forum.ziyouz.com

Jamiyat va inson => Oila va jamiyat => Mavzu boshlandi: Shahina 04 Sentyabr 2006, 07:48:06

Nom: Haqiqiy muhabbatning ta'rifi
Yuborildi: Shahina 04 Sentyabr 2006, 07:48:06
AbdulAziz:

MUHABBAT NIMA?

"Hilol" taqvimida Muhabbatga shunday ta'rif berishibdi. Avvaliga o`qib men ham juda ta'sirlandi. Sizlarga ham havola qilaman:

Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomning ozod qilgan qullari qullari Savbon roziyallohu anhu Rasuli akramni qattiq yaxshi ko‘rar, firoqlariga sabr qilolmas edi. Bir kuni Savbon Rasulullohning huzuriga yuzlari qizargan va titragan holda kirib keldi. U zot Savbonning bu holatini ko‘rib, sababini so‘radilar. Shunda Savbon: "œBetob emasman, ammo ozgina vaqt sizni ko‘rmay qolsam, dahshatga tushyapman. Mana hozirgina oxiratni esladim. Shubha yo‘q, siz jaggatda payg‘ambarlar bilan birga bo‘lasiz. Men, garchi Alloh rahmat qilib jannatga kirsam ham, siz bilan bo‘lolmayman. Chunki sizning manzilingiz baland. Agar jannatga kirolmaydigan bo‘lsam, keyin sizni hech qachon ko‘ra olmayman. Oxiratda holim ne kechishini o‘ylab titrab ketyapman", dedi. Shunda ushbu oyat nozil bo‘ldi: "œKimda kim Alloh va payg‘ambarga itoat etsa, ana o‘shalar Alloh in’omlariga sazovor bo‘lgan zotlar — payg‘ambarlar, siddiqlar (haq-rost iymon egalari), shahidlar va solihlar bilan birga bo‘lurlar. Ana o‘shalar eng yaxshi hamrohlardir." (Niso surasi, 69).

Darhaqiqat Rasululloh sallollohu alayhi vasallam darajalariga hech kim yetolmaydi. Lekin rahmati keng, avfi ulug‘ zot suyukli rasuliga ilhom berdi. Allohning habib rasuli esa bu xushxabarni ummatlariga yetkazdi.

Anas ibn Molikdan rivoyat qilinadi: "œBir a’robiy payg‘ambar huzuriga kelib so‘radi: "œQiyomat qachon bo‘ladi?" "œU kun uchun nima hozirlading", dedilar Rasuli akram. "œAlloh va rasuliga muhabbat!" deya javob berdi. Shunda Rasululloh: "œ(Jannatda ham) yaxshi ko‘rganlaring bilan birga bo‘lasan!", dedilar". (Muttafaqun alayh.)

Demak ayni muhabbat tufayli biz Alloh taoloning diydoriga, payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom bilan abadiy birga bo‘lish saodatiga erishamiz. Shunday ekan, savol tug‘iladi: "œBu muhabbat qanday hosil bo‘ladi, qanday kuchayadi?.."

Keling, mazkur hadisga yana murojaat qilaylik. A’robiy Alloh Rasulidan qiyomatning vaqtini so‘radi. Rasululloh ajib bir hikmat bilan bizga ibrat bo‘ladigan tarzda so‘rovchining e’tiborini so‘ralayotgan narsadan muhimroq ishga qaratdilar.

