forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Madaniyat => Mavzu boshlandi: Ansora 14 Yanvar 2012, 13:13:59

Nom: O'zbek folklori bilan bog'liq savollar.
Yuborildi: Ansora 14 Yanvar 2012, 13:13:59
 :asl3:

Xozir xalq og'zaki ijodi bilan bog'liq tadqiqot olib borayotgandim. Bazan shunday maqollar chiqyabdi-ki, qanday tahlil qilishni bila olmayabman.

"Aql-aqldan ustundir", so'ziga rioya qilgan holda bu mavzuda sizlardan maqollarni tahlili haqida yordam so'ramoqchiman.

Masalan:

Betkay ketar, bel qolar, Beklar ketar, el qolar.

maqolidagi "betkay" so'zini hech qayerda topa olmadim, balki shevaga xos so'zdir.

Tahlillaringizni kutaman:)
Nom: Re: Siz bu maqolni qanday tushunasiz?
Yuborildi: Abu Muso 14 Yanvar 2012, 16:11:40
 :asl3:
Изох: Беткай — нарсанинг, кузатувчига ёки бирон нарсага қараган олд қисми.


Мисол:

1.Тоғ жамбил-Тоғнинг қуёшга беткай жойларида ссади.

2.А­сласанг... хотирга қуюнлар кетгай,
А­сласанг, қораср ксзларинг олди.
Қийғос боғлар кетиб шамолга беткай,
Ўрнида сп-сйдоқ далалар қолди...


Nom: Re: Siz bu maqolni qanday tushunasiz?
Yuborildi: Ansora 14 Yanvar 2012, 20:28:19
 :vsl3:

Aka, rahmat ma'lumot uchun, unda maqolni qanday tahlil qilsak bo'ladi:)
Nom: Re: Siz bu maqolni qanday tushunasiz?
Yuborildi: azizbek_mx 15 Yanvar 2012, 00:00:48
menimcha kökrak kerib, g'oz yuradiganlarga qarata aytilyapti, köksing ichiga kirib, beling qoladi degan ma'nodadir. Beklar ketar, el qolar deyilishi ham, el qora xalq bölsada beklarning asosiy ustuni. Men maqolni shunday tushundim
Nom: Re: Siz bu maqolni qanday tushunasiz?
Yuborildi: Shuhrat_ 15 Yanvar 2012, 06:43:00
:asl3:

 

Betkay ketar, bel qolar, Beklar ketar, el qolar. 
bu insonga aytilgan maqol.
Kishini yuzi,yani masalan chiroyi,kdtar.
Bel qolar:bu katta mano. Kishini tik tutib turuchi bel(umurtqa pohona),umurtqa pohonani so'ngi qismida nohotdek bir suyak bor ekan,qiyomatda usha suyakdan Alloh tiriltirarkan ,bu quronda bor, u suyak chirimasakan, kuymasakan, bel qolar.
Beklar ketar el qolar:
yani podshohlar,ketadi el qoladi,halqqa inoqlikni owiriw uchun aytilgan
Nom: Re: Siz bu maqolni qanday tushunasiz?
Yuborildi: Shuhrat_ 15 Yanvar 2012, 06:45:37
alloh biladi.
Vallahi A'lam
biz uning oldida ojizmiz
Nom: Re: Siz bu maqolni qanday tushunasiz?
Yuborildi: Ansora 15 Yanvar 2012, 13:15:06
Betkay ketar, bel qolar, Beklar ketar, el qolar.

Maqolini men shunday tushundim:

Betkay- bu yerda yerni kavlagan inson, bel esa, biz bilgan kurak. Ya'ni biri kelar, biri ketar inson bolasini.

Eldagi mashhur insonlar ham o'lib ketaveradi, lekin xalq qolaveradi.

Ya'ni bir navi insonga o'limni eslatyabdi, hayotning foniyligini.
Nom: Re: Siz bu maqolni qanday tushunasiz?
Yuborildi: Ansora 31 Yanvar 2012, 13:54:35
Navbatdagi maqolni qanday tushunasiz?

