ZiyoUz - Haqiqiy o'zbekona forum

Kutubxona => O'zbek adabiyoti => O'zbek nasri => Mavzu boshlandi: shoir 02 Sentyabr 2006, 06:34:52

Nom: Tohir Malik. Murdalar gapirmaydilar (qissa)
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 06:34:52
Murdalar gapirmaydilar (qissa)

(http://www.ziyouz.com/images/books/murdalar.jpg) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=45)

Muallif: Tohir Malik
Hajmi: 605 Kb
Fayl tipi: pdf, zip
(http://www.ziyouz.com/components/com_remository/images/download_trans.gif) Saqlab olish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=45)
Online o'qish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=630.0)
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 06:35:00
(http://www.ziyouz.com/rasmlar/books/murdalar.jpg)

MURDALAR GAPIRMAYDILAR

Bismillahir Rohmanir Rohiym
«...Ana o‘shalar hidoyatga zalolatni sotib olgandirlar. Va tijoratlari foyda keltirmadi hamda hidoyat topganlardan bo‘lmadilar. Ular misoli bir o‘t (mash’ala) yoquvchiga o‘xshaydilar. Olov endi atrofini yoritganida Olloh yorug‘likni ketkazib, ularni hech narsani ko‘rmaydigan holda zulmatlarda qoldiradi. Ular kar, soqov va ko‘rdirlar. Bas, ular hidoyatga qaytmaslar...»

(Baqara surasi, 16—18-oyatlar)

www.tohirmalik.com


MUALLIFDAN

Butun olamlar Parvardigori Ollohga behad hamd bo‘lsin va payg‘ambarlarning oxirgisi — sayyidimiz Muhammad alayhissalomga salovot va salomlar bo‘lsin.
Albatta, hamd Ollohga xosdir. Biz unga hamd aytamiz, Undan yordam so‘raymiz. Va Ollohdan nafsimizning yomonliklaridan panoh berishini so‘rab iltijo qilurmiz. Kimni Olloh hidoyat qilsa, uni adashtiruvchi yo‘q. Kimni Olloh adashtirsa, uni hidoyat qilguvchi yo‘qdur.
Eng ulug‘ so‘zlaru eng bilimli suhbatlar ham shubhasiz, Tangri-taologa shukrimizni keragicha ifoda eta olmaydi.
Yaratgan Robbimizga shukrlar bo‘lsinkim, siz — aziz nafis adabiyot muhiblari bilan yana dillashish nasib etyapti. Bu safar ham adashgan bandalar hayotidan ayanchli lavhani bayon etishni niyat qildim. Chunki bu sinovli dunyoda adashgan bandalar ko‘p. Ulug‘ va qudratli Robbimiz marhamat qilib derki: «Odamlarga ayollardan, bolalardan, to‘p-to‘p tillo va kumushdan, go‘zal otlardan, chorvadan, ekin-tikindan iborat shahvatlarning muhabbati ziynatlandi. Ular dunyo hayotining matohidir. Ollohning huzurida esa husnli qaytar joy bor». (Oli Imron surasi, 14-oyat).
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 06:35:15
Tafsirchi ulamolarning fikricha, «Shahvat» so‘zi urfda jinsga oid ma’noda ishlatilsa-da, aslida o‘zagi «ishtaha» so‘zidan olingan bo‘lib, ko‘ngil tusashi, xohlashini bildirar ekan. Shunga ko‘ra, oyati karimada insonning ayollarga, farzandlarga, boylikka ishtahasi mavjudligi, ya’ni shu narsalarga muhabbati chiroyli tarzda ziynatlangani ta’kid etilmoqda. «Demak, bu muhabbat insonning asl tabiatida bor ekan. Bunday holatning bo‘lishi tabiiy bir hol ekan. Modomiki, ushbu rag‘batlar inson tabiatida bor ekan, Ollohning o‘zi insonni shunday yaratgan ekan, bu narsalar inson hayotini muhofaza qilishda, uning go‘zal va zavqli kechishida xizmat qilmog‘i lozim. Shuning uchun Islom dini mazkur narsalarni xarom qilgan emas, balki muboh qilgan. Bu narsalarni man’ qilishni emas, tartibga solishni yo‘lga qo‘ygan. Islom kishilarni tarbiya qilib, shahvat daryosida halok bo‘lmaslikka chaqiradi. Inson mazkur shahvatlarning quli bo‘lib qolmasligi kerak. Balki ularning hojasi bo‘lib, o‘z tasarrufiga olishi darkor.»1 Oyati karima «Ollohning huzurida esa husnli qaytar joy bor», deb yakunlanadi. Bu joy — jannati naimdir!
Moziyda o‘tgan valilardan biri «Dunyo — o‘tkinchi mehmonxonadir. Dunyodagi eng ulug‘ boylik — dunyoga, berilmaslikdir. Dunyoni afzal bilgan kishi zillatga, xorlikka hukm etilib, halok bo‘lur», degan ekan. Yana roviylar derlarki: dunyo yasatilgan kelinchakka o‘xshaydir. Ko‘zlar unga termulgan, qalblar unga mushtoq, nafslar esa unga oshiqdur. U makkor esa, barcha oshiqlarni shafqatsiz holda birma-bir halok qiladir. O’ayotdagi tiriklar o‘lganlardan, keyingilar oldingilardan ibrat olmaslar...
Hisob-kitob qilinmasdan burun nafsini tiygan kishi yutadi. Nafsi bilan G’aflatda qolgan esa, zararga uchraydi.
g‘aflatda qolib nadomat chekkanlar qancha?
Qabriston bizga sukunat olami bo‘lib ko‘rinadi. Aslida ohu-faryodlar o‘lkasidir! Biz bu faryodlarni eshitmaymiz, bilmaymiz. Shu bois biz mayyitlarning kechmishidan ibrat olmaymiz. Agar tinglay olganimizda edi...
«Murdalar gapirmaydilar», deymiz. Bizga shunday tuyular? Balki ular gapirarlar, biz eshitmasmiz? Eshitsakmi edi...
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 06:35:27
MUQADDIMA

Nafisani qarg’adilar:
— O’ynashi bilan yotgan ekan, sharmanda!
...sharmanda... sharmanda...
— So‘yib o‘ldiribdi. Xudoning o‘zi jazolabdi!
...o‘zi jazolabdi... jazolabdi...
Nafisaga achindilar:
— Tirnoqqa zor o‘tdi, bechora...
...bechora... bechora...
Sanjarni la’natladilar:
— Suyuqoyoqqa ilakishib yurgan ekan, yigit o‘lgur!
...yigit o‘lgur... yigit o‘lgur...
— To‘rt bolasi ko‘ziga ko‘rinmabdi-da, haromxo‘rga!
... haromxo‘rga... haromxo‘rga...
Sanjarga achindilar:
— Qo‘y og‘zidan cho‘p olmagan bola edi, bechora!
...bechora... bechora...
— O’zi pokiza edi, shayton yo‘ldan urgan!
...pokiza edi... shayton yo‘ldan urmagan... urmagan...
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 06:35:35
Ikki murda o‘likxonada tekshiruvchilarning o‘tkir tig‘ini kutib yotibdi. Hademay o‘tkir tig‘ ularning qorni, ko‘kragi, boshini yoradi. O’lik hujayralarda yashiringan haqiqatni o‘qimoqchi bo‘lganday titkilashadi. So‘ng, yorilgan yerlarini tikib, murdalarni egalariga beradilar.
Nima uchun o‘lim topganlaridan bexabar qolgan ikki odam esa, qiyomatni kutib yotmog‘i uchun qorong‘u lahadga qo‘yiladi.
So‘ng pichir-pichirlar:
«Xotinlarga aralashadigan odati yo‘q edi-ku?..»
«G’arko‘z edi bu juvon...»
«Kim o‘ldirgan ekan?»
«Eri avval ham bir-ikki ushlab, kechirgan ekan. Lalaygan bir erkak-da! Bu safar chidolmabdi, boyaqish...»
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 06:35:57
Birinchi bayon: yashash huquqi

ARRALANGAN DARAXT

O’zini osmon tirgovichi, deb faraz qiluvchi kekkaygan daraxt jazosini arra berdi: u o‘zidan oldingi og‘ochlar qismatiga yetdi — jon tomiri uzilib, yerga uzala tushdi.
Tursunali bu manzarani dastlab ko‘rganida o‘zining kechmishini shu daraxt qismatiga o‘xshatgan edi. Uning qaddi ham shu og‘och kabi adl edi. U makon topgan daraxtzor, nazarida dahlsiz edi. Bu daraxtzorda istaganicha quyoshdan nur emishi, huzurlanib chayqalishi mumkin edi. Tomirlari toboro kuchliroq qudrat kasb etib borardi. Ammo kutilmaganda uning daraxtzoriga bolta oraladi: bir chekkadan chopa boshladi. Navbat o‘ziga yetganida unutilayotgan rivoyatni esladi. Emishki, bir o‘rmonda bolta paydo bo‘lib, daraxtlarga qirg‘in keltiribdi. Og‘ochlar unga qarshi chora topolmay, qari Emandan maslahat so‘rashibdi. «Bolta deganlaring nima o‘zi? U nimadan ishlangan?» deb so‘rabdi Eman. «Bolta — temirdan yasalgan bir matohdir», deb javob beribdilar. «O’zi-ku, temir ekan, dastasi-chi? Dastasi ham temirdanmi?» deb so‘rabdi Eman. «Yo‘q,— debdilar, — dastasi — og‘ochdan, o‘zimizdan». «Dastasi o‘zimizdan bo‘lsa, unga chora yo‘q», degan ekan Eman.
Tursunali makon topgan «daraxtzorda» «bolta» paydo bo‘lishi bilan unga dasta bo‘lishga oshiquvchilar ko‘paydi. Oqibatda Tursunalining ildizlari chopildi-yu, sovxoz direktorligidan raykom sarkotibligiga o‘taman, deb niyat qilib turgan odam egniga mahbuslarning paxtalik kalta choponini kiyib, uzoq sovuq o‘lkadagi daraxt kesuvchilar safida o‘zini ko‘rdi. Uyqusiz kechalarda bu baloga mubtalo bo‘lish sabablarini ko‘p o‘yladi. Tuzini yeb tuzlig‘iga tupurganlarni la’natladi. Do‘st libosidagi ilonlar boshini birma-bir yanchishni diliga tugdi.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 06:36:05
Xudoning qarg‘ishi tekkan bu joylarga kelgunicha bo‘lgan o‘tmish kunlarini eslasa, ko‘z oldini zulumot pardasi qoplayveradi. Bu zulumotni gohi-gohida faqatgina bir nur yoritardi. Bu nur Nafisaning chehrasidan taralardi. Shunday paytda Nafisaning dimog‘idan taralgan iliq nafas unga tiriklik shuurini berardi. Azobli kechalarda ham farzandlarining onasi, halol juftiga nisbatan shu Nafisani ko‘proq o‘ylardi, uni qo‘msardi. Bunga ba’zan o‘zi ham ajablanardi. «Nima bu? Shunchalik qattiq sevarmidim?» deb o‘ylardi. Tursunali shahvoniy hirs bilan sevgi farqini ajrata oluvchi aqlga ega emasdi. Buni sinamoq uchun Nafisaga nisbatan yoshroq, go‘zalroq, ishvalari shirinroq qiz ro‘para qilinsa, bas. U «sevgi» deb o‘ylab yurgan tuyg‘u o‘lardi-qolardi. Hozircha, Nafisaning birinchi tunda shivirlab aytgan «Munchalar yaxshi ekansiz», degan gapi qulog‘i ostida turibdi. O’zga iliq nafas bilan aytilishi mumkin bo‘lgan shunday so‘z o‘tmish totli kechalar yuziga qora parda tortmog‘i tayin. «Ahmoq bo‘lib shu juvonga ilakishib yurgan ekanman. Dunyoning lazzati bu yoqda ekan-ku? demog‘i ham aniq edi...
Ammo hozir, u bularni o‘ylamaydi, orzu qilmaydi. Uning dardi ham, niyati ham bir — tezroq bu o‘laksazordan qutulish! Qachon, qanday qutuladi, — bandasiga qorong‘i. Yurtida uning uchun kuyib-eladigan, pul sarf qilib ozodlikka chiqarish uchun tashvish chekadigan odami yo‘q. Demak, yana o‘n to‘rt yil mahbuslik libosida yurmog‘i rostga o‘xshab turibdi.
Tursunali ana shu og‘ir dard tog‘ini yelkasiga ortgan holda o‘ringa cho‘ziladi, sahar chog‘i shu yuk bilan qaddini rostlaydi. Ba’zi erkaklar yig‘laydilar. Ba’zilari dardlarini aytib, hasrat qiladilar. Tursunali dardini kimga aytsin, kimga yig‘lasin, kimga hasrat dasturxonini ochsin?!.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 06:36:12
Bir yigit kelib edi. Istarali bu yigitning pokiza odam ekanini yuzidan yog‘ilib turgan nur oshkor etib turardi. Tursunali «Bu yigitni menga Yaratganning o‘zi yetkazdi», deb quvongan edi. Bugun bu quvonch ham balchiqqa qorishadiganga o‘xshab turibdi. Tursunali shu havotirda daryo tomonga qarab-qarab qo‘yadi. Yigitni sohildagi qo‘lbola chayla tomonga boshlab ketganlar. Bu yerga kelgan kunining yo uchinchi, yo to‘rtinchi kuni Tursunali ham shu chayladagi suhbatga chorlangan edi. O’shanda qo‘liga bolta olib, arralab yiqitilgan daraxt shoxlarini endi butay boshlagan edi. Pachoqburun bir mahbus yaqinlashib, he yo‘q, be yo‘q:
— Ey, chuchmek, yur bu yoqqa! — deb buyurdi.
Tursunali u damda osiyoliklarning «chuchmek» deb atalishini bilmas edi. Shu sababli murojaat kimga qaratilganini anglamay:
— Menga aytyapsizmi? — deb so‘radi.
Pachoqburun hech bir takallufsiz Tursunali tomon chirt etib tupurdi-da, labini kafti bilan artdi:
— Senga aytyapman! — deb to‘ng‘illadi.
Chakalak orasidagi yolg‘izoyoq yo‘ldan borayotganida Tursunalining yuragiga vahm oraladi. U qamoq lagerlaridagi odam o‘ldirishlar haqida eshitgan edi. Bu Pachoqburunning so‘xtasi bunchalar sovuq bo‘lmasa! Onasidan tug‘iliboq odamxo‘rlikni kasb qilib olganini basharasining o‘ziyoq aytib turibdi. Ana shu bashara Tursunalini qo‘rquvga soldi. Agar hozir unga «bu odam qotil emas, qulfbuzarlarning ustasi», deb haq gap aytilsa ham ishonmagan bo‘lardi.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 06:36:19
«O’ldirgani olib ketyaptimi?» deb o‘yladi Tursunali. So‘ng «Nimaga o‘ldiradi? Endigina kelgan bo‘lsam?..» deb o‘ziga o‘zi tasalli berdi. Qamalganidan beri mutelik jandasini egniga ilib, soqchi «yur» deb buyurganda yurib, «o‘tir!» desa o‘tirib, «qo‘lingni orqaga qil», desa qo‘lni orqaga bog‘lab turishga ko‘nikib qolgan Tursunali bu safar ham yuvvosh qo‘y kabi «qassob» — Pachoqburunning yetovida yurib borardi. Tursunalidan qo‘y ham tuzuk. Qo‘y qassobni ko‘rganida ma’rab qo‘yadi. Tursunali esa, aqalli bir og‘iz gap aytishga ojiz.
Chakalakzordan o‘tib, daryo sohiliga chiqishdi. Shoxshabbalardan yasalgan qo‘lbola chaylaga yaqinlashganda Pachoqburun orqasiga o‘girilib:
— Shu yerda to‘xta! — deb buyurdi.
«Yuvvosh soqov qo‘y» amrga itoat etdi.
Hali quyosh ko‘tarilib, borliqni ilita olmagan bo‘lsa-da, chayla xojalaridan ikki kishi yarim yalang‘och holda o‘tirib tamaddi qilishardi. Pachoqburun ularga yaqin borib, buyruq ado etilganini ma’lum qilgach, hojalardan biri Tursunali tomon qarab qo‘ydi-yu indamay lunjidagi taomni chaynayverdi. Pachoqburun u yerda, Tursunali esa yigirma qadam berida xoda yutganday tik turib, ularning taomdan bo‘shashlarini kutdilar. Nihoyat, qorin to‘yib, nafs orom olgach, yaqinlashmoqqa ijozat bo‘ldi.
Tursunali ulardan birini tanidi: u ichki qo‘shinlar mayori kiyimida yuradigan, oshxonadagi tartibni kuzatuvchi odam edi. Rezina tayog‘ini ko‘z-ko‘z qilib, o‘ynatib yuruvchi bu mayor tartib buzuvchining gardaniga ayamay urib qolardi. Qo‘li qichib turgan bo‘lsa-yu, tartib buzilmasa, sho‘rvasini xo‘rillatib ichayotgan odamning ham gardaniga tushirib qolishdan toymasdi. Mayor oshxonada kimning yoniga yaqinlashsa, o‘sha odam iloji bo‘lsa, ovqatni chaynamayoq yutishga harakat qilardi. Chaynalmagan ovqatni oshqozon hazm qilib yuborar, ammo gardanning rezina tayoq zarbini hazm qilishi qiyinroq edi.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 06:36:26
Tursunali yaqinlashgach, mayor o‘rnidan turib, ikki qadam naridagi ko‘katlar ustiga tashlangan kiyimlar yonidan tayog‘ini olib, chap kaftiga urib qo‘ydi-da, uning orqasiga o‘tdi.
«Uradi shekilli?» deb o‘yladi Tursunali. Orqadan zarb kutgani uchun u beixtiyor bukchaydi. O’tirgan odam uning bu holatini ko‘rib kuldi-da:
— Qo‘rqma, urmaydi, — deb ovutdi.
Bu odamning kulishi o‘ziga yarashardi. Timqora ko‘zlari Pachoqburunniki yoki orqada turgan malla ma-yorniki kabi yovuzlik bilan boqmasdi. Qaldirg‘och mo‘y-labi ham o‘ziga yarashgan edi. Shu sababli Tursunali uni mahbus emas, shu yerning kattalaridan deb o‘yladi.
— Men — Tengizman, o‘tir, bugun sen menga qo‘noqsan.
Bu ismni eshitib, Tursunali ajablandi. Chunki u kelgan kuniyoq yotoqdagi qo‘shinisidan «Bu yerning asl xo‘jayini polkovnik emas, ashaddiy o‘g‘riboshi Tengiz bo‘ladi», degan gapni eshitgandi. «Tengiz» deganlari umri qamoqda o‘tgan, Pachoqburun kabi xunukbashara keksa odam deb o‘ylagan edi. O’zidan yoshroq bir yigitning «Men — Tengizman», deyishi shu sababli ham uni ajablantirdi.
— Gapimni eshitdingmi? Kel, o‘tir.
Tursunali itoat bilan, huddi qaynonasinikiga birinchi marta kelgan uyatchan kuyov kabi o‘tirdi. «Ol, ye», degan taklifni o‘rinlatib bajarolmadi. Bir-ikki tishlam non yeb, maydalangan go‘shtga qo‘l uzatmadi. Yegisi kelib turgan bo‘lsa ham, ko‘ngli tortmadi. Qamalguniga qadar ovqatlarning sarasini yeb o‘rgangan odam das-turxon ustidagilarni sarqit deb bilib, irgandi. Mehmonga kechikibroq borsa, darhol dasturxon yangilanardi... Endi o‘sha kunlarning sadag‘asi ketsa arziydi...
   
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 06:36:34
Har bir harakatini diqqat bilan kuzatib o‘tirgan Tengiz nafsni yengishga nima sabab bo‘layotganini sezdi:
— Hazar qilyapsanmi? Nega yemayapsan?
— Hazar qilayotganim yo‘q. Qornim to‘q.
— Hozircha yangisan. Yana uch-to‘rt oy o‘tsin, birov chaynab tashlagan chandirni ham ko‘zingga surtib yeydigan bo‘lib qolasan. Sen menga qo‘noqsan. Ol, ye! Meni ranjitma!
Avvalgi taklif endi buyruqqa aylangach, Tursunali beixtiyor go‘shtga qo‘l uzatdi. Bu buyruqdan so‘ng «qorni to‘q odam» dasturxonni yamlab yutayozdi. U ovqatlanib bo‘lgach, Tengiz dasturxonning bir uchini qayirib yopdi-da, Pachoqburunga qaradi. Buyruqqa mahtal turgan mulozim bu qarashning ma’nosini uqib, dasturxonni yig‘ib oldi-yu, nari ketdi. Tengiz mayorga ham bir qarash qilgan edi, u kiyimlarini qo‘ltiqlab, chayla ortiga o‘tdi.
— To‘xtaev, gap bunday, — dedi Tengiz holi qolishgach.
«Mening familiyamni qaerdan bila qoldi?» — deb ajablandi Tursunali. So‘ng «qamoq lageri boshlig‘idan ustunroq mavqedagi odamga shuni bilish qiyin ekanmi?» deb qo‘ydi.
— Sen albatta tuhmat bilan qamalgan bo‘lishing kerak, a?
Qora bulut choki so‘kilib, birdan quyosh charaqlaganday bo‘ldi: Tengiz Tursunalining ko‘nglidagi gapni topib aytgan edi.
— Ha, tuhmat bilan qamashdi, — dedi Tursunali yutinib.
— Bu yerdagilarning hammasi o‘zini passajir1 deb hisoblaydi. Seni bu yerga tuhmat boshlab kelmagan. Hasislik qilgansan. Pupkarlarni vaqtida moylash kerak edi.
— Kimni?
— Milisani! Nima, bunaqa so‘zlarga tushunmaysanmi?
— Ularni... rosa moylaganman. Bekorga yeb ketishdi.
   
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 06:36:43
— Yetarli moylamagansan. Molning chanqog‘ini tomizg‘ichdagi tomchi suvlar bilan qondirib bo‘ladimi?
— Bizning ish Maskovning qo‘lida edi. Ularni chelaklab ham sug‘orib bo‘lmas ekan.
— Bo‘lmaydigan ish yo‘q bu dunyoda, To‘xtaev! Nima uchun Moskva senlarga yopishdi, bilasanmi?
— Yo‘q, bilmayman.
— Otam rahmatli aytib berardilar. Urush mahalida ikkita o‘zbekka bitta miltiq berisharkan. «Bittang o‘lsang, ikkinching olib otaverasan», deyisharkan. Otalaring shunga ham ko‘nishavergan. Senlar ham otalaringga o‘xshagan laqmasanlar. Ahil emassanlar. Bir-birlaringni sotishni yaxshi ko‘rasanlar. Kozyol2 ham ko‘proq senlardan chiqadi. Senga o‘xshagan sovxoz direktori boshqa yerda yo‘qmi? Muttaham, poraxo‘r hamma yerda to‘lib yotibdi. Bunaqalar Armanistonda yo‘qmi? Be, senlardan ko‘ra ko‘proq u yerda. Lekin Gobelyan u yoqqa bormaydi. O’zinikiga tegmaydi. Senlarning yarmingni qirib tashlasa ham g‘ing demaysanda. Qani, Gorbach armanilarga tegib ko‘rsin-chi! Moskvangning oyog‘ini osmondan qilib yuborishadi. Senlar esa... — Tengiz hafsalasi pir bo‘lib qo‘l siltadi. — Senlar mishiqlaringni oqizib, «tuhmatdan qamaldim», deb yig‘lab yuraverasanlar. Endi gap shu, bilmasang bilib ol: men — o‘g‘riman! Ochiqda yurganingda mendag‘alardan nafratlarding, a?
— Yo‘q... nega?
— Talmovsirama. Biz — o‘g‘rilar, senlarning nazarlaringda eng pastkash odamlarmiz. Aslida esa, senlar pastkashsanlar. Biz o‘g‘rimiz, bu bilan faxrlanamiz. Bilib qo‘y: eng halol odamlar bizlarmiz. Shuning uchun ham odamlar taqdirini hal qilish huquqiga faqatgina bizlar egamiz. «Chestnyaga» degan so‘zni eshitganmisan? Ana o‘shalar bizlarmiz. Bizda halollikdan bir enlik ham nari-beri chekinilmaydi. Do‘stga xiyonat yo‘q. Kim bunga jur’at etsa — boshi ketadi. Senlarda halollik bormi? Sadoqat bormi? Yo‘q! Hech narsa yo‘q! Oldingda ikki yo‘l bor: agar tirik qolsang, o‘n to‘rt yildan keyin uyingga borasan. Umring qisqa bo‘lsa, shu yerda o‘lib ketasan. Bilib qo‘y, bu yerlarda ilonlar ko‘p. Bir chaqishda o‘ldiradi. Agar xizmatimizni bekamu ko‘st qilsang, seni ilonlardan o‘zimiz qo‘riqlaymiz.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 06:36:53
— Nima xizmat buyursangiz... tayyorman!
— Nima balo, pionermisan, doim tayyorman, deysan? Sen o‘ylab, shoshilmay javob ber.
— Shoshilsam-shoshilmasam, menga suyanadigan bir tog‘ kerak-ku?
— Tog‘, dedingmi? Yaxshi aytding. Sen suyanadigan tog‘ bor. Ammo... — Tengiz jilmaydi. Bu jilmayish avvalgiday beg‘ubor emas, balki ayyorlik yeli bor edi unda. — Ammo, suyanish uchun tog‘ haqini to‘lashing kerak. Ochiqlikda har oy maosh olardingmi? Ha, olarding. Xuddi shunga o‘xshab, suyanadigan tog‘ haqini har oyda to‘lab turasan. Sen bugun biksa1ngga bir malyava2 yozasan. Har oyda pul yuborib turadi.
— Pul? Qanchadan?
— Buni xat olib borgan odam aytadi.
— Pulni bu yoqqa yuboradimi?
— Bu sening ishing emas. Pulni bizga tegishli odam borib oladi. Agar shartimizni bajarmasang, avvaliga tramvayga qo‘yamiz. Keyin bespredelùik3ning ermagiga topshiramiz.
Ertalabki mehmondorchilik ana shunday «shartnomani imzolash» bilan yakunlandi. Shart bajarilmagan taqdirda Tursunali o‘zini qanday jazo kutishini kech yotar mahalida bildi. O’toq qo‘shnisidan «tramvayga qo‘yish» nima ekanini so‘rab, «seni hammomga olib kirib, yigirma-o‘ttiztasi galma-gal «gaplashib» chiqsa — tramvay bo‘ladi», degan javobni olganida badani muzlab ketdi.
Hozir, chayla tomonga qarab turgan choqda ham shu tadbir esiga tushib, bir seskandi.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 06:37:01
Kecha lagerga olib kelingan yigit Tursunaliga xush yoqib, «mening haloskorim shu», deb o‘ylagan edi. O’shi yigirma beshni qoralagan bu yigit o‘zini Nuriddin deb tanishtirdi. Besh yil muqaddam qamoqqa solingan Nuriddin uchun bu yer uchinchi lager edi. Bu yerga kelguniga qadar avval Ukraina, so‘ng Turkmaniston qumliklarida pishgan bu yigit yana o‘n yil umrini shunday sarsonlikda o‘tkazmoqqa mahkum edi.
Nuriddinning darhol Tengiz suhbatiga chorlanishi qamoqxona olami qonunlaridan uzoq bo‘lgan Tursunali uchun tushunarsiz edi.
Tengiz Nuriddinni dasturxonga taklif etmadi — tog‘liklar odatiga sodiq qolmay, mehmonni izzat qilmadi. Bir necha daqiqa tik turgan holda gaplashishgach, chayladan baquvvat yigit chiqdi-yu, olishuv boshlanib ketdi. Tepadan kuzatib turgan Tursunali yigitga achindi. Boltani ko‘tarib yugurgisi, uni himoya qilgisi keldi. Ammo bu xohish chaqmoq umri kabi qisqa edi. Xohish chaqmog‘i so‘nib, joni ko‘ziga ko‘ringach, o‘zini tiydi.
— Hay Chuchmek! Sen uchun men ishlaymanmi?
Bu ovoz Tursunalini hushiga keltirdi. Chayla tomonga boshqa qaramay, daraxt shoxlarini butay ketdi.
Pastda nima voqea yuz berganini o‘ng qoshi yorilgan, chap bilagi tilingan, badani musht va tepki zarblaridan mo‘mataloq bo‘lgan Nuriddin yotar mahalida aytib berdi.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 06:37:16
«IMOM HAMZAT»

Bunday suhbatga chorlanish Nuriddin uchun yangilik emasdi.
Chakalakzordan o‘tib, sohilga yaqinlashganida chayladan Tengiz chiqdi. Pachoqburunning amri bilan Nuriddin beriroqda to‘xtadi. Tengiz uning ro‘parasida turib olib, boshdan-oyoq tikildi. So‘ng u tomon uch-to‘rt qadam qo‘ydi.
— Senga «esh-shak» deb laqab qo‘yishibdi. Nima uchun aynan «esh-shak»?
Nuriddin Tengiz tikilganida ko‘zlarini olib qochmadi. «Sendan qo‘rqadigan odam emasman», deganday tik boqqanicha turaverdi.
— Gapimga javob ber: nima uchun seni «esh-shak» deyishdi?
— O’zlariga o‘xshatishmoqchi bo‘lishgandir.
— Shunaqami? — Tengiz istehzoli jilmaydi. — Sen qaysar emishsanmi?
— Beayb Parvardigor.
— Shunaqami? — Tengiz unga yanada yaqinlashdi. — Sherigingni nima uchun otib tashlagan eding?
— Ablahligi uchun.
— Kofirligi uchun emasmi?
— Kofirning ham insoflisi, vijdonlisi bor. Kofirning ham o‘ziga yarasha e’tiqodi bo‘ladi. U kofir emas, ablah edi.
— Bublikni taniysan, a?
Tanimay-chi?! Nuriddin Turkmanistondagi lagerga kelganidan to ketgunicha u bilan it-mushuk bo‘lib yashadi. Qoshlarigacha qirib yuruvchi bu odamni hamma «Bublik» der, ko‘pchilik undan hayig‘ib yurardi. Nuriddin esa, unga «maymun» deb laqab berib, bo‘ysunishni istamagan edi.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 06:37:27
— Bublikni taniysan, — dedi Tengiz undan javob kutmay. — Bublik sendan xafa. Xizmatidan bo‘yin tovlabsan. Nega xizmatini qilmading?
— Men uning quli emasman.
— Qiziq... qiziq... sen yanglishma, esh... bola, kimdir kimgadir qul bo‘lishi kerak. Bu dunyo o‘zi shunaqa. Sening qullikdan o‘zga chorang yo‘q. Yo qul bo‘lib yashaysan, yoki o‘lasan!
— Odamning qulligi to‘g‘ri. Lekin siz ham yanglishmang. Odam faqat Yaratgangagina quldir. Banda bandaga qul bo‘lmaydi. Ayniqsa, musulmon kofirga qul bo‘lmaydi.
— Men Tengizman! Mening xizmatimni qilasanmi?
— Yo‘q.
— O’ylab javob ber.
— Bublikka nima javob qilsam, sizga ham javobim shu.
— Mendan qo‘rqmaysanmi?
— Nega qo‘rqishim kerak? — Nuriddin unga tik qaraganicha jilmaydi. — Siz meni urarsiz, nari borsa o‘ldirarsiz. Odamlar o‘limdan qo‘rqadilar. Ularning nodonligi ham shunda. Qo‘rqsa-qo‘rqmasa baribir o‘ladi-ku? Men o‘limdan qo‘rqmayman. Demak, sizdan ham qo‘rqmayman. Men faqat Ollohdan qo‘rqaman.
— Durustsan, bola! Ammo o‘limning har xili bo‘ladi. Yoshlikda o‘lib ketaverish alam qiladi. Men, masalan, hozir o‘lishni istamayman. Hali ko‘p yashashim kerak. Ko‘p odamlar bilan hisob-kitobim bor.
— Bu siz bilan mening istagimga qarab bo‘ladigan ish emas. Bu yog‘i taqdir yozug‘imizga bog‘liq. Lekin Xudo sizga uzoq umr berishi mumkin.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 06:37:39
— Nega? — Tengiz Nuriddinning gapidan chindan ham ajablandi.
— Ollohning va’dasi bor: ba’zi odamlar yanada ko‘proq gunoh qilib olishi uchun umrini uzoq qilar ekan.
Bu gap Tengizga yoqmadi:
— O’chir ovozingni! — deb jerkib berdi.
— Bu mening gaplarim emas...
— O’chir, deyapman! Menga qara, qaysarliging uchun senga «esh-shak» deb laqab berishgan. Xo‘sh, esh-shakligingcha qolasanmi yo biz aytgan yo‘lga yurasanmi?
— Siz aytgan yo‘lga yurmayman, ovora bo‘lmang.
— Unda o‘lasan.
— Buni Xudo biladi.
— Yaxshi, mardliging ham bor ekan. Mayli, seni itday xorlatib o‘ldirmayman, erkakday o‘lishing uchun imkoniyat yaratib beraman. Mening odamim bilan yakkama-yakka olishasan. Tanla: musht bilanmi yo tig‘ bilanmi?
— Tanlash huquqini sizlarga berdim. Odamingizning chog‘i nimaga kelsa, shunday olishsin.
— Katta ketma bola! Demak, bunday: avval musht bilan, keyin tig‘ bilan!
Raqibini pichoq bilan nobud qilguday bo‘lsa, boshiga balolar orttirishi mumkinligini bilgan Nuriddin tig‘ni rad etdi:
— Ikkala imkoniyatni odamingizga berdim. Men mushtimga ishonaman.
— Katta ketyapsan, bola! Bilib qo‘y: bu olishuvda faqat bitta odam tirik qoladi.
Tengiz shunday deb uch qadam chekindi-da:
— Bifshteks! — deb chaqirdi.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 06:37:46
Mushaklari o‘ynab turgan baland bo‘yli yigit hayallamadi. Harqanday raqibini qiymalab tashlashga qodir bo‘lgani uchun «Bifshteks» laqabini olgan bu yigit Tengizning birgina imosidan maqsadini anglab, jangga hozirlandi. Tengiz hali jang maydonini bo‘shatmay turib, keskin tarzda bir aylandi-da, raqibining jag‘ini mo‘l tepmoqchi bo‘ldi. Nuriddin garchi bu qadar tez hamlani kutmagan bo‘lsa-da, jangga shay edi. Shu bois jag‘ini tepki zarbiga ro‘para qilib qo‘ymadi. Keskin engashib, shu asnoda mushtini ishga solishga ulgurdi. Bifshteks kuchli zarbaga mo‘l havolatilgan oyog‘ini idora qilishga ulgurmay nozik yeridan musht yeb, bukchayib qoldi. Nafasi qaytib, ingrab yubordi. Nuriddin uning o‘ziga kelib olishini kutib, chekindi.
— Payti kelganda urib qol! — dedi Tengiz.
— Men nomard emasman, — dedi Nuriddin raqibidan ko‘z uzmay.
— Unda o‘zingdan ko‘r. U senga mehribonlik qilib o‘tirmaydi.
— Mehribonligiga zor emasman.
— Rostdan ham esh-shak ekansan! — Tengiz shunday deb sigaret tutatdi. So‘ng o‘zini hanuz o‘nglay olmayotgan mulozimining ketiga tepdi. — Bir mushtlik holing bormi, bundan ko‘ra o‘lganing yaxshimasmi? Bo‘ldimi, ketaversinmi?
— Yo‘-o‘q! Bu yerdan bitta odam ketadi. Men hozir uni qiymalab tashlayman. — Bifshteks shunday deb cho‘ntagidan buklama pichoq chiqarib, tugmachasini bosdi; dudama tig‘ oftobda yaltillab ketdi.
   
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 06:37:52
Nuriddin uchun bu birinchi olishuv emasdi. Shu sababli dovdirab qolmadi. Yengil harakat qilganicha Bifshteksni chalg‘itib, birin-sirin zarbalar bera boshladi. Faqat bir marta tig‘ uning chap bilagini tilib o‘tdi. Tilingan yerdan sizib chiqqan qonni ko‘rib, Bifshteks mamnun jilmaydi. Buni jon olg‘uvchi asosiy zarbaning debochasi deb o‘yladi. Ha, chindan ham bu asosiy zarbalarning boshlanmasi edi. Ammo zarbalarni u emas, Nuriddin berdi. Ketma-ket tepki zarbalari uning hayot-mamotini hal qildi: avval jag‘i sinib, iyagi uzilib, uchib ketay dedi. Keyingi tepki bo‘g‘zini pachoqladi. Nafasi bo‘g‘ildi. Ko‘ziga qon to‘lgan Nuriddin uning bu holini ko‘rmadi. Chaqqon sakradi-da, ikkala oyog‘i bilan uning ko‘kragini mo‘l tepdi. Tepish asnosida o‘zi ham chalqancha yiqilib, bir necha nafas hushini yo‘qotdi. Hushiga kelgach, tepasida pichoq sanchishga tayyor turgan Bifshteks paydo bo‘lishini kutdi. Sakrab turmoqchi edi, badani o‘ziga bo‘ysunmadi. Yana ikki-uch nafas behol yotib, so‘ng qaddini asta ko‘tardi. To‘rt-besh qadam narida uzala tushgan Bifshteksni, tiz cho‘kanicha uning bilagini ushlab ko‘rayotgan Pachoqburunni, uning tepasida sigaret tutatib turgan Tengizni ko‘rib, olishuv yakunlanganini fahmladi.
— O’libdimi? — dedi Tengiz, sigaret qoldig‘ini nari uloqtirib. — O’libdimi?! Nega baqaga o‘xshab angrayasan?
Pachoqburun tasdiq ishorasini qilib o‘rnidan turdi. Tengiz orqasiga o‘girilib, Nuriddin tomon yurdi.
— Ko‘rdingmi? O’libdi. Eng yaxshi odamimni o‘ldirding. Xo‘sh, endi nima qilamiz? Qolgan o‘n yilingni yigirma beshga aylantiramizmi? Yo menga qo‘shilasanmi?
Nuriddin o‘rnidan turib, labidagi qonni artdi.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 06:38:00
— Sizga qo‘shilsam, urishib o‘tirmas edim.
— Sen oliftagarchilik qilma, baribir sinasan.
— Sinishdan oldin o‘zimni o‘ldiraman.
Tengiz bir so‘kindi-da, o‘girilib, Pachoqburunga baqirdi:
— Nimaga lallayasan?! Ko‘tar, daryoga tashla. Kum1ga borib, Bifshteks qochdi, deb ayt. Keyin lepila2ni boshlab kel.
Qamoq lagerining tabibi muolija qilib ketgach, Tengiz Nuriddinni chaylaga boshladi. Eski gazetalardan iborat «dasturxon» usti betartib edi. Pachoqburun kirib, chala yeyilgan non-go‘shtlarni yig‘ishtirib chiqib ketgach, Tengiz alyumin krujkaga to‘latib aroq quydi-da, mehmonga uzatdi. Nuriddin uni olish uchun qo‘l ham uzatmadi.
— Ha, — dedi Tengiz, qoshlarini chimirib. — Hazar qilyapsanmi?
— Ichmayman, — dedi Nuriddin. So‘ng tarang vaziyatni yumshatish maqsadida qo‘shib qo‘ydi: — Shu paytgacha ichmaganman.
— Namoz o‘qiysanmi?
— Yo‘q.
— Unda menga o‘xshagan chala musulmon ekansan. Ichmaydigan odamlarni hurmat qilaman. Ichishni anavi to‘ng‘izlarga chiqargan. Bu nima, bilasanmi?
— Aroqni aytyapsizmi?
— Ha, sen bilan men buni aroq deymiz. Aslida bu bizning millatimizni qirib tashlovchi atom bomba. Bu enag‘arlar bizlarni qanday quritishni bilishgan. Sen bilan biz buning fahmiga bormay ichaveramiz, ichaveramiz. Ichib olib bolalarni tug‘diraveramiz. Borib-borib millat qirilib ketganini bilmay qolamiz. Senlar ko‘psanlar, uncha bilinmas balki. Ammo biz kammiz. Hademay qirilib bitamiz.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 06:38:07
— Siz... gruzinmisiz?
— Yo‘q... — Tengiz miyig‘ida kuldi: — Men — avarman! — Tengiz bu gapni iftixor bilan aytdi. — Avar degan xalq bor bu dunyoda, eshitganmisan?
Nuriddin eshitmagan edi. Bir oz xijolat bo‘lgani holda bu haqiqatni tan oldi.
— Sen meni gurjiga o‘xshatma. Ular Qofqazni sotishgan. Mening boboblarim esa qofqazimizni bu kofir to‘ng‘izlardan himoya qilgan. Imom Hamzat, imom Shomil, Hojimurodlarni eshitganmisan? Ha, eshitmagansan.
— Men... o‘qimaganman. Sakkizinchini bitirib, dalaga chiqib ketganman. Keyin harbiyga chaqirishib, Afg‘onga tashlashdi. Keyin bu yerlar... qo‘limga bitta kitob olib o‘qimaganman sira.
— Unda seni «esh-shak» deganlari to‘g‘ri ekan. Qaysarliging uchun emas, o‘qimaganing sababli esh-shaksan. O’qimagan odamning esh-shakdan nima farqi bor? Sen mening tariximni bilmaysan. O’zingnikini bilasanmi? Sening hamzatlaring, shomillaring bormi? Bilmaysan! Esh-shak ham o‘zining ota-bobolarini bilmaydi. Gaplarimga hayron bo‘lyapsanmi? «O’g‘ridan ham shunaqa gaplar chiqadimi?» deyapsanmi? Men o‘g‘ri bo‘lib tug‘ilmagan edim. Ota-bobom ham o‘g‘ri emasdi. Men o‘zimnikilarning ushog‘iga ham xiyonat qilmaganman. Men yerimga o‘g‘ri bo‘lib bosib kirganlarning mol-joniga qiron keltiraman. Men o‘g‘ri emas, qasoskor, xunxo‘rman! Ammo o‘g‘ri degan unvonni olganman. Men uchun qasosning o‘zgacha yo‘li yo‘q. Bilasanmi, men salkam oliy ma’lumotli faylasufman. Ha... meni to‘rtinchi kursdaligimda haydashgan. Leningradda o‘qirdim. Bir professor bor edi, — Tengiz shunday deb istehzoli jilmaydi. — Nikolay Aleksandrovich Sagoev degan. Qiziq, a? Ismi o‘rischa, nasabi tog‘liklarniki. Keyin bilsam asli Nazir Alievich Sagoev ekan. Tilimni tiyolmay o‘shanga bir kuni aytdim: «Muhtaram professor, mayli, o‘zingizning ismingizni o‘rischa qilibsiz, otangizning shunday chiroyli ismini nega o‘zgartirasiz? Sizda tog‘liklar nomusidan zarracha bormi?» dedim. U enag‘ar meni komsomol majlisiga qo‘ydi. Mening qaysarligim tutib, majlisda avarcha gapirdim. O’sha professorning o‘zi tarjima qilib turdi. O’ris deganlarning jazavalari tutganini ko‘rsang edi. Qo‘llaridan kelgani — meni komsomollaridan haydashdi.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 06:38:15
Shartta turib: «Men avarman! Avarligimcha o‘laman! Tupurdim senlarga!» dedim. Shu bahona bo‘lib o‘qishdan haydashdi. Keyin men bu «o‘qishga» kirdim. Birinchi qilgan ishim — Sagoevning uyini bosdim. Avar knyazlari ham unchalik boy bo‘lishmagandir. Tog‘lik yigitlarni o‘qishga kiritib qo‘yaman, deb tozza shilar edi u enag‘ar. Uyini shilib, qolgan-qutganini yoqib yubordim. O’n yil badalida ikki marta qo‘lga tushib, pishdim. O’n birinchi yili «qonundagi o‘g‘ri» martabasini berib, menga toj kiydirishdi. Endi bildingmi, kimligimni? Bu to‘ng‘izlar meni qul qilish uchun yerimga bostirib kirishgan edi. Endi ularning o‘zlari mening qulim. Bifshteksni o‘ldirganing uchun zarracha afsuslanmadim. Bu enag‘arlar qancha ko‘p o‘lsa, shuncha yaxshi. Sen esa... yashashing kerak! Men senga «Hamzat» deb nom beraman. Shomil bilan Hojimurod ham bizning qahramonlarimiz. Lekin men ularni uncha yaxshi ko‘rmayman. Ular oxiri sinishgan. O’risga taslim bo‘lishgan. Hamzat esa, sinish u yoqda tursin, hatto salgina egilmadi. Joynamozning ustida boshi uzildi. Senda ham shunga yaqin fazilat ko‘rdim. Shuning uchun senga mehrim tushdi. Shuning uchun bu gaplarni senga aytyapman. Ammo sen bola, qaysarligingni arzon bahoga sotar ekansan. Sen mayda-chuyda gaplardan ustun tur. Sen millat uchun sobit bo‘lishni o‘rgan. Shunga aqling yetadimi? Yo‘q, yetmaydi... Afsus, afsus, yetmaydi. Men o‘zbeklar orasida senga o‘xshagan mardini kam ko‘rganman. Senlarning sinishlaring oson. Sen bu yerlardan sinmaydigan odam bo‘lib chiq. Ko‘zlaringni ochib, odam bo‘lib chiq! Hamzat, bir kuni kelib gaplarimni eslaysan. Ana shunda bu o‘g‘ri unchalik ahmaq emas ekan, deb tan olasan.
Hayot-mamot olishuvi Nuriddin, endilikda Hamzat uchun kutilmagan hodisa edi. Qahrli o‘g‘rining bu gaplari esa, mutlaq kutilmagan hol bo‘ldi. Bu gaplarning mag‘zini chaqishga harakat qildi. Keyingi uchrashuvlarda yana shu haqda gap ochilarmikin, deb kutdi. Biroq, Tengiz qahrli o‘g‘riboshi libosini yechib, ochilib gaplashmadi. Faqat ancha keyin, nohush voqealar so‘ngida ajralar mahallarida «Sen mening himoyamdasan. Men o‘lsam, odamlarim himoya qiladilar. Sen o‘sha kungi gaplarimni unutmasang bo‘ldi: aslo sina ko‘rma!» deb ta’kidladi.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 06:38:26
«MURIK»

Qamoq olamining ikki tartib-intizomi bor. Birinchisiga huquq idoralari tartib berganlar. Bunisi qog‘ozga tushgan, muhrlangan. Unga ko‘p holda amal qilinmaydi. Ikkinchisi qog‘ozga yozilmagan, muhrlanmagan. Ammo unga bexato tarzda bo‘ysuniladi. Qonundagi o‘g‘rilar tomonidan joriy etilgan tartib-qoidalarning buzilishi ulug‘ bir fojia sanalib, buzg‘unchi kechirilmaydi.
Qamoqxonalar, lagerlar garchi simto‘siqlar bilan o‘ralib, qurolli soqchilar bilan qo‘riqlansa-da, o‘g‘rilar turli o‘lkalarga sochib yuborilgan bo‘lsa-da, ularni bir-birlariga bog‘lab turuvchi botiniy robita g‘oyat mustahkam edi. Belorussiyadagi lagerda bo‘layotgan gaplarni Moskvadagi generallardan avval Vorkutadagi mahbuslar eshitishardi. «Lager teletaypi» deb nomlanuvchi xabar xizmati bexato ishlardi. Generallar botiniy zanjir mavjudligini, uning har bir hal-qasini bilishsa-da, o‘zlarini bilmaganga olishardi. Halqalarni uzib tashlash qo‘llaridan kelsa-da, botina olishmas edi. Zero, ta’bir joiz bo‘lsa, o‘zlari ham shu zanjirning bir halqasi edilar.
Tartib etilgan qoidalarga ko‘ra, «lager teletaypi» Murikning bu tomonlarga kelishini o‘n besh kun avval ma’lum qilgan edi.
Daraxt kesiladigan joy o‘zgarib, daryo sohilidagi chayla ham ko‘chirilgan edi. Quyosh yoz fasliga xiyonat qilib, kuzning zaharli nafasi hukmini o‘tkaza boshlagani uchun chaylaga joylashgan «politbyuro»ning «shtab-kvartira»si barakka ko‘chirilgan edi. Bu yerlarning betayin havosi o‘zini namoyish etgan — ezib yoqqan yomg‘irdan so‘ng oz fursat yuz ochuvchi oftob badanga harorat berishga ulgura olmas ham edi. Mahbuslarni qiyratib tashlagan chivinlar kelgusi yozda uchrashish umidida issiq uyalariga kirib ketganlar. Chivinlar azobidan qutulgan mahbuslar uchun shu shilta ayozli mavsum a’loroq tuyular edi.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 06:38:34
Egniga paxtali kalta to‘n, boshiga telpakni qiyshaytirib kiyib olgan Tengiz nam tortgan xashak ustida uzala tushib yotganicha pinakka ketgan edi. Pachoqburun kirib, uning oromini buzdi.
— Nima deysan?— Tengiz esnab, qaddini ko‘tardi.
— Naxodkadan ksiva bor.
— O’qi, kimdan ekan?
— Garbuzdan.
— Garbuz? — Tengiz «kim ekan u?» deb o‘yladi. Har qancha tirishsa ham Garbuzning kim ekanini eslay olmadi. Uning xotirasi yaxshi edi. Bir ko‘rgan odamini, bir marta eshitgan ismni o‘n yildan keyin ham qiynalmay eslardi. Leningradda o‘qib yurgan kezlari u boshqa talabalar kabi daftar tutmas edi, mual-limlarning ma’ruzalarini yozmas edi, xotirasida saqlab qolardi. «Mening darsimni mensimaysan», deb da’vo qilgan muallimga Leninning «Falsafa daftari»dan bir necha sahifani yoddan aytib bergach, do‘stlari uni «tirik kompyuter» deb atay boshlagan edilar. Ana shunday mukammal xotira egasi Garbuzni eslay olmadi. Pachoqburun xatni o‘qiy boshlagach, masala oydinlashdi. Pachoqburunning faqat burni emas, bilimi ham pachoqqina edi. Beshinchi sinfda ikki yil sabot bilan o‘qigach, oltinchi sinfga bormay qo‘ya qolgandi. Rus alifbosidagi o‘ttiz uch harfning teng yarmidan ko‘prog‘ini, ya’ni naq o‘n yetti harfni erkin o‘qiy olish martabasiga yetgan bu «donish»ning o‘ziga o‘xshash bir o‘g‘ri qo‘li bilan yozilgan maktubini hij o‘qishini tasavvur qiling-u, Tengizning chidamiga qoyil qolavering. Ammo Tengiz ham temirdan emas. Uch-to‘rt jumla o‘qilguncha chidadi, so‘ng xatni Pachoqburunning qo‘lidan yulqib oldi. Katak daftar sahifasining bir burchi yirtilib, Pachoqburunning barmoqlari orasida qoldi. Xatga ko‘z yugurtirgan Tengizning yuragi battar siqildi. Bu odam qo‘li bilan yozilgan xatmi yoki siyohga botirib qog‘oz ustiga qo‘yib yuborilgan o‘rmon chumolisining izlarimi, buni eskpert aniqlab bermasa, oddiy odamning farqlashi qiyin edi. Tengiz unda-bunda harfni eslatuvchi belgilarni qo‘shib, bir amallab o‘qiy boshladi:
«O’g‘rilar omon bo‘lsin!
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 06:38:42
Salom, Tengiz, salom qorindoshim! Senga yetib ma’lum bo‘lsinkim, bu men — Oleg «Garbuz»man. Senga va Irkutsk tsentralidagi barcha o‘g‘rilarga, «politbyuro» a’zolariga, sizlarning yelkadoshlaringizga birodarlik salomlarim bo‘lsin! Qimmatbaho salomatliklar qalay? Xudo barchalaringizga uzoq yillar omonlik bersin.
Qorindoshlar, jondosh o‘g‘rilar, bizning Naxodkada mendan tashqari Valdemar «Olov», Boris «Shimol» ham bor. Biz uch o‘g‘rimiz, ammo haligacha birontamiz toj kiyish baxtiga muyassar bo‘lmaganmiz. Malyavamning dastlabki satrlaridayoq o‘z murodu maqsadimni bayon qila qolay: men siz mehribon o‘g‘rilarning biringizga uka, biringizga do‘st, ulug‘larga esa o‘g‘il yoki jiyan bo‘lib, mo‘‘tabar o‘g‘rilar oilasining teng a’zosi sifatida qatorlaringizga kirmoqlikni orzu qilyapman. Men bundan buyongi hayotimni o‘g‘rilik mehrobiga atadim. Bundan buyon siz mehribon zotlar bilan yelkama yelka turib, barcha dardu alamlarni birga totmoqqa, teng baham ko‘rmoqqa qaror qildim.
Qadrdonim Tengiz! Men qamoqda hali ko‘p o‘tiraman. O’g‘rilarning muqaddas oilasiga a’zo bo‘lsam, «qonundagi o‘g‘ri» tojiga lozim ko‘rilsam, balki qolgan umrimni ham qamoqda o‘tkazarman. Bu masalada sizlar nima iroda qilsangiz, shu bo‘ladi. Men ozodlikda yurganimda sizlar haqingizda ko‘p eshitganman. Sizlar tomonga intilganman. Biroq, sizlar bilan yuzma-yuz uchrashish baxti menga nasib etmadi. Xatimni o‘qib bo‘lgach, barcha kamchiligu gunohlarimni yozib yuborarsizlar. Sizlarning ko‘rsatmalaringizga amal qilib, bundan keyingi hayotim masalalarini o‘g‘rilar qoidasiga xilof qilmagan holda yechib borayin. Men qanday og‘ir kunlarda sizlarni bezovta qilayotganimni bilib turibman. Iltimosim qabul qilingan taqdirda ro‘paramda qanday mashaqqatlar turganini ham his etyapman. Bu satrlarni yozish ham menga oson bo‘lmadi. Bu xat o‘zimning hayotim xususidagi bir hukmdir. So‘nggi nafasimga qadar o‘g‘rilarning ulug‘ oilasiga sodiq qul bo‘lib xizmat qilaman. Agar u dunyoda ham o‘g‘rilik hayotini davom ettirish lozim bo‘lsa, u dunyoda ham faqat o‘g‘rilar oilasiga qulman.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 06:38:51
Aziz va qondosh o‘g‘rilar! Endi o‘zim haqimdagi ma’lumotni yozay: men tulalikman. Birinchi marta 1978 yil 2 mart kuni mashina o‘g‘irlash paytida qo‘lga tushib, olti yilga qamaldim. Bir yildan so‘ng o‘smirlar qamoq lageridan kattalarnikiga o‘tdim. Ikki yil Yaroslavlda o‘tirdim. So‘ng «Etap» bilan Lvovga yuborildim. Zekvagonda Seryoja «Oqqush» bilan tanishdim. U menga ko‘p narsalarni o‘rgatdi. Lvovda ekanimda o‘g‘rilar qurultoyi bo‘ldi. Sakson to‘rtinchi yilda ozodlikka chiqdim. O’n besh kundan so‘ng 212-moddaning uchinchi bandi bilan yana besh yil berishdi. Hali Tuladagi qamoqda ekanimda o‘g‘rilarning qurultoyi bo‘ldi. Vitya «Kalina», Sulton Chechen bilan shunda tanishdim. (Sultonni Xudo rahmat qilsin, yotgan yeri momiq bo‘lsin!) Sulton meni lagerdagi tartibga boshliq qilib ketdi. Ko‘p o‘tmay promzona komendanti o‘ldirilib, hamma yoq ag‘dar-to‘ntar bo‘ldi. Komendant zonada qanjiq-musorlarning qurultoyini o‘tkazmoqchi edi. Mening bo‘ynimga hech nima ilisha olmadi. Ammo Tverga borgach, yana bir yarim yilni bo‘ynimga ilishdi. Bu yerda boshqa o‘g‘rilar bo‘lmagani sababli sizlarinng birodaringiz Ostap «Janjal» bu yerdagi tartib-intizomni boshqarishni menga topshirdi. Bu ishonch men uchun katta baxt edi!
Uchinchi marta bankka hujum qilganimda qo‘lga tushib, mana shu yerda o‘tiribman.
Iltimosimga javobni sabrsizlik bilan kutaman.
Siz — eng mehribon, eng halol o‘g‘rilarga mustahkam sog‘liq va ozodlik tilayman.
Siz ulug‘ zotlarni g‘oyibona bir-bir bag‘riga bosuvchi tulalik Oleg «Garbuz». 26.08.1988. Naxodka.»
Tengiz xatni o‘qib bo‘lgunicha ko‘zlari tinib, gardanida og‘riq paydo bo‘ldi. Avval mijjalarini yengil uqalab, so‘ng gardanini siladi. «Bitxat bo‘lsa ham gaplarni topib yozarkan. Agar o‘zining kallasidan chiqarib yozgan bo‘lsa, ahmoqqa o‘xshamaydi, — deb o‘yladi Tengiz. — Lekin... Nima uchun shu paytgacha u haqda eshitmagan ekanman?» Tengiz shu xayol bilan Pachoqburunga qaradi. U buyruqqa mahtal holda somelik ila turardi.
— «Politbyuro»ni to‘pla.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 06:38:59
E’tiborli o‘g‘rilarni yarim soat ichida to‘plab kelish uchun Pachoqburunga shu qisqa buyruqning o‘zi kifoya qildi.
«Politbyuro» deganlari tojdor o‘g‘rilardan iborat kengash edi. Garchi Tengizning obro‘yi qamoq lageri boshlig‘idan ham balandroq bo‘lsa-da, ayrim masalalarda bu kengash hukmiga xilof ish ko‘rishga huquqi yo‘q edi.
Bifshteks o‘ldirilganidan beri «politbyuro» yig‘ilmagan edi. Ha, o‘shanda Tengiz bir adashdi. U aslida Nuriddinning adabini berib qo‘ymoqchi edi, so‘ng o‘zi tomon og‘dirmoqchi edi. Hirsday Bifshteksning bir tepki bilan o‘lib qolishi hayoliga ham kelmagan edi.
Lagerda Bifshteksning «qochgani» haqida xabar tarqalishi bilan Valera «Qo‘tos» deb laqab olgan «politbyuro oqsoqoli» Tengizni chaqirtirdi. Qo‘tos qolgan umrini qamoq lageriga bag‘ishlagan o‘g‘rilardan edi. U ozodlikka chiqishni istamasdi. Qamoq muddati nihoyasiga yetay deganda bir qiliq chiqarardi-yu, o‘zining ta’biri bilan aytilganda, «kurort mavsumi cho‘zilardi». Uning asosiy vazifasi — kelajakda ulug‘ o‘g‘ri bo‘lib yetishishi mumkin bo‘lgan yigitlarni aniqlab, tarbiyalash edi. Shu jihatdan qaralganda Nuriddinning tarbiyasi bilan avval «Qo‘tos» shug‘ullanishi lozim edi.
Qo‘tosning yo‘qlovi Tengiz uchun kutilmagan bo‘lmadi. Bugunmi-ertami baribir ro‘para bo‘lishini bilib, javoblarni tayyorlab qo‘ygan edi. Ammo Qo‘tosning belgilangan barakda yakka o‘zi emas, «politbyuro» a’zolari bilan birgalikda kutib olgani Tengiz uchun kutilmagan hol bo‘ldi. Xayoliga «nima bu, to‘ntarishmi?» degan fikr chaqmoq nuriday urildi-yu, o‘sha zahoti so‘ndi. Chunki Tengiz shunday bo‘lgan taqdirda ham og‘ir ahvolda qolmasligini bilardi. Bunga o‘xshash isyonlarning hisob-kitobini qilib qo‘ygani uchun xotirjamligini yo‘qotmadi.
Qofqazlik tojdor o‘g‘rilar bilan hazillashib bo‘lmasligini bilgan «politbyuro» a’zolarida Tengizga qarshi bir ish yuritish fikri yo‘q edi. Ular faqat Bifshteks taqdirini oydinlashtirib olmoqchi edilar.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 06:39:16
Tengiz ostona hatlashi bilan Qo‘tos o‘rnidan turdi-da, unga peshvoz chiqdi.
— Knyaz, sen xafa bo‘lma, favqulodda hol bizni to‘planishga majbur etdi, — dedi u, Tengizga qo‘l uzatib.
Qofqazlik tojdor o‘g‘rilar o‘zlarining kelib chiqishlarini mashhur knyazlarga bog‘laganliklari uchun asosiy laqablari qolib, hurmat yuzasidan ularga «knyaz» deb murojaat qilish o‘g‘rilar olamida odat tusiga kirgan edi. Bu odat barcha «knyaz»lar qatorida Tengizga ham yoqar edi. Yetti pushti oliymaqom xonadonga yo‘lamasa ham u o‘zini chinakam knyaz his qilardi. Qo‘tosning «knyaz» deb murojaat qilishi esa vaziyatning aytarli keskin emasligiga dalolat edi.
Tengiz yig‘ilganlar bilan birma-bir ko‘rishgach, to‘rga o‘tdi. Qo‘tos uning yoniga o‘tirdi. Tengiz sigaret tutatgach, Qo‘tosga yuzlandi:
— Nima bo‘ldi?
— Bizni Bifshteks qiziqtiryapti. U hamisha sening yoningda bo‘lardi?
— Ha, bo‘lardi, — dedi Tengiz xotirjam ravishda. So‘ng xuddi oddiy bir xabarni eslaganday qo‘shib qo‘ydi: — O’lmasidan ilgari...
— O’ldimi? — Qo‘tos ajablanib, to‘planganlarga qarab oldi. Ular ham hayratlarini yashirmay Tengizga tikilishdi. Lager hayotida birovni o‘ldirish, yoki itday o‘lib ketish aytarli ajablanarli hol emas. Tojdor o‘g‘rilarni hayratga solgan narsa — yaqin odamlarining o‘limi tafsilotidan vaqtida xabar topmaganlarida edi. Agar sheriklariga bu olamga begona kimsa qasd qilgan bo‘lsa, kechiktirmay jazolashlari shart. Tengiz ularning bu fikrini ham uqsa-da, javobga shoshilmadi. Sigaretni yana ikki-uch, chuqur-chuqur tortib, nafsini orom toptirgandan keyingina javob berdi:
— Ha, o‘ldi. Bir mishiqini eplay olmadi. Adabini berib qo‘y, devdim, bir tepkini ko‘tara olmay o‘ldi. Bola balo ekan.
— Kim? Sen uni o‘ldirdingmi? — Bu safar Qo‘tosning ovozida tahdid sezildi.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 06:39:24
— Ayb u bolada emas.
— Kimligini ayt bizga!
— Bilishga qiziqayotgan bo‘lsalaring aytaman: «Eshshak», Bublikka egilmagan bola.
— Uni menga qo‘yib berishing kerak edi?
— Bo‘lar ish bo‘ldi endi. Men sinab qo‘rdim — mard bola ekan. Yaxshilab tarbiya qilsang zo‘r o‘g‘ri chiqadi undan. Ammo u endi u «esh-shak» emas, nomi «Hamzat» bo‘ladi.
— Nega?
— Men shuni xohladim.
— Knyaz, sen haddingdan oshma! — Ukraina tomonlarda «Koshak» nomi bilan mashhur bo‘lgan o‘g‘ri Tengizning so‘zini dag‘allik bilan uzdi: — Sen musulmoningni himoya qilib, zo‘r yigitni o‘ldirtirib yubording!
Tengiz sigaretini tutatib, unga tutun orasidan ko‘zini sal qisibroq qaradi:
— Koshak, bilmasang bilib qo‘y: mening dinim ham, millatim ham — o‘g‘ri! Qo‘tos, sen bunga tushuntirib qo‘y. — Tengiz shunday deb o‘rnidan turdi. Ostonaga yetganida to‘xtab, orqasiga o‘girildi. — Koshak, bilib qo‘y, bu olamda faqat bittagina o‘g‘ri degan millat bor. Bu millat oldida boshqalari sariq chaqa. Agar shunga aqling yetmasa, sen o‘g‘ri emassan, mujiksan! — Tengiz eshikni bir tepib ochdi-da, tashqariga chiqdi. Uch-to‘rt qadam yurib, to‘xtadi. Uning fikricha, hozir ortidan Qo‘tos chiqib kelishi lozim edi — yanglishmadi.
— Knyaz, sen xafa bo‘lma. Koshakka yetadigan ahmoq bu dunyoda kam topiladi. Ahmoqona gaplarni ko‘p gapiradi-yu, ammo yuragi toza bola. Ko‘nglida kiri yo‘q. Sening nima uchun achchiqlanganingni tushunmay o‘tiribdi, u ahmoq! Tushunganidan so‘ng o‘zi kelib sendan kechirim so‘raydi.
— Xafa emasman,— Tengiz shunday deb jilmaydi,— oilamizga bir-ikkita shunaqa dovdir ham kerak. Bo‘lmasa, yashashning qizig‘i qolmaydi.
— To‘g‘ri aytasan. Unga shu yerlarda chidash mumkin. Ozodlikda bunga sherik bo‘lganning sho‘ri quriydi.
Qo‘tos to‘g‘ri aytgan edi — Koshak ikki kundan so‘ng Tengizdan uzr so‘radi. O’zining ham dunyoda yagona o‘g‘ri millatidan ekanini bayon qildi.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 06:39:35
Ana o‘sha voqeadan beri «politbyuro» endi rasmiy kengashga chorlangan edi. Oleg «Garbuz»ning iltimosnomasini o‘qishdan avvalroq Tengiz, «politbyuro»ni chaqirishni reja qilib qo‘ygan edi. Kecha oqshomda qo‘liga yetib kelgan bir xabar uni «politbyuro» bilan maslahatlashishga undagan edi.
«Politbyuro» to‘plangach, Tengiz o‘tirgan yerida ularga bir-bir qarab chiqdi.
— Knyazlarim, — garchi qofqazliklardan boshqalar bu nomga da’vo qilmasalar-da, Tengiz ularga bo‘lgan hurmatining baland ekanini bildirib qo‘yish uchun gapini shunday boshladi, — knyazlarim, bugun biz ikki muhim masalada yagona qarorga kelishimiz kerak.
Tengiz birinchi masala deb Oleg «Garbuz» iltimosini bayon qildi. U gapini tugatmayoq Koshak e’tiroz bildirdi:
— Onasi o‘n marta qayta tug‘sa ham undan o‘g‘ri chiqmaydi, — dedi u stolga kafti bilan urib-urib qo‘yib. — Kozel u! Boshqa gap yo‘q! Tulada nima uchun suvdan quruq chiqqan? Kozel edi! Promzona komendanti bizning odam edi. Hech qanaqangi qanjiq-musorlarga aloqasi yo‘q edi.
— Aniq bilasanmi? — deb so‘radi Qo‘tos.
— O’shanda men Kurskda edim. Aniq bilaman.
— Men «Garbuz» deganini endi eshityapman. Kozel bo‘lsa nima uchun shu paytgacha jazosiz yuribdi?
— Tutqich bermayotgandirda. Agar unga toj kiydirsak, hammamiz rasvo bo‘lamiz.
— Agar kozel bo‘lsa... agar ayyor bo‘lsa... — Tengiz o‘ylanib qoldi. — Boshqa lagerlarga ham shunaqa xat yozgandir? Tezda aniqlash kerak. Qo‘tos, o‘zing shug‘ullan bu ish bilan. Agar shunday qilgan bo‘lsa, boshiga toj o‘rniga sirtmoq ilish kerak. Ilganda ham pinhona emas, shov-shuv bilan osib o‘ldirish kerak. Boshqa kozellar o‘zlarini nima kutayotganini bilib qo‘yishsin. Birinchi masala — tamom! Endi ikkinchisi — biz tomonlarga «Murik» kelayotgan emish, — Tengiz shunday deb o‘tirganlarga savol nazari bilan boqdi.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 06:39:48
— Murik? Kim u? — deb so‘radi Qo‘tos.
— Bilmaysizlarmi? — Tengiz istehzoli jilmayib, yon cho‘ntagidan bir varaq qog‘oz oldi.— «Cho‘mich»— Slava Galiulin. MUR1ga xizmat qila boshlagani uchun laqabini o‘zgartirib, «Murik» deb qo‘yishibdi. Ma, o‘qi, — u shunday deb, xatni Qo‘tosga uzatdi.
Qo‘tos maktubga ko‘z yugurtirib, bosh chayqadi-da, so‘ng ovoz chiqarib o‘qiy boshladi:
— «Irkutsk tsentralidagi halol birodarlarimizga salomlar bo‘lsin. Salom yo‘llovchilar — Pskov lageridagi o‘g‘rilar — sizlarga omonlik tilaydilar. Qadrdon o‘g‘rilar, bu shoshqich xatimiz bilan sizlarni ogoh etamiz: biz bilan «Cho‘mich» — Galiulin birga bo‘ldi. Bilib qo‘yinglarki, u bizning pok va muqaddas nomimiz — o‘g‘ri nomi bilan yashirinib yurgan bir qanjiqdir. Ha, bilib qo‘ying, u O’G’RI emas, u qanjiqdir! O’g‘ri nomiga isnod keltirgani uchun uni faqat qanjiq yoki ABLAH deb atash mumkin. O’zini hurmat qiluvchi har bir o‘g‘ri, har bir mahbus u bilan shu nomiga yarasha muomalada bo‘lishi kerak. Shu bilan birga barcha qanjiqliklari uchun jazosini olishi shart! Yana bilib qo‘yinglarki, Moskvada o‘g‘rilar qurultoyi bo‘lib o‘tdi va Cho‘michga nisbatan qaror qabul qilindi. Qarorga binoan, u QANJIQ deb e’lon qilindi. Moskva pupkarlariga xizmat qilgani uchun unga «MURIK» deb nom berildi. Uni qabul qilganlaringda shu qaror yoddan ko‘tarilmasin.
Pskovda biz olti o‘g‘rimiz: Kato, Kuyov, Yo‘lbars, Sibir, Avliyo va Olov barchalaringizga ozodlik tilab qoladilar».
Qo‘tos o‘qishni yakunlamay, Koshak stol ustiga musht urib, to‘ng‘illadi:
— Cho‘mich kelishi bilan menga berasanlar. U bilan ozgina hisob-kitobim bor.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 06:41:43
Bu gapni eshitib, Tengiz unga tikilib qoldi.So‘ng kengash a’zolariga savol nazari bilan bir-bir qaradi:
— Xo‘sh, Murikni Koshakka beramizmi? — Tengiz shu savolni o‘rtaga tashlab, sukut qildi.O’tirganlardan sado chiqmagach, davom qildi: — Biz o‘g‘rilarning bir ahmaqligimiz bor. Faqat o‘zimizning hisob-kitobimiz bilan qiziqamiz. O’g‘rilarning muqaddas olami bilan esa, ishimiz yo‘q. Oilamiz qanjiqlar bilan to‘lib ketyaptimi, irib ketyaptimi, sasib ketyaptimi — ishimiz yo‘q. Xo‘sh, Koshak, Murik seniki. Nima qilasan, o‘ldirasanmi?
— Qiynab o‘ldiraman.
— Ana shu-da! Nima uchun qanjiqlik qilgan, nima uchun qamalib bu yoqlarga yuborildi? Bilish kerakmi? Gap shu: Murik kelaversin. Yuraversin. Biz esa, go‘yo hech nima bilmaymiz. Biladiganimizni bilib olaylik, ana undan keyin u Koshakniki. Istasa homicha yesin, istasa pishirib yesin. Boshqa gap yo‘q. Takliflaring bo‘lsa aytlaring.
— Taklif bor, — dedi Koshak tirjayib. U majlis qaroridan mamnun edi, shu bois bir hazil qilgisi keldi. So‘zlashga ijozat berilgach, o‘rnidan turib, yoqasini tuzatgan bo‘ldi: — O’rtoq kommunistlar, majlisimiz nomidan KPSS bosh kotibi Gorbachga tabrik telegrammasi yuborsak.
Bu hazil to‘mtoq bolta bilan o‘tin yorishni eslatsada, o‘tirganlar Koshakka qarab jilmayib qo‘yishdi. Tengiz ham kulimsirab, uning bu haziliga yakun yasadi:
— Yaxshi taklif. Telegramma yoz-da, yumaloq muhr o‘rniga nozik yeringni bosa qol.
«Politbyuro» majlisi shu tarzda kulgu bilan yakunlandi. Oradan to‘rt kun o‘tib, Murik tashrif buyurdi. Unga qadar «lager teletaypi» orqali Tengiz muhim ma’lumotlar oldi.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 06:41:56
XIYONAT

Matluba eridan xat olib kelgan yigitga boshdan-oyoq razm soldi. Avvaliga «qamoqda birga o‘tirganmikin?» deb o‘yladi. Ammo xushro‘y yigitning jilmayib qarashida, rangi-ro‘yida qamoqning sovuq nafasidan asorat yo‘q edi. Yigit «ichkariga kiring», degan taklifdan so‘ng tarang qilmay, juvonga ergashdi. Tursunali qamalishidan ilgari, amal otini surib javlon urayotgan mahallarda bu uyni ko‘rgan odam oradan bir yil o‘tib-o‘tmay yana ostona hatlab ichkari qadam qo‘yguday bo‘lsa, «yopiray, kecha o‘g‘ri urib ship-shiydam qilgan shekilli», deb yoqa ushlashi tayin edi. Ko‘zni qamashtiruvchi gilamlar, qandillaru javonlar endi yo‘q. Matluba eri qamoqqa olinib, mol-mulki xatga tushguniga qadar yashirishga ulgurganini yashirdi. Qolgani esa, musodara qilindi. Uy xo‘jalik ixtiyorida bo‘lgani, Matlubaning o‘zi shu xo‘jalikda ishlayotgani uchun tortib olinmadi. Yangi direktor insof qilib, ularga «uyni bo‘shat», deb tiqilinch qilmay, yangisiga joylasha qoldi.
Matluba dardini kimga aytishni bilmay, to‘rt devor orasida to‘rt bolasi bilan kun kechirib yurgan edi. Davlat boylikni tortib olgani bilan Xudo bolalarning rizqini qiymas ekan. Gilamsiz, billur qandilsiz uyda ham yashash mumkin ekan. Dunyoda tirik beva faqat u emas ekan. Tirik yetimlar ham ko‘p ekan. Eri qamalgan xotinning joni chiqib keta qolmas ekan. Otasi qamalgan bolalar taqdirga tan berib yashayverar ekan, ulg‘ayaverar ekan...
Qamoq — jinoyatchi uchun jazo. Bu dunyoda jinoyatga dahli yo‘q odamlar uchun ham jazo bor ekan. Balki harom luqmaga sherik bo‘lgani uchun bunday jazo joizdir? Matluba buni bilmaydi. Bu haqda o‘ylab ham ko‘rmagan. Bunga keyinroq aqli yetadi. Hozir bilgani — qo‘lidagi xatda yozilgan gaplar... Ya’ni har oyda «soliq» to‘lab turish.
Matluba xatni to‘rt marta o‘qib chiqsa ham tushunmadi. Yigitga savol nazari bilan tikilib qoldi.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 06:42:04
— Cheksam maylimi? — deb so‘radi yigit hotirjam ravishda. U juvonning hayrat iskanjasida ekanini bilib tursa-da, parvo qilmadi. Uy bekasi bosh irg‘ab «chekavering» degach, labiga sigaret qistirdi. Ammo o‘t oldirmay turib so‘radi: — Tinchlikmi? Nima deb yozibdilar?
— Nima deb yozilganni... bilmaysizmi?
— Men birovning xatini o‘qimayman, — yigit shunday deb sigaretini tutatdi.
— Xatni o‘z qo‘llari bilan yozib sizga berdilarmi?
— Yo‘q. Menga birodarlarim keltirishdi. Men eringizni tanimayman. Mening vazifam — xolis xizmat.
— Soliqni... sizga to‘laymanmi?
— Ha, soliqnimi? — Yigit jilmaydi. — Hozircha menga. Men kelolmasam boshqa odamni yuborishadi.
— Yuborishadi? Kim yuboradi?
— Buni bilishingiz shart emas.
— Men... tushunolmayapman?
— Tushunolmayapman? Mayli, yaxshi xotinga o‘xshaysiz, sizga tushuntirib bera qolay: sizga er kerakmi? Ha, albatta kerak. Sizga er kerak bo‘lmasa ham bolalaringizga ota kerak. Demak, u qamoqdan sog‘-salomat qaytishi shart. Qamoqda esa, opaginam, ko‘p odamlar bekordan bekorga o‘lib ketadi. Birovlar bitta kichkinagina toshga qoqilib ham o‘lib ketar ekan. Baxtsiz hodisalar ko‘p-da. Qamoqdagi birodarlarimiz eringizni himoya qilishadi. Uning bitta tuki ham bekorga to‘kilmaydi. Siz «soliq» deyapsiz-u, aslida unday emas. Bu xizmat haqi. Hukumat qorovullarga ham maosh to‘laydiku, to‘g‘rimi? Ana, siz ham shunaqa to‘laysiz-da.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 06:42:12
— Qanchadan to‘layman?
Yigit darrov javob bermadi. Tutatib bo‘lgach, kuldon o‘rniga qo‘yilgan likopchaga sigaret qoldig‘ini bosib ezdi-da, to‘lanajak xizmat haqi miqdorini aytdi. Buni eshitib, Matluba bir seskandi. «Xato eshitmadimmi?» deb, so‘radi:
— Bir yilgami?
— Eringizning jonini hurmat qilmas ekansiz, opaginam. Har oyda to‘laysiz. Balki uch oyligini, balki yarim yilligini qo‘shib oldindan to‘larsiz. Oldindan to‘lasangiz, bir oz kamaytiramiz, buni o‘zaro kelishib olamiz.
— Menda buncha pul yo‘q... Topganim bolalarim...
— Opaginam, siz topgan pulingizni bolalaringizga ishlatavering. Siz bizga eringizdan qolganidan cho‘tal berib tursangiz yetadi.
— Erimdan... hech narsa qolmagan... Bori shu — ko‘rib turganingiz. Davlat hammasini tortib oldi.
— Davlatga tuhmat qilmang. Bizning davlat, opaginam, odil davlat! Bilmasangiz bilib oling. Hech qachon hammasini tortib olmaydi. U-buni yashirib olishga imkon beradi. To‘rtta bolangiz bor, a?
— Ha... — Matlubaning ko‘ngliga yomon fikr kelib, qo‘rqib ketdi: — Nimaga so‘rayapsiz?
— Shunchaki qiziqdim. Ular ham otalari qaytgunicha sog‘-salomat yurishlari shart. Ota qamoqdan qayt-sa-yu...
— Bolalarimga tegmang! — Matluba beixtiyor shunday deb baqirib yubordi. Mushtlari o‘z-o‘zidan tugildi.
— Opaginam, o‘zingizni bosing. Bizlar odamxo‘r emasmiz. Biz siz bergan xizmat haqi evaziga o‘zingizni ham, bolalaringizni ham himoya qilamiz. Pul ketsa ketsin, jon ketmasin. Mening yana yarim soat vaqtim bor. Birinchi xizmat haqini bugun olib ketishim kerak.
— Hozir yo‘q menda bunaqa pul.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 06:42:19
— Sizdan hoziroq talab qilayotganim yo‘q. Yarim soat vaqtim bor, deyapman-ku? Bo‘la qoling, qimirlang.
Bu gapdan keyin ham Matluba bir necha daqiqa harakatsiz turdi. Yigit esa, boshqa gapga hojat yo‘q, deganday indamasdan o‘tiraverdi. Matluba «Yarim soat vaqti bo‘lsa ko‘chaga chiqib, mashinasida o‘tira qolmaydimi?» degan fikrda unga qarab-qarab qo‘ydi.
U «uyda pulim yo‘q» deb yolg‘on so‘zlagan edi. Aslida esa, «biror kunimga asqotar» degan umidda yashirib qo‘ygani bor edi. Ammo bu yigit shunday yalpayib o‘tiraversa, u qanday qilib oladi? Undan tashqari bu yigitning aytganlari shunchaki po‘pisami yo jiddiy-mi — hali to‘la farqiga borolgani yo‘q. Dastlab bu yigit ko‘ziga hushro‘y ko‘rinib edi. Endigi o‘tirishi esa... «He, go‘laymay o‘l!» deb ichida qarg‘adi.
— Yarim soat... Birovdan so‘rab topgunimcha... Bir-ikki kundan keyin kelsangiz... topib qo‘yardim.
— Kelib-ketish oson ekanmi? Men ammangizning qishlog‘idan kelganim yo‘q. Xo‘p, mayli, bir-ikki kundan keyin men kelmayman. O’zingiz borasiz.
— O’zim boraman? Qayoqqa?
— Bahonada adangizni ko‘rib kelarsiz?
— Adamni... bilasizmi?
Yigit istehzo bilan kuldi.
— Laqma xotin ekansiz. Uyingizni to‘g‘ri topib kelgan odam adangizning ikki yildan beri palaj bo‘lib yotganini bilmaydimi? Xullas, ikki kundan keyin adangiznikida ko‘rishamiz. Ismim Xursanali, siz ishlayotgan sovxozning hisobchisiman. Tushundingizmi? Bizning siz bilan bo‘ladigan hisob-kitobimizni birov bilmasa faqat o‘zingizga foyda. Milisadan umid qilmang. Milisa sizga emas, bizga xizmat qiladi. Biz sizga o‘xshaganlardan xizmat haqi to‘plab, hatto o‘sha Maskovdagi generallargacha boqamiz. Shuni unutmasangiz bo‘lgani. Siz bilan biz endi begona emasmiz. Ha, aytmoqchi, bizda «bir-ikki kun sabr qiling», degan gap bo‘lmaydi. Bir safar mayli, kechiraman. Bundan keyin har bir kun uchun yuz qo‘shiladi. Aql bilan ish yuritsangiz hamyoningiz zarar ko‘rmaydi. Eringiz unda tinch, siz bunda bola-chaqalaringiz bilan tinchsiz. Xudo beraman, desa shu-da!
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 06:42:26
Yigit o‘rnidan turib, eshik sari yurdi. Ostonaga yetgach, orqasiga o‘girildi:
— Mehmondo‘st emas ekansiz. Mayli, xafa bo‘lmayman. Osh-choyga qarzdorsiz, unutmang, — o‘zini Xursanali deb atagan yigit bir jilmayib qo‘ygach, tashqariga chiqdi.
Matluba unga xayr ham demadi, kuzatish uchun ostona ham hatlamadi.
Yigitning huddi balo chaqiniday kelib-ketishi uning xushini oldi. «Tursunali akamdan xat olib keldim», deb jilmayganida istaraligina bo‘lib ko‘ringan edi. «Osh-choyga qarzdorsiz», deb chiqayotganida ko‘ziga isqirt bir sulloh bo‘lib ko‘rindi. «Kim o‘zi bu? — deb o‘yladi Matluba. — O’g‘ri desam, o‘g‘riga o‘xshamaydi. Basharasi bip-binoyi. Balki cho‘ntakkesardir yo kallakesarmikin? Unaqaga ham o‘xshamaydi. Yo adasi meni sinab ko‘rmoqchi bo‘lib biror tanishini ishga soldimikan? E, yo‘q. Shunaqasiga sinaydimi? Sinagisi kelsa, «menga vafo qiladimi-yo‘qmi?» deb sinar. O’ziga o‘xshagan bironta shilqimni yuborar. Menga ilmoq tashlatib ko‘rar... E yo‘q... Qorang o‘chgur Nafisasi bilan sharmandasi chiqqanidan keyin mendan vafo talab qilib go‘rga borsinmi?..»
Nafisaning nomi esiga tushib, battar tutoqib ketdi. Stol ustida turgan piyolani olib devorga qarata otdi. Piyola devorga tegib ham, taxta ustiga tushib ham sinmadi.
— Hu ko‘zlaring go‘rda chirisin!
Bu qarg‘ishni ovoz chiqarib aytdi. Nazarida Nafisa ishvali ko‘zlarini suzib qarab turganday bo‘ldi. Bir qarg‘ish bilan yuragidagi dard ko‘tarilmay, ikkinchisini aytdi:
— Aft-basharang go‘rda ilon-chiyonlarga yem bo‘lmasa, rozi emasman!
   
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 06:42:33
O, ayol qalbi! Dunyoda mavjud barcha fojialar sel bo‘lib yopirilsa chidar-u, ammo erining xiyonatiga sira-sira chiday olmas! Ayniqsa, bu xiyonat o‘z uyida, o‘z to‘shagida sodir etilsa, yurakda yona boshlagan olovni hech nima o‘chira olmas.
Erining xiyonatkor buzuq ekani Matlubaga ko‘pdan ma’lum edi. Hali bu «qorang o‘chgur Nafisa» paydo bo‘lmayoq, bir unga, bir bunga sho‘ng‘ib yurishidan gumon qilardi. Gumoni isbot topganida janjal ko‘taraman, dedi-yu, eplay olmadi. «Chidasang shu, — dedi eri. — Men senga yalinib uylanmaganman, o‘zing xushtor bo‘lib tekkansan. Men bitta xotinga qanoat qiladigan erkaklardan emasman. Ko‘ngling sovugan bo‘lsa, ana, orani ochiq qilginu otangnikiga jo‘nayver. raykomga dodvoy deb borasanmi, undan narigami, menga baribir. Mendan olsa amalini oladi. Sen esa, erdan ayrilasan. Ikkita bola bilan seni birov olarmikan? Menga tegishda otangning roziligini olmagansan. Ketsang, otangnikiga ham sig‘maysan. Undan ko‘ra nafasingni chiqarmay yashayver... Sen xotinimsan. Ular bir o‘ynash. Sen bilan ular orasida katta farq bor. Shuni tushunsang bo‘ldi».
Eri haq gapni aytgan edi.
Matlubaning Tursunaliga oshiq bo‘lgani rost. Xatlar yozgani, she’rlar to‘qigani ham rost. Kelishgan, chiroyli yigitni undan boshqalar ham yaxshi ko‘rishar edi. Yigit chiroyli bo‘lsa, ustiga ustak amaldor otasi cho‘ntagidagi pulni aritmay tursa, xushtorlar sanog‘iga yetish mushkul. Ammo Matlubaning yuragidagi olov hammanikidan kuchliroq edi. Keyin-keyin Matluba o‘sha damlarni eslaganidan «yuragim yonmay, chiribgina ketsa bo‘lmasmidi, uni yaxshi ko‘rmay o‘lib qo‘ya qolsam ming marta yaxshi edi-ya!» deydigan bo‘ldi.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 06:42:41
Taqdir qalami yozug‘ini yozib bo‘lganidan keyin bunday nadomatlardan ne foyda? O’sha kezlari Odam ato bilan Momo Havoning nima sababdan jannatdan haydalganlarini bilsami edi, es-hushini sal yig‘ishtirib olarmidi...
Oldingilari, eri aytganiday, nafs balosini qondiruvchi vaqtinchalik o‘ynashlar ekan. Eri ularga qattiq bog‘lanmagan edi. «g‘arko‘zing go‘rda chirigur Nafisa» yomon chiqdi. Erini o‘ziga tamomila qaram qilib oldi. Eri avvallari o‘ynashga borgani bilan uni unutmasdi, ko‘nglini ovlab turardi. Erining xiyonatkorligi oshkor bo‘lganidan keyin ham Matluba ikki farzand ko‘rdi. Ammo «juvonmarg bo‘lgur Nafisa»ga ilakishgach, er ekani tamoman esidan chiqdi. Matlubaning o‘rindagi noz-karashmalariga ham e’tibor bermay qo‘ydi. Bir kuni «yoshingga qarab qiliq qil», deb o‘rnidan turib ketgach, Matluba tirik beva bo‘lib qolganini angladi.
«Yoshingga qarab qiliq qil...» O’shanda Matluba hali o‘ttiz uchga kirmagan edi... Hozir qirqning ostonasida. O’shandan beri er nimaligini unutayozgan.
Dardi zo‘r... Ammo dardkashi yo‘q... Dardi ichida.
Faqat bir marta «portladi». Portlamasa bo‘lmas edi...
Shaharga borishi lozim edi. Biroq oyog‘i tortmay ko‘ngli xijil bo‘lib rayon markazidanoq iziga qaytdi. Qarasa-ki, kuppa-kunduzi eri «qon qusgur Nafisa» bilan bir ahvolda... bolalar maktabdan kelib qoladi, deb xavotir ham olishmabdi...
Matluba hali-hali tushunmaydi: sovxozning nomi «mehmonxona», aslida esa fohishaxona vazifasini bajaruvchi joyi bor. Eri nima noma’qul narsa yesa, o‘sha yerda yerdi. Uyga olib kelgani nimasi u yuviqsizni?! Eri janjallashib o‘tirmadi. Nafisani yuldirishga ham qo‘ymadi. «Uningni o‘chir», dediyu o‘ynashini olib chiqib ketdi.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 06:42:49
Matluba esa... o‘ylay-o‘ylay, axiyri ular yotgan o‘rin-to‘shakni hovli o‘rtasiga uyib, yoqdi. Bu bilan ham hovuri bosilmagach, karavotni ham yoqdi.
Bolalar ko‘rquvda jovdirashadi.
Qo‘shnilar hayron...
Faqat Tursunali hayron bo‘lmadi. Ertasiga yugurdaklari yuk mashinasida yap-yangi karavot tashlab ketishdi.
Haromdan qaytmaydigan ana shu er qamalib, peshonasi devorga tekkach, ko‘zi ochilganmikin? Oiladan ko‘ra o‘ynashning karashmasini afzal bilgan er «xotinim menga vafo qilyaptimi?» deb o‘ylayaptimikin? Shunday deb o‘ylashga haqqi bormi?
Vafo qilmaydigan xotin erining qamalib ketishini kutib o‘tirar ekanmi? Erining buzuqlik daryosiga sho‘ng‘iganini bilgani hamon bu daryoga o‘zini otmasmidi?
Xatida «vafodorim» debdi...
Vafodorim?
Matlubaning xayoliga bir fikr urilib, changalida g‘ijimlanib turgan qog‘ozni shoshib tekisladi:
«Ha, «vafodorim» debdi. Qiziq, ismimni yozmabdi. Menga hech bunday demagan. Yaxshi kunlarda ham demagan. Anavi yer yetkurni aytgan bo‘lishi mumkin. To‘xta, to‘xta... Balki bu xat o‘shanga yozilgandir. U haromi esa, menga jo‘natgan bo‘lsa-chi? Boyagi turqi sovuq uning xushtoridir balki?..»
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 06:42:57
Shunga o‘xshash fikrlar quyilib kelaverib, Matlubaning boshi og‘riqdan zirillay boshladi. So‘ng shu og‘riq bahona bo‘lib, ho‘ngrab yig‘lab yubordi. U erini hibsga olishganda ham, sud hukmi o‘qilganda ham yig‘lamagan edi. To‘g‘ri, yuragi yomon uvishib edi. Ammo do‘st-dushman uning ko‘zlarida nam ko‘rmagan edi. Birov «dushmanlar oldida past ketmadi, yig‘lamagani yaxshi bo‘ldi», desa, boshqalar «buncha bez ekan bu xotin? Hech bo‘lmasa kiprigini tupugi bilan ho‘llasa-chi, endi erini yana ko‘radimi yo‘qmi?» deyishgan edi.
Yuragi faryod chekmasa, ko‘zlariga yosh kelmasa, nima qilsin? Yig‘ining fursati shu kunga belgilangan ekan, astoydil yig‘lash uchun erning qamalishi bahona bo‘lolmas ekan, xotin kishi o‘zining xorlanganini his qilsa, bas ekan. Ayni damda Matluba xorlanish kuyining avj pardaga ko‘tarilganini fahmladi. Daqiqalar o‘tgani sayin u «maktub» ko‘zginang teshilgur Nafisa»ga yo‘llangan-u, u juvonmarg makr ishlatib, xushtorini bu yoqqa jo‘natgan», degan fikriga astoydil ishona boshladi. Bu fikr tez orada mutlaq hokimlik shoh-supasini egallab, qolgan barcha xayollarni quva ketdi.
Yagona fikrga mahkum bo‘lgach, bu zug‘umdan qutulish, qutulishgina emas, qarshi hujumga o‘tib, Qanimini yakson qilish choralarini izlay boshladi. Donishmand ahlining «johilga hilm ila munosabatda bo‘l», degan nasihatlariga erkaklar amal qilarlar-u, biroq o‘ch olish qasdida yonayotgan ayol ikki dunyoda quloq solmas. Bu sohada ayollarning yagona shiori — «makrga makr qilichi bilan hamla qilmoq kerak!»
Alam o‘tida yonayotgan Matluba makr bobida kundoshidan orqada ekanini tan oldi. Birovning erini o‘ziga rom qilgan makkoraga pul undirib olish qiyin ish ekanmi? Matluba «uying kuygur Nafisa» ishlatgan yoki reja qilayotgan xiylalar haqida o‘ylay boshladi.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 06:43:05
Qamoqda erining Tengiz ismli o‘g‘riboshiga yo‘liqqanini u bechora qaydan bilsin? Yaxshiki u kundoshining ko‘z ochib ko‘rganini sog‘inib Sibirga otlanayotganini, erini laqillatib ketish uchun bahona axtarayotganini bilmaydi. Bilsami, hozirgi ahvolini tutash desak, gurillab yona boshlashning qanday bo‘lishini tasavvur qilavering. Yaxshiki, Tangri bandalarini ko‘p narsalardan bexabar qilib yaratgan. Aksi bo‘lgandamidi edi, dunyo xotinlarning g‘alvasidan bo‘shamay qolarmidi, vallohi a’lam!
Matluba og‘riq zo‘ridanmi yo qorong‘u xaltako‘chada milt etgan nur topolmay gangib ezilganidanmi, boshini changallab o‘tirdi. Maktabdan qaytgan katta qizi bu ahvoldagi onasini cho‘chitib yubormaslik uchun past ovozda salom berdi. Onasi alik olmagach, yelkasidan quchoqladi. Matluba uni quchib, endi unsiz faryod chekdi. Erining xurmacha qiliqlaridan bezgan damlarida ba’zan «bu dunyoda yashab nima qildim?» degan xayolga ham borardi. Ana shu badbinlik ko‘chasida ivirsib qolganida Xudoning o‘zi yomon yo‘ldan qaytarardi — ko‘ziga bolalari ko‘rinardi. Uch yil muqaddam o‘ngida qilolmagan ishi tushida sodir bo‘ldi — o‘zini yoqdi! Ana shunda bo‘zlayotgan bolalarini ko‘rib, o‘zi ham baqirib yubordi. Bor ovozi bilan baqirgani uchun o‘zining ovozidan qo‘rqib uyg‘onib ketdi. O’shanda to‘ng‘ich qizi ham uyg‘onib, onasini quchoqlab olgan edi. Bu dunyoda uni ushlab turgan zanjir shu farzandlari. Shu topgacha otalik mehrini bermagan «zormanda er» kasriga endi bular ham azob chekishlari kerakmi?
Qizini quchoqlab o‘tirgan Matluba shuni o‘ylab, yuragi ezilib «bundan ko‘ra otib tashlashganlari ming marta yaxshi edi», deb o‘yladi. Qizi esa, onasi ma’yuslanib qolganida «adamlarni o‘ylab siqilyaptilar» deb o‘ylab, xafalik sababini sira so‘ramasdi. O’n oltiga yetib qolgan qizi Matlubaning baxtiga g‘oyat aqlli edi. U hatto ko‘chada otasi haqida mish-mishlarni eshitganida ham dardini ichiga yutardi-yu, onasiga bildirmasdi. Ko‘rpa-to‘shaklar nima sababdan yoqilganiga fahmi yetgani uchun ham bu xonadonda yashash onasi uchun g‘oyat azobli ekanini bilardi. Bilgani uchun ham onasiga suyanchiq bo‘lishga intilardi. Lekin onasiga qanday suyanchiq bo‘la olishiga bolalarcha aqli yetmasdi. Hozir ham onasini quchgan holda nimadir deb uni yupatgisi keldi. Ammo o‘sha «nimadir»ni topolmasdi, aytolmasdi.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 06:43:14
Qizining shu tarzda quchoqlashi ham Matluba uchun zo‘r dalda edi. U chuqur nafas olib, xo‘rsiniqni nari haydadi. Qizining peshonasidan o‘pdi-da:
— Nasiba, jon qizim, Zilolani boqchadan vaqtliroq olib kela qol. Maydonga qarab o‘t: Shohruh to‘p tepgani chiqib ketuvdi. Hammayog‘ini rasvo qilmasin, Farruh qani, nima uchun birgalashib kelmadilaring?— dedi.
— Farruh o‘rtog‘idan kitob olishi kerak ekan, hozir keladi.
Nasiba shunday deb onasi buyurgan vazifani bajarish uchun chiqdi. Qizi chiqishi bilan Matluba avvalgi holatiga qaytdi. Oradan besh-olti daqiqa o‘tmay, o‘g‘li eshikdan asta mo‘raladi. Kitob-daftarini qo‘yib, ko‘chani mo‘ljallaganida Matluba uni chaqirib, «Vali akangni chaqirib kel», deb buyurdi.
Valijon — besh uy narida turuvchi yigit. Bilganlar uni «Tursunalining mulozimi», deydi, bilmaganlar esa «direktorning shopuri» deyishadi. Kim nima desa desin, ammo Valijon xojasiga bag‘oyat sodiq edi. Tursunaliga qo‘shib uch kun qamab qo‘yishganda ham xojasining sirlarini ochmadi. Suddan keyin esa xotini bilan birgalikda chiqib, Matluba yangasiga dalda bergan, «nima xizmat bo‘lsa, tortinmay aytavering. Akam qaytgunlaricha sizga ukaman», degan edi.
Matlubaning unga buyuradigan xizmati yo‘q edi. Shu bois ko‘chada ro‘para kelganida salomlashardi-yu, ortiqcha gap aytmas edi. Shu sababli yangasining yo‘qlovi Valijonni shoshirib qo‘ydi. Tomorqadagi ishini yig‘ishtirib, qo‘l-betini chala-yarim yuvgach, xojasining uyiga shoshildi. Ichkari kirib hol-ahvol so‘rashga ulgurmay, yangasidan kutilmagan savolni eshitib dovdirab qoldi.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 06:43:22
— Akang boyliklarini qaerga yashirgan?
Bunday savolni tergovchi qayta-qayta so‘ragan, har safar «bilmayman» degan javobni eshitavergach, axiyri tutaqib, rosa do‘pposlagan edi. Endi esa, yangasi xuddi o‘sha tergovchiga o‘xshab so‘rayapti. Yolg‘on po‘pisa qilyaptimikin desa, ohangi ancha jiddiy.
— Siz bilmasangiz... men bilmayman, opa.
— Sen go‘rni ham bilasan, ayt.
— Axir opa, men oddiy bir shopur bo‘lsam...
— Sen shopur emas, qo‘shmachisan! Akangga qo‘shib seni ham qo‘shmazor qilish kerak edi.
— Unaqa demang, opa, bolalarim bor.
— Senda bor bola, boshqalarda yo‘qmi? Ma, o‘qi! Ammo birovga g‘ing deya ko‘rma.
Matluba shunday deb xatni uzatdi. Valijon o‘qib chiqqach, «men nima qilay?!» degan savol nazari bilan qaradi.
— Men har oyda pulni qaerdan olaman? Sen qo‘shmachi hamma baloni bilasan. Akang topganining yuzdan birini uyga olib kelardi. Qolgani qaerda? Yo topasan, yo bolalaringni garovga qo‘ydiraman. Qamoqdan bitta kallakesar kelgan. Unga seni ro‘para qilamanu holingni ko‘rib turaveraman.
— Xudo xayringizni bersin, jon opa! Unday qilmang, opajon! Menda nima gunoh? To‘g‘ri, maishatlarini bilardim. Ammo pulga ko‘zim tushmagan sira. Aldayotgan bo‘lsam — Xudo ursin! — Valijon shunday deb yig‘lamsiray boshladi.
— Piqillama, erkak ham yig‘laydimi? Menga anavi buzuqning qaerdaligini ayt hozir.
— Qaysi... buzuq?
— O’zingni go‘likka solma! Juvonmarg Nafisani aytyapman!
U shaharda yashaydi-da.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 06:43:32
— Shahardaligini bilaman. Qaysi ko‘chada, qaysi uyda? Tirik bo‘lsa uyini ayt, o‘lgan bo‘lsa go‘rini ayt.
— Ko‘chasining nomini bilmayman, opa. Metroning oxiriga yetgandan keyin ozgina yurilsa mehmonxona keladi. Keyin o‘ngga. To‘rt qavatli imorat.
— Meni boshlab borasan o‘sha ishratxonaga.
— Xo‘p, opajon, ertaga, ishdan so‘rab kelaman.
— Hozir jo‘naymiz.
— Ie, axir...
— Senga «hozir jo‘naymiz», dedim. Bor, chorak soatda tayyor bo‘lib chiq.
Valijonni chaqirtirishidan asl maqsadi ham shu edi. «Akangning boyligi qaerda?» deb so‘roqqa tutishi yigitni egib olish uchungina edi. Shunday qilmasa, u yo Nafisaning turar joyini yashirardi, yo olib borib ko‘rsatishni paysalga solardi. Yoki «akasining sevimli yosh xotinini» ogohlantirib qo‘yishi ham mumkin edi. Shularni nazarda tutib, Matluba u bilan o‘ziga xos bo‘lmagan dag‘al ohangda gaplashdi. Yangasidan bunday muomalani kutmagan Valijon chindan ham qo‘rqdi. Ayniqsa, «bolalaringni garovga qo‘ydiraman», degan gapiga ishonib, esi teskari bo‘lib ketay dedi. Yig‘isi ham yolg‘on emas, rost edi. Bir tomonda qama-qama avjiga chiqqan, yana bir tomonda mashina o‘g‘irlash tish kavagini kavlashday oson bo‘lib qolgan, odamlar esa, to‘ppa-to‘satdan yo‘qolayotgan zamonda oddiy po‘pisa ham haqiqat ko‘rinishini oladi. U xojasining ba’zi sirlarini biladi. Biroq pul bor-yo‘qligi, yashirilgan-yashirilmaganidan bexabar edi. Bilganida hozirgi po‘pisadan so‘ng shart aytvorardi. To‘g‘ri, u kaltafahm emas, xojasining ayrim harakatlaridan bir narsani sezganday bo‘lardi. Ayniqsa, qama-qamalar dovuli boshlangan, biroq, ularning viloyatlariga yetmay turiboq, xojasi g‘imirlab qolgan edi. Uch-to‘rt marta zargarlik do‘konlariga kirib chiqqanida «o‘ynashlarga sovg‘a-salom olyaptilar, akaginam», deb o‘ylagan edi. Idorada o‘tirgan «akaginasi»ning qo‘llariga kishan solib olib chiqishgandan so‘ng sovg‘a-salom olinmagani, qog‘oz pullar tillaga aylantirilganini anglab yetdi.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 06:43:50
KUNDOSHLAR

