forum.ziyouz.com

Jamiyat va inson => Oila va jamiyat => Mavzu boshlandi: muxlisa 02 Fevral 2012, 13:36:07

Nom: Biz bilmagan bolajonlar + bolakaylar haqida haqiqatlar
Yuborildi: muxlisa 02 Fevral 2012, 13:36:07
 :asl3:

Forumdoshlar o'z bolajonlari yoki jiyanchalari haqida doimiy odatlari, har kungi qiziq qiliqlari haqida yozib borsalar....

"Biz bilmagan porumchilar"da o'zimiz haqimizdagi faktlardan to'yib yozdik, boshqalarni rosa to'ydirdik :7 Endi kichkina odamchalar haqida yozib-o'qib mazza qilib to'ysak, degandim...

+ (http://s018.radikal.ru/i521/1202/55/e48eb9042259.jpg)

Bolalar tabiati, ularning ruhiy dunyosi, fikrlash doirasi, tushuncha o'lchovlari haqinda yozmoqchi bo'lgan yozg'uvchilar bo'lsa ham marhamat!:)

Shaxshiy fikrlar aybga buyurilmaydi:)
Nom: Re: Biz bilmagan bolajonlar + bolakaylar haqida haqiqatlar
Yuborildi: muxlisa 02 Fevral 2012, 13:54:53
Mashxur bir tabiyachini aytishicha, bolalar hayot gullari, ammo bu gullarni ochilib-yoyilib ketishga yo'l qo'ymaslik kerak ekan.
Bola aziz, odobi undan aziz degan gapga to'g'ri kelarkan...

Bolduin degan kishi esa bolalar haqida shunday degan ekan: "Bolalar xech qachon kattalarning gapiga kirishmagan, lekin doimo ularga taqlid qilishgan".
....

Nom: Re: Biz bilmagan bolajonlar + bolakaylar haqida haqiqatlar
Yuborildi: Muhammad Sanjar 12 Fevral 2012, 14:07:02
Yoz oylari edi, oila a'zolarimiz bilan birga o'tirgandik, endigina yurishni boshlagan jiyanim bizga bir narsala gapirgancha yonimizga kela boshladi, yo'liga qarame yurayotgani uchun qoqilib ketmasin dib, "Oyog'izi tagiga qaren" digandim, 1 yashar jiyanim O'zbek tili frazeologiyasidan hali xabari yo'qligini bildirib qo'ydi, shunde yurishdan to'xtadiyu, o'tirvolib oyoqchalarini tagini qarey boshladi..
"Yo'lizga qaren" digan ma'noda aytgan gapimi tushunme oyog'ini ushlab, hayron qarab o'tirgan jiyanimi ko'rib maza qilib kulgandim..
Nom: Re: Biz bilmagan bolajonlar + bolakaylar haqida haqiqatlar
Yuborildi: muxlisa 13 Fevral 2012, 15:09:05
Demak, bolajonlar haqidagi haqiqatlarning birinchisiga yozamiz:)

1. Bolalar so'zning asl ma'nosini tushunishadi. Ular majoziy ma'nodagi gaplarni, kinoyani to'ppa-to'g'ri qabul etishadi.

Forum mavzularidan ilhomlanib:) bolalarga atab kichik savollar to'plami tuzgan edim, javob yozmoqchi bo'lganlar o'zlarining hayot quvonchlari haqidagi faktlarni oshkor qilishlari mumkin, marhamat!

1.Bolangizning eng ko’p beradigan savoli?

2.Bolangiz qaysi o’yinchog’ini ko’proq yaxshi ko’radi?

3.Bolangizning eng yaxshi ko’rgan taomi?

4.Bolangiz nimani yomon ko’radi (yoki uning eng yomon ko’rgan narsasi(ishi)

5.Bolangizni eng yaxshi ko’rgan ishi yoki narsasi?

6.Bolagizni eng yaxshi ko’rgan kitobchasi?

7.Bolangiz nimaga mutaxassis? (Ya’ni uning eng yaxshi qiladigan ishi, uddasidan chiqaradigan ishi)

8.U nimadan qo’rqadi?

9.Bolangizning sevimli miltiki?

10.Bolangizni laqabchasi bormi? (erkalatib nima deb chaqirasiz?)

O'z savolingizni qo'shishingiz ham mumkin...

Nom: Re: Biz bilmagan bolajonlar + bolakaylar haqida haqiqatlar
Yuborildi: Muhammad Sanjar 17 Fevral 2012, 00:12:14
...
8.U nimadan qo’rqadi?
...

Bu savolni o'qishim bilan katta jiyanim ko'z oldimga keldi. Hozirda 6 yoshga kirgan jiyanim, nimagadir yaqin-yaqingacha ham bo'ridan qo'rqardi.
Biznikiga kelganda bo'rini bu yaqin atroflarda umuman yashamasligini aytib, tushuntirish ishlari oborardim, bo'rini ko'rmagan qizchani kallasiga bu hayvon qayodan keganikin deb o'ylardim.
Hozir bu qo'rquvini tashladi, lekin ba'zi-ba'zida eslab turadi.
Nom: Re: Biz bilmagan bolajonlar + bolakaylar haqida haqiqatlar
Yuborildi: muxlisa 17 Fevral 2012, 18:10:31
Qo'rquv  - bu insonga berilgan tuyg'u.  Bolalardagi qo'rquv qanday bo'lishi haqida Detskie uroki saytida yaxshi ma'lumot berilgan ekan, shuni e'tiborilaga havola qilsam.

