ZiyoUz - Haqiqiy o'zbekona forum

Ilm va ziyo => Ma'rifat => Mavzu boshlandi: Margilanets 07 Sentyabr 2006, 07:15:28

Nom: Kitob o'qish kimga yoqar...
Yuborildi: Margilanets 07 Sentyabr 2006, 07:15:28
Otabek:

Assalomu alaykum, forumchilar!
Hozirgi kunda kutubxonalarda kitob o'qiyotganlarning, kitob olayotganlarning va kitob ushlab yurganlarning safi nihoyatda siyrak ekanligi ham achinarli holat. Kelinglar, kitob o'qishga bo'lgan qiziqishning nimaga susayib ketganligi sabablari va yechimini izlab ko'ramiz. ::)
Nom: Re: Kitob o'qish kimga yoqar...
Yuborildi: Margilanets 07 Sentyabr 2006, 07:15:39
AbdulAziz:

Bunga sabab, TV, Radio, Internet!!!
Nom: Re: Kitob o'qish kimga yoqar...
Yuborildi: Margilanets 07 Sentyabr 2006, 07:15:50
Otabek;

Yana...
Maktabda bir tarix o'qituvchimiz o'quchilarga savol bergach, javoblarimizni eshitib :"Yana...Yana..", deb so'rardilar... ;D
Yana qanday sabablar?
Forumning boshqa a'zolari qayerda qoldi? ::)
Nom: Re: Kitob o'qish kimga yoqar...
Yuborildi: Margilanets 07 Sentyabr 2006, 07:16:04
Shohista:

Assalomu alaykum.
Tori, hozrigi kunda kitob oqish yoshlani orasida keskin kamayib ketvotti. Lekin bu degani hamma emas, abutirentla albatta kitob oqishga majburu :D
Lekin deyali kam bunga sabab, Man ham Davrn akani gaplariga qoshilaman Tv, radio internet.... asosiy sababladan bittasi
Nom: Re: Kitob o'qish kimga yoqar...
Yuborildi: Margilanets 07 Sentyabr 2006, 07:16:15
Mohinur;

Wa alaykum assalom!
Shohistani gaplarida jon bor!
Mana misol, Kumushbibi opa!
Ularga mani rosa xavasim kelyapti. O`zlari AQSHda bo`lsalar ham bizdagi kitoblarni, she'rlarni topib qidiryaptilar. O`zlari juda ko`p kitob o`qirkanlar.
Nom: Re: Kitob o'qish kimga yoqar...
Yuborildi: Margilanets 07 Sentyabr 2006, 07:16:38
samo:

ЭНГ асосий сабаб
Миллатнинг рухияга мос
эхтиёжга кура КИТОБ деярли йук!!!

хар тарафлама сифатли китоб булса эди укишар эди.



Хар ким хам (тугриси жуда кам инсон) куръон ва хадисдан тулик маъно(хар тарафлама )
ола олмайди. Чунки хар кимни колипи хам бундай юкни кутараолмайди.
оддий мисолда тушунтирсак 1 литрлик идишга 1 литр нарса сигади. 1000 литрликка узига яраша
биз каби оддий (хозир хамма "интеллектул жужа" :) ) одамларга колипига тугри келадиган
асарлар жуда кам деярли йук. Натижада миллат жахолат узра худди парвоз килаётгандай.
Пилот каби пастга шунгигандан сунг узини унгласа керак.
Nom: Re: Kitob o'qish kimga yoqar...
Yuborildi: Margilanets 07 Sentyabr 2006, 07:16:51
Noza;

Salom!
Man ham kitob o'qishni o'lgiday yomon ko'raman.
Hozirgi kunda Tv, Radio, Internet turganda kim ham kitob o'qirdi.
Bu xaqiqat! Buni tan olmaslikka iloj yoq.
Lekin 9 sinfdaligimda Said Axmadning "UFQ" kitobini o'qigandim,
o'qib bu kitobga yahshi ma'noda "jinni bo'b qoldim".
Juda juda zo'r kitob ekan.
Yaqinda shu kitobni yana bir bor o'qidim. Rostini aytsam bu kitobni o'qib mazza qildim.
Juda ta'sirli yozilgan.
Yana bir kitob bor.
Tohir Malik ning "Alvido bolalik" kitobu.
Bu kitobga ham gap yoq.
Kollejda 1 kursdaligimda o'qigandim.
O'shanda o'qib bo'lgan kunim bir dugonam mandan bu kitobni so'radi.
Unga bergan kunim bir umuman o'qishga qiziqishi yoq, umrida popka ko'tarmagan, kitob o'qimagan kursdosh bola bu kitobni 1- betini o'qidi.
O'qib dugonamdan olib qo'ydi. "Man o'qiman, keyin san o'qisan" deb.
Shushu u har kuni kelib darsga quloq solmasdan shu kitobni o'qirdi.
Ishonsangiz u kitobni 1 haftada o'qib bo'ldi.
O'zi ham bu holga hayron qoldi.
   
Nom: Re: Kitob o'qish kimga yoqar...
Yuborildi: Margilanets 07 Sentyabr 2006, 07:17:03
AbdulAziz;

Wa alaykum salom!
Agar siz kitob o`qishni yomon ko`rar ekansiz, demakki, juda ko`p ma'naviy ziyodan bebahra ekansiz. TV, radio internet bera olmagan zavqni aynan kitobdan olishingiz mumkin. Kitob har doim yo`ldoshingiz bo`lishi mumkin. U vaqt, joy, imkoniyat talab qilmaydi. Hohlagan paytda ochasizu o`qiyverasiz. Ota-bobolarimizning jahon fan olamida erishgan yutuqlariningf eng asosiy sababi ham kitob edi. Ularda ham bizdaka kalla, bizdaka aql bo`lgan. Lekin ular o`z aqllarini muvozanatga sola olganlar. Ikkinchidan ular o`zlarining qimmatli vaqtlarini texnikaning ulkan mo`jizalariga sarflamaganlar (bizga o`xshab hatto referatlarni ham inetdan skachat qilib olmaganlar), o`zlari ustlarida qattiq ishlaganlar. Hatto kechalari oyning yorug`ida bo`lsa ham kitob o`qiganlar.
Biz-chi? Kitob o`qishni o`lgiday yomon ko`ramiz deymiz-u, net-cafega chiqaib bema'ni chatlashamiz. Bundan kimga va nimaga foyda? Undan ko`ra shu bekor ketgan vaqtning o`rniga 10 har kuni 10 betdan kitob o`qib, uni o`zimizga singdirib olsak boirmi, qarang o`n kunda 100 bet, bir oyda 300 bet, bir yilda 3650 bet. Shu o`tirgan internetimiz, radio, TVmiz bizga shuncha ilm bera oladimi?
Nom: Re: Kitob o'qish kimga yoqar...
Yuborildi: Margilanets 07 Sentyabr 2006, 07:17:13
Noza:

