forum.ziyouz.com

Jamiyat va inson => Pazandalik => Turk oshxonasi => Mavzu boshlandi: Ansora 07 Aprel 2012, 10:49:55

Nom: "Qubba" torti:)
Yuborildi: Ansora 07 Aprel 2012, 10:49:55
 :asl3:

Masalliqlar:

Keksi uchun:

"¢4 dona tuxum
"¢1 stakan (200 gr) un
"¢170 gr shakar (1 stakandan kamroq)
"¢1 qoshiq razrıxlitel’
1 qoshiq vanilin
"¢2 qoshiq kakao
1 qoshiq kungaboqar yog’i

Kremi uchun:

"¢3 qoshiq eritilmagan saryog’ yoki qaymoq (men qaymoq soldim)
"¢6 qoshiq un
3 qoshiq kraxmal
"¢1 stakan shakar
"¢1 qoshiq vanilin
"¢1 litr sut

Xohlasangiz 2-3 qoshiq shokolad donachalaridan (qattiq bo’ladiyu) sutli krem tayyor bo’lib, sovugandan keyin aralashtirishingiz mumkin. Menda oddiy sutli shokolad bor edi, uni mayda bo’laklarga bo’lib solgandim, krem iliqroq shekilli ham sutli shokolad bo’lgani uchun darrrov erib ketdi

Kremning tayyorlanishi oddiy, sut, un, kraxmal, shakarni solib, qaynaguncha yaxshilab aralashtirib, qaynab chiqqandan keyin yana 2-3 daqiqa pishiramiz. Pishgandan keyin vanilin va qaymog’ini solib, aralashtiring. Krem sovugandan keyin 15 daqiqa qadar mikser bilan yaxshilab aralashtiring, krem muloyim bo’lsin. Shokolad donachalaringiz bo’lsa soling, qoshiq bilan aralashtirib, yana ham yaxshi sovub, qotishi uchun muzlatgichga qo’yamiz.

Keksining tayyorlanishi:

1.   Bir idishda shakar va tuxumlarni oq ko’ik bo’lguncha aralashtiring.
2.   Yog’ini solib biroz aralashtiring, boshqa bir idishda un, razrıxlitel’, vanilin, kakaoni aralashtirib, tuxumli qorishimga soling.
3.   Yog’langan idishga qorishmani solib, 175 darajali duxovkada pishiramiz. Hammani duxovkasi har xil pishirgani uchun, ichi, ustining pishishini o’zingiz mo’ljallaysiz-da. Meniki 50 daqiqada pishdi.
4.   Keksimiz pishib, sovugandan keyin o’rtadan ikkiga bo’lamiz.
5.   Chuqurroq bir idishga (iloji bo’lsa og’zi keng, tagi torroq bo’lsa, xuddi qubbaday chiqadi) keksimizning bir bo’lagini joylaymiz, tagi keksning doirasidan keng bo’lgani uchun yuqoriga toshadi, bu tabiiy hol, hayron bo’lmang:) Sovub, biroz qotgan kremni bu keksning ustiga to’kamiz, yoyamiz. Ustiga keksimizning ikkinchi bo’lagini joylaymiz. Shu naylon boru- yopishqoq, shu bilan yopib, 1 kecha-24 soat muzlatgichga qolib qo’ying.
Ertasi kuni dumaloq bir idishga teskarisini o’giramiz.
6.   Ustini bezash uchun xohlagan kremingizdan xohlagan shakllar berib, bezashingiz mumkin.
7.   Men oddiy va kakaoli krem shantidan foydalandim. Faqat 1 paketga 1/3 stakan sut soldim, krem quyuqroq bo’lsin, erimasin, deb. Odatda 1 stakan sut solib tayyorlanadi.

Yoqimli ishtaha:)

(http://s019.radikal.ru/i619/1204/b2/4a240115da5a.jpg) (http://www.radikal.ru)