ZiyoUz - Haqiqiy o'zbekona forum

Ilm va ziyo => Ma'rifat => Mavzu boshlandi: Margilanets 06 Sentyabr 2006, 06:28:04

Nom: Davlat tilidagi saytlar haqida
Yuborildi: Margilanets 06 Sentyabr 2006, 06:28:04
uztermbek:

Bu mavzuning ochishdan maqsadim, hozirgi kunda mavjud va yaratilayotgan o'zbek tilidagi veb-saytlar haqida ma'lumot almashish va ularni sizlar bilan birgalikda muhokama qilishdir. Agarda siz Internetda biror e'tiborga sazovor shunday veb-saytlarga duch kelsangiz, boshqa foydalanuvchilarimiz ham bu haqda xabardor bo'lishlari uchun manzilini shu yerda qoldirishingiz mumkin.

- - -

Men o'zim boshlay qolay:
"Акс-Садо" он-лайн газетаси:
http://aks-sado.livejournal.com

"Жонли Журнал"да ташкил этилган ушбу нашрнинг максади ўзбек тилида сўзлашувчи Интернет фойдаланувчилари учун фан тараккиёти, таълим ривожи ва маданий жараёнлар, жамиятимиз хаёти хакида маълумотлар, фикр-мулохазаларни такдим этишдан иборат.
Nom: Re: Davlat tilidagi saytlar haqida
Yuborildi: Margilanets 06 Sentyabr 2006, 06:28:25
AbdulAziz:

Juda yaxshi, mazmunli jurnal ekan.
Boshqalarni ham taklif qilaman.

Taklifim: Jurnal ma'lumotlari asosida sayt yaratish kerak.
Nom: Re: Davlat tilidagi saytlar haqida
Yuborildi: Margilanets 06 Sentyabr 2006, 06:28:37
Shoir:

www.literature.uz

O'zbek adabiyoti haqida juda yaxshi sayt!

Uchta tilda: ingliz, rus va o'zbek tillarida.

Muammolari:
- ochilishi juda qiyin, pastroq tezlikdagi internetlarda umuman ochilmasligi ham mumkin;
- rus va ingliz tilidagi bo'limlari mukammal emas va ma'lumotlari juda kam.
- o'zbek tilidagi bo'limda esa asarlardan namunalar juda kam berilgan.
- yangiliklari 2003 yildan beri update qilinmaydi.
- forumi ham deyarli ishlamaydi.
Nom: Re: Davlat tilidagi saytlar haqida
Yuborildi: Margilanets 06 Sentyabr 2006, 06:29:05
uztermbek:

AbdulAziz ga:

Ha, bu haqda ham o'ylagandim, lekin afsuski, buning uchun ancha vaqt va kuch sarflashga to'g'ri keladi. Hozircha, jurnaldagi yozuvlarni eplab turaylik. Nasib etsa, bir kun kelib sayt ham qilarmiz. Taklif uchun rahmat.

shoir ga:

Ha, bu yaxshi sayt va siz unga bergan baho ham ayni haqiqat. Umid qilib qolamizki, kimdir bu sayt ustida yana ishlaydi va uni boyitadi.
Nom: Re: Davlat tilidagi saytlar haqida
Yuborildi: Margilanets 06 Sentyabr 2006, 06:29:17
shoir:

http://uza.uz/uzb/
O'zbekiston axborot agentligi sayti.

O'zbekiston haqida asosan rasmiy ma'lumotlar beriladi.

kamchiliklari:
- yangiliklar juda kam update qilinadi;
- so'nggi xabarlar ruknida ko'pincha eski xabarlar joy oladi (bir kun oldingi)
- operativlik yetishmaydi.
Nom: Re: Davlat tilidagi saytlar haqida
Yuborildi: Margilanets 06 Sentyabr 2006, 06:29:30
uztermbek;

Holbuki, uza.uz ning rus tilidagi varianti ancha faol, deyarli har kuni yangilalandi...

Yana bir axborot manbasi: http://fikrvafakt.blogspot.com/

Bu yerda O'zbekiston va dunyo bo'yicha siyosat, iqtisodiyot va madaniyat bo'yicha xabarlar qisqacha yoritib boriladi.
Nom: Re: Davlat tilidagi saytlar haqida
Yuborildi: Margilanets 06 Sentyabr 2006, 06:29:46
AbdulAziz:

www.uzreport.com
saytining o'zbekchasi ham tez yangilanmaydi.
Nom: Re: Davlat tilidagi saytlar haqida
Yuborildi: Margilanets 06 Sentyabr 2006, 06:30:02
uztermbek;

www.shov-shuv.uz (Shou-biznes dunyosi haqida so'z yuritiladi)

