forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Umumiy => Mavzu boshlandi: Margilanets 07 Sentyabr 2006, 06:50:24

Nom: Bo'sh vaqtingizni qanday o'tkazasiz?
Yuborildi: Margilanets 07 Sentyabr 2006, 06:50:24
Otabek:

Assalomu alaykum, aziz forum qatnashchilari!
Biz bo'sh vaqtimizda nimalar bilan mashg'ul bo'lamiz? Bo'sh vaqtimizni qanday foydali narsalarga sarf etamiz? Umuman olganda, vaqtimizning qadriga yetamizmi?Shular haqida fikrlaringizni bilish niyatida edim. :D
Nom: Re: Bo'sh vaqtingizni qanday o'tkazasiz?
Yuborildi: Margilanets 07 Sentyabr 2006, 06:50:35
Noza:

Assalomu alykum!
Man bo'sh vaqtimda ::) TV ko'raman. Yoki o'zimga yoqadigan musiqa eshitib hordiq chiqaraman.
Umuman bo'sh vaqtimda net. da o'tirib qiziqarli mavzudagi ma'lumotlarni qidiraman.
Chiroyli otkritkalar topib do'stlarimga yuboraman.
Nom: Re: Bo'sh vaqtingizni qanday o'tkazasiz?
Yuborildi: Margilanets 07 Sentyabr 2006, 06:50:46
Bonu:

Assalomu alaykum!
Manga kelsak, bosh vaqtim juda ham kam boladi, bolganda ham kerakli narsalar qilishga harakat qilaman, bosh vaqt bolsa, miyani dam oldirishga harakat qilaman, u-bu narsaga chalgishga yahshi kitob oqishga kopincha islom saytlaridan maruzalar eshitib dam olishga harakat qilaman, bazida ozim oshpazlik mahoratlarini organishga, yani yaqinlarimga qolimdan kelgancha mazali narsalar pishirib har hil fantaziyalar qilishga harakat qilaman....va hakazo....har kun bir biriga ohshamagan narsalar qilinadide!
Nom: Re: Bo'sh vaqtingizni qanday o'tkazasiz?
Yuborildi: Margilanets 07 Sentyabr 2006, 06:51:01
AbdulAziz:

Assalomu alaykum!
Judayam AKTUAL mavzuni ko`taribsiz, Otabek, rahmat...
Bir americalik mashhur qo`shiqchi aytgan ekan: "Mendan doim shu hamma narsaga ulgiysan, vaqt yetadimi, vaqt topiladimi, deb so`rashadi. Men esa ularga men dam olishni, uxlashni kamaytiraman, deb javob beraman".
Bir kuni yana o`sha qo`shiqchidan so`rashibdi: "Sen nega dam olmaysan, uxlashni yomon ko`rasan". Uning javobi shunday bo`libdi: "Hali ko`p uxlaymiz, ko`p dam olamiz... Shuning uchun harakat qilib qolish kerak". Ajoyib fikrlar to`grimi?
Hozir kim bilan gaplashmang, vaqtning kamligidan yoki o`ta tez o`tayotganligidan noliydi. Vaholanki, yana bir marta aytaman, vaqt tez o`tmaydi, Yer o`sha harakaticha aylanyapti, soat ham. Vaqt esa o`tyapti, vaqtga qo`shilib, fursat ham, imkoniyatlar ham oqib bormoqda.
Darhaqiqat, vaqt g`animat ekan. Insonning yoshiga yosh, muammosiga muammo, tashvishiga tashvish qo`shilar ekan VAQTning qadriga tobora yetib borarkan. Aslida esa biz o`zimizning ozgina vaqtimizni ham befoyda narsalarga sarflab yuboramiz. Do`stlarimiz bilan tonggacha valaqlab o`tirishga vaqt topamiz-u, arzimagan kichkinagina kitobni tugatishga erinamiz.
Balki bizdagi vaqtning qadrsizligi dangasaligimizdandir?
Sizlar nima deysizlar?
Nom: Re: Bo'sh vaqtingizni qanday o'tkazasiz?
Yuborildi: Margilanets 07 Sentyabr 2006, 06:51:18
Bonu:

Assalomu alaykum!
Bilasizmi, konglimizdagi gapni topib yozibsiz lekin! BU hammasi dangasalikdan bolsa kere, hozir bazida masalan ozimda ham shunaqa holatlar boladi, uyga Toshkentga tel. qilib 3-4 soatlab gaplashgan vaqtlarim boladide, lekin ertasiga qilinishi kere bogan narsani qilmayman, osha soginganimga huddi boldi gaplashib oldim mazza! degandek, kop narsani unutaman, va ertasiga nima boladi! Darsdan B baho olaman. Vaqtni togri taqsimlash kere. Mani oldin biladiganlardan sorasangiz etishadi, oldin man har kunimni rejalashtirib olardim, har bir soatim planlangan bolardi, oqish ish uy hammasi oz vaqtida edi, manimcha shu reja bilan ish qilish kop foyda beradi,ha...
Ozingizchi, Davron aka, mavzuni savoliga nima javob beras?
   
Nom: Re: Bo'sh vaqtingizni qanday o'tkazasiz?
Yuborildi: Margilanets 07 Sentyabr 2006, 06:51:30
Otabek;

Men bo'sh vaqtimda sport bilan shug'ullanaman.
Internetda futbol yangiliklarini muntazam kuzatib boraman. Shuningdek, futbolchilarning rasmlarini yig'ib boraman.
Nom: Re: Bo'sh vaqtingizni qanday o'tkazasiz?
Yuborildi: Margilanets 07 Sentyabr 2006, 06:53:50
AbdulAziz:

Wa alaykum assalom!
har kunlik ish rejasini tuzib olish va shunga ko`ra harakat qilish judayam yaxshi ish. Lekin buni ko`pchilik ham eplay olmaydi. Masalan - man. Masalan ba'zida hayotni tartibga tushiraman deyman-da, reja tuzib olaman, 1 haftagacha amal qilaman. Keyin... Sizlarda ham shunaqa holat bo`ladimi?

Man bo`sh vaqtlarimda kitob o`qishni yaxshi ko`raman. Afsuski, charchab ishlab, kelsez, kitob o`qisez, tez uyquiz keladi. Shunday bo`lsa-da, o`qishga vaqt topishga harakat qilaman.
Ishxonada kam holatlarda bo`sh vaqt bo`lganda komputerimga yarim yil oldin olib kelingan kinoni tomosha qilishim mumkin. O`zi shunday bolalar yangi kino chiqibdi, ko`chirib ol deb berishadi, ancha vaqt komputerda turad-da, keyin bir kun bir marta ko`raman, so`ng o`chirib tashlayman.
Bo`sh vaqtlarda do`stlarimiz bilan osh qilib o`tiramiz. Boshdan o`tgan qiziqarli hodisalarni eslab rosa kulishamiz.
Intenetda esa bo`sh vaqt deyarli bo`lmaydi. Chunki betta vaqt pul turadi, shunichun, kerakli ma'lumotlarni olaman-da, tez-da chiqib ketadi. Yana bir sirni aytay, ishxonaga kelib, birinchi forumni ko`raman, Qidirishdan oxirgi 50-100 postni ko`rsat deyman-da, keyin internetni o`chirib qo`yib ularga javob yozaman, shunaqa, silaram shunaqa qisalaring bo`ladi, shunda hamma yangi kiritilgan postlarni ko`rib borasizlar.
Nom: Re: Bo'sh vaqtingizni qanday o'tkazasiz?
Yuborildi: Margilanets 07 Sentyabr 2006, 06:54:02
Noza:

Assalomu alykum!
Sizlarni fikringizcha bosh vaqtni qanday o'tkazish ma'qulroq
Nom: Re: Bo'sh vaqtingizni qanday o'tkazasiz?
Yuborildi: Margilanets 07 Sentyabr 2006, 06:54:15
AbdulAziz:

Wa alaykum assalom!
Vaqtni MAZMUNLI O‘TKAZMOQ LOZIM!!!
Mazmunni esa hamma har xil narsadan topadi. Bir xilgi odam uchun kitob mazmun, kimgadir, musiqa, kino...
Nom: Re: Bo'sh vaqtingizni qanday o'tkazasiz?
Yuborildi: Margilanets 07 Sentyabr 2006, 06:54:32
Otabek;

