forum.ziyouz.com

Jamiyat va inson => Pazandalik => Turk oshxonasi => Mavzu boshlandi: Ansora 03 Aprel 2012, 16:26:26

Nom: İnegöl köftesi- Inego'l kotleti
Yuborildi: Ansora 03 Aprel 2012, 16:26:26
 :asl3:

Inego'l Turkiyadagi Bursa viloyatining bir nohiyasidir. Tabiati, manzarasi o'zgacha. Bu kotlet ham İnegol'lga xos bir kotletdir...1.5 kuni muzlatgichda o'tgan xom kotletlar pishganda og'izda eriydi...

Masalliqlar:

500 gr molning to'sh qismidan qiyma
1 dona piyoz
0.5 qoshiq iste'mol sodasi
2 qoshiq suv
1 qoshiq limon suvi
2-3 qoshiq non maydasi
istakka qarab tuz

Tayyorlanishi:

Qiymani avvalo yaxshilab yo'g'iring. So'ngra non maydasi, suv, tuzni solib yo'g'iring. Idishingizni qopqog'ini yopib, 24 soat muzlatgicha solib qo'ying- xolodilnikka:)

Ertasi kuni limon bilan sodani aralashtiring. Ko'pirgan qorishmani qiymani ustiga soling. Piyozni qirg'ichdan o'tkazib, qiymaga aralashtiring.

Qiymalardan yong'oq kattaligida bo'laklar olib, shakl bering. Ustini yopib, 5-6 soat yana xolodilnikka soling:)

Muzlatgichdan olgan xom kotletlarni pishirmasdan 10 daqiqa oldin chiqaring, biroz xona haroratida yumshasin.

Inego'l kotlelarini:

1. duxovkada 200 darajada

2. biroz yog' solib tovada

3. tost mashinkasida

pishirishingiz mumkin.

Yoqimli ishtaha...

(http://s40.radikal.ru/i090/1203/55/c31a21d96e57.jpg) (http://www.radikal.ru)

Foydalangan manbalarim:

http://yemekvetatlitarifleri.com/inegol-kofte-tarifi-p-235.html?osCsid=jiigmcs6oea8o7sac1ullac7q3 (http://yemekvetatlitarifleri.com/inegol-kofte-tarifi-p-235.html?osCsid=jiigmcs6oea8o7sac1ullac7q3)

http://kzmveben.blogspot.com/ (http://kzmveben.blogspot.com/)
Nom: Re: İnegöl köftesi- Inego'l kotleti
Yuborildi: Ansora 03 Aprel 2012, 16:27:13
(http://s019.radikal.ru/i634/1204/06/fa3a62809583.jpg) (http://www.radikal.ru)

Bu esa men tayyorlagan Inego'l kotletlari:)