forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Umumiy => Mavzu boshlandi: Donishmand 13 Yanvar 2012, 19:29:24

Nom: Eng, eng, eng birinchi xotiralar...
Yuborildi: Donishmand 13 Yanvar 2012, 19:29:24
Assalomu alaykum!
Manam bir mapzu ochay...
Endii, bu mavzuda yoshlikdagi eng birinchi hotiralarni yozamiz. Ya'ni esingizda qolgan yoshligingizning eng, eng, eng... kichiklik payti.
Haligi, aytishadi-yu "aqlimni taniganimda..." deb.

Bismilloh deb o'zim boshlab beraqolamanakanda endi:

Beshikka belab qo'yishlarini elas-elas eslayman. Huddi qafasga tushganday bo'lardim. "Dod" deb yig'lardim-u, ohiri taqdirga tan berib uhlab qolardim.
Belanchakka solishlarini aniqroq eslayman. Belanchak chuqur bo'lardi. Yotqizishsa osmon ko'rinardi holos, atrof ko'rinmasdi. Men belanchakda osmonni kuzatib yotarkanman, atrofdagi odamlarning tovushlari eshitilsa qaramoqqa shunaqangi istak paydo bo'lardiki, ichimga sig'masdim, "dod" degim kelardi. Bunda ham huddi qafasga tushgandek. Ammo qarolmasdim.

Katta bo'lib farzandlik bo'lgach shulardan hulosa chiqarib bolamni beshikka belatmadim (bir oycha belashdi ammo, mensiz), belanchakka solishsa, uni chuqur qildirmadim, bolam atrofni kuzatib yotadigan darajada qildirdim.

