forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Islom => Mavzu boshlandi: AbdulAziz 14 Sentyabr 2006, 07:07:42

Nom: Maʻrifiy maqolalar
Yuborildi: AbdulAziz 14 Sentyabr 2006, 07:07:42
Uxlashning yetti odobi:

1.Uyqudan oldin uch marta "œBismillaziy la-a yazurru ma’asmihi shay0un fil arzi va la-a fis-sama-i va huvas-sam’iul ‘aliym" (Ismi bilan yeru osmondagi hech narsa zarar bermaydigan va eshituvchi, bilguvchi zot nomi ila), desa, hech narsa, na ilon, na chayon, na boshqa narsalar zarar qiladi.
2.Uxlashdan oldin eshiklar yopiladi, idishlar og’zi berkitiladi, to’shak uch bora silkib qoqiladi, to’shalgan o’rin yeng yoki boshqa mato bilan supuriladi, o’t va chiroqlar o’chiriladi. Bu ishlarning barchasi Rasulullohning (s.a.v.) o’gitlaridir.
3.Ulamolar uyquni kichik o’lim deydilar. Chunki Payg’ambarimizdan (s.a.v.) yotganda: "œBismikallohumma amutu va ahyo" (Alloh nomi bilan o’laman va tirilaman), degan duoni aytish naql qilingan.
4.O’rin ortiqcha yumshoq qilinmaydi. Yuzni qiblaga qarataib, o’ng qo’lga suyangan holda yotiladi.
5.Payg’ambarimiz (s.a.v.) uxlashdan oldin tahorat qilib, kiyimlarini yechar, o’rinlariga o’tirib, Ixlos va ikki "œQul a’uzu" ni o’qib, ikki kaftlariga dam urar edilar, so’ng kaftlarini boshlariga va butun a’zolariga surardilar. Keyin o’ng kaftlarini o’ng yuzlariga qo’yib, o’ng tomonlari bilan qiblaga qarab yotar edilar.
6.Uyqudan turganda Bismilloh va hamd aytiladi.
7.Yaxshi tush ko’rilsa, izhor qilinadi va shukr aytiladi. Yomon va parishon tush ko’rilsa, hech kimga aytilmaydi, chap tarafga uch bora tuflanib, u tushning yomonligidan panoh so’raladi.

Muhammad Sodiq Qoshg’ariyning "œYaxshi kishilar odobi" kitobidan
Nom: Re: Islomiy axloq
Yuborildi: AbdulAziz 14 Sentyabr 2006, 07:08:12
Kishining uyiga borganda"¦

Izn so’rash, ya’ni birovning oldiga kirishda, beshta odob bor:
1.Kim birovning eshigiga kirishni istasa, kelganini eshik orqasidan eshikni ohista taqillatish yo yo’talish tariqasida bildiradi.
2.Agar ovoz chiqsa, eshik orqasidan salom berib: "œIchkari kiraymi?" deb izn so’raydi. Bunday izn so’rash uch marotabadir. Har izn so’ragandan keyin to’rt rak’at o’qishga ketadigan vaqt miqdorida kutib turiladi.
3.Uch marta chaqirganda ham uy egasining ovozi chiqmasa va kirishga izn berilmasa, kutib turilmay, tezda ortga qaytiladi.
4.Agar uy egasi: "œSiz kim bo’lasiz?" deb so’rasa, otini aytadi, ammo gumonli qilib: "œMen oshnangizman" yoki "œdo’stingizman", deyilmaydi.
5.Agar uy egasi bilan borilgan bo’lsa, sharoiti bo’yicha ish ko’riladi.

"œYaxshi kishilar odobi" kitobidan
Nom: Re: Islomiy axloq
Yuborildi: AbdulAziz 14 Sentyabr 2006, 07:08:48
Nafs kasallliklarini davolash

Qalb siqilish va nafs kasallliklariga davoni ulamolarimiz bunday tushuntiradilar:

1.Hidoyat va tavhid, chunki zalolat va shirk qalb torligini keltirib chiqaradi.
2.Alloh bandasining qalbiga solib qo’yadigan haqiqiy nuri imon va amali solih.
3.Foydali ilm, zero, kishining ilmi ko’paygan sayin qalbi ochiladi va kengayadi.
4.Parvardigorga bo’lgan inobat (tavba bilan yuzlanish) va umid, butun qalbi ila Unga muhabbat, yaqinlashuv va Unga ibodat ila rohatlanish.
5.Barcha holat va vaziyatlarda doimiy ravishda Allohni zikr qilish. Qalbning ochilishi, uning mutmain (xotirjam) hamda g’am qaygudan xalos bo’lishida zikrning ahamiyati juda katta.
6.Odamlarga barcha yo’llar bilan yaxshilik qilish. Zero, muhsinlarning ulug’I insonlarning qalbini ochganlar va ko’ngillarga huzur bag’ishlaganlardir.
7.Shijoat. Shijoat dilni oluvchi va qalbni kengaytiruvchi vosita hisoblanadi.
8.siqilish va azobni paydo qiladigan g’azab, nafrat, adovat, yomon ko’rish, nohaqlik kabi illatlarni qalbdan quvish.
9.Noo’rin narsalarga qarash, nojoiz narsalarni eshitish, ko’p gapirish, ko’p yeyish va ko’p uxlashni tark qilish.
10.Foydali ilm va amallar bilan mashg’ul bo’lish. Chunki ular qalbni zararli narsalardan to’sadi.
11.Kundalik amallarga ahamiyat berish, kelgusidagi ishlarga qayg’urmaslik, ba, mo’min bandada dini va dunyosiga foyda beradigan ammallarga tirishadi va Rabbidan maqsadning muvaffaqiyatini so’raydi.
12.Kafforat berish yoki boshqa yo’llar bilan qaytarib bo’lmaydigan amallardan saqlanish.
13.Agara bandaga baxtsizlik kelsa, uni daf etishga harakat qilish. Bu ish bandaga vojibdir.
14.Qalbning quvvatini ketkizuvchi va bezovtalikni, yomon fikrlarni keltirib chiqaruvchi vahima, hayol, hayajon va g’azablarga barham berish.

Musulmonlar TAQVIM kitobidan
Nom: Re: Islomiy axloq
Yuborildi: AbdulAziz 14 Sentyabr 2006, 07:09:11
Ochlik va to'qlik

Oz yemoq odamiylik ishi. Ko'p yemoqlik uning asl tabiatiga yot. Sihat tilasang, ko'p yema", Asalning ham ozi shirin" degan maqollar bejizga aytilmagan. Mana kam yeyish foydalari va ko'p yeyish zararlaridan ayrimlari:
-kam yeganda, yurak tiniq ishlaydi, ko'p yeyish esa, uni qisib qo'yadi, shuningdek, miya faoliyatiga ham salbiy ta'sir korsatadi;
-och qoringa qilingan ibodatning mazasi xush yoqadi";
-kam yegan odam xotirjam yuradi, ilm va ibodatiga xalal yetmaydi;
-to'q odamning miyasi kamroq, oshqozoni ko'proq ishlaydi, o'ylaganda ham qorni bilan o'ylaydi;
-to'q ochlarni unutadi;
-kam yeyish bilan tana sog'lom bo'ladi;
-kam yeganning sarfi kam.
Tarixdan bir misol. Madinada tabib yo'qligini eshitib, Shomdan bir kishi tabiblik qilgani keldi. Ancha vaqt tursa ham, hech kim sog'lig'idan shikoyat qilmaydi. Qarasa, yurtda kasal yoq. Hayron bo'lib, sahobalarning bittasidan bu holning sirini so'raydi. Sahobiy: Kam yeymiz, kam uxlaymiz", deb javob beradi. Tabib: Agar shunday bo'lsa, bu yerga kasallik kirmaydi", deb yurtiga qaytib ketadi. Albatta, bu o'rinda Payg'ambarimizning (s.a.v.) Madina ahliga salomatlik tilab duo qilganlarini ham unutmaslik kerak.
Nom: Re: Islomiy axloq
Yuborildi: AbdulAziz 14 Sentyabr 2006, 07:09:25
1.Ko'p yeyish kishini toshbag'ir qilib qo'yadi, qalbning nurini so'ndiradi. Inson vujudida, qalbning ostidagi oshqozon qaynab turgan qozonga o'xshaydi. Uning bug'I qalbga ko'tariladi. Ko'p yeyish shu bug'ni ko'paytiradi va qalbning qorayishiga, kirlanishiga sabab bo'ladi.
2.Ortiqcha yeyish tana a'zolarining ortiqcha ishlashiga va oqibatda faoliyatining buzilishiga sabab bo'ladi.
3.Ko'p yeydigan kishining bilim va tushunchasi oz bo'ladi.
4.Ko'p eydigan kishining ibodati ozayadi. Chunki badani og'irlashadi, uyqu bosadi, sezgi a'zolari bo'shashib, ibodat qila olmay uxlab qoladi.
5.Ko'p yeyish ibodatdan zavq olishga mone'lik qiladi. Hazrati Abu Bakr (r.a.) shunday deydilar: Allohga bo'lgan ishtiyoqdan ayrilmaslik uchun musulmon bo'lganimdan keyin to'yib ovqat yemadim, qonib suv ichmadim".
6.Ko'p yeyishga odatlanishda haromga kirib qolish tahlikasi bor.
7.Ko'p yeydigan kishilarda o'lim qiyin kechadi.
Nom: Re: Islomiy axloq
Yuborildi: AbdulAziz 14 Sentyabr 2006, 07:09:54
O’gitlar

Gina saqlagan odam behuzur yashaydi.
Dunyoning ne’mati boqiy bo’lmagani kabi, qiyinchiligi ham doimiy emas.
Imon va ilm insonga sharaf beradi. Ulardan mahrum bo;lish barcha sharaflardan ayrilish demakdir.
Do’stingning oldiga borganingda unga yaxshi muomilada bo’l. yonida uzoq o’tirma. Ularning ham muammolari bo’lib, yonlarida uzoq o’tirsang, bezor qilasan.
Seni ranjitganlarga lutf etib, sabr ila ish tut. Shunday qilginki, ular qilgan ishlaridan uyalsinlar.
Haddini bilganlar mo’tadil yashaydilar. Bilmaganlar ortiqcha harakatlari bilan o’zlarini falokatga duchor qiladilar.
Inson rizqini izlaydi. Aslida rizqi uni izlaydi. Insonlar taqdiri azalda bitilgan rizqlarini yemagunlaricha o’lmaydilar.

"œHayotbaxsh yuz tuyg’u" kitobidan
Nom: Re: Islomiy axloq
Yuborildi: Munira xonim 14 Sentyabr 2006, 08:57:10
Assalamu alaykum,Abdulaziz.
Alloh sizdan rozi bo'lsin.
Siz yozgan masalalar har birimiz uchun eng zarur va keraklidir.
Bu qilayotgan solih amallaringiz Ulug' Kunda yuzingizni quyosh kabi yoritsin.
Amiyn.
Nom: Maʻrifiy maqolalar
Yuborildi: ЖАМШИДЖОН 15 Sentyabr 2009, 09:56:34
Yarimta non

Mamajon shahardagi savdogar tog'asining yordami bilan o'zini savdo-sotiqqa urdi. Oradan hеch qancha vaqt o'tmay, bosar-tusarini bilmay qoldi. Mol-dunyoga ruju qo'yib, qing'ir ishlarga qo'l urdi. Boylikning oldida insof-u, diyonatni, odamiylikni unutdi.

Mamajon o'ylab-o'ylab oxiri tarozining toshlarini kishi bilmas o'zgartirishga ahd qildi. Shu maqsadda u tarozining yarim, bir va ikki kilolik toshlarini olib, tеmirchining ustaxonasiga bordi. Ustadan toshlarning tagini o'yib, o'rniga alyumin quyib bеrishni so'radi. Tеmirchi esa:

- Aka, o'zingiz tuppa-tuzuk odamga o'xshaysiz. Ammo, qilayotgan ishingiz turgan bitgani gunohu-kabiradan iborat-ku! Siz mеni ham gunoh yo'liga boshlayapsiz. Aybga buyurmaysiz, mеn aslo siz aytgan ishni qilmayman. Xudodan qo'rqaman. Shu kungacha bolalarimga harom luqma еdirmaganman.

Shunday qilib, Mamajon savdogar o'zining toshlarini ko'tarib, bir nеchta tеmirchi ustalarga uchradi. Baxtga qarshi hеch qaysi tеmirchi uning aytgan ishini bajarishga rozi bo'lmadi.

Mamajon shunda ham o'zining fikridan qaytmadi. Battar qaysarligi tutib, toshlarni haltaga soldi-da, avtobusga o'tirib shaharga yo'l oldi.

So'rab-surishtirib eski shahardagi tеmirchilik ustaxonasini topdi va qiyinchilik bilan o'zining maqsadini o'ris tеmirchiga tushuntirdi.

Mijozning so'zlarini jimgina eshitgan moviy ko'zli tеmirchi qo'lidagi bolg'achasi bilan osmonga ishora qilib:

- Sеniki, gunohni bo'yniga oladi, mеniki toshni svеrlit etib, o'rniga alyuminiy quyib bеradi. To' soglasеn?

- Ha, ha, mеn roziman. Sеn aytganimni qilib bеrsang bo'ldi. Pulidan aslo xavotir olma, sеn bilan savdolashib o'tirmayman.

Shunday qilib, o'ris tеmirchi Mamajonning buyurtmasini bajarib bеrdi.

Endi Mamajon har safar yarim kiloli toshdan 50 gramm, bir kilolik toshdan 75 gramm va ikki kiloli toshdan esa rosa 100 gramm urib qoladigan bo'ldi.

Mamajon qing'ir yo'llar bilan hisobsiz mol-dunyo yig'di. Yaltiroq simu-zarlarning oldida Alloh va oxiratni batamom unutdi. Uning ko'zlariga boylikdan boshqa hеch narsa ko'rinmasdi.

Mamajon mahallasida birinchi bo'lib, dang'illama uy-joy qurdi. Eng zo'r rusumdagi mashina ham sotib oldi. Xotini va uch nafar farzandining еgani oldida, еmagani kеtida edi.

Mamajon mahallasidagi ikki oqsoqolning muborak Haj safariga borib kеlishganidan so'ng, ularning obro'si ancha ko'tarilganini ko'rib, uning ko'nglida ham Haj ziyoratiga borish ishtiyoqi tug'ildi.

* * *

Kunlardan bir kun ust-boshlari bir ahvoldagi tilanchi ayol yupun kiyingan ikki bolasini еtaklagancha to'g'ri Mamajon akaning darvozasini taqillatdi.

Mamajon aka tеmir darvozasini qiya ocharkan, ijirg'anib tilanchi ayolga dag'-dag'a qildi:

- Oyoq-qo'ling but ekan, ishlasang o'lasanmi, qanaqa surbеt xotinsan? Bor, yo'qol, ko'zimga ko'rinma! Sеnlarga bеradigan nonimiz yo'q. Aslida sеnlarga bеrgandan ko'ra, itga bеrganimiz yaxshiroq. Ostonamizga qaytib qadam bosma.

Bеchora ayolning x"ºo'rligi kеldi. Ko'zlarida yosh bilan oyoqlarini zo'rg'a sudrab bosayotgan norasidalarini еtaklab, ko'chaning narigi bеtidagi bir tomonga qiyshayib yotgan hokisor yog'och eshikni jur'atsizgina itardi.

Eshikning g'ijirlaganini eshitib, ichkaridan ozg'in, novcha ayol chiqdi.

- Xudo xayringizni bеrsin. Bolalarim och. Bizga bitta non xayr qiling. Sizdan o'tinib so'rayman, yordamingizni darig' tutmang.

- Egachi, hafa bo'lmaysiz. Mеni ham 7 ta bolam bor. O'zi non qutimizda atigi yarimtagina non qolibdi.

- Mayli, opa, hijolat bo'lmang. Sizni farzandlaringiz mеnikidan ham ko'p ekan. Xudoyim sizga to'zim bеrsin, - dеya chiqib kеta boshladi. Xuddi shu paytda ko'chadan xonadon sohibi Obidjon aka kеlib qoldi. Nima gapligini bilgach, xotiniga qutidagi nonni olib chiqishni buyurdi. Xotini tеzgina kirib, oppoq sochiqqa o'ralgan yarimta nonni olib chiqib, erining qo'liga tutqazdi. Obidjon aka nonni avaylab olarkan, qo'sh qo'llab tilanchi ayolga tutdi:

- Singlim, oling, oz bo'lsa ham bolalaringizga osh bo'lsin.

- Amaki, himmatingiz oldida sizga bosh egib ta'zim qilaman. Biroq, mеn bu nonni hargiz ololmayman. Sеrfarzand oila ekansizlar. Mеn hatto, shu ikkitagina bolamni ham boqolmay, rosa qiynalyapman.

- Ko'rib turibman, bolalaringiz juda ochiqqan ko'rinadi. Bizning bolalarimizni o'ylamang, tortinmay nonni olavеring. Ularning rizqini Alloh bеradi.

Obidjon aka ayolning ozg'in bolalariga qarab turib, ko'ngli buzildi. Bеixtiyor ko'zlariga yosh kеldi. Bolalarning boshini silar ekan, nonni ayolning qo'liga tutqazdi. Bolalar xursandlikdan qiyqirib yuborishdi.

Ayol nonni olib, ko'zlariga surtdi. O'zini tutolmay ho'ngrab yig'lab yubordi.

- Ilohim, umrlaringiz uzun, davlatingiz ziyoda bo'lsin. Tuproq olsangizlar oltin bo'lsin. Alloh sizlarga mingni bеrsin. Allohu akbar!

Tilanchi ayol bolalarini еtaklab, xursand holda chiqib kеtdi. Obidjon aka o'zini qushdеk еngil sеzardi. Xotini esa, erining mardligi va tantiligi oldida o'zini xuddi gunohkordеk sеzib, nonni sal oldinroq bеrib yubormaganidan afsusda edi.

Bu voqеadan ikki oy o'tib, Obidjon aka bir tush ko'rdi. Tushida u son-sanoqsiz odamlarning ichida Ka'batullohni ziyorat qilib yurganmish. Shu payt oldiga qo'lida uzun yaltiroq aso tutgan oppoq soqolli chol kеlib, o'ng qo'li bilan Obidjon akaning еlkasidan qoqib:

- Bo'tam, Haj safaring qabul bo'ldi. Hojilik muborak bo'lsin! - dеgancha g'oyib bo'larmish.

Shundan kеyin Obidjon aka uyg'onib kеtadi va garchi tushida bo'lsa ham hojilik martabasiga erishtirgan Allohga shukronalar kеltiradi. U qalbining tub-tubida ajib bir yoqimli hissiyotlar uyg'onganini sеzadi.

* * *

Haj safariga kеtishga bir hafta qolganda Mamajon aka ham tush ko'radi. Tushida bir mo'ysafid:

- "Mamajon, sеn pastkashlik qilib, tarozining toshlarini o'z foydangga o'zgartirding. Sеn qilgan bu ishni hatto, shayton ham qilmagandi. Joningni jabborga bеrib, topgan mol-davlatingning hammasi haromdir. Bilgingki, harom pul evaziga hеch kim, hеch qachon Haj amalini bajara olmaydi.

Esingdami, bir tilanchi ayol och qolgan ikki bolasi bilan uyingga bitta non so'rab kеlganida quti to'la noning bo'la turib, ularni so'kib, haqoratlab, haydab solding. Ayol qon-qon yig'lab chiqib kеtdi.

O'shanda ro'barangdagi qo'shning Obidjon kambag'al va ko'p bolalik bo'lishiga qaramay, qutisida qolgan oxirgi yarimta nonini ham o'sha ayolga bеrgandi. O'sha tilanchi ayolning iltijolari bilan Alloh Obidjoning Haj safariga borish haqidagi bir umrlik orzusini ro'yobga chiqardi. Qo'shningga aytib qo'y, uning Haji qabul bo'ldi.

Agar Yaratganga yoqay dеsang, qo'shning Obidjon hojidan o'rnak olib yasha. Vaqting borida qilgan barcha gunohlaringni yuvishga harakat qil. Aks holda do'zax o'tida yongaysan". Mamajon cho'chib uyg'onib kеtdi.

Hayr-ehsonda gap ko'p. Imkoniyatimizga qarab, qo'limizdan kеlgancha muhtojlarga hayr-ehson qilaylik! Bunga imkonimiz bo'lmasa, ko'ngli yarimlarga o'zimizning yaxshi so'zlarimiz bilan dalda bo'laylik. Chunki, yaxshi so'z ham bir ehsondir.

Ali Nurmat.

Nom: Re: EXSONDA SAVOB KO"P
Yuborildi: ЖАМШИДЖОН 15 Sentyabr 2009, 10:14:04
Yo'qolgan uzuk

Mеn ham ko'plar qatori ko'cha-ko'ydagi tilanchilarga ba'zan rahmim, ba'zan qahrim kеladi. Lеkin mеn sizga hikoya qilmoqchi bo'lgan va tilanchi dеb o'ylagan ayolning qismati butunlay boshqacha. Yaxshisi, buni o'zidan eshitganingiz ma'qul.

- Mеn o'zimni odamlar orasidagi eng sho'rpеshona ayol bo'lsam kеrak, dеb o'ylayman. Chunki o'n to'rt yoshimda ro'zg'or yuki zimmamga tushdi. Oilada eng katta farzand o'zim bo'lib, mеndan kеyin qator ukalarim bor edi. Otam ko'ngli tusasa ishlar, bo'lmasa aroq ichib, sandiroqlagani-sandiroqlagan edi. Onam sho'rlik otamning sitamlari jonidan o'tib kеtsa ham, bizning og'zimizni yopib turardi. Otam ichib kеlgan kuni uyimiz jahannamga aylanardi. Bora-bora mеn otamning ichganini bilgan kunim biron qarindoshimiz yoki qo'shnilarnikida tunaydigan bo'ldim.

Ana shunday kunlarning birida mеn bir yigitni uchratdim. Tanishdik. Nigohlarimiz ko'ngillarimizni payvandladi. Ancha vaqtdan so'ng, o'sha mеn tanishgan (Ravshan ismli) yigitdan sovchi kеldi. Onam istar-istamas rozilik bеrdi. Otamning esa mеning taqdirim bilan ishi yo'q edi. Unga ichish-u, sandiroqlash bo'lsa bas. "Nеgadir, ko'nglim g'ash-da, qizim", dеrdi nuqul onam yig'lab. Mеn esa muhabbatdan sarmast bo'lib, onamga tasalli bеrardim, xolos.

Xullas, nikoh to'yimiz bo'ldi. O'sha kuni qaynonam mеni suyib, pеshonamdan o'pdi. Mеn uni qaynona emas, onam, dеb qabul qildim. (Shunday dеya ayolning ko'zlaridan shashqator yosh to'kildi). Hayotimiz avvaliga yaxshi boshlandi. Erim mеni еru ko'kka ishonmasdi. uni ko'rgan qaynonamning fе'li o'zgara boshladi. Endi mеni o'tirsam o'poq, tursam so'poq, dеya turtkilay boshladi. Bir yildan kеyin o'g'il farzandli bo'ldik. Endi mеn o'g'lim uchun ham qaynonamning g'ishavalariga chidashga majbur edim. Afsuski, mеni bundan ham og'irroq qismat kutib turgan ekan.

Bir kuni ertalab turmushga chiqqan qaynsinglim mеhmon bo'lib kеldi. Yaxshigina mеhmon bo'lib, shomdan ilgariroq uyiga kеtdi. Hammayoqni saranjom-sarishta qilib turgan edim, yarim kеchada darvozamiz taqilladi. Ostonada qaynsinglim yonida eri bilan yig'lamsirab turardi.

- Ha, kеlinglar. Tinchlikmi? - dеdi darvozani ochgan erim hayrat bilan.

- Tinchlikmas, aka, - dеdi qaynsinglim uvvos tortib, - onam bеrgan brilliant ko'zli uzugim yo'qolib qoldi. Boya kеlinayam havas bilan taqib ko'ruvdi. Еchib, qaytarib bеruvdi, mеn o'sha еrga qo'yib qo'yavеring, o'zim olib taqvolarman, dеbman. Kеyin uzuk esimdan chiqib, kеtavеribman.

Mеn dahshat bilan kunduzgi voqеalarni esladim va yugurib borib uzukni qo'ygan joyimdan qidirdim. Uzuk... joyida yo'q edi. Hayratdan tilim aylanmay qolgandi.

- Ana, mеni aytganim kеldi. Shu piyanistaning qizini olmaylik, dеsam "o'laman sattor, falon piston", dеb uylanding. Mana, endi o'g'rilikkayam o'tibdi, - dеdi qaynonam tizzasiga shapatilab.

- E, qo'ysangiz-chi, oyi. Ko'z bilan ko'rib, qo'l bilan tutmay... - dеdi erim tutaqib.

- Kеlinayam taqib ko'rmagandayam mayliydi, aka, - dеdi qaynsinglim ham shang'illab.

Achchiq ustida erim singlisini bir shapaloq urdi.

- Voy dod, odamlar. O'g'lim o'g'ri xotinining tarafini olib, bizni uryapti, - dеya qaynonam dod sola boshladi.

Qaynsinglimning eri, mеning erim uni insofga chaqirishgan sari battar avjiga chiqardi.

Shu payt darvozadan qaynsinglimning bеsh yashar o'g'lini еtaklagancha qaynotasi kirib kеldi.

- Hoy musulmonlar, insof bormi sizlarda? Bu matoh o'lgur, mana bu bolaning qo'lida yuribdi-ku. Boya cho'ntagiga solib kеtgan ekan. "Onam bilan otamdan qo'rqib aytolmadim", dеydi.

U cho'ntagidan uzukni olib ko'rsatdi. Mеn shundan kеyin bеhush bo'lib yiqilibman. Ertasigayoq bu xonadondan kеtish taraddudiga tushdim. Chunki uzuk voqеasi sabr kosamni toshirib yuborgandi. O'g'limni еtaklab chiqib kеtdim. O'rtaga tushmoqchi bo'lganlarga ham javobim bitta bo'ldi. "Ortiq chidolmayman".

Mana, oradan yillar o'tdi. O'g'limni qiynalib bo'lsa ham ulg'aytirdim. Ukalarim yordamida uyli-joyli bo'ldik. Qayta turmush qurmadim. Aytishlaricha, erim ikkinchi marta uylanib, nogiron farzand ko'ribdi. Qaynonam va qaynsinglimning boshi kasaldan chiqmasmish. Bilmadim, qaytar dunyo dеgani shudir-da, ehtimol.

Mеn esa har kuni shu еrda o'tirib, erimning o'tishini poylayman. O'g'lim hayron bo'lib, "oyi, siz tilanchilik qilyapsizmi?", dеydi. Unga yurak dardimni qanday aytaman?

Ayolning so'zlarini oqqa ko'chiruvchi Ro'zixon ABDUJALILOVA.

Nom: Re: EXSONDA SAVOB KO"P
Yuborildi: ЖАМШИДЖОН 22 Sentyabr 2009, 08:08:28
Anas ibn Molik - Olloh undan rozi bo'lsin - deydiki:

- Mehmon kirmagan uyga farishtalar ham kirmas. Faqirlarga va mehmonlarga izzat-ikrom ko'rsatish mavzuida go'zal xabarlar juda ko'p.

Chorlovchi, hamma vaqt birinchi galda Taqvodorlarni va nomusli, to'g'ri kishilarni chaqirishi va imkon boricha, fosiqlarni da'vat etmasligi lozim. Payg'ambarimiz (S.A.V.) o'zini mehmonga chaqirgan bir kishini shunday deb duo qilgandilar:

- Topgan-tutganingni, iloyo, yaxshilar yesin!

Yana Olloh Rasuli buyurdilar:

- Faqat Taqvodorlarning dasturxonidan ye! Sening dasturxoningdan ham faqat taqvodorlar yesin!..

Yana shuni ham yodda tuting, ziyofatga nuqul boylar va amaldorlarni emas, asosan faqirlarni taklif qilish kerak. Shuning uchun Payg'ambarimiz (S.A.V.) buyuradilar:

- Dasturxonlarning eng gunohlisi, boylar da'vat etilib, faqirlar chaqirilmagan to'y dasturxonidir.

Berilgan ziyofatlarga o'z yaqinlarini aytishni aslo unutmaslik kerak. Chunki bunday narsalarda qon-qarindoshlarni unutish yoki ataylab yoki loqaydlik qilib aytmaslik o'rtaga sovuqchilik tushishiga va begonalashishga sabab bo'ladi.

Do'stlarni, tanish-bilish va qarindosh-urug'larni ziyofatga aytganda, dasturxon ustida diqqat-e'tiborli bo'lish kerak. Bir qismiga boshqacha muomala qilib, ikkinchi qismiga o'zgacha lutf ko'rsatilsa, bir qismining dili og'rib qolishi mumkin va bu ham begonalashishga sabab bo'ladi.

Ziyofatdan maqsad, boyligini ko'z-ko'z qilish va maqtanish bo'lmasligi kerak. Faqatgina, Payg'ambarimiz (S.A.V.)ning odatlarini qilish, mo'min birodarlar orasida mehr oqibatni davom ettirish va ularning qalbiga surur berish bo'lmog'i lozim.

Chaqirsa, kelishi gumonligini bila turib va bordiyu dasturxonga kelgan taqdirda ham boshqa chaqirilganlarga yoqmasligi ma'lum bo'lgan kimsalarni, yaxshisi, chaqirmaslik kerak.

Eng to'g'risi, faqat chaqirsa keladigan kishilarni chaqirish kerak.

Sufyon Savriy deydiki:

- Kim chaqirsa kelishdan ozorlanadigan kishini da'vat etsa, bu da'vat etgan kishiga bir gunoh yoziladi. Agar da'vat etilgan kishi kelsa ikki gunoh yoziladi. Chunki da'vat etgan kishi, uni, istamagani holda yemakka zo'rlagan bo'ladi.

Taqvo sohibining ziyofati, uning ibodat yo'lida bo'lishiga yordamdir. Fosiq kishining ziyofati esa, uning fisq-fujurlarini mustahkamlaydi.

Da'vat qilingan joyga borish - sunnatdir.

Rasululloh buyuradilar:

- Agar bir pocha pishirig'iga chaqirilsam ham boraman. Va agar bir bo'lak pocha berilsa ham qabul qilaman.

Bu ham bir ehson

Muallif nomi yo'q uzr
Nom: Re: EXSONDA SAVOB KO"P
Yuborildi: ЖАМШИДЖОН 02 Oktyabr 2009, 15:23:26
Sadaqa va Exson


Muhammad Mustafo sallallohu alayhi vassallam sahobalariga sadaqaning fazilati haqida shunday deganlar: "œAlloh taboroka va taolo yerni suv ustida yaratdi. Yer harakatlanib keyin qaror topdi. Alloh subhonahu va taolo tog‘larni yer ustida yaratdi. Yer harakatlanishdan to‘xtadi. Farishtalar taajjubga tushib, munojot qildilar:

— Iloho, tog‘dan ham quvvatliroq narsa yaratganmisan?

Alloh taolo:

— Temir tog‘dan ham zo‘rroqdir, — dedi.

Farishtalar:

— Temirdan nima kuchli? — deb so‘radilar.

— Olov temirdan kuchlidir, — degan nido keldi.

Farishtalar yana so‘radilar:

— Olovdan nima kuchli?

— Olovdan suv kuchlidir.

— Iloho, suvdan ham kuchliroq narsa bormi?

— Shamol suvdan ham kuchli.

— Shamoldan kuchlirog‘i-chi?

— Odam bolasining sadaqasi shamoldan ham kuchliroqdir. Sadaqani shunday berishsinki, o‘ng qo‘l bilan berilgan xayrdan chap qo‘l xabardor bo‘lmasin. Hamma aytgan narsalarimdan sadaqa kuchliroqdir, — degan javob keldi Arshi A’lodan».

Sadaqa berish haqida har birimizda tushuncha mavjud. Kimdir ishi yurishmasa, ba’zilar qo‘rqinchli tush ko‘rsa, yana boshqalar esa Alloh yo‘lida chin dildan xayr-ehson qiladilar. Biroq avliyolarning so‘zlariga ko‘ra, sadaqa berishda besh amalga rioya etmoq lozimdir.

Birinchidan, sadaqani pinhona berish lozim. Sadaqa berayotgan oqil kishilar o‘zlarini tanitmaslik ilinjida bo‘lganlar. Ba’zilar esa beva-bechoralarning yo‘llariga tashlab ketishgan.

Ikkinchidan, sadaqani minnat qilib va namoyishkorona berishdan hazar qilingan. Alloh taolo: "œEy, imon keltirganlar, o‘z sadaqangizni minnat va ta’na bilan puchga chiqarmanglar", deya amr etadi.

Uchinchidan, sadaqani halol moldan berish lozim. Alloh subhonohu va taolo pokdir va pokdan boshqasini qabul qilmaydi. Sufyoni Savriy (r.a.)dan shunday naql qilinur, kimki harom moldan sadaqa qilsa, xuddi iflos kiyimni najosat bilan tozalagandek bo‘lur. Iflos narsani suvdan o‘zga narsa tozalamaydi. Gunohni halol sadaqadan boshqa hech nima yuvmaydi.

To‘rtinchidan, nimaiki sadaqa qilinsa, ochiq yuz va xursandchilik bilan qilinsin. Payg‘ambar Muhammad (s.a.v.) marhamat qilganlarki, bir halol dirhamni ochiq yuz bilan sadaqa qilishlik, noxushlik bilan berilgan yuz dirhamdan ortiqdir.

Beshinchidan, o‘z halol molidan taqvodor olimga sadaqa bersa, go‘yoki Alloh subhonohu va taolo toatini o‘sha olim bilan birga ado etgandek bo‘ladi.

Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.) aytadilar: "œKimki Alloh yo‘lida sadaqa qilsa, sadaqa egasining qo‘lidan chiqishi bilan beshta gapni aytar ekan. Birinchi gapida: "œEy, Xudoning bandasi, men kichik edim, sen meni kattalashtirding", deb aytadi. Ikkinchi gapida: "œSen mening posbonim eding, endi men senga posbonlik qilaman", desa, uchinchi gapida: "œMen sening dushmaning edim, meni o‘z do‘stingga aylantirding", deydi. To‘rtinchi so‘zida esa: "œMen foniy edim, meni boqiyga aylantirding", va nihoyat beshinchisida: "œMen ozgina edim, meni ko‘paytirding", deb aytadi. Alloh taolo: "œHar bir yaxshilik o‘n barobar qilib qaytariladi", deya amr etgandir.

Demak, men falonchiga yaxshilik qildim, deb aytish ta’nadan bo‘lak gap emas. Yaratganning yo‘lida berilgan bir tishlam non bir tandir nonning o‘rnini bosadi. Uyingizga tilanib kelgan tilanchini haydamang, zero, darvozangizni qoqqan gadoy Xudoning sizga jo‘natgan sinovi bo‘lishi mumkin.

Janobi Payg‘ambarimiz aytadilar: "œQiyomat kuni Tangri taolo bandasiga "œMen sendan suv so‘radim, sen menga bermading", deydi. Banda hayron bo‘lib: "œEy, Yaratgan Egam, qachon mendan suv so‘ragan eding, men bilmayman", deya javob qiladi. Janobi Haq: "œFalon kuni bir bandam sendan suv so‘rab bordi, sen bermading", deydi, so‘ng: "œSendan non so‘ragandim, non ham bermading", deydi, yana odam bolasi hayron bo‘lib: "œQachon mendan non so‘rading?" deb so‘raydi. "œFalon kuni bir bandam uyingga non tilanib kirdi, sen esa unga bermading", deydi. So‘ng: "œEy, bandam, men seni chaqirdim, sen meni ko‘rgani kelmading", deydi. Banda yana lol bo‘lib qoladi: "œAllohim, qay vaqt meni chaqirding, men bilmadim, bilganimda borar edim", deydi. Alloh taolo esa: "œFalonchi bandam kasal bo‘lib yotganda, uni ko‘rgani bormading, agar borganingda meni o‘sha yerdan topgan bo‘larding", deb javob beradi".

Qilingan ezgu amal ham sadaqa kabi bo‘lishligi hadislarda bayon etiladi
Nom: Re: EXSONDA SAVOB KO"P
Yuborildi: Secret 13 Avgust 2012, 17:40:41

- Sahiylikni kimdan o'rganding, - deb so'radilar Hotam Toyidan.
- G'ishttan o'rgandim, - deya javob qildi.
- Xech zamonda g'ishtdan ham bir narsa o'rganib bo'larkanmi?
- Odamlarning qator turib bir-biriga g'isht uzatganlarini ko'rganimisiz? Bir gal men shunday hasharda qatnashdim. Ajib bir holdan o'zim uchun xulosa chiqardim: qachonki qo'limdagi g'ishtni uzatsamgina menga g'isht uzartishdi. Uzatmay, qo'lda tutib tursam, g'isht kelishi ham to'xtadi.
 Xayol qildim deydi Hotam Toyi: Demak, mol-dunyo, ham shunday. Infoq-ehson chiqarib tursang, biringga o'n keladi, Baxillik qilsang, boridan ham baraka ketadi.

Nom: Maqola
Yuborildi: Abdumuhaymin 20 Sentyabr 2012, 12:54:06
Ibratli hikoya ekan.

Ман ёш бола смасман!

Ойим телефон килдила. Хар галгидей насихат килишни бошладила.
Аима килишим кераклигини, кандай килишим кераклигини.
Уже бу сафар гапларини кутара олмадим:
-Ойи, ман уже 20 ёшдаман. Аш боламасманку!
Хадиб насихат кивурмен!

 

Шунчалар кизишиб кетганимдан, онамга бакириб берганимни билмай колдим.
Шунчалар удагайлаб бердимки, хатто онам индамай колдилар.
Анимга окам келдида, бир тарсаки туширди юзимга.
Мен телефонни улоктириб юбордимда, телевизор ёнидаги диванга бориб жойлашдим.
Вакт утди ва мен жахлимдан тушдим.
Шу вакт дустм телефон килди ва Онам оламдан утганлигини айтди.

 

Мен унинг гапларини охиригача сшитмадим хам.
-Ойим! Онажоним!Кузларимга шашкатор ёш келиб, телефон трубкасини куйганимча карахт булиб
котиб колдим.

 

Кулогимда сса онамга бакириб жеркиб бераётганим жарангларди.
Кузим олдида сса онагинамни табассумли юзи сди.
Мен шу туришимда котиб колдим, томогим бугилиб колган, калбим сзилиб,
хаёлимда сса онажоним сди.

 

Ерга тизза чукдимда, фаред кила бошладим:
- Аллохим, уни кайтариб бер! Жон Аллохим онажонимни кайтариб бер.
Мени жонимни олаколгин!
Илтимос Аллохим онамни кайтариб бер.
Майли мени азобла, истасанг ногирон килиб куй.
Аллохим онамни кайтиб бер!

 

Шунчалар бакириб йигладимки хонага окам кириб келди. Кулида телефон трубкасини ушлаб
олганича:
-Овозингни учир! — деб бакирди менга.
-Аега ахмок каби бакирасан, онамни гапларини сшита олмаспман!

 

Онамни? Котиб колдим.
Тезда телефон трубкасини окамни кулидан тортиб олдимда:
-Ойижон??? Ойижоним!
Онам сса хар галгидек хотиржам ва ёкимли овози билан:
-Ха болажоним-дедилар.
Мен бошка хеч нарса деёлмай колдим. Кузларимдан шашкатор ёшлар окиб кетти.

 

Дустим менга телефон килиб айтганида, унинг онаси улган скан.
Мен сса чала сштиб нотугри тушунганаканман.

 

Мен хеч нарса деёлмай колдим. Факатгина шивирлай олардим холос:
-Ойижоним,мени кечиринг, кадирдоним, мехрибоним.
Онам сузларимни сшитиб йиглаб юбордилар:
-Болагинам, хар нарса булсасм факат сен йигламагин, жоним болам. Сени йиглашингни
сштолмайман.

 

Мен йиглашда давом стардим. Узр сураб тавба килардим.

 

Окам кулимдан телефон трубкасини олиб хонасига кириб кетти.
Мен сса хонамга кириб Аллохга ёлворишни бошладим.
-А­й А оббим"¦
Мени кечир ва менга ухшаб онасига озор етказадиганларнисм кечир"¦
Онасига озор бериб онасидан айрилиб колганларнисм кечир"¦
Онасини бир бора дийдорини куришга зор булганларнисм кечир"¦
Онани кайтиб топа олмаймиз.

 

А­й йигитлар!
Фарзандларингизни тарбис килаётганда, уз аёлингизни, онангизни съзозлашга, хурмат килишга
ургатинг.
Ахир бу утар дунёку.
Аллох хаммамизни тугри йулга бошласин.
Амин.

                                                                                                                                                   http://miraziz.uz/2012/09/15/man-yosh-bola-e-masman/
Nom: Javob: Maqola
Yuborildi: Ummu Muslima 20 Sentyabr 2012, 20:15:48
 :asl3:
Onangiz hayotmi?sizga havasim kelyapti...

bir paytlar shunaqa sarlavhali maqola o'qigan edim,
u davrda Onam hayot edilar
mana endi man ham Onasi hayot bo'lgan odamlarga havas bilan boqyapman...
Ularni dunyodagi eng bahtlik insonlar deb bilyapman

inson shunaqangi hotirjam yasharkanki huddi uni Ota-Onasi o'lmaydigandek,yo'q buni biladi faqat bu haqida o'ylashni hohlamaydi...
(alhamdulillah Dadam hayotlar umrilari uzoq bo'lsin.)
Qayerdadir bir hadisni o'qigan edim ma'nosi shunaqa edi:

Kimniki Onasi olamdan o'tsa endi u banda qo'rqsin,chunki uni haqqiga duo qiladigan va duosi qabul bo'ladigan Onasi yo'q. :'(

man ham shunday deyman:Onangiz hayotmi? sizga havasim kelyapti... :'(
hayot yurgan Ota-Onalarni  umrilari uzoq bo'lsin.
Nom: Javob: Maqola
Yuborildi: Bobur Sharipov 09 Oktyabr 2012, 23:08:05
Kunlarning birida ota o'g'lini oldiga kelib
 yelkasidan tutib:- o'g'lim sen kuchlimisan yo men
,debdi. O'g'li hech uyalmasdan men deb javob
 beribdi. Ota xayron bo'libdi va yana o'sha savolni
 bergan ekan,o'g'li yana men deb javob beribdi. Ota
 hafa bölib o'g'ilni yelkasini qo'yvorib 2qadam yurib to'htab, yana bir marta so'ray deb, o'g'lim sen
kuchlimi menmi degan ekan. O'g'il hech öylanmay
 siz deb javob beribdi ,ota xayron bo'lib: boyagina
 oldingda turib 2marta so'radim, men deb javob
 berding, 2qadam buyoqqa ötib sörasam siz
 deding. E ota, boyagina oldimda tog'day suyanchig'im, siz bor edingiz. U payt men özimni
 kuchli bilaman, hozir esa siz yöqsiz, demak, men
 hechkimman, bu paytda siz kuchli bölasiz ,deb javob
 bergan ekan .Baxtimizga tog'dek suyanchig'larimiz
 dadajonlarimiz sog' bo'lsin. Oq yuvib oq taragan
, duo qilib turuvchi onajonlarimiz baxtimizga sog'-salomat bo'lishsin
Nom: Javob: Maqola
Yuborildi: Muxsiya 12 Mart 2013, 14:30:04
ota-onam mendan rozi men ular oldidagi farzandlik burchimni to'la-to'kis ado etyapman deydigan farzand bormikan bu dunyoda
Nom: Javob: Maqola
Yuborildi: Bechora_Bandang_ 13 Mart 2013, 09:41:23
Bitta masalani eshitib o'zimdan hafa bo'lib ketdim. O'zimdan hayo qildim.
Agar hozirgi kunlarda otam vafot etadigan yoki onam vafot etadigan bo'lsa Qabrda hammadan keyin qolib Yosin surasini o'qiy olmas ekanman. BU qanday yuzsizlik-ki bu qanday nonko'rlik qaysi yuzim bilan domlaga "o'ziz o'qib qo'yavering domla aka" deyman ekan.
Duo qilinglar ota- onam vafot etgunlaricha Alloh menga Yosinni yoddan bilsih baxtni bersin!
Nom: Maʻrifiy maqolalar
Yuborildi: MirzoMuhammad 15 Iyun 2014, 20:44:39
МУНОФИҚНИНГ БЕЛГИЛАРИ

   Абу Ҳурайра разияллоҳу анҳудан ривоят қилинади: Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам:
   “Мунофиқнинг белгиси учдир:
   - гапирса ёлғон гапиради;
   - ваъда берса хилоф қилади;
   - омонат қилинса хиёнат қилади” дедилар. (Имом Муслим ривояти)
Абдуллоҳ ибн Амр разияллоҳу анҳумодан ривоят қилинади:
Пайғамбар саллаллоҳу алайҳи ва саллам: “Кимдаки тўртта нарса бўлса ҳақиқий мунофиқ бўлади. Кимдаки улардан бир хислат бўлса, ўшани кетказмагунча унда мунофиқликдан бир хислат бўлади ‒ омонат қилинса хиёнат қилади; сўзласа ёлғон гапиради; аҳд қилса бузади; хусуматлашиб қолса фужур (ноҳақлик, ғирромлик) қилади”. (Имом Бухорий ривояти)
Аллоҳ таоло Нисо сурасида мунофиқнинг Қиёмат кунида борар жойидан хабар беради:
إِنَّ الْمُنَافِقِينَ فِي الدَّرْكِ الأَسْفَلِ مِنَ النَّارِ وَلَن تَجِدَ لَهُمْ نَصِيراً
“Албатта, мунофиқлар дўзахнинг энг остки қаватидадирлар ва ҳаргиз уларга бир ёрдамчини топа олмассан”. (Нисо. 145)
Кимки Дўзахнинг энг тубига тушиб қолмасликни хоҳласа мунофиқнинг акси – холис мўмин бўлиши, бинобарин мазкур уч хислатнинг аксида бўлиши лозим.
Ривоятда келтиришиларича бир омонатдор, ишончли савдогар бор экан. Доимо омонатдор бўлишга ҳаракат қилар, ҳеч кимни алдамас экан. Бир куни сафарга чиқиши керак бўлиб қолибди-да, дўконига қўлида ишлайдиган ишчилардан бирини қўйиб, сафар қилиб кетибди. У сафарда бўлган чоғида дўконга бир яҳудий киши келиб, бир хил матодан бир тўпини сотиб олибди. У матода камчилик бор экан. Лекин дўконда ишлаб турган киши айбларни айтмасдан, сифатли мато нархида, уч минг кумуш тангага сотиб юборибди.
Дўкондор сафардан кайтиб келгач, бўлиб ўтган савдо ҳақида суриштириб, барча ҳисоб-китоб қоғозларини текшира бошлабди. Шунда айби бор матони сифатли мато нархида сотилганини билиб қолиб, ишчидан:
– Ҳалиги айби бор мато қани? – деб сўрабди.
Ишчи уни бир яҳудий кишига уч минг дирҳамга сотиб юборганини айтибди.
– Яҳудийга айбини айтиб, тушунтириб сотдингми?
– Йўқ, – деди хизматчи. – Ўзи кўриб, қараб олди. Нақд фойда турганда савдони бузгим келмади.
Дўкон эгаси унинг бу қилиғидан қаттиқ ранжиб, койиди-да:
– У яҳудийнинг уйи қаерда? – деб сўради.
Яшайдиган жойини билиб, уйига сўроқлаб борди. Яҳудий қандайдир бир юмуш билан бошқа шаҳарга сафар қилиб кетган экан. Уйидагилардан унинг қаерга, қайси карвон билан кетганини суриштириб билгач, дўкон эгаси уч минг кумуш тангани олди-да, яҳудийнинг изидан қўшни шаҳарга қараб отланди. Уч кундан сўнг карвонни қувиб етиб олиб, яҳудийни сўраб, топти.
– Менинг дўконимдан айби бор мато сотиб олипсан. Хизматчи сенга унинг айбини айтмай пуллабди. Пулларинг менга керак эмас, пулларингни ол-да, менга матони қайтариб бер, – деди.
Яҳудий одам унинг бу ишидан ҳайратга тушиб:
– Сен нима учун бундай қилаяпсан? – деди.
Дўкон эгаси:
– Мен мусулмон. Бизнинг динимиз омонатли бўлишга буюради. Бировларни алдаб, хиёнат қилишдан қайтаради. Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам: «Бировларни алдайдиган киши мендан эмас», – деганлар. – Шунинг учун мен бировни алдамайман. Пулларингни ол, – деб жавоб берди.
Яҳудий унинг бундай омонатдорлигига таҳсин ўқир экан:
– Эй дўстим, аслида мен сизларни алдаган эдим. Мен сенинг ишчинг қўлига қалбаки пулларни тутқазиб, матони алдаб олиб кетган эдим. Лекин сенинг бу муомаланг – омонатдорлигинг менга катта дарс бўлди. Мен сенинг матойингни ўша нархга оламан, аввалги берган пулларим қалбаки эди, шунинг учун ўрнига бу ҳақиқий кумуш тангаларни ол! – деди-да, – барча оламларнинг эгаси Аллоҳга бўйинсуниб, мусулмон бўлдим. Аллоҳдан бошқа ҳақ илоҳ йўқ, Муҳаммад саллаллоҳу алайҳи ва саллам Аллоҳнинг Расули, элчиси, деб гувоҳлик бераман, – деб мусулмон бўлганини эълон қилди.

      Муроджон СИДДИҚОВ
      Шаҳрихон туманидаги Ҳалимқори масжиди имом хатиби
      Улуғбек қори ЙЎЛДОШЕВ
Nom: Javob: Мунофиқлар
Yuborildi: MirzoMuhammad 20 Iyun 2014, 23:01:33
Анас разияллоҳу анҳудан ривоят қилинади: Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам:
“Ушбу – мунофиқнинг намозидирки, қуёшни Шайтоннинг икки шохининг орасига етгунича кузатиб ўтиради. Кейин туриб тўрт марта чўқийди. Бунда Аллоҳни озгинадан бошқа зикр қилмайди” деганлар. (Сунани Термизий)
Баҳодиржон СУЛАЙМОНОВ
Асака
Улуғбек қори ЙЎЛДОШЕВ
Nom: Javob: Мунофиқлар
Yuborildi: MirzoMuhammad 25 Iyun 2014, 20:09:18
Юқоридаги ҳадисларда мунофиқнинг учта ва тўртта белгиси баён қилинган бўлса-да, бошқа ҳадисларда, Қурони карим оятларида яна бошқа белгилари ҳам баён қилинган.
Ҳузайфа розийаллоҳу анҳуни “Расулуллоҳ сирларини билувчи” деб аташарди. Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам Мадинага келганларида ўзини мусулмон қилиб кўрсатадиган, аслида у зотга душманлик қиладиган мунофиқлар бор эди. Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам улар ҳақида ҳамма нарсани билардилар, аммо номларини Ҳузайфадан бошқа ҳеч кимга айтмаганлар. Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам Ҳузайфага буни ҳеч кимга гапирмасликни ҳам буюрган эдилар.
Ҳузайфа ибн Ямон умрининг оxиригача Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва салламнинг бу сирларини ҳеч кимга очмади.
Баъзи ривоятларда келишича Али разияллоҳу анҳу Ҳузайфа разияллоҳу анҳудан мунофиқлар кимлигини айтиб беришини ҳарчанд сўраганларида ҳам айтиб бермаган. Шунда “Уларнинг орасида мен йўқманми?” деб сўраганлар экан.
Шундай инсон шу саволни берса, биз ўзимиздан мунофиқликнинг аломатларини қандоқ қилиб истамайлик?...
Шунинг учун ҳар ким имкони борича билганини изҳор қилса дейман. (Интернет орқали уланишга унча моҳир бўлмаган танишларга ушбу пост орқали таржимасини топишда, сайтга беришда ёрдам беришим мумкин)
Улуғбек қори ЙЎЛДОШЕВ
Nom: Javob: Мунофиқлар
Yuborildi: MirzoMuhammad 25 Iyun 2014, 20:46:17
المنافق في الاصطلاح الشرعي هو الذي يظهر غير ما يبطنه ويخفيه، فإن كان الذي يخفيه التكذيب بأصول الايمان فهو المنافق الخالص وحكمه في الآخرة حكم الكافر وقد يزيد عليه في العذاب لخداعه المؤمنين بما يظهره لهم من الإسلام قال تعالى: {إن المنافقين في الدرك الأسفل من النار} وإن كان الذي يخفيه غير الكفر بالله وكتابه ورسوله وإنما هو شيء من المعصية لله فهو الذي فيه شعبة أو أكثر من شعب النفاق
Шариатимиз истилоҳига кўра мунофиқ деб ботиний ва махфий ҳиссиётларининг аксини изҳор қилгувчи кишига айтилади. Агар кўнглида беркитган ёлғони имон усули бўйича бўлса у одам ҳақиқий холис мунофиқ бўлади. Унинг охиратдаги ҳукми кофир ҳукмида бўлади. У мўминларни алдаб ёлғондан Ислом зоҳир қилганлиги учун азоб зиёда бўлади.
Унинг беркитгани Аллоҳга, Унинг Китобига ва Расулига кофирлик бўлмасдан, осийлик нарсалари бўлса, унда мунофиқлининг бир ёки бир неча шўъбаси бор бўлади.
Сайдулло ИСМОИЛОВ. Асака тумани
Улуғбек қори ЙЎЛДОШЕВ
Nom: Тиланчилик
Yuborildi: MirzoMuhammad 02 Iyul 2014, 13:03:55
ТИЛАНЧИЛИК
Одамлар гавжум бўладиган жой борки, турли ёшдаги соиллар – тиланчилар пайдо бўлади. Аёллар, эркаклар, қарилар, ёшлар, болалар...
Тиланчиларнинг оиласи шуни талаб қилади шекилли, нонни “нанна” дейдиган норасидалар ҳам билганича ҳунарини кўрсатади.
Бу нима, ҳақиқатан етишмовчиликми ёки текинтомоқликми?
Шариатимиз аҳкомларига кўра бугунга егулиги бор кимсанинг тиланчилик қилиши – ҳаром. Бугунга етгулик егулиги бўлмаган кимсанинг тиланчилик қилиши – мубоҳ. Бисотида ҳеч нарса йўқ. Бировдан сўрамаса ҳалок бўлиш хавфи бўлса вожибга айланади.
Бироқ бугунги “бечораҳолларимиз”да биринчи шартдан бошқаси кўринмайди. Уларнинг дийдиёсини эшитсангиз...
Аллоҳга шукрлар бўлсинки, тўкин-сочин замонда яшаяпмиз. Катталарнинг айтишларича ҳам, китобларда кўришимизга қараганда ҳам бунчалик серобчилик яқин тарихларда кўрилмаган. Қадимда эса Худо билади.
Озгина ҳаракат қилса, қорин тўяди. Яна озроқ машаққатдан эринмаса, бошқа харажатлар ҳам битади. Ишнинг кўзини излаб тадбиркорлик қилса, бошқаларга ҳам манфаъати етади. Шундай экан, тиланчилик қилишдан ор қилиш керак. Айниқса билагида қуввати бор йигитлар эшикма-эшик юришлари жуда ҳам ор қиларли иш.

Маҳмуджон АБДУРАҲИМОВ. Асака
Nom: Javob: Тиланчилик
Yuborildi: MirzoMuhammad 02 Iyul 2014, 13:26:12
ТИЛАНЧИЛИК ВА ЎТИН СОТИШ
Тўғри, динимизда ҳақиқатан ҳам текинхўрлик ва тамбаллик қораланади. Ҳатто Пайғамбар саллаллоҳу алайҳи ва саллам ўз дуоларида дангасаликдан паноҳ сўраганлари бор. Шунингдек тиланчиликдан қайтарганлар.
Жумладан ансорлардан бир киши келиб Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва салламдан егулик сўрганларида:
-   Уйингда бирор нарса йўқми? – деб жавоб берганларлар. Ансорий:
-   Намат бор – бир қисмини ёпиниб, бир қисмини тагимизга тўшаймиз. Яна бир дона коса бор – сув ичиб турамиз, – деб жавоб берди.
-   Уларни менга олиб кел, – дедилар саллаллоҳу алайҳи ва саллам. Олиб келгач қўлларига олиб туриб:
-   Мана буларни ким сотиб олади? – дедилар.
-   Мен бир дирҳамга сотиб оламан! – деди бир киши.
-   Мен икки дирҳамга сотиб оламан! – деди бошқаси.
Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам ўшанга сотиб икки дирҳамни олдилар ва ансорийга бериб:
-   Бир дирҳамга аҳлинг учун егулик сотиб ол, яна бир дирҳамига эса болта сотиб олиб менга олиб кел, – дедилар. Олиб келган эди Расули акрам саллаллоҳу алайҳи ва саллам ўзлари унга ёғочдан соп қилиб бердилар. Сўнг:
-   Бор, ўтин қил. Ўн беш кунгача мен сени кўрмай! – дедилар. Ансорий Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва салламнинг айтганларини қилди. Бу вақт мобайнида ўн беш дирҳам фойда қилиб, бир қисмига озиқ овқат, қолганига кийим кечак сотиб олди.
-   Мана бу ишинг қиёмат кунида сўраганларинг юзингга доғ бўлганидан кўра яхшироқдир, – дедилар Сарвари коинот саллаллоҳу алайҳи ва саллам.

Бахтиёржон ХАЙИТБОЕВ. Асака тумани. Мулла Абдулазиз жомеъ масжиди имом хатиби
Улуғбек қори ЙЎЛДОШЕВ
Nom: Javob: Мунофиқлар
Yuborildi: MirzoMuhammad 10 Iyul 2014, 04:48:09
МУНОФИҚЛАР ЁМОНЛИККА БУЮРУР
Аллоҳ субҳонаҳу ва таоло Тавба сурасининг 67-оятида уларни шундай таърифлаган:
الْمُنَافِقُونَ وَالْمُنَافِقَاتُ بَعْضُهُم مِّن بَعْضٍ يَأْمُرُونَ بِالْمُنكَرِ وَيَنْهَوْنَ عَنِ الْمَعْرُوفِ وَيَقْبِضُونَ أَيْدِيَهُمْ نَسُواْ اللّهَ فَنَسِيَهُمْ إِنَّ الْمُنَافِقِينَ هُمُ الْفَاسِقُونَ
“Мунофиқ эркаклар ва мунофиқ аёллар ҳаммалари бирдирлар, ёмонликка буюрарлар, яхшиликдан қайтарарлар ва қўлларини маҳкам юмарлар. Аллоҳни унутдилар, бас, У ҳам уларни унутди. Албатта, мунофиқлар–улар фосиқлардир”.
Атрофидаги инсонларни ёмон ишларга буюргувчилар ўзларининг кимлигини шу оятдан билиб олсалар бўлади.
Гарчи улар дунёда ўзларининг разилликлари ила роҳатлансалар-да, одамларни тўғри йўлдан уриб фаҳш ва маъсият ишларга чорлаб ўзларича бир мунча мақсадларига етгандек бўлсалар-да, Аллоҳ таоло Ўзи ҳидоят қилиб қўйган бандалар барибир ҳидоятда бўлаверадилар. Бироқ ундай ва мунофиқ ва фосиқларга Аллоҳ таолонинг ваъдаси ушбудир:
وَعَدَ الله الْمُنَافِقِينَ وَالْمُنَافِقَاتِ وَالْكُفَّارَ نَارَ جَهَنَّمَ خَالِدِينَ فِيهَا هِيَ حَسْبُهُمْ وَلَعَنَهُمُ اللّهُ وَلَهُمْ عَذَابٌ مُّقِيمٌ * كَالَّذِينَ مِن قَبْلِكُمْ كَانُواْ أَشَدَّ مِنكُمْ قُوَّةً وَأَكْثَرَ أَمْوَالاً وَأَوْلاَداً فَاسْتَمْتَعُواْ بِخَلاقِهِمْ فَاسْتَمْتَعْتُم بِخَلاَقِكُمْ كَمَا اسْتَمْتَعَ الَّذِينَ مِن قَبْلِكُمْ بِخَلاَقِهِمْ وَخُضْتُمْ كَالَّذِي خَاضُواْ أُوْلَـئِكَ حَبِطَتْ أَعْمَالُهُمْ فِي الُّدنْيَا وَالآخِرَةِ وَأُوْلَئِكَ هُمُ الْخَاسِرُونَ
“Аллоҳ мунофиқ эркакларга, мунофиқ аёлларга ва кофирларга жаҳаннам оташини ваъда қилди. Унда абадий қолурлар. Ўша улар учун етарлидир. Ҳамда Аллоҳ уларни лаънатлади. Уларга доимий азоб бордир. Ўзингиздан аввалгиларга ўхшайсиз. Улар сизлардан кўра қувватлироқ, молу дунё ва бола-чақалари кўпроқ эдилар. Бас, ўз насибалари ила маза қилдилар, ўзингиздан олдингилар насибалари ила маза қилганларидек, сиз ҳам ўз насибангиз ила маза қилдингиз. Улар шунғигандек, сиз ҳам шунғидингиз. Ана ўшаларнинг амаллари дунёю охиратда ҳабата бўлди. Ана ўшалар, ўзлари зиён кўргувчилардир”. (Тавба. 68) (Худо сақласин!)

Баҳодиржон СУЛАЙМОНОВ
Асака
Улуғбек қори ЙЎЛДОШЕВ
Nom: Maʼrifiy maqolalar
Yuborildi: MirzoMuhammad 07 Avgust 2014, 21:53:02
بسم الله الرحمن الرحيم* الحمد لله رب العالمين* والصلاة و السلام على سيدنا محمد و على آله  و أصحابه و أتباعه أجمعين* ربِّ  زدني عـلمـًا*
СИЗ ТАЛАБА БЎЛДИНГИЗ
   
Бугунги кунда она юртимизнинг қай томонига юзланманг, кўркам қад кўтарган илм даргоҳларига кўзингиз тушади. Бу даргоҳларда қанча-қанча келажагимиз куртаклари ниш отмоқдалар. Имом Бухорий, имом Термизий, имом Мотуридийлар, Самарқандий, Насафий, Бурҳониддин Марғилонийлардек, Абу Али ибн Сино, Абу Райҳон Беруний, ал-Хоразмий, ал-Фарғоний, Мирзо Улуғбеклар каби забардаст алломалар юртининг фарзандлари яна аждодлари изига интилмоқдалар. Қай соҳада бўлмасин илмга интилиш бор. Майли у олим бўлсин, зиёли бўлсин, ходим бўлсин ёки ишчи бўлсин –маърифатли бўлмоғлик бугунги кун талаби бўлиб бормоқда. Чунки илм икки дунёнинг бахту-саодатига олиб боргувчи асосий омилдур.   
   Илм – зиё, жаҳолат эса зулуматдур. Инсон қачонки илм йўлини маҳкам тутса дунё ва охиратнинг бахту саодатига етишига имкон топган бўлади. Башарият илм йўлини тутиб ҳамиша юксалиб борган. Қайси жамиятда илмга эътибор бўлса  тараққий топиши юқори даражага кўтарилади. Бу ҳақиқат тарихда ҳам кўрилган, ҳозир ҳам шундай. Юртимизда билим даргоҳлари кўпайиши тарққиётимизнинг гарови десак  муболаға бўлмагай.
   Илм одам фарзандининг мартабасини кўтариб бошқа махлуқотлардан устувор этиши “Таълимул-мутаъаллими” китобида чиройли тарзда баён этилган:
“Илмнинг инсоният билангина хосланиб шарафли (мақом касб этиши) экани ҳеч кимга сир эмас. Чунки шижоат, журъат, қувват, саҳоват, шафқат каби илмдан бошқа ҳамма хислатлар инсонда ҳам, бошқа ҳайвонотларда ҳам муштаракдур. Аллоҳ таоло илм билангина Одам алайҳис салоту вас-саломни фаришталардан афзаллигини изҳор қилди ва уларни (Одам алайҳис салоту вас-салом)га сажда қилмоққа буюрди ”. Бу ҳам бўлса Одам алайҳис салом фаришталар билмаган нарсаларни билганлиги сабабидан эди.
   Қурони каримда энг аввал нозил бўлган сура “Ўқи” деб бошланиши ва суранинг давомида яна илм зикр қилинишидан ҳам илм инсоният учун ўта муҳим эканлигини англаш мумкин.
اقْرَأْ وَرَبُّكَ الْأَكْرَمُ ¤ الَّذِي عَلَّمَ بِالْقَلَمِ ¤ عَلَّمَ الْإِنسَانَ مَا لَمْ يَعْلَمْ ¤
"Карамлиларнинг карамлиси бўлган Раббинг (фазли) ила ўқи! Ўша (Раббинг) қалам билан илм ўргатгандир. У инсонга (инсон) билмаган нарсасини ўргатди"(“Алақ” сураси, 3 –5-оят)
   Ватандошимиз  имом Абу Баракот ан-Насафий ҳам Ислом оламида машҳур ва маъруф бўлган “Мадорикут-танзил” номли тафсир китобларида  ушбу ояти кариманинг тафсир қилиб  “бандаларига билмаган нарсаларини ўргатиб, жаҳолат қоронғулигидан илм нурига чиқарганлиги камоли (лутфу) карами эканлигига далолат қилади” деб баён қилганлар.
   Аллоҳ таоло илм аҳлининг даражалари ҳақида алоҳида баён қилади:
يَرْفَعِ اللَّهُ الَّذِينَ آمَنُوا مِنكُمْ وَالَّذِينَ أُوتُوا الْعِلْمَ دَرَجَاتٍ(سورة المجادلة، 11)
“Аллоҳ сизлардан имон келтирганларни ва илм эгаларини даражаларга кўтаради”(Мужодала сураси, 11-оятдан)
   Яна ўша тафсир китобида баён қилинадики, “даражалар ҳақида икки ҳил қавл бор: бири дунёда мартаба ва шарафлиги, икинчиси эса – Охиратда.
Ибн Масъуд разияллоҳу анҳу қачон шу оятни қироат қилса: “Эй инсонлар, бу оятни яхши фаҳм этинг, илмга рағбат айланг”, – дер эдилар.
Пайғамбар саллалоҳу алайҳи ва саллам “Олимнинг  обиддан афзаллиги ой тўлган кечада бошқа юлдузлардан афзаллиги кабидир”– деганлар.(Аҳмад, Термизий, Абу Довуд, ибн Можа, Дора Қутний ривоятлари)
Ибн Аббос разияллоҳу анҳумодан ривоят қилинишича Сулаймон алайҳис саломга илм, мол ва мулкни (танлашлик) ихтиёри берилди. У  илмни танлаган эди унга қўшиб мол ҳам, мулк ҳам берилди. Он ҳазрат саллалоҳу алайҳи ва саллам марҳамат қиладилар:“Аллоҳ Иброҳим алайҳис саломга ваҳий қилиб “Эй Иброҳим, Мен Алим (билгувчи)дурман, ҳар бир илмликни яхши кўрурман” деди”. Дарҳақиқат Аллоҳ таоло илм аҳлини яхши кўрганидандурки, уларни дунёда ҳам элу юрт орасида шарафли қилиб қўяди.
Яна шуни ҳам билмоқ керакки, Тангри таоло илмни ҳар кимга ҳам бахш этавермагай. Кимга илм бахшида қилса бу яхшликни умрининг охирига қадар Холиқ таолодан берилган юксак тухфа сифатида авайлаб асраб, ардоқламоғи ва шунга яраша шукрона ва тақвода бўлишга интилмоғи лозим.
عن معاوية رضي الله عنه قال: سمعت رسو ل الله صلى الله عليه و سلم يقول: "من يردالله به خيرًا يُفقههُ في الدّين" (رواه البخاري)
Муовия разияллоҳу анҳудан ривоят қилинади: Мен Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва салламнинг“Аллоҳ кимга яхшилик қилишликни ирода қилса динда фақиҳқилиб қўяди” деганларини эшитганман. (Бухорий ривояти)
"Фақиҳ" фиқҳ  илмини яхши билгувчи инсон демакдур. “Фиқҳ” эса уламоларнинг таърифларига кўра “фаҳм”, яъни ҳар бир аҳкомнинг туб моҳиятларини яхши англамоқликдур. Демак кимгаки Аллоҳ таоло яхшилик қилишликни хоҳласа динда ҳар бир аҳкомнинг моҳиятини яхши билгувчи қилиб қўяр экан.
Пайғабаримиз саллалоҳу алайҳи ва салламнинг машҳур “Илм истамоқлик ҳар бир мусулмон эркак ва муслима аёлга фарздур”деган ҳадиси шарифларини уламоларимиз шарҳлаб, қандай илмни талаб қилиш лозимлиги ҳақида ҳам китобларда баён қилганлар. Шунга кўра инсониятнинг эҳтиёжи учун зарур бўлган илмларни ўрганишлик фарзи кифоя деганлар. Яна ҳам тушунарлироқ айтадиган бўлсак ҳар бир диёрда шу юрт аҳолисининг эҳтиёжи тушадиган илмларни билгувчи инсонлар бўлишлиги лозим. Ана шунда шу юрт аҳолисининг бўйнидан ўша фарзи кифоя соқит бўлади. Акс ҳолда  ҳаммалари жавобгар бўлади. 
Ҳар бир инсон ўз ҳаётида эҳтиёжи тушадиган ишларнинг илмини ўрганишлиги эса фарзи айн. Ким қайси соҳани эгалласа ўша соҳанинг илмини билишлиги керак. Бу эса айни ибодат эрур.
Ана энди илм талабида юрганлар ўзларининг мартабаларини қанчалик чуқур ҳис этсалар, шунчалик масъулият ҳиссини сезадилар. Бизларнинг келажагимиз бўлган бўлғуси олимлар қанчалик шарафли йўлни тутганларини билиб олсинлар. Зеро улар минглаб ҳамюртларининг гарданларидаги фарзни адо қилмоқдалар.
Илоҳим ҳар биримизга манфаъатли илм бериб, олган илмига амал қигувчилардан айласин. Ҳолбуки “Амалсиз илм – мевасиз  дарахт” деганлар. 

Улуғбек қори ЙЎЛДОШЕВ
   Асака туманидаги “Холид ибн Валид” жомеъ масжиди муаззини
Nom: Javob: EXSONDA SAVOB KO"P
Yuborildi: MirzoMuhammad 19 Avgust 2014, 20:00:07
МЕҲМОНДЎСТЛИК
   Ўзбек халқи азалдан саҳоватли ва меҳмондўстлиги билан бутун дунёга машҳурлиги ҳеч кимга сир эмас, балки исбот талаб қилишга ҳожат бўлмаган айни ҳақиқат. Ҳозирги кунга қадар ҳам Ўзбек деса меҳмондўст, кўнгли очиқ инсонлар кўз олдида намоён бўлади. Бекорга айтишмаган “эрталабда бепул овқат тарқатадиган халқ” деб.
Халқимиз жўмардлик қилар экан одамлардан қилган яхшиликлари эвазига тамаъ ҳам қилмайди, балки ажру савобини Охиратдан умид қилади. Яхшиликни фақатгина Холиқ таоло учун қилар экан, “майли бандасидан қайтмаса Худодан қайтсин, бандаси билмаса ҳам Худо билса бўлди”, − деб қўйишади. Чунки халқимиз хайру-эҳсоннинг савоби қанчалик улуғ эканлигини яхши англайдилар.
Дарҳақиқат, Қурони карим оятлари ва Пайғамбаримиз саллаллоҳу алайҳи ва салламнинг ҳадиси шарифларида бу тўғрида кўплаб кўрсатмаларни учратиш мумкин.
عن أبي هريرة رضي الله عنه أن النبي صلى الله عليه و سلم قال: ما من يوم يصبح العباد فيه إلا ملكان ينزلان  فيقول أحدهما اللَّهم أعط منفقاً خلفاً، و يقول الآخر اللَّهم أعط ممسكاً تلفاً (رواه البخاري و مسلم)
   Абу Ҳурайра разияллоҳу анҳудан ривоят қилинган ҳадиси шарифда Пайғамбаримиз саллаллоҳу алайҳи ва саллам марҳамат қиладилар: “Бандалар тонг оттиргувчи кун борки, икки фаришта тушади. Уларнинг бири “Эй Аллоҳим, нафақа қилгувчига (нафақасининг) ўрнини босгувчини бергин”,− деб туради. Иккинчиси эса “Эй Аллоҳим, ушлаб қолганга талофат бер” ,− деб туради. (Бухорий ва Муслим ривояти)
Оиша разияллоҳу анҳо рўзадор эди. Ҳузурига бир мискин тиланчилик қилиб келиб қолди. Уйида бир дона нондан бошқа егулик йўқ эди. Жориясига айтди:
-   Унга ўша нонни бериб юбор!
-   Сизга ифторлик қилишга ундан бошқа нарса йўқ-ку? – эътироз билдирди жория.
-   Унга ўшани бериб юборавер! – деди.
Жория нонни бериб юборди. Кечки пайт қўй гўшти билан буғдой уни аралашган гўштли нонга ўхшаш арабларнинг “кафануш-шоти” егулигини ҳадя қилишди. Оиша онамиз жориясига айтдилар:
-   Мана энди бундан егин! Бу сенга обинонингдан кўра яхшироқ-ку!

Исомиддин Сайфуллаев. Асака туманидаги Имом Муҳаммад масжиди имоми
 Улуғбек қори ЙЎЛДОШЕВ.
Nom: Javob: Maqola
Yuborildi: MirzoMuhammad 30 Avgust 2014, 10:09:27
ДУНЁДАГИ ЖАННАТЛАРИМИЗ
   Кимнингки ота-онаси тирик экан, у инсон дунёда энг бахтли инсонлардан эрур. Айниқса, бу табаррук зотлар билан бир хонадонда бўлишлик ва уларнинг хизматини чин дилдан адо қилишлик дунёнинг барча неъматларидан ҳам аълороқ. Аммо ҳаёт шундай эканки, бир неча фарзанд бўлса уларнинг ҳаммаси ҳам бирдан бундай улуғ неъматдан баҳраманд бўлиш имконига эга бўла олмас экан.
   Қаранг, ота-онангиз Сиз билан бир ҳовлида бўлса, агарчи икки дона иссиқ нон кўтариб келсангиз ҳам аввало уларга тақдим этиш имкони қўлингизда бўлади. Ҳовлингизда пишиб етилган ўрик борми, узум борми биринчи мевасини ўзингиз ҳам, бола-чақангиз емай туриб аввало уларнинг олдига қўйишингиз, улар бир донасини татиб беришларини кўриб турмоқ қандай ҳам завқли! Айниқса уларнинг кексалик чоғларида бозордан тўртта сомса олиб келсангиз ҳам, беш юз сўмлик нўхот олиб келсангиз ҳам  шундай.
Бошқа ҳовлига чиқиб кетганларчи? Улар бундай имкониятдан, демакки доимо жаннат боғларида юришдек бахтдан маҳрум бўлади десак муболаға бўлмас. Чунки топганини ўз уйига олиб келади. Онасига ёки отасига бирор нарса олмоқчи бўлса алоҳида ҳафсала қилиб олишига тўғри келади. Ўшанда ҳам бола-чақасидан ошиниб олади.
Аллоҳ таоло Ўзининг Қадим Каломида бир неча оятларда Ўзига ибодат қилишнинг орқасиданоқ ота-онага яхшиликка буюрганлигини бугунги кунда юртимиз мусулмонлари яхши биладилар. Дарҳақиқат, ота-она жаннатнинг ҳидлари экан, биз эса кўпинча бу ҳикматни унутиб қўйиб, қанча машаққату, сарф-харажатлар ила атрофдан жаннат излаб юрамиз. Ваҳолонки, жаннатимиз рўпарамизда турибди-ку! Ана ўшаларнинг хизматини қилиш энг тўғри йўл ва шарафли ибодат эмасми?
Абу Ҳурайра разияллоҳу анҳудан ривоят қилинади: пайғамбаримиз саллаллоҳу алайҳи ва саллам “Бурни ишқалансин! Бурни ишқалансин! ‒ дедилар. “Кимнинг, эй Аллоҳнинг Расули?” ‒ дейилди. “Кимки ота-онасинининг бирини ёки иккаласини ҳам қариган чоғида топибдию, жаннатга кириб олмабди”, ‒ дедилар Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам. (Муслим ва Термизий ривояти)
   Ҳа, биз излаб юрган жаннат жуда яқин, ёнгинамизда экан. Шунингдек...
Абу Умома разияллоҳу анҳудан ривоят қилинади: бир киши: “Эй Аллоҳнинг Расули, ота-онанинг фарзандларида қандай ҳақлари бор?” ‒ деб сўради. “(Уларнинг) иккаласи сенинг жаннатинг ёки дўзахингдур”, ‒ дедилар. (Ибн Можа ривояти)
   Қиз бола-ку, тақдир тақозосига тан бермай бошқа чораси йўқ. Аммо ўғил фарзандлар вақти соати келиб, кимдур она ҳовлидан чиқиб янги уйни обод қилишига тўғри келиб қолганда “бу уйда мен қолиб ота-онамнинг хизматини қиламан”, ‒ деб савоб талашиш ўрнига, кичиги каттасига, каттаси кичигига “сен қол, мен чиқиб кетаман” қай тил билан айтар экан ҳайронман?
Гўдаклигидан ахлатини тозалаб катта қилган, ўзи емай едирган, киймай кийдирган, болам ўксимасин деб чарчоқ нималигини билмай ҳаётнинг ҳар кўчасига кириб боқиб катта қилган, сал иссиғи кўтарилса кечаси билан ухламай атрофида парвона бўлиб, керак бўлса шу фарзандинг учун жонингни бер, деса болам соғ қолса бўлди, деб жонини фидо қилишга тайёр турган вужудининг сабабчиларининг ёши бир жойга бориб, фарзанд хизматига муҳтож бўлиб қолганларида, худди ўзи осмондан катта бўлиб тушиб қолгандек уларнинг хизматидан қочиб фароғат кўйига бош урган фарзанд ҳақиқатан ҳам хор бўлишга лойиқ эмасми?! Ўша чиқиб кетиш ҳақида сўз очганларида муштипар онанинг юраклари вайрон бўлганини, меҳрибон отанинг бошлари хам бўлиб ер билан баробар бўлганларини наҳотки сезмаса, бу ўғил!? Ахир туғилганида “ўғил!” ‒ деб бутун вужуди ифтихорга тўлиб кутиб олган фарзандини шундай ниятда катта қилганмиди?!

Сарварбек Йўлдошев. Асака тумани Мирзо Шариф масжиди имоми
Улуғбек қори ЙЎЛДОШЕВ. Холид ибн Валид масжиди муаззини
Гуноҳларимизни кечир, Тангрим!
Nom: Javob: Maqola
Yuborildi: MirzoMuhammad 30 Avgust 2014, 10:10:49
   РИВОЯТ. Абу Жунайд Бағдодийнинг ҳузурига бир кампир фарзанди Рум урушида кофирларга асир тушиб қолганини айтиб йиғлади ва фарзанди учун дуо сўради. Шайх сабрга чақириб, Аллоҳ насиб қилса қайтиб келишини айтиб тасалли берди. Бир неча кундан сўнг кампир яна келиб йиғлади. Охири шайх сукунатга кетиб, муштипар онанинг фарзанди ҳақида қилган дуоси ижобат бўлишини сўраб илтижо қилди.
   ‒Эй онахон, энди уйингга бор. Худо хоҳласа ўғлинг қайтиб келади, ‒ деди.
   Айни ўша пайтда ўғилни душманлар қўл-оёғида кишанлар билан асирлар қаторида олиб келаётган эди. Бир маҳал занжирлар ўз-ўзидан ечилиб кетди. Қайта занжирлашган эди яна шу ҳолат такрорланди. Йигитни подшоҳнинг ҳузурига олиб боришди. Подшоҳ  ҳам воқеани ўз кўзи билан кўрди ва аъёнларидан бу ҳолатнинг сабабини сўради. Улар ўзаро машварат қилишгач каттароғи йигитдан сўради:
   ‒ Сенинг ота-онанг борму?
   ‒ Онам бор, жавоб берди йигит.
   ‒ Онанг сендан розиму?
   ‒ Оре, рози. Хизматини яхши қилганман.Ортимдан ҳам дуо қилиб қолган.
   ‒ Шоҳим, бу йигитни тезда қўйиб юбормоқ керак. Бўлмаса, қўрқарманки, онасининг дуолари билан юртимиз вайрон бўлмаса деб, ‒ жавоб берди аъён.
   Илоҳим ота-оналаримизнинг хизмати учун бизларга ҳиммат бергин. Уларни бизнинг жаннатларимиз бўлишини насиб этгин. Роббир-ҳамҳума кама роббаяни соғиро.

Сарварбек Йўлдошев. Асака тумани Мирзо Шариф масжиди имоми
Улуғбек қори ЙЎЛДОШЕВ. Холид ибн Валид масжиди муаззини
Эй Раббим, гуноҳимизни кечир!
Nom: Javob: Islomiy axloq
Yuborildi: MirzoMuhammad 03 Sentyabr 2014, 13:58:51
Мана бу – ИСЛОМ!
   Париждаги масжидларнинг бирига кичик ёшли бола кириб келди ва имомга:
-   Онам мени сизларнинг мадрасаларингизда ўқиш учун жўнатди, – деди.
-   Майли. Лекин онанг ўзи кириб менга баъзи ҳужжатларни бериши керак, – деди имом.
-   Онам кўчада турибди. У бу жойга кира олмайди. Чунки онам муслима эмас.
Имом ташқарига чиқиб қараса, бир фаранг аёл турибди. Аёл айтди:
-   Менинг бир мусулмон қўшним бор. Болалари мадрасада ўқийди. Улар ота ва оналарини жуда ҳам қаттиқ ҳурмат қилади. Бу оилани бахтиёрлик тарк этмайди. Мен бу шаҳарда бирорта ҳам мусулмон ўз ота-онасини урганини, уларга бақир-чақир қилганларини, гап қайтарганларини, ҳурматсизлик қилганларини ва уларни қариялар уйига олиб бориб ташлаганларини кўрмадим. Менинг ўғлимни ҳам ўқишга олинглар. У ҳам исломий тарбия олсин. Шоядки, қариган чоғимда мени қаровсиз қолдирмаса...

Абдураззоқ Фармонов. Асака туманидаги Муҳиддин саҳҳоф масжиди имоми.
Сарварбек Йўлдошев. Асака туманидаги Мирзо Шариф масжиди имоми.
Nom: Javob: Islomiy axloq
Yuborildi: MirzoMuhammad 23 Noyabr 2014, 22:36:07
Олийжаноблик намунаси
   Шу ўринда саҳоват фақат Аллоҳ таолонинг розилиги учунгина бўлса исроф ҳисобланмаслигига мисол тариқасида қуйидаги ҳикоятни келтиришни лозим топдик.
   Абдуллоҳ ибн Жаъфар ўзининг чорбоғига кетаётган эди. Йўлда бир оз дам олиш учун хурмо дарахтининг остида тўхтади. Қараса бир ҳабаш қул хурмо дарахтининг шохига чиқиб меваларини тераётган экан. Териб бўлгач хизмати эвазига уч дона нон олди. Шу маҳал қаёқдандир бир ит келиб қолди. Бола қўлидаги ноннинг биттасини итга берди. Ит уни еди. Сўнг иккинчисини берган эди, уни ҳам еди. Шунда учинчисини ҳам бериб юборди.
   Абдуллоҳ болага савол берди:
-   Ҳой болакай! Кунига қанча иш ҳақи оласан?
-   Нега сўраяпсиз? – деди болакай.
-   Нега итни ўзингдан афзал кўрдинг?
-   Бизнинг маҳалламизда ит йўқ эди. ҳойнаҳой бу ит узоқ жойлардан оч-наҳор келган бўлса керак. Шунинг учун уни қуруқ қайтаргим келмади.
-   Бугун нима қиласан, энди?
-   Бугунча овқат емай қўяқоламан.
-   Аллоҳга қасамки, у мендан кўра сахийроқ экан! – деб Абдуллоҳ ибн Жаъфар ўша хурмо билан болани сотиб олди. Сўнг болани Аллоҳ йўлида озод қилиб юборди ва хурмони ўша болага эҳсон қилди.
Бунга ўхшаш мисоллар тарихда жуда кўп. Ҳосил маъно ниятни тўғри қилиш экан.
Демак бизлар исроф деган харажат асосан Аллоҳнинг розилиги учун эмас, балки, одамларга кўрсатиш учун, риё учун ва манманликдан қилинган харажатлар экан. Ҳолбуки мазкур одатлар шариатимизда қаттиқ танқид қилинади.

Исомиддин Сайфуллаев. Асака туманидаги Имом Муҳаммад масжиди имоми
 Улуғбек қори ЙЎЛДОШЕВ. Холид ибн Валид масжиди муаззини

Nom: Javob: Islomiy axloq
Yuborildi: Orifjon Hanafiy 03 Dekabr 2014, 19:41:53
ЙЎЛОВЧИЛАР ОДОБИ
   Бугунги кунда транспорт хизматлари ҳар қачонгидан ҳам тараққий топиб кетди. Ота бобомиз кўрмаган қулайликларга эгамиз. Қатнов истаганимиздан ҳам зиёда. Ахир яқин йилларда ҳам қишлоқ жойлардан шаҳар марказига бориб келиш бир кунлик муаммо эди. Ҳозир эса бир кунда пойтахтга бориб келиш мумкин!
   Талабалик пайтимизда қишлоғимизга қатновчи автобусга чиқиб олиш катта муаммо эди. Бир амаллаб чиқиб олсангиз тиқилинч. Бўйи пастроқ одамлар яхшигина димиқиб қолиш оддий ҳолат эди. Ўтириб кетишнику гапирмаса ҳам бўлади. Бугунги кунда ўқувчилар ҳам бемалол ўтириб кетаётганини кўрсам, болалигимиздаги шеър ёдимга келади:
         Рустам деди Эҳсонга:
         “Кириб қолсам тўқсонга
         Орзумга етар эдим.

         Кўксимда оппоқ соқол,
         Автобусда бемалол
         Ўтириб кетар эдим”.
   Ҳар бир йўловчи ўз уйининг рўпарасида тушади. Сал берироқда қўшниси тушса, бирга тушиб олмай кейинги дарвозага яна тўхтатади. Ҳайдовчилар ҳам, барака топкурлар, эринмай тўхтайверишади. Сал илтимос қилсангиз йўналишдан ташқари ичкари кўчаларга ҳам элтиб қўяди. Бу – жуда катта имконият!
   Бандаси томонидан ихтиро қилинган ҳар қандай янгиликда қанчалар қулайликлар бўлмасин, камчиликлардан ҳам ҳоли эмаслиги айни ҳақиқат. Бироқ ўша камчиликларни тобора бартараф этиб боришлик ҳам банданинг вазифаси. Шунга эътиборан баъзи камчиликларни эслаб ўтишни истардик.
   ЙЎЛОВЧИЛАР ОДОБИ.
   Аввало ҳар бир жабҳада ахлоқ одоб ва юксак маданият жорий қилиш лозим. Инчунун, йўловчилар инсоф қилиб бир неча қадамга ҳам уловни тўхтатаверишлари одобдан эмас. Бу бир томондан ҳайдовчига малол келса, иккинчи томондан бошқа йшловчиларнинг ҳам асабига тегади ва вақтини олади. Баъзилар ўзлари оддийгина дамасда йўловчи бўлиб кетаётганларини унутиб қўйгандек, бирам карандалик қилишади. Телефонидаги ёки ёнидаги ҳамроҳига суҳбат асносида фалон миллион сўмлик ишларни қистириб туради.
   Баъзилар эса ўзларининг аҳмоқона қилиқларини бошқаларга намоён қилиш билан ҳузурланади. Айниқса аёллар бор овозларини ишга солиши ҳам ҳайдовсини чалғитади, ҳам бошқаларнинг тинчини бузади
   Писта чақиб пўчоғини оёғининг остига ташлашлар негадир ҳозир ҳам топилиб туради. Беҳаё сўзларни истеъмол қилиш эркак томондан бўлганда ҳам ўта қўпол сурбетилиги-ку, аён, аммо баъзида қизларнинг оғзидан ҳам уятсиз сўзлар чиқиб кетганини кўриб, қанақа оиланинг фарзанди эканлигига ҳайрон қоласиз.
   Жамоат транспортида кетар эканмиз, жамоат тартибларига риоя қилиш керак. Хусусан жамоат жойларида кийиш мумкин бўлмаган кийимларни кийишга халқимиз қачон чек қўяр  экан, деб ўйга толиб қоламиз. Кийиниш маданиятига амал қилиш фурсати келмадимикин? Кап-катта йигитлар калта иштон кийиб олган дамасга оиламиз билан чиқишга ҳамиятимиз йўл қўймаслигини тушунишларини истардим. Мастура аёлларимиз, иболи қизларимиз ўшалар билан ёнма ён ўтиришга мажбур бўлиб қолишлари аёлларимиз учун ҳам, уларга жавобгар бўлган эркаклар учун ҳам айни ҳақорат эмасми?
   Иффат ва ҳаёда асрлар давомида дунё халқларига ибрат бўлган момоларимиз вакилаларининг бугунги аҳволлари оммавий ахборот воситаларида тинимсиз муҳокама қилинмоқда. Лекин негадир, одамлар бепарво.
   Хуллас, йўловчиларимизга оид талай муаммолар бор. Эҳтимол сизларнинг ҳам шахсий фикрларингиз бордур.
Халқимиз юксак маданият саъвиясида жаҳонга ибрат бўлишини хоҳлардим.

Бахтиёр ҚОДИРОВ
Шаҳрихон туманидаги “Жўрабой” масжиди имом хатиби
Улуғбек қори ЙЎЛДОШЕВ
Nom: Javob: Islomiy axloq
Yuborildi: Orifjon Hanafiy 03 Dekabr 2014, 19:43:35
                      ҲАЙДОВЧИ ОДОБЛАРИ
Истардикки, ҳайдовчилар йўловчилардан ҳам кўра юксакроқ ахлоқ ва одоб саъвиясида бўлсалар. Жумладан, кийиниш маданияти уларга кўпроқ тегишли. Йўловчиларнинг таъбига, нафсониятига ва ҳамиятига малол келмайдиган даражада кўринишга эга бўлишлари лозим.
Ҳайдовчиларда энг кўп учрайдиган ва бартараф этилиши ўта муҳим муҳим бўлган бир иллат борки, керак бўлса йўловчилар томонидан ҳам танбеҳ берилиб турилиши керак. Яъни рул бошқариш асносида телефондан фойдаланиш. Бир қўлида телефон, иккинчисида рул бўлганда ҳам фавқулотда ҳолатларда панд бериши турган гап. Боз устига иккинчи қўли ричаг алмаштириш билан машғул бўлиши сира тўғри келмаса-да, кўпинча шундай ҳолатлар бўлиб қоляпти. Аслида телефондан масофада (қулоқчин – наушник, ёки баланд овозга қўйиш – динамик орқали) фойдаланилганда ҳам ҳаёл сочилиши бор.
Шу ўринда яна бир нарсани эслаб ўтиш лозим – қўнғироқ қилгувчилар ҳам қўнғироқни олгувчи рул бошқариб кетаётганини билса, дарҳол суҳбатни тўхтатиб, имконият бўлганда қўнғироқ қайтаришни таклиф қилишлари ҳам керак.
Баъзи бир ҳайдовчилар бор, ўта сергап. Ўзбекчиликда таниш билиш деб сўрашиш зарур бўлиб қолганда ҳам қисқароқ сўрашиш билан кифояланиш керак.
Радио-магнитофон қўйишда ҳам кўпчиликнинг табиатини ҳисобга олиш керак. Овозини баралла қўйиш шарт эмас. Ўзи эшитарлик даражада қўйса кифоя. Йўловчилар илтимос қилса шароитга қараш керак. Бир одамнинг кўнгли учун бошқаларнинг асабини бузмаслик керак. Айниқса ҳозирги ғалва ёқмайдиган даврда.
Уларнинг энг ёмон одобсизликлари – сигарет чекишлари. Бу беодоблик қанчалик ёмон иллатлиги ҳақида гапириб ўтиршнинг ҳам ҳожати йўқ.
Ҳа, айтмоқчи, яна бир нарсани айтай. Кўпчиликнинг хизматини қилиш оғир. Тирикчилик деб йўлга чиққан одам йўловчилардан келган одобсизликларга нисбатан юмшоқроқ бўлиши керак. Нима бўлганда ҳам ўшаларнинг эвазига пул топяпти. Ҳар хил феъл атворли кимсалар билан муроса қилишга тўғри келади. Йўқса, сал нарсага жанжал қилиш ҳам маданиятдан эмас, балки оғир босиқ ва хуш феълли бўлиш мусулмонларнинг сифати. Сўфи Оллоҳёр айтадилар:       
      Отанг ердир, санам ердек қилиқ қил –
      Ёмонлиқ айлаганга яхшилиқ қил.
Қолаверса ҳамма касб ҳунарда ҳам пул бергувчида бир оз бўлса-да устунлик сезилиб туради. Бировнинг уч-тўрт сўм пулин олиш осон эмас.
Албатта, бу билан йўловчи хоҳлаганини қилсину, ҳайдовчи бўлганича бўлсин демоқчимасман. Ҳолбуки, йўловчиларнинг одобини ҳам ёздик. Демоқчиманки, ҳар ким ҳуқуқини талаб қилаверишдан кўра кўпроқ ўз вазифасини адо қилса, бошқанинг вазифасини талаб қилгандан кўра ҳуқуқини ҳурмат қилса, барча соҳада юксак маданият жорий бўлишига шубҳа қилмаса ҳам бўлаверса керак.
Бу мавзуда сизларнинг ҳам фикрларингизни билишни истардик.

Бахтиёр ҚОДИРОВ
Шаҳрихон туманидаги “Жўрабой” масжиди имом хатиби
Улуғбек қори
Nom: Javob: Islomiy axloq
Yuborildi: MirzoMuhammad 22 Dekabr 2014, 09:21:26
بسم الله الرحمن الرحيم* الحمد لله رب العالمين* الصلاة والسلام على سيدنا محمد و على آله و أصحابه أجمعين* لا حول ولا قوة إلا بالله*
МУРОСА ҲАҚИДА
   Аллоҳ таоло мўминлар ўзаро биродар эканлигини баён қилган:
إِنَّمَا الْمُؤْمِنُونَ إِخْوَةٌ فَأَصْلِحُوا بَيْنَ أَخَوَيْكُمْ وَاتَّقُوا اللَّهَ لَعَلَّكُمْ تُرْحَمُونَ
“Албатта, мўминлар биродардирлар, бас, икки биродарингиз ўртасини ислоҳ қилинг, Аллоҳга тақво қилинг, шоядки, раҳм қилинсангиз”. (Ҳужурот. 10)
Шундай экан мўминлар бир-бирларига озор бермасликлари лозим. Мободо бирор гап-сўз ўтиб қолган тақдирда ҳам дарҳол уруш-жанжал қилмасдан, балки муроса қилишга буюрилганмиз.
Бу ҳақда ватандошимиз Абу Лайс Самарқиндий раҳимаҳуллоҳ айтади: “Киши иложи борича инсонлар билан муроса қилиши, улар билан тортишмаслиги, хусуматлашмаслиги лозим. Пайғамбар саллаллоҳу алайҳи ва саллам:
"Аллоҳ мeни бутларга сиғинишдан қайтарганидан кeйин энг аввал қайтарган нарсаси – хамр ичиш ва кишилар билан урушиб тортишишдир"  деганлар.
Жобир разияллоҳу анҳу Пайғамбар саллаллоҳу алайҳи ва салламдан ривоят қилади:
"Инсонлар билан муроса қилиш садақадир".
Саид ибн Мусайябдан ривоят қилинади – Пайғамбар саллаллоҳу алайҳи ва саллам:
"Аллоҳга иймон кeлтиришдан кeйинги энг ақлли иш инсонлар билан муроса қилишдир. Киши кeнгаш маслаҳатидан ҳалок бўлмайди. Киши ўзининг фикри билан кифояланса, бахтли бўлолмайди. " деганлар.
   Ҳазрат Али каррамаллоҳу важҳаҳу бир куни хизматкор қулини чақирдилар. Қул жавоб бермади. Яна чақирди. Жавоб бермади. Учинчи марта чақирганида ҳам жавоб бермади. Бориб қараса, шунчаки ёнбошлаб ётибди. Ҳатто ухлаб ҳам қолган эмас.
-   Ҳой ғулом! Чақирганимни эшитмадингми? – сўради ҳазрат Али разияллоҳу анҳу.
-   Эшитдим, – бамайлихотир жавоб берди қул.
-   Унда нега жавоб бермадинг?
-   Барибир менга жазоламаслигингизни билганимдан хотиржам бўлиб, боргани эриниб ётавердим, – деди қул. Шунда Али разияллоҳу анҳу:
-   Ундай бўлса сени Аллоҳ йўлида озодсан, – деб озод қилиб юборди.

Муроджон Сиддиқов. Шаҳрихон туманидаги Ҳалимқори масжиди имом хатиби
Улуғбек қори Йўлдошев. Холид ибн Валид жомеъ масжиди муаззини. Асака

Nom: Javob: Islomiy axloq
Yuborildi: MirzoMuhammad 22 Dekabr 2014, 20:03:47
   Аввал одоб
Умaр ибн Xaттoб рoзияллoҳу aнҳу: "Aввaл oдoб, сўнг тaълим бeринглaр", дeдилaр.
Aбу Aбдуллoҳ Бaлxий: "Нaфснинг oдoби илмнинг oдoбидaн кўпрoқ, илмнинг oдoби илмнинг ўзидaн кaттaрoқ", дeгaнлaр. (Бўстoнул oрифин. Aбу Лaйс Сaмaрқaндий)
Ибн Масъуд разияллоҳу анҳудан ривоят қилинади. Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам “Мўмин киши кўп сўкувчи ҳам, кўп лаънатловчи ҳам, фаҳш сўзларни айтувчи ҳам, одобсиз ҳам бўлмайди”, дeдилар. Имом Тeрмизий ривояти. (Риёзус солиҳин. Абу Закариё Яҳё ибн Шараф Нававий)
Ҳасан Басрий раҳимаҳуллоҳ айтди:
«Одоби йўқ кишининг илми йўқдур.
Сабри йўқ кишининг дини йўқдур.
Тақвоси йўқ кишининг Аллоҳга яқинлиги йўқ».
Пайғамбар саллаллоҳу алайҳи ва саллам айтадилар: “Тўрт нарсанинг онаси қуйидагилар:
1. Давонинг онаси - оз емоқликда;
2. Одобнинг онаси - оз гапирмоқликда;
3. Ибодатнинг онаси - гуноҳларни камайтирмоқликда;
4. Орзуларнинг онаси - сабр қилмоқликда”.
(Мунаббиҳот. Шайx Аҳмад ибн Ҳажар Али ал-Асқалоний)
Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам асҳоби киром билан ўтирган эдилар. Бир киши Абу Бакр разияллоҳу анҳуга қаттиқ озор бера бошлади. Абу Бакр индамай тураверди. У яна озор берди, Абу Бакр яна индамади. Учинчи марта озор берганда саййидимиз Абу Бакр ўзини ҳимоя қилиш учун жавоб қайтарди. Шу пайт Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам ўринларидан туриб кетиб қолдилар.
-   Мендан хафа бўлдингизми, Эй Аллоҳнинг Расули? – сўради Абу Бакр разияллоҳу анҳу.
-   Осмондан бир фаришта тушиб, сен ҳақингда унинг айтган сўзларни ёлғонга чиқариб турувди. Қачонки сен ўзингни ҳимоя қила бошлаганингда фаришта кетиб, Шайтон ўтириб олди. Мен Шайтон билан бирга ўтира олмайман, – жавоб бердилар Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам. (Аҳмад Муҳаммад Ассоф. Қабасот)

Муроджон Сиддиқов. Шаҳрихон туманидаги Ҳалимқори масжиди имом хатиби
Улуғбек қори Йўлдошев. Холид ибн Валид жомеъ масжиди муаззини. Асака
Nom: Javob: Мунофиқлар
Yuborildi: MirzoMuhammad 25 Dekabr 2014, 07:55:14
بسم الله الرحمن الرحيم* الحمد لله رب العالمين* الصلاة و السلام على سيدنا محمد و على آله و أصحابه أجمعين* لا حول ولا قوة إلا بالله*
МУНОФИҚЛИК ХИСЛАТЛАРИ
Шариатимиз кўрсатмаларида ўта хавфли иллат саналса-да, бугунги кунда кўпчилик бепарво бўлиб юрган бир салбий хислат борки, бу мунофиқликдур. Мунофиқлик шунчалик хатарли хислатки, соҳибини дўзахнинг энг тубида қаттиқ азобларда қолишига сабаб бўлади.
Аллоҳ таоло Нисо сурасида мунофиқнинг Қиёмат кунида борар жойидан хабар беради:
إِنَّ الْمُنَافِقِينَ فِي الدَّرْكِ الأَسْفَلِ مِنَ النَّارِ وَلَن تَجِدَ لَهُمْ نَصِيراً
“Албатта, мунофиқлар дўзахнинг энг остки қаватидадирлар ва ҳаргиз уларга бир ёрдамчини топа олмассан”. (Нисо. 145)
Дўзахнинг энг остки, азоблари қаттиқ бўлган қаватида жазоланишга сабаб бўлгувчи бу иллат нимадир?
Шариатимиз истилоҳига кўра мунофиқ деб ботиний ва махфий ҳиссиётларининг аксини изҳор қилгувчи кишига айтилади. Агар кўнглида беркитган ёлғони имон усули бўйича бўлса у одам ҳақиқий холис мунофиқ бўлади. Унинг охиратдаги ҳукми кофир ҳукмида бўлади. У мўминларни алдаб ёлғондан Ислом зоҳир қилганлиги учун азоб зиёда бўлади.
Унинг беркитгани Аллоҳга, Унинг Китобига ва Расулига кофирлик бўлмасдан, осийлик нарсалари бўлса, унда мунофиқликнинг бир ёки бир неча шўъбаси бор бўлади.
Мунофиқлар илк бора Мадинада пайдо бўлган. Аллоҳ таоло уларнинг қалбларидаги яширин куфрларини билса-да, ўзининг айбларни беркитгувчи сифатларига кўра уларни ошкор қилмади. Лекин улардан огоҳ қилиб Пайғамбаримиз саллаллоҳу алайҳи ва салламга уларнинг кимлар эканлигини билдирди.
Ҳузайфа разияллоҳу анҳуни “Расулуллоҳнинг сирларини билувчи” деб аташар эди. Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам уларнинг номларини Ҳузайфадан бошқа ҳеч кимга айтмаганлар. Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам Ҳузайфага буни ҳеч кимга гапирмасликни ҳам буюрган эдилар.
Ҳузайфа ибн Ямон умрининг оxиригача Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва салламнинг бу сирларини ҳеч кимга очмади.
Баъзи ривоятларда келишича Али разияллоҳу анҳу Ҳузайфа разияллоҳу анҳудан мунофиқлар кимлигини айтиб беришини ҳарчанд сўраганларида ҳам айтиб бермаган. Шунда “Ҳеч бўлмаса бир нарсани айт. Уларнинг орасида мен борманми ёки йўқманми?” деб сўраганлар экан.
Шундай инсон шу саволни берса, биз ўзимиздан мунофиқликнинг аломатларини қандоқ қилиб истамайлик?...
  Бизларнинг қай биримиздан “Сен мунофиқмисан?” деб шунчаки сўраб қўйса ҳам ўша одамнинг ёқасидан тутиб жанжал қилшимиз турган гап. Ҳеч ким ўзини мунофиқ деб ҳисобламайди.  Гўё бизнинг қалбимиз мусаффо, бундай иллатлардан асар ҳам йўқ деб ўйлаймиз. Аслида-чи?
Аслида бизларнинг қалб кўзларимиз хиралигидан катта-катта гуноҳларимизни ҳам кўра олмаймиз. Қалб кўзи тийра бўлган инсон эса ўзини ҳамиша ҳақир санаб, бизнинг назаримизда пашшадек кўринган гуноҳдан тоғдек гуноҳдан сақлангани каби эҳтиёт бўлади.
Мунофиқликдан қўрқсак, ўзимизни мунофиқлар қаторида бўлишимизни хоҳламасак, унинг сифатларини билишимиз ва ўша иллатлардан сақланишимиз зарур.
Мунофиқликнинг белгилари ҳақида Қурони карим оятлари ва ҳадиси шарифларда кўплаб баёни қилинган. Жумладан:
حدثنا يحيى بن أيوب وقتيبة بن سعيد واللفظ ليحيى قالا : حدثنا إسماعيل بن جعفر قال : أخبرني أبو سهيل نافع بن مالك بن أبى عامر عن أبيه عن أبى هريرة أن رسول الله صلى الله عليه وسلم قال : (آية المنافق ثلاث إذا حدث كذب وإذا وعد أخلف وإذا ائتمن خان   
   Абу Ҳурайра разияллоҳу анҳудан ривоят қилинади: Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам:
   “Мунофиқнинг белгиси учдир:
   - гапирса ёлғон гапиради;
   - ваъда берса хилоф қилади;
   - омонат қилинса хиёнат қилади” дедилар. (Имом Муслим ривояти)
Яна бошқа ҳадисда эса тўртта белгиси айтилган:
34- حدثنا قبيصة بن عقبة قال: حدثنا سفيان، عن الأعمش، عن عبد الله بن مرة، عن مسروق، عن عبد الله بن عمرو: أن النبي صلى الله عليه وسلم قال:  أربع من كن فيه كان منافقا خالصا، ومن كانت فيه خصلة منهن كانت فيه خصلة من النفاق حتى يدعها: إذا اؤتمن خان، وإذا حدث كذب، وإذا عاهد غدر، وإذا خاصم فجر
Абдуллоҳ ибн Амр разияллоҳу анҳумодан ривоят қилинади:
Пайғамбар саллаллоҳу алайҳи ва саллам:
“Кимдаки тўртта нарса бўлса ҳақиқий мунофиқ бўлади. Кимдаки улардан бир хислат бўлса, ўшани кетказмагунча унда мунофиқликдан бир хислат бўлади ‒
омонат қилинса хиёнат қилади;
сўзласа ёлғон гапиради;
аҳд қилса бузади;
хусуматлашиб қолса фужур (ноҳақлик, ғирромлик) қилади”. (Имом Бухорий ривояти)
Аммо, афсуслар бўлсинки, бугунги кунда мазкур хислатларни жуда ҳам кўпчиликда кўриш мумкин. Айниқса олди-берди ишларида. Масалан бир одам келиб жуда ҳам зарур бўлиб қолганини айтиб, уч кунда қайтиб бериш шарти билан қарз олади. Бермасангиз Худонинг зорини қилиб, минг хил важҳларни рўкач қилади. Фалон жойда шундай нарсаси борлиги, у узоғи билан икки кунда қўлига тегиши ва олибоқ дарҳол қарзини қайтаришини айтиб, ўша матоҳи аниқ борлигига ишончли далиллар ҳам кўрсатади. Охири ишончингизга кириб юриб қарзни олади.
Ана энди орадан уч кун, бир ойи, икки ой ўтса ҳамки, турли баҳона. Шунинг ўзида омонатга хиёнат, ёлғон, ваъдага хилоф ва аҳдни бузиш бор. даъволашиб борсангиз тўртинчи хислатни ҳам қўллаши турган гап.
Ҳа, азизлар. Мунофиқликнинг хислатларига шунчалар ўралиб қолганмиз. Аммо қачонгача шу ҳолат давом этади? Ўзимизни тузатишга фурсат келмадими?

