forum.ziyouz.com

Jamiyat va inson => Oila va jamiyat => Mavzu boshlandi: Abdusalom 09 Sentyabr 2006, 07:19:30

Nom: Bolaligim, seni sog'indim
Yuborildi: Abdusalom 09 Sentyabr 2006, 07:19:30
Behzodbek:

Assalomu alaykum.

Bolaligini sog'inmaydigan odam bo'lmasa kerak. Albatta, hali qarib yoshimiz bir joyga borib qolmagan bo'lsa ham, lekin hozirdan bolalikning beg'ubor damlari tez-tez yodga tushadigan bo'lib qolibdi. Ha, bolalik boshqacha edi. Gunohlardan xolilik, hatto gunohlar, yomonlik qilish hissi yetti uxlab tushingga ham kirmaydigan bir davr. Pok bir davr...

Keling, bolaligimizni xotirlaymiz. Go'zal damlar, shirin voqealarni bir-birimiz bilan baham ko'ramiz.

Eng yosh davringizni eslay olasizmi? O'shanda necha yosh bo'lgansiz? Masalan, men bir yosh bo'lgan davrimdagi bir voqeani tiniq xotirlayman. O'shanda atak-chatak qilib endi yurayotgan paytlarim edi...
Nom: Re: Bolaligim, seni sog'indim
Yuborildi: Abdusalom 09 Sentyabr 2006, 07:19:42
Behzodbek:

O'shanda yangi uyimiz hali bitmagandi. Otam (dadamning dadalari, hozir yoshlari 80 ga borib qolganlar) bir xonaning ichini shuvayotgan edilar. Ikkinchi xonadan bu xonaga o'tish eshigida, adashmasam, arava yoki odam o'tishi uchun bir taxta qo'yilgan edi. Men shu taxtaning ustiga chiqib, devorga qo'lim bilan tayangancha sekin yurib o'tganimni eslayman. Ota-onamga bu haqda gapirganimda hayron bo'lishadi: o'shanda men bir yosh bo'lgan ekanman.

Xo'sh, siz ham yoshligingizni eslab turasizmi? Qanday shirin xotiralaringiz bor. Ehtimol, biz bilan baham ko'rarsiz?
Nom: Re: Bolaligim, seni sog'indim
Yuborildi: Abdusalom 09 Sentyabr 2006, 07:20:05
Feruza

Mening bolalagim. Qaytib kelamaydigan beg'ubor davrim........

Men bolaligimda singlim bilan juda ko'p tortishib turardim. Oxir oqibat ayamlar yoki dadamlar ikkalamizni ikkita xonaga qo'yib, ajratib qo'yishardi jazo sifatida, lekin 5 daqiqa ham o'tmay singlim meni "qutqarishga" kelardi o'zining xonasidan "yaxshirincha qochib". Keyin yana hech nima bo'lmaganday o'ynab ketaverardik.
Nom: Re: Bolaligim, seni sog'indim
Yuborildi: Abdusalom 09 Sentyabr 2006, 07:20:29
AbdulAziz:

Yoshligini xotirlamaydigan inson bo'lmasa kerak. Bolaligimni faqat yaxshi kunlar bilan yod etaman. Aslida hamma ham shunday eslasa kerak. Chunki bunda nar armon bor, na mashaqqat. Bunday tuyg'ular bolalik uchun yot!

Men 1 yoshga to'ldim. Og'zimda so'rg'ichim bo'lsa-da, lekin aqlim tiniq. hali yura olmasam-da, har tugul tikka tura olaman. Man ayajonimi yaxshi ko'raman, ular manga "qaqa" oberadila. Dadajonimiyam yaxshi ko'raman. man qo'limdegi mushukchamni dadam olib berdilar. Hali qarab turasizlar, yurishni o'rganib olay. Hammalaringni ta'zirlaringni beraman.

Tezroq yurgim kelyapti. Anu ko'rinib turgan Shohimardon tog'lariga chiqqim kelyapti. Anularni qarang: manga qarab "kul-kul" deyishyapti :)

Ey, fotograf aka, tezroq oling, manam charchap kettim. Yo yig'lab, bir maza qivolaymi? Qarab turasizlar hali...
Nom: Re: Bolaligim, seni sog'indim
Yuborildi: Abdusalom 09 Sentyabr 2006, 07:20:44
Maknuna:

Man yoshligimda juda urushqoq va qizg'onchiq bo'lgan ekanman. Agar o'yinchog'imga kimdir qo'l cho'zsa, u bilan urushishdan ham toymas ekanman.
Bolaligimda juda ko'p qo'g'irchoqlarim bo'lardi. Ularni bir uyga yig'ib olib rosa o'ynardim... O'g'il ukalarim agar shu xonaga kirib qolishsa, ularni haydab solardim... Har kuni oyijonimda shu qo'g'irchoqlarimga kiyim tikib berishlarini iltimos qilardim...
Nom: Re: Bolaligim, seni sog'indim
Yuborildi: Abdusalom 09 Sentyabr 2006, 07:20:58
AbdulAziz:

Yoshim ikkiga to'ldi. Yurishni ham o'rganvoldim. lekin haliyam so'rg'ichimni tashlaganim yo'q. Endi mani orqamdan yugurib yurishibdi. To'g'ri-da, manam boshqalar ko'rgan narsalarni ko'rgim kelyapti. Shunichun ayamlarga bildirmastan ko'chaga chiqib ketyapman.

Yonimda o'tirgan mani - opam. U bilan birga o'ynaymiz. Ba'zida uni ko'ziniyam shamg'alat qilib turib, maydonga qochib qolaman. Keyin esa u mani qidira boshlaydi.

Kecha tog'am anu Shohimardon tog'iga olib chiqdilar. Juda zo'r ekan. Bir kunmas, bir kun o'zim chiqib ketaman-da. Mayli, hozir borib kashamni yeyishim kerak.

Lekin, man qaytaman, yana...
Nom: Re: Bolaligim, seni sog'indim
Yuborildi: Abdusalom 09 Sentyabr 2006, 07:21:11
Assalom:

Man ham bolaligimda juda sho'x bo'lgan ekanman.
Manimyam juda ko'p o'yinchoqlarim bo'lardi. Ayniqsa, kichkina soldatchiklarni to'plashni hush ko'rardim.
Ukalarim bilan birga shu soldatchiklarni o'ynardik.

Bir kuni oyim yo'qliklarida gaz bilan "o'ynashib" uyni yondirib yuborishimga azgina qolgan edi. Parda yonib, endi yong'in boshlanganda, o'zim baqirib, hammani chaqirgan edim...
Nom: Re: Bolaligim, seni sog'indim
Yuborildi: Abdusalom 09 Sentyabr 2006, 07:21:28
Kumushbibi:

Ayajonimning aytishlaricha,yoshligimda juda quvnoq bo'lgan ekanman..Amakimla kelsalar ko'zlarimni mahkam yumib,ular ketgaunga qadar shunday turarkanman.Ko'p sho'hlik qilsam ana,soqolli amaki kelyapti deb qo'rqitisharkan.. :)
Nom: Re: Bolaligim, seni sog'indim
Yuborildi: Abdusalom 09 Sentyabr 2006, 07:21:43
Noza;

Assalomu alaykum!

Man ham bolaligimni eslab goho yig'lab yuboraman.
Biz ham opa-singil, dugonalar har hil o'yinlar o'ynar edik.
Eng yoqtirgan o'yinim bekinmachoq edi.
Qizlar bilan qog'irchoqlar o'ynar edik, :D
kiyimchalar tikar edik.
Holakamsi o'ynasak man albatta kimningdur qizalaog'i bo'lar edim. Mani kotta qizlar rosa talashishardi : "Dilnoza mani bolam bo'ladi" deb.
O'yinchoqlarimiz ham juda ko'p edi.
Shunga qaramay opam bilan har doim ularni talashar edik.
Lekin dadam ikkalamizga ham bir hil o'yinchoqlar olib kelardilar.
Lekin yoshligimda ancha bosiq kamgap qiz bo'lganman,
hozir manimcha buni aksi yanan bilmadim :)
Nom: Re: Bolaligim, seni sog'indim
Yuborildi: Abdusalom 09 Sentyabr 2006, 07:21:58
Shamshir:

bolaligimda kop kasal bolganman, ota-onam ancha vaqt farzand kormaganliklari uchun erka qilib ostirishgan lekin juda ishimga pishiq bolgan ekanman, meni bolaligim boshqalrnikiga qaraganda kamroq bolgan.Faqat dadam bilan yurardim, nasib etsa rasmarni ham joylayman, 90 yillargacha faqat Kiyevda va Lelingradda yashaganmiz, ayam Jizzaxda qolardilar.Biz tel. qilib turardik. Bir kuni dadam quymoq pishirib beraman dedilar manga un olib kel dedilar man olib keldim. Quymoqni tayyorladik, biroz tindirdik qarasak qotib qolibdi dadam rosa kulgandilar ,,EEE ahmoqqinam albastir olib kelibsanku,, deb. ....Ayam bilan bilan bozorgabormasdim borsam qochib ketardim, bir safar Urgutga borgandik, zerikdimda ketdim borib daraxtni soyasida otirdim bir payt ayam yiglab kelib qoldilarku, qayerga ketib qolding deb, yarim kechasi picheniy yeydigan odatim bor edi faqat dadamni uygotardim dadam man uchun hama narsani qilardilar....Qishlogimiz ancha uzoqda 1 marta bir ozim 2 sinfda borib kelganman, hozir singlim 15 kirgan bolsa ham unga ruxsat berishmaydi.Dadamga oxshab o`ta rashkchi edim, bir kuni ayam kim bilandir gaplashayotib manga etibor bermagani uchun uydagi kyimlariga o`t qoyib yuborganman.Mehmon kutishda ayamga aql bolardim, pochcamlar kelishganda 6 yosh ekanman, rosa mehmon qilganman keyin ,,Anor yeshishni bilmaysizmi?dasturxonga tushirmang ayam urshadilar,, deganimda dadamga qarab ,,Poja bu bolangiz 6 yoshmi 60 yoshmi ?,, degandi....
Nom: Re: Bolaligim, seni sog'indim
Yuborildi: Abdusalom 09 Sentyabr 2006, 07:22:12
Behzodbek:

Assalomu alaykum,

Men yoshligimdan o'qishga mehr qo'ygan bo'lsam ajab emas. To'rt yoshligimda men va bir yosh katta akam bog'chaga boradigan bo'ldik. Uch yosh katta akam esa maktabning 1-sinfiga borayotgan edi. Men maktabda o'qish-yozish o'rgatishlarini bilardim. Shuning uchun onamdan, bog'chadayam o'qishni o'rgatishadimi, deb so'radim. Onam yo'q, deb javob berganlarida xafa bo'lib ketgandim.

Akamlar maktabga qatnab, o'qish-yozishni o'rganishib olishdi. Men ularning kitoblariga, daftarlariga tikilib o'tiraverardim. Bir kuni o'rtancha akam barcha alifbe harflari bor bo'lgan bir varaq olib kelib berdi. Men undan akamlardan so'rab-so'rab o'qishni o'rganib oldim. Bog'chada tarbiyachi opalarim menga bino tepasiga yozilgan gaplarni o'qitkizishardi.
1-sinfga kirganimda, o'qituvchilar "ona, ana non" degan kichkina gaplarni qayta-qayta o'qitkizishaverardi. Men siqilib ketardim, tezroq katta-katta matnlarga kelsagu derdim.

Xullas, o'qishga mehr qo'yib yomon bo'lmadik, alhamdulillah, ishlarimiz yaxshi.
Nom: Re: Bolaligim, seni sog'indim
Yuborildi: Abdusalom 09 Sentyabr 2006, 07:22:26
Behzodbek:

Assalomu alaykum,

Bog'chaga birinchi borgan kunim haligacha esimda. O'shanda dadam va onam meni va bir yosh katta akamni bog'chaga bermoqchi edilar. Lekin borganimizda, yo joy kammidi, yoki bir oiladan faqat bitta odam olisharmidi, ishqilib, ikkalamizdan faqat bittamizni olishlari mumkinligini aytishdi. Ota-onam meni berib, akamni qaytarib olib ketishmoqchi bo'lishdi. Lekin men qolishni hecham xohlamadim. Nega endi akam ketadiyu, men qolishim kerak. Bog'cha opalar meni majburlab ushlab olishdi. Men rosa dod deb yig'ladim, qo'llaridan qochib ketaman, deb tipirchiladim, lekin baribir ota-onam va akm ketishdi, men o'sha yerda qoldim. O'shanda rosa xafa bo'lgandim.

Bog'chaga ham o'rganib qoldik. Akam ham keyinroq qatnay boshladi. Uch mahal ovqat berishardi. Lekin bog'cha opalarning qizlari, og'illari pecheni va shirinliklarni hammadan ko'p yerdi. Hech kim ularga indamasdi. Chunki ular tarbiyachilarning farzandi edi-da.
Bir kuni bog'chamizga komissiya keldi. "Bolalar, kimga ovqat va pechenilarni ko'p berishadi", deb so'rashdi. Ahad va Salim degan bolalar bog'cha opalarning o'g'illarini ko'rsatib, ismlarini aytib berishdi. Komissiya a'zolari tarbiyachilarni bizning oldimizda izza qilib ancha gaplar aytdi. So'ng ular ketgandan so'ng tarbiyachi opalar Salim bilan Ahadni rosa urishdi.Men o'sha payt nega aytganlari uchun bunaqa qattiq urishishganini tushunmagandim.
Nom: Re: Bolaligim, seni sog'indim
Yuborildi: Abdusalom 09 Sentyabr 2006, 07:22:55
Feruza:

Ota onam uchun meni bog'chaga jo'natish va u yerda qoldirish haqiqiy mashaqqat edi. :) bilmadim, nimaga bog'chani bunchalik yomon ko'rganman. Balki ikkita gruppani birlashtirishgani uchundir. (3 marta bog'cha almashtirganman, har doim yangi bog'chaga o'rganish qiyin bo'lardi.)Xullas, yomon ko'rardim.Har kuni yig'lardim bormayman deb, nima qilib bo'lsada maqsadga erishish yo'lida o'z "taktikamni" qo'llardim. Bog'chadan qolib, ayamlar bilan ishga borishni yaxshi ko'rardim. Ishga borish bog'chaga borishdan ming marta afzal edi men uchun. Hozir esa bog'chamni judayam sog'inaman. Hatto qaytib bog'chaga borishni orzu qilganman, na iloj maktab o'quvchisi bog'chada ........... ;)
Nom: Re: Bolaligim, seni sog'indim
Yuborildi: Abdusalom 09 Sentyabr 2006, 07:23:11
Behzodbek:

Bog'chada ba'zan bizni sayrlarga olib chiqishardi. Guruh-guruh bo'lib tarbiyachilar boshchiligida turli joylarga borardik.

Bir kuni uyimiz oldidan o'tdik. Shundoq darvozamiz oldiga keldik. O'sha paytlar biz tomorqada handalak ekardik. Bu payt handalak ayni g'arq pishgan mahal ekan. Katta akam tarbiyachimizga handalak olib chiqib berdilar. Keyin biz yana bog'chaga qaytadigan bo'ldik. Shunda men uyda qolishni, bog'chaga qaytib bormaslikni shunaqangi xohladimki, lekin bir og'iz tarbiyachimdan men uyda qolay, deb so'rolmadim. Oyog'im tortmasa-da, noiloj yana bog'chaga qaytishga to'g'ri keldi.
Nom: Re: Bolaligim, seni sog'indim
Yuborildi: Abdusalom 09 Sentyabr 2006, 07:23:22
Noza:

Man esa bog'chaga borishni yoqtirardim.
Bog'chada bizning honamizda 2 ta kotta qo'g'irchoq bor edi.
Komola dugonam bilan o'sha 2 qo'g'irchoqni bizning ruxsatimizsiz hech kim o'ynamas edi.
Bir kuni Komola dugonam bilan "Parehmakerski" o'ynadik. Komola parikmaher bo'ldi man esa unig mijozi bo'ldim. U sochimni turmakladi.
Peshonamga tushib turadigan sochlarimni taroqqa shu darajada o'radiki umuman echa olmadik. :D
Keyin Komola "Dilnoz endi nima qilamiz sochlarindan taroqni olib bo'lmayabdiku" didi va manga ularni kesib tashlashni taklif qildi.
Man ham rozi bo'ldim.
Qarabsizki peshonamga tushib turadigan sochlarim endi tikka bob turardi. Uyda ayam rosa urishdilar "Sochingni nima qilib qo'ydin" deb.