2.Bolalar doim nimadandir qo’rqishadi.

Birinchidan, bola yolg’izlikdan qo’rqar ekan. Ota-onasning yonida bola o’zini xotirjam sezadi, chunki u himoya ostida ekanligini biladi. Qachon ota-onasi oldidan ketsa, bola darrov o’zini ximoyasiz his qila boshlaydi. Yolg’iz qolish uni asabiy va juda ta’sirchan bo’lishiga sabab bo’ladi..

 8-10 oylik bola notanish, begona odamlardan qo’rqar ekan. Bunday yoshdagi  bolalarda  beixtiyor qo’rquv sababli notanish odamlar unga yomonlik qilishi mumkin deb o’ylar ekan. Shuning u-n bola begona odamni ko’rganida, onasini pinjiga tiqilib yig’lar ekan.

Taxminan, 3-5 yoshlardagi bolalar ertak personajlaridan qo’rqishni boshlar ekan. Bola bu personajlar qanday ko’rinishga ega va o’zidan qanday xavf-xatar chiqarishini bilishmaydi va undan havsirash paydo bo’ladi. Bu xil qo’rquv sababchilari, bolani yalmog’iz kampir va x.z. personajlardan qo’rqitadigan ota-onalarning o’zlaridir. 5 yoshgacha bolaga tushunarli va ijobiy adabiyotlarni tanlagan ma’qul ekan.

Maktab yoshigacha bolalar o’lim oldidagi qo’rquvni his etisharkan. Ko’pincha bunday qo’rquv, dahshatlar, kasal bo’lib qolish qo’rqinchi, tabiiy ofatlar qo’rqinchi singari qo’rquvlar orqali ifoda etilarkan. Taxminan, shu yoshdagi bolalar, kasalxona va shifokorlardan qo’rqishadi, negaki ular qandaydir ko’rinmas yo’l orqali o’lim bilan bog’liqdir.
Shu sababdan bolani kasalxona va do’xtirlar bilan qo’rqirish mumkin emas. Yaxshisi bolaga qilinadigan barcha ishlar uning sog’lom va kuchli bo’lib o’sishiga sabab bo’lishini tushuntirish kerak.

Yetti yoshli bolalar ota-onasini yo’qotib qo’yishdan qo’rqishar ekan. Go’yo onasi yo’q bo’lib qolsa, u  Yer yuzida yolg’iz qolib ketayotgandek tuyular ekan. Va yana yolg’izlik qo’rquvi"¦

Maqola oxirida, bolani qo’rqmaslikka o’rgatish uchun, unga doimo shirin gapirish, ota-onasi uni juda yaxshi ko’rishini, doim u bilan bo’lishini va xecham tashlab ketmasligini ko’p-ko’p aytib turish kerekligi haqida aytilibdi.
 
Nom: Re: Biz bilmagan bolajonlar + bolakaylar haqida haqiqatlar
Yuborildi: amir.temur 20 Fevral 2012, 15:15:24
  Bolajonlarni biram yaxshi ko'raman. Pulim ko'p bo'lsa bitta xususiy bolalar bog'chasi bilan xususiy maktab ochaman inshalloh :)
   Mani qizim 1-sinfga maktabga boradi. Yo'l uzoq bo'lgani uchun har safar uni olib kelgani uyimizdan yoshi kattaroq biror kishi boradi. O'zbekistonga borganimda o'zim olgani bordim. Velosipedda qaytishni yaxshi ko'ragani uchun velosipedda borgandim. Qaytishda qizimga:
- Qizim, endi man yo'llarni bilmayman. O'zingiz endi uyga borishni ko'rsatib borasiz," -dedim.
- Siz maktabga kim bilan keldiz.
- Bir o'zim.
- Sizga unda maktabga kelish yo'lini kim ko'rsatdi.
- Ha, qizim, bir amallab topib keldim-da.
- Unda qanday kelgan bo'lsangiz, shunday qilib uyga olib ketasiz - degan.

   Bolalar juda aqlli bo'lishadi. Biz ularni bu bola, hech narsani bilmaydi deymiz-u, ular bizni "bola" qilib tashlashadi. Eng muhimi, ularni aldamaslik kerak ekan.
Nom: Re: Biz bilmagan bolajonlar + bolakaylar haqida haqiqatlar
Yuborildi: Ansora 01 Mart 2012, 14:36:14
Demak, bolajonlar haqidagi haqiqatlarning birinchisiga yozamiz:)

1. Bolalar so'zning asl ma'nosini tushunishadi. Ular majoziy ma'nodagi gaplarni, kinoyani to'ppa-to'g'ri qabul etishadi.

Forum mavzularidan ilhomlanib:) bolalarga atab kichik savollar to'plami tuzgan edim, javob yozmoqchi bo'lganlar o'zlarining hayot quvonchlari haqidagi faktlarni oshkor qilishlari mumkin, marhamat!

