forum.ziyouz.com

Jamiyat va inson => Oila va jamiyat => Mavzu boshlandi: Abdusalom 09 Sentyabr 2006, 06:57:30

Nom: Yolg'izman hattoki do'stlar yonida...
Yuborildi: Abdusalom 09 Sentyabr 2006, 06:57:30
Dilfuza Avezjanova:

Assalomu alaykum Davronbek ishlar bilan charchamay yuribsizmi, sizning yaratgan
saytingizni ko`rib yuqori baxo berdim mavzular rang barang ranglar xar xil mavzudagi sarlavxalar o`ziga tortadi. Men asli Qoraqolpogistonning Xo`jayli tumanida istiqomat qilaman 71-sonli maktabda tarix-xuquq fanidan dars beraman.Bo`sh paytlarimda sher, asar, qissalar yozib turaman adabiyot, sevgi majoralariga qiziqaman, qayg`uli qissalar yozishni aniqlikni yoritishni istayman.Mana men xam o`zim yozgan asarimdan sizga yuboryapman xali
xech qaerga chop etishga bermadim baxo berarsiz...
Nom: Re: Yolg'izman hattoki do'stlar yonida...
Yuborildi: Abdusalom 09 Sentyabr 2006, 06:57:56
Dilfuza Avezjanova:

 Har safar shu sinfga dars bergan paytimda o`quvchilar ichida ma’yus o`tirgan Bobur ismli o`quvchim meni o`zining diqqatiga tortar edi. Mana necha oydirki uni kuzatar ekanman xech ham yuzida na tabbassum, na sho`xliklar qilib sinfdoshlari bilan oynaganlarini ko`rmaganman.

Kunlarning birida tumanimizda joylashgan mehribonlik uyiga ba`zi ishlarim tufayli yo`lim tushdi. U yerdagi jajjigina bolalarni ko`rib yuragim o`ksib ketardi. Ishlarimni tugatib ketayotib, o`sha mening ma`yus o`quvchim Boburjonga ko`zim tushdi.

U darvoza oldida go`yo kimnidir kutayotgandek o`tirardi. O`ychan, ma’yus, yolg`iz, hatto yonidan o`tayotgan odamlarni ham payqamas edi. Meni o`zining diqqatiga tortgan o`quvchimning bu yerda tarbiya olayotganidan bexabar edim.

Lekin u meni ajablantirar va tashvishga solardi. Sababi mehribonlik uyiga borganimda u yerda tarbiya olayotgan bolalarning yuzlarida oz-bo`lsa ham tabassum aks etib turganiga, ishlar bilan mashg`ul bo`lib yurganlarini ko`rganman. Tashqarida esa yolg`iz bir o`zi Boburjon o`sha ma’yus chehra va xayollarga sho`ng`igan holda o`tirardi. Uni bunday holatda ko`rish menga og`irlik qilardi.

Nahotki bag`ri tosh onalarimiz bor bo`lsa, qanday qilib o`z bolalaridan onalik mehrlarini ayasa, mehribonlik uylariga tashlab ketishga ko`zlari qiygan bo`lsa, o`ylab-o`ylab hech o`yimga, savollarimga javob topa olmayapman.

Shunday onalarni deb, bolalarning yuzlarida ma’yuslik aks etmoqdamikin? Qanday qilib bunday bolalarning ko`ngillarini ko`tarib, hayotga umidini uygotish mumkin ekan. O`ylay-o`ylay bir qarorga kelib, Boburjon bilan suhbatlashish uchun mehribonlik uyiga yo`l oldim. Oz-bo`lsa ham menga dilini ochib, o`zini engil tortsa deyman.

Bugungi holati ham har doimgidek bir o`zi ma’yus holda o`tirardi. Asta yoniga borib Boburjon dedim, o`rnidan turib:

- Assalomu alaykum, domlajon.
- Vaalaykum salom, yaxshimisan?
- Ha rahmat, yaxshiman.
- Kimnidir qidirib yuribsizmi ?
- Ha, shu yerda yoningda kutib o`tira qolay maylimi, hozir kelib qolsa kerak. O`zing nega bir o`zing o`tiribsan, yoki sen ham kimnidir kutyapsanmi ?
- Xa, lekin mening kutganim kelmasa kerak.
- Nega bunaqa deyapsan, albatta keladi, agar istasang men ham sen bilan birga kutaman.
- Yo`q, rahmat domlajon, mening kutayotganim kelmasa kerak.
- Boburjon senga to`g`risini aytsam men seni deb kelganman, menga dilingni ochgin, seni bunday ahvolda ko`rsam yuragim ezilib ketadi. Nega ma’yus yurasan, bunday bo`lishiga kim sababchi o`zi aytgin menga.