Hozir Komola bilan o'sha paylarni eslab rosa kulamiz.......
Nom: Re: Bolaligim, seni sog'indim
Yuborildi: Abdusalom 09 Sentyabr 2006, 07:23:44
Feruza:

Ey tinib tinchimagan qizlareyyyyyyyyyyyyy

:) Menda ham bir safar shunaqa bo'lgan, lekin bir balo qilib ajratganman
Nom: Re: Bolaligim, seni sog'indim
Yuborildi: Abdusalom 09 Sentyabr 2006, 07:23:56
Maknuna:

Nodi bilan man birga bog'chaga borardik.
Bir kuni bog'cha opa bizni uxlatib qo'ydi-de, o'zi chiqb ketdi. Biza xuddi uxlagandek, ko'zimizi yumib tururdik.
Ko'pincha shunaqa bo'lardi. Negadir uxlagimiz kemasdi.
Nodiga qarasam, uyam ko'zini ochvotti. Keyin, sekin boshqalaniyam uyg'otdik. Eee, boshqalayam uxlashmagan ekan.
Bog'cha opani bir qo'rqitmoqchi bo'ldik-de, spalniyning oldidegi xonaga 4-5 kishi kirib oldik. Boshqalaga bizani etib qo'ymanglar deb tayinladik...
Keyin bog'chaopamiza kirdila. hamma "uxlavotti". Biza yo'qmiz. Joni chiqib ketishiga azgina qoldi. Bolaladan qani ula deb so'rasa, hech kim javob bermiydi. Uyoq buyoqni qidirdi, biza yo'qmiz. Shu zayl ancha qidirgandan keyin, biza, bog'chopa deb chiqib keldik. Bechora yig'lab yuborgandi, o'shanda...
Nom: Re: Bolaligim, seni sog'indim
Yuborildi: Abdusalom 09 Sentyabr 2006, 07:24:09
Feruza:

Menda ham shunaqa voqealar ko'p bo'lgan. Nimagadir, bog'chadagi hech qaysi jajji erkatoy uxlashni yoqtirmaydi, shular orasida men ham bor edim.
Mening guruhimdagi bolalar turib olib, qo'shiq aytishardi, o'ynashardi, biz esa tomoshabin bo'lib qarsak chalardik. O'ziyam butun bog'chani ko'chirardik. Bog'cha opamiz kelganidan esa, hamma o'zini uxlaganga solardi.
Bolaligimning eng baxtiyor paytlari ekan o'sha damlar endi o'ylasam! ;)
Nom: Re: Bolaligim, seni sog'indim
Yuborildi: Abdusalom 09 Sentyabr 2006, 07:24:32
Maknuna:

Feruza, bog'chada eng sevib o'ynagan o'yinchog'ingiz qaysi edi?
Nom: Re: Bolaligim, seni sog'indim
Yuborildi: Abdusalom 09 Sentyabr 2006, 07:24:43
Ozoda:

Bolaligim!!!!
O'zi insonning eng quvonchli damlari bo'ladida bu bolalik!!
Men bog'chaga oz borganman!!
Bir bordim, keyin bog'chadagi bolalar bitlab ketishgandi :D
Qiziq a????!!!!!
Ha, keyin ayam bilan dadam qurqishib meni bog'chadan olib qo'yishgandi!!
Ba'zida bog'chdan uyga qochib kelardim, keyin, men bilan singlim bora boshladi, singlim qayerga borsam o'sha yerga men bilan birga borardi, shuningdek, bog'chadan qochayotganimda rosa qiynalardim da, ahir singlim tez yugirolmasdi da :D ;D ;)
Nom: Re: Bolaligim, seni sog'indim
Yuborildi: Abdusalom 09 Sentyabr 2006, 07:24:55
Feruza:

Bilmadim, shu o'ynardim hamma o'yinchoqlarni. Lekin, bog'cha opamiz yasagan o'yinchoqlar meni rosa hayratga solardi. Ba'zida uyda o'zim qilib ko'rmoqchi bo'lgan paytlar ham bo'lgan. ;)
Nom: Re: Bolaligim, seni sog'indim
Yuborildi: Abdusalom 09 Sentyabr 2006, 07:25:12
Maknuna;

Bog'chada eng yomon ko'rilgan narsa - uxlash bo'lsa kerak.
Man ham bog'chaopamizni "yomon ko'rardim": obedda uxlatganlari uchun.
Yaxshi ham ko'rardim: o'yinchoqlarni berganlari uchun.

Juda ko'p o'yinchoqlarimiz bo'lardi. Lekin hozirgi bog'chalarda o'yinchoqlar deyarli yo'q desa ham bo'ladi.
Nom: Re: Bolaligim, seni sog'indim
Yuborildi: Nodi 14 Sentyabr 2006, 19:46:34
Manam bolaligimda juda sho'x bo'lgan ekanman.
Oyimning aytishlaricha, bir kuni ular mani qarindoshimiznikiga olib borganlar.
U yerda xuddi o'zimga o'xshagan bir qiz bor edi. U bilan rosa o'ynadik. O'sha qizning onasi ham mani juda yaxshi kutib oldi.
Keyin uning onasi bilan uyga ketdik, ya'ni o'shalarning uyiga.
Oyimlar esa manga o'xshagan qizni man deb o'ylab olib ketibdilar.
Almashib qopmiz-de. Keyin kula-kula, oyim mani olib ketgan ekanlar :)
Nom: Re: Bolaligim, seni sog'indim
Yuborildi: Shoxjahon12 20 Sentyabr 2006, 13:47:26
Manam bolaligimda juda sho'x bo'lgan ekanman.
Oyimning aytishlaricha, bir kuni ular mani qarindoshimiznikiga olib borganlar.
U yerda xuddi o'zimga o'xshagan bir qiz bor edi. U bilan rosa o'ynadik. O'sha qizning onasi ham mani juda yaxshi kutib oldi.
Keyin uning onasi bilan uyga ketdik, ya'ni o'shalarning uyiga.
Oyimlar esa manga o'xshagan qizni man deb o'ylab olib ketibdilar.
Almashib qopmiz-de. Keyin kula-kula, oyim mani olib ketgan ekanlar :)

Haa, juda qiziq...:)
Nom: Re: Bolaligim, seni sog'indim
Yuborildi: Muhammadiy 21 Sentyabr 2006, 08:16:41
Manam bolaligimda juda sho'x bo'lgan ekanman.
Oyimning aytishlaricha, bir kuni ular mani qarindoshimiznikiga olib borganlar.
U yerda xuddi o'zimga o'xshagan bir qiz bor edi. U bilan rosa o'ynadik. O'sha qizning onasi ham mani juda yaxshi kutib oldi.
Keyin uning onasi bilan uyga ketdik, ya'ni o'shalarning uyiga.
Oyimlar esa manga o'xshagan qizni man deb o'ylab olib ketibdilar.
Almashib qopmiz-de. Keyin kula-kula, oyim mani olib ketgan ekanlar :)

Ishonish qiyin...
Nom: Re: Bolaligim, seni sog'indim
Yuborildi: Nodi 21 Sentyabr 2006, 13:38:10
Ishonish qiyin...

Nega endi.
Bu hayotda shunaqa holatlar ham uchrab turadi...
Nom: Re: Bolaligim, seni sog'indim
Yuborildi: Ulugbek-Uz 20 Iyun 2008, 16:59:46
бу мавзуда анчадан буён жавоб ёзилмапти-ю майли, боғча ёшимни ссласам,
боғчага бормайман деб қайсарлик қилиб оёқ тираб олардим, сабабини сслолмайман, онам уришиб йиғлатиб оборарди. Ўша пайтда боғчада тарбисвий ташкилий ишлар схши йслга қсйилмаганми билмадим, тушдан кейин ухлатишлари ҳам ёқмасди :)) Кейинчалик мандан 5 ёш кичик синглимни боғчага сзим обориб опкелардим.
Nom: Re: Bolaligim, seni sog'indim
Yuborildi: siddiqa 01 Mart 2009, 06:45:33
Manam bolaligimda juda sho'x bo'lgan ekanman.
Oyimning aytishlaricha, bir kuni ular mani qarindoshimiznikiga olib borganlar.
U yerda xuddi o'zimga o'xshagan bir qiz bor edi. U bilan rosa o'ynadik. O'sha qizning onasi ham mani juda yaxshi kutib oldi.
Keyin uning onasi bilan uyga ketdik, ya'ni o'shalarning uyiga.
Oyimlar esa manga o'xshagan qizni man deb o'ylab olib ketibdilar.
Almashib qopmiz-de. Keyin kula-kula, oyim mani olib ketgan ekanlar :)
        bunaqasi kamdan kam uchriydi   :D :D :D :D :D :D yahshi tezgina bilib qolishipti  :D
Nom: Re: Bolaligim, seni sog'indim
Yuborildi: Hamza 03 Mart 2009, 15:13:50
Manam bolaligimda juda sho'x bo'lgan ekanman.
Oyimning aytishlaricha, bir kuni ular mani qarindoshimiznikiga olib borganlar.
U yerda xuddi o'zimga o'xshagan bir qiz bor edi. U bilan rosa o'ynadik. O'sha qizning onasi ham mani juda yaxshi kutib oldi.
Keyin uning onasi bilan uyga ketdik, ya'ni o'shalarning uyiga.
Oyimlar esa manga o'xshagan qizni man deb o'ylab olib ketibdilar.
Almashib qopmiz-de. Keyin kula-kula, oyim mani olib ketgan ekanlar :)
        bunaqasi kamdan kam uchriydi   :D :D :D :D :D :D yahshi tezgina bilib qolishipti  :D
Nom: Re: Bolaligim, seni sog'indim
Yuborildi: Hamza 03 Mart 2009, 15:16:05
Namozni  o`qighlar kanda qilmasdan birodarlar
Nom: Re: Bolaligim, seni sog'indim
Yuborildi: Hamza 03 Mart 2009, 15:28:04
Assalomu aleykum birodarlar. Men bu saytga yangidan qo`shildim. Menigh ismim Hamza
Nom: Re: Bolaligim, seni sog'indim
Yuborildi: Muhseena 03 Mart 2009, 16:04:49
9-10 yoshimda buvam kasal bo'lib qo'lganlar.O'shanda buvamga shifo so'rab,namoz o'qiganman.Chunki o'shanda kimdir Hudodan so'ranglar,shifo bersin deganini eshitganman. Bomdodni ertalab quyosh chiqib ketgan bo'lsa ham o'zimcha tahorat olardimda,namoz kitobini qo'limga olib qanday yozilgan bo'lsa shunday o'qirdim.Lekin negadir juda qattiq ishonch bilan o'qiganman.Lekin farz nima iymon nima bilmaganman o'sha paytda.
Nom: Re: Bolaligim, seni sog'indim
Yuborildi: siddiqa 07 Mart 2009, 06:20:05
qo'shnimiz bo'lardi ,juda yahshi ayol edi ,lekin hamma ehtiyot bo'lib muomala qilishardi ,aqllarini noqisroq deyishardi ,kim nima desa desinu shu qo'shnimiz kaminani juda yahshi ko'rardi ,6 yoki 7 yosh edim ,qaysar emasdimu lekin aytganim bo'lishini hohlardim ,bu narsani hamma ko'tarardi lekin akajonim :D :D :D,uyda hafa qilishdi keyin hamma narsamni onamni kotta chiroyli sumkalari bo'lardi shunga yig'dimda ,qo'shni holanikiga ko'chib ketdim ,hozirgacha eslab kulishadi ,keyin amallab kech bo'ganda uzr so'rab olib ketishgandi .  :D :D :D

bolalik naqadar beg'ubor o'zining o'zgacha shirin g'amlari ,sho'hliklari bn go'zal .
Nom: Re: Bolaligim, seni sog'indim
Yuborildi: Muhseena 07 Mart 2009, 07:06:22
qo'shnimiz bo'lardi ,juda yahshi ayol edi ,lekin hamma ehtiyot bo'lib muomala qilishardi ,aqllarini noqisroq deyishardi ,kim nima desa desinu shu qo'shnimiz kaminani juda yahshi ko'rardi ,6 yoki 7 yosh edim ,qaysar emasdimu lekin aytganim bo'lishini hohlardim ,bu narsani hamma ko'tarardi lekin akajonim :D :D :D,uyda hafa qilishdi keyin hamma narsamni onamni kotta chiroyli sumkalari bo'lardi shunga yig'dimda ,qo'shni holanikiga ko'chib ketdim ,hozirgacha eslab kulishadi ,keyin amallab kech bo'ganda uzr so'rab olib ketishgandi .  :D :D :D

bolalik naqadar beg'ubor o'zining o'zgacha shirin g'amlari ,sho'hliklari bn go'zal .
Mandayam shunaqasi bo'gan  :) Oyim man bilan opam etgan narsani obermaganlarida opam bilan kelishib katta sumkaga kiyimlarizmizzi soganmiz,hatto idish-tovoqlayam soganman.Orqamizdigi dalada chayla qurib yashimiz digandi.Oyim qivotgan ishimizzi ko'rib qarab-qarab ketganla,endi sumka bilan ko'chaga ketvotganimizda qo'shnimiz chiqib qogan,keyin kulib-kulib uyga qaytarib yuborgan.O'shanda 7-8 yoshda edim  :D
Nom: Re: Bolaligim, seni sog'indim
Yuborildi: Muhyiddin 06 Aprel 2009, 20:36:58

(http://www.wild-natures.com/picture/tulipa-greigii-2.jpg)


Eh!... Shu kunlarda men ham uyimizni, qishlog’imiz tepasidagi tog’-adirlarni juda-juda sog’indim!"¦
Maktab paytlari lolaqizg’aldoqlar tergani u erga chiqardik. Baland-baland adirlarni bir zumda zabt etib, yana pastga qarab shamoldek elib yugurardik"¦
Ayniqsa pastga qarab yugurishni juda yaxshi ko’rardik, yugurayotganimizda qadamlarimizni shunaqangi katta tashlardikki, eslasam, go’yo uchub ketayotgandek bo’lardik"¦
Va ovozimizni boricha baqirardik:

Mana senga olam-olam guuuuuuuul !!!
Etagingga siqqanicha oooooooooool !!!

deb"¦
Qizil gilam kabi to’shalgan bepoyon qizg’aldoqzorlar ichida bearmon kezardik"¦.
Uzun-uzun bo’yli, chiroyli  qizg’aldoqlarni terib, olib kelib o’qituvchi opamizga ilinardik"¦
Nom: Re: Bolaligim, seni sog'indim
Yuborildi: Munira xonim 07 Aprel 2009, 13:08:23
Assalamu alaykum.
Haa, bolalik ajoyib beg'ubor paytlar bo'ladi...
Inson katta bo'lgan sayin bolalaigini aslasa, albatta, labiga kulgu yuguradi.

Men ushbu hodisani eslasam doimo kulaman:
Hali maktabga chiqmagan yillarim edi. MAhallamizda yoshi teng qizlar ko'p edik. Bir qo'shni qiz bilan ehch chiqishmasdim, doimo urushardim. :) (Afsuski hozir ham chiqishmayman)
Shu qiz bilan bir kuni gap talashib qoldik, nimaligini eslolmayman. Lekin meni juda qattiq jahlimni chiqarganini aniq eslayman. Xullas, janjallashib ketdik. Va u meni sochimdan tortdi. SHunga qattiq jahlim chiqdida, uni kuchimni boricha ura ketdim. Shunaqa yomon uribmanki, ko'chamizdan turgan tuproq uyimiga yiqilib qolganini ham sezmabman. (Shunaqa vaxshay ekanman, shekilli)
Xullas, o'zimga kelib qarasam uni hamma yog'i tuproqqa belangan. Qo'rqib ketdim, onasi juda yomon gapiradigan ayol edi. Hozi onasi chiqadida, emni uradi deb qo'rqqanimda yugurib hovlimizga kirib, onam kiyimlarini taxlab qo'yadigan tepa tokchaga chiqib yashirinib oldim.Ancha vaqt o'sha yerda turganman shekilli, o'sha tokchada uxlab qolibman.
Onam bechora ishdan kelib, meni uyda "yo'q"ligim haqida buvimning shikoyatlarini eshitib, uyga kirib, kiyimlarini olish uchun tokchani ochganlarida men uxlab yotgan edim...  :)   
Nom: Re: Bolaligim, seni sog'indim
Yuborildi: Muhyiddin 18 Aprel 2009, 17:28:18
(http://www.lizardboys.com/children.jpg)

Chamasi endi bog’chani tugatib maktabga kirgan paytlarim edi. Maktabdan qaytgach mahallamizdagi bollar-qizlar birgalashib "œoq terakmi-ko’k terak", "œyashintopaloq", "œquvlashmachoq", "œto’purar", "œpar" kabi o’yinlarni o’ynardik. Biroz ulg’aygach bolalar alohida qizlar alohida o’ynaydigan bo’ldik... O’shanda, o’yin bilan bo’lib shom tushganini ham sezmay qolardik. Bir payt kimnidir oyisi yo opasi chaqirib qolardi, shunda darrov hammamiz bir-birimizga qarab, baravariga:

Uy-uyiga!
Takat uyiga!
Uyi yoqlar!
Tolni tagiga!..


("œTakat" degani "œkatak" bo’lsa kerak.)

deb qichqirgancha yugirib uy-uyimizga kirib ketardik. Bemahlda ko’chada hech kim qolmasdi"¦
Nom: Re: Bolaligim, seni sog'indim
Yuborildi: Zamiraxon 18 Aprel 2009, 20:10:08
Uy-uyiga!
Takat uyiga!
Uyi yoqlar!
Tolni tagiga!..


Ha, meniyam esimda, ko'chada o'ynardik, o'ynardik, uydagilar chaqirib qolishsa, "Uy-uyiga, to'y- to'yiga" deb ketardik. Nimaga unaqa degan ekanmiz, hayronman ??? ::)
Yoshligimda, menimcha 6 yoshlar bo'lganman, ko'chadagi qo'shni qizlar bilan qo'g'irchoqlarimiz bilan "Xola-xola" o'ynashni yaxshi ko'rardim. Kukla barbi der edik... Bir marta hovlimizdan 2-3uy naridagi Dildora ismli bir qiz uyida o'ynashni taklif qildi. Men ham boraverdim. U qizning ayasi tikuvchi edi. Har xil materiallardan qolgan -qutganlardan qo'g'irchoqlarimizga kiyimlar tikishni yaxshi ko'rardik. Vaqt shunchalik tez o'tib ketibdiki, kech bo'lib qolganiniyam bilmay qolibmiz. Bir vaqt Dildoralarnikiga mening ayam kelib, meni so'rab turganlarida chiqib qoldim. Shunaqa jahllari chiqdiiii. Uyga borgandan keyin dadamga "Hozir militsiyaga telefon qiling, bunaqa ko'chada uyma-uy sanqib yuradigan qizning bizga keragi yo'q, olib ketingizlar, deng" dedilar. Men shunchalik qattiq qo'rqqanman. Asti qo'yaverasiz. O'shandan beri ko'chada o'ynamaganman desam lof bo'laru, lekin doim so'rab chiqardim. Lekin hech qachon begonaning uyida ancha mahalgacha qolmaydigan bo'lganman. Ana shunaqa... ;)
Nom: Re: Bolaligim, seni sog'indim
Yuborildi: Foniy 20 Iyun 2009, 19:20:26
...ba'zilar "umrning bahori"ga o`xshatishadi,.. ajoyib damlar edi, beg`ubor orzular, tashvishlar yo`q,.. qalblar, ko`ngillar ham boshqacha edi,.. bolalik ketdi, biz bilan esa yuraklarni orziqtirib faqat shirin xotiralar qoldi,..
Nom: Re: Bolaligim, seni sog'indim
Yuborildi: Robiya 21 Iyun 2009, 16:58:16
BOLALIGIM"¦

Bolalikning ko’chalari ko’zdan o’tar
Umr karvon to’xtamaydi, mangu ketar
Yuragimga zangor sog’inch tig’day botar
Bolaligim sen ham meni sog’indingmi?