1.Bolangizning eng ko’p beradigan savoli?

2.Bolangiz qaysi o’yinchog’ini ko’proq yaxshi ko’radi?

3.Bolangizning eng yaxshi ko’rgan taomi?

4.Bolangiz nimani yomon ko’radi (yoki uning eng yomon ko’rgan narsasi(ishi)

5.Bolangizni eng yaxshi ko’rgan ishi yoki narsasi?

6.Bolagizni eng yaxshi ko’rgan kitobchasi?

7.Bolangiz nimaga mutaxassis? (Ya’ni uning eng yaxshi qiladigan ishi, uddasidan chiqaradigan ishi)

8.U nimadan qo’rqadi?

9.Bolangizning sevimli miltiki?

10.Bolangizni laqabchasi bormi? (erkalatib nima deb chaqirasiz?)

O'z savolingizni qo'shishingiz ham mumkin...

1. Hali gapirmagani uchun savol bermayabdi lekin aniq "ne?" nima desa kerak:)

2. Mashinalar, voydod, mashina jinnisi hamda poyezdi, hali yoshiga kattalik qilgani uchun relsdan chiqsa dod deyaverdi yigishtirib qoydim:)

3. Qovurilgan kartoshka, lekin kamdan kam beraman, zararli, deb. lekin uzun uzun qilib, dimlab saryogda qilaman shundayam:) sosiska, kolbasa- Osiyolik nima bolsayam:)

4. Himm, uyqusi kelgan oyoqda turishni, chidamay dod soladi, darrov uxlataman, keyin uyqusiga toymaganda uygonishni...uyqu judayam muhim biz uchun:)

5. Heee:) suv idishidan suvni stakanlarga boshatish, devorlarni suvlash, devorlarga rasm chizish- yani hamma zararli ishlar, ha keyin chomilish jonu dili:)

6. Hamma kitoblari yaxshi koradi, anchadan beri soginsin deb yashirgan joyimdan kecha sumkasini topib oldi, birdan dod deb qoldi, qarasam ogir sumkani tortiqlayabdi:) kitoblarini meni bezovta qilmay naq yarim soat "oqidi" :)

ozicha kuladimiyeyy:)

7. Qoyillatib oynaydi:) ayniqsa Kafkaz raqslariga, behazil:) bir multikda bor, shuni koraverib organib olibdi:)  (ota tarafi Kafkaz qon tortdi) katat bolsa inshalloh beramiz deb turibmiz shu raqsgayam, soglom bolsin...

8. Himm. mensiz qolishdan:( eshikni ochishim bilan dod....darrov yopishadi..

9. Peppe:)

http://www.youtube.com/watch?v=ov0L7ki8K7k

10. Tosun- novvos, ashkısı- sevgilim, pompili, dombili :) ponponli kelebek - ponpon- shu dumaloq yumshoq boladiyu shapkalarda shu:)

Nom: Re: Biz bilmagan bolajonlar + bolakaylar haqida haqiqatlar
Yuborildi: Ansora 01 Mart 2012, 14:51:59
Bolaga yoshi kichkina, demasdan ish buyuring, unga ishoning. Oglim shuni qil, buni qil, desam biram xursand boladiki, uyalganday kulimsiraydi, keyin chopqillab ketadi:)
Nom: Re: Biz bilmagan bolajonlar + bolakaylar haqida haqiqatlar
Yuborildi: Humayro 01 Mart 2012, 15:13:51
Mani jiyanim ham o'gliiz yoshida. boshqasiga ish buyursak ham u turib qiladi, rahmat aytib maqtab qo'ysang, o'zida yo'q xursand, boshinga kelib qarab turadi yoki shartta ovqati hali tugamagan likopchani yig'ishtirib ketadi.
hamma ovqatlanayotganda u xonani aylanib yuradi, kimi qanday narsasini topsa obkelib qo'liga tutqazadi (u paypoq bo'lishi ham mumkin, mob telefon ham unga farqi yo'q).
Nom: Re: Biz bilmagan bolajonlar + bolakaylar haqida haqiqatlar
Yuborildi: Ansora 01 Mart 2012, 15:17:38
Mani jiyanim ham o'gliiz yoshida. boshqasiga ish buyursak ham u turib qiladi, rahmat aytib maqtab qo'ysang, o'zida yo'q xursand, boshinga kelib qarab turadi yoki shartta ovqati hali tugamagan likopchani yig'ishtirib ketadi.
hamma ovqatlanayotganda u xonani aylanib yuradi, kimi qanday narsasini topsa obkelib qo'liga tutqazadi (u paypoq bo'lishi ham mumkin, mob telefon ham unga farqi yo'q).