- Sizga to`grisini aytsam mana necha oydirki men kutayotgan inson, onajonim kelmayapti. "œAlbatta olib ketaman" seni degan so`zlari hanuzgacha qulog`im ostida jaranglab turadi. Onalik mehriga tashnaman, na do`stlarim, na tarbiyachi opalarim onamning o`rnini bosa olmaydi.

"œ... Nima qilay o`sha yomgirli kun sirayam esimdan chiqmasa. Hammasi arzimas
janjalni deb, bolalik davrim hazonga aylandi.

Bahorning yomgirli kunlarining kechki paytida birdaniga shovqindan uyg`onib ketdim. Asta ko`zimni ochib xonamdan chiqib qarasam dadam bilan onam janjallashayotgan ekan. Sababini hech ham anglay olmadim.

Yonlariga borib oyi, dada nima bo`lyapti deyishim bilan dadam bor xonangga, deya tarsaki tushirdi. Onam esa menga qaradi-yu hech nima demasdan, uydan chiqib ketdi. O`shanda men 12-yoshda, ukajonim esa 8 yoshda edi.

Tashqaridagi yomgir bilan birga mening ko`zimdan ham tomchi-tomchi yoshlar yog’ib
yuragimni ezardi.

Kunlar o`tardi. Onamdan esa hanuzgacha darak bo`lmadi, dadamning jahllari tushgandan keyin onamning qayerdaligini so`raganimda, yaqinda keladi deya ovutib qo`yardi.

Bir kuni maktabdan uyga kelsam dadam kiyimlarimni jamodonga tahlayotgan ekan, dada qayerga ketayapmiz dedim?

Bir ikki kun ukang bilan tog`angnikida turasizlar, men ishlarim bilan ta`tilga ketayapman. Tog`angnikida to`polon qilib yurmanglar dedi. Shunday qilib tog`amnikida yashay boshladik.

Ikki xafta o`tar o`tmas tog`am ukam va meni mashinasiga o`tqazib hayday boshladi. Shunda hayron bo`lib, tog`a qayerga ketayapmiz, dadamning o`zi bizlarni olib ketmaydimi, yoki o`zinggiz bizni uyga olib bormoqchimisiz, dedim. Lekin tog`amning qovog`i osig`liq, savollarimga javob qilmasdan, manzilga yetib borganda bilasan dedi.

Onam uydan ketgan kundagidek osmonni qora bulutlar bosib bahor yomg`iri dalada yog`ardi, bu yomg`irdan negadir yuragim bezovtalana boshladi, go`yo bir nima sodir bo`lmoqchidek.

Yonimda o`tirgan ona mehriga to`ymagan ukajonimga achinib ketardim, ko`zlarimdagi yoshlarim esa yuragimga tomchilab bag`rimni o`rtardi.

Mana manzilga yetib keldinggiz, endi shu yerda ozgina vaqtgacha yashab turasizlar, dadangizning o`zi sizlarni olib ketgani keladi deb bizlarni ukam va meni mehribonlik uyiga, tarbiyachi opalarimga topshirdi.

Ular ochiq chehra bilan bizni kutib olishdi, so`ngra xonalarimizga kuzatayotgan payitda orqaga qarab yugurib tog`a rahmat sizga demoqchi edim, lekin tog`am tarbiyachi opa bilan gaplashayotgan ekan. Tog`am bizlarni nima uchun olib kelganligi xaqida tushuntitayotgan edi. Tog`amning gapiga qaraganda, dadam onam bilan ajrashib, boshqa ayolga uylanganligi va shu sababdan bu erga olib kelganligini eshitib qoldim.

Bu gapni eshitar ekanman yuragimga xanjarning tig`i sanchilgandek bo`ldi, ko`zlarimdan tomchi-tomchi yosh tomardi, o`zimni yupata olmadim, lekin hammasini ichimga yutishni, ukajonimga bildirmaslikga o`rgandim.