Dunyo ham ajoyibotlarga boy. «Yaxshi buzoq ikki onani emadi», deganlaridek, ayrim mamlakatlarning bir emas, ikkita rahbari bo‘ladi. Birini «qonuniy prezident», deydilar. Halolmi, g‘irrom yo‘l bilan-mi — harholda saylanadi. Bu rahbarni yoqtirmaganlar o‘zlarini «muxolifot», deb e’lon qiladilaru bironta xorij yurtga borib, o‘zlariga yoqqan odamni «muvaqqat taxtga» o‘tqazadilar. Bu endi «norasmiy prezident» bo‘ladi. Bu holat kichikroq doiraga keltirilsa, ya’ni oila deb atalmish o‘ziga xos «mamlakat»ga qiyoslansa, kundoshlarni eslatadi. Shunga ko‘ra, Matluba «qonuniy prezident» deyilsa, Nafisani «norasmiy boshliq» deb atash mumkin bo‘lar? Ba’zan xolis bir kuch ularni murosaga keltirishga urinadi. O’rtada taxt masalasi turganda ularning murosaga kelmoqlari it ila mushukning ittifoqini eslatadi, xalos.
Matluba bilan Nafisa orasida taxt muammosi yo‘q. Biroq, orada taxtdan ham muhimroq masala, talashsa arzigulik narsa bor. Odamga nisbatan «narsa» so‘zini ishlatish noo‘rin, lekin ikki ayol — biri «qonuniy», ikkinchisi «norasmiy» xotin bir erkakni xuddi «narsa» kabi talashadilar. Agar xolis bir kuch — jallod o‘rtaga chiqib, «unga ham bo‘lmasin, senga ham bo‘lmasin, kallasini uzib tashlay qolay», desa ikkala xotinning bu taklifga ko‘nishi tayin. Er o‘lsa-o‘lib ketaversin, birovi egalik qilib olmasa, bas. Er birovning to‘shagidan ko‘ra lahadda yotsa ming karra a’lo! «Mayli, shu erim kundoshimga bo‘la qolsin», deydigan xotin topilgudek bo‘lsa, dunyodagi qahramon ayollardan biri bo‘ladi. Shoirlar unga bag‘ishlab qasidalar yozadilar. Bunaqa xotin shoir zotiga ham yoqadi-da...
Matluba «xolis kuch» — Valijon hamrohligida kundoshi bilan ittifoq tuzish uchun emas, yuzma-yuz «jang»ga kirish uchun borar edi. Viloyat markaziga yetganlarida boshkentga boruvchi so‘nggi avtobus ham jo‘nab ketgan ekan. Ortga qaytishni ma’qul ko‘rmay, chiqim sal ko‘proq bo‘lsa ham, yo‘lovchi mashinaga o‘tirdilar. Yo‘l-yo‘lakay churq etmasdan ketdilar. Ikkovi ham gaplashadigan ahvolda emas edi. Matlubaning xayoli bo‘lajak «olishuv» rejalari bilan band edi. Valijon esa kutilmagan bu ofatdan qutulish choralarini izlardi.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 06:43:58
Nafisaning uyiga yetib borishganda shahar qorong‘ulik chodirida orom olishga hozir edi. To‘rt qavatli bino yaqinida to‘xtagan Valijon:
— Uxlab qolishmaganmikin? — deb Matlubaga yuzlandi.
— Uxlasa uxlar, o‘lib qolishmagandir? — dedi Matluba zarda bilan.
Valijon «gapim yoqmadi shekilli», deb o‘yladi. Aslida esa, Matluba bo‘lajak uchrashuvni o‘ylab, asabiylashib turgan edi. Valijon bu savoli bilan qizib, cho‘qqa aylangan temir ustiga suv sachratgandek bo‘ldi.
Eshikni Nafisaning eri Samandar ochdi. Matlubani ko‘rib, avvaliga ajablandi. Bir necha soniyalik taradduddan so‘ng esa, orziqib kutgan mehmoniga yetishgan baxtiyor mezbon qiyofasiga kirib, jilmaydi.
— O, Matlubaxonim! Salomlar, salomlarim bo‘lsin! Qarang, niyatning xolisligini, bugun o‘ylab turuvdim. Aslida bizlar odam emas, bemehr dinozavrlarmiz. Sizni bi-ir yo‘qlab qo‘yishga arzimadik. Lekin siz hamisha biz bilan birgasiz.
Matluba qoshu-kipriklarigacha malla bo‘lgan Samandarning gaplariga e’tibor bermay, beliga bog‘lab olgan guldor peshbandga ajablanib qarab oldi. Samandar bu qarashning ma’nosini anglab, xijolatlik bilan izoh berdi:
— Oshxonada... ozgina xizmat bor ekan.
— Xotiningiz... yo‘qmi uyda? — dedi Matluba, ichkariga o‘g‘rincha nazar tashlab.
— Bor. Uyda... Ie, nega ostonada turibsizlar? Qani, Matlubaxonim, ichkariga marhamat, — Samandar shunday degach orqasiga chekinib, yo‘l bo‘shatdi-da, boshini burib, xotinini chaqirdi:
— Nafis, jonim, bu yoqqa qarang. Aziz mehmonlar kelishdi.
Matluba dahlizga o‘tib, poyafzalini yechishga shoshilmadi. Dovdiragan Valijon esa, kirishni ham, orqasiga qaytib ketishni ham bilmay ostona ortida turaverdi. U vazifasini ado etib bo‘lgan edi. Ammo «bolalarini garovga qo‘yishga» qodir bu xotindan ijozatsiz keta olmasdi.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 06:44:05
Erining hayajonli ovozini eshitgan Nafisa hayallamadi. Ichkari xonaga olib kiruvchi eshikni ochdi-yu, dahlizda turgan kundoshini ko‘rib toshdek qotdi. Ular uydagi o‘sha sharmandali to‘qnashuvdan so‘ng yuzma-yuz uchrashishmagan edi. Nafisa o‘ynashi qamalganidan so‘ng kundoshi bilan bu holda, o‘z uyida uchrashishi mumkinligini o‘ylab ham ko‘rmagan edi. «Nimaga keldi ekan, bu xotin», degan savolga javob izlab, ostonada shumshayib turgan Valijonga qarab oldi. Valijon bu qarashning ma’nosini uqib «Xudo ursin, bilmayman», deganday yelka qisdi.
Matluba ularning bu ishoralarini sezib, kundoshidan ko‘z uzmagan holda:
— Vali, sen ketaver, — dedi.
Bu ijozat Valijonning yuziga urilgan tarsakiday bo‘ldi. Oh, shu paytda xojasining qadri o‘tdi-ya! Xojasi bunaqa paytda hotamtoy bo‘lib, ichkariga olib kirardi, qornini to‘yg‘izardi-da, «falon paytgacha bo‘shsan», derdi. Ana shunda Valijon ham ayshini surib olardi. Xo‘jayinning o‘ynashiday bo‘lmasa-da, unda ham o‘ziga yarashuqli erkalaguvchilari bor edi... E, u dorulamon zamonlar beqaror shamoldayin o‘tdi-yu ketdi. Endi xo‘jayin qamoqda, u esa, ostonada egasiz qolgan itday shumshayib turibdi.
«Ketaver», deydi. «Bu begona shaharda qorong‘uda qayga ham boradi», deymaydi» Valijon shu alamli fikr bilan burilganda «norasmiy yangasi» joniga aro kirdi:
— Valijon aka, kiring, ovqat tayyor-a...
— Vali, boraver, bolalaring kutib qoldi.
Avvalgisi taklif edi, bunisi esa buyruq. Buyruqdan esa qo‘rqqulik. Valijon turgan yerida «norasmiy yangasi»ga yengil ta’zim qildi-da, orqasiga o‘girildi.
— Valijon aka, kiring...
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 06:44:13
Kirish u yoqda tursin, endi to‘xtasa, orqasiga o‘girilsa, baloga qolishi tayin, shu sababli taklifni eshitmaganday zinapoya tomon shoshildi.
Samandar bularning kundosh ekanini bilsa-da, dardini ichiga yutib, o‘zini go‘yo hech nimadan xabari yo‘q odamday ko‘rsatishga intilardi. Oshnasining marhamat qilib, o‘z o‘ynashiga uylantirib qo‘yganini to‘ydan keyin fahmlagan, o‘shanda Nafisani tashlab ketay ham degan, ammo «Endi menga kim ham tegardi», deb taqdirga tan bergan edi. Ayniqsa, bu uyning in’om etilishi uning ko‘p muammolarini hal etgan edi. U ilmiy safarlarda ko‘p bo‘lardi. Ba’zan ikki-uch haftalab qolib ketardi. Uyda yo‘qligida oshnasining ser-qatnov bo‘lishini sezib bir qaynardi-yu, so‘ng sovurdi.
Hozir Matlubaning tashrifi zamirida noxushlik yotganini sezdi. Kundoshlarning bir-birlariga tikilib qolishganini vulqon arafasidagi sukunat deb bilib, portlash yuz bermasidan o‘zini chetga olishni ma’qul ko‘rdi. Qaysi erkak ikki xotinning (ayniqsa kundoshlarning) orasiga tushib, baraka topibdi-ki, Samandar topsin? Bir kuni yuragi siqilib ketgan Nafisa «Siz ilmdan boshqa narsani ham bilasizmi?» deb zorlanganida Samandar «Men hayotni ham bilaman», deb javob qaytargan edi. Mana ayni damda o‘zi bilgan hayot qoidasiga amal qilib, suzishmoqqa shaylanayotgan ikki kundoshdan nari bo‘lishni istadi:
— Ha, Nafis, siz mehmonga qarang, men ishlarimni tugata qolay, — deb oshxonaga kirdi.
Shu onda Nafisaning ortida otasi ko‘rindi. Mana shunisi Matluba uchun kutilmagan, ayni choqda noxush hol bo‘ldi. Asli ismi Toshbolta bo‘lgan bu odam sovxoz direktoriga oshpazlik qilgani uchun ko‘pchilik uni «Oshbolta» der edi. Matluba esa «fohishaxona iti» deb undan nafratlanardi. Ayniqsa, qizining nomusini ham xojasiga in’om etgach, Matluba u bilan salomlashmay ham qo‘ygan edi.
— Ha, kim kelibdi? — dedi Toshbolta mensimagan bir ohang bilan. So‘ng esa piching qildi: — Ie, aziz mehmonmi? Ha, keling, kelin poshsha?
Uning «ha, keling...» degani zamirida «Nega kelding, ket!» degan ma’noni o‘qib, Matluba ichida «Turqing qursin sening!» deb qarg‘adi.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 06:44:19
— Ha, gapir, ish-pish bilan keldingmi yo eringni qidirib keldingmi? Ering yo‘q bu yerda. U hov... Sibirda ayshini surib yurgandir.
— Dada! — Nafisa shunday deb otasiga o‘girildi.
— Nima «dada!» — deb o‘shqirdi Toshbolta. — Nima bor unga bu uyda? Gaplashib o‘zingni pastga urma. Uyga ham qo‘yma. Bu uy eridan qolgan matoh emas.
Matluba bu uy ostonasini bosib o‘tishi bilan «hujum»ga tashlanishni reja qilib, aytadigan gaplarini yo‘l-yo‘lakay pishitib olgan edi. Matlubaning xom xayoli bo‘yicha eshikni «itdan tarqagan Nafisa» ochardiyu uni ko‘rib qo‘rqib ketardi, orqasiga tisarilib, titray boshlardi... Ana shunda Matluba hujumga o‘tardi. Yulmas edi-yu, ammo undan battar qilardi... o‘ylaganlari amalga oshmadi. Ustiga ustak «fohishaxona iti» vovullab turibdi.
— Erimning... — Matluba «erimning» degan so‘zga urg‘u bermoqchi edi, ammo ovozi titrab chiqib so‘zini yamlab yubordi. Ovozi titragani uchun o‘zidan o‘zi nafratlandi. «Bu maxluqlar oldida past ketishim mutlaqo mumkinmas», deb o‘ziga dalda berdi. bir necha nafas sukut qilib, so‘ng gapini qaytadan boshladi: — Erimning Sibirda ekanliklarini yaxshi bilaman. Lekin bu yerga itlarini bog‘lab ketganlarini bilmapman.
— Nima deding, voy enag‘ar!
— Dada! — Nafisa otasining ko‘kragidan yengil itardi, — Dada, ichkari kiring, aralashmang.
— Sen!.. — Toshbolta unga ham ikki og‘iz «shirin» gaplaridan aytmoqchi edi, qizining ko‘zlariga ko‘zi tushib, shashtidan qaytdi.
— Bu safar siz «xo‘p» deng...
— Yaxshi, omma, gapni kalta qil. Sen uning erini bilmaysan, tanimaysan... Hech qanaqa qog‘oziga qo‘l qo‘yma, — shunday deb iziga qaytgach, Nafisa eshikni yopdi.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 06:44:29
Matluba o‘sha sharmandali kunda, g‘azab olovida yonayotgan damda unga tuzukroq qaramagan ham edi. Hozir o‘g‘rincha emas, dabdurustdan tikilib qaradi. Xushbichim, xushro‘y ekanini tan olgisi kelmadi. «Erim bekorga ilakishmagan ekan, menga «yoshingga yarashadigan qiliq qil», deb bejiz aytmagan ekan. Bu ishva qilib turganda men yoqarmidim», degan fikrni xayolidan quvdi.
Nafisa «mayli, to‘yganicha qarab olsin», deb indamadi. Oxiri sabri chidamadi:
— Keling, opa...
— Opa? — Matluba zaharli iljaydi. — Men qachondan beri senga opa bo‘lib qoldim? Men sendaqa singilni bilasanmi, nima qilaman?
Nafisa qaydan bilsin buni. To‘g‘risi aytilsa, Matlubaning o‘zi ham bilmaydi. Hozir Nafisa «xo‘sh, nima qilardingiz?» deb so‘rasa dovdirashi tayin edi.
— Singlingiz emasman. yoshingizni hurmat qilib aytuvdim. Boshqa demayman. Menga bir nima demoqchimisiz?
— «Bir nima demoqchimisiz?..» — Matluba kundoshiga o‘tli nigohini qadadi. — Sen menga qaysi xushtoringni yubording?
— Nima deyapsiz? — Nafisa ajablanib, kaftini yuziga bosdi.
— Erimni kanadek so‘rganlaring yetmaganday endi menga yopishmoqchimisanlar?
— Tushunmayapman, nimaga unaqa deyapsiz?
— Sen o‘zingni merovlikka solma. Bilib qo‘y, o‘sha xushtoringni ham, o‘zingni ham o‘ldirtirib yuboraman!
Bu gapdan keyin oshxona eshigi qiya ochilib, Samandarning boshi ko‘rindi:
— Qizlar, nima gap, tinchlikmi?
— Eshikni yoping! — dedi Nafisa zarda bilan. Amri shu zahoti bajarilgach, Matlubaga qaradi. Endi uning ko‘zlarida ham g‘azab uchqunlari ko‘rindi. — Qo‘lingizdan kelsa o‘ldiring, lekin menga tuhmat qilmang.
   
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 06:44:36
— Tuhmatmi? Mana bu ham tuhmatmi? — Matluba shunday deb sumkachasidan xatni chiqarib uzatdi. Nafisa xatni o‘qiyotganida undan ko‘zini uzmadi.
— Bu... Tursunali akamning xatlari-ku? — dedi Nafisa ajablanib. — Sizga kim berdi?
— Xushtoring.
— Tuhmat qilmang, dedim sizga! Xudo ursin, bu xatni endi ko‘rib turibman.
Matluba «rost aytyaptimi yo tonyaptimi?» degan fikrda unga tikilib qoldi. Mo‘ljalidagi «hujum» kuchi zaif bo‘ldi. Natijasi esa, undanda zaif bo‘ladiganga o‘xshab turibdi.
Nafisa o‘ylab bir to‘xtamga kelishi uchun kundoshiga sharoit yaratib berdi. Ichkaridan esa Toshbolta yolg‘on yo‘tali bilan qizini shoshirdi. «Dadam ham ba’zida oshirib yuboradilar-da», deb g‘ijindi Nafisa, Matluba ham yo‘talning ma’nisini tushundi. «He, o‘pkaginangga qurt tushsin, iloyim shu yo‘tal olib ketsin-a...» deb qarg‘adi.
— Agar ishonmasangiz, — dedi Nafisa kundoshiga tik qarab, — turmaga borib kelamiz. O’zlaridan so‘raymiz.
— Nima? — Matluba bunaqangi taklifni sira kutmagan edi.
— Sibirga birga borib kelamiz! — Nafisa shunday deb taklifiga aniqlik kiritgach oshxona eshigini ochdi. — Samandar aka, Irkutskka ikkita bilet olib kelasiz.
— Hozirmi? — dedi Samandar ajablanib.
— Ertaga... ertalab. Borish-kelishga olasiz. U yoqda sarson bo‘lib yurmaylik.
— To‘xta, — dedi Matluba. — Senga «Sibirga boraman» dedimmi? Menga qara, sen erimning Irkutskda ekanini qaerdan bilasan? — Matluba savolni Nafisaga berib, «ko‘rib qo‘y, xotiningni» deganday Samandarga qaradi.
   
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 06:44:44
Nafisani bu savol dovdiratmadi:
— Odamlardan eshitdim, — dedi xotirjam ravishda.
— Odamlar qaerdan eshitishibdi? Radiodan aytibdimi? Yo gazetda chiqibdimi?
— Endi maydalashmay qo‘yaqoling. Avval manavini hal etaylik, — Nafisa shunday deb xatni eriga uzatdi. — O’qing, o‘rtog‘ingizdan.
Samandar xatni o‘qib, boshini qashidi. Malla kipriklari pirpiradi.
— Matlubaxonim... Men bilmadim-u, ammo Nafisdan bekor gumonsirayapsiz. Xohlasangiz Tursunalining oldiga o‘zim borib kelaman. Agar yanglishmasam, bu xatni o‘z xohishi bilan yozmagan. Aniqlash kerak. Turmalarda har xil voqealar bo‘lib turadi.
— Aniqladingiz nimayu aniqlamadingiz nima?
— Qanchadan to‘lash kerak ekan?
Matluba aytdi.
— Har oydami? — dedi Samandar ajablanib. — Bu butun bir kapital-ku? Bilasizmi, Matlubaxonim, bunday qilamiz: birinchi vznosni biz beramiz.
— Yo‘q!
— Rad etishga shoshilmang. Axir Tursunali menga begona emas. Biz aka-ukadaymiz, axir.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 06:44:52
«Aka-ukadaymisan, yo kundoshmisan?» deb o‘yladi Matluba. Bu yerda ortiq to‘xtagisi kelmadi. Bularga uchrashgani uchun o‘zidan o‘zi nafratlandi. Xuddi tilanib kelganday his qilib, o‘zini o‘zi yulib tashlashni istadi. Shart burilib, eshik tutqichiga qo‘l yuborganida Samandar uni yelkasidan ushlab to‘xtatdi.
— Bunday qilishga haqqingiz yo‘q. Menda pul bor. Bu yil baribir qurortga bormaymiz. Ishdan menga ijozat yo‘q. Undan tashqari biz puldan sira qiynalmaymiz. Do‘stim uchun men ham nimadir qilishim kerak.
— Siz do‘stingiz uchun juda ko‘p ish qilib qo‘ygansiz, xayr, — dedi Matluba eshikni ochib. So‘ng ostona hatlab, orqasiga o‘girildi: — Bilib qo‘ying: men tilanchi emasman. Erimni ham, nomusimni ham o‘zim himoya qila olaman.
Matluba shunday deb eshikni yopdi-da, tez-tez yurib zinapoyadan tusha boshladi. Samandar ham, Nafisa ham uning ortidan yurmadilar. Samandar «Erini himoya qilishi tushunarli, ammo nomusni nima uchun aralashtiradi?» degan xayol bilan xotiniga qaradi. Nomus masalasi bekorga eslanmaganini tushungan Nafisa eridan ko‘zini olib qochib, «yo‘tali bosilib qolgan» otasi huzuriga yurdi.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 06:45:02
O’LIMNING BAHOSI

Matluba zinapoyalardan tushib, tashqariga chiqqunicha xuddi najasxonadan o‘tayotgandek nafasi qaytdi. To so‘nggi zinapoyani bosgunicha har tashlagan qadamida o‘zini la’natladi. Dastlabki soniyalarda bu yerga kelib xato qilganini anglab, pushaymon edi. Uning o‘ziga bo‘lgan nafrati bu pushaymondan tug‘ilmadi. Ko‘ngilga taskin bera olguvchi «olishuv» bo‘lmagani, ulardan baland kelish u yoqda tursin, hatto teppa-teng gaplashishga jur’ati yetmagani, eng muhimi — bu xonadondan besamar ketayotgani uning g‘azabini qo‘zg‘otgan edi. Ba’zan odam achchiqlansa G’azab toshlarini birovga otib humoridan chiqadi. Hozirgi holatda esa, Matluba G’azab toshlarini faqat o‘zigagina ota olardi.
Alhol, Matlubani dardga solgan yana bir sabab bor: Matluba kundoshining yayrab-yashayotganini anglab, avval ichi kuydi, so‘ng rashk qildi. Yo‘q, eriga nisbatan emas, o‘sha qoshu kipriklarigacha malla Samandarga rashk qildi. Eri do‘stini «zo‘r olim, faqat Maskov bilan gaplashadi», — degan edi. Ana shunday zo‘r odamni bir buzuqning quliga aylanishiga Matluba toqat qila olmadi. «Bu itdan tarqagan g‘arko‘zga er hayf. Nima qilib bo‘lsa ham ajratib yuboraman. Yursin menga o‘xshab beva bo‘lib...» Matluba xayolidan yarq etib o‘tgan bu fikrni chuqurlashtirmadi. Hatto qanday qilib ajratib yuborishini o‘ylamadi ham. Buni keyinroq mulohaza qiladi. «Samandarga borib hammasini aytaman. Qiz olmaganini bilib qo‘ysin...» deb qaror qiladi-yu, ammo axdini amalga oshirishni galga solaveradi. Bu galga solishi ham besabab emas. Avvaliga ajratib yuborishni o‘ylagan bo‘lsa, keyinchalik «Juvonmarg Nafisa bu dunyoda yashamasligi kerak», degan fikrga ko‘proq yopishib oladi.
Bu o‘y-qarorlar keyinroq tug‘iladi. Hozir esa...
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 06:45:11
Matluba besh-o‘n qadam yurgach, bolalar o‘ynaydigan maydoncha qarshisida to‘xtadi. «Tepadan kuzatishayotgandir», degan fikrda o‘girilib, ularning derazalariga qaradi. O’nlab derazalardan qaysi biri ularniki ekanini aniq bilmasdi. Uning mo‘ljalidagi bironta deraza ortida ham sharpa sezilmadi. «Er jonivor idish-tovoq yuvayotgandir. Anavi buzuq esa, otasiga hisob berayotgandir. Hamma gaplarni eshitib turdi u it! Yana yo‘taladi-ya! He, o‘pkalaring irib ketsin sening!» Matluba noaniq derazaga shu qarg‘ish toshini otgach, sal hovuri bosilganday bo‘ldi.
Nimqorong‘i muyulishda to‘xtab turgan odamning o‘zi tomon yura boshlaganini ko‘rib, cho‘chidi. Yuragiga qo‘rquv oralab, tislangan mahalida tanish ovozni eshitdi:
— Opa, bu menman.
— Vali? nima qilib turuvding?
— Kechqurun yolg‘iz yurmang, dedim. Harholda bu yerda yotib qolmasangiz kerak, deb o‘yladim.
Matlubaga Valijonning bu ishi ma’qul bo‘ldi. Ammo sir boy bermaslik uchun:
— Meni bo‘ri yermidi? — deb to‘ng‘illab qo‘ydi.
Katta ko‘chaga chiqishganda Valijon:
— Opa, men bir moshin to‘xtatayin. Adangiznikiga borasizmi? — deb so‘radi.
— Yo‘q, — dedi Matluba, — ukamnikiga boraman. Sen ham yura qol, joyi bemalol.
— Rahmat, opa, mening boradig‘on yerim bor.
Matluba «boradigan yeri bo‘lmagani uchun meni poylab turgandir», deb o‘ylagan edi. Valijonning bu gapidan so‘ng o‘sha fikri uchun o‘zi uyaldi.
— Yuraver, seni tanishadi, — dedi muloyimlik bilan.
— Yo‘q, opa, bahonai sabab bilan qarindoshlarni ko‘rib ketayin. Yana qachon tushaman bu shaharga...
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 06:45:18
Valijon Matlubani mashinada kuzatgach, o‘zi temir yo‘l bekatiga ketdi. U Matlubaga yolg‘on so‘zladi: shaharda uning qarindoshlari yo‘q edi. Xojasining davrida orttirgan o‘ynashlarinikiga borishning ma’nosi yo‘q. U xotinlar «Valijon akaginam qachon bag‘rimga kelarkinlar?» deb ko‘z tikib o‘tirmaydi. Allaqachon boshqa xushtorlar topib, maishatlarini davom ettirayotganlari aniq.
Valijon yomon bir o‘yinga beixtiyor aralashib qolayotganidan ko‘ngli xijil bo‘lib, turli o‘ylar changalida tong ottirdi. Yaxshi kunlari tugab, tashvishli davri yaqinlashganidan darak beruvchi bu shahardan tezroq qochgisi keldi. Tongda birinchi avtobusga o‘tirib uyiga jo‘nadi. Halqa yo‘ldan uzilgach, xuddi tashvishlari ortda qolganday sal yengil tortdi.
Matluba esa, mashinadan tushgach, ukasi yashaydigan hovli darvozasiga yaqinlashdi-yu, ammo qo‘ng‘iroq tugmasini bosishga shoshilmadi. Hozir u hech kim bilan ko‘rishishni, gaplashishni istamayotgan edi. To‘g‘ri, ukasi uni ko‘rib, «nega bemahalda kelding?» demaydi. Bil’aks, quvonadi. oralaridagi farq bir yosh bo‘lgani sababli ular Fotima-Husan kabi yaqin, aytish mumkinki, ma’lum ma’noda hatto sirdosh ham edilar. Yoshdagi farq oz bo‘lgani sababli ukasi uni «opa» ham demasdi, sizlamasdi ham. Matluba erga tekkanidan so‘ng «opa» deb sizlay boshladi. Bu Matlubaga ham erish tuyuldi. Ukasi bilan uzoqlashib ketganday bo‘ldi. Ukasiga ham shunday tuyulib, yana eski odatiga qaytdi.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 06:45:27
Erga tekkanidan so‘ng ota-ona huzuriga kelib-ketish uning uchun o‘lim chig‘irig‘idan o‘tish kabi azob edi. Otasi Matlubani e’tiborli bir odamning o‘g‘liga berishni mo‘ljal qilib qo‘ygan ekan. Mo‘ljalning o‘zigina bo‘lsa koshki edi. Do‘sti vakilligida go‘zal, oqila qizi borligini ma’lum qilibdi. U odam esa, qadrdonlaridan birida o‘g‘liga mos qiz borligidan «xabar topib», sovchi ham yuborgan edi. Balo buluti yopirilib, balo yomg‘irlari ana o‘shandan so‘ng yog‘a boshladi. Otasiga qo‘shilib onasi avval yalindi, so‘ng po‘pisa qildi. Po‘pisa qilishda akasi hammadan oshib tushdi, gapira turib, bir-ikki marta do‘pposlashdan ham qaytmadi. Onasi so‘nggi chora — ko‘z yoshlarini ishga solganida Matluba chiday olmadi. Onasiga qo‘shilib yig‘lab turib, bir yigitni «juda yaxshi ko‘rishini» aytdi. «Bo‘lmagan gap, — dedi onasi, — yaxshi ko‘rganingni erga tekkaningdan keyin unutib yuborasan». «Unutolmayman, oyijon», dedi yig‘idan to‘xtamay Matluba. «Agar o‘sha yaxshi ko‘rganingga tegaman, desang mening o‘ligimni hatlab o‘tib chiqasan bu uydan», dedi onasi qat’iy tarzda. «Oyijon, sizning bir tomchi ko‘z yoshingiz uchun undan kechsam kechvorar edim, lekin... to‘yning ertasiga kuyov tomon meni izimga qaytarib yuborsa isnodga chiday olmaysizlar...» Onasi beixtiyor «nega?» deb so‘radi-yu, nima voqea sodir bo‘lganini anglab, labini tishladi, yuzini yuldi.
Matluba to‘g‘ri aytgandi — isnodga chiday olishmas edi. Bo‘lib o‘tgan sharmandali voqeadan xabar topishgach, dardlarini ichlariga yutmoqdan o‘zga chora bo‘lmadi. Agar bu uyatdan odamlar xabar topishsami?! Xudo ko‘rsatmasin!
Matluba xohlagani — Tursunaliga tegdi. Unga dabdabali to‘y nasib etmadi. U alamli, azobli hayotni o‘ziga ravo ko‘rdi. Otasi esa, «oziq-ovqat savdosi boshqarma»siga rahbarlik qilish niyatiga yetolmadi. Sir uch kishining orasida qoldi. Matlubaning akasi, ukasi uning Tursunaliga tegishini o‘jarligidan, deb baholadilar. Otasi Matlubani rasman oq qilmagan bo‘lsa-da, gaplashmay qo‘ydi. Salomlariga ham alik olmadi. Faqat tilsiz, harakatsiz qolganidan keyin qiziga qarab bir nimalar demoqchi bo‘lib g‘o‘dranardi, ko‘zlari yoshlanardi.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 06:45:36
Otasini isnod emas, pul g‘ami yiqitdi. Ulardan ikki uy narida qimorboz qo‘shnilari bo‘lardi. Bir kuni chiqib «Qimorni tashlamoqchiman. Ammo bu shaharda yashab turib tashlay olmayman. Samarqanddan joy topdim. Ota yurtimga jo‘nayman, joy begona bo‘lmasin. Siz bizga ko‘p yaxshilik qilgansiz. Uyimni sotib oling, sizga arzonroq qilib beraman», debdi. Otasi ham qiziq, uyga muhtojligi yo‘q edi. Katta o‘g‘li o‘zi bilan qolib, kichigi joy qilib chiqib ketgan edi. Lekin nafs qurg‘ur «arzonroq olu u yer bu yerini tuzatib, ikki baravar ortiqqa pulla», deb qutqu qilaverganmi, harholda mahalladan uch-to‘rt odam chaqirildi, savdo pishdi. Pul to‘landi. Qo‘shni ikki oydan so‘ng ko‘chishga ijozat so‘radi. Oradan ikki oy emas, yarim yil o‘tsa ham u joyidan jilmadi. Sakkiz oydan so‘ng ko‘chishi lozimligi eslatilganda u «nega ko‘chaman?» deb «ajablandi». Uyni sotganini aytishganda esa, «Qachon sotibman? Shunday uyni nimaga sotaman?» deb yana «ajablandi». Guvohlar chaqirildi. Biri «eslay olmadi», boshqasi «bunaqa gap bo‘lmagani»ni aytdi. Guvohlar chiqib ketishgach, otasi yiqildi, tilsiz, harakatsiz bo‘lib qoldi. Oradan uch oy o‘tar-o‘tmas, onasi uyqusidan uyg‘onmadi. Mo‘‘mina ayol edi, omonatini ham osongina topshirdi.
Onalar hech mahal farzandlaridan norozi bo‘lib ketmaydilar. Shunday bo‘lsa ham Matluba «onamdan rozilik ololmadim», deb armonda qoldi.
Onasi o‘tganidan beri ota uyiga borgisi kelmaydi. Akasi bilan yangasini ko‘rishga tobu toqati yo‘q. Akasini o‘sha urganlari uchun sira-sira kechirolmaydi. Hatto onasini behurmat qilganida ham xotinini chertmaydigan insonning singlisini do‘pposlashi chindan ham kechirish mumkin bo‘lgan hol emasdi.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 06:45:45
Janozadan keyin qaysi bir kuni ukasi yolg‘on yig‘isini avjga chiqarayotgan yangasiga qarab turib, «onam boyaqish o‘ldilaru bu dunyodagi do‘zax azobidan qutuldilar», degan edi. Yomon kelindan Yaratganning o‘zi asramasa qiyin ekan. Qayin singillar turmushga chiqib ketishar, qayin inilar ko‘chib ketishar, ota bilan ona esa, bu dunyo azobiga dosh berib, yashashdan o‘zga choralari yo‘q. Ularni bu azobdan faqat o‘limgina qutqaradi.
Matluba shaharga tushganida «otamnikiga boraymi yo ukamnikigami?» deb ikkilanib o‘tirmas edi. To‘g‘ri, otasini borib ko‘rardi, ammo u yerda uzoq o‘tirmas edi. Yangasining «qiz degan otaga qarab o‘tirishi kerak», degan fasod gaplariga javob bermay iziga qaytardi. Erining ishi sudda ko‘rilayotganda bolalarini olib ukasinikiga ko‘chib keldi, deyilsa ham bo‘ladi.
Matluba ukasining darvozasi qarshisida turib, yuragi uvishib ketdi. Bir qarasang atrofingda mehribon odamlar ko‘p. Ular senga yaxshilik qilgisi keladi-yu, ammo nima uchundir qilmaydi. Dardingga malham qo‘ygisi keladi-yu, ammo nimagadir qo‘ymaydi. Senga qo‘shilib yig‘lagisi keladi-yu, ammo nimagadir yig‘lamaydi. Boshing uzra baxt quyoshi charaqlab qolsa, uning nuridan sen bilan birga bahra olishga shoshilishadi. Bu baxt quyoshi yuzini abri balo qoplaguday bo‘lsa, pana-panaga qochadilar. O’sha panada turib, senga bo‘lgan sadoqatlarini izhor etadilar. Matluba eri qamalgunicha buni bilmas edi. Balo buluti hamma yoqni zulmatga o‘ragani bilan hayotni yaxshi-yomonga ajratib, odamning g‘aflat uyqusidagi ko‘zini ochar ekan.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 06:45:59
Shaharda qarindoshlari ko‘p, tanishlari undan-da ko‘p. Ammo ularga baxti kulgan Matluba kerak. Bir olam dard iskanjasidagi baxti qaro Matlubani ular boshlariga uradilarmi? Ularni ham ayblash qiyin, chunki dard masalasida ularning boshqalardan kam yeri yo‘q. Matluba qaysi birlarinikiga hasratdosh izlab borsin? Ukasi... mehribon, ammo Matluba ayrim masalalarda unga yorila olmaydi.
To‘g‘ri, shaharda bittasi bor... Lekin u ham hasratdosh emas. Ammo agar gapi rost bo‘lsa, Matluba uchun jonini berishga tayyor odam. Dorulfununga qabul imtihonlari paytida ishqi tushib, to Matluba erga tekkunicha tinch qo‘ymadi. Ismi Ramziddin bo‘lgan bu yigitni oshiqligi sababli hamkurslar Romeo deb kulishardi. Bu ism uning o‘ziga ham yoqib, Matlubani bir-ikki «Juletta» deganida eshitadigan «shirin» gaplarini eshitib olgan edi. Bu Romeo tushmagur mulohaza, odob, muomala ko‘chalaridan o‘tmagan soddagina yigit edi. Matlubaga bo‘lgan muhabbatini hech kimdan yashirmas, muhabbat yashirin tuyg‘ular mevasi ekaniga fahmi yetmas edi. May bayramida namoyishga ketishayotganda, Qizil maydonga yetmay, ancha vaqt to‘xtab qolishdi. Shunda bu Romeo tushmagur dabdurustdan «shu yil imtihonlardan so‘ng uyingga sovchi yuboraman, yo‘q desang uvolimga qolasan», dedi. Matlubaning qitmirligi tutib, «chindan yaxshi ko‘rasizmi?» deb kuldi. Unga dugonasi qo‘shilib «yaxshi ko‘rsangiz hozir hammaning oldida isbot qiling», dedi. «Qanday isbot qilishim kerak?» dedi Romeo ajablanib. «Matlubaning qarshisida hoziroq tiz cho‘qing!» dedi dugonasi shaddodlik bilan. «Tiz cho‘kaymi?» deb so‘radi Romeo Matlubadan «yo‘q» degan javobni kutib. «Nega Matlubadan so‘raysiz. Yaxshi ko‘rsangiz tiz cho‘king darrov! Amerikaliklar shunday qilisharkan. Zamonaviy yigitlar Amerikaga ergashishlari kerak», dedi dugonasi bo‘sh kelmay. Romeo yana Matlubaga qaradi. Najot bo‘lmagach, cho‘ntagidan tanga pullarini olib qizning oyoqlari ostiga sochdi-da, ularni terib olish bahonasida tiz cho‘kdi. Uning bu topqirligidan qoyil qolgan qizlar ko‘chani boshlariga ko‘tarib, sharaqlab kulib yuborishdi. «Matlu, shundan boshqaga tegsang xor bo‘lasan», deb hazillashishdi. O’shanda farishtalar «omin» degan ekanmi, boshqaga tegdiyu xor bo‘ldi...
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 06:46:05
O’sha kezlari esa, Matlubaning ko‘z oldidan Tursunali ketmas edi. Boshqa barcha yigitlar uning uchun arzimas bir odamchalar edi.
Romeo bilan turli tasodif tufayli keyin ham uchrashdilar. Har gal uchrashishganda u uylanmaganini, Matlubaning erdan chiqishini kutayotganini aytardi. «Sovuq nafas qilma, nega erdan chiqarkanman?» derdi Matluba. «Sen u bilan baxtli bo‘lolmaysan. Yo ajralishasan, yo siqilib o‘lib ketasan. Boshqa yo‘l yo‘q senga. Mening ham bitta yo‘lim bor — seni kutaman. Qariganingda bo‘lsa ham senga uylanaman. Uylanmagunimcha o‘lmayman», derdi u.
Tursunali qamalgach, yana uchrashishdi. Bu safargi uchrashuv tasodifiy bo‘lmadi. Romeoning o‘zi qishloqqa qidirib bordi. Yana o‘sha gapni aytdi. «Uni o‘n besh yil kutmoqchimisan? Kutma», dedi. «Ahmoq ekansan,— dedi Matluba. — Boshqa kelma, men ersirab qolmaganman». «Boshqa kelmayman, o‘zing borasan», dedi u ishonch bilan. So‘ng yon daftarchasining bir varag‘iga turar joyini yozib berdi. Matluba bu qog‘ozni g‘ijimladi-yu, ammo tashlab yuborolmadi.
Hozir ukasining darvozasi qarshisida shuni eslab, bir entikdi. Bu yomon xayol domiga tushmaslik uchun qo‘ng‘iroq tugmasini bosdi. Eri qamalganidan beri dam yarim tunda, dam erta saharda kelib yurgani uchun eshikni ochgan kelini bu tashrifdan ajablanmadi. «Keling, opa», deb so‘rashdi.
— Sarvar uydami? — dedi Matluba, ostona hatlab ichkari kirgach.
— Uydalar, futbol ko‘ryaptilar. Odatlarini bilasiz-ku, futbol desa o‘zlarini tomdan tashlaydilar.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 06:46:12
Sarvar chiqib, opasi bilan salomlashdi-da, «choy-poy ichib tur, hozir tamom bo‘ladi», deb yana kirib ketmoqchi edi, xotini to‘xtatdi:
— Odamni isnodlarga o‘ldirib yuborasiz-a, futbol o‘lguringizni bir marta ko‘rmasangiz nima qilibdi?
Bu gaplarni eshitib, Sarvar qoshlarini chimirdi:
— Yana bir marta «futbol o‘lgur» degsang, jiydaxaltangni qo‘ltiqlaginu onangnikiga jo‘nab qol.
— Axir opam...
— Opam bo‘lsa, o‘zimning ming yillik opam. Mensiz yarim soat chidab o‘tirishga qurbi yetadi. Sen kallangni ishlat: bunaqa o‘yin to‘rt yilda bir marta bo‘ladi. To‘rt yil kutaman men bunaqa o‘yinni.
— Mening kelin degan nomim bor. Har qanaqasiga kim yomon — kelin yomon.
Matluba er-xotinning «olishuvi»ni eshitib, ma’yus jilmaydi.
— Sarvar, bor, kiraver, futbolingdan qolma.
Shu payt ichkaridagi televizordan muxlislarning hayqirig‘i eshitildi. Nimadir demoqchi bo‘lgan Sarvarning gapi og‘zida qolib, sapchiganicha ichkari kirdi.
— Nazmixon, qo‘ying, odatini bilasiz-ku. O’zining to‘yida futboldan kechmagan odam shu paytda kechadimi?
— He quribgina ketsin, shu futbollari, — Nazmi shunday deb qayin egachisini mehmonxonaga boshladi.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 06:46:21
Bu xonadondagi er-xotin yechishi mushkul bo‘layotgan asosiy muammo futbol masalasi edi. Sarvar bu o‘yinning ashaddiy muxlisi bo‘lsa, Nazmi ashaddiy dushmani edi. «Futbol — san’at! Sochi uzun, aqli kalta odam bu o‘yinning gashtini bilmaydi». «Futbol — yigirma ikkita ahmoqning bitta to‘p ketidan Ali akaning itiday halloslab yugurishi». Er-xotinning bu boradagi «falsafasi» shundan iborat. O’n yilning nari-berisida davom etayotgan «ilmiy» bahsda hali tomonlarning kelishuvidan darak yo‘q. Hozirgi bu bir «cho‘qishib» olish ham Matluba uchun yangilik emas. Har safar «qozilik» qilishga to‘g‘ri kelsa, kelinga to‘ylarini eslatadi. Bu eslatuv Nazmiga yoqadi. Aslida Nazmi bu voqeani sira unutmaydi. Chunki bu unutadigan voqea emas. Biron hajvchining qulog‘iga chalinsa yozib yuborishi turgan gap. Tasavvur qiling: nikoh bazmi avjida. Tabriklarning biri-ikkinchisiga ulanadi. Shirakayf mehmonlar kelinning yarim soatdan beri yolg‘iz o‘tirganini sezishmaydi. Ammo bunaqa holat ayollarning nazaridan qochmaydi. Tabiiyki, eng avvalo kelin poshsha bezovtalanadilar. «Hozir kelaman», degan kuyov to‘ra qayoqqa g‘oyib bo‘lishlari mumkin? Yangasi biqiniga asta turtib, «Qani kuyov?» deb so‘raydi. Nazmi qaerdan bilsin?
Xotinlarning shivir-shiviri tavonxonagacha yetib boradi. «Opoqi, qudalar xavotirlanishyapti, o‘g‘lingiz bir soatdan beri yo‘q emishlar». «Yarim soat» tavonxonaga «bir soat» bo‘lib yetib bordi. Bu gap xotinlar tili vositasida ko‘chaga chiqquday bo‘lsa, «ikki soat»ga yetishi tayin. O’g‘lining qaerdaligini ona bilmay, kim bilsin? To‘g‘ri, bu gapni eshitib, avvaliga yuragi «shuv» etib ketdi. Harholda do‘stdan dushman ko‘p. Onaning ziyrak fahmi bu xavotirni darrov quvdi. «Voy, sho‘rginam, bugun futboli boridi-ya! To‘yni ertaga ko‘chiring, deganida qudalar ko‘nishmovdi». Xullas, Sarvar yana o‘nbesh daqiqadan so‘ng «topildi». O’sha kuni u umrida yagona zo‘r «jasorat» ko‘rsatdi: futbol o‘yinining faqat ikkinchi bo‘limini ko‘rdi. Birinchi bo‘limini esa «umrida bir marta bo‘ladigan tantana» — to‘y uchun qurbon qildi. Tabiiyki, Nazmi bundan o‘sha paytda bexabar edi.
   
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 06:46:28
Kuyov to‘ra xushnud holda joylarini egallaganlarida kelin poshsha arazlaganday bir chimirilib qo‘ydilar-u, tergamadilar, turmushning dastlabki daqiqalaridayoq tergashni o‘zlariga ep ko‘rmadilar. Bu ham o‘ziga xos bir jasorat bo‘ldiki, zikr etilmog‘i albatta, o‘rinlidir. O’yin ko‘ngildagiday tugagani uchun kuyov to‘raning kayfiyatlari yaxshi edi. Barmoqlarining uchi bilan kelin poshshaning yumshoq joylarini o‘g‘rincha silab, quloqlariga shivirladilar:
— Sizga bitta she’r aytib, beraymi?
Kelin poshsha ajablanib, «she’r yozgani ketgan edingizmi?» degan savol nazari bilan qarab qo‘ydilaru bosh irg‘ab, she’rni o‘qimoqqa ijozat berdilar.
Kuyov to‘ra yana quloqqa shivirladilar:
— Ekin ekadig‘on yering bo‘laman, bugundan boshlab ering bo‘laman.
Kelin poshsha «piq» etib kulib qo‘ydilar. Bu kulgi kuyov to‘raning gunohlari kechirilganiga bir ishorat edi. Qadah ko‘tarib tabrik so‘zi aytayotgan mehmon go‘yo kuyov to‘raning hozirginada she’r aytganlarini sezganday «mushoira»ni davom ettirdi:
«Sarvarbek! — deb xitob qildi u. — To‘y to‘ylashib keldik elingizga, Xudo quvvat bersin belingizga!» To‘yxonani qiyqiriq bosib, xotinlarning farazlarga boy «shivir-shiviri»ga yakun yasaldi. Mana shu qisqa vaqt davomida Sarvar xotinlar tili bilan yasalgan «uchar gilam»da yaxshi ko‘rgan qizi bilan uchrashib qaytishga» ulgurdi.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 06:46:35
Nazmi har safar shu voqeani eslaganida bir entikib qo‘yadi. Hozirgi entikish eriga bo‘lgan arazni nari surdi. Qayin egachisiga mehribonlik ko‘rsatib, Matlubaning qarshiligiga qaramay dasturxon tuzadi. Choy damlab kelgach, qo‘ni-qo‘shnilar, qavmu qarindoshlar hayotidan qisqa-qisqa axborot berdi. Matluba kelinining bu odatini ham yaxshi ko‘radi, ham ranjiydi. Yaxshi ko‘rganining boisi — Nazmi bilan besh daqiqa birga bo‘lsa bas, barcha yangiliklardan xabardor bo‘ladi. Ranjiganining boisi — uning tashrifi haqidagi ma’lumot ham ertasigayoq «xotinlar telegrafi» orqali tarqaydi. Tursunali qamalganidan beri bu «telegraf» to‘la quvvat bilan ishlaydi. Matluba ba’zan «gap shu yerda qolsin», deb keliniga qattiq tayinlaydi. Kelinning «oQzi mahkam». Matluba ketguniga qadar bu gap ostona hatlamaydi. Matluba tushgan avtobus shaharni tark etmay, sir saqlanmoQi lozim bo‘lgan yangilik ozgina qo‘shilgan, bezalgan holda «xotinlar telegrafi»ga ulanadi.
Nazmi mahalla yangiligini tugatib, qarindoshlarga o‘tganida Matluba uning gapini bo‘ldi:
— Vazirlikka hisobot olib tushgan edim. Qog‘oz o‘lgur biram ko‘p. Bitta-bitta tekshirib olgunicha kech bo‘lib ketdi.
Matluba bu gapni «xotinlar telegrafi» uchun atay aytdi. «Hisobot oladigan qo‘ng‘iz mo‘ylov opamga bir-ikki ilmoq tashlash uchun atay kechgacha olib o‘tiribdi», degan qo‘shimchadan, shubhasiz, Matluba bexabar qoladi.
Futbol tugab, Sarvar chiqib keldi.
— Voy opa, qarang, bir qarang, — dedi Nazmi, — shoxlari chiqibdi!
— Boya nima deding? — dedi Sarvar uning pichingini tushunmaganday, — «Odamni isnodlarga qoldirasiz» dedingmi? Men futbolni ko‘rmay shu gapingni o‘ylab o‘tirdim.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 06:46:42
— Gapimga nima bo‘pti?
— Qiziq-da. Odam isnodga qolsa, senga nima?
— Voy, savil, opa, ukangizning gaplarini eshityapsizmi? Men odam emas emishman...
— Men unaqa demadim, — Sarvar shunday deb choy xo‘pladi, — choyni yangila, sovubdi.
Nazmi opa-ukaga bir-bir qarab chimirildi-da, jahl bilan o‘rnidan turib, tashqariga chiqdi.
— Ba’zan juda oshirib yuborasan-da. Choy issiq edi-ku? — dedi Matluba ukasiga norozi qiyofada boqib.
— Shunaqa demasam, vaysab o‘tiraveradi. Ha, nima bo‘ldi, tinchlikmi?
— Vazirlikka hisobot olib tushuvdim...
— Bo‘ladigan gapni gapirsang-chi.
Matluba ukasidan sir saqlamas edi. Ammo bo‘lib o‘tgan gaplarni hozir aytgisi kelmadi. Erining o‘ynashi oldida, o‘zi «shaltoq, isqirt», deb hisoblagan bir ayol qarshisida past ketgani, aniqroq aytilsa, mag‘lub bo‘lganini tan olgisi kelmadi. Shu sababli «bo‘ladigan gaping nimasi», deb ukasidan nigohini olib qochdi. Ziyrak Sarvarga shuning o‘zi kifoya qildi.
— Bo‘ldi, to‘k dardingni, yana yorilib ketmagin, — dedi u opasiga tikilib.
Matluba bu qarashga bardosh bera olmadi. Bir soat avvalgi voqea, mag‘lubiyatdan toshgan dardu alam daryosi ko‘zlaridan yosh bo‘lib quyila boshladi.
— Yorilasan, dedim-ku! Ayt, nima bo‘ldi?
Matluba ro‘molchasi bilan burnini chimdib qo‘yib, «hech narsa» dedi-da, sumkachasidan erining xatini olib, uzatdi.
Sarvar xatni o‘qib, bir oz o‘ylandi. So‘ng «xato o‘qimadimmi» deganday satrlarga yana ko‘z yugurtirdi.
— Ha... tushibdilar, akaginam... — dedi o‘ziga o‘zi gapirganday.
— Nimaga tushadi?
— O’g‘rilarning qo‘liga tushibdi ering.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 06:46:49
— Qanaqa o‘g‘rilar? — Matluba bu yangilikdan ajablanib, yig‘ini ham unutdi.
— Qanaqa bo‘lardi, oddiy sovet o‘g‘rilari, — deb piching qildi Sarvar. So‘ng jiddiylashdi: — Ularga soliq to‘lanmasa ersiz qolasan.
— Sen buni qaerdan bilasan?
— Bilaman-da.
— Yo‘q, ayt, qaerdan bilasan?
— Men bilan birga o‘qigan Habib esingdami? «Zolotoy» derdik. O’ninchida o‘qiyotganida qamalib ketuvdi. Esingda yo‘qmi? Xo‘p, unda esing Tursunali akang bilan band edi. Xullas shu bola ikki marta o‘tirib chiqqan. Salkam «vor v zakone».
— Bu nima degani?
— O’g‘rilarning zo‘ri, degani. O’sha gapirib beradi menga bunaqa gaplarni.
— Uchrashib turasanmi? O’g‘ri bilan-a?
— O’g‘ri bo‘lsa, ko‘chada o‘g‘ri. Uyda mening oshnam.
— Bu xatni unga ko‘rsataylik.
— Foydasi yo‘q.
— Nega?
— Tanish-bilishlik, iltimos degan narsa bizlarda bo‘ladi. O’g‘rilarda bunaqasi yo‘q. Eringni shunga hukm qilishibdimi — tamom. Davlatning xazinasiga o‘xshab, ularning ham xazinasi bo‘ladi. Tomib turmasa, quriydi bu xazina. Ular esa xazinalarining qurishiga sira yo‘l qo‘yishmaydi.
— Xazinasiga o‘t ketsin!
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 06:46:57
— Qarg‘ama. Ularning ishi to‘g‘ri. Ular duch kelgan odamni tushirishmaydi. Pochchaginamga o‘xshagan g‘irromlarni o‘marishadi. O’zing o‘ylab ko‘r, ishchidan yo dehqondan nimani o‘marishadi?
— Pochchangdan hech nima qolmadi. U uyga tashimas edi.
— Bu bilan ularning ishlari yo‘q.
— Men qayoqdan topaman shuncha pulni?! — Matlubaning titroq ovozi bir necha parda ko‘tarildi. Oshxonada ivirsib yurgan, qo‘li ishda, qulog‘i esa mehmonxonada bo‘lgan Nazmi ham bu ovozni eshitdi.
— Er kerak bo‘lsa, topasan, — dedi Sarvar xotirjam tarzda.
— Bermasam o‘ldirishadimi?
— Bilmayman. Agar shunaqa shart qo‘yilgan bo‘lsa — o‘ldirishadi.
— Bolalarimga-chi? Tegishmaydimi?
— Bilmayman... Agar bolalarni garovga qo‘ygan bo‘lsa...
— Nega garovga qo‘yarkan? Bolalarda nima haqqi bor uning?! Voy Xudoyim, qayoqdanam shu hayvonga tegdim!
— Bo‘ldi, g‘ingshima. Endi hayit o‘tgan, xinani xohlagan joyingga qo‘yasan.
«Xotinlar telegrafi» uchun qiziq ma’lumot bera oluvchi gapga shoshgan Nazmi kirib kelib, ikkovlari ham jim qolishdi.
— Bolalarning o‘qishiga qattiq turganing yaxshi,— dedi Sarvar gapni burib. Matluba avvaliga ukasining muddaosini tushunmay ajablandi. So‘ng keliniga bir qarab olib:
— Hozir o‘yinqaroq payti. Otasi bo‘lganidayam ha-yig‘ib turarmidi... — deb qo‘ydi.
— Onasi, ertalab vaqtli ketaman. Kiyimlarimga dazmol urib qo‘y, — dedi Sarvar, xotini uzatgan choyni olib.
Nazmi «kiyimlaringiz tap-tayyor» deyishga og‘iz juftladi-yu, o‘zining bu suhbatga ortiqchaligini anglab, o‘rnidan tura qoldi.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 06:47:04
— Menam vaqtli ketaman, — dedi Matluba, — Ertaga kelaman. Pul oladigan yigit adamlarnikini tayin qilgan.
— Men ham adamlarnikida bo‘laman. O’sha yigitni bir ko‘rib qo‘yay.
— Ko‘rmaganing yaxshimikin. «Birov bilmasin» degan.
— Aytaveradi. Bu birov bilmaydigan ish ekanmi? Sen ko‘p siqilaverma. Yolg‘iz bo‘lganingda boshqa gap edi. Ahmoq bo‘lsa ham, hayvon bo‘lsa ham o‘sha peshonangga bitgan ering. O’n besh yil bergan bo‘lsa, o‘n besh yil o‘tirmaydi. O’n besh yilgacha yo podsho o‘ladi, yo eshak.
Sarvar shunday deb o‘rnidan turdi.
— Rostdan ham vaqtli ketishim kerak. Sen ham damingni ol.
Matluba bu xonadonga har kelganida kelini hurmat yuzasidan mehmonxonada yotmoqchi bo‘ladi. Har safar ham Matluba uni yotoqxonasiga chiqarib yuboradi. Odat bu gal ham kanda bo‘lmadi. Mehmonxonada yolg‘iz qolgach, Matluba o‘ringa yonboshladi. Bir necha nafasdan so‘ng yuragi bezovtalanib, qaddini ko‘tardi. Xayollari cho‘l shamoliday bevosh bo‘lib ketdi. Tursunali akasini ilk bor ko‘rgan kunini ham esladi. Eslay turib, o‘sha kunni la’natladi. Asalday totli tuyulgan damlar zaharga to‘la turmushning aldamchi debochasi ekanini kech angladi. Yumuq ko‘zlar ochilgan damda zaharga to‘la hayot qo‘yniga kirib bo‘lgan, endi ortga yo‘l yo‘q edi. Hozir ham turmushning zaharli nishi yuragiga sanchilib, bezovta qila boshladi. Yuragi qattiqroq sanchganda beixtiyor «oyijon!» deb yubordi.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 06:47:12
Ona — farzandiga yopirilajak dardu alamlar seli yo‘lidagi bir to‘g‘ondir. Ona yaratgan Olloh huzuriga qaytgach, bu to‘g‘on o‘z-o‘zidan yemiriladi. Matluba buni ham kech angladi. Faqat Matluba emas, ko‘pgina farzandlar shundaydirlar. Oxir-oqibat «Voy, onajonim!» deydilar, nolayu faryod dengiziga g‘arq bo‘ladilar. So‘ng esa, to‘g‘on bo‘lishni Onaning ruhidan umid qiladilar. Johil bandalar... ofatlardan Onaning ruhi emas, Yaratganning o‘zigina saqlashiga aqllari yetmaydi... Yana Xudo biladi, onalarning ruhiga biron-bir qudrat kasb etilsa, borini hayotda qolgan farzandlari hi-moyasiga baxsh etarmi edilar... Bu shunchaki ojiz bir faraz. Aslida esa, Onalarning ruhlari farzandlar duosiga muhtojdirlar...
Matluba o‘rnidan turib deraza oldiga keldi. Uyda dimiqib ketganday bo‘lib hovliga chiqdi-da, taxta so‘riga o‘tirib, tirsagi bilan panjaraga suyandi.
«Oyijon, «baxtli bo‘l», deb duo qilardingiz. Duolaringiz nima uchun qabul bo‘lmadi? O’zim aybdormanmi? Endi nima bo‘ladi? Dunyodan baxt nima ekanini bilmay o‘tamanmi? Mening bo‘larim bo‘ldi. Bolalarim baxtli bo‘lishsin, duo qiling, oyijon. Oyijon, duo qiling, menga ko‘p umr kerak emas. Zilolani kuyovga uzatganimdan so‘ng bir yilgina yashasam yetadi. Zilolaning bolasini ko‘rsam, beshik qilsam bo‘ldi, keyin yoningizga chaqiring. Kuyovingiz bugun-erta qamoqdan chiqib kelsa ham men bolalarimni unga ishonib tashlab keta olmayman. U chiqib kelgani bilan baribir yana o‘sha shiltasi bilan topishadi...»
Shu fikr xayoliga kelishi bilan o‘sha «qon qusgur Nafisa» ko‘z oldida gavdalandiyu badaniga titroq yugurdi. Boshqa narsalarni o‘ylashga harakat qilsa ham o‘sha «kafansiz ko‘milgur Nafisa» qarshisida tirjayib turaverdi. Shunda bir necha soat ilgari xayolini yoritib o‘tgan fikr yana qaytaladi: «Bu baloginaga yo‘liqqur o‘lmas ekan, men tinchimni topa olmayman. U o‘lmasa — menga hayot yo‘q...» Bu fikr qat’iylasha boshlaganda ayvonda sharpa sezildi.
— Nima qilib o‘tiribsan?
Matluba ukasining ovozini eshitib, o‘girildi.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 06:47:20
— Uyqung, kelmayaptimi? Negadir men ham uxlay olmayapman. Ko‘zlarimni yumsam, adam chaqirayotganga o‘xshaydilar.
— Sog‘ingandirlar. Qachon borib ko‘ruvding?
— To‘rt kun bo‘ldimikan?
— Yo‘ling-ku, kunda bir ko‘rib o‘tsang bo‘lmaydimi?
— Bo‘ladi-ku, Ofatni kunda bir ko‘rish menga ham og‘ir-da. Kirishimdan sasishni boshlaydi, yarim soatga zo‘rg‘a chidayman. Shuni qo‘ydirib, akamga boshqa xotin olib berishimiz kerak.
— Qo‘ysang-chi.
— Sen nimaga uxlamayapsan? Siqilma, dedim-ku.
— Anavi o‘g‘ri o‘rtog‘ingni qachon ko‘rasan?
— Xohlasam hozir, xohlasam ertaga. Nima edi?
— So‘rab ko‘rgin. Bitta odam o‘ldirish qancha turarkin?
— Nima? — Sarvar hayratlanib opasining ko‘ziga qaramoqchi bo‘ldi. O’n kunlik oy yorug‘ida ko‘zlardagi ma’noni uqib bo‘lmadi. — Nima deding? Kimni o‘ldirtirmoqchisan? Pul so‘rab kelgan bolanimi? Kallangdan chiqarib tashla bu xayolni! U o‘lsa, boshqasi keladi.
— Uni emas... bittasi bor.. so‘rab bera qolgin.
— Narx bir xil bo‘lmaydi. Odamiga qarab so‘rashadi. Lekin Habib bunaqa ishga bormaydi. U o‘g‘ri, killer emas.
— Killering nima?
— Pulga odam o‘ldirib beradiganlarni «killer» deyishadi.
— Eng arzoni qancha, bilib ber.
— Sen... esingni yig‘. Agar killer qo‘lga tushsa, buyurtmachi ham ketadi. Aqlingni yig‘u bunaqa ishlardan nari yur. Agar yaxshilab qarg‘asang, o‘ladigan odam shu qarg‘ishing bilan ham jo‘navoradi. Bo‘ldi, kirib yot. Ahmoq bo‘lib qolibsan.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 06:47:28
Sarvar keyingi gapni zarda bilan aytib, opasini tirsagidan ushlab uyga boshladi.
Matluba yotgani bilan uxlay olmadi. Tongga yaqin ko‘zi ilingan ekan, darvoza qo‘ng‘irog‘i ketma-ket jiringlab uyg‘otib yubordi. Sarvar maykachan holda shoshilib hovliga chiqdi. Darvozani ochishga ulgurmay, ko‘cha tomondan jiyanining ovozi eshitildi.
— Amaki, tez borar ekansiz, adam aytdilar. Men telegrafga borib, ammamga telefon qilaman.
— Ammang shu yerda, — dedi Sarvar darvoza eshigini ochib. To‘n kiyib, qiyiq bog‘lab olgan jiyanini ko‘rdiyu otasidan ayrilganini angladi.
Ukasiga ergashib chiqqan Matluba ostona hatlay turib, «Adammi?» dedi-yu, javob kutmay yig‘lab yubordi.
— Kechqurun chaqirishlari bekorga emas ekan, g‘aflatda qolibman-ku, — Sarvar ich-ichidan kelgan bir o‘kiriq bilan boshiga mushtlab ingrandi.
Opa-uka ota uyiga kelganlarida akalari ko‘chaga qo‘yilgan stullardan birida yolg‘iz o‘zi shumshayib o‘tirgan edi. Matluba akasini bu ahvolda ko‘rib, yanada xo‘rligi kuchaydiyu «Voy otam»lab aytib yig‘lashni boshladi.
Marhum uy o‘rtasiga solingan yangi ko‘rpa-to‘shakda yotardi. Jag‘i tang‘ib bog‘langan bo‘lsa-da, og‘zi xiyol ochiq edi. Ko‘zlari ham butkul yumulmagandi. Xuddi berkinmachoq o‘ynayotgan bolaning ko‘zlariday yarim ochiq edi. Go‘yo u jon bermaganu, hazillashib o‘zini o‘lganday qilib yotib olgan edi. Yarim ochiq lablari hozir bir jilmayib so‘ng so‘zlay boshlaydiganday edi.
— Ada! Adajon!!
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 06:47:35
Tabiiyki, javob bo‘lmadi. lablar jilmaymadi. So‘zlar aytilmadi. Go‘yo murda gapirib yubormasin, degan ehtiyotni qilib jag‘ tang‘ib bog‘langanday...
Matluba kirib kelgan yangasini quchoqlab olib yig‘ladi. Bilmagan odam quchoqlashib bo‘zlayotgan bu ayollarni bir-biriga mehribon opa-singil deb o‘ylashi ham mumkin edi. Ular bir-birini tinglamagan holda aytib yig‘lashardi: «Mehribonim otam...» Yarim ochiq ko‘zlar esa, go‘yo ularni kuzatardi, lablar esa, go‘yo pichirlar edi: «aytayotganlaring rostmi? Chin dildan achinyapsanlarmi?..»
Afsus shuki, murdalar gapirmaydilar. Ularga bir necha daqiqalik so‘zlash imkoni berilsami edi... Bu olamda nimalar yuz bermas edi-ya... Yana kim biladi, balki birovlar bu imkoniyatdan foydalanib kalimai tavhidni to‘xtatmay aytarlar, birovlar «shuncha yil talashib-tortishib erishganimiz oqibat shu bo‘ldi, ko‘rib qo‘ying, ibrat oling», derlar, birovlar esa, «falonchi mendan besh so‘m qarz olib edi, g‘aflatda qolmanglar, borib olinglar», deb ogohlantirar?
Kimdir Yaratganning huzuriga borayotganiga shukr qilib ko‘z yumar, kimdir lahadda yolg‘iz yotishini o‘ylab qo‘rquv bilan jon berar, kimdir to‘plagan boyligi qolib ketayotganidan achinib o‘lar...
Bu dunyoni qanday tark etishidan qat’iy nazar, barchalariga aza ochiladi. Bu dunyoda bir-birlari bilan tenglik qilmagan odamlar lahaddagi guvalaga bosh qo‘yishlari hamonoq tenglashadilar. Ammo bu tenglik ham uzoqqa bormas. Savol-javobdan so‘ng, amalga qarab ajralish yuz berar — birov to qiyomatga qadar qabr azobiga giriftor bo‘lar, birov esa bu azoblardan ozod etilar. Qiyomatda esa, uzil-kesil ajralish yuz berar...
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 06:47:44
Lablari ham, ko‘zlari ham yarim ochiq marhum erishajak ajr ne bo‘lar, yolg‘iz Tangri biladi. Matluba esa, astoydil aytib yig‘laydi: «joyingiz jannatdan bo‘lsin, adajon!..»
Marhum dafn etib kelingach, yig‘ini uyg‘otayotgan ehtiroslar ham so‘ndi. Tashqarida odatdagi «Bandalik ekan» — «Ollohning irodasi» — «Sabr bersin», degan ta’ziya bildirishlar, ichkarida esa birdan boshlanib, birdan so‘nuvchi yig‘i tovushlari eshitilib turdi. Matlubaning yangasi ko‘ngil aynitar gaplarini ana shundan keyin boshladi.
Odatda qizlar ota uyida qirq kungacha o‘tirishardi. Matlubaning qirq daqiqa o‘tirishga ham toqati qolmadi. «Ta’ziyaga keluvchi xotinlarning keti uzilmasayu yangamning vaysashi uchun fursat bo‘lmasa», deb orzu qildi.
Ertasiga yangasining navbatdagi diy-diyosi boshlanganda Sarvar ichkariga mo‘ralab, Matlubani imlab chaqirdi.
— Xursanali degan yigit so‘rayapti. Sovxozingdan kelibdi.
— Bu o‘sha, — dedi Matluba. — Endi nima qilamiz? Shunday kunda ham kelib, bez bo‘lib turibdimi?
— Nima qilarding, to‘laysan. Bularda to‘y-aza degan gap yo‘q.— Sarvar shunday deb cho‘ntagidan qog‘ozga o‘ralgan pul olib, opasiga uzatdi.— Ma, olib chiqib ber.
— Pulmi? Tayyorlab qo‘yuvdingmi?
— Zolotoyga aytuvdim. Yordam bera olmasligidan afsuslanib, bu yilgi soliqni ko‘taradigan bo‘ldi.
— O’zi berib qo‘ya qolmaydimi?
— Bunaqa hotamtoyligini bilib qolishsa tinch qo‘yishmaydi. Lekin odamlari bilan gaplashibdi. Bolalaringga tegishmaydi. Xotirjam bo‘l. Seni ham himoya qilishadi.
Sarvar keyingi gaplarni opasini dardini yengillatish uchun o‘zidan qo‘shdi.
Matluba pulni olib, ko‘cha eshik tomon yurdi. Yigit uni ko‘rib, o‘zini chetga oldi. Birinchi soliq to‘lash marosimi gap-so‘zsiz bo‘ldi. Matluba pulni uzatdi, yigit olib cho‘ntagiga soldiyu «xayr, rahmat» deganday tirjayib qo‘ygach, burilib jo‘nadi.
Matluba iziga qaytayotganida akasi «Ha, tinchlikmi?» deb so‘radi.
— Tinchlik, — dedi Matluba, — sovxozning kassiri. Qog‘ozlari menda edi.
Akasi xavotirlanib emas, shunchaki so‘ragan edi, bu javob bilan qoniqdi.
   
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 06:48:02
DARBADAR

Birinchi qor yomg‘irga aralashib yoqqani uchun tez erib ketdi. Qor bahonasi bilan yopirilib kelgan sovuq tunda kuchga kirib, faoliyatini yer sathini muzlatishdan boshladi. Bunaqa sovuqni endi ko‘rayotgan Tursunali diydirab, «shu sovuqlarda muzlab, o‘lib ketsam kerak», deb xo‘rligi keldi. Bir qo‘lida cho‘kich, ikkinchisida belkurak ushlab, saf bilan yo‘lga hozir bo‘lib turganida ro‘parasida Tengiz paydo bo‘ldi.
— Ha, zemlyak, ishlar qalay? Muncha shumshayasan? Nima, sovqotdingmi? Agar shuni sovuq desang, bir-ikki haftadan so‘ng onangni ko‘rar ekansan-da. Ha, xotiningga xat yozib, rahmat deb qo‘y. Aqlli ekan. Buyrug‘ingni bajaribdi.
Tengiz shunday dedi-yu, burilib nari ketdi. Tursunali «meni bu azoblardan qutqaring», deb iltimos qilmoqchi edi, ulgurmadi, gapi oQzida qoldi. Safga qarata «Yurilsin!» degan buyruq berildi.
Uch kundan beri ular daraxt kesishmaydi. Kesilgan yog‘ochlar yig‘ilib qolganmish. O’n chaqirimcha piyoda yurib, so‘ng o‘rmon ichida handaq qazishadi. Bu ovloqda handaqning nima keragi borligini hech kim bilmaydi. Aslida bu handaqlarning birovga zarurati yo‘q. Daraxt kesish vaqtincha to‘xtatilgani sababli mahbuslar bekor yotishmasin, degan maqsadda handaq qazdirishadi. Bir guruh kelib qaziydi. Ikkinchisi kelib ko‘madi.
Avvalgi kun Nuriddin ham Tursunali bilan birga edi. Kecha uni Tengiz yoniga chaqirib olibdi. Nuriddinsiz uning bo‘lari bo‘ldi. Belgilangan vazifasini bajara olmay kaltak ham yedi. Kechqurun Nuriddinga arzi hol qilib «Tengizga ayt, menga yengilroq ish olib bersin», degan edi. Bugun Tengiz yaqinlashayotganini ko‘rib, bir ichi yorishdi-yu, keyin yana zulmat qo‘ynida qoldi.
Nuriddin uning iltimosini Tengizga aytgan edi.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 06:48:10
— Hamzat, — dedi Tengiz unga javoban, — sen hech qachon odamlarga, ayniqsa, bunaqalarga achinma. Bu odam kim bo‘lgan, bilasan-a? Sovxoz direktori! Bu yerda sen bilan menga yalinib yuribdi. Amal otida kerilib, davr surayotgan damlarida bizni odam o‘rnida ko‘rarmidi? Bu xunasa boshqalarni eshshakday ishlatib, o‘zi maishatini surib yurgan. Ana endi mehnat nima, azob nima bilib qo‘ysin.
— U chidolmaydi, o‘lib qoladi, — dedi Nuriddin.
— Qo‘yaver, o‘lsa ham mehnat bilan o‘lsin. Sen daraxt kesish boshlanguniga qadar mening yonimda yura turasan. Ammo bir narsani unutma: men bilan bo‘lganingda ko‘zing ko‘r, qulog‘ing kar bo‘ladi. Ko‘rganingni ko‘rdim demaysan, eshitganingni eshitdim demaysan.
Nuriddin bu buyruqqa itoat etdi. Bu itoati bilan o‘g‘rilar olamiga dastlabki qadam qo‘yganini o‘zi ham sezmay qoldi. Shu paytgacha o‘g‘rilar sirtmog‘iga bo‘yin bermay kelayotgan edi. Tengiz ko‘zga ko‘rinmas sirtmog‘ini ustalik bilan tashladi. O’sha kuni «politbyuro» to‘plandi. Hal qilinadigan aniq masala yo‘q edi. Shu bois «chefir» choy ichib, qarta o‘ynab gaplashib o‘tirishdi. Qo‘tos ham, Koshak ham, boshqalar ham xizmatdagi Nuriddinga qarab-qarab qo‘yishardi. Koshak nechta uyni bosganiyu qancha odamni asfalasofilinga jo‘natganini aytayotganida Tengiz uning gapini bo‘ldi:
— Koshak, biz bu gaplarni bilamiz. Agar Hamzatni qoyil qoldirmoqchi bo‘lsang, yanglishasan. Hamzat Afg‘onda o‘ldirgan odamlarni sen sanog‘iga yeta olmaysan.
Koshak «shunaqami?» deganday Nuriddinga zimdan qarab qo‘ydi. Tengiz aytmasa ham Nuriddinning kimligi, ochiqlikda nima qilgani bu yerdagilarning hammasiga ayon edi. Bu choyxo‘rlik, bu xizmat bo‘lajak o‘g‘ri bilan «yaqinroq tanishish» maqsadida uyushtirilgandi.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 06:48:17
«Politbyuro» a’zolariga Nuriddin ma’qul keldi. Unga qarshi e’tiroz bildirilmadi. Tarqalish paytida Koshak:
— Uning tarbiyasini Qo‘tosga ber, — deb talab qildi.
— Hozir emas, — dedi Tengiz, — Bu bola egar urilmagan asov ot. Hurkib ketadi. Uni o‘zim egarlab, jilovlab beraman. Ana undan keyin Qo‘tosning qo‘liga tutqizaman.
Nuriddin Bifshteksni o‘ldirgach, qamoq lagerida o‘ziga nisbatan munosabat o‘zgarganini sezdi. «Politbyuro» majlisidan so‘ng esa, lager boshliqlari ham unga yumshoqroq muomala qila boshladilar. Ana shunda Nuriddin «bularga bog‘lanib to‘g‘ri qildimmi?» deb o‘ylandi. Bulardan uzoqlashishning turli yo‘llarini izladi. U fahmi yetgan, bilgan barcha yo‘llarning boshi berk edi. «Faqat o‘limgina bulardan qutqarishi mumkin», degan to‘xtamga keldi.
Garchi qamoq lagerida erkinroq yurishga sharoit yaratilgan bo‘lsa-da, u ruhini qafasdan bo‘shata olmas edi. U Bifshteksdan zo‘rroqlari bilan ham olishmog‘i mumkin, ammo o‘zini o‘zi yenga olmas edi. «Ismingiz nima, otaxon?» deb so‘raganida kulimsirab turib «Darbadar» degan o‘sha qariyani qutqarib yuborolmagani uchun o‘zini o‘zi to o‘lgunicha la’natlasa kerak.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 06:48:25
Tayyorgarlik mashqlari davrida askarlar orasida «Afg‘onga tashlashar ekan», degan mish-mish yurardi. Birovlar qo‘rqib, najot istab uylariga xatlar yozsalar, boshqalar «baynalminal burch»ni bajarish, qahramonlik ko‘rsatish ilinjida janggohga oshiqardi. Ba’zi yigitlar esa, «Afg‘ondan qaytganlar istitutlarga imtihonsiz qabul qilinar ekan», deb umid qilishardi. Institutlarga kirish uchun Afg‘ondan tirik holda qaytish lozimligini esa o‘ylashmas edi. Har kuni o‘nlab qora temir tobutlar selining oqib kelayotganini ular bilmasdilar.
Nuriddin esa, «Nima bo‘lsa, peshonamdan ko‘rdim», deb o‘zini taqdir yozug‘i ixtiyoriga bergan edi. U jang-gohda yetti uxlab tushida ko‘rmagan fojialarga duch keldi. Dastlab «bu vahshiyliklarni ko‘raverib jinni bo‘lib qolsam kerak», deb o‘yladi. Yo‘q, aqldan ozmadi, aksincha, diydasi qotib bordi. U afg‘onlarning nima uchun urushayotganini tushunmas edi. Uning uchun bir narsa aniq — qarshisidagi dushman! Sen otmasang, u seni o‘ldiradi. Chunki u uchun sen dushmansan! Bu dunyoda yashab qolmoq uchun ham qarshingdagini o‘ldirishing shart. «Baynalminal burch», «Afg‘oniston ozodligi», degan tushunchalar minginchi darajadagi masala edi. Ajal o‘qlari yog‘ilib, faqat o‘z joning ko‘zga ko‘rinib turgan onda faqat aqldan ozgan odamgina bunday burch haqida o‘ylashi mumkin. «Qarshimdagi dushman emas, musulmon birodarlarim. O’z uyini, molu jonini himoya qilgan odam nima uchun dushman bo‘lar ekan?» degan tushuncha ham Nuriddinga yot edi. Qadimda Xuroson deb atalmish bu yurtni bobolar bir tomondan ingliz, shimoldan esa o‘rus hamlasidan himoya qilib jon berganlarini ham bilmas edi. O’rusga qarshi jihodda jon berganlarning avlodlari endi o‘rusga sherik bo‘lib jon olsa... Bobolar o‘rusga Xurosonni bermagan edilar. O’rus Termiz bilan Ko‘shkdan nari o‘ta olmagandi. Nuriddin bularni ham bilmas edi. Bilganda-chi? Bilganda nima qila olar edi? «Bobolarim yurtiga qarab o‘q otmayman» desa, «Mayli uka, siz uyingizga qayta qoling, bu yog‘ini o‘zimiz eplashtiramiz», deyisharmidi? Be, insof qilishsa «xizmatdan bo‘yin tovlash» deb qamashardi. Rahm qilishmasa shartta otib tashlashardi — vassalom!
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 06:48:32
Nuriddin o‘zini Darbadar deb atagan qariya bilan uchragunicha aqlsiz go‘dak kabi edi. Darbadar otilganidan beri oradan to‘rt yildan oshiqroq vaqt o‘tdi. Qariyani otish uchun besh kishi chiqishdi. «Otilsin!» deb buyruq berildi. U ham beixtiyor tepkini bosdi. Mo‘ljalga olmadi. Balki o‘qi xato ketgandir, qariyaga tegmagandir?
O’q otilmay turib qariya unga qarab jilmayib qo‘ydi. Nega jilmaydi ekan? «Men Vatanning bir bo‘lagiman, sen Vatanga qarab o‘q uzmaysan, a?» demoqchi bo‘ldimi? Yo «Ana, aytmovmidim, qul bo‘lganing uchun ham bularga qo‘shilib chiqding», demoqchimidi? Nuriddin bu jilmayishning ma’nosini uqishga ko‘p harakat qildi. Biroq, tayin bir xulosaga kela olmadi. Badani o‘qlardan ilma-teshik bo‘lgan Darbadar ko‘kragini changallab, yana Nuriddinga tikildi. Bu safar jilmaymadi. Yo‘q, yo‘q, ko‘zlari bir nuqtada qotdi: o‘tkir nigohiga savol alomati muhrlandi. Nuriddin bu qarashning ma’nosini ham uqmadi.
O’sha fojeadan keyingi tunlar Nuriddin uchun behalovat, azobli tunlarga aylandi. Darbadar o‘sha savol alomati muhrlangan nigohi bilan har tun uni ta’qib etadigan bo‘ldi.
Asirlar saqlanadigan hibsxonada Darbadardan bo‘lak hech kim yo‘q edi. Nuriddin hibsxonani qo‘riqlash uchun navbatni qabul qilganida bundan keyingi hayoti alg‘ov-dalg‘ov bo‘lib ketishini o‘ylamagan ham edi. Avvaliga «gapirish mumkin emas», deb ogohlantirdi. Darbadar «Sen gapirma, eshit», deb so‘zlayverdi. Xuddi tarix o‘qituvchisi dars o‘tayotgandek edi. «O’sha suhbatdan so‘ng yigitning ongi o‘zgardi, vatanparvarga aylandi», desak lofga o‘rin bergan bo‘lamiz.
Vatanni bir martagina bo‘lsa ham ko‘rishga zor ko‘zlar jon taslim qilinganidan so‘ng ham yumulmagan edi. Ana shu ko‘zlar tunlari Nuriddinni uyg‘otardi...
   
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 06:48:39
«Qo‘lingni uzat, bo‘tam, qo‘rqma, kaftingni bir hidlay, undan Vatan hidi kelsa ajab emas. Imkonim bo‘lsa edi, seni bir quchar edim. Axir sen Vatanimning bir zarrasisan. Men ham bir bo‘lagiman. Taqdir o‘yinini qaragina — Vatan ikkiga ayrilmish — biri qafasda, biri esa, qullikda».
«Men qul emasman».
«Qulsan, bo‘tam, qulsan. Ko‘zlari yumuq qulsan. Aqli muhrlangan qulsan. Ko‘zlaring ochiq bo‘lsa edi, ozodlik sari yurgan bo‘lar eding. Aqling qulflari buzilsa edi, kishanlarni urib sindirar eding».
«Kishan? Yo‘q, bizda kishan...
«O, «ko‘ngil, sen bunchalar nega
kishanlar bilan do‘stlashding
na faryoding na doding bor...» Bo‘tam, sen bu satrlarni bilarmisan? Cho‘lponni eshitganing bormi?»
«Cho‘lpon? Kim u?»
«O, millat, baxti qaro millat! Seni zulmatdan yorug‘likka olib chiquvchi avlod shularmi edi?»
«Gaplaringizni tushunmayapman?»
«Vatan nadir? Millat nadir? Erk nadir? Anglarmisan o‘zing? «Kulgan boshqalardir, yig‘lagan menman... Hayvon qatorida sanalgan menman...» O, millat holing na bo‘lar endi»
«Ota, biron yeringiz og‘rimayaptimi? Kasal emasmisiz?»
«Men sog‘man, bo‘tam, millatim xastadir. Men bugunmi, ertami o‘limimni toparman. Oqibat bu yorug‘ dunyoga sig‘may qolarman. Vatan sog‘inchi bilan tepayotgan yuragimga bittagina o‘q kifoya. Vatanni bir martagina ko‘rmoq umidimni o‘zim bilan tufroqqa olib keturman».
«Vatan, Vatan, deysiz? Vatanda turibsiz-ku?»
   
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 06:48:45
«Bir jihatdan gaping to‘g‘ri, bo‘tam. Bu Xuroson — bobolarimiz Vatani. Bizningda Vatandir bu. Ammo mening kindik qonim to‘kilgan Vatan — Andijondir».
«Ie, men ham o‘sha yerlikman».
«Qora qoshlaringga qarab ko‘nglim sezib edi. Sen kirishing bilan Vatan isi dimog‘imga ufurdi. Shu bois so‘zlayverdim».
«Ismingiz nima, otaxon?»
«Ismim — Darbadar».
«Ie, shunaqa ism ham bo‘ladimi?»
«To‘g‘ri, bunaqa ism yo‘q. Lekin shunaqa odamlar bor. Mingtepa degan joyni bilasanmi? Jannatmakon otamning kindik qonlari o‘sha qishloqqa tomgan. Otam bir yoshga to‘lmay turib bobomning yurak qoni shu qishloqda oqqan. O’ruslar Mingtepa ariqlarida inson qonlarini oqizib, so‘ng atrof qishloqdagilarni adirga haydaganlarini nahot eshitmagan bo‘lsang? O’zbeklarni darbadar qilib, ularning o‘rniga o‘ruslarni ko‘chirib olib kelib «marhamat, yashanglar!» deganlarini ham eshitmaganmisan? Axir o‘sha fojiadan «Marhamat» degan nom xotira bo‘lib qolgan-ku? Yo Rab, bu ne ko‘rgulik? Dukchi eshonni bilarsan balki?»
«Maktabda o‘qiganmiz. Odamlarni aldab boyigan kishi ekan».
«Astag‘firulloh! Eshon hazratlarining niyatlari ko‘krak suti kabi pokiza edi. Vatanni ozod etmoqni niyat qilib edilar. Jannatmakon bobom hazrat eshonning muridlari bo‘lgan ekanlar. Ularning isyonini eshitganmisan?»
«O’qiganmiz. Uch-to‘rt soatda bostirilgan ekan».
«Nima uchun shu qadar tez bostirilgan? O’ylab ko‘rganmisan?»
«Biz o‘qituvchi o‘tgan darsga ishonamiz. O’ylamaymiz».
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 06:49:01
«Yo millat, holingga voy! Sen bir o‘yla, bo‘tam, Eshon hazratni fitna, ig‘vo tuzog‘iga tushirganlar. O’ruslar eshon hazratdan qo‘rqqanlar. Hazratning atrofiga odamlar tobora ko‘p to‘planaverganlar. Yana bir yil qo‘yib berilsa, Eshon hazrat g‘oyat katta kuchga ega bo‘lur edilar. Agar jihod bir yil keyin boshlanganida bu yurtlarda o‘rusning urug‘i qurur edi. Bilib qo‘y: millatni xor qilgan o‘ruslar emas, o‘zimizdan chiqqan xoinlar, ig‘vogarlar. Hazratimni ham shular badnom qildilar. Bularsiz o‘rus hech nimaga erisha olmas edi. Ig‘vogarlar turk sultonidan deb yolg‘on maktub to‘qidilar. Hazrat eshon bunga inonib bemavrid jihodga qo‘zg‘oldilar. O’zing o‘yla-chi, qurol-yarog‘siz ham jihodga chiqadimi kishi? Bobomning yo‘llarini otam davom ettirdilar. Madaminbekka qo‘shilib ikki yil jang qildilar. Bunda ham o‘ruslarga ig‘vo ish berdi. Amiral-musliminning muborak boshlarini o‘z birodarlari uzishdi... Shundan so‘ng yurtdan quvildik. Qashqarda makon topdik. O’rusning bolshevigi Qashqarga yetib keldi. Biz esa, bu yerlarga panoh izlab keldik. Endi o‘rus bu yerlarda urush qo‘zg‘adi. Ko‘pchiligimiz tinchlik istagida Turkiyaga yoxud Saudiyga jo‘nashdi. Men qoldim. Jihod istab qoldim. O’rusdan qachongacha qochamiz? Yo hayot, yo mamot! Seni duo qilaman bo‘tam, yurtga omon-eson qaytib bor. Qaytib borginu jaholatda yumuq bo‘lmish ko‘zlaringni och! Do‘stlaringni ham uyg‘ot! Vatanda bevatan yashama. Vatan bog‘ini quritma. Inson o‘z qoni ila sug‘orib bo‘lsa-da, Vatan deb atalmish muazzam bog‘ning qurimog‘iga yo‘l qo‘ymasligi lozim, unutma! Millat xasta, o‘g‘lonlar esa tabibdurlar!»
Shu so‘zlarni ayta turib xuddi nafasi siqilganday chuqur tin olgan edi. So‘ng ovozini pastlatgani holda bir bayt o‘qib edi:

«Marizing bir tarafdin, bir tarafdin xorsan — millat,
Badandan doimo qon oldurar bemorsan — millat...»
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 06:49:08
Bolalikda she’r yodlashga uquvi durust bo‘lgan Nuriddin bir eshitishdayoq bu baytni eslab qolgan, so‘ng mag‘zini chaqmoq uchun tez-tez takrorlashni odat qilgan edi.
Darbadarning tunlari uyg‘otib behalavot qilg‘uvchi, savol alomati muhrlangan ko‘zlari bilan shularni gaplashadi. Hibsxonadagi qisqa suhbat takrorlanaveradi.
Darbadar duo qildi. Lekin yurtga qaytish baxti Nuriddinga nasib etmadi. Bir qishloqqa hujum qilishganida chiday olmadi. Xonadondagi himoyasiz ayollar, bolalarni otayotgan sherigining boshiga qo‘ndoq bilan urdi. So‘ng avtomatning barcha o‘qlarini uning ko‘ksiga bo‘shatdi.
Darbadarning umidi jasadi bilan birgalikda ko‘mildi — jaholat, g‘aflat uyqusidan uyg‘onish, qullik tamg‘asidan qutulishi zarur bo‘lgan yigit Sibiriyaning ovloq yerlarida qandaydir odamlarga choy damlab, xizmat qilib yuribdi. O’sha tun uyg‘onib, Darbadarning ko‘zlariga ro‘para bo‘lganida shularni aytib:
«Siz g‘aflatdan uyg‘on, dedingiz. Qanday uyg‘onishni esa aytmadingiz».
«Xudo senga aql, zehn bergan. O’yla, yo‘lni top».
«Men bunaqa joylarda nima qilay endi?»
«Sen bu joylarda ozodlikning qadriga yetasan».
«Men bular bilan birga bo‘lishni istamayman».
«Bularning millati yo‘q. Sen millatsiz odamlar bilan birga bo‘lib, millatni qadrlashni o‘rganasan...»
Nuriddin odati bo‘yicha Darbadarning ko‘zlariga qarab ko‘p savollar berdi. Lekin javob ololmadi. Chunki u Darbadarning ko‘zi bilan emas, balki o‘zi bilan o‘zi gaplashardi. Uning ongi esa ko‘p savollarga javob topmoqqa ojiz edi.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 06:49:28
«AZIZ MEHMON»

Daraxt kesishga ijozat berilib, keraksiz zovur qazish barham topdi. Yer yuzasi qalin qor bilan qoplangan kezlarda kutilgan «aziz mehmon» — o‘g‘rilar olamida «Murik» degan yangi laqab olgan Slava Galiulin paydo bo‘ldi. Tengiz qish kunlari ham barakda biqib yotmay, tashqarida yoqilgan gulxan yaqinida o‘tirishni xushlar edi. Ayniqsa, qor bo‘ralab yog‘ayotgan damda uzoq o‘tirardi. Bunday paytda baland tog‘Q bag‘riga joylashgan ovuli yodiga tushib, yuragi ezilardi. Yelkalariga bo‘rklarini tashlab olgan ovul oqsoqollari gulxan atrofida suhbat qurishardi. Ergashib chiqqan nabiralarni bobolari bo‘rkka o‘rab olishardi. Bular orasida Tengiz ham bo‘lardi. Ular xuddi xaltadan boshlarini chiqarib javdirayotgan kenguru bolalariga o‘xshab ketishardi. Bobolari ularni sovuqdan asramoqchi bo‘lishardi. Ammo bolachalar «kenguru xaltasida» uzoq o‘tira olishmasdi. Tipirchilayverib, bobolarining jonlariga tegaverishgach, «ozodlik»ka chiqishardi. Qorda yugurib-yugurib, dumalab-dumalab o‘ynashardi...
Qani o‘sha ozod onlar... Qani o‘sha mehrli bobolar... Qani ularning yomon shamollardan asraguvchi bo‘rklari... Qani ona ovul...
Ana shu hislar bilan o‘tirganida kimdir gulxanga yaqinlasha boshladi. Ozod osmonlardan yayrab-o‘ynoqlashib tushib, to bahorning issiq nafasiga qadar yastanib yotmoqni niyat qilgan qor og‘ir qadam yukiga dosh berolmay zorlanib g‘ijirladi. Tengiz «kim ekan bu?» deb o‘girilmadi. U «aziz mehmon»ning shu kezlari kelishini kutayotgan edi, ziyrak zehni bu safar ham pand bermadi.
«Aziz mehmon» ikki qadam narida to‘xtab ovoz berdi:
— Salom, Knyaz!
Tengiz salomga darrov alik olmadi. Qo‘lidagi kosov bilan gulxandagi o‘tinlarni titib qo‘ygach, orqasiga o‘girildi-da:
— Ha, Cho‘mich, keldingmi, o‘tir, — dedi.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 06:49:36
Tengizning o‘rnidan turmagani, ko‘rishmagani, atrofida xira pashsha kabi har on g‘ing‘illab g‘ashiga teguvchi odamni ko‘rganday ensasining qotishi sababsiz emas edi. «Murik»ning xoinligi xususidagi ma’lumot, garchi tekshirib, aniqlanmagan bo‘lsa-da, unga iltifot ko‘rgazmoqqa mutlaqo yo‘l bermasdi. Tengiz hech narsa bilmaganday uni iliq qarshilashi, gapni aylantirishi mumkin edi. Lekin buni istamadi. Chunki u ayyorlikka nisbatan tog‘liklarga xos mag‘rurlikni afzal bilardi.
Murik Tengizning sovuq muomalasidan ajablanmadi. Avvalo «knyaz» martabasidagi bu yigitning dovrug‘ini eshitgani bilan o‘zini endi ko‘rishi. Garchi «qonundagi o‘g‘ri» degan maqomga Tengizdan avvalroq yetishgan bo‘lsa-da, bu olamda yetarli darajada nom chiqara olmagan edi. Shunday ekan, dovruqli o‘g‘rining bu qadar bepisandligi, tabiiy bir hol bo‘lmoQi aniq. Biroq Murik bu iltifotsizlik boisini yaxshi angladi. Qamoq lagerlarida maxsus topshiriq bilan yurgani o‘g‘rilar olamiga ma’lumligini, o‘ziga «Murik» degan laqab taqalganini u bilar edi. Bu ishga rozilik berganidayoq oqibatni — o‘g‘rilar olamida la’natga uchramog‘i aniqligini hisobga olgan edi. Ammo tarozining boshqa pallasidagi o‘lja qarshisida bu la’nat arzirli gap emasdi. Ta’bir joiz bo‘lsa, «qimor»ga juda katta boylik tikilgan edi. Murik nafs oldida ojiz qoldi — o‘zini to‘xtata olmay «yo o‘laman, yo boyib ketaman», deb tavakkal qildi. «Ilohiy tuyg‘ular ruhga hayot berur, hayvoniy orzular hayvoniy hislarga quvvat berur», deganlaridek, yaxshilik ko‘chasidan yurmagan bu odamning o‘zgacha qarorga kelmog‘i mumkin ham emasdi.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 06:49:44
Murik Tengizning yelkasiga kaftini qo‘yib, go‘yo salomlashgan bo‘ldi-da, qarshisiga o‘tib, g‘o‘lacha ustiga o‘tirdi.
Tentiz qo‘lidagi kosov bilan gulxanni yana titib qo‘ydi. Taqdirga tan berganicha ohista yonib ado bo‘layotgan o‘tinlar bu titkilashga dosh berolmay faryod chekkanday hisobsiz uchqunlar sachratdilar: go‘yo o‘layotgan o‘tinlarning bezovta ruhlari osmonga sapchiganday bo‘ldi. Bu hol uzoq davom etmay, alanga yana o‘tinlarni yamlab yutaverdi. Uning mag‘rur tillari uchqunlarni quvalab yuqoriga intildi. Ammo o‘chgan uchqunlarning izlarini topolmay to‘lg‘ondi.
Bir olamning ikki fuqarosi orasida gulxan ana shunday hunar ko‘rsatmoqda edi. Tengiz kutilgan mehmonga qattiq tikildi. Murik esa bu nigohni sezmaganday xotirjam o‘tirdi. Tengiz undan ko‘zlarini uzmagan holda umrini yashab bo‘lgan o‘tin cho‘g‘lari ostidan kartoshkani kosovda tortib oldi-da, Murik tomon surdi. Bittasini o‘zi tomon tortdi. Cho‘g‘da pishib yetilgan kartoshkalar po‘stlari archilib, yeb ado qilinguncha gap so‘z bo‘lmadi. Tashqaridan kuzatgan kishi bularning birdan-bir maqsadi gulxanda isinib, kartoshka yeyishdan iborat deb o‘ylashi mumkin edi.
— Cho‘mich, — dedi nihoyat Tengiz, — sen katta ishlar qilib yurgan odam eding. Uyni urishga urib, royalda o‘ynaganingga1 hayronman.
— Atay qildim bu ishni, — dedi Murik xotirjam tarzda. — Oldinroq zo‘r bir ishni do‘ndirib qo‘ygan edim. «Ish» bosdi-bosdi bo‘lgunicha ozgina sayohat qilib kela qolay, dedim. Bir xunasa bilmay turib gap tarqatib yuboribdi. Knyaz, sen aqlli odamsan, har qanaqa gaplarga ishonaverma. Men nomiga isnod keltiradigan qanjiqlardan emasman.
— Sen isnodga qolib bo‘lgansan, Cho‘mich.
— Bir xunasaning sassiq ig‘vosi bilan isnodga qolaveramanmi?
— Xunasaning ig‘vosi... degin. Yaxshi. Unda Gobelyan bilan nima uchun uchrashding? Sening ishing rayon prokuroridan nariga o‘tmaydigan edi. SSSR prokuraturasida nima qilib yuribsan?
Murik bu savoldan gangimadi. Biroq, javob qaytarishga ham shoshilmadi. Boshini egib, sovuqda eti junjikkanday bo‘lib, kaftlarini gulxanga tutdi.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 06:49:52
— Aytsam, ishonmaysan, — dedi u shu holatda. — Bir shilta ishga aralashtirmoqchi bo‘lishdi.
— Qanaqa shilta ish ekan?
— Ikki yil oldin bir «tovuqqa» borib yurardim. O’shani o‘ldirib ketishibdi.
— Qanaqasiga qutilding?
— Alibi! O’sha kuni men Chorjo‘yda edim. Qarindoshlarnikiga to‘yga boruvdim. Nafsim buzuqlik qilib ko‘p yevoribman. Ichburuq bo‘lib to‘rt kun kasalxonada yotdim.
— Gobelyan ishondimi shu bahonangga?
— Nega ishonmasin?
— Yo Gobelyan ahmoq, yo sen. Yoki... men.
— Nega... axir...
— Murikjan... — Tengiz bu so‘zni armani lahjasida, erkalash ohangida aytdi, — Murikjan... Sen aytgan shilta ish bilan MUR shug‘ullanyapti. Gobelyanning ishi boshqa. O’zbekistonning tit-pitini chiqarib yurgan odam bir shilta ishni deb bir shilta o‘g‘ri bilan konyak icharkanmi?
— Konyak ichganim yo‘q.
— Sen quloqqa lag‘mon osma, Murik. Sening taqdiring hal etilgan. Gobelyanning xonasidan chiqishing-da o‘zingga o‘zing hukm o‘qigansan. Agar yuragingda bir tomchigina halol o‘g‘rining qonidan qolgan bo‘lsa ham hukmni o‘zing ijro etishing kerak. O’zingni o‘ldirsang, yaxshi nom bilan ketasan. Biz o‘ldirsak, «qanjiq» degan nom kafaning bo‘ladi. Boshqa yo‘ling yo‘q, Murikjan.
— Knyaz, ikkita yo‘l bor joyda uchinchisi ham topiladi. Menga imkon ber.
— Gobelyan nima dedi senga?
— Bu gap ikkimizning oramizda qolishi kerak, knyaz. Bu juda nozik masala.
— Sen menga shart qo‘yma. Gap shu yerda qoladimi yo teletaypga qo‘yamanmi, o‘zim hal qilaman.
— Yaxshi, Knyaz. Men sening aqlingga ishonaman. Gobelyan avvaliga meni o‘sha shilta ish bilan qo‘rqitmoqi bo‘ldi, ishon. Keyin bir taklif aytdi. «Yaqinda katta «ov» bo‘ladi. Atrofingga ishonchli o‘g‘rilarni to‘pla. Agar shartimizga ko‘nishsa, ham ozod bo‘lishadi, ham boyib ketishadi. Vazifa qoyilmaqom qilib bajarilsa, to o‘lgunlaricha ularga tegmaymiz», dedi.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 06:50:01
— Qanaqa vazifa? Qanaqa «ov»?
— Unisini aniq aytmadi. Gapining mazmuniga qaraganda «Ov» O’rta Osiyoda bo‘lishi kerak. Vazifamiz — g‘alva chiqarib berish bo‘ladi. Qolganini o‘zlari eplashadi.
— Yaxshi vazifa olibsan... Demak, sen o‘g‘rilarni emas, qanjiqlarni to‘plashing kerak ekan. Sen meni qanjiq deb yurarmiding?
— Knyaz, unday dema. Sen men hurmat qiluvchi eng buyuk o‘g‘rilardan birisan. Ular bizga yaxshi ish taklif qilishdi. Evaziga umrbod erkinlik...
— Hukumatning har qanday ishiga yordam berish qanjiqlik ekanini unutibsan, Murik!
— Bu alohida bir imkoniyat, Knyaz. O’g‘rilar olamiga katta foyda keltiradi.
— Faqat isnod keltiradi.
— Yaxshi, knyaz. Men bu taklifni faqat senga aytdim. Agar sen buni qanjiqlik deb hisoblasang, mayli, men ham bu ishga qo‘l urmayman. Ikki yilni eplashtirib, tinchgina yuraveraman.
— Shunday qil: tinch yuraver, — Tengiz bu gapni aytib zaharli iljaydi.
Murik suhbat yakuniga yetganini anglab, o‘rnidan turib nari ketgach, Tengiz u o‘tirgan tomonga qarab tupurdi. Uning tupugi gulxanning olovli bag‘rini yorib o‘tolmadi — manzilga yetolmadi.
Gulxandan uzoqlashayotgan Murik «Knyazni ishontirdim», deb yengil tortib yanglishgan edi. Tengiz u o‘ylagan darajada befahm emasdi. Gobelyanning asl maqsadi unga hozircha aniq bo‘lmasa-da, Murikka «katta ov»ni va’da qilganiga ishonmadi. Ishonmasligiga bir qancha sabablar mavjud edi. Agar chindan ham «katta ov» bo‘lsa, buni allaqanday «Cho‘mich»ga qo‘yib bermaydi. Bu yoqda Arutyunan, Nersesyan, yana allaqancha nahang baliqlar turganida bu itbaliqqa balo bormi? Gobelyan o‘zining «yan»larini ishga solmadimi, demak, «ov» katta emas. O’mon nom chiqarishga arzimaydi. Bu birlamchi sabab. Ikkilamchisi — prokuratura janjal chiqarish bilan shug‘ullanmaydi. Tengiz Murik bildirgan ishdan isqirt bir siyosat hidi anqiyotganini sezdi. Demak, Murik Gobelyandan tashqarida yana bir kishi bilan uchrashgan. «Ammo kim bilan, qaerda? Agar uch harflilarga aralashgan bo‘lsa, ish jiddiy, — deb o‘yladi Tengiz. — «Ov» balki ularninn rejasidir? Unda Gobelyan nima degan bu qanjiqqa?» Muammo botqog‘iga botayotgan Tengiz kosovni jahl bilan bir-ikki gulxan bag‘riga sanchdi. O’tinlarni ohistagina yamlab yutayotgan gulxan alangasi norizo holda bir to‘lg‘ondi-yu, yana yumushini davom ettiraverdi.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 06:50:09
Mehmon uzoqlashgach, barakning darchasidan xojasini kuzatib o‘tirgan Pachoqburun o‘rnidan turdi-da, yelkasiga paxtaligini ilib, tashqariga chiqdi. Gulxan tomon borsammi, yo yo‘qmi, degan o‘yda bir necha nafas turdi-da, so‘ng «biron amri bordir», degan o‘yda xojasi tomon yurdi.
Tengiz ro‘parasidagi g‘o‘lachaga o‘tirgan Pachoqburunga bir qarab oldi-yu, indamadi. Gapirish o‘rniga amrni ijro etmoqni afzal biluvchi Pachoqburun bekorga qarab o‘tirmaganini bildirib qo‘yish uchun so‘z aytdi:
— Jmura1, — dedi u so‘ng ovozini balandlatib qaytardi: — jmura! — so‘ziga xojasi tomondan e’tibor bo‘lmagach, qo‘shimcha qildi: — yelkanlarini poralab tashlash2 kerak.
Tengiz uning bu hukmini eshitib, unga o‘qrayib qaradi.
— Og‘zingni yum!3 — Tengiz shunday deb chirt etib tupurdi-da, «Bikovatiy»4 deb ming‘irlab qo‘ydi. Tengiz bu «unvonni» tez-tez ishlatardi. Ovoz chiqarib aytgan mahallari ham ko‘p bo‘lardi. Bu qamoq lageriga kelib, «taxt»ga o‘tirgan onida Pachoqburunni «xos navkarlik»ka tavsiya etayotgan Qo‘tos «o‘zi bikovatiy bo‘lgani bilan ishimizga sadoqati zo‘r», deb ta’riflagan edi. Tengiz ta’rifning ikkinchi qismini qo‘yib, birinchi bo‘lagiga e’tiborini qaratgan edi. Ba’zan shunday to‘nkaga ro‘para bo‘lgani uchun taqdiridan nolib qolardi. Ammo tur desa turib, o‘ldir, desa o‘ldirib keluvchi odamning ong darajasi bundan ortiq bo‘lmasligini bilgani uchun ham chidar edi.
Pachoqburunning hozir ro‘paraga kelib o‘tirishi yoqmadi, g‘ashiga tegdi.
— Sen juchoklarga tayinla, bundan uzoqroq yurishsin. Ammo har bir qadamini kuzatishsin. Aytib qo‘y, kim bunga yaqinlashsa, tramvayga qo‘yiladi.
— Xo‘p, — dedi Pachoqburun mutelik bilan.
— Gapimni eshitdingmi?! — dedi Tengiz zardali ohangda.
— Eshitdim. Hammasiga aytaman.
— Eshitgan bo‘lsang, tuxum bosib o‘tirmay, tur o‘rningdan!
Pachoqburun kelib o‘tirgani xojasiga yoqmaganini anglab, o‘rnidan turdi-da, barak tomon yurdi. Ostona hatlay deganda orqadan ovoz keldi:
— Menga Hamzatni topib kel!
   