Forumdoshlar, sizchi? Bolaligingizning ongingizda qolgan eng avvalgi hotiralarini qanday eslaysiz?
Nom: Re: Eng, eng, eng birinchi hotiralar...
Yuborildi: Музаффар 13 Yanvar 2012, 21:00:40
Мани снг снг снг сски хотирам сса, қандайдир касал бслиб қолганимда касалхонага олиб боришгани сди. Машина, машина бинони олдида тсхтайди. Кейин укол қилишган. Мис винчестеримдаги снг сски файл мана шу. Яна сски хотиралардан: сйнаб ётиб, дсхтир буюрган қандайдир дорини хаммасини ичиб қсйганман. Кейин сна касалхона, дсхтирлар, бурнларимга шланкалар улаб, оёқ қслимни махкам боғлаб ошқозонимни ювишган....
Nom: Re: Eng, eng, eng birinchi hotiralar...
Yuborildi: MUSLIM_uz 13 Yanvar 2012, 21:35:17
Mani esta qogan birinchi hotiram bu man uchun juda alamli eslasam manga nisbatan bugan muomilani yomon alam qilb ketadi kuproq eslamaslikka harakat qlaman lekin hechqachon esimdan chqarmayman man unda 4 yosh bugan busam kera haligacha tushunolmayman mani aybim nima buganini...
Nom: Re: Eng, eng, eng birinchi hotiralar...
Yuborildi: azizbek_mx 13 Yanvar 2012, 22:08:23
ehhh... Man bolaligimni eslasam, eng eski tasmalardan sanoqli kadrlargina butun qolgan. Qish kunini eslayman, 4 yoki 5 yosh edim, qor juda qalin yoqqandi, meni (ösha paytdagi) böyimdan ikki barobar qilib kurab qöyishgandi. Oyim, kelinoyim, xolam kurashgan qorni. Biz xolamnikiga chiqib, qordan özimizcha muzqaymoq yasaganmiz.
Birinchi sinfligimda dars qilishdan zerikib, oyimi uxlashlarini kutib, sekin derazadan sakrab qochganim ham esimda.
Yozda xolamnikiga chiqib, shlanka uchiga mixda teshilgan boklajkani kiydirib, krantni ochib özimizcha fontan yasardik, keyin yerga qöyib, ustida sakrab chömilardik. Hatto ösha paytda "xit" bölgan Bolalar guruhining "nega unday qilding sen" qöshigini tushunib-tushunmay xirgoyi qilganim ham esimda. Yana, shu qöshiqni eslasam ham bolalik vaqtlar esga tushadi.
Keyin, bolalikdagi qiliqlarimizdan, köp xirgoyi qib yurardim, sözlarini buzsamam aytib yuraverardim qulog'imga örnashgan ashulalarni, yana, qöshni bolalar bilan ariqdan itbaliq tutardik, qurbaqalar... :D
xullas shunaqa gaplar.
Aytganday, bir kuni, svet öchgan edi, kechki ovqat ustida oilaviy ötiribmiz, qachon yonarkin svet deb, özimcha "aynayni-shaynayni svet yon!" desam lip etib yongandi, hamma kulib yuborgan :D
Nom: Re: Eng, eng, eng birinchi hotiralar...
Yuborildi: azizbek_mx 13 Yanvar 2012, 22:14:15
bir esga tushganda yozib tashlay, keyin esimdan chiqib qoladi :)
yana bir marta svet öchganda qiziq holat bölgan. Ötiribmiz, svet qachon yonarkin deyman haliyam. Elektroset tel.raqamini bilvolganmiz, qöng'iroq qildim: allo, elektrosetmi?
Ha!- javob keldi, oyim esa hay-haylab nimadir dedilar, tushunmadim (ösha paydan beri pastroq eshitaman :) ).
...joyga qachon tok berasilar?
Tok berdikku, svet yongan!
Qarasam lampochkalar yoniq, tv ham yoniq, meni hayolimga örnashib qolgan ekan, svet yöq degan gap ))))
Nom: Re: Eng, eng, eng birinchi hotiralar...
Yuborildi: azizbek_mx 13 Yanvar 2012, 22:19:50
amakim bilan bir devor qöshni edik. Hovli ichidan bir biriga ötish uchun eshik hajmida teshik ochilgan. Amakimni men tengi qizlari bor, juda shöx, chayir, olov... Men bölsam, dömboqqina, beg'amxöja... Doim urishib yurardik, lekin urishmasak darrov zerikardik. Uni dastidan yuzlarim ilon izi bölib ketardi. Bir kuni, men özim eslolmayman, akalarim aytib berishgan, meni barmog'imni tishlab olgan ekan, uyga yig'lab qaytibman. Meni körib ikkala akam amakimnikiga chiqib, qiz "bezori"ni rosa quvib, axiyri tutvolib, barmog'ini tishlab chiqishgan ekan, bir gap ochilsa shundan yumalavolib kulamizda...))))))
Nom: Re: Eng, eng, eng birinchi hotiralar...
Yuborildi: ree7 14 Yanvar 2012, 00:49:13
Men kichkinaligimda suratga tushishdan qo'rqardim. Rasmni ichida qolib ketaman deb o'ylardim. :) O'shanda adashmasam 3 yosh atrofida bo'lsam kerak. Toshkentda zooparkda lamani oldida (uni lama ekanligini keyin aytib berishgan)) meni rasmga tushirmoqchi bo'lishganda ko'nmasdan yig'laganimni elas-elas eslayman. Shu sabab bo'lsa kerak, esimni tanigunimcha bo'lgan davrimda tushgan suratlarim deyarli yo'q.
Nom: Re: Eng, eng, eng birinchi hotiralar...
Yuborildi: Aqoid 14 Yanvar 2012, 04:21:01
Men avvalo Donishmand do'stimizga rahmat aytaman,yoshlik xotiralarini yarim kechada eslatgani uchun.
Endi xotiralarni bir-bir eslasam, bari salbiylari esga kelyapti. Paykalga borib tarvuz o'g'irlardik,(qorovul opoqim-bobom onamning dadalari, Alloh rahmatiga olsin.) ushlanib qolardik. Oyog'imizdan osib qo'yardi daraxtlarga.
Yoshlikda chap oyog'imning boshmaldog'ini sigir bosib olgan. Mana 25 yildan oshdi shu voqeaga,haliyam bechora tirnoq plastik jarroxlikka muhtoj. Tuzalib ketishi mumkin ediyu, talabalikda zam dekan futbolda aynan o'sha barmoqni bosib olgan. Ilk jarohat bundan og'riqsiz bo'lgandi. Zam dekanimiz ham salkam 150 kg ediyov.
Nom: Re: Eng, eng, eng birinchi xotiralar...
Yuborildi: Ansora 14 Yanvar 2012, 13:28:05
Valaykum assalom.

