forum.ziyouz.com

Kutubxona => Boshqa kitoblar => Mavzu boshlandi: Ansora 24 Oktyabr 2011, 14:01:33

Nom: "Quyosh qoraymas" ni tarjima qilyabman. O'qiganlar bormi?
Yuborildi: Ansora 24 Oktyabr 2011, 14:01:33
 :vsl3:

Navbatdagi asarimiz Oybekni "Quyosh qoraymas" romani. Roman 14 yilda yozib tugatilgan ekan. Ancha muncha varyantlari ham bor.

Bu asar menimcha Ruslar tarafidan unchalik tahrir qilinmagan, "Ulug' yo'l"da roman qahramoni, madrasa talabasi Umarali "men ateistman" deyishgacha borgan edi. Bu yerda har tugul Bektemir cho'chqa go'shtli kolbasani Rus askariga berib, "O'zbekni qonunida yo'q buni yeyish, sen ye" dedi...

Undan tashqari O'zbek askarlar: "Agar o'lsak, tirik qolganlar ko'mib, duo o'qisin",  deydi.

Siz o'qiganmisiz?

(Iltimos, bu mavzuda shaxsiy kamsitish tortishuvlar, o'lib ketgan insonlarni orqasidan har xil yomon gaplarni yozmaylik)
Nom: Re: "Quyosh qoraymas" ni tarjima qilyabman. O'qiganlar bormi?
Yuborildi: muxlisa 25 Oktyabr 2011, 10:16:12
Assalamu alaykum, Kapalak opa. Uzr, bir savolim bor edi. Tarjima qilishga asarlarni o'ziz tanlaysizmi, yoki sizga tanlab berishadimi?
Nom: Re: "Quyosh qoraymas" ni tarjima qilyabman. O'qiganlar bormi?
Yuborildi: Ansora 25 Oktyabr 2011, 12:37:36
Assalamu alaykum, Kapalak opa. Uzr, bir savolim bor edi. Tarjima qilishga asarlarni o'ziz tanlaysizmi, yoki sizga tanlab berishadimi?

Valaykum assalom. Hamma hayron bilaman, "Ulug' yo'l", "Qutlug' qon", endi esa- "Quyosh qoraymas". Bu romanlarni tarjima qilishimni sababi bir tanishimni doktorantura dissertatsiyasi mavzusi Oybek romanlari haqida edi. Men unga yordam beryabman.

Menga qolsa Said Ahmadni asarlarini tarjima qilish uchun tanlagan bo'lardim, balki nasib bo'lar- Turkiyada ham tanitish muhtaram yozuvchimiz va bebaho asarlarini.
Nom: Re: "Quyosh qoraymas" ni tarjima qilyabman. O'qiganlar bormi?
Yuborildi: Ansora 09 Noyabr 2011, 13:47:46
Asar 2. dunyo urusi haqida bo'lgani uchun, asosan urush sahnalari berilgan. Yozuvchimizni badiiy tasvirlariga hayron qolmay, borakalloh, demasdan iloj yo'q.

Nemislar tanklar, samolyotlar bilan biznikilarga hujum qilar ekan, kayfiyatim shunaqangi tushib ketadiki asti qo'yavering. Hech tarjima qilgim kelmadi, o'zimni majburlab, judayam sekin tarjima qildim o'sha yerlarini. Ayniqsa samolyotlarni "o'lim sochib" uchishlari meni judayam vahimaga tushirdi. O'zi Nemis kinolari bilan katta bo'lganim uchun yuragim hech chidamasdi bunday voqealarga.

O'sh kunlarda, "Qutlug' qon"", "Ulug' yo'l"lar ham yaxshi ekan-a, hech bo'lmasa bog'-rog', Gulnor, Yo'lchilar bor edi, dedim.

Lekin asta sekin bizni askarlar g'alaba qozona boshlagach tarjimalarim tezladi hartugul:)

Urush sahnalarini dahshat tasvirlagan roman o'qimoqchi bo'lganlarga bu romanni tavsiya etaman:)
Nom: Re: "Quyosh qoraymas" ni tarjima qilyabman. O'qiganlar bormi?
Yuborildi: Ansora 10 Dekabr 2011, 01:18:36
 :asl3:

Xayrli kech barchangizga.

Mana nihoyat ozgina oldin roman tarjimasini tugatdim.

Roman bilan birga yig'ladim, kuldim, ilgari o'qimaganim uchun o'zimga jahlim chiqdi.

Men aslida 2-dunyo urushi mavzusiga judayam qiziqaman. Yuraklarim zirqirab titrab tarjima qildim....

Fikrlarimni asta sekin yozib boraman inshalloh....

O'qimaganlar o'qisin...220 sahifa xolos:)
Nom: Re: "Quyosh qoraymas" ni tarjima qilyabman. O'qiganlar bormi?
Yuborildi: ibnUyayna 10 Dekabr 2011, 01:59:37
Man oqigan asarlari ichida eng yoqqanlaridan biri "Qutlug` qon".
Maza qilib oqigamman.
Ammo "Quyosh qoraymas" manga unchali yoqmagan.Boshidan 30-40 betcha oqigamman holos. :(
Nom: Re: "Quyosh qoraymas" ni tarjima qilyabman. O'qiganlar bormi?
Yuborildi: Ansora 10 Dekabr 2011, 02:02:45
Man oqigan asarlari ichida eng yoqqanlaridan biri "Qutlug` qon".
Maza qilib oqigamman.
Ammo "Quyosh qoraymas" manga unchali yoqmagan.Boshidan 30-40 betcha oqigamman holos. :(

Boshi zerikarli, lekin keyin shu darajada qiziqki berilib ketasiz. Xuddi urushda birga yurgandek. Onasi o'lgan qizni topib olgan sahnada yomon siqilib yigladim. Bektemir 4 yoshli qiz bilan fashistlardan qochib, 1 hafta yurganda judayam charchadim birga.