Maysa gilam yalangoyoq chopar edim,
Ko’k dalada ko’kka qarab yotar edim,
Yalpizlarning bo’ylaridan o’par edim
Yalpizginam sen ham meni sog’indingmi?


Sog’indingmi, sog’indingmi,
Bolaligim sen ham meni sog’indingmi?

Bolalikning ko’chalari tor emasdi,
G’am tashvishga murg’ak qalbim zor emasdi.
Yulduz jonim o’kinchlarga yor emasdi
Ayt, sho’xligim, sen ham meni sog’indingmi?

Sog’indingmi, sog’indingmi,
Bolaligim sen ham meni sog’indingmi?

Endi o’sha osmon to’la ko’zlar qani,
Qirda qolgan yalangoyoq izlar qani?
Qo’l ushlashib yugurishgan qizlar qani,
Dugonajon sen ham meni sog’indingmi?

Zoru hayron tentirayman toshlar aro,
Ko’zlarimda qalqib turgan yoshlar aro.
Senga yetib borolmayman tushlar aro,
Marg’ilon ayt sen ham meni sog’indingmi?

Sog’indingmi, sog’indingmi,
Bolaligim sen ham meni sog’indingmi?

Nom: Re: Bolaligim, seni sog'indim
Yuborildi: Ziyovuddin 22 Iyun 2009, 11:15:28
Hozir hammani bolaligidagi bir-biridan qiziq voqealarni o'qib kayfiyatim ko'tarildi. Beixtiyor o'zimning bolaligimdagi voqealar ko'z oldimdan o'tdi. Yoshligimda unchalik sho'x bo'maganman. Yovvoshgina mo'min-qobilgina bo'lib yurardim. Lekin mahalladagi bir-ikkta o'zimga o'xshagan churvaqalarga qo'shilib qolsam "yovvoshgina"ni teskarisi bo'lardi.
 Bir kuni qo'shnimiznikiga mehmonlar keldi. Qizil "Moskivich". Bolalar bilan balonlarini birin-ketin pisaytirishni boshladik. Keyin portlashi uchun gulishiteliga (tutun chiqadigan joyiga) tosh, yog'och tiqib tashladik. Hamma "ishni" bajarib bo'lgach bir etak dovuchani terib olib mehmonlarni mashinaning egasini jig'ibiyron bo'lishini rohat bilan tomosha qildik. Balonlar ishirildi. Endigi navbat "portlashga". Xaydovchi mashinani o't oldirganida moshina negadir portlamadi. Biz tiqib qo'ygan narsalar hammasi chiqib ketdi. Hozir ham o'sha mehmonlar kelib turishadi, buni esa ulardan haligacha sir saqlaymiz.
Nom: Re: Bolaligim, seni sog'indim
Yuborildi: siddiqa 29 Iyul 2009, 06:32:38
bolaligimni eslasam judayam kulgum keladi ,qo'shni bolalar va qizlar deyarli tegdoshlar edik ,asosiy 3 do'st yoshlarimizning farqi 1 yoshdan edi eng kichigi yon qo'shnimiz bir bolakay edi ,va 2 qizcha ,men va dugonam,dugonam bn adash edik ,men kichkinagina bo'lganim un meni kichkina a uni o'zini ismi bn chaqirishardi ,hullas bir kun urishib qoldik ,judayam chayir edim qanday o'sha qo'shni bolachani boshini yorib qo'yganimi bilmimanda ,keyin oilaviy odobnoma bo'lib zo'rg'a yarashuvdik ,bolalikda kechirim so'rashni bilmasdik .
Nom: Re: Bolaligim, seni sog'indim
Yuborildi: Mahdiyah 29 Iyul 2009, 13:59:10
Shu mavzuga kirib yana bir bor beg'ubor bolalikni esladim.
Eng shirin tuyg'ular bolalik damlari bilan bog'liq bo'lsa kerak hammada ham.

Bolaligimda dadam bilan ko'p birga yurardim.
Qayerga borsalarham har doim ergashardim.
Dadamni erkatoylari bo'lganman (singlim tug'ilgunicha)  :D
Bir kuni kechki payt dadam bilan qayergadurham ketayotgandik.
Dadamni qo'llaridan ushlab olgandim.
Ko'zlarim esa osmonda, yulduzlar, dum-dumaloq oy.

Qarasam oy man bilan birga yuryabdi, mani ta'qib qilyabdi.
To'xtadim, u ham to'xtadi.
Yana yurdim, u ham ketimdan ergashdi.
Dadam "Ha nima bo'ldi?" dedilar.
Man dadamga "Dada! Qaren anu oyni ketimdan ketyabdi, etin ketimdan yurmasin" deb jahl qilgandim.
O'shanda dadam rosa kulganlar.

Bolalikda qalb ham, o'ylar ham beg'ubor...
Nom: Re: Bolaligim, seni sog'indim
Yuborildi: Mahdiyah 29 Iyul 2009, 14:12:14
Bog'chada ham qiziq voqealar ko'p bo'lgan.
Bog'chada kasha bilan grechka yeyishni yoqtirmasdim.
(Kashani hali ham yoqtirmayman!  :D)
Ikkalasi bilan ham qiziq voqea bo'lgan.
Odatda ovqat yemasak bog'chaopalar majburlab bo'lsa ham edirishardi.
Chunki uyga och ketishimizni hoxlashmasdi.

4 ta 4 tadan 1 stol atrofida o'tirardik.
Yana obedga kasha ob kelishdi.
Hamma yeyishni boshladi.
Man esa kashaga hatto qarolmasdim.
Bog'chaopa manga "Dilnoza san nimaga yemayabsan?" dib so'radi.
Man unga kasha yemasligimni aytdim, u esa mani qaysarlik va injiqlik qilayabdi deb o'yladi.
Manga qattiq gapirdi, kasha yishimga majbur qildi.
Qoshiqni olib ovqatni og'zimga solishimni bilaman, shu zahoti hammasi tarelkamga qaytdi.
Ko'zlarim qizarib ketganidan bechora bog'chaopa qo'rqib ketdi va mani boshqa hech qachon kasha yeyishga majburlamadi. :)

Grechkani nimaga yoqtirmasdim bilmiman, lk hozir juda yaxshi ko'raman.
Opam bn u paytda 1 gruppada edik.
Dadam bizni ob ketishga keldilar.
Opam ovqatini yeb bo'lgandi, man esa grechkaga termulib o'tirardim.
Dadam "Ovqatingni yemasang uyga ob ketmiman, faqat Rohatoyni ob ketaman" dedilar va opamni kiyintira boshladilar (unda qish edi).
Dadam atelan opamni sekin, shoshmasdan kiyintirdilar, bu orada Dilnoza ovqatini yirmikin deb.
Qarasalar qoshig'imga ham tegmadim.
Kn jiddiylashdilar, manga "Mayli biz ketdik, ovqatingni yemaguningcha bog'chada qolib ketaverasan" didilar.
Man shu yig'lashni boshladim, shunaqngi ich ichimdan yig'ladim, bog'chapamizniyam rahmi kelib "Ha yemasa mayli, majburlamen" dib mani tarafimni olgandi.
Yig'latib yig'atib, baribir uyga ob ketdilar.
Lekin baribir grechkamni yemadim.  :D
Nom: Re: Bolaligim, seni sog'indim
Yuborildi: siddiqa 31 Iyul 2009, 08:13:50
Kichkinaligimda ukam bilan urishibqolganimizda onam , hozir qullarimni kutarsam, qushga aylanib uchib ketaman dib qurqitganla. Rossa yiglaganedik kechirin dib.
Uzimni bollarim quloq solishmaganida shu narsa esimga tushdi. Hozir qullarimni kutarib, qushga aylanib uchib ketaman disam.....indami qarab turishibti. Nimaga indamyabsla disam...Qanqa qilib odam qushga aylanishini kurmoqchimza!!  Rossa kulibman, urishishni urniga :D

hozirigi zamon bolajonlarini judayam ishontirish qiyin .
Nom: Re: Bolaligim, seni sog'indim
Yuborildi: Mahdiyah 31 Iyul 2009, 08:43:16
Maktabda ham qiziq voqealar ko'p bo'lgan. 3 sinf edik. Hali oq-qorani bilmaydigan vaqtimiz.

Rus tilidan bir yangi o'qituvchi kelgandi.
O'zbek sinfi bo'lganligi uchun oramizda rus tilini bilmaydiganlar deyarli 70% edi, yozuvniku gapirmasa ham bo'ladi.

O'qituvchi: "Hozir sizlardan diktant olaman. Kichkinagina diktant yozasizlar. Kn xatolarni tekshiraman. Shunga qarab kim rus tilini qay darajada bilishini bilib olaman" didi.

Bog'chada ham, maktabda ham man bn birga bo'lgan dugonam Kamola rus tiliga umuman tushunmasdi.

O'qituvchi bizlarga oson bo'lsin dib, gap qayerda tugasa nuqta, vergul qayerda kelsa vergul kabi belgilarni etib ketdi.
Yarim betcha diktant yozdik.
O'qituvchi yozganlarimizni birma-bir tekshirdi.
Dugonam Kamolani diktantiga kelganida o'qib rosa kuldi.

O'qituvchi qayerda "-" "," " ' " belgilarini etgan bo'lsa, Kamola hamma yerda "tire, zapitaya (vergul), udarenie" dib yozganakan.  :D
Nom: Re: Bolaligim, seni sog'indim
Yuborildi: imlaah 06 Avgust 2009, 18:19:57
Bolalik ehhh kim qachon esga olganda yuraklari to'lqinlanmay iloji bo'lmasa kerak. Vodiyning uzooq qishloqlarini qo'msayman bolaligimni esga olsam.Mahallamizning oqko'ngil insonlarini sog'inaman.
Mahallamizda hamma yosh oilalar yashardilar opoqdadamlar va buvimlar kabi katta yoshlik insonlar "qaynonadan qochganlar mahallasi" deb kulishardi mahallamiz haqida gap ketsa.Ota onalarimiz uyda bo'lmasalar hamma qo'shni bolalar bir uyda yig'ilib o'tirar edik .Har kim o'z uyida o'tirgani qorqardik.Mahallani hamma bolasi birga yig'ilib olsak qo'shni mahallani bolalari bilan "jangga" kirishardik.Eng ajoibi bizni mahallamiz bolalari hammamiz kichikna bolalar edik .O'g'il bolalar urushardi qiz bolalar ularga tosh ,umuman "dushmanni zonasiga" otish mumkin bo'lgan narsalarni yetkazib berardik.
Hozir eslasam o'sha vaqtda kichkina bola bo'lsalar ham mahallamizdagi qo'shni aka ukalarimiz qizlarni ehtiyot qilishar ekan. Yoshlarimiz ulg'ayib oq qorani taniy boshlaganimizda ham mahallamizdagi hamma oilani bolalari huddi aka ukalardek ahil edik.Beg'ubor bolaligimiz yoshligimiz birga o'tgan mahalladoshlarimiz mana bugun turfa yoshda turli yurtlarda ba'zilari bu olamni tark qilishga ham ulgurgani insonni qattiq o'yga cho'mdiradi  :(
Nom: Re: Bolaligim, seni sog'indim
Yuborildi: Ansora 14 Sentyabr 2009, 18:12:10
Sentyabr oyi kelishi bilan bolaligimdagi maktab chog'larim xayolimga kelaveradi. (Bugun Turkiyada maktablar ochildi. Qaynotam o'qituvchilar. U kishiga 33 o'quvchidan iborat 1.chi sinf beribdilar:) Olloh qulaylik bersin, dadajon deb duo qildim.)
 Sentyabni hidi ham boshqacha bo'ladi. Bolaligimda maktab ochilishi bilan ertalab maktabga borardik, obeddan keyin esa, paqir, latta olib sinfni tozalashga qarab yo'l olardik. 10 sinfni tugatguncha "singkom" bo'lganim uchun butun bu ishlar meni zimmamda edi. Paqirni ichiga gazetaga o'rab yarim tandi non, bir bosh uzum solardim, ishlab charchsam yerman, deb:) Ayam bechorani butun paxta teradigan etaklarini men "yo'q qilardim" Sinf tokchalaridagi butun gullar asosan meniki bo'lardi. Hammaga gul olib kelinglar, deb tayinlanardi, 1-2 o'quvchidan tashqari hech kim olib kelmas, ayam bermadi, deyishardi. Meni o'zimga oid gullarim bo'lganligi uchun o'zimga xon o'zimga bek edim bu mavzuda:) Ayam aytardilar, bolam bu gullarni olib ketyabsan, ko'rasan yilni oxirida tuvagi qaytib keladi:) aytganlariday bo'lardi ham:) lekin men o'jar bola, hech o'ylamasdim bularni. Yetarki sinfimiz chiroyli bo'lsin. Ozoda bo'lsin. Hatto sinf eshigining ruchkasi sinib qolganda, ayam perashka yeysan, deb bergan pullaridan to'plab ruchka olgandim, hozmag'dan:)
Ehh qani endi 1 kuni qaytib kelsa, mayli yana chang to'zon sinfimni tozalashga, yana perashka yemay ruchka olishga tayyor edim:)
Nom: Re: Bolaligim, seni sog'indim
Yuborildi: siddiqa 15 Sentyabr 2009, 04:22:00
Sentyabr oyi kelishi bilan bolaligimdagi maktab chog'larim xayolimga kelaveradi. (Bugun Turkiyada maktablar ochildi. Qaynotam o'qituvchilar. U kishiga 33 o'quvchidan iborat 1.chi sinf beribdilar:) Olloh qulaylik bersin, dadajon deb duo qildim.)
 Sentyabni hidi ham boshqacha bo'ladi. Bolaligimda maktab ochilishi bilan ertalab maktabga borardik, obeddan keyin esa, paqir, latta olib sinfni tozalashga qarab yo'l olardik. 10 sinfni tugatguncha "singkom" bo'lganim uchun butun bu ishlar meni zimmamda edi. Paqirni ichiga gazetaga o'rab yarim tandi non, bir bosh uzum solardim, ishlab charchsam yerman, deb:) Ayam bechorani butun paxta teradigan etaklarini men "yo'q qilardim" Sinf tokchalaridagi butun gullar asosan meniki bo'lardi. Hammaga gul olib kelinglar, deb tayinlanardi, 1-2 o'quvchidan tashqari hech kim olib kelmas, ayam bermadi, deyishardi. Meni o'zimga oid gullarim bo'lganligi uchun o'zimga xon o'zimga bek edim bu mavzuda:) Ayam aytardilar, bolam bu gullarni olib ketyabsan, ko'rasan yilni oxirida tuvagi qaytib keladi:) aytganlariday bo'lardi ham:) lekin men o'jar bola, hech o'ylamasdim bularni. Yetarki sinfimiz chiroyli bo'lsin. Ozoda bo'lsin. Hatto sinf eshigining ruchkasi sinib qolganda, ayam perashka yeysan, deb bergan pullaridan to'plab ruchka olgandim, hozmag'dan:)
Ehh qani endi 1 kuni qaytib kelsa, mayli yana chang to'zon sinfimni tozalashga, yana perashka yemay ruchka olishga tayyor edim:)

maktab davri ham o'tib ketdi lekin hotiralar tirik ,har 25 mayda men ham gul oborar edim,hovlida 6-7 hil atirgullar bor edi ,mahalladigar olib ketishar lekin eng chiroyli atirgullarni hech ularga bergim kelmas edi ,dadajonim azon saharlab jajji qo'llarga tikon kirmasligi un atirgullar tikonlarini olib buket yasab qo'yardilar .eslasam kulgim keladi juda shoh bo'lganligim va akalar tarbiyasi ,yana ota onamning ish joylari maktabim yonida bo'lganligi sababli ularni kanda qilmay maktabga chaqirtirshar edi . ;) ;) ;) ;) ;) ;) ;)
ustozlarimni haligacha qumsayman ........
Nom: Re: Bolaligim, seni sog'indim
Yuborildi: Ansora 15 Sentyabr 2009, 19:10:19
Eng kichkina ukam Dilmurod hali 3-4 yoshlarida edi. Qo'shni holamizni ismlari Havvo edi. Televizorda odatda yangiliklardan keyin Ob-havo ma'lumotlari berilardi. Hozir qanday bilmadim. Suxandon "Ob-havo ma'lumotlari bilan tanishing",  deyishi bilan, ukam: "Ayaaa Havo hola, deyabdi",,, derdi.