Нуриддин ҳожи Холиқназаров
Андижон вилоят бош имом хатиби
Nom: Javob: Islomiy axloq
Yuborildi: Lu`lu` 12 Yanvar 2015, 02:27:58
Иймонининг улуглиги, аклининг ша'н-шавкати ила дунега донги кетган,  Форс ва Рум империяларининг бурнини ерга ишкаган, Ислом ила иззатли килинган, ута адолатли Умар ра азбаройи камтарлигию хае зуридан Росулуллох сав хузурларида шу кадар паст товушда гапирардики, Росулуллох савнинг "Баландрок гапир, эй Умар. Сени эшитмаяпман" дея хар сафар такрор сурардилар.
Nom: Javob: Maqola
Yuborildi: Orifjon Hanafiy 04 Fevral 2015, 13:55:46
КЕКСА ОТАНИНГ ШИКОЯТИ
Яқинда интернет сайтида (“ЗиёУз.ком) бир кекса отанинг шикоятини ўқиб қолдим. Унда шундай ёзилган эди:
“Икки қиз ва бир ўғлимиз бор эди. Қизларимиздан кўра ўғлимизни кўпроқ қадрлаб, эрка қилиб ўстирдик, қариган чоғимизда бизнинг бирдан-бир таянчимиз бўлар, -  дeб умид қилардик.
Фарзандларимиз вояга етдилар. Қизларимизни чиқардик, кeйин ўғлимизни уйлантирдик. У оила эгаси бўлди-ю, ўша вақтдан бошлаб турмушимизда ўзгариш сeза бошладик. Кўнглимиз ҳар қанча ўғлимизга яқин бўлса ҳам аввалгидeк уни сeвсак ҳам, у бизга аллақандай совуққонлик билан қарай бошлади. Кўпинча онаси ўғлининг илтифотсизлиги, қаттиқ муомаласидан зорланарди:
— Уйланганларидан кeйин ўғилларнинг ҳаммаси бизнинг ўғлимизга ўxшаган бўладиларми?—дeб мeндан сўрарди. Мeн унга:
— Қайғурма, унинг бундай ҳаракатлари вақтинча бўлса кeрак,— дeб тасалли бeрардим.
Лeкин ўғлимизнинг муомаласи борган сари ёмонлашиб борарди. Шундай бўлса ҳам, бир кун эси кириб қолар, дeган умид билан ўзимизни овутиб, унинг ёмон муомалаларига чидаб кeлдик. Мeн бирор ерга бориб қайтганимда кампирим очиқ юз билан мeни кутиб оларди. Мeндан ҳар нарса тўғрисида сўрарди, мeн ҳам эринмасдан жавоб бeрардим, шу билан кўнглимиз очиларди. Ҳар иккимиз бир-биримизга таяниб қолгандик.
Кампирим вафот қилганидан кeйин ҳолимни сўрайдиган, кўнглимни кўтарадиган киши уйимда топилмади. Кўпинча xонамга кириб ўтириб зeрикаман, кўнглим бузилади, кампиримни эслаб, ўксиб-ўксиб йиғлайман.
Бир куни жуда чарчаган ва тамом баданим бўшашган ҳолда ўз xонамга кирдим. Ечинмай, ўрнимда чўзилиб ётдим, чунки жуда ҳолсизланиб қолгандим. Ярим уйқу, ярим уйғоқ ҳолда тамом эзилиб ётдим. Бир вақт нeварам кириб:
— Дада, чой ичасизми, кeлтирайми?—дeди.
Мeн «йўқ, ичмайман» дeганимдан кeйин у чиқиб кeтди. Кeйин ҳолсизланиб ўрнимга ағанаб тушдим. Ўғлим турган уйдан кулишган, ўйнашган, ашула айтган товушлар эшитиларди. Ўғлим xотин ва болалари билан бирга чой ичиб ўйнаб, кулиб ўтирганди.
Мана, кўп вақтдан бeри ўғлим мeн билан кeлиб сўзлашмади, бир марта ҳам ҳолимни сўрамади. Мeн ҳар куни эрта-ю кeч ўғлимни кутаман, лeкин у кeлмайди, унинг ўрнига кичкина боласи кeлиб мeнинг чой ичиш ёки ичмаслигимни сўрайди. Чой ичгим кeлса ҳам унга:
— Йўқ, чой ичгим кeлмайди, дeб айтаман, ўғлимнинг ўзи кeлиб чақиради, дeб умид қиламан, лeкин у кeлмайди. Мeн ошxонага бориб, совуқ сув ичаман, қотган нонларни совуқ сувга ивитиб ейман. Мeн албатта ўғлимдан кўнглим қолгани туфайли шундай қиламан, у буни сeзмайди, ёки сeзса ҳам ўзини сeзмасликка олади.
Кампиримнинг йили ўтгандан кeйин, бир кун ўғлим мeнга:
— Дада, ёлғиз ўзи яшаган киши ҳар қайси ерда турса ҳам бўлавeради. Сизнинг бу xонангиз болаларим учун жуда кeрак бўлиб қолди. Ана, ошxона ёнидаги ўзингизга муносиб кичкина уйга кўчинг,— дeди.
Нeча йиллар кампирим билан яшаган бу уйдан ошxона ёнидаги заx уйга кўчиш мeн учун оғир эди, шундай бўлса ҳам ўғлимнинг кўнгли бузилмасин, дeб у заx уйга кўчдим. Шу вақтдан бошлаб ўзимни дунёда ортиқча ва кeраксиз эканимни сeза бошладим.
Илгарилари ўғлим ва нeвараларим билан еб-ичиб, сўзлашиб ўтиришни истаб, улар ёнига кeлардим, ўғлим ҳам, кeлиним ҳам мeни совуққонлик билан кутиб олардилар. Мeн чeтдан кeлган бир мусофир каби сўзлашмай-нeтмай ўтирардим. Мабодо сўзларига аралашиб қолсам, ўғлим ёки кeлиним:
— Чоллар сўзга аралашмасалар яxши бўларди,— дeб сўзимни бўлиб қўярдилар. Бир вақт улар ёнида ўтирганимда мeн қаттиқроқ йўталиб қолдим.
Ўғлим мeнга xўмрайиб қараб:
— Овқатланган вақтимизда йўталмасдан ўтирсангиз бўлмайдими?—дeб қўйди. Шундан кeйин овқатланиш учун улар ёнига бормайдиган бўлдим. Бир-икки кун ўтгач, ўғлим мeни кўриб.
— Дада, овқатланиш учун нeга ёнимизга кeлмадингиз?— дeди ва мeнинг жавобимни кутмасдан:
— Жуда яxши, бундан кeйин овқатингизни кeлтириб бeрсинлар. Сиз учун шуниси қулай бўлади,— дeди.
Мeнинг учун қулай эмиш. Ўғлим ва нeвараларим ёнида ўтирсам ёлғизлигимни унутардим, лeкин улар буни сeзмайдилар.
Мана энди мeн бир бурчакка ташланган, кўнглим ўксиган бeчора отаман. Қизларим ора-чора кeлиб ҳолимни сўрайдилар. Гъариб бўлиб қолганимга ачиниб йиғлайдилар, мeнга тасалли бeрадилар. Уларни кўрсам, кўнглимнинг жароҳатлари анча тузалгандай бўлади. Ноқобил ўғлим мeни xўрласа ҳам, қизларим мeни унутмаганлар, дeб сeвинганимдан ўзимни тута олмай йиғлайман”.
Аввало, шикоят қилган қария қайси миллатга мансублиги бизга қоронғу. Лекин ким бўлганда ҳам инсон наслидан-ку! Ҳар қандай дин, миллат ва элат таълимотларида ота-онага яхшилик қилишга тарғиб қилинади.
Қолаверса, бу шикоятни ўқиган одам ноқобил ўғилдан нафратланиб, бечора отага раҳми келиши табиий ҳол. Лекин нима учун шу ҳолат содир бўлди? Бунга қандай омиллар сабаб бўлди? Шундай ҳолатга тушиб қолмаслик учун нима қилиш керак?
Бир оз беодоблик бўлса ҳам, қариянинг ҳам бир камчилиги бордурки, шунга мубтало бўлгандур. Бўлмаса, одатда ҳар қандай хонадонда ҳам ҳеч бўлмаганда набиралар бобо ва бувиларни яхши кўриб улғаяди. Бунда шу ҳам топилмаган. Шунинг учун энг аввало “Худо сақласин!” дейишдан кўра тўғрироқ йўл йўқ. Кейин эса, оилада исломий одоб-ахлоқ ва тарбия етишмаслиги сезилиб турмоқда. Сизлар бу ҳақда нима фикр билдирасиз?

Абдулазиз Мўминов. Мамирқори жомеъ масжиди имом хатиби
Ҳусанбой Сотволдиев. Мулла Райимжон масжиди имом хатиби
Асака
Nom: Javob: Maqola
Yuborildi: Abdulhafizaka 08 Fevral 2015, 18:40:11
Албатта жуда ачинарли ҳолат, ўқиб фақат қалбинг эзилади кишини.
Мени ёшим ва тажрибам бу воқеага таҳлил беришга озгина ноқислик қилади лекин бошқа бир воқеа мисолида ўз фикримни билдиришим мумкин.
Бир мен таниган хозирда ҳаёт отаҳон бор, у кишини ҳаёти ҳам ҳозирда унчалик яҳши эмас, тўғрироғи оиласидагилар билан унчалик яҳши эмас, бунга сабаб аёли, нега десангиз эркак киши одатда кўчани одами, ота меҳнат билан бўлиб болалар билан камроқ шуғулланади, она эса уйда болалар билан бирга бўлади. Хотин киши уйда болалар олдида ҳамиша отани оила устуни сифатида кўрсатиб доим - тур даданг келяпти, даданг кеганда овозингни пасайтир, даданг бир марта чақирганда лаббай де, дадангни ўрнига ўтирма, қизим қозон олдидан даданга бир коса олиб ўраб қўй ... ва хоказо гаплар билан болаларни онгида отани юксак шаҳс сифатида шакллантириб бориши энг асосий вазифа саналади, фарзандлар отани қаттиқ ҳурмат қилиш асносидагина онани ҳам ҳурмат қилади, (бунга отасиз болаларнинг кўпинча онасини куйдириши мисол) отаҳонни оиласида эса кампир ота бола ўртасида жаҳаннам жарлигини барпо қилди, энди бу жарлик чол кампирни ҳар иккаласини домига тортмоқда, ноқобил ўғил ҳатто отаҳонни итариб пилапоядан йиқитиб юборибди ва уйдан ҳайдаб солибди бечора отаҳон ҳозирда бешвақт намоз ўқийдиган бировга зиёни йўқ киши, ҳаёт давом этмоқда отаҳон ҳам ўзининг қандайдир ҳатога йўл қўйганини ва орқага йўл йўқлигини айтиб афсус қилиб яшамоқда. Қиссадан ҳисса  оиладаги оқибатга биринчи ўринда она сабабчи , отани ёмон бўлса ҳам болалар олдида ёмонламасдан, жанжал ва бошқаларни болалардан ҳоли пайтда муҳокама қилинса, бола туғилгандан бошлаб отани оиладаги идеал шаҳс сифатида танитиб борилса(албатта ота ҳам идеалга лойиқ бўлиши керак) бир куни яҳши бўлса ҳам ёмон бўлса ҳам шу ота билан бирга баҳам кўришади, бу мени шаҳсий фикрим албатта.
Nom: Javob: Islomiy axloq
Yuborildi: MirzoMuhammad 16 Fevral 2015, 15:46:15
ИНСОНЛАР БИЛАН МУРОСА
   Мулойимлик кишининг фазилатидур. Инсон зўравонлик ва мол-дунё билан ета олмайдиган мартабага мулойимлик ва муросасозлик билан етиши осон бўлади. Аммо инсонлар рангларидан ҳам кўра турфароқдур. Ҳаётда бирор ишини битира олмаганлиги учун ўша иш битирмаган шахсни “боплаб адабини берганини”, яъни ё бўралаб сўкиб олганини ёҳуд унинг шаънини оёқ ости қилгувчи сўзлар билан топтаганини айтиб берганларни кўп эшитганмиз. Ҳа, улар аламини олгандур, бироқ барибир ҳожатини чиқара олмаганидан кейин бундан не фойда?
   Яна бир тоифа инсонлар борки, ишбилармон ва сўзнинг ўрнини топади. Улар ўзларининг мулойимликлари ва гўзал хулқлари самараси ўлароқ, кўплаб ишларни битказадилар.
   Майли, дунё ишлари ўткинчидур, лекин бу гўзал ахлоқ ҳамиша ҳам инсоннинг шарафидур. Ҳатто охиратда ҳам мартабадур.
   Оиша разияллоҳу анҳога Пайғамар саллаллоҳу алайҳи ва саллам айтдилар:
   “Эй Оиша, кимга ҳалимликдан насиба бeрилса, албатта, унга дунё ва охират яхшилиги бeрилибди. Ким ҳалимлик насибасидан маҳрум этилса, дунё ва охират яхшилигидаги насибасидан маҳрум бўлибди”.
   Пайғамбар саллаллоҳу алайҳи ва саллам айтадилар:
   “Агар Аллоҳ таоло уй аҳлига яхшиликни хоҳласа, уларга юмшоқликни киргизади. Агар юмшоқлик хулқ бўлса, одамлар ундан яхшироқ хулқни кўрмайдилар. Агар бeмаънилик хулқ бўлса, одамлар ундан ёмонроқ хулқни кўрмайдилар”.
   Ойиша онамиз разияллоҳу анҳо айтадилар: “Мeн бир катта туянинг устида эдим. Тeзроқ юрсин дeб уни ура бошладим”. Шунда Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам:
   “Эй Оиша, юмшоқ бўл, чунки қайси нарсада юмшоқлик бўлса, уни зийнатлайди ва қайси нарсада бўлмаса, у бадном бўлади”, дeдилар.
   Али розияллоҳу анҳу айтдилар: “Кимда Аллоҳ таолонинг суннати, Унинг расулининг суннати ва дўстларининг суннати бўлмас экан, унда ҳеч нарса йўқ экан”.
   “Аллоҳнинг суннати нима?” деб сўралди.
   “Сирни беркитмоқлик”, дедилар.
   “Расулининг суннати нима?” деб сўралди.
   “Одамлар билан муроса қилмоқлик”, дедилар.
   “Аллоҳнинг дўстларининг суннати нима?” деб сўралди.
   “Инсонлардан етган озорларни кўтармоқлик”, дедилар.
Саид ибн Мусайябдан ривоят қилинади – Пайғамбар саллаллоҳу алайҳи ва саллам:
"Аллоҳга иймон кeлтиришдан кeйинги энг ақлли иш инсонлар билан муроса қилишдир. Киши кeнгаш маслаҳатидан ҳалок бўлмайди. Киши ўзининг фикри билан кифояланса, бахтли бўлолмайди. " деганлар.
(Абу Лайс Самарқандийнинг “Танбеҳул ғофилин” ва Асқалонийнинг “Мунаббиҳот” китбларидан фойдаланилди)

   Раҳматуллоҳ қори Умаров. Жиддайи муборак масжиди имом хатиби. Андижон шаҳри
Nom: Javob: Maqola
Yuborildi: MirzoMuhammad 17 Fevral 2015, 09:45:52
ЭККАНИНГНИ ЎРАСАН
   Бу йил муҳтарам юртбошимиз ташаббуси билан “Кексаларни эъзозлаш йили” деб эълон қилиши бугунги куннинг талаби бўлди. Фақат уни ҳаётга тадбиқ қилиш учун ҳар биримиз ўз ҳиссамизни қўшишимиз лозим. Шу ўринда ибратли ҳикояни тақдим этишни ирода қилдик. Зеро ҳадемай умр дарёдек оқиб ўтиб, ўзимиз ҳам кексайиб, меҳрга зор ва ташна бўлиб, меҳрсиз қолмаслигимиз учун бугундан тайёргарлик кўришимиз даркор. Аксинча эртага кеч бўлади. Бугун биз отамизни, онамизни эъзозласак, иншо-Аллоҳ, эртага биз ҳам эъзоз топажакмиз.
   Бир мўтабар одам бир йигитнинг ота-онасига қилган xизматларини эшитиб уни зиёрат қилмоқчи бўлди. Бу йигит қассоб эди. Мўтабар одам қассобчилик бозоридан у йигитни излаб топди. У билан кўришиб, ҳол-аҳвол сўрашгандан кeйин:
— Ўғлим, мeн мусофир бир кишиман, агар қабул қилсанг, бу кeчани сизнинг уйингизда ўтказсам,— дeди.
Йигит мўтабар одамнинг илтимосини қабул қилди, кeчқурун дўконини бeркитиб, у билан бирга уйига қайтди.
Уйнинг тўрисидаги тўшакда қариликдан кичкина бўлиб қолган бир чол ётарди. Йигит мeҳмонига жой кўрсатиб:
— Азиз мeҳмоним, қани, бeмалол ўтириб дам олинг, тўшакда ётган муҳтарам чол мeнинг отам бўладилар. Онам яқинда вафот этдилар. Отамга мeндан бошқа қарайдиган киши йўқ. Ҳар кун отамнинг xизматларини қилиб, кeйин ишга кeтаман,— дeди.
Йигит дарҳол шўрва пиширишга киришди. Овқат тайёр бўлгандан кeйин бир косачада шўрва олиб отасининг ёнига кeлди. Унинг бошини сeкингина кўтариб шўрвани ичирди. Йигит отасини уxлатиб xотиржам бўлгандан кeйин мeҳмон учун дастурxон ёзди. Ўзига ҳам, мeҳмонга ҳам шўрва кeлтирди, биргалашиб овқатландилар. Мeҳмон:
— Ўғлим, сeн отангни тўйдириб, ювиб-тараб ўрнига ётқизганингдан кeйин у оғзини қимирлатиб турди, шу билан у нималар дeди? — дeб сўради.
— Мeн ҳар вақт отамни овқатлантирганимдан кeйингина ўзим овқатланаман. Агар аввал овқатлансам, ота ҳурматини бажо кeлтирмаган тарбиясиз, адабсиз ўғиллардан ҳисобланардим. Отам мeндан жуда розидирлар. Таомдан кeйин оғзиларини қимирлатиб шукур этадилар ва мeнинг ҳақимга дуо қиладилар. Марҳума онам ҳам мeндан рози эдилар, доимо ҳақимга дуо қилардилар,— дeди йигит.
Меҳмон йигитнинг сўзларини эшитгач, кўзларига ёш олиб:
— Баракалла, ўғлим! Сeн ҳақиқий фарзанд экансан. Ота-она ҳурматини унутган фарзандлар сeндан ибрат олсинлар. Офарин, ўғлим. Ота-онангга қилган xизматингни ажрини кўражаксан,— дeди ва йигит ҳақига дуо қилди. Эртаси кун эрталаб йигит билан xайрлашиб ўз йўлига қайтди.

Абдулазиз Мўминов. Мамирқори жомеъ масжиди имом хатиби. Асака
Nom: Javob: EXSONDA SAVOB KO"P
Yuborildi: MirzoMuhammad 07 Aprel 2015, 12:38:45
                    САҲИЙЛИК

   Халқимиз кечаю кундуз ғимирлаб меҳнат қилар экан, тўйлар қилсам, одамларга эҳсонлар қилсам деб  ҳамиша хаёлидан ўтказиб туради. Бир-бирларининг ҳақларига дуо қилганда ҳам “топганинг тўйларга буюрсин” дейишлик одат бўлиб қолган. Чунки уларга очиқ қўл бўлишлик аждодларидан мерос бўлиб қолган. Халқимиз биладики, унинг фароғати дунёда ҳам барака келтиради, охиратда ҳам улканажрларга сабаб бўлади.
   Ойиша разияллоҳу анҳодан ривоят қилинади: Пайғамбар саллаллоҳу алайҳи ва саллам:
   "Сахийлик бир дарахтдир, унинг томирлари жаннатда, шохлари эса дунёга тушгандир. Ким унинг бир шохига осилса, уни жаннатга олиб боради. Бахиллик ҳам бир дарахтдур, унинг томирлари дўзахда ва шохлари дунёга тушган. Ким унинг бир шохига осилса, уни дўзахга олиб боради" дедилар.
   Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам айтдилар:
   "Ўзларингиз ва ўликларингиз учун бир қултум сув билан бўлса ҳам садақа қилинглар! Агар бунга қодир бўлмасангиз, Аллоҳнинг Китобидан бўлган бир оят билан, яъни, уни ўқинглар, унга амал қилинглар, бошқаларга ҳам етказинглар. Бас, агар бунга ҳам қодир бўлмасангиз, раҳмат ва мағфират сўраб, Аллоҳга дуо қилинглар! Чунки У зот дуони ижобат қилишга ваъда бeргандир".
   Абу Ҳурайра разияллоҳу анҳудан ривоят қилинади: Пайғамбар саллаллоҳу алайҳи ва саллам:
   “Қай бир киши ҳалолдан садақа қилса, Аллоҳ ҳалолдан бошқасини қабул қилмагай, Раҳмон уни ўнг қўли ила қабул қилади. Агарчи бир дона хурмо бўлса ҳам Раҳмоннинг кафтида токи тоғдан катта бўлгунча ўсади. Худди сизларнинг бирингиз тойчоғи ёки бўталоғини тарбия қилгани каби”, дедилар. (Бешовларидан фақат Абу Довуд ривоят қилмаган)
   Анас ибн Молик разияллоҳу анҳудан ривоят қилинади: Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам:
   “Албатта, садақа Парвардигорнинг ғазабини ўчиради ва ёмон ўлимни даф қилади”, − деганлар. (Термизий ривояти)   
   Абу Ҳурайра разияллоҳу анҳудан ривоят қилинади. Бир киши Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва салламнинг ҳузурларига кeлиб:
   «Эй Аллоҳнинг расули, садақанинг қайси бири ажри улуғроқ?» дeганида, у зот:
   «Ўзинг соғ, ҳирсли, қизғанчиқ, камбағалликдан қўрқиб, бойликни орзу қилиб турган пайтингда садақа қилганинг. Токи жонинг ҳалқумингга етиб келгунча кeчиктирмагин. Сeн фалончига унча, пистончига бунча, дeб айтасан. Ҳолбуки фалончига бўлиб бўлади», дeдилар. (Имом Бухорий ва Муслим ривоятлари)
   Шуни ҳам ёдда тутиш керакки, динимизда тоқатимиздан ташқарига таклиф қилинмайди. Кимга Тангри таоло мўл-кўл ризқ, ҳалол молу давлат ато этган бўлса ўшанга яраша саҳоватда бўлишлиги лозим. Уларнинг зиммаларига шариатимиз ҳукмига кўра белгиланган вожиб садақотларни адо қилишлик ҳам юклатилади.бой бўлмаганлар эса имконият даражасида саҳоват қилса уларга ҳам улкан зафарлар насиб этиши мумкин. Шунинг учун бизнинг саҳий халқимиз имконидан ташқари уринмасликлари лозимлигини ҳам билиб қўйишлари лозим.

   Адҳамжон Бобоев
   Балиқчи тумани

Nom: Javob: Islomiy axloq
Yuborildi: MirzoMuhammad 18 Aprel 2015, 12:07:19
СУҲБАТЛАШИШ ОДОБИ
   Мусулмон киши ҳаммага ҳамиша ва ҳар бир ишда ибрат бўлмоғи лозим. Токи мусулмон киши билин ҳамсуҳбат бўлган ғайридинлар Ислом дини ҳақиқатан ҳам тинчликпарвар дин эканлиги, мусулмончиликда барча миллат ва элатлар тенг  ҳуқуқлик асосида ҳурмат қилинишини билсин ва ибрат олсин. Интернет тармоқларидан олинган ана шундай ибратли воқеалардан бирини эътиборингизга ҳавола қиламиз
   Англия олийгоҳлардан бирининг талабаларининг ичида араб миллатига мансуб талабалар бўлиб улар ўзаро суҳбатлашганларида араб тилида гаплашар эди. Уларнинг олдига араб тилини билмайдиган бошқа миллат ёки дин вакиллари келса улар тушунадиган инглиз тилида гаплашар эди. Бу ҳолатни кўп маротаба кузатган бир талаба қиз уларнинг нима учун бундай қилаётганларидан ажабланиб сўрди. Улар жавоб беришди:
-   Улар бизнинг динимизда шундай қилинади. Пайғамбаримиз саллаллоҳу алайҳи васаллам ўз ҳадиси шарифларида:
   “Агар уч киши бўлсангиз, бир кишининг ўзини қолдириб иккитангиз гаплашманг. Қачонки, у бошқаларга қўшилиб кетса, унда зарари йўқ. Чунки бир кишини қолдириб, икки киши алоҳида гаплашса, ҳалиги бир киши хафа бўлиб қолади», деб айтганлар. (Имом Бухорий ва Муслим Ибн Масъуд разияллоҳу анҳудан ривоят қилганлар).
   Шунинг учун биз тилимизни тушунмайдиганларни олдиларида араб тилида гаплашмаймиз, балки улар ҳам нима ҳақида гаплашаётганимизни тушунсинлар ва кўнгилларида ҳар хил шубҳа ва гумонлар бўлмасин деб шундай қиламиз.
   Шунда, ғайридин бўлган талаба қиз мусулмонлардаги мазкур фазилатга қизиқиб Ислом динини қабул қилган экан.

   Абдураззоқ Фармонов. Муҳиддин саҳҳоф жомеъ масжиди имом хатиби
   Муҳаммадсобир Иминов. Ҳазрат Умар масжиди имом хатиби
   Асака
Nom: Javob: Islomiy axloq
Yuborildi: MirzoMuhammad 18 Aprel 2015, 13:01:03
КЕКСАЛАРНИ ҲУРМАТЛАШ
   Бизлардан сўрасалар: “мусулмонмисан?” деб, бизлар: “Алҳамдулиллоҳ, мусулмонман!” деб жавоб берамиз. Ана шу шукр ва ҳамд билан жавоб беришимизнинг ҳикматлари кўп. Аввало, ҳидоятни ўзимизча эмас, балки Яратган Парвардигорнинг марҳамати билан топганимиздан. Ундан ташқари бизларга шу дин орқали кўплаб неъматлар ато қилинганидур. Ана шундай неъматлардан бири – кексаларни ҳурмат қилишлик.
   Ҳеч иккиланмай айтишимиз мумкинки, бошқа ҳамма халқларда ҳам кексаларни ҳурмат қилиш бизлардаги каби эмас. Бу эса исбот талаб қилишга ҳожати йўқ ҳақиқат эрур. Шунчаки, бошқа халқларнинг турмуш тарзига озгина назар ташлаб қўйилса кифоя.
   Айниқса Европа халқларида фарзандлар балоғатга етибоқ мустақил турмушга интилишади. Албатта, мустақил турмуш тарзида тарбиялаш бизларда ҳам бор, лекин улардан фарқли ўлароқ ҳар қанча улғайса ҳам ўзидан каттани, хусусан кексаларни ҳурмат қилиш умримизнинг охирига қадар салмоғи пасаймайдиган фазилатлардан ҳисобланади. Европа халқида эса балоғатга етиши биланоқ, ҳатто отсига ҳам “Мен энди ёш бола эмасман!” дейиш энг кўп тарқалган одатлардан бўлиб турибди.
   Мусулмончиликда, хусусан бизнинг миллатимизда кишининг ёши 80 – 90га борган бўлса ҳам, отаси ёки онаси бўлса уларнинг олдида шу ёшда ҳам ҳали ёш саналади. Оддийгина тўй-тўркинларимизга эътибор қилайлик – (айниқса қишлоқларимизда) аввал ёши катталар, кейин ёшлар кирадилар. Тўйхонада жойлашиб ўтиришлик ҳам ўз-ўзидан ёшга мутаносиб бўлишлиги оддий ҳолат саналади.
Муоз ибн Жабал разияллоҳу анҳудан ривояти қилинади – Пайғамбаримиз соллаллоҳу алайҳи васаллам айтдилар:
“Сизларга бирор қавмнинг каттаси келса уни ҳурмат қилинглар”. (Табароний ривояти)
 Ибн Аббос разияллоҳу анҳумодан ривоят қилинишича Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам:
“Қайси ёш киши кексани икром қилса, у ёш кишига Аллоҳ таоло кексанинг ёшига етганида уни икром қиладиган кишини тақдир қилади” деганлар. (Термизий ривояти)
   Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф ҳазратларининг “Кексаларни эъзозлаш” китобида ажойиб ибрат келтирилган:
   “Молик ибн Мўғул айтади: “Талҳа ибн Мусарраф билан юриб борар эдим. Бир жойга келиб қолдик. У олдинга ўтди-да: “Агар сенинг мендан бир кунлик катта эканингни билганимда, олдингга тушмас эдим” деди”
   
   Бахтиёржон Сайдалиев
   Улуғнор тумани бош имом хатиби
Nom: Javob: Maqola
Yuborildi: MirzoMuhammad 28 Aprel 2015, 19:22:09
ОТА-ОНА ҲУРМАТИ
   Ота ва оналаримиз бизнинг дунёдаги жаннатларимиз. Бироқ ёнгинамиздаги жаннат қолиб, атрофдан савоб излаб юрамиз. Пайғамбаримиз соллаллоҳу алайҳи васаллам айтадилар:
   «Ғайбдан хабар бериш даъвоси бўлиб қолмаса эди, ушбу беш нафар кишига «Албатта улар жаннат аҳлидан», деб гувоҳлик берар эдим:
   1. Камбағал оила бошлиғи;
   2. Эрини рози қилган аёл;
   3. Ўз маҳрини эрига садақа қилган аёл;
   4. Ота-онасини рози қилган фарзанд;
   5. Гуноҳларига тавба қилувчи киши».
   Чунки улар бизга бор меҳрларини берганлар. Керак бўлса жонини фидо қилишга тайёр. Улар бизга нисбатан шунча олийҳимматларки, ҳар қандай нобакорлик қилсак-да кечириб юборишга тайёр турадилар.
   Шу ўринда бир ҳикоя:
   Бир кекса аёл уйланган ўғли билан бир уйда яшарди. Бир куни ўғил ишдан келиб, хотинининг олдига кирганда, хотини унга кекса онаси ҳақида кўп ёмон гапларни гапирди. Ўғил ғазабланган ва юзлари қизарган ҳолда дарҳол онанинг олдига тушиб, унга деди:    “Туринг ўрнингиздан, сиз билан бир жойга борамиз”.
   Она ўғлининг ниятини билмади. Ўғил онасини тоғ сари бошлаб борди. Тоғнинг тепасига чиққач, онасига:
   “Сабрим тугади. Агар хотинимга қилаётган муомалангизни бас қилмасангиз, сизни шу тоғдан ташлаб юбораман” деди. Шунда она бечора сокинлик ва виқор билан:
   “Истаган ишингни қилавер, ўғлим. Лекин бундан олдин менга рухсат берсанг, икки ракат намоз ўқиб олай” деди.
   Она намозни ўқиб бўлиши биланоқ ер ёрилиб, ўғилни бўйнигача ер ютди. Бу ҳолни кўрган она ўзини йўқотиб қўйди ва бор овози билан қичқирди. Унинг қичқириғини пастдан ўтиб кетаётганлар эшитиб, болани ердан чиқариб олиш учун дарҳол ёрдамга келишди. Лекин барча уринишлари бефойда бўлди. Охири улар бир олимни воқеа жойига чақириб келишди. Олим ҳолатни кўргач, онага:
   “Бу оқ бўлишнинг жазосидир. Сиз Аллоҳга ўғлингизни бу азобдан қутқаришини сўраб дуо қилсангизгина, у бу балодан қутилиши мумкин” деди.
   Она дарҳол қўлларини дуога очиб, ўғлини бу азобдан қутқаришини сўраб дуо қилди. Аллоҳнинг изни билан ер юмшаб, ўғил ташқарига чиқди, ҳаётга қайтди. Чиқишга чиқдию, аммо оёқ-қўллари ишламайдиган бўлиб чиқди. Бировнинг кўмагисиз ҳеч нарса еёлмас ва ичолмас эди. Бошқаларнинг қўлидан ичимлик ичса, ҳеч қонмас эди. Фақат онаси ичириб қўйсагина қонарди. Шунинг учун унга яна ўша меҳрибон она ўз қўллари билан едириб-ичириб қўярди. Онаси ичириб қўйсагина чанқоғи босиларди. Ўз ўғлининг қилмишларига қарамай, онасининг унга меҳр кўрсатишини қаранг! (“Ислом.Уз” сайтидан фойдаланилди)
   
   Толибжон Абдураҳмонов. Шаҳрихон туманидаги Эшон жомеъ масжиди имом хатиби
Nom: ISTIG’FOR FAZILATI
Yuborildi: okahon.8800 03 Iyun 2015, 07:48:05
ISTIG’FOR FAZILATI
Banda xatokor. U o'zi bilmagan holda ba'zi kichik gunohlarni sodir etib qo'yishi mumkin. Alloh bandaga shu qadar mehribonki, uni bu gunohlardan poklashni bandaning o'ziga bog'liq qilib qo'ygan. Ya'ni banda tahorat qilsa, namoz o'qisa, ro'za tutsa yoki  istig’for aytadigan bo’lsa uning kichik gunohlari o'chiriladi.
Istig'fornig lug'aviy ma'nosi, mag'firatni (gunohning kechirilishini) so'rashdir. Amalda banda tilida «astag'firulloh» va shu ma'nodagi kalimalarni aytib, dil bilan tasdiqlashidir. Umumiy ma'noda esa istig'for dindorlikni ifoda etadi.
Istig’for shunday savobli  amalki, Alloh taoloning habibi Paygambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) ning o’zlari sizu biz ummatlariga istig’for aytishlikni talimini berganlar.
عن أبي هريرة قال قال رسول الله صلى الله عليه و سلم والله : اني لأستغفر الله عز و جل وأتوب اليه في اليوم أكثر من سبعين مرة

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:  «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning «Allohga qasamki, men bir kunda etmish martadan ko'p Alloh taologa istig'for aytib, Unga tavba qilaman», deb aytganlarini eshitdim».  Imom Buxoriy rivoyati.
Alloh taolo Paygambarimizni gunohlardan asrab qoygan bo’lsa, jannatga kirishligi aniq bo’la turib  har    kuni yetmish marotabadan 
أستغفر الله عز و جل وأتوب اليه
“Allohim senga istig’for aytaman va senga tavba qilaman”  deb istig’for aytar ekanlar, demak bizlar ha bunday fazilatli amalda u paygambarimizga ergashmog’imiz darkor.
Istigforning fazilatlari ko’p. Bulardan biri Alloh istigfor aytguchi insonni rizqini keng, farzand talabidagi bandasiga farzand, dexqonchiliklarida, Baraka beradi. Alloh taolo quronda

استغفِرُوا رَبِّكُم إنَّه كانَ غفاراً. يرسلِ السماءَ عليكُم مدراراً. ويمددكم بأموال وبنينَ ويجعلْ لكُم جناتٍ ويجعلْ لكم أنْهارا

Bas, o'z Robbingizga istig'for ayting, albatta, U gunohlarni ko'plab mag'firat qiluvchidir U zot osmondan ustingizga ketma-ket baraka yomg'irini yuboradir. Va sizga molu mulk va bola-chaqa ila madad beradir va sizlarga bog'u rog'lar hamda anhorlarni beradir.

Buyuk vatandoshimiz Imom Abul Barakot Nasafiy o'zlarining mashhur tafsirlari «Madorik»da ushbu oyati karima tafsiriga quyidagi qissani keltiradilar:

Hazrat Imom Hasan Basriy o'z davrlarida bir guruh kishilar bilan suhbatlashib o'tirganlarida bir odam kelib qurg'oqchilikdan shikoyat qilibdi, Hazrati Imom Hasan Basriy, istig'for aytinglar, deb maslahat beribdilar. Ikkichisi kelib kambag'allikdan, uchinchisi farzandsizlikdan va hokazo shikoyatlar qilibdilar va barchalariga istig'for aytinglar degan maslahat aytibdilar. Shunda suhbatdoshlardan Robiye' ibn Subayh hazrati Hasan Basriyga murojjat qilib: «Ey Imom, sizga turli kishilar turli narsalardan shikoyat qildilar, siz esa hammalariga bir xil javob berdingiz, buning boisi nedur?» debdi.  Hazrati Imom bu savolning javobiga yuqoridgi oyatni o’qib beribdilar.

Mazkur oyatda istig'for va rizqlar bir-biriga bog'liqligiga ishora qilinmoqda. Oddiy hollarda esa doim istig'for aytib yurishlik mustahab amal hisoblanadi. Ayniqsa, sahar vaqtida aytishlik juda yaxshi va barokatlidir. Alloh taolo Kalomida mo'minlarning sifatlaridan bir nechtasini keltirib, jumladan quyidagini aytadi:
وَالْمُسْتَغْفِرِينَ بِالْأَسْحَارِ
… Va saharda istig'for aytuvchilardir». (Oli Imron, 17-oyat)
Sahar vaqtida uxlashlik insonni rizqini qisqartiradi. Uyqu juda ham shirin bo’lib turgan vaqtda uyqudan voz kechib, istig’for aytishlikda biz bilgan va bilmagan ko’p  hikmatlar bor.
 Alloh taolo tillarimizga istig’for aytishlikga odatlantirsin, katta-kichik gunohlarimizni o’zi kechirsin.
Salmon Forisiy jome masjidi imomi Rahimov ilhomjon.
Mullo Egamberdi Ohun masjidi imomi Yunusaliyev Nasibillo.

Nom: Javob: ISTIG’FOR FAZILATI
Yuborildi: Orifjon Hanafiy 10 Iyun 2015, 13:33:09
ИСТИҒФОР НЕЪМАТИ
   Бизларга истиғфор айтишлик неъматини берган, истиғфор айтган бандаларига мағфират ваъдасини берган Аллоҳ таолога беҳисоб ҳамду санолар бўлсин.
   Умматларининг гуноҳларни Раббисидан сўраган, шафоати кубро соҳиби бўлган Пайғамбар  муҳаммад мустафо саллаллоҳу алайҳи ва салламга мукаммал салавоту саломлар бўлсин.
   Ожиз банда бу дунёга келиб Аллоҳ таоло насиб этганча яшаб улғайиб ўтар экан, озми кўпми гуноҳдан тўлиқ маъсум бўла олмас экан. Банданинг вазифаси иложи борича гуноҳлардан сақланмоқлик бўлса-да, баъзан билиб туриб, баъзан билмасдан гуноҳга гирифтор бўлиб қолар эканмиз. Ана шундай ҳолатда “Мен ундай гуноҳ қилиб қўйдим, бундай гуноҳ қилиб қўйдим. Энди мени Тангрим кечирармикан ё йўқми” деб тушкунликка тушмаслик керак. Зеро Қуёш мағрибдан чиқадиган кунга қадар тавба эшиклари беркитилмагай.
   Пайғамбар саллаллоҳу алайҳи ва саллам марҳамат қиладилар:
   “Албатта, Аллоҳ азза ва жалла токи Қуёш мағрибдан чиққунга қадар кечаси билан қўлини ёзиб туради – кундузи гуноҳ қилганлар тавба қилишлари учун. Кундузи билан қўлини ёзиб туради – кечаси гуноҳ қилганлар тавба қилишлари учун”. (Абу Мусо разияллоҳу анҳудан имом Муслим ривояти)
   Аллоҳ таолонинг фазлу карамининг кенглигига ҳеч қандай шубҳа йўқ. Бироқ банди Аллоҳ таолонинг мағфиратига суяниб бира тўла ғафлатда қолиб кетмаслиги керак. Шунингдек тавбадан сўнг ўша гуноҳга қайтмасликлари лозим. Ҳақ субҳонаҳу ва таоло Оли Имрон сурасининг 135-оятида марҳамат қилади:
“Улар бирор фаҳш иш қилиб қўйсалар ёки ўзларига зулм қилиб қўйсалар, (дарҳол) Аллоҳни эслаб, истиғфор айтадилар. Чунки гуноҳларни фақат Аллоҳгина мағфират этади. Яна улар билатуриб қилмишларида давом этмайдиган кишилардир”.
   Аллоҳ таоло кечиримли бўлиши билан бирга фаҳш ва ҳаромни ёмон кўришини ҳам унутмаслик керак. Абдуллоҳ ибн Масъуд разияллоҳу анҳудан ривоят қилинади – Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам:
   “Ҳеч бир киши Аллоҳдан кўра рашкчироқ эмасдур. Шунинг учунки, фаҳшларни ҳаром қилди” (Муслим ривояти)
   Демак гуноҳда бардавом бўлишлик қанчалик нотўғри бўлса-да, мағфиратдан умид узишлик ҳам тўғри эмас экан.
Шунингдек тавбанинг кўпроқ қабул қилиниш вақти ҳам бор. Кечанинг охирги қисми, тонг отишидан олдинги вақт дуо ва истиғфорлар қабул қилинадиган онлар ҳисобланади. Пайғамбар алайҳиссаломдан ривоят қилинган ҳадисда айтилишича, «Ҳар кеча туннинг охирги учинчи қисмида Аллоҳ таоло: “Ким дуо қилса – ижобат этаман, ким сўраса – бераман, ким истиғфор айтса – гуноҳидан кечаман», дейди”.
   Ҳасан Басрийнинг олдиларига бир одам келиб, қурғоқчиликдан шикоят қилди. У киши: “Истиғфор айт!” дедилар. Яна бир одам келиб, фақирлигидан арз қилди. Унга ҳам: “Истиғфор айт!” дедилар. Бошқа бир одам келиб, фарзанди йўқлигини айтди ва маслаҳат сўради. Унга ҳам истиғфор айтишни буюрдилар. Одамлар нега бундай қилганлари сабабини сўрашганида ушбу оятни ўқидилар:
 “Мен дедим: Раббингизга истиғфор айтинг, У Ғаффордир, сизларга осмондан шаррос ёмғирлар ёғдиради, молу дунё ва зурриётлар билан сизларни қувватлантиради, сизларга боғу роғлар, дарёлар ато қилади”.
   Аллоҳ таоло гуноҳларимизни кечирсин. Мушкулларимизни осон айласин.

   М. Полвонов
   Асака тумани Ҳазрати Умар масжиди имом хатибинниг ноиби.
   А. Ҳозиров
   Асака тумани Тошбой халфа масжиди имом хатибинниг ноиби.


Nom: HAYOTIMDAGI UNITILMAS VOQEA.
Yuborildi: okahon.8800 11 Iyul 2015, 05:43:46
HAYOTIMDAGI UNITILMAS VOQEA.
Bundan bir necha yil muqaddam talabalik davrlarim, juma’ kuni edi yotoqxonamizning poli ostidan qanotli chumolilar chiqib xonamizni yarmidan ko’pini egallab olishdi. Nima qilishni bilmay oxiri xlorofos olib kelib sepishlikni boshladim lekin bari befoyda ketdi.
Shu payt ustozim kelib qoldilar.
-Taqsirm bu nima qilganingiz?
-Ustoz xonaga chumolilar to’lib ketdi. Shuning uchun xlorofos sepmoqdaman.
-Uni o’rniga Qurondagi bir oyati karimani uch marotaba o’qib dam solsangiz bo’lmaydimi?
-Ustoz u Qurondagi qaysi oyat?
-Naml surasini 18-oyati
حَتَّى إِذَا أَتَوْا عَلَى وَادِ النَّمْلِ قَالَتْ نَمْلَةٌ يَا أَيُّهَا النَّمْلُ ادْخُلُوا مَسَاكِنَكُمْ لَا يَحْطِمَنَّكُمْ سُلَيْمَانُ وَجُنُودُهُ وَهُمْ لَا يَشْعُرُون
“ To ular chumolilar vodiysiga yetganlarida, bir chumoli: "Ey, chumolilar, uyalaringizga kiringlar,  yana Sulaymon va uning lashkarlari o'zlari sezmagan hollarida sizlarni ezib ketmasinlar", - dedi.
Men o’zimcha o’ylanib qoldim shu oyatni o’qib chumoli iniga dam uradigan bo’lsam xonamizni to’ldirib yuborgan chumolilar iniga kirib ketadimi degan savol hayolimdan ketmasdi.
Birdan o’zimga keldim “astagfirulloh” nima uchun Olloh taoloni kalomi bo’lgan Quronni mo’jiza ekanligida shubhaga borsam?. Ollohim men gunoxkorni o’zing kechir. Kaloming qudratini menga ko’rsat  deya, uztozim aytgan oyatni Qur’ondan topib chumolilar iniga o’qidim.
So’ngra jum’a namozini o’qishlik uchun masjidga chiqib ketdik . Jum’a namozini ado qilib bo’lgandan keyin xonaga qaytib kirganimizda, ne ko’z bilan  ko’raylikki xonamizda bir dona ham chumoli qolmabdi. Ollohu akbar. Olloh naqadar buyuk qudrat sohibi, uning kalomi mo’jiza ekanligini bizlarga ko’rsatib, iymonimizni ziyoda qilgan Ollohimga shukrlar bo’lsin.

“Mirzoxoliqota” jome masjidi imom xatibi Xojiyev Muhammadiyhon.
Nom: Javob: Maqola
Yuborildi: Orifjon Hanafiy 29 Iyul 2015, 09:53:58
ONA DUOSI
Bir kuni Muso alayhis salom: "Ey Alloh! Menga jannatda men bilan hamroh bo‘ladigan insonni ko‘rsatgin", deb duo qildi. Alloh taolodan vahiy keldi: "Falon shaharning falon bozoriga borsang, bir qassob bor. O`sha qassob jannatda sen bilan birga bo‘lg`usidur".
Muso alayhis salom aytilgan yerga borib, qassobxonani topdi. Kun botguncha qassobni kuzatib turdi. Kun botgach, qassob bir parcha go‘shtni savatiga solib do‘konidan chiqdi. Muso alayhis salom ham uning ortidan bordi. So`ng yigitdan iltimos qildi: “Shu kecha uyingda mehmon bo‘lsam maylimi?”
Qassob rozi bo‘ldi va uyiga olib bordi. Qassob haligi go‘shtdan mazali sho‘rva tayyorladi, so‘ngra kaptar bolasi kabi bir zaifa kampirni savatda ko‘tarib keldi. Taomni kampirning og‘ziga solib, qornini to‘yg‘azdi. Keyin kiyimlarini yuvdi, toza kiyim kiydirib, yana savatga qo‘ydi. Shu lahzalarda Muso alayhis salom kampirning labi qimirlayotganini ko‘rib qoldi. Asta quloq solib ko`rsalar, kampir pichirlab: "Ey Parvardigor! O‘g‘limni jannatda Muso bilan birga qil", deb duo qilayotgan ekan.
Qassob savatni bir qoziqqa ilib qo‘ydi. Muso alayhis salom: "Nima uchun bunday qilding?" dedilar. Qassob: "Bu ayol onam, qarib kuchlari ketib, hatto o‘tira olmaydigan bo‘lib qolganlar", dedi. Shunda Muso alayhis salom: "Ey birodar! Senga xushxabar bor. Men Muso payg‘ambarman, sen esa mening jannatdagi qo‘shnim ekansan", dedilar.

Jaloliddin Ismoilov. Siddiq hoji jome` masjidi imomi
Erkinjon Husanov. Marqayuz jome` masjidi imomi
Asaka
Nom: Javob: Maqola
Yuborildi: okahon.8800 03 Avgust 2015, 18:16:24
FARZANDNING BAJASHI KERAK BO’LGAN 40 TA VAZIFASI.
Kitoblarda bayon qilinishicha, ota onaning  hayotlik davrida farzandlari bajarishligi kerak bo’lgan qirirqta vazifalari bor. Tiriklik chog’idagi 40 ta haqning 10 tasi badanga, 10 tasi tilga, 10 tasi dilga va 10 tasi mol-u dunyoga taalluqlidir.
Badanga taalluqli bolgan 10 ta haq:
1) Ota-onaga sidqidildan xizmat qilishlik. 2) Ularga doimo hurmatda bo’lishlik. 3) Qilma degan isharini qilmaslik. 4) Ularni maslahati va roziligisiz hech narsaga qo’l urilmaydi. 5) Ota-ona farzand otirgan joyga kirib qolsalar tik turib kutib olishlik.  6) Ota-onani o’rniga o’tirmaslik. 7) Ularni oldiga tushib yurmaslik.   8) Ular oldida ochiq chexra bilan o’tirishlik. 9) Qovogini solmaslik.  10) Xo’mrayib qaramaslik chaqirganda labbay deya yugurib borishlik.
Dilga taalluqli 10 ta haq:
1) Ularga rahmu shafqatda bo’lmoqlik. 2) Ularga diomo yaxshilik qilishlik. 3) Ularni ko’nglini shod qilishlik 4) Ularni dardmandligida dardiga malham bo’lishlik. 5) Ularni gaplari va erkaliklarini malol olaslik. 6) Ular tanbeh bersalar xafa bo’lish o’rniga hursand bo’lishlik. 7) Ularga qanchalik yaxshilik qilayotgan bo’lsada ranjitib qo’yishlikdan ehtiyot bo’lishlik. 8) Ularni niyyatlarini amalga oshirishlik 9) Ularni umrlari uzoqligidan quvonishlik  10) Ularni og’irini yengil qilish.
Tilga taalluqli bo’lgan 10 ta haq:
 1)Ularga nisbatan muloyim bo’lishlik. 2) Ularga o’shqirmaslik 3) Ular malollanadigan darajada ko’p gapirmaslik.  4)Ismlarini aytib chaqirmaslik. 5) So’zini bo’lmaslik  6)Gap qaytarmaslik . 7)Ularga osiy bo’lmaslik. 8) Ular baland ovozda gapirsalar ham kamtarlik bilan javob qilishlik. 9)Ularga uff demaslik.  10)Ularga eng shirin yoqimli gaplarni gapirishlik.
Mol-u dunyoga taalluqli haqlar:
 1)Kiyim-kechak  sotib olishda, o’zidan avval ularga olib berishlik.  2)Ular yoqtirgan taomlarni tayyorlab berishlik.  3)Bir dasturxondan taomlanayotgan bo’lsalar, yeguliklarning eng mazalirog’ini ular tomonga qo’yishlik. Hammod ibn Atiyya onalari bilan bir dasturxonda taomlanishlikdan qo’rqar ekanlar. Sababini so’raganlarida onam ko’zi tushib yemoqchi bo’lib turgan mevani yeb onamni ranjitib qo’ymay deb javob bergan ekanlar. 4)Qanday narsani sotib olish istaklari bo’lsa olib bermoqlik.  5)Ularni yashashliklari uchun qulay sharoit yaratib bermoqlik  6)So’ramasalar ham pul berishlik, chunki ular bu narsalarni oshkora ayta olmayotgan bo’lishliklari mumkin.  7)Ularga topgan tutganlarim barchasi sizlarniki, istaganingizcha olavering deya iltifot ko’rsatishlik. 8)Farzandlar ota-onadan uzoqroqda yashashsa ularni ziyoratiga borib turmoqliklari. 9)Ota-onani biror bir narsaga muhtoj qilmaslik. 10)Ularni do’stlariga qo’ldan kelganicha yordam qilishlik.

Mirzaxoliqota jome masjidi imomi. Muhammadiyhon Hojiyev.
Nom: Javob: Maqola
Yuborildi: Orifjon Hanafiy 03 Avgust 2015, 22:20:42
Онасини ранжитганлар
Яқинда интернет тармоқларида бир ҳикояни ўқиб қолдим. Унда ёзилишича бир кекса аёл ўғли  ва келини билан бир ҳовлида яшар эди. Бир куни ўғил ишдан келса хотиннинг авзойи бузуқ. Бунинг сабабини сўраган эди, онасининг устидан шикоят қилиб, анчагина ёмон гапларни гапирди. Ўғил бундай сўзларни кўп эшитган бўлса-да, бу сафар тоқат қила олмади. Бироқ жаҳли чиққанини билдирмасдан онасига бир жойга бориб келамиз, деб айтди.
Улар тоғлик томонларга етиб келишганларида ўғил:
-   Эй она! Сабрим тугади. Агар хотинимга қилаётган муомалангизни ўзгартирмасангиз, сизни шу тоғдан ташлаб юбораман! - деди. Бечора она чорасиз қолганидан ўғлига илтимос қилди:
-   Майли, ўғлим. Ўзинг биласан. Фақат рухсат берсанг, икки ракат намоз ўқиб олсам, - деди. Ўғил рухсат берди.
   Она намозни ўқиб бўлиши биланоқ ер ёрилиб, ўғилни бўйнигача ютиб юборди. Бу ҳолни кўрган она ўзини йўқотиб қўйди ва бор овози билан қичқирди. Унинг қичқириғини пастдан ўтиб кетаётганлар эшитиб, болани ердан чиқариб олиш учун дарҳол ёрдамга келишди. Лекин барча уринишлари бефойда бўлди. Охири улар бир олимни воқеа жойига чақириб келишди. Олим ҳолатни кўргач, онага:
-   Бу оқ бўлишнинг жазоси. Сиз токи ўғлингиздан рози бўлмас экансиз, ҳеч ким ўғлингизни қутқара олмайди, - деди.
   Она дарҳол қўлларини дуога очиб, ўғлини бу азобдан қутқаришини сўраб дуо қилди ва ўз розилигини изҳор қилди. Аллоҳнинг изни билан ер юмшаб, ўғил ташқарига чиқди, аммо энди унинг оёқ-қўллари ишламас эди. Натижада у бировнинг ёрдамисиз ҳеч нарса ея олмайдиган ва ича олмайдиган бўлиб қолди.
Энг қизиғи бошқаларнинг қўлидан тановул қилса қониқмас, фақат онаси едириб-ичириб қўйсагина қаноат қила олар эди. Шунча нобакорлигидан сўнг ҳам унинг онаси ҳеч оринмасдан, беминнат унинг хизматини қилар эди.
Балки бу шунчаки ривоятдур. Лекин ибрат учун ёрқин мисол бўлади. Аммо ачинарлиси шундаки, хотинининг йўлига кириб онасини тоғдан ташлаб юбормаса ҳам, ҳар ҳолда қаттиқ ранжитадиганлар орамизда йўқ эмас. Ҳа, азизлар, ота ва она биз учун кўмилишга тайёр турган хазина деганлар. Уларнинг ҳаёт эканлиги биз учун бебаҳо ғанимат.

Сайдуллоҳ Исмоилов. Аҳмадали махдум жомеъ масжиди имом хатиби
Абдураззоқ Фармонов. Муҳиддин саҳҳоф жомеъ масжиди имом хатиби 
Асака
Nom: Javob: Islomiy axloq
Yuborildi: okahon.8800 05 Avgust 2015, 16:44:08
Odob axloq
Xalqimiz qadimdan axloq va odobda butun olamga o'rnak va namuna bo'lib kelgan. Odob axloq va buyuk manaviyatning asrlar davomida musaffo holda bizlargacha yetib kelishligida ota bobolarimizning, ulug’ allomalarimizning xizmatlari beqiyosdir.  Bunday go’zal xulqlarni muslmon millatlardan boshqada topa olmaysiz. Zero islom dini odob-axloq dinidir.
Insonlarni boshqa hayvonlardan ajratib turguvchi xislatlaridan biri odobdir. Imom Buxoriy rahmatullohi alayhi “Adabul mufrad” kitoblarida odobning ta'rifida shunday deganlar: “Odob barcha yaxshi va ezgu xislatlarni o'z ichiga oladi”. Vatandoshimiz Imom Buxoriy rahmatullohi alayh bu kitobda Payg’ambarimiz (sollollohu alayhi vasallam) dan rivoyat qilindan odob axloqga doir eng sahih hadislarni jamlaganliklari ham musulmon ummatini odobga qanchalik etiborli ekanligini ko’rsatadi.
Hikmatlarda “odob buyuk tojdir, uni kiyib qayerga borsang boraver” deyiladi. Darhaqiqat odob tojini kiygan hech qayerda hor bo’lmaydi. Qayerga borsa insonlar uni xurmat bilan kutib oladilar. Beodob inson hamma yerda xordir. 
Bog’dod shaxrida bir necha bollar ko’chada o’yin bilan mashg’ul edilar. O’sha shaxarning podishoxi ot minib ko’chadan o’tib borardi. Bolalardan biri podishoxni bu yerdan o’tayotganini bilib o’rnidan turdi va xurmat yuzasidan chetga chiqib, devor yoniga turib oldi. Boshqa bolalar esa hech narsani sezmaganday turaverdilar. Qizg’in o’yindan esa to’xtamadilar. Buni kuzatib turgan podishoxga bu bolani harakati yoqdi. U otini bola tomonga bir oz yurgizib, uni diqqatini o’ziga qaratdi. Uni imtihon qilish maqsadida qo’lidan uzugini chiqarib, bollarni o’rtasiga otdi va “kimki uzukni oldinroq olib kelib bersa mukofotlayman” –dedi. Bolalar uzukni oldinroq topib olib kelib berishga harakat qila boshladilar. Nogoh bittasi topib, uni podishoxga olib kelib berdi. Haligi bola esa oyog’ini odob chegarasidan chiqarmay joyidan jilmay turardi.
Har kim odob surmasidan tortsa hayo ko’ziga
Maqsad kelinin ko’rar qarshisida behijob.
Podshoh ko’z qiri bilan uni kuzatib turar, bu safar uzukni uni oldiga tashladi. Bola esa uzukni yerdan olib, changini artib, bir o’pib odob va hayo yuzasidan sekin yurib kelib, ikki qo’llab podishoxga uzatdi. Podishoxga uni odobi yoqib, xodimlarining biriga qarab dedi. Manabu bolani ota-onasini topib, rozi qil, bolani bizni tarbiyamizga bersin, tarbiyalashga arziydigan bola ekan-deya tarbiyasiga olibdi. Shoir aytganidek
Pokiza aqilli xushyor har bola, hayfdir ko’rmasa agar tarbiyat.
Imning partavi nurin sochmagay, kishida bo’lmasa agar marifat
Yoqutning yuziga bermasa pardoz,  hech qachon bo’lolmas toju saltanat.

SANATBEK

Nom: SIZ TALABA BO’LDINGIZ.
Yuborildi: okahon.8800 06 Avgust 2015, 15:07:46
SIZ  TALABA BO’LDINGIZ.
Mana imtihonlar yakunlandi, imtihon javoblari ham chiqdi. Siz bir necha yillik orzuingiz bo’lgan oliygohda talaba bo’lishlik baxtiga erishdingiz . Alloh taolo sizning va oila a’zolaringizni qalbini quvonchga to’ldirdi. Bir necha yillab kechalari tinmay mutoala qilgan kitoblaringiz, olgan bilimlaringiz va bedor o’tkazgan tunlaringiz mukofotini ko’rib turibsiz. Ha albatta siz talaba bo’ldingiz oliygoh talabasi, Alloh muborakli qilsin. Shu o’rinda o’tgan buyuk ajdodlarimizni talabalarga nasihatlariga quloq solaylik.
Talabalik yani ilm talab qilishlik Alloh va rosulining buyrug’idir. Birinchi nozil bo’lgan oyat اقْرَأْ o’qing deya ilm olishga targ’ib bilan boshlangan, Payg’ambarimiz (sollohu alayhi va sallam)hadisi sharifalarida
اطلبوا العلم ولو بالصين فإن طلب العلم فريضة على كل مسلم
“ Ilmni agar Sin (Hitoy) dan bo’lsa ham talab qilinglar chunki ilm talab qilishlik har bir muslmonga farzdir ” –deganlar. Demak siz bir farzni bajarayapsiz. Siz birinchi navbatda niyyatingizni chiroyli qiling ,Janob Rasululloh (s.a.v.)ning: 
إنما الأعمال بالنيات
ya’ni, “amallarning ajru savobi niyyatga qarab bo’ladi”- degan muborak  hadislariga muvofiq siz avvalo ilm olishda niyyatingizni chiroyli qiling, ilm olib Alloh taoloni roziligini topaman, hayotda yurtimga, vatanimga, insonlarga foydasi tegadigan manfaatli insonlardan bo’lishlikni niyyat qiling
Mashoyixlarimiz   -Ilm hosil qilish go’yo igna bilan quduq qazib, suv chiqarishga o’xshaydi deb aytadilar. Demak bunday mashaqqatli ishda  uning yonida turadigan sheriklari ham ilmga rag’batli, muhabbatli insonlar bo’lishligi kerak. Dangasa vaqtlarini behuda sarf qiladigan sheriklardan uzoqroq bo’lsin chunkki “qovun qovundan rang oladi”-degan hikmatli gap bor.
Yetuk ilmli inson bo’lishlikna  sabablaridan biri talaba ustoz va murabbiylarga izzat va xurmatda bo’lishligi lozim.
Shayxul islom «Hidoya» kitobiningsohiblari, ustoz  Burhoniddin Marg’inoniy  hazratlari hikoya qiladilar:
-Buxoroi sharifning katta allomai kiromlaridan biri dars halqasida edilar. Dars asnosida goho o’rinlaridan turib qo’yardilar.  Ziyrak toliblari buning sababini so’radilar. U zot kamoli ehtirom bilan:
- Mehribon ustozimning farzandlari ko’chada bolalar bilan o’ynab yuribdilar. Goh o’ynab eshik oldiga kelsalar, darhol ustozimni hurmatlari uchun o’rnimdan turyapman, - deb javob berdilar.
Shubhasiz, talaba ilmga jiddiylik bilan yondoshishi va ta’lim olish hamda riyozatga berilishi, unda  bardavom bo’lishi, himmat-g’ayratlik, chaqqon va harakatchan bo’lishi kerak. Chunki ilmga maqshaqqat bilan erishiladi.
Bemashaqqat topilsa har nimarsa,  aning qadrin bilmas hech kimarsa.
Talabalarimiz ilmga muhabbat qilsalar, vaqtlarini g’animat bilib o’tayotgan har daqiqalarida ilmdan istefoda olsalar maqsadga muvofiq bo’lar edi. Zero hikmatlarida:  “Yoshlikda o’rganilgan ilm, go’yo toshga o’yilgan naqsh kabidir”, - deyilgan.

SALMON FORISIY JOME MASJIDI IMOM XATIBI RAHIMOV ILHOMJON.
VAHM MASJIDI IMOM XATIBI SAIDUMAROV UMARXON.
Nom: Odob axloq
Yuborildi: okahon.8800 07 Avgust 2015, 16:07:51
Odob axloq
Xalqimiz qadimdan axloq va odobda butun olamga o'rnak va namuna bo'lib kelgan. Odob axloq va buyuk manaviyatning asrlar davomida musaffo holda bizlargacha yetib kelishligida ota bobolarimizning, ulug’ allomalarimizning xizmatlari beqiyosdir.  Bunday go’zal xulqlarni muslmon millatlardan boshqada topa olmaysiz. Zero islom dini odob-axloq dinidir.
Insonlarni boshqa hayvonlardan ajratib turguvchi xislatlaridan biri odobdir. Imom Buxoriy rahmatullohi alayhi “Adabul mufrad” kitoblarida odobning ta'rifida shunday deganlar: “Odob barcha yaxshi va ezgu xislatlarni o'z ichiga oladi”. Vatandoshimiz Imom Buxoriy rahmatullohi alayh bu kitobda Payg’ambarimiz (sollollohu alayhi vasallam) dan rivoyat qilindan odob axloqga doir eng sahih hadislarni jamlaganliklari ham musulmon ummatini odobga qanchalik etiborli ekanligini ko’rsatadi.
Hikmatlarda “odob buyuk tojdir, uni kiyib qayerga borsang boraver” deyiladi. Darhaqiqat odob tojini kiygan hech qayerda hor bo’lmaydi. Qayerga borsa insonlar uni xurmat bilan kutib oladilar. Beodob inson hamma yerda xordir.
Bog’dod shaxrida bir necha bollar ko’chada o’yin bilan mashg’ul edilar. O’sha shaxarning podishoxi ot minib ko’chadan o’tib borardi. Bolalardan biri podishoxni bu yerdan o’tayotganini bilib o’rnidan turdi va xurmat yuzasidan chetga chiqib, devor yoniga turib oldi. Boshqa bolalar esa hech narsani sezmaganday turaverdilar. Qizg’in o’yindan esa to’xtamadilar. Buni kuzatib turgan podishoxga bu bolani harakati yoqdi. U otini bola tomonga bir oz yurgizib, uni diqqatini o’ziga qaratdi. Uni imtihon qilish maqsadida qo’lidan uzugini chiqarib, bollarni o’rtasiga otdi va “kimki uzukni oldinroq olib kelib bersa mukofotlayman” –dedi. Bolalar uzukni oldinroq topib olib kelib berishga harakat qila boshladilar. Nogoh bittasi topib, uni podishoxga olib kelib berdi. Haligi bola esa oyog’ini odob chegarasidan chiqarmay joyidan jilmay turardi.
Har kim odob surmasidan tortsa hayo ko’ziga
Maqsad kelinin ko’rar qarshisida behijob.
Podshoh ko’z qiri bilan uni kuzatib turar, bu safar uzukni uni oldiga tashladi. Bola esa uzukni yerdan olib, changini artib, bir o’pib odob va hayo yuzasidan sekin yurib kelib, ikki qo’llab podishoxga uzatdi. Podishoxga uni odobi yoqib, xodimlarining biriga qarab dedi. Manabu bolani ota-onasini topib, rozi qil, bolani bizni tarbiyamizga bersin, tarbiyalashga arziydigan bola ekan-deya tarbiyasiga olibdi. Shoir aytganidek
Pokiza aqilli xushyor har bola, hayfdir ko’rmasa agar tarbiyat.
Imning partavi nurin sochmagay, kishida bo’lmasa agar marifat
Yoqutning yuziga bermasa pardoz,  hech qachon bo’lolmas toju saltanat.
"UYSHIN" JOME MASJIDI IMOM XATIBI TURSUNOV SANATBEK.
Nom: HALOL LUQMA
Yuborildi: okahon.8800 12 Avgust 2015, 13:29:33
HALOL LUQMA
Duolar ijobat bolishligini asosiy sababaridan biri topayotgan mablag’imizni va yeyayotgan taomlarimizni haloldan bo’lishligidir. Halollik har bir ishda maqtalgan sifatlardan. Luqmani halolligi deganda nafaqat yegulikni toza, pokiza bo’lishligi hamda o’sha yegulikni kelishligiga sabab bo’ladigan mablag’ning ham halol yo’l bilan halol kasb orqali topilishiga bog’liqdir.  Alloh taolo Quroni Karimda
يَا أَيُّهَا النَّاسُ كُلُوا مِمَّا فِي الْأَرْضِ حَلَالًا طَيِّبًا
“Ey insonlar yer yuzidagi halol- pok narsalardan yenglar”… ushbu oyati karimada Alloh taolo barcha insoniyatni halol pokiza narsalarni yeyishga chaqirmoqda. Bunda juda ko’p buyuk hikmatlar bor. Bulardan insinoyat hayotini davomiyligi, umrlarini uzoq bo’lishligi, hamda barcha rohatlik va manfaatlik lazzatlar halol pokiza narsalarda mujassamdir. Alloh taolo boshqa bir oyatda
يَا أَيُّهَا الرُّسُلُ كُلُوا مِنَ الطَّيِّبَاتِ وَاعْمَلُوا صَالِحًا إِنِّي بِمَا تَعْمَلُونَ عَلِيمٌ
“ Ey payg’ambarlar, halol-pokiza taomlardan yenglar va solih amallar qilinglar” (baqara surasi 172)
Malum bo’ladiki musulmon kishi uchun halol narsalarni talab qilish, halol kasb qilishlik, shariatda halol qilingan yo’llar bilan molu mulk topish farzdir.
Harom mol-u mulk evaziga kelgan taomlar bilan oziqlanib , harom mablag’ga kelgan kiyimlarni kiyib qilngan ibodat va duo qabul bo’lmaydi. Bunga dalil
عن أبي هريرة قال قال رسول الله صلى الله عليه وسلم أيها الناس إن الله طيبٌ لا يقبل إلا طيباً وإن الله أمر المؤمنين بما أمر به المرسلين قال يا أيها الرسل كلوا من الطيبات واعملوا صالحاً إني بما تعملون عليم  وقال  يا أيها الذين آمنوا كلوا من طيبات ما رزقناكم ثم ذكر الرجل يطيل السفر أشعث أغبر يمد يديه إلى السماء يا رب يا رب ومطعمه حرام ومشربه حرام وغذي بالحرام فأنى يستجاب له
Abu hurayra   (roziyallohu anhu) dan rivoyat qilinadi: aytdilar. “allh pokdir va faqat pokiza narsalarni qabul qiladi. Albatta Alloh taolo paygambarlariga nimani buyurgan bo’lsa mo’minlarga ham o’shani buyurdi. “ Ey payg’ambarlar, halol-pokiza taomlardan yenglar va solih amallar qilinglar” va yana  “Ey mo’minlar, sizlarga rizq qilib berganimiz pokiza narsalardan yenglar” so’ngra paygambarimiz ( sollollohu alayhi va sallam )uzoq safar qilgan bir kishini zikr qildilar sochlari to’zigan, kir  bo’lib ketgan. Qo’lini osmonga ko’tarib ey robbim ey robbim deya duo qiladi.  Lekin uning yeyotgan taomi haromdir va ichayotgan ichimligi haromdir, bas uning duosi qanday ijobat bo’lsin”.
Ha albatta u inson uzoq safar mashaqqatida musofir bo’lsa ham, qo’lini ko’klarga ko’tarib zorlanib duo qailsa ham, unig yeyayotgan taomi ichayotgan ichimligi haromdan, kiyimi va badani najosatdir. Demak uning duosi qabul bo’lmaydi.
Hikoya:
Kunlarning birida donishmandning oldiga ayronforush donishmandning og’lidan shikoyat qilib kelibdi.
Sizdek  zotning farzandi bunday nomaqulchilikka qo’l urishi nimasi? Ko’rmaysizmi farzandingiz ,meshlarimni teshib, ayronimni ichib ketayapti.
Donishmandv hijolat bolib ayronfurushni ayroni  va meshini pulini to’lagach uzoq o’ylanib qolibdi. So’ngra ayolini chaqirib bo’lgan voqeani tushuntirib debdiki men umrim davomida biror marotaba harom luqma yemaganman va uyga ham olib kirmaganman. Farzandimizni tarbiyasida hatoga yo’l qo’ymaganman. Siz o’ylab ko’ring  biror bir xato qilmaganmizmi?. 
Ayol ham uzoq o’ylab bo’lgach, hijolat bo’lib hojam meni kechirsinlar shu farzandimizda homilador bo’lib yurgan vaqtimda qoshnimizni uyiga kirgandim. Uning uyidagi limonnni ko’rib yegim keldi. Lekin qo’shnimdan so’rashdan uyaldim. Qoshni ayol ishi bilan band bo’lgan vaqtda, men to’g’nog’ichimni limonga sanchib undan bir necha marotaba shimib olgandim dedi.
Shunda donishmand ayoliga ko’rdingizmi vaqtlar kelib, siz beruxsat istemol qilgan limon meshga  qo’lingizdagi tog’nogich esa  o’g’limizni qo’lidagi bigiz bo’libdi. Xoziroq chiqib, qo’shni ayolni rozi qiling degan ekan.

Oltinko’l tumani bosh imom xatibi To’raqulov Muhammadyusufdomla.
Uyshin jome masjidi imom xatibi Tursunov Sanatbek.
Nom: ZINONING IJTIMOIY ZARARLARI
Yuborildi: okahon.8800 19 Avgust 2015, 10:58:22
ZINONING IJTIMOIY ZARARLARI
Islom dinida oila mustahkamligiga  juda katta ahamiyat beriladi. Oila hayoti nikoh bilan boshlanadi. Uylanguncha nikohsiz yashash dinimizda haromdir. Nikohsiz er va ayolning yaqinligiga zino qilish deyiladi. Zino barcha jamiyatlarda axloqiy jihatdan razilat, diniy jihatdan gunoh, ijtimoiy jihatdan nomussizlik sanalib kelgan.
Zino qilish gunohi kabiralardan sanalib, barcha dinlarda harom qilingan. Chunki zino odam uchun, millat  va jamiyat uchun zararlidir. Qur'onda Alloh taolo "Zinoga yaqinlashmanglar.  Chunki(bu) buzuqliqdir- eng yomon yo'ldir", - deb buyuradi. ("Isro" surasi, 32-oyat).
Payg'ambarimiz ham odamlarni zino qilishdan qat'iy ravishda qaytarganlar va bir hadislarida" Agar kishi zino qilsa, iymon undan  chiqadi va unga soyabon kabi bo‘ladi. Agar (zinodan) bosh tortsa, iymon unga qaytadi»  — deb marhamat qiladilar. (Abu Dovud, Termiziy, Hokim rivoyati)",
Demak, zino qilgan kishining imoni, zino holida, u kishidan ayriladi. Bu hol tugagach, imon yana o'ziga qaytadi.
Bironta ham millat oilasiz davom etmaydi. Shuning uchun dinimiz zinoni eng katta gunohlar qatoriga kiritgan. Zinoning juda ko'p zararlari bor:

- Zino odamlarning va oilalarning obro'si, sharafiga dog' tushiradi,y erga uradi, oila hayotini buzadi, yo'qqa chiqaradi.
 
- Tug'iladigan bolaning nasli noma'lum bo'lib qoladi yoki bola nikohsiz ota-onadantug'iladi. Islom ulamolari nikohsiz ota-onadan tug'ilgan bolaning shafqatsiz, marhamatsiz va qattiq ko'ngilli bo'lishini aytadilar.

- Zino tufayli juda ko'p kasalliklar odamdan odamga yuqadi. Hozirgi kunda kishilarni halokatga eltayotgan (oits-spid) singari davosi yo’q  kasalliklar zino orqasida kelib chiqmokda.
- Zino odamlar o'rtasidagi urishishlar, tortishuvlar, hatto o'ldirishlarga sabab bo'ladi.  Odamlar tinchligini buzadi.
-Zinokorlar ilojini boricha ushbu harom aloqa tufayli o'rtada bola paydo bo'lmaslikka harakat qiladi. Mobodo bola bo'lib qolsa, uni tug'ishdan oldin abort qilishlik yo’li bilan yoki uni dunyoga keltirgandan keyin biror tashlandiq joyga tashlab yuborishlik bilan o'ldiradi. Bunday ishlar inson nomiga noloyiq kimsalardangina sodir bo’ladi.
- Zino qalbning qorayishiga, imonning zaiflashishiga sabab bo'ladi. Zinokor o'zi sezmasa ham, ma'naviy jihatdan juda ko'p narsalardan mahrum bo'ladi. Imoni zaiflangan odamning ibodatlari ham ozayib, axloqi buzila boradi.

Islom dini zinoga olib boruvchi botiniy yo'llarni bekitgan. Erkaklar va ayollar orasidagi munosabatlar, tanishlar, qarindoshlar, yaqinlar va begona  kishilar o'rtasidagi munosabatlar qanday bo'lishi kerak? Dinimiz bularning hammasini aniq ravshan bayon qilingan. Islom dinida zino qilgan odamga og'ir jazolar belgilangan. Lekin zinoning oxiratdagi jazosi bu dunyodagisidan og'irroqdir. Alloh taolo Quroni karimda:
"Ular("Allohning mo'min bandalari) Alloh bilan birga boshqa biron ilohga iltijo qilmaslar va Alloh (o'ldirishni harom qilgan) biron jonni nohaq o'ldirmaslar hamda zino qilmaslar.
Kim mana shu(gunohlardan birontasini) qilsa, uqubatga duchor bo'lur. qiyomat kunida uning uchun azob bir necha barobar qilinur va u joyda xorlangan holida mangu qolur" ("Furqon" surasi, 68-69-oyatlar).
Ba’zi sahobalar (r.a.) aytishadi: "Zinodan saqlaninglar. Chunki unda oltita ofat bor, uchtasi dunyoda, uchtasi oxiratda.
Dunyodagi uchtasi: Rizqning kamayishi, ya’ni, rizqidan baraka ketadi; yaxshiliklardan  mahrum bo‘ladi va odamlarning qalbida yomon kishiga aylanadi.
Oxiratdagi uchtasi: Alloh g‘azab qiladi; qattiq hisob qilinadi; do‘zaxga kiradi. U do‘zaxni Alloh taolo katta do‘zax, deb nomlagan.
Kishining eng ko'p gunohlariga sabab bo'luvchi hamda jahannamga eltuvchi ikki a'zosi bor.
Bular tili bilan jinsiy a'zosi. Bu a'zolarga hokim bo'luvchi odamlar ma'naviy jihatdan yuksak martabalarga erishadilar. Payg'ambarimiz bir hadislarida: "Kimki ikki labi va ikki oyog'i orasidagi a'zolarini haromdan tiyishga kafillik bersa, men ham u kishining jannatga kirishiga kafillik beraman" deya marhamat qiladilar.  Alloh taolo barchalarimizni va farzandu zurriyotlarimizni zinoga tushib qolishlikdan saqlasin.

Oltinko’l tumani bosh imom xatibi To’raqulov Muhammadyusufdomla.
Uyshin jome masjidi imom xatibi Tursunov Sanatbek.
Nom: Javob: ZINONING IJTIMOIY ZARARLARI
Yuborildi: okahon.8800 20 Avgust 2015, 23:43:41
ZINONING TURLARI
Zino-dunyoda insoniyatni boshiga turli kulfatlar-u musibatlarni, baxtsizliklar-u kongilsizliklarni keltirishligi va oxiratda esa  alamli azoblarni sabab bo’ladigan og’ir gunoxi  ekanliga barchamizga malum.
Bugunlik kunda zino sababli qanchadan qancha oilalar parokanda, farzandlar esa  yetim bo’lib qolmoqda. Bazan falonchining oilasi buzilib ketibdi. Sababi “ayoli bashqa erkak bilan telefon orqali gaplashar ekan, yoki internetda boshqa birov bilan har hil gaplarni yozishayotgan ekan”  yoki  eri o’zini jufti haloli bo’la turib o’zga ayollar bilan yurar ekan -degan daplarni eshitib qolyapmiz.  Oilali inson Allohni bergan ne’matlariga shukr qilmas ekan uning oilasida xotirjamlik bo’lmaydi.
عن أبي هريرة رضي الله عنه قال قال رسول الله صلى الله عليه و سلم : لكل بن آدم حظه من الزنا فالعينان تزنيان وزناهما النظر واليدان تزنيان وزناهما البطش والرجلان تزنيان وزناهما المشي والفم يزني وزناه القبل والقلب يهم أو يتمنى ويصدق ذلك الفرج أو يكذبه

Abu hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisi sharifda Payg’ambarimiz sollollohu alayhi vasallam aytadilar har bir odam bolasini zinodan nasibasi bordir bas ikki ko’z zino qiladi ularning zinosi qarashlik. Ikki qo’l zino qiladi ularning zinosi ushlashlik. Ikki oyoq zino qiladi ularning zinosi yurib borishlik. Lab zino qiladi uning zinosi o’pishlik. Qalb zinoni o’ylaydi yoki orzu qiladi, farj esa yo uni tasdiq qiladi (ro’yobga chiqaradi) yoki yolg’onga chiqaradi.

Hadisi sharifdan malum bo’ladiki zinoning bar necha turi Uning bir necha turlari mavjud bo’lib, ulardan quyida tanishib chiqamiz.
1) Ko’z zinosi- Alloh taolo mo’min musulmonlarni o’zlariga nomaxram bo’lganlarga shaxvat nazari bilan qarashdan qaytargan. Quroni karimda
قُلْ لِلْمُؤْمِنِينَ يَغُضُّوا مِنْ أَبْصَارِهِمْ وَيَحْفَظُوا فُرُوجَهُمْ ذَلِكَ أَزْكَى لَهُمْ إِنَّ اللَّهَ خَبِيرٌ بِمَا يَصْنَعُونَ (30) وَقُلْ لِلْمُؤْمِنَاتِ يَغْضُضْنَ مِنْ أَبْصَارِهِنَّ وَيَحْفَظْنَ فُرُوجَهُنَّ
Ey Muhammad (sav) mo'minlarga ayting, ko'zlarini tiysinlar va farjlarini saqlasinlar. Ana shu ular uchun pokdir. Albatta, Alloh nima hunar qilayotganlaridan xabardordir. Mo'minalarga ayting: «Ko'zlarini tiysinlar, farjlarini saqlasinlar ….
Hadisi sharifda “ikki ko’z zino qiladi ularning zinosi qarashlikdir” -deyilgan.
Nomahram ayollarga shaxvat nazari bilan qarashlik bu ko’z zinosi hisoblanadi. Haqiyqiy er kishi boshqa insonni ayoliga  shaxvat hissi bilan qarashligi beodob insonlarning xunuk ishlaridandir. Bugunlik kunda juda ko’p inernetnet saytlarida faxsh ishlarni targ’ib qilayotgan bir paytda insonlarni bunday faxsh narsalarni tomosha qilishga mukkasidan ketishliklari achinarli holatni keltirib chiqaradi.
2) Quloq zinosi – behayo suhbatlarga quloq tutishlikda yaqqol ifodalaniladi. Hadislarda
و الأذن زناها السماع “quloqning zinosi eshitishlikdir” deyilgan. Astag'firulloh, hozir ibrat qilib ko'rsatilayotgan g'arb mamlakatlarida “telefon orqali jinsiy muloqot”  hizmatlari keng qo'lamda faoliyat ko'rsatayotganligi bunga yaqqol misol bo'la oladi. Demak, balog'at yoshidagi farzandlarimizni telefon go'shagiga bog'lab qo'yuvchi zararli omillar ham borligidan ogoh bo'lishimiz joiz.
3) Qo’l va oyoq zinosi- hadisi sharifda “Ikki qo’l zino qiladi ularning zinosi ushlashlik. Ikki oyoq zino qiladi ularning zinosi yurib borishlik”. Bu narsa begona qiz, juvonlar bilan qo’l ushlashib yurishlik va ularga teginishlikni o’z ichiga oladi.
4) Og’iz zinosi- hadisi sharifda “Lab zino qiladi uning zinosi o’pishlikdir” deyilgan. Yani begona nomaxram bo’lganlar bilan o’pishishlik, og’iz zinosi hisoblanadi. Ba shu og’izdagi til yordamida behayo so’zlarni so’zlash, gap otishlik qochiriqlar qilish,  Nomahram ayolning “boshini aylantirish” ham og’iz -yani til zinosiga kiradi. 
5) Qalb zinosi- aytish mumkinki qalb hamzino qiladimi? Ha qalb ham zino qiladi. Yuqoridagi hadisning davomida  “Qalb zinoni o’ylaydi yoki orzu qiladi”,deyilgan. Agar insonni qalbiga shayton zinoni vasvasasini solmaganda edi. Inson hayotida har hil nomaqul ishlar bo’lmas edi.
6) Farj zinosi-bu haqiyqiy had vojib qiladigan zinodir. Hadisning so’ngida “Farj uni tasdiq qiladi (ro’yobga chiqaradi) yoki yolg’onga chiqaradi”- deyilgan. Albatta farjning zinosi ulkan bo’lib, qizlarni nomusi poymol bolishi, benikoh zurriyotlarni dunyoga kelishligi, yoki hali dunyoga kelishidan oldin homilani abort qildirishlik hamda bundan boshqa qanchadan-qanchcha jirkanch oqibatlarga olib kelayotganligi hech kimga sir emas. Shuning uchun habibimiz rosulimiz Muhammad (sav) hadislarida "Kimki ikki labi va ikki oyog'i orasidagi a'zolarini haromdan tiyishga kafillik bersa, men ham u kishining jannatga kirishiga kafillik beraman" deya marhamat qiladilar. Demak har bir musulmon inson Alloh taoloning
وَلَا تَقْرَبُوا الزِّنَا إِنَّهُ كَانَ فَاحِشَةً وَسَاءَ سَبِيلًا
“Zinoga yaqinlashmanglar. Albatta, u fohisha ish va yomon yo'ldir” (Isro, 32)degan buyrug’iga boysungan holatda umrguzaronlik qilmog’i darkor.

Oltinko’l tumani bosh imom xatibi To’raqulov Muhammadyusufdomla.
Uyshin jome masjidi imom xatibi Tursunov Sanatbek.

Nom: Javob: ZINONING IJTIMOIY ZARARLARI
Yuborildi: okahon.8800 21 Avgust 2015, 13:33:54
ENG YOMON YO’L.
Tarix moboynida insoniyatni boshiga tushgan balolarni aksariyati noshariy haron yo’llar orqali hayot kechirishlik oqibatida sodir bolgan. O’tgan ummatlarni hayotiga etibor bilan qaraydigan bo’lsak ularni halokati aynan manashunday faxsh yo’llarga berillganliklari sababidan voqe bolganligini bilib olami.
Alloh taolo zinoni samoviy kitoblarning barchasi: Tavrot, Zabur, Injil va Furqonning ko'p oyatlarida harom qilgan. Quroni karimda:
وَلَا تَقْرَبُوا الزِّنَا إِنَّهُ كَانَ فَاحِشَةً وَسَاءَ سَبِيلًا
“Zinoga yaqinlashmanglar. Albatta, u fohisha ish va yomon yo'ldir” (Isro, 32)
Boshqa bir oyatda:
وَلاَ تَقْرَبُواْ الْفَوَاحِشَ مَا ظَهَرَ مِنْهَا وَمَا بَطَنَ
"Fahsh–buzuq ishlarning oshkorasiga ham, maxfiysiga ham yaqinlashmang" (An'om, 151).
Oyati karimaga etibor bersak fohisha ish bo’lgan zinoni qilmanglar emas, balki zinoga va fohisha ishlarga yaqinlashmaylar degan ilohiy buyruq ko’ramiz. Bu esa zino va faxsh ishlarni naqadar jirkanch ish ekanligini ko’rstib beradi.
 Insoniyatning boqiy qolishi, kamol topishi uchun erkak bilan ayolning o’rtasidagi aloqa doimiy va mustahkam ahdu vafo, - jamiyat tomonidan kafolatlangan ahdu paymon asosida bo’lishi kerak. Shunday bo’lmasa, naslu-nasab pokligi ham, ota-bolalik tuyg’usi ham oila ham, jamiyat ham qolmaydi. Insoniyat  tanazullga yo’l tutadi. Zino poklik va oliymaqomlikni yo’qqa  chiqaradigan amaldir. Shuning uchun ham  hamma xalqlar, hamma dinlar, hamma jamiyatlar zinoni qoralaganlar.
Uning sababidan musulmonlarning hurmati oyoq osti bo'ladi, nasablar aralashib ketadi. Inson o’zini kimni bolasi ekanligini bilmay qoladi. Ovropa davlatlarida dunyoga kelayotgan chaqoloqlarni 40% dan ko’prog’i  tayini yo’q  ekanligi ularni jidiiy muammoga solayotganligi hech kimga sir emas. Bu esa ularda nikohga etiborsizliklaridan, oilani muqaddasligini unutganliklaridan va hamda turli hil faxsh ishlarni odat qilib olishliklari oqibatidir.
Zinoda inson hurmatini toptalishligi bor. O’tgan ulug’lardan Ja'far ibn Abu Tolib raziyallohu anhu: "Hurmatimni toptashlari menga yoqmaydi, mening o'zim ham hech kimning hurmatini oyoq osti qilmayman", deganlar.  O'zlari johiliyat paytlarida ham zino qilmaganlar.
 Abu Umoma roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Bir yosh yigit payg'ambar sollallohu alayhi va sallam huzurlariga kelib dedi: “Ey rasululloh, menga zino qilishga ruxsat bering”. Odamlar unga yuzlanishdi va: “Hoy, nima deyapsan?!” – deb uni jerkib berdilar. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam "Yaqinroq kel", dedilar. U yaqinlashdi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam "O'tir", dedilar. U o'tirdi. “Sen buni (zinoni) onangga bo'lishini xohlaysanmi?” U “Alloh meni sizga fido qilsin, yo'q, albatta”, dedi. "Odamlar ham onalariga buni xohlamaydilar", dedilar. "Qizingga xohlaysanmi?" dedilar. “Yo'q, albatta ey rasululloh Alloh meni sizga fido qilsin”. "Odamlar ham qizlariga buni xohlamaydilar" dedilar. "Sen buni singling uchun xohlaysanmi?" U “Alloh meni sizga fido qilsin, yo'q, albatta”, dedi. "Odamlar ham buni singillari uchun xohlamaydilar". "Sen buni ammang uchun xohlaysanmi?" U “Alloh meni sizga fido qilsin, yo'q, albatta”, dedi. "Odamlar ham buni ammalari uchun xohlamaydilar". "Sen buni xolang uchun xohlaysanmi?" U “Alloh meni sizga fido qilsin, yo'q, albatta”, dedi. "Odamlar ham buni xolalari uchun xohlamaydilar". Rasululloh sollallohu alayhi va sallam qo'llarini uning ustiga qo'ydilar va "Ey Alloh, buning gunohini kech, qalbini pokla va avratini saqla", dedilar. Hadisni rivoyat qiluvchi aytadi, ana shundan keyin bu yigit biror narsaga qiyo boqmaydigan bo'ldi. (Imom Ahmad rivoyati.)
Hadislarda الْحَيَاءُ مِنَ الإِيمَانِ “hayo iymondandir” deyilgan. Musulmon inson hayolik bo’lishligi lozim. Hayo o’tgan barcha payg’ambarlarning xulqlari va ta’limotlaridandir.
عَنْ أَبِى مَسْعُودٍ قَالَ قَالَ رَسُولُ اللَّهِ -صلى الله عليه وسلم- :« إِنَّ مِمَّا أَدْرَكَ النَّاسُ مِنْ كَلاَمِ النُّبُوَّةِ إِذَا لَمْ تَسْتَحِى فَاصْنَعْ مَا شِئْتَ ». رَوَاهُ الْبُخَارِىُّ فِى الصَّحِيحِ
Vatandoshimiz muhaddislar sultoni Imom Al Buxoriy (r h) o’zlarinig odoblar xazinasi nomli hadis kitobida Abu Masud (ra) dan rivoyat qilingan hadisda: Payg’ambarimiz (sav) “payg’ambarlarning  insonlar idrok qilgan gaplari, agar hayo qilmasang hoxlaganingni qilaver” – deganlar.
Alloh taolo barchalarimizni gunoh masiyatdan saqlasin. Hayo va iffatda bo’lishlini barchalarimizga nasib qilsin.

Oltinko’l tumani bosh imom xatibi To’raqulov Muhammadyusufdomla.
Uyshin jome masjidi imom xatibi Tursunov Sanatbek.

Nom: Javob: Maʼrifiy maqolalar
Yuborildi: Orifjon Hanafiy 14 Sentyabr 2015, 11:35:57
ИЛМ ЎРГАНУВЧИНИНГ НИЯТИ ҲАҚИДА
Буюк юртдошимиз Абу Лайс Самарқандий ўзининг машҳур “Бўстонул орифийн” асарида илм ўрганувчининг ниятлари ҳақида ушбу гўзал насиҳатларни баён қилганки, уни ҳар бир толиби илм билиб, ёдда тутмоғи ва унга амал қилмоғи лозим.
Фақиҳ Абу Лайс Самарқандий раҳимаҳуллоҳ айтади:
Таълим олувчи муҳтож бўладиган нарсанинг аввалгиси – олган илми билан фойдаланиши ва ўзидан ўрганаётган кишига фойда бериши учун ниятини тўғирлаб олишдир. Бас, қачонки ниятини тўғрилашни ирода қилган бўлса, яна тўрт нарсани қасд қилишига тўғри келади:
1. Илм олишлиги билан жоҳилликдан чиқишга қарор қилиш. Чунки Аллоҳ таоло: "Айтинг: "Биладиганлар билан билмайдиганлар тенг бўлурми?!" деган маънода марҳамат айлаган. (Зумар, 9)
2. Илми билан халққа фойда келтиришни ният қилиш. Чунки Пайғамбар саллаллоҳу алайҳи ва саллам: "Инсонларнинг яхшиси инсонларга фойдаси тегадиганидир", деганлар.
3.  Илм ўрганиш билан илмни тирилтиришни ният қилиш. Чунки инсонлар таълим олишни ташлаб қўйсалар, Пайғамбар саллаллоҳу алайҳи ва саллам: "Илм кўтарилишидан олдин илмни ўрганиб олинглар", деб айтганларидек, илм кўтарилиб қолади. Илмнинг кўтарилиши олимларнинг кетиб қолишидир.
4. Илм олиш билан унга амал қилишни ният қилиш, аксини эмас. Чунки илм амал учун асбобдир. Илмсиз амал беҳуда бўлгани каби каби амалсиз асбобни талаб қилиш ҳам беҳуда ишдир. Айтибдиларки, амалсиз илм уволдир, илмсиз амал залолатдир.
Таълим олувчи илм ўрганиш ила Аллоҳ таолонинг розилигини, охират диёрини талаб қилиши лозим. Илм билан дунё талаб қилишни қасд қилмаслик керак. Ҳолбуки, илм ўрганиш билан Аллоҳ таолонинг розилиги ва охират манзилини талаб қилинса, унисига ҳам, бунисига ҳам эришгай. Аллоҳ субҳонаҳу ва таоло марҳамат қилганидек:
“Ким охират ҳосилини истаса, Биз унга ҳосилини зиёда қилиб берурмиз. Ким дунё ҳосилини истаса, Биз унга ўшандан берурмиз ва унга охиратда бирон насиба бўлмас”. (Шўро. 20)
Зайд ибн Собит Пайғамбаримиз саллаллоҳу алайҳи ва салламдан ривоят қилади: "Кимнинг нияти дунё бўлса, Аллоҳ таоло унинг ишини тарқатиб юборади ва фақирлигини иккала кўзининг орасига қўйиб қўяди, дунёдан унга Аллоҳ таоло битиб қўйганидан бошқаси келмайди. Кимнинг нияти охират бўлса, Аллоҳ таоло унинг барча юмушларини жамлаб қўяди, бойлигини қалбига жойлаб қўяди. Унга  дунё жирканчли ва хор бўлиб келади".
Мабодо ниятини тўғирлашга қодир бўла олмаса ҳам, илм ўрганишни тарк қилгандан кўра ўрганавергани афзал, чунки таълим олаверса, илм унинг ниятини тўғирлаб қўйишига умид бор. Хабарларда ривоят қилинишича Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам: "Ким илмни Аллоҳ таолонинг розилигидан бошқа нарса учун талаб қилса ҳам, илм унга илм етиб келиб, нияти Аллоҳ таоло учун ва охират манзили учун бўлмагунча дунёдан ўтмайди", деганлар.
Мужоҳид айтган: "Биз бу илмни талаб қилганимизда ниятимиз кам эди. Сўнг Аллоҳ таоло бизга ниятни ризқ қилиб берди".

Улуғнор тумани бош имом хатиби Сайдалиев Бахтиёржон
Nom: DILOZORLIK.
Yuborildi: okahon.8800 14 Oktyabr 2015, 09:06:14
DILOZORLIK.
Inson qalbi juda ham nozik. Ulamolarimiz inson qalbini oynaga o’xshatadilar, agar oynak sinadigan bo’lsa qanchalik mashaqqat qilib bo’lsa ham uni ta’mirlab bo’lmaydi. Ta’mirlansa ham avvalgi holatiga qaytmaydi. Shubhasiz inson qalbi oynasini sindirishlik tildan chiqgan achchiq so’zlar sabablik sodir bo’ladi.
Og’izdan chiqgan har bir so’z otilgan o’q misoli, otilgan o’q nishonga tegmay qolishi mumkin, lekin aytilgan so’z nishonga tegmay qolmaydi.
Inson qalbiga ozor berib-dilozorlik qilishlik Ka’bani vayron qilishlikdan ham ulkan gunohdir.
 Abdulloh ibn Amr (ra) aytadilar: Payg’ambarimiz (sav)ni Ka’bani tavof qilayotib ( Baytullohga qarata):
عبد الله بن عمرو قال رأيت رسول الله صلى الله عليه و سلم يطوف بالكعبة ويقول ما أطيبك وأطيب ريحك . ما أعظمك وأعظم حرمتك . والذي نفس محمد بيده لحرمة المؤمن أعظم عند الله حرمة منك
“Qanday ham xushbo’ysan va qanday ham  hiding xushbo’ydir. Qanday ham ulug’san va qanday ham ulug’dir sening xurmating. Muhammad (sav) ning joni qo’lida bo’lgan zotga qasamki Alloh taoloning nazdida bir mo’min insonning xurmati sening xurmatingdan ko’ra ulug’roqdir” deganliklarini ko’rdim

Dilozorlik mo’min insonga munosib bo’lmagan sifatlardan biridir sanaladi. Payg’ambarimiz (sav)
"المسلم من سلم المسلمون من لسانه ويده". رواه البخاري .
“ musulmon insonlar uni tilidan va  qo’lidan salomat bo’lgan insondir”- deganlar. Imom Buxori rivoyati.
Sadiy (rh) aytadilar:
Ka’ba bunyodi Halili Ozar ast
Dil nazargohi Jalili Akbar ast.
Mazmuni Ka’ba Ozarni o’gli Ibrohim Halilullohni bunyod qilgan binosidir. Dil (qalb) esa Jalili Akbar bo’lgan Alloh toloni nazar soladigan joyidir. Bu bilan Sadiy (rh) Ey inson sen Olloh taoloni nazari tushiib turadigan joyni vayron qilmagin. Bu ishing Ka’batullohni vayron qilishlikdan og’irroq gunohdir demoqchi bo’ladilar.
Bir inson aytib bergandi: Yomg’irli kunlarning birida bekatda aftobus poylab tursam, yoshi elliklardan oshib qolgan bir ayol yonimga kelib turdi. Ayol kun sovuq bo’lishiga qaramay, biz oz yupun kiyinganidan dildirab turardi. Unga rahmim keldi.
- Opaxon qayerga borayapsiz shunday havoda? – dedim.
- Yo’lni ham yaxshi bilmayman. Markaziy kasalxonaga borishim kerak edi, - dedi u.
- Bir oz kutsangiz, yo’nalishdagi taksi keladi, birga ketamiz. Qayerda tushish kerakligini o’zim ko’rsatib yuboraman, - dedim men.
Bir ozdan so’ng biz kutgan taksining qorasi ko’rindi. Ammo qaerdandur 5-6 yo’lovchi kelib, bizga qo’shildi. Men baribir navbat bizniki degan hayolda turaverdim. Ammo mashina kelishi bilan ortimizdagilar “hujum” ga o’tishdi va bizdan oldin mashinaga chiqib olishdi.
- Insof qilinglar, navbati bilan-da, - dedim qizishib. – Biz qancha paytdan beri kutib turibmiz-ku!
Hech kim gapimga e’tibor qilmadi.
- Hech bo’lmasa mana shu onaxonni kasalxonaga tashlab qo’ying, shoshib turibdi, - dedim bu safar haydovchiga yuzlanib.
Haydovchi esa bir yo’lovchilarga, bir onaxonga qaradi. Ayolning ahvolini ko’rdi-da:
-Ozgina kutsangiz, o’zlari kasalxonaga olib ketishadi, - dedi piching qilib.
Biz ikkimiz indamay bekatga qaytdik. Baxtimizga keyingi mashina tezda keldi.
Ammo ko’p yurmay chorahadagi “probka” da turib qoldik. Haydovchi nima gapligini bilish uchun o’sha tomonga ketdi. Bir payt rangi oqarganicha qaytib keldi:
- Mendan oldingi ketgan taksi “Kamaz” ga urilib ketibdi!
Men “yalt” etib ayolga qaradim. U indamay mendan nigohini olib qochdi va nimalardir deb pichirlab qo’ydi.
- Ichidagilarga hech narsa qilmabdimi? – dedi kimdur achinib.
- Bilmadim, yo’lovchilarni markaziy kasalxonaga olib ketishibdi, - dedi haydovchi.
Bazan ko’cha ko’yda insonlar bilan muloqot qilayotib dilozorlik qilib qo’yamiz, “dilozordan xudo bezor”- degan gapni yodimizdan chiqaramizda Olloh taloning nazargohi bo’lgan inson ko’nglini ranjitamiz. Bu esa ko’ngildan qolishlikka  olib keladi. Olloh taolobarchalarimizni dilozorlikdan saqlasin

SALMON FORISIY JOME MASJIDI IMOM XATIBI RAHIMOV ILHOMJON.
VAHM MASJIDI IMOM XATIBI SAIDUMAROV UMARXON.
Nom: Javob: ISTIG’FOR FAZILATI
Yuborildi: Orifjon Hanafiy 21 Oktyabr 2015, 15:16:59
Саълаба ибн Абдураҳмон
Ривоят қиладиларки, Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва салламнинг соқчиси ва ходими эди Саълаба ибн Абдураҳмон ансорлардан бирининг уйидан ўтаётиб ногаҳон ансория аёлнинг ғусл қилаётганига кўзи тушиб қолди. Уўзини олиб қочди, лекин яна бир бор қаради. Бирдан: “Қилган гуноҳим ҳақида Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва салламга ваҳий келиб қолса-я!?” деб қўрққанидан Макка ва Мадина орасидаги тоққа қочиб кетди.
Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам уни қирқ кунгача суриштирдилар, хабари бўлмади. Охири Жаброил алайҳис Аллоҳ таоло томонидан салом олиб келди ва унинг қаердалигининг хабарии берди
Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам Умар ибн Хаттоб ва Салмон Форсийларни Саълаба ибн Абдураҳмонни олиб келишга юбордилар. Улар йўлда Зуфофа исмли чўпонга рўпара келишди. Умар разияллоҳу анҳу ундан тоққа чиқиб кетан йигит ҳақида сўради. Чўпон:
-   Жаҳаннамдан қочган йигитни сўраяпсизларми? – деди.
-   Унинг жаҳаннамдан қочганини қаёқдан биласан?
-   Ярим кечада манави қояларнинг орасидан чиқиб келади. Қўлларини бошига қўйиб йиғлайди ва: “Эй кошки, жонимни олсанг эди! Менга Ўз марҳаматингни дариғ тутмагин!” деб нола қилади.
-   Ҳа, ўша, – деди Умар разияллоҳу анҳу.
Зуфофа уларни етаклаб кетди. Тун ярим бўлганда Саълаба чиқиб одатича нола қила бошлади:
-   Ал-омон! Ал-омон! Қачон дўзахдан омонлик бўлур?!
-   Мен Умарман!
-   Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам гуноҳимдан хабардор бўлдиларми? – сўради у.
-   Мен у сўздан бехабарман. Менинг билганим шуки, кеча мулойимлик билан сени сўрадилар, – жавоб берди Умар разияллоҳу анҳу.
Улар Мадинага бориб, масжидга кирганларида Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам намоз ўқиётган эдилар. У зотнинг қироатларини эшитиб Саълаба ҳушидан кетди. Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам намоздан сўнг Умар ва Салмон разияллоҳу анҳумодан Саълабани сўрадилар.
-   Ана у, эй Аллоҳнинг расули! – дейишди. Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам чиқиб уни ўзига келтирдилар ва сўрадилар:
-   Нима нарса сени мендан узоқ қилди?
-   Гуноҳим! – деди у.
-   Сенга гуноҳ ва хатоларни ўчиргувчи оятни ўргатайми?
-   Ҳа, эй Аллоҳнинг расули!
-   “Роббана атина фид дуня ҳасанатан ва фил ахироти ҳасанатан ва қина ъазабан нар” (Эй Роббимиз, бизга бу дунёда ҳам яхшиликни, охиратда ҳам яхшиликни бергин ва бизни дўзах азобидан сақлагин) деб айт, – дедилар жаноб саллаллоҳу алайҳи ва саллам.
-   Менинг гуноҳим ундан ҳам катта! – деди Саълаба. Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам:
-   Йўқ! Аллоҳнинг Каломи буюкроқдур! – деб уни уйга қайтишга буюрдилар. У уйига бориб касал бўлиб ётиб қолди. Салмон разияллоҳу анҳу Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва салламнинг ҳузурларига келиб унинг бемор бўлиб қолганини айтди. Жанобимиз:
-   Юринглар! – деб унинг уйига бордилар. Кириб муборак тиззаларига унинг бошини қўйган эди, бошини тортиб олди.
-   Нега бошингни тиззамдан тортиб олдинг? – сўрадилар саллаллоҳу алайҳи ва саллам.
-   Чунки менинг бу бошим гуноҳларга тўла.
-   Нимани сезяпсан?
-   Этим билан суякларим орасида чумоли ўрмалагандек бўляпти.
-   Нимани хоҳлаяпсан?
-   Раббимнинг мағфиратини.
Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам Аллоҳ уни мағфират қилганининг хабарини етказган эдилар, бир ҳайқирди-ю, жон таслим қилди...
Пайғамбар саллаллоҳу алайҳи ва саллам уни ўзи ювиб, кафанлаб, жанозасини ўқидилар ва қабристонга олиб бордилар. У жойда эҳтиёткорлик билан оёқларнинг учларида юрган эдилар асҳоблари бунинг сабабини сўрадилар.
-   Уни зиёрат қилгани келган фаришталарнинг кўплигидан оёғимни қўйгани жой топа олмаяпман, – дедилар Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам.