Buzilgan uydan bulovich olma.
Nom: Re: Siz bu maqolni qanday tushunasiz?
Yuborildi: Ansora 31 Yanvar 2012, 14:27:09
Navbatdagi maqol:

Chillasi chiroq ko'rmagan
Mum shamni kamsitar.

Bu yerda chilla qaysi ma'noda?
Nom: Re: Siz bu maqolni qanday tushunasiz?
Yuborildi: Donishmand 31 Yanvar 2012, 15:59:46
Buzilgan uydan bulovich olma - hosiyatsiz joydan narsa olma, unga taqlid qilma degan ma'noni beradi.

Chllasi chiroq ko'rmagan... - bu yerda tug'ilgandan keyingi qirq kunlik chilla ko'zda tutilgan. Bu ma'qol ko'zi och odamlarga nisbatan ishlatiladi. Ya'ni, o'zi to'ysa ham ko'zi to'ymas.
Maqolning kelib chiqishi qadimdan chillalik uyga chiroq yoqilganidan bo'lsa kerak.
Nom: Re: Siz bu maqolni qanday tushunasiz?
Yuborildi: Ansora 31 Yanvar 2012, 21:03:21
Uzr, "bulovich" nima:)
Nom: Re: Siz bu maqolni qanday tushunasiz?
Yuborildi: Donishmand 01 Fevral 2012, 10:34:01
Buni "butlovich" deb tushunaman. Ya'ni, buzilgan uydan butlovich olma, uyning buzilishiga butlovchi qismlari sabab bo'ladi, boshqa uyga ishlatilsa u uy ham buzilishi mumkin, degandek.

Ammo "bulg'ovich" degan so'zdan olingan bo'lishi ham mumkin.
Nom: Re: Siz bu maqolni qanday tushunasiz?
Yuborildi: Ansora 02 Fevral 2012, 14:20:38
Bu maqoldagi "o'rganda" so'zi "o'rganganing payt" ma'nosidami yoki o'rmoq fe'li ila bog'liqmi?

Hunarni o'rgan,
O'rganda, chiran.
Nom: Re: Siz bu maqolni qanday tushunasiz?
Yuborildi: Ansora 02 Fevral 2012, 14:37:28
Daryo to'la suv bo'lsa ham,
It tuni bilan suv ichar.

Nima demoqchi:)
Nom: Re: Siz bu maqolni qanday tushunasiz?
Yuborildi: muxlisa 02 Fevral 2012, 14:49:21
Bu maqoldagi "o'rganda" so'zi "o'rganganing payt" ma'nosidami yoki o'rmoq fe'li ila bog'liqmi?

Hunarni o'rgan,
O'rganda, chiran.


"o'rganda" so'zi "o'rmoq" fe'li bo'lganida, vergul qo'yilmasdi, manimcha. "O'rgangan paytda" ma'nosida bo'lsa kerak.

Bu maqol bir ishni yaxshilab, puxta, oxirigacha qiladigan qilib o'rgan ma'nosida kelgan shekilli.

Maqollarni qayerdan olyapsiz?:)
Nom: Re: Siz bu maqolni qanday tushunasiz?
Yuborildi: Ansora 02 Fevral 2012, 15:05:37
Dunyo, moli bo'lmasa,
Tomni teshgan o'g'ri shul.


?
Nom: Re: Siz bu maqolni qanday tushunasiz?
Yuborildi: Ansora 02 Fevral 2012, 15:10:38
Dahsar — tariq, sesar — hayqiriq.

Bu yerdagi sozlar menga berilgan matnda xatomi deyman?
Nom: Re: Siz bu maqolni qanday tushunasiz?
Yuborildi: Ansora 02 Fevral 2012, 15:13:14
Dong tortganning to'yini ko'r,
Mang ? urganning uyini ko'r.
Nom: Re: Siz bu maqolni qanday tushunasiz?
Yuborildi: Abdul_Malik 02 Fevral 2012, 15:28:34
Daryo to'la suv bo'lsa ham,
It tuni bilan suv ichar.

