forum.ziyouz.com

Jamiyat va inson => Oila va jamiyat => Mavzu boshlandi: Margilanets 05 Sentyabr 2006, 07:56:29

Nom: Aroqxo'rdan hamma bezor
Yuborildi: Margilanets 05 Sentyabr 2006, 07:56:29
Payg‘ambarimiz Muhammad sollalahu alayhi vasallam «Xamr (ya’ni aqlni olg‘uvchi har bir narsa) yomonliklar onasidir», degan ekanlar. Yana marhamat qilib debdilarkim: «Xamrdan saqlan. Uning daraxti boshqa daraxtlardan oshib o‘tgani kabi, gunohlari ham boshqa gunohlardan oshib tushadi». Mayxo‘rlikning Alloh tomonidan harom qilingani (ya’ni ta’qiqlangani)ni, bu haqda qur’oni Karimda oyatlar mavjudligini ko‘pchilik biladi. Yana bilishimiz joizki, hatto Tavrotning sahifalarida ham «Sharob sharmanda etadi, muskir janjalkashga aylantiradi. Unga mubtalo bo‘lgan aqlli emasdir», deyilgan.
Ming afsuslar bo‘lsinkim, asli musulmonobod bo‘lgan yurtimizda, asli musulmonsheva bo‘lgan odamlarning farzandlari o‘z nasablarini unutib, yomonliklar onasining farzandiga aylanib boryaptilar. Mayxo‘rlikka qarshi gapirish, mayxo‘rlarni insofga chaqirish — shamolga qarshi hayqirish kabi besamar ketyapti. Ulamolarimiz, imomlarimiz gapirgudek bo‘lishsa, «Sen mayning qadrini qaerdan bilarding?» degan ma’noda aftlarini bujmaytiradilar.
Nom: Re: Aroqxo'rdan hamma bezor
Yuborildi: Margilanets 05 Sentyabr 2006, 07:56:36
Bir kuni kamina ham mayxo‘rlikka qarshi so‘z aytgan edim, «Hadeb aroqni yomonlayverasizmi, o‘zingiz hecham ichmaganmisiz?» deb ta’na qilishdi. To‘g‘risini aytdim. Allohga tavbalar qilganim holda, o‘sha qilmishlarimni la’natlaganim holda, ichganlarimni yashirmayman. Men ko‘p ichmaganman. Lekin kam ichding nimayu, ko‘p ichding nima, farqsiz — igna ham, yo‘g‘on qoziqning uchi ham ko‘zga kirar bo‘lsa, baribir ko‘r qiladi. Menga ta’na qilgan jamoatga qarab dedimki: «Siz butun dunyo bo‘yicha bir odamni toping. Agar u: «ilgari kasal edim, shu aroqni ichib tuzaldim, ilgari kambag‘al edim, shu aroqni ichib boyib ketdim, ilgari xor edim, shu aroqni ichganimdan keyin obro‘ topdim, sharaflandim», desa, sizlarni ichkilik bilan o‘zim ta’minlab turaman. Shunday odamni topa olmaysiz. Chunki aroq (aroq deganda barcha mast qiluvchi ichimliklarni — shaytonning siydigini nazarda tutyapmiz) sog‘lom odamni kasal qilishi, boyni kambag‘allikka giriftor etishi, sharafli odamni esa xorlik jariga sudrashini hamma biladi. Ammo nafs oldida mag‘lub holda turaveradilar.
Meni bir narsa ajablantiradi: aytaylik, televizor sotib oldik. Darrov qo‘llanmasini o‘qiymiz. Televizorni yaratgan olimlar, ustalar bizlarni ogohlantirishadi: 220 voltli tokka ulang, isitish uskunasidan nariroqda tursin... Buni bilib, biz hech qachon televizorimizni 380 voltli tokka ulamaymiz, televizorning buzilishiga yo‘l qo‘ymaymiz. qo‘llanmaga amal qilmasak pulga kuyamiz. Holbuki, Insonni yaratgan Alloh Odam bolalariga to‘g‘ri yashash yo‘llarini o‘rgatuvchi qo‘llanma — ilohiy kitoblarni tushirdi, to‘g‘ri yo‘lga boshlovchi elchilarni yubordi. «qo‘llanma»ning eng ulug‘i, shubhasiz, qur’oni Karimdir. Elchilarning eng sharaflisi, shubhasiz, bizning Payg‘ambarimiz alayhissalomdirlar. «Mo‘‘minlar uchun nasihat, kofirlar uchun hasrat» bo‘lmish qur’oni Karim odamlarga qarata: ichma, bu dunyoda xor bo‘lasan, u dunyoda azobga qolasan, deb tursa-yu, biz eshitmagandek, bilmagandek ichaversak. Bu dunyo azobiga duch kelganimizda, aytaylik, tuzalmas xastalikka chalinib, to‘shakka mixlanganimizda yoki farzandlarimiz yomon xulqlari bilan kuydira boshlaganida «Ey Xudo, men Senga nima yomonlik qiluvdimki, menga shuncha g‘am-alam berasan», deb nolalar qilamiz, ko‘z yoshlar to‘kamiz.
Nom: Re: Aroqxo'rdan hamma bezor
Yuborildi: Margilanets 05 Sentyabr 2006, 07:56:43
Fir’avnning imon keltirishi kabi kechikkan bu hasratlarimizdan foyda bo‘larmikin?
Kechagina «Ichmang, birodar», degani uchun ko‘zimizga yomon ko‘ringan imomni chaqirtirib: «Bir o‘qib qo‘ying», deymiz. Mulla qirq marta «Yosin» surasini o‘qisa, u dunyoga go‘yo gunohlardan xoli bo‘lib ketiladiganday tuyuladi. Koshki edi bularning foydasizligini bilsak. Yuqori kuchlanishli tokka ulangan televizor kuygani kabi oxiratimiz kuyib bo‘lganini anglamaymiz. Televizor kuysa, pulimizga achinamiz. Umrimizning eng go‘zal onlari kuyib ado bo‘layotganini esa, fahmlamaymiz.
Aroq odamning o‘zigagina yomon ta’sir qilsa, chidash mumkindir balki. Aroqning zurriyodga ta’siri-chi? Majruh tug‘ilayotgan bolalar, tug‘ilmayoq o‘layotgan bolalar-chi?! Biror kishini behos urib yoki turtib yuborib, oyog‘ini yoki qo‘lini mayib qilib olsangiz, qonun oldida jazolanasiz. Lekin qo‘l-oyoqsiz yoki aqlsiz tug‘ilayotgan bolalarning majruhligiga sababchi ota yoki onani jazolamaymiz. To‘g‘ri, bu dunyo qonuni jazolamaydi, ammo Allohning jazosi tayin-ku, qo‘rqmaymizmi?