Darvoqe, ko‘p ma’lumotlar to‘plab, ko‘p bilgandan ko‘ra, oz bilib, ko‘p amal qilgan foydaliroq. Shuning uchun ham Allohning rasuli ummatga behuda so‘zni unuttirdilar, xayr amalga rag‘bat uyg‘otdilar. Zero, haqiqiy muhabbat amalda zohir bo‘ladi, amalda sinaladi, amal bilan kuchayadi.
Nom: Re: Haqiqiy muhabbatning ta'rifi
Yuborildi: Shahina 04 Sentyabr 2006, 07:48:18
Bugun biz payg‘ambarlar haqida o‘qiyapmiz. Tarixlarini o‘rganyapmiz. Siyratlari bilan tanishyapmiz. Har kuni bilganlarimizga nedir qo‘shiladi, bilimimiz oshadi. Da’volarimiz ham shunga yarasha. Faxr bor, ammo fahm yo‘q. Aql joyida afsuski, xush yo‘q. Dunyoning bebaqoligi-yu, chivinning qanoticha qadri yo‘qligi xususida soatlab majlis quramiz, sahobalar holatidan hayratlanib, tonglar orttiramiz. Afsus, ertalab umrimizning eng g‘ayratga to‘la damlarini oxirat uchun emas, dunyo uchun musobaqalashib o‘tkazamiz. Eng kerakli paytda qani u biz o‘rgangan taqvo? Qani u biz bilgan g‘am? Nahotki barchasi yolg‘on?!! Balki bugun qorin to‘qu, ko‘zlar och. Noz-ne’matlar bisyoru, baraka yo‘q. Jamoat jamu, fayz kam bo‘lishi shundanmikin?

Rasululloh sallollohu alayhi vasallam shunday dedilar: "œAllohga qasamki, meni ota-onangiz, farzandlaringiz va molu dunyolaringizdan yaxshiroq ko‘rmaguncha haqiqiy mo‘min bo‘la olmaysizlar".

Sahobalar haqiqiy mo‘min byolish ishtiyoqida muhabbatni namoyish qilish bilan emas, balki muhabbat bilan band edilar. Bunga misol ko‘p.

Uxud jangida "œMuhammad o‘ldirildi" degan gap tarqaldi. Bazilar Madinaga qarab qochdi. Payg‘ambarini suygan ansoriya ayollar  "œRasululloh qaerda?" deya u zotni qidira boshlashdi. Ular hatto "œo‘g‘ling shahid bo‘ldi",  "œotang o‘ldi", "œering halok bo‘ldi" degan gaplarga e’tibor berishmadi. Payg‘ambarini izlashdi...

Payg‘ambar alayhissalom dunyodan o‘tganlaridan keyin bir ayol kelib Oyisha onamizdan Rasulullohning qabrlarini ko‘rsatishlarini iltimos qildi. Oyisha onamiz muborak qabrni ko‘rsatganlaridan keyin u ayol qabr yoniga borib, qabrni o‘pgan holida jon taslim qildi...

Bilol habashiy Rasululloh vafotlaridan keyin azon aytolmadilar. "œAshhadu anna Muhammadar Rasululloh" deyishlari bilan xushdan ketaverdilar...

Alloh va rasuliga bo‘lgan muhabbat qalb siridir. Bu sir qancha ichkarida bo‘lsa, muhabbat shuncha kuchli bo‘ladi. Amallar bu sirni yashmradi. So‘zlar oshkor qiladi. Alloh uchun qilayotgan amalimizni O‘zi bilsa bas. Chunki payg‘ambarimiz shunday edilar. U zotga muhabbatimiz chin bo‘lsa, sunnatlari bilan yashab, siyratlari bilan sifatlanaylik.
Nom: Re: Haqiqiy muhabbatning ta'rifi
Yuborildi: Shahina 04 Sentyabr 2006, 07:48:30
Aziz:

Maqoladan sizlardan so'ramoqchi bo'lgan savollarimga javob topdim, endi albatta har bir maqolani o'qib boraman. Forumga ko'proq yoshlar a'zo bo'lishini xohlardim
Nom: Re: Haqiqiy muhabbatning ta'rifi
Yuborildi: Shahina 04 Sentyabr 2006, 07:48:44
Maknuna:

Assalomu alaykum!
Muhabbatning haqiqiy ta'rifini mana endi bilib oldim. Judayam ta'sirli maqola ekan. Boshqa dugonlarimga ham o`qishni maslahat berardim.
Nom: Re: Haqiqiy muhabbatning ta'rifi
Yuborildi: Shahina 04 Sentyabr 2006, 07:49:02
Shohista:

Assalomu alaykum, yuqoridagi fikrlar juda ta`sirli, uni oqib chiqib, yana mir bor haqiqiy muhabbat nima eknaligini anglab oldim va albatta buni boshqalarga ham chuntirishga harakat qilaman, nima bo`lganda ham haqiqy muhabbatga ta`rif juda tori berilgan Davron aka.
Nom: Re: Haqiqiy muhabbatning ta'rifi
Yuborildi: Shahina 04 Sentyabr 2006, 07:49:23
Mohinur:

Assalomu alaykum!
Judayam zo`r ta'rif berilibdi Muhabbatga!
Qachonki biz Allohni sevsak, boshqa narsalarga ham muhabbat paydo bo`ladi.
Muhabbatning boshi Yaratgandandir.
rahmat!
Nom: Re: Haqiqiy muhabbatning ta'rifi
Yuborildi: Shahina 04 Sentyabr 2006, 07:49:35
Muhabbat! Bu barcha ehtiroslarning cho'qqisi va eng g'olibidir. Ammo uning adadsiz zabtkorlik kuchi cheksiz-chegarasiz oliyjanoblik va deyarli tasavvurga sig'maydigan darajadagi beg'arazlikdan iboratdir.
H. Heine
Nom: Re: Haqiqiy muhabbatning ta'rifi
Yuborildi: Shahina 04 Sentyabr 2006, 07:49:47
Assalomu alaykum!
Muhabbatning eng zo`r ta'rifi ekan.
Negadir, ... bu ta'rif ko`pchilikka yoqmadi shekilli, chunki boshqa mavzularga juda ko`p javob berilgan, lekin bu mavzuga qiziqish kamroq.
Bo`masa, etiylar bu gapla noto`gri deb... (aslida esa judayam to`gri)
Nom: Re: Haqiqiy muhabbatning ta'rifi
Yuborildi: Shahina 04 Sentyabr 2006, 07:50:06
Margilanets:

Haqiqatda zo`r ta'rif bo`pti.
Bir kuni payg`ambarimizi oldilariga bir sahobiy kelib Qiyomat haqida sorabdi. Shundagi payg`ambarimiz javoblari judayam ta'sirli.
Dunyoda payg`ambarimizdek sevikli zor yo`q. Hatto ota-oandan-da, ularni ortioq yaxshi ko`rishimiz kere.
Nom: Re: Haqiqiy muhabbatning ta'rifi
Yuborildi: Shahina 04 Sentyabr 2006, 07:50:51
farzonochka:

Aslidachi, haqiqiy muxabbatning ta`rifi hammaga sirligicha qolib kelmoqda.
Kimdir muxabbat baxt desa, kimdir baxtsizlik deydi.
Sevgan odamingni nima uchun sevishingni bilmaysan kishi.
Masalan, oraylada sevganla bosa etingchi, sevgilingizni nima sababdan sevasiz???
Nom: Re: Haqiqiy muhabbatning ta'rifi
Yuborildi: Shahina 04 Sentyabr 2006, 07:51:05
maknuna:

Haqiqiy sevgi oldida kishi ko‘ziga hech narsa ko‘rinmaydi, na rashk, na ig‘vo, na raqiblar fitnasi. Ammo tashqaridan bo‘lgan kichik bir zarbaga bardosh bera olmagan sevgi — sevgi emas!
Nom: Re: Haqiqiy muhabbatning ta'rifi
Yuborildi: Shahina 04 Sentyabr 2006, 07:51:12
Ishq dardini talab qildim darmoni yo'q,
Ishq yo'lida jon berganni armoni yo'q,
Bu yo'llarda jon bermasang imkoni yo'q,
Har ne qilsang oshiq qilg'il parvardigor!

Qaydin topay ishqing tushdi qarorim yo'q,
Ishq sadosin tunu kunu qo'yorim yo'q,
Dargohingdan o'zga yerga bororim yo'q,
Har ne qilsang oshiq qilg'il parvardigor!

Ishq bozori ulug' bozor, savdo harom,
Oshiqlarga sendin o'zga g'avg'o harom,
Ishq yo'lig'a kirganlarga dunyo harom,
Har ne qilsang oshiq qilg'il parvardigor!