www.iguzar.com (kattagina portal; bironta milliy web-manbada topilmaydigan imkoniyatlar mavjud; ijtimoiy mavzudagi qiziqarli maqolalar chop etiladi)

www.press-uz.info (bunisi jiddiyroq; yosh jurnalistlar klubi veb-sayti; TDJTU katta o'qituvchisi To'lqin Eshbek rahbarligida tashkil etilgan va faoliyat yuritadi; hukumatga oppozitsiyada bo'lgan kuchlar nashrlariga munosib javob berayotgan yagona Internet manbasi desak adashmaymiz).
Nom: Re: Davlat tilidagi saytlar haqida
Yuborildi: Margilanets 06 Sentyabr 2006, 06:30:16
muxbir:

Shov-shuv.uz - butun g'iybat, oldi qochdi, milliy "pornografiya"dan iborat sayt! >:(

Iguzar.com - dizayni uncha yaxshi emas. Balki birinchi "portal" bo'lgani uchunmi juda ko'p defektlari bor. "Ko'chirmachilik" illatini AbdulAziz chiroyli qilib ochib bergan edilar.
Nom: Re: Davlat tilidagi saytlar haqida
Yuborildi: Margilanets 06 Sentyabr 2006, 06:30:30
uztermbek:

Buni qarang, bu saytlarning ichini ko'zdan kechirib chiqmagan ekanman. 'Shov-shuv'ning-ku shundayligidan xabarim bor, bosh sahifasiyu nomlanishining o'zi shundan dalolat berib turibdi.
Ha, endi bular milliy Internetdagi 'sariq' manbalar-da.
Nom: Re: Davlat tilidagi saytlar haqida
Yuborildi: Margilanets 06 Sentyabr 2006, 06:30:44
shoir:

http://nafosat.freenet.uz

Muhabbatli ko’ngillarga bag’ishlangan juda ajoyib sayt. Sizlarga ham tavsiya etaman.
Nom: Re: Davlat tilidagi saytlar haqida
Yuborildi: Margilanets 06 Sentyabr 2006, 06:31:00
margilanets:

Man bugun bitta sayt ko'rib qoldim:
http://myp.uz/adabiyot/index.php

Sizlarga qaysidir saytning ko'chirmasini eslatmayaptimi?
Yana tag'in "portal" deb nomlab olishganini qarang.
Ko'chirmachilik ham evi bilan-da!
Nom: Re: Davlat tilidagi saytlar haqida
Yuborildi: Margilanets 06 Sentyabr 2006, 06:31:16
Feruzabegim:

Alisher Navoiy haqida ma'lumot izlab, bu saytni topdim, ingliz tilida bo'lsada yaxshi sayt. Kelajakda kimga kerak bo'lsa, ishlatishlari mumkin har xil proyektlar uchun:
http://www.umit.maine.edu/~asrorbek.toshev/ghazal.htm
Nom: Re: Davlat tilidagi saytlar haqida
Yuborildi: Margilanets 06 Sentyabr 2006, 06:31:34
shoir:

Sevimli shoirimiz Xurshid Davron sayti:

http://khurshiddavron.wol.bz/

+ http://xurshiddavron.madaniyat.uz/
Nom: Re: Davlat tilidagi saytlar haqida
Yuborildi: Margilanets 06 Sentyabr 2006, 06:32:23
http://www.htwm.de/truziboy/adabiyot/adabiyot.htm

http://aks-sado.livejournal.com/772.html
Nom: Re: Davlat tilidagi saytlar haqida
Yuborildi: Margilanets 06 Sentyabr 2006, 06:32:40
uztermbek;

UzNet zonasida ishlovchi qidiruv xizmatlari:

www.uzpoisk.com
www.search.uz
www.vse.uz
http://search.re.uz/
http://voydod.uz/
www.doda.uz
Nom: Re: Davlat tilidagi saytlar haqida
Yuborildi: Margilanets 06 Sentyabr 2006, 06:34:11
maknuna:

Lekin bularning hammasi rus tilida ekan...
Nom: Re: Davlat tilidagi saytlar haqida
Yuborildi: Margilanets 06 Sentyabr 2006, 06:34:27
uztermbek;

