsiradi.
— O‘n besh kun bo‘lmasdan?
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 29 Noyabr 2006, 07:42:08
— Mendan boshqa xotin bo‘lsa Zaynabingiz bilan birinchi kundanoq arazlashar edi...
— Xudo xayringizni bersin...
— Kesatmang.
— Kesatmasam gapuring.
Kumushning raqobat o‘ti bir oz o‘cha tushkan edi, uch-to‘rt kunlik mojarodan
yaxshig‘ina hasrat ochildi. Otabek hasratni yarim jiddiy tinglab bordi. Zaynabning keyingi
so‘zi va so‘nggi yelpitish foji’alari ham hasrat qolipig‘a birma-bir kirib chiqdi. Hasrat
tugalgandan so‘ng Otabekning yuzidagi boyag‘i yarim jiddiylik ketib, uning o‘rnini
o‘ychanliq oldi. Ul shu holatda anchagina so‘zsiz qoldi va oxirda o‘zini natija kutib
o‘lturg‘uchi Kumushka qarab kulib qo‘ydi.
— Nega kulasiz?
— Chunki yig‘lamoqqa arzimaydir.
Kumushning qoshlari chimirildi:
— Zaynabingizning bu qilig‘iga men chidalmayman.
— Chidash va chidamasni hozircha bir tarafka qo‘yib turayliq, — dedi Otabek, —
ammo hammadan ilgari sizdan so‘rayman: menga ishonchingiz bormi?
— Bor, ham yo‘q, — dedi Kumush va kulimsirab bir oz o‘ylanib oldi, — Zaynabning
haligidek gaplari kishini shubhaga solar ekan...
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 29 Noyabr 2006, 07:42:16
— Ammo sizni shubhadan chiqaraturg‘an hujjatlaringiz albatta yo‘q emas edi.
Kumush uyalg‘annamo yuzini chetka burdi, Otabek tovshini sekinlatib davom etdi:
— O‘tkan kun sizdan «Toshkandda qolasizmi, yo‘q-mi?» deb so‘rag‘anim ham faqat
shunga o‘xshash gaplar bilan siz xafalanmang, deb aytilgan edi. Agarda siz siqilar ekansiz,
hali ham Toshkandda qolmasligingiz menga ma’qul ko‘rinadir. Chunki men sizni shuning
singari o‘rinsiz ozor chekishingizni xohlamayman.
— Siz quvlamasangiz, men Marg‘ilong‘a bormayman.
Otabek kuldi.
— Agar siz shunga o‘xshash arzimagan gaplar uchun manim ustimga hujum
qilabersangiz, albatta quvlayman.
Kumush bir xil o‘pkalangan boqishda:
— Sizga ishonsam bo‘ladimi? — deb so‘radi.
— Yuragingizdan so‘rang.
— Yuragim... Yuragim ishonma, deydi.
— Bo‘lmasa bu yurak so‘zi emas.
— Albatta yurak so‘zi.
— Yuragingizning ishonma, deyishka birar vaji bordir?
— Bor.
— Bo‘lsa ayting.
— Yuragim: quvlanishg‘a kim sazovor, deb sizdan so‘raydi... Siz o‘z yuragingizdan olib
javob bering.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 29 Noyabr 2006, 07:42:26
Otabek maqsadga tushundi, daf’atan javob berishka hayron bo‘lib qoldi. Darhaqiqat,
Kumush eng nozik joydan ushlag‘an edi.
Kumush Otabekdan javob kutib o‘lturmay yana dedi:
— Boshqalar yuragini sinab ko‘rishka qudratim yetmasa ham manim yuragim ikki
narsani o‘z ichiga sig‘dira olmaydir...
— Sening yuraging ikki narsani o‘z ichiga sig‘di-radir, demakchisiz.
— Demakchi emasman, — dedi Kumush, — chunki hech vaqt bo‘ladirg‘an gap emas...
Kumush hamon yuqorida aytilgan bir ma’nonigina ifoda qilmoqchi bo‘lar edi. Ammo
Otabek Kumushning to‘sindan o‘zgarib ketkan xarakter qat’iyatiga va bir kundayoq,
bunchalik masofani o‘tkan keskinlikka juda taajjubda, qarshisidag‘ining suratida emas,
siyratida1 qiziq bir o‘zgarish ko‘rar edi.
— Maqsadingizga yaxshi tushunaman, — dedi oxirda,— har jihatdan qaralg‘anda ham
siz bu to‘g‘rida haqlisiz. Ammo o‘shang‘acha... balki buni o‘zingiz his etarsiz, deb
o‘ylayman...
Kumush indamay qo‘ydi. Ehtimolki, ul keyingi masala to‘g‘risida erining fikrini bilib
qo‘ymoqchi edi...
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 29 Noyabr 2006, 07:42:36
13. ESON BO‘LSAQ KO‘RISHARMIZ

Toshkandga kelishning yigirmanchi kunidan qutidor Marg‘ilong‘a qaytish fikriga tushdi.
Hoji va Otabeklar yana bir necha hafta qolishg‘a qistasalar ham, bo‘lmay uzr aytdi: «Uy
yolg‘iz, faqat To‘ybeka bilan Oysha ona; hollari nima kechti, nima qo‘ydi ma’lum emas.
Boshqa tarafdan o‘zimning savdo ishlarim ham o‘lda-jo‘lda, shunchalik mehmon bo‘ldiq.
Bas, qilg‘an izzat va ikrom-laringiz uchun rahmat», dedi. Hojining: «Endi kelin bolani
yubormaymiz-da», deb kulishiga — «Manim bolam emas — sizniki, u yer ham bu yer ham
o‘zining uyi, janobingiz nimani muvofiq ko‘rsalar, menga ham ma’quli o‘sha», dedi. Hoji
birmuncha gap aylantirib, «O‘rtadan anovi gaplar o‘tmagan bo‘lsa edi, albatta bu yerda
olib qolmas, zeroki, sizning bag‘ringizni bo‘sh qo‘yish insofdan bo‘lmas edi. Agar sizga og‘ir
tushmasa yurtdagi gap-so‘z bosilg‘uncha birar yil Toshkandda tur-sin, so‘ngra Marg‘ilon
borsin, derdim», dedi. Qutidorg‘a ham bu mulohaza juda ma’qul tushib «bu mulohazalari
beandoza to‘g‘ri, albatta munda birar yil turishi lozim va lobid!» deb javob berdi.
Kumushning Toshkandda qolishig‘a otasi shunday yovosh qaradi, bu to‘g‘rida Oftob
oyimning fikr va rizolig‘i bilan hisoblashish emas, hatto uni ko‘ngliga ham kelturib ko‘rmadi.
Holbuki Marg‘ilondan chiqishda Oftob oyimning «Kumushni Toshkandda qoldirmaysiz!»
deb qo‘yg‘an birinchi shartiga qayta-qayta qo‘l qo‘yg‘uchi shu qutidor edi. So‘zni
cho‘zmoqqa hojat yo‘q: erlarimizning Oftob oyimlarg‘a qarashi hamisha shundan boshqa
emas.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 29 Noyabr 2006, 07:42:44
Qaytish xabari Oftob oyim qulog‘ig‘a yetishkandan keyin uning avvalg‘i uchrashishi qizi
bilan edi. Chunki eriga qarag‘anda ham ko‘broq ixtiyorni qizida bo‘lg‘anini yaxshi bilar edi.
Shu xabarni Hasanalidan eshitishi ila to‘g‘ri Kumushning yonig‘a kirdi:
— Kumush, — dedi kulimsirab, — qaytar emishmiz, dadang aytibtilar.
Kumush qo‘lida nimadir tikib o‘lturg‘an edi. Ko‘zini ishdan olmadi:
— Qaytsalaringiz, xayr-xo‘sh.
Bechora ona qizining louboli1 bu gapidan bo‘shashib ketdi va ne zaylda o‘lturib
olg‘anini bilmadi:
— Nima deysan?
Kumush iljayib onasig‘a qarab qo‘ydi, yana ishini tika berdi:
— Ketsalaringiz xayr-xo‘sh.
— Sen-chi?
— Men qolaman.
Oftob oyim tushunolmay qizig‘a bir necha vaqt tikilib turdi. Kumush unga qaramay
nina sanchar edi.
— Hazilingni qo‘y.
— Hazilim emas — chinim.
— Uyat emasmi?
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 29 Noyabr 2006, 07:42:52
Kumush kuldi:
— Nega uyat bo‘lsin?
— Qo‘y-chi!
— Qolsam o‘z erimniki, — dedi Kumush, — begona emaski uyat bo‘lsa...
Oftob oyim o‘t ichida qolg‘andek toblandi:
— Birav qol, demasa ham qolaberasanmi?
Kumush ishini yonig‘a qo‘yib endi onasig‘a qaradi:
— Avvalo bu yerda qolishimg‘a sizdan boshqa hech bir qarshi kishi yo‘q. Zaynab
sizning yoningizg‘a o‘tsa ham, biroq uning xohishini menga ahamiyati yo‘q.
— Esing o‘zingdami, bola?
— O‘zimda, — dedi kulib, — man sizning qizingiz Kumush... Hozir Toshkandda o‘z
erimnikida o‘lturibman...
— Erim, deb tuqqan onangdan kechasanmi, yuzsiz?
— Yo‘q, kechmayman, faqat bir necha vaqt sog‘i-nibqina yuraman.
Oftob oyim qizining bu gapini eshitib yig‘lab yubordi:
— Onangning o‘sha sog‘inishqa toqati yo‘q, — dedi,— man sani kundashlik uyga
ishonmayman...
— Kundashim bitta bo‘lsa, do‘stlarim sakkizta.
Oftob oyim ko‘z yoshisini artdi:
— Kundash bilan hazil o‘ynama, qizim.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 29 Noyabr 2006, 07:42:59
Kumush go‘yo Zaynab ustiga hujum yasayturg‘andek hurpaydi:
— Ul kundash bo‘lg‘anda men kundash emasmi?
— Ming qilg‘anda ham, — dedi onasi, — sen chin kundash bo‘lolmaysan.
— Nimaga?
— Nimagaki ering sen tarafda, chin kundashlik va chin dushmanlik Zaynab tarafda.
Kumush kulimsirab onasining qulog‘ig‘a shivirladi:
— Bu to‘g‘rida xotirjam’ bo‘ling.
— Nima uchun xotirjam’ bo‘lay?
— Agar Zaynab manga kundashlik qilabersa, kuyavingiz uning javobini bermakchi...
Shuning uchun ham manim bu yerda qolishim ma’qul.
— Javobini bersa, qaytib kelishlik qochmas...
— Man ketsam, — dedi Kumush, — hech qachon Zaynabka javob bermaydir.
— Nega bermaydir?
— Shuning uchunki qudachangiz kelinsiz qolaman deb orag‘a tushadir, ammo men shu
yerda bo‘lsam, albatta tiliga kaltak keladir.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 29 Noyabr 2006, 07:43:07
Oftob oyim hamon oyog‘ uzatmadi, qizig‘a yalinib ko‘rdi:
— Yosh joning bor, qizim, — dedi, — biravga yomonliq sog‘inma, man bilan birga ket,
nima qilishsa o‘zluk-o‘zi qilishsin... Zaynab ham umid bilan bir yostiqqa bosh qo‘yg‘an.
— Siz tushunmay yotibsiz, — dedi Kumush va eshikdan oyog‘ tovshini sezib gapni shu
yerda to‘xtatdi. O‘zbek oyim so‘zlanib kirdi:
— Nega muncha shoshmoq, yov quvladimi, aqalli bir oy bo‘lsin... Marg‘ilon degan
yurtdan ot-otlab, tuya qo‘mlab1 kel emish-da bir oyg‘ina turmay ket emish! — Oftob oyim
bilan Kumush uning hurmatiga o‘rinlaridan turdilar. O‘zbek oyim o‘ltura-o‘ltura so‘radi. —
Hali eshitdinglarmi?
Eshitdik, — dedi Oftob oyim biz ham shuning mojarosida edik.
— Axir shu ham gapmi, xudda allakimlarga o‘xshab.
Oftob oyim uzr aytdi:
— Uyimiz yolg‘iz, shunchalik sizlarni ozor chekdirdik... Begona kishinikida ham yigirma
kun turayliq-chi... Xudda o‘z uyimizdek yayrab-yashnadiq, sharofatlaringiz soyasida ko‘b
kishilar bilan tanishdiq, izzat-ikromlaringiz ta’rifidan ojizmiz... Endi navbat sizlarning ham
bizning shaharlarga borishlaringizg‘a keldi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 29 Noyabr 2006, 07:43:16
— Bekor gap, — dedi O‘zbek oyim, — hali qudalarimizni muddaodagidek siylay
olg‘animiz yo‘q, shu holda jo‘natsaq bizning sha’nimizga yaxshi emas... Men qudamning
oldig‘a chiqaman, bizga nomus keltirmakchi bo‘lsa ertaga jo‘naybersin.