 AbdulAziz! Gapizga qo'shilaman kitob TV, net bermagan narsalarni bera oladi. Lekin "u vaqt, joy , imkoniyat talab qilmaydi" degan gapingizga qo'shila olmayman
Nom: Re: Kitob o'qish kimga yoqar...
Yuborildi: Margilanets 07 Sentyabr 2006, 07:17:25
Shahina:

Nega endi Internet Abdulaziz etkanlaridek, vaqt joy imkoniyat talab qiladi. Chunki undan hamma joydayam foydalanurmisiz, kitoppi hamma joyda o`qisez bo`vuradi. Kitob joy talab qimiydi, doimo yonizda olib yururasiz, internetti ko`tarib yururmisku! Hammada internetga imkoniyat yo`q, Kitobga hammada imkon bor!
Nom: Re: Kitob o'qish kimga yoqar...
Yuborildi: Margilanets 07 Sentyabr 2006, 07:17:37
Noza;

Salom Shahina! Bilasizmi kitob ham vaqt talab qiladi deb o'yliman. Axir har erda ham o'qib bo'lmidiku kitobni. Xar narsani qonun qoidasi bo'lganday, kitob o'qishni ham qo'nun qoidasi bor!q
Nom: Re: Kitob o'qish kimga yoqar...
Yuborildi: Margilanets 07 Sentyabr 2006, 07:17:50
Maknuna;

Assalomu alaykum Noza!
Sizni bu forumnga a'zo bo`lganingiz bilan tabriklayman, doimo shunday faol bo`lishingizni tilab qolaman.
Noza, manam sizi fikrizi ma'qullamayman. Kitob baribir ustun! AbdulAziz etgan gapla to`gri, insonni inson qiladigan kitob!
I kitoppi hamma joyda o`quvrasiz. Bizada xolos, kitob o`qishga unchalik e'tibor berishmidi.
Boshqa yoqlada metrodayam, tramvaydayam, bir qarasez odamla kotta maydonni ortasidayam kitob o`qivotgan bo`ladi.
Nimaga uladayam internet bor. Bizadaka problemamas ulada. lekin ula baribir kitoppi ustun qo`yisahdi.
Kitoppi foyda tomonlari: (Internet bilan sravnivat qilganda)
1. Kitobga elektr energiyasi talab qilinmiydi.
2. Kitobga alohida ustroystvala keremas.
3. Kitob ko`zzi nurini to`kmiydi.
4. Kitoppi bemalol yonizda qolizda, sumkezda olib yururasiz va hohlagan joyda mutolaa qivuras.
5. Kitob bergan zavqqi siz boshqa yogdan topomiys.
6. Kitobdan siz hohlagan paytda foydalanuras, sizga u shpargalka bo`lishiyam mumkin. Inetni imtihonga opkirib ketomis-ku!
Xullas kalom, KITOBGA QAYTIB ISH KO`RMOQ XAYRLI DEYDILAR.
Nom: Re: Kitob o'qish kimga yoqar...
Yuborildi: Margilanets 07 Sentyabr 2006, 07:18:01
Noza:

SALOM MAKNUNA! :) KITOB HAQIDAGI GAPLARIZGA JA 100% BO'LMASA HAM 90% QO'SHILAMAN. LEKIN MAN NEGADUR UNCHA HUSH KO'RMIMAN KITOB O'QISHNI. BALKI SAL DANGASAROQ BO'LGANIM UCHUNDIR. YANA BILMADIM ???
Nom: Re: Kitob o'qish kimga yoqar...
Yuborildi: Margilanets 07 Sentyabr 2006, 07:18:14
Mohinur;

Ha, albatta, biz kitob o`qisak, kop narsalarga erisharkanmiz. Kitob doimo yo`ldoshimiz bo`lsin!
Kitob o`qish jonu dilimiz bo`lsin!
Kitobni o`lguday yomon ko`rmaylik!!!
Chunki kitob o`qigan hech qachon kam bo`lmaydi!!!
Nom: Re: Kitob o'qish kimga yoqar...
Yuborildi: Margilanets 07 Sentyabr 2006, 07:18:29
Mohinur;

Noza!
Siz kitobga mehr qo`ying, bir marta qunt bilan kitobni o`qib chiqing, faqat yaxshi asarlarni o`qing. O`zizam sezasiz, keyin, kitobga mehr qo`yib qolganingizni, u bilan hayot mazmunsizligini.
Abdulla Qodiriyning "Otgan kunlar"ini o`qing, garchi eski tilda bolsa ham goyatda tushunarli.
Siz zerikmasdan o`qing. Qiziqib qolasiz, men aytdi deng.
   
Nom: Re: Kitob o'qish kimga yoqar...
Yuborildi: Margilanets 07 Sentyabr 2006, 07:19:03
Samo:

Salom

мани кизиктирган мавзу булгани учун яна уз фикримни бермокликка ижозат берасизлар.

Инсонлар хар бир фаолиятдан завк олади. Фаолият жараёнида хамда натижасида.
Завк олмаган ишини килмай куя колади. Шунинг учун Китоб укишда ЗАВК УФКига эришмаган
албатта уша тур ЗАВКдан бебахра колаверади. Бу тур завкни умрида бир марта булса хам
китоб укиган инсон согинади.
Энг ахамитялиси китоб укишни инсон хохласа булгани у нарса унга тезда якинлашади.

бу постлардан куриниб турибдики сиз азизлар айрим китоблардан ЗАВК олганингиз учун
укигансиз. Энди фараз килинг шундай китоблар борки ундан оладиган ЗАВКга сизлар айтган
оддий китоблар беролмайди...
катта бир дарахт бор мевалари жуда куп. 1-2 мева еб мазза килган яхшими куплаб турли туман
меваларни ебми?

Бундай китобларга биринчи уринда Куръон киради. кейин даражасига кура бошка китоблар.
(Куръонни узини укишлик тавсия килинмаган тафсирлари хадисни эса шархларини укишлик тавсия
килинган)
Ислом оламида шундай асарлар борки улар етган уфкга гарб етолмаган. 1 бетлик манавий сурурни
гарбликлар зурга РОМАНчилик билан 300-400 бет нарса билан етказа олишган.

Хозир эса боткокдамиз. Укиш камайиб кетди. Манавий кашшокмиз. Гарбга гадомиз.
УЗлигимизни топмагунча саргардонмиз...

(романга карши эмасман. Хаётни авторни кузи билан ургатади. )
Nom: Re: Kitob o'qish kimga yoqar...
Yuborildi: Margilanets 07 Sentyabr 2006, 07:19:17
Assalom;

Assalomu alaykum SamO1
Mulohazalaringizni o`qib juda xursand bo`ldim!
Sizga savol bor edi:

1. Insonda kitobga mehrni uyg`otish uchun nima qilish kerak?
2. Masalan, menda shunday odat bor: Kitobni qo`limga olishim bilan, 10 bet o`qigach uyqum kelib qoladi. Nima qilish kerak?
3. Kitobni qanday tanlash kerak?
Nom: Re: Kitob o'qish kimga yoqar...
Yuborildi: Margilanets 07 Sentyabr 2006, 07:19:36
Samo;

1. Insonda kitobga mehrni uyg`otish uchun nima qilish kerak?
2. Masalan, menda shunday odat bor: Kitobni qo`limga olishim bilan, 10 bet o`qigach uyqum kelib qoladi. Nima qilish kerak?
3. Kitobni qanday tanlash kerak?