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 06:50:23
Amrga itoat etmoqqa odatlangan Pachoqburun ostona hatlamay, yelkasidagi paxtaligini kiydi-da, daraxt kesayotganlar tomon yurdi. Daraxt arralayotgan Nuriddinga yaqinlashib, odatiga xilof qilmagan tarzda «Bu yoqqa yur», deb to‘ng‘illadi-yu, iziga qaytdi. U amrga so‘zsiz itoat etilmog‘iga ishongani uchun ham «kelyaptimikin?» degan xayolda orqasiga qarab ham qo‘ymadi. Pachoqburunning kim ekanini yaxshi bilgan nazoratchi arrani qo‘yib, unga ergashgan Nuriddindan «qayoqqa ketyapsan?» deb so‘ramadi ham.
Nuriddin gulxanga yaqinlashib, salom berdi. Tengiz salomga alik olgach, ro‘paradagi g‘o‘lacha tomon imlab «o‘tir», dedi. Nuriddin o‘tirgach, kosovning uchi bilan cho‘g‘ni titib, orasidagi kartoshkani u tomon surdi. Bittasini o‘zi olib, sovutish uchun u kaftidan bu kaftiga otib o‘ynadi.
— Musulmonlarning afzal tomoni nimada, bilasanmi? — deb so‘radi u kartoshka po‘stlog‘ini archayotib.
Nuriddin «bilmayman, o‘zingiz ayta qoling», deganday unga qarab, yelka qisib qo‘ydi.
— Afzalligi shundaki, musulmon hamisha boshqalarga yaxshilik tilaydi. Mana, sen menga sog‘lik tilab yaqinlashding. Men esam senga sihatlik bilan birga Ollohning rahmatini so‘radim. «Bu o‘g‘ri bunaqa gaplarni qaerdan biladi?» deb hayron bo‘lyapsanmi? Men bobomdan eshitganman bu gaplarni. Mening fojiam nimada, bilasanmi? Chin musulmon bo‘la olmaganimda. Bobomning chizig‘idan chiqmaganimda bu yerda kartoshka yeb o‘tirmas edim.
— Endi afsuslanyapsizmi?
— Afsuslanishimdan foyda yo‘q. Bu ham dunyoning bir sinovi-da. O’lmasam yana Xudoni tanish yo‘liga o‘tarman. Lekin... unda kech bo‘lib qolishi mumkin. Fir’avnni eshitganmisan?
Nuriddin «yo‘q» deb bosh chayqadi.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 06:50:30
— Ha, eshitmagansan. Qadimda Misr podshosi bo‘lgan. O’zini Xudo deb bilgan ekan. O’sha ahmoq Muso payg‘ambarni quvib borayotganida suvga cho‘kkan ekan. O’layotib «bo‘ldi, Xudoni tanidim», deganida Xudo ham «Endi kech!» degan ekan. Bu juda kuchli falsafa, Hamzat! Hayotda kechikmaslik muhim, juda muhim!
— Kechikmaslik uchun hozirdan boshlasangiz-chi?
— Hozirdan? — Tengiz unga qarab jilmaydi: — Hozir yo‘l yo‘q... Hamzat, bir yangi odam keldi. Sen u bilan gaplashibsan. Kimligini bilasanmi?
— Yo‘q, o‘zi kelib gap boshladi.
— Nima deydi?
— «Bizlar musulmon farzandlarimiz, bir-birimizni qo‘llab-quvvatlaylik», dedi.
— O’sha to‘qqiz qaytgan endi musulmon bo‘lib qolibdimi? Bilib qo‘y: u bir maraz! Undan nariroq yur. Ammo harakatini ko‘zdan qochirma.
— Kim o‘zi u?
— Vaqti kelsa bilib olasan. — Tengiz shunday deb o‘rnidan turdi-da, barak tomon yurdi. Nuriddin esa iziga qaytdi.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 06:50:42
OSMON UZOQ

Bu odamning gaplari Tursunaliga moydek yoqdi.
«Men qamalaverib pishib ketganman. Senda musulmanin, menda musulmanin. Bir-birimizni suyab yurmasak, bu haromilar bizni yebda yuborishadi. Zemlyak, yaxshi odamligingni qora ko‘zlaring aytib turibdi. Uncha-muncha odamga so‘zimni o‘tkaza olaman, qamoqlarning tuprog‘ini bekorga yalamaganman. Sen menga suyanaver...» Bunaqa yoqimli gaplarni o‘ziga yaqin olib yurgan Nuriddindan ham eshitmagan edi. «Ko‘zlari sovuq bo‘lsa ham Xudo ko‘ngliga yaxshilik solibdi. Xudo mening rahmimni yeganga o‘xshaydi», deb o‘yladi u. Qamoqxonalar tuprog‘ini yalayverib to‘yib ketgan bu «mehribon»ning ko‘ngli nima uchun iyib ketganini u yana uch-to‘rt kundan keyin biladi. Hozir esa... Xudoga shukur qiladi. «Xudo tavbamni qabul etdi», deb ko‘ngli taskin topadi. U qo‘llariga kishan solingandan boshlab Xudoni tildan qo‘ymaydi. Dam tavba, dam munojot qiladi. «Gunohim bo‘lsa kechir», deydi. Ha, aynan shu so‘zlar uchadi tilidan. «Yo yaratgan Egam, men gunohkor bandangman, bilib-bilmay qilgan gunohlarimni kechir», demaydi. «Gunohim bo‘lsa kechir», deydi. Harom-xarish yurib, yeb-ichganlarini gunoh emas, odatiy yashash tarzi deb biladi. Zino qilayotgan paytda Xudoni eslamagan edi. Qo‘llariga kishan tushishi bilan yodga oldi. «Shayton vasvasalaridan qutqar» deb so‘ramagan edi, «qamoqdan qutqarib ol» deb nolalar qildi. Birovlarning haqqini yeganida bu dunyoning hisob-kitobli ekanini unutgan edi, qamoq zindonida xotirladi. «Nafs balolaridan qutqar» deb so‘ramagan edi, «zindon azoblaridan qutqar», deb faryodlar qildi. Yemoqning qusmog‘i borligini bilmaganday yurdi, tepki zarbidan qayt qilganida bu haqiqatni anglaganday bo‘ldi. «Nafsimni o‘ldir», deb so‘ramagan edi, «o‘zimni o‘ldirma», deb tavallolar qildi.
Bandaning holi shu: go‘yo u yoki bu ishning gunoh ekanini bilmaganday yuraveradi. Boshi devorga urilib, zarba tufayli ko‘zlaridan uchqunlar sachraganida Tangrini eslaydi. So‘ng «gunohlarim bo‘lsa kechir», deydi. Shunday degani ham katta gap. Ba’zan «E Xudoyim, qaysi gunohlarim uchun meni bunchalik qiynaysan?» deb zorlanib ham qo‘yadi. «Haromdan saqlansam edim, nafsimni tiya olsam edim, bunchalar xorlikka yo‘liqmas edim», deb o‘zini ayblamaydi. Bil’aks, «Falonchi mendan ko‘proq yegan edi, begona to‘shaklarni mendan ko‘ra ko‘proq gullatgan edi. U yallo qilib yuribdi, men esam bunda horman», deb Xudoni adolatsizlikda ayblab ham qo‘yadi. Har bir odam o‘z amalining asiri ekaniga esa fahmi yetmaydi.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 06:50:50
Dunyo bamisli birdaniga ko‘karib tezda qurigan dalaga o‘xshashini, ehtiyotsizlik qilinsa bu manzara kishini aldab qo‘yajagini, aldangach esa, bir kuni hayoti sarg‘ayib so‘la boshlagach, ma’yus va g‘amgin bo‘lajagini anglamaydi. Dunyoni fohishaning quchog‘iday totli deb o‘ylaydi. Dunyoning botqoq yuzasini qoplagan o‘tloqqa o‘xshashini, o‘ylamay tashlangan har bir qadam bot-qoqqa botirajagi mumkinligini fahm etmaydi.
Tursunali shunday bandalardan biri. U marhamat so‘rab Xudoga ko‘p yolboradi. Ammo iymon kalimasi bilan yumshamagan tildan uchgan bu yolborishlar qabul bo‘larmikin, vallohi a’lam?! Insonlarni salomatga, saodatga erishtiruvchi yagona narsa iymondir. Bani Odam har qanday yomonlikni faqat iymon bilangina yengajagini va har bir zafarga faqat iymon bilan erishajagini anglab yetmoq shu qadar mushkulmi? Dunyo to‘plashga yetgan aql bu haqiqatni tushunishga kelganda qosirlik qilarmi? Yoki buni fahm eta olmaslikka qalblarning muhrlangani sababmi ekan?
Tursunali bir muttahamning aldov so‘zlariga mahliyo bo‘lib «Xudo menga marhamat qildi», deb o‘tiribdi. Nodon banda bilmaydiki, bu odamning ro‘para bo‘lgani — gunohlariga yarasha va’da qilingan ajrlarning davomidir. «Gunohim nima edi?» deb yanada battar yig‘latadigan daqiqalarning debochasidir.
Tangrining marhamatiga erishmoq oson edi. Nafsni tiymoqqa kuch topsa, sabr eta olsa, kunni shukr bilan o‘tkazsa bas edi. Bu unga og‘ir tuyulib, yanada mashaqqatliroq, azob oroliga yetaklovchi yo‘lni tanladi. Hamonki shu orol nasib etgan ekan, o‘zi pishirgan oshni ichmoqdan o‘zga chorasi yo‘qdir!
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 06:50:56
Tursunali Murikning shirin so‘zlariga mast bo‘lib o‘tirganida pastdagi karavotda yotuvchi «qo‘shni»si bexosdan «Ablah, maraz!» deb qichqirib yubordi. So‘ng qo‘lidagi maktubni pora-pora qilib yirtdi. Keyin esa duch kelgan narsani tortqilab, irg‘itaverdi. Bunga ham qanoat qilmay karavotni mahkam changallaganicha silkita boshladi. Atrofdagilar «hay-hay»lab ushlab qolishmaganida Tursunalining tepadan yerga qulashi aniq edi.
Chorasiz odam joyiga o‘tirib yiQlay boshladi. Dunyodagi eng ayanchli narsa balki erkakning yig‘lashidir. Qamoq lagerlarida esa tez-tez uchrab turgani uchunmi ayanchli tuyulmaydi. Kunduzlari butalar panasida, tunlari esa yostiqqa hasratlarini to‘kkan tarzda yig‘lash odatiy hol. Lekin bu chorasiz odam kabi ho‘ngrab, yelkalari silkinish darajasi yig‘lamoq kamyob hodisa. Shu sababli ham «Nima bo‘ldi, nega dodlayapsan?» deb so‘raguvchilar topildi. Chorasiz odam avvaliga qo‘l siltab qo‘yib javob bermadi. Dam o‘tmay ko‘z yoshi daryosi qurib, hasrat dengizi esa tosha boshlagach, dardini aytdi:
— Xotinim mendan ajralishibdi. Ablah, iflos! Axir men uni sevardim. Men uni deb o‘tiribman bu yerda. Odamni men bosmaganman. Rulda uning padarla’nati ukasi edi. Mashinamni yashirincha olib chiqqan ekan, hayvon! Xotinim «yolg‘iz ukamni qutqarib qoling», deb yalinsa, men laqma bo‘ynimga olib o‘tiribman.
— Ukasi yolg‘izmidi?
Chorasiz odamning talvasasini ensasi qotgan tarzda kuzatayotgan Qo‘tos shunday deb unga yaqinlashdi.
— Ha, bittagina ukasi bor edi.
— Eri-chi? Eri nechta edi?
— Tushunmadim, o‘rtoq, bu nima deganingiz?
— Ukasi bitta, ammo eri bitta emas ekan, demoqchiman.
— Unday demang, biz bir-birimizni sevar edik.
— Burningni art! He, mishiqi! — Qo‘tos shunday deb hech bir kutilmaganda tarsaki tortib yubordi. Zarbning zo‘ridan chorasiz odam yonboshlab qoldi. Tarsakidan qanoatlanmagan Qo‘tos unga qarab tupurdi.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 06:51:03
— Sen ham erkakman, deb yuribsanmi? Bir-birini sevar emish! Bilib qo‘y, «sevgilim!» deb quchoqlaganida xayolida sen emas, ketvorgan o‘ynashi turadi. Hezalak! Xotinlarni senga o‘xshagan hezalaklar buzadi. Eplash qo‘llaringdan kelmasa nima qilasanlar uylanib?! Shu hollaringga yana ko‘ngillaring begonalarni ham tusaydi. Sen ham borarmiding begonaga? — Yuzini silab o‘tirgan chorasiz odam indamadi. — Borarding. Begona bilan o‘pishayotganingda xotinchang ham begona bilan ayshini surardi. Senlarning hayoting mana shunaqa axlat. Xotining seni qo‘ygan bo‘lsa nima bo‘pti? Bu yerda o‘lib ketmasang, chiqib, boshqasini topasan. Yuzta er ko‘rib to‘ymagan shilta bir ishvasi bilan ko‘zingga qizdek ko‘rinadiyu, tamom, unga uylanasan. Bir-birlaringni sevib yuraverasanlar. — Qo‘tos shunday deb chorasiz odamning oyog‘iga tepdi-da, so‘kinganicha nari ketdi. Soliqni vaqtida to‘lamagan mahbusning masalasini hal qilishga kirgan Qo‘tos ishni pishitib, chiqib ketgunicha birov lom-mim demadi.
Bu yerdagi bema’niliklarga, bekordan bekorga so‘kishlaru urishlarga ko‘nikib qolgan Tursunali chorasiz odamning kaltaklangani boisini tushunmadi. Har qanday sharoitda ham o‘zini chetga olish tinch hayotini ta’minlayajagini anglab yetgan Tursunali yana joyiga chiqib yonboshladi. Chorasiz odam esa yig‘lamasirab, o‘zicha bir nimalar deb o‘tiraverdi. Unga dardkash topilmadi. Olam-olam dardni yelkalarida ortmoqlab yurgan odamlarga begona dardning hojati bor ekanmi? Shular kabi Tursunali ham o‘z dardining asiri edi. Hozirgi voqea sabab bo‘lib, ko‘z oldiga xotini keldi. Shu paytga qadar «xotinim men bilan ajralishi mumkin», degan fikr xayoliga kelmagan edi. Odatda er xotinni qo‘yguvchi edi. Xotin «javobimni bering», deb so‘raguvchi, er janoblari esa hushlariga kelsa taloq xatini berguvchi edilar. Ajib zamonning ajib qonunlarini qarangki, endi xotin erni qo‘yadigan bo‘libdi. Yana «qamoqdagi erimni qo‘ydim», desa qonun ham «xo‘p» deyaverar ekan. Tursunali shunisiga besh ketmadi. Hozir kaftlarini bolish qilib shiftga tikilib yotar ekan, «Bitta ahmoqning gapiga kirib Matluba ham ajralishsa-ya?!» degan fikr xayoliga urilib dahshatdan sapchib ketayozdi. Davrini surib yurgan kezlarida xotini «javobimni bering» deb qolsa, ko‘p ham tarang qilmagan bo‘lardi. Matluba ba’zan nolib qolsa «Chidasang shu, chidamasang to‘rt tomoning Toshkent» deb ajralishga sha’ma qilardi. Hozir esa «ajralish» degan so‘z uni dahshatga soldi. «Yo‘q, ajrashadigan bo‘lsa o‘ynash bilan tutganida tashlab ketardi. U meni yaxshi ko‘radi», deb o‘ziga o‘zi tasalli berdi. «Yaxshi ko‘rardi...» — «Biz bir-birimizni sevardik...» — «Bilib qo‘y, «sevgilim!» deb quchoqlaganingda xayolida sen emas, ketvorgan o‘ynashi turadi!...» — «Begona bilan o‘pishayotganingda xotinchang ham begona bilan ayshini suradi...»
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 06:51:11
Bu gaplarni eslab Tursunalining yuragi uvishdi. Shu paytga qadar xotini begona erkak bilan don olishmog‘i mumkinligini o‘ylab ham ko‘rmagan edi. «U ham tirik jon, unda ham nafs bor. Shayton uni ham vasvasaga soladi», degan fikrdan uzoq edi. «O’ynash bilan nafsni qondirish erkakka yarashadi. Xotin o‘z eriga sadoqatli bo‘lmog‘i shart!» — Tursunalining bu sohadagi falsafasi shundan iborat. U o‘zining buzuqligini xiyonat deb hisoblamagan, agar birov unga «bu qilig‘ing oila deb atalmish oppoq, pokiza dasturxon ustida balchiqqa botgan oyoqlar bilan yurishdir», desa zaharli jilmayib «Bu yigit uchun ayb emas, yigit kishiga qirqta xotin oz», deb qo‘ygan bo‘lardi. Agar o‘sha odam «Bir juvonga qirq erkak oz», desami, «Jinni ekansan!» deb so‘kib berishi aniq edi.
«Begona bilan o‘ynashayotganingda xotinchang ham...»
«Yo‘q, — dedi Tursunali o‘ziga o‘zi, — Matluba bunaqa haromdan hazar qiladi...»
«Harommi bu ish? Sen o‘zing nima uchun hazar qilmading?»
Kimdir shunday deb qulog‘i ostida pichirlaganday bo‘ldi.
G’oyibdan berilgan bu savolga javob qaytara olmadi. Chunki haromdan nima uchun hazar qilmaganini o‘zi ham bilmas edi. Shaharga tushgan kezlari maishat qilgan damlarida ko‘z suzib turuvchi ofatijonlar ustidan pul sochgan onlarida bularning fohisha ekanini, kechagina yoki bir soatgina muqaddam boshqa bir erkak ko‘nglini ovlaganini, ertaga yoki bir necha soatdan so‘ng bu ahvol takrorlanayajagini, unga «jonginam» deb cho‘chchayayotgan lablar o‘nlab yoki yuzlab erkakka ishva qilgani va qilajagini o‘ylamas edi. Nafsni qondirishdan o‘zga narsani bilmasdi. To zahmga chalinguniga qadar pala-partish yurdi. So‘ng tanlaydigan bo‘ldi. Tanlagani qursin! Pul evaziga o‘zini sotuvchi ayolning yaxshi-yomoni, tozasiyu iflosi bo‘larkanmi?! Oq it bilan qora itning farqi bo‘lmaganidek, bularda farq yo‘qligi, barchasi «fohisha», «buzuq», «shilta»... kabi «unvon»lar bilan xorlanishini uning oqsoq fahmi idrok qila olmas edi.
Ishtoni yo‘qning hadigi cho‘pdan, deganlaridek, o‘zi botqoqqa botgani holda, pokiza odamning etagi loy emasmikin, deb gumonsirashi qiziq. «Yo‘q, begonaga yaqinlashmoqqa haqqi yo‘q!» deb hukm chiqarmog‘i undanda qiziq. Uyidagi pokiza to‘shakka o‘ynashini boshlashdan hazar qilmagan odam «haromdan hazar qilish» xususida o‘ylagani yanada qiziqroq.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 06:51:18
Xotinining ko‘rpa-to‘shaklarni kuydirib tashlaganini bilib, «bunaqa ahmoq xotin dunyoda yagona bo‘lsa kerak», deb o‘ylagan edi. Hozir o‘sha voqeani eslab, yuragi uvishdi. «Bu mallavoyning xotini boshqa. Matluba haromdan hazar qiladi», degan fikri qat’iylashdi. Sog‘ingan qalbiga bir iliqlik yugurgiladi. Ammo... bu qalbning to‘ri Nafisaga bo‘shatib berilgan edi. Manfiy va musbat bulut parchalari yaqinlashganida yashin chaqnagani misol yuragi bir sanchdi. Haromga o‘rgangan ko‘ngil pokiza hislarga o‘rin bermoqni ixtiyor qilmadi. Nafs tarozisining Nafisa turgan pallasi bosib ketaverdi.
Ko‘tosning hozirgi gapiga qadar xotinini gumon qilmagan, birovdan qizg‘anmagan edi. Biroq... Nafisani qizg‘anardi. Uni do‘stiga «oshirib» yuborganidan keyin, hatto oshnasidan ham qizg‘anadigan bo‘ldi. Samandar og‘ushida ishva qilayotgan Nafisa ko‘z oldiga kelsa badaniga muz yugurardi.
Raykom taxtini egallash uchun yo‘l ochilganida «o‘ynash haqidagi ma’lumot to‘g‘anoq bo‘lishi mumkin», degan ogohlantirishdan so‘ng Nafisani do‘stiga «uzatgan» edi. «Gilam sotsang qo‘shningga sot, bir chekkasida o‘zing o‘tirasan», deganlari shu-da! Xotindan kuygan Samandar xotinidan ajrashib do‘stiga arzi hol qilganida Tursunali qulay fursat kelganini fahmlab, kayfi oshib chuldirab qolgan oshnasiga Nafisani ro‘para qildi. Nafisa yig‘ladi, tarang qildi, so‘ng tayinli bir erga, yana to‘g‘ri Moskva bilan gaplashadigan olim erga ega bo‘lishini anglagach, ko‘ndi. Samandar ertalab bir qizning «qizlik nomusiga» tegib qo‘yganini bilib, qo‘rqib ketdi. Qo‘rqitishmasa ham bu go‘zal juvonga uylanishga jon-jon deb ko‘naverardi. Xullas, «gilam qo‘shniga sotildi», «bir chekkasida rohat ila o‘tirmoq» esa davom etdi. Biroq, «gilam egasi nima uchun gilamda o‘tiradi?» degan hasad qalbini yondiraverdi. Aslida «gilamni» sotmasa ham bo‘larkan. Raykomga olib boradi, deb faraz qilingan yo‘l aldamchi ekan, chiroyli jilva qilayotgan bu yo‘l birdan qorong‘ulashdi-yu, taxtga emas, zindonga ro‘para qildi...
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 06:51:25
Bitta qozonda ikki qo‘chqorning kallasi qaynamaydi, deganlari balki mubolag‘adir. Qozon katta bo‘lsa o‘nta kalla ham qaynar. Ammo bitta yurak ikki ayolga bir xilda mehr-muhabbat bera olmasligi aniq. U qalbini xotini Matlubaga to‘liq bo‘shatib berishni istasa ham, haromlik bulog‘idan suv ichishga ko‘nikkan nafs talvasaga tushib, Nafisani unutishga yo‘l qo‘ymaydi. «Matlubadan nima ko‘rding? To‘g‘ri, avvaliga totli edi, keyin chaynab tashlangan turshakning o‘zi bo‘ldi-qoldi. Egov emasmidi u? Har kuni umrni egovlamas edimi? — der edi nafs balosi. — Nafisa-chi? Bu dunyoning lazzatini kim berdi? Nafisa! Nafisa bor joyda jannatni orzu qilishning o‘zi kulgili emasmi? Mingta Matlubani to‘plasang bittagina Nafisaning to‘shakdagi to‘lg‘onishiga yetmaydi...» Shundan so‘ng ko‘zlarini yumib, o‘zini Nafisaning quchog‘ida ko‘rardi. Hammasini unutardi: ahli ayoli, farzandlarini ham, Xudoning balolariga uchraganini ham, bundagi azoblarni ham...
Shunday bo‘lib kelgan edi. Hozir, xotinidan tiriklayin ajralib piqillab o‘tirgan notavonning alamli nolasi uni sergak torttirdi.
«Bu azoblardan qutulib borgach, seni kutib oladigan kim? Matluba! Bolalaring!.. Sen ulardan boshqa yana kimga keraksan? Hech kimga! Qariganingda shular asqotadi. Senga bir burda nonni shu farzandlar beradi. O’lganingda shular olib borib ko‘madi. Sendan boshqa er bo‘lganida sabr-toqati uchun Matlubaga haykal qo‘yardi...» Nafs pinakka ketgan paytlarda ojiz vijdonning pichirlab aytgan bu so‘zlarni endi sal quvvatga kirgandek bo‘ldi. Ammo falakning gardishi bir aylanib, «Mulla Tursunali, biz xato qilibmiz. Siz aybsiz ekansiz, ozodsiz», deyilsami, qanot chiqarib uyga uchardi. Uchardiyu... ikki-uch haftada yana nafs qurg‘ur Nafisasi sari yetaklab borarmidi...
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 06:51:33
«Ey Odam farzandi! Men Allohdurman. Bandalarni o‘z qudratim bilan yaratdim, bas, kimlargadir yaxshilikni iroda qilib yaxshi xulqni berib qo‘yaman. Kimlargadir yomonlik bo‘lishni iroda qilsam, unga yomon xulqni beraman»,1 deyiluvi besabab emas. Ammo Odam bolasiga tug‘ilganidayoq yomon xulq berilmas, vallohi a’lam. Bu hol shaytonga maylini berganlargagina nasib etguvchi. Derlarkim, agar Odam bolasi uchun ish ulug‘ martaba, ish haqi esa arzimas darajada bo‘lsa, uning oliy janobi mehnatdir, aniqroq bayon etilsa bu mehnatni yaratguvchisi Tangridir. Agarchi U uchun ish ikkinchi yoki quyiroq darajada, ish haqi esa muhimroq yoki oliyroq martabada ekan, demak U ish haqining qulidir. Ish haqining xojasi esa shayton ekan, shaytonlarning ham eng tubani ekan. Yoshlik choqlaridayoq ana shu eng tuban shaytonga muhabbat qo‘ygan Tursunaliga yana qandayin xulq nasib etmog‘i mumkin edi? Zulmning har turidan totib ko‘rayotgan bandaga bu haqiqatni anglamog‘i uchun yana qancha muhlat kerak, yana qancha sinovlar darkor?
«Xotinim menga vafo qilarmi yoki yo‘qmi?» degan xavotir bilan uyquga ketgan Tursunalini yana bir zulm o‘z quchog‘iga olmoqqa hozirlanar edi.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 06:51:41
«Sen-da musulmanin, men-da musilmanin...» degan gaplari bilan Tursunalining mehrini qozongan «mehribon» tushlik chog‘ida unga yaqinlashdi. Kulimsirab kelayotgan Murikni Tursunali o‘rnidan turib qarshi oldi. Zamonning hukmini qarangki, ilgarilari faqatgina o‘zidan ustunlar bilangina o‘rnidan turib salomlashadigan, yuqori lavozimdagilar telefon qilishadigan bo‘lishsa, ovozlarini eshitiboq o‘rnidan tura qulluq qilganicha gaplashadigan odam endi bir tuban o‘g‘ridan ehtiromini darig‘ tutmasa...
Tursunalini yelkasidan quchgan Murik «Zemlyak, ahvollar nichuk? Orqamdan yur, muhim gap bor», deb pichirlab, atrofga alanglab olgach, butazor tomon boshladi. Tursunali ham beixtiyor ravishda alanglab qo‘yib, unga ergashdi. Qor bosgan butazorda yurish og‘ir edi. Shunday bo‘lsa ham Tursunali takaning izidan boruvchi nodon qo‘y singari ergashaverdi. «Gapingni shu yerda aytaver», demadi. «Tengiz eplay olmayotgan ishni balki shu qoyillatar, meni oshxonaga joylab qo‘yar», degan umidli o‘y bo‘yniga sirtmoq bo‘lib tushgan, sirtmoq uchini esa Murikning qo‘liga tutgan edi.
Murik kutilmaganda to‘xtab, orqasiga o‘girildi.
— Qalay, zemlyak, qizishib oldingmi? — dedi u tirjayib.
— Ha... endi... — dedi Tursunali nima deyishni bilmay.
— Sen zolotoy odamga o‘xshaysan, zemlyak, seni bik yaxshi ko‘rib qoldim. — Murik shunday deb otini erkalagan chavandoz kabi Tursunalining yuziga yengil shapatiladi.
Bu qiliq Tursunaliga erish tuyulib tisarildi.
— Zemlyak, sen zolotoy odam ekansan, — deb takrorladi Murik unga qattiq tikilib. — Sening yordaming kerak. Agar yordam qilmasang bir odam xor bo‘lib o‘lib ketishi mumkin.
— Men... kimga.. qanday yordam qilishim mumkin?— deb ajablandi Tursunali.
— Arzimas yordam... to‘rtta yoki beshtagina so‘z aytsang kifoya.
— Qanaqa so‘z?
— Qanday so‘z deysanmi? — Murik shunday deb uning yuziga yana yengil shapati urdi. Bu safar Tursunali orqasiga tisarilishga ulgurmadi. Shapatilagan panja uni kekirdagidan oldi. — Zemlyak, mening bir oshnamga pul kerak. Bo‘lmasa o‘ladi.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 06:51:49
— Menda pul yo‘q, — dedi Tursunali uning qo‘liga yopishib. Shu onda Murik tizzasi bilan uning nozik yeriga tepib, bukchaytirib qo‘ydi. So‘ng ixranayotgan o‘ljasining o‘ziga kelishini kutib, sigaret tutatdi. — Zemlyak, bu yerda puling yo‘qligini bilaman. Ammo uyingda ancha puling qolgan. Berkitgan yeringni shu paytgacha o‘zingdan boshqa hech kim bilmas edi. Endi bu sirga ikkalamiz egalik qilamiz. Men o‘g‘il bolacha ish tutaman: hammasini olmayman, yarmisi o‘zingga qoladi. O’zingni qiynamay qaerga yashirganingni ayt. Hozir bilmasdan tizzam tegib ketdi. Bilib tepsam, yomonroq bo‘ladi. Qani, ayta qol.
— Nimani?
Bu savol Murikka yoqmay, bir so‘kindi-da yana kekirdakdan oldi. Tizza zarbidan hali o‘ziga kelolma-yotgan Tursunali xirilladi, rangi oqara boshladi. Murik uning ahvolini sezib, kekirdagini qo‘yib yubordi-da, yuzini siladi:
— Sen zolotoy odamsan, zemlyak. Bilib qo‘y, shu paytgacha hech kim mening bir gapimni ikki qilmagan. Men sening izingdan shu yergacha keldim. Ahmoq bo‘lib qaytib ketmayman. Sen esa... yo pullaringni qayga berkitganingni aytasan yoki bahorgacha shu yerda yotasan. Omadli odam bo‘lsang, bahorda suyaklaringni yig‘ishtirib olib ko‘mishar. Xudoning qarg‘ishiga uchragan bo‘lsang sen xunasaga shu ham nasib etmaydi. Qani, yechin.
— Nega?
— Negaligini keyin bilasan.
Tursunali yalang‘och holda muzlab o‘lishni tasavvur qilib, dahshatdan titrab ketdi.
— Aytaman, — dedi u jon talvasasidagi odamning ovozi bilan.
— Zolotoy odamsan demadimmi?! Seni o‘ldirish hayf. Qani, ayt.
— Qishloqda...
— Faqat «molxona tagiga ko‘milgan», dema. U yer kavlab tashlangan.
Bu gapni eshitib Tursunali hayratdan qotib qoldi. «Qayoqdan biladi?» deb o‘yladi. Qo‘liga kishan urilgan dastlabki kunlarda, dastlabki so‘roqlarda shunday deb aldagan, so‘ng buning evaziga rosa tepki yegan edi. O’lim xavotirida turgan Tursunali hozir shuni esladi. Ammo «bu o‘shalarning sherigimi?» degan gumonga bormadi. Molxonani aytishga og‘iz juftlagan Tursunali uchun bu ogohlantirshi durust bo‘ldi.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 06:51:58
— Hojatxonada ham dema, u yerni titadigan ahmoq yo‘q. Bo‘l, ayt. Bilib qo‘y: aldasang, it ko‘rmagan azoblarda o‘lasan. Bu — bir. Urug‘ing bilan quriysan, bu — ikki. Tushundingmi? Bolalaring ham o‘zingga o‘xshab o‘ladi. O’zing bittagina bola bo‘lgan ekansan. Sendan o‘sha bittasi ham qolmaydi.
O’lim talvasasi, ayni choqda najot umididagi Tursunalining ko‘z oldiga Tengiz keldi. «Nima qilib bo‘lsa ham o‘shanga yetib olsam bo‘ldi», degan xayolda yana bir marta aldashga qaror qildi. Bu holda ham nafs g‘olib chiqdi. O’zining joni emas, hatto bolalarining joni emas, berkitilgan boyligini saqlab qolish ilinji ustun keldi.
— Hozir aytaman, — dedi Tursunali unga najot nazari bilan boqib.
— Aytasan, aytmay qayoqqa ham borarding. Sen bilan biz musulmaninmiz, zemlyak. Bir-birimizni suyab-qo‘llamasak, xor bo‘lib o‘lib ketamiz. Boylik yo‘q bo‘lib ketadigan narsa. Sen bu yerlardan chiqib borguningcha berkitgan pullaring chirib ado bo‘ladi. Erta-indin Gorbach pulni almashtirsa bundan battar bo‘ladi. Sen zolotoy ekansan, zemlyak. To‘g‘ri yo‘lni tanlading: puling ham chirimaydi, o‘zing ham bu yerlarda chirib qolib ketmaysan. Uyingga soppa-sog‘ kirib borasan. Pul degani nima, bilasanmi? — Murik shunday deb Tursun-alining bilagidan ushladi-da, kaftiga sigaret kulini qoqdi. So‘ng puflab, bu kulni to‘zitdi. — Tushundingmi, zemlyak? Endi o‘zingga kelib olgandirsan, a? Bo‘la qol, tarang qilmay, ayt.
«Buning orqasidan ergashib kelganimni Tengizning odamlari ko‘rmadimikin? Yordamga kelib qolishmasmikin?» degan ilinjdagi Tursunalining atrofga javdirashini ko‘rgan Murik zaharli tarzda tirjaydi. U mamnun edi. Murik turli joylarda, turli holatlarda, turli boylardan pul undirgan, lekin bunaqangi vaziyat, bunaqangi odamga birinchi duch kelishi edi. Shu paytgacha hech kim birgina tepki zarbidan bunday hiqillab qolmagan edi. Kievga «gastrol»ga borganida Abramovich degan ziqnani to‘rt kechayu to‘rt kunduz temir quvurga kishanlab, och qoldirib, tepkilaganda ham aytmagan, to‘rt kecha-kunduz najot kutib yashagan. Beshinchi kuni o‘lib ketishiga ko‘zi yetgach, aytgan edi. Bu odamga esa birgina tepki kifoya qildi. «Bulardan qaysi biri aqlliroq? — deb o‘yladi Murik, so‘ng o‘z qarichi bilan hukm qildi: — Shunisi aqlli. Qiynalib jon bergandan ko‘ra, boylikni osongina berib qo‘ya qolgani durust...»
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 06:52:07
Murik «Pul qo‘lning kiri, pul chiriydi, pulni Gorbach almashtiradi...» deb o‘ljasining ko‘ngliga g‘ashlik solganday edi. Agar berkitilgan boylik qog‘oz puldan iborat bo‘lganida Tursunali bu qadar talvasaga tushmasmi edi. «O’g‘ilbolacha ish qilaman, yarmini olaman», deydi. Tillayu javohir, duru gavharni ko‘rganda kim yarmiga qanoat qilar ekan? Tursunalini ayblash balki noo‘rindir: boylikni peshona teri bilan topmagan bo‘lsa-da, tillayu javohirning jilosi yurak tomirlariga ko‘z ilg‘amas nurlar bilan ulangan edi.
— Endi haddingdan oshma, — dedi Murik unga tarsaki tushirib. — Zolotoy odam yaxshi gapning chegarasini bilishi kerak.
— Yerto‘lada... to‘sinlarning beliga qo‘yilgan yettita ustun bor. O’rtadagi ustunning tagida... — Tursunali shunday deb yutinib qo‘ydi-da, qassob qarshisidagi qo‘zichoq holatida Murikka mo‘ltillab qaradi. «Qassob» esa «hozir so‘yayinmi yoki yana picha semirishini kutayinmi?» degan kabi unga tikildi. So‘ng bir qarorga kelib, cho‘ntagidan buklama pichoq chiqardi-da, tugmasini bosdi. «Aytdimu qutuldim, jonim foydaga qoldi», deb ko‘ngliga xotirjamlik oralayotgan Tursun-ali pichoqni ko‘rib, qo‘rqib ketdi.
— Yechin, — deb buyurdi Murik, sovuq ohangda.
— Aytdim-ku! — dedi Tursunali jon holatda.
— Shu gapingga ishonadigan ahmoqqa o‘xshaymanmi men?
— Rost aytdim, gapim rost, axir!— Tursunali yig‘lamsiradi. — Nega ishonmaysiz? Ustunning tagida chuqurcha bor. Chuqurchada ikki qavat yog‘och qopqoq bor.
— Sen tirik odamning terisini qanday shilishganini ko‘rganmisan? — Tursunali bu savolga javoban javdiraganicha bosh chayqadi. — Ko‘rmagansan, — dedi Murik pichoqni bukib, cho‘ntagiga solgach. — Agar aldasang — ko‘rasan. Uch-to‘rt kun ichida ko‘rasan. Te-ringni shilib, bi-ir rohatlanaman. Ungacha birovga churq etmaysan. Og‘iz ochishing bilan kuragingning tagida shu pichoqni ko‘rasan. Bo‘ldi endi, bor.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 06:52:18
Tursunali qutulgani rostligiga bir ishonib, bir ishonmay iziga qayta boshladi. Uch-to‘rt qadam bosgach, orqadan Murikning ovozi keldi:
— Zemlyak, ishtoning ho‘l bo‘lganga o‘xshaydi, almashtirib ol, yana shamollab qolmagin. Sen menga tiriklayin keraksan, — u shunday deb hiringlab kuldi. Tursunali orqasiga qaramadi.
U Murikni aldamagan edi. Chindan ham yerto‘ladagi ustun ostida sandiqcha bor edi. Ammo bu sandiqcha bo‘sh edi. Aniqroq aytilsa, bu sandiqcha bir necha haftagina asqotdi — boyliklarni bag‘rida yashirdi. Lekin Tursunalining ko‘ngli to‘lmay, to‘plaganlarini boshqa joyga ko‘chirdi. Hozir yerto‘lani aytishga aytdi-yu, «buning odamlari uyga borar, sandiqchani topib ochar, so‘ng aldanganlarini bilib xotinimni siquvga olishar, bolalarimni qiynashar», deb o‘ylamadi. Uning uchun hozir eng muhimi — o‘z jonini qutqarish edi. Niyati amalga oshib, Xudoga shukr qilgan tarzda joyiga qaytdi. Mahbuslar ovqatlanib bo‘lishib, ishga tarqalishayotgan edi. Tursunali javdiragan nigohi bilan Nuriddinni qidirdi. Tushlikdan avval uni Pachoqburun chaqirib ketgan edi, hali ham qaytmabdi.
Tursunalining qo‘llari ishda, ko‘zlari esa Nuriddinning yo‘lida bo‘ldi. Murik ikki marta unga yaqinlashib «Horma, zemlyak, charchamayapsanmi?» deb ketdi. Nuriddin ish oxirlay deganida paydo bo‘ldi. Barakka qaytar mahallarida Tursunali uning yengidan asta tortib, past ovozda:
— Tengizni tez ko‘rishim kerak, — dedi.
— Olib boraymi? — dedi Nuriddin.
— Yo‘q, bexit joyda ko‘rishim kerak. Anov yangi kelgan odam ishkal chiqaryapti.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 06:52:31
Nuriddin «yangi» deganingiz kim?» deb so‘ramadi, chunki u gap kim haqida borayotganini darrov anglab yetdi. Nuriddin «qanday ishkal chiqaryapti?» deb ham so‘ramadi, chunki Tengiz ogohlantirgandayoq shu odamning bir baloni boshlashini fahmlagan edi. Lekin aynan Tursunali atrofida o‘ralashayotgani unga yangilik bo‘lsa-da, ortiqcha savolga hojat sezmadi. Kechki ovqat paytida Tengiz ko‘rinmadi. Shu sababli Qo‘tosning yonidan o‘tayotib «Knyazga zarur gapim bor», deb qo‘ydi. Qo‘tos unga qaramagan holda «tushundim» deganday bosh irg‘adi. O’sha kech «politbyuro»ning yig‘ini belgilangan edi. Shu bois Tengiz Nuriddinni yo‘qlatmadi. Pachoqburun uni ertasiga, nonushtadan so‘ng chaqirdi.
Qor bo‘ralab yog‘ayotganiga qaramay Tengiz odatini kanda qilmagan — gulxan yaqinidagi o‘rnini egallagan edi. Boshiga, yelkalariga qo‘ngan qorga qaraganda u jo-yida ko‘pdan beri o‘tirar edi.
Tengiz Nuriddinning salomiga alik olib, unga qo‘l uzatdi. «Kel, Hamzat, o‘tir», deb ro‘parasidagi to‘nkani ko‘rsatdi.
— Nima bo‘ldi?
— Yangi odam Tursunali akaga ilakishib qolibdi. Bir ishkal chiqarmoqchiga o‘xshayotganmish.
— Ha... ilinibdi-da.. — Tengiz shunday deb jilmaydi. — Uzumni yig‘ishtiradigan payt kelibdi... Shu qorda ham uzum yig‘ishtiriladimi, deb hayron bo‘lyapsanmi? Bizda hikmat bor: bir o‘rgimchak qarasaki, uzumzorda kapalaklar ko‘p emish. Darrov to‘rini to‘qib, ovga kirishibdi. Uzum pishgan payt ekan. Bog‘bon uzum uzishni boshlabdi-yu, o‘rgimchakni to‘rlariga qo‘shib pachoqlab tashlabdi. O’rgimchakda nafs bor edi-yu, aql yo‘q edi, tadbir yo‘q edi. Cho‘michvoy o‘sha o‘rgimchakka o‘xshagan ahmaq. Tursunali akang esa kapalakka o‘xshagan ahmaq.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 06:52:39
— Cho‘michvoy?.. — Nuriddin kulimsiradi. — Laqabi qiziq ekan. Kim o‘zi u?
— Kim bo‘lardi, bizga o‘xshagan bir qul-da... Gapim yoqmadi, a? Xo‘p, senga o‘xshamagan, menga, hamtovoqlarimga o‘xshagan bir qul. Sen esa ozod odamsan. Piching qilayotganim yo‘q. Chindan ham hursan. Shuning uchun seni yaxshi ko‘raman, senga havasim keladi. Sen Epiktet degan odamni eshitganmisan? Uni ko‘pchilik bilmaydi. Dunyoda shunaqa faylasuf o‘tgan. Leningradda o‘qib yurganimda uning kitobi qo‘limga tushib, esimni teskari qilib yuborgan edi. Bitta fikrini aytib beraymi? — Tengiz shunday deb iyagini siladi — go‘yo kalavanig uchini topib olmoqchiday o‘ylandi-da, siniq ovozda davom qildi: — «Derlarki, Inson uchun eng ulug‘ dunyoviy ne’mat — uning ozod va hurligidir. Agar ozodlik ne’mat ekan, ozod insonning baxtsiz bo‘lmog‘i mumkin emasdir. Agar sen baxtsiz insonga duch kelsang, qayg‘u-hasratda yonayotganiga guvoh bo‘lsang bilki, u OZOD EMASdir. U shubhasiz, kim yoki nima tomonidan ezilgandir. Agar ozodlik ne’mat ekan, ozod inson ablah bo‘la olmaydi. Agar sen bir odamning boshqalar oldida past ketayotganini, laganbardorlik qilayotganini ko‘rsang bilki, u ozod emasdir. U bir quldir. U bo‘ynini qullik sirtmog‘iga tutib, buning evaziga bir tovoq ovqat yoki biron mansab, yoki shunga o‘xshash biron nima undirmoq istaydi. Kim ozroq manfaatga erishibdi, demak, ozroq xushomad qilibdi. Zo‘rroq xushomad bilan esa kattaroq boylikka erishadi.
Ozod odam hech bir to‘siqsiz egalik qilish mumkin bo‘lgan narsaga egadir. Hech bir to‘siqsiz nimaga egalik qilishi mumkin? Faqat O’Z-O’ZIGA! Agar sen odamning o‘z-o‘ziga egalik qilmay boshqalarga ham hukm o‘tkazmoqqa jazm etganini ko‘rsang bilki, u ozod emasdir. U boshqalarga hokimlik qilishni istadimi, demak, u o‘z istagi, nafsi qulidir...»
Tengiz shunday deb boshini egdi. Qo‘lidagi kosov bilan gulxanni titdi. Olov bag‘ridan alam bilan otilib chiqqan hisobsiz uchqunlarni qor zarralari yutdi. Tengiz hozir bir necha daqiqaga o‘g‘rilik botqog‘ini ruhan tark etib, talabalik dunyosiga, faylasuf bo‘lib yetishmoq orzusidagi yigitning pokiza olamiga qaytgan edi. Nuriddin uni bu holatda avval ko‘rmagani sababli ajablanganicha o‘tiraverdi. Unga biron so‘z aytish yoki aytmasligini ham bilmadi.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 06:52:46
— Bu oddiy gaplarga o‘xshaydi, — dedi Tengiz boshini ko‘tarib. — Lekin uni tushunish oson emas. Amal qilish esa, mushkul... juda ham mushkul. Biz... o‘g‘rilar, o‘zimizni ozod insonlar deb hisoblaymiz. Bu nisbiy tushuncha. Aslida esa Epiktet haq — biz qullarmiz!.. Ana endi o‘ylab ko‘r: bu dunyoda ozod inson ko‘pmi yoki qulmi? Men Cho‘michni ahmaq o‘rgimchakka o‘xshatdim. Aslida biz ham o‘sha ahmaq o‘rgimchaklarning birimiz. Faqat qaysi boQbon qanday yanchib o‘ldirishini bilmaymiz. Bizning qismatimiz shu — boshqacha bo‘lishi mumkin emas... Shunaqa gaplar ham bor bu dunyoda, oshnam. Akangga aytib qo‘y, talvasaga tushmasin. Cho‘michni tinchita oladigan aqlimiz bordir.
Nuriddin suhbat yakunlanganini anglab, o‘rnidan turdi. Yarim soatdan so‘ng Pachoqburun Tursunalini boshlab keldi. U kelguniga qadar Tengiz o‘rnidan turib, egniga qo‘ngan qorni qoqib, gulxan yaqinida u yoqdan bu yoqqa yurdi. Unga Murikning maqsadi oz bo‘lsa-da ayon edi. Sobiq sovxoz direktoridan nimani istash mumkin? Pul. Balki Gobelyan unga shu ishni topshirgandir? «Uch harf»dan olgan vazifasi-chi? «Bu qanjiq hamma yoqni chigallashtirib tashladi-ku?» deb Qijindi Tengiz. Kalavaning uchini topa olmay yuragi siqilayotganda Tursunali yaqinlashib, salom berdi.
— Nima gaping bor? — dedi Tengiz salomga alik olay.
Bunday qo‘rsliklarga ko‘nikib qolgan Tursunali joyida qotib, atrofiga qo‘rquv aralash bir alanglab oldi.
— U meni o‘ldirmoqchi bo‘ldi, — dedi miskinlik bilan.
— Nega o‘ldirmadi?
«Nima uchun o‘ldirmoqchi edi», degan savolni kutgan Tursunali javobga taraddudlandi.
— U «boylikni qaerga yashirding?» deb zug‘um qildi.
— Xo‘sh, aytdingmi?
— U yoqda boylik qolmagan o‘zi...
— Seni Gobelyan so‘roq qilganmi?
— Ha.
— Boyliging qaerdaligini unga aytganmisan?
— Bo‘lsa aytaman-da.
— Qanjiq seni nega o‘ldirmadi?
— Unga aytdim.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 06:52:54
— Demak, bor ekan-da? — Tengiz shunday deb unga G’azabli nigohini qadadi.
— O’zi yo‘q, bo‘lsa sizga aytmasmidim. Unga aytgan yerimda sariq chaqa ham qolmagan. Meni qutqarish uchun xotinim hammasini sovurib, ado qilgan.
— Boyliging qolmagan bo‘lsa, nega qaqshayapsan? Nimadan qo‘rqyapsan?
— U meni o‘ldirmoqchi.
— O’ldirsa savobga qoladi.
— Nega, axir?.. — najot umidi bilan kelgan Tursunali sovuq tarzda aytilgan bu gapni eshitib bir seskandi. «Shartga binoan siz meni himoya qilishingiz kerak-ku!» demoqchi bo‘ldi-yu, da’vo qilishga tili bormadi — qo‘rqdi. «Nega, axir...»dan nariga o‘ta olmadi. Da’vosini aytolmagan bo‘lsa ham, Tengiz uning maqsadini angladi.
— Seni uning changalidan qutqarishim kerakmi? Kallang joyidami?! U sen bilan uchrashish uchun atay bo‘ynini sirtmoqqa tutib bergan. Bekordan bekorga qamaladigan bolamas u. Bir narsaning isini sezmasa izingdan tushmas edi. Shu bugundan boshlab shartni bekor qilaman. To‘laydigan solig‘ing ham o‘zingga siylov. Erta-indin uyingga odam borib, aytgan yeringni titadi. Hech narsa topolmasa xotin, bola-chaqangni o‘ldiradi. Keyin o‘zing bu yerda it azobida o‘lasan. Shunaqa bo‘lgani durust. Sen ahmaqni himoya qilganim uchun men o‘g‘rilar orasida isnodga qolaman. Yo‘qol, ko‘zimga ko‘rinma.
— Nega ishonmaysiz? — Tursunali shunday deb yig‘lab yubordi.
Tengiz «o‘l bu kuningdan!» deganday aftini burishtirdi-da, burilib nari ketdi. To‘rt-besh qadam yurib, gulxan yaqinidagi to‘nkaga o‘tirdi.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 06:53:01
Tursunali nima qilarini bilmay gangigan holda turib qoldi. Yordamga ishongan edi, najotni Yaratgandan emas, shu yigitdan kutgan edi. Hozir ham umidining so‘nggi iplarini shu odamga bog‘ladi. Agar hozir bir mo‘‘jiza yuz berib, Tangri-taolo aytsaki, «Ey Odam bolasi, men butun olamlarning yaratuvchisiman, sen ham bandasan, u ham bandamdir. Najotni kimdan kutasan?» Nodonlik, jaholat chodiriga tamoman burkalib olgan, ko‘z nurlarini, aql-farosatini shayton alayhila’na ixtiyoriga butkul topshirgan bu banda hech ikkilanmay ikkinchi bandani ko‘rsatar edi. (Astag‘firulloh!)
U asta yurib, ho‘ngrab yig‘lagan holida Tengizga yaqin keldida, yonida tiz cho‘kdi. Shu yoshga kirib biron marta bo‘lsin Yaratganiga sajda qilmagan banda xorlik libosiga o‘ralib ikkinchi bir banda yonida tiz cho‘kdi. Tengiz to‘g‘ri aytgan edi: erkakning bu qadar xorlanishidan ko‘ra o‘lib ketavergani ming karra afzalroq.
— Meni qutqaring. O’lguningizcha qulingiz bo‘layin.
Tengiz salgina burildi-yu, uning yonog‘iga musht tushirdi. Marhamat kutib tiz cho‘kkan Tursunali bu zarbdan chalqanchasiga yiqildi.
— Mishig‘ingni art, he xunasa! — Tengiz shunday deb kaftiga qor olib ishqadi. — Qul bo‘larmish... Sendaqa erkakni moyagidan osib qo‘yish kerak. Erkakman, deb yuribsanmi hali... — Tengiz xumordan chiqqunicha so‘kib, unga qarab tupurdi. — Oilangning ehtiyotini qilaman. Ular yemagan somsalariga pul to‘lab yurishmasin. Sen bilan ishim yo‘q. Yo‘qol!
«Hammang bir go‘rsanlar! Hammang ablahsanlar! Hammangni qirib tashlash kerak! Urug‘laringni o‘ynatib tashlash kerak!» — Tursunalining xayolini shunday hayqiriq to‘zitdi, ammo bo‘g‘zi bu nidoni tilga ko‘chishiga yo‘l bermadi. Tengizning salgina yon bosgani unga dalda bo‘lib, o‘rnidan turdi. Rahmat aytib, iziga qayta boshladi. O’n qadamcha bosib to‘xtadi-da, najot ko‘zlari bilan orqasiga o‘girilib, Tengizga qaradi. «Kel, bo‘pti, o‘zingni ham himoya qilaman», degan gapni kutdi.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 06:53:08
Ish joyiga qaytib, qo‘liga bolta oldi. Amal kursisini egallab, raykom taxtiga yo‘l ko‘rsatgan aqli endi jonini saqlab qolish yo‘lini aniqlashga ojizlik qilayotgan edi. Yuzlab odamlarning nonini yarimta qila olgan tadbirlari bu yerda o‘lumtuk ahvolga tushdi. Aql ham, tadbir ham unga xiyonat qildi. Aql, tadbir deganlari shayton izmida bo‘lgach, o‘zgacha oqibat kutish mumkinmi?
Beixtiyor ravishda daraxt shoxlariga bolta urar ekan, qutulish choralarini izlaydi. Ammo sonsiz kapalak singari to‘zigan fikrlari o‘ziga bo‘ysunmaydi. Shaytonning burchi uni jar yoqasiga yetaklab kelmoq edi — vazifasini ado qildi. Qadamini bir qarichgina nari tashlasa kifoya. Shu paytgacha shaytonning mehri bulog‘idan suv ichib, quvvat olgan aqli uni asrab qola olarmikin?
Bu aql unga yagona najot yo‘lini ko‘rsata boshladi.
Najot — O’LIM! Qanday go‘zal manzil! Bu azoblar, bu xorliklar birato‘la barham topgusi. Birgina harakat kifoya, bir necha nafas kifoya. Yana ikki-uch kunmi, ikki-uch haftami azoblanib yashamoqdan ko‘ra, hoziroq o‘lim topgani yaxshi emasmi!
O, g‘ofil banda! U dunyoda bu yerdagidan yuz, balki ming chandon ortiqroq azob hozirlab qo‘yilganini fahm etsami, o‘limga bu qadar intilmasmi edi...
Hozir esa... so‘nggi najot yo‘li unga afzal ko‘rinaverdi. Endi fahmi yetganicha o‘limning tez va oson turini izlay boshladi. Nima qilsin: shu qo‘lidagi bolta bilan peshonasiga qarsillatib bir ursinmi? Miyasining qatig‘ini o‘ynatib yuborsinmi? Shu fikrda boltaning tig‘iga qaradi. Beixtiyor ravishda tig‘ ustiga barmog‘ini qo‘ydi. Tig‘ nazarida o‘tmas bo‘lib tuyuldi: bolta urish fikridan qaytdi. O’zini osish, tomirini kesish... barchasi og‘ir tuyuldi. Shu asnoda peshinga qadar g‘imirlab yurdi. «Bu ko‘rguliklardan ko‘ra o‘lganim ming marta yaxshi», degan to‘xtamga keldi-yu, ammo o‘zini o‘ldirmoqqa kuch topa olmadi.
   
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 06:53:14
Peshindan keyin esa... Pachoqburun paydo bo‘lib, uni ovloqqa boshladi. Tursunali qor yuzasidagi bir tomonga qarab ketgan izlarni ko‘rib, ko‘pchilik o‘tganini fahmladi. Biroq «ko‘pchilik taqdirimni qanday hal etar ekan?» degan jumboqqa javob topa olmadi. Butazor oralab ancha ichkarilashgach, sayhonlikka chiqishdi. Tursunali bu yerning qatl maydonchasi ekanini keyinroq bildi.
Ustidagi paxtaligi yechib tashlangan Murik ko‘ylakchan holda maydoncha o‘rtasida turardi. Ikki oyog‘ining to‘pig‘idan bog‘langan arqon uchlarini ikki yigit mahkam tutganicha tarang tortgan edi. Murikning orqa tomonidan Koshak, ro‘parasidan Tengiz, sal naridan esa Qo‘tos joy olishgan edi. Uchovlari maydonchada paydo bo‘lgan Tursunaliga oldinma keyin qarab qo‘yishdi.
— Sen o‘zingni burgut deb o‘ylovmiding? — dedi Tengiz Murikka yuzlanib. — Ana, changal solmoqchi bo‘lgan o‘ljang keldi. Murikjan, seni kim o‘g‘rilar oilasiga tavsiya etgan, kim qabul qilgan, bilmayman-u, ammo unisi ham, bunisi ham o‘zingdan battar ahmaq ekaniga yuz foiz ishonaman. O’g‘ri degan sal aqlliroq bo‘lishi kerak. Bu yerlarning xo‘jayinlari bizlar ekanimizni yaxshi bilarding, a? Bilib turib bizning yerlarda ov qilmoqchi bo‘ldingmi? «Bular bir laqma, og‘ziga pashsha qo‘ndirib yotishadi», deb o‘yladingmi? Umuman fikringda jon bor. Men laqma bo‘lsam kerak. Koshak, sen-chi? Sen ham laqmamisan?
Koshak xoxollar tushunishi mumkin bo‘lgan tarzda bir so‘kindi-da, Murikning gardaniga musht tushirdi. Oyoqlari bog‘langan Murik uchun ana shu zarbaning o‘zi kifoya qildi — yuztuban yiqilib bir necha daqiqa harakatsiz yotdi.
— Suzishni bilmasang nima qilarding o‘rdak ovlab. Qani, tur, tuqqan xotindek yalpayib yotma.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 06:53:22
Murikning bu yotishi ayyorlik chegarasidan narida edi. Bundan oldingi mushtlarning zarbalari qo‘shib hisoblansa, uning ahvoliga achinish ham mumkin. Ne afsuskim, mazkur olam ongidan odam joniga achinish, ayash kabi tushunchalar o‘chirib tashlangan. Alhol, Murikning holiga achinmoq ham noo‘rindir. Chunki «qaytar dunyo» deganlar-ku!
Murik qorga yuzini bosib, picha orom oldi. Tengizning gaplari qulog‘iga kirguniga qadar davom etgan bir necha lahza tanga ozgina rohat bersa-da, ruhi azobdan chirqirayverdi. U Gogikning taklifiga uchgan onlarini eslab, uni ham, o‘zini ham la’natladi. Gobelyan nima uchun Gogikni bu ishga jo‘natmaganini Koshakning birinchi mushtidan keyinoq tushunib yetdi. Hammasini o‘ylagan edi, reja qilgan edi. O’g‘rilar nafratiga uchrashi aniqligini ham bilgan edi. Faqatgina jazoning bu qadar tez kelishi va og‘ir bo‘lishini hisobga olmagan edi.
Yana picha orom olish maqsadida o‘rnidan qimirlamagach, tovonidan tepki yedi. Shundan so‘nggina qaddini ko‘tara boshladi.
— Valeriy Ivanovich, sen burgutning o‘rdak ovlaganini eshitganmisan?— dedi Tengiz Qo‘tosga qarab.— Eshit, bu qiziq hangoma. Bir nodon burgut... Qara-ya, burgutlarning ham nodoni bo‘lar ekan, o‘sha nodon burgut o‘rdak ovlamoqchi bo‘libdi. Endi o‘rdakka chang solaman, desa o‘rdak shartta suvga sho‘ng‘ib ketarmish. Shunda burgut astoydil qasd qilib o‘rdak tomon o‘qdek uchibdi. O’rdak bu safar ham suvga sho‘ng‘igan ekan, «endi qutulib bo‘psan!» deb u ham sho‘ng‘ibdi. O’rdak esa suv yuzasiga chiqib, qanotlarini yoyibdi-yu, uchib ketibdi. Burgut esa suvga bo‘kib o‘libdi. Qalay, Valeriy Ivanovich?
— Nima demoqchisan? Shu itpashshani burgutga o‘xshatyapsanmi? — dedi Qo‘tos ensasi qotib.
— Yo‘q-o‘q, Valeriy Ivanovich, kelib-kelib shuni burgutga o‘xshatamanmi? Bu jonivor o‘z nomi bilan Murik! Sen esa buni itpashshaga o‘xshatyapsan. Itpashshalarni ranjitma. Valeriy Ivanovich, harholda ular orasida qanjiqlari yo‘qdir.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 06:53:29
Murik qaddini rostlagach, Tengiz barmoqlari uchi bilan uning iyagini ushladi-da, boshini Tursunali tomon burdi:
— Xo‘sh, bu laqmada nima ishing bor edi?
— Yolg‘iz o‘zingga aytaman, — dedi Murik.
— Hilvatda achomlashib turadiganlarga o‘xshab gapingni qulog‘imga aytasanmi? Koshakka ishonmaysanmi? Yo Valeriy Ivanovichdan hadiksirayapsanmi? Ularni qanjiq deb o‘ylayapsanmi?
Bu gaplardan so‘ng Koshak yana musht hozirlagan edi, Tengiz bir imo bilan uni to‘xtatdi.
— Noz-ishvalaringni hali tramvayga qo‘yganimizda qilarsan, — deb davom etdi Tengiz, — qani, ayt!
— Bular boy bo‘lishadi, — dedi Murik, — ozginasini baham ko‘rsin, devdim, hammasini olmayman, dedim.
— Qaerga berkitgan ekan?
— Molxonada...
Murik shunday deyishi bilan Tengiz uning qorniga mushtladi. So‘ng yiqilib tushmasin, deb sochlarini changallab, boshini ko‘tardi.
— Bunchalar ahmaq bo‘lmasang, sen xunasa! Bu laqma senga aytganini bizga aytmaydimi?
— Gapimni oxirigacha eshitmading, Knyaz! — dedi Murik ixranib. — «Molxonaga yashirganman» demagin, dedim unga. Keyin... aytdi... Yerto‘lada ekan...
— Gobelyan bilan qanaqasiga kelishgansan?
— Uchdan biriga. Biri Gogikka, biri unga. Bu ishga meni Gogik tortdi. Qanjiq deyiladigan bo‘lsa, o‘sha g‘irt qanjiq. Meni emas, uni o‘ldirish kerak.
— Seni kim o‘ldirmoqchi bo‘lyapti, Murikjan?.. Gogikning esa o‘z hisob-kitobi bor. Sen uning taqdiri uchun qayg‘urmay qo‘yaver. Sen bizga ikkinchi topshirig‘ingni ayt.
— Avvalgi kuni o‘zingga aytganman. Mening bilganim shu.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 06:53:36
— Ular nima uchun seni tanlashdi?
— Bilmayman. Mening bilganim: yana uch-to‘rtta odamga buyurilgan. Har xil lagerlarda odam tanlayapti. Ularning kimligini bilmayman. Knyaz, qo‘rqityapti, deb o‘ylama. Ammo menga bir narsa bo‘lsa, ular seni tinch qo‘yishmaydi.
Tengiz tislanib, Tursunalini chaqirdi-da:
— Seni urdimi? — deb so‘radi.
Tursunali Murikka xavotir bilan qarab sekingina «Ha», deb qo‘ydi.
— Qanday urgan bo‘lsa, sen ham shunday ur. Haqqing qolmasin. Boradigan yeriga qarzsiz borsin. Qani, lalayma, ur!
Tursunali bu gap chinmi yo hazilmi ekanini bilmay, gangib qoldi.
— Hoy, it! Senga aytyapti, ur! — deb buyurdi Koshak.
Tursunali shunda ham jur’at etmagach, Tengiz so‘kinib, boldiriga tepib qoldi. Tursunali bu zarbdan bir munkib tushdi-yu, o‘zini tezda o‘nglab oldi. So‘ng buyruqni bajarmasa o‘ziga yomon bo‘lishini anglab Murikning yuziga teskari shapaloq tushirdi.
— Murikjan sen shunday urganmiding? — dedi Tengiz. — Ancha ishdan chiqib qolibsan-da. Hezalakchasiga uradigan o‘g‘ri o‘g‘rimi, a Koshak? — Savolga javoban Koshak zaharli tirjaydi. Tengiz esa Tursunaliga qaradi: — Shu bitta shapaloqqa iching o‘tib ketdimi? Koshak, bo‘sh vaqt topib sen bunga urush qanaqa bo‘lishini o‘rgatib qo‘yishing kerak ekan.
Koshakning bo‘sh vaqti hozirga to‘g‘ri kelib, buyruq ijrosini hayallatmadi. Tirjaygan holda Tursunaliga yaqinlashdi. O’ng qo‘li bilan yuzini silab turdi-da, chap qo‘li bilan bexosdan qorniga mushtladi. Tursunali bukchayishga ulgurmay musht yeb uch qadam nariga uchib tushdi. Tengiz tepishga chog‘lanib borayotgan Koshakning yo‘lini to‘sdi:
— Birinchi darsga shu ham yetadi. Endi Murikning pichog‘ini olib ber. Cho‘mich, sen o‘g‘rilar olamiga zarracha foyda keltirmagansan. Shunday bo‘lsa ham haqiqiy o‘g‘ri sifatida o‘lishingga imkon beramiz.
— Knyaz, unday qilma, o‘zingga yomon bo‘ladi! — deb xitob qildi Murik jon achchig‘ida.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 06:53:44
Tengiz unga o‘qdek nigohini qadab jim qoldi. Murik aytmasa ham o‘ziga qiyin bo‘lishini yaxshi biladi. Murikni yollab, vazifa yuklaganlar uning o‘limiga achinganlari uchun emas, balki topshiriq chala bajarilgani uchun ham G’azab otiga minadilar. Ilonning dumi bosib olinsa chaqadi, deydilar. Ammo ilon ba’zan chaqolmasligi ham mumkin ekan. Lekin Murikni yollaganlar chaqmasdan qo‘yishmaydi. Kechagi «politbyuro» yig‘inida kutilajak bu holat ham nazardan chetda qolmagan edi. «Shunday qilish kerakki, ilon kimni chaqishni aniq bilmay chalg‘isin», degan to‘xtamga kelgan «politbyuro» chalg‘itish yo‘lini izlab topishni Tengizga yuklagan edi.
Kecha Murik Tursunalini ovloqqa boshlaganidayoq Tengizga xabar yetgan edi. Tengiz birinchi «suhbat» «do‘stona» bo‘lishini bilgani uchun ularning izidan odam jo‘natmadi. U uchun eng muhimi — Murikning Tursunaliga qopqon qo‘yishi. Nuriddin Tengizni yo‘qlaganida «politbyuro» aynan Murikning taqdirini hal qilayotgan edi.
Tengiz avvaliga o‘limning yaxshi usulini topganday edi. Murikka «hech kimdan gumon qilmanglar, jonimdan to‘yib o‘zimni osyapman», qabilida xat yozdirib olmoqchi edi. Hozir boshqa durustroq usul xayoliga kelib, dastlabki fikridan qaytdi.
— Murikjan, aqlli bola pichog‘ini o‘zi oladi. Sen aqllisan, a? Koshak, to‘xta, unga tegma. Sen ham pichog‘ingni ol.
— Shu itpashsha bilan olishamanmi? — dedi Koshak norozi ohangda.
— Men senga pichog‘ingni ol, dedim. Olishasan, demadim, — Tengiz Koshak uzatgan dudamani olib, cho‘ntagidan ro‘molcha chiqardi-da, yaxshilab artdi. Keyin cho‘k tushib o‘tirgan Tursunalini chaqirdi: — Hoy, laqma, bu yoqqa kel. Tirik qolishni istasang, o‘zingni himoya qil. Ma, ushla!
Tursunali pichoq emas, zaharga to‘la, chaqishga shaylanib turgan chayon uzatilayotganday seskanib ketdi. Bosh chayqab, yarim qadam tislandi.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 06:53:53
— Men umrimda... odam o‘ldirmaganman, — dedi g‘udranib.
— Senga odam o‘ldir, demadim. O’zingni himoya qilgin, deyapman. O’ o‘lasan, yo o‘ldirasan, boshqa chorang yo‘q.
Koshak orqasiga o‘tib, yumshoq yeriga bir tepgach, Tursunali beixtiyor ravishda pichoqqa qo‘l uzatdi.
— Ha, o‘g‘il bola, shunaqa bo‘lsin. Murikjan, ana, hayoting o‘z qo‘lingda.
— Knyaz, ayt, oyoqlarimni yechishsin.
— E, yo‘q, sen professionalsan, Murik, bu esa bir laqma. Erkak bo‘lib bugun qo‘liga pichoq olyapti. Bizni qiziq tomoshadan mahrum qilma, Murikjan, — Tengiz shunday deb bir arqonning uchini o‘zi qo‘lga oldi. — Qani, Cho‘mich, burgutmisan yo itpashshamisan, boshla!
Murik Tengizga qarab oldi-da, so‘ng gangib turgan Tursunali tomon qadam tashladi. Avvaliga arqonni bo‘sh qo‘yib berdilar. Murik uch qadam yurgach, kutilmaganda sapchib, Tursunaliga tashlandi. Yaxshiki u mo‘ljalni sal noaniq oldi — o‘ljasiga ozgina yetmadi. Ammo pichoqning uchi Tursunalinig iyagini tilishga ulgurdi.
— Hoy, it! Nimaga qarab turibsan, ur! — deb baqirdi Koshak Tursunalini turtib.
O’ljasiga yetolmay yuztuban yig‘ilgan Murik Tursunali tomondan hamla kutib, tezgina o‘rnidan turdi. Tursunali esa pichoq urish o‘rniga tisarilmoqchi bo‘ldi. Ammo orqasida turgan Koshak unga yo‘l bermadi.
Shu paytgacha tomoshabin kabi chetda turgan Qo‘tos Tursunaliga yaqinlashdi:
— O’lging kelmayotgan bo‘lsa tashlan. Bu yerda ikkovingdan biring o‘lishing shart. Qo‘rqma. Odam o‘ldirish sen o‘ylaganday og‘ir ish emas. Dahshat ham emas. Sen eng yaxshi ko‘rgan odamingni ko‘z oldingga keltir, sen o‘sha yaxshi ko‘rganing uchun yashashing kerak.
Eng yaxshi ko‘rgan odami... Kim bo‘lishi mumkin? Xotinimi? Bolalarimi, yo... Nafisasimi?.. Hozir ularni o‘ylaydigan ahvolda emas edi u. Hozir o‘z jonini saqlab qolishnigina o‘ylardi. Bu bejiz emas, chunki eng yaxshi ko‘rgan odami — O’ZI edi.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 06:54:01
Murik esa Tengizning gapiga inonib, jonini saqlab qolish uchun astoydil hamla qilar edi. Oyog‘i bog‘lanmagan bo‘lganida dastlabki daqiqadayoq Tursunali naq enasini ko‘rishi aniq edi.
Gangib, dovdirashi chekingani bilan qo‘rquv hali Tursunalini tark etmagan edi. Bir necha soatdan beri o‘zini o‘ldirish fikrida yurgan odam endi o‘limdan qo‘rqayotgan edi. U qorong‘u lahaddagi guvalaga bosh qo‘yib yotishdan (ajab! Bu yerda o‘lsa lahad ham, guvala ham nasib etmaydi unga), so‘ng bo‘lajak hisob-kitobdan, keyin esa naqd qilib qo‘yilgan qabr azoblaridan, so‘ng qiyomat kunidagi ayanchli taqdiridan emas, bu aldamchi dunyo hayotini tashlab ketishdangina qo‘rqardi.
Murik navbatdagi hamlasida yiqila turib Tursunalining paxtaligini tilib yuborishga ulgurdi. Shundan so‘ng Tengiz arqonini tashlab, Tursunaliga yaqinlashdi.
— O’lging kelmayaptimi? — dedi past ovoz bilan. — Yashashni xohlaysanmi? To‘g‘ri qilasan. Kel, savdoni pishirib qo‘ya qolaylik: tarozining bir pallasiga joning, ikkinchisida yashirib kelgan boyliging turibdi. Qaysi birini tanlaysan? Faqat boyligim yo‘q, deb ming‘irlama. Bu eski ashulang jonimga tegdi. Men balki ahmaqdurman. Ammo Gobelyan ahmaq emas. Bir narsaning isini olmasa, shunchalik ovora bo‘lmaydi. Men seni qiynagim kelmayapti. Agar xohlasang oyog‘ingdan osib qo‘yishim mumkin. Murikjan esa tovoningdan bo‘g‘zinggacha tilib bir rohatlanadi. Agar xohlasa teringni shilib, tuz sepib qo‘yishi ham mumkin.
Bu gap Murikning kechagi po‘pisasini eslatib, rostdan ham terisi shilinib tuz sepilganday badani qaqshab ketdi.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 06:54:09
— Xo‘sh, qaysi biri ma’qul senga? Boylikni sen mehnat qilib topmagansan. Senga baribir buyurmaydi. Hatto bizga ham buyurmasligi mumkin. Boylik o‘zi shunaqa bo‘ladi. Birovga vafo qilmaydi. Boylik nima, bilasanmi? Nozaninga aylangan bir ajdaho. Qip-yalang‘och nozanin ko‘rinishida qo‘yningga kiradi. Vujuding rohatlanadi. Keyin esa asliga — ajdaho holiga kirib o‘t purkaydi, hammayog‘ingni kuydiradi. Sen, ahmaq esa yashirganingni hali ham nozanin deb o‘ylayapsan. Senda kalla yo‘q, u allaqachon ajdahoga aylanib bo‘lgan. Bu yerdan tirik qaytganingda ham seni nozanin quchog‘iga olmaydi. Ajdaho baribir kuydirib o‘ldiradi. Men sen ahmaqni ajdahodan qutqarmoqchiman. Qani, ayt!
Tursunali o‘g‘ridan bunaqa ma’nili gap kutmagani uchun ajablandi. Tengiz esa uning pichoq ushlagan qo‘lini mahkam changallab, tig‘ni biqiniga tiradi. «Bir siltasa, tamom, — deb o‘yladi Tursunali. — Jon ham ketadi mol ham birovlarga qoladi. Gapi to‘g‘ri bu o‘g‘rining. Hid olishgandan keyin topmasdan qo‘yishmaydi. Bunisi bo‘lmasa boshqasi izimdan iskab yuraveradi. Padariga la’nat! Otlar topib, eshaklar yeydigan zamon ekan. O’sha boylikni to‘playman, deb boshim balolarga qoldi. Endi ham tinchitishmasa aytay, balodan qutula qolay... So‘zida turmasa-chi? Ertaga shartni buzaman, deb tursa-chi? Nima bo‘lsa ham peshonamdan ko‘rdim. Aytaman...»
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 06:54:19
Shu qarorga kelib, aytdi. Tengiz diqqat bilan eshitdi. «Aldamayapsanmi, aldasang — o‘lasan!» deb po‘pisa qilmadi. Koshakka qarab bir im qoqdida, chetga chiqdi. Maqsadni anglagan Koshak jun qo‘lqopni kiydi-da, tiz cho‘kib o‘tirgan Murikdan pichoqni tortib olib, Tursunali tomon yurdi. Tursunali nima gap bo‘layotganini fahmlashga ulgurmadi. Koshak tirjayganicha unga yaqinlashdi-da, chaqqon tarzda engashib, boldiriga pichoq urdi. Tursunali «oh! deganicha qo‘lidagi pichoqni tashlab yuborib, boldirini changalladi.
— Dod dema, to‘ygacha tuzalib ketadi, — dedi Qo‘tos unga qarab kulib.
Koshak esa Tursunali tashlagan pichoqni o‘ng qo‘liga oldi-da, bu manzaradan ajablanib o‘tirgan Murikka yaqinlashib oyoqlarini kerganicha tirjayib turdi. So‘ng chap qo‘lidagi tugmali pichoqni unga uzatdi. Murik pichog‘ini qo‘liga olib o‘rnidan turaman, deganida Koshak uning bo‘g‘zini tilib yubordi. Favvora bo‘lib otilgan qon qor yuzini birpasda qizilga bo‘yadi. Koshak esa, Tengizga qarab tirjayib qo‘ygach, Murikning bo‘g‘zini kesgan pichoqni Tursunalining yoniga tashladi.
Yigitlar Murikning oyog‘idagi arqonni yechib olishgach, barchalari bir zumda g‘oyib bo‘lishdi. Tursunali bu yerda qolishi xavfli ekanini anglab, sudralganicha iziga qayta boshladi. Lekin ko‘p yurolmadi. Yugurib kelayotgan soqchilar qo‘liga tushdi.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 06:54:44
Ikkinchi bayon: farjom

DUNYO MANZILINING OXIRI

Nafisani qarg‘adilar:
— O’ynashi bilan yotgan ekan, sharmanda! O’ldirgan odam savobga qolibdi...
Sanjarni la’natladilar:
— Suyuqoyoqqa ilakishib yurgan ekan, yigit o‘lgur. To‘rt bolasi ko‘ziga ko‘rinmabdi-da...
Bu gaplarga, xulosalarga hali fursat bor.
Hozir esa... militsiya telefoni jiringlaydi. Navbatchi leytenant qulog‘iga tutadi. So‘ng xirildoq ovozli odam «Allo, qizimni o‘ldirib ketishibdi», deydi-yu, ho‘ngrab yig‘laydi. O’zini yig‘idan to‘xtatolmagan tarzda manzilni arang ma’lum qiladi.
Jinoyatga oid qidiruv bo‘liminig inspektori kapitan Omonullo Yigitaliev tish og‘rig‘idan ezilib o‘tirganida unga ikki odamning o‘ldirilgani haqidagi xabarni yetkazdilar. «Do‘xtirga kirib kelaversam bo‘larkan», deb o‘yladi u ma’lumotlarni yozib olgach. Omonulloning ayrim harakatlariga qarab hayron qolish mumkin. Qurolli jinoyatchiga yuzma-yuz bo‘lishdan, otib tashlar yoki pichoq urar, degan xavotirdan yiroq bu odam em ignasidan qo‘rqardi. Tish tabibi-ku uning ko‘ziga Azroil kabi ko‘rinar, nazarida u tishni emas jonni sug‘urib oladiganday bo‘lardi. Ikki kundan beri jag‘ tishi zirqiraydi. Ikki kundan beri mo‘‘jiza kutadi: og‘riq o‘z-o‘zidan to‘xtar, deb umid qiladi. Bu tun og‘riq zabtiga olganda «tong otishi bilan borib shartta sug‘irtirib tashlayman», deb qasd qildi. Tong otdi. Ahdiga vafo qilib tish tabibiga bordi. Ammo uning shijoati, dadilligi tabib xonasining ostonasiga qadar yetdi. «Birpas nafasimni rostlay», deb o‘zini o‘zi aldab, oromkursiga o‘tirdi. U kabi «botir»lar hali tabibga yetib kelmagan, qabulxonada uning o‘zi tizzasi qaltiragan holda o‘tirardi. Tabib qiya ochiq eshikdan qarab-qarab qo‘yib, oxiri ostonaga keldi-da, «menga kirmoqchimisiz?» deb so‘radi. Omonullo beixtiyor ravishda bosh chayqab, «yo‘q» dedi. So‘ng ajablangan tabibga qarab «o‘rtog‘imni kutyapman», deb izoh berdi. Nazarida tabibni ko‘rishi bilan tish og‘rig‘i to‘xtaganday bo‘ldi. Tabib joyiga qaytishi bilan u o‘rnidan turdi. Xuddi tabib yana qaytib, «qani bu yoqqa yurchi», deb zo‘rlaydiganday tez-tez yurib tashqariga yo‘l oldi. Ishxonasiga yetib kelishi bilan og‘riq yana o‘z zulmini o‘tkaza boshladi. Ana shu paytda telefon jiringlab uni qotillik sodir bo‘lgan manzilga da’vat qildi.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 06:54:52
Omonullo prokuratura vakili bilan uy yo‘lagida uchrashdi. Dum-dumaloq ko‘zlari kibr bilan boquvchi, sochlari silliq taralgan, sarg‘ish qaldirg‘och mo‘ylovi o‘ziga yarashmagan bu yigitni shahar prokuraturasida dastlab ko‘rganida «ish bilan kelgan ashulachi bo‘lsa kerak», deb o‘ylagan edi. Ikkinchi marta ko‘rganida kim ekan, deb surishtirib, kimning o‘g‘li ekanini bilgach, «ishqilib shunga ro‘para bo‘lmay», deb niyat qilgan edi. O’shanda farishtalar teskari duo qilishganmi, mana, bugun unga ro‘para bo‘lib turibdi. Omonullo o‘zidan ancha yosh bo‘lgan bu yigitdan salom kutib yanglishdi. Unga yaqinlashib, o‘zini tanitdi.
— Men shahar prokuraturasidanman. Mels Abdullaevich Xo‘jaev, — dedi yigit qo‘l uzatib.
— Taniyman sizni, — dedi Omonullo iltifotsiz ohangda.
— Ishni mening nazoratimda yuritasiz, — dedi Mels unga buyruq ohangida.
Agar tishi zirqirab turmaganida ensasi qotganini yashirmay, odatiga xilof qilmagan tarzda «qulingiz bo‘layin», degan mazmunda piching toshi otishi tayin edi. Hozir bu oliftaga shu pichingni ham ravo ko‘rmay qoshini chimirib qo‘ya qoldi.
Zinadan ko‘tarilishgan sayin dimoqlariga yomon hid urilib, ko‘ngillarini behuzur qila boshladi. Omonulloga bunday hid tanish. Sasib yotgan murdalarni birinchi ko‘rishi emas. Mels Xo‘jaevning esa ko‘ngli behuzur bo‘lib cho‘ntagidan ro‘molcha chiqarib burnini berkitdi. «Bunaqa ishga endi ro‘para bo‘lishidir, — deb o‘yladi Omonullo. — Lekin bu oliftaligiga qaraganda yuzinchi marta ro‘para bo‘lsa ham burnini jiyiraveradi. Bunaqa yigitlarga do‘konda qizlarning siynabandini sotib o‘tirish yarashadi.»
   
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 06:55:00
Omonullo o‘z aqli, bilimi bilan o‘qib, ishda ham o‘z farosati, tajribasiga suyanib yurgani uchun «falonchining o‘Qliman yoki jiyaniman», deb tirgovichlar yordamida o‘qigan, suyanchiqlar ko‘magida ishlab, «nodir mutaxassis» sifatida amal poQonalariga ko‘tariladigan nusxalarni yoqtirmas edi. Mels Xo‘jaevni shu toifadan deb bilib, hali uning aqli farosatidan xabar topmayoq, ensasi qotdi. Bepisand tarzda «ishni mening nazoratimda yuritasiz», deyishi farosat darajasini o‘lchash uchun kifoya qildi. Iriy boshlagan murdalar yotgan xonaga kirayotib Omonullo «Ey Xudo, shu dumbulboyvachchaga ro‘para qilguncha qolgan o‘ttizta tishimni ham oQrita qolsang ming marta yaxshi edi», deb qo‘ydi.
Erkakning murdasi hammom eshigi ostonasida, ayolniki esa oshxonada yotardi. Mels Xo‘jaev erkakning murdasi ustidan hatlab oshxonaga o‘tdi-da, suratga olayotgan kishiga qarab:
— Murdalarni joyidan jildirmadingizmi? — deb so‘radi.
Bu savoldan ajablangan suratchi yelka qisib qo‘yib, Omonulloga qaradi. Uning ajablangani bejiz emas: shu sohada qirq yildan beri ishlayotgan bo‘lsa hali biron marta murdani yotgan joyidan jildirmagan, boshqalardan bu kabi tanbehnamo savolni eshitmagan ham edi. Omonullo «xo‘p deyaverasiz-da, endi» deganday ko‘z qisib qo‘ydi.
— Har bir buyumdagi barmoq izlarini olinglar. Qo‘shnilarni so‘roq qiling. Sinchiklab ishlanglar. Men o‘zimda bo‘laman, kirib o‘tarsiz.
Mels Xo‘jaev shunday deb ko‘rsatmalar bergach, tez-tez yurib chiqdi. Turli jinoiy ishlar bo‘yicha Omonullo bilan birga ish yuritadigan guruh a’zolari uning bu qilig‘idan noroziliklarini yashirmay bir-birlariga savol nazari bilan qarab qo‘ydilar. Omonullo «e’tibor bermanglar», deganday qo‘l siltab, ayol murdasi ustiga choyshab yopayotgan tibbiy ekspertga yuzlanib so‘radi:
— O’ldirilganiga uch kun bo‘lgandir?
— Ha, ikki-uch kun orasida. Ikkovi ham bir xilda pichoqlanibdi.
— Bir xilda?
— Ha, aniqroq xulosani yorib ko‘rganimizdan so‘ng aytaman. Hozir olib ketaveraylikmi?
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 06:55:07
Omonulloning ruxsati bilan murdalar choyshabga o‘ralib olib chiqib ketildi. Shundan so‘ng Omonullo «depara militsiyasidanman», deb o‘zini tanishtirgan yigitdan «kim xabar qilibdi, bildingizmi?» deb so‘radi.
— Marhumaning otasi. Ichkari uyda o‘tiribdi. Alamdan kuyib ketyapti.
— Bolasi bo‘lgandan keyin kuyadi-da. Otamlatsang otamlatgin, bo‘tamlatmagin, — Omonullo shunday deb beixtiyor jag‘ini ushladi.
— Nima dedingiz, tushunmadim? — dedi yigit.
— Shunaqa maqol bor, — dedi Omonullo og‘riqdan aftini burishtirib.
— Tishingiz og‘riyaptimi? Bugun o‘zi g‘alati kun bo‘ldi. Mening boshim og‘riyapti.
— Tishim og‘riganda oldirib tashlovdim, — dedi Omonullo, yigitning izidan katta xonaga kirib.
Deraza tokchasiga tirsagini tiraganicha boshini changallab o‘tirgan Toshbolta Omonulloning ovozini eshitib, orqasiga qaradi.
— Bandalik ekan, otaxon, Xudo sizga sabr bersin,— dedi Omonullo u bilan ko‘risha turib.
Toshbolta yaqin odamidan hamdardlik so‘zlarini eshitganday avval lablari titradi, so‘ng ho‘ngrab yubordi. Omonullo uni yelkasidan quchib, «bardam bo‘ling», deb qo‘ydi.
Toshbolta ovunguniga qadar xonaga nazar tashladi: televizor ustidagi surat uning diqqatini tortdi. Go‘zal juvon yonidagi malla odamdan nari qochmoqni ixtiyor etib, o‘ng tomoniga surilmoqchiga o‘xshab o‘tiribdi. Ko‘zlariga baxtiyorlik emas, loqaydlik muhrlangan. Malla odam esa go‘zal juvonga yaqinlashish istagida boshini u tomon sal egib olgan. «Bular kim bo‘ldi? — deb o‘yladi Omonullo. — O’ldirilgan juvonmi? Yonidagisi-chi? O’lgan erkak malla emasdi, yoshroq ham edi...»
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 06:55:14
— Qizingizmi bu? — deb so‘radi Omonullo, Toshbolta yig‘idan to‘xtagach.
— Ha, — dedi Toshbolta xo‘rsinib.
— Yonidagi-chi?
— U... kuyov, eri...
— Eri? Qaysi? — Omonullo shunday deyishga deb, nojo‘ya savol berganini darrov fahmladi. Yaxshiki Toshbolta garangsib turgan edi. Yo‘qsa, bu savolni eshitib «nima demoqchisan? Qizimning o‘nta eri bormi?!» deb bobillab berishi tayin edi. Omonullo chalg‘imaslik uchun gapni maromiga to‘g‘riladi:
— Demak, bu kishi kuyovingiz. O’ldirilgan-chi? U kim?
— Tanimayman u buqachani! — dedi Toshbolta zarda bilan.
«Buqacha? Nega unaqa deyapti? Qizining o‘ynashimi u? Balki bu odam faqat qizining o‘limidangina emas, nomus azobidan ham ezilayotgandir? Bechora...»
Shu fikrda Toshboltaga astoydil achindi. O’lim — haq. Rizq qirqilgan ekan, iloj yo‘q. Ota bir kunmi, bir yilmi kuyar, oqibat dard sovib, taqdiriga tan berar. O’z umri shomining ham yaqinlashib qolganini fahm etib, farzandi bilan u dunyoda ko‘rishmoq orzusida yashar. Lekin «o‘ynashi bilan birga o‘ldirilibdi», degan isnod o‘ti sovumas, to joni chiqquniga qadar yurak-bag‘rini kuydirib xarob qilar.
Shunday fikrdagi Omonulloning unga rahmi kelardi.
O, g‘ofil banda! O’z qiziga o‘lim eshiklarini ochib bergan zot aynan ana shu odam ekanini bilsami edi, unga achinmas, bil’aks, nafrat o‘qlarining barini unga sochgan bo‘lardi.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 06:55:25
Dunyodagi odam zotining qarichi bir-biriga mos kelmaydi. Barmoq izlarining ham o‘xshashi yo‘q. Shu kabi baxt haqidagi tushunchalar ham bir-biriga o‘xshamaydi. Agar baxt o‘lchovli narsa bo‘lsa edi, uni har kim o‘z qarichi bilan o‘lchaydi, demoq mumkin edi. Agar baxt ko‘zga ko‘ringuvchi narsa bo‘lsa edi, uni har kim o‘z ko‘zi bilan ko‘radi, desak yanglishmas edik. Ayrim odamlar rangni farqlay olmaganlari kabi baxt bilan baxtsizlikning chegarasini bilmaydilar. Mashoyixlar «senga asal bo‘lib tuyulgan asli zahardir, zahar bo‘lib tuyulgani esa asaldir», deb bejiz ogoh etmaganlar.
Bani Odam faqatgina baxt yoki baxtsizlik nima ekanini farqlay olmasa, unchalik ajablanmasa ham bo‘lar, «farosatsiz, adashgan banda», deb qo‘yilar. Ammo oltmish yilga yaqin umr ko‘rgani holda nima uchun odam bo‘lib tug‘ilganini, nima uchun yashayotganini, kaltakesakdan yoki suvarakdan nimasi bilan farqlanishini fahm etmasa, qanday xulosa qilmoq mumkin? Balki bunday kimsalar yorug‘ jahonda ozdir? Oz bo‘lsa-da, shularning biri — hozirgina ho‘ngrab yig‘lab, bo‘zlayotgan ota — Toshboltadir. Balki olam aro yagonadir. Agar shunday bo‘lsa, o‘sha bittaginasi ham shuning o‘zidir.
Omonullo uning ichini qandaydir dard, qandaydir pushaymon kemirayotgandir, deb xayol qildi. Kishida dard, pushaymon bo‘lmog‘i uchun ham iymon lozimligini esa fahm etmadi.

Ilohi bandaman, bechoradurman,
Havoyi nafs ila ovoradurman.
Erurman barcha nuqsonimg‘a iqror,
Musulmon o‘g‘li qilmas ishlarim bor...
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 06:55:32
Bunday demoqlik uchun, bu iqror va tavba uchun Odam bolasiga nechog‘lik iymon zarur?
Omonullo buni bilmaydi. Aniqroq aytilsa, bunday tushunchadan u ham yiroq.
Toshboltadagi iymon darajasini aniqlashga banda ojiz. Bu balki qabrga kirganda, balki qiyomatda aniq bo‘lar, vallohi a’lam...
Ayni choqda u kuyib yig‘ladi. Shu oqibatga olib keluvchi muqarrar bo‘lgan yo‘lni o‘zi tanlaganini esa o‘ylamasdi. «Hozir dard ichida shundaydir» dersiz? Balki... Ammo haqiqat shuki, dard sovuganidan so‘ng ham o‘ylamaydi buni. «Qizimga o‘zim o‘lim hukmini yozganman», demaydi.
Tursunalining osh-ovqatini pishirib yursa ham kam bo‘lmas edi. Qo‘shmachilik qilishiga balo bormidi? O’z qizining nomusini nafsi uchun qurbon qiluvchi otalarni nima uchun yer yutmaydi ekan? Bundaylarni yer bag‘riga olmoqdan hazar qilar, oqibatda bundaylardan hatto do‘zax olovi ham nafratlanar...
Toshbolta xojasining nafsi buzuqligidan foydalanib, uni qizining nomusi evaziga jilovlab olishni xayol qilgan edi. Bunga erishganday bo‘ldi ham. «Bir isqirtga xotin bo‘lib ko‘ylak-ishtonlarini yuvib yurgandan ko‘ra, direktorning o‘ynashi bo‘lib, zebu-zarga burkanib yallo qilib yashagan afzal» — Toshboltaning hayotdagi falsafasi shu bo‘ldi. Ajabki bu «falsafa» qiziga ham ma’qul keldi. Tursunalining xumor qarashlariga mast bo‘lgan qiz otasi ko‘rsatgan yo‘lga osongina kirdi.
Jilva bilan chorlagan bu yo‘lning oxirida yuragiga pichoq sanchilajagini, qarovsiz iriy boshlagan murdasini choyshabga o‘rab olib chiqib ketajaklarini o‘shanda o‘ylab ko‘ribdimi?
Endi diydiyodan ne foyda? Hukm ijro bo‘ldi — qilmishga yarasha ajr berildi.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 06:55:40
Omonulloga bu xonadon ahlining hayoti qorong‘u. Xonadagi horij jihozlarining ko‘rkamligiga qarab turib «yomon yashashmas ekan», degan dastlabki xulosaga keldi, xolos.
Murdalarga ko‘zi tushganida «er-xotin ekan-da», deb o‘ylagan edi. Darvoqe, unga xabar berib, bu yerga yo‘llaganlarida «erkak-xotin o‘ldirilgan», deyishgan, Omonullo esa buni «er-xotin» deb tushungan edi. Bu odam esa «Buqacha» deb turibdi. «Demak, o‘ynashmi? Unda qotil kim? Erimi?.. Xotinini birov bilan aysh qilib yotganini ko‘rib... Balki mana shu otaning o‘zidir? Qizining qilig‘idan isnodga qolib... Ular o‘ynashganmi?.. Ikkovi ham kiyimda... Hatto ayol uy kiyimida emas... Balki endi boshlashmoqchi bo‘lishganda...»
Omonullo o‘ng tomondagi eshik balki yotoqxonadir, degan fikrda o‘sha tomon yurdi. Uning maqsadini anglagan Toshbolta «Bu yer mening xonam», deb izoh berdi. Bu izohning zamirida «bu xonaga kirmaganingiz ma’qul» degan maqsad ham mavjud edi. Omonullo bu maqsadni fahmlagan bo‘lsa ham, e’tiborsiz tarzda eshikni ochib, ichkariga bir qadam qo‘ydi: deraza yonida javon. Guldor gilam xonani enlab turibdi. O’rtada uchta katta jomadon, ikkita bo‘g‘cha...
— Bular siznikimi? — deb so‘radi Omonullo ostonaga yaqinlashgan Toshboltaga o‘girilib.
— Ha... bugun yo‘ldan keldim.
— Yo‘ldan?— Omonullo ajablandi.— Qaysi yo‘ldan?
— Oshna-og‘aynilar bilan qo‘shilib, Irkutskka boruvdim.
— O’ynaganimi?
Omonullo bu yoshdagi odamlarning Sibir tomonlarga o‘ynagani bormasligini bilsa ham atay shu savolni berdi. Lekin o‘zi kutgan «Ha», degan javobni olmadi. Toshbolta jomadonlarga xavotir ko‘zi bilan boqdi-da:
— Ozgina pamadori olib bordik. Tomorqadan...— dedi.
   