Hammamiz qotib kulardik:)
Nom: Re: Bolaligim, seni sog'indim
Yuborildi: Ansora 15 Sentyabr 2009, 19:18:43
Yana bolalik hotiralarmdan biri. Uyimizga uzoqdan qarindoshimiz kelgandi. Yonida 7-8 yoshlarda o'g'li bor edi. Televizorda muhabbat filmi tomosha qilardik. Hozir qaysi biri ekanligini aniq eslolmayman. Yigitni yaxshi ko'rgan qizining akalaru urib, qonga belashadi.
G'amgin musiqa chalinar, yigit esa zo'rg'a oyoqqa turib sudralib yura boshlagan sahnaga kelganda uyimizga kelgan mushtakkina bola :

"Baribiram sevattaa" deb yuborgandi: :)

Oradan yillar o'tib ammamni qizi turmushga chiqdi, men uzoqdaman, singlimdan so'radim, qizni kimga berishdi, deb. Singlim esa :"Baribiram sevatta'ga" deb javob berdi :)
Qarindoshimizni ismi oramizda shunday qolib ketdi :)
Nom: Re: Bolaligim, seni sog'indim
Yuborildi: Ansora 16 Sentyabr 2009, 14:57:26
Akam bilan maktabga uzoqroq yerdan qatnardik. Bilasizlar qiz bola o'qil boladan oldinroq bo'y cho'zadi. Keyin o'g'il bollar birdaniga "o'sib ketadi". Akam bilan oramizda 2 yosh bo'lgani uchun tengday edik. Bir kuni yana uyga qaytayotib yo'lni ustidagi "gaz voda"dan ichaylik, deb cho'ntagimizdan endiii tangalarni chiqarib turgandik, mendan 1 yosh katta, akamdan 1 yosh kichkina, maktabni eng tanilgan bezori bolasi bizga qaraaab turibdi. Akam bilan bir-birimizga qaradik. U bo'lsa "pullaring ko'payib gaz voda ichadigan bo'lib qoldilaringmi, dedi. Akamga ham qaramasdan bolani yoniga bordim, butun ovozim bilan "senga nimaaa" deb baqirdim. Bezori bola bo'lsa, mendan hech bunaqangi harakatni kutmagan ekanmi, g'alati bo'lib ketdi. Shu shu qaytib men bilan yuzma yuz kelmadi. Oradan yillar o'tib, uning qarindoshi meni so'rabdi, qanaqa qiz, deb. Sovchi qo'ymoqchi bo'lgan ekan:) Bezori esa (eski bezori:) eee aqling bo'lsa undan uzoq tur, deb maslahat beribdi.
Yaqinda televizorda bir ona g'oz o'z bollarini tulkidan qanday qutqarganini ko'rib o'sha voqea esimga tushib ketdi. G'oz butun qanotlarini ochib, shunaqangi hayqirar ediki...
İnson bolasi, hatto butun jonzotlar bir ich uchun chin qalbdan yopishdimi, albatta bajaradi:)
Nom: Re: Bolaligim, seni sog'indim
Yuborildi: Ziyovuddin 16 Sentyabr 2009, 16:53:31
Maktabda qiziq voqealar ko'p bo'lardi :)
Bir kuni adabiyot darsida o'qituvchimiz sinifdosh do'stimni doskaga chiqarib "Buyuk mutafakkir, so'zlar sultoni Alisher Navoiy xazratlarini asarlarini sanab ber" deganlarida, orqa partadan kimdir "Qish sonatasi" deb qolganida o'qituvchimizni mazasi qochib qolganini haligacha esimdan chiqarmiman.
Nom: Re: Bolaligim, seni sog'indim
Yuborildi: Ansora 16 Sentyabr 2009, 18:05:22
Maktab paytlari baribiram boshqachada:) Bizni yerimiz bor edi, har yili har hil narsa ekardik. Bir yil yeryong'oq ekdik, maktabdan kelar kelmas, dadam darrov yerimizga borishimizni ayamga tayinlaganlar! Bir kuni paxta boshlandi, deb qolishdi. Bir tarafda dadamni buyruqlari...Nima qilsam ekan, dedim va sinf rahbarimizni yonlariga bordim. U kishi adabiyot o'qituvchisi edilar. Domla, dedim menga javob bering, yeryong'oqqa bormasam, bo'miydi dadamdan gap eshitaman kechqurun. Domla bo'lsa menga: "Voy voy qizimeyyy, hamma "ingaa", "ingaa", deb tug'ilganida sen "tanga tangaaa" deb tug'ilgan bo'lsang keragov, degandilar  :D

Olloh u kishiga ham uzoq umrlar bersin, qayerda bo'lsalar ham jonlari sog' bo'lsin.
Nom: Re: Bolaligim, seni sog'indim
Yuborildi: Ansora 17 Sentyabr 2009, 07:54:05
Kecha marketdan uyga kelayotib yo'lda Kimano kiygan va "qizil belbog'" taqqan qizni ko'rdim. Tabiiy holda esimga mening ham bolalik armonim "Karate" keldi:) Akam 12, men 10 yoshlardamiz. U bilan birga katta bo'lganimiz uchun qayerga borsa orqasidan ergashaman. Bir kuni karatega boshlayman, deb dadamdan ruhsat oldi. Men ham sekingina peshiga tushdim:) Yo'lda orqasiga qaradi, men kelyabman, qo'limdan ushlab uyga olib keldi, "aya qizizga ayting, o'g'il bollarni ichida nima ishi bor" deb jahl qildi. Dardim ichimda qoldi...
Oradan yillar o'tib, Toshkentga o'qishga kirgandan keyin bir kuni Karate kurslarini qidirdim. Ulug'bek metrosida adashmasam "Trudovıye rezervı" bo'lishi kerak. Faqatgina bolaligimdan qolgan qiziqish uchun Karatega qatnay boshladim. Eng yoqqan tarafi endigina 5 yoshdagi bolakay "Sariq belbog'" edi :) Men esa ooo necha yoshdaman. Eshitgan o'rtog'larim " ha endi qaysi belbog'ga o'tdiz?" deb so'rashardi, men esa "menga qora berishdi, lekin oq rangni ko'proq yaxshi ko'raman" deb kulardim:)
Karatega qatnay boshlaganimni 2 oylari edi chamamda, uyga quyosh botgandan keyin qaytardim. Bir kuni yon podyezdda qo'shni ayolni so'yib ketishdi saharda. Shu shu borishni tashladim...
Nom: Re: Bolaligim, seni sog'indim
Yuborildi: siddiqa 17 Sentyabr 2009, 10:24:12
Kecha marketdan uyga kelayotib yo'lda Kimano kiygan va "qizil belbog'" taqqan qizni ko'rdim. Tabiiy holda esimga mening ham bolalik armonim "Karate" keldi:) Akam 12, men 10 yoshlardamiz. U bilan birga katta bo'lganimiz uchun qayerga borsa orqasidan ergashaman. Bir kuni karatega boshlayman, deb dadamdan ruhsat oldi. Men ham sekingina peshiga tushdim:) Yo'lda orqasiga qaradi, men kelyabman, qo'limdan ushlab uyga olib keldi, "aya qizizga ayting, o'g'il bollarni ichida nima ishi bor" deb jahl qildi. Dardim ichimda qoldi...
Oradan yillar o'tib, Toshkentga o'qishga kirgandan keyin bir kuni Karate kurslarini qidirdim. Ulug'bek metrosida adashmasam "Trudovıye rezervı" bo'lishi kerak. Faqatgina bolaligimdan qolgan qiziqish uchun Karatega qatnay boshladim. Eng yoqqan tarafi endigina 5 yoshdagi bolakay "Sariq belbog'" edi :) Men esa ooo necha yoshdaman. Eshitgan o'rtog'larim " ha endi qaysi belbog'ga o'tdiz?" deb so'rashardi, men esa "menga qora berishdi, lekin oq rangni ko'proq yaxshi ko'raman" deb kulardim:)
Karatega qatnay boshlaganimni 2 oylari edi chamamda, uyga quyosh botgandan keyin qaytardim. Bir kuni yon podyezdda qo'shni ayolni so'yib ketishdi saharda. Shu shu borishni tashladim...

agar karate haqida gap ketsa beihtiyor oilamiz bn akamni eslaymiz a endi akam aralashgan ishda albatta kamina ham doimo ishtirok etardim ,yoshlikda akam bn kurash tushardik endi kichkina edim keyin o'yin o'yin bo'lib bir kuni karategacha bordi yani faqat karatistka men bo'ldim akam jim turishlari keregidi keyin boshlandi iya iyalar ,bir past turib akam ey unaqamas mana bunaqa harakat qilishing kerak dib iyaa didilarmi ishqilib bo'yim kichkinagineydi hullas ko'zimmi boplab qo'ydilarda ,.....makatabga boromiman uydegilar ga nima diyishshi bilmimiz 2 sinfiydim lekin akammi rosa shkaladu marojnega tushurganiydim . ;) ;)
Nom: Re: Bolaligim, seni sog'indim
Yuborildi: Mahdiyah 23 Sentyabr 2009, 08:56:57
BEIHTIYOR BUGUN YANA BOLALIKNI ESLADIM. [ko'pncha yo qiyin vaziyatga tushganimda, yo kimnidur voqeasini tinglasam bolaligim ko'z oldimdan o'ta veradi]

Naqadar ajoyib damlar.................

"œCholi qushi filmida" Ferede pionina oldida o’tirib pioninani chalib bolaligi eslaydi.
Mana shu epizodi judayam yoqadi manga, xuddi o’zimni Feredening o’rnida tasavvur qilaveraman"¦

Domimizda juda ko'p qizlar edik.
Bizdan 3-4 yosh kattalar, 2-3 yosh kichiklar ishqilib aralash quralash.
Hali maktabga chiqmagan vaqtlarmidi yo maktabning ilk sinflarimidi ishqilib g'irt ko'cha daydisi bo'lganmiz.
Ko'cha bizni boqardi desa ham bo'lardi.  :D
Ayam uyga ovqatga chaqirsalar o'yinni qizig'idan chiqqimiz kelmasdi.
Kn bir baqirib berardilar, jimgina uyga kirib ketardik.
Lekin rosaaaaaaaaaaaaaa ko'chani HAQQINI ado etganmiz vaqtida  ;D

Qizlar bn xola-xola, jami bormi, bekinmachoq bormi hamma hamma o’yinlarni oynardik.
Daraxtga chiqish bo’lsa man bn Fotima digan qiz 1 o’rinda edik.
Daraxtdan olcha terib o’zimizcha sok qilib ichardik :D
Xozir o’zimga o’zim "œO’sha payt hech daraxtga chiqsam yiqilib tushsamchi dib o’ylamaganakanman" diman.


Yonimizda institut bo’lgani uchun avvallari shu institutda turli mamlakatlardan studentlar kelib o’qishardi.
Ularni orasida xabashlar ham, xindlar ham, arablar ham"¦"¦. bo’lardi.
Ko’chada negir studentlar o’tib qolsa inglizcha qo’shiq kuylardik, ular ham bizlarga qiziqib qo’shilishib qo’shiq kuylashardi, kn bizga bittadan zvachka berishardi ;D

Xindlarni ham to’xtatvolib kinolardan qo’shiq hirgoya qilardik, ular ham biz bn qo’shilishib ashulalar aytishardi, ular uchun bu juda qiziq edi. Ular ham kn bizga shirinliklar berishardi"¦


Nom: Re: Bolaligim, seni sog'indim
Yuborildi: siddiqa 23 Sentyabr 2009, 19:01:18
hali ham bolaligim tark etmaganini bugun yana bir bor his etdim ...........lekin bola kabi samimiylikda qolish yahshi lekin buni ham lekini bor ekan .
Nom: Re: Bolaligim, seni sog'indim
Yuborildi: Ansora 23 Sentyabr 2009, 19:38:20
O'zi bu forumda bolaligini sog'ingan men, mahdiyah va siddiqa borga o'shaydi:)
Nom: Re: Bolaligim, seni sog'indim
Yuborildi: Muhammad Amin 24 Sentyabr 2009, 05:22:16
Bolalik har bir inson uchun eng ajoyib damlar bo'lsa kerak. Kim ham bolalikni sog'inmaydi deysiz.
Men bolaligimda ya'ni endi 3-5 yoshlik paytlarimda juda ham sodda, shu bilan birga nimadan bo'lsa ham qo'rqardim. Yosh kuch degan jurnal bo'lardi. O'shanda bir juda ham qo'rqinchli haykalni rasmi bor edi. O'shandan juda ham qo'rqardim. Opa-akalarim buni bilardi va ataylab o'sha jurnalni menga olib kelib 'mana haykal kelyapdi" deb qo'rqitishardi. Men esa baqirib oyijonimni oldiga qochardim. Bu vaziyatdan meni oyijonim qutqarardi. Bo'lmasa  baqirib yig'lab yuborardim. . .
Nom: Re: Bolaligim, seni sog'indim
Yuborildi: Muhammad Amin 24 Sentyabr 2009, 05:28:23
6-17 yoshlik paytlarim men uchun eng beg'ubor demlar bo'lgan. Bu yoshdan boshlab futbol mening olamim, meni dunyoyimga aylangan. O'zimcha futbolchi bo'laman deb tinmasdan futbol o'ynardim. U xoh katta bo'lsin xoh kichik menga farqi yo'q edi. Oyijonim ish buyursa hozir qilaman derdimu yana futbolga qochib ketardim. Keyin oyim ishni qilinmaganini ko'rib menga rasa urishardi. Men esa indamasdan uyga kirib kelardim. Maktabma maktab futbol o'ynashga borardik. odatda darsdan umuman qochmasdim lekin mana shu futbol uchun boshqa mektabga borishimiz uchun 1 martagina qochganman. Agar qochmasak kech bo'lib ketardi. Keyin futbol o'ynolmay qolamiz deb tog'dan oshib oshib o'qituvchilar ko'rmasin deb tog' tepasidan ketganmiz. Futbol olami meni dunyoyimga aylangan edi . . .
Nom: Re: Bolaligim, seni sog'indim
Yuborildi: Ansora 24 Sentyabr 2009, 09:31:10
O'rtancha singlim Nafisa bizga qaraganda ancha boshqacha edi, 3-4 yoshlarda bo'lsa kerak, sochlari qo'ng'iroq-qo'ng'iroq, ko'zlari doim kulib turardi. Bolaligidan har qanaqangi musiqa eshitishi bilan hech kim o'rgatmagan bo'lsa ham darrov sakrab o'ynab ketardi. Shu yoshlarida ekan, dadamni onalari "Anjon buvim" biznikiga mehmon bo'lib keldilar. Nafisa yana bizga rosaa o'ynab berdi. Buvim yaxshi ko'rib, "Voy o'zimni qoramayiz" qizim deb erkalab yubordilar. Nafisa bo'lsa birdaniga o'yinni to'htatib qochdi. Qarasak uyimizning ikkinchi qavatiga chiqadigan zinaga borib o'tirib olibdi. Mittigina qo'lchalarini kichkinagina yuziga qo'yib olgandi:)  "Ha Napi nima bo'ldi", deb so'radik. "Buvim nimaga menga qoraqiz", dedilar,, deb yig'lab yuborgandi:)

Nafisa jonim jigarim singlim, qayerda bo'lsang ham sog'-salomat bo'l. Ko'zlaring doimo kulsin. Rabbim butun opa-singillar qatorida mening ham singillarimni qo'risin insholloh...
Nom: Re: Bolaligim, seni sog'indim
Yuborildi: Mahdiyah 24 Sentyabr 2009, 09:53:33
Opam bilan yoshimizdagi farq 1 yosh bo'lganligi uchun deyarli Fotima Zuhradek edik.
Bir hil kiyinardik, sochlarimizni ham bir hil qilib o'rab qo'yardilar ayam.

Dadam bozordan nima olsalar ham ikkalamizga deyarli bir hil narsa olardilar. Lekin ko'pincha manga olgan narsalari ko'pga bormasdi.
Hayitdami biror bir bayramdami manga berilgan pullarni nimagadur yo'qotib qo'yaverardim  :D

Bir kuni dadam opam ikkalamizga boshga kiyiladigan ajoyib zo'ntik ob keldilar.
Boshga kiyiladigan joyida rezinkasi boridi, boshga qadab olib ketaverardiz, qo'l bn ushlamasdan.
Juda qulay edi.

Shu zontik kelgan kuni bolamanda...  :D o'ynab o'ynab oxiri 1 kun ham ishlatmasdan buzdim shu zontikni.
Keyin rosa yig'ladim...

Dadam tuzatib berdilar buzilgan zontigimni, kn tuzatilgan zontigimni tutdim ;D
Nom: Re: Bolaligim, seni sog'indim
Yuborildi: Ziyovuddin 24 Sentyabr 2009, 12:57:23
Kollejda o'qib yurgan paytimiz ham eng beg'ubor damlar edi.
Kollejimizda har kuni ertalab "Lineyka" (ertalabki yig'ilish) bo'lardi. Hamma guruhlar tizilib olib birma-bir hisobot berilardi. Odam ko'p bo'lganligi uchun mikrafonda gapirilardi. Hamma guruhlarni startsasi chiqib "Hurmatli navbatchi usta bizning falon guruhda buncha o'quvchi keldi bunchasi kelmadi" deb hisobot berilardi. Bir kuni bitta startsa chiqib hayajondanmi, yoki so'zlari esidan chiqib qoldimi boshqacharoq gapirdi: "Rahmatli navbatchi usta eeee....." :D minglab o'quvchilaru o'qituvchilar kulib yuborishdi.
Nom: Re: Bolaligim, seni sog'indim
Yuborildi: Ziyovuddin 24 Sentyabr 2009, 13:01:41
Bir kuni rus tili darsida o'tiribmiz. Rus tili o'qituvchimiz ruschani umuman tushunmaydigan 2ta kursdoshimizni o'rnidan turg'izib "ikkalen hozir ruschada suhbatlashasanla" dedilar. Bittasi boshladi: "Begzod kak tebya zavut" :D
Nom: Re: Bolaligim, seni sog'indim
Yuborildi: Ansora 24 Sentyabr 2009, 13:11:47
Bizni sinfga esa tarix darsidan kiradigan domlamiz juda qattiqqo'l edi. Sinfdosh qizlardan biri doskaga chiqdi, domla: "Ho'shhh, O'zbekistonni 1 chi Prezidenti kim", deb so'radi.