Aroqxo‘rlik haqida gapirilsa, yevropaliklar buzdi bizlarni, deymiz. Bu gapda jon bor. Lekin ular har birimizni yotqizib olib, og‘zimizga zo‘rlab aroq quymadilar-ku? Yevropaliklarning madaniyatga oid durust odatlarini olmaganimiz holda nima uchun faqat buzuqliklarini ma’qul ko‘rib qoldik?
Nom: Re: Aroqxo'rdan hamma bezor
Yuborildi: Margilanets 05 Sentyabr 2006, 07:57:08
Biz ichganda ham go‘yo madaniycha ichishga o‘rganganmiz. Ya’ni «tamada» deganni saylab olamiz. (Bu so‘zni o‘zbekchaga aynan tarjima qila olmadim, ramziy ma’noda «Shaytonning bosh yordamchisi», desam ranjimasinlar.) Chiroyli so‘zlar, ya’ni, «tost» aytamiz. Tilaklar tilaymiz. Sog‘liq, omad, baxt... Kimdan tilaymiz? Albatta Xudodan tilaymiz. O’ylamaymizki, yaratgan Tangri «ichma, bu xaromdir», deb qo‘yibdi. Shu haromni icha turib, Undan yana baxt so‘rasak, berarmikan shu baxtni! (Mazkur fikrni avval ham aytib edik, takror etayotganimiz bejiz emas).
Ba’zan ichkilik qo‘yilgan davralarda o‘tirishga majbur bo‘lamiz. Shunda ayrimlar sal istihola qilgan bo‘lib: «Charchoqni ko‘taradi, ijozat bersangiz, ozgina-ozgina ichsak», deyishadi. Shunda: «Ruxsatni mendan so‘ramang, chunki buni men harom qilgan emasman», degan mazmunda javob beraman. Ba’zilarga shu gap ta’sir qiladi, boshqalar: «Xudoning o‘zi kechiradi», deb ichaverishadi. Xuddi Xudo ularga «To‘yib ichib olaverlaring, keyin senlarni kechiraman», deb tilxat berganday yoki vaxiy yuborganday ishonch bilan gapirishadi.
Bir necha yil burun Turkiston shahrida, hazrat Ahmad Yassaviy maqbaralaridan bir chaqirimcha narida ayanchli bir davrada o‘tirishimga to‘g‘ri kelgan edi. Voqea to‘yning ertasiga sodir bo‘ldi. Dasturxon atrofida turli yoshlardagi odamlar o‘tiribmiz. Aytishim joizki, shunday muqaddas va sharafli shaharda yashovchi, o‘zini musulmon deb atovchilar aroqxo‘rlikda «chempion» ekanlar. Xullas, mendan «tost» aytishimni iltimos qilishdi. Dastlab rad etdim. Talablar takrorlanavergach, dedimki: «Xo‘p, gapiraman, ammo ranjimaysizlar. Hozir sizlarga, «ichmang», deganim bilan yoqmayman. Lekin bir narsani o‘ylab ko‘ringlar: mana bu yigit o‘g‘lingiz ekan, ota bilan o‘g‘il nima degan odam bo‘ldilaring endi?! Mana bu yigit sizning kuyovingiz ekan, siz bilan ichib, mast bo‘lib, uyga borgach xotinini, ya’ni qizingizni ursa, qizingiz dodini kimga aytadi? So‘ng esa siz dodingizni kimga aytasiz?»
Nom: Re: Aroqxo'rdan hamma bezor
Yuborildi: Margilanets 05 Sentyabr 2006, 07:57:15
Bu gapdan keyin o‘g‘il va kuyov chiqib ketishdi. Bir-ikki kishi gapimni ma’qullab, aroq quyilgan piyolani nari surib qo‘yishdi. Boshqalar esa «Xudo kechiradi», deb ichishni davom ettiraverishdi. Bunday odamlarni «esh-shakday qaysar», deyishadi. Yo‘q, azizlar, eshaklarni ranjitmang, eshiklar ularga o‘xshamaydi, chunki eshakni tarbiya qilsa bo‘ladi: «ish-sh» desangiz to‘xtaydi. Bunday odamlar esa to‘xtashmaydi.
Aroqxo‘rlik qancha-qancha ulug‘larni xorlik botqog‘iga botirdi. Juda ko‘p iste’dod egalari bu balo oqibatida umrlarini ham, qobiliyatlarini ham boy berdilar.
Shu o‘rinda hazrat Bobur Mirzoning bir farmonlarini esga olsak, foydadan holi bo‘lmas. Milodiy hisobda 1525 yili imzolangan mazkur farmonga binoan mayqatag‘on (suxoy zakon) e’lon qilingan edi:
«Bashar nafsi yomonlikka mayl etishdan uzoq emas, «nafsimni poklay olmadim, chunki nafs yomonlikka amr etuvchidir.» Undan qaytish bag‘ishlovchi Malikning lutf-marhamatidan boshqa mumkin emas. «Bu Allohning ehsonidir, kimga xohlasa, baxsh etadi. Alloh katta ehson egasidir.» — Bu so‘zlarni ifodalashdan va bu gaplarni bayon qilishdan g‘araz shuki, insonlik taqozosi, podshohlar rasm-rusmi, podshohlik lavozimi, mansabdorlar odati bo‘yicha shohdan tortib sipohiygacha go‘zal yoshlik kunlarida shariat man’ qilgan ba’zi narsalarga va ayrim o‘yin-kulgularga ruju’ qilinardi. Bir qancha vaqtdan keyin pushaymonlik kunlari kelib, ularni bitta-bitta tark qilinar va chin tavba bilan ularga qaytish eshigi yopilar edi. Ammo maqsad va matlablarning muhimi va buyugi bo‘lgan ichkilikdan qaytish tavbasi «har ish o‘z vaqtiga bog‘liq» degan parda ostiga berkinib, yuzini ko‘rsatmas edi, toki bu yaxshi soatda zo‘r g‘ayrat bilan urush ehromini bog‘lab, shavkatli Islom askarlari yordamida kofirlarga qarshi jangga kirishganimizda g‘ayb Ilhomchisi va haqiqat Jarchisidan «Iymon keltirganlarga vaqt kelmadimiki, qalblarini Allohning zikri bilan yumshatsalar?» mazmuni eshitilib, gunoh va sarkashlik asbobini ildizidan qo‘porib tashlab, tavba eshiklarini to‘liq jiddiyat bilan qoqdik. Tavfiq yo‘llovchisi «Kimki astoydil eshik qoqsa, kiradi», mazmuniga muvofiq iqbol eshigini ochdi va bu urushni nafsga qarshilik ko‘rsatishdan iborat bo‘lgan zo‘r urush bilan boshlashni buyurdi. Alqissa, «Ey Robbim, nafslarimizga zulm qildik»ni ixlos tiliga keltirib, «Sening oldingda tavba qildim va men musulmonlarning birinchisiman», degan gapni dil lavhiga naqsh qildik. Ko‘ngil xazinasida maxfiy qolgan ichkilikdan qaytish tavbasi istagini yuzaga chiqardik...»
   