Ayniqsa televizorni yoq, deng, undan baxtli odam yoq:)
Nom: Re: Biz bilmagan bolajonlar + bolakaylar haqida haqiqatlar
Yuborildi: Abdulhafizaka 05 Iyul 2012, 00:25:17
Asalomu Alaykum, bolajonlrimiz-jannat rayhonlari, bu gaplar bejizga aytilmgan. 2 o'g'il 2 qizimiz bor Allohga shukur ularni hammasi har hil odat va qiliqlarga ega lekin hamma bolalarda birhil ehtiyoj bor bu ETIBOR ha bolani eng bahtiyor qiladigan narsa shirinlik yo o'yinchoq emas aynan etibor. Kichik qizcham bilan kunig mecha marotaba {bugun ko'rishmappizu} desam kelib ko'risha veradi bazan mendan burun o'zi shunaqa deb yugurib keladi. Biz kattalar ishga o'ralashib ularni unutib qo'yamiz.
Nom: Re: Biz bilmagan bolajonlar + bolakaylar haqida haqiqatlar
Yuborildi: Aqoid 05 Iyul 2012, 08:25:32
Bizning farzandlarni qiziq odati bor. Ayasini senlab, meni sizlab gapiradi.
Nom: Re: Biz bilmagan bolajonlar + bolakaylar haqida haqiqatlar
Yuborildi: Муслимшухрат 05 Iyul 2012, 13:16:38
Bizning farzandlarni qiziq odati bor. Ayasini senlab, meni sizlab gapiradi.

  Qonida borda-a, qonida . Hapa bòmaysilarda endi. :D
Nom: Re: Biz bilmagan bolajonlar + bolakaylar haqida haqiqatlar
Yuborildi: Muzayyana 05 Iyul 2012, 15:20:36
Mani qizim yaqinda bir yarim yosh buladi. Man uy ishlari bilan band bulaman, u buvisi bilan kup vaqtini utkazadi. Tasbehni oladi deguncha "la-la" diydi. Namoz uqiyotgan odamni kursatadida yana shu la diydi. Bolalar uta tez qabul qiladi va yaxshi yodda saqlidi.
Nom: Re: Biz bilmagan bolajonlar + bolakaylar haqida haqiqatlar
Yuborildi: Mahdiyah 06 Sentyabr 2012, 08:46:57
Bola oq qog'ozga o'xshaydi deyishadi.
Nimani yozsang shuni o'qisan.

Bir qo'shnimiz nevarasiga (3-4 yashar) "Allohu akbar" degan so'zni o'rgatibdi.
Bola emasmi o'rganvolib qayyerda yursayam o'zidan o'zi baqirib "Allohu akbar!" divorarkan.
Ko'chadami, aftobusdami o'zidan o'zi "Allohu akbar!" deb baqiradigan bo'pti.  :D
Unga buvisi ko'chada hijolat bo'lib endi unaqa dima dib urishayotganakan.  ;D
Nom: Re: Biz bilmagan bolajonlar + bolakaylar haqida haqiqatlar
Yuborildi: Abdulhafizaka 06 Sentyabr 2012, 09:30:41
Bola oq qog'ozga o'xshaydi deyishadi.
Nimani yozsang shuni o'qisan.

Bir qo'shnimiz nevarasiga (3-4 yashar) "Allohu akbar" degan so'zni o'rgatibdi.
Bola emasmi o'rganvolib qayyerda yursayam o'zidan o'zi baqirib "Allohu akbar!" divorarkan.
Ko'chadami, aftobusdami o'zidan o'zi "Allohu akbar!" deb baqiradigan bo'pti.  :D
Unga buvisi ko'chada hijolat bo'lib endi unaqa dima dib urishayotganakan.  ;D
Бу схши бувижон скан. Мен бир бошқа бувижонни ксрганман.
Туғруқ хона дарчаси олдида кспчилик билан мен хам аёлимни кутиб турган сдим, бир кампир набирасини етаклаб келган скан, бир вақт атрофдагиларга набирасини мақтаб кетди: менинг набирам зсрда бир сскиниб бер буларга,
... , ... , ... , ... , уч нуқта срнидаги ссзларни сшитиб менга узоқроққа кетишдан сзга чора қолмади, сзи хаётини сшаб бслган бу кампирни боланинг онгини хам захарлаб улгурганини ксриб ачиниб кетдим.
Nom: Re: Biz bilmagan bolajonlar + bolakaylar haqida haqiqatlar
Yuborildi: Mahdiyah 07 Sentyabr 2012, 19:42:31

U bolakay kimni so'kdi? Yangi tug'ilgan chaqaloqnimi? Yo chaqaloq olib kelgan onasinimi?  ;D
Nom: Re: Biz bilmagan bolajonlar + bolakaylar haqida haqiqatlar
Yuborildi: Abdulhafizaka 07 Sentyabr 2012, 19:59:07