Qiz bechora qo'rqqanidan "G'ani A'zamov" deb yuborgandi:)
Nom: Re: Bolaligim, seni sog'indim
Yuborildi: Ziyovuddin 24 Sentyabr 2009, 13:36:32
Tarix o'qituvchimiz qattiq qo'l edi deganingizga esimga tushub ketdi.
Maktabda bizniyam tarix o'qituvchimiz bo'lardila. Yomon qattiq qo'l ayol edilar. Qizlanimasu lekin bollani ayamasdan urardilar. Bir kuni qayogadir chiqib ketdilar. "Kelgunimcha ovozlarin chiqmasin" dedilar. Biz bo'lsak koridorga chiqib olib to'polon qildik. Kimdir hazillashib "kevotila" deb baqirdi, hamma sinfga yugurib kirib hech narsa bo'lmagandek dars qilishga tushib ketishdi. Man endi sinfga kiraman deb turganimda bitta shumtaka sinfdoshim eshikni orqasidan tortib berkitib turibdi. Kira olmayapman. Bir mahal o'qituvchimiz kelib qoldilaku. Manga qarab nima qilib turibsan dedilar. Eshikni tortsala ochilmayapti. Bor kuchlari bilan bir tortgan edila eshikni orqasidan ushlab turgan sinfdoshim uchib chiqdi. Yoqasidan ko'tarib rosa urdila. Man bo'lsam rosa semirdim :).
Nom: Re: Bolaligim, seni sog'indim
Yuborildi: Ansora 24 Sentyabr 2009, 13:41:27
Bir kuni 5 chi sinfdamiz. O'qituvchimiz sen o'quvchilarga qarab tur, deb chiqib ketdi. Klaskom bo'lganim uchun darrov jiddiy yuz bilan qo'limga ramkani oldim. Ramka ham shu harhil mavzuda panolar bo'lardi devorda shuni tahtasi:)
Bollardan birini o'tirr, deb bir tushirdim kal boshiga. Bir qaradim, qon oqyabdi, qo'rqib ketdim. ma'lum bo'lishicha ramkada kichkinagina mih qolib ketganakan:)

Bola Oybek edi ismi, doood deb yig'lay boshladi, darrov o'qituvchimiz keldi, menga hech narsa demadi, Oybek uni ukasi edi, nima ham desin, dars vaqtida bollarni tashlab ketdim desa o'zi aybdor:)))
Nom: Re: Bolaligim, seni sog'indim
Yuborildi: Ansora 24 Sentyabr 2009, 13:47:38
Yana bir kun sinfdosh bollardan birini yomon urdim lekin, nima qilay hadeb so'kinadi. İsmi A'zam edi, quloqlari qizarsin:)
Uyiga qarab yig'lab ketdi, ayam bilan dadamni chaqiraman, deb. Himm dedim, zamir tugading sen:(
Ota-onasi keldi, menikini ham chaqirishdi, bir sinfga o'qituvchi bilan ota-onalar gaplashgani kirib ketishdi. 1 soatcha o'tdi, chiqishdi, hammani yuzida tabassum. Hech kimni jahli yo'q:)
Keyin bilsam, ota-onalarimiz ham sinfdosh bo'lib, A'zamni onasi meni dadamni urgan ekan bolalikda :D :D :D
Nom: Re: Bolaligim, seni sog'indim
Yuborildi: Ansora 29 Sentyabr 2009, 19:59:11
Osh qilgan paytlarim bazan bolaligimda bo'lgan voqea esimga tushaveradi...
Ayam sariq kasal bo'lib kasalxonada yotgandilar. Arafa kuni ham keldi. Men hali 8 yoshdaman, lekin hayotimda ilk marta sigir sog'dim,(sigir qanday soqqanimni aytib beraman keyin) ovqat qildim. Har kuni bir hil ovqat, qaynatma makaron. Ayajonim, jonim onam dadamga bir kuni: Zamiraga ayting, makaronni o'rniga guruch solsin, bugun, deb yuboribdi. Bolaman-da shunga ham aqlim yetmagan...
Hullas dadam arafa kuni ishga ketayotib menga oshni zirvagini(suvigacha bo'lgan qismini) tayyorlashimni, o'zlari kelib damlashlarini aytdilar. Men ham hayotimda birinchi marta osh qilishim, ayamdan ko'p ko'rganman, lekin 8 yoshning ta'sirimi, qo'lim-oyog'im titraydi, bir tarafdan dadamdan cho'chiyman...
Hullas oshni tomatigacha tayyorladim, hammasi joyida ko'rinardi. Lekin birdan o'zimni ko'zim tegdi shekilli, tomatni keragidan ancha ko'p solib yuboribman. Qozonga qarayman qozonni ichi qoraga yaqin qo'yiq qizil:(((

"O'ldim", dedim. Aybimni yopish uchun qozondagi suvni olib o'rniga qaynagan suv sola boshladim. Cho'michga chiqqan go'sht, sabzilarni ham qaytarib soldim.
Dadam ishdan kelib oshni damladilar, Xudoga shukr, osh shiringina bo'ldi...

Alloh, xonadonlarimizni "onasizlikdan" saqlasin iloyim.....
Nom: Re: Bolaligim, seni sog'indim
Yuborildi: Mas'ud 30 Sentyabr 2009, 02:18:23
shu she'rimni mana shu mavzuga qo'yishim kerak edi shekilli...:-)


Qalbga sig’may olam dardlari,
Ba’zan chuqur o’yga tolaman
Juda xomush bo’lgan paytlarim,
Bolalagim eslab qolaman"¦

Eslayman-u, ichimda bir joy,
Jiz etadi.
O’rtanadi jon"¦
"œOymoma" deb atalgan ey, oy -
Qayerdasan, qayda, bolajon?

Zumga bo’lsa ham o’sha damga,
Bo’lar edim jon-jon deb qaytgan"¦
Ba’zan ketsam edi quvilib,
Quvlamachoq o’ynagan paytga"¦

Arg’imchoqqa o’tirib olsam,
G’ubor qolmas ruhda, ham tanda
 "œKatta bo’lsam"¦" degan xayolni,
Qilmay qo’yar edim o’shanda"¦

Bekinmachoq istagan ko’ngil,
Shamol kabi yeladi goho"¦
O’tib ketgan yillar ortiga
Yashiringim keladi goho"¦

Bolaligim, oh, bolaligim,
Shaloladan sho’x bolalagim
Qaytib kelmas beg’ubor davrim -
Gunohlari yo’q bolaligim"¦

Ketib qolding"¦ juda ham erta,
Endi seni qaydan topaman?
Sening bilan qilgan orzuni,
Bugun g’amlar bilan yopaman"¦

Kattalikni qilmagin tilak;
Oxiri yo’q o’ylagan ishing"¦
Biri tugab-tugamay yana,
Boshlanadi boshqa tashvishing"¦

Qalbga sig’mas bo’lsa dardlarim,
Bolaligim eslab qolaman"¦


London... 2009 yil...

P.S. "Oymoma" degan so'zga izoh: yoshligimda, tilim chiqib, 4-5 ta so'zni ayta boshlaganimda aynan "Oymoma" so'zini juda burro aytgan ekanman...:-)
Nom: Re: Bolaligim, seni sog'indim
Yuborildi: Mahdiyah 30 Sentyabr 2009, 07:35:36
Juda yaxshi she'r ekan.
Manga juda yoqdi.
Ayniqsa mana shu satrlar...


Arg’imchoqqa o’tirib olsam,
G’ubor qolmas ruhda, ham tanda
"œKatta bo’lsam"¦" degan xayolni,
Qilmay qo’yar edim o’shanda"¦

....................................

Kattalikni qilmagin tilak;
Oxiri yo’q o’ylagan ishing"¦
Biri tugab-tugamay yana,
Boshlanadi boshqa tashvishing"¦


Qalbga sig’mas bo’lsa dardlarim,
Bolaligim eslab qolaman"¦


London... 2009 yil...

Nom: Re: Bolaligim, seni sog'indim
Yuborildi: Muhammad Amin 01 Oktyabr 2009, 07:16:23
Chamasi 5 yoshlarda edim. Bir kuni akam, amaki akam qishloq yo'llarida o'ynardik. Bir payt katta bir moshina yo'ldan bizga qarab kelaverdi. Oldinlari bunaqa moshinani ko'rmaganman. Akalarim meni qo'rqitishdi. "seni olib ketishadi hozir, bular yosh bolalarni olib ketishadi" deb. Shunda qo'rqqanimdan uyga ovozimning boricha yig'lab yugurdim. Onam meni yig'lab kelganimni ko'rib meni yupatishga harakat qildi. Lekin o'shanda hatto uyga kelib xushimdan ketibman. Uydagilar rosa qo'rqishibdi. Shunchalik qo'rqqan ekanmanki o'zim ham hozir o'ylab kulgim keladi . . .  :D
Nom: Re: Bolaligim, seni sog'indim
Yuborildi: Muhammad Amin 01 Oktyabr 2009, 07:25:00
Yoshligimda ko'p arazlash odatim bor edi. Bir kuni opam mazali ovqat pishrdi. Nimadir bo'ldiyu men arazlab ovqat emayman deb yotib oldim. Onam rasa yalindi lekin turmadim. Otam ham yalindi xullas hech kim turg'izaolmadi. Lekin ichimda yana yalinsa ekan shu safar yalinsa boraman deb yotibman. Lekin boshqa yalinishmadi va dasturxon yig'ishtirildi. Hamma o'z ishiga tarqalishdi. Va mazali ovqat ham tamom bo'ldi. Ichimda shunday afsus qildim bekor turmadim deb. Rosa egim kelib turgandida o'shanda lekin yeya olmadim. O'shanda arazlaganimga juda afsus qilganman . . . :D
Nom: Re: Bolaligim, seni sog'indim
Yuborildi: Ansora 01 Oktyabr 2009, 09:13:52
Obbo' Muhammad Amin, sizni tasavvur qilyabman:) Huddi meni eng kichkina ukamday, "nozli" katta bo'lgan ekansiz-da:)
Kichkina ukam bilan oramizda 12 yosh bor. 4 opasi bo'lgani uchun 4 yoshigacga yerga bosmagan, doimo quchog'imizda edi. Uhlaydigan mahali kelganda esa, 4 opasi adeyolni 4 tarafidan silkalab uhlatardik. Ukam bilan munosabatimiz juda boshqacha edi:) Hech qachon u bilan bir narsa ustida janjallashmadik. Unv-ga kirganimda endigina maktabga boshlagandi. Toshkentdan uyga 2-3 haftada bir borib turardim. Uyga borganimda ukam "opa, siz bilan uhlasam mayli-mii" derdi:) Har borganimda ukaginam meni mahallani boshida kutib o'tirardi, uyga birga kirib borardik.
Kunlardan bir kuni yana odatdagiday mahallaga kirib boryabman. Ukam ko'rinmaydi. Chunki tushdan keyin bo'lgani uchun doim ko'chada o'ynaydigan mahali edi. Uyga kirib bordim, qarasam ukam yig'lamsirab turibdi. "Ha nima bo'ldi," dedim. Ukam esa, mahalladagi o'zidan 4-5 yosh katta bolaning uni urganini aytib yig'ladi. Shu kungacha ukamni hatto biz ham chertmaganmiz. Opalik mehri boshqacha narsa ekan, o'shanda his qilganman. "Jigarim", deyilishi bekorga emas ekan, ukamni ahvolini ko'rib jigarim yongan o'shanda... "Kel, dedim meni İskandarning yoniga boshlab bor. Ukamni urgan bola zotan mahallani eng "shum bolasi" edi. Shum bolamiz, İskandar, mahalladan 10 daqiqa uzoqlikdagi suvni yonida bollar bilan o'tirgan ekan. Uzoqdan ko'rishi bilan tushundi, nimaga kelganimni. Yonimga kel, deb chaqirdim, qochmoqchi, darrov yoniga borib, "sen nimaga o'zingdan kichkina bolani urasan," deb huddi ukamni urganday men ham bir-ikki tushirdim...Bola hech kutmagandi..."Bundan keyin dedim, qolgan bollarga ham qarab, Dilmurodga kim qo'l ko'tarsa, Toshkentdan darrov yetib kelaman. Dilmurod hech kimni urmagan, urmaydi ham, u nimaga kaltak yeyishi kerak," dedim:)

Shu-shu mahallada ukamga hech kim "zarar bermabdi" :) Haligacha eslab kulisharkan:)

Hatto shu İskandar, maktabda bollarga "Dilmurodga yomon gapirmanglar, Toshkentda yomon uradigan opasi bor:) ,deb ularni ogohlantirar ekan.

Oradan ancha o'tdi, hamma katta bo'ldi. İskandar shunaqangi odobli bola bo'libdi-ki hayron qoldim, qo'lini ko'ksiga qo'yib salom berar, qo'limdan sumkalarimni olib, yordam bergandi. Men ham unga shirin gapirib, shokolad berdim:)

Bazan o'ylab qolaman, yaraga darrov muolaja qilmasak, u gazzak olib, oyog'imiz, qo'limizni kesilishigacha olib kelishi mumkin. Bola tarbiyasi ham shunday bo'lsa kerak. Balki İskandarni to'g'ri yo'lga kelishiga mening gaplarim va uncha qattiq bo'lmagan "tushirishlarim" sabab bo'lgan bo'lsa ne a'lo....
Nom: Re: Bolaligim, seni sog'indim
Yuborildi: Mahdiyah 03 Oktyabr 2009, 09:19:57
Agar inson xotirasini o'chirib tashlash mumkin bo'lganida, biz birin ketin yomon xotiralarni o'chirib tashlar edik.
Biroq, unda baxtli kunlarimiz bu qadar qadrli bo'larmidi...
(SMSdan)


Haqiqatda hayotdagi qiyinchiliklar borligi uchun ham hayotimiz yanada sermazmun, yanada qadrli, yanada totlidir...
Shuning uchun ham g'amgin kunlarimda yana o'sha shodon bolalikka qaytgim kelaveradi, bolalikni har lahzasi man uchun eng go’zal damlardek tuyiladi...

Singlim bilan oramiz 6 yosh bo’lgani uchun ancha vaqt erkatoy bo’lganman, u tug’ilgunicha.  :D
Doim dadam bilan birga yurardim.
Qayoqqa borsalar ham birga ob ketardilar.
Turli xil bayramlarga erinmay parklarga olib borib, aylantirib kelardilar.
Har yakshanba yonimizdagi START STADIONIGA borardik.
Fizkultura bilan shug’ullanib mazza qilib koptok, obruch, prigalkalar o’ynardik.
O’zlarini bollari yetmagandek domdagi hamma bolalarniyam ergashtirib olardilar.
Qaytangi yanayam qiziq bo’lardi.  :)
Ishdan qaytayotganlarida ham ko’pincha xo’rozqand olib kelardilarda, hammaga tarqatardilar.

Hali maktabga chiqmagan paytlarimda biror bayram bahona bizni aylantirib kelardilar.
Akam bilan opam ayam bilan qo’l ushlashib yurishsa, man har doim dadamni yelkalarida yurardim, HAMMADAN TEPADA!!! :D

Gohida opamni bir yelkalariga mani bir yelkalariga o’tkazib sayr qilardik.
Parklarda yurganimizda ham mani yelkalariga o’tkazvolib tomoshalar bo’layotgan joyda tomosha ko’rardik.

Exxxxxxxxxxxxxxxxxxxxxxxx bolalik, bolalik"¦"¦"¦"¦"¦"¦..
Goho qaytgim keladi, goho sani sog’inaman, goho eslab yig’lagim keladi"¦"¦..
Nom: Re: Bolaligim, seni sog'indim
Yuborildi: Muhammad Amin 06 Oktyabr 2009, 07:48:36
Bolalikning beg'uborligiga nima etsin. Har bir inson katta bo'lgandan keyin bolalikka qaytishni xohlashadi lekin ming afsuski buni iloji yo'q :'(

Kecha institutdan kelar ekanman bir to'da bolalar o'ynashardi. Shu payit osmondan Vertalyot o'tib qoldi. Hammasi qiziqish bilan yugirib , baqirishib tamosha qilishdi. Keyin yana kelishadi deb o'sha joyda poylab turishdi. Shunda ularga qaradimda " Hoy bolalar endi kelmaydi" dedim. Shunda hammasi menga qarab "KELADI, KELADI . . . KELADI" deyishib yugirib kelishdi. Shunda ulardan biri menga qarab "Siz qaerdan bilasiz kelmasligini?" deb savol berib qoldi. Shunda nima deyishni bilmay kelmaydi dedim kelmaydida dedim. Ularga kulib, hazil qilib gapirganim uchunmi hammasi menga yopishib ketishdi. "Meni ko'taring deb biri kelsa boshqa tomondan yana biri yugirib kelib meni ko'taring deb meni juda ham xursand qilib yuborishdi. Ularning yuzida faqat kulgu va tabassum, xushchaqchaqlik ufurub turibdi. Ularga qarab quvonasan kishi.
Ularning qanchalar baxtli ekanligini ko'rib bolalikka juda qaytgim keldi . . . :D  
Nom: Re: Bolaligim, seni sog'indim
Yuborildi: siddiqa 06 Oktyabr 2009, 09:15:25
 :as:
o'qishga shoshib ketayotgandim ,yonimizda maktab bor ,birdaniga tanish so'zlar va tanish muhit qalbimni cho'lg'ab oldi ,
maktab devorlarini yorulgudek bolajonlar
Assalamu aleykum ustoz barlla baqirishardi ,
unversitetga keldik ,
hurmat .
talabalr turishadi

va o'tirishadi ,kimdir ichida salom beradi ,kimdir
salom talabalar degan o'qituvchilarga ichida alik oladi .
negadir yig'lagim kelardi ..........................
gimnaziyada bir ustozimiz bo'lardi ,tarihdan shu o'qituvchimizga salom berishga ulgurmasdik
shart kirardilar va
assalamu aleykum bolalar ...............
lekin ustasi ustade ..alik olishgayan majbur qilardilar (samimiy)
va aleykum assalamo ustoz ..........
keyin nega birinchi salom berasiz derdik indamasdilar ....keyin tushundik .
yana yig'lagim keldi ..............yana sinf bilan turib baralla salom bergim kelib ketdi .
Nom: Re: Bolaligim, seni sog'indim
Yuborildi: Muhammad Amin 07 Oktyabr 2009, 06:15:28
Bolalik bu insonning podisholigi. Kecha bir kursdoshim osh qilib mehmonga chaqirdi. Ular turadigan kvartirada bir oila ham qo'shni ekan. Uning bir yosh chamasi 5 yoshlardagi o'g'ilchasi bor ekan. U bilan rosa kelishib qoldik. U kelib birdaniga aka siz moshina bo'laolasmi? deb menga qaradi. Qanaqa moshina desam "Egningizga meni chiqaring" deydi. Bolakayni egnimga chiqarib rosa o'natdim U esa" moshinamni hali benzini tugamadimi, hali benziniz bora? deb rosa xursand bo'ldi. Bo'ynimdan burab men burgan tomonga yuring men sizni boshqaryapmanku deb xohlagan tomaniga buradi goh devorga urildik goh moshinaga lekin rosa maza qildik. Oxiri u yoqqa yugurdik bu yoqqa yugurdik keyin charchaganimdan benzin tugadi endi. O'rtoq tushung endi deb egnimdan tushurdim. Moshinadan keyin sakratkich bo'ldim undan keyin aylantirgich xullas rosa maza qilib o'ynadim. Bolakay juda xursand bo'lib "aka bugun shu erda qolasmi?" deya murojat qildi. Uyga ketaman desam bo'lmasa yana uchuring deydi. Xullas men ham xursand u ham. Maza qildik.
Shuning uchun ham aytishadida bolaligim podisholigim . . . :D
Nom: Re: Bolaligim, seni sog'indim
Yuborildi: Muhammad Amin 19 Oktyabr 2009, 06:45:15
Bolalik eh qanday ajoyib damlar. Bolalikda har bir so'zingiz bajariladi. Nima desangiz darhol muhayyo bo'kadi.