Nom: Re: Aroqxo'rdan hamma bezor
Yuborildi: Margilanets 05 Sentyabr 2006, 07:57:22
Tarixdan ma’lumki, Bobur Mirzo hazratlarining asosiy g‘alabalari aynan shu farmondan — mayqatag‘ondan so‘ng qo‘lga kiritilgan. Yana tarixdan ma’lumki, Husayn Boyqaro boshqargan mamlakatni ayni shu ichkilik barbod qilgan. Ayni shu ichkilik (uni «chog‘ir» deb ataganlar) umidli va suyumli nabira Mo‘‘min Mirzoning boshini uzgan.
Ba’zi birodarlarimiz aytadilarki: «Aroq birovlarniki bo‘lgani uchun harom qilingan». Yo‘q, azizlar, aroq, cho‘chqa go‘shti boshqalar iste’mol qilgani uchun emas, odamga zarar bergani uchun harom qilingan. Agar u birodarlarimiz aytganday bo‘lganida edi, birovlar yeydigan mol yoki qo‘y go‘shti ham, boshqa ne’matlar ham harom qilinar edi. Yana o‘ylaylik, nima uchun aynan aroq va cho‘chqa go‘shti harom qilindi? Nega murabbo yoki qovun-tarvuz harom qilinmadi?
Aroqqa qarshi butun nasoro olami ham kurashgan. Urushdan avval hatto AqShda ham mayqatag‘on e’lon qilingan. Bolsheviklar zamonida ham bir-ikki urunish bo‘ldi. Oxirgisi esingizdadir, «qayta qurish», deb atalgan zamonda ham ichkilikka qarshi kurashildi. Biz bu kurashni jonu dilimiz bilan quvvatlash o‘rniga norozi bo‘ldik, o‘zimizcha nayranglar o‘ylab topdik. «To‘ylarda ichkilik qo‘yilmasin», deyildi. Xo‘p de- dig-u, ba’zilarimiz bitta samovorga suv quyib qaynatdik, ikkinchisini aroq bilan to‘ldirib, choynakda tarqatdik va bu «ixtiro» bilan faxrlandik. Bundan ortiq nodonlik bo‘larmikin? Ana o‘shalar va o‘shalar kabilar hazrati Anasning (roziyollohu anhu) Rasulullohdan (sollalohu alayhi vasallam) rivoyat qilgan bu hadislaridan xabardormikinlar: «Alloh sharobni, uni ichganni, quyib berganni, sotganni va sotib olganni, siqib tayyorlaganni va tayyorlatganni, olib kelganni va olib keltirganni hamda undan kelgan daromadni yeganni la’natlaydi».
Nom: Re: Aroqxo'rdan hamma bezor
Yuborildi: Margilanets 05 Sentyabr 2006, 07:57:29
Aroqqa berilgan odamning bu yo‘ldan qaytishi qiyin bo‘ladi. Chunki bu ham Allohning imtihonlaridan biri. Kimki nafsini jilovlay olsa, imtihondan o‘tadi. Alloh kimga marhamat qilsa, nafsni yengadi, imtihondan o‘tadi. Ammo odam degan Xudoning marhamatiga erishmoq uchun jon kuydirish ham kerak. Nafsga qarshi urush ochish uchun o‘zida kuch topa olmagan, irodasiga quvvat bera olmagan odam bu marhamatga yeta olarmikin, vallohu a’lam?
Iymonni bir muazzam saroy desak, uning ichiga kirmoq uchun yurib borish kerak, balki tikonzorni yalang oyoq kechib o‘tishga to‘g‘ri kelar. Iymon saroyiga ham sizni birov ko‘tarib olib kirmaydi. Bobur Mirzo ta’kid etganlaridek, eshikni astoydil qoqqan odamlargina kiradilar. Asalarilarning qo‘riqchilari yomon joyga qo‘ngan asalarilarni uyaga qo‘ymas ekanlar. Shunga ko‘ra, iymon saroyiga og‘zidan aroq hidi gupurib turganlar qo‘yilmaydilar. Ularning joylari iymon saroyi emas, shayton kulbasi bo‘lib qoladi. Rasulullohning hadislarida aytilishicha: «Davomli xamr ichgan kishi butga topinguvchi kabidir. O’lsa, Allohning huzuriga butparast kabi boradi.» Alloh asrasin! Duo qilaylik: barcha mayparastlarni bu yo‘ldan qaytarib, hidoyat bersin!
Nafslarimizni tarbiyalashning eng birinchi sharti — tavbadir. Tavbalar ijobat bo‘lmog‘ini Alloh nasib etsin.
Iymon saroyiga kirmoq mushkul, ammo undan chiqish oson, Xudo saqlasin! «Yomonliklar onasi»dan yuz o‘girib, hidoyat onasiga farzand bo‘lmoqlikni Alloh barchalarimizga nasib etsin. Omiyn ya Rob al-olamiyn!