Oshiqlikni davo qilib yurolmadim,
Nafsdin kechib Haq amrini bilolmadim,
Nodonlikda Haq amrini bilolmadim,
Har ne qilsang oshiq qilg'il parvardigor!

Ahmad Yassaviy
Nom: Re: Haqiqiy muhabbatning ta'rifi
Yuborildi: Shahina 04 Sentyabr 2006, 07:51:24
AbdulAziz:

Bir kuni payg'ambarimiz Muhammad s.a.v. Ali r.a.dan so'radilar:
-Yo Ali, Allohni sevasanmi?
-Albatta, ey Allohning rasuli!
-Uning elchisi - payg'ambarini sevasanmi?
-Ha, albatta, sizni sevaman!
-Ahli ayolingni sevasanmi?
-Sevaman, yo Rasululloh!
-Bolalaringni sevasanmi?
-Bolalarimni ham sevaman.
Shunda payg'ambarimiz s.a.v. yana savol berdilar: "Yo, Ali, qanday qilib bir qalbga 4 ta sevgini sig'dira olasan?" Bu savolga Ali r.a. o'ylanib qoldilar va javob uchun muhlat so'radilar.
Uylariga borib ham o'ylanib o'tirdilar. Buni ko'rgan Fotima r.a.: "Agar dunyo yo'lida xomush bo'lsangiz, bu ishingiz yaxshi emas", deb hol so'radilar. Ali r.a. bo'lgan voqeani aytib berdilar va Fotima r.a.dan maslahat so'radilar. Fotima r.a. shunday dedilar: "har bir narsaning o'ngu so'li, orqa-oldi bo'lganidek, qalbning ham bo'laklari bo'ladi. Otamga quyidagicha javob bering:
Allohning aqlim va idrokim bilan sevaman!
Payg'ambar s.a.v.ni ruhim bilan sevaman!
Ahli ayolimni nafsim bilan sevaman!
Bolalarimni shafqatim bilan sevaman!
Ertasi kuni Ali r.a. payg'ambarimiz huzuriga bordilar. Payg'ambarimiz javobni so'radilar. Ali r.a. yuqoridagi javobni aytdilar. Shunda Rasululloh s.a.v.:
-Yo, Ali, javobingdan nubuvvat gulining hidi kelyapti. Buni senga qizim Fotima aytgan...
Nom: Re: Haqiqiy muhabbatning ta'rifi
Yuborildi: Shahina 04 Sentyabr 2006, 07:51:41
Maknuna:

Assalomu alaykum!
Judayam ta'sirli hikoya ekan.
Qarang, hazrat Alidek buyuk sahoba topa olmagan javobni Fotima onamiz topgan ekanlar. Haqiqatda ularda payg'ambarimiz sav tarbiyalari bor edi.
Alloh va rasulini hammamizga sevdirsin!
   
Nom: Re: Haqiqiy muhabbatning ta'rifi
Yuborildi: Shahina 04 Sentyabr 2006, 07:52:09
AbdulAziz:

Wa alaykum assalom!
Nubuvvat olamining guli, jahon xotinlarining oqilasi hazrat Fotima raziyallohu anhudan Alloh rozi bo'lsin!
Nom: Re: Haqiqiy muhabbatning ta'rifi
Yuborildi: Shahina 04 Sentyabr 2006, 07:52:37
MUSULMON SEVGISI