1. Insonda kitobga mehrni uyg`otish uchun nima qilish kerak?

Аввал узи учун нима ёкишини билиб олиши керак. Бошкаларни фикридан холи булиб.
масалан Монте Кристо яхши роман деб эшитиб колиб шуни укийман дегандан кура,
узи нимани яхши куришини билиб олиш керак. Сунгра шу жанрда бир китоб олиб укиш керак.
Давомий укиш керак.

2. Masalan, menda shunday odat bor: Kitobni qo`limga olishim bilan,
10 bet o`qigach uyqum kelib qoladi. Nima qilish kerak?

- Янги Китоб укишни хеч качон ЧАРЧАГАН Холатда укимаслик керак.
- Айрим китоблар бор узингизни багишламасангиз у сизга очилмайди. (жиддийман)
- айрим диний китобларда уйку келиши мумкин.
- кучли китобларни укиганда бош огриши мумкин. Ман хурсанд буламан демакки нейронлар янги
нарса олишмокда :) (хазил аралаш чин!)



3. Kitobni qanday tanlash kerak?

- китобни ёктириб колсангиз булди :) олмасликни иложи булмайди. танлаш каёгда :)
- хато тугри шаклида тажриба утказасиз сунгра уз тажрибангиз билан китоб танлайсиз.
масалан ман 92 йилдан 95 гача роса диний китоб йигганман. 98 ларда ярмидан купини
ёкиб юбордим. Хозир факат танлаб укийман купинча маслахатга кура.



Бир вактнинг узида 3-4 хил жанрда китоб укишликка харакат килиш керак.

Ксерокс аппрати булиб колмаслигимиз учун АМАЛИЁТ килишимиз ДАРКОР!

Кейин бир касаллик бор китобий булиб колиш. буни укимайдиганлар айтади нима учун.
чунки укиганлар АМАЛИЁТда кам курсатгани учун!



ПС Хар бир инсонни уз хохиши булади. Тугрими? Тугри.
To`gri lekin shu hohishni to`gri yo`lga yo`naltirilsa,
undan-da yaxshi bo`ladi? To`grimi?
Бу хам тугри

Аммо уртада нотугри нарса бор :) !

Assalom Noza http://kitob.tripod.com comda Bespredelnya Vlast degan
kitob bor shuni oqib koringlar. dangasalik uyquga ELTOLMAYDI. Juda zor kitob.
Nom: Re: Kitob o'qish kimga yoqar...
Yuborildi: Margilanets 07 Sentyabr 2006, 07:19:48
AbdulAziz:

Assalomu alaykum SamO!
Berayotgan qimmatli maslahatlaringiz uchun tashakkur izhor qilaman.
Darhaqiqat, kitob bu o`zga olam! Kitobga mehr qo`ygan shaxs uning og`ushida bo`ladi. Usiz yasholmaydi.
Bir tanishim bo`lardi. O`zining armiyadagi xizmati haqida gapirib bergandi. U armiyada kotib (pisar) bo`lib xizmat qilar, xizmatdan bo`shagach harbiy qism kutubxonasiga kirib kitob mutolaa qilarkan. U kitobni shunchalik sevgan ekanki. Bir kunda kamida bitta kitob tugatmasdan qo`ymas ekan. Oxiri shunday bo`libdiki, kutubxonada o`qishga arzigulik kitob qolmabdi (ya'ni badiiy, omaabop kitoblar). U o`shanda qo`liga tushgan ilmiy kitoblarni ham (fizika, astronomiya)larni ham o`qib tashlayvergan ekan. Xullasi kalom 3 yil deganda o`sha tanishim bitta katta bir kutubxonani xatm qilgan ekan. Hozirda uni universal odam deyishadi. U bilan hohlagan mavzuda suhbat qilsangiz maza qilaverasiz.
Buning hammasi uning ko`p kitob o`qiganligidan...
   
Nom: Re: Kitob o'qish kimga yoqar...
Yuborildi: Margilanets 07 Sentyabr 2006, 07:20:08
Otabek;

Ko'p kitob o'qiydigan odamni "uchyoniy" yoki "professor", deb masxara qiladiganlar ham topiladi. Balki aynan shu sababli kitob o'qiydiganlar ham kitobni bir chetga surib qo'yishar... Bunga qanday qaraysiz?
Nom: Re: Kitob o'qish kimga yoqar...
Yuborildi: Margilanets 07 Sentyabr 2006, 07:20:19
Samo;

Bilmadim Umuman ozi baho berish kasalidan qutulishni
organishim kerak bu manga kop tosiqlar olib keldi(moqda)
savolga kelsak
bunga sabab koproq kitobchilarda bolsa kerak
chunki masalan men ozim oqib amal qilmaganimdan keyin men masharalashga loyiqman-da
chunki kop oqib amal qilmagan yuk ortirilgan eshakka ohshatilgan buni hech qanday galati tarafi yoq :)
yana kop kitob oquvchilar odam ovi bolib qolgan balki shu ham sababdir

kitob oqimoqchilarga kelsak KERAK bolsa ozi oqib olaveradi. Eshakka ohshab qolishdan qorqandan kora
Odam bolishga ishongan durustroq

Osha KERAK bolsani kashf etsa bolgani.

Otabek siz qaysi soha boyicha oqimoqdasiz?
Nom: Re: Kitob o'qish kimga yoqar...
Yuborildi: Margilanets 07 Sentyabr 2006, 07:20:36
Otabek;

Men asli O'zDJTU xalqaro jurnalistika fakulteti 4-kurs talabasiman. Hozirda Janubiy Koreyaning Chung-Ang Universitetida koreys tili va adabiyoti bo'yicha bilim olmoqdaman.
   
Nom: Re: Kitob o'qish kimga yoqar...
Yuborildi: Margilanets 07 Sentyabr 2006, 07:21:20
Aziz:

Ushbu maqolani qaysi bo'limdan olganimni to'grisi kulmasalaringiz yodimdan chiqarib qo'ydim, ham shoshib turgandim. Baribir o'qiysizlarku shu sababli yuborayapman.
SAJDAGOHIMSIZ, OTAM...