Сскишни сргатган бувижонини  ;D
Nom: Re: Biz bilmagan bolajonlar + bolakaylar haqida haqiqatlar
Yuborildi: Mahdiyah 07 Sentyabr 2012, 20:16:49
Tavba qildim.
O'zimham xuddi shunaqa xolni ko'rganman.
1 nevara, 1 evara dib rosa erklatishardi o'sha bolani.
So'kishni o'rgatardi o'z otasi.
Bora bora dadasiniyam yasiniyam qolaversa buvisi va buvasiniyam o'zlari o'rgatgan "shirin" so'zlar bilan gapira boshladi bola.
Nom: Re: Biz bilmagan bolajonlar + bolakaylar haqida haqiqatlar
Yuborildi: Abdulhafizaka 07 Sentyabr 2012, 20:19:49
Tavba qildim.
O'zimham xuddi shunaqa xolni ko'rganman.
1 nevara, 1 evara dib rosa erklatishardi o'sha bolani.
So'kishni o'rgatardi o'z otasi.
Bora bora dadasiniyam yasiniyam qolaversa buvisi va buvasiniyam o'zlari o'rgatgan "shirin" so'zlar bilan gapira boshladi bola.
Хаа снди арпа еккан арпа сради, буғдой сккан буғдой срадида
Nom: Re: Biz bilmagan bolajonlar + bolakaylar haqida haqiqatlar
Yuborildi: Mo'min Mirzo 08 Sentyabr 2012, 05:52:14
Аҳмад Шавқийдан бир зарбулмасал:
"Товус ва болалари"

Товус бир кун кибр ила юрди,
Болалари юришин ксрди,
Тумшуқларин қилишиб осмон,
Унга тақлид қилдилар чунон.

"Бу не қилиқ?", деди у ёниб,
Дедилар: Биз олдик срганиб.
Ўзингизни тузатинг унда,
Одобимиз ксрасиз шунда.
Айтгансизку: "У ким бслса ҳам,
Ўргатганни тутади маҳкам".

Ае қилайлик, бизлар боламиз,
Ота қилган ишни қиламиз.
Nom: Re: Biz bilmagan bolajonlar + bolakaylar haqida haqiqatlar
Yuborildi: Mahdiyah 05 Noyabr 2012, 22:17:56
Bir tanishimnikiga qayni ukasining qassob og'aynisi kelibdi.
Unga tanishimning o'g'illari uni savolga tutishibdi:
-Amaki, amaki qassobmisiz?
- Ha.
- Nima so'yasiz?
Qassob bo'lganigami bola demay, hazili ham "qassoblarcha":
- Pulini bersa odam ham so'yaveraman?
Bolalar:  :o  :o  :o

Kechasi bolalar onasiga:
- Oyijon bizani pul berib so'ydirvormisiza???  :D  ;D  :D
Nom: Javob: Biz bilmagan bolajonlar + bolakaylar haqida haqiqatlar
Yuborildi: Muxsiya 27 Mart 2013, 11:50:40
мен курганим бувиси чучкача булиб беринг кизим деганда бола чучкадек лаб лунжини бужмайтириб пишкирган сди бувиси сса хурсанд ана менинг чучкачам деб
Nom: Javob: Biz bilmagan bolajonlar + bolakaylar haqida haqiqatlar
Yuborildi: Mo'min Mirzo 09 May 2013, 14:11:53
O'g'ilchamizni kiyintirib ko'cha aylantirgani olib chiqib ketyapman. Ko'cha eshikka yetganda "hey qayoqqa" deganimga qaramay pildillab ichkariga qaytib buvasiga qo'lini ochyapti...
"Buvash duo qilin, biz tetti".
Allohga shukr, bir-ikki oydan beri duo olmay chiqmaydi.
Nom: Javob: Biz bilmagan bolajonlar + bolakaylar haqida haqiqatlar
Yuborildi: Muxsiya 09 May 2013, 23:36:46
Qush uyasida ko'rganini qiladi o'zingiz ham shunga odatlangan bo'lsangiz bolangiz sizdan o'rnak olayotgandir.
Nom: Javob: Biz bilmagan bolajonlar + bolakaylar haqida haqiqatlar
Yuborildi: Mo'min Mirzo 01 Iyun 2013, 08:06:55
Фарзандингиз ёлÒ“он гапирсптими? Демак, сиз уни Ò›аттиÒ› назорат остига олган скансиз!
Фарзандингиз сзига ишонмасптими? Демак, сиз уни шижоатлантирмас (руÒ³лантирмас) скансиз!
Фарзандингиз схши гапира олмасптими? Демак, сиз у билан суÒ³батлашмас скансиз!
Фарзандингиз сÒ“рилик Ò›илсптими? Демак, сиз унга совÒ“а-салом бермаётган скансиз!
Фарзандингиз Ò›срÒ›оÒ›ми? Демак, сиз уни ксп Ò³имос Ò›илар скансиз!
Фарзандингиз бошÒ›аларни Ò³урмат Ò›илмасптими? Демак, сиз унинг ёнида овозингизни пасайтирмас скансиз!
Фарзандингиз доим Ò›овоÒ“и осилганми? Демак, сиз уни маÒ›тамас скансиз!
Фарзандингиз бахил (Ò›изÒ“ончиÒ›)ми? Демак, сиз у билан сзаро шериклик (Ò³амкорлик) Ò›илмас скансиз!
Фарзандингиз бошÒ›аларга нисбатан тажовуз Ò›илсптими? Демак, сиз унга нисбатан Ò›спол (даÒ“ал) муносабатда бслар скансиз!
Фарзандингиз заифми? Демак, сиз унга ксп дсÒ›-псписа Ò›илар скансиз!
Фарзандингиз сизни Ò›изÒ“онсптими? Демак, сиз унга нисбатан бесътибор скансиз!
Фарзандингиз сизни безовта Ò›илиб, тинчингизни бузсптими? Демак, сиз уни баÒ“рингизга босиб, юзларидан спмас скансиз!
Фарзандингиз сизга итоат Ò›илмасптими? Демак, сиз ундан ксп нарсаларни талаб Ò›илар скансиз!
Фарзандингиз одамови бслиб Ò›олганми? Демак, сиз сзингиз билан сзингиз овора скансиз!