Tohir Malik
Nom: Re: Aroqxo'rdan hamma bezor
Yuborildi: Robiya 15 Oktyabr 2006, 03:39:37
Bu mavzuga qo'l urib juda to'gri ish qilibsiz.Bilasizmi aroqxo'rdan rostdan ham hamma bezor bo'ladi.Men bunga guvoh bo'lganman(yo'q siz meni o'zi ichgan deb o'ylamang)Ichgan kishilarni ko'rganman.Ular bir shisha aroqni deb hattoki oiasi, ota-onasidan ham voz kechib yuborishga tayyor bo'ladi.Boshqa yoqqa burilib ketdim-a?Xullas aroqxo'r ichib na obro' topadi, na boshqa narsa.Aroq ichish bu islomda gunoh hisoblanadi.Lekin ular buni bilib turib ham ichaverishadi.Oxiratdagi savol-javoblar ularning xayolidan ham o'tmagandir deb qolaman, ba'zida.Ammo o'sha dindor kishilarimizning o'zlari shunaqa bazmlarga bosh bo'lishadi, astog'furilloh.Bunaqa iymonsizlikdan Ollohimning o'zi bizni asrasin.Omin
Nom: Re: Aroqxo'rdan hamma bezor
Yuborildi: Foniy 09 Avgust 2007, 15:51:37
Assalomu alaykum!