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 06:55:48
— Tomorqadan? Tomorqa... shu uydami?
— Bu uyda tomorqa nima qiladi? Men bu yerda muqim turmayman. Asli cho‘lda yashayman. Bu buyumlar meniki emas. Sheriklarimniki. Ichida nimalar borligini ham bilmayman.
— Sheriklaringiz kim edi?
Toshboltaning rostdan ham sheriklari bor edi, ularni nomma-nom aytdi. Omonullo yon daftar chiqarib yozib oldi. Yoza turib «ishiga pishiq bu odam. Qizi o‘lib yotgan bo‘lsa ham, jomadonlarini olib kirib joylashga o‘zida kuch topibdi. Qoyilman... Balki boshqa narsalarni ham joylab tashlagandir?..» — deb o‘yladi.
— Sheriklaringiz uygacha birga kirishdimi?
— Yo‘q, ular shahar aylangani ketishuvdi.
— Demak, biror soatlardan keyin kelib qolishadimi?
— Kim biladi? Balki kelishmas, qishloqqa jo‘navorishar.
— Buyumlari-chi?
— Buyumlari tursa turaveradi, sasib ketarmidi?
— Poezdda keldinglarmi yoki samolyotdami?
— Samolyotda bosh aylanadi, ham qimmat. Bizlarga poezd durust.
— Biletni tashlab yubormagandirsiz?
— Biz qishloqi odam, bilet-miletni bilmaymiz. Paravodnik bilan kelishib kelaverganmiz. Ketishda ham shunaqa bo‘lgan.
— Pravodnikning otini bilasizmi? Nechanchi vagon?
— Nima, mendan gumon qilyapsizmi? O’z qizimni-ya?!
— Kimdan gumon qilishimni o‘zimga qo‘yib bering. Eshikni birinchi bo‘lib siz ochib kirgansiz, xabarni ham siz bergansiz. Mening odatim shunaqa, ishni shu birinchidan boshlayman. Qaysi vagonda kelgansiz?
— Yettinchi.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 06:55:58
— Kuyovingiz qaerda?
— Kuyovim... ishda bo‘lsa kerak?
— Ishda? Bular o‘ldirilganiga uch kun bo‘lgan. Kuyovingiz uch kundan beri ishdami? Kasbi nima kuyovingizning?
— Kuyovim olim. Yoz paytlari bir kun uyda bo‘lsa o‘n kun tog‘da yuradi.
— Geologmi?
— Unisini bilmadim. Lekigin to‘g‘ri Maskovning o‘zi bilan gaplashadigan bola. Tagida vertoleti bor.
— Farzandlari... yo‘qmi?
— Yo‘q...
— Turmush qurishganiga qancha bo‘ldi?
— Ikki-uch yil bo‘ldi... Qizim uning ikkinchi xotini. Avvalgisidan ajralib, ancha vaqt xotinsiz yurgan ekan.
Omonullo katta xonaga, undan dahlizga qaytdi. Oshxonaga qaradi. Hamma yoq sarishta. Yaqin orada birov bunda choy ham ichmagan. Omonullo chap tomondagi eshikni ochdi. Yotoqxona ham sarishta. O’rin usti hatto g‘ijimlanmagan. Omonullo oshxonadagi ekspertni yoniga chaqirdi:
— O’rin ustini, piyolalarni tekshirish esdan chiqmasin. Eshik qulfini ham ko‘rish kerak. Begona kalit tushgan-tushmaganini menga aniqlab berasiz.
Ekspert «xo‘p» deb iziga qaytgach, Omonullo yana Toshboltaga yuzlandi:
— Uyga kirib hech narsaga tegmadingizmi?
— Nimaga tegaman? O’zim bu ahvolda... — dedi Toshbolta yig‘lamsirab. — Uka, shu yoshga kirib bir ro‘shnolik ko‘rmagan odamman. Mening boshimga tushganlar itning boshiga tushmasin. Shu yoshga yetganimda menga ilmang bu qotillikni.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 06:56:06
Omonullo bu gapdan achchiqlandi.
— Kim sizga ilyapti?— dedi ovozini balandlatib.
— Hozir-ku ilmassiz... keyin jinoyatchini topolmasangiz men siz uchun tappa-tayyor go‘shtman. Bilaman, hali mening hayotimni ham kavlashtirasiz. Qamalib chiqqanimni bilganingizdan keyin osongina menga ilib qo‘ya qolsiz. Xudodan qo‘rqing, uka, bunday qilmang.
«Nima qilay: so‘kib beraymi yo tushuntiraymi?» deb o‘yladi Omonullo. Keyin so‘kish ham, tushuntirish ham foydasiz, degan to‘xtamga kelib, xuddi hech qanday tuhmatni eshitmaganday so‘roqni kelgan joyidan bir maromda davom ettirdi:
— Uyga kirganingizda yozug‘liq dasturxonni ko‘rgandirsiz. Yoki piyolalar yuvuqsiz bo‘lgandir. Shularni yig‘ishtirmadingizmi?
— Hech narsaga tegmadim, faqat tilpon qildim, — dedi Toshbolta zardali ovozda.
— Leytenant! — Omonullo shunday deb dahlizda turgan yigitni chaqirdi. Depara vakili chaqiriqqa mahtal turganday shu zahotiyoq ostonada paydo bo‘ldi: — Murdalarning shaxsi aniqlandimi?
— Bittasi aniq: Nafisa Boltaeva. 1959 yilda tug‘ilgan. «Umid» kooperativida hisobchi bo‘lib ishlaydi. Yigitning cho‘ntagidan faqat shu guvohnoma chiqdi, birga ishlashar ekan.
Leytenant shunday deb ko‘k muqovali guvohnomani uzatdi. Omonullo guvohnomadagi suratda boqib turgan chehraga qarab «ko‘rkam yigit ekan, o‘ynash bo‘lishga arziydi», deb qo‘ydi. So‘ng yozuvlarni ovoz chiqarib o‘qidi: — «Faoliyati cheklangan «Umid» kooperativi. Sanjar Ibrohimov, Bosh direktor o‘rinbosari...» Tanirmidingiz bu odamni?
— Yo‘q,— deb javob qildi Toshbolta to‘nglik bilan.
— Leytenant, kooperativga borib xabar qiling. Marhumlarning shaxsini aniqlab, natijasini oqshomda menga yetkazasiz.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 06:56:24
Leytenant itoat bilan chiqqach, Omonullo Toshboltadan kuyovi ishlaydigan joyning telefonini so‘radi. Toshbolta avvaliga yelka qisdi, so‘ng qizil muqovali daftarni varaqlab «O» harfli sahifani ochdi-da, yuqoriga katta-katta qilib yozilgan raqamlarga barmog‘ini bigiz qilib ko‘rsatdi:
— Shu bo‘lishi kerak. Lekin o‘zi tilponda o‘tirmaydi, chaqirib berishadi. Qizim shunaqa deganday bo‘luvdi.
Omonullo cho‘ntagidan olgan ro‘molchasi bilan go‘shakni ushlab ko‘tardi-da, daftarchadagi raqamni terdi. Dam o‘tmay «Eshitaman, gapiring», degan ayol ovozi keldi.
— Menga Samandar Ochilov kerak, — dedi Omonullo.
— Kim so‘rayapti, nima ishingiz bor?
«Olim odam ishlaydigan joyda ham shunaqa qo‘pol gaplashishadimi?»
Shunday deb o‘ylagan Omonullo savolga keskinroq javob qildi:
— Men militsiyadanman. Nima ishim borligini o‘ziga aytaman.
— Ochilov safarda.
— Qaerda, qachon ketgan?
Ayol darrov javob qaytarmadi. Omonulloning nazarida u kim bilandir gaplashib olganday bo‘ldi.
— Iltimos, o‘zingizni tanitsangiz, — dedi ayol bir daqiqalik sukutdan so‘ng.
Omonullo kimligini aytgach, yana bir necha nafas jimlik hukm surdi. So‘ng go‘shakdan erkak ovozi eshitildi:
— O’rtoq kapitan, zarur gapingiz bo‘lsa, kelib gaplashing. Telefonda aytib bo‘lmaydigan ma’lumotlar ham bo‘ladi, o‘zingiz bilasiz.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 06:56:34
Erkak shunday deb manzilni qisqa tarzda tushuntirgach, xayr-ma’zurni nasiya qilib aloqani uzdi.
Omonullo ularning gap ohangidan «to‘g‘ri Maskov bilan gaplashadigan bola»ning ishi Davlat siri majmuasiga aloqador ekanini fahmladi. «Tagida vertolyoti» bor odamni topib gaplashish oson bo‘lmasligini ham angladi.
— Qizingizning, turmushi yaxshimidi? Eridan hech nolimasmidi? — deb so‘radi Omonullo go‘shakni joyiga qo‘ygach.
— Nimaga noliydi? Uyi bor, usti but, qorni to‘q...
— Farzand-chi?
— Farzandmi?.. Kuyovning ishlariga halaqit berar ekan. Bu ishlari ham to‘g‘ri: itvachchalarni ko‘paytirishning nima keragi bor?
Omonullo bu gapni eshitgach, etlari jimirlashib ketdi. «Bu asli odammi yo molmi? — deb o‘yladi unga tikilib qarab. — Mol ham nasl qolirishga o‘zida tabiiy ehtiyoj sezadi. O’ziga nabira bo‘lishi mumkin go‘dakni «itvachcha» deyishi... Yo «shu kuyovdan tug‘ilgan bola «itvachcha» bo‘ladi», demoqchimi? Kuyovni yoqtirmaydimi?»
— Qizingiz yosh, chiroyli ekan, — dedi Omonullo undan ko‘z uzmagan holda. — Kuyovingiz rashk qilmasmidi?
— Bilmadim... Qizim siz o‘ylagandek chakki yurmagan.
— Men o‘ylagan? — Omonulloning tishi zirqirab, jag‘ini ushladi. — Men hali bunaqa o‘yga kelmadim.
— Savollaringiz g‘alati-ku? Surishtirishingiz ham... Qizimning chiroyli bo‘lgani bilan nima ishingiz bor?
— Bilib qo‘ying, — dedi Omonullo unga qo‘lini bigiz qilib, — qizingizga aloqador gap — kattami, maydami farqi yo‘q — ishimiz bo‘ladi. Sizning ishingiz esa, mening savollarimga to‘g‘ri javob qaytarish, menga tanbeh berish emas. Tushundingizmi? Avval qamalgan bo‘lsangiz bunaqa gaplarni yaxshi bilishingiz kerak. Ana endi ayting: kuyovingiz bilan qizingiz qaerda, qay tarzda tanishishgan?
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 06:56:42
— Bilmayman. Qizimni qaerdadir ko‘rib yoqtirib qolgan ekan. Sovchi qo‘ydi. O’rtada nozik odam turgan edi, xo‘p, dedik.
— Sovchi kim edi?
— Sovchimi?... U hozir yo‘q.
— O’lganmi?
— Nega o‘larkan? Qamoqda u. Sovxozimizning direktori edi, tuhmat bilan ketdi.
Omonullo Tursunalining ismi-nasabini yozib olish chog‘ida ko‘z qiri bilan Toshboltaga qarab unda yengil sarosima sezdi. «Harholda bularning nikohida bir sir bor, — deb o‘yladi u. — Yosh, go‘zal qizning bunaqa taviyaga ikkinchi xotin bo‘lib tegishi qiziq...»
Omonullo Tursunalini surishtira boshlaganida Toshboltaning ovozida hadik sezildi, barmoqlari esa yengil titradi. «Hali bu «bechora ota» bilan ko‘p otamlashamiz, bugunga shu ham yetar», degan fikrda daftarchasini yopib cho‘ntagiga soldi-da, «Endi bardam bo‘laverasiz, Xudo sizga sabr bersin», deb yana bir marta ta’ziya bildirdi. So‘ng doktiloskopistning ishini birpas kuzatgan bo‘lib, tashqariga chiqdi. Zina panjarasiga suyanib pichirlashib turgan uch ayol bilan qaytadan salomlashdi.
Omonullo «xotinlar bor joyda bizga ham, sudga ham hojat yo‘q», deb hazillashardi. Bu hazil bejiz emas. Jinoyat yuz bergan yerda kim birinchi paydo bo‘ladi? Militsiyami yoki xotinlarmi? Militsiya jinoyatchini haftalab yoki oylab qidirib topadi. Sud ishni haftalab o‘rganadi. Xotinlar esa bu yumushlarni bir necha daqiqada, nari borsa bir soatda og‘izlari bilan boplab bajarib qo‘yishadi. Hamisha qosh-qovoqqa qarab yashovchi ma’suma ayol ham bunaqa paytda «siz aralashmang!» deb erini uyiga kiritib yuboradi. O’zi esa norasmiy sud hay’ati a’zosi sifatida faoliyatini boshlaydi. Bu safar ham yozilmagan qoida amal qilgan, guvoh sifatida faqat xotinlar to‘planishgan edi.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 06:56:51
Omonullo ostonada paydo bo‘lishi bilan ko‘rinishi King Kongning uzoq qarindoshlarini eslatuvchi xotin ovozini sal balandlatib «Otish kerak, — dedi. So‘ng qanday otish lozimligini ham aniqlab berdi: — Stadionga yuz ming odamni to‘plab, peshonasidan otish kerak. Televizorga ham olib berish kerak».
Omonullo suhbatni ana shu og‘zi botir xotin bilan boshladi:
— Qaysi xonadonda yashaysiz, opa? — deb so‘radi u cho‘ntagidan daftarcha chiqarib.
— Mening uyim bu yerda emas, magazinning tepasidagi do‘mda turaman, — dedi ayol.
— O’lganlarni tanirmidingiz?
— Yo‘q-a, men nonga chiquvdim. Xotinlar gapirayotgan ekan, kelaverdim-da.
— O’ldirgan odamni ko‘rdingizmi?
— Voy, nega men ko‘rar ekanman?
— Kimni peshonasidan otmoqchisiz?
— O’sha o‘ldirgan odamni-da.
— Kim u?
— Bilmayman.
— Non oldingizmi?
— Non? Nimagaydi?
— Eringiz nonsiz och o‘tiribdi. Boraqoling.
— Voy, savil, meni tergaydigan ham, och o‘tiradigan ham erim yo‘q, Xudoga shukr. Haydamasangiz ham ketaman. Sassig‘ini hidlab turishga ko‘zim uchayotgani yo‘q! — Shunday deb ming‘irlaganicha zinadan pastga tusha boshladi.
— Biz bilganlarimizni yordamchingizga aytdik, — dedi ayollardan biri.
— Biz guvoh ekanmiz, ismlarimizni ham yozib oldilar, — dedi ikkinchisi.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 06:57:04
— Nimalarni bilasiz? Nimalarni aytdingiz?
Ularning bilganlari: Nafisa qo‘ni-qo‘shnilarga uncha aralashmaydigan «yovvoyiroqmi» yoki «kibrli- mi» ayol. Ishga borish-kelishida yo‘lakda yoki ko‘chada ko‘rishsa ko‘rishardi, bo‘lmasa yo‘q. Bozor-o‘char qilganini, qo‘llari tolib sabzi-piyoz ko‘tarib kelganini yoki do‘kondan non olganini birov ko‘rmagan. Er-xotinning urishganlari u yoqda tursin, gap talashishganini ham eshitishmagan. Faqat ikki oymi, uch oymi avval bitta xotin kelib janjal qilganday bo‘libdi. Mana shu so‘nggi xabarda, Omonulloning nazarida, jon borday sezildi.
— Qanaqa xotin edi? — deb aniqlamoqchi bo‘ldi.
— Biz tengi, o‘rta yosh,— dedi Omonulloga yaqin turgan ayol. So‘ng «chiroylikkina» deb alohida izoh berdi.
— Kimligini bilmaysizmi?
— Yo‘-o‘q, tanimaymiz u xotinni. O’sha kuni men qizimni kuzatgani chiquvdim. Shu yerda ro‘para bo‘lib qoldim. Yonida bir erkak ham bor edi. Erkagini sal tanidim. Oldingi eri bilan kelib turardi.
Keyingi gap Omonullo uchun kutilmagan bo‘ldi:
— Oldingi eri? — deb har ikki ayolga bir-bir qarab oldi. — Samandar Ochilov ikkinchi erimi?
— Oldingisini erimas, devdingiz? — dedi gapga qo‘shilmay turgan ayol.
— Bir pas jim turing, endi, — deb jerkidi Omonullo bilan gaplashayotgani. — O’lgan odamlar haqida yomon so‘z aytilsa gunoh bo‘larkan. Erimi yo boshqasimi, kimligini ukamning o‘zlari ajratib oladilar. Bu uyni olishganiga ancha bo‘lgan. Avval muqim yashashmas edi. Birinchi eri bilan kelib-ketib yurishardi. Bir marta suv toshirib yuborib, pastdagilarning rasvosini chiqarishgan. Birinchi eri mard ekan, chiroyli qilib tuzatib berdi.
   
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 06:57:10
— Birinchi erining otini bilmaysizmi?
— Kim so‘rabdi, deysiz. Ikkinchisi bilan muqim yashayotgani uchun sal-pal taniymiz. Lekin bu ikkinchi erining ham yo‘q bo‘lib ketadigan odati bor.
— Janjal qilgan xotinni kundoshi devdingiz, a? — deb gapga qo‘shildi nariroqda turgan ayol.
— Unaqa demaganman.
— Voy, devdingiz-ku...
— Demadim, o‘xshatuvdim. Nafisaning anavi baqiroq otasi gapirib qoldi-da, «Bu yerda ering yo‘q, ering Sibirda», dedi. Qizimni kuzatib kelayotsam yana shu xotinga ro‘para bo‘ldim. «Men tilanchi emasman!» deb eshikni qarsillatib yopdi. Yuragim chiqib ketay dedi.
— Sherigi-chi? — deb so‘radi Omonullo.
— Qaysi sherigi? Ha, anavi erkakmi? Uni ko‘chada ko‘rdim. U uyga kirmagan shekilli.
— Keyingi bir haftami, o‘n kundami notanish odamlar kelib-ketishmadimi?
— Buni biz bilmaymiz, oposi. Bizning gap poylaydigan odatimiz ham, vaqtimiz ham yo‘q. Bu do‘mga, ro‘paradagi do‘mga kim kelib-ketayotganini bilsa, Abduqayum biladi.
— Kim u?
— Tepadagi qavatda bitta bola bor. Belidan pasti ishlamaydi. Uzzu-kun aravachasida o‘tirib olib, ko‘chaga qaragani qaragan. Bir xil paytda suratga ham oladi.
— Samandar Ochilovni oxirgi marta qachon ko‘rdingiz? O’n kun bo‘ldimi yo yigirma kunmi?
— Voy, nega o‘n kun bo‘larkan? Uch kun yoki... ikki kun bo‘ldi. Yo‘lakdan chiqaverishda ro‘para kelib qoldim. Salom bersam alik olmadi. Men ranjimadim. Shunaqa telba-teskari odati bor odam-da u. Bir hil paytda o‘zi salom beradi, bir xil paytda xo‘mrayib o‘tib ketadi.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 06:57:18
— O’sha kuni Nafisanimi yo o‘ldirilgan yigitnimi ko‘rmadingizmi?
— Yo‘-o‘q ko‘rmadim...
Narida turgan ayolning yerga qaraganini sezgan Omonullo undan alohida so‘radi:
— Siz ham ko‘rmadingizmi?
Ayol unga qaramagan holda past ovozda «yo‘q», deb qo‘ydi. Undagi o‘zgarish Omonulloning diqqatidan chetda qolmadi. «Vaqti kelganda oydinlashtiraman», degan maqsadda sir boy bermadi.
Uning sezgisi aldamagan edi: ayol uch kun oldin Nafisani bu yigit bilan ko‘rgan, «juvon o‘lgur eri yo‘g‘ida o‘ynashini boshlab keldi», deb sirdosh qo‘shnisiga aytgandi. Hamma gapni aytaverib keyin balolarga qolmaslik uchun ikkovi ham jim qolishni ma’qul ko‘rishdi.
— O’ldirgan odamni topsangiz otiladimi? — deb so‘radi Omonulloning savollariga javob berayotgan gapdon ayol.
— Siz otilsin, desangiz, otildai.
— Voy, menga nima, battar bo‘lmaydimi! Endi ketaveraylikmi?
— Yana ozgina turing, iltimos. Ekspertlarning ishi chiqib qolishi mumkin.
Omonullo shunday deb ayollar aytgan bola bilan uchrashish niyatida yuqoriga ko‘tarildi. Eshik qo‘nQiroQi tugmasini bosishga ulgurmay ichkaridan:
— Kiravering, eshik ochiq, — degan ingichka, ammo jarangli ovoz eshitildi.
Omonullo bu taklifga binoan eshikni ochib, ostona hatlashi bilan o‘sha ovoz «poyabzalni yechish lozimligini» eslatdi. Bir necha nafaslik sukutdan so‘ng esa, «Endi to‘g‘ridagi xonaga kiravering», deb taklif etdi.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 06:57:24
To‘g‘ridagi xona eshigi lang ochiq edi. Omonullo ostona hatlay turib beixiyor o‘ng tomonga qaradi: enli deraza yonidagi kichkina karavotda boshi katta odamlarniki kabi, bo‘ynidan boshlab to oyog‘ining barmoqlarigacha to‘rt yashar go‘dakni eslatuvchi, bola desa bolamas, yigit desa yigit deyish mushkul bo‘lgan, qo‘llariyu yelkalari chandib bog‘langan bir odam yostig‘iga suyanib, chordona qurib o‘tirardi. U salom bergach, ko‘z ishorasi bilan stulni ko‘rsatib «Marhamat, o‘tiring», deb iltifot qildi. So‘ng:
— Abduqayum Mahkam, — deb o‘zini tanitdi. — Uzr, siz bilan qo‘l berib ko‘risholmadim. Falokatni qarang, suyaklarim sal ezilibdi. Chiqib kelayotganingizni oyoq tovushlaridan bildim. Xudo menga gavda bermagani bilan quloq bergan. — U shunday deb kuldi. Uning kulgisi beg‘ubor, ko‘z boqishlarida esa mas’udlik bor edi. Qorachadan kelgan bu yigitchaning yuzlarida Omonulloni ajablantirgan bir nur zohir edi. «Ajablantirgan» deyilishining boisi — bu nur «iymon nuri» deyilarki, bu marhamatga, bu ajrga qanday amallar evaziga yetishmoq mumkinligini Omonullo hali bilmas edi. Shu bois ham «bunaqa ahvoldagi odam ham baxtiyor bo‘luvi mumkinmi?» degan fikr xayolini bir yoritib o‘tdi.
— O’tgan kuni fotoapparatni sozlayman, deb yiqilib tushdim. Falokatni qarang-a!
Omonullo deraza tokchasidagi teleob’ektivli foto-apparatga nazar tashlab qo‘ydi. Buni sezgan Abduqayum:
— Bu mening ovunchog‘im, — deb izoh berdi. So‘ng mehmondan nigohini uzmagan tarzda: — kelishingizni bilardim, — dedi.
— Qiziq... qanday bila qoldingiz? Folbinlik ham qo‘ldan keladimi?
— Yo‘-o‘q, — Abduqayum yana kuldi. — Bunaqa gunoh ishlardan Xudo asrasin. Diqqat qiling-a, atrofimizda sodir bo‘layotgan yoki endi bo‘luvchi har bir voqea bir-biri bilan mantiqan bog‘langan. Biz faqat bunga e’tiborsiz yuramiz. Mantiqan bog‘lanuvchi voqeani biz ko‘pincha tasodif deb bilamiz. Sizning bu uyga kirishingiz tasodifmi yoki mantiqan bog‘langan voqealar zanjirining bir halqasimi? Yoki: siz tekshirayotgan qotillik tasodifmi yoki bir umrning mantiqiy yakunimi? Siz bilan men uchun bu fojia kutilmagan tuyuladi. Aslida-chi? Olloh hamma narsani mantiq iplari bilan bog‘lab tashlagan.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 06:57:32
Omonullo bu gaplarni eshitib lol qoldi. «Gavdaning o‘rniga quloq bergan, deydi. Quloq emas, aql bergan ekan-ku», deb o‘ylab, uning gaplarini jimgina tinglayverdi. Abduqayum esa jiddiylashib borayotganini anglab, shirin jilmaydi:
— Mana, qarang, ajal tig‘i ikki kishini o‘t o‘rganday oldi-ketdi. Kasallik bilan jon berishsa birovning, ayniqsa, sizning ishingiz bo‘lmas edi. Ular o‘ldirilibdi. Aslida ularning rizqi tugagan. Olloh ularning jonini alohida, alohida, biron xastalik bilan olinishini ixtiyor etishi mumkin edi. Yo‘q, Yaratganning xohishi aynan shu bo‘ldi. Balki ular shunga yarasha gunoh qilgandirlar. Balki Robbimiz ularning bu holatini boshqalarga o‘rnak qilib ko‘rsatmoqchi bo‘lgandir. Buni bilmaymiz. Bilganimiz — zulm sodir bo‘ldi. Zulm bo‘lgach, militsiya keladi. Militsiya kelgach, albatta, qo‘shnilar bilan gaplashadi. Qo‘shnilar kim? Albatta, hamma narsadan xabardor bo‘lishni istaydigan mening mehribon opoqilarim. Ular esa, bilgan-bilmaganlarni qalashtirib aytib tashlashgach, oxirida mening ismimni tilga olishadi. «Bilsa shu bola biladi», deyishadi. Opoqilarim tushmagurlar meni ko‘chani kuzatishdan boshqa tashvishi yo‘q, deb o‘ylashadi. Bozor-pozorga tushib chiqishgandan so‘ng «Biznikiga hech kim kelmadimi?» deb so‘raydigan odatlari bor. Militsiyaga ham menga o‘xshagan odam kerak. To‘g‘rimi? Ana endi siz «uch kun oldin begona odam ko‘rinmadimi?» deb so‘raysiz.
Omonullo «Hozirgi yoshlar urdi-surdi kinolarni ko‘raverib, kitoblarni o‘qiyverib, hammalari izquvar bo‘lib ketishgan», deb o‘ylab, jilmayib qo‘ydi.
— Ha, so‘ramaysizmi? — dedi Abduqayum uning jim turganidan ajablanib.
— So‘ramasam-chi? — dedi Omonullo kulimsiragan holda.
— Unda mantiq zanjiri uziladi: so‘ramasangiz bu uyga kirmas edingiz. Siz mening qoshu ko‘zimni ko‘rgani kirmagansiz, to‘g‘rimi?
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 06:57:38
— To‘g‘ri. Lekin men sizdan boshqa narsani so‘rayman: uch kun oldin pastdan shovqin eshitilmadimi?
— Qanaqa shovqin?
— Masalan, erkak-ayolning janjalimi...
— Yo‘q.
— Avvalroq-chi?
— Avval?.. Yo‘q. Qotillik er-xotinning janjali oqibati desangiz yanglishasiz. U yer sokin xonadon edi.
— Lekin begona odamlar kelib turishgan ekan?
— Siznikiga kelishmaydimi? Mantiqning ildizi qaerda? Gap begonalarning kelishida emas, qanday maqsadda kelishida!
— Aytaylik... maqsad fahsh bo‘lsin.
— Fahsh? Oshirib yubordingiz. Nafisa opa fohisha bo‘lganida opoqilar adabini berib qo‘yishardi.
— Lekin ular gaplarida shunga shama’ qilishdi.
— Birinchi eri bor, deyishgandir yoki o‘ynashi deyishgandir? Bilaman bu gaplarni. O’sha odamni taniyman. Lekin u anchadan beri ko‘rinmay qoldi. Uch kun oldin kelgan yigit o‘ynash bo‘lmasa kerak.
— Demak, ularni ko‘rgansiz? Bu odamni tanirmidingiz?
Bu savolni eshitib Abduqayumning chehrasi yorishdi:
— Baribir so‘raysiz, dedim-a! — Shunday deb kuldi. So‘ng jiddiylashib bosh chayqadi: — Yo‘q, uni tanimadim.
— Unda nimaga asoslanib o‘ynash emas, deyapsiz?
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 06:57:46
— Yurishlari xotirjam edi. Hech qayoqqa alanglamay to‘g‘ri yurib kelishdi. O’ynash bo‘lsa, «birov kuzatmayaptimi, tanishlarim ko‘rib qolmasin ishqilib», deb xavotirlanadi. U yoq-bu yoqqa qarayveradi. Hech bo‘lmasa, yo‘lakka kirishdan oldin orqasiga o‘giriladi. Yo bo‘lmasa, ayol kirib ketadi, sal o‘tmay o‘ynash kiradi.
— Siz bu gaplarni qaerdan bilasiz? Xuddi butun umr o‘ynashlarni kuzatib yurgan izquvarga o‘xshab gapiryapsiz?
— Bularni bilish uchun unchalik ko‘p aql zarur emas.
— Boshqacharoq holat ham bo‘lishi mumkinmi?
— Albatta-da! Siz bilan biz begona ko‘zlarni chalg‘itishning mingta usulini sanab o‘tirganimizda qaysi bir uyda o‘ynashlar bizning xayolimizga ham kelmagan ming birinchi usulda ishlarini boshlayotgandirlar.
— Ha, fikringiz mantiqan to‘g‘ri. U holda, ayol eri yo‘q paytda begona erkak bilan nima maqsadda kelishi mumkin?
— Bunisini bilmadim. Bu faqat o‘zlariga ma’lum edi. Afsus shuki, o‘liklar gapirishmaydi.
— Ha, ayniqsa, biz uchun afsus aynan shunda, — deb Abduqayumning fikrini tasdiqladi. Omonullo. — Ular o‘zlari bilan juda ko‘p sirlarin olib ketadilar.
— «Qabr — dunyo manzilining oxiri. Oxirat esa, manzilning boshidir. Modomiki, barchamiz qabrga kirar ekanmiz, qanday qilib kayfu safoga berilib, rohat-farog‘atda yuribmiz?»
   
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 06:57:53
Omonullo «Bunchalar aqlli ekan, bu yigitcha», deb o‘yladi. Abduqayum unig fikrnii o‘qiganday kulimsiradi:
— Aka, bu mening gaplarim emas. Bir valiulloh aytib o‘tgan ekanlar. Shoshilmayotgan bo‘lsangiz, yana bir fikrimni aytaman. Faqat bekorchi gap deb o‘ylamang. Shu ishingizga aloqador bo‘lgani uchun aytmoqchiman. Demak, gap bunday: dunyo nimadir? Dunyo — o‘tkinchi bir mehmonxonadir. Dunyodagi eng ulug‘ boylik nimadir? Dunyoga berilmaslikdir. Dunyo boyligini afzal bilgan kishi zillatga, xorlikka, mol-dunyo to‘plagan kishi esa qashshoqlikka giriftor bo‘ladi. Dunyo nimaga o‘xshaydi? Dunyo — yasatilgan kelinchakka o‘xshaydi. Ko‘zlar unga termulgan, qalblar esa mushtoqdir. Yasatilmish kelinchakka kimlar oshiq? Shubhasiz NAFS oshiqdir. Bu kelinchak oshiqlarning barchasini halok etadi. Hayotdagi tiriklar o‘liklardan, keyingilari oldingilaridan ibrat olmayaptilar. Uch xususni unutmaslik kerak: dunyoning o‘tkinchi ekanini, ne’matlarning ham o‘tkinchi ekanini, muqarrar o‘limning haq ekanini.
Abduqayum «bu gaplar ta’sir qildimi, maqbul bo‘ldimi?» degan savol nazari bilan Omonulloga tikilib qaradi. Uning gaplariga mos ravishda nazari ham o‘tkir edi. Omonullo unga tik qaray olmadi.
— Yaxshi gaplarni aytgan ekan.
— Lekin... — Abduqayum kulimsiradi. — Hozir bu gaplarni eshitishga fursatingiz yo‘q. Ko‘nglimni og‘ritmaslik uchun indamay tinglayapsiz. Balki menga rahmingiz kelayotgandir? Sizdan iltimos, rahmingiz kelmasin. Men o‘zimning shu taqdirimdan ham roziman. Harholda ko‘ryapman, eshityapman, gaplashyapman. Axir ko‘rmaydigan, eshitmaydigan, tili aylanmaydiganlar ham ko‘p-ku, to‘g‘rimi? Tan olaman, bir oz ezmaroqman. Lekin laqma emasman. So‘rang, so‘rayvering.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 06:58:00
— O’sha kunimi, oldinmi yo keyinmi Samandar Ochilov kelmadimi?
— Keldilar. O’sha kunning o‘zida bir ko‘rindilar. Novvotrang «Volga»da keldilar. Shoshib tushib, shoshilib yo‘lakka kirdilar. Mashinada bitta harbiy odam ham bor edi. Pogoni ko‘k, polkovnik. Ular ham shoshib turishgan ekan.
— Buni qaerdan bildingiz?
— Haydovchi uch marta signal berdi. Uchinchisida polkovnik eshikni ochib pastga tushdi.
— Ochilov taxminan qancha vaqt qolib ketdi?
— Taxminan yarim soatcha.
— Boltaeva bilan Ibrohimov bu paytda uyda bo‘lganlar, shundaymi?
— Shundayga o‘xshab qoldi.
— Ochilov shoshib kirgan ekan, qaytishda-chi? Qanaqa ahvolda qaytdi, kiyim-boshlarida o‘zgarish bormidi?
— Kiyimlarida o‘zgarish sezmadim. Lekin sekin-sekin yurib chiqdilar. Qo‘llarida diplomat bor edi. Polkovnik bir nima devdi, unga javob qaytarmasdan indamay mashinaga o‘tirdilar. Mashina yurishidan oldin derazalariga bir qarab oldilar. Lekin siz bundan darrov bir xulosa chiqarmang.
Abduqayumning keyingi gapi Omonulloga malol keldi.
«Qimmatli maslahatingiz uchun rahmat, uka», deb piching qilmoqchi edi, tishi zirqirab, gapirtirmay qo‘ydi. Mehmonning afti burishganini ko‘rgan Abduqayum chegaradan chiqqanini fahmlab, uzr so‘radi:
— Gaplarimdan xafa bo‘lmang, aka, mantiqan olib qaralsa, «er qotil» degan xulosa kelib chiqadi. Lekin bunaqa olim odamlarda rashk kuchli bo‘lmaydi. Ular odam o‘ldira olishmaydi. Nari borsa bir shapaloq urib, to‘nni yelkaga tashlab chiqib ketishadi.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 06:58:07
Abduqayumning gaplarida jon bo‘lsa ham Omonulloga malol keldi. Bir yigitchaning yoshi ulug‘ odam kabi fikr yuritishi, unga aql o‘rgatishi g‘ashini keltirdi. Abduqayumning tug‘ilib, tilga kirganidan beri o‘z tengdoshlari bilan o‘ynab-kulolmay, yotgan yerida faqat kattalar bilan suhbatlashishi oqibatida shunday sergap, shunday maslahatgo‘y bo‘lib qolganining fahmiga yetmadi. Bu xonadonga kirib Abduqayum bilan suhbatlashgan har bir odam istasa-istamasa uning ko‘ngliga qarashga majbur bo‘lar edi. Omonullo garchi g‘ashi kelgan bo‘lsa-da, bu yozilmagan qoidaga beixtiyor bo‘ysundi. O’zini kulimsirashga majbur etib:
— Sizdan xafa bo‘lgan — o‘g‘ri, — deb hazil qildi. So‘ng jag‘ini ushlab, izoh berdi: — Tishim og‘riyapti.
— Tishingiz og‘risa do‘xturga bormang. Men sizga davolashning osongina yo‘lini o‘rgataman. Tish nimaga og‘riydi? Sovuq tekkani uchun. Sovuqni qanday haydaysiz? Bitta piyolani olib, ichiga yog‘ surasiz-da so‘ng qizdirasiz...
Hozirgina yigitchaning o‘ta dono ekanligidan g‘ashlana boshlagan odam endi bu gaplarni jon qulog‘i bilan eshitdi. Maslahat so‘ngiga yetguniga qadar nima maqsadda bu yerga kirganini unutdi. Yigitchaning maslahati bu safar moydekkina yoqdi. Afsuski, hozirgi tashvish bilan yaqin soatlarda uyiga borolmaydi. Kechasi ham borish nasib etadimi yo yo‘qmi — Xudo biladi. Ishdan holi bo‘lganida hoziroq borib shu yigitcha aytganday piyolani qizdirib, chap qulog‘ini qo‘yib yotarmidi, og‘riq qaytib ko‘zlari moshdek ochilarmidi...
Omonullo maslahatlar uchun rahmat aytib, o‘rnidan turdi.
— Telefoningizni ayting, qo‘lim tuzalsa qo‘ng‘iroq qilaman. Balki yangi gaplar esimga tushib qolar?
Omonullo yon daftarchaga telefon raqamlarini yozayotganida Abduqayum yana donoligini boshladi:
— Amerikada shunaqa jinoyat yuz bersa «qotilni topgan odamga yoki xabar bergan odamga shuncha ming dollar mukofot» deb televizorlarida e’lon qilinadi. Shuning uchun ularda jinoyatchi tez topiladi.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 06:58:15
«Xuddi Amerikada yashaydigan odamday gapiradi-ya!» deb o‘yladi Omonullo. Abduqayum esa davom etdi:
— Sizlar esa hammasini tep-tekinga bajarmoqchi bo‘lasizlar. Shuning uchun odamlar sizlardan qochadi. Ish yolg‘iz o‘zlaringizga qolib ketadi. Bunaqa ishda sizga nisbatan guvohlarga qiyin. Guvoh jonini garovga qo‘yib aytadi aytadigan gaplarini. Yo noto‘g‘rimi?
—To‘g‘ri, — dedi Omonullo daftarchasidan sahifani yirtib olib unga uzatar ekan. — Mana shu ishni yumaloq-yostiq qilaylik, keyin ikkalamiz Amerika politsiyasiga borib ishlaymiz. Topganimiz — o‘rtada, kelishdikmi?
Bu gapni eshitib Abduqayum kulib yubordi. Uning kulgisi yosh bolaning kulgisiday jarangdor va samimiy edi.
Omonullo bu xonadondan dastlabki gumoniga quvvat olgan holda chiqdi. Qotil qiznig otasi bo‘lishi ham mumkin, degan yana bir gumoni olinajak ma’lumotlardan so‘ng haqiqatga yaqinlashganday bo‘ladi. Bugun esa qora ro‘yxatga birinchi bo‘lib Nafisaning eri Samandar Ochilov yozildi.
Odatda biron ayol qoqilib tushib jon bersa ham «eri urib o‘ldirgandir» deb gumon qilinadi. Shunday ekan, Samandarning gumon o‘qiga nishon bo‘lmog‘i tabiiy hol. Agar tibbiy ekspert qotillik ikki yoki to‘rt emas, aynan uch kun oldin yuz bergan deb tasdiqlasa, unda Samandarning boshiga balo toshlari yog‘ilishi tayin.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 06:58:27
QONLI GIRDOB

Abduqayum yanglishmadi: Samandar o‘sha kuni uyiga kelgandi. Aslida uning uyga kelish niyati yo‘q edi. Rejasi bo‘yicha, Nafisa ta’tilga chiqmoQi, u esa vertolyotni shaharga jo‘natmoQi lozim edi. Odam yetib kelishi mushkul bo‘lgan, ammo tabiatning mavjud go‘zalliklarini o‘zida mujassam etgan bu darada Nafisa uzoQi bilan bir hafta chidab yashay olardi. Cho‘lda o‘sgan bu juvonni go‘zal manzaralar ham, tongda bulbullarning sayrashi ham, pokiza buloq suvlari ham maftun qila olmasdi. Bir necha olimu xizmatkorlardan iborat bu «shaharcha»ga dastlab kelganidayoq «zindonning o‘zi-ku, bu yer» deb baho bergan, uch kunga arang chidagan edi. Samandarning birinchi xotini ham toqqa toqat qila olmasdi. U chodir atrofida o‘rmalab yurgan ilonni ko‘rganidayoq chinqirib olamni buzgan, shu-shu bu yoqqa qadam bosmay qo‘ygan edi. Samandar Nafisada ham birinchi xotinining qiliqlaridan bor ekanligini sezib g‘ashlandi-yu, keyin o‘z ishlari bilan andarmon bo‘lib e’tibor bermay qo‘ydi.
Tursunali qamalgach, Nafisa bir necha hafta garangsib yurdi. Hatto eriga qaramay ham qo‘ydi. Samandar «juda yaxshi ko‘rar ekan-da», deb o‘yladi-yu, ammo xayoliga kelgan gaplarni tiliga chiqarmadi. Aksar odamlar tish faqat ovqat chaynash uchun mavjuddir, deb hisoblaydilar. Samandarning tishlari esa, ikkinchi vazifasini — tilga qo‘riqchilik yumushini ham bajaradi. Uning tili bekordan bekorga tish hatlamaydi. Samandarning fe’lini yaxshi bilgan kishi «bu malla odamni tashqariga sochilmay, ichiga yutilgan dardlari sarg‘aytirib yuborgan», degan xulosaga keluvi tayin edi.
Samandar indamay qo‘ya qolgani bilan qaynotasi jim turmadi: qizi Nafisani obdon siquvga oldi. Otasining gaplari ta’sir qildimi yoki sog‘inch dardi qarib, kuchdan qoldimi, harholda Nafisaning eriga bo‘lgan munosabati yaxshi tomonga o‘zgardi. Ikkovlari chinakam er-xotin martabasiga yetishganday edilar. Samandar uchun kutilmaganda Nafisa bu yerga kelish ixtiyorini bildirib, sog‘inganini ma’lum qildi.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 06:58:35
Ertalab nonushtada Samandar vertolet uchuvchisiga «tayyorlan, shaharga tushib, yangangni olib kelasan», deb tayinladi. Vertolet uchishga ulgurmay uning o‘zini markaz chaqirtirdi. Buyruq qisqa, ayni choqda tushunarsiz edi: «So‘nggi ma’lumotlar masalasida tezda Moskvaga yetib keling».
Vertolet harbiy aerodromdagi o‘z maydonchasiga qo‘ngach, novvotrang «Volga» yonida turgan polkovnik uni qarshilab, o‘zini tanishtirdi-da, «Sizni kuzatib borish menga topshirilgan», deb vazifasini bayon qildi. So‘ng markazni nima qiziqtirayotganini aytdi.
— Men uyga kirib-chiqishim kerak, ba’zi hisob-kitoblarim uyda, — dedi Samandar.
Polkovnik avvaliga norozi bo‘ldi. Samandar bu qog‘ozlarsiz Moskvaga borish foydasiz ekanini aytgach, noiloj ko‘ndi.
Samandar uyga kirdi-yu, nima uchun kelganini unutdi.
Abduqayum yanglishmagan edi:
... yarim soatcha qolib ketdi...
To‘g‘ri, buning orasida tashqariga bir chiqdi. O’sha onda qo‘shni ayolga yo‘liqdi. Zinadan pastga tushayotib, nima uchun kelganini esladi-da, iziga qaytdi. Uning bu harakatini kuzatgan qo‘shni ayol «jinni-pinni bo‘lib qolganmi yo mastmi?» deb o‘yladi. Ziyrak nigohi «bu telbaning» panjalari qon ekanini ham ilg‘adi. «Bir balo bo‘ldi» dedi-yu, o‘zini tezda ichkariga oldi.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 06:58:43
Samandar uyiga qaytib, garangsigan bir ahvolda xonasiga kirdi-da, po‘lat javondan kerakli qog‘ozlarini oldi. Qo‘lidagi qon yuqini yuvib tashlash xayoliga ham kelmadi. Faqat mashinaga o‘tirganida polkovnik «qo‘lingizga nima qildi?» deb so‘ragach, panjalariga qarab ajablandi. Beixtiyor ravishda «shisha tilib ketdi», dedi. Yaxshiki polkovnik «qanaqa shisha? Qanday tarzda?» deb ezmalanmadi. Buning o‘rniga haydovchidan «aptechkang bormi?» deb so‘radi. Rad javobini olgach, cho‘ntagidan ro‘molcha chiqarib, Samandarga uzatdi-da, «Bog‘lab oling, samolyotda aptechka bo‘lishi kerak», dedi.
Samandar ro‘molchani qon tekkan panjalari ustiga tashlab, holsizlanayotganini his qildi. Ko‘ngli aynidi. O’rindiqqa suyanib, ko‘zlarini yumdi. Ko‘z oldini qoplagan qora parda birdan qizil rang oldi. Samandar go‘yo qon girdobida qolganday bo‘ldi. Bu qon girdobi orasidan behisob qonli panjalar ko‘tarilib uni bo‘g‘a boshladi. Nafasi qaytib, baqirib yuboray dedi. Shoshilib ko‘zlarini ochdi.
Uchoqqa chiqqunlaricha ko‘ngli behuzur bo‘lib ancha toqatsizlandi. Uchoq o‘rnidan qo‘zg‘olmay turib polkovnik ensiz doka, dori ko‘tarib kelib, «yarangizni bog‘lab qo‘yay», dedi. Garang bo‘lib o‘tirgan Samandar «qanaqa yara?» deb yuborishiga sal qoldi. Yaxshiki qo‘lini «shisha tilib yuborgani» esiga tushdi. «O’zim yuvib, bog‘layman», deb doka, dorini olib hojatxonaga o‘tdi, Qo‘lini yuvdi. Uchoq chayqala boshlagach, o‘zini tutolmay qayt qildi. So‘ng yuzlarini yuvib, ko‘zguga qaradi. Ko‘zguda uning aksi emas, Nafisaning «gunohim nima?» deb baqraygan ko‘zlarini ko‘rib, qo‘rqib ketdi. Beixtiyor orqasiga tisarildi. Ko‘zgudagi baqraygan nigoh yo‘qolib, o‘zining aksi ko‘rindi. Malla rangi oqarib o‘lik tusini olganday tuyuldi o‘ziga. Yuzlariga asta shapatiladi. So‘ng panjasini doka bilan betartib ravishda bog‘lab joyiga qaytdi. Polkovnik uning bog‘langan qo‘liga ajablanib qaradi-yu, «adashdim shekilli», deb o‘ylab indamadi. Yo‘q, polkovnik yanglishmagandi: Samandar uyidan chiqib kelganda uning o‘ng panjasi qon edi. Hozir esa chap qo‘lini bog‘lab olgandi.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 06:58:52
Samandar polkovnik gapga tutmasin, degan maqsadda o‘zini ish bilan band qilib ko‘rsatish uchun qog‘ozlarni varaqladi. Bir oz vaqt o‘tgach, «ish bilan band» ekanini ham unutib, ko‘zlari bir nuqtada qotdi. Askar yigit yaqinlashib, qahva uzatganini ham sezmadi. Polkovnik uning bilagiga qo‘lini astalik bilan qo‘yib:
— O’rtoq Bosh konstruktor, — dedi.
Samandar yengil seskanib, unga qaradi.
— Qahva iching, yengil tortasiz, — dedi polkovnik kulimsirab.
«Yengil tortasiz» — deb ajablandi Samandar. — Bir nimani sezdimi bu odam? O’zimni tutib olishim kerak. Uyda hech nima bo‘lgani yo‘q, hech nima... Bu tush edi, vahimali tush...»
Qahva ho‘playotib shu tarzda o‘zini o‘zi ovutib, «tush ko‘rayotgani»ga ishontirmoqchi bo‘ldi.
— Qondan qo‘rqar ekansiz, — dedi polkovnik kulimsirab.
— Yo‘g‘-e, — dedi Samandar aybi oshkor bo‘lgan boladay.
— Ha, rangingiz aytib turibdi. Siz hijolat bo‘lmang, ayrim odamlar shunaqa bo‘lishadi. Qonga ko‘zi tushishi bilan hushidan ketib qoladiganlar ham bor. Ko‘nglingiz ayniganini mashinadayoq sezgan edim. Tag‘in ham chidadingiz.
Samandar bu lutfni qabul qilganday o‘zini zo‘rlab kulimsiradi.
— Bir oz dam oling, o‘tib ketadi, — dedi polkovnik, mehribonlik bilan.
«O’tib ketadi? Qani edi o‘tib ketsa!.. O’tib ketadigan manzara emas bu...» deb o‘yladi Samandar. Polkovnikning taklifi unga ma’qul keldi: bekorchi suhbatdan qochishning yaxshi yo‘li — dam olish. U qahvani ichib bo‘lgach, suyanchiqni tushirdi-da, yotib, ko‘zlarini yumdi.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 06:59:09
 Samandar shu bo‘yi to uchoq Moskva yaqinidagi harbiy aerodromga qo‘nguniga qadar qaddini ko‘tarmadi. Polkovnik taomga taklif qilganida ko‘zlarini yarim ochib, «yo‘q» ishorasini qilib, bosh chayqab qo‘ya qoldi.
Ko‘zlarini yumib yotgani bilan uxlamadi. Aslida bu holda yotish ham uning uchun azob edi. Biroq, polkovnik bilan suhbatlashgandan ko‘ra shu alfozda azob chekish ma’qulroq tuyuldi.
U ikki to‘lqin iskanjasida edi. Biri — qon tusida, uyidagi dahshat manzarasi, ikkinchisi — bir necha soatdan so‘ng bo‘lajak suhbatlar. Samandar birinchi to‘lqinni yengishga, Nafisaning baqraygan ko‘zlarini haydashga, girdobdan ko‘tarilayotgan qonli panjalarni nari surishga intildi. Bir necha muddat bunga erishganday ham bo‘ldi. Biroq, nari ketgan manzaralar yana shiddat bilan o‘z o‘rniga qaytaverdi.
Samandar turli tashvishlar nahrida bearmon suzgan, ammo bu kabi kuchli to‘lqinlarga bandi bo‘lmagan edi. Yaratganiga banda bo‘lolmaganlarning ajri balki shudir — tashvishu alamlarga bandi bo‘lishdir...
U keyingi ma’lumotlarga kattalarning ishonishlari qiyin, balki siyosiy tus ham berilar, degan tahminni diliga tugib yurgan edi. Uning kashfiyotiga asoslangan qurilmalar dunyodagi yadro poligonlarining har biridagi eng kuchsiz sinovni ham aniqlab, bilib berishi mumkin edi. Ammo o‘n ikki kun avval kutilmagan holat yuz berdi: qurilma zaminning kuchsiz tebranganini xabar qildi. Zaminning tebranishi yangilik emas, ammo tebranish markazi sira kutilmagan yerda edi. Ulardagi xarita bo‘yicha bu joyda yadro poligoni yo‘q edi. Samandar hisob-kitoblarni qayta-qayta tekshirdi, solishtirdi. Raqamlar bari-bir o‘jarlik bilan aynan o‘sha joyni ko‘rsatib turaverdi.
Samandar ma’lumotlarni bir kun kechikib yubordi.
Markaz tanbeh berar, deb o‘ylayotgan edi. Shoshqich chaqiriluvi u uchun kutilmagan bo‘ldi. Ayniqsa, uydagi voqea...
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 06:59:16
Uchoq yerga qo‘nib, belgilangan maydonchada to‘xtagach, Samandar qaddini ko‘tardi. U go‘yo uchoqda uchmadi, balki tanklar zanjiri ostida ezilandi. Uchoq uni uyidagi voqeadan uzib olib, necha ming chaqirim nariga olib kelgani bilan xayoliga boQlangan tashvish iplarini uza olmagan edi.
Uchoq zinapoyasida ularni ikki qora «Volga» kutib turardi. Polkovnik hamkasbi bilan salomlashib «vazifa ado etilgani»ni ma’lum qilgach, Samandar mashinaga o‘tirdi. «Vazifasini bajargan» polkovnikka «alohida buyruq bo‘lgunicha kutinglar», — deyilgach, mashinalar o‘rnidan qo‘zg‘oldi.
Samandar Moskva ko‘chalarini yaxshi bilardi. Shu bois Mudofaa vazirligi joylashgan ko‘chaga burilishmaganidan ajablandi-da:
— Qaerga ketyapmiz? — deb so‘radi. Uni polkovnikdan «qabul qilib olgan» odam bamaylixotirlik bilan:
— Kremlga, — dedi.
— Kimning oldiga? — deb so‘radi Samandar.
— Sizni o‘rtoq Baygildin kutyapti.
— Bazarovchi?
— Viktor Bazarovich ham o‘sha yerda.
Bazarov deganlari vazirlik huzuridagi Markaz boshlig‘i edi. Odatda Samandar asosan shu odamga yo‘liqardi. Baygildinning huzuriga kamdan kam hollardagina borishardi. Samandar bu safar to‘g‘ri o‘sha yerga borilayotganidan masalaning jiddiy ekanini angladi. Bir jihatdan Baygildinga ro‘para bo‘lishi yaxshi. Farosatli odam. Bazarovga o‘xshab huda-behuda so‘kinib baqiravermaydi. Harholda unda harbiylikka nisbatan olimligi ustun turadi.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 06:59:23
Kremlda to‘g‘ri Baygildinga ro‘para bo‘lmadi. Bari-bir avval Bazarovga yo‘liqdi:
— Sen nima qilib qo‘yding, bilasanmi? — dedi u sovuqqina salomlashib.
— Nima qilibman? — dedi Samandar ham sovuqroq ohangda.
— Butun razvedka oyoqqa turgan. Agar ma’lumoting isbotlanmasa, bilasanmi nima bo‘ladi?
— Bilaman. Ishlarimning oyog‘i osmondan bo‘ladi.
— Faqat ishlaring emas, o‘zing ham. Faqat o‘zing emas, men ham...
— Shunaqa xatar bor ekan, ma’lumotni bularga ko‘rsatmang edi.
— Sen shunaqa vaqillayverasan. Rost bo‘lsa-chi? Unda yana bir balo! «Qayoqqa qarayapsanlar?!» deb uchirib yuborishadi. Nima bo‘lsa bo‘ldi — tavakkal! Yur.
Baygildin u qadar vahima qilmadi. Ma’lumotnoma, hisob-kitoblar xulosasi bilan tanishgan bo‘lsa-da, Samandarning tushuntirishlarini diqqat bilan tingladi.
— Ilmiy ekspertiza xulosalaringizning to‘g‘ri ekanini tasdiqladi. Lekin hozircha uzil-kesil to‘xtamga kela olmaymiz. Hozir orbital stantsiyadagilarga ham topshiriq berilgan. Samandar Ochilovich, siz uch-to‘rt kun Moskvada dam oling. Siz bilan Vasiliy Ignatevich ham ko‘rishmoqchilar. Qurilmalaringizni Hindiqushga ham o‘rnatsak-chi? Nima deysiz?
— Afg‘onistongami?
— Ha.
— Shartmi? Hozirgi joyi ham yetarli. Qurilma sezgirligini yana ham oshirish mumkin.
— Qanday qilib?
Samandar uydan olib chiqqan qog‘ozlar taxlamini unga uzatdi.
— Hammasi hisob-kitob qilingan. Hindiqushda yangisini qurgandan ko‘ra sezgirlik oshirilsa, yuz baravar arzon tushsa kerak.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 06:59:31
— Sen bularni menga aytmovding? — dedi Bazarov norozi ohangda.
— To‘ppa-to‘g‘ri bu yerga boshlab kelishlarini bilmabman. Aslida sizga ko‘rsataman, deb o‘ylovdim. Siz baribir o‘rtoq Baygildinga berardingiz.
— Bu hisobingiz ham to‘g‘ri, — dedi Baygildin jilmayib. So‘ng qog‘oz yuzidagi qizil dog‘ga ko‘zi tushib, Samandarning bog‘log‘liq qo‘liga qaradi: — Qo‘lga nima qildi?
— Ha, shunchaki... shisha tilib ketdi, — dedi Samandar o‘zini xotirjam tutishga intilib.
Baygildin ularni uzoq ushlab o‘tirmadi. Samandarni shahar chetidagi xos mehmonxonaga kuzatib qo‘yishdi. Xonaga kirib, birinchi ko‘rgani — Hindiqush xaritasi bo‘ldi. «Maqsadlari jiddiyga o‘xshay-di, — deb o‘yladi. — Agar Afg‘onistonga ham o‘rnatilsa, yangi o‘ta sezgir qurilmaga hojat qolmaydi. Yo‘lni to‘sishadi». Shu fikr xayoliga kelib, battar bo‘g‘ildi. Muzjavonni ochdi: baxtiga aroq bor ekan. Katta qadahga quyib, sahroda yo‘l yurib chanqagan odam kabi yutoqib ichdi. Bittaga qanoat qilmasdan ikkinchisini ham to‘ldirib ichgach, dasturxon ustidagi olmalardan birini olib, karsillatib tishladi. Nazarida aroqning quvvati ojizday tuyulib yana ikki marta ichdi-da, shisha beliga yopishtirilgan yorliqqa qaradi. Aroqning qirq daraja ekanini o‘qib, ajablanganicha bosh chayqadi.
Eshik taqillab, askar yigit ko‘rindi-da, «Yemakxonaga chiqasizmi yo ovqatni shu yerga olib kelaymi?» deb so‘radi. Samandar och bo‘lsa-da, ovqat yegisi yo‘q edi. Avvaliga «kerakmas», deb rad etdi. So‘ng yigitni chaqirib, «shu yerga olib kel», deb buyurdi.
Aroq ta’sir qilib, badani qizidi. Boshi aylandi. Bog‘langan panjasiga qarab g‘ijindi-da, dokani yechib tashladi. O’zicha bir nimalar deb g‘o‘diranib, hammomga kirdi. Yuvinib chiqqanida xonani ovqatning yoqimli isi tutgan edi. Shishani bo‘shatgunicha to‘rt-besh cho‘qim ovqat yeya oldi, halos. Tomog‘idan boshqa hech narsa o‘tmadi. Yana bir shisha pivo ichgach, to‘shakka ham yetib bora olmay, gilam ustiga cho‘zildi.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 06:59:38
...Nafisa ko‘zlarini yarim yumganicha to‘shakda ayshini surardi. Samandarning kirib kelganiga na u, na-da xushtori e’tibor berdi. Samandar «Hayvon! Buzuq!» deb baqirmoqchi bo‘ldi, ammo ovozi chiqmadi. So‘ng... oshxonadan bolta olib chiqib, ularni chopaverdi, chopaverdi. So‘ng... dahshatga tushdi. Bolta ularni qiyma-qiyma qilib tashlagan bo‘lsa-da, tanada bir tomchi ham qon ko‘rinmadi. So‘ng... qiymalangan tana bus-butun holga kelib, qadlari ko‘tarildi. «Ey nodon!» deb unga qarab kuldilar, kulaverdilar. So‘ng... Samandar ularga pichoq bilan tashlandi. Ular qochdilar, qochaverdilar. Samandar g‘azabga kelib, pichoqni otdi. Pichoq kinodagi mergan qo‘lidan otilganday to‘g‘ri borib Nafisaning chap ko‘kragiga sanchildi. Nafisa yiqildi. O’ldi. Chinakamiga o‘ldi! Ana, ko‘kragidan qon sizib chiqyapti. Qon... issiq, qon. Ko‘zlari esa baqrayib qoldi: «Gunohim nima edi?» deb so‘rayotganga o‘xshadi. Samandar qo‘rqib ketdi: «Nafis, seni o‘ldirmoqchi emasdim. Tursunali bilan birgaligingni bilganimda ham kechirgan edim. Bu safar ham kechirardim. O’lma, Nafis...» Shunday deb turganida xushtor kelib boshiga to‘qmoq bilan urdi, uraverdi. To‘qmoq har urilganida jaranglab, aks-sado taratdi, tarataverdi... Nafasi esa bo‘g‘ildi, bo‘g‘ilaverdi...
To uyqudan uyg‘onguniga qadar shu tush asoratida azob chekdi. Qo‘rquvdan uyg‘ondimi yo eshikning taqillaganidan uyg‘ondimi — farqlay olmadi. Harholda eshikning taqillashi boshiga urilgan to‘qmoq jarangiga monand edi. Boshiga urilgan to‘qmoq tushida kechgan bo‘lsa-da, gardani lo‘qillab og‘rirdi.
Avvaliga qimirlash u yoqdan tursin, «Ha, kim?!» deyishga ham majoli yetmadi. Aniqrog‘i qaerda, nima uchun yotganini idrok qilolmadi. Bir oz garangsib yotgach, nonushtadan keyin bo‘lib o‘tgan voqealarni xira tarzda bo‘lsa-da, esladi. Shundan so‘ng ko‘zlarini arang ochdi. Eshik yana taqillagach, «hozir!» deb ovoz berdi-da, inqillab o‘rnidan turdi. Uy xuddi osma ko‘prikday u yon-bu yon tebranganday bo‘lib, chayqaldi. Gandiraklab borib eshikni ochdi.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 06:59:45
Yengsiz ich ko‘ylakda turgan gavdali odam uni ko‘rib jilmaydi:
— Xayriyat! Bu kimsasiz orolda bittagina insofli tirik odam bor ekan! — dedi u. — Hamma xonalarni birma-bir taqillatib chiqdim. Tirik odam yo‘qmi, bilmayman. Bo‘lsa ham ochishmaydi. Qo‘rqishadimi, bilmayman. Men yolg‘izlikni yomon ko‘raman. Ichgim kelyapti, qo‘shni, nima men alkashmanmiki hadeb yolg‘iz ichaversam. Ko‘nglim shirin suhbatni istayapti. Siz menga sherik bo‘la olmaysizmi? — U shunday deb qo‘lidagi aroqni yuqori ko‘tardi.
Boshi aylanib, og‘zi qurib, ko‘ngli behuzur bo‘layotgan Samandarga bu taklif ma’qul keldi. Garchi u chaqirilmagan mehmonga zid o‘laroq yolg‘izlikni yoqtirsa ham hozir ulfat bilan ichgisi keldi.
— Kiring, — dedi u tisarilib.
Mehmon ostona hatlab qo‘l uzatdi-da, o‘zini tanitdi:
— Medvedev, Sergey Lavrentevich.
Samandar «Marhamat qiling», deb joy ko‘rsatdi. Medvedevning shimi yonidagi qizil hoshiyani ko‘rib «generallardan ekan-da», deb qo‘ydi. Medvedev esa yozuv stoli ustidagi Hindiqush xaritasiga ko‘zi tushib «o‘zimizdan ekan», deb o‘yladi.
— Ismingiz nima, qo‘shni? — dedi Medvedev ikki qadahga aroq quyib.
Kiev universitetida, so‘ng Moskvadagi aspiranturada o‘qib yurganida Samandarni hamma «Sasha» deb chaqirardi. Shuni eslab u:
— Sasha deyavering, — deb qo‘ydi.
— Sashoq, salomatlik uchun! Men sendan xursandman. Bu yerdagi yagona tirik odam sen ekansan... — Medvedev shunday deb tik turgan holida qadahni bir ko‘tarishdayoq bo‘shatdi.
   
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 06:59:53
Samandar qadahni labiga yaqinlashtirganida aroqning hidi dimog‘iga urilib, seskandi. Ko‘ngli battar aynidi. Mehmon qarab turgani uchun hijolat chekdi. Keyin chuqur nafas oldi-da, bir zarb bilan ichib yubora qoldi. Dam o‘tmay o‘zini yengil his eta boshladi. Uchinchi qadahdan keyin esa picha o‘ziga keldi. Bu yerga kirishdan avval ham bo‘kib ichgan mehmonning «gap xaltasi teshilib», tinmay gapiraverdi.
— Sashok, men harbiy odamman. Mening kasbim jang qilish. Qog‘oz titib idorada o‘tiradiganlarga toqat qila olmayman. Rossiyani kim xarob qildi, bilasanmi? Ana o‘sha burniga ko‘zoynak qo‘ndirib, qog‘oz titib o‘tiradiganlar. Biz esa buyuk Rossiya shuhratiga shuhrat qo‘shamiz. Bu — bizning burchimiz.
Medvedev yana qadahlarni to‘ldirdi:
— Buyuk Rossiyamiz uchun, uning shuhrati uchun! — U shunday deb xitob qilgach, qadahni odati bo‘yicha bir ko‘tarishda bo‘shatib, kaftiga «kuf» deb qo‘ydi.
Samandar endi ichishga qiynalmadi. Og‘riqlar uni tark etgan, ammo qulog‘i shang‘illab, mehmonning gaplarini durust idrok qila olmayotgan edi. Medvedev esa «sukut rizolik alomati» sanalganday «gaplarim Sashokka ma’qul kelyapti», degan fikrda jo‘shib so‘zlayverdi.
— Bu g‘alamislar Rossiyaning O’rta Sharqdagi siyosatini o‘zgartirishmoqchi. Ochig‘ini aytaymi? Mixail Mechenniyning ishlari menga yoqmayapti.
Samandar Mixail Mechenniyning kim ekanini darrov anglamadi. Keyinroq fahmlab, nimani tasdiq etayotganini o‘zi ham tushunmay, bosh irg‘ab qo‘ydi.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:00:00
— U bizning Germaniyani ikki qo‘llab topshirdi. Germaniya uchun ruslar qancha qon to‘kishgan, bilasanmi? Endi esa Afg‘onistonni bermoqchi! Gorchakov janoblari 1877 yilda nima qilgan bilasanmi? Bilmaysan! Granvillni bilasanmi? U o‘sha paytda Angliya tashqi ishlar ministri edi. Gorchakov u bilan sulh tuzdi. Hozirgi Afg‘onistonning shimoliy chegarasini o‘sha ahmoq belgilagan. Nega ahmoq, deyapsanmi? Shuning uchunki, yana bir zarb berilsa, Afg‘oniston to‘laligicha bizniki edi. Hech bo‘lmasa yarmi bizniki bo‘lardi. Bugun bekorga qon to‘kib yurmasdik. Endi Mixail Mechenniy nima qilmoqchi? Bilasanmi? Bilmayman, dema, bilasan. Bu yerda bekorga o‘tirganing yo‘qdir. Meni ham shuning uchun chaqirtirishibdi. Bular Afg‘onistonni topshirishmoqchi! Qo‘shinni qaytarishmoqchi! Bunga chidash mumkinmi?! Yo‘q! Sen chidasang chidayver, ammo men chiday olmayman! Axir u yerlar rus qoni evaziga olindi. Xalqi tamoman qirib tashlansa ham Afg‘onistonni qo‘ldan bermaslik kerak. Afg‘oniston — Pokiston kaliti, Hindiston kaliti, Hind okeani yo‘li! Hindiqushchi? Bunday strategik qulay joy yana qaerda bor? Endi sen ayt: qaysi ahmoq kalitni o‘z ixtiyori bilan beradi?
U yana bir oz asabiylashgan holda aroq quydi:
— Rossiya shuhratining so‘nishiga sira yo‘l qo‘ymaymiz!
Samandarning ko‘zlariga qadah avval ikkita, so‘ng uchta bo‘lib ko‘rindi, keyin chirpirak bo‘lib aylana boshladi. Rossiyaning shuhrati uchun ichishga qurbi yetmay yoniga shilq etib yiqildi.
— O, Sashok, ichishni eplay olmas ekansan-ku!
Medvedev shunday deb uni ikki qo‘ltig‘idan oldi-da, sudrab borib karavotiga yotqizdi.
— Bo‘pti, Sashok, omon bo‘l! Bir oz ko‘nglim yozildi. Ammo sen mening gaplarimni unut!
Shunday deb yarimdan ozaygan shishani ko‘tarib, bir oz gandiraklagan holda xonadan chiqdi. Dam o‘tmay qo‘shni xona eshigi taqillay boshladi. U endi ertalabgacha birga ichishi mumkin bo‘lgan «tirik odam» izlardi.
Hammayoqni bulg‘ab tashlagan Samandarni esa ertalab harbiylar shifoxonasiga olib ketishdi.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:00:12
ARMON

Tish og‘rig‘ining davosi ombur, deganlaridek, Omonullo o‘zidagi qo‘rquvni yengishga kuch topib, tish tabibiga kirdi-yu, bir necha daqiqada ko‘zlari moshdek ochildi, qoronQu dunyosi yorishdi. Avvalgi kuni e’tibor bermagan narsalar endi muhim bo‘lib ko‘rinaverdi.
O’sha kuni Abduqayumning uyidan chiqqach, doktiloskopist uni ichkari xonaga chaqirdi-da, po‘lat sandiqdagi qonli dog‘ni ko‘rsatdi:
— Eshik tutqichlarida ham ayni shu iz.
Omonullo po‘lat sandiqni sinchiklab ko‘zdan kechirdi: ochishga urinilmagan. Balki o‘z kaliti bilan ochib-yopilgandir? «Kim ochib yopgan? Ochilovmi? Pullarini olib qochganmi?» Omonulloning xayoliga kelgan birinchi fikr shu bo‘ldi. Samandardan barmoq izlarini olib, qonli izlar bilan solishtirib ko‘rilmagunicha aniq bir qarorga kela olmas edi. Shu sababli uning qaerdaligini aniqlash maqsadida ishxonasiga yo‘l oldi.
Telefondagi savol-javobdan so‘ng uning kelishini kutishayotgan ekan. Tashqaridan qaraganda ko‘rimsizgina bo‘lgan uch qavatli uy temir panjara bilan o‘ralgan edi. Omonullo darvoza yonidagi qorovulxonadan nariga o‘ta olmadi. Qorovulxona odatdagidan ko‘ra kengroq, uchdan ikki qismi bel barobar taxta to‘siq bilan ajratilgan edi. Odamlar o‘tishi uchun mo‘ljallangan yo‘lak o‘rtasiga xuddi metrodagi kabi ochilib-yopiladigan to‘siq qo‘yilgan edi. Xuddi shu joyda to‘xtagan Omonulloning guvohnomasini ko‘rishdi. Avvaliga to‘siq yonida turgan yigit harfma-harf o‘qiyotganday tikildi. So‘ng bir suratga, bir Omonulloga tikildi-da, guvohnomani xona to‘rida o‘tirgan o‘rta yosh, tepakal kishiga olib borib berdi. Tepakal ko‘zoynagini taqdi, bu ham kamlik qilib, tortmasidan toshoyna chiqarib guvohnomani sinchiklab tekshirdi. Keyin o‘ng tomondagi kompyuter tugmalarini bosib, besh-olti daqiqa davomida nigohini ekrandan olmay o‘tirdi. Ekranda javob yozuvlar paydo bo‘lganidan keyingina buyruq ohangida «o‘ting» deb qo‘ydi.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:00:21
Omonullo avval hovliga, keyin uch qavatli binoga o‘tsam kerak, degan fikrda «qayoqqa boramiz?» deb so‘radi. Yigit unga javoban jilmayib qo‘ydi-da, to‘siqni ochib, «Bu yoqqa», deb tepakal tomonga ishora qildi. Omonullo ichkariga o‘tib, tepakalning ro‘parasidagi stulga o‘tirdi.
— Ochilovda nima ishingiz bor? — deb so‘radi tepakal unga qattiq tikilib.
— Undan so‘rab-bilib oladigan gaplarim bor.
— Qanaqa gap?
— Siz bilishingiz shartmi?
— Shart.
— Aytaylik, bir jinoyatga oid gaplar bo‘lishi mumkin.
— Qanaqa jinoyat?
— Buni ham bilishingiz shartmi?
— Ochilovga tegishli bo‘lsa — shart.
— Uning xotini o‘ldirilgan.
— Qachon?
— Taxminan uch kun avval.
— Ochilov bir oydan beri safarda.
— Qaerda?
— Kerakli joyda.
— Uni ko‘rishim shart.
— Kelganida ko‘raverasiz.
— Qachon keladi?
— Kerak bo‘lganida keladi.
— Aniqrog‘ini hech kim bilmaydimi?
— Ochilov bilan ishingiz bo‘lmasin. Jinoyat yuz berdimi, jinoyatchini toping. Sizga maslahatim: bu tomonlarga boshqa kelmaganingiz ma’qul.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:00:29
— Xotinining o‘lganini xabar qilish kerakdir? Murdani ko‘mish kerakdir? — dedi Omonullo bir oz achchiqlanib.
— Xotinining hech kimi yo‘q ekanmi? — deb so‘radi tepakal pinagini buzmay.
— Otasi bor.
— Xotirjam bo‘ling, otasi ko‘maveradi. Eri ko‘mishi shart emas.
Tepakal «gap tamom, sizga ruxsat», deganday guvohnomani uzatdi. Omonullo bu yerdagilarning oddiy qorovul emasliklarini tushunib yetgan bo‘lsa-da, tepakalning podpolkovnik unvonida ekanidan bexabar edi. Shunga qaramay uning qo‘rsligiga javob bermadi. O’rnidan turib xayrlashmoqchi bo‘lganida tepakal o‘tirgan yeridan qo‘zg‘olmagan holda qo‘l uzatdi:
— Shashtingizga qaraganda Ochilovga boshqa ko‘z bilan qaramoqchiga o‘xshaysiz, — dedi u. — Sizga maslahatim: Ochilovni tinch qo‘ying. Unga tishingiz o‘tmaydi.
— Qonun oldida hamma teng, — dedi Omonullo bu safar qat’iyroq ohangda.
— Siz o‘qigan kitobda shunaqa yozilganmi? Hayotda esa, azizim, butunlay boshqa. Shuni hali ham tushunib yetmadingizmi?
...Tish og‘rig‘idan qutulib, fikri tiniqlashgach, o‘sha uchrashuvni, o‘sha tepakalning keyingi gaplarini eslab o‘yga toldi: «Nima demoqchi? Qotil Ochilov bo‘lgan taqdirda ham qo‘lingdan hech nima kelmaydi», demoqchimi? Shunchalar zirhi qalinmi bu idoraning? Xo‘p kunlarga qoldim-da! Jinoyat ildizini topib, «banditizm» desam, «Bunaqa gap yo‘q, partiya s’ezdida SSSRda banditizmga barham berilgan» deyilgan», deb garang qilishadi. Mana, jinoyatchini ushladim, desam, «to‘xta, qamamay tur, kommunist ekan, avval partiyadan o‘chirib olishsin», deydi. Boshqasini «deputat ekan», deydi. Endi bunisiga nima deyisharkin?..»
   
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:00:36
Yaxshi hamki Abduqayum novvotrang «Volga»ning raqamlarini eslab qolgan ekan. Harbiy prokuratura orqali mashina haydovchisi ham, polkovnik ham topilib, so‘ralgach, Omonullodagi gumon haqiqat sari yanada yaqinlashdi. Ayniqsa, Ochilovning o‘ng qo‘lini «shisha kesib ketgani», uchoqda esa chap qo‘lini bog‘lab olgani uning ahvolini ayon etganday edi. Uning nazarida Ochilovni hibsga olish uchun shu dalilning o‘ziyoq kifoya edi. Ayni damda uni boshqa narsalar o‘ylantirardi. Sanjar Ibrohimovning qismati oilasiga ma’lum etilgach, ular uchun go‘yo qiyomat boshlanganday bo‘ldi. Yaqinlari «jasadni beringlar», deb o‘likxonani qamal qilib olish darajasiga yetdilar. Nafisaning murdasi esa yana ikki kun o‘likxonada qolib ketibdi.
Kooperativ boshlig‘i Omonullo yuborgan vakilga «Ikkovi ham suyuqoyoq edi, endi haydamoqchiydim» debdi. Sanjar Ibrohimovning ukasi esa, Omonullo bilan suhbatda «Bizning urug‘da haromga yuradigan odam yo‘q. Akam haromdan hazar qilar edilar», deb gapni kalta qildi. Ibrohimovning xotini esa o‘tinch bilan «adasidan bunday gumon qilmang», deb ko‘z yoshi to‘kdi. Ularning bu zorli gaplari marhum xotirasini himoya qilish uchungina aytilmayotganini Omonullo sezdi. Bu gaplarga ishondi. Ammo «Eri safarda bo‘lgan chiroyli yosh juvon bilan uning uyiga nima uchun keldi?» degan savolga javob topa olmagani uchun, marhumning ruhi chirqirasa ham, shu gumondan uzoqlashmaslikka majbur edi. Erkakning haromdan hazar qilib yurishi a’lo hol, biroq... o‘rtada shaytoni la’in ham bor-da...
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:00:44
Marhumlar xizmat qilgan kooperativning boshlig‘i g‘oyatda tez gapirganidan o‘zining ham nafasi qaytib ketuvchi, chaqchaygan ko‘zlaridan makkorlik nuri sachrab turuvchi odam ekan. Omonullo «Odamning tili aldagani bilan ko‘z qarashi alday olmaydi, men har qanday odamning ko‘ziga bir qarashdayoq kimligini aytib bera olaman», deb maqtanishni yaxshi ko‘rardi. Qaynatma sho‘rvaning ko‘pigi bo‘lgani kabi, bu maqtanishning chegaradan chiqqan yeri ham bor edi. Ammo Omonullo yuzdan yetmish holda adashmas edi, deyilsa haqiqatdan chetga chiqilmas. O’sha yuzdan yetmish holatning biri kooperativ boshlig‘ini ko‘rganida amal qildi. Shu bois ham «Siz marhumlarni yaxshi bilarmidingiz?» — deb so‘ramay, gapni aylantirdi.
— Kooperativda ishlar qalay, gullab-yashnayaptimi? — deb so‘rab, boshliqqa tikildi.
— Ha, endi, qimirlab turibmiz. Hukumatga rahmat, hamma sharoitlar bor.
— Gapingiz to‘g‘ri. Sharoit zo‘r. Xohlagan qing‘irliklarga shart-sharoit mixday yaratilgan, buni biz bilamiz, — Omonullo «biz» degan so‘zni alohida urg‘u bilan talaffuz etdi. Bu alohida ohang boshliqning miyasiga to‘qmoqdek urilib, bir seskandi. Lekin o‘zini go‘llikka solib, xi-xilab kuldi:
— Ie, hali shunaqalar ham bormi? Qing‘irlikdan Xudo asrasin. Hukumat shuncha sharoit yaratib berganiga shukr qilib to‘g‘ri ishlaganga nima yetsin!
— Gaplaringiz zo‘r... ammo sizda ham ozgina bor ekan, deb eshitdik.
   
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:00:52
Boshliq «buning gapi chinmi?» — degan fikrda kipriklarini pirpiratib, Omonulloga bir zum tikildi. So‘ng yana quvlik ko‘chasiga o‘tib, jilmaydi. Jilmayganda lablarining sal titraganini Omonulloning ziyrak nigohi ilg‘adi.
— Hazilingiz bor bo‘lsin. Biz «Xudo halolidan bersin», deb yurgan bandamiz, akaxon.
— Shunaqami? Ibrohimov bilan Boltaeva bu qing‘irliklarni ochamiz, deb yurishgan ekan-ku?
Omonulloning bu tagdor gapi soyasida «Ular sirni ochmoqchi bo‘lganlari uchun o‘ldirilganlar», degan ma’no bor edi. Ana shu ma’no o‘q kabi miyasiga sanchilib, butun tanasini zirqiratgan holda tovonidan teshib chiqqanday bo‘ldi. Endi yuzidagi quvlik jilma-yishi ham yo‘qoldi. Bir oz o‘ylandi-da:
— Kim shunday degan bo‘lsa, o‘lgan odamning go‘shtini yebdi, — dedi.
— O’lgan odamning go‘shti? Gapingizga tushunmadim? — dedi Omonullo ajablanib.
— g‘iybat bilan tuhmat — o‘lgan odam go‘shtini yeyish bilan barobar ekan.
— Shundaymi? Unda siz nima uchun bu go‘shtni yedingiz?
— Men-a? Astag‘firulloh! Nega bunday deyapsiz?
— «Bular suyuqoyoq edi, haydab yubormoqchiydim» degan kim, siz emasmi?
— Men shunday debmanmi?
— Xotirangiz yaxshi emasmi? Siz chet elning kinolarini ko‘rmaganmisiz? — Omonullo savolni berishga berdi-yu, javob kutmadi: — Tugmachaga joylashtirilgan magnitofonlari bor... Bizda shunaqasi yo‘q deb o‘ylaysizmi?
— Degan bo‘lsam degandirman. Achomlashib yotishganda o‘ldirib ketganidan keyin yana nima deyishim mumkin?
— Kim sizga «achomlashib yotishgan» dedi?
— Hammaning og‘zida shu gap. O’zim ko‘rmadim. Eshitganimni aytyapman.
— Siz shu odamlarning rahbari edingiz. Nega anig‘ini so‘rab-surishtirmadingiz?
— Menga buning nima qizig‘i bor?
— Siz ularning suyuqoyoq ekanliklarini isbotlay olasizmi?
— O’rtoq tergovchi, men sizning bunday savollaringizga javob bermayman. Meni go‘l deb o‘ylamang. Men ham yurfakni bitirganman. Uncha-buncha narsaga aqlim yetadi.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:01:01
— Shundaymi? — Omonullo kinoya aralash jilmaydi. — Unda o‘rtoq hamkasb, siz ba’zi darslarga kirmay qochib yurgan ekansiz. Siz kirmagan darslarning birida «tergovchi ishga aloqador har qanday savolni so‘rashga haqli», — deb ta’lim berilgan.
— Hozirgi savolingiz ishga aloqadormi?
— Bo‘lmasam-chi? Men ularning munosabatlarini bilishim kerakmi? Uyga nima uchun borishgan? Balki kooperativdagi qing‘ir ishlarni yozish uchun borishgandir? Jahlingiz chiqmasin, bu shunchaki gumon xolos. Biz siz bilan yana uchrashamiz. Istasangiz advokat yollang. Advokat ishtirokida gaplashing, bu sizning huquqingiz.
Omonullo shunday deb iziga qaytdi. Aslida «Kooperativdagi qing‘ir ishlarni fosh qilmoqchi bo‘lishganda o‘ldirilgan», degan gumoni zaif edi. Lekin kooperativ boshlig‘ining sarosimasi bu zaif gumonga quvvat berib qo‘ydi. O’n daftarchasidagi «qotil kim?» savoli ostiga yozilgan «Eri», «Otasi» degan javob yoniga «Boshlig‘i?» yozuvi ham paydo bo‘ldi. Ayniqsa, ertasi kuni boshliq nomidan advokatning kelishi uni ajablantirdi. «Oliy ma’lumotli yurist»dan bunaqangi harakatni kutmagan edi. «Bir balosi bor. Bo‘lmasa he yo‘q, be yo‘q himoyachi yollaydimi?» deb o‘ylab, «boshliq?» degan yozuv tagiga ikki marta chizib qo‘ydi-da, Boshqarma boshlig‘iga uchrab, kooperativning moliyaviy ahvoli zudlik bilan tekshiriluvi lozimligi haqidagi fikrini bayon etdi. Fikr ma’qullangach, ertasigayoq kooperativ muhrlanib, tekshiruv ishlari boshlandi.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:01:14
Qotillikka oid tekshiruv qamrovi kengaygani sayin Omonullo savollar, jumboqlar girdobiga bandi bo‘lib boraverdi. Girdobdan chiqa olish yoki tamoman muvaffaqiyatsizlik bahriga g‘arq bo‘lishi o‘zining farosatiga bog‘liq ekanini u yaxshi fahmlardi. Bu kabi girdob uning uchun yangilik emas. Har bir jinoyatga doir ishning o‘ziga yarasha o‘ramasi mavjud. Shuning barobarida cho‘kishdan asrab qoluvchi himoya chambaragi topilmasa ham ushlab olishga yaraydigan daraxt ildizimi yo xasmi, albatta bo‘ladi. Eng muhimi ularni vaqtida ko‘ra bilish, mahkam ushlab olishda. Cho‘kayotgan odam xasga tirmashganidek, u ham biron bir dalilga mahkam yopishadi. Hozirgi girdobda u xas emas, himoya chambaragini topganday edi. Nazarida uydagi qonli izlar aynan shu chambarakning o‘zi edi. Qolgan dalillar suv o‘rami kabi uni o‘ziga tortar, ammo u xaloskorlikni aynan o‘sha qonli izlarda deb o‘zini ishontirmoqchi bo‘lardi.
Omonullo boshlig‘iga kooperativda tekshiruv o‘tkazish haqidagi fikrini bayon qilib, uning rizoligini olgach, yengil tortdi. U Boshliq huzuriga kirishda «siz jinoyatchini topish bilan shug‘ullaning, kooperativning moliyaviy ishi sizga aloqador emas», deb qolarmikin», degan hadikda edi. Yaxshiki jinoyatning bir uchi shu ishga borib taqalishi mumkinligini Boshliq ham tushundi. Omonullo shundan xursand edi. Barcha sohalardagi kabi ularning ishida ham ba’zan boshliqlarga gap tushuntirish qiyin bo‘ladi. Aynan bir xilda fikrlaydigan, ish yuritadigan boshliq bilan xodimni topish qiyin emas. O’z fikri, o‘z uslubi bo‘lmagan odamlargina boshliq bilan bir xilda ish yuritadilar. Aqlli boshliqlar bunday xodimlardan ehtiyot bo‘ladilar. Bundaylarni o‘zlariga yaqinlashtirmaydilar. Ayniqsa jinoyatga daxldor ishlarda boshliq chizgan chiziqdan chiqmay yurish yaxshi natijaga olib kelmasligi mumkin. Boshliq qanchalar tajribali, bilimli bo‘lmasin, har-holda u idora odamiga aylanadi. Har bir jinoyat esa alohida olam. Bu olamning o‘ziga yarasha, boshqalarga o‘xshamaydigan past-balandliklari bo‘ladi. Idoradagi odam bularni o‘tgan tajribalariga suyangan holda payqashi qiyin. Boshliq shuni tushunsa — xodimning omadi yurishgani. Omonulloga bu safar shunday omad kulib boqqani uchun kayfiyati ko‘tarildi. Uyiga ertaroq qaytib hordiq chiqargisi, fikrlarini tiniqlashtirib olgisi keldi.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:01:21
To‘qqiz qavatli uyning yo‘lagiga kirgach, ta’bi tirriq bo‘ldi: lift ishlamayotgan ekan. Yettinchi qavatga piyoda bosib ko‘tarilish malol keldi. Halloslab chiqib borganiga yarasha uni bir mehribon kutayotgan bo‘lsa ekan, dasturxon tuzasa ekan, erkalab, mehribonliklar qilsa ekan...
Xotini Fotimani Hindistonga kuzatganidan beri uyi huvillab, kirgan odamni yutaman, deydi. Sakkiz yil muqaddam Fotimaning barmog‘iga nikoh uzugini taqqanida, so‘ng suyib bo‘sa olganida xotinining nozli iltimoslariga, o‘jarliklariga qul bo‘lib qolishini o‘ylamagan edi. Ba’zan Fotimaning biron iltimosiga «xo‘p» deb qo‘yib keyin o‘zi afsuslanib yurar edi. «Shu xotinning nimasini yaxsha ko‘raman? Nimasiga ishqiboz bo‘lib olganman? Bir og‘iz so‘zimga ilhaq bo‘lib yurganlar ko‘p edi-ku? Bo‘ldi! Endi bironta iltimosini bajarmayman!» deb ont ichardi. Ammo bu qasam qo‘rg‘oni Fotimaning birgina shirin jilmayishidayoq vayron bo‘lib ketardi. Fotima uzun qora soch-lari bilan bog‘lab olganmidi, yo hamisha kulib turuvchi shahlo ko‘zlari bilan rom etganmidi, yo qaldirg‘och qanoti kabi qoshi, qayrilma kipriklari bilan qalbini o‘ziga bo‘ysundirganmidi — Omonullo bilmaydi. Bilgani — Fotimani jondan ortiq sevadi. Fotima esa... Omonulloni sevadimi yo o‘zining ilmiy ishinimi? Mana shu jumboq ba’zan yuzaga qalqib chiqib qolardi. O’shanda Omonullo «Men sizga kimman? Bir qulman. Sizga eng muhimi — ilmiy ish! Nomzod bo‘lib olay, dedingiz — bo‘ldingiz. Endi doktor bo‘lmoqchisiz — bo‘lasiz. Keyin professor bo‘lgingiz keladi, keyin akademik bo‘larsiz. Omonqul esa mishiqi boladay atrofingizda girdikapalak bo‘lib, xizmatingizni qilib yuraveradi», deb arazlaydi. Shunda Fotima yonar edi. Lov etib emas, atrofiga uchqunlar sachratib, «yaqinlashsang — yutaman!» deb emas, mayingina, rohatijon bo‘lib yonardi. O’zining eng ishonchli quroli — shirin jilmayishni ishga solardi, yuzidagi kulgichi erining araz o‘tlarini so‘ndira qolardi. «O’ttiz yoshimgacha chidaysiz, deb shart qo‘yganmidim, siz o‘shanda ko‘nganmidingiz? Hozir to‘qson foiz siznikiman, o‘n foiznigina ilmiy ishimga berganman. Yoqlab olay, yuz foiz sizniki bo‘laman. Boshqa unvonlarning orqasidan yugursam betimga tupuring. Men uchun eng muhimi — ilm. Odamlarga nimadir berish. Agar aqlim bilan ilmim yetarli bo‘lsa siz aytgan martabalarning o‘zi keladi. Nima, akademikning eri bo‘lsangiz yomonmi? Akademik kiringizni yuvsa, ikki bukilib choy uzatsa... yomonmi?» Shu gaplardan keyin Omonullo araz narvonidan pastroqqa tushardi: «Ha... endi siz ham xonim, generalning xotini bo‘lsangiz yarasharmidi... General bozoringizni qilib bersa, gilamlaringizning changini qoqib bersa, «buyursinlar xonim!», deb qo‘l qovushtirib tursa...»
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:01:28
Ularning birov uchun achchiq, birovga nordon tuyulgan, o‘zlari uchun esa yoqimli, shirin bo‘lgan turmushlari shu zaylda davom etardi.
Hind olimlari Bobur saltanatiga oid doktorlik ishni Hindistonda davom ettirishni taklif qilishgach, Omonulloning yuragi bir uvishdi. Yarim yil yolg‘iz yashash hazilakam gapmi?! Fotima «Bormasam bo‘lmaydi!» deb ikki oyoqni bir etikka tiqib, janjal qilmadi. Odatiga xilof ravishda «Siz nima desangiz shu — astoydil rozi bo‘lsangiz, boraman, ko‘nglingizga xiralik aralashsa — qolaman», deb qo‘ydi. Omonullo nima derdi: «Qirqiga chidagan qirq biriga ham chidayman», deydi-da! Buning ustiga Fotima Omonullo uchun kutilmaganda tantanali va’da berdi: doktorlik dissertatsiyasini yoqlagach, to ilmiy ish Moskvadan tasdiq etilib, diplom qo‘lga tekkunicha Hasan-Husan tug‘ib beradigan bo‘ldi. Bu gapni xuddi «Do‘konga chiqamanu ikki quti gugurt yo tuz olib kelaman», degan tarzda aytdi. Omonullo esa ishondi. Uyi hasan-husanlar bilan to‘lib ketganday ko‘ngli yorishdi. To‘g‘ri, «Hasan-Husan emas, balki Fotima-Zuhra bo‘lar», deb ham o‘yladi. Lekin uning uchun bu muhim emas, muhimi — xotini tug‘ishga rozi! Rozi bo‘lganida ham belgilangan muddatdan ikki yil avvalroq tug‘ib bermoqchi. Matbuotchilarning tili bilan aytganda «planni muddatidan avval bajarmoqchi!» Bu katta yutuq!
Shu paytgacha o‘ttiz yoshdan keyin, deb belgilagan muddatini astoydil himoya qilardi. Buni faqat o‘zining ilmiy ishlari bilan izohlamay, tibbiy jihatdan «ilmiy isbot» ham topgan edi. Nima emish, o‘ttiz yoshdan keyin tug‘sa, bolalari zehnli, aqlli, ham jismonan baquvvat bo‘larmish. Bu da’voni eshitib, Omonullo kulgan edi. «Nimaga kulasiz?» — degan edi Fotima. «Mening bir tanishim bor, — deb javob qaytargan edi Omonullo, — u tug‘ilganida otasi yigirma bir yoshda, onasi o‘n to‘qqizda bo‘lgan ekan. Men o‘sha tanishimni ko‘p kuzatganman: zehni past ahmoqqa o‘xshamaydi. Har-holda u salkam fan doktori-ya! Jismoniy jihatdan ham unchalik nozik emas...» Fotima o‘zi haqida aytilgan bu gapga javob berolmay, «Bu alohida masala», deb qo‘ygan edi.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:01:35
Hindistonga ketishdan o‘n kun avval Omonullo uyga yarim kechada qaytdi. Tunda qaytadimi yo sahardami — Fotimaning uxlamay kutishini yaxshi biladi. Fotima boshqa xotinlarga o‘xshab xavotir olmaydi, desak noinsoflik bo‘lar. Haqiqatga ko‘chsak, o‘lchami yo‘q, sig‘imi mavhum bu xavotir deganlari o‘lchansa, Fotimaniki hammanikidan ko‘proq chiqar. Faqat u boshqalar kabi «Erim qachon kelarkin?» (yoki «Erim kim bilan ayshini surib yurganiykin?») deb jag‘ini deraza tokchasiga tirab, ko‘chaga tikilib o‘tirmaydi. Omonullo qay paytda kelsa ham uni yozuv stoliga muk tushgancha o‘qib-yozib o‘tirganini ko‘radi.
Bu safar ham shunday bo‘ldi.
Fotima bu safar ham odatini kanda qilmadi — «qayoqlarda yuribsiz?» demadi. O’rnidan turib salom bergach, oshxona tomon yurmoqchi bo‘lganida eri to‘xtatib, «qornim to‘q», dedi.
— Hm, o‘g‘rilaringiz to‘ydirib yuborishdimi? — dedi Fotima o‘ziga yarashiqli kinoya bilan.
Boshqa xotinlar «o‘ynashlaringiz», juda madaniy tarzda aytsa «xushtorlaringiz to‘ydirib yuborishdimi?» deyisharkan. Fotima esa hamisha «o‘g‘rilaringiz» deydi, bu so‘zni aynan aytadi, uning panasiga «o‘ynash», degan ma’noni yashirmaydi.
— Qamashdan oldin ziyofatini yeyish kerak-da, — dedi Omonullo xotiniga javoban, so‘ng stol ustidagi kitobga ko‘z tashladi. — Nima o‘qiyapsan? Yana «Boburnoma»mi? Yuzinchi martami?
— Ming marta o‘qishim kerak. Har o‘qiganimda bittadan ma’no topsam mingta ma’no topgan bo‘laman.
— Joningga tegmaydimi?
— O’g‘rilaringiz sizning joningizda tegishmaydimi?
— Yo... ularsiz yashay olmayman, — deb kuldi Omonullo.
— Men ham bu kitobsiz yashay olmayman.
— Mensiz-chi?
— Gapni burmang. Siz ko‘chada hushtak chalib yuradigan oddiy milisa emassiz. Oliy ma’lumotli ziyoli odamsiz.
— Buning ustiga bo‘lajak akademikning eriman.
— Ha, shunaqa desak ham bo‘ladi. Lekin siz gapni burmay turing. Siz menga ayting. Boburni bilmagan, tushunmagan odamni ziyoli deyish mumkinmi? Qani, mana bu yerga o‘tiring-chi!
   