Mening eng birinchi xotiram unchalik eski emas:) 4-5 yoshlarimdagi, chunki yonimda singlim bor edi, mendan 2 yosh kichkina, keyin qo'shnini qiziyam bormidi, aniq esimda yo'q.

Qo'shnimizni o'g'li urmoqchi bo'lgandi bizni, ularni olib hovlidan qochgandim:) lekin judayam qo'rqqanman...

Hech kim Ibn Sinoday eslay olmasa kerak:) biroz katta bo'lganida onasiga, ona, men kichkinaligimda nimaga osmon boshqacha edi, kataklar bor edi, deganda onasi, hayratga tushib, bolam sen uni eslaysanmi, sen hali chaqaloq eding, senga pashsha qo'nmasin, deb to'r parda bilan yopib qo'ygandim beshiging  (yoki belanchagingni) degan ekan...bekorga olimmasda Ibn Sino:)
Nom: Re: Eng, eng, eng birinchi xotiralar...
Yuborildi: muxlisa 18 Yanvar 2012, 19:31:25
Yaxshi mavzu-ku o'zi, lekin aksar postlar "ilk dahshatlarim"dan bo'libdi:)

Endigi gal yaxshi, yaxshi xotiralardan yozinglar:)

Xotiralardan eeeng uzoqqa borishga harakat qildim va topganlarim quyidagicha bo'ldi:

Kichkinaligimda adam manga arg'imchoq qurib berganlar. Oddiy. Daraxtga arqon bog'lab, otirishga taxtacha o'rnatganlar...
Hayotimdagi birinchi parvozim :D
Tepaga chiqqanimda qo'shni hovli ko'rinardi... Endii arg'imchoqda uchish qanaqa mazzaligini  ta'riflash qiyin. Uni his qilish kerak:)
Keyin-keyin qo'shni o'rtoqlaimni ham chaqiradigan bo'ldim.
Hozir eslasam... ehh
Nom: Re: Eng, eng, eng birinchi xotiralar...
Yuborildi: Muhammad Sanjar 20 Yanvar 2012, 22:30:39
Yoshligimni o'ylab, yodimga tushgan voqealarni vaqti bo'yicha saralagandim, hozircha eng eskisi 4 yoshimde aka bo'gan paytim bo'ldi.
Singlim tug'ilganda dadam bilan birga shifoxonaga ko'rgani borgandik, shu voqeani elas-elas xotirleman.
Faqat bir manzara - deraza ortidan onajonimning bizga chaqaloqni ko'rsatganlari ko'z oldimda turadi xolos, qolgani esimda yo'q..
Nom: Re: Eng, eng, eng birinchi xotiralar...
Yuborildi: Maysara 26 Yanvar 2012, 21:52:10
Mani uch yoshligim esimda, negadir oyimla juda qorinboy edila va ulani ösha paytdagi hansirashlari hanuz qulog'imda. Söng tösatdan g'oyib bölgandila va negadir öyinqaroq akam manga xuddi enagaday mehribon va közquloq böpqoganla. Bir necha kunlardan keyin esa uyimiz rosa mehmonlarga tölgandi va shu bilan birga oyimla mani qöyip bir chaqaloq qizchani kötarib ötirardila.. Kottalani: "mana lala", agar unga tegsam, "iy.. tegma!" diyishligi esimda..
Nom: Javob: Eng, eng, eng birinchi xotiralar...
Yuborildi: Muxsiya 03 May 2013, 13:54:59
Meni birinchi xotiram 2 yowimda dadam bilan roddomga borganman singlim tug'ilganda oyimni ancha kun ko'rmaganimdan rossa sog'inganimdan ko'rishim bilan yerga o'tirvolib yig'laganman