Payg’ambarimiz Muhammad alayhissalomning qilgan g’azotlaridan biri tugagach, bir musulmon xotin tushib qolgan yaradorlarni izlab topmoqchi bo’ldi: o’liklar orasiga kirdi. U yon-bu yonni izlar chog’da "œOh"¦ suv!.." degan bir tovush eshitdi. Bir yarador musulmonning suvdonini ko’rdi. Ozroq suv topib shu yaradorning oldiga keldi. Boshini astagina ko’tarib, suvni ichtirmoqchi bo’ldi. Yarador musulmon dudog’ini suvga yetkuzar chog’da boshqa yoqdan "œOh"¦ suv!.." degan o’zga bir tovush keldi. Yarador suv keltirgan xotinga dediki:
- Bu suvni mendan burun shu tovush egasiga eltib ber. Bir yo’ldoshim yaralanib suvsab yotar ekan, men icholmayman.
Xotin suvni ikkinchi yaradorga olib bordi. U ham suvni ichayin deb turgan chog’ida "œOh"¦ suv!.." degan yana bir tovush eshitdi, xotinga dediki:
- Shu yo’ldoshim suvsiz ekan, men icholmayman, ber suvingni shunga.
Xotin suvni uchinchi yaradorga yetkazdi. U suvni ichayotganda birinchi yaradorning "œOh"¦ o’oldim"¦ suvsizlikdan" degan tovushi keldi. Bu ham xotinga:
- Suvingni mendan burun shu tovush egasiga ber! — dedi va o’zi ichmadi.
Xotin yana qaytib birinchi yaradorning oldiga kelsa, bechoraning o’lib yotganini ko’rdi. Ikkinchi yaradorning oldiga bordi, u ham o’lib yotgan ekan. Uchinchi yarador ham suvsizlikdan o’lib qolmasin deya yugurib ketdi:
- Ey, voh!.. Bu ham o’lib qolibdi! — deb suvni to’kdi.
Musulmonlarning o’lim chog’ida ham bir-birlarini qanchalik sevishlarini o’ylab ko’z yosh qildi.

Abdurauf Fitrat
"œO’qi" kitobi, Boku, 1917-yil
Nom: Re: Haqiqiy muhabbatning ta'rifi
Yuborildi: Shahina 04 Sentyabr 2006, 07:52:48
maknuna:

Assalomu alaykum.
Mana qanday bo'ladi - haqiqiy muhabbat! Musulmon musulmon birodarini uni o'z akasidek, ukaside, singlisidek sevadi. O'zi o'lim chog'ida bo'lib, suvga judayam zor bo'lsa ham birodarini o'ylavotti. U suvc=sizlikdan chaqab turganda man ichomiman devotti. Bundan ham ortiq mehr, muhabbatni dunyo ko'rganmi?
mana Islom! Mana muhabbat!
Bunday muhabbatni boshqa hech qayerdan topolmaysiz.!!!
Nom: Re: Haqiqiy muhabbatning ta'rifi
Yuborildi: Shahina 04 Sentyabr 2006, 07:52:58
Shamshir:

Assalomu alaykum.
shunaqa ibratli ogitlarni o`qiganimdan keyin bazan o`zimdan o`zim hafa bo`lib ketaman .Qanday ulug`lar otgan , qanday insonlar o`tgan biz kimmiz hamma narsa haqida jar solamiz, hamma narsadan xabardor bolamizu, IBRAT ololmaymiz.......
Nom: Re: Haqiqiy muhabbatning ta'rifi
Yuborildi: Shahina 04 Sentyabr 2006, 07:53:10
maknuna:

Va alaykum assalom!
Shamshir, nima deb o'ylaysiz? Bizning zamonimizda ham bir-birini mana shunday yaxshi ko'radigan musulmonlar bormikin?
Nom: Re: Haqiqiy muhabbatning ta'rifi
Yuborildi: Shahina 04 Sentyabr 2006, 07:53:24
Behzodbek:

Assalomu alaykum,
shunday muhabbatga ega musulmonlar, albatta, bugun ham bor. Alloh ulardan rozi bo'lsin.
Nom: Re: Haqiqiy muhabbatning ta'rifi
Yuborildi: Shahina 04 Sentyabr 2006, 07:53:45
Shamshir:

man har doim kimgadir kerak bolib yashagan inson har holda shu tuyguni his etsa baxtliman desa boladi derdim...ayam mani jonidan ortiq korishini bilardim, u ONAda.Yaqinda bitta ortogim manga agar kimdir sani masalan otaman desa yoq unimas mani otinglar derdim koksimni tutib berardim dedi.Man uni yaxshi koraman, lekin u mani shunchalik yaxshi koradi deb oylamagandim....buyam musulmonlarning sevgisidan namuna emasmi?
Nom: Re: Haqiqiy muhabbatning ta'rifi
Yuborildi: Shahina 04 Sentyabr 2006, 07:53:57
AbdulAziz:

Abu Bakr Qurayshdan ko‘p aziyat chekdilar. Islomning ilk davrida musulmonlar Arqam ibn Arqamning uyida maxfiy ibodat qilishar edi. Shunda Abu Bakr: «Ibodatni oshkora qilaylik», dedilar. Keyin hammalari birga chiqishdi. Abu Bakr odamlarga xitob qila boshladilar. Nabiy alayhissalom o‘tirgan ko‘yi Allohga duo qilar edilar. Shunda mushriklar ularga tashlanib qolishdi. Abu Bakr Siddiq oyoq ostida qolib ketdilar. Utba ibn Robi’a u zotning yuzlariga bigizli kovushi bilan shu darajada urdiki, burunlari bilinmay ketdi. Taym qabilasidagilar oraga tushib, zo‘rg‘a Abu Bakrni ajratib olishdi. U zot chalajon edilar. Kechga borib u zot o‘zlariga keldilar. Hushlariga keldilaru birinchi lafzlari Rasulullohning ahvollarini so‘rash bo‘ldi. Onalari:
«Do‘sting haqida hech narsa bilmaymiz», dedi.
So‘ng atrofdagilardan surishtirishni aytdilar. «Rasululloh Arqamning uyidalar, sog‘-salomatlar», degan xabarga ham qanoat qilmay, «Allohga qasamki, Rasulullohning huzurlariga bormagunimcha, suv ham, ovqat ham totmayman», dedilar va ahvolari og‘irligiga qaramasdan, yo‘lga tushdilar. Borib, Rasulullohning salomatliklarini ko‘zlari bilan ko‘rganlaridan keyingina ko‘ngillari tinchlandi va u zotga qarata: «Ota-onam sizga fido bo‘lsin, ey Allohning rasuli, menta hech narsa bo‘lgani yo‘q. Faqat ozgina ozor yetkazishdi, xolos», dedilar.

Mana sizga muhabbatning oily ko’rinishi! Abu Bakr siddiq o’zlari chalajon bo’lgan holatda ham, ko’zlarini ochib aytgan birinchi so’zlari - "œRasululloh omonmilar?" O’zi og’ir jarohatdan chalajon bo’lib turibdi-yu, do’stini o’ylayapti. Mana bizga muhabbatning oily namunasi, mana bizga sevishni o’rgatadigan zotlarning ibratli hayoti!..
Nom: Re: Haqiqiy muhabbatning ta'rifi
Yuborildi: Hadija 07 Aprel 2009, 15:36:04
Alloh uchun sevmoq

Payg‘ambar janobimiz (s.a.v.) besh jumla bilan ifoda qilgan xususlar bor: «Haqqot muhabbatiy lil-mutazovirina fiyya», ya’ni, «Mening muhabbatim, sevgim, sevmog‘im, rozi bo‘lmog‘im vojib bo‘lgay, kerak bo‘lgay, tahaqquq etgay — muhaqqaq bo‘lgay... Kimlarga?.. Bir-birlarini Alloh uchun ziyorat etganlarga... «Va haqqot muhabbatiy lil-mutahabbina fiyya», ya’ni «Bir-birlarini Alloh uchun sevganlar, yaxshi ko‘rganlarga...» Keyin «Bir-birlariga Alloh uchun yordam berganlarga, bir-birlariga Alloh rizosi uchun haqni so‘ylaganlarga, «mutanasixiyna fiyya...» kabi tomonlari ham bor hadisi sharifning...

Anglashiladiki, musulmonning musulmonni sevmog‘i, yaxshi ko‘rmog‘i ibodatlarning eng savoblilaridandir; ammo biz odatlangan tarzdagi ibodatlar emas. Imomi G’azzoliy, roziyallohu anhu, ifodasi bilan aytganda «odat tarzidagi ibodatlarning» eng savoblilaridandir. Chunki bir musulmonning butun hayoti ibodatdir... Niyati xolis bo‘lsa, bir musulmonning butun hayoti ibodatdir, hatto uyqusi ham ibodatdir!.. Uyqusi sunnati saniyyaga uyg‘un bo‘lsa, uyqusi rizoi Boriy taologa muvofiq bo‘lsa, uyqusi yaxshi bir niyatga tayansa, uyqusi ham ibodatdir... Yemog‘i, ichmog‘i ham ibodatdir, ziyorati ham ibodatdir, birodarligi ham ibodatdir. O’sha mumtoz ibodatlar bilan birga bulardan ham ulkan savoblar olgay. Har on savob olgay... Niyati bilan bir musulmon har on savob olgay. Bu Islomning go‘zalliklaridan biridir...