Нега энди хаммаси... doda.uz нинг масалан, хам кириллча, хам лотинча ёзувда узбек тилидаги сахифалари бор (утиш юкорида, унг томонда). Лекин, тугри дастлаб юкланадиган сахифа русча...
Биласизми нега шундай булаяпти? Информацион технологиялар, программалаштириш, интернет сахифалари яратиш устида, айника, веб-студияларда ишлаётган ёшларимизнинг купчилиги русизабон, шунинг учун хам уларга уз тилларида яратиш осонрок булаяпти. Шунинг учун хам шу студиялардаги баъзи нуфузли даргохлар ёхуд узбек адибларининг сайтлари хам саводхонлик бобида оксайди ва бу ачинарли. Аммо, тан олиш керак, айнан шуларнинг саъй-харакати сабаб, миллий тармок анча-мунча ривожланиб бораяпти.
Шу мавжуд манбаларнинг узбекча вариантларини ишлаб чикиш учун, менимча, тегишли мутахассисларга мурожаат килинса, матнларни таржима килиш учун ёрдам таклиф килинса, улар йук дейишмаса керак. Келинг (айни шу пайтда бир фикр тугилиб колди...), бир ташаббускор гурух тузиб, унга кунгилли ёшларни жалб килиб, шу ишни ташкил килсак... нима дейсизлар?

Дарвоке, юкоридаги системаларга узбек тилида суров берилса, тегишли сайтларни топиб бера олишади.
Nom: Re: Davlat tilidagi saytlar haqida
Yuborildi: Margilanets 06 Sentyabr 2006, 06:34:37
Assalom:

Juda yaxshi taklif.
Umuman juda ko'p rasmiy o'zbek saytlari ham rus tilida.
Nima osha rasmiy tashkilotlarda faqat ruslar ishlashadimi?

Rus tilida oson, muammo ham kam, shekilli...
   
Nom: Re: Davlat tilidagi saytlar haqida
Yuborildi: Margilanets 06 Sentyabr 2006, 06:35:20
uztermbek:

Ha, darhaqiqat, davlat tashkilotlarining rasmiy saytlarini ko'rsangiz, tepada respublika gerbi, bayrog'i, lekin tili ruscha. O'zbekcha varianti bo'lgan taqdirda ham, ular to'liq emas yoki baribir ruscha sahifalarga qaytib kelaveradi. Juda g'alati holat.
Yana bir bor aytmoqchiman, shu kabi muhim saytlar ustida ishlayotganlar bilan bog'lanib, agar ular o'zbekcha sahifalarni ishlab chiqishga rozi bo'lsa (dastlab yuklanadigan sahifa qilib qo'yilsa, undan ham yaxshi), sayt matnini o'zbekchaga tarjima qilib berish kerak. Bu narsa ayniqsa, tilshunoslik, tarjima fakultetlari talabalari uchun foydali amaliyot bo'ladi. O'zlaringizga qolar gap yo'q, milliy internet mazmunini boyitish uchun, boshqa sohalardan farqli ravishda, hech qanday katta mablag'lar talab qilinmaydi. Sizu bizday yoshlar birikib (bo'sh vaqtimizda) astoydil mehnat qilsak, Uznet bunchalik orqada qolib yurmaydi yoki ruscha yo'nalishda yo'rg'alab ketmaydi. O'zingiz bir o'ylab ko'ring, hozir deyarli hamma soha bo'yicha ma'lumot izlab topsa bo'ladigan Runet ham birdaniga paydo bo'lib qolgani yo'q-ku. Ularning tizimi bizdan sal oldin paydo bo'lgan, lekin yoshlari, ziyoli insonlari bizdan ancha g'ayratliroq shekilli, shunchalik ildamlab ketishgan. Hozir rus tilini yaxshi bilmaydigan yoshlar Internetda rosa qiynalishadi... Bu qachongacha davom etadi?!
Nom: Re: Davlat tilidagi saytlar haqida
Yuborildi: Margilanets 06 Sentyabr 2006, 06:35:32
Assalom;

Gaplarizngizga qo'shilaman.
Keyin ba'zi "Milliy" portallarga ham kirsangiz, "milliy" rus tilidagi ma'lumotlarga ko'zingiz tyushadi. O'zbekcha sahifasi esa yo ishlamaydi yoki "ustaxonada" bo'ladi.

Manimcha bunga sabab, hukumat, unda ishlayotgan millatparvarlarning bu holatdan to'liq xabardor bo'lmayotgani bo'lsa kerak. Aks holda ular bu muammolarni shundoq qoldirishmas edi.
   