Nima demoqchi:)

Tili bilan demoqchidir balki?
Nom: Re: Siz bu maqolni qanday tushunasiz?
Yuborildi: NANO 02 Fevral 2012, 20:07:49
Dong tortganning to'yini ko'r,
Bong ? urganning uyini ko'r.

Nom: Re: Siz bu maqolni qanday tushunasiz?
Yuborildi: Muhammad Sanjar 03 Fevral 2012, 23:31:51
Dong tortganning to'yini ko'r,
Mang ? urganning uyini ko'r.

Bu maqolni "Kerilganning to'yiga bor, maqtanganning - uyiga" maqoliga ekvivalent hisobladim.
"Dong" so'ziku tushunarli, "Mang" so'ziga kelsak, "Izohli lug'at"ga ko'ra, "Ma" so'zining hurmat va ko'plik ma'nosi ekan.
Ya'ni, "Mang urmoq" qaysidir jihatdan maqtanmoqqa yaqin bo'lsa kerak.
Nom: Re: Siz bu maqolni qanday tushunasiz?
Yuborildi: Muhammad Sanjar 03 Fevral 2012, 23:46:02
Dahsar — tariq, sesar — hayqiriq.

Bu yerdagi sozlar menga berilgan matnda xatomi deyman?

Sizdagi matnda xato yo'q deb o'ylayman, chunki "O'zbek Xalq Maqollari" kitobida ham bu maqolni ko'rdim.
"Dahsar"ning 32 kilogramm yoki to'rtdan bir botmonga teng o'lchov birligi ekanligini aniqlagan bo'lsangiz kerak.

Lekin quyidagi maqolning sizdagi matnida xatolik bor.
Abdul_Malik aytganlaridek, bu yerda "tun" so'zi o'rniga "til" so'zi yozilishi kerak edi.

Daryo to'la suv bo'lsa ham,
It tuni bilan suv ichar.
Nom: Re: Siz bu maqolni qanday tushunasiz?
Yuborildi: Ansora 04 Fevral 2012, 18:19:59
Javoblar uchun rahmat.
Yangi savol:

Kuykunak o'z yerida ham g'oz bo'lar, ham — o'rdak.

maqolini qanday tushunasiz?
Nom: Re: Siz bu maqolni qanday tushunasiz?
Yuborildi: Ansora 04 Fevral 2012, 18:52:28
Qizil etiklidan kelmaydi,
Ko'n etikliga bermaydi. ?
                           
Nom: Re: Siz bu maqolni qanday tushunasiz?
Yuborildi: _IYMONA_ 04 Fevral 2012, 19:05:12
киз болага бой жойдан совчи келмайди,
камбагалига сса бермайди ;D

Шу маънода тушундим...
Nom: Re: Siz bu maqolni qanday tushunasiz?
Yuborildi: Ansora 04 Fevral 2012, 20:04:07
Iymonaxon zorsizu:) navbatdagisi:

Qora tovuq qaqillaydi,
Oq tovuq shaqillaydi.
Nom: Re: Siz bu maqolni qanday tushunasiz?
Yuborildi: Aqoid 05 Fevral 2012, 00:42:20
Qora tovuq qaqqillaydi,
Qanotlari shaqqillaydi
(qumg'on) degan topishmoq bo'lardi. Shunga juda o'xsharkan.
Nom: Re: Siz bu maqolni qanday tushunasiz?
Yuborildi: Ansora 05 Fevral 2012, 14:18:58
 :asl3:

Fikrlaringiz uchun rahmat. Navbatdagi maqolimiz:

Manmanga — balo, yugurukka — tumor.
Nom: Re: Siz bu maqolni qanday tushunasiz?
Yuborildi: Safida 06 Fevral 2012, 22:13:12
Daryo to'la suv bo'lsa ham,
It tuni bilan suv ichar.