Darvishlik, tasavvuf deb atagan narsamizning eng muhim tayanchlaridan biri, mo‘‘minlarning qardosh-birodar bo‘lmog‘i, og‘a-ini bo‘lmog‘i, do‘st bo‘lmog‘i, yor bo‘lmog‘idir; odat tarzidagi bir ishdan ham davomli savob olmog‘idir. Chunki bir-birlarini Alloh uchun sevganlar, mahshar kunida insonlar dahshatli qiyinchiliklar ichra qolganida, og‘irlik, qiyinchilik tuymagaylar; Arshi a’loning soyasida ardoqda bo‘lgaylar... Nurdan bo‘lgan minbarlarda o‘ltirgaylar, xaloyiq ularga havas etgay... Mahshar xalqi, mahshar joyidan ularni, xuddi biz dunyodan osmon yuzidagi yulduzlarni tomosha qilganimizdek, tomosha qilgaylar; «Bular payg‘ambar emas, shahid emas, ammo kim bular?» degaylar.
Payg‘ambar (s.a.v.) janobimiz marhamat etadilarki: «Ular bir-birlarini Alloh uchun yaxshi qo‘rganlardir!..» Shuning uchun Alloh bir-birimizga nisbatan muhabbat va hurmat, birodarlik va do‘stligimizni xolis aylasin... Ibodat sifatlig‘ aylasin!..