Nom: Re: Davlat tilidagi saytlar haqida
Yuborildi: Margilanets 06 Sentyabr 2006, 06:35:45
uztermbek:

Assalom, ko'rib turibman, siz ham ushbu muaamoga aslo befarq emassiz. Umid qilamizki, boshqa do'stlarimiz ham bu muhokamaga qo'shilishadi va birgalashib biron ishga qo'l ursak bo'ladi.
Ma'lumki, bizda bir ishni boshlash uchun qaysidir yuqori idoraning ko'rsatmasi kerak, o'zidan bilib birov bir tashabbus bilan chiqishi, uni amalga oshirishi kam uchraydi. Tegishli mutasaddilarning bexabarligi bor gap, ammo xabardorlariga ham qandaydir qog'oz kerak shekilli, janoblari sukutdalar. Shunday ko'rsatma chiqsin, ko'rasiz, hamma ommaviy ravishda shu ishga yopishadi. Hukumatning qarorlarini kutib o'tirish esa befoyda, buyog'i yoshlarning qo'lida. Ulardan shu daqiqaning o'zida mingtasi Internetda o'tiribdi, har xil saytlarda yurishibdi. Lekin, shu yuqoridagi narsalar haqida o'ylab ko'rishsa, shunga ko'ra ish ko'rishsa yaxshi bo'lardi.
Ayreks xalqaro tashkilotining IATP, School Connectivity dasturlari tomonidan ko'p ishlar qilingan edi. Ular yoshlarga mustaqil ravishda veb-resurslarni yaratishni o'rgatishdi. Bu saytlar .freenet.uz, .connect.uz domenlarida joylashgan. Ularning ko'pchiligi o'zbek tilida. Hozir esa, unday saytlarni yaratish, boyitish o'z qo'limizda.
Mavzudan biroz chetlashdim, shekilli. Xullas, hozirda o'zimizda mavjud sahifalarning o'zbekcha variantlarini qo'llab-quvvtlash haqida fikrlaringizni bilmoqchi edi.
Rahmat.
Nom: Re: Davlat tilidagi saytlar haqida
Yuborildi: Margilanets 06 Sentyabr 2006, 06:36:36
uztermbek:

www.gzt.uz - Gazeta.Uz - Yangi axborot manbasi. Bu loyiha haqida saytda quyidagilar yozilgan:

Bir paytlar jug'rofiy siyosat asoschilari O'rta er dengizini egallagan davlat butun dunyoga egalik qiladi, degan qarashni ilgari surgan edi. Bugungi axborot texnologiyalari yuksak taraqqiy etgan, axborot jamiyati qaror topib borayotgan sharoitda masalaning mohiyati o'zgarib ketdi: kimki axborot tarqatishga egalik qilsa, dunyoning taqdiri o'shaning qo'lida bo'ladi. Bizning bunday maqsadimiz yo'q. Niyatimiz ham shunga yarasha: O'zbekiston va chet ellardagi Internetdan foydalanuvchilarni imkon boricha haqqoniy axborot bilan ta'minlashdir.

Bugun Internetdan foydalanishda g'alati bir tamoyil paydo bo'lyapti. Hatto bir idorada ishlaydigan xodimlar ham bir-biri bilan Internet orqali yozishma qilish bilan birga u yoki bu korporativ loyihalarni Internet-forum orqali muhokama qilayotir.

Internetga bo'lgan bunday qiziqish va uning imkoniyatlaridan foydalanish tamoyilini kuchayib borayotgani bizni www.gzt.uz – mustaqil Internet axborot agentligi tashkil etishga undadi. Uning asosiy maqsadi mamlakatimiz va chet ellarda ro'y berayotgan voqea-hodisalar haqida xabar, informatsiya, tahliliy maqolalar va sharhlar tayyorlab tarqatishdir. Albatta, tovar bo'lgan informatsiya to'liq ob'ektiv bo'lishi mumkin emas. U tarqatuvchisining nuqtai nazarini aks ettirishi tabiiy. Ammo professional etika nuqtai nazaridan u yoki bu ob'ektga nisbatan sub'ektiv munosabatda bo'lishga yo'l qo'yiladi. Binobarin, ro'y berayotgan voqea-hodisalarga o'z nuqtai nazaringdan kelib chiqib, baho berishning yomon joyi yo'q. Shu o'rinda sub'ektivlikni qanday engish mumkin, degan savol tug'iladi. Bizningcha, buning birdan-bir yo'li www.gzt.uz ni – u yoki bu voqea-hodisa haqidagi turlicha qarashlar, talqinlar minbariga aylantirishdir.

Agentlik vebsayti O'zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi ko'magida tayyorlandi.

