forum.ziyouz.com

Jamiyat va inson => Biznes => Mavzu boshlandi: muxlisa 12 Yanvar 2012, 16:52:27

Nom: Biznes haqida aforizmlar
Yuborildi: muxlisa 12 Yanvar 2012, 16:52:27
Biznesga tegishli maslahatlar, nasihatlar, aforizmlarni yozib boramiz.


Yer sotib oilng, u endi ishlab chiqarilmaydi. Mark Tven.

Puldan ham muhimroq narsalar bor, lekin u narsalarni pulsiz sotib ololmaysan. Prosper Merime.

Boy odamlarning eng katta siri shundan iboratki, ular boylik nima bilan o'lchanishini bilishadi. Boylik pul bilan o'lchanmaydi, boylik vaqt bilan o'lchanadi. Robert Kiyosaki.

Biznesda sen yoki pul topasan, yoki tajriba. Sen tajribani ol, pul esa o'zi keladi. Garold Jenin.
Nom: Re: Biznes haqida aforizmlar
Yuborildi: muxlisa 12 Yanvar 2012, 18:36:14
Tabassum qilishni bilmaydigan odam, tijorat bilan shug'ullanmasligi kerak. Xitoy maqoli.
Savdodagi yaxshi muomala birinchi o'rinda turadi, sovuq muomala qilgan sotuvchiga odam qaytib borgisi ham kelmaydi.

Farzandlariga mehnatsevarlikni o'rgatgan odam, ularga meros qoldirgandan ham ko'ra  yaxshiroq ta'minlaydi. Richard Ueytli.
Manimcha, yaxshi meros ham ortiqchalik qilmasa kerak:)..


Yaxshi qaror - tajriba samarasi. Tajriba esa - yomon qarorlar samarasi. Uolton Riston.
Xatolar sababli o'rganamiz degandek gap ekan...
Nom: Re: Biznes haqida aforizmlar
Yuborildi: MUSLIM_uz 12 Yanvar 2012, 20:07:48
Uzing ishlap 10so'm topmastan odam ishlatip 5 so'm topishni urgan shunda senda aqlingni ishlatip pul topishga imkon buladi
Nom: Re: Biznes haqida aforizmlar
Yuborildi: Safida 12 Yanvar 2012, 21:19:37
Hitoyliklar shunde deyisharkan "Eshikning zanjiri qimirlab turgani uchub zanglamaydi"
Nom: Re: Biznes haqida aforizmlar
Yuborildi: Safida 12 Yanvar 2012, 21:29:05
Nasixat ,biznes faqat xalollik ustiga quriladi.
Nom: Re: Biznes haqida aforizmlar
Yuborildi: azizbek_mx 12 Yanvar 2012, 21:39:31
ish bilganga ön tanga, til bilganga ming tanga
Nom: Re: Biznes haqida aforizmlar
Yuborildi: Aqoid 13 Yanvar 2012, 04:29:05
Baliqni yaxshi ko'rgan insonga baliq olib berormasdan, baliq tutishni o'rgatib qo'y.
(xitoy xalq maqolining remix varianti)
Nom: Re: Biznes haqida aforizmlar
Yuborildi: Humayro 13 Yanvar 2012, 09:18:21
Umar r.a._ning: "Shariatimizni bilmaydigan odam, bozorlarimizda savdo qilmasin" - mazmunda gapi bor.

Barakatning 10-dan 9 bo'lagi tijoratda bo'ladi (albatta halol tijoratda).

Tijorat bilan shug'ulanadigan musulmonlar shariat hukmlarini ayniqsa sudxo'rlik va ribo mavzusini, uning turlarini, ribo va sudxo'rlikdan qanday saqlanishni yaxshiroq o'rganishlarini tavsiya qilaman.

Barakat Allohdan.
Nom: Re: Biznes haqida aforizmlar
Yuborildi: muxlisa 15 Yanvar 2012, 08:04:43
Har qanday yutuq turi uchun qat’iyatchalik boshqa biror muhim sifat bor deb o’ylamayman.

Jon Devison Rokfeller.

Hayotda inson uchun muvaffaqiyatning sirlaridan biri, qulay vaziyat kelganda undan foydalanmoqlikka tayyor turishdir.

Aleksand Dyuma-o'g'li.
Nom: Re: Biznes haqida aforizmlar
Yuborildi: Secret 15 Yanvar 2012, 11:33:08


  Ilgarilari tabiati boy mamlakatlar eng badavlat mamlakatlar hisoblanardi, endilikda odamlari g‘ayratli bo‘lgan mamlakatlar — badavlat hisoblanadi.  G. BOKL