Mahmud As’ad Jo’shon, "œHaqiqiy sevgi"
Nom: Re: Haqiqiy muhabbatning ta'rifi
Yuborildi: Vasila 07 Aprel 2009, 17:19:50
Men "Haqiqiqy muhabbatning ta'rifi" nomli maqolani o'qib chiqdim . Chindan ham bugungi kunda  insonlar orasidagi  insoniy muhabat, musulmonlarning  bir-biriga bo'lgan mehru-oqibati nazarimda, ancha yo'qolganday. Hammamiz mehr va sadoqat haqida to'lib-toshib gapiramizu, ammo, yonimizda turgan kishilardan bir og'iz  shirin   so'zimizni qizg'anamiz. Meni fikrimicha, birgina  samimiy jilmayish ham muhabbatning bir ko'rinishidir.
Nom: Javob: Haqiqiy muhabbatning ta'rifi
Yuborildi: Muxsiya 24 Mart 2014, 13:26:04
Haqiqiy muhabbat insonni barcha fazilatu nuqsonlari bn birga seva olishda.
Nom: Javob: Haqiqiy muhabbatning ta'rifi
Yuborildi: MirzoMuhammad 30 Aprel 2015, 08:01:30
СЕВГИ ВА МУҲАББАТ
   Севги ва муҳаббат тушунчаси инсоният ҳаётидаги энг қадимги олийжаноб ҳиссиётлардан саналади. Зеро бизларнинг аввалги отамиз ва онамиз Одам ато ва момо Ҳаволар ҳам бир-бирларига муҳаббат қўйганлар. Муҳаббат тушунчаси ҳеч қачон эскирмайди ва уни янгилашга ҳам эҳтиёж йўқ.
Муҳаббат аввало бизларни йўқдан бор қилган Холиқ таолога бўлганда ҳақиқий маънога эга бўлади. Бироқ инсонлар ҳам ўзаро муҳаббатда бўлишга чорланади. Ўша инсоний муҳаббатлар ичида дўстлик муҳаббати ҳамда эркак ва аёлнинг ўзаро табиатларидан келиб чиқувчи севги муҳаббатидан иборат. Ана шу муҳаббат ҳам ҳозирги кунгача ўз қадрини йўқотмасдан давом этиб келмоқда.
   Икки ёш оила қурар экан оила муҳаббат устига барпо бўлса янада гўзал бўлур. Лекин ёшлигидан севишиб, ота-оналарининг қаршилигига ҳам қарамасдан турмуш қураётган оилалар агарчи муҳаббат устига қурилса-да, негадир ҳаётда доим ҳам бахтли бўлавермайди.
   Савол пайдо бўлади – нега энди оила муҳаббат устига барпо бўлса ҳам, неча йиллар бирга мактабда ўқиб, бир-бирларини билиб, синаб оила қурган бўлсалар ҳам уларнинг аксарияти узоққа бормаяпти? Нега энди шунча йилар бир-бирларини севган ёшлар орадан ҳеч қанча ўтмай кўнгиллари совимоқда? Нега энди ўзи яхши билган севгилиси ўйлаганидек чиқмаяпти?
   Бунга бирдан-бир тўғри жавоб шуки – уларнинг муҳаббати фақат Аллоҳ учун эмас, балки ташқи гўзаллик ва ўткинчи ҳавасга йўғрилганлигидур. Чунки Аллоҳ учун қўйилган муҳаббат охиратга ҳам бирга боргусидур.
   Айтибдиларки, бир йигит ва қиз бир-бирларига Аллоҳ учун муҳаббат қўйдилар. Йиллар давомида бир-бирларининг тақволарига ишонч ҳосил қилишди. Ниҳоят тўй яқинлашди. Йигит қизга совчи жўнатди.
   Тақдирнинг тақозосини кўрингки, ўша кунлари кутилмаганда қизнинг юзларига яра тошиб, юзлари ниҳоятда хунук ҳолатга келиб қолган эди. Табибларнинг хулосаларига кўра қиз энди аввалги гўзаллигига қайтиши умуман мумкин эмас эди. Қиз совчиларни рад этди. Қанчалик оғир бўлмасин, шунча йиллик севгисидан воз кечди. “Мен энди йигит кўрган гўзалликда эмасман. Унинг интилган тимсолидан мосуво бўлдим. Шунинг учун у бошқа чиройли қизга уйлансин, чунки йигит шунга муносиб” деди.
   Ноилож қолган совчилар ортларига қайтиб йигитга бўлган гапни айтишди. Йигит бу сўзларни эшитиб бетоқат бўлди ва:
-   Мен унинг чиройи учун эмас, тақвоси учун севганман. Мен унинг жамолини эмас, қалбини севганман. Мен ўша севгимда собит қоламан, – деб совчиларни яни қайта юборди.
Аммо совчилар қанча уринмасин қиз таклифни сира қабул қилмади. Ожиз қолганлигидан ортларига қайтишди. Уларнинг ноумид қайтганини кўрган йигит кечаси билан нолаю фиғон қилиб, тонгга яқин кўриш неъматидан маҳрум бўлди.
Орадан бир неча кун ўтгач қиздан хабар келди. У энди йигитга турмушга чиқишга розилигини билдирган эди.
Шундай қилиб улар бирга бахтли ҳаёт кечира бошлашди. Лекин орадан бир неча йил ўтгач қиз оламдан ўтди. Йигит унинг фироғида кўзларидан қонли ёшларини тўкди. Бироқ Аллоҳ таолонинг тақдири олдида ожиз эканмиз, тақдирга тан беришдан бошқа чора топа олмади.
Аёлни дафн қилишди. Унинг ҳақига Қурон тиловатларининг савоблари бағишланиб, дуолар қилинди. Одамлар энди тарқамоқчи бўлиб турганларида йигит уларни тўхтатди. Улардан узр сўради ва шундай деди:
-   Халойиқ! Мен сизлардан минг бор узр сўрайман. неча йиллардан бери кўзим кўрмай қолди деб сизларни алдаган эдим. Аслида менинг кўзларим ҳамон равшан. Фақатгина мен ёримни ҳижолатчиликдан чиқариш учун шундай қилган эдим.

Нуриддин ҳожи Холиқназаров
Андижон вилояти бош имом хатиби