Agentlik viloyatlarda yashab ijod qilayotgan jurnalistlarni hamkorlikka taklif etadi.
Nom: Re: Davlat tilidagi saytlar haqida
Yuborildi: Margilanets 06 Sentyabr 2006, 06:36:54
AbdulAziz:

Tavba qildim, nima uchun juda ko'p saytlarda ham birinchi bo'lib, o'zbekcha index ochilmasdan ruschasi ochiladi, hayronman... :)
Nom: Re: Davlat tilidagi saytlar haqida
Yuborildi: Margilanets 06 Sentyabr 2006, 06:37:14
uztermbek:

http://press-service.uz/ - bu saytga nima deysiz? :-X
Nom: Re: Davlat tilidagi saytlar haqida
Yuborildi: Margilanets 06 Sentyabr 2006, 06:37:41
AbdulAziz:

Paradoxni qarang.
Milliy matbuot xizmatining sayti dastlab Rus tilida ochiladi.
Nom: Re: Davlat tilidagi saytlar haqida
Yuborildi: Margilanets 06 Sentyabr 2006, 06:37:58
uztermbek;

Afsuslar bo'lsinkim, shunday. Hukumatimizning Internetdagi vakolatxonasi-chi? Bu yerda ham shu holatni ko'rishimiz mumkin:
www.gov.uz
Nom: Re: Davlat tilidagi saytlar haqida
Yuborildi: Margilanets 06 Sentyabr 2006, 06:38:12
uztermbek:

Men biladiganim shu, Maknuna. www.forum.uz ning o'zbek tilidagi mavzulari albatta ko'p, ammo u yerda boshqa tillar elementlari shu qadar aralashtirib yuboriladiki, asti qo'yaverasiz. Yaxshi postlar, mavzular ham uchrab turadi. Muhit, kayfiyat lekin uyoqda butkul boshqacha.
Nom: Re: Davlat tilidagi saytlar haqida
Yuborildi: Margilanets 06 Sentyabr 2006, 06:38:26
AbdulAziz:

www.forum.uz - juda yaxshi forum. Lekin ko'pincha, muammolar muhokamasida biryoqlamalik kuzatiladi.
Til nuqtai nazarida esa u yerda ingliz tili yetakchilik qiladi. Juda ko'p postlar aynan shu tilda.
Men asosan, "Madaniyat va Adabiyot" bo'limiga kiraman. Bu yerdagi mulohazalarning ko'pchiligi milliy tildaligi yoqadi.

Yana bir forum - www.uzforum.com da esa rus tili yetakchilik qiladi. Aksariyat foydalanuvchilar millatimiz vakillari bo'lishsa-da, rus tilida mulohaza bildirishadi.

Mayli, qaysi til bo'lishidan qat'iy nazar bir narsaga alohida e'tibor berish kerak:
- O'zbek tilida ham, fikrni foydalanuvchi qalbiga muhrlay olsa bo'ladi.
- Ba'zilarga o'xshab yarim o'zbek, yarim yevropa tilida gapirish, tilimizga nisbatan hurmatsizlikdir.
- Hamma tushunadigan davrada ham milliy til qolib boshqa tillarda gapirish ham odobdan emas.
Nom: Re: Davlat tilidagi saytlar haqida
Yuborildi: Margilanets 06 Sentyabr 2006, 06:38:38
Abu Muslim:

http://www.hidoyat.uz

http://kukaldash.islam.uz

http://www.fikr.uz
Nom: Re: Davlat tilidagi saytlar haqida
Yuborildi: Margilanets 06 Sentyabr 2006, 06:38:51
Abu Muslim:

Sof o'zbek tilimizda forumlar kam ular ichida mana ushbu forum va bir ikki forum bor halos, qolgan o'zbekcha forumlarda boshqa til na'siri juda kuchli
http://forum.islam.uz forumi O'zbekistoinda birinchi kiril imlosidagi forum bo'lib qolmay balki sof o'zbekcha diniy va milliy qadraytlarimizga asoslangan.
Aslida kiril imlosida forum qilish yoki sayt qilish noqulay (o'ziga yarasha mashaqqati bor)
Shunig uchun ko'pchilik forumni yoki saytni lotincha qiladi yoki kirilchani ishlatsa o'zbek harflaridagi elementlar tushirilib qolinadi.
Nom: Re: Davlat tilidagi saytlar haqida
Yuborildi: Margilanets 06 Sentyabr 2006, 06:41:12
Maknuna:

Alloh qilayotgan hayrli amallaringizni qabul aylasin!
Juda yaxshi forum tashkil qilgansizlar.
Man ham ancha ilm olyapman.
Nom: Re: Davlat tilidagi saytlar haqida
Yuborildi: Margilanets 06 Sentyabr 2006, 06:41:44
uztermbek:

www.uzislam.com

www.halol.uz
Nom: Re: Davlat tilidagi saytlar haqida
Yuborildi: Margilanets 06 Sentyabr 2006, 06:42:01
Uztermbek;

Futbol ishqibozlari uchun:

www.uff.uz
Nom: Re: Davlat tilidagi saytlar haqida
Yuborildi: Margilanets 06 Sentyabr 2006, 06:42:11
shoir:

Navoiy asarlari o'zbek va ingliz tillarida:

http://navoigarden.com/
Nom: Re: Davlat tilidagi saytlar haqida
Yuborildi: Margilanets 06 Sentyabr 2006, 06:42:25
uztermbek;

Katta rahmat, juda go'zal va boy sayt ekan. Buning ustiga yangi...