Men vaqt o`tishi bilan bu erdagi bolalar va tarbiyachi opalarimga tezda o`rganib ketdim. Ukajonim Botirjon ham bu qiyinchiliklarni yengib, o`ziga ko`pgina do`stlar orttirdi. Bu yerdagi har-xilli to`garaklar bilan mashg`ul bo`lib o`zimni chalg`itishga, tiklashga erishgan edim. Lekin shunda ham yuragimning bir chetida bir savol javobsiz qolib, yuragimning bir chetini kemirardi.

Oradan oz emas bir yil vaqt o`tdi bizni dunyoga keltirgan onajonim qayerda ekan, nima uchun bir-bora bo`lsa ham xabar olishga kelmayapti. Yoki o`sha janjaldan so`ng biron-bir falokatga uchradimikin degan xayollarga bora boshladim.

Hamon yodimda, kichkinaligimda onam meni qo`llarimdan tutib ishxonasiga olib borgani, balki u yerga borib surishtirib ko`rsam onajonimni toparman. Maktabdan qaytayotib onamning ishxonasi tomon yol oldim. Ne ko`z bilan qarayki onam qarshimda turar, meni ko`rib hayron bo`lardi.

- Onajon mana sizni nihoyat topdim shu paytgacha qayerda edingiz, nega izlab kelmadingiz deya quchog`iga otildim. Yuzlaridan, qo`llaridan o`pib, onajonim, sizga nima bo`ldi, nega izlab kelmadingiz, kasal bo`lib qoldingizmi, endi yaxshimisiz bizlarni olib ketasizmi deya dilimdagi so`zlarimni yoshlarim bilan to`kar edim.
- Ha , olib ketaman faqat ishlarim yurishib ketsin ukang bilan seni o`z uyimga, lekin menga muhlat ber hammasi yaxshi bo`ladi. Ertaga bo`lsa ukajoningdan xabar olaman, dedi.

Bu uning so`nggi so`zlari edi, mana ikki oydirki men shu yerda onajonimning yo`llariga termulgancha, xayollarga sho`ng`igancha, ma’yus holda o`tiraman".

Nahotki shu begunoh bir norasidani, o`z farzandini tashlab ketsa...axir unda ayb yo`q-ku. Uning gaplari, ma’yus nigohlari mening yurak bag`rimni ezib yubordi. Uni yupatishga harakat qildim, tushkunlikka tushib o`zini bunday tutmaslikni, hayotga umid bilan qarashni, hayot davom etayotganini aytib o`tdim.

Go`yo mening boshimdan o`tgandek qalbimdan hasratli she’rlarim otilib chiqardi:

Yonimda yo`qsiz siz, yolg`izman juda
Yolg`izman hattoki do`stlar yonida.
Endi orzularim samo qo`ynida
Bulutga aylanib suzar ko`klarda.

Ne uchun yaratib yorug` dunyoda,
Bolalar uyiga tashlab ketdingiz?
Osmondek beg`ubor jajji ko`nglimga,
Hanjar urib meni g`ashlab ketdingiz.

Yonimda yoqsiz siz, yolg`izman juda
Yolg`izman ne qilay aytingiz menga?
Qismatimga bitgan taqdir azobin
Yengishga kuch qani aytingiz menga?

Titroq solar yuragimga bahorning
Esayotgan mayin va sho`x havosi
Ota-onam mendan voz kechgan kun ham
Olamni tutgandi bulbul navosi.

Bariga ko`naman, hatto yengaman,
Taqdirda ne bo`lsa shuni ko`raman.
Lekin savolimga javob bersang-chi
Ne uchun men tirik etim bo`laman?
Nom: Re: Yolg'izman hattoki do'stlar yonida...
Yuborildi: Abdusalom 09 Sentyabr 2006, 06:58:29
AbdulAziz;

Assalomu alaykum!
Bizga o`z ijod mahsulingizni jo`natganingiz uchun tashakkur. Yana boshqa hikoya, she'rlaringiz bo`lsa, bemalol bizga yuborinshingiz mumkin. YOLG‘IZMAN HATTO DO`STLAR YONIDA nomli hikoyangizni saytga joyladik: http://ziyo-uz.land.ru/Articles/yetimbola.html
Ijodingizga baraka, yosh avlodga tarbiya berishdek mashaqqatli mehnatingizda omadlar yor bo`lsin!
Nom: Re: Yolg'izman hattoki do'stlar yonida...
Yuborildi: Abdusalom 09 Sentyabr 2006, 06:58:40
Aziz:

Salom maqolani ta'sirlanmasdan o'qish mumkin emas ekan.
Shu kabi maqolalarni saytga joylashtirilgani albatta yaxshi ish bo'libdi. Chunki bu kabi ayanchli holatlarning takrorlanmasligiga oz bo'lsada turtki bo'ladi. Maqola uchun barcha o'quvchilar nomidan sizga rahmat, aytmoqchiman.
Yaratgan Egam hech bir bahdasining ko'nglini o'ksitmasin
Nom: Re: Yolg'izman hattoki do'stlar yonida...
Yuborildi: Abdusalom 09 Sentyabr 2006, 06:58:59
Dilfuza Avezjanova:

Assalomu alaykum Davronbek, sizga katta raxmat mening maqolamni chop
etganingiz uchun quvonchim cheksiz, qanday qilib sizga tashakkurimni
bildirishimni bilmayapman til ojiz.Axir birinchi bor bunday xayotiy maqolam
chop etilishi, aslida connect.uz saytidagi korik tanlovlarga ya`niy
"Madaniyatlar xilma-xilligi", "Dunyo dinlari tarixi" korik tanloviga
qatnashganman mening saytlarimni namoyish etsangiz xam boladi.Sizga yana bir
bor tashakkur bildirib qolaman ishlaringizga rivojlar, gullashingizni
tilab qolaman, shaxsiy xayotingizga omad, baxt, sevgi, mazmunli umr
daftarini tilab qolaman, xudoyim shunday yaxshi tilaklar sizning
xayotingizni chamanga aylantirgay. Davronbek sizga o`zimning sherlarimni xam
jo`natib yuborib tursam deyman , o`zingiz bir baxo bersangiz,
kamchiliklarini aytsangiz, ming qilganda xam siz jurnalistsiz.

Xalq uchun

Xalqim u/n quyash bo'lib nur sochay
Tun qorong'u kechalarim yoritmay
Xalq istasa cho`llarni obod etay
Chaman qilay soya bo'lib boshida

Yaratgandir yurt uchun bizni rabbim
Shu xalq uchun bu ulug' vatan uchun
Ne qilsak xam kam bo'ladur
Bebaxo tuproq uchin

Xalqim uchin kimlar jonin tikmadi
Senga atab kimlar sherlar bitmadi
Sening uchun xatto tog'ni ag'darib
Alp yigitlar farxodlaring o'tdilar

O'sha qora zamonlarni eslab goxida
Ko'ngil xijil bo'lib ko'zga yosh kelar
Goxida o'lasam qollarim titrab
Sherlar yozishga xam yetmaydi qurbim

Yov qilichi bosh uzra aylanganda xam
Vatanim deb ko'kragin qalqon qildilar
Shu xalqni deb, shu tuproqni deb qanchalar
Shaxid ketdi, aka, uka, otalar.

O'sha jasurlarning izdoshlarimiz
Ardoqlaymiz xar bir tomchi qonini
Jonim fido aylab shu vatan uchun
Muqaddas aylaymiz bu tuprog'ini.
Nom: Re: Yolg'izman hattoki do'stlar yonida...
Yuborildi: Abdusalom 09 Sentyabr 2006, 07:00:09
AbdulAziz:

Assalomu alaykum Dilfuza opa!
Avvalo bizga o`zingizning ijob mahsullaringizdan yo`llayotganligingiz uchun tashakkur izhor qilaman.
Siz bemalol yana she'rlaringizdan bo`lsa, jo`natavering. Aybga buyurmaysiz, she'rlaringiz haqida o`zgina fikr bildirib o`tsam, mazmunga gap yo`q, judayam ma'noli she'r yozgansiz, lekin she'riyatning o`z talablari bor, shunga rioya qilinsa, she'r yanada go`zal chiqadi:

1. Vazn. She'r yaxlit bir vaznda yo`ziladi. Bu uning ohangiyligini, ta'sirchaligini oshiradi. Turoqlar bilan ishlash ham ohandorlikni oshiardi. Bunda quyidagicha tajriba qilsangiz bo`ladi: Masalan, sizning she'ringizdan:

Yaratgandir yurt uchun bizni rabbim
Shu xalq uchun bu ulug' vatan uchun
Ne qilsak xam kam bo'ladur
Bebaxo tuproq uchin

Buni sanab chiqasiz, bo`ginma-bo`g`in:

Ya-rat-gan-dir yurt u-chun biz-ni rab-bim (11 bo`gin)
Shu xalq u-chun bu u-lug' va-tan u-chun (11 bo`gin)
Ne qil-sak xam kam bo'-la-dur (8 bo`gin)
Be-ba-xo tup-roq u-chin (7 bo`gin)

She'rning qoidasiga muvofiq hamma qatorlar bir vaznda, ya'ni tepadagi she'rda 11 bo`g`indan bo`lishi kerak edi. Man uni shunday o`zgartirdim:

Yaratgandir yurt uchun bizni rabbim,
Shu xalq uchun, shunday ulug' yurt uchun.
Ne qilsak ham kam bo'ladi Vatanga
Jonim fido bebaho tuproq uchun.

Lekin mani o`zgartirganimdaham kamchilik bor, qofiyada.

2. Qofiya. She'riyatning qofiya va radif bilan bog`liq o`z formulalari bor: Masalan: a-a-a-b, a-b-a-b, a-a-b-a va h. She'rdan:

Xalqim uchun quyosh bo'lib nur sochay,
Tun qorong'u kechalarin yoritay,
Xalq istasa cho`llarin obod etay,
Chaman qilay soya bo'lib boshida.

Bunda a-a-a-b formulasidan foydalanilgan. Boshqa kupletlardan misol:

O'sha qora zamonlarni eslab goxida
Ko'ngil xijil bo'lib ko'zga yosh kelar
Goxida o'lasam qollarim titrab
Sherlar yozishga xam yetmaydi qurbim

Bu to`rt qatorda umuman qofiya yo`q, ya'ni a-b-v-g. She'r esa qofiyasi bilan go`zal.
Man o`zimni fikrlarimni bildirdim. Agar shu qoidalarga mos qilibv she'r yozsangiz juda ham zo`r chiqadi.
Nom: Re: Yolg'izman hattoki do'stlar yonida...
Yuborildi: Abdusalom 09 Sentyabr 2006, 07:00:33
Otabek:

Assalomu alaykum, Dilfuza opa. Hikoyangizni katta hayajon va qiziqish bilan o'qib chiqdim. Juda ta'sirchan hikoya ekan... Sizdan yana shu kabi maqolalar kutib qolamiz...
Omonlik tilab, Janubiy Koreyadan Otabek Yo'ldoshev
Nom: Re: Yolg'izman hattoki do'stlar yonida...
Yuborildi: Abdusalom 09 Sentyabr 2006, 07:01:13
Dilfuza Avezjanova:

Assalomu alaykum Davronbek, sizga katta raxmat mening maqolam,
sher`larimni chiqarib inobatga olganingiz uchun sizga ne-ne raxmatlar aytsamda
ozdir deb oylayman, olloximdan sizning rivojlanishingizni, sogliq,
ijodingizga bundan xam etuklarga erishingizni so`rab qolaman.
Davronbek men yaqinda turmushga chiqgan edim shuning uchun siz bilan
tez-tez bog`lana olmayapman, lekin vaqt topib ijod qilyapman yana bir
maqola yozayapman, yaqinda yuborarman.
O`zingizga yana bir bor ijodingizga rivoj tilab qolaman, men
baxtliman, bugun quvonchim cheksiz, mening ijod ruximni qaytadan tikladingiz,
sizga katta raxmatlar bo`lsin.
Nom: Re: Yolg'izman hattoki do'stlar yonida...
Yuborildi: Abdusalom 09 Sentyabr 2006, 07:01:29
Kumushbibi:

Sherini juda ta'sirli yozibsiz.Bu jamiyatimizda tez-tez uchrab turadigan va muammoga aylangan hollatrdan biri.Qalamingiz bundan-da o'tkir bo'lsin!
Nom: Re: Yolg'izman hattoki do'stlar yonida...
Yuborildi: Abdusalom 09 Sentyabr 2006, 07:01:44
Kumushbibi:

Onajonim,jon onam,
Nega tashlab ketdingiz?
Yuzingizni ko'rsatmay,
Ko'zim yoshlab ketdingiz.
Ko'ksingizda o'stirib,
Olamga keltirdingiz.
Yig'lab-yig'lab charchadim,
Bag'rim g'ashlab ketdingiz.
Onalar farzandini
Oq tarab,ardoqlagay,
Sutingizni oqizib,
Kimni xushlab ketdingiz?
Kimlardir bolaga zor,
Kimdir ona mehriga,
Yosh bolangiz qaqshatib,
Qayga peshlab ketdingiz.
Mehribon xalqim onam,
Vatanim g'amxo'rim onam.
Bir kun kelib mening ham
Baxt yulduzim porlagay.
Kuta-kuta onajon,
Ko'zim yo'lda sarg'aydi,
Yurakdagi sog'inchim,
Ich-etimni tirnaydi.
Eh onajon,jon ona
Nega tashlab ketdingiz?
Yuzingizni ko'rsatmay,
Ko'zim yoshlab ketdingiz.
Yig'lab-yig'lab charchadim,
Bag'rim g'ashlab ketdingiz. :-[
:-[
Nom: Re: Yolg'izman hattoki do'stlar yonida...
Yuborildi: Abdusalom 09 Sentyabr 2006, 07:02:06
Assalom:

Qo`lida osh bo`lar satang bolaning,
Yuragi tosh bo`lar satang bolaning,
Butun dunyo ahli kulgan kunda ham
ozida yosh bo`lar yetim bolaning...
Nom: Re: Yolg'izman hattoki do'stlar yonida...
Yuborildi: Abdusalom 09 Sentyabr 2006, 07:02:23
Kumushbibi:

Mening tashvishlarim keldimi malol,
Yo yosh umringizni qildimmi uvvol?
Yarimta yuragim titib bir savol
Ona!nega meni tashlab ketdingiz?

Yetimlik qursina-a,ruhim xor bo’ldi,
Kimlarga keng dunyo,menga tor bo’ldi
Yo’l qarab ko’zlarim,sizga zor bo’ldi
Ona!nega qalbim g’ashlab ketdingiz

"œYetimcha"-shirin so’z topganim bo’ldi,
Alamli,achchiq dard yutganim bo’ldi.
Bilmam,non yo zaxar totganim bo’ldi
Ona!ne kunlarni boshlab ketdingiz

Sarg’aygan suratingiz artib gardini
Yig’idan o’zimni tiya olmayman..
Yol’giz bu dunyoda onajon nega?
Tashlab ketganingiz bila olmayman...
Nom: Re: Yolg'izman hattoki do'stlar yonida...
Yuborildi: Abdusalom 09 Sentyabr 2006, 07:02:37
Shamshir:

 Nima deyman men?
Ko`nglim yarim o`ksib o`sdim,
doim egik ham boshim.
Bo`yim o`sib,bo`y yetsam ham,
to`xtamas ko`zda yoshim.
chap ko`ksimda mushtdekkina
og`rib turar bir yerim.
Otang qayda,onang qani?
deb so`ramang sevgilim.

Holim abgor,ming dardim bor,
yemoqqa yoq non-oshim.
Merosimda shu kulbamday
nurab borar bardoshim.
chap ko`ksimda mushtdekkina
siqib turar bir yerim.
Otang qayda,onang qani?
deb so`ramang sevgilim.

Bisotim shu-yurakkinam,
parcha-parcha sirdoshim.
Borim ham shu, ko`cha-kuyda
yo`qdir do`stim, yo`ldoshim.
chap ko`ksimda mushtdekkina
sanchib turar bir yerim.
Otang qayda,onang qani?
deb so`ramang sevgilim.

To`y qilamiz tomoshaday
yor-yorlar aytilmagay.
Yor-yor aytib sep ilguvchi
yangalar topilmagay.
chap ko`ksimda yurakman deb
sezib turar bir yerim.
Otang qayda,onang qani?
deb so`raysiz sevgilim.
nima deyman men?
Shamshir (27.11.05)
Nom: Re: Yolg'izman hattoki do'stlar yonida...
Yuborildi: Abdusalom 09 Sentyabr 2006, 07:02:52
 * * *