Лсихолог профессор ТориÒ› ал-Ò²абиб
Nom: Javob: Biz bilmagan bolajonlar + bolakaylar haqida haqiqatlar
Yuborildi: Muxsiya 01 Iyun 2013, 11:31:18
Yon daftarimga yozib qo'yaman mavridi bo'lsa kerakli ma'lumotlar ekan
Nom: Javob: Biz bilmagan bolajonlar + bolakaylar haqida haqiqatlar
Yuborildi: IRFON-2012 06 Iyun 2013, 10:30:46
Jannat rayhonlari

O'zbek xalqi judayam bolajon millatdir. Bolam mendan baxtliroq bo'lsin deydi. Topgan tutgani faqat bolasi uchundir. Bir umr mehnat qilib topganini farzandi uchun bir soniyada sochib tashlashi mumkin. Bolajonlarni "Jannat rayhonlari" deb ataydilar. Ular kulsa dunyo kuladi. Insonlar ichida yomon deb nom taratganlarning ham ko'plari farzandiga judayam mehribon ekanligini ko'ramiz. Bir donishmand aytgan ekan: "Xaqiqiy baxtni bolalar kulgusida ko'rdim!".

Ba'zilar aytadi, erkak kishiga bolalar haqida gapirish yarashmaydi, bu xotinlarning ishi. Yo'q unday emas. Bolalarga qarash, tarbiyalash, ovqatlantirish va yuvintirib kiyintirishga ayollar mas'ul bo'lsa, erkaklar ularning ikkalasiga umumiy mas'uldir. Odatda erkaklar bolalar haqida gapirganda ko'pincha tarbiya haqida so'z boradi. Ammo men bugun tarbiya haqida emas, boshqa narsalar haqida gapirmoqchiman. Hozircha tarbiyani o'z holiga qo'yamiz. Bu borada ham aytilgan va aytiladigan gaplar judayam ko'p.

Bolalar haqida, meni xayratlantirgan dastlabki narsa, ulardagi hushbo'y xiddir. Chaqaloqlarni xidlab ko'rganmisiz? Buning o'xshashini boshqa narsada topolmaysiz. Bolajonlarning o'ziga tortadigan asosiy narsalaridan yana biri, judayam chiroyli bo'lishadi. Oylar o'tgan sari yanada shirin bo'lib boraveradi. Ularni ko'rgan har qanday kayfiyatdagi inson beg'ubor tabassum qilishga majbur bo'ladi. Ular judayam yengil bo'ladi. Endi qadam bosayotgan vaqtda muvozatni judayam ko'p yo'qotadi. Yerga yiqilsada biror joyi ko'karib chiqmaydi. Tasavvur qiling, xuddi shu shaklda siz, tikka turganda birdan o'tirib qolsangiz qanchalik og'riq sezasiz. Yelkangiz barobaridan guppillab tushib ketsangizchi? Meni jiyanlarim tushib ketganiga ko'p guvoh bo'laman. Nozikroqlari biroz yig'laydi. Sho'xrog'lari esa shartta turib o'ynab ketaveradi, hayron qolaman. Alloh saqlar ekanda! Lekin, judayam extiyot bo'lish zarur. Asfaltga yiqilsa qattiq tushadi, shuning uchun quruq yerda yurgani afzal.
Hammani hayron qoldiradigan yana bir xususiyat, bolalar hech qachon yolg'on gapirmaydi. Oyisidan qo'rqib yolg'on gapirish keyinchalik o'rganiladi. Dastlabki gapirgan vaqtlardan 3-4 yoshlargacha umuman yolg'on eshitmaysiz. Chunki ular hali yolg'on gapirishni bilmaydi. Shuning uchun ham ularni farishtaga qiyoslaymiz.

Bolalar tez o'zgaruvchan bo'ladi. Yig'lab turib ham kulguga o'tib ketaveradi. Falonchidan xafa bo'ldi degan gapni eshitmaysiz. 5 daqiqa avval o'yinchog'ini tortib olgan bola bilan ham kulishib o'ynashaveradi. Ikkita bir xil yoshda jiyanim bor, biri qiz biri o'g'il. O'g'il bola kuchliroq, narsa talashayotganda qiz bolani turtib yuboradi. Qiz jiyanim yig'lab oyisini yoniga kirib ketadi. Birozdan so'ng qaytib chiqib, keling birga o'ynaymiz deb kulib turgan bo'ladi.