O'tkir Hoshimov va uning ijodi haqida: http://utkir.edunet.uz/
Nom: Re: Davlat tilidagi saytlar haqida
Yuborildi: Margilanets 06 Sentyabr 2006, 06:42:51
AbdulAziz:

Yoshlarimizni ezgu maqsadlar yo'lida birlashtirgan "Kamolot"ning Toshkent shahar filiali saytini deyarli har kuni televideniyeda reklama qilishyapti. Sayt egalari o'z oldilariga juda ezgu maqsadlarni qo'yganlar. Poytaxt oliy o'quv yurtlari, kutubxonalar haqidagi ma'lumotlar, shuningdek, yoshlarning bo'sh vaqtlarini "maroqli" o'tkazishga ko'maklashadigan ko'ngilochar sahifalar tashkil etishgan.

Saytga kirar ekanman, avvalo e'tiborimni tortgan birinchi narsa bosh sahifaning rus tilida ochilganligi bo'ldi. Asta qidirib, o'zbekcha sahifaga o'tadigan tugmani ham topib oldim. "Kamolot" YOIHining Toshkent shahar bo'limi portali degan yozuvdan keyingi rasmlar xayolimni band etdi. Undagi birinchi va uchinchi rasmda yigit bilan qiz tasvirlangan. Ikkalasida ham qiz miniyubkada. Ikkinchi rasmni ko'rib hushim o'chib ketdi: Katta magnitofon ko'tarib olgan, kiyinishi ham allambalo yigit, tor shim kiyim qornini ochib olgan qizning belidan ushlayapti.

Yoshlarimizni ezgu g'oyalar yo'lida tarbiyalashga ko'maklashayotgan "Kamolot"ning bundayin antireklamalarini qanday tushunish mumkin? Yoki o'zbek yoshlarining mana shunday noo'zbekona holatga tushib qolishlarini istashayotgan bo'lsa?

Saytning boshqa bo'limlariga nazar solamiz. Men qiziqib kirganim badiiy adabiyotlar sahifasida Umar Xayyomning "Ruboiyot"i bilan Abdulla Qahhorning "Nutq" felyetonidan boshqa hech qanday o'zbekcha ma'lumoit topa olmadim. Darsliklar sahifasida ham shu holatni kuzatishimiz mumkin.

Saytning forum, e'lonlar, fotogallereya sahifalari ham ruschada. Musiqa sahifasida esa bironta ham milliy qo'shiqlarimizni uchratmadim. U yerdagi ashulalarning ko'pchiligi chet-el va rus estaradasi qo'shiqlaridir. Yoshlar tarbiyasida musiqaning o'rni beqiyos, lekin menimcha, saytdagi qo'shiqlardan yosh avlod qanday tarbiya olarkin?

Har na bo'lsa ham saytning tashkil etilganligi yaxshi, albatta. Lekin yoshlarning ma'naviyatini bunday sahifalar bilan buzmaslik kerak.
Nom: Re: Davlat tilidagi saytlar haqida
Yuborildi: Margilanets 06 Sentyabr 2006, 06:43:04
uztermbek:

Ha... befarqlik... jinoyatkorona befarqlik...
Nom: Re: Davlat tilidagi saytlar haqida
Yuborildi: Margilanets 06 Sentyabr 2006, 06:43:16
AbdulAziz:

Balki targ'ibdir...
Nom: Re: Davlat tilidagi saytlar haqida
Yuborildi: Margilanets 06 Sentyabr 2006, 06:43:27
uztermbek;

Shunday ham bo'lishi mumkin, Abdulaziz.
Nom: Re: Davlat tilidagi saytlar haqida
Yuborildi: Margilanets 06 Sentyabr 2006, 06:43:43
AbdulAziz:

Birqancha gazetalar o'z saytlariga ega bo'ldilar:
http://www.xs.uz - Xalq so'zi
http://www.uzbekistonovozi.uz/ - O'zbekiston ovozi
http://www.marifat.uz - Ma'rifat
http://www.huquq.uz - Huquq

Bular haqida istagancha tanqid yozish mumkin. Tashrif but\yurgach siz ham bunga ishonasiz
Nom: Re: Davlat tilidagi saytlar haqida
Yuborildi: Margilanets 06 Sentyabr 2006, 06:45:19
Shoyira:

Assalomu alaykum!