Kecha bolalar bilan bir oz o'ynadim. Aniqrog'i yoshligimni esladim. maza qildim. Meni har doim bolalarning yuziga qaraganimda ularning yuzidagi quvonch, kulgu, qalbi top tozaligi quvontiradi. Bundan zavq olaman. Ular bilan o'ynasangiz bag'ri dilingiz ochiladi. Bolalik bu insonlarning eng ajoyib damlari bo'lsa kerak menimcha . . . :D
Nom: Re: Bolaligim, seni sog'indim
Yuborildi: Mahdiyah 23 Oktyabr 2009, 10:50:34
Yana sog'indim seni bolalik...

Demakki o'sha beg'uborlikni sog'indim...
demakki gapingni o'tkazolgan vaqtlaringni sog'indim...,
seni hammadan ham ortiq ko'rishlarini sog'indim...,
seni suyib erkalashlarini sog'indim...,
kichik xato uchun qancha malomat eshitayotgan bu "kattalik"da, katta xato uchun "kulgu" bilan jazolagan bolalikni sog'indim ...

...bolaligim...seni sog'indim...
Nom: Re: Bolaligim, seni sog'indim
Yuborildi: mutaallimah 24 Oktyabr 2009, 10:48:24
 :as:

Yaqin yaqingacha ham ayam ko'p eslardilar bu voqeani.. Aytaverganlaridan yod bo'lib ketgan.. Lekin o'zim eslolmayman :D :D
Toshkentga yangi kelgan vaqtimizda men 3-4 yoshlarda bo'lgan ekanman..
Dadamni birodarlari meni rosa yaxshi ko'rishrdi ekan, doim "bir o'pib qo'yay" deb yurisharkan..
Bir kuni ularni ichida meni eng ko'p yaxshi ko'rgan Shavkat akani to'yari bo'libdi, bir necha kun o'tib biznikiga keibdilar men ular o'tirgan xonaga kirmoqchi bo'lganimda ayam "endi o'pmang degin" deb o'rgatibdilar.
Men xonaga kirsam ular yana o'pmoqchi bo'lgan ekanlar ularga qarab "Shavkat akam endi o'psez uyat bo'larkan, o'pmasakansiz" degan ekanman ::) ::)
Ehhh o'shanda hozirgidan aaanchagina aqlli bo'lgan bo'lsam kerak :-[ :-[
Nom: Re: Bolaligim, seni sog'indim
Yuborildi: Molli 04 Noyabr 2009, 11:00:25
Men bolaligimda judayam ko`p choy ichardim ekan. Hozir ham tog`alarim "Hojiquduq" deb erkalatib qoyishadi. Meni yoshligimda ayam buvimlarnikiga tashlab ishga ketardikan. Qaysi togam yoki holam kelib choy ichsa men ham borib choy ichardim ekan. Hech ham toymas ekanman  ::)
Nom: Re: Bolaligim, seni sog'indim
Yuborildi: ЖАМШИДЖОН 04 Noyabr 2009, 11:44:23
nimaga endi Molli tushunmadimda Molli hon
Nom: Re: Bolaligim, seni sog'indim
Yuborildi: Mahdiyah 21 Yanvar 2010, 06:36:27
Bolalikni sog'inmay qo'yishdimi diman forumdoshlar???
Hamma kattalik bn ovora bu dunoda o'tib ketgan bolalik bn kimni ishi bordek huddi?

1 haftacha oldin oynadan qarab turganimda qo'shnimiz kechki payt qayergadur ketayotgandi.
Moshinasiga o'tirdi. O'g'li qizi va otasi qo'shnimni kuzatishayotgandi.
Qizaloq hali kichkina (chamasi 5-6 yoshda), moshina o'tirgan dadasini ko'rib yugirib borib moshinaning oynasidan boshini uzatdi, dadasi yuzini tutgandi o'pib qo'ydi...
Beihtiyor ularni ko'rib yuzimga tabassum oldim ...
Man ham kichkinaligimda dadam ishdan kelsalar yugurib borardim
O'zlari o'rgatgan she'rni bor ovozim bn etib berardim:

"Dada hormen!
Ishga bormen!
Mani ko'tarin
Oh oberin"
  :D

Dadam hali oyoq kiyimlariniyam yechmasdan bizni ko'tarib olardilar...
Albatta biror bir shirinlik bn uyga qaytardilar (ko'pincha)...

Bir tanishim shu so'zlarni ko'p takrorlardi:
Qaniydi insonda hotirasidagi keraksiz narsalarni o'chirishga imkon bo'lsa edi...?
Yo'q! Unda quvonchli daqiqalarimiz u qadar totli bo'lmasdi...
Nom: Re: Bolaligim, seni sog'indim
Yuborildi: Akbarjоn 24 Yanvar 2010, 00:50:35
Biz ham bir bolaligimizni eslaylik unda, ruhsatlariz bilan :)

Yoshligimda huda shox bo'lgan edim, 4 yoki 5 yoshlik paytlarim uyimizda mevali daraxtlar juda ko'p edi,  bahorning oxiri yoz kelganida daraxtdan tushmasdik, bi voqeani eslasam o'shandagi qo'rquvni xalixam xis qilaman.
Bir daraht bor edi, ikkinchi yil meva qilishi xali kichik, Gilos daraxti. Ayri shaklida o'sgan. Shu daraxtga chiqib Gilos teridim, ayri joyiga chiqib olganman, bir ayog'im ayrining ustida edi. keyin nima boldiyu tushaman deb yerga yiqildim, daraxtning ayri qismiga ayog'im ilinib qoldi :) Ayog'i osmondan bo'ldi deyishadiku xuddi shunday bo'lgandi, Rosa qo'rqqanman qolim yerga tegmiydi, :D bir ilojini qilib tushib olgandim shunda
O'shanda birinchi marta o'lim nima ekanligini xis qilganman, o'lim bilan yuzma yuz kelish nima ekanligi, ko'z oldidan xayotdagi ko'rgan narsalarning hammasi o'tishi degan narsalar bor gap ekan. Alloh o'zi bergan o'zi oladi
Inna lillahi Innailayhi roji'un
Nom: Re: Bolaligim, seni sog'indim
Yuborildi: Muhammad Amin 24 Yanvar 2010, 20:05:33
Bolalik beg'uborlik. Hech narsani o'ylamaysan xayolda faqat o'yin kulgu.

Bolaligimda qo'rqoq bo'lganman deb oldin ham yozgandim. Akalarim turli xil jurnalda chiqadigan haykallarni rasmini menga ko'rsatardi. Uni ko'rib xuddi meni bir narsa qilib qo'yadigandek qotib yig'lardim... :) Bundan jahli chiqqan opa va akalarim battar meni qo'rqitishardi... :) Men esa rasa yig'lardim. Hatto oddiy daftarni olib kelib hozir ochib haykalni ko'rsataman desa bo'ldi o'sha joyda men yig'lab yuborardim.... :) Haykal so'zi menga qo'rqinchni eslatadigan bo'lib qolgandi o'shanda....  :D
Nom: Re: Bolaligim, seni sog'indim
Yuborildi: Mahdiyah 14 Fevral 2010, 08:36:36
Kechagi yog’gan qorlarni ko’rib bolaligim esimga tushdi yana...
Sovuq bo’lishiga qaramay ko’chadan kelishni xohlamasdik.
Bir dugonam bn ham bog’chada ham maktabda birga bo’lganmiz. Yuqori qavatda yashaydigan qo’shnim...
Ko’chada muzliklarda rosa uchib-uchib sovqotsak domimizdagi podezlardan birining pechkasida qo’lqoplarimizni qo’yib isitib olardik, o’zimiz ham isinardik.
Keyin yana qorda o’ynashda davom etardik.  :D
Eng qizig’i tomlarda osilib turadigan sumalak (sosulki) (http://s41.radikal.ru/i094/0812/a1/46b9474daa8f.jpg)larni ko’rsak tamom...  :D
Sindirib olib yerdik...  ;D
Kn shamollardik... ayam "œyana sosulka yegansanda, shunga shamollading" dirdilar.
Man esa tan olmasdim, chunki urishib berishlaridan qo’rqardim.  ;D
Lekin mazza qilib o’ynardik... butun 3 oy qish haqiqiy qishdek bo’lardi...
Gohida ko’chada moshina ustidagi qorlarni qirib qorbo’ron o’ynayotgan bolakaylarni ko’rib ularga rahmim kep-ketadi...  :)
Nom: Re: Bolaligim, seni sog'indim
Yuborildi: siddiqa 22 Fevral 2010, 08:02:18
Men bolaligimda judayam ko`p choy ichardim ekan. Hozir ham tog`alarim "Hojiquduq" deb erkalatib qoyishadi. Meni yoshligimda ayam buvimlarnikiga tashlab ishga ketardikan. Qaysi togam yoki holam kelib choy ichsa men ham borib choy ichardim ekan. Hech ham toymas ekanman  ::)

 :as:

shu choy masalasida judayam kulgim kelaveradi ,Gimnaziyada oshhonada biz dejur bo'lsak 5,6 sinflar deyarli choy bermasdik ,sinfdoshlar judayam sho'x edik ,

tasavvur qilyapsizmi dejurlik soat 4 gachon davom etardi ,

choy tarqatishga keganda oz'imizdan 1 sinf katta  8,9 sinfga quyib chiqardik .kichkina sinflar iye choy bermislarmi deyishsa ....Yosh bola ko'p choy ichsa bo'lmaydi deb bahona qilardik ........ :D :D
Nom: Re: Bolaligim, seni sog'indim
Yuborildi: BelleQizcha 01 Aprel 2010, 18:52:47
bolaligim seni sog'indim../ SENSATSIYA QOSHIQ BOGAN-a?
Nom: Re: Bolaligim, seni sog'indim
Yuborildi: Zulfina 01 Aprel 2010, 21:34:05
Man endi bog'chaga chiqqan vaqtlarim 1-2 oy ayajonimla sog'inib abedda uyga ob ketarkanla. keyinchalik 5 yoshimdan maktabga chiqqanman. tengdoshlaridan ajralib qomasin deb, abedgacha maktabda bo'sam keyin bog'chaga chiqardim. O'sha vaqtlada ko'pchilik kattalardan "boshim og'riyapti" digan iborani eshitardim va doim bosh og'rig'i qanaqa bo'larkin, qani edi maniyam boshim og'risa dib orzu qilardim... Mana orzuyimgayam yetdim :(
Nom: Re: Bolaligim, seni sog'indim
Yuborildi: ibrohim 08 Aprel 2010, 17:28:24
haaaa,  eng yaxshi davr bolalik bo'sa kere.....  : ) : ) : )
Nom: Re: Bolaligim, seni sog'indim
Yuborildi: BilmasOY 20 Iyun 2010, 16:29:51
Kichkinaligimizda Istola degan o'rtog'im bilan bo'g'chadan kelganimizdan keyin butun mahallani boshimizga ko'tarib O'zbekiston madhiyasini aytib yurardik:
Serquyoooooooooosh hur o'lkam
Senga baqlajooooooooon... : )

                               
Nom: Re: Bolaligim, seni sog'indim
Yuborildi: BilmasOY 20 Iyun 2010, 16:30:30
Buni ayam aytib berganila:
Akam kichkinaligida judayam qaysar bo'lgan ekanlar (hozir ham shunaqa). Abdulla degan qo'shnimiz bn o'ynab yurishganida ikkalalariniyam suv ichkisi kepqopti. Shunda akam Abdullaga o'zimizni hovlidan suv ichishga "ruxsat" beribdilar. Suv ichib bo'lishganidan keyin akam unga "Abdulla, rahmat demaysanmi?"debdilar. U esa uyalganidan qizarib qochib ketibdi. Akam rosa quvlabdilar. Oxiri yetvoganidan keyin yoqasidan tutvolib "Rahmat ayt!" deb baqiribdilar. Shunda bechora bola qo'rqqanidan "YAXMAT, bo'ldimi?" degan ekan... :D :D
Nom: Re: Bolaligim, seni sog'indim
Yuborildi: Robiya 03 Iyul 2010, 12:49:52
 :as:

БАҒА ИАГГА ОЛ МЕАИ БОЛАЛИК

Қоронғулик... Жимжитлик... Секин аста томчилаётган ёмғир худди менинг ксз ёшларимга схшайди. Сув бетига томчилаётган ёмғир беихтиёр хаёлларга, болаликда қолиб кетган орзуларга, қишлоғимнинг гоҳ лойли, гоҳ тошли ксчаларига бошлайди. Умр! Сен бунчалар дарё мисоли тез оқиб стасан. Куни кеча мен дадажоним қучоғини тслдирган қизалоқ сдим. А­нди-чи, снди дадажонимнинг меҳрли тафтли қучоқларига сиғмай қолибман. Кечагина асжоним ёпган иссиқ тешиккулчалар қслимни куйдирган сди. Бугун сша тешиккулчалардек бағрим ссман.

Болалигим, мен сендан шунчалар олислаб кетибманки, ҳатто сйинқароқлигим, шсхликларим, дугоналарим билан ҳовузларда чсмилишлар, менинг сша жажжи қсғирчоғим ҳам сенинг бағрингда қолиб кетибди. Менинг бебошлигим! Менинг қувноқлигим! Аега мени ҳаётнинг аччиқ ташвишларига, ёшликнинг билинтирмай дилни тирновчи азобларига, севги аталмиш маконнинг тиканли саҳроларига ташлаб кетдинг.

Мен тезроқ улғайишни, мактабга боришни, дсстлар орттиришни, севиш-севилишни, сзим орзу қилгандек оқ либосли ҳамшира бслишни хохлагандим. Буларнинг барига беармон сришиш свазига сени йсқотдим болалигим! Камол топганинг сари ҳаёт ташвишлари тоғдек баланд елкангга тушаркан. Ашликнинг қувноқ даврлари, талабаликнинг олтин кезлари, муҳаббатнинг гоҳ ширин, гоҳ азобли онлари сени ҳар кун банд стса-да аммо болалигингни, шаҳар ксчаларига алмашолмаган чанг тсзонли қишлоқ ксчаларини, сйловларда стлаётган қсй-қсзиларни, ичи тскилиб кетган қишлоқ тандирларини, ариқларни тслдириб оққан зилол сувларни соғинар скансан.

Амғир... Секин аста тина бошлади. Аммо менинг аламларга қоришган ксз ёшларим тсхтамасди. Мен болаликнинг беғубор дамларига бир зум бслсада қайтишни хохладим. Мени сна бағрингга ол болалик, деб ҳайқиргим келди. (http://www.samarkandnews.uz/cgi-bin/main.cgi?lan=u&raz=10&god=2010&mes=4&id=1034)

 :( :( :(
Nom: Re: Bolaligim, seni sog'indim
Yuborildi: siddiqa 10 Avgust 2010, 02:06:14
Opog'dodamni hassalarini sog'indim doq doq doq etardi , :7 :7hamma hassa do'qqilliydiyu )))))) lekin ulaniki boshqacheydi   ;D ;D.
kim hafa qildi qani qizim deb heyt dip hassalarini do'qqillatib qo'yardilar ,shu kunlarda hassa va hassaning mehribon salobatli egasi yetishmayapti ...
Nom: Re: Bolaligim, seni sog'indim
Yuborildi: Habib 29 Avgust 2010, 11:17:13
Ertalabdan mollarni haydab, boqqani olib ketayotib tandirda pishgan nonni olib, qorin ochganda ariq suvida oqizib, ivitib yegan, cho'milgan,charchagan, o't ustida yotib uhlagan betakror lahzalarni sog'indim.
Bolaligimni eslasam ko'zlarimga yosh keladi deyarli. Bilmadim nega. Odammi yuragi hapqirib ketgisi va aksincha, qandaydur tushuntirib bo'lmaydigan sog'inish, mahzunlik qamrab oladi bolalik onlarin yod olsa.
 