Nima demoqchi:)
Daryo suv bo'lsa ham,it tili bilan suv ichadi .majozi"Bahil odam har qancha boyib,mol-dunyoga mo'liqsa ham ziqnaligi qolmaydi.yesa ichsa,mol-dunyosi sob bo'lib qolayotgandek,o'zgalar u yoqda tursin,o'zidan ham qizg'anadi,hasisona kun kechiradi" Juda ohshash  :)
Nom: Re: Siz bu maqolni qanday tushunasiz?
Yuborildi: Ansora 07 Fevral 2012, 12:33:40
Nari borma, bo'ri yemasin,
Beri kelma, ko'zim ko'rmasin.

?
Nom: Re: Siz bu maqolni qanday tushunasiz?
Yuborildi: Ansora 07 Fevral 2012, 14:08:28
Non — nonda, kaliti — osmonda.

Bu maqol "Rizqni bergan Alloh" ma'nosidami?
Nom: Re: Siz bu maqolni qanday tushunasiz?
Yuborildi: NANO 08 Fevral 2012, 07:01:04
Nari borma, bo'ri yemasin,
Beri kelma, ko'zim ko'rmasin.

?

Ona haqida bolasini o'ylab etgan manimcha!

Farzand yaraga o'xshaydi kesib tashlasa ham joni og'riydi kesib tashlamasa ham.
Nom: Re: Siz bu maqolni qanday tushunasiz?
Yuborildi: BelleQizcha 08 Fevral 2012, 07:03:35
Baliq boshidan sasiydi..
#tentak
Nom: Re: Siz bu maqolni qanday tushunasiz?
Yuborildi: NANO 08 Fevral 2012, 07:07:45
Baliq boshidan sasiydi..

21 asr da baliq o'rtasidan ham sasib turibdi!
Nom: Re: Siz bu maqolni qanday tushunasiz?
Yuborildi: Ansora 08 Fevral 2012, 13:25:00
Baliq boshidan sasiydi..
#tentak

Belle bu savolmi?
Nom: Re: Siz bu maqolni qanday tushunasiz?
Yuborildi: Nozima_M 08 Fevral 2012, 21:19:40
Kuykunak o'z yerida ham g'oz bo'lar, ham — o'rdak.

maqolini qanday tushunasiz?
Kuykunak so'zi bu yerda kuyunchak inson ma'nosida kelgan deb hisoblasak, maqoldan olinadigan ibrat quyidagicha bo'ladi:
Kuyunchak odam man ''g'oz''man yoki ''o'rdak''man deb o'tirmidi, qo'lidan kegan hamma ishni qilaveradi. Vaqti kesa o'rdakni vazifasiga kiradigan ishni ham qiladi, go'z vazifasiga kiradiganlarini ham.
Nom: Re: Siz bu maqolni qanday tushunasiz?
Yuborildi: Nozima_M 08 Fevral 2012, 22:01:06
2- variant: Kuykunak g'oz va o'rdak o'rtasidagi bir parranda deb hisoblasak, u vaqti kelganda g'ozdek tik, vaqti kelganda o'rdakdek egilib yuradi.
Nom: Re: Siz bu maqolni qanday tushunasiz?
Yuborildi: Ansora 09 Fevral 2012, 12:31:53
 :asl3:

Javoblar uchun rahmat. Butun javoblarni o'qib, ohirgi tushunchamni yozaman tarjimaga. Tarjima qiyin ish, ayniqsa maqol tarjimalari judayam qiyin ekan:) qofiyasiz boldimi, unchalik diqqat tortmaydi.

Navbatdagi savol:

Podachining qizini ko'r,
Ayab bosgan izini ko'r.
Nom: Re: Siz bu maqolni qanday tushunasiz?
Yuborildi: Ansora 09 Fevral 2012, 20:16:11
Pismiq yotib put ko'tarar,
Shaldir-shuldir ot ko'tarar.

?
Nom: Re: Siz bu maqolni qanday tushunasiz?
Yuborildi: Ansora 09 Fevral 2012, 20:19:38
Ro'zingni sot, ro'shnolik ol.
Nom: Re: Siz bu maqolni qanday tushunasiz?
Yuborildi: Muhammad Sanjar 09 Fevral 2012, 20:22:04
Dunyo, moli bo'lmasa,
Tomni teshgan o'g'ri shul.