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:01:42
Omonullo kulimsiragan holda itoat etdi.
— Kulmang, deyapman.
— Xonim, tarix darsi uchun tunning qolgan yarmi yetarli bo‘larmikin? Balki boshqa tunga qoldirarmiz?
— Yo‘q, hozir aytmasam, yorilib ketaman. Eshiting: — Fotima shunday deb kitobning kerakli varag‘ini ochib, o‘qiy boshladi: — ...Muhammad Humoyun... olti oygacha anda edi: zohiran ani yer va suyi xush yoqmadi. Isitma tutar ekandur, bora-bora uzoqqa tortar» Tushundingizmi? — Fotima kitobdan bosh ko‘tarib, eriga gapira ketdi: — Boburning o‘g‘li xasta ekan. Uni avval Dehliga keyin kemaga o‘tqazib Agraga olib kelishni buyuryapti. Humoyun mirzoga tabiblar chora topib berisholmagach, Mir Abulqosim degan kishi deydiki, — Fotima endi yoddan ayta boshladi: — «Ushmundoq dardlarga davo budurkim, yaxshi nimarsalardan tasadduq qilmoq kerak. Toinki Tengri-taolo sihhat bergay. Mening ko‘nglumga keldikim, Muhammad Humoyunning mendin o‘zga yaxshiroq nimarsasi yo‘q. Men o‘zum tasadduq bo‘layin, Xudoy qabul qilsun. Xoja Xalifa, o‘zga muqarrablardin arzga tegurdilarkim, Muhammad Humoyun sihhat topar, siz bu so‘zi nechun tilingizga kelturasiz? haraz budirkim, dunyo molidin yaxshisini tasadduq qilmoq kerak. Bas, o‘sha olmoskim, Ibrohimni urushida tushub erdi...» bu yerda dunyoga mashhur Ko‘hi nur olmosi nazarda tutilayotgan bo‘lsa kerak. Tushunyapsizmi? Ular «o‘zingizni emas, shu qimmatbaho buyumni sadaqa qilsangiz ham yetar», deyishibdi. Bobur nima debdi: «Tilga keldikim, dunyo moli aning evaziga nechuk bo‘lgay, men aning fidosi qilurmenkim, hol anga mushkul bo‘lubdur. Va andin o‘tubturkim, men aning betoqatligini toqat kelturg‘aymen. O’shal holatga kirib, uch qatla boshidin o‘rgulub, dedimkim, men ko‘tardim har ne darding bor. O’shal zamon men og‘ir bo‘ldum, ul yengil bo‘ldi. Ul sihhat bo‘lub qo‘pti. Men noxush bo‘lub yiqildim...» Xo‘sh, bunga nima deysiz? Qaysi podsho o‘g‘liga jonini sadaqa qilgan? Husayn Boyqaromi? Ikkovini solishtiring: biri nabirasini o‘ldirtirdi, biri jonini o‘g‘liga hadya qildi.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:01:49
— Men ham gapirsam maylimi? — dedi Omonullo xuddi o‘quvchi bola kabi qo‘l ko‘tarib. Fotima sal chegaradan chiqqanini fahmladi-yu, ammo sir boy bergisi kelmay bir oz jilmaygan holda amr etdi:
— Gapiring, o‘rtoq kapitan, so‘z sizga!
— Birinchidan, bu satrlarni menga avval ham o‘qib bergan edingiz, xonim. Ikkinchi gapim shuki, avval aytmovdim, endi aytaman: agar mening o‘g‘lim bo‘lganida uch marta emas, uch ming marta atrofini aylanardim. Bitta emas, uch mingta jonim bo‘lsa, hammasini sadaqa qilib yuborardim.
Fotima yarim tundagi suhbatning bu tarzda nozik torlarni chertib yuborishini sira kutmagan edi. Shu sababli taslim bo‘lishdan o‘zga chorasi qolmadi. Kitobni yopdi. Kipriklari nigohini to‘sdi. Siniq ovozda:
— Ovqat yemaysizmi? — deb qayta so‘radi. So‘ng eriga iltijo bilan boqdi: — Yana ozgina sabr qiling...
Omonullo hozir uy yo‘lagida turib shuni esladi. Hovlida o‘ynab yurgan bolalarga qarab havasi keldi. «Uylangan yilim tug‘ib berganida hozir yetti yoshga to‘lardi. Qo‘lidan yetaklab yurardim. Maktabiga olib borib, olib kelardim. O’zi Hindistonida yursa yuraverardi...»
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:02:02
AJR

«Qizimni urgan qo‘llaring akashak bo‘lsin! Sen mening qizimni urding — seni Xudo ursin! Mening qo‘llarim sening yoqangda! Qiyomatgacha qarg‘ayman seni!».
Qaynonasining faryod bilan aytgan bu so‘zlari xotirasiga mixlanib qolgan.
O’shanda sud hukmini kutib o‘tirgan edi. Qaynonasi ayyuhannos solib kirdi. Qarg‘adi. Qarg‘ab-qarg‘ab xumoridan chiqmadi. Dod solib yig‘layverdi. «Sud ishiga xalaqit beryapti», deb uni qariyb sudrab olib chiqishdi. Uning faryodi tashqarida ham tinmadi.
U avvaliga qaynonasining qarg‘ishlariga tushunmadi. Xotinining o‘lganini keyinroq bildi. Bildi-yu, qo‘rqib ketdi. «Agar bu o‘limni ham yelkamga yuklashsa, rahm qilishsa o‘n besh yil berishadi, bo‘lmasa otishlari tayin», deb o‘ylab yuragi orqasiga tortdi. Har tugur «traktorni mast holda haydagani, «Jiguli»ga urilgani, haydovchining jarohat olgani...» qamalish uchun kifoya qildi. Qo‘liga kishan urib, sud xonasidan olib ketishdi. O’sha onlarni keyinchalik eslasa «Baxtimdan o‘rgilay», deb qo‘yadigan bo‘ldi. Xotini o‘sha kuni emas, ikki-uch kun avvalroq o‘lganida otuvdan qutulib qololmasligi tayin edi.
Sudga nima, «urganingda jigari yorilib ketgan», deb qotillik jandasini bo‘yniga iladi. Qaynonasinikiga borib janjal qilgani, xotinini quvib yurib urganini bilishgach, «qasddan o‘ldirgan», deb hukm chiqarib yuboraverishadi.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:02:09
Qasddan... Xotinini o‘ldirish xayoliga kelganmidi o‘sha damda? Qaynonasinikiga nima uchun borgan, xotinini nima uchun urgan — o‘zi ham bilmaydi. Esida qolgani: shiyponda mehmon kutadigan bo‘lishdi. Raisning muovini kelib, unga «Traktoringni tutatma. Bugun nozik mehmon keladig‘on, bi-ir pazandaligingni ko‘rsat», deb ketdi. Raisning mehmon kutadigan bog‘i, o‘zining oshpazi bo‘lsa ham mehmonning bu yerda kutilishi ular uchun tushunarsiz hol edi. Uning pazandaligiga ko‘pchilik qoyil qolardi. O’zi ham qozon atrofida yayrab ketardi.
Xullas, mehmon keldi. Ovqat yeyishining tayini yo‘q, ozg‘ingina odam ekan, Jussasi nozikmidi yoki amali nozikmidi, bilisholmadi. Bilishga qiziqishmadi ham. Mehmon ketgach, ziyofatni o‘zlari davom ettirishdi. Bir tomondan kunning issig‘i, yana bir tomondan xalqumlarini qizdirib o‘tgan shayton suvi ta’sir qilib, shomga qolmay yumalab qolishdi.
U shom salqinida bir oz o‘ziga kelib, ko‘zini ochdi. Shishalarda, piyolalarda qolgan-qutganini to‘plab, nafsini orom oldirtirgach, bir amallab traktoriga chiqib oldi. Uyga borgani esida. Onasi nimadir dedi. Nima deganini keyin hech eslay olmadi. So‘ng qaynonasinikiga bordi... Qaytishda bir mashina ro‘parasidan chiqdi. Keyin bilsa, uning o‘zi traktori bilan mashina ro‘parasidan chiqqan ekan.
«Shunga yosh umrini juvonmarg qilib qamash shartmidi?..»
Uning xulosasi shu edi.
Ko‘p narsalar esidan chiqib ketdi. Lekin qaynonasining faryodini unuta olmadi. Qamoqda yurganida ham, keyin ham vaqti-vaqti bilan quloQi ostida jaranglayverdi. Har jaranglaganda bir cho‘chib tushadi. «...Seni Xudo ursin!..» Ibodatsiz bo‘lsa ham qo‘rqardi bu qarQishdan. «Xudo qanaqasiga urar ekan?» — deb ko‘p o‘ylardi.
Toshbolta Xudoning qanaqasiga urishini mana endi bilganday bo‘ldi.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:02:17
Bu ojiz banda, bu nodon banda, bu shayton izmidagi banda foniy dunyodagi har bir harakati, har bir aytgan gapi uchun ajr mavjud ekanini, hatto qizining o‘limi ham o‘ziga yarasha mukofot ekanini anglab yetmagan edi.
U «norasmiy kuyovi», bir vaqtlardagi o‘zining ta’biri bilan aytganda «valine’mati» bo‘lmish Tursunalining qo‘liga kishan urilganida ko‘p ham qayg‘urmadi. Topar-tutari yaxshi, obro‘-e’tibori ham baland chin kuyovga yolchiganidan so‘ng Tursunali ko‘ziga shumqadam bo‘lib ko‘rinayotgan edi. Shilqimligi bir kunmas bir kun qizining oilasini buzishi mumkinligini o‘ylay boshlagan, avvalgi fikrlaridan qaytgan, boy amaldorga o‘ynash bo‘lishning qisqa umrli baxt ekaniga tushunib qolgan edi. «Erta-indin urilib ketish ehtimolidagi amaldorga o‘ynash bo‘lishdan, tagida vertolyoti bor olimga xotin bo‘lish ming karra afzal», degan to‘xtamga kelganida uning mushkulotini Xudoning o‘zi yengillatib berdi — o‘ynashni yo‘ldan olib tashladi. Unga qadar «norasmiy kuyovi»ning marhamati bilan Sibiriya shaharlariga meva-cheva olib borib sotishni kasb qilayotgan edi. Bu ish bilan shu paytgacha shug‘ullanib kelgan odamlari Tursunalining nazarida g‘irromlik yo‘liga o‘tishgan, uncha-buncha pulni o‘marib qoladigan bo‘lishgan edi. Gulday qizining nomusini hadya etishdan qaytmagan Toshboltaning sadoqatiga ishonib, Magadanga olib boriladigan bir vagon pomidorni unga topshirdi. Toshbolta pulga qo‘shib, bu yerlarda topilishi qiyin bo‘lgan tilla-javhar buyumlarni olib kelib bergach, mo‘ljalni bexato olganidan o‘zicha quvondi. «Men buni bir laqma oshpaz deb yursam, baloning o‘qi ekan-ku!» deb ishonch darvozalarini kengroq ochdi.
   
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:02:25
Toshboltaga aynan shu — ishonch darvozasidan o‘tib, ichkariroq kirib, yaxshiroq o‘rnashib olish kerak edi. Aslida u yulduzni benarvon uradigan toifadan emasdi. Tursunali gumon qilganidek, ozgina laqmaligi ham bor edi. Ammo kattaroq daromadning hidi dimoqqa urilsa hiyla bosh ko‘tarib, laqmalikni quvar ekan. Vagon Magadanga yetib borgunicha sheriklarining suhbatlariga zehn solib, pulni pulga urishtirib tilla «yasash»ni o‘rgandi. Magadandagi mijozlar esa «direktorga yaqin odam»ni o‘zlariga og‘dirib olish uchun bu kasbning sir-sinoatlarini o‘rgatdilar. Pulning bir qismiga javhar ko‘zli tilla uzuk olib borish ham ana o‘shalarning maslahati bilan bo‘lgan edi. Birinchi safardayoq kishi bilmas tarzda puldan o‘marib qoldi. Tursunali uning «sadoqati»dan, «vijdonan ishlashi»dan mamnun bo‘lgan holda foydadan tuzukroq ulush ajratdi. Cho‘ntak pulga to‘lgach, yurish-turish ham bo‘lakcha bo‘ldi. «Ko‘rmaganning ko‘rgani qursin», deganlari shu-da!
Tursunali qamaldi-yu, «norasmiy qaynota» ikki jumboq qafasida qoldi. Birinchi jumboq — tilla bezaklarga oid edi. U Sibiriya tomonlardan har safar tilla-javhar bezak olib kelardi. Tursunali qamalib, uyi tintuv qilinganda «boylik chiqmagan» emish. «Boylik topishni bilgan yashirishni ham bilgandir, ammo qaerga yashirgan?» Toshboltaning tinchini olgan jumboqning asosiysi shu edi. Qizidan bir necha marta so‘radi, Nafisa «bilmayman», deb yelka qisib turaverdi. Ikkinchi jumboq Sibirga qatnashning to‘xtashi yoki to‘xtamasligiga bog‘liq edi. Uning baxtiga yangi direktor begonalardan bo‘lmadi. O’zining qo‘lidan taom yeb yurgan, Tursunalining maishatiga sherik bosh muhandis yigit direktorning kursisiga o‘tirdi. Bir oy mobaynida bog‘dagi mehmonxonaga qadam bosmadi. Kelgan mehmonlarni ham idoradan nari kuzataverdi. Yangi «halol» rahbarning ibratli ishlari haqida gap-so‘zlar boshlangach, ustozining yo‘liga pinhona tarzda o‘ta qoldi. Meva-chevalar pishishi arafasida Toshboltani chaqirib, Sibiriya safari haqida surishtirib, ishni avvalgiday davom ettirishi lozimligini aytdi. So‘ng:
— Nafisaxon sog‘-salomatmilar? Bu tomonlarga bir kelaman ham demaydilar-a? Kelsalar bexabar qolmaylik, — deb qo‘ydi.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:02:33
Bu bilan ustozining merosxo‘ri sifatida o‘ynashga ham ega chiqajagini shipshitgan bo‘ldi.
«Obbo xunasa-ey, sening ham darding bormi?! — deb o‘yladi Toshbolta Qashlanib. «E, bola, mening qizim fohisha emas, eri bor, uy-joyi bor!» — deb siltamoqchi bo‘ldi-yu, o‘zini tiydi. «Gapiraveradi-da, ko‘z tikkani bilan qizim kelib to‘shagiga yotib olarmi-di», — deb o‘zini ovutdi.
El og‘zida «Ot bosgan joyni toy bosadi», degan naql yuradi. Shunga ko‘ra Tursunali ot bo‘lsa, shogirdi toy misol edi. Qo‘polroq tarzda tavsif berilsa, Tursunali tupirganu u yalagan edi. Ustozi qamalganida uning ham paytavasiga qurt tushdi. Harholda ustozi oshni o‘zi oshalagani bilan unga yalatib turardi. Yangi direktor Yaratganga emas, rahbarlariga shukr qiladi: har tugul oshalaganlarni olishdi-yu, yalaganlarga marhamat darvozalarini ochishdi. Ular anglashmadiki, yaloqxo‘rlarning nafsi oshalaganlardan ham buzuqroq bo‘ladi. Oshalagan qorni to‘ygunicha yeydi. Yaloqxo‘r esa ko‘zi to‘ygunicha. Ko‘zning hech qachon to‘ymasligi esa barchaga ayon. Xususan, kattalarning xizmatini qilib yurib fe’l-atvorlarini bilib olgan Toshboltaga ham ma’lum bu. Shu sababli qizi tilga olinganda uning ko‘zlarini o‘yib olgisi kelgan bo‘lsa-da, o‘z aravasini o‘zi tortib ketishga qurbi yetmasligini bilgani uchun o‘zini tiydi. «Yaloqxo‘r» deb yangi direktordan nafratlangani bilan tirjayib, unga qulluq qilib turishga majbur edi.
Yangi direktor ham Toshboltani suymas edi. «Belida belbog‘i bo‘lsa gulday qizini xo‘jayinga o‘ynash qilib qo‘yarmidi», deb g‘ijinib yurardi. Bu g‘ijinish pokizalik alomati emas, balki rashk olovining mevasi edi. Tursunalining qilmishi haromning o‘zi bo‘lgani kabi buning g‘ashligi halollik emas edi. Ba’zan bu go‘zalning bir kechalik og‘ushi uchun dunyosini berishga rozi bo‘lib ketardi. Omadini qarangki, dunyosini bermasa ham jonon naqd bo‘lib qoldi. «Bu Oshbolta deganlari hozircha xizmatimni qilib yuraversin. Vaqti kelganda bir tepsam enasinikiga kirib ketadi» — yangi direktorning mo‘ljali shu edi.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:02:41
Bir-birlarini yomon ko‘rganlari bilan ularni nafs deb nomlangan ko‘rinmas zanjir mahkam bog‘lagan edi. Nafsning miqdorini o‘lchaydigan tarozi bo‘lganda ham qaysi biriniki buzuqroq ekanini aniqlab bera olmas edi. Nafsga bandi bandalar shu holatlarida bir-birlari bilan murosa qila oladilar. Pokiza hayotni afzal biluvchilar esa arzimagan masalalar bo‘yicha gap talashib, oqibatda ittifoq qila olmaydilar va oqibatda nafsga bandi bandalar yetkazgan zulmdan azob chekib noliy boshlaydilar.
Toshbolta ham, yangi direktor ham qimorbozning «gardkam!» deyishi kabi tavakkal qilgan edilar. Dastlabki ittifoq ikkovlari uchun ham manfaatli edi. Ayni choqda ikkovi ham ajralish onlariga tayyorgarlik ko‘rardilar. Yangi direktor Toshboltaning avvalgi kabi sadoqat bilan ishlashiga ishonmagani sababli uning o‘rniga «o‘z odami»ni tayyorlardi. Toshbolta ham yangi xo‘jayin eskisi kabi marhamatli bo‘la olmasligini anglab mustaqil ish yuritishni, hatto boshqa yerga ko‘chib ketishni ko‘zlardi. Shu borishida Sibiriyada orttirgan oshnalari bilan maslahat qilib ayrim ishlarni pishitdi. Yangi direktorga topshiradigan puldan ko‘proq urib qolib, noyob mollar xarid qildi. Safardan ko‘ngli to‘lib, yaxshi niyatlar bilan kelib qizi yashaydigan uy eshigini ochdi-yu...
Yaratgan tayyorlab qo‘ygan mukofotlardan biri — shu edi...
Ko‘zlariga ishonmadi. Xuddi tush ko‘rayotganday bo‘ldi. Eshikni ochishi bilan dimoQiga sassiq hid urilganida «Eri bilan ketgan bo‘lsa, ovqat-povqati hidlanibdi», deb o‘yladi.
Keyin... avval notanish erkakning jasadini ko‘rib bir seskandi. So‘ng qizining ahvolini ko‘rib tanasidan jon chiqib ketganday bo‘ldi. «Qizim! Nafis!» — deb baqirmoqchi edi, ovozi pichirlab chiqdi. Ko‘z oldi qoronQilashib, hamma narsa ayqash-uyqash bo‘lib ketdi. Ana shu qoronQulik qa’ridan qaynonasining hayqirig‘i otilib chiqdi: «Seni Xudo ursin!!».
   
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:02:50
Militsiyaga xabar qilgach, yuklarni ichkari olib kirdi-da, jomadon ustiga holsizlanib o‘tirdi. Boshini changallab, tebrandi. Yig‘lashi kerak edi — yig‘lay olmadi. Yig‘i ham Ollohning ne’mati ekan, rahm qilganiga berar ekan bu ne’matni. Yaratgan Toshboltaga bu onda yig‘isiz ruh azobini ravo ko‘rdi.
Poezdda kelayotganida yuragi g‘ash edi. o‘ashlikni yoyish uchun sheriklari uzatgan aroqni qaytarmay ichaverdi. Ikki tun ketma-ket birinchi xotinini tushida ko‘rdi. Xotini ozib ketgan, eti ustixoniga yopishgan holda emish. Holsiz emish, xasta emish. «Meni qaraydiganim yo‘q, mehribonim yo‘q», deb yig‘lar emish. Ko‘zlaridan oqqan yosh muz donalariga aylanib qolarmish. Toshbolta «Seni bu yerdan olib ketaman», deb opichib olganmish. Xotini esa yig‘lab, yalinib «yo‘q, olib ketmang, o‘zingiz keling», der emish.
Toshbolta ertalab uyg‘onib, bu tushidan ajablandi. U tush yo‘yishni bilmas edi. Harholda bu tush yaxshilikka ishora emasligiga aqli yetdi. Keyingi uyqusida xotinini yana ko‘rdi. Xotini juldur kiyimda emish. Keyin qaynonasi paydo bo‘ldi. U qarg‘adi, qarg‘ayverdi, xotini esa kuldi, kulaverdi...
Jomadon ustida boshini changallaganicha tebranib o‘tirgan Toshbolta shularni esladi.
Keyin... odamlar kelishdi.
Keyin... tergovchi so‘roq qildi...
Bularning hammasi tush kabi edi. Go‘yo hozir uyg‘onadiganday, dahshatli tush barham topadiganday edi.
Tekshiruvchilar tekshiradiganlarini tekshirib bo‘lishgach (Sibiriyadan keltirgan mollari ham e’tibordan chetda qolmadi — xatga tushirildi), «uyni berkitib, muhrlaymiz», deyishdi. Qalbi muhrlangan banda uyni muhrlamoqchi bo‘lganlarga nima ham deya olardi? Boshini xam qilib uydan chiqdi. Qizining nomusi sotilganda egilishi lozim bo‘lgan bosh ajal tig‘i qo‘zg‘olgach, birato‘la egildi.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:02:59
Toshbolta uyiga anchagina mol-dunyo ko‘tarib kelishni reja qilgan edi. Bu safar adoqsiz alam-g‘am dunyosini yelkasiga ortmoqlab kirib keldi. Erini g‘amnok ahvolda ko‘rgan Adolat avvaliga ajablanib qarab turdi. Keyin uch-to‘rt qadam qo‘yib peshvoz chiqdi-da. «Salomaykum», deb savol muhrlangan nazarini eridan uzmay qarab turdi. Savol so‘ralmagan bo‘lsa ham Toshbolta bu qarashda «Ha, nima bo‘ldi, yuklaringiz qani?» degan ma’noni uqib g‘ijindi-da, ichida «He, saloming boshingni yesin!» — deb qo‘ydi.
...Toshbolta qamoqdan chiqib qishlog‘ida uzoq yashay olmagan edi. Xuddi birov atayin uyushtirayotganday qaynotasiga, qaynog‘asi, qaynilariga duch kelaverdi. Ular, ayniqsa qaynonasi, tilda gapirmasalar ham ko‘z qarashlari bilan qarg‘ardilar. Traktorchilikka birga o‘qigan oshnasi cho‘ldagi yangi sovxozda brigada boshlig‘i ekan, onasining ziyoratiga kelganda Toshboltani uchratib, ishga taklif qildi. Tasodifni qarangki, o‘sha yili Adolat ham «qalb da’vati» va komsomol yo‘llanmasi bilan «cho‘l quvgani» kelgan ekan. Uning shahardagi qiliqlaridan bexabar Toshbolta jilmayib qo‘yishlariga xushtor bo‘lib, «o‘qituvchi xalqi yaxshi bo‘ladi», degan fikrda odam qo‘ydi. Adolat «qamalib chiqqan traktorchiga tegamanmi», deb nozlanib o‘tirmadi. Zero, bu yerga kelishdan maqsadi cho‘l quvish emas, biron laqmani topib er qilib olish edi. Unga nomi uchun er bo‘lsa bas edi. Shunga binoan uning maqsadi shoirlarning tili bilan aytiluvchi «cho‘lquvarlik» emas, balki «erquvarlik» edi. Toshbolta uylangach, «xotinimning ismi o‘ziga mos ekan», deb qizini olib keldi. Dastlab turmushidan rozi edi. Adolat ko‘p jihatlari bilan birinchi xotinidan a’loroq tuyuldi. Keyin-keyin asal oylari tugab, zahar kunlari boshlangach, «Agar Adolat degani shu bo‘lsa, adolatiga ming la’nat!» deb peshonasiga shapati urdi. «Qo‘shning yomon bo‘lsa, ko‘chib qutulasan, xotining yomon bo‘lsa qo‘yib qutulasan», deyishadi. Toshbolta bu maqolni birinchi kim to‘qiganini bilmaydi. Bilganida edi, o‘sha aytgan odam hayot bo‘lganida edi, unga tik boqib: «Bekor aytibsan! — derdi. — Gapimga ishonmasang, ana, Adolat degan shaytonning urg‘ochisiga uylanib ko‘r-chi, qo‘yib qutula olarmikansan!»
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:03:14
Yomon xotun shayotun qamchisidur,
Qo‘lung bog‘laguvchi arg‘amchisidur.
O’shal xotunki nomahram nazardur,
Agar u shamsu qamardur mochaxardur.
Agar chandiki buzrukzodadur ul,
Yaqin bil, to‘rt oyoqlik modadir ul...


Ayni chilla paytida brigadalariga bir muxbir kelib, qamish chaylada oshxo‘rlik qilib, «yuzta-yuzta otib» o‘tirishganda yomon xotindan gap chiqdi-yu, mehmon shu satrlarni o‘qib berdi. Ayrim so‘zlariga yaxshi tushunmasa ham she’r Toshboltaga ma’qul kelib, uch marta qayta o‘qittirdi. Muxbir yigit «xotin oydek bo‘lsa ham, quyoshdek bo‘lsa ham, agar u yomon bo‘lsa urg‘ochi eshshakning o‘zidur», deb izoh bergach, to‘lqinlanib, ko‘zlari yoshlanib «akam bo‘lasiz!» deb cho‘lpillatib o‘pib ketdi. So‘ng satrlarni bir parcha qog‘ozga yozdirib ham oldi. Kayfi tarqagach, she’rni ham, satrlar yozilgan qog‘ozni ham unutdi. Ko‘ylagi yuviladigan bo‘lganda Adolatning qo‘liga tushib, u labini burdi. She’rni o‘sha muxbir yozgan deb o‘ylab, eriga dashnom berdi-da: «o‘shaningiz bekorlarning beshtasini aytibdi, shayton urg‘ochi bo‘lmaydi, erkak bo‘ladi, she’r ham «yomon xotun emas, yomon erkak deyilgan», deb donolik qildi. Uning ishonch bilan aytgan gaplarini tinglagan kishi «shaytonni shu tuqqanga o‘xshaydi, shaytonning erkakligini aniq bilyapti-ku» deyishi mumkin.
Er-xotin orasida birinchi janjal chiqqanida Adolatning o‘zi unga «ovora bo‘lmang, meni qo‘ya olmaysiz. Mendan faqat o‘libgina qutulasiz», deb dangal aytgan edi. Toshbolta nima qilsin, taqdirga tan berib yashayverdi. Faqat ichib olgan kezlari do‘stiga hasrat qilib «e, oshnam, sen mening dardimni bilmaysan, peshonamning sho‘rini o‘lchash uchun traktor tortadigan tarozining ham kuchi yetmaydi», deb nolirdi. Adolat esa mehribonlik qilib unga yana uchta qiz tug‘ib berdi. Qizlari tug‘ilgunicha bir navi edi. Ana undan keyin Nafisaning ham qora kunlari boshlandi. O’gay ona qanday bo‘lmog‘ini bilmoq istaganlar Nafisadan so‘rasalar edi, u aytib berardi. O’gay onalarning zulmi haqida hikoyalar ko‘p. Adolat ulardan o‘tsa o‘tardiki, kam emas edi. Nafisani Tursunaliga ro‘para qilish fikri dastlab aynan shu xotindan chiqqani inobatga olinsa, makr bobida tengsiz ekanini anglamoq mumkin.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:03:30
.. Toshbolta o‘likxonaga olib ketilgan qizining murdasini qachon olishi mumkinligini so‘rashni ham unutib, qishlog‘i sari yo‘l olganida Adolatning o‘sha fikrini esladi. Esladi-yu, bo‘g‘ildi. Shunda ham «Ahmoq xotinning gapiga kirgan — men ahmoq!» demadi. Uning aqlsiz aqliga bunday gapning kelishi mumkin ham emasdi. Buning o‘rniga «Nafisani direktorga qo‘shingu keyin Tursunalini sog‘in sigirday sog‘ib yuravering», degan tillarini uzib olgisi keldi. Qanday qilib qo‘shishni o‘rgatgan bu xotinni o‘sha paytda o‘ldirmaganiga achindi. «O’ldirganimda meni ham otishardi, bu azoblarga duch bo‘lmas edim...».
Toshbolta qizining shu yo‘l bilan baxtli bo‘lishiga ishongan edi. Dastlab baxt quyoshi charaqlagan ham edi. Bu nurdan uning xonadoni bahramand edi. Uylariga gilamlar... rangli televizorlar kirgan edi. Sibiriyaga qatnay boshlagach, u ertakdagi baliqchi cholga, Adolat esa kampirga aylandi-qoldi: teshik tog‘oraga qanoat qilmadi, saroyga ham... Uylari direktornikidan kam emasdi... Navbat «Jiguli»ga yetganda...
Baxt quyoshi birdan so‘ndi. Baxt quyoshi deb o‘ylab yurganlari aldamchi ko‘rinish ekan. Bu quyosh deb o‘ylaganlari nur emas, qon sachratayotgan ekan.
Toshboltaning nazarida bularning barchasiga Adolat aybdor edi. Uyiga kela kelgunicha bu fikr qat’iy qaror quvvatini oldi. Shu bois ham salomga alik olmay «saloming boshingni yesin», deb qo‘ygan edi.
Toshbolta ayvonga to‘shalgan ko‘rpachaga omonat o‘tirdi. U aslida uyga kirmay qishloqdagi oshnalarinikiga borib, boshiga tushgan kulfatdan ogoh qilmoqchi, «qaerga ko‘mganimiz ma’qul, shu yergami yo qishloqqami? Tog‘alariga xabar berayinmi yo yo‘qmi?» deb maslahatlashmoqchi edi. Keyin fikrini o‘zgartirib, xotinga xabar berib qo‘yay, deb yo‘lni uyga burgandi. Ko‘rpachaga o‘tirgach, bir xo‘plam choy umidida xotiniga qaradi. Xotin esa uning ro‘parasiga o‘tirib oldi. Toshbolta choy so‘rashni ham, kulfat xabarini aytishni ham bilmay garang, Adolat esa erining ahvoliga tushunmay hayron edi. Xotin kishining sabr kosasi erkaknikiga nisbatan sayozroq bo‘ladi. Shu bois ham birinchi bo‘lib Adolat tilga kirdi.
   
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:03:42
— Ha, muncha, men yeb siz quruq qolganday tumtayyapsiz? Nima bo‘ldi, yorila qoling!
Toshbolta uchun bu gaplar yangilik emasdi. Avvallari eshitganida «e, o‘chir!» — deb qo‘ya qolardi. Hozirgisi go‘yo o‘q bo‘ldi-yu, azob iskanjasidagi yuragiga qadaldi.
— Uningni o‘chir, qanjiq! — deb baqirib yuborganini o‘zi ham bilmay qoldi.
Kuchli, ayni damda alamli hayqiriq bilan otilib chiqqan bu haqorat Adolatning hushini oldi. Uncha-bunchaga gap bermaydigan, bo‘yin egmaydigan bu xotin chindan ham «unini o‘chirgani» ma’qulroq ekanini anglab, chaqqon o‘rnidan turdi-da, oshxonaga qarab yurdi. Bir ozdan so‘ng choynak-piyolani ko‘tarib kelib, eriga choy kuyib uzatdi:
— Dadasi iching, hovuringiz bosiladi.
Iliq lafz bilan aytilgan bu gap ham Toshboltaga malol keldi.
— Hovurim bosilsinmi? Hovurim bosilishini istab qoldingmi?! He, enangdi... He, seni menga ro‘para qilgandi... — deb turib tuyqusdan piyolani otdi. Adolat chaqqonlik qilib boshini egib qolmaganida piyola naq peshonasiga tegardi. Erining fe’lini yaxshi bilgan Adolat G’azab o‘tining alanga olishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida chaqqon o‘rnidan turdi. Bunday holatda ko‘p ayollar qochishga, berkinishga harakat qilishadi. Adolat esa o‘zini tank ostiga tashlaydigan jasur askar kabi eriga yaqin kelib, yelkasidan quchib oldi.
— Voy, dadasi sizga nima bo‘ldi? Sizni qaysi uying kuygur xafa qildi? — deb ovuta boshladi.
Adolatning makri amal qilib Toshbolta picha hovuridan tushdi. Bo‘g‘ziga yig‘i kelib, ko‘zlari pirpiradi.
— Ayting, ayta qoling, yengil tortasiz, nima bo‘ldi?
— Nafis... Nafisni o‘ldirib ketishibdi... — Shunday deb yig‘lashi lozim edi, ammo bo‘g‘ziga qadar kelgan yig‘i zohirga chiqa olmadi.
— O’ldiribdi? Qaysi uying kuygur o‘ldiribdi? Nima qasdi bor ekan?
Toshbolta «bilmayman», deb bosh chayqadi.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:03:49
Adolat bir zum jim qoldi. Keyin past ovozda:
— Bir kunmas bir kun shunday bo‘lishini bilardim, — dedi.
— Nimani bilarding? — dedi Toshbolta sergak tortib.
— Jahlingiz chiqmasinu, g‘ar bo‘l, o‘g‘ri bo‘l, insof bilan bo‘l, deyishadi.
— Nima?! — Xotinining bu gapini eshitib, Toshboltaning ko‘zlari kosasidan chiqar darajada olay-di: — Nima deding, qanjiq?! Hali mening qizim senga g‘ar bo‘ldimi?!
Toshbolta shunday deb xotinini tirsagi bilan turtib yubordi. Adolat kutilmagan zarbdan yiqildi. Astoydil do‘pposlashga hezlanib o‘rnidan turayotgan erining vajohatini ko‘rib, kurash qurolini o‘zgartirishi lozimligini angladi. Harbiylarda «eng ma’qul mudofaa usuli — hujumdir», degan haqiqat bor. Adolat harbiy emas, bu qoidani bilmaydi. Ammo xalqda mavjud «qo‘rqqan oldin musht ko‘tarar», degan maqoldan xabardor bo‘lgani sababli eridan avvalroq o‘rnidan turib, unga chekchaydi:
— Ha, g‘ar bo‘lmay go‘rmidi? g‘arligini bilmasmiding?!
Avvalgi janjallarda Adolat baqirib, sensiray boshlaganida Toshbolta «Sen it bilan teng kelamanmi», — deb chekinib qo‘ya qolardi. Adolat bu safar ham shunday bo‘lishiga umid qilib yanglishdi: bu shunchaki «er-xotinning urushi — doka ro‘molning qurishi» emas, o‘rtada fojiali o‘lim topgan farzandning ruhi bor edi. Toshbolta uning sensirashiga ham, baqirishiga ham parvo qilmay Adolatni urib qoldi. Adolat «Voy-dod!» deganicha hovliga qochdi. Toshbolta uni quvlamoqchi bo‘lganida oyog‘i zinada toyib ketdi-yu, yonboshiga gursillab yiqildi. Chakkasi ayvon ustuniga urildi.
Adolat bu holatni ko‘rib, avvaliga «Ajab bo‘lsin, battargina bo‘l-a!» — deb o‘yladi. So‘ng erining qimirlamay qolganini ko‘rib «voy o‘layin, voy dadasi!» — deb yugurganicha yaqinlashdi. Toshbolta hadeganda xushiga kelavermagach «Voy-dod, erim o‘lib qoldi! Voy-dod, shunqorimdan ayrilib qoldim!» deb faryod ko‘tardi. Uning ovozini eshitgan qo‘shnilar chiqib, Toshboltani ko‘tarib ayvonga yotqizishdi, vrach chaqirishdi. Vrach «Shu yerda qimirlamay yotsinlar, qimirlatsanglar uzilishlari mumkin», dedi.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:03:56
— Tuzalib ketadilarmi, axir? — deb so‘radi Adolat.
— Umid qilavering.
Adolat bu javobni eshitib «Do‘xtur bo‘lmay o‘la-a, tuzatish qo‘lingdan kelmasa, nimaga umid qilaman»,— deb ming‘irladi.
Ertasiga Toshboltaning xastaligidan xabar topgan oshnalari kelishdi. Yengil xurrak otib, harakatsiz yotgan do‘stlariga achinib qarab o‘tirishdi. «Yo‘lda urinib qolgandir?» — deb xulosa chiqarishdi. Shunda Adolat:
— Yo‘l ham bir go‘r, qizlarini o‘ldirib ketishibdi. Shundan kuyib ketdilar, — dedi.
Oshnalar bu kutilmagan fojea xabaridan ajablanib: «Qachon? Qaerda?» deb so‘rashdi. Adolat «aytishga ham ulgurmay shunaqa bo‘lib qoldilar», — deb bezrayib o‘tiraverdi. «Dafn etishibdimi?» degan savol ham javobsiz qoldi. Shunda ular «Dafn etadag‘on bo‘lsa o‘sha yerdan telpon qilib xabar berardi, uch kun o‘tirardi», degan to‘xtamga kelishdi.
Bir oz jimlikdan so‘ng oshnalardan biri:
— Unda borib mayitni olib kelish kerak, dafn etish kerak, — degan taklifni aytdi.
Ayvonning bir chetida o‘tirgan Adolatga bu taklif ma’qul kelmadi.
— Ko‘madigan eri bor-ku? — deb tanbeh berdi.
Oshnalar bu xotin oldida maslahatlashish ortiqchaligini bilib, o‘rinlaridan turishdi. Bu xonadondan chiqib to‘g‘ri samovorxonaga bordilar-da, maslahatlarini davom ettirdilar. Oradan bir soat o‘tmay uch kishi shaharga yo‘l oldi. Bir kishi Toshboltaning qishlog‘iga, Nafisaning tog‘alariga xabar berish uchun jo‘nadi.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:04:02
Mayitni olib ketamiz, deb kelgan uch kishi kun bo‘yi ovorai-sarson bo‘ldilar. Maslahatni xom-xatala pishirib yo‘lga chiqaverganlaridan afsuslandilar. Marhumaning uyini bilishmasa, nasabini bilishmasa, erining kimligini bilishmasa bu katta shaharda ular sarson bo‘lmay yana kim bo‘lsin? Ular yo‘lga chiqishganda «o‘likxonaga boramizu» og‘aynimiz Toshbolta kasal bo‘lib qoldi, qizining jasadini beringlar», deymizu jasadni moshinga yuklab shomgacha yetib kelamiz, bomdodga chiqaramiz», deb mo‘ljal qilishgan edi. Avtobusdan tushishgach, bir taksini kira qilishib, «bizlarni o‘likxonaga boshlab boring, uka», deyishdi.
— Qaysi biriga? — dedi taksichi.
— Ie, o‘likxona ko‘pmi bag‘da? — deb ajablanishdi oshnalar.
— Katta kasalxonalarning har birida bor-da, — dedi taksichi.
— Unda eng kattasiga boshlang, — deyishdi oshnalar.
Kasalxonada «qachon o‘lgan, familiyasi nima?» degan savolga yelka qisish bilan javob berishdi. Ikkinchi joyga borishganida ham shu savolga duch kelishib «egasiz murdalar bo‘lsa, ko‘rsating», deyishdi. Ko‘rishdi ham. Uchinchi yerga borishganida «qachonligini bilmaymiz-u, ammo bir-ikki kun ichida o‘ldirib ketishgan shekilli», — deyishdi. Ana shunda masala sal oydinlashib «kasalxonalardan axtarmanglar, o‘ldirilgani aniq bo‘lsa boshqa yerga boringlar», deb qaerga borish lozimligini tushuntirishdi. U yerda ham «familiyasi?» degan savolni eshitib xunob bo‘lishdi.
— Xoy, uka, tushunyapsizmi, juvonni o‘ldirib ketishgan, — deyishdi.
— Akaxonlar, yilda bitta juvonni o‘ldirib ketishgan bo‘lsa, gaplaringga tushunardim. O’ntami-o‘n beshtami egasiz o‘lik yotibdi...
Oshnalardan biri tarang qilayotgan yigitning cho‘ntagiga pul qistirgach, ichkari kirib Nafisani tanidi.
— Shu juvon, o‘rab bering, uka, olib ketaylik,— dedi.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:04:09
— Sizlar kimi bo‘lasiz, ruxsat oldilaringizmi? — degan savolga javob bo‘lmagach, pul ham yordam bermadi. Uchovlari shomga yaqin izlariga qaytishdi. Ertasiga yetib kelgan Nafisaning tog‘asi bilan yana shaharga tushib, mayitni oldilar. Nafisaning tog‘asi janoza qishlog‘ida bo‘lajagini aytgach, noiloj unga ergashdilar.
Dafn marosimida kuyib yig‘laguvchi bo‘lmadi.
Faqat achindilar:
«Yosh ketdi, bechora...»
Otaga farzandining qabriga bir siqim tuproq tashlash nasib etmadi. Xudo hattoki shuni ham ko‘p ko‘rdi unga...
Omonullo bu gaplardan bexabar bo‘lgani uchun mayitning kechikib olib ketilishidan ajablangan edi. O’likxonadagilar bilan gaplashib dastlab uch notanish odamning, so‘ng ertasiga marhumaning tog‘asi kelganini bilgach, Toshboltaning qishlog‘iga borish ehtiyoji tug‘ildi. Uning nazarida bu holatda ham qandaydir sir yashirin edi.
Omonulloni depara ichki ishlar bo‘limining vakili Toshbolta yashaydigan qishloqqa boshladi. Vakil hech bir lutfsiz, manziratsiz eshikni ochib, hovliga kirib bordi. Omonullo esa unga ergashdi. Toshbolta ayvonda, bir necha kun avval qo‘shnilar yotqizib qo‘ygan joydan jildirilmagan edi. Bemorning bosh tomonida o‘tirgan oq do‘ppili qariya qur’ondan oyatlar o‘qib vaqti-vaqti bilan dam solib qo‘yardi. Kir chayayotgan Adolat hovliga bostirib kirgan notanish erkaklarni ko‘rib, qo‘llarini peshbandiga artganicha o‘rnidan turdi-da, ularga ro‘baro‘ bo‘ldi.
— Biz militsiyadanmiz, — dedi vakil, so‘ng e’tiborsizlik bilan qo‘shib qo‘ydi: — siz ishingizni qilavering. Domla o‘qib bo‘lgunicha kuta turamiz.
— O’qimay o‘la qolsin, bu domla, bir foydasi bo‘lsa ekan, — dedi Adolat ming‘irlab.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:04:17
Bu gaplar ming‘irlab aytilgan bo‘lsa-da, Omonullo eshitib ajablandi. «Bu xotinning esi joyidami o‘zi?» deb o‘ylab, ayvonga yaqinlashdi. Oq do‘ppili qariya unga bir qarab oldi-yu, o‘qishini, dam solishini davom ettirdi. Toshboltaning ochiq ko‘zlari shiftga qadalgan, faqat dam solingan paytda behalovat tarzda, nimanidir izlaganday alang-jalang bo‘lib ketardi. Qariya faqat o‘zi eshitadigan tarzda pichirlab duo o‘qidi-da, bemorning yelkalari, boshini uqalagach o‘rnidan turdi. Omonullo bilan hilmlik ila so‘rashdi. Shunda Omonullo qariya yuzida ajib pokizalik, ajib nurni ilg‘adi.
Adolat ayvonga yaqinlashib, sholchaning bir chetini ko‘tardi-da, pul olib «mang, ota», deb uzatdi.
— Hojati yo‘q, singlim, — dedi oq do‘ppili qariya.— Men Ollohning roziligi uchun xolis xizmat qildim. Yaratgandan shifo tilang, ammo sergak turing. Umid — yolg‘iz Ollohdan, — qariya shunday deb bir-ikki qadam bosdi-da, to‘xtab, orqasiga qaradi: — Ha, darvoqe, singlim, Xudo xayringizni bersin. Zinhor ba zinhor «o‘qimay o‘la qolsin, bu domla», demang. Gunohlardan o‘zingizni asrang. Ajrni berguvchi yolg‘iz Ollohdir.
Adolat bu tanbehdan uyalib, qizarib o‘tirmadi, «shuni ham eshitibdimi-ya?» deb qo‘ya qoldi. Omonullo esa «ming‘irlab aytilgan bu gap qanday ma’lum bo‘ldi?» deb ajablandi.
Oq do‘ppili qariya chiqib ketgach, Omonullo ayvonga ko‘tarilib bemor yoniga o‘tirdi-da, salom berdi. Ahvolni ko‘rib turgan bo‘lsa-da, ko‘ngil uchun:
— Salomatligingiz yaxshimi endi? — deb so‘radi.
Toshbolta uni ko‘rib, tanidi, ko‘zlari bejo bo‘ldi.
— Gapirolmaydi, til ketgan. Oyoq-qo‘l ham ketgan. Tirik o‘likning o‘zginasi, — dedi Adolat.
Bu qo‘pollik Omonulloga malol keldi.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:04:24
— Kechirasiz opa, siz bu kishiga kim bo‘lasiz? — dedi dag‘alroq ohangda.
— Xotiniman, — dedi Adolat ayvon chetiga omonat o‘tirib. Keyin izoh berdi: — Ikkinchi xotiniman. O’zingiz kimsiz?
— Men shahar militsiyasidanman. Nafisa Boltaevaning ishi bilan shug‘ullanyapman, — Omonullo shuday deb guvohnomasini uzatdi. Adolat guvohnomani olib, qiziqish bilan tikildi.
— O’zi nima bo‘lgan? Qiz o‘lgurni nimaga o‘ldirishibdi? — dedi u guvohnomani egasiga uzatar ekan.
— Eringiz aytmadilarmi?
— Aytolmadi. Shu zinadan yiqildi-yu, shunaqa ado bo‘ldi. O’lib o‘lmaydi, jonlanib jonlanmaydi. Boshimga bitgan bir balo bo‘ldi. Traktorchiligida yag‘irlarini yuvaverib qo‘lim qavargan edi, endi isqirtlarini yuvish ham peshonamga yozilgan ekan. Peshonam sho‘r bo‘lmasa shunga tegarmidim. Shu savilga tegib men bir ro‘shnolik ko‘rmadim. Yotishini qarang. Bu yoqda uchta qizi yetilib turibdi. Hali bittasining ham orzu-havasini ko‘rganim yo‘q. Ayting, ayting, o‘lib qolmasin, o‘lsa butun yiqqan-terganlarim sovruladi. Hali ham dorilari hamyonni o‘pirib ketyapti. Arzonroq dorilar bo‘lsa ham go‘rga edi. Do‘xtur o‘lgur nuqul qimmatini tanlab yozib beribdi.
Omonullo xotinlarning turli toifasini ko‘rgan, ammo bunaqasini endi uchratishi edi. «Qani, gapiraversinchi», — deb bir oz qo‘yib berdi. Lekin uzoq toqat qila olmadi. Adolat «shu aytayotganlarim bularga kerakmi?» — deb fikr qilmay, tiliga kelganini qaytarmay gapiraverardi. Telba desa telbaga o‘xshamasdi, sog‘ desa sog‘ga. g‘ashi kela boshlagan Omonullo uning gapini qoq belida shart bo‘ldi:
— Eringiz traktorchimidilar?
— Traktorchi bo‘lmay go‘r bo‘larmidi? Boshqa hunari yo‘q.
— Irkutskga nima uchun borgan edilar? Traktor olib kelgani emasmi?
— Traktorga balo bormi? Ozgina meva-cheva olib ketuvdi.
— Tez-tez borib turarmidilar?
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:04:32
Adolatning ahmoq ham, telba ham emasligi shu savoldan keyin aniq bilindi. U militsiya xodimi bekorga savol bermasligini anglab, tilini jilovladi. Bir oz o‘ylagan bo‘lib:
— Bu yil birinchi borishi, — dedi.
— O’tgan yillarichi?
— O’tgan yili ham bir marta borgan.
— Sheriklari bormidi?
— Bilmayman.
— Boltaevaning uyida ancha mol bor ekan. «Sheriklarimniki» dedilar. Irkutskdan olingan toza mollar ekan.
Adolat eriga G’azabli nigohini bir qadab oldi-yu, indamadi.
— Bu mollarni biz egalariga qaytarishimiz kerak. Egasi chiqmasa davlat hisobiga o‘tadi.
Omonullo mo‘ljalni nihoyatda aniq olgan edi. Adolat moldan ayrilishi mumkinligini his qilib bir seskandi-da, Omonulloga yomon qarash qildi:
— Davlatga o‘tadi? Nimaga o‘tarkan? Egalariga qaytaraman, deysizmi, kim ekan egasi?
— Sheriklari-da. Eringizning o‘zlari menga shunday deganlar.
— Bekor aytibdi. Hech qanaqa sherik-perigi yo‘q. Mol happi halol bizniki.
— Irkutskka qachon ketib, qachon keldilar?
— Ketganiga ancha bo‘ldi, bir oydan oshdi. Kelishi... shu, avvalgi kuni. Keldiyu shu baloga yo‘liqa qoldi.
— Bizga ma’lum bo‘lishicha, bir hafta oldin kelganlar?
Omonullo «otasi o‘ldirgan bo‘lishi mumkin», degan gumondan uzoqlashgan bo‘lsa-da, yana bir qarmoq tashlab ko‘rmoqda edi.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:04:40
— Bir hafta oldin kelgan ekanmi? Qaysi go‘rlarda yurgan ekan?
— Bu yerga kelmadilarmi?
— Kelsa bir qadam siljitmas edim.
— Nega?
— Uy-joyga ham qarash kerakmi? Erkak o‘lgur qaramasa, kim qaraydi? Men xotin boshim bilan yuguraymi?
— Siz «ikkinchi xotiniman» dedingiz, birinchisi qaerda?
— Go‘rda.
Omonullo buni to‘g‘ri ma’noda aytyaptimi yo piching qilyaptimi, fahmiga yetolmay, savol nazari bilan qaradi.
— Ha, nimaga qaraysiz? Go‘rda dedim-ku? O’lgan-da.
— Qachon?
— Bilmayman. Qamoqdan chiqib kelganidan keyin tekkanman men bu yer yutkurga. Aniq bilmayman-u, ammo xotinini urib o‘ldirgan ekan. Shunaqa jinniligi bor, menga ham tashlanib qolardi.
— Urib o‘ldirgan? Qamalish sababi boshqacha-ku?
— Boshqa bo‘lsa boshqadir, men eshitganimni aytdim.
— Boltaeva bu yerga tez-tez kelib turarmidi?
— Kelardi, lekin tez kelarmidi yo‘qmi, hisoblamaganman.
Omonullo portfelidan Sanjar Ibrohimovning suratini olib ko‘rsatdi:
— Shu odam bilan kelganmi hech?
Adolat suratga tikilib turib, bosh chayqadi:
— Tanimadim. To‘g‘risini aytaymi, bir-ikki marta sariq-moshak eri bilan kelgan edi. Keyin o‘zi kelib-ketib yuruvdi. O’sha savil qolgur er bilan birga yurishga uyalgan-da. U odamni ko‘rgandirsiz? Qanday qilib ko‘ngli tortib er qildi, hayronman. Undan ko‘ra, ersiz o‘tgani ming marta yaxshi. Shunaqa deyman-u, lekigin bu «shilta»ni o‘sha taviyadan boshqasi olmas ham edi-da.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:04:48
Adolat shu gapni aytganidan keyin Toshbolta g‘alati ovoz chiqarib ingradi. Omonullo ovoz chiqishi bilan unga qaradi. Toshbolta kipriklarini pirpiratib, iltijo bilan boqardi. So‘ng ko‘zlarida yosh paydo bo‘ldi. «Xotinining gapi yoqmay bir nima demoqchi bo‘lyapti», — deb o‘yladi Omonullo. Keyin tinmay javrayotgan xotinning gapini bo‘lib, so‘radi:
— «Shilta» deyishga biror asosingiz bormi?
— Voy, asosmi? Asos tiqilib yotibdi. Bu qiz o‘lgurning oldingi direktorga o‘ynash bo‘lganini yetti yoshdan yetmish yoshgacha — hamma biladi. Endi yangi direktorning to‘shagini obod qilyatuvdi.
Bu gapdan keyin ham Toshbolta ingradi.
— Nimaga g‘ingshiysiz? — dedi Adolat ovozini balandlatib. — Boqqa borib kelganlaring yolg‘onmi? har bo‘l, o‘g‘ri bo‘l, insof bilan bo‘l-da! Boshingda ering bo‘lganidan keyin o‘tirmaysanmi uyingda...
Adolatning og‘zidan chiqqan keyingi gaplarni Omonullo bozor yo‘lida «folingdan ochayinmi, molingdan ochayinmi», deb o‘tirguvchi lo‘li xotinlardan eshitib, bulardan boshqa tuzukroq gap chiqmasligini bilgani uchun ham achchiqlanmagan edi. Ammo eri bu ahvolda yotgan ayoldan shu gapni eshitib g‘azabi qo‘zg‘adi.
— Siz biron yerda ishlaysizmi? — deb so‘radi dag‘allik bilan.
—Ishlamay nima, shunga boqimanda bo‘lib o‘tiramanmi? Maktabda ishlayman.
— Kim bo‘lib, farroshmi?
— Vey, nima deyapsiz? Men o‘qituvchiman. Oliy ma’lumotli o‘qituvchiman!
— O’qituvchi?.. Maktabning ham, bolalarning ham sho‘ri qurigan ekan unda, — Omonullo shunday deb o‘rnidan turdi.
— Voy, voy, og‘zingizga qarab gapiring, nima deyapsiz?
— Og‘zingizdan chiqayotgan gaplarni qarang.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:04:57
— Gaplarimga nima bo‘pti? Vey, sen kimsan o‘zing, menga tanbeh beradigan? Sen borib o‘zingning xotiningga qil dag‘dag‘angni, bildingmi? Sen yigirma yil shunaqa traktorchi bilan yashachi, ko‘raman ahvolingni!
— Hov opa, tilingizni tiying, bunaqa deyishga haqqingiz yo‘q, — dedi shu paytgacha jim turgan depara vakili.
— O’zing tiy tilingni. Qani, bir jo‘nab qollaring-chi, huv, qoralaring o‘chsin-a...
Omonullo o‘zini xotinning shallaqiligiga e’tibor bermaganday tutib, ko‘cha eshik tomon yurdi. Hovli o‘rtasiga yetganda to‘xtab, vakilga topshiriq berdi:
— Leytenant, bu opangizni rayonga chaqirib so‘roq qilasiz. Natijasini yozma ravishda yetkazasiz.
Vakil bu topshiriqni po‘pisa uchun berilganini anglab, baland ovozda:
— Xo‘p bo‘ladi, o‘rtoq kapitan! — deb qo‘ydi.
Bu po‘pisadan keyin sal popugi pasayar deb o‘ylashgan edi, yo‘q, aksi bo‘lib chiqdi:
— Rayoningga desang, rayoningga boraman. Kerak bo‘lsa Maskovingga boraman. Meni qo‘rqitmay qo‘yaqol. Sen o‘g‘rini qo‘rqit, banditni qo‘rqit. Mening nimamni so‘roq qilasan? O’g‘rilik qilibmanmi, g‘arlik qilibmanmi?
Omonullo bu xotinga hatto shayton ham bas kelolmasligini anglab, qadamini tezlatgan edi, kutilmaganda Adolat:
— To‘xtang, hay to‘xtang, — deb qoldi.
Hozirgina sensirab, qarg‘ash darajasiga yetgan ayolning sizsirashi, ovozining muloyimlashuvi g‘alati edi. Shuning uchun ham vakil beixtiyor:
— Ha, opa, tinchlikmi? — deb yubordi.
— Senda gapim yo‘q, sen ketaver, — dedi Adolat unga, keyin Omonulloga yaqinlashib so‘radi: — Men mollarni olgani qachon boray?
— Qaysi mollarni? — dedi Omonullo xuddi tushunmaganday.
— Voy, qaysi deganingiz nimasi? Erim olib kelgan mollar-chi!
— Mollar sizga berilmaydi, egasiga beriladi.
— Egasini ko‘rib turibsiz-ku?
— Yaxshilab qarang, tuzating. Tuzalganlarida borib oladilar.
— Voy, savil, voy savil...
Adolat shunday deb qolaverdi.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:05:06
Ko‘chaga chiqib mashinaga o‘tirishgach, Omonullo «uf» tortdi:
— Agar shu odam o‘lsa, to‘g‘ri jannatga boradi. Bu odam bilan savol-javob bo‘lmaydi, — dedi, u.
— Nega? — deb so‘radi vakil kulimsirab.
Omonullo bu xotinning shallaqiligidan bezib Fotima o‘qib bergan satrlarni eslagan edi. Mirzo Bobur Husayn Boyqaroning katta xotini Beka Sultonbegimni yoza turib, «ko‘p kajhulq edi», deb «yaxshi kishining xonasidagi yomon xotun shu dunyoning o‘zidayoq uning do‘zaxidir», degan mazmundagi baytni yozgan ekan. Hozir shu bayt mazmuni yodiga kelib aytvordi shu gapni. Vakilning «nega?» degan savoliga esa Boburdan misol keltirishni istamay, soddagina qilib: «Bu xotin bilan yashagan erkak do‘zax muddatini o‘tab bo‘lgan hisoblanadi», deb qo‘yaqoldi.
Ular bu uydan chiqib to‘g‘ri sovxoz idorasiga bordilar. Yangi direktor «Nafisa Boltaeva nima uchun kelgan edi?» degan savolga «Men rahbar bo‘lganimdan beri uni ko‘rganim yo‘q. Tursunali akamga kelib turardi», deb javob berdi. Omonullo gapni har qancha chalg‘itsa ham «kelmagan, ko‘rmaganman», deb turib oldi.
Omonullo xayrlashar mahalida «yana kelamiz, uchrashamiz», deganida ham u «yana kelsangiz ham gapim shu: ko‘rmadim», — dedi.
Yangi direktor aldamadi: Nafisa kelganida u shaharda edi. Juvonning kelib-ketganini bog‘ qorovulidan eshitib, «eh attang!» deb afsuslangandi. Omonulloning savollaridan keyin «yaxshi hamki u falokat kelganida yo‘q ekanman», deb shukr qildi.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:05:23
LUQMA
(Qotillikdan avvalroq sodir bo‘lgan voqea)

Tursunali boyligini qaerga yashirganini aniq aytgan bo‘lsa ham Tengiz shoshilmadi. Qish o‘tib bahor kelsa-da, xazina haqida gap ochmasdan yuraverdi. Bu orada Tursunalining yarasi tuzaldi. Lager huzuridagi hibsxonada yotib, tergovchi so‘roqlariga javob berdi. Tursunalining baxtiga tergovchi uni urmadi, qiynamadi-yu, oxir-oqibat «o‘zini himoya qilayotganida meyorni oshirib yuborgani uchun» yana qo‘shib berishdi. Lager hibsxonasidan chiqqanida Tengiz uni yo‘qlab, dalda berdi:
— Umrim qamoqda chirir ekan, deb afsuslanma. Agar aytganing rost chiqsa, seni yurtingdagi lagerga jo‘nattiraman. Muddating yarmidan o‘tishi bilan erkinlikka chiqasan. Mening gapim — gap!
Tursunali bu gaplarga bir ishonib, bir ishonmay yurdi. Ishonmagani — muddati yarimlagunicha kim boru kim yo‘q. Ayniqsa, bu o‘g‘rilar olamida bugun bor odamning ertaga izsiz ketishi hech gap emas. Bu Tengiz deganlari ham kerilib yurgani bilan zo‘rrog‘iga duch kelsa, iniga kirib ketishi aniq. Tengizning gapiga ishonganining sababi esa, undan bo‘lak hech kim dalda bermadi. Va’da yolg‘on bo‘lgan taqdirda ham harholda dalda edi. «O’g‘rilan bir so‘zli», deb eshitgan. Uning umidi shundan edi.
Bahor yomg‘iri ezib yog‘ayotgan kunlarning birida Tursunali Tengizga duch kelib:
— Topdilaringmi, aldamabmanmi? — deb so‘radi. Bu bilan «Va’dangni qachon bajarasan?» demoqchi edi. Tengiz uning maqsadini anglab, yuziga yengil shapati urib qo‘ydi:
— Shoshilma, har ishning vaqti-soati bor.
— Topdinglarmi o‘zi? — dedi Tursunali, Tengizning javobidan qoniqmay.
— Shoshilma, deyapman-ku. Cho‘michga aytgan joyingga borishibdi. U yerda chindan ham yo‘q ekan.
— Bolalarimga tegishmabdimi?
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:05:32
— Ha, ana, aqling joyida ekan-ku! Bolalaringni endi esladingmi? Cho‘michga yolg‘onni aytayotganingda o‘ylamovmiding? Borishsa, topisholmasa, bolalarimni qiynashsa... Xotiningni, qizlarningni zo‘rlashlari ham mumkin edi, a? Sen bizdan qarzdorsan. Biznikilar bo‘lishmaganda qizlaring juvon holida erga tegardi. Nomussizlik sizlarda ham azob, a? Men oilangni himoya qilaman, deb va’da berganmanmi, demak shunday bo‘ladi! — Tengiz shunday deb uning yuziga yana yengil shapati urdi-da, yo‘lida davom etdi.
Tengizning «nomussizlik — sizlarda azob, a?» deb qo‘yishi Tursunalini tashvishga soldi. «Xotiningni, qizlaringni zo‘rlashlari mumkin edi», degani esa badanini muzlatib yubordi. Shu paytgacha «norasida qizlarimni birov zo‘rlashi mumkin», degan gap xayoliga kelmagan edi. Tengizning gapidan so‘ng esa, shu dahshat sodir bo‘lgandek, bir necha kungacha ezilib yurdi. Davroni kelgan paytlarda, ayshini surgan kezlarida «shular ham birovning qizi-ku?» deb o‘ylamagan edi. Hatto Nafisaning nomusiga ega chiqqanida ham «buning taqdiri nima bo‘ladi?» deb fikr qilmagan edi. Alhol, Tengizning gaplaridan keyin ham bularni o‘ylamadi. U faqat o‘z qizlarining taqdiridan tashvishda edi.
Tengiz uning yuziga yengil shapati urib, o‘zini xotirjam ko‘rsatgani bilan tashvishi o‘ziga yetarli edi. U kim bilan o‘ynashayotganini bilardi. Agar bir it qoqsuyakning hidini olib, yaqinlashsa-yu, bu suyakni birov bosib, olsa, naq ilikdan tishlashi tayin. Gobelyan esa it emas, hid olgani ham qoqsuyak emas. U itga o‘xshab ilikdan ham olmaydi, naq bo‘g‘izga yopishadi. Lekin uning navbatdagi odami qachon paydo bo‘ladi, qachon va qanaqasiga tashlanadi — ana bu muammo edi. Yana bir muammo — bu safar kimni yuboradi? Tursunalining yolg‘on ma’lumoti bilan Murikning o‘limi orasida bog‘liqlik borligiga ularning aqllari yetadi.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:05:46
Tengiz shu savollarga javob izlaydi. Uning lagerdagi sheriklari esa betoqat bo‘lishadi. Tursunali besabrlik bilan so‘ragan kunning ertasiga «Politbyuro» yig‘ilishida Koshak xazina nima bo‘lganini so‘radi.
— Hozircha xazina yo‘q ekan, deb turaveraylik, — dedi Tengiz.
Bu gapni eshitib, Qo‘tos unga ajablanib qaradi. Koshak esa, joyida bir qimirlab olib:
— Yolg‘on gapirma, knyaz, — dedi. — Sen bu xabarni teletaypga qo‘ymagansan.
— To‘g‘ri, qo‘ymaganman, — dedi Tengiz xotirjam.— Aqling bo‘lsa, o‘ylab ko‘r-chi? Bu xabarni teletaypga qo‘yish mumkinmi? Undan ko‘ra Moskva radiosiga chiqib jar sola qolmaysanmi?
— Teletaypga qo‘ymagan bo‘lsang, kim orqali chiqarding xabarni?
— Hech kim orqali chiqarmadim. Chiqarmayman ham.
— Knyaz, gapni burmay, to‘g‘ri tushuntir. Bizga yolg‘on gapirma, — dedi Qo‘tos norozi ohangda. — Bilasan, menga boylikning keragi yo‘q. O’rtaga o‘g‘rilik nomusi tikilgan.
— Men nomusini sotadigan odamga o‘xshayapmanmi?— dedi Tengiz ovozini bir parda baland ko‘tarib. — Koshak, sen ham shunday o‘ydamisan?
— Senga birov bunaqa degani yo‘q. Shunaqa o‘ylasam Murikning yonida yotgan bo‘larding. Sen «xazina yo‘q», deyapsan. Biz «yolg‘on gapirma», deyapmiz.
— Yolg‘on gapirmadim. «Xazina yo‘q», ham demadim. «Xazina yo‘q ekan, deb turaveraylik», dedim. Nima, ruschaga tushunmay qoldilaringmi? Ozgina payt poylashimiz kerak. Cho‘michni yuborganlarni ahmaq deb o‘ylamalaring. Tuzoqlarini tayyorlab turishibdi ular. Koshakka o‘xshagan bir ahmaq xabar chiqarar, yana bir ahmaq xazinani olgani kelar, deb poylashmaydimi? Mayli, ular bizni ahmaq deb kutishaverishsin. Kuta-kuta charchashadi. Shunda biz ishni boshlaymiz. Shunda ham lager teletaypidan chiqarmaymiz xabarni.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:05:53
— Nima qilmoqchisan, ayt, — dedi Qo‘tos.
— Hozir boshqa odam yuborishsa-chi? Bu laqmani boshqa lagerga jo‘natishsa-chi? — dedi Qo‘tos.
— Ha, shunaqa bo‘lishi aniq, — dedi Koshak. — Vaqt borida uni ham gum qilish kerak. Agar birov hiqildog‘idan olsa, gullab qo‘yadi.
— O’ldirishga shoshilma. Boylik topishni bilgan odam sen bilan menga o‘xshagan yuzta odamni laqillata olmaydimi? Cho‘michni aldadi. Balki bizni ham aldagandir? Boyligi boshqa yerdadir? Bugun o‘ldirsang, ertaga attang, deb yurasan.
— Knyaz, hamma gaplaring to‘g‘ri. Lekin chaynayotgan luqmangni oldirib qo‘yma, — dedi Qo‘tos ma’nodor ohangda.
Tengiz unga norozi qiyofada bir qarab qo‘ydi. «Politbyuro» ahli undan uzil-kesil qaror kutayotgan edi. U biroz o‘ylangan bo‘ldi-da, o‘rnidan turib, ahdini ma’lum qildi:
— Ovqatni qanday chaynab, qanday yutishni o‘zimga qo‘yib beringlar. Hali hech bir kavkazlik og‘zidagi luqmasini birovga oldirib qo‘ymagan. Dunyo turgunicha shunday bo‘lib qoladi!
«Politbyuro» berkitilgan boylik va boylik egasining taqdirini hal qilayotganida Nuriddin bilan Tursunali o‘zaro munosabatlarini oydinlashtirayotgan edilar. Aniqrog‘i, Nuriddin oydinlashtirayotgan edi. Bu ovloqda bir-birlarini ko‘rganlarida hali notanish bo‘lsalar ham suyunib ketishgan edi. Harholda begonalar orasida hamyurtlarning bir-birlariga dalda bo‘lishi yaxshi-da. Kunlar, haftalar o‘tgani sayin fe’li, tabiati, dunyoqarashi turlicha bo‘lgan bu ikki mahbusning dastlabki suyunchlari so‘na bordi. Ayniqsa, Nuriddinda bu odamdan uzoqlashish istagi tug‘ildi. Tursunalining ham bu mag‘rur yigitga da’vosi ko‘payib borayotgan bo‘lsa-da, lozim paytda himoya qila olishi mumkinligi sababli undan nari ketishni xohlamadi. U «O’zbekning kichigi bo‘lgunicha kuchugi bo‘lgin», degan maqolni bu yerda ham amal qilishini istar edi. U avvaliga Nuriddinni «tug‘ishgandan a’loroq ukamsan», deb izzat qilib yurdi. Keyinroq «aka»lik martabasi kamlik qilib, «xojalik»ni da’vo qila boshladi. U hordiq chiqarish paytlarida o‘zining mavqei, shon-shuhrati haqida, shu shuhrati oqibatida ko‘p dushman orttirgani va tuhmat bilan bu baloga uchragani to‘g‘risida gapirardi. Shaharda hali ham baland martabali akaxonlari, og‘aynilari borligi, Nuriddin ozodlikka chiqqach quchoq ochib kutib olajaklarini tez-tez pisanda qilardi. Bora-bora bu gaplar Nuriddinning me’dasiga tegdi. Pisanda soyasida «Sen menga hozir sidqidildan xizmat qilaver, ozodlikka chiqqaningdan keyin mening valine’matlarim seni panohlariga olishadi», degan ma’no yashiringanini ham fahm etdi. Shu bois Tursunalining hasrat daftari ochilishi bilan bir narsani bahona qilib, turib ketadigan bo‘ldi. Tursunali buni sezdi-yu, «bilagida kuch bor-u, boshida aqli yo‘q bu bolaning», degan hukmga keldi. Dorulomon kunlari bo‘lganda-ku, bu «boshida aqli yo‘q bola»ni sariq chaqaga ham olmas edi-ya! Bu ovloqda suyanadigan boshqa odami bo‘lmagani uchun chidadi. Hatto bir kuni Nuriddin «Aka, yukni hadeb menga yuklayvermang, aravangizni o‘zingiz ham torting-da, judayla o‘ligingizni tashlab oldingiz», deb qo‘rslik qilganida ham tishini tishiga qo‘ydi. Bunga o‘xshagan «manqa yigitlar» ilgari ostonasida sarg‘ayib o‘tirishardi. Bu esa...
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:06:01
«Politbyuro» ish boshlaganida qamoq lagerining tobelari kechqurungi ovqat bilan qorinlarini aldab, yotar joylarga tarqalayotgan edilar. «Qorinlarini aldab», deyilishining boisi — oshxonada alyumin kosalarga suzib beriluvchi suyuqlikning nomigina «ovqat» edi. Tursunaliga o‘xshab umri maishatda o‘tganlarning oshqozonlari bunday aldovga chiday olmasdan qiynalardi. Xullas, navbatdagi aldovdan so‘ng nazoratchi mayor dam olish umidida chiqib ketayotgan Tursunali bilan Nuriddinni to‘xtatib, «idish-tovoq yuvishga o‘tlaring», deb buyurdi. Agar «nima uchun biz yuvishimiz kerak?» deb e’tiroz bildirilguday bo‘lsa, bu kamlik qilib, tuni bilan ishlab chiqishlari mumkinligini bilganlari uchun, mulla mingan eshak holida buyurilgan ishni bajarishga kirishdilar. Nuriddin uchun bunday yumushning og‘irligi ham, malolligi ham yo‘q, u bundan battar yumushlarni bajaraverib o‘rganib ketgan. Tursunali uchun esa mazkur holat xorlikning bir ko‘rinishi edi. Shu sababli nazoratchi sal nari ketishi bilan diydiyosini boshladi:
— Bu dunyoda adolat deganning o‘zi yo‘q, — dedi u ming‘irlab. — Kun bo‘yi ishlab berganim kammi bunga? Shunaqa paytda Xudodan ham xafa bo‘lib ketaman. Men xalqning noni butun bo‘lsin, deb tunu kun tinim bilmas edim. Terim paytida haftalab uyga kelolmas edim...
Tursunali shu tarzda yana eski ashulasini boshladi. Nuriddin uning gaplarini eshitmaslik uchun kosalarni atayin bir-biriga urishtirib, shovqin chiqarib yuvardi. Tursunali esa buning fahmiga yetmay bitta kosani ko‘tarib olganicha likopcha ushlab, katta ashulani olayotgan hofiz kabi turib, minQirlashini davom ettirdi. Me’daga teguvchi bu «katta ashula» oxiri Nuriddinning sabr kosasini toshirdi:
— Juda-a, ez-zib yubordingiz-da, aka! — dedi u zarda bilan. — Nuqul adolat deysiz, nuqul halollik deysiz, birovlardan talab qilasiz. O’zingizda bormikin shu adolat, shu halollik?
Nuriddin shu gapi bilan Tursunalining betiga shapaloq tortganday bo‘ldi.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:06:07
— Vey, uka, vey, Nuriddin, sizdan eshityapmanmi shu gaplarni, a? Biz kimmiz axir, adolatsizlik qurbonlari emasmizmi?
— Meni o‘zingizga tenglashtirmang. Sizning yo‘rig‘ingiz boshqa. Adolat bilan halollikni hamma gapirganida ham siz gapirmang.
— Vey, uka, siz bu gaplarni bir gapirdingiz, ikkinchi aytmang. Men siz o‘ylagan nopoklardan emasman. Hammani bir xil qarichda o‘lchamang. Men halol yashab kelgan odamman.
Nuriddin bu gapdan iljaydi. Bu iljayish zamirida zahar borligini payqagan Tursunali tutaqdi:
— Kulmang. Men sizdaqalarning qanchasini... — Tursunali «o‘ynatganman» demoqchi bo‘ldi-yu, mavridi emasligini bilib, gap maromini burdi: — Sizdaqalarning qanchasiga yordam berganman, o‘qitganman, hunar o‘rgatganman.
— Aka, — dedi Nuriddin qo‘lini kir sochiqqa artib, — bu gaplarni boshqaga aytsangiz ham menga aytib, ovora bo‘lmang. Men qishloqda o‘sgan bolaman. Sizga o‘xshagan «direktor buva», «rais buva»larning qiliqlarini juda yaxshi bilaman. Siz butun dunyoni aylanib bittagina halol raismi yo direktornimi topib, menga ro‘para qiling, agar u chindan halol bo‘lsa, men kallamni shart uzib, qo‘lingizga tutqazayin.
«Kallangni pishirib ye», dedi o‘zicha Tursunali. Bahs o‘zining foydasiga hal bo‘lmasligini anglab, unga javob bermay, qo‘lidagi kosani yuvmoqqa kirishdi. Shu onning o‘zida hisob-kitobni roslab olmoq ahdidagi Nuriddin esa, «hujum»ni davom ettirdi:
— Halollik deysiz. Qaysi rais, qaysi direktor amalga bepul o‘tiradi? Siz sarf-xarajat qilmaganmisiz? Keyin raykomlaru obkomlarning tomog‘ini moylab turmaganmisiz? Qaerdan olardingiz? Halol odam topa oladimi shuncha pulni? «Terim paytida haftalab uyga bormas edim», deysiz. To‘g‘ri, bormas edinglar. Sizlarning shtablaringiz bo‘lardi, a? Tunlari paxta punktlarida qiladigan ishlaringni qilib olardilaring. Men ketmonchining o‘g‘liman. Esimni taniganimdan beri qo‘limda ketmon. Lekin birimiz ikki bo‘lmagan sira. Plan yuz ellikdan pastga tushmagan, ammo cho‘ntak pul ko‘rmagan. Siz aytgan adolat shumi? Halollik shumi? Bu yerdagi o‘g‘rilar nima uchun sizga yopishib qolishdi? Tuhmatga uchragan odamga ular tegishmaydi. Qaytaga himoya qilishadi. «Halol»dan topganingiz ko‘pdirki, tinch qo‘yishmayapti. O’g‘rini qaroqchi ursa shunaqa bo‘ladi.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:06:14
— Vey bola, sen haddingni bil! O’g‘rilaringga qo‘shib iningga kirg‘izvormayin tag‘in! — Tursunali shunday deb kosani otdi. Nuriddin kosani kafti bilan bir urib, nariga uchirib yubordi.
— Ana, haqiqat istaysiz-u, haq gapga chiday olmaysiz.
— Shunaqami? Men haromxo‘rmanmi? O’g‘rimanmi? Sen o‘zing-chi? Kimligingni bilmaymanmi?
— Kimligimni yashirmayman, qilgan ishlarim uchun uyalmayman. Men bir ablahni o‘ldirdim. Bu yerda yana bittasini o‘ldirdim. Ular tirilib qaytib ro‘para bo‘lishsa, baribir yana o‘ldirardim. Bu yo‘ldan qaytmayman. Bilib qo‘ying: men siz kabi odamlardan nafratlanaman. Sizga o‘xshaganlardan bu yerdagi o‘g‘rilar ming marta yaxshiroq. Ular o‘g‘irlaydilar, talaydilar, kerak bo‘lsa o‘ldiradilar. Lekin sizlarga o‘xshab «Pokman!» deb miyani achitmaydilar. O’g‘riliklarini tan oladilar. O’g‘ri ekanliklari bilan faxrlanadilar. Siz-chi? Hamma yog‘ingiz shaltoq bo‘lib yotibdi-ku, yana poklikdan, adolatdan gapirib, boshni qotirasiz. Agar ochiqlikda duch kelib shu afsonalaringizni aytsangiz, betingizga tupurvorardim, aka. Bu yerda noilojlikdan salom-alik qilyapman. Atrofdagilar ikki o‘zbek bir-biri bilan chiqishmas ekan, deyishlaridan hijolatdaman. Bu yerda yana bir kun birga bo‘lamizmi yo bir yilmi, mayli, aka-ukadek yuraveraylik. Faqat mening oldimda o‘zingizni pok ko‘rsatishga tirishib jig‘imga tegmang, aka. Men to‘g‘ri o‘sgan bolaman. Tilim zahar bo‘lsa ham to‘g‘risini aytib qo‘ya qolaman. Endi kosalarni men yuvay, siz toza suvda chaya turing. Ishlamayotganingizni ko‘rsa baloga qolasiz.
Nuriddin shunday deb yana ishga kirishdi. Tursunali uni g‘ajib tashlagisi keldi-yu, noilojlikdan mushtumini qattiq qisishdan o‘zga chora topmadi. Tengizning gaplaridan so‘ng Tursunali uchun qizlarining tashvishi yetarli edi. Begona bir yigitning tilidan o‘zi haqidagi haqiqatni eshitish og‘ir bo‘ldi. O’sha tun bir chimdimgina uyqusida Nuriddin bilan olishib chiqdi. Keyingi to‘rt-besh tun ham shunday kechdi. Bir haftadan so‘ng «sovub» bu taqdiriga ham tan berdi.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:06:25
DUSHMAN

Samandar hushiga kelib, qaerda yotganini anglay olmadi. Uyiga kirgani... Nafisa... Begona erkak... bular nima, tushmi edi? So‘ng Moskvaga kelgani, Kremldagi suhbat... Mehmonxona... Kimdir keldi, nimadir dedi. Kim edi? Nima dedi? Keyin-chi?
Xonadagi anjomlarga qarab, shifoxonada yotganini angladi. Shifoxonaning yoqimsiz hidi ko‘nglini aynitib, o‘qchiy boshladi. O’qchuq ovozini eshitgan hamshira shoshilib kirib, unga idish tutdi. So‘ng vrach paydo bo‘ldi. Tomirini ushlab, mijjalarini qayirib ko‘rgach, hamshiraga qisqa, ammo buyruq ohangida ko‘rsatmalar berdi. Shundan so‘ng Samandar undan «qaerdaman?» deb so‘rab, harbiylarning markaziy shifoxonasida ekanini bildi. «Soppa-sog‘ edim-ku, bu yerga qanday kelib qoldim?» deb o‘ylab, ajablandi. Savoliga javob topa olmay vrachdan «nega bu yerdaman?» deb so‘radi. Vrach unga qarab, bosh chayqadi-da: «Bekordan bekorga o‘lib ketmasligingiz uchun shu yerdasiz», dedi. «O’lib ketmaslik uchun? — yanada taajjublandi Samandar. — Nega o‘lishim kerak?» Bu savoliga o‘zi ham javob topa olmay yana vrachdan so‘radi. Vrach yana bosh chayqadi: «Ba’zan shunaqa bo‘lib turadi,— dedi u. — Odam o‘zi bilmagan holda o‘lim jari yoqasiga borib qolishi mumkin. Siz qariyb jarga qulagan edingiz. Tortib oldik» «Tortib oldik?.. Nega qulayman? Nega tortib oladi?..» Javobsiz savollar ko‘p edi. Biroq vrach u bilan hamsuhbat bo‘lishni istamay, tashqariga chiqdi. Uning topshirig‘i bilan chiqqan hamshira yana uch hamkasbi bilan kirib keldi-yu, Samandar uchun azobli daqiqalar boshlandi. «Agar jardan tortib olishi shunaqa azob bo‘lsa, o‘lib ketaverganim ming marta yaxshi edi», deb o‘yladi. Uning ichaklarini yuvaverib holdan toydirib yuborishdi. Bu jarayon yana ikki kun davom etib, surobi to‘g‘ri bo‘lib qoldi. Uchinchi kuni Bazarov yo‘qlab keldi.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:06:32
— Ha, Gorinich, ahvol qalay? — dedi u. Keyin Samandarning kirtaygan ko‘zlariga qarab kuldi: — Bo‘ladiganing bo‘lib qolibdi-ku? Eplolmasang nima qilarding ichib? Kelib-kelib Medvedevga hamshisha bo‘lasanmi? Sen «Volga» daryosini simirib tashlagan zmey Gorinichni eshitganmisan? Medvedev aroqni xuddi o‘sha daryoday simirib to‘ymaydigan Gorinichlardan.
— Medvedev? Kim u? — dedi Samandar uning gaplarini tushunmay.
— Hali kim bilan ichganingni bilmaysanmi? General Medvedevni eshitmaganmisan? Qiziq, u ham seni eslay olmadi. Lekin aytib qo‘yay: agar u bilan teppa-teng ichgan bo‘lsang — yomon emassan. Seni qahramonlikka tavsiya etish mumkin. Yana u bilan ichishsang ehtiyotroq bo‘lgin, yana qahramonlikni o‘lganingdan so‘ng olib yurmagin. — Bazarovning keyingi gapi piching aralash hazil ohangida aytilgani bilan, zamirida ozgina po‘pisa ham mavjud edi. — Xo‘p, bo‘lar ish bo‘libdi. Qalaysan endi? Turib, yura olasanmi?
— Siz meni o‘limtik odamga chiqarib qo‘ydingizmi? — dedi Samandar norozi ohangda. — Hech qaerimda og‘riq yo‘q, shikoyatim ham yo‘q, nimaga yotibman bu yerda o‘zi?
— Ichingni tozalashibdi, endi qoningni ham tozalashlari kerak ekan. Yana uch-to‘rt kun yotadiganga o‘xshaysan.
— Ishlarimiz nima bo‘ldi?
— Ishlarimizmi? — Bazarov mug‘ambirona jilmaydi. — Ha, durust, esing joyida ekan, ishlarimizni unutmabsan. Ishlarimiz — besh, og‘ayni, bundan battar bo‘lishi mumkin emas. Sen adashmagan ekansan. O’sha yerda chindan ham yadro sinovi o‘tkazilgan. Hozir hukumatning rasmiy bayonoti tayyorlandi. Bugun-erta e’lon qilinishi kerak. Shtatlarning popugi sal pasayadigan bo‘ldi. Indalmasa da’volari osmon baravar edi. Shunaqa, oshna, sen yengding. Baygildin senga alohida salom aytdi. Moslamani kuchaytirish haqidagi taklifing ham o‘tadigan o‘xshab turibdi.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:06:39
— Hindqushga o‘rnatish-chi?
— Bu taklif o‘tmasa kerak. Afg‘onistondan askarlar olib chiqib ketilsa-yu, Hindiqushga harbiy kuzatuv markazi qurilsa, aqlsizlikning o‘zi-ku, bu? Kremlni ishontirdik shekilli.
— Viktor Bazarovich, men o‘n-o‘n besh kun Moskvada qolishim mumkinmi?
— Nima qilmoqchisan?
— Doktorlik dissertatsiyamga javob bo‘lmayapti. Bir shug‘ullanib ko‘rsammikin, devdim. — Samandar shunday deb nigohini olib qochdi. Tabiatan yolg‘ondan hazar qiluvchi bu odam ayni choqda asl maqsadini — uydagi fojiadan sal yiroqroqda yurish istagi borligini yashirmoqchi edi.
— Be, boshingni qotirmasangchi! — dedi Bazarov qo‘l siltab, — Senga shu diplom zarurmi hozir. Sen yuzta fan doktorining ishini bir o‘zing qilib o‘tiribsan. Shuning o‘zi yetarli emasmi?
— Harholda...
— Ha, kerak, diplom ham kerak. Lekin sen shoshilmay tur. Men bu ishlarning hammasidan xabardorman. Sening bu ishlaring bilan ba’zilar qiziqib turibdi. Shuning uchun ham himoyang masalasi noaniq muddatga surilgan. Shuning uchun hozircha uyingga qaytaver. Ha, aytmoqchi oila a’zolaring tinchmi?
Samandar bu savolni eshitib yengil titradi-yu, yana ko‘zlarini olib qochdi. «Nega so‘rayapti? Xabar topganmi?», deb o‘ylab dovdiradi.
— Sen bu yerga kelishingda uyingga kirmaganmiding? — deb so‘radi Bazarov unga sinovchan tikilib.
— Yo‘q, yo‘q, — dedi Samandar, — to‘g‘ri kelaverganman.
— Yaxshi. Bizga xabar berishdi: xotining kasal emish. Bolalaring bormidi?
— Yo‘q...
— Yaxshi...
«Yaxshi? Nimasi yaxshi? Nega surishtiryapti? Xabar berishgan... Xabar berishgan...»
   
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:06:47
Samandarning ruhida sarosima boshlanganini Bazarov sezdi. U hali fojiadan bexabar edi. Bilgani: Samandarning xotini o‘ldirilgan. Bazarov unga achinib, ko‘nglini ko‘taruvchi gap izladi. Tabiatan qo‘pol muomalali bo‘lgan generaldan qalbni yumshata oluvchi, taskin bera oluvchi gapning chiqishi mushkul edi.
— Menga qara, u yerda dushmanlaring borligini bilasanmi? — dedi u xuddi tomdan tarasha tushganday tarzda.
«Dushman? Qanaqa dushman?» Ruh po‘rtanasidagi sarsari Samandarga bu savol g‘alat tuyulib, Bazarovga savol nazari bilan qaradi.
— Nima, dushmanlaring yo‘qmi? — dedi Bazarov.
— Qanaqa dushman? Men birovga yomonlik qilmaganman?
— Dushman orttirish uchun birovga yomonlik qilish shart emas. Aqlli bo‘lsang kifoya, daraxtning tagidan o‘tsang ham tepangdan dushman yog‘iladi. Agar bilsang, aql ham bir balo, boshqalarda kuchli rashk uyg‘otadi. Rashk esa tuppa-tuzuk do‘st odamni dushmanga aylantiradi. Men sinaganman: senlarda shunaqa kasallik kuchli. Bizlarda ham bor-u, ammo unchalik emas. Senlar bir odamning orqasidan qora chaplab yozishni yaxshi ko‘rasanlar.
«Bu kasal millat tanlamaydi, hammada bor», — deb o‘yladi Samandar. U hozir bu mavzuda bahslashishni istamas edi. Shu sababli fikrini ochiq bayon qilib, hamsuhbatiga e’tiroz bildirmadi. «Gapini kalta qilib chiqib keta qolsa edi», deb umid qildi. Bazarov esa bu sukutni fikrining tasdig‘i sifatida qabul qilib, xotirjam tarzda gapini davom ettirdi:
— Bilaman, sen «boshqalar ham xuddi shunday», deyishing mumkin. Lekin yanglishasan. Masalan, gruzinlar, armanilar, latishlar bunday qilishmaydi. Kotrikadzeni bilasan, a? O’zi yomon olim emas. Lekin, to‘g‘risini aytsam, ishi Davlat mukofotiga arzimaydi. Nomzodi quyiladigan bo‘lganda men shaxsan qarshi bo‘lganman. Lekin Gruziya tomondan shunday himoya dovuli yopirildi-ki, oxiri oldi o‘sha mukofotni. Bultur seni mukofotga o‘zimiz tavsiya etdik. O’zbekistondan shunday qarshilik dovuli yopirildiki, oxiri ololmading. Hatto Vasiliy Ignatevich ham ajablanib, hech nima qilolmay qoldi. Yana mukofotga nomzoding qo‘yilganini tor doiragina bilardi. «Ochilov — Davlat mukofotiga nomzod», deb matbuotda e’lon qilinsa, bilmadim, nima bo‘lardi? Nega shunaqasanlar, a? — dedi Bazarov norozi ohangda bosh chayqab.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:06:55
— Bilmayman, — dedi Samandar g‘udranib. Hozir uni mukofot ham, dushmanlari ham qiziqtirmas edi. Gapning bu tarzda kalta qilinganini Bazarov yana bosh-qacha tushundi:
— Sen bilmasang men bilamanmi? Men tushunmayman, Ochilov, bitta xotinni qo‘yib, ikkinchisini olishning ilmiy ishga nima dahli bor? Seni «qoloq feodal» deb yozishdi. Shaxsan menga kashfiyot muhim, ilm muhim. Kashfiyotni feodal qiladimi, burjua qiladimi — farqi yo‘q. Dushmanlaring uchun esa bu muhim, juda muhim. Senlarda bosh konstruktorning ikkinchi xotinni olishga sira haqqi yo‘q. Esingdami, Sharifxo‘jaev deganning dissertatsiyasi uchun kuyib yurgan eding. «Do‘stim», deb menga tanishtirganding. Seni hurmatingni qilib, unga yordam beruvdim. Esing-da, a?
— Esimda.
— Xo‘p, bilib qo‘y endi: o‘sha «do‘sting» ham yozgan edi. «Bu kashfiyot faqat Ochilovniki emas», deb yozibdi. Menga emas, to‘g‘ri SKga yozgan. Nima men ahmoqmanmi yoki Baygildin ahmoqmi? Kashfiyotda ilmiy guruhning xizmati borligini bilmaymizmi? Lekin boshsiz tana nima qila olishi mumkin? O’sha Sharifxo‘jaeving bu tanada kim? Bir barmoqmi? Yoki bir tukmi? Dushmanim yo‘q, deysan-a! Menga qara, balki Moskvaga butunlay ko‘chib kela qolarsan, a?
— Moskvaga? Nima qilaman bu yerda?
— Nima qilarding? Ishlaysan. Sharoit yaratib beraman. Ochig‘ini aytsam, Baygildin bilan shu maslahatni pishirdim. O’ylab ko‘r.
— Bu yerda aqllilik balosi yo‘qmi?
— Bor, to‘g‘ri, ammo senlardagi darajada emas.
— Bu yerga kelsam, u yerdagi ilmiy guruh tarqatiladimi?
— Shubhasiz. Ammo yaxshi odamlaringni olib kelishing mumkin.
— Yo‘q, u yerda hozir kuchli ilmiy guruh to‘plangan. Bitta-ikkita ahmoqni deb tarqatib yubora olmayman.
— Ahmoqlik qilyapsan, bilib qo‘y. Sen bu yerda eng kuchli guruhni tashkil etishing mumkin. Istagan odamingni, istagan respublikadan chaqirtiramiz. Moskva markazidan joy bersak, har qanday olim ham uchib keladi. Yo‘q, deyishga shoshilma.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:07:02
— Xo‘p, — dedi Samandar suhbatga yakun yasash uchun. Bazarov esa buni rizolik alomati deb tushunib, yelkasiga urib qo‘ydi:
— Mana bu boshqa masala. Sen uyingga borib kelaver. Qolgan ishlarni menga qo‘yib ber.
Bazarov shu gaplarni aytgach, xotirjam ravishda o‘rnidan turib xayrlashdi. U ketgach, Samandar o‘zini tamoman yo‘qotdi: xotini kasal... dushmanlari bor... Moskvaga ko‘chib kelish... Generalning gaplari chiroqqa urilgan parvonalar kabi xayollarini to‘zitib yubordi. «Nima qilardim uyga kirib, to‘g‘ri kelaversam bo‘lmasmidi?» deb o‘zini o‘zi koyidi. Uydagi manzara ko‘z oldida gavdalanib, haykal kabi qotdi. Kirib kelgan hamshiraga ham ruhsiz tarzda qarab qo‘ydi. Bilak tomiriga sanchilgan ignaga ham parvo qilmadi. O’ylay-o‘ylay «general balki to‘g‘ri aytayotgandir, Moskvaga ko‘chib kelganim ma’quldir», degan fikrda to‘xtaldi. Bu fikr bora-bora qarorga aylandi. «Oila, bola-chaqa menga nasib etmagan ekan, Xudo menga faqat ilm bergan ekan, oilam bo‘lmaganidan keyin shu yerda qolaverganim ma’qul...» Yana ikki kun shu qaror atrofida taraddudlanib, uchinchi kuni Bazarovga telefon qildi-da, ahdini bildirdi. Bu orada muolaja yakun topib, uni harbiy aerodromga kuzatib qo‘ydilar.
Aniq bir qaror bilan qaytayotgan Samandar Omonulloning intiq kutayotganidan bexabar edi.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:07:14
NOMUS

Omonullo shaharga qaytmay, avtobusga o‘tirib Toshboltaning qishlog‘iga yo‘l oldi. Adolatning «xotinini urib o‘ldirgan», degan gapi unga yana bir muammo eshigini ochib bergan edi. Depara markaziga, so‘ng ichki ishlar vakili hamrohligida qishloqqa borgunicha qosh qoraydi. Nafisaning fojiali o‘limi haqidagi mish-mishlar bilan yashayotgan qishloq militsiya xodimlarining surishtirib kelishganidan o‘sha zahotiyoq xabar topdi. «Ikkita milisa surishtirib kelibdi», degan xabar qishloqning narigi boshiga yetguncha «ikki moshin to‘la milisa bosibdi», degan vahimaga aylanib, Yigitali yashaydigan ko‘cha jonlanib qoldi. Hangoma-talablar hovliga kirishni istadilar-u, ammo darvoza ostonasida turgan yigitga yo‘liqib izlariga qaytdilar. Biroq bu xonadondan uzoqlashmadilar. Ularning nazarida hozir bu uyda «bir nima» sodir bo‘lishi kerak edi. Ular ana shu «bir nima»dan quruq qolmaslik uchun ham shikordagi ovchi misol sergak turdilar. Bu qiliqlari uchun ularni ayblash noo‘rindir. Qishloqda har oydami, har yildami bir juvon o‘ldirib ketilsa, surishtirib milisa kelib-ketib tursa, boshqa gap edi.
Odamlar «bir nima sodir bo‘lishini» behuda kutdilar. Ichkarida hech qanaqa g‘alati voqea yuz bermadi. Balki Omonullo bilan Yigitalining oddiy savol-javoblari bo‘lib o‘tdi. Omonullo gapni uzoqdan boshlamadi. O’zini qiziqtirayotgan muammolarni yecha olishga xizmat qiluvchi savoldan boshlab qo‘ya qoldi:
— Jiyaningiz... Boltaeva bu yerga tez-tez kelib turarmidi?
— Yo‘q...— dedi Yigitali shop mo‘ylovini silab,— onam rahmatli hayotliklarida kelib-ketib turguvchi edi. Keyin oyog‘ini torta qoldi. Erga tekkanidan ke-yin hecham kelmadi. Eri qo‘ymadi shekilli-da.
— Erini taniysizmi, ko‘rganmisiz?
— Yo‘q, ko‘rmaganman. To‘yidan bexabar qog‘onmiz. Toshbolta qishloqdan hech kimni aytmagan. Azaldan fe’li chatoqroq shu bolaning.
— Singlingizni... — Omonullo «urib o‘ldirganmi?» deb so‘ramoqchi bo‘ldi-yu, tilini ehtiyot qilib boshqacha tarzda so‘radi:—... biron kasal bo‘lganmidi?
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:07:21
— Singlim kasalmasidi. Shu Toshbolta xunasa bir kuni deng, kelib uribdi-da. Men yo‘g‘akanman. Bor bo‘g‘animda o‘zining jig‘ini ezibla qo‘yardim-a. Bu xunasa ichishni evlolmasidi. Ichdimi, tamom, ishkalning uyasini kavlardi-da. Qattiq urganidan singlim bechoraning ichagi uzilib ketibdi. Do‘xtir shunaqa degan.
— Qamalishining sababi boshqa-ku?
— Ha-da, biz da’vo qilmadik-da. O’shanda bir nima deb qo‘ysak umri qamoqda chirirdi. Shu Nafisani debla uni ayadik. Aslida Toshbolta o‘shanda tuhmat bilan ketdi, Xudoning urgani shu, shuning o‘zi yetarli, dedik. Ayamasdan ottirvorsak bo‘larkan. Yo‘q bo‘lib ketovursa Nafisaning boshiga bu balolar ham yog‘ilmasidi.
— Nega?
— Nega bo‘lardi? O’zim tarbiya qilardim. Shu qishloqlik quling o‘rgulsin yigitga erga berardim. Shaharga yubormasidim. E, endi gapirganning foydasi yo‘q, — Yigitali shunday deb qo‘l siltadi.
— Toshbolta akani tuhmat bilan ketgan dedingizmi?
— Ha-da, u traxtorini to‘g‘ri yo‘ldan haydab borgan. «Jiguli»dagi xunasaning o‘zi kelib unga urilgan. U ham mast bo‘g‘on-da. Omma-lekigin uning puli bor edi. Ishni teskari qib yubordi, qiztaloq. Buni ko‘rgan guvohlar bor edi-ku, omma-lekigin bir nima deyishga qo‘rqishdi. Menga aytishdi. Men nima, prokurormidimki, bir nima qila olsam. Peshonasida qamalish bor ekan, ketvordi. Yanayam oson qutuldi. Omma-lekigin orada qiziga javr bo‘ldi. Singlim ham ketdi, jiyanim ham ketdi, hech kim qolmadi... — Yigitali shunday deb uf tortdi-da, kaftiga bir chimdim nos to‘kib, so‘ng tilining tagiga tashlab, bosh chayqab qo‘ydi.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:07:30
— Jiyaningizning... dushmanlari bormidi?
— Iya, gapingiz qiziq, xotin kishida ham dushman bo‘lami?
— Bo‘lmaydi, deb o‘ylaysizmi?
— Bo‘lar-ku, omma-lekigin o‘ldirib ketadaQon dushmani bo‘lmasov.
— Unda kim o‘ldirishi mumkin?
— Shunisini bilmayman, uka, — Yigitali g‘o‘diranib nosni tupurdi-da, mo‘ylovini silab qo‘ydi. — Men bundaqa gaplarni biladag‘on prokuror emasman. Mening bilganim — kuni bitgan ekan, shunaqa o‘lim topibdi. Hammamiz birin-sirin o‘lib ketovramiz, dunyo esa orqamizda qolovradi.
— Jiyaningiz avvalgi sovxoz direktori bilan yaqin bo‘lgan ekan, shuni siz bilarmidingiz?
— Kim aytdi? Toshboltanikiga boruvdingizmi? Ha... unda ashi shaytonning urg‘ochisidan eshitgansiz. Bekorlarni aytibdi u shilta! Bizdi urug‘dan bunaqasi chiqmagan! — Yigitali shunday deb shart o‘rnidan turdi-da, xuddi to‘nning etagini qoqayotgandek soniga urib qo‘ydi. Omonullo uning bu holatidan ajablanmadi. Jiyanining axloqi xususida bunday noxush gap eshitgan har qanday tog‘aning g‘azablanishi tabiiy. Tag‘in ham Omonullo «yaqin bo‘lgan ekan», deb pardalab aytdi, agar «o‘ynashi ekan», degandami, bu chapanisifat odam qay holga tushardiykin? Yon-atrofdagilarga so‘z bermay yuruvchi erkak nomussizlik ko‘lankasida qolguday bo‘lsa chidashi nihoyatda qiyin. Jiyanining, hatto o‘z farzandining o‘limiga chidar, «taqdir ekan», deb o‘zini yupatar, ammo nomussizlik tamg‘asini ko‘tarishga har qanday baquvvat bel ham chidamas. Yigitali jiyanining qadam olishini bilmasdi emas, bilar edi. Ular yashayotgan sovxoz dunyoning narigi chekkasida bo‘lsa ekanki, gap-so‘z yetib kelmasa. Unda birov aksirib yuborsa, yonidagi «sog‘ bo‘ling», deyishga ulgurmay aks-sadosi qishloqqa yetib keladi. Yigitali bir eshitganida indamadi — «g‘iybat gap», deb o‘zini tiydi, ikkinchisiga chidadi. Uchinchisida borib jiyaniga indamadi-ku, ammo Toshboltani yoqasidan oldi. Tuprog‘i ko‘pchib yotgan ko‘chada og‘zi-burnini qora qonga belab urdi ham, yumalatib tepdi ham. Xumordan-ku chiqmadi-ya, lekin «endi tiyilar», deb umid qildi. Semirib ketgan qo‘chqorni homilador gumon qilib tug‘ib berishini kutgan odam qanchalar laqma bo‘lsa, Yigitali ham bu sohada nodon edi: shiraga o‘rgangan pashshani yaxshilik bilan qaytarish mumkinmasligini fahmlamasdi. Bora-bora g‘ishtning qolipdan ko‘chganini anglagach, jiyaniga «qishloqqa kamroq kel», deb qo‘ydi. Nafisa buvisining janozasiga kelib, yettisi o‘tgunicha turmoqchi bo‘lganida Yigitali xotinlarning visir-visirlaridan bezib, jiyaniga «Endi qizim, bu yerda turganing bilan buving tirilib qaytib kelmaydilar. Yaqinda er qilgan odamsan, uyingdan uzoqma. Endi qishloqqa kelib ovora ham bo‘lovurma. Sog‘inganimda o‘zim borib xabar olaman», deb kuzatib qo‘ydi. Shundan so‘ng u jiyanini soQinmadi, jiyan ham «tog‘am yo‘qlamayaptilar», deb xavotirlanmadi. Yigitali jiyanining yashash joyini ham bilmasdi, bilishga qiziqmadi ham. Nafisa bilan birga o‘sgan qizining bordi-keldi qilish haqidagi gapini ham shart bo‘lib qo‘ya qoldi. Otasining fe’lini bilgan qizi istagini bir aytdi-yu, boshqa tilga olmadi.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:07:38
Omonulloning «avvalgi sovxoz direktori bilan yaqin bo‘lgan ekan», degan savoli Yigitalining yarasini tirnab qo‘ydi. U savoldan norozi bo‘lib emas, ana shu tirnalgan yara azobiga chidolmaganidan o‘rnidan turib ketgan edi. Yigitali shu savol-javobdan so‘ng tumtayib oldi. Buni sezgan Omonullo ezmalanib o‘tirmadi. Soatiga qaradi-da, kechki poezdga ulgurish maqsadida o‘rnidan turib, xayrlashdi.
Tongda poezddan tushib, yuvinib, kiyimlarini almashtirish niyatida uyiga bordi. Qaynonasi yuvib-dazmollagan ko‘ylaklarni javondagi ilgichlarga ilib, uyni yig‘ishtirib, stol ustidagi kaftdek qog‘ozga qisqagina maktub yozib qoldirgan ekan: «Fotimangiz telpon qilib, salom aytdi. Ishlari tezlashyaptiykan. Dadangiz ikki-uch kelib-ketibdilar. Xavotir olyaptilar». Keyingi so‘zlarni o‘qib, Omonullo jilmayib qo‘ydi. Qaynona «dadangiz» deganda Omonulloning tutingan otasini nazarda tutgan, «xavotir olyaptilar», deb borib ko‘rishga da’vat qilgan edi. Tutingan otasi ulardan to‘rt eshik narida turadi. Uni borib ko‘radigan bo‘lsa, qaynota-qaynonani yo‘qlashi ham tabiiy. Qaynonasi «biznikiga kirib o‘ting», demay, chiroyli tarzda maqsadni bayon qilib ketgan edi. Ona mehriga zor o‘sgan Omonullo yumshoqko‘ngil, shirinmuomala qaynonasini kuyov emas, chin o‘g‘il muhabbati bilan izzat qilardi. Qaynonasi esa onalik mehrini bergan edi. Omonullo bilan Fotima orasida jiddiy to‘qnashuv bo‘lmasa-da, ikir-chikir masalalarda ham doimiy ravishda kuyovining yonini olib, qiziga qarshi turardi. Shunaqa paytlarda Fotima «Oyi, men qizingizmanmi yo keliningizmanmi?» deb kulardi. Qaynotasining ezmaligi yoqmasligini hisobga olmaganda Omonullo uni ham yaxshi ko‘rardi. Vaqti bemalol bo‘lsa, gaplarini indamay eshitardi. Ba’zan o‘tirgan yerida mizg‘ib ham olardi. Qaynotasining eng yaxshi odati — «men shuncha gapirdim-ku, hamsuhbatim indamadi-ya», yoki «gapimni yoqtirmay uxladi-ya», deb sira ranjimasdi. Omonullo salom berib «Qalay ada, yaxshi yuribsizmi?» deyishga ulgursa ulgurdi, ulgurmasa jim o‘tirishga hukm bo‘lardi. Qaynotasi gapira-gapira xumordan chiqardi-yu, mehmon ketgach, xotinining dashnom o‘qlariga uchrab yana kamgap, «mo‘‘min»ga aylanardi. Fotima ba’zan gapga tushib ketsa Omonullo «Ha, ota qizi!» deb tegajoqlik qilib, uning jig‘iga tegishni yaxshi ko‘rardi.
   