Bolalar judayam o'rganuvchan bo'ladi. Kattalarning gaplari va harakatlariga judayam e'tiborli bo'ladi. Bu ular uchun eng qiziq narsadek tuyuladi. Hamma o'zi ovqatlanayotganini ko'rib, men ham o'zim ovqatlanaman deb harhasha qiladi. Aslida oyisi yedirib qo'yishi uning uchun osonroq bo'lsa ham. Bolalarning tinglashi ham ajoyib. Bolalarga hos ertak aytib bersangiz, ko'zlarini uzoq uzoq yummasdan tinglaydi. Jajjigina hayolchalaridan nimalar o'tyapti ekana deb kuzatib turaman. Xalqimizda "Bolalik uy bozor, bolasiz uy mozor" degan gap bor. Rostan ham bolasi yo'q honadonga kirsam hammayoq jimjit, zerikarli tuyuladi. Bolalik uy esa doimo gavjumdek turaveradi.

Bolaning oldida uning dadasi yoki oyisini yomonlab ko'ring, bir zumda dushmanga aylanasiz. "Meni dadam hammadan kuchli", "Meni oyim hammadan chiroyli" degan gaplarni tagida qolib ketasiz. Ayiqchasini yoki qo'g'irchog'ini tashlab yuborsangiz, tezda olib bag'riga bosadi. Ayiqchasini qo'liga bermaguncha uxlamaydi.

Tarbiyalayman deb bir narsani tushuntirsangiz, tezda esidan chiqadi. Men ba'zida sal po'pisa qilib qo'yamanda. Indamay o'tirib oladi jiyanim. 2 daqiqa o'tmay yana to'polon avjiga chiqadi. Behosdan oyog'i yoki qo'li menga tegib ketsa, qo'rqib yuzimga qaraydi. Endi meni so'kadi deb o'ylaydi. Aslida ularning zarbasi kattalarga og'riq berishga yetmasligini bilmaydida. Qo'rqib turgan nigohlarini ko'rib, yuzlaridan o'pib boshini silab qo'yaman. Xursand bo'lib yugurib ketadi.
Bolalarda asta sekin uyalish hissi ham rivojlanib boradi. Kamchilik nuqsonini boshqalar ko'rmasligini hohlaydi. Qancha sho'x bo'lsa ham begona uyga borganda ma'lum muddat uyalib turadi.

Beg'ubor hilqat haqida aytadigan gaplarimiz judayam ko'p. Mayli, shu joyda to'xtatamiz. Xurmatli o'quvchi, sizga maslaxatim shuki, dunyo tashvishlarini bir zumga unutmoqchi bo'lsangiz bolalar dunyosiga tashrif buyuring. Undagi ajib xikmatlardan bahramand bo'ling! O'zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekovni "Bolajon" deb nomlangan qo'shig'i menga judayam yoqdi. "Xasratlarim unutay, bir jilmay qani" degan joylari ko'ngilga borib yetdi.
Biz erkaklar ko'pincha vaqtimiz bo'lmaydi. Qancha yaxshi ko'rsakda doim birga bo'lolmaymiz. Bu ayb emas albatta. Bizning vazifamiz ularga baxtiyor yashash sharoitini tashkil qilib berishdir. Ana o'sha maskanda esa, ayollarimiz bolajonlarni yuvib-tarab ulg'aytiradilar. Mana shuning o'zi bizga katta ne'matdir! Aziz do'stlar, kelinglar bolalar dunyosidan ham bahra olib turaylik!

Muallif: IRFON
Nom: Javob: Biz bilmagan bolajonlar + bolakaylar haqida haqiqatlar
Yuborildi: azizbek_mx 06 Iyun 2013, 22:41:44
obbo siz-ey, okaginam, ja yurakni ezvordizu. Jiyaniz bag'rizda ekan, yomonam odamni ichini kuydirvordiz. Bizdaqa musopirla nima qilsin, monitorda ko'rgan boshqa, "jivoy" ko'rgan boshqa ekanda...

anov tushmagur, Skype deganlarida uyga qo'ng'iroq qilsam, ukam jiyanimni tizzasiga qo'yvolib, yuzlaridan o'pib-o'pib "havas qilyapsanmi" deb qo'yadi :D