Eron hukmdori Jamshid Jamning nomi birinchi bo'lib aroq yasagani bois tarixda qolgan. U Eronda zardushtiylar dinidan avval ham sharob ichish marosimlarini o'tkazgan, yig'inlarda har turli ichkiliklar bilan fuqarolarini mehmon qilgan. Asta-sekin sharob ichish urfga kirib, insonlar sarxushlik balosiga yo'liqqanlar va axloqsizlikka yuz tutganlar, jirkanch hayot tarzi vujudga kelgan. Asrlar o'tib, Jamshid bazmlari tillarda doston bo'lgan, insonlar bir-birlarini sharob bilan siylab, o'sha bazmlarni yodga olganlar va yomonliklarga qo'l urganlar. Shu tariqa sharobni o'ylab topgan Jamshid Jamning nomi odamlar orasida mashhur bo'lib qolavergan. Mayho'rlar doimo Jamning sharfiga ichishgan, ustozlarini xotirlab, may qadahini "Jomi Jam" deb atashgan. Mayparast shoirlar uni sharaflab she'rlar aytishgan. Shunday qilib, insonlar orasiga yomonlik urug'larini sochishgan, avlodlarni razolatga boshlashgan.
Jamshidning sharobni o'ylab topishi bunday bo'lgan:
U bir kuni ov qilish uchun ayonlari bilan toqqa yo'l oladi. Ketayotib, tasodifan g'arq pishib yotgan uzumlarga duch keladi. Keyin uzumlarni terdirib, achitqisini o'limga mahkum qilingan qotillarga berishni amr etadi. Oradan biroz muddat o'tgach, achitqidan siqib olingan sharbatni mahkumlarga majburlab ichiradilar. Shunda mahkumlarning bittasi qattiq uyquga ketadi. Bir qancha vaqt o'tib, uyg'onib, o'ziga keladi va yana ozgina ichirishlarini so'raydi. Ikkinchi marta sharobga to'yib olgach, ko'zlari shavq-zavqqa to'lib, porlay boshlaydi. Bu holatni hayrat bilan kuzatib turgan Jamshid ham sharbatdan tatib ko'rishga jur'at etadi.
Keyin ayonlar ham ichib ko'radilar. Hammalari ichkilikning kayfi bilan hushlarini yo'qotishadi. Shunday qilib, Jamshidning barcha marosimlarida uzumdan tayyorlangan ichimliklar ichish odat tusiga kirib qoladi. Har gal dasturhon tuzatilib, Jamshid yoronlari bilan davra qurar ekan, mast bo'lib, vaqti chog'lik qilishar edi.
Bu an'ana vaqt o'tishi bilan atrofga ham yoyildi. Unga "Jam an'anasi, Jam marosimi" degan nom berishdi.(Bizning diyorlarda,"bazmi jamshid" ifodasi hanuz mashhur). Keyinchalik asma daraxtining uzumlari ajratib olinib, achitqisidan tayyorlangan sharbat qo'shni halqlarga ham tarqatilgan. Qadimgi misrliklar, ibroniylar, yunonlar shu ichkilikka mubtalo bo'lgan edilar. Keyinchalik, Hindiston, Rum, Xitoy, Arabiston, Suriya va Misrda turli shakllardagi, ichkiliklar paydo bo'ldi, insoniyat ichkilik sari tez-tez odimlashib keta boshladi.

UzIslam.Comdan olindi (http://uzislam.com/index.php?name=Forums&file=viewtopic&t=164)

...va shu tufayli ko'pgina axloqsizliklar kelib chiqa boshladi, bunga mukkasidan ketganlarni holi nima kechishini hamma juda yaxshi bilishadi. Balki o'sha Jamshid bo'lmaganda shuncha ishlar bo'lmagan bo'larmidi,..
Nom: Re: Aroqxo'rdan hamma bezor
Yuborildi: Amina 14 Avgust 2007, 16:30:24
Albatta hamma yomon ishlarning boshida aroq turishi muqarrar.
Lekin bu eng yomon odat. odatda har xil vaziyatlarda aroq ichiladi. Eng yomoni kopchilik siqilgandan "ichdim" dediyu, ammo manimcha bu irodasizlikning birinchi belgisi. Qolgan sabablar esa insoniy xislatlarni kamaytiradigan sababalar !
Nom: Re: Aroqxo'rdan hamma bezor
Yuborildi: Muslimа 18 Oktyabr 2007, 13:38:16
O’zi oq, ishi qora.

