forum.ziyouz.com

Jamiyat va inson => Pazandalik => Turk oshxonasi => Mavzu boshlandi: Ansora 31 Dekabr 2011, 22:10:40

Nom: Lavlagi, qatiqli, mayonezli salat:)
Yuborildi: Ansora 31 Dekabr 2011, 22:10:40
 :asl3:

Men 1 dona katta lavlagini suvda qaynatdim, sovugandan keyin qirg'ichdan o'tkazdim. Bir tutam petrushkani mayda to'g'radim. 5-6 qoshiq qatiq, 2 qoshiq mayonezni yaxshilab aralashtirib, petrushka, qirg'ichdan o'tkazilgan lavlagiga qo'shdim.Biroz tuz ham soldim. Aralashtirdim, tayyor:)

Ho'jayinim aslo lavlagi yemasdilar, lekin bu salat juda yoqdi, sinab ko'ring:) menga judayam rangi yoqadida shuni:)


(http://s45.radikal.ru/i109/1112/c8/c33a6ac50429.jpg) (http://www.radikal.ru)
Nom: Re: Lavlagi, qatiqli, mayonezli salat:)
Yuborildi: azizbek_mx 31 Dekabr 2011, 23:04:51
bunaqada ishtahaniyam kasal qivorasila shekilli a :D
Nom: Re: Lavlagi, qatiqli, mayonezli salat:)
Yuborildi: Ansora 31 Dekabr 2011, 23:05:40
bunaqada ishtahaniyam kasal qivorasila shekilli a :D

Uka, judayam oson-ku, o'zingiz ham tayyorlashingiz mumkin:)