Nom: Re: Bolaligim, seni sog'indim
Yuborildi: siddiqa 03 Sentyabr 2010, 02:04:15
Yaqinda litseydosh do'stimga qo'ng'iroq qildim .......
bir partada o'tirib urush talash qilib katta bo'ganmiz ....
bir oz horsinib :

Komosh manga katta bo'lish vabshe yoqmadi disa bo'ladimi .
menga ham umuman yoqmadi ....ahir bolalik bolalaikda lekin katta katta qadamlar qo'yish uchun katta bo'lish kerak derdim .
Nom: Re: Bolaligim, seni sog'indim
Yuborildi: yoqutxon 04 Sentyabr 2010, 00:09:00
Eh bolaligimni eslasam.....eng beg'ubor, eng beg'am bo'lgan paytlar ekan.
Qanchadan qancha voqealar bo'b o'tgan unda.
Ikki, uch yosh paytlarimda bitta odat chiqargan ekanman.Agar kimdir meni urshsa yoki biror narsa yoqmasa, ko'zlarim katta-katta bo'p  ketarkan keyin honani u boshidan bu boshiga yotvolib dumalashni boshlarkanman :D :D Zo'rg'a to'htatvolarkanlar onam bechora :D
Nom: Re: Bolaligim, seni sog'indim
Yuborildi: Hadija 23 Sentyabr 2010, 16:21:11
Juda bir bolalik vaqtim deya olmaymanu, 7-8 yoshlarda edim. Toskentga yengi ko'chib kelgan vaqtlarimiz edi. Hammamiz oilaviy bo'lib Hamza teatriga spektakl ko'rishga tushdik. Oq momo spektakili edi. Fantastik tarzda ishlangan omadsiz insonning hayoti haqdagi asar edi. spektaklga shunchalik berilib ketganimdan u yerdagi voqealarni haqiqat deb o'ylab adashmasam chamamda yarim yilcha, Oq momo kuta boshladim, o'zi u spektaklni qo'rqqanman, oq momodan ham ammo shunda ham oq momoni kutardim :))
Nom: Re: Bolaligim, seni sog'indim
Yuborildi: Hadija 23 Sentyabr 2010, 16:25:40
5-6 olti yoshlarimda Har yili Ramazon oyida "Muhammad Rasululloh" degan serial qo'yilardi. (esiylada bo'lsa ag arda) o'sha yerda payg'ambarlarni yuqorida aktyor exo(aks sado) bilan gapirsa qo'rqanimdan yig'lab yuborganman, shundan keyin o'sha serialni ko'rsam ayni shunday vaziyat to'g'ri kelib qolsa yo boshqa xonaga bekinib olardim yoki quloqlarimni berkitib olardim :) Yana o'sha serialda odam qiyofasida shaytonni ko'rsatishganda esa umuman hamma odamlarga shubha bilan qaray boshlagandim  :7... Hozir eslasam o'zimdan uyalaman  ::)
Nom: Re: Bolaligim, seni sog'indim
Yuborildi: Margiloniy 23 Sentyabr 2010, 16:31:51
Ana o'sha serialni qayerdan topsak bo'ladi? U paytlarda man serial ko'radigan yoshda bo'lmaganman :)
Nom: Re: Bolaligim, seni sog'indim
Yuborildi: Hadija 23 Sentyabr 2010, 16:33:00
disklari sotuvda bor. Manga ham chorsudan olib kelib berishgandi
Nom: Re: Bolaligim, seni sog'indim
Yuborildi: UzMuslim 23 Sentyabr 2010, 20:09:12
Ha BOlalik Hotiralari..Qani Endi Yoshligim Qaytib Kelsa..
Yoshligimda JUda ham Sho'x Bo'lgan ekanman etib berishlaricha..Ko'chada Detskiy ploshadkada Qum Bo'alrkan,Doim Kimlardur O'sha qumdan Bron bir buyum Yasasa Uzoqdan poylab turarkanmanda Yugurib Borib Buzub Qochar ekanman..
Nom: Re: Bolaligim, seni sog'indim
Yuborildi: yoqutxon 24 Sentyabr 2010, 06:00:12
Assalam aleykum.Bolalikdan yana shirin xotiralar.... 5-6 yosh paytlarim dadam bilan oyim ishdan kech qaytishardi,soat 8lardan oshgandan keyin. Hudoni bergan kuni ular keladigan vaqt kelayapganda ko'chaga chiqib skameykada kutib o'tirardim. Buvim bechora hay qizim uyda o'tir disalaram Yo' deb kutib o'tiruradim. Yana o'tgan ketganga ''Oyim bilan dadami ko'rmadizmi? Ko'rsez ayting Yoqut kutib o'tiribdi silarni'' derdim....
Nom: Re: Bolaligim, seni sog'indim
Yuborildi: Aqoid 18 Oktyabr 2010, 20:10:30
Men yoshligimda rubobni dubor deyar ekanman.
Nom: Re: Bolaligim, seni sog'indim
Yuborildi: JeeS 18 Oktyabr 2010, 23:49:52
Ex usha bolaligim, posholigim! ::)
Nom: Re: Bolaligim, seni sog'indim
Yuborildi: Hassan 14 Noyabr 2010, 18:20:03
Ana o'sha serialni qayerdan topsak bo'ladi? U paytlarda man serial ko'radigan yoshda bo'lmaganman :)



Birodar mana bu linkda "Muhammadur Rasululloh seriali" inshaAlloh hamma qismlari bor:

                                                         (http://priroda.inc.ru/ulybka/gif.gif)

http://video.google.com/videoplay?docid=-4526861253974969567# (http://video.google.com/videoplay?docid=-4526861253974969567#)







Nom: Re: Bolaligim, seni sog'indim
Yuborildi: jasur.best 15 Noyabr 2010, 23:27:44
Yoshligimda juda qaysar bo'lgan ekanman. Hozir ham sal bor.
Nom: Re: Bolaligim, seni sog'indim
Yuborildi: jasur.best 15 Noyabr 2010, 23:33:41
Buvijonim rahmatli meni juda yaxshi ko'rar edilar. Eski uy(biz yangi hovliga chiqqanimiz uchun buvimlarnikini shunday ataymiz)ga kelganimda boshqa nabiralaridan berkitib menga yong'oq, qand, mayiz, xullas, nima topsa berardilar. Hozir esa na bolaligim bor, na buvijonim...
Nom: Re: Bolaligim, seni sog'indim
Yuborildi: Akbarjоn 14 May 2011, 15:18:40
bolaligimda bu vaqtlar uyimizda ikkta katakon qo'qon gilos bo'lardi (katta sariq gilos) shunaqa vaqtlarga to'g'ri kelardi pishishi
shu vaqtlar juda yaxhsi edida

xozir juda qimat bo'lgan vareni qilish uchun ishlatiladigan achiq gilos (kichik qizil) gaku umuman qarab qo'ymasdik
uni faqat butulkani ichiga solib cho'p bilan urib sokini ichish uchungina terardik halos

xozir esa bozorlarda palon pul, Banan, kivi chiqmagan to'riga ular chiqib olishgan :D
Nom: Re: Bolaligim, seni sog'indim
Yuborildi: Ansora 21 Sentyabr 2011, 16:34:50
En arzonidan, eng qimmatidan, ko'chada yurib, eng qimmat restoranlarda o'tirib, bazan bir o'zim, bazan do'stlar davrasida, goh yoz, gohida esa qishda yedim, yedik.

Lekin, lekin o'sha bir paytlar, yoshim 7-8 ligida, qishloqni cnang ko'chalarida, buvimdan yolvorib olgan pulimizga olib, bir-birimizga ko'z ko'z qilib yegan muzqaymog'imizni mazasini hech qayerdan topa olmadim...
Nom: Re: Bolaligim, seni sog'indim
Yuborildi: Anonim 22 Sentyabr 2011, 06:26:32
Bolalik nega shunday ekana har kimni ex qani endi bir kun bolsa ham bolalikka qaytsam edi degizadi. Bolalikdagi buvimning uylari ertalabki yangi yopilgan non bilan qaymoq. Tog'amlarning ustiga chiqib olib ot qilib minib yurganimiz. Bolalikda qiziq voqealar ko'p boladida buvamlarnikida edim savzi ekilgan agatga tushganimda kom kok bolgani uchunmi tapichkamni sabzilar orasiga yechgan edim ekan, oynab oynab kechka borib tapichkamni hammaga qidirtirganman. Shuni aytsa kerekda bolaligim podshoxligim.
Nom: Re: Bolaligim, seni sog'indim
Yuborildi: Mahdiyah 09 Yanvar 2012, 09:47:15
Bolaligini anchadan beri hech kim sog'inmabdi shekilli.

Boya "sog'indim..." mavzusini o'qib turib bolaligim esimga tushdi.
O'zi shu so'zni eshitsam har doim bolaligimni qumsayman.
Bolaligimizda yozgi kanikulni deyarli Qo'qonda o'tkazardik.
Buvimni uylarini yonginasidan kichik soy oqib o'tadi.
U vaqtlar soy suvi toza va to'lib oqardi.
Biz shu soyni loyidan qaldirg'och ini yasardik.
Mahalladagi barcha bolalar shunaqa qilib incha qurishardi.
Ayrimlar yasab-yasab, kn ota-onalari uyga chaqirib qolsa, qurgan inchasini buzib ketardi  :)
Ayrimlarni ko'zi qiymasdi.
Bir kuni opam bn biz ham in yasamoqchi bo'lib soyga chiqdik.
Idish ham kerak bo'lib qoldi.
Hovlimizdagi artizon oldida turadigan cho'michni oldim.
Opam "buvim bilib qolsalar, o'lasan" didi.
O'yinni qizig'ida bilmasdan o'sha cho'michni soyga oqizvordim.
Rosa soy ketidan yurib ushamoqchi bo'ldik, lekin eplolmadik.
Kn boshimni egib, buvimdan qo'rqib sekin etdim.
Rosa urishib berdilar "U cho'mich mani rahmatli buvimdan esdalik qogandi, yurchi" dib soy suvini to'stirdilar.
Kn oxirgi marta qatta ko'rganimni so'rab izlashga tushdik.
Har xil topilmalar ichida axiyri cho'michimizniyam topdik   :D
O'shanda shunaqa xursand bo'gandim.
O'sha cho'mich anchagacha xizmat qildi, xozir ham bo'lsa kerak  :)
Nom: Re: Bolaligim, seni sog'indim
Yuborildi: MUSLIM_uz 09 Yanvar 2012, 11:56:31
Bolalikniyam sog'nmay buladimi?
Doim yodimga tushkanda qandaydir ajib his his tuyg'ular qamrap oladi. Esimda 6 yoshman maktapka hali chmastim ertalap azonda ayamla uyg'otardila turb bomdotni birga uqirdik oilaviy k.n paqir b.n supurgni olib kuchaga chqip kucha supurardim. Suv toshirdim k.n kitopni olip hujraga borardim hujra yaqin bugani uchun man uydan qatnardim eng yoshi man edim uyerda har joydan kegan uquchla uqirdi tojiklayam boridi hamalari ajoyip bolalaydi mani ukaday kurib erkalatp yurishardi.to maktapka chqinumcha shu yerga qatnap yurardim.. Kn bekilip ketdi.hozram usha hujraga borgim keladi...
Nom: Re: Bolaligim, seni sog'indim
Yuborildi: Abu Muso 20 Mart 2012, 22:23:07
  :asl3:

Bolaligim xotiralridan 2 ta hikoya aytib beray men ham...  :D

1-Hikoya:

Maktabga ham bormasdim, 4-5 yoshlar edim chamamda... Ko'chada doim birga o'ynaydigan,

tengdosh o'rtog'im bilan urushib qoldik. Yerdan bir siniq oyna bo'lagini olib, bo'yniga uribman jaxl

bilan. U bo'ynini ushlagancha qoldi, men esa yashin tezligida uyga, aniqrog'i har doim ayb qilib

qo'ysam berkiniib oladigan karvotimning tagiga qarab chopdim. Yozning uzun kunlari edi, bu

voqea peshin vaqtlari bo'lgan bo'lsa, to shomgacha o'tiribman. Uydagilar sezishmadi ham, men

esa uyimizga militsiya xodimlari bilan o'rtog'imning ota-onalari kelishini kutib o'tirdim. Sababi,

mendagi tushuncha bo'yicha, uni o'ldirib qo'ygandimda .  ;)  Xullas, qosh qoraygach ko'chaga

sekin chiqdim. O'rtog'im esa tirik va o'ynab yurardi.  :D Borib bilsam, hatto bo'yni qirilmagan ham

ekan. Birdan yarashib ham oldik, faqat 4-5 soat qo'rqinchli fantaziya bilan karovot ostida qiynalib

o'tirganim qoldi...  ;D Haqiqatda, bolalik beg'uborlik ekan!
Nom: Re: Bolaligim, seni sog'indim
Yuborildi: Abu Muso 20 Mart 2012, 22:26:39
:asl3:

2-Hikoya:

3-4 yoshlar orasida edim menimcha... Xullas gugurtni yangi kashf qilgan paytalrim edi.  ;)

Uyimizga shu vaqtlarda traktorda somon olib kelishdi. Men nima qilardim, albatta tekshirib

ko'rdim somon qanday yonishini.  :D Qolganini tasavvur qilavering, xullas somondan bir

hovuch kul qoldi. Aka-opalarim rosa qo'rqitishdi, dadam kelsa o'ldiradi, deb. To dadam

ishdan qaytgunlaricha, karavotimning tagida har xil o'ylovlar bilan o'tirdim. Dadam ishdan

kelganlarida esa, hovlini aylanib qocha boshladim. Aka-opalarim quvib, tutib kelishdi... Men

qo'rqib kutgan lahzalar... Ammo dadam "boshqa gugurt bilan o'ynamagin, xo'pmi?",

dedilarda, bo'yinlariga mindirib erkalatdilar. Bilmadim, o'shanda rangim juda ham bir ahvolda

bo'lganmi, xullas dadam qattiq urishmagan bo'lsalarda, yetarli bo'lgan. Oxiratlari obod bo'lsin!
Nom: Re: Bolaligim, seni sog'indim
Yuborildi: Ummu Muslima 22 Mart 2012, 21:28:11
 ;D
iy Abu Muso rosa "yuvosh"bola bo'lgan ekansizku,sizdan kutmagan edik  :13
Nom: Re: Bolaligim, seni sog'indim
Yuborildi: Abu Muso 22 Mart 2012, 23:06:00
;D
iy Abu Muso rosa "yuvosh"bola bo'lgan ekansizku,sizdan kutmagan edik  :13

 :asl3:

Aytishadiku, bola bo'lsang sho'x bo'l..., deb. ;)
Nom: Re: Bolaligim, seni sog'indim
Yuborildi: Aqoid 23 Mart 2012, 04:47:58
Zarari yo'q. Abu Muso akamizga ham navbat allaqachon yetib bo'lgan nasihat qilishning "gugurt oynamagin"- deb, Muso, uning ukalari-kelajak avlod yetishib kelyapti. :-)
Nom: Re: Bolaligim, seni sog'indim
Yuborildi: Mahdiyah 14 Iyul 2012, 16:53:05
Bugun yana bolalikni eslagim keldi...

5-6 yashar paytlarimiz edi... ko'chadan kelmasdik... g'am yo'q tashvish yo'q, dardimiz o'yin edi. :)
Kichkina bo'lganligim uchun liftning 8 qavatga chiqadigan knopkasiga bo'yim yetmasdi.
Opam bn bo'lsam opamni bo'yi sal uzun edi, cho'zilib 8 tugmasini bosaolardi.
Lekin o'zim ko'chada bo'lsam 8 qavatga chiqadigan kimdur kelgunicha ko'chada o'ynardim, kimdur kelib qolsa baxonada man ham uyga qaytardim  :D
Goxida ayam uyga chaqirsalar akam liftdan 8 ni bosib chiqazib yuborardilar.
Bir kuni dadam, opam ikkalamizga chiroyli ko'ynakcha olib keldilar.
Ko'chaga maqtanib chiqdik  :)
Har doimgidek manga kelgan narsa uzoqqa bormadi  ;D
Bir pastda qulashmachoq o'ynab ko'ynagim qayergadur ham ilib qolib, yirtilib qoldi.
Rosa hafa bo'ldim, eng yomoni esa xozir uyga chiqsam ayamdan dakki ehitishim edi.
Opam ikkalamiz liftga chiqib qaytayotgandik svet o'chib qoldi.
Lift ham to'xtadi, ichi qorongu, qorong'uki huddi ko'r odamga o'xshab qolasiz.
Bir pastda vohima yig'i-sig'i.
Panikadan havo yetmagandek bo'laverardi.
15-20 minutda liftyor kelavermagach dadam eshikni temir bn surib ochdilar.
Ichkarida ko'zlari yig'idan shishib ketgan ikkita qizlari turibdi.
Kulib yubordilar: "EEEE shungayam yig'lidimi..." dib.
Uyga chiqsak ayam xavotirda darrov yuz qo'limizni sovuq suvga yuvib bizni tinchlantirdilar.
Yirtilgan ko'ynak ham esdan chiqib ketdi  :D
Nom: Re: Bolaligim, seni sog'indim
Yuborildi: Mufazzala 14 Iyul 2012, 20:28:22
 :asl3:

Bolaligimda urush kinolar ko'rsam o'lgan askarlarga, ularni yiqilgan
otlariga rahmim kelib yig'layverardim.
Hayvonlar haqida kinolarda ham o'lgan hayvonlarga achinib rosa yig'lardim.
Ayniqsa "Bembi", degan film bo'lardi, yuragimni ezib tashlardi doim.
Bir kuni "Silovsin ovga chiqdi", degan hayvonlar haqida kino berildi.
Hammamiz o'tirib ko'rdik. Hayvonlarni ayovsiz qiradigan sahnalari
borakan. Onam menga qarab-qarab qo'yardi orada, ko'zimni uzmasdan
tomosha qildim oxirigacha. Tugagandan keyin endi boshladim piqillab
yig'lashni, ishib ketdi bir pastda ko'zlarim. Film tugagandan keyin yozuvlari
chiqayotgan paytda onam katta akamga "Akasi, o'qichi, nima dedikin", dedi.
Akam ham baland ovozda o'qiy boshladi, meni eshitsin, deb.
"Xurmatli teletomoshabinlar, ushbu kinodagi o'ldirilgan hayvonlarni hech qaysi biri
o'lmagan, balki uxlatadigan o'q otishib uxlatib qo'yishgan"
Shu payt xursandligimdan ishib ketgan ko'zlarim katta-katta ochilib ketgan.
Rostdanmi, rostdan o'lishmaptimi, deb :))
Endi o'sha paytdagi quvonchim boshqacha beg'ubor edi.
Uydagilaram xursaaand, qutuldik yig'lashidan, deb ;)

Keyinchalik o'qishni bilganimdan keyin o'sha kinoni ko'rsam oxirida
hech qanday akam o'qib bergan satrlar yozilmagan ekan. Shu ezilmasin yana,
deb hiyla qilishgan ekan:)
Nom: Re: Bolaligim, seni sog'indim
Yuborildi: Mufazzala 14 Iyul 2012, 21:41:37
 :asl3:

5-6 sinflar bo'lsam kerak. Kechki paytga ovqat qilayotgandim, mastava.
Onam ishlardi, ishdan kelgunicha ovqat pishishi kerak edi oila qonunchiligimizda :)
Maktabdan kelib birinchi qiladigan ishim qo'ylarni boqish va kechga ovqat tayyorlash edi.
Orasida hovlini supurib, suv sepish ham boridi(biram yomon ko'rardim shu ishlarni, o'sha paytda albatta))
Dars qilishga ulgurolmay uxlab qolishdan qo'rqib adabiyot kitobimni o'choq boshiga olib kevogandim.
Ora-sirada ko'z tashlab qozondagi ovqatni qovurardim(piyozlari kuygaaan))
Shu payt Tog'am kelib qoldi, "ayang qani", dedi. Ishda, hali kelmadi, dedim. "Nima qilyapsan", dedi.
Ovqat, dedim. Kelib o'choqqa yaqinidagi so'riga o'tirdi va "sen ovqatingni qilaver, men senga kitobingni
o'qib beraman, eshitib qilasan", dedi. Xursand bo'p ketdim, tayyor o'qiydigan odam, men eshitaman holos, mazzayu.
Qayerga keldinglar degan savoliga Abdulla Oripovni hayoti va ijodi, deb javob berdim, qo'limda kapgir.
Tog'am o'qishni boshladi, men eshitib ovqatimni davom ettiraverdim. Astoydil, yuragidan chiqarrib, obrazga kirib
o'qib berardi. Aqoidga o'xshagan "qitmir"ligi bor edi tog'amni.
O'qib berishicha Abdulla Oripovni "Onajon" she'rini yozishiga sabab bo'lgan voqea juda og'ir emish.
Onasi o'lganidan keyin bu ayriliqqa chiday olmay aqlini yo'qotganmish va "Ruhiy hastalar hastahonasida" yotib
chiqqanmish. O'sha paytlarda hastaxona balkonida o'tirvolib shu she'rini yozganmish va yana ajoyib-g'aroyib men
eshitmagan voqealar shoir haqida. Hayrooonman, iye o'qituvchimiz bu haqida aytmagandiku. O'zim hali o'qib chiqishga
ulgurmagan edim. Chippa-chin ishondim hamma "uydirmalariga". Chunki orada ishonqiramay Tog'amga qaraganimda
ko'zlari kitobda gapirardi.
Shu bo'yi ishlar bilan boshqa kitobni qo'limga ololmadim. Ertasiga adabiyot darsida birinchilardan bo'lib qo'limni
ko'tardim. Chunki darsga Tog'amning "sharofati" bilan gap yo'q tayyorlangandimda.
Rosa qo'limni ko'tardim, ammo ustoz hadeb sen chiqaverasanmi doskaga, dedi shekilli o'sha kuni mendan darsni so'ramadi.
Agar so'raganida rosa sharmanda bo'lishimni va hamma ustimdan kulishini keyin Abdulla Oripovni ijodini o'zim o'qib anglaganman :)
Yaxshiyam o'shanda ustoz meni chiqarmagani doskaga, haliyam eslab xursand bo'p ketaman :)
Nom: Re: Bolaligim, seni sog'indim
Yuborildi: Mahdiyah 26 Noyabr 2012, 08:16:36
yana esladim...yana sog'indim bu bolalikni...