Oftob oyim takror uzr aytdi:
— Bizni uyaltirmoqchi bo‘lsangiz mayli, chiqing, agar xursandligimizga qarasangiz,
qo‘ying. Kumushingiz ham; shuncha turg‘animiz bas, endi Zaynabni olib oyimning o‘zlari
biznikiga borsinlar, deydi...
Ketish orasig‘a Kumush ham kelturilib siqilg‘ach O‘zbek oyimning haligi
odamgarchiliklari keyingi navbatka qoldi.
— Hali Kumush ham ketmakchimi?
Kumush kulimsirab onasig‘a qaradi. Oftob oyim uzr aytdi:
— Shukur, sizning oldingizda Zaynabnisa bor. Manim bo‘lsa qanot-quyrug‘im shu
Kumush. Ayniqsa, Kumushingizga javob bermasangiz bo‘lmas, oyi.
O‘zbek oyim Kumushka xo‘mrayib oldi:
— Yo‘q-yo‘q Oftobbonu, — dedi, — sizlarga javob bersam-da, Kumushka yo‘q.
— Shu galcha javob berasiz, men sizdan so‘rayman.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 29 Noyabr 2006, 07:43:23
— So‘zingiz yerda qoladir, buv Oftob, bir oz andisha ham lozim, — dedi va Kumushka
yuzini o‘girdi, — uyat emasmi, kelin? Kecha kelding surilib, bu kun ketkin burilib.
— Menda ixtiyor yo‘q, oyijon, — dedi Kumush, — sizlar nimani ma’qul ko‘rsalaringiz
menga baribir.
O‘zbek oyim boshi bilan keliniga rizoliq bildirib «barakalla» deb qo‘ydi. Oftob oyim
qizig‘a o‘qrayinqirab yer tegidan qaradi:
— Albatta Kumush nima ham desin? — dedi, Kumushning ham haligidek qololmaslig‘a
faqat meni ko‘zi qiymag‘ani uchun... bo‘lmasa albatta ketmas edi.
O‘zbek oyim bir gapdan toymay: «Ketish uyat, Otabek, uch yil qatnag‘anda qizingiz bir
yilgina Toshkandda tursa nima qipti...» kabi so‘zlarni o‘zgarishsiz bir maqomda aytilib
turg‘andan keyin Oftob oyim boshqa yo‘l tutmoqchi bo‘lib, Kumushni uydan chiqib turishka
buyurdi. Kumush chiqg‘andan so‘ng:
— Qizini menga qoldirishg‘a ayadi demang, oyi, — deb qo‘ydi, — munda boshqa
mulohazalar ham yo‘q emas...
— Ayting.
— Aytsam shuki, — dedi bechora ona, — Kumushingizning fe’li xo‘yi o‘zimga ma’lum:
erka o‘skan, lavzi tez, kundashlikka chidaydirgan siyoqi yo‘q, har kun Zaynabingiz bilan
g‘idi-bidi qilaberib sizni qiynab qo‘yarmikin deyman... Bir kuni kelganda onasi qurg‘ur bir
og‘iz aytmagan edi, deb mendan ranjirmikinsiz deyman... Tana buzoqning turqi tuqg‘anig‘a
tamg‘a deganlaridek, albatta menga ravshan... arazchi desangiz ham shu, ichi qoraliq
desangiz ham shunda...
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 29 Noyabr 2006, 07:43:31
Shuncha to‘qumadan O‘zbek oyimning yuzida hech bir o‘zgarish sezilmadi:
— Albatta unaqa gap har kimda ham bo‘ladi, — dedi,— shukur, men bilan hoji otangiz
tirik bo‘lsaq, undog‘ gaplarga yo‘l qo‘ymaymiz. Zaynab bo‘lsa xudoning yaratkan maxluqi;
urish va araz degan gapni bilmaydir.
— Zaynabingizning fe’li albatta sizga ma’lum ekan, ammo men Kumushni sizga yaxshi,
deb aytalmayman.
— O‘z bolasini yomonlag‘uchini, — dedi kulib O‘zbek oyim, — men o‘z umrimda
birinchi martaba ko‘rdim... Undan ko‘ra bolamni senga ishonmayman, deb ayting.
— Nega ishonmayin, faqat qozonimdag‘ini sizg‘a suzib qo‘ydim...
— Nima bo‘lg‘anda ham Kumushka javob yo‘q.
— Xo‘b qolsin, — dedi Oftob oyim, joni kuyib asabiylashkan edi, — Kumushdan har na
yomonliq ko‘rsangiz mendan o‘pka qilmang.
— Qizingizg‘a yomonliqni o‘zingiz o‘rgatib ketmasangiz sizdan o‘pkam yo‘q.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 29 Noyabr 2006, 07:43:40
Ikki quda havli yuzasiga tushkanda Kumush sahn bo‘ylab yurinib turar edi. Ular
Zaynabning uyiga to‘g‘ri kirdilar. Zaynab ularni qarshilab o‘tqazdi va achinish ohangida
Oftob oyimg‘a dedi:
— Qaytar emishsizlar, deb eshitdim. Birar oy ham turmas ekansizlar-da.
— Ancha turdik aylanay, buv Zaynab, — dedi Oftob oyim, — endi navbat sizlarning
borishlaringizg‘a qoldi.
Uchunchi so‘zni O‘zbek oyim oldi:
— Shuncha aytdim — bo‘lmadi, yov quvlaptimi bilmadim. Oppoq oyingga qolsa,
Kumush opangni ham birg‘a olib ketmakchi.
Zaynab bir turluk holga tushdi. Kuchlangandek qilib:
— Ular nega ketsinlar! — dedi.
Oftob oyim qudasig‘a qarab qo‘ydi:
— Ketmasa bo‘lmaydir, buv Zaynab. Bir chekkasi sizning es-hushingiz joyida, manim
Kumush opangizdan boshqa hech kimim yo‘q, qolsa-ku mayli, biroq meni Kumushsiz o‘ldi,
deng. Shunga qolg‘anda qayin onangiz bir oz tushunmay turiptilar.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 29 Noyabr 2006, 07:43:46
Zaynab yer ostidan qayin onasig‘a ko‘z yubordi. O‘zbek oyim hanuz tirtishib yotqan
qudasig‘a qarshi qizishdi:
— Qo‘ying-chi, — dedi, — besh-olti kun qizsiz turg‘an kishi bir narsa bo‘ptimi?!
— Siz tushunmayapsiz oyi... hali tag‘in dadasi biladilar.
— Men senga aytay, Zaynab, — dedi O‘zbek oyim va endi qudasining gapiga quloq
solmay qo‘ydi, — oppoq oyingning hamma mulohazasi sendanga o‘xshaydi. Zaynab
siqilmasmikin, ikki o‘rtag‘a sovuqchiliq oralamasmikin, deb qo‘rqadi. Men: Zaynab siz
o‘ylag‘an kelinlardan emas, tegu taxtlik, aslzoda, Kumushni siylamag‘anda ham bizni
siylaydi, — desam ham unamaydi...
— Meni xudo uriptimi, — dedi Zaynab.
Oftob oyim qudasining keyingi gapidan ancha siqildi. Go‘yo o‘zi Kumushni qoldirishg‘a
tarafdor bo‘lsa ham, faqat Zaynabning kundashlik qilishidan qo‘rqib turg‘andek ko‘rsatilgan
edi.
— Yanglishyapsiz, oyi.
— Yanglishsam, yanglishmasam Kumush bu uydan siljimaydir.
Oftob oyim bo‘g‘ilib, foydasiz tortishib o‘lturishni tark qildi. Endi bu to‘g‘rida eriga
murojaat qilmoqchi edi...
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 29 Noyabr 2006, 07:43:52
Marg‘ilong‘acha aravani Hasanali minadirgan bo‘ldi. Chunki Marg‘ilondan arava minib
kelguchi yollanilg‘an kishi bo‘lib, Toshkandga kelishning ertasi kuni hisobini olg‘an edi.
Qudalarning qaytishi chinga aylangandan keyin, yo‘l taraddudi boshlandi. O‘zbek oyim
bo‘g‘irsoq qovirtirish, talqon tuydirish, to‘qoch yopdirish bilan mashg‘ul bo‘ldi.
Oftob oyim eridan ham qo‘lini yuvib qo‘ltug‘ig‘a urgan edi. «Hoji afandi birar yil tursin,
deb aytdi. Endi bir yilni o‘zimizcha ko‘rmasak bo‘lmas. Ikki oyog‘imizni bir etukka tiqishimiz
uyatka o‘xshaydir» deyishi va so‘zga quloq ham solmay — «mehmonxonada hoji bor, sen
bilan yo‘lakda ezilishib o‘lturolmayman, nomus!» deb burilib ketishi bechorani juda ham
esankiratib tashladi. Oxirda Otabekka ham murojaat qilib ko‘rdi. Undan ham asli maqsadni
hosil qilolmay, faqat ularnikidan jo‘yalikroq uzr eshitdi. Otabek qayin onasining fikriga
qisman qo‘shilib «Nima bo‘lsa ham besh-o‘n kun og‘irliqni manim uchun o‘z ustingizga
olasiz. Agar men sizning talabingizni ma’qul qiladirg‘an bo‘lsam, ayniqsa qizingizning
ko‘ngliga shubha keladir... Sizga aytkulugi yo‘q, bu to‘g‘rig‘a manim aralashmog‘im yaxshi
bo‘lmas. Kundash adovati borasidagi fikrlaringiz to‘g‘ri va lekin ish u darajalarga yetmas,
deb o‘ylayman... Juda bo‘lmaganda Kumushning o‘zini oldingizg‘a jo‘natarman, xotirjam
bo‘ling!» dedi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 29 Noyabr 2006, 07:44:01
Oftob oyim shu yo‘sun har tarafdan ham umidsizlanib, mengravsib qoldi. Kumushni
ko‘rgan sayin allanuchka yuragi achir, judoliq kunlarini aslo tasavvur qilolmas edi. Kumush
bo‘lsa, onasining hozirgi holiga aching‘andek, unga yaqinlashmay, chetlab yurar va ikkinchi
tarafdan Zaynabning bir yarim qarich osilib ketkan qovoq-dudog‘ig‘a istehzolanib tomosha
qilar edi.
Yo‘l hozirliklari bitib, O‘zbek oyimning Oysha kampirga atab tikdirgan sarupolari ham
bitdi. Bu kun mehmonlarning eng so‘nggi kechalari edi. O‘zbek oyim yarim kechalargacha
qudachasi bilan so‘zlashib o‘lturdi.
So‘ngra Oftob oyim bilan Kumushni yolg‘iz qoldirib o‘z uyiga yotqali chiqdi. Ona-bola
bu kechani birga kechirmakchi edilar. Oftob oyim qudasining ketidan qizig‘a hayfsinib1
qo‘ydi.
— Onangni firoq o‘tida yondirishdan uyalmading, qizim.
— Nega yonar ekansiz...
— Nega yonmayin axir, dunyog‘a kelib sendan boshqa ovinchog‘im bo‘lmasa... Agar
qo‘limdan kelsa achib va yonib turg‘an yuragimni senga ochib ko‘rsatar edim... Koshki edi
bir shaharginada bo‘lsang.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 29 Noyabr 2006, 07:44:08
Kumush onasining yuragidagi o‘tni hozir sinamasdan ham his etkan, chunki yigirma yil
o‘z quchog‘ida o‘sdirg‘an onadan ajralish uning o‘ziga ham og‘ir tuyulib boshlag‘an edi.
— Besh-olti oy... hech narsa bo‘lmas, oyi. Eson bo‘lsaq tag‘in ko‘risharmiz.
Oftob oyim ko‘z yoshisini duv to‘kib yubordi. Nachog‘lik o‘zini qattig‘ ushlagan Kumush
ham sirrini yashirolmadi... Ona-bola bir necha vaqt yig‘i ichida bo‘-g‘ildilar.
— Qolishg‘a-qolding, — dedi oxirda ona, — ammo qayin ota va qayin onalaringg‘a
xizmat qil, yaxshiliqni qo‘lingdan berma, ayniqsa, kundashingga yomonliq sog‘inma,
yaxshiliqdir, yomonliqdir har nimaiki o‘zlari qilsinlar, zinhor sen aralashma.
— Manim nima ishim bor...