Bu forumda juda dolzarb avzular yoritilar ekan. Bunga havasim kelib, bu erdagi barcha hotin qizlarni Ayollar Bekati nomli sahifa bilan ham tanishishga taklif qilmoqchiman. Bu yangi sahifa bo'lib unda Ozbekiston ayollariga tegishli ijtimoyiy va shahsiy muammolar muboxasa etiladi...

http://ayollar.wordpress.com
Nom: Re: Davlat tilidagi saytlar haqida
Yuborildi: Shoxjahon12 06 Sentyabr 2006, 10:40:14
AbdulAziz:

Birqancha gazetalar o'z saytlariga ega bo'ldilar:

http://www.huquq.uz - Huquq



Bu sayt ochilmayapti...
Nom: Re: Davlat tilidagi saytlar haqida
Yuborildi: Nodi 06 Sentyabr 2006, 11:51:18
www.hurriyat.uz - "Hurriyat" gazetasining sayti.
Nom: Re: Davlat tilidagi saytlar haqida
Yuborildi: _Otabek_ 13 Sentyabr 2006, 15:49:24
http://aks-sado.livejournal.com/ - Jurnalning dizayni yangilandi. Fikrlaringizni kutaman.
Nom: Re: Davlat tilidagi saytlar haqida
Yuborildi: AbdulAziz 14 Sentyabr 2006, 07:13:46
http://aks-sado.livejournal.com/ - Jurnalning dizayni yangilandi. Fikrlaringizni kutaman.

yangi dizayn oldingisidan anchayin go'zal chiqibdi. Tabriklayman.
Nom: Re: Davlat tilidagi saytlar haqida
Yuborildi: AbdulAziz 14 Sentyabr 2006, 07:22:55
Otabek, jurnalingizning shoir-yozuvchilar sahifasiga quyidagi yangiliklarni ham kiritsangiz bo'ladi:

www.tohirmalik.uz - Sevimli yozuvchimiz Tohir Malikning sayti.
http://anvarobidjon.narod.ru/ - Ham shoir, ham yozuvchi Anvar Obidjonning sayti.
O'zbek adiblari (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=category&sectionid=18&id=58&Itemid=41) - Adabiyotshunos Sobir Mirvaliyevning "O'zbek adiblari" kitobida XX asr o'zbek adiblari haqida ma'lumotlar berilgan. Kitob 1993-yili chop etilgan.
Adabiyot olami (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=section&id=18&Itemid=41) - Ziyouzning adabiyot sahifasi. Dunyo va o'zbek adabiyotidan namunalar.
Ziyo Uz kutubxonasi (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=blogcategory&id=0&Itemid=35) - O'zbekcha badiiy kitoblar.
She'riyat olami (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=section&id=10&Itemid=49) - Jahon va o'zbek she'riyati namunalaridan bahramand bo'ling.
Nom: Re: Davlat tilidagi saytlar haqida
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 02:00:31
http://xorazm22.narod.ru/

http://techage-girls.connect.uz/shukurova/ayol.html

www.htwm.de/truziboy/uzbek.htm

www.soginch.land.ru

http://karshi115.connect.uz/vohashoirlari/index.html

http://mp3.ziyo.uz/mp3/

http://www.classicmusic.uz

http://ayel.edunet.uz/

http://www.nomozov.uz

http://sherlar.pisem.net/

http://www.kumushoy.narod.ru/
Nom: Re: Davlat tilidagi saytlar haqida
Yuborildi: Nodi 18 Sentyabr 2006, 05:30:23
www.muslimaat.uz
Nom: Re: Davlat tilidagi saytlar haqida
Yuborildi: AbdulAziz 21 Sentyabr 2006, 14:01:43
http://margilon.uz/uz/ - Marg'ilon shahri haqida sayt.
Nom: Re: Davlat tilidagi saytlar haqida
Yuborildi: _Otabek_ 22 Sentyabr 2006, 17:17:07
Iqtibos
yangi dizayn oldingisidan anchayin go'zal chiqibdi. Tabriklayman.
Rahmat!

Iqtibos
http://margilon.uz/uz/ - Marg'ilon shahri haqida sayt.

O'z saytiga ega shaharlarimiz sanoqli, ularning safiga Marg'ilon ham qo'shilgani ajoyib ish bo'libdi. Sahifalaridagi bo'shliqlar esa to'ldiriladi deb umid qilamiz.
Nom: Re: Davlat tilidagi saytlar haqida
Yuborildi: Nodi 24 Sentyabr 2006, 11:10:51
www.iymon.com - Hadislar to'plami
Nom: Re: Davlat tilidagi saytlar haqida
Yuborildi: oka 25 Sentyabr 2006, 08:42:45
O`ZBEK TILIDA
surxon.connect.uz (http://surxon.connect.uz)  Surxondaryo haqida ma`lumot olishingiz mumkin.
meninternet.narod.ru (http://meninternet.narod.ru) HTML haqida o`zbekcha darslik.
odam8.narod.ru (http://odam8.narod.ru)   8 - sinf anotomiyasi o`zbek tilida.