Mazkur tarjimangiz O’tkir Hoshimov asarlaridagi ona obrazini eslatdi. Yaniki Onalar hamma joyda o’z mehri, onalik tafti bilan ajralib turadi. Otalar esa doimo bizlar uchun tayanch. O’qish va ijodiy ishlaringizda omadlar tilayman. Asarlaringizdan bahramand qilib turing.
Nom: Re: Kitob o'qish kimga yoqar...
Yuborildi: Margilanets 07 Sentyabr 2006, 07:21:31
Otabek;

Assalomu alaykum, Azizjon!
Avvalo, mening kamtargina ijodimga shunchalik yuqori baho berganingiz uchun minnatdorchiligimni bildiraman.
Sizga ham ismingizga monand aziz inson bo'lib yurishingizni tilayman. Albatta, fikrlaringiz juda to'g'ri. Ota-onalarimiz biz uchun eng qadrli insonlardir. Bu ko'z ochib yumguncha o'tib ketadigan umrimizni ularni shod etish uchun sarf etsak, o'ylaymanki, Olloh ham, ota-onamiz ham bizni u dunyoyu, bu dunyo kam qilmaydi.
Mening yozganlarim zoe ketmabdimi, demak, yangi-yangi maqola va hikoyalar yozishda davom etaveraman. Rahmat sizga...
Nom: Re: Kitob o'qish kimga yoqar...
Yuborildi: Margilanets 07 Sentyabr 2006, 07:22:02
Margilanets:

Assalomu alaykum!
Oldinlari manam umuman kitob o`qimasidim,kitob o`qiganlardi ko`rsam propessr deb o`tib ketardim. Bir kuni bitta akaxonimiz bitta kitop berdilar. Avvaliga uncha uncha yoqtirmey keyin ozgina o`qib shunaqa qiziqib ketdimki, umuman telizor ko`rmey qo`ydim, u kitob uch qism akakn, hammasini o`qib chiqdim, juda maza bo`larkan kitob o`qish shu paytgacha bilmey yurganakanman.
Nom: Re: Kitob o'qish kimga yoqar...
Yuborildi: Margilanets 07 Sentyabr 2006, 07:22:13
Otabek;

Kitob o'qishning foydali jihatlari qanday ekan?
Nom: Re: Kitob o'qish kimga yoqar...
Yuborildi: Margilanets 07 Sentyabr 2006, 07:22:24
Margilanets:

Eeee, zo`rakan aka!
1-dan, kop` narsani o`rganarkansiz
2-dan bo`sh vaqtiz bekor otmasakan, kino telezor ko`rgandan min matta yaxshikan.
3-dan ha ishqilib juda ko`pakan foydasi, uzr man endi silardaqa yaxshi gapirishti bilmiyman, hapa bo`mesilar.
Nom: Re: Kitob o'qish kimga yoqar...
Yuborildi: Margilanets 07 Sentyabr 2006, 07:22:45
Margilanets:

Silarga savollarim boridi:
1. Kitob o`qiganda qanaqa kitoblar o`qigan yaxshi?
2. Kitob yozuvchilar shuncha fikrdi qattan oladi?

Internetda shu jahon adabiyotini o`zbechalari ziyo-uz dan tashqari yana biron joyda bormi?
manga shunaqa saytlardi topibering, aka?
Nom: Re: Kitob o'qish kimga yoqar...
Yuborildi: yabancicek 14 Sentyabr 2006, 00:51:24
Otabek;

Ko'p kitob o'qiydigan odamni "uchyoniy" yoki "professor", deb masxara qiladiganlar ham topiladi. Balki aynan shu sababli kitob o'qiydiganlar ham kitobni bir chetga surib qo'yishar... Bunga qanday qaraysiz?

Agar odamlarning hamma gapiga e'tibor qaratib foydali ishlardan voz kechaverilsa manqurtdan farqimiz qolmaydi.
Nom: Re: Kitob o'qish kimga yoqar...
Yuborildi: Samo 11 Oktyabr 2006, 20:50:12
Margilanets:

Silarga savollarim boridi:
1. Kitob o`qiganda qanaqa kitoblar o`qigan yaxshi?
2. Kitob yozuvchilar shuncha fikrdi qattan oladi?

Javob
1 orinda diniy kitoblarni oqib mustahkam bolib olish zarur
keyin boshqa kitoblar otish kerak...
Nom: Re: Kitob o'qish kimga yoqar...
Yuborildi: MUHAMMADBOBUR 23 Dekabr 2006, 23:03:34
ASSALOMU  ALAYKUM
FORUMDOSHLAR   
MEN  SIZLARGA   AYTSAM,  KITOB  UKISH  MENGA   MAZA,  HUDDU   BIROVLAR   SIGARA  EKIY  NOS   CHEKMASA   TUROLMAYDI  MEN  HAM  KITOB   UQIMASAM   TUROLMAYMAN.
   SUBHONNOLLOH.
Nom: Re: Kitob o'qish kimga yoqar...
Yuborildi: sultonxon 24 Dekabr 2006, 21:38:40
Sabablar bir talay.Yana bir muhim sabab bu- kishini uziga tortib oladigan kitoblarning ohirgi paytda juda kamayganligidir.Hech esimdan chiqmaydi maktabda uqib yurgan kezlarimiz edi.Uyda kitobga shunchalik berilib ketganimdan, onamlardan dakki eshitardim:´´Ertadan kechgacha kitob uqiyverma´´.Lekin ayb menda emas,kitobda.Menga kim ayta oladi ohirgi paytda chop etilgan zur kitoblarni?[/size]Hurmatli forumchilar bu savol sizlarni e'tiboringizga.
Nom: Re: Kitob o'qish kimga yoqar...
Yuborildi: gayrat17 26 Dekabr 2006, 06:55:24
Kitob o;qish  inson ma;naviyatini belgilaydi. Balki bizni ma;naviyatimiz pasiyib ketayotgandir. Manaviyat Iqtisod bilan uzviy bog;liq. Iqtisodning pasiyaishi manaviyatimizni ham pasaytirib yuboradi. Bu internetu TV lar Evropa va Amerikada, Yaponiyada ham borku. Ular ham o;qimaytimakan, ? ???
Nom: Re: Kitob o'qish kimga yoqar...
Yuborildi: mutaallimah 26 Yanvar 2007, 04:21:51
Assalomu-alaykum kimga qanday bilmadim.Lekin men uchun kitobdan yahshi dost yuq.Bu balki oilaviy udumga ham bogliqdir.Eslayman juda kichikligimdan ayajonim uqirdilar qollariga tushgan kitobni u'qib bitirmagunlaricha uhlamasdilar.Keyinro tog'alarimdayam shu sifatni kordim.Hatto ayam,buvim, tog'alarim bir-birligidan avval uqishni hohlab kitoblarni berkitib yurishganiga guvoh bulardim.Hozir u'zim ham shundayman,Ayam yoki kattalar kamro uqi kozga zarar deyishlariga qaramay kitob har doimgi hamrohim.Alhamdulillahki har turli kitobga qiziqaman hoh dunyoviy bu'lsin hoh diniy bu'lsin.Menimcha inson uchun kitobdan yahshi dust bulmasa kerak.Kitobdan ham maslahat olaman,ham uqish davomida vaqtimni asrqyman va eng keragi g'iybatlardan saqlanaman.
Nom: Re: Kitob o'qish kimga yoqar...
Yuborildi: Shahina 04 Fevral 2007, 20:06:18
Masturaxonning gaplariga man ham qo'shilaman.
Kitobga bo'lgan qiziqish albatta oiladan boshlanadi. Agar oila a'zolari kitobga mehrli bo'lsalar, bolalarda ham shu xislat namoyon bo'ladi.
Bizanikida ham shunaqa, buvamlani kotta kutubxonalari bo'lgan. U hozir ham saqlanib qolgan.
Bobomning bir odatlari bor. Kitoblarini begonalarga ishonmaydilar. Balki bu ham to'g'ridir.
Lekin kitob o'qish juda ham maroqli narsadir.
Nom: Re: Kitob o'qish kimga yoqar...
Yuborildi: Said Nosir 05 Fevral 2007, 09:22:22