— Albatta ishing bo‘lmas... Shundog‘ bo‘lsa ham men kechagi so‘zingdan cho‘chib
qoldim. Kunda-shingning ko‘rinishi bayovg‘a o‘xshasa ham, ammo o‘zi pismiq ekan...
Bunday odamdan albatta hazar kerak. Agar oralaringg‘a savuqchiliq tushadirg‘an bo‘lsa,
sen o‘chakishib yurma, yaxshisi qayin otangg‘a uzringni aytib, bu uydan ketish harakatini
qil. Men bu to‘g‘rida ering bilan ham so‘zlashib qo‘ydim, tuzikmi?
— Tuzik.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 29 Noyabr 2006, 07:44:22
— Xudoyg‘a shukr, qo‘lingda xating bor, o‘lg‘anning ustiga chiqib tepkandek xatxabarsiz
qo‘yma. Har bir o‘n besh kunda xat yozib eringga ber.
— Albatta, siz ham unutmang.
Bir oz jim qoldilar... Oftob oyim entikib og‘ir nafas oldi va ma’yusona Kumushka
qaradi. Kumush o‘rinsizcha onasig‘a qarab iljaydi. Bu o‘rinsiz ishdan Oftob oyim
achchig‘landi:
— Manim holim senga kulgimi, qizim?
— Yo‘q, — deb yana kulimsiradi Kumush, — bir-ikki kundan beri siz aytadirgan...
— Nima men aytadirgan?
— Axir... — deb qizarindi Kumush, — ko‘nglim aynar edi, deb aytar edingiz-ku...
Oftob oyimning ham yuzida bir kulimsirash ko‘rishdi:
— To‘g‘rimi?
— Bilmadim... — dedi, yerga qarab qizardi, — o‘tkan kundan beri ko‘nglim
aynagandek bo‘ladi... Ayniqsa palov isidan ko‘nglim ketadi... Achchig‘ narsalar yegim
keladi...
— Muborak bo‘lsin, — dedi Oftob oyim, kuldi. Kumush ijirg‘anib o‘zicha allanarsa
so‘zlandi. Oftob oyim engashib Kumushning qulog‘ig‘a shivirladi, — bu sirni eringdan
boshqa hech kimga bildirma, qayin onang ham yengil xotin, ayniqsa kundashing seza
ko‘rmasin.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 29 Noyabr 2006, 07:44:34
Kumush ma’qul ishorasini berdi. Ona-bola bir o‘rin yozib yotdilar. Ko‘b vaqtkacha Oftob
oyimning ivir-shiviri nabira to‘g‘risida bo‘lib qoldi. Ko‘ziga uyqu kelmay «shuni ham ko‘rar
kun bo‘larmikin?» deb edi.
Sahar paytida turib choy ichdilar. Subh namozini o‘qub, arava qo‘shildi. Aravaga
chiqadirg‘an mayda-chuyda tashilib bitdi. Ot jilovida Hasanali, arava yonida qutidor va hoji
so‘zlashib turar edilar. Otabek arava orqasig‘a narvoncha chiqarib qo‘ydi. Xotin-xalaj
hamma yo‘lakka yig‘ilib, Oftob oyim birin-birin kuzatkuchi xotinlar bilan ko‘rishib chiqdi.
Eng so‘ng Kumushni bag‘rig‘a bosib yig‘lab yubordi. Kumush ham o‘zini tutib turolmadi.
Boshqalar ham yig‘idan nasibasiz qolmadilar.
— Xudoyg‘a topshirdim, Kumush, qazom yetib ko‘ralmay o‘lsam, mandan rozi bo‘l!
— Siz ham, oyi!..
Qutidor ham ko‘chadan yo‘lakka kirib qizining manglayidan o‘pdi:
— Ko‘rishkuncha, qizim.
— Xayr, otajon.
Yo‘lakka Yusufbek hoji yuzlanib umumiy duog‘a qo‘l ko‘tarildi. Duodan so‘ng Otabek
to‘riq yo‘rg‘ani chiqarib qutidorg‘a tutdi. Oftob oyim yana bir qayta qizi bilan
quchog‘lashg‘ach, Otabekning ko‘magi bilan yig‘lag‘an ko‘yi narvonchadan aravaga mindi
va soyabon orqaliq olding‘a o‘tdi. Qutidor Yusufbek hoji bilan salomlashib
quchoqlashg‘andan keyin Otabekning qo‘ltig‘lashi bilan otqa mindi. Otabek ham aravaga,
Oftob oyim yonig‘a chiqib o‘lturgach, umumiy «Ollohu akbar!» dan so‘ng Hasanali otni
yo‘lg‘a soldi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 29 Noyabr 2006, 07:44:44
Kumush darboza yonig‘a chiqg‘an edi:
— Xayr onajon! Manim uchun buvimni quchog‘lab qo‘ying. O‘rtoqlarimg‘a salom
ayting!
— Xudoyg‘a topshirdim, Kumush, yaxshi qoling, quda!
— Yaxshi boring, buv Oftob!
— Yaxshi qoling, buv Zaynab!
— Yaxshi boring, opoq oyi!
Arava ko‘chadan burilg‘uncha «yaxshi qoling, yaxshi boring, salom ayting» so‘zlari
takrorlanib turdi. Arava katta ko‘chadan burilib, ko‘zdan yo‘qolg‘ach, eng keyinda qolib
yig‘lag‘an ko‘yi Kumush ichkariga kirdi. Otabek bir necha bekatkacha mehmonlarni kuzatib
borib, so‘ngra qaytmoqchi edi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 29 Noyabr 2006, 07:44:56
14. XUSHRO‘YBIBI VA ZAYNAB

Xushro‘ybibi Zaynabning egachisidir. Mohirabonu-dan ikki o‘g‘ul va ikki qiz dunyog‘a
kelib, to‘ng‘uchi Azimbek, undan keyingisi Xushro‘y (yoshlig‘ida Xushro‘y o‘rniga Xushra der
edilar), uchunchisi Karimbek va to‘rtinchisi bizning Zaynab edi. Zaynab egachisi
Xushro‘ydan yetti yosh chamasi kichik edi. Garchi bu ikki egachi-singil bir qorindan talashib
tushkan bo‘lsalar ham, sajiya — xarakterda tanib bo‘lmasliq darajada bir-birlaridan farqlik
edilar. Sajiyadagina emas, surat va siymo vajida ham katta o‘zgaliklari bor edi.
Xushro‘y uzun bo‘ylik, qotmaroq va zarcha tanlik edi. Zaynab qisqa bo‘y, go‘shtdor va
oq tanlik edi. Xush-ro‘yning harakati yengil va lavzi tez edi. Zaynab loppos va o‘nta so‘zga
arang bitta javob qaytaradirg‘an edi. Xushro‘yning ko‘zi o‘ynab, har sekuntda o‘n yoqqa
alang‘lar edi. Singlisi bo‘lsa birav bilan betma-bet kelib so‘zlashqanida ham ko‘zini hamisha
bir nuqtadan uzmas edi. Xushro‘yga bolaliq chog‘idayoq uy ichi va qo‘ni-qo‘shni «shaddod»
deb ism berganlar, chunki ul kimdan bo‘lsa-bo‘lsin, aytkanini qildirmay qo‘ymas, agar
birarta ish uning tilagiga teskari ketsa shovqin-suronni xudda boshig‘a kiyib olar edi.
Shuning uchun Xushro‘yning ra’yini bilmasdan qozon osilmas, unga yoqmagan gapka og‘iz
ochilmas, ul bor joyda qadam ham sanalib bosilur edi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 29 Noyabr 2006, 07:45:06
Zaynab egachisining aksicha o‘z yaqinlaridan «pismiq» deb ism olg‘an, onasi bo‘lsa
achchig‘i chiqg‘anda «ming‘aymas o‘lgur» deb uni qarg‘ar edi. Ayniqsa quyida zikr
qiladirg‘an holimiz bu ikki opa-singilning xarakteridagi farqlarini ochib ko‘rsatish uchun
yetadir:
Mohira oyim har bir hayitdan birar oylar ilgari eriga aytib bolalarig‘a kiyimlik oldirar
edi. Oldirg‘an kiyimlik Xushro‘yg‘a yoqmasa darrav yaramag‘anini aytib almashdirib
berishka dadasini majbur etar va ko‘nglidag‘ini hosil qilib tinchir edi. Ammo Zaynab bo‘lsa
o‘ziga kelgan kiyimlikka qarshi boshda bir narsa demas, kiyimlik bichilib va tikilib ham arafa
kunlari kelib yetkandan keyin hurpayib hech kim bilan so‘zlashmay qo‘yar edi. Mohira oyim
qizining birarta ishdan norozilig‘ini payqab «Ming‘aymas, pismiq o‘lgur, tag‘in nima jin urdi
seni?» deb so‘rag‘anida, Zaynab qovoq-dudog‘ini solib bir og‘iz ham javob bermas edi.
Nihoyat ertaga hayit degan kuni Zaynabning hurpayishi yig‘i bilan almashar va yig‘i orasi
maqsad ochilsa ham ko‘pincha natijasiz qolar edi. Birar joyga mehmondorchiliq uchun
boradirg‘an bo‘lsalar, Xushro‘y hammadan ilgari e’lon etar edi: «Men ham boraman!»
Albatta uni qoldirib ketish uchun endi hech kimda had yo‘q. Ikkinchi vaqt: «Men
bormayman!» Bu taqdirda uni bir qadam siljitilsin-chi! Ammo Zaynab onasi bilan yangasi
Hanifa bir joyga otlanadirg‘an bo‘lsalar, «boraman, bormayman» demas, ular ham
yig‘lamag‘an bolag‘a sut berilmas qabilidan indashmasdan mehmondorchilikka ketar edilar.
Kechqurun qaytib kelsalar bir burchakda Zaynab yig‘lab o‘lturipti:
— Nega yig‘laysan?
— Nega meni birga olib ketmadingiz...
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 29 Noyabr 2006, 07:45:14
Zaynabning shu fe’li balog‘atka yetib, erga tekkandan keyin ham o‘zgarmadi.
Otabekning Zaynabka bo‘lg‘an munosabatini o‘qu-g‘uchig‘a albatta so‘zlagulugi yo‘q.
Eri unga oylab, yillab qaramay qo‘yg‘anida ham ul ih deb tovush chiqarmadi. Otabekning
bu holiga qarshi chiqg‘uchi va Zaynabni yo‘l-yo‘ruqqa solg‘uchi yana faqat O‘zbek oyim
ediki, buning sababi ham izzatlik o‘qug‘uchimizg‘a bir daraja ma’lum bo‘lsa kerak. Sut bilan
kirgan jon bilan chiqar deganlaridek, O‘zbek oyimning o‘shal vaqtlardag‘i tashviqotlari ham
uning tarafidan faqat «kelinlik» majburiyati ostida qabul qilinar, masalan, qayin ona —
«falonchi domlag‘a borib mundog‘ qil, Zaynab», deb buyurmag‘uncha o‘rnidan qo‘zg‘almas
va shuning bilan birga erining tashlab qo‘yishi to‘g‘risida onasi, egachisi va boshqa
yaqinlarig‘a churq etib og‘iz ochmas edi. Zaynabning bu holiga hukman — «erining qarash
va qaramaslig‘i uning uchun farqsiz edi» deb aytish albatta to‘g‘ri bo‘lmaydir. Chunki
kundashining Toshkandga kelish xabarini eshitkan Zaynabni biz yuqorida Otabek
quchog‘ig‘a tashlang‘an holda ko‘rib edik. Xulosa, Zaynabning bolaliq vaqti bilan hozirgi
holini chaqishdirib qarasaq ko‘ramiz; yosh Zaynab bir oy ilgari tikilib qo‘yilgan kiyimning
o‘ziga yoqmag‘anini faqat arafa kuni aytib, yig‘laydir, bu kungi Zaynab o‘zining
muhabbatini eriga faqat kundashi kelib yetar oldida e’lon qiladir.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 29 Noyabr 2006, 07:45:25
Biz yuqorida yosh Xushro‘y bilan o‘qug‘uchini bir darajada tanishdirgan edik. Endi
uning oila hayoti bilan ham tanishdirishka majburmiz:
Xushro‘yning erga tegishi ham o‘ziga o‘xshash fav-qulodda bo‘lg‘an edi. Masalan
aksariyat qizlarimiz ota-ona kimni muvofiq ko‘rsa, shunga tegishka majburdirlar. Lekin
Xushro‘yniki mundog‘ bo‘lmadi. Xushro‘y o‘n sakkiz yoshka yetkandan keyin unga sovchilar
kela boshlaydirlar.1 Tabiiy Xushro‘yning fe’lini yaxshi bilgan ota-ona uning ra’yini olmasdan
turib bir ish qilmoqdan qo‘rqadirlar. Olim ponsadboshig‘a ma’qul bo‘lg‘an necha yigitlar,
Mohira oyimg‘a yoqg‘an qancha tegu taxtlik xonadonlar Xushro‘y tomonidan rad qilina
boradir. «Falonchining o‘g‘limi?» deb so‘raydir Xushro‘y va onasidan javob kutmay: «xudoy
ko‘tarsin erni. O‘shanga tekkanimdan ko‘ra, qaro yerga tekkanim yaxshi!» deydir. Bir
necha vaqt shu yo‘sun Xushro‘yning ra’yiga qarab er-xotin zerikadirlarda, o‘zlaricha bir
joyga qudalashmoqchi bo‘ladirlar. Ularning andishasini bilgan Xushro‘y boshda bunga
qarshi bir narsa demaydir. Ammo uzil-kesil fotiha o‘qub, qudalashish uchun uylariga kelgan
sovchi va quda xotinlarning oldilarig‘a kelib betlariga aytadir: «Hali men ersirab qolg‘anim
yo‘q, fotiha o‘qub tashvish chekmay uylaringga jo‘nay beringlar». Mohira oyim bu
yuzsizlikdan yer yorilsa yerga kirgundek bo‘ladir. Sovchilar ersa mundog‘ uyatsiz qizdan
alhazar o‘qushib jo‘naydirlar. Albatta ota-onaning bunga qarshi choralari qarg‘ish va
ranjishdan nariga o‘tolmaydir. Og‘asi Azimbekning Xushro‘y ustiga ko‘targan mushti ham
«nega meni urasiz, men falonlik qildimmi?» degan haqlik so‘z bilan darmonsizlanadir.
