forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Islom => Namoz => Mavzu boshlandi: Ansora 01 Mart 2012, 18:17:39

Nom: Farzandlarimizga namozni qanday o'rgatamiz?
Yuborildi: Ansora 01 Mart 2012, 18:17:39
 :asl3:

Bu mavzuda farzandlarimizga vaqt soati kelganda namozni qanday o'rgatishimiz haqidagi fikrlaringizni yozsangiz.

Bolaga namozni yaxshi ko'rdirish kerak, meni fikrim.

Avvalo ota-ona namoz o'qisa, bola kichkinaligidan o'rganib boradi, ko'zi o'rganadi avvalo.

Foydali fikrlaringizni kutaman...
Nom: Re: Farzandlarimizga namozni qanday o'rgatamiz?
Yuborildi: Abubey 01 Mart 2012, 18:23:34
Ўзингиз очган мавзуингиздаги билдирган фикр саволингизга жавоб бслибди.
Ота-она намозхон бслса, бола сзи қизиқиб боради. Одатда, болачалар ксрган нарсасини қилишга жуда қизиқувчан бслади. Тили чиқа бошлаганда аста аста ҳар хил бслмоғур гаплардан ксра, кичик суралар, хусусан Ихлосдан ёдлатиш бошланса, нур устига нур бслади.
Nom: Re: Farzandlarimizga namozni qanday o'rgatamiz?
Yuborildi: Ansora 01 Mart 2012, 18:28:07
Qolganlar ham fikrlarini bildirsa, degandim, harqalay oramizda bu mavzuda tajribaga boy akalarimiz, opalarimiz bor...

Men nasib bo'lsa bolamga ko'ra kichkina joynamoz olmoqchiman, biroz katta bolsin:)
Nom: Re: Farzandlarimizga namozni qanday o'rgatamiz?
Yuborildi: Humayro 02 Mart 2012, 10:00:04
mani 3 yoshlik jiyanim endigina kavsar surasini o'rgandi, tili kech chiqqanligi bois. namozga aqli yetmasada hali, namoz o'qiyotganda oldidan o'tmaslik, gapirmaslik, osilmaslik, birov chaqirsa borib namoz o'qiyapti deb aytishlikni yaxshi biladi.
Nom: Re: Farzandlarimizga namozni qanday o'rgatamiz?
Yuborildi: Shuhrat_ 03 Mart 2012, 07:12:49
Bolani yoshligidan namozga qiziqtirish kerak va o'rgatish kerakki farz buyurilgan yoshda uzi bemalol o'qisin.
(o'g'il bolaga 12yoshdan qiz bolaga 9yoshdan farz buyurilada)
O'g'limni namozga o'rgatkanman namoz o'qidigan uyga qarab yursam,
dada namozgami ? Deb turadi.
Lekin bolani namozdan bezdirib ham qo'ymaslik kerak.
Yangi o'rgatayotganda o'rtoqlari bn o'ynayotgan bulsa , misol uchun, peshin namozni farziga chaqiring, shunda bolamiz namozdan bezimaydi va sekin sekin o'rganadi
Nom: Re: Farzandlarimizga namozni qanday o'rgatamiz?
Yuborildi: Ҳанафий 03 Mart 2012, 08:14:57
Ассалому алайкум.

Iqtibos
(o'g'il bolaga 12yoshdan qiz bolaga 9yoshdan farz buyurilada)

Ака айнан шу ёшдан фарз бўлади деб ҳукм чиқариб бўлмайди. Қачонки, қиз бола ҳайз кўрса, ўғил бола эса, эҳтилом бўлса ( тушида булғанса ) балоғатга етган бўлади ҳамда унга намоз, рўза каби ибодатлар фарз бўлади.
Nom: Re: Farzandlarimizga namozni qanday o'rgatamiz?
Yuborildi: Zohid85 03 Mart 2012, 09:07:25
 :bsm3:
Kichik 4-5 yoshlarimizda singillarim, amakimni farzandlari b.n 'kim ko'p sura yodlash' o'ynardik. Xar yodlagan oyat yoki kichik suralar u.n kattalardan 'xaqqimiz'ni tezda undurib olardik. Xech kim quruq qolmas edi. Kamida 'pao-pao' saqichi unar edi. Xozir bu usulni jiyanlarimga qo'llayapman. Rag'bat yaxshi usul menimcha.
Nom: Re: Farzandlarimizga namozni qanday o'rgatamiz?
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2012, 23:01:44
 :asl3:

Bir tanishim jiyaniga har o'qigan namoziga pul berardi, jiyani 9 yosh edi, bu yo'l to'g'rimi sizningcha?
Nom: Re: Farzandlarimizga namozni qanday o'rgatamiz?
Yuborildi: Ҳанафий 21 Mart 2012, 19:15:41
:asl3:

Bir tanishim jiyaniga har o'qigan namoziga pul berardi, jiyani 9 yosh edi, bu yo'l to'g'rimi sizningcha?

Ва алайкум ассалом.

9 ёшли бола катта болаку, қолаверса, бола пул учун намоз сқийдиган бслиб қолади.

Болага Аллоҳ шуни буюрганини, намоз сқимаса бслмаслигини схши гап билан тушунтириш керак.
Nom: Re: Farzandlarimizga namozni qanday o'rgatamiz?
Yuborildi: registan 21 Mart 2012, 19:20:43
:asl3:

Bir tanishim jiyaniga har o'qigan namoziga pul berardi, jiyani 9 yosh edi, bu yo'l to'g'rimi sizningcha?

Bolani 7 yoshida namozga chorlang, 10 yoshida ham o'qimasa uring degan hadis bor edi adashmasam.

Shuni qo'llash kerak. Pulga o'rgatish yaxshilikka olib bormaydi.
Nom: Javob: Farzandlarimizga namozni qanday o'rgatamiz?
Yuborildi: Muxsiya 07 Mart 2013, 12:17:46
menimcha bui yo'li judda oddiy bolalar kattalarga taqlid qilishni xush ko'rishadi namozni bolalarning yonida o'qish kerak, ular ham sizga taqlid qilin namoz o'qishga kirishadi Masalan meni jiyanim qachon namoz o'qiyotganimni ko'rsa darrov yonimga kelib meni hatti harakatlarimni qaytara boshlaydi hattoki bir nimalarni deb pichirlab o'zini haqiqatdan o'qiyotgandek ko'rsatishni xoxlaydi
Nom: Javob: Farzandlarimizga namozni qanday o'rgatamiz?
Yuborildi: Salsabil 08 Mart 2013, 01:12:51
Adajonim bizaga dinda ko`p narsalarni rag`batlantirib o`rgatganidila...
Namozni nechchi yoshdan, qanaq qib boshlaganim esimda yo`q ammo, boshqa narsalarda o`rgatish, sevdirish uslublari ajoyib edi... Masalan, bir kuni buvijonimlarnikiga mehmonga bordik. Tog`amlani fotoapparatlari bor edi,bir pastta chiqarib beradigan (nomi esimda yo`q) bitta qog`ozi qolganakan. Hamma jiyanlarim bilan rasmga tushdik. Lekin sinim nimagadur chalg`ib, boshini orqaga qaratib oldi. Rasmam huddi shunaqa chiqdi. Kech payt adajonim keldila, rasmni maqtangani op chiqdik. Adajonim sinimmi maqtab kettila, "o`zimmi aqlli qizim rasmda yuzini ko`rsatmaptide, mani qizim rasmga tushib bo`masligini biladide" Manga rassa alam qildi. Adajonim maniyam maqtasinla deb o`sha rasmni yertib tashlagan edim. Keyin adajonim maniyam rassa maqto`dila... Yana bir matta rassa ko`p yeqqan nakleykalarimmi ko`rib qolib, mani aqlli qizim yugurib borib o`zi ahlatga tashab keladi hozi, muslimala bunaqa narsala o`ynamasligini biladi deb gapirganlarida yugurib borib tashab keganidim. Chunki nakleykalani hammasida ochiq-sochiq qo`g`irchoqlani rasmi bor edi... O`sha payt biza 4-5 yosh bo`lganmiza...
Maqtab rag`batlantirisham yahshi usul manimcha. Sinalgan!...