ukamni o'ziyam hali yosh bola. Litseyni bitiray deyapti, hech katta bo'lmaydi baraka topgur :)
Nom: Javob: Biz bilmagan bolajonlar + bolakaylar haqida haqiqatlar
Yuborildi: sadida 07 Iyun 2013, 00:25:00
Bolalarni aqlsiz deyishadi, lekin hamma aql shularda bo'lsa kerak. Faqat o'zlarini aqlsizlikka olishadi. Shundek qilsak hoxlagan narsamizga ega bo'lamiz deb uylashsa kerak. Bolalardan ayyor mahluq bo'lmasa kerak dunyoda. Har doim aqlizga kelmagan uylamgan narsalarni savol berib turishadi. Ayniqsa o'qituvchilar bolalarni savoliga javob berishga qiynalib qolishadi ba'zida. Beshinchi sinfligimda Tarix darsida ''Odamning kelib chiqishi"" mavzusiga kelganimizda o'qituvchi odamlar maymundan kelib chiqqanini aytgandilar. Bunga albatta maymunlarni o'zlari ham ishonmasa kerak. Ushanda bitta sinfdoshimni aytgan gapi o'qituvchimizni yuzlarini qizartirib yuborgandi. ''Uztoz unda siz ham maymun ekansizda'' degandi.  :7
Nom: Javob: Biz bilmagan bolajonlar + bolakaylar haqida haqiqatlar
Yuborildi: Zumrad1995 10 Noyabr 2013, 13:46:15
Jiyanimni yoshi 5da.. Umri uzoq bo`lgur, biram aqlli qizaloq bo`lib katta bo`lyapdi..
 Ko`pincha men bilan uxlaydi, uxlashdan oldin men duolarni ichimda aytaman, jiyanim bo`lsa, "bismilloh demadizku, duo aytmay uxlayapsizmi" deydila:)
Ichimda aytdim uxlayvering o`ziz aytib desam, "haa, ichida aytsayam Xudo eshitadimi, ashunga aytmayapsizmi" deydila:) Xa,xa, shunday asalim, endi uxlang desam, "voy men asalmasman ismimdi bilmisiye" deydila :-D
Nom: Javob: Biz bilmagan bolajonlar + bolakaylar haqida haqiqatlar
Yuborildi: Mahdiyah 19 Avgust 2015, 09:13:38
O'tgan Ramazon oyida 3,5 yoshli Mahdiyamiz ovqatlanaturib:
- Ayajon siz ovqat yemisizmi.
- Yo'q qizim man ro'zaman. Kechki payt ovqatlanaman. Ro'za tutganman, inshaalloh sizam kotta qiz bo'lsangiz ro'za tutasiz
- Haaaa. Ko'tta bo'lsam ro'za tutaman. Birga ro'za tutamiiiiiiiiiz keyin baliq tutamiiiiiiiiz...
-  :D :D :D
Nom: Javob: Biz bilmagan bolajonlar + bolakaylar haqida haqiqatlar
Yuborildi: Hadija 15 Sentyabr 2015, 10:06:55
Kecha o'g'lim Abdulloh oyisi bn adasiga baliq tutib berdi. :) Qiziq hich adasi baliq tutishga obormaganla... Bog'chani ta'siri bo'lsa kerak
Nom: Javob: Biz bilmagan bolajonlar + bolakaylar haqida haqiqatlar
Yuborildi: Khushnutbek Kamolov 18 Noyabr 2015, 10:02:48
Jiyancham hozir 1 yarim yoshda va doim ajoyib harakatlar bilan bizni lol qoldiradi. man mashgulot qilaman har kuni uni kuzatib otirardi. bir kuni buvijonimlarga man bajargan mashqni korsatib berishga urinibdi lekin ishonish qiyin bir yarim yoshlik endi qadam tashlagan bolakay man bajargan mashqni bajarishni uddalabdi..... bundan tushinish mumkinki bolalar tez organadilar va uni bajarishga albatda urinib korarkanlar... Qush uyasida ko'rganini qiladi deganlari ham shu bo'lsa kerakda
Nom: Javob: Biz bilmagan bolajonlar + bolakaylar haqida haqiqatlar
Yuborildi: azizbek_mx 17 Dekabr 2015, 02:13:38
Yozda ishlagandim. Bu o'sha, jiyanim Oysha))
#Invalid YouTube Link#

(linkni invalid deyapti, mana asli https://www.youtube.com/embed/S3cAlTzFK_A )
Nom: Javob: Biz bilmagan bolajonlar + bolakaylar haqida haqiqatlar
Yuborildi: x.fazl 15 Fevral 2016, 15:18:23
9 oylik qizim adasini qo'llarida uxlashshi yaxshi koradi. Hozi ayni tishi chiqip qiynalvotgan payt kechasi yig'laganda man ovutib uxlatolmiman,lekin adasini yelkalariga boshini qo'yib bir pasda uxlab qoladi. :1
Adasiyam mani ayab, uyg'otmiy, uzlari obbo'o'-lab ko'taradila.
Man ish qivotganda qizimi boylab o'tqazib qoyaman.jim uziga uzi gapirib o'tiradi. Adasi kelib qolsala kulib, yo'taladi,tipirchilidi. Agar ko'tarmiy o'tib ketsala bormi,shunaqa yig'lap xo'rligi kelib,oxiri qo'llariga chiqvoladi  :7

Pol chetidegi plintuslarimiz birin -ketin ko'chirilvoti.  :4
Nom: Javob: Biz bilmagan bolajonlar + bolakaylar haqida haqiqatlar
Yuborildi: Hadija 30 May 2016, 23:16:04
U'g'lim Abdulloh tezroq katta bulishni kun sanab kutyapti. Katta bulsa suzishga borarmush :). Katta bulsa chilovek pauk bo'larkan, chunki u ucharkan osmonlaga, odamlaga yordam berarkan :)... Shirintoyim halittan uchish orumandi, odamlaga yordam berishni istaydi :))