ZiyoUz - Haqiqiy o'zbekona forum

Ilm va ziyo => Ma'rifat => Mavzu boshlandi: Margilanets 08 Sentyabr 2006, 07:33:03

Nom: Ma'rifat nima?
Yuborildi: Margilanets 08 Sentyabr 2006, 07:33:03
nostalgique:

"Ma'rifat nima?" Emmanuel Kant

Ma'rifat bu insonning o'zi sababchi bo'lgan qaramlik holatidan chiqishidir. Qaramlik holati bu boshqasining yordamisiz o'z ongidan foydalana olmaslikdir. Qaramlik holatining sababchisi o'zimiz bo'lamiz. Chunki bu holat ongimizning yetishmasligidan emas, balki bu ongimizdan boshqasining yordamisiz foydalanishga qarorliligimiz va jur'atimiz yetishmasligidan kelib chiqadi. "Sapere aude! - O'z ongingdan foydalanishga jur'ating yetsin!" Ma'rifatchilarning (Enlightenment) shiori budir....

YEvropaning eng buyuk faylasuflaridan biri bo'lgan Emmanuel Kantning ushbu maqolasining davomini quyidagi sahifada o'qishingiz mumkin
http://www.uzislam.com/content/view/10/11/
Nom: Re: Ma'rifat nima?
Yuborildi: Robiya 01 Aprel 2008, 16:29:48
“Ma’rifat – qalbning Alloh yagonaligini tadqiq etmog’idir!”.  - Xoja Orif Revgariy
Nom: Re: Ma'rifat nima?
Yuborildi: Robiya 16 Noyabr 2008, 14:38:18
   Ma'rifat

Dil tubiga nur sochur,
MA’rifat yoqqan chiroq.
Ko’ngil ko’zini ochur,
Ma’rifat yoqqan chiroq.

Toshni titratdi oqin,
Vah, keldi osmon yaqin,
Jonimda chaqdi chaqin,
Ma’rifat yoqqan chiroq.

Dillar diydor talabdir,
Diydor dilga sharafdir,
So’nish bilmas sharafdir,
Ma’rifat yoqqan chiroq.

O’qigan, uqqan qani,
Eling tanirmi sani?
Har nurida ming ma’ni
Ma’rifat yoqqan chiroq.

Quyoshdek qatrasi dur,
Tafakkur tig’ida gul,
Shu gulni uzgan bulbul,
Ma’rifat yoqqan chiroq.

Dil tubiga qo’l yetmas,
Ming yil yursang yo’l yetmas,
Agar qo’lingdan tutmas,
Ma’rifat yoqqan chiroq.

Kim bilgan, kim bilmagan,
Olamni olam qilgan,
Odamni odam qilgan,
Ma’rifat yoqqan chiroq.


Mahmud Toir.