Yetimxonalarning nomlarini turlicha atashadi: avval «Bolalar uyi» deyishardi. Endi esa «Mehribonlik uyi» deb atash rasm bo‘ldi. Ajabki, nom o‘zgargani bilan mohiyat o‘zgarmaydi. Mehribonlik uylarida bolalar ota-ona mehriga tashna bo‘lib yashaydilar. Bir yetim bola «adam bilan oyim kelmaydilar, bobojonim kelib turadilar», deydi. Ota-onasi tirik bo‘la turib yetim qolgan bu bolaning o‘kinch to‘la yuragida yana qanchalar nafrat bor ekan! Uning ota-onasi ehtimol ajrashib ketgandir, so‘ng har biri boshqa oila qurgandir. Boshqa oiladan farzandlari bordir. Yurakning bir parchasi bo‘lgan bolani yetimxonaga tashlab qo‘yib hotirjam yashovchilarni odam deyishga til bormaydi. Bular-ku mayli, nahot o‘sha yetimlarning amakilari yoki tog‘alari, ammalari yoki xolalari bo‘lmasa?! Jiyanlarini bag‘irlariga olib, o‘z farzandlari qatorida voyaga yetkazish savobidan nechun ular bebahralar?
Bizda ilgari yetimxonalar yo‘q edi. Bizda iymon egalari ko‘proq edi...

Tohir Malik
Nom: Re: Yolg'izman hattoki do'stlar yonida...
Yuborildi: Abdusalom 09 Sentyabr 2006, 07:03:01
Qur’oni Karimda «Farzandlarimni boqolmayman, degan havotir bilan ularni o‘ldirmanglar, men ularni rizqi bilan beraman», degan ma’nodagi oyati karima mavjud. Ulamolarning tafsiriga ko‘ra, johiliyat zamonida arablar «bolalarmizni boqolmaymiz», deb tug‘ilgan hamoni tiriklayin ko‘mib tashlashar ekan. Oyati karima ana o‘shalarni ogohlantirish uchun nozil qilingan. Ammo shu bilan vazifasini o‘tab bo‘lmagan. Bola o‘ldirish to hanuz davom etadi. Buni endi «madaniy, tibbiy» tilda «abort» deb atashadi. O’zbekcha qilib esa «bola oldirish» deyishadi. Bu noto‘g‘ri atama. To‘g‘risi - bola o‘ldirish! Ona qornidagi tirik jonni majburan olib tashlashni bundan o‘zgacha atash mumkin emas. Bolasini o‘ldirishga rozi bo‘lgan ota-onani esa «qotil» demoqlikdan o‘zga nom yo‘q. Bu jinoyatni, ha, aynan jinoyatni butun dunyodagi ongli odamlar qoralaydilar. Barcha dinlarning olimlari bu jinoyatga qarshi kurashadilar. Ammo... uni yoqlovchilar ham bor. Ba’zan televizorda horijdagi namoyishlarni ko‘rib qolaman. Hukumatning abortni man etish haqidagi qonunlaridan norozi bo‘lganlar yo aqldan ozgan kimsalar, yoki fohishalardir.

Tohir Malik
Nom: Re: Yolg'izman hattoki do'stlar yonida...
Yuborildi: Mas'ud 21 Sentyabr 2006, 15:36:41
...Siqilib g'amlardan bo'lganda mahzun,
Yo'qolib ketganda umid hislarim.
Bo'lsa tor yo'llarim uzundan uzun,
Meni yolg'iz qo'ymang, aziz do'stlarim.

Armonlar dilimni tirnagan onda,
Dunyolar eshitmas bo'lsa so'zlarim.
Mehrga tashna bu foniy jahonda,
Meni yolg'iz qo'ymang, aziz do'stlarim.

Hayotdan go'zallik istayman holos,
Oltin tog'ni havas qilmas ko'zlarim.
Har qachon, har joyda Sizdan iltimos,
Meni yolg'iz qo'ymang, aziz do'stlarim.

Siz sabab nogahon omadim kulsa,
Oftobdek charog'on etsa yuzlarim.
Mo'jazdek yuragim quvonchga to'lsa,
Meni yolg'iz qo'ymang, aziz do'stlarim.

Hammamiz otlansak boqiylik tomon,
Qalblarni bezasa ezgulik, iymon,
Jannat go'zalligin his qilgan zamon,
Meni yolg'iz qo'ymang, aziz do'stlarim.

Hurmat ila...JaruleUZB...04.16.06