Bu maqolning boshi tushib qolibdiku, hozir maqollar kitobida beixtiyor ko'zim tushib qoldi. Boshidan o'qilsa, ancha tushunarli ekan:

 Kimning moli, puli bo'lsa,
 Avliyoning o'g'li shul.
 Dunyo, moli bo'lmasa,
 Tomni teshgan o'g'ri shul.
Nom: Re: Siz bu maqolni qanday tushunasiz?
Yuborildi: Ansora 09 Fevral 2012, 20:27:47
Menda ikkalasi ayri joylarda yozilgan:)

«Seniki — meniki» — ko'ngil torligi. ?

Sigir suv ichganda,
Buzoq muz yalar.
?
Nom: Re: Siz bu maqolni qanday tushunasiz?
Yuborildi: Ansora 09 Fevral 2012, 20:30:48
Suv boshidan loyqa.

Bu maqol- baliq boshdan sasiydi bilan bir xilmi nima deysizlar?
Nom: Re: Siz bu maqolni qanday tushunasiz?
Yuborildi: Ansora 09 Fevral 2012, 20:33:26
So'ksang — so'kuvingda,
Ursang — uruvingda.

Semiz — «ko'rkam»,
Boy — «chechan».


Bularda ham aniq fikrga kela olmayabman:(
Nom: Re: Siz bu maqolni qanday tushunasiz?
Yuborildi: Muhammad Sanjar 09 Fevral 2012, 21:14:56
Kuykunak o'z yerida ham g'oz bo'lar, ham — o'rdak.

Bu maqolda insonning erki to'g'risida so'z yuritilmoqda. Inson o'z yurtida erkin bo'ladi, buni kuykunak misolida o'xshatilgan, ya'ni o'z yerida u xohlasa g'oz bo'ladi, xohlasa o'rdak..
Nom: Re: Siz bu maqolni qanday tushunasiz?
Yuborildi: Ansora 09 Fevral 2012, 21:18:18
Savol — osmondan,
Javob — tegirmondan.


Nom: Re: Siz bu maqolni qanday tushunasiz?
Yuborildi: Ansora 09 Fevral 2012, 21:18:42
Sakson kunda — saboq,
To'qson kunda — toboq.
Nom: Re: Siz bu maqolni qanday tushunasiz?
Yuborildi: Muhammad Sanjar 09 Fevral 2012, 21:22:50
Nari borma, bo'ri yemasin,
Beri kelma, ko'zim ko'rmasin.

Mehribon onajonlarimizning vaqtinchalik do'q-po'pisalari chiroyli tarzda tasvirlangan ekan.. :)
Nom: Re: Siz bu maqolni qanday tushunasiz?
Yuborildi: Muhammad Sanjar 09 Fevral 2012, 21:27:47
Non — nonda, kaliti — osmonda.

Bu maqol "Rizqni bergan Alloh" ma'nosidami?

Ha, yana nonni osonlikcha topmaslik, buning zamirida mehnat yotganligi, shuningdek, osmondan yomg'ir yog'ib, bug'doy unib, to non holiga kelguncha bo'ladigan holatga ham ishora qilingan bo'lsa kerak..
Nom: Re: Siz bu maqolni qanday tushunasiz?
Yuborildi: Muhammad Sanjar 09 Fevral 2012, 21:53:48
Podachining qizini ko'r,
Ayab bosgan izini ko'r.

Bu maqolda biroz kesatish va kamsitish bor, bu narsa kimligini esdan chiqarib, kerilib yurgan podachining qiziga nisbatan qo'llangan.
Maqol asli kimligini unutib qo'ygan ba'zi insonlarga nisbatan ishlatilsa kerak.

