forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Umumiy => Mavzu boshlandi: _IYMONA_ 09 Fevral 2012, 11:07:14

Nom: Hayotdagi maqsadimiz nima?
Yuborildi: _IYMONA_ 09 Fevral 2012, 11:07:14
  Assalamu alaykum.
  Umr o'tar ekan, unda kim nimalarga ulgurdi? nimalarga ulgurmadi...
  Ammo maqsadimiz nima?
  O'zimdan boshlab beraqolay:
  "Solih-soliha farzandlarni voyaga yetkazish, ularning tarbiyasida, ilm olishida, Haq yo'lda yurishida yo'l ko'rsatib,    umr yo'ldoshimning muhabbati bilan hayotimizni doimo charog'on etish".
   InshaAlloh hozirgi maqsadim shulardan iborat ammo bular kam...
   Yana nimadir, nimadir maqsadlarimga erishish.
   Azizlarim, sizlarning hayotdagi maqsadlaringiz nima?
   Yashashdan nima maqsad?
   Nimalarga ulgurdingiz?
   Nimalarga ulgurmadingiz?
Nom: Re: Hayotdagi maqsadimiz nima?
Yuborildi: Ҳанафий 09 Fevral 2012, 16:34:25
Ассалому алайкум, муборак бслсин! Яхши мавзу бслибди.

 Хато бслса тузатамиз тсғри бслса тсғри мақсадлар сари чорлаш нистида биз ҳам ҳаётдаги мақсадларимизни имкон қадар айтиб стсак:

 Аввало, А оббим менга омонат қилиб берган бу умрдан унумли фойдаланиб, Ўзига қулликни имкон қадар мукаммал адо стиб, Ўзининг розилигини топиб, жаннатда, А асулуллоҳ (с.а.в)нинг ҳузурларида А оббимнинг жамолини ксрмоқ.

 А асулуллоҳ (с.а.в) муносиб уммат бслишга имкон қадар ҳаракат қилиб, қиёматда У зотни шафоатларига мусссар бслиш.

 Зиммамдаги фарзи айн амалларни срганиб, уларни адо стиш.

 Аллоҳ таолонинг муқаддас каломини ёдлаб, маъноларини срганиб, унга амал қилиш.

 А асулуллоҳ (с.а.в.)нинг суннатларини срганиб, унга амал қилиш.

 Қалбимни поклаш, руҳимни Аллоҳ таолонинг ҳузурида даражаси баланд бслиши учун ҳаракатда бслиш.

 Ота-онамнинг ризолигини топиш.

 Оилам ва фарзандларим билан биргаликда, ҳар бир ишимизни шариатга мувофиқ тарзда қилиб сшаш.

 Фарзандларимни аҳли солиҳ, солиҳалардан стиб, Аллоҳга қулликни мукаммал адо стадиган бандаларидан қилиб тарбислаш.

 Ва ҳозир битта қизчам бор, уни қорис стиб восга стказмоқ.
Nom: Re: Hayotdagi maqsadimiz nima?
Yuborildi: Maysara 09 Fevral 2012, 22:29:06
 :bsm3:

Bizni yaratgan Mehribon Alloh ta'olo Özining Kalomida bizning hayot kechirishimizdan bölgan asosiy maqsadni bizga bildirhb ötdi.

Masalan, vaz-Zoriyot surasining 56-oyati ham yetarli javob böla oladi: "Men jinlar va insonlarni faqat Özimga ibodat qilishlari uchungina yaratdim".

Demak, yashashimizdan maqsad - yolg'iz Allohgagina ibodat qilishligimiz ekanligini biz musulmonlar anglab oldik. Ibodatga esa - Alloh rozi böladigan barcha ishlar kiradi. Biroq buning ham öz darajalari bor. Ya'ni birinchilardan turganlari: ihlos, namoz, röza kabilar. Bu darajalarni eslatishimdan maqsad Qur'onda "Sizlarni bola-chaqa, mol-dunyo Allohga ibodatdan chalg'itib qöymasin" mazmunida oyatlar keladi.

Har kim mazkur oyatlarni özi tafakkur, tadabbur qilib, öz imkoniyatlaridan kelib chiqib kerakli xulosalarni chiqarishga taklif etman!!!
Nom: Re: Hayotdagi maqsadimiz nima?
Yuborildi: Humayro 10 Fevral 2012, 16:47:16
Maysaraxon gapni pust kallasini gapiribdilar. Alloh rozi bo'lsin

Hayot o'zi nima? yo'l - sinov, imtihon yo'li. Biz bosib o'tishimiz shart bo'lgan yo'l. Yomg'iri bor, do'li bor, quyoshi bor, oyi bor...

Bizni shodlatgan baxt, quvontirgan yutuq, yig'latgan gam, ayriliq, yoqotganlarimiz, yolg'izligimiz, hijron hammasi shu imtihoning bir bo'lagi xolos.

Biz hayotni qurmaganmiz, uni Egasi bor. Maqsadni ham o'sha Buyuk Zot belgilab bergan. Shu maqsadlar sari qadam bosish qolgan xolos. Qolgani o'tkinchi.
Nom: Re: Hayotdagi maqsadimiz nima?
Yuborildi: Музаффар 10 Fevral 2012, 21:25:37
Ота  онамни рози қилиш, уларга муносиб фарзанд бслиш....
Қолган мақсадларим шу йслда поёндоз бслса хам розиман!