Islom dinida ichkilik bejiz ta’qiqlanmagan. SHU ILLAT DASTIDAN NE-NE YIGITLAR BADNOM, QANCHADAN-QANCHA OILALAR XONAVAYRON BO’LMAGAN DEYSIZ.
Birda o’rtog’imning dadasi:
- Og’ayningga nasihat qilib qo’ymasang bo’lmaydi,- deb murojaat qilib qoldi. — Ichaverganidan xotini ham ketib qoldi, - dedi u.
- O’zim sizga uchrashmoqchi bo’lib yuruvdim, - deb gapni ilib ketdim men. — O’rtog’imni ichmasin desangiz, oldin siz ichkilikni tashlashingiz kerak, axir aytadilar-ku, ot izini toy bosar, deb.
- E, mening yo’rig’im boshqa. Men frontavik bo’lsam, og’aynilar bilan uchrashganda ichmaslikning ilojisi yo’q. ular axir QATTIQ RANJIYDILAR!!!
Amakining javobidan men lol bo’lib qoldim. Beixtiyor ko’ziga tik qaragancha, hayolga cho’mdim. Bir paytlar bu odam halq ta’limi a’lochisi, shahardagi eng katta maktablardan birining direktori edi. Odamlar uni tanishlari bilan fahrlanishardi. Endigi ahvoliga qarang! Sharmanda bo’lish hech narsa emas ekan-da.
Har qanaqa pand-nasihat befoyda ekanini ich-ichimdan his etib, savol berdim:
-   Domla, siz til va adabiyotdan dars bergansiz-a?
-   Voy, gapingni qara. O’zingni ham o’qitganman-ku.
-   Ha, yodimda. Endi ayting-chi, AROQ so’zining teskarisiga o’qisa, nima bo’ladi?
-   QORA.
-   Ha, balli, bilarkansiz. Uning ishi qoradan ham qora. Buni o’g’lingizga ham tushuntirib qo’yaman, - dedim-da, vaqtim ziqligini bahona qilib, jo’nab yubordim.

Omonulloh Mutal
"œMusulmonlar taqvim kitobi" IV chorak
1999 yil (1420 h.y.)
Nom: Re: Aroqxo'rdan hamma bezor
Yuborildi: Huseyn 24 Noyabr 2007, 16:37:05
Qiziq holat:
1voqea:
Bir kursdoshimiz to'yida stolga aroq qo'ydirmadi. Bunga erishish uchun qavmu qarindoshlari iblan necha marta san-manga borganiga ham guvoh bo'lganman. Lekin, to'yi juda fayzli o'tdi. Ba'zilar aroq yo'qligi uchun kelmadi. Kelganlar esa ikkala yoshning oilasini hurmat qilib, kelgan edi. To'y bahona kursdoshim kim haqiqiqy do'st, kim tuziga, mol-mulkiga do'st ekanligini tanib oldi. 
2 voqea
Tog'lik tumanlardan birida ham kursdoshimizning to'yiga bordik. Mehmonlarning hurmati uchun aroqni qalashtirib tashlashdi. Hamma shirakayf. To'y yakuni janjal bilan o'tdi. qishloq yigitlari shaharlik mhmonlarni ayamay do'pposladi. Natijada, bugun osha kursdoshimizdan aksar mehmonlar arazlab yurbdi. Eng yomoni, insonning umrida bir marta bo'ladigan baxt kechasi ana shunday yoqimsiz xotiralar bilan qalbida muhrlanib qoldi. 
Nom: Re: Aroqxo'rdan hamma bezor
Yuborildi: JaviK 25 Noyabr 2007, 07:41:47
men bir voqeani o`qigan man bir kishi ulfatlari bilan kun ora (2 kunda 1) o`tirishib ichishar ekan. bir kuni o`sha kishi ulfatlarini kuzatib uyga kirsa otasi bu ish yahshimasligini aytibdi. shunda u kishi otasini rosa do`pposlabdi, ulfatlar to`planaveribdi, otasi birornarsa desa o`g`il otasini uraveribdi. bir kuni u kishi ulfatlari kelishiga taraddi ko`rayotgan ekan, o`g`li kelib aroqdan ho`plagan ekan, otasi nimaga bunday qilding deb so`rabdi, shunda o`g`il men ham aroq ichinni o`rganaman katta bo`lsam aroq ichib bobomni qanday urgan bo`lsangiz men ham sizni uraman debdi. shunda ota ichinni va ulfatlar bilan to`planishdan voz kechibdi,
bu hkoya bilan nima demoqchiman aroqho`r adamni ham bu yo`lidan qaytarish mumkun, sen aroqho`rsan deb chetga chiqarish to`g`rimikin?
Nom: Re: Aroqxo'rdan hamma bezor
Yuborildi: Foniy 26 Noyabr 2007, 11:14:54
Assalomu alaykum!
Rasuli akram(s.a.v.) dedilar: "Aroqdan saqlaninglar, chunki u barcha yomonliklarning kalitidir."
Aqlli insonlar oldin ichib yurgan bo'lsalar ham bu narsaning moddiy va ma'naviy zararlarini ko'rib, tavba-tazarru qilib ichmay ketishadi.
Nom: Re: Aroqxo'rdan hamma bezor
Yuborildi: Robiya 28 Dekabr 2007, 13:33:43
Olim, fozil Rizouddin ibn Faxruddin aytadi:
-Xotini va bolalari bor odam qadahga quyilgan ichkilikni qo’liga ko’tarsa, nima so’zlarni so’zlay oladi? Tili so’zlamasa ham dili ushbu so’zlarni aytadi: "œEy aziz oilam, sizlarga qoldirib ketadigan davlatim yo’q, dunyoda nima topgan bo’lsam, ushbu shisha bilan qadah hammasini bitirdi".
  Odam bolasi aqlli, g’ayratli bo’lib dunyoga keladi, lekin uning aqlini, g’ayrat va ijtihodini ichkilik bitiradi. Dunyoda har narsani aksincha ko’rsatib turuvchi narsa ichkilikdir. Yaxshini yomon, yomonni yaxshi, kattani kichik, kichikni katta, ozini ko’p, ko’pni oz ko’rsatuvchi ichkilikdir. Bir kishiga ichkilik qadahini beruvchi odam u bechoraning vijdonini va bir oilaning umidini o’ldirib, eng buyuk jinoyat qilgan bo’ladi.
  Ichkilik zarari otadan bolaga yuqadi, ya’ni bolaning tani yoki aqli kuchsiz bo’ladi. Ichkilik ichuvchi odam kishiga ishonmaydi, biror ishga qaror bera olmaydi, iroda va niyati butunlay to’xtaydi.
  Olimlardan Maqsudiy aytadi:
-Birodarlar, dushmanlaringizdan qo’rqmang, shikoyat etmang, ular sizlarga zarar yetkaza olmaydilar, chunki ularning dushman ekanliklarini bilasiz, shuning uchun ham har bir ishingizda ehtiyotkorona harakat qilasiz. Boz ustiga xalq siz tomonda, dushman nima so’zlamasin, bari bir ishonmaydi. Shunga ko’ra dushmanlaringizdan uncha xavfsiramang, sizlarga asl zarar yetkizadigan kishilar o’z do’stlaringizdir. Qanday do’stlaringiz/ Albatta chin, samimiy do’stlaringiz emas, riyokor, munofiq, tilyog’lamachi do’stlaringizdir. Sizlar samimiy do’stlaringizning so’zlariga emas ko’pincha riyokor do’stlaringizning so’zlariga laqqa tushasizu, ulardan ko’rgan zararingizni hech bir dushmaningizdan ko’rmaysiz, so’zimizning isboti uchun dalil kerakmi? Mana sizlarga bitta dalil:
  Ichkilikka berilgan odam jonli bir qazo, oilasi uchun buyuk bir balodir. Bu bechoraning ichkilikka mukkasidan ketishiga kimlar sababchi bo’ldi/ Dushmanlarimi? Hechda. Odam o’g’li ichishga dushmanlaridan o’rganmaydi. Hech bir dushman o’z dushmaniga:
-Qani yur, yuzta — yuzta qilib, ko’nglimizni ochib kelaylik, - deb dushmanining qo’lidan tutib, uni sudramaydi, bu hammaga ma’lum. U bechorani yuzta — yuztaga undovchi, nihoyat irganchli holga tushishiga sababchi bo’lgan riyokor do’stlaridir. U boyaqish odam sifatidan chiqqandan keyin , uni masxara qilib, songa sanamay kulib yuruvchilar yana o’sha do’stlari bo’ladi.
Nom: Xamr to`g`risida
Yuborildi: Foniy 08 Fevral 2008, 10:58:04
Assalomu alaykum!