Shu voqi’adan so‘ng sovchilar oyoqi uziladir. Xush-ro‘y uchun hech kim og‘iz solmay
qo‘yadir. Chunki boyag‘i sovchilar bu favqulodda muomalani ko‘ringan biravga doston qilib
o‘quydirlar. Mohira oyim ta’naga til ochadir: «Endi dunyodan ersiz o‘tasan, qizim!»
Lekin Xushro‘y hanuz pinagini buzmaydir: «Er qurib ketkan emasdir, xohlasam
ertagayoq erga tega olaman», deydir.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 29 Noyabr 2006, 07:45:33
O‘rtadan bir necha vaqt o‘tib Azimbekning o‘rtoqla-ridan bo‘lgan Nusratbek otlig‘ bir
beknikidan xotin ustiga sovchilar keladir. Mohira oyim eridan fikr so‘rash o‘rnig‘a qizig‘a arz
qiladir va Xushro‘y munga qolganda quloq qoqmaydir. Bu roziliqni eshitib otasi va og‘asi
juda so‘yinishadirlar. Zero Nusratbek beklar ichida obro‘likroq kishining o‘g‘li va hozirgi
tutib turg‘an ishi ham ancha dong‘lik bo‘ladir. Shuning uchun uning xotinliq bo‘lish
kamchiligi ham e’tiborg‘a olinmaydir. Fotihaning ikkinchi haftasi to‘y-nikohlari bo‘lib,
Xushro‘yning Nusratbek bilan chodirda qilg‘an birinchi muomalasidan til biriktirib erga
tekkani xotinlarg‘a ma’lum bo‘ladir.
Xushro‘y chodirdan chiqmasdanoq choy tashib, xizmat qilib yurgan kundashiga
kesatuq bilan hujum boshlaydir. Ikkinchi va uchunchi kunlarda to‘ppa-to‘g‘ri kundash
ustiga sapchiydir. Hafta, o‘n kun o‘tmasdan erini o‘z tomonig‘a og‘ishdirib kundashi yonig‘a
kirgizmayoq qo‘yadir. Ikkinchi va uchunchi haftalarda o‘choqboshini o‘z qo‘lig‘a olib
kundashini ikkita yosh bolasi bilan tomoq vajidan ham siqa boshlaydir. Nusratbek bo‘lsa
ko‘chaga chiqg‘anda beklik da’vosini qilib, uyiga kirganda Xushro‘ybekka mute’. Bechora
katta xotin Xushro‘yning doimiy hujumiga mahkum qolib, eridan loaqal ikkita go‘daklari
yuzi uchun bo‘lsin marhamat ko‘rmay azoblanadir. Ikkinchi oylardan boshlab Xushro‘y
kundashini bo‘g‘ib urish odatini chiqaradir va o‘rim-o‘rim kundash sochini alafdek yulib
olishdan ham tortinmaydir.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 29 Noyabr 2006, 07:45:41
Tamom jonidan to‘ygan bechora kundash uchunchi oyg‘a chidab borolmay eridan
taloq so‘raydir. Noiloj Nusratbek ham unga javob berishka majbur bo‘ladir. Alamzada
bechora ikki go‘dakni eriga tashlab ketmakchi bo‘lg‘anida Xushro‘ydan ochiqchasig‘a shu
gapni eshitadir: «Itdan bo‘lg‘an qurbonliqqa yaramas! Bolalaringdan umidingni uzgan
bo‘lsang, itbachchalaringni bu uyda qoldir!» Xushro‘yning og‘zidan chiqg‘an bu tahdid
bechora onaning yuragini uyushdiradir. Darhaqiqat, Xushro‘yning bu ishdan ham
toymaslig‘ini aniq bilib, yig‘lay-yig‘lay bolalarini o‘zi bilan birga olib ketadir.
Xushro‘y uch oy ichida tomir yoyib qolg‘an bir oilani ildizi bilan yulqib tashlab
tinchiydir. Mundan boshqa Nusratbek kabi bir odamni ham o‘z ishoratiga qaratadir.
Endi yetti-sakkiz yil bor, ul o‘z kayficha yashab ke-ladir. Har narsadan ham mamnun,
biroq... Shuncha muddatdan beri ona bo‘lolmag‘anidan xafa, hamma qayg‘u hasrati ana
shu tug‘masliqda. Mundan ikki yilcha burun eri Nusratbek: «Olti yildan beri tug‘maysan,
ko‘r-satmagan tovuping qolmadi. Endi nima qilamiz?» deb kulgan edi, Xushro‘y erining
maqsadi nima ekanini payqab: «Bolasiz kishi dunyoda turolmaydirg‘an bo‘lsa, bir oz
zaharni boshlab sizga beraman, undan keyin o‘zim yeyman!» dedi. Shundan keyin
Nusratbek mundog‘ gapni ikkinchi gapirmay qo‘ydi. Darhaqiqat, Xushro‘yning bu so‘zini
hazil deb bo‘lmas edi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 29 Noyabr 2006, 07:45:54
15. ESINI KIRGIZDI

 «Kundashlik uyda kunda janjal» deganlar. Albatta buni aytkuchi kishi o‘ylamasdan va
bilmasdan aytmagandir. Jilla, har kuni janjal bo‘lmag‘anda ham haftada, o‘n kunda bir
to‘polon chiqmasa albatta kundashni kundash, deb bo‘lmas. Nega desangiz, bizning ba’zi
bir kundashsiz, chiqitsiz oilalarda ham ikki, uch kunda tovoq-qoshiq sinib, tog‘ora
yangilanganini har qaysimiz bilamiz, bas, endi kundashlik oilalarimizga kelganda-chi,
albatta yuqoridag‘i — «kundashlik uyda kunda janjal» maqolini to‘g‘rig‘a, chinga
chiqarmasdan chora yo‘q.
Men — yozg‘uchi, «O‘tkan kunlar» hikoyalarini otam marhumdan necha qaytalab
eshitsam ham zerikmas edim, faqat bir joyigina meni zeriktirar edi. Bu kun men shu
«O‘tkan kunlar»ni qalamga olganimda ham o‘sha o‘zimni zeriktirgan faslini tashlab o‘tishka
majbur bo‘ldim. Darhaqiqat, o‘z oramizda kundash janjalini kim bilmasin? Arzimagan gap
ustida dunyo buzg‘an kundash to‘polonlari kimning qulog‘ig‘a yoqsin? O‘qug‘uchining
qimmatlik vaqtini ayag‘animdek, qalamni ham bu g‘idi-bididan ozod qilishni muvofiq
ko‘rdim. Meni kechirsinlar.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 29 Noyabr 2006, 07:47:12
Zaynab xafaligi oshqan kezlarda qarindosh-urug‘larinikiga yurib chigilini yeshar edi.
Uch-to‘rt oyning ichida ikki martaba egachisi Xushro‘ynikida ham mehmon bo‘lib ketdi.
Ammo hozirgisi uchunchi martaba kelishi edi.
— Nuchuk xudo yarlaqadi! — deb Xushro‘y singlisini qarshiladi. Sunbula1 oyining
mo‘’tadil havosiga qaramasdan Zaynab marjon-marjon terlagan edi.
— Nega muncha o‘zingni oldirib qo‘yding, Zaynab! Uyingdan tinchmisan, ering esonomon
yuriptimi?
— Qurib ketsin, — dedi Zaynab va ko‘ziga yosh oldi. Xushro‘y achinish o‘rniga kuldi.
— Kel, ayvong‘a chiq, — dedi, — oyimnikida eding-mi?
— Yo‘q.
— Uyingdan keldingmi?
— Ha.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 29 Noyabr 2006, 07:48:11
Xushro‘y singlisini o‘tqazib cho‘risiga choy buyurdi. Fotihadan keyin «pochcham eson,
omonmilar?» deb so‘rag‘uchi singlisiga:
— Pochchang o‘lsin! — dedi achchig‘lanib Xushro‘y,— Najmiddinbek deganning
dalasiga ketkan edi. To‘rt kundan beri dovu daraksiz, o‘ldimi, qoldimi — bilmayman.
Zaynab uch-to‘rt oyning ichida kishi tanimasliq holga tushkan edi. Ilgarigi to‘lalig‘ining
yarmisini yo‘qotqanidek tusiga qarimsiqlik kirgan, ko‘z harakatida ham bir besaranjomliq
zohir va bularning ustiga har qachon unda ko‘rilgan «og‘irliq» o‘rniga asabiylikka yaqin bir
vaziyat o‘lturg‘andek edi. Zaynab egachisining haligi gapiga rizosizliq bildirdi:
— Noshukur ekansiz, opa, — dedi, — pochchamdan nolishingiz yaxshi emas, sizning
ham boshingizg‘a manim kunimni solsa nima qilar edingiz?
— Men ham Zaynab bo‘lsam, albatta solar edi, — deb kuldi Xushro‘y, — menga qolsa
har kim o‘z nafsiga yaxshiliq yoki yomonliqni o‘zi hozirlaydir...
— Tavba deng, opa.
— Men shu choqg‘acha, — dedi Xushro‘y, — bandasiga bosh egishni va bandasi oldida
tavba qilishni or bildim va orlanishim orqasida har kimning ustida yurdim...
— Katta gapirmang.
— Katta gapirsam va gapirmasam, — dedi Xushro‘y,— manim fe’lim har kimga ma’lum
va hammadan ham senga ochiq... Qo‘ychi bu gaplarni, o‘zing tinchmisan?
— Tinchligim qursin...
— Aytsang, aytmasang, — dedi opasi, — albatta tinchliging qurig‘an.
— Quritg‘an qurisin...
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 29 Noyabr 2006, 07:48:24
— Sening tinchlig‘ingni hech kim quritg‘an emas, Zaynab! Hamma jabrni o‘zingo‘
zingga qilayapsan!
— Hamisha shu gapni aytib qolg‘ansiz,— deb o‘pkaladi Zaynab,— dunyoda kim o‘ziga
jabrni xohlaydir?
— Sen va senga o‘xshag‘anlar.
— Xudo urar...
— Aytsang, aytmasang xudo urib qo‘yipti.
— Shunday kunlarga men qolay dedimmi?
— Degansan!
Zaynab opasining istehzolik yuziga qaradi va uning nima demakchi bo‘lg‘anig‘a
tushunolmadi:
— Degan bo‘lsam ayting...
— Sen manim qanday qilib erga tekkanimni bilasanmi?
— Bilaman...