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:07:55
Omonullo bugun ishdan barvaqtroq chiqib, ularni yo‘qlashni ko‘ngliga tugib, choy qo‘yib ichdi-da, xizmatga yo‘l oldi. Yo‘l-yo‘lakay prokuraturaga kirib, Mels Xo‘jaevga uchradi. Safarga ketishdan avval ko‘rishganida bu kibor yigit uni lol qoldirgan edi:
— Aka, siz haqingizda men ko‘p yaxshi gaplarni eshitib, xursand bo‘ldim, — degandi. — Men bu sohada yangiman. Tajribam yo‘q, bilimim ham yetarli emas. Lekin shu ishni yoqtiraman. O’zim xohlab tanlaganman. Menga ish o‘rgating, iltimos, ish buyuravering.
— Ishni prokuratura buyuradi bizga, — degan edi Omonullo piching ohangida.
— Shunaqa demang-da. Odamlar «falonchining o‘g‘li» deb menga havas qilishadi. Aka, bilsangiz shu narsa meni ko‘p qiynaydi, menga ko‘p zarar beradi. O’qishda ham uchib yurib o‘qidim. Ba’zi domlalar ko‘ngil uchun ham so‘rab qo‘yishmasdi. Bu yerda ham qiynagilari kelmaydi. «Falonchining o‘g‘li» bo‘lganim uchun men aybdor emasman-ku? Qachongacha uchib yuraman. Bir kunmas bir kun qo‘nganimda nima degan odam bo‘laman?
Omonullo taajjubini yashirmay unga tikilib qolgan, Mels Xo‘jaev ham «gapim — gap!» deganday tik qaragan edi.
Omonullo unga Samandar Ochilovga tegishli yangi fikrlarini aytib, ekspertiza xulosalarini bayon qildi. Mels Xo‘jaev harbiy prokuror orqali bitadigan navbatdagi ishlar bilan shug‘ullanishga va’da bergan edi. Omonullo safar xulosalarini bayon qilgach, u «biz ham bekor o‘tirmadik, aka», degan ohangda hisobot bera boshladi:
— Shaxsan okrug harbiy prokurori bilan gaplashdim, — Mels Xo‘jaev bu gapni bolalarcha zavq, bolalarcha g‘urur bilan aytib, xuddi olqish kutganday Omonulloga qarab qo‘ydi. «Chakki emassan», deb o‘yladi Omonullo, biroq, bu gapni tiliga ko‘chirmadi. Mels Xo‘jaev yana shu zavq bilan gapini davom ettirdi: — Ochilovni kuzatib borgan polkovnik bilan suhbatlashganingizdan okrug harbiy prokurorining xabari bor ekan. U «shundan boshqa yordam berishga ojizmiz», deb aytdi. Ochilov harbiy sohaga oid ilmiy ish bilan shug‘ullangani bilan o‘zi harbiy hisoblanmas ekan. Uning qaerdaligini surishtirishga yoki bizga tutib berishga ularning haqlari yo‘q ekan.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:08:17
«Shunga aqling yetibdi, boqsa odam bo‘lasan. Qani, davom etaver-chi», deb o‘yladi Omonullo. Uning jimgina tinglashi Mels Xo‘jaevda shubha uyg‘otib, bir nafas tin oldi. «Biron nima dermikin», deb kutdi. Omonullodan sado chiqmagach, davom etdi:
— Mening amakim shunga yaqin boshqa idorada ishlaydilar. Amakim orqali Ochilovning Moskvada ekanini aniqladim. U hozir harbiy gospitalda ekan. Yaqin kunlarda qaytar ekan.
«Yaxshi, qaytaversin, kutib olamiz», deb o‘yladi Omonullo.
— Lekin biz uni kutib ololmaymiz, — dedi Mels Xo‘jaev, uning fikrini o‘qiganday, — Uni harbiylar samolyotida olib kelishadi. Samolyot harbiy aerodromga qo‘nadi.
— Biz uni o‘zining uyida kutamiz, — dedi Omonullo qat’iy ohangda.
— Men ham shunaqa deb o‘ylovdim, — dedi Mels Xo‘jaev. — Agar xohlasangiz shaxsini aniqlashtirish uchun bir odam bilan uchrashtirishim mumkin.
— Kim bilan?
— Ochilov bilan birga ishlaydigan odam. U amakim bilan maxfiy hamkorlik qilar ekan. U bilan uchrashasiz-u, ammo o‘zining kimligini surishtirmaysiz.
— O’zingiz ko‘rishmadingizmi?
— To‘g‘risini aytsam... ko‘rdim. Amakim gaplashdilar, o‘zim indamadim. Uning qotillikdan xabari yo‘q ekan. Gaplariga qaraganda Ochilovni yoqtirmaydiganga o‘xshaydi. «Jamiyat uchun zararli shaxs» deb ochiq aytdi.
— Nimasi zararli ekan?
— Ikkita xotini bormish.
— Ikkita xotinli odam jamiyatga zarar keltira olmaydi, — dedi Omonullo kulimsirab.
— Nega? — deb ajablandi Mels Xo‘jaev bu gapning chinmi yo hazil ekanini farqlay olmay.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:08:54
— Nega bo‘lardi? — Omonullo «shuni ham bilmaysizmi?» deganday kuldi. — Bunaqa odam ikkita xotinni eplash bilan ovora bo‘lib dunyoda sovet jamiyati borligini ham unutib yuboradi. Hayron bo‘lmang, hazillashdim. Agar u odamingizning gapi rost bo‘lsa, ikkita xotinli odam jamiyatga zarar keltirsa, uchtami to‘rtta xotin olganlar jamiyatga o‘t qo‘yar ekan-da. Siz to‘g‘ri fahmlagansiz: ichi qora odamga o‘xshaydi. Yana nima deydi?
— Boshqalarning ilmiy ishlarini o‘zlashtirib olar ekan. O’zini Davlat mukofotiga qo‘yib, ololmabdi.
— Bo‘ldi, tushunarli. U bilan hozir gaplashmasak ham bo‘ladi. Zarurat bo‘lsa, keyinroq uchrashamiz.
— Siz... Ochilovning birinchi xotini bilan ko‘rishdingizmi?
Omonulloning shunday rejasi bor edi. Biroq, prokuratura xodimining jig‘iga tekkisi kelib atay:
— Shartmi? — deb so‘radi.
Mels Xo‘jaev Omonulloning quvlik qilayotganini sezib, yelka qisib qo‘ydi-da, ranjigansimon tarzda dedi:
— O’zingiz bilasiz, men sizga buyura olmayman.
Omonullo «fikrlaringiz durust, men shunchaki hazillashdim», deb ovutmoqchi bo‘ldi-yu, «past-balandga ko‘niksin», degan xayolda indamadi. Xayrlashish uchun qo‘l uzatganda Mels Xo‘jaev unga bir parcha qog‘oz uzatdi:
— Nima bu? — dedi Omonullo ajablanib.
— Ochilovning birinchi xotini shu manzilda tu-radi, — dedi Mels Xo‘jaev, bu safar kiborlarcha boqib. Omonullo uning qarashidagi «bunisiga nima deysiz?» degan ma’noni o‘qib, jilmaygancha javob qildi:
— Qoyilman, gap yo‘q!
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:09:16
Omonullo ishxonasiga kiraverishdagi navbatchi uychasi yonida turgan Adolatni ko‘rib, ajablandi. Bu ayolning kelishiga amin ediku-ya, biroq bu qadar tez yo‘qlar deb kutmagandi. Adolat uni ko‘rdi-yu, kuyoviga peshvoz chiqqan qaynonaday jilmayib qarshi oldi. U yaltiroq ipli sariq kuylak kiyib olgan, oyog‘ida yoshlarga rasm bo‘lgan poshnali qora tufli, qoshu ko‘zlariga qalam tortgan, labiga och qizil bo‘yoq surtib olgan edi. Qilig‘i o‘ziga yarashmagan bo‘lsa-da, harholda avvalgi ko‘rinishiga qaraganda sal odambashararoq edi.
— Voy Xudoyimga shukr-ey, — dedi u salomlashgach, — kelmay qolarmikinsiz deb yuragim taka-puka edi-ya.
— Keling opa, tinchlikmi? Xo‘jayin tuzukmilar?
— Ha, yotibdi, g‘o‘ldir-g‘o‘ldir qilib. Nafisaning uyidagi mollarni olib kel, deb yubordilar.
— Ie, shunaqami, gapirayaptilarmi?
— Qayoqda? Til o‘sha-o‘sha — ketgan.
— Til ketgan bo‘lsa qanaqasiga «mollarni olib kel», dedilar?
— Voy... — Adolat tilidan ilinganini bilib sal sarosimalandi-yu, lekin sir boy bermay, o‘zini qo‘lga oldi: — til o‘lgur bo‘lmasa ham ko‘zlari ochiq-ku? Imo-ishora bilan gapiryaptilar. Shuncha yil birga yashagandan keyin ko‘zlariga qarab turib, nima demoqchi bo‘layotganlarini bilib olaman.
— Ovora bo‘lib kelibsiz, opa, mol egasiga beriladi.
— Voy, shoshmang, nachalnik uka. Men sizga bir muhim gap aytaman.
— Xo‘p, ayting.
— Bu yerda idorangiz bormi? Ko‘chada aytadigan gap emas.
Omonullo uni xonasiga boshlab kirdi. Adolat stulga o‘tirayotib tor xonaga bir razm soldi-da:
— O’ldirgan odamni qidiryapsiz-a? — deb so‘radi.
— Qidiryapmiz, — dedi Omonullo.
— Hali topmadingiz-a?
— Zehningizga qoyilman: topmadim.
   
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:09:46
— Topa olasizmi?
— Bilmadim. Harholda burun bo‘lsa, ro‘molcha topiladi, degan gap bor.
— Men sizga bir gapni aytsam, osongina topasiz.
— Shunaqami? Menga aytib o‘tirmay o‘zingiz topa qolmaysizmi?
— Oposi, siz menga bunaqa piching qilmang. Men sizga qishloqda tappi changallab yurgan savodsiz xotin emasman. Bilmasangiz bilib oling: ikki marta raysovetga deputat bo‘lganman. Bir narsani bilmasam shundan shunga ahmoq bo‘lib kelmasiydim. Yer yutkurning sirini men bilmay, yana kim bilsin?
— Yer yutkur... kim? Otasimi yo qizimi?
— Ikkoviyam bir go‘r.
— Qanaqa sir ekan, ayting-chi?
— To‘xtang, oldin kelishib olaylik. Men sizga bilganlarimni aytaman. Siz esa menga mollarni olib ketishimga ruxsat berasiz.
— Aytadiganlaringiz shunchaki g‘iybat bo‘lsa-chi?
— Voy savil, men g‘iybatchiga o‘xshaymanmi?
— Nafisa Boltaeva avvalgi direktor bilan don olishardi, devdingiz. Tog‘asi «bo‘lmagan gap», deb rad etdi.
— Tog‘asimi? Anavi mo‘ylov jinnimi? U qayoqdan bilarkan? Jiyanini abort qildirgani kim olib borgan ekan, so‘ramabsiz-da. Bir marta bo‘lsa ham go‘rga edi. Uch marta olib borganman. Men g‘iybatchi bo‘lsam Matlubadan so‘rang. Juvonmarg bo‘lgurni ko‘rdingizmi o‘zi?
— Sobiq direktorning xotinini aytyapsizmi? Borsam uyida yo‘q ekan, shaharda deyishdi.
— Voy savil qolsin, shaharda balo bor ekanmi? Uyidan atay chiqmagan. O’lguday qo‘rqadi.
— Nimadan qo‘rqadi?
— Eri qamalganidan beri rosa obiska1 qilishyapti. Anavinda ham kelib-ketishgan ekan.
— Qachon?
— To‘xtang, avval kelishib olaylik, keyin so‘rang savolingizni.
— Boltaeva!
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:10:22
— Men Boltaeva emasman, Xudoga shukr, Nizombekovaman! U yergina yutkurning familiyasiga o‘tmaganman.
— Nizombekova, bu yer sizga bozor emas. Savdolashmang. Agar bilganingizni yashirsangiz yo chalg‘itmoqchi bo‘lsangiz, qonun bo‘yicha jazolanasiz.
— Voy o‘layin, holvani hokim yeb, kaltakni yetim yeydimi endi? Birov kelib qizimni o‘ldirib ketsin-da, siz o‘ldirganni topmang-da, men jazo olayinmi? O’lmay o‘la qolsin, bu qiz o‘lgur, boshginamga bitgan balo bo‘ldi. U yoqda otasi yotibdi «ana o‘laman, mana o‘laman», deb. Bu yoqda bu kishim o‘tiribdilar «aytmasangiz qamayman», deb. Hoy, menga qarang, qamashga mendan boshqa odamingiz yo‘qmi?
— Men qamayman, demadim, jazo olasiz, deb ogohlantirdim.
— Qamayman, deysizmi yo jazo olasan, deysizmi — bir go‘r emasmi? Hech nima bilmayman, deb turib olsam-chi? Ichimdagi gapni yorib olasizmi? Undan ko‘ra molimizni berib yuboring, men sizga kerakli gaplarni aytay.
Omonullo bu shayton qamchisi bilan savdo pishishi qiyinligini anglab, telefon go‘shagini ko‘tardi-da, qo‘shni bo‘limga qo‘ng‘iroq qildi:
— Hafizxon aka, Boltaevaning uyida ro‘yxatga olingan mollarni hozir berib yuborish mumkinmi?— Omonullo shunday deb Adolatga qarab oldi. Adolat masala o‘zining foydasiga hal bo‘layotganidan mamnun holda bir qimirlab oldi. Omonullo esa suhbatini davom etdi: — Ha, odam keldi. Boltaevaning o‘gay onasi, — Omonullo «bu qo‘pol gap ta’sir qilarmikin?» deb Adolatga tikildi. Adolatda norozilik alomati sezilmadi. — Mumkin emasmi? — Shu savoldan so‘ng Adolat bir chayqalab oldi. — Ilojini qilish kerak. Eridan tilxat olib kelsa-chi? Ha, albatta, guvohlar ishtirokida. — Omonullo shunday deb go‘shakni joyiga ildi. — Tushundingizmi? Bir haftadan so‘ng tilxat bilan kelasiz. Qani, endi ayting gapingizni.
— Kecha siz ketganingizdan keyin esimga tushdi. Xotiram o‘lgur sal o‘tmaslashib qolibdi, — deb gap boshladi Adolat. Omonullo esa o‘zicha «o‘tmaslashgan aqlda o‘tkir xotira bo‘larkanmi?» deb xayolidan o‘tkazdi.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:10:28
— Uch oymi, to‘rt oymi avval Valijonni ko‘ruvdim.
— Kim u? — Omonullo shu savolni berib qog‘ozga «Valijon» deb yozdi.
— Valijonmi? Tursunalining ishongan sho‘piri. Tursunalini bilasiz, qamalib ketgan direktor. Qorang o‘chgur Matluba eri qamalsa ham ko‘chib ketmadi.
— Ko‘chishi kerakmidi?
— Eri qamalganidan keyin ketmaydimi kelgan joyiga. Bir nimadan ilinji bor u megajinning. Hozirgi direktor erining yaqin odami edi. Uyiga ham tegmadi. Nega tegmadi, bilasizmi? Yer yutkur Tursunali Nafisani surib yurganida, Matluba bu odamning ko‘ngilchasini ovlab yurgan.
— Ko‘rganmisiz?
— Nimani?
— Ko‘ngilchasini ovlaganini?
— Ko‘rib nima, men uning lozimiga qorovulmanmi, qachon yechib, qachon kiyganini poylab yuribmanmi?
— Xo‘p, bu gaplarni qo‘ying, siz Valijonni ko‘ruvdingiz?
— Ha, ko‘rdim, — Adolat shunday deb g‘ashi kelganini bildirish maqsadida bir chimirilib oldi: — Bir kuni Matluba chaqirib, to‘ppa-to‘satdan «shaharga boramiz», debdi. Valijon «ertaga boraylik, kech bo‘ldi», desa ham ko‘nmabdi. Keyin Valijon uni yer yutkur Nafisanikiga boshlab boribdi. Borishganidan keyin Matluba Valijonga «sen chiqib tur», debdi. Nafis o‘lgur esa «O’tiring, Valijon aka, choy iching, osh pishyapti», desa ham ko‘nmabdi. Xullas, Valijonni chiqarib yuborib, janjalning uyasini qo‘zg‘abdi.
— Nega?
— Unisini bilmadim. Eri qamalmasidan ilgari jimgina pisib yurardi.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:10:36
— Erining o‘ynashi borligini bilmasmidi?
— Baloni bilardi, u yergina yutkur. Qip-yalang‘och ustidan chiqib qolganida ham damini chiqarmagan.
— Unda nima uchun janjal qiladi?
— Bilmadim-u, ammo bir nima talashgan.
— Erini talashmagan xotin endi nimani talashishi mumkin?
— Nimani talashardi? Boylikni-da. Juvonmarg bo‘lgur Tursunali topganlarini yashirib ketganga o‘xshaydi. Yer yutkur Nafis oxirgi kelganida otasi bilan pichirlashib qoldi. Sekin quloq soldim. Qulog‘imga kirgani Nafis o‘lgur nimanidir «topish kerak», dedi. Keyin «o‘sha kechasi oshxona tomonga qarab yuruvdi», dedi. Keyin ikkoviyam ketdi, bilsam o‘shanda boqqa borishibdi. Juvonmarg o‘lgur boqqa nimaga boradi? Erkaksirab boradi-da. O’ynashi qamoqda bo‘lsa, er jonivor haftalab yo‘q bo‘lib ketsa... Maishatni sog‘inadi-da. Direktor o‘lgur ham bularga laqqa tusha qoldi. Qaytishganida qarasam, qulog‘ida yangi zirak, barmog‘ida qo‘sh uzuk. Naq tilla! Ko‘zlari naq javhar! Ko‘rdim-u, indamadim.
Omonullo bu gapni eshitib ekspertiza xulosalarini esladi: quloqlaridan zirak yulib olingan, barmoqlarida to‘rtta uzuk izlari bor...
— Barmoqlaridagi uzuklar ikkitamidi?
— O’zi azaldan ikkita bor edi. Bittasi nikoh uzugi, yana bittasi yoqut ko‘zli tilla uzuk edi. Bog‘dan qaytishganda yana ikkitasi paydo bo‘ldi, deyapman-ku, tushunmadingizmi? Erkak zoti ham g‘irt ahmoq bo‘ladi. Nafis o‘lgur kim edi? It g‘ajib tashlagan bir suyak edi. Shu sarqitning barmog‘iga ikkita uzuk taqasanmi? Shunaqa sarf qilar ekansan, svejiylaridan topmaysanmi?
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:10:44
Adolat yangi direktorni laqmalikda ayblab, yana bir-ikki gap aytdi. Omonullo esa yangi direktor bilan bo‘lgan uchrashuvini ko‘z oldiga keltirdi. «Nafisa Boltaevani ko‘rganim yo‘q», deb tonganini esladi. Sovxozda ishni xom bajarganini anglab, yana borishni diliga tugdi-da:
— Xo‘sh, endi Valijonning gapi chala qoldi-ku? — dedi.
— Ha-ya, Valijon o‘lgur ham laqma-da, «chiq» desa chiqib ketaveribdi. Kundoshlarning qir-pichoq bo‘lishlarini mazza qilib ko‘rmaysanmi! Matluba shumshukkina bo‘lib yurgani bilan balo-da. Nafis o‘lgur-ku tog‘asiga o‘xshagan jinni. Yulib tashlashdan ham toymaydi. Bir marta meni yulgan u qo‘ling singur. Omma men ham haqqimni qo‘ymaganman.
— Xo‘p, qoyilman, opa, Valijon nima dedi?
— U juvonmang aytdiki, Matluba chiqqanida vajohati juda ham yomon ekan. «Shu ni o‘ldirtirib yubormasam yurgan ekanman», debdi.
— Valijonga shunday debdimi?
— Yo‘q, Valijonga aytarmidi shunaqa gapni. Uydan chiqib kelayotganda o‘ziga o‘zi gapirib kelayotgan ekan, yer yutkur sho‘pir qulog‘ini ding qilib eshitib qolibdi. Keyin menga aytdi, «shunaqa, shunaqa gaplar bo‘ldi, qizingizni ehtiyot qiling», deb qo‘ydi. Endi tushundingizmi?
— Tushundim. Aytadigan gaplaringiz shumidi?
— Ha, shuncha gapim kammi sizga? Bo‘pti, agar kamlik qilgan bo‘lsa, yana eshitsam yo eslasam kelib aytaman, — Adolat shunday deb o‘rnidan turib xayrlashdi. Lekin darrov chiqib ketmadi. Ostonada turganicha «er yutkur» va «o‘lgur»lar haqida yana allaqancha gaplarni aytib tashladi. Omonullo uni bilagidan ushlab, yo‘lga boshlamasa, kechgacha gapirishdan ham toymaydigan edi.
Adolatni kuzatgach, Omonullo boshliq huzuriga kirib qotillik yuz bergan uyni nazorat ostiga olish masalasida kelishib oldi.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:10:55
AZOBLARNING MUQADDIMASI

«Ha-ha! Baribir urdi-ku, Xudo!! Hali bu ham kam senga, bir tomchi suvga zor bo‘lib o‘lasan. Ha, sen qiynalib o‘lasan, men esam rohatlanib tamosha qilaman!».
Bu ovoz... qaynonasining ovozi... O’zi qani? Qaerda turib gapiryapti?
Harakatsiz yotgan Toshboltaning ko‘zlari javdiradi. «Uxlayapmanmi, tush ko‘ryapmanmi? — deb o‘yladi Toshbolta. — Yo‘q, uyg‘oqman. Hammayoq yop-yorug‘. Avval domla o‘qiyatuvdi, keyin milisa keldi. Bu ham tushmi? Yo‘-o‘q... «Adol bilan gaplashdi-ku u milisa? Adol... harom o‘lgur Adol, mendan oldin sen o‘lsang yaxshi edi. Bir kun bo‘lsa ham sendan keyinroq o‘lishni orzu qilardim-a, bir kun bo‘lsa ham odamga o‘xshab yashab qolardim-a... Milisaga nimalar deb sasiding-a, qanjiq! Menga tekkuningcha nima qilgan bo‘lsang qilgansan. Hammasini eshitgan edim, lekin senga rahmim kelib indamovdim. O’shanda seni o‘ldirvorsam bo‘larkan. Sen... ilon... hammamizni chaqib o‘ldirding... Bir soatga bo‘lsa ham tuzalsam edi, o‘rnimdan turib bo‘g‘ib o‘ldirardim sen ablahni. Yo‘-o‘q... avval tilingni kesar edim, so‘ng bo‘g‘ardim. Nafisning oldiga yuzim yorug‘ bo‘lib borardim...»
«Ha-ha! Seni Xudo urdi-ku!»
Yana o‘sha ovoz. Toshboltaning ko‘zlari yana javdiradi. So‘ng nigohi qotdi: yonginasida qaynonasini ko‘rdi. Qaynonasi o‘tirib olganicha eski ko‘rpachani so‘tyapti.
«Nima qilyapsiz?» — deb so‘radi Toshbolta.
«Senga kafan bichmoqchiman» — deb javob berdi qaynonasi.
«Eski ko‘rpachaning astaridan ham kafan bo‘larkanmi?» — dedi Toshbolta.
«Senga shu ham hayf. Itday o‘lib, itday ko‘milishing kerak», — dedi qaynonasi.
«Meni buncha yomon ko‘rasiz-a? Qizingizni urgan bo‘lsam jazosini totdim-ku? Xudo bir alvastiga ro‘para qilib qo‘ydi-ku?» — dedi Toshbolta.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:11:02
«Nafisaning hayotini bulg‘ab tashlading. Menda ham ayb bor: uni senga berib yubormasligim kerak edi»,— dedi qaynonasi.
«Men qizimning baxtli bo‘shishini istagan edim. Baxtini topgan edi», — dedi Toshbolta.
«Nomi buzuq bo‘lib topilgan baxt baxt ekanmi? Ayt, o‘zing, jon qizim, baxtli edingmi?»
Shu payt qaynonasining orqasida Nafisa ko‘rindi: eski, kir ko‘ylakda, ko‘zlarida yosh, ma’yus qarab turibdi. Toshboltaning hech esidan chiqmaydi: qamoqdan qaytib, qaynonasinikiga kelganida Nafisani shu holatda ko‘rgan edi. Ko‘rib, yurak-bag‘ri ezilib ketgan edi.
«Qizim, buvingga aytgin, men senga hech yomonlikni tilaganmanmi?»
Nafisa indamay, shu holatida qarab turaverdi.
«Qizim, meni qiynama, o‘ladigan bo‘lsam ham qiynalmay o‘lay, ayt, baxtli eding-ku, axir?»
«Nafisa senga gapirmaydi», — dedi qaynonasi.
«Nega gapirmas ekan?» — dedi Toshbolta.
«O’liklarning gapirganini qayda ko‘rgansan?» — dedi qaynonasi.
«Siz gapiryapsiz-ku?» — dedi Toshbolta.
«Men senga kafan bichish uchun atayin kelganman»,— qaynonasi shunday deb qah-qah otib kula boshladi. O’zini to‘xtatolmay to‘xtovsiz kuldi, sonlariga shapati urib kuldi, Toshboltaning naq tepasiga turib olganicha kinolardagi yalmog‘iz kampir kabi xunuk kuldi. Kulgi jarangidan Toshboltaning quloqlari shang‘illab ketdi.
— He, turqing qursin senlarning, jigarlaringni qurt kemirib quritsin!..
Bu kimning ovozi? Toshbolta sergak tortdi: qaynonasi emas, Adolatning shang‘illashi bu. Kimni qarg‘ayapti?
— Molni egasining o‘ziga berarmish. Kim egasi? Onangning mahriga tushgan mol ekanmi?
Shang‘ish ovozi tobora yaqinlashib, ro‘parasida Adolatning qahrli chehrasi ko‘rindi.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:11:10
— Qanaqa erkaksan o‘zing?! o‘irt ahmoq odam ham shuncha molni o‘sha yerga tashlab kelavermaydi. Milisaning gaplarini eshitdingmi? E, er bo‘lmay o‘libgina ketgin sen! Senga tekkanimdan beri birim ikki bo‘lmadi-ya! Endi seni bitimga boqamanmi? Bitta ukoling necha pul, bilyapsanmi. Tuzaladigan bo‘lsang, tuzal, bo‘lmasa o‘zim bo‘g‘ib o‘ldirib qo‘ya qolay. Boqishga arziydigan erkak bo‘lsang ekan, sen...
«Noshukur bo‘lma, shuncha topib kelganim kammi senga? Uchta emas, o‘ttizta qiz uzatishga yetadigan mol yig‘ding-ku? Tilla taqinchoqlarni sotsang ikkita mashina beradi-ku? Buncha noliysan, qora shaqshaq?!» Shunday demoqchi edi, til aylanmadi. o‘o‘ldiragan ovoz chiqdi.
— Nima deyapsan, qaytarchi? — dedi Adolat yoniga tiz cho‘kkanicha quloQini ding qilib.
«Hadeb voy-voylab o‘pkangni ko‘rsatavermay bitta qo‘y olib so‘ydirib xudoyi qilib yubor. Bizga balo yog‘ilyapti. Xudoyi qilmasang bo‘lmaydi. Boya domla o‘qiyotganida shu ko‘nglimga keldi».
Toshbolta shu so‘zlarni aytmoqchi bo‘lganida ko‘zlari qassobga qarayotgan qo‘zichoq ko‘zlari kabi javdiradi.
Adolat bu nigohga zuhr bo‘lgan ma’noni o‘z aqli yetganicha o‘qidi:
— Mollarni borib olib kelaymi?
«Kallangni ishlatsang-chi: balo yog‘ilyapti, deyapman senga. Qo‘y olib so‘ydir, xudoyi qil, deyapman. Baloga men uchradim, mayli, endi qizlarga urmasin. Sen alvastiga ham Xudoning atagani bordir, esingni yig‘sang-chi!..»
Ularning bu tahlitda gaplashishi soqov bilan so‘qirning suhbatini eslatardi.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:11:17
— Ha, bo‘pti, nima demoqchi bo‘lganingni tushundim, — dedi Adolat. — Erta yo indin borib olib kelaman. Milisa bo‘lsa o‘ziga, men indamay qo‘yib berarkanmanmi? Noshud bo‘lmay qaro yerga kirgin sen. Shuncha molni uyga qo‘ymay, xaridorga topshirib kelsang o‘larmiding? Bu yoqqa hovliqib yugurganing bilan qizing tirilib qolarmidi? Mana, yugurganing bilan ko‘mish baribir senga nasib qilmadi-ku? Xudo bizga mehribon-da, seni shu ko‘yga solmaganda mo‘ylov jinning o‘la qolsa jiyanini ko‘mmasdi. Butun xarajat bizning gardanimizga tushardi. Eri o‘lgur qaysi go‘rlarda ekan? Xotin olmay o‘la qolsin, u so‘tak. Qiz bilan juvonning farqiga bormasa...
Toshboltaning yuragi sanchib, og‘riqqa chidolmay ingrab yubordi. Ancha bosilib qolgan kuragidan og‘riq ham uyg‘ondi. Oyoqlari yuzlab chayonlar hukmiga topshirilganday azob cheka boshladi. Ingrash o‘kiriqqa aylandi. Yonog‘iga yosh tomchilari dumaladi.
«Bo‘g‘ib o‘ldirsang o‘ldira qol», degan iltijo bilan xotiniga boqdi.
— Ha, shunaqa, — dedi Adolat o‘rnidan turib, — to‘g‘ri gap tuqqaningga yoqmaydi. Sog‘ paytingda ham quturgan tuyaga o‘xshab o‘kirib qolarding. Hozir ham shuning xumori tutdimi, he o‘kirmaygina o‘lgin sen...
«To‘xta, hech bo‘lmasa oyoqlarimni silab qo‘y, bu azob bilan o‘lmay. Jonim chiqmasidan oldin sen ham menga bir yaxshilik qil». — Til bu gapga ham aylanmadi. Alhol, bu iltijo tish hatlab aytilgan taqdirda ham xotin tomonidan ijobatga olinmog‘i mahol edi. Javob tariqasida uning tilidan «Endi sening isqirt oyoqlaringni qashilash qoluvdi», degan gapning uchmog‘i ehtimoldan xoli emasdi.
Toshbolta azoblar iskanjasida yotganida Nafisa ko‘rindi.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:11:26
«Qizim, jon qizim, kel, sen qutqar bu azoblardan».
«Qanday qutqaray? Bu azoblarni men bermadim sizga, men qutqara olmayman».
«Buving meni beto‘xtov qarg‘ayaptilar. «Seni Xudo urdi», deb quvonyaptilar. Men Xudoga nima yomonlik qildim. Mendan beshbattarlari ham yuribdilar-ku, yallo qilishib? Bittagina aybim — onangni urganim. Undan keyin men ham odamga o‘xshab yashayin deb harakat qildim, xalos. Boshqalar yeb-ichib, maishat qilib qornini silab yotganida, men och-nahor yashashim kerakmidi? Nima, nafs bitta menda bormidi? Nafsi o‘pqonlar-chi? Qani, gapir, nega jim turibsan?»
«Dada, men nafsni o‘lchaydigan tarozibon emasman. Mening bilganim — bizlarni shu nafs sharmanda qildi».
«Sharmanda qildi? Tirikligingda ham shunaqa devding. Sharmandalik nima o‘zi? Ko‘zga ko‘rinmasa, qo‘lga ushlab bo‘lmasa, yeb bo‘lmasa, kiyib bo‘lmasa... Odamlarning gapimi? O’shanda ham aytuvdim, hozir ham aytaman: tupurdim, o‘sha odamlarning o‘zlariga ham, gaplariga ham!»
«Dada, unday demang, shu odamlar erta-indin sizni ko‘tarib joyingizga olib borishadi».
«Baribir tupurdim! O’lganimdan so‘ng ko‘tarib olib borishadimi yo hojatxonaga tashlab yuborishadimi — menga baribir. Sen qizim, buvingga tayinlab qo‘y: hadeb meni qarg‘ayvermasinlar. Uch-to‘rt kun bo‘lsa ham tinch yashay. Kelsang o‘zing kel, buving kelmasin. To‘xta, buvingga qo‘shilib sen ham meni qarg‘ayotganing yo‘qmi?»
«Nimaga qarg‘ayman, dada?»
«Tursunaliga ro‘para qilganim uchun-da. Lekin, sen bilib qo‘y: bu mening kallamdan chiqqan aql emas edi. Alvasti o‘gay onang aytuvdi, men laqmaga ma’qul keluvdi. Qarg‘asang o‘shani qarg‘agin. Lekin... o‘zing ham Tursunalini yaxshi ko‘rarding-ku, a?»
«Yaxshi ko‘rardim, dada».
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:11:34
«Yaxshi ko‘rsang baxtsiz emas ekansan-da? Buni buvingga aytgin. Og‘zimiz endi oshga yetganida, boshimiz toshga yetdi. Oxirgi marta boqqa borganimiz esingdami? O’choq tagidan topgan taqinchoqlarimiz esingdami? «Qorashaqshaq» buni boshqacha tushunibdi. Yangi direktor bilan o‘ynashib, shuning haqqiga olgan, deb o‘ylabdi u haromi. Seni fohisha deb hisoblaydi. Senga avvallari aytmovdim, dardim ichimda edi. Menga tegmasidan avval o‘zi shunaqa bo‘lgan. Shuning uchun boshqalarni ham o‘ziga o‘xshatadi, u haromi. Qarg‘asang o‘shani qarg‘a. O’choq tagidan topgan taqinchoqlarni taqib oluvding. O’lib yotganingda qarasam, ziraklaring ham, uzuklaring ham yo‘q. O’zing olib qo‘yganmiding yo... ering olib qo‘yuvdimi?»
Nafisa bu savolga javob bermay ma’yus tikilib turaverdi.
«Bilmaysanmi? Unda seni o‘ldirgan odam olib qo‘ygan. Nafis, qizim, ayt, seni kim o‘ldirdi? Yoningdagi yigit kim edi? Faqat «o‘ynashim edi», demagin. Men ishonmayman. Sen unaqa shilta emas eding, qizim. Seni ering o‘ldirmagan, undan gumonim yo‘q. Agar u o‘ldiradigan bo‘lsa, Tursunalini o‘ldirardi. U Tursunalini yaxshi ko‘rishingni bilardi. Bir marta mast bo‘lvolib menga yig‘lagan, senga aytuvdim. «Tursunali bilan uchrashmasin», deb yalingan. O’ldiradigan odam bunaqa bo‘lmaydi. Unda kim o‘ldirdi seni? Karvon bormaganmidi uyingga? O’choqni buzgan kunim bir nimani sezib is olganday bo‘luvdi. Meni ko‘rolmaydi u nokas. Bog‘ qorovulligini mendan olgunicha atrofimda itpashshadek aylandi. Keyin-keyin qiliq chiqardi. Mening gumonim o‘shanda. Sayfini tanirding, a? Yettinchi bo‘limning boshqaruvchisi. Senga sovchi qo‘ydirganida unamaganman, esingdami? O’sha Tursunali bilan gap talashib qolganida Karvon «Sen hali xo‘jayinga gap qaytaradig‘on bo‘p qoldingmi!» deb itday po‘palab tashlovdi. Men o‘rtaga tushmasam o‘lib ketardi, bola bechora. He, attang... shu gaplarni milisaga aytsam bo‘larkan...»
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:11:55
Nafisa otasining gaplariga e’tibor bermay tisarila boshladi.
«Qizim, ketma, sen kelib, azoblarim sal nari bo‘lyatuvdi. Meni qutqar, qizim...»
«O’zimning azoblarim o‘zimga yetadi, dada».
«Azob? Qanaqa azob? O’lgan odamda qanaqa azob bo‘ladi? O’lim hamma azoblardan qutqaradi-ku?»
«Yo‘q, dada, o‘lim siz bilan men uchun azoblarning boshlanishi...»
«Unday dema...»
«Yaqinda o‘zingiz ko‘rasiz...»
Shunday deb ko‘zdan yo‘qoldi. Toshboltaning qulog‘iga azobli faryod ovozi eshitilib, atrofiga alang-jalang qaradi. Is bosgan ayvon shipi, bo‘yog‘i ko‘chgan ustundan boshqa hech nima ko‘rinmadi.
Kimdir ingradi... Kimdir oh urdi...
   
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:12:08
POKLIK

— Qo‘lingni ko‘tar! g‘iring desang, otaman!
Gardaniga sovuq bigiz uchi tiralganday bo‘lib, Omonulloning eti bir seskandi. Lekin tanish ovoz uni jilmaygan tarzda orqaga o‘girilishga majbur etdi. Sinfdosh do‘sti Safarning qilig‘i unga ma’lum: poylab turib, orqadan pisib kelib, shunaqa deyishni yaxshi ko‘radi.
— Otadigan odam to‘pponchani biqinga tiraydi, qalamni gardanga sanchmaydi, harif! — dedi do‘stining qo‘lini ehtiyotlik bilan qayirgan bo‘lib. Keyin ularning harakatini kulimsirab kuzatayotgan navbatchiga qaradi: — Meni «shoshilinch tarzda yo‘qlayotgan xotin» shumi? Serjant, bu yolg‘on uchun nima qilaman, bilasanmi?
— O’zimizning akaxonimiz-ku?
— Bo‘ldi, ukaxonga sasima. Sen kapitan bo‘lsang, men — Nishonovman! «Nishonov» deganda hozir kapitan tugul generallaringning ham ichi o‘tib ketadi. Bo‘ldi, yur, ketdik.
— Qayoqqa?
— Bugun qanaqa kun? Ikkinchi payshanbami? Ikki marta shtrafga tushib turibsan o‘zing.
— Yo‘g‘-e?
— Ha-e! Endi seni himoya qilmayman. Bolalar po‘stagingni qoqib olishadi.
— Avvalgi «gap» kuni kasal edim.
— Kasal-pasaling bilan ishimiz yo‘q. Ahmadjon nima degan? Kasal tugul o‘lib qolsang ham o‘ligingni «gap» bo‘layotgan uy yonidan olib o‘tishlari kerak. Ketdik.
— Ishim bor.
— Ish-pishing bilan ishim yo‘q. Serjant ukaxon, xo‘jayinga aytib qo‘ying: o‘rtoq Safar Nishonov shaxsan kelib, muhim bir ish bilan olib ketdilar deng. Nishonovga qarshi bir nima deydigan odam hali tuQilmagan.
Omonullo Safarning odatini biladi. Tanaga yopishgan kanani yoki zulukni olib tashlash mumkin-ku, ammo Safar bir nima deb yopishdimi, undan o‘lib ham qutulib bo‘lmaydi.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:12:37
— Xo‘p, mashinadamisan?
— Mashinadaman, xizmat bormi?
— Bor. Hozir dadamnikiga kirib o‘tamiz.
— Tushunarli. Qaynonangni sog‘inibsan, u yerga kirib o‘tishimiz ham tayin, a? Uyalmay aytaver, men atay bir yarim soat oldin keldim. Sening qilig‘ingni bilaman.
— Ertaga bo‘shmisan?
— g‘irt bo‘shman, o‘g‘ri oviga olib borasanmi? Benzin topib bersang bo‘ldi, dunyoning narigi chetiga ham ketaveraman.
Omonullo xonasiga kirib stol ustidagi qog‘ozlarni tartibga keltirib, tortmasiga solgach, tezgina iziga qaytdi.
Tabiatan serg‘ayrat bo‘lgan Safar mashinani ham behalovat tarzda haydardi. Yashil chiroqning o‘chganiga parvo qilmay chorrahadan o‘tishi bilan yo‘l harakati nazoratchisi ola tayog‘ini ko‘tarib, to‘xtashga ishora qildi.
— Qizilga o‘tmadim shekilli? — dedi Safar to‘ng‘illab. — Mashinada milisa olib yurishning hech hosiyati yo‘q, shunaqa ishkalga ro‘para bo‘laveraman.
— Naq qizilning o‘zida o‘tding. Men guvohman. Hujjat ketdi, deyaver, — dedi Omonullo tegajaklik qilib, — ovora bo‘lma, yoningni olmayman.
— Senga ahmoq odam yalinadi. Qarab tur, hozir to‘xtatganiga pushaymon qildirvoraman.
Safar shunday deb mashinani to‘xtatdi-yu, ammo pastga tushmay, o‘tiraverdi. Haydovchilarning yugurib kelib, qo‘shqo‘llab ko‘rishishiga ko‘nikkan nazoratchi bir oz kutdi, so‘ng mashinaga yaqinlashdi. Safar oynakni tushirib bosh chiqardi.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:13:35
— Ha, ukaxon, tinchlikmi?
— Tinchlik, hujjatlaringizni ko‘rsating?
— O’zing kimsan, nega tanitmaysan?
— Inspektor Nuriev. Hujjatingiz?
— Meni tanimadingmi?
— Tanimadim, aka. Hujjatingiz? Iltimos, mashinadan tushing. — Nuriev shunday deb Omonullo tomonga qaragan edi, u «bopla, qo‘ymaysan!» deganday imlab qo‘ydi. Safar esa, sumkasidan hujjatini olib, mashinadan tushdi. Nazoratchi hujjatlarni ko‘rib chiqqach:
— Safar aka, nega qizilga o‘tdingiz?— deb so‘radi.
— Nima deding? — Safar shunday deb xuddi bemorni ko‘rayotgan tabib kabi unga tikildi. — Men ko‘k bilan qizilni farqiga bormaydigan ahmoqqa o‘xshaymanmi? Menga qara, mabodo o‘zing daltonik1 emasmisan?
— Haqorat qilmang, aka.
— Vey, men seni haqorat qildimmi? Guvohing bormi? O’zing menga ikki marta tuhmat qilyapsan. Men seni daltonik dedim. Bu so‘kish emas, ma’nosini xo‘jayiningdan so‘rab ol.
— Aka, nima desangiz deng, qizilga o‘tdingiz. Protokol yozaman.
— Uka, sen hujjatni ko‘rdingmi?
— Ko‘rdim.
— Familiyani ko‘rdingmi? Familiyani?
— Ko‘rdim.
— Nima deb yozibdi?
— Nishonov.
— Nima degani bu?
— Bilmayman, Nishonboy akaning yo o‘g‘li, yo nabirasi deganidir-da.
Safarning doimiy quroli ish bermay, Omonulloga qarab qo‘ydi.
— Mashinadagi akangni taniysanmi?
— Tanimayman. Protokol tuzaman, — Nuriev shunday deb qog‘ozlarini chiqardi.
— To‘xta, hovliqma, anavi akang o‘zlaringdan, podpolkovnik. Mening qiz o‘rtog‘im bo‘ladi. Vey, Omon, tush bu yoqqa.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:13:43
Omonullo kulimsiraganicha tushib, nazoratchi bilan ko‘rishdi.
— Starshina, sigaretdan oling, — dedi bir ko‘zini qisib qo‘yib. Chekmaydigan Safar ham nazoratchi uzatgan sigaretdan olib labiga qistirdi. Omonullo starshinaga o‘t tutib, so‘ng o‘zi ham tutatdi-da, Safarga qaramadi. — Starshina siz haqsiz: bu o‘rtoq chindan ham qizilga o‘tdi. Agar protokol yozmasangiz, o‘zingizdan ko‘ravering. Bu o‘rtoq ikki marta aldayapti: men podpolkovnik emasman.
Omonullo ko‘z qisib qo‘ygani bilan bu gaplarning hazilmi yo chin ekanini anglay olmayotgan nazoratchi Safarga ajablanib qaradi.
— Omon, qo‘y, bu gaplarni. Podpolkovnik bo‘lmasang mayordirsan, mayor bo‘lmasang kapitansan. Lekin mening nazarim tushgan bolasan. Podshozodalarning nazari tushgan milisa erta-indin general bo‘lib ketadi. Sen bu bolalarga hazillashma, bular hazilni tushunishmaydi.
— Nimasi hazil ekan? Qonun hamma uchun bir. Qoidani buzganingdan keyin jazosini ol.
— Shunaqami? Dodam rohmatli «milisadan oshnang bo‘lsa, yoningda oyboltang bo‘lsin», deganlarida ishonmagan ekanman, — dedi Safar piching ohangida.
— Ikkita oshna o‘zlaring kelishib olaveringlar. Men protokol yozaman, — dedi nazoratchi.
— Ha, yozing, — dedi Omonullo atay qitiqlab.
— Yozsinmi? — dedi Safar po‘pisa ohangida.
— Yozaman, aka, oshnachilik o‘z yo‘liga, ish o‘z yo‘liga.
— Bo‘lmasa, ma! — Safar shunday deb unga mashina kalitini uzatdi. — Xo‘jayiningga berib qo‘y. Mashinani shaxsan o‘zi olib borib beradi.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:14:01
Nazoratchi kalitni oldi-yu, savol nazari bilan Omonulloga qaradi. Omonullo yana ko‘z qisib qo‘yib, sigaretini tutataverdi. Safar esa «qo‘ying aka, hazillashdim», degan lutfni bir oz kutib, labiga qistirig‘lik tutatilmagan sigaretni chetga uloqtirdi-da, qo‘l siltaganicha nari keta boshladi. Shundan so‘ng Omonnullo o‘zining guvohnomasini ko‘rsatib, uzr so‘ragach, mashina hujjatlari bilan kalitni olib, haydovchi o‘rindig‘iga o‘tirdi. Safar o‘n besh-yigirma qadamcha yurib to‘xtab, o‘tayotgan mashinalarga qo‘l ko‘tara boshladi. Omonullo undan uch-to‘rt qadam o‘tib mashinani to‘xtatdi-da, pastga tushib so‘radi:
— Akaxon, qaysi tomonga borasiz? Yo‘l-yo‘lakay bo‘lsa olib ketay, harna benzin puli chiqsin.
— Ukaxon, katta xolangiznikiga ketyatuvdim, naq yo‘limning o‘zi, — Safar shunday deb to‘ng‘illadi-da, haydovchi yonidagi o‘rindiqqa o‘tirdi.
— Sariqmassan-ku, buncha tutab ketding? — dedi Omonullo mashinani yurg‘izgach.
— Hazil deb gapiraverasanmi? GAI hazilni tushunadimi?
— Unaqada o‘zing ham katta ketma.
— Katta ketib nima debman?
— «Senga yalingan — ahmoq», degan kim edi? Endi ahmoqligingni tan oldingmi?
— Seni oshnam deb yurgan odam ahmoq bo‘lmay nima bo‘lardi?
— Bo‘pti, ming‘illama. Bir joyda zo‘r pivo bor, olib boraymi?
— Pivoning dodaxo‘jasini hozir borib ichasan. Bavariyanikidan topib qo‘ygan.
Pivo bahonasida chalg‘igan Safar arazni unutdi. Omonulloning tutingan otasinikiga borishgach, u «o‘zing kirib chiqaver», deb mashinadan tushmadi.
Ikki tabaqali eshik qiya ochiq edi. Omonullo qo‘ng‘iroq chalib o‘tirmay ichkari kirdi. Uch oyoqli kalta narvon ustiga chiqib olib, gilos terayotgan Bobomurod Omonullo ovoz bermaguniga qadar uning kirib kelganini sezmadi. Omonullo ana shundan ajablandi. Tabiatan sezgir bo‘lgan Bobomurod ichkari uyda o‘tirsa ham ko‘cha eshigi ochilganini bilardi.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:14:11
Tutingan o‘g‘lining ovozini eshitishi bilan gilosga uzatgan qo‘lini tushirib, pastga qaradi. Omonullo uning qarashida ham sustlik sezib «qariyaptilar», deb ko‘nglidan o‘tkazdi. Otasining holatidagi o‘zgarish sababini keyinroq bildi, Omonullo so‘ramasa ham Bobomurodning o‘zi aytdi:
— Opangning mazasi qochib qoldi, ertalab kasalxonaga tashlab kelganman. Hozir yana ketaman. Kechasi yonida bo‘lishim kerak. Harna dalda-da.
— Safar og‘aynimning mashinasidamiz. Kuzatib qo‘yamiz, — dedi Omonullo.
—E, yo‘q, hali ovqat qilishim kerak. Vaqting bo‘lsa, ertalab xabar ol.
Bobomurod «opang» deb atagan ayol Omonulloga yetti yot begona edi. Oxirgi marta qamoqdan chiqib qaytayotgan Bobomurod Penza bekatida g‘aribgina kiyingan, sochlari to‘zib, ko‘zlari kirtaygan ayolni ko‘rib, e’tiborsiz o‘tib keta olmadi. «Ruslarga o‘xshamaydi-ku bu ayol», degan o‘y bilan qaraganida vagonlarga tikilib, kiprik qoqmay turgan ayol behosdan gapirib qoldi:
— Biz uch kishi edik: Valya Namanganskaya, Gulya va men. To‘g‘ri, o‘g‘irlik qilmaslik kerak edi...
Ayolning o‘zbekchalab gapirib qolishi Bobomurodni to‘xtatdi.
— Singlim, sizga nima bo‘ldi? — deb so‘radi.
Ayol uning gaplarini eshitmadi, holatini o‘zgartirmay, kiprik qoqmagan holda yana o‘sha gapini takrorladi:
— Biz uch kishi edik...
Bobomurod yana qayta so‘radi. Ayol o‘zgarishsiz o‘tiraverdi.
«O’tirib chiqqanga o‘xshaydi, — deb o‘yladi Bobomurod. — Boshiga urishgan bo‘lsa, esi og‘ib qolganmi...»
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:14:19
Bobomurod nima qilishini bilmay turganida militsiya mayori unga yaqinlashib hujjatlarini ko‘rsatishni so‘radi. Hujjatlarni sinchiklab tekshirgach, qaytarishga shoshilmay, Bobomurodga sinovchan boqdi-da:
— Hamyurting shekilli? — deb so‘radi.
— Shunaqaga o‘xshaydi, — dedi Bobomurod.
—Hamkasbing bo‘lishi ham mumkin, — dedi mayor.
— Ha, shunaqaga o‘xshaydi.
— Bu ham qamoqdan chiqqan. Ikki-uch kundan beri shu yerda. Jinnixonaga berib yuborsammikin, deb turuvdim. Agar odamgarchilik qilish qo‘lingdan kelsa, o‘zing bilan olib ket. Yurtida qarindoshlari bordir. Jinnining millati bo‘lmaydiku-ya, ammo xor bo‘lib o‘lishi yaxshi emas.
Bobomurod militsiya xodimlarini yoqtirmas edi, deyilsa juda yumshoq qilib aytilgan bo‘ladi. O’n to‘rt yoshidan beri to‘rt marta qamoq lagerlarining tuzini totgan odamning nafratini hech nima bilan o‘lchab bo‘lmaydi. Shunday bo‘lsa-da, mayorning hozirgi gaplari ko‘ngliga yoqdi. «Nahot senda tuyg‘u bo‘lsa?» degan ma’noda unga qarab oldi-da:
— Bir amallab olib ketaman, — dedi.
— Sen bu o‘tirishiga qarama, saldan keyin o‘ziga keladi, — mayor shunday deb hujjatlarni qaytarib berdi-da, nari ketdi.
Ayol kipriklarini pirpirata boshlagach, Bobomurod:
— Singlim, Toshkentga ketyapman, birga ketaylik, — dedi.
Ayol unga yalt etib qaradi-da, yaqin mehribonini ko‘rgan odamday suyunib, jilmaydi:
— Men uyimga ketaman! — deb kafti bilan burnini artdi.
   
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:14:27
Bobomurod yoshi o‘ttizga yetmagan, ko‘rinishidan esa elliklarni qoralagan ayolning fe’li, tabiati qanday ekanini yo‘l-yo‘lakay bilib oldi. Ayol militsionerni ko‘rsa qalqib ketardi, jinoyatdan yoki qamoqdan so‘z ochilsa, lablari oshkora titrardi. Bobomurod shu sababli manzilga kelgunicha ham bu mavzuda so‘z ochmadi. Ayol turar joyini unutgan edi. Bobomurod hujjatiga qarab uni qishlog‘iga boshlab bordi. Ayol tug‘ilib o‘sgan uy ostonasiga yetishganda hali shom namoziga azon chaqirilmagan edi. Bobomurod eshikni taqillatgach, qirq yoshlardagi odam chiqib Ayolni ko‘rdi-yu, ostona hatlagan yerida turib qoldi. Ayol ham unga qarab kipriklarini pirpiratganicha tek qotdi.
— Sen kimsan, erimisan yo sherigimisan? — dedi uy egasi dabdurustdan.
— Eri ham emasman, sherigi ham emasman. Yo‘lda uchratib qolib, qog‘ozlariga qarab boshlab kelyapman. O’zing kimsan?
— Hech kimi.
— Hech kimi? Tanimaysanmi bu ayolni?
— Taniyman... — dedi uy egasi mujmal ohangda,— men... akasi edim.
— Akasi edim? Endi-chi, akasi emasmisan?
— Ota-onam oq qilishgan, men ham oq qilganman.
— Nega oq qilasan?
— Ishing bo‘lmasin, bu isqirtni olu jo‘na bu yerdan. Isnodga qoldirma bizlarni. — U shunday deb o‘girilmoqchi bo‘lganida Bobomurod giribonidan oldi-da, qorniga musht urdi:
— Menga qara, hey harom! Singlingni Penzada ko‘rib qolib, yetaklab keldim. O’sha yerda bir o‘ris, o‘ris bo‘lganda ham bir ment singlingga rahm qildi. Bu yerlarda xor bo‘lib o‘lib ketmasin, dedi. Sen nima deyapsan? Men to‘rt marta o‘tirib chiqqan odamman. Beshinchisida nima uchun o‘tirarkinman, deb yuruvdim. Sening qoningni ichib o‘tiraman shekilli? Qani, joningni sug‘urib olmasimdan ayt-chi, nima uchun oq qilgansan?
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:14:35
— Shaharda o‘qiyapman, deb o‘g‘rilarga qo‘shilib ketibdi. Bizlarni nomusga qo‘ydi.
— Senda hali nomus ham bormi, harom! Kasal singlingni oq qildim deb, ko‘chaga haydab qo‘yib, yana nomusdan gapirasanmi! Ota-onang qani?
— O’lib ketishdi.
— Qovurg‘angning orasiga panjamni tiqib yuragingni sug‘urib olgim kelyapti. Lekin shu singlingning hurmati uchun hozircha tirik qolasan. Seni yo‘qlab alohida kelaman. Nomus nima, insof nima, vijdon nima — gaplashib olamiz. Hozir esa, hamma qo‘shnilaringni chaqir.
Aka avvaliga ko‘nmadi, biroq yumshoq yeriga uch-to‘rt tepki tushgach, buyruqni bajardi. Ayrim qo‘shni ayollar toshdek qotib turgan Ayol bilan ko‘rishmoqchi bo‘lishdi. Ba’zilari esa, ostonalaridan uzoqlashmay cho‘chigan holda qarab turaverishdi.
— Qo‘shnilar, bilib olinglar: mana bu harom odam aka ekan. Bu iflos odam singlisini oq qilganmish. Qamalgan qizlar oq qilinsa, ko‘chalarda xor bo‘lib o‘lsin, degan qonun bormi o‘zi? Qaranglar, singlisi kasal. Shu ayolga bir o‘risning rahmi keldi, akasining esa rahmi kelmaydi. Endi men shu ayolning nomidan gapiraman: u akasini oq qildi, bilib qo‘yinglar! Endi men unga aka, u menga singil! Omin! Fotiha beringlar!
Birov fotiha qilgan bo‘ldi, birov qimir etmadi.
— Biz uch kishi edik: Valya Namanganskaya, Gulya va men. To‘g‘ri, o‘g‘rilik qilmaslik kerak edi...
Ayol bu gapni avval sekinroq aytdi, so‘ng baland ovozda qaytardi-da, qah-qah otib kuldi, kulaverdi...
Bobomurod hayron bo‘ldi: shu paytgacha Ayol kulmagan edi.
Qo‘shnilar birin-sirin uylariga daf bo‘ldilar. Akaning ham qorasi o‘chdi. Bir piyola choyga taklif etuvchi insof egasi topilmadi.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:14:43
Qishloqdan chiqishganda qosh qoraygan edi. Bobomurod biron xonadon eshigini taqillatib boshpana so‘rashni istamadi. O’z mayliga qo‘yib berilgan keksa tulpor kabi yo‘lning o‘rtasidan asta yurib boraverdi. Ayol ikki qadam orqada, unga mutelik bilan ergashgan edi. Bobomurod ko‘p zulm ko‘rgan — zulm ham qilgan, oqibatsizlik tuzini totgan — o‘zi ham oqibatsizlik zahrini boshqalarga yalatgan, oz bo‘lsa-da, mehr sharobidan lazzat olgan — oz bo‘lsa-da, boshqalarga ham ilingan, insonning hayvondan ham tubanroq tarzda xorlanishi mumkinligini ko‘rgan, vaqti kelsa, bosh-qalarga ham ko‘rsatib qo‘ygan odam edi. Ammo bugungiday holatni uchratish nima ekan, eshitmagan, hatto xayoliga ham keltirmagan edi.
U ham, izidan kelayotgan ma’suma ham, Bobomurodga fotiha berganlar ham, bermaganlar ham Ollohni tanishmas edi. Buning uchun ularga ayb jandasini kiydirmoq noinsoflik bo‘lar. Tug‘ilganlaridan to ayni damga qadar biron bir imon egasi Yaratgan tangrini tanishga da’vat etmadi. Yaxshilik bilan yashaganlarga jannat eshiklari ochilajagiyu, yomonlik qilganlarga bu dunyodagi qamoqdan tashqari do‘zax azoblari borligini hech kim aytmadi, tushuntirmadi. Ularning har birlari insof, vijdon, iymon, mehr-oqibat tushunchalarini o‘zlaricha anglashardi. Bu dunyo sinovli dunyo ekanini, har bir harakat, har bir so‘z imtihon tarozusida tortilajagini o‘ylab ko‘rishmagan edi. Ayni damda zo‘r bir imtihon sodir bo‘layotganidan ham bu g‘ofil bandalar bexabar edilar.
Qo‘shnilar uy-uylariga kirgach, sodir bo‘lgan voqeani o‘zlaricha muhokama etib, o‘zlaricha baholar edilar:
— Xudo yomon uribdi, bechorani. Ota-onaning qarg‘ishi yomon-da.
— Xudo jazolabdi...
— Jazosini beribdi...
Alhol, Tangrining jazosiga uchragan kim? Ayolmi, akasimi yo shu qo‘shnilarmi? Vallohi a’lam, bissavob...
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:14:50
Yo‘lda borayotgan Bobomurod bularni o‘ylamaydi. Ruhoniy masalalar, ruhoniy hukmlardan uzoq bo‘lgan bu odamning o‘z dunyosi, o‘z o‘lchamlari, o‘z hukmi, nihoyat... hukmning ijrosi bor. U «Xudoga soldim», «Bir kunmas bir kun ularni Xudo uradi» yoki «Xudoyim, o‘zing jazolarini ber», deb o‘tirmaydi. Masalani o‘zicha osongina hal etadi: o‘zi hukm chiqarib, o‘zi ijro etib qo‘ya qoladi. Hozir ham shart iziga qaytgisi, akaning yuragini sug‘urib olgisi, bu bemehr yurakni itlarga tashlagisi keldi. Juda-juda istadi shunday qilishni. Biroq, og‘ir-og‘ir qadam tashlab kelayotgan chorasiz Ayolning qismatini o‘ylab, o‘zini bosdi. Hozir qaytib Akani chertsa ham qamalib qolishi oqibatida Ayol ko‘chada xorlanishi yoki jinnixonada azob chekib yotishi mumkinligini u bilardi.
Tuni bilan yurish foydasizligini anglab, tashlandiq shiypon yaqinida to‘xtadi. Bir oz o‘ylanib turgach, shiyponga qarab yurdi. Xas-xashaklarni oyog‘i bilan sidirib tozalagan bo‘ldi-da, o‘tirdi. Ayol Bobomurodga yaqin kelishdan qo‘rqqandek shiypon yonida turaverdi. Bobomurod avvaliga indamadi. So‘ng:
— O’tir, — deb qo‘ydi.
Ayol taklifni eshitmagandek tek turaverdi.
— O’tir, singlim, — dedi Bobomurod yumshoqroq ohangda. — Ertalabgacha dam olamiz shu yerda.
Ayol go‘yo shiyponni qimirlatib yubormay debmi, ehtiyotlik bilan qadam bosib chiqdi-da, nariroqqa borib cho‘nqaydi.
— Endi men akangman. Endi sen xor bo‘lmaysan. Sen ulardan ranjima. Ular o‘g‘rini odam o‘rnida ko‘rishmaydi. Men esa, ularning o‘zlarini odam qatoriga qo‘shmayman.
— Men o‘g‘ri emasman!
Sekingina aytilgan bu so‘z aslida qalbning portlashidan hosil bo‘lgan nido edi. Bu uchtagina so‘z ko‘p yillik g‘am-anduhlar zanjirini uzib tilga chiqqan edi. Bu gapni uyi oldida akasiga aytmoqchi edi. «Baribir ishonmaydi», deb aytmadi. Yangi akasiga aytdi. Qonsiz lablardan uchgan bu so‘zlarni Bobomurod eshitdi.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:14:58
— O’g‘ri emasligini bir qarashimdayoq bilganman, — dedi u. — O’g‘ri bo‘lganingda seni yetaklab yurmas edim, o‘zingni o‘zing eplarding. Sendan yashirmayman: men o‘g‘riman. To‘g‘rirog‘i, o‘g‘ri edim. Qamoqda ont ichdim: bu hunarni tashlayman. Mening bir o‘g‘lim bor, shu yurishim bo‘lsa, uni baxtsiz qilib qo‘yaman. U yaxshi bola... endi u sening jiyaning. Sen hali yoshsan, singlim, hadeb siqilaverma. Siqilgan bilan birov senga rahm qilmaydi. Undan ko‘ra mazza qilib yashayverginu odamlarning gaplariga ham, qiliqlariga ham e’tibor berma. O’ylab ko‘r-chi, seni o‘g‘ri deganlarning o‘zlari tozamikin? Agar tozasi shunaqa bo‘lsa, nahs bosgani qanaqa bo‘larkin? Biz endi bir-birovimizga suyanib yashaymiz. Bu ham katta bir baxt. Dunyoda suyanchig‘i yo‘q yakka maxov odamlar tiqilib yotibdi.
Bobomurod shu gaplarni aytib ancha yengil tortdi. Ayol esa unga javob qaytarmadi.
Qorong‘i osmonga yulduzlar toshib, samo husnini bezadi. Bobomurod jag‘ini tizzasiga tirab bu mo‘‘jizaga boqdi. Yulduzlar — sayyoralarmi yo katta-kichik samoviy jismlarmi — u bilmaydi. Unga ma’lumi — yulduz uchgani kimningdir jon uzilganidan nishona. O’ali o‘zini tutolmay Akani o‘ldirib qo‘ysa hozir bitta yulduz uchgan bo‘larmidi... «Nahotki hammaning joni shu yulduzlarda bo‘lsa, — deb o‘yladi u. — Nahotki iflos odamlarning ham joni shunday beg‘ubor, shunday pokiza osmonda bo‘lsa. Bunaqa odamlarning joni hojatxonaga tashlansa, hojatxona ham bulg‘anadi... Yo‘-o‘q, yulduzlar odamlarning joni emasdir. Balki... shu ayolga o‘xshab xo‘rlanganlarning ko‘zlaridagi yosh osmonga uchib, yulduzlarga aylangandir... Qiziq... bu nima uchun yig‘lamaydi? Shuncha gapdan keyin ham yiQlamadi. Yig‘lasa bo‘lardi, yengil tortardi...»
— Singlim, sen mendan tortinma, yiQlaging kelayotgan bo‘lsa yig‘layver. Erkak bo‘lsam ham ba’zan yig‘lagim keladi...
Ayol javob bermadi.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:15:06
Tun yarimlaganda Bobomurodning uyqusi keldi. Tizzasiga bosh qo‘yganicha mizg‘idi. Besh-o‘n daqiqadan so‘ng cho‘chib uyg‘ondi-da, «ketib qolmadimikin?» degan xavotirda Ayol tomon qaradi. Ayol toshdek qotib o‘tirardi. Bobomurod bir necha marta mizg‘idi. Har safar cho‘chib uyg‘onib, xavotirlangan tarzda Ayol tomon qarardi.
Tongni shu zaylda qarshi oldilar...
O’shandan beri Ayol shu uyda yashaydi. Omonullo uni dastlab ko‘rganida «Otam u yoqlarda uylanibdi-da», deb o‘yladi. So‘ng boshqa-boshqa xonalarda yotishlarini bilib, muomalalarida er-xotinlik mehri yo‘qligini sezib, ajablandi. Otasidan «Kim bu?» deb so‘ramadi. Bobomurod esa «Singlim», deb gapni qisqa qilib qo‘ya qoldi. Ayolning «Biz uch kishi edik...» degan gaplarini eshitgach, qanaqa singil ekanini o‘zicha taxmin etdi. Taxmin noto‘g‘ri ekanini keyinroq bildi. Bir kuni Bobomurod uning tiliga chiqarolmay yurgan barcha savollariga bira to‘la javob berdi:
— Men hammasini aniqladim: bu qiz bir nomardning qo‘liga tushib qolgan. Bir o‘g‘irlikni shu bechoraning bo‘yniga qo‘yib yuborishgan. Tuhmat bilan ketgan. Hammasini aniqladim, hammasi hal bo‘ldi.
Omonullo:
— Nima hal bo‘ldi? — deb so‘raganida Bobomurod:
— Tuhmat qilganlar jazolarini oldilar. Bu pok ayol, istasang «amma» degin, istasang «opa» — degan edi.
Omonullo otasining ko‘ngliga qarab «opa» dedi. Ayolni har ko‘rganida unga achinardi. Keyinchalik Ayolning rang-ro‘yi yaxshi tomonga o‘zgardi. Chehrasida yoqimli nur ham paydo bo‘ldi. Lekin «Biz uch kishi edik...» boshlanganida betlari birdan qorayib, ko‘zlaridan nur qochib xunuk holatga kelib qolar edi.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:15:14
Bu Ayolning kelganiga o‘n ikki-o‘n uch yil bo‘ldimi yo undan oshdimi, Omonullo aniq eslolmaydi. Qamoqdaligida «o‘g‘lim, bundan bu yog‘iga faqat sen bilan birga bo‘laman», deb xatlar yo‘llagan odam Ayolning atrofida parvona bo‘lishdan ortmay qoldi. Ayol ko‘p gapirmasdi, ovoz chiqarib kulmasdi. Bir narsadan xursand bo‘lsa salgina jilmayib qo‘yardi xalos. U jilmayganida Bobomurodning nazarida butun olam charog‘onlashib ketardi. Tundlashsa esa uning yuragi siqilib ketardi. Shunday paytlarda ba’zan «Hoy, gapirsangchi, soqov emassan-ku axir!» deb koyib ham berardi. Shunda Ayol zaifgina jilmayish hadya etib, uning ko‘ngligini ravshanlantirmoqchi bo‘lardi.
Omonullo otasining bugungi kayfiyatidan sezdiki, Ayolning kasali shunchaki o‘tkinchi xastalik emas. Shu bois Omonullo «Otamga dalda bo‘lar», deb bir oz gaplashib o‘tirmoqchi edi, Bobomurod unamadi. «O’rtog‘i bilan kelgan bo‘lsa, hoynahoy biron yoqqa ketishayotgandir», degan xayolda «menga halaqit berasan», deb kuzatdi.
Qaynonasinikiga Safar ham kirib, bir-ikki piyola choy ichishgach, izlariga qaytishdi.
— Xafa bo‘lmaginu og‘ayni, opangni ko‘rsam yuragim siqilib ketadi, — dedi Safar mashinaga o‘tirgach.
Omonullo unga bir qaradi-yu, indamadi. Safarning bu ayolga achinganidan emas, irgangani uchun kirmaganini bilardi.
Ayol bu uyda paydo bo‘lganida shu atrofda yashovchilarning ayrimlari undan hayiqishdi, ba’zilari esa irganishdi. Shu ko‘chada, shu uyda tug‘ilib unib-o‘sgan Bobomuroddan barcha hayiqardi. Qamoqdan qutulib kelib, keyin yana qamalib ketguniga qadar birov unga yurak yutib tik qaray olmasdi. Bobomurod bu mahallada birovning cho‘pini olmagan, birovni chertmagan, birovni so‘kmagan bo‘lsa-da, «o‘g‘ri» degan nom bilan yurgani uchunoq hamma hayiqardi. Ayoldan hayiqishlariga sabab ham aynan shu edi. Ayol ko‘chaga kam chiqardi. Chiqqan mahalida o‘ziga xavotir bilan qarab turganlarini sezsa, jilmayishga harakat qilardi. Irganayotganlarini sezsa yuzini teskari burib olardi. Bir yili Omonullo Safar bilan kirganida opasi kasallik hurujidan endi holi bo‘lib turgan payti ekan. Esi o‘ziga qaytgani bilan rangidagi tundlik tarqamagan, parishon sochlarini tarashga hali ulgurmagan ekan. O’shanda Ayol Safarning qarashidanoq uning irganayotganini sezdi. Ular uyga kirib o‘tirishgach, xonasiga o‘tib o‘ziga oro berdi. So‘ng dasturxon tuzadi. Choy quyib avval Bobomurodga, keyin Omonulloga uzatdi-da «o‘rtog‘ingizga» deb pichirlab qo‘ydi. Omonullo shundan so‘ng Safarning irganganini ham fahmladi, opasining odatini ham bildi.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:15:33
O’shandan beri ancha yillar o‘tdi. Safar bilan yana bir necha marta keldi. O’shandan beri Safar ostonaga qadar keladi-yu, ichkari kirmaydi. Har gal «yuragi siqilib ketishini» aytadi. Safar qanchalik yaxshi do‘st hisoblanmasin, mana shu kabi odatlari, kibrga bandaligi Omonulloga yoqmaydi. Ba’zilar do‘st tanlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Ba’zilar esa boriga shukr qilib yuradilar. Omonullo ana shu ikkinchi toifaga mansub. Bolalar uyida orttirgan do‘stlari turli tomonlarga tarqab ketishdi. Ikkitasi xastalik tufayli, uchtasi esa jinoyatchilarga qo‘shilib qolib bu dunyoni tark etdi. Institutdagilar ham turli shaharlarda ishlashadi. Birining bo‘sh vaqti ikkinchisiga to‘g‘ri kelmagani uchun ham kam uchrashishadi. Oyda bir uchrashib turadigani — shu sinfdoshlari. Xudo unga sinfdoshlarni tanlab-tanlab bergan. Kibrli, xudbin, dardi mol-dunyo bo‘lgan bolalarning bir sinfga qanday jamlanib qolganini Yaratgan bilmasa, bandasi bilolmaydi.
Bularning ichida xokisori ana shu Omonullo edi. Sinfdoshlar uni oshkora tarzda mensishmadi. Bular orasida faqat Safargina mehribon edi unga. Ota-onasi ham Omonullo kirguday bo‘lsa ko‘kragidan itarmay, o‘g‘lining suyumli mehmoni sifatida izzat qilishardi. Maktabni bitirgach, besh-olti yilmikin, sinfdoshlari bilan deyarli ko‘rishmadi. Militsiyada ishlay boshlagach, ulardan birining ishi tushdi-yu, «gap» deb atalmish ziyofatga chorlanadigan bo‘ldi. O’shandan beri har oyning ikkinchi payshanbasida ular bilan «gap yeydi». Garchi ular bilan maktabda birga o‘qigan bo‘lsa-da, o‘zining bu davraga begonaligini his qilib turadi. Ularning yashash tarzlari, dunyoqarashlari, fikrlarini hazm qila olmaydi. Ayniqsa keyingi paytlarda o‘zini tortishga bahona qidiradigan bo‘lib qolgan. Davrada hol-ahvol so‘rashayotganida «bola-chaqalar omonmi?» deyilganida uning yuragi uvishadigan odat chiqargan. O’rtoqlari unga «xotining nega tug‘mayapti?» deb dashnom berishmasa ham shu savol ko‘ndalang turganday o‘ng‘aysizlanaveradi. Ayrimlar beixtiyor ravishda, savolni kimga berayotganini, oqibati nima bo‘lishini o‘ylab ko‘rmagan tarzda «bola-chaqalar qalay?» deyishganda Omonulloning yuragidan bir tomir uzilganday bo‘laveradi.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:15:39
Hozir Omonullo ruhini temir iskanjaga oluvchi davra sari borardi. Safar o‘zi kelmay telefonda eslatganida bormaslikning chorasini topardi. Otasinikiga kelgunicha do‘stiga qitmirlik qilib, ko‘nglini xushlamoqchi edi. Safarning «yuragi siqilganini» eshitib o‘zining ham ko‘ngli xufton pardasiga o‘rala boshladi. Tumtayib olmasa-da, gapirgisi kelmadi. Safar unga qarab-qarab qo‘yib:
— Mendan xafa bo‘ldingmi? — dedi uzrli ohangda.
— Sen xafa bo‘lishga arziydigan odammassan, — dedi Omonullo zardali piching bilan.
— Xo‘p, hisob, — biru-bir. Arazlagan — o‘g‘ri, — Safar shunday deb kaftini uzatdi. Omonullo ruhsiz holda shapati urib qo‘ydi-da:
— Opam kasal ekanlar, — dedi. — Ertalab kirib o‘tamiz.
— Bo‘pti, — dedi Safar jonlanib. — Zo‘r kabobning o‘g‘il bolasi mendan.
— Kabob yemasalar kerak. Reanimatsiyada ekanlar.
— O’zlari yemasalar do‘xtirlar yeyishadi. Do‘xtirlarning tomoQini yog‘lab tursang, yaxshiroq qarashadi. O’zingdan ibrat olmaysanmi? Do‘xtir nimayu milisa nima? Milisani moylamasang — qamoqqa jo‘natadi, do‘xtirni moylamasang, undan ham battar — narigi dunyoga jo‘natadi. — Aytgan gapi Safarning o‘ziga xush yoqib, huzurlanib kuldi. — Gapim yoqmasa ham ko‘ngil uchun salgina tirjayib qo‘y, hey «kayfitang».
Yo‘lning qolgan qismi Safarning mazali-mazasiz, yoqimli-yoqimsiz hazillari bilan bosib o‘tildi. «Gap» deb atalmish ziyofatga barvaqtroq borib qolishgan ekan, Safar maqtagan pivoning «dodoxo‘jasi»ni ichib rohatlanib o‘tirishdi. Uy egasi paytdan foydalanib, o‘zini qiziqtirgan siyosiy masalalarni oydinlashtirish maqsadida Omonulloni gapga soldi:
— «Vremya»ni ko‘rdingmi, Berlin devorlarini yiqitishibdi-ya! — dedi ajablangansimon. — Men bultur boruvdim o‘sha yerga. Zo‘r do‘konlari bor edi. Ular ham ketganmikin?
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:15:46
Omonullo darrov javob bermadi. Pivoni simirib unga qarab oldi. Berlin devorlarining yiqilishidan, yarim asrdan ziyodroq ayri-ayri yashagan xalqning qo‘shilishidan dunyo nima tashvishda-yu, nima quvonchda? Buning g‘ami esa devorga yaqin yerdagi mayda do‘konlarda.
— Devorni nimaga buzishyapti, bilasanmi o‘zing?— dedi Omonullo g‘ashlangan tarzda.
— g‘ish-pishi kerak bo‘lib qolgandir yo paxsa devor ekanmi? — dedi Safar qitmirlik bilan.
— Sen jim tur, — dedi uy egasi uni jerkib, keyin Omonulloga qarab yelka qisdi: — shunga hayronman. Tuppa-tuzuk baland devorlar edi.
— Kallani ishlat: o‘sha yerda ko‘rgan do‘konlaring kichiklik qilib qolibdi. Devorni buzib o‘rniga katta do‘konlar qurishadi. Ikkita eshigi bo‘ladi. Bir tomondan g‘arbiy berlinliklar kiradi, ikkinchisidan sharqliklar.
— Gapni ham ezvorasan-da, a? Vey, milisa bo‘lmasam ham u-buga aqlim yetadi. harbiy Berlinni uzoqdan bo‘lsa ham ko‘rganman. U yoqda zo‘r «importniy» mollar bo‘larkan. Ana endi boradigan bo‘ldi Berlinga.
Ulfatlar birin-sirin kelishib, «Berlin devori» masalasi surildi. Buning o‘rniga «besh yuz kun» deb nom olgan iqtisodiy reja muhokama qilinib, bu reja eski shahardagi go‘sht bozori talablariga javob berolmagani uchun inkor etilgach, somsalarni yeb, sho‘rvalarni ichishdi-yu:
— Qani, ko‘mirxonaga o‘tdik,— degan taklif bilan dasturxondan picha uzoqlashib, uy burchagida davra qu-rishdi.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:15:53
«Ko‘mirxona» — qimor o‘ynaladigan joy. Bir-biriga ahil, bir-biridan jonini ayamaydigan do‘stlar besh-o‘n tiyin tikishdan boshlab so‘mlarga o‘tadilar. «Ko‘mirxona»da faoliyat boshlamay turib bir-birlarining hatto necha yuz so‘mlik qarzlaridan kechib yuboradigan mard, mehribonlar qimorda o‘n-yigirma tiyin ustida so‘kishib, yoqa bo‘g‘ishib ketadilar. «Gap»ga kechikibroq kelgan do‘stlariga «qalay, yaxshimisan?» deb, o‘tirgan yerlarida qo‘l uzatib qo‘ya qoladilar. «Bola-chaqa yaxshimi?» deb hol-ahvol so‘rashga fursatlari ham, farosatlari ham yetmaydi. Omonullo qartaga usta bo‘lgani uchun «ko‘mirxona»dan umrbod badarg‘a qilingan. Qaysidir yili Omonullo Moskvaga borganida to‘rtta bir xil ko‘rinishdagi qarta to‘plami olib kelib, har bir to‘plamdagi «tuz»larni aralashtirib tashladi. O’ttiz oltita qartada to‘rtta o‘rniga o‘n oltita «tuz» mavjudligini «ko‘mirxona»dagilar keyinroq bilib qolishdi. Mana shu hazil bahona bo‘lib Omonullo jazolandi — o‘yindan tamoman chetlashtirildi. U hatto birovga maslahat berish huquqidan ham mahrum edi.
Omonullo o‘yin qizimay turib Safar bilan ertalab uchrashishni kelishib oldi. O’yin «sen g‘irrom qilib yutyapsan», deydigan darajaga yetganda sekingina turib, chiqib ketdi.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:16:08
FITNA
(Qotillikdan avvalroq sodir bo‘lgan voqea)

Omonullo Berlin devorlari qismati haqida piching so‘zlarni aytayotgandan, o‘rtoqlari esa besh yuz kunga mo‘ljallangan iqtisodiy rejani inkor qilib o‘tirishgandanancha ilgari, tunda, qamoq lagerida bir fitnaga tayyorgarlik boshlangan edi.
Nuriddin o‘sha kuni uyidan maktub olib avval quvondi, keyin ko‘ngli cho‘kdi. Maktubda dilga og‘ir botuvchi satrlar yo‘q edi. Qishloqdagi hammaning sihat-salomatligi haqida yozilib, oxirida «o‘rtog‘ing Sherdor uylanyapti», degan xushxabar aytilgandi. Nuriddinning nazarida shu xushxabar botininda onasining armonlari yashiringanday bo‘ldi. Harbiyga ketayotgan paytida onasining ma’yus uzori yana ko‘z oldida gavdalandi. Nuriddinni sakkizinchi sinfdan so‘ng o‘qitishga qo‘llari kaltalik qildi. Harbiydan olib qolishga esa undan-da kaltalik qildi. Shunda ham noshukr bo‘lmay, umid bilan kuzatgan edi. «Birortasini xushlab qolgan bo‘lsang aytib ket, unashtirib qo‘yay, kelishing bilan, Xudo hohlasa, to‘y qilamiz», — degan edi. Nuriddinning hushlagani bor bo‘lsa-da, onasiga dadil aytishga jur’ati yo‘q edi. O’rtoqlari birin-sirin uylanyapti. Har birining to‘yida onasining yarasi yangilanadi. Nuriddin onasining shu holatini ko‘z oldiga keltirib, ezildi. Barcha uyquga ketganida ham u mijja qoqmay yotdi. Tun yarimlaganda mizg‘iganday bo‘ldi. Tush ham ko‘rdi shekilli... Biroq, bu tushmi edi yo ro‘yomi, farqlay olmadi. Nazarida ko‘zlari ochiq edi. Darbadar to‘satdan paydo bo‘lmadi, barak eshigini ochib kirdi-da, taxtalarni g‘ijirlatib yurib kelib, uning ro‘parasida to‘xtadi. Ha, taxtalarning g‘ijirlaganini aniq eshitdi.
— Ha, toy bola, uyqu kelmayaptimi?
Nuriddin ajablandi: uni kichikligida «toy bola», deb erkalashganini Darbadar qaydan bildi ekan?
— Sen bunda bedorsan, yurtda esa barcha g‘aflat uyqusidadir. Ozodlik istovchi qalblar muhrlangandir. Qalblarning qullikka moyil ekanini bilurmisan, bo‘tam? Uyg‘onish fursati kelganini anglayurmisan, bo‘tam? Yurak qonlari ila Vatan bog‘in obod qilmoqni fahm etmasmisan, bo‘tam?
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:16:16
Darbadar savollar berdi-yu, nechundir javob kutmadi. Balki Nuriddinning bu savollarga javob qaytarmog‘iga aqli qosir ekanini bildimi ekan? U taxtalarni g‘ijirlatib yurib kelgan edi, turgan yerida tutunga aylandiyu shipga ko‘tarilib ko‘zdan yo‘qoldi. Nuriddin bu sir-sinoatni tushunolmay garang bo‘lib yotganida mahbuslardan biri unga yaqinlashib, yelkasidan asta turtdi-da, «tashqariga chiq, kutishyapti», deb tezgina iziga qaytdi. Nuriddin bu yerda «kim chaqir-yapti, nima uchun?» degan savol berilmasligini bilgani sababli indamadi. Bu yerlarda chaqirildingmi, bas, chiqishga majbursan. Yaxshilik bilan chaqirilgan bo‘lsang, yaxshilik bilan qaytasan, tongni o‘z o‘rningda qarshilaysan. Yomonlik qasdida chorlangan bo‘lsang, to‘shaging yetim qoladi.
Nuriddin bir necha daqiqa harakatsiz yotgach, qaddini ko‘tardi. Barakdan sal narida, maydon chekkasidagi daraxtga suyanib sigaret tutatayotgan Tengizni tanib, xavotirsiz ravishda o‘sha tomon yurdi.
— Ha, Hamzat, — dedi Tengiz uning salomiga alik olib, — uyqungni harom qildimmi?
— Yo‘q, uyqum kelmay yotuvdim, — dedi Nuriddin.
— Odamning ko‘ngli sezgir bo‘ladi, yomonlikni tez payqaydi.
— Yomonlikni? Qanaqa yomonlikni?
— Bu yoqqa yur, — Tengiz shunday deb uni barakning chiroq nuri tushmaydigan qorong‘u tomoniga boshladi. — Bir fitna tayyorlanyapti. Yomonlikni bizning qo‘limiz bilan amalga oshirishmoqchi.
— Birovni o‘ldirish kerakmi?
— Birovni o‘ldirish uchun bosh qotirib fitna yasash shart emas. Bir janjalning uyasini kavlab berishimiz kerak.
— «Biz» deganingiz kim?
— Sen, men, mening atrofimdagilar, yana besh-oltita ahmaq. Bir-ikki kun ichida Yanis amakingga o‘xshab Boltiq bo‘ylaridan kelganlar yoppasiga do‘pposlanishi kerak. Ular ham kaltak yeyishlari kerak, ham janjal boshlagan, degan aybni bo‘yinlariga olishlari shart. Balki biz tomondan odamlar yaralanar, balki o‘lar. Menga aniq aytishmagan bo‘lsa ham ko‘nglim shuni sezib turibdi. Agar ko‘nglim aldamasa, odam o‘ldirilsa, eng avvalida Yanis amaking ketadi.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:16:22
Tengiz «Yanis amaking» deb aytayotgan odam bilan Nuriddin ko‘pincha birga ishlardi. Tursunalidan bezib, uzoqlashgan paytda unga shu muloyim odam bilan sherik bo‘lib ishlash ma’qul kelib qolgan edi. Yoshi oltmishdan oshib, kuchdan qolgan, ba’zan xastalik huruj qilganda azob chekuvchi bu odam o‘zini mehnatdan olib qochmasdi. Imkoni boricha o‘z vazifasini bajarishga intilardi. Nuriddin ko‘maklashmoqchi bo‘lganida «har kim o‘z aravasini o‘zi tortishi kerak», deb unamas edi. Ana shu beozor odam nima gunoh qilibdi-ki, uni do‘pposlashsa, so‘ng esa «qotil» degan tuhmat bilan ayblashsa...
— Gapimga tushunmading-a? — dedi Tengiz. — Sen juda xomsan, bola. Ha, xomsan! Yanis amaking nima uchun qamalgan, bilasanmi?
— Ha, ishxonasida elektr choynakdan o‘t chiqqan ekan...
— Bu bir bahona, Hamzat. Yanis amaking aslida siyosiy mahbus. Lekin bizning «erkin va ulug‘» Sovetlar mamlakatidan siyosiy qarashlar uchun qamash mumkin emas. Uning tajribaxonasiga o‘t qo‘yishib, tuhmat bilan qamashgan. Aslida u zo‘r fizik olim bo‘lgan. Vatanini ruslar bosib olganini ochiq aytgan, xalqini ozodlik yurishiga da’vat etgan. Mana, sening ham, mening ham yurtimni ruslar bosib olishgan. Biz shuni ochiq ayta olamizmi? Yo‘q. Mayli, men bir o‘g‘riman, bunaqa gaplarga aqlim yetmas. Sen ham g‘o‘rsan, yoshsan, ilmi yo‘q bir qovoq kallasan. Seni ham ayblab bo‘lmaydi. Lekin olimman, zo‘rman, deb kerilib yurganlarimiz aytishadimi? Yo xalqiga yuzlanib, turlaring, ozodlik uchun kurashlaring, deydimi? Shuning uchun ham Yanis amakingni hurmat qilaman. Hozir Moskvada Yanisga o‘xshaganlar rus hukumati bilan teppa-teng olishadigan bo‘lib qolishgan. Nazarimda ular siyosiy mahbuslarini ozod etishni talab qilishyapti. Bu hukumatni chaqayotgan eng muhim narsa — ular Sovet Ittifoqidan ajralib chiqay deb turishibdi. Moskva endi ularni shirin yolg‘onlari bilan ushlab turolmaydi. Fitnasiz ish bitirishi qiyin. Shuning uchun hamma yerda har turli fitnalar ko‘tarishga buyruq kelganga o‘xshaydi. Bu yerdagi fitna bizning qo‘limiz bilan bo‘ladi.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:16:30
— Ko‘nmasakchi? Ur, desa uraveramizmi? O’g‘rilarning or-nomusiga to‘g‘ri kelmaydi-ku, bu? Siz tomondan xoinlik bo‘lmaydimi?
— Bu gaplarni qo‘y, Hamzat. O’g‘rilar hech qachon bularga xizmat qilmagan va qilmaydi ham. Gap yanislarning taqdiri ustida ketyapti. Ularni urmasak bo‘lmaydi.
— Nega? — Nuriddin ajablanganidan ovozini bir parda ko‘targanini o‘zi ham sezmay qoldi.
— Baqirma, — dedi Tengiz yelkasini mushtlab. — Aqlingni ishlat: biz urmasak, boshqalar o‘ladigan qilib uradi. Avval menga topshirishdi bu ishni. Keyin Koshakni ham chaqirishdi. Unga nima deyishgani noma’lum. Agar yo‘q, desak payimizga tushishadi. Men-ku, bundan qo‘rqmayman, sendan havotirdaman. Erta-indin muddati tugaydigan ahmaqlar bilan Koshak ishga kirishguday bo‘lsa, yomon qiladi. Shuning uchun seni chaqirib aytishsa, haqiqat talashma, jig‘iga tegma. «Yaxshi bo‘ldi, qo‘lim qichib turuvdi», deb qo‘ya qol. Urush chiqsa sen Yanis amakingni urasan. Unga tayinlab qo‘y, u boshqalarga aytsin, olishib, mushtlashib yurishmasin, qo‘llariga hatto temir qoshiq ham olishmasin. Faqat o‘zlarini himoya qilishsin, boshlari bilan biqinlarini ehtiyot qilishsin. O’zing ham ehtiyot bo‘l. Ola-tasirda Koshakka o‘xshagan bir ahmaq sengami yo mengami pichoq tiqvolishi mumkin. Angladingmi? Bor, endi uxla.
Shu gaplardan keyin odamning uyqusi kelar ekanmi? Nuriddin bir to‘p chaqirtikanak ustida yalang‘och yotganday qiynalib chiqdi. Siyosat bobida ongi past darajada bo‘lgan bu yigit qamoqdagi bir keksa odamning Moskvadagi hukumatga qanday yomonlik qilishi mumkinligini bilolmay garang edi. Har qanday raqib uchun, ayniqsa siyosiy muxolif uchun odamning jismigina emas, balki fikri, ruhi ham xavfli ekanini anglash martabasiga yetmagan edi. Buni Darbadar tushunishi mumkin edi. U yo‘qlik dunyosida, fikrlari esa muhojirot tuproqlariga singganicha qoldi. Faryod-larini tog‘u toshlar bag‘riga ololmadi, ko‘zlaridan oqqan alamli yoshlardan zamin seskandi.
Nuriddin Darbadar bilan Yanis taqdirida o‘xshashlik topmadi. Zohiran shunday, u haq edi. Biroq qalblar yarasi ikkovida birday edi. Darbadar «Oh, Vatan!» deb jon berdi. Yanis ham shu qalb faryodi bilan bu azoblarga yo‘liqdi. Endi esa yana bir do‘zax azobiga hukm qilinib turibdi.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:16:38
Nuriddinning izidan qarab qolgan Tengiz barakka, yotar joyiga kirmadi. Qamoq lagerining hamma uchun majbur bo‘lgan qat’iy qoidalariga amal qilmaslik uning odatiy holi edi. Faqat o‘zi emas, balki uning iltifotiga sazovor bo‘lganlar ham bu qoidalarni buzishga haqli edilar. Ana shuning uchun ham Nuriddin tunda barakdan, kunduzi esa ish joyidan nari ketsa birov tanbeh bermasdi. Tengizning o‘ziga-ku bu yer nomigagina qamoq edi. U «o‘ziga xon, o‘ziga bek» bo‘lsa-da, bosar tusarini bilmay qadam bosmasdi. Qamoq lageri hojalariga bo‘ysunmaganday yursa-da, ular tomondan tasodifiy zarbani kutib yashardi. Bu oqshom Yanislarga uyushtirilayotgan fitna uni sergak torttirdi. Qamoq lageri boshlig‘ining muovini chaynalib, gapni aylantirdi. «Yuqoridan buyruq kelganini, bajarishga majbur ekanini» afsus bilan aytdi. Aslida «yanislarga hech bir da’vosi yo‘qligini» bildirib qo‘yishni ham unutmadi.
Tengiz yuqoridan buyruq kelgach, bu bechoralarning bajarishga mahkum ekanliklarini yaxshi bilardi. Shuning barobarinda «ulug‘ og‘alar»ning kichikroq xalqlar vakillariga zug‘um qilishdan lazzat olishlari ham ma’lum unga. Yanislarga qarshi fitnani ular afsus bilan emas, bil’aks, rohat bilan, bajonidil bajaradilar. Agar bu buyruq o‘zlarinikiga nisbatan bo‘lsami, chindan ham afsusda qolishlari muqarrar.
«Bugun — yanislar, ertaga kimlar? — deb o‘yladi Tengiz, — balki mendirman, balki ozarbayjonlar...»
«Tengiz o‘limdan qo‘rqmaydigan mard o‘g‘ridir», demoqlik ta’rifning ko‘pigidir. Chunki odamga, o‘g‘rimi yo to‘g‘rimi, farqi yo‘q — jon shirin! Qamoqdami yo erkinlikdami, yigitmi yo cholmi, farqsiz o‘laroq, yashagisi kelaveradi. Qamoq lageri rahbariyatining iltimosini qabul qilishi, Nuriddin aytganidek, u uchun isnod edi. Halollik ila mulohaza qilinsa Murik bilan uning orasida farq chegarasi sezilmas edi. Tengiz buni bilgani uchun ham, boshqa chorasi bo‘lmagani uchun ham o‘zicha ezildi. Bu masalani «politbyuro»ga qo‘ygan taqdirda ham «blatkomitet»ning ma’qullashi aniq edi. Ular buni «hukumatga xizmat qilish» emas, «o‘g‘rilar olamini dahlsiz saqlab qolish» deb ta’riflagan bo‘lishardi. Bu shunday g‘alati olamki, uni bir qal’a tasavvur etilsa, kiraverishidagi ark peshtoqiga «Harna qilsang qilaver, va ijozatimizsiz hech narsa qilishing mumkin emas», degan shior yozib qo‘ysa ham bo‘lardi. Bu olam arki juda hashamatli, fusunkor. Bokira qiz kabi o‘ziga chorlaydi. Qizning husnidan bahramand bo‘laman, kiramanu chiqaman, degan xushtor odam esa yanglishadi. Chunki bu bokira ko‘rinishidagi olam eshigi bittagina. Kirmoq boru, o‘z oyoqlari bilan yurib chiqmoq yo‘q. Ortga faqat tobut ichida qaytiladi.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:16:46
Tengiz bu haqiqatni avvaldan bilardi. Bu olam uning ko‘zlariga bokira bo‘lib ko‘rinmagan. U bor fasodlarini, mavjud botqog‘u balchiqlarini bilgani holda qadam qo‘ygan bu olamga. «Bir boshga — bir o‘lim bo‘lgach, qaerda va qanday holatda jon berishning nima farqi bor? Eng muhimi — dunyodan ko‘ngling talab qilgan darajada lazzatlanasan, dunyodan o‘zing istagancha qasos olasan». Tengiz kashf etgan falsafa mag‘zi shu edi. Ammo bu «falsafa»ga zid o‘laroq, ko‘ngil o‘tmish hayotini qo‘msab turardi. Shunda u ikki kemaga ikki oyoQini qo‘yganday his etadi o‘zini. Bu holatda uzoq suza olmasligini, g‘arq bo‘lajagini biladi. Bilsa-da, holatini o‘zgartirmoqni istamaydi.
Tengiz kimsasiz maydon chetida junjikkanday qunishib turdi-da, to‘rtinchi barakka borib, Koshakni chaqirtirdi. Koshak maykachan chiqib, Tengizga yaqinlashgach og‘zini baralla ochib esnadi. Dimog‘idan ufurilgan qo‘lansa hiddan Tengiz aftini burishtirdi. «Xo‘jayin bo‘ktirib ichiribdi-da», deb o‘ylab g‘ashlandi.
— Nima deysan, Knyaz? — dedi Koshak junjikib.
— «Enze»1dan ol, uyqu qochdi, — dedi Tengiz ham homuza tortib.
Koshak «menda yo‘q», demoqchi bo‘ldi-yu, Tengizning o‘tkir nigohiga qarshi bora olmay, ichkariga qaytdi-da, uch kesim kolbasa bilan yarmi ichilgan aroq shishani ko‘tarib chiqdi. Tengiz chindan ham ichgisi kelayotgan odam kabi shishani uning qo‘lidan tortib olib ko‘tardi. Koshak uzatgan kolbasani olmay «kuf» degach, labini kafti bilan artib qo‘ydi.
— Koshak, ko‘ngil Sochini, Yaltani qo‘msayapti. Dengiz... Sohil... Jononlar... restoranlar... — Tengiz shunday deb yana ikki qultum ichdi.
Shu turganicha aroqni asta-sekin ichib bo‘shatish asnosida gapni chuvaladi. Koshak chaqirilgan zahotiyoq «Knyaz xo‘jayinlarning gapini so‘raydi», deb gumon qilgan edi. Biroq uning kutgani bo‘lmadi: Tengiz chaqiruv sababini so‘ramadi. Aroq ko‘ngil taftini bosganday bo‘lgach, xayrlashib, o‘zi yotadigan barakka qarab ketdi.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:16:54
U Nuriddin kabi uxlay olmay qiynalmadi. Aroqning quvvati allalaganday bo‘lib, kipriklariga uyqu qo‘na qoldi.
Nuriddin ertasi kuni chekish bahonasida dam ola-yotgan Yanisni kutilajak ofatdan xabardor etdi. Yanis Nuriddin kutganidek sapchib tushmadi, G’azablanmadi ham. Shimolliklarga xos sovuqqonlik bilan o‘zgarishsiz o‘tiraverdi. Nuriddin bu fitnada o‘zining ishtirok etishi mumkinligini aytmadi. Aksincha:
— Siz xafa bo‘lmang, biz sizni himoya qilamiz, — deb uning ko‘ngliga dalda bergisi keldi. Bu shunchaki manzirat emas, yigit qalbining ahdi edi. Uyqusiz kechgan tun uni shu qaror bilan tongga yetkazgan edi. Tengizning ogohlantirishiga qaramay, shu maqsadda to‘xtaldi.
— Yo‘q, Nuriddin, kerakmas,— dedi Yanis,— qamoqda har bir odam o‘zini o‘zi himoya qilishi kerak.
— Odam odamga bo‘ri bo‘lib yashashi kerak, demoqchimisiz?
— Bo‘rimi...— Yanis shunday deb kulimsiradi. Uning bu nim kulgusi quvonch yeli bilan emas, afsus shamoli bilan uyg‘ongan edi. — Bo‘rilarni kamsitma, Nuriddin, agar odamlarda bo‘ri tuyg‘usi bo‘lsaydi, odam boshqacha yashardi.
Nuriddin Yanisning bu gaplarini fahm etmadi, tushunmaganini yashirmay so‘radi:
— Odamlar bo‘riga o‘xshasa deysizmi?
— Ha, bo‘riga o‘xshasa... Bo‘rilar odamlar kabi bir-birlarini g‘ajimaydilar. Ular ahil yashaydilar. Ular ozodliklarini hech nimaga alishmaydilar. Bunday ahillik, bunday mag‘rurlik boshqa hech bir jonzotda yo‘q. Sen tsirkda bo‘rini o‘ynatganlarini hech ko‘rganmisan? Ha, ko‘rmagansan. Fildan tortib ilongacha bir luqma ovqat uchun insonlarga masxara bo‘ladi. Faqatgina bo‘ri bo‘ysunmaydi. Sen turkiylardansan. Ajdodlaring e’tiqod qilgan ramz nima bo‘lgan, bilasanmi?
Nuriddin aybdor odam kabi nigohini olib qochib, yelka qisib qo‘ya qoldi.
   