O'qish,izlanish inson hayotining mazmuni bo'lishi kerak.Kitoblarni kitobxon yaxshi-yomon demay hammasini o'qiyverishi kerak va eng asosiysi o'ziga to'g'ri xulosa chiqarib olishi keran.
Nom: Re: Kitob o'qish kimga yoqar...
Yuborildi: mutaallimah 19 Fevral 2007, 01:34:29
Assalomu-alaykum man ham yuqoridagi insonni fikrlariga qu'shilaman .Adajonim aytadilar inson hikmatni yerdan topsa ham olishi kerak deb.Buni ma'nosini suraganimda qulingga tushgan kitobdan hikmat qidirib u'qisang hikmat topasan.Eng asosiysi yahshilik izlasang yahshilikka erishasan degandila.
Nom: Re: Kitob o'qish kimga yoqar...
Yuborildi: Bir muslima 24 Fevral 2007, 23:46:37
Assalomu alaykum, menga kitob o'qish yoqadi. Kitob mening hayotim. Bilim manbai...
Nom: savol?!
Yuborildi: mutaallimah 01 Mart 2007, 23:29:54
  
Assalomu alaykum
hurmatli  forum ishtirokchilari .U'zim uchun qiziq bir savolga sizlar bilan javob topishni umid qilaman.Sizlar uchun kitob u'qishga sarflangan vaqt bu'sh vaqt hisoblanadimi?Kitob u'qish sizni toliqtiradimi? forumda u'tirishga ketgan vaqtinglarchi?Forumda u'tirganizda undan ma'naviy mazmun olasizlarmi?
Nom: Re: savol?!
Yuborildi: Laylo 02 Mart 2007, 03:50:37
Va alaykum assalom Masturaxon!
Kitob o'qishga sarflangan vaqt bo'sh vaqt emas. Chunki siz kitobdan ilm o'rganasiz. Hadislardan aytilganidek, 1 soatlik ilm bir kechalik ibodatdan a'loroqdir. Muttasil kitob o'qish toliqtirishi mumkin. Lekin ma'lum reja asosida o'qib, yana boshqa ishlarga ulgursangiz aslo toliqtirmaydi.
Ha, ziyouz forumidan men ma'naviy ozuqa olaman, ayniqsa, muslima birodarlarim bilan suhbatlashib ko'nglim tog'dek ko'tariladi.
Nom: Re: savol?!
Yuborildi: Nodi 03 Mart 2007, 07:32:45
Assalomu alaykum!
Man ham Layloning gaplariga qo'shilaman.
Agar bir narsaga qo'l ursangiz, u nima bo'lishidan qat'i nazar undan ilm olsangiz, ma'naviy zavq olsangiz, bunga ketgan vaqt xayrlidir va zoe ketmaydi.
Man ziyouzni shundaylardan deb bilaman.
Nom: Re: savol?!
Yuborildi: Muslimа 03 Mart 2007, 13:10:05
Assalomu alaykum!
Man hech qachon kitob o'qishga va Ziyouz ga kirgan vaqtimni zoe ketgan dib hisoblamayman. Kitob o'qib o'zimga kerakli barcha narsalarni, topaman, diniy va dunyoviy ilmimni oshiraman. Manimcha bo'mag'ur seriallarni ko'rib ularga vaqtni ketqizgandan ko'ra kitob o'qigan va Ziyouz forumiga kirgan afzal. Ayniqsa Muslima bo'limiga kirishni va dugonalarim bilan shuxbatlashishni hamma keraksiz narsadan ustun qo'yaman!
Nom: Re: savol?!
Yuborildi: Dilnura 03 Mart 2007, 15:32:16
Kitob uchun ketgan vakt men uchun hechkachon zoye hisoblanmedi.CHunki men tibbiyot oliygohida o'kiyman va vaktim ham dars tayorlash,kerakli vazifalarni o'kishga ketadi.
Forumga kelsek, forumga men yukoridagi "muommocha"ladan chetga chikish va birinchi o'rinda ma'naviy ozuka olish uchun kiraman va bunga ketgan vaktimga sira achinmiman.
Nom: Re: savol?!
Yuborildi: Asal 04 Mart 2007, 22:01:29
Man bu forumda o'tirib rohatlanaman bu forumda qanaqadir sir borga o'xshidi Dilnura siz bu yoqqa yengi kirganga o'xshidi postiz endi 4 ta bo'pti qo'yvurin xali bu forummi bizayam 1 yayratili.Man bu forumdigila bilan judayam yaxshiman ula bilan umuman dushmanligim yo'q man ulani do'st sifatida sevaman va ulani qachon ko'rarkinman db orzu qivomman.Ulardan ALLOH rozi bo'lsin iloyim OMIN.
Nom: Re: savol?!
Yuborildi: Dilnura 07 Mart 2007, 14:13:02
Man bu forumda o'tirib rohatlanaman bu forumda qanaqadir sir borga o'xshidi Dilnura siz bu yoqqa yengi kirganga o'xshidi postiz endi 4 ta bo'pti qo'yvurin xali bu forummi bizayam 1 yayratili.Man bu forumdigila bilan judayam yaxshiman ula bilan umuman dushmanligim yo'q man ulani do'st sifatida sevaman va ulani qachon ko'rarkinman db orzu qivomman.Ulardan ALLOH rozi bo'lsin iloyim OMIN.
Inshaallah:)
Nom: Re: savol?!
Yuborildi: Murod_bek 08 Mart 2007, 09:13:04
 Assalomu Alaykum!
Mening fikrimcha ham shunday.Kitob o'qish bo'sh vaqtni isrof qilish emas...
Ko'p kitob ustida o'tirish ko'zni toliqtiradi.Ayniqsa avtomobilda kitob o'qib ketish ko'zga qattiq ta'sir qilishi aniqlangan...
Forumda o'tgan vaqt ham niyatga qarab e'tibor etiladi menimcha...
Nom: Re: savol?!
Yuborildi: islimakhanim 08 Mart 2007, 19:12:13
 Assalamu alaykum!
Bu savol rosa muhokama qilindi. Lets change da topic. Soat taqish haqida kim nima deya oladi? Agar dalilla bilan bo'lsa, yanayam yaxshi!
  Masalan, shaxsan o'zim soatni o'ng qo'lga taqaman. Chunki soat taqish yahudiyladan chikkan, bu la'natlangan xalq qilgan ishlarni qilmaslik buyurilgan biz musulmonlarga. Qolaversa, o;ng qo'l chap qo'ldan afzalrok ekanlarigini Mohammad (Sav) ning barcha ummatlari bilsa kerak. lekin soatni o'ng qo'lga taqish biroz noqulaylikla tug'diradi. mesala, mishka bilan ishlayotganda, ba'zan yozishga to'gri kelib qolganda... etc. Siz bu haqida nima deya olasiz?
Nom: Re: savol?!
Yuborildi: AbdulAziz 08 Mart 2007, 20:14:41
Soatni qaysi qo'lga taqish haqida dalillar yo'q.
Shaxsan man soat taqmayman. Telefonda soat bor. Shunga kifoyalanaman.
Manimcha qaysi qo'lga taqsangiz ham sizga malol kelmasa bo'ldi.
Odamlarni gapi bilan esa ishim yo'q.
Nom: Re: Kitob o'qish kimga yoqar...
Yuborildi: topsync 12 Aprel 2007, 16:16:47
Kitob o`qish menga yoqadi ,lekin o`qiydigan kitob yo`q
Nom: Re: Kitob o'qish kimga yoqar...
Yuborildi: Suvon 12 Aprel 2007, 21:50:54
Kitob o`qish xaqida gapirsam, kitob mening xayoti. Afsuski, xozirgi vaqtda kitobga e`tibor kamayib ketdi. Ko`pgina maktab o`quvchilarini kutubxonada emas, balki mana biz ishlayotgan internet kafeda uchratamiz, televezordagi seriallarni ko`rishini aytmasa xam bo`ladi. To`g`risini aytsam qishlog`imizdagi kutubxona bolalar bormagani uchun yopilib ketdi. Buyog`i dardini aytish denmangu, baribir odam ta`sirlanadida.
Nom: Re: savol?!
Yuborildi: lolo 19 Aprel 2007, 11:44:29
kitob u'qishga sarflangan vaqt bu'sh vaqt hisoblanadimi?
Kitob u'qish sizni toliqtiradimi?
forumda u'tirishga ketgan vaqtinglarchi?
Forumda u'tirganizda undan ma'naviy mazmun olasizlarmi?
- Aslida kitob o'qish bo'sh vaqt hisoblanmaydi, ammo ba'zi odamlar kitob o'qiganida kallasiga hech narsa kirmaydi, boshqa narsani hayol surgan holda o'qiydi hamda eng achinarlisi hech keragi yo'q narsalarni o'qish bilan vaqt o'tkazadi, mana shundaylarni vaqti zoe ketyapti, deb aytish mumkin.
- Kitob o'qish turli hil sabablarga ko'ra toliqtirishi mumkin; yozilgan narsa juda ko'p ezmalik bilan yozilgan bo'lishi, yoki aksincha tafakkur qilishga majburlaydigan darajada yozilgan bo'lishi, dam olmasdan juda ko'p o'qishi, yorug'likning yetishmasligi, ko'z ko'rish faoliyati qay darajadaligi, yozuvning hajmi qandayligi va hokazo.
- forumga sarflangan vaqt ham yuqorida aytilgan kitobga sarflangan vaqtning javobiga o'xshaydi.
- forumdan juda ko'p ma'naviy ozuqa olish mumkin, lekin buni hamma ham uddalay olmaydi.
Nom: Re: Kitob o'qish kimga yoqar...
Yuborildi: DilyaD 25 May 2007, 01:29:46
Kitob o'qish..... bu haqda MAN o'ylab korishim kere, umuman kam kitob o'qiyman, judayam..... yomon ko'raman(ba'zan sevib ketaan, o'sha paytlarda o'qib olaman!)
Nom: Re: Kitob o'qish kimga yoqar...
Yuborildi: Mahdiyah 25 May 2007, 09:06:57
Assalamu alaykum!