oka

Nom: Re: Davlat tilidagi saytlar haqida
Yuborildi: Nodi 28 Sentyabr 2006, 15:56:22
www.turkiston.uz - Turkiston gazetasi sayti
Nom: Aks-Sado.Info
Yuborildi: _Otabek_ 20 Oktyabr 2006, 15:53:27
Administratorimiz ruxsat bersalar, menda bir e'lon bor.
http://aks-sado.livejournal.com yangi manzilga, www.aks-sado.info ga ko'chib o'tdi. Qiziqqan kishilar jurnalimizda ro'yxatdan o'tishlari, o'z maqolalari bilan ishtirok etib borishlari mumkin. Xush kelibsiz.
Nom: Re: Davlat tilidagi saytlar haqida
Yuborildi: AbdulAziz 21 Oktyabr 2006, 05:49:23
Administratorimiz ruxsat bersalar, menda bir e'lon bor.
http://aks-sado.livejournal.com yangi manzilga, www.aks-sado.info ga ko'chib o'tdi. Qiziqqan kishilar jurnalimizda ro'yxatdan o'tishlari, o'z maqolalari bilan ishtirok etib borishlari mumkin. Xush kelibsiz.

Assalomu alaykum Otabek!
Avvalo tabriklayman. Yangi nom va yaxshi niyatlar bilan boshlagan ishingiz xayrli bo'lsin!
"Aks-sado"ingiz aks-sado o'laroq har bir ma'rifat ahlining ko'ngliga kirib boraversin!
Ishlaringizda rivoj va ulkan zafarlar tilayman.

Taklifim: eski jurnaldagi maqolalarni ham asta-sekin bu yerga ko'chirsangiz yaxshi bo'ladi. Chunki foydalanuvchiga bir yerning o'zidan ma'lumot qidirish qo'l keladi.
Nom: Re: Davlat tilidagi saytlar haqida
Yuborildi: _Otabek_ 24 Oktyabr 2006, 09:14:04
Va alaykum assalom, Davronbek. Ezgu tilaklaringiz uchun sizga ming rahmat. Avvalgi maqolalarga kelsak, men ularni o'sha joyda qoldirmoqchi edim, ammo sizning maslahatingiz ma'qul tushdi, negaki o'quvchi uchun qulaylik yaratish bosh maqsadimiz-ku :).

UPDATE: Hosting masalasi biz kutgandek hal bo'lmadi va hozircha livejournal dagi versiyamiz ishlab turadi. Manzillarimiz esa o'sha-o'sha.

Post foydaliroq bo'lsin deb:

www.xabar.uz (yoki xabar.cc.uz) - Gazeta. O'z-n Aloqa va Axborotlashtirish Agentligi  (http://www.aci.uz) nashri
http://www.e-ilm.uz/ - Masofaviy ta'lim va test o'tkazish tizimi
Nom: Re: Davlat tilidagi saytlar haqida
Yuborildi: shoir 24 Noyabr 2006, 07:36:22
http://ssayyid.edunet.uz - O'zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyid hayoti va ijodiga bag'ishlangan sayt
Nom: Re: Davlat tilidagi saytlar haqida
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 05 Fevral 2008, 19:01:24
www.iguzar.uz - Birinchi Milliy Internet portali

www.fh.uz - Futbol va hayot. Yangi futbol sayti

www.yoshlar.vo.uz - Yoshlar portali

www.hobbi.sb.uz - Ajoyib darsliklar

www.manutd.uz - Yangilangan Manchester sayti

www.uninet.uz - Mega Portal+Ajoyib Forum
Nom: Re: Davlat tilidagi saytlar haqida
Yuborildi: Muhyiddin 24 Oktyabr 2009, 12:28:52
.uz dagi barcha saytlarning O'zbekcha versiyasi bo'lishini va ilk ochilganda o'zbekcha versiyasi ochilishi tarafdoriman!

Hozir www.uza.uz ga kirdim Xudoga beadad shukrlar bo'lsin, avvallari ilk marta ochilganda ruscha versiyasi ochilardi hozir o'zbekcha versiyasi ochiladigan bo'libdi.

Nom: Re: Davlat tilidagi saytlar haqida
Yuborildi: jasur.best 16 Noyabr 2010, 20:20:00
www.mashhur.uz - mashhurlar haqida. Kirib ko'rishni tavsiya etaman.
Nom: Re: Davlat tilidagi saytlar haqida
Yuborildi: Abdullоh 16 Noyabr 2010, 21:18:25
www.infoman.uz - Jahon yangiliklari