forum.ziyouz.com

Jamiyat va inson => Pazandalik => Turk oshxonasi => Mavzu boshlandi: Ansora 08 Yanvar 2012, 12:53:27

Nom: "Quyosh" bo'reg'i
Yuborildi: Ansora 08 Yanvar 2012, 12:53:27
 :asl3:

(http://s017.radikal.ru/i441/1201/f0/fb20172c7f0a.jpg) (http://www.radikal.ru)

Nom: Re: "Quyosh" bo'reg'i
Yuborildi: Ansora 08 Yanvar 2012, 19:09:25
Manba: http://cahidejibek.wordpress.com/2011/10/13/mayali-hamurdan-gunes-borek/

Xozircha shularga qarab turinglar, vaqt bo'lishi bilan yozaman inshalloh:)

(http://s018.radikal.ru/i505/1201/4d/0644fa2f3b1a.jpg) (http://www.radikal.ru)


(http://s018.radikal.ru/i512/1201/6f/8210cbd6ca5a.jpg) (http://www.radikal.ru)
Nom: Re: "Quyosh" bo'reg'i
Yuborildi: Ansora 10 Yanvar 2012, 17:46:11
 :asl3:

"œQuyosh" bo’reg’i

Masalliqlar:


"¢   2 stakan sut
"¢   1 stakan qatiq
"¢   1 stakan kungboqar yog’i
"¢   2dona tuxum (birining sarig’ini ustiga surtish uchun ajrating)
"¢   0.5 qoshiq quruq xamirturush (droja)
"¢   2 qoshiq shakar
"¢   1 qoshiq tuz
"¢   8 stakan un

Kartoshkali ich uchun masalliqlar:

"¢   4 dona qaynatilgan kartoshka
"¢   100 gr. brınza yoki tvorog
"¢   Yarim bog’ petrushka yoki ukrop
"¢   Murch, zira, garmdori.


Hamirga surtish uchun:

150 gr. Eritilgan saryog’


Tayyorlanishi:

"¢   Xamir masalliqlaridan yumshoq xamir qoring.
"¢   Ustini yopib, biroz kuting (30 daqiqa)
"¢   Shishgan xamirni ikkiga bo’ling. Birini unchalik ingichka bo’lmagan holda yoying.
"¢   Ustiga eritilgan saryog’dan mo’l surting. Konvert shaklida buking.
"¢   Ikkinchi zuvalani ham xuddi shunday yoying.
"¢   Ikkinchi xamirni yoyarkansiz, ilk xamirni muzlatgichga solib qo’ying. Ikkinchi xamirni yoyib, bo’lgandan keyin ilk xamirni chiqarib, narigisini muzlatgichga qo’ying.
"¢   Ilk yoygan xamiringizni ustiga va tagiga biroz un sepib, to’rtburchak shaklida yoying.
"¢   Ustiga saryog’ surtib, kartoshkali ichdan hamma joyiga teng yoying.
"¢   Chetlaridan boshlab rulet qiling va yog’li qog’ozni ustida ruletning uchlarini teshik kulchaday birlashtiring.
"¢   Qog’ozning ustida dumaloq non —teshik kulcha shaklini buzmasdan tilim tilim kesing. Qog’oz bilan birgalikda listni ichiga soling ki, shakli buzilmasin.
"¢   Ustiga tuxum sarig’i va qatiq aralashmasidan surtib, sedana seping. Yopiq bir joyga xamir ko’pishi uchun 1 soatga qoldiring.
"¢   Narigi xamirga ham xuddi shularni qiling.
"¢   200 darajalik duxovkaga soling. Qizara boshlaganda darajani 170 ga tushiring, ichi xamir bo’lib qolmasin.
"¢   Anorday qizargan bo’rekni duxovkadan chiqaring va 20 daqiqa kutgandan keyin kesib, dasturxonga torting.

Kartoshkali ichning tayyorlanishi:

"¢   Kartoshkalarni qaynatib pishirgandan keyin, po’stini arching, kichik, to’rtburchak shakllarda to’grang.
"¢   Brınza yoki tvorogni qirg’ichdan o’tkazib, yoki ezib, kartoshkaga aralashtiring.
"¢   Petruska yoki ukropni to’g’rang. Ichiga biroz murch va zira soling. Agar achchiq yoqsa garmdori soling va aralashtiring.


Yoqimli ishtaha:)