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 29 Noyabr 2006, 07:48:33
— Bilsang bilganingcha tur, — dedi Xushro‘y, — endi kelaylik sening erga tegishingga:
albatta tona olmassan, sening er qilishda tariqcha ixtiyoring va rizolig‘ing yo‘q edi,
ehtimolki ixtiyor nima, orzu nima o‘zing ham payqamas eding. Balki ixtiyor va orzularing
ham bo‘lg‘andir — biroq uni hech kim maydonda ko‘rmas edi. Shuning uchun tizgining
oying bilan dadangning qo‘lida, boshqacha aytkanda ularning tuyaga ortqan yuki, kimga
sotsa, qayerg‘a jo‘natsa ixtiyorsiz eding... Yodingda bormi, nikoh kunim men kulib,
chaqchaqlab aravaga mindim, sen bo‘lsang, uydan yig‘lab chiqding va eringnikiga yig‘lab
bording... Yaxshi, ering senga yoqdi, ammo ering faqat senga yoqqan bilan ish bitmasligini
yana xotiringga keltirmading. Ering seni tashlab qo‘ydi, sen churq etmading, istiqboling
to‘g‘risida o‘ylamading... Faqat g‘alvir suvdan ko‘tarilgandan so‘nggina, sen o‘zingni har
tarafka tashlay boshlading... Lekin endi bir ming toblansang ham natija o‘zingning
fe’lingcha— bitta: sening uchun har kun bir o‘lim yoki o‘sha uydan boshingni olib chiqish.
Xushro‘yning rahmsiz muhokamasidan oqg‘an bu haqiqatlar Zaynabni yig‘latdi.
— Men shunday bo‘lar, deb o‘ylamag‘an edim...
— Sen o‘ylashni bilarmiding? — deb kuldi Xushro‘y.
— Birav o‘lay desa, siz kulasiz!
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 29 Noyabr 2006, 07:48:44
— Men yig‘lashni bilmayman! Kishilar yig‘lag‘anda, manim kulgim qistaydir.
— Manim o‘rnimda bo‘lsangiz, siz ham yig‘idan bosh ko‘tarmas edingiz...
— Sening yeringda bo‘lsam bilasanmi nima qilar edim, Zaynab, — dedi Xushro‘y, —
dunyosini ost-ust qilar edim, bir tomchi yoshimni yuz tomchi zahar bilan qo‘shib tashlar
edim.
Zaynab keyingi gap bilan egachisining yuziga ko‘ta-rilib qaradi va Xushro‘yning yuzida
zolimona bir istehzo ko‘rdi.
— Yaxshi, — dedi Zaynab bir xil siniq tovushda, — hamma do‘stlaringiz sizga dushman
bo‘lsin, uch yildan beri sizning so‘zingizni aytib yoningizda kelgan qayin onangiz ham
dushmaningiz yonig‘a o‘tsin: hatto sizni tuqg‘an ota-onangiz ham «sabr qil, bolam!» deb
quruq so‘z aytib o‘ltursinlar... Bas, shu holatda siz yig‘lamay nima qilar edingiz?
Xushro‘y pinagini buzmay yana kuldi:
— Dushman o‘zi nima degan so‘z? — dedi, — men senga boya ham aytdim: kishining
dunyoda do‘sti yo‘q, magar nafsiga o‘zi do‘st; kishining dunyoda dushmani yo‘q, magar
nafsiga o‘zi dushman! Masalan sen o‘zing: otangg‘a, onangg‘a do‘stim, deb ishonding,
ammo ulardan nima yaxshiliq ko‘rding? Bu kun ularning «sabr qil, bolam!» deb bergan
kengashlari sening yarangga malham bo‘larmi? Albatta, bo‘lmas. Boshdayoq ering senga
qaramay qo‘ydi. Ammo sen qayin onangning va’dasiga va tag‘in allanarsalariga ishonding...
O‘zing o‘yla, bolani ona tug‘adir, lekin unga muhabbatni ham ona tug‘ib beradimi? Albatta
bu mumkin emas. Sen bechora shunga ham ishonding. Endi gap nima? Otang senga sabr
yediradir, qayin onang bo‘lsa kundashing duosida... sen bo‘lsang yig‘i quchog‘ida...
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 29 Noyabr 2006, 07:48:53
— Sizdan o‘zimni chaqdirg‘ali kelgan emasman! — dedi yig‘lag‘an ko‘yi Zaynab, — o‘z
uyimda ham tegmay chaqadirg‘an gazandalarim bor... Siz ham manim kuygan jonimga o‘t
yoqmang-da, agar qo‘lingizdan kelsa, bu o‘rtang‘an singlingizni tinchiting.
— Sen hech tinchiy olmaysan...
— Har narsaga aqlingiz yetadi... Loaqal bu baxtsiz singlingiz uchun birgina bosh
og‘ritsangiz-chi... Ustimga shu balo kelgandan beri eshigingizga necha qayta kelib quruq
qaytdim, endigina siz ham...
Xushro‘y bir oz Zaynabning yuziga qarab turg‘andan keyin:
— Manim kengashimga yurasanmi? — deb so‘radi.
— Jo‘yalik bo‘lsa nega yurmay.
— Yursang, — dedi Xushro‘y, — chiq eringdan.
Zaynab o‘krab yubordi:
— O‘zim ham shundog‘ deyarsiz, deb turg‘an edim...
Xushro‘y:
— Negaki sening dardingning davosi, menga qolsa faqat shu.
— Qanday qilib chiqay, axir...
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 29 Noyabr 2006, 07:49:01
— Erdan chiqg‘anlar qanday qilsa, sen ham shunday qilasan!
Zaynab javob bermadi. Cho‘ri xotin o‘rtag‘a dasturxon yozib choy keltirdi, Xushro‘y
xizmatchini o‘choqboshi yumishlariga buyurib choyni o‘zi quydi.
— Dasturxonga qara, Zaynab!
— Ishtihom bo‘g‘ildi...
— Manim aytkanimni qilsang ishtihong ham ochiladir.
— Erim... erimni ko‘zim qanday qiysin.
— Javob so‘rasang, — dedi kulib Xushro‘y, — seni taloq qilish uchun eringning ko‘zi
qiyadimi?
— Bilmayman...
— Albatta yaxshi bilasan, qiyadi! Ammo sen ahmoq-san, ko‘rpangga qarab oyoq
uzatishni, qars ikki qo‘ldan chiqishini bilmaysan!
— Etagingni qoqib ketaber, deysizmi?
— Chunki shundan boshqa chorang yo‘q!
— Sen hasratda o‘l, kundashing yayrab-yashnasin, shumi maqsadingiz?
— Hozir hasratda emasmisan, kundashing yayramaydimi?
— Tuzik, — dedi Zaynab, — lekin har qadamda uning huzurini buzaman, bir cho‘qitib
o‘n qarataman.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 29 Noyabr 2006, 07:49:19
Xushro‘y kuldi:
— Bundan nima chiqadi?
— Ishqilib kelgindini tinchitmayman.
— Sen tinchitmasang, — dedi Xushro‘y, — boshqalar seni tinchitar...
— U nima deganingiz?
— Ya’ni rohatini buzaversang, ering seni qo‘yar?..
Zaynab bu haqiqat oldida o‘ylanib qoldi. Xushro‘y o‘zining vahshiy ko‘zlari bilan
singlisiga qarab kulimsirar edi. Bu kulimsirash orasi «qo‘lingdan nima keladi?» degandek
bo‘lar edi. Zaynabning tusi shu choqg‘acha ko‘rilmagan ravishda o‘zgarib ketdi. Negadir
tinmay oqib turg‘an ko‘z yoshisi ham quridi va tovshida ham hanuz eshitilmagan keskin
bir ohang bor edi:
— Esimni kiritdingiz, opa, — dedi, — rahmat sizga.
— Rahmatingni menga aytma, — dedi Xushro‘y, — ishonsang yuragingga aytarsan...
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 29 Noyabr 2006, 07:49:39
16. OY-KUNI YAQIN EDI

Kumushning oy-kuni yaqin edi. Nabiralik bo‘la-dirg‘an O‘zbek oyimning ishi boshidan
oshqan, Kumushning oyi tug‘masdanoq ul beshik yasatish bilan mashg‘ul edi. Doyacha
kim, aqiqaga nechta qo‘y kerak, nechanchi kunda to‘y o‘tkaziladir, nechta erkak, nechta
xotin aytiladir va kimlar? Mana shuningdek masalalar bilan O‘zbek oyimning miyasi juda
shishkan edi. Kumushda ko‘rilgan ba’zi nishonalarga binoan nabirasining o‘g‘ul bo‘lishida
shubha qilmas — «o‘g‘ul tug‘asan, Kumush, men ham Otabekni senga o‘xshash yengil
ko‘targan edim», der edi. Kumushni xizmatdan bo‘shatilib ba’zi o‘choq-boshi yumishlarini
Zaynab idorasiga topshirilg‘anig‘a endi bir oylab bor.
O‘zbek oyim nabira masalasida qancha xursand bo‘lsa, Otabek shunchalik xafa, chunki
Kumushni ko‘rgan sayin usta Alim foji’asini xotirlar edi. Yusufbek hoji ma’lum aldanishdan
so‘ng yurt ishidan qo‘l yuvg‘an, ko‘b vaqtini mehmonxonada «Qur’on» va «Daloyil»1 o‘qub
kechirar, kundash orasi buzilib, o‘rtadan so‘z chiqg‘anini goho eshitsa, ikkala kelinni o‘z
oldig‘a chaqirtirib, ularni qator o‘tqazar edi. Avvalo Kumushdan o‘pka qilib: «Oyim, har
nima siz kattasiz, Zaynab yosh, kattadan-kichikka shafqat lozim, mundog‘ yaxshi emas!»
va Zaynabka qarab: «Bolam Zaynab otin! Sizdan hali yoshlik g‘ururi ketmagan, lekin
manim bolam bo‘lg‘an-lig‘ingizni siz ham unutmang!» der va shuning singari yumshoq
gaplardan keyin ikkisini duo qilib bir-birisiga salom berdirar — «ana, shundog‘ bo‘lsin, opoq
qizlarim!» deb ketishka ruxsat berar edi. Ular ketkandan keyin albatta O‘zbek oyim eri
yonig‘a kirar, hoji bo‘lsa xotinig‘a sizsirab: «Siz ikki kelin ushlashni bilmabsiz, Zaynabka
jabr qilg‘an ko‘rinasiz, ayniqsa Zaynabning ko‘ngliga qarashingiz kerak, Otabekka ham
nasihatingiz lozim!» der edi. O‘zbek oyim shunday kezlarda Kumushning yonini olib
«Zaynabni xudoy ko‘tarsin, ayb o‘zida...» deya boshlasa, hoji uning og‘zini arang to‘xtatur:
«Sekin-sekin, uyat! Qayin ona deganning adl turishi lozim. Zaynab siz bilan manim orzu
havasimiz emasmidi?»
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 29 Noyabr 2006, 07:50:58
Ammo nabira masalasidagi O‘zbek oyimning ba’zi bir quyushqondan tashqari
harakatlarini ham bosquchi yana hoji edi: «Zaynab bor, Zaynabni unutdingizmi. O‘z
keliningiz Zaynabni!»
Mundan o‘n besh kuncha ilgari Kumush onasig‘a bir xat yozg‘an edikim, ahamiyatiga
ko‘ra biz bu o‘rinda ko‘chiramiz:
«Onajon, kuyavingizning yozg‘anlaridan tashqari men sizga shu bilan oltinchi xat
yozdim. Ammo sizdan uchta va dadamdan ikkita xat oldim. Ayniqsa dadamning keyingi
xatidagi qora xabar bilan dori dunyo1 ko‘zimga toraydi. O‘lim haq, ammo bechora buvim
jon berar ekan, yonida turib duosini olib qolmag‘anim uchun ko‘b hasrat chekdim. Ayniqsa
musofirchiligim yomon asar qildi. Ko‘z yoshlarim bilan yuzimni yuvdim. Bu kun beshinchi
kundan beri rahmatlik buvim arvohig‘a atab qur’on boshladim, xatim qilib bag‘ishlayman.
Xudo g‘ariqi rahmat qilsin, sizga sabr bersin. Endi musofir qizingizning baxtiga siz o‘lmang,
omin.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 29 Noyabr 2006, 07:51:12
Ba’da ma’lum bo‘lsinki, alhamdulilloh kuyavingiz va qudalaringiz salomatdirlar va
ularning soyalarida men qizingiz ham o‘ynab-kulib yuribman. Sizni va otamni juda
sog‘indim, agarda og‘ir oyoq bo‘lmasam edi, qish bo‘lishig‘a qaramasdan Marg‘ilong‘a
jo‘nar edim. Qudangiz — qayin onamning so‘ziga qarag‘anda, kelasi oyg‘a ko‘zim yorir
emish. Qudangiz meni na yerga va na ko‘kka ishonadir, o‘n besh kundan beri qo‘limni
sovuq suvga ham urdirmay qo‘ydi. O‘zi go‘yoki to‘yga hozir-lang‘andek beshik yasab, sarpa
tikib yuriydir... Manim bo‘lsa nima uchundir yuragimda bir qo‘rquv bor... O‘tkan xatlarimda
kundashim bilan mirosamiz kelishmay turganini kulguluk tarzida yozg‘an edim. Nafsilamrda
ersa, oramiz juda buzilg‘an, men ham o‘shal vaqtlarda chin kundashlik to‘nini kiygan edim.