Huddi shunga o'xshagan, lekin ayni paytda o'tmishi, o'tgan kunlari esdan chiqqan insonlarga aytiladigan maqol ham bor:
Ayoz, o'tgan kuningni unutma, xon (ko'n) chorig'ingni quritma.
Ruscha varianti:Лри сс‹тости помни голод, а при богатстве — убожество.
Ruscha tarjimasi:Асз, не забс‹вай свои прошлс‹е дни( свое прошлое), не забс‹вай свои старс‹е башмаки; не уничтожай свои старс‹е опорки.
Nom: Re: Siz bu maqolni qanday tushunasiz?
Yuborildi: Muhammad Sanjar 09 Fevral 2012, 22:22:37
Pismiq yotib put ko'tarar,
Shaldir-shuldir ot ko'tarar.

Pismiq insonlar haqida ko'plab maqollar bor ekan, shulardan biri bo'lmish bu maqolda ham ularning havfli insonlar ekanligi nazarda tutilyapti. Ularning havfliligi shundaki, ular qiladigan ishlarni siz umuman kutmagan bo'lasiz, aksincha, maqoldagi shaldir-shuldur deb berilayotgan toifa insonlar esa aslida beozor yoki qiladigan ishlaridan hamma xabardor bo'lgan insonlardir..
Pismiqdan qo'rq, deb bekorga aytishmagan.
Nom: Re: Siz bu maqolni qanday tushunasiz?
Yuborildi: Nozima_M 09 Fevral 2012, 22:39:48
Semiz — «ko'rkam»,
Boy — «chechan».

Семиз инсонга ишиз тушса уни кунглини топиш учун "куракамгинасиз" дейилади. Бойлар орасида матанчоклари (куп гапирадиганлари) хам учрайди, уларни кунглини топиш учун "бирам гапга чечансиз (устасиз)" дейилади.
Nom: Re: Siz bu maqolni qanday tushunasiz?
Yuborildi: Muhammad Sanjar 09 Fevral 2012, 23:08:26
«Seniki — meniki» — ko'ngil torligi.

Sigir suv ichganda,
Buzoq muz yalar.

1) "Seniki-meniki" qiladigan ayirmakashlar, ko'ngli tor, xudbin insonlar qoralangan. Insonning fe'li keng bo'lishligiga undalgan.

2) Bu maqoldagi sigirni yoshi katta, hayotni ko'rgan, tajribali ma'nosida, buzoqni esa, yosh, g'or, tajribasiz ma'nosida tushundim.
Nom: Re: Siz bu maqolni qanday tushunasiz?
Yuborildi: Muhammad Sanjar 09 Fevral 2012, 23:13:35
So'ksang — so'kuvingda,
Ursang — uruvingda.

Semiz — «ko'rkam»,
Boy — «chechan».

Fikri ojizimcha, birinchi maqolda, har qanday holatimizda ham, har qanday kayfiyatimizda ham yonimizda turadigan sodiq insonlarimiz haqida so'z borayapti.
"So'ksa so'k oshi, ursa un oshi" deganga o'xshab ketarkan..

Ikkinchi maqoldagi "Semiz - ko'rkam" jumlasini to'la insonlarning kiyim-kechaklari ham to'liq, o'zlariga yarashgan bo'ladi degan ma'noda ham tushunsak bo'ladi, yoki ko'chma ma'noda.
Boyning "chechan"ligi esa bu uning puli ko'pligidandir, bekorga "Puli borning gapi butun" deyishmaganku, yana buni "Og'zi qiyshiq bo'lsa ham boyning o'g'li gapirsin" maqolidagidek tushunsa ham bo'ladi..
Nom: "Shivirg'on" so'zini qanday tushunasiz?
Yuborildi: Ansora 28 Fevral 2012, 13:38:11
 :asl3:

Alloh rozi bolsin tahlillar ancha yordam berdi:)

Bu topishmoqdagi "shivirg'on" so'zi qaysi ma'noda?

Ship etdi,
Shivirg‘on ketdi. 
(Yashin)


Izohli lugatda "shivirg'oni" degan soz bolib- manosi- donalari mayda, urug'siz qora uzum va shunday meva beradigan tok ekan.