Shu mavzuga oldin ham post qoldirgan ekanman.
O'qib rosa kuldim.

Hozir kitoblar mening ham hayotim mazmuniga aylangan.
Kitobda gap ko'p ekan...
Lekin shuni bildim-ki kitobni ham tanlab o'qish kerak ekan!
Nom: Re: Kitob o'qish kimga yoqar...
Yuborildi: lolo 25 May 2007, 23:14:15
Shu mavzuga oldin ham post qoldirgan ekanman. O'qib rosa kuldim.
Manam oooldin yozganlarimmi o'qisam rosa kulaman, balki keyinchalik ham xozirgi paytlada yozvatganlarimga rosa kularman...
Nom: Re: Kitob o'qish kimga yoqar...
Yuborildi: Replikantka 09 Iyun 2007, 15:26:12
Китоб укиш мангаям екади, айникса романтик ва севги мухаббат хакидагиларини жуда яхши кураман, хамда экциклопедияларни  хам укиман
Nom: Re: Kitob o'qish kimga yoqar...
Yuborildi: Fatima 03 Iyul 2007, 13:54:54
Kitob o`qish mani hayotim desam ham bo`ladi. Uydan uzoqqa ketsam ham hech bo`lmaganda 1 ta kitobimni o`zim bilan olaman.
Nom: Re: Kitob o'qish kimga yoqar...
Yuborildi: lolo 03 Iyul 2007, 23:14:09
Man kitobni avtorini, mundarijasini va foydalanilgan adabiyotlarini o'qiyman bo'ldi!!!
Nom: Re: Kitob o'qish kimga yoqar...
Yuborildi: Abdulholiq 04 Iyul 2007, 02:38:50
Kitob-bu mening so'zlamaydigan tarbiyachimdir.
Nom: Re: Kitob o'qish kimga yoqar...
Yuborildi: Akmal 09 Avgust 2007, 04:28:34
Ушбу мавзуда китоб Ñžқиш ҳақида гап кетибдиғÑŽ, лекин қандай китоблар ҳақида гап кетаётганлиги айтилмабди, лекин суҳбатдошларнинг фикридан келиб чиққан ҳолда, кўпчилик китоб Ñžқиш деганда кўпроқ бадиий адабиётларни Ñžқишни тушунаркан деган хулосага келдим.

Ҳар қандай ҳолатда ҳам китоб Ñžқилишининг камайиб кетишини сабабларини баҳоли қудрат, фикри ожизимча баён қилмоқчиман:

1. Китобларнинг қимматлиги. Ҳатто баъзида баъзи оилалар мактаб дарсликларини сотиб олишга ҳам қийналиб қолишади.

2. Телевизор, радио, интернет ва бошқа соҳаларнинг олдинги ўринга чиқиб олганлиги. Кўпчилик китоб Ñžқиб бош оҳриқ бўлгандан кўра, оддий кўриб хулоса чиқарадиган кинони кўришни афзал билишади. Ёш болалар учун эса, китоб Ñžқишдан кўра битта ўйин ўйнашни афзал билишади.

3. Савиянинг пасайиб кетиши. Баъзида "Китоб Ñžқиб, шаҳар олиб берармидинг. Бориб бошқа ишни қил" деган ота-оналарнинг гапларини эшитиб ҳам қоламиз. Боласининг ўйинхоналарда кун ўтказишига пул берадиган ота-она, китоб Ñžқиши учун пул тўлагиси келмай қолади. Агар ота-она боласининг бекор вақтини ана шундай ишларга сарфлашин и назорат  қилганда кўп нарсалра ўзгарган бўларди.