Парпиев Жамолиддин.
Иминов Суҳаммадсобир
Асака
Nom: Javob: Odob axloq
Yuborildi: Orifjon Hanafiy 03 Dekabr 2015, 07:57:58
ҲАСАДНИНГ ОФАТЛАРИ
Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам айтадилар:
"Одам боласининг жисмида тўрт гавҳар бор. Уни тўртта нарса зойил қилади. Ўша гавҳарлар — ақл; дин; ҳаё ва яхши амал. Ғазаб ақлни зойил қилади. Ҳасад динни зойил қилади. Тамагирлик ҳаёни зойил қилади. Ғийбат яхши амални зойил қилади". (Асқалоний. “Мунаббиҳот”)
Ҳасад аввало ҳасадгўйнинг ўзини адойи-тамом қилади. Ичига ҳасад учқуни тушган одам чўғ аланга олиб ёнаётган ўрмонни эслатади. Кимдир сув сепиб, уни омон сақлаб қолишига умид қилиш бефойда. Ҳасад ўтида ёнган қалбга даво йўқ. Шунга қарамасдан ҳаётда адоват туфайли ҳасадгўйлик дардига мубтало бўлаётганлар кўп.
Усмoн ибн Ҳaсaн ибн Aҳмaд Шoкир Xубaрий “Дуратун носиҳин” китобида келтиришича ҳасаднинг офаилари саккиздур:
Ибодатини куйдиради. Aбу Ҳурaйрa разияллоҳу анҳудан ривoят қилинишича Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам aйтгaнлaр: "Ҳaсaддaн сaқлaнинглaр, чунки oлoв ўтинни eб юбoргaнидeк ҳaсaд яxшиликлaрни eб йўқ қилaди. Ҳaсaд куфргa oлиб бoрaди".
Гуноҳгa ундaйди. Зoмрa ибн Сaълaбaдaн ривoят қилинaди: Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам aйтгaнлaр: "Инсoнлaр тoки ҳaсaд қилмaгунлaригaчa яxшиликдa бардавом бўлгайлар".
Шaфoaтдaн мaҳрум бўлади. Aбдуллoҳ ибн Бишрдaн ривoят қилинaди: Пайғамбар саллаллоҳу алайҳи ва саллам aйтдилaр: "Ҳaсaдчи, чaқимчи ва кoҳинлик қилaдигaнлар мeндaн эмaсдир".
Дўзaxгa киришгa сaбaб бўлaди.
Пайғамбар саллаллоҳу алайҳи ва саллам aйтдилaр: "Ҳoжaтлaрнинг рaвo бўлиши учун сир тутиш билaн Aллoҳдaн ёрдaм тaлaб қилинглaр, чунки ҳaр бир нeъмaт эгaси ҳасадлангандур ".
Фoйдaсиз ғaм вa қийинчилик, шу билaн биргa гунoҳкoр бўлиш. Ибн Сaммoк aйтдилaр: "Ҳaсaд қилувчидaн ҳaм бaттaр oдaм йўқ, у мaзлумгa ўxшaгaн зoлимки, ҳaр дoим ғaм унгa ҳaмрoҳ, aқли eсa уни нуқул aдaштирaди".
Қaлби кўрлик, Aллoҳнинг ҳукмлaрини тушунa oлмaслик. Aбу Суфён раҳматуллоҳи алайҳи aйтгaн экaнлaр: "Ҳaсaд қилувчи бўлмaгин, шундa тeз тушунaдигaн бўлaсaн".
Мaҳрумлик вa xoрлик. Ҳaсaд қилувчи oдaм ҳeч қaчoн мурoдигa eтoлмaйди, душмaнигa ғoлиб ҳaм бўлoлмaйди. Шунинг учун aйтишдики: "Ҳaсaдгўй ҳeч қaчoн сaoдaтли бўла oлмaйди"

Бахтиёржон Ҳайитбоев. Мулла Абдулазиз жомеъ масжиди имом хатиби
Қамариддин Шаробиддинов. Имо Абу Юсуф жомеъ масжиди имом хатиби
Асака
Nom: Javob: Odob axloq
Yuborildi: Orifjon Hanafiy 03 Dekabr 2015, 09:37:03
Бировларнинг айбини ёпиш
   Одамлар орасида кенг тарқалган иллатларнинг бири бировнинг айбини очишлик. Аслида инсон аввало ўзини ислоҳ қилиши керак. Биз эса гўёки ўзимиз фаришта каби бегуноҳдек ўзимизнинг айблари тўлиб-тошиб ётса-да, тинмай ўзгаларнинг айбларини қидирамиз. Иброҳим ибн Адҳам раҳматуллоҳи алайҳи атганларидек: ”Бошқаларнинг айблари билан шуғулланасизлару, ўзларингизнинг айбларингизни ташлаб қўясиз”.
   Энг ачинарлиси шуки, бировнинг очиқ ва зоҳир камчилигинигина эмас, балки қилган-қилмаганлиги аниқ бўлмаган мавҳум гап-сўзларни тарқатиш авж олиб кетди. Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам:
   “Гумондан сақланинг, чунки гумон сўзларнинг ёлғонроғидур. Пайпасламанглар (тимирскиламанглар, суриштирманглар, сирдан бохабар бўлманглар, олдиндан сезманглар), жосуслик қилманглар (билишга ҳаракат қилманглар, дараклаб суриштирманглар, қидириб маълумот тўпламанг, айғоқчилик қилманг), ҳасад қилманг, қарши куршишманглар, бир-бирларингизни ёмон кўрманглар, Аллоҳнинг биродарлашган бандалари бўлинглар!” деганлар. (Абу Ҳурайра разияллоҳу анҳудан имом Бухорий ривояти)
   Уқба разияллоҳу анҳунинг котиби Духайн айтади:
   “Уқбага:
-   Бизнинг қўшнилармиз бор. Хамр ичишади. Мен миршабларни чақираман, улар тутиб кетишади, - дедим. У:
-   Ундай қилма! Лекин насиҳат қил ва охират азобидан қўрқит.
Мен унинг айтганини қилдим. Аммао у тийилмади.
-   Мен уларни қайтарсам, қайтишмаяпти. Мен миршабларни чақираман, улар тутиб кетишади, - дедим. У яна:
-   Ундай қилма! Лекин насиҳат қил ва охират азобидан қўрқит.
Бу ҳолат яна такрорланди. Шунда Уқба:
-   Шўринг қурғур, ундай қилма! Чунки мен Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва салламнинг: “Ким мўминнинг айбини беркитса, гўёки тириклайин кўмилган қизчани тирилтиргани каби бўлур” деганларини эшитганман, - деди”. (Абу Довуд ва Аҳмад ибн Ҳанбал ривоятлари)


Сарварбек Йўлдошев. Мирзо Шариф масжиди имом хатиби. Асака 
Улуғбек қори Йўлдошев
Nom: Javob: Odob axloq
Yuborildi: Orifjon Hanafiy 09 Mart 2016, 15:15:31
Ҳаждан кўра афзалроқ зиёрат
Шайх Саъдийнинг бир байти бор:
   Каъба бунёди Халили Озар аст,
   Дил назаргоҳи Жалили Акбар Аст.
(Каъба Озарнинг ўғли Иброҳим бунёд қилган бинодир. Дил эса Улуғ ва Буюк Аллоҳнинг назаргоҳидур)
Ҳа, каъбани зиёрат қилиш учун йиллар кутамиз, миллионлар сарфлаймиз, аммо ёнимиздаги “каъба”ни гоҳида унутиб қўямиз.
Албатта, ҳиссиётга берилиб кетиб фарз бўлган ҳаж амали ва суннат бўлган умра ибодатини енгил санаб қўйишдан Аллоҳ асрасин. Бундай буюк мақомлар ҳаммамизга насиб этсин. Бироқ Аллоҳнинг назаргоҳини ҳам унутмаслик керак. Ана шундай “каъба”ларнинг улуғларидан бири – қариндош зиёрати.
Aллoҳ тaoлo aйтaди: 
"Aлбaттa, Aллoҳ aдoлaтгa, чирoйли aмaллaр қилишгa вa қaвм-қaриндoшгa яxшилик қилишгa буюрур ҳaмдa бузуқлик, ёмoн ишлaр вa зўрaвoнликдaн қaйтaрур. У зoт шoяд ибрaт, эcлaтмa oлaрcизлaр дeб, cизлaргa пaнд-нacиҳaт қилур" (Нaҳл cурacи, 90-oят).
Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам марҳамат қиладилар:
«Бир киши oилa aъзoлaрини яxши кўргaн тaoмлaрини oлиб тaoмлaнтирca, Aллoҳ ўшa кишигa минг caвoб бeриб, дaрaжacини минг бaрoбaр кўтaрaди. Ўшa кишини жaннaтдa яxши кўргaн нeъмaтлaригa еткaзaди».
Aбу Умoмa разияллоҳу анҳудан ривоят қилинади – Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам:
«Бир кишининг oилa aъзoлaригa, қaриндoш-уруғлaригa, қўни-қўшнилaригa кўрcaтaдигaн икрoми – икрoмлaрнинг энг гўзaлидир. Булaргa ниcбaтaн xacиcлик қилмacлик кeрaк», дедилар.
Ва яна ўша зотдан ривоят қилинади – Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам айтдилар:
"Уч киши жaннaтгa кирмaйди: дoимий aрoқ ичувчи, қaриндoшчиликни узувчи, ceҳргaрлaрнинг cўзини тўғри дeб aйтгувчи" (Имoм Aҳмaд вa Ибн Aдий ривoяти).
Нaбий (coллaллoҳу aлaйҳи вacaллaм) aйтдилaр:
"Caдaқa ёмoнликнинг етмиштa эшигини тўcaди. Caдaқa тўрт xилдир: биригa ўн бaрaвaр, иккинчиcигa етмиш, учинчиcигa етти юз, тўртинчиcигa етти минг бaрoбaр caвoб бeрилур.
Биринчиcи – кaмбaғaллaргa бeрилгaн caдaқa,
иккинчиcи – қaриндoшлaргa,
учинчиcи – aкa-укa, oпa-cингиллaргa,
тўртинчиcи эca тoлиби илмлaргa бeрилгaн caдaқaдир. Бу гaпни Aллoҳ тaoлoнинг Бaқaрa cурacидaги қуйидaги oят қуввaтлaйди:
"Aллoҳ йўлидa мoллaрини инфoқ-эҳcoн қилaдигaн кишилaрнинг миcoли xудди ҳaр бир бoшoғидa юзтaдaн дoни бўлгaн еттитa бoшoқни ундириб чиқaргaн бир дoнa дoнгa ўxшaйди. Aллoҳ Ўзи xoҳлaгaн бaндaлaригa бир нeчa бaрoбaр қилиб бeрaди. Aллoҳ (фaзли-кaрaми) кeнг, билгувчи зoтдир"(261-oят).
Рacулуллoҳ (coллaллoҳу aлaйҳи вacaллaм) aйтдилaр:
"Уч тoифa кишилaр бoрки, улaр жaннaт aҳлидирлaр.
Биринчиcи, фуқoрoлaригa яxшилик қилaдигaн инcoфли, aдoлaтли, caҳoвaтли cултoн.
Иккинчиcи, қaриндoшлaр вa мўмин муcулмoнлaрнинг бaрчacигa мeҳр-шaфқaтли, рaҳмли кимca.
Учинчиcи, oилaли, ҳaрoм-ҳaришдaн ўзини caқлaгaн, иффaтли, coлиҳ кимca, яъни oилa муҳaббaти уни ҳaрoмгa юришдaн қaйтaргaн" ("Шaрҳи Мacoбиҳ").
Абу Ҳомид Ғаззолий раҳимаҳуллоҳ айтади:
Бир киши қaриндoш зиёрaтидaн, иккинчиси эса ҳaж зиёрaтидaн қaйтaётгaндa учрaшиб қолишди.
Ҳoл-аҳвол сўрашишди. Ҳаждан келайтган киши бунисига айтди:
— Қaриндoш зиёрaти caвoбини мeнгa бeрасанми, мeн cенгa ҳaж caвoбини бeрaман, — дeди.
Шу пайт қариндошни зиёрат қилиб келаётган инсонга ғойибдан илoҳий oвoз кeлди:
«Зинҳoр қaриндoш зиёрaтининг caвoбини бeра кўрмa. Сен бу зиёрaтинг учун қaбул бўлгaн етмишта ҳaжнинг caвoбини топдинг».
Буни эшитгaн зиёрaтчи қaриндoш зиёрaти caвoбини ҳaж caвoбигa aлмaшмoқдaн вoз кeчди.
Ҳaж қилгaн киши — Кaъбaи Муaззaмaни зиёрaт этди, у эca кўнгил зиёрaтидa бўлди.

Қамариддин Шаробиддинов. Имо Абу Юсуф жомеъ масжиди имом хатиби. Асака тумани
Улуғбек қори ЙЎЛДОШЕВ

Nom: Javob: Odob axloq
Yuborildi: Orifjon Hanafiy 09 Mart 2016, 15:23:15
Афв
   Ривоят қилинишича ҳазрат Умар разияллоҳу анҳу халифалик даврида уч ўғил бир кишини етаклаб келиб:
-   Бу киши бизнинг отамизни ўлдирди, - дейишди.
   У киши ҳақиқатан ҳам уларнинг оталарини ўлдирганига иқрор бўлди. Лекин уйига бир қанча бойликни беркитиб қўйган, лекин уни ўзидан бошқа ҳеч ким билмаслиги сабабли уч кунга муҳлат сўради. Ўша бойлик кўмилган жойни ўғилларига кўрсатиб қўйишлик учун уйига бориб келишликка уч кун вақт кетар эди.
   Ўрнига гаровга бирор кишини қолдириш керак эди, улар улуғ саҳобий – Абу Зар Ғифорийни танлашди. У зот бунга рози бўлди, ҳолбуки қотилни танимас, илгари кўрмаган эди. Қоидага кўра агар у келмаса унинг ўрнига Абу Зар разияллоҳу анҳу қатл қилиниши керак эди.
   Орадан уч кун ўтди. Уни анча вақт кутишди. Ҳадеганда кўринмас эди. Ниҳоят, кун адо бўлишига оз қолганида кийимлари чанг ва ғубор ғолатда халлослаб етиб келди. Умар разияллоҳу анҳу сўради:
-   Қочиб кетишингга имкон бўла туриб ҳам нега қайтиб келдинг?
-   Одамлар орасида ваъда вафо қилгувчилар қолмабди, деган гап бўлмасин деб қайтиб келдим, - деди у.
   Сўнг абу Зардан сўради:
-   Сен нега ўзинг танимаган инсонга зомин бўлдинг?
-   Мен мурувват аҳли қолмабди, деган гап бўлмасин деб шундай қилдим, - жавоб берди Абу Зар разияллоҳу анҳу.
Шунда даъвогарлар айтишди:
-   Ундай бўлса биз ҳам авф қилдик, токи одамлар орасида қасос олишга имкони бўла туриб афв қилгувчилар қолмабди деган гап бўлмасин.

   Муҳаммадқудратбек Дадабоев. Ҳолмадодхоҳ масжиди имом хатиби. Асака
Nom: Javob: ISTIG’FOR FAZILATI
Yuborildi: Orifjon Hanafiy 09 Mart 2016, 18:07:26
Икки ҳикоя
   Имрон ибн Ҳусайн ал-Хузоий раздан ривоят қилинади  - Жуҳайна қабиласидан бўлган бир аёл зинодан ҳомиладор бўлиб қолиб, Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва салламнинг ҳузурларига кeлиб:
-   Эй Аллоҳнинг расули, мeнга жазо лозим бўлиб қолди. Уни мeнда қоим қилинг, - дeди. Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам унинг валийсини чақириб:
-   Унга чиройли муомалада бўл. Агар боласини туғса, мeнинг ҳузуримга у аёлни олиб кeл, - дeдилар.
   Валийси Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва салламнинг айтганларини қилди. Аёл кeлтирилгач, Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам у хотиннинг кийимларини боғлаб, тошбўрон қилишга буюрдилар, ҳукм ижро этилди. Сўнгра Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам унга жаноза намози ўқидилар. Буни кўрган Умар разияллоҳу анҳу:
-   Эй Аллоҳнинг расули, зино қилган аёлга ҳам намоз ўқийсизми? – деб сўради. У зот саллаллоҳу алайҳи ва саллам:
-   Бу аёл шу даражада тавба қилдики, агар Мадина аҳлларидан етмиштаси орасида бу тақсим қилинса, уларга мўл-кўл бўларди. Сeн ўз нафсини Аллоҳ азза ва жаллага фидо қилгандан ҳам афзал кишини кўрганмисан? - дeдилар. (Имом Муслим ривояти).

**********************
   Ҳофиз Абу Яъло Абу Ҳурайра разияллоҳу анҳудан ривоят қилади:
   Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва салламнинг ҳузурларига бир йигит келиб:
-   Эй Аллоҳнинг Расули! Мен зино қилиб қўйдим, – деди.
Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам юз ўгириб олдилар. У яна тўрт марта ўша сўзини такрорлади. Бешинчи марта айтганида Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам:
-   Зино қилдингми? – деб сўрадилар.
-   Ҳа, – деди у.
-   Зинонинг нима эканини билурмисан? – сўрадилар саллаллоҳу алайҳи ва саллам.
-   Ҳа. Эркак киши ўз аёлига ҳалоллик билан қиладиган ишини мен у аёл билан ҳаромдан қилдим, – деди у.
-   Бу сўзларинг билан нимани ирода қилмоқдасан? – сўрадилар.
-   Мени поклашингизни хоҳламоқдаман.
-   Сендаги ўша нарса ундаги ўша нарсага сурмадонга чўпаги киргани каби ёки қудуққа арқон тушгани каби кирдими?
-   Ҳа, эй Аллоҳнинг Расули! – деди йигит.
   Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам уни тошбўрон қилишга буюрди. Сўнг тошбўрон қилдилар.
   Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам икки кишининг ўзаро шу ҳақда гаплашганини эшитиб қолдилар. Уларнинг бир иккинчисига:
-   Буни қарагина, Аллоҳ таоло унинг гуноҳини беркитиб қўйибди-ю, у бўлса ўзини ит каби тошбўрон қилдирдия?!
Пайғамбар саллаллоҳу алайҳи ва саллам индамай кетавердилар. Йўлда бир эшакнинг ўлиги турган жойга етганларида:
-   Фалончилар қани? – деб уларни сўрадилар. Сўнг уларга қараб: - Қани, тушинглар! Манави эшакнинг мурдасини енглар! – дедилар.
-   Аллоҳ Сизни мағфират қилсин, эй Аллоҳнинг Расули! Буни еб бўладими? – сўрашди.
-   Ҳозиргина биродарларингизни ҳақорат қилганингиз ундан ҳам оғирроқ эди! Жоним тасарруфида бўлган Зотга қасамки, у ҳозир жаннатдаги анҳорларда чўмилмоқда! – дедилар Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам.

   Асака туманидаги Мирзошариф масжиди имом хатиби Йўлдошев Сарварбек
Nom: Javob: HALOL LUQMA
Yuborildi: okahon.8800 12 Mart 2016, 15:52:40

HALOL LUQMA - DUO IJOBAT BO’LISHLIGI GAROVIDIR.
   Duo - musulmon inson uchun eng yengil va oson ibodatlardan bir ibodatdir. Bu ibodatni bajarishlikda hech qanday  kuchi va mablag'i ketmaydi. “Duo” - arab tilida “chaqirish”,  “so'rash” – ma'nolarini anglatadi. Har bir inson duosini  ijobat bo’lishligini hohlaydi. Lekin duolarning qabul bo’lishligining ham shartlari ba sabablari bor.
   Duolar  ijobat bo’lishligini asosiy sabablaridan biri istemol qilnayotgan luqmani, haloldan topishdir. Luqma halolligi deganda yegulikni o’z holicha toza , halol bo’lishligina emas balki o’sha osha yeguilikni kelishiga sabab bo’ladigan mablag’imizni ham halol yo’l bilan halol kasb orqali topilgan bo’lishidir.
عن أبي هريرة قال قال رسول الله صلى الله عليه وسلم يا أيها الناس إن الله طيب لا يقبل إلا طيبا وإن الله تعالى أمر المؤمنين بما أمر به المرسلين فقال " يا أيها الرسل كلوا من الطيبات " وقال " يا أيها الذين آمنوا كلوا من طيبات ما رزقناكم " [ البقرة : 57 ] ثم ذكر الرجل يطيل السفر أشعث أغبر يمد يديه إلى السماء يا رب يا رب ومطعمه حرام ومشربه حرام وملبسه حرام وغذي بالحرام فأنى يستجاب لذلك
   Abu Hurayra  (ra) dan rivoyat qilinadi: prosululloh n(sav) dedilar: Albatta Olloh taolo pokdir va faqat pokiza narsanigina qabul qiladi. Albatta Olloh taolo payg’ambarlariga buyurgan narsani mo’minlarga buyurdi. “ Ey Payg’ambarlar, halol –pok taomlardan yenglar va solih amallar qilinglar”  “Ey mo’minlar, sizlarga rizq qilib berganimizdan pokizalarini yenglar” (Baqara surasi 172) So’ngra payg’ambarimiz (sav) uzoq safarda yurganidan sochlari to’zg’ib, kir bo’lib ketgan  bir kishini esladilar. U inson qo’lini osmonga ko’tarib; parvardigorim parvardigorim! Deb duo qilmoqda. Biroq uning yegani harom, ichgani harom va harom bilan oziqlanadi. Shunday ekan qanday uning duosi ijobat bo’lsin.
   Darhaqiyqat halollik duo ijobat bolishligining asosiy sababidir. Sahobai kiromlardan  Sa'd ibn Abu Vaqqos raziyallohu anhu Payg'ambarimiz sollollohu alayhi va sallamga:
 يا رسول الله أدع الله أن يجعلني مستجاب الدعوة فقال : يا سعد أطب مطعمك تكن مستجاب الدعوة والذي نفس محمد بيده إن الرجل ليقذف اللقمة الحرام في جوفه فما يتقبل منه أربعين يوما وأيما عبد نبت لحمه من السحت والربا فالنار أولى به

   “Ey Allohning Rasuli, duo qiling, Alloh meni duosi qabul bo'ladiganlardan qilsin”, dedi. Payg'ambar sallallohu alayhi va sallam:
   “Ey Sa'd, taomingni halol qil, duosi qabul bo'ladigan bo'lasan. Muhammadning joni tasarrufida bo'lgan Zotga qasamki, bir odam harom luqmani qorniga tashlasa, Alloh uning duosini qirq kungacha qabul qilmaydi. Qaysi bandaning go'shti haromdan va ribodan o'ssa, unga do'zax munosibdir”, dedilar.
   Aytadilarki Payg’ambarimiz (sav) Sa’d ibn Abu Vavvosning duosi ijobat bo’lsin deya- duo qillganlar.
   Rivoyat qilibdilarki, Sa'd ibn Abu Vaqqos raziyallohu anhu Ali, Talha va Zubayr raziyallohu anhumlarni so'kayotgan kishini ko'rib qolib uni bu ishdan qaytardi. U qaytmadi. Sa'd raziyallohu anhu:
- Unday bo'lsa men seni duoyibad qilurman! – dedi.
   U kishi bu so'zlarni pisand qilmadi. Sa'd raziyallohu anhu tahorat oldi va ikki  raka'at namoz o'qib duo qildi:
   “ Ey Alloh! Agar shu odamning Sen tomondan yaxshilik iroda qilingan odamni so'kkanini bilgan bo'lsang, ularni so'kkani Sening g'azabingni qo'zitgan bo'lsa, bir belgi ber va uni ibrat qil!”
   Oradan hech qancha fursat o'tmasdan hovlilarning biridan bir tuya qochib chiqdi. Uni hech kim to'sa olmadi. Odamlarning orasini yorib o'tib, haligi kimsani topdi va uni oyoqlarining ostiga olib tepkilay boshladi. To u o'lgunicha tepkiladi.
   Hatto Sa'd ibn Abu Vaqqos raziyallohu anhu ning dushmanlari ham bu zotning duosidan qo’rqishgan va “ Ey Sa’d bizni haqimizda Ollohdan qo’rqing bizni duoibat qilmang, siz duo qilsangiz darhol bizga duoyingiz ijobati bilinadi” deya aytishgan ekan.   
   Olloh taolo barchalarimizni halol rizq ila rizqlantirsin barchalarimizni dousi ijabat bo’ladigan insonlardan qilsin.

                                                             Muhammadiyhon Hojiyev “Mirzaxoliqota” jome masjidi imom xatibi.
Nom: Cўнги пушаймон-ўзинга душмон
Yuborildi: Hazrati_Bilol 15 Iyun 2016, 08:59:06
Аллоҳ таоло ҳадиси қудсийда шундай мархамат қилади:

Эй Одам фарзанди! Қўлингни кўкрагинг устига қўй. Ниманики ўзинг учун яхши кўрсанг, ўзингдан бошқаси учун ҳам яхши кўр.
Эй Одам фарзанди! Танинг заиф, тилинг енгил, қолбинг эса золимдир.
Эй Одам фарзанди! Охирги чегара ўлим, ўлим келишидан олдин амал қилиб қол.
Эй Одам фарзанди! То ризқини ҳам яратмагунча, бирорта аъзонгни яратмадим.
Эй Одам фарзанди! Агар сени сақов қилиб яратганимда ил учун, кўр қилиб яратганимда ўз
учун, кар қилиб яратганимда қулоқ учун ҳасрат чеккан бўлардинг.Бас, берган неъматимнинг қадрига ет, Менга шукр қил, куфр келтирма, чунки Менга қайтажаксан.
Эй Одам фарзанди! Сенга тақсимлаб
қўйган нарсам талабида ўзингни қийнама. Сенга тақсимлаган хар бир нарсам то тугагунича, ўзи сени талаб қилиб боради.
Эй Одам фарзанди! Мени ўртага қўйиб ёлғон қасам ичма. Ким Менинг номим билан ёлғон қасам ичса, дўзахга киритаман.
Эй Одам фарзанди! Берган ризқимни еганингдан сўнг тоатимга кириш.
Эй Одам фарзанди! Мендан эртанинг ризқини сўрама, чунки мен ҳам сендан эртага иладиган амалингни (бугун) талаб қилаётганим йўқ-ку!
Эй Одам фарзанди! Мен сенинг озгина амалингга розиман. Сен эса берган кўп ризқимга ҳам рози эмассан.
Эй Одам фарзанди! Агар дунёни бандаларимдан бирортасига қолдирганимда албатта уни пайғамбарларимга қолдирган бўлардим, улар (шу дунё орқали) бандаларимни тоатимга ва буйруқларимни бажаришга чақирган бўлардилар.
Эй Одам фарзанди! Ўлим сенга тушишидан олдин ўзинг учун амал қил. Хато(лар) сени алдаб
қўймасин. Чунки (хали) хатолар изидан юриш бор. Ҳаёт ва узун орзу-ҳаваслар сени
товбадан чалғитмасин. Негаи, товбани кечиктирганинг учун пушаймон фойда
бермайдиган кунда пушаймонлар ичра қоласан.
Эй Одам фарзанди! Сенга ризқ этиб берган молдан Менинг хаққимни чиқармасанг ва камбағалларни у молдаги ҳақларини олишдан тўссанг, устингга шундай бир золим ҳукмрон қилинадики, у сендан молнии тортиб олади, Мен ҳам мол туфайли келадиган савобдан сени махрум қиламан.
Эй одам фарзанди! Агар дунё сен тамон юз тутса ўлимни эсла агар гунохни қасд қилсанг тавбани эсла. Мол дунё қўлга киритсанг хисоб китобни эсла. Таъомга ўтирсанг очларни эсла. Нафсинг зайифни жазолашга ундаса Аллохнинг сенинг устингдаги қудратини эсла. Агар Аллох хохласа қудратини устингда хукумрон қилиб қўяди. Агар устингга бир бало тушса “Ла хавла вала қуввата илла биллахил алиййил азийм”ни айтиш билан ёрдам сўра. Агар касал бўлсанг нафсингни садақа билан муолажа қил. Агар сенга бирон мусибат етса “Инна лиллахи ва инна илайхи рожиъун”, “Албатта биз Аллохнинг (бандаларимиз) ва албатта биз у зотга қайтгувчилармиз” (бақара 156).     
Nom: Javob: Odob axloq
Yuborildi: okahon.8800 15 Iyun 2016, 13:03:36
OMONATDORLIK MO'MINGA XOS FAZILATDIR.
Omonatdorlik maqtovga sazovor sifatlardan bo’lib, u bilan sifatlangan inson qayerda bo’lmasin aziz-u mukaram bo’lib yashaydi. Shuningdek bu omonatdorlik sifati otgan barcha payg’ambarlar xususan payg’ambarimiz Muhammad mustafo sollollhu alayhi va sallamning sifatlaridandir. Malumki  risolat kelishlikdan oldin ham payg’ambarimizni arablar “Muhammadul amin” omonatdor, ishonchli Muhammad deya chaqirishgan. U zoti sharif hayoti davomida hech qachon omonatga hiyonat qilmaganlar. Hatto Makkani tashlab chiqib ketayotgan bo’lsalar ham Makkaliklarni omonatlarini berib qo’yishlik uchun o’rinlariga jiyanlari Aliy roziyolloho anhuni qoldirganliklari tarixdan ma’lum.
Omonatdorlik ado qilishlik mushkul bo’lgan ishlardandir. Shuning uchun Alloh taolo Quroni Karimda: “Albatta, Biz bu omonatni osmonlarga,y erga va tog'larga taklif qildik. Bas, ular uni ko'tarishdan bosh tortdilar va undan qo'rqdilar. Uni inson ko'tardi. Darhaqiqat, u o'ta zolim va o'ta johildir”. (Ahzob, 72).
Ushbu oyati karimada Alloh taoloning omonatidan murod ibodatlar bo'lib, Alloh taoloning eng ulkan maxluqotlari – osmonlar, ulkan Er va ulug'vor tog'larga taklif etilganda, ular bu omonatni ado qilishlikdan qo’rqishib  zimmalariga olishmadi. Vaholanki, ular Alloh amriga qarshi borishmaydi, o'zlariga yuklangan narsadan bo'yin tovlashmaydi. Inson esa o'zining zaifligiga qaramasdan uni o'z zimmasiga oldi. endi ado etmog’i  kerak.
“Omonat» so'zi «amana» felidan olingan bo’lib “ishonib topshirilgan narsa”  ma’nosini anglatadi. Ishonib topshirilgan narsa-buyum, vazifa, gap, aytilgan sir va shunga o’xshagan, ishonib topshirilgan  barcha narsalar  omonatdir.
Omonatdorlik  Alloh taolodan qorqishlik va dindorlik alomatidir. Alloh taolo Quroni karimda shunday marhamat qiladi: “Agar bir-biringizga omonat qo'ysangiz, omonat qo'yilgan kishi omonatni qaytarsin va Rabbi bo'lmish Allohdan qo'rqsin!..” (Baqara, 283);
Birov sizga “Falonchiga salom aytib qo'ying” desa, bu ham omonatdir. Sizga aytilgan sirni saqlash, uni fosh qilmaslik ham omonatdir. Zero, bu do'st va tanishlar haqini saqlash hisoblanadi. Xiyonat qilish gunohi og'ir sanaladi.
Ali ibn Abu Tolib (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Payg'ambar (sollallohu alayhi va sallam) bilan birga o'tirgan edik. Shu payt Oliya qabilasidan bir kishi kelib: “Yo Rasululloh, menga bu dindagi eng oson va eng qiyin narsani aytgin”, dedi. U zot: “Bu dindagi eng oson narsa “La ilaha illalloh” kalimasini aytish, eng qiyin narsa esa, omonatdorlikdir. Kimning omonatdorligi bo'lmasa, uning dini yo'qdir. O'qigan namoziga, tutgan ro'zasiga va bergan zakotiga ham savob olmaydi”,deb javob berdilar.
Abu Dovud (r.a) keltirgan rivoyatlarda Rasululloh (s.a.v) "Senga omonat bergan kishining omonatini ado et, senga xiyonat qilganga xiyonat qilma", "Kishi boshqa kishiga bir gapni aytsa, so'ng u yoq-bu yoqqa qarab qo'ysa, u (gap) omonatdir", deb nasihat qilganlar.

Hikoya
Bir kuni Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhu bir do'sti bilan safarga chiqdi. Ular charchab, bir tog'ning yonida dam olgani o'tirdilar. Shu payt oldilaridan bir cho'pon  podasini haydabo'tib qoldi. Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhu anhu uni chaqirib:
– Bu suruvning cho'poni senmi? – deb so'radi.
– Ha.
– Qo'ylaringdan birini menga sotgin.
– Bu qo'ylar mening mulkim emas. Men  xo'jayinimning qo'ylarini boqib yuribman.
Abdulloh roziyallohu anhu uning qanchalik amonatdor ekanini sinamoqchi bo'lib:
– Sen bizlarga bir qo'yni sotib, xo'jayininga  bo'ri eb ketdi, deb aytsang bo'lmaydimi? – dedi.
Cho'ponuning bu so'zidan qattiq ranjib:
– Qiziq odam ekansiz-u! To'g'ri, xo'jayinim meni  ko'rmaydi, uni aldashim mumkin. Lekin, meni  doimo ko'rib turuvchi Alloh taolo qiyomat kunida  qo'y haqida mendan so'rasa, nima deb aytaman,  qanday javob beraman?! –dedi.
Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhu cho'ponning gapidan ajablanib, Allohning qo'rquvidan yig'lab  yubordi. So'ng bu cho'ponning xo'jayiniga uchrab,  undan cho'ponni va qo'ylarni sotib olidi-da, cho'ponni ozod qilib, qo'ylarni unga hadya qilib berdi.
“Mirza Xoliq ota” jome masjidi imomi: Muhammadiyhon Hojiyev
Nom: Тезлик белгиланмаган йўл
Yuborildi: Hazrati_Bilol 22 Iyun 2016, 09:48:22
Барча йўллар тезликни белгилаб турувчи мосламалар (радар) билан назорат қилинади. Фақат Аллоҳ томон бўлган йўл ундай эмас. Балки унда “Тезликни оширинглар!” деб ёзиб қўйилган.
“Роббингиздан бўладиган мағфиратга ва кенглиги осмонлару ерча келадиган, тақводорлар учун тайёрлаб қўйилган жаннатга шошилинг!”

                                        Оли Имрон сураси, 133-оят.
Nom: Javob: Тезлик белгиланмаган йўл
Yuborildi: Lu`lu` 05 Iyul 2016, 00:12:44
Барча йўллар тезликни белгилаб турувчи мосламалар (радар) билан назорат қилинади. Фақат Аллоҳ томон бўлган йўл ундай эмас. Балки унда “Тезликни оширинглар!” деб ёзиб қўйилган.
“Роббингиздан бўладиган мағфиратга ва кенглиги осмонлару ерча келадиган, тақводорлар учун тайёрлаб қўйилган жаннатга шошилинг!”

                                        Оли Имрон сураси, 133-оят.



Хидоятида коимларга "тезликни оширинг" дейилган.
Nom: Javob: Odob axloq
Yuborildi: Lu`lu` 05 Iyul 2016, 00:16:13
Нафакат одамни одамда, балки одамни жамики махлукотдаги хаккига адолатли ендашуви шарт килинган
Nom: Денгизнинг Аъло ибн Хадрамий (розияллоҳу анҳу)га бўйсуниши.
Yuborildi: Hazrati_Bilol 12 Iyul 2016, 19:22:16
Абу Хурайрадан (Розияллоху анху):
“Расулуллох соллаллоху алайҳи васаллам” Аъло ибн Хадрамийни Бахрайнга юборганида мен хам бирга эдим. Ундан бир – биридан ажойиб ходисалар кўрдим. Денгиз қирғоғига борганимизда, менга:
“Бисмиллаҳ” айтинг ва ўзингизни денгизга ташланг, - деди.
Қасам ичаман, денгизнинг нариги қирғоғига ўтдик, аммо оёқ кийимларимизнинг ости хам хўл бўлмади.
Қайтаётиб бир чўлда юраётганимизда дўстларимиз сувсизликдан қийналишди. Сўнг туриб, икки ракат намоз ўқиди. Қўлларини хавога кўтариб дуо қила бошлади. Хали дуоси тугамасидан қалқондай булут кўринди ва туйнукларининг оғзини очди. Шунчалар кўп ёмғир ёғдики, тўйиб – тўйиб ичдик, хайвонларимизни хам суғордик.
Аъло ибн Хадрамий вафот этганида уни кўмдик. Бир муддат сўнг йирқич хайвонлар кавлаб ебқўйишмасин деб, қазиганимизда уни қабрида топа олмадик.
Nom: Javob: SIZ TALABA BO’LDINGIZ.
Yuborildi: okahon.8800 12 Iyul 2016, 19:34:42

ИЛМ - ИККИ ДУНЁ САОДАТИДУР.
Мустақилликга эришганимиздан сўнг, юртимизда ҳар бир соҳада бўлгани каби та’лим, тарбия ишларида ҳам жуда катта ўзгаришлар амалга оширилди. Олийгоҳлар, минглаб ўрта маxсус билим юртлари, мактаб ва мадрасаларнинг барпо этилиши, ҳамда уларни ёшларимизни та’лим тарбияси учун қилаётган xизматларидан бу нарсани аниқ кўришимиз мумкин.

Муқаддас динимизда ҳам ҳар бир мўмин мусулмоннинг илм олиши фарз этиб белгиланган. Ҳадисларда ҳар бир мусулмон эркак ва аёлга илм олиши мажбурий экани баён қилнган.
Бугунги кунда ёшларимизни ҳар бир соҳада илмли ва касб-ҳунарли бўлишлари муҳим вазифалардандир. Ҳар бир даврнинг ўрганилиши лозим бўлган илму ҳунарлари бор, уларни пуxта билиш шу даврда яшаб турган ёшларнинг бурчидир. Улуғларимиздан Ҳазрати Али (р.а.) таълим берганларки:
" عَلِّمُوا اَوْلاَدَكُمْ فَاِنَّهُمْ مخلوقُونَ لِزَماَنِ غَيْرِ زَمَانِكُمْ "
яъни: “Болаларингизга ўзлари яшаётган давр илмларини ўргатинглар, чунки улар сизнинг даврингиздан бошқа даврда дунёга келганлар”, - деганлар.
Тариҳга назар солсак, ўтмишда яшаб ўтган буюк аждодларимиз бу гапга ниҳоят даражада катта этибор қаратишган. Мисол учун: Алишер Навоий xазратлари олти ёшида шеър ёза бошлаган, ҳатто шерият мулкининг султони мақомига етган.
Имом Буxорий xазратлари тўққиз ёшида Қуръони каримни тўла ёд олган, шубинг баробарида Пайғамбаримиздан ривоят қилинган ҳадисларни энг саҳиҳларини мусулмон умматига етиб келишлигида мисли кўрилмаган xизматларни қилиб ўтган.
Булар жумасидан Ибн Сино xазратлари ўн уч ёшида мантиқ, фиқҳ ва калом илмини ўрганган, ўн олти ёшида машҳур табиб бўлиб танилган ва ўз даврида подишоҳларни ва овом xалқни даволаб уларни назарини топган. Бугунлик кунда медидсина илмини ривожига катта ҳисса қўшган зот ҳисобланади.
Мирзо Улуғбек xазратлари ўз даврида ҳозирги кунгача бутун дунё оҳлини лол қолдирадиган “Улуғбек расадxонасини” қурдирган, ана ўша жойда катта илм даргоҳини гуллашига ҳисса қўшган ва юлдузлар xаритасини ўта даражада аниқлик ила чизиб қолдирган зот ҳисобланади.
Ушбу бобокалонларимизни бутун дунёга танитган нарса - албатта бу илмдир. Буларнинг илми, қолдирган илмий меросларини ҳозирги кунгача дунё бўйлаб инсонлар ўқиб органмоқдалар.
Биз ҳам фарзандларимиз, аржумандларимизни илмга муҳаббатли, замонасининг тенгсиз, беназр инсонлари этиб тарбиялашимиз керак, чунки фарзандларимизни томирида аждодларимизни алмга ё’грилган мусаффо қони оқмақда.
Ўтмишда яшаб ўтган улуғ зотлардан, Абдуллоҳ ибн Аббос (р.з.) шундай деганлар: “Аллоҳ таоло Сулаймон алайҳиссаломга илм, мол-дунё ва подшоҳликдан бирини танлашни буюрганда, у зот илмни танладилар. Натижада, илм туфайли мол-дунё ва подшоҳликка ҳам эришдилар”.
Ҳазрат Али (каррамаллоҳу важҳаҳ) айтадилар: “Илм мол-дунёдан кўра яxшироқдир. Чунки, илминг сени асрайди, мол-дунёни эса сен асрашинг керак бўлади. Мол-дунё сарф қилинса камаяди, илм эса ўзгаларга ўргатиш билан яна зиёда бўлаверади”. Зеро, илм талаб қилиш ва унинг йўлида чекилган заҳмат туфайли жузъий саҳв ва xатоларнинг кечирилиши Расулуллоҳ (с.а.в.)нинг: “Ҳамма нарсалар, ҳатто дарёдаги балиқлар ҳам толиби илмнинг гуноҳлари мағфират қилинишини сўрайдилар”, - деган ҳадисларида ўз ифодасини топгандир.
Шунинг учун барча ота – оналар, бугунлик кунда давлатимиз томонидан яратиб берилган имкониятлардан кенг фойдаланган ҳолда фарзандларини ҳар соҳада илмли, билимли касб xунарли бўлиб улғайиши учун янада талабчан бўлиши керак.
“Муҳаммадсолиҳожи” жоме масжиди ноиби имоми Жамолиддинқори Парпийев.
Nom: Javob: SIZ TALABA BO’LDINGIZ.
Yuborildi: okahon.8800 13 Iyul 2016, 05:47:53

ИСЛОМ - ИЛМ МАРИФАТ ДИНИДИР.
Ислом дини илм марифат дини ҳисобланади. У илм ҳоx дунёвий ҳоx уxровий бўлсин албатта бу инсонларни саодатига ҳизмат қилади. Ислом динида ижтимоий фанлар аҳамиятига бир назар ташлайлик. Бунинг учун қуронга мурожаат қиламиз.
Қурони карим талимотидан малумки, Аллоҳ таоло инсонни ятатиб унга ақл бериб. Барча мавжудотни афзали этди. Аллоҳ таоло матрҳамат қилади:
وَلَقَدْ كَرَّمْنَا بَنِي آَدَم
Яни: “Албатта биз одам боласини азиз ва мукаррам қилиб яратдик”. ( Исро сураси 70 оят).
Пайғамбаримиз ҳадисларида инсонни фазилати борасида кўплаб фикрлар айтилган. Шариатимизни ҳам мақсади инсонни икки дунё саодатига етказишликдир. Бундай саодатга етишишлик албатта илм билан бўлади.
Кимда ким Пайғамбаримиз (сав) нинг ҳаётларини суннатларини, Аллоҳни каломи Қуронни ўрганиб, тадқиқот қилса, ислом дини илм дини эканлигини англаб етади.
Бугунлик кунда замонамаизнинг кўпгина руҳшунослари тан оладиларки Пайғамбаримиз (сав) инсон руҳиятини ало даражада билганлар. У зот ким билан муомала қиилган бўлсалар, у инсоннинг дунёқарашига мос равишда муносабатда бўлганлар.Инглиз ёзувчиси Бернард Шоу “бизнинг замонамиз Муҳаммад (сав) га ўxшаган зотга жуда ҳам муҳтож. Ул зот ўзлари олдида турган муаммоларни бир паёла чой ичгудек лаҳзада ҳал этар эдилар” – деб бежизга айтмаган. Бу ёзувчи Аллоҳ таолонинг доно Пайғамбари Муҳаммад (сав) жамиатдаги турли ижтимоий масалаларни қандай ижобий ҳал этишни, у зотни давлат ва умматни идора этишдаги қобилиятларини яxши билар эди.
Шундай қилиб, Ислом тараққиётида ижтимоий фанлар манбааси Қурони карим ва суннати набавийя ҳисобланади. Келинг, Ўрта осииёда ижтимоий фанлар тариҳи ва унинг шакилланишида минтақамиз вакилларини иштироки билан қисқача танишиб олайлик.
Қадимдан Мовароуннаҳр диёридан жуда кўп олим ва алломалар етишиб чиқган. Бир вақтнинг ўзида бу ўлкаларда ижтимоий фанлар тарқала бошлаган. Буxоро, Самарқанд, Xоразм, Марв, Насаф, Термиз каби шаҳарлар илм фан марлказларига айланганлигини Ҳаттоки, жуда кўп ғарб тариxчиларининг ўзлари ҳам Оврўпа илм-фанни, адабиётни асосан мусулмон олимлардан ўрганганини тан олиб ёзишади ва ўша пайтнинг даҳо уламоларига миннатдорчилик изҳор этишади.
Ислом олимларининг Аллоҳ берган иқтидори, илмфан соҳасидаги кашфиётлари ҳақиқатан ҳам дунё ҳавас қилгулик, ҳайратда қолгулик даражада эди.
Мовароуннаҳр диёридан чиққан Мусо Муҳаммад ал-Xоразмий, Аҳмад ал-Фарғоний, Абу Наср Форобий, Абу Али ибн Сино, Абу Райҳон Беруний каби олимларнинг номлари Ислом ҳазорасидан ташқарига чиқиб, Оврўпа илм-фанида ҳам ўчмас из қолдирди.
Масалан, Ал- Xоразмий алгебра фанига асос солди, “алгебра” истилоҳи унинг “Ал-китоб ал-муxтасар фи ҳисоб АЛ-ЖАБР ал-муқобала” рисоласидан олинган. Олимнинг номи эса “алгоритм” шаклида фанда абадий ўрнашиб қолди. Унинг “Зиж”и Оврўпада ҳам, Шарқда ҳам фалакшунослик (астрономия) ривожланишига катта туртки бўлди. Алломанинг арифметикага оид рисоласи XИИ асрдаёқ Испанияда Севилиялик Иоанн томонидан қайта ишланиб, шу асосда дарслик ёзилган.
Алгебрага доир яна бир рисоласи ҳам 1145 йили Севилияда Роберт Честер томонидан лотинчага таржима қилинган. ғарб олими Ж. Сартон ўзбек олимини “ўз даврининг энг буюк математиги ва агар барча шарт-шароитлар назарга олинса, даврларнинг ҳам энг буюкларидан бири”, деб атаган.
Аҳмад ал-Фарғонийнинг асосий фалакшунослик асари “Самовий ҳаракатлар ва умумий илми нужум китоби” XII  асрда бошқа Оврўпа тилларига таржима қилиниб, “Алфраганус” деган лотинча ном билан ғарб университетларида бир неча аср мобайнида астрономиядан асосий дарслик сифатида ўқитилган.
Яна бир олим Абу Наср Форобий Ғарбда “Шарқ Арастуси” номи билан машҳур бўлган ва уни Арасту (Аристотел)дан кейинги “Иккинчи муаллим” деб аташган.
Xозирда Абу Наср Форобий, Абу Али ибн Сино, Абу Райҳон Беруний каби митафаккир олимларнинг асарлари нашр бутун дунё бўйлаб ўрганилмоқда. Бизлар манашундай буюк олим ва алломаларни ватандоши бўлганимиздан фаxрланишлигимиз ҳамда буларни илмий меросларини ўқиб ўрганмоқлигимиз лозим.

Муҳаммадийҳон Ҳожийев
Nom: Javob: HAYOTIMDAGI UNITILMAS VOQEA.
Yuborildi: okahon.8800 18 Avgust 2016, 18:47:39
XIYONAT QILMAGAN O’G’RI.
Ahli ilm ustozlardan biri so'zlab bergan edi.Avvalgi davrlarda to’qimachilik rivojlanmagan bo’lganligi sababli kiyim kechak anchayin qimmat bo’lib hatto qabrlarni kavlab qabr egasini kafanini o’girlashlik holatlari uchragan. Bunday ishni  “nabbosh” yani qabr  o’grisi deb nomlashgan. Shuningdek hammomga kirgan insonlarni kiyimini o’girlab sotishlik ham kuzatilgan.
Shunday davrdabir inson umumiy hammomga yuvinishlik uchun kirgan. Qarasa bir inson hammom eshigi oldida turgan ekan. Shunda nimaqilishini bilmay hayron bo’lib, ustidagi qimmatbaxo kiyimlarni barchasini u insonga berib “shu sizning qo’lingizda omonat bo’lib tursin men tezda tuvinib chiqaman” -  deya kiyimlarini unga beribdi.
Bir qancha vaqt o’tgandan so’ng yuvinib chiqib qarasa, kimlarni ushlab turgan inson darg’azab holatda turgan ekan.
 Shunda kiyim egasi undan nima uchun bunchalik darg’azab holatdasiz? - deb so’rasa, kiyimlarni ushlab turgan inson agar shu kiyimlarni menga “sizga omonat”  demaganingda bu kiyimlarni o’g’irlab ketgan bo’lar edim deb javob bergan ekan.
Aslida u inson birovlarni kiyimini o’g’irlash bilan kun kechiradigan o’g’ri ekan. Shunday bo’lsada, hatto o’grlik bilan shugullanib yurgan inson ham omonatga xiyonat qilishdan qo’rqqanligi, omonatni naqadar ahamiyatlik narsa ekaniga dalolat qiladi.
   
   “Mirza Xoliq ota” jome masjidi imomi Muhammadiyxon Xojiyev.
Nom: Maqola
Yuborildi: MirzoMuhammad 15 Sentyabr 2016, 12:15:01
Тавҳид калимаси
Исломнинг аввали “Ли илаҳа иллаллоҳ” (Аллоҳдан бошқа маъбуд йўқдур) дур. Барча самовий динларнинг асл ғояси ҳам шудир. Пайғамбар саллаллоҳу алайҳи ва саллам:
“Зикрларнинг афзали “Ла илоҳа иллаллоҳдур” деганлар. Бу муборак калиманинг савоб ва фазилатларини ёзиб адо қила олмаймиз. Бу тўғрида кўплаб асарлар ёзилган. Жумладани Абу Ҳомид Ғаззолий “Эй, фарзанд” китобидан ёзишича Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам айтадилар:
“Кимки “Ла илаҳа иллаллоҳу Муҳаммадур расулуллоҳ” деса, тавҳид калимаси:
“Эй пок парвардигор! Мени айтган қулингни кечирмагунингча, мен тинчланмайман!” дейди. Аллоҳ таоло:
“Иззатим ва Улуғлигим, Жамолим ва Камолим ҳаққи Мени зикр этган бандамни кечирдим” дейди.
Тавҳид калимасини айтган кимсани маҳшаргоҳда бир гуруҳ фаришталар зиёрат қилгайлар ва маҳшар даҳшатларидан қўриқлагайлар.
Аллоҳ Мусога алайҳис саломга:
“ Эй Мусо! Маҳшаргоҳда  фаришталар сени зиёрат қилишларини истасанг, тавҳид калимасини кўп зикр эт” деган.
Мусо алайҳис салом сўради:
“Эй Аллоҳ! “Ла илаҳа иллаллоҳ” деб зикр қилгувчи бандангга қандай ҳақ ато этурсан?” Аллоҳ таоло айтди:
“Эй, Мусо! Ўша бандамдан рози бўлиб, жаннати Аълода Жамолим билан шарафлантираман”
Пайғамбаримиз айтдилар:
“Ким сидқидилдан, ишонч билан бир марта тавҳид калимасини зикр қилса, Аллоҳ у кишига жаннатда тўрт минг даража икром этади. Тўрг минг гуноҳини кечиради”. Саҳобалар сўрадилар:
“Эй, Аллоҳнинг расули! У кишининг тўрт минг гуноҳи бўлмаса-чи?” Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам айтдилар:
“Оила аъзолари, қариндош-уруғлари, қўни-қўшниларининг гуноҳларини ҳам кечиради”.
Пайғамбаримиз саллаллоҳу алайҳи ва саллам айтадилар:
“Маҳшаргоҳга бутун ҳаёти гуноҳлар билан ўтган кишини келтирадилар. Унинг амал китоибида бир мартагина тавҳид калимасини айтгани кўринади. Барча гуноҳлари тарозининг бир палласига, тавҳид калимасининг савоби бир палласига қўйилади. Тавҳид калимасининг савоби оғир келгани учун жаҳаннамдан чиқарилади”.
Банда “Ла илоҳа иллаллоҳ”  деб зикр қилиши билан оғзидан бир яшил қуш учиб чиқади. Қуш кўтарилиб тўғри аршнинг остига қарор топади. Умри давомида уни айтган кишига Аллоҳдан мағфират сўрайди. Маҳшаргоҳда эса ўша кишининг қўлидан тутиб, тўғри жаннатга элтади”.

Асака туманидаги Ҳазрат Умар масжиди имом хатиби Иминов Муҳаммадсобир
Nom: Javob: Maʼrifiy maqolalar
Yuborildi: MirzoMuhammad 21 Sentyabr 2016, 10:56:59
بسم الله الرحمن الرحيم* الحمد لله رب العالمين* الصلاة و السلام على سيدنا محمد و على آله و أصحابه أجمعين* لا حول و لا قوة إلا بالله*
Фатво бериш масъулияти
Маълумки, шариат ишларида фатво бериш учун шунга лаёқатли, масъулиятли ва фатво бера олиш шартлари ўзида мужассам бўлган олим бўлишлик шарт. Акс ҳолда фатво беришга бировнинг ҳақ ва ҳуқуқи йўқ. Бир қанча тафсир ўқишлик, бир неча ҳадис ёдлаб олишлик, фиқҳдан хабардор бўлишлик ва араб тилини ўзлаштириб олишлик кишига фатво бериш ҳуқуқини бермайди. Ҳатто фатво беришга лаёқатли инсонлар ҳам зарурат юзасидангина фатво чиқарадилар.
Бироқ айрим кимсалар борки, ўзлари жоҳил ҳолатда фатво чиқаргайлар, бу билан билмасларки, ўзларини дўзах азобига гирифтор қилурлар. Бу тўғрида абу Лайс Самарқандийнинг “Бўстонул орифин” китобида алоҳида боб бор. Унда ушбу ҳадиси шариф келтирилган: “Сизларнинг дўзахга журъатлиларингиз фатвога журатлиларингиздир".
Ибн Сийрин Ҳузайфа ибн Ямондан ривоят қилиб: "Уч тоифа киши одамларга фатво беради - Қуроннинг насх бўлган оятларини биладиган киши, чорасиз қолган амир, ёки фатво сўралган аҳмоқ", дер эди. Ундан бирон нарса ҳақида сўрасалар: "Мен аввалги иккаласи ҳам эмасман, учинчи бўлишни ҳам ёмон кўраман", деб қўяр эдилар.
Имом Аъзам раҳматуллоҳи алайҳи айтар эди: "Бирор киши, биз қаердан гапирганимизни билмаса, бизнинг сўзимиз билан фатво бермоғи дуруст бўлмайди".
Ўтган солиҳ зотлар фатво беришдан сақланганлар. Айтадиларки, Абдуллоҳ ибн Умар разияллоҳу анҳумо масжидда турар эди. Ундан сўралган саволларнинг кўпроғига берган жавоби “билмайман” дегани бўлур эди. Одам алайҳис саломдан Ҳавво онамиз шариат ҳукмидан савол берса “билмайман” дер эдилар, кейин Жабройи алайҳис саломда сўрар эди. Жаброил алайҳис салом ҳам “билмайман” дер ва Аллоҳ таолодан сўрар эди. (“Нафъул муфтиййи вас соили”)
Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва салламдан ҳам сўрасалар ўзларича жавоб бермаганлар, балки жавоб тариқасида оятлар нозил бўлган.
Салмон Форсийдан одамлар фатво сўра шганида: "Бу сизларга яхши, менга ёмон", деганлар.
Абдураҳмон ибн Абу Лайло айтади: "Расулуллоҳнинг саллаллоҳу алайҳи ва салламнинг асҳобидан бир юз йигирматасини кўрдим. Уларнинг муҳаддиси ҳам, муфтийи ҳам ўзидан кўра, бошқа биродари ҳадис айтиб, фатво беришини хоҳлар эди".

Асака туманидаги Марқаюз жомеъ масжиди имом хатиби Ҳусанов Эркинжон
Улуғбек қори Йўлдошев. Холид ибн Валид жомеъ масжиди ходими
Nom: Javob: Maʼrifiy maqolalar
Yuborildi: MirzoMuhammad 14 Fevral 2017, 09:33:54
ИЛМ ИСТАШ
Илм ўрганиш ҳақида ҳар қанча кўп айтсак камлик қилади. Айтиш мумкинки, илм талабида бўлишлик ҳар кунлик шиоримиз бўлса арзийди. Илм нафақат ўрганувчининг ўзига, балки бутун жамият учун, ҳам бу дунёда, ҳам охиратда фойда келтиради. Инсонларнинг турмуш маданияти ва савияси юксалади. Ахлоқ ва одоб кенг қулоч ёяди. Ҳолбуки ахлоқсизлик бутун башариятни маънавий жарликка олиб келур.
Биз буюк алломалар авлодимиз. Уларга муносиб фарзанд бўлишлик ҳар биримизнинг шарафли бурчимиздур.
Ота-боболаримиздан мерос қолган исломий таълимотларимизда илм исташга тарғиб қилинади.  У илм дунёвий бўлсин, ухровий бўлсин, уни талаб қилиш ибодат саналади.
Макҳул Али ибн Абу Толиб разияллоҳу анҳудан ривоят қилишича, Пайғамбар саллаллоҳу алайҳи ва саллам:
"Илм талаб қилиш ҳар бир муслим ва муслимага фарз", дeганлар.

عن أبي الدرداء. قال فإني سمعت رسول الله صلى الله عليه و سلم يقول ( من سلك طريقا يلتمس فيه علما سهل الله له به طريقا إلى الجنة . وإن الملائكة لتضع أجنحتها رضا لطالب العلم . وإن طالب العلم يستغفر له من في السماء والأرض . حتى الحيتان في الماء . وإن فضل العالم على العابد كفضل القمر على سائر الكواكب . أن العلماء ورثة الأنبياء لم يورثوا دينارا ولا درهما . إنما ورثوا العلم . فمن أخذه أخذ بحظ وافر ) (سنن إبن ماجة)
   Абу Дардо разияллоҳу анҳудан ривоят қилинади – Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам:
“Ким илм излаб йўлга чиқса Аллоҳ унинг учун жаннатга йўлни енгил қилиб қўюр. Шубҳасизки, фаришталар илм истагувчига розилик билан қанотларини ёзурлар. Шубҳасизки, илм истагувчига ҳатто сувдаги балиққача, осмон ва ердаги зотлар истиғфор айтур. Шубҳасизки, олимнинг обиддан афзаллиги ойнинг бошқа юлдузлардан афзаллиги кабидур. Албатта, олимлар пайғамбарларнинг меросхўрларидурлар.  Улар динор ҳам, дирҳам мерос қилмаганлар. Улар илм мерос қилганлар. Ким ундан олса, улкан насиба олибди” дедилар. (Ибн Можа ривояти)
عن أبي ذر قال  : - قال لي رسول الله صلى الله عليه و سلم ( يا أبا ذر لأن تغدو فتعلم آية من كتاب الله خير لك من أن تصلي مائة ركعة . ولأن تغدو فتعلم بابا من العلم عمل به أو لم يعمل خير من أن تصلي ألف ركعة ) (سنن إبن ماجة)
Абу Зар разияллоҳу анҳу айтади “Пайғамбаримиз саллаллоҳу алайҳи ва саллам менга:
«Эй Абу Зар! Эрталаб туриб, Аллоҳнинг китобидан бир оят ўргансанг сeн учун юз ракаъат намоз ўқишингдан яхшидир. Ва яна эрталаб туриб илмдан бир боб ўргансанг, у билан амал қилинадими ёки амал қилинмайдими, минг ракаъат намоз ўқишингдан яхшидир" дедилар. (Бу ўринда нафл намоз маъносида) (Ибн Можа ривояти)
Пайғамбаримиз саллаллоҳу алайҳи ва саллам айтадилар:
"Ким олим олдида икки соат ўтирса ё у билан икки луқма овқат еса ёки ундан иккита калима эшитса ёҳуд у билан бирга икки қадам юрса, Аллоҳ унга икки жаннат ато қилади. Ҳар бир жаннат дунёнинг ўхшашидан икки баробардур". (“Дурратун носиҳин)
Ва яна айтганлар:
"Илмни, агар Чинда бўлса ҳам талаб қилинглар".
Али разияллоҳу анҳу айтади: “Ким илм исатагида бўлса жаннат унинг истагида бўлур”.
Яҳё ибн Муъоз раҳматуллоҳи алайҳи айтади: “Илм - амалнинг далили. Фаҳм - илмнинг макони”
Фақиҳ Абу Лайс Самарқандий (раҳимаҳуллоҳ) айтадилар: Билгилки, ҳар бир муслим ва муслимага дин ишларида муҳтож бўладиган таҳорат, намоз ва шариатнинг бошқа ҳукмлари ҳамда ҳаётий ишларида зарур бўлган нарсаларни биладиган миқдорда илм ўрганиш фарздир.
Хуллас, киши ўзи муҳтож бўладиган нарсаларнинг илмини таҳсил қилиши фарз. Чунки Аллоҳ таоло:
"Агар билмайдиган бўлсанглар, аҳли илмлардан сўранглар" (Наҳл, 43), дeйди.

   Бахтиёржон Хайитбоев. Мулла Абдулазиз жомеъ масжиди имом хатиби
   Улуғбек қори Йўлдошев. Холид ибн Валид жомеъ масжиди муаззини
Nom: Javob: Islomiy axloq
Yuborildi: MirzoMuhammad 15 Fevral 2017, 09:39:06
Ўртаҳоллик
   Аллоҳ таоло охирги замон умматларига Ўзи рози бўлган Ислом дини ҳар томонлама мукаммаллиги Моида сурасида баён этилган:
الْيَوْمَ أَكْمَلْتُ لَكُمْ دِينَكُمْ وَأَتْمَمْتُ عَلَيْكُمْ نِعْمَتِي وَرَضِيتُ لَكُمُ الإِسْلاَمَ دِيناً
   “Бугунги кунда Мен сизнинг динингизни мукаммал қилиб бердим. Сизга неъматимни батамом қилдим. Ва сизга Исломни дин деб рози бўлдим”.
   Бу дин ва унинг аҳкомлари шунчалик мукаммалки, унга қўшиб ҳам камайтириб ҳам бўлмайди. Аҳмад Муҳаммад Ассофнинг “Қабасот” китобида баён қилинганидек: “Инсоннинг ўз нафси билан адолатда бўлишлиги танасини эҳтиёт қилиб саломат сақланиши учун керакли чораларни кўриб боришлигидур. Бу нарса барча тасарруфотларда меъёрда бўлишликдур. Чунки бунда меъёр фазилатдур. Фазилат эса икки нуқсон орасидаги ўртаҳолликдур”.
   Абдуллоҳ ибн Амр разияллоҳу анҳудан ривоят қилинади.
   «Мeнинг ҳаётимнинг ҳаммасида кундузи рўза тутиб, кeчаси қоим бўламан, дeб айтган сўзим Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва салламга етказилибди. Шунда у зот:
   «Сeн шундоқ-шундоқ дедингми?» дeдилар. Мeн айтдим:
   «Ота-онам сизга фидо бўлсин, эй Аллоҳнинг расули, шундай деган эдим».
   Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам:
   «Сeн буларга қодир эмассан. Рўза тутгин, оғзингни ҳам очгин. Ухлагин, қоим ҳам бўлгин. Бир ойда уч кун рўза ҳам тутгин. Чунки битта яхшиликка ўн баробар савоб бeрилур. Сeн бу билан замоннинг барчасида рўза тутган бўласан», дeдилар. Мeн:
   «Бундан-да афзалига ҳам тоқат қила оламан», дедим. Жаноб саллаллоҳу алайҳи ва саллам:
   «Бир кун рўза тутиб, икки кун оғзинг очиқ бўлсин», дeдилар.
   «Бундан-да афзалига ҳам тоқат қила оламан».
   «Бир кун рўза тутиб, бир кун оғзинг очиқ бўлсин. Мана шу рўзаларнинг энг ўртаси. Бу Довуд алайҳисаломнинг рўзасидир».
   «Бундан афзалига ҳам тоқат қила оламан», дeдим. Шунда Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам:
   «Бундан афзали йўқдир», дeдилар.
   У зот айтган уч кунни қабул қилганим мeнга аҳли ва молимдан яхшироқ эди». (Риёзус солиҳин. Нававий. Зиё.Уз кутубхонаси)


   Абдураҳимов Маҳмуджон. Пастки Қурама жомеъ масжиди имом хатиби. Асака    
Nom: Javob: ISTIG’FOR FAZILATI
Yuborildi: MirzoMuhammad 29 Mart 2017, 14:47:13
Гуноҳкор банда
Банда хатокорва ожиз. Шунинг учун нафс кўйига кириб,  гуноҳ ишларга қўл уриб қўяди. Гуноҳ ва хатоларнинг ювувчиси, кетказувчиси тавба ва истиғфордир.  Истиғфор – Аллоҳдан кечирим сўраш, тавба эса келажакда ўз амалларининг ёмонлигидан сақлашни ният  қилишдир. Бу ҳақда Қуръони каримда бундай марҳамат этилади:
إِنَّ اللَّهَ لَا يَغْفِرُ أَنْ يُشْرَكَ بِهِ وَيَغْفِرُ مَا دُونَ ذَلِكَ لِمَنْ يَشَاءُ وَمَنْ يُشْرِكْ بِاللَّهِ فَقَدِ افْتَرَى إِثْمًا عَظِيمًا *(سورة النّساء/48(
яъни: “Албатта, Аллоҳ Ўзига ширк келтириш (гуноҳи)ни кечирмагай ва (лекин) ана шундан бошқа (гуноҳлар)ни Ўзи хоҳлаган (банда)ларидан кечирур. Ким Аллоҳга ширк келтирса, демак, у улкан гуноҳни тўқиб чиқарибди”.
Шунинг учун банда доимо тавбага шошилиши лозим. “Ҳали вақт бор-ку, ҳали ёшман-ку” демай, Аллоҳ таолога астойдил тавба қилиб, Унинг мағфиратини сўрашга ошиқиши керак. Инсон тавба қилсагина ва бузган нарсаларини тузатсагина, Аллоҳ таоло унинг тавбасини қабул қилади. Чунки яратган Парвардигорга холис тавба қилиш денгиз кўпигидан кўп гуноҳи бўлса ҳам кечирилишига сабаб бўлади. Холис тавба қилиш гуноҳларига ва хатоларига астойдил афсусланиш, надомат чекиш, энди бу гуноҳларга қайтмасликка азму қарорга келиш орқали рўёбга чиқади.
Пайғамбаримиздан соллаллоҳу алайҳи ва саллам ривоят қилинади: “Эй одамлар, Аллоҳга тавба қилинглар! Мен бир кеча-кундузда юз марта тавба қиламан”. У зот шундай деб турганларида биз, умматлари тавба қилмасдан ва истиғфор айтмасдан умр ўтказишимиз нечук бўларкин?! Яъни, тавба ҳар қандай шароитда, ҳеч бир истисносиз вожибдир. Банданинг тавбаси тугал ва умр бўйи давом этса, мақсадга мувофиқ бўлади. Қуръони каримдаги Аллоҳ таолонинг:
قُلْ يَا عِبَادِيَ الَّذِينَ أَسْرَفُوا عَلَى أَنْفُسِهِمْ لَا تَقْنَطُوا مِنْ رَحْمَةِ اللَّهِ إِنَّ اللَّهَ يَغْفِرُ الذُّنُوبَ جَمِيعًا إِنَّهُ هُوَ الْغَفُورُ الرَّحِيمُ * (سورة الزّﻣﺮ/53(

яъни: “(Эй, Муҳаммад!) Ўз жонларига (гуноҳ билан) зулм қилган бандаларимга айтинг: “Аллоҳнинг раҳматидан ноумид бўлмангиз! Албатта, Аллоҳ барча гуноҳларни мағфират қилур. Албатта, Унинг ўзи Мағфиратли ва Раҳмлидир”. деган ояти каримаси барча мўминлар учун баробардир. Аллоҳ мағфиратига ва раҳматига сазовор бўлишнинг битта шарти бор: банда шу дунёда тавба қилиб, имонга келиши, қолган ҳаётини солиҳ, яхши амаллар билан ўтказиши лозим. шундагина Аллоҳ таолонинг мана бу ояти каримасига кўра банданинг ёмонликлари савобга айлантирилади:

إِلَّا مَنْ تَابَ وَآَمَنَ وَعَمِلَ عَمَلًا صَالِحًا فَأُولَئِكَ يُبَدِّلُ اللَّهُ سَيِّئَاتِهِمْ حَسَنَاتٍ وَكَانَ اللَّهُ غَفُورًا رَحِيمًا *(سورة الفرقان/70(
яъни:“Илло, кимки (шу дунёда) тавба қилса ва имон келтириб, яхши амал қилса, бас, Аллоҳ ана ўшаларнинг ёмонлик (гуноҳ)ларини яхшилик (савоб)ларга айлантириб қўяр. Аллоҳ мағфиратли ва раҳмли зотдир”.
Ҳасан Басрий раҳматуллоҳи алайҳ Пайғамбаримиз соллаллоҳу алайҳи ва салламдан ривоят қиладилар: “Аллоҳ таоло иблисни туширган вақтда (иблис): «Сенинг иззатинг билан қасам, мен Одам фарзандидан то унинг руҳи жасадидан ажралмагунича ажралмайман!» деди. Аллоҳ таоло айтди: «Менинг қудратим, улуғлигим ҳаққи, бандамдан тавбани ўлим билан келаётган ғар-ғара вақтида ҳам тўсмайман!”
   (Жума тезисларидан олинди)

   Пастки Қурама жомеъ масжиди имом хатиби Абдураҳимов Маҳмуджон
Nom: Javob: Islomiy axloq
Yuborildi: MirzoMuhammad 04 Aprel 2017, 16:20:19
Жаннат йўли
Банда дунёга беҳуда келмаган. Аллоҳ субҳоналлоҳу ва таоло Қурони каримда айтганидек:
وَمَا خَلَقْنَا السَّمَاء وَالْأَرْضَ وَمَا بَيْنَهُمَا لَاعِبِينَ
“Биз осмонлару ерни ва уларнинг орасидаги нарсаларни ўйин учун яратганимиз йўқ”. (Анбиё. 16)
Ва яна айтади:
وَمَا خَلَقْتُ الْجِنَّ وَالْإِنسَ إِلَّا لِيَعْبُدُونِ
“Жин ва инсонни фақат Менга ибодат қилиш учунгина яратдим”. (Зориёт. 56)
Шундай экан икки йўлдан бирини танлашга тўғри келади -  жаннат ёки Дўзах!
Муоз розияллоҳу анҳудан ривоят қилинади:
- «Ё Расулуллоҳ, менга шундай бир амални айтинг-ки, у мени жаннатга киргизадиган, дўзахдан узоқлаштирадиган бўлсин», - дедим Набий соллаллоҳу алайҳи ва салламга.
- «Сен жуда катта нарса ҳақида сўрадинг, - дедилар Набий соллаллоҳу алайҳи ва саллам - Бироқ у Аллоҳ таоло осон қилган кишига осондир: Аллоҳга ибодат қил ва Унга ҳеч нарсани шерик этма. Намозни тўкис адо эт, закот бер, Рамазон рўзасини тут ва байт (Каъба)га ҳаж қил!»
Сўнг дедилар: «Сени яхшилик эшикларига йўллаб қўяйми?! Рўза (дўзахдан сақловчи) қалқондир. Садақа бамисоли сув ўтни ўчирганидек гуноҳ-маъсиятлар (асари)ни ўчиради. Кишининг (кечаси туриб) тунда ўқиган намози ҳам (яхшилик эшикларидандир).
Сўнг дедилар: «Сенга ишнинг боши, асос-устуни ва энг чўққиси ҳақида хабар берайми?!»
- «Ҳа, ё Расулуллоҳ!» - дедим мен.
- «Ишнинг боши Ислом (яъни икки шаҳодат калимасини келтириш), устуни намоз ва энг чўққиси жиҳоддир!»
Сўнг (яна) дедилар: «Сени мана шуларнинг ҳаммасига эга қиладиган нарса ҳақида хабар берайми?!»
- «Ҳа, ё Расулуллоҳ!» - деб жавоб бердим.
Набий соллаллоҳу алайҳи ва саллам тилларини ушлаб дедилар: «Манавини тийгин!»
- Эй Набиюллоҳ, нима, биз гапирган гапларимизга ҳам жавоб берамизми?! – дедим.
- «Сени қарая (шуни ҳам билмайсанми), ахир одамларни юзлари билан - ёки бурунлари билан - дўзахга ташлайдиган нарса тилларининг ҳосилалари-да! - дедилар Пайғамбар соллаллоҳу алайҳи ва саллам» (Аҳмад, Термизий, Ибн Можа ривоятлари).


Қамариддин Шаробиддинов. Асака туманидаги Имом Абу Юсуф жомеъ масжиди имом хатиби
Nom: Javob: Islomiy axloq
Yuborildi: MirzoMuhammad 04 Aprel 2017, 16:40:33
ҚАРЗ ЮКИ
Ҳозирги кунда одамлар ўртасида энг кўп тарқалган муомалалардан бири – қарз олди-бердиси. Чунки инсонлар кундалик турмушда бу нарсага тез-тез эҳтиёж сезадилар. Кимнингдур маблағи камлигидан қарз сўрашига тўғри келиб қолиши мумкин. Бироқ пули кўп одамнинг харажати ҳам шунга яраша бўлади.
Оишa разияллоҳу анҳо қaрз сўрaрдилaр. "Сиз қaрзни нимa қилaсиз?" дейишгaндa: "Мен Рaсулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам: "Кимнинг бўйнидa қaйтaриш нияти билaн олгaн қaрзи бўлсa, унгa Aллоҳдaн ёрдaм бўлaди", дегaнлaрини эшитгaнмaн. Мен ҳaм Aллоҳнинг ёрдaми билaн юришни xоҳлaймaн", деб жaвоб бергaнлaр.
Пaйғaмбaр саллаллоҳу алайҳи ва саллам: "Ризққa пешвоз чиқинглaр, aгaр у ғолиб келсa, Aллоҳ вa Унинг рaсули номидaн қaрз сўрaнглaр", дегaнлaр.
Муҳaммaд ибн Aли қaрз олaр эдилaр. Унгa: "Шунчa мол-дунёнгиз бор, қaрз олиб нимa қилaсиз?, дейишди. "Чунки Пaйғaмбaр саллаллоҳу алайҳи ва саллам: "Aллоҳ қaрздор киши билaн то қaрзини узгуничa биргa бўлaди", дегaнлaр. Мен ҳaм Aллоҳ мен билaн биргa бўлишини xоҳлaймaн", деб жaвоб бердилaр.
Шуни ҳам унутмаслик керакки, қарз олишдан мақсад фирибгарлик бўлмаслиги керак. Шунингдек ўз вақтида қайтариш керак. Акс ҳолда қарз инсонни хор қилади.
Aбу Қaтодa Пaйғaмбaримиз саллаллоҳу алайҳи ва салламдaн ривоят қилaдилaр: “Эй Аллоҳнинг расули! Aллоҳ йўлидa ўлдирилгaн кишининг xaтолaри кечирилaдими?" деб сўрaшди. "Ҳa, aгaр иймонли, сaбрли ҳолaтидa чекинмaсдaн ҳужум қилиб ўлсa. Лекин қaрзлaри қолaди. У ўзигa aзоб бўлaди", дедилaр.
Луқмони Ҳaким дейдилaр: "Темирни, тошни кўтaриб кўрдим, бироқ қaрздaн кўрa оғирроқ нaрсaни кўтaрмaдим".
   
   Сарварбек Йўлдошев. Мирзо Шариф масжиди имоми
   Улуғбек қори Йўлдошев. Холид ибн Валид жомеъ масжиди муаззини
   Асака
Nom: Javob: HAYOTIMDAGI UNITILMAS VOQEA.
Yuborildi: okahon.8800 03 May 2017, 05:55:18
ЁМОННИНГ КАСРИ.
Бир гуруҳ сайёҳлар ҳамроҳ бўлишиб, саёҳатнинг лаззатини ҳам, машаққатини ҳам бирга баҳам кўрар эдилар. Мен ҳам уларга йўлдош бўлсам деган эдим, қабул этмадилар. Мен дедим: «Фақирлар суҳбатидан юз ўгириб, уларга яxшилик қилишдан бўйин товламоқ саxоват аҳлларига муносиб эмасдир. Мен ўзимда шундай қудрат ва журъат сезаманки, сафарда кишилар юрагини эзадиган тош эмас, балки қулфи дилини очадиган йўлдош бўлишга қодирман».
Киши танилмайди кийган жомада,
Ёзганга ма’лумдир, не бор номада.
Улардан бири деди: «Сен бизларнинг (сўзимиздан xафа бўлмагин, чунки бундан бир неча кун муқаддам бир ўғри дарвеш қиёфасида бизга қўшилган эди. Биз дарвешлар кўнгли очиқ кишилар бўлганлигимиздан ҳеч нарсадан шубҳаланмай, уни ҳамроҳликка қабул этган эдик.
Эски кийимда ҳам орифдир аён,
Чунки унинг юзи доим xалқ томон.
Гап, кийим-бошдамас, иш бўлсин кўркам,
Тож кийиб, елкангга байроқ қўйсанг ҳам,
Ёлғиз кийим эмас, дунё ва шаҳват,
Барчасин тарк этган орифдир фақат.
Мард олсин қуролни, кўрсатсин кучин,
Xунаса қўрқоққа қурол нимайчун?
Кунлардан бир кун эртадан кечгача йўл юрдик, тунда бир қалъа олдида ётадиган бўлдик. Бояги бетовфиқ ўғри «таҳорат қиламан», деб бир дўстимизнинг кўзачасини ўғирлаб қочди.
Қара, шу эски тўнда кетиб боргучи дарвеш,
Қа’банинг ёпуғини эшакка тўқим қилмиш.
У бизларнинг кўзимиздан ғойиб бўлгач, қалъага кирибдида, қимматбаҳо гавҳарлар солинган қутичани ўғирлаб кетибди. Тонг отгунча у анча олис ерга кетиб қолибди. Биз бўлсак ҳеч нарсадан беxабар уxлайверибмиз. Тонг отгач, ҳаммамизни тутиб, қалъага ҳайдаб кириб, зиндонга қамадилар. Ўшандан буён бегоналар билан ошналикни тарк этиб, улардан олисроқ юрамиз, чунки саломатлик ёлғизликдадир».
Элатдан биттаси аҳмоқлик қилса
Қишлоқнинг обрўсин кулдай тўзгитар,
Ушбу мақолни ҳам эшитгандирсан,
Ярамас бир бузоқ пода булғатар.
Дарвешнинг бу гапини тинглагач, дедим: «Xудога шукру санолар бўлғайким, ташқи қиёфамдан дарвешлардан узоқдай кўринсам-да, уларнинг дуоларидан беxабарлардан эмасман. Сизнинг бу ҳикоянгиздан Жуда катта манфаат олдим, мен янглиғ одамларга бу насиҳат бир умрга кифоядир».
Дилни оғритар бир қўпол киши,
Билимдон даврада ножўя иши.
Каттакон қудуқда лиммо-лим гулоб
Битта ўлакса ит қилгандай xароб.
Саъдий Гулистон асари асосида М. Хожиев.
Nom: Javob: Islomiy axloq
Yuborildi: MirzoMuhammad 24 May 2017, 15:27:42
Насиҳат
Тамим ибн Авс Дорий разияллоҳу анҳудан ривоят: Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам дедилар:
- Дин бу насиҳатдир.
- Ким учун? - деб сўрадик биз.
- Аллоҳ учун, Унинг китоби учун, Расули учун ҳамда мусулмонларнинг раҳбарлари ва оммалари учун! - деб жавоб бердилар Набий соллаллоҳу алайҳи ва саллам. (Муслим ривоятлари). 
Ушбу ҳадис Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва салламнинг озгина сўзлар билан кўп ва хўб маъноларни ифодалаш мўъжизалари – “жавомеул-калим”дан бир намунадир. Исломда асос бўлган масалалар ҳам, улардан келиб чиқадиган масалалар ҳам, мана шу ҳадис остига, аниқроғи ундаги биргина: "Унинг китобига", деган сўз остига дохил бўлади. Чунки, Аллоҳнинг китоби диннинг барча масалаларини ўзида мужассам этгандир. Шундай экан, ким "Аллоҳнинг китобига насиҳат қилиш" деган сўз маъносига мувофиқ тарзда унга иймон келтирса ва амал қилса, шариатнинг ҳаммасини жамлаган бўлади. "Биз ушбу китобда бирон нарсани баёнсиз қолдирмадик". (Анъом сураси, 38-оят).
Шунинг учун уламолар Исломнинг моҳияти шу ҳадисда жамланган, деб айтганлар.
(www.hadis.islom.uz/index.php?act=book&sec=17&b_id=23&s_id=2201)
Умар ибн Хаттобдан (р.а.) ривоят қилинади. «Биз кунларнинг бирида Расулуллоҳ (Саллаллоҳу алайҳи ва саллам) билан бирга ўтирган эдик, шу пайт кутилмаганда оппоқ кийимли, қоп-қора сочли бир киши кeлиб қолди. Унда сафар асорати кўрилмасди. Ва уни биздан бирор киши танимасди ҳам. У киши Расулуллоҳ (Саллаллоҳу алайҳи ва саллам) ҳузурларида ўтириб, тиззасини тиззаларига тeккизиб, икки кафтини сонлари устига қўйиб:
«Эй Муҳаммад, мeнга Ислом ҳақида хабар бeринг», дeди. Шунда Расулуллоҳ (Саллаллоҳу алайҳи ва саллам)
«Ислом бу - «Аллоҳдан бошқа илоҳ йўқ, албатта Муҳаммад алайҳиссалом Аллоҳнинг расули», дeб гувоҳлик бeрмоғинг, намозни адо этмоғинг, закот бeрмоғинг, Рамазон рўзасини тутмоғинг ҳамда йўл юришга қодир бўлсанг, Байтуллоҳни ҳаж қилмоғингдир», дeдилар. У киши:
«Рост гапирдингиз», дeди. Биз эса ундан сўраб яна тасдиқлагани учун ажабландик. Ҳалиги киши:
«Мeнга имон ҳақида хабар бeринг», дeди. Расулуллоҳ (Саллаллоҳу алайҳи ва саллам)
«Аллоҳга, фаришталарига, китобларига, пайғамбарларига, охират кунига ҳамда яхши ва ёмон тақдирга имон кeлтирмоқлигингдир», дeдилар. У киши яна:
«Рост гапирдингиз, мeнга эҳсон ҳақида хабар бeринг», дeди. Расулуллоҳ (Саллаллоҳу алайҳи ва саллам)
«Эҳсон - Аллоҳни гўёки кўриб тургандeк ибодат қилмоғинг. Агар Уни кўрмасанг, У сeни кўради», дeдилар. У киши:
«Мeнга Қиёмат ҳақида хабар бeринг», дeди. Расулуллоҳ
 (Саллаллоҳу алайҳи ва саллам) «Сўралган шахс бу ҳақда сўровчидан зиёда билувчи эмас», дeдилар. У киши:
«(Бундай бўлса) Қиёмат аломатлари ҳақида хабар қилинг», дeди. Расулуллоҳ (Саллаллоҳу алайҳи ва саллам)
«Чўри ўз хожасини туғмоғи ҳамда яланғоч қўй боқувчи бeчоралар уй бино қилишда (ким ўзарга) пойга қилмоқликларидир», дeдилар. Сўнгра у киши кeтди. Мeн эса узоқ вақт туриб қолдим. Расулуллоҳ (Саллаллоҳу алайҳи ва саллам)
«Эй Умар, бу савол қилган кишини биласанми?» дeдилар. Мeн:
«Аллоҳ ва расули билувчироқ», дeдим. Шунда у зот:
«Бу Жаброил эди. Сизларга динингизни таълим бeриш учун кeлдилар», дeб айтдилар». Имом Муслим ривоятлари. (Риёзус солиҳийн. Абу Закариё Яҳё ибн Шараф Нававий. www.зиёуз.cом кутубхонаси)

Эркинжон Ҳусанов. Асака туманидаги Марқаюз жомеъ масжиди имом хатиби
Nom: Tasavvuf
Yuborildi: MirzoMuhammad 25 May 2017, 12:07:44
Тасаввуфга оид мақолалар
Nom: Javob: Tasavvuf
Yuborildi: MirzoMuhammad 25 May 2017, 12:08:30
Maxdumi A’zam Dahbediyning naqshbandiya tariqati rivojiga qo’shgan hissasi

Movarounnahr jahon sivilizatsiyasiga, jumladan ilm-fan va ma’naviyat, falsafa, din, san’at taraqqiyotiga katta hissa qo’shgan buyuk siymolar, daho allomalarni yetishtirib bergan madaniy makon hisoblanadi. “Markaziy Osiyo tarixida siyosiy aql-idrok bilan jasorat, diniy dunyoqarash bilan qomusiy bilimdonlikni o’zida mujassam etgan buyuk arboblar ko’p bo’lgan. Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Xoja Bahouddin Naqshband, Xoja Ahmad Yassaviy, Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino, Amir Temur, Mirzo Ulug’bek, Zahiriddin Bobur va boshqa ko’plab buyuk ajdodlarimiz milliy ma’naviyatimizni rivojlantirishga ulkan hissa qo’shdilar, xalqimizning milliy iftixori bo’lib qoldilar”, - degan edi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov . Shunday siymolardan biri naqshbandiya tariqatining buyuk nazariyotchisi va davomchisi, axloqshunos mutafakkir, naqshbandiya tariqati ta’limotini bir tizimga solgan, silsila va amaliyoti, shuningdek, tasavvuf ta’limotining nazariy muammolari bo’yicha asarlar yaratgan mutasavvif, naqshbandiylikning ijtimoiy-siyosiy ta’siri ortishi, kengayishi va tarqalishida favqulotda sa’y-harakat va qat’iy irodalik ko’rsatgan ulug’ zot, orifiy ilmlar sohibi Sayyid Ahmad ibn Mavlono Jaloliddin Kosoniydir.
   Ma’lumotlarga ko’ra, Sayyid Ahmad hijriy 866 yil (milodiy 1461 yil oktabr – 1462 yil avgust)da Farg’ona vodiysining Koson shahrida Sayyid Jaloliddin ibn Jaloliddin oilasida dunyoga keladi. Ba’zi bir manbalarda u hijriy 868 yil (milodiy 1463 yil sentabr – 1464 yil avgust)da tug’ilgan deb noto’g’ri ko’rsatiladi .
Hazrat Maxdumi A’zamning ota-onalari hazrati Muhammad payg’ambar (s.a.v) avlodlaridan bo’lib, bu borada ko’plab tarixiy manbalar, qabr toshlari va tarixiy obidalarning peshtoqlarida ma’lumotlar mavjud. Shuni ham alohida ta’kidlash joizki, nasabnoma va shajara masalasiga to’xtaladigan bo’lsak, O’rta Osiyoda shajaralari eng ko’p qayd etilgan va yozilgan tabaqa Sayyid Ahmad Kosoniy avlodidir. Jumladan, “Ravoyihul quds”, “Silsilat us-siddiqiyn va anis ul-oshiqiyn”, “Jome’ ul-maqomot”, “Tazkirai azizon”, Faxriddin Ali as-Safiyning «Rashahot ayn-ul-orifin», Mavlono Muhammad Qozining «Silsilat ul-orifin», Xoja Abulbaqo ibn Xoja Bahouddin (Hazrat Maxdumi A’zamning nabirasi) qalamiga mansub «Jome’ ul-maqomot», Nosiriddin Husayn al-Buxoriyning «Tuhfat uz-zoi’rin» asarlarida va ko’plab boshqa tazkiralarda Hazrat Maxdumi A’zam Kosoniyning 22 avloddan so’ng Payg’ambarimizga avlod bo’lishlari zikr etilib, nasabnoma – shajaralari to’liq keltirilgan .
          Hazrat Maxdumi A’zamning otalari Mavlono Jaloliddin o’z davrining yetuk olimlaridan bo’lgani uchun ham yosh Sayid Ahmad ilm o’rganishga juda erta kirishadi. Maktabda ilm o’rganish bilan birga otasining yonida dehqonchilik bilan ham shug’ullanadi. Bu haqida temuriy tarixchilaridan bo’lgan shahzoda Muhammad Doro Shukuh (Bobur Mirzoning avlodlaridan) o’zining «Safinat ul-avliyo» nomli mashhur kitobida Hazrati Maxdumi A’zamning o’zlari aytgan ushbu so’zlarni keltirgan: «Yoshligimda padari buzrukvorim meni dehqonchilik ishlariga jalb qilar edilar. Lekin menda ilm olishga ishtiyoq katta edi va Qur’oni karimni qiroat qilishga moyillik kuchli edi. Bir kuni tushimda bir kishi menga Qur’on kitobini tuhfa qildi. Uyg’onib qarasam, yonimda Qur’on turganini ko’rdim va bu kitob menga Allohning inoyati bilan yetkazilgani ma’lum bo’ldi. So’ngra Qur’onni qiroatiga mashg’ul bo’ldim». Yosh Xoja Sayid Ahmad dastlabki bilimlarini kosonlik ustozi Mavlono Mir Sayid Alidan oladi. Sarf va nahv (tilning morfologiya va sintaksis bo’limlari) ilmlarini qunt bilan o’rganganidan keyin o’zi mustaqil ravishda davom ettiradi. Aynan shu davrda Sayid Ahmad tasavvuf ilmiga qiziqib, bu sohadagi barcha asarlarni mustaqil ravishda o’qib o’rganadi. Xoja Sayid Ahmad bu sohadagi bilimini oshirish uchun ustozi Mir Sayid Alining maslahati bilan Hazrat Xoja Ahror Valiyning Toshkentda yashayotgan eng yaqin shogirdi va o’rinbosari bo’lgan Mavlono Muhammad Qozi huzuriga borib, u zotga shogird tushadi . Ana shu tariqa Sayid Ahmad Kosoniyning naqshbandiya sohasidagi faoliyati boshlangan. Mavlono Muhammad Qozi Sayid Ahmaddagi favqulodda qobiliyat va go’zal fazilatlarni mushohada qilgach, uni xojagon tariqatining «shoxbozi balandparvozi» – baland parvoz qiluvchi lochini deb bilib tarbiyalay boshlaydi.Toshkentda o’z ustozidan ta’lim olish bilan birga yosh Sayid Ahmad o’zi mustaqil o’qishni davom ettirib, bu shahardagi tabarruk joylar, jumladan, Hazrat Abu Bakr Qaffol ash-Shoshiy, Shayx Hovandi Tohur, Shayx Ibrohim Kimyogar, Zayniddin Kuyiorifonlarning maqbaralarini ziyorat qilib, ularning asarlarini mutolaa qiladi. Natijada Sayid Ahmad Kosoniy XV asr oxirlariga borib, naqshbandiya tariqatining ko’zga ko’ringan vakiliga va murshidi – piri komili darajasiga yetadi. Ammo shu darajaga yetsada, ustozi – piri Mavlono Muhammad Qozi hurmati yuzasidan mustaqil harakat qilishga shoshilmas edi. Bu holni Muhammad Qozi xam sezar va shunday der edi: «Bugungi kunda rub’i maskun (yerning odamlar yashaydigan qismi) da Mavlono Ahmad Xojagiy kabi kishi yo’qdir. Ammo u piru muridlik odobini saqlab, bizning huzurimizni tark etmayapti». Sayid Ahmad shu tariqa Toshkentda kamolotga erishgach, ona shahri Kosonsoyga qaytadi.
XVI asrning boshiga kelib Sayid Ahmad Kosoniy tariqat ahlining yetuk mutafakkiri, sohibi karomat darajasiga yetadi. Hazrat Kosoniyning sohibi karomat bo’lganliklari haqida xalq o’rtasida turli rivoyatlar shu kungacha saqlanib qolgan. Imom Kosoniy: “Inson hukmiga in’om etilgan olamni yashnatish lozim” deya uqtirib o’tadi. Bu kabi g’oyalar insonning yer yuzasidagi tartib va osoyishtalikka shaxsan mas’ul ekanligini alohida ta’kidlovchi, uning izmiga berilgan olamni yashnatishga, gullatishga, takomillashtirishga undovchi, har bir musulmonni faollikka chaqiruvchi da’vat edi. Sayid Ahmad Xojagiy Kosoniy yuqoridagi kabi ilg’or g’oyalari, tariqat ilmidagi favqulodda iste’dod va qobiliyatlari tufayli o’z davrining zabardast ulamolari tomonidan e’tirof etilib, «Maxdumi A’zam» unvoniga musharraf bo’ladilar.
«Maxdum» so’zining lug’aviy ma’nosi – unga xizmat qilinuvchi, yuqori  martabali  kishi bo’lib, «A’zam»  so’zi – buyuk, ulug’ ma’nolarini ifodalaydi.
          Samarqand hukmdori Jonibek Sulton Shayboniy Hazrat Maxdumi A’zam Kosoniyning kamolotlari va shuhratlaridan xabardor bo’lgach, u zotdan Samarqandga ko’chib kelishlarini iltimos qiladi va Hazrat Kosoniy XVI asrning 20-yillarida Samarqandga ko’chib keladilar. Jonibek Sultonning farmoniga binoan Maxdumi A’zamga Samarqanddan shimolroqda joylashgan Miyonqol  mavzesidan joy ajratib beriladi. Rivoyatlarga ko’ra, Maxdumi A’zam Kosoniy bu joyni obod qilib, o’nta tol daraxtini bir-biriga yaqin o’tqazgan. Mavzesining nomi ana shu munosabat bilan Dahbed   (o’nta tol) deb atalgan ekan.
          Hazrat Maxdumi A’zam umrining qolgan qismini ijodiy faoliyat va shogirdlar tarbiyasi bilan o’tkazadi. Buyuk alloma ilmiy faoliyati bilan bir qatorda Dahbed qishlog’ida 90 tanob (22,5 gektar) yerda katta bog’ yaratib, dunyoning turli go’shalaridan keltirilgan o’simliklarni parvarishlab, yangi meva navlarini yaratgan. Hazrat Maxdumi A’zamning sa’y-harakatlari tufayli «Dahbediy qovun» «Dahbediy anjir» navlari yaratildi. Maxdumi A’zam Kosoniy o’simlikshunoslik va nabotot ilmiga oid  «Risolai bittixiya» (“Qovun haqida risola”) asarini ijod etadi. Shariat va tariqat ilmiga oid, axloq va ilohiyot masalalariga doir o’ttizdan ortiq diniy, falsafiy, axloqiy, ilmiy va adabiy risolalarni yozib qoldirgan. Jumladan, «Risolai samo’iya», «Risolai fathnoma», «Risolai chahor kalima», «Risolai me’rojul oshiqin», «Risolai Gul va Navro’z», «Risolai silsilai Xojagon» «Risolai asrorun-nikoh», «Risolai sharhi bayot», «Odob us-siddiqin» va boshqa asarlar Maxdumi A’zam Kosoniy qalamiga mansub bo’lib, ularning nodir nusxalari O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida saqlanmokda. Ana shu asarlarning bir nechtasi sharqshunos olimlar tomonidan nashrga tayyorlangan. Jumladan, samarqandlik olim, professor Botirxon Valixo’jaev allomaning «Zubdat us-solikin» va «Tanbiyat ul-salotin» nomli ikki risolasini tojik va o’zbek tillarida nashr etib, o’quvchilar e’tiboriga havola etdi. Maxdumi A’zam 1542 yil 1 may dushanba kuni tush chog’ida vafot etgan va vasiyatiga binoan o’zi yaratgan bog’ning o’rtasidagi nok daraxti ostiga dafn etilgan. Bu yerda keyinchalik Maxdumi A’zam majmuasi barpo etilgan. Samarqand hokimi Yalangto’shbiy Bahodir 1610 yilda bu yerda xonaqoh va dahma qurdirgan. 1998 yilda Maxdumi A’zam majmuasi qayta tiklanib, atrofi obodonlashtirildi.
          Markaziy Osiyoda, jumladan Movarounnahrda katta nufuzga ega bo’lgan shayboniy hukmdorlardan, Ubaydiy taxallusi bilan turli janrlarda o’zbek, fors-tojik, arab tillarida manzumalar bitgan Ubaydulloxon Hazrat Maxdumi A’zamning sodiq muridlaridan va xolis muxlislaridan biri bo’lgan. Ubaydulloxon o’z piru ustozi haqida juda ko’plab manzumalar bitgan:
   Maxdumi A’zamga qo’l berdi,
Xizmatlarinda turdi,
          Hikmat do’konin qurdi,
          Ul Ubaydiy Sultonxon.
          Ayni vaqtda Ubaydulloxon o’z muridlik burchini oqlab, piri buzrukvori Maxdumi A’zamni ulug’lab, u Hazratning 27 ta risolasini alohida bir devon tarzida ko’chirtiradi. Shuningdek, temuriylardan Zahiriddin Muhammad Bobur ham Hazrat Maxdumi A’zam Kosoniyni o’zining ma’naviy uztozi deb biladi.
          Bobur Mirzo Xoja Ubaydulloh Ahrorning «Risolai volidiya» asarini o’zbek tiliga o’girgach, unga o’zining ruboiylarini ham qo’shib, Maxdumi A’zamga yuboradi. Maxdumi A’zam bu borada alohida «Risolai Boburiya» degan asar yozadilar. Bundan tashqari shayboniy hukmdorlardan Jonibek Sulton, Abdulazizxonlar ham Hazrat Maxdumi A’zamni o’zlarining pirlari deb bilganlar.
   Ushbu bandga xulosa qilib, Maxdumi A’zam Dahbediy naqshbandiya tariqatiga oid yozgan asarlari, risolalari bilan sezilarli darajada o’z hissasini qo’shgan.

                  
                     Toshkent islom instituti  IV  bosqich
                        talabasi Parpiyev Abdullo
Nom: Javob: Tasavvuf
Yuborildi: MirzoMuhammad 25 May 2017, 12:09:17
Tasavvuf ta’limotida amaliyot va nazariyot: o’ziga xoslik va mushtaraklik.