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:17:02
— Qurt, ya’ni bo‘ri. Turkiylar bayrog‘ida bo‘ri tasviri bo‘lgan, deb eshitganman. Turkiylar qadimda shunday erksevar bo‘lgan ekanlar. E, u zamonlar o‘tib ketdi. — Yanis shunday deb xo‘rsindi. — Biz ham ozodlik sevuchi xalqmiz. Men bu qamoqni nazarda tutayotganim yo‘q. Meningda, seningda vataning ulkan bir qamoqqa aylantirilgan. Bizlarning yurtdoshlarimiz esa tutqunlar. Mening xalqim tutqunlikka ko‘nikib yashaydigan toifadan emas. Sen hozir «Yanis amakimga yangilik aytdim», deb o‘ylayapsanmi? Men shunday bo‘lishini kutardim. Bugun bo‘lmasa ertaga albatta qilishardi shu ishni. Seni bo‘lmasa boshqalarni yollashardi. Nafsga qul bo‘lganlar ozmi bu dunyoda?
— Men yollanganim yo‘q, — Nuriddin shunday dedi-yu, ammo unga tik qaray olmadi.
— Men shunchaki misol tariqasida aytyapman. Sen bilan biz ikki tomonlama mahkummiz. Bundan qutularmiz, biroq Vatan tutqunligichi? Sen «bularni nima uchun qiynasharkin?» deb garang bo‘layotgandirsan? Bilib qo‘y: biz uchun dunyoda eng shirin so‘z — ozodlik! Ular shu so‘zni aytuvchi tillarni kesadilar. Erkin nurga tashna ko‘zlarni o‘yib oladilar. Bunga ajablanmaslik kerak. Axir sen mol so‘ygan qassobga qarab ajablanmaysan-ku? Nuriddin, sen hali yoshsan, ko‘p narsalarga tushunmaysan. Tutqunlikda tug‘ilganing uchun ko‘zlaringni ocha olmaysan. Men esam vatanimning qanday tutqun bo‘lishini o‘z ko‘zlarim bilan ko‘rdim. Bir tasavvur qilgin-a, qassob o‘z onangni ko‘z oldingda bo‘g‘izlasa... Men ana shunday odamman. O’lganimdan so‘ng yuragimni tilib, ochishsa, qon o‘rnida zardob ko‘rishadi. Sizlar buni taqdir deysizlar. Biz esa bunga murosa qila olmaymiz. Men, agar bilsang, shu azoblarga duch kelganimdan xursandman. Uyida qorin g‘amida yotgan tuyg‘usiz odam qatoriga tushib qolmaganimdan quvonaman. O’lib ketsam ham ranjimayman, axir ruhim ozod tarzda qoladi-ku? Agar mening o‘limim vatanim ozodlik onlarini bir daqiqaga ham yaqinlashtira olsa ming-million martabalab qayta-qayta o‘lib berishga roziman. Agar bilsang, yer yuzidagi hamma jonzotlar o‘z uyasini qadrlaydi, himoya qiladi. Biz esa... shularchalik ham emasmiz, mening armonim shu xalos. Ovqat yeyishni bilamiz, kiyinishni bilamiz, maishatni bilamiz, chiroyli so‘zlashga ustamiz, ammo Vatan qadrini bilmaymiz. Uyimizga o‘g‘ri tushsa dod solamiz, Vatanni talasalar indamaymiz. Sen bularni tushungin, Nuriddin. Bu yerdan chiqib borganingdan keyin sen ham qorin g‘amiga tushib qolmagin. Ular bizlarni xuddi tramvay kabi o‘z izlaridan yurmog‘imizni, ular istagan yerda to‘xtab o‘tmog‘imizni xohlaydilar. Biz tramvay emas, unutma, bizlar erkin qushlarmiz. Qani edi, burgut bo‘la olsak...
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:17:11
Nuriddin bu gaplarni eshitib, ajablandi. Bugunmi yo erta-indinmi boshiga kulfat yog‘ilay deb turgan odam o‘z qayg‘usini o‘ylamay, shu gaplarni aytib o‘tirsa. Kulfatni tik turib qarshi olish — mutelikmi yo mardlikmi? Alhol Nuriddin bu savolga javob topa olmadi. Shundan so‘ng qo‘li ishda, xayoli esa Yanisda bo‘ldi. O’zi istamasa-da, beixtiyor ravishda unga tez-tez qarayverdi. Nuriddinning holatini anglagan Yanis sir boy bermay, sovuqqonlik odatiga xilof qilmagan tarzda ishi bilan mashg‘ul bo‘laverdi. Yana bir chekish bahonasida hordiq chiqarishayotganda:
— Sharqliklarning juda zo‘r hikoyasi bor, aytaymi, eshitasanmi? — deb qoldi. Nuriddin Yanisning indamay ishlayotganidan siqila boshlagan, hozir hikoya aytadimi yo boshqa bir balonimi, unga farqsiz, sherigi gapirsa bas edi. Shu bois «ayting», deb darrov ko‘na qoldi.
— Taqdir degan bir odamning fahm-farosatda tengi yo‘q, oqila va go‘zal qizi bor ekan. Taqdir qiziga qarab: «Aql, Davlat va Umid degan uch odamdan sovchi kelyapti, qaysi biriga rozi bo‘lasan?» deb so‘rabdi. Shunda qiz: «Dada, aql — insondagi eng ulug‘ fazilatdir, Aqlga suyanib turib do‘stni dushmandan, hushyorni devonadan farqlash mumkin. Lekin aqlning bir aybi bor: kishini chalg‘itib, xatarli yo‘llarga solib qo‘yishi mumkin. Davlat esa ham ishbilarmon, ham hukmdordir. Lekin Davlat hech qachon, hech kimga vafo qilmaydi. Men Umidni ixtiyor qilaman. Chunki Umid hech qachon Insonga xiyonat qilmaydi, undan ajralmaydi. Butun jahon undan manfaatdor», degan ekan. Biz ham o‘sha Taqdirning dono qiziga o‘xshab Umidni tanlasak, adashmaymiz.
Yanisning bu gaplari Nuriddinga qiziqarli, ayni damda sirli tuyuldi. Shu sababli yana qaytarishni iltimos qildi. Yanis ensasi qotmasdan, bu safar soddaroq qilib tushuntirdi. Garchi u Taqdirning dono qizi kabi Umidni tanladim, degan bo‘lsa-da, aslida o‘zi birdaniga ikki erni ixtiyor qilgan qiz kabi edi. U Umiddan avval Aqlni tanlagan edi. Aql uni shu holatga soldi, endi esa «ko‘z ochib ko‘rganim — Umid», deb o‘tiribdi.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:17:24
OILA

Eshik qo‘ng‘irog‘ining asabiy jiringlashidan uyg‘ongan Omonullo darrov soatiga qaradi. Telefon ishlamay qolgan kezlari hamkasblari yarim kechami yo erta tongmi, chaqirib kelaverishardi. U o‘zi ishlaydigan sohada vaqtida hordiq chiqarish yoki bayramlarda dam olish yo‘qligiga allaqachon ko‘nikib ketgan. Qatorasiga ikki kun uxlamay, endi ko‘zi ilinganda chorlashganida ham indamay turib ketishga odatlangan. Hozir ham tezda kiyinib, eshikni ochdi-yu, Safarni ko‘rib, ajablandi:
— Ha, so‘fi tahorat qilmay kelibsan? — dedi norozi ohangda.
— «Ko‘mirxona»dan endi turdik. O’yin ja-a qizib ketdi. Uyga bormay, to‘g‘ri senikiga kelaverdim, — Safar shunday deb, taklifni kutmayoq ostona hatlab ichkari kirdi. — Sen ham erkaklarga o‘xshab «gap»ning oxirigacha o‘tirsang, billalashib kelardik.
— Agar «gap»da o‘tirishlaring hisobga olinmasa senlarning erkak ekanliklaringni bilib ham bo‘lmaydi, — Omonullo shunday deb yuvinish maqsadi-da yon tomon o‘tdi.
— Menga qara, hov erkak, — dedi Safar, — ma, kalitni ol, xohlasang men uyingda yota qolaman, rayoningga o‘zing borib kel.
— Birga boramiz, — dedi Omonullo. — Meni himoya qilasan. Mabodo seni ham o‘ldirib qo‘yishsa, bahonada bitta medalli bo‘lib ketasan bu dunyodan.
— Sen uchun o‘lish biz uchun sharaf, okasi, — dedi Safar, kinoyaga kinoya bilan javob berib. — O’lishdan oldin bir uxlab olmasam bo‘lmaydi. Men mashinada yotaman, uyg‘otma. Qog‘oz xaltaga u-bu solib berishgan. Xohlasang, ye-ich.
Omonullo yuvinib, yengil tamaddi qilib olgach, ko‘chaga chiqdi. Orqa o‘rindiqda ikki buklanib yotgan Safarning hurragini tashqaridan ham bemalol eshitish mumkin edi. Mashina o‘rnidan siljigach, u bir silkinib, ko‘zlarini yarim ochib qarab qo‘ydi-yu, uyquni kelgan yeridan davom ettiraverdi.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:17:33
Safarning bu qadar barvaqt kelishi, orqa o‘rindiqda uxlab yotishi Omonullo uchun ma’qul keldi. Safar ko‘ngliga yaqin do‘sti bo‘lsa-da, uning ba’zida meyoridan o‘tuvchi safsatalari me’dasiga tegib ketardi. U kasalxonaga o‘tib, tutingan otasining uyqusizlikdan kirtayib, qizargan ko‘zlaridan opasining ahvoli uncha yaxshi emasligini tushundi. Kechki payt yana xabar olishini aytib, Matluba To‘xtaeva bilan uchrashish niyatida cho‘lga qarab yo‘l oldi.
Ko‘chada harakat siyrak bo‘lgani uchun mashinani yeldek uchirdi. U Matluba bilan bo‘lajak uchrashuvni, berajak savollarini xayolida yana bir pishirib olgach, kechagi uchrashuvni beixtiyor tarzda esladi. Omonullo Adolatni kuzatib qo‘ygach, doktiloskopist bilan suhbatlashib, ayrim narsalarni yanada aniqlab oldi-da, Samandar Ochilovning birinchi xotini bilan uchrashishga otlandi. Mels Xo‘jaev yozib bergan manzilga borib qo‘nQiroq tugmasini bosdi. Eshikni qorachadan kelgan, yuzlari lo‘ppi, ko‘zlari kulib turuvchi istarali ayol ochdi. Pastga tushishga harakat qilayotgan jingalak sochli shiringina o‘Qilchasini baQriga mahkam bosganicha kutilmagan mehmonga «Keling?» deb savol nazari bilan qaradi. Omonullo o‘zini tanitgach, «adamiz uyda yo‘q edilar», dedi uzrli ohangda. Omonullo uyga kirmoqqa ijozat yo‘qligini anglab, ostonada gaplashib qo‘ya qoldi. Samandarning birinchi xotini tabiatan kamgapmidi yo savol-javoblarga hushi bo‘lmadimi — Omonullo bilolmadi. Ayoldan ishga asqotadigan yangi gap ham ololmadi. Ajralishganlaridan so‘ng bir yil o‘tgach turmush qurgan ayol birinchi erini o‘shandan beri ko‘rmagan, uylanganini eshitmagan ham edi. Ajralishi sababini esa bir oz qiynalibroq aytdi. «Farzandsizlikdan...» — deb yerga qaradi. Omonullo «Ochilov farzand ko‘rolmaydigan erkak ekanmi?» deb o‘yladi. Bu o‘yni o‘qigandek ayol unga izoh berdi: «Farzand ko‘rishdan qo‘rqardilar... Urush bo‘lib qolsa bolalar azoblanadi, deb cho‘chirdilar. Xayollarida ertami indinmi urush boshlanib, hamma yoqni atom bomba bosadigandek edi.
   
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:17:47
Birinchi homilamni olib tashlattirmoqchi bo‘ldilar. Men unamadim. Tug’ilganida xursand bo‘ldilar baribir. Lekin... xavotirlari ko‘tarilmadi... Bolamizning umri qisqa ekan, atom bombasiz ham bizni tashlab ketdi... Keyin shu masalada baribir chiqisha olmadik. O’zlari juda yaxshi odamlar, chivinga ham ozor bermaydilar... Lekin xayollari g’alati...»
Omonullo xayrlashib qaytar mahalida ham bu gaplarni ko‘p o‘yladi. Bunaqa toifani uchratmagani uchun Samandarning qilig’iga sira tushunmadi.
Hozir cho‘lga, Matluba bilan uchrashuvga oshiqayotgan damda ham kechagi suhbatini eslab, tushunishga urindi — uddasidan chiqolmadi...
Safar to manzilga qadar, to‘g‘rirog’i, mashina qishloqning notekis ko‘chalariga kirib chayqala boshlagunga qadar uyQonmadi. Avval depara vakili bilan kelgan Omonullo Matlubaning uyini qiynalmay topib bordi.
Maktabga otlangan bolalarini kuzatib chiqqan Matluba yonginasida to‘xtagan mashinaga xavotir bilan qaradi. Keyingi oylar ichi uning yuragi qush hadigi bilan uradigan bo‘lib qolgan edi. Hovlidagi musichalar bexos patillab urishib ketsa ham, tomdagi mushuklar miyovlab, tunukalarni taraqlatib yugurib qolishsa ham, qo‘shnining eshagi hangrab yuborsa ham bir titrab olardi. Bemahalda ko‘chadan mashina ovozi kelsa «iloyim to‘xtamasin», deb yurak yutib o‘tirardi. Mashina to‘xtaguday bo‘lsa, yuragi ham urishdan to‘xtaganday bo‘lardi. Bu tun ko‘chalaridan ikki marta mashina o‘tib uyqulari o‘chib ketgan edi. O’sha vahmdan qutulmay turib, yonginasida shaharning mashinasi to‘xtadi-yu, rosmanasiga cho‘chitib yubordi.
Omonullo eshik og’zida turgan Matlubaga o‘zini tanitishga ulgurmay, Safar ham mashinadan tushib, unga yaqinlashdi. Dumaloqdan kelgan, jingalak sochli, bo‘yniga ham, o‘ng bilagiga ham tilla zanjir osib olgan Safarga Matluba xavotir bilan qaradi. Safar uning xavotirli nigohini anglamay, tomdan tarasha tushgani kabi:
— Opa, xojatxona qaerda? — deb so‘radi.
   
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:17:55
Omonullo do‘stining befarosatligidan ranjib, unga norozi qiyofada qarab oldi-da, Matlubaga uzrli ohangda:
— Bu mening og’aynim, uzoq yo‘lda hamroh bo‘lib keldi, — dedi.
Matluba «Milisaning o‘rtog’i shunaqa bo‘ladimi?» deganday Safarga yana bir qarab olib, hovlisi tomon chekindi-da, etak tomonni imlab ko‘rsatdi.
— Avvalgi kuni ham kelgan edim, yo‘q ekansiz? — dedi Omonullo.
— O’a, ha, eshitdim kelib-ketganingizni. Men... shaharda edim. Dadamning marosimlari bor edi.
Omonullo Adolatning so‘zlarini eslab «Rostmi?» deganday qarab turaverdi.
— Keling, ichkari kiring, — Matluba shunday deb ayvon sari yo‘l boshladi.
Omonullo liqillab turgan, ammo bitta odamni ko‘tarishga yaraydigan stulga omonat o‘tirdi. Ikkinchi stulni Matluba egallab, qaynonasi oldida mulzam bo‘lgan kelin kabi boshini quyi egib, barmoqlariga tikilib qoldi. Omonullo esa atrofga shoshqich razm solib «direktorning uyi obodroq bo‘lardi, mulkini musodara qilishganmi yo berkitib ulgurishganmi?» deb o‘ylab qo‘ydi.
— Akamdan xat-xabar bormi, tinchmilar? — Omonullo o‘zining nima maqsadda kelganini bildirib qo‘yish uchun gapni shunday boshladi. Matluba esa «militsiya bekorga surishtirmaydi», degan xavotir bilan titroq ovozda:
— Kimni so‘rayapsiz? — dedi.
— Xo‘jayiningizni so‘rayapman, — dedi Omonullo yanada samimiy ohangda.
— Xo‘jayinimning yana chala ishlari qolgan ekanmi? — Matluba shunday deb unga o‘g‘rincha qarab oldi. — Qamasalaring ham tinch qo‘ymas ekansizlar-da, a?
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:18:02
Omonullo Adolatning gaplarini eslab:
— Mendan oldin ham so‘rab kelishuvdimi? Kim edi, qachon keldi, nimaga kelishdi? — deb so‘radi.
Matluba unga yalt etib qaradi-da, «atay sinash uchun so‘rayapsizmi, rostdan bilmaysizmi?» degan savol muhrlangan nigohini unga qadadi. Matluba so‘nggi tintuvda «yuragim yorilib o‘lib qolsam kerak», deb o‘ylagan edi. Dastlab ko‘ringanda nafratini qo‘zg’otgan Xursanali o‘shanda joniga oro kirgandi...
... O’shanda bolalari endigina uyquga yotishgan edi. Ko‘chada, ularning darvozalari yonida mashina to‘xtadi, ammo motori o‘chirilmadi — Qirillab turaverdi. Jing’iroq ishlamas edi, mashinadan tushgan odam darvozani qattiq taqillatdi. Matluba o‘rnidan turib tashqariga chiqishni ham, chiqmaslikni ham bilmay turganda tashqaridan «Matluba!» — degan ovoz keldi. Matluba ovoz egasini tanib, ham yengillik, ham xavotir bilan o‘rnidan turdi. Tashqarida sovuq izg’irin ekanini unutib, egniga paltosini ilmay hovliga chiqdi. Besabr Sarvar esa yana darvozani taqillatib, bu safar «opa!» deb chaqirdi. U kamdan kam hollardagina «opa» derdi. Uning bu safargi lutfining sababi darvoza ochilgach bilindi: Sarvarning yonida Xursanali turardi. Begonaning huzurida «opa» deyishga majbur bo‘lganini Matluba tushundi.
— Voy, tinchlikmi? — dedi u bir qadam ortga chekinib.
— Tinchlik, — dedi Sarvar ichkariga qadam bo-sib. — Bolalaringni kiyintir. Faqat hovliqma, lekin tez bo‘l. Nima gapligini keyin aytaman.
Sarvar Xursanali bilan ichkari kirdi-da, ayvon zinasiga yetganda opasidan «Podvalning chirog’i bormi?» deb so‘radi. «Ha», degan javobni eshitgach, «Yo’q!» deb buyurdi.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:18:10
Ayvon zinasining yon tomonidagi pastqam eshikni ochib, Sarvar, ketidan Xursanali yerto‘laga tushishdi. Ayvon ensiz bo‘lgani uchun to‘sinlarning beliga tirgak qo‘yilmagan edi. Bir oz egilgan holda katta uy yerto‘lasiga o‘tdilar: Xursanali olingan xabarda bayon qilingandek yettita ustun sanadi-da, o‘rtasidagisiga yaqinlashib, engashdi:
— Shu yerda bo‘lishi kerak, — dedi batartib terilgan g‘ishtlar ustiga kaftini qo‘yib. — Tesha olib tushing, opangizni ham chaqiring, tushuntirib qo‘yay.
Sarvar «xo‘p», deganicha shoshilib chiqdi-yu, dam o‘tmay kalta sopli eski teshani ko‘tarib qaytdi. Xavotirdanmi yo sovuqdanmi titrayotgan Matluba unga ergashib keldi.
— Opaxon, xo‘jayiningiz u yoqda gullab qo‘yibdilar: shu ustun tagida xazina bormish.
Matlubaning xayoli yorishib, «shu yerga ko‘milgan ekanmi, aytib ham ketmabdi-ya, u g‘alamis. Endi bularga yem bo‘ladimi?» degan fikr o‘tdi. Tili esa:
— Xazinasini yer yutsin, — dedi.
— Xazina bo‘lsa, yer yutmasin, opa. Xazina bo‘lsa, odamlarning kuniga yarashi kerak. — Xursanali shunday deb gapirganicha ustunni dam yuqorisiga, dam pastiga urib-urib siljitdi-da, so‘ng g‘ishtlarni asta ko‘chirdi. Keyin ikki qarichcha qalinlikdagi tuproqni teshada tatalab chiqardi. Teshaning uchi taxtaga tekkach, tuproqni kaftlari bilan sidirdi. Hali chirishga ulgurmagan taxtaqopqoq tutqichidan ushlab ko‘tardi. Ke-yin yana bir qarich qalinlikdagi tuproqni oldi. Ikkinchi yog‘och qopqoqni ham ko‘targach, bir jomadon bemalol sig‘adigan o‘ra ko‘rindi. Nomi xazina bo‘lgan bu o‘ra bo‘mbo‘sh edi.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:18:16
— Akaxonga besh ketdim: aldabdi, — dedi Xursan-ali qaddini ko‘tarib. — Bir-ikkita xarif xazinaning isini olib, pochchakamizning kekirdaklariga chang solgan ekan, shu yerda, deb gullabdi u ahmoq. Ahmoq deganimga xafa bo‘lmang, opaxon, bugun-erta xazina bor bu yerda, deb laqillab kelib qolishadi.
— Kim?
— Kimligini Xudo biladi. Lekin kelishlari aniq. Agarda bu yerda hech narsa topilmasa, avval sizlarga qiyin bo‘ladi. Akaxon esa, chiqqan joylariga kirib ketaveradilar.
— Quribgina ketsin, shu boyligiyam! O‘lar bo‘lsam o‘lib bo‘ldim! — dedi Matluba yig‘lab.
— To‘xtang, opaxon, o‘lmay turing. Avval bu ishlarni bir yoqlik qilib olaylik. Hozir hammamiz ketamiz. Bolalaringizni ukangiznikiga tashlab, ertalab qaytib kelasiz. Sarvar ham bir-ikki kun siz bilan shu yerda turadi. Biz ham shu atrofda bo‘lamiz. Ishni bexit qilish kerak. Mabodo ishkal chiqsa, o‘zimiz tinchitamiz. Opaxon, mana bu suratga qarab, yaxshilab tanib oling bu ta’viyani, — Xursanali ichki yon cho‘ntagidan surat chiqarib ko‘rsatdi. — Chap oyog‘i kaltaroq bu odamning. So‘rashsa, eng avvalo cho‘loqligini aytasiz. Chap qulog‘ining yarmi yo‘q, burni pachoq. Gapirganda pishillaydi. Nima deganini o‘risi ham, chulchiti ham tushunmaydi. Panjalari katta-katta, menikiga ikkita keladi. Xullas, bir kuni kechqurun shu cho‘loq badbashara bostirib kirgan. Yonida bir malla xotin ham bo‘lgan. Pichoq chiqarib, do‘q urgan. Sizni bolalaringiz bilan birga uyga qamashgan. Podvalda bir nimalarning taqillaganini eshitgansiz. Ular indamay ketishgan. Siz podvalga tushishga qo‘rqasiz o‘shandan buyon. Shularni aytsangiz bas.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:18:23
— Kim o‘zi bu? — dedi Matluba titroq ovozda.
— Ko‘nglingiz aynisa ham bu taviyaga yaxshilab to‘yib oling. Uch-to‘rtta suratga aralashtirib ko‘rsatishlari mumkin. Tanib olishingiz shart. Adashmang. Bu odam xo‘jayiningiz bilan zekvagon1da birga bo‘lgan. Zonaga borganda qochgan. Bu tomonlarga kelib ishkal chiqaruvdi, o‘zimiz tinchitib qo‘ya qoldik. Xitlar buni bilishmaydi, qidirib yurishibdi hali ham. Xazinani shu olgan, desak, siz ham tinchsiz, u yoqda akaxonga ham chivin qo‘nmaydi. Biz sizni himoya qilamiz, deb shartlashganmizmi, demak, sizni birovning chertishga ham haqqi yo‘q, — Xursanali cho‘ntagidan tanga chiqarib kaftiga qo‘ydi. Matluba buni avval besh tiyinlik deb o‘yladi. Sinchiklab qaragan edi, Nikolay podshoning tilla tangasini ko‘rdi.
— Toza tilla, — dedi Xursanali izoh berib. — Siz uchun qurbon qilamiz.
Tanga o‘ra ostiga terilgan pishgan g‘isht ustiga tushib, jiringladi, xira chiroq nurida ojiz tovlandi. So‘ng ustiga bir sidra tuproq tashlanib, qopqoqlar avvalgisiday qilib berkitildi.
— Opaxon, siz chiqib bolalaringizni kiyintiravering. — Xursanali shunday degach tuproqni tortib, oyoqlari bilan shibbaladi, g‘ishtlarni batartib terdi, ustunni joyiga o‘rnatdi.
Ular kutgan mehmonlar uzoq kuttirishmadi — ertasigayoq kelishdi. Lager teletaypining tezligi shu o‘rinda ish berdi. Kelganlar o‘zlarini «SSSR prokuraturasidanmiz», deb tanishtirishdi, hujjatlarini ham ko‘rsatishdi. Uyni tintishdi. So‘ng «har ehtimolga qarshi yerto‘lani ham ko‘rib qo‘yaylik», deb pastga tushishdi. Matluba o‘zini bosishga qancha tirishmasin, ularning maqsadlarini avvaldan bilgani uchun ham titrayverdi. «Tintuvga ruxsatnomangiz qani? Ikkita xolis guvoh qani?» degan talab esa xayoliga ham kelmadi. U-ku, xotin kishi, xavotirda o‘zini yo‘qotadi. Opasiga dalda berishi lozim bo‘lgan Sarvar ham dovdirab qoldi. Bir ozdan so‘ng ularni pastga chaqirishdi. O‘rtadagi ustun atrofini, sochilgan tuproqni ko‘zdan kechirayotgan qirraburun:
— Bu yerda nima bor? — deb so‘radi.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:18:30
— Bilmasam, — dedi Matluba. — Qo‘yadigan narsamiz ko‘pam yo‘q, hadeb tushavermayman bu yerga.
— Bu yer kavlangan. Nega kavlangan? — dedi qirraburun qaddini rostlab.
— Bilmadim.. balki...
— Nima balki?
— Aytaverayinmi?
— Bizni chalg‘itishga urinmang, biz hammasini bilamiz.
— Bilsangiz... aytmay qo‘ya qolaymi?
— Bilganlaringizni gapiring!
— Bilganlarim... Ancha vaqt o‘tdi-da... kuz paytida edi, kechasi bir erkak, bir ayol uyimizga bostirib kirishdi. Darvoza qulf edi, hovliga qanday tushishganini bilmayman. Erkagi cho‘loq ekan. Vish-vish qiladi, gapiga tushunmayman... — Shu zaylda Xursanali o‘rgatgan gaplar aytildi. Ular ishonib-ishonmay bir-birlariga qarab qo‘yishdi.
— Militsiyaga xabar qildingizmi? — deb so‘radi qirraburun. Bunaqa savol Xursanalining rejasida yo‘q edi. Shu sababli Matluba dovdiradi.
— Militsiyaga nima uchun xabar bermadingiz? — dedi bu safar qirraburun dag‘allik bilan.
— Militsiyaga aytsang, o‘ldiramiz deyishgan, bolalarni ham... — Matlubaning tiliga kelgan bu gapdan ular qoniqishib, boshqa narsa so‘rashmadi. Ularning buyrug‘i bilan Sarvar ustunni chetga surdi, g‘ishtlarni ko‘chirdi, tuproqni surdi, qopqoqlarni ochdi. Ochdi-yu, «agar titishmasa tanga qoladi», deb umid qildi. Qirraburun bo‘sh o‘raga bir oz qarab turdi-da, so‘ng engashib, barmoqlari bilan tuproqni titib, tilla tangani topdi. Qaddini ko‘tarmay turib tangani chiroq yorug‘iga tutdi, tishlab ko‘rdi. Keyin yana tuproq titdi. So‘ng ketishdi. Ertasiga qirraburunning o‘zi keldi. Beshta odamning suratini ko‘rsatdi. Matluba Xursanali ko‘rsatganni tanidi. Tanidi-yu:
— Faqat bitta joyi o‘xshamaydi, — dedi.
— Qaeri? — dedi qirraburun unga qattiq tikilib.
— Qulog‘ining yarmi yo‘q edi. Yo bu eski rasmimikin?
Qirraburun suratlarni cho‘ntagiga solib «xayr» ham demay iziga qaytgan edi...
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:18:38
Hozir Omonulloning «kim edi, qachon keldi, nimaga keldi?» degan savoli o‘sha voqeani chaqmoq umrichalik lahzada eslashga majbur etdi. Esladi-yu, ammo sirtiga chiqarmadi: Xursanalining amrini bajardi.
Omonullo suhbatini boshlamay, Safar kelib ayvon panjarasiga o‘tirib oldi. Matluba unga qarab qo‘yib, o‘ng‘aysizlandi.
— Safar, kalit mashinada qolibdi, — dedi Omonullo ma’nodor ohangda.
Safar do‘stining maqsadini anglab, o‘rnidan turdi-da, ko‘chaga chiqib ketdi. Ranjiganini sezdirmadi, ammo ichida do‘stini avra-astarini ag‘darar darajada bo‘ralab so‘kdi.
Omonullo arqonni uzun tashladi. «Tursunali To‘x-taev bilan qachon tanishgansiz, qachon turmush qurgansiz, bolalar...» kabi savollarga olinajak javoblar u uchun muhim emasdi. Shu sababli «bu ayol to‘g‘ri gapir-yaptimi yo yo‘qmi?» deb tahlil etmadi. Matluba to‘g‘ri javoblardan chekinib, o‘zi istagan gaplarnigina aytmoqchi bo‘layotgani bilan qarmoqdagi xo‘rakka aldanajagini bilmas edi. U Nafisaning o‘limidan xabar topgani bilan, o‘zining bu fojiaga aloqador deb gumon qilinayotganidan, Omonullo aynan shu ish tufayli kelganidan bexabar edi. «Erimni qamab ham tinchishmas ekan», degan fikr uni chalg‘itib qo‘ygandi.
— Savolimga javob bermadingiz, opa, mendan oldin ham birov keldimi? — Omonullo ayoldagi sarosimani sezgani uchun savolini takrorladi.
Xursanali bo‘lib o‘tgan tintuvning «isini chiqarmaslik»ni tayinlagani sababli Matluba sir boy bermaslik uchun nigohini olib qochdi.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:18:45
— Adamizni ushlashganidan beri nechtasi kelib, nechtasi so‘roq qildi, nechtasi tintdi. Hisobi yo‘q bularning. O‘lar bo‘lsam o‘lib bo‘ldim. Adamizning ayblari bor ekan, qamadilar. Bizning gunohimiz nima? Bolalarimning gunohi nimada? Aybimiz bo‘lsa, bizlarni ham qamanglar, otinglar, — Matluba shunday degach, yig‘lay boshladi.
Omonullo ovutishni istamay, bir oz kutdi. Matluba yonog‘iga yumalagan ko‘z yoshlarini kafti bilan artib, xo‘rsingach, so‘rog‘ini davom etdi:
— Tursunali aka bilan munosabatingiz yaxshi edimi?
— Bu nima deganingiz? — Matluba ajablangan holda unga tik qaradi.
— Oralaringizdan ola mushuk o‘tmaganmidi?
— Ola mushuk? U kishi... bolalarimning otasi... ko‘z ochib ko‘rganim. Ola mushuk deganingiz hammaning uyida bor. Er-xotinning orasidan gap qochmay iloji yo‘q. Savolingizga qaraganda odamlardan bir ig‘vo eshitganga o‘xshaysiz. Indamasangiz odamlar nimalar to‘qimaydi?
— To‘g‘ri aytasiz, ba’zan odamlar ko‘pirtirib yuborishadi. Lekin... shamol bo‘lmasa daraxtning uchi ham qimirlamaydi.
— Maqsadingiz nima, ochiq aytavering?
— Tursunali aka... sizga xiyonat qilarmidilar?
Bu savoldan so‘ng Matlubaning egilgan boshi yanada egildi. Titroq barmoqlariga tikilib jim qoldi.
— Ochiq aytavering. Agar sir bo‘lsa, oramizda qo-ladi.
— Sir... bilmayman, odamlar ig‘vo qilaverishadi. Bolalarimning otasi axir...
Omonullo tushundi. Tursunalining xiyonati faqat bu ayolga emas, voyaga yetib borayotgan bolalarga ham isnod keltiradi. Ayniqsa xonadondagi qizning bo‘yi yetib qolgan bo‘lsa og‘ir, yanada og‘ir. Erta-indin sovchi eshik qoqib kelsayu «otasi buzuq ekan», deb iziga qaytsa naqadar fojia... Xiyonatdan xabar topgan ayol qanchalik qonsiramasin, farzandlari taqdirini o‘ylab, dardini ichiga yutadi.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:18:54
Omonullo iztirob cho‘g‘lari ustida o‘tirgan ayolni qiynamaslik uchun muddao o‘qlarini aniq nishonga ola qoldi:
— Nafisa Boltaevani tanirmidingiz?
— Nafisa... — «er yutsin uni», deb o‘yladi Matluba, ammo tili boshqa gapni aytdi: — eshitganman...
— O‘zini ko‘rmaganmisiz?
— Ko‘rganman. Lekin... yaxshi tanimayman.
— Odamlarning gaplariga qaraganda...
— Odamlarning gaplarini menga aytmang. O‘zingiz ko‘rib, qo‘l bilan ushlagan bo‘lsangiz ayting. Adamizga shuncha azob kammi? Endi nomlarini ham bulg‘ashyap-timi?
— Begonalar emas, Boltaevaning onasi ham aytyapti.
— Adolmi? Juvonmarg bo‘lsin, u ofat! O‘zining qizlari o‘tirib qolganiga alamini o‘gay qizidan oladi. Nafisaning boshida eri bor. Uning buzuqligini birov ko‘rmagan.
— Boltaevaning erini tanirmidingiz?
— Sal-pal taniyman. Adamizning o‘rtoqlari.
— Bu yerga ko‘p kelarmidi?
— Yo‘q.
— Kasbi nima, bilasizmi?
— Olim shekilli?..
— Oilalari tinch edimi?
— Buni o‘zlaridan so‘rang. Men ularnikiga qadam bosmaganman.
— Nega?
— Savolingiz g‘alati-ku? Hozir yaqin qarindoshlar ham bordi-keldiga vaqt topolmaydilar.
— Tursunali aka borib turarmidilar, har holda oshna ekanlar?
— Bilmayman.
— Siz hozir «qadam bosmaganman», dedingiz. Ikki oymi, uch oymi avval, kuz paytlarida borgansiz-ku?
— Kim aytdi?
— Kerak bo‘lsa guvoh bilan yuzlashtiramiz. Ungacha savolimga javob bering: nima uchun bordingiz? Siz o‘sha kuni qattiq g‘azabda bo‘lgansiz. Nimadan norozi edingiz?
— Esimda yo‘q.
— Hatto «o‘ldirtirib yuboraman», degansiz?
— Yolg‘on!
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:19:01
— Men shu yolg‘onni aytish uchun kelibmanmi? Bir narsadan shubham bo‘lmasa gapirmayman.
— Shubha?.. Hali... uni men o‘ldiribmanmi?
— Kimni?
— Nafisani aytyapsizmi?
— O‘lganini bilasizmi? — Omonullo shunday deb Matlubaga ajablanayotgan odam ko‘zi bilan qaradi.
— Men kecha osmondan tushganim yo‘q-ku? Eshitmaymanmi?
— Qanday holatda o‘lganini ham eshitdingizmi?
— Eshitdim... bittasi bilan... ekan.
— Ishondingizmi?
— Ishondim nimayu, ishonmadim nima?
— Kim o‘ldirgan bo‘lishi mumkin?
— Bilmayman.
— Har holda... nima uchun o‘ldirgingiz kelgan edi?
Matluba qafasga qamalgan qush holiga tushdi. Nodonligi tufayli qafasga tushdi, endi yana nodonlik qilib, o‘zini qafasga urib qanotlarini yaralashni istamadi. Bir oz sukut qilgach, eridan olgan o‘sha maktubdan gap boshladi.
Matluba bir yig‘lab, bir sukut qilib, bir g‘azab jilovida ezilib gapirardi. Nafisaning o‘limini eshitganida «battar bo‘lsin!» deb quvongan edi. Bunday o‘limdan battarroq yana nima bo‘lishi mumkinligini o‘ylab o‘tirmay, birovning o‘limidan quvonishning gunoh ekanini fahmlamay shunday degan, shunday xursand bo‘lgan edi. «Xudo mening rahmimni yebdi», deb ham fikr qilgandi. Hozir o‘tmish kunlarni eslay turib nechundir unga achindi. Norasmiy kundoshining o‘limidan o‘ziga zarracha naf yo‘qligini endi angladi. Uning o‘limini istagani rost, qarg‘agani rost, o‘ldirish yoki o‘ldirtirish uchun harakat qilmagani ham rost. Ammo rost gapga bu odam ishonarmikin? Matluba shu armon, shu o‘kinch bilan Omonulloga qarab-qarab qo‘yardi.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:19:11
Omonullo uning gaplarini bo‘lmay eshitdi. «Shu ayol o‘ldirgandir» degan gumon unga hukmini o‘tkazmagan bo‘lsa-da, fikrdan uzoqlashishga haqqi ham yo‘q edi. To chin qotil topilmagunicha shu ma’sumadan ham shubhalanishga haqli edi.
Omonullo Matlubaning so‘zlarini eshitish asnosida beixtiyor Adolatni ko‘z oldiga keltirdi. O‘shandan gumonsiraganda ham tinch qo‘ymas edi. Bu ayol... boshqachaga o‘xshaydi. Ezilgan ruhi, toptalgan umidi uchun xun talab qilsa ham arzir. Ammo... bolalarining otasi bo‘lgani uchun ham uning nomini himoya qilyapti, uni umid bilan kutyapti. Har qanday ayol erini qiz-g‘anadi. Qalbini yiring bosgan Matlubaning ham qizg‘anishi tayin. Ammo bu rashk, bu qizg‘anish qotillikka undashi mumkinmi? Omonullo uchun bu mubham bo‘lib qolaveradi.
U Matlubadan erining maktublarini ko‘rsatishni iltimos qildi. Matluba bir oz ikkilangan holda uyga kirib to‘rt-beshta maktub olib chiqdi-da, soliq to‘lashga undovchi xatni ajratib berdi. Omonullo satrlarga ko‘z yugurtirgandayoq, lager qamoqxonasidagi ahvolni angladi.
— Boltaevadan shubhalanganingiz o‘rinsiz. Eringiz qamoqdagi katta baliqlarga yem bo‘lgan.
— Bilasizmi shuni? Bilsangiz... nega yo‘l qo‘yib berasiz?
— Buni o‘sha yoqdagilardan so‘rash kerak. Bizning vazifamiz boshqa. Agar biror kishi pul talab qilib kelgan bo‘lsa, ayting. Ular bilan shug‘ullanamiz.
Matluba Xursanalining ogohlantirishini eslab: «Yo‘q, yo‘q, hali hech kim kelmadi», deb qo‘ydi.
Omonullo bunga ishonganday bo‘ldi-yu, yana uchrashishga shama’ qilib ko‘cha tomon yurdi. Matluba ostonaga qadar kuzatib borib, Omonulloning ortidan eshikni yopdi.
Safar orqa o‘rindiqda kavshanib o‘tirardi. Omonullo mashina eshigini ochishi bilan dimog‘iga aroq, kolbasa hidi urildi.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:19:26
— Ha, ochofat, darrov yutdingmi? — dedi Omonullo unga qovoq uyub qarab.
— Boshga quvvat bo‘ladi, senam qittakkina olvol.
Omonullo «nafsing qursin», dedi-da, mashinani yurg‘izdi. U direktor bilan uchrashib yangi gap ololmagach, bog‘ qorovuli bilan gaplashishni ixtiyor qildi. Direktor obkomdan vakil kelayotganini aytib, unga bir yugurdagini qo‘shib berdi. Nomi bog‘ qorovuli, aslida xo‘jayinning ham mahrami, ham oshpazi bo‘lmish ukkiko‘z Karvon Tursunali bilan qizini shu yerda ko‘rganini aytdi. Aravakash otasining «Karvon» laqabini meros qilib olgan bu odam bilganlarini yashirmadi: «Direktor buva Toshkentda edilar. Xo‘jayin yo‘qliklarida ishlarimni qilvolay deb rayon markaziga tushuvdim. Qaytib kelayotsam, Oshbolta bilan qizi chiqib kelishyapti. Oshboltaning da’vosi katta — u o‘zini menga ustoz deb biladi. «O‘choqni harom qilibsan, buzib tashladim, ertamatan kelib yangisini qurib beraman», deydi. «Nimasi harom?» desam, «O‘choqning ichida it yotibdi», deydi. It ilgari ham yotardi, harom-parom demasdi, qachondan beri haromni haloldan ajratadigan bo‘libdiyikin, deb qolovurdim. Nazarimda u qizini yangi direktorga qo‘shgani olib kelganu, ishi unmagach, alamdan o‘choqni buzib tashlagan. O‘choqni o‘sha kuniyoq o‘zimla o‘nglab qo‘ydim. Xo‘jayin yarim kechada qaytib, ovqat qil, deb buyursalar «Ertalab Oshbolta o‘choq qurib bersin, keyin ovqat pishiray», deymanmi?»
Omonullo Karvonning gaplarida bir ilmoqni sezdi-yu, bo‘lib o‘tgan voqeani oydinlashtirishga ojizlik qildi. Savollarni qalashtirgani bilan kerakli javoblarni ololmadi. Nafisaning qishloqqa kelishi, boqqa borishi, o‘choqning buzilishi... Quloqlariga tilla ziraklar, barmoqlariga tilla uzuklar taqib qaytishi... da sir yashirin edi. Bu sirdan voqif odamning biri tuproq ostida, ikkinchisi tildan qolgan...
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:19:34
.. O‘sha kech Matlubaning nogahoniy tashrifidan so‘ng Samandar «ishim bor», deb xonasiga kirib ketdi. Ota-bola televizorda zerikarli bir tamoshani yarmiga qadar toqat qilib ko‘rishgach, Toshbolta qizidan:
— Tursunalining boyligi ko‘p edi, milisa topolmadi. Xotini bilmasa... qayga berkitdi ekan? — deb so‘radi.
Nafisaning ko‘zlari teleekranda bo‘lsa-da, xayoliga shu savol hukmron edi. Otasiga qarab «bilmayman» deb yelka qisib qo‘ydi-yu... keyin so‘nggi kechalardan birida yuz bergan voqeani esladi. Aslida o‘sha voqeani unutmagan, lekin qama-qama boshlanib, boqqa borishga qo‘rqib yurgan edi. Televizorni yana bir oz tomosha qilgan bo‘lib, so‘ng o‘sha voqeani otasiga bayon qildi...

... Tursunalining kayfiyati xush edi. Maishatni boshlashdan avval Nafisaning quloqlariga tilla zirak, barmoqlariga tilla uzuklar taqdi. So‘ng nafs qongach, tongga yaqin yechib oldi. Avvallari bunaqa odati yo‘q edi — sovg‘alarini qaytib olmasdi. «Zamon nozik bo‘lib turibdi. Taqib yursang, odamlar gap qiladi, ering ham shubhalanadi. Shu yerda tura tursin», dedi-da, tashqariga chiqdi. Nafisa o‘rnidan turib yelkasiga choyshab tashlaganicha, derazaga yaqinlashib, tash-qariga o‘g‘rincha qaradi. Tursunalining o‘choqboshi tomon qayrilganini ko‘rdi. «Karvon shu yerda bo‘lsa bu ahvolda duch kelmay», deb tashqariga chiqishga qo‘rqdi. Tursunali o‘choqboshidami yo etakdagi qo‘yxonadami, Nafisa aniq bilolmadi, ancha qolib ketdi. Mehmonxonaga kirishdan oldin qo‘llarini yuvdi. Ichkari kirib yotdi-yu, kun yoyilgunicha uxladi...
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:19:44
Bu voqeadan avvalroq boxabar qilmagani uchun Tursunali qizini g‘adabladi. Ertasiga tongdayoq ota-bola yo‘lga otlandilar.
O‘choq ostidan topilgan ziraklar, uzuklarni Nafisa joni uzilganiga qadar taqib yurdi. Adolat bu taqinchoqlarni yangi o‘ynashning hadyasi deb o‘yladi. Samandar esa dastlabki kunlari xotinida yangi taqinchoqlar paydo bo‘lganini hatto payqamadi ham. Nafisa «erim so‘rasa «dadam olib berdilar», deyman», deb javobni naqd qilib qo‘ygan edi. Sinchkovlik, xotinlarga e’tibor degan tushunchalardan begona Samandar taqinchoqlarni ko‘rganda ham indamadi. «Maoshlarini yig‘ib olgandir», deb qo‘ya qoldi.
Taqinchoqlar tarixidan bexabar Omonullo issiq kunda aroqning kuchi bilan yanada qizib olgan Safarning ezmaligidan horigan holda uyiga qaytdi.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:20:07
MAG‘LUBIYAT VA G‘ALABA
(Qotillikdan avvalroq sodir bo‘lgan voqea)

Tursunali zekkvagonda yonma-yon kelgan badbashara odamning laqabi «Udav» ekanini Tengizdan eshitdi. Eshitdi-yu, bular bilan hazillashib bo‘lmasligiga yana bir karra ishondi. Baxtini qarangki, u o‘sha «Udav» bilan vagonda birga bo‘libdi, bu nodon «Udav» qochibdi, uning xazinani o‘g‘irlaganiga Gobelyanning odamlari ishonibdi. Ishonishmaganda nima bo‘lardi, qochmaganida nima bo‘lardi, vagonda boshqa o‘g‘ri bilan kelganida nima bo‘lardi? Xayolida shu savollar uyg‘onganida Tursunalining yuragi orqasiga tortib ketaverdi, ko‘z oldida bolalari, Matlubasining ma’yus chehralari gavdalanib, ezilaverdi. Nechundir o‘z joni ham arzimasday tuyula boshladi. Nechundir Nafisadan olgan maktubi dardiga malham bo‘la olmadi. Kunlar, haftalar shu zaylda o‘taverdi. O‘chakishgandek Nuriddin ham teskariligicha qolaverdi. O‘chakishgandek, oshxonada boshlangan ola-to‘palonda do‘pposlanib, o‘lar holga keldi. Janjal nimadan boshlanganini anglashga ulgurmadi ham. Nazoratchilar nima sababdan mushtlashuvni bostirishga urinishmayotganidan ajablandi. Qamoq shifoxonasida ko‘zlari tinib, boshi aylanib yotganda bu haqda ko‘p o‘yladi. Chala o‘lik, chala tirik holda azob dengiziga bir g‘arq bo‘lib, bir yuzaga qalqib chiqib yotganida o‘zini «prokuraturadanman», deb tanishtirgan odam beshta surat ko‘rsatib, «qaysi biri bilan zekvagonda kelgansan?» deb so‘radi. Tursunali Tengizning ogohlantirishini eslab «Udav»ning suratini adashmay ko‘rsatdi. «Prokuraturadanman» degan odam nechundir boshqa narsani so‘ramadi.
Oshxonada janjal boshlanganida, ayniqsa jag‘iga birinchi musht tushganida Nuriddinni izladi. Keyinroq esladi: Nuriddin o‘sha kuni ertalabdan ko‘rinmagan edi. Yo‘q, hatto tunda ham joyida yotmagan edi. «Qayoqqa yo‘qoldi! Yo qochib ketdimi u nodon?» deb o‘yladi Tursunali. Nuriddinning qamoq hibsxonasida ekanini bilgach «omadli bola ekan», deb qo‘ydi. Bu masalada u haq edi. Chunki bir necha kunlik hibs Nuriddin hayotini omon saqlab qoldi, deyish ham mumkin.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:21:19
Tayyorlanmish fitnadan ogoh bo‘lgan kunning ertasiga oqshomda Nuriddin hovlida boshliq muoviniga duch keldi. Salom berib o‘tib, ikki qadam ham bosmagan edi-ki, mayor «to‘xta!» deb buyurdi. Nuriddin to‘xtagach, bo‘ralab so‘kib, «nega salom bermading?» deb baqirdi. «Salom berdim-ku?» deb ajablangan Nuriddinni mayor «hali gap ham qaytarasanmi!» deb urib qoldi. Nuriddin javob qaytarish u yoqda tursin, hi-moyaga chog‘lansa ham battar bo‘lishini bilgani uchun tobe holida turib berdi. Mayor urib, so‘kib bo‘lgach, Nuriddinni hibsxonaga boshlab borib, «salom bermagani, gap qaytargani va lager ichki intizomini qo‘pol buzgani uchun» qamadi. Botqoqqa tashlangan odam «nechun bunda loy ko‘p?» deb ajablanmagani kabi Nuriddin «bu qadar nohaqlik bo‘larmi, axir?!» deb hayratlanmadi ham, g‘azablanmadi ham. Bu tarzdagi hibsxonada o‘tirishlar uyga yuborajak va olinajak mujdalar sonini kamaytirishini, oqibat ozod bo‘lib chiqish onlariga salbiy ta’sir etajagini bilgani uchun afsuslandi xolos.
Hibsdan qutulib chiqishi bilan uni Tengiz chorlatdi. Yomg‘irdan so‘ng adl qomat oq qayinlar nozikbadan kelinchaklarday ko‘zni quvontirardi. Tengiz daraxtning silliq badaniga kaftini qo‘yib atrofga suqlanib boqardi. Uning ovulida, archalar orasida, unda-bunda shunday oqbadan qayinlar ko‘zga tashlanardi. Ularni birov atayin olib kelib ekkanmi yo qadimdan bormidi — Tengiz bilmaydi. Tog‘ archalari orasida begonasiramay o‘sayotgan bu daraxtlarga qarab zavqlanardi. Bu yerda, o‘z yurtida oq qayinlar o‘zgacha jilva qilardi.
Nuriddinni boshlab kelgan Pachoqburun sal berida to‘xtab «Knyaz, keldi», deb ovoz berdi. Tengiz orqasiga o‘girilgach, o‘zi nari ketdi. Nuriddin esa u tomon yurdi.
— Ha, Hamzat, kel, mana buni qara: agar dunyoda pokizalik istasang, daraxtlaru ko‘katlardan izla. Odamlardan qidirma — ovora bo‘lasan. Kaftingni qo‘y bu yerga, so‘ng tabiatning shiviriga quloq tut.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:21:33
Nuriddin Tengizning aytganini qildi. Ammo hech narsani sezmadi, tushunmadi. Tengiz esa xuddi o‘ziga o‘zi gapirganday she’r o‘qiy boshladi:

Angladim: nomusning qotili — qullik,
Ko‘rdim: tojli boshlar ta’zimga keldi.
Bulbullarim o‘ldi Chamanzorlarda
Bulbulli maqomi cho‘g‘zimga keldi.
Haqoratlar yedim. Tahqir, haqorat —
Tirnog‘imdan tortib bo‘g‘zimga keldi...


Ruschalab aytilgan satrlarni Nuriddin yaxshi tushunmadi. Yaxshiki, Tengiz «angladingmi, Hamzat?» demadi. So‘raganida uning dovdirashi aniq edi.
Bu satrlar Tengizning xasta yuragidan potrab chiqib beixtiyor tilga ko‘chgan, Nuriddinga aytish uchun mo‘ljallanmagan edi. Tengiz ham, boshqa sheriklari ham o‘zlarini «ozod inson» hisoblasalar-da, aslan o‘zlari barpo etgan zindonga mahbus edilar. Dastlab hashamatli qasr bo‘lib ko‘ringan bu zindondan hech kim osonlikcha, aniqroq aytilsa, tirikligicha qutilgan emas. Ko‘pchilik qutulish choralarini o‘ylamaydi ham, izlamaydi ham. Tengiz esa bu qasr ostonasiga qadam bosgunicha bo‘lgan chin ozodligini qo‘msaydi. Yuragi ba’zan qanoti singan qush singari uchmoq istaydi. Qaysi zamonda, qay makonda qanotlari singan qush erkin osmonga parvoz qilibdi-ki, Tengizning qalbi bunga yetishsa...
— Bu daraxt bechoralar bizlar tufayli tutqunda, bizlarni deb bular ham tikonli qamoq simto‘rlari bilan o‘ralgan... — Tengiz bu gapni ham Nuriddin uchun emas, o‘zi uchun past ovozda aytdi.
   
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:21:49
Ularning makoni pokiza hislarga bandi bo‘lib turishga ko‘pam imkon bermaydi. Bunda qalblar bir necha lahzagina asliga qaytishi mumkin. So‘ng... yana buzuqlik, yovuzlik, nafrat chodirlariga o‘raladi. O‘ralganda ham chirmab o‘raydi, ezadi, siqadi. Ozgina fursat yayragan hislar esa nola chekadi, ingraydi, oqibat — ovozi o‘chadi.
Tengiz shunday holatda edi.
Zulmat chodiri qalbni o‘radi — kaftini daraxt badanidan oldi.
— Mazza qilib chiqdingmi? — deb Nuriddinning yelkasiga yengil mushtladi. — Eshitgandirsan, o‘sha fitna xuddi men aytganday amalga oshdi. Yanis og‘ir yotibdi. Bugun-erta jon bersa ham ehtimol. Bir mo‘’jiza bilan tirik qolsa ham otuvga hukm etiladi. O‘ldirilgan uch mahbusning xuni uning bo‘yniga ilindi. Yana uchta sherigi ham ketadi. Sen bilan biz esa maishatlarimizni qilib yuraveramiz.— Tengiz keyingi gapi-ni achchiq kinoya bilan aytdi-da, daraxtni tepdi.— Ular yurtlariga ozodlik urug‘i sepgan edilar. Bu yerga kelib o‘lim mevasini undirib yedilar. Ayb bizda emas, Hamzat, sen hali bunday tamoshalarning ko‘pini ko‘rasan.
— Meni nimaga qamashdi?
Nuriddin aslida «siz qamattirdingizmi?» deb so‘ramoqchi edi. Tengiz savolning mag‘zini o‘qib, bosh chayqadi:
— Bilmayman, Hamzat. Ko‘ziga xunuk ko‘rinib qolgandirsan. — Tengiz shunday deb ko‘zlarini lo‘q qilganicha unga tikildi. Ayrim odamlar yolg‘onni sezdirmaslik uchun nigohini olib qochadi, Tengiz esa aksincha, tik qaraydi.
Nuriddinning gumonida jon bor edi: u Tengiz istagi bilan qamalgandi. Tengiz kechasi Koshakning arog‘ini ichgach, ko‘p o‘yladi. Ertasiga Koshakni chorlab, gapni aylantirib so‘radi. Koshak aniq javobdan bo‘yin tovlasa ham Nuriddinning o‘limga hukm qilinganini ishora bilan ma’lum qilib qo‘ydi. «Shogirding ham sinaladigan bo‘lib turibdi», deyishidanoq Tengiz uning shumligini payqadi. Angladi-yu, mayorni ishga soldi. Mayorning osonlik bilan ko‘nganidan bildiki, Nuriddinning nishonga aylanishi qamoq lageri boshliqlarining fikri emas, Koshakning shaxsiy tashabbusi. Shu bois ham Nuriddin qutulib chiqishi bilan uni chaqirtirdi.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:21:56
— Hamzat, sening bog‘cha bolalik davring o‘tdi. Endi maktabdagi o‘qishni boshlashing kerak. O‘jarlikni yig‘ishtir, sen uchun eng to‘g‘ri yo‘l — bizning yo‘limiz. Birinchidan, joningni asraysan, bu yerdan tirik holda, ikki oyog‘ingda yurib qaytasan uyingga. Ikkinchidan, bilib qo‘y: uyingga qaytganingda birov seni odam o‘rnida ko‘rmaydi. Hatto eng yaqin qarindoshlaring uchun ham sen «qamalib chiqqan odam»san. Birovnikiga mehmonga borsang ham sendan xavfsirab tu-rishadi. Igna yo‘qolsa ham sendan ko‘rishadi. Ular orasida endi halol yashay olmaysan. Hamonki sendan shubhalanishyaptimi, yaxshisi chinakam o‘g‘ri bo‘lib yashayverganing ma’qul. Sen bizning kasbimizdan nafratlanma, avval ham aytganman, yana aytaman: biz halol odamlarmiz. Biz biron bir ishchining yoki maktab muallimining uyiga bostirib kiradigan ahmoq emasmiz. Xo‘p, kirdik ham deylik, nima olamiz bu uydan? Yuvilaverib yoqalari titilib ketgan ko‘ylaklarnimi? Men sentyabr oyida ovga chiqishni yaxshi ko‘rardim, Hamzat. Nimagaligini bilasan, a?— Tengiz shunday deb huzurlanib jilmaydi. — Ha, aytmoqchi, Hamzat, sen nima uchun institutda o‘qimading? Istamadingmi?
Nuriddin Tengizning maqsadini tushunmadi. Shuning uchun avvaliga «Nima edi, nima uchun qiziqib qoldingiz?» deb so‘ramoqchi bo‘ldi. «Qutulib chiqqanimdan so‘ng o‘qishga joylashtirmoqchimi?» deb ham o‘ylab, to‘g‘risini aytib qo‘ya qoldi:
— Sakkizinchini bitirib undan u yog‘iga o‘qiy olmaganman.
— Nimaga o‘qimagansan Hamzat, biliming kammidi yo aqling kammidi?
Keyingi savol Nuriddinning hamiyatiga tegib to‘nglik bilan javob berdi:
— Pulim kam edi.
Bu javob Tengizga ma’qul kelib, kuldi:
— Shunaqaligini bilardim, — dedi u Nuriddinning yelkasiga yana yengilgina musht urib. — Sendaqalar ko‘p bu mamlakatda. O‘ninchini tugatganingda ham baribir institutga kirolmas eding. Yozdagi kirish imtihonlarida o‘qituvchilar dengizga to‘r tashlagan baliqchilarga o‘xshab nodonlarning pullarini yig‘ib oladilar. Men esam to‘rimni ularning ustiga tashlayman. Qani aytchi, kim ko‘proq gunohkor? Ularmi yo menmi? Biz halol o‘g‘rimiz, Hamzat, endi sen ham bizning oilamizga qo‘shilasan.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:22:04
— Men...
— Jim bo‘l! Gapingni eshitishni ham istamayman. Qarorim qat’iy — shikoyatga o‘rin yo‘q! Sen bugundan boshlab Qo‘tosning shogirdisan. Menga qara, o‘jar, sen uning hunarini astoydil o‘rganaver, ozodlikka chiqqaningdan keyin nima qilishni o‘zing bilasan. Ha, aytmoqchi, chap qo‘lda ovqat yeyishni bilasanmi? — Tengiz shunday deb mug‘ambirlarcha jilmaydi-da, savoliga javob bo‘lmagach, gapini davom ettirdi: — Qadimda eng zo‘r o‘g‘rilar Bag‘dodda bo‘lar ekan. Senga o‘xshagan bir ahmaq o‘g‘rilikni o‘rganaman deb Bag‘dodga kelib, eng zo‘rini topib, arzini aytibdi. Zo‘r o‘g‘ri «bo‘pti, shogirdlikka oldim seni», deb uni mehmon qilibdi. Ammo «ovqatni chap qo‘lda yeysan», deb shart qo‘yibdi. Ahmaq shogird qancha urinmasin, ovqatni chap qo‘lida yeyolmay «shu shartmi?» deb norozilik bildiribdi. «Shart, — debdi ustoz, — o‘g‘rilikning eng asosiy sharti — chap qo‘lda ovqat yeyish. Chunki o‘g‘ri ertami-kechmi pand yeb, hibsga olinadi. Pand yedimi, tamom, shariat hukmiga binoan o‘ng qo‘li kesiladi. Sening qismating ham shunday bo‘ladi. Ovqatni chap qo‘lda yeyishni hozirdan o‘rgansang, keyin qiynalmaysan». Bu gapni eshitib, haligi ahmaq orqasiga qochvorgan ekan. Lekin sen havotir olma, bizning hukumat odil, qo‘lni kesmaydi. To‘rt yilmi, besh yilmi boqadi, dam beradi. Keyin qo‘yib yuboradi, — Tengiz shunday deb kuldi.
Nuriddin uning bu kulgisi zamirida xushchaqchaqlik, quvonch nurini emas, alam va iztirob zahrini sezdi.
Nuriddin o‘sha kuniyoq Qo‘tosning qo‘liga «tantanali suratda» topshirildi. Qo‘tos dastlabki kunlari uning «g‘oya»sini boyitish bilan shug‘ullandi. O‘g‘rilar olamiga xos tartib-qoidalar bilan tanishtirdi. U har bir tartib yoki qoidaning ahamiyatini erinmay tushuntirar, xuddi rivoyat aytuvchi roviy kabi qissadan hissa yasab, bu qoidalarni buzganlarning qanday jazoga yo‘liqqanlarini batafsil bayon etardi. Qo‘-tos — jar labidagi so‘qmoqdan, qirg‘oqlarni bog‘lovchi qil ko‘prikdan ko‘zlarini chirt yumib olib ham yugurib ketaveradigan odam, go‘dakni yetaklab, bu yo‘ldan adashmay yurmoqni o‘rgatardi. O‘rgata turib «orqaga qaytishni o‘ylama, hatto ortingga burilib qarama», deb uqtirardi. Tengiz «ozodlikka chiqqach, nima qilishni o‘zing bilasan», degani bilan Nuriddin to‘rga o‘ralib borayotganini sezib turardi. Sezardi-yu, qutulmoq chorasini topolmay garang edi.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:22:11
Navbat «siyosiy» tayyorgarlikdan «amaliy» mashg‘ulotga o‘tib, Qo‘tos temir javonlarning, ulardagi qulf-larning turlari haqida tushuntirib o‘tirganda Koshak yaqinlashib, yon tomonga xunuk tarzda tupurdi-da:
— Knyazingning kuni bitdi, — dedi Qo‘tosga qarab.
Bu kutilmagan xabar Nuriddinni ham, Qo‘tosni ham tang qoldirdi.
— Nima bo‘ldi? — dedi Qo‘tos o‘rnidan turib.
— Nima bo‘lardi, — dedi Koshak Nuriddinga qarab zaharli tirjayib, — kuni bitgandir-da. Qo‘llariga kishan urib, hibsxonaga tashladilar.
— Kim tashladi? Nimaga tashladi?
— Nimaligini ulardan so‘ra. Knyazing keyingi payt-da o‘zini rostdan ham «knyaz» deb ishonib qoluvdi. Uni uch harf tinchitadi endi.
— Koshak, sen bundan quvonyapsanmi? — dedi Qo‘tos achchiqlanib.
— Bo‘lmasamchi! Endi bu yerda men knyazman!
— Bekor aytibsan! Biz hali o‘ylashib ko‘ramiz. Sen birodaringning musibatidan quvonib, qonunni buzyapsan!
— Qo‘tos, sen o‘zingning ishingni bilib qilaver. Lekin mana bunaqa itvachchalarni yo‘qot. — Koshak shunday deb yonidan buklama pichoqni chiqarib sopi yonidagi tugmani bosdi. Oftobda yaltillagan pichoq tig‘ini Nuriddinning kekirdagiga tiradi: — Ana endi himoya-ching yo‘q, Bifshteks uchun javob beradigan vaqting keldi. — Shunday deb tig‘ni asta botirdi.
— Koshak, bu bizning odam!
— Bekor aytibsan, bu itvachchalar hech qachon bizning odam bo‘lishmaydi. Men Bifshteks uchun buni o‘ldiraman, deganmanmi, demak, o‘ldiraman. Mayli, hozir emas, ozgina yashasin, qutulib chiqsin, uyiga borsin. O‘sha yerda... buning sassiq onasini o‘zining ko‘z oldida tramvayga qo‘yaman... Keyin...
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:22:20
Keyin nima bo‘lishini ayta olmadi. «Sassiq onasini...» deganidayoq Nuriddinning joni halqumiga keldi, «tramvayga qo‘yaman», deganida esa qalbida nafrat va g‘azab vulqoni portladi-yu, ko‘z oldi qorong‘ulashdi. Tomog‘iga pichoq tirab turilganini ham unutib, Koshakning naq qanshariga musht tushirdi. Nariga uchib tushgan Koshakni tepmoqchi bo‘lganida Qo‘tos yo‘lini to‘sdi. Dam o‘tmay Koshak o‘rnidan turib, yerga sanchilib qolgan pichoqni yana qo‘liga oldi:
— Qo‘tos, qoch, bu itni menga qo‘yib ber! — dedi u xirillab.
— Faqat o‘zingni himoya qil, — Qo‘tos Nuriddinga qarab shunday dedi-da, o‘zi chetga chiqdi. Koshak esa o‘sha zahoti quturgan mushuk misol Nuriddinga tashlandi. Nuriddin uning hamlalariga chap beraverib, bir necha daqiqa sarson qildi. Hamlalari bekor ketgani sayin Koshak bo‘ralab so‘kar, beto‘xtov ravishda tupurar edi. Uning bu qiliqlari Nuriddinning joniga tegib, oxiri Koshakning pichoq tutgan qo‘lini mo‘l turib, bilagiga qattiq tepdi. Nariga uchib tushgan pichoqni Qo‘tos oldi-da, tig‘ini buklab, cho‘ntagiga soldi. Keyin qo‘lini changallaganicha tiz cho‘kib o‘tirib qolgan Koshakka yaqinlashib, bilagini ushlab ko‘rdi:
— O‘lmaysan, singan bo‘lsa tuzalib ketadi. Besh-o‘n kun qitmirlik qilmay o‘tira turasan.
— Men uni o‘ldirmay qo‘ymayman, — dedi Koshak, keyin Nuriddinga qarab baqirdi: — Ey, it! Endi sen o‘liksan, tushundingmi, o‘liksan!
Nuriddin tushundi. Bular «o‘liksan», deb hukm chiqarishdimi, demak, muddaoga yetishmaguncha tinchishmaydi. Demak, yashab qolishning yagona chorasi bor: uni o‘ldirish!.. Nuriddin shu to‘xtamga kelgani bilan qarorini amalga oshirish yo‘l-yo‘rig‘ini bilmas edi. Urushda bo‘lsa ekanki, shartta qurol tepkisini bosib, o‘q yog‘dirib yuborsa. Bunda qurol yo‘q, musht bilan esa biron natijaga erishish qiyin. «O‘ychi o‘yiga yetgunicha, tavakkalchi to‘yiga yetibdi», deganlaridek, u biron yo‘l izlab topgunicha bular masalani hal qilib qo‘ya qolishlari mumkin. Bugun kechasimi yo ertasigami, har holda cho‘zib o‘tirishmasa kerak.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:22:27
Kechasi ziyrak holda yotgan Nuriddin yanglishmadi. Hamma shirin uyquda ekanida Qo‘tos kelib «Mening o‘rnimga o‘tib yot», — dedi. Oradan bir soatlar o‘tgach, barak eshigi ochilib, Koshak yonida to‘rt yigiti bilan kirib kelib, to‘g‘ri Nuriddin yotgan joyga qarab yurdi. Yigitlardan ikkitasi yotgan odamni Nuriddin deb fahmlab, imo-ishorasiz holda ikki oyog‘ini tappa bosgani hamon, qolgan ikkitasi qo‘ldan olishga ulgurmay, Qo‘tos qaddini ko‘tardi:
— Koshak, yana xato ketding, men esam yanglishmadim,— dedi u ovozini pastlashga harakat ham qilmay.— Bolaga tegma, dedimmi, demak, tegmaysan. Jo‘na endi!
Koshak so‘kinganicha chiqib ketdi.
Qo‘tos esa o‘tirgan yerida o‘yga toldi. Knyazning hibs-ga tashlanishi bilan Koshakning bu qadar quturishi sabablarini izlab topmoqchi bo‘ldi. Koshakning har bir bosgan qadamini kuzatib yurgan maxfiylar tongda Qo‘tosga kutilgan va kutilmagan xabarni yetkazdilar. Qo‘tos Koshakning Tursunalini siquvga olajagini gumon qilgan, ammo hibsxonadagi Tengiz huzuriga kirishini o‘ylamagan edi. Qamoq lageriga Moskvadan odamlar kelishi, Knyazning qo‘liga kishan urilishi va Koshakning quturishi bir zanjir halqalari bilan bog‘langanini fahmladi. Avvaliga «politbyuro»ni shoshqich ravishda to‘plamoqchi bo‘ldi. Biroq, o‘g‘rilardan yana qanchasi Koshak tomonda ekanini aniq bilmagani uchun bir oz kutishga qaror qildi.
O‘g‘rilar olamida tug‘ilib, voyaga yetgan, suyagi qotgan Qo‘tosning aqli bu safar ham o‘ziga xiyonat qilmagan, voqealarni bog‘lab turgan ko‘rinmas zanjir halqalarini aql ko‘zi bilan ko‘ra olgan edi.
   
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:22:39
TALVASA

Omonullo bir varaq qog‘ozni to‘rtga bo‘ldi-da, biriga «Samandar Ochilov», ikkinchisiga «Toshbolta», uchinchisiga esa «Matluba To‘xtaeva», to‘rtinchisiga esa «kooperativ», deb yozib, so‘roq belgisi qo‘ydi. So‘ng qarta chiylayotgandek aralashtirgach stol ustiga yoyib, bir narsa o‘qimoqchi bo‘layotgan folbinday tikilib o‘tirdi. Keyin Toshbolta zikr etilgan qog‘oz parchasini nari surdi. Dam o‘tmay Matlubaning ismi yozilgani ham chetga surildi. Shu o‘tirishida diqqati oshgandan oshib, to‘rtinchi qog‘oz parchasiga hisobsiz so‘roq belgilari chizib tashladi-da, chuqur «uf» tortdi. Ana shunday tarzda siqilib o‘tirgan chog‘ida telefon jiringladi. Go‘shakni istamaygina quloqqa tutdi-yu, beixtiyor sapchib turib ketdi. Chetdan qaragan odam u telefon go‘shagini emas, adashib, qizib turgan dazmolni qulog‘iga tutdi-yu, kuydi, deb o‘ylashi ham mumkin edi. Aslida esa Omonulloni sapchib turishga boshliqning xabari majbur etgan edi. Bir necha daqiqada suratchi, kriminalistlar guruhining boshqa yigitlari hovlida to‘planishdi-yu, navbatchi mashinada Samandar Ochilovning uyiga yo‘l olishdi.
Uyning eshigi lang ochiq, qo‘llari kishanlangan Samandar mehmonxonadagi deraza yonida ko‘chaga tikilganicha tek turardi. Qadam ovozlarini eshitib burilib qaradi-yu, Omonulloning nigohiga ro‘para bo‘ldi. Omonullo qoshu-kipriklarigacha malla bo‘lgan bu odamga bir zum tikildi-da, so‘ng uyda poyloqchilik qilgan hamkasbiga qaradi. Hamkasb yigit bu qarash zamiridagi savolni o‘qib qisqa tarzda axborot berdi:
— Xotirjam kelib qulfga kalit soldi. Eshikni ochib, ostonada bir pas qimirlamay turdi.
— Hech narsaga tegmadilaringmi? — deb so‘radi Omonullo atrofga bir razm solib.
— Yo‘q.
— Qo‘llarini bo‘shat.
Samandar kishandan bo‘shagan bilaklariga ma’yus tikilib qoldi.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:22:47
— O‘tiring, Ochilov, — Omonullo ikkita stulni bir-biriga qarama-qarshi qo‘ydi-da, o‘zi derazaga orqa qilib o‘tirdi. Samandar otasidan tarsaki tushib qolishidan qo‘rqqan boladay hadiksirab turdi.
To uyiga yetib kelguniga qadar Samandarning ruhi go‘yo behisob chayonlar hukmida bo‘ldi. Uyida qandaydir noxushlik kutayotganini yuragi sezib, ezilgan bo‘lsa-da, «militsiya xodimiga duch kelarman, ostona hatlashim bilan qo‘llarimga kishan solinar», deb o‘ylamagan edi. Poyloqchi yigitga «Ochilov kelishi bilan qimirlatmaysan», deb buyurilgan, u Samandarning kimligidan bexabar bo‘lgani sababli uni ashaddiy qotil gumon qilib, qo‘lini kishanlab qo‘ya qolgan edi. Samandar esa buni uzil-kesil hukm deb tushunib o‘zidan ketayozdi.
— O‘tiring, — dedi Omonullo bu safar qat’iyroq tarzda.
Samandar stulning suyanchig‘ini ushlab astalik bilan o‘tirgach, Omonullo o‘zini tanitdi-da, so‘rog‘ini boshladi:
— Moskvada hamisha ko‘p qolib ketasizmi?
— Ishga qarab, — dedi Samandar unga tik qaray olmay, — ba’zan ertalab borib, kechqurun kelaman. Bu safar sal tobim qochdi...
— Nima bo‘ldi?
— Yoqmaydigan narsa yeganman shekilli... sal zaharlanibman.
— Sizni olim deyishdi... Nima bilan shug‘ullanasiz?
— Buni aniq aytishim mumkin emas.
— Umumiy tarzda-chi?
— Umumiy tarzda... zilzilaga oid desam ham bo‘ladi.
— Bu ishga chet elliklar ham qiziqsa kerak?
— Bilmadim... balki qiziqar...
— Sizga birov shu ish bo‘yicha taklif qilganmi yo...
— Yo‘q. Nega so‘rayapsiz?
— Dushmaningiz yo‘qmi, demoqchiman.
— Dushman... bilmadim... bo‘lmasa kerak.
— Nafisa Boltaeva sizning ikkinchi xotiningizmi?
— Ha... — Samandar shunday deb nigohini olib qochdi.
— Hozir u qaerda?
— Bilmayman... uyda bo‘lishi kerak edi.
— Oxirgi marta qachon, qaerda ko‘rgansiz?
— Esimda yo‘q...
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:22:57
— Qiziq... xotiningizni qachon ko‘rganingizni ham eslolmasangiz... Bizni bu yerda ko‘rib hayron bo‘lmadingizmi?
— Hayronman...
— Moskvaga ketishingizdan oldin bir polkovnik hamrohligida kelib uyingizga kirib chiqqansiz, qo‘lingiz nima uchun qon edi?
Bu savol Samandarning boshiga og‘ir gurzi misol urilib, tovoniga qadar zirillatdi, hushini yo‘qotib, aqldan ozgan devonaday baqrayib qoldi. Aftodavash bu odamning ko‘zlariga Omonullo jon olg‘uvchi Azroil bo‘lib ko‘rindi. O‘shanda polkovnik so‘raganida savol o‘qidan «shisha tilib ketdi», deb qutulgan edi. Hozir tiliga shu javob ham kelmay, soqov holida turaverdi. Omonullo savolni yana qaytargach: «esimda yo‘q, balki kesib olgandirman», deb g‘o‘dirandi.
— Chap qo‘lingizni kesuvdingizmi yo o‘nginimi?
Samandar ajablanib, qo‘llariga qaradi: darvoqe, qaysi qo‘li qon edi? Savol yana takrorlangach, «o‘ng qo‘lim», dedi.
— Yaxshi, buni hali mutaxassislarimiz aniqlab berishadi. Nima bilan, qanday kesganingizni ham eslab turing. Endi asosiy gapga o‘taylik: uyga kirganingizda kim bor edi?
— Bugunmi? — deb so‘radi Samandar.
— Yo‘q, o‘sha kuni.
— Hech... hech kim yo‘q edi.
— Xotiningiz, men ikkinchisini nazarda tutyapman, hozir qaerda?
— Bilmasam... uni toqqa olib ketsam, deb keluvdim.
— Shu gapingizga o‘zingiz ishonasizmi?
— Meni nima uchun bunday so‘roq qilyapsiz? Aybim nima?
— Aybim, dedingizmi? Sizning tilingizda bu «ayb» deyilsa, bizningcha «jinoyat» deb yuritiladi, — Omonullo shunday deb portfelidan murdalarning suratini olib ko‘rsatdi. Samandar bir qaradi-yu, darrov ko‘zlarini olib qochdi. — Qarang, nima uchun qaragingiz kelmayapti? Nima uchun ularni o‘ldirdingiz? Rashk qildingizmi yo boshqa sabab bormi?
   
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:23:12
Samandar bu savollarni eshitgach, ko‘zlarini katta-katta ochib Omonulloga qaradi. Omonullo uni kuzatib, bamaylixotir o‘tiraverdi, boshqa so‘z aytmadi. Mana shu qisqa muddatli sukut Samandarga ajal o‘qining azoblaridan ham battar tuyuldi. U o‘shanda o‘liklardan qo‘rqib qochgan edi, bu qochqinligi, bu qo‘rqoqligi evaziga «qotil» degan nishonga erishuvini o‘ylab ko‘rmagandi. Bo‘yniga sirtmoq osongina tusha qolishi yetti uxlab, bir tushiga kirmagan edi. «Nima uchun o‘ldirdingiz?» degan savol uy devorlariga urilib aks-sado beraverdi.
— Nima deyapsiz?... Men.. o‘ldirganim yo‘q, — deb pichirlashi bilan dardini to‘sib turgan to‘g‘on buzilib, yig‘lay boshladi.
«Birinchi xotini to‘g‘ri aytgan ekan», deb o‘yladi Omonullo.
— Siz o‘ldirmagan bo‘lsangiz... kim qilishi mumkin bu ishni?
— Bilmayman...
— Pichoq sopida barmoq izlaringiz bor, — Omonullo buni taxminiga asoslanib aytdi. Pichoq sopi, eshik tutqichi, temir javon, yana ayrim buyumlardagi bir xil iz Ochilovga tegishli, deb gumon qilingan edi. Gumon haqiqatga aylanishi uchun bir necha daqiqadan so‘ng Samandarning barmoq izlari olinadi. Unga qadar esa taxminga suyanib ish ko‘rish ham mumkin.
— Men o‘ldirganim yo‘q, ishoning. Men kirganimda ular...
— O‘lganmidi?
Samandar bosh irg‘aganicha go‘dak kabi yig‘layverdi.
— Unda nima uchun «ko‘rmadim» dedingiz?
— Qo‘rqdim...
— Nimadan... yoki kimdan?
— O‘likdan... o‘likdan qo‘rqaman.
— Qiziq... siz qo‘rqsangiz, men qo‘rqsam, murdani kimdir ko‘mishi kerak-ku? O‘likni ko‘ra turib qochib qolganingiz aqlga sig‘maydigan ish. Deylik, siz qotil emassiz. Lekin kirdingiz, ko‘rdingiz, xotiningiz bu ahvolda, yonida esa bir erkak. Tanirmidingiz uni?
— Yo‘q, yo‘q, tanimayman.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:23:20
— Xotinim bilan o‘lib yotgan bu erkak kim ekan, deb qiziqib qaradingizmi o‘zi?
— Yo‘q... ochig‘ini aytsam... qaradimu yuzini ko‘rmadim. U... yuztuban yotgan ekan.
— Nima? Yuztuban? Adashmayapsizmi?
Samandar bir oz o‘ylanib, so‘ng aytganini takrorladi. Omonullo esa ajablanib chalqancha yotgan murdaning suratiga qarab oldi. «Agar bu o‘ldirmagan bo‘lsa, demak, qotil uyda edimi, u chiqib ketganidan keyin murdani o‘girib qo‘ydimi?» Omonullo bu masalada turli gumonlarga bordi. Biroq, bu ishni Toshbolta ham qilgan bo‘lishi mumkin degan fikr unga xiyonat qil-di — gumonni oydinlashtirmadi.
— Demak, siz kirganda bular o‘lib yotishgan ekan. Eslangchi, pichoqdagi qon iliqmidi yo qotib qolganmidi?
— Iliq edi... seskanib ketdim, qo‘rqdim.
— Barmoqlaridagi uzuklarni, quloqlaridagi ziraklarni nega olib qo‘ydingiz?
— Nima deyapsiz? O‘likdan yechib olamanmi?!
— Balki yechib olib seyfga qo‘ygandirsiz?
— Siz... tuhmat qilyapsiz, meni kechiring...
— Unda seyfni nima uchun ochdingiz?
— Moskvaga olib boradigan hisob-kitob hujjatlarim bor edi. Shuni deb atay keluvdim. Bo‘lmasa to‘g‘ri uchaverar edim.
— Seyfning kaliti xotiningizda ham bormidi?
— Yo‘q. U yerda faqat mening qog‘ozlarim turadi.
— Oching.
Sarosima to‘ridagi Samandar cho‘ntaklarini paypaslab kalitni qidirdi. So‘ng diplomatini ochib yo‘g‘on kalitni olgach temir javonni ochdi-da, o‘zi ikki qadam chekindi. Omonullo temir javon ichida titilgan qog‘ozlarga diqqat bilan razm solib ayrim sahifalardagi qonli dog‘ni ko‘rdi. Javonda pul ham, qimmatbaho buyum ham yo‘q edi.
   
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:23:30
— Qarangchi, hech nimangiz yo‘qolmaganmi?
Samandar narsalarni ko‘zdan kechirib «hammasi joyida» degach, Omonullo ekspertlarni chaqirib qon tekkan qog‘ozlarni ajratib olib, ularga bermoqchi bo‘ldi. Samandar bunga e’tiroz bildirgach, qog‘ozning dog‘ qismini qaychida ehtiyotlik bilan qirqib olishdi. Shundan so‘ng Omonullo Samandarni dahlizga boshlab chiqdi.
— Endi shoshilmay, bir boshdan aytib, ko‘rsatasiz. Aytadigan har bir so‘zingiz yo foyda beradi yoki aksincha, o‘zingizga zarar keltiradi. Olim odam ekansiz, mayli, suhbatimiz boshidagi dovdiraganingizni kechiray, ammo bundan buyog‘iga esingizni yig‘ib oling. Sizni «qotil» degim kelmayotgan bo‘lsa ham dalillar baribir sizga qarshi turibdi. Demak, siz zinadan ko‘tarilib chiqdingiz. Yo‘lda kimni ko‘rdingiz? Ro‘parangizdan notanish odam o‘tmadimi?
— Yo‘q... to‘xtang... ha, qo‘shni xotinni ko‘rdim shekilli?
— Eshigingiz qulf edimi, uni kalit bilan ochdingizmi?
— Qulf... — Samandar shunday deb, xuddi qo‘lida kalit turganday kaftiga qarab oldi. — Ochiq edi shekilli... Ha, aniq... ochiq edi. Eshikdan kirishim bilan dimog‘imga gaz hidi urildi. Nafisaxonning g‘alati odatlari bor edi. Ikkita-uchta chovgumni eritib, o‘zlarini Xudo bir asragan. Qishloqda gazga o‘rganmaganlarda, chovgumni olovga qo‘yib esdan chiqarib ketaverganlar. Yana shunaqa bo‘ptimikin, deb o‘ylabman. Xayolim gazda bo‘lib, xavotirda oyog‘im ostiga qaramabman. Oshxonaga o‘taman, deb bu... o‘likka qoqildim...
— Yiqildingizmi?
— Yo‘-o‘q... yiqilmadimu... lekin Nafisaxonga ko‘zim tushdi.
Samandar Omonulloning buyrug‘iga itoat etib, murdalarning qay holatda yotganini ko‘rsatib berayotganida suratchi chaqqonlik bilan suratga olib turdi.
— Xo‘p, xotiningizni siz o‘ldirmabsiz, lekin pichoq sopini nega ushladingiz?
— Sug‘urib olmoqchi bo‘lgandirman... Ha... lekin ushladimu tortib olishga qo‘rqdim. Keyin... gaz na-fasimni bo‘g‘ib qo‘ydi. Derazani ochib, gazni berkitdim.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:23:44
Omonullo ochiq derazaga qaradi. Dastlab bu oshxonaga kirganida ham deraza tabaqalarining ochiqligiga e’tibor bergan edi, ammo murdalarning hididan behalovat bo‘lgan hamkasblar xonani shamollatish uchun ochgandirlar, deb o‘ylagandi. Omonullo gaz plitasiga ham diqqat bilan qarab uchchala buragichning ochiq turganini ko‘rdi. Samandar Omonulloning nazarini uqib, tezlik bilan izoh berdi:
— Men yuqoridan burab berkitdim. O‘zimning odatim shu: uydan chiqadigan bo‘lsam albatta yuqorisini burab o‘chiraman, shunisi ishonchliroq bo‘ladi. Nafisaxonga gapiraverib hech o‘rgatolmadim...
Chindan ham plita ulangan quvur belidagi buragich gaz yo‘lini to‘sgan edi. Bu Omonullo uchun katta jumboq bo‘ldi: «Nafisa Boltaeva ochsa bitta buragich buralardi. Bunda esa uchchalasi ochiq... Demak... to‘rtinchi odammi? Bu olim piqillab yig‘layotgani bilan o‘z ishiga puxta bo‘lsa-chi? Aybsizligini isbotlovchi dalillarni pishitib qo‘ygandir balki?..»
Shu jumboq to‘riga o‘ralayotgan damda Mels Xo‘jaev kirib keldi. Omonullo uni Samandarga tanishtirdi. Samandar beixtiyor tarzda «tanishganimdan xursandman», deb lutf qilib, qo‘l uzatdi. Faqat Mels Xo‘jaev emas, hatto Omonullo ham bunday tanishuvga endi duch kelishi edi. Jinoyatga aloqadorlikka gumon qilina-yotgan odamning prokuror bilan tanishgandan xursand-ligi bu soha odamlari uchun g‘alati tuyuluvchi hol edi. Yolg‘on manziratdan uzoq bo‘lgan Samandar «tanishganidan xursandligini» chin dildan aytgan edi. Zero, u prokuratura vakili bilan jinoyatga oid qidiruv inspektorining vazifalarini aniq farqlay olmasdi. U olamga tatigulik olim martabasiga yetgani bilan huquq sohasida deyarli hech narsa bilmasdi. Hozir maxsus vakil emas, prokuratura bog‘boni yoki farroshi kelib siquvga olsa ham «menga savol berishga haqqingiz bormi?» deb o‘tirmay javob qaytaraverishi mumkin edi.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:23:51
Samandarni oshxonada qoldirib, Omonullo Mels Xo‘jaevni mehmonxonaga boshlab o‘tdi-da, savol-javobning bayoni bilan tanishtirdi.
— Qo‘rqoqligi ayon, lekin qo‘rqoqning ham nayrangi bo‘ladi. Bu uyga begona odamning yashirincha kirishi mumkinmi? Harbiy sir hisoblangan ish bilan mash-g‘ul odamni narigi idora nega qo‘riqlamas ekan? Bir surishtirib ko‘rolmaysizmi?
— So‘rab-surishtirdim, — dedi Mels Xo‘jaev mag‘rur ohangda. — Faqat uning o‘zini poylasharkan.
— Tushunmadim?
— Agar uyda bo‘lsa, uy atrofida bo‘lisharkan. Uyda yo‘qligida kuzatishmas ekan. Tog‘da bo‘lgani uchun o‘sha kunlari qarashmabdi.
— Nima qildik? Hibsga olsak, jinoiy ish ochsak...
— Hozircha boshqarmadagi vaqtincha hibsxonaga tashlang. Boshqa idora aralashsa, o‘zlari bilishadi. Bosh-qacha ehtiyot chorasini qo‘llash mumkin emas.
Samandarning gaplarini eshita turib «shahardan chiqmaslik haqida tilxat olib, uyida qoldiraveraylik» degan fikr kelgan, ammo bu fikr zaif tuyulib, qaror darajasiga yetmagan edi. Mels Xo‘jaevning gapidan so‘ng, «ma’qul» deb bosh irg‘adi.
Mels Xo‘jaev prokuraturada kutishayotganini aytib, iziga qaytgach, Omonullo deraza yoniga borib ko‘chaga qaradi. Uning o‘yga tolganini ko‘rib, Samandar «mening ishim bitdi shekilli, bu jinoyatga aloqam yo‘qligiga ishondi», degan xulosaga kelib:
— Endi ketaveraymi? — deb so‘radi.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:23:57
Bu savoldan Omonullo ajablandi. «Esi joyidami bu odamning?» deb o‘ylab unga tikilib qoldi.
— Qayoqqa ketmoqchisiz?
— Toqqa... u yerda kutishyapti.
— Kutishyapti?.. Kuta turishadi.
— Bu nima deganingiz? — ko‘ngli yomonlikni sezgan Samandarning ovozi titradi.
— Siz... masala oydinlashgunicha bizning... — Omonullo «hibsxonada o‘tira turasiz», demoqchi bo‘ldi-yu, fikridan qaytib yumshoqroq ohangga ko‘chdi: — mehmonimizsiz...
— Qamaysizmi?
— Bizning vazifamiz qamash emas, jinoyatchini tutish. Sud degan idora bor, qamashadimi yo otishadimi, o‘shalar hukm chiqarishadi.
— Haqqingiz yo‘q... men jinoyatchi emasman. Keyin afsuslanasiz!
— To‘g‘ri aytdingiz. Keyinroq afsuslanmaslik uchun biz bilan birga bo‘lib turasiz. Aybingiz bo‘lmasa sizni hech kim ushlab tura olmaydi. Gunohsiz ekaninigizni isbotlash uchun esa vaqt kerak.
Bu gaplarni eshitib, Samandarning lablari titradi, ko‘zlari pirpiradi-yu, yig‘lamadi, o‘zini tutdi — taqdiriga tan berdi.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:24:06
Olti kishiga mo‘ljallangan vaqtinchalik hibsxonadagi derazaga yaqin karavotda bir yigit chordana qurganicha ovqatlanib o‘tirardi. Yozug‘lik dasturxon ustidagi oshu kabob, somsayu olma-anor, pomidoru bodringga qaraganda uning maishati chakki emasdi. Dasturxonni kim kiritgan bo‘lsa ham yigitning hamxonalari nafsini nazarda tutgan ko‘rinadi. Yigit Samandarni ko‘rib, o‘rnidan turib so‘rashdi-da, dasturxonga taklif qildi. Samandar bu xonaga bir zumgagina kirgan odamday karavot chetiga omonatgina o‘tirdi. Yigit sermanzirat ekan, «oling, oling» deb undayvergach, Samandar noiloj kabob go‘shtidan olib og‘ziga soldi. Qorin och bo‘lsa-da, luqmaning tomog‘idan o‘tishi qiyin bo‘ldi. Shunda yigit yostiq ostidan shisha chiqardi-da:
— Qittak-qittakka tobingiz bormi?— deb so‘radi.
Moskvadagi harbiylar shifoxonasida Samandarga ichish qat’iyan mumkin emasligini aytishgan edi. Ular ogohlantirishmasa ham aroqni o‘ylasa ko‘ngli ayniydigan bo‘lib qolgandi. Hozir esa yigitning taklifidan so‘ng ichgisi keldi. Shisha ichida jilva qilayotgan suyuqlik uni darddan qutqaruvchi xaloskor bo‘lib ko‘rindi-da, «quying», dedi. Yigit piyolani to‘ldirib uzatdi. Samandar ikki qultumdan ortiq icha olmay, qalqib ketdi. Piyolani dasturxon chekkasiga qo‘yib yigitga uzrli nigohi bilan qaradi. Yigit uni hijolatdan qutqarish uchun yana taomga taklif qildi.
— Olim odamga o‘xshaysiz, aka, siqilavermang. Boshga tushganni ko‘z ko‘radi, — dedi kulimsirab.
Samandar bu gapdan ajablanib, yigitga qarab qoldi.
— Ha, akaxon, menga tikilib qoldingiz? Qaysi baloga uchrabdi, deyapsizmi? — yigit Samandarning fikrini o‘qiganday kuldi. — Yosh yigit tuhmatga uchragandir, deyapsizmi? Yo‘q, tuhmat bo‘lmadi. O‘zim ahmoqman. Garovda yutaman, deb qo‘lga tushib qoldim. Kechgacha chiqib ketaman. Nari borsa ertaga ertalab qo‘yib yuborishadi. Suyanadigan tog‘imiz ja-a mustahkam, ha!
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:24:20
Samandar garov bog‘lab qamoqqa tushish mumkinligini sira eshitmagani uchun ajablandi. Yigit esa kulganicha izoh berdi:
— Mening gulday hunarim bor, aka, hech qachon xor bo‘lmayman. Men mashina o‘g‘risiman. Lekin siz mendan qo‘rqmang. Aslida men o‘g‘rimasman. Men qulfni ochib beraman, boshqalar o‘g‘irlaydi. Qulfning ming xili bo‘lsa mingtasini, million xili bo‘lsa milliontasini ochib tashlayman. O‘tgan kuni «qittak-qittak»ning ustida og‘aynim bilan bahslashib qoldik. Oling, akaxon, sovumasin, ichib qo‘ying, dardingiz yengillashadi. Xafa bo‘lavermang. Bu yerning nomi xunuk, o‘zi yomon joy emas, bir-ikki kun dam olsa bo‘ladi. Shunday qilib o‘sha og‘aynim bilan garov o‘ynadim. Garovga yangi, moyi qurimagan «Gaz-31» tikildi. Shunaqa mashinadan kechadigan ahmoqmasman-ku, to‘g‘rimi? Bir uyga bexitgina kirib, seyfni ochib, kalitni olib, mashinani ochib berishim kerak ekan. Ha, mashinaga ham, garajiga ham chet eldan olib kelgan allambalo qulf o‘rnatilgan ekan. Shu ham menga ish bo‘libdimi? Lekin og‘aynim nomardlik qildi. Qorong‘ida qaramagan edim, orqada ment yashirinib yotgan ekan. G‘ip tomog‘imdan olib, shu yerga tashladi. Xuddi kinodagiga o‘xshaydi, to‘g‘rimi? Menga-ku baribir, o‘sha og‘aynimga qiyin bo‘ldi-da. Oling, okaxon, oxirigacha ichib qo‘ying, dunyoning tagiga yetasiz. Bir pasdan so‘ng yana dasturxon kiradi, qarab turasiz. Oshna-og‘aynilar omon bo‘lishsin, meni xorlatib qo‘yishmaydi.
Bu gapni Samandar «sizda ham oshna-og‘ayni bormi?» degan savol ma’nosida tushundi. Ilgari xayoliga shunday savol kelmagan ekan. «Boshimga tashvish tushsa dalda beruvchi do‘stim bormi?» deb fikr qilgan Samandar hozir o‘zini sahro o‘rtasidagi yakka daraxt kabi his etdi. Endi bu daraxt suvsab, oftob nurida qovjiraydimi? Bu yigit bir necha soatdan so‘ng chiqib ketishini bilyapti. Samandar esa hibsxonada necha kun yoki necha yil bo‘lishidan bexabar. Bu yer bir necha kunlik qamoqxona ekanini, ayb sirtmog‘i bo‘yniga astoydil solinadigan bo‘lsa boshqa joyda alamlar tuzini totmog‘ini ham bilmaydi. Uni hozir iztirobga tashlayotgan narsa — o‘n yil yotsa ham, hatto qotil deb otib tashlansa ham birov bilmay qolishi mumkin. Bilganda ham afsuslanmasligi, kuymasligi aniq. Opa-singillarining kelishi ham mahol. Ular o‘z oilalari, o‘z tashvishlari bilan band. Bu shaharga hali biron marta ham kelmagan to‘ng‘ich opasining turmush tashvishlaridan ortib, qamoqdagi ukasini yo‘qlashini tasavvur qilish qiyin. Qishloqqa ikki yildan beri bormayotgani inobatga olinsa, mehr-oqibat iplarining zaiflashib, balki chirib, uzilishga moyil bo‘lib qolgani tabiiydir. Amakivachchalariyu xolavachchalari bilan qachondan beri bordi-keldi qilmasligimni hatto eslay olmaydi.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:24:28
Sermanzirat yigitning gaplaridan keyin xayolini o‘zidan uzoqlashgan do‘stlari, qarindoshlari to‘la egallamadi. O‘zini yo‘qlovchi mehribon yo‘qligidan bir oz o‘ksindi-yu, so‘ng bo‘lajak taqdirini o‘yladi. Yigitning manziratlari ham, ezmaligi ham yoqmay qoldi. Uzr aytdi-da, eshikka yaqin karavotga o‘tib, cho‘zildi. Yigit ham nafsini qondirib bo‘lgach, taomlarni dasturxonga o‘rab qo‘ydi-da, bo‘sh karavotga o‘tib yotdi. Yotgan joyida kerishib, rohatlandi. Dam o‘tmay yengil xurrak ota boshladi.
Samandar esa shu topda o‘z siriga mahram bo‘la olguvchi odamga hojat sezdi. Ahbobga muhtojlikning qamoq azoblaridan ham battarroq ekanini fahmladi. Odamning fojiasi o‘lim emas, vohidlik ekanini anglab yetmoq mushkul. Odam bolasi istaydimi-yo‘qmi, qochmaydimi yo qochadimi farqsiz — o‘lim sharobini ichadi. Vohidlik esa o‘zining ixtiyori bilan yuzaga keluvchi ofatdir. Hozir Samandar bu ofatning tariqday mevasini totdi. Bir necha soatdan so‘ng tamaki hidiga to‘lib ketgan bu dim xonani tark etib uchoqqa o‘tirganida, Moskva sari uchganida esa bu azoblarni, bu fojialarni yana unuta boshlaydi.
Hozir esa hamqishloq do‘sti Tursunali bilan shaharda uchrashib qolgan onlarini la’natlay boshladi. Moskvalik mehmonlar bilan restoranda o‘tirganida maishat qilish maqsadida kirgan oshnasi bilan uchrashgan edi. Keyin sovxoziga taklif qildi. Bog‘da maishat qilishdi. Choy ko‘tarib kirayotgan Nafisaga suqlanib qaradi. Bu qarashning ma’nosini uqqan Tursunali shu tunning o‘zidayoq kayfi oshgan do‘stining nafsini qondirish choralarini qildi. Chora amal berdi-yu, o‘sha tun bahonasida Samandar xotinlik bo‘lib oldi. Endi esa... o‘sha tunni ham la’natladi...
Umrining turli nuqtalariga la’nat toshlari otib o‘tirganida eshik ochilib soqchi kirib keldi-da, yigitni turtib uyg‘otgach:
— Qo‘lingni orqaga qil! — deb buyurdi.
— Nega endi okaxon? — dedi yigit uyqusiragan holda.
Soqchi unga javob bermay qo‘lini qayirib kishanladi-da:
— Endi uka, shahar turmasiga ko‘chadigan bo‘lding. Prokuror senga ish ochganga o‘xshaydi, — deb afsusini bildirib qo‘ydi.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:24:45
— Menga ish ochadimi, menga ish ochadigan prokuror hali onasining qornida yotibdi!
— Bo‘ldi, baqirma, yur, — soqchi shunday deb uni yelkasiga turtib, olib chiqib ketdi.
Ozod bo‘lishga ishonchi komil bo‘lgan yigitning ahvoli shu bo‘lganidan keyin Samandarning ahvoliga maymunlar yig‘lamasmikin? Samandar shu fikrda ezilib yotganida yana eshik ochildi, ammo soqchi emas notanish bir yigit kirib salom berdi-da:
— O‘rtoq Ochilov, yuring, anglashilmovchilik bo‘libdi, — dedi.
Shu anglashilmovchilik tufayli, Samandar kutganidek uning holiga maymunlar yig‘lamaydigan bo‘lishdi.
Samandar hibsxonada ezilib o‘tirganida Omonullo Nafisa bilan Sanjar ishlagan kooperativga yana bordi. Bu korxona moliyaviy ahvolining tekshiriluvi Omonulloga zarar yetkazdi: xodimlar u bilan yanada cho‘chibroq gaplashishdi. Oqibatda Nafisa bilan Sanjar munosabatlarini oydinlashtira olmadi. Nima uchun uyga borganlari u uchun mavhum bo‘lib qolave-radi.
Ertalabdan beri quyosh bilan berkinmachoq o‘ynayotgan o‘rkach-o‘rkach bulutlar osmonu zaminga hukmronlik o‘tkazish qasdida birlashmoqqa kirishgan edilar. Oftob nuridan bebahra yer yuzi momaqaldiroqlarni kutib dim bo‘lib oldi. Azaldan dim havoga toqatsiz Omonulloni ter bosdi, nafas olishi esa og‘irlashdi. Qo‘nalg‘adagi joyidan jilayotgan avtobusni ko‘rib hushtak chalgan edi, haydovchi insof qilib to‘xtadi. Omonullo oldingi qatordagi bo‘sh o‘rindiqqa o‘tirishdan oldin oynani yon tomonga surib, ochdi. Shabada iliq bo‘lsa ham ko‘kragiga rohat berdi. Bo‘yniga oq chit ro‘mol tashlab olgan haydovchi radio ovozini balandlatib, ashulaga mast bo‘ldi. To‘ylarni gullatayotgan bu qo‘shiq Omonulloga ham ma’qul kelib, xufton dili jindek yorishdi. Ashuladan so‘ng bir shoir bosiq, dardli ovozda she’r o‘qiy boshladi:
— Qaytayapman, o‘zimni ko‘mib...

She’rning birinchi satriyoq Omonulloning diqqatini o‘ziga jalb qildi:
Tog‘lar — g‘arib, bog‘lar — tashlandiq.
Men ko‘milgan tuproq it bo‘lib
Yuzlarimni yalay boshladi.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:25:07
Bu satrlarni eshitib Omonulloning eti seskandi. Haydovchi radio ovozini pastlagan edi, «Og‘ayni, eshitaylik!» deb iltimos qildi.

Ey so‘qir zot, ko‘zlaringni och!
Ko‘zlarimda qonim qaynaydi.
Qaro kiygan qaro qayrag‘och
Bu kun mendan tona olmaydi.
... Siynalari pajmurda, zahil
Daraxtlarga termular ayol...