Uyimizda pechat mashina bo'lardi.
Dadam domla bo'lganlari uchun ko'p ishlarini shu qadimgi kompyuterda bajarardilar.
Man ham o'zimcha pechat qilishga qiziqib minnimalarni pechat qilardim... :D yozishni bilmasam ham, chunki hali maktabga chiqmagan edim.

Shu pechat moshinada dadam Qur'ondan o'zlari yodlagan suralarni yozib qog'ozga bizga berib yotlatkandilar.
Man kichkina bo'lanim uchun manga eng osoni "Qulhu Alohu ahad..." opamga "Nas" surasini, akamga "Falaq" surasini bergandilar.
Devorga yopishtirib qo'ygandilar, shunga qarab yotlardik.
Yodlaganimizga esa albatta mukofot berardilar, pul yoki biror bizga qiziq narsa.
Kim birinchi yodlab bo'lsa unga mukofot ko'proq tegardi  :D

Yoki biror sog'liq uchun foydali bo'lgan, lekin odatda bolalar yeyishni yo'qtirmidigan narsalar (qovoq, sholg'om...) ni ham shunaqa pul berib yedirardilar  ;D

Bola ekanda... qiziquvchan bo'larkan... qani kattalar ham shunday qiziquvchan bo'lsalar... qani pul berib namoz o'qitsam... qani pul berib Qur'on yotlattirsam...

Alloh oqibatimizni go'zal qilgin
Nom: Javob: Bolaligim, seni sog'indim
Yuborildi: Mufazzala 31 Dekabr 2012, 02:50:58
Assalomu alaykum!

Shu 7-8 yoshlar atrofida bo'lsam kerak(aniq eslolmadim)
Sehrgarlar haqidagi ertak va filmlarni miriqib eshitib, tomosha qilardik.
Chippa-chin ishonardik hammasiga.
Bir kun shularni ta'siridami onamga savol berdim:
-Agar sizga sehrgar "Ayt nimani hohlaysan", desa nima der edingiz?
Onam savolimga savol bilan javob berdi:
-O'zingchi, nima derding?
-Menmi, men bitta kaatta, aqlli robotim bo'lsin uy ishlarini hammasini o'sha qilsin, derdim, dedim
"aqlli" javobimdan fahrlanib. Keyin onam aytgan gaplarini esa mana necha yil o'tsa ham-ki haliyam unutmadim. Onam:
-Men o'zimga sog'liq va kuch-quvvat bersin, hamma ishlarni o'z kuchim bilan bajaray, derdim...dedilar.
Nom: Javob: Bolaligim, seni sog'indim
Yuborildi: Хадича 31 Dekabr 2012, 16:17:05
Assalomu alaykum.

Bolalik hotiralar-deganda eng birinchi ko'z oldimga keladigan voqea bor.
O'shanda 6 yosh edim. Singlim endi tug'ilgan payt. Onam oshxonada ovqat qilayotgan edilar. Man boshqa xonada beshikda yotgan singlimi uxlatib,tebratib o'tirgandim. Qarasam,ancha tebratib o'tirsamam uxlamayapti,qaytanga yig'lab toqatimi toq qildi. Yosh bo'lganmiz. Bola yig'lab nima hohlayotganini bilmaganmiz. Beshikni tez tez tebrata boshlaganman,tezroq uxlab qolsin,deb. Qo'llarim og'rib ketgandi.keyin tez-tez tebratib turgandim,birdaaaaan beshik qo'limdan chiqib ketdi....
Ketdi ag'anab,dumalab xonani u burchagiga...
Onam yugurib kelganla keyin. Man qo'rqib ketgandim. Bolani ovutganlar . Ushandan keyin unaqa qattiq tebratmiydigan bo'lganman :D
Ancha yil o'tsayam shuni esliymiz hozir kulib. Opacham bilan mandayam xuddi shunaqa hol bo'lgan ekan. :D
O'ylab qolaman,yaxshiyam bolani beshikka qattiq bog'lasharkan,dib.
Yana bolalik hotiralardan to maktabga chiqquncha rosa ko'chada o'ynardim. Qum o'ynab,uylar yasaganimiz. Taxtalardan olov yoqib,kartoshkani olovda pishirib ustini olib yeganimiz. Juda totli edi.
Maktabga chiqqanda qiziqmagandim,hamma kitob daftarlar zerikarli edi. Alifbe.ni o'rgana boshlagandik.bir kuni Onam man bilan birga o'tirdilar,dars tayyorladik. " N " harfi edi. Non,ninachi rasmlari bor kitobni tomosha qilib,usha kuni birinchi marta dars qildim. Ertasida maktabda 5 olib,o'zimi a'lochi ko'rib,ertagayam 5 olaman,deb yana o'tirib dars qila boshlaganman. Ko'chani endi yomon ko'rib qolgandim.uyda o'tirib Alifbe kitob o'qib,yozib,ertaga hammadan zo'r boho olishga intilardim. Shu-shu hayotimga darslar kirib keldi.
Kitobga qiziqishimga Otam sababchi bo'lgandilar. Bir marta balnitsaga yotganimda, 2-3 sinf bo'lsam kerak.esimda yo'q anig'i. Balnitsadan chiqayotganda kitoblar sotilarkan. Manga " Tulkivoy"degan kitob olib bergandilar. Qiziqib o'qiganman uyda rasmlariga qarab. Keyin har doim "yengi kitob obkeling"deb harxasha qilishi boshlaganman. Rosa qiziqib o'qirdim ertaklarni :)
Maktabda 3-4 sinfda " Tez o'qish"darsida eng birinchi bo'lish uchun tez o'qishi mashq qilardim. Eng yoqtirgan darsim shu "Tez o'qish"bo'lgan.bir kun bitta Shohsanam digan sinfdoshim manga teng kelib qolganini ko'rib,yana mashq qilib undan ko'p so'z o'qishga harakat qilardim.
Hullas, xotiralar ko'p. Qolgan sho'xliklarim haqida keyinroq :)
Nom: Javob: Bolaligim, seni sog'indim
Yuborildi: Muxsiya 04 Iyun 2013, 12:26:41
Bolaligimda judayam sho'x bo'lganman, daraxtga tomga chiqishni yaxshi ko'rardim. Doim kim bilandir tortishsam o'ylab o'tirmay yerdan tosh olib peshonasini mo'ljallar edim. Biror marta mo'jal xato ketmagan. Undan keyin Bog'chada katta o'rik daraxti bo'lardi. Boshi yorilganlar shikoyat qilganda bog'cha opalar meni shu o'rikni eng baland shoxlaridan topishardi. Bir qizni onasi bog'chada ishlagani uchun barcha bolalar undan qo'rqardi. Ayasiga aytib urdiradi deb. Bir safar shu qiz bilan choy talashib peshonasini yorganman va o'rikka qarab chopganman. Arzanda qizini alamini olish uchun kelgan onani hozir o'zimi tashavoraman deb qo'rqitganman. Ayol rosa yalingan iltimos tushaqol seni hech nima qimiman yiqilseng meni melisa qamedi deb.
Nom: Javob: Bolaligim, seni sog'indim
Yuborildi: sadida 05 Iyun 2013, 03:25:25
Agar mendan so'rasalar: Hayotda  senga yana bir marta imkoniyat berilganda nimalarni orqaga qaytararding deyishsa, men aytardimki, BOLALIKNI!!!


Men yoshligimdan uyqichi degan nomni olgandim. Ertalablari maktabga turolmasdim. Har doim kechikib borardim. Ba'zida aql kirib erta turib qolib maktabga o'z vaqtida borsam o'qituvchilar uchun yangilik bo'lardi. Buvamlani bitta gaplari bor edi: ''Agar dunyoni suv bossa ham sen be g'am uxlaseng kerak'' derdila. :D  Uchinchi sinfgacha g'irt dangasa, ikkichi edim. Yozuvlarim xunuk, o'qishdan ham qiynalardim, matematikadanu aytmasa ham bo'ladi. Keyin, uchinchi sinfda kimdur meni duo qilib dam sovordimi bilmiyman a'lochi bo'lib ketgandim. Hattoki to'rinchi sinfni oxirlarida sinf sardori qilib tayinlashgandi. Har dushanba ertalbdan hamma o'qivchi o'qituvchilar hovliga yig'ilib madhiya aytishardi. Beshinchi sinflar sardorlari bayrog'ni kutarishar edi. Har doim meni vaqtim kelganda uxlab qolib kechikib borardim atiy qilgandey. O'qituvchim sharmanda bo'ldim deb meni rosa urushardilar. Har doim maktabdan keyin ayam majburlab kaltek ko'tarib qur'on yodlatardilar. Ko'chada esa dugonalarim terilib turishardi, tezro o'qib bo'lsayu uynasek deb. O'zi ko'zlarim qur'onda bo'lardiyu hayol kuchada turardi. Zo'rg'a kalteklani yeb, yig'lab o'nta yoki yigirmata o'qirdim va maza qilib uynardim.  Sanog'ingga yetmasa baribir ko'chaga chiqarmiyman deb ayam turardila. Hozir esa singlim xuddi shunaqa qarab kulgilarim keladi. : ) Bolalikni har bir kuni qaytib topib bo'lmas tilloga uxshasa kerak. Suv orqaga oqmaydi degandek, yoshlikni ham orqaga qaytarib bo'maydi. Lekin bolalikdagi beg'ubor xotiralarni xotirlasak huddi usha vaqtda paydo bo'lib qolgandek bo'lamiz.
Nom: Javob: Bolaligim, seni sog'indim
Yuborildi: azizbek_mx 05 Iyun 2013, 04:03:22
eh bolalik, bolalik... ko'z yumib-chguncha o'tib ketibdi :(
ba'zan bolalikdagi erkaliklarim tutib qoladiyu, boshqalarning ko'ziga katta ko'rinib, ko'ngil ranjishiga sabab bo'ladi.
hah, ko'ngil bolada haliyam, bola...
Nom: Javob: Bolaligim, seni sog'indim
Yuborildi: IRFON-2012 06 Iyun 2013, 10:37:21
Bolalik, olislarda qolib ketgan manzillar... Har gal eslasam, ajabtovur xayollar og'ushiga sho'ng'ib ketaman. O'sha vaqtlarda naqadar shodon va bedard edik. Qayta berilmas bir tengsiz ne'matdir. Bu qadar beg'uborlikka to umrimizni oxirigacha ham erisholmaymiz. Farishtadek begunoh. Chunki, balog'atga yetmaguncha gunox yozilmaydi. Ushbu poklikni tasavvur qiling. Agar qarshimizda, bir insonni ko'rsatib, buning gardanida zarracha ham gunox mavjud emas, deyilsa, uning bir noyob avliyo inson ekaniga shubxa qilmaymiz. Xatto ishongimiz kelmaydi. Bu qadar beg'uborlik, bizning nazdimizda mavjud emasdek go'yo. Ammo ro'paramizda sho'x-shodon o'ynayotgan bolakay, ayni shunday beg'ubor ekanini juda kam tafakkur qilamiz. Biz ham bir vaqtlar, mana shunday, farishtadek go'dak edik. Ota-onamizni ko'z qo'rachiqlari edik. Mana yillar karvoni bizni o'sha manzillardan judayam yiroqqa, ortiga qaytmas yo'llar bilan olib ketdi. Biz yo'limizning eng munavvar joylarini bosib o'tib bo'ldik. Endi qarshimizda uzoq va mashaqqatli yo'l turibti. Bu hayot yo'lidir. Unda qoqinamiz, turtinib-surinamiz. Qiyinchiliklarga uchraymiz. Mehnatimizga yarasha yutuqlarga erishamiz. Xatolarimizga yarasha jazolarni tortimiz. Ammo, biz o'sha beg'ubor bolalikni aslo unutmaymiz...
Nom: Javob: Bolaligim, seni sog'indim
Yuborildi: IRFON-2012 06 Iyun 2013, 10:44:37
Bolalik beg'uborlik! Afsuski biz o'sha qordan ham pokiza davrlarni bosib o'tib bo'ldik. Ortimizda shirin xotira bo'lib qolgan, qalbimizda o'chmas naqshlarda iz qoldirgan bolalik endi bizni manguga tark etdi. Jiyanlarimni ko'rganda beixtiyor yodimga tushadi. Ancha yuvosh edim, borligim bilinmas edi. Ammo o'yinqaroqligim ham yo'q emas edi. Ko'cha changitib to'p tepardik, o'shanda 6-8 yosh bo'lsam kerak. Har kuni shu ahvol, o'yin-kulgu... ! Bu ajib xush yillarni qanday tezlikda o'tkanini bilmay qoldim. Oqar daryodek, uchar shamoldek o'tib ketdi... ! Endi katta bo'ldik, hayotdagi yo'limizni o'zimiz belgilashimiz, yaxshi inson bo'lishimiz kerak. Oldinda bizni qanday sinovlar kutayotganidan bexabarmiz, ammo barchasiga tayyor turishimiz lozim. Beg'ubor bolalik biz uchun shiringina tarixga aylandi. Uni yuzimizda tabassum ila, ko'zlarda yosh ila, qalblarda xayajon ila eslar ekanmiz, uni bizga ato etkan Zotga shukur aytamiz!
Nom: Javob: Bolaligim, seni sog'indim
Yuborildi: Muxsiya 06 Iyun 2013, 14:36:25
bolalik - beg'uborlik qani endi bir soatga bo'lsayam bolalikka qaytishni iloji bo'lsa
Nom: Javob: Bolaligim, seni sog'indim
Yuborildi: XurshidbekUZ 06 Iyun 2013, 16:58:07
Bolalik qasrida shox sulton edim,
Oy edim toy edim sho'x shodon edim
Kecha bag'ringizda erka jon edim
Erka jonni erta quchdimu armon
Buncha tez ulg'ayib qoldim onajon

Suyansam kim soya kim bo'lar qoya
Kimda hasad kimda ezgulik g'oya
Kimda ibrat kimda pinhon kinoya
Bugun atrofimda yaxshiyu yomon
Buncha tez ulg'ayib qoldim onajon

Kimdir yetaklaydi kimdir ezadi
Kimdir qo'lin cho'zmay yurak bezadi
Aqlim yetmaydiyu yurak sezadi
Bir yog'im biyobon bir yog'im bo'ston
Buncha tez ulg'ayib qoldim onajon

Bo'yimga qaramang o'yimga qarang
Alamlar kuylangan ko'yimga qarang
Ko'z yoshimdan toshgan soyimga qarang
Uzr bolaligim uzr qadrdon
Buncha tez ulg'ayib qoldim onajon

[QILICHBEK MADALIYEV Qo'shiq matni]
Nom: Javob: Bolaligim, seni sog'indim
Yuborildi: Muxsiya 07 Iyun 2013, 16:55:16
bolaligimda qo'shnimiz butilkaga qog'ozga o'ralgan saqish berardi(pulga ham sotar ediku lekin biz yertolalarni titib, shisha topib borib olar edik) amakimning qizi bilan bittdan shisha olib bordik. hozir olib chiqaman deb o'g'li uyga kirib ketdi. uy egalari tez yordam chaqirishgan ekan darvozalridan kiri kelishi bilanoq "Ana duxtir kelyapti endi ukol qiladi, qochdik" deb orqa tomondagi hovlisidan oshib o'tib qochganmiz. Shishalarni ham o'sha yerga tashlab jon holatda uga keldik. Birozdan keyin o'g'li ikkita saqich va shishalarimiz bilan keldi. Saqich olgani borganmidinglar mana saqich agar adashib borgan bo'lsangizlar shishalaringizni olib keldim  degan edi.