forum.ziyouz.com

Jamiyat va inson => Pazandalik => Turk oshxonasi => Mavzu boshlandi: Ansora 23 Dekabr 2011, 22:42:58

Nom: Duxovkada sabzavotli tovuq taomi.
Yuborildi: Ansora 23 Dekabr 2011, 22:42:58
 :asl3:



(http://s017.radikal.ru/i415/1110/00/dcd3d6a175a4.jpg) (http://www.radikal.ru)

Duxovkada sabzavotli tovuq:

Masalliqlar:

1.   1 butun tovuq
2.   1 dona limon
3.   2 dona sabzi
4.   4 tish sarimsoq
5.   2-3 dona piyoz
6.   1 dona pomidor
7.   500 gr yashil no’xat konservasi
8.   2 dona yirik kartoshka
9.   Jambil
10.   Murch
11.   Garmdori
12.   Tuz
13.   Salat yoki zaytun yog’i

Tayyorlanishi:

1.   Tovuqni yaxshilab yuvib, har tarafini limon suvi bilan arting. Sabzilarni archib yirik shakllarga bo’ling. Kartoshkalarni ham to’rtburchak qilib to’g’rang. Piyoz va sarimsoqlarni archib ikkiga bo’ling. No’xat va pomidorlarni qo’shib sabzavotlarni hammasini aralashtiring.
2.   Ziravorlarni, tuzni zaytun yog’ini va bie necha tomchi limon suvini tovuqni har tarafiga surting.
3.   Duxovkaning mahsus paketini unlab tovuq va sabzavotlarni paketga joylang. Paketni bir necha joyidan teshib og’zini mahkam yoping. Oldindan isitilgan 210 daraja duxovkada 45-50 daqiqa pishiring. Pishgandan keyin paketni ichidan tovuqni chiqarib yana bir necha daqiqa duxovkada qoldiring. Shunday qilsangiz tovuqning usti ham qizaradi.