Vaqtni maroqli o'tkazish lozim.
Har bir daqiqamiz g'animat... Undan unumli foydalana bilish kerak...
Nom: Re: Bo'sh vaqtingizni qanday o'tkazasiz?
Yuborildi: Margilanets 07 Sentyabr 2006, 06:54:44
Ixtiyor:

man bosh voqtimda gitara chalib, ijod qilaman. ;)
Nom: Re: Bo'sh vaqtingizni qanday o'tkazasiz?
Yuborildi: Margilanets 07 Sentyabr 2006, 06:55:00
Margilanets:

Man bo`sh vaqtimda mahallaga chiqib bollar bilan gaplashib o`tirishdi yaxshi ko`raman. Bu kechki ovqattan keyin bo`ladi. Mahalladegi sinfdoshlar "pakka"ga borib ag-`dan-bag`dan gaplashib o`tiramiz, keyin sekin uyga...
Bir taraftan yaxshi bu! har xil yangililar eshitasiz, bollar qizig`-da, shahardegi hamma yangillardi aytib berishadi. Boshqa payt gaplashishga vaqt bo`meydi.
Nom: Re: Bo'sh vaqtingizni qanday o'tkazasiz?
Yuborildi: Margilanets 07 Sentyabr 2006, 06:55:13
Samo:

Reja Optimal tuziladi
soniyani ham hisobga olib
shuni 50% bajarsangiz siz BAHTLI hjisoblayvering ozingizni
Nom: Re: Bo'sh vaqtingizni qanday o'tkazasiz?
Yuborildi: Margilanets 07 Sentyabr 2006, 06:55:32
AbdulAziz:

Reja tuzishda hamma narsani e'tiborga olish va shunga muttasil amal qilish uchun qanday tavsiyalar bera olasiz?
Nom: Re: Bo'sh vaqtingizni qanday o'tkazasiz?
Yuborildi: Margilanets 07 Sentyabr 2006, 06:55:44
farzonochka:

Assalomu alaykum! Albatta inson uchun 1 daqiqa ham g`animat. Undan tori foydalanish esa ozimizga bog`lu boladi. Man hozirda bosh voqt topdim deginumcha kitobla oqiyman va albatta oqishga tayyorgarlik korvomman, axir abutirentlik qanchalik qiyin davr ekanligini hammayla bilasla-yu :) Manimcha biz har bir daqiqani iloji boricha yaxshilikla, savob ishla uchun srflaganimiz ma`qul bosa kere...Chunki otgan daqiqa hecham ortga qaytmiydi.
Nom: Re: Bo'sh vaqtingizni qanday o'tkazasiz?
Yuborildi: Margilanets 07 Sentyabr 2006, 06:56:01
Margilanets:

Bir kun o'ylab qoldim: kuniga inson necha soat uxlaydi?
O'rtacha 24 soat!

Kunimizi 3 dan birini uyqu bilan o'tkazvorarkanmiz. Endi buni umr bilan taqqoslab ko'raylik.
Inson o'rtacha 60 yil umr ko'rsa, shuning 20 yilida deyarli hecha narsa qilmas ekan. Uyqu bilan o'tkazvorarkanmiz.

Endi o'ylab qoldim. Odam dunyoga bir marta keladi. Shu bir martalik umr davomida yaxshi ishlarga ulgub qolish kerak. Bo'sh vaqtniyam yaxshilik uchun sarflashimiz kerak ekan. Vaqt kam. Uniyam anchasini bema'ni narsalarga sarflavoryapmiz...
Nom: Re: Bo'sh vaqtingizni qanday o'tkazasiz?
Yuborildi: Margilanets 07 Sentyabr 2006, 06:56:20
Feruza:

Judayam to'g'ri fikrni bildiribsiz!
Abdulaziz yuqorida bergan savolga javob berilmabdi. Qanday qilib rejaga amal qilasiz?
Menda ham bu muammo bor, eshigimda osilgan rejam, ba'zida qilaman, ba'zida esa yo'q. Xo'sh nima maslahatlaringiz bor?
Nom: Re: Bo'sh vaqtingizni qanday o'tkazasiz?
Yuborildi: Margilanets 07 Sentyabr 2006, 06:56:31
Maknuna:

Bir hafta oldin haftalik rejani tuzib, yozib qo'yish kerak.
Ertangi reja haqida esa kechqurun fikr qilib yozib qo'yish kerak.
Shunda ko'p narsaga ulgurish mumkin.
Nom: Re: Bo'sh vaqtingizni qanday o'tkazasiz?
Yuborildi: Margilanets 07 Sentyabr 2006, 06:56:43
Ozoda:

Assalomu alaykum,Men bo'sh vaqtimni anchasini Netda o'tkazaman, Ziyoga kirmasam, Akam bilan gaplashmasam o'zimni boshqacha sezaman,....
   
Nom: Re: Bo'sh vaqtingizni qanday o'tkazasiz?
Yuborildi: Margilanets 07 Sentyabr 2006, 06:56:55
Sjoir:

Assalomu alaykum.
Men esa bo'sh vaqtimda ko'proq kitob mutolaa qilishni yoqtiraman.
Jahon adabiyoti namunalarini o'qish jonu dilim.
O'zbek adabiyotining shedevrlarini ham qayta-qayta o'qiyman.
Undan ortsam, tennis o'ynayman...
   
Nom: Re: Bo'sh vaqtingizni qanday o'tkazasiz?
Yuborildi: Margilanets 07 Sentyabr 2006, 06:57:10
Feruza:

Yaxshi. Kitob o'qish insonning fikr dunyosini boyitadi. Men ham yaxshi ko'raman. Lekin oxirgi paytlarda faqat darslik va ilmiy kitoblardan tashqari badiiy kitob o'qiy olmayapman. Nasib bo'lsa, imtihonlar ortda qolsa, o'qolmagan vaqt uchun rosa o'qiyman. Insholloh. :)
Nom: Re: Bo'sh vaqtingizni qanday o'tkazasiz?
Yuborildi: Margilanets 07 Sentyabr 2006, 06:57:44
uztermbek;

Otdosh yaxshi mavzu ochganlar. Ruxsatlaringiz bilan, bu borada  o'z fikrlarimni bildirib o'tsam.

Iqtibos
Bir americalik mashhur qo`shiqchi aytgan ekan: "Mendan doim shu hamma narsaga ulgiysan, vaqt yetadimi, vaqt topiladimi, deb so`rashadi. Men esa ularga men dam olishni, uxlashni kamaytiraman, deb javob beraman".

Ha, bunday tinib-tinchimas insonlar oramizda bor... qo'shiqchilardan, mana, masalan,  Yulduz Usmonova ham shunday-ku? Lekin hammaning ham bu narsa qo'lidan kelavermaydi, bunday quvvat manbai Yaratgan tomonidan beriladi, menga o'xshaganlar har qancha shu narsaga intilmasin, baribir o'z holatiga aylanib qaytib kelaveradi...

Iqtibos
Insonning yoshiga yosh, muammosiga muammo, tashvishiga tashvish qo`shilar ekan VAQTning qadriga tobora yetib borarkan. Aslida esa biz o`zimizning ozgina vaqtimizni ham befoyda narsalarga sarflab yuboramiz.

Evoh, bu haqiqat...

Iqtibos
Balki bizdagi vaqtning qadrsizligi dangasaligimizdandir?

O'zimga kelsak, 'ha' deyman. Lekin, odamlar har xil. Shunday kishilar borki, qarab turib hayron qolasan, kishi... Tasavvur qiling, bir inson ish payti, kun davomida deyarli hamma xodimlar bilan bafurja gaplashib olishga ham, telefonda allakimlar bilan chaqchaqlashishga ham, tushdan keyin maza qilib 1-2 soat uxlab olishga ham, ish bo'yicha asosiy vazifalarini ham bajarishga ulguradi! Aytaylik, kechqurun soat 9-10 gacha qolib bo'lsa ham, har holda hammasiga ulguradi.