Zaynabning bitmas xusumati esa g‘olibo1 manim ikki qatlig‘im oshkor bo‘lg‘an kundan
boshlandi. Sizning boshingizdan kundashlik savdosi o‘tmagan bo‘lsa ham tushunsangiz
kerak: biz ikav agar qo‘yib bersalar go‘yo bir-birimizni yeb-ichmakchi edik... U kunlardagi
holimdan o‘zimga endi hisob berishka ham uyalaman... Yaxshiki, bizning mojarolardan
qayin otam juda siyrak xabardor bo‘ldi. Shundog‘ ham bo‘lsa bu janjallar goho uning
qulog‘ig‘a yetib qolar va biz ikki yov uning oldig‘a chaqirilib nasihatini eshitar va lekin yana
yomonlig‘imizdan qolmas edik. Siz ranjisangiz ham aytay: qayin otamni o‘z dadamdan ham
yaxshi ko‘raman. Bu yaxshi ko‘rishim kuyavingizning dadasi bo‘lg‘ani uchun emas, balki
uning nur ichiga cho‘milg‘andek bo‘lib ko‘ringan siymosini, oyim deb xitob qilg‘andagi
muloyim, beozor va muassir2 so‘zini yaxshi ko‘raman. Ul nasihat uchun og‘iz ochsa
vujudim erib ketkandek va bir turluk uxlab huzurlang‘andek. Qisqasi, Zaynab bilan
janjallashishning o‘zi bir huzur va janjaldan bo‘shalg‘ach, qayin otamning qarshisig‘a
o‘lturib nasihat eshitish undan ham yaxshi huzur... Siz manim telba so‘zlarimdan
achchig‘lanmang. Agar bu gapimning to‘g‘rilig‘ini bilmakchi bo‘lsangiz, Toshkand
kelingizda, qayin otamning nasihatini o‘z qulog‘ingiz bilan eshiting-da, undan keyin
so‘zimga qiymat bering.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 29 Noyabr 2006, 07:53:56
Shu yo‘sun Zaynab bilan uyatsizcha ko‘b olishdiq, bu it-mushuklikdan biz zerikmasakda,
kuyavingizning jonidan to‘ydirayozdiq. Mundan bir muncha ilgari ul biz ikki
kundashning yuzimizga: «Agar shu holda davom etabersalaring ikavlaringga ham barobar
javob berib qutilaman!» dedi. Uning bu tahdidi ikkimizga emas, balki bittamizgagina xos
edi. Men bu tahdiddan albatta qo‘rqmadim, ammo «Zaynab tushunib qolmasa yaxshi edi»,
deb qo‘rqdim. Darvoqi’ natija men qo‘rqqancha bo‘ldi. Zaynab bu tahdiddan so‘ng
onasining uyiga arazlagannamo ketib qoldi. Ulardan ham yaxshig‘ina dakki yegan bo‘lsa
kerak, bir necha kundan so‘ng yovoshqina bo‘lib qaytib keldi. Endi shu voqi’aga ikki oy
chamasi vaqt o‘tdi va lekin oramizdan janjal chiqmadi. Men jo‘rttaga ba’zi gaplarni
teskarilikka olib ko‘rsam ham ul churq etmaydir. Uning bu holi ersa manim uchun yaxshi
emas, ul yana ko‘b vaqt bizning oramizda tikan bo‘lmoqchi...
Kelasi oydan juda yuragim uyushadir... Kechalari ko‘kka qarab kelasi oy shu kunlarda
yorug‘ dunyoda bormanmi, yo‘qmanmi deyman... Oysha buvim marhum bo‘lmag‘anda shu
oy ichi o‘zingiz Toshkandga yetib kelar edingiz. Aza hamma vaqt topiladi desangiz,
qizingizning ko‘ngli uchun hali ham kelganingiz yaxshi. Dadamga manim arzimni aytsangiz,
albatta qaytarmas. Mendan dadamga behad salom. Kelasi oydan qo‘rqaman...
Ko‘rishalmasak mendan rozi bo‘ling, dadam va boshqa yoru do‘slar ham. Kumush yozdim.
Toshkand, 1269-inchi yil 1-qavs1 oyida».
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 29 Noyabr 2006, 07:54:14
Kumush o‘z xatida yozg‘anidek, darhaqiqat, Zaynab shu keyingi kunlarda yovoshka
tortqan, o‘n og‘izg‘a bir og‘iz so‘z qaytarmas, tinchkina, muloyimgina, ya’ni mundan bir yil
burung‘icha edi. Qayin ona tarafidan «Opangning ko‘zi yorir vaqti yetdi, o‘choqboshi
ishlaringni endi o‘z qo‘lingg‘a ol!» deb qiling‘an taklifni mamnuniyat bilan qabul etib, hatto
Oybodoq onani ham o‘choqboshi yumishidan xalos eta yozg‘an, unga faqat havli supurish,
uy yig‘ish va shunga o‘xshash mayda ishlarnigina qoldirg‘an edi. Zaynabdagi bu o‘zgarish
faqat haligi taraf bilangina qolmay, eri to‘g‘risida ham shundog‘ edi. Otabek o‘z yonig‘a
kirsa — kirdingmi demas va kirmasa — kirmading demas edi. Erining ba’zi bir samimiyati
qorong‘uroq muomalalariga qarshi Zaynab ham muhmalrak qilib kulib qo‘yar edi.

* * *
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 29 Noyabr 2006, 07:54:23
Oy tug‘ib, mo‘ljal yaqin yetdi. Marg‘ilondan ham Oftob oyimning yo‘lg‘a chiqish xabari
keldi. Lekin Kumushda ma’lum og‘riq boshlang‘an edi. Og‘riqning birinchi kuni Kumush
hech kimga sezdirmay yurdi. Ammo ikkinchi kun buni boshlab Otabek, undan keyin O‘zbek
oyim sezdi. Otabek ma’lum xavf ostida bu sirdan kishiga og‘iz ochish uchun o‘zida majol
topmasa ham, O‘zbek oyim darrav Hasanalini mundan olti oy ilgari belgulanib qo‘yilg‘an
doya xoting‘a yugurtirdi.
Doya kelgandan so‘ng ichkari havli erkak zotidan tozalandi. Kumushni o‘qtin-o‘qtin
og‘riq ushlamakda, doya xotin va O‘zbek oyim unga o‘zlari bilgan udimlar bilan
yordamlashmoqda edilar. Kechka tomon dard juda kuchayib ketdi, o‘qtin-o‘qtin dambadamga alishindi.
Tashqarida Otabek yo‘q edi. Hasanali darboza bilan mehmonxona orasida qo‘liniqo‘
lig‘a ishqab yurinib turar va qayta-qayta axtaxonag‘a kirib to‘riq yo‘rg‘aning u yer, bu
yerini supirar edi. Hoji bo‘lsa xursand va xafaligi noma’lum bir qiyofatda «Daloyil» o‘qur
edi, har besh daqiqada ichkari tomong‘a quloq solib to‘xtar, goho darichadan Hasanalini
chaqirib «tinchlikmi» deb so‘rar edi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 29 Noyabr 2006, 07:54:31
Ular masjiddan shomni o‘qub kirgach, ichkaridan Oybodoq kechlik olib chiqdi. Undan
na Hasanali va na hoji og‘iz ochib hol so‘ramadilar. Taom ustida Otabekning yo‘qlig‘i ham
his etilmadi. So‘zlashmasdang‘ina lagandan bir muncha cho‘qig‘an bo‘ldilar-da, qo‘l
artishdilar.
— Xuftan aytildimi? — deb so‘radi hoji.
— Eshitmadim... Chiqa bersak ham bo‘lar, — dedi Hasanali. Shu vaqt ichkaridan
xotinlarning favqulodda qiy-chuv tovushlari eshitilib, ikkisining ham quloqlari tikkaydi va
qo‘rqa-pisa bir-birlariga qarashdilar. Qiy-chuv orasidan zaif yig‘i tovshi ham kelib qo‘ydi...
Ikkisi bir muncha kulimsirab oldilar, lekin shundog‘ bo‘lsa ham yana churq etib og‘iz
ochmadilar. Oradan ko‘b fursat o‘tmadi, ichkaridan Oybodoq yugurib chiqdi va darichadan
turib «so‘yinchi!» dedi. Hoji yonchig‘ini kavlay berib «alhamdulilloh» deb qo‘ydi. Hasanali
ham iljayib yonchiq kavlashka tutindi va:
— O‘g‘ulmi, holva?1 — deb so‘radi xotinidan.
— O‘g‘ul!
— Barakalla.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 29 Noyabr 2006, 07:54:41
Hoji kulimsirab qo‘lidag‘i uch-to‘rtta oq tanga bilan bitta tillani Oybodoqqa uzatdi —
«Tangalarni o‘zing ol, tillani doyachaga ber!» dedi. Hasanali so‘yinchisini topshirg‘andan
so‘ng duog‘a qo‘l ochdi: «Olloh taolo umri bilan bergan bo‘lsin». Shundan keyin xotirjam’
bo‘lg‘an holda xuftanga ketdilar.
Otabek mehmonxonaga yaqinlashishi bilan chaqaloq yig‘isini eshitib ixtiyorsiz ichkari
havlig‘a tomon burildi va yo‘lakda onasig‘a yo‘liqdi. Qorong‘u bo‘lsa ham O‘zbek oyimning
tusidagi shodliq belgulari ochiq ko‘rinib turar edi:
— O‘g‘ul muborak bo‘lsun, bolam!
— O‘zi tetikmi?
— Tetik!
— Oldig‘a kiraymi?
— Yo‘q, — dedi O‘zbek oyim, — chillalik uyga kechasi ko‘chadan kelib kirish yaxshi
emas... Ichkari kirsang to‘g‘ri Zaynabning oldig‘a bor. Dadang shundami?
— O‘zi?..
— O‘zi yaxshi, xotirjam bo‘l, — dedi O‘zbek oyim, orqasig‘a qaytdi. Otabek ketiga
burilib tashqari yo‘lak-dan kirguchi dadasi bilan Hasanali sharpasini oldi va o‘ylanib to‘xtadi.
Ayniqsa hozirgi paytda dadasi bilan to‘qnashish uning uchun bir oz o‘ngg‘aysizroq tuyulgan
edi. Shu yo‘sun bir muncha vaqt yo‘lakda turib, so‘ngra ichkariga tomon yurdi. Zaynabning
uyiga o‘tar ekan, bir necha qayta Kumush yotqan uy tarafka qarab oldi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 29 Noyabr 2006, 07:54:51
— O‘g‘ul muborak bo‘lsin!
Zaynab erini shu so‘z bilan kulib qarshiladi, Otabek ham kulimsirab «qutlug‘ bo‘lsin!»
deb qo‘ydi. O‘lturgandan keyin Zaynab o‘zicha kulindi:
— Haligi... — dedi. «Haligi» dan keyin aytadirgan jumlasini unutib qo‘ydimi yoki o‘ylab
qoldimi, nima bo‘lsa ham aytalmadi. Otabek uning og‘zini kulimsiragan holda bir oz kutib
«xo‘sh, haligi...?» deb so‘radi.
— Haligi...
— Uyog‘i?
— Oti qursin... ha, aytkandek, oshingizni yeysizmi?
— Yeyman.
— Sovib qolmag‘an bo‘lsa — shu.
Otabek ertadan beri hech narsa yemab edi.
— Qandog‘ bo‘lsa ham, — dedi.
Hozir Zaynabning chehrasi ochiqroq ko‘rinsa ham, ammo bu ochiq chehraning
zamirida uni jiddiyroq mashg‘ul qilg‘an yana bir gap bordek, ya’ni ko‘rinishdan shoshqanliq
va yo shuning singari bir hol uning shu ochiq chehrasi ostig‘a yashiring‘andek edi.
Zaynabning o‘n besh daqiqaliq muomalasida Otabek yuqorig‘i kabi «esdan chiqarish»
holatiga bir necha qayta uchradi va oxirda so‘ramoqqa majbur bo‘ldi:
— Nega holingiz parishon?
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 29 Noyabr 2006, 07:54:58
Zaynab kuldi:
— Nega parishon bo‘lsin.
— Manim ko‘zimga parishon ko‘rinasiz.