 Islom tarixida ilk tasavvuf amaliyotining vujudga kelishi
Tasavvuf tadrijiy taraqqiyotga ega bir ta’limot bo’lib, islom olamida VIII asrning o’rtalarida paydo bo’lgan. Dastlab u zohidlik harakati ko’rinishida kurtak yoyadi. Gap shundaki, hazrati Muhammad a.s. vafotlaridan keyin musulmonlar jamoasi ichida bo’linish yuz beradi, ayniqsa, xalifa Usmon zamonida boylikka ruju, qimmatbaho tuhfalar bilan qarindosh-urug’lar, yaqin do’st-birodarlarni siylash rasm bo’ladi. Umaviya xalifaligi davriga kelib esa, saroy hashamlari, dabdaba bezaklar, oltin-kumushga berilish, xazina to’plash avj oldi. Ya’ni diniy mashg’ulotlar, xudo yo’lidagi toat-ibodat o’rnini dunyoviy ishlar, dunyo moliga muhabbat egallay boshladi. Bu hol diniy amrlarni ado etishni har qanday dunyoviy ishlar, boyliklardan ustun qo’ygan e’tiqodli kishilarning noroziligiga sabab bo’ldi. Ular orasida hadis to’plovchi muhaddislar, ilgaridan qashshoq bo’lib, uy-joy, mol-mulkka e’tibor qilmagan sahobalar bor edi. Bularning bir qismi dinni himoya qilib, ochiq kurashga otlangan bo’lsalar, ikkinchi qismi qanoat va zuhdni asosiy maqsad qilib olib, saroy ahli va sarvatdorlar (boylar) axloqiga qarshi norozilik belgisi sifatida tarkidunyochilik g’oyasini targ’ib etib, ijtimoiy faoliyatdan butunlay chetlashganlar, surunkali toat-ibodat bilan shug’ullanganlar . Kufa, Bag’dod, Basra shaharlarida tarkidunyo qilgan zohidlar ko’p edi, aytish kerakki, ularning obro’-e’tibori ham xalq orasida katta bo’lgan. Chunonchi, Uvays Qaraniy, Hasan Basriy kabi yirik so’fiylar aslida zohid kishilar edilar, shuning uchun bu zotlarning nomi shayxlar va so’fiylar haqidagi tazkiralarida zohid sifatida tilga olinadi, ba’zi mulalliflar esa ularni so’fiylar qatoriga qo’shmaganlar ham.
Buning boisi shuki, zohidlar uzlat va taqvoni pesha etgan bo’lishlariga qaramay, ishq va irfon (ma’rifat)dan bexabar kishilar edilar. Falsafiy mushohadakorlik, ajzu-irodat bilan ma’naviy-axloqiy kamolot sari intilish, valiylik, karomat-mo’jizalar ko’rsatish zohidlarda yo’q edi. Zohidlarning niyati ibodat bilan oxirat mag’firatini qozonish, Qur’onda va’da qilingan jannatning huzur-halovatiga yetishish edi. Shu tariqa, dunyodan ko’ngil uzgan, ammo zohidlarga o’xshamaydigan, “bir nazar bilan tuproqni kimyo etadigan” (Hofiz Sheroziy), zehnu zakovat, aqlu farosatda tengsiz, ammo o’zga mutafakkirlar, faylasuflardan ajralib turadigan, shariat ilmini suv qilib ichgan, toatu ibodatda mustahkam, lekin oddiy dindorlardan farqlanadigan ajoyib xislatli odamlar toifasi paydo bo’lgan edi. Ularning fe’l-atvori, yurish-turishi, odatdan tashqari so’zlari va ishlari atrofdagilarni hayratga solar, ba’zilarining g’aybdan bashorat beruvchi karomatlari, sirli mo’jizalari aqllarni lol qoldirardi. Ularni ahlulloh, avliyo, ahli hol, ahli botin, arbobi tariqat, darvesh, qalandar, faqir degan nomlar bilan tilga olardilar. Ammo bu toifaga nisbatan “so’fiy” nomi ko’proq qo’llanilgan, chunki so’fiy so’zining ma’nosi ancha keng bo’lib, boshqa tushuncha va atamalarni o’z ichiga sig’dirardi.
Xo’sh tasavvuf so’zi qayerdan paydo bo’lgan?
Tasavvuf atamasining etimologiyasi borasida bir necha qarashlar mavjud bo’lib, ularning aksariyatida mazkur atamaning «صوف» (jun) so’zidan kelib chiqqani qayd etiladi. Chunki so’fiylar tanlarini riyozatda chiniqtirish hamda dunyoning moddiy boyliklaridan yuz o’girganliklarining isboti sifatida qattiq jundan to’qilgan libos kiyib yurganlar.
Ayni vaqtda musulmon dunyosining deyarli barcha mamlakatlarida turli tasavvufiy tariqatlar vakillari faoliyat yuritayotganini ko’rish mumkin. Turkiya, Misr, Jazoir, Tunis, Liviya, Indoneziya, Malayziya, Iordaniya, Pokiston kabi mamlakatlarda mavjud tariqatlarning sanog’iga yetish ham qiyin. Shu bilan birga ushbu suluklarning ko’pchiligi tasavvuf ta’limotining ilk g’oyalaridan ancha uzoqlashib ketgan. Shayxlik maqomi mablag’ to’plash manbai bo’lib qolgan holatlar ham yo’q emas. Turkiyadagi ko’plab tariqat vakillari tomonidan shayxlarini o’ta mubolag’a bilan ulug’lanishi, ularning tavof qilinishi, shayxlarning o’z tarafdorlari va muassasalari mavjudligi fikrimiz isboti bo’la oladi.
Islom dinining keng hududlarga kirib borishi va tarqalishi mahalliy aholi hayotini tubdan o’zgartirdi va o’ziga xos madaniyatning shakllanishiga turtki bo’ldi. Turli diniy oqimlar va qarashlar, shu jumladan, so’fiylar qatlami yuzaga keldi. Bu esa azaldan komil inson tushunchasi asosiy e’tiborda turgan sharqona urf-odat va qonun-qoidalarni yanada mustahkamladi.
Movarounnahrda islom dini mustahkam mavqega ega bo’lgach, bir tomondan, turli diniy ta’limotlar, xususan, kalom maktablari yuzaga keldi, IX – XII asrlarda Markaziy Osiyoda asosiy e’tibor tafsir, hadis va fiqh ilmlariga qaratildi, ikkinchi tomondan esa, islomiy ilmlar rivoji mazkur hududda tasavvuf oqimining yuzaga kelishi va keng tarqalishi uchun asosiy omil bo’lib xizmat qildi. Musulmon Sharqi mamlakatlari ijtimoiy va ma’naviy hayotiga chuqur kirib borgan tasavvuf ta’limoti fan, madaniyat va adabiyot rivojiga ijobiy ta’sir ko’rsatdi. XI asrdan boshlab, Sharqning deyarli barcha nufuzli shoir va yozuvchilari, mutafakkir va olimlari tasavvufdan oziqlanib, uning insonparvarlik va haqsevarlik g’oyalaridan ruhlanganlar. Shuni nazarda tutib, atoqli olim Y.E.Bertels qayd etgan edi: «Tasavvuf adabiyotini o’rganmasdan turib, o’rta asrlar musulmon Sharqi madaniy hayoti haqida tasavvurga ega bo’lish mumkin emas. Bu adabiyotdan xabardor bo’lmasdan Sharqning o’zini ham anglash qiyin» .
Arablar yurtida paydo bo’lib, X–XI asrlarda gurkirab rivojlanayotgan Hallojiya, Junaydiya, Suhravardiya, Uvaysiya, Qodiriya tariqatlari ta’siri ostida Markaziy Osiyoda ham XI–XII asrlarga kelib Yassaviya, Kubraviya, Xojagon tariqatlari paydo bo’ldi va zo’r shiddat bilan rivojlandi. Garchi tasavvuf maktablarining tashkil topishi dastlab Kufa, Bag’dod, Basra, Misr kabi islom dini keng tarqalgan hududlar bilan bog’liq bo’lsa-da, lekin keyinchalik Markaziy Osiyoda butun islom olami miqyosida umum e’tirof etilgan Yassaviya, Xojagon-Naqshbandiya va Kubraviya kabi nufuzli mustaqil tariqatlar vujudga keldi.
Kubraviyaning shakllanishida Suhravardiya oqimiga mansub bo’lgan yirik mashoyixlarning ta’siri yaqqol ko’rinsa, Yassaviya va Xojagon tariqatlarining paydo bo’lishi va keyingi rivojlanishida, avval Xurosonda va keyinroq Turkistonda yashagan Yusuf Hamadoniyning sezilarli ta’sirini ko’rish mumkin.
Albatta, Markaziy Osiyodan yetishib chiqqan va butun islom olamida katta obro’ qozongan ilk tasavvuf nazariyotchilarini ko’plab uchratish mumkin. Ularning orasida Buxoro yaqinidagi Kalobod qishlog’ida tug’ilib, shu yerda dafn etilgan Abu Bakr Ahmad ibn Is’hoq al-Kalobodiyni (vaf. 990 yoki 995 y.) zikr etish o’rinli. U, shuningdek, hanafiy mazhabi faqihi sifatida ham mashhur bo’lgan. Uning islom olamidagi eng birinchi tasavvufiy adabiyotlardan hisoblangan «at-Ta’arruf li-mazhabi ahli-t-tasavvuf» nomli asari hozirga qadar ham musulmon tasavvufi sohasidagi ilk ensiklopedik manba hisoblanadi. Asarda so’fiylarning nazariy qarashlariga xos tizim va ularning amaliyotlari birmuncha to’liq bayon etilgan. Shunisi ahamiyatliki, so’fiylikning ba’zi nizomlarini an’anaviy islom me’yorlari bilan muvofiqlashtirishga bo’lgan dastlabki urinish aynan shu asarda ko’zga tashlanadi.
Tarixga nazar solinsa, tasavvufga asos bo’lgan tarkidunyochilik kayfiyati deyarli islom bilan bir davrda yuzaga keldi. Sufiylikning ilk namoyandalari deb Payg’ambarning Abu-d-Dardo, Abu Zarr, Huzayfa (vaf. VII asrning ikkinchi yarmi) kabi sahobalari hisoblanadi. Ammo islomdagi mistik-asketik oqimning shakllanishi VIII asrning o’rtalari - IX asrning boshlariga to’g’ri keladi. Bu davrda so’fiylar qatoriga muhaddislar, qorilar, qussoslar, kosiblar, tijoratchilar, jumladan, islomni qabul qilgan xristianlar kirganlar. Bu davrda “sufiy” yoki “at-tasavvuf” atamalari hali keng tarqalmagan edi, uning o’rniga zuhd (tarkidunyochilik) yoki zohid, ‘obid so’zlari ishlatilar edi. Islomdagi bu mistik-asketik oqimning paydo bo’lishi va taraqqiy etishiga musulmon jamiyatidagi ilk ikki asr davomidagi siyosiy-ijtimoiy beqarorlik, diniy hayotning murakkabligi, uning natijasida kelib chiqqan ma’naviy-g’oyaviy izlanishlar va boshqa dinlarning, xususan, xristianlikning ta’sirini ko’rsatish mumkin.
Uning asosida asketizm, ya’ni bu dunyo lazzatlaridan voz kechish asosida Allohga yetishish, uni bilish, u bilan birlashish yo’lini qidirish yotadi. So’fiylik Qur’on va shariat talab etgan diniy aqidalarni, talablarni albatta bajarish, o’zini so’zsiz Allohning bandasi deb bilish, o’z shaxsiyatini ma’lum diniy qoidalarga, shubhasiz, bo’ysundirishni qabul etmaydi, balki shaxsiy erkinlik, o’z xohishi bilan tozalanib, ruhiy ma’naviylikka singish orqali komil inson darajasiga erishishga asoslanadi.
Tasavvufda ruhning kamolotga va uning so’nggi maqsadi Allohga erishish yo’llari to’rt bosqichdan iborat: birinchi bosqich shariat deb ataladi. Bunda, avvalo, shariatning barcha talablarini bajarish va unga bo’ysunish talab etiladi; ikkinchi bosqich – tariqat, bunda murid shaxsiy istaklaridan voz kechib, o’zini pir ixtiyoriga topshirishi kerak; uchinchi bosqich – ma’rifat, bunda so’fiylar koinotning birligi Xudoda mujassam bo’lishini, olam uning emanatsiyasi, ya’ni nurlanishidan vujudga kelishini, shuningdek, yaxshilik va yomonlikning – nisbiyligini aql bilan emas, qalb bilan anglab olishlari kerak bo’ladi. To’rtinchi bosqich haqiqat bo’lib, bunda so’fiy shaxs sifatida tugab, ko’zlangan haqiqatga yetishishi, Allohga singib ketishi va natijada abadiylikka erishuvi zarur. Bu jarayon ma’lum vaqtni talab etadi, maxsus ruhiy, jismoniy harakat, faoliyat – sig’inish, ibodatlar, ohanglar yordamida amalga oshiriladi. So’fiylik tarafdorlari dastlab moddiy boylikka ega bo’lish va unga intilishni qoralab, haqiqiy boylik ma’naviy ruhiy kamolotda deb hisoblaganlar.
Ilk davr so’fiylari, aniqrog’i, zohid va obidlariga xos xususiyatlar quyidagilardan iborat edi: Qur’oni karim oyatlari xususida chuqur fikr yuritish, Qur’on va Payg’ambar sunnatlariga qat’iy amal qilish, kechalarini nafl ibodatlar bilan bedor o’tkazish, kunduzlari ro’za tutish, hayot lazzatlaridan voz kechish, gunohdan saqlanish, halol va harom orasini juda uzoq tutish (vara’), o’zini Alloh ixtiyoriga topshirish (tavakkul) va h.k.
So’fiylik ta’limoti mu’taziliylardagi mavhum ilohiyotga oid fikrlar, obro’li shaxslarga ko’r-ko’rona taqlid qilish, muqaddas matnlarga so’zma-so’z itoat etishdan farqli o’laroq, insonga asosiy ob’ekt sifatida qaraydi: inson amallarini boshqaradigan ruhiyatning mayda qirralarini ham chuqur tahlil qilish, shaxsiy kechinmalarga e’tibor bilan qarash va diniy haqiqatlarni chuqur his qilish ularga xos xususiyatlardan edi. Shu bois ham ziyrak ruhshunos, ‘ilm al-qulub va-l-favakir, ya’ni qalblar va fikrlar ilmiga asos solgan al-Hasan al-Basriy (vaf. 728) so’fiylikning asoschilaridan hisoblanadi.
Al-Hasan al-Basriyning as’hoblari, basralik zohidlar – Raboh ibn ‘Amr, Robi’a al-’Adaviya (vaf. 752-53 y.), Molik ibn Dinor (vaf. 748-49 y.), Shaqiq al-Balxiy (vaf. 770 y.) va Fuzayl ibn ‘Iyod (vaf. 778 y.), Sulaymon ad-Doroniylarning (VIII-IX asrlar) va’z va ma’ruzalarida Allohga bo’lgan sof muhabbat, Unga yaqinlashishga bo’lgan intilish haqidagi fikrlar paydo bo’ldi. O’sha davrdan boshlab ular so’fiylikka aniq mistik xarakter bag’ishladilar va bu ta’limotlar so’fiylik mafkurasining o’ziga xos xususiyatiga aylandi.
So’fiy, tasavvuf so’zlarining etimologiyasi haqida bir necha xil qarashlar bor. O’lkamizning yirik tasavvufshunoslaridan biri N.Komilov shunday yozadi: «Ba’zilar bu so’z «saf» so’zidan kelib chiqqan deydilar, chunki so’fiy, Iloh yo’liga kirganlarning birinchi safida turuvchidir. Ba’zi olimlar uni «suffa» so’zidan hosil bo’lgan deb aytadilar: as’hobi suffa hazrati Payg’ambar tirikligidayoq tarki dunyo qilgan taqvodor kishilar bo’lib, so’fiylar shularga taqlid qiladilar, deb tushuntiradilar. Yana bir guruh olimlar so’fiy so’zi «safo» so’zidan kelib chiqqan, chunki bu toifaning qalbi sidqu safo oftobiday porlab turadi, deganlar. Yana ba’zilar so’fiy «sufuh» so’zidan yasalgan, sufuh – biron-bir narsaning xulosasidir, bu jamoa xalqning xulosasi bo’lganligi sababli ularni so’fiy deganlar, deb yozadilar. So’fiy so’zi «sof» so’zidan kelib chiqqan deguvchilar ham bor. Ammo ko’pchilik so’fiy so’zi arabcha «suf» so’zidan hosil bo’lgan, degan fikrni bildiradilar . «Suf» so’zining lug’aviy ma’nosi jun va jundan to’qilgan matodir. So’fiylar ko’p hollarda jun chakmon yoki qo’y terisidan tikilgan po’stin kiyib yurishni odat qilganlari uchun ularni “jun kiyimlilar” (forschasi “pashminapo’sh”) deb yuritilgan . Bizningcha, shu keyingi e’timologik ma’no haqiqatga yaqinroqdir, zero, so’fiy so’zining «suf» so’zidan yasalishi arab tili qonun-qoidalariga mos keladi».
Bu atamaning kelib chiqishini johiliyat davrida ko’p ibodat qilishi bilan nom taratgan Sufa ibn ‘Udd ibn Tobixa nomidan olingan deguvchilar ham bor. Ammo islomdan boshqa dindagi shaxslarni o’rnak qilib olish mumkin bo’lmagani sababli bu talqin maqbul emas, deb hisoblovchi tadqiqotchilar mavjud .
Yana N.Komilov o’z ta’rifini rivojlantirib aytadi: «Agar «suf» so’zidan so’fiy yasalgan bo’lsa, o’z navbatida, «sufiy»dan «tasavvuf», «mustasif», «muttasif», «mutasavvif» so’zlari hosil bo’lgan. Mustasif o’zini so’fiylarga o’xshatib, taqlid qilib yuradigan, ammo asl maqsadi amal-mansab, molu mulkka intilishdan iborat bo’lgan kishilarga nisbatan ishlatilgan so’z bo’lsa, muttasif tariqat va haqiqatda muayyan manzillarni egallagan, biroq so’fiy darajasiga ko’tarila olmagan kishilardir. Qalban so’fiyona g’oyalarga moyil, tasavvufni e’tiqod – maslak qilib olgan, lekin tariqat amaliyotini o’tamagan, rasman so’fiy bo’lmagan odamlar esa mutasavvif hisoblanganlar».
Husayn Voiz Koshifiy «Futuvvatnama-i sultoniy» nomli asarida so’fiylarni uch guruhga ajratgan: mu’oshirlar, mutarasmlar, muhaqqiqlar. Mu’oshirlar – tariqat ahlining muxlislari va do’stlaridirlar. Ular darveshlarga muhabbat bilan qaraydilar, ularning suhbatida ishtirok etadilar, xizmatlarini bajaradilar va savobga o’zlarini sherik deb biladilar. «Mutarasm» so’zining ma’nosi darveshlarning rasmu rusumlariga ergashuvchilar, ammo ular darveshlarning odatlariga zohiran taqlid qilsalar-da, botinan hol talabgoridirlar va shu toifaga ixloslari tufayli ilohiy fayzdan bahramand bo’lish umididadirlar.
Muhaqqiqlar – Haqqa yetganlar, ularni oliy martabali so’fiylar deb ta’riflash mumkin. Haqiqiy avliyolar, shayxi murshidlar shularning orasida yetishib chiqqan.
IX asrda tasavvuf nazariyoti va amaliyotini ishlab chiqish uchun qizg’in harakatlar davom etdi. Basra bilan bir qatorda Bag’dod va Xuroson so’fiylik maktablari ham eng nufuzli maktablar sirasiga kiradi. Ularning namoyandalari avvalgidek so’fiyning ichki dunyosiga asosiy e’tiborni qaratar edilar .
Faxruddin ‘Ali Safiy Naqshbandiya tariqati shayxlari haqida keng ma’lumot berib, bu silsila ikki boshqa-boshqa shahobchalar orqali ‘Ali ibn Abi Tolib va hazrat Abu Bakr as-Siddiqqa borib yetadi, deb hisoblaydi. Mashoyix silsilasiga qaraganda, bu tariqat boshqa ba’zi tariqatlar bilan aloqador ekanligi va shunga ko’ra o’sha davrda farqli nomlar bilan atalgani ma’lum bo’ladi.
Chunonchi, hazrati Abu Bakrdan Boyazid Bistomiyga qadar Siddiqiya, Bistomiydan ‘Abduxoliq G’ijduvoniyga qadar Tayfuriya, G’ijduvoniydan Baho’uddin Naqshbandga qadar Xojagoniya, Naqshbanddan Xoja ‘Ubaydulloh Ahrorga qadar Naqshbandiya, Xoja Ubaydulloh Ahrordan «Mujaddidi alfi soniy» nomi bilan mashhur Ahmad as-Sirhindiyga qadar Naqshbandiya-Ahroriya, Ahmad Sirhindiydan Shamsiddin Mazharga qadar Naqshbandiya-Mujaddidiya, Shamsiddin Mazhardan Mavlono Xolidiy Bag’dodiyga qadar Naqshbandiya-Mazhariya, Xolidiy Bag’dodiydan keyin esa Naqshbandiya-Xolidiya deya tilga olingan.
Markaziy Osiyoga tasavvuf ta’limotining kirib kelishi tariqatlar tarixini yoritish an’anasiga ko’ra, o’z davrining so’fiy allomasi Xoja Yusuf Hamadoniy (1048–1141) nomi bilan bog’liq. Yusuf Hamadoniy maktabida ilmu irfon sabog’ini olgan Ahmad Yassaviy va ‘Abduxoliq G’ijduvoniylar mintaqada tasavvuf taraqqiyotining keyingi bosqichlarida muhim o’rin tutdi va ikki mustaqil tariqat: Yassaviya va Xojagon-Naqshbandiya (keyinchalik Naqshbandiya-Mujaddidiya) tariqatlariga poydevor qo’yganlar. Bundan tashqari Xorazmda «valiytarosh» unvoni bilan mashhur bo’lgan Najmiddin Kubro (1145–1221) mustaqil ravishda Kubraviya  tariqatiga asos soldi.
Xojagon tariqati XIV asrga kelib, Baho’uddin Naqshband tomonidan yanada takomillashtirildi. Bu esa Markaziy Osiyoda mo’g’ullar hukmronligidan keyingi diniy-ma’naviy hayotning yangicha yo’nalishda shakllanishiga asos bo’ldi. Aynan XIV-XV asrlardan boshlab ushbu tariqat vakillari jamiyatning ijtimoiy-siyosiy hayotida faol ishtirok eta boshladilar. Amir Temur (1336–1405) va temuriylar tomonidan markazlashgan davlatning tashkil etilishi tariqat vakillarining nafaqat diniy-ma’naviy sohadagi nazariy, balki mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida amaliy faoliyat yuritishlari uchun ham sharoit yaratdi. Xoja Muhammad Porso , Xoja Ahror, ‘Abdurahmon Jomiy (1414-1492), ‘Alisher Navoiy kabi yirik shaxslarning faoliyati esa Xojagon-Naqshbandiya tariqatining keyingi vakillariga ijobiy ta’sir qildi va ijtimoiy-siyosiy hayotda faol ishtirok etishlari uchun turtki bo’ldi.
Keyinchalik Markaziy Osiyoda markazlashgan ashtarxoniylar davlatining parchalanishi va birin-ketin xonliklarning tashkil topishi (XVII–XVIII asrlar) ushbu hududda tarqalgan tariqatlarga ham o’z ta’sirini ko’rsatdi. Ma’lum bir davrlarda u yoki bu tariqat namoyandalari ijtimoiy-siyosiy hayotda o’z mavqyeini egallab keldi. Jumladan, yuqori tabaqa vakillari hisoblangan hamda Naqshbandiya tariqatiga mansub Juybor shayxlari XVI–XVII asrlarda Buxoro xonligi ijtimoiy-siyosiy hayotida muhim rol o’ynadi.
Ayni vaqtda musulmon dunyosining deyarli barcha mamlakatlarida turli tasavvuf tariqatlar vakillari faoliyat yuritayotganini ko’rish mumkin. Turkiya, Misr, Jazoir, Tunis, Liviya, Indoneziya, Malayziya, Iordaniya, Pokiston kabi mamlakatlarda mavjud tariqatlarining sanog’iga yetish ham qiyin. Bu suluklarning ko’pchiligi tasavvuf ta’limotining ilk g’oyalaridan ancha uzoqlashib ketgan. Shayxlik maqomi mablag’ to’plash manbai bo’lib qolgan holatlar ham yo’q emas. Turkiyadagi ko’plab tariqat vakillari tomonidan shayxlarini o’ta mubolag’a bilan ulug’lanishi, ularning tavof qilinishi, shayxlarning o’z tarafdorlari va muassasalari mavjudligini bunga misol tariqasida qayd etish mumkin .
Markaziy Osiyoda tasavvuf tariqatlarining rivojida o’lkadan yetishib chiqqan Ahmad Yassaviy, ‘Abduxoliq G’ijduvoniy, Najmiddin Kubro, Baho’uddin Naqshband, Xoja Muhammad Porso, Xoja Ahror kabi allomalarning xizmati katta bo’lgan. Ularning faoliyati butun islom olamiga o’z ta’sirini o’tkazgan. Ayni vaqtda, ildizi Xojagon tariqatiga borib taqaladigan Naqshbandiya-Mujaddidiya tariqati Markaziy Osiyoda keng yoyila boshladi.
   Movarounnahr o‘lkasidan ilm-fanning turli sohalari bo‘yicha yetuk olimlar, fozil ulamolar, buyuk mutafakkirlar va benazir allomalar yetishib chiqqan. Ular ilm-ma'rifatning yuksalishiga xizmat qilish barobarida o‘zlari mansub bo‘lgan yurtning nomini butun dunyoga taratganlar. Bunday allomalarning ko‘pchiligi, shubhasiz, ayni hududda keng tarqalgan tasavvufning turli tariqatlariga mansub shaxslardir.
Ma'lumki, islom tarixining ma'lum bir davrlarida tasavvufning Qodiriya, Ishqiya, Rifo‘iya, Shoziliya, Malomatiya, Suhravardiya, Yassaviya, Kubraviya, Naqshbandiya kabi bir necha yo‘nalishlari vujudga kelib, ular muayyan davr va mintaqalarda o‘zining ijtimoiy-siyosiy, diniy-falsafiy nufuziga ega bo‘lgan. Islom olamida keng tarqalgan – XVII-XVIII asrlar Markaziy Osiyo ijtimoiy-siyosiy hayotida yetakchi rol o‘ynagan suluklardan biri – Baho’uddin Naqshband asos solgan Naqshbandiya tariqatidir. Bunga sabab ushbu tariqat soddaligi, xalq ommasi tomonidan oson qabul qilinishi va islomning asosiy manbalari – Qur’on va Sunnatga muvofiq ekani bilan bir qatorda, muayyan fiqhiy mazhabga, ya'ni sunniylikning hanafiya mazhabiga moslashtirilganidadir. Umuman olganda, Naqshbandiya sunniylikning barcha me'yorlarini o‘zida mujassam qilgan, diniy tamoyillarga qattiq amal qiluvchilar tanlagan bir tariqatdir . Markaziy Osiyodagi tariqatlarning hammasi diniy tamoyillarga qattiq amal qilgan.
Ushbu bandga shuni xulosa qilib aytish mumkinki, naqshbandiya dastlab shaharlarda savdogar va hunarmandlar o‘rtasida keng tarqalgan. Sunniylik e'tiqodiga muvofiq bo‘lgan mazkur tariqat, «xafiy zikr»ga asoslangan. Unda zohiran ko‘zga tashlanadigan xatti-harakatlardan tashqari «suhbat », «nisbat» va «robita »ga kuchli e'tibor beriladi. Naqshbandiya, boshqacha qilib aytganda, Xojagon tariqatining kamolga yetgan bir shakli bo‘lib, uning nazariy asoslari XII asrdayoq Yusuf Hamadoniy va ‘Abduxoliq G‘ijduvoniy tomonidan ishlab chiqilgan, keyinchalik esa Baho’uddin Naqshband uning asosiy tamoyillarini tartibga solgan. Shuningdek, uning amaliy va nazariy taraqqiyotida ‘Alouddin Attor, Xoja Muhammad Porso, Xoja ‘Ubaydulloh Ahror, Xoja Ahmad Kosoniy (vaf. 1549y.), Ahmad Sarhandiy kabi mutasavvif shayxlarning xizmati katta bo‘ldi.

                     Toshkent islom instituti  IV  bosqich
                        talabasi Parpiyev Abdullo

Nom: Javob: Tasavvuf
Yuborildi: MirzoMuhammad 25 May 2017, 12:10:53
Naqshbandiya tasavvuf maktabida nazariyot yo’nalishining kelib chiqishi
   
   Tarixiy manbalarda yozilishicha, Naqshband ozga qanoat qilish va o’z hohishi bilan kambag’al hayot kechirish, dunyo mol-mulk, dabdabali hayotdan voz kechishni targ’ib qilgan. U kundalik tirikchiligi uchun bir parcha nonni o’z mehnati bilan ishlab topgan, eski bo’yra ustida, darz ko’zadan suv ichib hayot kechirgan va so’fiy uchun xizmatkor va qullar ushlashni gunoh deb bilgan.   
Bahouddin Muhammad 1318 (718 hijriy) yili Buxoroning Qasri Hindivon (keyinchalik uning nomi bilan yuritilgan Qasri Orifon) degan qishlog’ida dunyoga keladi. Uning otasi to’quvchi va naqsh soluvchi usta bo’lgan. Muhammadning taqdirida kamolotga erishishida so’fiylar bilan yaqindan munosabatda bo’lgan bobosining xizmati kattadir. U yosh nabirasida sekin-asta tasavvufga qiziqishni uyg’otadi va shu yo’lda tarbiyala’shga ahamiyat beradi. Buxoroda tahsil olgandan keyin Shayx Xoja Muhammad Samosiy uni o’g’il qilib o’z tarbiyasiga oladi. Vafoti oldidan Samosiy o’zining xalifasi Amir Sayyid Kulolga Muhammadni o’ziga shogird qilib olish va uni Xojagon tariqati jamoasiga qo’shib, ularning tasavvufiy yo’lini unga o’rgatishni vasiyat qiladi. Muhammad Kulol zikr doiralarida va tasbeh aytishlarida ishtirok etib, kamolotini oshiradi. U ruhoniya darajasiga Abdulxoliq G’ijdivoniyning g’oibona bashorati tufayli erishadi. Tushida uni ko’radi, u Muhammadni Sayyid Kulolga yuboradi. Lekin Muhammad murshid oldiga kelishidan oldinoq, ustoz yozdamisiz tariqatning haq yo’liga erishgan, so’fiy darajasiga yetgan edi. Amir Sayyid Kulol Shahobiddinning (XV asr) “maqomatlari”da va Saloh al-Muborak Buxoriyning “maqomati Bahouddin Naqshband” kitobida keltirilgan rivoyatlarida aytilishicha, Muhammad Amir Sayyid Kulol xizmatiga kelishdan oldinoq dunyoviy hayotning puch-behudaligiga to’la ishonch hosil qilgan. Keyin Naqshband mavlono Orif Dikkironiy dargohida yetti yil xizmat qiladi, so’ng turkey tasavvufiy shayxlari Qusam Shayx va Xalil otalar qo’lida tasavvufiy talimotni davom ettirib, kamolotga yetkazadi. Xalil ota dargohida o’n uch yil xizmat qilgan va uning yaqin hamsuhbati bo’lgan.
Bahouddin Buxoroga qaytib kelib, qolgan butun umrini shu yerda o’tkazdi. Amir Kulolning vasiyatiga binoan uning xalifasi (tasavvuf rahnamosi) bo’lib qoladi. Bahouddin 1389 (791 hijriy) yili 71 (hijriy hisobda 73 yoshida) vafot etib Qasri Orifonda dafn qilinadi. Uning muridlari juda ko’p bo’lib, eng mashhurlari Xoja Alouddin Attor va Xoja Muhammad Porsodir. “Qomusul a’lom” da zikr qilinishicha, Bahouddin Naqshbandning “Hayotnoma” nomli va’z va pandu nasihatlariga oid bitta manzumasi (she’riy asari) va “Dalilul oshiqin” degan tasavvufga oid kitobi bo’lgan. Lekin bu asarlar nusxalari bizga ma’lum emas, ular yetib kelmagan bo’lsa kerak.
Vafotidan keyin Bahouddin Naqshband sekin-asta mashhur mo’jizakor avliyo, oddiy raiyyat (fuqaro) himoyachisi sifatida shuhrat qozonib, tan olina boshladi. Buyuk shoirlar Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiy Naqshbandiya tariqatida bo’lganlar va o’z asarlarida uni targ’ib qilganlar. Boborahim Mashrab (1640-1711) Naqshbandiya tariqati yo’lidan borib, Ofoq Xoja qo’lida ta’lim olib haqqa yetishdi va tasavvufning yirik vakili sifatida o’z g’azallari va “Mabdai-nur” asarida bu haq yo’lni poklik, halollik va Allohga yetishishning yagona vositasidir deb tavsiflaydi. Umrining oxirigacha Naqshbandiya tasavvufi yo’lidan ketdi.
Naqshbandiya nazariyasi va amaliyoti asosida Bahouddin Naqshbandning faqat Xoja Muhammad Porso va Alouddin Attor tufayli bizgacha yetib kelgan g’oya va qarashlari yotadi. Uning bu g’oya, qarashlari “Maqomati Naqshbandiya” deb atalib, Naqshbandiyaning hamma shahobchalari uchun asos bo’lib qoldi. Bahouddin Naqshband nomi unga zamondosh va keyin yashagan ko’pgina olimlar tomonidan tasavvufga oid yozilgan asarlarga kiritilgan. U Naqshbandiya tariqatining asoschisi, buyuk mutasavvif va tasavvuf nazariyotchilaridan biri karomat ko’rsatuvchi mo’jizakor avliyo sifatida sharaf bilan tilga olingan, tarjimai holiga oid ma’lumotlar, maqomatlaridan namunalar keltirilgan.
Naqshband haqida Abdurahmon Jomiy “Nafahot al-uns min hazarot al-quds”, Faxriddin Voiz Koshifiyning o’g’li Ali as-Safining “Rashahot aynul hayot”, Xoja Muhammad Porso Buxoriyning “Anis at-tolibin va uddat as-solikin” asarlarida ma’lumotlar berilgan. Turk olimi Shamsiddin Soliyning “Qomusul a’lom” kitobida ham turk tilida qisqa ma’lumot berilgan. Arab tilidagi al-munjid nomli izohli lug’atda ham Bahouddin nomi Naqshbandiya tariqatining asoschisi sifatida eslab ketilgan. Bahouddinning tasavvufga oid pand-nasihatlaridan iborat maqomatlari Xoja Muhammad Porsoning “Risolai qudsiya”, “Maqomati Xoja Naqshaband”, Abul Muhsin Muhammad Boqir Alining “Maqomati Xoja Bahouddin Naqshband” kitobi va boshqalarda saqlanib qolgan.
Bahouddin Naqshband hazratlaridan keyin naqshbandiya sulukining atoqli vakillaridan biri hisoblangan Maxdumi A’zam Dahbediy ham naqshbandiya tasavvuf maktabi nazariyot yo’nalishiga o’zining salmoqli hissasini qo’shgan. Allomaning yozgan asarlari zamirida asosan Qur’oni karimdan keltirilgan oyat va hadisi shariflar yotadi va asarlar ularga asoslanib yozilgan.
   U zot yozgan asarlarning aksariyati “Majmuai rasoil” (risolalar to’plami) nomli to’plamda mujassamlashtirilgan. Quyida Maxdumi A’zam yozgan asarlarning qisqacha tavsifini keltirib o’tamiz:
1. “Asror an – nikoh”. Bu risola islom dini va shariatining nikoh sharti, siru asrorlariga bag’ishlangan.
2. “Risolai samoiyya”. Bu risola naqshbandiya tariqatiga nisbatan farqli ravishda, boshqa silsila tariqatlarida namoyon bo’ladigan zikrlar haqida (ya’ni boshqa tariqatlarda uchraydigan zikrni jahriya, zikri samoiyya va hilvatda (uzlatda) o’tirib zikr aytish kabi gaplar haqida) mushohadalar yuritilgan.
3. “Risolai vujudiyya”. Bu risola tavhid va vahdatul – vujud haqida, ya’ni Allohning yagonaligi, mavjudligi haqida hadisi sharifdan ma’lumotlar keltirib yozilgan asardir .
4. “Risolai odobus-solikin” – piru murshidning va muridlarning odob-axloqi, vazifalari haqidagi risola.
5. “Risolai adab us-sodiqin” – ilohiy sevgi, ko’ngildan xudoga sodiqlik, luqmani pok tutib Haqga yetishish haqida.
6. “Ganjnoma” – axloqiy xazinalarning eng asosiysi bo’lgan ilohiy sevgi haqida.
7. “Risolai baqoiyya” – ko’ngildan ko’z yoshi to’kib tavba qilganlarga xudo tomonidan rahm shafqat va’da qilingani haqida.
8. “Nasihat us-solikin” – hazrati Payg’ambarimiz (s.a.v.)ning hadislari – “Qalon – nabiy alayhissalom: qalbul - mo’mini arshullohil - azim” (mo’minlar qalbi ulug’ arshdir) mazmuni jihatidan axloq qoidalari asosida hamda Alloh buyurgan ma’naviy qoniqishiga kelish haqidagi risola.
9. “Sharhi savodil – vajha fi-dorin” – bu risolada ma’naviy qashshoqlik inson uchun ikki dunyoda ham sharmandalik hol va yuzi qoralik kabi ekanligi; hadislar misolida, tariqat nuqtai nazaridan yozilgan.
10. “Sharhul-valadi sarobiya” – bu risola tarbiya haqida, o’g’il o’z otasiga o’xshashga harakat qilganidek, murid ham o’z piriga o’xshashga harakat qilib, unga ergashish kerakligi haqida.
11. “Nihoft us-solikin” – bu risola sufiylik tariqatining hushbo’y yo’llari haqida, bu yo’lda Allohdan boshqa hamma narsa ikkinchi darajada bo’lishi kerakligi uqtiriladi.
12. “Risolai zikr” – bu risolada eng yaxshi va asosiy zikr: “Laa ilaha illalloh” sharhi berilgan.
13. “Risolai bayoni silsila” – bu risola naqshbandiya silsila sulukining ma’naviyati, uning hazrati Payg’ambar (s.a.v.) va Abu Bakr Siddiq (r.a.)dan boshlab, Maxdumi A’zamning piru ustozlarigacha bo’lgan vakillari bayoniga bag’ishlangan. Risola shayboniylardan Jonibek Sultonning iltimosiga ko’ra yozilgan.
14. “Chahor kalima”. Risola Xojagon tariqatining asoschisi bo’lgan Xoja Abdulxoliq G’ijdivoniy mushohadalarining sharhidir.
15. “Silsilat us-sodiqin”. Bu risola ham ahli tasavvufning Hazrati Payg’ambarimiz (s.a.v.) va Abu Bakr Siddiq (r.a.)dan boshlanib keladigan silsila-zanjirilari bayon qilingan. U ustozlari asarlaridan ilhomlanib yozilgan risolaga o’xshaydi.
16. “Risolai bittixiya”. Qovun haqida risola, deb nomlangan bu asar hosilni yig’ib olishni o’ylashdan oldin yerga urug’ sepishni o’ylashi kerak bo’lgan dehqon kabi, har bir musulmon hayot vaqtidayoq boqiy dunyo haqida o’ylashi kerakligi to’g’risida fikr yuritadi. Bundan tashqari qovun yetishtirish sohasidagi o’z tajribalarini nihoyatda ravon bayon etgan. Risola Hazrati Payg’ambarimiz (s.a.v.) ning hadisi shariflari “Payg’ambarimiz (s.a.v.): Dunyo – oxiratning ekinzoridir”, bilan mustahkamlangan.
17. “Mir’ot us – safo”. Bu risola “Poklik ko’zgusi” deb atalib, ma’naviy tozalikni sof ko’zguga qiyoslasada, ko’zgu ba’zi changlardan xoli emasligi ham eslatiladi. Sufiylik tariqatining asosiy vazifalaridan biri, bu ko’ngilni – ko’zguni pok tutishga ko’maklashishdir.
18. “Zubdat us-solikin va tanbiyatus – salotin”. Risolada hukmdorlarning fazilatlari, ularning oddiy xalq bilan qanday muomalada bo’lishlari lozimligi haqida so’z yuritilgan.
19. “Gul va Navro’z”. Bu risola sufiylik ma’naviyati, xalq bilan hukmdorlar o’rtasidagi munosabatlar haqida bo’lib, Maxdumi A’zamning mudiri hukmdor Abdulloxonning iltimosi bilan yozilgan.
20. “Risolai me’roj ul-oshiqin”. Risola juda yuqori mansab egasi bo’lgan mashhur sultonning (shayboniy Ubaydullaxon bo’lsa kerak) safardan qaytishiga bag’ishlab yozilgan asar bo’lib, sufiylik tariqatlarining xalq hukmdorlarning ko’ngillariga yetkazadigan ta’sirlari haqida.
21. “Risolai murshid us-solikin”. Bu risola haqiqiy sufiy va tariqat yo’lboshchisining vazifalari haqidagi asar.
22. “Voqeai haqqoniya”. Risola muallifga ulug’ allomalar, pirlar tomonidan tasavvuf izdoshlarini to’g’ri yo’lga boshlash haqida aytgan o’gitlari to’g’risida.
23. “Risolai Boburiya”. Bu asar Hoja Abdulloh Ahrori Valiyning “Risolai volidiya”sining Zahiriddin Muhammad Bobur Mirzo tomonidan o’zbek tiliga o’girilgan tarjimasi haqida hamda Boburning Maxdumi A’zamga yuborgan xatiga javob tariqasida yozilgan.
24. “Risolai bayoni voqea”. Bu risola ham tasavvuf tariqatlarining bayoniga bag’ishlangan.
25. “Risolai fathnoma”. Risolada muallifga mo’jizaviy ravishda ayon bo’lgan bashorat haqida gapiriladi.
26. “Risolai tanbiyatul – ulamo”. Bu risola tariqatning yo’lidan borayotgan haqiqiy va shunchaki ko’rinish uchun yurgan olimlar, fiqhshunoslar va boshqa soha ulamolariga nasihat tariqasida yozilgan.
27. “Risolai shaybiya”. Bu asar qarilik haqida, hayot achchiq-shirinini totib ko’rgan donishmand qarilik haqida.
29. “Risolai ilmiya”. Bu risolada islom dinidagi ilmlar, tasavvufdagi ilmi hol va dunyoviy ilmi qol, shariat ilmlari, Hazrati Payg’ambarimiz (s.a.v.)ning fazilatlari, choryorlar va imomlar hayoti haqida hamda to’rt mazhab imomlarining hayoti, ularning dunyoqarashlari to’g’risida fikr yuritilgan. Risolada tasavvuf silsilasining “qandil” kabi Muhammad (s.a.v.)dan Xoja Ahrorgacha va Mavlono Zohidgacha qo’ldan-qo’lga, pirdan shogirdga berilishi yozilgan.
XX asr boshlaridan Bahouddin Naqshband ta’limoti va naqshbandiya tariqatiga rus va yevropa olimlarida juda katta qiziqish paydo bo’ldi. Rus sharqshunos olimlaridan B. Gortleviskiy va V. Bartold, E. Bertels, A. Simyonov, P. Ivanov, A. Boldrev, S. Dimidov va boshqalarning Bahouddin Naqshband, uning ta’limoti va so’fiylik haqidagi bir qancha maqolalari bosilib chiqdi . Yevropa olimlaridan H. Algar, M. Moli, F. Yung, E. Brove, O. Popovich kabilarning ingliz va nemis va serb tillarida tasavvuf, Bahouddin va naqshbandiya tariqatiga bag’ishlangan bir qancha kitob va maqolalari chop etildi.
Xulosa qilib aytganda, naqshbandiya tariqatining ta'limotlari har bir zamon va makon uchun muhim ahamiyat kasb etishi muqarrar. Ularda ilgari surilgan o‘zgalar haqqiga rioya qilish, ijtimoiy adolat, savob ish qilishga intilish, o‘z mehnati bilan kun ko‘rish, insoniy burch va mas'uliyatlarni his etish, ota-ona, qo‘ni-qo‘shni, qarindosh-urug‘lar, beva-bechoralarga muntazam  va beminnat yordam qilish, jamiyatda madaniyatli hamda namunali, bir so‘z bilan aytganda, komil insonni voyaga yetkazish, tarbiyalash kabi olijanob fazilatlarini xalqimiz orasida yanada kengroq yoyish va rivojlantirish biz yoshlarning bugungi kundagi eng muhim  vazifalarimizdan hisoblanadi.

                     


                     Toshkent islom instituti  IV  bosqich
                        talabasi Parpiyev Abdullo


Nom: Javob: Odob axloq
Yuborildi: okahon.8800 14 Iyun 2017, 07:02:35
РАМАЗОН ОЙИ ФАЗИЛАТИ.
Рамазон ойи мусулмонлар учун энг муқаддас ойлардан бўлиб, Аллоҳ таоло бу ойда бандаларини янада тақводор бўлишлари учун уларга рўза тутишни фарз қилган. Аллоҳ таоло Қурони каримда шундай марҳамат қилади: “Эй, имон келтирганлар! Сизлардан олдинги (уммат)ларга фарз қилингани каби сизларга ҳам рўза тутиш фарз қилинди, шояд (у сабабли) тақволи бўлсангиз” (Бақара сураси, 183-оят).
Шунингдек бу муборак ой хусуда Пайгамбаримиз Муҳаммад (сав) “Бу ойнинг аввали раҳматдир, ўртаси мағфират ва охири эса дўзахдан нажотдир”- дея марҳамат қилдилар.
Инсон рамазон ойида рўза тутар экан унинг учун ўтуётган ҳар бир дақиқа, олаётган ҳар бир нафаси хам ибодат. Жим туришлиги тасбеҳ, қилган озгина амалига кўплаб савоблар кўпайтириб берилади.
Ҳабарлада “Рўзадорнинг уйқуси ибодат, сукут сақлашлиги Аллоҳга тасбеҳ, қилган амалининг савоби орттириб берилади ва гуноҳи кечирилгандир” – дейилади.
Ва яна бу муборак ойни фазилатлари борасида, Пайғамбаримиз Муҳаммад (с.а.в) нинг ҳадиси шарифаларда: “Ва бу Рамазон ойида мўминнинг ризқи зиёдаси билан берилади. Кимики бу муборак ойда рўзадорга ифторлик қилиб берса, унинг гуноҳлари кечирилади ва дўзахдан озод бўлади”. Саҳобалар сўрадилар: Ё Расулуллоҳ с.а.в. бизларнинг ҳаммамиз ҳам рўзадорга ифторлик қилиб беролмаймиз?! Шунда Расули Акрам с.а.в. “Кимики рўзадорни бир ҳўплам сут билан ёки бир дона хурмо билан ёки бир қултум сув билан бўлса ҳам оғзини очтирса, Аллоҳ таоло унга Ўзи биладиган даражада савоб ёзади. Ва кимики бир рўзадорни тўйдирса, уни Парвардигори олам гуноҳларини кечиради, ичгандан кейин ҳечам чанқамайдиган оби кавсардан ичиради ва ҳатто жаннатга киритади. Шунингдек, унга ҳам рўзадорнинг савобидан қисқартирилмаган ҳолда шунча савоб берилади” - деб келтирилган.
Рўза шундай улуғ ибодатки уни ажр-савобини фақат ёлғиз Аллоҳ таоло билади. Ҳадиси қудсийда “Аллоҳ таоло: Одам боласининг ҳамма амали ўзи учун, фақат рўза Мен учундир ва унинг мукофотини Мен Ўзим берурман, деди. Рўза сақлайдиган бир қалқондир. Қачон бирингизнинг рўза куни бўлса, фаҳш гап гапирмасин ва бақир-чақир қилмасин. Агар бирортаси у билан сўкишмоқчи ёки урушмоқчи бўлса, мен рўзадорман, десин” – дейилади.
Саҳл розияллоҳу анҳудан қилинган ривоятда келишича, Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам бундай деганлар: “Жаннатнинг бир эшиги бўлиб, у Раййон деб аталади. Қиёмат куни рўзадорлар ўшандан киришади, улардан бошқа бирор одам кирмайди. Шунда “Рўзадорлар қани?” дейилади. Шунда рўзадорлар кириб боришади. Уларнинг охиргиси кириб бўлиши билан эшик беркитилади. Ундан бошқа ҳеч ким кирмайди” (Имом Бухорий, Муслим ва Насаий ривояти).
Аллоҳ таоло Рамазонни барчаларимизга муборак ва баракотли қилсин. Ва бу муборак ойни солиҳ амаллар билан ўтказишимизни насиб айласин.
“Муҳаммад солеҳ ҳожи” жоме масжиди ноиби Ж. Парпиев
Nom: Javob: Odob axloq
Yuborildi: okahon.8800 14 Iyun 2017, 07:03:00
ФАРЗАНДЛАР ТАРБИЯСИ.
Аллоҳ таоло томонидан банда учун берилган беҳисоб, санаб адоғига етиб бўлмайдиган неъматлардан бири – фарзанд неъматидир. Фарзанд инсон учун бу дунё ҳаётини зийнати ҳисобланади. Қурони каримда:“Мол-мулк, фарзандлар дунё ҳаётининг зийнатидир…”- дейилади.
Фарзанд - инсон қалби қувонтирадиган гулдир. Уларни ёшлик чоғларида эркалаб кўнгиллар рохатланади. Улғайганидан чоғларида ёрдамларидан баҳраманд бўлинади. Фарзандлари бор хонадонлар, обод ва варакали бўлади. Абдуллоҳ ибн Аббос (р.а) дан ривоят қилинади, Пайғамбаримиз  Муҳаммад (с.а.в) “Эй Абдуллоҳ ибн Аббос, боласи йўқ уйнинг баракаси ҳам бўлмайди” - дедилар.
Оиша (р.а) дан ривоят қилинади, Пайғамбаримиз  Муҳаммад (сав) шундай дедилар: “Албатта, фарзандларингиз Аллоҳнинг сизларга берган ҳадясидир. (“У зот хоҳлаган кишисига қизлар ҳадя этур ва хоҳлаган кишисига ўғиллар ҳадя этур.” (Шуро сураси 49-оят)) Агар керак бўлса, фарзандларингиз ва уларнинг мол-мулклари сизларникидир”
Демак фарзанд бизларга берилган ҳадя ва омонат экан. Фарзанд хоҳ қиз бўлсин, хоҳ ўғил бўлсин Аллоҳнинг ҳадяси дея қабул қилиб, унга ношукрлик қилмасдан қадрига етиб, доимо унинг шукрини адо этишлигимиз вожиб. Бу эса албатта фарзандга чиройли исм қўйиш ва уни соғлом, одоб-аҳлоқли, гўзал табиатли қилиб тарбиялаш, илм-ҳунарли қилиш йигит киши бўлса, уйлантириш, қиз бўлса турмушга узатиш уларнинг энг асосий ишлардан саналади.
Анас ибн Молик (р.а) дан ривоят қилинади, Пайғамьаримиз (с.а.в): “Болаларингизни икром қилинглар ва одобларини гўзаллаштиринглар”- дедилар
Тарбиянинг энг мураккаб даври бу - ўсмирлик даври бўлиб. Бола энди мустақил ҳаракат қила бошлаган, ҳаётга ўз назари билан баҳо беришга киришаётган, доимий эшитиб юргани ота-онанинг сўзидан кўра ўзгаларнинг, янги танишларнинг фикрлари жозибалироқ кўринаётган пайтда унга эҳтиёт бўлиб муомала қилмоқ керак.
Али ибн Абу Толиб (ра) дедилар: “Фарзандларингизга ўз замонларига мос илм беринглар, ўзларингиз яшаган илгариги замонга мослаб эмас. Чунки улар сизларнинг замонларингизга яшамайдилар, балки ўз замонларини яшайдилар”
Шунингдек фарзанд хар жиҳатдан соғлом ва баркамол, она-Ватанига меҳр-муҳаббат бўлиб улғайишида ота онани тарбияси жуда катта аҳамият касб этади. Дархақиқат ота она фарзанд тарбиясида ва илм олишида жудахам эътиборли бўлиши, фарзандини хар бир харакатини ва илмга қизиқишини назорат қилиши ва муносиб рағбатлантириб туриши зарур.
“Муҳаммадийхон Хожиев.
Nom: Javob: Maqola
Yuborildi: MirzoMuhammad 03 Iyul 2017, 16:18:13
ОТА ВА ОНАНИ РАНЖИТМАНГ
Динимиз таълимоти ва йўл-йўриқлари ота-оналарга яхшилик қилиш, уларга итоатда бўлиш, ҳурмат-эътиборини ўрнига қўйиш, уларга ҳеч қачон осийлик қилмаслик, айниқса ёшлари улғайиб, кексалик палласига етганларида чиройли парвариш ва ғамхўрлик кўрсатишга чорлайди.
* وَقَضَى رَبُّكَ أَلاَّ تَعْبُدُواْ إِلاَّ إِيَّاهُ وَبِالْوَالِدَيْنِ إِحْسَاناً إِمَّا يَبْلُغَنَّ عِندَكَ الْكِبَرَ أَحَدُهُمَا أَوْ كِلاَهُمَا فَلاَ تَقُل لَّهُمَا أُفٍّ وَلاَ تَنْهَرْهُمَا وَقُل لَّهُمَا قَوْلاً كَرِيماً *  وَاخْفِضْ لَهُمَا جَنَاحَ الذُّلِّ مِنَ الرَّحْمَةِ وَقُل رَّبِّ ارْحَمْهُمَا كَمَا رَبَّيَانِي صَغِيراً *
“Роббинг фақат Унинг Ўзигагина ибодат қилишингни ва ота-онага яхшилик қилишнигни амр этди. Агар ҳузурингда уларнинг бирлари ёки икковлари ҳам кексаликка етсалар, бас, уларга «уфф» дема, уларга озор берма ва уларга яхши сўз айт! Икковларига меҳрибонлик ила хокисорлик қанотингни паслат ва «Роббим, алар мени кичикликда тарбия қилганларидек, уларга раҳм қилгин», деб айт”. (Исро сураси, 23-24 оят)
Кимнингки ота-онаси тирик экан, у инсон дунёда энг бахтли инсонлардан эрур. Айниқса, бу табаррук зотлар билан бир хонадонда бўлишлик ва уларнинг хизматини чин дилдан адо қилишлик дунёнинг барча неъматларидан ҳам аълороқ. Аммо ҳаёт шундай эканки, бир неча фарзанд бўлса уларнинг ҳаммаси ҳам бирдан бундай улуғ неъматдан баҳраманд бўлиш имконига эга бўла олмас экан.
   Қаранг, ота-онангиз Сиз билан бир ҳовлида бўлса, агарчи икки дона иссиқ нон кўтариб келсангиз ҳам аввало уларга тақдим этиш имкони қўлингизда бўлади. Ҳовлингизда пишиб етилган ўрик борми, узум борми биринчи мевасини ўзингиз ҳам, бола-чақангиз емай туриб аввало уларнинг олдига қўйишингиз, улар бир донасини татиб беришларини кўриб турмоқ қандай ҳам завқли! Айниқса уларнинг кексалик чоғларида бозордан тўртта сомса олиб келсангиз ҳам, беш юз сўмлик нўхот олиб келсангиз ҳам  шундай.
Бошқа ҳовлига чиқиб кетганларчи? Улар бундай имкониятдан, демакки доимо жаннат боғларида юришдек бахтдан маҳрум бўлади десак муболаға бўлмас. Чунки топганини ўз уйига олиб келади. Онасига ёки отасига бирор нарса олмоқчи бўлса алоҳида ҳафсала қилиб олишига тўғри келади. Ўшанда ҳам бола-чақасидан ошиниб олади.
Абу Лайс Самарқандий Ибн Аббос разияллоҳу анҳо дан ривоят қилади: “Қайси бир мўминнинг ота-онаси бўлсаю икковларига яхшилик қилиб тонг оттирса, Аллоҳ таоло унга жаннатдан икки дарвоза очади. Икковларидан бири ғазабли бўлса, Аллоҳ таоло ҳам ундан рози бўлмайди, токи у рози бўлмагунча”. Сўради: “Агар золим бўлса-чи?”. “Агар золим бўлса ҳам!”
Расул акрам (с.а.в.) бу ҳақда марҳамат қилиб, бундай деганлар:
“Ким ота-онасидан бири ёки икковларини ҳурмат қилмай ва уларга яхшилик қила олмасдан жаннатга кира олмаган бўлса, бурни ерга ишқалансин,  бурни ерга ишқалансин, бурни ерга ишқалансин”.
Лекин афсуски, кўпчилик ота-онасининг қадрини билмайди. Вақти келиб ўз фарзандларидан нима келишини хоҳласа, бугун ота ва онасига ўшандай муомалада бўлиб олиши зарур энлигини эсидан чиқариб қўяди. Нтижада кун келиб фарзандидан жабр кўрса, меҳр кўрмаса йиғлаб юради, аммо унда энди кеч бўлади.
   
Бир йигит ўз отасини ҳакорат қилиб урганини кўрган одамлар нафратланиб, у адабсиз ўғилга ҳужум қилмоқчи бўлдилар. Йигитнинг отаси одамларни тўxтатиб:
— Биродарлар, ўғлимни тек қўйинглар! Бу ишда ўғлим эмас, мен ўзим айбдорман. Йигитлик вақтимда кунлардан бир кун xудди мана шу ерда отамни ҳақорат қилиб урган эдим. Мана энди отамга қилган беодоблигимнинг жазосини кўриб турибман, отамга қандай муомала қилган бўлсам, бугун ўшандай муомала ўз ўғлимдан қайтди. Нимани эксанг, шуни ўрасан, дeб жуда тўғри айтган эканлар. Мeн ёшлигимда ота-онамни ҳурмат қилмаган эдим, дилларини оғритган эдим, улар мeндан норози бўлиб кeтдилар. Мана энди одобсизликларим боламдан қайтмоқда. Азизларим, ўғлим айбдор эмас, ўзим айбдорман,— дeб ўксиниб-ўксиниб йиғлади.
Йигит отасининг сўзларидан таъсирланиб, дод-фарёд қилиб кўз ёшларини тўкди. Дарҳол отасини қучоқлаб, ўпиб, ундан узр сўради. Ота эмасми, у ҳам ўғлининг гуноҳини кeчирди, унинг кўз ёшларини артиб, қучоғига олиб эркалади. Бу воқeанинг гувоҳи бўлган xалқ ҳам таъсирланиб, кўзларига ёш олдилар.

Улуғбек қори Йўлдошев
Nom: Javob: Islomiy axloq
Yuborildi: MirzoMuhammad 08 Avgust 2017, 16:50:20
ТАҚВО ҲАҚИДА
Аллоҳ субҳоналлоҳу ва таоло Ҳужурот сурасида марҳамат қилади:
يَا أَيُّهَا النَّاسُ إِنَّا خَلَقْنَاكُم مِّن ذَكَرٍ وَأُنثَى وَجَعَلْنَاكُمْ شُعُوباً وَقَبَائِلَ لِتَعَارَفُوا إِنَّ أَكْرَمَكُمْ عِندَ اللَّهِ أَتْقَاكُمْ إِنَّ اللَّهَ عَلِيمٌ خَبِيرٌ
“Эй инсонлар! Биз сизларни бир эркак ва аёлдан яратдик ва сизларни ўзаро танишишингиз учун халқлар ва қабилалар қилиб қўйдик. Албатта, Аллоҳнинг ҳузурида энг ҳурматлигингиз энг тақводорингиздир. Албатта, Аллоҳ билувчи ва хабардор зотдир”.
Ҳа, Аллоҳ таоло наздида банданинг моли ҳам, обрўси ҳам, насли ҳам, насаби ҳам эмас, балки тақвоси эътиборлидир. Бас шундоқ экан дунё матолари билан фахрланиб, ўзимизни бошқалардан баланд тутмоғимиз нечук?
Биз киммизки, кимларгадир бош эгиб таъзим бажо айласак-да, кимларнидир менсимасак?
«Тақво» сўзи луғатда «сақланиш, эҳтиёт бўлиш, қўрқиш, зарарли, қабоҳат ва кароҳиятли нарсалардан четланиш» маъноларини билдиради. Истилоҳда Аллоҳнинг уқубати ва азобларидан сақланиш учун Унинг буйруқларини бажариш, қайтариқларидан четланиш «тақво» дейилади. Тақво Аллоҳ таолодан қўрқиш, ҳаром ва шубҳали нарсалардан тийилишдир. Бундай хислат соҳиби тақводор саналади.
Аллоҳга тақво қилиш ундан қўрқишдир. Аллоҳдан қўрқиш эса, гуноҳ ишларни тарк этиш ва савоб ишларни кўпайтиришга сабаб бўлади.
Баъзилар тақвони таркидунё қилиш, фақат ибодат билан шуғулланиш деб нотўғри тушунадилар. Ҳазрат Умар (разияллоҳу анҳу)дан тақво нима, деб сўралганда, араблар сертикон майдондан яланг оёқ бўлиб, тикондан сақланиб ўтишни тақво деб атайдилар деган. Ҳаётда гуноҳ ишлар худди тиконларга ўхшайди. Ким улардан эҳтиёт бўлмаса, озор чекади, гуноҳ маъсият ишлардан сақланган эса тақво қилган бўлади.
Умар разияллоҳу анҳу айтган: “Кўп либосларни кўрдим, аммо тақводан афзалроқ либосни учратмадим”.
Али розияллоҳу анҳу: “Тақво - озуқаларнинг яхшиси” деган.
Саъд ибн Ваққос разияллоҳу анҳудан ривоят қилинади. Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам:
“Албатта, Аллоҳ таоло тақводор, қалби бой ва панада юрувчи бандасини яхши кўради», дeлилар. (Муслим ривояти)
Абу Ҳурайра разияллоҳу анҳудан ривоят қилинади – Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва салламдан “Инсонларни жаннатга кўп киргизадиган амал қайси?” дeб сўрадилар. Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам: “Аллоҳга қилинган тақво ва ҳусну хулқ”, дeдилар. Ва яна сўрадилар: “Инсонларни дўзахга кўп киргизадиган амал қайси?” Жавоб бердилар: “Оғиз ва жинсий аъзолар орқали қилинган гуноҳ», дeб айтдилар. (Тeрмизий ривояти)
(Жума тезислари, зиёуз.cом кутубхонасидаги Мунаббиҳот ва Риёзус солиҳин китобларидан фойдаланилди. )

Сарварбек Йўлдошев. Мирзо Шариф масжиди имом хатиби. Асака тумани
Nom: Javob: Maʼrifiy maqolalar
Yuborildi: MirzoMuhammad 08 Avgust 2017, 17:11:10
ИБН АББОС
Абдуллоҳ ибн Аббос Расулуллоҳ (с.а.в) амакиларининг ўғли. Санаси аниқ бўлмаса-да, Маккада Абу Толиб оиласига қарши қўлланган иқтисодий қамал вақтида туғилгани маълум. Онаси Умму Фазл Лубоба бинти Ҳорис мўминлар онаси Маймуна (р.а.)нинг синглиси, Хадича онамиз (р.а.)дан кейин исломни қабул қилган иккинчи аёл.
Отаси Абдуллоҳни туғилиши билан Пайғамбаримиз (с.а.в.)га олиб борди. Расулуллоҳ (с.а.в.) чақалоқни бағирларига босиб: «Илоҳим, уни диннинг билимдони қил! Китоб (Қуръон)нинг тафсирини унга ўргат», дея дуо қилдилар.
Абдуллоҳ ибн Аббос ислом оёққа турган Мадина шаҳрида улғайди ва илм олди. Таҳорат қилиш, намоз ўқишни шахсан Расулуллоҳ (с.а.в.)дан ўрганди. Ёшлик чоғида Пайғамбаримиз (с.а.в.) унинг бошини силаб, бир неча бор: «Эй Аллоҳ, бутун илм ва ҳикматни шу бошга бер. Унга таъвил ва тафсирни ўргат. Парвардигорим, инсониятга берган барча илм ва ҳикматни унинг қалбига жо қил», дея дуо қилганлар (Муттафақун алайҳ). Саодат асрида жуда ёш бўлгани сабаб, Расулуллоҳ (с.а.в.)нинг хонадонларига бемалол кириб чиқар, бошқа саҳобалар билмаган ва кўрмаган кўп нарсаларни биларди.
Ибн Аббос дин илмлари бўйича энг зукко шахслардан бири; Қуръон, тафсир, ҳадис ва фиқҳ илми, шунингдек, араб адабиётининг билимдонларидан эди. Шунинг учун Ибн Масъуд: «У Қуръоннинг таржимони, муфассирларнинг султонидир», дея таъриф берган. Илми кучлилигидан замондошларининг «Умматнинг олими, илмда мисли денгиз» деган эътирофларига сазовор бўлган. (https://irfon.uz/sahobiylar-hayoti/209-abdulloh-ibn-abbos.html)
Ибн Аббос разияллоҳу анҳумодан ривоят қилинади. “Умар разияллоҳу анҳу мeни Бадрда қатнашган кексалар билан (ҳузурига) киргизар эди. Гўёки уларнинг баъзилари ўзларича: “Боламиз тeнгқур бу бола нима учун биз билан киради?” дейишар эди.
Умар: “Уни сиз яхши биласиз” дeди. Бир куни мeни чақириб, улар билан бирга киргизди. Ўша куни фақат мeни уларга кўрсатиб қўйиш учунгина шундай қилганин билдим.
-   Аллоҳнинг إِذَا جَاءَ نَصْرُ اللهِ وَالْفَتْحُ “Вақтики, Аллоҳнинг нусрати ва фатҳ келса...” қавли тўғрисида нима дeйсизлар? – деди. Баъзилар:
-   Бизларга нусрат бeрилса ва фатҳ этилса, Аллоҳга ҳамд ва истиғфор айтишга буюрилганмиз, - дeйишди. Баъзилар ҳeч нарса дeмай сукут қилишди.
-   Эй Ибн Аббос, сeн ҳам шундай дeйсанми? – дeди.
-   Йўқ, - дeдим.
-   Унда нима дeйсан? - дeди.
-   Бу – Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва салламнинг ажаллари. Уни бу зотга билдирмоқда. “Агар Аллоҳнинг нусрати ва фатҳ кeлса” - бу ажалингнинг аломатидир, “Бас, Раббингнинг ҳамди ила тасбеҳ айт ва мағфират сўра. Зeро, У тавбаларни қабул қилгувчи бўлган Зотдир” деган, - дедим. Умар разияллоҳу анҳу:
-   Бу оятдан мен ҳам сeн айтган нарсанигина биламан, холос, - дeди.
(Имом Бухорий ривояти)

Қамариддин Шаробиддинов. Асака туманидаги Имом Абу Юсуф жомеъ масжиди имом хатиби
Nom: Javob: Islomiy axloq
Yuborildi: MirzoMuhammad 21 Avgust 2017, 14:40:03
ҚУРБОНЛИК – АЛЛОҲГА ЯҚИНЛИК
Мусулмон умматига яна бир баракалик ой – Зулҳижжа ойи кириб келмоқда. Бу ой ҳақиқатан баракали ойдир. Айниқса қурбонлик ибодати қанчалаб кўнгли яримларнинг дардларига малҳам бўлади. Қанчалаб адоватларни кўтариб юборади. Қанчалаб кишиларни катта-катта савобларга ноил бўлишига сабаб бўлади.
Қурбонликнинг кўплаб фазилатлари бор. Инсонлар ўртасида меҳр ва муҳаббатни пайдо қилади. Адоватни кетказади. Қурбонлик қилувчининг мартаба ва обрўсини кўтаради. Гуноҳлар тўкилишига сабаб бўлади.
Аллоҳ таоло қурони каримда марҳамат қилади:
إِنَّا أَعْطَيْنَاكَ الْكَوْثَرَ {الكوثر/1} فَصَلِّ لِرَبِّكَ وَانْحَرْ {الكوثر/2} إِنَّ شَانِئَكَ هُوَ الْأَبْتَرُ {الكوثر/3}
“Биз сенга кавсарни бердик. Бас Роббингга холис намоз ўқи ва жонлиқ сўй. Албатта, сени ёмон кўриб, айбловчининг орқаси кесик”. (Маъно таржимаси “Тафсири ҳилол”дан олинди)
«Кавсар»ни тафсирчиларимиз «кўп яхшилик» деб айтганлар. Пайғамбарлик, Қуръон, ҳикмат, умматнинг кўплиги, шафоат ва Пайғамбаримизга берилган бошқа сон-саноқсиз яхшиликлар ҳам шулар жумласидан.
«Бас, Роббингга намоз ўқи ва жонлиқ сўй».
   Уламоларимиз ушбу ояти каримадаги «намоз»дан мурод, ийди қурбон намози, «жонлиқ»дан мурод қурбонликка сўйиладиган ҳайвон, деганлар.
Михнаф ибн Қайс розияллоҳу анҳудан ривоят қилинади. «Набий соллаллоҳу алайҳи ва саллам билан Арафотда турган эдик. Мен У зотнинг: «Эй, одамлар, ҳар бир уй аҳлига ҳар йили бир қурбонлик ва атийра лозимдир.  Атийра нималигини биласизларми? У сизлар, ражабия, деб атайдиган нарсадир» - деганларини эшитдим».  (Сунан эгалари ривоят қилган)
   «Кавсар» сурасининг ояти ва ушбу ҳадисга асосан мазҳабимиз  уламолари ҳур, муқим, бой мусулмон одамга қурбонлик қилиш вожибдир, деганлар.
Шунингдек, Пайғамбар соллаллоҳу алайҳи васаллам ўзларининг бошқа ҳадисларида:
«Қурбонлик қилинглар! Чунки, у отангиз Иброҳимнинг суннатидир», деганлар.
Оиша розияллоҳу анҳодан ривоят қилинади. «Набий соллаллоҳу алайҳи васаллам: «Одамзот сўйиш куни қон чиқаришдан кўра Аллоҳга маҳбуброқ иш қилган эмас. Албатта, у(ҳайвон)лар қиёмат куни шохлари, жунлари ва туёқлари билан келурлар. Албатта, қон ерга тушишидан олдин Аллоҳнинг ҳузуридаги маконга етур. Уни чин кўнгилла чиқарингиз», дедилар». (Термизий ривояти)
Қурбонлик қилиш бойларгагина вожиб бўлганлиги камбағалларга енгилликдур. Шу билан бирга муқаддас динимизда қурбонликка қодир бўла олмаган камбағаллар ҳам ўкситилмайди.
Қурбонликнинг фазилатларини эшитиб саҳобалардан бирларининг рағбати қўзиб кетиб Пайғамбар соллаллоҳу алайҳи васалламга савол берди:
   «Айтингчи, мен урғочи манийҳадан ўзга нарса топмасам, уни қурбонлик қиламанми?» деди».
(«Манийҳа» биров томонидан соғиб ичиб туриш учун берилган соғин ҳайвон).
Пайғамбар соллаллоҳу алайҳи ва саллам бу саволга:
   «Йўқ!» деб жавоб бердилар ва :
«Лекин, сочингни ва тирноқларингни оласан. Мўйлабингни қисқартасан. Қовуғингни тозалайсан. Ана ўшалар,  Аллоҳнинг наздида сенинг қурбонлигингнинг тугал бўлганидир», дедилар».

Улуғбек қори Йўлдошев
Ҳадислар таржимасида “Ислом Уз.” сайтидан фойдаланилди.
Nom: Javob: Maʼrifiy maqolalar
Yuborildi: MirzoMuhammad 18 Sentyabr 2017, 16:47:34
ИЛМ ВА ОДОБ
Илм одам фарзандининг мартабасини кўтариб бошқа махлуқотлардан устувор этиши “Таълимул-мутаъаллими” китобида чиройли тарзда баён этилган:
“Инсониятгагина хос бўлган илмнинг шарафли экани ҳеч кимга сир эмас. Чунки шижоат, журъат, қувват, саҳоват, шафқат каби илмдан бошқа ҳамма хислатлар инсонда ҳам, бошқа ҳайвонотларда ҳам муштаракдур. Аллоҳ таоло илм билангина Одам алайҳис салоту вас-саломни фаришталардан афзаллигини изҳор қилди ва уларни (Одам алайҳис салоту вас-салом)га сажда қилмоққа буюрди”.
   Ана шундай шарафли мартабага етишиш учун фақатгина китоб ўқишнинг ўзигина кифоя қилмайди. Балки Ҳасан Басрий раҳматуллоҳи алайҳи айтганларидек одоб ҳам шарт қилинган:
   “Кимдаки одоб бўлмаса, унда илм ҳам йўқдур”.
Демак илмнинг аввали одоб бўлмоғи даркор экан. Бу ишга фақатгина мактаб ўқитувчиларигина эмас, кенг жамоатчилик ҳам масъуллигини унутмаслик лозим. Яна ҳам аниқроқ айтадиган бўлсак, фарзандимизни мактабга жўнатар эканмиз, ахлоқли, одобли бўлишга чорлаб, устозларини қаттиқ ҳурмат қилишликни, уларга зинҳор гап қайтармасликни, устозларнинг олдида ҳаргиз беодоблик қилмасликни албатта тайинлаб айтиш керак.
Кейинги йилларда устозларнинг ҳурматини мақомига келтириш ҳақиқий шарқона одоблар доирасидан чиқиб қолганини яққол кузатишимиз мумкин. Ваҳолонки, биз қандай инсонларнинг авлдоларимиз? Бизнинг ота-боболаримиз эмасми, устозга ўз жигарбандини “эти Сизники, суяги бизники”, ‒ деб топширганлар?! Бизнинг аждодларимиз эмасми, устозининг фарзандига ҳам ҳурмат-эҳтиром кўрсатган?!
Ҳа, аввал устозни ҳурматлашни ўрганмасдан туриб, илмнинг моҳиятини ҳам англаб етиш мумкин эмас, ўқиган китоблардан ҳам барака топилмайди.
Дарҳақиқат, устоз ҳурмат-эҳтиромга лойиқ инсон. Искандар Зулқарнайндан сўрабдилар:
‒ Нима учун устозингизни отангиздан ҳам кўпроқ ҳурмат қиласиз?
‒ Негаки, отам мени осмондан пастга туширди (яъни ‒ руҳият оламидаги руҳим ер юзига тушиб жасадимга киришига сабаб бўлди). Устозим эса мени ердан осмонга кўтаради, ‒ деб жавоб берган экан  Искандар Зулқарнайн.
Аллоҳдан бошқа илоҳ йўқлигига Аллоҳ таолонинг  Ўзи, фаришталар ва илм эгалари гувоҳлик бериши ҳақида баён қилинган “Оли Имрон” сурасининг 18-оятининг тафсирига кўра баъзи муфассирлар Аллоҳ таолонинг гувоҳлиги далиллар пайдо қилиши билан,  фаришталарнинг гувоҳлик бериши иқрор бўлишлари билан, илм эгаларининг гувоҳликлари эса далиллар келтириб исботлаб беришлик билан бўлади деганлар. Ибн Касир раҳматуллоҳи алайҳининг тафсирларига кўра ушбу ояти каримада илм аҳлининг даражаси юқори эканлиги баён қилинмоқда. Бу эса ҳар бир илм йўлини  тутган инсонга шарафли масъулият юклайди.
Шартли равишда “дунёвий илм” деб аталаётган математика, астрономия, табобат, кимё, физика ва бошқа фанларни аслида “дунёвий илм” деб ажратиб бўлмайди. Негаки мазкур илмлар ҳаммаси ҳам Калом Қадим ‒ Қурони Каримда мавжуд. Уларни пухта ўрганмасдан туриб Қурони Каримни яхши тушуниб бўлмайди. Шунинг учун ҳам фарзандларимиз ўқув даргоҳи дастуридаги ҳар бир илмни қунт билан ўрганишини таъминлаш ҳам ҳар биримизнинг келажак олдидаги масъулиятлик вазифаларимиз сирасидандур.
Кези келганда уларнинг кийинишига ҳам алоҳида эътибор бериш керак. Ҳолбуки, Маориф Вазирлиги томонидан тавсия этиладиган кийиниш усули ҳаммабоп ва қулайлиги билан соддалик сифатига ҳам эга. Кўпинча қишлоқ мактабларида бир ҳил кийиниб олган қизларимизни кўриб кўзинг қувнайди. Бироқ аксарият шаҳар мактабларида ўқувчилар ким ўзарга кийингандек кўринади. Уларнинг эгнидаги кийимлари қимматбаҳолигидан ёқангни ушлайсан. Камига на мусулмончиликка, на тавсия қилинган кийиниш усулига мос тушмайди, балки йигит-қизларимизнинг юзидан шарм ва андиша пардасини йиртиб юборади.
Ажаб эмаски кенг жамоатчилик асосида бу камчиликлар ҳам бартараф этилса. Чунки, ҳақли равишда фахр билан айтиш мумкинки, таълим-тарбия соҳаси Мустақиллик йилларида тубдан ислоҳ қилинди. Таълим бериш усуллари ҳам тараққий топгани келажакка умид ила боқишимизга асос бўлажак.
Илоҳим, бизларнинг эртамиз бўлган келажак авлдоларимизни баркамол маърифатли, зиёли ва албатта ахлоқ-одоб соҳиблари бўлишини насиб айлагин.

   Улуғбек қори Йўлдошев Асаска т. "Холид ибн Валид" масжиди ғазначиси
Nom: Javob: Islomiy axloq
Yuborildi: MirzoMuhammad 21 Oktyabr 2017, 14:45:47
Ҳунарли банда
Муқаддас динимиз таълимотларида рўзғор тебратиш учун касб-ҳунар қилишликка тарғиб қилинади. Кўпчилик уламолар касб-ҳунар қилишлик вожиб деганлар. Бунга бир қанча ҳужжат ва далиллар келтирилган. Жумладан, Aллoҳ тaoлo фaрзлaрини фaрз қилди. Бaндaлaр фaрзлaрни aдo қилиши учун либoс вa нaфс oзуқaсигa муҳтoж. Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам марҳамат қилганлар:
“Албатта, еган нарсаларингизнинг покизароғи касбларингиздандир”. (Оиша разияллоҳу анҳодан Ибн Можа ривояти)
Ҳалол касб қилишлик, дунёда тирикчилик қилишлик кишининг егулиги покиза ва баракали бўлишига сабаб бўлади. Шу билан бирга айни ибодат саналади. Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам марҳамат қиладилар:
" اِنَّ اللهَ يُحِبُّ الْعَبْدَ المْحْتَرِفَ " (رواه الترمذى)
яъни: “Аллоҳ таоло ҳунарманд бандани яхши кўради”.
Динимиз таълимоти ялқовлик, боқимандалик каби зарарли иллатларни қатъий қоралаб, инсонларни ҳалол ризқ топиш йўлида саъй-ҳаракат қилиш ва чин-ихлос билан меҳнат қилиб ҳаёт кечиришга чорлайди. Имом Аъзам (р.ҳ.)нинг иккинчи шогирди Муҳаммад ибн Ҳасан аш-Шайбоний ҳанафий мазҳаби доирасида биринчилардан бўлиб, касб-ҳунарга оид “Китоб ал-касб” номли фиқҳий асар ёздилар. Мазкур асарда касб-ҳунар турлари, тижорат, зироат ва ишлаб чиқариш билан машғул бўлиш, ҳунармандларнинг фазилатлари ҳақида батафсил маълумотлар берилган. Шунингдек, бу асарда барчани ҳалол меҳнат қилиш, топилган ризқ-рўзни кўпчилик билан бирга баҳам кўриш, Аллоҳ берган ҳаёт ва неъматларига доим шукр айтиш каби солиҳ амалларга чақирилган.
Ислом шариатида кишиларни бирор бир ҳунар билан шуғулланишга тарғиб қилиш билан бир қаторда, уларга бу соҳада тўғри ва ҳалол фаолият олиб борсалар улкан савоблар берилиши алоҳида қайд қилинган.
Пайғамбаримиз саллаллоҳу алайҳи ва саллам айтганлар:
" طَلَبُ الْكَسْبِ فَرِيضَةٌ عَلَى كُلِّ مُسْلِمٍ " (رواه الطبرانى)
яъни: “Ҳар бир мусулмонга касб-ҳунарни эгаллаш фарздир”, - деб марҳамат қилганлар.
Дунё насибасига эга бўлиш, ҳаётда ўз ўрнини топиб яшаш тадбиркорлик, касб-ҳунар билан машғул бўлиш, неъматларга вақтида шукр қилиш, улардан тежаб-тергаб, иқтисод қилиб фойдаланиш, уларни фисқу фасод ишларга сарфлаб, суистеъмол қилмаслик ҳар биримизнинг муқаддас вазифамиз эканини, қуйидаги ояти карима баён қилади:
وَابْتَغِ فِيمَا آَتَاكَ اللَّهُ الدَّارَ الْآَخِرَةَ وَلَا تَنْسَ نَصِيبَكَ مِنَ الدُّنْيَا وَأَحْسِنْ كَمَا أَحْسَنَ اللَّهُ إِلَيْكَ وَلَا تَبْغِ الْفَسَادَ فِي الْأَرْضِ إِنَّ اللَّهَ لَا يُحِبُّ الْمُفْسِدِينَ *
(سورة القصص/77)
яъни: “Аллоҳ сенга ато этган нарса билан охиратни истагин ва дунёдан бўлган насибангни ҳам унутмагин. Аллоҳ сенга эҳсон қилгани каби сен ҳам (одамларга) эҳсон қил! Ерда бузғунчилик қилишни истама! Чунки Аллоҳ бузғунчиларни суймас, – дедилар”.
Ризқ-рўзни ҳалол йўллар орқали талаб қилиш касб ҳисобланади. Одам (а.с.) ҳам ризқларини буғдой-арпа экиш, ўриш, тегирмон қилиш ва нон ёпиш орқали топганлар. Инсоният тарихи давомида барча пайғамбарлар ҳам касб-ҳунар ўрганиб, у орқали ҳаёт кечиришган. Масалан, Нуҳ (а.с) дурадгорлик, Иброҳим (а.с.) баззозлик, Довуд (а.с.) совут ясаш, хурмо дарахти новдаларидан сават тўқиш, Закариё (а.с.) дурадгорлик, ҳазрати пайғамбаримиз Муҳаммад (с.а.в) чўпонлик ва савдогарлик касби билан машғул бўлишган. Шунингдек, саҳобаи киромлар ҳам бирон-бир касб-ҳунар билан ризқ-рўз топишга саъй-ҳаракат қилишган.
Қуръони карим таълимотида инсонлар турли ҳаётий эҳтиёж ва заруриятлар сабабидан ер юзига тарқалиб ризқ-рўз топиши, тадбиркорлик каби фойдали фаолиятлар билан шуғулланиши, бор куч ва иқтидор, ақл ва билимларни сарфлаб ишлаб чиқариш ва иқтисодий тараққиёт сари саъй-ҳаракат қилиши зарурлигига чорловчи кўплаб илоҳий далиллар мавжуд.
Аллоҳ таоло айтади:
فَإِذَا قُضِيَتِ الصَّلَاةُ فَانْتَشِرُوا فِي الْأَرْضِ وَابْتَغُوا مِنْ فَضْلِ اللَّهِ وَاذْكُرُوا اللَّهَ كَثِيرًا لَعَلَّكُمْ تُفْلِحُونَ * (سورةالجمعة/10)
яъни: “Бас, қачонки, намоз адо қилингач, ерда тарқалиб, Аллоҳнинг фазли (ризқи)дан истайверингиз! Аллоҳни кўп ёд этингиз! Шояд (шунда) нажот топсангиз”.
(Жума тезисларидан фойдаланилди)

Шаҳобиддин Парпиев. Асака туман бош имом хатиби
Nom: Javob: Maqola
Yuborildi: MirzoMuhammad 30 Oktyabr 2017, 11:01:07
Тавҳид калимаси
Тавҳид калимасини айтган кимсани маҳшаргоҳда бир гуруҳ малаклар зиёрат этадилар. Уни маҳшар даҳшатларидан қўриқлайдилар. Аллоҳ Мусога (алайҳис салом) Тур тоғида шундай марҳамат этди:
«Ё Мусо! Маҳшар ерида фаришталар сени зиёрат этишларини истасанг, тавҳид калимасини кўп зикр эт!»
Тур тоғида Мусо (алайҳис салом) сўрадилар:
«Аллоҳим! «Ла илаҳа иллаллоҳ» дея зикр этгувчи қулингга қандай ҳақ ато этгайсан?»
«Эй,Мусо! Ўша қулимдан рози бўлиб, жаннати Аълода Жамолим билан шарафлантираман!»
Калимаи тавҳид фазилати ва уни зикр этганга бериладиган ҳақ таърифга сиғмас даражада. Бунинг мукофотини Аллоҳнинг Ўзи тайин, тақдир ва эҳсон этади. Аллоҳ xитоб этади:
«Эй, фаришталарим! Шоҳид бўлинг, тавҳид калимасини ишониб ҳатто бир марта зикр этган қулимни афв этдим, кечирдим!» (Эй, фарзанд. Абу Ҳомид Ғаззолий. зиёуз.сом кутубxонаси)

Абу Ҳурайрадан (разияллоҳу анҳу) ривоят қилинади. Расулуллоҳ (саллаллоҳу алайҳи ва саллам):
 «Имоннинг етмиш нeчта ёки олтмиш нeчта ҳам шўъбаси бордир. Уларнинг афзали «Ла илаҳа иллаллоҳ»дир. энг пасти йўлдан азият бeрувчи нарсани олиб ташлашдир. Ҳаё ҳам ўша имон бўлакларидан биридир», дeдилар. Имом Бухорий ва Муслим ривоятлари.
Итбон ибн Моликдан (разияллоҳу анҳу) ривоят қилинади. (Бу зот Бадр ғазотида иштирок этган саҳобалардан эди.)
«Мeн қавмим Бани Солимга имомлик қилиб намоз ўқиб бeрар эдим. Мeн билан улар орасида водий бўлиб, агар у ерга ёмғир ёғса, масжид томонга ўтиш машаққат туғдирарди. Шунинг учун Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам) ҳузурларига бориб у зотга:
«Кўзимнинг нури кeтиб қолди. Агар ёмғир ёғса, мeн билан қавмим ўртасидаги водийда сeл оқади. Табиийки, уни кeчиб ўтиш машаққат туғдиради. Хоҳлардимки, сиз уйимнинг бир чeккасида намоз ўқиб бeрсангиз, мeн ўша жойни масжид қилиб олсам», дeсам, у зот:
«Бораман», дeдилар ва қуёш кўтарилганида Абу Бакр (разияллоҳу анҳу) билан кeлиб  изн сўрадилар. Мeн изн бeрдим. У зот ҳали ўтирмасдан туриб:
«Уйингнинг қаeрида намоз ўқиб бeрай?» дeдилар.
Мeн намоз ўқишни яхши кўрадиган жойга ишора қилдим. У зот ўринларидан туриб такбир айтдилар ва орқаларида саф тортдик. Икки ракат намоз ўқиб бeрдилар. Кeйин салом бeрдилар. Ўша пайт биз ҳам салом бeрдик. У зотга атала пиширган эдик, шунга тўхтатдик. Расулуллоҳ (саллаллоҳу алайҳи ва саллам) уйимда эканликларини билиб маҳалладаги одамлар тўп-тўп бўлиб кeла бошлашди. Ҳатто, уйда кишилар кўпайиб кeтишди. Шунда бир киши:
«Моликка нима бўлдики, уни кўрмаяпман?» дeганида, бошқа бир киши:
«У мунофиқ-ку! Аллоҳ ва Унинг расули уни яхши кўрмайди», дeди. Буни эшитган Расулуллоҳ (с.а.в.):
«Бундай дeма! Ла илаҳа иллаллоҳ, дeб Аллоҳнинг розилигини талаб қилганини кўрмадингми?» дeганларида, у киши:
«Аллоҳ ва Унинг расули билувчи! Аммо биз, Аллоҳга қасамки, унинг мунофиқлар билан гаплашиб, дўстлашганини кўрамиз», дeди. Расулуллоҳ (саллаллоҳу алайҳи ва саллам):
«Аллоҳнинг розилигини тилаб «Ла илаҳа иллаллоҳ»ни айтган кишига Аллоҳ дўзахни ҳаром қилган», дeб айтдилар». (Имом Бухорий ва Муслим ривоятлари. Риёзус солиҳийн. Абу Закариё Яҳё ибн Шараф Нававий. зиёуз.cом кутубхонаси)

Шаҳобиддин Парпиев. Асака туман бош имом хатиби
Nom: Javob: Maʼrifiy maqolalar
Yuborildi: MirzoMuhammad 03 Yanvar 2018, 11:41:15
Банда гуноҳдан ҳоли эмас. бироқ кечиргувчи Аллоҳ бор. У жуда ҳам меҳрибондир
Nom: Javob: Maʼrifiy maqolalar
Yuborildi: MirzoMuhammad 03 Yanvar 2018, 11:43:47
ОҒИР ГУНОҲ
Имом Абуллайс Самарқандий ҳикоя қилади — бир кун Умар разияллоҳу анҳу Пайғамбар саллаллоҳу алайҳи ва саллам ҳузурларига йиғлаб келди. Жаноб саллаллоҳу алайҳи ва саллам:
- Нега йиғлаяпсан? — деб сўрдилар. Ҳазрат Умар:
- Эй Аллоҳнинг Расули, эшикда бир йигит йиғлаб ўтирган экан, уни кўриб раҳмим келди. Шунинг учун йиғлаяпман, - жавоб берди Умар разияллоҳу анҳу.
- Уни ичкари олиб киринг!» - буюрдилар саллаллоҳу алайҳи ва саллам. Йигит ичкарига кирди. Ҳазрат саллаллоҳу алайҳи ва саллам сўрадилар:
- Нега йиғлаяпсан, эй йигит?
Йигит:
- Гуноҳларим кўплиги мени йиғлатди. Аллоҳдан қўрқяпман, эй Аллоҳнинг Расули!
- Аллоҳга ширк келтирдингми?
- Йўқ!
— Бировни ноҳақ ўлдирдингми?
- Йўқ!
- Гуноҳларинг етти қават осмону, ер ва тоғлар қадар бўлса ҳам, Аллоҳ афв этиши мумкин!
- Эй Аллоҳнинг Расули, менинг гуноҳим бундан ҳам катта!
- Сенинг гуноҳинг каттароқми, Курсими? – сўрадилар саллаллоҳу алайҳи ва саллам.
- Менинг гуноҳим каттароқ, – деди йигит.
- Сенинг гуноҳинг каттароқми, Аллоҳнинг афвими? – яна сўрадилар саллаллоҳу алайҳи ва саллам. Шунда йигит иқрор бўлиб:
- Аллоҳнинг афви каттароқ, – деди.
- Энг катта гуноҳни энг улуғ бўлган Аллоҳдан бошқа ҳеч ким афв этолмайди. Менга гуноҳинг нималигини айт, – дедилар Пайғамбар саллаллоҳу алайҳи ва саллам.
Йигит:
- Сиздан уяламан, эй Аллоҳнинг Расули! – деди хижолатда. Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам ундан айтишликни талаб қилган эдилар, ниҳоят айтди:
- Эй Аллоҳнинг Расули, мен етти йилдан бери кафан ўғирлаш билан шуғулланман. Охирги марта ансорлардан бир чўри дафн қилинганида қабрини очиб, кафанини олдим. Сўнг шайтоннинг сўзига кириб, унинг номусига тажовуз қилдим. Шу пайт Аллоҳнинг қудрати билан чўри тилга кириб: “Суф сенга, мазлумнинг ҳақини золимдан олгувчи Аллоҳдан уялмайсанми? Мени қабр аҳли орасида яланғоч қолдирдинг! Аллоҳнинг ҳузурида жунуб ҳолга келтирдинг! Мен энди қиёматгача шундай шарманда ҳолатда ётаманми!?” деди.
Бу сўзларни эшитиб Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам ўринларидан туриб кетдилар ва йигитни итариб:
- Чиқ бу ердан, эй фосиқ! — деб ҳайдаб юбордилар.
Йигит қирқ кун Аллоҳга ёлборди. Охири бошини кўтариб:
- Эй Муҳаммаднинг, Одамнинг ва Иброҳимнинг илоҳи! Мени мағфират қилган бўлсанг, Расулингга маълум қил. Кечирмаган бўлсанг, кўкдан бир олов тушириб мени куйдир! Охират азобидан қутқар!
Аллоҳ таоло Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва салламга Жаброил алайҳис саломни юборди.
— Эй Муҳаммад, Раббинг сенга салом юборди ва «Махлуқотни у яратганми, менми?!” деб сўради.
Пайғамбаримиз саллаллоҳу алайҳи ва саллам:
— Мени ҳам, бошқа махлуқотларни ҳам Аллоҳ яратган. Мени ҳам, бошқа борлиқни ҳам у ризқлантиради.
— Аллоҳ йигитни афв этганини маълум қилди! – хабар берди Жаброил алайҳис салом.
Пайғамбаримиз саллаллоҳу алайҳи ва саллам йигитни чақирдилар ва Аллоҳ уни афв этганини билдирдилар.

Сарварбек Йўлдошев. Мирзо Шариф масжиди имоми
Nom: Javob: Maʼrifiy maqolalar
Yuborildi: MirzoMuhammad 23 Yanvar 2018, 14:17:18
ҚАРИНДОШЛИКНИ УЗМАНГ
Қариндошчилик алоқалари кишини жамиятда ва оилада обрўсини оширади. Ҳам маънавий, ҳам моддий бойликка эга бўлади. Одамлар орасида меҳр-оқибатнинг бардавом бўлишига сабаб бўлади. Динимиз таълимотларида силайи раҳм – қариндошчилик алоқаларини боғлашга катта эътибор берилади. Бу тўғрида кўплаб оятлар нозил бўлган, ҳадислар ривоят қилинган. Хусусан Аллоҳ таоло айтади:
“Албатта, Аллоҳ адолатга, эзгу ишларга ва қариндошга яхшилик қилишга буюради ҳамда бузуқчилик, ёвуз ишлар ва зулмдан қайтаради. Эслатма олурсиз, деб (У) сизларга насиҳат қилур”. (Наҳл сураси. 90-оят)
Исломда ўтган қавм ва элатлар қариндошлик риштасини  дўстлик, раҳм-шафқат алоқаларини  мустаҳкамлашдаги ўзаро манфаатларни амалга  оширишда асосий омил сифатида кўришган. Аллоҳ таолонинг ояти каримаси ҳам шу нарсага ишора қилади:
“Эй, одамлар! Сизларни бир жон (Одам)дан яратган ва ундан жуфти (Ҳавво)ни яратган ҳамда иккисидан кўп эркак ва аёлларни таратган Раббингиздан қўрқингиз! Шунингдек, ўрталарингиздаги ўзаро муомалада номи келтирилувчи Аллоҳдан ва қариндошлар (алоқасини узиш)дан қўрқингиз! Албатта, Аллоҳ сизларни кузатиб турувчидир”. (Нисо сураси, 1-оят)
Имом Бухорий ва Имом Муслим ривоят қилган ҳадисда Расулуллоҳ (соллаллоҳу алайҳи васаллам) марҳамат қиладилар: “Силаи раҳм қилмаган, яъни қариндошларидан алоқани узган одам жаннатга кирмайди. Силаи раҳм доимий борди-келди эмас, балки узоқлашиб кетган қариндош ҳолидан хабар олишдир”.
Қариндошчиликни боғлаш банданинг ризқини кенг ва умрини зиёдақилиши ҳақида Пайғамбаримиз (соллаллоҳу алайҳи васаллам) башорат бериб бундай деганлар:
яъни: “Кимни ризқи-рўзи кенг бўлиши ва умри узоқ бўлиши хурсанд этса, бас у силаи раҳм қилсин, яъни қариндошлик ришталарини мустаҳкамласин”.
Шу билан бирга қариндошлик ришталарини узиш энг катта гуноҳлардан ва ёмон ишлардан саналади. Ислом таълимоти бундай ишлардан қатъий огоҳ этади. Чунки унинг оқибати лаънат ва гумроҳликдир. Аллоҳ таоло айтади:
“Агар (имондан) бош тортсангиз, аниқки, сизлар ерда бузғунчилик қиларсизлар ва қариндошларингиз (билан ҳам алоқаларингиз)ни узасиз, албатта. Ундай кимсаларни Аллоҳ лаънатлагандир, бас, уларнинг (қулоқларини) “кар”, кўзларини “кўр” қилиб қўйгандир”.
Баъзилар “Мен қариндошларимга силаи раҳм қиламан, лекин улар мендан узилиб кетадилар, қанчалик уларга яхшилик қилсам менга ёмонликни раво кўрадилар, уларга яхши муомалада бўлсам буни асло эътиборга олмайдилар”, деб қолади. Пайғамбаримиз (соллаллоҳу алайҳи васаллам) баъзи саҳобалар шундай шикоят қилишган вақтда уларни ёмонликка ёмонлик билан жавоб беришга амр қилмаганлар, балки уларга чиройли муомалада бўлишга, қариндошлик ришталарини асло узмасликка чорлаб, шундай деганлар: “Қариндошларига оқибат қилмайдиган одам қариндош эмас, балки узилиб қолган қариндошлик алоқаларини тикловчи одам қариндошдир”.

Парпиев Шаҳобиддин Асака туман бош имом хатиби
   
Nom: ТАВБА ҚИЛГАН АЁЛ
Yuborildi: MirzoMuhammad 23 Yanvar 2018, 14:30:11
Тавба қилган аёл
Аллоҳ таоло бандаларни чин тавба қилишга чорлар экан, бунинг эвазига остидан анҳорлар оқиб тургувчи жаннатни ваъда қилади:
يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا تُوبُوا إِلَى اللَّهِ تَوْبَةً نَّصُوحاً عَسَى رَبُّكُمْ أَن يُكَفِّرَ عَنكُمْ سَيِّئَاتِكُمْ وَيُدْخِلَكُمْ جَنَّاتٍ تَجْرِي مِن تَحْتِهَا الْأَنْهَارُ
“Эй иймон келтирганлар! Аллоҳга насуҳ (холис) тавба қилинглар! Шоядки Раббингиз гуноҳларингизни ювса ва сизни остидан анҳорлар оқиб турган жаннатларга киритса”. (Таҳрим. 8)
   Оятдаги “насуҳ” калимасини муфассирларимиз турли тафсир қилганлар.
   Имом Насафийнинг “Мадорик...” тафсирларида “рост тавба” ва “холис” деб келган. Шунингдек ўша “Тавбайи насуҳ”ни ибн Аббос разияллоҳу анҳумо “У тил билан истиғфор атишлик, юракдан надомат қилишлик ва комил имон ила амалда тарк қилишлик” деганлар:
Ғомидийя қабиласидан бир аёл келиб, Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васалламга:
«Эй, Аллоҳнинг Расули, мени покланг!»–деди. Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам унга:
«Шўринг қурсин! Ортингга қайт! Аллоҳга истиғфор айтиб, тавба қил!»–дедилар. У:
«Моъиз ибн Моликни қайтарганга ўхшаб мени ҳам қайтармоқчимисиз?! Зинодан ҳомиладор бўлган аёлни-я?»–деди. (Моъиз ҳам зино қилган ва тавба қилган. тошбўрон қилинган)
Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам:
«Сен-а?!»–дедилар. У:
«Ҳа!»–деди. У зинодан ҳомиладор бўлгани учун Моъизга ўхшатиб узоқ саволга тутмадилар-да:
«Туққунингча бориб тур», дедилар. Туққандан сўнг, аёл боласини кўтариб яна келди. Яна ўзининг тошбўрон этилишини талаб қилди. Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам унга:
«Боравер, болангни эмиз, сутдан ажратгунингча юриб тур», дедилар. Боласини сутдан ажратгандан сўнг, яна келди. Боласининг қўлига бир бурда нон бериб қўйган эди. У:
«Эй, Аллоҳнинг Расули, мана, уни сутдан ажратдим. Ўзи овқатланадиган бўлди. Энди мени покланг!»–деди. Ул зот болани бошқа бир одамга топширдилар ва аёлни тошбўрон қилишга амр қилдилар. Кўкрагигача чуқурга кўмиб, сўнгра тошбўрон қилинди».
.Ғомидийялик аёлни тошбўрон қилинаётганида қони сачраб, кимгадир тегади ва ўша одам аёлни сўкади. Шунда Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам ўша одамга:
«Уни сўкма, у бир тавба қилдики, агар унинг тавбасини ер юзидаги барча одамларга бўлиб берса, етади», деганлар.

Шаҳобиддин Парпиев. Асака туман бош имом хатиби
Nom: Javob: Maʼrifiy maqolalar
Yuborildi: MirzoMuhammad 23 Yanvar 2018, 14:43:36
ЯХШИЛИК ҚАЙТМАЙ ҚОЛМАС
Бизга аввалдан маълум бўлган пенициллин — кимёвий тузилиши бир-бирига яқин табиий ва ярим синтетик антибиотиклар гуруҳи. Тиббиёт амалиётида илк бор қўлланилган пенициллинни Пениcиллиум туркумига мансуб замбуруғлар ишлаб чиқаради. 1928 йилда америка бактериологи Александр Флеминг замбуруғларнинг бактерияларга таъсир этувчи хоссаси борлигини тасодифан аниқлаган. 1941 йилда А. Флеминг инглиз патологи Х. Флори билан бирга моғор замбуруғининг булон филтратидан пенициллинни ажратиб олиб, 1945 йил пенициллин ва унинг юқумли касалликларни даволашда самарадорлигини кашф этганлари учун Нобел мукофо-тига сазовор бўлди. (Википедия)
Пенициллинни кашф қилган Александр Флеммингнинг отаси фермер бўлган. У уйига қайтар экан йўлдаги ботқоқликдан ўтаётиб, ёрдам сўраб чақирган овозни эшитиб қолди. Овоз келган томон ошиқди. Ботқоқликда жони борича қирғоққа чиқишга интилаётган болани кўрди. Бола ботқоқнинг комидан қутулишга ҳаракат қилар, бироқ у ҳаракат қилган сари тубсиз ботқоқлик уни ўз домига торар, бола эса чорасизлик ва қўрқув билан қичқирар эди.
Фермер шошилиб дарахтнинг қалин шохини кесиб, эҳтиётлик билан унга яқинлашди ва болага узатди. Бола эсон-омон хавфсиз жойга чиқиб олди. Энди уни қалтироқ тутар, кўз ёшларини тўхтата олмай ўкириб йиғлар эди. Лекин нима бўлганда ҳам у бир ўлимдан халос бўлган эди!
- Юр мен билан уйга. Сен тинчланиб олишинг, кийимларингни қуритишинг ва исиниб олишинг зарур, - деб фермер уни етаклади.
- Йўқ-йўқ! Мени отам кутаяпти. У жуда хавотир олаётган бўлса керак. Тезда бормасам бўлмайди, - деди бола йиғламсираб. Сўнг
ўз халоскорининг кўзларига миннатдорчилик билан боқди ва дадасининг олдига югуриб кетди.
Эртаси куни эрта тонгда фермернинг уйи олдига зотдор отлар қўшилган ҳашаматли извош келиб ундан башанг кийинган оқсуяк жаноб тушиб, фермерни чақирди ва ундан сўради:
- Кеча менинг ўғлимнинг ҳаётини қутқариб қолган одам сиз бўласизми?
- Ҳа, мен, - жавоб берди фермер.
Жаноб унга ўз миннатдорчилигини билдириб, тақдирламоқчи бўлди. Фермер эса бунга қарши:
- Мен шунчаки ҳар қандай диёнатли одам ҳам қилиши зарур бўлган бир ишни қилдим, холос, - деди.
- Йўқ, ўғлим мен учун жуда ҳам қадрли. Истаган миқдордаги пулни айтинг, - деб туриб олди жаноб.
- Мен умуман бу мавзуда гаплашишни хоҳламайман! – деб фермер гапни кесди. Шу пайт эшик очилиб, ичкаридан кичкинагина боласи югуриб чиқди.
- Бу сизнинг ўғлингизми? - сўради меҳмон.
- Ҳа, жаноб, - берди фермер.
- Келинг ундай бўлса мен ўғлингизни ўзим билан бирга Лондонга олиб кетаман ва уни ўқитиш учун барча харажатларни зиммамга оламан.
Фермерга бу шарт маъқул келди. Ўғлини унга топширди.
Орадан йиллар ўтди. Фермернинг ўғли мактабни тугатди, сўнгра тиббиёт институтини якунлади ва вақти-соати келиб пеницилин дорисини кашф қилди.
Тақдир тақозосини қарангки, ўша оқсуяк жанобнинг ўғли оғир ўпка шамоллаши билан касалланди. Уни касалхонага олиб келишди. Унинг ҳаёти сақлаб қолинди. Нима билан денг?
Айнан  Александр Флемминг кашф қилган пеницилин билан!
Александр Флеммингни ўқитган жаноб Рандольф Черчилль эди. Унинг ўғли эса Англиянинг машҳур бош вазири Уинстон Черчилль бўлган.
Уинстон Черчилл шундай деган: "Сенинг эзгу амалинг албатта ўзингга қайтади".

Улуғбек қори Йўлдошев
Nom: Javob: Islomiy axloq
Yuborildi: MirzoMuhammad 19 Mart 2018, 15:03:37
ФИТНА
Абу Нуаймдан, раҳматуллоҳи алайҳи ривоят қилинишича Ҳузайфа, розияллоҳу анҳу, шундай насиҳат қилдилар:
— Фитна қалбларда бош кўтаргай. Фитнадан озроқ озуқа олган қалбда бир доғ пайдо бўлади. Шундан сўнг унда фитнага нисбатан нафрат уйғонса, доғ кетади. Кимки қалби фитнага дучор бўлган-бўлмаганини билмоқчи экан, қалбини тафтиш қилсин. Агар аввал ҳаром деб билган нарсани ҳалол деса, ёки асли ҳалол нарсани ҳаром дер экан, демак, қалби фитнага макон бўлибди. Фитналардан эҳтиёт бўлинг. Ҳеч ким фитнага берилмасин. Аллоҳга қасамки, кимки фитнага юзланса, тошқин сел йўлдаги нотоза нарсаларни суриб кетганидек, фитна ҳам у кимсани ана шундай судраб олиб кетгай.
Фитна дастлаб ҳақ-рост қиёфасига ўраниб, бошланади. Шу даражадаки, баъзилар уни ҳақ бирдаъво деб биладилар. Фақат ўртадан кўтарилганидан кейингина унинг фитналигини тушуниб етади. (Қалбимизнинг нури. Абдуллоҳ Мурод. зиёуз.сом кутубxонаси)
Фитнанинг турлари бор. Аёллар фитнаси шуларан биридир. Абу Саид ал-Худрийдан (р.а.) ривоят қилинади. Расулуллоҳ (с.а.в.):
«Албатта дунё ёқимли, ям-яшилдир. Аллоҳ сизларни унда халифа қилгандир. Ва қандай амал қилишингизга қарайди. Дунё ҳамда аёллар фитнасидан чeтланинг. Чунки Бани Исроилнинг биринчи фитнаси аёлларда бўлган эди», дeдилар. Имом Муслим ривоятлари.
Усома ибн Зайддан (р.а.) ривоят қилинади. Расулуллоҳ (с.а.в.):
«Ўзимдан кeйин кишиларга аёллардан кўра зарарлироқ фитнани қолдирмадим», дeдилар. Имом Бухорий ва Муслим ривоятлари.
Яна мол-дунё фитнаси. Каъб ибн Иёздан (р.а.) ривоят қилинади. Расулуллоҳ (с.а.в.):
«Ҳар бир умматнинг фитнаси бордир. Мeнинг умматимнинг фитнаси мол-дунёдир», дeдилар. Имом Тeрмизий ривоятлари.
Абу Саид ал-Худрийдан (р.а.) ривоят қилинади. Расулуллоҳ (с.а.в.):
«Яқин кунларда мусулмоннинг энг яхши мол-дунёси қўйлар бўладики, мусулмон динини фитналардан сақлаш ниятида тоғ чўққиларида ва ёмғир ёққанда ўсиб чиқувчи майсазорларда қўйларини ўтлатиб, қочиб юради», дeдилар. Имом Бухорий ривоятлари.
Бизлар фитна ёйилган даврда яшамоқдамиз. Бу фитналарнинг охир-оқибати ўта оғир. Абу Ҳурайрадан (р.а.) ривоят қилинади. Расулуллоҳ (с.а.в.):
«Яхши амалларга шошинглар. Тeз кунларда қоронғу кeчанинг парчалари каби фитналар пайдо бўлурки, киши мўмин ҳолатида тонг оттириб, кофир ҳолатида кeчлатади. Ва мўмин ҳолатида кeчлатиб, кофир ҳолатида тонг оттиради. Ва динини дунёнинг озгина матосига сотиб юборади», дeдилар. Имом Муслим ривоятлари. (Ҳаислар “Риёзус солиҳин”дан олинди. зиёуз.сом кутубxонаси)
Алҳазар, алҳазар!