Tiriklik holida ko‘rinmagan Nafisa nechundir Omonulloning nigohi oldida gavdalandi: o‘lik ayol emas, ko‘zlari ochiq juvon ko‘rindi. Dardli nigohi, savolli nazari bilan qaradi: Nafisaning ko‘zlari «Meni kim o‘ldirdi? Nima uchun o‘ldirdi?» deb so‘rar, radioda esa shoir bo‘g‘ilib she’r o‘qirdi;

Odam — hissiz buyuk haqiqat,
Odam — go‘rda tirilgan armon...
Odam — qatra zardobrang hasrat...
Odam — beun, besukun xayol...
Odam — boshi kesilgan bulut...
Odam — og‘ir oyoqli Ayol...
Odam — armon va...
Odam — umid...
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:25:23
Omonulloning ko‘z oldida o‘sha savolli nigoh: «nima uchun meni o‘ldirdilar? Gunohim nima edi?» Omonullo buni bilsa edi, aytardi. Holbuki bilmaydi, alhol uning asosiy vazifasi buni bilish ham emas. U eng avvalo «kim o‘ldirdi?» degan savolga javob topishi zarur. «Gunohim nima edi?» degan savoliga esa Nafisa qiyomatda javob oladi... Hozir esa Omonulloning xayolini shoirning dardli ovozi band etgan:

... Xayr endi, mening xazonim,
Tanho go‘rga sig‘dik ikkimiz.
Yig‘layotir, kuylayotir jim,
Joni kuzda chiqqan jismimiz.
Xayr endi, mening yaprog‘im,
Bir dunyoga sig‘dik hammamiz.
Yosh to‘kmasin biz uchun hech kim —
Biz qaytamiz,
Bir kun qaytamiz.
Xayr endi…


She’rdan so‘ng dardli kuy berilib, Omonulloning ko‘ngliga xazinlik ega chiqdi. Shu xazinlik hukmida ishxonasiga qaytdi. Navbatchi yigit uni kutilmagan noxush xabar bilan qarshi oldi: kimdir qora «Volga»da kelib, Samandarni olib ketibdi. Xo‘jayin Omonulloni kutayotganmish...
Boshliq huzuriga kirmasidanoq Omonullo Samandar Ochilovni kim olib ketganini taxmin qildi. Shunday bo‘lishini kutgan edi, ammo kutgani bu qadar tez amalga oshuvi uning aqlini shoshirdi. Boshliq Omonulloga hayratomuz yangilik aytmadi — uning gumonini tasdiqladi xalos. «Ishga tikib qo‘y», deb bir varaq qog‘oz uzatdi. Samandarning shahardan chetga chiqmay turishi haqidagi tilxatiga Omonullo e’tiborsiz qarab qo‘yib chiqib ketmoqchi edi. Boshliq to‘xtatib, so‘radi;
— Boshqalardan gumoning yo‘qmi?
Omonullo darrov javob qaytarmadi. Kooperativ boshlig‘i bilan Matluba To‘xtaevaga oid ojiz gumonlarini aytgisi kelmadi. Shu bois bir oz o‘ylanib turib:
— Dalillar yetarli emas, — deb qo‘ydi.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:25:39
— Ochilov ekanini isbot qilib bera olarmiding?
Begona uy ostonasiga qadam qo‘yayotgan odam ichkaridagi jihozlarni ta’rifu tavsif qilishdan ojiz bo‘lganidek, Omonullo bu savolga javob berishga qodir emasdi. Boshliq uning ahvolini sezib, javob talab qilmadi, aksincha dalda berdi:
— Bo‘pti, ishingni davom ettiraver. Biror gap chiqsa, huzurimga kirarsan. Sen xafa bo‘laverma. Uni bir marta so‘roq qilishga ulguribsan, shu ham katta gap! Agar dalillar Ochilovga qadalib qolaversa... sen zo‘riqma... biz ilojsizmiz. Boraver...
Bir necha kun avval Samandarning ishxonasidagi suhbatda «qonun oldida hamma teng», deb katta ketgan Omonulloning quloqlari ostida tepakalning «hayotda esa, azizim, butunlay boshqa. Shuni hali ham tushunib yetmadingizmi?» degan gaplari jarangladi. Omonullo o‘zini og‘zidagi luqmasini oldirib qo‘ygan anqov holida deb hisoblamadi — o‘ksinmadi.
Omonulloning ish uslubi hamkasblaridan ozgina farq qilardi: u biron jinoyatga aloqador deb ikki kishidan gumon qilsa, uchinchi, noma’lum odam uchun ham joy qoldirardi. Mazkur uslub foyda bergan damlar ham bo‘lgan: gumondagilar ozod qilinib, mo‘ljalda yo‘q noma’lum odamning iziga tushilgan. Agar Samandarning gaz masalasidagi gaplari nayrang mahsuli bo‘lmasa, Omonullo kalavaning bir uchini topdi, deyish mumkin. Kimdir chindan ham gazni ochib qo‘ygan bo‘lsa, demak, o‘sha «kimdir»ni qidirish kerak. Samandar Ochilovga da’vo yo‘q — o‘likni ko‘rib qochgan odam jinoyatchi hisoblanmaydi. Xotinining o‘ligini ko‘mmasa ham, dafn etilgan yerini ziyorat qilmasa ham jamiyat ayblamaydi. Bularning ajri ham qiyomatda beriladi.
Omonullo xonasiga qaytib joyiga o‘tirdi-da, stol g‘aladonidan ismlar yozilgan qog‘oz parchalarini olib, yana folbin kabi yoydi. Keyin to‘rtinchi qog‘ozdagi so‘roq belgilari yoniga undov belgilari qo‘ygach, «Samandar Ochilov» deb yozilgan varaqni chizib-chizib tashladi-da, jahl bilan g‘ijimlab, yelimto‘rsavatga uloqtirdi. Ko‘zlarini yumib, behol odam kabi harakatsiz o‘tirdi. Keyin o‘rnidan turib g‘ijim qog‘ozni olgach kaftlari bilan silab, tekislab joyiga qo‘ydi.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:25:47
Derazaga o‘rnatilgan sovutgichdan iliq havo ufurilayotganday nafasi bo‘g‘ilib, tashqariga chiqdi. Hovlida harakatsiz turishidan bir ma’no ko‘rmagach, ko‘chaga yo‘naldi. Bozorga borib qog‘oz xaltani to‘ldirdi-da, shifoxonaga qarab yo‘l oldi. Opasining ahvoli yaxshilangani uchun umumxonaga o‘tkazilgan ekan, kirib uni ziyorat qildiyu so‘ng otasini, shu bahonada qaynona-qaynotasini ham yo‘qlashni maqsad qildi.
Hovliga suv sepib salqinlatgan Bobomurod Omonullo kirib kelganida bo‘y cho‘zib qolgan rayhonlarning gullarini chimdib uzayotgan edi. Tutingan o‘g‘lini ko‘rib chehrasi ochildi. Bu dunyoda bir tutingan singlisiyu bir tutingan o‘g‘liga suyanib yashayotgan Bobomurodning quvonishi uchun ko‘p narsa zarur emas: singlisining ochiq yuz bilan gaplashib o‘tirishi yoki Omonulloning eshikdan kirib kelishi uning uchun baxtli daqiqalar hisoblanardi.
Omonullo ichkari kirishga unamay ikki qulochli uzun taxtadan yasalgan o‘rindiqqa o‘tirdi. Bobomurod ichkari kirib likopchada gilos ko‘tarib qaytdi-da, Omonulloning yoniga o‘tirib, likopchani o‘rtaga qo‘y-di, Omonullo otasining ko‘ngli uchun gilosdan totib ko‘rdi.
— Opangni Xudo bir qaytib berdi, hozir tuzuk. Dardini ichiga yutaverib, yutaverib yuragini abjaq qilib tashlagan.
— Kirib ko‘rdim, ruhlari tetik.
— Balki shu bahona bo‘lib anavi kasallaridan ham qutulib ketar, a?
— Kim biladi?..
Omonullo shunday deyishga dedi-yu, tilini tishladi. Otasi umid bilan so‘ragan edi, «Ha, tuzalib ketadi», desa bu umid quvvat olardi. U esa mujmal javobi bilan o‘sha umidni ham bo‘g‘a qoldi.
— Shunaqa hodisalar bo‘lgan, eshitganman, — dedi-yu, ammo fursat o‘tgan, umid chinnisi allaqachon yerga tushib, darz ketgan edi. Keyingi gap darzni chegalagani bilan izni yo‘qotmasdi.
— O‘zing qalaysan? Ishingning mazasi yo‘q shekilli, a?
— Ishlab yuribman...
— Menga qara-chi? — Bobomurod shunday deb uning ko‘zlariga tikildi.
Yo‘q, Omonullo bu o‘tkir nigohga dosh berolmaydi. Dastlab uchrashganida ham qaray olmagan.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:25:55
O‘shanda ovozi rasta bo‘layotgan yoshda edi. Qo‘shni sinfdagi qizga ko‘ngil qo‘ydi. Yursa ham, tursa ham faqat o‘sha qizni o‘ylardi. Hatto ota-ona sog‘inchini ham unutgan edi. Qizlar bayrami yaqinlashib, uni sov-g‘a masalasi qiynab qo‘ydi. Uning nazarida bayram sovg‘asi barcha muammolarni hal qilib berishi lozim edi. Yechilajak muammolardan biri — qizdan hech bo‘lmaganda bittagina o‘pich olishga erishmoqlik edi. Aynan shu birinchi o‘pich umid daryosini to‘sib turgan to‘g‘onni buzar, visolning nurli cho‘qqisini in’om etar edi. Ammo... ota-onasidan ajrab yetimxonaga tushgan o‘smirda pul nima qilsin? O‘ylay-o‘ylay chorasini topdi: umrida bir marta, ha, faqat bir martagina o‘g‘irlik qilish ahdi bilan avtobusga chiqdi. Qaysi cho‘ntakda pul borligini aniqlash san’atidan mahrum bu bolaning o‘sha kuniyoq qo‘lga tushib, qamalib ketishi hech gap emas edi.
O‘sha kuni, o‘sha daqiqada, xuddi o‘sha avtobusda Bobomurod ham bor edi. Uning ziyrak nigohi qo‘nalg‘ada javdirab turgan Omonulloga tushganidayoq, bolaning shum niyatini payqadi. Shu sababli odamlar orasidan o‘tib, orqa eshikka yaqinlashdi-da bolaning yoniga turib oldi. Omonullo titroq qo‘llari bilan duch kelgan cho‘ntakka tushmoqchi bo‘lganida bilagidan mahkam ushladi-da, avtobus to‘xtagunicha qo‘yib yubormadi. Avtobus to‘xtagach, «qani, yur», dedi-da, bolani qariyb sudrab tushdi. Qo‘rqib ketgan Omonullo qarshilik bildirolmadi. U «milisa ushlab oldi, tamom, endi qamaydi», deb o‘ylagan, o‘g‘rining qo‘liga tushgani xayoliga ham kelmagan edi.
Bobomurod uni bog‘ tomon boshlab borib, o‘zi o‘rindiqqa o‘tirdi-da, bolaning ko‘ziga tikildi:
— Qani, menga qara-chi, faqat to‘g‘risini ayt, nimaga o‘g‘irlik qilmoqchiyding?
Omonullo piqillab yig‘lay boshladi.
— O‘chir! Mishig‘ingni art! — deb do‘q urdi Bobomurod. — Soqol-mo‘yloving chiqib qolibdi-ku, erkakmisan o‘zing?! Nimaga yig‘lyapsan?
— Qo‘limni qo‘yib yuboring...
Qo‘yib yuborish o‘rniga Bobomurod uning bilagini yanada qattiqroq qisdi:
— Ayt, deyapman: nimaga birovning cho‘ntagiga tushmoqchi bo‘lding?
— Tushmoqchimasiydim.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:26:04
— Sen o‘g‘il bola bo‘lsang — mard bo‘l, to‘g‘ri gapdan qochma. To‘g‘risini aytsang, qo‘yib yuboraman, aldamoqchi bo‘lsang — o‘zingga qiyin. Shu qo‘lingni avval kuydirib, keyin terisini shilib olaman. Kissavurning jazosi shu bo‘ladi. Aslida-ku, kesish kerak, mayli, yosh ekansan, ayayman, kuydirib qo‘yaqolaman.
Bobomurod xuddi shu ishga jazm qilganday ishonarli ohangda aytib, bolaning esxonasini chiqarib yubordi.
Omonullo bu odamdan osonlikcha qutula olmasligini anglab, yig‘lamsiragan holda:
— Oyim og‘ir kasallar, doriga pul yo‘q... — dedi.
U ham o‘z xayolida bu gapni ishonarli ohangda aytgan bo‘ldi. Titroq ovozi ishontirishga undasa-da, ko‘zlari alday olmadi.
— Qani, menga qarachi, — dedi Bobomurod, bolaning dahanini ushlab. — Yana yolg‘on gapiryapsanmi? Mening ko‘zlarimga bir qaragin: bular ko‘z emas, rent-gen. To‘g‘risini aytsang, kerakli pulni o‘zim beraman. O‘g‘il bola gap — shu!
Omonullo yana bir marta aldagach, Bobomurod uning yuziga tarsaki tortib yubordi.
— Sen o‘g‘ri emassan, sen qo‘rqoqsan, sen hezalaksan! O‘g‘irlik ham qo‘lingdan kelmaydi!
Bu gaplar Omonulloning qo‘rquvdan yarador qush kabi potrayotgan yuragiga dalda bo‘ldi-da, to‘g‘risini ayta qoldi. Ammo shunda ham qo‘li bo‘shamadi.
— Endi qo‘yvoring, — dedi yalinib.
— Hali bizning savdomiz pishmadi, bola-paqir. Senga va’da berdimmi, demak, bajaraman. Qo‘linga-ku, pul bermayman. Magazinga boramizu ko‘nglingga yoqqan narsani ko‘rsatasan, narxiga qaramaysan, million so‘m bo‘lsa ham olib beraman, o‘g‘il bola gap bitta bo‘ladi! Ungacha bitta-ikkita narsani so‘rayman, javob berasan: nima uchun otangga yo onangga aytmading, yo uyaldingmi, a?
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:26:13
Ota-onasiga doir har qanday savol Omonullo uchun g‘oyat og‘ir yuk edi. Yetti yoshida yetim qolganini aytish chog‘ida go‘yo uning yuragi to‘xtab qolganday bo‘laverardi. Otasi bilan onasi ishdan qaytayotganda tushgan avtobus muzlagan yo‘lda tiyg‘anib, chuqur jarlik tubida oquvchi anhorga qulagan, ularning murdalari ertasiga chiqarib olingan, er-xotinning jasadi uyda bir kecha «mehmon» bo‘lib, tongda yerga qo‘yilgan edi. Beli bog‘langan yetti yoshli Omonullo ikki tobut oldida bo‘zlab borgandi.
Hozir notanish odamga shularni aytib berishi kerakmi? Og‘ir bo‘lsa ham aytgisi keldi. «Rahmi kelib qo‘yib yuborar» degan niyatda uzuq-yuluq so‘zlar bilan holini bayon qildi. Amakisinikida yarim yil yashab, so‘ng bolalar uyiga berilganini ham yashirmadi. Bu safar Omonullo adashmadi: chindan ham Bobomurodning unga rahmi keldi. Chap qo‘li bilan boshini siladi-da, yoniga o‘tirg‘izdi.
— Sen faqat qochib ketma, bola-paqir, — dedi horg‘in ovozda, — men milisa emasman. Teringni ham shilmayman. Shunchaki seni qo‘rqitish uchun aytgandim. Agar rost gapirayotgan bo‘lsang, hayoting menikiga o‘xshab ketarkan. Men ham senga o‘xshab g‘irt yetimman. Sen bir pas qimirlamay o‘tir. — Bobomurod shunday deb sigaret tutatdi.
Dastlab «bola o‘zi istab shu ko‘chaga kiryapti, shogirdlikka bop ekan», deb o‘yladi. Sigareta chekib bo‘lgach, do‘konga borib, sovg‘ani olib berdi, so‘ng Omonulloni bolalar uyiga kuzatib qo‘ydi. Eshik og‘-zida:
— Biron nimaga muhtoj bo‘lsang, menga ayt, — deb tayinladi. Keyin: — agar xohlasang, meni «amaki», de. Xohlasang, tarbiyachilaringdan so‘rab uyimga olib ketay, bugun mehmonim bo‘l, — dedi.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:26:21
Omonulloga bu taklif ma’qul keldi. Omonullo «bu odamning ota-onasi ham bir kunda halok bo‘lishgan ekan», deb o‘yladi. Bobomurodning o‘smir chog‘ida ilk marta qamalganida isnod o‘tida kuygan ota-onaning bir yil ichida oldinma-keyin qaytish qilganini ancha keyin, aniqrog‘i, Fotimaga uylangach, qaynotasidan eshitib bildi. Bobomurodning o‘g‘ri ekanini esa bu xonadonga ikkinchi marta kelgan tuni tasodifan bilib qoldi. Yarim tunda behos uyg‘onib, sherigi bilan maslahatlashayotgan Bobomurodning gaplariga quloq tutdi. Avvaliga qo‘rqdi. Ertalab nonushta ham qilmay qochvormoqchi edi, Bobomurod qo‘lini ushlab, to‘xtatdi:
— Hech qachon birovlarning gaplariga o‘g‘rincha quloq solma, xo‘pmi? — dedi po‘pisa ohangida. — Gap poylamasang ham kimligimni o‘zim aytardim. Men g‘irrom o‘ynaydigan dayuslardan emasman.
— Endi men ham o‘g‘ri bo‘lamanmi?
Kechasi bilan o‘ylab chiqqan shu gapini aytishi bilan yuziga zarbli tarsaki tushdi. So‘ng Bobomurod sochini changallab tortdi. Omonulloning ko‘zlarida tirqirab yosh chiqdi.
— Kim aytdi buni senga, ahmoq! Bilib qo‘y: sen o‘g‘ri bo‘lmaysan, o‘qiysan, sen odam bo‘lasan!
Bobomurod shunday degach, Omonulloning sochini qo‘yib yubordi. U «Sening odam bo‘lishing uchun hamma narsadan voz kechaman, hatto hunarimni ham yig‘ishtiraman», demoqchi bo‘ldi-yu, «bola buni tushunmaydi», degan fikrda tilini tiydi-da, «O‘tir, choyingni ich!» deb buyurdi.
Chindan ham Omonulloni deb o‘g‘irlikni tashlamoqchi edi. To qamalguniga qadar ahdida turolmadi. Qamalgach, ozodlikda qolgan sheriklariga xat chiqarib, Omonullodan xabar olib turishni tayinladi. Qamoqdan boshqa hunar qilish ahdi bilan chiqdi. Yo‘lda Ayolni uchratgach, bu ahdi qat’iylashdi.
Omonullo mustaqil ish boshlaganida Bobomurod unga maslahatlar berib turdi. «Tabib — tabib emas, boshidan o‘tgan — tabib», deganlaridek, jinoyat olamining nozik yerlarini Bobomurod yaxshi bilardi.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:26:37
— Menga qara-chi, menga qara, deyapman, — Bobomurod o‘ng qo‘li bilan Omonulloning iyagini ushlab, ko‘zlariga tikildi: — Ishlaring «besh»ga o‘xshamayapti, bola-paqir?
— «Besh» bo‘lmasa, «to‘rt»dir-da, — deb hazillashmoqchi bo‘ldi Omonullo.
— «To‘rt»ga ham tortmaydi. Qanaqa ish ko‘ryap- san?
— Qotillik. Ikki kishi o‘ldirilgan.
Omonullo shunday deb ishning bayoni, gumonu taxminlarini ma’lum qildi.
— Hali ham xomsan, — dedi Bobomurod bir-ikki savol berib, javob olgach. — Sen, bola-paqir, o‘qishda yo yomon o‘qigansan, yo darslardan qochib yurgansan, yo eski pichoqqa sop ham bo‘la olmaydigan domlalardan ilm olgansan. Har holda bo‘sh kallang, bo‘shligicha qolgan. Menga o‘sha uyni bir ko‘rsatmaysanmi?
— Mumkin emas.
— Men sendan «mumkinmi yo mumkin emasmi?» deb so‘raganim yo‘q. Odam bo‘laman desang, harakatingni o‘sha «mumkin bo‘lmagan» ishlardan boshla. Sen menga uyni ko‘rsat, men sening xomligingni isbotlab beraman. Tur, ketdik.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:26:59
TUTQUNLIK
(Qotillikdan avvalroq sodir bo‘lgan voqea)

Koshak Qo‘tosga «xushxabar» yetkazgan, so‘ng Nuriddinga hamla qilayotgan paytda Tengiz hibsxonada moskvalik yigit so‘roqlariga javob berayotgan edi.
Ularning savol-javoblari dastlab samimiy suhbat tarzida boshlandi:
— Ahvollar qalay, knyaz? — dedi yigit kulimsiragan holda. — «Knyaz» deb yanglishmadimmi?
Tengiz unga duch kelishi bilan boshdan-oyoq razm solib, kimligini aniqlamoqchi bo‘ldi: kiyinishidagi orastalik, o‘zini kibrli tutishi, ayniqsa qarashidagi bezovtalikdan bildiki, u jiddiyroq idoradan. Boshliqqa qarab, mensimagan holda «siz bo‘shsiz», deb qo‘yishi taxminini tasdiqladi. «Suhbat»ning jiddiy bo‘lishini fahmlagan Tengiz uning kulimsirashiga mos jilmayish bilan javob berdi:
— Yanglishmadingiz, knyazman.
— Bu sizning laqabingizmi?
— Yo‘q, bu mening martabam, men knyazlar avlodidanman.
— Qiziq, Dog‘iston tarixida knyaz Alievlar borligini olimlar bilishmas ekan-da?
— Men ona tomondan knyazman. Knyaz Ibrohimbekning avlodiman.
— Shundaymi? — yigit bu yangilikdan ajablanmay, bamaylixotir ravishda sigaret tutatib, Tengizni ham lutfan siyladi. — Siz sanqi o‘g‘rilardan emassiz, Aliev, o‘qigan odamsiz. Moddiyunchilik nuqtai nazaridan qarasak, tomiringizda knyazlar qonining oqishi sariq chaqalik gap. Aksilmoddiyunchilik nuqtai nazaridan qarasak esa, nasli toza odamning pastkash o‘g‘ri bo‘lishi aqlga to‘g‘ri kelmaydi. Bu falsafaga nima deysiz?
— Kitobdagi falsafa hayot falsafasiga to‘g‘ri kelavermaydi. Hayot qonunlarini falsafa vujudga keltirmagani qanchalik rost bo‘lsa, falsafani odamlar yaratgani shunchalik haqiqatdir. Odamlar esa adashuvchilardir.
   
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:27:06
— Hayot qonuni yanglishmaydimi?
— Yo‘q. «Biz olam kitobini yanglish o‘qiymizda, «u bizni aldaydir», deymiz.
— Shundaymi? Hali ham durust ekansiz falsafaga.
— Bu mening gapim emas, hindlarning Thakur degan yozuvchisi bo‘lgan, eshitganmisiz?
— Bo‘lsa bordir. Aytingchi, knyaz, tun bilan kun o‘rnini almashtirish mumkinmi? Mumkin emas, a?
— Mumkin bo‘lganda nima hodisa yuz beradi? — dedi Tengiz. — Yana o‘sha kun, yana o‘sha tun.
— Ha, ana endi o‘zingizga keldingiz. Siz «olam kitobini yanglish o‘qiymiz», deb turibsiz. Holbuki, aslida hammasi yanglish tuzilgan. Dunyo asli makr poydevoriga qurilgan imorat.
— Sizdan bunday gap eshitish menga g‘alati tuyul-yapti, — dedi Tengiz. — Biz, sharqliklarda makkor-lik — ojizlar ishi, deyiladi. Siz dunyoni ojiz qilib qo‘yyapsiz.
— Ha. Siz ana shu ojizlikdan foyda ko‘rmaysizmi?
— Men?
— Ha, aynan siz va sizning hamtovoqlaringiz.
— Bizga xos olam bilan, siz yashayotgan olam bir xil falsafaga, bir xil hayot qonuniga bo‘ysunmaydi.
— Bilaman. Siz «insonlar taqdirini faqat biz hal etishga haqlimiz», deb da’vo qilasiz. Hech mahal itbaliq osmonga ustun bo‘ladimi? Hatto nahangning qo‘lidan kelmaydi bu ish. Fikrimga qo‘shilasizmi?
— Qo‘shilmasdan bo‘lak ilojim yo‘q. Qo‘li kishanlangan odam bilan ozod odam teng emas-ku axir?
— Deylik, kishan mening qo‘limda, siz esa ozodsiz. Hayot uchun nima o‘zgaradi? Xuddi kun bilan tun almashganday bo‘lmaydimi? Shunday ekan, olam kitobi ustida bosh qotirib, bahslashmaylik. Nima deysiz?
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:27:13
— To‘g‘ri. Har holda bir o‘g‘ri bilan falsafa bobida bahslashaman, deb kelmagandirsiz. Bu yerda gaplashayotganingizga qaraganda, jiddiy masala borga o‘xshaydi.
— Siz uchun jiddiy tuyulishi mumkin. Aslida esa unday emas. Biz sizga, yana yayrim do‘stlaringizga, — yigitning bu safar «hamtovoqlaringiz» o‘rniga «do‘stlaringiz» deganiga Tengiz ahamiyat berib, yanada sergak tortdi, — hamkorlikni taklif etmoqchimiz.
— O‘g‘rilarning qonuni hukumat bilan hamkorlikka yo‘l bermaydi, buni bilmaysizmi?
— Bu gaplarni qo‘ying, knyaz. Qonunni o‘zgartirish mumkin yoki umuman bo‘ysunmaslik ham mumkin. Biz o‘rtaga juda ko‘p narsa tikkanmiz siz ozod bo‘lasiz, boylikka erishasiz, istagan chet mamlakatga bemalol chiqib ketasiz.
— Ha, ko‘nga zo‘r narsalar tikdingiz. Yutib olish uchun nima qilishim kerak?
— Siz avval roziligingizni bering. Qolganini keyin gaplashamiz.
— Aytaylik, rozi bo‘ldim...
— Meni «aytaylik...» qanoatlantirmaydi. Menga mard o‘g‘rining gapi kerak.
— Mard o‘g‘rining... ko‘zlari ochiq bo‘ladi. Baland minoraga chiqib olib ko‘lmakka kalla tashlamaydi. Daryogami, dengizgami boshlab bormasangiz ham, hech bo‘lmasa uzoqdan ko‘rsating, ma’qul kelsa sho‘ng‘ishga tayyorlanaylik.
— Uzoqdanmi? Ha, uzoqdan ko‘rsatishimiz mumkin. Sizning tog‘liqlaringiz bir vaqtlar yoppasiga ko‘chirilganlar. O‘ttiz besh yildan beri ezilib yashaydilar. Hozir ular yashayotgan yerning egalari ularga qarshi zulm tayyorlayaptilar. Siz sheriklaringiz bilan ularni himoya qilasiz.
Bu mavhum gapni eshitib Tengiz o‘ylanib qoldi, «Murik»ning aytganlarini esladi. Yigit javob ber, deb shoshiltirmadi. Tengiz tog‘liqlar kim ekanini, qaerda zulm tayyorlanayotganini fikran aniqladi. Zulm yerliklar tomonidan emas, boshqa tomondan hozirlanayotganini ham fahmladi-da:
— Hukumat himoya qila olmaydimi? — deb so‘radi.
— Hukumat aralashgunicha sizlarning himoyangiz kerak bo‘ladi. Xalqaro vaziyat og‘ir hozir. Birdaniga biz aralashsak, katta milliy shov-shuv bo‘ladi. Darrov chet el burnini suqmoqchi bo‘ladi.
— Shov-shuv deng? Men esa inglizlarning maqolini esladim.
   
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:27:19
— Qani aytingchi? Aytavering, siz bilan suhbatlashish menga yoqyapti.
— Inglizlar aytisharkanki, agar itni bexos o‘ldirib qo‘ysangiz, uni quturgan, deb e’lon qiling, shunda unga hech kim achinmaydi.
Yigit bu gapni eshitib astoydil kuldi.
— Inglizlar balo xalq, — dedi u. — Ular kamdan kam hollarda adashishadi. Siz esa chuqurlashmang. Chuqurlashish — halokat belgisi. Taklifimga hozirning o‘zida javob bering, demayman. Mayli, o‘ylab ko‘ring. Xotirjam o‘ylang, deb bu yerga taklif qildim. Sizga maslahatim: katta o‘g‘ri bo‘lsangiz ham katta ketmang. Eshitishimga qaraganda bu yerda «Bifshteks», «Cho‘mich» laqabli o‘g‘rilar bo‘lgan ekan. Ularni kimdir o‘ldirganmish. Biz hozircha bunga ahamiyat bermayapmiz. Bitta-ikkita o‘g‘ri o‘lsa o‘libdi-da, nima dedingiz? Ammo siz yaxshi ko‘ruvchi sharqliklarning bitta gapi bor: aytadilarki, hokimlarning g‘azabi olovdek bo‘lib, ozgina shamol tursa alanga olarkanu bu alangani minglab chelak suv bilan ham o‘chirib bo‘lmas ekan. Siz shamoldan ehtiyot bo‘ling, knyaz.
— Maslahatingiz uchun tashakkur, lekin aytingchi, nima uchun bu ishga meni tanladingiz? Bunaqa taklifga jon-jon deb ko‘nuvchi shaltoqlar ko‘p-ku?
— Biz, knyaz, shaltoqlar bilan hamkorlik qiluvchilardanmasmiz. Shaltoq, deb to‘g‘ri aytdingiz. Ish tugagandan keyin ularning shaltog‘ini kim tozalaydi? Men sizga dengizni ko‘rsatdim, siz esa kalla tashlab tubiga yetaman, deb ovora bo‘lmang. Bir oz suzib rohatlaningu sohilga chiqib, so‘ng istagan ishingizni qiling. Boshqa narsani o‘ylamang.
Yigit shunday degach, yana lutf qilib unga sigaret tutdi. Tengiz bu karamdan minnatdor ekanini bildirib, kiborlarcha bosh egib qo‘ydi.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:27:26
Moskvalik yigit marhamat eshiklarini haddan ziyod katta ochdi: o‘ylab ko‘rmoq uchun Tengizga keragidan ham ko‘proq fursat berdi. Quyosh nuri tushmaydigan, uzunasiga uch, eniga ikki qadam keluvchi hibsxonada vaqt o‘lchovi yo‘q edi. O‘limtik chiroq nuri bunda madfun odamga lahadda emas, yorug‘ dunyoning bir katalagida jonli holda yotganini dalolat qilar edi. Tengiz hibsxonaga kiritilayotgan ovqatlarning soniga qarab oradan ikki kun o‘tyapti, deb chamaladi. Vaqt o‘tayotgani uchun ko‘p ham yuragi siqilmadi. Ikki-uch kun nima ekan, dastlabki qamalganida bundan torroq, zaxroq, sassiqroq hibsxonada o‘n bir oy yotib ham sinma- gan — sheriklarini sotmagan edi. Mana shu kabi saboti uchun ham boshqalarga nisbatan ertaroq toj kiyish martabasiga yetgan edi. Hozirgi ahvoli o‘shandagisiga taqqoslansa, rohatlanib dam olish uchun yaratilgan sharoit deb ham atash mumkin. Tengiz ana shu sharoitda moskvalik yigitning har bir so‘zini fikr chig‘irig‘idan o‘tkazib tahlil qildi. Tog‘liklarni himoya qilish haqidagi gaplari uni ko‘p o‘ylashga majburlamadi. Yigitning maqsadni ishora bilan emas, balki yuzdan sakson foizini ochiq bayon qilishi uni sergaklantirdi. Qimorda «qartani ochib qo‘yib o‘ynash», degan gap bor. Zo‘r kelganda, raqibga ruhiy ta’sir ko‘rsatish uchun to‘rt qartaning uchtasi, yoki uchning ikkisi yoki ikkining biri ochib qo‘yiladi. Mardlar to‘qnash kelgudek bo‘lishsa barcha qartalarni ochib qo‘yishlari ham mumkin, kamdan kam hollarda sodir bo‘luvchi bu vaziyatning oqibati ham mardona tugaydi: yo mol ketadi yo jon. Ba’zida esa... ikkalasi ham baravariga... Moskvalik yigit shunday o‘yin qilib, javobni kutyapti.
Yigit kirib qolar, deb kutib yotganida eshik ochilib, Koshakning kuydirgan kallani eslatuvchi tirjaygan basharasi ko‘rindi. Uning o‘ng qo‘lida bir shisha aroq bilan istakon, chap qo‘lida esa qog‘ozga o‘rog‘lik yeguliklar bor edi.
— Omonmisan, Knyaz, — u shunday deb qo‘lidagilarni so‘ri ustiga qo‘ydi-da, Tengizni quchoqladi: — Sog‘intirib yubording-ku, a?
— Sen sog‘ingan bo‘lsang, chakki odam emas ekanman,— dedi Tengiz uning ko‘zlariga sinovchan tikilib. Koshak bu nigohga dosh berolmay ko‘zlarini olib qochdi. Sarosimasini yashirish maqsadida chaqqonlik bilan shisha og‘zini ochib, istakonni yarimlatib quydida, «Sog‘ bo‘l, Knyaz!» deb bir ko‘tarishda bo‘shatdi. So‘ng istakonni to‘ldirib Tengizga uzatdi.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:27:33
Tengiz uch qultum ichib, istakonni so‘ri ustiga qo‘ydi-da:
— Koshak, nimalar bo‘lyapti, sen bilmaysanmi? — deb so‘radi.
— Bilmadim, jinilari qo‘ziganga o‘xshaydi. Meni ham «etap»ga tirkab qo‘yishibdi. Bugun-erta jo‘natvorishadi shekilli? «Murik»ning o‘limidan baribir xitlanishgan. Hammamizni har tomonga otishsa kerak?
— Xayrlashgani kirdingmi? — dedi Tengiz undan nigohini uzmagan holda.
— Shunaqa desak ham bo‘ladi. Knyaz, ikkovimiz hisob-kitobni to‘g‘irlab qo‘yishimiz kerak. Sen Bifshteksni bekordan bekorga o‘ldirtirib yubording.
— O‘ldirtirganim yo‘q, o‘zi lalaydi, uning o‘limi bir tasodif.
— Tasodifmi, yo‘qmi — baribir sening qo‘lingda o‘ldi. Men u bilan katta ishlarni mo‘l qo‘yuvdim. Biladiganlarini o‘zi bilan olib ketdi. Men ko‘p narsa yo‘qotdim. Shuning tovonini to‘lashing kerak.
— Koshak, sen bu cho‘pchagingni boshqa biror laqmaga borib aytgin. Bifshteks senga o‘xshagan ahmaq bilan sherik bo‘ladigan ahmaq emas edi. Gapni aylantirmaginda, maqsadingni ayt.
— Knyaz, sen uchun hamma ahmoq. Faqat sengina aqllisan. Xo‘p, agar chindan ham aqlli bo‘lsang, men ahmoqqa anavi to‘nka chuchmekning boyligi qaerga berkitilganini aytasan.
— Aytmasamchi?
— Unda to‘nkaga qiyin bo‘ladi. Jonini sug‘urib bo‘lsa ham bilib olaman.
— Unga tegma.
— Aytasanmi?
— O‘ylab ko‘raman.
— Yaxshi. Shu aroqni quritgunimizcha o‘yla.
— Koshak, sen «etap»ga tushdim, deyapsan. Agar Vorkutaga borib qolsang nima bo‘ladi? Axir boylik janubda-ku?
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:27:41
Koshak o‘tirgan yerida bir qimirlab olib «ishing bo‘lmasin», deb g‘o‘dirandi. Bo‘lajak fitna qaerda tayyorlanayotganini aniqlash uchun Tengizga shuning o‘zi kifoya qildi. «Demak, Koshakka ham aytishgan, u ahmaq jon-jon deb ko‘ngan. Unda nima uchun menga ham ay-tishyapti? Nima uchun bu yerga tiqib qo‘yishdi?» Bu savollariga ro‘parasidagi Koshak ham javob berishi mumkin bo‘lsa-da, «Bu yerga tushib qolishimda shu taviyaning xizmati bor», degan fikrdan Tengiz uzoq edi. Boltiq bo‘ylaridan kelganlarni kaltaklash oddiy ig‘vo emas, balki undanda zo‘rroq fitna uchun «odam tanlash» marosimi yoki sinov-tajriba ham ekanini u bilmasdi. Ana shu marosimda o‘zini ko‘rsatgan Koshak sinovdan o‘tib, kelgusi zulm uchun ayni mos deb topildi. Suhbatda Koshak ko‘p ham tarang qilib o‘tirmadi. «Qaerga? Nima uchun?» deb ham garang qilmadi. «Pul, ozodlik, chet el» uning uchun kifoya edi. Ammo o‘ziga «qanjiq» degan «unvon» taqalishini bilib, o‘zini himoyalash uchun bir-ikki shart qo‘ydi: shartlardan biri — Knyazni yo‘q qilish yoki chet elga o‘tib ketgunicha hibsdami, «etap»dami saqlash edi. Shuning barobarinda yana bir-ikki zirapchalarning bahridan o‘tishga izn so‘radi. Ular ko‘ndilar. Koshak «shartlarini to‘la bajarishadi, Knyaz shu yerda chiriydi», deb o‘ylab yanglishdi. Tengizga ham shunday taklif aytishlari, uning rozi bo‘lishi mumkinligini u hisobga olmadi.
Aroq ichib bo‘lingach, Koshak «Qani, ayt!» deb baqraydi. Tengiz gapni chalg‘itishga urindi, «ertaga kel», deb ham ko‘rdi. Koshak g‘azablana boshlagach:
— Aytaman, faqt men bilan teng bo‘lishasan, — deb shart qo‘ydi.
— Bekor aytibsan! Senga sariq chaqa ham bermayman, — dedi Koshak.
Shu tarzda savdolashib, boylikning to‘rtdan biri Tengizga beriladigan bo‘lgach, sir oshkor etildi.
Koshak hibsxonadan quvongan holda chiqib, Tur-sunalini siquvga oldi: hali kaltak zarbalaridan to‘la tuzalmagan, bitta chertgulik holi bor odamni he yo‘q, be yo‘q bo‘yniga chilvir tashlab bo‘g‘di. Tursunali bilan Tengizning gaplari bir yerdan chiqqach, Koshak mamnun jilmaydi.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:27:57
Tengiz qachonlardir shunday bo‘lishini bilgani uchun, boshqalarni chalg‘itish maqsadida Tursunalini pishitib qo‘ygan edi. «Murik»ka aytilgan joyda boylik bo‘lmasa-da, boylikka mo‘ljallangan o‘ra mavjud edi. Keyin aytilgan yerda esa o‘shanday o‘ra ham yo‘q edi.
To‘g‘ri yo‘ldan borayotgan odam qoqilsa, nari borsa yiqilib, biron yeri lat yeydi. Ularning yo‘lidagi kimsa toygudek bo‘lsa yiqilmaydi, peshonasi g‘urra bo‘lmaydi — jonini berib qo‘ya qoladi. Bu yo‘lda ochiq ko‘z bilan, teran fikr bilan yurishga odatlangan Tengiz Koshakning qilig‘idan hayratga ham tushmadi, g‘azablanmadi ham. U chap kuragi ostiga pichoqni begona emas, o‘zining «birodar»1laridan biri sanchishini kutib yashardi. Bir kunmas bir kun ramziy ma’nodami yoki chin ma’nodami shunday bo‘lishiga ishonchi komil edi. Faqat aniq vaqtini bilmasdi. Koshakning hozirgi harakati o‘sha ramziy ma’nodagi pichoq sanchish edi. Ramziy ma’no bilan chin ma’no orasi esa uzoq emas— qilcha bo‘lsa bordir. Roviylar derlarki, «Ollohning sherigi bor», deyishdan saqlanuvchilar hech qachon bir-birlariga dushman bo‘lmaslar». Tangrini tanimagan inson do‘stni taniydi, deb ishonuvchi odam yerga ekilgan tosh yomg‘ir yog‘ishi natijasida ko‘karib chiqdi, degan gapga ham ishonishi kerak bo‘ladi. Birodarlik — bir-birlariga sadoqat asosiga qurilgani bilan, vaqti kelsa zulm oloviga ko‘mishdan ham qaytilmasligini Tengiz bilmaydi, deysizmi?
Tengiz Koshakning pattasini qo‘liga berib yuborgach, o‘zining taqdirini o‘ylay boshladi. O‘g‘rilar qonuniga sodiq qolib moskvalik yigitga rad javobini aytsa boshi uzra to‘planayotgan abri balo o‘t yog‘dirib uni mahv etmog‘i tayin. «Hech narsadan qo‘rqmayman», deb kerilib yuruvchi har bir birodari kabi Tengiz ham bir narsadan — o‘limdan qo‘rqardi. Ular o‘lim ostonasidagi tan azoblaridan emas, dunyoni, uning ishvali hayotini erta tashlab ketayotganlaridan qo‘rqishardi. Do‘stlari kabi Tengiz ham «o‘lim — g‘am-tashvishli hodisa emas, o‘lim — nikoh kechasidir», deguvchi naqldan benasib edi. Oxirat va abadiy hayot nima ekanini bilgani bilan amal qilmovchi Tengiz uchun o‘limning munis bo‘lmog‘i amri mahol edi. «O‘lim — Haqni sevganlar uchun to‘y va bayram, nafsni sevganlar uchun esa g‘am-alamdir», deyilganda Tengiz kabilar nazarda tutilganmikin? O‘limni beadad g‘am-alam deb fikr qiluvchi Tengiz hayotni arzon-garovga pullashni istamadi. Moskvalik yigit kirganida bir oz gapni chuvalagan bo‘ldi-da, bitta shart qo‘ydi:
— Vazifani bajarganimdan keyin yana qamoqqa qaytarasiz. Muddatim oxirlab, ozodlikka chiqqanimdan keyin chet elga ketaman.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:28:16
Yigit bu gapni eshitib, ma’noli jilmaydi:
— Knyazlarga xos fikr yuritdingiz, Knyaz. Men sizdan aynan shunday javob kutgan edim. Endi Knyaz, ishga dahlsiz bir savol so‘ramoqchiman, o‘zim uchun bilishni istadim: nima uchun hamkorlikka rozi bo‘ldingiz? Qo‘rqdingizmi?
— Qo‘rqdim?.. Yo‘q. Savolingizga javob oddiy — bu ishni men qilmasam boshqalar qilishadi. Men to‘g‘on emasman, oqar suv bo‘lganim durust.
Bu yolg‘on gap Tengizning o‘ziga ham ma’qul kelib, jilmaydi.
Tengiz rozilik bergan bo‘lsa-da, hibsxonadan ozod etilmadi. Moskvalik bu masalaga izoh bermadi. Tengiz qamoq lageri hibsxonasidan chiqqach, Koshak bilan yana ikki yigitning «etap»ga jo‘natilganini Qo‘tosdan eshitdi.
— Hamzatingga ko‘p osildi. Ammo men yo‘l bermadim, — dedi Qo‘tos. — Sening ruxsatingsiz yana bir ish qildim: Koshakning qanjiqligini teletaypga qo‘ydim.
— Boplapsiz. Endi «politbyuro»ni to‘plab unga hukm chiqarishimiz kerak. Hukmni balki o‘zim ijro qilarman.
— Qanaqasiga?
— Agar ularning niyatlarini to‘g‘ri payqagan bo‘lsam, meni ham erta-indin «etap»ga qo‘yishadi. Balki u bilan uchrasharman. Agar men haqimda «qanjiq» degan gap ko‘tarilib qolsa, ishonmang. Boshqalar ham ishonishmasin. Agar ularning shartiga ko‘nsam, bu roziligim Koshak bilan uchrashib, hisob-kitobni to‘g‘rilash uchungina bo‘ladi.
— Qanaqa shart?
— Buni hisob-kitobdan keyin aytaman.
— Koshakni borgan yerida saranjomlashadi, sen urinma, Knyaz.
— Yo‘q, u meni haqorat qildi. Qasos faqat mening qo‘limda. Siz... Hamzatga ko‘z-quloq bo‘lib turing. Mehnatingizga achinmaysiz, undan zo‘r o‘g‘ri chiqadi, bunga men kafilman.
Tengizning ishonchli ohangda aytgan gaplari Qo‘tosda shubha uyg‘otmadi.
— Chuchmekning boyligi nima bo‘ladi? Koshak uning atrofida ham aylandi.
— Uning boyligi — bizniki, o‘rtaniki. Unga hech kim ega chiqa olmaydi. — Tengiz bu masalani maydalab tushuntirib o‘tirmadi. Qo‘tos ham «ochiq ayt» deb zo‘rlamadi.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:28:27
QULFNING KALITI

Samandar Ochilov yashagan uyga yaqinlashishganda Bobomurod to‘xtab, atrofga sinchiklab razm soldi-da:
— Ko‘cha gavjum emas ekan,— deb qo‘ydi. Zinadan ko‘tarilayotganda esa yana takrorladi: — Ko‘cha gavjum emas ekan.
— Bunga o‘sha kuniyoq e’tibor berganman. Begona odamni payqash oson, — dedi Omonullo.
— Durust, buni bilar ekansan.
— Bir-ikkita darsga kirib o‘qishga to‘g‘ri kelgan,— deb javob berdi Omonullo piching bilan.
U eshik qulfiga kalit solayotganida Bobomurod har bir harakatini diqqat bilan kuzatdi.
— Kalit kimniki? — deb so‘radi u, eshik ochilgach.
— Juvonning otasiniki. Birinchi kuni olganman.
— Otasi kelganda eshik ochiq ekanman yo qulfmi?
Omonullo bu savolni eshitib, peshonasiga bir shapaloq urgisi keldi: shu oddiy narsani Toshboltadan so‘ramaganiga afsuslandi.
— Qulf bo‘lgan, — dedi Bobomurod xuddi o‘ziga o‘zi gapirayotganday. — Ochiq bo‘lganida o‘liklarning sassig‘i chiqishi bilan qo‘shnilar bilishardi. — Bobomurod shunday deb qulfni kuzatdi: — odamlaring qulfni olib tekshirishmabdi-ku? Qulfni nimada ochib kirgan? O‘zining kalitidami yo begona kalitdami yo mixochqichdami? Tekshirtirmaysanmi?
— Tekshiringlar, devdim, — deb o‘zini oqladi Omonullo.
— Sen deyaverasan. Ular esa o‘z bilganlarini qilaveradi. Sen eng avvalo o‘zing kriminalist bo‘lishing kerak. Qara, kulfni mahkamlab turgan burama mixning ariqchasiga bo‘yoq to‘lib qolgan. Buragich tegmagan. Demak, qulf olinmagan, tekshirilmagan. Qani, ichkari kir, ko‘rsat.
Omonullo oshxona tomonga o‘tib, o‘liklar yotgan yerni ko‘rsatdi. Bobomurod uning so‘zlarini eshitayotgan bo‘lsa ham, uncha e’tibor bermay, yuvinish xonasini qayta-qayta ko‘zdan kechirdi-da:
— Bular kirishganida qotil shu yerda yashirinib turgan, eshikni avval erkak ochgan, — dedi.
— Avval ayol ochgan bo‘lishi ham mumkin. Qotilni ko‘rib, dod deganicha qochgandir, keyin erkak qaraganu ko‘kragidan pichoq yegan. Keyin ayol...
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:28:35
— Balki shundaydir. Har holda «o‘ynashlar maishat qilib o‘tirishganda yoki yotishganda eri kirib qolganu...» degan taxminni bekor qilganing to‘g‘ri. Bu yerga «o‘ynash», «rashk» degan gap sig‘maydi.
Bobomurod boshqa uylarni ham erinmay kuzatib chiqdi.
— Ayolning qulog‘idan, barmog‘idan taqinchoqlar olingan bo‘lsa... o‘g‘rining ishi bo‘ladi, — Bobomurod shunday deb Toshboltaga ajratilgan xona ostonasida to‘xtab qoldi. Deraza tomondagi javonga, uchi bir oz qayrilib qolgan gilamga tikildi:
— Javonni senlar surdilaringmi?
— Yo‘q, joyida qimirlamay turibdi.
— Xonada shuncha bo‘sh joy turib, javon hech zamonda derazaga taqab qo‘yiladimi? — Bobomurod shunday deb «javon avval qaerda turgan bo‘lishi mumkin?» deb chamaladi, so‘ng devorga yaqinlashib jimir-jimir gulli qog‘ozlarga bitilgan harflarni o‘qimoqchi bo‘layotganday tikildi: — Javon uzoq vaqt mana bu yerda turgan. Yaxshiroq qaragin, chang izlarini ko‘rasan. Endi pastga qara: gilamning chetlarini javon bosib turgan. Uni kim, qachon surgan?
Bobomurod savoliga javob kutmay gilamning bir uchini ehtiyotlik bilan tutdi-da, Omonulloga «bu uchini ushla», deb buyurdi. Ikkovlashib gilamni o‘rab, chetga surdilar. Uy o‘rtasidagi to‘rtta pol taxtaning ko‘chirilganini aniqlash uchun kriminalist bo‘lish shart emasdi. Bobomurod «Qalaysan endi?» degandek Omonulloga qarab qo‘ydi-da:
— Hech mahal pol taxtaning buragich mixlar bilan qoqilganini ko‘rganmisan? — deb so‘radi.
Omonullo undan ko‘zlarini olib qochdi. Xuddi shu yerda o‘sha kuni Toshboltaning jomadonlari turgan, shuning uchunmi, gilamni ko‘tarib qarash hech kimning xayoliga kelmagan edi.
— Odamlaringni chaqir, tekshirishsin. Bu yerda nimadir bo‘lgan, — dedi Bobomurod. Omonullo navbatchiga qo‘ng‘iroq qilgach, «Anavi vunderkind bolangni bir ko‘rmaymizmi?» — deb taklif qildi.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:28:45
Omonulloga bu taklif ma’qul keldi. Aslida Samandar bilan bo‘lgan uchrashuvdan so‘ng yuqori qavatga ko‘tarilmoqchi edi. Vaqt ziqligi uchun «bola yana ezmalanib, aql o‘rgatishni boshlasa ishlarim qolib ketadi», deb uchrashuvni keyinroqqa surgan edi. «Hozir ayni payti» degan fikrda yuqoriga yo‘l boshladi. Qo‘ng‘iroq tugmasiga qo‘l yuborganida ichkaridan «kiravering, eshik ochiq» degan ovoz kutdi. Kutgan taklif eshitilmagach, ajablangan tarzda qo‘ng‘iroq tugmasini bosdi. Ikkinchi marta bosishga ulgurmay eshik ochilib, past bo‘yli, ozg‘in, rangpar ayol ko‘rindi-da, «kelinglar», deb ularga xavotir bilan qaradi. Omonullo o‘zini tanishtirgach, «Abduqayum bilan gaplashmoqchi edim», deb maqsadini aytdi. Ayol Bobomurodga bir oz tikilib qaradi-da, «kiringlar», deb ichkariga chekindi.
Omonullo ichkari kirib Abduqayumning bo‘sh karavotiga ko‘zi tushdi-yu, ko‘ngliga noxushlik oraladi. Bo‘sh karavot, ayolning horg‘in ko‘rinishidan xayoliga turli fikrlar yog‘ila boshladi. Ayol ko‘rsatgan joyga o‘tirgach:
— Abduqayum qaerdalar? — deb so‘radi.
— Surat ishlayapti, hozir chiqadi. Uning ovunchog‘i shu...
— Siz onalari bo‘lsangiz kerak?
— Ha.
— Avval kelganimda yolg‘iz ekan.
— Aytdi. Men ishda edim. Adamiz safardalar... — Ayol nogiron bolasini yolg‘iz tashlab ketganidan o‘ng‘aysizlanib izoh berdi: — Yaqinda ishga kirdim. Avval uyda edim. Abduqayum «katta bo‘lib qoldim, o‘zimni o‘zim eplayman», deb zo‘rladi. Hadeb atrofida parvona bo‘lishim ham yoqmay qoldi shekilli. Shu bolamning ko‘ngliga qaraymanda. Nomigagina ishlayman. Uch-to‘rt soatga borib kelaman.
Ayol gaplarini tugatmay, ichkaridan Abduqayumning «Oyijon, men hozir tugataman, mehmonlarga choy berdingizmi?» degan ovozi keldi. Ayol «xo‘p, jonim», deb qo‘yib javon tortmasidan oq dasturxon olib stol ustiga yoydi. U oshxonaga chiqqach, Bobomurod o‘rnidan turib darazaga yaqinlashdi-da, ko‘chaga qarab oldi.
   
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:28:53
Bir piyoladan choy ichishga ulgurishmay ichkari xonadan Abduqayumning «Oyijon, men bo‘ldim», degan ovozi eshitildi. Ayol oshxonadan qariyb yugurib chiqib eshikni ochdi-da, chiroqni yoqdi. Keyin ichkari kirib aravachada o‘tirgan o‘g‘lini olib chiqdi. Abduqayum ochiq chehra bilan salom berib, xuddi yosh boladek quvnab ketdi.
— Ertalab kelganingizda uchrasharmikinsiz, devdim. Chiqmaganingiz yaxshi bo‘ldi, hozir sizga «syur-priz» tayyorlab qo‘ydim.
Abduqayum shunday deb «bu kishi kim?» degan ma’noda Bobomurodga qarab oldi.
— Ustozim... — dedi Omonullo o‘gay otasini tanishtirib.
— Siz Samandar akamni qamab qo‘ymadingizmi ishqilib? — dedi Abduqayum mug‘ombirlik bilan jilmayib.
— Yo‘q. Qamashim kerakmidi?
— Shunaqa xayolingiz bo‘lgan-ku, to‘g‘rimi?
— To‘g‘ri. Lekin menda xayol emas, gumon bo‘lgan.
— Hammasidan ham ana shu gumon yomonda. Gumon — bir tomondan haqiqatga qo‘shni, ikkinchi tomondan zulmga. Haqiqatning devori balandroq, darvozalari mustahkamroq bo‘larkan. Darvozani ochishga qiynalsangiz, baland devordan oshib tushishga erinsangiz devorining tayini yo‘q bu qo‘shninikiga kira qolasiz, to‘g‘rimi?
— Unchalik to‘g‘ri emas, gumon ko‘chasidan o‘tmay, haqiqat saroyiga kirilmaydi.
— Lekin siz gumonga asoslanib ham qamaysiz-ku, to‘g‘rimi? Yana «qamoq» demaysiz, «ehtiyot chorasi», deysiz, a?
Omonullo «ko‘rdingizmi bu bolani, «vunderkind» deb to‘g‘ri aytdingiz», degan ma’noda Bobomurod bilan ko‘z urishtirib oldi-da, o‘smirning donoligi erish tuyulsa ham fikrlarini davom ettiraversin-chi, deb arqonni uzun tashlab, savollariga shoshilmay javob beraverdi:
— Ehtiyot chorasi ba’zan zarur bo‘ladi.
   
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:29:03
— Qochib ketmasligi uchunmi?
— Ba’zan unday, ba’zan esa bir odamni sheriklarining hamlasidan asrash uchun ham shunday chora ko‘riladi.
— Samandar aka qaysi biriga kiradilar?
— Samandar akangiz ayni paytda ozodlikdalar, tilxat olib, qo‘yib yuborganmiz.
— Ie, bo‘lar ekan-ku? Opoqim «qo‘llarini kishanlab olib ketishdi», deganlariga siqilib o‘tiruvdim. Sizlarga baribir-da, olim odamni ham kallakesarning yoniga qo‘yib qamayverasizlar.
— Qamoqda olim odam uchun alohida imtiyozli xona bo‘lmaydi. Bunaqa imtiyozlar, unvonlar, martabalar ozodlikda bo‘ladi. U yerda hamma teng. Martabalari ham, imtiyozlari ham bab-baravar.
— Kitobdagi gaplarni aytyapsiz menga. Birinchi marta o‘tirgan odam bilan uchinchi yo to‘rtinchi marta qamalgan odamning sharoiti bir xil bo‘lmaydi-ku? Bizning bir qarindoshimiz borlar. Uch-to‘rt yil qamoqda o‘tirsalar, ozodlikda bir-ikki oygina yuradilar. Yana bir balo qilib qamaladilar. O‘sha odam Samandar aka bilan o‘tirsa tenglik bo‘larmidi? Choyi bo‘lsa choyini ichib qo‘yar, sigareti bo‘lsa chekib qo‘yar... Menga o‘zlari aytib berdilar: odamlarni laqillatib qarta o‘ynarkanlar. «Prosto tak, «durak» o‘ynaymiz» derkanlar. Keyin «pro STO deganman», deb yuz so‘mni bo‘yniga qo‘yarkanlar. Siz aytgan tenglik shumi? Nega kulyapsiz?
Bobomurod miyig‘ida kulgan edi, yigitchaning ziyrak nigohi shuni ham ilg‘ab, uni savolga tutdi:
— Men kulgili gap aytdimmi?
— Xuddi qamoqxonada yashab chiqqanday gapiryapsiz, uka, — dedi Bobomurod.
— Gaplarim noto‘g‘rimi?
— To‘g‘ri. Lekin har bir joyning o‘z qonunlari bo‘ladi. Bu hayotda lalaygan odam ertami-kechmi qamoqqa tushishi mumkin. Qamoqda lalaygan odam esa lahadga tushadi. Hayot ham urushga o‘xshagan narsa, uka. Kim lalaysa yo tuhmat o‘qiga uchraydi, yo kambag‘allik to‘riga ilinadi, yo yana boshqa bir baloga uchraydi. Jang paytida kerishib, esnayotgan odamning miyasini o‘q o‘pirib yuboradimi? Hayotda ham shunday. Ziyrak odam yashab qoladi.
— Sanjar aka lalaygan laqmamilar?
— Unaqa deganim yo‘q. Man u odamni tanimayman. Tanimagan odamimga esa baho bera olmayman.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:29:18
Shu payt Abduqayum surat ishlab chiqqan xonada nimadir chirsilladi.
— Oyijon, suratlar quridi, quritgichni o‘chirib qo‘ying, iltimos, — dedi Abduqayum oshxona tomonga qarab. Onasi darrov chiqib, aytilgan ishni bajardi.— Bugun qo‘llarimga ancha jon kirib, suratlarni ishlab qo‘ya qoldim, — Omonullo Abduqayumning panjalari bu safar yengilroq bog‘langaniga e’tibor berdi.— Aka, siz ketganingizdan keyin men ko‘p o‘ylandim. Odamlar tug‘iladilar, yashaydilar, o‘ladilar. Tug‘ilsa — quvonamiz, o‘lsa xafa bo‘lamiz. O‘sha o‘lgan odam tirikligida yaramas ishlarni ko‘p qilganiga qaramay achinaveramiz, afsuslanaveramiz. Men avval ko‘rishganimizda ham aytuvdim: Nafisa opani siz qidirayotgan odam o‘ldirmaganida ham baribir boshqa bahonai sabab bilan bu dunyoni tashlab ketardilar. Siz hozir qotilni emas, sababchini qidiryapsiz. Bilasizmi, men odamning o‘lganiga achinmayman. Chunki o‘lim hamma uchun atalgan ne’mat. Men imonsiz ketgan odamlarga achinaman. Imonsiz ketsa u dunyodagi ahvoli nochor bo‘ladi, men shunga afsuslanaman. Nafisa opa ancha imonga kirib qolay devdilar... savol-javoblari oson bo‘lsin, ishqilib... Oyijonim ba’zan menga qarab turib ranjiydilar, mening bunaqaligimdan eziladilar, o‘zlarini aybdor deb hisoblaydilar. Do‘xtirlar «sizga tug‘ish mumkinmas», deyishgan ekan. Do‘xtirning aytgani emas, Ollohning xohlagani bo‘ladi. Olloh oyijonimga farzand berishni ixtiyor qildimi — do‘xtiringiz nima deya oladi? Ko‘p gapiryapti, deb g‘ashingiz kelmasin. Shu gaplarni aytish uchun rosa o‘yladim-da. Siz qotilnimi yo boshqa jinoyatchinimi izlaysiz, ushlaysiz, qamaysiz. Lekin birini qamasangiz ikkinchisi tayyor turadi. Sizdan oldingilar ham qamab tugatolmagan, sizlar ham tugatolmaysiz, keyingilar ham. Nima uchun, bilasizmi? Amaki, aytaveraymi, jahlingiz chiqmaydimi?
Bobomurodga bu yigitchaning yoshiga yarashmagan tarz-da aqlli gaplarni aytayotgani avvaliga sal erish tuyulgan bo‘lsa-da, endi xush yoqayotgan edi. Shu bois Omonullo bilan ko‘z urishtirib olib:
— Gapiravering, fikrlaringiz menga yoqyapti, — deb to‘g‘risini aytib qo‘ya qoldi.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:29:34
— Sizlarning ishingizda bitta xato bor: «shu odam nimaga qo‘liga pichoq oldi, nimaga o‘ldirdi, nimaga o‘g‘irladi?» degan savolga javob qidirmaysiz. Siz uchun bu odamning jinoyatni bo‘yniga olgani muhim. Sabab muhim emas. Siz o‘tni o‘rib olasiz. Ildizi esa qolaveradi. Men o‘ylab-o‘ylab shu ildizning nimaligini bilganga o‘xshayman. To‘g‘risi, bitta kitobni o‘qib turib shu fikrga keldim. Hamma jinoyatning bir qanoti NAFS, ikkinchi qanoti QALBning nursizligi, qalbning bo‘shligi ekan. Oyijonim shu kitobdan bir necha satrni yozib berdilar, o‘qiysizmi?
Abduqayum shunday deb aravachasi yonidagi qopchiqdan to‘rtta buklangan bir varaq qog‘oz chiqarib, Omonulloga uzatdi. Omonullo qog‘ozni ochib avval satrlarga shoshqich ko‘z yugurtirdi-da, so‘ng ovozini chiqarib o‘qib boshladi:
— «Qalbingizni o‘ylang! Inson qalbi bir go‘sht parchasidan iborat emas. Qalbda ma’naviy haqiqat, Rabboniy latofat jo etilgan. Qalb ayni paytda inson ko‘nglining eshigi, derazasidir. Derazadan tash-qariga qaraganingizda yerlarni, osmonni, yulduzlarni ko‘rganingizdek, qalbingizga boqqaningizda ham ko‘ngil olamingizni mushohada qilasiz. Bu olam— nuroniy olam: tengsiz, keng, teran olam bo‘lib, arshi a’loga qadar uzanib ketgan. O‘zingizni ana shu olamga o‘tganingizni, har tarafingizning nurga to‘lib-toshganini his qiling...» — Omonullo xatni o‘qib bo‘lib avval o‘gay otasiga so‘ng jiddiy nigohini qadab o‘tirgan Abduqayumga qadadi: — Tayyorlab qo‘ygan syurprizingiz shumi?
Omonullo shu savol bilan satrlar ma’nosini teran his etolmaganini oshkor qildi. Abduqayumning o‘zi bu satrlardan g‘oyat ta’sirlangan, boshqalar ham shu holatda bo‘ladimi, deb fikr qilgan edi. Bu chaqiriqning Omonullo uchun oddiy gapday tuyulganidan ranjib, aftini oshkora burishtirdi.
— Bu Jo‘shon hazratning gaplari. Syurpriz ke-yinroq bo‘ladi. Siz avval so‘raydiganingizni mendan so‘rab oling.
— Bizni bir narsa qiziqtiryapti: pastdagi uyda taraqlagan ovoz eshitilmadimi? Masalan, mix qoqilganimi yo taxtaning taraqlaganimi? — deb so‘radi Bobomurod.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:29:40
Abduqayum bir oz o‘ylab o‘tirgach:
— Eshitildi, — dedi. — Lekin men slesarlar ishlayaptimikin, deb o‘ylovdim.
— Qanaqa slesarlar? Qachon ishlashdi?
— Quvurlarni, isitgichlarni almashtiramiz, deb yurishgan ekan.
— Siz ularni ko‘rdingizmi?
— Yo‘q, biznikiga kirishmadi. Avval pastki qavatdagilarnikini almashtirisharkan. Opoqimga uchrashibdi. Nafisa opam ishda ekanlar, «qachon keladi?» deb so‘rashibdi.
— Opoqingiz aytdimi?
— Ha.
— Omonullo, JEKka qo‘ng‘iroq qil. — Omonullo «kech bo‘ldi», degan ma’noda soatiga qaragan edi, izoh berdi: — Navbatchi bo‘ladi.
— Ha, navbatchi bo‘ladi, — deb quvvatladi Abduqayum, so‘ng onasini chaqirdi: — Oyijon, JEKning telefonini bering.
JEK deb atalmish idora navbatchisi telefon go‘shagini darrov ko‘tara qolmadi. Omonullo to‘rtinchi marta raqam tergach, norozi ohangdagi «alyo» degan tovush eshitildi. Omonullo o‘zini tanitganidan so‘ng «isitish quvurlarini qachon almashtirishga kirishasizlar?» deb so‘radi.
— Buni xo‘jayinlardan so‘rang. Bugun shanba, ertaga yakshanba. Indinga kelib so‘raysiz. Biz kichkina odammiz, — deb javob qaytardi navbatchi.
— Xo‘jayinning uylaridagi telefonni bering, — dedi Omonullo.
Navbatchi bir oz ikkilanib turgach, telefon raqamlarini aytdi. Boshliq uyida ekan. Omonulloning savoliga «1989 yilgi rejada bunday ish yo‘q», deb qisqa va lo‘nda javob berdi. Omonullo uning gapini Bobomurodga aytgach, Abduqayum jonlandi:
— O‘zim ham shundaydir, deb o‘ylagan edim, — dedi quvonch bilan.
Undagi bu o‘zgarish mehmonlarni ajablantirdi.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:29:47
— Oyijon, iltimos, suratlarni olib chiqib bering, — deb yalindi Abduqayum. Ayol turli hajmdagi o‘nga yaqin suratlarni olib chiqib bergach, Abduqayum ular orasidan ikkitasini ajratib, Omonulloga uzat-di: — Qarang: mana shu odam bir kun oldin «slesarman» deb kelgan edi. Opoqim bilan shu gaplashgan bo‘lishi kerak. Ertasiga ham kelgan. Men surat yaxshi chiqadimi yo yo‘qmi, deb gumonsirab, sizga aytmovdim.
— Bu odamning kirganini ko‘rgansiz, chiqqanini-chi?
— Ko‘rdim.
— Qo‘lida tugunmi yo shunga o‘xshash narsami bormidi?
— Yo‘q.
— Uyda taxminan qancha vaqt bo‘ldi?
— Bir soatchadir.
— Samandar akangizdan oldin keldimi?
— Ha. Nafisa opamlardan ham oldinroq kelgan.
— Samandar akangizdan oldin chiqdimi yo keyinmi?
— Keyin shekilli... Ha, keyinroq chiqdi.
Omonullo «uyda berkinib turganmi? Unda gazchi? Ochilov gazni o‘chirib, derazani ochgan ekan. U chiqib ketganda ham uyda qolgan bo‘lsa nima uchun derazani berkitib, gazni yana ochmadi? Yoki... nima uchun Ochilovni ham o‘ldirmadi?...» degan ma’noda Bobomurodga qarab qoldi. Bobomurod ham ayni shu xayolda edi.
— To‘xtang... — dedi Abduqayum o‘ylanib olib. — Samandar aka mashinadan tushganlarida kimdir yuqori qavatga ko‘tarildi. Samandar aka qaytganlaridan ke-yin pastga tushdi. Keyin... shu odam ko‘chaga chiqdi.
Omonulloning «zinada ro‘para kelib qolishdan cho‘chib yuqoriga ko‘tarilganmi?» degan savol nazariga Bobomurod tasdiq ishorasini qildi.
— Bu suratni bizga berib tura olmaysizmi? — deb so‘radi Omonullo.
— Marhamat, siz uchun atay ishladim...
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:29:54
— Lekin... biz haq to‘lamaymiz-da? — dedi Omonullo kulimsirab.
Abduqayum avvalgi uchrashuvdagi gapiga shama’ qilinganini fahmlab kuldi-da:
— Amerikaga borganimizda to‘laysiz, — dedi.
Bobomurod bu hazilga tushunmay, bir tutingan o‘g‘liga, bir yigitchaga ajablanib qaradi. Abduqayum esa qolgan suratlarni ham Omonulloga uzatdi:
— O‘sha kuni qo‘lim shikastlangunicha olgan suratlarim: Samandar aka ham borlar.
Chindan ham mashinaga o‘tirayotgan Samandar suratga tushib qolgan edi. O‘rindiqqa o‘tirayotib uy derazasiga o‘girilib qaragan Samandarning ko‘zlarida hadik muhrlangan edi. «Bechora er», deb o‘yladi Omonullo uning javdiragan ko‘zlariga qarab.
Uy bekasini «ovqat tayyor bo‘lib qoldi, o‘tiringlar», deyishiga qaramay, xayrlashib, pastga tushdilar. Omonullo qo‘shni eshik qo‘ng‘irog‘i tugmasini bosdi. Abduqayumning opoqisi slesar haqidagi gaplarni tasdiqlab, suratdagi odamni ham tanigach, Bobomurod «xomligingni isbot qildimmi?» degan ma’noda mug‘ambirlik bilan kulimsiradi.
Bu orada yetib kelgan tekshiruvchilar guruhi Omonullodan topshiriq olib, beto‘xtov ravishda ishga kirishdilar. Omonullo Bobomurodni «vazirlikdagi ustozim», deb tanishtirgani uchun «ustoz» ularning ishlariga aralashdi. Ko‘chirib, so‘ng o‘rniga qo‘yilgan taxtalarni olish qiyin bo‘lmadi. Bu yerdan nimadir qidirilgani aniq edi. Ammo o‘sha «nimadir» topilganmi yo yo‘qmi — shu noma’lum edi. Bobomurod har bir nuqtani sinchiklab tekshirishni talab qildi. Oqibatda burab olinib so‘ng joyiga qoqilmagan mixga qon tekkani aniqlandi. Shu mixqalpog‘ida barmoq izlarining qolgani ular ko‘ngliga chiroq yoqdi. Barmoq izlari poltaxtalari ostida qolib ketgan qo‘lbola buragichda ham bor edi.
— Barmog‘ini urib olgan yoki nimadir kesgan. Buragichni yo‘qotib, topolmagan. Shubhasizki, shoshilgan. Agar izlaganini topolmagan bo‘lsa, asabiylashgan, — dedi Bobomurod.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:30:02
— Asabiylashsa taxtalarni joyiga qo‘yib, gilamni yoparmidi?
— Hamma yoqni ag‘dar-to‘ntar qilib tashlab ketardi, demoqchimisan? Agar xom o‘g‘ri bo‘lsa, shunday qiladi. Durustroq narsaning isini olgan bo‘lsa, darrov sir boy bermaydi. Bu yerdan bo‘lmasa boshqa joydan chiqishini kutadi. Payt poylaydi. Har holda u uy egalarining kelib qolishlarini kutmagan. Agar ular hammomga mo‘ralab uni ko‘rib qolishmaganda o‘lishmagan bo‘lishardi.
... Shu kabi turli taxminlar bilan yarim kechada uylariga qaytishdi. Ertasiga barmoq izlari va surat bo‘yicha tegishli so‘rov yuborildi. Javob uzoqmadi: «Pavel Onopko. Xersonda tug‘ilgan. Laqabi — Koshak. Ukraina SSR jinoyat kodeksining (...) moddalari bilan ozodlikdan mahrum etilgan. Hozir Irkutskdagi (...) qamoq lagerida...»
Irkutsk? Omonullo Toshboltaning «Irkutskka boruvdim» degan gaplarini esladi. Esladi-yu, «O‘sha yerda iziga tushdimi?» degan savol xayolini yoritdi. Keyin «Axir u qamoqda bo‘lishi kerak-ku?» deb o‘ylab, nav-batdagi so‘rovni yubordi. Bu orada Nafisaning o‘ynashi yodiga tushib, tortmadagi qog‘ozlar orasidan Matluba bergan xatlarni ajratdi-da, manziliga qaradi. Qaradi-yu, ro‘parasidagi zimiston yorishgandek bo‘ldi. Eshik qulfining kalit bilan emas, yasama mixochqich bilan ochilganini dalillovchi xulosa esa unga endi ahamiyatsizdek tuyuldi.
Yakshanbani arxivga oid ma’lumotlarni o‘rganish bilan o‘tqazib, uyiga kech qaytdi. Uyquga to‘yib ulgurmay telefon jiringi uyg‘otdi...
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:30:26
Uchinchi bayon: oydinlik

NAFISA

Bu dunyodagi hayot qilko‘prik emas, undanda xavfli, undanda battaroqdir. Balki ustara tig‘i ustida yalang-oyoq yurishga qiyoslash o‘rinlidir? Voqean shunday. Ustara tig‘i desakda, qilko‘prik desakda farqsiz — Nafisa bu yo‘lda yura olmadi — toydi. Unga bu yo‘lda qanday yurmoq lozimligini o‘rgatmadilar. Zaharni «asal» dedilar — ishondi, zulmatni «oydinlik» dedilar — ko‘ndi, azobni «rohat» dedilar — ma’qulladi... Sassiq ko‘lni mavjli dengiz deb xayol qilib adashganini, oydin yo‘l degani baxt saroyiga emas, do‘zax qopqasiga yetaklaganini kech angladi. Agar uyida o‘lim topmaganida balki «kech angladi» demog‘imiz o‘rinsiz bo‘lardi. Harom-halolning farqiga endigina borayotgan juvon uchun pokiza dengiz yo‘llari ochilarmi endi?..
Bir kuni ishxonasidagi ayolning «Har bibi seshanba kuni osh damlab muhtojlarga chiqaraman, shuning uchun Xudo mushkullarimni oson qiladi», degan gapi Nafisaga ta’sir qildi. Farishtali oila deb atalmish baxtdan boshqa hamma narsasi bor Nafisa keyingi haftalarda o‘zi sezmagan, o‘zi istamagan holda ezila boshlagan edi. Tursunali akasi u yoqda, eri tog‘da bo‘lgan juvonning yolg‘iz qolishi azob edi. Yo‘q, Nafisa o‘gay onasi ta’rif etgan darajadagi toifadan emasdi. Ersirab qolgani ham yo‘q edi. Faqat ayollar oilalaridan gapirishsa, hatto turmush qiyinchiliklaridan nolishsa ham ularga havasi keladigan bo‘lgan edi. U er hukmron bo‘lgan ko‘p bolali oilaga ega bo‘lish orzusida yashay boshlagan edi. Chiroyli yoki puldor er havasi shamolda qolgan shamchiroq singari umri poyoniga qarab borardi. Shinam oila orzusida u osh damladi. Ikki yon qo‘shnisinikiga bir kosadan chiqardi, bir kosani olib yuqori qavatga ko‘tarildi. Abduqayum uyda yolg‘iz edi. Nafisa ochiq eshikdan kirib, kosani aravachaga moslangan stol ustiga qo‘ydi. Nafisa qo‘shni ayollarning bu xonadonga kirib, gaplashib o‘tirishlarini bilardi, «bu bola ko‘p kitob o‘qiydi, bola emas — balo!» degan ta’rifni ham eshitgan edi. Shu sababli Abduqayumning «Nafisa opa, bir pas gaplashib o‘tiring», degan taklifini rad etgisi kelmadi.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:30:34
Shundan so‘ng yolg‘izlik azobiga Abduqayumning suhbatlari malham bo‘la boshladi. Shu yerda uning tosh yuragi yumshaganday bo‘lib, zulmatdagi qalbiga iymon nuri asta mo‘raladi.
Omonullo Nafisaning ishxonasiga borganida stoli tortmasidan o‘n ikki varaqli daftar olinganini bilmas edi. Nafisa bu daftarga nimalarnidir yozar, keyin uzoq tikilib o‘tirar edi. Bu holatga qiziqqan hamxona ayol uning o‘limidan so‘ng daftarni olib o‘qidi-yu, ammo joyiga vaqtida qo‘yishni unutdi. Omonullo kelganida esa daftarni uning qo‘liga tutqazishdan cho‘chidi. Shu bois Nafisaning qalbidan o‘tganlari sir bo‘lib qolaverdi.
Nafisa Abduqayumning kitoblardan o‘qib berganlarini eslab, ayrim gaplarni esa yozib qo‘yishni odat qilgan edi.
«Seni haqiqatdan uzoqlashtirib, yomon odatlarga yaqinlashtirgan kimsa eng iflos odamdir...» — Abduqayum shunday dedilar. Unda... Eng yaqin odamlarim... eng iflos odamlar ekan-da... Voy, Xudoyim, bu ne ko‘rgulik...»
«Ey Odam farzandi! Dunyoga yomonlik tarqatganni aslo olqishlama! Bu olqishing seni zulmlarning eng dahshatlisiga olib boradi...» — Men shunday qildimmi? Endi zulmning eng dahshatlisiga uchraymanmi? Voy, Xudoyim, bu ne ko‘rgulik...»
«Ey boyligi bilan mag‘rur bo‘lgan inson! «Falonchiman!» deb kibrlanma, balki «Asli o‘zim kimman?...» deb fikrla. Bugun moliga maftun, avlodiga majnun bo‘lgan ey inson! Ko‘z yumgan kuning achchiq-achchiq haqiqatni ko‘rgach tushunasan... Mol-dunyong ko‘pligidan sevinma, halol qo‘lga kiritganingdan sevin. Chunki harom daromad seni oqibat azobga duchor qiladi...» — Bu azoblar hali menga kammidi... Voy, Xudoyim, bu ne ko‘rgulik...»
«Qalbida iymon nuri bo‘lmagan inson — uyqudadir. Uni faqat o‘lim uyg‘otadi. Shu sababli Rasulluloh «insonlar uyquda, o‘lganlarida uyg‘onadilar», degan ekanlar...» — Men qanday uyg‘onar ekanman, Voy Xudoyim...»
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:30:48
Hamxona ayol bu satrlarni o‘qib ko‘p ham ta’sirlanmagan, «eskichaga o‘qiyotgan ekanda», deb qo‘ya qolgan edi. «Qalbning nurlanishi» degan tushunchadan uzoq bo‘lgani uchun ham Nafisaning satrlariga ko‘chgan tuyg‘ulariga hamroz bo‘la olmagandi. Daftarni Omonullo o‘qigan taqdirda ham «qotilni aniqlashga yordam beruvchi dalil yo‘q», deb qo‘ya qolar edi.
Idora xo‘jayini «milisaga «g‘ing» desalaring onalaringni ko‘rsataman», degani sababli hamxona ayol Omonulloga bor gapni aytishdan qo‘rqdi.
... Nafisa o‘sha kuni ertalab bozorga kirib issiq non, qulupnay ko‘tarib kelib idoradagilarni mehmon qildi. Mehnat ta’tilini tog‘da, eri bilan o‘tkazajagini hamxona ayolga aytdi. Shunda «yo bugun, yo ertaga olib ketishlari kerak, hammomda kran o‘lgurdan suv oqyapti. Usta chaqirsam kelmayapti, yo‘g‘imda suv sharillab oqib ketsa qo‘shnilarimdan balolarga qolaman», deb nolidi. Shunda hamxona ayol: «Voy, Sanjarga ayta qolmaysizmi, menikini bir pasta tuzatib bergan, asli kasbi santexnik-ku, bilmasmidingiz?» dedi-da, chaqqonlik bilan turib yigitni chaqirib keldi.
— Ishdan keyin borolmayman. Agar «xo‘p» desangiz hozir borib tuzatib kela qolay...
Taklif ma’qul bo‘lib yo‘lga tushdilar...
Ularning birga kelayotganlarini Abduqayum ko‘rdi...
Ko‘rdi-yu, ko‘ngliga shubha oralamadi, yomon fikrga bormadi...
Uch kundan keyin Nafisani qarg‘adilar:
— O‘ynashi bilan yotgan ekan, sharmanda!
... Sharmanda... Sharmanda...
Uch kundan keyin Sanjarni la’natladilar:
— Suyuqoyoqqa ilakishgan ekan, yigit o‘lgur!
... Yigit o‘lgur... Yigit o‘lgur...
Hamxona ayol ham bu gaplarga ishondi va aytdiki:
— Ilgaritdan ko‘z suzishib yurardi-da...
   
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:31:03
KOSHAK

Koshak necha marta «etap»ga qo‘yilgan bo‘lsa ham bunchalik quvonmagan edi. Hali toj kiyish darajasiga yetmagan, ammo «Ot!» desa otishdan, «Os!» desa osishdan, «Bo‘g‘ib tashla!» desa bo‘g‘ib tashlashdan qaytmaydigan ikki yigitning ikki qanotiga kirishi unga baxt va omad darvozalarini lang ochib beradiganday bo‘ldi. U yo‘l-yo‘lakay «Parijda yashaganim yaxshimi yo Floridadami?» degan masalada ham bosh qotirishga ulgurdi. U o‘zi yoqqan zulm o‘tida o‘zining qovrilajagini bilmay xom xayollariga bandi bo‘lib maza qildi.
Ularni shahar chetidagi to‘rt qavatli uyning uchinchi qavatidagi besh xonali uyga joylashtirdilar. Derazalariga o‘rnatilgan yangi panjaralarga qaraganda uy bularning tashrifi uchun maxsus «jihozlangan» edi. Ertasiga yana yetti kishi kelib, uy to‘lib qoldi. Ko‘ngil istagan barcha narsalar: aroq deyilsa — aroq, nasha deyilsa — nasha, qora dori deyilsa — qora dori muhayyo etib turildi. Koshak hatto «Boquv shunaqa bo‘lsa, chet elga jo‘nashning hojati ham yo‘q», degan xayolga bordi. Bo‘lajak ish rejasi bilan tanishtirishga shoshilishmadi. Shunda Koshak ularni kuzatib turgan boshliqdan «bir uydagi omonatini olib kelish» uchun ruxsat so‘radi. Boshliq kattalari bilan maslahatlashib unga ikki kunga ijozat berdi. Koshak o‘zi bilan kelgan yigitlarning birini yoniga olib Samandarning uyini topdi. Kuzatdi. Ertasiga slesar qiyofasida kirdi. Kichik xona polining taxtalarini ko‘chirdi. Ko‘chirdi-yu, laqqa tushganiga amin bo‘lib, g‘azab bilan mushtumini qisdi. Qo‘lida uchli burama mixni ushlab turganini ham unutdi. Mix barmog‘i uchiga sanchilgandan keyingina o‘ziga keldi...
Jahl otiga minganicha chiqib ketmoqchi edi, ammo boshliqning «birorta iz qolsa, o‘zingdan ko‘r, u yer sen o‘ylagan onangning uyi emas», degan topshirig‘ini eslab, taxtachalarni joyiga qo‘ydi. Javonni o‘rniga surishga esa ulgurmadi. Eshikdan tashqarida ovozlar kelgach, o‘zini hammomga urdi...
Tugmali buklama pichoq bilan erkakni bir hamlada o‘ldirdi.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:31:11
Ayol dod solib oshxona tomonga qochdi. Chap qo‘li bilan og‘zini yumib, o‘ng qo‘lidagi pichoqni qovurg‘asi ostiga sanchdi. Ayol yiqilib tipirchilay boshladi. Uning qulog‘idagi zirak ko‘zi yaltillab ketdi — ikkala zirakni shart quloqdan uzib ola qoldi. So‘ng barmoqdagi uzuklarni oldi — har holda quruq ketmayotganidan quvondi. Ayolning jon berishi og‘ir bo‘ldi. Unga rahmi keldi — stol ustidagi pichoqni olib, yuragiga sanchib, bu dunyo azoblaridan qutqardi. Pichoq sopini ro‘molchasi bilan artib qo‘yishni unutmadi. Boshliqning iz qoldirmaslik haqidagi topshirig‘ini eslab, buning ham chorasini topdi — gaz yo‘llarini ochdi.
Shanba kuni ularning vazifalari ayon bo‘ldi. Shaharchadagi qaysi uylarda badavlatroq odamlar turishini alohida ko‘rsatishdi. Guruh ikkiga bo‘lindi. Birinchi guruh — keyin kelgan yetti yigit — uchragan odamlarni o‘ldirib, uylarni yoqib ketishi kerak edi. Koshak esa ikki sherigi bilan badavlat xonadonlarni talab, so‘ng o‘t qo‘yishni zimmasiga oldi. Qo‘lga kiritilgan boylik o‘n kishiga teppa-teng halol bo‘linishi qayd etildi. Vazifa yashin tezligida bajarilishi shart edi. Shanba kuni kechqurun ularni shu ko‘chalardan ikki marta olib o‘tishdi. Ertasiga kun yoyilganda, uzoqda olomon ko‘rinishi bilan ular vazifalarini bajarishga kirishdilar. Aldangani uchun g‘azab otiga mingan Koshak bu vazifalarni keragidan ortiqroq darajada bajarishga harakat qildi. Birinchi uyga bostirib kirganidayoq xonadon sohibi uning ko‘ziga dam Tursunali, dam Tengiz bo‘lib ko‘rinib pichog‘ini sanchaverdi... sanchaverdi... Har tig‘ urganida ko‘ngli rohatdan yayrayverdi... yayrayverdi...
To‘mtoq aqli esa hademay o‘zining qoni ham oqajagini idrok etmadi.
Vazifalar ado etilib, hamma yuz bergan fojia haqida bosh qotirayotgan kunlarning birida Tengiz «oilasidan xabar olish» uchun ijozat so‘rab Tursun-alining ota uyiga bordi. Amakivachchalar «SSSR prokuraturasidan kelgan» Tengizga monelik qilishmadi. Bog‘ o‘rtasi kavlanib, temir quticha olindi. «Akt» yozilib, amakivachchalar guvoh sifatida imzo chekdilar. Bir necha yil tuproq ostida «jon saqlagan» temir quticha ertasigayoq yana Tengiz uchun ishonchli bo‘lgan joyga ko‘milib, egasi ozod bo‘lib qaytguniga qadar kutdi...
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:31:26
TENGIZ

U hayoti yo‘lida tikanlar, toshlar borligini bilardi-yu, ammo olovlarga duch kelarman, deb o‘ylamagan edi. Tengiz «Koshak bilan vazifamiz bir bo‘lsa, u haromi bilan uchrashaman», deb yanglishdi. Vazifa o‘taladigan joy bir bo‘lgani bilan, bajariluvi lozim bo‘lgan yumush boshqa-boshqa edi. Ta’bir joiz bo‘lsa, xuddi bolalarning «Oq va Qizil» o‘yiniga o‘xshardi. Bir guruh bola Oq, bir guruhi Qizilga ayrilganidek, Koshak bilan Tengiz ham bo‘lingan edilar. Koshak yerli xalq nomidan vahshiylikni boshlagach, Tengiz tog‘liklar nomidan qarshi zulmni ko‘tarishi lozim edi.
Tengiz o‘zining guruhi bilan shahar turmasida vazifa boshlanish onlarini kutdi. Ularni shanba kuni kechqurun shahar yonboshidagi tog‘liklar zich yashaydigan mahallaga olib kelib, pastqamroq uyga joyladilar. Koshak guruhidan farqli o‘laroq, ular makon topgan hovliga qurolli soqchilar qo‘ydilar. Tengiz va uning sheriklari sodiq xizmat qilmoqqa va’da berganlari bilan, ularga to‘la ishonch yo‘q edi. Shanba oqshomida vazifa bilan tanishtirishgach, «agar bajarishdan bosh tortsangiz yoki qochmoqchi bo‘lsangiz, jo-yida otib tashlaymiz», deb ogohlantirishdi.
Kechasi Tengiz uxlay olmadi. Chekish bahonasida hovliga chiqqanida bir odamning darvoza ustuniga mato bog‘layotganini ko‘rib soqchiga ajablanib qaradi. Soq-chi unga «ishing bo‘lmasin!» deganday qo‘l siltab qo‘ydi.
Kun yoyilganda boshlashdi.
Avval bir to‘da o‘tdi. Uylardan qora tutun o‘rlay boshladi.
So‘ng kichik to‘da paydo bo‘ldi. Oldindagi Koshakni ko‘rib Tengiz darvozadan otilib chiqay dedi. Soqchi «hali vaqt bor», deb ko‘kragidan itardi.
Ko‘chaga qo‘yilishi bilan Koshakni izladi. Topdi.
Sandiq kavlayotgan Koshak orqasida sharpa sezib o‘girildi, ammo o‘zini himoya qila olmadi — Tengizning qo‘lidagi pichoq bo‘g‘ziga qadaldi-yu, tomog‘idan otilgan qon sandiq ichidagi pullarni qizilga bo‘yadi. Dam o‘tmay uning jasadi o‘zi o‘ldirgan uy egalarining murdalari bilan birga yona boshladi...
O‘sha daqiqalardayoq mish-mishlar alangasi hamma yoqni qamrab oldi:
— Yerliklar tog‘liklarni tiriklayin yondirishibdi...
— Tog‘liklar avtomatlar bilan qurollanib katta kuch bilan shaharga yopirilishibdi...
Tahlika, vahimada qolgan aholi lochin changalidan qo‘rqqan polaponlarday najot tilab qaqshar edilar.
Televizorda esa mosh yutgan xo‘rozday bo‘lib olgan notiq kulimsiragan holda va’z aytardi:
— Hamma janjal qulupnoydan chiqibdi... Odamlar ham nodon...
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:31:38
OMONULLO

Ishxonada televizor tomosha qilib o‘tirgan Omonullo bu gaplarga ishondi. Ikki kundan so‘ng u moskvalik tergovchilarga qo‘shilib fojia sodir bo‘lgan shaharga uchdi. U ketgach, so‘roviga javob keldi: «So‘rovingizga binoan shuni ma’lum qilamizki, Pavel Onopko (laqabi Koshak) qamoq lageridan qochishga uringanida 1989 yil 20 may kuni otib o‘ldirilgan».
Uch oy davomida moskavaliklarga yordam bergan Omonullo ishxonaga qaytib bu javobni o‘qidiyu nimanidir sezganday bo‘ldi. Irkutskka borib kelishni iltimos qildi. Avval ijozat berishdi, keyin esa «ovora bo‘lmay ishni yopib qo‘ya qoling», degan maslahatda to‘xtashdi.
Shu to‘xtamga kelingan kuni oqshomda prokuraturadan Mels Xo‘jaev qo‘ng‘iroq qilib «Aka, Irkutskka bormoqchi emishsiz, agar maslahatimga ko‘nsangiz — bormang. Sababini keyinroq bafurja gaplasharmiz», dedi.
Bu orada Fotima Hindistondan qaytdi.
Va’dagi binoan bahorga chiqib o‘g‘il tug‘ib berdi.
Dissertatsiyasini himoya qilayotganda Omonullo beshikdagi o‘g‘lini so‘rg‘ichda ovqatlantirib o‘tirar edi. Boltaevaning o‘limiga oid ishni to‘xtatishdan voz kecholmagani uchun iste’foga chiqishga majbur bo‘lgan Omonullo uchun o‘g‘il boqib o‘tirish ulug‘ bir baxt bo‘lib tuyular edi...
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:31:51
SO‘NG...

Adolat Omonulloga qatnayverib, oxiri erining molini qo‘lga kiritdi. Omadini qarangki, yangi sov-xoz direktorini ham qo‘lga kiritishga erishdi — katta qizini unga qo‘shib qo‘ya qoldi. Toshbolta olib kelgan boylikning bir ulushi sovxoz direktoriga tegishli edi. Adolat shu boylikni olib ketish uchun uni uyiga taklif etdi. Yedirdi, ichirdi, so‘ng...
Ichkarida yangi direktor huzurlanar...
Bu yoqda Adolat quvnar, orzulardan tilla saroylar qurar...
Ayvonda esa jon berayotgan Toshboltaning lablari bir tomchi suvga zor...
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:32:14
VA NIHOYAT...

O‘n yil ichida dunyo o‘zgarib ketdi. Ko‘p yurtlarni bosib yotgan qorong‘ulik chekindi, balo bulutlari tarqaganday bo‘ldi. Oftob charaqlagan kunlarning birida Omonulloni xizmatga qaytardilar. Uchinchi o‘g‘li tug‘ilganida u polkovnik darajasiga yetgan edi.
Oftob nuridan gul ham, chaqir tikan ham bahramand bo‘lganiday, o‘pkasini sovuqqa oldirgan Tursun-ali ham uyiga barvaqt qaytdi. O‘zini tuhmat balosiga uchragan mazlum sifatida ko‘rsatib, hech bo‘lmaganda sovxoz direktorligini qaytarish ilinjida ko‘p urindi. Ammo urinishlari zoe ketdi. Yaxshiki, shogirdiga insof kirib, uni qanotiga oldi. Tursunali buni shohsupa sari bosilgan birinchi qadam deb o‘yladi. Ammo nafs yana o‘z ishini qildi: bir vagon ma’dan o‘g‘itlarini pullayotgan paytda qo‘lga tushdi-yu, o‘zi bilan birga shogirdini ham chohga tortdi.
Oqibatda:
Adolatning qizi o‘ynashsiz qoldi...
Matluba yana ersiz...
Matlubaning birinchi kelinini uy ostonasiga olib chiqib «qaynotasiga salom...» deyishayotganda salom egasi Uchquduqdagi qamoq lagerida o‘z taqdirini la’natlab o‘tirardi.
Nuriddin esa...
Qo‘tosning saboqlari zoe ketdi. Uyiga qaytgach, Nuriddin ota kasbini qildi — odam o‘ldirgan qo‘llarning ketmon dastasiga ko‘nikishi qiyin bo‘lsa-da, baribir iziga qaytmadi.
Bir kuni shomda g‘o‘zalarga suv tarayotgan damda shiypon yaqinida mashina to‘xtab, undan bashang kiyingan odam tushdi. Brigada boshlig‘i ham ketib bo‘lgan, dalada Nuriddin yolg‘iz edi. «Xo‘jayinlardan biri keldi», deb o‘ylab, shiyponga yaqinlashdi-yu, Tengizni ko‘rdi. U bilan qanday ko‘rishishni bilmay taraddudlanganida Tengiz quchoq ochdi:
— Hamzat! Salomatmisan, birodarim! — deb quchoqlab oldi.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:32:24
Nuriddin «meni yana o‘g‘irlikka tortgani kelgan», degan fikrda, rad javobini qanday qilib aytishni bilmay o‘tirganida Tengizning o‘zi mushkulini oson qildi:
— Seni olib ketgani kelganim yo‘q, qo‘rqma, — dedi u. — Sendan o‘g‘ri chiqmasligini bilardim. Seni u tomonlarda saqlab qolishning boshqa yo‘li yo‘q edi. Men yurtingdan ozroq qarz bo‘lib qolgan edim, to‘g‘rirog‘i, tovon to‘lashim kerak edi, shuni to‘lagani keldim. Ataganimni beramanu ketaman. Endi zamon bosh-qa, Hamzat, hayot ham boshqacha bo‘ladi. Sen bolalaringni o‘zingga o‘xshatib tarbiyalama. — Tengiz shunday deb mashinadan ixcham jomadon olib ochdi. Uning ichidagi pulu javohirni ko‘rib Nuriddin lol qoldi. Tengiz pullardan bir taxlamini olib Nuriddinga uzatdi:
— To‘yingga kelolmadim, bu senga to‘yona.
Nuriddin olmayman, deb chekingan edi, Tengiz pulni uning qo‘njiga solib qo‘ydi.
— To‘yonadan qaytmaydi, ahmaq! Sendan bitta iltimosim bor: o‘g‘illaringdan birining ismini Hamzat deb qo‘y, maylimi? — U shunday deb jomadonni yop- di. — Bunisi yurtingga to‘laydigan tovon...
Shunday deb ketdi...
Nuriddin uni boshqa ko‘rmadi...
Tengiz uning uchun shirin xotira bo‘lib qoldi...
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:32:38
AYTAR SO‘ZLARIM SHUKI:

Har bir narsaning ibtidosi bo‘lgani kabi intihosi ham mavjuddir. Tangri-taoloning buyuk lutfi, karami va marhamati ila bayonimiz shu yerda nihoyasiga yetdi. Shoni Aziym bo‘lgan Ollohga behad hamdu sanolar bo‘lsin. O‘qiganingiz mazkur bayonlarda yutuqqa arzirli jihatlar bo‘lsa — Ollohning marhamatidandir. Sizni ishontirmagan, g‘ashingizga tekkan, hafsalangizni pir qilgan yerlari bor ekan, bu qalamimiz ojizligi, e’tiborsizligimiz, loqaydligimiz va yana allaqancha ayblarimiz tufaylidir. Buning uchun siz, aziz kitobxonlardan uzr so‘rab, Yaratganning oldida tavbalar qilamizkim, shoyad tavbalarimiz qabul bo‘lib, bunday keyingi bitiklarda Haq yo‘ldan adashtirmasa.
Bayonlarda qora bo‘yoqlar ko‘proqmikin, deb ajablanarsiz balki? Ajablanmang, bu xato mahsuli emas. Atayin shunday qilindi. Zulmdan qochmoqlikning, zulmga nafrat qilmoqlikning yo‘llaridan biri — zulm aslan qanday ekanini yaxshiroq va aniqroq ko‘rish, anglash, tahlil qilmoqlikdir. Nafsning kelajagi — zulmdir, zulmning kelajagi esa — xorlikdir. Biz ana shu oddiy haqiqatni bayon qilmoqchi bo‘ldik. Badan pokligi badanga, ruh pokligi ruhga hayot bag‘ishlaydi.
Olloh Taborak va Taolo «Mulk» surasining ikkinchi oyatida marhamat qilib aytadiki: «Bismillahir Rohmanir Rohim. Allaziy xolaqol mavta val hayata liyabluvakum ayyukum ahsanu amalan. Va huval azizul g‘ofur.» (s.a.) (Ma’nosi: Ey Odam farzandlari! U o‘limni va hayotni sizlarning qaysi birlaringiz amalda yaxshiroq ekanliklaringizni sinash uchun yaratgandir. U barchadan g‘olibdir va gunohlarni kechuvchidir.) Qarang, insonni sinash uchun o‘lim va hayot yaratilgan ekan. Ajab, nima uchun bu oyati karimada avval «o‘lim», so‘ngra esa «hayot» kalimasi kelyapti? Ba’zi ulamolarning aytishlaricha, buning hikmati odamlarni yaxshi amallarga chorlash ekan. Boshqa ulamolar esa, «Tafsiri hilol»da ta’kid etilganidek, buning hikmatini «o‘lim» kalimasining mazmuni «hayot» kalimasining ma’nosidan teranroq, qamrovliroq ekanida, deb biladilar. Ya’ni, hayot — bu o‘tkinchi dunyoning qisqa davri, o‘lim esa boqiy dunyodagi abadiy hayotning boshlanishini bildirar ekan. Demakki, o‘lim — foniy dunyo intihosi va boqiy dunyo ibtidosidir. Shunga ko‘ra, o‘limni eslagan odam doimo unga tayyorgarlik ko‘rishi va foniy dunyoni tark etgach, sharmanda bo‘lmaslik uchun o‘zini yaxshi ishlarga safarbar qilmog‘i lozim ekan. Ammo, biz — ojiz, notavon, gunohkor bandalar bunga hamisha ham amal qilavermaymiz.
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 02 Sentyabr 2006, 07:32:55
Bu dunyoni tashlab ketganlar gapira olsalar edi, biz bu gaplarni eshita olsak edik, g‘aflatdagi yumuq ko‘zlarimiz moshdek ochilarmi edi...
Biz «gapirmaydilar», deymiz, aslida ular gapiradilar, ammo biz eshitmaymiz, eshitsakmi edik, qalblarimiz poralanib ketarmi edi... ularning afsuslari, chekkan nolalaridan quloqlarimiz qomatga kelarmi edi...
Suyukli payg‘ambarimiz Muhammad, sallallohu alayhi vasallam, shunday marhamat qilgan ekanlar: «Jonim qo‘lida bo‘lgan zotga — Ollohga qasamki, sizlar mening so‘zlarimni ulardan (ya’ni o‘liklardan) yaxshiroq anglaguvchi zmassizlar, faqat ular javob qila olmaydilar xolos...»
Bu muborak oyatu hadislarning ma’nosiga yetmog‘imizni Olloh barchalarimizga nasib etsin.
Necha kunlaringizni, tunlaringizni, soatlaringizni ayamay biz bilan hamsuhbat bo‘lganingiz uchun sizlardan benihoya minnatdormiz. Olloh barchalaringizning xonadonlaringizga qut-barakot berib, kullu ofatlardan asrasin.
Barchalarimizga ruh pokligi nasib etsin! Omiyn ya Robbil-olamiyn!
Nom: Re: Murdalar gapirmaydilar (roman). Tohir Malik
Yuborildi: AbdulAziz 21 Noyabr 2009, 11:04:35
Murdalar gapirmaydilar (qissa)

(http://www.ziyouz.com/images/books/murdalar.jpg) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=45)

Muallif: Tohir Malik
Hajmi: 605 Kb
Fayl tipi: pdf, zip
(http://www.ziyouz.com/components/com_remository/images/download_trans.gif) Saqlab olish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=45)
Online o'qish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=630.0)