— To‘g‘ri, — dedi Zaynab, — qo‘rqdim...
— Nimadan qo‘rqdingiz?
— Tug‘ishdan...
— Qiynaldimi?
— Qiynalish ham gapmi, — dedi Zaynab, — o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rmaganingiz uchun
ishonmaysiz.
— Oyim mundog‘ demagan edi-ku?
— Sizdan yashirg‘anlar.
Otabekning yuragi juda uyushib ketdi. Hatto kundashini parishoni xotir qilg‘an bu gap
Otabekka qandog‘ ta’sir qilishi ko‘b tafsilga muhtoj emas. Bu to‘g‘rida Zaynabka yana savol
tashlab tafsilot olishdan qo‘rqdi, ham uzoq o‘lturolmadi. Choyini naridan-beri ichib, o‘runini
to‘shatib yotdi. Zaynab sham’ni o‘chirdi. Hali yotmoqqa vaqt erta edi — Zaynab Kumushlik
uyga — xotinlar oldig‘a chiqib ketdi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 29 Noyabr 2006, 07:55:07
Otabek uxlash uchun yotqan bo‘lsa ham haligi gap uni ko‘z yumdirmay qo‘ydi, o‘ng,
so‘l, chalqancha yotib boqar edi. Lekin Zaynabning «qiynalish ham gapmi?» jumlasi qulog‘i
ostidan ketmas edi... Kumushning uyidan keti uzilmay kelib turg‘an xotinlarning g‘o‘ng‘irg‘
o‘ng‘iri ham uning uyqusig‘a xalal berar va ora-chora go‘dakning yig‘lag‘an tovshi ham
eshitilar edi. Bu ma’sum tovushqa qarshi unda bir xil yaqinliq — otaliq hissi qo‘zg‘alg‘andek
bo‘lsa ham, ammo boshqa qora xayollar ichida tez yo‘qolur edi. Shu yo‘sun ivir-jivir,
achchig‘ va chuchuk holat ichida uxlab ketdi. Bir-ikki kun miyonasidagi kechinmalar turlik
rang bilan uning uyquliq dimog‘ida akslana boshladilar... Cho‘chib uyg‘ondi... Yonida
Kumush... Zaynab yo‘q edi. Uyquliq ko‘zi bilan narigi uyga quloq soldi, hanuz boyag‘i
tovushni eshitdi va o‘ng yonini bosib ko‘rpaga burkandi, mundan keyin tinch uxlab ketdi...
Tush ko‘rar edi: «Chamanda gullar ochilg‘an emish... Bu gulshan uning o‘ziniki
emish... Ul rango-rang chechaklardan ko‘zini ololmas emish. Tevarakka kelgan yovdan xavf
bor emish... Xanjarini ushlab yovg‘a qarshi chiqg‘an emish... Yov qochqan emish... Yov
orasida onasi ham bor, otasi ham ko‘rinar emish... Qaytib chamanga kirsa bir sigir gulni
bosib, yanchib o‘tlab yurg‘an emish... Bu holdan o‘zini unutkan va qo‘lidag‘i xanjari bilan
sigirga yugirgan emish... Sigir emas — sariq sochlik albasti emish... Darmonsizlang‘an va
xanjari qo‘lidan tushkan emish... Dunyoni qorong‘uliq bosqan emish...» Cho‘chib uyg‘ondi
va o‘z yonida uxlab yotqan Zaynabni ko‘rdi. Haligi bosinqirashdan yuragi gup-gup urar va
vujudini ter bosqan edi. Sekingina o‘ng yonig‘a ag‘darilib havli tomong‘a qarab yotdi. Uning
ag‘darilishi bilan Zaynabning ko‘zi ohistag‘ina ochilib yana yopildi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 29 Noyabr 2006, 07:55:16
Vaqt saharga yaqin, tevarakdagi xo‘rozlar ketma-ket qichqirar edilar. Yaqin oradag‘i
objuvoz poyko‘pining zarbi yerni silkitib-silkitib to‘lqin berar edi. Narigi uyda yonib yotqan
sham’ nuri daricha tirqishidan milt-milt ko‘zga ilinur, ammo ship etkan tovush eshitilmas
edi. Ul qaytib uxlayolmadi. Kumushning kechagi qiynalishi to‘g‘risida xayollanib ketdi. Subh
azoni aytilib, sekin-sekin tong yorib bordi, mahalla masjididan ham azon tovshi kelgach, ul
tahorat olmoq uchun qo‘zg‘aldi.
Kumushning yonig‘a kirish qulay bo‘lsin, deb nonishtani Zaynabning uyida qildi. O‘zbek
oyim tarafidan kirish uchun ruxsat berilgan edi. Choydan keyin doyacha Kumush yonidan
bir oz vaqtg‘a chiqib turdi. To‘rga Kumush yotqizilg‘an, uning oyog‘ tomonida O‘zbek oyim
chaqaloqni ko‘tarib o‘lturgan edi. Otabek kirganda o‘zining siniqg‘an yuzi, ichkariga
botinqirag‘an ko‘zi bilan Kumush iljayib unga qaradi. Otabek tutilinqirab, «muborak
bo‘lsin!» dedi. Kumush javob o‘rniga uyalib yuzini ko‘rpaga yashirdi. O‘zbek oyim:
— Berganga qulliq bo‘lsin, o‘ltur, — dedi.
Otabek Kumushning bosh tomonig‘a o‘lturdi. O‘zbek oyim fotiha o‘qudi. So‘ngra
chaqaloqni Otabekka yaqinlashdirib, — toychog‘imning ko‘rmanasini chiqar, dadasi. —
Otabek qizarib bolag‘a qaradi, Kumush yuzini yana ko‘rpaga yashirib oldi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 29 Noyabr 2006, 07:55:25
— O‘zingiz tuzikmisiz?
— Shukur...
— Qiynalibsiz, deb eshitdim...
— Tug‘moq hazilmi senga, — dedi O‘zbek oyim.
Kumush Otabekni o‘ziga imladi va qulog‘ig‘a shivirladi: «sizning gunohingizga...»
— Xo‘rak qildingizmi?
O‘zbek oyim:
— Kechadan beri ichiga issig‘ kirgani yo‘q. Zaynabka aytay sutlik atala qilib bersin, —
dedi.
— Albatta! — dedi Otabek va onasig‘a bir tilla so‘yinchi bergandan so‘ng xotirjam’lik
bilan uydan chiqdi.
Tushlikdan keyin Otabek mehmonxonada kitob mutolaa qilur, dahlizda Hasanali
uzilgan ot asboblarini ulab tikar, Hoji masjidgami, boshqag‘ami ketkan edi. Shu vaqt
ichkaridan Oybodoq chiqib Otabek yonig‘a keldi:
— Bek, siz uyga kirib chiqar emishsiz, — dedi.
Otabek kitobni belguluk qilib yopdi:
— Tinchlikmi?
— Tinchlik... darrav kiring-chi!
Otabek Oybodoq bilan ketma-ket ichkariga kirdi. Zaynab rangi o‘chkan holda
Kumushning uyidan chiqib kelar edi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 29 Noyabr 2006, 07:55:32
— Nima gap? — deb undan so‘radi Otabek.
— Bilmadim, — dedi, — opam ko‘ngillari aynab qusyaptilar...
Otabek eshik yonig‘a kelgandan so‘ng uydan bir necha xotin paranji yopinib chiqdilarda,
ul uyga kirdi. O‘zbek oyim jom ushlag‘an, Kumush jomga o‘qchib qusar edi.
— Nima bo‘ldi?
Kumush javob beralmadi.
— Bilmadim... boyatdan beri to‘xtovsiz qusyapti, — dedi O‘zbek oyim. Qusib
charchag‘an Kumush holsizlanib boshini yostiqqa tashladi. O‘qchib yoshlang‘an ko‘zlari
bilan eriga qarab oldi.
— Yoqmaydirg‘an xo‘rak bergansiz.
— Yoqmaydirg‘an hech narsa yegani yo‘q, — dedi onasi,— o‘sha ataladan boshqa
xo‘rak qilmadi. Undan ham yarim kosagina ichdi. Qolg‘ani ana tokchada...
O‘zbek oyimning gapi tugamasdan Kumush yana jomga intildi. Otabek uning boshini
tutdi.
— Tabib aytdiraymi?
— Aytdir. Manim ham ko‘nglimga shu kelib turgan edi.
Otabek Kumushning qusug‘i bitkuncha turdi-da, so‘ngra yugurib tashqarig‘a chiqdi.
Hasanali hanuz boyag‘i ishda edi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 29 Noyabr 2006, 07:55:40
— Ota, siz yugurib tabibga boring-chi!
Hasanali ishini tashladi:
— Nima gap?
— Keliningiz boyadan beri qusar emish.
Hasanali tabibga yugurdi. Otabek qaytib uyga kirdi. Chaqaloqni Zaynab ko‘targan,
Kumush hamon qus-moqda... Kumush holsizlanib o‘zini yostiqqa oldi. Qovoq ostlari
ko‘kargan, yonig‘a kelgan Otabekka ham qaramoqqa majolsiz edi.
— Tuzikmisiz?
— Ko‘nglim.
Otabekning hamma badani titrab ketdi, shundog‘ bo‘lsa ham o‘zini qattig‘ ushladi:
— Qatiq ichirib ko‘rdingizmi? — dedi onasig‘a.
— Yo‘q.
— Qatiq buyuring!
Oybodoq qatiq keltirguncha Kumush yana jomga intildi. Bir-ikki o‘qchib qusqandan
keyin, Otabekning qo‘lidag‘i suv bilan og‘zini chaydi va piyoladagi qatiqdan bir-ikki ho‘plab,
o‘zini yostiqqa tashladi. Harorati kuchlik, yurak urishi favqulodda tez edi. Otabek uning
manglayini qo‘li bilan bosib ushlagan edi, bir oz tinchigandek bo‘ldi. O‘zbek oyim
burchakda bola ko‘tarib o‘lturgan Zaynabdan chaqaloqni olib, uni jomni to‘kib kelishka
buyurdi. Otabekni manglayida turg‘an qo‘li qizib ketib, ikkinchi qo‘lini almashdirishg‘a
majbur bo‘ldi. Manglayida sovuqliq his etib Kumush ko‘zini ochdi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 29 Noyabr 2006, 07:55:47
— Ko‘nglingiz bosildimi?
Kumush javob o‘rnida yostiqdan qo‘zg‘aldi. Jom yo‘q edi. Otabek shoshib tokchadag‘i
xitoyi norin tovoqni oldi. Kumush qusdi. Bu gal qusuq boyag‘i qatiq aralash ko‘kimtil va
sarg‘imtil narsalar edi. Og‘zini chayg‘andan keyin Otabek qatiqni taklif qilg‘an edi, ichmadi
va o‘zini yostiqqa otdi...
Tabib keldi xabarini eshitib, Otabek jonlang‘andek bo‘ldi. Uy eshigiga jom ko‘tarib
kelgan Zaynab keyiniga qaytdi. O‘zbek oyim ham chaqaloqni ko‘tarib uydan chiqdi. Otabek
tabibning hurmatiga turishni unutib Kumushning manglayini bosqancha o‘lturar edi. Tabib
Otabekdan voqi’ani so‘rab bilgandan so‘ng Kumushning tomirini ko‘rib labini tishlab qoldi
va tovoqdag‘i qusuqni hidlab qaradi:
— Bu kun nima xo‘rak qilg‘an ekan?
— Atala.
— O‘sha taomdan bir oz qolg‘ani bormikin?
— Bor! — dedi Otabek va boya onasi ko‘rsatkan joydan kosani olib tabib qo‘lig‘a
berdi.Tabib kosadan barmog‘ig‘a bir oz elashdirib yaladi va darrav tuflab tashladi.
— Zahar ichibti!
Otabek sapchib ketdi, tusi qo‘rqunch holga kirgan edi...
— Bekor gap!
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 29 Noyabr 2006, 07:56:02
Tabib Otabekning hozirgi holatidan dahshatka keldi...
— Men hozir daf’i uchun doru yuboraman, — dedi va qo‘zg‘aldi. Otabek ham uning
bilan birgalashib o‘rnidan turdi:
— Zaharni kim beradi?
Nima deyishka ham hayron tabib:
— Man... man... o‘zingiz o‘ylab ko‘ring-chi... Man darrav doru yuboray, darrav ichiring,
tuzikmi? — dedi.
— Bildim, bildim! — dedi bechora Otabek. — Zay-nab, Zaynab, Zaynab... !
Yuboring, yuboring, darrav yuboring!
