forum.ziyouz.com
Umumiy bo'lim => Islom => Rasululloh SAV va sahobalar => Mavzu boshlandi: muxlisa 12 Noyabr 2011, 11:13:55
-
Assalamu alaykum, aziz forumdoshlar.
....
Sizlarga savol bersam. Bu savolni ko'plaringizga ma'lum bo'lgan videorolikdan olingan. O'sha video lavhada shunday gaplar bor edi:
- Agar Payg'ambarimiz S.A.V. bizning oramizda bo'lganlarida ahvolimiz qanday bo'lardi?
- Vallohi, bu ne'mat bo'lardi. Va ahvolimiz umuman boshqacha bo'lardi.
- Nima deb o'ylaysiz, faraz qiling, Payg'ambarimiz S.A.V. siz bilan bir necha daqiqa bo'lsalar... siz va ular?
- Javob juda qiyin... Agar faraz qilsammi? Payg'ambarimiz S.A.V. bilan-a? Haqiqatan Payg'ambarimiz S.A.V. bilan birga o'tirib qolsam... Men buni tushimda ko'rishni orzu qilishim mumkin... Agar menga kelsak, qo'llaridan mahkam ushlab, meni bu dunyodan olib keting degan bo'lardim... Ana shuni so'ragan bo'lardim...
Bu bir muslimani javoblari edi, uni qalbidan nima o'tgani, nima sababdan bunday javobni bergani faqat Allohga ayon...
....
Savolim esa yuqoridagi savol-javobdan olingan:
Nima deb o'ylaysiz, faraz qiling, Payg'ambarimiz S.A.V. siz bilan bir necha daqiqa bo'lsalar... siz va ular? Shu bir necha daqiqalarda nimalarni aytgan bo'lardingiz u Zotga?
-
Агар шу холат тушимда булса хам каниди:'(
-
hech bo'lmasa tushda ko'rsam yana bir bor ... birinchi marta tushimda ko'rganimda gapira olmadim :(, hech narsa deya olmadim, oyoqlarim ham yurmay qoldi, talpinaman, ammo... :'(
yana ko'rsam va juratim yetsa gapirishga, Qiyomatda meni shafoat qilishlarini yolvorib, yalinib so'ragan bo'lardim, duolarini olgan bolardim...bundan ortiq baxt bormi.
-
Assalomu aleykum !
Agar Rosululloh s.a.v.ni farazan yonimdalar deb bilsam , ul zotdan : - Yo Rosululloh (s.a.v.) duo qiling jannatiyligi bashorat qilingan o'nta sahobiyning o'n birinchisi men bo'lay - deb aytgan bo'lardim.
-
Avvalambor Allohni tanib, uni sevmoqlik bir baxt..
Allohning sevimli Nabiysi bo`lgan Rosululloh (s.a.v) ni sevmoqlik bir baxt...
Ammo.. Allohni sevamiz deymiz-u uni buyurgan buyruqlariga qanchalik itoat qilib, qaytargan qaytariqlaridan qanchalik qaytayotganimizni bilmaymiz..
Rosululloh (s.a.v) ni sevamiz deymiz-u U Zotga qay darajada loyiq ummat bo`la olayotganimizni o`ylab ham ko`rmaymiz.. Amallarimizga qay darajada kibr, riyo aralashib qolayotganini sezmaymiz ham..
Agar Payg`ambarmiz (s.a.v) bilan bir necha daqiqa bo`lsada suhbatlasha olganimda, muborak og`izlaridan bir necha kalomni eshita olganimda edi..
Menimcha meni hozirgacha yashagan va bundan keyingi hayotim bir-biridan tamomila o`zgarib ketgan bo`lardi..
U Zotdan menga haqiqiy Allohni sevishni o`rgatishlarini, Allohni rasulini qanday sevish kerakligi so`ragan va qalbimni Allohni sevgan va Alloh sevgan bandalaridan qilishini so`rab duo qilishlarini so`ragan bo`lardim...
-
agar bobomiz Muhammad s.a.v uchrashib qolsam oyoqlariga poyondoz bölardim.
-
:asl3:
Shunday baxtga erishsam agar, demak nasibli ummat ekanman, derdim, shukr qilardim ichimdan, chunki tilim lol bo'lardi shodlik, hayajondan...
-
Азизлар! Бундай мухокамаларнинг нима кеоаги бор? А асулуллохни албатта хар биримиз бир кун келиб учратамиз. У зотга умматлик шарафидан ёлбориб шафоат ссраймиз...
Фақат А асулуллоҳга муносиб уммат ва шафоатга лойиқ банда бслишга интилайлик. Тангри дийдори каби, Аабиий дийдори хам мусулмон одам учун хақ. Хаёлотга берилмасдан, у кунга муносиб тайёргарлик ксрайлик. А асулуллоҳга очиқ юз билан йслиқишни барчамизга насиб стсин...!
-
Bu yerda muhokama yoq, savol berilgan faqat:)
-
Yo rosuliloh duo qiling Alloh meni uz holimga tawlap quymasin nafsimni manga qul qlib bersin duo qling yo rosululoh. duo qling yo rosuliloh. Duo qling yo nibiyilloh
-
albatta menga nasihat qiling yo Rosululloh,toki Robbimning huzuriga adawmasdan, Uzi rozi buladigan va yaxwi koradgan/dan bulib boray derdm. jannatda quwningiz bulay Habibulloh, duo qiling,derdm.