Қамариддин Шарофуддинов. Асака т. "Имом Абу Юсуф" жомеъ масжиди имом хатиби
Nom: Javob: Maʼrifiy maqolalar
Yuborildi: MirzoMuhammad 02 Aprel 2018, 13:54:42
Хасрат
Аллоҳ субҳоналлоҳу ва таоло бандалар агар тавба қилсалар гуноҳларини кечириб юборишнинг ваъдасини қилган. Пайғамбаримиз саллаллоҳу алайҳи ва салламдан ривоят қилинган ҳадисларига кўра ҳам банда то жон ғарғара бўлгунча тавба қилса Аллоҳ мағфират қилиниши маълум. Лекин шу билан алданиб, охират хасратда қолиш ҳам мумкинлигини унутмаслик керак. Зеро Аллоҳ субҳоналлоҳу ва таоло бу ҳақда бизларни огоҳлантирган:
يَا أَيُّهَا النَّاسُ إِنَّ وَعْدَ اللَّهِ حَقٌّ فَلَا تَغُرَّنَّكُمُ الْحَيَاةُ الدُّنْيَا وَلَا يَغُرَّنَّكُم بِاللَّهِ الْغَرُورُ
Яъни: “Эй одамлар! Албатта, Аллоҳнинг ваъдаси ҳақдир. Бу дунё ҳаёти сизларни ғурурга кетказмасин. Сизларни ўта ғурурга кетказгувчи Аллоҳ ҳақида алдаб қўймасин”. (Шайтон одамларни ўта ғурурга кетказади ва алдайди. Яъни, ҳеч нарсага парво қилма, Аллоҳнинг Ўзи кечиргувчи, деб одамларни гуноҳ ишларга чорлайди. Аллоҳ таолонинг авф этиши ва мағфират қилишини суистеъмол этиб, Аллоҳ Ўзи кечирар, деб ҳар хил гуноҳларга қўл уравериш нақадар ёмон шайтоний иш эканини эсдан чиқармаслик зарур. “Қуран.Уз”)
Яҳё ибн Муъоз раҳимаҳуллоҳ айтадилар: «Менинг наздимда қуйидагилар энг қаттиқ алданишлардир:
1. Надомат қилмай авф умидида гуноҳ қилмоқ;
2. Тоатсиз Аллоҳга яқинлашмоқликдан умидвор бўлмоқ;
3. Дўзах амали билан жаннат мевасини кутмоқ;
4. Гуноҳлари туриб жаннатни талаб етмоқ;
5. Амалсиз ажр-мукофот кутмоқ;
6. Сустлик билан Аллоҳдан умид қилмоқ». (Мунаббиҳот)
Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи васалламдан Адий ибн Ҳотам Тоий бундай ривоят қилади:
“Қиёмат куни бир тоифа одамларга жаннатга боришлик буюрилади. Улар жаннатга яқинлашиб, ҳидини ҳидлаб, жаннатдаги қасрларни ва Аллоҳ таоло жаннат аҳлига тайёрлаб қўйган нарсаларни кўрганларидан сўнг:
“Уларни олиб кeтинглар, жаннатда насиба йўқдир!” дeб нидо қилинади.
Улар шундай ҳасрат-надомат билан қайтадиларки, улардан олдин ҳам, кeйин ҳам ҳeч ким бунчалик ҳасрат-надомат қилмагандир. Улар айтадилар:
“Ё Аллоҳ, дўстларингга тайёрлаб қўйган нeъматларингни кўрсатмай туриб, бизларни дўзахга киргизганингда бунчалик ҳасрат-надомат қилмасдик”.
Шунда Аллоҳ таоло:
“Мeн шундай қилмоқликнни хоҳладим, чунки сизлар катта-катта гуноҳлар билан инсонлардан яширинча Мeнга қарши чиқдингиз, инсонлар кўзида эса покиза, виқорли кўринар эдингиз, қалбларингизда йўқ нарсани риё қилар эдингиз. Одамлардан қўрқар эдингиз мeндан қўрқмас эдингиз инсонларнни улуғлар эдингиз. Мeни улуғламасдингиз. Инсонлар учун баъзи нарсалардан қайтар эдингиз. Мeн учун қайтмасдингиз. Энди бугун савобимдан айирганим баробарида қаттиқ азобга маҳкум этгайман”, дeйди. (Танбeҳул ғофилин. Ал-Фақиҳ Абу Лайс ас-Самарқандий. www.зиёуз.cом кутубхонаси)

Шаҳобиддин Парпиев. Асака туман бош имом хатиби
Nom: Javob: Islomiy axloq
Yuborildi: MirzoMuhammad 02 Aprel 2018, 15:58:36
Маҳбуб банда
Шундай инсонлар борки, уни барча солиҳ инсонлар яхши кўргайлар. Элу-юрт орасида юқори мартабага етишгайлар. Инсонларнинг қалбларга бир илоҳий куч ила унга ўз-ўзидан боғланиб қолгай. Юиласизми, бу нима сабабдан бўлур?
Бу ўша банда Аллоҳга маҳбуб бўлиб қолганлигиандир.
Пайғамбаримиздан Абу Ҳурайра (р.а.) ривоят қилади:
“Албатта, Аллоҳ таоло бир бандани яхши кўрса, Жаброил алайҳиссаломга: “Мeн фалон бандани яхши кўрдим, сeн ҳам уни яхши кўр”, дeйди. Жаброил алайҳиссалом осмон фаришталарига:
“Парвардигорингиз фалончини яхши кўрибди, уни сизлар ҳам яхши кўринглар”, дeйди.
У бандани осмон аҳли ҳам яхши кўради. Мазкур банда барча ер аҳлига ҳам мақбул бўлади ва бир бандани ёмон кўриб қолса ҳам, худди шундай эълон қилади”.
Ҳа, бир киши халқ орасида машҳур ва маҳбуб бўлишлиги шунчаки илм, амал, мартабалу-давлат сабабидан эмас, балки уни Аллоҳ яхши кўрганлигидандир.  Аллоҳ эса солиҳ инсонларни яхши кўрур.
Албатта, банда амални риё учун қилиши асло жоиз эмас, бироқ Аллоҳ таоло яхши кўриб қолган бандаларнинг амаллари ҳам халқ орасида маъруф бўлиб, барча муҳаббатли бандалар унга эргашур.
Анас ибн Молик Ҳазрати Пайғамбаримиздан ривоят қилади:
“Мўмин ким,биласизларми?”
“Аллоҳ ва Унинг расули билгувчироқдир”.
“Мўмин киши улким, то ўзи тўғрисида одамлардан эшитган мақтовлар билан қулоқлари тўлмагунча оламдан кўз юммагай. Агар етмиш қават тeмир эшикли уй ичида Аллоҳ таоло тоати учун амал қилса ҳам, Аллоҳ ул кишининг қилган амалини рўёбга чиқаради. Ҳатто инсонлар гапириб унга қўшадилар ҳам”.
“Ё Расулуллоҳ, қандай қўшадилар?” дeб сўралди.
“Албатта, мўмин амалида зиёда бўлган нарсани яхши кўргай. Фожир ким, биласизларми?”
“Аллоҳ ва Унинг расули билгайдир”.
“Фожир киши улким, то ўзи тўғрисида ёқимсиз танқидларни тўла эшитмагунча оламдан ўтмайди. Агар, етмиш қават тeмир эшикли уй ичида Аллоҳ таолога маъсият қилса ҳам, Аллоҳ таоло уни ошкор қилади, ҳатто инсонлар гапиргай. Ва унга қўшгайлар”.
“Ё Расулуллоҳ, қандай зиёда қиладилар?”
“Албатта, фожир бузғунчиликда зиёда бўлган нарсани яхши кўрур”.
(Манба: Танбeҳул ғофилин. Ал-Фақиҳ Абу Лайс ас-Самарқандий. www.зиёуз.cом кутубхонаси)

Шаҳобиддин Парпиев. Асака туман бош имом хатиби
Nom: Javob: Islomiy axloq
Yuborildi: MirzoMuhammad 23 Aprel 2018, 11:17:03
Адолат
Аллоҳ таоло бизларни адолатга буюради:
إِنَّ اللّهَ يَأْمُرُ بِالْعَدْلِ وَالإِحْسَانِ وَإِيتَاء ذِي الْقُرْبَى وَيَنْهَى عَنِ الْفَحْشَاء وَالْمُنكَرِ وَالْبَغْيِ يَعِظُكُمْ لَعَلَّكُمْ تَذَكَّرُونَ
“Албатта, Аллоҳ адолатга, эҳсонга, қариндошларга яхшилик қилишга амр этадир ва фаҳшу мункар ҳамда зулмкорликдан қайтарадир. У сизларга ваъз қилур. Шоядки, эсласангиз”. (Наҳл. 90)
Абдуллоҳ ибн Амр ибн Оссдан (р.а.) ривоят қилинади – Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам:
«Адолатли бўлганлар учун Аллоҳ ҳузурида нурдан бўлган минбарлар бордир», дeдилар. Имом Муслим ривоятлари. (Риёзус солиҳин)
Ҳасан Басрий айтадилар:
"Бир кунлик адолатли ҳукмнинг ажри уйида этмиш йил намоз ўқиган кишининг ажридан афзалроқдир". (Бўстонул орифийн. Абу Лайс Самарқандий. зиёуз.cом кутубхонаси)
   Бир аёл қози Шурайк ибн Убайдуллоҳнинг олдига шикоят билан келди. Унинг айтишига кўра аёл бўстонини халифанинг амакиси, амир Мусо ибн Исога сотмагани учун амир хизматчисига амр қилди боғининг ҳудудидини буздириб ташлаган эди.
Қози аёл билан ўртасидаги муаммони ҳал қилиш учун мажлисга амирни чақиртирди. Амир бу ишга ўзининг номидан вакил қилиб миршабларнинг бошлиғини жўнатди. Қози эса миршабларнинг бошлиғини қаматиб қўйди. Амир буни эшитиб, одамларини жўнатди. Улар келиб қозини айблай бошладилар. Шунда Шурайк:
-   Нима учун амир ҳукм мажлисида иштирок этишга беписандлик қилади? Ё қозилар ҳаммага ҳар хил ҳукм чиқаради деб ўйлаяптими? Адолат амир ва фуқаро учун баробар бўлади! Ҳукм ишига аралашганингиз учун сизларга ҳам жазо қўллашга тўғри келади! – деб уларни ҳам қамаб қўйди.
   Бу воқелардан хабардор бўлган амир отига миниб соқчилари билан қамоқхонага келди ва зўрлик қилиб, мазкур ҳибс қилинганларнинг ҳаммасини қамоқдан чиқартириб юборди. Шунда қози дарҳол Бағдодга – халифанинг олдига, қозилик вазифасидан озод қилишини сўраб сафарга отланди. Бориб халифага:
-   Аллоҳга қасамки, мен аббосийлардан қозиликни сўраб олган эмасман, мени мажбур шу лавозимга қўйишган! Балки ўзлари агар қози бўлсак, ҳар бир аҳкомда эркинлик билан адолатни қарор топтиришимизга ваъда беришган. Энди эса, модомики биз омонатни адо қилишликда шунчалик ожиз эканмиз, ҳукм чиқариш билан шуғуланишга бошқа йўл қолмади! – деди.
   Халифа унинг ишга қайтишини илтимос қилиб шундай деди:
-   Сен боравер. Кимларни ҳибс қилишга буюрган бўлсанг, қайтадан ҳибс қилишингга рухсат бераман.
Шундан сўнг амир ҳибсга олинишга ва ҳукм мажлисида шахсан ўзи айбдор сифатида қатнашишга мажбур бўлди. Қози Шурайк боғни аёлга қайтариб бериб, бузиб ташланган ҳудудни аввалгидек қилиб қайта тиклаб беришликка ҳукм қилди. Ҳукм ижро этилди. (“Қабасот” дан. А. М. Ассоф)

Шаҳобиддин Парпиев. Асака туман бош имом хатиби
Nom: Javob: Islomiy axloq
Yuborildi: MirzoMuhammad 23 Aprel 2018, 12:47:14
Қуръон ўрганиш
Юртимизда ташкил қилинган Қуръон мусобақаси халқимизнинг орзуларини рўёбга чиқариш бўлди. Айни дамда бизларни йўқдан бор қилиб яратган Парвардигорнинг кўрсатмаларини ҳаётга тадбиқ қилиш ҳамдир. Натижада халқимиз орасида Қуръонни ўрганишга қизиқиш ҳар қачонгидан ҳам юқори бўлиб бормоқда.
Анас ибн Моликдан (розияллоҳу таоло анҳу) ривоят қилинади. Пайғамбар (соллаллоҳу алайҳи васаллам):
"Менга умматимнинг ажр-савоби кўрсатилди, ҳаттоки инсон масжиддан чиқариб ташлаган хаснинг савоби ҳам. Лекин мен Қуръон ўқишдан улуғроқ яхшиликни кўрмадим. Менга умматимнинг гуноҳлари кўрсатилди, киши ёд олгандан сўнг эсидан чиқарган оят ёки суранинг гуноҳидан каттароқ гуноҳни кўрмадим", дедилар.
Абу Абдураҳмон Суламий Усмон ибн Аффондан (розияллоҳу анҳу), у зот Набийдан (соллаллоҳу алайҳи васаллам) ривоят қиладилар:
"Сизларнинг энг яхшингиз Қуръонни ўрганиб, уни бошқаларга ўргатганингиздир".
Абдураҳмон:
"Мана шу ҳадис мени шу жойга ўтқизди", дедилар, яъни, инсонларга таълим бериш учун ўтирганларини назарда тутдилар. Зеро, у киши Ҳасан ва Ҳусайннинг (розияллоҳу анҳумо) муаллими эдилар".
Хабарларда келишича, Исрофилнинг (алайҳиссолату вассалом) ёқимли овози бордир. Агар у Қуръон ўқимоқчи бўлса, фаришталар уни тинглаш учун ибодатни тўхтатишади.
Довуднинг (соллаллоҳу алайҳи васаллам) чиройли овозлари бор эди. Агар Забурни ўқисалар, сув музлаб, қушлар ҳавода, ҳайвонлар ва ваҳшийлар ерда тўхтаб қотиб қолар эди. Йиртқичлар чорва ҳайвонларига аралашиб кетарди. У зотдан ўша хато зоҳир бўлгандан сўнг, овозларидаги ҳаловат олиб қўйилди. У зот:
«Эй Раббим, овозимга нима қилдинг?" дедилар. Аллоҳ азза ва жалла ваҳий қилиб айтдики:
"Сен Бизга, Биз сенга бердик ва сен Бизга осийлик қилганингдан кейин эътиборсиз ташлаб қўйдик, агар олдингидек эрта турганингда, сени қабул қилардик".
Қиёмат кунида Исрофилга (алайҳиссалом) Қуръон ўқиш амр қилинади ва Довудга (соллаллоҳу алайҳи васаллам) ҳам ўқиш буюрилади. Ҳазрати  Довуд:
«Эй Раббим, менинг овозим қани?" дейдилар. Шунда:
"Сенга овозинг қайтарилди", дейилади.
У зотга овозлари қайтариб берилади, сўнг ҳужралардан ҳурларнинг овози эшитилади, у овозларни ҳеч ким ҳеч қачон эшитмаган. Аллоҳ азза ва жалла:
"Ёқимли овозларни эшитганмисизлар?" деб айтади.
Шунда ҳижоб кўтарилади ва Аллоҳ уларга:
"Сизларга саломлар бўлсин", дейди.
Бу Аллоҳ таолонинг:
"(Мўминлар Аллоҳга) рўбарў бўладиган кунда уларга (Аллоҳ томонидан йўлланадиган) салом тинчлик-омонлик тилаш бўлур. (Аллоҳ) улар учун улуғ мукофот (яъни, жаннат) тайёрлаб қўйгандир" (Аҳзоб, 44), деган сўзидир. (Бўстонул орифийн. Абу Лайс Самарқандий. зиёуз.cом кутубхонаси)

Шаҳобиддин Парпиев. Асака туман бош имом хатиби

Nom: Javob: ТАВБА ҚИЛГАН АЁЛ
Yuborildi: Elviraz 03 May 2018, 15:41:43
What are some important things that I can develop?
Nom: Javob: Islomiy axloq
Yuborildi: MirzoMuhammad 07 May 2018, 14:07:27
Аҳмад ибн Ҳанбалнинг камтарликлари
Аҳли сунна ва жамоанинг фиқҳий мазҳаббошиларидан тўртинчиси имом Аҳмад ибн Ҳанбал ҳам Марвда ҳижрий 164-санада туғилдилар. Ёшликларида етим қолиб, фақийрлик билан ўсдилар, қийналиб ўқидилар.
Имом Аҳмад Абу Ҳанифанинг бош шогирдларидан бири имом Абу Юсуфдан дарс олдилар.
Имом Аҳмад ибн Ҳанбал ўта камтар инсон бўлган. Бировга ҳеч қачон ўзини мартабали кўрсатмас эди. Инчунун Яҳё ибн Маин роҳимаҳуллоҳ айтади:
"Аҳмад ибн Ҳанбалга ўхшашини кўрмадим. Эллик йил у билан дўстлик қилган бўлсам, бирон марта бизга ўзининг салоҳияти ва яхшилиги билан фахрланмади. У зот роҳимаҳуллоҳ доим: "Биз бир заиф-бечоралармиз", дер эди".
Ҳофиз айтади:
 "Имом Аҳмаднинг Боғдод бозорига тушганини кўрдик. У зот бир боғ ўтин сотиб олиб, елкаларига ортиб олдилар. Одамлар у зотни таниб қолиб, тижоратчилар тижоратини, дўкондорлар дўконини ташлаб, йўловчилар йўлларида тўхтаб, у кишига салом бера бошлашди ва "ўтинни ўрнингизга биз кўтарамиз", дейишди. Шунда у зотнинг қўллари титраб, юзлари қизарди ва кўзлари ёшланиб:
"Биз бир ожиз-бечоралармиз, агар Аллоҳ айбларимизни яширмаганида, шарманда бўлардик", дедилар".
Бир киши имом Аҳмадни мақташ учун ҳузурига келганида:
"Аллоҳга қасамки, бу сўзларга тоқат қилолмайман. Аллоҳга қасамки, агар гуноҳ ва хатоларимни билганингда, бошимдан турпоқ сочиб юборардинг", дедилар.
У зот роҳимаҳуллоҳ:
"Қанийди, машҳурлик менга бегона бўлса! Қанийди, Макка дараларида юрсам-у, одамлар мени танишмаса!"- дердилар". ("Ҳилятул авлия", 9/181. @Hidoyat телеграмм канали)

Шаҳобиддин Парпиев. Асака туман бош имом хатиби

Nom: Javob: Islomiy axloq
Yuborildi: MirzoMuhammad 07 May 2018, 14:25:28
ТАҚВО
Тақво мўмининг энг биринчи сифатидир. У инсонни камолот сари етаклайди. Яратганнинг  ҳузурида олий даражаларга олиб чиқади. Аллоҳ таолонинг ҳурматли бандаларидан қилади. Бу тўғрида кўплаб оятлар бор. Хусусан Ҳужурот сурасида тақводорлар Аллоҳнинг ҳузурида ҳурматли бўлиши ҳақида шундай баён қилинган:
يَا أَيُّهَا النَّاسُ إِنَّا خَلَقْنَاكُم مِّن ذَكَرٍ وَأُنثَى وَجَعَلْنَاكُمْ شُعُوباً وَقَبَائِلَ لِتَعَارَفُوا إِنَّ أَكْرَمَكُمْ عِندَ اللَّهِ أَتْقَاكُمْ إِنَّ اللَّهَ عَلِيمٌ خَبِيرٌ
“Эй одамлар! Биз сизларни бир эркак ва аёлдан яратдик ва сизларни ўзаро танишишингиз учун халқлар ва қабилалар қилиб қўйдик. Албатта, Аллоҳнинг ҳузурида энг ҳурматлигингиз энг тақводорингиздир. Албатта, Аллоҳ билувчи ва хабардор зотдир”.
«Тақво» сўзи луғатда «сақланиш, эҳтиёт бўлиш, қўрқиш, зарарли, қабоҳат ва кароҳиятли нарсалардан четланиш» маъноларини билдиради. Истилоҳда Аллоҳнинг уқубати ва азобларидан сақланиш учун Унинг буйруқларини бажариш, қайтариқларидан четланиш «тақво» дейилади. Тақво Аллоҳ таолодан қўрқиш, ҳаром ва шубҳали нарсалардан тийилишдир. Бундай хислат соҳиби тақводор саналади.
Аллоҳга тақво қилиш ундан қўрқишдир. Аллоҳдан қўрқиш эса, гуноҳ ишларни тарк этиш ва савоб ишларни кўпайтиришга сабаб бўлади.
Бу борада Имом Абул-Лайс шундай дейди (Мукошафат-ул қулуб. Абу Ҳомид Ғаззолий. ziyouz.com кутубхонаси):
Аллоҳдан қўрқишнинг аломати етти нарсада намоён бўлади:
1. Тилда: Аллоҳдан қўрққан одам тилини ёлғондан, ғийбатдан, бошқаларга бўҳтон қилишдан ва бекорчи сўзлар айтишдан тияди. Уни Аллоҳни зикр этувчи, Қуръон ўқувчи ва илмий музокаралар билан машғул аъзо ҳолида шай тутади.
2. Қалбда: Аллоҳдан қўрққан одам қалбида мусулмон қардошларига душманлик хис қилмайди. Ёлғон, бўҳтон ва ҳасад қилиш каби ғайриинсоний туйғуларни қалбидан йўқ қилади. Чунки ҳасад кишининг гўзал амалларини маҳв этади. Шунга кўра, Аллоҳнинг Расули с.а.в. буюради: «Олов ўтинини еб битиргани каби, ҳасад ҳам инсоннинг гўзал амалларини еб битиради». Эй ўқувчи, билки ҳасад қалбларга жойлашган ва жамият ҳаётида катта зарарларга йўл очувчи ёмон бир касалликдир. Қалблардаги хасталиклар, яъни ёмон туйғулар, ёмон феъллар фақат илм ва амал билан даволаниши мумкин.
3. Кўзда: Аллоҳдан қўрққан одам ейишда ҳам, ичишда ҳам, кийишда ҳам ва бошқа хусусларда ҳамкўзини ҳаромдан эҳтиёт қилади. Дунёга ҳирс билан ва ҳар нарсани кўлга киритиш иштиёқи билан эмас, ибрат назари билан қарайди. Ҳалол бўлмаган нарсаларга қарашдан тийилади. Шунинг учун ҳам Аллоҳнинг Расули (с.а.в.) буюради: «Ким кўзини ҳаром нарсалар билан тўлдирса, Аллоҳ ҳам қиёмат куни унинг кўзини олов билан тўлдиради.»
4. Меъдада: Аллоҳдан қўрққан одам меъдасига ҳаром луқма бермайди. Чунки ҳаром луқма ейиш энг катта гуноҳлардан биридир. Шу боис Аллоҳнинг Расули (с.а.в.) буюради:
«Инсон зотининг меъдасига бир луқма ҳаром тушганда бу луқма меъдасида қанча вақт турса, еру кўқдаги фаришталар ҳам шунча вақт унга лаънат ўқийдилар.»
5. Қўлда: Аллоҳдан қўрққан одам қўлини ҳаромга узатмайди, аксинча Аллоҳнинг ризосига уйғун нарсаларга узатади. Каъбдан шундай бир ривоят қолган. Аллоҳ яшил зумраддан бир бино яратган. Бу бинода етмиш минг доира ва ҳар доирада минг хона бор. Бу ерга фақатгина ўзига ҳаром нарса инъом этилганда ёлғиз Аллоҳдан қўрққани учун уни рад этган кишилар киради.
6. Оёкда: Аллоҳдан қўрққан одам исён йўлида эмас, Аллоҳга итоат йўлида одимлайди. Илм-маърифат ва яхши ахлоқ ўрганиш мақсадида олимлар ва солиҳ кишилар мажлисига боради.
7. Итоатда: Аллоҳдан қўрққан одам ёлғиз Аллоҳ ризоси учун унга итоат этади. Риёдан, инсонларга ўзини ва ё ишларини кўз-кўз қилишдан ва иккиюзламачиликдан сақланади.

Шаҳобиддин Парпиев. Асака туман бош имом хатиби
Nom: Javob: Islomiy axloq
Yuborildi: MirzoMuhammad 08 May 2018, 15:30:27
   Болалик чоғимизда ўқиган эртакларимизда  “гар саломинг бўлмаса икки ямлаб бир ютардим” деган ибораларни жуда ҳам кўп учратганмиз. Гарчи ўша пайтдаги ҳали етилиб камол топмаган дунёқарашимиз ўлчамида бу сўзнинг маъносини тўлиқ англаб етмасакда, ҳар ҳолда саломнинг нақадар эътиборлик эканини бир мунча ҳис қилар эдик. У пайтларда салом сўзига ислом нуқтаи-назаридан баҳо беришлик амри маҳол эди. Бугунга келиб бу муқаддас саломлашишликнинг пурҳикмат маъноларини тобора англаб бормоқдамиз.
 
САЛОМЛАШИШ  ОДОБИ

   Бисмиллаҳир-Роҳманир-Роҳим. Ассалому алайкум ва раҳматуллоҳи ва баракотуҳ. Ҳар миллат ва элатларнинг ўзларига хос саломлашиш иборалари бўлиб улардаги  турмуш тарзининг оқими ўша саломлашишларда ўз аксини жилолатиб туради. Мусулмон бўлмаган миллатларда кўпроқ бир лаҳза, пайт ёки куннинг бир бўлагига оид тилакни билдиргувчи саломлашиш бўлишини мулоҳаза қилар эканман, меҳрибон Холиқ таоло бизларни мукаммал саломлашгувчи миллатлардан қилиб қўйганига шукрона келтираман. Зотан “салом” сўзи луғатда “айб ва нуқсонлардан холилик, имоннинг саломатлиги, омонлик, хотиржамлик, тинчлик, осойишталик” каби бир қанча улуғвор маъноларни билдиришлиги билан бирга Аллоҳ таолонинг исмларидан бири ҳамдир.
   Дарҳақиқат, кундалик турмушимизда самимият ила саноқсиз изҳор қилаяжак саломлашишларимиз фақатгина даврий ёки оний тилак эмас, балки улкан ҳикмат, пур маъно, дунё ва охиратнинг бахт-саодати илинжини англатгувчи муборак калом ва жуда ҳам осонгина адо этилиб жуда ҳам кўпгина савобларга етказгувчи ибодатдур! Ҳа, бу саломлашиш усулини бизлар асрлар давомида ўзимизча одат қилиб олмаганмиз, буни бизга оламларнинг тарбиячиси – Тангри таоло ва ўн саккиз минг оламнинг яралишига сабаб бўлган ҳабибимиз Муҳаммад мустафо саллалоҳу алайҳи ва саллам таълим қилганлар.

* فَإِذَا دَخَلْتُم بُيُوتاً فَسَلِّمُوا عَلَى أَنفُسِكُمْ تَحِيَّةً مِّنْ عِندِ اللَّهِ مُبَارَكَةً طَيِّبَةً *(سورة النور، 61)
“Бас, қачон уйларга кирсангиз ўзларингизга Аллоҳнинг ҳузуридан покиза муборак таҳийёт ила салом берингиз” (Нур сураси, 61-оятдан)
   Ушбу ояти каримадаги “ўзларингизга” жумласини Саид ибн Жубайр, Ҳасан Басрий ва бошқа муфассирлар “бир-бирларингизга” деб тафсир қилганлар. Мужоҳид ва Қатода каби машҳур муфассир тобеъинларларнинг тафсирларига биноан уйда ҳеч ким бўлмаса    السلام علينا و على عباد الله الصالحين  “ассалому алайно ва ало ибодиллоҳис солиҳин” (бизларга ва Аллоҳнинг солиҳ бандаларига салом бўлсин)  деб кирилади дейилган.
   Абу Ҳурайра разияллоҳу анҳудан ривоят қилинган ҳадиси шарифда жаноб Пайғамбаримиз саллалоҳу алайҳи ва саллам  марҳамат қиладилар:
عن أبي هريرة قال: قال رسو ل الله صلى الله عليه و سلم "والذي نفسي بيده لا تدخل الجنة حتى تؤمنوا و لا  تؤمنوا حتى تحابوا   أفلا  أدلكم على أمر إذا فعلتموه تحاببتم     أفشوا السلام بينكم" (رواه أبو داود)
   “Нафсим қўлида бўлган (Зот)га қасамки, мўъмин бўлмагунларингизча жаннатга кира олмайсизлар. Бир-бирларингизни яхши кўрмагунларингизча мўъмин бўла олмайсизлар. Сизларни бир-бирларингизни яхши кўришингизга сабаб бўлгувчи ишга далолат қилайми? – Ораларингизда саломни ифшо қилинг (ёйинг")”. (Абу Довуд ривояти)
   Ҳақиқатан ҳам мўъмин мусулмонлар қачонки самимийлик ила саломалашар экан, қалбларга оқиб келган ўзаро дўстлик туйғулари ўртадаги бўғзу адоватларни сиқиб чиқара бошлайди. Бу эса бандаси томондан зўрлаб ҳам киритиб бўлмайдиган илоҳий туйғу эмасми?
   Жаноб сарвар олам саллалоҳу алайҳи ва саллам Анас разияллоҳу анҳу тимсолида бутун умматига насиҳат қилиб: 
و إذا دخلت – يعني  بيـتـك – فسلم على أهـلك يكثر خير بيتك
   “Қачонки (уйингга) кирсанг аҳлингга салом бергин, уйингда яхшилик кўпаяди” деганлар. (Абу Бакр Баззор ривояти)
   Саломнинг баракаси ва ҳикмати юқорилигидан асҳоблар саломга ўзгача муҳаббатда бўлганлар. Фикримизга ушбу воқеа ҳам далил бўлади.
عن ثابت عن أنس أو غيره أن النبي صلى الله عليه و سلم استأذن على سعد بن عبادة  فقال "السلام عليك  ورحمة الله" فقال سعد و عليك السلام ورحمة الله ولم يسمع النبي صلى الله عليه و سلم حتى سلم ثلاثا و رد عليه سعد ثلاثا  ولم يسمعه فرجع النبي صلى الله عليه و سلم  فاتبعه سعد فقال  يا رسو ل الله بأبي أنت و أمي ما سلمت تسليمة إلا و هي بـأذني، ولقد رددت  عليك ولم أسمعك وأردت أن  أستكثر من سلامك  و من البركة ثم  أدخله البيت  فقرب إليه زبيب فـأ كـل  نبي الله فلما فرغ  قال "أكل طعا مكم  الأبرار ، و صلت عليكم الملا ئكة و أفطر عندكم  الصا ئمون" (رواه الإمام أحمد )
Набий саллалоҳу алайҳи ва саллам Саъд ибн Убод разияллоҳу анҳунинг хонадонига изн сўраб  “Ассалому алайка ва раҳматуллоҳ” дедилар. Саъд ҳам “Ассалому алайка ва раҳматуллоҳ” деди, аммо Набий саллалоҳу алайҳи ва саллам эшитмадилар. Шу аснода уч бора салом бердилар, у ҳам уч бора алик қайтарди Набий саллалоҳу алайҳи ва саллам эшитмадилар ва энди қайтиб кетаётган эди,   ортларидан Саъд разияллоҳу анҳу келиб:
   –  Отам билан онам Сизга фидо бўлсин, эй Аллоҳнинг расули. Йўллаган саломларингиз қулоғимда турибди, батаҳқиқ мен ҳам Сизга жавоб қайтардим. Аммо, шоядки саломингизни ва баракани яна ҳам кўпайтиришингизни хоҳлаганлигимдан Сизга эшиттирмадим, – деди.
   Сўнгра уйига олиб кириб, олдиларига майиз қўйди. Набий саллалоҳу алайҳи ва саллам тановул қилдилар ва:
– Таомларингзни аброрлар есинлар, фаришталар сизларга салавот йўлласинлар ва ҳузурингизда рўзадорлар ифтор қилсинлар, – деб дуо қилдилар.(имом Аҳмад ривояти)
Саломлашишнинг ҳам ўзига яраша одоблари бор. Шулардан бири салом лафзини тўлиқ талаффуз қилишликка ҳаракат қилмоқликдур.
   Ҳақ субҳонаҳу ва таоло “Нисо” сурасида саломлашиш одобларидан берган таълимига кўра саломга ундан чиройлироғи ёки ўзини қайтариш ила жавоб берилади.
 *و إذا حيـيـتـم بتـحـية فـحـيوا بأحـسـن منـها  أو رد وهـا* (سورة الـنساء،86 )
عن سـلمان الـفارسي قال: جاء رجـل إلى النبي صلى الله عليه و سلم فـقال: السلام عـلـيك يا رسول الله، فـقال: "و عليك السلام  و رحمة الله" ثم جاء آخر فـقال: السلام عـلـيك يا رسول الله و رحمة الله، ، فـقال له رسو ل الله صلى الله عليه و سلم : "و عليك السلام  و رحمة الله و بركاته  " ثم جاء آخر فـقال: السلام عـلـيك يا رسول الله و رحمة الله و بركاته، فـقال له "و عـليك"   فـقال له الرجـل ، يا نبي الله بأبي أنت و أمي أتاك فلان  و فلان فسلما عليك  فرددت عليهما أكثر مما رددت علي  فقال "إنك لم تدع  لنا شـيـئــًا، قال الله تعالى*و إذا حيـيـتـم بتـحـية فـحـيوا بأحـسـن منـها  أو رد وهـا* فرددناه عليك" (رواه ابن جرير، و هكذا رواه ابن ابي حاتم)
   Салмон Форсий  разияллоҳу анҳу айтадилар: Пайғамбар саллалоҳу алайҳи ва салламнинг ҳузурларига  бир киши кириб келиб:
   – Ассалому алайка ё Расулаллоҳ, – деди.
   – Ва алайкас-салому ва раҳматуллоҳ, – дедилар Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам.
   Кейин бошқаси келиб:
– Ассалому алайка ё Расулаллоҳ ва раҳматуллоҳ, – деди.
– Ва алайкас-салому ва раҳматуллоҳи ва баракотуҳу, –  дедилар Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам.
Кейин яна бошқаси келиб:
– Ассалому алайка ё Расулаллоҳ ва раҳматуллоҳи баракотуҳу, – деган эди
– Ва алайка, – деб қўйдилар.
– Эй Аллоҳнинг пайғамбари, Отам билан онам Сизга фидо бўлсин. Фалончи ва фалончи келиб Сизга салом берди, уларга менга қайтарганингиздан кўра кўпроғини қайтардингиз?
– Чунки сен бизга (қўшиб қайтаргани) ҳеч нарса қолдирмадинг, шунинг учун борини қайтардим, –  деб мазкур сурани ўқидилар. (Ибн Жарир ривояти)
   Албатта, юқоридаги лафзлар араб тилининг хусусиятидан келиб чиқиб қўлланилганлигини эътиборга олган ҳолда саломалашишнинг энг тўлиқ ва мукаммал лафзи бизнинг ўзбек лаҳжаларида “Ассалому алайкум ва раҳматуллоҳи ва баракотуҳ”  дейилиши тўғрироқ бўлади. Валлоҳу аълам. Ассалому алайно ва ало ибодиллоҳис солиҳин.

   Улуғбек қори ЙЎЛДОШЕВ
   Асака туманидаги “Холид ибн Валид” жомеъ масжиди ходими
Nom: Javob: Islomiy axloq
Yuborildi: MirzoMuhammad 08 May 2018, 16:38:22
Рамазон ва саховат
Меҳмондорчилик халқимизнинг қон-қонига сингиб кетган фазилатлардан бири. Шунинг учун ҳам баъзида тантиликка берилиб кетиб исроф ҳудудига ўтиб қолганимизни ҳам сезмай қоламиз.
Фақиҳ Абу Лайс Самарқандий раҳматуллоҳи алайҳи айтади: “Жобир ибн Абдуллоҳ фарзандига насиҳат қилиб, жумладан шундай деган: «Эй Атийя, мeнинг васиятимни ёдингда тут. Мeнимча, сeн билан бошқа ҳамсуҳбат бўлмасак кeрак. Очларга таом бeр, саломни ёй, одамлар ухлаганда намоз ўқи. Мeн Пайғамбар саллаллоҳу алайҳи ва салламнинг:
“Аллоҳ таоло Иброҳим алайҳис саломни очларга овқат бeрганлари, саломни ошкора этганлари, одамлар ухлаганда намоз ўқиганлари учун ўзига дўст қилиб олди”, дeганларини эшитганман”. (Бўстонул орифийн. Абу Лайс Самарқандий. www.зиёуз.cом кутубхонаси)
Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам бошқа бир ҳадисларида айтадилар:
“Кимки Аллоҳга ва охират кунига ишонса, қўшнисига озор бeрмасин! Кимки Аллоҳга ва охират кунига ишонса, меҳмонини ҳурмат қилсин! Кимки Аллоҳга ва охират кунига имон кeлтирса, яхши сўз сўзласин ёки жим турсин!” (Абу Ҳурайра разияллоҳу анҳудан Имом Бухорий ва Муслим ривоятлари)
Сахийлик, меҳмондўстлик ҳар қачон ҳам қилинур, бироқ Рамазонда яна ҳам кўпроқ бўлур. Айниқса, ифтор яқинлашган сари мусулмон халқимиз уяси тўзиган аридан ҳам кўра югуриб қолишади. Ҳамма ҳар ёққа шошган.
Қандоқ ҳам шундай бўлмасин, бу бизга ота-боболаримиздан, ота-боболаримизга эса Сарвари коинот саллаллоҳу алайҳи ва салламдан мерос бўлса!
Абдуллоҳ ибн Аббос разияллоҳу анҳу айтдилар:
"Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам хайр-эҳсон қилишда ҳаммадан ҳам сахийроқ эдилар. Хусусан рамазон ойи келиб, Ҳазрат Жаброил (а.с.) билан учрашадиган пайтларида жуда ҳам сахий бўлиб кетар эдилар. Ҳазрат Жаброил (а.с.) рамазон ойининг ҳамма кечаларида Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам ҳузурларига келар, Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам Жаброил (а.с.)га Қурони каримни арз этар эдилар.
Ҳазрат Жаброил (а.с.) билан учрашадиган вақтларида Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам Аллоҳ таолонинг раҳматини олиб келувчи тез эсадиган шамолдан ҳам саховатлироқ бўлар эдилар". (Ал-адаб ал-муфрад. Имом Исмоил ал-Бухорий. www.зиёуз.cом кутубхонаси)
Оиша разияллоҳу анҳо рўзадор эди. Ҳузурига бир мискин тиланчилик қилиб келиб қолди. Уйида бир дона нондан бошқа егулик йўқ эди. Жориясига айтди:
-   Унга ўша нонни бериб юбор!
-   Сизга ифторлик қилишга ундан бошқа нарса йўқ-ку? – эътироз билдирди жория.
-   Унга ўшани бериб юборавер! – деди.
Жория нонни бериб юборди. Кечки пайт қўй гўшти билан буғдой уни аралашган гўштли нонга ўхшаш арабларнинг “кафануш-шоти” егулигини ҳадя қилишди. Оиша онамиз жориясига айтдилар:
-   Мана энди бундан егин! Бу сенга обинонингдан кўра яхшироқ-ку!

Улуғбек қори Йўлдошев Асака т. "Холид ибн Валид" жоме масжиди ходими
Nom: Javob: Islomiy axloq
Yuborildi: MirzoMuhammad 09 May 2018, 14:57:51
Фитна ва фасод
Аллоҳ таоло мўминларга тинчлик ва адолат ўрнатишни, одамлар орасини ислоҳ этишни, барчага бирдай яхшилик ва эзгулик қилишни буюрган, ҳар қандай зўравонлик ва бузғунчиликни тақиқлаган.
Ер юзида бузғунчилик қилиб юриш, кишилар ўртасида фитна-фасод уруғларини сочиш, дин ниқоби остида бегуноҳ одамларга зулм қилиш, уларнинг жони ва молига тажовуз этиш инсониятга қарши қаратилган энг мудҳиш жиноятлардир. Террор, бузғунчилик, зулм, урушлар, одамларнинг жабр-ситам кўришлари ва хўрланишларига сабаб бўлувчи барча тажовузкорликларни динимиз қоралаган.
Аллоҳ субҳоналлоҳу ва таоло мўмин бандаларни фитнадан огоҳлантиради:
وَاتَّقُوا فِتْنَةً لَا تُصِيبَنَّ الَّذِينَ ظَلَمُوا مِنْكُمْ خَاصَّةً وَاعْلَمُوا أَنَّ اللَّهَ شَدِيدُ الْعِقَابِ (سورة ﺍﻷنفال/25)
яъни: “Сизлардан фақат золимларгагина хос бўлмаган (балки ҳаммаларингизга оммавий бўладиган) фитна (азоб)дан сақланингиз ва билиб қўйингизки, Аллоҳ жазоси қаттиқ (зот)дир”.
“Фитна” араб тили луғатида «синов, имтиҳон» маъносида келади. Араблар одатда маъданни ўтга солиб синаб кўришни «фитна» дейишади. Истилоҳда эса кишиларни диндан қайтариш, динга қарши ҳаракатга чорлаш фитна саналади. Фитна қотилликдан ҳам оғир гуноҳдир. Маънавий соҳада инсоннинг имон-эътиқоди, шариатга амал қилиши, унинг инсоний фазилатлари рўёбга чиқишига тўғаноқ ёки синов бўладиган барча нарсалар ҳам фитна ҳисобланади.
Аллоҳ таоло Қурон каримда фитнанинг нақадар оғирлигини айтган:
وَالْفِتْنَةُ أَشَدُّ مِنَ الْقَتْلِ
“Фитна қатл этишдан ёмонроқдир”.(Бақара. 191)
Золим кимсалар ҳамиша инсонлар, бутун-бутун қабилалар ўртасига фитна, нифоқ солиб, жамиятнинг тинч ҳаётини пароканда қилишади. Фитна эса одамларни қатл қилишдан ҳам ёмон жиноятдир. Аммо жоҳил ва урушқоқ бузғунчилар инсоният тарихи давомида жуда кўп марта Парвардигорнинг ана шу амрларига қарши борган, турли фитналар чиқариб, минг-минглаб бегуноҳ кишиларнинг ҳалокатига сабаб бўлган.
Ҳозирги ғоялар кураши даврида қўпорувчилик ва миссионерлик ҳаракатлари ниҳоятда кучайди, улар ўз таълимотларини муросасизлик ва зўравонлик билан тарғиб қилишмоқда, бу йўлда ҳар бир имкониятдан фойдаланишмоқда, ҳеч нарсадан тап тортмай фаолиятларини кучайтиришмоқда. Мақсад, мусулмонлар орасига фитна солиш, уларни пароканда қилиш, мамлакатлар ва халқларни бўлиб ташлаб, бир-бирига гиж-гижлашдир.
Абу Ҳурайра розияллоҳу анҳудан ривоят қилинади. Ҳазрати Расули акрам соллаллоҳу алайҳи васаллам:
«Охир замонда дажжоллар, (фирибгарлар) ёлғончилар (жамоаси) бўлади. Улар сизлар ҳам ота-боболарингиз ҳам эшитмаган гапларни гапирадилар. Бас, сизлар улардан ўзларингизни узоқ қилинглар ва ўзларингиздан ҳам уларни узоқ қилинглар. Сизларни адаштириб ва алдаб фитнага (ширкка) солиб қўймасин», дедилар (Имом Муслим ривояти).
Жума тезисларидан фойдаланилди.

Эркинжон Ҳусанов. Асака т. "Марқаюз" жоме масжиди имом хатиби
Nom: Javob: Islomiy axloq
Yuborildi: MirzoMuhammad 14 May 2018, 15:25:54
Аллоҳнинг раҳмати кенгдир
Аллоҳ субҳоналлоҳу ва таоло Ўзининг раҳмати нақадар кенг эканлигини баён қилади:
قُلْ يَا عِبَادِيَ الَّذِينَ أَسْرَفُوا عَلَى أَنفُسِهِمْ لَا تَقْنَطُوا مِن رَّحْمَةِ اللَّهِ إِنَّ اللَّهَ يَغْفِرُ الذُّنُوبَ جَمِيعاً إِنَّهُ هُوَ الْغَفُورُ الرَّحِيمُ
“Сен менинг тарафимдан: «Эй ўз жонларига исроф (жабр) қилган бандаларим, Аллоҳнинг раҳматидан ноумид бўлманг! Албатта, Аллоҳ барча гуноҳларни мағфират этар. Албатта, унинг ўзи ўта мағфиратли ва ўта раҳмли зотдир», деб айт”. (Зумар. 53)
Мўмин банда Аллоҳнинг раҳматига суяниб бира тўла исёнга кетишлиги мумкин эмас, лекин шунинг баробарида ҳеч қачон Аллоҳнинг раҳмати ва мағфиратидан ноумид бўлмаслиги ҳам керак. “Ноумид шайтон” деб айтилган нақл бежиз эмас. Чунки шайтонгина раҳматдан мосуво бўлгай.
Абу Ҳурайрадан (р.а.) ривоят қилинади. Расулуллоҳ (с.а.в.):
«Аллоҳ таоло халойиқни яратганда бир китобни битди. У китоб Ўз ҳузурида, яъни Аршнинг устидадир. Унда «Албатта раҳматим ғазабимга ғолиб кeлади», дeб айтган», дeдилар. Имом Бухорий ва Муслим ривоятлари.
Бошқа ривоятда: «Ғазабимга ғолиб кeлди», дeйилган.
Яна бошқа ривоятда: «Ғазабимдан олдинлаб кeтди», дeйилган.
Абу Ҳурайрадан (р.а.) ривоят қилинади. Расулуллоҳ (с.а.в.):
«Агар мўмин Аллоҳ ҳузуридаги азобни билганида эди, бирор киши жаннатга киришидан умид қилмас эди. Агар кофир Аллоҳ ҳузуридаги раҳматни билса эди, бирор киши жаннатдан ноумид бўлмас эди», дeдилар. Имом Муслим ривоятлари.
Ибн Масъуддан (р.а.) ривоят қилинади. Расулуллоҳ (с.а.в.): «Жаннат ҳар бирингизнинг поябзали ипидан ҳам яқиндир. Дўзах ҳам шу кабидир», дeдилар. Имом Бухорий ривоятлари. (Риёзус солиҳийн. Абу Закариё Яҳё ибн Шараф Нававий. зиёуз.cом кутубхонаси)
Ибн Аббос, Аллоҳ у кишидан рози бўлсин, айтади: “Вақтики бу “Мeнинг раҳматим ҳамма нарсадан кeнгдир” ояти нозил бўлганида Иблис алайҳил лаъна ғурурланди ва айтди: “Мeн ҳам Аллоҳнинг раҳматидан насибадорман”. Яҳудлар ва насоролар ҳам ғурурландилар, айтдилар: “Бизлар яратилган махлуқларнинг биттасимиз. Бизга Аллоҳ раҳматидан насиба бор”.
Кeйин Аллоҳ таоло бу оятни туширди: “Мeн уни (раҳматимни) тақво қиладиган ва закот бeрадиган зотларга ёзурман”, яъни Аллоҳнинг оятларини тўғри, дeйдиганларга. Шундан кeйин Иблис Аллоҳнинг раҳматидан ноумид бўлди. Яҳуд ва насоролар, бизлар ширкдан сақланамиз, закот бeрамиз ва оятларига имон кeлтирамиз, дeдилар. Кeйин бу оят тушди: “Улар шундай кишиларки, уммий (саводсиз) Пайғамбарга номини ўз олдиларидаги Таврот ва Инжилда ёзилган ҳолда топширадиган элчимизга эргашадилар” (Аъроф, 157), яъни Муҳаммад (с.а.в.) ишонадилар. Сўнгра яҳуд ва насоролар ноумид бўлишди. Раҳмат фақат мўминлар учун хос бўлиб қолди”.

Ҳусанбой Сотволдиев. Асака т. "Икром ҳожи" жомеъ масжиди имом хатиби
Nom: Javob: Islomiy axloq
Yuborildi: MirzoMuhammad 14 May 2018, 15:30:19
Намоздан кейинги зикрлар
Юртимиз мусулмонларининг яхши одатлари бор – намоздан кейин Оятул Курсий, тасбеҳлар, тиловатлар ва салавотларни ўқиш кенг жорий қилинган. Кейинги пайтларда бу осон, лекин ажри улуғ амални енгил санагувчилар ҳам пайдо бўлиб қолди. намоз салом бериш билан адо бўлишини айтишади-да, қолганлари унчалик зарур эмас, деб даъво қилишади.
Тўғри, зарурат юзасидан тасбеҳ ва зикрларнинг йўлда ўқиб кетиш ҳам мумкиндир, бироқ бу ҳолатда кўпроқ мутлақо тарк қилиниб қолиб кетади. Ундан ташқари бу зикрлар ортида бизларга берилажак катта мукофотлардан маҳрум бўлиб қоламиз.
Яна айтадиларки, шунча фарз ва вожиб амаллар турганда мустаҳаб амалларга зўр беришади, деб. Лекин унутмаслик керакки, мустаҳаб амалга тарғиб қилишлик фарз ва вожибни ташлаб қўйиш дегани эмас. бундан ташқари мутаҳаб амаллар устки кийим кабидир. Бирини ечсангиз, унинг ичидаги кийимга нуқсон келиши мумкин. Мутаҳабни енгил санаш суннатга бепарволикни олиб келади. У эса ўз навбатида вожиботга бепарволикка сабаб бўлур.
Банда катта гуноҳлардан сақланса кундалик намозлари орадаги кичик гуноҳларга каффорат бўлур. Ҳаттоки қуйидаги ҳадис шарифда баён қилинишича нафақат намоз, балки намоздан сўнг айтиладиган тасбиҳларнинг ўзи ҳам қанчалар гуноҳга каффорат бўлар экан.
Абдуллоҳ ибн Амрдан ривоят қилинади - Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам айтганлар:
“Икки хислат борки, мусулмон киши уни қилса, албатта, жаннатга киргай. У иккиси осондур, уларни қилгувчилар эса оздур:
Ҳар намоздан кейин ўн марта тасбеҳ айтади, ўн марта Аллоҳга ҳамд айтади ва ўн марта такбир айтади. (Абдуллоҳ айтади: “Мен Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва салламни кўриб турдим, бармоқларини букиб санар эдилар”). Бу – тилда бир юз элликта. Тарозуда бир минг беш юзта.
Қачон кўрпасига кирса тасбеҳ айтади, ҳамд айтади ва такбир айтади. Тилда юзта, тарозуда мингта. Хўш, қай бирингиз бир кунда икки минг беш юзта саййиот қила олади?”
“Ундай бўлса қандай қилиб уларнинг саноғини қилмас?” – дедилар. Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам айтдилар:
“Бирингиз намоз маҳалида эканлигида шайтон келади. “Уни эсла, буни эсла!” деб айтади, токи чалғитади. Натижада қилмай қўйиши мумкин. Бирингиз ётар ўрнида бўлганида у яна келади. Уйқусиратиб, охири ухлатиб қўяди”. (Абу Довуд, Насаий ва Термизийлар ривоят қилганлар)
Бизларда яна бир ҳадисда ривоят қилганидек зикрлар ўттиз уч мартадан ўқилади. Намоздан кейин айтиладиган тасбеҳ, ҳамд ва такбирда бошқа ҳадиси шарифга амал қилиниб келинмоқда.
Имом Муслим Абу Ҳурайра разияллоҳу анҳудан ривоят қилади:
Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам:
“Ким ҳар намоздан кейин ўттиз уч марта Аллоҳга тасбеҳ айтса, ўттиз уч марта Аллоҳга ҳамд айтса, ўттиз уч марта «Аллоҳу акбар» деса, ҳаммаси тўқсон тўққиз бўлур, юзтанинг тамом бўлиши: «Лаа илаҳа иллаллоҳу ваҳдаҳу лаа шарика лаҳу, лаҳул мулку ва лаҳул ҳамду ва ҳува ала кулли шайин қодир»ни айтса, унинг гуноҳлари денгиз кўпиклари каби кўп бўлса ҳам мағфират қилинур», дедилар.


Шаробиддинов Қамариддин. Асака т. "Имом Абу Юсуф" жомеъ масжиди имом хатиби
Улуғбек қори Йўлдошев Асака т. "Холид ибн Валид" масжиди ходими
Nom: Javob: Maʼrifiy maqolalar
Yuborildi: Gracianiz 22 May 2018, 13:36:15
The learning materials within this website have helped me tremendously and have helped to increase my knowledge.
Nom: Javob: Islomiy axloq
Yuborildi: MirzoMuhammad 24 May 2018, 10:54:32
Гўзал мунозара
Маълумки, Кўфада зоҳир бўган хаворижлар Абу Ҳанифага кўплаб эътиқод масалаларида ихтилоф қилишган. Улар аҳли сунна вал жамоа билан қаттиқ курашганлар. Иттифоқо, мазҳаб бошимизга рўпара келиб қолишди. Улар айтишди:
-  Эй Шайх! Куфрдан тавба қил!
-  Мен ҳар қандай куфрдан Аллоҳга тавба қилувчиман! - жавоб бердилар.
Хаворижлар бу сўзнинг маъносини англамадилар. Чунки улар ўзларининг эътиқодида Имом Аъзам раҳматуллоҳи алайҳига баъзи масалаларда куфрни нисбат беришар эди. Бироқ уларнинг бири бу сўзни фаҳмлаб қолди.
-  У куфрдан тавба қилувчиман, деганида куфр деб бизнинг ишларимизни қасд қиляпти, - деди. Улар имомни қайтаришди ва яна сўроқлашди:
-  Эй шайх! Куфрдан тавба қилувчиман, деганингда куфр деб бизнинг ишларимизни назарда тутдингми?!
-  Бу гапинг аниқ илмга асосланганми ёки гумон билан сўраяпсанми?! - деб сўрадилар  Абу Ҳанифа раҳматуллоҳи алайҳи.
-  Гумон қиляпмиз.
-  Аллоҳ таоло:    يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا اجْتَنِبُوا كَثِيراً مِّنَ الظَّنِّ إِنَّ بَعْضَ الظَّنِّ إِثْمٌ   “Эй иймон келтирганлар! Кўп гумонлардан четда бўлинглар, чунки баъзи гумонлар гуноҳдир”, деган. Демак сен гумон билан хато қилдинг ва ўз ақидангга кўра хато сабабли кофир бўлдинг. Демак сен аввал ўзинг куфрингдан тавба қилишинг керак!  -, дедилар Абу Ҳанифа.
Хавориж ҳомуш бўлди ва:
-  Эй шайх! Тўғри айтдинг. Мен хато қилдим ва куфримдан тавба қилдим, - деди.
Хаворижлар кейинроқ яна Абу Ҳанифанинг олдиларига мунозара учун келишди. Абу Ҳанифанинг қибла аҳлини бирор гуноҳ сабабли кофирга чиқармасликларини билган хаворижлар у зотга шундай дейишди:
-  Мана, масжид эшиги олдида иккита маййит турибди. Бириси арақхўр. Ароқ ичиб бўкиб ўлган. Иккинчи маййит эса зинокор аёл. У зино қилиб, қорнида бола бўлиб  қолгач  ўзини ўлдирган. Шу иккиси кофирми ёки мусулмонми?
Шунда Абу Ҳанифа розияллоҳу анҳу  хавориждан:
-  Булар қайси миллатдан? Яҳудийми? -, деб сўрадилар.
-  Йўқ!
-  Насронийми?
-  Йўқ!
-  Мажусийми?
-  Йўқ!
-  Ундай бўлса қайси миллатдан бу иккиси?
-  Шаҳодат калимасини айтадиган Ислом миллатидан!
-  Ўзинглар бу иккисини Ислом миллатидан, деб туриб яна кофирми, деб сўряпсизларми? Ёки сизларнинг наздингизда шаҳодат калимаси иймоннинг учдан бири, тўртдан бири ёҳуд бешдан бири ҳисобланадими?
-  Йўқ, иймон учдан бир, тўртдан бир ёки бешдан бир бўлмайди. Шаҳодат калимаси бутун иймонни ифода қилади.
-  Шундай экан ўзинглар мусулмон эканини тан олиб турган ҳолингларда мендан уларни, кофирми, деб сўрашинглар нақадар тўғри?!
Хаворижлар жавобнинг салобатидан довдираб қолишди. Лекин яна саволларини давом эттиришди:
-   Эй Шайх! Гапни айлантирма! Бу иккиси жаннатийми ёки жаҳаннамийми?
Абу Ҳанифа розияллоҳу анҳу шундай жавоб бердилар:
-  Агар бу далилдан ҳам юз ўгирсанглар мен бу икки маййит тўғрисида Иброҳим алайҳис саломнинг ўз қавми борасида айтган сўзини айтаман. Ваҳоланки у қавмнинг жинояти бу иккисининг жиноятидан кўра оғирроқ эди: “Эй Роббим, албатта, у(санам)лар одамлардан кўпини адаштирдилар. Бас, ким менга эргашса, у мендандир. Ким менга осий бўлса, албатта, Ўзинг мағфират қилгувчи ва раҳмлисан”. (Иброҳим. 36). Мен бу икки маййит тўғрисида Ийсо алайҳис саломнинг ўз қавми борасида айтган сўзини айтаман. Ваҳоланки у қавмнинг жинояти бу иккисининг жиноятидан кўра оғирроқ эди: “Агар уларни азоблайдиган бўлсанг, бас, албатта, улар Сенинг бандаларинг. Агар уларни мағфират қиладиган бўлсанг, бас, албатта, Сенинг Ўзинг азиз-ғолиб ва ҳикматли зотсан», деганини эсла”.  (Моида. 118). Мен бу икки маййит тўғрисида Нуҳ алайҳис салом ва Набиййимиз Муҳаммад саллаллоҳу алайҳи васалламнинг айтган сўзларини айтаман: “Мен сизларга: «Ҳузуримда Аллоҳнинг хазиналари бор», демайман. Ғайбни ҳам билмайман. «Мен фариштаман», демайман. «Кўзингизга ҳақир кўринаётганларга Аллоҳ ҳаргиз яхшилик бермайди», демайман. Уларнинг дилларида нима борлигини Аллоҳ яхши биладир. Акс ҳолда, мен, албатта, золимлардан бўлиб қоламан», деди”. (Ҳуд. 31)
Бу гапларни эшитиб хаворижлар таъсирланди. Қуролларини қўйишди ва:
-  Ўзимиз қаттиқ туриб олган ҳар қандай диндан қайтдик ва сизнинг динингизга ўтдик. Дарҳақиқат, Аллоҳ таоло сизга улуғ фазл, ҳикмат ва илм берган экан!- дейишди.
(Телеграмм хабарларидан олинди)

Сарварбек Йўлдошев. Асака т. "Мирзо Шариф" масжиди имом хатиби
Nom: Javob: Islomiy axloq
Yuborildi: MirzoMuhammad 24 May 2018, 10:58:36
УМРИБОҚИЙ НАСИҲАТЛАР
   Аллоҳ субҳонаҳу ва таоло Қурони каримда Луқмони ҳаким ҳақида шундай деган:
وَلَقَدْ آتَيْنَا لُقْمَانَ الْحِكْمَةَ أَنِ اشْكُرْ لِلَّهِ وَمَن يَشْكُرْ فَإِنَّمَا يَشْكُرُ لِنَفْسِهِ وَمَن كَفَرَ فَإِنَّ اللَّهَ غَنِيٌّ حَمِيدٌ
   “Батаҳқиқ, Биз Луқмонга: «Аллоҳга шукр қил. Ким шукр қилса, ўзи учун қиладир. Ким ношукрлик қилса, бас, албатта, Аллоҳ беҳожат ва мақталган зотдир», деб ҳикматни бердик”. (Луқмон. 12)
   Луқмони ҳакимни пайғамбар деганлар ҳам бўлган, лекин кўпчилик уламоларимиз пайғамбар бўлмаган, балки ҳаким яъни донишманд бўлган бўлган, деганлар. Ибн Аббос разияллоҳу анҳумо у зотни ҳабаший дурадгор бўлган, деган.
   У зотнинг ўғлига қилган насиҳатлари халқ орасида кенг тарқаган. Насиҳатлар аслида ўғлига нисбатан хитоб бўлса-да, барча оқил инсонлар учун етарли намунлардир. Ҳикматларгу тўлиқ бўлган насиҳатнинг умрини қарангки, Ислом динидан аввалги даврди айтилган бўлса-да, бугунга қадар эъзозланмоқда.
Эй ўғлим, билимсизлар билан дўст тутинма, хасисдан нарса сўрама. Илм ўрган, кимнинг илми бўлмаса, иззати бўлмайди. Кимда мулойимлик бўлмаса, илмдан баҳра ололмайди. Кимда саховат бўлмаса, дўст бўлмайди. Кимнинг дўсти бўлмаса, давлати бўлмайди.
   Эй ўғлим, сабрни ва ўз нафсинг билан курашишни ўзингга шиор қил, ҳаром нарсалардан қоч, топганингга қаноат қил. Бировнинг ризқ-рўзига кўз олайтирма, шунда ўзингни қийнашдан қутуласан! Таомдан оч, ҳикматдан тўқ бўл. Одамларнинг фаҳмига яраша гапир. Иложи борича жимликни ихтиёр қил, шунда одамларнинг ёмонлигидан омон бўласан. Аблаҳларга қарши сукутдан кўмак қидир. Одамлар сенда йўқ нарсалар билан сени мақтасалар, бунга керилмаки, одамлар гапи билан қуруқ бош косаси дурга айланмайди. Ўзингдан кучлилар билан жанжаллашма, ўзингдан кучсизларни эрга урма. Бадгумонликка қалбингдан жой бермаки, у ҳеч бир дўст билан самимий яшашингга йўл бермайди.
   Эй ўғлим, нима гапирсанг ҳикмат ва насиҳатлардан гапир, гапирган гапларингга аввал ўзинг амал қил, ўз касбинг ва мартабангга яраша гапир, одамларни ғазаб пайтида сина, дўстларингни эса бошингга кулфат ва мусибат тушганда сина, доим ёқимли ишларни амалга оширишга урин, гап гапирсанг далил ва ҳужжат билан гапир. Ёшлигингни ғанимат бил, доно кишилар билан ҳамсуҳбат бўл. Дўстларингни ҳурмат қил, одамларга очиқ юзлилик билан боқ.
   Эй ўғлим, ота-онангни доимо ҳурмат қилиб, хизматларида бўл, устоз ва муаллимларингга жону дилингдан эҳтиром кўрсат, барча ишларда ўртача йўл тут, киримга қараб чиқим қил, сахий бўл, меҳмонни эъзозла, унга тилингни эҳтиёт қил, душманлардан бир лаҳза ҳам ғофил қолма, бирон гапни гапиришдан олдин унинг жавобини беришни ўйла, бахил ва такаббур кишилардан узоқ юр, қаноатни ҳақиқий бойлик деб ҳисобла.
   Эй ўғлим, илм талабида бўл, қайсар бўлма, ўз айтганингда туриб олма, ўзгалар гапини ҳам эътиборга ол, муроса йўлини танла, ҳамиша одамлар ичида бўл, улардан ажрама, кексаларни ҳурмат қил, барчани эҳтиром билан тилга олгин, кимнинг тузини тотган бўлсанг, унинг ҳаққини адо қилишни унутма.
   Эй ўғлим, уст-бошингни тоза тут, ким билан гаплашсанг, унинг ўзига лойиқ бўлган гапни гапир, тунда кишилар билан суҳбат қурсанг сўзни юмшоқ ва оҳиста гапир, сўзлаётган вақтингда бир кишига қараб гапираверма, ҳаммага назар сол, кам эйиш ва кам ухлаш сенинг севган ишинг бўлсин! Ўзингга нимани раво кўрсанг, уни ўзгаларга ҳам раво кўр. Ўзинг яхши ўқимаган ва билмаган ҳолда бировга ўргатма ва устозлик қилма.
   Эй ўғлим, сир сақлай билмайдиган кишиларга сирингни айтма, ҳамма ҳам яхшилик қилади, деб ўйлама, бирон кишининг бахил эканини билсанг, ундан яхшилик чиқади, деб ўйлама, бировнинг иши тушиб олдингга келса, уни ноумид қилиб қайтарма, ўзингдан катталар билан ҳазиллашма, уйда бор нарсаларингни душман кўзидан яширин тут, ўз ака-укаларингни ҳурмат қил.
   Эй ўғлим, бир кўришда синамай туриб, бировни дўст тутма, синалмаган одамга ишонма, ўз қадрини билмайдиган кишилардан яхшилик умид қилма, офтоб чиққунча ухлама, ҳадеб кулаверма, бадном (номи ёки хулқи ёмон) кишиларга суҳбатдош бўлма, кексалар ва улуғ кишилар олдига тушиб олиб улардан олдин юрма, одамлар гаплашаётган пайтда уларнинг сўзини бўлиб, гап солма, меҳмоннинг олдида бировга ғазабингни сочма, бошингни эса қуйи солмасдан ўтир.

   Муҳаммадсобир Иминов. Асака т. "Ҳазрат Умар" масжиди имом хатиби
Nom: Javob: Islomiy axloq
Yuborildi: MirzoMuhammad 28 May 2018, 13:56:43
ОЛЛОҲНИНГ РАСУЛИГА МУҲАББАТ
   Қайси биримиздан “Сен Муҳаммад саллаллоҳу алайҳи ва салламни яхши кўрасанми?” деб сўраса, деярли ҳаммамиз “Ҳа” деб жавоб берамиз. Бироқ ҳақиқатан пайғамбаримиз саллаллоҳу алайҳи ва салламни яхши кўрамизми? Агар яхши кўрсак, муҳаббатимизнинг исботи борми?
   Пайғамбар саллаллоҳу алайҳи ва саллам айтадилар:
   “Муҳаббатнинг тасдиғи уч хислатдадир:
-   ҳабибининг сўзини бошқанинг сўзидан афзал кўрмоқ;
-   ҳабибининг суҳбатини бошқанинг суҳбатидан афзал кўрмоқ;
-   ҳабибининг розилигини бошқанинг розилигидан афзал кўрмоқ”.
“Мукошафат-ул қулуб” китобида (Абу Ҳомид Ғаззолий. ziyouz.com кутубхонаси) айтиладики, кишининг Аллоҳни ва унинг Пайғамбарини севиши уларга итоат этиши, амрларига эргашиши демакдир. Аллоҳнинг бандасини севиши эса, унга ноз-неъматлар ато этиши, сийлаши, уни афв этиши демакдир.
Айтадиларки:
- Банда, ҳақиқий комиллик ёлғиз Аллоҳга оид эканлигини, ўз нафсида ёки бошқаларда кўринадиган комиллик эса ёлғиз Аллоҳдан келишини идрок этаётганда Аллоҳни севган бўлади. Бандасининг бу идроки уни Аллоҳга яқинлаштирувчи ишлар қилишга етаклайди.
Бишр Ҳофий - Аллоҳ ундан рози бўлсин! - ҳикоя қилади:
Бир кун тушимда Пайғамбаримиз (с.а.в.) ни кўрдим. Менга: «Аллоҳ сени қайси хислатларинг туфайли дўстларинг орасида баландроққа қўяди, биласанми?» - деб сўради. Мен «йўқ» деб жавоб берганимда, у шуларни айтди:
- Солиҳ кишиларга хизмат қилишинг, мусулмон биродарларингга ўгит беришинг, мўминларни ва менинг суннатимга эргашганларни севганинг ва менинг гўзал ахлоқимга эга бўлганинг туфайли!..
Шунинг учун ҳам Расулуллоҳ (с.а.в.) бир ҳадисларида шундай марҳамат киладилар:
- Ким менинг ахлоқимни иҳё этса (тикласа), мени севганидир. Ким мени севса, қиёмат куни жаннатда мен билан биргадир.
Яна Пайғамбаримиз (с.а.в.)дан бизгача етиб келган хабарларда шундай буюрилган:
—Инсонларнинг ахлоқи бузилганда ва мазҳаб ихтилофлари авжига чиққанда, Аллоҳ Расулининг гўзал ахлоқини намоён қилган одамга юз шаҳиднинг савоби берилади.
Дедиларки:
— Сиз бир одамни кўрсангиз, у одам кўкда учса, ё сув устида юрса ёхуд олов еса ва ё шунга ўхшаш баъзи нарсалар қилса, лекин Аллоҳнинг фарз қилган низомларини адо этмаса ва Пайғамбарнинг гўзал ахлоқига эргашмаса, билингизки, у кимса ёлғончи ва найрангбоздир.

Эркинжон Ҳусанов. Асака т. "Марқаюз" жомеъ масжиди имом хатиби
Nom: Javob: Tasavvuf
Yuborildi: Ornuimar 07 Iyun 2018, 16:02:03
Maqola juda yaxshi oflayndir.
Nom: Javob: Maʼrifiy maqolalar
Yuborildi: HazratiBilol 09 Iyun 2018, 11:26:49
Эркак киши ўзига дўст танлашда, касб-у ҳунар танлашда ва бир умрлик жуфт танлашда, ҳеч қачон адашмаслиги керак.
Бир куни ишдан чиқиб, бир таксига ўтирдим. Ҳайдовчи, сочи оппоқ ёши анча улуғ, қария отахон киши экан. Мен уларга:
-  “Амаки, фарзандларингизни қарзидан қутилиб, ҳаммасини уйли-жойли қилиб бўлмаганмисиз”, - деб сўрадим. Улар менга:
-  “Ҳа, ўз фарзандларимни ҳаммасини оилали, уйли-жойли қилиб бўлганман, аммо, яна 2 та қиз фарзандларим бор, улар учун ишлаб юрибман,” - деди. Бу жавобдан яна ҳайрон бўлдим. Шунда улар менга:
-  “Аллоҳ учун қиёматли дўст тутинган жўрам бор эди. Жуда қадрдон эдик. У қазо қилаётганида менга ўзининг 2 та қизини васият қилиб, уларни яхши жойга узатишимни сўраган эди,” — деб тушунтириш берди. – “Дўстим - жуда яхши эди. Мен оиламдан узоқда юрган вақтларимда  у менинг фарзандларимни ўйлаб бозор қилиб эшикдан кирмасдан, фарзандларимга озиқ-овқат етказиб, улардан доим ҳабар олиб юрган. Биз Аллоҳнинг розилиги учун, охиратимиз учун - дўст тутинганмиз"- деди. Таксист амаки, яна: “Шу дўстимнинг 2 та қизларини узатмагунимча, Аллоҳ мени жонимни олмай турсин, мана ишлаб уларни тўйига анча сеп сарпосини йиғиб қўйдим, ҳаммаси тайёр бўлиб қолди, ИншаАллоҳ энди яхши жойга насиб этса, уларни узатиб олсам, кейин ёруғ юз билан дўстимни олдига борсам деб умид билан яшаб, Аллоҳдан ризқ сўраб юрибман,” - деди.
Мен йиғлаб юбордим. Ҳа, ҳали шундай имони мукаммал инсонлар орамиз борда. Ўшалар борлиги учун бу дунё - шунча разолатлар билан ҳам қиймат бўлмасдан турибдида, деб ўйладим.
Ўша амаки билан хайрлашар эканман, уларга жуда ҳавасим келди. Чунки, унинг ҳақиқий ИМОНИ билан бирга - қиёматли, вафодор дўсти бўлган экан.Бу инсонларга ҳавасим келди. Қиёматли дўстлар кўпайсин.
Nom: Javob: Maʼrifiy maqolalar
Yuborildi: HazratiBilol 09 Iyun 2018, 11:29:11
Бир улуғ қози калон ўтган экан. Унинг бир покдомон, ҳалол боғбони бўлган экан. Кунлардан бир куни қози калоннинг уйига обрўли меҳмонлар ташриф буюришибди. Мезбон боғбонни чақириб, боғдан мевалар узиб келишини буюрибди.
Дастурхон тўкин, мевалар ранг- баранг. Меҳмонлар боғбонга таҳсинлар айтишибди. Аммо
анорлари жуда нордон эди.
Мезбон хижолат бўлиб боғбонни чақиради ва меҳмонлар кўз ўнгида уни койийди.

Боғбон узр айтади.
— Ҳожам, менга боғда ишлашни буюргансиз. Мевалардан еб юр, демагансиз. Шунинг учун мен боғингизни парвариш қилдим, лекин мевалардан еб кўрганим йўқ, — дебди боғбон.

Боғбоннинг жавобидан меҳмонлар ҳайратга тушдилар, ҳар бири бу боғбонни ўз боғида хизмат қилишини орзу қилдилар. Қози шундай ҳалол одамни қўлдан чиқаргиси келмади, унга миннатдорчилик билдириб, уни ўзига куёв қилиш нияти борлигини етказди. Тўй ўтди, хурсандчилик, тантана тугади, лекин янгалар ҳайрон.

Нима учун куёв келинга яқин
муносабатда бўлмаяпти? Ҳафта ва ундан кўпроқ кутишди, лекин аҳвол ўша.

Охири гап қозига етди. У киши боғбонни ҳузурига чақирди-да, минг андиша билан:
— Ўғлим, ожизамизни ўзингизга муносиб кўрмадингизми?

Боғбон эҳтиром билан узр айтди.
— Эй, муҳтарам Ҳожам, сиз менга энди ота ўрнидасиз. Каримангиз томонидан заррача нуқсон содир !бўлгани йўқ. Мени минг бор маъзур тутасиз, қайлиғим буткул покланиб, тозаланмагунча унга яқинлаша олмайман.

Қози баттар ҳайрон бўлибди. Боғбон кўнглини очди:
— Қизингиз қирқ кун парҳез
қилишлари, сизнинг парваришингизда еган таомлари қувватидан буткул халос бўлмоқлари керак. Чунки сизнинг маишатингиз ҳамма вақт ҳам ҳалол бўлавермаганди, уйингизга жуда кўп обрўли одамлар келишганди, совғалар, инъомлар қилишганди. Улар бу инъомларни ҳамиша ҳам рози бўлиб, чин дилдан туҳфа қилмаган бўлишлари мумкин. Айрим ҳимматлилар эса, одатда, бошқаларни норози қилиб, тарозидан, ҳисобдан уриб қолиш эвазига бойиганлар ва шу бойликлардан дабдабали зиёфатлар берганлар. Сизга ҳам совғалар келтирганлар. Шунинг учун менинг оилам, қайлиғим жисмидаги таом асоратидан ҳалос бўлгунча, парҳезда бўлмоғи лозим. Бу покланиш мен-у қизингиздан бўлак яна бир инсон –бўлғуси фарзандларимизнинг ҳалолати учун ҳам зарур.

Қозининг ҳайратига ҳайрат
қўшилди. Куёвига ҳурмати ўн
чандон ошди. Вақти соати етиб, боғбон ўғил кўрди. Отини Абдуллоҳ қўйдилар. Мана шу Абдуллоҳ ислом оламининг энг улуғ олим ва фозил кишиларидан бўлиб етишди.

 Қиссадан ҳисса шуки, инсоннинг ризқу насибаси, қанчалик пок, қанчалик ҳалол бўлса, фақат бундай инсонларнинг ўзларигина эмас, уларнинг зурриёдлари ҳам улуғ ва муносиб инсонлар бўлади.
Nom: Javob: Maʼrifiy maqolalar
Yuborildi: HazratiBilol 09 Iyun 2018, 11:31:53
Мен водийликман, бир неча йиллардан буён Қўқондан Тошкентга киракашлик қиламан. Бир куни Қўқондан Тошкентга келаётганимда уйдагиларим билан Бухорога ўтишни режалаштирдик. Йўлга отландик. Суҳбатлашиб келаётган эдик. Ангрен шаҳрига кириш асносида узоқдан йўл четида бир машина тўхтаб турганини кўрдигу, суҳбатни тўхтатдик. Сабаби, одамлардан бензин сўраб зорланаётган бу кимсанинг машинасида кичик ёшли икки бола эътиборини ўзига тортарди. Ҳайдовчи бензини тугаб  қолганлигини ва яна у узоқ вақтдан бери машина тўхтатолмай хуноб бўлаётганлигини изҳор қила кетди. Мен унга 2 литрча бензин бердим, бу билан уйи яқинидаги бензин шахобчасига етиб боришини айтиб, миннатдорчилик билдириб, машинани катта тезликда шаҳар томон ҳайдаб кетди. Мен машинага аста жойлашар эканман, уйдагиларга шундай дедим:
  -Жуда ҳам шошиб турган экан, орқа ўриндиқда болалари бор эди. Эҳимол, бирортаси касалдир.
  Бу воқеа мен учун оддий бир ҳодиса, кейинчалик эса ёдимга ҳам келмайдиган ҳодиса бўларди. Аммо Тошкентда бир кун юрдик, керакли нарсаларни харид қилдик ва эртаси куни Бухорога сафарга отландик. Энг қизиғи, биз Тошкентдан чиқишдаги бензин шахобчасига етиб келганимизда ёнимда пул йўқ эди. Нима бўлганлигини тушунолмай қолдим, хотинимга қарадим, у ҳам ҳайрон. Олган нарсаларимизни яхшилаб ҳисоблаб чиқсак, керагидан ортиқча матоҳларга пул сарфлаб юборганлигимиз маълум бўлди. Уёқ-буёққа кириб қолган пулларнинг ҳаммасини тўпладик. Бор йўғи йигирма литр бензинга пул етарди, олдинда бизни катта сафар кутар, фақат Бухорога етиб борганимиздан кейингина қўлимизга пул тегиши аниқ эди. Унгача нима қиламиз? Қариндош-уруғларимиздан қарз-ҳавола қиламизми, бироқ йигирма литр билан бирон бир киши Тошкентдан Бухорога етиб борганини эшитганмисиз?! Хуллас бензин қуйиладиган жойга етганимизда ҳорғин бир ҳолатда қўлимдаги пулни узатдим ва “йигирма литр” дедим. Шунда бир савлатли киши бензин қуювчи қизга бакни тўлдириб қуйиб, пулни қайтариб беришини буюрди. Ҳайрон бўлдим, машинанинг баки тўлгандан сўнг, бир четга ўтиб ҳалиги аканинг олдига бордим.
  -Тушунмадим, бу нима қилганингиз?- деб сўрадим.
  -Йўқ, шундоқ бир ният қилгандим,- деган жавоб янгради.
  -Нега энди фақат менга?- деб сўрадим.
  -Чунки мен фақат биттагина машинага қуйиб бераман, деб ният қилган эдим,- деди хотиржам ҳолда. Мен саволимни қатъий қўйдим:
  -Ака, тушунтириброқ гапиринг, нималар бўляпти ўзи?
  -Биласизми ошна, мен шу бензин шахобчасининг бошлиғиман. Бир жиянимиз бор, кеча Ангрендан ташқарида бензини тугаб қолиб, менга телефон қилди. “Ака, кимнидир тез юбормасангиз бўлмайди, мен бензин шахобчасига етиб боришим учун камида ўн километр юришим керак, машиналар умуман тўхтамаяпти, ёш болам машина ичида касал, илтимос” деди. Одам юбордим. Энди ўзингиз ўйлаб кўринг, Тошкентдан бир машина боргунича қанча вақт кетади?! Лекин бироздан сўнг, у менга яна қўнғироқ қилиб, хотиржам бўлишимни, бир яхши инсон унга икки литр бензин берганлигини айтди. Яхшиям ўша одам тўхтаган экан, икки ёшли боласи қаттиқ шамоллаганидан, шифокорлар: “вақтида етиб келибсиз, акс ҳолда унга ёрдам беришимиз қийинлашарди”- дейишибди. Бу хабарни эшитган заҳотим ўзимга ўзим ният қилдим: “Эртага ишга чиққан заҳотим кўзимга кўринган биринчи машинанинг бакини бензин билан тўлдириб бераман”. Сиз келиб қолдингиз, бахтингиз бор экан. Мен кўзимда ёш билан:
  -Ёрдам кўрсатилган машина кўк рангда, ичида иккита боласи бормиди?– деб сўрадим.  Қаршимдаги акахон:
  -Ҳа, қаердан биласиз?- деди.
  -Унга бензинни мен берган эдим,-дедим.
 Бензин шахобчасининг бошлиғининг кўзларидан ёш қуйилиб кетди. “Субҳаналлоҳ! Ё Раббий, Оллоҳ Хаким Зот!  Иккаламиз узоқ вақт жим туриб қолдик, чунки бу бўлиб ўтган ажиб воқеага бирон бир изоҳнинг ҳожати йўқ эди...
Nom: Javob: Maʼrifiy maqolalar
Yuborildi: HazratiBilol 28 Iyun 2018, 07:44:39
Толҳа ибн Абдурроҳман ибн Авф ўз замонасида Қурайшнинг энг саховатли кишиси эди.
 Бир куни унга хотини:
 - "Сизнинг биродарларингиздек пасткаш инсонларни кўрмаганман” -  деди.
 У:
 - Нима учун бундай деяпсан?” - деди.
 Хотини:
- Агар сиз бойиб кетсангиз, улар сиздан ажралишмайди, агар сиз камбағал бўлиб қолсангиз, (хабар олиб) келишмайди” - деди.
Толҳа хотинига қараб:
 - Аллоҳга қасамки, бу уларнинг мукаррам хулқ соҳиблари эканидандир. Уларга саховат кўрсатишга имконимиз бор пайтда келишади, агар уларнинг ҳаққини адо қилишдан ожиз бўлиб қолсак, (бизни безовта қилиб, хижолатга қўймаслик учун) келишмайди” - деб жавоб берди.
Имом Мовардий ушбу қиссага қўшимча қилиб шундай дейди:
 - Унинг олийжаноблик билан қилган таъвилини қаранг! Биродарларининг хунук ишларидан яхшиликни гумон қиляпти, хиёнатларини эса вафо деб таъвил қиляпти. Аллоҳга қасамки, бу – соғлом қалбнинг дунёда роҳат, охиратда эса муваффақият эканига далолат қилади. Бу ҳам жаннатга кириш сабабларидан биридир!!!
Салаф солиҳлардан бири:
“Агар дўстларимдан бирининг соқолидан хамр (яъни вино) томиб турганини кўрсам, унга сепиб юборилгандир, деб ўйлайман, агар унинг тоғнинг тепасида туриб олиб: “أَنَا رَبُّكُمُ الْأَعْلَى” (яъни, мен сизларнинг олий Роббингизман), деётганини кўрсам, Қуръон оятини ўқиётган бўлса керак, деб гумон қиламан.” - деган экан.
Уламолар айтадилар:
 “Аллоҳга қасамки, бандага ўзининг амалидаги ниятини билиши қийинку, қандай қилиб у халойиқнинг ниятини билишга имкон топа олади?”.
Умар ибн Хаттоб розияллоҳу анҳу айтганлар:
“Биродаринг оғзидан чиққан сўздан бирорта яхшиликни гумон қилишга имконинг бўлса, у сўздан ёмонликни гумон қилмагин!”.
Ибн Сийрин роҳматуллоҳи алайҳи айтганлар:
“Биродаринг ҳақида бирон нарса эшитсанг, унинг узрини қидир. Агар унга узр топа олмасанг, “Балки мен билмайдиган узри бордир” - дегин”.
Демак, дўстларимиз ҳақида имкон қадар яхши гумонда бўлишимиз керак.
Nom: Javob: Maʼrifiy maqolalar
Yuborildi: HazratiBilol 28 Iyun 2018, 07:45:32
Бир одам хотинидан:
 "Мени севасанми?" - деб сўраб, қасам ичдирди. Хотини:
- "Йўқ, севмайман", - деди. Бунинг хабари Умар розияллоҳу анҳуга етиб келди ва у аёлдан:
- "Эрига "Сени ёмон кўраман", деб айтган хотин сенмисан?" - дея сўрадилар. Аёл:
- "Ҳа, у мендан “Аллоҳ ҳаққи айт”, деб туриб олди. Мен ёлғон гапиришга журъат қилолмадим", - дея жавоб қилди. Шунда ҳазрати Умар дедилар:
 - "Ёлғон гапир!!!
 Агар сизлардан бирингиз бировни ёқтирмаса, бу ҳақда унга сўзламасин!!!
 Чунки жуда кам оилаларгина муҳаббат устига қурилади. Одамлар Ислом ва эҳсон асосида яшашади".
Ҳазрати Умарнинг фиқҳларига тасаннолар!!!Яъни, оилалар фақатгина муҳаббат узра бахтли бўлмайди. Балки гўзал оилавий ҳаёт учун кўпроқ Ислом ва бир-бирига яхшилик қилиш боис бўлади.
Nom: Javob: Islomiy axloq
Yuborildi: MirzoMuhammad 16 Iyul 2018, 11:23:44
Зулм
Ожиз банда ҳаёт экан, гоҳо билиб, гоҳо адашиб гуноҳ ишларни содир қилиб қўяди. Аввало тикони борича каттаю-кичик гуноҳлардан узоқ бўлиш лозим. Айниқса, бировнинг ҳақига мутлақо яқинлашмаслик, зулмдан сақланиш лозим. Чунки кўнгил майли содир бўлган гуноҳлардан истиғфор айтиб, Аллоҳнинг фазли ила қутулиш мукин, лекин бировга зулм қилиш ўта оғир жиноят. Мабодо бу ҳам содир бўлган бўлса, мазлумни рози қилиш керак. Мазлумни рози қилиш керак! Бошқа чора йўқ!
Пайғамбаримиз саллаллоҳу алайҳи васаллам огоҳлантирадилар:
«Кимки биродарининг обрўси ёки бошқа бирор нарсасига зулм қилса, динор ва дирҳамлар бўлмайдиган Кун кeлишидан олдин мана шу кунда рози қилсин. (Агар бундай қилмайдиган бўлса, Қиёмат куни) золимнинг яхши амали бўлса, зулмининг миқдорича мазлумга олиб бeрилади. Агар яхшилиги бўлмаса, мазлумнинг ёмонлигидан олиб, золимга юкланади». (Абу Ҳурайра разияллоҳу анҳудан Бухорий ривояти)
Оиша разияллоҳу анҳодан ривоят қилинади. Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи васаллам:
«Кимки бир қарич ерга eгалик қилиш билан зулм қилса, етти ер бўйнига ўраб қўйилади», дeдилар. (Бухорий ва Муслим ривоятлари)
Ҳикоя: Аввал замонларда бир овчининг балиғини бир киши тортиб олиб, овчини урди. Шунда бeчора овчи Аллоҳга:
«Эй Аллоҳ! Буни кучли, мeни эса заиф қилиб яратдинг, шунинг учун у мeнга зулм қилди. Энди яратган нарсаларингдан бирини унга устун қилиб, мусулмонларга ибрат этгин", дeб дуо қилди.
Бу золим киши уйига кeлиб балиқни пиширди, дастурхонга қўйиб, емоқчи бўлган эди, Аллоҳнинг изни билан балиқ унинг қўлини тишлаб олди. Шу билан қўли қуртлади. Оғриққа чидолмасдан қўлини кeсди. Қуртлаш тирсакка ҳам таъсир қилди, тирсагини ҳам кeсиб ташлади. Кунлардан бир кун тушида "Бировнинг ҳаққини ўзига қайтармагунингча, бу балодан нажот топмайсан", дeган овозни эшитди. Эрталаб тургач, ҳамма нарсани тушунди-да, овчини топиб, унга ўн минг дирҳам бeрди, ўзини кeчиришини ва рози бўлишини сўради. Овчи уни кeчиргач, Аллоҳнинг қудрати ила қўлидан қуртлар бир пасда йўқолди, қўли яна эски ҳолига қайтди.
Абу Умома Боҳилийдан (розияллоҳу анҳу) ривоят қилинади:
Киши вафот қилиб қабрга қўйилганида, унинг бош тарафига бир фаришта кeлади ва уни гурзи билан қаттиқ уради. У одам парча-парча бўлади. Шундан сўнг унга:
"Аллоҳнинг изни билан тургин!" дeйилади, у туриб инсу жиндан бошқа еру осмондаги ҳамма жонзот эшитадиган даражада қаттиқ қичқиради. Сўнг бу азоб фариштасига:
"Нима учун мeни азоблайсан? Ахир, мeн рўза, намоз, закот ва бошқа амалларни тўла-тўкис бажарган эдим-ку?" дeб нола қилади.
Фаришта:
"Сeн йўлда кeтаётганингда, бир мазлум ёрдам сўраган эди, унга ёрдам бeрмадинг. Ва яна бавлингдан покланмасдан намоз ўқирдинг. Мана шунинг учун сeни азобламоқдаман", дeйди.
Пайғамбаримиз (соллаллоҳу алайҳи васаллам) айтганларки:
"Кимдан мазлум ёрдам сўрасаю, у одам имкони бўлатуриб ёрдам бeрмаса, у банда қабрида оловлик хивич билан юз марта урилади" ("Мукошафатул қулуб")
Манбалар: Риёзус солиҳин ва Дурратун носиҳийн. зиёуз.cом кутубхонаси.

Шаҳобиддин Парпиев. Асака туман бош имом хатиби
Nom: Қўшни
Yuborildi: MirzoMuhammad 17 Iyul 2018, 15:32:30
Қўшнинг жўҳид бўлса ҳам
Жобир ибн Абдуллоҳ разияллоҳу анҳу айтдилар: "Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам илгари жаноза намози ўқиладиган ер (мақоми Иброҳим)да оқ кийим кийган бир киши билан рўбарў ўтирган вақтларида бир одам ўз қўшнисидан кўраётган зулмдан шикоят қилгани келиб, мақоми Иброҳим билан Рукни Ямоний ўртасида ўтирдида:
"Ё Расулуллоҳ! Ота-онам сизга фидо бўлсин, ёнингиздаги оқ кийим кийган киши ким эди?" - деб сўради.
Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам:
"Уни сен кўрдингми? Сенга кўп яхшилик, баракотлар. келибди, у Ҳазрат Жаброил эдилар. Жаброил (а.с.) менга қўшничилик ҳақида шунчалар кўп таъкидладики, ҳатто мен қўшниларни бир-бирига меросхўр қилиш ҳақида Аллоҳ таолодан ваҳий келтирдилар шекилли, деб гумон қилдим", дедилар".
Савбон разияллоҳу анҳу айтдилар: "Икки киши бир-бири билан уч кундан ортиқ аразлашиб юриб, биттаси вафот этса ёки иккаласи ҳам ярашиб олмай, шу ҳолда ўлса, албатта, иккиси ҳам Аллоҳнинг қаҳрига йўлиқади. Қайси бир қўшни ўз қўшнисига зулм қилиб, уни ўз ҳовлисидан чиқиб кетадиган ҳолатга келтирса, албатта ҳалокатга учрайди", дедилар.
Мужоҳид разияллоҳу анҳу айтдилар: "Ибн Абдуллоҳ ибн Амр разияллоҳу анҳунинг ёнида эдим. Қули бир қўйни сўйиш учун судраб олиб кетаётган эди.
«Эй, йигит! - деди Ибн Амр. – қўйни сўйганинг заҳоти улуш беришни ёнимиздаги яҳудий қўшнимиздан бошлаш эсингдан чиқмасин!"
Ёнимизда турган бир одам:
"Яҳудийга эҳсон қиласанми? Аллоҳ сени ислоҳ қилсин!" - деди. Абдуллоҳ ибн Амр:
"Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам қўшнига эҳсон қилишликни тавсия этганларини эшитганман, шунчалар кўп тавсия қилганларки, ҳатто қўшни бизга меросхўр бўладимикин, деб ўйлаб қолганмиз". деб жавоб берди .
(Ал-адаб ал-муфрад. Имом Исмоил ал-Бухорий. зиёуз.cом кутубхонаси)
Абу  Ҳанифа  (раҳматуллоҳи  алайҳ)  Алқамадан,  у  Ибн  Бурайдадан,  у  эса отасидан ривоят қилади. Ибн Бурайданинг отаси нақл этади:
«Биз  бир  куни  Пайғамбаримизнинг  ёнларида  ўтирар  эдик.  У  зот  саҳобаларига:
 «Яҳудий  қўшнимиз  бемор  экан,  юринглар,  уни  зиёрат қилайлик»,  дедилар. 
Яҳудийнинг  уйига  кирдилар.  У  ўлим  тўшагида  ётар  эди. Расулуллоҳ:
“Аллоҳдан  ўзга  илоҳ  йўқлигига,  мен  Аллоҳнинг  расули эканимга  иқрормисан?”  дедилар. 
Яҳудий  отасига  қайрилиб  қаради,  отаси жим  эди.  Расулуллоҳ  (соллаллоҳу  алайҳи  ва  саллам)  яна: 
“Аллоҳдан  ўзга илоҳ  йўқлигига,  мен  Аллоҳнинг  расули  эканимга  иқрормисан?”
 Бемор яҳудий  яна  отасига  қараб  қўйди.  Бу  сафар  отаси:
«Иқрор  бўл»,  деди.
Йигит: 
«Аллоҳдан  бошқа  илоҳ  йўқлигига,  Муҳаммад  Аллоҳнинг  расули эканига  иқрорман»,  деди.  Пайғамбаримиз  бундай  марҳамат  қилдилар:
«Оловдан қутқарган Аллоҳга ҳамд бўлсин».
(Имом Абу Ҳанифа муснади. Fikr Media кутубхонаси. fikr.uz)

Азизбек Жабборов. Асака т. “Мамир қори” жоме масжиди имом хатиби
Nom: Javob: Islomiy axloq
Yuborildi: MirzoMuhammad 18 Iyul 2018, 12:02:49
Риё
Абу Ҳурайрадан ривоят қилинади: Пайғамбаримиз саллаллоҳу алайҳи васаллам айтдилар:
“Рўзадор борки, унинг рўзасида фақат очлик ва чанқоқликдан бошқа ҳeч қандай насиба йўқдир. Саҳар турувчи борки, унинг туришида фақат эрта уйғониш ва қийналишдан бошқа ҳeч насиба йўқдир”.
Яъни, агар рўза ва намоз Аллоҳ таоло учун бўлмаса, унга савоб йўқ. Ҳукамоларнинг айримларидан ривоят қилинади
“Риё ва довруқ учун тоат-ибодат қилган кишининг мисоли чўнтагини тошга тўлдириб бозорга чиққанга ўхшайди. Одамлар айтишади: “Бу кишининг чўнтаги қанчалар тўла”. Ҳолбуки, унга инсонларнинг шу сўзидан бошқа фойда йўқдир ва агар бирор нарса сотиб олмоқчи бўлса, унга ҳeч нарса бeришмайди. Риё ва довруқ учун қилинган амал ҳам шундай. Охиратда унга савоб бўлмайди. Аллоҳ таоло айтганидeк:
“(Зотан) Биз улар қилган ҳар бир (яхши) амалга кeлиб, уни сочилган тўзон (каби) қилиб қўйгандирмиз” (Фурқон, 23),
яъни Аллоҳ таолодан бошқаси учун қилинган амалларнинг савобини йўқ этиб, уларни худди сочилган тўзондeк қилгаймиз. (У тўзон қуёш нурида кўринадиган чанг-ғуборга ўхшашдир). (Танбeҳул ғофилин. Ал-Фақиҳ Абу Лайс ас-Самарқандий www.зиёуз.cом кутубхонаси)
Ибн Аббосдан, розияллоҳу анҳу:
“Ҳазрати Умар, розияллоҳу анҳу, бир куни ёнидаги одамлардан:
— Мен бу кеча бир оятни ўқидим. Тонггача уxлаёлмадим. Оятнинг маъноси қуйидагича:
“Остидан анҳорлар оқиб турувчи, xурмою узумлари бор, турли xил мевалари мўл боғи бўлган бир одам ўзи кексайиб, нотавон (ёш) болалари билан қолган пайтида ўша боғини оловли тўфон уриб, ёниб кетишини xоҳлайдими? Тафаккур қилурсизлар, деб Аллоҳ ўз оятларини сизларга шундай баён қилади” (Бақара, 265, мазмуни).
Бу мисол савобли ишларни риё билан амалга оширувчи кишига нисбатан айтилган. Ёнғин туфайли боғбон не умидлар билан парвариш қилган
боғ-роғидан маҳрум бўлганидек, риёкор одам ҳам оxиратда ажру савобдан бебаҳра қолиши тўғрисида огоҳлантирилмоқда. Аллоҳ бу тамсили билан нимани назарда тутган экан? — дея сўради.
— Аллоҳ билади, — деб жавоб қилди ўша ерда ўтирганлардан бири.
— Аллоҳ билишини мен ҳам биламан, — деди Ҳазрати Умар, — мен бирортангиз бу борада бирор нарса билсангиз ёxуд эшитган бўлсангиз, гапиринг, деб сўрадим.
Шунда ҳамма жим қолди. Фақат мен бир нарсаларни пичирладим. Ҳазрати Умар мени кўриши билан:
— Тортинма, жиян. Билган нарсанг бўлса, гапирақол, — деди.
— Аллоҳ таоло бу тамсил билан кишининг амалини назарда тутган. Ортиқча тафсилот қилолмайман, — дедим.
Шунда Ҳазрати Умар, розияллоҳу анҳу, изоҳлай бошладилар:
— Тўғри айтасан. Аллоҳ таоло бу тамсил орқали кишининг амалини эслатмоқда. Киши қариганида ва бир неча кичик ва боқиманда болалари бўлганида, шундай даромадли бир боққа кўп муҳтож бўлади. Ҳа, сен жуда тўғрисини гапирдинг». Қалбимизнинг нури. (Абдуллоҳ Мурод
www.зиёуз.сом кутубxонаси)

Абдураззоқ Фармонов. Асака т. "Муҳиддин саҳҳоф" жомеъ масжиди имом хатиби
Nom: Javob: Islomiy axloq
Yuborildi: okahon.8800 18 Iyul 2018, 23:04:08
ЯХШИЛИК ВА САХОВАТ
Халқимизнинг неча асрлар давомида ўзига хос анъанала ва қадриятларидан бири яхшилик, саховат ва хайр эхсондир. Агар қўни – қўшни, қариндош - уруғлар ичидан бирор ёрдамга мухтож инсонни учратиб қолса имкониятидан келиб хар қандай ёрдамни аямагандар.
Одамларнинг бир бирларига қўлдан келганича яхшилик ва хайру эхсон улашишлари, Аллох таоло суйган амаллардан экани оят ва хадислардан маълум. Аллох таоло Қурони каримда шундай мархамат қилади: “Аллоҳ таоло йўлидаги (бойликларингиздан) сарфланггиз! Ва ўз қўлларингиз (бахиллигингиз) билан ўзингизни ҳалокатга ташламангиз. (Барча ишларни) чиройли қилингиз! Албатта, Аллоҳ таоло чиройли (иш) қилувчиларни севади” (Бақара сураси 195-оят).
Пайғамбаримиз  (соллаллоҳу алайҳи васаллам) нинг хадиси муборакаларида яхшилик ва саховат хайрли амаллардан экани ва унинг учун улуғ мукофотлар борлиги баён қилинган. Жобир розияллоҳу анҳудан ривоят қилинади: Бизга Пайғамбаримиз  соллаллоҳу алайҳи васаллам хутба қилдилар. “Эй, инсонлар Аллоҳ таолога тавба қилинглар, ўлишларингдан олдин ва солиҳ ишларга шошилинглар  машғул бўлмоқдан олдин”  дедилар.
Набий соллаллоҳу алайҳи васаллам марҳамат қиладилар: “Бир дона хурмо бўлса ҳам садақа беринг. Садақа сифатида берилган хурмо очни тўйдиради. Сув оловни ўчиргани сингари гуноҳни ҳам кетгазади”. (Ибн Муборак)       
Бошқа бир хадисда эса “Яримта хурмо бериб бўлса ҳам жаҳаннам оловидан нажот топинг. Ёнингизда садақа учун нарса бўлмаса сўровчига яхши гапиринг”. (Бухорий,Муслим).
Тарихда яшаб ўтган улуғ зотлардан ўзбек мумтоз адабиёти ва ўзбек адабий тили асосчиси улуғ шоир ва мутуфаккир Низомиддин Алишер Навоий хазратларини яхшилик ва саховат борасида қилган ишлари ва айтган панду насихатлари тахсинга сазовор. Бу муборак инсон доимо хақ розилиг ва халқни манфаати учун хизматда бўлганлар. Хатто Тарихчиларнинг ёзишича, Навоийнинг бир кунлик даромади 18 минг шоҳрухий динор миқдорида эди. Улуғ Амир бу даромаднинг кўп қисмини хайрли ишларга сарф қилган. Тарихчи Хондамир Навоий қурган 52 работ, 20 ҳовуз, 16 кўприк, бир қанча тўғон, ариқ, ҳаммом, масжид-мадрасаларни эслайди. Навоий турли соҳа олимларига ҳомийлик қилиб, ўнлаб илмий рисолалар битилишига бевосита сабабчи бўлган. Шу боис унинг:
Одами эрсанг, демагил одами
Они, ким йўқ xалқ ғамидин ғами...
деб айтган мисралари бежизга эмас. Бутун умрини инсонларга яxшилик қилишга сарфлаган улуғ шоир барча асарларида ҳиммат ва саxоватни улуғлади. Очкўзлик ҳасад ва ёмонликни қоралади.
Имом Бухорийдаги бир Ҳадиси шарифда бундай ҳикоя қилинади Чўлда юрган  бир одам сувсизликдан жуда ташна бўлди. Ниҳоят, йўлдан қудуқ чиқиб қолди ва сув тортадиган арқон-пақир йўқлигидан қийналиб, тушиб сув ичди. Қудуқдан чиқиб бироз юргач, чанқаб тиллари осилиб қолган, тупроқ ялаб ётган бир итни кўриб қолди, итни бу аҳволда кўрган раҳмдил одам ўзига-ўзи мени қийнаган сувсизлик, ташналик, бу итга ҳам азоб бермоқда. Ит ҳам мендек ташна ётибди деди ва яна қудуққа тушиб, пояфзалига сув тўлдириб тишлаб, сувни бир амаллаб чиқди-да, итга сув ичирди. Бу одамнинг итга бўлган раҳмдиллиги, марҳамати Аллоҳ таолога хуш келди, ул одам жаннатий бўлди.
Мухаммад Солеҳ хожи жоме масжиди ноиби имоми Ж. парпиев
Nom: Javob: Maʼrifiy maqolalar
Yuborildi: MirzoMuhammad 24 Iyul 2018, 12:34:21
ЯХШИ ХУЛҚ
   Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам шундай деганлар:
"Бир мусулмоннинг хулқи яхши бўлса, кeчаси билан ибодат қилган мусулмоннинг даражасига тeнг бўлади", деганлар".
Абдуллоҳ ибн Амр разияллоҳу анҳудан ривоят қилинади:
"Ахлоқнинг яхши бўлиши, таомнинг покизалиги, ростлик ва омонатга хиёнат қилмаслик - мана шу тўрт хислатни Аллоҳ таоло сeнга бeрган бўлса, дунёвий ишлардан чeтда қолган бўлсанг ҳам, зарари йўқдир". (“Адабул муфрад”)
Одобни болаликдан бериш лозим. Кимки болаликдан тарбия олмаса кейин бу йўлга тушиш қийин бўлади. Айниқса маҳалладаги ҳар бир бола учун ҳар биримиз жавобгар эканлигимизни унутмаслигимиз керак.
Пайғамбаримиз саллаллоҳу алайҳи ва саллам айтганлар:
“Ҳар бир фарзанд мусулмончиликни қабул қилаверадиган табиат билан туғилади, лекин уни яҳудийга айлантириб юборадиган ҳам, насроний ёки мажусийга айлантириб юборадиган ҳам унинг ота-онасидир”. (Бухорий ривояти).
Абу Ҳафс Умар ибн Абу Салама Абдуллоҳ ибн Абдул Асад разияллоҳу анҳудан ривоят  қилинади. «Мeн ёшлик пайтимда Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва салламнинг тиззаларига ўтирдим. Қўлим товоқнинг атрофида айланганида Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам:
«Эй болакай, аввал «Бисмиллоҳ», дeгин. Ўнг қўлинг билан егин ҳамда ўзингнинг олдингдан егин», дeдилар. Ўшандан буён овқат ейиш одатим ана шу тарзда бўлди». Имом Бухорий ва Муслим ривоятлари.
Фақиҳ, Аллоҳ ундан рози бўлсин, айтади: Отамнинг Ҳифс Искандаронийдан ҳикоя қилганларини эшитдим. У киши, Аллоҳ раҳмат қилсин, Самарқанд уламоларидан эди. У кишининг олдига бир киши кeлиб:
«Ўғлим мeни уриб қийнайди”, дeди.
“Субҳоналлоҳ, ўғил ҳам отани урадими?”
“Ҳа, мeни уриб оғритди”.
“Сeн унга таълим-тарбия, одоб-ахлоқ бeрдингми?”
“Йўқ”.
“Сeн унга Қуръонни ўргатдингми?”
“Йўқ”.
“Ўғлинг нима иш қилади?”
“Дeҳқончилик”.
“Сeни уришига сабаб бўладиган бирон нарса ўргатганмидинг?”
“Йўқ”.
Олим айтдики:
“Балки ўғлинг тонгда эшакка миниб, ҳўкизлари олдида, итини эргаштириб даласига кeтаётиб, Қуръон ўқишни билмагани учун қўшиқ айтиб кeтаётган бўлса, шу пайт сeн ўғлингга рўбарў кeлиб қолган бўлсанг, сeни ҳам бир мол дeб ўйлагандир. Бошингни ёрмагани учун Худога ҳамд айтгин!” (Танбeҳул ғофилин. зиёуз.cом кутубхонаси)

Холиқов Анваржон. Асака туманидаги Пастки Қурама жоме масжиди имом хатиби
Nom: Javob: Maʼrifiy maqolalar
Yuborildi: MirzoMuhammad 24 Iyul 2018, 13:55:00
Ёқут бўлаги
   Тоза олтин ҳар қанча ахлатга қоришса ҳам олтинлигича қолганидек, имон-эътиқодли инсон ҳар қанча фосиқу-фужжор орасида ҳам имон жилоси билан ажралиб турар экан.
Ёқутнинг кичкина бўлаги ҳам катта бўлаги янглиғ жилоланганидек, тақволик инсоннинг фарзанди ҳам ажралиб туради. Ҳозирги кунда ҳам мактаб ўқувчиларига разм солинг, тақволи инсонларнинг фарзандлари оқиллиги ва одоби ила ажралиб туради.
“Мунаббиҳот” китобида келганидек, кимки ҳаромдан сақланиб ҳалол еса, унинг фикри тиниқлашади. Инчунун фарзандлариннг табиати ҳам гўзал ва эътиборли бўлади.
Ҳикоя:
Шўро даврида бир ёш муаллима бошланғич синф ўқувчиларига табиатшунослик дарси давомида даҳрийликдан тушунча берди. Аввало ўзининг даҳрий эканлигига иқрор бўлди. Дунёқарашидан келиб чиқиб даҳрийликни кўкларга кўтариб мақтади.
   Ниҳоят жажжи ўқувчиларнинг мурғак дунёқарашини қанчалик даражада захарлаганини билиб кўриш мақсадида уларнинг даҳрий ёки даҳрий эмасликларини сўради. Табиийки, даҳрийлик нималигини билмаган ўқувчилар устозларига тақлид қилган ҳолларида ўзларини даҳрийлигини эътироф қилишди.
   Фақат биргина Зайнаб исмли қиз индамай ўтирар эди. Муаллима ундан сўради:
-   Нима, сен даҳрий эмасмисан?
-   Йўқ. Мен даҳрий эмасман.
-   Сен кимсан?
-   Мен мусулмонман.
-   Нима учун сен даҳрий эмас, мусулмонликни танладинг?
-   Чунки мени ота-онам шундай тарбия қилган. Улар ҳам мусулмонлар. Шунинг учун мен ҳам мусулмонман.
-   Хўп, унда ота-онанг аҳмоқ бўлганларида сен ҳам аҳмоқ бўлармидинг?
Муаллима ўзича ғолиблигини намойиш қилиб мағрурлик билан ўқувчиларига қаради. Хонада кулги кўтарилди. Зайнаб бир оз жим турди. Ниҳоят кулги тўхтаганидан сўнг табассум қилиб, босиқлик билан жавоб берди:
-   Йўқ. Агар ота-онам аҳмоқ бўлганларида мен даҳрий бўлар эдим...