Tabib ketdi, Otabek telbalarcha yugurib Kumushning boshig‘a keldi, yuzini ochib
manglayini bosdi va o‘pdi... Kumush ko‘zini ochib kuch bilan so‘l qo‘lini erining yelkasiga
tashladi... Qo‘lida chaqaloq bilan O‘zbek oyim kirdi.
— Zaynabni chaqir, Zaynabni!
O‘zbek oyim tabib so‘zidan xabardor edi:
— Zaynab! Zaynab!
Zaynab yugurib uyga kirdi. Tusi murdadek oqarg‘an edi. Otabek Kumushni qo‘yib
yerdagi atalani oldi:
— Ich muni, ich !
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 29 Noyabr 2006, 07:56:14
Zaynab orqag‘a tislandi... Otabek kosani unga otdi... Zaynabning kiyimi atala bilan
belandi. Shuning ustiga dahlizdan Yusufbek hoji ko‘rindi.
— Ket , ket! Taloqsan, taloq!
«Taloq» so‘zini eshitkan Kumushning ko‘zi yarq etib ochilib, yana yumildi... Hoji
voqi’ani tabibdan eshitkan, shuning uchun hozirgi fojia’ sahnasidan ajablanib turmadi.
— Chiq, Zaynab, chiq! — dedi ul ham, — la’nat sendek xoting‘a!
Zaynab chetlanib uydan chiqdi... Hoji Kumushning boshig‘a kelib o‘lturdi. Otabek va
onasi oyog‘ ustida edilar, Kumushning ko‘zi yumiq, sochlari yuzi ustida parishon edi. Hoji
o‘z qo‘li bilan sochlarni tuzatib Kumushning ko‘kimtil tovlang‘an yuzini ko‘rdi va manglayini
bosdi...
— Oyim... Oyim!.. — dedi hoji. Kumush ko‘zini ochib besaranjom unga nazar tashladi
va tanib... qo‘zg‘almoqchi bo‘ldi.
— Qo‘zg‘almang, oyim... qo‘zg‘almang!
Kumushning ko‘z yoshisi chakkasidan oqib tushdi... Hoji ham o‘zini to‘xtatolmay,
Kumushning yoshini artib, boshini siladi:
— Xudo shifo berar, bolam!
Kumush jomga qo‘zg‘aldi, Otabek kelib qo‘ltiqladi, hoji ham uning boshini tutdi... Bu
gal qusuq qong‘a aylangan edi, burnidan ham bir necha tomchi qon oqdi... Qusub
yotg‘ach, ko‘zi yarqillab ochilib ketdi va tevaragiga betoqat qarandi:
— Oyi... dada... — so‘ngra, — begim, — deb ingrandi... Erining yuzini yuziga qo‘ydi,
uyalg‘ansumon ko‘zini yumdi...

* * *
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 29 Noyabr 2006, 07:56:21
Ertasi kun dafn marosimi bo‘ldi. Janozag‘a Toshkandning har bir mahallasidan deyarlik
kishilar ishtirok qildi. Faqat maqtulaning eng yaqinlarig‘ina bu tantanaga yetib kelalmadilar.
Bechora ona, bechora ota!..
Uchunchi kun ular ham kelib yetdilar... Ularning hozirgi holini tasvir etish mumkinmi?!
Yettinchi kun xatmi qur’on qilinib xalqg‘a osh berildi va shu munosabat bilan
chaqaloqqa «Yodgorbek» deb ism qo‘yildi.
Kumushning yaqinlarig‘ina emas, balki foji’adan xabardor bo‘lg‘an shaharning kattakichigi
Zaynabka beriladirgan jazoni erta-kech kutmakda edilar. Biroq foji’aning o‘ninchi
kunlarida Zaynabning jinni bo‘lib, ochiq ko‘yi ko‘chada yurgan xabari va og‘asi tomonidan
ushlanib kishanga soling‘an mojarosi eshitildi. Zaynabning jununi qozilar va tabiblar
tarafidan ham tasdiq etilgach, uning ustidagi jazo ko‘tarildi. Darhaqiqat, aqldan ozib
ko‘chalarda ochiq kezish va kishanga tushishning o‘zi ham Zaynab uchun kichkina jazo
hisoblanmas edi.
Foji’aning yigirmanchi kunida yana xatmi qur’on qilinib, butun yurtka osh berilgandan
so‘ng, bechora bolu paridan1 ayrilg‘anlar Marg‘ilong‘a qaytish harakatiga tushdilar.
Yodgorbek ham Oftob oyimning quchog‘ida ketmakchi, uning olib ketilishiga qarshi hech
kim yo‘q edi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 29 Noyabr 2006, 07:56:30
Eng keyingi vido’lashish kuni yetdi. Otabek, qutidor va Oftob oyim (...) qabristonining
ikki tup qurig‘an chinor yog‘ochi orasig‘a turg‘uzilg‘an yangi xishtin sag‘ana qarshisida
to‘xtadilar. Sag‘ananing o‘ng boshidag‘i toshdan o‘yib yasalg‘an lavha ko‘zga chaqilib turar
edi:
La ilaha illa-ollohu Muhammadu-rasul-ulloh
Hazihil markadul munavvaratu lil mazlumatil
mashhudati al-mag‘furati.
Kumushbibi binti Mirzakarim Marg‘inoniy, tarixi tavalludi 1248.
Vafoti 1269-yil hijriy, jumod-ul-avval.
Bu lavha bir dilporadan husn sanamiga yodgordir.
Bunda madfun kundash balosining namoyon bir qurbonidir.
Ayo charx, etding ortuq jabr bunyod,
Ko‘zim yoshlig‘, tilimda qoldi faryod.
Hayotim lolazoridin ayurding,
Yoqib jonim, kulim ko‘kka sovurding.
Bechora ona chidalmadi, qabrni quchog‘lab uvvos tortdi. Otabek ham qabr yonig‘a tiz
cho‘kib, ko‘z yoshisi bilan tuproqni loy qila berdi... Qutidor lavha qarshisida edi. Lavhani
o‘qub chiqgandan keyin ul ham piq-piq yig‘lab yubordi. Yarim soat chamasi shul holda
qoldilar.
Qur’on o‘qushg‘a hech kimda majol yo‘q edi.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 29 Noyabr 2006, 07:56:43
Qarshidag‘i binoga Yusufbek hoji tarafidan qo‘yilg‘an qori bularning holiga tushundi.
Sekin-sekin qorixonadan chiqib keldi va narida o‘lturib qur’on o‘qudi. Oftob oyimning nolasi
bosilsa ham, lekin ko‘z yoshisi tiyilmadi. Bir ulgina emas, anovlar ham shu holda edilar.
Fotiha tortilg‘andan so‘ng qutidor va Oftob oyim qorig‘a pul berdilar. Qori ketkandan keyin
har qaysilari o‘zlarini bosib alohida-alohida qur’on o‘qub bag‘ishladilar, so‘ngra ohistaohista
yo‘l olib qabr bilan vido’lashdilar. Go‘yo Kumush «mendan rozi bo‘ling!..» deb
onasig‘a xitob qilar, Oftob oyim orqasig‘a qaray-qaray yig‘lab kelar edi...
Otabek ularni uyga qo‘yib, qabr yonig‘a keldi va tuni bilan shunda qoldi. Erta bilan
Hasanali aravani qo‘shib tayyorlag‘an, mayda-chuyda aravaga tashilar edi. Eng keyinda
Oftob oyim Kumushning kiyimlari bilan Yodgorbekni ko‘tarib chiqdi, keyinroq Yusufbek hoji
bilan qutidor ko‘rindilar. Qutidor vidolashib aravaga chiqg‘anda ko‘cha tarafdan Otabek
kela berdi, kelib otning jilovini ushladi va ot ustiga mingan Hasanaliga — «tushing otdan!»
dedi. Hasanali otdan tushdi. Otabek irg‘ib otqa mindi va qutidordan so‘radi:
— Otni haydaymi?
Qutidor bilan hoji tushunisholmay bir-birlariga qarashdilar. Yo‘lakda turgan O‘zbek
oyim darbozadan mo‘ralab qo‘ydi. Qutidor indamagani uchun Otabek o‘zicha otni haydab
yubordi.
— Xayr!
— Xo‘sh!
Marg‘ilong‘a jo‘naydirg‘an Hasanali gangib ko‘cha-ning o‘rtasidan hojig‘a qaradi. Hoji
yo‘lakdagi oyimg‘a yer ostidan ko‘z qirini tashladi... Otabek ortig‘a qaramasdan aravani
haydar edi...
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 29 Noyabr 2006, 07:57:01
17. XOTIMA

Bir yildan so‘ng Otabek usta Alim bilan birga Toshkand keldi. Hoji va O‘zbek oyim og‘iz
ochib undan ranjiy olmadilar. Ul mehmonlar kabi edi. Na otasi va na onasi bilan ochilib
so‘zlashmadi. Usta Alim bilan bir hafta chamasi Toshkandda turib eng so‘ngg‘i kech yolg‘iz
ko‘yi Kumush qabri yonida bo‘ldi. Kecha oydin, qabriston tib-tinch, uzog‘roqdan qur’on
tovshi eshitilar edi. Ikki tub chinor butoqlarida qo‘nib o‘lturgan uch-to‘rtta boyqushlar, qabr
yonig‘a tizlangan Otabek va yuqori, quyi do‘mbaygan qabrlar bu tilovatka somi’ kabi edilar.
Qur’on oyatlari qabriston ichiga og‘ir ohangda oqar edi. Qabr yonig‘a tiz cho‘kkan yigitning
ko‘z yoshlari ham qur’on oyatlariga qo‘shilishib oqar edi. Birar soatdan keyin tilovat
to‘xtaldi. Otabek holsizlanib oyog‘ uzra turdi va orqasidag‘i yarim yalang‘och ko‘lagani
ko‘rib bir necha qadam qabr tomong‘a tislandi... Ko‘laga yaling‘an sumol unga yaqin yurib
keldi...
— Kim bu?
— Men Kumush!..
Otabek tovush egasini tanidi. Bu majnuna Zaynab edi.
— Ket mundan!
— Men Kumush! — dedi yana Zaynab, ammo ketmay iloji qolmadi. Zeroki dunyodag‘i
eng yaqin kishisi unga «ket!» amrini bergan edi. Zaynab orqasig‘a qaray-qaray Otabekdan
uzoqlashdi. Otabek qaytib unga qaramadi, qabr yonig‘a tiz cho‘kdi...
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 29 Noyabr 2006, 07:57:15
Ertasi kun O‘zbek oyim yig‘lay-yig‘lay Yodgorbek uchun tikdirgan kiyimlarini o‘g‘lig‘a
topshirdi. Otabek usta Alim bilan birga Marg‘ilong‘a jo‘nadi. Bundan so‘ng Otabek
Toshkandga qaytib kelmadi, bir necha qayta O‘zbek oyimning o‘zi Marg‘ilon borib keldi.
1277-nchi yilning kuz kezlarida bo‘lsa kerak, Yusuf-bek hoji Qanoatshodan1 bir xat
oldi. Qanoatsho Avliyo otadan yozar edi.
«O‘g‘lingiz Otabek yana bir kishi bilan bizning qo‘shunda edi. Olmaota ustidagi o‘rus
bilan to‘qunish-mamizda birinchi safimizni shu ikki yigit oldi va qahramonona urushib
shahid bo‘ldi. Men o‘z qo‘lim bilan ikkisini dafn etdim...»
Yusufbek hoji xatmi qur’on qilib yurtka osh berdi, O‘zbek oyim qora kiyib ta’ziya ochdi.

B i t d i
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: shoir 29 Noyabr 2006, 07:57:32
YOZG‘UCHIDAN

Keyingi Marg‘ilon borishimda yaqin o‘rtoqlardan Yodgorbek to‘g‘risini surishtirib bildim:
Yodgorbek ushbu asrning o‘n to‘qqiz va yigirmanchi ochliq yillari miyonasida vafot qilib,
undan ikki o‘g‘ul qolibdir. O‘g‘ullaridan bittasi bu kunda Marg‘ilonning mas’ul ishchilaridan
bo‘lib, ikkinchisi Farg‘ona bosmachilari orasida ekan. Bu kunda nomu nishonsiz, o‘luk-tirigi
ma’lum emas, deydilar.
Nom: Re: O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Noyabr 2009, 11:40:32
O'tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy

(http://www.ziyouz.com/images/books/utgan_kunlar.jpg) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=34)

Muallif: Abdulla Qodiriy
Hajmi: 684 Kb
Fayl tipi: pdf, zip
(http://www.ziyouz.com/components/com_remository/images/download_trans.gif) Saqlab olish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=34)
Online o'qish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=625.0)