4. Сариқ матбуотнинг авж олиши. Қишлоққа борганимда кўпчиликнинг "жёлтый пресс" га ружу қўйганини гувоҳи бўламан. Ҳар борганимда 4-5 синфда Ñžқийдиган жиянчам "Ҳордиқ"да нима чиққани-ÑŽ, "Даракчи"да қанақа қўшиқчи ёки актёр ҳақида маълумот чиққанини айта бошлайди. Бундан ташқари, телевизордаги телесериалларни биттасини ҳам қолдирмай кўради. Яна мендан сўраб қўяди "Тоға, шу сериални кўраяпсизми?" деб.
Ҳар борганимда бирота китоб совға қилай деман-у, яна ўйлаб қоламан. Қаердан қизиқарли латин алифбосидаги китобларни топсам бўларкан деб. Гоҳида сандиқда чанг босиб ётган китобларимни олиб Ñžқиганини эшитсам хурсанд бўламан, лекин менинг китобларимнинг деярли ҳаммаси кирилл алифбосида.
Ана шунақа гаплар, суҳбатдош...

Бундан ташқари, инсоннинг ўзи ҳам китобни керакли эканлигини ҳис қила билиш керак.
Бир вақтлар бир синфдошим бор эди. Мактабда арранг уч баҳога Ñžқиб юрарди. Бирорта ҳам бадиий китобни Ñžқимасди. Ҳаммамиз мактабни битирдик. Ҳар ким ҳар хил жойларга учирма бўлди. Мен ҳам талабалик бахтига муяссар бўлдим. Адашмасам, 2-курслик вақтимда қишлоққа борганимда ўша синфдошим билан гаплашиб қолдим. Гап-гап билан бўлиб, китоблар ҳақида суҳбатлаша бошладик. У ўша пайтда чиққан охирги романларни деярли ҳаммасини Ñžқиб чиқибди.Образлар ҳақида ўзининг шахсий фикрларини билдираяпти. Қойил қолгандим. Ўша китобларни филологияда Ñžқиб мени ўзим ҳам Ñžқимагандим...

Ана шунақа гаплар...
Китоб Ñžқишга, илм олишга укаларимизни, фарзандлармизни жалб қилишнинг йўлларидан бири уларга китоб совға қилиш деб ўйлайман. Барибир, қўлида турса бирор кун зерикишаданми ёки қизиқишанми уни Ñžқийди-ку?! Муҳими, бир марта Ñžқиб тушуниб, қадрига етиб олса бас...
(давоми бор...)
Nom: Re: Kitob o'qish kimga yoqar...
Yuborildi: Robiya 11 Avgust 2007, 12:45:27
Bolaligimdan kitob bilan hamnafasman.Esimda 3-4 sinfdaligimdanoq turli badiiy kitoblarni o'qirdim.O'sha paytlarda "Sariq devni minib" kitobi eng sevimli kitobim edi.Undan keyin esa juda ko'p kitoblarni o'qib chiqdim.Faqat o'qish bilan ish bitmaydi.Har bir o'qigan kitobimdan o'zimcha xulosa chiqardim.Uni hayotga tatbiq etishga harakat qildim(agar u to'g'ri bo'lsa).Hozir esa asosan diniy kitoblarni o'qiyapman.Yaqinda Imom G'azzoliyning 2 tomlik "Mukoshafat - ul qulub" kitobini o'qib chiqdim.Juda ta'sirlandim.Bracha userlarga mana shu kitobni o'qishni tavsiya qilaman.
Nom: Re: Kitob o'qish kimga yoqar...
Yuborildi: Iroda 11 Avgust 2007, 16:46:26
-Yaqinda O'. Hoshimovning "Ikki eshik orasida" kitobini oqidim, bu kitob haqida judayam kop eshitgandim lekin oqishga imkon bolmagandi. Judayam qizziq va ibratli kitob desa boladi.
Nom: Re: Kitob o'qish kimga yoqar...
Yuborildi: lolo 16 Avgust 2007, 05:54:48
O'. Hoshimov "Ikki eshik orasi"
bu kitob mani eng yaxshi ko'rgan kitobimdir, rosa zo'r yozilgan, voqealar huddi o'z boshimdan o'tvatgande tuyulgandi... dahshat...
Nom: Re: Kitob o'qish kimga yoqar...
Yuborildi: Robiya 20 Avgust 2007, 13:26:27
-Yaqinda O'. Hoshimovning "Ikki eshik orasida" kitobini oqidim, bu kitob haqida judayam kop eshitgandim lekin oqishga imkon bolmagandi. Judayam qizziq va ibratli kitob desa boladi.
O'.Hoshimovning "Daftar hoshiyasidagi bitiklar" kitobini ham o'qib ko'ring,sizga yoqadi.Yumor orqali turmushning achchiq haqiqatlari bayon qilingan.
Nom: Re: Kitob o'qish kimga yoqar...
Yuborildi: ihlosa 12 Iyun 2009, 23:58:29
O'tkir hoshimovning "daftar hoshiyasidagi bitiklar " eng sevimli kitoblarimdan biridir kitobdagi har bir bitikda hayotning ma'no mazmuni uchratib baho bershingiz mumkin
Nom: Re: Kitob o'qish kimga yoqar...
Yuborildi: Kumush 13 Iyun 2009, 08:49:21
Gabriel Garsiya Markesning "Yolg'izlikning yuz yili", "Oshkora qotillik qissasi" nomli asarlari  insoniyatning eng yetuk tafakkur cho'qqisiga yetgan kitoblar deb o'ylayman.Bir o'qib ko'ring a?
Nom: Re: Kitob o'qish kimga yoqar...
Yuborildi: siddiqa 14 Iyun 2009, 01:15:52
Albert kamyuning Begona asari boshida zerikarli tuyulgandi ,lekin ohirida hamma narsaga ,his tuyg'ularga ham begona deb topilgan inson taqdiri ,qop qorong'u qamoqhonadagi o'ylar ......judayam tasir qildi .
Nom: Re: Kitob o'qish kimga yoqar...
Yuborildi: imlaah 14 Iyun 2009, 04:41:10
Gabriel Garsiya Markesning "Yolg'izlikning yuz yili", "Oshkora qotillik qissasi" nomli asarlari  insoniyatning eng yetuk tafakkur cho'qqisiga yetgan kitoblar deb o'ylayman.Bir o'qib ko'ring a?

Chindan shunday o'ylasangiz insoniyyat tafakkuri haqida tor fikrlaydiganga o'hshatdim negadir.Tafakkur aslida nima ?Insonning tafakkuri aslan qanday seziladi.Bir o'ylab ko'ring..

  P.S.Yuqoridagi kitoblar chindan yahshi yozilgan....
Nom: Re: Kitob o'qish kimga yoqar...
Yuborildi: Kumush 14 Iyun 2009, 16:51:47
Gabriel Garsiya Markesning "Yolg'izlikning yuz yili", "Oshkora qotillik qissasi" nomli asarlari  insoniyatning eng yetuk tafakkur cho'qqisiga yetgan kitoblar deb o'ylayman.Bir o'qib ko'ring a?