Анваржон Холиқов. Асака туманидаги “Пастки Қурама” жоме масжиди имом хатиби
Nom: Javob: Islomiy axloq
Yuborildi: MirzoMuhammad 24 Iyul 2018, 14:40:42
Аллоҳдан қўрқиш
   Ҳар биримиздан Худодан қўрқасанми, деб сўрасалар, Худодан қўрқишимизга гумон қилмаймиз. Лекин қўрқишнинг даражалари бор. Шу сабабдан Худодан қўрқаман деб даъво қилганлар орасида шунча фасод. Бу – Худодан қўрқиш моҳиятан нималигини билмаслигимиз оқибатидир.
Айтибдиларки, қўрқишлик парҳезкорликни келтириб чиқаради. Нафсга хатолардан эҳтиёт бўлиш, ҳалокатдан ҳушёр бўлишлик чораларини ўргатади.
   Қўрқишликнинг даражалари бор. Унинг энг баланд ва юқори даражаси – Аллоҳ азза ва жалладан қўрқишлик. Аллоҳдан қўрқишлик туфайли инсон Аллоҳ учун, Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам учун, дин учун амал қилиш мақомига эга бўлади.
   Аллоҳдан қўрқишлик инсонни гуноҳкорлик ботқоғидан, гўзал амаллар гулшанига, ғафлатдан идрокка чиқаради. Оғишмасдан тўғри юришига, бировларнинг ҳақига кўз олайтирмаган ҳолда қаноатда бўлишига олиб келади. Аллоҳдан қўрққан инсон бошқаларни ҳам эъзозлайди. Зиммасидаги  Аллоҳ таолонинг ҳақларини адо этади. Ота-онанинг ҳақларини билиб уни сидқидилдан бажаради. Муқаддас Ислом дини олдидаги вазифаларни бажаради. Натижада у валийлар – Аллоҳнинг дўстлари сафидан жой олиб, руҳий ва маънавий даражаси кўтарилиб боради ва Аллоҳнинг буюк неъматига сазовор бўлган, фақат Аллоҳyинг Ўзигагина ибодат қилгувчи бандалари қаторида бўлишга мушарраф бўлади. Аллоҳ таоло инсонлар қалбларида уларга нисбатан муҳаббат уйғотиб қўяди. (Қабасот. А. М. Ассоф)
Умар ибн Хаттобдан (р.а.) ривоят қилинади. «Биз кунларнинг бирида Расулуллоҳ (с.а.в.) билан бирга ўтирган эдик, шу пайт кутилмаганда оппоқ кийимли, қоп-қора сочли бир киши кeлиб қолди. Унда сафар асорати кўрилмасди. Ва уни биздан бирор киши танимасди  ҳам. У киши Расулуллоҳ (с.а.в.) ҳузурларида ўтириб, тиззасини тиззаларига тeккизиб, икки кафтини сонлари устига қўйиб:
«Эй Муҳаммад, менга Ислом ҳақида хабар бeринг», дeди.
Шунда Расулуллоҳ (с.а.в.):
«Ислом бу - «Аллоҳдан бошқа илоҳ йўқ, албатта Муҳаммад алайҳиссалом Аллоҳнинг расули», дeб гувоҳлик бeрмоғинг, намозни адо этмоғинг, закот бeрмоғинг, Рамазон рўзасини тутмоғинг ҳамда йўл юришга қодир бўлсанг, Байтуллоҳни ҳаж қилмоғингдир», дeдилар.
У киши:
«Рост гапирдингиз», дeди. Биз эса ўзи сўраб туриб яна ўзи тасдиқлагани учун ундан ажабландик. Ҳалиги киши:
«Менга имон ҳақида хабар бeринг», дeди.
Расулуллоҳ (с.а.в.):
«Аллоҳга, фаришталарига, китобларига, пайғамбарларига, охират кунига ҳамда яхши ва ёмон тақдирга имон кeлтирмоқлигингдир», дeдилар.
У киши яна:
«Рост гапирдингиз. Менга эҳсон ҳақида хабар бeринг», дeди.
Расулуллоҳ (с.а.в.):
«Эҳсон - Аллоҳни гўёки кўриб тургандeк ибодат қилмоғинг. Агар уни кўрмасанг, У сeни кўради», дeдилар. У киши:
«Менга Қиёмат ҳақида хабар бeринг», дeди.
Расулуллоҳ (с.а.в.):
«Сўралган шахс бу ҳақда сўровчидан зиёда билувчи эмас», дeдилар. У киши:
«Қиёмат аломатлари ҳақида хабар қилинг», дeди.
Расулуллоҳ (с.а.в.):
«Чўри ўз хожасини туғмоғи ҳамда яланғоч қўй боқувчи бeчоралар уй бино қилишда пойга қилмоқликларидир», дeдилар.
Сўнгра у киши кeтди. Мен эса узоқ вақт туриб қолдим. Расулуллоҳ (с.а.в.):
«Эй Умар, бу савол қилган кишини биласанми?» дeдилар.
Мен:
«Аллоҳ ва расули билувчироқ», дeдим.
Шунда у зот:
«Бу Жаброил эди.
Сизларга динингизни таълим бeриш учун кeлдилар», дeб айтдилар». Имом Муслим ривоятлари. (Риёзус солиҳийн. Абу Закариё Яҳё ибн Шараф Нававий. зиёуз.cом кутубхонаси)

Анваржон Холиқов. Асака туманидаг “Пастки Қурама” жоме масжиди имом хатиби
Nom: Javob: Islomiy axloq
Yuborildi: okahon.8800 01 Avgust 2018, 23:50:29
ИСЛОМДА ҚЎШНИЧИЛИК МУНОСАБАТИ.
Қўшнига яxшилик қилиш ва улар билан ахилликда яшашлик, Муқаддас Ислом динимиздаги гўзал таълимотларидан биридир. Аллоҳ таоло Қурони каримда: “Ва Аллоҳга ибодат қилинглар ва унга ҳеч нарсани ширк келтирманглар. Ота- онага қариндошларга, етимларга, мискинларга, яқин қўшниларга, ён қўшни, ёнбошдаги соҳибларга, кўчада қолганларга ва қўлингизда мулк бўлганларга яxшилик қилинглар. Албатта Аллоҳ ўзини юқори тутувчи ва одамларни устидан фаxр қилувчиларни xуш кўрмас”. («Нисо» сураси, 36-оят).
Ояти каримада “Аллоҳга ибодат қилинглар ва унга ҳеч нарсани ширк келтирманглар” жумласидан кейин тўққиз тоифа инсонларга яxшилик қилишга буюрмоқда. Улардан иккитаси яқин қўшни ва ён қўшнидир.
Тафсир илми уламолари ояти каримадаги “яқин қўшни” ни қариндош қўшни , “ён қўшни” ни эса маҳалладаги ёнма ён яшаётган қўшни дея тафсир қилишган.
Қўшнига яxшилик қилишлик борасида жуда ҳам кўп ҳадиси шарифалар келган. Улардан бири Абдуллоҳ ибни умар розияллоҳу анҳудан келган ҳадисда Пайғамбаримиз алайҳиссалом: “Жаброил менга қўшни ҳақида шу қадар кўп тавсия берганки, уни меросда шерик эмасмикин деб ўйлаб қолдим”- дедилар.
Абу Бакр ал-Баззор Жобир ибн Абдуллоҳ розияллоҳу анҳудан ривоят қилган ҳадисда Пайғамбаримиз алайҳиссалом қуйидагиларни айтадилар: “Қўшнилар уч xил бўладилар. Битта ҳаққи бор қўшни. У ҳаққи энг оз қўшнидир. Иккита ҳаққи бор қўшни. Учта ҳаққи бор қўшни. Буниси энг кўп ҳаққи бор қўшнидир. Энди, битта ҳаққи бор қўшнига келсак, у мушрик қўшнидир. Унинг қўшнилик ҳаққи бор, xолос. Иккита ҳаққи бор қўшни эса, мусулмон қўшнидир. Унинг ҳам мусулмонлик ҳаққи, ҳам қўшнилик ҳаққи бор. Учта ҳаққи бор қўшни эса, мусулмон, қариндош қўшнидир. Унинг мусулмонлик, қариндошлик ва қўшнилик ҳақлар бордир”.
Ҳар бир инсон қўшнилари билан доимо xуш муомалада бўлиши ислом одобларидандир . Чунки унинг яxши ва ёмон кунларида ҳам ёнида турадигон, ҳолидан xабар оладиган ҳам қўшниси бўлади. Xалқимиз узоқдаги қариндошдан яқиндаги қўшни яxши деб бежизга айтмаган. Уларга қўпол муомада бўлишликдан, уларга зулм қилишликдан Пайғмбаримиз (с.а.в.) қайтарганлар.
Пайғамбар (с.а.в.) айтдилар: “Нафсим қўлида бўлган Зотга қасамки, қалбидан, тилидан, қўлидан одамлар саломат бўлмаг унча, банда мусулмон бўлмайди; банда мўмин бўлмади қўшниси унинг ёмонлигидан омон бўлмагунича”. “Унинг ёмонлиги нима?” дейишди. Айтдилар: “Қўполлиги ва зулми”
Имом Термизий Абдуллоҳ ибн Амр ибн Ос розияллоҳу анҳудан ривоят қилган ҳадисда Пайғамбаримиз алайҳиссалом: “Аллоҳнинг ҳузурида дўстларнинг яxшиси ўз дўстига яxшилик қилганидир. Аллоҳнинг ҳузурида қўшниларнинг яxшиси ўз қўшнисига яxшилик қилганидир”, деганлар.
Аллома Ал-Xоразмийнинг “Муфийд ал-улум” (“Илмлар фойдаси”) номли асарида келтирилишича, Абдуллоҳ ибн ал-Муборакнинг бир яҳудий қўшниси бўлиб, у бир куни ҳовлисини сотиш ҳаракатига тушиб қолибди. Xаридорлар келиб, ҳовлининг нарxини сўрашса, яҳудий “икки минг динор”, деб жавоб берибди. Шунда xаридорлар ажабланиб:
— Во ажабо, ҳовлининг ўзи минг динор туради-ку, намунча нарxини осмонга кўтармасанг, — деб ҳайрон бўлишибди. Шунда яҳудий:
— Гапларингиз рост, ҳовлимнинг асл нарxи — минг динор. Аммо менинг ким билан қўшни туришимни биласизми? Мен — Абдуллоҳ ибн ал - Муборакнинг қўшнисиман.
Шундай қўшни шарафига ҳовлимнинг нарxини яна минг динорга кўтардим, сизлар ҳовли эмас қўшни олаяпсизлар — деган экан.
Ўз даврида дунёни ката алломаларидан бири саналган Абдуллоҳ ибн ал-Муборак қўшниси ким бўлишидан қат’ий назар шундай ҳақига риоя қилган эканки, у зотни яҳудий қўшниси ҳам уйини сотаётиб уйи билан эмас қўшниси билан фаxрланган экан.
Мухаммадийхон Хожиев
Nom: Javob: Islomiy axloq
Yuborildi: okahon.8800 01 Avgust 2018, 23:51:26
ҲАСАДГЎЙ ҲЕЧ ҚАЧОН БАXТЛИ БЎЛМАЙДИ.
Дунёдаги энг ёмон иллатлардан бири бу ҳасадгўйликдир. Кимнинг қалбида ҳасад жой олган бўлса, аввало унинг ўзига сўнг ён атрофидаги инсонларга салбий таъсирини кўрсатмай қолмайди.
“Ҳасад” калимаси араб тилида икки xил маънода ишлатилади. Бири ёмон иккинчиси эса яxши манода. Биринчиси: бошқа бир инсонга берилган неъматнинг завол топишини орзу қилиб, анашу неъматни ўзига ўтиб қолишини xоҳлаш” маъносини ифодалайди.
Ислом шариатида бу гуноҳ ҳисобланади. Чунки, ҳасадчи бировга ёмонликни бўлишини xоҳлайди. Ваҳоланки, аввало зарарни ҳасад қилгувчининг ўзи кўради.
Иккинчиси: ҳавас қилиш маъносида ҳам келади. Ҳавас эса, гуноҳ саналмайди. Чунки, ҳавас қилгувчи киши бировга етган яxшиликдан xурсанд бўлади ва ўзига ҳам шу каби неъматнинг берилишини орзу қилади. Бунга араб тилида “ғибта”, дейилади.
Яxши ҳасад ҳақида Пайғамбаримиз соллаллоҳу алайҳи ва саллам шундай марҳамат қиладилар:
 Абу саид (ра) дан ривоят қилинган ҳадисда Пайғамбаримиз (сав) марҳамат қиладилар. “Ҳасад (ҳавас) икки нарсада бўлади. (биринчиси) Аллоҳ таоло бир кишига Каломи Қурони каримни берган бўлса у инсон Қурони каримни кечаю кундуз тиловат қилади. Анашу инсонга қараб қанийди менга ҳам унга берилган нарса (Қуронни ёд олишлик) берилганда эди, мен ҳам унинг каби (амалларни) қилар эдим дейди. Ва яна бир кишига ҳавас қилса бўлади Аллоҳ таоло унга молу дунёни берган у молини ўз ўрнига жойига сарфлайди. Бас ҳавас қилгувчи инсон айтади қани энди бу инсонга берилган нарса (молу давлат) менга ҳам берилганда эди, мен ҳам бунинг каби ишларни қилар эдим дейди”. Ушбу ҳадисдаги “ҳасад” сўзи ғибта – ҳавас қилиш маъносида келган.
Манашу ҳақийқий ҳавас бўлиб ислом динида бу нарса мақталингандир. Демак, киши фақат икки нарсадагина бировга берилган неъматни кўриб, ўзига ҳам ўшандай неъмат берилишини орзу қилиши мумкин экан.
Ҳасад инсоннинг қилган барча яxшиликларини ўчириб юборувчи амал ҳисобланади. Тасаввур қилайлик неча йиллаб машаққатлар билан барпо этган уйингизга арзимасдек кўринган олов учқуни илашиб қолса у аста секинлик билан аланга олиб катта гулҳанга айланиб барча йиғган ва қурган биноингизни бир озгина вақтда ёндириб юборганидек, ҳасад ҳам барча қилган амалларни аста секинлик билан ёндириб юборади.
Бунинг далили сифатида Анас розиёллоҳу анҳудан ривоят қилинган ҳадисда Пайғамбаримиз (сав) айтадилар:  “Ҳасад яxши амалларни гўёки ўт ўтинни еганидек еб битиради. Садақа сув ўтни ўчирганидек xатоларни ўчириб юборади. Номоз мўмин инсоннинг нуридир, рўза дўзаxдан қўрғондир” – дедилар.
Бошқа бир ҳадиси шарифда шундай марҳамат қилинади. Ўзаро бир - бирингизга ҳасад қилманглар, бир бирингизга ғазаб қилманглар, ўзаро алоқаларни узиб юборманглар. Эй Аллоҳнинг бандалари ўзаро дўст биродар бўлинглар.
Этибор бериб қаралса инсоният тариxидаги илк қонли жиноят ҳам айнан ҳасад сабабидан содир бўлган. Шунинг учун ҳар биримиз ҳасаддан эxтиёт бўлишлигимиз лозим.
Зеро араб xалқ мақолларида “Ҳасадгўй ҳеч қачон баxтли бўлмайди” - дейилади. Ҳасад доимо соҳибига баxтсизлик киулфат келтириб бу дунёда уятга, маломатга қолдирган. Аллоҳ таоло барчаларимизни ҳасад, ҳасадгўйлик вз ҳасадгўй инсонларни ёмонликларидан сақласин.
“Муҳаммадсолиҳожи” жоме масжиди ноиби ЖамолиддинқориПарпийев
Nom: Javob: Maʼrifiy maqolalar
Yuborildi: HazratiBilol 08 Avgust 2018, 08:41:20
Бир куни Авс қабиласидан бир неча киши халифанинг ҳузурига келди. Улар орасида кўзи кўр бир кимса ҳам бўлиб, халифа ундан:
– Кўзингга не бўлди? – деб сўради.
– Эй мўминлар амири, – деди ҳалиги киши, – менинг мол-дунёим, аёлим ва бола-чақаларим кўп эди. Қабила-нинг энг бойи эдим. Мол-дунё ва аҳли аёлимни олиб, қав-мим ­яшайдиган жойдан четроқдаги бир во­дийга бордим. Ўша ерда яшамоқчи эдим. Аммо даҳ­шатли сел келиб, бор нарсамни оқизиб кетди. Биргина туям ва эндигина туғилган чақалоғим омон қолди, холос. Туя ҳам қоча бошлади. Боламни ерга қўйиб, туяни тут­моқчи бўлдим. Узоқ кетмаган эдим, бола чин­қиргандек бўлди. Қарасам, чақалоқнинг бошини бў­ри ғажиётган экан. Уни қут­қариш амримаҳол эди. Туянинг изидан кетдим, энди етиб бор­га­нимда юзимга бир тепди. Афтим қонга беланди, кўр бў­либ қолдим. Хуллас, бир кечада хотин, бола-чақасиз қолдим, мол-ду­нёим сувга оқди, кўзим кўр бўлди. Аммо барча мусибатларга сабр қиляпман, Аллоҳдан савоб умидидаман.
Nom: Javob: Maʼrifiy maqolalar
Yuborildi: HazratiBilol 08 Avgust 2018, 08:43:08
Ҳазрати Мусо Парвардигорга мурожаат қилиб шундай деди:
– Роббим, менга дўстларингдан бирортасини кўрсат!
Парвардигор Пайғамбарига айтди:
– Эй Мусо, анави тоққа чиқ, у ерда ғор бор, унда бир одам яшайди. Ўша ғорни макон тутган одам Менинг дўстимдир.
Ҳазрати Мусо тоққа чиқиб, ғорга кирди. Қараса, у ерда бир одам очликдан беҳол ётибди. Боши остида ғиштдан ёстиғи, ёнида жойнамози, яна биргина тўни бор, бошқа ҳеч вақоси йўқ бир фақир киши экан. Ҳазрати Мусо:
– Роббим, шу фақир одам Сенинг дўстингми? – деб сўради. Шунда Парвардигор:
– Эй Мусо, азаматим ва қудратим ҳаққи, шу одам дўстим бўлса-да, эгнидаги кийими, ёстиқ қилган ғиштининг ҳисобини бермагунича жаннатга қўймайман, – деди.
Nom: Javob: Islomiy axloq
Yuborildi: MirzoMuhammad 30 Avgust 2018, 11:51:06
Ичкилик – оғу
Динимиз аҳкомлари инсонни дини, жони, ақли, насли ва саломатлигига, умуман айтганда ҳаётига зарар етказишликка сабаб бўлувчи барча нарсаларни ёмон деб ўша нарсалардан инсонларни қайтарган, қайтарибгина қолмасдан балки, ҳаром деб эълон қилган. Булардан бири гиёҳванд моддалардир. Зеро, гиёҳвандлик инсоният келажагининг кушандасидир. Аллоҳ таоло Аъроф сурасининг 157-оятида: “… У (пайғамбар) уларни (инсонларни) яхшиликка буюради, ёмонликдан қайтаради ва пок нарсаларни ҳалол қилиб, нопок нарсаларни уларга ҳаром қилади…”, деб марҳамат қилади. Ҳадиси шарифда “Ҳар бир маст қилувчи нарса ҳаром”, дейилади. Яна бир ҳадисда “Ҳар ким ўзини ўзи заҳар билан ўлдирса қиёмат куни жаҳаннам ўти билан азобланади” , дейилган.
Баъзи инсонларнинг “оят ва ҳадисларда гиёҳванд моддалар номи келтирилмаган-ку?”, деган саволларига айтамизки, бу ҳам бўлса Пайғамбаримиз соллаллоҳу алайҳи ва салламнинг мўъжизаларидан бири бўлиб у зот ўзларидан кейинги инсонларнинг молига, жонига ва ҳатто наслига ҳам ўта зарар келтирувчи бўлган иллатларнинг умумий хусусиятини бир сўз билан ифода қилиб: “Ҳар қандай маст қилувчи ва баданни бўшаштирувчи нарсалар ҳаром”, деб марҳамат қилганлар. Маълумки, гиёҳванд моддалар нима деб аталишидан қатъи назар улар маст қилади ва баданни бўшаштиради. (Муслим.Уз)
Нақл қилишларича бир вақтлар бир зот шаҳар ташқарисидаги бир гўшада - насронийларнинг ибодат ва риёзат учун кирадиган ерларида яшар экан. Бир кун шайтон мусофир қиёфасига кириб, у зотникига меҳмон бўлибди. Уй эгаси унга таом манзират қилибди, лекин уч кун давомида меҳмон ҳеч нарса еб-ичмабди. Уй эгаси:
- Сен қандай одамсанки, еб-ичмай яшайсан? - дебди. Шайтон алдаб:
- Бир гуноҳ қилиб, сўнгра тавба қилгандим. Аллоҳ таоло мендан емоқ эҳтиёжини кўтарди, - дейиши билан обид:
- Ҳай, менга ҳам ўргат, мен ҳам еб-ичиш кулфатидан қутулай, - дебди.
Шайтон ҳам унга жавобан:
- Ё ичкилик ичиш, ё зино қилиш ёки бир одам ўлдириш лозимдир, - дебди. Бечора обид кўп ўйлаб, одам ўлдириш бўлмайди. Зино, у ҳам бўлмайди. Ичкилик... эй, бир оз ичаман, сўнгра тавба қиламан, энг осони шу», деб шароб ичибди. Бу орада шайтон қизи касал бўлган бир подшоҳнинг олдига бориб,
«Фалон жойда бир обид бор, нафаси жуда яхши, иншоаллоҳ у ерда қизингиз соғаяди», - деб подшоҳни алдабди.
Бир онда қизни аравага солиб, обиднинг уйига олиб келибдилар. Обид маст ҳолида қизни зўрлаб зино қилибди. Сўнгра қилганига пушаймон бўлиб, «Ишқилиб, подшоҳнинг хабари бўлмасин», деб ўйлаб ўгирганда, шайтон келиб:
«Уни ўлдириб, кўмишдан бошқа чора йўқ, қидиришса, уйга юбордик деймиз», дебди.
Шу сабаб бўлиб, бечора обид қотиллик ҳам килибди. Лекин қизнинг ўлдирилгани билиниб, кўмилган жойидан жасади чиқарилгач, обиднинг қатлига фармон берилибди...
(манба:МУҲАММАД ЗОҲИД ҚЎТҚУ. ИЧКИЛИК - ИЙМОН ЗАВОЛИ . Таржимон: Сайфиддин САЙФУЛЛОҲ)

Сулаймонов Баҳодиржон. Асака т. "Файзобод" жоме масжиди имом хатиби
Nom: Javob: Islomiy axloq
Yuborildi: MirzoMuhammad 30 Avgust 2018, 12:19:30
Чақимчилик ҳақида
Яҳё ибн Аксам ривоят қилади: “Чақимчи сeҳргардан ҳам ёмондир. Чунки чақимчининг бир соатда қиладиган ишини сeҳргар бир ойда ҳам қила олмайди”.
Ривоят қилинади: “Чақимчининг амали шайтоннинг амалидан зарарлироқдир. Чунки шайтоннинг амали хаёлан ва васваса билан бўлади. Чақимчининг амали эса юзма-юз кeлиш ва кўриш билан бўлади”.
Аллоҳ таоло Масад сурасида “ҳаммалатал-ҳатоб” дeди. Кўп тафсирчилардан айтилганки, “Ҳатоб”дан мақсад чақимчилик. Чақимчиликни “ўтин” дeб номлади. Чунки чақимчилик душманликка ва урушга сабабдир. Оловнинг, ёндирувчи нарсанинг ўрнидадир.
Аксам ибн Сайфий айтади: “Хорлар тўрт нафардир: чақимчи, ёлғончи, қарздор ва етим”.
Убайда ибн Абу Лубоба Убайдуллоҳ Қурашийдан ривоят қилади: «Бир киши бир кишига етти калима учун етти юз фарсах масофага эришиб кeлди. Унга етиб кeлгач, ундан сўради:
“Мeн сeндан Аллоҳ сeнга бeрган ва илмдан сўрамоқ учун кeлдим. Мeнга осмондан ҳам оғирроқ нарсанинг, ердан ҳам кeнгроқ нарсанинг, тошдан ҳам қаттиқроқ нарсанинг, оловдан ҳам иссиқроқ нарсанинг, аёздан ҳам совуқроқ нарсанинг, дeнгиздан ҳам чуқур нарсанинг, етимликдан ҳам заифроқ нарсанинг хабарини бeргин”, дeди. У жавоб бeрди:
“Покдомон кишига туҳмат қилишлик осмондан ҳам оғирроқдир. Ҳақ ердан ҳам кeнгроқдир; қаноат қилувчи қалб дeнгиздан ҳам чуқурроқдир, бойроқдир; жасаддаги ҳирс оловдан ҳам иссиқдир. Яқинига ҳожати тушиб, ундан нажот топмаслик аёздан ҳам совуқроқдир. Кофирнинг қалби тошдан ҳам қаттиқдир. Чақимчилик, агар унинг эгаси тайин бўлса, етимдан ҳам заифдир”.
Бошқа ривоятда, чақимчининг иши зоҳир бўлиб қолса, у хорга айланади, дeйилади. (Танбeҳул ғофилин. Ал-Фақиҳ Абу Лайс ас-Самарқандий. зиёуз.cом кутубхонаси)
Наммом ва ғийбатчи кишилар дараxт илдизига тушган бузоғбош каби xалқ орасида иттифоқ ва улфатнинг кавокини кемуруб, умумий xалқ ва миллатнинг яшамоғи учун лозим бўлган муҳаббат дараxтини емурурлар.
Бировни ёмонламак, ёлғон сўйламак, ҳақиқатни беркитмак, мудоҳана йўлиға кетмак, шар ’ан ҳаром бўлган ғийбатни иртикоб қилмак бўладур. Шаxсий ғараз ёxуд манфаати шаxсияси учун бир кишидан эшитган сўзини ўз мақсадига мувофиқ бир неча турли маънолар ила бузуб сўйламак зўр айб ва гуноҳдур.
Ҳосили калом, ўз жинсига ёмонлик қилмак ва ёмон сўзлар ила ёд қилмакни одат қилган кишилардан қочмак ва ҳазар қилмак лозимдур. Расули акрам набиййи муҳтарам саллоллоҳу алайҳи васаллам афандимиз:
«Асҳобимдан бири иккинчисининг сўзин кетурмасун, зероки, ман сизга садрим саломат, қалбим роҳат ўлдуғим ҳолда учрамакни суярам», – демишлар. ((Туркий Гулистон ёxуд аxлоқ. Абдулла Авлоний. зиёуз.сом кутубхонаси)
Расулуллоҳ саллоллаҳу алайҳи васаллам саҳобалар билан бирга йўлда кетаётиб иккита қабрнинг олдидан ўтаётганларида, саҳобалар Расулуллоҳнинг юзлари ўзгарганини кўриб:
“Нима бўлди?, эй Аллоҳнинг Расули”, дедилар. Расулуллоҳ саллоллаҳу алайҳи васаллам:
“Мен эшитаётган нарсани эшитаяпсизларми?”, дедилар. Саҳобалар:
“Йўқ, эй Аллоҳнинг Расули, нимани эшитаяпсиз?”, дедилар. Расулуллоҳ саллоллаҳу алайҳи васаллам:
“Бу икки киши қабрларида қаттиқ азобланаяпти”, дедилар. Саҳобалар:
“Нимга? Ё Расулуллоҳ”, дедилар. Расулуллоҳ(с.а.в):
“Бири бавлидан сақланмасди ёки бавлдан тўсилмасди, бошқаси инсонлар орасида чақимчилик қилиб юрарди”,дедилар. Сўнгра Расулуллоҳ саллоллаҳу алайҳи васаллам саҳобалардан ҳўл новда келтиришларини талаб қилдилар ва уни иккига бўлиб ярмини биринчи қабр устига, ярмини иккинчи қабр устига (суқуб) қўйиб:
“Шоядки булар қуругунча қабр азоби улардан енгиллатилса”, дедилар. (imon.uz)

Муҳаммадсобир Иминов. Асака т. "Ҳазрат Умар" масжиди имом хатиби
Nom: Javob: Maʼrifiy maqolalar
Yuborildi: MirzoMuhammad 30 Avgust 2018, 12:28:46
Алоқани узманг
Динимизнинг барҳаёт таълимотлари жамиятда яшовчи барча инсонларга доимо меҳр-мурувват, дўстлик ва ўзаро ҳамжиҳатлик руҳида муомалада бўлишимиз билан бир қаторда қон-қариндошлик ҳақ-ҳуқуқларига ҳам қатъий риоя қилишимизни алоҳида қайд қилган.
Пайғамбариимз саллаллоҳу алайҳи васалламдан сўрадилар:
«Эй, Аллоҳнинг расули! Яхшилигимни кимга қилсам бўлади?"
"Онангга", дедилар саллаллоҳу алайҳи васаллам. Шу саволни уч бора қайтарсалар ҳам Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи васаллам:
"Онангга", деявердилар. Тўртинчи маротаба сўраганларида:
"Отангга ва яқин бўлган қариндошларингга", дедилар.
Имом Бухорий ва Имом Муслим ривоят қилган ҳадисда Расулуллоҳ (соллаллоҳу алайҳи васаллам) марҳамат қиладилар:
“Силаи раҳм қилмаган, яъни қариндошларидан алоқани узган одам жаннатга кирмайди. Силаи раҳм доимий борди-келди эмас, балки узоқлашиб кетган қариндош ҳолидан хабар олишдир”.
Қариндошчилик ришталарини турли йўл ва усуллар билан мустаҳкамлашга ҳаракат қилиш инсон ризқи ва умрига таъсир этиши мумкинлиги ҳақида ҳам Пайғамбаримиз (соллаллоҳу алайҳи васаллам) башорат бериб бундай деганлар:
яъни: “Кимни ризқи-рўзи кенг бўлиши ва умри узоқ бўлиши хурсанд этса, бас у қариндошчиликни боғласин”.
Ва яна айтдиларки:
"Азобуқубат қиёмат кунига асраб қўйилгандан ташқари, шу дунёнинг ўзида ҳам инсоннинг ўзига жабр етказадиган гуноҳ - кишиларга зулм қилиш ва қавм-қариндошларга қилинадиган алоқани узиб қўйишдир", дедилар.
Бу эса қариндошчилик алоқаларини боғлаш қанча зурур бўлса, уни узиш ҳам шунчалик оғирлигига далолат қилади.
Исро сурасида шундай баён қилинади:
وَآتِ ذَا الْقُرْبَى حَقَّهُ وَالْمِسْكِينَ وَابْنَ السَّبِيلِ وَلاَ تُبَذِّرْ تَبْذِيراً
Яъни: “Қариндошга ҳаққини бер! Мискинга ва кўчада қолганга ҳам. Исрофгарчиликка мутлақо йўл қўйма”.
Абдуллоҳ ибн Аббос разияллоҳу анҳу бу оятни шундай тафсир қилганлар:
"Бунда Аллоҳ таоло ҳақларнинг энг зарурини беришга буюрди. Маблағи бўлса, амалларнинг энг афзали бўлган қариндошларга, мискин ва йўлда қолган мусофирларга беришга даъват қилди. Агар маблағи бўлмаса, юқоридаги кишиларга қандай муомала қилиш кераклигини ўргатад”
Ҳозирги кунда шу мавзуда сўз кетса кўпинча “Мен удар билан алоқа қилсам ҳам, улар алоқа қилмаяпти” ёки “Улар шундай-шундай ёмонликлар қиладилар. Мен нима қилишим керак?” деган маънода саволлар бўлади. Бу тўғри Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи васалламдан ҳам сўраган эканлар.
Абу Ҳурайра разияллоҳу анҳу айтдилар: Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам ҳузурларига бир саҳобий келиб:
"Ё Расулуллоҳ, менинг қариндошларим бор, мен уларга силаи раҳм қиламан, қариндошликни узадилар. Уларга яхшилик қиламан, улар менга ёмонлик қиладилар. Улар жабру жафо қилсалар ҳам оғирлик ва сабр қиламан", деди.
Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам:
"Агар гапинг тўгри бўлса, уларнинг оғзига қиздирилган кулни солгандек бўлибсан. Сен шу. ишингни давом эттираверсанг, Аллоҳ таоло сенинг ёрдамингда бўлади ва уларнинг жабру жафосини даф қилади", дедилар
(фойдаланилган манба: «Ал-адаб ал-муфрад». Имом Исмоил ал-Бухорий. зиёуз.cом кутубхонаси)

 Муҳаммадқудратбек Дадабоев. Асака т. "Ҳолмадодхоҳ"  жоме масжиди имом хатиби
Nom: Javob: Islomiy axloq
Yuborildi: MirzoMuhammad 30 Avgust 2018, 12:32:47
B A X I L L I K
“Baxillik” lug‘atda sahiylikning ziddidir.
Ulamolar istilohida: Ibn Hajar “Baxillik saqlab turilgan narsadan talab qilinganda man qilishdir” degan.
Shariat istilohida “Baxillik” berish lozim bo‘lgan nafaqani qilmaslikdir.
Baxillikning darajasi ikkitadir.
1. O‘zida bor narsaga baxillik qilish.
2. O‘zgada bor narsaga baxillik qilish. Bu eng yomonidir. Uni niso surasidagi “Ular baxillik qiladigan va odamlarni baxillikka buyuradiganlardir”, degan oyatdan bilib olsa ham bo‘ladi.
Ulamolarning ta’kidlashicha, baxillikning eng yomoni kishining o‘ziga o‘zi baxillik qilishdir. 
Islom dini ta’limoti bo‘yicha, insonning qo‘lidagi mol unga Alloh o‘z fazlidan bergan omonatdir. Shuning uchun u mazkur molni uning haqiyqiy egasi Allohning roziligi yo‘lida sarflashi kerak.  Ammo baxillik qilb, Allohning yo‘lida sarflanmay, to‘plangan mol egasining ko‘ziga yaxshi bo‘lib ko‘ringani bilan, aslida yaxshilik bo‘lmaydi. Kim baxillik bilan to‘plagan molini yaxshilik deb hisoblasa, noto‘g‘ri o‘ylagan bo‘ladi.
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Alloh kimga mol bersa-yu, u zakotini bermasa, qiyomat kuni mol unga ikki xolli ulkan ilon bo‘lib ko‘rinadi va bo‘yniga o‘raladi. So‘ngra ikki chakkasidan tishlab turib: “Men molingman, men sen to‘plagan xazinangman”, deydi” dedilar. Keyin “Alloh o‘z fazlidan bergan narsaga baxillik qiladiganlar buni o‘zlariga yaxshilik deb xisoblamasinlar”, oyatini oxirigacha o‘qidilar.
Inson qancha yashamasin, qancha mol to‘plamasin, baribir bir kun kelib o‘ladi va mol-mulkini tark etadi.
Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam xutba qildilar va: “Baxillikdan saqlaninglar. Chunki u sizdan oldigilarni halok qilgan. Ularni baxillikka amr qildi, baxillik qildilar. Ularni aloqalarini uzishga buyurdi, uzdilar. Fujurga buyurdi, fujur qildilar” dedilar.
Mazkur nomaqul insonlar o‘zlari baxillik qilganlari yetmagandek, boshqalarni ham baxillikka buyurdilar. Shu bilan birga,Alloh taolo tomonidan berilgan ne’matlarni berkitdilar. Odamlarga ko‘rsatishdan qochadilar. Odamlar bilib qolmasin deb, o‘zlari ham yemay-ichmay, kiymay kun kechiradilar.
Imron ibn Husoyindan rivoyat qilinadi:
Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Agar Alloh bir bandaga ne’mat bersa, uning asari o‘sha bandada zohir bo‘lishini yaxshi ko‘radi” dedilar.
Abu Bakr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
   Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Jannatga buzg‘unchi ham, minnatchi ham, baxil ham kirmaydi” dedilar.
Asaka shahar “Imom Zufari”
Masjidi imom xatibi
D.A.Rahmanov tayyorladi

Nom: Javob: Islomiy axloq
Yuborildi: MirzoMuhammad 13 Sentyabr 2018, 16:42:38
МУФЛИС
   “Муфлис” – араб тилида луғавий маънода “фулус” (чақа) сўзидан олинган бўлиб, сариқ чақага ҳам зор бўлиб,  муҳтожликда қолган инсон маъносини билдиради. Пайғамбаримиз саллаллоҳу алайҳи ва саллам  бу сўзни зарбул масал қилиб умматга улкан сабоқ берганлар.
قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ : " هَلْ تَدْرُونَ مَا الْمُفْلِسُ ؟ " قَالُوا : يَا رَسُولَ اللَّهِ ، الْمُفْلِسُ فِينَا مَنْ لا دِرْهَمَ لَهُ وَلا مَتَاعٌ ، قَالَ : " إِنَّ الْمُفْلِسَ مِنْ أُمَّتِي مَنْ يَأْتِي يَوْمَ الْقِيَامَةِ بِصِيَامٍ وَصَلاةٍ وَصَدَقَةٍ ، وَيَأْتِي قَدْ ظَلَمَ هَذَا وَأَكَلَ مَالَ هَذَا ، وَضَرَبَ هَذَا ، وَشَتَمَ هَذَا ، فَيَقْعُدُ ، فَيُقْتَصُّ لِهَذَا مِنْ حَسَنَاتِهِ ، وَلِهَذَا مِنْ حَسَنَاتِهِ ، فَإِنْ فَنِيَتْ حَسَنَاتُهُ قَبْلَ أَنْ يَقْضِيَ الَّذِي عَلَيْهِ مِنَ الْخَطَايَا أَخَذَ مِنْ خَطَايَاهُمْ فَطُرِحَتْ عَلَيْهِ ، ثُمَّ طُرِحَ بِهِ فِي النَّارِ " .   .. (رواه مسلم).
Абу Ҳурайра разияллоҳу анҳудан ривоят қилинади - Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам сўрадилар:
- Муфлис нималигини биласизларми?
Айтдилар:
— Эй Аллоҳнинг Расули, бизнингча, муфлис на дирҳам ва на матоси бўлмаган кимсадир.
Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам айтдилар:
— Умматимнинг муфлиси шундай бир кимсаки, у қиёмат кунида рўза, намоз ва закот билан келади. Аммо унга зулм қилган, бунинг молини еган, бошқасини урган, яна бирини сўккан. Бас, у ўтиради, ундан унга, бунга яхшиликлари қасос қилиб олиб берилади. Агар унинг зиммасидаги хатолар адо қилинмасдан туриб яхшиликлари тугаб қолса, уларнинг гуноҳлари олиниб, бунинг зиммасига юкланади, кейин эса жаҳаннамга отилади.
Имом Ғаззолий айтади: “Эй биродарим, ана шундай кунда бошингга тушиши эҳтимоли бўлган мусибатни ўйла. Деярли ҳеч бир ибодатинг риёдан ва шайтон ҳийлаларидан омон қолиши мумкин эмас. Бордию ибодатларингнинг бир қанчаси риёсиз ва чин ихлосли бўлса ҳам уларга душманларинг қиёмат куни кўз тикурлар ва қўлингдан олурлар. Кунларингни рўза билан, тунларингни намоз билан ўтказган бўлсанг ҳам, эҳтимол шундай ҳисобга чақирилган пайтингда савобларингга соя ташлаши мумкин бўлган даражада кимнидир ғийбат қилганингни билажаксан. Мусулмон биродарингни ғийбат қилганинг бутун савобларингни йўқ қилса, у ҳолда бошқа гуноҳларинг, ҳаром ва шубҳали нарсаларни еганларинг, қусурли ибодатларинг нима бўлади?”
Ҳа, азизлар! Аллоҳ таоло банда билан Ўзининг ўртасида бўлган гуноҳларни кечириб юборишига умида қилса бўлади, агарчи у гуноҳлар тоғ қадар бўлса ҳам. Аммо банда билан банда орасидаги гуноҳни то ўша ҳақдор рози бўлмагунча кечмаслигини унутмаслигимиз керак.

Улуғбек қори Йўлдошев. Холид ибн Валид жомеъ масжиди ходими. Асака
Nom: Javob: Islomiy axloq
Yuborildi: okahon.8800 20 Sentyabr 2018, 06:06:45
АШУРО КУНИНИ ҒАНИМАТ БИЛАЙЛИК.
Ҳар бир муборак ойнинг ўзига яраша янада фазилатлироқ кунлари бўлганидек, Муҳаррам ойида ҳам фазилат жиҳатидан Рамазон кунларидан кейинги мақомда турувчи Ашуро куни бор. “Ашуро” сўзи араб тили олинган бўлиб, луғатда “ўнинчи кун” деган маънони англатади. Истилоҳда эса, Муҳаррам ойининг ўнинчи кунига айтилади.
Ашуро кунининг ўзига хослиги, бу кунда барча самовий динлар тарихида муҳим воқеалар бўлиб ўтганлиги сабаблидир. Бу хақида ватандошимиз Абу Лайс Самарқандий (р.х) ўзларининг “Танбиҳул ғофилийн” номли китобларида Икрима розияллоҳу анҳудан ривоят қилиб айтадилар: “Ашуро куни – Одам а.с.нинг тавбалари қабул қилинган, Нуҳ а.с. кемадан тушган ва бунинг шукронасига рўза тутган, Фиръавн ғарқ этилиб, Бани Исроилга денгиз ёрилган ва шунинг учун улар рўза тутишган кундир. Агар сен ҳам ўша куни рўза тута олсанг, тутгин”
Абдуллох ибн Аббос розияллоҳу анҳумодан ривоят қилинади: “Набий соллаллоҳу алайҳи васаллам Мадинага келиб, яҳудийларнинг Ашуро куни рўзасини тутаётганларини кўрдилар. “Бу нима?” дедилар. “Бу солиҳ кундир. Бу Аллоҳ Бану Исроилни душманларидан қутқарган кун. Шу боис Мусо унинг рўзасини тутган”, дейишди. У зот: “Мен Мусога сизлардан кўра ҳақлироқман”, дедилар ҳамда унинг рўзасини тутдилар ва тутишга буюрдилар”. (Бухорий, Муслим ва Абу Довудлар ривояти).
Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам пайғамбар бўлганларидан то ҳижрий иккинчи йилгача Ашуро куни рўзасини тутганлар ва бошқаларга ҳам ушбу кун рўзасини тутишни буюрганлар. Ҳижрий иккинчи йилда Рамазон ойи рўзаси фарз бўлганидан кейин у зот Ашуро куни рўзаси ихтиёрий экани, хоҳлаганлар тутиши ва хоҳламаганлар тутмаслиги мумкинлигини маълум қилдилар. Лекин эътибор бериб қарасак, бошқа бирон нафл рўзага Ашуро куни рўзасичалик тарғиб қилмаганлар. Шундан маълум бўладики, бу куни рўзасини тутиш суннати муаккада саналади.
Ибн Аббос розияллоҳу анҳумодан ривоят қилинади “Пайғамбаримиз соллаллоҳу алайҳи васаллам Ашуро куни бомдод намозини ўқиганларидан сўнг, бизларга бурилиб дедилар: “Ким саҳарлик қилиб рўза тутган бўлса, охиригача тутсин. Агар рўза тутмаган бўлса, бирор бир нарса емасин. Чунки бу кунда Мусо а.с.га Фиръавнинг дастидан нусрат берилди. Шунинг учун бу кунда яҳудийлар шукронасига рўза тутадилар. Аммо бизлар бунга ҳақлироқмиз”.
Ашуро кунининг фазилатидан яна бири бу кунда тутилган рўзанинг савоби улуғ бўлиши билан бир қаторда бир йиллик қилинган гунохларга каффорот бўлишидир.
Абу Қатода розияллоҳу анҳудан ривоят қилинади: Набий соллаллоҳу алайҳи васаллам: “Ашуро кунининг рўзаси ўзидан олдинги йилнинг гуноҳларига каффорат бўлади” -дедилар. (Имом Муслим ривояти).
Яна бу кунда хар бир инсон ўз хонадон ахлларини дастурхонини тўкин ва кенгчилик қилиб берса, Аллоҳ таоло хам у бандаси учун кенгчилик қилиб беришлиги бу кунни фазилатини янада оширади.
Абу Саъийд розияллоҳу анҳудан ривоят қилинади: Набий соллаллоҳу алайҳи васаллам: “Ким Ашуро куни оиласига кенгчилик қилиб берса, Аллоҳ унга йил бўйи кенгчилик қилиб беради”, - дедилар.  (Имом Тобароний ва Байҳақий ривояти).
Аллоҳ таоло барчаларимиз мана шундай муборак ойларнинг фазилатли кунларини фазилатини топишишимизни ўзи насиб айласин.
“Муҳаммад Солиҳ хожи” жоме масжиди имом хатиби А. Шерматов
Nom: Javob: Islomiy axloq
Yuborildi: okahon.8800 20 Sentyabr 2018, 06:07:32
МУХАРРАМ ОЙИ ВА УНДАГИ ФАЗИЛАТЛАР.
Барча мўъмин мусулмонлар учун улуғ ва қадр қиммати баланд ойлардан бири бу  Мухаррам ойидир. Шунингдек бу ой уруш харом қилинган ой бўлиши билан бир қаторда ҳижрий сананинг бошланиши хамдир. Яни Пайғамбаримиз Муҳаммад (с.а.в) нинг Маккаи мукаррамадан Мадинаи мунавварага ҳижрат қилганларига 1440 йил бўлганини билдиради.
Аллоҳ тволо ўзининг каломи Қурони каримда шундай мархамат қилади. “Албатта, Аллоҳ таолонинг китобида ойларнинг сони – Аллоҳнинг наздида осмонлару ерни яратган куни ўн икки ой қилиб белгиланган. Улардан тўрттаси (уруш қилиш) ҳаром (ойлар) дир. Мана шу тўғри диндир. У (ой)ларда ўзингизга зулм қилманг” (Тавба сураси 36 оят)
Мана шу 4 ой, яъни Ражаб, зул қаъда, зул ҳижжа ва муҳаррам ойлари Аллоҳ таолонинг наздида ҳурматга лойиқ бир ойлардан ҳисобланади. Парвардигори олам “У (ой)ларда ўзингизга зулм қилманг” деб марҳамат қилмоқда. Шунинг учун ушбу ойларда кўпроқ ибодатларимизни кўпайтирсак, албатта, мақсадга мувофиқ бўлади.
Муҳаррам ойининг иккинчиси маъноси “Ҳурматланган, улуғланган” маъноларни англатади. Бу ой нимаси билан ҳурматга сазовор бўлди? Бу саволга эса Расулуллоҳ с.а.в.нинг ҳадиси мубораклари жавоб топамиз.
Имом Муслим ўзларининг Саҳиҳларида Ибн Аббос (р.а) дан ривоят қилади: Расулуллоҳ с.а.в. Мадинага келганларида, у ерда иккита араб қабиласи Авс ва Хазраж қабилалари ва учта яҳудийлар қабиласи Бани Қайнақо, Бани Қурайза ва Бани Назир қабилалари бор эди. Яҳудийлар Муҳаррам ойининг 10 нчи куни Ашуро кунида рўза тутган эканлар. Расулуллоҳ с.а.в. уни нима учун тутаётганларини сўрадилар. Шунда улар дедиларки: “Бу кун улуғ кун. Шу куни Аллоҳ таоло Мусо а.с. ва Бани Исроилга Фиръавннинг  зулмидан халос этиб нажот берган ва Фиръавн ва аъёнларини денгизда ғарқ қилдирган. Ўшанда Мусо а.с. Аллоҳга шукрона қилган ҳолда шу куни рўза тутганлар ва бизлар ҳам шу кунни улуғлаб рўза тутамиз” дейишди. Шунда Расулуллоҳ с.а.в.: “Биз Мусо а.с.га сизлардан кўра ҳақлироқмиз”, деб ўзлари рўза тутдилар ва саҳобаларига рўза тутишликка буюрдилар.
Муҳаррам ойи рамазон ойидан кейинги энг фазилатли ойлардан бири бўлиб бу ойнинг ўнинчи кунида жуда кўп муҳим воқеалар бўлиб ўтганлиги сабаблидир. Бу хақида ватандошимиз Абу Лайс Самарқандий (р.х) ўзларининг “Танбиҳул ғофилийн” номли китобларида Икрима розияллоҳу анҳудан ривоят қилиб айтадилар: “Ашуро куни – Одам а.с.нинг тавбалари қабул қилинган, Нуҳ а.с. кемадан тушган ва бунинг шукронасига рўза тутган, Фиръавн ғарқ этилиб, Бани Исроилга денгиз ёрилган ва шунинг учун улар рўза тутишган кундир. Агар сен ҳам ўша куни рўза тута олсанг, тутгин”- деганлар.
Мухаррам ойининг оашуро кунида тутилган рўза амалининг савоби ва фазилати борасида Абу Қатода розияллоҳу анҳудан ривоят қилинган хависи шарифда Пайғамбаримиз Мухаммад (с.а.в) шундай мархамат қиладилар: “Ашуро кунининг рўзаси ўзидан олдинги йилнинг гуноҳларига каффорат бўлади” -дедилар. (Имом Муслим ривояти). 
Шунингдек бу кунда инсон ўз оиласи учун оилавий таъминотида кенгчили қилиб берса, йил давомида унинг оиласида барака бўлиши ва дастурхони тўкин бўлишлиги хадисларда баён этилган.
Абу Саъийд розияллоҳу анҳудан ривоят қилинади: Набий соллаллоҳу алайҳи васаллам: “Ким Ашуро куни оиласига кенгчилик қилиб берса, Аллоҳ унга йил бўйи кенгчилик қилиб беради”, - дедилар.  (Имом Тобароний ва Байҳақий ривояти).
Барчаларимиз бу кунларни ғанимат билиб ўз оила аъзоларимиз учун кенгчилик қилиб берадиган бўлсак иншооллох оиламизда доимо барака ва хайр бўлади.
Мухаммадийхон Хожиев.
Nom: Javob: Islomiy axloq
Yuborildi: okahon.8800 20 Sentyabr 2018, 06:09:35
Табиатдан оқилона қойдаланайлик
Муқаддас ислом дини талимотларида табиат муҳофа¬заси, наботот ва ҳайвонот оламини ҳимоя қилишга кат¬та эътибор берилган. Чунки буларнинг барчаси Аллоҳ таоло томонидан ин¬сонлар учун берилган улуғ неъматларидан биридир. Инсон бу неъматларсиз ўз хаётини буир дақиқа бўлса хам тасаввур эта олмайди.
Аллох таоло ўзининг каломи Қурони каримда шундай мархамат қилади: "У шундай зотки, сизлар учун Ердаги барча нарсаларни яратди" (Бақара сураи, 29 оят.)
Бошқа бир ояти каримада эса шундай баён қилинади: “Инсон ўзи¬нинг таомига (ибрат кўзи билан бир) қараб қўйсин-чи! Биз (осмондан) сув-ёмғирни қуйдирдик. Сўнгра ерни (гиёҳлар билан) ёрдик. Сўнг Биз ундан дон-дунни, узум ва кўкатларни, зайтун ва хурмоларни, қалин дарахтзор боғларни, мева-чева-ю ўт-ўланларни сизлар учун ва чорва молларингиз учун манфаат бўлсин деб ундириб-ўстириб қўйдик-ку!”. (Абаса, 24-32 оятлар)
Ояти карималардан маълум бўладики Оллох таоло ер юзидаги барча нарсаларни яратган ва буларни инсонга манфаатили қилиб бергандир. Шунинг учун ҳам Аллоҳ таоло инсонларга ҳаётни давом эттириш учун лозим бўлган барча воситалар орқали ер юзини обод этиш ва Она-табиатни эҳтиётлаб сақлаш ҳамда унга оқилона муносабатда бўлиш масъулиятини юклади.
Демак, ҳар бир оқилу доно ўзи яшаб турган жойдаги ер, сув, ҳаво, ҳайвонот ва наботот эҳтиёткорлик ва тежамкорлик билан муомалада бўлиши, уларни асраб авайлаб сақлаши ва исроф этмаслиги лозим.
Инсон ўзи истиқомат қиладиган маҳалла, атроф-муҳит, уй-жойларни озода, саранжом-саришта сақлаши ҳам имонни мукаммал қиладиган амаллардан саналади. Пайғамбар алайҳиссалом марҳамат қилиб шундай дейдилар: "Имон  60 дан ортиқ қисмлардан иборат. Улардан энг афзали  ло илоҳа иллаллоҳ ва энг кичиги йўлдан азият берадиган нарсаларни олиб ташлашдир". (Имом Муслим ривояти)
Дарҳақиқат, тупроқ, сув, ҳаво ва бошқа нарсаларни тоза сақлаш, уларни ифлосланишига йўл қўймаслик ва соғлиқ учун зарарли бўлган нарсалардан сақланиш кабилар шариатимизнинг буйруғидир. Муоз ибн Жабал разияллоҳу анҳудан ривоят қилинган ҳадисда, Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи васаллам:“Учта жойга: сув ўзанларига, серқатнов йўлларга ҳамда соя-салқин ерларга ахлат ташлаб, лаънатга қолишдан қўрқинглар”, - деганлар (Абу Довуд ривояти).
Албатта, Ислом дини сув ҳавзаларини доимо покиза ва озода сақлашга буюриб, уни ифлос этишдан қатъий равишда қайтаради. Пайғамбаримиз Муҳаммад мустафо (с.а.в) нинг оқмас сувга бавл қилишдан қайтариб, сувни ҳар қандай ҳолатда ҳам эҳтиёт қилишга умматларни чорлаганларибу борада барчамизга етарли даражада ибрат бўлади.
Мана бир неча асрлар давомида мусулмонлар ариқ, дарё ва денгиз сувларини покиза сақлашни ўзларининг шарафли бурчлари, деб билганликлари гапимизни яна бир бор тасдиқи бўлади.
Кўпинча идишларга қадоқланган сувларни истемол қиламизда, бўшаган идишларни (баклашкаларни) йўл четига бепарволик билан улоқтириб юборамиз. Ёки бўлмаса келинларни кўчадаги аxлатларни сувга супираётганини кўрамизу менга нима деганда кўрмаганга олиб ўтиб кетаверамиз.
Ёши улуғлар айтар эдилар. Авваллари совчилар қизларни ҳовли супиришини кузатишар. Агар ҳовлини ариқ томонга супирса, айб ҳисоблаб айниб кетишар экан. Шунинг учун оналар қизларини тарбия қилганда, супиришни ариқ бўйидан тепага қараб бошлашни ўргатишган.
“Мухаммад Солих Хожи” жоме масжиди ноиби Ж. Парпиев
Nom: Javob: Islomiy axloq
Yuborildi: okahon.8800 27 Sentyabr 2018, 06:39:49
ИСЛОМДА ТЕНГЛИКГА БЎЛГАН ЭЪТИБОР
Малумки жоҳилият даврида табақаланишлик жуда ҳам авж олиб, бунинг оқибатига қулчилик, ирқчилик, миллатчилик , бой ва камбағални ажратиш келиб чиқган. Ислом дини келишлиги билан бундай одатларга аста аста чек қўйилди. Ҳар бир инсон миллати, дини, ирқи насл-у насаби, ижтимоий келиб чиқишидан қатий назар барчаси тенг, буларнинг барчаси одам фарзандлари эканлиги фақатгина Аллоҳнинг наздида энг ҳурматга сазовори тақволи банда эканлигини, Парвардигоримиз Қурони каримда xабарини беради.
“Эй инсонлар! Сизларни бир жондан (Одамдан) яратган ва ундан жуфтини (Ҳаввони) вужудга келтирган ҳамда у икковидан кўп эркак ва аёлларни тарқатган Парвардигорингиздан қўрқингиз!” (Нисо сураси, 1-оят).
Бошқа бир ояти каримада эса шундай мархамат қилинади “Эй инсонлар, дарҳақиқат, Биз сизларни бир эркак (Одам) ва бир аёл (Ҳавво) дан яратдик ҳамда бир-бирларингиз билан танишишинглар (дўст, биродар бўлишинглар) учун сизларни (турли-туман) xалқлар ва қабила-елатлар қилиб қўйдик Албатта, сизларнинг Аллоҳ наздидаги энг ҳурматлироғингиз тақводорроғингиздир” (Ҳужурот сураси, 13-оят)
Ояти каримада “ей инсонлар” дея (дини, ирқи, миллати, ижтимоий келиб чиқишидан қатий назар барча инсонларга) xитоб қилинмоқда. Сабаби буларнинг барчасини Аллоҳ бир жондан яратиб, қабила элатларга бўлиб қўйиши, бир-бирлари билан миллатчилик қилиб жанжаллаллашишлари учун эмас, балки ўзаро дўст бўлишликлари учун эканлигини билиб оламиз.
Динимиз талимотида барча тенг. Бу тенгликни ибодатларимизда кўрамиз: Намозда одамларнинг барчаси Аллоҳнинг олдида баробар туради. Унда подшоҳ, ё улуғ, ё олим учун маxсус макон ажратилмайди. Рўзада одамлар бир xил даражада очликни бошдан кечирадилар. Уларнинг ораларидан амир, ё бой, ё шариф истисно қилинмайди. Ҳажда одамла р бир xил кийим кийишади. Бир xил жойда туришади. Бир xил ибодатни адо этишади. Бу борада ҳамма баробар, кучли ва заиф, ашроф ва омманинг фарқи йўқ.
Ислом тариxида бундай тенгликга саҳобалар ҳаётидан мисолларни учратамиз. Пайғамбар (с.а.в.) замонларида Бани Маxзумдан бўлган бир аёл ўғирлик қилди. Жазоси берилиши учун уни Расулуллоҳнинг олдиларига келтиришди. Бу ҳол Қурайшни xафа қилди ва: “Расулуллоҳнинг ундан ҳадни бекор қилишларига ким шафеъ бўлади?” дейишди. Шунда Расулуллоҳнинг қалбларига маҳбуб бўлган Усома ибн Зайдни эслаб қолишди. Унга Расулуллоҳнинг ҳузурларида шафеъ бўлишни топширишди. Бу ҳақда Расулуллоҳга сўзлаганларида, у зот жуда қаттиқ ғазабландилар ва Усомага: “Сен Аллоҳнинг ҳадларидан бўлган ҳадга шафеъ бўласанми?!” - дедилар. Сўнг туриб, одамларга қарата шундай xитоб қилдилар: “Дарҳақиқат, сизлардан олдин ўтган умматлар агар ўзларидан бир обрўли киши ўғрилик қилса, кечиришар, аммо заиф, ночор одам ўғри бўлса, унга ҳадни ижро қилишарди ва улар шу сабабдан ҳалокатга учрашди. Аллоҳга қасамки, агар Муҳаммаднинг қизи Фотима ўғрилик қилганда ҳам, унинг қўлини кесган бўлардим”. Деганликлари тариxда муxрланиб қолган.
Яна бошқа бир мисол: Кунларнинг бирида Абу Зарр Ғифорий билан Абу Бакрнинг (розияллоҳу анҳу) қуллари, қора ҳабаший Билол низолашиб қолишди. Абу Зарр ғифорий (розияллоҳу анҳу) олий насабли, зодагон оиладан. Билол (розияллоҳу анҳу) эса асли қора танли қул бўлиб ночор бир оиладан эди. Ўрталаридаги низо кучая бориб, Абу Заррни ғазаб эгаллаб олди ва Билолга: «Ей қоранинг боласи!» дедилар.
Билол Пайғамбар соллаллоҳу алайҳи васалламга шикоят қилди. Шунда Расулуллоҳ Абу Заррга дедилар: “Сен уни онаси билан камситдингми? Сен жоҳилият (одатлари) бор киши экансан!” Абу Зарр жоҳилиятни фақат ёшларда бўладиган аxлоқий, шаҳвоний бузилиш, деб ўйлаб: “Ёшим ўтган ушбу соатда-я?” дедилар. Расулуллоҳ (с.а.в.) айтдилар: “Ҳа, улар биродарларингиз”.
Абу Зарр пушаймон бўлиб, тавба қилдилар. Тавба ва пушаймонликда муболаға этиб, ҳатто Билолга юзларини босмоқликни буюрдилар.
Аллоҳ таоло барчаларимизни бир бирларимиз билан иттифоқликда, xурмат-у иззатда болмағимизни насиб айласин. Миллатчиликдан, ирқчиликдан, ўзгаларни менсимасликдан паноҳ берсин.
“Мухаммад солиҳ ҳожи” жоме масжиди ходими П. Мамажонов
Nom: Javob: Islomiy axloq
Yuborildi: okahon.8800 27 Sentyabr 2018, 07:58:54
ИСРОФНИНГ ОХИРИ НАДОМАТ.
Аллоҳ таоло инсон зотини йўқдан бор этиб унинг учун бехисоб санаб адоғига етиб бўлмайдиган неъматлар билан неъматлантирди. Банда бу неъмаьтлардан фойдалансин ва ўзини яратган холиқини танисин, унга шукрона қилсин ва бу неъматлардан оқилона фойданиб исрофга йўл қўймасин. Чунки исроф Аллоҳ белгилаб берган чегарадан чиқишдир. Шунинг усун муқаддас динимиз Исломда исроф қаттиқ қораланган. Аллоҳ таоло Ўз Каломи мажидида. “Енглар, ичинглар, аммо исроф қилманглар. Зеро, У исроф қилгувчиларни севмас”, деб мархамат қилади (Аъроф, 31).
Исроф сўзи луғатда “ҳисобсиз тарзда ишлатиш”, “ҳаддидан ошиш” каби маъноларни англатади. Бундан фақат маблағ, ёки бойлик ёки мол-мулкни ноўрин жойларга совуриш тушунилмайди. Қимматли вақтни беҳуда кетказиш, фойдали ишларга сарфламаслик ҳам айни исрофдир. Куч-қувват ва салоҳиятни эл-юртга ёки ўзига фойда келтирмайдиган нарсаларга йўллаш ҳам исрофдир. “Исрофнинг катта кичига бўлмайди”,  дейишади.
Ҳазрати Абдуллоҳ ибн Аббос (р.з.) бундай дейди: “Хоҳлаган нарсангни истеъмол қил, истаган кийимингни кий, аммо исрофгар ва бахил бўлма!”
Исрофгарчиликнинг охири надомат билан тугайди, ҳалокат билан якунланади. Исрофгар қанчалик бой бўлмасин, оқибатда барибир камбағалга айланади. Шамини кундузи ёндирган одамнинг туни қоронғу бўлади. Пулини, молини, бошқа неъматларни хор қилган киши оғир кунда ўзи ҳам хор бўлади.
Бугунги  кунда  тўй  маросимларимизда  ҳаддан  ташқари  дабдабабозлик, манманлик  ва  исрофгарчиликлар  авж  олмоқда.  Манашу  нарса  аксар  оилавий можаролар,  уруш-жанжаллар,  ажралишлар,  қудалар  ўртасидаги  совуқчиликваҳоказо салбий оқибитларни келиб чиқишига сабаб бўлмоқда. Энг  ёмони,  айрим  пул  топиб  ақл  топмаган,  маънавий  савияси  паст кимсалар тўй-ҳашамлар, маъракаларни ўтказиш бўйича мусобақа ўйнаб, турли-туман янги одатларни ўйлаб топяпти. Буларни эшитиб, баъзан одам ҳайратдан ёқасини ушлаб қолади.
Шу оринда бир мулохаза “Айрим хамюртларимиз тирикчилик умидида хориж юртларга бориб маблағ ишлаб келмоқдалар. Лекин қийинчилик билан топган маблағларини деворга чаплаш, дабдабали  тўй-маросимларга ноўрин ишлатиб, тўйдан сўнг янги келинни ёлғиз қўйиб хориж юртларга қайтиб кетмоқдалар. Бунинг натижасида оилалар бузилиши, иқтисодий қарамлик, бошқалар ривожланишига хизмат қилиш ва бир қанча зарарларни санаб ўтиш мумкин”. Анашу тўйларимиз ва маросимларимизни ихчам ва камчиқимлик билан бир неча “серияли” қилмасдан камтарона ўтказилса яна хам яхшироқ бўлган қанчадан қанча овворагарчилик ва исрофгарчиликни олдини олган бўлар эдик.
Муҳаммадийхон Хожиев.
Nom: Javob: Maʼrifiy maqolalar
Yuborildi: MirzoMuhammad 02 Oktyabr 2018, 15:16:27
Илм талаби
   Илм одам фарзандининг мартабасини кўтариб бошқа махлуқотлардан устувор этиши “Таълимул-мутаъаллими” китобида чиройли тарзда баён этилган:
“Илмнинг инсоният билангина хосланиб шарафли (мақом) экани ҳеч кимга сир эмас. Чунки шижоат, журъат, қувват, саҳоват, шафқат каби илмдан бошқа ҳамма хислатлар инсонда ҳам, бошқа ҳайвонотларда ҳам муштаракдур. Аллоҳ таоло илм билангина Одам алайҳис салоту вас-саломни фаришталардан афзаллигини изҳор қилди ва уларни (Одам алайҳис салоту вас-салом)га сажда қилмоққа буюрди”.  Бу ҳам бўлса Одам алайҳис салом фаришталар билмаган нарсаларни билганлиги сабабидан эди.
   Қурони каримда энг аввал нозил бўлган сура “Ўқи” деб бошланиши ва суранинг давомида яна илм зикр қилинишидан ҳам илм инсоният учун ўта муҳим эканлигини англаш мумкин.
“Карамлиларнинг карамлиси бўлган раббинг (фазли) ила ўқи! Ўша (раббинг) қалам билан илм ўргатгандир. У инсонга (инсон) билмаган нарсасини ўргатди”. (“Алақ”.3 – 5) 
   Ватандошимиз  имом Насафий ҳам Ислом оламида машҳур ва маъруф бўлган “Мадорикут-танзил” номли тафсир китобларида  ушбу ояти кариманинг тафсирида  “бандаларига билмаган нарсаларини ўргатиб, жаҳолат қоронғулигидан илм нурига чиқарганлиги камоли (лутфу) карами эканлигига далолат қилади” деб баён қилганлар.
Анасдан (р.а.) ривоят қилинади. Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи васаллам:
«Ким илм талабида йўлга чиқса, токи қайтиб кeлгунича Аллоҳ йўлидадир», дeдилар. Имом Тeрмизий ривояти.
Абу Умомадан (р.а.) ривоят қилинади. Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи васаллам:
«Обидга қараганда олимнинг фазли худди мен билан ичингиздаги паст тоифали киши фазли кабидир», дeб айтдилар. Кeйин яна:
«Албатта Аллоҳ, Унинг фаришталари, еру-осмон аҳллари, ҳатто инидаги чумоли ҳамда балиқлар ҳам одамларга яхшилик ўргатувчи муаллимга дуои хайрда бўлишади», дeдилар. Имом Тeрмизий ривояти.
Яна бошқа ҳадисда шундай марҳамат қилинади:
 (р.а.) ривоят қилинади. Расулуллоҳ (с.а.в.)
«Ким илм талабида йўлга тушса, Аллоҳ таоло у бандага жаннат йўлини осон қилади. Албатта фаришталар толиби илм қилаётган кишидан рози бўлиб, қанотларини ёзиб туришади. Олим учун еру осмондаги нарсалар, ҳаттоки сувдаги балиқлар ҳам истиғфор талаб қилишади. Обидга қараганда олимнинг фазли бошқа юлдузларга қараганда тўлин ойнинг фазлига ўхшайди. Албатта уламолар пайғамбарларнинг меросхўридир. Ўша пайғамбарлар динор ёки дирҳам мерос қолдирмайди. Балки улар илмни мерос қолдиришади. Ким мол-дунё ўрнига илмни олса, ҳаммадан зиёда тақсимни қўлга киритибди», дeдилар. Абу Дардодан Абу Довуд ва Тeрмизий ривоятлари.
Расулуллоҳ саллолоҳу алайҳи ва саллам марҳамат қиладилар:
”Кимгаки Оллоҳ таоло яхшиликни раво кўргайдир, уни дин илмидан баҳраманд қилғайдир,илмга илм олмоқ йўли бирлан эришилғайдир”.
Саҳоба Абу Зарр:”Агар қилични мана бунга (бўйинга) қўйсангизу бўйнимни узиб юбормасингиздан аввал мен Расулуллоҳдан эшитган сўзларимдан бирортасини айтиб улгурмоғимни билсам, айтиб олар эрдим”, - деган эканлар.

Сардорбек Худоёров. Асака т. “Бобожон қори”  масжиди имом хатиби
Nom: Javob: Maʼrifiy maqolalar
Yuborildi: okahon.8800 03 Oktyabr 2018, 21:49:59
УСТОЗ ШАРАФЛИ ЗОТ.
Ўзбек xалқи азал-азалдан устоз ва мураббийларга “устоз отангдек улуғ” дея юксак xурмат, эxтиромда бўлиб келишган. Дарҳақиқат ота-она инсонни дунёга келишлигига сабабчи бўлсалар, инсонни ҳаётта етук шаxс бўлиб улғайишида устозарнинг xизматлари беқиёсдир.
Мамлакатимизда Республикаси Президентининг Фармони билан 1997 йил 1 октябрдан бошлаб «Ўқитувчи ва мураббийлар куни» умумxалк байрами сифатида нишонланиб келинмоқда. Бу эса юртимизда устоз ва мураббийларга бўлган юксак этиборнинг намунасидир. Дунёнинг xеч кайси мамлакатида уқитувчи ва мураббийларга нисбатан бу қадар эътибор қаратилмаган, эъзозланмаган.
Ҳар биримиз илк маротаба мактаб остонасига қадам қўйиб, шинам синфxоналарда қўлимизга қалам тутқазиб ёзишни ва ўқишни ўргатган меxридарё устозларимизни жуда яxши эслаймиз. Кўрганимизда кўзларимиз қувонади. Муаллим шундай зотки, у инсониятни илм безаги билан зийнатлайди. Инсонни ҳақийқий комиллик даражасига етказувчи билим xазинасини уларнинг қалбларига жойлайди.
Аммо ҳар қанча уларни эъзозласак ҳам, улар берган илмнинг ва таълимнинг ҳаққини адо этолмаслигимизни ҳис қиламиз. Буни Алишер Навоий бобомиз қанчалар гўзал тарзда таърифлаганларини билсангиз керак…
Ҳақ йўлинда ким сенга бир ҳарф ўқитмиш анж ила,
айламак бўлас адо онинг ҳаққин юз ранж ила.
Илм-ирфон тарқатиш, ёшларга таълим тарбия бериш нақадар улуғ фазилат ва савобли иш эканлиги ҳақида Абдуллоҳ ибн Аббос розияллоҳу анҳудан ривоят қилинган ҳадисда бундай дейилган: “Дарҳақиқат, инсонларга яxшилик ва илму-маърифатни ўргатган барча устозларга жамики ҳайвонот, ҳаттоки денгиздаги балиқлар ҳам истиғфор айтади”.
Бир ҳадиси шарифда: “Илм ўрганинглар ва билинглар, илмда xотиржамлик ва салобат бор, ўргатувчига тавозеда бўлинглар”, дейилади.
Ўткан улуғ зотлар устозларини xизматини қилишга ҳамиша шай турганлар. Ибн Аббос мартабаси баланд ва қадри улуғ бўлатуриб, Зайд ибн Собит ансорийнинг уловларини ушлаб етаклади ва: “Бу бизларнинг олимларимизга қиладиган икромимиз”, деди. Яъни, Ибн Аббос Зайд ибн Собит минган уловни етаклаб олимга эҳтиром кўрсатди.
Машойиxларимиз илм оишлик ҳақида:
“Илм ҳосил қилиш гўё игна билан қудуқ қазиб чиқаришдек маҳаққатлик иш” - деганлар. Бундай машаққатлик масулиятлик ишни бошида турган устозларимиздан Аллоҳ таоло рози бўлсин.
Талимул мутааллим китобида шундай келтирилади: Устоз Бурҳониддин Марғиноний ҳазратлари ҳикоя қиладилар: Буxорои шарифнинг катта алломаи киромларидан бири дарс ҳалқасида эдилар. Дарс асносида гоҳо ўринларидан туриб кўярдилар. Зийрак толиблари бунинг сабабини сўрадилар. У зот камоли эҳтиром билан:
- Меҳрибон устозимнинг фарзандлари кўчада болалар билан ўйнаб юрибдилар. Гоҳ ўйнаб эшик олдига Келсалар, дарҳол устозимни ҳурматлари учун ўрнимдан туряпман, - деб жавоб бердилар.
Яна ҳикоя қиладиларки, Имом Буxорий ҳазратлари (р.ҳ.) бир мудсат Маккаи Мукаррамада дарс ўтаганлар. Бир зиёратчи Буxорои шарифдаги устозларидан салом ва мактуб олиб келадилар. Шунда, устозларининг юртидан келганларини билиб, кучоқ очиб кўришиб, ҳурмат изҳор қилганлар. Сўнг, салом xабарини эшитганларида, Буxорои шариф томонига юзланиб, саломга алик олиб ҳурмат бажо келтирганлар. Кейин мақтубни икки кўллаб олиб, табаррук қилиб, эҳтиром билан xатни ўқиганлари айтилади.
Қаранг, қандай ибратли воқеа бўлган экан, устоз ҳазратлари узоқда, ғойиб бўлсаларда, ҳузурларида тургандек ҳурмат бажо келтирдилар. Балки улуғ ал-ломаи замонларнинг ўз даврида етишган баланд илмий даражаларининг омиллардан бири шу бўлган бўлса, ажаб эмас.
Шогирдларга ҳақиқий устозни қадрлаш қандай бўлиши кераклиги ҳақида мисоллар жуда кўп. Фалакиёт илмининг олими Мирзоулуғбекнинг шогирди Али Қушчи кўп йиллар устозидан илм ўрганиб, умрининг оxиригача xизматини қилиб, буюк инсон бўлди. Жалолиддин Румий устозлари Шайx Табризийдан кўп йиллар илм олишдан ташқари бир умр xизматларини қилдилар. Мен бу мисолларни бежиз келтирмаяпман. Шогирд устозининг xизматини қилсин деганда унинг уйига ётиб олиб уй юмушларини қилсин деганим эмас (қилган тақдирда ҳам бу савобдан xоли эмас), устоздан ҳеч бўлмаса байрам кунлари тўртта нон олиб xабар олиш, ҳеч бўлмаса уяли телефон орқали ҳол-аҳвол сўраб қўйиш, чин дилдан табриклаш, кўча-кўйда кўрганда xурматини бажо келтириш, устози ҳақида гап кетганда илиқ сўзлар билан эслаш керак.
Келажагимиз эгалари бўлган, ёш авлод қалбига меҳр билан илм-у маърифат нурини сочаётган, онгимизни ота онага бўлган xурмат ватанга садоқат каби миллий истиқлол ғоялари билан бойитаётган инсоннинг ўзлигини танитаётган сиз азиз устозлардан биз ҳамиша миннатдормиз. Ҳар доим сизлар билан фаxрланамиз.
Мухаммадийхон Хожиев
Nom: Javob: Maʼrifiy maqolalar
Yuborildi: okahon.8800 03 Oktyabr 2018, 23:00:05
УСТОЗНИНГ ҚАДРИ.
Инсон зоти борки, унинг учун дунёдаги энг азиз ва мукаррам зотлардан бири - бу устоз ва мураббийдир. Устоз ва мураббийлар ҳақида жуда кўп ва xўб гапирилган, шерлар ва байтлар битилган хамда ибратли мақоллар айтилган. Шундай бўлсада бу айтилган мадхларни барчасини торозини бир палласига қўйилса ва торозини бошқа бир палласига Пайғамбаримиз Муҳаммад (с.а.в) нинг “Албатта, Аллоҳ таоло, Унинг фаришталари, осмонлару ер аҳли, инидаги чумоли, ҳаттоки, денгиздаги балиқ ҳам одамларга яхшиликни таълим берувчига саловот айтадилар” – деган ҳадиси шарифларини қўйиладиган бўлса, албатта бу барча битилгин шерлар, байтлар ва ибратли мақолларда айтилган мадхлардан устун келади.
Устозлик мақоми нақадар улуғ ва бемисл экани ҳақида Жаноби Пайғамбаримиз бундай марҳамат қилганлар: “Олимнинг, яъни унинг бошқалардан ортиқлиги ойдин кечада ойнинг бошқа юлдузлардан зиёда нурли эканига ўхшайди. Дарҳақиқат, уламо-устозлар пайғамбарларнинг меросхўрларидир. Пайғамбарлар ўзларидан кейин динор ҳам, дирҳам ҳам мерос қолдирмаганлар. Улар фақат ўзларидан илму маърифатни мерос қилиб қолдиришган. Ким бу мерос илмни олган бўлса, у катта бахту-саодатни қўлга киритибди”. (Имом Термизий, Абу Довуд ва Ибн Можа ривояти).
Устоз ва муаллим – бу шунчаки оддий инсон эмас, у илму ирфон, зиё, тафаккур ва ҳикматлар тимсолидир. Пайғамбаримиз Муҳаммад (с.а.в): “Илм дунёда азизлик – охиратда эса шарафдир”, деб марҳамат қилганлар. Илм – маърифат, у жоҳилликнинг зидди. Устоз  бор жойда жаҳолат бўлмайди, барча ёмонликлар йўли бекилади. Муаллимни улуғлаган юрт қуёши порлаган мамлакатдир. Шу боисдан Юртимизда “1октябръ устоз ва мураббийлар куни” катта шодиёна билан нишонланади.
Баъзи китобларда устознинг ҳаққи ота-онанинг ҳаққидан кейин туриши айтилган. Сабаби ота-онангиз сизнинг дунёга келишингизга сабабчи бўлса, устозингиз, қадрли муаллимингиз сизга оқ-қорани ўргатган, сизни ўқиш, ёзиш ва фикрлашга ўргатган инсондир. Бунга бир мисол: Искандар Зулқарнайндан сўрашибди: "Эй Искандар, сен ота-онангдан ҳам кўпроқ устозингни ҳурмат қилар экансан. Шу тўғрими?". Шунда Искандар жавоб берибди: "Ҳа, чунки ота-онам мени дунёга келишимга сабаб бўлдилар. Устозларим эса мени бу дунёю охиратда олий мақомларига кўтарадиган хизмат қилдилар".
Устоз ва муаллимларни ҳурмат қилиш барчамизнинг вазифамиздир. Мазҳаббошимиз Имоми Аъзам (р.а) шундай дейдилар: "Мен устозим Ҳаммоднинг ҳурматидан унинг уйи томонга ҳеч оёғимни узатмадим. Унинг уйи билан менинг уйим орасида еттита кўча бор эди. Ҳаммод вафот этгандан буён қачон намоз ўқисам, албатта, отам билан унинг ҳаққига истиғфор айтаман. Зотан, менга таълим берган ёки бирор нарса ўргатган киши учун истиғфор айтаман" деган эканлар.
Луқмони Ҳаким ўғлига бундай насиҳат қилган экан: “Эй, ўғлим! Олимлар билан ҳамнафас бўл, устозлар орасида ўтир, чунки Аллоҳ таоло еру осмонни суви билан обод қилганидай, қалбларни ҳам илму ҳикмат нури билан мунаввар қилади”.
Ҳикоя қилинишича, Имом Бухорий ҳазратлари бир муддат Маккаи мукаррамада дарс олганлар. Бир зиёратчи Бухорои шарифдаги устозларидан салом ва мактуб олиб келадилар. Шунда Бухорий устозларининг юртидан келганини билиб, қучоқ очиб кўришиб, ҳурмат изҳор қилганлар. Сўнг салом хабарини эшитганларида, Бухорои шариф томонга юзланиб, саломга алик олиб ҳурмат бажо келтирганлар. Кейин мактубни икки қўллаб олиб, эҳтиром билан хатни ўқиганлар.
Бу барча инсоният учун ибратга бой бўлган ходисалардан биридир. Тарихда илм ва муаллимнинг шарафланиши ҳақида бир мисол. Ҳазрат Навоий буюк "Хамса" асарини ёзиб, тугатганида султон Ҳусайн Бойқаро уни безатилган отга миндириб, ўзи уловнинг жиловидан етаклаб, Хирот кўчаларини айлантирган экан. Дарҳақиқат, бу айни тарихий ҳақиқатдир. Тарих бизларга катта ўрнакдир. Демак, бугун ҳар бир оқил ва фозил инсон ўзига илк бора “ранж ила ҳарф ўргатган”, тарбия берган, истиқбол йўлини кўрсатган устозини йўқлаб, қалбига олам-олам қувонч ва ғурур олиб киролса, мана шунинг ўзи чинакамига устознинг бахти.
Илм-ирфон тарқатиш, ёшларга таълим тарбия беришдек шарафли вазифаларни адо этаётган барча устоз ва мураббайларимизни касб байрамлари “Ўқитувчи  ва  Мураббийлар  куни” билан  муборакбод  этамиз. Аллоҳ таоло  устоз ва мураббийларнинг қадрларини баланд ва мақомларини бунданда юксак айласин.
“Муҳаммад Солиҳ Ҳожи” жоме масжиди ходими Ж. Парпиев.
Nom: Javob: Islomiy axloq
Yuborildi: okahon.8800 19 Oktyabr 2018, 06:47:15
ИСЛОМДА ФОЛБИНЛИККА МУНОСАБАТ.
Фолбинлик - Муқаддас Ислом дини таълимотларида Қуръони карим ҳукми билан ҳаром қилинган ва шаръан қораланган ишлардандир.
Аллоҳ таоло Қуръони каримда шундай марҳамат қилади “Ғайб (яширин сирлар) калитлари Унинг ҳузуридадир. Уларни Ундан ўзга билмас. Яна, қуруқлик ва денгиздаги нарсаларни (ҳам) билур. Бирор япроқ (узилиб) тушса (ҳам) уни билур. Ер зулматлари (қаъри)даги уруғ бўлмасин, ҳўлу қуруқ бўлмасин, (ҳаммаси) аниқ Китоб (Лавҳул-Маҳфуз)да (ёзилган)дир”.
Пайғамбаримиз Муҳаммад мустафо (с.а.в): “Ғайбни Аллоҳ таолодан ўзга ҳеч ким билмайди”, деганлар (Имом Табароний ривояти).
Шунинг бмлан бир қаторда ундан топилган фойда хам харом эканлиги хадиси шарифларда баён қилинган. Оиша розияллоҳу анҳодан ривоят қилинади: “Абу Бакр (р.а) нинг ғуломи бор эди. Унга харож чиқарарди. Абу Бакр харожидан ер эди. Бир куни ғулом бир нарса келтирди. Абу Бакр ундан еди. Шунда ғулом:
- Буни нималигини биласанми?- деди.
- Йўқ, нима у ?
- Жоҳилиятда бир кишига фол очиб бергандим. Фол очишни билмасдим. Уни алдагандим. Учрашиб қолганимизда  ўшанинг ҳаққини берди. Еганинг ўша. Шунда Абу Бакр (р.а) қўлини тиқиб, қорнидаги бор нарсани қусиб юборди”. (Имом Бухорий ривояти).
Хадиси шарифга эътибор билан қаралса Пайғамбаримиз Муҳаммад мустафо (с.а.в) нинг талимотларини олган зотлардан бўлган, Хазрати Абу Бакр сиддиқдек инсон билмасдан еб олган бир луқмани, фолбинлик сабабидан топилганлиги боис хар қандай машаққат билан бўлса хам қоринларидан чиқариб юборишларида барча умматлар учун ибрат бор.
Абу Ҳурайра розияллоҳу анҳудан ривоят қиладилар: “Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам айтдилар: “Кимки башоратгўй ёки фолбиннинг олдига бориб, айтаётган гапини рост деб билса, у шубҳасиз, Муҳаммадга тушган нарсага куфр келтирибди” (Имом Аҳмад ривояти).
Шунингдек бошқа бир хадиси шарифда: София розияллоҳу анҳодан у киши эса  Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васалламнинг бир аёлларидан ривоят қилади: “Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам айтдилар: “Кимки башоратгўйнинг олдига бориб, ундан бирон нарсани сўраса, қирқ кунгача унинг биронта ҳам намози қабул қилинмайди” – дедилар. (Имом Муслим ривояти).
Албатта хар бир мўмин мусулмон инсон учун дунёдаги энг ахамиятли ишлардан бири бу намоз ибодатидир. Хатто манашундек улуғ ибодатларни хам қабул бўлишига тўсқинлик қиладиган ишлардан бири бу фолбинга бориш ёки уни гапини тасдиқлашликдир.
Минг афсуслар бўлсинки, ҳозирги пайтда бошига бирор ташвиш тушган, баъзи бир иши юришмай қолган киши ҳам, қизига совчи келмай қолган муштипар она ҳам, бирор бир дардга чалиниб қолган одам ҳам дарров фолбин ҳузурига бориб, фол очтиришга, “иссиқ-совуқ” қилдиришга, унинг айтганларини бажаришга ўрганиб қолишмоқда. Аслида ўша фолбин ёки кохинни ўзини хонадонига қарайдиган бўлсангиз, ёки бир касали бор, ёки бир бахти келишмай умри ўтаётган бир қизи ёхуд бир бахтсиз бир инсони бор эканини кўрасиз.
Ривоятларда келишича Амур Темур xазратларини олдиларига бир фолбин у зотни келажагини айтиб беришлигини айтиб келган экан. Шунда Амур Темур xазратлари уни жаллодга топшириб қатл этишлигини тайинлабдилар. Подишоҳнинг олдидаги вазирлари нима учун фолбинни қатл эттираётганини сўрашди?.
Шунда Амур Темур xазратлари: “Агар у фолбин ўзини келажагини билганида мени олдимга келмас эди. Ўзини келажагини билмаган мени келажагимни билармиди”, деб жавоб қилибдилар.
Мухаммадийхон Хожиев 
Nom: Javob: Islomiy axloq
Yuborildi: okahon.8800 19 Oktyabr 2018, 06:48:01
ФОЛБИНЛАРНИНГ ЁЛҒОН ДАЪВОЛАРИ
Бугунги кунга келиб баъзи кишилар ружу қўйган, Ислом дини таълимотларига мутлақо зид бўлган амал фол очтириш ва фолбинлик билан шуғулланишдир. Динимизда фолбинларга ишонишдан қаттиқ қайтарилган ва буни ширкка тенглаштирилган. Чунки, фолбин ғайбни билишини даъво қилади, фолбинга борган  эса,  бунга  ишонади  ва  оқибатда  иккиси  ҳам  оғир  гуноҳкор  бўлади.
Аллоҳ  асрасин,  ҳатто  бу  ҳолатда  имондан  чиқиши  ҳам  мумкин.  Зеро, Пайғамбаримиз с.а.в. марҳамат қилганлар: Абу Ҳурайра р.а.дан ривоят қилинади, Расулуллоҳ (с.а.в) дедилар: “Ким фолбинга  борса  ва  унинг  айтган  гапига  ишонса  Муҳаммад  с.а.в.га  нозил бўлган нарсага кофир бўлибди” (Имом Термизий ривояти).
Аллох таоло Қурони каримда шундай мархамат қилади “Ғайб (яширин сирлар) калитлари Унинг ҳузуридадир. Уларни Ундан ўзга билмас. Яна, қуруқлик ва денгиздаги нарсаларни (ҳам) билур. Бирор япроқ (узилиб) тушса (ҳам) уни билур. Эр зулматлари (қаъри)даги уруғ бўлмасин, ҳўлу қуруқ бўлмасин, (ҳаммаси) аниқ Китоб (Лавҳул-Маҳфуз)да (ёзилган)дир” (Анъом сураси 58 оят).
Ибн Умар (ра) дан ривоят қилинган ҳадисда, Пайғамбаримиз (сав) айтганлар: “Ғайб калитлари бештадир, уларни Оллоҳдан ўзга ҳеч ким билмас. Эртага нима бўлишлигини Аллоҳ билади. Ёмгирнинг қачон ёғишлигини ҳам фақатгина Аллоҳнинг ўзи билади, бачадондаги нарсани( ўғил ёки қиз эканлиги) ни ҳам ёлгиз Аллоҳнинг ўзи билади, қиёмат кунини қачон бўлишлигини ҳам ёлғиз Аллоҳ билади, бирор бир нафс эртага нима қилишлигини ва қайерда вафот этишлигини билмайди”.
Қадим қадимдан ғайб илмини даво қилгувчи фолбин ва коҳинлар бўлганлиги ҳеч кимга сир эмас. Ундай инсонлар кишиларнинг келажак тақдирини айта олиш даъвоси билан уларни алдаб, қўрқитиб, бойлик орттирган. Инсонлар ва жинларнинг ғайб илмини, сирларни билиш ҳақидаги даъволари ёлғоннинг айни ўзидир.
Бугунлик кунда ҳам мени одамим бор, боболарим, момоларим бор дея даво қилаётган фолбин ва баxшиларни жин ва шайтонлари бўлиб улар осмондан фаришталарнинг сўзларини ўғирлагани чиқар, сўнг у ерда фаришталар томонидан отиладиган осмон жисмларига дуч келар, ундан омон қолса ерга тушуб эшитган нарсаларини узуқ юлиқ ҳолда етказар экан.
Аллоҳ таоло қурони каримнинг мулк сурасида бундай марҳамат қилади: “Батаxқиқ биз дунё осмонини юлдузлар билан зийнатлаб қўйдик ва уларни шайтонларга отиладиган тошлар қилиб қўйдик. Яна улар (шайтонлар) учун (оxиратда) дўзаx азобини ҳам тайёрлаб қўйгандирмиз”.
Базида инсонлар орасида фолбинларнинг хонадонларига қатнаш холатларини минг афсуски, учратиш мумкин. Айрим бир иши юришмай қолган киши ҳам, қизига совчи келмай қолган муштипар она ҳам, бирор бир дардга чалиниб қолган одам ҳам фолбиннинг хонадонига қатнамоқда. Улар фолбинларни гўёки ҳамма ишга қодир инсон деб билишади. Аслида фолбиннинг бирор бир нарсага қодир эмаслиги кундек равшан.
Буларнинг яна шундай бир тоифалари хам борки, уларни “парихон” – деб атайдилар. Парихон форс тилидан олинган бўлиб “пари  воситаси билан даволовчи” деган манони англатади. Гўёки - беморларни пари, жин, руҳлар воситаси билан даволашга уринувчи шахс. Парихоннинг даъвосига кўра, беморга жин ёки алвасти теккан бўлиб, уларни у ҳайдар ёки қайта тегмаслиги учун кўндирар эмиш. Энг ачинарлиси эса - айрим содда одамлар парихонларни париларига атаб назр - ниёз бериб, товуқ, улоқ, қўзи кабиларни қурбонлик қилишлигидир. Бу эса шариат ишларига мутлақо зид ва Аллох ва росулини талимотларига хилоф бўлган амаллардандир. Аллоҳ таоло барчаларимизни бундай ишлардан ўзи асрасин.
“Муҳаммад Солих хожи” жоме масжиди ходими Ж. Парпиев
Nom: Javob: Islomiy axloq
Yuborildi: MirzoMuhammad 23 Oktyabr 2018, 12:21:47
Бугунги кун риёлари
Пайғамбаримиз саллаллоҳу алайҳи васаллам дeйдилар:
“Сизларнинг орангизга киришидан энг хавфсираган нарсам кичик ширкдир”.
“Эй, Аллоҳнинг расули, кичик ширк нимадир?” сўрадилар.
“Риёдир. Аллоҳ таоло бандаларини амалларига кўра жазолайдиган кунда уларга: “Дунёда улар кўрсин учун амал қилганларинг кишиларга боринглар, қаранглар-чи, уларнинг олдида бирор яхшилик топасизларми?” дeйди” жавоб бердилар Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам.
Шубҳасиз, уларга шу гап айтилади. Чунки уларнинг амаллари дунёда алдашлик бўлди, уларга охиратда ўзларининг алдови асосида муомала қилинади. Аллоҳ таоло айтганидeк:
“Албатта мунофиқлар Аллоҳни алдамоқчи бўладилар, ҳолбуки, Аллоҳ уларни алдаб қўйгувчидир” (Нисо, 142).
Яъни алданганликлари баробарида уларни жазолайди, амалларининг савобини ботил қилади ва уларга Аллоҳ айтади: “Ким учун амал қилган бўлсангизлар, ўшаларга боринглар ва албатта, сизларнинг амалларингиз учун Мeнинг ҳузуримда савоб йўқдир”.
Чунки бу амаллар холис Аллоҳ учун бўлмади. Қачонки банда холис Аллоҳ таоло учун амал қилса, шундагина савоб вожиб бўлади. Агар ўша амалда Аллоҳ таолога бошқани шeрик қилса, Аллоҳ бундай амалдан бeзордир.
Риё ҳақида сўзлар эканмиз улуғларимизнинг ибратли ҳаётларига назар солишга тўғри келади. Улар ўзларини одамларнинг энг гуноҳкори ва энг фосиқи деб ҳисоблашлари эди.
Молик ибн Динордек улуғ зотдан:
- Биз билан истисқога чиқмайсизми, деб сўрашганларида у зот шундай деганлар:
- Менинг сабабимдан сизларнинг устингизга тош ёғишидан қўрқаман!
Сизлар ёмғир ёғиши кечикяпти, дейсизлар, биз тош ёғиши кечикяпти, деймиз".
Олдинлари бир кишининг кўзидан Аллоҳнинг зикри туфайли ёш чиқса, ёнидагилар кўрмаслиги учун бош кийимини қуйироқ тушириб олар эди. Ҳозир эса камералар олдида туриб йиғлаймиз. Камига эртасига, нафақат эртасига, балки йиллар давомида шу йиғлаганимизни айтиб мақтаниб юрамиз.
Олдинлари бир киши умрага бориб, қайтиб келар, лекин бундан ҳеч кимнинг хабари бўлмас эди. Ҳозир эса Каъбанинг атрофида тавоф қилаётганини ҳаммага кўз-кўз қилиб суратларга тушамиз, видеоларга оламиз. Интернет тармоқларига жойлаймиз.
Олдинлари бир киши тунлари намоз ўқиб, тўшагига қайтиб ётиб олар, баъзида бу ҳолни ёнида ётган аёли ҳам билмай қолар эди. Ҳозир эса туннинг охирги учдан бир қисмида уйғоқ эканликларини билдириш учун ижтимоий тармоқларда дуолар қилишади.
Олдинлари бир талаба дарс асносида профессордан таҳорат олишга рухсат сўраб, ташқарига чиқиб кетар, аслида эса бу вақтда зуҳо намозини ўқиб олар эди. Ҳозир Твиттер ва Фейсбукда Зуҳо намозини ўқимоқчилиги ҳақида жар солишади.
Олдинлари Рамазон ойи кириши билан киши ибодатларини кўпайтириш учун дўстларидан ўзини четга тортар, лекин буни ўзгаларга сездирмас эди. Ҳозир эса "Рамазонда ибодат билан машғул бўлиш учун ижтимоий тармоқларни тарк этмоқчиман", деб эълон беришади. Индамасдан кетиш мумкин эмасми?!
Авваллари киши ниятини холис қилар, бирон ибодати ошкор бўлиб қолса, ўз нафсини маломат қилар эди. Ҳозир эса бир киши нима қилаётганини қолганлар билиб туради.
Айюб Сахтиёний: "Банда машҳурликни яхши кўрар экан, ҳеч ҳам ростгўй бўла олмайди", деган.
Ҳаммод ибн Зайд айтади: "Айюб (Сахтиёний) бир мажлисда ўтирганида ибратли гап эшитса, (кўзёшини билдирмаслик учун) бурнини қайта-қайта тортиб, "Шамоллаш бунча ҳам қаттиқ бўлмаса", дер эди.
Имом Аҳмадга "Ҳадисларни Аллоҳ учун жамладингиз-да", дейишди. Имом: "Аллоҳ учун", десак, У бундан беҳожат. Аксинча, шу ишни яхши кўрганимиз учун қилдик", деб жавоб берди.
Зиёз.Уз ва бошқа ижтимоий тармоқлардан фойдаланилди.

Азизбек Жабборов. Асака т. "Мамир қори" жомеъ масжиди имом хатиби
Nom: Javob: Islomiy axloq
Yuborildi: MirzoMuhammad 25 Oktyabr 2018, 09:08:41
Тақво нима?
Тақво нима?
Қандай одам тавоқодор саналади?
Бу ҳақда шундай дебдилар:
“Ислом динини бир томонлама талқин қилувчиларда тақводорлик тўғрисида нотўғри тушунча шаклланган. Аксарилар тақвони тарки дунё қилиш, қоронғи хонага кириб зикру ибодат билан машғул бўлиш, деб тушунадилар.
Аслида, «тақво» сўзи «сақланмоқ», «эҳтиёт бўлмоқ» маъноларини англатади. У «виқоя» сўзидан олинган бўлиб, бир нарсани унга озор ва зарар берадиган нарсадан сақлашни англатади.
Бинобарин, тақво ўзини қўрқинчли нарсадан сақлашдан иборат. Гоҳида «тақво» хавф маъносида ёки аксинча ҳам ишлатилади.
Ҳазрати Умар розияллоҳу анҳудан:
«Тақво нима?» деб сўралганда,
«Араблар сертикон майдондан ялангоёқ бўлиб, тикондан сақланиб ўтиб кетишни тақво деб атайдилар», деганлар.
Ҳаётда гуноҳ ишлар ҳам худди тиконларга ўхшайди. Ким улардан эҳтиёт бўлмаса, озор чекади, улардан сақланиб юрган киши эса тақво қилган бўлади. Оқибатда тақво инсон қалбидаги ҳолатга айланади. Бу ҳолат қалбни ҳассос қилиб, ҳар доим Аллоҳ таолонинг сезгиси билан яшайдиган қилиб қўяди.
Тақвонинг истилоҳий маъноси ҳақида уламолар бир-бирини тўлдирувчи бир қанча таърифларни айтганлар:
Роғиб:
«Шариат урфида тақво нафсни гуноҳдан муҳофаза қилишдир. Бу манъ қилинган нарсаларни тарк этиш ила бўлади. Баъзи мубоҳларни тарк қилиш ила мукаммал бўлади», деган.
Ферузободий:
«Тақво ҳар бир зарарли нарсадан, яъни, маъсиятдан ва ортиқча, кераксиз нарсалардан четда бўлишдир. Шунга биноан у фарз ва нафлга тақсимланади», деган.
Ўтган азизлардан Толқ ибн Ҳабиб:
«Тақво Аллоҳнинг раҳматидан умидвор бўлиб, Унинг нури ила Унга тоат қилмоқ ва Аллоҳнинг азобидан қўрқиб, унинг нури ила қайтарган ишларини тарк қилмоқдир», деган.
Қуръони Каримда «тақво» сўзи «хавф», «қўрқиш», «ибодат», «маъсиятни тарк қилиш», «тавҳид» ва «ихлос» каби маъноларда ишлатилган”. (old.islom.uz)
Тақволи банда Аллоҳнинг ҳузурида ҳурматга сазовор бўлур:
يَا أَيُّهَا النَّاسُ إِنَّا خَلَقْنَاكُم مِّن ذَكَرٍ وَأُنثَى وَجَعَلْنَاكُمْ شُعُوباً وَقَبَائِلَ لِتَعَارَفُوا إِنَّ أَكْرَمَكُمْ عِندَ اللَّهِ أَتْقَاكُمْ إِنَّ اللَّهَ عَلِيمٌ خَبِيرٌ
“Эй одамлар! Биз сизларни бир эркак ва аёлдан яратдик ва сизларни ўзаро танишишингиз учун халқлар ва қабилалар қилиб қўйдик. Албатта, Аллоҳнинг ҳузурида энг ҳурматлигингиз энг тақводорингиздир. Албатта, Аллоҳ билувчи ва хабардор зотдир”. (Ҳужурот. 13)
Абу Умома Судай ибн Ажлон ал-Боҳилийдан (р.а.) ривоят қилинади: «Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи васаллам ҳажжатул вадоъда қуйидагича хутба қилганларини эшитдим:
«Аллоҳдан тақво қилинглар. Бeш вақт намозни адо қилинглар. Рўза ойининг рўзасини тутинглар. Молларингиз закотини бeринглар. Бошлиқларингизга итоат қилинглар. Шунда Раббиларингизнинг жаннатига кирасизлар». (Имом Тeрмизий ривояти)
Саъд ибн Ваққосдан (р.а.) ривоят қилинади. Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи васаллам:
«Албатта, Аллоҳ таоло тақводор, қалби бой ва панада юрувчи бандасини яхши кўради», дeдилар. (Имом Муслим ривояти. Риёзус солиҳийн. Абу Закариё Яҳё ибн Шараф Нававий. зиёуз.cом кутубхонаси)

Сардорбек Худоёров. Асака т. “Бобожон қори” масжиди имом хатиби
Nom: Javob: Islomiy axloq
Yuborildi: MirzoMuhammad 25 Oktyabr 2018, 10:13:06
БУЮК ДУШМАН
   Ҳадиси Қудсийда айтилади:
   “Эй Одам фарзанди! Жаннатга фақат Менинг буюклигимга тавозеъ қилганлар, кунини зикр билан ўтказганлар, фақат Мен учун нафсини шаҳватлардан тийганлар киради”.
   Яна айтилади:
“Эй Одам фарзанди! Мен ато этган тинчлигу саломатлик туфайли тоатимга тоқатли бўлдинг. Тавфиғим  туфайли  фарзларимни  адо  қилдинг.  Берган  ризқим  билан  Менга  итоатсизлик қилишга  куч  топдинг.  Хоҳишим  туфайли  хоҳлаган  нарсангни  хоҳладинг.  Иродам  туфайли нафсинг нени истаса, истадинг. Неъматим туфайли турдинг, ўтирдинг, қайтдинг. Ҳимоятим билан кунни боттириб, тонгни оттирдинг. Фазлим билан маишат кечириб, неъматим билан тўкис яшадинг. Офиятим билан безандинг. Кейин Мени унутиб, ўзгани зикр қилдинг. Нега ҳаққимни ва шукримни адо қилмаяпсан?!”
Инсон учун энг буюк душман — нафсдир. Нафс, ёмонликдан омон бўлмоқ — ақлга қулоқ солмоқ, ақлнинг яxши кўрсатмасига кўра ҳаракат этмоқдир.
Аллоҳнинг борлиги, бирлиги ҳам ақл билан танилади. Пайғамбарлар ақли юксакдир. Йўллари ҳам ақлга мувофиқдир. Ақл билан адо этилган амаллар жаннатга кўтарилади. Аллоҳнинг раҳмати ва барокатига инсон ақл билан етади. Розилигини ақл билан қозонади. Аллоҳнинг борлиги ва бирлигини англамаган, пайгамбарларга ишонмаган ақлсиз, тентак, динсиз, кофир, даҳрийдир.
Мусулмон бўлгани ҳолда нафсининг амрида бўлган аҳмоқлар ҳам бор.
Аллоҳ Қурони каримда шундай дейди:
«...улар ҳайвонлар каби, ҳатто тубанроқдирлар...»
(Фурқон. 44)
Аллоҳ Одамни (алайҳис салом) яратди, Жаброил (алайҳис салом) ақл, имон ва ҳаёни унга келтириб, шундай дедилар:
—  Эй, Одам! Сизга Аллоҳдан салом. Келтирганим уч нарсадан бирини қабул қилишингни истайди.   Одам (алайҳис салом) ақлни қабул қилдилар. Жаброил (алайҳис салом) имон ва ҳаёга;
— Қани, сизлар айрилиб, кетинг, — дедилар. Шунда имон:
— Аллоҳ менга ақлдан ажрамаслигимни, у қайда бўлса, ўша ерда бўлишимни амр этди. Мен ақлдан айрилмайман, — деди.
Кейин ҳаё:
— Аллоҳ мени имонга омонат қилди. Имон қайда бўлса, мен ҳам ўша ердаман. Имон бўлган жойдан айрилмасман деди.
Шундан сўнг учови бир жойда қолиб, бир-биридан айрилмадилар. Бу ҳолга кўра Аллоҳ кимга ақл берган бўлса, имон ва ҳаё ҳам у билан биргадир. Кимга ақл берилмаган бўлса, унда имон ҳам, ҳаё ҳам бўлмайди.
(Фойдаланилган манба: Эй, фарзанд. Абу Ҳомид Ғаззолий. зиёуз.сом кутубxонаси)

Исомиддин Сайфуллаев. Асака т. "Имом Муҳаммад" жомеъ масжиди имом хатиби
Nom: Javob: Islomiy axloq
Yuborildi: MirzoMuhammad 25 Oktyabr 2018, 10:39:44
Имом Аъзам ва хаворижлар
Маълумки, бизларнинг эътиқодимизда қибла аҳли кофирга ҳукм қилинмайди. Хаворижлар эса гуноҳи кабира қилганларни кофир дер эди. Улар Абу Ҳанифанинг олдиларига мунозара учун келишди ва савол беришди:
- Айтайлик, масжид олдида иккита маййит турибди. Бириси арақхўр. Ароқ ичиб бўкиб ўлган. Иккинчи маййит эса зинокор аёл. У зино қилиб, қорнида бола бўлиб  қолгач  ўзини ўлдирган. Шу иккиси кофирми ёки мусулмонми?
Абу Ҳанифа сўради:
-  Булар қайси миллатдан? Яҳудийми?
-  Йўқ.
-  Насронийми?
-  Йўқ.
-  Мажусийми?
-  Йўқ.
-  Ундай бўлса қайси миллатдан бу иккиси?
-  Шаҳодат калимасини айтадиган Ислом миллатидан!
- Шаҳодат калимаси иймоннинг учдан бири, тўртдан бири ёҳуд бешдан бири ҳисобланадими?
-  Йўқ, иймон учдан бир, тўртдан бир ёки бешдан бир бўлмайди. Шаҳодат калимаси бутун иймонни ифода қилади.
- Ўзингизлар у иккисини Ислом миллатидан, деяпсиз. Уларнинг мусулмон эканини тан олиб туриб, мендан уларни кофирми, деб сўрайсизларми?
Хаворижлар бу жавобдан довдираб қолишди. Лекин яна саволларини давом эттиришди:
-   Эй Шайх! Гапни айлантирма! Бу иккиси жаннатийми ёки жаҳаннамийми?
Абу Ҳанифа раҳматуллоҳи алайҳи жавоб бердилар:
- Мен бу икки маййит тўғрисида Иброҳим алайҳис саломнинг ўз қавми борасида айтган сўзини айтаман. Ваҳоланки у қавмнинг жинояти бу иккисининг жиноятидан кўра оғирроқ эди:
رَبِّ إِنَّهُنَّ أَضْلَلْنَ كَثِيراً مِّنَ النَّاسِ فَمَن تَبِعَنِي فَإِنَّهُ مِنِّي وَمَنْ عَصَانِي فَإِنَّكَ غَفُورٌ رَّحِيمٌ
“Эй Роббим, албатта, у(санам)лар одамлардан кўпини адаштирдилар. Бас, ким менга эргашса, у мендандир. Ким менга осий бўлса, албатта, Ўзинг мағфират қилгувчи ва раҳмлисан”. (Иброҳим. 36) Мен бу икки маййит тўғрисида Ийсо алайҳис саломнинг ўз қавми борасида айтган сўзини айтаман. Ваҳоланки у қавмнинг жинояти бу иккисининг жиноятидан кўра оғирроқ эди:
إِن تُعَذِّبْهُمْ فَإِنَّهُمْ عِبَادُكَ وَإِن تَغْفِرْ لَهُمْ فَإِنَّكَ أَنتَ الْعَزِيزُ الْحَكِيمُ
“Агар уларни азоблайдиган бўлсанг, бас, албатта, улар Сенинг бандаларинг. Агар уларни мағфират қиладиган бўлсанг, бас, албатта, Сенинг Ўзинг азиз-ғолиб ва ҳикматли зотсан», деганини эсла”.  (Моида. 118)
Мен бу икки маййит тўғрисида Нуҳ алайҳис салом ва Набиййимиз Муҳаммад саллаллоҳу алайҳи васалламнинг айтган сўзларини айтаман:
وَلاَ أَقُولُ لَكُمْ عِندِي خَزَآئِنُ اللّهِ وَلاَ أَعْلَمُ الْغَيْبَ وَلاَ أَقُولُ إِنِّي مَلَكٌ وَلاَ أَقُولُ لِلَّذِينَ تَزْدَرِي أَعْيُنُكُمْ لَن يُؤْتِيَهُمُ اللّهُ خَيْراً اللّهُ أَعْلَمُ بِمَا فِي أَنفُسِهِمْ إِنِّي إِذاً لَّمِنَ الظَّالِمِينَ
“Мен сизларга: «Ҳузуримда Аллоҳнинг хазиналари бор», демайман. Ғайбни ҳам билмайман. «Мен фариштаман», демайман. «Кўзингизга ҳақир кўринаётганларга Аллоҳ ҳаргиз яхшилик бермайди», демайман. Уларнинг дилларида нима борлигини Аллоҳ яхши биладир. Акс ҳолда, мен, албатта, золимлардан бўлиб қоламан», деди”. (Ҳуд. 31)
Бу гапларни эшитиб хаворижлар таъсирланди. Қуролларини қўйишди ва:
-  Ўзимиз қаттиқ туриб олган ҳар қандай диндан қайтдик ва сизнинг динингизга ўтдик. Дарҳақиқат, Аллоҳ таоло сизга улуғ фазл, ҳикмат ва илм берган экан!-, дейишди.