Baqara surasi, 219-oyat:
يَسْأَلُونَكَ عَنِ الْخَمْرِ وَالْمَيْسِرِ قُلْ فِيهِمَا إِثْمٌ كَبِيرٌ وَمَنَافِعُ لِلنَّاسِ وَإِثْمُهُمَا أَكْبَرُ مِن نَّفْعِهِمَا وَيَسْأَلُونَكَ مَاذَا يُنفِقُونَ قُلِ الْعَفْوَ كَذَلِكَ يُبيِّنُ اللّهُ لَكُمُ الآيَاتِ لَعَلَّكُمْ تَتَفَكَّرُون

"Сендан хамр ва қимор ҳақида ссрарлар. Сен: «Иккисида катта гуноҳ ва кишилар учун манфаат бор ва гуноҳлари нафларидан каттадир», деб айт. Ва сендан нимани нафақа қилишни ссрарлар. Сен:«Ортиқчасини», деб айт. Аллоҳ шундоқ қилиб сизга Ўз остларини баён қилади. Шосдки тафаккур қилсангиз."
(Остдаги «хамр» ссзини ичкилик, ароқ ёки вино деб таржима қилмадик. Чунки «хамр» ссзи умумий бслиб, истеъмол қилган кишининг ақлини тссувчи, съни, бир оз бслса-да таъсир стказувчи барча нарсага айтилади. Бунинг ичига наша, қорадори, кскнори ва бошқалар ҳам киради.Дунёда адолат срнатиш, ер юзида Аллоҳнинг халифаси бслиш вазифаси юклатилган шахс ароқхср ёки қиморбоз ва молини носрин сарфлайдиган бслиши мумкинми? Албатта, йсқ. Ҳолбуки, хамр ичиш, қимор сйнаш ва носрин нафақа қилиш ҳоллари жоҳилист вақтида кишилар ҳаётига сингиб кетган сди. Хамрсиз ҳаётни тасаввур қила олмас сдилар.)