Oybek domlani adabiy mahoratlariga yana bir bor tasannolar aytdim. Bir urush shunchalik ta'sirli tasvirlanadi, dedim...
Nom: Re: "Quyosh qoraymas" ni tarjima qilyabman. O'qiganlar bormi?
Yuborildi: Arkmon 13 Dekabr 2011, 11:19:05
Xitoydagi Uyg'ur, O'zbek, Qozoq, Qirg'iz, Totor, Tojik, Tungoniy, Solur cho'chqa go'shti yemaymiz, Xitoy millati ham qistoshmaydi. eshtishimcha, markaziy Osiyodagi musulmon xalqlar Ruslarning qistoshi savabli cho'chqa go'shti yaydikan, kunimizdagi mustaqil markaziy Osiyo xalqlari cho'chqa go'shti yemas, dap bilattim, amma Qozoqistondan kalgan kishiler Xitoyda Xitoy oshxonasida avqatlinarkan! O'zbekiston, Tojikiston, Qirg'izistondagi qardoshlar cho'chqa go'shti yeya olmas dayman!
Nom: Re: "Quyosh qoraymas" ni tarjima qilyabman. O'qiganlar bormi?
Yuborildi: Arkmon 13 Dekabr 2011, 11:32:04
:vsl3:

Navbatdagi asarimiz Oybekni "Quyosh qoraymas" romani. Roman 14 yilda yozib tugatilgan ekan. Ancha muncha varyantlari ham bor.

Bu asar menimcha Ruslar tarafidan unchalik tahrir qilinmagan, "Ulug' yo'l"da roman qahramoni, madrasa talabasi Umarali "men ateistman" deyishgacha borgan edi. Bu yerda har tugul Bektemir cho'chqa go'shtli kolbasani Rus askariga berib, "O'zbekni qonunida yo'q buni yeyish, sen ye" dedi...

Undan tashqari O'zbek askarlar: "Agar o'lsak, tirik qolganlar ko'mib, duo o'qisin",  deydi.

Siz o'qiganmisiz?

(Iltimos, bu mavzuda shaxsiy kamsitish tortishuvlar, o'lib ketgan insonlarni orqasidan har xil yomon gaplarni yozmaylik)
Hurmati ziyoda  Kapalak afandi,  Xitoyda bu asar topilmaydi, man qoyardan topib o'qishim mumkin? yordam qilo olasizmi? Email: [email protected]
Nom: Re: "Quyosh qoraymas" ni tarjima qilyabman. O'qiganlar bormi?
Yuborildi: Ansora 13 Dekabr 2011, 13:23:07

Arkmon, Abdulaziz -moderatordan iltimos qilsak, balki forumga joylarlar...
Nom: Re: "Quyosh qoraymas" ni tarjima qilyabman. O'qiganlar bormi?
Yuborildi: Arkmon 13 Dekabr 2011, 20:33:09
O'zbek askarlar: "Agar o'lsak, tirik qolganlar ko'mib, duo o'qisin",  deydi.
(foshizmg'a jon tikkan shu urushta jon tasadduq qilgan O'zbek askarlar xotirisiga:

Yosh idik mushkul safarga otlonip chiqqonda biz,
Andi otga mingadak cho'ng bo'ldi ana navramiz.
Oz idik mushkul safarga otlonip chiqqonda biz ,
Andi cho'ng korovon otalduq qoldirip cho'llarda iz.
Qoldi iz cho'llar ora, gohi dovonlarda yana,
Qoldi ni-ni orslonlar dashti-cho'lda qabrasiz.
Qabrasiz qoldi demang, yulg'un qizorgan dolida,
Gul — chechakka purkanir tongla bahorda qabramiz.
Qoldi iz, qoldi manzil, qoldi uzoqda hammasi,
Chiqsa bo'ron, ko'chsa qumlar hem ko'milmas izimiz.
To'xtimos korovon yo'lidan garcha otlar bak o'ruq,
Topqusi hech bo'lmasa, bu izni bir kun navramiz, yo avramiz.
Nom: Re: "Quyosh qoraymas" ni tarjima qilyabman. O'qiganlar bormi?
Yuborildi: Arkmon 13 Dekabr 2011, 20:34:41
We started our journey which was too tough as we young,
Now grandsons grown up, war horses can be ridden on.
We were too few journey was hard at the very beginning,
Foot marks left on deserts, we’re now named a caravan.
Cross the desert, cover the tops, leaving footprints behind,
Many left unburied there, they were the men of the men!
Though unburied in open field with the bright red tamarisk,
Flowery graves will be made in a spring by freedom fan.
Footprints left, destiny left, all of them left in the past,
Either it winds or sand moves, won’t erase them, never can!
The caravan keeps going, though the horses week and hurt,
The footprints will be followed by grandsons or the great ones

Nom: Re: "Quyosh qoraymas" ni tarjima qilyabman. O'qiganlar bormi?
Yuborildi: Arkmon 13 Dekabr 2011, 20:41:18
http://player.56.com/v_NTg0MzAxNjA.swf
Nom: Javob: "Quyosh qoraymas" ni tarjima qilyabman. O'qiganlar bormi?
Yuborildi: Muxsiya 05 Iyun 2013, 17:17:36
Asarni saytimizdan ko'chirib olgandim. Lekin negadir ochilmayapti. Zipdan chiqardim pdf formatida ekan adobe reader dasturi bn ocha olmayapman. Xurwid Do'stmuhammadning "Qazo bo'lgan namoz" asarida ham xuddi wunday holat kuzatildi. Yoki bowqa dastur orqali ochiladimi?