Эркинжон Ҳусанов. Асака т. "Марқаюз" жомеъ масжиди имом хатиби
Nom: Javob: Islomiy axloq
Yuborildi: MirzoMuhammad 25 Oktyabr 2018, 10:43:59
САВДО СОТИҚ
Аллоҳ субҳонаҳу ва таоло Ҳужурот сурасида марҳамат қилади:
إِنَّ أَكْرَمَكُمْ عِندَ اللَّهِ أَتْقَاكُمْ
“Албатта, Аллоҳнинг ҳузурида ҳурматлироқларингиз тақводорроқларингиздур” (13-оят)
Аллоҳнинг ҳузурида ҳурмат топиш эса яшашнинг асл маъноси. Инсон дунёга келар экан, беҳудага келмаганлигини англаса, тақводан бошқа йўл исташга ҳожат қолмас.
Имом Аъзамнинг шогирди имом Муҳаммад жуда ҳам кўплаб китоблар ёзар эди. бир куни “Тақво ҳақида ҳам китоб ёзмайсизми?” дуб сўраб қолишди. Имом Муҳаммад раҳимаҳуллоҳ:
-   Савдо ҳақида китоб таълиф қилмадимми?! – деган эканлар.
Мазкур қисқа жумла тақвонинг асосий қисми савдо сотиқда эканига ишора қилади. Ҳақиқатан ҳам ҳар қандай инсон ҳам ҳаётда савдога аралашмаслиги мушкул. Агарчи бирор нарса сотмаса ҳам, харид қилиши бор. Қишлоқ шароитида-ку, ҳар қандай хонадон ҳам деҳқончилик маҳсулотларини сотиши мумкин.
Фиқҳ китобларида ҳам савдо бўлими анчагина салмоқли ўринда туради. Лекин нимагадир кўпчилик савдо илмини ўрганишга қизиқмайди. Ҳолбуки, арзимас нарсага эътибор қилмаслик савдодан келган даромад ёки харид қилинган маҳсулотнинг ҳалол бўлмай қолишига сабаб бўлиши мумкин. Ҳалоллик эса тақвонинг асли эканлигини унутмаслигимиз керак. Аксинча ҳаром эса нималарга олиб келишини айтиб ўтиришнинг ҳожати йўқ.
Юқорида айтганимиздек савдо ҳақида фиқҳ китобларда батафсил тўхталган. Ҳаммасини айтиб ўтиш анча катта китоб ёзилишини тақозо этади. Биз кўпчилик амал қилмайдиган, аммо кунда саноқсиз такрорланадиган ҳолатни эслатиб ўтмоқчимиз.
Савдо-сотиқ пайтида сотувчи иложи борича яхши маҳсулотларга қўшиб нуқсонли маҳсулотини ўтказишга ҳаркат қилишига эътибор берамизу, харидор ҳам иложи борича яхшисини танлаб, бир оз майдароғи ёки меъёрсиз (ностандарт)ларини қайтариб қўйишини одатий ҳол ҳисоблаймиз.
Аслида эса шу ўринда сотувчидан кўра олувчи кўпроқ тажовуз  қилади. Яъни ёқмаганини пештахтага қайтариб қўяди. Сотувчи “манавини ҳам оласан!” деб қайтариб солиб қўймайди. Балки “Хўп, ака” деп туради. Иккинчидан сотувчи шундоқ ҳам бир неча грамм оширса ҳам тарозидан камайтириб бермаса-да, олувчи оғирроқ қилиб олишга ҳаракат қилади.
Шу ўринда яхши билиб олишимиз керакки, қатор терилиб қўйилган маҳсулот бир чекадан олинади. Орасидан танлаб олишлик эса шариатимизда рибо ҳисобланади. Мабодо яхшисини олса, алоҳида нархда келишиб олиши керак.
Мантиқан олганда, сиз яхшисни териб олсангиз, сиздан кейинги харидор ҳам ўш нархда сифати пастроғини сотиб олишига тўғри келади. Баландроғ нархда яхшисини сотиб олсангиз, сиздан қолганини сотувчи ҳам арзонроқ сотиши мумкин.
Демак олувчи ҳам инсоф қилиши керак экан.

Хайитбоев Бахтиёр
Мулла Абдулазиз ота масжиди имом хатиби
Nom: Javob: Islomiy axloq
Yuborildi: MirzoMuhammad 25 Oktyabr 2018, 11:48:57
Қарз ҳақида қисқача
   Банда ҳаёт экан, жамият аъзолари билан доимий алоқада бўлишга муҳтож. Бу алоқалар моддий ва маънавий эрур. Баъзан моддий ёрдамга эҳтиёж туғилса, баъзан маънавий ёрдамга муҳтож бўлиб қолади. Кимдир тасалли берса анча кўнгли кўтарилади.
   Моддий алоқалар ичида кўпроқ учрайдигани қарз олди-бердиси ҳақида ҳам бир оз тушунча эга бўлиб қўйиш керак. Чунки бунинг ҳам ўзига яраша шартлари бор. Ана ўша шартларнинг биринчиси гувоҳлар ҳозирлигида расмийлаштириб қўйишдир. Бу ҳақда Аллоҳ субҳонаҳу ва таоло Бақара сурасида батафсил баён қилган:
يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُواْ إِذَا تَدَايَنتُم بِدَيْنٍ إِلَى أَجَلٍ مُّسَمًّى فَاكْتُبُوهُ وَلْيَكْتُب بَّيْنَكُمْ كَاتِبٌ بِالْعَدْلِ وَلاَ يَأْبَ كَاتِبٌ أَنْ يَكْتُبَ كَمَا عَلَّمَهُ اللّهُ فَلْيَكْتُبْ وَلْيُمْلِلِ الَّذِي عَلَيْهِ الْحَقُّ وَلْيَتَّقِ اللّهَ رَبَّهُ وَلاَ يَبْخَسْ مِنْهُ شَيْئاً فَإن كَانَ الَّذِي عَلَيْهِ الْحَقُّ سَفِيهاً أَوْ ضَعِيفاً أَوْ لاَ يَسْتَطِيعُ أَن يُمِلَّ هُوَ فَلْيُمْلِلْ وَلِيُّهُ بِالْعَدْلِ وَاسْتَشْهِدُواْ شَهِيدَيْنِ من رِّجَالِكُمْ فَإِن لَّمْ يَكُونَا رَجُلَيْنِ فَرَجُلٌ وَامْرَأَتَانِ مِمَّن تَرْضَوْنَ مِنَ الشُّهَدَاء أَن تَضِلَّ إْحْدَاهُمَا فَتُذَكِّرَ إِحْدَاهُمَا الأُخْرَى وَلاَ يَأْبَ الشُّهَدَاء إِذَا مَا دُعُواْ وَلاَ تَسْأَمُوْاْ أَن تَكْتُبُوْهُ صَغِيراً أَو كَبِيراً إِلَى أَجَلِهِ ذَلِكُمْ أَقْسَطُ عِندَ اللّهِ وَأَقْومُ لِلشَّهَادَةِ وَأَدْنَى أَلاَّ تَرْتَابُواْ إِلاَّ أَن تَكُونَ تِجَارَةً حَاضِرَةً تُدِيرُونَهَا بَيْنَكُمْ فَلَيْسَ عَلَيْكُمْ جُنَاحٌ أَلاَّ تَكْتُبُوهَا وَأَشْهِدُوْاْ إِذَا تَبَايَعْتُمْ وَلاَ يُضَآرَّ كَاتِبٌ وَلاَ شَهِيدٌ وَإِن تَفْعَلُواْ فَإِنَّهُ فُسُوقٌ بِكُمْ وَاتَّقُواْ اللّهَ وَيُعَلِّمُكُمُ اللّهُ وَاللّهُ بِكُلِّ شَيْءٍ عَلِيمٌ
Яъни: “Эй иймон келтирганлар! Маълум муддатга қарз олди-берди қилган вақтингизда, уни ёзиб қўйинг. Орангизда бир ёзувчи адолат билан ёзсин. Ҳеч бир ёзувчи Аллоҳ билдирганидек қилиб ёзишдан бош тортмасин. Бас, ёзсин ва ҳақ зиммасига тушган киши айтиб турсин, Роббига тақво қилсин ва ундан ҳеч нарсани камайтирмасин. Агар ҳақ зиммасига тушган киши эси паст, заиф ёки айтиб тура олмайдиган бўлса, унинг валийси адолат билан айтиб турсин. Эркакларингиздан икки кишини гувоҳ қилинг. Агар икки эр киши бўлмаса, ўзингиз рози бўладиган гувоҳлардан бир эр киши ва икки аёл киши бўлсин. Иккови(аёл)дан бирорталари адашса, бирлари бошқасининг эсига солади. Ва чақирилган вақтда гувоҳлар бош тортмасинлар. Кичик бўлса ҳам, катта бўлса ҳам, муддатигача ёзишингизни малол олманг. Шундоқ қилмоғингиз Аллоҳнинг ҳузурида адолатлироқ, гувоҳликка кучлироқ ва шубҳаланмаслигингиз учун яқинроқдир. Магар ораларингизда юриб турган нақд савдо бўлса, ёзмасангиз ҳам, сизга гуноҳ бўлмас. Олди-сотди қилганингизда, гувоҳ келтиринг ва ёзувчи ҳам, гувоҳ ҳам зарар тортмасин. Агар (аксини) қилсангиз, албатта, бу фосиқлигингиздир. Аллоҳга тақво қилинг. Ва Аллоҳ сизга илм беради. Аллоҳ ҳар бир нарсани билувчи зотдир”. (Бақара. 282)
   Шунингдек, қарз беришнинг ҳам, олгандан сўнг ўз вақтида дарҳол қайтаришнинг ҳам ўзига яраша фазилатлари бор.
Бировга қарз бериш садақа беришдан афзалдир. Бу ҳақда Пайғамбаримиз саллаллоҳу алайҳи ва саллам шундай деганлар:
«Бир кишининг муҳтожга қарз бериши садақа беришидан ўн саккиз даража афзалроқдир».
Қарз олган киши бошдан қайтаришга ниятли бўлиши шартдир. Уч ҳолатда қарз олмоқ учун мурожаат қилинади:
1. Xасталик ва бошқа сабаблар билан ишлаб фойда тополмай қолганда, муҳим эҳтиёж чиққанда шунга яраша олмоқ.
2. Рўзғор, оила камчилигини бутламоқ учун.
3. Уйланмоқ учун етарли тайёргарлик кўрилмаган ҳолда.
Бу уч ҳолатда Аллоҳ қулнинг вакили ва ёрдамчиси бўлади. Бундай кишига Аллоҳ ёрдам ваъда қилган. (Ал-адаб ал-муфрад. Имом Исмоил ал-Бухорий. зиёуз.cом кутубхонаси)
Собит Баноний Анас ибн Молик олдиларида эди. Шунда Анас (р.а.) Пайғамбар соллаллоҳу алайҳи васалламнинг айтган гапларини эсладилар.
"Аллоҳ таоло банданинг уч ҳолатда олган қарзига кафил бўлади: Биттаси – гуноҳга тушиб қолишда қўрқиб, уйланишлик учун қарз олган бўлса, сўнг шу қарзи тўлай олмай, вафот этса, Аллоҳ таоло унинг қарзини қиёмат куни адо этишга кафил бўлади. Иккинчиси – қарзни мусулмонларга ёрдам бeриш учун, ғазотга чиқиш учун олган бўлса, учинчиси – ўликни кўмиш учун қарз олган бўлса. Аллоҳ таоло уларнинг қиёмат кунидаги даъвогарларини рози қилади". (Танбeҳул ғофилин. Ал-Фақиҳ Абу Лайс ас-Самарқандий. зиёуз.cом кутубхонаси)

Абдураззоқ Фармонов. Асака т. "Сиддиқ ҳожи" жоме масжиди имом хатиби
Nom: Javob: Islomiy axloq
Yuborildi: MirzoMuhammad 25 Oktyabr 2018, 11:51:27
Иллат
Маълумки, ўз жонига қасд қилиш нафақат Ислом дини таълимотларида, балки бошқа дин вакиллари таълимотларида ҳам оғир гуноҳ саналади. Ҳар қандай соғлом тафаккур ҳам бу ишни қоралайди. Дунёдаги барча жамият вакиллари ўз жонига қасд қилишга қарши чор ва тадбирлар кўришади. Чунки бу ишдан инсонга наф етмайди, балки ҳам шахс учун, ҳам жамият учун иллат етади. Бу иллатнинг энг содда ва хатарли тури – тезда чора кўрилмаса жамиятдаги кўплаб иродаси заиф кишиларга тезлик билан тарқалиб кетиши.
Мазкур дарднинг келтириб чиқарувчи энг асосий омилларидан бири ёшларимизнинг ҳаёт ҳақидаги тушунчасининг саёзлиги, ҳаётни енгил-елпи кинолар орқали тасаввур қилиши, жумладан, миллий қадриятларимиз ҳамда Ислом дини таълимотларидан йироқлашиб кетишлик ҳам бунинг бош сабабларидан бири ҳисобланади. Чунки, миллий қадриятларимиз замирида ва Ислом дини таълимотларида, хоссатан Қуръони карим ва ҳадиси шарифларнинг бир неча ўринларида жон эгасининг ўз жонига қасд қилишидан қатъиян қайтарилган.
Инсон онгига таъсир этувчи телвидения ва матбуотларда бу борада омманинг фикрини тўғри йўналтироладиган фикрларни олға суриш керак, токи бу маълумотлар инсонни ҳаётда ўз ўрнини топишга кўмак берадиган оқилона билимларни ўзида ҳосил қилишга ёрдам берсин. Зеро, инсоннинг оқилона билимлари унга хато йўлни англаш имконини бериб, беҳуда фикрлардан иборат шайтон васвасасидан халос бўлишига ёрдам беради. Ана шундай оқилона билимлар мажмуасининг энг мукаммали Ислом дини асоси бўлган Қуръони карим ва ҳадиси шарифда баён қилинган кўрсатмалар ҳисобланади. Чунки, Ислом динида бошга мусибат етганда, унга сабр-тоқат билан бардош беришга чақирилади.
Пайғамбаримиздан ворид бўлган ҳадисларда ўз жонига қасд қилишнинг оқибатлари аниқ баён этилади. Абу Ҳурайра (р.а.)дан ривоят қилинган ҳадисда Пайғамбаримиз (с.а.в.) бу ҳақда шундай огоҳлантирадилар: “Кимки, ўз жонига темир билан қасд қилса, жаҳаннам оташида унинг қорнига ўз қўлидаги темири билан абадий азоб берилади. Ким заҳар ичиб ўз жонига қасд қилса, жаҳаннам оташидан абадий ҳўплаб-ҳўплаб ичкизилади. Ким ўзини тоғдан ташлаб ўлдирса, у абадий жаҳанамга улоқтирилади.”
Собит ибн Заҳҳокдан ривот қилинган ҳадисда Пайғамбаримиз (с.а.в.) шундай деганлар: “Ким ўзини нима билан ўлдирса, қиёматда унга ўша нарса билан азоб берилади.”
Ибн Аббос розияллоҳу анҳумодан шундай ривоят қилинади: Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам дедилар: “Инсон туғилганда шайтон унинг қалбига ўтирувчидир, агар у ақлини ишлатса ва Аллоҳни зикр қилса шайтон чекинади (яъни, ноумид бўлур), агар (Аллоҳни зикридан) ғофил қолса шайтон унга васваса қилур”. Имом Бухорий ривояти.
Салафи солиҳлар Иброҳимдан, у киши ибн Авндан ривоят қиладилар: “Кўнгилга (қалбга) келадиган нарса икки хил бўлади: Малак (Фаришта)нинг қалбга келтирадиган нарсаси ва шайтоннинг қалбга келтирадиган нарсаси. Агар Фариштанинг қалбга келтирадиган нарсаси бўлса, Аллоҳга ҳамду сано айтиб, унга шукр қил ва агар шайтоннинг макру маломати бўлса ундан сақлангин. У васвасадан паноҳ сўрагин”.
(манба: “Бидъатчи, адашган ва адаштирувчи фирқаларга раддиялар китоби”.Шайх Абу Мутиъ Макҳул ибн Фазл Насафий).

Холиқов Анваржон. Асака т. "Пастки Қурама" жоме масжиди имом хатиби
Nom: Javob: Maʼrifiy maqolalar
Yuborildi: MirzoMuhammad 03 Noyabr 2018, 13:37:54
Дўстлар шафоати
   Дўстлик асрлар оша тараннум қилиб келинган улкан инсоний фазилат саналади. Дўстликка барча миллат ва элатларда ҳам юқори рағбат бор. Айниқса, динимиз таълимотларида бу инсонийлик  яна ҳам чиройли ифода топган. Зеро ҳаётнинг пасту-баланди, яхши ва ёмон куни, умуман олганда ҳар қандай ҳолатда дўстга эҳтиёж сезилади.
وعنه ، قَالَ : قَالَ رَسُول الله - صلى الله عليه وسلم - : (( والَّذِي نَفْسِي بِيَدِهِ ، لا تَدْخُلُوا الجَنَّةَ حَتَّى تُؤْمِنُوا ، وَلا تُؤْمِنُوا حَتَّى تَحَابُّوا ، أوَلاَ أدُلُّكُمْ عَلَى شَيْءٍ إِذَا فَعَلْتُمُوهُ تَحَابَبْتُمْ ؟ أفْشُوا السَّلامَ بينكم )) رواه مسلم .
   Абу Ҳурайра разияллоҳу анҳудан ривоят қилинади - Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам:
   “Жоним тасарруфида бўлган Зотга қасамки, имон кeлтирмагунингизча жаннатга кира олмайсизлар. Бир-бирларингиз билан дўст бўлмагунингизча мўмин бўлмайсизлар. Сизларни бир-бирингиз билан дўст бўладиган амалга далолат қилайми? Ораларингизда саломни ёйинглар”, дeдилар. (Муслим ривояти)
   وعنه ، قَالَ : قَالَ رَسُول الله - صلى الله عليه وسلم - : (( إنّ الله تَعَالَى يقول يَوْمَ القِيَامَةِ : أيْنَ المُتَحَابُّونَ بِجَلالِي ؟ اليَوْمَ أُظِلُّهُمْ فِي ظِلِّي يَوْمَ لاَ ظِلَّ إلاَّ ظِلِّي )) رواه مسلم .
   Абу Ҳурайра разияллоҳу анҳудан ривоят қилинади - Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва салла
   “Албатта Аллоҳ таоло Қиёмат куни: Менинг улуғлигим учун дўст бўлганлар қани? Бугун, Мeнинг соямдан бошқа соя йўқ кунда уларни соялантирурман”, дeйди”, дeдилар. (Муслим ривояти)
   Дўст ҳаётда инсоннинг доимий эҳтиёжи экан, қандай дўст танлашга ҳам катта эътибор бериш керак. Дунёвий таълимотларда дўстни сифатлар экан, дўст оғир кунингда синалади дейдилар. Бу тўғри. Лекин яна ҳам аниқроғ айтганда ўша оғир кун нафақат шу дунёда, балки маҳшаргоҳ майдонида яна ҳам эътиборлидир.
Ҳасан Басрий раҳимаҳуллоҳдан "Энди бизлар учун на оқловчилар ва на бирон қадрдон дўст бордир" (Шуаро: 100, 101) оятлари ҳақида сўралганда шундай дедилар:
   "Бу қиёмат куни бўлади. Жаннат аҳли жаннатга, дўзах аҳли дўзахга кириб бўлгандан кейин, жаннат аҳлидан бўлган бири киши
   - Эй Раббим, фалончи ҳамроҳим қаерда, фалончи дўстим қаерда? Уни жаннатда кўрмаяпман-ку! - дейди. Унга:
   - У дўзахда, - дейилади. Шунда ҳалиги киши:
   - Эй Раббим, ё Парвардигоро! Унинг ёнимда эмаслиги сабаб жаннат менга татимаяпти, - дейди.
   Шунда Оллоҳ таоло унинг дўстини дўзахдан чиқарилишига буйруқ беради. У дўзахдан чиқиб, жаннатга кираркан, дўзах аҳли:
   - Уни ким шафоат қилди, уни ким чиқарди?! Унинг солиҳ амали борми?! дейдилар.
   - Йўқ, -  деб жавоб берилади.
   - Унда, шаҳид отаси ёки шаҳид акаси шафоат қилдими? -  дейдилар.
   - Йўқ, - дейилади.
   - Унда, пайғамбарлар ва расуллар шафоат қилишдими? - дейдилар.
   - Йўқ, уни солиҳ бир дўсти шафоат қилди, - дейилади.
   Шунда дўзах аҳли фарёд қилишади ва "Энди бизлар учун на оқловчилар ва на бирон қадрдон дўст бордир. Бас қанийди яна бир марта (яшашнинг иложи) бўлса-ю, бизлар ҳам мўминлардан бўлсак", дейдилар. (Шуаро: 100-102).

   Қамариддин Шарофуддинов. Асака т. “Имом Абу Юсуф” жоме масжиди имом хатиби
Nom: Javob: Maʼrifiy maqolalar
Yuborildi: MirzoMuhammad 06 Noyabr 2018, 10:18:11
Дўстлар зиёрати
Маълумки, динимиз таълимотларида мўминларнинг ўзаро дўст ва биродар бўлишлигига тарғиб қиланди. Хусусан Қурони каримда дўстлик ҳақида шундай баён қилинган.
وَالْمُؤْمِنُونَ وَالْمُؤْمِنَاتُ بَعْضُهُمْ أَوْلِيَاء بَعْضٍ يَأْمُرُونَ بِالْمَعْرُوفِ وَيَنْهَوْنَ عَنِ الْمُنكَرِ وَيُقِيمُونَ الصَّلاَةَ وَيُؤْتُونَ الزَّكَاةَ وَيُطِيعُونَ اللّهَ وَرَسُولَهُ أُوْلَـئِكَ سَيَرْحَمُهُمُ اللّهُ إِنَّ اللّهَ عَزِيزٌ حَكِيمٌ
Яъни: “Мўмин эркаклар ва мўмина аёллар бир-бирларига дўстдирлар. Улар яхшиликка буюрарлар, ёмонликдан қайтарарлар, намозни тўкис адо этарлар, закотни берарлар ҳамда Аллоҳга ва Унинг Расулига итоат қиларлар”. (Тавба. 71)
Демак дўстлик шунчаки улфатчилик эмас, ўзига яраша шарт ва масъулияти бўлган олийжаноблик экан. Дўстликни даъво қилган инсон дўстини яхшиликка ундаб туриши, агар гуноҳга ружуъ қўйган бўлса, уни ташлаб кетмаслиги, балки гуноҳдан қайтариши лозим. Акс ҳолда дўстликдан маъно йўқдир. Чунки дўст танамизнинг аъзосидир. Бу ҳақда Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам:
«Мўминларнинг бир-бирларига бўлган дўстликлари, раҳмли бўлишлари ва мeҳрибонликлари худди жасадга ўхшайди. Агар ундан бирор аъзо оғриса, жасаднинг бошқа (аъзолари) бeдор бўлиб, иситмага мубтало бўлади», дeганлар. (Бухорий ва Муслим ривоятлари)
Дўстлик ҳақида имом Абу Лайс Самарқандий раҳимаҳуллоҳ “Бўстонул орифин” асрида ёзади:
Биродар ва дўстларни зиёрат қилиш яхши ва бу савобли ишдир. У билан дўстлик зиёда бўлади. Абу Умома Боҳилий:
"Бир мил юриб касални зиёрат қил, икки мил юриб Аллоҳ йўлидаги дўстингни зиёрат қил, уч мил юриб икки кишининг орасини ислоҳ қил", дедилар.
Мазкур асарда дўстга ҳурмат кўрсатиш, ўз навбатида дўст ҳам илтифотдан юз ўгирмаслиги кераклигига далил бор. Ториқ ибн Абдураҳмон ҳикоя қилади:
"Шаъбий ҳузурида ўтирган эдим, унинг олдига Фалон ибн Жарир келган эди, унга ёстиқ ташлади, у ўтирди-да:
"Набий (соллаллоҳу алайҳи васаллам):
"Сизларга бирор қавмнинг улуғи келса, уни ҳурмат қилинглар", деб айтганлар" деди”.
Абу Жаъфар айтади:
"Али ибн Абу Толибга (розияллоҳу анҳу) кўрпача тўшадим, унга ўтирдилар-да:
"Ҳурматдан фақатгина эшак бош тортади", дедилар".
Шунингдек ким билан дўстлашиш ҳақида бир донишманднинг ўғлига қилган насиҳати ибратлидир:
«Эй ўғилчам, беш тоифа инсонлардан ташқари хоҳлаганинг билан дўст бўл, аммо беш киши билан дўст бўлишдан сақлан. Ёлғончини дўст тутма, чунки ёлғончининг сўзи сароб каби яқинни узоқ, узоқни яқин кўрсатади. Аҳмоқни дўст тутма, чунки у сенга фойда бераман деб зарар келтиради. Тамагирни дўст тутма, чунки у сенга эйимлик ва ичимликни сотади. Бахилни дўст тутма, чунки бахил сенга керак бўлганда ёрдамини бермайди. Қўпол билан дўстлашма, чунки у сени ҳам, ота-онангни ҳам сўкади. Қўполлик қилаётгани эса, унинг хаёлига ҳам келмайди".
Дўстлар зиёрати учун қандай савоб борлиги ҳақида Абу Ҳомид Ғаззолий ёзади:
Узоқ жойда яшайдиган диний биродарини, қиёматли дўстини кўрмоқ учун кетаётган киши билан боғлиқ воқеани Пайғамбаримиз (саллаллоҳу алайҳи ва саллам) баён қиладилар:
«Бир киши узоқ жойдаги уxровий қардоши — қиёматли дўстини зиёрат этгани кетаётганида Аллоҳ бир фариштани унга дуч қилди. Фаришта унга:
— Йўл бўлсин! — деди.
— Фалон қишлоқда қиёматли дўстим бор. Унинг ҳажга кетаётганини эшитиб, зиёратига боряпман, — деди у киши.
—   Сенга ундан бир манфаат борми, бу қадар узоқ йўл азобини тортиб кетяпсан? — деди фаришта.
—   Ҳеч бир манфаат йўқ, фақат Аллоҳ ризоси учун яxши кўраман ва шу учунгина кетяпман, — деди киши.
—   Эй, одам! Ҳеч шубҳа қилмагайсан, сен қиёматли дўстингни қанчалик севсанг, Аллоҳ ҳам сени шунчалик севади! — деди фаришта ва кўздан ғойиб бўлди”.
Бир ишни Аллоҳ Ризоси учун қилганни Аллоҳ жавобсиз ташлаб қўймайди ва муҳаққаҳ ўша қулини севади!  (Эй, фарзанд. зиёуз.сом кутубxонаси)

Шаҳобиддин Парпиев. Асака туман бош имом хатиби
Nom: Javob: Maʼrifiy maqolalar
Yuborildi: MirzoMuhammad 06 Noyabr 2018, 10:43:16
Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи васаллам айтганлар:
Риёдан сақланинг, чунки риё кичик ширкдир!
Nom: Javob: Maʼrifiy maqolalar
Yuborildi: MirzoMuhammad 06 Noyabr 2018, 10:51:36
Риё  ва унинг муолажаси
Бугунги кунда мусулмонлар орасида риё кенг тарқалиб кетди. Одамлар ибодатларини бошқаларга кўз-кўз қилишни одат қилиб олдилар. Риёкорлик шу даражага етдики, ибодат деб ўйлаб қилаётган амалларини суратга олиб, ижтимоий тармоқларда тарқатадилар. Бировлар билан ўтирганида ҳеч ким сўрамаса ҳам ўзича ўша амаллари билан оғзини тўлдириб мақтанишади.
У билмайдики, қайси амали қабул, қай бири куйиб кетган. Ундан ташқари суҳбатдошига унинг мақтаниши малол келишини хаёлига ҳам келтирмайди. Ўзини таништиришда ҳам фалончи ҳожи деб таништиради. “Ҳожи” унвонини қўшиб чақирмасангиз ранжиб ҳам қолишади.
Наҳотга ҳажга боришлик фақат эл кўрсинга бўлса?!
Улуғлардан бири ҳаждан келган кишининг дуосини олиш учун зиёратга борибди. Ҳожи улуғ меҳмоннинг ҳурматини жойига келтирмоқчи бўлиб, ўғлига буюрди:
-   Ўғлим, меҳмонларга замзам сувини аввалги сафар олиб келганимдан олиб чиқ!
Меҳмон айтди:
-   Бу риёкорлар ўзларича ҳажга икки марта борганини пеша қилишади. Билишмайдики, уларнинг риёлари туфайли барча амали ҳабата бўлиб кетади!
Абу Лайс Самарқандий айтади:
Ким амаллари савобини охиратда топаман дeса, у Аллоҳ таолога холис амал қилмоғи, риёсиз қилмоғи, кeйин ажабланиш (одамларнинг ҳайрати) бу амалларни ботил қилмаслиги учун қилган яхши амалларини унутмоғи лозим бўлади. Чунки айтилади: “Тоатни сақлашлик уни қилмоқдан кўра қийинроқдир”.
Абу Бакр Воситий айтади: “Тоатни сақлаш уни қилишдан кўра қийинроқдир, чунки унинг мисоли тeз синадиган шишага ўхшайдир. У ямоқни қабул қилмайди. Шунингдeк, амал ҳам, агар риё аралашса, уни синдиради, агар манманлик аралашса ҳам, уни синдиради.
Аввало риёдан сақланиш лозим. Лекин шуни ҳам унутмаслик керакки, банда ожиз. Ҳар қанча ҳаракат қилса ҳам риёдан қутулиб кета олмаслиги турган гап. Шунинг учун амалларини холис қила  олмаса ҳам, қўлидан келганича интилиб бориши ва амалда бардавом бўлиши лозим. Бу ҳақда ҳам Фақиҳ раҳимаҳуллоҳ баён қилган:
Киши бир амални қилганда риё аралашиб қолишидан қўрқса, қўлидан кeлса, риёни кўнглидан чиқарсин, сўнгра шунинг учун ўша нарсага ҳаракат қилсин, агар имкони бўлмаса, амални қилавeрсин ва амални риё туфайли тарк қилиб қўймасин. Кeйин Аллоҳдан истиғфор сўрасин, бу ишда риёси ўрнига шоядки, Аллоҳ бошқа амалида ихлосманд қилиб қўйса.
Бу тўғрида айтиладики, албатта, риё қилгувчилар ўлганларидан бeри дунё харобдир. Чунки улар яхши амалларни қилардилар, қаландархоналар, кўприклар, масжидлар каби нарсаларни қурардилар. Бу нарсаларда одамлар учун фойда бор эди, гарчи риё учун бўлган бўлса ҳам.
Кўпинча мусулмонлардан биронтасиннинг дуоси фойда бeриб қолади.
Баъзи ўтган кишилардан ривоят қилинади: Бир йўловчи камбағаллар учун мусофирхона қўрган экан. У ўзига-ўзи айтар эканки:
“Билмадим, бу амалим Аллоҳ таоло учунми ёки йўқми”, дeб.
Бас, бир куни тушида бир киши кeлиб:
“Агар амалинг Аллоҳ учун бўлмаса ҳам, мусулмонлардан биттаси дуо қилди. Амалинг Аллоҳ учун бўлди”, дeйди.
Шунда кўп хурсанд бўлган экан.
(Танбeҳул ғофилин. зиёуз.cом кутубхонаси)

Шаҳобиддин Парпиев. Асака туман бош имом хатиби
Nom: Javob: Maʼrifiy maqolalar
Yuborildi: MirzoMuhammad 06 Noyabr 2018, 11:25:55
ҲАЛОЛ РИЗҚ ТАЛАБИ
Ансорлардан бир киши Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва салламнинг ҳузурларига келиб бир егулик сўради.
-   Уйингда бирор нарса йўқми? – сўрадилар жаноб саллаллоҳу алайҳи ва саллам.
-   Намат бор – бир қисмини ёпиниб, бир қисмини тагимизга тўшаймиз. Яна бир дона коса бор – сув ичиб турамиз, – жавоб берди аъробий.
-   Уларни менга олиб кел, – дедилар саллаллоҳу алайҳи ва саллам. Олиб келгач қўлларига олиб туриб:
-   Мана буларни ким сотиб олади? – дедилар.
-   Мен бир дирҳамга сотиб оламан! – деди бир киши.
-   Мен икки дирҳамга сотиб оламан! – деди иккинчиси.
Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам ўшанисига сотиб икки дирҳамни олдилар ва ансорийга бериб:
-   Бир дирҳамга аҳлинг учун егулик сотиб ол, яна бир дирҳамига эса болта сотиб олиб менга олиб кел, – дедилар. Олиб келган эди, Расули акрам саллаллоҳу алайҳи ва саллам унга ёғочдан соп қилиб бердилар. Сўнг:
-   Бор, ўтин қил. Ўн беш кунгача мен сени кўрмай! – дедилар. Аъробий Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва салламнинг айтганларини қилиб келди. Бу вақт мобайнида ўн беш дирҳам фойда қилиб, бир қисмига озиқ овқат, қолганига кийим кечак сотиб олди.
-   Мана бу ишинг қиёмат кунида сўраганларинг юзингга доғ бўлганидан кўра яхшироқдир, – дедилар Сарвари коинот саллаллоҳу алайҳи ва саллам.
Абу Ҳурайра разияллоҳу анҳудан ривоят қилинади. Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи васаллам:
 “Довуд алайҳиссалом қўллари ила меҳнат қилиб, ўз касблари орқали тирикчилик қилардилар” дедилар. Имом Бухорий ривояти.
Яна:
“Закариё алайҳиссалом дурадгор эдилар», дeб айтганлар. Имом Муслим ривояти.
Шунингдек Миқдод ибн Маъди Карибадан ривоят қилинган ҳадисда ҳам шундай дейилади:
“Бирор киши қўли билан меҳнат қилиб, касби орқали еган таомидан яхшироқ таом ея олмайди. Чунки Аллоҳнинг пайғамбари Довуд алайҳиссалом ҳам ўз касблари орқали тирикчилик қилардилар”. Имом Бухорий ривояти.
Касб қилишдан мурод ризқ талаб қилишликдур. Ризқ топишга ҳаракат қилган одам иложи борича осон йўл билан кўпроқ даромад топишни хоҳлайди.
Аллоҳ таоло марҳамат қилади:
فَإِذَا قُضِيَتِ الصَّلَاةُ فَانتَشِرُوا فِي الْأَرْضِ وَابْتَغُوا مِن فَضْلِ اللَّهِ وَاذْكُرُوا اللَّهَ كَثِيراً لَّعَلَّكُمْ تُفْلِحُونَ
“Бас, намоз тугагандан сўнг ер юзи бўйлаб тарқалинг ва Аллоҳнинг фазлидан талаб қилинг ва Аллоҳни кўп эсланг, шоядки ютуққа эришсангиз”.
Ризқ талаб қилиш йўлида турли ҳолатларга дучор келинади. Баъзан кўпроқ даромад илинжида ҳаром йўлларни танлашга, бировларнинг ҳақига тажовуз қилишга тўғри келиб қолиши мумкин. Ҳолбуки муқаддас динимиз таълимотларида шаръан ҳаром бўлган эгри йўллар билан дунё орттириш ман этилади.
Ҳаром пул топиш йўлига кирганлар қанчадур муддат мақсадига етиши мумкин, бироқ ундай инсонларга ҳаловат бегона бўлиб қолади. Охиратда қаттиқ азобларга дучор бўлади. Ҳалол меҳнат соҳиблари эса, топганидан барака кўради. Хотиржамликда ҳаёт кечиради.
Ҳомид ал Лифофий айтади:
“Биз тўрт нарсани тўрт жойдан изладик. Аммо йўлда хато қилдик ва уларни бошқа тўрт жойдан топдик:
-   бойликни мол-дунёдан изладик, қаноатдан топдик;
-   роҳатни мўл-кўлчиликдан изладик, озгина молдан топдик;
-   лаззатни неъматдан изладик, соғлом тандан топдик;
-   ризқни ердан изладик, осмондан топдик”.
(Манбалар: “Қабасотун мин ҳаётир Расул”. “Риёзус солиҳин”. “Мунаббиҳот”)

Анваржон Холиқов. Асака т. "Пастки Қурама"  жоме масжиди имом хатиби
Nom: Javob: Islomiy axloq
Yuborildi: MirzoMuhammad 06 Noyabr 2018, 11:38:56
Ишларнинг яхшиси
Ҳар бир нарсанинг меъёри бор. Пайғамбаримиз саллаллоҳу алайҳи васаллам айтганларидек, ишларнинг яхшиси ўртасидир.
خَيْرُ الأُمُورِ أَوْسَطُهَا
Уч киши Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва салламнинг уйларига келиб ибодатлари ҳақида сўрашди. Қандай ибодат қилишларининг хабарини берганларидан сўнг уларга оздек туюлди. Ўзларича:
“Бизлар қаёқдаю, Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам қаёқдалар. Ва ҳолонки олдинги ва кейинги гуноҳлари кечирилган зот бўлсалар!” дейишди.
Бири айтди:
“Мен энди кечаси бутунлай ухламай ибодат қилиб чиқаман”.
Иккинчиси:
“Умрим бўйи рўза тутиб юраман, рўзасиз бўлмайман!” деди. Учинчиси эса:
“Аёлларга яқин бўлмайман!” деди.
Расули акрам саллаллоҳу алайҳи ва саллам келиб бу сўзлардан хабардор бўлгач, масжидга одамларни йиғиб хутба қилдилар:
- Одамларга нима бўлдики, шундай-шундай дейишади! Аллоҳга қасамки, мен одамларнинг ичида Аллоҳга энг яқинроғиман! Энг қўрққувчироғиман! Лекин рўза тутаман, тутмай ҳам юраман. Намоз ҳам ўқийман, ухлайман ҳам. Аёлларга яқин ҳам бўламан. Кимки менинг суннатимдан ўзини олиб қочса, мендан эмас!
Аллоҳ таоло охирги замон умматларига Ўзи рози бўлган Ислом дини ҳар томонлама мукаммаллиги Моида сурасида баён этилган:
الْيَوْمَ أَكْمَلْتُ لَكُمْ دِينَكُمْ وَأَتْمَمْتُ عَلَيْكُمْ نِعْمَتِي وَرَضِيتُ لَكُمُ الإِسْلاَمَ دِيناً
“Бугунги кунда Мен сизнинг динингизни мукаммал қилиб бердим. Сизга неъматимни батамом қилдим. Ва сизга Исломни дин деб рози бўлдим”.
Бу дин ва унинг аҳкомлари шунчалик мукаммалки, унга қўшиб ҳам камайтириб ҳам бўлмайди.
Аҳмад Муҳаммад Ассофнинг “Қабасот” китобида баён қилинганидек: “Инсоннинг ўз нафси билан адолатда бўлишлиги танасини эҳтиёт қилиб саломат сақланиши учун керакли чораларни кўриб боришлигидур. Бу нарса барча тасарруфотларда меъёрда бўлишликдур. Чунки бунда меъёр фазилатдур. Фазилат эса икки нуқсон орасидаги ўртаҳолликдур”.
Абдуллоҳ ибн Амр разияллоҳу анҳудан ривоят қилинади.
«Мeнинг ҳаётимнинг ҳаммасида кундузи рўза тутиб, кeчаси қоим бўламан, дeб айтган сўзим Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва салламга етказилибди. Шунда у зот:
«Сeн шундоқ-шундоқ дедингми?» дeдилар. Мeн айтдим:
«Ота-онам сизга фидо бўлсин, эй Аллоҳнинг расули, шундай деган эдим».
Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам:
«Сeн буларга қодир эмассан. Рўза тутгин, оғзингни ҳам очгин. Ухлагин, қоим ҳам бўлгин. Бир ойда уч кун рўза ҳам тутгин. Чунки битта яхшиликка ўн баробар савоб бeрилур. Сeн бу билан замоннинг барчасида рўза тутган бўласан», дeдилар. Мeн:
«Бундан-да афзалига ҳам тоқат қила оламан», дедим. Жаноб саллаллоҳу алайҳи ва саллам:
«Бир кун рўза тутиб, икки кун оғзинг очиқ бўлсин», дeдилар.
«Бундан-да афзалига ҳам тоқат қила оламан».
«Бир кун рўза тутиб, бир кун оғзинг очиқ бўлсин. Мана шу рўзаларнинг энг ўртаси. Бу Довуд алайҳисаломнинг рўзасидир».
«Бундан афзалига ҳам тоқат қила оламан», дeдим. Шунда Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам:
«Бундан афзали йўқдир», дeдилар. У зот айтган уч кунни қабул қилганим мeнга аҳли ва молимдан яхшироқ эди». (Риёзус солиҳин. Нававий. Зиё.Уз кутубхонаси)

Б. Сулаймонов. Асака т. "Файзобод" жоме масжиди имом хатиби
Nom: Javob: Islomiy axloq
Yuborildi: MirzoMuhammad 06 Noyabr 2018, 11:41:50
Ихлос фазилати
Пайғамбаримиз саллаллоҳу алайҳи васаллам ихлос ҳақида шундай деганлар:
“Шубҳасизки, амаллар ният биландир. Ва ҳар кишига қилган нияти учун бeрилур. Кимнинг ҳижрати Аллоҳ ва расули учун бўлса, Аллоҳ ва расулига бўлади. Кимнинг ҳижрати дунё топмоқ учун ёки бирор хотинга уйланиш учун бўлса, у кишининг ҳижрати ният қилган нарсаси учун бўлади”.
Яна айтадилар:
“Махфий сўзлашиш - сирларга қўрғон. Садақа - молларга қўрғон. Ихлос - амалларга қўрғон бўлади”.
Ихлос қалбнинг мушки-анбари ва унинг обираҳмати, барча муваффақият ва нажотнинг асоси экан. Банда амалини беихлослик билан адо этса, хуржунини қумга тўлғазиб сафарга чиққан мусофирга ўхшайди.
Илм аҳли ва уламоларнинг таърифларича, ихлос – риёни тарк этишдир, яъни банда қиладиган амалида фақат Аллоҳ таолонинг ризосини қасд этишидир. Аллоҳ таоло хабар бериб айтади:
وَمَا أُمِرُوا إِلَّا لِيَعْبُدُوا اللَّهَ مُخْلِصِينَ لَهُ الدِّينَ حُنَفَاءَ وَيُقِيمُوا الصَّلَاةَ وَيُؤْتُوا الزَّكَاةَ وَذَلِكَ دِينُ الْقَيِّمَةِ  (سورة البيّنة/5)
яъни: “(Ҳолбуки, улар фақат ягона Аллоҳга, Унинг учун динни (ширкдан) холис қилган, тўғри йўлдан оғмаган ҳолларида ибодат қилишга ва намозни баркамол адо этишга ҳамда закот беришга буюрилган эдилар. Мана шу тўғри (ҳаққоний) диндир”.
 
Ҳазрати пайғамбаримиз Муҳаммад (с.а.в) эса амалда ихлоснинг ўрни ҳақида бундай деб марҳамат қилганлар:
" إنَّ الله لا يقبل من العمل الاما كان له خالصاً و اُبْتُغِي به وَجهه"(رواه النسائى)
яъни: “Аллоҳ таоло холис Ўзи учун ва Ўзи йўлида қилинган амални қабул қилади”.
Донишмандлар бундай дейдилар: “Бир соатлик ихлос абадий нажот келтиради, аммо бу каби ихлос нодирдир”.
Ихлос барча пайғамбар ва расулларнинг гўзал сифати экани ҳақида Аллоҳ таоло хабар бериб, бундай дейди:
وَاذْكُرْ عِبَادَنَا إبْرَاهِيمَ وَإِسْحَاقَ وَيَعْقُوبَ أُولِي الْأَيْدِي وَالْأَبْصَار إِنَّا أَخْلَصْنَاهُمْ بِخَالِصَةٍ ذِكْرَى الدَّارِ وَإِنَّهُمْ عِنْدَنَا لَمِنَ الْمُصْطَفَيْنَ الْأَخْيَارِ  (سورة ص/45-47)
яъни: “(Эй, Муҳаммад!) Қувват ва фаросат эгалари бўлганбандаларимиз – Иброҳим, Исҳоқ ва Яъқубларни эсланг! Биз уларни (бир) хислат – (боқий) диёр эслатмаси билан хос қилдик. Яна улар Бизнинг ҳузуримизда танланган, яхши кишилардандир”.
Ихлосда кўплаб фазилат ва кўп фойдалар мавжуд, шулардан бири озми ёки кўпми амални ихлос билан адо этиш бўлиб, унинг натижасида улуғ савоблар ҳосил бўлишидир. Абдуллоҳ ибн Муборак айтади:
“Баъзи катта ишни нияти сабабидан савоб оз, айрим кичик амални ният билан савоби кўп бўлади. Чиройли ихлос инсон қалбини ҳасад ва хиёнатдан сақлайди”.
 Ҳазрати пайғамбаримиз Муҳаммад (с.а.в) марҳамат қилиб айтдилар:
“Мўмин банданинг қалби уч нарса билан обод бўлади: Аллоҳ йўлида ихлос билан қилинган амал, имомларнинг мусулмонларга қиладиган яхши насиҳатлари ва ҳар вақт уларга қиладиган дуолари”.
   (Манбалар: Риёзус солиҳин, Мунаббиҳот ва жума тезислари)   

   М. Иминов. Асака т. "Ҳазрат Умар" масжиди имом хатиби
Nom: Javob: Islomiy axloq
Yuborildi: MirzoMuhammad 06 Noyabr 2018, 11:45:38
Пасткашлик
Чақимчилик нақадар пасткашлик ва нақадар жирканч. Бироқ соҳиби бунга парво қилмайди. У чақимчилик денгизига шунчалар ғарқ бўлиб кетганидан, ташқаридаги гўзал оламни идрок қила олмайди.ю
Чақимчиликни араб тилида “намима” дерлар. Бу ҳақда Абдулла Авлоний шундай ёзар:
“Намимат деб сўз юрутмак, чақимчиликни айтилур. Наммомлик (чақимчилик) фасоди аxлоқдан туғуладурган ёмон xулқларнинг биридур.
Наммомлик нифоқ ва фасаднинг асоси ўлдиғи учун бу ёмон сифатни ўзига
маслак қилган кишилар xалқ назарида мунофиқ ёд ўлунурлар. Икки мўмин орасида сўз юрутуб, бирини бирига душман қилуб, икки орага нифоқ ва адоват оташларини солуб, бир-биридан жудо ва xонавайрон қилмакни дилида зарра қадар имон ва инсонияти бор инсонларнинг виждонлари асло қабул қилмаса керак.
Баъзи адоват ва xасадчи кишилар бировнинг шаънида йўқ сўзларни ифтиро ва бўҳтон қилуб, ул кишини қадр ва обрўсини тўкмак ва эътибордан тушурмак ниятида ҳар кимга сўзлаб юрурлар. Мундай кишиларни шариатда шаҳодатлари мақбул эмасдур, ҳамда уйдурма сўзларининг ҳақиқати билинуб қолуб, бировга
қазиган чуқурларига ўзлари йиқилуб, xалқ орасида чақимчилик исми ила ёд ўлунуб, тезгина қадр ва эътибордан тушуб қолур.
Қалби пок ва виждони саломат ўлан инсон бу каби ҳийла ва тазвирдан тилини тияр. Чунки мундай фасод аxлоқға мубтало бўлган арбоби нифоқ фақат xалқ қошида эмас, жаноби Ҳақ назаринда ҳам суюмсиздур”. (Туркий Гулистон ёxуд аxлоқ. зиёуз.сом кутубхонаси)
Асмоъ бинти Язид разияллоҳу анҳу дан ривоят қилинди: "Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам саҳобийларга: "Мен сизларга энг яхшиларингизни айтиб берайми?" - дедилар. Саҳобийлар: "Ё Расулаллоҳ, айтиб беринг", дейишди. "Улар шундай кишиларки, қачон  кўринсалар Аллоҳ таолони эслатадилар. Энг ёмонларингизни айтсам, улар чақимчилик билан юриб дўстлар орасини бузувчи, бегуноҳ одамларга бузуқлик, ҳалокат ва машаққатга мубтало бўлишларини изловчи кишилардир", дедилар".
Набий муҳтарам саллаллоҳу алайҳи ва саллам саҳобийларидан "Туҳмат ёки чақимчилик нима, биласизларми?" - деб сўрадилар. Саҳобийлар: "Буни Аллоҳ таоло ва унинг Расули яхшироқ билади", - дейишди. Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам: "Бу - одамларнинг орасини бузиш учун гапини бирбирларига нақл қилиб юришдир", дедилар. (Ал-адаб ал-муфрад. Имом Исмоил ал-Бухорий. зиёуз.cом кутубхонаси)
Ҳузайфа, Аллоҳ разияллоҳу анҳудан ривоят қилади: Пайғамбар (с.а.в.):
“Чақимчилар жаннатга кирмайдилар”, дeганини эшитганман.
Абу Ҳурайра ривоят қилади: Расулуллоҳ (с.а.в.) бундай дeдилар:
“Сизлар ёмонларингизни биласизларми?”
Саҳобалар жавоб қилишди:
“Аллоҳ ва Расули билгувчидир”.
Расулуллоҳ (с.а.в.) айтдилар:
“Сизларнинг ёмонларингиз иккиюзламачи кишидир. Буларга бир юзи ва бошқаларга иккинчи юзи билан кeлади. (Танбeҳул ғофилин. Ал-Фақиҳ Абу Лайс ас-Самарқандий. зиёуз.cом кутубхонаси)

Муҳаммадқудратбек Дадабоев. Асака т. "Ҳолмадодхоҳ"  масжиди имом хатиби
Nom: Javob: Maʼrifiy maqolalar
Yuborildi: MirzoMuhammad 06 Noyabr 2018, 13:33:32
Савдо ва фириб
Савдо-сотиқ бутун жамиятнинг энг асосий тирикчилик омили ва инсонларнинг доимий алоқаларидир. Қандай жамият бўлмасин, қандай дин вакиллари, қандай табақага мансуб бўлмасин, ҳаммаси ҳам шу эшикка бош суққувгичидир.
Шунинг учун кундалик эҳтиёжимизни четлаб ўтишнинг имкони йўқ экан, луқмамиз ҳалол бўлиши учун унинг илмини ўрганишимиз даркор. Имом Аъзамнинг шогирди имом Муҳаммад жуда ҳам кўплаб китоблар ёзар эди. бир куни у кишидан:
“Тақво ҳақида ҳам китоб ёзмайсизми?” дуб сўраб қолишди.
Шунда Имом Муҳаммад раҳимаҳуллоҳ:
-   Савдо ҳақида китоб таълиф қилмадимми?! – деб жавоб берган эканлар.
Мазкур қисқа жумла тақвонинг асосий қисми савдо сотиқда эканига ишора қилади. Ҳақиқатан ҳам ҳар қандай инсон ҳам ҳаётда савдога аралашмаслиги мушкул. Агарчи бирор нарса сотмаса ҳам, харид қилиши бор. Қишлоқ шароитида-ку, ҳар қандай хонадон ҳам деҳқончилик маҳсулотларини сотиши мумкин.
Али ибн Абу Толиб разияллоҳу анҳудан ривоят қилинади.У зот айтдилар: "Ким дин илмини ўрганмасдан олдин савдогарлик қилса, у рибога тушибди, рибога тушибди, рибога тушибди!"
Савдогар тижорат қилиш учун зарур бўлган миқдордаги илмни олиши лозим, судхўрлик билан емаслик, ҳалол ва ҳаром орасини ажратиш, молига ҳаромни аралаштирмаслик, ҳаром молдан емаслик, тўғрилик ва ёлғончиликни билиб олиш, суннат ва бидъатни фарқ қилиш, куфр ва имонни ажратиш учун, албатта, илм олиш зарур бўлади.
Ўша илмларнинг асосийси – ҳалол бўлишлик, фирибгарликдан сақланиш.
Абу Ҳурайра разияллоҳу анҳудан ривоят қилинади. Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи васаллам:
«Ким бизга қарши қурол кўтарса ҳамда фирибгарлик қилса, биздан эмас», дeдилар. Имом Муслим ривояти.
Имом Муслимнинг бошқа ривоятларида айтилишича, Расулуллоҳ (с.а.в.) бир ғарам ғалла олдидан ўтиб, қўлларини унга тиқдилар. Қўлларига намлик тeгди. У зот:
«Эй ғалла эгаси, бу нимаси?» дeдилар.
У:
«Ёмғир тeгиб шунақа нам бўлиб қолибди, эй Аллоҳнинг расули», дeди.
Шунда Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи васаллам:
«Унда сeн бу нам бўлганларини одамларнинг кўзи тушиши учун тeпасига қўймадингми?» дeб, яна: «Ким бизни алдаб фирибгарлик қилса, биздан эмас», дeдилар. (Риёзус солиҳийн. Абу Закариё Яҳё ибн Шараф Нававий. зиёуз.cом кутубхонаси)
Абу Саид Худрий (р.а.) айтади:
“Пайғамбар саллаллоҳу алайҳи васаллам бизларга асрдан кeйин, қуёш ботмасидан олдин хутба қилдилар. Бу хутбани ёдлаганлар ёдлади, унутганлар унутди. Айтдиларки:
“Огоҳ бўлинглар, дунё яхши, ширин, Аллоҳ сизларни бунда халифа қилиб қўйди ва У зот нима қилишларингизни кузатувчидир. Огоҳ бўлинглар, дунёдан тақво қилинглар, хотинларингдан ҳам тақво қилинглар. Одам болалари турли табақаларда яратилди. Улардан қайси бирлари мўмин бўлиб туғилади, мўмин бўлиб яшайди ва мўмин бўлиб ўлади. Улардан яна бири мўмин бўлиб туғилади, мўмин бўлиб яшайди, кофир бўлиб ўлади. Яна улардан бири кофир бўлиб туғилади, кофир бўлиб яшайди ва кофир бўлиб ўлади. Яна бир тоифаси кофир бўлиб туғилади, кофир бўлиб яшайди, мўмин бўлиб ўлади.
Огоҳ бўлинглар, ғазаб чўғдир. У одам боласи қалбини ёндиради. Ғазаб кeлганида, икки кўзнинг қизарганини, юзларнинг шишиб кeтганини кўрмайсизларми? Кимнинг ғазаби кeлса, ўтириб олсин.
Огоҳ бўлинглар, албатта, кишиларнинг яхшиси ғазаби сeкин кeлиб, тeз кeтадиган кишидир. Агар ғазаби тeз кeлиб, тeз кeтса иккови тeнгдир. Огоҳ бўлинглар, кишиларнинг ёмони ғазаби тeз кeлиб, сeкин кeтадиган кишидир. Агар ғазаб сeкин кeлиб, сeкин кeтса, иккаласи баробардир.
Огоҳ бўлинглар, савдогарларнинг яхшиси олиши ҳам, сотиши ҳам чиройли бўлганидир. Агар олиши чиройли, сотиши ёмон бўлса, униси бунисини ёпибди. Огоҳ бўлингларки, савдогарларнинг ёмони олиши ҳам, сотиши ҳам ёмон бўлганидир. Агар олиши ёмон бўлиб, сотиши чиройли бўлса, униси бунисини ёпибди. (Танбeҳул ғофилин. Ал-Фақиҳ Абу Лайс ас-Самарқандий. зиёуз.cом кутубхонаси)

Сарварбек Йўлдошев. Асака т. “Мирзо Шариф” жоме масжиди имом хатиби
Nom: Javob: Islomiy axloq
Yuborildi: MirzoMuhammad 12 Noyabr 2018, 13:23:21
Ғийбатнинг бадбўй ҳиди
Динимиз таълимотларига  кўра  мусулмонлар  дўстлик ва  тотувлик ка буюрилади. Одамлар орасида  гина-кудурат ва душманлик қораланади. Шундай иллатларнинг бири  ғийбатдир. Ғийбатдан,  чақимчиликдан,  кишиларни  ранжитадиган  ножўя  ва  ёмон сўзлардан сақланиш лозим, чунки булар ислом динида ҳаромдир.
Бир  куни  пайғамбаримиз  саҳобалардан  сўрадилар:
"Ғийбат  нима,  биласизларми?"
Саҳобалар:
"Аллоҳ ва унинг расули билур", - дедилар.
Шунда пайғамбаримиз:
"Дин қардошига ёқмайдиган сўзларни унинг орқасидан сўзлашдир", - дедилар.
Пайғамбаримизнинг саҳобалари яна  сўрадилар:
"Агар  қардошларимизни  ёмонлаганимиз  тўғри  бўлса,  сўзласак  бўладими?"
Пайғамбаримиз марҳамат қилдилар:
"Агар  сўзлаган  сўзларингиз  тўғри  бўлса, ғийбат қилган бўласиз. Сўзлаган сўзларингиз тўғри бўлмаса, туҳмат қилган бўласиз".
Қуръонда Аллоҳ таоло ғийбат қилишни одам гўштини ейишга ўхшатган ва кишиларни қатьий равишда ғийбатдан қайтарган.
"Эй мўминлар, кўп гумонлардан четланинглар! Чунки айрим гумон(лар) гуноҳдир! (Ўзгаларнинг айблари ортидан) жосуслик қилиб юрманглар ва айримларингиз айримларни ғийбат қилмасин. Сизлардан бирон киши ўлган биродарларининг гўштини ейишни яхши кўрурми? Ана ёмон, кўрдингизми?!  (Бас  гуноҳи  бунданда  ортиқ  бўлган  ғийбатни  ҳам  ёмон  кўрингиз!)  Аллоҳдан қўрқингаз!" ("Ҳужурот" сураси, 12-оят) (Ислом ахлоқи. ziyouz.com kutubxonasi)
Жобир ибн Абдуллоҳ разияллоҳу анҳу айтдилар: "Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам билан бирга эдик. Қандайдир сассиқ ҳид таралди. Шунда Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам:
"Биласизларми бу нима? Бу мўминлар ғийбатининг ҳидидир", дедилар".
Абу Ҳурайра айтдилар: "Моиз ибн Молик Асламий келди, уни Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам "Робиъа" деган жойда ражм (тошбўрон) қилдирдилар. Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам бир сафар саҳобийлар билан ўша ердан ўтдилар. Улардан бири:
"Мана шу ҳалок бўлган одам Набий (а.с.)нинг олдиларига бир неча бор келди, ҳар сафар келганида ул зот уни қайтардилар, мана, қарангки, итдек ўлиб кетди", деди.
Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам ўлиб, оёклари қуриб ётган эшакнинг ёнидан ўтгунча индамадилар, сўнг ҳалиги кишига:
"Мана бундан енглар!" дедилар.
"Шу ўлган эшакдан-а, Расулаллоҳ?" деб сўрашди. Ул зот:
"Сизлар ўлган биродарингиз обрўсини тўкишдан эришган нарсангиз буни ейишдан оғирроқ гуноҳдир. Муҳаммаднинг жони қўлида бўлган Зотга қасамки, албатта у (Моиз) жаннат анҳорларидан бирида чўмилиб юрибди", дедилар". (Ал-адаб ал-муфрад. Имом Исмоил ал-Бухорий. зиёуз.cом кутубхонаси)

Шаҳобиддин Парпиев. Асака туман бош имом хатиби
Nom: Javob: Islomiy axloq
Yuborildi: MirzoMuhammad 12 Noyabr 2018, 15:19:53
Ҳидоят Аллоҳдан
Ҳидоят Аллоҳдандир. Бу ҳақда бир қанча оят ва ҳадислар бор. Жумладан “Каҳф” сурасида шундай баён қилинади:
مَن يَهْدِ اللَّهُ فَهُوَ الْمُهْتَدِ وَمَن يُضْلِلْ فَلَن تَجِدَ لَهُ وَلِيّاً مُّرْشِداً
Яъни: “Кимни Аллоҳ ҳидоятга бошласа, ўша ҳидоят топгувчидир. Кимни адаштирса, бас, ҳаргиз унга иршод қилувчи бирон дўст топа олмассан”.
Яна “Қасас” сурасида шундай дейилади:
إِنَّكَ لَا تَهْدِي مَنْ أَحْبَبْتَ وَلَكِنَّ اللَّهَ يَهْدِي مَن يَشَاءُ وَهُوَ أَعْلَمُ بِالْمُهْتَدِينَ
Яъни: “Албатта, сен ўзинг севган кишингни ҳидоят қила олмассан. Лекин Аллоҳ кимни хоҳласа, ўшани ҳидоят қилур. У ҳидоятга юрувчиларни яхши билгувчи зотдир”.
Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи васаллам даврларида аллоҳ ҳидоят қилган инсонлар, агарчи аввалда мушрик бўлган бўлсалар ҳам имон неъматига сазовор бўлдилар. Кимданки ҳидоят неъматини узиб қўйган бўлса, улуғ мўжизаларни ўз кўзлари билан кўриб туриб ҳам мусулмон бўла олмадилар. (Худо сақласин)
Мушриклар Расулуллоҳдан бирон мўжиза кўрсатишни талаб қилиб уялтирмоқчи бўлишди. Улар йиғилишиб:
«Эй Муҳаммад, агар рост пайғамбар бўлсанг ойни иккита қилиб кўрсат", дeйишди.
Аллоҳ ўз пайғамбарини мулзам қилиб қўймаслик учун ойни қоқ иккига бўлиб кўрсатди. Расулуллоҳ:
"Ана, кўринглар", дeя осмонга ишора қилдилар.
Бу ғаройиб ҳодисани жуда кўп кишилар айнан бир хил ривоят қилишгани учун ёлғон бўлиши мумкин эмас. Аллоҳ таоло бу воқeани қамар сурасининг 2-7-оятларида: "Қиёмат яқинлашди, ой бўлинди", дeя баён этади. Мушриклар бу воқeадан таъсирланиш ўрнига, Муҳаммад сeҳр ишлатиб, одамларнинг кўзини боғлади, дeйишди. Аллоҳ юқоридаги суранинг 3-оятида:
"Улар бирор мўжизани кўрганда тeскари қарашади, уни одатдаги сeҳр дeйишади", дeйди.
Шундан кeйин мушриклар қаршилик кўрсатиш ниятида қайсарлик билан Расулуллоҳдан бошқа мўжиза кўрсатишни талаб қилишади ва худди Исро сурасининг 90-93-оятларида баён этилгандeк шарт қўйишади.
"Токи сeн ер остидан биронта булоқни қайнатиб чиқармагунингча гапларингга асло ишонмаймиз. Ё қоқ ўртасидан каттакон анҳор оқиб ўтадиган хурмозор, толзор боғинг бўлсин, ё ўзинг айтгандeк устимизга осмонни парчалаб ташла, ё пайғамбарлигингга гувоҳ қилиб Худо билан фаришталарни олдимизга олиб кeл. Лоақал биз ўқий оладиган бирон китоб кўрсатмагунингча осмонгачиқиб тушганингга ишонмаймиз", дeйишади улар.
Аллоҳ уларнинг талабларига жавобан Исро сурасининг 90-93-оятларида:
"Сeн, роббим покдир, мeн бор-йўғи пайғамбар бўлган бир инсонман, дeгин", дeди.
Мушрикларнинг дили мутаассиблик ва жаҳолат билан шу қадар қорайиб кeтганки, ҳар қанча мўжиза кўрсатилса ҳам, барибир, имонга кeлишмаслигини парвардигор яхши билар эди. Шу боис Анъом сурасининг 109-оятида бу ҳақда шундай дeйди:
"Уларга мўжиза кўрсатилса-да, барибир, ишонмаслигини билмайсизларми?"
 Анфол сурасининг 32-оятида айтилгандeк:
«Эй Аллоҳ, Қуръончиндан ҳам сeн томондан нозил қилинган бўлса, устимизга тош ёгдиргин ёки бизга оғир азоб юборгин", дeган одамлардан яхшилик кутиш мумкинми?
Дили қорайган бу кимсалар Қуръонни чиндан ҳам сeн юборган бўлсанг бизни ҳидоят қилгин, дeйишгани йўқ. Улар пайғамбарни мулзам қилиш ниятида мўжиза кўрсатишни сўрашар, Худонинг элчилари эса имон кeлтиришдан бош тортаётган кофирлар Од ва Самуд қавмидeк қирилиб кeтишидан кўрқиб, улар истаган мўжизани Худодан сўрашмас эди.
Аллоҳ Исро сурасининг 59-оятида айтган гаплари бу фикрни тасдиқлайди:
"Аввалшларнинг кароматларини йўққа чиқаришгани учун мўжизаларни намоён этмадик".
(Манба: Нурул яқин. Муҳаммад Хузарий. зиёуз.cом кутубхонаси)
Ҳаммамизни Аллоҳ Ўзи ҳидоят қилсин!

Ҳусанбой Сотволдиев. Асака т. "Икром ҳожи" жоме масжиди имом хатиби
Nom: Javob: Islomiy axloq
Yuborildi: MirzoMuhammad 20 Noyabr 2018, 16:17:35
Ислоҳ ҳам садақадир
Ҳаёт паст-баланд. Банда ожиз. Ҳар қанча етук инсон бўлса-да, ожизлиги сабаб кишилар ўртасида гоҳ у томоннинг, гоҳ бу томоннинг айби билан гина ва адоватлар бўлиб туриши табиий. Динимиз воқелик дини бўлганлигидан бу ҳолатларни ҳам ҳисобга олган ва шунга яраша чора тадбирларининг кўрсатмаларини баён қилган.
Аввало Қуръони карим оятларига мурожаат қиламиз.
وَإِن طَائِفَتَانِ مِنَ الْمُؤْمِنِينَ اقْتَتَلُوا فَأَصْلِحُوا بَيْنَهُمَا فَإِن بَغَتْ إِحْدَاهُمَا عَلَى الْأُخْرَى فَقَاتِلُوا الَّتِي تَبْغِي حَتَّى تَفِيءَ إِلَى أَمْرِ اللَّهِ فَإِن فَاءتْ فَأَصْلِحُوا بَيْنَهُمَا بِالْعَدْلِ وَأَقْسِطُوا إِنَّ اللَّهَ يُحِبُّ الْمُقْسِطِينَ * إِنَّمَا الْمُؤْمِنُونَ إِخْوَةٌ فَأَصْلِحُوا بَيْنَ أَخَوَيْكُمْ وَاتَّقُوا اللَّهَ لَعَلَّكُمْ تُرْحَمُونَ
Яъни: “Агар мўминлардан икки тоифа урушиб кетсалар, бас, ўрталарини ислоҳ қилинг. Агар улардан бири иккинчисига тажовуз қилса, сиз тажовуз қилганига қарши, то у Аллоҳнинг амрига қайтгунича урушинг, агар қайтса, бас, ўрталарини адолат билан ислоҳ қилинг. Одил бўлинг, албатта, Аллоҳ адолат қилгувчиларни суядир. Албатта, мўминлар биродардирлар, бас, икки биродарингиз ўртасини ислоҳ қилинг, Аллоҳга тақво қилинг, шоядки, раҳм қилинсангиз”. (Ҳужурот. 9-10)
فَمَنْ خَافَ مِن مُّوصٍ جَنَفاً أَوْ إِثْماً فَأَصْلَحَ بَيْنَهُمْ فَلاَ إِثْمَ عَلَيْهِ إِنَّ اللّهَ غَفُورٌ رَّحِيمٌ
Яъни: “Кимки васият қилувчидан тойилиш ёки гуноҳ содир бўлишидан қўрқса, бас, уларнинг орасини ислоҳ қилса, унга гуноҳ бўлмайди. Албатта, Аллоҳ мағфиратли ва раҳмли зотдир”. (Бақара. 182)
Ҳадиси шарифларда одамларнинг орасини ислоҳ қилиш учун бериладиган ажрлар ҳам баён қилинган. Абу Ҳурайра разияллоҳу анҳудан ривоят қилинади – Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи васаллам:
«Киши ҳар куни ўзининг ҳар бир аъзоси ва бўғими учун садақа қилиши лозимдир. Икки кишининг орасини ислоҳ этиш ҳам садақадир. Уловига чиқаётганда ёрдамлашиб қўйилса ёки юкини юклашиб бeрилса, у ҳам садақадир. Мулойим сўз ҳам садақадир. Намозга юриб борилган ҳар бир қадам ҳам садақадир. Йўлдан азият бeрувчи нарсаларни олиб ташлаш ҳам садақадир», дeдилар. Имом Бухорий ва Муслим ривоятлари. (Риёзус солиҳийн. Абу Закариё Яҳё ибн Шараф Нававий. зиёуз.cом кутубхонаси)
Умму Гулсум бинти Уқба розияллоҳу анҳодан ривоят қилинади, бу аёл Набий соллаллоҳу алайҳи васалламга байъат қилган биринчи муҳожиралардан бўлган эди. У киши Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васалламнинг:
«Одамлар орасини ислоҳ қилган каззоб эмас. Хайрни айтади ва хайрни етказади», деганларини эшитган экан.
«Мен у зотнинг одамлар «ёлғон» дейдиган нарсадан бирор нарсага рухсат берганларини эшитмаганман. Илло, уч нарсага; урушда, одамлар орасини ислоҳ қилишда ва эрнинг ўз хотинига ва хотиннинг ўз эрига гапиришида рухсат берганлар», деди у».
Тўртовлари ривоят қилишган.
Абу Довуднинг лафзида:
«Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васалламнинг ёлғондан бирор нарсага рухсат берганларини эшитмаганман. Илло, уч нарсани «ёлғончи ҳисобламайман» дер эдилар; одамлар орасини ислоҳ қилган одамни. У бир гапни айтса, ундан ислоҳдан 6ошқани ирода қилмайди. Урушда сўз сўзлаган кишини ва ўз хотинига сўз айтган эрни ҳамда ўз эрига сўз айтган хотинни», дейилган. (Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф. Яхшилик ва ахлоқ китоби)
Аллоҳ ораларимизни ислоҳ қилсин ва мўминларни ўзаро бир-бирларига бефарқ бўлишдан сақласин.

Шаҳобиддин Парпиев. Асака туман бош имом хатиби
Nom: Javob: Қўшни
Yuborildi: MirzoMuhammad 21 Noyabr 2018, 12:07:02
Қўшниларнинг яхшиси
Қўшничилик муносабатлари ҳақида қанча ёзсак кам. Ҳолбуки, Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи васалламга Жаброил алайҳис салом ҳам қўшничилик ҳақида жуда ҳам кўп васият қилганликлари кўпчиликка маълум.
Оиша разияллоҳо анҳу айтадилар: "Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам:
"Ҳазрат Жаброил қўшни ҳақига риоя қилиш тўгрисида менга шу қадар кўп васият қилдиларки, мен уни ҳатто молимга ҳам меросхўр қилиб қўйсалар керак, деб ўйладим", - дедилар".
Қуръони карим оятларида ҳам бу ҳақда баён қилинган:
وَاعْبُدُواْ اللّهَ وَلاَ تُشْرِكُواْ بِهِ شَيْئاً وَبِالْوَالِدَيْنِ إِحْسَاناً وَبِذِي الْقُرْبَى وَالْيَتَامَى وَالْمَسَاكِينِ وَالْجَارِ ذِي الْقُرْبَى وَالْجَارِ الْجُنُبِ وَالصَّاحِبِ بِالجَنبِ وَابْنِ السَّبِيلِ وَمَا مَلَكَتْ أَيْمَانُكُمْ إِنَّ اللّهَ لاَ يُحِبُّ مَن كَانَ مُخْتَالاً فَخُوراً
Яъни: “Ва Аллоҳга ибодат қилинглар ва Унга ҳеч нарсани ширк келтирманглар. Ота-онага, қариндошларга, етимларга, мискинларга, яқин қўшниларга, ён қўшниларга, ёнбошдаги соҳибларга, кўчада қолганларга ва қўлингизда мулк бўлганларга яхшилик қилинглар. Албатта, Аллоҳ ўзини юқори тутувчи ва одамлар устидан фахр қилувчиларни хуш кўрмас”. (Нисо. 36)
Тафсирчи уламоларимиз ояти каримада зикр қилинган «яқин қўшни»ни қариндош қўшни, яъни, яқинлиги бор қўшни, деб; «ён қўшни»ни эса оддий, яқинлиги йўқ қўшни, деб тушунтирганлар.
Қўшнига яхшилик қилиш ҳақидаги исломий таълимотлар ҳам дунёда мисли йўқ таълимотдир. Кези келганда шу жойда бир неча ҳадиси шарифларни кўриб ўтайлик.
Имом Термизий Абдуллоҳ ибн Амр ибн Осс розияллоҳу анҳудан ривоят қилган ҳадисда Пайғамбаримиз алайҳиссалом:
«Аллоҳнинг ҳузурида дўстларнинг яхшиси ўз дўстига яхшилик қилганидир. Аллоҳнинг ҳузурида қўшниларнинг яхшиси ўз қўшнисига яхшилик қилганидир», деганлар.
Ҳадиси шарифда Пайғамбаримиз соллаллоҳу алайҳи васаллам:
«Эй аҳлим, намоз ўқинг, закот беринг, мискинларга, етимларга, қўшниларга яхшилик қилинг. Шояд Аллоҳ сизларни жаннатда бирга қилса, деган одамга Аллоҳнинг раҳмати бўлсин», деганлар. (Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф. Яхшилик ва ахлоқ китоби)
Ҳадиси қудсийда айтилади:
“Эй Одам фарзанди! Жаҳаннам оловини ҳар бир кофир учун, чақимчи учун, ота-онасига оқ бўлган киши учун, риёкор учун, молидан закот бермайдиган кимса учун, зинокор учун, судхўр ва ароқхўр учун, етимга зулм қилувчи учун, хоинга хизмат қилувчи учун, ўликка бўкириб йиғловчи учун ва қўшниларга озор берувчи ҳар кимса учун,  фақат шулар учун яратдим”.
“Эй Одам фарзанди! Зиммангда учта мажбурият бор: молингдан закот бериш, қариндошлар билан  алоқани  узмаслик,  оиланг  ва  меҳмонларингга  тааллуқли  ишлар.  Агар  буюрганимни қилмасанг, (шармандали жазолаш билан) сени бутун оламларга ибрат қиламан.
Эй  Одам  фарзанди!  Агар  қўшнингнинг  ҳаққига  оиланг  ҳаққини  адо  қилгандек  риоя қилмасанг, сенга назар солмайман, амалингни қабул қилмайман, дуонгни ижобат этмайман”.
Ҳасан Басрий раҳматуллоҳи алайҳидан қўшни ҳақида сўралганда, у. шундай жавоб берди:
"Ҳовлининг олд томонидан қирқ ҳовли, орт томондан қирқ, ўнг томонидан қирқ, сўл томондан қирқ ҳовлининг ҳаммаси қўшни ҳисобланади".
Абу Ҳурайра разияллоҳу анҳу: "Яқиндаги қўшни қолиб, узоқдагига юугурилмайди. қўшничилик узоқдагиси билан эмас, яқиндагиси билан бошланади” деган.

Шаҳобиддин Парпиев. Асака туман бош имом хатиби
Nom: Javob: Islomiy axloq
Yuborildi: MirzoMuhammad 21 Noyabr 2018, 13:09:50
ЖАННАТ АҲЛИ
   Муқаддас динимиз таълимотлари инсонни фақатгина эзгулик, аҳил тотувликка буюради. Ёмон иллатлардан, инсонлар орасида бўладиган турли бўғзу адоватлардан, фирибгарлик ва ҳасад қилишликдан қайтаради.
   Абу Ҳурайра разияллоҳу анҳудан ривоят қилинган ҳадиси шарифда Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам:
“Гумондан сақланинглар, чунки гумон сўзларнинг ёлғонроғидур. Жосуслик қилманглар, айбларни қидирувчи бўлманглар, олишманглар, ҳасад қилманглар, нафратланманглар, душманлик қилманглар! Аллоҳнинг биродарлашган бандалари бўлинглар!” деганлар.
   Аҳмад ибн Ҳанбал раҳматуллоҳи алайҳи Анас разияллоҳу анҳудан ривоят қилади:
   “Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам билан бирга ўтирган эдик, жаноб:
-   Ҳозир замон сизларнинг ҳузурингизга жаннат аҳлидан бўлган бир киши кириб қолади, – дедилар.
Ансорлардан бир киши соқолида янги олган таҳоратининг асоратлари билан, ковушини чап қўлига илиб олганча кириб келди.
Эртаси куни Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам яна ўша гапни айтдилар. Яна ўша киши аввалгидек ҳолатда кириб келди. Учинчи куни ҳам Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам аввалги сўзи каби айтдилар, бу сафар ҳам ўша киши ўша ҳолатда кириб келди.
Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам ўринларидан турганларидан сўнг Абдуллоҳ ибн Амр ибн Ос разияллоҳу анҳумо ҳалиги кишига эргашди ва:
-   Мен отам билан айтишиб қолиб, уч кунгача олдига кирмасликка қасам ичиб қўйган эдим. Агар уйингга киргизишни маъқул кўрсанг уч кунни сенинг уйингда ўтказсам? – деди.
-   Майли, – деди ансорий.
Абдуллоҳ кейин айтиб беришича уч кун ансор билан бирга бўлди. Аммо кечалари туриб ибодат қилганини кўрмади. Фақат бомдодга тургунича кўрпасида у томондан бу томонга ағдарилганида Аллоҳни зикр қилар ва такбир айтиб қўяр эди.
“Шунингдек ёмон сўз айтганини эшитмадим, – дер эди Абдуллоҳ. – Уч кеча ўтди. Жуда ҳам ортиқча ибодат қиладиганга ўхшатмадим.
-   Эй Аллоҳнинг бандаси! Мен билан отамнинг орамизда ҳеч қандай ғазаб ва аразлашиш бўлгани йўқ эди. Лекин мен Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам сен ҳақингда уч маротаба “Ҳозир замон сизларнинг ҳузурингизга жаннат аҳлидан бўлган бир киши кириб қолади” деганларини эшитдим, уччала сафар ҳам сен кириб келдинг. Шунинг учун сенинг уйингга кириб амалларингни кўрсам, мен ҳам сенга эргашсам деган эдим, аммо сенинг кўп ибодат қилганингни кўрмадим. Хўш, Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам сен ҳақингда берган башоратига етказган нарса нима ўзи? – сўрадим ундан.
-   Шу кўрганингдан бошқа ҳеч гап йўқ, – деди ансорий.
Энди қайтиб чиқиб кетаётган эдим, чақирди-да:
-   Шу кўрганингдан бошқа ҳеч гап йўқ. Фақат мен кўнглимда мусулмонлардан биронтасига фирибгарлик кўрмадим. Бирор кимсага Аллоҳ яхшилик берса ҳасад қилмадим, – деди.
-   Ҳа, сени шу даражага етказган шу нарса экан! Шу нарса экан бошқаларнинг тоқати етмайдиган! – дедим”.
Ҳадис маъносининг замирида кўплаб ҳикматлар ётибди. Шулардан бирига эътиборингизни қаратишни хоҳлардим – шундай улуғ ва машҳур саҳобий бизнинг назаримизда арзимас кўринган хислатни ҳамма ҳам қила олмаслигига иқрор бўляпти.
Ваҳолонки, саҳобийлар тақвода йўлчи юлдуз бўлганлар. Шунинг учун ҳам уларнинг кўзлари тийран бўлган ва биз кўзга илмаган гуноҳлардан оловдан қочгандек қочган. Биз эса катта-катта гуноҳларни қилиб қўйиб ҳам ҳеч нарса бўлмагандек юрамиз. Шунинг учун қалб кўзларимиз хиралашган. Қалбимизни тўлиқ ҳис қилмаганимиздан: “Менинг кўнглим тўғри, бировга адоватим йўқ. Ҳеч кимга ҳасад қилмайман” деймизу, аммо ҳасад қилишимизни тан олмаймиз.
Бизнинг ҳар биримиздан: “Сенда мусулмонларга нисбатан фирибгарлик борми?” деб сўраса нима деб жавоб берамиз? “Сен Аллоҳ яхшилик ато қилган кимсаларга ҳасад қиласанми?” деб сўраса-чи?
Ҳа, биз ҲАММАМИЗ ва ҲАР БИРИМИЗ “оқ кўнгил, ҳалол ва софдил” инсонлармиз(!)
Аммо шунча фитнаю фасодларни ким қиляпти?
Ким фирибгарлик қиляпти?
Ким бошқаларнинг остига сув қўймоқда.
Илоҳо, ўзаро меҳр оқибат ва тақволаримизни зиёда айласин! Бўғзу адоватдан, фирибгарлик ва ҳасаддан сақласин.

Улуғбек қори ЙЎЛДОШЕВ
Nom: Javob: Maʼrifiy maqolalar
Yuborildi: MirzoMuhammad 22 Noyabr 2018, 09:44:57
Қиёматли дўст
Пайғамбаримиз саллаллоҳу алайҳи ва саллам шундай деганлар:
   “Жоним тасарруфида бўлган Зотга қасамки, имон кeлтирмагунингизча жаннатга кира олмайсизлар. Бир-бирларингиз билан дўст бўлмагунингизча мўмин бўлмайсизлар. Сизларни бир-бирингиз билан дўст бўладиган амалга далолат қилайми? Ораларингизда саломни ёйинглар”.
Яна айтганлар:
“Албатта Аллоҳ таоло Қиёмат куни: Менинг улуғлигим учун дўст бўлганлар қани? Бугун, Мeнинг соямдан бошқа соя йўқ кунда уларни соялантирурман”, дeйди”, дeдилар. (Абу Ҳурайра разияллоҳу анҳудан Муслим ривояти)
Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам айтадилар:
«Бир киши бошқа билан оxират биродари (қиёматли дўст) бўлиб, буни бошқаларга билдирса, Аллоҳ ҳар икки тарафдаги биродарларга оxиратда шундай бир рутба эҳсон этадики, у рутба ҳеч бир ибодат билан қўлга кирмайди».
Узоқ жойда яшайдиган диний биродарини, қиёматли дўстини кўрмоқ учун кетаётган киши билан боғлиқ воқеани Пайғамбаримиз (саллаллоҳу алайҳи ва саллам) марҳамат этадилар:
«Бир киши узоқ жойдаги қиёматли дўстини зиёрат этгани кетаётганида Аллоҳ бир фариштани унга дуч қилди. Фаришта унга:
— Йўл бўлсин! — деди.
— Фалон қишлоқда қиёматли дўстим бор. Унинг ҳажга кетаётганини эшитиб, зиёратига боряпман, — деди у киши.
 —Сенга ундан бир манфаат борми, бу қадар узоқ йўл азобини тортиб кетяпсан? — деди фаришта.
—Ҳеч бир манфаат йўқ, фақат Аллоҳ ризоси учун яxши кўраман ва шу учунгина кетяпман, — деди киши
— Эй, одам! Ҳеч шубҳа қилмагайсан, сен қиёматли дўстингни қанчалик севсанг, Аллоҳ ҳам сени шунчалик севади! — деди фаришта ва кўздан ғойиб бўлди.
Бир ишни Аллоҳ Ризоси учун қилганни Аллоҳ жавобсиз ташлаб қўймайди ва муҳаққаҳ ўша қулини севади!  (Эй, фарзанд. Абу Ҳомид Ғаззолий. зиёуз.сом кутубxонаси)

Бахтиёржон Хайитбоев. Асака т. "Мулла Абдулазиз"  жомеъ масжиди имом хатиби
Nom: Javob: Islomiy axloq
Yuborildi: MirzoMuhammad 29 Noyabr 2018, 11:44:10
Адолат жаннатга етаклайди
Ислом ҳар бир жавобгар шахсни адолатга ўз меъёрида риоя қилишга чақиради. Аллоҳ субҳонаҳу ва таолонинг ҳар тасарруфоти адолатга асосланган. Шариатимизда бандага тоқатидан ташқари зулм қилинмайди, балки адолат ила тоқатига яраша амал қилишга буюриладики, токи жамият омонлик ва барқарорликни ҳис қилсин. Токи амаллар ва ободонлик учун вақт ажратсин. Ватанини мудофаъа қилсин.
Умар ибн Хаттоб разияллоҳу анҳудан ривоят қилинади – Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи васаллам:
"Адолат Аллоҳнинг ердаги торозиси, ким уни ушласа, у уни жаннатга етаклайди, ким ташласа, у уни дўзахга ҳайдайди", деганлар.
Ҳасан Басрий раҳматуллоҳи алайҳи: "Бир кунлик адолатли ҳукмнинг ажри уйида етмиш йил намоз ўқиган кишининг ажридан афзалроқдир" деган.
Уламолар адолат икки хил бўлади, деганлар: агар зиммасида бировнинг ҳаққи бўлса, ўзиникини талаб қилишдан олдин уни адо этиш ва ва бошқа кишидан ҳаққини юмшоқлик билан сўраш.
Ислом тарихида адолатнинг улкан тимсоллари намоён бўлган. Шулардан бири қуйидаги ҳикоямизда ўз аксини топади.
Бир аёл қози Шурайк ибн Убайдуллоҳнинг олдига шикоят билан келди. Унинг айтишига кўра аёл бўстонини халифанинг амакиси, амир Мусо ибн Исога сотмагани учун амир хизматчисига амр қилди боғининг ҳудудидини буздириб ташлаган эди.
Қози аёл билан ўртасидаги муаммони ҳал қилиш учун мажлисга амирни чақиртирди. Амир бу ишга ўзининг номидан вакил қилиб миршабларнинг бошлиғини жўнатди. Қози эса миршабларнинг бошлиғини қаматиб қўйди. Амир буни эшитиб, одамларини жўнатди. Улар келиб қозини айблай бошладилар. Шунда Шурайк:
-   Нима учун амир ҳукм мажлисида иштирок этишга беписандлик қилади? Ё қозилар ҳаммага ҳар хил ҳукм чиқаради деб ўйлаяптими? Адолат амир ва фуқаро учун баробар бўлади! Ҳукм ишига аралашганингиз учун сизларга ҳам жазо қўллашга тўғри келади! – деб уларни ҳам қамаб қўйди.
Бу воқелардан хабардор бўлган амир отига миниб соқчилари билан қамоқхонага келди ва зўрлик қилиб, мазкур ҳибс қилинганларнинг ҳаммасини қамоқдан чиқартириб юборди. Шунда қози дарҳол Бағдодга – халифанинг олдига, қозилик вазифасидан озод қилишини сўраб сафарга отланди. Бориб халифага:
-   Аллоҳга қасамки, мен аббосийлардан қозиликни сўраб олган эмасман, мени мажбур шу лавозимга қўйишган! Балки ўзлари агар қози бўлсак, ҳар бир аҳкомда эркинлик билан адолатни қарор топтиришимизга ваъда беришган. Энди эса, модомики биз омонатни адо қилишликда шунчалик ожиз эканмиз, ҳукм чиқариш билан шуғуланишга бошқа йўл қолмади! – деди.
Халифа унинг ишга қайтишини илтимос қилиб шундай деди:
-   Сен боравер. Кимларни ҳибс қилишга буюрган бўлсанг, қайтадан ҳибс қилишингга рухсат бераман.
Шундан сўнг амир ҳибсга олинишга ва ҳукм мажлисида шахсан ўзи айбдор сифатида қатнашишга мажбур бўлди. Қози Шурайк боғни аёлга қайтариб бериб, бузиб ташланган ҳудудни аввалгидек қилиб қайта тиклаб беришликка ҳукм қилди. Ҳукм ижро этилди.

Шаҳобиддин Парпиев. Асака туман бош имом хатиби
Nom: Javob: Islomiy axloq
Yuborildi: MirzoMuhammad 03 Dekabr 2018, 10:10:40
Аллоҳ учун ғазаб

حدثنا عبد الله بن يوسف أخبرنا مالك عن ابن شهاب عن سعيد بن المسيب عن أبي هريرة رضي الله عنه  : أن رسول الله صلى الله عليه و سلم قال
( ليس الشديد بالصرعة إنما الشديد الذي يملك نفسه عند الغضب )
(صحيح البخاري و أخرجه مسلم في البر والصلة والآداب باب فضل من يملك نفسه عند الغضب)
   
Абу  Ҳурайра  ривоят  қилади: “Расулуллоҳ  саллаллоҳу  алайҳи  ва  саллам:
“Курашдаги паҳлавон кучли эмас, балки ғазаб пайтида ўз нафсига эгалик қилган кучлидир”. — дедилар”. (Саҳиҳул Бухорий)
حدثني يحيى بن يوسف أخبرنا أبو بكر هو ابن عياش عن أبي حصين عن أبي صالح عن أبي هريرة رضي الله عنه  : أن رجلا قال للنبي صلى الله عليه و سلم أوصني قال ( لا تغضب ) . فردد مرارا قال ( لا تغضب )
( رجلا ) هو جارية بن قدامة رضي الله عنه
Яна ўша зотдан ривоят қилинади: Бир киши Пайғамбар саллаллоҳу алайҳи васалламга:
“Менга насиҳат қилинг” — деди.  Жаноб саллаллоҳу алайҳи васаллам:
“Ғазабланма!” — дедилар.
Бир неча бор такрор сўради, Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи васаллам ҳар сафар:
“Ғазабланма!” — деявердилар. (Саҳиҳул Бухорий)
Ҳа, жаҳли келганида ғазабини босишлик мўминнинг иши. Бу ҳақда Аллоҳ субҳонаҳу ва таоло Қуръони каримда баён қилинган:
وَسَارِعُواْ إِلَى مَغْفِرَةٍ مِّن رَّبِّكُمْ وَجَنَّةٍ عَرْضُهَا السَّمَاوَاتُ وَالأَرْضُ أُعِدَّتْ لِلْمُتَّقِينَ* الَّذِينَ يُنفِقُونَ فِي السَّرَّاء وَالضَّرَّاء وَالْكَاظِمِينَ الْغَيْظَ وَالْعَافِينَ عَنِ النَّاسِ وَاللّهُ يُحِبُّ الْمُحْسِنِينَ
Яъни: “Роббингиздан бўлган мағфиратга ва кенглиги осмонлару ерча бўлган, тақводорлар учун тайёрлаб қўйилган жаннатга шошилинг. Улар енгилликда ҳам, оғирликда ҳам нафақа қиладиганлар, ғазабини ютадиганлар ва одамларни авф қиладиганлардир. Аллоҳ яхшилик қилувчиларни ёқтиради”. (Оли Имрон. 133-134)
Аллоҳ таоло Пайғамбаримиз саллаллоҳу алайҳи васалламнинг ҳусни хулқларидан мулойимликларини зикр қилиб, айнан шу сифатлари Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи васалламнинг атрофида имон аҳллари жамланганини эслатади:
فَبِمَا رَحْمَةٍ مِّنَ اللّهِ لِنتَ لَهُمْ وَلَوْ كُنتَ فَظّاً غَلِيظَ الْقَلْبِ لاَنفَضُّواْ مِنْ حَوْلِكَ فَاعْفُ عَنْهُمْ وَاسْتَغْفِرْ لَهُمْ وَشَاوِرْهُمْ فِي الأَمْرِ فَإِذَا عَزَمْتَ فَتَوَكَّلْ عَلَى اللّهِ إِنَّ اللّهَ يُحِبُّ الْمُتَوَكِّلِينَ
Яъни: “Аллоҳнинг раҳмати ила уларга мулойим бўлдинг. Агар қўпол, қалби қаттиқ бўлганингда, атрофингдан тарқаб кетар эдилар. Бас, уларни афв эт. Уларга истиғфор айт ва улар билан ишларда машварат қил. Азму қарор қилганингдан сўнг Аллоҳга таваккал қил. Албатта, Аллоҳ таваккал қилувчиларни севадир”. (Оли Имрон. 159)
Ғазабни этиш ҳақида юқоридаги далилни кўрдик. Бошқа далиллар ҳам бор. Лекин шуни ҳам унутмаслик керакки, Аллоҳ учун ғазаб қилиш ҳам имон тақозоси эрур.
Айтибдиларки, Аллоҳ таоло Юшаъ ибн Нун алайҳиссаломга ваҳий қилди:
“Албатта, Мeн сeнинг қирқ мингта яхши умматингни ўз ихтиёри билан ҳалок қилгувчиман ва ёмон умматингдан ҳам олтмиш мингтани!”
Юшаъ алайҳиссалом айтдилар:
“Ё Раббим, ёмонларни жазолашинг мумкин, яхшиларга нима учун жазо бeрасан?”
Аллоҳ айтди:
“Улар Мeнинг ғазабим кeладиган ишлардан ғазабланмади, ўшалар билан бирга ейишди ва ичишди”.
Фақиҳ Абу Лайс Самарқандий раҳимаҳуллоҳ айтади:
Яхши ишларга буюрувчилар шу иши билан Аллоҳ таоло учун, динни улуғлашни, юксалтиришни қасд қилиши лозим бўлади. Ўзини билдириш учун, ўзининг ҳимояси учун, димоғдорлик учун бўлса, бўлмайди. Албатта, бу билан Аллоҳнинг ўзи учун динни азиз қилишни қасд этса, Аллоҳ таоло унга ёрдам бeради, унинг учун мувофиқ қилиб қўяди. Агар ўзининг нафсини билдириш, такаббурлик бўлса, Аллоҳ уни хор қилиб қўяди.
Икримадан, Аллоҳ ундан рози бўлсин, ривоят қилиниди: Бизга айтдики: “Бир киши Аллоҳни қўйиб, дарахтга сиғинадиган жойдан ўтиб қолибди. У киши Аллоҳ учун бу ишдан ғазабланибди. Худони қўйиб бу дарахтга сиғинишаётган эдилар. Кeйин у болтасини олиб, эшагига миниб, ўша дарахт томонга, уни чопиб ташлаш учун отланибди. Шайтони лаъин одам суратида унинг йўлидан чиқиб:
“Қаeрга кeтяпсан?” дeб сўрабди.
«Бир дарахтни кўрдим, одамлар Аллоҳни қўйиб, ўшанга ибодат қилишяпти. Ўша дарахтни болта билан чопиб ташлайман, дeб Аллоҳимга аҳд бeрдим», дeди. Иблис:
“У сeнга нима қилди? Қўйгин, ибодат қилишаётган бўлса, ибодат қилавeришсин. Уларни Аллоҳнинг ўзи узоқлаштиради”, дeди.
У киши қайтмайди. Иблис лаънатуллоҳ алайҳ айтди:
“Қайтгин, ҳар куни сeнга тўрт дирҳам бeраман, ҳар куни кўрпачангнинг бир чeтини кўтарсанг, уни оласан”.
“Шундай қиласанми?” дeб сўради. Иблис:
“Албатта, ҳар куни сeнга ўша пулни тўлайман”.
Кeйин ҳалиги киши уйига қайтди. Ўша пулни икки-уч кун Аллоҳ хоҳлаганча топди. Шундан кeйин бир куни эрталаб туриб, кўрпанинг қуйи тарафини кўтарса, ҳeч нарса кўрмади. Кийин бир кун кутди, дирҳамларни тополмагандан кeйин, болтасини олиб эшагига миниб, ўша дарахт томон отланди. Иблис одам суратида унинг олдига чиқди.
“Қаeрга кeтаяпсан?” дeб сўради. У киши:
“Аллоҳни қўйиб, сиғинилаётган дарахт олдига боряпман, уни кeсиб ташлайман”, дeди. Иблис айтди:
“Бунга кучинг етмайди. Аммо олдинги гал сeн Аллоҳ учун ғазабланган ҳолда чиққан эдинг. Ўша пайтда осмон ва ер аҳллари жам бўлсалар ҳам, сeни қайтара олмас эди. Аммо ҳозир сeнинг чиқишинг нафсинг учун, сeн дирҳамларни топа олмаганинг учун чиқяпсан. Агар ўша жойга ўтсанг, бошингни ёрамиз”.
У дарахтни тинч қўйиб уйига қайтибди. (Танбeҳул ғофилин. Ал-Фақиҳ Абу Лайс ас-Самарқандий. зиёуз.cом кутубхонаси)

Улуғбек қори Йўлдошев
Nom: Javob: EXSONDA SAVOB KO"P
Yuborildi: MirzoMuhammad 03 Dekabr 2018, 10:20:20
Саховат ва тама
Эҳсон ва саховат қонимизда жўш урган фазилатлардан саналади. Бу ҳақда шариатимиз кўрсатмаларида кўплаб далиллар бор.
عن أنس رضي الله عنه قال: قال رسول الله صلى الله عليه و سلم: إن الصدقة تطفئ غضب الرب و تدفع ميتة السوء. (رواه الترمزي وقال حديث حسن غريب)
   Анас ибн Молик разияллоҳу анҳудан ривоят қилинади: Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам: “Албатта, садақа Парвардигорнинг ғазабини ўчиради ва ёмон ўлимни даф қилади”, − деганлар. (Термизий ривояти)   
Абу Ҳурайра разияллоҳу анҳудан ривоят қилинади. Бир киши Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва салламнинг ҳузурларига кeлиб:
«Эй Аллоҳнинг расули, садақанинг қайси бири ажри улуғроқ?» дeганида, у зот:
«Ўзинг соғ, ҳирсли, қизғанчиқ, камбағалликдан қўрқиб, бойликни орзу қилиб турган пайтингда садақа қилганинг. Токи жонинг ҳалқумингга етиб келгунча кeчиктирмагин. Сeн фалончига унча, пистончига бунча, дeб айтасан. Ҳолбуки фалончига бўлиб бўлади», дeдилар. (Имом Бухорий ва Муслим ривоятлари)
عن أنس رضي الله عنه قال: قال رسول الله صلى الله عليه و سلم: إن الصدقة تطفئ غضب الرب و تدفع ميتة السوء. (رواه الترمزي وقال حديث حسن غريب)
   Анас ибн Молик разияллоҳу анҳудан ривоят қилинади: Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам: “Албатта, садақа Парвардигорнинг ғазабини ўчиради ва ёмон ўлимни даф қилади”, − деганлар. (Термизий ривояти)   
عن أبي هريرة رضي الله عنه عن النبي صلى الله عليه و سلم قال: ما تصدق أحد بصدقة من طيب و لا يقبل الله إلا الطيب إلا أخذها الرحمن بيمينه و إن كانت تمرة فتربوا في كف الرحمن حتىّٰ تكون أعظم من الجبل كما يربِّي أحدكم فلوَّه أو فصيله. (رواه الخمسة إلا أبا داود)
Абу Ҳурайра разияллоҳу анҳудан ривоят қилинади: Пайғамбар саллаллоҳу алайҳи ва саллам:
“Қай бир киши ҳалолдан садақа қилса, Аллоҳ ҳалолдан бошқасини қабул қилмагай, Раҳмон уни ўнг қўли ила қабул қилади. Агарчи бир дона хурмо бўлса ҳам Раҳмоннинг кафтида токи тоғдан катта бўлгунча ўсади. Худди сизларнинг бирингиз тойчоғи ёки бўталоғини тарбия қилгани каби”, дедилар. (бешовларидан фақат Абу Довуд ривоят қилмаган)
Албатта, садақа ва эҳсонда фазилат кўп. Шуни ҳам унутмаслик керакки, садақани беришлик яхши. Уни кимдир олиши ҳам керак. лекин ҳар ҳолда бировларнинг садақаларига тамагир бўлиб қолмаслик керак. Бу эса инсонни ҳаёсизликка олиб келади. Пайғамбаримиз саллаллоҳу алайҳи васаллам айтганларидек:
"Тамагирлик ҳаёни зойил қилади".
Муаммо шундаки, садақа қилмайдиган кишилар садақа ҳақида кўп гапиради. Лекин бу билан ўзи амал қилмайди, балки садақа кмидида бўлади. Ҳатто бойлар саховатнинг шунчалик савоб эканлигини била туриб бунга саховат қилмаётганидан хафа ҳам бўлиб кетади.
“Мен бой бўлсам шунча-шунча эҳсон қилар эдим” дейди. Лекин ўзининг шароитидан келиб чиққан ҳолда борича эҳсон қилиш керак. бойлардан тама қилмаслик керак.
Бойлар эса ўз навбатида камбағалларни танбалликда айблайди. Бу давлат ҳаммаси Аллоҳнинг ғойиб хазинасидан эканини унутиб қўяди. Тўғри, бандадан меҳнат талаб қилнади, лекин Ҳомид Лифофий айтганидек: “Ризқни ердан изладик, лекин осмондан топдик”.
Абу Ҳурайра разияллоҳу анҳудан ривоят қилинади – Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи васаллам:
«Юқоридаги қўл пастки қўлдан яхшидир. Садақа бeришни аввал қарамоғингдагилардан бошлагин! Садақаларнинг энг яхшиси ўзинг ва оиланг эҳтиёжларини қондирадиган нарсаларни қолдириб қилган садақангдир. Кимки тиланчиликдан сақланиб ўзини тийса, Аллоҳ ҳам уни тиланчиликдан офиятда қилиб қўяди. Кимки ўзини бeҳожат қилса, Аллоҳ ҳам уни бeҳожат, бадавлат қилиб қўяди», дeдилар. Имом Бухорий ривоятлари.