Iqtibos
Vaqtni togri taqsimlash kere. Mani oldin biladiganlardan sorasangiz etishadi, oldin man har kunimni rejalashtirib olardim, har bir soatim planlangan bolardi, oqish ish uy hammasi oz vaqtida edi, manimcha shu reja bilan ish qilish kop foyda beradi

Ha, time-management degan tushuncha bor, shunday seminar to'g'ri kelib qolsa, qatnshgan bo'lardim... bu narsa hammaga kerak.
-------
Darvoqe, "O'zbekiston adabiyoti va san'ati" gazetasining oxirgi sonida ayni shu mavzuda juda zo'r maqola e'lon qilingan, o'qib chiqishni tavsiya qilaman.
-------

Iqtibos
Reja Optimal tuziladi
soniyani ham hisobga olib
shuni 50% bajarsangiz siz BAHTLI hjisoblayvering ozingizni

Qiziq fikr... Mening ham rejalarim vaqti kelib juda 'osmondan kelib' tuzilganga o'xshab qoladi, real voqelik beshafqat...

Iqtibos
Talaba bo'lganingizdan keyin esa vaqtiz ko'proq bo'ladi.

Talaba bo'lgim kelyapti yana...  :(


O'zimning bo'sh vaqtimga kelsak... nolimayman, bunday paytlar hozircha menda bor, asosan ishdan bo'sh mahal, albatta. Ko'pchilik kabi kitob mutolaa qilaman (keyingi paytda ko'proq o'zbek adabiyotidan), Internetda ham anchagina vaqtim o'tib ketadi (yangilik saytlari, forumlar, umuman muloqot...), musiqa eshitaman (faqat naushnikda) yoki TV tomosha qilaman (ba'zida juda uzoq qolib ketaman shu qutining qarshisida). Musiqa bilan shug'ullanish kabi diltortar mashg'ulotlar bor edi, endi ular ortda qolib ketdi. Lekin mening nazarimda eng maroqlisi - ishdan kelgandan so'ng divanda yaxshilab joylashib olib, yangi gazetalarni mutoala qilishdir! Ana shunisi zo'r, lekin. Endi, bularning har qaysisini o'z kayfiyatimga mos ravishda tanlayman. Ana shunaqa. 
Nom: Re: Bo'sh vaqtingizni qanday o'tkazasiz?
Yuborildi: Mohlaroyim 16 Iyul 2008, 16:09:19
AbdulAziz:

Wa alaykum assalom!
Vaqtni MAZMUNLI O‘TKAZMOQ LOZIM!!!
Assalaamu alaikum
Bo'sh vaqtlarda ko'proq kitoblar o'qiyman yana yaqinlarim bilan dengiz bo'ylariga borib sayr qilaman
Nom: Re: Bo'sh vaqtingizni qanday o'tkazasiz?
Yuborildi: Ulugbek-Uz 16 Iyul 2008, 17:00:38
dengiz bo'ylariga borib sayr qilaman

о-ҳооо! денгиз бсйларида...
Nom: Re: Bo'sh vaqtingizni qanday o'tkazasiz?
Yuborildi: Mohlaroyim 16 Iyul 2008, 23:11:19
dengiz bo'ylariga borib sayr qilaman

о-ҳооо! денгиз бсйларида...
albatta, juda chiroyli manzarani kuzatish mumkin, ayniqsa oilaviy borib dengiz bo'yida grill qilib o'tirishni gashti boshqaha bo'ladi
Nom: Re: Bo'sh vaqtingizni qanday o'tkazasiz?
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 17 Iyul 2008, 10:13:31
dengiz bo'ylariga borib sayr qilaman

о-ҳооо! денгиз бсйларида...
albatta, juda chiroyli manzarani kuzatish mumkin, ayniqsa oilaviy borib dengiz bo'yida grill qilib o'tirishni gashti boshqaha bo'ladi

