forum.ziyouz.com

Jamiyat va inson => Pazandalik => Baliqli taomlar => Mavzu boshlandi: Ansora 26 Dekabr 2011, 14:55:23

Nom: "Hamsi" baliqli palov.
Yuborildi: Ansora 26 Dekabr 2011, 14:55:23
"Hamsili palov"

(http://i054.radikal.ru/1003/e8/f32c606d3270.jpg) (http://www.radikal.ru)

Masalliqlar:
1.   1 kg kg hamsi balig'i.
2.   Makkajo’hori uni

   Palovi uchun:

1.   3 stakan guruch  ( 500 gr atrofida)
2.   2 qoshiq palov mayizi (Turk tilida “kush uzumi” deyiladi)
3.   2 qoshqi do’lmaga solinadigan mahsus pista
4.   1 dona piyoz
5.   1 qoshiq saryog’
6.   Petrushka
7.   Ukrop
8.   Tuz
9.   Suv (palovga ketadigan qadar suv)
10.   Xohlaganlar murch yoki garmdori ham solishlari mumkin.

Tayyorlanishi:

Avvalo palovni tayyorlaylik. Piyozni saryog’da qovuring. Biroz qovurgandan keyin guruchni ham solib 5-6 daqiqa past olovda qovuring. Mayiz va tuzni ham solib masalliqlarni birgalikda qovuring. Ohirida suvini quyib, palovni pishishini kuting. Suvini tortgandan keyin mayda to’gralgan ukropbi qozonga solib aralashtiring.
Bir boshqa tarafda hamsi baliqlarni tozalang. Yaltiroq taraflarini makkajo’hori uniga botiring. Duxovka idishingizni atrofiga yana yaltiroq qismlarini tashqariga qaraydigan va idishdan biroz oshadigan  shaklda tering. Chunki palovni solgandan keyin ustini yopishingiz oson bo’ladi. Hamsilar pishgani sari kichraygani uchun bir-biriga yopishgan holda bo’lsin. Palovni idishning o’rtasiga solib, ustini ham hamsi bilan qoplang. 180 darajada hamsilar qizarguncha pishiring.

(http://s005.radikal.ru/i210/1003/0c/a9e72a8bd6be.jpg) (http://www.radikal.ru)
rasm manbasi http://mutfakmelegi.blogcu.com/ (http://mutfakmelegi.blogcu.com/)

Nom: Re: "Hamsi" baliqli palov.
Yuborildi: amir.temur 15 Fevral 2012, 23:42:50
  Qornim och o'tirgan edi, bu rasmlarni ko'rib so'lagim oqib ketdi :) Baliq taomlari o'zi eng mazali taomlardan bo'ladi. O'ligi ham halol bo'lgan birgina jonzot bu suv hayvonlaridir.