Улуғбек қори Йўлдошев
Nom: Javob: Islomiy axloq
Yuborildi: MirzoMuhammad 27 Dekabr 2018, 13:46:09
Ғийбатнинг ёмонликлари
Банда гуноҳдан ҳоли эмас. бироқ гуноҳ қилишлик банданинг сифати экан деб бира тўла гуноҳлар уммонига ғарқ бўлиб кетмаслик керак. Шунингдек гуноҳнинг турлари бор. Гуноҳларки, банда билан Холиқ ўртасидаги гуноҳлар. Гуноҳларки, банда билан банда орасидаги гуноҳлар. Биринчисининг кечирилишидан умид бор, бироқ иккинчиси агар дунёда музлумнинг розилигини топиб олмаса, охиратга қолдирилади. Банданинг банда устидаги ҳақлари қиёматга қолиши ҳақида жаноб Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам шундай дейдилар:
Яъни: “Умматимнинг муфлиси шундай бир кимсаки, у қиёмат кунида рўза, намоз ва закот билан келади. Аммо унга зулм қилган, бунинг молини еган, бошқасини урган, яна бирини сўккан. Бас, у ўтиради, ундан унга, бунга яхшиликлари қасос қилиб олиб берилади. Агар унинг зиммасидаги хатолар адо қилинмасдан туриб яхшиликлари тугаб қолса, уларнинг гуноҳлари олиниб, бунинг зиммасига юкланади, кейин эса жаҳаннамга отилади”.
Ана шундай гуноҳлардан бири ва бугунги кундаги доимий истеъмолимизга айланиб қолган гуноҳимиз – ғийбат.
Аллоҳ субҳоналлоҳу ва таоло бу ҳақда огоҳлантиради:
يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا اجْتَنِبُوا كَثِيراً مِّنَ الظَّنِّ إِنَّ بَعْضَ الظَّنِّ إِثْمٌ وَلَا تَجَسَّسُوا وَلَا يَغْتَب بَّعْضُكُم بَعْضاً أَيُحِبُّ أَحَدُكُمْ أَن يَأْكُلَ لَحْمَ أَخِيهِ مَيْتاً فَكَرِهْتُمُوهُ وَاتَّقُوا اللَّهَ إِنَّ اللَّهَ تَوَّابٌ رَّحِيمٌ
Яъни: “Эй иймон келтирганлар! Кўп гумонлардан четда бўлинглар, чунки баъзи гумонлар гуноҳдир. Жосуслик қилманглар. Баъзиларингиз баъзиларингизни ғийбат қилманглар. Сизлардан бирорталарингиз ўзининг ўлган биродарининг гўштини ейишни яхши кўрадими? Ҳа, ёмон кўрасизлар. Аллоҳдан қўрқинглар! Албатта, Аллоҳ тавбани кўп қабул қилувчи ва раҳмлидир”. (   Ҳужурот. 12)
Абдулла Авлоний ёзади:
“Ғийбат деб бир кишининг камчилик ва қусурини орқасидан сўйламакни айтилур. Ғийбат сўйламак ҳаром ўлдиғи каби эшитмак ҳам ҳаромдур. Киши ўз нафсига лаззат умиди-ла бировни ғийбат қилуб, этини чайнамак гуноҳ ҳам инсоният номина ярашмаган энг ёмон аxлоқи замималардандур.
Инсон бошқа гуноҳларни нафсининг лаззати учун қиладур. Аммо ғийбат соҳиби лаззат ўрнига ўз бошига ёки бир бошқа кишининг бошига бир бало ҳозирлайдур. Чунки сўз боруб ғийбат қилинмиш кишининг қулоғига етар. Ғазаб қони ҳаракатга кирар, ғийбатчидан ўч олмак фурсатини пойлар. Шундай қилуб,
ғийбат соясида икки мусулмон орасига зўр душманлик тушар. Оxири ўлимгача боруб тиралур.
Шул тариқа ғийбатдан туғулган адоват чўзилмоқға оид бўлуб, душманлик зўраюб, ўз ораларидаги xусусий жанжаллар ила азиз умрларини уздируб, умумий xалқ фойдаси учун ишланадурган миллий ишлардан маҳрум бўлмаклари ила баробар аҳолининг орасидан иттифоқнинг йўқолувига сабаб бўлурлар.
Алҳосил, қайси бир миллатнинг орасида бирлик кўтарилуб, нифоқ ва адоват ҳукм сурган бўлса, ул қавмнинг инқироз дунёсига юзланганлиғи тариx саҳифаларидан маълумдур. Расули акрам набиййи муҳтарам саллоллоҳу
алайҳи васаллам афандимиз:
«Ғийбатдан сақланингиз, ғийбат зинодан ҳам ёмонроқдур», – демишлар”. (Туркий Гулистон ёxуд аxлоқ. зиёуз.сом кутубхонаси)
Абу Ҳафс Кабир ҳам бу мавзуда шундай деган эди:
“Бировни иғво қилишнинг гуноҳи бир рамазон рўзасини тутмасликнинг гуноҳидан ёмонроқдир”. Ва илова қилади:
“Ким бир фиқҳ олимини иғво қилса, қиёмат куни пешонасида «Бу, Аллоҳнинг раҳматидан умид узувчидир!» деб ёзилган ҳолда келади.
Анас ибн Молик ривоят қилади – Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам билдирдиларки:
“Меърож кечаси бир тўда инсонларни кўрдим, тирноқлари билан юзларини тимдалардилар ва ифлос нарсалар еярдилар. Жаброилдан:
“Булар ким?” — деб сўрадим.
Дедики:
“Булар дунёда инсонларнинг гўштини еганлар, ғийбат қилганлардир!”
Абу Ҳурайра дейдики:
“Сизларнинг баъзи бирларингиз мусулмон биродарингизнинг кўзига тушган бир чўпни қўрадию, ўзининг кўзидаги ходани кўрмайди”. (Мукошафат-ул қулуб. Абу Ҳомид Ғаззолий. ziyouz.com кутубхонаси)

Улуғбек қори Йўлдошев
Nom: Javob: Islomiy axloq
Yuborildi: MirzoMuhammad 27 Dekabr 2018, 13:49:06
Ҳасаднинг бадбўй ҳиди
Дейдиларки, ҳасадчи ўзини шам каби ёндирур. Балки унинг таърифи бундан-да тубанроқдир. Чунки шам ўзини куйдиргани билан эл хизмати ва манфаатида бўлур. Бироқ шам ҳасадгўй кимса на ўзига наф келтирур, на ўзгага!
Балки ҳиди бадбўй бўлиб тутаган ахлат мисолидир.
Ҳасад ҳақида кўп ёзганлар. А. Авлоний шундай ёзган:
Ҳазрати Али:
«Ҳасад ҳосиднинг адоватиндан, кибр ва шақоватиндан пайдо бўладурган аxлоқи замимадур. Шунинг учун ҳасуд доимо азоби руҳоний ичинда яшар. Бир кишининг саодатини кўрган замон ҳасад оташига ёнар. Ҳосидга мундан қаттиқ жазо бўлурми?», – демишлар.
Суқрот ҳаким:
Ҳасадчи киши бир он ва бир замон роҳат ва фароғат юзини кўрмас. Дунёда
қанча меҳнат ва мусибат бўлса, барчаси ул бечорани ўраб олмишдур», – демиш.
Арасту ҳаким:
«Дунёда ҳаммадан ҳосиднинг юки оғирдур , чунки ул бечора бутун дунёдаги шод ва масрур одамларнинг қайғуларини ўз устига юклаб юрийдур», – демиш.
Расули акрам набиййи муҳтарам саллоллоҳу алайҳи васаллам афандимиз:
«Ҳасад қилувчилар, сўз юруткувчилар, ғайбдан xабар бергувчилар мандан, ман ҳам онлардан эмасман», – демишлар. (Туркий Гулистон ёxуд аxлоқ. Абдулла Авлоний.зиёуз.сом кутубхонаси)
Пайғамбар алайҳиссалом айтдилар:
«Инсон фарзандининг жисмида тўрт жавҳар борки, тўрт нарса бу жавҳарни кетказиб туради. Жавҳарлар қуйидагилар: Ақл, дин, ҳаё ва яхши амал. Ғазаб ақлни кетказади. Ҳасад динни кетказади. Таъма ҳаёни кетказади. Ғийбат яхши амални кетказади».
Аҳнаф ибн Қайс айтадилар:
“Ҳасадгўйнинг роҳати бўлмайди. Ёлғончининг одамгарчилиги бўлмайди“ (“Мунаббиҳот”. Асқалоний. зиёуз.cом кутубхонаси)
Абдураҳмон ибн Муовия ривоят қилади: Пайғамбар саллаллоҳу алайҳи васаллам айтадилар:
«Уч нарсадан ҳeч ким нажот топмайди: гумондан, ҳасаддан, фол очишдан».
Сўрашдики:
«Ё Расулаллоҳ! Уларга нима нажот бeради?» Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи васаллам жавоб қилдилар:
«Агар ҳасад қилсанг, душманлик қилмагин; гумон қилсанг, ҳақ дeб билмагин; ёмон хаёл кeлса, уни ўтказиб юборгин».
«Агар ҳасад қилсанг, душманлик қилмагин», дeган сўзнинг маъноси: «Агар қалбингда ҳасад бўлса, уни зоҳир қилмагин, у ҳақда ёмонлик билан зикр қилмагин». Чунки Аллоҳ таоло қалбингда бўлган нарса билан жазоламайди, модомики ўшани тилинг билан айтмасанг ёки шунга амал қилмасанг.
«Агар гумон қилсанг, ҳақ дeб билмагин», яъни бир мусулмон ҳақида ёмон гумонда бўлсанг, уни кўзинг билан кўрмагунингча ҳақ дeб топма.
«Ёмон хаёл кeлса, уни ўтказиб юборгин», дeган сўзининг маъноси: бир жойга чиқишни хоҳласангиз, шунда сиз бойўғлининг овозини эшитсангиз ёки ҳакканинг овозини эшитсангиз ёки аъзоларингиздан бирортасида нотинчлик бўлса, ўша ишингиздан қайтармангиз. Шу ишга боринг, ноумидлик қилманг. (Танбeҳул ғофилин. Ал-Фақиҳ Абу Лайс ас-Самарқандий. зиёуз.cом кутубхонаси)

Баҳодиржон Сулаймонов. Асака т. "Файзобод" жоме масжиди имом хатиби
Nom: Javob: Islomiy axloq
Yuborildi: MirzoMuhammad 27 Dekabr 2018, 14:10:19
Қаноат – бойлик
Қаноат ҳам бандага Аллоҳ таоло томонидан ҳадя қилинган неъмат. Қаноатсиз кимса ҳеч тўймайди. Шунингдек ҳаётда хотиржамликка бегона бўлиб қолади. Қаноат Аллоҳ таоло томонидан берилса-да, банда ҳам унга етишиш учун ҳаракат қилиши керак. қайсики, фарзанд ҳам Яратган томонидан совға бўлса-да, банда чора излаб интилиб боргани каби, инсон ҳам нафсини жиловлаб бориши керак.
Бунинг учун қаноат ва унинг акси бўлган тамагирлик нима эканлигидан хабардор бўлиш лозим. Чунки кўпчилик асли тамагирлик кўчасини манзил қилиб олган бўлса-да, мазкур тушунчалардан бехабарлиги сабабли ўзидаги иллатни пайқамай қолади.
Абдулла Авлоний қаноатни шундай таърифлайди:
Қаноат деб жаноби Ҳақ тарафидан иҳсон бўлган аҳволга етишдиғимиз неъмат ва молга шукр, бошимизга келган фақр, мусибат, фалокатларга чидаб, сабр қилмоқни айтилур. Қаноат ҳасад, тама, ҳирс, xорлик каби иллатларнинг давоси, нафсимизнинг ғиносидур.
Қаноат бир xазинадурки, нақдинаси кундан-кун ортар. Бу xазинага эга бўлган кишилар умрларини шавқ ва роҳатда кечирурлар. Бунинг ила баробар қаноатсизликдан пайдо бўладурган ҳасад деган жоннинг энг зўр душманидан қутулурлар.
Чин инсонлар кишининг молина, мулкина, саодатина,
маишатина ҳасад қилмас, қаноатдан айрилмас, умрини роҳатда ўткарур. Инсон ҳар бир ишга кучи етгунча чолишмоқ, жаноби Ҳақ тақдирдаги нарсасидан нимани берса, шунга қаноат қилмоқ лозимдур.
Зероки, инсон ўз маишатини, номусини сақламоқ учун фидойи жон даражасига боргунча саъй қилмоқға буюрилмишдур, лекин бу саъйнинг машруйи ҳар бир ишда қаноатни қўлдан бермасликдур.
Оламда қаноат каби дилни поклайдурган нарса йўқдур. Жаноби Ҳақнинг амрига итоат қандай саодат эса, тақдирига қаноат зиёда баxтиёрликдур.
Ҳазрати Али афандимиз: «Дунёда саъй-жадали ила маишат ўткарган қаноат эгаси ҳеч кимға муҳтож бўлмаган зўр бойлар каби роҳатда, саодатда яшар», – демишлар.
Афлотун ҳаким: «Инсоннинг саодати қаноатини қўлда тутмакда, сарват ва маишат тўғрисида жаноби Ҳақнинг тақдирига рози бўлмакдадур», – демишлар. (Туркий Гулистон ёxуд аxлоқ. зиёуз.сом кутубхонаси)
Айтибдиларки, одамларнинг бахтлироқлари қуйидагилардир:
1. Қалби илмга ташна кишилар;
2. Жисми сабр қилувчи кишилар;
3. Қўлида бор нарсаларга қаноат қилувчи кишилар.
Ваҳб ибн Мунаббаҳ ал-Яманийнинг айтишларича, Тавротда шундай ёзилган экан:
«1. Очкўз киши дунёга подшоҳ бўлса ҳам, барибир фақирдир.
2. Итоаткор кишига агар у қул бўлса ҳам, одамлар итоат қиладилар.
3. Қаноат қилувчи киши агар оч бўлса ҳам, барибир бойдир». (Мунаббиҳот. Шайх Аҳмад ибн Ҳажар Али ал-Асқалоний. зиёуз.cом кутубхонаси)
Қалбингда дунё аҳли қанчалик улуғланса, банда шунчалик Аллоҳнинг назаридан қолади. Киши аҳли дунёнинг дунёсига етиш учун динини сарфлашдан сақлансин. Кимки дунё учун азиз динини сарфласа, уларнинг назарида хор, ҳақир бўлади.
Аллоҳ таоло қаноат бeрганлардан бошқа фақирлар ўликлар кабидир. Қаноат баданнинг роҳати, қалбнинг саломатлигидир. Кимки ўзига бeрилган ризққа қаноат қилса, охиратда, албатта, нажот топади ва бу дунёда покиза ҳаёт кeчиради. Аллоҳга таваккул қилиш – Аллоҳ таоло билан кифояланиш, Аллоҳдан ўзгалардан қўрқувни ва умидни йўқотишдир. Ҳур инсон агар тамаъ қилса, қулдир. Қул агар қаноат қилса, ҳурдир. (Дурратун носиҳийн. Усмон ибн Ҳасан ибн Аҳмад Шокир Хубарий. зиёуз.cом кутубхонаси)
Абу Ҳурайра разияллоҳу анҳудан ривоят қилинади – Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи васаллам:
«Юқоридаги қўл пастки қўлдан яхшидир. (Яъни, эҳсон қилувчи қўл тиланчи қўлдан яхшидир) Садақа бeришни аввал қарамоғингдагилардан бошлагин! Садақаларнинг энг яхшиси ўзинг ва оиланг эҳтиёжларини қондирадиган нарсаларни қолдириб қилган садақангдир. Кимки тиланчиликдан сақланиб ўзини тийса, Аллоҳ ҳам уни тиланчиликдан офиятда қилиб қўяди. Кимки (бeрганига қаноат қилиб) ўзини бeҳожат қилса, Аллоҳ ҳам уни бeҳожат, бадавлат қилиб қўяди», дeдилар. Бухорий ривояти.
Абу Умома разияллоҳу анҳудан ривоят қилинади – Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи васаллам:
«Эй одам боласи, агар заруратингдан ортиқчасини эҳсон қилсанг, ўзинг учун яхши. Агар бeрмасдан ушлаб қолсанг, ўзинг учун ёмон. Кифоя қилгудeк ризққа қаноат қилсанг, маломат этилмайсан. эҳсон қилишни ўз қўл остингдагилардан бошлагин», дeдилар. Тeрмизий ривояти. (Риёзус солиҳийн. Абу Закариё Яҳё ибн Шараф Нававий. зиёуз.cом кутубхонаси)

Хурсандбек Камолов. Асака т. "Ҳазрат Усмон"  масжиди имом хатиби
Nom: Javob: Қўшни
Yuborildi: MirzoMuhammad 01 Yanvar 2019, 15:08:17
ҚЎШНИНИНГ ҲАҚЛАРИ
   Халқимизда бир мақол бор: “Қўшнининг еттидан бирига ҳақи бор”. буни деярли ҳамма билади. Айниқса қўшнисидан фойдаланишга келганда дарҳол шу мақол ёдга тушади. Лекин энг қизиғи шундаки, қўшниси ундан фойдаланиши кераклигида бу мақол унутиб қўяди. Гўё бундай мақол ҳеч қачон бўлмагану, мабодо бўлса ҳам шунчаки айтиб қўйилгандек. Ҳа, “Қўшнимнинг еттидан бирига ҳақим бор” дейишдан кўра “Менда қўшнимнинг еттидан бир ҳақи бор” десак тўғрироқ бўлур эди.
   Бу ҳолат кўпроқ рўзғор буюмларининг олди-бердисида ўз ифодасини топади. Қўшничилик ҳақида гап кетганда аксар ҳолларда кўпчилик: “Мен қўшнимга фалон нарсамни берсам, вақтида қатариб олиб чиқмайди” деганин эшитамиз. Мен шундай дейман: ”Майли-да! Унга керак бўлганда олиб чиқиб кетган бўлса, сиз ҳам керак бўлганда қайтариб олиб чиқинг” дейман. Ҳолбуки, бизлар қўшнилар билан шундау муносабатда бўламиз. Бу бизга оғир келмайди-ку! 
   Яна айтишади: “Бир нарса берсанг синдириб қўйишади”. Мен яна шундай дейман: “Майли-да! Синган ёки бузилган бўлса, нимаси ёмон? Сизда бор, қўшнида йўқ эди. Мана энди ундан афзал ва ортиқчалигингиз камайди. Бу яхши-ку! Бундан қалбингиз таскин топиши керак” дейман.
Аслида, инсоф билан айтганда, ўзимизда ҳам қўшнининг буюмлари талофат кўриши бўлиб туради. Аксига олиб “Бировники бировда эриб туради” дегандек, шунақа бўлиши табиий. Умуман табиатан олганда ҳар ким ўз буюмининг нозик жойини билиб, авайлаб ишлатади. Бошқаси эса...
111 - حدثنا مالك بن إسماعيل قال حدثنا عبد السلام عن ليث عن نافع عن بن عمر قال : لقد اتى علينا زمان أو قال حين وما أحد أحق بديناره ودرهمه من أخيه المسلم ثم الآن الدينار والدرهم أحب إلى أحدنا من أخيه المسلم سمعت النبي صلى الله عليه و سلم يقول كم من جار متعلق بجاره يوم القيامة يقول يا رب هذا أغلق بابه دونى فمنع معروفة
Абдуллоҳ ибн Умар разияллоҳу анҳумо айтдилар: "Бизга шундай замонлар (ёки “дамлар” деди) келган эдики, ҳeч бир киши ўз динор ва дирҳамида мусулмон биродаридан ҳақлироқ эмас эди. Мана энди эса, динор ва дирҳам ҳар биримиз учун мусулмон биродаридан маҳбуброқ бўлиб қолди. Мeн Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва салламнинг:
"Қанча қўшнилар борки, қиёмат куни қўшнисига осилиб: "Эй Раббим! Бу менга эшигини қулфлаб олиб, мени яхшиликдан тўсиб олган эди”, дeб даъво қилади", дeганларини эшитган эдим".
   112 - حدثنا محمد بن كثير قال أخبرنا سفيان عن عبد الملك بن أبى بشير عن عبد الله بن المساور قال سمعت بن عباس يخبر بن الزبير يقول سمعت النبي صلى الله عليه و سلم يقول : ليس المؤمن الذي يشبع وجاره جائع
   Абдуллоҳ ибн Аббос разияллоҳу анҳумо ибн Зубайр разияллоҳу анҳуга: "Мeн Пайғамбар саллаллоҳу алайҳи ва салламнинг:
"Ўзи тўқ, қўшниси оч бўлган кимса мўмин эмасдир", дeган сўзларини эшитдим", деган. (Ал-адаб ал-муфрад. Имом Исмоил ал-Буxорий)


   Улуғбек қори Йўлдошев Асака т. "Холид ибн Валид" масжиди ходими
Nom: Javob: Islomiy axloq
Yuborildi: MirzoMuhammad 16 Yanvar 2019, 16:04:55
Тақво ҳақида бир оғиз
Дунё ўткинчи. Лекин шу ўткинчи дунёда ҳам ўзига яраша ҳурмат-эҳтиром топишлик шарафли иш, инсон учун обрў, ҳаётнинг зийнати. Бу дунёда ҳурмат ва эҳтиром топиш учун ҳам анчагина захмат талаб қилинади. Қандай машаққатларни бошидан ўтказиш унинг теварак-атрофидаги жамиятнинг ҳолатига қараб бўлиши ҳам мумкин.
Қайсидир даврада муштуми зўрлар обрў топса, бошқасида пули кўплар. Яна бирида маърифатли инсонлар.
Маърифатли инсонлар умуман олганда ҳар қандай даврада ҳам обрў топиши мумкин. Биз зикр қилган обрўлар шу дунё учун ва бандалар нигоҳидадир.
Энди бутун оламларнинг Тангриси бўлгсн Аллоҳ субҳонаҳу ва таолонинг наздида ҳам ҳурмат топса, ўша ҳақиқий ютуқдир. Чунки унинг роҳати мангудир. Аллоҳнинг ҳузурида ҳурматли бўлиш учун на мол, на давлат, на мансаб ва на бошқаси талаб қилинади, балки тақво зарур.
يَا أَيُّهَا النَّاسُ إِنَّا خَلَقْنَاكُم مِّن ذَكَرٍ وَأُنثَى وَجَعَلْنَاكُمْ شُعُوباً وَقَبَائِلَ لِتَعَارَفُوا إِنَّ أَكْرَمَكُمْ عِندَ اللَّهِ أَتْقَاكُمْ إِنَّ اللَّهَ عَلِيمٌ خَبِيرٌ
“Эй одамлар! Биз сизларни бир эркак ва аёлдан яратдик ва сизларни ўзаро танишишингиз учун халқлар ва қабилалар қилиб қўйдик. Албатта, Аллоҳнинг ҳузурида энг ҳурматлигингиз энг тақводорингиздир. Албатта, Аллоҳ билувчи ва хабардор зотдир”. (Ҳужурот. 13)
Тақво ва тақводорлар ҳақида кўп гапирамизу, аммо кўпларимиз  бу  сўзларнинг  маъноси  ҳақида  унча  ўйлаб  кўрмаймиз.  «Тақво» сўзи  луғатда  «сақланиш,  эҳтиѐт  бўлиш,  қўрқиш,  зарарли,  қабоҳат  ва кароҳиятли  нарсалардан  четланиш»  маъноларини  билдиради.  Истилоҳда Аллоҳнинг  уқубати  ва  азобларидан  сақланиш  учун  Унинг  буйруқларини бажариш,  қайтариқларидан  четланиш  «тақво»  дейилади. 
Тақво  Аллоҳ таолодан  қўрқиш,  ҳаром  ва  шубҳали  нарсалардан  тийилишдир.  Бундай хислат  соҳиби  тақводор  (муттақий)  саналади.  Тақводор  киши  ишончли саналади, ундан ҳеч ким зиѐн кўрмайди. Исломда барча инсонлар бири-бири билан  тенгдир,  улар  фақат  тақволари  билан  ажралиб  туришади. (Жума тезисларидан)
Аллоҳ таоло Қуръонда баён қилади:
لَن يَنَالَ اللَّهَ لُحُومُهَا وَلَا دِمَاؤُهَا وَلَكِن يَنَالُهُ التَّقْوَى مِنكُمْ كَذَلِكَ سَخَّرَهَا لَكُمْ لِتُكَبِّرُوا اللَّهَ عَلَى مَا هَدَاكُمْ وَبَشِّرِ الْمُحْسِنِينَ
“Уларнинг гўштлари ҳам, қонлари ҳам зинҳор Аллоҳга етмайдир. Лекин Унга сиздан тақво етадир. Шундай қилиб, сизни ҳидоят қилгани эвазига Аллоҳга такбир айтишингиз учун уларни сизга бўйинсундириб қўйди. Яхшилик қилгувчиларга башорат бер”. (Ҳаж сураси 37-оят);
Абу Амр Жарир ибн Абдуллоҳдан (р.а.) ривоят қилинади. «Бизлар куннинг ўртасида Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи васаллам ҳузурларида эдик. Яланғоч, жундан тўқилган кийимлар ёки чопонларини тeшиб бошларидан ўтказиб олган бир қавм кeлди. Уларнинг аксарлари, балки барчалари Музар қабиласидан эди.
Улардаги муҳтожликни кўриб Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи васалламнинг чeҳралари ўзгариб кeтди. Уйларига кириб кeтдилар. Сўнгра чиқиб Билолга (р.а.) азон ва иқомат айтишни буюрдилар. Кeйин намоз ўқиб, қуйидагича хутба қилдилар:
«Эй одамлар! Сизларни бир жондан яратган ва ундан унинг жуфтини яратиб, икковларидан кўплаб эркагу аёлларни тарқатган Раббингиздан қўрқинглар! Номини ишлатиб, бир-бирингиздан сўровда бўладиганингиз Аллоҳдан ва қариндошлик (алоқалари)дан қўрқинг. Албатта Аллоҳ устингиздан кузатувчи Зотдир.
Эй имон кeлтирганлар! Аллоҳга тақво қилинглар! Ҳар ким эрталик кун учун нима қилганини кўриб қўйсин. Киши диноридан, дирҳамидан, кийимидан, бир соъ буғдойидан, бир соъ хурмосидан, ҳаттоки агар хурмонинг ярмини бeриб бўлса ҳам, садақа қилсин», дeдилар.
Ансорийлардан бўлган бир киши халтада кумуш олиб кeлди. Қўли уни кўтаришга ожизлик қилай, дeрди. Балки ожиз қолди ҳам. Кeйин одамлар бирин-кeтин нарса олиб кeлишни бошлашди, ҳаттоки овқат ва кийимлардан икки уюм бўлганини кўрдим. Ва яна Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи васалламнинг (хурсанд бўлганларидан) юзлари олтин каби ярақлаганини кўрдим.
У зот: «Кимки Исломда бир яхши суннат (йўл) чиқарса, савоби унга бўлиб, яна ундан кeйин бу йўл билан амал қилганларнинг савоби ҳам етур. (Бу билан амал қилганларнинг) савобларидан бирор нарса камайтирилмайди. Кимки Исломда ёмон суннат (йўл) чиқарса, гуноҳи унга бўлиб, яна ундан кeйин бу йўл билан амал қилганларнинг гуноҳи ҳам етур. (Бу билан амал қилганларнинг) гуноҳларидан бирор нарса камайтирилмайди», дeдилар». (Риёзус солиҳийн. Абу Закариё Яҳё ибн Шараф Нававий. зиёуз.cом кутубхонаси)

Баҳодиржон Сулаймонов. Асака т. "Файзобод" жоме масжиди имом хатиби
Nom: Javob: Islomiy axloq
Yuborildi: okahon.8800 31 Yanvar 2019, 08:54:41
ГИЁХВАНДЛИК - АСР ВАБОСИ
Аллоҳ таоло Ўзнинг каломи – Қуръони каримда бандалари Ҳазрати Инсон бўлиб яшаши учун инсонийлик чегараларини белгилаб қўйган. Инсоний ҳаёт деганда – банда тинч, соғлом ва хотиржам яшашлигидир. Қуръон оятлари билан баёнланган ҳалолликларнинг барчаси инсоннинг фойдаси учун. Нимаики бандасига зарар ёки касалликка дучор қиладиган ёки тинчини йўқотадиган амаллар бўлса, Аллоҳ таоло бандасига меҳрибонлигидан у йўлларни қатъий таъқиқлаган ва ҳаром деб белгилаб қўйган. Мана шундай тақиқланган амаллардан бири бу гиёҳвандликдир.
Қурони каримда Аллоҳ таоло: “Ўзларингизни ўзларингиз ҳалокатга ташламанглар”, деб марҳамат қилган. Бундан кўринадики охири ўлимга олиб келадиган ҳар қандай одатлардан инсон боласи четда бўлмоғи лозим, илоҳий амр шундай. Бу офатга қарши айни пайтда халқаро миқёсда мислсиз кураш олиб борилмоқда. Шунга қарамай, дунё бўйича гиёҳвандлик балосига гирифтор бўлган инсонлар талайгина.
Гиёҳванд моддалар қабул қилиниши инсон саломатлигига путур етиши хамда ундан ногирон фарзандларни дунёга келиши ва оилаларни барбод бўлиши холатлари жуда кўп кузатилади. Қарийб ўттиз йил давомида гиёҳванд моддаларни истеъмол қилувчи ўнта оилани кузатган француз олими Демманинг ўрганишича, мазкур оилаларда дунёга келган болаларнинг деярли аксарияти ногирон бўлиб туғилган. Тинимсиз заҳри қотилни истеъмол қилганларнинг аксарияти эса ўпка саратони, асаб, бўғма касалликлари билан оғриб, ҳаётдан эрта кўз юмган. Гиёҳвандлар ўз-ўзини эҳтиёт қилиш қобилиятини йўқотадилар. Кўпчилиги ўзини-ўзи ўлдиришга ҳаракат қилади.
Пайғамбаримиз Муҳаммад (с.а.в) ўз хадиси шарифларида “Ҳар бир маст қилгувчи хамрдир. Ҳар бир хамр ҳаромдир” - деганлар.
Нима нарса инсонни маст қилса, ақлини кетказса у ҳаром бўлади. спиртли ичимликми, гиёҳванд нашаларми ёки бирор моддаларни ҳидлаб маст бўладими барибир ҳаммаси ҳаром.
Пайғамбаримиз с.а.в.нинг мўъжизалари ушбу ҳадис шариф билан маълум бўлмоқда. “ҳар бир бўшаштирувчи” деганларида ҳозирги тил билан айтилганда наркотик моддаларининг алоҳида васфидир. Чунки бундай вабо, яъни наркотик моддалари ибтидоси, бошланиши ҳижрий 10 асрлардан бошланган. Фиқҳий китобларимизда ана ўша асрдан бошлаб, бу хилдаги масалалар кириб келган.
Исломда гиёҳвандликнинг зарар ва офати ҳақида уламолар кўплаб асарлар ёзишган, чунончи Имом Саноний шундай дейди: “Гиёҳвандлик нима нарсадан бўлишидан қатъи  назар маст қилдими ёки афюн каби нарса бўлиб истеъмол қилинишида кайф бердими – у мутлоқ ҳаромдир”.
Имом Аъзам (раҳмутулоҳи алайҳ) мазҳабларидаги охирги мужтаҳид уламолардан Ибн Обидин ҳазратлари Ибн Ҳажардан нақл этиб шундай дейди: “Банг-афюн истемол этишда 120 хил диний ва дунёвий зарар, офатлар бўлади”.
Шайх Санъоний “Субулус салам” китобларида шундай фатво берганлар: “Нима бўлса ҳам, маст қилуви нарса ҳаромдир, хоҳ у нашага ўхшаган ичилмайдиган нарса бўлса ҳам”.
Шайх ал Хаттоб ўзларининг “Мавоҳибул Жалил” номли китобларида наша билан афюнни хамр деб санаганлар. Барча уламолар иттифоқ бўлиб: “Гиёҳвандлик моддалари орқали қилинган тижорат ҳаромдир, уларни истеъмол қилган ҳолда намоз ўқиган одамнинг намози қабул эмас, улардан келган фойда ҳаром, уни садақа қилса гуноҳкор бўлади, яхшилик ишларга ҳам ишлатиб бўлмайди” деб фатво беришган.
Аллома Ибн Ҳажар ал-Маккийнинг "Ал-фатово ал-исломия" номли асарида гиёҳвандлик иллати инсон саломатлиги ва жамият ҳаётига етказадиган бир юз йигирма хил жиддий зарар санаб ўтилган. Шунингдек ўз китобида “Гиёҳвандлик моддаларини истеъмол қилишда бир қанча диний ва дунёвий зарарлар мавжуд: у инсон тафаккурини ўтмаслаштиради, тананинг турли касалликларга чидамлилигини йўқотади, хотирани сусайтиради, бош, юрак, сил, истисқо хасталикларини юзага келтиради, ибодатдан тўсади, шарму ҳаёни кетказади, инсоний муносабатлар ва мурувватга зарар етказади”.
Бу иллатни яна бир зарарларидан бири бунга сарифланган маблағ исроф ва харом ишга сарфланган хисобланади.
Aллоҳ таоло Қурони каримда ай¬тади: "Еб-ичинглар, лекин исроф қилмaнглар, зеро Аллоҳ таоло исроф қилувчиларни хуш кўрмайди" (Аъроф сураси 31-оят).
Бошқа оятда эса  шундай дейилади: "Ва ҳаргиз исроф қилмагин. Албaттa исрофгaрлар шaйтoнлаpнинг биродаридир. Шaйтoн эса, Парвардигорга ўта ношукр эди".(Исро сураси 27-оят)
Ҳадиси шарифда айтилади: “Аллоҳ mаоло сuз¬ларнu молу давлаmuнгuзнu uсроф ва зоё қилишликдан манъ эmадu"
Молу бойликни беҳуда ва бефойда сарф этиш шариатда ҳаром санaлгaнданидек, иноннинг жисмига ақлига динига ва наслига офат олиб келадиган гиёхванд моддалар албатта харом бўлади.
Унинг касофати бу билан чекланиб қолмайди, у кишиларнинг бор-йўқ молу дунёсидан жудо қилиб оилаларни, миллатларни, жамиятларни паришон этади. Наркотик балосига чалинганлар аҳли аёлларининг, фарзандларининг ризқини қийиб, баъзилари эса бор-будурини совуриб, ҳеч нарса тополмай қолганда ўғрилик, қотиллик, зино каби ҳаром йўлларга кириб топган ҳаром пулларига у заҳри қотилни олиб ўзларини ҳам, жамиятни ҳам заҳарлайдилар.
Барчаларимизни бундай иллатлардан огох бўлишимиз хамда фарзандларимиз ва яқин инсонларимизни захри қотил бўлган гиёхванд моддаларган эхтиёт қилишимиз шарт.
“Мирза Холиқ ота” жоме масжиди имом хатиби Хожиев Муҳаммадийхон.

Nom: Javob: Islomiy axloq
Yuborildi: okahon.8800 07 Fevral 2019, 13:31:50
ОМОНАТ ЖОНГА ХИЁНАТ ҚИЛМАНГ.
Дунё ҳаёти имтихондан иборат. Инсон хаёти давомида яхши ёмон кунлар бўлиб туради. Гохида инсон бошига ғам ташвишлар тушиши мумкин. Анашу пайтда сабр қилишни  ва Аллоҳ таолонинг раҳматидан умидвор бўлиб яшаши хамда турли шайтоний васваса, тушкунлик ва умидсизликка берилмай, Инсон деган улуғ номга мувофиқ иш тутиши лозим. Аллоҳ таоло Қуръони каримнинг Нисо сурасида шундай деб марҳамат қилади: “Ва ўзингизни ўзингиз ўлдирманг. Албатта, Аллоҳ сизларга раҳмлидир. Ким буни тажовузкорлик ва зулм ила қилса, уни албатта дўзахга киритурмиз. Бу эса Аллоҳга осондир” (29–30-оятлар).
Бошқа бир оятда эса, инсоннинг ўз жонига қасд қилиши энг катта гуноҳ экани баён қилинади: “Ўз қўлларингиз билан ўзингизни ҳалокатга ташламанг! (Барча ишларни) чиройли қилингиз. Албатта, Аллоҳ чиройли (иш) қилувчиларни яхши кўради” (Бақара сураси 195 оят).
Пайғамбаримиз Муҳаммад мустафо (с.а.в) ўз ҳадисларида Инсон ўз жонига қасд қилиши энг оғир гуноҳлардан экани ва бу гуноҳ сабабли охиратда қаттиқ жазога мубтало бўлишини баён қиладилар.
Абу Ҳурайра розияллоҳу анҳудан ривоят қилинади: “Набий соллаллоҳу алайҳи васаллам: “Ким тоғдан ташлаб, ўзини ўзи ўлдирса, у жаҳаннам оташида абадул-абад ўзини тоғдан ташлаб туради. Ким заҳар ичиб, ўзини ўзи ўлдирган бўлса, у жаҳаннам оташида заҳарини қўлида тутган ҳолида абадул-абад (заҳар) ичиб туради. Ким ўзини ўзи темир нарса билан ўлдирган бўлса, жаҳаннам оташида ўша темирни қўлида тутган ҳолида абадул-абад ўша(темир)ни қорнига санчиб туради”, – дедилар”.
Ҳозирги кунимизда айрим инсонларга васвасага тушиб қолиб ёки сабрсизлиги сабаб, ўз жонларига қасд қилаётганларининг гувоҳи бўлиб турибмиз. Айниқса бу ҳолат вояга етмаган ақли шаклланиб улгурмаган ёш йигит ва қизларда учрашлиги ачинарли ҳолатдир.
Ёшлар ўртасида, ўз жонига қасд қилишнинг асосий сабабларидан бири, фарзанднинг яхши тарбия топмаганлигидир. Эмишки, ота – она ўғлига севган қизини олиб беришмагани, ёки қизини севган йигитига турмушга беришмаган. Шунингдек фарзанди талаб қилган кийим кечак, қимматбахо телефон олиб беришмагани хамда шу каби арзимас сабаблар билан ўз жонига қасд қилишлари, бу Аллоҳ таоло берган ҳаёт – умр деб аталган неъматга ношукурлик оқибатидир. Бундай ношукурликнинг охиратдаги жазоси жаннатдан маҳрум бўлишдир.
Пайғамбаримиз Муҳаммад (с.а.в) шундай дейдилар: “Аллоҳ таоло ҳадиси қудсийда марҳамат қилурки: “Бандам ўзини - ўзи ўлдириб, Менинг унга берган умр (неъмати) га шукр қилмай, шошилди. Шунинг учун унга жаннатни абадий ҳаром қилдим”. (Имом Бухорий ривояти).
Шуни унутмаслик керак. Дунёда ота – она қаддини букуб юборадиган, сочида оқартириб ташлайдиган енг оғир мусибат ва жудолик фарзанддан айрилишдир. Ҳар бир фарзанд буни яхши билиши ва хаёти давомида доимо ота – онасига итоатда бўлиб уларни дилига оғир ботадиган, ранжиб қолишига сабаб бўладиган ишлардан сақланиб юриши керак.
“Мухаммад Солиҳ хожи” жоме масжиди ходими Ж. Парпиев
Nom: Javob: Islomiy axloq
Yuborildi: MirzoMuhammad 11 Fevral 2019, 14:51:09
Буюклик ортидаги АЁЛ
   Аёл киши оиланинг фариштаси дейдилар, агар ҳақиқатан ҳам ўз аёллик мақомида бўлса. Аёл зоти оилада ҳар томонлама ўз мавқеъига эга. У бизнинг табаррук онамиз, ғамхўр опамиз, жигаргўша синглимиз ва “дадасининг қизи” бўлган кўз қувончимиз, аллақачон ўз фарзандларининг ташвишларига шўнғиб кетган бўлса ҳам, улардан ошиниб бизнинг ғамимизда югуришга улгурган амма ва холамиз, кийимларимизни покиза ва замон талабида тайёрлаб берган меҳрибон янгамиз ва ниҳоят бизнинг бир умрлик ажралмас қисмимиз – жуфти ҳалолимиз.
Тарихга назар ташласак ҳар қандай буюк шахслар ортида аёл зоти борлигини эътироф этмай иложимиз йўқ. Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи васалламдек буюкларнинг буюгининг ҳаётида ҳам бу эътироф ўз аксини топади. Яъни башарият орасида Пайғамбаримиз саллаллоҳу алайҳи васалламнинг ҳақиқатан Аллоҳнинг элчиси эканига биринчи бўлиб имон келтирган, Пайғамбаримиз саллаллоҳу алайҳи васаллам илк бора ваҳий келишидан саросимага тушганларида далда бўлган, бор давлати ва имконини Ислом йўлида фидо қилган Халичайи кубро разияллоҳу анҳо ҳам аёл жони билан кўплаб эркаклардан кўра жасорат кўрсатган.
Тақдир тақозосига кўра Исломни дунё бўйлаб ёйила бошлаганини кўрмаса-да, иншооллоҳ, охиратда эксак мақом – Аллоҳнинг ҳабибининг суюклик жуфти ҳалолидек мартабага муносиб бўлган.
Олтмиш беш ёшга бориб қувватдан қолган замонларида мушрикларнинг жафо ва таъқиб қилишлари онамизнинг тинка мадорини қуритди. Натижада кўрпага ётиб қолганлари учун Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам ёнларидан жилмай қолдилар. Шу ҳолатда уч кун ётганларидан сўнг Охират сафари яқинлашиб қолганини сезиб қолдилар. Аммо Хадича разияллоҳу анҳонинг Ислом дини нажот ва зафар қозониб гуллаб яшнашига иштиёқи жуда ҳам баланд эди.
Кўзининг қувончи бўлган қизи Умму Гулсумга шивирладилар:
-   Қанийди умрим етиб, машаққатларимизнинг роҳатини лоақал бир бора кўриб қолсам эди, кўзларим қувончга тўлиб, армоним қолмай рози бўлган ҳолатда жонимни топширар эдим.
-   Ундай деманг онажон! Ташвишланишга ҳожат йўқ, – деди Умми Гулсум разияллоҳу анҳо.
Мўминларнинг онаси ҳаёт балан видолашар экан “Ҳа, қизгинам, Аллоҳга қасамки, менга ташвишланишга ҳожат йўқ. Қурайш аёлларидан ҳеч бири мен кўрган мўл кўлчиликни кўрмади. На фақат Қурайш, балки дунё аёлларидан ҳеч бири Муҳаммад саллаллоҳу алайҳи ва салламга етишганимдек улуғ бахтга мушарраф бўлмади. Менинг Ҳабибул Мустафога хотин бўлишлигим дунёлигим учун кифоя. Охиратим учун эса, энг аввал имон келтирганим ва мўминларга она бўлганим кифоя!” деди.
Кўзлари юмила бошлар экан лаблари пичирлади: “Эй Аллоҳ! Мен Сенга сано айтиб адо қила олмайман. Эй Аллоҳ! Мен Сенга рўбарў бўлишдан ташвишланмайман, ва лекин хоҳлар эдимки, фидойилигим яна давом этса, шоядки менга берган неъматларингга муносиб бўлсам!”
Дунёни тарк эта бошлади. Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам онамизга жон топшириш аччиқлигини енгиллатиб, Аллоҳ субҳонаҳу ва таоло мўминларнинг онасига мустаҳкам имони учун, Ислом динига ёрдам қилгани ва бор мол мулкини Аллоҳ йўлида саҳоват ила нисор қилиб юборганлиги учун жаннатда неъматлар ҳозирлаб қўйганлигининг башоратини берар эдилар.
إِنَّ الْمُتَّقِينَ فِي جَنَّاتٍ وَعُيُونٍ * آخِذِينَ مَا آتَاهُمْ رَبُّهُمْ إِنَّهُمْ كَانُوا قَبْلَ ذَلِكَ مُحْسِنِينَ * كَانُوا قَلِيلًا مِّنَ اللَّيْلِ مَا يَهْجَعُونَ * وَبِالْأَسْحَارِ هُمْ يَسْتَغْفِرُونَ * وَفِي أَمْوَالِهِمْ حَقٌّ لِّلسَّائِلِ وَالْمَحْرُومِ *
“Албатта, тақводорлар жаннатлар ва булоқлардадир. Роббилари берган нарсаларни олувчилардир. Чунки улар бундан олдин эҳсон қилувчилардан бўлганлардир. Улар кечалари оз ухлар эдилар. Ва улар саҳарларда истиғфор айтар эдилар. Ва молу мулкларида, сўровчи ва бечораларнинг ҳақи бордир”. (Зариёт сураси, 15 – 19 оятлар)

Улуғбек қори Йўлдошев
Nom: Javob: EXSONDA SAVOB KO"P
Yuborildi: MirzoMuhammad 11 Fevral 2019, 15:00:28
Садақа балони қайтаради
Абу Ҳурайра разияллоҳу анҳудан ривоят қилинади. Бир киши Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва салламнинг ҳузурларига кeлиб: «Эй Аллоҳнинг расули, садақанинг қайси бири ажри улуғроқ?» дeганида, у зот:
«Ўзинг соғ, ҳирсли, қизғанчиқ, камбағалликдан қўрқиб, бойликни орзу қилиб турган пайтингда садақа қилганинг. Токи жонинг ҳалқумингга етиб келгунча кeчиктирмагин. Сeн фалончига унча, пистончига бунча, дeб айтасан. Ҳолбуки фалончига бўлиб бўлади», дeдилар. (Имом Бухорий ва Муслим ривоятлари)
Садақа балони қайтаради. Садақа қилиб юрган одамнинг бошига кулфат тушганида хотиржамликдан қилган садақаларининг ҳурматидан Аллоҳ таоло ҳам у бандага ёрдам беради. Қадим замонларда бир подшоҳ бўлган  экан. У бир куни эълон қилибди:
- Шаҳарда тиламчи ва  гадойлар кўпайиб кетди! Бугундан эътиборан кимки тиламчи ва  гадойларга садақа берса, қўллари кесилсин!
Шундан сўнг юртда ҳеч ким гадойларга садақа  бермай қўйибди. Кунлардан бир кун бу  шаҳарга кираётган карвонини  қароқчилар талаб, боридан айрилган савдогар биринчи тўғри келган уйнинг эшигини  тақиллатибди.
Дарвозани чиройли бир қиз  очибди.
- Бир қултум сув билан, бир бурда нон бер,-  сўрабди савдогар.
Қиз уйга кириб кетаётиб, шоҳнинг  фармони эсига тушиб қолибди. Сўнг орқасига қайтиб, у кишига:
- Отахон, бизнинг юртимизда ким тиламчига  садақа берса, қўллари  кесилсин деб, фармон  чиқарилган,- дебди. Шунда у  киши:
- Мен тиланчи эмасман, савдогарман. Карвонимни қароқчилар уриб кетди, оч қолдим,  савоб бўлади,- дебди.
Қиз ночор унга сув ва нон берибди.
Айғоқчилар бундан  хабар топиб, қизнинг  қўлларини кесишибди.
Орадан анча вақт ўтибди. Шоҳ  юртини кезиб юриб, бир  хонадондан дардли ва мунгли нола  эшитиб қолибди. Суриштирса, фармонга асосан қўли кесилган қизэкан. Шоҳ ичкари кириб, гўзал қизни кўрибди. Қилган ишидан пушаймон бўлиб, айбини ювиш учун унга уйланибди. Қиз унга сира кўнгил қўя олмапти. Вақтлар ўтиб, ўғил кўрибди. Кейин йўл топиб, боласи билан саройдан қочибди. Юриб-юриб анҳор  бўйига келибди. Сув ичай деса,  қўллари йўқ. Сувга энгашибди.  Шу пайт белига боғлаган  боласи анҳорга тушиб  кетибди.
Олай деса қўллари йўқ, дод солиб йиғлаб:
- Эй Аллоҳ! Мен ожизани Ўзинг қўлла,- дебди.
Шу пайт одам шаклидаги икки фаришта келиб, бири сувни орқага қайтарибди. Иккинчиси:
- Эй маъсума аёл, қўлингни  сувга тиқ,- дебди.
Қўлларини сувга тиққан экан,  қайтадан қўллари чиқиб  боласини сувдан олибди ва  Аллоҳга ҳамду-санолар  айтибди. Сўнг улардан кимлигини сўраса улар:
- Биз бир бурда нон ва бир  қултум сувмиз,- деб жавоб  беришган экан.

Улуғбек қори Йўлдошев. Асака т. “Холид ибн Валид” масжиди ходими
Nom: Javob: Maʼrifiy maqolalar
Yuborildi: MirzoMuhammad 11 Fevral 2019, 15:16:26
Ота онага яхшилик
Аллоҳ таоло Ўзининг каломи шарифида бундай марҳамат қилади:
وَوَصَّيْنَا الْإِنْسَانَ بِوَالِدَيْهِ حَمَلَتْهُ أُمُّهُ وَهْنًا عَلَى وَهْنٍ وَفِصَالُهُ فِي عَامَيْنِ أَنِ اشْكُرْ لِي وَلِوَالِدَيْكَ إِلَيَّ الْمَصِيرُ
яъни, “Биз инсонга ота-онасини (рози қилишни) буюрдик. Онаси уни заифлик устига заифлик билан (қорнида) кўтариб юрди. Уни (кўкракдан) ажратиш (муддати) икки йилда (битар). (Биз инсонга буюрдикки) «Сен Менга ва ота-онангга шукр қилгин! Қайтиш Менинг ҳузуримгадир”. (Луқмон сураси, 14-оят)
Ояти карима мазмунига кўра ота-она ким бўлишидан қатъи назар уларга яхшилик қилиш барча фарзандларнинг муҳим бурчи эканини билдик. Оят мазмунига мувофиқ кексайиб қолган вақтларида уларга янада кўпроқ аҳамият бериш ва ғамхўрлик кўрсатиш лозимлиги маълум бўлди.
Дарҳақиқат, динимиз таълимоти ва йўл-йўриқлари ота-оналарга яхшилик қилиш, уларга итоатда бўлиш, ҳурмат-эътиборини ўрнига қўйиш, уларга ҳеч қачон осийлик қилмаслик, айниқса ёшлари улғайиб, кексалик палласига етганларида чиройли парвариш ва ғамхўрлик кўрсатишга чорлайди. Ота-она фарзандни вужудга келишига сабабчи бўлган улуғ зотлардир. Ҳар икковлари кечалари ухламай уни вояга етказадилар ва бу йўлда катта қийинчилик ва заҳматларни бошдан кечирадилар. Ота-оналар барча машаққатларга сабр қиладилар ва Аллоҳ таолодан уни иймонли, солиҳ инсон бўлиб камолотга етишини сўраб илтижолар қилишади. Аллоҳ таоло ота-онага яхшилик қилиш ва ҳурматларини жойига қўйиш, уларнинг ҳузурларида қалблари азият чекиб, диллари вайрон бўладиган бирон-бир сўзни айтмаслик, уларга яхшилик қилишнинг Ўзига ибодат қилиш билан бир даражада эканини таъкидлаб, бундай дейди.
وَقَضَى رَبُّكَ أَلَّا تَعْبُدُوا إِلَّا إِيَّاهُ وَبِالْوَالِدَيْنِ إِحْسَانًا إِمَّا يَبْلُغَنَّ عِنْدَكَ الْكِبَرَ أَحَدُهُمَا أَوْ كِلَاهُمَا فَلَا تَقُلْ لَهُمَا أُفٍّ وَلَا تَنْهَرْهُمَا وَقُلْ لَهُمَا قَوْلًا كَرِيمًا    وَاخْفِضْ لَهُمَا جَنَاحَ الذُّلِّ مِنَ الرَّحْمَةِ وَقُلْ رَبِّ ارْحَمْهُمَا كَمَا رَبَّيَانِي صَغِيرًا
яъни, “Раббингиз, Унинг Ўзигагина ибодат қилишингизни ҳамда ота-онага яхшилик қилишни амр этди. (Эй инсон!) Агар уларнинг бири ёки ҳар иккиси ҳузурингда кексалик ёшига етсалар, уларга «уф!..» дема ва уларни жеркима! Уларга (доимо) ёқимли сўз айт! Уларга, меҳрибонлик билан, хорлик қанотини паст тут ва (дуода) айт: «Эй, Раббим! Мени (улар) гўдаклик чоғимда тарбиялаганларидек, Сен ҳам уларга раҳм қилгин!» (Исро сураси, 23-24 оят)
Буюк фақиҳ, Абу Лайс Самарқандий (Аллоҳ раҳмат қилсин) айтади: “Ибн Аббос дейдики: “Қайси бир мўминнинг ота-онаси бўлсаю икковларига яхшилик қилиб тонг оттирса, Аллоҳ таоло унга жаннатдан икки дарвоза очади. Икковларидан бири ғазабли бўлса, Аллоҳ таоло ҳам ундан рози бўлмайди, токи у рози бўлмагунча”. Сўради: “Агар золим бўлса-чи?”. “Агар золим бўлса ҳам!”
Яна бир ривоятларида бундай келади: Учта оят учта нарса билан бирга тушди. Улардан биронтасини иккинчисиз Аллоҳ қабул қилмайди.
Аллоҳ айтди: “Намозни тўкис адо қилинг ва закотни беринг”, (Бақара.  4). Ким намоз ўқиса, закот бермаса, ундан намози қабул қилинмайди.
Аллоҳ айтди: “Аллоҳ ва Пайғамбарига итоат қилингиз”, (Оли Имрон.  132). Кимки Аллоҳга итоат қилса, пайғамбарига итоат қилмаса, ундан қабул қилинмайди.
Аллоҳ айтди: “Сен Менга ва ота-онангга шукр қилгин”, (Луқмон. 14). Ким Аллоҳга шукр қилса, ота-онага шукр қилмаса, ундан қабул қилинмайди.

(Жума тезислари асосида тайёрланди)

Қамариддин Шарофуддинов. Асака т. “Имом Абу Юсуф” жоме масжиди имом хатиби
Nom: Javob: Islomiy axloq
Yuborildi: MirzoMuhammad 12 Fevral 2019, 11:24:28
НАФСНИНГ ЖИЛОВИ
Қуръони каримда нафс уч хил сифат билан келган:
1.   Хотиржам нафс – Раббисининг тоати ва амрларига сокин, унинг муҳаббати ва бандалигига хотиржам бўлган нафсдир.
2.   Маломатчи нафс – қўлдан бой берилган яхшилик ва савоблар учун эгасини маломат қилувчи нафс.
3.   Ёмонликка буюрувчи нафс – эгасини шаҳватлар ва ботил нарсаларга ундовчи нафс. Аслида нафс жоҳил бўлиб, тарбия ва поклаш натижасида Аллоҳ таолонинг инояти билан хотиржам нафсга айланади.
Жумҳур уламолар нафсни поклаш, қалб касалликларини ўрганиш уммат учун фарзи кифоя эканлиги, лекин кимда бирор қалб касаллиги бўлса, уни кетказиш йўлларини ўрганиши фарзи айнга айланишини баён қилишган.
Нафсимизни поклаш учун қуйидагиларга амал қилишимиз керак экан:
1.   нафсни риё, ужб (ўзидан фахрланиш), бахиллик, очкўзлик, таъма, охират ҳисоб-китобидан хотиржам бўлиб қолиш каби ёмон хислатлардан поклаш;
2.   нафсни ихлос, инобат (Аллоҳ таолога қайтиш), Аллоҳдан қўрқиш, шукр ва камтарлик каби чиройли хислатлар билан гўзал қилиш;
3.   фарз ибодатларни доимий адо этиб юриш, чунки Аллоҳ таолога фарзлардан кўра севимли амал йўқ;
4.   нафл ибодатларни кўп қилиш, чунки банда нафл ибодатлар билан Аллоҳ таолога яқинлик ҳосил қилиб бораверади, ҳатто Аллоҳ таоло бандасини яхши кўриб қолади;
5.   Қуръони каримни тадаббур билан қироат қилиш. Зеро, Қуръон тиловати қалбни поклайди, қалб покланса, нафс ҳам покланади. Пайғамбаримиз саллалоҳу алайҳи васаллам:
إِنَّ هَذِهِ الْقُلُوبَ تَصْدَأَ كَمَا يَصْدَأَ الْحَدِيدُ إِذَا أَصَابَهُ الْمَاءُ قِيلَ يَا رَسُولَ اللهِ وَمَا جَلَاؤُهَا قَالَ:" كَثْرَةُ ذِكْرِ الْمَوْتِ
 وَتِلَاوَةِ الْقُرْآنِ" (رَوَى الْاِمَامُ الْبَيْهَقِيُّ).
яъни: “Бу қалблар ҳам худди темир сув текканда занглагани каби занглайди”, – дедилар. Шунда: “Эй, Аллоҳнинг расули, қалбни сайқаллаш (зангини кетказиш) қандай бўлади? ” – дейилди. “Ўлимни кўп эслаш ва Қуръон тиловат қилиш”, – дедилар (Имом Байҳақий ривояти);
6.   илм ўрганиш;
7.   нафсни тергаб туриш ва нафснинг шариатга зид хоҳишларига қарши курашиш. Бу орқали инсон ҳавои нафс, шайтон ва дунё лаззатлари устидан ғолиб келади. Ўтган солиҳлардан бири Ибн Меҳрон раҳматуллоҳи алайҳ: “Киши ўз нафсини дўстини тергагандан ҳам қаттиқроқ тергаб турмагунча, ейиш-ичиши ва кийими (ҳалолдан ё ҳаромдан экани)ни билмагунича, тақводорлардан бўла олмайди”, – деганлар (Имом Термизий ривояти). Ҳасанул Басрий раҳматуллоҳи алайҳ: “Бандага ўз нафсидан насиҳатчи бўлса ва нафсни тергаш эътиборида турса, у доим яхшиликда бўлади”, – деганлар;
8.   Солиҳ инсонлар билан суҳбатлашиш ва хулқи бузуқ одамларнинг суҳбатидан четда бўлиш. (Жума тезислари)
Мўъмин киши неъматлар ичида бўлганда унга ҳамдларини янада кўпайтиради. Чунки у дунё матоҳлари ўткинчи эканини ҳис этади. Бу дунёни фақат маишатдан иборат деб билганлар эса дунё матоҳларига эришса, лаззатдан бошқа нарсага ўтмайди. Аллоҳни жуда кам эслайди.
Инсон бу дунёда лаззатланиб, яшаши унга нима зарар келтиради? Билайликки дунёнинг барча неъматлари инсон учун яратилган. Муаммо унинг лаззатланишида эмас. Муаммо Яратганнинг бизга инъом этган жисмимизга нисбатан бепарволигимиздадир. Жисмимизни нимага ишлатишимиз кераклигини унутишимизда. Натижада инсонни фақат нафсини қондиришдан бошқа ғами бўлмай қолади.
Муаммо нафсда бўлиб, у ислоҳ қилинмаса жиддий камчиликка йўлиқади. Қачон инсон нафси буюрганига чопиб, унга сўзсиз итоат этар экан у икки жиддий дардга йўлиқади.
Биринчиси - нафснинг  туганмас орзуларига дуч келади. Сен эса унга итоат этасан. Сўраганини берар экансан, у сенинг бераётганларингга қониқмасликка ўтади. Нафс  эгасидан лаззатларни кўпайтиришни талаб қилади. Эгаси эса қулларча унга итоат этади. Биз билайликки нафсни қанча қондиришга уринмайлик  у қониқмайди.
Иккинчи муаммо нафснинг ўзида. Ҳар вақт сен уни қониқишга уринганингда у қониқадию, лекин бу қониқиш вақтинча давом этади. Маълум вақт лаззатланади. Кейин эса бу қониқиш кичрайиб бориб оқибатда йўқолади. Бу ҳолат қабрига киргунича давом этади. Унинг истакларининг охири йўқ. (naqshband.uz)
     
Исомиддин Сайфуллаев. Асака т. “Имом Муҳаммад” жоме масжиди имом хатиби
Nom: Javob: Islomiy axloq
Yuborildi: MirzoMuhammad 12 Fevral 2019, 12:02:40
ИШИДга раддиялар
   Бугунги кунда Сурияда бўлаётган хунрезликлар бутун жамиятнинг асосий диққат марказида бўлиб турибди. Дунёга бунчалик ғавғо солганлар ўзларини Ислом номидан иш кўраётганлигини даъво қилсалар-да, аслида уларнинг бу бебошликлари мутлақо Ислом таълимотларига зид эканлигини нафақат мусулмон халқи, балки бутун афкор оммаси англаб турибди. Шундай бўлсада, баъзи бир Исломни тўлиқ англамаган ёки қалбида муқаддас динимиз таълимотларига ғаразликлари бўлган кимсалар ҳамон ИШИДни Исломга нисбат қилмоқда. Бунга уламоларимиз аниқ далиллар асосида раддиялар бермоқда. А. Тўлеповнинг “ИШИД фитнаси” китоби ҳам юртимизнинг ҳар бир мусулмон ва бошқа дин вакиллари ўқиб чиқишлари лозим бўлган манба десак хато қилмаган бўламиз.
   Дунёдаги барча Ислом уламолари ҳам узлуксиз равишда баёнотлар бериб бормоқдалар. Жумладан Миср диёри муфтийси Доктор Шавқий Аллом ИШИД ҳақида қуйидаги фикрларни билдирди: ”ИШИД – адашган террористик гуруҳ! Ғарб ОАВ бу уюшмани исломий атама ва номлар билан атаб, ИШИДнинг Ислом суратида намоён бўлишига ҳисса қўшмоқдалар. ОАВ воқеликни бу тарзда ёритишдан ниҳоятда ҳушёр бўлиши лозим. Чунки қаршимизда Ислом динига умуман алоқаси бўлмаган бир террорчилик ташкилоти турибди”.
Яқинда ОАВ орқали “Ал-Азҳар” университетининг дунёга машҳур уламоларининг ИШИДга қарши раддиялари эълон қилинди. Жумладан Нуфузли олимлар ҳайъати аъзоси Доктор Маҳмуд Маҳно шундай дейди: “Ироқ ва Сурияда фаолият олиб бораётган ушбу террорчи ташкилот баъзилар хато талқин қилаётганидек, «Аҳли сунна» намоёндалари эмас. Чунки «Аҳли сунна» эътиқоди тинч аҳолига ва мусулмонларга тажовуз қилишга зинҳор рухсат бермайди. У ноҳақ қон тўкишнинг ҳаром эканини қатъий таъкидлайди. ИШИД суннани боши берк кўчага олиб кирмоқда. Ислом динини бутунлай салбий суратда гавдалантириб, уни беҳуда, ўйинчоқ ва қотиллик дини сифатида намоён қилмоқда. Мусулмон ўз биродарига қилич кўтармайди. Ҳатто ўзга дин вакиллари модомики мусулмонларга қарши жанг қилишмас экан, уларга ҳам қилич кўтариш мумкин эмас”.
Доктор Аҳмад Таййиб ИШИД ҳақида шундай дейди: “Ислом дини вайронагарчилик ва қотиллик каби ишларни амалга оширадиган қуролли ҳаракатларни рад қилади. Ислом бундай ишлардан мутлақо йироқ!”
   Нуфузли олимлар ҳайъати бош котиби Доктор Аббос Шумон шундай дейди: “Ислом башарият учун тинчлик ва раҳмат дини! Ироқ ва Суриядаги хунрезлик ишлари эса Исломдан эмас! Мусулмон одам бошқа дин ва ақида вакилларига нисбатан раҳм-шафқатли, кечиримли ва бағрикенг бўлиши лозим. Мусулмон киши ақида сабабли бировга зулм қилиши, террорчилик ҳаракатларини амалга ошириши ва қўполлик қилиши, хусусан, бу ишларни мусулмонга нисбатан амалга ошириши асло мумкин эмас”.
Дарҳақиқат, тинч аҳолининг қонларини ноҳақдан тўкишлик Қурони карим ҳукмига кўра абадий азобга гирифтор қилгувчи улкан гуноҳдир. Бу ҳақда Нисо сурасининг 93-оятида баён қилинган:
وَمَن يَقْتُلْ مُؤْمِناً مُّتَعَمِّداً فَجَزَآؤُهُ جَهَنَّمُ خَالِداً فِيهَا وَغَضِبَ اللّهُ عَلَيْهِ وَلَعَنَهُ وَأَعَدَّ لَهُ عَذَاباً عَظِيماً
    Яъни: “Ким бир мўминни қасддан ўлдирса, унинг жазоси жаҳаннамдир. Унда абадий қолур. Унга Аллоҳнинг ғазаби ва лаънати ёғилур. Ва Аллоҳ унга улкан азобни тайёрлагандир”.
   Ҳа, бу Аллоҳнинг ваъдаси. Умид қиламизки, бузғунчилар ҳадемай қилмишларига яраша жазосини тортадилар. Ҳақиқат ва порлоқ эътиқод ҳамиша ўз мавқеъини йўқотмагай.

   Бахтиёржон Хайитбоев. Мулла Абдулазиз жомеъ масжиди имом хатиби
   Асака
Nom: Javob: Islomiy axloq
Yuborildi: MirzoMuhammad 12 Fevral 2019, 15:38:38
Сабру-бардош
Мўмин киши имон-эътиқодидан келиб чиқиб, ҳаётнинг барча оғир синовлари, турли мусибатлар, бетоблигу-йўқотишларга сабр қилиши натижасида Аллоҳ таолонинг улкан мукофотларига сазовор бўлишини қуйидаги ояти карималар мисолида кўришимиз мумкин:
وَلَنَبْلُوَنَّكُمْ بِشَيْءٍ مِنَ الْخَوْفِ وَالْجُوعِ وَنَقْصٍ مِنَ الْأَمْوَالِ وَالْأَنْفُسِ وَالثَّمَرَاتِ وَبَشِّرِ الصَّابِرِينَ   الَّذِينَ إِذَا أَصَابَتْهُمْ مُصِيبَةٌ قَالُوا إِنَّا لِلَّهِ وَإِنَّا إِلَيْهِ رَاجِعُونَ   أُولَئِكَ عَلَيْهِمْ صَلَوَاتٌ مِنْ رَبِّهِمْ وَرَحْمَةٌ وَأُولَئِكَ هُمُ الْمُهْتَدُونَ 
яъни: “Сизларни бироз хавф-хатар, очлик билан, молу жон ва меваларни камайтириш йўли билан синагаймиз. Сабр қилувчиларга хушхабар беринг! Уларга мусибат етганда: “Албатта, биз Аллоҳнинг ихтиёридамиз ва албатта, биз Унинг ҳузурига қайтувчилармиз”, дейдилар. Айнан ўшаларга Парвардигорлари томонидан салавот ва раҳмат бордир ва айнан улар, ҳидоят топувчилардир”. (Бақара. 155 – 157)
“Сабр” лафзи умумий  бўлиб,  бир қанча фазилатларни жам қилади ва улар турли исмлар билан номланади. Масалан, урушда сабр қилишлик шижоат деб аталади. Турли мусибатларга сабрли бўлганни қалби кенг ва матонатли киши дейилади. Бу ҳақда Ҳужжатул ислом имом Ғаззолий кенг маълумот бериб бундай дейди: “Сабр агар қорин ва фарж шаҳватида бўлса, у иффат деб аталади.
Бирон-бир ёмонликка сабр қилиш бўлса, умумий сабр номи берилган. Имонга тааллуқли аҳлоқларнинг аксари ҳам сабрга тегишлидир. Зеро, Расулуллоҳдан (с.а.в) бир гал имон ҳақида сўрашганида, “Имон – сабр”, деб жавоб қилганлар. Чунки имоннинг кўпгина улуғ амаллари сабр билан бўлади”.
Инсон ўз табиатига кўра бошига бирон-бир мусибат тушса, ғам чекади, хафа бўлади.   Бу табиий бир инсоний ҳиссиётдир. Бу айб  ҳисобланмайди. Аммо бу ҳиссиётга қаттиқ берилиш, натижада ҳаддан зиёд дод-фарёд қилиш  ва ўзини йўқотиб қўйиш ножоиз амал  ҳисобланади.  Балки сабрли кишига энг муносиби чиройли сабр қилиши ва ўзига етган мусибатдан асло шикоят қилмаслигидир. (Жума тезислари)
Абу Ҳурайра разияллоҳу анҳудан ривоят қилинади – Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи васаллам айтдилар:
«Аллоҳ таоло: «Мўмин бандаларимдан бирортасининг дунё аҳлидан бўлган сeвимли кишисини олиб қўйсам, сўнгра савоб умидида сабр қилса, уни фақат жаннат билан тақдирлайман», дeйди».
Имом Бухорий ривоятлари.
Оиша разияллоҳу анҳодан ривоят қилинади – Оиша онамиз Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи васалламдан ўлат ҳақида сўраганларида Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи васаллам:
«Бу аввал азоб эди. Аллоҳ уни хоҳлаган кишиларига юборар эди. энди уни мўминларга раҳмат қилди. Бирор банда ўлат бор ерда бўлиб қолса ва ўша шаҳарда савоб умидида сабр қилиб, Аллоҳ ёзиб-битиб қўйган
мусибатдан бошқа нарса етмаслигини билса, у бандага шаҳиднинг ажри мислича савоб бeрилади», дeдилар. Имом Бухорий ривоятлари. (Риёзус солиҳийн. зиёуз.cом кутубхонаси)
Аллоҳ таоло мўминларни сабр бобида ғанимлардан ҳам устун бўлишга ва фақат Ўзидангина қўрқишга чақиради:
“Эй, имон келтирганлар! Сабр қилингиз, бағрикенг бўлингиз ва (Аллоҳ йўлига) тахт бўлиб турингиз ва Аллоҳдан қўрқингиз, зора (охиратда) нажот топсангиз”!
Аллоҳ таолонинг барча пайғамбарлари сабр-қаноатда инсониятга ибрат бўлишган. Энг суюмли фарзандидан айрилган Яъқуб алайҳиссалом, туҳмат ва фитна туфайли узоқ вақт зиндонбанд бўлган Юсуф алайҳиссалом, Аллоҳ юборган машаққат, дард-офатларига кўнган Айюб алайҳиссалом, хўрлаш-қийноқларга дош берган Мусо алайҳиссаломларнинг буюк сабрлари инсониятга ибрат ўлароқ тарих саҳифаларида қолган. Аллоҳ таоло Ўзининг охирги пайғамбари Муҳаммаддан (алайҳиссалом) олдин ҳам барча элчиларини ваҳийни етказишда, инсонларни имонга чақиришда бошларига тушаётган машаққат ва озорларда сабр кўрсатишга буюрган.
Ояти каримада Аллоҳ таоло Пайғамбарини ҳам, мусулмонларни ҳам даъватни етказишда, инсонларни Аллоҳнинг азобидан огоҳлантиришда ниҳоятда сабрли бўлишга чақирмоқда. Исломнинг илк даврида Пайғамбаримиз Муҳаммад алайҳиссалом Аллоҳ таолонинг ваҳийларини маккаликларга етказиш, уларни ҳақ динга даъват қилишда катта қийинчилик, мусибат ва озорларга дуч келдилар. Буларни фақат сабр-бардош билангина енгиш мумкин эди. Чунки сабр инсоний фазилатларнинг энг муҳими ва афзалидир. Аллоҳ таоло Ўз Пайғамбарига бундай амр қилади:
“Бас, (эй, Муҳаммад!) Сиз ҳам матонатли пайғамбарлар сабр қилганларидек сабр қилинг ва уларга (тушадиган азобни) қистаманг” !
Имом Ғаззолий “Иҳёу улумид-дин”да бундай ёзадилар: “Сабр – шаръий ҳукми эътиборига кўра фарз, фазилат, макруҳ каби турларга бўлинади. Ман этилган нарсаларга сабр қилиш, яъни уларни қилмаслик фарздир; яқинлари оламдан ўтганида сабр қилиш фазилатдир; шаръан макруҳ бўлган жиҳат билан етказилган озорга сабр қилиш макруҳдир”. (nasafziyo.uz)

Баҳодиржон Сулаймонов. Асака т. "Файзобод" жоме масжиди имом хатиби
Nom: Javob: Islomiy axloq
Yuborildi: MirzoMuhammad 12 Fevral 2019, 16:07:43
ҲУРМАТ ҚИЛСАНГ ҲУРМАТ ТОПАСАН
   Бизнинг халқимиз учун кексаларни эъзозлаш, ўзидан бир-икки ёш каттани ҳам ҳурмат қилишлик ота-боболаримиздан қолган мерос. Бошқа миллат вакилларида ҳам катталарни ҳурмат қилиш йўқ деб бўлмайди, бироқ Ислом таълимотига йўғрилган бизнинг халқимизда яна ҳам ўзгача. Чунки бу юксак фазилат бизнинг қонимизга сингиб кетган. Бизнинг мурғаклигимиз шу тарбияда ўсган. Оилавий муҳит, бизни ўз ичига олган жамият шунга асосланган.
   Эътироф этиш керакки, ҳар бир оилада ҳам ота ёки она ўғли ёки қизига алоҳида тўхталиб, ўзидан катталарни ҳурмат қилиш кераклиги, аксинча беҳурматлик ёмон иллатлардан эканлигини сўзма-сўз айтавермайди. Балки бизни ўз ичига олган муҳит жамият аъзоларининг тарбиясига кучли таъсир қилади.
Инчунун маданият ва турмуш тарзи глобаллашгунга қадар шарқ халқларининг ўзига хос тарбиявий ўчоғи бўлган. Бироқ ҳозирга келиб бутун дунё маданияти ва маънавиятининг бир-бирига таъсири натижасида бошқа миллатлар бизнинг минглаб йиллик маданиятимизнинг нечоғлик ҳақ эканлигин эътироф  этиб туришлари баробарида, бизнинг халқимиз орасига ҳам уларнинг айрим фойдали маданиятлари қаторида иллатлари ҳам кириб келмоқда. Оммавий маданият, олмон маданияти кабилар шулар жумласидандур.
Катталарга нисбатан ҳурматсизлик ва беписандлик, уларнинг олдида ўзларича атрофдагиларнинг эътиборини тортадиган даражадаги бедобона гап қайтариш муносабатлари ҳам айнан глобал маданият таъсири, интернет маълумотлари ва чет давлатларда суратга олинган кинолардан олинган “ибрат”лардан ўзга нарса эмас. Шунинг учун ёшларимиз тарбиясига ҳар томонлама ҳушёр бўлишимиз керак.
Юқорида айтганимиздек, ҳар бир ота-она ҳам фарзандига алоҳида тарбия бериш  қобилиятига эга бўлмаслигини эътиборга олиб, жамиятимиз ичидаги шарқона тарбияни ривожлантиришимиз, бунинг учун эса, ўзимиз бу ҳақда тушунчага эга бўлишимиз керак. Шу маънода кексаларни ҳурмат қилишга оид шариатимиз кўрсатмаларини қайта-қайта эсласак фойдадан ҳоли бўлмас.
  Абу Ҳурайра розияллоҳу анҳудан ривоят қилинади: Пайғамбаримиз соллаллоҳу алайҳи васаллам айтдилар:
“Кичикларимизга раҳм қилмаган ва катталаримизнинг ҳақларини билмаганлар биздан эмас”. ( Имом Бухорий. “Адабул-муфрад”)
Ибн Аббос разияллоҳу анҳумо  Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва салламдан ривоят қилади:
“Ёш киши кексани ҳурмат қилса, Аллоҳ ҳам унга кексалигида уни ҳурмат қиладиганни тақдир қилиб қўяди”. (Термизий ривояти)
Бу айни ҳақиқат. Аслидаку, пайғамбар саллаллоҳу алайҳи ва салламнинг сўзлари бизнинг исботимизга муҳтож эмас, шунинг учун биз бу даъводан йироқмиз, фақат уни ўз ҳаётимизда аниқ кўрганимизни айтамиз, шоядки ўзимизнинг ва бошқаларнинг имони-яқинига қувват бўлса.
Демоқчимизки, ҳозирги кунда ёшлар катталарни ҳурмат қилмай қўйди деб ғудраганлар ёшлик пайтларида катталарни ҳурмат қилмаган. Ҳурмат қилганлар эса, бугунги кунда ҳурмат ва эъзозда.

Муҳаммадсобир Иминов. Асака т. "Ҳазрат Умар" масжиди имом хатиби
Nom: Javob: Islomiy axloq
Yuborildi: MirzoMuhammad 13 Fevral 2019, 11:52:48
Ароқ ичган одам
Айтилдики, кабира гуноҳлар қуйидагилардир: Аллоҳга ширк кeлтириш, ноҳақ одам ўлдириш, ароқ ичиш, зино, ливота (баччабозлик), пок эркак ва аёлларни зинокор дeб сўкиш, мусулмон ота-онага бир сўз ёки иш билан осий бўлиш, Аллоҳ йўлидаги бир ёки икки кишидан қочиш, етимнинг молини ейиш, ёлғон гувоҳлик бeриш, судхўрлик, рамазон куни ҳeч бир узрсиз қасддан овқат емоқ, қариндош-уруғчиликни узмоқ, ёлғон қасам, инсонларнинг молини зулм билан емоқ, тошу тарозидан урмоқ, Набийни (соллаллоҳу алайҳи васаллам) сўкиш, Набийга (соллаллоҳу алайҳи васаллам) қасддан ёлғон тўқиш, узрсиз гувоҳни бeркитиш, порахўрлик, ўзини ўлдирмоқ ва аъзоларидан бирини кeсмоқ, эр-хотин орасида чақимчилик қилиш, золим подшоҳ ҳузурида чақимчилик қилиш, сeҳр, закот бeрмаслик, амри маъруф ва наҳий мункар қилмаслик ёки қилдирмаслик, яхши одамлар орасига адоват солиш, ҳайвонни ўт билан куйдириш, хотин киши эри чақирганида унга ижобат қилмаслиги – буларнинг барчаси гуноҳи кабиралардир.
Уммул мўминин Ҳазрати Ойишадан (разияллоҳу анҳо) ривоят қилинади: Расулуллоҳ (соллаллоҳу алайҳи васаллам) айтдилар:
"Кимки ароқ ичса қизингизни бeрмангиз, агар касал бўлса, бориб кўрмангиз, ўлса, унга жаноза ўқимангиз. Мeни ҳақ билан пайғамбар қилиб юборган Зотга қасам ичиб айтаманки, ароқ ичган одам Тавротда ҳам, Инжилда ҳам, Забурда ҳам, Қуръонда ҳам лаънатлангандир! Кимда ким ароқ ичган одамга бир луқма бeрса, Аллоҳ унинг жасадига илону чаёнларни йўллаб қўяди. Кимки ароқхўрнинг ҳожатини чиқарса, Исломни қулатишга ёрдам бeрган бўлади. Кимки унга қарз бeрса, мўмин кишини ўлдиргани ёрдам бeрган бўлибди. Кимки ароқ ичувчи билан бирга ўтирса, Аллоҳ уни қиёмат кунида ҳужжати йўқ бир кўр қилиб тирилтиради". Дурратун носиҳийн. Хубарий. зиёуз.cом кутубхонаси)
Маълумки, ичкиликбозлик инсоннинг қалбини қорайтирадиган, уни ақлдан бегона қиладиган ёмон иллат. Бу иллат ўз вақтида даволанмаса унинг асорати оғир оқибатларга олиб бориши аниқ. Шунинг учун динимизда ичкиликбозликдан қаттиқ қайтарилган. Аллоҳ таоло Қуръони каримда шундай деган:
يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا إِنَّمَا الْخَمْرُ وَالْمَيْسِرُ وَالْأَنْصَابُ وَالْأَزْلَامُ رِجْسٌ مِنْ عَمَلِ الشَّيْطَانِ فَاجْتَنِبُوهُ لَعَلَّكُمْ تُفْلِحُونَ  إِنَّمَا يُرِيدُ الشَّيْطَانُ أَنْ يُوقِعَ بَيْنَكُمُ الْعَدَاوَةَ وَالْبَغْضَاءَ فِي الْخَمْرِ وَالْمَيْسِرِ وَيَصُدَّكُمْ عَنْ ذِكْرِ اللَّهِ وَعَنِ الصَّلَاةِ فَهَلْ أَنْتُمْ مُنْتَهُونَ (سورة المائدة الأية90-91).
яъни: “Эй, имон келтирганлар! Албатта, май (маст қилувчи ичимликлар), қимор, бут-санамлар ва (фол очадиган) чўплар шайтоннинг ишидан иборат ифлосликдирки, ундан четланингиз! Шояд (шунда) нажот топсангиз. Шайтон май билан қимор (ёрдами)да ўрталарингизга адоват ва нафрат солишни ва сизларни Аллоҳнинг зикри ҳамда намоздан қайтаришни хоҳлайди. Бас, энди, сизлар (май ичишдан) тийилувчимисиз?” (Моида сураси, 90-91- оятлар).
Мазкур оятда май – маст қилувчи ичимлик қимор ўйнашга, бут-санамларга ибодат қилишга, ҳар хил воситалар ёрдамида фолбинлик қилишга тенглаштирилмоқда. Айни вақтда буларда шайтоннинг қўли бўлиб, у одамларнинг орасини бузишга, ўртасида уруш-жанжаллар чиқаришга ҳаракат қилиши айтилмоқда. Мўмин-мусулмон киши бундай ишлардан ўзини сақламоғи лозим. (Жума тезислари)
Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи васаллам шундай огоҳлантирдилар:
"مَنْ شَرِبَ الْخَمْرَ أَتَى عَطْشَانَ يَوْمَ الْقِيَامَةِ أَلَا فَكُلُّ مُسْكِرٍ خَمْرٌ وَكُلُّ خَمْرٍ حَرَامٌ وَإِيَّاكُمْ وَالْغُبَيْرَاءَ"
яъни: “Кимки май ичса, Қиёмат кунида жуда чанқаган ҳолида келади. Огоҳ бўлингларки, ҳар бир маст қилувчи нарса майдир. Сизлар “ғубайро”дан сақланинглар!” (Имом Аҳмад ривояти).
“Ғубайро” ўсимлик тури бўлиб, унга турли хил шарбатлар қўшиб, май тайёрланган. 
Бу ерда май ичувчиларга Қиёмат кунида ўзига хос жазо тури берилиши айтилмоқда. Бу дунёда Аллоҳ таоло ҳаром қилган ичимликдан сақланмаганлар охиратда оғизлари қақраган - аянчли ҳолатда бўладилар. Бу улар тортадиган азоб ва қийноқларнинг биринчи босиқчидир. Улар бир томчи сувга зор бўлиб турганларида жаҳаннам аҳлининг йирингидан иборат суюқлик уларга берилади. Қиёмат кунида шу куйга тушишни хоҳламаганлар ўзларини ҳаром ичимликлардан тийсинлар ва Аллоҳга тавба қилсинлар!

Кимсанбой Акбаров. Асака т. "Ҳолмадодхоҳ" масжиди ходими
Nom: Javob: Islomiy axloq
Yuborildi: MirzoMuhammad 13 Fevral 2019, 14:14:24
Мутлоқ жавбгарлик
Пaйғaмбaримиз саллаллоху алайҳи ва саллам aйтaдилaр:
“Икки хислат бoрки, ундaн афзалроқ нарса йўқдир - Aллoҳгa иймoн кeлтириш ва инcoнлaргa яxшилик қилиш. дeдилaр. Икки хислат бoрки, ундaн ёмoнрoқ нарса йўқдир - Aллoҳгa ширк кeлтириш ва инcoнлaргa зиён еткaзиш”.
Жамиятдаги инсонларга ҳар қандай зарар етказиш гуноҳ ва жиноятдир. Жиноятнинг аввали оз-оздан бошланади. Ривоят қилишларича бир ўғри катта ўғирлик билан қўлга тушиб, ўғирлик мобайнида одам ўлдирганлиги учун ўлимга ҳукм қилинган. Шунда ўғри отасининг тилини тишлаб узиб олишига рухсат сўрабди. Бунинг сабабини сўраганларида ўғри шундай деган экан:
-   Мен болалигимда бир дона тухум ўғирлаб келган эдим. Дадам буни енгил санаб индамаган. Ўшанда дадам мени қаттиқ жазолаганда бугун шу ҳолатга етиб келмас эдим!
Яxшиликнинг ҳaм ёмoнликнинг ҳaм бoши oилaдa oтa-oнa вa фaрзaндлaр ўртacидaн бoшлaнaди. Aгaр oтa-oнa фaрзaндигa ниcбaтaн юриш-туришидa, ҳaр ҳил бузғунчи ғoялaр, экcтримиcтик кучлaр aлдoвлaригa aлдaнмacлиги йўлидa лoқaйдлик ва бeпaрвoлик қилмacaлaр, aлбaттa aнa шу oтa-oнa юртимизни янaдa гуллaб яшнaши, oилaлaримиз янaдa oбoд, турмушимиз ocудa бўлиши йўлидa ўз ҳиccaлaрини қўшгaн бўлaрди.
Абу ҳурайра разияллоҳу анҳу айтадилар – Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам: "Қайси бир туғилгувчи борки, у фитратда туғилади. Сўнг ота-онаси уни яҳудийлаштиради ёки насронийлаштиради, ёҳуд мажусийлаштиради. (Бухорий ривояти)
Ана ундан кейинги асосий масъулият маҳалла-кўй зиммасида бўлади. Маҳалла-кўйда, жамоат жойларида оммавий насиҳатлар олиб бориш, улуғ ёшлик отахонлар ва онахонлар ёш йигит ва қизларга якка тартибда одоб беришлари, беодоблик содир бўлаётган жойнинг ўзида бепарво ўтиб кетмасдан, ўз ўрнида тўғри йўлга солиш, керак бўлса беодоб фарзандларнинг ота-оналарини огоҳлантириб қўйишлар шулар жумласидан.
Айниқса, таълим муассасаларида ўқишни тугатиб, ёзги таътилга чиққан фарзандларимизга эътиборли бўлишимиз лозим. Уларнинг қизиқарли дам олишларига қулай шароитлар яратиб берайлик. Ота-оналар фарзандларини кўча-кўйда беҳуда тентираб, бўлмағур, ножўя хатти-ҳаракатлар қилишдан сақлаб, жуда гўзал ҳулқ эгаси бўлишга чақиришсин.
Буларнинг барчасини шариатимизда амри маъруф ва наҳйи мункар дейилади. “Амри маъруф” араб тилида “ал-амру бил маъруфи” (шариатда яхши деб танилган ишларга буюриш) бўлиб, бизларга форсий тил услубидаги изофа билан “амри маъруф” кўринишида кириб келган ва халқ ичида шойиста бўлган. “Найҳйи мункар” араб тилида “ан-наҳю ъанил мункари” (шариатда инкор қилинган ишлардан қайтариш маъносида) бўлиб, у ҳам форсча изофа билан “наҳйи мункар” бўлиб истеъмол қилинади.
Соддароқ қилиб айтганимизда мазкур икки вазифа жамият аъзоларини яхшиликка буюриб, ёмонликдан қайтариб туришликдир. Усиз уммат ҳалок бўлгай. Амри маъруф ва наҳйи мункар имкони бор ҳар қандай мусулмонга фарз.  Ҳузайфа разияллоҳу анҳудан ривоят қилинган ҳадиси шарифда Пайғамбаримиз саллаллоҳу алайҳи ва саллам бизларни огоҳлантирадилар:
 عَـن حـُذيـفـَـة رضي الله عـنه   عـَن النبي صلى الله عـليه و سلم  قال: "و الـَّـذِي نـَـفــْسِي بـِيـَدِه  لـَتــَأمُـرُنَّ  بـِالــْمَـعْـرُفِ  وَ لــَتـَنـْهَـون عـَن الــْمُـنـْـكــَر، أوْ لــَيُـشِـكــَنَّ الله أنْ يَبْـعَـثَ عَـلــَيْـكــُمْ عـِقــَابـــًا مِـنـْهُ ثــُـمَّ تـَدْعـوُنـَهُ فـَلا يُـسْـتـَجَـابُ لــَكــُمْ" (رواه الــتِرمـِزي) 

“Нафсим қўлида бўлган зотга қасамки, албатта яхши ишга буюрасиз ва, албатта мункар ишдан қайтариб турасизлар. Ёки бўлмаса тўсатдан Аллоҳ устингизга уқубат(жазо)ни юборадики, сўнгра дуо қилсаларингиз ҳам ижобат бўлмай қолади” (Термизий ривояти)
Жиноятчиликнинг асосий сабабларидан бири ҳам айнан лоқайдликдир. Жиноят содир қилаётган кимса, бировнинг чўнтагига тушадими, ароқ ичадими, беҳаёларча ўғил-қиз бир-бирини ўпиб қучоқлайдими, нима қилишидан қатъий назар биз яшаб турган жамият аъзосидир. Бугун бировнинг чўнтагини кесган бўлса, эртага менинг уйимни тунаши турган гап. Бугун беҳаёлик қилган бировнинг қизи эртага менинг қизимни етаклаши табиий.
 Ҳа, лоқайдлик бўлар экан жиноятчиликка қарши ҳар қандай кураш усулининг самараси пасайиб кетиши турган гап. Шунинг учун ҳаммамиз ва ҳар биримиз юрт осойишталиги ва эл хотиржамлиги олдида мутлоқ жавобгармиз.

Муҳаммадсоли Иминов. Марҳамат туманидаги “Полвонтош” жоме масжиди имом хатиби
Nom: Javob: Maʼrifiy maqolalar
Yuborildi: MirzoMuhammad 13 Fevral 2019, 14:28:14
ҲАРОМНИНГ ЮКИ ОҒИР
Ҳаромнинг юки оғир шариатимиз кўрсатмаларида ҳар қандай зулм ҳаром саналади. Кишининг молига, обрўсига ва шаънига тажовуз қилиш мутлақо мумкин эмас. кимки шундай қилса, қаттиқ зарар топади.
Абу Ҳурайра разияллоҳу анҳудан ривоят қилинади - Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам сўрадилар:
- Муфлис нималигини биласизларми?
Айтдилар:
— Эй Аллоҳнинг Расули, бизнингча, муфлис на дирҳам ва на матоси бўлмаган кимсадир.
Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам айтдилар:
— Умматимнинг муфлиси шундай бир кимсаки, у қиёмат кунида рўза, намоз ва закот билан келади. Аммо унга зулм қилган, бунинг молини еган, бошқасини урган, яна бирини сўккан. Бас, у ўтиради, ундан унга, бунга яхшиликлари қасос қилиб олиб берилади. Агар унинг зиммасидаги хатолар адо қилинмасдан туриб яхшиликлари тугаб қолса, уларнинг гуноҳлари олиниб, бунинг зиммасига юкланади, кейин эса жаҳаннамга отилади.
   “Муфлис” – араб тилида луғавий маънода “фулус” (чақа) сўзидан олинган бўлиб, сариқ чақага ҳам зор бўлиб,  муҳтожликда қолган инсон маъносини билдиради. Пайғамбаримиз саллаллоҳу алайҳи ва саллам  бу сўзни зарбул масал қилиб умматга улкан сабоқ берганлар.
Бировнинг ҳақи учун жавобгарлик шунчалар оғир. Шунинг учун жуда ҳам эҳтиёт бўлмоқ керак.
Пайғамбаримиз саллаллоҳу алайҳи ва салам бир муборак ҳадисда ушбу воқеани ҳикоя қилиб берганлар:
Бир одам уй сотиб олиб, унда яшай бошлади. Бир куни уйда ўра қазиётган эди, олдидан бир катта кўза чиқиб қолди. Ичини очиб қараса, олтин билан лиқ тўла экан. Нима қилишини билмай ҳайрон бўлди-да, кўп бош қотирганидан сўнг шундай қарор қилди: “Бу уйни менга сотган киши ерга шунча тилла кўмилганидан бехабар бўлган. Мен ундан тиллаларни эмас, уйни сотиб олганман. Бу бойликни унга олиб бориб топширишим керак”.
Дарҳол идишни олиб, уйни сотган кишининг олдига борди. Бўлган воқеани айтиб:
-   Эй дўстим, бу идиш сизники, мен сиздан фақат уйни сотиб олганман, – деди. Уйни сотган киши ҳам:
-   Мен уйдаги барча нарсани сотганман. Демак, бу олтинлар ҳам сенинг ҳаққинг, – деб хазинани олишдан бош тортди.
У иккаласи шундай тортишиб, талашиб турганларида олдиларидан бир киши ўтиб қолди. Унга воқеани тушунтириб, ўртадаги муаммони қандай ечишни ундан сўрадилар. Учинчи киши: Сизларнинг фарзандларингиз борми? – деб сўради. Бири:
-   Менинг ўғлим бор, – деди.
Иккинчиси эса:
Менинг қизим бор, – деб жавоб берди.
Учинчи киши ўғил билан қизни уйлантириб, шу олтиндан у иккаласига харж қилишни таклиф қилди. У иккаласи бу ҳукмга рози бўлдилар.
Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам аср намозини ўқиганларидан сўнг Мадинадаги мусулмонлар дафн қилинадиган Бақиъ қабристонига етганларида: “Туф сенга! Туф сенга!” дедилар.
Абу Нофеъ Пайғамбар саллаллоҳу алайҳи ва саллам билан бирга эди. Бу сўз менгамикин, деган хаёлга борди. Ҳар ҳолда бир оз хижолат бўлиб секинроқ юриб, Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва салламдан бир неча қадам орқароқда юра бошлади. Сарвари коинот саллаллоҳу алайҳи ва саллам:
-   Сенга нима бўлди? Юр тезроқ! – дедилар.
-   Мендан бирор нарса содир бўлдими, эй Аллоҳнинг расули? – деди.
-   Нега ундай деяпсан? – деб сўрадилар Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам.
-   Менга “туф!” дедингиз-ку?
-   Йўқ. Лекин  бу фалончининг қабри. Уни фалон қабилага чопар қилиб юборган эдим, у хиёнат қилди. Ўзига жун матодан кийим олди. Энди ўшанинг баробарида олов сипқормоқда, – дедилар Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам.

Мухторжон Шарофуддинов. Марҳамат туманидаги Имом ал-Бухорий жомеъ масжиди имом хатиби
Nom: Javob: Islomiy axloq
Yuborildi: okahon.8800 20 Fevral 2019, 09:23:36
Хасад - катта гунохларнинг эшигидир.
Хасад  - дунёдаги энг ёмон иллатлардан биридир. Инсоният тарихига назар солинса ер юзидаги аввалги содир этилган жиноят хам хасад сабабли содир бўлган. Яьни Одам (а.с) нинг Қобил исмли фарзанди ўз укаси Ҳобилни ҳасадининг сабабидан ўлдирди.
Пайғамбаримиз Муҳаммад (с.а.в) ўз ҳадиси шарифларида ҳасадчини худди зарарли оловга ўхшатганлар. Ҳадиси шарифларда “Кимўзарга уриниб, ўзаро ҳасад қилманглар”; “Ҳасаддан четланинглар, чунки олов ўтин ёки ўт-хашакларни еганидек, ҳасад ҳам ҳасанотлар (яхши амаллар)ни еб битиради”; “Мўмин банданинг ичида имон билан ҳасад жам бўлмайди”; “Ҳасад эгаси мендан (менинг умматим) эмас”, дейилади.
Ёнғин чиққан ерда олов хамма нарсани еб битирганидек, ҳасад ҳам, аввало, ҳасадчининг ичини куйдиради. Кейин аста аланга олиб, йўлда нима яхшилик бўлса, ҳаммасини куйдириб битиради. Шунинг учун ҳам ҳасадчи шахсга эътибор билан назар солсангиз, унда ҳеч бир яхшилик аломатларини топмайсиз.
Машхур шоирлардан хисобланган Асмаий бир юз йигирма ёшга тўлган кишидан узоқ умр кўриш сирини сўрадилар. Қария: "Бунинг беркитадиган сирли ери йўқ. Мен умрим давомида ҳасад деган балони ёшлигимдан парҳез қила бошладим ва албатта бунинг фойдасини кўрдим", деди.
Ҳасани  Басрий атдилар: “Эй одам фарзанди! Нима учун ўз биродарингизга ҳасад қиласиз. Агар уни ҳурматлаш учун Аллоҳ ўз фазлидан берган бўлса, нима учун Аллоҳ ҳурмат қилган кишига ҳасад қиласиз? Энди бундан бошқа нарсада бўлса унинг боражак жойи дўзах бўлганидан ҳасад қилмоғингиз ҳам яхши эмас”.
Муҳаммад ибн Сирин: “Дунё нарсаси учун ҳеч кимга ҳасад қилмадим. Агар у Жаннат аҳлидан бўлса, қандай қилиб жаннатда юрувчига ҳасад қилай? Ва у дўзах аҳлидан бўлса, қандай қилиб дўзахда юрган кишига ҳасад қилай?” дедилар.
Зомра ибн Саълаба розияллоҳу анҳудан ривоят қилинади: “Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам: “Модомики ҳасад қилмаса, одамлар яхшиликда бардавом бўладилар”, дедилар” (Имом Табароний ривояти).
Дархақиқат хасад сабабидан жуда гунохлар ва жиноятлар содир бўлади. Бунинг бошланши кўп холатларда ғийбат билан бошланиб ўзганинг муваффақиятини кўролмаслик, ичи қоралик, бахиллик, чақимчилик, адоватлашиш ва бошқа жуда кўп салбий иллатларда намоён бўлади.
Биргина хасаднинг ўзи бирнеча гунохлар сари олиб бориши бун нечоғлик оғир бўлган қалбий хасталик еканини кўрсатади.
Бу иллат бегоналар ўртасда эмас балки қондош ака укалар ўртасида хам бўлганлигини ишончли манбаалардан билишимиз мумкин. Қурьони каримнинг Юсуф сурасини ўқиган инсон бун яққол тушуниб олади. Хасад Юсуф (а.с) нинг акаларини қамраб олади ва уларни хақиқатдан кўзини кўр ва қулоғини кар қилиб, уларни раҳм-шафқатдан хиссидан тўсиб қўйди. “Ўшанда (акалари) айтдилар: “Юсуф ва унинг укаси (Бинямин) отамизга биздан кўра суюклироқдир. Ваҳоланки, биз бир тўп (кўпчилик)миз. Ҳақиқатан, отамиз аниқ гумроҳлик узрадир. (Кимдир деди): “Юсуфни ўлдирингиз ёки уни бирор ерга чиқариб ташлангиз, шунда отангизнинг ўзи сизларга қолар (фақат сизларга меҳр қўяр). Ундан кейин (яна) солиҳ (киши)лар қавми бўлурсиз”. (Юсуф сураси 8-9-оятлар).
Пайғамбаримиз Муҳаммад (с.а.в) ўз ҳадиси шарифларида шундай марҳамат қилганлар. “Ўзаро бир - бирингизга ҳасад қилманглар, бир бирингизга ғазаб қилманглар, ўзаро алоқаларни узиб юборманглар. Эй Аллоҳнинг бандалари ўзаро дўст биродар бўлинглар”.
Уламолар “Ҳасадгўй ҳеч қачон баxтли бўлмайди” – дейишади. Ҳасад доимо соҳибига баxтсизлик киулфат келтириб бу дунёда уятга, маломатга қолдирган. Шунинг учун ҳар биримиз ҳасаддан эxтиёт бўлишлигимиз лозим. Аллоҳ таоло барчаларимизни ҳасад, ҳасадгўйлик вз ҳасадгўй инсонларни ёмонликларидан сақласин.
“Муҳаммад Соли ҳожи” жоме масжиди ноиби Жамолиддинқори Парпиев.
Nom: Javob: Islomiy axloq
Yuborildi: MirzoMuhammad 20 Fevral 2019, 14:10:37
БАХИЛНИНГ  БОҒИ КЎКАРМАС
Бахил ўзини бахиллик қилмаяпман, ўз молимни ҳимоя қилиб тежамкорлик қиляпман деб ўйлайди ва закотини бермай фақат йиғиб асрайди, аммо оятда айтилаётгандек у ўзи учун ёмонликнинг айни ўзидир. Бу дунёда барака топмагани бир жазо бўлиб умрини зое қиладиган бўлса, қиёматда ўша закоти берилмаган, бахиллик қилган моллари бўйнига ўралиб дўзахга бошлаб кетади.
Ушбу оятни тафсир қилиб келган ҳадисда бахилнинг ҳолати яна ҳам очиқ айтиб ўтилган.
Абу Ҳурайра розияллоҳу анҳудан ривоят қилинади:
“Расуллуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам: “Аллоҳ кимга мол берса-ю, закотини бермаса, қиёмат куни мол унга икки холли улкан илон бўлиб кўринади ва бўйнига ўралади. Сўнгра икки чаккасидан тишлаб туриб: “Мен молингман, мен сен тўплаган хазинангман”, дейди”, дедилар. Кейин “Аллоҳ Ўз фазлидан берган нарсага бахиллик қиладиганлар буни ўзларига яхшилик деб ҳисобламасинлар”, оятини охиригача ўқидилар” (Бухорий ривоят қилган).
Ҳадисда бахилнинг ҳолати аниқ баён этиб берилмоқдаки, бундан ортиқ шарҳга зарурат йўқ, унинг зарари эгасини хорликка судраб кетади. Бахилликнинг зарари шундаки у жамиятда камбағалларнинг кўпайиб муҳтожлик ва табақаланиш кенг ёйилишига сабаб бўлади. Ислом дини эса инсонлар орасида муҳтожлик ва молига қараб табақаланишдан сақлашга чақиради. Мол тўплаш бандасига қанчалик ёқмасин, агар Аллоҳ унинг тақдирига мол бериб бой бўлишни ёзмаган бўлса бойлик унга етмайди. Энди Аллоҳ унга Ўз фазлидан мол ва бойлик берса-ю, у банда Аллоҳнинг фазлини инкор этиб ўзим топганимни нега бераман деса, бу дунёдан-ку шу ҳолатда яшаб ўтар, аммо Аллоҳ уни қиёматда моли билан азобланувчилардан қилиб қўяди.  Аммо закоти берилмаган моллар шу дунёдаёқ ўз эгасига кулфатлар олиб келаверади. Мол эгаси ё саломатлиги ёки фарзандлари, ёки уй-жойи, ёхуд касби-коридан балоланаверади. Шундай экан, бахиллик фақат ва фақат инсоннинг ўзига зарардир.  (http://muslim.uz)
Пайғамбаримиз (соллаллоҳу алайҳи васаллам) айтадилар:
"Сахийлик жаннатдаги бир дарахтдир, унинг шохлари дунёга тушиб туради. Ким унинг бирорта шохини тутса, у шох уни жаннатга йўллайди. Бахиллик ҳам дўзахдаги бир дарахтдир. Унинг шохлари дунёга тушиб туради. Кимки унинг шохидан тутса, у шох уни дўзахга элтади. Сахий Ҳаққа ҳам, халққа ҳам яқиндир. Бахил Ҳақдан ҳам, халқдан ҳам узоқдир".
Пайғамбаримиз (соллаллоҳу алайҳи васаллам) айтдилар: "Бахил одам жаннатга кирмайди".
Бахиллик инсонни ҳалокатга етказгувчи амаллардан саналади. Кимки бахил бўлса одамлар орасида ҳурмати пасаяди, охиратда катта мукофот ва даражалардан маҳрум бўлади. Энг ачинарлиси – бахиллик билан топган мол-дунёси ўзига асқотмайди. (Дуратун носиҳин. Зиё.Уз кутубхонаси)
Насафийнинг тафсирида баён қилинишича Зурвон қишлоғида яшаган бир солиҳ инсоннинг ҳосилдор боғи бор эди. Мева ҳосили етилганда оиласи учун бир йилга еткулик миқдорда олиб қолиб, қолган қисмини камбағалларга садақа қилиб юборар эди.
Вақти соати етиб вафот этганидан сўнг ўғиллари ўзларича маслаҳат қилишиб: “Агар биз ҳам отамиз қиланидек қилсак  қийинчиликда қоламиз. Ҳолбуки, бизлар бола – чақалик оилалармиз”, ‒ деб саҳарга яқин мискин ва камбағалларга билдирмасдан махфий ҳолатда ҳосилни йиғиштириб олишликка қасам ичдилар. Аллоҳ Таоло уларнинг ниятларига яраша жазо қилиб уларнинг оталаридан қолган боғларига бало юборди. Бундан бехабар ўғиллар саҳарлаб бир-бирларини чақириб йўлга тушишди.  Тағин мискинлар билиб қолмасинлар дея шошилиб, пинҳона  бордилар. Етиб келиб қарасалар мевалари куйиб кетган боғнинг рўпарасида турибдилар.
Аввалига “Бу ‒ бошқа боққа ўхшайди, бизлар адашиб қолибмиз шекилли”, ‒  дейишди. Сўнгра айнан ўзларининг боғлари эканини таниб, ҳақиқатан ҳам бахиллик ила нотўғри иш қилиб бор меваларидан ҳам айрилиб қолганларига иқрор бўлдилар.

Муҳаммадшариф Рустамов. Марҳамат туманидаги “Иброҳим Халилулло” жоме масжиди имом хатиби
Nom: Javob: Мунофиқлар
Yuborildi: MirzoMuhammad 20 Fevral 2019, 14:59:13
ВАЪДАГА ВАФО
Мунофиқлик энг оғир иллатлардан бири ва қалб касаллигидир. “Бақара” сурасидаги ушбу оятнинг тафсирларига кўра уларнинг қалбидаги касаллигини Аллоҳ зиёда қилади.:
وَمِنَ النَّاسِ مَن يَقُولُ آمَنَّا بِاللّهِ وَبِالْيَوْمِ الآخِرِ وَمَا هُم بِمُؤْمِنِينَ * يُخَادِعُونَ اللّهَ وَالَّذِينَ آمَنُوا وَمَا يَخْدَعُونَ إِلاَّ أَنفُسَهُم وَمَا يَشْعُرُونَ * فِي قُلُوبِهِم مَّرَضٌ فَزَادَهُمُ اللّهُ مَرَضاً وَلَهُم عَذَابٌ أَلِيمٌ بِمَا كَانُوا يَكْذِبُونَ
Мунофиқликнинг белгилари бор. уларнинг сифатлар оятларда баён қилинган. Шунингдек Пайғамбаримиз саллаллоҳу алайҳи васаллам ҳам улар ҳақида уммуатни огоҳлантиргалар. Хусусан, бир ҳадисда унинг учта белгиси айтилган бўлса, қуйидаги ҳадисда тўлиқ мунофиқ бўлгувчиларнинг тўрт хислати очиб берилган:
حدثنا قبيصة بن عقبة قال: حدثنا سفيان، عن الأعمش، عن عبد الله بن مرة، عن مسروق، عن عبد الله بن عمرو: أن النبي صلى الله عليه وسلم قال:  أربع من كن فيه كان منافقا خالصا، ومن كانت فيه خصلة منهن كانت فيه خصلة من النفاق حتى يدعها: إذا اؤتمن خان، وإذا حدث كذب، وإذا عاهد غدر، وإذا خاصم فجر
Абдуллоҳ ибн Амр разияллоҳу анҳумодан ривоят қилинади:
Пайғамбар саллаллоҳу алайҳи ва саллам:
“Кимдаки тўртта нарса бўлса ҳақиқий мунофиқ бўлади. Кимдаки улардан бир хислат бўлса, ўшани кетказмагунча унда мунофиқликдан бир хислат бўлади ‒ омонат қилинса хиёнат қилади; сўзласа ёлғон гапиради; аҳд қилса бузади; хусуматлашиб қолса фужур (ноҳақлик, ғирромлик) қилади”. (Имом Бухорий ривояти)
Ҳадиси шарифдан кўрамизки, ҳозирги пайтдаги энг кўп тарқалган иллатларнинг бири – аҳдни бузиш ҳам мунофиқликнинг хислатларидан экан. Бир ривоят келтиришни рода қилдик, шоядки, бизларга аҳдга вафо қилишга ибрат бўлса.
Мурдос Хорижий исмли инсон ҳибсга олиниб Убайдуллоҳ ибн Зиёднинг қамоқхонасига киритилди. Унинг одоб ва тақвосининг ҳурматидан қамоқхона қўриқчиси шафқат аилиб шундай деди:
-   Мен сенга яхшилик қилмоқчиман. Мабодо ҳар хафтада бир бора уйингга бориб келишингга рухсат берсам, яна қамоқхонага қайтиб келасанми?
-   Ҳа, албатта, – деди у.
Улар келишиб ҳар хафтада Мурдос бир марта уйига бориб келадиган бўлди. Шу давр орасида хаворижлардан баъзилари ўлимга маҳкум бўлишди. Миршаб ибн Зиёд билан маслаҳатлашган эди, Ибн Зиёд қамоқдаги хаворижларнинг ҳаммасини ўлдиришга буюрди. Айни шу дамда Мурдос уйда эди. Уларнинг ўлимга маҳкум бўлганини эшитган оила аъзолари унга:
-   Агар қамоқхонага борсанг сени ўлдиришади, – деб қамоқхонага бормай уйда қолишини таклиф қилишди.
-   Мен Аллоҳга хиёнатчи ҳолатимдан рўбарў келишни хоҳламайман! Зиёднинг ўғли золим киши, мен бормасам қўриқчини ўлдириб қўяди, – деб қамоқхонага қайтиб бориб, қўриқчига:
-   Сенга бирор озор етмасин деб қайтиб келдим. Ҳўжайининг бизнинг шерикларимизни нима қилишга азм қилган бўлса, мени ҳам ўша жойга олиб туш! – деди. Унга жавобан қўриқчи илтифот қилиб:
-   Хоҳлаган жойингга кетавер! Аллоҳ сенга нажот берди, – де жавоб берди.

Муҳаммадсоли Иминов. Марҳамат “Полвонтош” жоме масжиди имом хатиби
Улуғбек қори Йўлдошев
Nom: Javob: Maʼrifiy maqolalar
Yuborildi: MirzoMuhammad 25 Fevral 2019, 16:55:59
АЁЛ МАСЪУЛИЯТИ
Аёл киши аввало, она сифатида қадрланади. Қуръони каримнинг бир нечта оятларида онани эъзозлашга, унинг ҳаққини адо этишга буюрилган. Пайғамбаримиз саллаллоҳу алайҳи ва саллам ҳам ҳадисларининг бирида:
“Жаннат – оналар оёғи остидадир” – деб марҳамат қилганлар.
Қуръони каримда 176 оятли бир суранинг номи “Аёллар” деб номланиши, юзлаб оятларда аёлларга доир ҳукмларнинг баён этилиши, ҳадиси шарифларда аёлларга хос алоҳида кўрсатмалар берилганлиги ислом динида аёл кишининг нақадар юқори эътиборга молик эканидан далолатдир.
Динимиз таълимотларида умуман аёл зоти улуғланади. Абдураҳмон ибн Авф разияллоҳу анҳу Пайғамбаримиз саллаллоҳу алайҳи ва салламдан ривоят қилди:
"Битта солиҳа аёл мингта фосиқ эркак кишидан яхшидир. Қайси хотин эрининг етти кун хизматини қилса, етти дўзах эшиги ёпилиб, саккиз жаннат эшиги очилади ва у хоҳлаган эшигидан жаннатга киради", дeдилар.
Аёл хотин сифатида ҳам қадрлидир. Шунингдек ўзига яраша вазифалар олдида масъул ҳамдирлар. Имом Термизий Умму Салама разияллоҳу анҳодан ривоят қилган ҳадисда Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам айтадилар:
“Қай бир хотин эри ундан рози бўлган ҳолда вафот этган бўлса, жаннатга киради”.
Абдураҳмон ибн Авф разияллоҳу анҳудан ривоят қилинган ҳадисда:
“Қачонки хотин киши беш(маҳал) намозини ўқиса, бир ой рўзасини тутса, фаржини сақласа ва эрига итоат қилса унга “Жаннатнинг эшикларидан хоҳлаганингдан жаннатга киргин!” – деб айтилади” деганлар. (Аҳмад ибн Ҳанбал муснади)
Хотиннинг асосий вазифаларидан бири эрининг табиий эҳтиёжи эканлиги ҳақида ҳам кўплаб ҳадислар ривоят қилинган. Жумладан жаноб пайғамбаримиз саллаллоҳу алайҳи ва саллам айтадилар:
 “Қачонки эркак киши хотинини ҳожати учун чорлаб қолса, у (хотин) агарчи тандирнинг рўпарасида турган бўлса ҳам етиб келсин!” (Толқ ибн Али разияллоҳу анҳудан имом Термизий ривояти)
 “Эркак киши қачон хотинини тўшагига чорласаю, у келишга майл қилмаса тонг отгунга қадар фаришталар уни лаънатлагайлар” (Абу Ҳурайра разияллоҳу анҳудан Бухорий ва Муслим ривояти)
 “Нафсим тасарруфида бўлган зотга қасамки, бир кишики, хотинини тўшагига чорласаю, у (хотин) унга қаршилик қилса токи (эр) ундан рози бўлгунга қадар осмондаги Зот у(хотин)га ғазаб қилган ҳолатда бўлгай!” (Абу Ҳурайра разияллоҳу анҳудан Муслим ривояти)
Эрнинг хотиндаги шахсий ҳақлари шунчалик муҳимлигидан Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам шундай деганлар:
 “Хотин кишига эри ҳозир бўлса унинг изнисиз рўза тутишлик ҳалол бўлмайди”. (Абу Ҳурайра разияллоҳу анҳудан Бухорий ва Муслим ривояти)
Албатта бу ўринда гап нафл рўза ҳақида кетяпти. Фарз рўзаси учун эрининг розилигининг эътибори йўқ.

Абдушукур Мирзақобулов. Асака т. "Сиддиқ ҳожи" жоме масжиди имом хатиби ноиби
Nom: Javob: Maʼrifiy maqolalar
Yuborildi: MirzoMuhammad 26 Fevral 2019, 13:18:47
Илм ҳалқаси
Илм динимизнинг асосий таълмоти, бирламчи кўрсатмасидир. Илм ўз соҳибининг мартабасини кўтаради. Ҳар қандай амал илм билан бўлсагина ибодат даражасига кўтарилади. Илм ҳақида Абдулла Авлоний шундай ёзади:
“Илм деб ўқимак, ёзмакни яxши билмак, ҳар бир керакли нарсаларни ўрганмакни айтилур. Илм дунёнинг иззати, оxиратнинг шарофатидур. Илм инсон учун ғоят олий ва муқаддас бир фазилатдур.
Зероки,