Bo'ldi-bo'ldi. Davom etmang iltimos. Havasim kelib ketdi. Bizga ham nasib qilsin ilohim.
Nom: Re: Bo'sh vaqtingizni qanday o'tkazasiz?
Yuborildi: Munavvara 28 Iyul 2008, 18:52:29
Bo'sh vaqtimda raqs tushishni, she'r o'qishni, netda suxbat qurishni, tog'ga chiqshni, va chamanzor ichida sayr qilishni... shular
Nom: Re: Bo'sh vaqtingizni qanday o'tkazasiz?
Yuborildi: Mr.Twister 21 Avgust 2008, 17:18:11
i-netda uchib yuriyman, sport bilan shug`ullanaman
Nom: Re: Bo'sh vaqtingizni qanday o'tkazasiz?
Yuborildi: Mr.Twister 12 Sentyabr 2008, 09:22:13
Kecha o`ylab qoldim bosh vaqtimni bekor o`tkazyapman, hali ham i-netda ziyouz.com va iguzar.uz bor deb.
Nom: Re: Bo'sh vaqtingizni qanday o'tkazasiz?
Yuborildi: _IYMONA_ 30 Noyabr 2010, 19:42:57
Men uydaligim, ishga bormagan kunlarimni yohud mehnat ta'tilimni qo'shni va qarindoshlarimiz rosa intizorlik bilan kutishardi... Shanba-yakshanba, ta'til kunlarim ham ish kunimdan ham eng og'ir o'tadigan kunlarim edi... Darslarim ham qolib ketgan, kechga borib dars qilaman desam charchab uxlab qolardim. Shu sabab tel nomerimni tez-tez almashtirib turaman. Hozir esa bor vaqtim sog'ligimga, ilm, kitob o'qishga va yana qo'shni va qarindoshlarimni duolarini olib yuribman...
Nom: Re: Bo'sh vaqtingizni qanday o'tkazasiz?
Yuborildi: Saliha 06 Dekabr 2010, 00:09:56
Mani bo'sh vaqtim oz bo'ladiyu..bo'b qolsa albatta forumjonga qarab ko'raman  : )
Nom: Re: Bo'sh vaqtingizni qanday o'tkazasiz?
Yuborildi: UzMuslim 06 Dekabr 2010, 13:22:30
Bo'sh vaqtim bo'b qosa Avvalambor uydagilar bilan baham ko'rishga harakat qilaman,undan bo'shasam kitob o'qiyman,forumga ham tez tez kirib turishga harakat qilaman.
Nom: Javob: Bo'sh vaqtingizni qanday o'tkazasiz?
Yuborildi: كوثر 29 Iyul 2013, 11:43:59
as.al.vr.vb.
man bow vaqtimda kitobam oqiyman.yodlagan darslarimmi onda sonda takrorliman.forumda bo'laman yoki oshhonada bo'laman.
asosan manzarali joylaga chiqib dam olishshi yaxwi koraman.misol uchun yam yashil  shoboda esib turgan bog'da shashlik horlik qiliwwi
 yoki sharshara boyida tomosha qilib turish
 yoki dengiz boyidigi shomol esib turgan sohilda otirish yo chomilish
yo bomasam parklaga borishshi yoqtiraman, lekin kopam borurmiman vaqt kam.
Nom: Javob: Bo'sh vaqtingizni qanday o'tkazasiz?
Yuborildi: MUSLIM_uz 13 Sentyabr 2013, 11:54:56
bo'sh vaqtim juda kup buladi deyarli doim bo'shman hozrgi kunlada internetga kiraman dustlarim bilan kurishaman qogan bush vaqtimda uhliman juda ko'p uhlittiman shu kunlada!
Nom: Javob: Bo'sh vaqtingizni qanday o'tkazasiz?
Yuborildi: azizbek_mx 13 Sentyabr 2013, 16:20:38
vaqtni barakasi yo'q, bo'sh vaqtni o'zi yo'q... yaxshiyam telefon, internet degan narsa bor
Nom: Javob: Bo'sh vaqtingizni qanday o'tkazasiz?
Yuborildi: albatros 13 Sentyabr 2013, 18:49:02
Bo'sh vaqtimnimi?
Bo'sh vaqtimni - bo'sh vaqt qidirish bilan o'tkazaman. :)
Nom: Javob: Bo'sh vaqtingizni qanday o'tkazasiz?
Yuborildi: Muxsiya 13 Sentyabr 2013, 21:37:48
Буш вактимни асосан ошхонада утказаман