Niso surasi, 43-oyat:
يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُواْ لاَ تَقْرَبُواْ الصَّلاَةَ وَأَنتُمْ سُكَارَى حَتَّىَ تَعْلَمُواْ مَا تَقُولُونَ وَلاَ جُنُباً إِلاَّ عَابِرِي سَبِيلٍ حَتَّىَ تَغْتَسِلُواْ وَإِن كُنتُم مَّرْضَى أَوْ عَلَى سَفَرٍ أَوْ جَاء أَحَدٌ مِّنكُم مِّن الْغَآئِطِ أَوْ لاَمَسْتُمُ النِّسَاء فَلَمْ تَجِدُواْ مَاء فَتَيَمَّمُواْ صَعِيداً طَيِّباً فَامْسَحُواْ بِوُجُوهِكُمْ وَأَيْدِيكُمْ إِنَّ اللّهَ كَانَ عَفُوّاً غَفُوراً

"А­й иймон келтирганлар! Маст ҳолингизда—то айтаётган гапингизни биладиган бслмагунингизча, намозга сқинлашманг ва жунуб ҳолингизда ҳам то ғусл қилмагунингизча. Магар йслдан стувчи бслса, майли. Агар бемор ёки сафарда бслсангиз ёки сиздан бирингиз таҳоратхонадан келса ёхуд аёлларга сқинлашган бслсангиз-у, сув топа олмасангиз, покиза тупроқ-ла тасммум қилинг. Бас, юзингизга ва қслларингизга масҳ тортинг. Албатта, Аллоҳ афв ва мағфират қилувчи зотдир."
(Бу ости каримада кспгина ҳукмлар мужассам топгандир. Шу билан бирга, ароқни ҳаром қилиш йслида татбиқ қилинган чоранинг сна бир босқичи ҳамдир. Таҳорат ва ғуслга сув топилмаса, тоза тупроқ-ла тасммум қилинади. Шунингдек, сув тегиши билан касаллиги кучайиб кетадиган беморларга ҳам тасммумга рухсат. Яъни, таҳорати йсқ одам таҳоратни нист қилиб тасммум қилса, таҳорат срнига стади. Жунуб одам ғуслни нист қилиб тасммум қилса, ғусл срнига стади.)

Moida surasi, 90-oyat:
يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُواْ إِنَّمَا الْخَمْرُ وَالْمَيْسِرُ وَالأَنصَابُ وَالأَزْلاَمُ رِجْسٌ مِّنْ عَمَلِ الشَّيْطَانِ فَاجْتَنِبُوهُ لَعَلَّكُمْ تُفْلِحُونَ

"А­й иймон келтирганлар! Албатта, хамр, қимор, бутлар ва (фол очадиган) чсплар ифлосдир. Шайтоннинг ишидир. Бас, ундан четда бслинг. Шосдки, нажот топсангиз."

Moida surasi, 91-oyat:
إِنَّمَا يُرِيدُ الشَّيْطَانُ أَن يُوقِعَ بَيْنَكُمُ الْعَدَاوَةَ وَالْبَغْضَاء فِي الْخَمْرِ وَالْمَيْسِرِ وَيَصُدَّكُمْ عَن ذِكْرِ اللّهِ وَعَنِ الصَّلاَةِ فَهَلْ أَنتُم مُّنتَهُونَ

"Албатта, шайтон хамр ва қимор туфайли ораларингизга адоват ва ёмон ксришликни солишни ҳамда сизларни Аллоҳнинг зикридан ва намоздан тссишни хоҳлайди. А­нди тсхтарсизлар?!"
(Аллоҳ таоло бу икки нарсани—хамр ва қиморни «ифлослик ва шайтоннинг иши», деб атамоқда. Аллоҳ Ўз бандаларига меҳрибон бслгани учун уларни ифлослик ва шайтоннинг ишидан қайтаради. Аопок таомларни зарарли бслгани учун ҳаром қилганидек, ифлос ишларни ҳам бандаларига зарарли бслгани учун ҳаром қилади. Ушбу ости каримада зикр қилинган ароқ билан қиморнинг зарарларидан иккинчиси—улар одамларни Аллоҳнинг зикридан ва намоздан тссиши. Бу маълум ва тушунарли ҳол. Ароқхсрнинг ароқ ичишининг сзи Аллоҳни ссламаслигига далил. Ичиб маст бслиб олгандан кейин сса, умуман ссга олмайди. Аамоз ҳам, бошқа ишлар қатори, ароқхсрнинг ссидан чиқади. Шунингдек, қиморга берилиб кетган қиморбоз Аллоҳнинг зикрини ҳам, намозни ҳам унутади. Бу нарса ароқ ва қимор келтирадиган зарарларнинг снг каттасидир. Бошқа жиностлар шу унутишдан келиб чиқади.)

www.quran.uz