Nom: Bu askiyani tahlil qilishda yordam bering iltimos:(
Yuborildi: Ansora 03 Aprel 2012, 17:01:50
TOK
Yusufjon qiziq: Qiziq:
- Marg’ilonning yeri ho’b yer-da, bir bosh uzumi ikki zambar keladi-ya!
Mamajon maxsum: - Tokini Andijondan perhish qilib olib kelgandirsizda!

Bu yerdagi "perhish" degan so'zni tushunmadim, yoki mendagi matnda yanglish yozilganmikan?

Iltimos yordam beringlar.
Nom: Re: O'zbek folklori bilan bog'liq savollar.
Yuborildi: Abu Muso 03 Aprel 2012, 18:20:11
TOK
Yusufjon qiziq: Qiziq:
- Marg’ilonning yeri ho’b yer-da, bir bosh uzumi ikki zambar keladi-ya!
Mamajon maxsum: - Tokini Andijondan perhish qilib olib kelgandirsizda!

Bu yerdagi "perhish" degan so'zni tushunmadim, yoki mendagi matnda yanglish yozilganmikan?

Iltimos yordam beringlar.

 :asl3:

Mana shu (http://uzmu2al.uz/kutubxona/uploads/adabiyot/119Xalq%20o-p.pdf) manzilning 61-62 sahifasida izohlangan...
Nom: Re: O'zbek folklori bilan bog'liq savollar.
Yuborildi: Музаффар 03 Aprel 2012, 18:22:41
"Лархама"нинг бошқача варианти смасмикин?
Лархама бу - токнинг узунроқ новдасини катта танасидан кесиб ажратмай. балки, шудоқлигича бир стагини ерга ксмиб,нариги учини қайта ссртокка илаштириб юборилади. Кейин бу ток новдаси хам мустақил, бақувват ксчатга айланади. Лархама ксчат, калтак шаклида кесиб олиниб суқиб кскартирилган ток ксчатдан ксра тезроқ етилади ва бақувватроқ бслади....
Лерхиш деган гапни тушунмадим...
Nom: Re: O'zbek folklori bilan bog'liq savollar.
Yuborildi: Abu Muso 03 Aprel 2012, 18:44:48
 :asl3:

O'sha siz aytgan ma'no aytilgan, men bergan manzilda ham.

Faqat "perhish" emas, "parhish" deb yozilgan ekan...
Nom: Re: O'zbek folklori bilan bog'liq savollar.
Yuborildi: AbdulAziz 03 Aprel 2012, 20:31:56
TOK
Yusufjon qiziq: Qiziq:
- Marg’ilonning yeri ho’b yer-da, bir bosh uzumi ikki zambar keladi-ya!
Mamajon maxsum: - Tokini Andijondan perhish qilib olib kelgandirsizda!

Bu yerdagi "perhish" degan so'zni tushunmadim, yoki mendagi matnda yanglish yozilganmikan?

Iltimos yordam beringlar.

ЛАА ХИШ
[ф-т] Ўсимликнинг узун шохини ерга ксмиб, учини наридан чиқариш йсли билан снги ссимлик тупи ҳосил қилиш.
(Ўзбек тилининг изоҳли луғати)
Nom: Re: O'zbek folklori bilan bog'liq savollar.
Yuborildi: Ansora 04 Aprel 2012, 11:45:21
 :asl3:

Alloh rozi bo'lsin sizlardan. Askiyada demak uzumni tomiri Andijonda, demoqchi ekanda ;D

Mana bu askiyada nima demoqchi bu askiyachilarimiz:

BOR, BARAKA TOP 
Kecha bozordan bir qo’y sotib oluvdim, so’ysam, ichidan oltita "bor, baraka top" chiqdi.
Nom: Re: O'zbek folklori bilan bog'liq savollar.
Yuborildi: Akrombek 24 Sentyabr 2012, 09:01:30
O`zbekiston MILLIY universiteti talabalari QASHQADARYO VILOYATI, CHIROQCHI TUMANIdagi KO`KDALA qishlog`iga folklra ekspeditsiyasini usyushtirdi, biroq o`tib shu asosda yozilgan maqola kiritiladi, inshaALLOH!