Chindan shunday o'ylasangiz insoniyyat tafakkuri haqida tor fikrlaydiganga o'hshatdim negadir.Tafakkur aslida nima ?Insonning tafakkuri aslan qanday seziladi.Bir o'ylab ko'ring..

  P.S.Yuqoridagi kitoblar chindan yahshi yozilgan....
Assalomu alaykum  forumdoshim.Postlaringizni o'qib, qachondir Alloh nasib etgan kun siz bilan fikr almashaman deb dilimga tugib quygandim.Shukrkim mana niyatimga yetdim :D
Kimdir o'tirgan joyida tafakkur orqali dunyoni narigi chekkasini ko'radi.Kimdir devor bo'lmasa ko'chani ko'ra oladi holos.Va bu o'rinda siz mutlaqo xaqsiz!Axir bu asarlari uchun Markesga Nobelni bekorga berishmagandir deb siz bilan munozaraga kirishib ketishim mumkin, lekin amalda o'zim ham xech narsaga tushunmayman.Xaqiqatda o'sha kitobni har safar o'qiganimda Markes nima demoqchi bo'lganini to'liq anglayolmayman.
Tafakkur aslida nima?
Menimcha tafakkur borliq va uning yaratuvchisini anglashda.Yana kim biladi deysiz?
O'yladim...
Hozir ham shuni o'ylab o'tiribman.
Ikki soatdan beri tinmay o'ylayapman.Hali ko'p o'ylayman.Balki yillab o'ylarman...

Nimanidir tushungandek bo'ldim.Meni o'ylashga majbur qilgan birodarimning tafakkuri menikidan yuqori ekanini sezib qoldim...
Nimayam derdim Alloh rozi bo'lsin sizdan!

P.S.Bunaqa ochiqdan ochiq tan olib yozishlik sizga sodda mug'ombirlikdek ko'rinib qolish ehtimoli bor bo'lsada, har nechuk dilimdagi gaplarim edi.

Nom: Re: Kitob o'qish kimga yoqar...
Yuborildi: imlaah 15 Iyun 2009, 02:01:42
Gabriel Garsiya Markesning "Yolg'izlikning yuz yili", "Oshkora qotillik qissasi" nomli asarlari  insoniyatning eng yetuk tafakkur cho'qqisiga yetgan kitoblar deb o'ylayman.Bir o'qib ko'ring a?

Chindan shunday o'ylasangiz insoniyyat tafakkuri haqida tor fikrlaydiganga o'hshatdim negadir.Tafakkur aslida nima ?Insonning tafakkuri aslan qanday seziladi.Bir o'ylab ko'ring..

  P.S.Yuqoridagi kitoblar chindan yahshi yozilgan....


P.S.Bunaqa ochiqdan ochiq tan olib yozishlik sizga sodda mug'ombirlikdek ko'rinib qolish ehtimoli bor bo'lsada, har nechuk dilimdagi gaplarim edi.



Va alaykum assalam.
Singlim javobingiz uchun rahmat.Lekin ohirgi fikringiz noo'rin bo'libdi.Men hali sizning fikringizni o'qib unga javob yozmasimdan avval nima deb o'ylashim haqida o'zingizcha hulosa qilishingiz biroz noto'g'ri.

P.P.S:Донолар дебдиларким: энг кам баҳслашувчилар энг оқил муаллимлардир.
Nom: Re: Kitob o'qish kimga yoqar...
Yuborildi: Muzayyana 25 Iyun 2009, 15:17:10
Assalamu alaykum.
Bugungi kunda ko'pchilik kishilar, kitob o'qishmaydi, lekin hamma ham emas, albatta. Agar ota-onani o'zi kitobni kam o'qisa, farzand qanday qilib kitobga muhabbatli bo'la oladi.
Bir maruzada eshitgandim...
"Bir dono kishi aytgan ekan, qani endi sarpolarga ham kitob solishni o'rgansak edi, oila mustahkamligiga erishgan bo'lar edik."
Yana bir ibratli iqtibos keltirmoqchiman, bolani kitobga muhabbatli qilib tarbiyalash lozim, bozorlar oralab yurib farzandlarimizni kiyim-boshlariga 50ming so'm sarflayotganizda, kitob uchun 5ming so'm sarflasak nima bo'ladi?!
Bolalikning yamoq kiyimda o'tgan chog'lari keyinchalik unut bo'lishi mumkin, lekin ma'naviy ozuqasiz o'tgan paytlarini to'ldirish qiyin bo'ladi.

Nom: Re: Kitob o'qish kimga yoqar...
Yuborildi: Ansora 13 Fevral 2010, 20:34:47
Kitob o'qish juda yoqadi,,,faqat vaqt bo'lsa bo'ldi....
Nom: Re: Kitob o'qish kimga yoqar...
Yuborildi: Muzayyana 04 Mart 2010, 13:56:40
Bir solih kishining ayoli aytgan ekan(ismlari hozir yodimdan ko'tarilibdi):
Kitoblar men uchun 3ta kundoshdan ham afzal.
H.Hamidovning maruzalarida keladi: "Bu o'xshatish emas, o'ylab ko'ring agar ayolning uchta kundoshi bo'lsa unga navbat 4-kun yetib keladi, bu hatto har haftaga ham to'g'ri kelmaydi." Ahli solihlar mana shunday bo'lishgan, agar farzandimiz bizga kitob olib bering holi jonimizga qo'ymasdan harhasha qilsa, bilingki, siz baxtli ota-onasiz!
Nom: Re: Kitob o'qish kimga yoqar...
Yuborildi: lolo 04 Mart 2010, 14:52:37
Imom Tahoviy haqlarida o'qib qoldim. Sochlari uzun bo'lganakan va sochlarini tepaga (shiftga shekli) bog'lab qo'yarkanla, kechasi bn kitob o'qirkanla, agar uhlab qosala sochlari tortilib uyg'onib ketarkanla va o'qishda davom etarkanla. Bu usulni bir sinab ko'rish kk.
Nom: Re: Kitob o'qish kimga yoqar...
Yuborildi: lolo 14 Mart 2010, 08:34:31
Imom Ahmad rahimahulloh o'qishni o'rganib, ilm olishni boshlaganlaridan buyon umrlari davomida faqat 2 kun o'qimagan ekanlar: otalari vafot etgan kun va uylangan kunlari.
Nom: Re: Kitob o'qish kimga yoqar...
Yuborildi: siddiqa 14 Mart 2010, 15:25:59
Kitob o'qish juda yoqadi,,,faqat vaqt bo'lsa bo'ldi....

  :) :) :)
Nom: Re: Kitob o'qish kimga yoqar...
Yuborildi: JaviK 20 Mart 2010, 13:21:42
Men kitob o`qisam dam olgandek bo`laman ko`pincha she`riy kitoblar o`qiyman
Nom: Re: Kitob o'qish kimga yoqar...
Yuborildi: Skromnaya 04 Mart 2012, 21:33:10
assalomu alekum wr wb!
bazan kitoblarda siz netda yoki  tvda radioda topmaganlarizi topiwiz mumkun kitobni foydali tarafi juda kop